The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.

DERMATOVENEROLOGIYA VA BOLALAR DERMATOVENEROLOGIYASI

Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by Арслан Тешаев, 2023-05-10 13:56:18

DERMATOVENEROLOGIYA VA BOLALAR DERMATOVENEROLOGIYASI

DERMATOVENEROLOGIYA VA BOLALAR DERMATOVENEROLOGIYASI

49 hosilalarida yallig‘lanish jarayoni kuzatiladi. Qo‘zg‘atuvchilar o‘rnashib olgan sohalarda hujayralar alteratsiyasi boshlanib, natijada yallig‘lanish infiltratlari hosil bo‘ladi. Nerv oxirlari kuchli ta’sirlanishi natijasida og‘riqlar paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Yallig‘lanish infiltratlari sohasidagi hujayralar nekrozga uchrab yiringli o‘choqlarni hosil qiladi. Yiringli o‘choq teri yuzasiga ochilishi va tashqariga chiqishi natijasida yallig‘lanish o‘chog‘ida bosim pasayishi, hamda qonga so‘rilayotgan toksinlarning kamayishi hisobiga bemorning umumiy ahvolida biroz yaxshilanish kuzatiladi. O‘z navbatida organizmda qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan antitelolar miqdori oshadi. Bemor har gal kasallanishida qondagi gumoral antistafilokk va antistreptokokk immunitet shakllanib boradi. Shu sababli kasalliklar yosh bolalarda ko‘p va og‘ir oqibatlar bilan uchrab turadi. Stafilokokkga qarshi emlangan shaxslarda bunday kasalliklar deyarli uchramaydi. Klinik kechishi va etiologik sabablarga ko‘ra terining yiringli kasalliklari quyidagicha nozologik birliklarga yoki kasalliklar turiga bo‘linadi. Piodermiyalarning klinik ko‘rinishlari: Terini jarohatlashiga ko‘ra; chuqur jarohatlovchi (derma va gipoderma, terining hosilalari) piodermiyalar va terining yuza (faqat epiderma) qismini jarohatlovchi piodermiyalarga ajratiladi. Terining chuqur jarohatlanishi bilan kechuvchi yiringli kasalliklari: • Chuqur follikulit. • Furunkul. • Karbunkul. • Gidroadenit. • Bolalarda uchraydigan tarqoq abssesslar yoki Finger psevdofurunkulyozi. • Yuza panaritsiy yoki turniol. • Ektima. • Surunkali yarali va vegetatsiyalanuvchi piodermiya. • Shankrsimon piodermiya. Terining yuza jarohatlanishi bilan kechuvchi yiringli kasalliklari: • Osteofollikulit. • Sikoz.


50 • Chaqaloqlar vezikulopustulyozi. • Chaqaloqlarning epidemik pufakli yoki chilla yarasi. •Chaqaloqlarning eksfoliativ dermatiti yoki Ritterning eksfoliativ dermatiti. •Streptokokkli impetigo (bullyoz impetigo, lab bichilish yoki tirqishsimon impetigo). •Oddiy temiratki. •Intertriginoz streptodermiya. •Zaxmsimon papulyoz impetigo (papulo-eroziv streptodermiya) Stafilokokkli piodermiyalar (stafilodermiyalar) Terining stafilokokkli kasalliklariga ostiofollikulit, sikoz, chuqur follikulit, furunkul (chipqon), karbunkul (xo‘ppoz), gidradenit kiradi. Ostiofollikulit bilan sikoz terida chandiq qoldirmaydi, qolgan kasalliklar esa terining chuqur to‘qimalarni shikastlab, chandiq bilan bitadi. Yosh bolalar terisi o‘ziga xos nozik tuzilishga ega bo‘lganligi sababli, stafilodermiya og‘irroq va tarqalgan ko‘rinishda kechadi, bunda toshmaning morfologik elementi yoki toshadigan toshma yuza nofollikulyar pufaklar hisoblanadi. Chaqaloqlarda vezikulopustulyoz, psevdofurunkulyoz, chilla yara va Ritterning eksfoliativ dermatiti kabi stafilokokkli kasalliklar kuzatiladi. Ostiofollikulit Soch xaltachasi teriga ochilish qismining (soch xaltasi og‘izchasi) yallig‘lanishi bo‘lib, qo‘zg‘atuvchisi stafilokokklar hisoblanadi. Osteofollikulit kelib chiqishiga stafilokokklar tushgan teriga ekzogen va endogen omillar ta’siri (ishqalanish, tirnalish, gips, shinalar qo‘yilishi va shunga o‘xshash yuqorida qayd etilgan omillar) sabab bo‘ladi. Patologik 32-rasm jarayon aksariyat badanning bosilib ishqalanib turadigan qismlarida


51 (bo‘yin, bilak, yelka, bilak, boldir va son sohasi terisida) paydo bo‘ladi (32-rasm). Osteofollikulit asosan 2-3 yoshdan katta bolalarda kuzatiladi, kasallik ayniqsa o‘smirlar orasida ko‘proq uchraydi. Bemorlar zararlangan sohada yengil qichishish va achishish ba’zi hollarda yengil og‘riqqa shikoyat qilishadi. Bir yoki bir nechta soch xaltachasining og‘izchasi bir vaqtda yallig‘lanishi mumkin. Kasallikning boshlang‘ich kunlarida shikastlangan sohaning teri yuzasida mayda konussimon shakldagi follikulyar pustula (yiringcha) paydo bo‘ladi. Pustula o‘rtasidan soch tolasi chiqib turadi. Soch follikulasi atrofi biroz yallig‘lanib qizaradi va pushti-qizil rangli yallig‘lanish toji bilan o‘ralgan bo‘ladi. 3-4 kundan so‘ng yiringchalar qurib yallig‘lanish o‘chog‘i so‘rilib ketadi. Osteofollikulitdan keyin chandiqlanish kuzatilmasdan bitib ketadi, yallig‘langan o‘choqda yengil disxromiya qolishi mumkin. Osteofollikulitda pustulachalar bir biriga yaqin joylashsa ham ular bir-biriga qo‘shilib ketmaydi. Osteofollikulit bilan og‘rigan bemorlarning umumiy ahvoli (tana harorati, xolsizlik, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi va x.k) o‘zgarmaydi. Diagnostikasi: klinik belgilarga asoslangan holda hosil bo‘lgan yiringchadan surtma tayyorlanib bakterioskopik tasdiqlanadi, zarurat tug‘ilgan hollarda bakteriologik usullardan foydalaniladi. Davosi: anilin bo‘yoqlarining (briliant ko‘ki, metilen ko‘ki) 2% eritmasi bilan kuniga 3-4 mahal artib turish tavsiya qilinadi. 2-5% li levomitsetinli spirt eritmasi ham yaxshi naf beradi. Toshmalar atrofini 2% li salitsil spirti bilan artiladi. Kasallikning tarqalgan shakllarida ultrabinafsha nurlarini qo‘llash yallig‘lanish o‘chog‘ini kamaytirib, regeneratsiyani yaxshilaydi. Chuqur follikulit Soch xaltachasining (piyozchasining) yallig‘lanishi hisoblanadi (33-rasm). Kasallikni ekzogen va endogen yo‘llar orqali soch follikulalariga kirgan stafilokokklar qo‘zg‘atadi. Bir vaqtda bir va bir nechta soch follikulalari yallig‘lanishi mumkin. Yallig‘lanish o‘chog‘ida teri qizarib turadi, terining shu yerida qo‘lga qattiq unnaydigan 1-1,5 sm li infiltrat hosil bo‘lib, bezillab og‘riydi. Hosil bo‘lgan yallig‘lanish o‘chog‘i furunkulni eslatadigan, teri sathidan 1-3


52 33-rasm Follikulit-klinik ko'rinishi mm ko‘tarilib turuvchi konussimon shaklga kiradi. Markazidan soch tolasi chiqib turadi, soch tolasi atrofida yiringcha (pustula) hosil bo‘ladi. Bemorning umumiy ahvolida tana haroratining ko‘tarilishi, leykotsitoz, EChT ning oshishi kabi klinik belgilar paydo bo‘lishi mumkin. Bir necha kundan so‘ng infiltrat qovjiraydi yoki yiringlanish rivojlanib, to‘qimalar nekrozga uchraydi. Soch tolasi tortilganda soch ildizi bilan qo‘parilib keladi, uning atrofida yiringli nekrotik to‘qimalar yopishgan bo‘ladi. Asoratlanmagan hollarda kasallik 5-6 kunda tuzaladi va o‘rnida nuqtali ko‘rinishda chandiqlar qoladi. Chuqur follikulitlar ko‘pincha boshning sochli qismlarida, ensa va chov sohalarida uchraydi. Diagnostikasi: bakterioskopik, bakteriologik va serologik usullardan foydalanib tashhis tasdiqlanadi. Chuqur follikulitlarning kelib chiqishida sababchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan virusli, parazitar va zamburug‘li etiologiyali holatlar bilan differensial diagnostika o‘tkazish lozim. Davosi: chuqur follikulitlarni davolashda rezorbtiv ta’sir etuvchi (qon orqali kelib soch follikulalarida terapevtik doza hosil qilish maqsadida) antibiotikoterapiya (makrolidlar: eritromitsin, azitromitsin; levomitsetin, sefalosporinlar, tetrasiklin guruhi kabilar) qo‘llash lozim. Mahalliy davo maqsadida 20% li ixtiol, Vishnevskiy malhamlari qo‘llaniladi. Yiringcha teriga ochilgandan so‘ng mahalliy aseptik preparatlar (xlorofillipt, levomitsetinli spirt) qo‘llaniladi. O‘choq atrofini 2% li salitsil spirti bilan artib turish tavsiya qilinadi. Kasallik tez-tez qaytalab turadigan holatlarda mahsus (stafilokokk antifaginlari, antistafilokokk gammaglobulinlar, antistafilokokk zardoblar) va nomaxsus (timalin, T-aktivin, immunomodulin) immun tizimini mustaxkamlash choralari ko‘riladi. Umumiy quvvatlovchi vitaminlar tavsiya qilinadi.


53 Sikoz Sikoz (grek tilidan; sykon-uzum gujumi, sikosis-yaralanish so‘zlaridan olingan) soch follikulalarining surunkali qaytalanib turuvchi yiringli yallig‘lanishi bo‘lib asosan soqol, mo‘ylov va ba’zi hollarda bosh, qosh, qo‘ltiq osti, chov sohalarining zararlanishi bilan harakterlanadi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi stafilokokklar hisoblanadi. Asosan erkaklarda uchraydi. Klinikasi: Toshma elementlari osteofollikulit va follikulitlardagi klinikadan iborat bo‘lib jarohat uzoq muddat kechadi va zararlangan soha ustini qaloqlar qoplab turadi. Stafilokokkli sikoz aksari yuzning soqol va mo‘ylov o‘sadigan qismida, ko‘proq, qosh, qovoq va qo‘ltiqda, ba’zan boshning sochli qismi, bo‘yin terisida, shuningdek jinsiy a’zolar atrofida, qov, son, boldir va badanning jun bilan qoplangan boshqa sohalarida ham paydo bo‘lishi mumkin (34-rasm). Terining qizargan fonida bir qancha soch follikulalari og‘izchasida yiringchalar paydo bo‘ladi. Yiringlar qurishi natijasida ular qaloqlarga aylanadi, qaloqlarning ko‘chib tushishlari natijasida o‘rnida yangi qaloqlar paydo bo‘lib turadi, natijada bir biriga qo‘shilib ketuvchi yallig‘langan infiltratlar hosil bo‘ladi, ular bir biriga qo‘shilib pilakchalarga aylanadi. Yiringli qaloqlar soch tolalariga yopishgan bo‘lishadi. Yalig‘langan soha terisi ko‘kimtir-qizg‘ish tus oladi. Bemor terisi tortishib turadi, ba’zi hollarda yengil og‘riq va achishib qichishishi mumkin. Surunkali shakllarda bemor terisidan yoqimsiz hid kelib turadi. Kasallikning tez-tez qo‘zib turishiga charchashlar, depressiya, jinsiy bezlar disfunksiyasi, burun oldi bo‘shliqlarining yiringli yallig‘lanishlari, terining tashqi ifloslanib turishlari, soch soqollarni olish jarayonida mikrotravmalar, alkogol ko‘p ist’emol qilish va organizmning umumiy va mahalliy immun tizimining sustlashishiga olib keluvchi bir qancha omillar muhim ahamiyatga ega. Diagnostika va taqqoslash diagnostikasi: kasallikka tashhis qo‘yishda asosan klinik belgilar e’tiborga olinadi, zarurat tug‘ilganda 34-rasm Sikoz-klinik ko'rinishi


54 bakterioskopik va bakteriologik usullar yordamida qo‘zg‘atuvchini aniqlash bilan diagnoz tasdiqlanadi. Zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan ya’ni parazitarsikoz-yiringli infiltrativ trixofitiya (S. Porasitica) bilan taqqoslash diagnostikasi o‘tkaziladi. Bunda o‘choqdan trixofitonlarni topish diagnozni oydinlashtiradi. Surunkali ekzemaning tananing sochli qismlarida uchrashi, ayniqsa ularning yiringli asoratlangan shakli va qipiqlanib (skvamoz) turuvchishakllari bilan qiyosiy diagnostika o‘tkazish muhim. Davosi: Bemorni davolashda uning tez-tez qaytalanib turishi mumkinligi, bemorning aynan shu kasallikka moyil bo‘lib qolganligini e’tibordan chiqarilmasligimiz lozim. Kasallikni davolashda uzoq muddatli davo muolajalarini o‘tkazib borish asosiy prinsip hisoblanadi. Buning uchun organizmda qo‘zg‘atuvchiga nisbatan mahalliy va umumiy immunitetni oshirib borish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi, maxsus (stafilokokk antifaginlari, antistafilokokk gammaglobulinlar, antistafilokokk zardoblar) zarurat bo‘lganda stafilokokk vaksinasi bilan emlanadi va nomaxsus (timalin, T-aktivin, immunomodulin) immun tizimini mustahkamlash choralari ko‘riladi. Umumiy quvvatlovchi vitaminlar uzoq muddat tavsiya qilinadi. Mahalliy-oltingugurt va ixtiol malhamlari aralashmalari, antibakterial malhamlar va anilin bo‘yoqlari va metilen ko‘ki kabi preparatlar ishlatiladi. Umumiy rezorbtiv ta’sirga ega bo‘lgan antibakterial preparatlar qo‘zg‘atuvchining sezgirligiga qarab takroriy kurslar bilan beriladi. Furunkul Chipqon (furunkul)-birta soch xaltachasi va uning atrofidagi to‘qimaning o‘tkir yiringli-nekrotik yallig‘lanishi bilan kechadigan kasallik hisoblanadi. Etiologiyasi: kasallik qo‘zg‘atuvchisi oq va tillarang stafilokokklardir. Patogenezi. Qo‘zg‘atuvchilar soch follikulalari va uning atrofidagi to‘qimalariga bevosita teriga tushib soch qinlari orqali yoki gematogen, limfogen yo‘llar orqali kirib kelib u yerda soch follikulalarining va uning atrofidagi to‘qimalarning yallig‘lanishiga sababchi bo‘lishadi. Yallig‘langan sohada avvaliga yallig‘lanish infiltrati hosil bo‘ladi, keyinchalik kasallikning uchinchi va to‘rtinchi kunlariga borib to‘qimalar nekrozlana boradi va yiring hosil bo‘ladi.


