1 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI RAXMATOV OLIM BOBOMURODOVICH DERMATOVENEROLOGIYA VA BOLALAR DERMATOVENEROLOGIYASI 5А510108-5A510108-Dermatovenerologiya mutaxassisligi magistratura ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Durdona” nashriyoti Buxoro – 2023
2 UO'K 616.5(075) 616.97(075) 55.8ya7 R 28 Raxmatov, Olim Bobomurodovich. Dermatovenerologiya va bolalar dermatovenerologiyasi [Matn] : darslik / O.B. Raxmatov .-Buxoro: "Sadriddin Salim Buxoriy" Durdona, 2023.-360 b. KBK 55.8ya7 Tibbiyot oliy o‘quv yurtlari Dermatovenerologiya mutaxassisligi bo‘yicha magistratura talabalari uchun darslik Taqrizchilar: Xaitov Qaxramon Najmitdinovich, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Teri va tanosil, bolalar teri va tanosil kasalliklari, OITS kafedrasi dotsenti, t.f.d. Obloqulov Abdurashid Raximovich, Buxoro davlat tibbiyot instituti Yuqumli kasalliklar kafedrasi mudiri, professor, t.f.d. Darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 429-sonli buyrug‘iga asosan nashr etishga ruxsat berilgan. Ro‘yxatga olish raqami 429-102. ISBN 978-9943-9204-8-4
3 Darslik 5A510108-Dermatovenerologiya mutaxassisligi magistratura ta’lim yo‘nalishi fan dasturi asosida tayyorlangan va oliy tibbiy ta’lim muassasasi talabalari uchun mo‘ljallangan. Darslik umumiy dermatovenerologiya, xususiy dermatologiya va venerologiya ыismlarini o‘z ichiga olib 3 qism va 12 bobdan tuzilgan. Umumiy qismda dermatovenerologiya fanining rivojlanishi tarixi, qisqartmalar ro‘yxati, dermatovenerologiya haqida zamonaviy ma’lumotlar, o‘ziga xos diagnostika usullari, maxalliy va umumiy davolash usullari, profilaktikaning yangi usullari haqida qisqacha ma’lumotlar keltirilgan. Xususiy dermatologiya qismida terining yiringli kasalliklari, terining zamburug‘li kasalliklari, terining parazitar kasalliklari, terining virusli kasalliklari, dermatitlar, terining allergik kasalliklari, terining autoimmun kasalliklari, terining nerv-allergik etiologiyadagi kasalliklari, terining pufaklar bilan kechadigan kasalliklari, terining xar xil etiologiyadagi kasalliklari, terining o‘sma kasalliklari mavzular bo‘yicha yoritilgan xar bir mavzuda bolalarda kechish xususiyatlariga alohida e’tibor qaratilgan. Venerologiya qismida jinsiy yo‘l bilan yuquvchi kasalliklar alohida-alohida qilib keltirilgan, hamda bolalarda uchraydigan kasalliklarga to‘xtalib o‘tilgan. Darslik oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan. Har bir mavzu nozologik shaklda quyidagi ketma-ketlik tartibida shakllantirilgan: - kasallikning qisqacha ta’rifi, kasallikning etiologiyasi, epidemiologiyasi va patogenezi; - klinik tasniflanishi; - kasallikning asosiy belgilari va yetakchi simptom va sindromlar shaklida klinik ko‘rinish; - kasallikning tayanch-tashxisot mezonlari va laboratoriya maxsus tashxisot usullari, qiyosiy tashxisot elementlari; - umumiy davolash va oldini olish ma’lumotlari bilan shakllantirilgan. Darslik 134 ta rangli rasm bilan boyitilgan, tayyorlashda 10 ta mahalliy va xorijiy adabiyotlardan hamda internet ma’lumotlaridan foydalanilgan.
4 MUNDARIJA Qisqartma so‘zlar ro‘yxati................................................................. 8 So‘z boshi............................................................................................. 9 Umumiy bo‘lim ................................................................................. 12 Dermatovenerologiya tarixi......................................................... 12 I bob. Kirish ...................................................................................... 18 Teri fiziologiyasi va anatomiyasi................................................. 18 Teri va tanosil kasalliklarining diagnostika uslublari.................. 21 Teri va tanosil kasliklari bilan kasallangan shaxslarni davolash prinsiplari..................................................................................... 37 Xususiy dermatologiya..................................................................... 46 II bob. Terida bakteriyalar keltirib chiqaruvchi kasalliklari ...... 46 Terining yiringli kasalliklari haqida umumiy ma’lumot.............. 46 Ostiofollikulit............................................................................... 50 Chuqur follikulit .......................................................................... 51 Sikoz ............................................................................................ 53 Furunkul....................................................................................... 54 Karbunkul.................................................................................... 57 Gidradenit .................................................................................... 58 Chaqaloqlar vezikulopustulyozi .................................................. 60 Chaqaloqlar epidemik chilla yarasi ............................................. 61 Chaqaloqlar eksfoliativ dermatiti yoki Ritter eksfoliativ dermatiti....................................................................................... 63 Streptokokkli piodermitlar (streptodermiya)............................... 64 Streptokokkli impetigo (sachratqi yara yoki shirincha yara)...... 64 Bullyoz impetigo ......................................................................... 66 Streptokokkli lab bichilishi yoki tirqishsimon impetigo ............. 67 Streptokokkli oddiy temiratki (Xushki)....................................... 69 Yuza panaritsiy yoki turniol (Xasmol) ....................................... 71 Intertriginoz streptodermiya ........................................................ 73 Zaxmsimon papulyoz impetigo yoki papulo - eroziv stafilostreptodermiya ................................................................... 73 Ektima.......................................................................................... 74 Aralash piodermiyalar ................................................................. 75 Pioallergidlar ............................................................................... 77 Husnbuzar.................................................................................... 79 Moxov.......................................................................................... 86
5 Teri sili......................................................................................... 90 III bob. Terining parazitar kasalliklari haqida umumiy ma’lumot ............................................................................................................. 94 Bitlilik haqida umumiy ma’lumot (pedikulyoz).......................... 95 Bosh bitliligi ................................................................................ 96 Kiyim bitliligi .............................................................................. 96 Qov bitliligi.................................................................................. 97 Qo‘tir ........................................................................................... 99 Leyshmanioz.............................................................................. 102 Demodekoz................................................................................ 109 Teri miazi................................................................................... 111 IV bob. Teri va shilliq qavatlarning zamburug‘li kasalliklari haqida umumiy ma’lumotlar.........................................................114 Rang-barang temiratki ............................................................... 118 Eritrazma.................................................................................... 121 Chov epidermofitiyasi ............................................................... 123 Oyoq panjalari epidermofitiyasi ................................................ 125 Rubromikoz yoki rubrofitiya ..................................................... 129 Trixofitiya.................................................................................. 131 Mikrosporiya ............................................................................. 134 Kallik (Favus)............................................................................ 137 Kandidozlar................................................................................ 140 Chuqur mikozlar........................................................................ 150 Xromomikoz.............................................................................. 152 Aktinomikoz .............................................................................. 152 V bob. Terining virusli kasalliklari haqida umumiy ma’lumot . 155 Oddiy uchuq............................................................................... 155 O‘rab oluvchi yoki belbog‘siman uchuq (temiratki) ................. 159 Yuqumli mollyusk ( molluscum contagiosum ) ....................... 162 So‘gallar (VERRUCAE) ........................................................... 164 O‘tkir uchli kondiloma .............................................................. 166 Orttirilgan immuntanqislik sindromi (OITS)............................. 168 Koronavirusli infeksiya ............................................................. 173 VI bob. Dermatitlar haqida umumiy ma’lumotlar......................177 Dermatitlarning umumiy patologiyasi va klinikasi. .................. 177 Oddiy kontakli dermatit............................................................. 180 Fizik ta’sirotlardan kelib chiqadigan dermatitlar....................... 182 Allergik dermatitlar ................................................................... 189
6 Toksidermiya ............................................................................. 190 Toksidermiyani keltirib chiqaruvchi omillar quyidagilarga bo‘linadi:.................................................................................... 191 Ko‘p shaklli ekssudativ eritema................................................. 196 VII bob. Autoimmun kasalliklar................................................... 199 Atopik dermatit.......................................................................... 199 Bexchet kasalligi........................................................................ 202 Vitiligo....................................................................................... 203 Qizil yassi temiratki................................................................... 206 Sistemali qizil yugurik............................................................... 210 Psoriaz ....................................................................................... 213 Parapsoriaz................................................................................. 224 Sklerodermiya............................................................................ 229 Soch to‘kilishi............................................................................ 232 VIII bob. Nerv-allergik etiologiyali kasalliklar............................ 237 Neyrodermatozlarning umumiy tavsifi...................................... 237 Teri qichishi............................................................................... 237 Neyrodermit............................................................................... 240 Teri qichimasi............................................................................ 243 Eshakem..................................................................................... 246 Kasbga aloqador kasalliklar haqida umumiy ma’lumot ............ 249 Ekzema ...................................................................................... 251 IX bob. Terining pufakli toshmalar bilan kechuvchi kasalliklari....................................................................................... 260 Lever pufakli pemfigoidi........................................................... 260 Po‘rsildoq yara........................................................................... 262 Chin (oddiy) po‘rsildoq yara (Pemphigus vulgaris) .................. 264 Vegetatsiyalanuvchi (o‘suvchi) po‘rsildoq yara (Pemphigus vegetans).................................................................................... 265 Qaloqli (qavat-qavat qaloqli) po‘rsildoq yara (Pemphigus foliaceus) ................................................................................... 266 Seboreyali (eritematoz) po‘rsildoq yara yoki Senir-Asher sindromi (Pemphigus seborrhaicus, seu erythematosus)........... 267 Dyuring uchuqsimon dermatiti.................................................. 272 X bob. Har xil etiologiyali kasalliklar ........................................... 276 Melkerson - Rozental - Rossolimo sindromi............................. 276 Reyno sindromi.......................................................................... 277 O‘tkir porfiriya .......................................................................... 279
7 Xeylit ......................................................................................... 280 Leykoplakiya ............................................................................. 284 Pushti rang temiratki yoki Jiber pushti rang temiratkisi ........... 286 Tugunli eritema.......................................................................... 288 Keratodermiya ........................................................................... 291 Mastotsitoz................................................................................. 293 Ter bezlari kasalliklari ............................................................... 296 Ixtioz.......................................................................................... 298 XI bob. Teri o‘sma kasalliklari......................................................300 Kaposhi sarkomasi..................................................................... 300 Teri limfomasi ........................................................................... 302 Venerologiya qismi .........................................................................305 XII bob. Jinsiy yo‘l bilan yuquvchi kasalliklar (JYBYuK) haqida umumiy ma’lumotlar......................................................................305 Zaxm.......................................................................................... 308 Tug‘ma zaxm............................................................................. 314 So‘zak ........................................................................................ 320 Ayollar so‘zagi........................................................................... 327 Trixomoniaz............................................................................... 331 Sitomegalovirusli infeksiya ....................................................... 336 Urogenital xlamidioz ................................................................. 340 Bakterial vaginoz....................................................................... 342 Venerik limfogranulema........................................................... 350 Donovanoz – venerik grnaulemasi yoki granulematozi............. 352 Urogenital mikoplazmoz ........................................................... 353 Ureaplazmoz.............................................................................. 354 Yumshoq shankr........................................................................ 356 Foydalanilgan adabiyotlar .............................................................358
8 QISQARTMA SO‘ZLAR RO‘YXATI SMV-sitomegalovirus ALT-alaninaminotransferaza AST-aspartataminotransferaza OITS-orttirilgan immun tanqislik sindromi OIV-odam immun tanqislik virusi DTV- Dermatofit test vositasi EChT-eritrotsitlar cho‘kish tezligi ZPR- zanjirli polimeraza reaksiyasi IgM- immunoglobulin M IgG-immunoglobulin G IgA-immunoglobulin A IgE-immunoglobulin E DNK- dezoksiribonuklein kislota RNK-ribonuklein kislota IFA-immunoferment analizator PUVA- qisqartma so‘z bo‘lib, Psoralens i UltraViolet A so‘zlaridan olingan, organizmga psoralenlardan iborat fotoaktiv moddalarni A ultrafiolet yordamida kiritish. IL-interleykinlar UBN-ultrabinafsha nurlar DDS-diamindisulfon LPP- Lever pufakli pemfigoidi CREST- qisqartma so‘zlar bo‘lib, C- kalsinoz (angl. salcinosis), R - bolezn Reyno (Raynaud’s phenomenon), E- ezofagit (esophageal dysmotility), S- sklerodaktiliya (sclerodactyly), T - teleangioektaziya (telangiectasias). HLA-odam leykotsitar antigeni ANA- Antinuklear antitela LE-hujayralar (Lupus erythematosus) qizil yuguruk hujayralari PASK-para-amino-salitsil-kislota DVS- Tomir ichi qon ivishi sindromi (dessiminirovannaya vnutrisosudistaya svertivanie) DOTS-(Directly Observed Treatment, Short-course) –qisqa muddatda nazorat ostida davolash usuli UVCh-ultra yuqori chastota COVID-19-Corona Virus Disease 2019-Koronavirus kasalligi 2019
9 SO‘Z BOSHI Odamlarning o‘z terisiga nisbatan bo‘lgan munosabati asrlar davomida shakllanib kelgan. XX-XXI asrlarga kelib bu ko‘rsatkich keskin avj oldi. Dermatologiya bilan bir vaqtda kosmetologiya fani rivojlandi. Har bir inson ko‘zguda ko‘ringan o‘z aksiga qarab, ko‘nglidan qanaqa xissiyotlar o‘tishi barchamizga ma’lum, ya’ni unga latofat berib turgan go‘zallikka e’tibor bermasdan, o‘zidan kamchilik qidirishga intiladi va juda ko‘p xollarda uni topadi ham. Binobarin shunday ekan inson terisi uning tashqi qiyofasini belgilab beradi va uning go‘zalligi timsolida aks etadi. Aynan teri va uning hosilalarida bo‘layotgan o‘zgarishlar hozirgi zamon meditsinasining eng dolzarb muammolaridan biri deb aytsak xech yanglishmagan bo‘lamiz. Teri va teri hosilalarida bo‘ladigan turli tuman o‘zgarishlar uning asl ko‘rinishini o‘zgartirib, bu o‘zgarishlarga jiddiy e’tibor bilan qarashga majbur qiladi. Ushbu darslikda inson terisi va teri hosilalarida hamda tanosil a’zolarida bo‘layotgan o‘zgarishlarga sababchi bo‘lgan omillar, ularning kelib chiqish sabablari, teridagi har bir kuzatilayotgan o‘zgarishning paydo bo‘lish mexanizmlari, klinik ko‘rinishi, amaliy ko‘nikmalari, toshmalarga baho berish usullari, terida kuzatiladigan o‘zgarishlarni bir-biri bilan taqqoslash va hozirgi zamon tibbiy qarashlar orqali ularni bartaraf qilish usullari yoritilishiga harakat qilingan. Darslikda teri va uning hosilalarida kuzatiladigan patologik jarayonlar bilan birga ko‘rinarli shilliq qavatlarda kuzatiladigan o‘zgarishlari ham yoritilgan. Tanosil a’zolarining kasalliklari va jinsiy yo‘l bilan yuquvchi kasalliklar ham meditsinaning dolzarb muammolaridan biriga aylanib qoldi desak xech yanglishmagan bo‘lamiz, ushbu darslik jinsiy yo‘l bilan yuquvchi kasalliklar xaqida yetarlicha ma’lumotlar olishlarida talabalarga yordamchi bo‘la oladi degan umiddamiz. O‘tgan asrning boshlarida va ikkinchi yarmiga kelib, dermatovenerologiyatomonidan keltiriladigan talafotlarning keskin kamayishi tibbiyotning tez rivojlanishi natijasida kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarining aniqlanishi, antibiotiklarning topilishi, zardoblar va vaksinalarning, anatoksinlarning ishlab chiqilishi bilan bog‘liqdir.
