The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.

DERMATOVENEROLOGIYA VA BOLALAR DERMATOVENEROLOGIYASI

Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by Арслан Тешаев, 2023-05-10 13:56:18

DERMATOVENEROLOGIYA VA BOLALAR DERMATOVENEROLOGIYASI

DERMATOVENEROLOGIYA VA BOLALAR DERMATOVENEROLOGIYASI

149 Kandidalarga qarshi mahalliy davolash uchun tayyorlanib ishlatiladigan dori vositalari Dorining nomi Ishlatiladigan dori shakli Ishlatish jadvali Nistatin Suvdagi suspenziyali shakli 100 000 TB/ml, (tayyorlanadi) 4-5 ml dan kun davomida bir necha marotaba jarohatlangan qismga qo‘yiladi yoki chayiladi Levorin Suvdagi suspenziyali shakli 20 000 TB/ml, (kukunidan tayyorlanadi) 5 ml dan kun davomida bir necha marotaba jarohatlangan qismga qo‘yiladi yoki chayiladi Natamitsin Maxsus tayyorlangan suspenziya 2,5% li 20 ml flakonlarda Kuniga 4 ml dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarohatlangan qismga qo‘yiladi yoki chayiladi Amfoteritsin 100 000 TB/ml da tayyorlangan suspenziyasi Kuniga 4 mahal jarohatlangan joyga 1 ml dan qo‘yish Klotrimazol 1% li eritmasi Kuniga 4 mahal jarohatlangan joyga 1 ml dan qo‘yish Profilaktikasi; kasallikning maxsus profilaktikasi maqsadida kandidalarga qarshi maxsus vaksinalarni qo‘llash mumkin. Nospetsefik profilaktika maqsadida immunoglobulin qo‘llash yaxshi samara beradi. Shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish, organizmda mavjud infeksion o‘choqlardan tozalash ham kasallikning oldini olishda katta ahamiyatga ega. Talabaning amaliy mashg‘ulotni o‘tkazishi uchun zarur bilim va ko‘nikmalar: Material olish texnikasi va mikroskopik tekshirish usuli uchun kerakli bo‘lgan asbob va anjomlar: 1. Skalpel. 2.O‘chirg‘ich (qalam yozuvini o‘chirg‘ichi). 3. Gramm va Romanovskiy-Gimza bo‘yog‘i. 4. Buyum oynasi. 5. Qaychi. 6. Mikroskop. 7. O‘yuvchi kaliy ishqori. 8. Novsimon zond. 9. Qovuzloq. 10. Fiziologik eritma. 11. Lyugol eritmasi. 12. Distillangan suv. 13. Etil spirti. 14. Glitserin eritmasi. 15. Immersion moy.


150 Tekshirish uchun teri qoplami va tirnoqlardan qirindi, jarohatlangan teri va shilliq qavatlari yoki lablar yuzasidan po‘stloqchalar, og‘iz shilliq qavati pardasi, maseratsiyalangan muguz qavati parchalari, pufakcha va pustulalarning po‘stlari, yiring, balg‘am, qon, o‘t suyuqligi, peshob, tanosil a’zolari shilliq qavatlaridan material olinishi mumkin. Ulardan tayyorlangan surtma materiallari kandidalarni aniqlashga imkon beradi. Olingan materiallarni ikki usulda tekshirib ko‘rish mumkin. Birinchisi oddiy usul bo‘lib, unda nativ preparat tayyorlanadi. Bu preparatda qo‘zg‘atuvchilar uzum shingili ko‘rinishidagi yumaloq, tuxumsimon va cho‘zinchoq hujayralar topiladi. Bunday hujayralar yumaloq bo‘lishidan tashqari yo‘g‘on, kalta yoki uzun iplar shaklida bo‘lgani uchun ular sohta mitseliylar ham deyiladi. Olingan material (peshob, yiring, balg‘am, safro va boshqalar) ga bir tomchi suv, fiziologik eritma yoki glitserinning spirtdagi eritmasiga aralashtirib nativ holida mikroskopda ko‘rish mumkin. Achitqi zamburug‘rali suyuq materialda bo‘linishni davom etishi ham mukmin. Shuning uchun olingan material tezda tekshirilishi zarur. Lyugol eritmasi qo‘shilgan materialda zamburug‘ elementlari tuzilishi yaxshi ko‘rinadi. Silliq teri va tirnoqlardan olingan materiallar avvaliga ishqorli muhitga solinib, keyin qizdiriladi. Ikkinchi usulda Romanovskiy usulida bo‘yalganda pushtibinafsha rangga, qo‘shimchalari qizg‘ish rangga bo‘yaladi. Gram usulida bo‘yalganda esa to‘q binafsha rangga bo‘yaladi yoki tekis bo‘yalmaydi. Hujayralarning chekka qismi binafsha, o‘rtasi och binafsha rangga bo‘yaladi. Mikroskopda 2-4—5-7 mkm yumaloq yoki oval shakldagi blastosporalar ko‘rinadi. Ularda bir yoki ikki tomonlama ko‘rtaklanayotgan qiz hujayralar ko‘rinadi. Bir ko‘rish maydonida 10- 20 dona zamburug‘ hujayralarining topilishi kandidozli infeksiya haqida xulosa chiqarishga asos bo‘ladi. Chuqur mikozlar Chuqur mikozlar teri, teri osti qavatlari va ichki a’zolarni zararlashi bilan harakterlanib har xil klinik ko‘rinishlarda kechadi. Blastomikoz, kriptokokkoz (yevropa blastomikozi)da o‘pka, shilliq


151 qavatlari, teri zararlanishi kuzatilib, miya, miya pardasini zararlanashi bilan kechganda o‘lim ko‘rsatkichi juda yuqori kasallikdir. Kriptokokkoz Etiologiyasi: qo‘zg‘atuvchisi Cryptococcus neoformans hisoblanadi. Ular asosan tuproqda, parrandalar ajralmalarida uchraydi. Epidemiologiyasi: kasallik manbai; bemorlar, parrandalar bo‘lib, tuproqda qo‘zg‘atuvchilar ko‘p uchraydi. Yuqish yo‘li; kasallik asosan havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi, uni yuqtirishda uy va yovvoyi kaptarlarning ahamiyati katta, kaptarlar tuproqdan panjalari, qanotlari yordamida zamburug‘larni uylar ustiga olib chiqishadi, u yerdan changlanish oqibatida sog‘lom odamlarga yuqadi. Qo‘zg‘atuvchilarning organizmga kirish darvozasi nafas yo‘llari hisoblanadi. Moyillik; hamma yoshga to‘g‘ri keladi. Klinikasi: Kasallik o‘tkir, o‘tkir osti yoki surunkali kechadi. O‘tkir shaklida, tana harorati ko‘tarilib, ko‘krak qafasida og‘riq seziladi. Terida tugunchala va pilakchalar paydo bo‘ladi. Shilliq qavatlarning zararlanishlari ham kuzatiladi. Terida ko‘plab tugunlar hosil bo‘lib ular qirralari notekis yaralanishi va bitganida o‘rnida notekis, tortilgan chandiqlanishi kuzatiladi. O‘tkir osti va surunkali shaklida teri silidagi jarohatlanishlar kabi uzoq muddat bitmaydigan yaralar paydo bo‘ladi. Kavernalar hosil bo‘lib, o‘pkaga metastaz beradi. Sporotrixoz Sporotrixoz-surunkali kasallik bo‘lib, teri, teri osti yog‘ qavatlari, limfa tugunlari va shilliq qavatlar shikastlanishi bilan harakterlanadi. Etiologiyasi; qo‘zg‘atuvchisi 74-rasm Sporothrix schenckii bo‘lib, ular tuproqda, o‘simliklar va hasharotlar organizmlarida, uylar ichida, uy havosida uchraydi. Yuqish yo‘llari; kasallik shikastlangan teri orqali va zararlangan havo orqali nafas olganda teri yoki nafas yo‘llariga kirib olishadi. Moyillik; Dunyoning juda ko‘p mamlaktlarida qayd etiladi. Asosan erkaklar orasida qishloqlarda yashovchilar, gullar, sabzavotlar bilan savdo qiluvchilar orasida ko‘p uchraydi.


152 Klinikasi: kasallikning yashirin davri 10-15 kundan bir necha oygacha cho‘zilib ketishi mumkin. Barmoqlar, kaft, bilak, tovon zararlanib, ayrim hollarda shilliq qavatlar va ichki a’zolar shikastlanadi. Teri va teri osti yog‘ qavatida limfa yo‘llari bo‘ylab ko‘p miqdorda limfa tugunlarining kattalashganligi, keyinchalik ularning yemirilishi va yaralanishi kuzatiladi (74-rasm). Xromomikoz Xromomikoz-Terining so‘galsimon shikastlanishi, yaralanib kechishi, ichki a’zolarning (jigar, miya), tayanch sistemasining zararlanishi va limfogen tarqalishi bilan harakterlanadi. Etiologiyasi: qo‘zg‘atuvchisi Cladosporium carrionii, Fonsecaea compacta, Fonsecaea pedrosoi, Phialophora verrucosa, Rhinocladiella aquaspersa bo‘lib ular tuproqda, o‘simliklar oragnizmlarida uchrab turadi. Yuqish yo‘li; tuproqdan, o‘simliklardan maishiy muloqot orqali yuqadi. Moyillik; hamma yoshda uchraydi, terining shikastlanib turishiga bog‘liq bo‘lib, ko‘proq qishloq xo‘jaligida ishlovchilar kasallanishadi. Kasallikning rivojlanishida oyoq vena tomirlarining varikoz kengayishi, trofik yaralar, saramas kabi kasalliklar muhim ahamiyatga ega. Klinikasi: oyoqda, belda ko‘kimtirqizg‘ish rangli tugunchalar, tuguncha, pilakcha paydo bo‘ladi. Keyinchalikteri va teri osti yog‘ qavatida aniq, halqasimon chegarali so‘galsimon-papilomatoz (vegetatsiyalanuvchi), kam og‘riqli, qattiq elastik (gul karamga o‘xshash) tugunlar paydo bo‘ladi (75-rasm). 75-rasm Aktinomikoz Aktinamikoz-surunkali, terida abssess, oqma yaralar, qattiq infiltratlar, to‘qimalar va organlarda granulematoz o‘zgarishlar bilan kechuvchi kasalligi hisoblanadi. Ko‘proq erkaklar kasallanadi. Uy hayvonlarining ham kasallanshlari qayd etilgan. Teri, og‘iz va nafas


153 yo‘llari shilliq qavatlardagi aktinomitsetlarning faollashishlari natijasida kasallik rivojlanadi. Etiologiyasi: qo‘zg‘atuvchisi; Actinomyces israeli, Actinomyces bovis, Actinomyces albus Rossi-Doria lar hisoblanadi. Klinikasi: kasallikning yashirin davri 2-3hafta bo‘lib, bir necha yillargacha cho‘zilishi mumkin. Kasallik rivojlanishi organizmning qarshilik kuchlariga bog‘liq. Bemorning terisida qattiq, kam og‘riqli, ko‘kimtir-qizg‘ish rangli infiltrat paydo bo‘ladi. Keyinchalik abssessga aylanib teriga yoki shilliq qavatlarga ochiladi (76- 76-rasm rasm). Ular uzoq muddat bitishi qiyin bo‘lgan oqma yaralarga aylanishadi. Yaralarning bitishi qattiq tortilgan chandiqlar bilan tugallanadi. Davosi: aktinolizat mushak ichiga haftasiga ikki marotaba 3-4 ml yoki teri ichiga 0,5 ml dan sekinlik bilan miqdorini 2,0 ml gacha yetkazib, 20-25 ta in’eksiya qilinadi. Sulfanilamid preparatlari, vitaminlar berilib, simptomatik davo choralari ham belgilanadi. Ko‘rsatmalar asosida jarrohlik usuli qo‘llaniladi. Chuqur mikozlarni davolashda amfoteritsin tomchilab vena ichiga yoki o‘choq ichiga yuboriladi. Terbinafin 250 mg bir kunda, 2-3 oy davomida ichiladi. Ketokenazol kuniga 200 mg dan 2-6 oy davomida, intrakonazol kuniga 100-200 mg dan 6 oy davomida beriladi. Komplek davo maqsadida yod preparatlari, immunostimulyatorlar, vazoaktiv va umumiy quvvatlovchi, dezintoksikatsiyalovchi moddalar tavsiya qilinadi. Mahalliy fungitsid malhamlar va eritmalardan foydalaniladi. Talabaning amaliy mashg‘ulotni o‘tkazishi uchun zarur bilim va ko‘nikmalar: Material olish texnikasi va mikroskopik tekshirish usuli uchun kerakli bo‘lgan asbob va anjomlar: 1. Skalpel. 2. Gramm bo‘yog‘i. 3. Anilin bo‘yog‘i. 4.Buyum oynasi. 5.Qaychi. 6.Mikroskop.


154 7. O‘yuvchi kaliy ishqori. 8. Novsimon zond. 9. Qovuzloq. 10.Fiziologik eritma. 11. Lyugol eritmasi. 12. Distillangan suv. Laborator tekshirish uchun materialni teri yoki shilliq qavatning jarohatlangan joyidan ajralayotgan ajralmadan olinadi. Ba’zi hollarda balg‘am, orqa miya suyuqligi, limfa bezlari penktati, peshob, to‘qimalardan olingan bioptatlardan surtma tayyorlanadi. Tayyorlangan surtmalar nativ va bo‘yalgan holda mikroskopda tekshiriladi. Shikastlangan to‘qitmalarda aktinomitsetlar yirik donalar druzalar ko‘rinishida to‘planadi. Nativ preparatda markazida iplar, periferiyasida esa to‘g‘nog‘ich boshidek keladigan uchlari ko‘rinadi. Ko‘rinadigan druzalar o‘zidan har tomonga tarqaluvchi nurlarga o‘xshagani uchun ham bu zamburug‘larga nursimon (aktinomikoz) zamburug‘lar deyilgan. Nursimon zamburug‘lar oddiy anilin bo‘yog‘ida yaxshi bo‘yaladi. Gramm usulida bo‘yalganda ularning sershox uzun mitseliy iplari yaxshi ko‘rinib turadi. Aktinomitsetlarni oziqa muhitiga ekib undirish yo‘li bilan ham aniqlash mumkin.


155 V BOB. TERINING VIRUSLI KASALLIKLARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT Terining virusli kasalliklar keng tarqalgan yuqumli kasalliklardan bo‘lib, viruslar teriga va shilliq qavatlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushishi yoki gematogen va limfogen yo‘llari orqali kirib kasallik belgilarini namoyon qilishadi. Kasalliklarning kelib chiqishida ichki va tashqi omillarning ahamiyati katta. Ichki omillardan: mahalliy yoki umumiy immun tizimining (hujayraviy va gumoral) pasayishi, moddalar almashinuvining buzilishi, endokrin tizimi faoliyatining sustlashishi, gipo yoki avitaminoz holatlari. Tashqi omillardan: viruslarning organizmga tushgan miqdorining ko‘pligi, teri yoki shilliq qavatlarning shikastlanishi, teri yoki shilliq qavatlar mikroflorasining buzilishi, immunodepressiv preparatlarni ko‘p qo‘llanilishi, teri va shilliq qavatlarning RN muhitining o‘zgarishi, gigienik holatlarning tez-tez buzilib turish, radiatsiya nurlarining ta’siri. Teri va shilliq qavatlarining virusli kasalliklariga keng tarqalgan kasalliklardan Oddiy uchuq, o‘rab oluvchi yoki qamrab oluvchi uchuq, terining so‘gallari, o‘tkir uchli kondilomalar, yuqumli molyusk kabi kasalliklar kiradi. Oddiy uchuq Odiy uchuq kasalligi viruslar qo‘zg‘atadigan yuqumli kasallik bo‘lib, aksariyat xollarda yengil kechishi, terining shilliq qavatlarga o‘tish sohalarining, shilliq qavatlar, ba’zida teri va ichki a’zolarning jarohatlanishi mumkinligi bilan harakterlanadi. Etiologiyasi: Qo‘zg‘atuvchisi-DNK saqlovchi viruslar bo‘lib (herpes so‘zi grek tilidan olingan bo‘lib, tez tarqaluvchi yoki ko‘chib yuruvchi ma’nosini anglatadi) ularning o‘lchami 150-300 nm ga teng. Oddiy uchuq viruslarining (Herpes simplex) I-II tiplari mavjud. I-tipdagi oddiy uchuq virusi -lab, og‘iz bo‘shlig‘i, ko‘z, burun, teri va genital soha uchuqlariga sababchi bo‘ladi. II-tipdaga oddiy uchuq virusi genital uchuq va chaqaloqlarda generalizatsiyalashgan uchuqni keltirib chiqaradi. Viruslar sog‘lom hisoblangan odamlarning hujayralarida yillab patologik o‘zgarishlar chaqirmasdan moslashib saqlanishi mumkin.