55 Nerv oxirlarining kuchli ta’sirlanishi hisobiga og‘riq belgilari hosil bo‘ladi. Kasallikning 6-7 kunlarida yiringli jarayon soch qinlari orqali teri yuzasiga ochila boshlaydi va og‘riq belgilari kamaya boradi. Kasallik boshlangandan 10-12 kun o‘tib yallig‘langan sohada biriktiruvchi to‘qimalar o‘sishi hisobiga chandiqlanish kuzatiladi. Shu davrlar mobaynida organizmda stafilokkoklarga nisbatan gumoral immunitet miqdori biroz ortib boradi. Kasallikning og‘irlik darajasi organizmning qarshi kuchi bilan bog‘liq. Organizmga salbiy ta’sir qiluvchi omillarning bo‘lishi kasallikni og‘ir kechishiga va tarqalishiga olib keladi. Klinikasi: furunkul asosan terining tukli qismlarini zaralantirishi bilan kechadi, ko‘pincha buyin, yuz, bosh, bel, dumba, son va oyoq qo‘llarda uchraydi. Zararlangan soch xaltachasi sohasida avvaliga yengil og‘riqli qizarish paydo bo‘lib u tezda 1-2 kun ichida kattalashib teri sathidan ko‘tarilib turuvchi 35-rasm konussimon infiltratni hosil qila boshlaydi (35-rasm). Infiltrat qattiq bo‘lib, juda og‘riqli bo‘ladi, bemorlar og‘riqdan aziyat chekadilar. Infiltratning o‘lchami o‘rtacha 1-2 santimetrli diametrda bo‘ladi. Bu davr furunkulning birinchi davri bo‘lib 3-6 kun davom etadi. Kasallikning ikkinchi davri hosil bo‘lgan infiltratning nekrozlanib yiringlashi bilan boshlanadi. Nekrozlangan to‘qima sohasida terining qizargan fondagi rangi ko‘kimtir tus ola boshlaydi. Bu davr ham o‘rtacha 3-6 kun davom etib, jarohat sohasi bo‘shashib, yumshab og‘riqlar kamayib qoladi. Soch o‘qi konussimon teridan bo‘rtib turgan shishning o‘rtasidan chiqib turganligi aniqlanadi. Ko‘p hollarda ana shu soch o‘qi sohasidan yiringni teri yuzasiga ochilishi kuzatiladi. Ba’zida uning atrofida teri sathidan ko‘tarilib turgan sohadan bir nechta teshiklar teri yuzasiga ochilishi mumkin.Teri yuzasiga ochilgan teshik orqali yiring tashqariga chiqib turadi. Nekrozlangan to‘qimalar xuddi jarohatning o‘zagiga o‘xshab turadi. Yiringdan va nekrozlangan to‘qimalardan tozalanish jarayoni davom etadi. Kasallikning uchinchi


56 ya’ni biriktiruvchi to‘qima o‘sishi va tuzalish davri deb ataladi. Bu davrda yiring va nekrotik to‘qimalardan tozalangan sohada biriktiruvchi to‘qima o‘sishi va chandiqlanib bitishi kuzatiladi. Hammasi bo‘lib kasallik boshlangandan oxirigacha o‘rtacha 1-2 hafta davom etadi. Bir vaqtning o‘zida tananing bir necha sohasida 2-3 tadan ortiq furunkullar uchrasa, u furunkulyoz deb nomlanadi va bemorning organizmidagi immun zaiflik xaqida ma’lumot beradi. Furunkul og‘ir kechgan hollarda bemorda tana haroratining ko‘tarilishi, holsizlik, darmonsizlik, qaltirashi kabi umumiy klinik belgilarini ham ko‘rish mumkin. Furunkul nerv retseptorlariga boy bo‘lgan sohalarga chiqishi (burun shilliq qavati, lablarda, tashqi quloq sohasi, barmoqlarda) bemorning ko‘p aziyat chekishiga olib keladi. Furunkul chiqqan sohasiga qarab bemorning harakatlari o‘zgaradi. Furunkul yuz sohasiga chiqishi stafilokokklarni qon orqali bosh miya pardalariga tarqalishiga olib kelishi mumkin. Shunday hollarda bemorlar kuzatilayotgan meningial klinik belgilariga e’tibor qaratishimiz lozim. Differensial diagnostikasi: follikulitlar, o‘ta xavfli infeksiyalar guruhiga kiruvchi kuydirgining teri shakli bilan, chuqur trixofitiyalar bilan taqqoslash o‘tkaziladi. Diagnoz: Kasallikning bosqichli kechishi diagnozni yengillashtiradi. Zarurat bo‘lganda yiringdan surtma olib bakterioskopik tekshirib tasdiqlanadi. Davosi: davo muolajalari kasallikning birinchi kunidan boshlanadi. Albatta rezorbtiv ta’sir etuvchi antibakterial preparatlarini ichishga yoki in’eksiyada tavsiya qilinadi. Levomitsetin 0,5 grammdan kuniga 4 mahal, eritromitsin 0,25 grammdan kuniga 4 mahal yoki azitromitsin 1 grammdan kuniga bir mahal, sefalosporinlardan yoki sulfanilamid preparatlaridan tanlab bir hafta davomida ichishga yoki in’eksiyada tavsiya qilinadi. Kasallikning birinchi kunidan boshlab infiltratlangan sohaga so‘ruvchi gipertonik malhamlar (Vishnevskiy, ixtiol) bilan birga issiq kompress buyuriladi. Bu muolajalar yiringli jarayonni teri yuzasiga tortishi natijasida teri ostiga tarqalib ketishini oldini olishda va teri yuzasiga ochilishiga yordam beradi. Kasallikning ikkinchi davriga kelib yiring teri yuzasiga ochila olmagan taqdirdagina jarroxlik usuli yordamida furunkulning markaziy sohasidan teri kesib


57 ochiladi hamda yiringdan va nekrozlangan to‘qimadan tozalash ishlari olib borish mumkin. Kasallikning infiltrativ davrida jarroxlik muolajalari olib borish taqiqlanadi. Karbunkul Karbunkul (yunoncha carbo-ko‘mir ma’nosini anglatadi, xo‘ppoz); bir vaqtda bir sohada bir nechta soch follikulalari va uning atrofidagi to‘qimalarda bir-biriga va teri hamda teri osti qavatlarida qo‘shilib ketuvchi yallig‘lanish infiltratining va yiringli nekrotik o‘zak hosil qiluvchi yallig‘lanish bilan harakterlanadi. Qo‘zg‘atuvchisi: tillarang stafilokokklar. Kasallikka moyillik asosan katta yoshdagi nimjon, boshqa kasalliklari mavjud odamlarda (qandli diabet) ko‘p uchraydi. Klinikasi: jarayon ko‘roq bo‘yin, bel va dumg‘aza sohalarida uchraydi. Karbunkul furunkulning og‘ir turi hisoblanadi. Bu kasallikda doimo bemorning umumiy ahvoli o‘zgargan bo‘ladi. Harorati chiqib o‘zini yomon his etadi. Jarohatlangan sohada kuchli lo‘qqillab turuvchi og‘riq bezovta qiladi. Kechimida furunkuldagidek uchta bosqichni o‘tkazadi, ammo kechim davomiyligi har bir davrda 2-5 kunga farq qilib davomiyliroq kechadi. Infiltrativ davrida zararlangan soha qizarib bir necha soch teri sathidan shish hisobiga ko‘tarilib qoladi. 5-6 sm va undan katta soha zararlanishi mumkin (36-rasm). Zararlangan sohada nekrozlanish va yiringlash jarayoni boshlanganda jarohat ustida teri rangi ko‘kimtir tus oladi va shu joydan ko‘k yiring ajraladi. Jarayon juda og‘riqli kechadi. Qonda leykotsitoz kuzatilib eritrotsitlar cho‘kish tezligi tezlashadi. 6-7 kundan keyin zararlangan soha yumshay boshlaydi va soch qinlari sohasidan bir nechta teri yuzasiga ochiluvchi teshiklar paydo bo‘la boshlaydi. Hosil bo‘lgan teshiklardan yashil, yashil qizg‘ish ragnda yiring ajrala boshlaydi. Yiringlagan va nekrozlangan to‘qimalardan tozalanish davri 2-4 hafta va undan uzoqroq davom etib, yuldizsimon chandiqlanish bilan tugallanadi. 36-rasm Karbunkul -sxematik ko'rinishi


58 Kasallikning kechim og‘irligiga bog‘liq holda, meningit, limfangit, limfadenit, otit, pnevmoniya, sepsis kabi har xil asoratlar ham uchrab turishi mumkin. Davosi: bemorlar vrachga murojaat qilgan kundan boshlab tezda antibakterial davo muolajalari boshlanishi zarur. Mahalliy davo prinsiplari furunkuldagidek olib boriladi. Avvvaliga issiq kompresslar, so‘ruvchi preparatlar, keyinchalik antibakterial ta’sirga ega malhamlar qo‘llaniladi. Bemorning umumiy ahvoli etiborga olinib zaharlanishga qarshi vositalar qo‘llaniladi. Yaralangan soha o‘zagi katta qismni egallab uning ajralishi qiyin bo‘lgan xollarda mahalliy yumshatuvchi proteolitik ferment (tripsin, ximotripsin, kontab) preparatlar qo‘llaniladi. Biriktiruvchi to‘qimaning hosil bo‘lishini tezlatish va qo‘zg‘atuvchilarni o‘ldirish maqsadida ultrabinafsha nurlari bilan ta’sir etish mumkin. Organizmning stafilokokklarga qarshi kuchini oshirish maqsadida stafilokokk anatoksinlari, antifaginlar yoki vaksinalar qo‘llash mumkin. Surunkali infeksiya o‘choqlarini davolash va organizmni immun tizimini oshirish chora-tadbirlari olib boriladi. Gidradenit Gidradenit-(yunoncha gudros-ter, aden-bez degan ma’noni anglatadi, ular asosan qo‘ltiq osti, ko‘kraklar so‘rg‘ichlari atrofi, anus atrofi va oraliq sohalarda keng joylashgan) apokrin ter bezlarining (bez hujayralarining parchalanishi natijasida ter bo‘lib ajralib chiqadigan bezlar) o‘tkir yiringli yallig‘lanishi bo‘lib qo‘zg‘atuvchisi tillarang stafilokokklar hisoblanadi. Kasallik asosan balog‘at yoshidan boshlanib o‘rta yoshdagi shaxslarda ya’ni apokrin ter bezlarining eng faol ishlaydigan vaqtida ko‘proq uchraydi. Patogenezi. Stafilokokklarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki gematogen, limfagen yo‘llar orqali apokrin ter bezlariga kirib kelishi natijasida, ularning ko‘payishi kuzatiladi, natijada apokrin bezlarning yallig‘lanish jarayoni boshlanadi. Organizmning stafilokokklarga nisbatan umumiy va mahalliy qarshiligining pasayishi, darmonni quritadigan surunkali kasalliklar, organizm umumiy qarshiligining pasayishi, qo‘ltiq osti, chov oralig‘i, anus sohasining ko‘p terlashi, terning (rN) ishqoriyligi, ayniqsa shaxsiy gigiena qoidalariga rioya


59 qilmaslik, terining kesilishi, tirnalishi, chaqalanishi yoki yaralanishi kasallik rivojlanishiga ko‘proq sharoit yaratib beradi. Apokrin ter bezlari qo‘ltiq ostida, ko‘krak bezlari areolasi atrofida, chov sohasida, katta uyatli lablarda va anus atrofida joylashgan bo‘lib kasallik rivojlanishida topografik ahamiyat kasb etadi. Klinikasi. Kasallik sekinlik bilan boshlanishi harakterlidir. Ko‘p hollarda zararlangan sohada bemorlar nohushlik seza boshlashadi, sanchiq, yengil qichish kabi belgilar bezovta qila boshlaydi, keyinchalik o‘sha sohani qo‘l bilan aniqlasa bo‘ladigan tugun hosil bo‘ladi. Teri yuzasi sohasida rangi o‘zgarmagan bo‘lishi mumkin. Yallig‘lanish jarayoni rivojlanib borishi bilan tugunning o‘lchami kattalashib 1-2 sm ga yetadi. Teri yuzasi qizg‘ish, qo‘ng‘ir rangga kiradi. Tugun markazidan yumshab fluktatsiya aniqlanadi (37-rasm). Bir tugundan bir necha oqma yo‘llar paydo bo‘lib tashqariga ochiladi. Ulardan qatiqsimon ajralma ajraladi. Nekrotik o‘zak hosil qilmaydi. Teri qizargan og‘riqli bo‘lib bezillab turadi, oqma yo‘llarning biri bitib yonidan ikkinchisi ochilishi mumkin. Jarayon tuzalish davrida biriktiruvchi to‘qima o‘sishi hisobiga tortishib turgan chandiq paydo bo‘ladi. Bemorning harakatlari og‘riq hisobiga vaqtinchalik chegaralanib qolishi mumkin. Ko‘pincha qo‘ltiq osti sohasi zararlanib avvaliga bir tomon keyinchalik ikkinchi tomonning ham kasallanishi mumkin. Ba’zi xollarda har ikkala tomonda birdan o‘tkir boshlanib bemorning umumiy ahvoli o‘zgarishlari bilan birga kechadi. Kasallik 2-3 hafta davom etadi. Gidradenitga uzoq muddat residivlanib kechishi xos. Diabetga chalingan, ko‘p terlaydigan, zaif, darmoni qurigan, ozodalikka rioya qilmaydigan odamlarda kasallik oylab uzoq muddat cho‘zilishi ham mumkin. Differensial diagnostikasi: har xil etiologiyali limfadenit, sil kasalligining kollikvativ kechimi (kollikvativ teri sili uzoq surunkali davom etishi, limfatik tugunlar zararlanishi, o‘choqlarning teshik37-rasm Gidradenit-klinik ko’rinishi


60 teshik bo‘lishi va og‘rimasligi bilan farq qiladi), o‘latning bubonli shakllari, limfasarkoma va limfagranulematozlar bilan taqqoslanadi. Davosi: mahalliy va umumiy davo choralari belgilanadi. Mahalliy issiq kompresslar, ultrabinafsha nurlarini qo‘llash, gipertonik malhamlar va eritmalardan foydalanish yaxshi samara beradi. Umumiy davo sifatida antibakterial dori vositalari, immun tizimini oshirishga qaratilgan choralar qo‘llaniladi. Chaqaloqlar vezikulopustulyozi Kasallik qo‘zg‘atuvchisi: oq va tillarang stafilokokklar sababchi bo‘lishadi. Ba’zi hollarda streptokokklar va ko‘k yiring tayoqchalar aralashib kelishi mumkin. Patogenezi: chaqaloqlikning birinchi kunlarida terida stafilokokklarning ko‘payishi kuzatiladi. Nimjon, chala tug‘ilgan bolalarda yoki sun’iy ovqatlantiriladigan chaqaloqlarda, teri gigienasi qo‘pol buzilgan hollarda teridagi mavjud stafilokokklar ekkrin ter bezchalarining og‘izchalari qismiga kirib olib u yerda yallig‘lanish jarayonini keltirib chiqarishadi. Natijada avvaliga ichi serozli ekssudat bilan to‘lib, keyinchalik yiringli ekssudatga aylanadigan bo‘shliqlar hosil bo‘ladi. Klinikasi: ekkrin ter bezlari og‘izchasining yiringli yallig‘lanishi bo‘lib, asosan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning birinchi kunlarida tananing tabiiy burmalari sohasida, boshning sochli sohalarida, muchalarda pufakchalar (vezikula) toshishi va ular tezda yiringchalarga (pustula) aylanishi bilan harakterlanadi. 38-rasm Birlamchi element to‘g‘nog‘ich boshchasidek keladigan atrofi aylana gardish bilan o‘ralgan pufakcha yoki pustula hisoblanadi (38-rasm). Pufakcha tarang bo‘ladi. Avvaliga siyrak bir ikkita pufakchalar bo‘lib, tezda tananing boshqa qismlariga tarqala boradi. Nimjon bolalarda jarayon chuqurlashib terida yallig‘langan infiltratlar hosil qilishi


61 mumkin. Ular o‘z vaqtida davolanishmasa abssess yoki flegmonalarga aylanish ehtimoli paydo bo‘ladi. Ko‘p hollarda limfa tomirlari va tugunlari yallig‘lanib limfangit yoki limfadenitlarga sababchi bo‘lishadi. Immun tizimi sustlashgan hollarda qo‘zg‘atuvchilar qonga so‘rilib sepsisni keltirib chiqarishadi. Chaqaloqlar o‘z vaqtida to‘g‘ri davo choralarini olishganida kasallik 7-10 kunda tuzalish bilan tugallanadi. Differensial diagnostikasi: chaqaloqlarda uchraydigan epidemik chilla yara, Ritter eksfoliativ dermatiti bilan taqqoslanadi. Diagnostikasi: teridan olingan surtmalarda bakteriologik va bakterioskopik usullarda stafilokokklarning topilishi, serologik reaksiyalarning musbat natija berishi diagnoz qo‘yishda muhim ahamiyatga ega. Davosi: antibakterial preparatlarini umumiy va mahalliy qo‘llash, organizmning immun biologik xususiyatlarini ko‘tarishga qaratiladi. Maxsus stafilokokklarga qarshi antistafilokokk immunoglobulinlar qo‘llaniladi. Profilaktikasi: xavfli guruhga kiruvchi bolalar stafilokokka qarshi emlanadi. Chaqaloqlar epidemik chilla yarasi Terining yuza qavatining stafilokokkli kasalligi bo‘lib, chaqaloqlikning 3-10 kunlarida namoyon bo‘ladi. Qo‘zg‘atuvchisi: tillarang stafilokklar, ba’zida streptokokklar va ularning aralashmasidan bo‘lishi mumkin. Kasallik manbai: stafilokokk tashuvchi onalar, chaqaloqga xizmat ko‘rsatadigan tibbiyot xodimlar hisoblanadi. Kasallik o‘ta yuqumliligi va tug‘ruqxonadagi chaqaloqlar orasida tez tarqalishi bilan harakterlanadi. Klinikasi: Chaqaloqlarning terisida to‘satdan ko‘plab tarqalgan pufakchalar, pufaklarva pustulalar hosil bo‘lishi bilan kechadi. Bir vaqtning o‘zida teri sathidan yengil ko‘tarilib turuvchi tomi oqish rangdagi, shalpaygan, bujmaygan pufakchalar bilan birga yiringli pustulalarni ham ko‘rish mumkin. Keyinchalik pufakchalar kattalashib, epidermis donador qavatining ko‘chishi kuzatiladi.


