48 Avlodlarga maktub Odatimga ko‘ra, tuman markazida ishlasam-da, haftada kamida 2 marta ishdan so‘ng Yangiqo‘rg‘onga borib, ayam va aka-ukalarim, opa-singillarimni ko‘rib kelardim. Uyga kelsam, akamning kayfiyati yo‘qroq ekan. Ayam, ukalarim dam olishga ruxsat so‘rab, ketishgach, akamdan nima uchun kayfiyati yo‘qligini so‘radim. Akam menga tikilib, og‘ir xo‘rsinish bilan “Nomus o‘limdan qattiq”, Oliy Majlis deputatligiga Ahror Suyunov nomzodini ko‘rsatish to‘g‘risidagi fikrimni senga aytgandim. Zoir ikkalamiz Ahror aka bilan suhbatlashganimizda nomzodini har qanday bosim bo‘lsa ham, olmasligiga va’da bergan edi. Shundan so‘ng deputatlikka nomzodni 2- va 6-maktablar jamoasi nomidan ko‘rsatganimizdan ham xabaring bor. Bugun Ahror aka kelib yuqoridan yuborilayotgan nomzod O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati raisi o‘rinbosari Yuriy Salixov ekan, shu sababli men nomzodimni qo‘ymayman, ularning bosimiga dosh bera olmayman deb mendan uzr so‘rab ketdi. Ahror aka haq, KGBning bosimiga chiday olmaydi. Lekin biz tashabbus ko‘rsatdik, jamoaga va’da berdik, ularni ishontirdik, jamoa bizga ishondi va nomzodni tavsiya etdi. Xalq bundan xabardor. Endi jamoamiz, bizning tashabbusimizni qo‘llagan insonlarga nima deyishni o‘ylab boshim qotgan” dedi. Bu xabardan so‘ng men balki bu yaxshilikka bo‘lishi mumkin, KGB raisi o‘rinbosari bizning okrugdan deputat bo‘lsa yordami tegar dedim. Akam bir xo‘rsinib, “Xalqning xohish-irodasi, davlat boshqaruvidagi islohotlarning oqibati nima bo‘ladi. Agar hozir biz fikrimizdan qaytsak, o‘z xohish irodasidan mahrum, davlatni boshqarish huquqidan mahrum va “ma’muriy bosim ostida yashaydigan, deputat saylaydigan huquqli fuqaro” bo‘lib qolaveramiz. Bilasan, mening boshlagan ishimni tashlab qo‘yadigan, undan chekinadigan odatim yo‘q.
49 Avlodlarga maktub Siyosiy kurashga kirishdim, endi har qanday bosim bo‘lsa ham undan chekinmayman. Sen ham hushyor bo‘l, har qanday bosim va shantajlarga tayyor tur. Ertalabdan buyon o‘ylab, hozir bir qarorga keldim. Ertaga Zoir bilan shoira Oygul Mamatovaga borib uchrashib, har qanday bosimga chidasa, nomzodini Oliy Majlis deputatligiga ko‘rsatish to‘g‘risida suhbatlashmoqchiman”, deb so‘zini yakunladi. Oygul Mamatova o‘zining deputat bo‘lish to‘g‘risidagi xotiralarida Jamol Isroilov va Zoir Eshmurodov domlalar kelib, o‘zi bilan suhbatlashgani hamda saylovda bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday bosimlarga chidab berishi to‘g‘risidagi va’dasidan so‘ng tumandagi 2- va 6-maktablar jamoasi nomidan Oliy Majlis deputatligiga nomzodi tavsiya etilganligi hamda buning uchun ulardan, mehnat jamoasidan bir umr minnatdorligini ko‘p marta ta’kidlagan. Ahror Suyunov keltirgan xabar to‘g‘ri chiqdi va yuqoridan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati raisi o‘rinbosari Yuriy Salixov Yangiqo‘rg‘on saylov okrugidan Oliy Majlis deputatligiga nomzod qilib ko‘rsatildi. Oliy Majlis deputatligiga 2-nomzod sifatida Oygul Mamatova tumandagi 2- va 6-maktablar jamoalaridan tavsiya etildi. Nomzodlar ruyxatdan o‘tgach, akam, Zoir aka va fidoyi jurnalist do‘stimiz Yo‘lchi Muhammadiyev Oygul Mamatovaga ishonchli vakil bo‘ldilar. Bu Oqdaryo tumanidagi 70 yildan ortiq ma’muriy bosim tajribasiga ega bo‘lgan sobiq ittifoq imperiya davlat mexanizmiga qarshi o‘zbek ziyolilari siyosiy kurashish jarayonining boshlanishi edi. Siyosiy jarayonda sobiq O‘zbekiston KGB markaziy apparati va uning Samarqand viloyat boshqarmasi xodimlaridan iborat “hujum guruhi” ishladi. Oqdaryo ziyolilari va xalqi o‘z nomzodi uchun ovoz berish bo‘yicha olib borilgan targ‘ibot
50 Avlodlarga maktub ishlari natijasida hamda ushbu siyosiy jarayonda juda sayqallandi. Tumandagi 100 foiz rahbariyat, jamoat va davlat idoralari rahbarlari aholi o‘rtasida “Oygul Mamatova deputat bo‘lib nima qila oladi, sizlar 2 ta maktab direktori, Yo‘lchi Muhammadiyev va boshqa sheriklarining nimasiga ishonasizlar. KGB raisi o‘rinbosari Oqdaryo uchun barcha xizmatni qilishga tayyor” mazmunidagi tashviqotga zo‘r berardi. Mahalliy hokimiyat akam, Zoir aka, Yo‘lchi va bizlarga ochiq norozilik bildirar, imkon qadar sha’nimizni pasaytirishga harakat qilardi. Akam va bizlarga bo‘layotgan ochiq qarshiliklar sabablaridan yana biri Oygul Mamatovadan tashqari dahbedlik asli o‘qituvchi bo‘lgan Toshpo‘lat Jo‘rayev ham Oliy Majlisga o‘z nomzodini qo‘ygan men va maslakdoshlarim 2-okrugdan nomzodga ishonchli vakil bo‘lib harakat qilar edik. Shuningdek, biz Oqdaryo tumanidan viloyat Kengashi deputatligiga nomzodini qo‘ygan Gdlyan, Ivanovchilar guruhidan bo‘lgan Samarqand viloyat prokurori A.Suxanos nomzodiga alternativ tarzda vrach Tirkash Shomirzayev nomzodini ham taklif etgandik. Akamning bevosita rahbarligida siyosiy kurashda targ‘ibot ishlari juda madaniyatlilik va uyushqoqlik bilan tashkil etildi. Biror kishiga, hatto, raqobatchilar sha’niga ham salbiy munosabat bildirmaslik to‘g‘risida akam bizni doim ogohlantirardi. Targ‘ibot ishlari to‘g‘ri tashkil etilgani sababli Oqdaryo xalqining “men”ligi tez uyg‘ondi. Tumandagi ikkala okrugdan ham Oliy Majlisga xalq tomonidan tanlangan nomzodlar saylandi. Samarqand viloyat prokurori ham viloyat Kengashi deputatligiga saylanmadi. Sobiq ittifoq imperiyasi davlat mexanizmi va o‘zbek ziyolilarining siyosiy kurashi oqdaryoliklar g‘alabasi bilan tugadi. Deputatlik mandatlari uchun bo‘lgan siyosiy jarayonlardagi
51 Avlodlarga maktub g‘alabada akam bilan hamnafas bo‘lgan hamda har qanday taziyiqlardan cho‘chimagan Yo‘lchi Muhammadiyev, Zoir Eshmurodov, Abdihakim Salimov kabi fidoyi insonlar va oqdaryolik diyonatli, e’tiqodli maorifchilar xizmati beqiyos ekanligini doim unutmasligimiz kerak. Siyosiy g‘alabadan so‘ng akam va akamning atrofidagi tarafdorlarga bo‘lgan qarashlar tubdan o‘zgardi. Barcha endi akamni g‘alaba bilan tabriklar edi. Shunda “Mag‘lubiyat yetim, g‘alabaning ota-onasi ko‘p” degan xalq maqolining ma’nosini anglaganday bo‘ldim. Aziz kitobxon, agar adolat, haqiqat va o‘z maqsadingiz yo‘lida kurashsangiz, mag‘lubiyatga uchrab “yetim” bo‘lib qolish yoki g‘olib “boy” bo‘lishga tayyor turing. Mag‘lubiyatga uchrab “yetim” bo‘lib qolsangiz tushkunlikka tushmang, chunki ushbu mag‘lubiyat sizning keyingi g‘alabangiz uchun poydevor bo‘ladi. Adolatsizlikka uchrasangiz ham xafa bo‘lmang, adolatsizlik sizga, yoki siz tomoningizdan sodir etiladigan adolatga ona bo‘ladi. Agar g‘alaba qilsangiz, mag‘lubiyat davridagi “yetim”likni unutmang. Ushbu siyosiy kurashlar tumandagi noformal lider Jamol Isroilov boshchiligidagi Oqdaryo ziyolilarining davlat mustaqilligi uchun kurashining debochasi edi, xolos. Hali oldinda katta siyosiy kurashlar turardi. TADBIRKORLIK YO‘LI XX asrning 80-yillari oxirlarida sobiq ittifoq davlat siyosiy va iqtisodiy tizimini isloh qilish zarurligi markaz tomonidan e’tirof etildi. Ittifoq iqtisodiy tizimini rejali iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga asoslanadigan iqtisodiyotga o‘tkazish mamlakatni iqtisodiy tanazzuldan chiqarishning asosiy yo‘li