156 Epidemilogiyasi: kasallik manbai; kasal odamlar va virus tashuvchilar hisoblanadi. Yuqish yo‘llari; Kasallik to‘g‘ridan-to‘g‘ri bemorlardan muloqotda bo‘lgan vaqtda yoki bilvasita bemor ishlatgan buyumlar bilan muloqotda bo‘lganda yuqadi, kasallik avj olgan davrda havo tomchi usulida va jinsiy muloqot orqali ham yuqishi isbotlangan. Jinsiy muloqot yo‘li orqali jinsiy a’zolar uchug‘i va teri hamda shilliq qavatlar uchug‘i (o‘pishganda) yuqishi mumkin. Moyillik; 1-2 yoshdagi bolalar ona suti orqali olgan antitelolar hisobiga kamroq kasallanishadi. Boshqa hamma yoshda uchraydi, oddiy uchuq kasalligi bilan ko‘pincha maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar ko‘proq kasallanishadi. Katta yoshdagilar orasida ham kasallanish uchrab turadi. Mavsumiyli; kasallanish ko‘proq yilning kuz-qish fasllariga to‘g‘ri keladi. Patogenezi: Viruslar shilliq qavatlar va teri orqali limfa tugunlari, qon va ichki a’zolarga kiradi. Ular organizmda gematogen va nerv tolalari orqali tarqaladi. Viruslar orqa va bosh miya sezgir gangliyalarida latent shaklda o‘choq hosil qilib uzoq muddat saqlanishadi. Viruslar organizmga kirishi bilan antitela hosil bo‘la boshlaydi va ular bir umr saqlanadi, kasallik rivojlanishi ularning qondagi miqdoriga bog‘liq. Viruslarga qarshi gumoral va hujayraviy antitelaning mavjudligi ko‘pchilik bemorlarda kasallikning subklinik va belgilarsiz kechishiga sababchi bo‘ladi. Har bir marotaba kasallikning o‘tkir shakli bilan og‘rish qondagi antitelolar titrining ortib borishiga olib keladi. Immun tizimiga ta’sir qilib uni susaytiruvchi omillar ya’ni yuqumli kasalliklar bilan og‘rish (gripp, qizamiq, tepki, va shunga o‘xshash juda ko‘p kasalliklar), cho‘chish, sovuq qotish, shamollash, gipovitaminoz, ruxiy ta’sirotlar, xaddan tashqari och qolish, gipovitaminozlar va boshqa omillar organizmda persistirlanib yotgan viruslarni qo‘zg‘atib kasallikni keltirib chiqaradi. Organizmdagi biologik tenglikning yo‘qolishi kasallikning klinik belgilarining yaqqol va og‘ir shakllarining hamda surunkali shaklning rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Klinikasi. Odiiy uchuq viruslarining jarohatlaydigan sohalariga qarab quyidagicha tavsiflanadi; • Og‘iz shilliq qavatlari uchug‘i (stomatit, gingivit, faringit va boshqalar); • Ko‘zning uchuqli jarohatlanishi (kon’yunktivit, keratit, iridosiklit va boshqalar);


157 • Terining uchuqli shikastlanishi (lab, burun qanotlari, yuz, qo‘l, badan terisi, dumbalar sohasi terisi va boshqalar); • Genital uchuq yoki jinsiy a’zolar uchug‘i (jinsiy olatning, qin daxlizi, qin, bachadon bo‘yinchasi, bachadon bo‘yinchasi kanalining pufakchali va eroziv-yarali jarohatlanishi); • Asab tizimining uchuqli jarohatlanishi (meningit, ensefalit, nevrit); • Uchuqning boshqa jarohatlaydigan sohalari (pnevmoniya, gepatit va boshqalar). Oddiy uchuqning klinik kechimi va undagi o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda quyidagi klinik shakllarga bo‘lib o‘rganiladi. Klinik xilma xil bo‘lib, kasallik kechimi toshmalar toshgan sohalarga ham bog‘liq. 1. Abortiv shakli, kam miqdordagi bir-ikkita elementlar bilan boshlanib kasallik bilinar-bilinmas holda kechadi. Avvaliga uchuq toshadigan soha biroz achishib qizaradi, keyin shu sohada tuguncha paydo bo‘ladi. Tuguncha tezda pufakchaga aylanadi, pufakcha o‘lchami 2-3 mm bo‘lib, 1-2 kun ichida qurib qaloqga aylanadi, agar pufakcha mexanik ta’sirotlarga uchrasa uning o‘rni eroziyalanadi, ajralayotgan ekssudatning qotishi hisobiga qaloqlanadi. Qaloq ostidan epitelizatsiyalanib kasallikning 5-6 kunida sog‘ayish yuz beradi. Toshma toshgan o‘rnida yengil o‘tib ketuvchi disxromiya kuzatiladi. Bemorning umumiy ahvoli deyarli o‘zgarmaydi (77-rasm). 2.Shishli-suvchirab (ekssudativ) turuvchi shakli, giperemiyalangan, atrof 77-rasm to‘qimalarining yengil shishinqirashi bilan boshlanib, tezda pufakchalar hosil bo‘ladi va ularning ochilishi hisobiga ekssudatlanib turuvchi eroziyaga aylanadi. Kasallik 6-8 kun ichida epitelizatsiyalanib bitib ketadi. Tana haroratining subfebril ko‘tarilishi va regionar limfadenit kuzatilishi mumkin. 3. Zostersimon shakli. Kasallikning og‘ir kechuvchi turlaridan biri bo‘lib, o‘rab oluvchi uchuq singari toshmalar nerv yo‘llari bo‘ylab bir tekislikda chiziqsimon ko‘rinishda toshadi. Toshma sohalarida


158 og‘riq, qichishish, achishish kuzatilib, toshmalar avvaliga tuguncha ko‘rinishida, keyin ular tezda pufakcha va pufak eroziya, qaloqlanish ko‘rinishini oladi. Ichida saqlanayotgan seroz ekssudatning ba’zida yiringli ekssudatga aylanishi kuzatiladi. Bemorni xolsizlik, ishtaxasizlik, tana haroratining ko‘tarilishi kabi umumklinik belgilar bezovta qiladi. Regionar limfa tugunlari biroz kattalashgan bo‘ladi. Toshmalar bir ikki hafta ichida to‘liq so‘rilib ketadi. 4.Yarali-eroziv shakli kasallikning og‘ir kechishi bilan harakterlanadi. Bunda hosil bo‘lgan pufaklar tezda ochilib, o‘rnida qolgan eroziyalar yemirilishda davom etib, dermagacha yetib boradi va yarani hosil qiladi. Yaralar asta sekinlik bilan regeneratsiyalanib o‘rnida yengil chandiqlanish va disxromiya bilan bitadi. Bemorning tana harorati ko‘tariladi, umumklinik belgilar bezovta qiladi. Regionar limfa tugunlari kattalashadi. 2-3 hafta ichida to‘liq sog‘ayish bilan tugallanadi. 5.Qaytalanib turuvchi uchuq-asosan organizga nojo‘ya ta’sirlar natijasida uchuqqa qarshi immuniteti yetarlicha shakllana olmagan shaxslarda rivojlanadi. Salgina salbiy ta’sirotlar (sovqotish, yuqumli kasalliklarning biri bilan kasallanish, och qolish, toliqish) kasallikning qaytalanishiga sabachi bo‘laveradi, bunday shaxslar bir yilda uch-to‘rt marotaba xatto undan ham ko‘p marotaba kasallanishadi. Ko‘pincha qaytalanib turuvchi uchuq oraliq sohasi, jinsiy a’zolar va labda uchrab turadi. Klinik belgilarning boshlanishiga qarab birlamchi va ikkilamchi uchuqlar ajratiladi. Birlamchi uchuq xali virusga qarshi immuniteti yo‘q shaxslarda ya’ni ko‘proq bolalarda uchraydi: ko‘pincha tipik shaklda kechadi. Ikkilamchi uchuq bir marta kasallikni o‘tkazgan yoki bilinar bilinmas o‘tib biroz immunitet shakllanganlarda uchraydi. Uchuqning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan shakllarida toshmalar tananing har-xil joylarida uchrashi mumkin. Ko‘pincha lab qizil xoshiyasi zararlanadi, bu holat ko‘zda, burun qanotlari yoki burun shilliq qavatlarida, quloqda, terida, kaftda, jinsiy a’zolar terisi va shilliq qavatlarida, og‘iz shilliq qavatlarida uchrashi mumkin. Ba’zi xollarda uchuqning tarqalgan shakllari ham uchrab turadi. Bu bir vaqtning o‘zida bir necha sohaning jarohatlanishi bilan kechadi. Gistopatologiyasi. patologik jarayon asosan epidermisda bo‘ladi. Bunda ekssudativ, alterativ jarayon avj olib, malpigi qavatida


159 pufakchalar hosil bo‘lishiga olib keladi, akantoliz kuzatiladi. Derma deyarli sezilarsiz o‘zgarib, so‘rg‘ichsimon qavatdagi tomirlar kengayadi va ular atrofi biroz yallig‘lanadi. Diagnozi. Asosan anamnestik ma’lumotlar asosida, Klinik kechimiga qarab, serologik usullar yordamida (virusga qarshi antitelolar titrining oshishiga qarab), immunoferment analiz va zanjirli polimeraza reaksiyasi (PSR) usulida tasdiqlanadi. Davosi. terida paydo bo‘lgan pufakchalar va eroziyalaga anilin bo‘yoqlari, metilen ko‘ki, birliant yashili, kostelani bo‘yog‘i surtilib quritiladi. Viruslarga qarshi preparatlar (gerpevir tabletka yoki malhamda, banafaton tabletka yoki malhamda, asiklovir tabletka yoki in’eksiyada, valasiklovir, famsiklovir, alpizarin, oksalin, tebrofen, florinal malhamlari), kasallik og‘ir kechganida interferon va uning unumlari (gossipol, megasin linimentlari, sikloferon in’eksiyada) buyurilishi mumkin. Og‘iz bo‘shlig‘i yallig‘langanda borat kislota, vodorod peroksidi, kaliy permanganat, etokridin laktat, bikorbanat natriy eritmalari bilan chayqab turish buyuriladi. Ikkilamchi infeksiya qo‘shilganda antibiotiklar buyuriladi. Immun tizmini mustaxkamlab borish uchun 50-150 mg dan levamizol, immmunoglobulin 1,5-3,0 ml dan mushak orasiga in’eksiya qilish uchun buyuriladi. Immunstimullovchi preparatlar bilan birga yoki alohida gerpes vaksinalarni ishlatish organizmda maxsus immunitetning ortishiga olib keladi. O‘rab oluvchi yoki belbog‘siman uchuq (temiratki) O‘rab oluvchi temiratki (Herpes Zoster)-o‘tkir kechuvchi virusli kasallik bo‘lib, terida nerv tolalari tarmoqlari yo‘nalishi bo‘ylab, guruhlashgan pufakchali, eroziv-yarali toshmalar toshishi bilan uzoq muddat davom etadigan kasallik hisoblanadi. Etiologiya va epidemiologiyasi: Kasallikni filtrlanuvchi neyrotrop virus Varicella Zoster keltirib chiqaradi. Bu virus suv chechak kasalligini ham qo‘zg‘atuvchisi hisoblanadi. Kasallikni yuzaga chiqaruvchi omillarga quyidagilar kiradi. Organizm immun qarshiligini pasaytiruvchi endogen va ekzogen sabablar: infeksiyalar, sovuq qotish, somatik kasalliklar, jismoniy travmalar, zaharlanishlar, moddalar almashinuvi buzilishlari, nerv-psixik toliqishlar. Kasallik asosan kuzbahor oylarida ko‘proq uchraydi. Barcha yoshda bo‘lib, asosan katta


160 yoshdagilar kasallanadi. Kichik yoshdagi bolalarda juda kamdan-kam kuzatiladi. Klinikasi: Ko‘pchilik bemorlarda kasallikning kechishida 3 ta davr ajratiladi. 1. Prodromal davri-bu davrda tana haroratining oshishi, umumiy holsizlik, bosh og‘rig‘i, zararlangan nerv tarmog‘i bo‘ylab kuchli og‘riq, achishish, teri qichishlari kuzatiladi. Prodromal belgilari kasallikning og‘ir yoki yengil kechishiga bog‘liq holda 4-5 kundan 1-2 haftagacha cho‘zilishi mumkin. 2.Kasallikning belgilari avj olgan davri-biroz shishgan va giperemiyalangan teri yuzasida zararlangan nerv tarmoqlari yo‘nalishida birlamchi, guruh-guruh joylashgan toshmalar paydo bo‘ladi. Bunda asosan oldiniga eritema, keyin pufakchalar, pufaklar hosil bo‘ladi. Pufaklar ochilib o‘rnida eroziyalangan va ularning satxini yepib turuvchi qaloqlar hosil bo‘ladi. Pufaklar tarkibidagi ekssudat har xil bo‘lib ular seroz, gemorragik va yiringli bo‘lishi mumkin. Bemorni umumklinik belgilar bezovta qiladi. Ular xolsiz, tajang bo‘lib qolishadi. Tana harorati ko‘tarilib og‘riq va tortishish bezovta qiladi. Eng ko‘p qovurg‘alararo nervlar sohasida, uchlamchi nerv tarmoqlari yo‘nalishlari bo‘yicha toshmalar uchraydi, yuzda, boshda, qo‘loyoqlarda va bel, dumg‘aza sohalarining ham jarohatlanishi kuzatilishi mumkin. Toshmalar ya’ni pufakchalar bir tomonlama joylashgan bo‘lib, g‘uj-g‘uj joylashgan bo‘ladi (78- rasm). Bu davr 2-3 haftadan 4-5 haftagacha cho‘zilishi mumkin. 3. Tuzalish davri- bu davrda toshmalar so‘rilib o‘rnida vaqtinchalik dog‘lar, ba’zida yengil chandiqlanishlar bilan bitadi. Bemorlar 78-rasm tuzlganlaridan keyin ham toshmalar toshgan sohalarda sezgirlikning kuchayishi (giperesteziya), sanchib turuvchi og‘riqlarni uzoq vaqtgacha sezib turishadi. O‘rab oluvchi temiratkining quyidagi: 1. Yengil (abortiv)


161 2. Bullyoz 3. Gemorragik 4. Gangrenoz 5. Generalizatsiyalashgan klinik formalari farqlanadi. Yengil yoki abortiv kechganda jarohatlangan sohada toshmalar juda siyrak joylashib, bemorni umumklinik belgilar ko‘p bezovta qilmaydi. Bu shaklini oyoqda o‘tqazib yuborishadi. Kasallik 1-2 haftada to‘liq asoratlarsiz tuzalib ketadi. Qoldiq alomatlar kuzatilmaydi. Bullyoz shaklida-hosil bo‘lgan toshmalar asosan katta-katta o‘lchamdagi pufaklarning hosil bo‘lishi bilan kechadi. Kasallik og‘ir kechadi. Organizmda suv-tuz almashinuvi buzilishi xollari uchrashi mumkin. Umumklinik belgilar yaqqol rivojlangan bo‘ladi. Gemorragik shaklida-terida toshadigan pufakcha va pufaklar ichida qon quyulishlar hisobiga qonli ekssudatlar aniqlanadi, hosil bo‘lgan qaloqlar qora-qo‘ng‘ir rangda bo‘ladi. Bemorning umumiy ahvoli og‘ir bo‘lib, umumklnik belgilar bilan birga kechadi. Gangrenoz shakli-Og‘ir kechuvchi turi bo‘lib, qandli diabet kasalligi va oshqozon-ichak kasalliklari kabi hamrox kasalliklari bor bemorlarda uchrashi mumkin. Bu shaklida pufaklar gemorragik ajralma saqlaydi va uzoq vaqt bitmaydigan chuqur gangrenoz yaralar paydo bo‘ladi. Kasallik cho‘zilib ketib 5-6 haftada regeneratsiya jarayoni kuzatiladi. Generalizatsiyalashgan shakli-o‘zi alohida rivojlanishi yoki chegaralangan shakldan keyin tarqalgan ko‘rinishga o‘tish mumkin. Bunda regionar limfa tugunlari kattalashib og‘riqli bo‘lishi kuzatiladi. Generalizatsiyalashgan shakli og‘ir kechuvchi immun tizimini susaytirib qo‘yuvchi kasalliklari bor shaxslarda (limfoma, limfoleykoz OITS va boshqalar) hamda uzoq vaqt sistemali glyukokortikoidlarni, nur terapiya olgan, sitostatiklarni qabul qilib yurgan bemorlarda kuzatiladi. Kechishi: Odatda o‘rab oluvchi uchuq qaytalanmaydi lekin onkologik kasalliklarida, VICh-infeksiyasida, leykozlarda, qandli diabet kasalliklarida qaytalanib turadi. Asoratlari: Agar jarayon ko‘z sohasida joylashsa, ko‘zning ko‘r bo‘lib qolishigacha olib keladi. Uchlamchi yoki yuz nervining falajlanishga, eshitish pasayishiga, quyosh chigalining zararlanishi,


