The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.

DERMATOVENEROLOGIYA VA BOLALAR DERMATOVENEROLOGIYASI

Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by Арслан Тешаев, 2023-05-10 13:56:18

DERMATOVENEROLOGIYA VA BOLALAR DERMATOVENEROLOGIYASI

DERMATOVENEROLOGIYA VA BOLALAR DERMATOVENEROLOGIYASI

299 va ayol jinsli gomogamet (XX) xromosomalarning bog‘lanishidan kelib chiqadigan) ixtioz ham mavjud. Ixtioz ko‘p holatlarda irsiy kasallik hisoblanadi. Orttirilgan ixtiozni rivojlanishida endokrin tizimi patologiyalari sababchi bo‘lishi mumkin. Kasallik belgilari uning tipiga va rivojlanganlik darajasiga bog‘liq. Asosiy belgilari yoki diagnostik mezonlari: • terining quruq bo‘lishi va qipiqlanib turishi; • teri rangining o‘zgarishi (teri rangi sariq rangdan qoramtir tusgacha kiradi); • terida oqish, kulrang tangasimon, og‘ir holatlarda dag‘al qo‘ng‘ir rangli qipiqlarning paydo bo‘lishi; (121-rasm). • terining termoregulyatsiya faoliyati buzilishi, ter bezlari faoliyatining sustlashishi (gipogidroz); • kaft va tovonda yaqqol ko‘rinib turuvchi chiziqlarning kuzatilishi; • teri hosilalari ya’ni tirnoqlar va sochlarning sinuvchan bo‘lib qolishi; • terida qichish belgilarining bo‘lishi. Diagnostikasi: asosan klinik belgilarga tayangan holda olib boriladi. DNK diagnostika qilinadi, unda gendagi maxsus o‘zgarishlari aniqlanadi va avloddan-avlodga o‘tishini baxolab berishi mumkin. Teridan olingan material gistologik tahlil qilinadi, unda ixtiozning klinik shakllarini bir-biridan farqlash mumkin. Umumiy va bioximik qon taxlili, peshobning umumiy taxlili qilinadi. Davosi: xozirgi vaqtda ixtiozni to‘liq davolashga tibbiyot ojizlik qilmoqda. Olib borilayotgan davolar simptomatik belgilarni kamaytirishga qaratilgan. Asosan A, V, S, Ye vitaminlari va nikotin kislotasi ishlatiladi. Fizioterapevtik muolajalardan davolovchi vannalar, balchiqli davo qo‘llaniladi. Terining quriqligini kamaytirish maqsadida mazlar va kremlar qo‘llaniladi. Salitsil kislota yallig‘lanishni kamaytirib terini zararsizlantiradi. Kasallik sovuqda yoki qish fasllarida qo‘zg‘alishi kuzatilganligi sababali bemorlarga qish fasllarida issiq iqlimli joylarga ko‘chib o‘tishlari tavsiya qilinadi. 121-rasm


300 XI BOB. TERI O‘SMA KASALLIKLARI Kaposhi sarkomasi Kaposhi sarkomasi (teri angioendoteliomasi, Kaposhi angiosarkomasi, ideopatoik gemorragik Kaposhi sarkomasi)–terida joylashgan limfa va qon tomirlar endoteliy qismidan rivojlanuvchi va ko‘p miqdorda yomon sifatli jarohatlanish bilan harakterlanadi. Umumiy ma’lumotlar: kasallik xaqida ilk bor 1872 yilda Venger dermatologii Kaposhi tomonidan ta’rif berilgan va shu nom bilan atala boshlangan. OIV/OITS bilan kasallanganlar orasida bu kasallikning uchrash darajasi 40-60% ni tashkil etadi. Erkaklarda ayollarga nisbatan 6-8 baravar ko‘proq uchrashi aniqlangan. Kasallikka ko‘pincha immundefitsit holatini olib keluvchi kasalliklar bilan og‘riydiganlar va immunsupressor preparatlarni uzoq muddat qabul oluvchilar kiradi. Kaposhi sarokmasini keltirib chiqaruvchi sabablari: xozirgi kunda kasallikni keltirib chiqaruvchi aniq sabablar va uning patogenezi aniqlanmagan. Kasallik ko‘p holatlarda boshqa yomon sifatli kasalliklar (Xodjikin kasalligi, limfosarkoma) asosida rivojlanadi. Tekshiruvlar natijasida bemorlarning organizmida 8 ta turdagi gerpes viruslariga qarshi maxsus antitelo paydo bo‘lishi aniqlangan. Xozirgi kunda Kaposhi sarkomasi hujayraviy strukturasiga stimullovchi ta’sir ko‘rsatuvchi sitokinlar (3FGF — fibroblastlar o‘sish faktori, IL-6 — interleykin 6, TGFp — transformatsiyalovchi o‘sish faktori). ajratib olingan. OITS bilan og‘rigan bemorlarda o‘sma kasalliklarining rivojlanishida onkostatinning ahamiyati katta. Kaposhi sarkomasi rivojlanishida hujayralarning sust mitotik faolligi, immun jarayonning holati bilan bog‘liq. Klinikasi: Kasallik odatda og‘iz shilliq qavatlarning va limfa tugunlarining jarohatlanishi bilan kechadi (122-rasm). Kaposhi sarkomasi terida ko‘kimtirqizg‘ish dog‘lar ko‘rinishida namoyon bo‘lib, keyinchalik 5-6 sm o‘lchamli tugunga aylanadi. Ba’zi holatlarda terida qizil yassi temiratki toshmasiga o‘xshash 122-rasm


301 papula paydo bo‘lishi bilan boshlanadi. Tugunlar asta-sekin kattalashib yong‘oq kattaligiga yetadi. Ular qattiq-elastik konsistensiyali usti qipiqlanib turishi va tomirli yulduzchalar paydo bo‘lishi harakterli. Tugunlar og‘riqli bo‘ladi, ustidan bosilganda og‘riq kuchayadi. Vaqtivaqti bilan Kaposhi sarkomasi tugunlari o‘z-o‘zidan so‘rilib o‘rnida chandiq va giperpigment dog‘ qoldirish xususiyatiga ega. Kaposhi sarkomasining 4 ta klinik ko‘rinishi mavjud: klassik (odatiy), epidemik, endemik, immun-supressiv. Klassik Kaposhi sarkomasi: boldir, tovon va barmoqlar terisining yonbosh yuzasida ko‘proq joylashadi. Sub’ektiv belgilarsiz (ba’zi holatlarda yengil kuyishish va qichishish bo‘lishi mumkin), simmetrik o‘sma o‘choqlarining paydo bo‘lishi xosdir. Kasallikning bu turida shilliq qavatlar ayrim holatlardagina jarohatlanishi mumkin. Kechimida dog‘li, papulyoz va o‘smasimon uchta bosqich ajratiladi. Dog‘li bosqichi boshlang‘ich bosqich bo‘lib, qizg‘ish-ko‘kimtir yoki qizg‘ish-qo‘ng‘ir notekis shakldagi 0,5 sm atrofidagi yuzasi silliq dog‘lar ko‘rinishida bo‘ladi. Papulyoz bosqichida teri sathidan ko‘tarilib turuvchi sharsimon yoki yarim sharsimon shakldagi ko‘plab elementlar hosil bo‘ladi. Ular qattiq, elastik bo‘lib, diametri 0,2 sm dan 1 santimetr kattalikkacha yetadi. Bir-biri bilan qo‘shilib yuzasi silliq yarimoysimon ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin. O‘smasimon bosqichida 1-5 sm keladigan tugunlar hosil bo‘ladi. Tugunlar ko‘kimtir-qizg‘ish yoki qo‘ng‘ir-qizg‘ish rangda tovlanadi. Ular bir-biri bilan qo‘shilib yaralanishga moyil bo‘ladi. Epidemik Kaposhi sarkomasi: ko‘pincha OITS bilan hamrox bo‘lib, OITS ning birta belgisi hisoblanadi. Bunda toshmalar asosan o‘rta yoshli kishilarda uchraydi va shilliq qavatlar, burun qanotlari, yuqori muchchalar va qattiq tanglay zararlanadi. Limfa tugunlari va ichki a’zolar tezda jarayonga qo‘shiladi. Endemik Kaposhi sarkomasi: bu turi bilan ko‘pincha yosh bolalar kasallanadi. Teri jarohatlanishi kamdan-kam holatlarda uchrab, asosan limfa tugunlari va ichki a’zolar zararlanadi. Immunn-supressiv Kaposhi sarkomasi: surunkali va yaxshi sifatli kechadi. Ichki a’zolar jarohatlanmaydi. Asosan immunsupressor preparatlarini uzoq muddat qabul qiladigan shaxslarda uchraydi va ularni qabul qilish to‘xtatilgandan keyin simptomlar yo‘qolib jarayon asta-sekin tiklanadi. Kaposhi sarkomasi kechimi bo‘yicha o‘tkir, o‘tkir osti va


302 surunkali kechadi. O‘tkir kechganda kasallik shiddat bilan rivojlanadi va yomon sifatli kechib, zaharlanish va kaxeksiya kuzatiladi. Bemorlar kasallik boshlanishi bilan 2 oydan 2 yilgacha yashab vafot etishadi. O‘tkir osti kechimida davo muolajalarisiz 2-3 yilgacha cho‘ziladi. Surunkali kechimida o‘sma jarayonini sekin o‘sishi hisobiga Kaposhi sarkomasi 8-10 yilgacha muddatga cho‘ziladi. Kaposhi sarkomasining asoratli kechishida muchalarning deformatsiyasi hisobiga harakatning chegaralanishi, o‘smalarning yemirilishi hisobiga o‘sha sohalardan qon ketishi, o‘smalarning limfa tomirlarini bosib qo‘yishi hisobiga limfa tomirlarida limfostaz rivojlanishi, yaralangan o‘smalarda ikkilamchi infeksiya tushishi va natijada sepsis rivojlanib o‘lim bilan tugallanish holatlari kiradi. Kaposhi sarkomasining diagnostikasi: asosan kasallikning tipik klinik kechimiga va biopsiya natijalariga asoslanadi. Gistologik tekshiruvda terida ko‘p miqdordagi yangi tomirlarning va yosh fibroblastlarning proliferatsiyasi aniqlanadi. Bemorlarni OIV/OITS ga tekshirishga ko‘rsatma beriladi. Ichki a’zolar zararlanishini aniqlash maqsadida ultratovushli tekshiruvlar, kompyuter tomografiyasi, magnit-rezonans tekshiruvlar o‘tkaziladi. Differensial diagnostikasi: qizil yassi temiratki, sarkoidoz, angiosarkoma, mikrovenulyar gemangioma kasalliklari bilan o‘tkaziladi. Davosi: asosiy yo‘nalish organizmning immun tizimini mustaxkamlashga va asosiy keltirib chiqaruvchi kasallikni davolashga qaratiladi. Davolash asosida polikimyo terapiya o‘tkaziladi. Klassik va epidemik shakllarida intenferonlar: α-2a, α-2b va β lar qo‘llaniladi. Mahalliy davo sifatida krioterapiya, kimyoterapevtik preparatlarni va intenferonlarni o‘smaga mahalliy kiritish, dinitroxlorbenzol aplikatsiyasi qo‘llaniladi. Teri limfomasi Teri limfomasi-terining o‘smasimon jarohatlanishi bo‘lib, kasallik limfotsitlarning yomon sifatli bo‘linishi hisobiga kelib chiqadi. Keltirib chiqaruvchi sabablar: T va V limfotsitlarning mutatsiyasi natijasida ularning nazoratsizko‘payishi va teriga migratsiyalanishi teri limfomasining rivojlantiruvchi omil hisoblanadi.


303 Patologik jarayonning keltirib chiqaruvchi aniq omillar xaligacha aniqlanmagan. Immun tizimining buzilishi va antigenlarning doimiy qo‘zitish xususiyatlarining ortishi limfotsitlarning ko‘plab miqdorda paydo bo‘lishiga va migratsiyalanishiga turtki bo‘lishi mumkin. Antigenlarning paydo bo‘lishida retroviruslar, sitomegaloviruslar, oddiy uchuq viruslari va boshqalar omil bo‘la oladi. Bulardan tashqari qishloq xo‘jaligida va qurilish ishlarida ishlatiladigan har xil kimyoviy moddalar va konserogenlar ham kasallik rivojlanishiga turtki bo‘lishi mumkin. Birlamchi va ikkilamchi teri limfomasi ajratiladi. Birlamchi teri limfomasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yomon sifatli limoid o‘smalarining terida rivojlanadigan turiga aytiladi. Ikkilamchi teri limfomasi limfotsitlarning limfoid a’zolardan (suyak ko‘migi, timus bezi, limfa tugunlari, taloq, nafas va xazm tizimi bo‘ylab joylashgan limfa tugunlari) migratsiyalanishi va terida ko‘payishi hisobiga paydo bo‘ladi. Klinik belgilari: teri limfomasi polimorfizm ko‘rinishida kechadi, ya’ni unda periferik limfa tugunlarining har xil o‘lchamli kattalashishi va qichishishi kuzatiladi. Xavfliligi bo‘yicha limfomalar I, II va III darajali og‘irlikda bo‘ladi. Hosil bo‘lishiga qarab tugunli, pilakchali va eritrodermik shakllari farqlanadi. T-hujayrali teri limfomasining tugunli shakli I darajasida tariqday keladigan tugunlar paydo bo‘ladi. Tugunlar binafsha rang yoki sariq rangda bo‘ladi. Ular guruh-guruh bo‘lib joylashadi va o‘z-o‘zidan so‘riladi (regresiyalanadi). Yomon sifatli kechganida tugunlar kattalashib borish moyilligiga ega bo‘ladi. Bir-biri bilan qo‘shilib qo‘ng‘ir tus oladi. Zaruriy davo choralari olib borilmaganida bemorlarda metastaz rivojlanib 2-5 yil ichida o‘lim bilan tugallanadi. T-hujayrali teri limfoma mayda tugunchali shaklda ham kechishi mumkin. Bunda hosil bo‘lgan follikulyar tugunchalar qo‘shilib pilakchaga aylanadi. Pilakchalarning yuzasi qipiqlanib psoriazni eslatadi. Kasallik davom etishi bilan mayda tugunchalar katta tugunlarga aylanadi va nekrozga uchraydi. T-hujayrali teri limfomaning pilakchali shaklining I darajasida pilakchalar usti sariq rangga kiradi. Ba’zida pilakchalar o‘lchami kaft o‘lchamiday kattalashib ketadi. Bunday o‘choqlar asta-sekin so‘rilib


304 o‘rnida atrofiya va giperpigment dog‘ qoladi. Pilakchali shaklning II darajasida kasallik bosqichli rivojlanishi harakterli. Boshlanishida usti qipiqlanib turuvchi och-pushti rangli dog‘lar paydo bo‘ladi, keyinchalik turg‘un qizg‘ish pilakchalar yuzasi pilchirab periferiyaga o‘suvchi xususiyatiga ega bo‘ladi. O‘smasimon bosqichida pilakchalar apelsin o‘lchamidagi o‘rtasidan nekrozlanib boshlaydigan tekis yuzali tugunlarga aylanadi. T-hujayrali teri limfomaning eritrodermik shaklining I darajasi juda sekinlik bilan 10-15 yil davomida ekzema yoki neyrodermit asosida rivojlanadi. Jarohatlangan soha terisi qizargan, shishgan, yuzasi tangasimon qipiq bilan qoplangan bo‘ladi. Limfa tugunlarining tarqoq kattalashishi, tirnoqlar distrofiyasi, soch to‘kilishi, sohalarda kuchli qichish va isitmalash aniqlanadi. 123-rasm V-hujayrali teri limfoma sub’ektiv belgilarsiz kechib I va II darajali xavflilikda kechadi (123-rasm). Jarohatlanish pilakchali va tugunli shaklda rivojlanadi. Pilakchali shaklda kechganda xuddi T-hujayrali teri limfomasi klinikasi kabi kechadi. Tugunli shakli esa qattiq-elastik konsistensiyali yarim sharsimon tugunlar hosil bo‘lishi bilan rivojlanadi. Diagnostikasi: klinik belgilariga asoslanadi. Patologik o‘choqdan bioptat olinib gistologik va sitologik tekshiruv o‘tkaziladi. Zarur tug‘ilganda ichiki a’zolar ultratovush apparati orqali yoki rentgen usuli yordamida tekshiruvlar o‘tkaziladi. Davosi: teri limfomasining asosiy davo usuli kimyoterapiya hisoblanadi. Dori preparatlaridan sitostatiklar, kortikosteroidlar va interferon unumlari qo‘llaniladi. Dog‘lar, pilakchalar va yakka holda paydo bo‘lgan o‘smalarni nur bilan davo muolajasi, PUVA-davo muolajasi va fototerapiya qo‘llaniladi. Profilaktikasi: xozirgi kunda teri limfoma kasalligining aniq bir profilaktika choralari yo‘q. Organizmga ta’sir etuvchi tashqi nojo‘ya ta’sirotlardan saqlanish tavsiya qilinadi.