10 Vaxolanki xanuzgacha teri va tanosil kasalliklari ichida o‘z muammosini topmagan kasalliklar mavjud bo‘lib, bu kasalliklarning to‘liq boshqarilishiga imkon bo‘lmayapti. Har bir inson teri yoki tanosil kasalliklarining biror bir turi bilan yiliga bir necha marotaba kasallanishi qayd etilgan. O‘z navbatida bu kasalliklarni davolashda ishlatilayotgan dori vositalari va diagnostika uchun qo‘llaniladigan reaktivlarining xorij davlatlaridan kirib kelishi tibbiyotning rivojlanishiga to‘sqinlik qilib, Respublikamizning iqtisodiyotiga katta moddiy zarar keltirmoqda. Shuni alohida aytib o‘tish lozimki, farmakologik dorilarning tartibsiz, ko‘rsatmalarsiz ishlatilishi ko‘pgina teri va tanosil kasalliklarining klinik kechish davrlarini o‘zgartirib, klinik, laborator tashxisotni qiyinlashtirib qo‘ymoqda. Shu bilan birga qo‘zg‘atuvchilarning dori vositalariga bo‘lgan sezgirligining kamayishiga sababchi bo‘lmoqda. Respublikamizda uchramaydigan teri va tanosil kasalliklarining xorijdan kirib kelishi va tarqalish ehtimoli borligi, har bir tibbiyot hodimining bu kasalliklarni chuqur va mukammal o‘rganishini, ularning oldini olishni va qarshi kurashishlarida doim tayyor turishini taqozo qiladi. Darslikda teri va tanosil kasalliklarining etiologik tizimi, epidemiologiyasi, patogenez tizmasi, klinik kechimi, asosiy kechish xususiyatlari va tasnifi, amaliy ko‘nikmalar bilan tanishish, diagnostika usullari, uy sharoitida davolashga ko‘rsatmalar va kasalxonaga yotqizishga ko‘rsatmalar yoritilgan bo‘lib, talabalar uchun har bir mavzu fundamental test savollari bilan boyitilgan. Shuningdek ba’zi yuqumli tabiatga ega bo‘lgan teri va tanosil kasalliklarining kechim davomiyligiga e’tibor qaratilgan bo‘lib, sog‘lom shaxslardan ajratib qo‘yish muddatlari keltirilgan. Oxirgi yillarda orttirilgan immun tanqislik sindromi va odam immuntanqis virusi kabi kasalliklarning paydo bo‘lishi, ularning uchrash ehtimoli yuqori ekanligi har bir tibbiyot xodimlaridan kasallik to‘g‘risida yuqori malaka va ko‘nikmaga ega bo‘lishini hamda ma’suliyat talab etadi. Hozirgi kunda tibbiyotda aniqlangan kasalliklarni boshqarib bo‘ladigan va boshqarib bo‘lmaydigan guruhlarga ajratib o‘rganish ham tibbiyotning dolzarb muammolaridan biridir. Ko‘p kasalliklarning diagnostikasi, profilaktikasi o‘z yechimini topgan bo‘lsada (bakterial
11 etiologiyali), ayrim kasalliklarning davosi va profilaktikasi (virusli va autoimmun kasalliklar) dolzarbligicha qolmoqda. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki teri kasalliklari ichida ham boshqarilishi qiyin yoki boshqarib bo‘lmaydigan kasalliklar talaygina. 2020 yilda pandemiyaga sababachi bo‘lgan COVID-2019 kasalligi dunyoni tashvishga solib, barcha davlatlarning iqtisodiga jiddiy zarar yetkazdi. Bu muammolarning yechimini topilishida mutaxassislardan katta yangiliklar kutib qolamiz. Darslikda har bir mavzuga oid klinik mashg‘ulotlarga hamda amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun yetarlicha ma’lumotlar to‘plamlari kiritilgan. Darslik yoritilishida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga bo‘lgan tanqidiy yondoshishlarga, hamda ularni tuzatishda berilgan maslahatlardan juda mamnun bo‘lar edik. Muallif.
12 UMUMIY BO‘LIM Dermatovenerologiya tarixi Dermatovenerologiyahaqida ma’lumotlar eramizdan avval yashab o‘tgan buyuk allomalar davridan boshlangan va o‘sha zamonlardan boshlab kasalliklarga nom berilgan. Qadimiy Hindiston, Xitoy, Gresiya va Rimda yozilgan adabiyotlarda qo‘tir, ixtioz, moxov kabi kasalliklarning belgilari yozib qoldirilgan. Asosan Gresiyalik shifokor Gippokrat eramizdan V asr oldin, Rim shifokori Galen eramizdan II asr oldin ko‘p teri kasalliklari haqida ma’lumotlar qoldirganlar. IX asr oxiri va X asr boshlariga kelib Abu Ali ibn Sino o‘zining “Tib qonunlari ” asarida ham teri kasalliklari to‘g‘risida ko‘plab ma’lumotlar keltirgan. XVI asrning ikkinchi yarmiga kelib teri kasalliklari haqida o‘quv qo‘llanmasi yaratilgan. XVII asrda teri anatomiyasiga asos solina boshlangan. XVIII asrda teri kasalliklari alohida fan sifatida qabul qilina boshlangan. Shu davrda teri anatomiyasi va fiziologiyasi haqida o‘quv qo‘llanmalar va atlaslar yaratilgan. Terida paydo bo‘ladigan toshmalarga va teri kasalliklarining tasniflanishiga asos solina boshlangan. XIX asrda Fransiya, Avstiya, Rossiya olimlari dermatologiya maktabini yaratib bu fanni klinik tibbiyotda terapiya va xirurgiya fanidan alohida ajratib chiqishdi. Fransiyada J. L. Albert (1776-1837), E. Bazin (1807-1878), P. Cazenove (1795-1877), Venada F. Gebra (1816-1880), Germaniyada M.Kaposhi, Amerikada L.A.Duxring (1845-1914), Angliyada R.Villian (1757-1812), V.Vilson (1809-1884) va J.Hatchinson (1812- 1913), Rossiyada A. G. Polotebnov (1838—1907), S.G. Zabelin (1735- 1802), M.Ya. Mudrov (1776-1831), S.P. Botkin (1832-1889), G.A. Zaharin (1829-1897), I.M Sechenov (1824-1905), I I. Mechnikov (1845-1910), I.P. Pavlov (1936-1944), A.S. Pospelov (1846-1919), V.V. Ivanov (1873-1931), G.I. Meshcherskiy (1874-1936), P.S. Grigorev (1879-1940), V.A. Raxmanov (1901-1969), M.M.Jeltakov (1903-1968), P.V.Nikolskiy (1858-1940), L.N.Mashkilleyson (1898- 1964) va A.A.Kalamkaryan, N.D.Sheklakov, Yu.K.Skripkin, A.A.Antonev kabi olimlar o‘z hissalarini qo‘shib kelganlar. Bolalar dermatologiyasi namoyondalari S.Ya. Goloskovker (1892- 1961), M.T. Bril, A.B. Selisskiy, A.A. Studnitsin, L.A. Shteynluxt, F.A. Zverkova, K.N. Suvorova V.N. Grebenyuk hisoblanib ular tomonidan bolalar dermatologiyasiga asos solingan.