52 Avlodlarga maktub sifatida belgilandi. Tabiatan yangiliklarga, har bir narsaning ijobiy jihatlarini qidirib topishga bo‘lgan intilishga o‘rgangan akam sobiq ittifoqda boshlangan iqtisodiy islohotlardan ham chetda turmadi. 1990 yilda “Turon” nomli firma tashkil qildi va jiyanlarimizdan birini rahbar qilib tayinladi. Har kuni firma ishi bo‘yicha hisobot olar va yangi topshiriqlar berib borardi. Odamlarning ehtiyoji bilan qiziqar, “insonlar ehtiyojlarini qondirish biznesning bosh maqsadi bo‘lishi zarur. Shunda biznes yashaydi va rivojlanadi”, deb ta’kidlardi. Firma ishini yuritish va insonlarning ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha yangi g‘oyalar o‘ylab topardi. XX asrning 80-yillari oxirida magazinu do‘konlar peshtaxtalari bo‘m-bo‘sh bo‘lib qolgandi. Kundalik ehtiyoj mollariga talab ko‘p, lekin mahsulot yo‘q edi. Shunda akam uyimizda yog‘ ishlab chiqarish tsexi tashkil qildi. Ishlab chiqargan va o‘zi qo‘shimcha olib kelgan mahsulotlarni birinchi navbatda maktab o‘qituvchilariga kreditga (qarzga) berardi. Bizga “O‘qituvchi oylikni-oylikka ulab yashaydi, shuning uchun ularni ko‘chada mahsulot qidirib sarson qilmaslik kerak” derdi. Men va ukam Sharof tumandagi savdo korxonalarida rahbar bo‘lib ishlaganimiz sababli bizni ham o‘qituvchilarga kreditga (qarzga) tovar yetkazib berishga da’vat qilar edi. Sobiq ittifoqning xo‘jalik yuritish tizimi izdan chiqa boshlagani sababli maorif tizimi ta’minotida ham uzilish paydo bo‘la boshladi. Bozordagi aholi, iste’molchilar talab va ehtiyojlarini kuzatib boradigan akam tumanda birinchi bo‘lib parta ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. O‘sha davrlarda rahbarlar tushunib-tushunmasdan kooperativlar, kichik korxonalar bilan ishlamaslik to‘g‘risida topshiriqlar bera boshladi. Shunda akam
53 Avlodlarga maktub firmasining nomini tezda “kichik korxona”dan “ko‘p tarmoqli ishlab chiqarish korxonasi”ga o‘zgartirdi. Ushbu ko‘pchilik uchun oddiy tuyuladigan o‘zgartirish tufayli byurokratiyani chetlab, biznesni muvaffaqiyatli davom ettirish imkoniyati yaratildi. Akam Yaratgandan berilgan kuchli mantiqiy qobiliyat sababli byurokratik ma’muriyatning biznesga xalaqit beradigan ko‘plab shu kabi me’yorlarini qonuniy chetlab o‘tish imkoniyatlarini qidirib topardi. Har bir g‘oyalarini asoslash uchun biz aka-ukalarni yig‘ib, fikrini bildirar, bizning fikrlarimizdan maqbul taraflarini inobatga olib, g‘oyasini boyitib amalga oshirardi. XX asrning 90 yillari boshlarida Oqdaryo tumanini to‘liq gazlashtirish boshlandi. Bu davrga kelib xo‘jalik yuritish tizimi izdan chiqqan, tartibsizliklar kuchaygandi. Lekin ma’muriy idoralar mavjud, ularning talablari amal qilardi. Shunda akam tuman, viloyat gaz idoralariga borib, gazlashtirish ishlarini amalga oshirish tartiblarini o‘rgandi. Gazlashtirish uchun maxsus payvandlash apparatlari, payvandlovchilar zarurligini inobatga olib biznes rejalar tuzdi. Bizga maxsus payvandlash apparatlarini qidirib topib, olib kelish bo‘yicha topshiriq berdi. Biz Sharof ukam ikkalamiz apparatlarni topib keldik. Yangiqo‘rg‘on aholisi qadimdan hunarmandligi sababli payvandlovchilarni qo‘shimcha oylik evaziga ishga jalb qildi. Gazlashtirish idorasi talabiga ko‘ra ularni maxsus kurslarda o‘qitdi, imtihon topshirtirib, firmaga va payvandchilarga maxsus ruxsatnoma olib berdi. Maxsus gaz loyihalash institutiga aholi punktlarini gazlashtirish uchun buyurtmalar joylashtirib, ishni boshlab yubordi. Gazlashtirish ishlarining muvaffaqiyatli bo‘lishiga avval ko‘pchilik ishonmadi, shu sababli pul sarflashga
54 Avlodlarga maktub harakat qilmadi. Shunda akam o‘z mablag‘i evaziga, pulni gaz o‘tkazilgandan keyin berasizlar deb, o‘zimiz yashaydigan mahallani gazlashtirdi. Tuman gaz idorasi xodimlari ishtirokida barcha xonadonlarga gazdan foydalanishga ruxsat etildi. Mahallamiz aholisi gazdan foydalana boshladi. Odamlarning zavq-shavqi tezda atrofga tarqaldi. Oilalariga kirib kelgan qulaylikdan minnatdor bo‘lgan mahalladoshlarimiz jamg‘armalari va mollarini sotib, akamga sarflagan kapitalini qaytardi hamda o‘z minnatdorchiligini bildirdilar. Ushbu tadbirdan so‘ng odamlarning gazlashtirishga bo‘lgan ishonchi va qiziqishi tezda ortdi. Tumanda eng tez gazlashgan hudud Yangiqo‘rg‘on shaharchasi hisoblanadi. Shundan so‘ng akamga tumanning boshqa aholi punktlaridan ham gazlashtirishda yordam so‘rab aholi vakillari kela boshladi. Oqdaryo tumani viloyatdagi aholi daromadi past tumanlardan hisoblanadi. Gaz quvurlari Rossiyadan keladi, qimmat. Aholi gazlashtirish uchun sarflanadigan barcha xarajatni qoplash imkoniyatiga ega emas. Odamlar uylariga gaz olib kirib, yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida najot istab, mahalliy idoralar, hokimiyatga emas, akamga “Yo‘lini qilib bizga yordam qiling”, deb murojaat qilib kelardi. Shunday kunlarning birida akam bizni uyiga taklif qildi. Ukalarim Sharof, Mo‘minjon, Olimjon va men kechda akamning xonadonida yig‘ildik. Akam bizga vaziyatni tushuntirib, agar o‘rta bosimli gaz trassalari xarajatlarini moliyalashtirishni byudjet dasturiga kiritsak tumanni gazlashtirish tezlashadi dedi. Tumanimizdagi aholi Samarqand, Toyloq, Urgut tumanlari aholisi kabi boy emas. O‘rta bosimli trassalar yetib borgan hududlar aholisi xonadonlariga o‘z mablag‘i hisobidan gazni o‘tkazib oladi. Tuman, viloyat byudjetida mablag‘ yo‘q. Men viloyat moliya boshqarmasi bilan gaplashdim dedi. Keyin
55 Avlodlarga maktub menga murojaat qilib “Sen respublika byudjetidan mablag‘ olish yo‘llari bilan qiziqib ko‘r” dedi. O‘sha paytlarda men Davlat soliq qo‘mitasida mas’ul lavozimda ishlardim. Tumanni gazlashtirish bo‘yicha akam taklif etgan reja bo‘yicha ishladik. Moliya, iqtisodiyot vazirliklaridan davlat byudjetidan mablag‘ ajratish bo‘yicha amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar hamda hujjatlarni olib berdim. Viloyat gaz boshqarmasi bilan hamkorlikda gazlashtirish smeta-loyiha hujjatlari ishlab chiqilib, davlat investisiya dasturlariga kiritish uchun taqdim etildi. Mablag‘ hal etilishi paytida gaz trassalari uchun quvur yetkazib berish muammosi kelib chiqdi. Respublika mustaqil bo‘lgach Rossiyadan metal, quvur, yog‘och materiallar keltirish juda qiyinlashgandi. Mamlakat g‘aznasidagi valyuta tushumi bu mahsulotlarni xarid qilishga yetmasdi. Valyuta asosan g‘alla va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilishga sarflanardi. Shunda akam Rossiya bozoriga eksport qilinayotgan mahsulotlar bilan qiziqib, tomat-pasta evaziga quvur olib kelish mumkin degan xulosaga keldi. Zudlik bilan muqaddam biz bilan biznes hamkor bo‘lgan Toyloq konserva zavodidan Anvarjon degan mutaxassisni chaqirtirib, mini-konserva zavodi qurib, ishga tushirdi. 100 dan ortiq fuqaro ish bilan ta’minlandi. Ishlab chiqarilgan konserva va tomat mahsulotlari Rossiyaga eksport qilinib, barterga gaz trassalari uchun metal quvurlar olib kelish yo‘lga qo‘yildi. Rossiyadan metal quvurlar olib kelishning yo‘lga qo‘yilishi natijasida har yili Oqdaryo tumani hududini gazlashtirish maqsadida o‘rta bosimli gaz trassalari uchun respublika byudjeti hisobidan mablag‘ ajratish rejalashtirilishiga erishildi. Tuman hududi 3 yil ichida to‘liq gazlashtirildi. Akam boshlagan tashabbusga tuman hokimi ishonmagani sababli
56 Avlodlarga maktub chetda tomoshabin bo‘lib kuzatib turdi. Yuqorida aytilganidek, “Mag‘lubiyat yetim, g‘alabaning ota-onasi ko‘p”. Natija ko‘ringach, mahalliy hokimiyat ham o‘z hisobotlarida tumanning gazlashtirilishi bilan maqtana boshladi. O‘zbekiston Respublikasining 1997 yilda qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi qonuni ijrosi bo‘yicha mamlakatda maktablar, kasb-hunar kollejlari va akademik liseylarni qurish, rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq keng ko‘lamli ishlar boshlab berildi. Oqdaryo tumanida davlat ro’yxatidan o‘tgan “Turon” ko‘p tarmoqli korxona ham qurilish bozorida o‘z o‘rnini topish maqsadida faoliyatida yangi yo‘nalishni boshladi. Oqdaryo, Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on, Qo‘shrabot, Nurobod va Pastdarg‘om tumanlari kasb-hunar kollejlari va maktablari qurilishi, kapital ta’mirlanishida akam rahbarlik qilgan firma quruvchilari vijdonan faol ishtirok etdi. Bir safar Toshkentdan Yangiqo‘rg‘onga borganimda akam uyga juda kech keldi, men uxlamay kutib turdim. Shunda xavotir bilan kech kelish sababini so‘radim. Viloyat hokimining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari yaxshi inson va mutaxassis. Qo‘shrabot tumanining chekka bir qishlog‘ida qurilayotgan kasb-hunar kolleji pudratchi tashkiloti yarim qurilish ishini ham bajarmasdan, “Ish sharoiti juda og‘ir, men o‘z muddatida qurilishni tugata olmayman”, deb rad etgan. U kishi katta boshini kichik qilib, shu qurilishni o‘z muddatida faqat siz tugatib bera olasiz, deb mendan qurilishni davom ettirishni iltimos qildi. Yo‘q deya olmadim. Kollej qurilayotgan qishloqqa transport bormaydi. Qurilish materiallarini eshak aravada 2-3 km tepalikka olib chiqyapmiz, ishchi yigitlarim ham, o‘zim juda qiynaldik. Muddat tig‘iz, hokimiyat har kuni axborot so‘raydi, o‘z yordamini ham ayamaydi. Shu sababli