62 Polimorf toshmalar harakterli. Yorilib ochilgan tomi yupqa pufakchalar o‘rnida o‘lchami 2-3 mm dan bir necha sm gacha keladigan qirralari notekis, tubi pushti-qizg‘ish rangli eroziyalar hosil bo‘ladi, undan ajralayotgan ekssudatning qotishi hisobiga qaloqlar aniqlanadi (39-rasm). Ularning atrofida shishgan, qizargan eritemalar hosil bo‘ladi. Kasallik og‘ir kechganda bir biriga yaqin joylashgan eroziyalar qo‘shilib ketib tananing katta qismini jarohatlashi mumkin. Toshmalar ko‘pincha chaqaloqning qorin, yelka, katta-katta burmalari va asosan muchalarning yozuvchi qismlariga toshadi. Kaft va tovon kamdan-kam hollarda jarohatlanadi. Eroziyalar usti seroz yoki seroz-yiringli qaloqlar bilan qoplanib ularning tagidan epitelizatsiyalanish boshlanadi. 39-rasm Epitelizatsiyalanib bitgan terida ikkilamchi disxromiya va qipiqlanish qolishi mumkin. Jarohat og‘iz, burun, ko‘z shilliq qavatlariga va jinsiy a’zolar sohasiga tarqalishi mumkin. Kasallik chaqaloq umumiy ahvolining keskin yomonlashuvi (yig‘loqi bo‘lishi, ovqatlanishdan bosh tortishi, qayt qilish, ich ketishi), tana haroratining ko‘tarilishi, leykotsitoz (leykoformulaning chapga siljishi), eritrotsitlar cho‘kish tezligining oshishi bilan kechadi. Kasallik yaxshi sifatli kechganda 2-4 haftagacha cho‘zilib tuzalish kuzatiladi. Chala tug‘ilgan, nimjon, travma bilan tug‘ilgan, yoki sun’iy ovqatlantiriladigan bolalar orasida tez tarqalib, og‘ir kechadi. Asoratlari: o‘z vaqtida davo choralari belgilanmasa, yoki kasallik og‘ir kechganida, pnevmoniya, gaymorit, flegmona, otit, enterit kabilar bilan asoratlanishi mumkin. Diagnositikasi: kasallikning klinik belgilariga qarab, epidemiologik tarqalishi va labarator usul yordamida qo‘zg‘atuvchilarni topish muhim ahamiyatga ega. Davosi: Albatta mahalliy va umumiy davo chora-tadbirlari belgilanadi. Keng spektrli antibakterial dorilar bolaning tana vazniga qarab in’eksiyada beriladi. Terisi antiseptik suyuqliklar yordamida


63 ishlov beriladi. Organizmni umum quvvatlovchi preparatlari belgilanib, har bir ichki a’zolarning faoliyati o‘rganilib boriladi. Ko‘p miqdorda teri orqali ekssudat ajralishini e’tiborga olgan holda suv-tuz almashinuvini baholab borish lozim. Oqsil preparatlari beriladi. Zarurat tug‘ilganda antistafilokokk zardoblar, immunoglobulinlar vena ichiga yoki mushak orasiga yuboriladi. Chaqaloqlar eksfoliativ dermatiti yoki Ritter eksfoliativ dermatiti Qo‘zg‘atuvchisi: tillarang stafilokklar hisoblanadi. Klinikasi: Chaqaloqlarning epidemik chilla yarasining og‘ir ko‘rinishi bo‘lib, klinik kechimi Layella sindromiga o‘xshab kechishi bilan harakterlanadi. Avvaliga kindik atrofi terisi va og‘iz atrofida tomi yupqa bo‘lgan pufakchalar hosil bo‘ladi va ular 40-rasm tezda atrof teriga kattalashib boradi. Pufaklar tomi tezda yorilib, o‘rnida eroziyalarni hosil qiladi. Shalpaygan epidermis tortib ko‘rilganda atrofdagi terining ko‘chishi kuzatiladi (Nikolskiy belgisi musbat bo‘ladi). Jarayon juda tez tarqalib borib 3-4 kun ichida terining hamma qismi zararlanadi. Teri qizargan, shishgan, tortilganda tez ko‘chib turuvchi bo‘lib qoladi. Bolaning umumiy ahvoli o‘ta og‘irlashib, yuqori harorat, ich ketishi, vaznining kamayib ketishi va otit, pnevmoniya, yiringli kon’yunktivit, gaymorit, sepsis kabi asoratlar kuzatiladi. Bular bemorning xayotiga jiddiy xavf solib qo‘yadi. Kasallik yengil (abortiv) kechganda teri ko‘chishi kabi belgilar uchramasligi mumkin. Umumiy qonda leykotsitoz, EChT oshishi, disproteinemiya kuzatiladi. Davosi: davo muolajalari intensiv davo xonalarida olib boriladi. Etiotrop, dezintoksikatsion davo choralari belgilanadi. Organizmning immunbiologik xususiyatlarini oshirishga qaratiladi. Bolaning organizmida suv-tuz almashinuvi buzilishlari korreksiya qilinib boriladi.


64 Streptokokkli piodermitlar (streptodermiya) Patogen streptokokklar asosan terining epidermis qismining zararlanishi bilan namoyon bo‘ladi. Streptodermiyaga ko‘proq, terisi nozik bo‘lgan bolalar va ayollar chalinadi. Birlamchi morfologik element nozik pufak (fliktena) hisoblanadi. Pufak teri sathidan deyarli kutarilmaydi, ilvillab, shalpayib turadi va salga yoriladi. Streptokokkli impetigo (sachratqi yara yoki shirincha yara) Streptokokkli impetigo:(lotin tilidan, impetio-xujum qilish, to‘satdan yoki shikast yetkazish ma’nosini bildiradi) aksariyat streptokokklar keltirib chiqaruvchi, bolalar orasida eng ko‘p tarqalgan yiringli kasallik bo‘lib, terining yuza qismining zararlanishi bilan va terida nozik pufaklar hosil bo‘lishi bilan kechadi. Epidemiologiyasi: axoli orasida ushbu kasallik tez-tez uchrab turadi. Kasallik manbai: tabiatda streptokokklar juda keng tarqalganligini inobatga oladigan bo‘lsak, streptokokkli teri kasalliklari bilan og‘riganlar, streptokokkli infeksiyalarning boshqa turlari bilan og‘ruvchilar (angina, skarlatina, surunkali tonzillit, saramas), sog‘lom tashuvchilar va tashqi muhit hisoblanadi. Etiologiyasi va patogenezi. streptokokklar jarohatlangan teriga tushishi oqibatida yoki uning boshqa bar’er funksiyalarining sustlashishidan kasallik kelib chiqadi. Ba’zi tadqiqotchilarning fikricha zararlangan o‘choqlardan stafilokokklar ham topilishi isbotlangan. Bolalar va ayollarning terisi yupqa hamda nozik bo‘lganligi tufayli ular har xil ta’sirotlar ostida tez jarohatlanadi, shuning uchun kasallik ularning yuzida va tanasining boshqa ochiq, qismlarida ko‘proq uchraydi. Kasallikning tez rivojlanishida va tarqalishida teri va shilliq qavatlarning butunligi va ularning bar’er funksiyalarining buzilishi katta ahamiyatga ega. Yiringli yallig‘lanish o‘choqlariga yaqin joylarda (burun bo‘shlig‘i, o‘rta quloq yiringli yalig‘lanishlari, stomatitlar) ajralayotgan ajralmalarning epidermisni ta’sirlantirishi natijasida va terining ishqalanishi, tirnalishi oqibatida infeksiya terida tez rivojlanib tarqalishi kuzatiladi. Organizm umumiy va mahalliy immunitetning pasayib ketishi, umumiy darmonsizlik, me’da-ichak kasalliklari, tez-tez boshqa o‘tkir kechuvchi yuqumli kasalliklarning qaytalanib turishi va ichak gijja kasalliklarining uchrab turishi kasallikning kelib chiqishida


65 muhim ahamiyatga ega. Shaxsiy gigiena qoidalariga rioya etmaslik (kiyimlar, sochiq, ko‘rpa va yostiq jildlarining iflos bo‘lishi) streptokokkli impetigoning tez tarqalib ketishiga sharoit yaratib beradi. Terining jarohatlanib turishi bilan kechuvchi boshqa teri kasalliklari (ekzema, neyrodermit, bitlash, qo‘tir va x.k) bilan og‘rib turish ham streptokokklarning teriga kirishini osonlashtirib kasallik rivojlanishiga olib keladi. Terining epiderma qismi zararlanishi oqibatida yallig‘lanish jarayoni namoyon bo‘lib har o‘lchamdagi (2-3 mm dan 5-6 sm gacha) pufakcha va pufaklar paydo bo‘ladi. Ularning yorilishi oqibatida o‘rni eroziyalarga va ajralayotgan ekssudat qotib qaloqqa aylanadi. Qaloqlar tushib ketib o‘rni chandiqsiz bitib ketadi. Klinikasi. Kasallikning yashirin davri bir necha soatdan 2-3 kungacha cho‘zilishi mumkin. Terining jarayonga qo‘shilgan sohasida 0,5-1 sm li diametrdagi ichi tiniq yoki loyqasimon ekssudat to‘lgan pufakchalar ya’ni fliktenalar (grekcha phlycteana-pufak, pufakcha ma’nosini bildiradi) hosil bo‘ladi. Ushbu pufakchalar 41-rasm tarqoq yoki guruh-guruh bo‘lib joylashishadi (41-rasm). Pufakchalar atrofi ingichga yallig‘langan xoshiya bilan o‘ralgan bo‘ladi. Pufakchalarning qobig‘i ikki uch kunda qurib sarg‘ish qaloqqa aylanishadi. Ular 5-7 kun davomida qaloqlar tagidan regeneratsiyalanib o‘rnida pushti rangli dog‘ qoldirib tushib ketishadi. Pufakchalar biror bir tashqi ta’sirotlar natijasida vaqtidan oldin (qurimasdan) yorilsa o‘rnida eroziya hosil bo‘lib u joydan ajralayotgan ekssudatning qotishi hisobiga qaloq bilan qoplanadi va hosil bo‘lgan qaloqlar 6-8 kun ichida terining tagidan bitib kelishi natijasida tushib ketishadi. Pufakchalar ko‘proq tananing ochiq qismlaridan boshlanib keyinchalik kiyimlar yopib turgan qismlariga ham tarqalishadi. Pufakchalarning to‘satdan boshlanib tezda atrofdagi sohalarga tarqalishi xos bo‘lib, ular bir-biri bilan qo‘shilib ketishga moyil bo‘ladi. Ba’zan fliktenalar o‘zgarmagan terida ham paydo bo‘lishi mumkin. Bir-ikki kunda pufakchalar


66 yumshab, ichidagi suyuqlik loyqalanib yiringli ekssudatga ya’ni pustulaga aylanishi mumkin. Og‘ir kechganda kasallik 3-4 haftagacha davom etishi mumkin. Pufaklar hosil bo‘lgan sohalarda pigmentlangan dog‘lar qoladi va ular vaqt o‘tishi bilan teri rangiga qo‘shilib ketishadi. Ba’zan badan terisining boshqa sohasidan yangi toshma elementlari chiqadi va shu yo‘l bilan tarqalib boradi. Bemorlarni terisida achishish, yengil qichishish, teri tortilib turishi kabi sub’ektiv belgilar bezovta qiladi. Terining zararlangan sohalarini qichinishi terining sog‘lom qismlariga infeksiyani tarqatadi, natijada eroziyalangan o‘choqlar va zararlangan soha ko‘payib boradi, zararlangan sohalar tortishib, biroz og‘riydi. Bunday bemorlar atrofidagilar uchun juda xavfli hisoblanadi. Fliktenalar ko‘pincha, yuzda, aksari burun va og‘iz atrofida joylashadi, lekin badanning yon qismlari va oyoq-qo‘l panjalari, tizza va boshqa joylarda ham paydo bo‘lishi mumkin. Kasallik tuzalganidan keyin yallig‘langan o‘choqlarda chandiq va atrofiya qolmaydi. Kasallik og‘ir kechgan xollarda bemorlarda tana haroratining ko‘tarilishi, holsizlik, bosh og‘rig‘i, uyqu buzilishi kabi belgilar ham kuzatiladi. Streptokokklar keltirib chiqaradigan teri toshmalarining klinik kechimiga qarab ular bir necha klinik xillarga bo‘linib o‘rganiladi. Bullyoz impetigo Terida hosil bo‘lgan pufaklar katta-katta o‘lchamda (0,5-5 sm) bo‘ladi va asosan qo‘l panjalari, tovon va boldir sohalari terisi zararlanadi. Pufaklar yorilganda hosil bo‘lgan eroziyalar atrofida qaloqlar qoldig‘i paydo bo‘ladi. Bemorlarni tana harorati ko‘tarilishi, holsizlik kabi klinik belgilar bezovta qiladi. Jarohatlarning to‘liq sog‘ayib ketish muddati cho‘zilib ketishi mumkin. Differensial diagnostikasi: Kasallikni terining qaysi bir sohalarining zararlanishiga qarab turli xil kasalliklar bilan taqqoslanadi. Streptokokkli impetigoni terida pufakchalar va pufaklar hosil qilib kechuvchi po‘rsildoq yara (puzirchatka), Dyuring uchiqsimon dermatiti, kontakt, allergik va toksik dermatitlar, o‘rab oluvchi temiratki, suv chechakning bullyoz shakli bilan differensial diagnoz o‘tkazish lozim. Davosi: bemorlar kasallik yengil kechganda umumiy amaliyot shifokori nazorati ostida uy sharoitida davolanishadi. Davo sifatida mahalliy qurituvchilar va antibakterial malhamlardan foydalaniladi. Streptokokklar penitsillin guruhi va keng spektrdagi antibakterial dori


67 vositalariga juda sezgir hisoblanganligi sababli ularni qo‘llash yaxshi natija beradi. Kasallikning yuzaki jarohatlanishi bilan kechadigan holatlarida mahalliy davolash usullari qo‘llaniladi. Buning uchun mahalliy antiseptiklardan (margansovkaning yengil eritmasi, furatsillin eritmasi, dioksidin kabilar) foydalaniladi. Shu bilan birga qurituvchi va antiseptik ta’sirga ega bo‘yoqlarni qo‘llash ham yaxshi naf beradi (anilin bo‘yoqlari, briliant ko‘ki, metilen ko‘ki 2% eritmasi), ular bilan terining jarohatlangan sohalarini kuniga 3-4 mahal artib turish tavsiya qilinadi. 2-5% li levomitsetinli spirt eritmasi ham yaxshi naf beradi. Toshmalar atrofi 2% li salitsil spirti bilan artib turilsa jarayon tarqalishining oldi olib boriladi. Jarohat sohasi imkon qadar ochiq turishi ta’minlanadi (hosil bo‘lgan ekssudatning tez qurib himoyalovchi qaloq hosil qilishi uchun). Hosil bo‘lgan qaloqlar sohasiga antibakterial ta’sirga ega bo‘lgan malhamlar (sintomitsin emulsiyalari, levomikol, tetrasiklin, eritromitsin malhamlari) qo‘llaniladi. Ular kuniga 3-4 mahal 7-10 kun davomida surtib turiladi. Agar hosil bo‘lgan kasallik belgilari (pufak, pufakcha, eroziya) belgilangan muolajalardan so‘ng 2 kun ichida yaxshi tomonga o‘zgarmasa antibakterial preparatlarni ichish uchun yoki in’eksiyalarda olish tavsiya qilinadi. Kasallik og‘ir kechishiga gumon qilinganda yoki og‘ir kechganda birinchi kundan antibakterial preparatlar (pensillin guruhi, sulfanilamidlar, sefalosporinlar, levomitsetin, tetrasiklin yoki makrolidlardan biri tanlanadi) ichishga yoki in’eksiyada beriladi. Imkon qadar qo‘zg‘atuvchining antibiotiklarga sezgirligi aniqlanib berilsa, bemorlarnig klinik sog‘ayishlari tezlashadi. Bir vaqtning o‘zida toshmalarning sog‘lom teriga tarqalib ketishining oldi olinadi. Surunkali shaklida immun tizimini kuchaytiruvchi preparatlardan foydalaniladi. Streptokokkli lab bichilishi yoki tirqishsimon impetigo Asosiy belgilar: lab, ko‘z burchaklarining yoki burun asosining yorilishi, pufakchalar hosil bo‘lishi, eroziyalar, qaloqlar qoplashi, namlanib turishi. Lab bichilish strepttokokklar chaqiruvchi kasallik bo‘lib, lab, ko‘z burchaklarining va ba’zida burun qanotlarining jarohatlanishi bilan va