13 O‘zbekistonda dermatovenerologiya fanining rivojlanish tarixi: O‘zbekistonda dermatovenerologiya fanining rivojlanishi Abu Ali ibn Sino yashab o‘tgan davrlarga to‘g‘ri kelsada asosiy rivojlanish tarixi XX asrga to‘g‘ri kelgan. Birinchi bo‘lib 1912-yil Toshkent shahrida joylashgan kasalxonada dermatovenerologiyabo‘limi tashkil etilgan va faoliyat boshlagan. Keyinchalik 1918 yilda 100 o‘rinli tanosil kasalliklari kasalxonasiga aylantirilgan, 1919-yilda Farg‘onada, 1920-yilda Samarqandda dermatovenerologiyabo‘limlari ochilib, faoliyat ko‘rsata boshlashgan. 1919-yilda Turkiston Davlat universiteti tashkil etilgan bo‘lib universitet tarkibida tibbiyot fakulteti faoliyat boshlagan. 1920-yilda tibbiyot fakultetining dermatovenerologiyakafedrasi tashkil etilgan. Unga ilk bor kafedra mudiri etib tibbiyot fanlari doktori, professor A.I. Lebedev tayinlandi. 1924-yil Toshkentda dastlabki 30 o‘rinli teritanosil kasalliklari dispanseri tashkil qilindi. 1924-1930-yillarda tibbiyot fanlari doktori, professor I.S.Milman kafedra mudiri bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan. O‘zbekistonda 1925-yilda birinchi marotaba dermatovenerologlar ilmiy jamiyati tashkil qilingan. 1931-yilda mustaqil faoliyat ko‘rsatuvchi O‘rta Osiyo tibbiyot instituti tashkil qilinadi va uning tarkibida teri-tanosil kasalliklari kafedrasi faoliyat ko‘rsata boshlaydi, 1935-yildan institut Toshkent tibbiyot instituti deb qayta nomlanadi. 1931-1939 yillarda dermatovenerologiyakafedrasiga tibbiyot fanlari doktori, professor A.I. Kartamishev, 1939-1945-yillarda dermatovenerologiyakafedrasiga tibbiyot fanlari doktori, akademik s.A. Kristanov, 1945-1971 yillarda tibbiyot fanlari doktori, professor, A. A. Akovbyan boshchilik qilgan. 1971-1994 yillarda mobaynida Toshkent tibbiyot institutining dermatovenerologiyakafedrasi mudiri lavozimida tibbiyot fanlari doktori, professor U.M Mirahmedov faoliyat ko‘rsatgan. 1976-yildan boshlab kafedraga tibbiyot fanlari doktori, respublikada xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, professor R.A. Kapkaev boshchilik qilgan. 1981-yilda professor E.G. Kim O‘zbekistonda birinchi bor «Chiroy» estetik jarrohlik markazini tashkil qildi va u respublikada tibbiy kosmetologiya yo‘nalishi rivojiga asos solgan. Ushbu yillar davomida respublikada Vrachlar malakasini oshirish instituti qoshida teri-tanosil kasalliklari kafedrasi faoliyat ko‘rsatib keldi, uzoq yillar kafedraga professor A.X. Abdullaev boshchilik
14 qilgan. 1991-yil Toshkent davlat tibbiyot institutining qayta tashkil etilishi munosabati bilan I-va II-Toshkent davlat tibbiyot institutlari faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Unda Dermatovenerologiyakafedralari ham ikkiga bo‘linib aloxida kafedraga aylandi, professor A.Sh.Vaisov va professor R.A. Kapkaevlar kafedra mudirlari lavozimida faoliyat ko‘rsatganlar. 1998-yil yanvar oyidan boshlab O‘rta Osiyoda birinchi bor «Dermatologiya va venerologiya yangiliklari» ilmiy amaliy jurnaliga asos solingan. Ushbu jurnal 2008-yildan boshlab «Dermatovenerologiya va estetik tibbiyot» ilmiy-amaliy jurnali sifatida chiqa boshlagan. 2000-yil II-Toshkent davlat tibbiyot instituti kafedrasi qoshida magistratura bo‘limi ochildi. 2005-yilda Toshkent Tibbiyot akademiyasi tashkil etilishi munosabati bilan teri-tanosil kasalliklari kafedralari qaytadan birlashtirilgan va 2005-2015 yillarda kafedra mudirligini professor A.Sh. Vaisov olib borgan. 2015-yildan xozirgi kunga qadar t.f.d., dotsent Tashkenbaeva Umida Alisherovna Toshkent tibbiyot akademiyasining Dermatovenerologiya kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli Respublika Ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy dermatovenerologiya va kosmetologiya markazining tashkil etilish tarixi: Turkiston o‘lkasida 1922 va 1925 yillarda teri va tanosil kasalliklarga qarshi kurashishni jonlantirish maqsadida vrachlarning I– II s’ezdida ilmiy markaz tashkil etish masalasi ko‘tarilgan. Birinchi marotaba 1924-yilda Teri-tanosil kasalliklari dispanseri 30 bemor o‘ringa mo‘ljallanib Toshkent shaxrida tashkil etilgan. 1926-yilda Samarqand shaxrida teri-tanosil kasalliklari dispanseri tashkil etilgan. 1932-yilda O‘rta Osiyo vrachlar malakasini oshirish instituti tashkil etilgan bo‘lib uning tarkibida dermatovenerologiyakafedrasi ham tashkil etilgan. 1932-yil 25-martida O‘zbekiston vrachlarining birinchi s’ezdi bo‘lib o‘tgan va unda Toshkent shaxrida dermatologiya va venerologiya ilmiy-tekshirish institutini tashkil etish masalasi ko‘tarilgan. 1932-yil iyul oyida O‘zSSR Xalq Komissarlari Kengashining Toshkent shaxrida Teri-tanosil kasalliklari dispanseri bazasida ilmiy-tekshirish instituti barpo etish to‘g‘risida qaror qabul
15 qilingan. Institutning birinchi direktori M.V.Borzov (1932–1941) tayinlangan, keyinchalik I.A. Telishevskiy (1941–1947), V.N. Matveev (1947–1963), N.T. Tursunov (1963–1973), M.M. Abidov (1947–1985), V.A. Akovbyan (1986–1992), K.A. Yuldashev (1992–1995), A.Sh. Vaisov (1995–1999), P.R. Menlikulov (1999–2005), Sh.I. Ibragimov (2005-2013) lar boshqarganlar va respublikamizda dermatovenerologiya rivojlanishida o‘zlarining beminnat hissalarini qo‘shganlar. 2013 yildan hozirgi kungacha Sabirov Ulug‘bek Yusupxanovich markaz direktori lavozimida ishlab kelmoqda. Respublikamizda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan dermatovenerolog mutaxassislari shu kunda 100 dan ortiq davlatlar bilan hamkorlikda ishlab O‘zbekiston tajribasini chet elga va chet el tajribalarini O‘zbekistonga kiritishda fidokorona xizmat qilib kelishmoqda. O‘zbekistonda bolalar dermatovenerologiyasining tarixi: Bolalar dermatovenerologiyasining tarixi 1972-yil Toshkent shahrida O‘rta Osiyo Pediatriya meditsina institutining tashkil etilishi bilan bog‘liq. Institut ochilishining asosiy maqsadi O‘rta Osiyo respublikalariga yuqori malakali shifokor-pediatrlarni tayyorlab berishdan iborat bo‘lgan. Dastlab institutda Dermatovenerologiya kafedrasi Toshkent shahrining Kuybishev tumanidagi (hozirgi Mirzo Ulug‘bek) 100 o‘ringa mo‘ljallangan 3-sonli Dermatovenerologiya (bolalar zamburug‘li va poliklinik bo‘limlari bo‘lgan) dispanserida, 1989-yildan shu kunga qadar esa kafedra Toshkent pediatriya meditsina instituti klinikasining bolalar dermatologiyasi bo‘limida faoliyat olib bormoqda.Kafedraning birinchi mudiri va asoschisi tibbiyot fanlari doktori, professor K.S. Sulaymonov (1923-1989) hisoblanadi. 1989- 2009-yillar mobaynida kafedra mudiri lavozimida professor H.K. Shodiev ishlaganlar. 2009-yildan shu kunga qadar professor A.M.Mannanov ushbu kafedra mudiri bo‘lib ishlab kelmoqda. Professor A.M.Mannanov bolalarda atopik dermatit kasalligining o‘ziga xos ko‘rinishlarda kechishini ko‘rsatib bergan, kasallikning yangi klinik tashxisot usulini taklif etgan. Uning rahbarligida 2 ta doktorlik va 3 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Hozirgi kunda kafedrada professor A.M. Mannanov, professorlar M.I.Abdullaev, M.A.Yuldashev, Q.N.Xaitov, dotsentlar U.Sh.Rixsiev, M.A.Mukarramov, S.M.Xodjaeva, assistentlar N.B.Bobobekova, D.D.Rixsieva, O.A.Babadjanov, X.X.Axrarov, V.F.Sirazitdinovalar faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar.
16 Andijon davlat ibbiyot instituti dermatovenerologia kafedrasi tarixi: Dermatovenerologiya kafedrasi 1958-yili tashkil qilingan. Kafedra tashkil qilingandan to 1970- yilgacha institutning ushbu kafedrasiga dotsent T.T.Tadjibaev rahbarlik qilgan, 1970- yildan 1977- yilgacha kafedrani professor M.E.Ereshev boshqargan. 1977- yildan to 2009- yilgacha kafedra mudiri bo‘lib professor Sh.A.Hamidov ishlagan. 2009-yildan hozirgi kungacha kafedra mudiri bo‘lib t.f.d., professor A.B.Pakirdinov faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Kafedra tashkil topganidan buyon quyidagi xodimlar; V.M. Arishev, X.X.Djalilov, V.S.Dolgoshein, V.A.Yefremova, D.S.Mojar, N.O.Smilchina, Yu.M.Mexmanov, S.M.Madraximov, F.I.Stexun, I.K.Karimova, M.X. Salaxuddinova, T.A.Tereshko, N.S.Kasimov, A.A. Asranov, Z.X.Djalilova, A.A.Tadjibaev, R.M. Qilichev, M.K. Baltabaev ushbu kafedrada ishlaganlar. Hozirgi kunda kafedrada A.B. Paqirdinov, F.Sh. Hamidov, M.A. Yokubova,K.Z. Botirov, A.A. Qo‘chqarov, L.A. Muhammadjonova L.M. Aliev, F.A. Fozilov kabi xodimlar ishlamoqdalar. Kafedra xodimlari tomonidan ilmiy-tekshirish ishlariga juda katta e’tibor qaratilgan. Kafedra tashkil topganidan buyon 4 ta doktorlik va 5 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Samarqand davlat tibbiyot instituti O‘zbekiston Respublikasi Xukumatining 1930 yil 7 maydagi qarori bilan Markaziy Osiyo meditsina Universiteti nomi bilan tashkil qilingan. Buxoro davlat tibbiyot institutining 1990 yilda tashkil qilinishi bilan 1991 yildi Dermatovenerologiyakafedrasi Buxoro viloyati Dermatovenerologiya dispanserida tashkil qilingan. Kafedra mudiri etib Maxmudov Erkin Xasanovich tayinlangan. 1995 yildan 2003 yilgacha kafedra mudiri lavozimida Ishankulov Akmal Mardanovich faoliyat ko‘rsatgan. Dermatovenerologiya kafedrasining shakllanishida va dars jarayonini olib borishda birinchi assistentlardan Axadov Xomidjon Obidovich, Ortiqov Raxmon Toshevich, Maxmudova Shoista Erkinovna, Abdullaev Farxod Abduxakimovich, Qarshiev Anvar Nutfulloevich, Shukurov Ixlos Boltaevich, Kamolov Zulfiddin Raxmatilloevichning mehnatlari beqiyos. 2004 yildan boshlab Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida soatlar qisqarishi evaziga kafedra kursga aylantirildi, Yuqumli kasalliklar, ftiziatriya va teri-tanosil kasalliklari kafedrasi nomi bilan 2018 yilgacha
17 faoliyat ko‘rsatdi. Shu davr momaynida kafedra mudiri professor A.R.Obloqulov faoliyat ko‘rsatdi. 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab, Ftiziatriya kursi bilan birlashtirilib, “Ftiziatriya, pulmonologiya va dermatovenerologiya” kafedrasiga aylantirildi. Kafedrani t.f.n., dotsent B.R. Muazzamov boshqarib keldi. 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab, “Ftiziatriya, pulmonologiya va dermatovenerologiya” kafedrasini t.f.d., dotsent Usmonov Isomiddin Xaydarovich boshqarmoqda. 2016 yildan boshlab kafedrada magistratura yo‘nalishi ochildi. Xozirgi kunda uch nafar dotsent, 2 nafar katta o‘qituvchi, 10 nafar assistentlar, 7 nafar magistr va 14 nafar klinik ordinator faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘tgan davr mobaynida Dermatovenerologiya kafedrasida 10000 dan ziyod talabalar tahsil olgan bo‘lib, shular bilan birga 140 dan ortiq mutaxassislar klinik ordinatura va internaturada tahsil olganlar. Ushbu shifokorlar Buxoro viloyatidan tashqari Respublikamizning barcha xududlarida va chet ellarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. Kafedrada teri va tanosil kasalliklari, kosmetologiya muammolari, epidemiologiyasi, patogenezi, tashxis va klinik kechishi, hamda davolashlarda yangicha uslublarni ishlab chiqish, zamonaviy-ilmiy takliflarni tayyorlash masalasi asosiy ilmiy yo‘nalishlardan bo‘lib kelmoqda. Ushbu muammolarni yechishda doimiy ilmiy izlanishlar olib borilgan, yuzdan ortiq mavzuga oid ilmiy maqolalar, yuzlab tezislar chop etilgan va ixtirolarga berilgan patentlar mavjud. Dermatovenerologiya kafedrasi assistentlari nafaqat ilmiy va o‘quv jarayonlari, balki davolash va amaliy ishlarni ham bajarib kelmoqdalar. Kafedra assistentlari maslahatchi sifatida markaz bo‘limlariga biriktirilgan bo‘lib, ular bemorlarda tashxis va davolash masalalarida, jarrohlik amaliyotlari o‘tkazishda faol ishtirok etib kelmoqdalar. Bulardan tashqari viloyatimizdagi tuman va shaharlarga chiqishlar uyushtirilib, xar xil mavzularga doir ma’ruzalar, monitoringlar va master klasslar tashkil etmoqdalar. COVID-2019 pandemiya sharoitida kafedra xodimlari qizil xududlarda faol davolash ishlari bilan birga, amaliyotdagi vrachlarga maxsus o‘quv kurslari tashkil qilib, amaliy-pedogogik yordam berib kelmoqdalar. Kafedra o‘zining ilmiy-amaliy, pedagogik faoliyati bilan xalqimizning salomatligini mustahkamlashda, sifatli shifokorlar tayyorlashda, Vatanimizning ravnaqiga salmoqli hissasini qo‘shishda bor kuch va g‘ayratlarini ayamay mehnat qilishmoqda.