57 Avlodlarga maktub bir hafta-o‘n kundan buyon juda kech kelayapman, dedi. Islohotdan ko‘zlangan maqsad va amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lamida bevosita ishtirok etgani hamda ta’lim tizimini yaxshi bilgani sababli akam bo‘layotgan ishlarga o‘z munosabatini bildirib turardi. Afsus, kasb-hunar ta’limi maktab ichida, o‘rta ta’lim tizimida bo‘lganda juda o‘rinli va samarali bo‘lardi. Shuncha sarflangan mablag‘ va mehnat yetarli samara bermaydi, deb ko‘p ta’kidlardi. Topshirilgan ishga bo‘lgan munosabat, qurilish ishlarini sifatli amalga oshirishi natijasida akam “yaxshi quruvchi domla” sifatida viloyatda o‘z o‘rniga ega edi. Eng muhim qurilish ob’yektlarini qurish, kapital ta’mirlash va rekonstruksiyasi ishonch bilan “domla”ga topshiriladigan bo‘ldi. Samarqand shahri “Registon” maydonining kapital qayta qurilishi, “Rudakiy” bog‘i rekonstruksiyasi, Urgut tumanidagi “Chegara” posti, “Imom Buxoriy” ziyoratgohi magistral yo‘li qurilishlari kabi ko‘plab ob’yektlar Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tendersiz “Turon” ko‘p tarmoqli korxonasiga topshirildi. Bu akamning ishga insof va diyonat bilan yondashuvi hamda mas’uliyatni yuqori darajada his etishi natijasi edi. Ushbu qurilishlar orasida “Rudakiy bog‘i” qurilishi o‘ziga xos voqealar bilan barcha aka-ukalarning xotiramizda qolgan. Bog‘ qurilishi O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlarining Samarqand shahrida bo‘ladigan uchrashuviga topshirilishi kerak bo‘lgan ob’yekt edi. O‘sha paytlarda viloyat hokimi bo‘lib rahmatli O‘ktam Barnoyev ishlardi. Akam shu insonni juda qadrlardi. Samarqand viloyati hokimligidan bo‘shaganda, afsus, eng madaniyatli, bilimdon, insonni qadrlaydigan, ishchan va mas’uliyatli rahbar ishdan olindi, deb afsus qildi. Buxoro viloyatiga O‘ktam Barnoyev qayta hokim bo‘lgani to‘g‘risida xabarni telefon orqali yetkazganimda xuddi o‘z
58 Avlodlarga maktub ukasi viloyat hokimi bo‘lgandek quvondi. Bir suhbatimizda “O‘ktam Barnoyevning qayta viloyat hokimi bo‘lganligidan xuddi men hokim bo‘lgandek xursand bo‘ldingiz, sababi nima?” deb so‘radim. Shunda “Ha, shunday xursand bo‘ldim”, deb sababini quyidagicha izohladi: “Men viloyatdagi 100 ga yaqin ob’yektlar qurilishida ishtirok etdim. Lekin biror marta ob’yekt qurilishida yotib qolmaganman. “Rudakiy bog‘i” qurilishida esa yotib ishlashimga to‘g‘ri kelgan. Viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev har kuni ertalab ob’yektga kelib, ishlarni shaxsan nazorat etib, muammolarni muhokama qilardi. Menga “Domla, kech soat 1.30 larda kelaman, ishlarni muhokama qilamiz, bilasiz, muddat juda tig‘iz”, deb xayrlashardi. Har kun soat nechada kelaman desa, o‘sha paytga kelardi. Ishlarning borishini aniqlik bilan nazorat qilardi. Shunday kunlarning birida, loyiha bo‘yicha buzilishi zarur bo‘lgan bino egasi binoni buzdirmayotgani to‘g‘risida quruvchi menga xabar berdi. Men mulkdor bilan gaplashdim, u kishi binoni yaqinda qurgani, katta zarar ko‘rishi to‘g‘risida xo‘rsinib gapirdi. Men quruvchilarni boshqa yo‘nalishga ko‘chirdim. Kech soat 2.00 larda o‘z va’dasi bo‘yicha viloyat hokimi O‘ktam Isayevich kelib, ishlarni nazorat qildi. Keyin muammolar bormi deb so‘radi. Shunda men ruxsat so‘rab, loyihaga ikkita o‘zgartirish kiritish zarurligini aytdim. Joyiga borib ko‘rsak, dedim. Hokim, men, loyihachilar va barcha mulozimlar taklif etilgan joyga bordik. Men buzish rejalashtirilgan binoni qoldirish va bog‘ga mos ravishda qayta ta’mirlashni taklif etdim. Chunki bog‘ dam olish maskani, shu sababli, bog‘da odamlar dam oladigan binolar bo‘lishi maqsadga muvofiq degan fikrni bildirdim. Hokim loyiha chizmasini ko‘rib chiqib, taklifga ruxsat berdi va bino egasini chaqirib, binoni parkka mos ravishda qayta ta’mirlashni topshirdi.
59 Avlodlarga maktub Ikkinchi taklifim Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tarafdagi yo‘lni 2-3 metrga bog‘ning hududi evaziga kengaytirish zarurligi edi. Ko‘rib turganimizdek, mashina va odamlar qatnovi juda katta, lekin yo‘l bitta tor polosali, shuni ikki polosali qilsak dedim. Bu taklif ham hokimga maqbul bo‘ldi, ob’yekt chizmasiga qarab bosh chayqadi va domla bu taklif to‘g‘ri, lekin qabul qila olmas ekanmiz. Mana chizmadagi qizil qalam bilan chizilgan belgi Islom Abdig‘aniyevich tarafidan belgilangan, uni o‘zgartirish uchun o‘zlaridan ruxsat kerak, afsuski, bunga vaqtimiz yo‘q dedi. O‘ktam Barnoyevda odamlarni eshitish, hurmat qilish, o‘z so‘zida turish va qadrlashdek ajoyib xislatlar bor. Shu sababli qayta viloyat hokimi bo‘lganidan xursand bo‘ldim. Agar Samarqand viloyatiga qaytganida yana ham xursand bo‘lardim” dedi. Viloyatda hokim bo‘lgan rahmatli A’zamxon Bahromov, Zoir Mirzayevlar ham muhim nazoratdagi ob’yektlarni taqsimlashda akam ishtirok etmasa-da, bu ob’yektni domlaga beramiz. Boshqa quruvchilar uyaltirib qo‘yadi, domlada mas’uliyat va oriyat kuchli, deb tenderda ishtirok etish niyati bo‘lmasa ham, Vazirlar Mahkamasini qarori bilan akam qurilish kompaniyalariga berilardi. Ko‘pchilik ob’yektlarni mablag‘i aniq emas, qo‘shimcha tushumlar hisobidan moliyalashtirish sharti bilan qurilish ishlari boshlanardi. Bunday hollarda ish bitgach rahbarlar masalani unitardi. Akam yana o‘z yog‘iga qovurilib, moliya vazirligidan o‘z harakatlari bilan mablag‘ni undirish choralarini ko‘rardi. Akam har bir taklif, hodisalarga mantiq bilan yondashar, uni har bir detaligacha o‘rganish, tahlil qilish va baholashga harakat qilardi. Biz yangi tadbirkorlik g‘oyalari bilan akamga murojaat qilsak, hisob-kitoblarimizni o‘rganib, tahlil qilib, yaxshi taklif, bu taklifni amalga oshirish uchun men kapital
60 Avlodlarga maktub ajratishga tayyorman. Faqat menga uning ijrochisi, ishlatadigan va javob beradigan mutaxassisni ham olib kelinglar. Aks holda kapital o‘ladi, derdi. Bunday holatlar do‘sti Abdihakim va Hamidulla akalarning biznes loyihalarida ham bo‘lganligini eslaganda, kulib so‘zlab bergan. Ular o‘z biznes loyihalari bo‘yicha akam bilan maslahatlashgan. Muhokamada akam biznesning ijobiy va salbiy jihatlarini ko‘rsatib, hozirda men bu takliflaringni qo‘llamayman. Zarar ko‘rasizlar, deb maslahat beradi. Biznes loyihadagi hisob-kitoblardagi ijobiy natija, ya’ni olinishi mumkin bo‘lgan foyda ularga tinchlik bermaydi. Shundan so‘ng ular akamga aytmasdan o‘z biznes rejalarini boshlaydi. Oradan 6 oylar o‘tgach, o‘zlari bo‘lgan natijani akamga aytib, sen haq ekansan deb tan olishgan. Bizda ham shunday bo‘ldi. Bir safar men tayyor g‘isht zavodi bor, ishlab turibdi, endi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ying deb taklif berdim. Akam zavodni borib ko‘rdi va roziman, deb zavodni kim boshqarishini so‘radi. Men Yusuf pochcham ishlayman deyapti desam, akam kulib Yusuf g‘isht bo‘yicha mutaxassis emas, dedi. Zavodni xarid qildik, 1-2 yil har birimiz urinib ishlatdik. Lekin akam aytgandek uni samarali boshqarib, daromad olmadik. Bolalik do‘sti rahmatli Abdihakim akaning taklifiga ko‘ra paxtadan kalava ishlab chiqarish fabrikasi qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari tayyorlandi. Bank bilan asbob-uskuna uchun kredit ajratishga kelishildi. Men bino qurilishini 2 oyda tugataman. Shu muddatda asbob-uskunalar ham kelib tushadi. Asosiy masala mahsulotimizni oladigan xaridorlarni topish dedi. Mana shu masalani hal etsak, biznes daromad keltiradi. Men Jomboy, Buxoro, Xorazmdagi yangi qurilgan fabrikalardagi ishlar bilan tanishdim, ularda tashqi bozorda