305 VENEROLOGIYA QISMI XII BOB. JINSIY YO‘L BILAN YUQUVCHI KASALLIKLAR (JYBYUK) HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR Jinsiy yo‘l bilan yuquvchi kasalliklar deyilganda-asosan jinsiy aloqa vaqtida va boshqa yo‘llar (maishiy muloqot, qon va qon preparatlaridan, in’eksiyalar orqali, intrumentlar orqali yuquvchi) bilan yuquvchi kasalliklar tushinilib, jinsiy a’zolar va organizmning boshqa tizimlari zararlanishi bilan kechadi. Jinsiy yo‘l bilan yuquvchi kasalliklarning etiologiyasi: kaslliklarni bakteriyalar (gonokokklar, spiroxetalar), xlamidiylar, mikoplazmalar, sodda jonivorlar (trixomonadiylar, lyambliylar), zamburug‘lar (kandidalar) va viruslar (uchuq viruslari, OIV viruslari) keltirib chiqaradi. Jinsiy yo‘l bilan yuquvchi kasalliklarning epidemiologiyasi: kasalliklar manbai; Jinsiy yo‘l bilan yuquvchi kasalliklarning asosiy kasallik manbalari bemor va tashib yuruvchi odamlar hisoblanadi. Kasalliklarning yuqish yo‘llari; har bir jinsiy yo‘l bilan yuquvchi kasalliklarning xilma xil yuqish yo‘llari mavjud. Bularning asosiy yuqishi bevosita jinsiy muloqot orqali bo‘ladigan bo‘lsa, bemorlarning qon va qon preparatlaridan tayyorlangan preparatlar orqali, in’eksiyalar, instrumentlar (tibbiy asbob-uskunalar, sartaroshlar, menyukir va pedyukirchilar ishlatadigan asbob-uskunalar) orqali, maishiy muloqot (bemor bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot, uning ishlatgan buyumlaridan foydalanish) kabi bilvosita yuqishi, onadan homilaga vertikal yo‘l orqali yuqishi isbotlangan. Kasallikka moyillik; Jinsiy yo‘l bilan yuquvchi kasalliklarga homiladan tortib barcha yoshdagi odamlar moyil hisoblanadi, kasallik ko‘pincha jinsiy yo‘l bilan yuqishini etiborga oladigan bo‘lsak eng ko‘p kasallanish o‘rta (18-45) yoshga to‘g‘ri keladi. Yevropa davlatlarida bu kasalliklarga moyillikning yosharishi kuzatilmoqda. Jinsiy yo‘lar bilan yuquvchi kasalliklarining yuqish yo‘llari, ularning jarohatlaydigan a’zolari inobatga olingan holda quyidagicha tasniflanadi. I-Ko‘pincha jinsiy yo‘l bilan yuqib, ko‘proq jinsiy a’zolar zararlanishi bilan kechadigan kasalliklar;


306 Zaxm, so‘zak, yumshoq shankr, venerik limfagranulematoz, chov (venerik) granulemasi, urogenital xlamidioz, trixomaniaz, urogenital kandidoz, urogenital mikoplazmoz, genital gerpes, papilomavirusli infeksiyalar, jinsiy a’zolar yuqumli molyusk, bakterial vaginoz, urogenital shigellez, qov trixofitiyasi, qov bitliligi, qo‘tir. Ushbu guruh kasalliklarida faqat jinsiy a’zolar zararlab qolmasdan, boshqa a’zo va to‘qimalar ham zararlanishi mumkin. II-jinsiy muloqot va boshqa yo‘llar orqali yuqib organizm boshqa a’zo va sistemalarining jarohatlanishi bilan kechadigan kasalliklar; Orttirilgan immuntanqislik virusi va orttirilgan immuntanqislik sidromi OIV/OITS, V, S va D virusli gepatitlari, sitomegalovirusli kasallik, amyobiaz, lyamblioz, pinta, bedjel va frambeziya kasalliklari. Bu guruh kasalliklari boshqa yuqish yo‘llari bilan birga jinsiy yo‘llar orqali ham yuqishi xosligi va organizmda boshqa tizimlarning zararlanishi bilan kechadi. Aynan bu guruh kasalliklarida jinsiy a’zolar zararlanmaydi. Ushbu kasalliklarni davolashda va ularni dispanser nazoratiga olishda infeksionistlar, OITS markazi xodimlari shug‘ullanishadi. Jinsiy yo‘l bilan yuquvchi kasalliklarning diagnostikasi: Diagnoz qo‘yishda bemorning ob’ektiv va sub’ektiv shikoyatlariga, epidemiologik anamnezga, klinik belgilarning xosligiga, laborator va instrumental tekshirish natijalariga asoslanib qo‘yiladi. Ob’ektiv shikoyatlar; 1.Ajralma sindromi (qindan, bachadon bo‘yinchasidan, qin daxlizidan, kichik uyatli lablardan, uretradan hamda orqa chiqaruv teshigidan yiringli, ekssudatli, qonli va aralash yallig‘lanish ajralmalarining ajralishi). 2. Jinsiy a’zolar sohalarida qizarishlar, eroziyalar, yaralar, qaloqlar va so‘galsimon o‘simtalar hosil bo‘lishi. 3. Jinsiy a’zolar yaqinidagi regionar limfa tugunlarining va limfa yo‘llarining yallig‘lanishlari (limfangit va limfadenit). 4. Erkaklarda prostata bezining va moyaklarning qizarib shishib yallig‘lanishi. 5. Jinsiy a’zolar bilan birga boshqa sohalarning yallig‘lanishlari birga kelganda, yoki alohida yallig‘lanish bilan kechganda (kon’yunktivit, faringit, artrit, dermatit) uchraydigan o‘zgarishlar. Sub’ektiv belgilar; dizuriya, jinsiy a’zolar terisida va shilliы qavatlarida achishish, qichishish, og‘riq, xayzning buzilishi


307 (dismenoreya), jinsiy aloqa vaqtida noxushlik sezishi, jinsiy qoniqmaslik, impotensiya. Epidemiologik anamnez; bemorning pala-partish jinsiy xayot kechirishi, bilib-bilmasdan notanish shaxslar bilan jinsiy muloqotda bo‘lishi. Jinsiy muloqotda bo‘lgan shaxslarda kasalliklarning aniqlanishi. Steril bo‘lmagan sharoitlarda in’eksiyalar olganligi (narkomanlar), tekshirilmagan qon va qon preparatlarini parenteral yo‘l bilan olganligi, gemodializ qilinganligi, operativ muolajalar olganligi so‘rab surishtiriladi. Klinik belgilar; yuqorida keltirilgan ob’ektiv va sub’ektiv belgilarning klinik ko‘rinishi diagnozni oydinlashtiradi. Laborator diagnostikasi; klinik belgilarni va diagnozni tasdiqlash uchun bakterioskopik (bakteriyalar, sodda jonivorlar, zamburug‘lar va kandidalarning surtmada topilishi), bakteriologik (qo‘zg‘atuvchilarni ma’lum muhitlarga ekib ularni o‘stirib olib undan surtma tayyorlab mikroskop yordamida ko‘rib tasdiqlash) usullar qo‘llaniladi, bu usullarni imkon qadar etiotrop davo muolajalarini boshlamasdan aniqlash lozim. Etiotrop davo muolajalarini olishni boshlagan bemorlarda qo‘zg‘atuvchilarning topilish ishonchliligi kamayib boradi (qo‘zg‘atuvchilarning sista shakliga va sporalarga aylanishi va L-shakliga o‘tishi mumkin). Qonda qo‘zg‘atuvchilarga va ularning antigenlariga nisbatan antitalarni aniqlash uchun serologik taxlillar qilinadi (komplementni biriktirish reaksiyasi, gemaglyutinatsiya reaksiyasi, immunoflyuoressensiya va immunoferment analizlari). Oxirgi yillarda qo‘zg‘atuvchilar DNK va RNK sini polimerazali zanjirli reaksiya usullaridan foydalanib diagnozni oydinlashtirish keng yo‘lga qo‘yilmoqda. Instrumental tekshirish; bu usullar yordamida siydik pufagini sistoskopiya qilish, bachadon bo‘yinchasini va uning kanalini va bachadonni endometroskopiya qilish, ultratovush diagnostikasi, kichik tos a’zolarini laporaskopiyasi, zarurat tug‘ilganda bo‘g‘imlar jarohatlangan xollarda rentgen diagnostika usullaridan foydalaniladi. Jinsiy yo‘l orqali yuqadigan kasalliklar profilaktikasi; Jinsiy yo‘l orqali yuquvchi kasalliklarning maxsus profilaktikasi (maxsus vaksinalar, immunoglobulinlar bilan emlashlar) yetarlicha yo‘lga qo‘yilmagan. Maxsus bo‘lmagan umumiy profilaktik choratadbirlar qo‘llaniladi. Doimiy ravishda axoli o‘rtasida tibbiyot xodimlari tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish, ommaviy


308 axborot vositalarida maxsus ruknlarni namoyish etib borishdan iborat (kasallikning kelib chiqish sabablari, uning yuqish yo‘llari, og‘ir oqibatlari va oldini olish usullari xaqida). Aniqlangan bemorlarga majburiy davo muolajalarini o‘tkazish va ular orasida maxsus tushintirish ishlarini olib borishdan iborat. Bemor bilan jinsiy muloqotda bo‘lganlarni faol ravishda aniqlash ishlari va ularni nazoratga olish yo‘lga qo‘yiladi. Axoli o‘rtasida individual profilaktika xaqidagi tibbiy malaka maktab davridan yuqori sinf o‘quvchilari orasida maxsus kurslar tashkil qilib o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi. Zaxm Zaxm (Sifilis, syphilis lues) davrlar bilan kechuvchi, surunkali, yuqumli, sistemali kasallik (teri va ichki a’zolarning zararlanishi) bo‘lib, qo‘zg‘atuvchining organizmga kirish darvozasida (teri yoki shilliq qavat) birlamchi belgilarni (shankr-yara) paydo qilishi va keyinchalik qo‘zg‘atuvchilarning butun organizmga tarqalib terida o‘ziga xos toshmalar hosil qilishi va ichki a’zolarning zararlanishlari bilan harakterlanadi. Zaxm sekin rivojlanuvchi infeksiyalar guruhiga kiradi. Etiologiyasi: qo‘zg‘atuvchilari spiroxetalar guruhiga kiruvchi patogen oq treponemalar hisoblanadi. Ular bo‘yab ko‘rish uchun ishlatiladigan bo‘yoqlarni o‘ziga olmaganliklari uchun ham oq treponema deb ataladi. Treponemalar bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi. Noqulay sharoitlarda sista hosil qiladi yoki L-shaklga o‘tib, tashqi ta’sirotlardan (organizmda unga qarshi paydo bo‘luvchi immunitetdan, dori-darmonlardan) himoyalanadi. Organizmda hujayralararo muhitlarda va hujayralar ichida qolib ketgan sistaga aylangan treponemalar qulay sharoit tug‘ilganda qayta ko‘payish xususiyatiga ega. Epidemiologiyasi: kasallik manbai; zaxmda kasallik manbai faqat bemorlar va kasallikning yashirin davrida bo‘lgan odamlar hisoblanadi. Xozirgi kunda zaxmning boshqa kasallik manbalari aniqlanmagan. Bemorlar kasallikning yashirin davridan boshlab yuqumli bo‘lishadi. Eng yuqumlilik davri birlamchi va ikkilamchi zaxm davriga to‘g‘ri keladi. Birta bemor o‘rtacha 4-5 oy davomida eng yuqumli davrni boshidan kechiradi, bu davr o‘z vaqtida davolanmaganlarda yillab cho‘zilishi mumkin. Kasallikning atipik


309 shakli bilan og‘riganlar boshqa insonlar uchun epidemiologik xavfli bo‘lib qolishadi. Kasallikning yuqish yo‘llari; asosiy yuqish yo‘li jinsiy yo‘l hisoblanadi. Bemorlarning barcha suyuqlikliklarida qo‘zg‘atuvchilar borligi sababli, jinsiy yo‘ldan tashqari qon va qon preparatlari orqali, maishiy muloqot orqali (bevosita-bemor bilan o‘pishganda, bilvositabemor ishlatgan va zararlangan buyumlar orqali), vertikal (onadan homilaga o‘tishi), instrumentlar (tibbiy asbob-uskunalar, sartaroshlar, menyukir va pedyukir uskunalari) orqali yuqishi mumkin. Moyillik; homiladan tortib, barcha yoshdagilar kasallikka moyil. Kontagioz indeks o‘rtacha 30%ni tashkil qiladi. Moyillik jinsiy aloqaning davomiyligi, takroriyligi va jarohatli kechishi bilan bog‘liq. Transfuzion yo‘l orqali va homilaga vertikal yo‘l orqali yuqishi yuqori hisoblanadi. Xozirgi kunda ham zaxmning epidemiologik holati butun dunyoda dolzarbligicha qolmoqda. Patogenezi: Qo‘zg‘atuvchi kirish darvozasida ko‘payib, teri yoki shilliq qavatning yemirilishiga sababchi bo‘ladi, u yerdan limfa va qon orqali butun organizmga tarqala boshlaydi, shu vaqtda organizm spiroxetalarga nisbatan immun javobgarligini oshiradi. Immunitet shaklana borishi bilan spiroxetalar to‘qimalar va ichki a’zolarda hujayralar ichiga va hujayralar aro bo‘shliqlarga yashirina boshlaydi. U yerda ko‘payishga harakat qilishadi. Yashiringan spiroxetalarga nisbatan organizmda hujayraviy immunitetning shakllanishi kuzatiladi. Organizmning immun tizimini sustlashishiga ta’sir qiluvchi omillar spiroxetalarning qayta ko‘payishiga sababchi bo‘ladi. Spiroxetalarga nisbatan to‘liq shakllanmagan orttirilgan immunitet kasallikning to‘lqinsimon kechishiga sababchi bo‘ladi. Klinikasi: zaxmning klinik kechishi tipik va atipik shakllarga bo‘linadi. Tipik kechishi nisbatan qilib ajratilgan to‘rtta davrni o‘z ichiga oladi. 1.Yashirin davri (4-6 hafta davom etadi). 2.Birlamchi (seronegativ-zardob reaksiyalarining manfiy chiqishi (3-4 hafta davom etadi) va seropozitiv-zardob reaksiyalarining musbat chiqishi (3-4 hafta davom etadi)) zaxm. 3. Ikkilamchi (ikkilamchi yangi (1-2 oy davom etadi), erta yashirin (1-2 oy davom etadi), ikkilamchi qaytalanuvchi (1- 1,5 oy davom etadi) va kech yashirin (1-3 yil davom etadi)) zaxm. 4. Uchlamchi zaxm (uchlamchi yashirin va uchlamchi faol) davrlari.


310 Atipik zaxm-shankr amigdalit, shankr panaritsiy va indurativ shishli turlarga bo‘linadi. Bundan tashqari tug‘ma va orttirilgan zaxmga bo‘linib o‘rganiladi. Yashirin davri-o‘rtacha 4-6 haftani tashkil qiladi. Bu davr organizmning immun tizimini susaytiruvchi omillar ta’sir qilganida 1- 2 haftagacha qisqarishi (qo‘zg‘atuvchilar ko‘p miqdorda va takrortakror kirganda, teri yoki shilliq qavatlari butunligining buzilishi, spirtli ichmliklar ko‘p istemol qilish, sovqotish, boshqa yuqumli kasalliklar bilan og‘rib turish, ko‘p och yurish, radiatsiya nurlari, narkotiklar qabul qilish, OITS bilan og‘rish, xaddan tashqari asabiylashish) va 2-3 oygacha cho‘zilishi (qo‘zg‘atuvchilar kam miqdorda tushishi, teri va shilliq qavatning bar’er funksiyasi yaxshiligi, antibiotiklarni palapartish ist’emol qilish, organizmning umumiy qarshilik kuchining yuqoriligi, jinsiy muloqot vaqtida himoya vositalaridan foydalanish) mumkin. Birlamchi zaxm davriqo‘zg‘atuvchi kirish darvozasida birlamchi zaxm belgisi ya’ni teri yoki shilliq qavat jarohatlanishidan boshlanadi. Terida yoki shilliq qavatda eroziya paydo bo‘ladi, u asta sekin kattalashib va chuqurlashib yaraga (shankrga) aylanadi. 124-rasm Yara og‘riqsiz, qizg‘ish rangda, qirrasi tekis, tubi qizg‘ish go‘sht rangida bo‘ladi. Ularning atrofini qattiq infiltrat o‘rab oladi. Infiltrat og‘riqsiz bo‘lib, u teri sathidan biroz ko‘tarilib turadi. Yara yuzasini ba’zida qoramtir yoki qizg‘ish qaloq qoplab oladi. Bir vaqtning o‘zida eroziya yoki yara birta yoki bir nechta bo‘lishi mumkin. Ular bir vaqtning o‘zida turli sohalarda uchrashi ham kuzatiladi. Yaralarning o‘lchami 2-3 millimetrdan tortib, 1-2 santimetrgacha yetishi mumkin. Ko‘pincha shankr (yara yoki eroziya) jinsiy a’zolar sohasida jinsiy olatda, yorg‘oqda, katta va kichik uyatli lablarda, qinda, bachadon bo‘yinchasida, qov sohasida, anus atrofida uchraydi (124-rasm). Ba’zi xollarda barmoqlarda, labda, tanglayda, tomoqda, to‘g‘ri ichakda va terining istalgan boshqa sohasida uchrashi mumkin. Davolanmagan


311 xollarda yaralar o‘rtacha 3-4 haftadan 6-8 haftagacha saqlanadi. Shankrlar paydo bo‘lgan sohalarda avvaliga regionar (mahalliy) limfa tugunlari kattalashganligi kuzatiladi. Jinsiy a’zolar sohasi zararlanganda chov limfa tugunlari kattalashadi, bachadon, anus atrofi va to‘g‘ri ichakda yaralar bo‘lganda kichik chanoq limfa tugunlari, labda, og‘iz shilliq qavatida, til, tanglay, va tamoqda yaralar rivojlanganida jag‘ osti, bo‘yin va ensa sohalari limfadeniti, barmoqlarda shankrlar uchrasa qo‘ltiq osti limfa tugunlari kattalashishi kuzatiladi. Limfa tugunlari qattiq, og‘riqsiz, suriluvchan bo‘ladi. Ba’zida limfadenit belgilariga limfangit ham qo‘shiladi. Bu davrda xali qonda antitelolar miqdori yetarlicha shakllanmaganligi sababli serologik tekshirishlar o‘tkazilganda manfiy natija beradi. Bu davr zaxmning birlamchi seronegativ davri deb ataladi. Seronegativ davri o‘rtacha 3-4 hafta davom etadi. Bu davrda faqat eroziyadan yoki yaralardan (shankr) olingan surtmalarda bakterioskopik usulda oq treponemalarni topish bilan diagnoz to‘liq tasdiqlanadi. Birlamchi seronegativ davrida bemorning umumiy ahvoli o‘zgarmaydi, ish qobiliyatini yo‘qotmaydi. O‘z vaqtida diagnoz qo‘yib davolanmagan xollarda kasallik davom etib, treponemalar limfogen yo‘llar orqali organizmga ko‘payib taraqala borishi kuzatiladi. Bu esa organizmdagi juda ko‘plab limfa tugunlarining yalig‘lanishi va javob reaksiyasi bilan kechadi, ular kattalashib qoladi (poliadenit). Organizmning umumiy holatida ham o‘zgarishlar kuzatilib bemorda yengil xolsizlik, tana haroratining subfebrilitet bo‘lishi kuzatiladi. Qonda treponemalarga nisbatan antitelolar miqdorining ortib borishi hisobiga qondagi serologik reaksiyalar keskin musbatlasha boradi. Bu davr birlamchi seropozitiv zaxm davri deb yuritiladi. Birlamchi seropozitiv zaxm davri o‘rtacha 3-4 hafta davom etib, bu davrda ham hosil bo‘lgan yaralar saqlanadi. Qonda leykotsitoz kuzatiladi. Birlamchi zaxm davri klinik belgilarsiz kechsa va serologik reaksiyalar musbat bo‘lsa birlamchi yashirin zaxm deb yuritiladi. Terida toshmalar toshishi bilan ikkilamchi zaxmga o‘tgan davri hisoblanadi. Ikkilamchi zaxm davri-teri va shilliq qavatlarda toshmalar toshishi bilan boshlanadi (125-rasm).