18 I BOB. KIRISH Teri fiziologiyasi va anatomiyasi Teri inson tanasini o‘rab turuvchi qoplamli a’zosi bo‘lib, ichki a’zo va to‘qimalarni tashqi muhitdan chegaralab turadi. Teri va uning hosilalari organizmda quyida keltirilgan bir qancha bir-biriga bog‘liq bo‘lgan fiziologik vazifalarni bajaradi. • Gomeostazni (muvozanatni) saqlash • Mexanik, fizikaviy va kimyoviy ta’sirotlardan himoya qilish •Infeksion agentlardan himoya qilish •Tananing doimiy haroratini bir muvozanatda saqlash (issiqlik hosil bo‘lishi va ajralishida ishtirok etishi) •Ter orqali ortiqcha va zararli mahsulotlarni chiqarish • Organizmga yot yoki begona moddalarning kirishidan himoyalash • Nafas olishda ishtirok etish (kislorodni olib korbonat angidritni chiqarish) •Immunologik himoya vazifasini bajarish •Tashqi muhit ta’sirotlarini sezish (og‘riq, issiq, sovuq, taktil) • Qabul qilingan ta’sirotlarni markaziy asab tizimiga o‘tkazib berish • Oziqlantirish funksiyasi • Sekretor (ekrin-chiqaruvchi bezlar faoliyati hisobiga teriga ter ajratish bilan, apokrin-chiqaruv jarayonida bir qism apokrin bez hujayralar parchalanishi hisobiga ter ajratilishi amalga oshadi, yog‘ bezlari faoliyati hisobiga terini qurib qolishdan himoya qilishi) funksiyasi • Vitamin D sintezlash • Organizmda suvni bug‘lantirish • Qipiqlanib turishi hisobiga teriga tushgan mikroorganizmlar va yot moddalardan xalos bo‘lish Terining anatomik tuzilishi Terining anatomik tuzilishi yuqorida ko‘rsatilgan muhim vazifalarni bajarishga muvofiqlashgandir. Terining satxi katta
19 odamlarda o‘rtacha 1,6 m² ga teng. Og‘irligi teri osti yog‘ qavati bilan birga hisoblaganda umumiy tana vaznining 17-18 % ni tashkil qiladi. Teri anatomik va gistologik tuzilishi jixatdan uch qavatdan iborat (1-rasm): 1.Epiderma qavati 2.Chin teri yoki derma qavati 3.Teri osti yog‘ qavati 1-rasm Epiderma gistologik tuzilishi va bajaradigan funksiyalari jixatdan beshta qavatdan iboratdir. 1. Mug‘uz qavati 2. Yaltiroq qavat 3. Donador qavat 4. Tikanaksimon qavat 5. Bazal qavat (2-rasm) 1. Mug‘uz qavati terini bevosita tashqi muhit bilan chegaralovchi yuza qavati hisoblanadi. Ular 5-6 qator hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, hujayralar yadrosiz plastinkalardan iboratdir. Tananing ko‘p ta’sirlanib turuvchi kaft va tovonda qismlarida hujayralar 10-15 qator bo‘lib joylashadi. 2. Yaltiroq qavat mug‘uz qavati ostida joylashgan bo‘lib, ular 1- 3 qator bo‘lib joylashgan yassi hujayralardan tashkil topgan. Bu hujayralarning protoplazmasi eliedin oqsil moddasini saqlaydi. 3.Donador qavat-1-3 qator hujayralardan iborat bo‘lib, ularning protoplazmalarida keratogialin oqsil modda donalari ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun teri rangi tiniq yoki xira tusda bo‘ladi. 4. Tikanaksimon qavat-bazal qavat ustida joylashgan 5-6 qator kub shaklidagi hujayralardan tashkil topgan. Bu hujayralar orasida 2-rasm
20 limfa suyuqligi bilan to‘lib turadigan kanalchalar mavjud. Tikanaksimon qavat hujayralari bo‘linmaydi. Ularning protoplazmatik o‘simtalar bor. 5. Bazal qavat-epidermisning eng chuqur kavati bo‘lib, derma bilan chegaralanib turadi. Hujayralar melanin donalarini o‘zida saqlaydi, melanin donalarining teridagi miqdori odam terisining rangini belgilab beradi. Melanin donalari insonni tashqi nurlardan ayniqsa quyosh nuridan himoyalash vazifasini bajaradi. Bazal qavatning hujayralari doimo bo‘linib turadi. Ularning kupayishi natijasida teri yuzasidagi shoxlangan va nobud bo‘lgan hujayralar almashinib turadi. Yangi hujayralar eskilarini terining yuzasiga tomon surib chiqaradi, qarigan eski hujayralar asta-sekin yassilanib qoladi va shoxlanadi (mug‘uzlanadi yoki qipiqlanadi). Shoxlangan yoki mug‘uzlangan hujayralar terining mug‘uz qavatida ko‘chib tushadi yoki qipiqlanadi. Bunday qipiqlanish insonning umri bo‘yi davom etib boradi. Bir odam bir yilda o‘rta hisobdan 1- 1,5 kg atrofida po‘st yoki qipiq tashlaydi. Chin teri yoki derma qavati biriktiruvchi to‘qimalardan iborat bo‘lib, bu qavatda qon, limfa tomirlari, nerv tolalari, ter va yog‘ bezlari, soch follikulalari, ko‘ndalang targ‘il va silliq mushaklar joylashadi. Dermaning 3-rasm qalinligi 0,5 mm dan 4 mm gacha keladi (3-rasm). Derma so‘rg‘ichsimon va to‘rsimon qavatlardan iborat. 1.So‘rg‘ichsimon qavati epidermaning bazal qavati bilan birikkan qavati bo‘lib unda ko‘p miqdorda so‘rg‘ichlar mavjud. 2.To‘rsimon qavat kollagen tolalardan iborat bo‘lib ular birbirlari bilan chirmashib to‘r ko‘rinishi hosil qiladi. Kollagen tolalarining bunday joylashishi terining elastikligini ta’minlab beradi. Teri osti yog‘ qavati-dermaning to‘rsimon qavati ostida joylashgan bo‘lib, ular o‘rtasida aniq chegara kuzatilmaydi. Teri osti yog‘ qavati dumba, qorin, son sohalarida qalinroq joylashadi. Teri osti
21 qavatida qon va limfa tomirlari, nerv tolalari, soch follikulalari, ter va yog‘ bezlari joylashadi. Teri va tanosil kasalliklarining diagnostika uslublari 1.Har bir kasallikka diagnoz qo‘yish uchun birinchidan bemorning shikoyatlariga e’tibor qaratiladi. Eshitilgan yoki aniqlangan har bir shikoyat kasalliklar uchun asosiy va qo‘shimcha shikoyat bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Shikoyatlar o‘z navbatida sub’ektiv va ob’ektiv turlarga bo‘linib o‘rganiladi. Sub’ektiv (bemor seza oladigan) shikoyatlar: • Og‘riq • Qichishish • Kuyishish • Terida o‘rmalayotgan xissiyot • Uyqusizlik • Ishtaxa pasayishi • Ko‘ngli aynishi • Hid bilishining o‘zgarishi (kuchayishi, yo‘qolishi yoki sustlashishi) • Ta’m bilishining o‘zgarishi (kuchayishi, yo‘qolishi yoki sustlashishi) • Zarda qaynashi • Xotira pasayishi • Ko‘rishning pasayishi • Eshitish qobiliyati o‘zgarishi (kuchayishi, yo‘qolishi yoki sustlashishi) • Xojatga yolg‘on chaqiruvlar • Jinsiy aloqa vaqtida noxushlik sezilishi • Jinsiy qoniqmaslik Ob’ektiv (ko‘z bilan ko‘rinadigan yoki sezgi a’zolari bilan aniqladigan) shikoyatlar: • Sochlar, qoshlar, tuklar, soqol-mo‘ylovlar to‘kilishi, rangining o‘zgarishi va sinishi • Tirnoqlar rangi, shaklining o‘zgarishlari va sinishi • Ko‘p terlash, teri quruqlashishi, qipiqlanishi, moylanib yaltirab turishi • Badan hidlanishi • Teri rangi o‘zgarishi, elastikligining buzilishi
22 • Terida shishlar, chaqalar, o‘smalar paydo bo‘lishi, teri qalinlashishi • So‘lak ko‘p ajralishi, og‘iz shilliq qavatining qurishi • Til karashlanishi, yorilishi, kattalashishi, til so‘rg‘ichlarining kattalashishi yoki atrofiyalanishi, tilda tish izlarining qolishi, til rangining o‘zgarishi • Burun, quloq va jinsiy a’zolardan patologik ajralmalar ajralishi, shilliq qavatlarining qizarishi yoki karashlanishi • Qayt qilish va ich ketishi • Vaqtidan oldin eyakulyatsiya • Terida toshmalar paydo bo‘lishi (teri va shilliq qavtlarda namoyon bo‘luvchi toshmalar xaqida quyida bayon etiladi) 2.Tashxis qo‘yishning ikkinchi usuli tibbiyotda qo‘llanilayotgan anamnestik usullardan foydalanishdir. Kasallik xaqida to‘liq ma’lumot yig‘ilishi uchun quyida keltirilgan anamnezlarga e’tibor qaratamiz. Anamnezlar: • Irsiy (irsiy kasalliklar xaqida ma’lumot olish maqsadida) anamnez • Homiladorlik (homiladorlikning kechimi bolaga ta’sir darajasini o‘rganish maqsadida) anamnezi • Tug‘ruq (tug‘ilayotgan vaqtda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan kasalliklarni aniqlash maqsadida) anamnezi • Bolalik (bolalikda o‘tkazgan kasalliklari va turmush tarzining kasalliklarga ta’sirini o‘rganib chiqish maqsadida) anamnezi • Allergik (bemorda oldingi boshidan kechirgan allergik kasalliklari bor yo‘qligini aniqlash maqsadida) anamnez • Emlanish (emlashlardan keyin kelib chiqqan nojo‘ya holatlarni aniqlash maqsadida) anamnezi • Gigienik (shaxsiy gigienaga amal qilish qilmasligi natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan kasalliklarni aniqlash maqsadida) anamnez • Ovqatlanish (iste’mol qilayotgan oziq ovqatlarining kasalliklar keltirib chiqarishida ahamiyatini o‘rganish maqsadida) anamnez • Kiyinish (kiygan kiyimlarining teriga ta’sirlantiruvchi ta’siri bor yo‘qligini aniqlash uchun) anamnezi • Kosmetik (kosmetologik mahsulotlarni qo‘llaganda ularning ta’siri natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni aniqlash uchun) anamnez • Dori-darmonlar ist’emoli (qabul qilingan dori mahsulotlarining teriga nojo‘ya va foydali ta’sirlarini o‘rganish maqsadida) anamnezi
23 • Kasb (ishlayotgan kasbining boshidan kechirayotgan kasalligiga ta’sirini o‘rganish maqsadida) anamnezi • Epidemiologik (kasallikning tarqalganligini, manbasini, yuqish yo‘llari va moyillikni aniqlash uchun) anamnez • Boshidan kechirgan kasalliklar (umri davomida boshidan kechirgan kasalliklarning hozirgi kasallikka ta’siri bor yo‘qligini o‘rganish uchun) anamnezi • Boshidan kechirayotgan kasalliklar (bir vaqtning o‘zida o‘rganilayotgan kasallik bilan birga boshqa kasalliklarning birga kechishi va ularning bir-biriga salbiy ta’sirini o‘rganish maqsadida) anamnezi 3.Diagnoz qo‘yishning uchinchi usuli bemorni ob’ektiv ko‘rikdan o‘tkazib terisi va uning hosilalariga, shilliq qavatlari, tanosil va ichki a’zolarida bo‘lgan o‘zgarishlarga baho berishdan iborat. Umumiy ko‘ruv: Umumiy ko‘ruv aniq va ravshan baholanishi uchun kunduzgi yorug‘likda amalga oshiriladi va baholanadi. • Bemorning umumiy holatini (tashqi ko‘rinishi, faolligi va es-xushi baholanadi) baholash • Teri rangi (gipopigment, apigment va giperpigmentli) va holati (elastikligi, turgori, suruluvchanlgi) ga baho berish • Shilliq qavatlar rangi va holatiga (me’yorida och pushti rang, yaltiroq) baho berish. • Ajralmalarga baho berish (teri, qin, uretra, ko‘z, quloq, og‘iz shilliq qavati) usuli. Ajralmalar ekssudatli, yiringli, qonli bo‘lishiga e’tibor qaratish. • Teri hosilalariga baho berish (sochlar, tirnoqlar, ter va yog‘ bezlarini baholash) • Tanosil a’zolarining (olat, yorg‘oq, katta va kichik uyatli lablar, qin, bachadon bo‘yinchasi va.x.k.) tashqi ko‘nishiga va shilliq qavatlariga baho berish • Ichki a’zolar va asab tizimi faoliyatini baholash Teri va shilliq qavatlarda kuzatiladigan toshmalarga quyidagilarni aniqlash usulida baho beriladi: • Toshmalarning chegaralanganligi • Ularning tarqalganligi • Simmetrikligi • Asimmmetrikligi
24 • Toshmalar joylashgan sohasi • Toshmalarning o‘lchamlari • Teri sathidan ko‘tarilganligi (“+” to‘qima) • Teri sathidan chuqurlashganligi (“–” to‘qima) • Yonma-yon turgan toshmalarning bir-biriga qo‘shilganligi • Toshmalarning chegarasi; o‘tkirligi, sekinlik bilan teriga qo‘shilishi • Toshmalarning shakli; zich joylashganligi, bo‘rtib chiqqanligi • Ko‘rinishi; aylana, oval, chiziqsimon bo‘lishi • Rangi; pushti, och yoki to‘q qizil, sariq, oqish, kumush rang, qoramtir, qo‘ng‘ir va x.k. bo‘lishi • Konsistensiyasi; yumshoq, qattiq, elastik, hamirsimon • Toshmalar joylashish harakteriga qarab-izolatsiyalangan, guruhli bo‘lishi. • Toshmalarning yuzasi; silliq, dag‘al, ko‘chib turuvchi bo‘lishi mumkinligiga e’tibor qaratish lozim. 4.Diagnoz qo‘yishning eng muhim to‘rtinchi usuli teridagi hosil bo‘lgan toshmalarning (garchan toshma so‘zi o‘z nomiga to‘liq mos kelmasada terida uchraydigan barcha elementlar toshmalar deb nomlanishi qabul qilingan) kelib chiqish mexanizmini o‘rganib chiqishdan iborat. Buning uchun quyida terida uchraydigan toshmalarning tasnif va tavsifini keltiramiz. Terida va shilliq qavatlarda toshmalar paydo bo‘lishiga olib keluvchi tashqi va ichki omillar: 1.Qo‘zg‘atuvchilarning (mikroorganizmlar, mikroelementlar, mexanik, fizik, kimyoviy va biologik omillarning) bevosita teri va uning hosilalariga yoki shilliq qavatga ta’sir etishi 2.O‘choqli yallig‘lanishlar keltirib chiqarishi 3.Zaharli mahsulotlarining teri, teri osti qavati va shilliq qavatlarga toksik ta’siri 4.Mikroorganizmlar antigenlari va boshqa maxsulot antigenlariga nisbatan sezgirlikning oshishi va unga nisbatan paydo bo‘ladigan allergik reaksiyalari oqibatida 5.Qo‘zg‘atuvchilarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri terini innervatsiya qiluvchi nerv tizimiga ta’siri 6.Teri va shilliq qavatlarni innervatsiya qiladigan nerv-reflektor buzilishlaridan trofik o‘zgarishlar hisobiga
25 7.Qo‘zg‘atuvchilarning ta’siri natijasida qon va limfa tomirlarining kengayishi va ularning o‘tkazuvchanligi ortishi, ba’zida qon tomirlar butunligining buzilishi 8.Chuqur trofik o‘zgarishlar 9. Yallig‘lanish infiltratlarining paydo bo‘lishi 10.Hujayralarning me’yoridan ortiq kattalashishi 11. Hujayralarning tartibsiz o‘sishi va ko‘payishi 12.Terida destruktiv o‘zgarishlar hosil bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi. TERIGA TOSHADIGAN TOShMALAR TASNIFI VA TAVSIFI: Teri va tanosil kasalliklarida uchraydigan toshmalarning hosil bo‘lish mehanizmiga qarab tavsifi: 1.Terida joylashgan qon tomirlar kengayishi hisobiga hosil bo‘ladigan toshmalar: Bu toshmalarning saqlanish muddati juda qisqa vaqtni (bir necha daqiqadan ikki uch kungacha va undan ko‘proq bo‘lishi mumkin) tashkil qiladi. A) Nuqtasimon toshma; o‘lchami 1 mm atrofidagi rangi och qizg‘ish rangli toshmalar bo‘lib, teri bosganda va tortilganda yo‘qoladi. Bir necha sekunddan so‘ng qayta paydo bo‘ladi. B) rozeola; o‘lchami 2-5 mm, rangi qizg‘ish yoki och pushtirang, teri sathidan ko‘tarilmaydi, teri silliqligi saqlanadi, bosganda va teri tortilganda yo‘qoladi (4-rasm). D) dog‘; o‘lchami 5-20 mm keladigan elementlar, bo‘lib, ular mayda dog‘lar (5-10 mm) va katta dog‘larga (10-20 mm) bo‘linadi. Teri sathidan qisman ko‘tarilgan bo‘lib, ko‘tarilganligi oddiy ko‘z bilan qaralganda bilinmaydi, rangi qizg‘ish yoki qo‘ng‘irroq. Teri 4-rasm 5-rasm
26 bosilganda yoki tortilganda qisman yo‘qoladi va yuborilgandan keyin tez paydo bo‘ladi. E) eritema; o‘lchami 20 mm dan katta bo‘lgan toshma hisoblanadi, teri sathidan qisman ko‘tariladi. Rangi qizg‘ish rangda yoki qo‘ng‘irroq bo‘ladi. Teri tortilganda va bosilganda qisman yo‘qolib tezda qayta paydo bo‘ladi (5-rasm) . 6-rasm yo‘qolib ketish xususitiga ega (6-rasm) 2. Qon tomirlar kengayishi hisobiga yoki ularning o‘tkazuvchanligining ortishi hisobiga hujayralararo qismlarga ekssudatning yig‘ilishi natijasida hosil bo‘ladigan toshmalar. Qavarchiq; o‘lchami har xil kattalikdagi teri sathidan ko‘tarilib turuvchi, tezda namoyon bo‘lib tezda Qon tomirlar kengayishi yoki o‘tkazuvchanligining ortishi hisobiga hosil bo‘ladigan toshmalar teri hujayralarining va qon tomirlarning yallig‘langan va yallig‘lanmagan ko‘rinishida namoyon bo‘lishi mumkin. 3.Terida joylashgan qon tomirlar o‘tkazuvchanligining ortishi hisobiga hosil bo‘ladigan toshmalar: toshmalar bir necha kundan bir ikki haftagacha saqlanishi mumkin. 7-rasm A) petexiya; o‘lchami bir millimetr atrofidagi mayda qon quyilishlar bo‘lib, rangi avvaliga qizil, keyinchalik ko‘kimtir va sarg‘ish tus olib bir necha kundan keyin so‘rilib ketadi (7-rasm).