61 Avlodlarga maktub mahsulotning xaridori yo‘qligi sababli ishi yurishmayapti. Shu zaylda borsa fabrikalar 6 oyda bankrot bo‘ladi dedi. Biz ancha harakat qilsak-da, mahsulotni doimiy xarid qiluvchi bozorni topa olmadik va kalava fabrikasi qurish loyihasi o‘z yakuniga yetmadi. Akamda o‘zi yo‘l qo‘ygan xatosini tushungach, uni tan olishi uchun mardligi ham yetardi. Biz Sharof ukam ikkalamiz Rossiyadagi hamkorlarimiz Gluxova va Cheboksar tekstil kombinatlarida Germaniyadan keltirilgan kalava ishlab chiqarish asbob-uskunalari o‘rnatilmasdan turganligi, ular hamkorlikda O‘zbekistonda kalava ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi takliflar berishganligini 1991-yilda akam bilan muhokama qildik. Akam fikrlashib, yaxshi g‘oya, lekin paxta davlat monopoliyasida va asosiy valyuta tushumi manbai. Davlat byurokratlari bu yo‘nalishni osonlik bilan bizga berib qo‘ymaydi. Shu sababli natija samarasiz bo‘ladi, hamkorlar oldida uyatli bo‘lib qolish mumkin, deb xulosa qildi. Lekin 2000-yillardan so‘ng o‘zi boshlagan loyiha ijobiy yakuniga yetmagach, 1991-yilda sizlarni qo‘llabquvvatlaganimda bugungi loyihamizda qiyinchilik bo‘lmasdi. O‘sha davrlarda kalava bozorida xaridor ko‘p, mahsulot kam edi. Endi esa teskari holat: kalava ko‘p, xaridorlarning o‘z manbalari bor, mana biz yo‘l qo‘ygan xato, biznes tavakkalni yaxshi ko‘radi, dedi. Xuddi shu kabi mardona holat men shogirdlarim Mamasharif va Burhonni auditorlikka, Mamasiddiqni brokerlikka, uzoqroq qarindoshimiz Mahmudni (Alloh O‘z rahmatiga olsin) advokatlikka o‘qitib, ularga faoliyat yuritish uchun lisenziya olib berganimda ham bo‘lgan. O‘sha paytlarda qiynalib, Toshkent va Samarqand o‘rtasida lisenziya olishga yugurib yurga-
62 Avlodlarga maktub nimda, bunday samarasiz ishlar uchun o‘zingni qiynab nima qilasan deb, tanbeh berdi. Men bu kasblar bozor iqtisodiyotida zarur bo‘ladi, dedim. O‘zing bilasan, deb indamadi. Lekin 2005-yillarda o‘ta xaridorgir (yuqori likvidli) mahsulotlarning birja savdosi yo‘lga qo‘yilgach, soliq tekshiruvlarini o‘tkazmaslik uchun auditor xulosasi zarurligi va xo‘jalik nizolarini bartaraf qilish uchun o‘zing ishongan advokat zarurligi holatlariga duch keldi. Shunda bir suhbatimizda sen iqtisod ilmi bilan shug‘ullanganing uchun ushbu masalalarda bizdan uzoqroqni ko‘rarkansan, degandi. Har safar xayolimga yangi g‘oyalar kelsa, yoki yaqinlarim yangi biznes loyihalarni taklif etsa, akamning “avval biznesni ishlatadigan mutaxassis egasini topish kerak va keyin unga kapital sarflash kerak”, degan aqidasi yodimga tushadi. DEPUTATLIK MANDATI UCHUN KURASH Dunyo siyosatshunoslarida “Sen siyosat bilan shug‘ullanmasang, siyosat sen bilan shug‘ullanadi” degan ibora ko‘p qo‘llaniladi. Akamda siyosatshunos bo‘laman degan maqsad bo‘lmagan, chunki suhbatlarimizda barchamizni ilmga, fanga bo‘lgan rag‘batni rivojlantirishga harakat qilardi. Meni, ukalarim Olimjon va Alisherlarni “Sizlar ilm bilan shug‘ullanasizlar, menda oilaviy sharoit bo‘lmadi”, deb ilmga yo‘naltirdi. Institutni bitirgach, armiya safiga xizmatga boraman, deb uydagilarga aytmasdan, harbiy komissariyatga borib, tibbiy ko‘rik va chaqiruv hujjatlarini to‘g‘rilab, ertalab harbiy xizmatga ketish yo‘llanmasini olib keldim. Ayam akamni tezda ishdan chaqirtirib kelib, voqea to‘g‘risida xabar berdi. Akam jahl bilan menga “Biz ruslar uchun moddiy ne’matlar yaratib,
63 Avlodlarga maktub ularga yetkazib berayapmiz, ularni boqyapmiz. Shuning evaziga ruslar bizni qo‘riqlasin. Armiyaga bormaysan”, deb meni harbiy xizmatdan olib qoldi. Xuddi shunday mantiq bo‘yicha sulolamizdan birortamizni armiyaga yubormadi. Ukam Olimjon maktabni, institutni imtiyozli diplom bilan tugatdi. Diplom ishiga rahbarlik qilgan professor Erkin Xadjayev uni kafedraga ishga qolishga taklif etdi, lekin sog‘lig‘ida muammolar paydo bo‘lgach, akam uni o‘z yoniga, jamoa xo‘jaligiga ishga qaytardi. Alisherni esa viloyat Paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutiga ilmiy izlanishlarini davom ettirish uchun yo‘naltirdi. Bir necha yillik mehnat o‘z samarasini berdi va Alisher ukam Toshkent shahridagi Ittifoq qishloq xo‘jalik ilmiy-tadqiqot paxtachilik instituti (СОЮЗНИХИ)da nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. XX asrning 90-yillaridagi siyosiy jarayonlar va millatning o‘z mustaqilligi uchun kurashishi bo‘yicha yuzaga kelayotgan imkoniyatlar, shu davrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat akamning ham siyosiy kurashlar maydoniga kirishiga sabab bo‘ldi. Chunki loqaydlik, atrofdagi hodisalardan o‘zini chetga olish, hadiksirash, voqealar rivojini tomoshabin sifatida kuzatish degan hislar akamga xos xislatlar emasdi. Shu bois mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat va yana yuqoridan xalq uchun nomunosib nomzodlarni deputatlikka tavsiya etish holati akamni katta siyosatga kirish va do‘stlari Zoir Eshmurodov, Abdihakim Salimov, Ziyovuddinxon Ulug‘ovlar akamning nomzodini Oliy Majlis deputatligiga “yuqori”dan yuborilgan nomzodlarga alternativ asosda qo‘yish to‘g‘risidagi taklifiga rozi bo‘lishiga sabab bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis deputatligiga o‘z nomzodini qo‘yishiga Oygul Mamatovadan so‘ng, yuqoridan
64 Avlodlarga maktub yuborilgan deputat saylovidan keyin mahalliy hokimiyatning akam sha’niga turli bo‘hton gaplar tarqatishi ham sabab bo‘lgandi. Davlat ro‘yxatidan o‘tgan barcha partiyalar yuqoridan boshqa nomzod taklif etildi deb, akamning nomzodini rad etishdi. O‘sha davr saylov qonunchiligi birmuncha demokratik xususiyatlarga ham ega edi. Shunda Zoir Eshmurodov, Abdihakim Salimov, Ziyovuddinxon Ulug‘ov, Hamidulla Qarshiyevlar tashabbuskor guruh tashkil etib, ro‘yxatga olish kunining oxirgi soatlarida akamning nomzodini mustaqil nomzod sifatida ro’yxatga olish uchun saylov komissiyasiga topshirishdi. Hujjatlar oxirgi soatlarda ro‘yxatga olingani va tezda Toshkentga Markaziy saylov komissiyasiga yuborilgani bois akam nomzodi Oliy Majlis va viloyat Kengashi deputatligiga tavsiya etilgani viloyat, tuman hokimlarining e’tiboridan chetda qolishiga sabab bo‘ldi hamda akamning nomzodi hech qanday to‘siqsiz ikkala Kengashga ham ro‘yxatga olindi. Hokimiyat vakillari esa nomzodlar ro‘yxati haqida Markaziy Saylov komissiyasi tomonidan gazetada e’lon qilingachgina xabar topdi. Lekin endi kech bo‘lgan, tashabbuskor guruhning oqilona o‘ylab qilingan harakati tufayli katta siyosiy kurash uchun qonuniy start berilgandi. Oqdaryo saylov okrugidan Oliy Majlisga nomzod sifatida Samarqand viloyat xokimining o‘rinbosari Azim Jo‘rayev (rahmatli), Oliy xo‘jalik sudi sudyasi Shuhrat Ro‘zinazarov va Samarqand shahridan tadbirkor (muqaddam ichki ishlar xodimi) Zafar Sharipovlar nomzodi akamga muqobil ravishda tavsiya etilgandi. Yangiqo‘rg‘on saylov okrugidan Samarqand viloyat Kengashiga esa tumanning amaldagi hokimi Nazar Axmedov (Alloh rahmat qilsin) nomzodi muqobil edi.