312 Ikkilamchi zaxm to‘lqinsimon kechadi, ya’ni tanaga toshadigan toshmalar bir avj olib, ma’lum bir muddatdan so‘ng so‘nib yana qaytalanishi kuzatiladi. Shuning uchun ikkilamchi zaxm o‘z navbatida kechimiga qarab bir necha davrlarga bo‘linib o‘rganiladi. Soch follikulalari, ichki a’zolar 125-rasm (gepatitlar, nefrozlar, pankreatitlar, artritlar, periostitlar) va neyroendokrin tizimi jarohatlanishlari kuzatilishi bilan kechadi. Ilkinchi bor zaxm toshmalari toshish davri ikkilamchi yangi zaxm davri deb ataladi. Oq treponemalar avj olib ko‘payib butun organizmga tarqaladi. Bu davrda badanga tarqoq (ko‘krak, yelka, qorin, bel, muchalar, yuz va boshning sochli sohalari) rozeolyoz (ko‘p sonli rozeolalar) dog‘li, papulyoz (ko‘p sonli tugunchalar) toshmalar toshadi. Pustulalar, pufakchalar, eroziyalar va ba’zi og‘ir xollarda chuqur yaralar (ektima) paydo bo‘ladi. Toshmalar turtkisimon ko‘rinishda toshadi, ya’ni bir toshib oradan bir-ikki hafta o‘tgach yana yangi toshmalar toshadi. Shuning uchun ko‘p xollarda toshmalar poimorfizmi kuzatiladi (bir vaqtning o‘zida bir necha xil toshmani ya’ni rozeola, papula, pufakcha, eroziya yoki ektimani ko‘rish mumkin) Toshmalar bilan birga poliadenit kuzatiladi. Davolanmagan xollarda ikkilamchi yangi zaxm o‘rtacha hisobda 1-2 oy saqlanib toshmalar asta-sekin yo‘qolib ketib, limfa tugunlari ham kichiklashadi. Ikkilamchi yangi zaxm davri juda yuqumli hisoblanadi. Bemorga toshgan toshmalar tarkibida qo‘zg‘atuvchilar aniqlanadi. Bemorda barcha klinik belgilar so‘nadi. Faqat qondagi serologik reaksiyalar titri biroz pasaygan holda saqlanadi. Barcha klinik belgilarning so‘nishi ikkilamchi erta yashirin zaxm davri boshlanganligini bildiradi. Bu davrda barcha klinik belgilar ya’ni teriga toshgan toshmalar so‘rilib ketgan faqat ularning o‘rnida ikkilamchi disxromiyalar yoki chandiqchalar, terining atrofiyalangan sohalari qolgan bo‘lishi mumkin. Qonda serologik reaksiyalar titri biroz pasaygan holda bo‘lsa ham ular saqlangan bo‘ladi. Diagnoz shu serologik tirtlarga qarab qo‘yiladi. Ikkilamchi yangi yashirin zaxm


313 davri o‘rtacha 1,5-2 oy davom etadi. Bu davrning qanchlik tez yoki kech boshlanishi ko‘pincha organizmning immunbiologik holatiga bog‘liqdir. Bemor o‘zini yaxshi parvarish qilib borsa yoki boshqa kasalliklarga chalinishi oqibatida antibakterial preparatlarni ist’emol qilganida ikkilamchi erta yashirin zaxmning davomiyligi cho‘zilib ketadi. Immun tizimini tushiruvchi omillarning ta’siri kasallik belgilarining tez qaytalanishiga ya’ni ikkilamchi residivlanuvchi (qaytalanuvchi) zaxmning rivojlanishiga sababchi bo‘ladi. Davolanmagan organizmda treponemalarning ko‘payishi, klinik belgilarning qayta rivojlanishiga ya’ni toshmalar toshishiga sababchi bo‘ladi. Terining ayrim sohalarida ikkilamchi sifilidlar vujudga keladi va bu davr ham o‘rtacha 1,5-2 oy davom etadi. Ikkilamchi kaytalama zaxmdagi toshmalar soni ikkilamchi yangi zaxmdagiga nisbatan kamroq, kattaroq, guruhlashishga moyil bo‘lib, atrofdagilarning e’tiborini o‘ziga jalb qilmaydigan mis rangli toshmalar bilan ajraladi. Yengil poliadenit rivojlanib, serologik reaksiyalar musbat bo‘ladi. Bu davrda bemorlarning sochlari va qosh-kipriklarining o‘choqli-o‘choqli ko‘rinishda to‘kilishi kuzatiladi. Qoshlarning zinapoyasimon to‘kilishi kuzatilishi mumkin. Bemorlar o‘z vaqtida davolanganlarida sochlar qayta tez tiklanadi. Ikkilamchi qaytalanuvchi zaxmga leykoderma xos bo‘lib, ko‘pincha yelka bel va qorin sohalarida terining gipoxromiyasi kuzatiladi. Residiv davri keyinchalik yashirin (latent) zaxm davrlari bilan almashinib kechadi, ya’ni ikkilamchi kechki yashirin davr deb yuritiladi. Davrlar har gal uzoqroq davom etadi va ikkilamchi kaytalama zaxm bir necha bor kuzatilishi mumkin. Ikkilamchi zaxm qancha eskirib borsa, toshmalar soni ham shuncha kamayib boradi. Ikkilamchi kechki yashirin zaxm erta yashirin zaxmdan farqli o‘laroq, serologik reaksiyalar titri past bo‘ladi. Uchlamchi zaxm-kasallik yukqanidan so‘ng kamida 3-5 yil (ba’zida 10 yilgacha cho‘zilishi mumkin) o‘tgach, davolanmagan yoki to‘liq davolanmagan bemorlarda kuzatilishi mumkin. Kasallikning uchlamchi zaxmga o‘tish xollari davolanmaganlarda o‘rtacha 5-10% ni tashkil qiladi. Uchlamchi faol va uchlamchi yashirin zaxm ko‘rinishida kechadi. Kasallikning faol davrida teri, teri osti yog‘ qavatida va shilliq qavatlarda 3-5 mm li infiltratdan iborat do‘mboqchali va 1-5 sm kattalikdagi gummoz (bir nechta tugunlar) toshmalar bilan kechadi.


314 126-rasm Ular avvaliga qattiq bo‘ladi. Ba’zida uchlamchi rozeolalar holida toshmalar (sifilidlar) kuzatilishi xos. Do‘mboqchalar va gummma (tugun) ichiga yig‘ilgan hujayralardan (himoya hujayralari) iborat infiltrat bir necha muddatdan keyin (oylar ba’zida yillar o‘tib) to‘qimalarning yemirilishiga sababchi bo‘ladi (126-rasm). Natijada do‘mboqcha va gummalar zichligi bo‘shashib qoladi. Ularning teri yuzasiga ochilishi ichidan quyuq, qaymoqsimon, shilimshiqli, yopishqoq ajralmalarning ajralishiga sababchi bo‘ladi. Natijada yaralar hosil bo‘lib, ular keyinchalik chandiqlanib bitadi. Tugunlarning teri va shilliq qavatlarda paydo bo‘lishi xayot uchun xavf tug‘dirmaydi. Ularning xayot uchun muhim bo‘lgan ichki a’zo va to‘qimalarda paydo bo‘lishi xavfli hisoblanadi. Harakat, ko‘ruv, eshituv a’zolari, nerv sistemasining zararlanishi kishini umrbod mayib qilib qo‘yadi. Yuz sohasi zararlangan bo‘lsa, bemorlar badbashara, burun skeleti zararlanganda tog‘ay to‘qima yemirilib, burni egarsimon bo‘lib qoladi. Uchlamchi zaxmga yo‘liqqan bemorlarning ayrimlarida markaziy va periferik nerv sistemasining zararlanishi oqibatida falajlar va orqa miya so‘xtasi kabi nogironlikka olib keluvchi o‘zgarishlari uchraydi. Uchlamchi yashirin zaxm kechishi faqatgina serologik reaksiyalar yordamida aniqlanadi. Uchlamchi zaxm davrida organizmda treponemalar kam bo‘lib, bunday bemorlar epidemilogik xavf tug‘dirmaydi. Gumoral immun tizim kuchsizlangan bo‘ladi, organizm himoya reaksiyalarida hujayraviy immunitet ustunlik qiladi. Tug‘ma zaxm Tug‘ma zaxm deb, zaxm bilan og‘rigan onadan homilaga plasenta orqali o‘tib homilada va bola tug‘ilgandan keyin ma’lum bir muddat o‘tgach rivojlanadigan zaxmga aytiladi. Uning rivojlanish muddatiga qarab bir qancha turlarga bo‘lib o‘rganish qabul qilingan.


315 Tug‘ma zaxmning turlari: Homila zaxmi Ko‘krak yoshdagi bolalar zaxmi (bir yoshgacha) Erta tug‘ma zaxm (1-4 yosh) Kechki tug‘ma zaxm (5-14 yosh) Tug‘ma yashirin zaxm. Homila zaxmi-zaxm bilan homiladorlikkacha yoki homiladorlikning ilkinchi davrlarida og‘rigan ayollarning homilasida patalogik jarayonlar ro‘y beradi. Qo‘zg‘atuvchilar homilaga kirgandan keyin unda qator patologik o‘zgarishlar hosil qiladi, natijada homila zaxmi rivojlanadi. Zaxm bilan og‘rigan onada homiladorlikning oqibati har xil bo‘lishi mumkin. Homiladorlikning 5-6 oylarida homilani tashlash, vaqtidan ilgari tug‘ish. O‘lik bola organlarida zaxmga xos o‘zgarishlar ro‘y bergan homilani tashlash kuzatiladi. Tushgan homilaning terisi shilingan, oqimtir bo‘ladi, teri ayrim joylari ko‘chishi mumkin. Ularning jigar va talog‘i kattalashadi, zichlashadi, qo‘ng‘ir tusga kiradi. Tushgan homila to‘qimalarida spiroxetalar juda ko‘p bo‘ladi, to‘qimalarda infiltratlar bo‘ladi. Uzun naysimon suyaklarning zararlanishi homila zaxmiga xos belgidir. Bola vaqtidan oldin tirik tug‘ilishi mumkin, ammo unday bolalar yashamaydi. Ko‘krak yoshdagi bolalar zaxmi (bir yoshgacha) - homiladorlikning ikkinchi yarmida zaxm bilan og‘rigan ayollardan tug‘ilgan bolalarda uchrab ularda tug‘ilgan vaqtda yoki keyinroq zaxmning klinik alomatlari ko‘rinib qoladi (127-rasm). Ko‘krak yoshidagi bolalar zaxmining klinik belgilari bola 127-rasm hayotining dastlabki ikki oyida paydo bo‘ladi. Ko‘pincha tug‘ma zaxm belgilari bilan tug‘iladi. Bolada tug‘ma zaxmning klinik belgilari qancha erta paydo bo‘lsa, kasallikning kechishi shuncha og‘ir o‘tadi. Bunday bolalar nimjon, yetarli og‘irligini ololmagan (bolaning vazni 2kg dan kam), jismonan zaif bo‘lishadi, ozg‘inligidan terisi burmalarga aylangan, ajin bosganga o‘xshab qolishadi. Yuz qiyofasining ko‘rinishi qariyalar yuziga o‘xshab qoladi. Bunday bolalar sababsiz nolish qilib


316 chinqiraydilar. Teri va shilliq qavatlarida juda ko‘p va har xil toshmalar paydo bo‘lishi, suyak va ichki organlarning zararlanishi bilan o‘tadi. Ko‘pincha ularning terisida ko‘plab qavarchiqsimon infiltratlar aniqlanadi. Ular ko‘pincha kaft, tovon, yuz, dumba sohalarida joylashadi. Ko‘pincha lunj, lab, iyak, peshona sohalari zararlanadi. Zararlangan joylarda avvalo pushti qizil dog‘lar paydo bo‘ladi. Bu joylarda teri qalinlashadi, zichlashadi, taranglashadi, u to‘q qizil tusga kiradi. Dog‘larning yuzasi silliq bo‘lib, yaltirab turadi. Keyinchalik dog‘lar qo‘ng‘ir jigar rangga aylanib, ularning yuzasi tangasimon qipiqlana boshlaydi. Ba’zi sohalardagi yoyilgan infiltratlar yemirilib eroziyaga aylanadi. Eroziyalardan seroz ekssudat ajralib turadi va ularning yuzasi qaloqlar bilan qoplanadi. Ekssudatlar tarkibida juda ko‘p miqdordagi spiroxetalar topiladi. Lablardagi terida juda ko‘p yoriqlar paydo bo‘ladi. Bu yoriqlar bitgandan so‘ng, umrbod chandiqlar qoladi. Kamdan-kam xollarda erta yoshdagi bolalar zaxmida terisi va shilliq qavatlarida pufakchalar paydo bo‘ladi. Pufakchalar ko‘pincha kaft va tovonda uchraydi. Pufakchalar ichidagi serroz suyuqlikning tez loyqalanib yiringlashi ya’ni ularning pustulalarga aylanishi sodir bo‘ladi. Pufakchalar va pustulalar tarikbida juda ko‘p miqdorda oq treponemalar topiladi. Pustulalar bilan kechishi kasallikning juda og‘ir kechishidan darak beradi. Ko‘p xollarda chaqaloqlar terisida tugunchalar (papulalar) toshadi. Yaqin joylashgan papulalar bir-birlari bilan qo‘shilib ketishiga moyil bo‘lishadi. Burunning shilliq qavati bola ona qornida bo‘lgan paytidan boshlab yoki tug‘ilgandan keyin jarohatlanishi mumkin. Bu chaqaloqlarda uchraydigan zaxm tumovi deb yuritiladi va bu jarohatlanish uchta davrga bo‘linadi. 1. Eritematoz davri, bunda burnining shilliq qavatida shish va qattiqlik infiltrati bo‘ladi. Bu bolaning umumiy ahvoliga ta’sir kursatmaydi. 2. Sekretor-infiltratli davri, shilliq qavatlar shishib biroz kattalashadi va burun bo‘shlig‘ini toraytirib qo‘yadi. Burundan juda ko‘p yiring kela boshlaydi. Burun orqali nafas olish qiyinlashadi, bola qiynalib nafas oladi. Ayrim paytlarda nafas ololmay qoladi. Bunday paytlarda bola emishda qiynaladi, yig‘laydi va ozib ketadi. Zaxmga xos tumov bola tug‘ilganidan keyin aniqlanadi.


317 3. Infiltratlarning yaraga aylanishi davri, bu davr surunkali va og‘ir o‘tadi. Davolashga juda sekin beriladi. Infiltratlangan shilliq qavatlarning yaraga aylanishi, jarayonning burun suyaklari va to‘sig‘iga tarqalishi bilan kechishi mumkin. Natijada burun to‘qimasi yemirilib teshiladi, burunning beli pasayadi va burun egarsimon bo‘lib qoladi. Burun bo‘shlig‘idan ajralayotgan ekssudat tarkibida juda ko‘plab treponemalar topiladi. Bolalarda tug‘ma zaxmda suyaklarning zararlanishi juda ko‘p uchraydi. Emadigan bolalarda ostexondrit, pereostit, osteoperiostitlar bo‘lishi mumkin. Ko‘krak yoshdagi bolalar zaxmi osteoxondriti-bemor bolalarning 80-85%ida oyoqning naysimon uzun suyaklari zararlanadi. Osteoxondritda suyaklarning juda ko‘p o‘zgarishlari, ba’zan epifizlarning diafizlardan batamom yoki qisman ajralishiga olib boradi. Bunday xillarda bola kasal oyog‘i yoki qo‘lini uzatib tanasiga bosib turadi. Kasal oyog‘ini tizzasini bukib qorniga tortib turadi. Qo‘loyoqlarini harakat qildirmaydi. Agarda qo‘l-oyoqni harakat qildirsa, bola chinqirab yig‘laydi. Og‘riq kuchli bo‘ladi. Ko‘krak yoshdagi bolalar zaxmida ichki organlarning zararlanishi juda ko‘p uchraydi. Bemorlarning 80 % da jigar va talog‘i kattalashadi, qattiqlashib zichlashadi. O‘g‘il bolalarda moyak va uning ortig‘i kasallanadi. Kasallangan moyak kattalashadi, qattiq bo‘ladi, og‘rimaydi, moyakda ekssudat yig‘ilishi mumkin. Limfa tugunlari kattalashadi. Bemorlarda Vasserman va cho‘kma reaksiyalar doimo musbat bo‘ladi. Ko‘krak yoshdagi bolalar zaxmi bilan og‘rigan bolalarda turli xil boshqa kasallikka moyillik yuqori bo‘lib, ularga chalinganda juda og‘ir o‘tadi. Jarayon surunkali kechib, ko‘pincha o‘lim bilan tugaydi. Erta tug‘ma zaxm-asosan ma’lum bir muddat (1-3 yil) bola organizmida immunitetning rivojlanganligi hisobiga yashirin kechib, keyinchalik, 2-4 yoshligida kasallik alomatlari ko‘rinib qoladi. Teriga pufakchalar va pufaklar toshishi mumkin. Ko‘pincha ularning tezda ochilishi hisobiga eroziyalanib qoladi. Pufakchalar ichidagi suyulikda qo‘zg‘atuvchilar topiladi. Pufaklar ko‘pincha og‘iz, burun shilliq qavatlarida uchraydi. Bolalarning orqa chiqaruv teshigi atrofida keng serbar kondilomalar paydo bo‘ladi. Uzun suyaklarda periostitlar bo‘lishi mumkin. Zaxm infeksiyasi bolalarning umumiy rivojlanishiga yomon ta’sir qiladi. Ko‘krak yosh