27 B) pupura; o‘lchami 2 mm dan 5 mm gacha bo‘lgan elementlar bo‘lib, rangi avvaliga qizil, qo‘ng‘ir, keyinchalik ko‘kimtir va sariq bo‘lib asta sekin so‘riladi (8-rasm) D) ekximoz; 5 millimetr dan katta qon quyilishlarga aytiladi va ular bir ikki haftagacha saqlanadi. 4.Terining ma’lum bir patologik jarayon ta’sir qilgan qismiga organizmdagi himoya hujayralarining (leykotsitlar, gistiotsitlar, blastotsitlar, makrofaglar) migratsiyalanishi (ko‘chib kelib to‘planishi) hisobiga hosil bo‘ladigan infiltratlar: A) papula (tuguncha); o‘lchami 8-rasm 9-rasm 1-2 mm dan 20 mm gacha keladigan bo‘shliqsiz toshma. Teri sathidan ko‘tarilib turadi. Rangi och pushti yoki qizg‘ish bo‘lib, yuzasi qipiqlanib turadi. Tarkibidagi hujayralar leykotsitlardan tashkil topsa yiring hosil bo‘ladi va tezda teri yuzasiga ochiladi. Papula asosan terining epiderma qavatida paydo bo‘ladi va chandiqsiz bitadi (9-rasm) B) do‘mboqcha; Terining derma qavatida paydo bo‘lib o‘lchami 3-5 mm dan 20-30 mm gacha yetadigan bo‘shliqsiz toshma. Chuqurroq joylashgan do‘mboqchalar teri ostiga tarqalib asoratlanishi mumkin. Saqlanish muddati bir-ikki haftadan bir necha oygacha davom etadi. Ba’zida so‘rilmasdan qolishi ham mumkin.
28 10-rasm D) tugun; o‘lchami 1-5 sm va undan katta bo‘lgan bo‘shliqsiz element, terining chuqur derma va derma osti qavatlarida uchraydi (10-rasm). Ular so‘rilganda o‘rnida odatda chandiqlanish kuzatiladi. Yallig‘langan va yallig‘lan- magan infiltratlar tavofut qilinadi. 5.Teri va shilliq qavatlar hujayralarining biror bir ta’sirot natijasida vakuolizatsiyalanishi (yemirilishi va o‘rnida serroz ekssudat to‘planishi) hisobiga hosil bo‘ladigan elementlar: 11-rasm 12-rasm A) pufakcha (vezikula); o‘lchami 2-5 mm keladigan teri sathidan ko‘tarilib turuvchi, ichi tiniq ekssudat bilan to‘lgan bo‘shliqli toshma. Saqlanish muddati 1-2 kun bo‘lib tezda yoriladi va o‘rnida eroziya hosil bo‘ladi (11-rasm). B) pufak (bulla); o‘lchami jixatdan 5 mm katta bo‘lgan ichi suyuqlik bilan to‘lgan bo‘shliqli elementlarga aytiladi. D) Pufak yoki pufakchaning ichidagi seroz yoki qonli ekssudat o‘rniga yiringli ekssudat yig‘ilsa pustula deb nomlanadi (12- rasm). Pustula tarkibi jihatdan suyuq yoki quyuq ekssudatdan iborat yiring saqlashi mumkin. 6. Teri va shilliq qavatlarga tashqi yoki ichki faktorlarning ta’siri natijasida
29 14-rasm teridagi hujayralarning yemirilishi (destruksiyasi) hisobiga hosil bo‘ladigan elementlar: A) eroziya; teri yoki shilliq qavatning yuzaki shikastlanishi hisoblanadi. Teri yoki shilliq qavat osti mushak qavati ko‘rinmaydi, asoratsiz kechganda teri yoki shilliq qavat 3-4 kun ichida chandiqsiz tiklanadi (13- rasm). B) tirnalish (ekskoriatsiya); terining tirnalishi natijasida sodir bo‘ladigan patologik jarayon hisoblanadi (14-rasm). Bu xam terining yuza jarohatlanishi turiga kirib chandiqsiz bitish xususiyatiga ega. O‘rnida gipoxrom yoki giperxrom dog‘lar qoldirishi mumkin. D) yoriq (fissura); terining chiziqsimon shikastlanishi bo‘lib, yuzaki yoriqlar faqat epidermis qismini jarohatlashi, chuqur yoriqlar derma va derma osti qavatlarini shikastlashi mumkin (15-rasm). Yoriqlardan keyin o‘rnida atrofik, ormotrofik yoki gipertrofik chandiq qolishi mumkin. E) yara; teri yoki shilliq qavatning barcha qismlari to‘la shikastlanadi. Teri yoki shilliq qavat ostidagi mushaklar ko‘rinib turadi va bir ikki hafta ichida chandiq bilan tiklanadi (16-rasm). 13-rasm 15-rasm 16-rasm
30 7. Ichki yoki tashqi faktorlarning ta’siri natijasida terining yuza, epidermaning shoxsimon qavati ko‘chishining (qipiqlanishining) tezlashishi hisobiga hosil bo‘ladgan toshmalar: (17-rasm) A) unsimon qipiqlanish; qipiqlar un ko‘rinishida uvalangan bo‘ladi. B) kepaksimon qipiqlanish; kepak ko‘rinishidagi qipiqlanish bo‘lib, o‘lchami 1-2 mm keladi. D) tangasimon qipiq: o‘lchami jihatdan 2-5 mm keladigan qipiqlanish. E) bargsimon qipiq: o‘lchami 5 mm dan katta 17-rasm bo‘lgan teri ko‘chishlari hisoblanadi. 8. Teri epidermis qismining qayta-qayta, ko‘p va uzoq muddatda ta’sirlanib turishi natijasida hujayralar gipertrofiyasi hisobiga hosil bo‘ladigan toshma: 18-rasm Lixenifikatsiya; o‘lchami har xil kattalikdagi teri sathidan ko‘tarilib turuvchi, terining qalinlashishi hisobiga paydo bo‘ladigan element. Asosan terining surunkali kasalliklarida namoyon bo‘ladi (18-rasm). 9. Terining epiderma qavatidagi teriga rang beruvchi hujayralar faoliyatining o‘zgarishi (melanotsitlar 19-rasm Ahromiya-sxemasi
31 faoliyatining kuchayishi yoki pasayishi) natijasida yoki teriga organizmda hosil bo‘ladigan mahsulotlari (bilirubin, biliverdin, karotin) ba’zida yot jismlarning (bo‘yoqlar) o‘tirib qolishi natijasida teri rangining o‘zgarishi hisobiga paydo bo‘ladigan elementlar (19- rasm). A) Axromiya; teri rangining yo‘qolishi. 20-rasm Teri atrofiyasi sxematik ko'rinishi B) Gipoxromiya; teri rangining sustlashishi. D) Giperxromiya; teri rangining kuchayishi. 10. Terining derma va derma osti qavatlarining jarohatlanishi oqibatida biriktiruvchi to‘qima o‘sishidan hosil bo‘ladigan element. Chandiq; o‘lchami 1-2mm dan bir necha santimetrgacha 21-rasm Gipertrofik chandiq etadigan teri sathidan ko‘tarilib turuvchi yoki aksincha teri sathidan chuqur joylashgan element bo‘lib butun umr davomida saqlanadi. Kichik o‘lchamdagi chandiqlar yillar davomida o‘z shaklini yo‘qotish xususiyatiga ega. Chandiqlar atrofiyalangan (20-rasm), normotrofiyali va gipertrofiyalangan (21-rasm) turlarga ajratiladi. 11. Teri hujayralarining shikastlanishi yoki pufak va pufakchalar ichidagi ekssudatning qotishi natijasida hosil bo‘ladigan elementlar: Qaloqlar; yiringli (yiringli ekssudat qotishidan hosil bo‘ladi, oqish rangda), serozli (serozli ekssudat qotishidan paydo bo‘ladi, sarg‘ish rangda) va qonli (qonli ekssudat yoki qonning o‘ziqotishi hisobiga paydo bo‘ladi, qo‘ng‘ir yoki qizg‘ish rangda) turlari tafovut qilinadi (22-rasm).