“Oqdaryo ovozi” gazetasi bosh muharriri Yo‘lchi Muhammadiyev bilan (2002-yil) “Zarafshon” gazetasi bosh muharriri, senator Farmon Toshev bilan
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari yalpi yig‘ilishi oldidan (2001-yil)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari Jamol Isroilov va Toshpo‘lat Toshmurodov Oliy Majlisi sessiyasi yalpi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyasi yalpi yig‘ilishidan so‘ng (2002-yil)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari sessiya kun tartibi masalalari bo‘yicha fikrlashishmoqda (2003-yil)
Qadrdonlari (chapdan) Erkin Jo‘rayev, Ziyovuddinxon Musayev, O‘tkir Muhammadiyev, Nosir Tolipov, Hamidulla Nosirov, Tohir Doliyev va ukasi Bahodir Isroilov bilan (2002-yil) 2-o‘rta maktab ilmiy bo‘lim mudiri Mars Muhammadiyev va direktor o‘rinbosari Nosir Tolipov bilan
Samarqand davlat universiteti Fizika fakultetining 1978-yilgi bitiruvchilari uchrashuvi (2008-yil) SamISI dotsenti, i.f.n. Jamol Isroilov, institut prorektori B.Abdikarimov hamda “Menejment va statistika” kafedrasi jamoasi (2001-yil)
2-o‘rta maktab mehnat faxriylari va o‘qituvchilari bilan (2015-yil) 52-iqtidorli bolalar maktab-internatining bir guruh a’zolari bilan. Bahovuddin Naqshband ziyoratgohi (Buxoro, 2017-yil)
Jamoadoshlar davrasida (2019-yil)
Qadrdonlar Hamidulla Qarshiyev, Jamol Isroilov, Ziyovuddinxon Musayev, Sa’dulla Oltiboyev va tojikistonlik shogird yigit (Dushanbe, 2019-yil) Mirzo Ulug‘bek nomli 2-o‘rta maktabning 1970-yilgi bitiruvchilari uchrashuvi (2015-yil)
52-iqtidorli bolalar maktab-internatida iqtidorli o‘quvchilarni taqdirlash marosimi Navqiron avlod parvoz oldidan
52-iqtidorli bolalar maktab-internatining 2019-yilgi bitiruvchisi Shodiyorxon Abdivoyitov Prezidentdan ota-onasi va ustozlariga yetkazish uchun salom hamda minnatdorchilikni qabul qilmokda (2023-yil) 52-iqtidorli bolalar maktab-internati o‘quvchisi Shodiyorxon Abdivoyitovni taqdirlamoqda (2019-yil)
Oqdaryo tumanidagi Mirzo Uluug‘bek nomli 2-o‘rta maktabning 2012-yilda Jamol Isroilov boshchiligida o‘tkazilgan 90 yillik yubiley tadbiridan lavhalar
Oqdaryo tumanidagi Mirzo Uluug‘bek nomli 2-o‘rta maktabning 90 yillik yubiley tadbiridan lavhalar (2012-yil)
Kecha... Bugun...
65 Avlodlarga maktub Avvaliga hokimiyat vakillari siyosiy kurash jiddiy bo‘lishi mumkinligiga e’tibor berishmadi. Oliy Majlis deputatligiga nomzodlar va saylovchilar bilan bo‘lgan dastlabki 2-3 uchrashuvdan so‘ng akamning dadil chiqishlari, saylovchilarning o‘z nomzodlari uchun ovoz berishga bo‘lgan da’vatlari hokimiyat nomzodi bo‘lgan Azim Jo‘rayevni va hokimiyat vakillarini tashvishga solib qo‘ydi. Ular akamga deputatlikka nomzodini qaytarib olishini so‘rab vakillarini jo‘nata boshladilar, akam barcha vakillarga “Men saylanamanmi-yo‘qmi bilmayman, lekin men uchun nomzodimni tavsiya etgan vakillar va xalq ishonchi muhim, shu sababli nomzodimni o‘z ixtiyorim bilan qaytarib ola olmayman”, deb javob berardi. Men o‘sha vaqtlarda Davlat soliq qo‘mitasida mas’ul lavozimda ishlardim. Akamning deputatlikka nomzodini o‘z ixtiyori bilan olishini iltimos qilib Samarqanddan menga ham vakillar kelishdi. Menga ultimatum bilan kelganlar “Jamol aka baribir saylanmaydi, shuning uchun hozir nomzodini olsa yaxshi bo‘ladi. Siz iltimos qiling, vaziyatni tushuntiring”, deyishdi. Ular ham menga begona emasdi. Men ularga rad javobini berdim, lekin saylov o‘tguncha akamning kayfiyatini buzmaslik uchun bu haqda gapirmadim. Saylovning oxirgi kunlarida ukam Sharofjon telefon qilib, kurash juda jiddiy pallaga kirdi, o‘zingiz kelsangiz yaxshi bo‘lardi, yordamingiz kerak bo‘lyapti dedi. Men qo‘mita rahbariyati ruxsati bilan Samarqandga borib, saylov o‘tguniga qadar 15 kun akamning nomzodini qo‘llovchi tashabbuskor guruh bilan birga bo‘ldim, uchrashuvlarda qatnashdim. Hokimiyat vakillari va saylovchilar fikrlari bilan yaqindan tanishdim, har kuni vaziyatni akam bilan birga tahlil qilib, rejalar tuzdik. Haqiqatdan vaziyat Sharof ukam aytganidek juda nozik
66 Avlodlarga maktub edi. Butun viloyat hokimiyati akam nomzodiga qarshi barcha kurash vositalarini ishga solardi. Lekin saylovchilar fikri shakllangan edi. Chunki Yangiqo‘rg‘on paxta zavodi direktori Ahror Suyunov (u kishi 1990 yili avtohalokatda vafot etgandi) boshlagan tumanni gazlashtirish ishlarining 2-bosqichida akam tashabbusni o‘z qo‘liga olgandi. Akam tajribali soha xodimlari bilan aholi punktlarini gazlashtirish rejasini ishlab chiqdi. Gazlashtirish ishlari uchun ruxsatnoma talab etilgani sababli alohida firma tashkil qildi. Firmaga malakali payvandchilarni ishga qabul qilib, ularni maxsus kurslarda o‘qitdi va firmaga gazlashtirish ishlari bilan shug‘ullanish uchun ruxsatnoma oldi. 1992-1998 yillarda akam tumandagi har bir aholi punkti uchun gaz trassasini qurish ishlarini Iqtisodiyot vazirligi tomonidan tuziladigan investisiya dasturlariga kiritishga erishdi. Aholi punktlariga gaz trassasini yetkazish ishlariga o‘zi bosh pudratchilik qildi. Buning uchun davlat byudjetidan mablag‘lar ajratishga erishdi. Gaz trassasi borgan aholi punktlari oqsoqollariga gazni xonadonlarga tortishda fuqarolar faol ishtirok etishini tushuntirdi. Aholi ko‘chasiga tekinga davlat hisobidan kelgan gaz quvuridan uyiga gaz ulatib olardi. Bu ularning yillar davomidagi orzusi edi. Deputatlikka nomzodning ishonchi vakili bo‘lgan Yo‘lchi Muhammadiyev, Zoir Eshmurodov, Ziyovuddinxon Ulug‘ov, Abdihakim Salimov, Hamidulla Qarshiyev, Muhammad polvon (Alloh ularni O‘z rahmatiga olsin), Ismoil Mashrabov kabi bir qator tashabbuskor guruh a’zolari targ‘ibot-tashviqot ishlarini yuqori saviyada tashkil etishdi. Saylovchilar o‘z uylariga gaz kelishiga sababchi bo‘lgan inson uchun ovoz berishini uchrashuvlarda baralla aytar va barchani Jamol Isroilovga ovoz berishga chaqirardi.