162 ovqat hazm qilish sistemasi disfunksiyasiga, meningoensefalit va boshqa buzilishlarga olib keladi. Gistopatologiya: Epidermisning ballonli va retikulyar distrofiyasi, akantoz, akantoliz, epidermis ichi pufakchalar tarkibida virus saqlovchi gigant ko‘p yadroli keratinotsitlar aniqlanadi. Dermaning so‘rg‘ichsimon qavatida o‘tkir yallig‘lanishli, polimorfhujayrali infiltrat hosil bo‘ladi, qon tomirlar kengayishi kuzatiladi. Diagnozi. Pufakchalarning ma’lum bir nerv yo‘li bo‘ylab joylashishi achishib, qattiq og‘rishi uni oddiy uchuqdan va boshqa kasalliklardan ajratib olish imkonini beradi. Davosi: Umumiy davolash ⦿ Analgetiklar (analgin, baralgin, ketonal) ⦿ Virusga qarshi preparatlar; asiklovir, valasiklovir, famsiklovir, ulkaril, zaviraks, gerpevir. ⦿ Keng ta’sir doiraga ega antibakterial preparatlar buyuriladi. ⦿ Simptomatik davo muolajalari belgilanadi. ⦿ Vitaminlar (askorbinka, vitamin V gruxi, polivitaminlar). ⦿ Immunnomodulyatorlar (immunomodulin, timalin, timoptin, immunoglobulin). ⦿ Tuzalish davrida fizioterapiya ( segmentar UBN, ultratovush, solluks lampasi, UVCh) kabi muolajalar beriladi. Mahalliy davo Mahalliy davo nam boylamlar, anilin bo‘yoqlari, virusga qarshi malhamlar, gerpevir, oksalin, interferon, bonafton, steroid malhamlar: oksikort, gioksizon, lorinden S, dermazolon kabilar qo‘llash bilan amalga oshiriladi. Oldini olish: Suvchechak va o‘rab oluvchi temiratki bo‘lgan bemorlardan maishiy muloqotni kamaytirish, intoksikatsiya, sovuq qotishdan mumkin qadar himoya qilish, shaxsiy gigienaga rioya qilish kerak. Zarurat tug‘ilganda vaksinatsiya qilinishi mumkin. Yuqumli mollyusk ( molluscum contagiosum ) Yuqumli mollyusk kasalligi-viruslar keltirib chiqaradigan, terida o‘ziga xos ichida bo‘tqasimon ekssudat saqlovchi miliar tuguncha va


163 pufakchalar hosil qilishi bilan kechib, kasallik asosan bolalarda va ayrim xollarda kattalar orasida uchraydigan yuqumli kasallikdir. Etiologiyasi: Kasallik qo‘zg‘atuvchisi filtirlanuvchi virus bo‘lib, o‘lchami jixatdan barcha viruslar ichida eng kattasi hisoblanadi. Epidemilogiyasi: kasallik manbai bemorlar hisoblanadi. Yuqish yo‘li; asosiy yuqish yo‘li maishiy-muloqot yo‘li bo‘lib, kasallik to‘g‘ridan-to‘g‘ri virus tashuvchidan yoki umumiy sochiq, vanna, idish-tovoq, o‘yinchoq va boshqalardan foydalanganda yuqish mumkin. Moyillik; Kasallik bolalar muassasasida birdan tarqalib ketishi mumkin. Aksariyat bog‘cha, kichik maktab yoshdagi bolalar (2- 7 yosh) kasallanadi. Katta yoshdagilarda ham uchrab turadi. Klinikasi. Yuz, lablar, burun qanotlari, ikki ko‘z atrofi, bo‘yin, ko‘krak, qo‘l panjasi, qorin sohasi, jinsiy a’zolarning terisida ko‘z ilg‘amaydigan (e’tibor berilmadigan), ba’zan badan terisining kattagina qismida 2-3 mm keladigan maydamayda tugunchalar paydo bo‘ladi. Bu tugunchalar sog‘lom teri rangida yoki biroz oqish rangda bo‘lib, o‘rtasida 79-rasm kindikka o ‘xshab bosilgan botiq aniqlanadi, bemorni subektiv belgilar bezovta qilmaydi (79-rasm). Toshgan toshmalarning ikki yon tomonidan siqib ko‘rilsa, mollyusk tanachalari deb ataladigan muguzlangan epiteliy hujayralaridan iborat bo‘tqasimon massa chiqadi. Ba’zilari teri sathidan sal osilibroq turadi, ular oyog‘ida o‘tirgan mollyuska tugunchalari deyiladi. Ba’zan tugunchalar bir-biri bilan qo‘shilib katta-kichik molyusklar hosil qilishi mumkin. Bemorlarni umumklinik belgilar bezovta qilmaydi. Vaqt o‘tib asta-sekin so‘rilib ketishadi. Diagnozi. Yuqumli mollyusk tugunchalari anatomik pinset yordamida qattiq qisib ko‘rilganda, ichidan xuddi suzmaga o‘xshash massa ajralib chiqadi, bu ajralma mikroskopda ko‘rilganda, katta-katta oval protoplazmasida kiritmalari bor hujayralar topiladi bu mollyuskli tanachalar deb yuritiladi. O‘smirlar so‘gali bilan taqqoslanganda so‘galining o‘rtasida kindikka o‘xshash botiqlar bo‘lmaydi; yuqumli mollyusk qo‘l-oyoq kaftlari hamda tovonda umuman uchramaydi.


164 Davosi. Tugunchalar siqib tashlanadi yoki o‘tkir uchli Folkman qoshiqchasi bilan qirib olinadi; o‘rni 2-3 %li yod eritmasi bilan artiladi. 3% li oksalin, interferon malhamlari surtiladi. Ba’zan diatermokoagulyatsiya, krioterapiya usullari yordamida kuydirib davolanadi. Profilaktikasi: Kasallikning oldini olish maqsadida uni vaqtida aniqlash va davolash muhim; bemorlar bolalar muassasalaridan ajratib qo‘yiladi. So‘gallar (VERRUCAE) So‘gallar-teri yoki shilliq qavatlarda ularning sathidan ko‘tarilib turuvchi, yuqumli, og‘riqsiz tugunchali elementlar bo‘lib, har xil klinik toshmalar ko‘rinishida va terida kosmetik o‘zgarishlar bilan kechuvchi kasallik hisoblanadi. Etiologiyasi: Kasallikni Popova turkumiga mansub filtirlanuvchi papilomaviruslar qo‘zg‘atadi. Quzg‘atuvchisining xususiyatlariga qarab akantomatoz, papilomatoz va kritma (vakuola) hosil qiluvchi shtamlari mavjud. Yuqish yo‘llari; asosiy yuqish yo‘li maishiymuloqot yo‘li bo‘lib, bemorlardan sog‘lom odamga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotda bo‘lganda yoki bemorning ro‘zg‘or buyumlari orqali yuqib qoladi. Odam terisidagi tirnalishlar, chaqalanishlar, ishqalanishlar kasallik yuqishiga imkoniyat yaratib beradi. Moyillik; oddiy so‘gal ko‘pincha bolalar orasida, o‘smirlar so‘gallari o‘smirlik yoshida, kaft va tovon so‘gali, qariyalar va ipsimon so‘gallar ko‘pincha katta yoshdagi odamlar orasida uchraydi. Klinikasi: So‘gallar joylashishi, qo‘zg‘atuvchisi va ko‘rinishiga qarab turlicha bo‘ladi: 1. Oddiy so‘gal: og‘riqsiz, qattiq, yuzasi dag‘al, donador so‘rg‘ichlari o‘sgan, rangi oqish kulrang toshmalar bilan kechadi. Yallig‘lanish belgilari kuzatilmaydigan tugunchalar ko‘rinishida bo‘ladi. Kattaligi 2-3 mm diametrdan bir-biriga yaqin turgan so‘gallarning qo‘shilishi natijasida 1-2 sm gacha yetishi 80-rasm


165 mumkin, bu holat konglomeratli tugunlar deb ataladi. Tuguncha yoki tugunlar teri sathidan 2-4 mm ko‘tarilib turadi (80-rasm). Ularning konsistensiyasi zich, yarim sharsimon yoki yassi shaklda bo‘ladi. Toshmalarning yuzasi giperkeratoz tufayli notekis shakl oladi va yengil kepaklanib turadi. Barmoqlarda, qo‘l panjasining orqa yuzasi, kaft, yuz va badanning boshqa 81-rasm joylarida eng ko‘p uchraydi. Ularning soni bitta ikkitadan tortib 10-15 tagacha va undan ko‘p bo‘lishi mumkin. 2. O‘smirlar so‘gali: diametri 1-2 mm li kichkina, yuzasi silliq, aylana, chegarasi o‘tkir, rangi teri rangida, ba’zida biroz pushti rangda, soni ko‘p miqdorda bo‘ladi. Qichingan joylarda yoki ta’sirlantirib terini shikastlaydigan holatlarda (sartarosh pokilari ishlatilganda) bir chiziqda ko‘plab tarqalib toshadi. Teri damidan ko‘tarilib turadigan maydamayda epidermal o‘smalardir, asosan yuzda (lunj, peshona, engakda) bo‘yinda, qov sohalarida va qo‘l panjasining orqa yuzasida uchraydi. Ba’zan so‘gallar qator bo‘lib joylashadi (81-rasm). 3.Tovon so‘gali: ko‘proq barmoqlar orasida, asosida, tovonda va kaftda joylashadi. Oyoq tovoni terisining eng ko‘p bosilib, shikastlanib turadigan joylarida paydo bo‘ladi. Ular teri sathidan deyarli ko‘tarilmaydi. O‘rtasida sarg‘ish rangda qattiq infiltrat aniqlanadi. Yurgan vaqtda bezillab turadi. Rangi sarg‘imtir yoki jigarrang shakli yumaloq yoki kattaligi tangadek keladigan teri qalinlashmasidan iborat bo‘ladi (82-rasm). Bemorlarning poyafzalidan va paypoqlaridan foydalanish kasallikning yuqishga olib keladi. Poyafzalni noto‘g‘ri kiyish, tovonning chaqalanishi va oyoqning terlab turishi oyoq kafti so‘gallari rivojlanishiga sababchi bo‘ladi. 82-rasm


166 4.Ipsimon so‘gallar: ko‘proq yuzda, qovoqlarda, burun qirralarida va ayrim xollarda tanada uchraydi. ko‘pincha qariyalarda uchrab teri sathidan 2-5 mm gacha o‘sib chiqqan ipsimon ko‘rinishda, teri rangidagi, yallig‘lanmagan elemenlar aniqlanadi. 5. Keksalar so‘gallari:- yoshi 40dan oshgan odamlarda tana, bo‘yin va yuzda kul rang, jigar rang yoki qora usti yog‘ bilan qoplangan dog‘lar ko‘rinishida vujudga keladi. Davosi: • Psixoterapiya, gipnoterapiya • Sitostatistik preparatlar (podofillin, 5-ftoruratsil) • Destruktiv muolajalar-(kyuretaj-qiribolish, krioterapiya-suyuq azot bilan muzlatib kuydirish, elektrokoagulyatsiya-elektrokoagulator bilan kuydirish) • Chistotela eritmasi bilan kuydirish • 50% li bir va uchxloruksus kislotasi bilan kuydirish • 40% salitsil kislotasi ham keratolitik ta’sir qiladi • Immunstimullovchi preparatlar 2% li oksalin, 1-3% li “Florenal”, gossipol bilan Fovler eritmasi (40% fenol, 60% trikreozol) va interferon, kolxitsin moddalari bor malhamlar ishlatiladi. Iloji boricha kuydiruvchi muolajalarni qo‘llashda juda extiyotkorlik qilgan maqul. So‘gallar vaqti kelib so‘rilish xususiyatiga ega, o‘zi so‘rilib ketganida terida xech qanday ikkilamchi qoldiq o‘zgarishlarni qoldirmaydi. Kuydiruvchi va jarroxlik usullari yordamida olib tashlanganida terida disxromiya va chandiqlarni keltirib chiqarish mumkin. Tovon so‘gali juda og‘riqli va yurishga xalaqit qilib qolgan xollarda operativ usullar yordamida olib tashlash tavsiya qilinadi. O‘tkir uchli kondiloma O‘tkir uchli kondiloma (condilomata acuminata)-Terining shilliq qavatlarga o‘tish qismlarida va doimiy ta’sirlanib, ifloslanib turadigan yoki surunkali yallig‘lanib turadigan sohalarida so‘galsimon ingichka asosli (oyoqchali) o‘smalar ko‘rinishida paydo bo‘ladigan toshmalar bilan namoyon bo‘ladigan kasallikdir. Etilogiyasi; Kasallikni Popova guruhiga mansub filtrlanuvchi viruslar qo‘zg‘atadi. Ular teri yokishilliq qavatda papillomatoz-akantoz


167 kabi o‘zgarishlarga sababchi bo‘lishadi. U o‘zining ko‘pgina belgilari bilan oddiy va o‘rab oluvchi uchuq virusiga o‘xshab ketadi. Epidemiologiyasi: kasallikning asosiy yuqish yo‘li maishiy-muloqot yo‘li hisoblanadi. Jinsiy muloqot vaqtida ham yuqadi. Shaxsiy gigienaga rioya qilmaslik, surunkali nospesifik yallig‘lanishlar, so‘zak, urogenital uchuq, trixomonoz, kandidoz, xlamidioz, ureaplazmoz kabi kasalliklar o‘tkir uchli kandilomaning rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Moyillik; asosan o‘rta yoshdagilar va 83-rasm undan kattalar kasallanadi, bolalarda juda kam kuzatiladi. Klinikasi. Kasallikning davri 7-8 haftadan 9-10 oygacha davom etadi. O‘tkir uchli kandiloma toshmalari ko‘pincha bemorning jinsiy a’zolari atrofida, olat kertmagida, anus sohasida, qo‘ltiqda, ayollarning jinsiy uyatli lablari va qin qirrasida, ko‘krak bezi ostida va ayrim vaqtlari siydik kanalining oldingi sohasi shilliq qavatida ham kuzatiladi. Avvaliga tuguncha ko‘rinishida bo‘lib, terining so‘rg‘ichsimon qavati vegetatsiyalanadi. Dastlab shu sohalarda uncha qattiq bo‘lmagan hamirsimon, mayda pushti tugunchalar paydo bo‘ladi, ular qo‘shilib, gulkaramni yoki xo‘roz tojisini eslatuvchi yumshoq so‘rg‘ichsimon o‘sma hosil qiladi (83-rasm). O‘tkir uchli kandilomaning ba’zi elementlari bir ingichka asosga (oyoqqa) jamlangan bo‘lib, yuzasi namlanib turuvchi kepaklar bilan qoplanadi va undan qo‘lansa hid kelib turadi. Ta’sirlanishlar natijasida achishib, qichishib turadi va eroziyalanadi. Eroziyalanib yaralanib chaqalangan o‘smalar biroz qon chiqarib turadi. O‘smalar bosilganda yoki tirnalganda ulardan quyuq massali ajralma ajralib chiqishi kuzatiladi. Diagnoz. Dagnoz qo‘yishda klinik belgilardan foydalaniladi. Zarurat tug‘ilganda immunoferment analizi yordamida diagnoz tasdiqlanadi. Asosan zaxmdagi serbar kadilomalar bilan taqqoslanadi. Zaxmdagi kandilomalar tekshirilganda ko‘plab oqish triponemalar topiladi hamda zaxmda serologik reaksiyalarning barchasi musbat bo‘ladi. Davosi. O‘tkir uchli kondilomalarni davolashda toshmalarni diatermokoagulyatsiya, krioterapiya, elektroinsiziya kabi usullar


168 yordamida kuydirib davolanadi. Kaliy permanganatning o‘tkir eritemasi, uch xlor sirka kislotasi, podofillinning 20% li spirtdagi eritmasi, chistotela, ferezol kabi kuydiruvchi eritmalar bilan kuydiriladi. Kondilomalar kam miqdorda toshgan bo‘lsa ularni o‘tkir uchli Folkman qoshiqchasi yordamida qirib olib tashlanadi. Orttirilgan immuntanqislik sindromi (OITS) OITS (SPID)-retroviruslar keltirib chiqaradigan sistemali kasallik bo‘lib, viruslarning immun tizimini yemirishi hisobiga, organizmga tushgan boshqa mikroorganizmlarning va organizmda mavjud o‘sma to‘qimalarining rivojlanishi natijasida kelib chiqadigan kasallik bo‘lib, og‘ir oqibatlar bilan kechishi harakterlidir. Etiologiyasi: Retroviruslarning orttirilgan immuntanqislik virusi (OIV yoki VICh)-1 va OIV-2 turlari keltirib chiqaradi. Viruslarning o‘lchami 100-200 mikron bo‘lib, tarkibida RNK saqlaydi. Ular 9 ta asosiy antigenlar strukturasini tashkil qiladi. Ana shu antigenlik strukturasining ko‘pligi ularga qarshi odam organizmida antitanalarning yetarli miqdorda ishlab chiqarilishiga ulgurmasiligi muhim ahamiyatga egadir. Epidemiologiyasi: bu kungi kunda orttirilgan immuntanqischilik viruslari dunyoning barcha mamlakatlarida qayd qilinmoqda. Kasallik manbai; faqat kasal odamlar va virus tashib yuruvchilar hisoblanadi. Yuqish yo‘llari; kasallikning asosiy yuqish yo‘li parenteral ya’ni gemotransfuzion (qon va qon prenparatlari orqali) yo‘l bo‘lsa, in’eksion yo‘llar orqali va instrumentlar (shprislar, ko‘p marotaba ishlatiladigan tibbiyot uskunalari) orqali yuqishi keyingi o‘rinda turadi. Oxirgi yillardagi ko‘rsatgichlar narkomanlar o‘rtasida kasallikning juda avj olib ketganligi in’eksion usul orqali bir biridan yuqqanligini ko‘rsatib beradi. Shuning uchun bu kasallik sivilizatsiya kasalliklari guruhiga kiradi. Jinsiy yo‘l orqali yuqishi ham muhim ahamiyatga egadir. Onadan homilaga yuqishi ham to‘liq isbotlangan. Orttirilgan immuntanqischilik viruslari shikastlanmagan teri yoki shilliq qavatlardan o‘tib yuqmaydi. Moyillik; kasallikka homiladan tortib barcha yoshdagi odamlar chalinishi mumkin. Eng ko‘p kasallanish o‘rta yoshga to‘g‘ri keladi.