318 bolalarida va erta tug‘ma zaxmning klinik alomatlari bo‘lmaganida yashirin tug‘ma zaxm to‘g‘risida fikr yuritiladi. Kechki tug‘ma zaxm- bunga 4 yoshdan voyaga yetgunga qadar ro‘y beradigan tug‘ma zaxmning klinik belgilarining rivojlanishi tushiniladi. Kechki tug‘ma zaxm belgilari 20-25 yoshgacha va undan oshgan kishilarda ham rivojlanishi mumkin. Ko‘pincha kechki tug‘ma zaxm belgilari 6-7 yoshdan, 14 yoshga qadar kuzatiladi. Xuddi ortirilgan uchlamchi zaxmdagi belgilarga o‘xshab, terida va shilliq qavatlarda do‘mboqchali va gummali sifilidlar (elementlar), suyaklarda va ichki organlarda gummalarning paydo bo‘lishi bilan kechadi. Shu bilan birga faqat kechki tug‘ma zaxmga xos bo‘lgan belgilar kuzatiladi. Getchinson uchlik belgisi kechki tug‘ma zaxm uchun juda ham xosdir. Bular parenximatoz keratit, ichki quloqning zararlanishi va tishlarning o‘zgarishidan iboratdir. Parenximatoz keratit kechki tug‘ma zaxm bilan og‘rigan bemorlarning deyarli yarmida yuz beradi. Bu kasallik surunkali o‘tadi va ko‘z muguz qavatining xiralanishi hamda ko‘rish qobiliyati pasayishining, hatto ba’zi hollarda mutlaqo ko‘r bo‘lishi bilan tugaydi. Ichki quloqning zararlanishi tez rivojlanadi. Har ikkala quloq kasallanadi. Bemorning quloqlarida to‘satdan shovqin paydo bo‘ladi. Eshitish qobiliyati keskin pasayadi. Ayrim paytlarda kar bo‘lib qoladi. Vestibulyar apparatning zararlanishi hisobiga bemorning boshi aylanishi mumkin. Ba’zida muvozanatni yo‘qotishi mumkin. Davolash ancha qiyinchilik tug‘diradi. Yuqori jag‘dagi tishlar shaklining harakterli o‘zgarishiga Getchinson tishlari deyiladi. Ularning asosi keng bo‘lib, bosh chakkasi tor bo‘ladi, ko‘pincha qiyshiq o‘sadi. Boldir suyagining qilichsimon zararlanishi yoki qilichsimon boldirlar tug‘ma kechki zaxmda ko‘p uchraydi. Boldir suyagi egilib, do‘ppayib oldinga chiqadi, qilich shaklini egallaydi. Bu hodisa bemorlar osteoxondrit bilan kasallanganda paydo bo‘ladi. Katta boldir suyagining oldingi yuzasi qalinlashadi, g‘adir-budir bo‘lib qoladi, uning qirrasi tekislanadi. Tug‘ma kechki zaxmda asosan bemorlarning suyaklarida va tishlarida qator o‘zgarishlar bo‘ladi. Bu o‘zgarishlarga zaxm diftrofiyalari deyiladi. Bularga o‘ng o‘mrov suyagini to‘sh suyagiga yopishadigan joyini qalinlashishi, to‘sh suyagida xanjarsimon o‘siqning bo‘lmasligi, bosh suyagi shaklining o‘zgarishi, qattiq tanglayning torayishi va baland bo‘lishi, tishlarning qing‘ir-qiyshiq joylashishi, egri-bugri bo‘lishi va boshqa distrofik o‘zgarishlar kiradi.


319 Tug‘ma kechki zaxm bilan og‘rigan bemorlarda aksariyat nerv sistemasi ham zararlanadi. Ko‘p holatlarda bemorlar aqliy jihatdan rivojlanmay qoladi. Klinik belgilari bo‘lmagan tug‘ma kechki zaxm, tug‘ma yashirin zaxm deb aytiladi. Diagnostikasi: zaxmning diagnositikasida bemorlarning sub’ektiv va ob’ektiv shikoyatlariga, epidemiologik anamnezga, kasallik rivojlanish tarixiga, kasallik davrlariga e’tibor beriladi va bularning hammasi laborator usullar yordamida tasdiqlanadi. Zaxmning birlamchi seronegativ davrida qo‘zg‘atuvchini aniqlash uchun faqat yaralardan olingan surtmalarda bakteriologik yoki bakterioskopik usulni qo‘llash yordam beradi. Seropozitiv davrida yaralardan olingan surtmadan treponemalarning topilishi bilan birga serologik taxlillar ham musbatlashadi (Vasserman reaksiyasi, ekspress diagnostika, oq treponemalarni immobilizatsiyalanish reaksiyasi va x.k). Ikkilamchi zaxmda serologik reaksiyalarning keskin musbat bo‘lishi, toshmalardan olingan surtmalardan treponemalarning topilishi xosdir. Davosi: zaxm diagnozi qanchalik erta qo‘yilib davo muolajalarining ertaroq boshlanishi, davo samaradorligini oshiradi. Davo muolajalarini olib borayotgan vaqtda treponemalarning xususiyatlarini e’tibordan qoldirmaslik lozim. Ular hujayralar ichi va oralig‘i infeksiyasiga kirishi, berilayotgan antibakterial etiotrop dori preparatlarining terapevtik miqdorini hujayralar ichida va oralig‘ida yetarli miqdorda hosil qilish muhim ahamiyatga egadir. Antibiotiklarning organizmda saqlanish muddati, terapevtik va yuqori miqdorlarini hosil qilishi, organizmning bar’er (to‘siqlaridan) to‘qimalaridan o‘ta olishi ham inobatga olinadi. Xozirgacha penitsillin va uning analoglari shu xususiyatlari bilan boshqa antibakterial preparatlarida ajralib turadi. Treponemalar penitsillinga sezgir hisoblanadi. Penitsillin qo‘llanilganda kasallikning davrlariga bog‘liq holda va og‘irligiga qarab individual miqdori buyuriladi. Penitsillining kunlik miqdorini 20 mln. TB gacha, zarurat tug‘ilganda 50-60 mln. TB ga chiqarish mumkin. Profilaktikasi: maxsus profilaktikasi ishlab chiqilmagan. Jinsiy aloqa vositasida yuquvchi kasalliklarni profilaktika qilishdagi himoya vositalaridan foydalanish tadbirlari qo‘llaniladi.


320 So‘zak So‘zak (gonoreya)-o‘ta yuqumli kasallik bo‘lib, qo‘zg‘atuvchining organizmga kirgan sohalarida ayniqsa silindrik epiteliy qavatlarida, yiringli ekssudativ yallig‘lanish keltirib chiqarishi bilan kechadi. Etiologiyasi: qo‘zg‘atuvchisi gonokokklar bo‘lib, ular grammanfiy diplokokk hisoblanadi. O‘lchami; uzunligi 1,25 – 1,6 mkm va eniga 0,7-0,9 mkm keladi. Antiseptik preparatlari, 56°S dan yuqori harorat, qurib qolishi, to‘g‘ri ta’sir qilgan quyosh nuri ta’sirida ular tez halok bo‘lishadi. Gonokokklar past haroratda va ajralmalarda o‘zlarining patogenligini yaxshi saqlaydi (yiringda 4-5 soatgacha). Ular muhitda juft-juft bo‘lib, xuddi loviyaga o‘xshab botiqlik tomonlari birbiriga qarab joylashadi. Elektron mikroskopda ko‘rilganda gonokokklar juda murakkab tuzilganligi aniqlanadi, ularning nozik xivchinlari bo‘lib, bu xivchinlar hujayralarga yuqish qobiliyatini oshiradi. Mikroskop ostida ko‘rganimizda, gonokokklar ko‘pincha makrofaglar yoki leykotsitlar ichida joylashganligini ko‘ramiz. Gonokokklar odatda anilin bo‘yog‘i bilan Gramm usulida bo‘yaladi. Gonokokklar parazitlik qiladilar, ayniqsa qaysi bir a’zo silindrik epiteliyali hujayralaridan iborat bo‘lsa, shu yerga tushib o‘sadi va ko‘payadi. Ular ko‘pincha siydik kanali, bachadon bo‘yni, ko‘z shilliq pardasi, to‘g‘ri ichak, silliq terini shikastlantiradi. Odam shilliq qavatlarida juda yaxshi yashay oladi. Tashqi muhitga chidamsiz bo‘lib, tezda halok bo‘ladi. Ajralmalarda bir necha kungacha patogenligini saqlashi mumkin. O‘tkir kechayotgan davrda leykotsitlar ichida joylashgan juda ko‘p miqdordagi qo‘zg‘atuvchilar aniqlanadi. Kasallikning surunkali davrlarida ajralmalar miqdori kamayib, ularda gonokokklar kam miqdorda uchraydi. Ba’zida ularni aniqlash uchun provakatsiya (qo‘zitish) usullaridan va ekmalardan foydalangan holda aniqlanadi. Noqulay sharoitlarga tushganda gonokokklar L-shaklga o‘tib, o‘zini himoya qiladi. Gonokokklarning 37°S da sun’iy muhitlarda (odam oqsili mavjud assitik agarida) o‘sish xuxusiyati bor. Gonokokklarning ba’zi bir shtammlari penitsilinaza fermentini ishlab chiqish xususiyatiga ega. Epidemilogiyasi: kasallik manbai; faqat bemor odamlar yoki kasllikning yashirin shakli bilan kechuvchi shaxslar hisoblanadi. Kasallikning yuqish yo‘llari: Bevosita va vositali yuqish yo‘llari


321 ajratiladi. Asosiy yuqish yo‘li jinsiy muloqot orqali bo‘lib, maishiymuloqot orqali ham yuqadi. Chaqaloqlar tug‘ilayotgan vaqtlarida onaning tug‘ruq yo‘llarida gonokokklar mavjud bo‘lsa ham zararlanishlari mumkin. Tibbiy asbob-uskunalar orqali ham yuqishi isbotlangan. Kasallikka moyillik; chaqaloqlardan tortib hamma yoshdagi odamlar bu kasallikka chalinishi mumkin. Kasallik o‘rta yoshdagi odamlarda (18-40 yosh) juda ko‘plab qayd qilinadi. Ko‘pincha pala-partish jinsiy muloqotda bo‘luvchilar kasalllanadi. Xozirgi kunda ham epidemiologik holat barqarorligicha qolmoqda. Immunitet. Gonokokklar hujayra ichi infeksiyasi bo‘lganligi sabali, organizmda gumoral va hujayraviy reaksiyalar sodir bo‘lib, qo‘zg‘atuvchiga qarshi immunitet to‘liq shakllanmaydi. Bemorlar bir necha marotaba kasallanishlari mumkin (Reinfeksiya deb ataladi). Qisman shakllangan gonokokka qarshi antitanalar IgG, IgM, IgA sinfiga mansubdir. Gonoreya bilan takror-takror kasallanish organizmdagi maxsus antitelalar miqdorining ortib borishiga sababchi bo‘ladi. Gonokokkli infeksiyada superinfeksiya ham xosdir (kasallanib turganda qayta yuqtirish). Patogenezi: So‘zakda patalogik jarayon qo‘zg‘atuvchining ya’ni gonokokklarning birlamchi kirish darvozasi sohasining yallig‘lanishi bilan chegaralanadi. Shundan kelib chiqib, yuqish yo‘liga bog‘liq holda jinsiy a’zolar gonoreyasi (genital soha gonoreyasi), ekstragenital (ko‘z, tomoq, teri, to‘g‘ri ichak) joylashishi va har ikkalasining asorati sifatida tarqalgan (metastatik) shakllariga ajratish qabul qilinadi. Gonokokklar silindrik epiteliy hujayralarida (uretra, servikal kanal, to‘g‘ri ichakni pastki distal qismi, kon’yunktiva) parazitlik qilishiga moslashgan. Ko‘p qavatli yassi epiteliy shilliq qavatlari (tashqi jinsiy a’zolar sohasi, yutqin) va teri juda kamdan kam xollarda qulay muhit paydo bo‘lgan xollardagina (mexanik, kimyoviy, termik jarohatlanishlarda, organizmning gormonal almashinuvi buzilishi hisobiga immun tizimi sustlashganda) jarohatlanadi. Gonokokklar o‘zlarining xivchinlari bilan moyil shilliq qavatlarga yopishib oladi. Ular shunchalik tez shilliq qavatga birikib olishadiki xatto jinsiy muloqotdan keyin peshoblash ham deyarli foyda bermaydi (erkaklar gonoreyasida). silindirik epiteliy hujayralari juda ko‘p virulent mikroorganizmlar uchun ularning krishiga va ko‘payib yallig‘lanish keltirib chiqarishlari uchun juda qulay sharoit yaratib beradi. Ayollar va erkaklar uretrasining shilliq qavatiga tushgan gonokokklar 3-4 kundan keyin subepitelial


322 biriktiriuvchi to‘qimalarga kirib u yerda yallig‘lanish jarayonini keltirib chiqaradi. Natijada neytrofillar, limfotsitlar va plazmatik hujayralarning yallig‘lanish o‘chog‘iga migratsiyalanishi kuzatiladi, bu yiringli ekssudatlanishga sababchi bo‘ladi. Epiteliy hujayralarining fagotsitozi hisobiga gonokokklar epitelial hujayralar ichiga kirib olib joylashadi. Gonokokklarning epiteliy osti qavatlariga kirish muddati kasallikning yashirin davrini belgilab beradi. Shularga bog‘liq holda kasallikning yashirin davri 1 kundan 1 oygacha davom etadi. O‘rtacha hisobdan 3-4 kunni tashkil qiladi. Gonokokkklar faqatgina shilliq qavatlarga migratsiyalanmasdan, limfa yo‘llariga va tomirlariga kirib olish va tarqalish xususiyatiga ham egadir. Bu holat gonokokklarning mahalliy o‘choqdan atrof to‘qimalarga tarqalishiga sharoit yaratib beradi. Shilliq qavatlar orqali gonokokklarning yuqoriga qarab tarqalishi hisobiga bo‘shliqli a’zolarning (siydik pufagi, bachadon va qorin bo‘shlig‘i) asoratlanishiga ham olib keladi. Urug‘ chiqarish kanalining antiperesaltikasi hisobiga urug‘ yo‘llarini va moyakni va uning ortig‘ini zararlashi mumkin. Jinsiy a’zolarni va prostata bezini qo‘pol massaj qilganda yoki siydik chiqarish kanaliga instrumentlar kiritilganda infeksiyani ichkariga olib kirish xollari ham uchrab turadi. Gonokokklarning gematogen tarqalishi juda kamdan-kam xollarda uchrashi mumkin. Qon zardobidagi killing-omillar ta’sirida gonokokklar tezda halok bo‘lishadi. Immun tizimi juda sustlashib ketgan holatlarida va qon zardobining bakteriotsid ta’siri kamayib ketganida gonokokkli sepsis rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Klinikasi: Anatomik tuzilishi va fiziologik faloliyatining farqlari borligini e’tiborga olib erkaklar so‘zagining ayollar so‘zagidan klinik kechimi, asoratlar va oqibatlari bo‘yicha bir qancha farqli tomonlari mavjudligi sababli so‘zak kasalligini erkaklar va ayollar so‘zagiga bo‘lib o‘rganish qabul qilingan. Ularning har biri o‘z navbatida jarohatlanadigan a’zo va sohalarga hamda jarohatlanish vaqtiga qarab turlicha bo‘linadi. So‘zak tasnifi: Erakalar so‘zagi: Jarohatlanadigan a’zolariga qarab: 1.Uretrit 2.Parauretrit 3.Prostatit 4.Vezikulit 5.Orxit 6.Balanopostit 7.Kuperit 8.Epididimit 9.Sistit 10.Pielit 11.Pielonefrit 12.Proktit 13.Artirit 14Dermatit 15.Faringit 16.Konyu’nktivit 17.Gonokokkli sepsis ko‘rinishida namoyon bulishi mumkin.