68 intoksikatsiya belgilarisiz namoyon bo‘lishi hamda ko‘p hollarda surunkali qaytalanib turishi bilan harakterlanadi. Etiologiyasi: qo‘zg‘atuvchisi streptokokklar. Epidemiologiyasi: Kasallik manbai: streptokokkli infeksiyaning har hil shakli bilan og‘rigan bemorlar (piodermiya, tonzilit va boshqa streptokokkli kasalliklar bilan og‘riganlar) va sog‘lom streptokokk tashuvchilardir. Yuqish yo‘li: havo-tomchi, maishiy-muloqot, alimentar va aerogen yo‘llar orqali amalga oshadi. Kasallikka sababchi omillar: immun tizimining zaiflashuvi ayniqsa mahalliy immunitetning zaiflashuvi, ko‘p so‘lak oqib turishi, karieslangan tishlar, labini ko‘p yalab turishlar, ovqatlangandan keyin ayniqsa shirinliklar iste’mol qilgandan keyin yuvinmasliklar, tez-tez jarohatlanib turishlar (og‘izni katta ochishlar) yoki boshqa teri va shilliq qavatlarning kasalliklarini boshdan o‘tkazishlar bo‘lishi mumkin. Moyillik: bolalar kasallikka ko‘proq moyildirlar. Klinikasi: Bolalar orasida uchrab turadigan kasalliklaridan biri bo‘lib, asosan lab burchaklarida kuzatilib, ba’zida ko‘z burchaklari va burun asosida ham qayd qilinadi (42-rasm). Bemorlar gapirganda, ovqatlanganda lab atrofida yoki burchaklarida og‘riqqa, achishib turishiga shikoyat qilishadi. Kasallik lab burchaklarida tez yoriluvchi pufakchalar paydo bo‘lishi bilan boshlanib, pufakchalar ochilgandan keyin uning o‘rnida namlanib turuvchi (ekssudat hisobiga) yoriqlar va eroziyalar hosil bo‘ladi. Eroziyalangan sohalar ustida ekssudatning qotishi hisobiga qaloqlar ham paydo bo‘ladi. Yoriqlar va eroziyalarning ovqatlanganda, gapirganda, qattiq kulganda, baqirganda takroran jarohatlanishi va o‘z vaqtida davo muolajalarini olmaslik kasallikni surunkali shaklga aylanishiga imkon yaratadi. Surunkali shakllari yillab yoki umri davomida takrorlanib turishi mumkin. Bemorlar gaplashganda, ovqatlanganda og‘riq sezishi hisobiga biroz qiynaladi. Zararlangan 42-rasm


69 sohalarning doim namlanib, ta’sirlanib turishi, bemorning zararlangan sohaga beixtiyor tilini tegizishi yoki ovqat mahsulotlari ayniqsa shirinliklarning ta’siri hisobiga zararlangan sohada achishish, og‘riq belgilarini keltirib chiqaradi. Differensial diagnostikasi: tirqishsimon lab bichilishini xeylitlar (atopik, meteriologik, allergik, glandulyar turlari) bilan, ikkilamchi zaxmda paydo bo‘ladigan eroziyalangan papulalar, lablarning kandidozli zararlanishlari, ekzemada lablarning jarohatlanishlari (lablar ekzemasi), oddiy uchuq kabi kasalliklar bilan differensial diagnoz o‘tkazish lozim. Diagnostikasi: klinik belgilarga asosan qo‘yiladi, kerak bo‘lganda jarohatdan surtma olinib bakteriologik yoki bakterioskopik usulda tekshirilib qo‘zg‘atuvchilar topiladi. Davosi: bemorlar uy sharoitida davolanishadi. Davo sifatida mahalliy qurituvchilar va antibakterial malhamlardan foydalaniladi. Kasallikning yuzaki jarohatlanishi bilan kechadigan holatlarida mahalliy davolash usullari qo‘llaniladi. Buning uchun mahalliy antiseptiklardan foydalaniladi. Bemorga og‘zini katta ochmaslik, xanda urib kulmaslik, lablarini yalab yurmaslik tavsiya qilinadi, bu usullar davo samarasini oshiradi. Hosil bo‘lgan qaloqlar sohasiga antibakterial ta’sirga ega bo‘lgan malhamlar qo‘llaniladi. Ular kuniga 3-4 mahal ovqatlanib bo‘lgandan so‘ng tavsiya qilinadi. Kasallik og‘ir kechganda antibakterial preparatlar ichishga yoki in’eksiyada beriladi. Qo‘zg‘atuvchining antibiotiklarga sezgirligini aniqlash va davo choralarini belgilash bemorning tez sog‘ayishiga olib keladi. Kasallik uzoq muddat surunkali kechganda organizmning umumiy immun tizimini kuchaytiruvchi preparatlar tavsiya qilinadi. Profilaktikasi: Asosiy profilaktika lab, ko‘z va burunning jarohatlanishlarining oldini olishga va surunkali yiringli o‘choqlarni davolashga qaratilgan bo‘lishi kerak. Streptokokkli oddiy temiratki (Xushki) Asosiy belgilar: toshmalar quruq bo‘ladi, qipiqlanib turadi, sog‘lom teridan ajralib turuvchi oqimtir yoki qizg‘ish rangda, aylana yoki oval shaklda bo‘ladi, ko‘proq yuz sohasida ba’zida qo‘llarda kuzatiladi.


70 Oddiy temiratki bolalar orasida keng tarqalgan kasalliklardan bo‘lib, sub’ektiv belgilarsiz kechuvchi, terining yuz va qo‘llar sohasida ba’zi hollarda tananing boshqa qismlarida oqish, qizg‘ish rangdagi yengil unsimon qipiqlanib turuvchi aylana yoki oval shakldagi belgilar bilan harakterlanadi. Etiologiyasi: Qo‘zg‘atuvchisi streptokokklar hisoblanadi. Epidemiologiyasi: Kasallik manbai; streptokokkli kasalliklar bilan og‘rigan bemorlar, streptokk tashuvchilar. Yuqish yo‘li; asosan maishiy muloqot bo‘lib, havo-tomchi yo‘li bilan ham yuqadi. Moyillik; kasallikka asosan erta bolalik yoshidagi bolalar chalinib, bog‘cha yoshi va maktab yoshidagi bolalar orasida ham keng tarqalgan. Shaxsiy gigienaga e’tibor bermaydigan va surunkali streptokokkli kasallik o‘choqlari (tishlar kariesi, gaymorit, tonzillit, otit) bor bolalar orasida ko‘proq uchraydi. Katta yoshdagi odamlarda axyon-axyonda uchrab turadi. Mavsumiylik; yilning hamma fasllarida 43-rasm uchrab, ayniqsa bahor va yoz oylarida kuchayishi kuzatiladi. Klinikasi: kasallikning yashirin davri aniqlanmagan. Bemorlarni sub’ektiv belgilar bezovta qilmaydi. Streptokokkli kasalliklar ichida toshmalarning quruq kechishi ya’ni yengil qipiqlanish bilan ajralib turadi. Ob’ektiv belgilardan bolalarning yuzi va jag‘lari atrofi, ba’zida oyoq-qo‘llari terisida aylana yoki ovalsimon shakldagi, diametri 3-5 mm dan 3-5 sm gacha yetadigan yuzasi biroz kepaksimon va unsimon qipiqlanib turadigan oqimtir yoki qizg‘ish dog‘lar paydo bo‘ladi (43- rasm). Bir-biriga yaqin joylashgan dog‘larning qo‘shilib ketishi hisobiga dog‘lar o‘zining aylanalik shakllarini (ko‘rinishini) yo‘qotishi


71 va har xil ko‘rinishga ega bo‘lib qolishi mumkin. Dog‘lar ayniqsa terisining rangi qoramtir bolalarda yaqqolroq ko‘rinib turadi. Quyosh nurlari ta’sirida atrofidagi sog‘lom teri biroz qorayishi hisobiga dog‘lar yana ham aniqroq ko‘rinadi. Tashqi ob-havoning nojo‘ya ta’sirlari (yuzini yuvgandan keyin yaxshi quritmasdan chiqish, shamol, ko‘lmak va ariq suvlarida ko‘p cho‘milish) oqibatida toshmalar avj olib ko‘payishi mumkin. Tashxisoti: klinik belgilarga asoslanib qo‘yiladi, kerak bo‘lgan hollarda teridagi dog‘lardan va qipiqlardan surtma tayyorlanib bakterioskopik yoki zarurat bo‘lganda bakterioskopik usulda tekshiriladi. Streptokokklarning topilishi tashxisni tasdiqlaydi. Taqqoslash tashxisoti; terining allergik kasalliklari bilan taqqoslanadi. Ko‘p hollarda ichaklardagi gijja va parazitar kasalliklarining, organizmda boshqa mavjud surunkali o‘choqlardagi qo‘zg‘atuvchilarning keltirib chiqargan allergik o‘zgarishlari noto‘g‘ri tashxislashga olib kelmoqda. Davosi: davo muolajalari mahalliy va umumiy tartibda olib boriladi. Mahalliy davo toshmalar sohasiga antibakterial preparatlarini tutuvchi malhamlarni (levomikol, sintomitsinli, gentamitsinli, eritromitsin va tetrasiklinli) kuniga 2-3 marotaba surtib turish kifoya. Umumiy davo bemorda mavjud streptokokkli o‘choqlarni davolashga qaratilgan (surunkali tonzillit, tishlar kariesi, gaymoritlar, otit) bo‘ladi. Oldini olish: gigienik qoidalarga rioya qilish, tez-tez yuvinib turish. Terining xaddan tashqari qurib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik. Terini metereologik ta’sirlardan himoyalovchi kremlar surtib turish tavsiya qilinadi. Yuza panaritsiy yoki turniol (Xasmol) Tirnoq osti va atrofidagi to‘qimalarning o‘tkir yallig‘lanishi bo‘lib, bir vaqtning o‘zida bitta yoki bir necha tirnoqlar ostidagi to‘qimalar zararlanishi mumkin. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi: streptokokklar hisoblanadi, ular tirnoqlar ostidagi to‘qimalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri shikastlangan teri orqali yoki ba’zi xollarda gematogen yo‘llar orqali kirib kelishlari mumkin. Klinikasi: Kasallik ko‘proq katta yoshdagi odamlarda, ba’zida bolalar orasida uchraydi. Tirnoqlar atrofida yoki ostidagi to‘qimalarda qizarish, shish paydo bo‘lib, tezda seroz ekssudatli pufakchalar paydo


72 44-rasm bo‘ladi. Kasallikning 2-3 kunlaridan pufaklar ichidagi seroz ekssudat loyqalanib yiringlaydi ya’ni pustulaga aylanadi, pufakchalar atrof to‘qimalarga tez tarqalishi va ularning bir-biriga qo‘shilishidan pufaklarga aylanishlari mumkin (44-rasm). Fliktena tirnoq chuqurchasi atrofini o‘rab olib, xuddi taqaga o‘xshab joylashadi. Jarohatlangan barmoqlar nerv oxirlarining zararlanishlari hisobiga shishib kuchli og‘riq beradi. O‘z vaqtida davo choralari belgilanmasa jarayon uzoq davom etib surunkali kechimiga o‘tib ketishi mumkin, bunday hollarda jarayon bir barmoqdan ikkinchisiga o‘tib turadi. Pufakchalar yorilgandan keyin o‘rni yarim halqa shaklidagi eroziyaga aylanadi. Eroziya chetlarida epidermis tangasimon ko‘rinishda ko‘chib turadi, ba’zi hollarda jarayon tirnoqlar plastinkasi ostiga tarqalib uning ko‘chib tushishiga sababchi bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida bir nechta barmoqlarning tirnoqlar atrofidagi to‘qimalarning zararlanishi, bemorning tana harorati ko‘tarilishi va umumiy ahvolining yomonlashishiga sababchi bo‘ladi. Bunday hollarda zararlangan sohaga yaqin joylashgan regionar limfa tomirlari va tugunlari zararlanib limfangit yoki limfadenit belgilari namoyon bo‘lishi mumkin. O‘rtacha og‘irlikda kechganda kasallik belgilari 7-10 kun ichida tuzalish bilan yakunlanadi. Davosi: davo choralari belgilashdan oldin bemorning umumiy ahvoli va jarayonning qanchalik chuqur yoki yuzada joylashganligi e’tiborga olinadi. Asosan mahalliy ta’sir etuvchi antiseptik va antibakterial preparatlar ishlatiladi, iloji boricha antibakterial preparatlarni rezorbtiv ta’sir etishlarini ta’minlash maqsadida ichishga yoki in’eksiyada qo‘llash tavsiya etiladi. Jarayon surunkali kechayotganligi aniqlangan hollarda antibakterial preparatlarni yuqori dozada immunstimullovchi preparatlar bilan birga berish tavsiya qilinadi. Zarurat tug‘ilganda tirnoq plastinkasi jarroxlik usulida olib tashlanib davolanadi.


73 Intertriginoz streptodermiya Tananing tabiiy burmalari sohalarining streptokokkli zararlanishi bilan kechadigan kasallik hisoblanadi. Bunda asosan chov burmalari, oraliq sohasi, ko‘krak bezlari osti burmalari, ba’zan oyoq va qo‘l barmoqlari oralari, quloq orqasi, qo‘ltiq osti sohalari zararlanib toshmalar toshadi. Semiz, ayniqsa ekssudativ diatez, kandli diabetga chalingan yosh bolalar orasida kasallik tez avj oladi. Toshmaning asosiy elementi, kattaligi bug‘doy donidek keladigan pufakchalar hisoblanadi. Pufakchalar ko‘plab chiqib, bir ikki kun ichida bir-biriga qo‘shilib ketadi va ularning yorilishi natijasida namlanib turadigan och pushti rangli eroziya o‘choqlarini vujudga keltiradi. Bemorlar terlagan vaqtlarida yoki ta’sirlantiruvchi biror narsaning (kiyim kechak, yuvuvchi vositalar) tegishi zararlangan sohaning achishib og‘rishiga sababchi bo‘ladi. O‘choqlar atrofida yangi pufakchalar paydo bo‘lishi mumkin, pufakchalar ichidagi ekssudat loyqalanib yiringchaga (pustula) aylanish ehtimoli bor. Kasallik achishish, qichishish, kuyishish, tortishish kabi sub’ektiv belgilar bilan surunkali kechadi. Diferensial diagnostikasi: Bemorga diagnoz qo‘yishda asosan intertriginoz kandidoz, eritrazma, psoriazning intertriginoz shakli, ekzema bilan taqqoslanadi. Kandidoz pufaklari ichidagi suyuqlik sarg‘ish bo‘lmaydi, ulardan achitqisimon zamburug‘lar topiladi. Jarohatlangan sohadan streptokokklarni topish yoki ajratib olish diagnozni tasdiqlashga yordam beradi. Davosi: antiseptik va antibakterial malhamlar, kremlardan mahalliy foydalanib turish yaxshi natija beradi. Tabiatda streptokokklarning juda keng tarqalganligini inobatga olgan holda organizmning immunitetini oshirishga qaratilagn chora-tadbirlar yaxshi naf beradi. Zaxmsimon papulyoz impetigo yoki papulo - eroziv stafilostreptodermiya Shankrsimon piodermiya-terining stafilokokkli va streptokokkli infeksiya bilan zararlanishi hamda uning zaxm shankriga (qattiq yarasiga) o‘xshash klinik jihatlari borligi bilan izohlanadi. Shankrsimon piodermiyada bakteriologik tekshirish uchun olingan yiringda asosan stafilokokklar, ba’zan streptokokklar topiladi. Shaxsiy gigienaga rioya qilmaslik, jinsiy olat uchidagi har xil chaqalanishlar, fimoz va boshqa omillar oqibatida teri ta’sirlanadi va u


74 yerda mavjud flora faollashib eroziya yoki yarani vujudga keltiradi. Shankrsimon piodermiya jinsidan qat’iy nazar barcha yoshda kuzatilishi mumkin. Klinikasi. Bemorning jinsiy a’zolari (olat boshi, katta hamda kichik uyatli lablar, qin daxlizi va boshqalar), yuzi, lab atrofi va tilida birta yoki bir nechta pufakchalar paydo bo‘lib, ularning ochilishi natijasida eroziyalanadi, keyinchalik eroziyalar chuqurlashib aylana ovalsimon yaralar hosil qilishi bilan boslilanadi. Yaralar atrofida infiltratlar paydo bo‘la boshlaydi. Yaralar yuzasi qonli qaloq bilan qoplanadi. Qaloqlar ostida yiring yig‘iladi. Regionar limfa tugunlari kattalashadi. Yaralar ikki-uch hafta ichida tuzalib ketadi. Ba’zi hollarda uzoq muddat cho‘zilishi mumkin. Yaralar o‘rnida yengil atrofik chandiqlanish kuzatiladi. Tashhis qo‘yish uchun anamnestik ma’lumotlar e’tiborga olinadi va bakteriologik va bakterioskopik usullar yordamida tasdiqlanadi. Go‘daklaring jinsiy a’zolari, dumba, son va boldir sohasida avvaliga tugunchalar, tez yoriladigan pufakchalar va pufaklar hosil bo‘ladi. Yorilib ochilgan pufakchalar atroflarida va asosida infiltratlangan eroziyalar hosil bo‘ladi. Pufaklar hosil bo‘lgan sohada o‘tkir yallig‘lanish belgilarining uchramasligi zaxmda uchraydigan papula va pufakchalardan farq qilib turadi. Eroziyalar ustini har xil qalinlikdagi gemorragik qaloq qoplab turadi. Qaloqlar olinganda yaltiroq, qizg‘ish va tekis tubli yara ko‘rinib qoladi. Eroziyaning diametri 1-2 sm gacha yetishi mumkin. Regionar limfa tugunlari kattalashib og‘riqsiz bo‘ladi. Kasallik ikki-uch hafta davom etib chandiqsiz bitib ketadi. Davosi. Asosan qo‘zg‘atuvchi sezgirligi mavjud keng ta’sir doiradagi antibakterial preparatlar mahalliy va umumiy ko‘rinishda tavsiya qilinadi. Yaralar sohalari antiseptik vositalar bilan kuniga 2-3 marotaba tibbiy ishlov beriladi va antibakterial malhamlar qo‘yiladi. Ektima Ektima-streptokokk piodermiyaning chuqur jarohatlanishi bilan kechuvchi kasallik bo‘lib, epiderma, derma va teri osti qavatlarining chegaralangan yallig‘lanishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Ektimaga rivojlanishiga organizmning immun biologik xususiyatining tushib ketishi sabab bo‘ladi.