32 22-rasm Qaloq (Krusta)-sxematik ko'rinishi 12. Terining epiderma va so‘rg‘ichsimon qavat hujayralarining o‘sishi hisobiga hosil bo‘ladigan elementlar: Vegetatsiya; teri sathidan ko‘tarilib turuvchi shilliq qavatlar rangida, notekis shakldagi tez-tez qonab turish xususiyatiga ega. Terining patomorfologiyasi: Epiderma, dermada va gipodermada sodir bo‘ladigan patomorfologik jarayonlar har xil toshmalarning paydo bo‘lishida va ularning maxsus diagnostikasi asosiy o‘rinni egallaydi. Patologik jarayonning harakteriga qarab epidermisda epidermal kinetikaning o‘zgarishlariga qarab giperkeratoz, granulyoz va akantoz jarayonlari kuzatiladi. Epidermisdagi hujayralarning differensirovkasi buzilishi hisobiga parakeratoz va 23-rasm Giperkeratoz ko'rinishi diskeratoz, epidermisdagi hujayralararo bog‘lamlarining buzilishidan akantoliz, spongioz va vakuolizatsiyalangan distrofiya holatlari yuzaga keladi. 24-rasm Giperkeratoz-keratin miqdorining ortib ketishi hisobiga epidermisning mug‘uz qavati qalinlashishidir. Proleferativ va retension giperkeratoz ajratiladi. Proliferativ giperkeratoz donador va tikanaksimon qavat hujayralarining funksional faoliyatining ortib ketishidan hosil bo‘ladi (23-rasm). Retension giperkeratoz mug‘uz qavatining mug‘uzlanishining sekinlashishi
33 hisobiga ya’ni ko‘chib tushishi kerak bo‘lgan qipiqlarning tushmasdan qolishi hisobiga kelib chiqadi. Granulyoz-donador qavat hujayralarining qalinlashishi hisobiga kelib chiqadi. 1-2 qator donador xuxayralar o‘rnida 5-6 qator joylashgan hujayralar paydo bo‘ladi. Granulyoz ko‘pincha proliferativ giperkeratoz bilan birga kechadi (24- rasm). Akantoz-Bazal qavati keratinotsitlarining energetik va mitotik xususiyalarining kuchayishi hisobiga hujayralarining proliferatsiyasi natijasida tikanaksimon qavat qalinlashishidir (25-rasm). Parakeratoz-epidermisda keratogialin ishlab chiqishining sustlashishi yoki umuman to‘xtashi hisobiga mug‘uzlanish jarayonining izdan chiqishi, natijada epidermisning to‘la mug‘uzlanmasdan qolishidir (26-rasm). Diskeratoz-ba’zi keratinotsitlarning vaqtidan oldin avtonom holda mug‘uzlanishidir. Bunda hujayralarning sitoplazmasi donador, yadrosi kattalashgan va intensiv bo‘yalgan bo‘ladi. Hujayralar aro bog‘liqlik uzilgan bo‘lib ular epidermisning hamma qavatida uchraydi va xaotik haraktlanadi. Epidermisning yuza qavatiga yaqinlashganda shakli 25-rasm Qora akantoz 26-rasm Granulyar parakeratoz 27-rasm Tug'ma diskeratoz sharsimon bo‘lib qoladi. Keyin juda kichik donador yadrolarga aylanib atsidofil hosilalarga aylanadi (27-rasm). Akantoliz-Tikanaksimon qavat keratinotsitlarig bog‘lamlarining uzilishi hisobiga hosil bo‘lishi. Bunday holatlarda epiderma ichi suyuqlik bilan to‘lgan bo‘shliqli hosilalar (pufakchalar) paydo bo‘ladi.
34 Tikanaksimon qavat hujayralari hujayralar aro bog‘liqlikni yo‘qotib akantolitik hujayralarga (Tsank hujayralari) aylanib qoladi (28- rasm). Spongioz-qon tomirlari kengayishi va o‘tkazuvchanligi ortishi hisobiga epidermisda hujayralar aro suyuqlik to‘planishi. Bunday holatlarda 28-rasm Terida akantolizis jarayoni 29-rasm Spongioz- hujayralararo shish hujayralarning ikki tomonga siljishi natijasida hujayralar aro bog‘liqlik taranglashib uziladi va ular orasida suyuqlikka to‘lgan mikro bo‘shliqlar hosil bo‘ladi. Ba’zida mikrobo‘shliqlarning bir-biri bilan qo‘shilishi katta bo‘shliqlarni (pufakchalarni) hosil qilishi mumkin (29- rasm). Hosil bo‘lgan toshmalarning uchrash vaqtiga qarab shartli ravishda birlamchi va ikkilamchi elementlar tafovut qilinadi. Birlamchi elementlarga: pufakcha (vesicula), pufak (bulla), yiringcha (pustula), qavarchiq (urtica), dog‘ (macula), tuguncha (papula), do‘mboqcha (tuberculum) va tugun (nodus) kiradi. Bir vaqtning o‘zida bir xil toshmalarning toshishi monomorf harakterdagi toshmalar deb ataladi. Bir vaqtning o‘zida ikki yoki undan ortiq elementlarning toshishi polimorf harakterdagi toshmalar deb yuritiladi. Ikkilamchi morfologik elementlarga: disxromiyalar (gipo, giper va axromiyalar) yoriqlar (fissura), ekskoriatsiyalar (excoriatio), eroziya (erosio), yara (ulcus), qipiqlar (squama), qaloqlar (crusta), chandiqlar (cicatrix), lixenifikatsiya (lichenizatio ) va vegetatsiyalar (vegetatio) kiradi. 5. Diagnostikaning beshinchi usuli teri holatiga baho berish usullaridir: quyidagi usullar yordamida ba’zi bir kasalliklarni aniqlash mumkin.
35 • Teridagi patologik o‘choq sohasini qavat-qavat qirindi olib tekshirish. • Psoriazda terining qipiqlanishi va tomirlarning shikastlanish darajasi baholanadi (Auspits belgisi). • Mushak-soch refleksini aniqlash; teriga sovuq buyum tegirilsa “o‘rdak terisi” belgisi hosil bo‘lishi. • Dermografizmni aniqlash (teriga biror bir predmet bilan bosilsa yoki chiziqli ta’sir o‘tkazilsa o‘rnida oq yoki qizil dog‘lar hosil bo‘ladi, bular qon tomirlarning kengayishi yoki torayishidan kelib chiqadi). • Terining sovuqqa sezgirligini aniqlash; teriga muz bilan ta’sir qilinsa, o‘lchami katta bo‘lgan qavarchiqlar hosil bo‘lishi. • Diaskopiya usuli yoki terini tortib ko‘rish usuli (teri tortib ko‘rilganda yoki buyum oynasi bilan bosilganda kengaygan qon tomirlarining tortilishi hisobiga rozeola va dog‘larning vaqtincha yo‘qolishi kuzatiladi). • Teri allergik sinamalarini qo‘yish (tuberkulin, leyshmanin). • Rangli sinamalar teriga yod preparatini surtib qipiqlangan terining yodni qanchalik so‘rib olishiga baho beriladi (rang-barang temiratkida qo‘llaniladi). • Bene sinamasini aniqlash (qipiqlanayotgan sohaga tirnoq bilan dukkilatib urib qipiqlanishni kuchayishini aniqlash) • Ter ajralishini tekshirib ko‘rish usuli (elektr tokining qarshiligiga asoslangan) • Terining taktil sezgirligini aniqlash usuli • Kapilyaroskop yordamida kapilyar tomirlarini holatini tekshirib ko‘rish usuli. • Vud lampalaridan foydalanish usuli (qorong‘i xonada Vud filtrlaridan o‘tkazilgan ultrabinafsha nurlarining (qora yorug‘lik) teriga, sochga va peshobga yo‘naltirilishi yordamida teri, soch va peshobdagi o‘zgarishlar aniqlanib diagnoz qo‘yiladi). Rang-barang temiratkida tillarang, eritrazmada qizg‘ish rang, vitiligoda fil suyagi ranglarida tovlanishi aniqlangan. 6. Yuqorida keltirilgan usullar yordamida taxminiy diagnozni oydinlashtirgandan so‘ng, klinik dianozni laborator va instrumental usullar yordamida tasdiqlash mumkin, bu diagnostikaning oltinchi usuli hisoblanadi. Laborator tekshirish usullari: • Qon, peshob, axlat va boshqa suyuqliklarning umumiy analizi.
36 • Bakteriologik; qo‘zg‘atuvchilarni oziq muhitlariga ekib o‘stirib aniqlash usullari. • Bakterioskopik; patologik ajralmalardan yoki toshmalardan surtmalar tayyorlab ularni bo‘yash usuli bilan mikroskopik ko‘rib qo‘zg‘atuvchilarni aniqlash. • Mikologik usul yordamida zamburug‘lar va ularning mitseliylarini aniqlash maqsadida maxsus muhitlarga (Saburo dekstrozali agari, (DTM-DTV) “Dermatophyte test media-Dermatofit test vositasi") olingan materiallarni ekib aniqlanadi. • Virusologik usullar yordamida olingan materialni tuxum embrioni muhitlarida ekib aniqlash. • Biokimyoviy analizlar. • Tsank usulida sitologik tekshiruv (pufaklar hosil bo‘lishi bilan kechadigan kasalliklarda Gimza usulida bo‘yash yordamida katta yadroli hujayralar aniqlanadi). • Gistologik usul yordamida teri yoki shilliq qavatlardagi hujayralarning patologik holatlari o‘rganiladi (biopsiya olinib, hujayralarda bo‘ladigan gistologik o‘zgarishlarni aniqlash). Asosan terining o‘sma kasalliklarida muhim ahamiyatga ega. • In vitro (organizmdan tashqi) sharoitida immunologik testlar qo‘yish, organizmda kuzatilayotgan immunologik o‘zgarishlarni aniqlash uchun maxsus testlar o‘tkaziladi. Probirkada o‘tkaziladigan bu testlar antigen-antitela reaksiyalariga asoslangan bo‘lib ular quyidagi usullar hisoblanadi: Leykotsitlar migratsiyalanishining tormozlanish reaksiyasi, neytrofillarning alteratsiyalanish reaksiyasi, neytrofillarning shikastlanish ko‘rsatgichlari reaksiyasi va x.k. • Serologik reaksiyalar yordamida mikroorganizmlarning antigenlari, ularga nisbatan paydo bo‘ladigan antitelolar titrlari aniqlanadi. • Gistokimyoviy, spektografik va kalorimetrik usullar yordamida teri tarkibidagi mikroelementlarni aniqlash usullari qo‘llaniladi. • Angiografik usullar yordamida qon tomirlardagi patologik jarayonni aniqlash. • Instrumental usullar. • Immunoferment analizlari. • Zanjirli polimeraza reaksiyasi kabi analizlar diagnozni tasdiqlashda yordam beradi.
37 Teri va tanosil kasliklari bilan kasallangan shaxslarni davolash prinsiplari Davo muolajalarini o‘tkazishda etiotrop, patogenetik va simptomatik prinsiplarga amal qilinadi. Teri va tanosil kasalliklarini amaliyotda davolash maqsadida quyida keltirilgan bir qancha terapevtik usullardan qo‘llaniladi. 1. Parxez (bemorga berilayotgan oziq ovqatlarga jiddiy e’tibor bilan qaraladi) taomlardan foydalanib davolash. 2. Medikamentoz (farmokoterapiya) davo. 3. Fizioterapevtik muolajalar. 4. Fitoterapiya. 5. Psixoterapiya (autogen trening, gipnoz, tushintirish usuli). 6. Jarroxlik usullari (terida hosil bo‘lgan hosilalarni operativ usulda olib tashlash, mikroxirurgik usullar) 7. Kriodestruksiya (zakis azot bilan muzlatib davolash) 8. Sihatgohlarda davolash usullari. Medikamentoz davolash usullari quyidagilardan foydalanib olib boriladi: Etiotrop davo-teri va tanosil kasalliklarini keltirib chiqaruvchi omillarni ya’ni qo‘zg‘atuvchilarni mahaliy va umumiy usullarda etiotrop dori preparatlarini qo‘llash yordamida olib boriladi. Qo‘zg‘atuvchilarning turlariga ta’sir etuvchi preparatlar belgilanadi. Bakterial etiologiyadagi qo‘zg‘atuvchilarga antibakterial guruhi preparatlari ularning sezgirligiga qarab beriladi. Bu guruh preparatlari quyidagilardan iborat: 1.Tabiiy sintetik va biosintetik penitsillin guruhi preparatlari; Benzilpenitsillin natriyli va kaliyli tuzlari, fenoksimetilpenitsillin, bitsillin-1, bitsillin-3, bitsillin-5. Yarim sintetik penitsillinlar; metitsillin, oksatsillin, dikloksatsillin, ampitsillin, amoksitsillin, karbenitsillin, atsidotsillin, fenetitsillin va ampioks kabi va boshqa preparatlar qo‘llaniladi. 2.Beta laktamaz ingibitorlari; Klavulan kislota, sulbaktam, unazin. 3.Sulfanilamidlar; streptotsid, norsulfazol, sulfadimezin, urosulfan, etazol, sulfazin, sulfadimetoksin, sulfamonometoksin, sulfalen, sulgin, ftalazol, ftazin, salazopiridazin.