169 Patogenezi: orttirilgan immuntanqischilik viruslari hujayra ichi viruslari guruhiga kiradi. In’eksion, ajralmalar yoki qon orqali organizmga kirgan viruslar butun a’zolarga tarqalib ularning hujayralari ichiga kirib olib ko‘payishda davom etadi. Bu jarayon quyidagicha amalga oshadi: Viruslarning hujayralarga bog‘lanishi, keyin ularning hujayra ichiga kirishi, hujayra ichida viruslarning ko‘payishi, keyinchalik viruslarning immun tizimini boshqaruvchi hujayralar sonini kamaytirib boirishi kabi o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Viruslarning organizmga kirib ko‘payib borishi bilan organizmda ularga qarshi antitelolar miqdori ortib boradi. Viruslarni yuqtirgan organizmlarda OIV infeksiyasining birlamchi reaktiv kechgan davridayoq antitelolar miqdori qonda sezilarli darajada ortishi kuzatiladi. (orttirilgan immuntanqischilik viruslari yuqqanidan 2-3 oy o‘tgach bu jarayon sodir bo‘ladi). Aynan shu davrdan boshlab qondagi antitelolar titrini aniqlash mumkin bo‘lib qoladi. Kasallikning barcha bosqichlarida bu antitelolar titri har xil darajada o‘zgarib saqlanadi. Klinikasi: Orttirilgan immun tanqischilik sindromining klinik kechishida bir biridan farq qiluvchi klinik davrlari ajratiladi: 1.Yashirin davri. Kasallikning yashirin davri o‘rtacha 1,5-3 oyni tashkil qiladi. Ba’zi holatlarda bu davr 15 kungacha qisqarib, ba’zida uzoq muddatlarga cho‘zilishi mumkin. 2.Yashirin davrdan keyin birlamchi reaktiv davri boshlanib, viruslarning organizmda ko‘payib qolishi hisobiga, aynan viruslarning o‘zlarining organizmda har xil klinik o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi kuzatiladi. Bu o‘zgarishlar umumiy kataral belgilar, tarqoq limfadenopatiya, umumiy xolsizlik, tana haroratining ko‘tarilishi kabi klinik belgilar bilan kechib uning davomiyligi o‘rtacha 1-2 oy davom etadi. Aynan shu davrdan boshlab qonda viruslarga qarshi antitelolarning miqdori ortib boradi. Antitelolarning qanchalik miqdorda hosil bo‘lishi kasallikning keyingi davrlarining qanchalik tez yoki sekin rivojlanishi xaqida belgi bo‘la oladi. Hujayralar ichiga kirib antitelolardan himoyalangan viruslar ko‘payishda davom etib boraveradi va keyingi davrga o‘tganligini belgilaydi. 3.Orttirilgan immuntanqischilik viruslari (OIV yoki VICh) davri, yani boshqacha qilib aytilganda belgilarsiz virus tashuvchilik davri deb yuritiladi. Bu davrda bemorni klinik belgilar bezovta qilmaydi. Ammo boshqa bir yuqumli kasalliklar bilan og‘rib turish o‘sha kasalliklarning kechimiga (ham og‘irligi ham davomiyligi) ta’sir


170 ko‘rsatmasdan qo‘ymaydi. Bu davr birlamchi reaktiv davrining kechimida antitelolarning qanchalik miqdorda paydo bo‘lganligiga qarab o‘rta hisobdan 1 yildan 5 yillargacha davom etishi mumkin. 4.OITS davrining boshlanishi. OITS davri kompensatsiyalangan va dekompensatsiyalangan davrlarga ajratiladi. Bu davrda organizmda immun tizimi yetarlicha izdan chiqib, organizmga ta’sir qilgan har bir patogen yoki shartli patogen mikrorganizmlar o‘ziga xos klinik belgilarni keltirib chiqara boshlaydi. Bemorlar infeksiyaga qarshi kurasha olmasdan halok bo‘lishadi. Qaysi infeksion kasalliklarning ko‘p uchrashi har bir xududda tarqalgan kasalliklarga ko‘proq bog‘liqdir. Ayniqsa OITSdavrining qaysi bir faslga to‘g‘ri kelishi shu faslda tarqaladigan infeksiyalar hisobiga to‘g‘ri keladi. Yuqumli kasalliklar avvaliga ma’lum bir a’zolarga tanlab ta’sir qiladigan bo‘lsa, keyinchalik generalizatsiyalanib o‘zining klinik kechish xususiyatini o‘zgartiradi. Bemorlar kun sayin holdan ketib borishadi. Tarqalgan limfadenopatiya kuzatiladi (84- rasm). Bemorlarning vazni keskin kamaya boradi. Ba’zi xollarda o‘sma kasalliklarining rivojlanishini ham kuzatish mumkin. Terida kuzatiladigan o‘sma kasalliklaridan Kaposhi sarkomasi ko‘plab qayd qilinadi. 84- rasm Diagnostikasi: Bemorlarga diagnoz qo‘yishda epidemiologik anamnez, kasallikning rivojlanish anamnezi e’tiborga olinadi. Klinik belgilarga etibor berilib asosiy diagnoz qon taxlillariga qaratiladi. Kasallikning birlamchi reaktivlik davridan boshlab qonda antitelolar titri aniqlana boshlaydi, shu davrda diagnozni oydinlashtirish epidemiologik jixatdan muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Bu immunoferment analizatori (IFA) yordamida amalga oshiriladi. OIV davrida doimo antitelolar titri o‘zgarib, ortib borishi yoki aksincha biroz kamayishi kuzatiladi. OITS davrida antitelolar titri kamayishi kuzatiladi. IFA usulida natija ikki marotaba musbat chiqsa keyin immunobloting usulida diagnoz tasdiqlanadi. Birlamchi reaktiv va OIV davrida faqat serologik IFA va immunobloting usullari yordamidagina


171 diagnoz aniqlanadi. Xozirgi vaqtda polimerazali zanjirli reaksiya usuli keng ommalashib bormoqda, bu usul yordamida viruslarning RNK si aniqlanadi. OIV/OITS ga tekshirishga quyida keltirilgan belgilar mezon bo‘la oladi. ◼ Tana haroratining sababsiz ko‘tarilishi (bir necha hafta davomida) ◼ Bir oydan qo‘proq vaqt mobaynida yo‘talib yurish. ◼ Epidemiologik anamnezlarda gumon qilingan holatlar bo‘lganda. ◼ Qon va qon preparatlarini in’eksion qabul qilgandan keyinyoki palapartish jinsiy aloqadan so‘ng 1-3 oy ichida kataral belgilar rivojlanganda ◼ Hech qanday sababsiz ozish, bir oyda 10% va undan ortiq vaznini yo‘qotish. ◼ Ichning ketishi va uni haftalab, oylab davom etishi. ◼ O‘mrov osti, qo‘ltiq osti, chov sohasidagi limfa tugunlarining kattalashuvi. ◼ Biror bir yuqumli kasallik aniqlanib uning tuzalib ketishi muddatidan uzoq cho‘zilib ketishi. ◼ Aniqlangan yuqumli kasalliklarga berilayotgan patogenetik davo muolalajalari naf bermayotgan xollarda. ◼ 60 yoshgacha bo‘lgan shaxslarda o‘sma kasalliklari aniqlangan xollarda. Viruslarning sitopatik ta’siri natijasida T-xelperlarning shikastlanishi hujayraviy va gumoral iimunitetning buzilishida asosiy rol o‘ynaydi. Birinchi va eng ko‘p uchraydigan belgi bu limfopeniya hisoblanadi. T-4 limfotsitlarning shikastlanishi T-4 xelperlar va T-8 supressorlarning ham kamayishiga olib keladi, bu holat muhim diagnostik ahamiyatga ega. Quyida OITS viruslarining immun tizimida keltirib chiqaradigan o‘zgarishlariga to‘xtalib o‘tamiz, aynan shu o‘zgarishlar diagnozni tasdiqlashda katta rol o‘ynaydi. Limotsitlar umumiy sonining kamayishi: T-limfotsitlar sistemasining buzilishi; 1.T-4 xelperlar kamayishi. 2.T-8 supressorlar miqdorining nisbatan ko‘payishi. 3.Yuqumli kasalliklarga va o‘smalar rivojalanishiga sezgirlikning ortishi. 4. Yuqori sezgirlik reaksiyalarning pasayishi.


172 5. Antigenlarga nisbatan proliferativ javobning kamayishi. 6. Xelperlik faoliyatining buzilishi. V-limfotsitlar sistemasining buzilishi; 1.Zardob immunoglobulinlarining ko‘payishi. 2.Mikroorganizmlarga nisbatan antitelo javobgarlikning buzilishi. 3.T-limfotsitlarga nisbatan refrakterlikning ortishi. O‘sma hujayraliga va virus bilan zararlangan hujayralarga nisbatan KILLERlik faolligining buzilishi. 1.Monotsit/makrofaglarning funksional buzilishi. 2.Xemotaksisning pasayishi. 3.Qo‘zg‘atuvchilarning yemirilishi va fagotsitar falollikning sustlashishi. 4.Interleykin-1 ishlab chiqaruvchilarga nisbatan reaksiyaning yo‘qolishi. Serologik buzilishlar; 1.Zardobda supressor omillarining borligi. 2.Antilimfotsitar antitelolar paydo bo‘lishi. 3.Autoimmun jarayonning paydo bo‘lishi. 4.Alfa-1-timozin miqdorining ko‘payishi. Yuqorida keltirilgan o‘zgarishlar IFA dagi musbat titrlar bilan birga kelganda va klinik belgilarning kamida ikkitasi birga qo‘shilib kelishi diagnozni oydinlashtiradi. Davosi: OIV/OITS kasalligining klinik kechishiga, davriga karab antiretrovirusli (zidovudin, azidotimidin, didanozin, zalsitabin, stavudin, lamivudin, neviralin, lavirid, idinavir, ritonavir) kombinatsiyalashagan dori preparatlari bilan davolanadi. OIV ning birlamchi reaktivlik davrida aniqlanib, shu davrda antiretrovirusli davo muolajalarining jadal olib borilishi samaradorlikni oshiradi. Simptomatik va patogenetik (immun tizimini oshirishga qaratilgan davo muolajalari) davo olib boriladi. Profilaktikasi: OIV/OITS ning maxsus profilaktik choralari ishlab chiqilmagan. Nospetsefik profilaktika olib boriladi. Bular qon va qon preparatlarini juda extiyotkorlik bilan ishlatilishi, narkomaniyaga qarshi kurash, pala-partish jinsiy muloqotlarni chegaralashdir. Kasallikni yuqtirganlar doimiy dispanser nazoratiga olinadi.


173 Koronavirusli infeksiya Koronavirusli infeksiya–bu o‘ta yuqumli kasalliklardan biri hisoblanadi, organizmga asosan nafas yo‘llari va oshqozon-ichak trakti orqali kirib klinik belgilarini namoyon qilish xususiyatiga ega. Etiologiyasi: Koronaviruslar–Coronaviridae katta oila vakillari, Nidovirales tarkibiga, Cornidovirineae turkumiga kiradi. Ular tarkibida RNK saqlaydi. Birinchi yuqumli bronxit chaqiruvchi koronaviruslar 1931 yilda aniqlangan, hozirgi kunda ular parrandalar koranovirusi deb nomlanadi. Odam koranoviruslari (HCOV-human coronaviruses) 1965 yilda aniqlangan bo‘lib, hozirgi kunda ularning soni 7 taga yetgan va 4 tasi yengil va o‘rta og‘irlikdagi o‘tkir respirator kasalliklarni keltirib chiqaradi. Qolgan 3 tasi o‘ta xavfli viruslar deb qayd qilingan: ular MERS-CoV, SARS-CoV i SARS-CoV-2 (COVID-19). Oxirgi turi keltirib chiqaradigan kasallik 2019 yil Xitoyning Uxan shahrida aniqlanganligi va butun dunyoga tarqalganligi sababli shunday nomlana boshlandi. COVID-19 (Corona Virus Disease 2019-Koronavirus kasalligi 2019) nomi bilan nomlangan bo‘lib, o‘tkir respirator kasallik hisoblanadi. Epidemiologiyasi: kasallik manbai; tabiatda SARS-CoV-2 virusining manbai ko‘rshapalaklar va ko‘rshapalaklarni iste’mol qiluvchi sut emizuvchilar hisoblanadi. Virus odamlar orasida tarqalgandan keyin asosiy kasallik manbasi odam hisoblanadi. Kasallikning yuqish yo‘li; asosiy yuqish yo‘li bu xavo-tomchi yo‘li hisoblanadi, bu bilan birga maishiy muloqot yo‘li bilan ham yuqadi. Kasallikka moyillik: kasallikka xamma yoshdagi shaxslar moyil hisoblanishadi, qarilar, keksalar, hamroh kasalligi bor shaxslarda kasallikka moyillik yuqori bo‘ladi va og‘ir kechadi. Yoshlarda va o‘rta yoshlilarda ham kasallik uchraydi. Tarqalishi: 2020 yil 11 martda Butunjaxon sog‘liqni saqlash tashkiloti Pandemiya holatini e’lon qildi. Bu e’lon qilingan pandemiya eng uzoq muddat cho‘zilgan panedimiya bo‘lib tarixda qoldi. Patogenezi: SARS-CoV-2 viruslari hujayralarga ularning membrana oqsili, angiotenzin o‘zgartiruvchi ferment 2 retseptorlari orqali kiradi. Angiotenzin o‘zgartiruvchi ferment 2 retseptorlari


174 pnevmotsitlar membaranasida ko‘proq joylashgan bo‘lib, ulardan tashqari ingichka ichak enterotsitlarida, arteriya va vena qon tomirlarining endotelial xujayralarida va bosh miya neyronlarida joylashganligi sababli a’zolarni tanlab shikastlaydi. Klinikasi: kasallikning yashirin davri 2-14 kunni tashkil qiladi. Kasallik ko‘pchilik holatlarda yuqori nafas yo‘llari jarohatlanishi bilan boshlanadi. Bunda burun bitishi, burun oqishi kuzatiladi, xid bilishning kamayishi yoki yo‘qolishi (giposmiya yoki anosmiya) va ta’m bilish retseptorlarining jaroxatlanishi hisobiga segirlilik pasayadi (disgevziya) yoki yo‘qoladi (agevziya). Xid va ta’m bilish sustlashishi 70-80 foiz bemorlarda kasallikning 3-4 kunidan boshlanadi va 11-12 kun davom etadi. Tana harorati ko‘tarilib, zaxarlanish belgilari namoyon bo‘ladi. O‘rta va pastki nafas yo‘llarining jarohatlanishi yo‘tal, xansirash, nafas yetishmovchiligi belgilari bilan kechadi. Ayrim xolatlarda qorinda og‘riq, qayt qilish, ich ketishi (diareya) kabilar bilan namoyon bo‘ladi. Terining jarohatlanishi ham xos bo‘lib, asosan kasallik og‘ir va asoratli kechganida namoyon bo‘ladi. Unda, terida tuguncha va pufakchalarning paydo bo‘lishi, qipiqlanishning kuchayganligi, eritemalar, qavarchiqlar paydo bo‘lishi bilan kechadi. Koronaviruslarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri qon tomirlarining devoriga ta’sir etib yallig‘lantirishi va immun komplekslarning kapilyar tomirlarga ta’siri, infeksion-allergik, toksik ta’sirlar hisobiga qavarchiqlar, petexiyalar, purpuralar, yallig‘lanish tugunlari va pilakchalari paydo bo‘ladi. Qonning quyuqlashishi va mikrosirkulyatsiyaning buzilishi terining rangpar bo‘lishiga hamda qo‘l va oyoqlarning uyishib turishiga sababchi bo‘ladi. Tugunchalar va pufakchalar tananing juda ko‘p qismini qoplab oladi. Bu kasallikda ularning paydo bo‘lishida yuqori xarorat va ko‘p terlash ham sababchi bo‘ladi. Papulalar och qizg‘ish yoki pushti rangda namoyon bo‘ladi. Qipiqlanishlar oq kumush rang tus oladi. Ko‘pincha unsimon va kepaksimon qipiqlanishlar uchraydi. Kasallik og‘ir kechishi hisobiga bemor uzoq vaqt sun’iy nafas olish apparatida yotganda ularda trofik yotoq yaralarining paydo bo‘lishi kuzatiladi.