67 Avlodlarga maktub Bunday vaziyat ko‘p yillar viloyat tashkilotlarida rahbar bo‘lgan va o‘sha yillari tumanga xokimlik qilayotgan Nazar Axmedov tug‘ilib o‘sgan qishloqda ham mavjud edi. Shu bois ham hokimiyat o‘z nomzodi deputatlikka o‘tmay qolishi mumkinligidan aziyat cheka boshladi. Yaratganning irodasi bilan Oliy Majlisga akam bilan muqobil nomzod bo‘lgan yuridik fanlari doktori, professor, Oliy xo‘jalik sudi sudyasi (keyinchalik rais o‘rinbosari) Shuhrat Ro‘zinazarov bilan birga ishladik. Suhbatlardan birida menga “Oqdaryodanmisiz?” dedi, men “Ha” deb javob berdim. Keyin “Men Oqdaryodan Oliy Majlis deputatligiga nomzod bo‘lganman” deb qoldi. Men buni bilishimni, unga muqobil bo‘lgan va saylovda g‘olib bo‘lgan maktab direktori mening akam ekanligini aytdim. Biz ko‘pchilik edik. Ozroq jimlikdan so‘ng davradoshlarga qarab, bu kishining akasi Jamol Isroilov mard inson. Oqdaryo xalqi u kishini juda qattiq hurmat qiladi. Oddiy maktab direktorini bunday darajada e’tirof etilishi juda kamyob holat. Biz deputatlikka Oqdaryodan 4 nomzod edik. Men, Jamol Isroilov, Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosari Azim Jo‘rayev va tadbirkor, yurist Zafar Sharipov. Saylovchilar bilan bo‘lgan 2-3 uchrashuvdan so‘ng men Jamol akaning bilimli, aqlli va o‘z hurmatiga ega inson ekanligini his etdim. Shunday uchrashuvlardan keyin bir kuni hokimiyat tomonidan tashkil etilgan tushlikda 4 nomzod birga suhbatlashib, choylashib o‘tirdik. Jamol aka suhbatda boshqa nomzodlarga qarab “Azimjon Durdiyevich, Zafar aka Oliy Majlis deputatligiga haqiqiy nomzod Shuhrat Ro‘zinazarov. Bu kishi huquqshunos olim, parlamentda sizu bizning, xalqning og‘irini yengil qiladigan qonunlarni ishlab chiqa oladi. Kelinglar barchamiz hozir o‘z nomzodimizni olish bo‘yicha ariza yozamiz. Men
68 Avlodlarga maktub o‘zimning va sizlarning arizalaringizni Markaziy saylov komissiyasiga yuborishni o‘z zimmamga olaman” degan taklifni kiritdi. Bunday jasoratni eshitib, hayratda qoldim. Deputatlikka o‘tish imkoniyati eng yuqori bo‘lgan nomzod shunday taklif kiritdi. Lekin qolgan nomzodlar jim edi. Shunda menga qarab “Domla, men nomzodimni olsam ham, sizni o‘tkazishmaydi. Agar barcha o‘z nomzodini olsa, men ham olaman, lekin ming afsus” dedilar. Jamol aka haq edi, u kishi o‘z nomzodini olsa, viloyat hokimi o‘rinbosari deputat bo‘lardi. Ushbu taklifni Jamol aka yana bir-ikki marta qaytardilar. Natija ma’lum, Oqdaryo xalqi Jamol Isroilovni deputatlikka sayladi. Shu sababli men mag‘lub bo‘lgan bo‘lsam-da, o‘z raqibim bo‘lgan Jamol Isroilovni hurmat qilaman, – dedi domla. Saylov marafonining oxirgi o‘n kunligida Sharofjon aytganidek kurash juda keskinlashdi. Hokimiyat vakillari tazyiqi ostida saylov komissiyasi saylov uchastkalari uchun kuzatuvchilarni ro‘yxatga olish taklifini “Kech yuborilgan” degan vaj bilan rad etdi. Bu hokimiyat vakillariga saylov natijasini o‘z xohishlaridek “yopiq eshiklar” sharoitida rasmiylashtirish imkoniyatini berardi. Tashabbuskor guruh shtabida maslahatlashib, muammoni hal etishning qonuniy yechimini topdik. O‘z kuzatuvchilarimizni tuman, viloyat Kengashlariga nomzodlarning vakillari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdik. Bu yo‘nalish hokimiyatning nazaridan chetda qolgan, ular asosiy nazoratni Oliy Majlis okrugiga qaratgan edi. Saylov kuni akamning barcha kuzatuvchilari saylov boshlanishidan bir soat oldin saylov uchastkalarida o‘z kuzatuvchi mandatlari bilan hozir bo‘lishdi. Shuningdek, jurnalist do‘stim Tohir Doliyev bilan maslahatlashib, shijoatli
69 Avlodlarga maktub va jur’atli 15 nafar yosh jurnalistlarni Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi saylov jarayonlarini yoritish maqsadida saylov uchastkalariga jalb etdik, ularning barchasi viloyat, tuman okrug saylov komissiyalaridan ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ular ham har bir saylov uchastkasida kuzatuvchilar bilan birga hozir bo‘lishdi. Bunday vaziyatni kutmagan viloyat, tuman hokimiyati vakillari qanday yo‘l tutishni bilmay chuv tushdi. Lekin saylov uchastkalaridan hokimiyat vakillarining noqonuniy harakatlari to‘g‘risida saylov shtabimizga xabar kelar, xabar bo‘yicha jurnalistlar, shtab a’zosi, fotograf ishtirokidagi vakillar uchastkaga yetib borardi. Shu bilan birga, tuman xavfsizlik xizmati bo‘linmasi rahbari Po‘lat Shukurov odil yo‘l tutib, o‘ziga qilingan shikoyatlar bo‘yicha saylov uchastkalariga borib, saylov qonunchiligini buzmaslik, qonun buzish holatlari uchun javobgarlik mavjudligi hamda saylovni adolatli o‘tkazish zarurligini ta’kidlab komissiya a’zolari, kuzatuvchilar, hokimiyat vakillarini ogohlantirib turardi. Saylovgacha ham, saylov kuni ham saylovchilarga ochiq tazyiq o‘tkazildi. Lekin shoir Cho‘lpon aytganidek: “Xalq dengizdir”. Ular o‘z so‘zini aytishdi. Navbat tashkilotchi, kuzatuvchi va vakillarga keldi. Kuzatuvchilar va vakillarimiz, saylov uchastkasidagi ziyolilar aytishicha, saylov byulletenlarini sanash jarayonida hokimiyat vakillari o‘zlarini butunlay yo‘qotib, tushkunlikka tushib qolgan. Bizning shtabimiz har bir saylov uchastkasiga sanoq boshlanishida bir donadan kseronusxa olish apparati yetkazib berdi. Sanoq tugagach, vakillar ishtirokida bayonnoma rasmiylashtirilib, ularning nusxasi olinar va bizning shtabimizga jo‘natilar edi. Saylov tugaganidan keyin kechasi 01.30 lar atrofida bizning shtabimizda barcha saylov uchastkalari bayon-
70 Avlodlarga maktub nomalarining imzolangan, muhrlangan nusxalari va ovozlar natijasi to‘g‘risidagi xabarlar mavjud edi. Saylov natijalariga ko‘ra, qanchalik g‘irromlik bo‘lmasin, akam Oliy Majlis deputatligi saylovida 54,5 foiz ovoz bilan, tuman hokimi Nazar Axmedovni ortda qoldirib, viloyat Kengashi deputatligi saylovida 67,5 foiz ovoz bilan g‘olib bo‘lgan edi. Oqdaryo xalqi yana bir marta viloyat va respublikaga o‘z so‘zini baralla aytgandi. Men barcha bayonnomalarni jamlab, natijani e’lon qilganimda akamning 6 sotixli hovlisidagi 6 xonali uyi, uy oldidagi ko‘cha, uyga tutash bo‘lgan maktab hovlisi odamlar bilan liq to‘la edi. Oqdaryo ahli uxlamasdan natijani xavotir bilan kutardi. “Natija 54,5 foiz, biz g‘alaba qildik!” degan xabarimdan so‘ng, odamlarning “Ura, g‘alaba” degan ovozi Yangiqo‘rg‘on bo‘ylab yangradi. Barcha ko‘zida yoshi bilan bir-birini tabriklardi. Shu kuni Oqdaryo xalqi ham uxlamagan edi. Keksalarimiz bir suhbatda “Jamol Isroilovning deputatlikka saylangani to‘g‘risidagi xabardan Ikkinchi jahon urushining g‘alaba bilan tugagani to‘g‘risidagi xabarni eshitgan paytimizdagidek, balki undan ham ko‘proq xursand bo‘ldik”, deb aytishdi. Oqdaryo va Samarqand ahli bir hafta akamni tabriklash uchun Yangiqo‘rg‘onga tashrif buyurdi. Yuqorida ta’kidlaganimdek, “G‘alabaning ota-onasi ko‘p, mag‘lubiyat esa yetim”. Saylov natijalaridan so‘ng Azim Jo‘rayev viloyat hokimi o‘rinbosarligidan, Nazar Axmedov tuman hokimi lavozimidan bo‘shatildi. Hokimiyat o‘z mag‘lubiyati alamidan saylovning ertasi kuni “Hujjatlarni soxtalashtiramiz, bayonnomalarni qayta yozasizlar” deb saylov komissiyasi a’zolarini yig‘ishgan. Okrug va saylov komissiyalari raislari Jamol Isroilovning odamlari
71 Avlodlarga maktub barcha bayonnomalarni kseronusxa qilib olishganini, buning imkoniyati yo‘qligini aytishgan. Bu xabarni o‘sha paytda viloyat hokimi bo‘lgan Erkin Ro‘ziyevga ham aytishgan. Ular saylov kunining ertasigacha hujjatlarni topshirmasdan, natijani o‘zgartirishga harakat qilishgan. Lekin vaqt o‘tgan, g‘alaba e’tirof etilgan edi. 2020 yili taniqli huquqshunos olim, yuridik fanlari doktori, professor Halimboy Boboyev bir davrada Oqdaryodagi mazkur saylov to‘g‘risida gapirib qoldi: – O‘shanda viloyat hokimi bo‘lgan Erkin Ro‘ziyev “Oliy Majlis deputatligiga bir okrugdan o‘qituvchi viloyat hokimi o‘rinbosaridan ko‘p ovoz olib o‘tgan. Shu okrug bo‘yicha hujjatlarni o‘zgartiramiz”, deb qoldi. Men Markaziy saylov komissiyasidan Samarqand viloyatiga vakil edim. Shunda “Yo‘q, Erkin aka, oddiy o‘qituvchi g‘olib bo‘libdimi, demak, u kishining xizmati, hurmati bor ekanligi, saylov natijasini soxtalashtirish to‘g‘risidagi fikrga qarshi ekanligimni aytdim. Shundan so‘ng viloyat hokimi hujjatlarni soxtalashtirish to‘g‘risidagi fikridan qaytdi. Akam Oliy Majlisga deputatligi davrida va undan keyin ham o‘ziga Oqdaryo xalqining bildirgan ishonchini oqladi, deb hisoblayman. Umrining oxirgi kunigacha Oqdaryo xalqi dardi va tashvishi bilan yashadi. Ularni katta yo kichik, yaxshi yoki yomon deb ajratmadi. Qo‘lidan kelgan yordamini ayamadi. Akamning vafotidan keyingi ta’ziyali kunlarda oddiy bir dehqon kishi kelib, menga ta’ziya bildirdi. Bir muddat yonimda turib: “Men birinchi Prezidentimiz Islom Karimov vafotidan juda qayg‘urgandim. Akangiz Jamol Isroilov vafotidan Islom Karimov vafotidagidan ham ko‘proq qayg‘urayapman. Chunki Karimov uzoqda edi, u kishi bilan uchrasha olmas, dardu-hasratlarimizni ayta olmas edik. Lekin Jamol aka bizga