38 4.Aminoglikozidlar; ularning 3 ta avlodi yaratilgan; 1-avlodiga streptomitsin, kanamitsin, neomitsin va monomitsin, 2-avlodiga gentamitsin, 3-avlodiga tobramitsin, sisomitsin, amikatsin, netilmitsinlar kiradi. 5.Sefalosporinlar; hozirgi kunda sefalosporinlar 4 ta guruhga ajratilgan bo‘lib 50 dan ortiq nomli dori preparatlari ishlatiladi. sefazolin (kefzol, sefamizin), sefalotin (keflin, sepovenin), sefaloridin (separin, loridin), sefamandol (kefadol, mandol), sefuroksim (ketotsef, sinasef), sefotaksim (kloforan), seftriakson (rotsefin, longasef), seftazidim (fotrum, kefadim), sefoksitin (mefoksin) va boshqalar. 6.Polimiksinlar; polimiksin V, polimiksin M va polimiksin Ye (kolistin). 7.Tetrasiklin guruhi preparatlari; tetrasiklin, oksitetrasiklin, metasiklin, doksisiklin, vibramitsin, monosiklin, oletetrin, sigmamitsin, olemorfosiklin. 8.Levomitsetin guruhi dorilari; Levomitsetin suksinat. 9.Rifampitsin; benemitsin, rifadin. 10.Makrolidlar; eritromitsin, oleandomitsin, roksitromitsin, azitromitsin, midekamitsin. Makrolidlarga yaqin bo‘lgan antibiotiklar: linkomitsin, klindamitsin, ristomitsin, vankomitsin. 11.Nitrofuranlar; furazolidon, furatsillin, furadonin, furagin. 12. 4-8 oksixinolin unumlari guruhi preparatlari; enteroseptol, meksaform, meksaza, intestopan, nitroksolin (5-NOK). 13. Ftorxinolinlar; siprofloksatsin (siprobay, sifloksinal), ofloflaksatsin (floksin, tarivid), enosatsin, pefloksatsin (peflatsin, abaktal), amifloksatsin, rufloksatsin, difloksatsin. Zamburug‘lar keltirib chiqaruvchi kasalliklarda etiotrop dori sifatida zamburug‘larga qarshi preparatlar mahalliy yoki umumiy usulda qo‘llaniladi. 1.Zamburug‘ga qarshi birinchi avlod polien guruhi preparatlari; Amfoteritsin V (amfoglyukamin, mikogeptin), nistatin, levorin. 2. Ftorlangan pirimidin (5-flyuorotsitozin) unumlari; Flyusitozin. 3. Sintetik imidazol unumlari; Mikonazol, ketokonazol, 4.Zamburug‘ga qarshi preparatlarning uchinchi avlodi triazol unumlari; Flukanazol, dyuflikan, intrakonazol. Mahalliy va umumiy qo‘llaniladigan zamburuqqa qarshi preparatlar:
39 Mahalliy: Mikoseptin, Dermazol, Terbinoks, Lamizil, Mifungar, Terfalin, Mikosist, Dermatol, Klotrimazol malhamlari. Kandid V kremi. Umumiy: Rubromikoz, Flunol 50-150 mg, Lamizil 250mg, Futsis 50, 150, 250 mg, Flukanazol 50, 150, 200 mg, Flyusitozin, Dermazol, Griziofulvin 0,125, Orungal 150mg, Terbinafin, Diflyukan 50, 100, 150mg, Terbizil 125, 250 mg, Diflyuzol 50, 100, 150mg, Flurit 150 mg, Tibazol, Intrakonazol 100mg, Ketokenazol 150 mg, Mikonazol 150 mg, Terbinoks 125mg, Mikosist 150mg, Flyuzol 50, 150 mg va boshqalar tabletka yoki kapsula ko‘rinishida chiqariladi. Sodda jonivorlar keltirib chiqargan teri va tanosil kasalliklarini davolashda metronidazol (trixopol, orvagil, klion, efloran, tinidazol, trikaniks, flagil, sekdinazol) ya’ni nitroimdazollarning geterosiklik birikmalari ishlatiladi. Bulardan tashqari nitazol, trixomonatsid, oktilin, solyusurmin, aminoxinol, gidroxlorid emetin kabi preparatlar ham qo‘llaniladi. Teri kasalliklarini keltirib chiqarishida terida yashovchi kanalar, bitlar va burgalar ham katta ahamiyatga ega, ularga qarshi oltingugurt malhami, benzilbenzoatning natriyli malhami, natriy tiosulfat yoki giposulfat eritmalari, spergal aerozoli, ivermektin tabletkalari ishlatiladi. Virusga qarshi preparatlar; asiklovir, gansiklovir, adenozin arebinozid (vidarabin, vira-A), azidotimidin (zidovudin, retrovir) kabi preparatlar keng qo‘laniladi. Patogenetik davo sifatida yallig‘lanishga qarshi preparatlar: steroidli va nosteroidli preparatlar ishlatiladi. Salitsil kislota unumlari; asetilsalitsil kislota, natriy salitsilat, salitsilamid, dolobid. Indoluksus kislota unumlari; indometatsin, sulindak, etodolak. Ariluksus kislota unumlari; diklofenak natriy, ortofen, voltaren, feloran, kaliy diklofenak, fentiazak, lonozalak. Propion kislota unumlari; ibuprofen, naproksen, ketoprofen, flurbiprofen, fenoprofen, tiaprofen kislota. Antranil kislota unumlari; mefenam kislota, meklofenam kislota, tofenam kislota. Geteroariluksus kislota unumlari; tolektin. Pirazolon unumlari; azapropazon, klofezon. Oksikamlar; piroksikam, tenoksikam.
40 Glyukokortikosteroid preparatlari; prednizolon, prednizon, triamsinolon, deksametazon, deksazon, metilprednizalon, urbazon, betametazon, seleston, kenalog, diprospan. Mahalliy ishlatiladigan glyukokortikosteroidlar; betametazon natriy, betametazon valeriat, betametazon fosfat, deksametazon, metilprednizolon asetat, klobetazol propionat, dezoksimetazon. Antiallergik preparatlar; klemastin (tavegil), Terfenadin, Astemizol, Loratadin (klaritin), setirizin, og‘ir allergik holatlarda glyukokortikosteroidli beklometazon dipropionat, betametazon, budesonid, flunisolid kabi preparatlar ishlatiladi. Immundepressantlar; siklosporin A, azatioprin, Metotreksat (ametopterin, metilaminopterin), 6-merkaptopurin, Siklofosfan (siklofosfamid, mitoksan, sitoksan, endoksan), Vinblastin. Immunstimulyatorlar; immunstimullovchi preparatlar uch guruhga bo‘linadi; 1. Mikroorganizmlar mahsulotlari-bronxovaksom, krestin, lentinan, biostim, ribomunil. 2. Timus peptidlarining ekstarkti-timostimulin, t-aktivin, timomodulin. 3. Kimyoviy strukturaga ega bo‘lgan preparatlar-levamizol (dekaris), inozin, pranobeks, impreg, bromipirin. Simptomatik davo vositalari juda ko‘p holatlarda ishlatilib ular vaqtinchalik bemorning umumiy ahvolini yaxshilashga qaratiladi. Ular og‘riq qoldirish, tana haroratini tushirish, qichishish va achishini kamaytirish yoki qoldirish, asabni tinchlantirish, uyqusizlikni yo‘qotish, bemorning kayfiyatini ko‘tarish kabi maqsadlarda ularni kamaytirish yoki yo‘qotish uchun beriladi. Tinchlantiruvchi preparatlar; bromidlar, valerianka preparatlari, xloralgidrat, kam miqdorda (dozada) barbituratlar. Neyroleptiklar; aminazin, tizersin, propazin, neuleptil, tioridazin, trifazin, etaperazin, frenolon, majeptil, galoperidol, trifluperidol, droperidol, rezerpin, karbidin, klozapin, sulpirid. Trankvilizatorlar yoki anksiolitiklar; lorazepam, fenazepam, elenium, meprobamat, skutamil, amizil, tazepam, tranksen, medazepam, mebikar, trioksazin, grandaksin, ataraks. Antidepressantlar; Melipramin (imizin, antideprin, imipramin), iprazid, nialamid, mianserin, amitriptilin, azafen, pirazidol, dezipramin, nomifenzil, trazadon.
41 Psixostimulyatorlar; fenamin, pervitin, metilfenidat, pemolin, sidnokarb, sidnofen, kofein. Uyqu chaqiruvchi preparatlar; kuchli uyqu chaqiruvchilar; xloralgidrat, metakvalon, lorazepam (ativan), flunitrazepam (rogipnol). O‘rtacha ta’sir qiluvchi uyqu chaqiruvchilar fenazepam, flurazepam (dalmadorm), nitrazepam (eunoktin, radedorm), glutetimid (nokmiron), vinilbital (speda), etxlovinol (arvinol). Yengil uyqu chaqiruvchi preparat bromizoval (bromural). Teriga yoki shilliq qavatlarga mahalliy qo‘llaniluvchi preparatlar: Eritmalar-qattiq dori vositalarining erituvchi suyuqliklardagi erigan ko‘rinishidir. Erituvchi sifatida distillirlangan suv, etil spirti, glitserin va suyuq moylar ishlatiladi. Eritmalar surtish, artish, namlab turish, isituvchi kompresslar, nam-qurituvchi bog‘lamlar ko‘rinishida ishlatiladi. Yodning spirtli eritmasi, brilliant ko‘ki, borat kislotaning spirtli eritmasi, salitsil kislotasi, karbol kislota kabi eritmalar ishlatiladi. Antiseptik, qichishni kamaytiruvchi, yog‘sizlantiruvchi va qurituvchi ta’sirlar ko‘rsatadi. Namlovchi eritmalar-burishtiruvchi, antiseptik va qurituvchi ta’sir ko‘rsatadi. Buning uchun 4-5 qavat doka olinib belgilangan eritmaga botirib olinadi va yengil siqib tashlanib terining namlanib turgan joyiga qo‘yiladi, har 10-15 minutda uning qurib qolishi ehtimoli borligi uchun almashtirib turiladi yoki eritmani doka ustidan oz-ozdan quyib turiladi. Eritmalar xona haroratida yoki biroz sovutilgan holda ishlatiladi. Namlovchi eritmalarni xaddan tashqari ko‘p iishlatish terining qurib qolishiga va yoriqlar paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Rivanol, furatsillin, kumushli suv, lyapisning yengil eritmasi ishlatiladi. Nam-qurituvchi bog‘lamlar-namlanib turuvchi yallig‘lanish bilan kechuvchi holatlarda ishlatiladi. Namlanib turgan teri sohasiga 4- 5 qavat namlangan doka qo‘yilib, doka usti gigroskopik bint bilan bog‘lab qo‘yiladi. Har 3-4 soatda doka almashtirilib turiladi. Sekin bug‘lanadigan suyuqlik terini sovutadi va yallig‘lanish jarayonini sekinlashtiradi. Isituvchi kompresslar-surunkali yallig‘lanish jarayonida va terining qalinlashishi bilan kechgan holatlarda qo‘llaniladi. Terining jarohat joyiga mos qilib 4-5 qavatli dokani eritma bilan namlab qo‘yib uning ustidan 1-2 qavatli qog‘oz bilan yopib qo‘yiladi. Terining shu
42 sohasi isishi natijasida qon aylanishi yaxshilanib, yallig‘lanish jarayonining kamayishiga va infiltratlarning tez so‘rilishiga olib keladi. Isituvchi kompresslarni rux, naftalan pastalari bilan birga qo‘yish yaxshi so‘riltiruvchi natija beradi. Mahalliy vannalar-ko‘pincha barmoqlar va tovon-panjalar uchun ishlatish qulay bo‘lib, iliq yoki issiq eritmalarga 15-20 minut davomida botirib o‘tirish tavsiya qilinadi. Ko‘pgina xollarda kaliy permanganat ishlatiladi. Kukunli upalar-mineral (talk, rux) yoki organik moddalarning kukunsimon ko‘rinishi hisoblanadi. Ular qurituvchi, so‘ruvchi, sovituvchi va terini himoyalovchi ta’sirlar ko‘rsatadi. Terining jarohatlangan sohasiga yupqagina qilip sepiladi. Ular teridan tez tushib ketmasligi uchun jarohat joyiga avval yupqa qilib moy yoki malham surtilib keyin kukunni sepish uning uzoq muddat terida saqlanishini ta’minlab beradi. Namlanib turgan teriga kukun sepish taqiqlanadi, chunki ekksudat bilan birikib qaloq hosil qilib uning ostida yallig‘lanishni kuchaytirib qo‘yishi mumkin. Upalar-antiseptik va antibakterial dori vositalarning kukunlari hisoblanadi. Shu maqsadda talk, vismut, rux oksidi, kraxmal, dermatol, kseroform kabi moddalarning kukunlari ishlatiladi. Aerozollar-maxsus klapanli germetik ballonlarda chiqarilib tarkibida gazli muhit va dori moddalar aralashmasini o‘zida saqlaydi. Jarohatlangan teri yoki shilliq qavatlarga kuniga 1-2 marotaba sepish yo‘li bilan davo muolajalari amalga oshiriladi. Linimentlar-dori preparatlarining erkin disperslari hisoblanadi. Ko‘rsatmalari va ishlatish usullari chayqatmalarni qo‘llaganday ishlatiladi. Pasta-moyli yoki moysimon moddalar va kukunning 1:1 nisbatdagi aralashmasidir, ular yuzaki, yumshatuvchi, qurituvchi va sovutuvchi ta’sir ko‘rsatadi. O‘tkir osti yallig‘lanish bilan kechuvchi toshmalarida kuniga bir ikki marta yupqa qilib jarohatlangan teriga surtiladi. Chayqatmalar-kukunning (talk, kraxmal, rux va boshqa kukunlarining) suvdagi (suvli-spirtli) yoki moydagi eritmasi hisoblanadi. Chayqatmalar surtilgandan keyin suvning parlanib ketishi kuchli sovutuvchi va qichishni kamaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Nomidan ko‘rinib turganidek chayqatmalarni qo‘llashdan oldin idishda yaxshilab chayqatib cho‘kma hosil bo‘lmasdan darxol ishlatiladi.