175 Diagnostikasi: tavsiya qilingan maxsus laboratoriya diagnostika usullaridan biri Zanjirli polimeraza reaksiyasi (ZPR) yordamida virusning RNK sini aniqlash usulidir. ZPR tahlili kasallikning boshlang‘ich davrida yaxshi natija beradi. Viruslarning shilliq qavatlar hujayralariga replikatsiyasi kuchayishi yallig‘lanish jarayonini kuchaytiradi, bu vaqtga kelib ZPR usuli kam natijali bo‘lishi mumkin. Shuning uchun qon zardobida maxsus antitelolar yoki immunoglobulinlarni serologik usul yordamida aniqlashga kirishiladi. Antitelolar yoki immunoglobulinlar-maxsus oqsil bo‘lib, koronaviruslarga qarshi ham organizm tomonidan ishlab chiqiladi va viruslarni zararsizlantirib ular xaqidagi ma’lumotni esida saqlab qoladi. M sinfiga mansub immunoglobulinlar (IgM)-viruslarga qarshi erta paydo bo‘ladigan antitelolar hisoblanadi. Ularning miqdori odatda kasallik belgilari paydo bo‘lishining 5-6 kunlariga borib aniqlanadi va 2-3 oygacha saqalanadi. Kasallik yuqqanidan keyin 3-4 xaftasiga borib G sinfiga mansub immunoglobulinlar (IgG) aniqlana boshlaydi va ular uzoq muddatga saqlanadi. IgG aniqlanishi kasallikni boshidan kechirganligi va bemorning organizmida virus xaqida xotira saqlanganligini ma’lum qiladi. IgM-ning aniqlanishi xamma vaqt xam kasallikning borligi xaqida darak beravermaydi. IgM-kasallikning yashirin davrida va simptomsiz kechimida xam musbat natija berishi mumkin. Doimo individual yondoshishga amal qilish zarur. Shunday xolatlarda tomoq va burun shilliq qavatidan olingan surtmalarda virusning RNK sini aniqlash natijani oydinlashtiradi. Davosi: kasallikni davolashda asosan etiotrop, patogenetik va simptomatik davo prinsiplari olib boriladi. Etiotorop davo samarasi xali yetarlicha emasligi aniqlangan bo‘lsada, kasallikning og‘ir oqibatlarga va asoratlarga olib kelishini oldini olishda ishlatiladi. Buning uchun favipiravir, remdesivir, umifenovir, gidroksixloroxin, azitromitsin (gidroksixloroxin bilan birgalikda ishlatish uchun), interferon-alfa kabi preparatlar qo‘llaniladi. Patogenetik terapiya maqsadida glyukokortikosteroid preparatlarini qo‘llash yaxshi naf bermoqda. Koronavirus infeksiyasida makrofaglarning va gemofagotsitar limfagistotsitozlarning ikkilamchi faollashishi immun tizimining nazorat qilib bo‘lmas darajadagi faollashishiga olib keladi, o‘z o‘rinda organizmda o‘z xujayralarining shikastlanish darajasi ortib ketadi. Shuning uchun immun tizimi o‘ta faollashib ketishining oldini olish maqsadida immunsupressiv davo olib


176 boriladi. Glyukokortikosteroid preparatlari immunsupressiv, yallig‘lanishga qarshi samarasi mavjudligi uchun qo‘llash tavsiya qilinadi. Simptomatik davo sifatida yallig‘lanishga qarshi, xarorat tushiruvchi, bronxolitik va mukolitik preparatlari qo‘llash tavsiya qilinadi. Og‘ir xolatlarda nafas yetishmovchili, yurak-qon tomir yetishmovchiligiga qarshi va ularni kamaytirishga qaratilgan choralar qilinadi. Profilaktikasi: koronavirusga qarshi olib boriladigan profilaktik choralar nomaxsus va maxsus turlarga bo‘linadi. Nomaxsus profilaktika shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilishdan iborat. Oraliq masofani saqlab yurish, niqoblardan va dezinfeksiyalovchi preparatlardan foydalanish kabilardan iborat. Maxsus profilaktikaning asosiy maqsadi odam organizmida koranoviruslarga nisbatan immunitetni shakllantirishdan iborat. Hozirgi kunda ko‘pgina davlatlar o‘zi uchun qulay bo‘lgan maxsus profilaktika uchun vaksinalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni boshlab yuborishdi, shu bilan sinovli emlashlashlar natijasiga qarab asosiy emlash ishlari boshlab yuborildi. Vaksinalarning natijadorligi xaqida xali aniq bir to‘xtamga keladigan ma’lumotlar mavjud emas. Rossiya Federatsiyasining «Sputnik V», "EpiVakKorona" Amerika qo‘shma shtatlarida BioNTech va Pfizer, NVX-CoV2373, Xitoyda CoronoVac, BBIBP-CorV, Ad5-nCov kabi vaksinalari ommaviy qo‘llanilishi boshlandi.


177 VI BOB. DERMATITLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR Dermatitlar (dermatitis, grek tilidan derma, dermat[os]-teri, itisyallig‘lanish ma’nosini anglatadi)-terining yallig‘lanishi bo‘lib, tashqi omillarning teriga bilvosita (organizmga so‘rilgan mahsulotlarning) va bevosita ya’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’siri natijasida namoyon bo‘ladi. Ta’sir mexanizmiga va klinik kechimiga qarab dermatitlar uchta katta gruhga ajratiladi: 1.Oddiy kontak dermatitlar. Bunda ta’sirot ta’sir qilgan sohaga tasirlantiruvchining ta’sir kuchiga bog‘liq holda va uning ta’sir qilish muddatiga qarab faqatgina ta’sirot ta’sir qilgan sohada (mahalliy) o‘zgarishlar bilan namoyon bo‘ladi. 2.Allergik dermatitlar. Allergik dermatit kelib chiqishi uchun organizmda ta’sir qilayotgan tasirotga yoki uning allergeniga nisbatan sezgirlikning namoyon bo‘lishi kuzatiladi va faqat tasirot tasir qilgan sohada emas, balki butun organizmda toshmalar toshishi bilan namoyon bo‘ladi. 3.Toksitdermiyalar. Toksidermiya kelib chiqishi uchun organizmga kirayotgan mahsulotlarning so‘rilishi hisobiga butun organizmga tarqalib ichki a’zolar va teri hamda shilliq qavatlarga toksik tasir qilishi hisobiga toshmalar toshishi va klinik o‘zgarishlar kuzatiladi. Dermatitlarning umumiy patologiyasi va klinikasi. Dermatitlarning kelib chiqishida fizik omillarning ahamiyati katta bo‘lib, ular mexanik ta’sirotlar, elektr toki, ultrabinafsha nurlar, ionlanuvchi radiatsiya kabi ta’sirotlarning ta’sir qilish darajasiga qarab teridagi o‘zgarishlarga sababchi bo‘lishadi. Kimyoviy omillarga-har hil kimyoviy birikmalar, ishlab chiqarishda va maishiy xizmatda ko‘plab ishlatiladigan mahsulotlar, jumladan tibbiyotda, veterenariyada va qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan dori-darmonlar, hamda o‘simliklarning tarkibida mavjud va ular ajratadigan kimyoviy mahsulotlarining ta’sirlari natijasida kelib chiqadi. Biologik omillarga o‘simliklar va xayvonot olamidagi jonivorlarning teriga to‘g‘ridanto‘g‘ri ta’sirlari yoki ularning zaharlarining ta’siridan, kimyoviy mahsulotlarining odam terisi yoki shilliq qavatlariga tushishi natijasida terini ta’sirlantirishi oqibatida kelib chiqadigan omillarga aytiladi.


178 Ta’sirotlarning ta’sir darajasiga va odam terisi yoki shilliq qavatlarining chidamliligiga bog‘liq holda ta’sirlar ikki turga bo‘linadi. 1. Shartsiz yoki obligat ta’sirotlar bo‘lib, ular qanaqa organizmga yoki ularning tashqi qoplamlariga ta’siridan qat’iy nazar o‘ziga xos o‘zgarishlar yoki yallig‘lanish keltirib chiqaradi. Bu ta’sirotlar oddiy yoki kontakt (muloqotli) dermatitlarni keltirib chiqaradi. 2. Shartli yoki fakultativ ta’sirotlar bo‘lib, teri yoki shilliq qavatlarda yallig‘lanish keltirib chiqarishi uchun organizmda bu ta’sirotlarga nisbatan sezgirlik ortishi kerak, shundagina ularning ta’sirlari namoyon bo‘ladi. Bunday holatlarda dermatitlarning allergik turi rivojlanadi. Oddiy yoki kontaktli dermatit ta’sirot ta’sir qilgan vaqtda tezda rivojlanib terida klinik belgilarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Undan farqli o‘laroq allergik dermatitda ta’sirot ta’sir qilgan vaqtdan keyinroq, xatto 5-7 kun yoki undan uzoqroq muddatlardan keyin oldingi ta’sirot qayta ta’sir qilgandan keyin klinik belgilar sodir bo‘ladi. Organizmda sezgirlikning ortib borishi uchun ma’lum muddat kerak bo‘ladi. Bu holat organizmda sekin kechuvchi allergik reaksiya turining rivojlanishi bilan namoyon bo‘ladi. Allergik jarayonning tarqalganligi va og‘irligi organizmdagi immunologik reaktivligining faoliyatini buzilishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu o‘z navbatida qonda eozinofillar miqdorining oshib ketishi, gammaglobulinlar miqdorining ortishi, organizm umumiy immunologik reaktivligining, qon zardobining komplementar faolligining, gistaminpektik indeks va serotonin miqdorining, buyrak usti bezi faoliyatining pasayishi kuzatiladi. Allergik dermatit o‘chog‘ida va uning atrofidagi to‘qimalarda og‘riq va issiqlik sezgirligi, terining doimiy elektr tokiga qarshiligi, kapillyarlarning rezistentligi va teri hujayralarining ishqorlarga chidamliligi pasayib, mug‘uz qavatining o‘tkazuvchanligi ortadi. Asab va endokrin tizimining funksional holatining buzilishlari, oshqozonichak trakti va jigar kasalliklari, gijja kasalliklari, uglevodlar almashinuvi buzilishlari, qonda xolesterin, transaminaza fermentlarining miqdorining ortishi ham allergik dermatitlar rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Organizmning himoya faoliyatini pasaytiruvchi kasalliklar (gripp, tonzillit va boshqalar) dermatitlar rivojlanishini va o‘tkir kechishini tezlashtirib qo‘yadi. Dermatitlar rivojlanishida nasliy omillar, terining barer


179 funksiyalarining rivojlanishlari va tashqi muhitning yuqori harorati hamda namligining balandligi ham katta rol o‘ynaydi. Dermatitlarning (kontakt, allergik, va toksik dermatitlarga) har biriga patogistologik baho berish qiyinchilik tug‘diradi. Bunday hollarda faqat gistologik usullar yordamida jarayonning o‘tkir, o‘tkir osti va surunkali kechishi to‘g‘risida baho berish mumkin. O‘tkir dermatitda hujayra ichi va hujayra tashqarisi shishi kuzatilib, epiderma ichi bo‘shliqli pufakchalari hosil bo‘ladi, bo‘shliqlar bir-biri bilan yupqa (parda) to‘siq bilan ajralib turishadi. Natijada ko‘p kamerali bo‘shliqlar (pufakchalar) hosil bo‘ladi. Ichidagi ekssudatda kam miqdorda limfotsitlar, birta ikkita eozinofillar, neytrofillar va epidermis hujayralari aniqlanadi. O‘tkir dermatitda ta’sirot kuchi yuqori bo‘lsa epiderma ostida bo‘shliqli pufakchalar hosil bo‘lib, epiderma qavati nekrozlanishi mumkin, ba’zida dermaning so‘rg‘ichsimon qavati ham nekrozlanishi mumkin. O‘tkir allergik dermatit boshqalaridan farqliroq morfologik jixatdan yallig‘lanish shishining kuchliroq rivojlanishi va hujayraviy infiltrat hosil qilishi bilan kechadi. Infiltrat tarkibida eozinofillar miqdori ko‘p bo‘ladi. O‘tkir osti dermatitida patogistologik unchalik katta xajmga ega bo‘lmagan epiderma ichi pufakchalari va hujayra ichi hamda hujayra tashqarisi shishi kuzatiladi. Yengil rivojlangan akantoz (bazal qavati keratinotsitlarining energetik va mitotik xususiyalarining kuchayishi hisobiga hujayralarining proliferatsiyasi natijasida tikanaksimon qavat qalinlashishidir) va parakeratoz (epidermisda keratogialin ishlab chiqishining sustlashishi yoki umuman to‘xtashi hisobiga mug‘uzlanish jarayonining izdan chiqishi, natijada epidermisning to‘la mug‘uzlanmasdan qolishidir) aniqlanadi. Yallig‘lanish infiltratlarida limfotsitlar miqdori eozinofillar, neytrofillar va gistiotsitlardan ustunlik qiladi. Neytrofillar va limfotsitlar epidermisga qarab migratsiyalanadi (ya’ni epidermaga ko‘chib borib to‘planadi). Surunkali dermatitlarda patogistologik so‘rg‘ichsimon qavat hujayralari orasida akantoz va parakeratoz o‘choqlari aniqlanadi. Epidermisda unchalik rivojlanmagan hujayralararo shish kuzatilib, bo‘shliqlar (pufakchalar) hosil bo‘lmaydi. Limfotsitlardan tashkil topgan infiltrat rivojlanadi ularning orasida juda kam sonda gistiotsitlar va eozinofillarni ham uchratish mumkin. Yallig‘lanish jarayonining va klinik belgilarning rivojlanganligiga qarab oddiy kontakt va allergik dermatitlar o‘tkir, o‘tkir osti va surunkali shakllarga bo‘linadi.


180 Oddiy kontakli dermatit Oddiy kontak dermatitlar-teriga faqat ta’sirlovchi ta’sir qilgan sohada toshmalarning paydo bo‘lishi bilan harakterlanadi. Kontakt dermatitlarning keltirib chiqaruvchi omillarga qarab quyidagicha tasniflanadi. 1. Fizikaviy ta’sirlar natijasida kelib chiqadigan dermatitlar: I. Mexanik, jismoniy va travmatik ta’sirlar keltirib chiqaradigan dermatitlar; II. Aktinik (nurlar) ta’sirlar keltirib chiqaradigan dermatitlar; A) quyosh nuri ta’siridan kelib chiqadigan dermatit B) sun’iy yorug‘lik manbalaridan kelib chiqadigan dermatit V) ionlanuvchi radiatsiyalar ta’siridan kelib chiqadigan dermatit (nurli dermatit, rentgen nurlaridan va radiatsiyalardan dermatit). III.Elektr energiyasi (toki) ta’siri natijasida kelib chiqadigan dermatitlar; IV.Tashqi yuqori va past haroratning ta’siri natijasida kelib chiqadigan dermatitlar; A) kuyishlar B) muzlashlar V) sovqotishlar 2. Kimyoviy ta’sirlar natijasida kelib chiqadigan dermatitlar: A) Ishqorlar B) Kislotalar V) Bo‘yoqlar G) Neft mahsulotlarining ta’siri. 3. Biologik ta’sirlar natijasida kelib chiqadigan dermatitlar: A) O‘simliklarning organizmga ta’siri B) Hasharotlar chaqishi V) Sodda jonivorlar yoki mikroorganizmalarning te’riga ta’siridan kelib chiqadigan dermatitlar. Oddiy (kontaktli) dermatit (85-rasm)-klinik belgilarining (toshmalarning) namoyon bo‘lishiga qarab jarohatlanishning uchta bosqichi ajratiladi; Birinchi eritematoz bosqichi-har xil darajada rivojlangan qizarish va shish, yengil qichishish, achishish bilan boshlanadi. Ikkinchi bullyoz bosqichi-eritemalar sohasida pufakchalar va pufaklarning paydo bo‘lishi kuzatiladi. Pufakchalar yoki ularning ochilishi natijasida ajralayotgan ekssudatning qurishi hisobiga qaloqlar hosil bo‘ladi. Uchinchi, nekrotik bosqichi-teri hujayralarining yemirilish va ulardan ajralayotgan ekssudatlarning qotishi natijasida qaloqlar hosil bo‘lishi, toshmalarning yaralanishi va oqibatda chandiqlanish bilan bitishi kuzatiladi. Yuqorida aytib o‘tilgan bosqichlar kasallikning og‘ir yoki yengil kechimini ham ko‘rsatib berishi mumkin, ya’ni hamma vaqtda uchchala bosqich aniqlanavermaydi.