75 Klinikasi. Aylana shaklli yuzasi qaloq bilan qoplangan o‘lchami 2-3 mm dan 1-2 sm gacha keladigan yaralar asosan boldir, son, dumba yoki bel sohasida paydo bo‘ladi (45- rasm). Avvaliga epidermis qavati yemirilib keyinchalik sekinlik bilan teri va teri osti qavatlari konussimon ko‘rinishda yemirilishi davom etadi. Yemirilgan 15-rasm to‘qimalarning qotib qaloqlanib borishi hisobiga qavat-qavat rupiya deb nomlanadigan qaloqlar paydo bo‘lib boradi. Qaloqlar olib tashlanganda konussimon quduqcha shaklidagi tubida yiringli ajralma qoplagan yara ko‘rinadi. Ko‘pincha yaralar atrofida teri sathidan yengil ko‘tarilib turuvchi aylana qizg‘ish rangli infiltratlar hosil bo‘ladi. Yaralar ikki uch hafta davom etib, o‘rni atrofik chandiqlanish bilan bitadi. Ektimalar soni bir ikkita yoki undan ko‘proq bo‘lishi mumkin, ba’zida ularning soni 10-15 tagacha yetadi. Avvaliga bir joyda paydo bo‘lib keyinchalik boshqa sohalarda ham paydo bo‘lish xususiyatiga ega. Diagnostikasi. Yara tubidan olingan surtmada streptokokklar yoki ba’zida aralash streptokokklar va stafilokokklarning topilishi diagnozni tasdiqlaydi. Ikkilamchi zaxmda uchraydigan ektimalardan taqqoslash diagnostikasi o‘tkaziladi. Zaxm ektimalarida yaradan oq treponemalarning topilishi va serologik tahlillarning musbat bo‘lishi, terida rozeola, dog‘lar va papulalarning aniqlanishi diagnozni osonlashtiradi. Davosi: mahalliy davo sifatida antibakterial malhamlar qo‘llaniladi. Mahalliy davoning samaradoligi sust bo‘lganligini e’tiborga olgan holda antibiotiklarni ichishga yoki in’eksiya ko‘rinishida tavsiya qilinadi. Organizmning immunbiologik holatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar qo‘llaniladi. Aralash piodermiyalar Aralash piodermiyalar-kasalliklarni stafilokokk va streptokokklar ba’zi xollarda ko‘k yiring tayoqchalari va boshqa turdagi


76 qo‘zg‘atuvchilar keltirib chiqaradi. Bunday piodermiyalar nisbatan og‘ir kechib teridagi yiringli jarayonni ikki va undan ortiq qo‘zg‘atuvchilar keltirib chiqaradi. Ko‘pincha kasallikning bir qo‘zg‘atuvchi orqali namoyon bo‘lishi va keyinchalik iikilamchi qo‘zg‘atuvchilarning qo‘shilishi kuzatiladi. Bu kasalliklar turlariga vulgar yoki aralash impetigo, atipik chuqur piodermitlar (yarali va vegetatsiyalanuvchi piodermit, shankrsimon piodermiya va piogen granulema-bakteriomikoma) kiradi. Vulgar yoki aralash impetigo-kasallikning bu turi bilan ko‘proq nimjon, immun tizimi sustlashgan va kasbiy moyil shaxslar kasallanadi. Bolalar, o‘smirlar va yosh ayollarda kasallik boshqalarga nisbatan ko‘p qayd etiladi. Klinikasi yallig‘lanish o‘choqlari aksariyat bemorlarning yuzida, og‘iz va ko‘z burchaklarida pufakcha (fliktena) ko‘rinishida paydo bo‘lib, keyinchalik butun badanga, qo‘l-oyoqlar terisiga ham tarqalib ketish ehtimoli bor. Pufakchalar avvaliga suyuq serozli ekssudat, keyinchalik quyuqlashgan yiringli ekssudatga aylanishi kuzatiladi. Tez orada yiring qurib, sarg‘imtir-mis rangli qora qo‘tirlar paydo buladi. Vulgar impetigo o‘ta yuquvchan bo‘lib muloqotda bo‘lganlarga tezda yuqishi harakterli. Kasallik immun tizimi sust yoki gigiena qoidalariga to‘g‘ri rioya qilmaydigan shaxslarda uzoq muddatga cho‘zilib ketishi ehtimoldan xoli emas. Kasallik og‘ir yoki tarqalgan shaklda kechganida bemorlarni umumklinik belgilar bezovta qiladi. Bunday xollarda bemorning tana harorati ko‘tariladi, lohaslik, ishtahasizlik, bosh og‘rig‘i yoki aylanishi kabi belgilar bezovta qilib turadi. Surunkali yarali va vegetatsiyalanuvchi piodermitlarrivojlanishida organizmda immun tizimning sustlashib ketishi asosiy sababchi omil hisoblanadi. Klinikasi. Kasallikning klinik ko‘rinishi juda xilma-xil bo‘lib, streptokokkli ektima, furunkul yoki o‘ziga xos infiltrat paydo bo‘lishi bilan boshlanadi. Yaralar ko‘pincha boshning sochli qismida, qo‘ltiq ostida, chov va dumba sohalarida uchraydi. Ular tezda yaralanib, nekrozlanadi va har xil shakldagi zararlangan o‘choqlar vujudga keladi. Yarali o‘choqlarning atrofi infiltratlanadi, notekis shaklda bo‘lib, yaralar ichida seroz-yiringli ekssudat saqlaydi, yara tubida esa notekis granulyatsiyalangan to‘qima joylashadi. Yaralar atrofida yangi yiringchalar paydo bo‘ladi, oldin paydo bo‘lgan infiltatlar bir-biri bilan tutashib ketish ehtimoli paydo bo‘ladi. Yaralar ustini yiringli qaloq


77 egallab oladi. Har bir yangi paydo bo‘lgan elementlar avvaliga epidermisni, keyin dermani va gipodermani jarohatlab borishi mumkin. Yaralar ustini qoplab turgan qaloqlarning erta tushishi keng satxli ochilib qolgan ochiq yaralarni hosil qiladi. Bemorni umumklinik belgilar bezovta qilib turadi. Kasallik tufayli bemor ancha zaiflashib qoladi, uyqusizlik, kamqonlik alomatlari paydo bo‘ladi. Zararlangan o‘choqlardagi simmillovchi og‘riqlar bemorni aziyat chekishiga olib keladi. Kasallik uzoq muddatga cho‘zilib ketishi mumkin. Bunday hollarda yaralar yuzasida to‘qimalarning o‘sishi kuzatilib yaralar vegetatsiyalanadi. Ular teri sathidan ko‘tarilib turuvchi, ta’sirotlarga juda sezgir, shilliq qavat rangida bo‘lishadi. O‘sib chiqgan teridan yiringli ajralmalar ajralib turadi. Yaraning pilchirab turishi atrof to‘qimalarning ham zararlanishiga sababchi bo‘ladi. Yaralar uzoq muddat bitmasdan keyinchalik o‘rni chandiqlanib bitadi. Shankrsimon piodermiya- terining stafilokokkli va streptokokkli infeksiya bilan zararlanishi hamda uning zaxm shankriga (kattiq yarasiga) o‘xshash klinik jihatlari borligi bilan izohlanadi. Shankrsimon piodermiyada bakteriologik tekshirish uchun olingan yiringda asosan stafilokokklar, ba’zan streptokokklar topiladi. Shaxsiy gigienaga rioya qilmaslik, jinsiy olat uchidagi har xil chaqalanishlar, fimoz va boshqa omillar oqibatida teri ta’sirlanadi va eroziya yoki yara vujudga keladi. Shankrsimon piodermiya jinsidan qat’iy nazar kattalarda ham yosh bolalarda ham kuzatilishi mumkin. Klinikasi. Bemorning jinsiy a’zolari (olat boshi, katta hamda kichik uyatli lablar, qin daxlizi va boshqalar), yuzi, lab atrofi va tiliga birta yoki bir nechta pufakchalar paydo bo‘lib, ularning ochilishi natijasida eroziyalanadi, keyinchalik eroziyalar chuqurlashib aylana ovalsimon yaralar hosil qilishi bilan boshlanadi. Yaralar atrofida infiltratlar yig‘ila boshlaydi. Yaralar yuzasi qonli qaloq bilan qoplanadi. Qaloqlar ostida yiring yig‘iladi. Regionar limfa tuganlari kattalashadi. Yaralar ikki-uch hafta ichida tuzalib ketadi. Ba’zi hollarda uzoq muddat cho‘zilishi mumkin. Yaralar o‘rnida yengil atrofik chandiqlanish kuzatiladi. Tashhis qo‘yish uchun anamnestik ma’lumotlar e’tiborga olinadi va bakteriologik va bakterioskopik usullar yordamida tasdiqlanadi. Pioallergidlar Organizda mavjud shartli patogen stafilokokk va strepotokokklarga va boshqa mikroorganizmlarga nisbatan sezgirlik


78 kuchayib borib teriga har xil ko‘rinishdagi allergik toshmalarning toshishi kuzatilishi mumkin bu o‘z navbatida pioallergidlar deb yuritiladi. Terida qipiqlanib turadigan dog‘lar, eritemalar, tugunchalar va pufakchalar toshishi kuzatiladi. Ko‘pincha toshmalar simmetrik holda namoyon bo‘lishadi. Bemorlarni umumklinik belgilar bezovta qilishi mumkin. Bunday holatlar uchraganda bemorlarga davo maqsadida antigistamin preparatlari, giposensibilizatsiyalovchi va desensibilizatsiya chaqiruvchi preparatlar beriladi. Terining yiringli kasalliklarini davolashda ishlatiladigan mahalliy va umumiy dori-darmonlar va ularning ta’siri Mahalliy ta’sirlovchi preparatlar: 1.Antiseptiklar: Bo‘yoqlar-kuchli antiseptik ta’sirga ega bo‘lib, teri ichiga juda sekin va oz miqdorda kirib borish xususiyati mavjud. Briliant ko‘ki, fuksin, etakridin laktat kabi preparatlar shular jumlasidandir. Nitrofuranlar-faqat bakteriyalarga bakteriostatik ta’sir qiladi. Piodermiyalarni davolashda furatsillin eritmasi mahalliy qo‘llaniladi. Teriga uzoq muddat ishlatish dermatitlar chaqirishi mumkin. Kislotalar-terining yuzaki piodermiyalarida qo‘llaniladi. Ulardan 2%-benzoy kislota eritmasi, borat va salitsil kislotalarining spirtli eritmasi qo‘laniladi. Yog‘lar-chuqur piodermitlarda antiseptik va yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Ixtiol 5-30% li malhami, glitserin, rux malhami, rezorsinli Unna malhami shular jumlasidandir. Aldegidlar- og‘riq qoldiruvchi, yallig‘lanishga qarshi va antiseptik ta’sirga ega, sitral 0,01% suvli-spirtli eritmasi va mupirotsin 2% malhami ishlatiladi. 2. Kortikosteroid va antibakterial preparatlar tutuvchi malham va kremlar; Gioksizon, oksikort, flutsinar-N, gentamitsinli va garamitsinli selestroderm. 3. Proteolitik fermentlar; Yaralar sohasida hosil bo‘lgan nekrotik to‘qimalardan tozalanishni tezlashtiradi. Bularga tripsin, ximotripsin va kontab preparatlari kiradi. 4. Kombinatsiyalashtirilgan antibakterial preparatlar; Ular ikki yoki undan ortiq antibiotik tutuvchi preparatlar bo‘lib keng spektrda ta’sir etish xususiyatiga ega. Ular malham va kukun ko‘rinishida chiqariladi.


79 5. Immunterapiya; Spesifik immunoterapiya uchun stafilokokk anatoksini, (nativ va adsorbirlangan) va stafilokokk antifagini, stafiloprotektinlar ishlatiladi. Og‘ir xollarda immunostimulyatsiya uchun antistafilokokk gammaglobulin yoki antistafilokokk giperimmun zardob berish mumkin. Nospetsefik immun tizimini oshirish maqsadida autogemoterapiya, pirogenal, prodigiozan, metiluratsil, splenin, eleuterokokk ekstrakti va gemotransfuziya usullaridan foydalaniladi. 5. Vitaminterapiya; Piodermiyalarning barcha surunkali shakllarida qo‘llaniladi. Asosan C, B guruhi preparatlari qo‘llaniladi. 6.Dezintoksikatsiya usuli; Qo‘zg‘atuvchilarning parchalanish mahsulotlarini organizmdan chiqarilishini tezlashtirish maqsadida, piodermiyalarning og‘ir formalarida qo‘llaniladi. Gemodez, polidez, qon plazmasi, albumin shular shumlasidandir. Piodermiyalarning profilaktikasi: Birlamchi profilaktika-piodermiyaga olib keluvchi faktorlarni yo‘qotish (terining jarohatlangan sohalarini antiseptik usullar yordamida to‘g‘ri ishlov berish, ichki a’zo kasalliklarini davolashdan iborat). Ikkilamchi profilaktika-kasallikni boshidan o‘tkazgan bemorlarda kasallik qaytalanmasligi uchun dispanser nazoratini o‘rnatish va residivlanishiga qarshi davo choralarini belgilash (umumiy quvvatlovchilar va spesifik immunitetni oshirish) dan iborat. Terining yiringli kasalliklarida o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulot uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar: Laborator tekshirib stafilokokk va streptokokklarni aniqlash uchun bemorlarning jarohatlangan sohasidan surtma olib tayyorlash; Tayyorlangan surtmani mikroskop ostiga qo‘yib qo‘zg‘atuvchini aniqlab diagnozni to‘liq tasdiqlash. Husnbuzar Husnbuzar multifaktorli kasallik bo‘lib, asosan terining yuz, ko‘kraklar va yelka sohasida soch follikulalari va yog‘ bezlarining surunkali, qaytalanib turuvchi yallig‘lanishi hisobiga terida, disxromik, eritematoz, papulo-pustulyoz, chandiqli toshmalar toshishi bilan harakterlanadi. Etiologiyasi va kelib chiqish sabablari: Husnbuzarlar ko‘p etiologiyali kasallik bo‘lib, asosida soch follikularining yallig‘lanish reaksiyalari, keratinizatsiyalanishning buzilishi, yog‘ bezlari