43 Malhamlar (mazlar)- antibakterial, antimikotik, antivirusli va antiparazitar, yallig‘lanishga qarshi ta’sirlari mavjud bo‘lib, isituvchi, yumshatuvchi va oziqlantiruvchi ta’sirga ega. Ular asosan moyli va sintetik moyli moddalardan va oltingugurt, rezorsin, mentol, kseroform va shunga o‘xshash boshqa moddalarning aralashmalaridan tashkil topgandir. Malhamlar ko‘pincha surunkali infiltratlangan teri kasalliklarida qo‘llaniladi. Kremlar- dori vositalarining yumshoq shakli hisoblanadi, assosiy 2/3 qism tarkibi malhamlardan 1/3 tarkibi suvdan tashkil topgan bo‘lib, kremlar teriga surtilgach suv qismining parlanib uchib ketishi hisobiga terining sovushi va yallig‘lanishga qarshi ta’siri namoyon bo‘ladi. Suv qismi bug‘lanib ketgach qolgan qismi malhamlardek ta’sir ko‘rsatadi. Laklar-asosiy tarkibi kollodiylardan iborat bo‘lib, ular surtilgan sohada boylamsiz turadi. Shuning uchun laklar tirnoq kaksalliklarida ularga surtib davolashda qo‘llaniladi. Plastirlar-tarkibi zich moddalardan tashkil topgan bo‘lib, ular kuchli isituvchi va so‘riltiruvchi ta’sirlarga egadir. Plastirlar surunkali va qalinlashgan teri sohalariga mahalliy qo‘llaniladi. Teri kasalliklarini davolashda bir qancha kombinatsiyalashgan (bir necha xil ta’sirga ega) dori preparatlarini o‘z ichida saqlovchi malham va kremlar ishlatiladi. Gioksizon malhami, oksikort malhami, lorinden A va C, triderm, trinazol, dermoveyt, selestoderm gentamitsinli malhami, flutsinar-N, Viferon, Kortomitsetin, Pimafukort, Betaderm, selestoderm-B B garamitsinli malhami, Skinazol, Kanderm-BG, Fuziderm-B, Abistan kabi tarkibida antibakterial, antimikotik, antiallergik yoki antivirusli preparatlarning bir yoki bir nechatasini saqlovchi preparatlar ishlatiladi. Kirish qismi bo‘yicha talabaning amaliy mashg‘ulotni o‘tkazishi uchun zarur talablar: 1.Bemorning umumiy holatiga baho berish; Yuz tuzilishiga ahamiyat berish kerak, yuz tuzilishiga qarab bemorning emotsional holatiga baho bersa bo‘ladi (charchoqlik, g‘amginlik, jahldorlik). Burun shakli deformatsiyalari har xil kasalliklar tashxisida yordam berishi mumkin: zaxmda “egarsimon burun”, teri silida, rinofimda burunning yumshoq to‘qimalariniing shikastlanishi.
44 2. Bemorning shikoyatlarini tinglash va anamnezlarini to‘liq eshitish; Asosiy va qo‘shimcha, sub’ektiv va ob’ektiv shikoyatlarni eshita bilish. Kasallik va hayotiy anamnezlarini tinglash va faol so‘rab surishtirish orqali oydinlik kiritish. 3. Bemorni ko‘rikka tayyorlashni amalga oshirish; Buning uchun ko‘rik xonasi yaxshi jihozlangan va tayyorligi e’tiborga olinadi. Xona harorati 22-23 S˚ atrofida bo‘lishi, past haroratda teri tomirlari qisqarishi hisobiga elementlari kam sezilarli bo‘lib qoladi, yuqori haroratda aksincha teri tomirlari kengayadi va rozela, dog‘lar va eritemalar paydo bo‘lishi mumkin. Bular teri holatiga aniq baho berishga halaqit beradi. 4.Teri va shilliq qavatni ko‘zdan kechirish, teri holatiga baho berish; Teri va shilliq qavatlarni ko‘zdan kechirish teri va tanosil kasalliklarining birlamchi va asosiy tekshirish usulidir. Teri va shilliq qavatlar ko‘ruvi tartib bilan yuz sohasidan boshlanib yuz terisi, ko‘z, burun, og‘iz shilliq qavatlar, so‘ngra bo‘yin, qo‘llar, ko‘krak, qorin, oyoqlar old yuzasi, yelka, bel, dumbalar va oyoqning orqa yuzasi va jinsiy a’zolar terisi va shilliq qavatlari ko‘zdan kechiriladi. Ayrim hollarda binokulyar lupalarni qo‘llash shart. Bunda 3-5 marta kattalashtirish qo‘llaniladi. Lupa yordamida tangacha, qaloq rozeola, petexiyalar harakteriga baho berish mumkin. 5. Teri va shilliq qavatlar rangiga e’tibor berish va baholash; Me’yorda teri bug‘doy rang, sarg‘ish, oqish, qoramtir rangda bo‘lib, bunday ranglar irqlarga bo‘linishi bilan bog‘liqdir va uning asasida teriga rang beruvchi melanotsitlar miqdori bilan bog‘liq. Teri normada baxmal ko‘rinishida bo‘ladi, yaltiramaydi, unda ter bezlari chiqaruv naylariniing og‘zi kengaymagan bo‘ladi. Shilliq qavatlar rangi me’yorida och pushti rangda, yaltiroq ko‘rinishda bo‘ladi va doimiy namlanib turadi. Teri hosilalari ham o‘z navbatida ko‘rinishi, rangi, tuzilishi bilan ajralib turadi. Ayrim hollarda teri rangi o‘zgaradi, agar tomirlarda qon turib qolsa teri ko‘kimtir rangda bo‘ladi. Akrodermatitda teri ko‘kimtir tusda bo‘ladi. Zamburug‘li mikozning boshlang‘ich bosqichida teri jigarrang tusda bo‘ladi. Ixtiozda, melonodermiyada va Addisson kasalliklarida u ko‘kimtir-qora rangda bo‘ladi.
45 6.Teri elastikligi, turgori, namligi yoki quruqligiga baho berish; Teri me’yorda o‘z elastikligini saqlagan bo‘ladi. Turgori saqlangan, namligi saqlangan bo‘ladi. 7.Tanada mavjud toshmalarni topish va ularning xususiyatlarini aniqlash; Toshmalarning joylashgan sohasi, soni, chegaralanganligi, tarqalganligi, simmetrikligi, o‘lchamlari, teri sathidan ko‘tarilganligi, bir-biriga qo‘shilganligi, chegarasi, shakli, ko‘rinishi, rangi, konsistensiyasi, yuzasiga e’tibor qaratish lozim. 8.Toshmalarning kelib chiqish mexanizmlarini aniqlash; Ichki va tashqi ta’sirotlarning bevosita teriga yoki shilliq qavatga ta’sir etishi, terini innervatsiya qiluvchi nerv tizimiga ta’siri, qon va limfa tomirlarining kengayishi va ularning o‘tkazuvchanligi ortishi, ba’zida qon tomirlar butunligining buzilishi, trofik o‘zgarishlar, yallig‘lanish infiltratlari, hujayralarning kattalashishi, o‘sishi va ko‘payishi, destruktiv o‘zgarishlar hosil bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi.
46 XUSUSIY DERMATOLOGIYA II BOB. TERIDA BAKTERIYALAR KELTIRIB CHIQARUVCHI KASALLIKLARI Terining yiringli kasalliklari haqida umumiy ma’lumot Terining yiringli yallig‘lanishiga sababchi bo‘lgan kasalliklari o‘z ichiga bir qator nozologik (alohida klinik ko‘rinishlarga ega bo‘lgan) ko‘rinishlarni mujassamlashtiradi va umumiy so‘z bilan piodermiyalar (pion-yiring, derma-teri) deb yuritiladi. Piodermiyalarni keltirib chiqaruvchi etiologik sabablar: Stafilokokklar, streptokokklar, ko‘k yiring ichak tayoqchalari, pnevmokokklar va qo‘zg‘atuvchilarning bir vaqtda bir necha turi sababchi bo‘lishi mumkin. Stafilokokklar; sharsimon shaklda, diametri 0,5-1,5 mkm. spora hosil qilmaydi, bo‘yoqlarda yaxshi bo‘yaladi, muhitlarda uzum shingilini eslatuvchi shaklda joylashadi (30-rasm). Staphylococcus aureus-tashqi muhitga juda chidamli bo‘lib, grammmusbat, fakultativ anaerobdir. Stafilokokklarning patogenlik qilishi koagulaza va katalaza 30- rasm fermentlarini ishlab chiqishi bilan bog‘liq. Staphylococcus aureus juda ko‘plab patogen omillarga boy bo‘lib ular: mukopeptidlar, fibrinektin, shok keltirib chiqaruvchi toksin, gemolizin, leykotsidin, kollagenaza kabilardan iboratdir. Staphylococcus pyogenes-grammmusbat kokk bo‘lib, gemolitik xususiyatga ega. Stafilokokklarning ishlab chiqqan fermentlari va toksinlari ularning patogenlik qilish xususiyatlarini belgilab berib, to‘qimalarni nekrozlantirishi mumkin. Antibiotiklarni tartibsiz yoki nazoratsiz qabul qilish ularni L-shaklga o‘tishiga olib keladi, bu holat surunkali va atipik stafilodermiyalar rivojlanishiga sababchi bo‘ladi.
47 Natijada stafilokokk tashuvchilik va dori preparatlariga chidamli bakteriyalar paydo bo‘lishiga olib keladi. Streptokokklar; sharsimon diametri 0,8-1 mkm. Fakultativ anaerob, muhitda har xil uzunlikdagi zanjirni hosil qilib joylashadi (31- rasm). Gemolitik ta’sirga ega bo‘lib, gemoliz harakteriga qarab streptokokklar 4 ta: ß, α, α1 va γ turga bo‘linadi. Antigenlik xususiyatiga qarab esa 17 ta serologik guruhlari mavjud. Ular ekzotoksin, endotoksin va fermentlar hosil qilishadi. Hosil qiluvchi ekzotoksinlaridan gemolizin, streptolizin, leykotoksin, nekrotoksin va letallik 31-rasm Streptokokklar ko'rinishi toksinlari sitotoksik, immunosupressiv va piogen ta’sirlarga ega. Dezoksiribonukleaza, gialirunidaza, streptokinaza fermentlari plazma laxtasini eritish xususiyatiga ega bo‘lsa, amilaza, ribonukleaza, proteinazalar mikroblarning o‘sishi va ko‘payishi uchun qulay sharoit yaratishda xizmat qiladi. Piodermiyalarni streptokokklarning A va D seroguruhlari keltirib chiqaradi. Piodermiyalarning epidemiologiyasi: Kasallik manbalari: Stafilokokk, streptokokk, va ko‘k yiring ichak tayoqchalari tabiatda juda keng tarqalgan bo‘lib, ular tashqi muhitda deyarli barcha joyda uchraydi. Odam va xayvonlarning organizmlarida ko‘pincha shartli patogen mikroorganizmlar ko‘rinishida yashashadi. Kasalliklarning o‘tkir shakli bilan og‘rigan bemorlar (tonzillit, gaymorit, faringit, skarlatina, terining yiringli kasalliklari, pnevmoniya, enterokolit) yaqqol kasallik manbaiga aylanib qolishadi. Qo‘zg‘atuvchilarning kasalxona ichi shtammlari o‘zining har xil desinfeksiyalovchi moddalarga va antibakterial dori preparatlariga chidamliligi bilan juda xavfli hisoblanadi. Piodermiyalarning yuqish yo‘llari: asosiy yuqish yo‘li maishiy muloqot yo‘li hisoblanadi, terining kasbiy ifloslanib turishi orqali, havo-tomchi, tibbiy instrumentlarni yetarlicha ishlov bermasdan ishlatish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Piodermiyalarga moyillik: terining yiringli kasalliklari bilan ayniqsa streptodermiyalar bilan asosan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar,
48 bog‘cha va erta maktab yoshidagi bolalar va ayollar kasallanishadi, maktab va o‘rta yoshdagi shaxslarda stafilodermiyalar nisbatan ko‘proq uchrasa, katta yoshdagi odamlarda qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan orttirilgan immunitet shakllanib borishi hisobiga kasallanish darajasi yosh bolalarga nisbatan kamroq uchraydi. Streptokokkli teri kasalliklari yosh bolalar va ayollar orasida erkaklarga nisbatan ko‘proq uchraydi. Piodermiyalarni keltirib chiqaruvchi omillar: Ekzogen omillar: • Terining shikastlanishlari; tirnalish, kesilishi, kuyishi, ishqalanish va boshqalar. • Terining tez-tez ifloslanib turishi; shaxsiy gigiena qoidalariga rioya kilmaslik, kasbiy ifloslanishlar. • Terining sovuq yoki issiq urishi, sovqotish. • Kasbga aloqador omillar (ishqor, kislota, ko‘mir, sement, ohak, tuproq va neft mahsulotlari bilan ishlovchilar, rentgen nurlari bilan ishlovchilar). • Noto‘g‘ri kiyinishlar; sun’iy kiyimlarni kiyish, ta’sirlantiruvchi yoqali kiyimlar, taqinchoqlardan noto‘g‘ri foydalanish, tor poyafzallar va shimlar, terlatuvchi issiq kiyimlardan ko‘p foydalanish. • Quyosh va radiatsiya nurlarining tasirlari. • Hasharotlarning tez-tez terini jarohatlab chaqib turishi yoki terida yashovchi parazitlarning terini ta’sirlantirib turishi. • Noto‘g‘ri tibbiy muolajalar qilinishi; noto‘g‘ri va uzoq muddatga qo‘yilgan gipslar, shinalar, protezlar va boshqa sun’iy moslamalar. • Terini ta’sirlantiruvchi va ishqoriy muhitini o‘zgartiruvchi vositalar bilan yuvinish. Endogen omillar: • Moddalar almashinuvining buzilishi (giperglikemiya, gipoglikemiya, gipoprotenemiya). • Ichki sekresiya bezlari faoliyatining buzilishi. • Organizmda umumiy va mahalliy immun tizimining sustlashishi va unga sabachi bo‘luvchi boshqa ichki a’zolar kasalliklari. • Gipovitaminoz yoki avitaminozlar. • Ter va yog‘ bezlarining faoliyati buzilishi. Patogenezi. Qo‘zg‘atuvchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashqi qoplamdan yuqorida qayd etilgan omillar ta’sirida yoki gematogen va limfogen yo‘llar orqali teri va uning hosilalariga kirib kelishi mumkin. Ularning patogenlik va virulentlik xususiyalari ta’sirida teri va uning