181 Yengil kechganda birinchi bosqich bilan chegaralanadi. O‘tkir allergik dermatitda ko‘p miqdorda mikrovezikulalar (kichik pufakchalar) hosil bo‘lishi va ular tezda qurib yengil ko‘chuvchi yupqa qaloqlarga aylanishi harakterlidir. Klinik kechishi ekzemadagi mikrovezikulalarning hosil bo‘lishiga o‘xshab ketganligi uchun allergik ekzematoz dermatit ham deb yuritiladi. O‘tkir osti dermatida ham yuqorida ko‘rsatilgan uchta bosqich kuzatilib, ulardan farqli yallig‘lanish belgilari kuchli namoyon bo‘lishi kuzatilmaydi. 85-rasm Surunkali dermatitlar kelib chiqishida yengil ta’sirlantiruvchi omillarning uzoq muddat ta’sir qilishi hisobiga qizarish, infiltratsiya, lixenifikatsiya, giperkeratoz, ba’zi holatlarda esa teri atrofiyasi kabi belgilar bilan namoyon bo‘ladi. Oddiy yoki kontaktli dermatitda terida yuz beradigan patologik jarayon ya’ni toshmalar tasirot tasir qilgan soha bilan chegaralangan bo‘ladi. Ta’sirot to‘xtashi bilan yallig‘lanish jarayoni so‘nib boradi. Shuning uchun ko‘p hollarda ayniqsa eritematoz bosqichida o‘zo‘zidan to‘liq tuzalib ketishini kuzatish mumkin. Allerik dermatit bilan og‘riganlarda esa organizmning sezgirligi oshib borib, klinik ko‘rinishlar asta-sekin o‘zgarib borib ekzema rivojlanishiga olib keladi. Bunda polimorf (bir vaqtning o‘zida bir necha hil toshmalar toshishi) toshmalar rivojlana boradi (polimorfizm), ular asta sekin sog‘lom teri sohasiga ya’ni periferiyaga tomon tarqala boradi, toshmalar o‘z chegarasini yo‘qotadi. Faqat teriga ta’sir qilgan sohaga emas balki boshqa sohalarda ham toshmalar toshishi kuzatiladi. Birlamchi toshmalar toshgan sohalardan uzoqda paydo bo‘lganlari klinik kechishi bilan bilinar bilinmas ko‘rinishda bo‘lib surunkali qaytalanib turuvchi tus oladi. Allergen ta’siri to‘xtagandan keyin ham klinik belgilari davom etaverishi mumkin. Jarayon monosensibilizatsiyadan (bitta antigenga sezgirlik) polisensibilizatsiyaga (ko‘p antigenlarga sezgirlik) o‘tadi.


182 Oddiy dermatit to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sirot ta’sir qilgan vaqtdan boshlab klinik belgilari namoyon bo‘la boshlasa, allergik dermatitlarda bu vaqt anchagacha 5-7 kundan bir necha haftagacha cho‘zilishi mumkin. Allergik dermatitda sekin kechuvchi allergik reaksiya turi rivojlanadi. Organizmda sezgirlikning ortishiga va allergik dermatitga sabachi bo‘lgan ko‘pgina kimyoviy birikmalar gaptenlar deb ataladi. Ya’ni kimyoviy moddalar teridagi oqsillar bilan birikib to‘liq antigenga aylanadi. Allergik dermatitlarda leykotsitlarning funksional faolligi ortadi. (peroksidaza miqdori ko‘payadi). Tajribalarda qondagi leykotsitlar ya’ni asosan limfotsitlarning miqdorini kamaytiruvchi omillarning ta’sirida (masalan; ionlanuvchi radiatsiya nurlari, sitostatik moddalar) allergik dermatitlarning rivojlanishi ham sustlashganligi aniqlangan. Fizik ta’sirotlardan kelib chiqadigan dermatitlar Dermatit chaqiruvchi fizik ta’sirotlarga mexanik ta’sirlovchilar, aktinik (quyosh nuri) elektr toki, yuqor va past harorat ta’sirlari sababchi bo‘ladi. Mexanik ta’sirotlar; ishqalanish-terining ma’lum bir chegaralangan sohasi uzoq muddat ishqalanishi yoki unga ta’sir qilayotgan bosim natijasida kelib chiqadi. Ishqalanishga tor poyafzallarni kiyish, yoki chiniqmagan holda uzoq muddat harakat qilib qo‘yish, gipslar, protezlar, boylamlar, tor kiyimlar, kiyimlarning o‘tkir yoqalari, taqinchoqlardan noto‘g‘ri foydalanish, kasbiy ishqalanishlar kabi omillar sababchi bo‘ladi. Ishqalanishning o‘tkir shaklida faqat chegaralangan qizarish, shish kuzatilib achishish va biroz og‘riq bilan kechadi. Agar ta’sirlovchi omil ta’siri davom etadigan bo‘lsa jarohatlangan o‘choqda aylana yoki notekis shaklli diametri bir necha millimetrdan bir necha santimetrga yetadigan, seroz yoki serozgemorragik ekssudat saqlagan pufakchalar hosil bo‘ladi. Pufakchalarning ochilishi eroziyalar va qaloqlanishlarga olib keladi. Qalinlashish-mug‘uz va derma qavatining qalinlashishi hisobiga teri sathidan biroz ko‘tarilib turuvchi chegaralangan hosila paydo bo‘lishidir (lixenifikatsiya). Bu holatlar ko‘pincha kasbiy ahamiyatga ega bo‘lib, asbob uskunalar bilan ko‘p ishlovchilarda (yer qozuvchilar, dexqonlar, sartaroshlar, etikdo‘zlar, tikuvchilar, duradgor ustalar, mexaniklarda) uchraydi.


183 Shilinish-teri burmalari, barmoqlar orasida qizarish, yemirilish yuzaki yoriqlarning paydo bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda hayotining birinchi kunlarida taglikning ta’siri va unga axlatlarning tushishi natijasida taglikdan paydo bo‘lgan dermatit rivojlanishi mumkin. Jarohat sonning ichki yuzasi, oraliqda, dumbalar orasida namoyon bo‘ladi. Davosi; birinchi navbatda ta’sirlantiruvchi omillar bartaraf qilinadi. Agar jarayon eritema ko‘rinishida bo‘lsa o‘zi so‘rilib ketadi. Yaqqol rivojlangan shishlar kuzatilsa kortikosteroid malhamlari qo‘llaniladi. Pufakchalar, eroziyalar paydo bo‘lgan bo‘lsa, pufakchalar ochilib qurituvchi bog‘lamlar, anilin bo‘yoqlari yoki kortikosteroidli malhamlar bilan steril bog‘lamlar qo‘yiladi. Pustulalar paydo bo‘lgan bo‘lsa ular ochilib yiringdan tozalanadi va o‘rniga antibakterial bog‘lamlar ishlatiladi. Regionar limfangit yoki limadenit aniqlangan holda antibakterial preparatlar berish ko‘rsatma bo‘ladi. Surunkali dermatitlarda issiq muolajalar, keratoplastik va keratolitik prepratlar qo‘llaniladi. Aktinik (nurlar ta’sirida kelib chiqdigan)dermatitlar-teriga tabiiy va sun’iy nurlarning ta’siri natijasida hosil bo‘lib bu guruhga quyosh nuri dermatiti va ionlangan radiatsiya dermatitlari kiradi. Quyoshli dermatit-teriga quyosh nurlari ayniqsa ultrabinafsha nurlarining ta’siri hisobiga kelib chiqadi. Buning kelib chiqishida quyosh nurining ta’sir davomiyligi va har bir odamning sezgirlik darajasiga bog‘liq. Quyosh nuriga ko‘proq qorin, ko‘krak va bel sohalari terisi sezgir bo‘lib, kamroq xollarda yelka, bo‘yin, peshona, son sohalarida uchraydi, kaft, tovon va pigmentlangan teri sohalari quyosh nuriga kamroq sezgir bo‘lib qoladi. O‘tkir quyoshli dermatit terining ochiq qismlarida 2-4 soatlik yashirin davrdan keyin terining tortilishi va achishishi bilan kechuvchi och qizg‘ish rangli eritemalar va shishlar kuzatiladi. Og‘ir hollarda yallig‘langan terida seroz yoki seroz-gemorragik suyuqlik saqlagan pufakchalar paydo bo‘ladi va ularning ochilishi og‘riqli eroziyalanishlarga olib keladi. Jarayon tangasimon yoki bargsimon qipiqlanishlar va melaninlar miqdorining ortishi hisobiga giperxromiyalanib bitadi. O‘tkir quyoshli dermatitlar bemorda umumiy xolsizlik, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, ishtaxa yo‘qolishi kabi umumklinik belgilar bilan ham kechadi. Surunkali quyoshli dermatitlar uzoq muddat, davomli va takroran ta’sir qiluvchi quyosh nuri ta’sirida kelib chiqadi. Bunday


184 holatlarda teridagi yallig‘lanish bosqichidan keyin teri ochiq qismlarida bronza rangiga kirib, teri quruqlashadi va qalinlashadi. Yillar o‘tishi bilan giperpigmentatsiya va depigmentatsiya qismlari ajralib qoladi. Terining yoshga nisbatan erta boshlangan distrofiyasi, og‘ir hollarda esa so‘galsimon hosilalar, yoki teri o‘smalari rivojlanishi mumkin. Quyoshli dermatitlar fotodermatitlar guruhiga kiradi. Organizmda ishlab chiqiladigan yoki tashqi muhitdan oshqozon ichak va nafas yo‘llari orqali organizmga kiruvchi porfirinlarga nisbatan quyosh nurining sezgirligi ortib ketishi bilan bog‘liqdir. Sun’iy nurlarga nisbatan dermatit kelib chiqishi ham nurlarning ta’sir kuchiga va ta’sir davomiyligiga bog‘liqdir. Ishlab chiqarishda elektr payvandlovchilar, elektr pechkalarni ishlatuvchilar, temir erituvchilar, karbid-kalsiyli pechkalarni ishlatuvchilar har xil nurlanishlar olishi mumkin. Bu sharoitlarda ishlovchilarda dermatitdan tashqari kon’yunktivit, keratit va umumiy intoksikatsiya belgilari ham rivojlanishi mumkin. Issiq ta’sirlantiruvchilarning teriga ta’siri (isitgichlar, kompresslar, elektr isitgichlar) natijasida qisqa muddatli chegaralangan eritema paydo bo‘ladi. Bu ta’sirotlarning takroran ta’sirlari qon tomirlarning turg‘un kengayishiga va teri rangining o‘zgarishiga olib keladi. Davosi: quyoshli dermatitlarda teri spirt, atir bilan artilib, sovituvchi namlamalar yoki kremlar qo‘yiladi. Katta pufaklar hosil bo‘lgan bo‘lsa ular teshilib ichidagi suyuqlik chiqariladi va o‘rniga antiseptik namlamalar va malhamlar qo‘llaniladi. Quyosh nurlaridan himoyalanish tavsiya etiladi. Ishlab chiqarishda ishlovchi shaxslarga nurdan himoyalovchi kiyimlarni kiyish qoidalariga amal qilish talab qilinadi. Ionlanuvchi radiatsiyalardan kelib chiquvchi dermatitlar (radiatsion dermatit, rentgen nurlaridan dermatit, nurli dermatit) – dermatit rentgen nurlaridan yoki alfa, beta, gamma va neytronli nurlanishlardan kelib chiqishi mumkin. Har xil ionlanuvchi nurlar hujayra va to‘qimalarda bir xil patogenetik ta’sir qilishi mumkin. Dermatit keltirib chiqarishida bu nurlanishlarning ta’sir darajasi, ularning ta’sir miqdori, kuchiga, terining uni yutuvchi sathining o‘lchami va organizmning individual sezgirligi muhim ahamiyatga ega. Bolalarning terisi kattalar terisiga, ayollar terisi esa erkaklar terisiga nisbatan ionlanuvchi radiatsiyalarga sezgirroq hisoblanadi. Ionlanuvchi


185 radiatsiyalar ko‘proq bo‘yin, qo‘ltiq osti va chov burmalari sohasini jarohatlaydi. Yuz va ko‘krak terisi kamdan kam zararlandi. Radioaktiv moddalar keltirib chiqargan dermatitlar asosan terining ochiq sohalarida ko‘proq uchraydi. Kiyimlar radioaktiv suv bilan namlanganda ham ular himoyalab turgan teri sohalarning zararlanishi uchrashi mumkin. O‘tkir nurli dermatit radiatsiya nurlarining bir martada katta miqdorda (dozada) ta’sir qilganida va boshqa holatlarda ko‘p marotaba takroran terapevtik miqdorlarda qo‘llanilganda uchraydi. Teridagi klinik belgilar nurlanishning birinchi kunlarida va ba’zi hollarda bir necha kundan keyin namoyon bo‘ladi. O‘tkir nurli dermatit ta’sirotdan keyin qanchalik erta rivojlansa shunchalik uzoq muddat davom etadi. Ionizatsiyalanuvchi nurlar sochli sohaga ta’sir qilsa nurli alopesiya rivojlanadi. Uzun sochlarning tushishi nurlanishdan keyin 2-3 chi haftalarda boshlaydi. Boshdagi sochlar, kiprik, soqol-mo‘ylov, qo‘ltiq osti va qovdagi tuklar to‘kilishi kuzatiladi. Sochlar tushishi 1-2 hafta davom etadi. Ularning o‘sishi va yangilanishi 6-14 hafta davom etadi. Og‘ir holatlarda 4-5 oydan keyin yangi sochlar chiqa boshlaydi. Ko‘pchilik bemorlarning sochlari nozik, ingichka bo‘lib chiqadi va jarohatlangan terida giperpigmentatsiyalar kuzatiladi. Ionlangan radiatsiya ta’sirida tirnoqlar ham o‘zgaradi. Ularning o‘sishi sekinlashib, rangi qo‘ng‘ir-ko‘kimtir tus oladi. Tirnoqlarning jarohatlangan sohasi bilan jarohatlanmagan sohalari ajralib turadi. Nurlanishlardan keyin terida ta’sirotning davomiyligi va uning dozasiga bog‘liq holda oddiy dermatitlardagidek eritematoz, bullyoz va nekrotik bosqichlar ajratiladi. Eritematoz bosqichida binafsha yoki osmon rangli turg‘un eritema, teri sanchishi, qichish, og‘riq, ba’zida petexial qon quyulishlar uchrashi nurlanishning chuqur bo‘lganligi va yomon yoqibatli ekanligi xaqida bildiradi. Bullyoz bosqichi eritemadan keyin kelib, har xil kattalikdagi seroz, seroz-gemorragik ekssudatli, fibrin saqlovchi pufakchalar va pufaklar hosil bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi. Ba’zida pufaklar o‘lchami tovuq tuxumidek kattalikda bo‘lishi mumkin. Chuqur pufakchalar sohasi chandiqlanish bilan bitadi. Nekrotik bosqichida teri nekrozlanib qo‘ng‘ir-kulrang yoki qo‘ng‘ir-sariq tubli, yiringli ajralmali yaralar hosil bo‘ladi. Regionar limfadenit kuzatiladi. Bemorning umumiy ahvoli o‘zgarib, xolsizlik, yuqori harorat, qaltirash, uyqusizlik va og‘riqlar bezovta qiladi. Yaralar sohasi atrofik chandiqlar bilan bitadi.


186 Surunkali nurlanishli dermatitlar kam dozada ko‘p marotaba nurlangan odamlarda uchraydi. Masalan rentgen nurlari bilan ishlovchilarda ko‘p uchrab, asosan qo‘l barmoqlari jarohatlanadi, barmoqlar pushti rangga kirib, terisi yupqalashadi, elastikligini yo‘qotadi, quruq bo‘lib qipiqlanib turadi. Jarohat sohalarida giperpigmentatsiya yoki gipopigmentatsiya kuzatiladi. Terisi tashqi omillarga sezgirligi ortib tez shikastlanuvchan bo‘lib qoladi. Qichish va teri sanchiqlari bezovta qiladi. Davosi; nurlanishli teri reaksiyalari va nurlanishdan keyingi alopesiyalar bilan og‘rigan bemorlar davolanishga muxtoj emaslar. Eritematoz bosqichida, hamda uzoq davom etuvchi eritemalar rivojlangan bo‘lsa yallig‘lanishga qarshi preparatlar: maydalangan muz bilan bog‘lam qo‘yish, namlashlar, pastalar, kortikosteroid malham va kremlar, linol va linetollarni qo‘llash yaxshi natija beradi. Bullez bosqichida pufakchalar ichidagi suyuqliklar davriy ravishda shpris bilan tortib olib tashlanadi. Shu usul yordamida suyuqlik tarkibida to‘plangan ionlarning qayta so‘rilishining oldi olinadi. Keyin o‘rniga bosim berib turuvchi bog‘lam qo‘yiladi. Ekssudat yiringlagan taqdirda pufakni tomi (pufak ustidagi teri) olib tashlanadi va antiseptik preparatlar bilan namlashlar va antibakterial malhamlar qo‘llaniladi. Og‘riq qoldiruvchi va antiseptik ta’sir maqsadida 0,5% kumush nitrati ishlatiladi. O‘tkir yallig‘lanish jarayoni kamaygandan keyin o‘simlik moyi bilan bog‘lam qo‘yiladi. Yarali-nekrotik bosqichida jarohatlangan nekrotik to‘qimalarni jarroxlik usuli yordamida tozalash tavsiya qilinadi. Organizmning immunbiologik holatini yaxshilashga, ikkilamchi infeksiyaning oldini olishga va to‘qimalarning oziqlanishini yaxshilashga qaratilgan davo choralari belgilanadi. Buning uchun oqsilga va vitaminlarga boy oziq moddalar, oqsilga boy infuziyalar, antibakterial preparatlar tavsiya qilinadi. Kuchli og‘riqlar bilan kechganda analgetiklar, uyqu dorilar qo‘llaniladi. Zarurat tug‘ilaganda antigistamin preparatlari va glyukokortikosteroidlar buyuriladi. Regeneratsiyani yaxshilovchi “Salkoseril”, “5-10% li metiluratsil” malhamlar mahalliy ishlatiladi. Og‘ir xollarda jarroxlik usuli qo‘llaniladi. Radioaktiv moddalar ta’sirida kelib chiqgan surinkali dermatitlarda avvaliga terida mavjud radioaktiv moddalardan tozalash amalga oshiriladi. Radioaktiv moddalarning mug‘uz qavatida va sochlar, tuklar va tirnoqlarda to‘planib qolishini e’tiborga olgan holda keratolitik malhamlar qo‘llanilib sochlar va tirnoqlar olinadi.