80 funksiyasining faoliyati buzilishi, teridagi yog‘ bezlari ajratayotgan yog‘larining fizik-ximik tarkibining o‘zgarishi, mikrofloraning faollashishi, giperandrogenemiya va genetik moyillik va atrof to‘qimalarining yallig‘lanishi bilan ta’riflanadi. Patogenezi: kasallikni keltirib chiqaruvchi omillar ta’sirlari nasliy, endokrin-gormonal, infeksion, yog‘ bezlari faoliyatining buzilishi, follikulyar giperkeratozlar, alimentar-allergik, yetarlicha gigienaga e’tibor bermaslik hisobiga rivojlanish ehtimoli juda yuqori hisoblanadi. Odam terisi androgensezgir soch follikulalari, yog‘ va ter bezlaridan iborat. Qon tarkibidagi androgenlar miqdorining ko‘payishi, yog‘ bezlari faoliyatining ortishiga olib keladi. Bu o‘z navbatida yog‘ ishlab chiqarishni tezlashtiradi. Natijada ishlab chiqarilayotgan yog‘ning kimyoviy tarkibida o‘zgarishlar bo‘lishi va ortiqcha ishlab chiqarilayotgan yog‘ning chiqarilib ulgurmasligi yog‘ kanalchalarining tiqilib qolishiga olib keladi. Mahalliy mikroflora uchun qulay sharoit yaratilib ularning ko‘payishi natijada yalig‘lanish jarayoni kelib chiqishiga sababchi bo‘ladi. O‘z vaqtida davo choralarining belgilanmasligi surunkali yallig‘lanish jarayoniga olib keladi. Natijada terida bir umrga saqlanadigan deformatsiyalashgan o‘zgarishlar paydo bo‘ladi. Epidemilogiyasi: Husnbuzar juda keng tarqalgan kasalliklardan biri bo‘lib, 12-yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan odamlarning 80-85 % kasallikni boshidan o‘tqazadi. 25 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lganlarda esa 30% da kasallik alomatlari ko‘rinib turadi. Eng ko‘p kasallanish 15- 18 yoshga to‘g‘ri keladi. Kasallanganlarning har 3-4 tasidan bittasi kasallikka e’tibor bilan qarab uzoq muddat davolanishlariga to‘g‘ri keladi. Husnbuzarlarning klinik ko‘rinishi, teridagi toshmalarning ustinligi, keltirib chiqaruvchi omillar va uchrash yoshiga qarab quyidagicha tasniflanadi: • Chaqaloqlar husnbuzari • Erta bolalik yoshidagi husnbuzarlar • Papulyoz o‘smirlar husnbuzar • Pustulyoz o‘smirlar husnbuzari • Yuzaki xusnbuzar-kamedonlar (ochiq va yopiq, hamda oq va qora turlari) • Chuqur husnbuzarlar • Kistoz va sharsimon husnbuzarlar


81 • Tugunli husnbuzar: teri ostida chuqur infiltratsiyalar, chandiqlar kuzatilishi • Katta yoshdagilar husnbuzarlari (yelka va ko‘krak sohalarih xusnbuzari) • Kontakt husnbuzarlar (kosmetik, soch bo‘yoqlari va shunga o‘xshash boshqa mahsulotlar) • Pushti rang husnbuzar • Quyosh va rentgen nuri ta’siridan kelib chiqadigan husnbuzar • Husnbuzardan keyin qoladigan o‘zgarishlar. Klinik kechishida xusnbuzarlar yallig‘langan va yallig‘lanmagan turlarga bo‘linadi. Yallig‘langan husnbuzarlar, tuguncha yiringcha, tugun, eroziya va kista ko‘rinishida uchrasa, yallig‘lanmagan husnbuzarlar ochiq yoki yopiq kamedonlar ko‘rinishida uchraydi. Chaqaloqlar husnbuzari-yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda onadan o‘tgan estrogen garmonlarning ta’siri hisobiga yog‘ bezlarining faoliyati ortib ketishidan kelib chiqadi. Chaqaloqlarning peshona, yuz, burun qanotlarida va jinsiy olat sohasida sarg‘ish rangli tuguncha, yopiq kamedon ko‘rinishidagi yiringchalardan iborat toshmalar toshmalar uchraydi. Toshma elementlari guruhlashgan bo‘lib bir necha kun yoki 2-3 haftadan keyin o‘zi o‘tib ketadi. Ular xech qanday davo muolajasini talab qilmaydi. Erta bolalik yoshidagi husnbuzarlar-bolalarning 1-2 yoshligida ularning qon plazmasida testosteron gormonlarining ko‘payishi hisobiga hosil bo‘ladigan toshmalar bo‘lib, bolalarning 3-4 yoshligigacha saqlanishi mumkin. Asosan toshmalar tuguncha ko‘rinishida yuz yonoq sohasiga toshadi. Ba’zida ularning so‘rilishi chandiqlar hosil qilishi bilan tugallanadi. O‘smirlar husnbuzarlari-12-16 yoshdagi 90% bolalar orasida uchraydi. Asosan yuz va peshona teri sohasi zararlanib, tuguncha, yiringcha kasallik uzoq kechganda kamedonlar kabi toshmalar bilan kechadi. Keyinchalik o‘z vaqtida va yetarlicha davolash profilaktik muolajalar olib borilmaganda uchtadan bitta bolada surunkali shaklga o‘tish ehtimoli paydo bo‘ladi. Papulyoz va papulo-pustulyoz husnbuzarlar ochiq va yopiq komedonlarning yallig‘lanishi hisobiga kelib chiqadi. Odatda husnbuzarning bu ko‘rinishi terining epidermis sohasining yallig‘lanishi bilan kechib, avvaliga pushti rangli 2-5 mm o‘lchamli


82 46-rasm tugancha paydo bo‘lib, uchto‘rt kun ichida bu tugunchalar yiringchaga aylanadi, yiringchalarning tomi yupqa bo‘lib, tez ochiladi va yiring chiqib ketgach (odatda husnbuzar chiqqan insonlar yiringchani siqib chiqarishadi, shu vaqtda gigiena qoidalariga to‘liq rioya etmasliklari sababli ikkilamchi infeksiyani kiritishadi yoki terini qattiq ezib jarohatli yallig‘lanish kelib chiqishiga sababchi bo‘lishadi) o‘rnida pigment dog‘ yoki kichkina chandiqchalar qoladi (46-rasm). Komedonlar-birlamchi, yallig‘lanishsiz kechuvchi yog‘ bezlari og‘izchasining (teriga ochilish qismi) quyuqlashgan yog‘lar bilan tiqilib probka hosil qilishi bilan namoyon bo‘ladi. Odatda mikrokomedonlar, ochiq va yopiq turlari farqlanadi. Har ikkala turida ham yog‘ bezlari va soch follikulalarining yog‘li probkalar bilan tiqilib qolishi hisobiga paydo bo‘ladi. Mikrokomedonlar-fiziologik hisoblanadi. Terida mayda yog‘ to‘plamlarining yig‘ilib qolishi kuzatiladi. Odatda ular xech qanday klinik belgilarsiz kechadi. Ochiq komedonlar-yog‘ bezlaridan doimiy ishlab chiqarilayotgan yog‘lar yog‘ bezlarining va soch follikulalarining teriga ochiladigan qismida ya’ni bezlar og‘izchasida teriga to‘planib qotib qoladi. Ularning rangi odatda qoramtir yoki qo‘ng‘ir rangda bo‘ladi. Terida, ayniqsa yuz terisida qora nuqta ko‘rinishida bo‘ladi. To‘planib qolgan yog‘ probkalari tarkibidan korneotsitlar, stafilokokklar, proteylar va boshqa qo‘zg‘atuvchilar topiladi. Yopiq komedonlar-yog‘ bezlarining teriga chiqish og‘izchasining yopilib bitib qolishi hisobiga hosil bo‘ladigan elementlar bo‘lib, o‘lchami 0,1-0,3 mm keladigan oqish rangli mayda ichida qotib qolgan yog‘lardan iborat elementlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Ochiq komedonlar ko‘pgina holatlarda yallig‘lanish jarayoniga uchramaydi. Faqatgina yopiqligi va terining tashqi yuzasi ya’ni epidermisning yuzasi bilan muloqoti bo‘lmaganligi sababli anaerob mikroorganizmlargina rivojlanishiga turtki bo‘lishi mumkin.


83 Tugunli, chuqur husnbuzarlar (Indurativ)- husnbuzarning og‘ir shakli bo‘lib, teri va teri osti qavatlarining yiringli infiltrativ yallig‘lanishi hisobiga paydo bo‘ladi. Yallig‘lanish sohasida og‘riq, qizarish va shish bilan namoyon bo‘ladi. Tugunlarning tomi qalin bo‘lganligi sababli yiring osonlikka teri yuzasiga ochilmaydi. Atrofidagi teri to‘qimasining ham yallig‘lanish jarayoniga qo‘shilishiga sabachi bo‘ladi va osonlikka so‘rilib ketmaydi. Jarayon bir-ikki hafta 47-rasm davom etib o‘rnida tortilgan atrofik yoki kelloid chandiq va disxromiya qoldiradi (47-rasm). Sharsimon yoki kistasimon husnbuzar- og‘ir shakli bo‘lib, teri va teri ostida bir-biriga qo‘shilib ketuvchi tugunli kistalarning paydo bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Ular faqatgina seboreyali sohalardagina emas, balki yelkada, qorinda, ko‘krakda, muchalarda ham uchrashi mumkin. Oqibatda elementning so‘rilish natijasida normotrofik, atrofik, gipertrofik yoki kelloid chandiqlanish bilan yakunlanadi. Bunday holat o‘smirlik davridan 40 yoshgacha davom etishi mumkin. Kontakt husnbuzarlar-odatda yog‘ bezlari va soch follikulalarini og‘izchasini yopib qo‘yuvchi har xil mexanik ta’sirotlar, kosmetik mahsulotlar, teriga yopishib turuvchi kiyimlar, niqoblar va gipslar ta’sirlari natijasida kelib chiqadi. Pushti rang husnbuzar-komedonlarsiz kechishi va aksariyat yuz sohasida terida teleangioektaziyalar bilan kechish xususiyatiga ega. Sababchi omillar ko‘pincha demodeks kanalari hisoblanadi. Quyosh va rentgen nuri ta’siridan kelib chiqadigan yoki bahorgi husnbuzar-asosan bahor va yoz oylarida ultrabinafsha nurlarning eng ko‘p tarqalishidan kelib chiqadigan radiatsiyalar hisobiga bo‘ladi. Toshmalar monomorf, mayda, pushtirang tugunchalarning quyosh nuridan himoyalanmaydigan sohalariga (yuz, yelka) toshishi bilan namoyon bo‘ladi. Ultrabinafsha nurlarining ta’siri to‘xtashi bilan toshmalar so‘rilib ketadi.


84 Husnbuzardan keyin qoladigan o‘zgarishlar (postakne)- terining chuqur qavatlari yallig‘lanishi hisobiga kapillyar tomirlarning kengayib qolishi, har xil disxromiyalar, eritematoz dog‘lar, teri relefining buzilishi, atrofik, gipertrofik va kelloid chandiqlar qolishi bilan namoyon. Xusnbuzarning diferensial diagnostikasi: • Demodekoz • Dori darmonlardan yoki oziq ovqatlardan keyingi allergik reaksiyalar Husnbuzar va husnbuzar ko‘rinishidagi dermatitlarning taqqoslash tashxisoti. Belgilari Husnbuzar Husnbuzarsimon dermatit Joylashgan o‘rni Yog‘ bezlari follikularida, seboreyali sohalarda Yog‘ bezlari follikularida, yelka va dumba sohalarida Keltirib chiqaruvchi sabablar Multifaktorli; androgenik, teri yog‘ bezlari giperfunksiyasi, infeksion omillar, follikulyar giperkeratoz, nasliy omillar Dori-darmonlar, oziqovqatlar Birlamchi toshmalar Kamedonlar (yallig‘lanmagan toshmalar) Tuguncha, tugunchayiringchalar (yallig‘langan toshmalar) Chandiqlanishlar Yallig‘lanishli toshmalardan keyin kichik chandiqlar qoladi Chandiqsiz bitadi Kasallikning boshlanishi Asta-sekin oylar va yillar davomida O‘tkir bir necha kun ichida boshlanadi Bemorlarning yoshi O‘smirlik davrida boshlanadi Katta yoshda uchraydi Kechim davomiyligi Davomli Qisqa muddatda (sababi to‘xtatilishi bilan) Davosi Kasallikning og‘irlik darajasiga qarab Keltirib chiqaruvchi omilni davolash bilan klinik belgilari yo‘qoladi.


85 Husnbuzarni davolash prinsiplari: Husnbuzarlarni davolashda aniq etipatogenik omillar aniqlanib davo choralari belgilanadi. Davolashda albatta bemorning shu kasallikka moyilligi va uning qaytalanib turishi mumkin bo‘lishi e’tiborga olinadi. • Yengil ta’sirlovchi sovun bilan kuniga 1-2 marotaba yuvinish • To‘liq jismoniy faollik, chiniqish • Parxez taomlar • Ultrabinafsha nurlaridan himoyalanib yurish Teriga mahalliy ta’sir qilib davolash. Yallig‘lanishga qarshi. • Kamforali spirt bilan artib turish • Alyuminli kvasslar 4,5% eritma yoki 5-10% poroshogidan sepish uchun foydalanish • Levomitsetinli spirt yoki • Salitsilli rezorsinli spirt bilan yuvingandan keyin kuniga 1-2 marotaba artib turish • Sink gialuronat (Kuriozin gel) • Azealinovaya kislota (20% krem, skinoren) • Fuzidievoya kislota Mahalliy antibakterial preparatlar: • Benzoil peroksid- 5-10 % eritmasidan kuniga 1-4 mahal • Zinerit losonidan foydalanish • Dalatsin-T losonidan foydalanish • Metrogil-jelesidan foydalanish • Eritromitsinli, linkomitsinli pastalardan foydalanish Umumiy ta’sirga ega antibakterial preparatlardan foydalanish: • Trixopol, metronidazol • Doksisiklin • Klindamitsin • Ko-trimoksazol • Tetrasiklin • Metisiklin • Oksatsillin • Eritromitsin Davolashning qo‘shimcha uslublari: • Gepatoprotektorlar: silibin, fosfogliv, essensial • Yog‘ bezlarining ish faoliyatini yaxshilovchi preparatlar: sink okis, sink sulfat, piratsin


86 • Autogemoterapiya. • Fizioterapevtik usullar Teridagi ikkilamchi yallig‘lanishdan keyingi o‘choqlarini davolash: (giperpigmentatsiyalar, chandiqlar, atrofiyalar): • Mikrokristallik dermobraziya • Alfagidroksil kislota yordamida yuzaki kimyoviy piling o‘tkazish. • Lazer yordamida chuqur tekislash usuli Moxov Moxov (lepra, prokaza, Gansen kasalligi)–surunkali yuqumli kasallik bo‘lib, mikobakteriyalar tomonidan juda uzoq (1 yildan 20 yilgacha) yashirin davrdan keyin namoyon bo‘ladi. Kasallikning cho‘ziluvchan xususiyati bo‘lib, vaqti-vaqti bilan qaytalanib turish xususiyatiga ega. Teri, shilliq qavatlar, periferik nerv tizimi, endokrin tizimi va ichki a’zolarning granulematoz shikastlanishi bilan harakterlanadi. Etiologiyasi: kasallik qo‘zg‘atuvchisi 1873 yilda Norvegiya vrachi G.A.Gansen tomonidan topilgan bo‘lib, moxov mikobakteriyalari (Mycobacterium leprae) hisoblanadi. Qo‘zg‘atuvchilar hujayra ichi bakteriyalari qatoriga kiradi. Ular tayyoqchasimon shaklda bo‘lib, uzunligi 1-8 mkm va eni 0,3-0,5 mkm ni tashkil etadi. Tashqi muhitga tushganda qo‘zg‘atuvchilar o‘zining patogenligini tezda yo‘qotadi. O‘lgan odamlarning hujayralarida uzoq muddat patogenlik xususiyatini saqlay oladi. Patogenezi: ko‘p holatlarda organizmning maxsus hujayraviy immun holati bilan bog‘liq. Qo‘zg‘atuvchilar periferik nerv tizimida ko‘payadi va ichki a’zolar endotelial hujayralar hamda fagositlar ichida saqlanadi. Shunga qaramasdan ko‘proq teri va periferik nerv tizimida degenerativ o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Keyinchalik ichki a’zolar patologik jarayonga qo‘shiladi. Markaziy asab tizimi zararlanmaydi. Epidemiologiyasi: kasallik manbai; endemik o‘choqlarda yashovchi kasallikning yashirin yoki cho‘ziluvchan shakli bilan kasallanganlar hisoblanadi. Lepra qo‘zg‘atuvchilari kasallanganlarning balg‘amida, burun-shilliq ajralmalarida, ko‘z yoshida, uretra ajralmalarida, ona sutida, peshobda aniqlanadi. Kasallik o‘chog‘i xozirgi kunda 53 ta davlatda saqlanib kelmoqda (asosan JanubiySharqiy Osiyo, Afrika, Amerika qit’alari).