72 Avlodlarga maktub yaqin edi. Doim insonlarni qabul qilar, ular dardini eshitardi. Qo‘lidan kelgan yordamini ayamasdi, qimmatli maslahatini berardi. Endi bizga o‘xshagan oddiy insonlarni faqat Alloh eshitadi, dardimizni eshitadigan boshqa odam yo‘q” dedi. Oddiy dehqon tarafidan berilgan bunday baho akamning o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlaganining bir isboti, deb o‘ylayman. Akamning vafotidan so‘ng og‘ir hasratda bo‘lganligim sababli u kishining ismini, qayerdan ekanligini ham so‘ramabman. O‘sha insonning hamdarlik so‘zlari doim men bilan birga. Chunki har bir muvaffaqiyatimning, xursandchiligimning, dardu hasratimning birinchi tinglovchisi akam edi... VIDOLASHUV Azal sirin bilolmasmiz na senu, na men. Bu jumboqni hal qilolmasmiz na senu, na men. Parda orqasidandur bu g‘ovurimiz, Parda ketar-u, qolmasmiz na senu, na men. Umar XAYYOM. Insoniyat yaralgandan buyon o‘zi sabab, yoki yaratgandan sinov uchun juda ko‘p dardlarni boshdan kechirib kelmoqda. Insoniyat XXI asrning 20 yili butun dunyoni qariyb bir yil larzaga solib turgan, shundan 3 oy dunyoning barcha mamlakatlarida harakat, o‘zaro muloqot ta’qiqlangan va ishlab chiqarish to‘xtatilishiga sabab bo‘lgan vahimali COVID balosiga duch keldi. Shunday kunlarda 2020-yil 13-iyul kuni qudamiz, o‘g‘lim Boburshohning qaynotasi Mo‘minjon Axmedov to‘satdan vafot etdi, degan xabarni ukam menga telefonda ma’lum qildi. Tegishli ruxsatnomali mashinada oila
73 Avlodlarga maktub a’zolari barchamiz Toshkentdan Yangiqo‘rg‘onga yo‘l oldik. Janoza va barcha rasm-rusmlarni o‘tkazish uchun 3 kun Yangiqo‘rg‘onda bo‘ldik. Odatdadidek men 3 kun ham akam bilan uyida birga bo‘ldim. Ertalabki nonushta, kechgi ovqat paytlari har doimgidek COVID balosi, oila, sulolaga taalluqli masalalar bo‘yicha muloqot qildik. Qudamiz Mo‘minjon rahmatlini eslab duolar qildik, uning tadbirlarida birga bo‘ldik. Har kun ertalab akam men bilan kechqurun ko‘rishamiz, deb xayrlashib, o‘z ishlari bilan mashg‘ul bo‘lardi. Akam maktab direktori bo‘lish bilan bir vaqtda tadbirkorlik bilan ham shug‘ullanar edi. Shu yili Jomboy, Kattaqo‘rg‘on tumanlari va Samarqand shahridan qurilish bo‘yicha davlat buyurtmasi olgan edi. So‘nggi 30 yillarda men akamning yolg‘iz yurganligini eslay olmayman. Akamning keyingi yillardagi doimiy hamrohi sinfdosh do‘sti va katta qudasi Hamidulla Qarshiyev edi. Ikkalasi har kuni qurilish ob’yektlari bilan tanishib, muammolarini hal qilib kelishga odatlangandi. COVID sababli barcha davlat idoralari xodimlariga mehnat ta’tili berilgan edi. Men o‘sha kezlari Adliya vazirligining Yuristlar malakasini oshirish Markazida kafedra mudiri bo‘lib ishlardim. Bizning markazimizda ham barcha xodimlarga COVID sababli ta’til berilgandi. 2020-yil 16-iyul kuni nonushtani har doimgidek birga qildik. Nonushta payti men bir yigitning dissertatsiya himoyasida 23-iyul kuni opponent bo‘lib qatnashishim va Yura degan qadrdonimiz o‘g‘liga sovchi ekanim, shu sababli ular oilaviy tadbiriga birga borishimni iltimos qilgani sababli Toshkentga ketaman deb akamdan ruxsat so‘radim. Shu ishlarni bajarib qaytib kelaman va ta’tilni siz bilan birga o‘tkazman dedim. Akam soat 9.30 larda men, ayolim, kelinim, nabiralarim ham-
74 Avlodlarga maktub da Abdirahmon jiyanimga (Qahramon ukamning o‘g‘li) oq yo‘l tilab ruxsat berdi. Shu kuni kechga Toshkentga yetib kelib, opponent bo‘lgan dissertatsiyani o‘qishni tugatib, unga rasmiy taqrizni rasmiylashtirdim. Ertasi kuni 2020-yil 17-iyul kuni peshinda kelishuvga ko‘ra qadrdonim Yuraning o‘g‘il uylantirish tadbirida bo‘lib, yoshlarga baxt tilab xayrlashib, soat 14.30 larda uyga qaytdim. Kech soat 18.00 lar atrofida jiyanim Bekjon telefon qilib, akamni kasalxonaga yotqizgani, hozir telefonda gaplashgani, ahvoli yaxshiligi to‘g‘risidagi xabarni yetkazdi. Shu zahoti ukam Qahramon bilan bog‘landim, ukam ham xabardorligi, viloyat prokurori bilan gaplashgani hamda u kishi akamning sog‘lig‘ini nazorat qilib borishni viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘idan iltimos qilgani va akamning ahvoli yaxshiligi, xavotirga o‘rin yo‘qligini aytdi. Biz ertaga yo‘lga chiqishga kelishdik. 2020-yil 18-iyul ertalab soat 8.00 larda ukam Qahramon viloyat prokurori telefon qilgani, akamni ahvoli yaxshiligi, xavotir olmaslik to‘g‘risida xabar berib, COVID bo‘yicha kuchaytirilgan karantin kunlari bo‘lgani uchun yo‘lga chiqmaslikni maslahat berib, zaruriyat bo‘lsa chaqirishini aytdi. Ushbu xabardan so‘ng bir oz ko‘ngil taskin topgandi. Soat 10.30 larda Qahramon telefon qilib, akamning ahvoli og‘irlashgani to‘g‘risida xabar kelganini ma’lum qildi. Biz zudlik bilan yo‘lga otlandik va Sirdaryo-Jizzax yo‘lida ekanligimizda bizga akamning vafoti to‘g‘risidagi xabarni yetkazishdi. Mo‘minjon, Olimjon va Sharof ukalarim, akamni qadrdon do‘stlaridan biri Ziyovuddinxon eshonbobolar (Alloh u kishini rahmat qilsin) kelishib janozaning soat 16.00 ga belgilaganligini ma’lum qildi.
75 Avlodlarga maktub Biz, men, ukam Qahramon va jiyanim Abdurahmon uchchalamiz janozaga yetib keldik. COVID davrining kuchaytirilgan karantin kunlari, janoza va barcha boshqa tadbirlar bo‘yicha cheklovlar belgilangan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga odamlarning to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslik topshirilgan kunlar. Lekin Yangiqo‘rg‘onning markaziy ko‘chasi odamlarga liq to‘la edi. Yangiqo‘rg‘on, Oqdaryo va imkoniyatini qila olgan hamda xabarni eshitgan Samarqand viloyatining turli hududidan akamni bilganlar vidolashish uchun to‘plangan edi. Odamlarni to‘planishiga, janozaga kelayotganlarni qaytarishga uringan organ xodimlarining harakatlari samarasiz edi. Qabristonga ketishda COVID vahimasi, karantin bo‘yicha cheklovlarga qaramasdan, orqada akamni so‘nggi yo‘lga ko‘z yoshlar va dard bilan kuzatayotgan odamlarning keti ko‘rinmasligidan hayratlandim. Hozir o‘sha kunlardagi voqealarni eslasam ko‘nglimdan karantin cheklovlari bo‘lmasa, uydan qabristongacha bo‘lgan masofadagi odamlar qatori uzilmagan holda akamni oxirgi yo‘lga kuzatishgan bo‘larkan, degan fikr o‘tadi. Keyinchalik tanishlarimizning aytishlariga ko‘ra, organ xodimlarining janozaga kelayotganlarni qaytarish uchun qilgan harakatlariga, odamlar sokinlik bilan bizga halaqit qilmanglar, biz har qanday to‘siq, xavf bo‘lmasin, janozaga qatnashamiz va Jamol aka bilan xayrlashamiz deb o‘z yo‘lidan qaytmaganligini aytishgan ekan. Akamning to‘satdan vafoti to‘g‘risidagi holatni avvalo Yaratganning o‘lchab bergan kuni bilan bog‘ladik. Tanish vrachlar, olim doktorlar voqealar tahlilidan so‘ng akam vafotidan 7 oy oldin yurak qon tomiriga 2 ta stend qo‘yilganidan bexabar holda davolash jarayonida organizmga yuqori kuchaytirilgan bosimli kislorod yuborilgani natijasida
76 Avlodlarga maktub sodir bo‘lgan kuchli yurak xuruji o‘limga sabab bo‘lgan, degan xulosa qilishdi. To‘satdan boshimizga tushgan ushbu musibat dadam vafotidan keyin o‘tgan 42 yildagi biz uchun eng og‘ir, alamli dard edi. Hamon ko‘z o‘ngimda akamning 2020-yil 16-iyul kuni ertalab bizni kuzatayotib, duo qilayotgan holati turadi. Akamning vafotigacha imkon tug‘ilishi bilan Yangiqo‘rg‘onga jo‘nardim. Siyosat, iqtisod, dunyo ishlari va sulolamiz yoshlarini kelajagi haqidagi mulohazalar, akamning rejalari, topshiriqlaridan so‘ng yangi g‘ayrat, kuch-quvvat bilan Toshkentga qaytardim. Hozir esa bayram, dam olish yoki boshqa sabablar bilan taklif etilgan bo‘lsam-da, Yangiqo‘rg‘onga bormaslik uchun sabab qidiraman. Mening qalbu shuurim akam hamon Yangiqo‘rg‘onda deb hisoblaydi. Ushbu his menga ham maqbul bo‘lgani bois, uni tan olaman va shu tuyg‘u oxirgi kunimgacha vujudimda qolishini istayman. Do‘stlarim, tanishlarim, shogirdlarim hamda yaqinlarimning oddiy dehqon va o‘qituvchi farzandi bo‘lib erishgan muvaffaqiyatlaringiz siri nima degan savollariga “Dadamning qattiqqo‘lligi, onamning mehribonligi va akamning bag‘rikengligi” deb javob beraman. Ularni “Sizlarga ham mening akamdek aka nasib etsin” deb duo qilaman. Akam vallomatligining birinchi sababi bobolarimizning qonidan bo‘lsa, ikkinchi sababi akamning turmush o‘rtog‘i Mashhura yangamning oddiyligi, kamtarligi hamda doim akamni qo‘llab-quvvatlab, yaxshiliklarga undab kelishi, jahli chiqqanda kulib turib hovuridan tushirishi va qo‘li ochiq insonligida deb bilaman. Mashhura yangam har qanday vaziyatda bizni qo‘llabquvvatlardi. Biz ukalar, opa-singillar biror xatoga yo‘l qo‘ysak,
77 Avlodlarga maktub akamdan “jazo” kutardik. Chunki akam har bir xatomizni e’tiborsiz qoldirmasdi. Mendan farqli ravishda akam xato qilganlarni kaltak bilan jazolamagan. Lekin tanbeh va haqli e’tiroz bilan jazolardi. Xatolarimiz uchun jazolanishimizni yangam sezib qolganda, jazoni yengillatish maqsadida bizning aybimizni yumshatishga harakat qilardi. Ko‘pchilik ayollardan farqli ravishda Mashhura yangamiz akamni ukalar, opa-singillar va qarindoshlarga nisbatan turli ig‘volar bilan qayramasdi. Aksincha, akamning bizdan jahli chiqqan paytlarida bizni himoya qilardi. Akam bizga yordam qilsa, yoki boshqalarga ehson qilsa, mening qarindoshlarimga e’tibor bermadingiz deb ta’na qilmagan. Yodimda, akam qabristonimizni obod qilish ishlariga bosh bo‘ldi. Ota-bobolarimiz, dadam, ayam va qarindoshlarimiz qabrlarini dinimiz talablari asosida qayta ta’mirlattirdi. Yangamning ota-ona avlodlarining qabristoni boshqa mahallada joylashgan. Qabriston ta’mirlash ishlaridan 3-4 yil o‘tgach bir suhbatda “mana shuncha vaqt o‘tdi hamki yangang biror marta mening ham ota-onalarim, qarindoshlarim qabrlarini ta’mirlab bering deb iltimos yoki ta’na qilmadi. Shu sababli yangang ota-onalari qabrlarini ham o‘zimizning ajdodlarimizniki kabi ta’mirlab bermoqchiman” dedi. Men “yangamning iltimos yoki ta’na qilishini kutmay, yaxshi ish qilibsiz. Buning savobi iltimos bilan qilinganidan ko‘proq bo‘ladi”, deb javob berdim. Yaratgandan Mashhura yangamizga uzoq umr, sihat salomatlik va fayzu barokot, tinchlik-xotirjamlik tilayman.