187 Elektr toki ta’siridan kelib chiqgan dermatitlar: elektr toki ta’siridan ikki xil dermatit yuzaga chiqadi. Birinchisi kotakt elektrotravma ya’ni o‘tkazuvchi elektr yoki galvanik tokning teriga ta’siri natijasida va ikkinchisi elektr yoyidan hosil bo‘lgan issiqlikning ta’siri natijasida og‘ir termik kuyishning kelib chiqishi hisobiga hosil bulgan elektrotravmalar hisoblanadi. Elektrotravmalarda hosil bo‘lgan morfologik elementlar boshqa turdagi dermatitlardan farq qilib ular mahalliy (teri shikastlanishi) va umumiy (ichki a’zolar shikastlanishi) o‘zgarishlarga bo‘linadi. Kontakt elektrotravmada elektr zaryadlarining teriga kirish va chiqish joylari hosil bo‘lib ular qattiq, kulrang-oqish yoki kulrangsarg‘ish rangli, markazi biroz cho‘kib turuvchi qaloqlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Ular aylana shaklda bo‘lib, o‘lchamlari 2-3 mm dan 2-3 sm gacha boradi. Jarohatlangan soha atrofi qizargan, og‘riqli, markazlarida sezgirlik yo‘qolishi kuzatiladi. Shikastlangan sohada sochlar va tuklar o‘saqlanadi, ba’zida ular buralib uramlar hosil qiladi. Qaloqlangan sohalar atrofidagi epidermis ko‘chishi kuzatiladi. Elektro yoyi ta’siridan keyin qon tomirlarning paralichlanishi hisobiga terida qizargan chiziqlar hosil bo‘ladi. Juda yuqori kuchdagi toklar (1000 Vat va undan yuqori) ta’sirida juda baland issiqlik (3000-4000 °S) hosil bo‘lishi natijasida chuqur III-IV darajali termik kuyishlar kuzatiladi. Kimyoviy ta’sirotlardan kelib chiqadigan dermatitlar: to‘g‘ridan-to‘g‘ri kimyoviy mahsulotlarning yoki biror bir mahsulotlar tarkibiga kiruvchi kimyoviy mahsulotlarning (sun’iy tolalar, doridarmonlar, kraskalar, kosmetik mahsulotlar) teriga ta’sir etishi natijasida kelib chiqadi. Ba’zida kimyoviy zaharlovchi mahsulotlarning teriga ta’sir qilib so‘rilishi oqibatida og‘ir kechuvchi dermatitlar rivojlanishi mumkin. Kasbga aloqador kimyoviy ta’sirotlar natijasida kelib chiqadigan oddiy dermatitlar o‘tkir va surunkali ko‘rinishda, organizmning sezgirligining ortishi hisobiga allergik dermatit ko‘rinishida kechadi. Etiologik keltirib chiqaruvchi omillar va klinik kechimiga qarab kimyoviy dermatitlar quyidagilarga bo‘linadi. 1. Neorganik kislotalar (azot kislota, oltingugurt, solyanaya), organik kislotalar (chumoli kislotasi, karbol kislotasi, uksus kislotasi), ishqorlar, ishqorli metall tuzlar oddiy dermatitlarni keltirib chiqaradi. Bularning ta’siri natijasida terida har xil darajadagi koagulyatsiyalanuvchi nekroz paydo bo‘ladi. Ularning yuzasi qaloq bilan qoplanib turadi va ular ajratilganda ostida yaralanishlar va bitib


188 yeluvchi chandiqlar ko‘rinadi. Ishqorlar, mineral kislotalar, kalsiy karbidi va boshqa shunga o‘xshash kuydiruvchi mahsulotlarning teriga tushib ta’sir qilishi natijasida chuqur jarohatlanishlarni ham uchratish mumkin, bunday xollarda jarohatlanish suyakgacha ham yetib borishi ehtimoldan xoli emas. Kislota yoki ishqorlarning teriga uzoq vaqt va davomli ta’sir qilib turishi surnkali shaklaga o‘tishiga olib keladi. O‘z o‘rnida har xil darajadagi infiltratlar hosil bo‘ladi, yoki teri lixenifikatsiyalanadi. 2. Teriga uzoq muddatda organik erituvchilarning (aseton, benzin, kerosin, butanol, xloroform, ksilol va boshqalar) ta’siri natijasida terining quruqlashishi, qipiqlanishlari va unda yoriqlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Ba’zi holatlarda oddiy dermatit organizmning sezgirligi ortishi hisobiga allergik dermatitga aylanadi. Skipidar kuchli allergen hisoblanadi. Ko‘mir konlarida va neftni qayta ishlovchi shaxslarda surunkali folliklitlar rivojlanishi mumkin. Soch follikulalarining kirish og‘izchasida yog‘dan va changdan iborat qora nuqtalar yoki probkalar paydo bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan bu probkalar atrofida reaktiv yallig‘lanish rivojlanishib tugunchalar va yiringchalar paydo bo‘ladi. 3. Sement bilan ishlovchi shaxslarda sement tarkibidagi 6-valentli xromga nisbatan sezgirlikning oshib borishi allergik dermatitni tezda ekzemaga aylanishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Nikel bilan ishlovchi ishchilarda 2-6 oy o‘tgandan keyin terining shikastlanib borishi va yog‘sizlanishi kuzatilib, shikastlangan teri kuchli qichishib turadi, bunday holatlar tarkibida nikel saqlovchi taqinchoqlardan uzoq foydalanib yurish ham terining shikastlanishiga sababchi bo‘ladi. 4. Sintetik polimerlar (epoksid, fenolformaldegid, laklar, kraskalar, kley) bilan ishlovchilarda ham ta’sirotning davomiyligiga bog‘liq holda kontakt dermatitlar yoki organizmning sezgirligi ortib borishi hisobiga allergik dermatitlar rivojlanishi mumkin. 5. Dori darmonlar tarkibida saqlovchi birikmalarning teriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki organizmga kirib rezorbtiv ta’sir qilishi ham kontakt yoki allergik dermatitlarni keltirib chiqarishi mumkin, og‘ir xollarda toksidermiya ham rivojlanadi. 6. Kosmetologik mahsulotlarning tarkibidagi birikmalar ham kontakt yoki allergik dermatitlar keltirib chiqarishi mumkin. 7. O‘simliklarni zararkunandalardan himoya qiluvchi dori preparatlari (insekofungitsidlar-dixlordifeniltrixloretan, geksaxloran, xloradin, simazin, propazin) bilan ishlovchi qishloq xo‘jaligi


189 xodimlarida kasbga xos allergik deramatitlar kelib chiqadi. Terida har xil ko‘rinishdagi eritemalar paydo bo‘lib, shish va ekssudatsiyalanishlar kuzatiladi. Ta’sirotlar davometaversa ekzemaga aylanib ketish xavfi tug‘iladi. Bunday xollarda polimorf toshmalar namoyon bo‘ladi. Kimyoviy omillar keltirib chiqargan dermatitlarni davolash prinsiplari: Birinchi navbatda bemorga ta’sir qilayotgan kimyoviy mahsulotni ta’sirini to‘xtatish lozim. Kislota yoki ishqor tushgan teri sohasini oqava suvda tezda yuvib tashlash tavsiya qilinadi. Keyinchalik jarohat joyiga ishqor ta’sir qilgan bo‘lsa borat kislotasi bilan, kislota ta’sir qilgan soha sodali eritma bilan bog‘lam qo‘yiladi. Keyinchalik jarohatlangan soha ochiq usulda davolanadi. Jarohat kuyishlardan iborat bo‘lsa sohaga kuknlar sepish amalga oshiriladi. Allergik dermatitlarda giposensibillovchi (kalsiy xlor, natriy tiosulfat, magniy sulfat) yoki desensibilizatsiyalovchi preparatlar qo‘llaniladi. O‘simliklar ta’siridan kelib chiqadigan dermatitlar-asosan o‘simliklar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarning teriga to‘g‘ridanto‘g‘ri ta’siri natijasida kelib chiqadi. Ba’zi xollarda o‘simliklar ta’sir qilgan teri sohasiga quyosh nurining ta’siri (fotosensibilizatsiyalanishi) jarayonni kuchaytirib yuboradi. Bunday dermatitlarning klinik kechimishi terida o‘ziga xos eritemalar yoki pufakchalar paydo bo‘ladi. Toshmalar teriga usimliklar ta’sir qilgandan bir necha vaqt o‘tgandan keyin boshlanadi. Avvaliga kuchli qichish va kuyishish bezovta qiladi, keyinchalik shu soha qizarib o‘rnida tugunchalar yoki pufakchalar hosil bo‘ladi. Kuchli qichinish natijasida ikkilamchi infeksiyaning qo‘shilishi ehtimoldan xoli bo‘lmaydi. Ba’zi bemorlarda o‘simliklar bilan juda yaqin va uzoq muddat ishlaganlarida jarayon butun badanga tarqalishi mumkin. Bemorni umumklinik belgilar bezovta qiladi. Davosi: o‘simliklar bilan kontaktni to‘xtatish tavsiya qilinadi, jarohatlangan sohalariga mahalliy antiseptik bog‘lamlar qo‘yiladi. Zarurat tug‘ilsa yallig‘lanishga qarshi dori preparatlari ishlatish mumkin. Allergik dermatitlar Teri yoki shilliq qavatlarga tasir qilgan mahsulotlarga nisbatan organizmning sezgirligi oshishi hisobiga kelib chiqadi. Biologik va kimyoviy omillar ko‘pincha allergik dermatitlarning rivojlanishiga sababchi bo‘ladi.


190 Klinikasi: Allergik dermatitlarda allergenning faqatgina organizmga kirish darvozasida o‘zgarish bo‘lmasdan butun organizmda o‘zgarishlar kuzatiladi. Teri va shilliq qavatlarda paydo bo‘ladigan toshmalar qon tomirlarning kengayishi va ularning o‘tkazuvchanligi oshishi bilan namoyon bo‘ladi, ba’zi holatlarda ularning butunligining buzilishi ham kuzatilishi mumkin. O‘z navbatida rozeolalar, tomirli dog‘lar, eritema va qavarchiqlar, petexial toshmalar bilan namoyon bo‘ladi. Hujayralar migratsiyalanishi kuchayishi hisobiga tugunchalarning va tugunlarning paydo bo‘lishi ham kuzatiladi. Kepaksimon, tangasimon qipiqlanishlar ham xosdir. Allergik dermatitlarda organizmdagi sezgirlikning paydo bo‘lishi evaziga toshmalar antigen-antitelo komplekslarining qaysi sohada qon tomirlariga ko‘proq ta’sir qilsa o‘sha sohalarda kuchliroq klinik belgilar namoyon bo‘ladi (86-rasm). Diagnostikasi: Allergik dermatitlarni diagnostika qilishda ko‘proq anamnestik ma’lumotlarga asoslaniladi. Zarurat tug‘ilganda teri-allergik sinamalarini qo‘yish usuli bilan kasallik etiofaktori aniqlaniladi. Davosi: Allergik dermatitlarni davolashda antigistamin guruhi preparatlarini 86-rasm qo‘llash, organizmning sezgirligini kamaytirish uchun Kalsiy, Magniy preparatlari, Tiosulfat natriy preparatlari qo‘llaniladi. Og‘ir holatlarda va zarurat tug‘ilganda glyukokortikosteroid preparatlari ishlatiladi. Toksidermiya Toksidermiya-sisitemali kasallik bo‘lib, kimyoviy moddalarning orgnizmga so‘rilib ta’sir qilishi hisobiga teri va shilliq qavatlarda, hamda ichki a’zolarda patologik o‘zgarishlar keltirib chiqarishi bilan harakterlanadi. Allergik dermatitlardan farqli toksidermiyada allergenlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri teriga ta’sir qilmasdan, qonga so‘rilib rezorbtiv ta’sir


191 qiladi. Ya’ni dori preparatlari, oziq-ovqat mahsulotlari, ishlab chiqarishdagi va maishiy xizmatlarda ishlatiladigan kimyoviy birikmalar toksidermiyani keltirib chiqaruvchi sabablar hisoblanadi. Toksidermiyani keltirib chiqaruvchi omillar quyidagilarga bo‘linadi: 1.Dori-darmonlar keltirib chiqaradigan toksidermiyalarko‘pincha bir vaqtning o‘zida bir necha xil dori preparatlarini qabul qilgandan keyin rivojlanadi. Ko‘pincha sulfanilamid preparatlari, yallig‘lanishga qarshi nosteroid prepratlar, V guruh vitamin preparatlari kasallikni keltirib chiqaradi. Bulardan tashqari barcha dori preparatlaridan toksidermiya rivojlanishini kutish mumkinligini unitmasligimiz kerak. 2.Alimentar yoki oziq-ovqatlar chaqiradigan toksidermiyalaroziq-ovqat mahsulotlarining o‘zi, ular uzoq muddat turib qolganda tarkibida paydo bo‘ladigan mahsulotlari yoki unga qo‘shilgan biologik faol mahsulotlar, konservantlar, bo‘yoqlar toksidermiyani rivojlantirishi mumkin. 3.Kasbga aloqador toksidermiya- ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan kimyoviy birikmalar zarrachalar organizmga ko‘proq nafas yo‘llari orqali kirishi hisobiga rivojlanadi. 4.Autotoksik toksidermiya-o‘sma kasalliklarida, surunkali limfoleykozda, oshqozon-ichak trakti va buyrakning surunkali kasalliklarida organizmda moddalar almashinuvi buzilishi hisobiga hosil bo‘lgan mahsulotlarining va hujayralar parchalanishidan hosil bo‘lgan moddalarning organizmga toksik ta’siridan kelib chiqadi. 5.Organizmga sun’iy qo‘yilgan moslamalardan kelib chiqadigan toksidermiya-Stomatologiya va travmatologiyada organizmga o‘rnatilgan protezlar tarkibidagi xrom, nikel, kobalt, molibden kabi sun’iy moslamalarning karroziyalanib ularning ionlari diffuziyalanishi va qonga so‘rilib turishi hisobiga toksidermiya rivojlanishi. Patogenezi: Toksidermiya rivojlanishida ikkita asosiy rivojlanish mexanizmi ajratiladi. 1.Allergik ta’sir-bu xoltda kasallik rivojlanishida quyidagi to‘rtta mexanizmlarning biri ahamiyatga ega bo‘ladi. •Anafilaktik reaksiya •Sitotoksik reaksiya