87 Kasallikning yuqish yo‘li; asosan havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi, bulardan tashqari xalqum-yutqin, shikastlangan teri orqali, maishiy muloqot va alimentar yo‘llar orqali yuqadi degan gumonlar mavjud. Kasallikka moyillik; moxovga asosiy moyillik 5-14 yoshga to‘g‘ri keladi. Nochor ahvolda yashovchi axoli qatlami kasallikka ko‘proq moyil bo‘ladi. Klinikasi: kasallikning yashirin davri o‘rtacha 3-5 yilni tashkil etib, ayrim holatlarda 1-20 yilga o‘zgarishi mumkin. Klinik belgilari sekin rivojlanishi bilan harakterlanadi. Moxovning klinik shakllanmagan (diferensatsiyalashmagan) shakli kasallikning boshlang‘ich davri bo‘lib, unda bosh, bel, dumbalar, son va yelka sohaterisida depigment dog‘lar paydo bo‘ladi. Dog‘larning chegarasi aniq chegaralangan, oldiniga haroartni sezuvchi retseptorlar faoliyati sustlashadi, keyinchalik og‘riq 48-rasm sezgisi yo‘qola boshlaydi, sal kechroq taktil sezgi yo‘qoladi. Jarohatlangan sohada ter ajralishi to‘xtaydi. Muchchalarda polinevrit belgilari sezila boshlaydi (og‘riq, shish). Asta-sekin trofik o‘zgarishlar yuzaga chiqib boshlaydi va falajlanishlar, bo‘g‘imlar qotib qolishi (kontraktura) va yaralanishlar boshlanadi. Bolalarda tugunli eritema ko‘rinishida ham namoyon bo‘ladi. Shu davrda bemorlarning burun shilliq qavatidan olingan surtmada qo‘zg‘atuvchilarni topish mumkin. 65-70 foiz holatlarda klinik shakllanmagan (differensiallashmagan) moxov tuberkuloid shakliga, 5-10 foiz lepramatoz shakliga o‘tadi. 25- 30 foiz xollarda differensiallashmagan shaklda qoladi (48-rasm). Tuberkuloidli shakli kam yuqumli shakli bo‘lib yaxshi sifatli kechish xususiyatiga ega. Bunda periferik asab tizimi va teri jarohatlanishi kuzatiladi. Organizmning qo‘zg‘atuvchiga qarshi yuqori qarshiligi bilan kechadi. Teridagi o‘zgarishlar yuzaki, aniq chegarali gipopigment yoki eritematoz dog‘larning, bir-biriga qo‘shiluvchi usti qipiqlanuvchi pilakchalarning paydo bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi. Pilakchalarning


88 o‘lchami 3-5 santimetr va undan katta bo‘ladi. Eng asosiy diagnostik mezon bo‘lib terida og‘riq, harorat va taktil sezgilarning va ter ajralishining yo‘qolishi xizmat qiladi. Yuz va muchalarning terisida o‘lchami 0,5-1,5 santimert atrofida chegarasi aniq, yuzasi silliq, guruhlanishga moyil tugunlar paydo bo‘ladi. Teri jarohatlanishi bilan birga toshamalar toshgan soha nerv tizimida o‘zgarishlar paydo bo‘ladi. Bemorlarning konrtaktura hisobiga haraktlari chegaralanadi, bu ko‘pincha III, IV,V barmoqlarda uchraydi. Lepramatoz shakli moxovning og‘ir kechadigan va epidemiolgogik xavfli shakli hisoblanadi. Klinik belgilar qayta tiklanmaydigan holatga kelib, kasallik rivojlanib borish xususiyatiga ega. Organizmning yuqumli kasalliklarga nsibatan himoya qarshiligi sust bo‘lgan shaxslarda uchraydi va teri ichi lepromin sinamasi manfiy natija ko‘rsatadi. Kasallik tarqalgan shaklda kechib, bunda teri, shilliq qavatlar, periferik nerv tizimi, limfa tizimi va ichki a’zolar zararlanadi. Kasallik boshlanishida toshmalar simmetrik joylashgan bo‘ladi. Avvaliga ko‘p miqdorda qirrasi notekis, yuzasi silliq va yaltiroq ko‘rinishdagi eritematoz, eritematoz-pigmentli, eritematozgipopigmentli toshmalar namoyon bo‘ladi. Ko‘pincha toshmalar yuz sohasi, muchalarning yozuvchi qismi va dumba sohalari terisida uchraydi. Avvaliga terining taktil va og‘riqli retseptorlarining va ter bezlarining faoliyati o‘zgarmagan bo‘ladi. Lepramatoz infiltartlarning paydo bo‘lishi asta-sekin rivojlanadi. Boshlanishida qizg‘ish rangli toshmalar qo‘ng‘ir yoki sarg‘ish ranga kiradi. Dog‘lar asta sekin infiltralanish hisobiga dermal, gipodermal pilakchalarga aylanadi. Infiltratsiya jarayoni kuchayishi hisobiga jarohatlangan sohalarda yog‘ bezlarining faoliyati kuchayib, toshmalar yuzasi silliq, yaltiroq tus oladi. Soch follikulalari va ter bezlari og‘izchasi kengayib qolishi hisobiga “apelsin po‘choqi” ga o‘xshab qoladi. Ter ajratishi avvaliga sekinlashib, keyinchalik to‘liq to‘xtaydi. Soch follikulalari atrofiyalanadi. Soch to‘kilishi kuzatiladi. 3-5 yillardan keyin soqol, mo‘ylov, qosh va kipriklar to‘kilishi ham namoyon bo‘ladi. Yuz terisida patologik jarayon namoyon bo‘lganida burmalar chuqurlashadi, qoshlar usti yoyi bo‘rtib chiqadi, burun kattalashadi, yonoq, iyak va lab tuzilishi o‘zgarib odamning yuzi “sher bashara”siga o‘xshab qoladi.


89 Lepramatoz shaklda infiltartlarning ko‘p uchraydigan joyi tizza va tirsak sohasi hisoblanadi. Oylar va yillar o‘tib toshmalar yemirila boshlashi hisobiga qirralari notekis yaralar paydo bo‘ladi. Yaralar tubi kulrang parda bilan qoplangan, yopishqoq ajralma ajraladi. Ajralma tarkibida ko‘p miqdorda mikobakteriyalar topiladi. Ba’zi holatlarda barmoqlarda va muchalarda mutilyatsiya jarayoni ham kuzatiladi. Ko‘p holatlarda lab, til, qattiq tanglay, yutqin va burun shilliq qavatlari shikastlanadi. Avvaliga burun shilliq qavatlarida rinit belgilari va burundan qon ketish holatlari aniqlanadi. Keyinchalik yemirilish kuzatilib burun to‘sig‘i teshilishi mumkin. Jarayon qaysi sohada rivojlansa o‘sha soha funksiyasining o‘zgarishlari ulardagi deformatsiya jarayonining qanchalik rivojlanishiga qarab baholanadi. Limfa tizimi shikastlanganda limfadenopatiya kuzatiladi. Kattalashgan limfa tugunlari elastik konsistensiyaga ega bo‘ladi. Paypaslaganda og‘riqli bo‘ladi. Punktatda mikobakteriyalar aniqlanadi. Erkaklarda ko‘pincha ikki tomonlama orxit va epididimit rivojlanadi. Keyinchalik moyaklar atrofiyalanish va sklerozlanishi kuzatiladi. Ba’zi bemorlarning jigar va taloqining kattalashganligi sodir bo‘ladi. Periferik nerv tizimi sezgirligi yo‘qolishining kuchayib borishi bemorni nogironlikka yetaklovchi belgi hisoblanadi. Diagnostikasi: Organizmning qo‘zg‘atuvchisi nisbatan immunologik javob reaktivligini aniqlash uchun Yapon olimi K.Mitsuda tomonidan taklif qilingan teri ichi lepromin sinamasi o‘tkaziladi (Mitsuda reaksiyasi). Kasallikning boshlang‘ich bosqichlaridadiagnoz qo‘yish murakkablik olib keladi. Bu holat dermatologiya va nevrologiya o‘ratsida tushinmovchiliklarga sabab bo‘ladi. Diagnoz qo‘yishda epidemiologik anamnez muhim ahamiyatga ega. Laborator va funksional diagnostika tashxis qo‘yishda asosiy natijani beradi. Teri rangining o‘zgarishi, og‘riq va taktil sezgi yo‘qolishi, ter bezlarining faoliyati yo‘qolishi (vena ichiga 5 ml-1% li nikotin kislota eritmasini yuborganda moxovda kuzatiladigan dog‘li toshmalar 1-3 minutdan keyin qizarib shishishi kuzatiladi), Minor sinamasi-ter bezlarining faoliyatining buzilganligini aniqlash usuli bo‘lib, uni amalga oshirish uchun gumon qilingan sohaga yod eritmasi surtilib, keyin o‘sha sohaga kraxmal kukuni sepiladi. Ter bezi faoliyati saqlangan bo‘lsa o‘sha soha binafsha-qora tus oladi.


90 Bakteriologik tekshirish uchun burun shilliq qavatidan surtma olinib sil-Neyser usulida bo‘yab ko‘riladi. Serologik usullardan komplementni bog‘lash reaksiyasi, noto‘g‘ri gemaglyutinatsiya reksiyasi, zanjirli polimeraza reaksiyasi usullari qo‘llaniladi. Davosi: asosan organizmni moxov qo‘zg‘atuvchilaridan xalos qilish uchun chora-tadbirlar qo‘llaniladi. Buning uchun moxovga qarshi dori preparatlari: Sulfon unumlaridan-dapson, diamindisulfon, diutsifon, solyusurmin, antibiotiklardan-rifampitsin, minosiklin, klaritromitsin, sulfanilamid preparatlardan sulfadimetoksin, kiron, sulfortomitsin, silga qarshi faol dorilardan-oflaksatsin, etionamid, protionamidlar qo‘llaniladi. Ko‘pgina holatlarda sinergist ta’sir qiluvchi preparatlani kombinatsiya qilib beriladi. Immun tizimini mustaxkamlashga qaratilgan immunostimulyatorlar beriladi. Profilaktikasi: moxovning maxsus profilaktika usuli yo‘q. Maxsus bo‘lmagan profilaktika usullari qo‘llaniladi. Teri sili Teri sili-sil kasalligining kamdan-kam uchraydigan turi bo‘lib, asosan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qayd etiladigan kasallik turi hisoblanadi. Etiologiyasi: teri silini qo‘zg‘atuvchisi Kox tayoqchalaridir (Mycobacterium tuberculosis). Teri sili mikobakteriyalari asosan teriga kirishida boshqa a’zo silidan keyin gematogen (endogen) orqali kirib rivojlanishi mumkin yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri bemorlarning balg‘ami sog‘lom odamning shikastlangan terisiga tushishi (ekzogen) hisobiga rivojlanadi. Teri sili rivojlanishida teriga kirayotgan mikbakteriyalarning virulentligi, ularning miqdori va makroorganizmning qarshi reaksiyasi bilan bog‘liq. Teri silining klinik kechimiga va ko‘rinishiga qarab bir necha shakllarga bo‘linadi: -Teri silining yarali shakli -Kollikvativ sil (skrofuloderma) shakli -Teri silining so‘galsimon shakli -Teri silining tarqaluvchi shakli


91 -Teri silining tugunchali nekrotik shakli -Teri silining indurativ shakli -Oltinquloq temiratki shakli Teri silining yarali shakli. Kasallikning boshlanishi ko‘pincha bolalik va o‘smirlik yoshlariga to‘g‘ri kelib, uzoq vaqt davom etadi. Kasallik boshlanishida bemorlarning yuz va burun sohalari terisiga papulalar va do‘mboqchalar paydo bo‘ladi, ularning chegaralari aniq, sarg‘ish-qizg‘ish rangli bo‘ladi, keyinchalik atrofga yoyilib bir-biri bilan qo‘shilib ketadigan va qiyin bitadigan yaralar hosil bo‘ladi. Yarani bosib ko‘rganda rangi o‘zgarib, qizil-sariq tusli (olma jelesiga o‘xshash) ajralma ajraladi. Kollekvativ teri sili yoki skrofuloderma. Skrofuloderma klinikasi teri silining bir shakli bo‘lib, birlamchi va ikkilamchi turlarga bo‘linadi. Birlamchi turi sil tayoqchalarining to‘g‘ridan - to‘g‘ri teriga kirishi hisobiga rivojlansa, ikkilamchi turi sil kasalligining suyaklar, bo‘g‘imlar, limfa tugunlari ba’zida moyak ortig‘i kabi teri bilan bevosita yaqin turgan a’zolarning zararlanishidan so‘ng terining shikastlanishiga aytiladi. Birlamchi 49-rasm skrofuloderma ko‘pincha muchalarda teri osti yog‘ qavatlarida og‘riqsiz, harakatchan do‘mboqchalarning hosil bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi. Ularning o‘lchami asta sekin kattalashib borib, atrof to‘qimalar bilan birikib ketadi. Qoplab turgan teri rangi avvaliga o‘zgarmagan keyinchalik ko‘kimtir-qizg‘ish tus oladi. Do‘mboqchalar ochilishi hisobiga oqmalar paydo bo‘ladi, ulardan qonli-serozli ajralmalar ajralib turadi. Kechimi surunkali bo‘lib o‘rnida chandiq qoldirib bitadi. Ikkilamchi skrofuloderma bilan ko‘pincha bo‘yinning yon sohalari, jag‘ osti, quloq oldi, o‘mrov usti sohalarining shikstlanishi xosdir. Kasallik avvaliga teri osti limfa tugunining kattalashishi va qattiqlashishi bilan boshlanadi (49-rasm).


92 Terining chuqur qavatida yoki yog‘ qavatida qattiq og‘riqsiz do‘mboqchalar paydo bo‘ladi. Kasallik rivojlanib borishi bilan limfa tugunlarining va do‘mboqchalarning nekrozlanishi hisobiga ular yumshab hamirsimon konsistentsiyaga aylanishadi. Keyinchalik yaralanish kuzatilib oqmalar (svish) paydo bo‘ladi. Oqma yaralardan ajraladigan nekrotik ajralma bo‘tqasimon ko‘rinishda bo‘ladi. So‘galsimon teri sili. Oddiy teri siliga nisbatan kam uchrab, asosan erkaklar orasida ko‘p tarqalgan kasallik hisoblanadi. Bunda barmoqlar va oyoq kaftida rangi qizg‘ish50-rasm ko‘kimtir, yuzasi dag‘al ko‘rinishda, no‘xatdek keladigan tugunchalar paydo bo‘lishi bilan kuzatiladi. Kasallik sekin rivojlanib, uzoq yillargacha davom etadi va atrofiyali chandiqlanish bilan bitadi (50- rasm). Teri silining tarqaluvchi shakli. asosan sil mikrobi gematogen yo‘l orqali tarqalishi hisobiga kelib chiqadi. Terining barcha qismida har xil toshmalar paydo bo‘lib, yaralardan oqayotgan ajralmada sil tayoqchalarini aniqlashning imkoni bo‘lmaydi. Teri silining tugunchali nekrotik shakli. Toshmalar tugunchalardan iborat bo‘lib, terining turli sohalarida tarqalishi holatlari kuzatilgan. Kasallikning bu turida teridagi toshmalar dastlab qizg‘ish, keyinchalik ko‘kimtir-qizil tusga kiradi, vaqt o‘tishi bilan tugunchalar markazida sarg‘ish nekrotik o‘zgarishlar paydo bo‘lib, nozik atrofiyali chandiqlanish bilan tugaydi. Teri silining indurativ shakli. kasallikning bu turi ko‘pincha 25- 40 yoshli ayollarda orasida uchraydi. Kasallik boshlanishida asosan ikkala boldir terisi zararlanadi. Teri osti yog‘ qatlamida tugunlar paydo bo‘lib, sekin-astalik bilan ular kattalashib, teri sathidan bo‘rtib chiqadi, paypaslaganda og‘rimaydi. Tugunlar so‘rilib ketib, o‘rniga dog‘lar paydo bo‘lishi yoki yaraga aylanib chandiqlanish holati kuzatiladi. Oltinquloq temiratki shakli. Teri silining kamdan-kam uchraydigan turlaridan biri bo‘lib, asosan sil kasalligining o‘pka, limfa


93 tugunlari va suyaklar zararlanishi bilan birga keladi. Ko‘pincha nimjon bolalarda va odamlarda uchraydi. Terida tarqoq yoki guruhlashgan mayda follikulyar tugunchalarning paydo bo‘lishi bilan kechadi. Tugunchalar og‘riqsiz bo‘lib, yassi yoki konussimon shaklda uchraydi. Toshmalar ba’zi hollarda papulopustulyoz, xusnbuzarsimon do‘mboqchalar ko‘rinishda bo‘lishadi. Teri qo‘ng‘ir, pushti yoki qizg‘ish rangda bo‘ladi. Tugunchalar yoki do‘mboqchalar yuzasida yengil kepaklanishlar kuzatilishi mumkin. Toshmalar tananing yon tomonlarida, dumba sohasida, yuzda va ba’zi hollarda lab shilliq qavatlarida simmetrik ko‘rinishda joylashadi. Ba’zi hollarda tugunchalar guruhlashgan holda uchrab aylana yoki halqasimon ko‘rinish oladi. Ular o‘z o‘zidan so‘rilib yo‘qolib ketishi va yana qaytalanish xususiyatiga ega. Toshmalarda sub’ektiv belgilar odatda kuzatilmaydi. Ichki a’zolar sili davolanganda toshmalar residivlanmaydi. Toshmalar so‘rilgan sohalarda yengil disxromiyalar va ba’zida kichik chandiqchalar qoladi. Diagnostikasi: sil sinamalarining musbat bo‘lishi diagnozni to‘liq tasdiqlaydi. Terining sil kasalligi bilan shikastlanganligini aniqlash uchun, tekshiruvlar kompleks ravishda olib boriladi. Sil kasalligini aniqlashdagi sinamalar natijalari, boshqa a’zolarda sil kasalligi aniqlanishi, teridagi yaralar ajralmalaridan sil mikobakteriyasi aniqlanishi va nihoyat gistologik tekshiruvlar asosida olib boriladi. Davosi: Silda belgilangan chora-tadbirlar asosida olib boriladi. DOTS dasturi asosida davolash teri siliga qarshi yaxshi samara beradi. Silga qarshi qo‘llaniladigan dorilarni teri silida umumiy va mahalliy (ya’ni surtmalar holida) usullarda qo‘llanishi maqsadga muvofiqdir. Kasallikni davolashda nafaqat silga qarshi dori-darmonlar, balki, davo kompleks fizioterapevtik usullar ham talab etiladi.