323 Ayollar so‘zagi: Jarohatlanadigan a’zolariga qarab: 1.Vulvit 2.Bartolinit 3.Vaginit 4.Servitsit 5.Endotservitsit 6.Endometrit 7.Salpingit 8.Oofarit 9.Pelvioperitonit 10.Uretrit 11.Sistit 12.Pielit 13. Pielonefrit 14.Proktit 15.Artrit 16.Dermatit 17.Kon’yunktivit 18.Faringit 19.Gonokokkli sepsis bo‘lishi mumkin. Bir vaqtning o‘zida bir necha sohalar va a’zolar jarohatlanishi qo‘shilib kelishi mumkin. Har ikkala jinsda ham so‘zak kechimi bo‘yicha; I. Yangi so‘zak, ikki oygacha davom etgan: Yangi so‘zakning o‘tkir kechishi, o‘tkir osti va topid yoki kam belgili kechishi. II. Surunkali so‘zak, ikki oydan uzoq davom etgan so‘zak. III. Yashirin yoki gonokokk tashib yuruvchilik (latent so‘zak): Klinik belgilarsiz davom etadigan so‘zak bo‘lib, bunda faqatgina laborator usulllar yordamida tekshirilganda so‘zak qo‘zg‘atuvchisi topilishi bilan diagnoz qo‘yiladi. O‘tkir so‘zak uretritining yashirin davri o‘rtacha 2-5 kun hisoblanadi. O‘tkir so‘zakni klinik belgilari jarohatlangan sohadan sarg‘ish yoki oqish yiringli ekssudat ajralishi bilan namoyon bo‘ladi. Bemorni biroz achishish, qichishish va og‘riq kabi sub’ektiv belgilar bezovta qiladi. Ba’zi bemorlarda tana haroratining ko‘tarilishi, bosh og‘rishi, bo‘shashish, ishtaxasi kamayishi, umumiy lanjlik, asabiy bo‘lishi kabi umumiy klinik belgilar bilan birgalikda o‘tadi. Erkaklar so‘zagi: So‘zakli uretrit-eng ko‘p uchraydigan turi bo‘lib, barcha erkaklar so‘zagining 95-98 % ni tashkil qiladi. Siydik yo‘lining chiqarish kanalidan yiringli ajralma ajralishi, uning atrofida qizarish va bir ozgina shish paydo bo‘lishi bilan boshlanadi. Siydik kanalining distal yoki proksimal qismlari jarohatlanishi mumkin. So‘zakli uretrit 128-rasm


324 hamma vaqt siydik kanalini distal qismining jarohatlanishi bilan boshlanadi. Agar kanalni qo‘l bilan siqib ko‘rsak, kanaldan bir talay yiring chiqishini guvoxi bo‘lamiz. Tomson ikki stakanli sinamasi orqali siydik kanalining qaysi qismi zararlanganligi aniqlanadi (128-rasm). Erkaklar so‘zagining kam uchraydigan turlari: Parauretrit-siydik chiqaruv teshigi pastidagi «parauretral» soxta teshikcha atrofining yallig‘lanib qizarishi kuzatiladi. U sohada yiringli ekssudatni aniqlash mumkin. Balanit va balanopostit-jinsiy olatni boshi va qalpoqchasining yallig‘lanishi. Olat boshchasi qizarib, biroz shishadi, achishib turadi, pufakchalar hosil bo‘lib, ularning tez ochilishi hisobiga namlanib pilchillab turadi. Olat qopchig‘ining yallig‘lanishi uning qizarishi va shishishi bilan kechadi, natijada olat boshchasini siqib qo‘yishi mumkin. Kuperit-kuper bezini yallig‘lanishi. Kuper bezlari shishib bezillab turadi. Bemor peshob vaqtida va jinsiy aloqa vaqtida noxushlik sezadi. Epididimit-moyak ortig‘ining yallig‘lanishi. Moyak ortig‘i shishib bezillab turadi, bemorni og‘riq bezovta qiladi. Tana harorati ko‘tarilib, umumklinik belgilar qo‘shiladi. Yallig‘lanish bir tomonlama yoki ikki tomonlama bo‘lishi mumkin. Kasallik o‘z vaqtida davolanmasa azospermiya yoki gipospermiyaga olib kelib, bepushtlik rivojlanishi mumkin. Orxit-moyaklarning bir tomonlama yoki ikki tomonlama yallig‘lanishi bo‘lib, bemorning tana haroratining ko‘tarilishi, moyaklarning shishishi, qizarishi, bezillab turishi va kuchli og‘riq bezovta qilishi bilan kechadi. Bemorning yurishi qiyinlashib qoladi. Oqibati bepushtlikka olib kelishi mumkin. Prostatit-prostata bezini yallig‘lanishi. Ko‘pincha gonoreyaning surunkali yoki cho‘zilgan shakllarida siydik chiqarish kanalidan ajralma ajralishi, kanalning qichishishi va achishishi bilan kechadi. Ko‘pnicha ajralmalar peshob qilib bo‘lgandan keyin prostata bezi ajralmasi ajralishi (miksion irostatoreya) bilan yoki bo‘lmasa bemor xojatga borgan vaqtda prostata bezining ta’sirlanishi natijasida siydik yo‘lidan ajralma ajralishi (defekatsiya vaqtidagi prostatoreya) bilan kechadi. Prostatit jinsiy faoliyatning buzilishi, vaqtidan oldin eyakulyatsiya, jinsiy aloqa vaqtida og‘riqning kuchayishi kabilar kuzatilishi mumkin. Bemorlar oraliq sohalarida noxushlik va simmillab


325 turuvchi og‘riqqa shikoyat qilishadi. Prostata ajralmasida leykotsitoz, sekretning kristallanish fenomeni buzilishi, yog‘ tanachalarining kamayishi yoki butunlay bo‘lmasligi aniqlanadi. Bakterioskopik usulda gonokokklar hamma vaqt topilavermaydi. Bakteriologik usul yordamida gonokokklarni ekib o‘stirish usuli ularni aniqlash ishonchliligini oshiradi. Vezikulit-urug‘ pufakchasini yallig‘lanishi. Urug‘ yo‘llarining va pufakchasining yallig‘lanishi bo‘lib, bemorlar og‘riqqa, tana haroratining ko‘tarilishiga shikoyat qilishadi. Striktura-siydik chiqaruvchi kanalni torayib qolishi. So‘zakdan keyin qolgan oqibatdagi asorati hisoblanib ayniqsa surunkali kechganda siydik yo‘llarining torayishi kuzatiladi. Bemorlar siyishga qiynaladi. Jinsiy qoniqish buziladi. Periuretrit-siydik kanalini atrofi qavatini (kletchatka) yiringli yallig‘lanishi. Paypaslanganda siydik kanali atrofi to‘qimalari shishgan bezillab turadi, og‘riqli bo‘ladi. Yangi o‘tkir so‘zak uretriti-klinik belgilar ajv olganligi, ya’ni ajaralmalarning va yallig‘lanish belgilarining rivojlanganligi bilan boshlanadi. Yiringli ajralma ko‘p ajralib ichki kiyimini rasvo qilib turadi. Bemorlar peshobga borganda achishish, ajralmalarning siydik kanali chiqaruv qismida qotib qolishi hisobiga peshobning yo‘nalishi o‘zgarishi kabi belgilarga shikoyat qilishadi. Siydik kanali qizargan, shishgan bo‘ladi. Davolanmagan xollarda yoki noto‘g‘ri davolanayotgan vaqtda o‘tkir so‘zak belgilari kasallikning 4-5 kunlariga borib so‘na boshlaydi, ya’ni yiringli ajralmalar va qizarib shishish belgilari kamaya boradi. Bu belgilarning kamayishi bemorni qattiq chalg‘itib qo‘yadi. O‘tkir osti kechimida-o‘tkir so‘zak klinik belgilaridan kamroq rivojlangan va uzoqroq bir xilda davom etishi bilan namoyon bo‘ladi. Tashqi siydik kanalida bir ozgina yiringli ekssudat chiqib turadi, siyganda og‘rish va achishish juda kam bo‘ladi. Bemorni umumiy holati o‘zgarmaydi. Torpid yoki kam belgili kechimida- yangi so‘zak kasalligi boshlanishidanoq sezilar-sezilmas sustlik bilan boshlanadi, siydik kanalini tashqi teshigida ertalabiga yoki uzoq muddat peshob qilmagandan keyin juda kam miqdorda suyuq seroz ekksudatga o‘xshash suyuqlik chiqib kanal teshigini bir-biriga yopishtirib qo‘yadi. Bemorda og‘riq va qichish, achishish belgilari bo‘lmaydi, yoki juda


326 kam bo‘ladi. Ichkilik ichganda, zo‘riqib aloqa qilganda, vaqti-vaqti bilan kasallik zo‘rayib turishi mumkin. Bemor o‘z vaqtida davolanmasa surunkali so‘zakka o‘tib, jinsiy a’zolarda asorat qoldiradi. Surunkali so‘zak uretreti. Yangi so‘zak (o‘tkir, o‘tkir osti va torpid) davolanmagan yoki tuzalmagan bo‘lsa, 2 oydan keyin surunkali so‘zakka o‘tadi. Surunkali so‘zakda yallig‘lanish jarayoni ko‘pincha bir joyda yoki o‘choqsimon holatda bo‘ladi. Yallig‘lanish va infiltratlar siydik kanalini oldingi (distal) qismida bo‘ladi. Agar qo‘l bilan jinsiy olat paypaslab ko‘rilsa, uretra sohasida kichik-kichik, yumshoq yoki zich to‘qimalar borligi bilinadi. Kasallik uzoq davom etaversa, to‘qimalar yana zichlashib kattaroq infiltratni yuzaga keltiradi. Bunday infiltratlar ko‘payib siydik kanalini toraytirib qo‘yadi, natijada striktura (torayish) hosil bo‘ladi va bemor siyishda va jinsiy aloqa vaqtida qiynaladi. Surunkali so‘zak juda sekin kechadi, vaqti-vaqti bilan nojo‘ya ta’sirotlar ostida qo‘zib, zo‘rayib o‘tkir yoki o‘tkir osti so‘zakni klinik belgilari ko‘rinib qoladi. Kasallikning zurayishi va qaytalanishiga ko‘pincha spirtli ichimliklar ist’emol qilib yurish, palapartish jinsiy aloqa va davolanish rejalarini buzish natijasida kelib chiqadi. Bemorlar ana shunday vaqtdagina siydik kanalining teshigi oldida juda kam miqdorda yiringli ekssudatni chiqishini ko‘radilar va shundagina shifokorga murojaat qiladilar. Bunday holatlar ayniqsa ertalab bilinadi, uzoq muddat siydik kanalidan siydik chiqmasligi natijasida ajraladigan ekssudatlar yuvilib ketmaganligi sababli bu belgilar yaqqollashib qoladi. Ba’zi bemorlar buni ham sezmasliklari mumkin. Surunkali so‘zakda ikki stakanli sinama qilinganda har ikkala stakanda ham peshob tiniq yoki biroz loyqalangan bo‘lishi mumkin. Peshob sentrifuga qilingandan keyin hosil bo‘lgan cho‘kmalardan gonokokklar topilishi ehtimoli ortadi. Kasallik tarixi, klinik kechish belgilari va epidemiologik anamnezlar mos kelgan xollarda gonokokklar va shunga o‘xshash boshqa urogenital kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari laborator usulda topilmasa qo‘zitish (provakatsiya) usulidan foydalanib, bemor qayta laborator tekshiriladi. Zarurat tug‘ilganda bakteriologik (surtmadan olib muhitga ekib o‘stirish) usuli qo‘llaniladi.


327 Ayollar so‘zagi So‘zakli servitsit-ayollar so‘zagining 90-95% xollarida uchrab asosan bachadon bo‘yinchasining yiringli yallig‘lanishi bilan namoyon bo‘ladi. Bachadon bo‘yinchasi qizarib shishadi, undan yiringli ajralma ajralib turadi. Qin yo‘lining kengligi hisobiga sub’ektiv klinik belgilar ko‘p bezovta qilmaydi. Yengil qichishish va achishish bezovta qilib turadi. Ajralma ajralishi hisobiga ichki kiyimlar ifloslanib turishi aniqlanadi. Kasallikning o‘tkir kechishi 4-5 kunlarga borib asta sekin klinik belgilarning kamayib borishi bilan kechadi. Maxsus qin oynalari bilan bachadon bo‘yinchasi ko‘rilganda yiringli ajralma yaqqol ko‘rinadi, undan olingan surtmada ko‘p miqdorda gonokokklar topiladi (129- rasm). So‘zakli endotservitsitda 129-rasm bachadon bo‘yinchasi kanalidan yiringli ajralma suzib chiqayotganligi aniqlanadi. Bemorni achishish, og‘riq bezovta qilishi mumkin. So‘zakli uretrit-siydik chiqarish kanalining yallig‘lanishi bo‘lib, undan yiringli ajralma ajralib turishi, siydik kanalining qizarib shishishi, siydik kanalini siqib ko‘rganda undan bir tomchi yiring ajralishi, siyganda og‘riq sezishi, achishib qichishish kabi belgilar bilan kechadi. So‘zakli vulvit-qin daxlizining yallig‘lanishi bo‘lib, qin daxlizi qizargan, shishgan va undan yengil yiringli ajralmalar ajralayotganligi ko‘rinadi. Ayollar so‘zagining kam uchraydigan turlari: So‘zakli bartolinit-katta uyatli lablarda joylashgan bartoliy bezlarining yallig‘lanishi hisoblanadi. Bunda bezlar shishib qizaradi, kattalashib yalig‘lanadi. Bezlar siqib ko‘rilganda yiringli ajralma ajralishi kuzatiladi. Ba’zi xollarda bezlarda abssesslar paydo bo‘lishi mumkin. Abssesslar juda og‘riqli bo‘lib ularning o‘lchami yong‘oq kattaligicha keladi. So‘zakli vaginit-qin devorining ko‘p qavatli yassi epiteliy bilan qoplanmaganligi sababli qinning so‘zakli zararlanishi katta yoshli


328 ayollarda deyarli uchramaydi yoki superinfeksiya xollarida, immun tizimini susaytiruvchi omillar ta’sirida uchraydi. Ammo homilador ayollar va klimakterik davrga o‘tgan ayollarda qinning gonokokkli yallig‘lanishi ko‘proq uchrab turadi. So‘zakli vaginit yosh qizlarda qinning yiringli yallig‘lanishi bilan kechadi. Gonokokkli vaginitda qindan ko‘plab badbo‘y hidli ajralmalar ajralishi, qinning qizarib shishishi bilan kechadi, ayollar qinni instrumental tibbiy ko‘rigi vaqtida yoki jinsiy muloqot vaqtida kuchli og‘riqqa shikoyat qilishadi. Qinning o‘tkir yallig‘lanishi belgilari asta-sekin kamayib boradi va surunkali shaklga o‘tishi mumkin. So‘zakli endometrit-so‘zakning asoratli kechishidan biri bo‘lib, kasallik umumklinik belgilarning avj olishi bilan boshlanadi. Bemorning tana harorati ko‘tarilib, zaharlanish belgilari rivojlanadi. Qindan ko‘p miqdorda yallig‘lanish ajralmalari ajralishi kuzatiladi. Qorinning pastki qismida kuchli og‘riq bezovta qiladi. So‘zakli salpingit-bachadon trubalarining yallig‘lanishi bo‘lib, qorinning paski qismida kuchli og‘riq bilan kechadi. Bir tomonlama yoki tomonlama yallig‘lanishi mumkin. Shunga qarab klinik belgilar o‘zgaradi. So‘zakli peritonit-ayollar so‘zagining asoratlangan shakli bo‘lib, kichik chanoq sohasida qorin pardaning yiringli yallig‘lanishi hisoblanadi. Bu yallig‘lanish pelviperitonit ko‘rinishida chegaralangan yallig‘lanish bilan kechadi. Har ikkala jinsda uchrashi mumkin bo‘lgan so‘zak turlari: Sistit-Siydik pufagi yallig‘lanishi natijasida bemor siyish oxirida qattiq og‘riq sezadi. Kam-kam miqdorda tez-tez xojatga chiqib turadi. Peshobdan keyin yengillik sezmaydi. Peshob loyqalanib ba’zida qon aralash ham bo‘lishi mumkin. Pielit va pielonefrit-buyrak va buyrak jomchasini yallig‘lanishi. Bemorni tez-tez peshobga chiqish, og‘riq, peshobdan qoniqmaslik kabilar bezovta qiladi. Bemorning peshobi yengil loyqalanib, unda leykotsitlar miqdori ortib ketadi. Peshob sentrifuga qilingandan keyin cho‘kmasini bakterioskopik yoki bakteriologik tekshirganimizda gonokokklar topilishi mumkin. Proktit-to‘g‘ri ichak shilliq qavatining gonokokklar ta’sirida yallig‘lanishi. Axlat yiringli aralashmali bo‘lib, bemorni tortishib og‘riydigan og‘riqlar bezovta qiladi. Ba’zida tez-tez xojatga chiqishlar (yolg‘on chaqiruv) bezovta qiladi.


329 Kon’yunktivit-ko‘z kon’yunktivasining jarohatlanishi bo‘lib, kon’yunktiva qizarib undan yiringli ajralma ajralishi bilan kechadi. Ayniqsa jarayon o‘tkir gonoreyali kon’yunktivit og‘ir kechib ko‘p miqdordagi yiring ajralishi bilan kechadi. Uxlab yotganda ajralayotgan yiringni qurib qotishi hisobiga ko‘zni ochishga qiyinlashib qolish kuzatiladi (130-rasm). 130-rasm Faringit-tomoqni jarohatlanishi, bodomcha bezlari, yutqinning orqa devori, tanglay ravoqlari, tilcha va bodomcha bezlari qizarib shishadi. Ulardan yiringli ekssudat ajralib turadi. Artrit-ba’zi xollarda gonokokklar gematogen va limfogen yo‘llar orqali bo‘g‘im bo‘shliqlariga va bo‘g‘im to‘qimalariga kirib borib u yerda yallig‘lanish jarayonini keltirib chiqaradi. Bir vaqtda birta va bir nechta bo‘g‘in jarohatlanishi mumkin. Bu holat davolanmay yurgan shaxslarda kuzatiladi. Ko‘pincha qo‘l va oyoq bo‘g‘inlari shikastlanadi. Bemorning tana harorati ko‘tarilib, jarohatlangan bo‘g‘inda og‘riq, qizarish va shish paydo bo‘ladi. Bemorlarning harakati cheklanadi. Bo‘g‘in suyuqligidan gonokokklarning topilishi va gonoreyaga xos boshqa umumklinik belgilarning bo‘lishi bo‘g‘in gonoreyasini tasdiqlaydi. Gonokokkli dermatit-teri so‘zagi ko‘pincha qov va oraliq sohasida uchraydi. Bo‘g‘imlar so‘zagida bo‘g‘imlar atrofida va so‘zakli kon’yunktivitda ko‘z atrofi terisi zararlanadi. Teri qizarib yallig‘lanadi, ba’zida pufakchalar paydo bo‘lib eroziyalanadi. Toshmalar 7-10 kun saqlanib o‘rnida ikkilamchi dog‘larni qoldirib so‘rilib ketadi. Yallig‘langan o‘choqdan surtma olib tekshirilganda gonokokklar topilishi diagnozni osonlashtiradi. Gonokokkli sepsis-So‘zak sepsisi juda xolsizlangan, immun tizimi sustlashib ketgan organizmlarda ba’zi xollarda uchrab turadi. So‘zak sepsisi og‘ir kechganda xayotiy muhim a’zolarning (yurak, miya pardasi, taloq, buyrak va jigar) jarohatlanishi kuzatiladi. Bemorning tana harorati ko‘tarilib, zaharlanish belgilari namoyon