192 •Immunkompleksli reaksiya •Hujayraviy reaksiya Bunday holatlarda odatda allergen organizmga kirgandan 7-10 kun o‘tib reaksiya rivojlanadi. 2.Toksik ta’sir •Dori preparatlarining nojo‘ya ta’siri •Dori preparatlarining terapevtik miqdoridan ortiq kirishi •Dori preparatlarining organizmda yig‘ilib borishi (kumulyatsiya) •Ikki yoki undan ortiq dori preparatlarining sinergizmi •Dori preparatini tug‘ma ko‘tara olmaslik •Organizmda dori preparatlarining metabolik o‘zgarishlari •Oziq-ovqat mahsulotlari yoki dori-darmonlarning ta’siri natijasida semiz hujayralardan gistamin va shunga o‘xshash moddalar ajralishining kuchayishi hisobiga toksidermiya rivojlanishi (gistaminliberatsiya) . Kimyoviy moddalarning organizmga kirish yo‘llari: 1. Ingalyatsion, nafas yo‘llari orqali kirishi. 2. Alimentar, oshqozon-ichak yo‘llari orqali kirishi. 3. Vena, arteriya, limfa tomirlari orqali in’eksiyada kirishi. 4. Mushak orasiga, teri ostiga yoki orasiga in’eksiya orqali kirishi. 5. Teriga surtilgan dori prepratlarining so‘rilib kirish. 6. Dori preparatlarining bo‘shliqlarga (qin, bachadon, to‘g‘ri ichak, siydik pufagi, plevra, qorin bo‘shlig‘i, bo‘g‘imlar, burun oldi bo‘shliqlari) kiritilishi hisobidan u yerdan so‘rilishi. Yuqorida aytilgan moddalar oshqozon-ichak trakti yoki nafas yo‘llari, qin, to‘g‘ri ichak orqali qon tomirlarga, mushak ichiga, teri ostiga kirib umumiy qon aylanish tizimiga tushadi, va qon bilan butun organizmga, jumladan teriga ham tarqaladi. Toksidermiya rivojlanishiga olib keluvchi omillar: Nasliy, irsiy moyilliklar, organizmda sezgirlikning ortib ketishi va organizmda mavjud allergik kasalliklar hisoblanadi. Toksidermiya rivojlanishida birinchi o‘rinda dori preparatlari sababchi bo‘lsalar, ikkinchi o‘rinda oziq-ovqat mahsulotlari turadi, kamdan-kam holatlarda ishlab chiqarish mahsulotlari keltirib chiqaradi. Toksidermiyaning klinikasi: toksidermiyaning klinik kechishi toshmalarning paydo bo‘lishiga qarab har xil ko‘rinishda kechadi. Bir xil kimyoviy birikma bitta odamda har xil klinik ko‘rinishlarni berishi mumkin va har xil kimyoviy birikma bir odamda bir xil klinik belgilarni berishi mumkin. Kasallikning yashirin davri


193 kimyoviy birikma organizmga kirganidan keyin bir necha soatdan 10- 20 kungacha cho‘zilishi mumkin. Ko‘p xollarda o‘rtacha 2-3 kunni tashkil qiladi. Klinik ko‘rinishi; simmetrik toshmalar toshishi, ularning tarqalib borish xususiyati, dog‘li, tugunchali (papulyoz), tugunli, pufakchali, pufakli, yiringchali va aralash toshmalar toshishi bilan harakterlanadi. Ko‘pincha toshmalar monomorf ya’ni bir xildagi toshmalar toshishi bilan kechsa, ayrim holatlarda polimorf ya’ni bir vaqtning o‘zida bir necha toshma toshishi bilan kechadi. Toshmalar sohalarida qichinish belgilari kuzatilishi mumkin. Terining shikastlanishi bilan birga shilliq qavatlarning shikastlanishi hamda umumiy klinik belgilar kuzatilishi mumkin. Organizmdan allergik yoki toksik moddalar chiqib ketishi bilan toshmalar toshishi to‘xtaydi. Ba’zi holatlarda etiologik omil ta’siri to‘xtatilgandan keyin ham bir necha vaqtgacha klinik belgilar saqlanadi. Odatda ekzogen tabiatli toksidermiyalar o‘tkir boshlanib, toksik moddalar organizmdan chiqarilgandan keyin tezda tuzalib ketadi. Endogen omilli toksidermiyalar ko‘pincha surunkali kechadi. Kasallik og‘ir kechganda zaharlanish belgilarining kuchayishi va ichki a’zolarning jarohatlanishi qo‘shiladi. Tarqalgan tomir ichi qon ivishining ortishi belgilari (dessiminirovannaya vnutrisosudistaya svertivanie, DVS sindromi) kasallikning og‘irligidan dalolat beradi. Teriga toshgan toshmalarning turiga qarab toksidermiyalarning bir qancha klinik turlari ajratiladi (87-rasm): Dog‘li toksidermiya-qon tomirlar kengayishi hisobiga dog‘larning paydo bo‘lishi (tomirli dog‘lar) va terida pigment almashinuvining buzilishi hisobiga pigmentli dog‘lar paydo bo‘lishi bilan kechadi. Qon tomirli dog‘lar rozeloa, dog‘ yoki eritema ko‘rinishida uchrab, toshmalar tuzalish davrida toshmalar sohalari qipiqlanib turishi harakterli. Qavarchiqli toksidermiyaqon tomirlar o‘tkazuvchanligi ortishi hisobiga hujayralararo bo‘shliqsiz suyuqliklar yig‘ilishi bilan namoyon bo‘ladi. Terida 87-rasm


194 qavarchiqlar paydo bo‘lishi ustinlik qiladi. Morfin, kodein, aspirin, alkogol, penitsillin, sulfanilamidalar, sefalosporinlar va rentgen nurlari ta’sirida ko‘proq uchraydi. Papulyoz toksidermiya-teriga tugunchalarning tarqoq toshishi bilan harakterlanib, asosan muchalarning yozuvchi qismlariga toshadi. Ko‘proq tetrasiklin, tiamin, xingamin, PASK preparatlaridan keyin rivojlanadi. Pustulyoz toksidermiya-terida hosil bo‘lgan pufakchalarning yiringlashi hisobiga kelib chiqadi. Ko‘proq yog‘ bezlari sohalarida (boshda, yuzda, ko‘krak sohalarida) uchraydi. Bullyoz toksidermiya-terida pufaklar hosil bo‘lishi bilan kechadi. Ular ko‘pincha tarqalgan shaklda uchraydi. Yod preparatlari, barbituratlardan keyin ko‘proq uchraydi. Pufakchali va tugunli toksidermiya-kamdan kam uchraydigan turlari bo‘lib, terida pufakchalar va tugunlar hosil bo‘lishi bilan kechadi. Toksidermiyaning chegaralangan turlari alohida ajratiladi: Turg‘un toksidermiya (fiksatsiyalangan)-ko‘pincha yuz va oraliq sohalarida namoyon bo‘lib, bir ikkita yoki bir nechata aylana, oval shaklda, och qizg‘ish rangli, 2-5 sm diametrli eritemalar hosil bo‘ladi. Ularning so‘nish davrida ko‘kimtir tus olib, o‘rni qo‘ng‘irlashib boradi. Dori preparatlari takror qabul qilinganda aynan toshmalar toshishi oldingi toshgan joydan toshadi va keyinchalik boshqa sohalarda paydo bo‘lishi mumkin. Sulfanilamid preparatlaridan keyin ko‘p kuzatilganligi sababli sulfanilamidli eritema deb ham yuritiladi. Barbituratlar va salitsilatlar qabul qilinganda ham uchrab turadi. Chegaralangan pigmentli toksidermiya-terida chegaralangan pigmentli dog‘lar paydo bo‘lishi bilan harakterlanadi. Sub’ektiv belgilar uchramaydi. Bezgakka qarshi dorilar va kontrasept preparatlari qabul qilgandan keyin ko‘proq uchraydi. Tugunli eritemali toksidermiya-ko‘proq tizzalarda qizarib turgan tugunlarning paydo bo‘lishi bilan kechadi. Sulfanilamid preparatlari, salitsilatlar, grizeofulvindan keyin kelib chiqadi. Toksidermiyalarning diagnostikasi-kasallik anamnezi, xayotiy anamnezlar, allergik anamnez diagnoz qo‘yishda muhim ahamiyatga ega. Klinik belgilar diagnoz qo‘yishda yetakchi o‘rin egallaydi. Kimyoviy mahsulotlar bilan teri sinamalarini qo‘yish qat’iyan man etiladi. Faqat laboratoriya sharoitida (in vitro) leykotsitlar aglomeratsiya reaksiyasi, bazofillar degranulyatsiya reaksiyasi,


195 limfotsitlar blasttransformatsiya reksiyalarini aniqlash yordamchi usullar hisoblanadi. Toksidermiyani davolash prinsiplari: Imkon darajasida etiologik omilni organizmga kirishini to‘xtatish yoki bartaraf qilish. Organizmga kirgan toksik moddani so‘rilishini kamaytirib juda tez muddatda organizmdan chiqarilishini ta’minlash. a) oshqozonni takror-takror yuvish. b) adsorbentlar berib toksinni qonga qayta so‘rilishini kamaytirish va surgi dorilar berish. v) tozalovchi va sifon klizmalar qilish. g) toksinlarning qondagi miqdorini kamaytirish maqsadida suyuqliklarni to‘g‘ri qon tomiriga infuziya qilish. d) kimyoviy prepraratning antidoti mavjud bo‘lsa uni qo‘llash yoki toksinni o‘ziga bog‘lovchi oqsilga boy suyuqliklarni (albumin, infezol, stabizol) tomir ichiga yuborish. y) peshob xaydovchi preparatlar bilan forsirlangan diurez qilish. j) zarurat tug‘ilganda ekstrakorporal detoksikatsiya usullari qo‘llaniladi. Patogenetik davo. •Desensibilizatsiyalovchi preparatlar (glyukokortikosteroidlar) •Giposensibilizatsiyalovchi preparatlar (kalsiy xlor, kalsiy glyukonat, natriy tiosulfat, magneziy sulfat, natriy xlor) •antigistamin preparatlari (diazolin, ketotifen, gistalong, suprastin, tavegil, pipolfen va boshq.) Simptomatik davo (yallig‘lanishga qarshi, og‘riqqa qarshi, haroratni tushiruvchi va boshq.) Toksidermiyaning klinik og‘irlik darajasini ko‘rsatib beruvchi belgilar: Toshmalarning tarqalgan holda toshishi Eritrodermiya rivojlanishiga moyillik Shilliq qavatlarning shikastlanishi Gemorragik toshmalar toshishi Bo‘shliqli, pufakcha va pufakli toshmalar toshishi Bemorda umumiy xolsizlik, kamkuchlik belgilari paydo bo‘lishi Bosh og‘rig‘i va bosh aylanishi Tana haroratining ko‘tarilib ketishi Ichki a’zolarning jarohatlanishlari


196 Eritrotsitlar cho‘kish tezligi ortishi, leykotsitoz, trombotsitopeniya Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan belgilarning 5-tadan 10 tasigacha bir bemorda uchraydigan bo‘lsa bunday bemorlar albatta kasalxonaga yotqizilib davolanishlari shart. Ko‘p shaklli ekssudativ eritema Ko‘p shaklli ekssudativ eritema multifaktorli kasallik bo‘lib, teri va shilliq qavatlarning har xil toshmalar toshishi va har xil ko‘rinishda shikastlanishlari bilan harakterlanadi. Etiologiyasi: 1. Infeksion omillar; viruslar (gerpesviruslar, sitomegaloviruslar), bakteriyalar (brusellyoz, tuberkulyoz), zamburug‘lar, sodda jonivorlar yoki ularning birgalikda uchrashi sabachi bo‘lishi mumkin. 2. Dori darmonlar. 3. Vaksinalar. 4. O‘sma kasalliklari. Yuqorida ko‘rsatilgan omillarning birtasi yoki bir nechtasi birgalikda ta’sir etishi ekssudativ eritema rivojlanishida katta axmiyatga ega bo‘ladi. Xozirgi kunda ko‘p shaklli ekssudativ eritemani kasallikning og‘ir yengilligi va kechimiga bog‘liq holda uchta klinik shakllarga bo‘lib o‘rganish qabul qilingan. 1. Kichik ya’ni yengil kechuvchi ekssudativ eritema shakli 2.Katta, og‘ir kechuvchi shakli (Stivens-Jonson sindromi) 3.Epidermaning toksik nekrozlanish bilan kechadigan shakllari (Laella sindromi) Kichik ya’ni yengil kechuvchi ekksudativ eritema shakli-qo‘l va oyoq panjasining yuza sohalarida, ba’zida bilak va boldir sohalarida to‘satdan hosil bo‘luvchi, shishinqiragan aylana shaklli pushti rangli, o‘lchami 2-3 mm dan 1-3 sm gacha yetadigan dog‘lar va tugunchalar paydo bo‘lishi bilan 88-rasm harakterlanadi (88-rasm). Dog‘larning markazida ko‘kimtir rang tus olib teri sathidan cho‘kib turadi. Toshmalar markazida pufakchalar paydo bo‘ladi va ularning ochilishi hisobiga eroziyalarga aylanadi. Har


197 bir paydo bo‘lgan dog‘li, pufakchali toshmalar 7-14 kun mobaynida saqlanib, yangi toshmalarning paydo bo‘lib turishi hisobiga toshmalar 1-2 oy davomida aniqlanadi. Ko‘p xollarda og‘iz shilliq qavatlari va lab xoshiyasi ham zararlanib turadi. Katta, og‘ir kechuvchi shakli (Stivens-Jonson sindromi)-ko‘p shaklli ekssudativ eritemaning og‘ir kechuvchi shakli bo‘lib, kasallik o‘tkir, tana haroratining gektik darajada ko‘tarilishi, kuchli bosh og‘rig‘i, xolsizlik, og‘iz va tomoq shilliq qavatlarining og‘rishi bilan boshlanadi. Bemorning umumiy ahvoli og‘irlasha boradi. Klinik belgilarga yurak urishining tezlashishi, nafas olishning qiyinlashishi va bo‘g‘imlarda zirqirab og‘riqlar qo‘shilib boradi. Kasallikning ilk belgilari stomatit, xeylit, glossitlar rivojlanishi bo‘lib, shilliq qavatlarning yaralanishi ovqatlanishning og‘riqli va qiynlashishiga olib keladi. Keyinchalik burun, burun-yutqin, ko‘z va jinsiy a’zolar shilliq qavatlarida pufaklar paydo bo‘ladi. Ichki a’zolarga (qizilo‘ngach, oshqozon va nafas a’zolarida) patologik o‘zgarishlar qo‘shilib boradi. Epidermaning toksik nekrozlanish bilan kechadigan shakli (Layella sindromi)-etiologik omil organizmga kirgandan keyin to‘satdan bir necha soat ichida yoki 2-3 kundan keyin boshlanadi. Bemorning umuiy ahvoli o‘ta og‘ir, tana harorati 38-41 daraja, umumiy xolsizlik, anoreksiya, qon quyuqlashishi kabilar kuzatiladi, pufakchali toshmalar og‘iz, tomoq, burun shilliq qavatlarda boshlanib terida toshishi davom etadi. Toshmalar polimorf harakterga ega. Birbiriga qo‘shilishga moyil, atrofdagi sog‘lom teriga tarqalishi (boshning sochli qismidan tashqari) kuzatiladi. Terining sog‘lom va toshmalar toshgan sohalarida epidermisning ko‘chishi kuchayib qoladi. Teri xuddi namlangan choyshabga o‘xshab bujmayib qoladi. Unga tegirish yoki barmoq bilan ishqalash terining barmoqlar ostiga yig‘ilib qolishiga olib keladi. Pufakchalarning ustidan bosib ko‘rilganda ichidagi suyuqlik atrofdagi sog‘lom teri 89-rasm


198 tomon tarqalib, pufakcha shalpayib qoladi (Asbo-Ganzen beligisi). Qo‘l va oyoq panjalarida epidermis qo‘lqop va paypoq ko‘rinishida ajraladi. O‘rnida juda og‘riq va qontalash, katta o‘lchamli sianotikqizg‘ish eroziya qoladi. Teri qaynoq suvga kuygandek bo‘lib qoladi. Ajralgan teri pinset bilan ushlab tortilganda sog‘lom terining ham shilinishi yoki ajralishi kuzatiladi (Nikolskiy belgisi) (89-rasm). Kasallikning kechishi uzliksiz takrorlanib tursa suvsizlanish, suv-tuz almashinuvi tengligining buzilishi, karaxtlik, buyraklar yetishmovchiligi, pnevmoniya, o‘pka shishi, ikkilamchi infeksiya, sepsis yoki septitsemiya kabilar qo‘shilib noxush oqibatlar bilan tugallanishi mumkin. O‘lim ko‘rsatkichi 25-35% ni tashkil etadi. Ko‘p shaklli ekssudativ ertemani davolash prinsiplari: Antigenlarning ta’sirini to‘xtatish. Bemor tomonidan qabul qilinayotgan barcha turdagi dori preparatlarini to‘xtatish. Ultrabinafsha nurlar ta’sirini to‘xtatish. Organizmning immun javobgarligni pasaytirish. Desensibilizatsiyalovchi kortikosteroid preparatlarini qo‘llash (prednizolon kuniga 60-120 mg belgilanib asta sekin miqdori tushirib boriladi). Zarurat tug‘ilganda immundepressantlar (immun tizimini pasaytiruvchilar-metotreksat, siklofosfan) qo‘llaniladi. Simptomatik davo qo‘llash. Namlanishlar bilan kechganda namli boylamlar, og‘riqlarni kamaytirish uchun mahalliy anestetiklar, og‘iz bo‘shlig‘iga burishtiruvchi eritmalar qo‘llaniladi. Ikkilamchi infeksiyalar bilan kurashish maqsadida keng ta’sir doirasiga ega antibakterial dori vositalari beriladi. Kasallik og‘ir kechganda ayniqsa Stivens-Jonson va Lael sindromlarida intensiv (shoshilinch) davo choralari reanimatsiya bo‘limida belgilanadi. Bunda organizmning suv-tuz almashinuvi, moddalar almashinuvi korreksiya qilinib boriladi. Yurak qon tomir, oshqozon ichak, nafas va ajratish tizimi faoliyatini boshqarib borish lozim.


Click to View FlipBook Version