78 Avlodlarga maktub ZAMONDOSHLAR EHTIROMI “Inson aziz, xotirasi muqaddas” deyishadi. Bu haqda ko‘p gapiramiz, ko‘p yozamiz. O‘tganlarni eslash, ularning amalga oshirgan ishlarini yosh avlodga ibrat qilib ko‘rsatish yoshi ulug‘lar uchun ham farz, ham qarz. Oqdaryolik ajoyib inson Jamol Isroilov haqida bitilgan xotiralar anchagina. Ularning aksariyati olimlar, jurnalistlar, qadrdonlar qalamiga mansub.
79 Avlodlarga maktub TIRIKLIKDA QO‘YILGAN HAYKAL Oqdaryo farzandi ekanligim, o‘z yurtimda hamyurtlarim bilan birgalikda faoliyat ko‘rsatganim, bu yerda birinchi rahbar bo‘lganim bois ko‘pchilikni yaxshi bilaman. Ta’lim tizimi jonkuyarlari, elga qayishadigan tadbirkorlar, qishu yoz tinim bilmaydigan fermerlar, xususiy mulk egalari, hamma-hammasi ayon. Kimning nimaga qudrati yetadi, kim mehr-muruvvat ko‘rsatishda boshqalarga ibrat bo‘la oladi, yaxshi bilaman. Jamol Isroilov haqida so‘z yuritilganda, men Yangiqo‘rg‘ondagi yirik maktabning direktori bo‘lib ishlagan, jussasi unchalik katta bo‘lmagan, ammo zuvalasi pishiq, doimo foydali takliflar beradigan, arzirli tashabbuslar ko‘taradigan tinib-tinchimas bir insonni tasavvur etaman. U kishi maktab direktori sifatida ish boshlaganida men ancha yosh edim. Hokimlik tizimiga ishga kelganimda ham Jamol aka maktab rahbari edi. U kishi uzoq yillar mobaynida kattagina hajmdagi vazifalarni bajarishga ulgurgan, o‘zi rahbarlik qilayottgan maktabini har jihatdan namunali bilim dargohiga aylantira olgandi. Mening taqdirimda sodir bo‘lgan og‘ir va sinovli kunlar ham bo‘lgan. Shunday kunlarda Jamol aka Isroilov doim o‘z maslahati bilan yonimda bo‘lgan va sinovlardan yaxshi o‘tib olishimga yordam bergan. Shu paytlardayoq bu insonning qanday odam ekanini, qanday ishlarga qodirligini vaziyatning o‘zi ko‘rsatgandi. Ochig‘ini aytishim kerak, Jamol akadagi ishbilarmonlik, bilimdonlik, topag‘onlik, tashabbuskorlik xislatlari uni boshqalardan ajratib turardi. Aynan shunday xislatlari tufayli u ko‘pchilikning hurmat-e’tiboriga sazovor bo‘lgan deb o‘ylayman.
80 Avlodlarga maktub Vaqti kelib menga tuman hokimi bo‘lish nasib etdi. Avvaldan taniganim, jonkuyar inson Jamol Isroilov bilan hokimlikda, u rahbarlik qilayotgan maktabdagi uchrashuvlarimiz, suhbatlarimiz ko‘paydi. Qachon ko‘rishmaylik, u kishining vaqti ziqligini, bajaradigan ishlarining ko‘lami kengligini anglardim. Shunday bo‘lsa-da, u shoshilmasdi, umuman shoshmashosharlikni, chala ishni yomon ko‘rardi. Qaysi ishga kirishmasin, avval bajariladigan yumushlarining obdon rejasini tuzar, mutasaddi rahbarlar, kerakli idoralar mutaxassislari bilan masalani birgalikda hal etishga intilardi. Bilardimki, Jamol Isroilov Oliy Majlis deputati sifatida bir chaqiriq faoliyat yuritgandi. Oliy Majlis yig‘ilishlarida respublika rahbarlariga bugun hayotimizda uchrayotgan muammolarni hal etish zarurligi to‘g‘risidagi masalalarni qo‘ya olardi. Shu paytgacha Oqdaryodan bunday o‘qituvchilar chiqmagani, agar ular ko‘paysa, xalqimizga qanchalik yaxshi xizmatlar qilishi haqida ko‘p o‘ylaganman. Shunda Jamol akaning mamlakat oliy organi vakilligiga og‘ir saylovda g‘olib bo‘lgani bejiz emasligini tasavvur qilganman. Shu tufayli ham bu insonga qiziqishim va mehrim oshgan. Hokim bo‘lsam-da, adolatli, katta tajriba, ulkan salohiyat va chuqur bilimga ega inson bilan suhbatlashgani Yangiqo‘rg‘onga borar edim. O‘zim ikkilangan masalalar xususida maslahatlarini olardim. Jamol aka birovga o‘z fikrini o‘tkazishga harakat qilmasdi. Muammo bo‘yicha o‘z qarashlari va fikrini bildirib, bular bizning fikrlar, lekin fikrlarni taroziga solib qaror qabul qilish har kimning o‘z hohishi, der edi. Oqdaryo va Ishtixon tumanlarida hokim bo‘lib ishlab anglaganlarimdan biri, rahbar uchun yonidagilarning bilimdonligi, tashabbuskorligi, tadbirkorligi, zukkoligi, mehrmuhabbatliligi muhim ahamiyatga ega. Jamol aka Isroilovda
81 Avlodlarga maktub esa ana shu xislatlarning hammasi mujassam edi. Ishtixon tumaniga tez-tez kelib, sizning suhbatingizni sog‘indim hokim buva deb, men bilan suhbat qilar va o‘zining qimmatli maslahatlarini berardi. Jamol aka Isroilov maktabdan tashqari oliy o‘quv yurtida dars berar, viloyat miqyosida tadbirkorlik ishlarini yuritardi. Kam ta’minlangan, nochor oilalarga, nogironligi bo‘lganlarga, qariyalar va xastalarga doimiy ko‘mak berishga harakat qilar va bu borada maqsadiga erishardi. U kishining amalga oshirayotgan ishlaridan hokim sifatida xursand bo‘lardim, qoniqish hosil qilardim, qaniydi shunday ishbilarmonlar safi yanada kengaysa, deb o‘ylardim. Chunki, bunday toifadagilar nima qilsa, xalqi uchun, eli uchun qiladi-da. Yana bir yaxshi jihati, Jamol akaga ko‘rsatma yoki topshiriq berish ham shart emas edi. Har qanday muammoni o‘zi ko‘rishga va hal etishga harakat qilardi. Hokim bo‘lib ish boshlagan yillarimda tumandagi 2-o‘rta maktabning o‘rni alohida, direktorining esa dunyoqarashi, ma’naviyati, madaniyati o‘zgacha edi. Yil sayin maktabning ham, rahbarining ham salobati, salohiyati oshib bordi. Maktab tumandagina emas, viloyatdagi namunali maktablar safiga qo‘shildi. Yillar o‘tib, maktab yonida iqtidorli bolalar maktab-internati binosi qad rostladi. Uni tashkil etish g‘oyasi Jamol Isroilovdan chiqdi. Uning tashabbusi bilan tez orada ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan shu dargoh faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Unga nafaqat Yangiqo‘rg‘on va Oqdaryodan, Ishtixon, Payariq, Qo‘shrabot tumanlaridan va bir necha yirik shaharlardan ham iqtidorli bolalar kelib ta’lim olardi. Men birga ishlash jarayonida Jamol Isroilovning mehnat faoliyatida nimalarni ko‘rdim va qaysi ibratli jihatlariga havas