94 III BOB. TERINING PARAZITAR KASALLIKLARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT Terining parazitar kasalliklari tibbiyotning hozirgi kunlarida ham ko‘p tarqalganligi bilan dolzarbligicha qolmoqda. Parazitlar deb o‘zga organizm hisobiga yashaydigan organizmlar va ularning sog‘lig‘iga zarar keltiruvchilarga aytiladi. Parazitlar odam organizmida vaqtinchalik yoki doimiy yashab qolishlari mumkin. Odamlar va hayvonlar mikroorganizmlar uchun xo‘jayin bo‘lib qolishadi. Terida yashovchi parazitlar ichida eng dolzarb va ko‘p qayd etilayotganlari kanalar hisoblanadi. Vaqtinchalik yashovchi parazitlar deb faqat odam organizmida u hisobiga ovqatlanuvchi organizmlarga aytiladi, ular boshqa vaqtlarda organizmdan tashqarida yashashadi. Doimiy parazitlar deb organizmda doimiy yashovchi va o‘zining hamma rivojlanish bosqichlarini organizmda o‘tkazuvchi parazitlarga aytiladi. Ular tashqi muhitda yashay olishmaydi. Oraganizmning qaerida yashashiga qarab ular endoparazitlar (ichki a’zolarda yashovchilar) va ekzoparazitlarga (teri qoplamlarida yashovchilar) bo‘linadi. Parazitlar odam organizmiga va unga qarshi paydo bo‘ladigan qarshiliklarga tez moslashib olishadi. Parazitlar o‘z xo‘jayinlari uchun begona bo‘lib, ularning sekresiyalari, ekskresiyalari va parchalanish mahsulotlari odam organizmi uchun zararli va allergen hisoblanadi. Odam organizmida doimiy yoki vaqtinchalik yashovchi parazitlarga qarshi himoya kuchlar paydo bo‘lib boradi. Odam organizmining himoya reaksiyalari: 1. Hujayraviy: Yallig‘lanish reaksiyalari; hujayralar gipertrofiyasi; hujayralar proliferatsiyasi (ko‘payishi). 2. To‘qimali: infiltratsiya, shish, ekssudatsiya, ikkilamchi infeksiya hisobiga asoratlanish; qon va limfa tomirlari reaksiyasi. 3. Gumoral: gumoral immunitet hisobiga immunoglobulinlar miqdorining o‘zgarishlari. Parazitar kasalliklar parazitlarning xo‘jayin organizmining ta’siriga nisbatan qarshi reaktivligining ortishi hisobiga kelib chiqadi. Eng ko‘p uchraydigan parazitar kasalliklarga qo‘tir kanalari keltirib chiqaradigan qo‘tir kasalligi, demodeks kanalari chaqiradigan demodekoz kasalligi, bitlar chaqiradigan bosh, kiyim va qov bitiligi


95 kasalliklari va leyshmaniylar keltirib chiqaradigan leyshmanioz kasalliklari kiradi. Bitlilik haqida umumiy ma’lumot (pedikulyoz) Odam organizmida uning qonini so‘rishi hisobiga yashovchi va terida bitning chaqqan joyida eroziv-tugunchali ko‘rinishdagi asoratlanganda esa yiringli patologik jarayon bilan namoyon bo‘ladi (51-rasm). Etiologiyasi: kiyim bitliligini chaqiruvchi Phthirus humanus vestimenti, bosh bitliligini chaqiruvchi Phthirus humanus capitis, va qov bitliligini chaqiruvchi Phthirus pubis lar ajratiladi. Bitlar qon 51-rasm so‘ruvchi hasharotlar guruhiga kiradi. Tabiatda 150 dan ortiq bitlarning turlari bo‘lib ular asosan hayvonlarda parazitlik qilishadi. Tanalarining uzunligi 1-5 mm gacha yetadi. Har bir bit umri davomida o‘rta hisobda 1 ml gacha qon so‘radi. Urg‘ochi bitlar umri davomida 150-300 tagacha urug‘ qo‘yadi, urug‘dan lichinkaga aylanib 14-15 kun davomida voyaga yetgan bitlar 1-1,5 oy umr ko‘rishadi. Urug‘lari oval shaklda sarg‘ish-yaltiroq bo‘ladi. Ular soch tolalariga urg‘ochi bit ajratgan yelimsimon sekreti hisobiga yopishgan bo‘ladi. Urug‘dan chiqqan lichinkalar yarim soatdan keyin qon so‘rishni boshlashadi. Bosh biti erkaklarining uzunligi 2-3 mm, urg‘ochilariniki 2,5-4 mm gacha yetadi. Urug‘lari 0,7-0,8 mm atrofida bo‘ladi. Ular soch follikulalari og‘izchasidan 2-3 mm yuqorida sochlarga yelimlangan bo‘lishadi. Har bir bit o‘rtacha 7-8 ta urug‘ qo‘yadi. 7 kundan keyin urug‘dan chiqib qon so‘rishni boshlaydi va ular ham 10 kundan keyin urug‘ qo‘ya boshlashadi. Ular harakatchan bo‘lishadi. Kiyim biti oq-kulrang rangda bo‘lib o‘lchami bosh bitidan kattaroq, erkaklarining uzunligi 2-3,5 mm, urg‘ochilariniki 2,5-4,7 mm gacha yetadi. Qov bitlari eng kichkina bitlar bo‘lib erkaklari o‘rtacha 1 mm urg‘ochisi 1,5 mm uzunlikda, kulrang-qo‘ng‘ir rangda bo‘ladi. Epidemiologiyasi: kasallik manbai; bitlilik bilan og‘riganlar va tashuvchilar. Yuqish yo‘llari; asosan bitlar sog‘lom odamga bevosita


96 muloqot vaqtida o‘tishadi, bitlilik bilan og‘riganlarning ko‘rpa to‘shagi, o‘yinchoqlari, kiyimlaridan foydalanish ham katta ahamiyat kasb etadi. Moyillik; asosan kasallanish bog‘cha va maktab yoshidagi bolalar o‘rtasida ko‘p uchrab turadi, chunki jamoa bo‘lib yashashda yuqumlilik va bitlilikning tarqalishi kuzatiladi. Ayollar o‘rtasida ham ko‘p uchraydi. Kiyim bitiligi eng ko‘p kasallanish kiyimlarini tez-tez almashtirmasdan yuruvchi, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilmaydigan shaxslarda uchraydi. Mavsumiylik; kasallanish asosan qish-bahor fasllariga to‘g‘ri keladi. Bosh bitliligi Boshning sochli sohalari, asosan ensa va yonbosh qismlari, qoshlar va kipriklarda parazitlik qilishadi. Sochlar qancha uzun bo‘lsa bitlarning yashashiga shuncha imkoniyat yaratiladi. Ular teridan qon so‘rishlari, bitlar ajratayotgan so‘lak bezlaridan ajralayotgan mahsulotlari hisobiga teri zararlana boshlaydi. Qon so‘rgan joylarida tugunchalar, pufakchalar, eritematoz dog‘lar hosil bo‘ladi. Dermatit, ekzemalanish, tirnalishlar paydo bo‘ladi. Natijada ikkilamchi infeksiyaning rivojlanishiga yaxshi sharoit yaratilib, yiringchalar, yiringli-gemorragik qaloqlanishlarga olib keladi. Keyinchalik jarayon davom etaversa terining qalinlashishi (lixenifikatsiya), va disxromiyalar rivojlanadi. Bitlilik qichish belgilari bilan birga kechadi. Jarhatlangan sohalardan ajralayotgan ekssudatning qotishi bir necha soch tolalarini biriktirib bir biriga yopishtirib qo‘yadi. O‘z navbatida boshning yoqimsiz hidlanishlariga, soch tolalarining rangi o‘zgarib shikastlanishlariga olib keladi. Vaqtida oldi olinmasa follikulit, furunkul, furunkulyoz, dermatit, ekzema kabi kasalliklarni rivojlantirib qo‘yadi. Yiringli asoratlanishlar quloq orqasi, ensa, bo‘yin sohalari limfa tugunlarining yallig‘lanishlariga sababchi bo‘ladi. Ayrim hollarda bitlar yuz, bo‘yin, yelka sohalarini ham zararlashi mumkin. Kiyim bitliligi Kiyim bitiligi eng ko‘p kiyimlarning ichki tikilgan burmalari va choklarining teriga tegib turadigan sohalarida uchraydi. Kiyim choklariga o‘rnashib olgan bitlar odam terisi yuzasiga yurib boradi. Asosan bel, yelka, bo‘yin, ko‘krakning yuqori qismlari, son-chov burmalari, qorin va qo‘ltiq osti sohalar zararlanadi. Bitlar chaqqan


97 sohalarda ko‘kimtir dog‘lar, tugunchalar, qavarchiqlar, kapilyar tomirlarning yallig‘lanishlari (kapilyarit) kuzatiladi. Bemorlarni chidab bo‘lmas darajada qichish bezovta qiladi. Ikkilamchi infeksiyalarning rivojlanishi hisobiga ektimalar, follikulitlar, yiringli yallig‘lanishlar, tirnalishlar va sariq-qo‘ng‘ir rangli lixenifikatsiyalar paydo bo‘ladi. O‘sha sohalarda pigment almashinuvi buzilishi disxromiyalarga (gipopigmentatsiya yoki giperpigmentatsiya) olib keladi. Tirnalgan sohalarning chandiqlanib bitish hollari ham uchrab turadi. Qov bitliligi Qov bitliligida qov, oraliq, yorg‘oqlar va ayrim holattlarda qoshlar, kiprik, soqol-mo‘ylov, qo‘ltiq osti ba’zida boshning sochli qismi zararlanadi. Bitlarni quloq tuklarida, tukli odamlarda badan va oyoq-qo‘llarning tuklarida ham aniqlash mumkin. Bitlar qon so‘rishi oqibatida ularning so‘lagi orqali qon tomirlarga kirishi qon tomirlar tomonidan reaksiya keltirib chiqaradi. Ular qon tomirlarga bog‘liq 5-25 mm li dog‘lar va eritemalar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Qichish belgilari unchalik rivojlanmagan bo‘ladi. Terida tugunchalar, pufakchalar, qichish kuchliroq bo‘lganda tirnalish izlari, qipiqlanish, qonli (gemmoragik) qaloqchalar va asoratlangan yiringchalarni ko‘rish mumkin. Pustulalar tez tarqalib impetigolar rivojlanishiga, dermatitlar, ekzemaga sababchi bo‘ladi. Bitlilikning epidemiologik eng xavfli tomoni ikkilamchi infeksiyalarning rivojlanishiga olib kelishidir (toshmali tif, qaytalama tif, ku isitmasi). Ularning oshqozon-ichak traktida saqlangan rikketsiyalar, virus yoki bakteriyalar axlatlari orqali chiqariladi va jarohatlangan teriga kirib boshqa tur kasalliklarni olib ketishi mumkin. Diagnostikasi: Klinik belgilar asoslanib, bitlar va ularning urug‘larini yoki lichinkalarining aniqlanishi diagnozni asoslaydi. Bitlilikning davosi: bosh va qov bitliligida sochlar va tuklarni olib tashlash maslahat beriladi. Jarohatlangan sohalarni tozalash vaqtida bitlarning qotib, sochlarga yopishib qolgan axlatlarini mexanik yo‘l bilan olib tashlash lozim. Kiyim bitliligida kiyim boshlar, choyshablar yetarlicha sanitar qayta ishlovdan o‘tishi kerak. Bitlarga qarshi Nittifor, para-plyus, itaks, 20% li benzilbenzoat, niks, antiskab, dipol kabi preparatlar ishlatiladi.


98 Nittifor-tarkibida 0,0005% permetrin bo‘lib, suvli spirtli eritmadir. Bosh yoki qov sohasiga surtilib 40 minutdan keyin shampun bilan yuvib tashlanadi. Niks-krem, tarkibi permetrindan iborat bo‘lib, jarohatlangan sohaga 10 minut surtib qo‘yiladi va yuvib tashlanadi. Para-plyus-aerozol ko‘rinishida bo‘lib, tarkibi permetrin, malation, butoksid, piperonildan iborat. Bosh, qov yoki boshqa tukli qismlarga 10 minut davomida qo‘yilib, keyin yuvib tashlanadi. Bir martalik qo‘llash yaxshi samara beradi. Antiskab-tarkibida faol benzilbenzoat bo‘lib, sohalarga 1, 3, 7- kunlarda surtilib 8-kun yuvib tashlanadi. Bitlilikni davolash bilan bir vaqtda ular keltirib chiqargan asoratlarni ham bartaraf qilishga kirishiladi. Piodermiyalar rivojlangan bo‘lsa iloji boricha keng ta’sir doiraga ega antibiotiklar qo‘llaniladi. Ular zaruratga qarab mahalliy (malham, eritma, kremlar) yoki umumiy (tabletka, in’eksiya) tasirda qo‘llaniladi. Zarurat tug‘ilganda antiseptik tasirga ega anilin bo‘yoqlari, antigistamin prepraratlari, yallig‘lanishga qarshi dorilar qo‘llaniladi. Profilaktikasi: jamoatchilikda sanitar-gigienik chora-tadbirlarni kuchaytirish, shaxsiy va umumiy gigiena qoidalariga etiborni oshirish kasallanishning asosiy oldini olish hisoblanadi. Jamoatchilik joylarida (maktablar, kollejlar, bolalar bog‘chalari, korxonalar, kichik tadbirkorlik obektlari) Davlat sanitariya epidemiologiya markazi xodimlari tomonida rejali profilaktik dezinfeksiya, desinseksiya va dezaritatsiya ishlari olib boriladi. Talabaning amaliy mashg‘ulotni o‘tkazishi uchun zarur bilim va ko‘nikmalar: Bemorning sochli qismlarini va kiyimlarini ko‘zdan kechirish: 1.Bemor ob’ektiv ko‘rikka tayyorlanadi, buning uchun xonaning yorug‘ligi ta’minlanadi. 2. Bemor stulga o‘tirgan holatida avvaliga boshning sochli qismlari o‘ng quloq sohasidan boshlanib, teppaga, so‘ng ensa sohalari, so‘ngra chap tomoni, keyin old qismlari, shu bilan birga kipriklar va qoshlar ko‘zdan kechiriladi. 3. Yoshi katta kishilarda qo‘ltiq osti va qov sohasi tuklari ko‘zdan kechiriladi. 4. Ichki kiyimlari tozaligiga e’tibor berilib, ularning chok sohalari yaxshilab ko‘riladi.


Click to View FlipBook Version