330 bo‘ladi. Ba’zida teriga toshmalar toshishi bilan kechadi. So‘zak sepsisi bilan og‘rigan odamlarning xayoti xavf ostida qoladi. Diagnostikasi: So‘zakning hamma klinik turlarining kechishida ham umumiy qon tarkibida anemiya, leykopeniya yoki leykotsitoz, eozinofiliya, neytrofilez va monotsitoz kabi sezilarli o‘zgarishlari aniqlanadi. Eritrotsitlar cho‘kish tezligining oshishi ko‘proq o‘tkir gonoreyada kuzatiladi. Surtmalarda qo‘zg‘atuvchilarning topilishi diagnozni to‘liq tasdiqlaydi. Differensial diagnostikasi: urogenital so‘zakni ajralma sindromi bilan kechuvchi kasalliklar trixomoniaz, xlamidioz, mikoplazmoz, kandidoz, streptokkli, stafilokokkli, virusli va boshqa infeksion etiologiyali jinsiy a’zolar zararlanishi bilan taqqoslash diagnostikasi o‘tkaziladi. Bulardan tashqari jinsiy a’zolar shilliq qavatlarining allergik, mexanik, kimyoviy shikstlanishlari natijasida kelib chiqadigan yallig‘lanishlari bilan taqqoslanadi. Davosi: O‘tkir so‘zakda qo‘zg‘atuvchilarining antibakterial preparatlariga sezgirligini e’tiborga olgan holda, asosiy usul etiotrop davo hisoblanadi. Qo‘zg‘atuvchilarning tezda hujayralar ichiga kirib olishi va u hujayralar ichida patogenlik xususiyatini saqlab qolishini e’tibordan chiqarmasligimiz lozim, chunki tavsiya qilingan antibakterial preparatining hujayralar ichida terapevtik miqdorini hosil qilishiga bog‘liqdir. Antibakterial preparatlarini terapevtik dozaga nisbatan yuqori dozada berish tavsiya qilinadi (makrofaglar, leykotsitlar, trixomonadilar ichiga yutilgan, ammo patogenligini saqlagan gonokokklarga ta’sir qilish maqsadida). Gonokokklar penitsillinlar, sulfanilamidlar, makrolidlar, sefalosporinlar, aminoglikozidlar, levomitsetin va tetrasiklin guruhi va xatto silga qarshi antibakterial preparatlariga sezgirdir. Davo samaradorligi individual olib boriladi. Klinik belgilarning to‘liq yo‘qolishi va takror bakterioskopik usullarda qo‘zg‘atuvchining topilmasligi bemorning to‘liq davolanganligni bildiradi. Zarurat tug‘ilganda qo‘zitish (provakatsiya) usullari bilan sinama o‘tkaziladi. Provakatsiya qilish uchun kimyoviy (0,5% kumush nitrati, Lyugolning glitserinli eritmasi), mexanik, biologik va alimentar (achchiq, sho‘r, spirtli ichimliklar qabul qilish) usullardan foydalaniladi. Bu usullarning birini qo‘llagandan keyin kasallikning klinik belgisi zo‘rayishi mumkin. Bakteriologik yoki bakterioskopik usulda gonokokklarning topilishi kasallikning to‘liq davolanmaganligidan darak beradi. Surunkali so‘zakni davolashda


331 organizmning immun biologik qarshiligini oshirish va bir vaqtning o‘zida etiotrop davo muolajalarini o‘tkazish lozim. Immun terapiya maqsadida maxsus (gonovaksinalar kiritish usulida) va nomaxsus (pirogeneal, progodiazon, autogemoterapiya va laktoterapiya) usullardan foydalaniladi. Dispanser nazorati: yangi gonoreya bilan og‘riganlar 2-3 oy, surunkali gonoreya bilan og‘riganlar 6 oy davomida dispanser nazoratida bo‘lishadi. Trixomoniaz Trixomoniaz-jinsiy a’zolar va siydik chiqaruvchi yo‘llarning o‘tkir yuqumli kasalligi bo‘lib, jinsiy yo‘l bilan yuquvchi kasalliklar orasida eng ko‘p uchrashi bilan harakterlanadi. Etiologiyasi: qo‘zg‘atuvchisi trixomonadalar bo‘lib ular bir hujayrali sodda jonivorlar guruhiga kiradi. Uni birinchi bor 1863 yilda Parijlik olim Dople bemor ayollarda aniqlab “vaginal trixomonada” deb nomlagan va xozirgi kungacha shunday nomlanib kelmoqda. Kasallikni Trichomonadidae oilasiga va Trichomonas vaginalis turiga kiruvchilar keltirib chiqaradi. Ularning ko‘rinishi noksimon bo‘lib, uzunligi 8-24 mkm, eni 3-6 mkm, xivchinlari mavjud (131-rasm). Trixomonadilar fagotsitoz qilish xususiyatiga ega. Ular xivchsinlari yordamida harakatlanadi va 131-rasm odamlar jinsiy a’zolarida moslashib yashash xususiyatiga ega. Ularning yashashlari uchun eng qulay rN 5,5 - 6,5 muhit hisoblanadi. Aynan shunaqa muhit jinsiy va siydik chiqarish yo‘llarida mavjud. Trixomonadalar ayollar jinsiy a’zolarida xayz sikli vaqtida va undan keyin rN muhiti kislotaliligining o‘zgarishi hisobiga juda jadallik bilan ko‘payadi. Trixomonadilar peshob va shaxvatda 24 soatgacha, suvda va nam joyda 20-24 patogenligini saqlay oladi. Epidemiologiyasi: butun jaxon sog‘liqni saqlash qo‘mitasining ma’lumotlariga qaraganda yer sharining 10% dan ko‘p axolisi


332 trixomonadilar bilan zararlanganligini bildiradi. Har yili yer sharining 170 mln. axolisi urogenital trixomoniaz bilan og‘riydi. Xozirgi kunda 50 dan ortiq trixomonadalarning turlari aniqlangan bo‘lib, odam organizmida 3 turdagi trixomonadilar parazitlik qiladi. Ular urogenital, og‘iz bo‘shlig‘i va ichak trixomonadilari. Urogenital trixomonadilar boshqalaridan faqat jinsiy a’zolarini zaralashi bilan farq qiladi. Ular faqat jinsiy va siydik chiqarish kanalida yashaydi va faqft odamlarda kasallik keltirib chiqaradi. Ayollarda qin va bachadon bo‘yinchasida erkaklarda prostata bezi va urug‘ pufakchasida ko‘payish xususiyatiga ega degan ma’lumotlar ham mavjud. Kasallik manbai: kasal odamlar va tashuvchilar hisoblanadi. Yuqish yo‘llari: jinsiy a’zolar va siydik chiqarish a’zolari trixomoniazi ko‘pincha jinsiy muloqot vaqtida yuqadi. Maishiy muloqot yo‘llari orqali yuqishi ham isbotlangan (ko‘p marotaba ishlatilgan rezinali qo‘lqoplar, umumiy gigiena materiallari, onadan bolaga bilvosita yo‘llari orqali yuqishi). Moyillik: kasallikka hamma yoshdagi shaxslar moyil hisoblanadi, tipospetsefik immunitet takroran zararlanishdan to‘liq saqlay olmaydi. Ayollar orasida kasallanish erkaklarga nisbatan to‘rt, besh baravar ko‘p uchrashi isbotlangan. Patogenezi: Trixomonadilar erkaklarda avvaliga siydik chiqarish kanalining distal qismiga kirib keyinchalik proksimal qismiga qarab tarqalishi xosdir. Keyinchalik prostata bezi, urug‘ kanali va pufagiga kirib jarohatlashi mumkin. Ayollarda avvaliga bachadon bo‘yinchasi va qinning shilliq qavatiga tushib so‘ngra retrograd yo‘l orqali bachadon shilliq qavatlari bo‘ylab tarqala borish xususiyati bor. Keyinchalik siydik chiqarish kanalini jarohatlashi mumkin. Hujayralar aro bo‘shliq orqali o‘tib epiteliy qavatining ostidagi biriktiruvchi to‘qimaga kiradi. Shilliq qavatlarda ekssudativ yallig‘lanish reaksiyalarini keltirib chiqaradi. Uretra va jinsiy yo‘llarning shilliq qavatlarida joylashgan bezlarni jarohatlab, limfa tomirlariga kiradi, jinsiy bezlarga kirib ularning yallig‘lanishiga sababchi bo‘ladi. Jinsiy a’zolarga kirgan trixomonadilar klinik belgilarni namoyon qilib yoki belgilarsiz uzoq muddat yashashi mumkin. Ba’zi bemorlarda, ayniqsa erkaklar jinsiy yo‘llarida ular tezda halok bo‘lishi mumkin. Trixomanada tashib yuruvchilik ham kuzatiladi. Trixomoniaz bilan og‘riganlarda va uni tashib yuruvchilarda kasallikning boshlang‘ich davridan boshlab tipospesifik antitanalar tirtri ko‘tarila boshlaydi, ammo bu antitanalar kasallikning takrorlanishiga to‘sqinlik qila olmaydi. Trixomoniaz bilan


333 og‘riganlarning 95% da shilliq qavatlarda mikrofloraning keskin o‘zgarishi kuzatiladi. Shilliq qavatni egallab turgan lakto va bifidobakteriyalar o‘rnini shartli patogen va patogen mikrofloralar egallab borishi isbotlangan. Keyinchalik shu patogen mikroflora tomonidan shilliq qavatlarda yallig‘lanish keltirib chiqarishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Klinikasi: Jaxon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga qaraganda trixomonadiylar 11 % holatlarda monoinfeksiya ko‘rinishida, qolgan 89 % holatlarda boshqa qo‘zg‘atuvchilar bilan birga mikst ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Shulardan ko‘pincha mikst ko‘rinishida keladigan infeksiyalar; Mikoplazmalar, gonokokklar, zamburug‘lar, xlamidiyalar, gardnellalar va ureaplazmalarga to‘g‘ri keladi. Shu kasalliklarning bir yoki bir nechtasi bilan birga kelishi kasallikning klinik kechimini va davomiyligini o‘zgartirib boradi va ko‘pincha surunkali shakllari rivojlanib har xil asoratlar keltirib chiqarishi mumkin. Kasallikning yashirin davri 3 kundan 1 oygacha cho‘zilishi mumkin. O‘rtacha 1-2 haftani tashkil qiladi. Erkaklar va ayollar jinsiy va siydik ajratish tizimining anatomo-fiziologik tuzilishi farqlanganligi sababli trixomoniazning klinik tasniflanishi erkaklar va ayollar trixomoniazi ko‘rinishida bo‘linadi. Ikki oygacha davom etgan trixomoniaz yangi trixomoniaz deb yuritiladi, ikki oydan cho‘zilgan yoki kasallik muddati aniqlanmagan xollarda surunkali trixomoniaz, klinik belgilarsiz faqat laborator usulda qo‘zg‘atuvchilar topilishi bilan kechsa trixomoniaz tashuvchilik deb yuritiladi. Erkaklar trixomoniazi uretrit ko‘rinishida namoyon bo‘lib, ko‘pincha klinik belgilarning kamligi yoki klinik belgilarsiz rivojlanadi (faqat trixomoniaz tashuvchilik ko‘rinishida). Siydik chiqarish kanali shilliq qavatlarining qizarib shishganligi, qichishi, achishishi, seroz yarim loyqalangan, ko‘piksimon ajralmalarning ajralishi va ba’zi xollarda uzoq muddat peshobga bormagan xollarda siydik chiqarish kanalining chiqaruv qismida ajralmalarning qotib qaloqlanishi hisobiga bekilib qolishi holatlari bilan kasallik belgilari namoyon bo‘ladi. Surunkali kechganda o‘choqli infiltratlar, litterit, morganit va kollikulit kabi yallig‘lanishlarni keltirib chiqaradi. Bemorning siydik kanalidan ajralayotgan ajralmalar miqdori keskin kamaygan, badbo‘y hidli bo‘ladi. Asorati sifatida prostatit, epididimit, vezikulit, kuperit, tizonit,


334 parauretrit, balonit va balonoposit kabi yallig‘lanish o‘choqlarining rivojlanishi namoyon bo‘ladi. Ayollar va qizlar trixomoniazi siydik–tanosil a’zolarining yallig‘lanishi bilan kechadi. Yangi trixomoniaz o‘tkir, o‘tkir osti va torpid (bilinar-bilinmas) ko‘rinishda boshlansa, surunkali trixomoniaz torpid ko‘rinishda tez-tez qaytalanishlar bilan kechadi. O‘tkir vestibulitda kichkina uyatli lablar qizargan, shishgan, shilliq qavati eroziyalangan bo‘lib donador ko‘rinishga ega bo‘ladi. O‘tkir vulvitda katta uyatli lablar qizarib shigan, yiringli ajralmalar va qaloqlar bilan qoplangan, eroziyalangan ba’zida yaralangan bo‘ladi. Jarayon oraliq sohasiga tarqalib son-chanoq burmalari (chov) va dumblar orasi burmalari jarohatlanadi. O‘tkir vulvit va vestibulit ko‘p miqdorli ajralmalar ajralishi, peshob vaqtida kuchli achishish va qichishish bilan kechadi. Surunkali vestibulitda kichkina uyatli lablar va ularda joylashgan bezlarda hamda qinga kirish darvozasida mayda dog‘lar va donador ko‘rinish oladi. Uretrit xatto yangi trixomoniazda belgilarsiz o‘tishi mumkin, ba’zi xollarda qichishish, achishish, peshob vaqtida og‘riq bilan kechadi. Yangi o‘tkir vaginit (kolpit) qindan sarg‘ish rangli, badbo‘y hidli, ko‘piksimon ajralma ajralishi bilan namoyon bo‘ladi. Tashqi jinsiy a’zolarning qichishishi, peshob vaqtida og‘riq va kuyishish, jinsiy muloqot vaqtida bu belgilarning kuchayishi bilan kechadi. Qinning shilliq qavat devori qizargan, yiring qoplagan, eroziyalangan va qon talash bo‘lib turadi. Yangi torpid va surunkali trixomoniazda shilliq qavatlar yengil qizargan suyuq sarg‘ish ko‘piksimon ajralma ajralishi bilan va o‘choqli jarohatlanishlar bilan kechadi. Enotservitsit o‘tkir shakli bachadon bo‘yinchasining qizarishi, shishishi va eroziyalanishi bilan kechadi. servikal kanaldan ko‘piksimon ajralma ajralishi bilan namoyon bo‘ladi. Surunkali endotservitsit eroziyalar va vaqti-vaqti bilan qo‘zib turuvchi ajralmalar bilan kechadi. Bachadon bo‘yinchasida joylashgan aylana mushaklar va bachadonda hosil bo‘ladigan ishqoriy muhit qo‘zg‘atuvchilarni bachadonga kirishidan himoya qilib turadi. Xayz sikli davrida, abortlar vaqtida va jinsiy muloqot vaqtida bachadon bo‘yinchasi bu himoya faoliyatini yo‘qotib qo‘yadi. Bunday vaqtlarda qo‘zg‘atuvchilarning bachadon ichiga kirib tarqalishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Asorat sifatida trixomonadali endometrit va salpingitlar rivojlanishi mumkin.


335 Trixomonadilarning uzoq muddat siydik chiqarish yo‘llarini yallig‘lantirib turishi siydik kanalining torayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ba’zi xollarda qo‘zg‘atuvchilarning yuqoriga ko‘tarilishi sistit va pielonefritga sababchi bo‘ladi. Diagnostikasi: trixomoniaz bilan og‘rigan bemorlar va ular bilan jinsiy muloqotda bo‘lgan shaxslar, hamda gumon qilinganlar albatta bakteriologik taxlildan o‘tishlari lozim. Buning uchun ajralmalardan olingan surtmada trixomonadiylarning topilishi diagnozni to‘liq tasdiqlab beradi. To‘g‘ridan to‘g‘ri olingan surtmada harakatlanayotgan trixomonadiylarni ko‘rish mumkin yoki uni bo‘yab ko‘rish usuli yordamida aniqlash mumkin. Xozirgi kunda maxsus zanjirli polimerazali reksiyalar usuli yordamida diagnostika qilish ham yo‘lga qo‘yilgan. Bu usul yordamida diagnozni tasdiqlash ko‘rsatgich yuqori hisoblanadi. Taqqoslash diagnostikasi: barcha ajralma sindromi bilan kechuvchi kasalliklar bilan o‘tkaziladi. Yakuniy taqqoslash faqat bakteriologik va bakterioskopik analizlardan keyin qo‘yiladi. Davosi: trixomoniazni davolashda asosan imidazol guruhiga kiruvchi dori preparatlari qo‘llaniladi ular trixopol, metronidazol, tinidazol, ornidazol, atrikan va bu dorilarning analoglari ishlatiladi. Trixomoniazni davolashning asosiy prinsiplari: 1. Maxsus trixomonadilarga qarshi dori preparatlarni qo‘llash (trixopol, metronidazol, tinidazol, ornidazol, seknidazol). Ba’zida nitroimidazol unumlaridan nimorazol va nifuratel preparatlarini qo‘llash mumkin. 2. Bir vaqtning o‘zida ham umumiy ham mahalliy davo ishlarini olib borish. 3. Qinning normal mikroflorasini va funksional faoliyatini tiklab borishi. 4. Organizmning umumiy himoya kuchini oshirib borish. 5. Bir vaqtning o‘zida jinsiy sherikni ham davolab borish. 6. Davo vaqtida jinsiy muloqot va alkogol ist’emol qilmaslik kabilardir. Trixomoniaz bilan davolanib bo‘lgan shaxslar asosiy davo kursini olganlaridan keyin 3-5 kun o‘tgach nazorat analizi qilinadi. Ayollar esa har 2-3 ta xayz siklining har bir xayz sikli tugagach 3-5 kun o‘tib nazorat analizlari topshirib turishadi. Trixomoniazning surunkali shakllarida to‘liq davolanganligini provakatsiya (qo‘zitish) usullarini


336 qo‘llagandan keyin nazorat taxlillari o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Analizlarda trixomonadiylarning topilmasligi va qin mikroflorasining me’eriga yaqinlashganligi to‘liq davolanganlik natijasini bildiradi. Profilaktikasi: kasalanishning oldini olish va tarqalib ketishini kamaytirish maqsadida quyidagicha bir qancha chora-tadbirlar belgilanadi: 1.Trixomoniaz bilan og‘rigan bemorlarni faol ravishda aniqlash va davolash ishlarini olib borish. 2. Xavfli guruhga kiruvchi yoki foxishabozlik va pala-partish jinsiy aloqa bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni ertaroq aniqlab ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib turish. 3. Jinsiy va siydik chiqarish a’zolarida yallig‘lanish jarayoni kechayotgan shaxslarning barchasida trixomoniazga tekshirish. 4. Jinsiy va siydik chiqarish a’zolarini tekshirishda ishlatiladigan instrumentlarni yetarlicha zararsizlantirishni yo‘lga qo‘yish, zaruratga qarab bir martalik ishlatiladigan instrumentlardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish. 5. Axoli o‘rtasida sanitar-profilaktik tushintirish ishlarini olib borishni yo‘lga qo‘yish. Sitomegalovirusli infeksiya Odam sitomegalovirusli infeksiyasi-(Human Cytomegalovirus Infection)-organizmda yashirin yashovchi, qulay sharoit tug‘ilganda ichki a’zolar va sistemalarda kasallik chaqirishi bilan harakterlanadi. Etiologiyasi: qo‘zg‘atuvchisi Cytomegalovirus hominis bo‘lib, gerpesviruslar oilasiga (Herpesviridae) kiritilgan. Viruslarning diametri o‘rtacha 180 nm bo‘lib, o‘zida ikki spiralli DNK saqlaydi. sitomegaloviruslar ta’sirida odam hujayralari gigant hujayralarga aylanib ularning o‘lchami 25-40 mkm ga tenglashadi. Epidemiologiyasi: Kasallik manbai: kasal odam va virus tashuvchilar hisoblanadi. Viruslarning yuqish yo‘llari: Viruslar odam organizmiga bir necha yo‘llar bilan kiradi. Odam organizmidan sitomegaloviruslar qon, siydik, axlat, so‘lak, balg‘am, ko‘z yoshi, sperma, bachadon bo‘yni va qin ajratmalari bilan chiqadi. Viruslar havo-tomchi, alimentar, jinsiy aloqa orqali, transplasentar yoki vertikal (onadan homilaga o‘tishi) va parenteral yo‘llar orqali yuqadi.


337 sMVlarning qon quyishlar, infuziyalar, reanimatsion muolajalar, a’zolar transplantatsiyasi (a’zolarni ko‘chirib o‘tqazish) va jinsiy aloqa orqali odam organizmiga kirishadi. Moyillik: asosan o‘rta yoshdagi odamlar kasallikka chalinishi ko‘proq kuzatilgan. Patogenezi: yuqish yo‘llariga qarab viruslarning kirish darvozasi yuqori nafas yo‘llari shilliq qavatlari, xazm qilish a’zolari va jinsiy a’zolar shilliq qavatlari hisoblanadi. Qo‘zg‘atuvchilar kirish darvozasi shilliq qavatlarida o‘zgarishlar kuzatilmaydi. Viruslar so‘lak bezlarida yaxshi ko‘payish xususiyatiga ega bo‘lib kasallikning chegaralangan shaklida faqat shu bez a’zolarida topiladi (viruslarning tanlab ta’sir qilishi ya’ni tropizmi). Viruslar odam organizmida umri davomida persistirlanib yashashi mumkin. Viruslarning organizmga kirishi bilan ularga qarshi immun javobgarlik boshlanadi va asta-sekinlik bilan immunitet titrining oshib borishi kuzatiladi. Organizmda persistirlanib yashayotgan viruslarning qo‘zg‘alib olishiga bir qancha sabablar mavjud. Makrorganizmning immun tizimini sustlashtiruvchi faktorlar (sovqotish, stress, infeksion kasalliklar bilan og‘rib turish, immunodepressantlar qo‘llash, sitostatiklar qo‘llash va x.k) viruslarning rivojlanishiga sababchi bo‘lishadi. Viruslarning organizmda ko‘payishi ularga qarshi immun tizimining qarshiligi bilan yakunlanadi, ammo viruslar yana hujayralar ichiga kirib yashirinib olishi ya’ni persistirlanishi ularning to‘liq eliminatsiyasini (organizmdan chiqarilishini) ta’minlab bera olmaydi. Orttirilgan immun tanqischilik sindromi (OITS) va orttirilgan immuntanqischilik viruslari (OIV) bilan kasallanganlarda va immun tizimini susaytiruvchi boshqa omillarning ta’siri natijasida sMV infeksiya avj olishi kuzatiladi. Sitmegalovirusli infeksiyaning organizmda rivojlanishiga bir qancha omillar sababchi bo‘lishadi: 1.Viruslarning yuqish yo‘li va organizmga kirgan miqdori. 2.Makroorganizmning genetik va immun holati. 3.Odam organizmi immun tizimidagi o‘zgarishlar. 4.Limfotsitlar reaksiyasi va proliferativ faolligining pasayishi. 5.Fagotsitar aktivlik va tugallangan fagotsitoz holatining sustligi. 6.Qonga tushgan sitomegaloviruslarning leykotsitlar, mononuklear fagotsitlar, T-limfotsitlarda ko‘payib, limfoid a’zolarga tarqalishi shular jumlasidandir. Klinikasi


338 SMV infeksiyaning klinik kechishi va uning rivojlanishiga qarab ularni quyidagicha tasniflaymiz. 1.Orttirilgan SMV: a) yashirin shakli. b) chegaralangan yoki o‘tkir mononuklear shakli (bezlarning zararlanishi). d) tarqalgan shakli. 2.Tug‘ma SMV: a) o‘tkir shakli. b) surunkali shakli. 3.Orttirilgan immuntanqischilik infeksiyasida va immun tizimining sustlashishi bilan kechuvchi kasalliklarda SMV. Orttirilgan yashirin SMV infeksiyasi xech qanday klinik belgilarsiz kechib faqatgina qon zardobida viruslarga qarshi antitanalar titrining topilishi bilan izoxlanadi (birlamchi yashirin infeksiya). Bunday shaxslar bir umr virus tashib yuruvchi bo‘lishlari yoki organizmning immun tizimini susaytiruvchi omillar ostida ular kasallikning belgilarini namoyon qilishlari mumkin. Ya’ni kasallik manifest shaklga aylanishi kuzatiladi. Kasallik bir avj olib yana yashirin shaklga aylanib ketishi kuzatiladi (ikkilamchi yashirin infeksiya). Orttirilgan o‘tkir chegaralangan SMV infeksiya qon quyishlar yoki faol jinsiy aloqalardan keyin rivojlanib yashirin davri o‘rta hisobdan 20-60 kunni tashkil etadi. SMV xuddi yuqumli mononukleoz kasalligi klinik belgilariga o‘xshab kechadi. Kasallik o‘rta hisobdan 2- 6 hafta davom etadi. So‘lak bezlari zararlanib, mononuklear sindromso‘lak bezlarining yallig‘lanishi va kattalashishi, so‘lakning me’eridan ko‘p ajralishi, tilda ko‘p miqdorda pardalar hosil bo‘lishi, jag‘ osti va quloq oldi limfa tugunlarining kattalashishi bilan kechadi. Bemorning tana harorati ortishi va umumiy zaharlanish belgilarining paydo bo‘lishi bilan boshlanadi. Xolsizlik bosh og‘rig‘i mushaklarda og‘riqqa shikoyat qilishadi. Taloq kattalashadi. SMV infeksiyasining chegaralangan shakli jinsiy a’zolarning zararlanishi bilan ham namoyon bo‘ladi. Ayollarda vulvit, servitsit, endotservitsit, endometrit, salpingit, oofarit kabi belgilar bilan kechsa, erkaklarda belgilarsiz kechib ba’zi holatlarda yengil uretrit rivojlanishi mumkin. Og‘ir holatlarda oraliq sohasida eroziv-yarali o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Umumiy qonda nisbatan limfotsitoz kuzatilib, mononuklear hujayralarning 10% xollarda topilishi kuzatiladi. Infeksion mononukleozdan farqli tonzillit va generalizatsiyalashgan limfaadenopatiyalar kuzatilmaydi. Orttirilgan tarqalgan SMV juda kam uchraydigan shakllarida bo‘lib asosan immun tizimi keskin pasayib ketgan xollarda rivojlanadi. Tana haroratining ko‘tarilishi va zaharlanish belgilarining rivojlanishi,


339 bemorning tinkasi qurib xolsizlanishi, jigar va taloqning kattalashishi, limfa tugunlarining kattalashishi kabi belgilar bilan namoyon bo‘ladi. Ichki a’zolarning zararlanishi bilan kechadi. Ko‘pchilik xollarda pnevmoniya, plevrit rivojlanadi. Tug‘ma SMV li infeksiyada kasallik klinik belgilarining rivojlanishi homiladorliknig qaysi vaqtlarida viruslarning ta’sir qilishiga bog‘liq. Homiladorlikning birinchi yarmida kuzatilsa homila o‘lishi va bola tashlash bilan yakunlanadi. Homiladorlikning o‘rtalarida viruslarning ta’sir qilishi teratogen ta’sir bilan namoyon bo‘ladi. Kech homiladorlik davrida chaqaloqlar SMV infeksiyasi bilan tug‘ilib har xil klinik ko‘rinishlarni namoyon qiladi. Chaqaloqlar terisi sarg‘aygan, jigar va taloq kattalashgan, trombotsitlar miqdori kamaygan bo‘ladi. Trombogemmoragik sindrom va tez rivojlanuvchi kamqonlik (anemiya) rivojlanishi kuzatiladi. Teri va shilliq qavatlarda gemorragik belgilar namoyon bo‘lib, ichki a’zolarga qon quyilishlar ham rivojlanishi mumkin. Bu belgilar 3-4 hafta davomida saqlanib astasekinlik bilan klinik belgilar so‘nib boradi. Chaqaloqlarda sMV ning vaqtinchalik va doimiy klinik belgilari tafovut qilinadi. Vaqtinchalik belgilarga: a) teri va shilliq qavatlar sarg‘ayishi, b) jigar, o‘pka va taloqning jarohatlanishi, d) teriga dog‘li-gemorragik toshmalar toshishi, e) bola vaznining kamligi kiradi. Doimiy belgilarga: a) eshitish qobiliyati susayishi yoki yo‘qolishi, b) ko‘rishning pasayishi yoki yo‘qolishi, d) aqliy zaiflik, e) mikrotsefaliya kiradi. Ba’zida o‘lim bilan tugallanishi xosdir. Umuman olganda tug‘ma SMV klinik kechimi 2-6 oy davom etishi mumkin. Shu vaqtda jigar transferaza (ALT, AST) fermentlari miqdori ortishi aniqlanadi. Jigardan olingan bioptatlarda sitomegalik (katta hujayrali) hujayralar topiladi. Chaqaloqlarning bez a’zolaridan tashqari ichki a’zolar va bosh miya zaralanishlari kuzatiladi. Chaqaloqlarda viruslarga qarshi immun tizimining shakllanishiga qarab SMV infeksiya o‘tkir yoki surunkali ravishda kechadi. Orttirilgan immuntanqischilik infeksiyasida va immun tizimining sustlashishi bilan kechuvchi kasalliklarda SMV juda og‘ir kechib, o‘zining har xil ko‘rinishdagi klinik belgilari bilan namoyon bo‘ladi. Bemorlar uzoq muddat isitmalash, xolsizlik, ishtaxasizlik, kechqurungi ko‘p terlash, mialgiya va artralgiyalar bilan namoyon bo‘ladi. Trombotsitopeniya, leykpeniya rivojlanib borib, atipik mononuklear hujayralar topila boshlaydi, jigar faoliyati izdan chiqa boradi. Bemorlarning nafas a’zolari keskin zararlanib nafas


340 yetishmovchiligi belgilari asta sekin avj olib boradi. Oshqozon-ichak tizimi a’zolari zararlanib har xil klinik ko‘rinishlar namoyon qiladi. Markaziy va periferik asab tizimi jarohatlanishi kuzatiladi. Asta sekinlik bilan immun tizimining sustlashib borishi bu infeksiyaning avj olib borishiga imkon yaratib bemorlar shu infeksiya ta’sirida halok bo‘lishadi. Diagnostikasi: sitomegalovirusli infeksiyani diagnostikasi Immunoferment analizatori (IFA) yordamida amalga oshiriladi. Kasallikning o‘tkir kechishidan yoki residivlanishidan keyin 10-12 haftagacha SMV infeksiyasiga qarshi antitela IgM aniqlanadi, bu kasallikning o‘tkir davrini kechayotganligidan darak beradi. IgG SMV qarshi bir umrga saqlanadigan antitela bo‘lib, uning aniqlanishi kasallikning biror bir ko‘rinishini yoki tashuvchilikni o‘tkazayotganligidan darak beradi. SMV larga qarshi IgG ning yillar davomida pasayib borishi kasallikning tuzalib ketganini bildiradi. Oxirgi yillarda polimerazali zanjirli reaksiya usuliga katta etibor qaratilmoqda. Bu usul yordamida viruslarning DNK sini aniqlash usuli bilan diagnoz tasdiqlanadi. A’zolardan olingan bioptatlar sitologik tekshirilganda yadrosida maxsus kiritmalari bor katta hujayralar aniqlanadi. Urogenital SMV da ajralmalar elektron mikroskopda tekshirilganda viruslarning o‘zini topish mumkin. Davosi: Immun tizimini oshirishga qaratilgan choralar qo‘llaniladi, maxsus antitsitomegalovirus immunoglobulini (sitotek) qo‘llaniladi. Virusga qarshi preparatlarni qo‘llash yetarlicha naf bermaydi. Virusga qarshi preparatlarning toksikligi balandligini e’tiborga olgan holda xayotiy ko‘rsatmalarga asosan buyuriladi. Asiklovir, valasiklovir, gansiklovir, foskarnet, sidofovir kabi preparatlar qo‘llaniladi. Urogenital xlamidioz Xlamidioz – yuqumli kasallik bo‘lib, asosan jinsiy muloqotlar vaqtida yuqishi bilan harakterlanadi. Etiologiyasi: qo‘zg‘atuvchisi hujayra ichi bakteriyalari hisoblanmish Chlamydia trachomatis deb nomlanadi. Xlamidiylar juda kichkina bakteriyalar hisoblanadi, viruslar va bakteriyalar oralig‘ida turuvchi infeksiyalar bo‘lib, hujayralar ichida yashashi bilan viruslarga


341 o‘xshasa, organizmdan tashqarida ham ko‘payishi bilan bakteriyalarga o‘xshashadi. Epidemiologiyasi: kasallik manbai: kasal odamlar yoki sog‘lom xlamidiya tashuvchilardir. Yuqish yo‘llari: asosiy yuqish yo‘li jinsiy muloqot yo‘li bo‘lib, xlamidiylarning tashqi muhitlarda tez nobud bo‘lishi va kasallik keltirib chiqarishi uchun yetarlicha miqdorda xlamidiylar tushishi kerakligi inobatga olinadi. Maishiy muloqot orqali yuqishi yetarlicha isbotlanmagan. Moyillik: himoyalanmagan jinsiy muloqotda bo‘lish kasallikni 50% holatlarda yuqishiga sababchi bo‘ladi. Ayollar erkaklarga nisbatan ko‘proq yuqtiruvchan bo‘lishadi. Patogenezi: Xlamidiylarning rivojlanishida hujayra tashqarisi (infeksion yuqumli tanacha) va hujayra ichi (retikulyar tanacha) bosqichlarini o‘tadi. Hujayra tashqarisi holatida qo‘zg‘atuvchilar hujayra atrofida joylashgan bo‘lib, ular viruslarga o‘xshab ketadi, ya’ni qobiqsiz bo‘lishadi, hujayralar membranasi orqali ularning ichiga kirib ulardagi organellalarga birikib ular hisobiga oziqlanadi. Xlamidiylar bu davrida xuddi viruslarga o‘xshab antibakterial preparatlarga juda chidamli bo‘lishadi. Ular rivojlanishda davom etib ikkinchi, ya’ni retikulyar tanacha shakliga o‘tishadi. Bu vaqtga kelib ular o‘zlariga maxsus qobiq (fagosoma) hosil qiladi. Fagosomalar ichida ularning koloniyalari hosil bo‘lib infeksion yuqumli tanachalar ko‘payishda davom etadi. Natijada zararlangan hujayraning o‘limiga olib keladi. Hujayralar o‘lishi yuqumli tanachalarning tashqariga chiqib tarqalishi va boshqa hujayralarni zararlanishiga olib keladi. Klinikasi: urogenital xlamidioz klinik belgilarsiz yoki juda kam belgilar bilan namoyon bo‘ladi. Ayollarda xlamidioz qindan ajralmalar ajralishi bilan namoyon bo‘ladi. Ajralma hidlik, shilimshiqli-yiringli haraktega ega, sarg‘ish rangli bo‘ladi. Tashqi va ichki jinsiy a’zolarda qichishish, achishish, og‘riq bezovta qilib turadi. Peshob vaqtida va xayz davomida bu belgilar kuchayadi. Ba’zi xollarda umumiy xolsizlik va tana haroratining ko‘tarilishi bilan birga kechadi. Erkaklarda distal uretrit ko‘rinishida kechib odatda uzoq vaqt surunkalisiga davom etadi. Peshob vaqtida achishish va yengil og‘riq bezovta qilib turadi. Ertalablariga siydik kanalidan shishasimon rangli ajralma ajralib turadi, siydik yo‘li shilliq qavatlari yengil qizarib turadi. Ba’zida tana haroratining subfebril ko‘tarilishi, xolsizlik, yorg‘oq va belda og‘riq bilan davom etadi. Ayrim holatlarda peshob oxirida va urug‘ chiqqandan keyin qonli ajralmalar ajralishi mumkin. Ko‘p


342 holatlarda xlamidiylar koloniyalar hosil qilib uzoq muddat xech qanday klinik va instrumental o‘zgarishlar hosil qilmasdan makroorganizmda saqlanib qolishadi. Bunday holatlar yashirin kechishi bo‘lib faqat yuqori sezgir laboratoriya usullari (zanjirli polimeraza reaksiyasi PSR, va ajralmalarni ekib aniqlash usulida) yordamida aniqlanadi. Diagnostikasi: mikroskopik usullar yordamida xlamidiylarni topilishi diagnozni tasdiqlab beradi. Zarurat tug‘ilganda immunoferment analizi va zanjirli polimeraza reaksiyalaridan foydalaniladi. Davosi: immun sistemasini ko‘tarishga qaratilgan choralar belgilanadi. Antibakterial preparatlardan makrolidlar qo‘llaniladi. Bakterial vaginoz Bakterial vaginoz (gardnerellez) qinning yallig‘lanmagan infeksion harakterdagi kasalligi bo‘lib, qinning normal laktoflorasining keskin kamayishi yoki butunlay yo‘qolishi va ularni o‘rnini anaerob mikroblar eggalashi bilan harakterlanadi. Bakterial vaginozni faqat gardnerellalar (Gardnerella vaginalis) keltirib chiqarmasligi aniqlangandan so‘ng xozirgi kunda GARDNERELLYoZ so‘zi ishlatilmaydi. Oxirgi vaqtlarda bakterial vaginoz kasalligi juda dolzarb masalaga aylanib qolgan. Chunki uni keltirib chiqaruvchi omillar yetarlicha va davolash tamoyillari oxirigacha o‘rganilmagan hisoblanadi. Butun Jaxon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga qaraganda bakterial vaginoz bilan og‘riyatgan ayollar soni kundan kunga ortib borayotganili kuzatilmoqda. Butun Jaxon Sog‘liqni saqlash tashkilotining kasalliklar tasniflarini ko‘rish halqaro X-ko‘ruvida Bakterial vaginoz xozirgacha alohida kasallik deb hisoblanmaydi, shuning uchun qinning yallig‘lanmagan kasalligi deb aytilib kelinmoqda. Kelib chiqish sabablari: Xozirgacha bakterial vaginozni keltirib chiqaruvchi aniq bir sabablari topilmagan. Ko‘p marotabali tekshirishlar shuni ko‘rsatganki, bakterial vaginoz kelib chiqishida bir qancha bir biriga bog‘liq bo‘lgan omillar asosiy ahamiyatga ega bo‘lgan. 1.Bir vaqtning o‘zida bir necha kishilar bilan jinsiy aloqada bo‘lib turish.


343 2.Qinni ko‘p marotaba antiseptik preparatlari bilan yuvib turishlar. 3.Bachadon ichi spirallarini uzoq muddat qo‘llash. 4.Boshqa turdagi jinsiy a’zolar kasalliklari bilan tez-tez og‘rib turish shular jumlasidandir. Bakterial vaginoz kasalligi jinsiy muloqot, maishiy-muloqot, intrumental yo‘llari orqali yuqadi. Uning boshqa yuqish yo‘llari isbotlanmagan. BV rivojlanishida qinning mikroflorasi va ekologik disballansi asosiy o‘rinni egallaydi. Normal flora bu : 1.Qin epiteliysidagi glikogen miqdori. 2.Normal mikroflora tarkibi va miqdori 3.Vaqtinchalik qinda yashovchi (tranzitor) shartli-patogen mikrofloraning miqdori va tarkibidir. Jinsiy gormon estrogen ta’sirida qin hujayralari glikogenni hosil qiladi. Progesteron esa qinning epiteliy hujayralarini parchalab uning ko‘chishini va glikogenning ajralib chiqishini ta’minlab beradi. Qinda hosil bo‘lgan glikogen maltoza va dekstrozaga parchalanib qinda yashovchi laktobatsilalarga ozuqa bo‘lib xizmat qiladi. Laktobatsila va glikogenning o‘zaro ta’siri natijasida qinda sut kislotasi hosil bo‘ladi. Sut kislotasi qinning rN muhitini 3,5-4,5 atrofida saqlab beradi. Qinning kislotaliligi ikkita asosiy vazifani bajaradi. 1.Patogen va shartli-patogen mikroorganizmlar uchun noqulay sharoit yaratadi. 2.Nimjon spermatozoidlarni o‘ldiruvchi va faqat sog‘lom spermatozodilarning urug‘lanishi uchun evolyusion sharoit yaratadi. Shundan kelib chiqib kislotaliligi normal saqlangan qin sog‘lom qin degan ibora ham ishlatiladi. Qinning normal mikroflorasining asosini atsidofil laktobakteriyalar (80-90%ni) tashkil etadi. Bularning ichida perokis-hosil qiluvchi laktobatsillalar ham mavjud. 10% bifidumbakteriyalar bo‘lsa, 5% ga yaqin peptostreptokokklar aniqlanadi. Shunday aralash mikrofloralar DODERLEYN mikroflorasi deb yuritiladi. Mikroorganizmlarning umumiy miqdori bir gramm ajralmada 100 mln. dan ortmasligi lozim. Laktobatsillalar sut kislotasi hosil bo‘lishidan tashqari yana bir qator muhim himoya vazifalarini ham bajaradi. Mikroblarga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi lizotsim va boshqa fermentlar ishlab chiqaradi, periks vodorodini hosil qiladi. Makrofaglarning faollashishi, interferon


344 ishlab chiqishini tezlashtirishi, A guruh immunoglobulinlar sekresiyasini yaxshilashi hisobiga qindagi mahalliy immunitetini yaxshilaydi. Qin tashqi muhit bilan bevosita muloqot qiluvchi ochiq a’zo bo‘lgani sababli unga tashqi muhitdan har xil infeksiyalarning kirish ehtimolligi baland. Qinga har xil yo‘llar bilan tushgan patogen yoki shartli patogen mikroorganizmlarning bir qismi tezda qindagi kislotalik muhiti va boshqa himoya omillari ta’sirida o‘lib ketadi. Patogen yoki shartli patogen mikrofloraning shunday vaqtinchalik qinda bo‘lishi va keyinchalik ulardan tozalanishi tranzitor yoki vaqtinchalik tashuvchilik deb yuritiladi. Quyida keltirilgan mikroorganizmalarning BV keltirib chiqarishda ahamiyati kattadir: • Gardnerella vaginalis • Bacteroides species (Bacteroides melaninogenicus,Bacteroides vulgaris) • Fusobacterium species ( Fusobacterium nucleatum) • Mobiluncus species (M.mulieris) • Prevotella species • Leptotrichia species • Veillonella species • Peptococcus species (Peptococcus anaerobius,Peptococcus prevotii, Peptococcus variabilis) • Peptostreptococcus species • Mycoplasma hominis • Atopobium vaginae • Porphyromonas species • Sneathia sanguinegens • Porphyromonas asaccharolytica • Clostridium phylum Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan mikroorganizmlar qinda doimiy uchrashi ham mumkin, ammo ularning ko‘payib ketishi kasallik rivojlanishiga sababchi bo‘ladi. Ya’ni ushbu mikroorganizmlar guruhlari tranzitor tashuvchilikdan, yaqqol klinik belgilar bilan kechuvchi bakterial vaginozning rivojlanishiga sababchi bo‘lishadi. Qinda yashovchi laktobatsillar boshqa mikroorganizmlarga o‘xshab antibakterial dori preparatlari va antiseptik mahsulotlarga juda sezgir hisoblanib, ularning pala-partish qo‘llanilishi qindagi normal


345 mikroflorani o‘ldirib boshqa mikroorganizmlarning rivojlanib qolishiga sababchi bo‘ladi. Qindagi normal laktobatsilalar miqdorining kamayishi tranzitor bakteriyalar sonining 1000 baravargacha ko‘payishiga olib keladi. Natijada qindagi Ph muhiti ishqoriy tomonga siljiydi. O‘z navbatida bu jarayon yanada murakkablashib boradi. Qinga tushgan patogen mikroorganizmlar yani gonokokk, xlamidiy, trixomonada, ureaplazma va mikoplazmalar laktobatsillarni kamaytirib qinning himoya vazifasini keskin kamayishiga sababchi bo‘lishadi. Bu infeksiyalarga tranzitor infeksiyalarning qo‘shilishi patogen mikroorganizmlar uchun yana qulay bo‘lgan ishqoriy muhit yaratilishiga sababchi bo‘ladi. Klinik kechishi: Bakterial vaginoz fertil yoshidagi ayollar orasida ajralma sindromining umumiy sabalaridan biri va jinsiy va siydik ajratish a’zolarining infeksiyasi hisoblanadi. Juda ko‘pchilik ayollarda kasallik belgilari bilinar-bilinmas ko‘rinishda kechadi. Bakterial vaginozning asosiy klinik belgisi bu qindan ko‘p miqdorda oqish yoki kulrang ajralma ajralib turishidir. Faqat 10-50% foiz ayollarda jinsiy a’zolarda qo‘lansa “baliq” hidi kelishi bilan kechadi. Klinik belgilar ayniqsa jinsiy aloqa vaqtida, xayz sikli oldidan va undan keyin yaqqol rivojlanib qoladi. Jinsiy muloqot vaqtida noxushlik sezishi, qinning qichinsirab turishi kabi sub’ektiv belgilar ham uchrab turadi. Bakterial vaginoz bola tashlash, muddatidan oldin tug‘ib qo‘yish, tug‘ruqdan keyingi endometritlar rivojlanishi, kichik tos a’zolarining yallig‘lanishlari kabi oqibatlar bilan kechishi mumkin. Bakterial vaginoz bilan og‘riganlar jinsiy a’zolarning boshqa kasalliklari bilan og‘rishlariga moyil bo‘lib qolishadi. Klinik simptomlarsiz kechadigan bakterial vaginoz ham ko‘p holatlarda uchrab turadi. Bunda asosan laborator tekshirishlar natijasida uni keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlarning markerlarini aniqlash yordamida diagnoz qo‘yiladi. Bunday shaxslarda kichik tos a’zolarining yallig‘lanishlari, homiladorlikning patologik o‘zgarishlari va jinsiy yo‘l bilan kechuvchi kasalliklarning yuqishiga moyillik baland bo‘lib qoladi. Kasallik davolanish kursini olgandan keyin 2-3 oy ichida residivlanib turishi katta ahamiyatga ega. Bakterial vaginoz bilan og‘rigan ayollarda, achitqi zamburug‘lari, boshqa a’zo va sistemalar uchun shartli-patogen bo‘lgan mikroflora,


346 terida yashovchi streptokokk va stafilokokklar, yuqori nafas yo‘llarida yashovchi mikoplazmalar, xlamidiylar, klebsiellalar va nisserilar, ichak bakteriyalaridan ichak tayoqchalari va enterokokklarga juda moyillik baland bo‘lib, ko‘rsatib o‘tilgan infeksiyalarning qinda patologik jarayonlarni keltirib chiqarishlariga moyil bo‘lib qolishadi. Venerik kasalliklarning bir yoki bir nechasi bilan og‘rigan, immun tizimi sustlashgan erkaklarda bakterial vaginoz chaqiruvchi qo‘zg‘atuvchilar uretrit keltirib chiqarishi mumkin. Bunda ajralmalar oqish-kulrang ko‘rinishda bo‘lib, tarkibida leykotsitar reaksiya aniqlanadi (ko‘rish maydonida 15-30 tagacha leykotsitlar ko‘rinadi). Diagnostikasi; bakterial vaginoz deb tashxis qo‘yish uchun, avvalam bor klinik belgilarning rivojlanishi, boshqa venerik kasalliklarga moyillikning ortib borishi, kasallik davolangandan keyin ham tez-tez residivlanib turishi inobatga olinadi. Bulardan tashqari laborator tekshirish natijalari bilan tasdiqlanadi. Diagnoz qo‘yish uchun Amselning klinok-laborator diagnostik mezonlaridan foydalanish ham qulaylik yaratadi. Quyida keltirilgan belgilarning uch-to‘rt tasining bir vaqtda bo‘lishi diagnozni to‘liq tasdiqlaydi. 1. Qin oynalari bilan qin va bachadonni ko‘zdan kechirganda qin va bachadon bo‘yinchasida ko‘p miqdorda oqish-kulrang, qo‘lansa hidli ajralmalarning bo‘lishi. 2. Indikator yordamida qinning Ph ni aniqlaganda uning 4,5 dan baland bo‘lishi. (Ph>4,5) 3. Amino testi-qin ajralmasi solingan probirkaga 10% KON eritmasidan aralashtirganda maxsus hid ajralishi, yani bakterial vaginozga xos baliq hidining paydo bo‘lishi. 4. Qin ajralmasidan tayyorlangan surtmani Gramm usulida bo‘yab ko‘rilganda vaginal gardnerellalarning qin epiteliysiga yopishib olgani aniqlanadi. Davosi: kasallikning tez-tez residivlanib turishini inobatga olgan holda davo muolajalari doimiy nazorat ostida olib boriladi. Qin ajralmasi ekib antibiotiklarga sezgirlik aniqlanib davolanganda samaradorligi ortib boradi. Davo kurslari bir necha marotaba takrorlanadi. Har bir bemorda kechayotgan belgilarga va kasallikning residivlanib turishiga e’tibor bergan holda individual ravishda nazorat qilinadi. Davo mahalliy va umumiy tarzda olib boriladi. Birinchi navbatda patogen mikroflorani o‘ldirish ishlari olib borilib, keyin normal flora miqdorini tiklashga harakat qilinadi. Metronidazol va


347 uning analoglari katta dozada 500 mg dan 2 mahal 7-8 kun mobaynida beriladi. Tinidazol katta dozada 2 gramm bir marotaba qabul qilinadi. Fluomizin qin shamchasi kuniga bir mahaldan 6-7 kun kechquriniga qo‘yiladi. Antibiotiklar bilan davolash kursini olgandan so‘ng qinda laktobatsilalarning miqdorini tiklashga qaratilgan chora-tadbirlar olib boriladi. Tarkibida bifido va laktobakteriyalar mavjud eubiotik preparatlaridan foydalaniladi. Buning uchun Ginoflor E vaginal tabletkalar kuniga bir mahaldan 10-12 kun qo‘llash mumkin. Zaruratga qarab davo kursi takrorlanib turiladi. Iorganizmning immun tizimini korreksiyalab borish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Profilaktikasi: bakterial vaginoz bilan og‘rigan ayollarga gigienik tartiblarga juda qattiq e’tibor bilan qaralishi talab qilinadi. Jinsiy sherikni almashtirish qin mikroflorasining buzilishiga va boshqa mikrofloraga moslasha olmasligiga olib kelishi tushintiriladi. Jinsiy yo‘l bilan yuquvchi kasalliklarda olib boriladigan amaliy ko‘nikmalar: Orqa chiqaruv teshigini (anus) ko‘zdan kechirish Ko‘nikma jinsiy yo‘l bilan yuqishi ehtimoli bo‘lgan kasalliklarni ob’ektiv ko‘rikdan o‘tkazib tashxisni oydinlashtirishga qaratilgan. Birlamchi, ikkilamchi siflidlar va boshqa venerik kasalliklarda bo‘ladigan mahalliy o‘zgarishlarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Amalga oshirish uchun bemordan oyoqlarni bukmasdan egishni va qo‘li bilan dumbalarini ikki tomonga tortib turishni so‘raladi. Bajarish tartibi 1.Bir uchi paxtali tayoqcha yordamida orqa teshik, to‘g‘ri ichakning tashqi yuzasini, orqa teshik atrofidagi terini ko‘zdan kechiradi va baholaydi. Bunda kondilomalarning, orqa teshik atrof terisida yoriqlarning bo‘lishi, ajralma aniqlanishi, yallig‘lanish belgilarining bor-yo‘qligiga e’tibor beriladi. 2. Orqa teshikda ajralma bo‘lsa undan surtma olinadi va laboratoriyada bakterioloskopik yoki bakteriologik usullar yordamida qo‘zg‘atuvchilar bor yo‘qligi tekshiriladi. 3. Agar anal jinsiy aloqa borligi gumon qilinsa, to‘g‘ri ichak oynasi yoki koproskop yordamida to‘g‘ri ichakning pastki qismi ko‘riladi va shilliq qavatida eroziya yoki yara bor-yo‘qligiga e’tibor beriladi. 4. Halqacha yoki Folkman qoshiqchasi yordamida to‘g‘ri ichak shilliq qavatlaridan surtma olinadi va mikroskopda qo‘zg‘atuvchi bor yo‘qligi tekshiriladi


348 5. Zarurat bo‘lganda tekshirish uchun material to‘g‘ri ichak ampulasidan ag‘darish (ayollarda) yoki to‘g‘ri ichakni yuvish orqali olinadi. 6. Orqa teshik orqali ko‘rsatkich barmoq bilan orqa teshik ichki sfinkterining shilliq pardasi ag‘dariladi va shilliq qavatlarni ko‘zdan kechiriladi va tekshirish uchun surtma olinadi Yara yuzasidan oq trepomemaga tekshirish uchun surtma olish uslubi Birlamchi, ikkilamchi zaxm kasalligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Stafilokokkli ektimada, leyshmaniozda va terida yaralanish bilan kechadigan boshqa kasalliklarda differensial diagnostika maqsadida amalga oshiriladi. Bajarish tartibi 1.Be’morni ko‘ruv uchun tayyorlash. 2.Tekshiriladigan toshmani aniqlash (shilinish, yara, shilingan tuguncha, yirik kondiloma). 3.Element yuzasi steril paxta yoki dokali tampon bilan tozalanadi. 4. Spirtovka alangasida surtma olish uchun maxsus temir halqa petlya qizdiriladi va sovutiladi. 5. Qovuzloq yordamida element yuzasi toki zardobli to‘qima suyuqligi ajralib chiqmaguncha mexanik ta’sirlanadi va suyuqlik olinadi. 6. Material (to‘qima suyuqligi) hamda fiziologik eritma kam miqdorda yog‘sizlangan buyum oynachani ustiga surtiladi va kichkina oynacha bilan yopiladi. 7. Agar surtma bo‘yalmay qolsa, uni mikroskop tagida ko‘ruvdan o‘tkazish kerak. Serologik taxlil uchun qon olish texnikasi Zaxm kasalligiga gumon qilinganda, turmush qurayotgan yoshlarni nikohidan oldin, homilador ayollarda, profilaktik maqsadda, donorlardan va kasb bilan bog‘liq holatlarda Qonda zaxm markerlarini topish uchun ishlatiladi. Bajarish tartibi 1.Amalga oshirish uchun 5 ml li shpris, 70%li spirt, steril paxta, probirka, yo‘llanma, steril rezina qo‘lqop kerak bo‘ladi. 2. Bemorni ko‘ruv uchun tayyorlash 3. Qo‘l yuvilib zararsizlantiriladi, steril salfetkaga artiladi. 4. Steril qo‘lqop kiyiladi


Click to View FlipBook Version