Narzibibi hoji ona farzandlari va nabiralari davrasida (Samarqand shahri, 2007-yil) Qizi Guljaxon dadasini ilmiy daraja olgani bilan qutlamoqda (Toshkent, 2004-yil)
Opasi Tilovat Ibragimova, singillari Muqaddam, Xurshida va Zohida Isroilovalar bilan (2016-yil) Tog‘asi Boboqul Zoirov, amakisi Nasrullo Isroilov va jiyanlari davrasida (2012-yil)
Kenja o‘g‘li Bekjon bilan Nabirasi Bektosh bobosi bag‘rida (2019-yil) Nabirasi Ramazon bilan birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning qabrini ziyorat qilishga bormoqda (2019-yil)
Ukasi Bahodir Isroilov xonadonida, to‘yda (2012-yil) Turmush o‘rtog‘i Mashhura Qurbonova bilan muborak haj safarida (2018-yil)
225 Avlodlarga maktub SOG‘INCH (Jamol ISROILOV xotirasiga) Qadrin bilmaganmiz hayot chog‘ida, Shu armonu alam bag‘rim tiladi. Umrin bag‘ishlagan ilm bog‘iga Ustozimni juda ko‘rgim keladi. Makka safaridan ulug‘ kasbingiz, Muallim zahmatin dunyo biladi. Maktabimga keldim, lekin siz yo‘qsiz, Ustoz, sizni juda ko‘rgim keladi. Aziz farzandim deb boshim silardi, Gar mehrin qozonsak dildan kulardi. Avliyomi, farishtami Alloh biladi, Ustozimni juda ko‘rgim keladi. Asrlar o‘tadi, bu charx evrilur, Aminman, maktabim mangu qoladi. Sizga zamondoshman, baxtim shu erur, Ustoz, sizni juda ko‘rgim keladi... *** Qadringiz bilindi, ustoz, ushbu dam, Qalbimiz to‘rida cheksiz dard-alam. Sizni madh etmoq-chun dosh bermas qalam. Xazon shitiridek hazin ovozim, Ruhingiz tinch bo‘lsin, aziz ustozim! Siz yoqqan mash’ala hamonki porlar, Ta’limingiz oldi qancha shunqorlar, Sizni duo qilar minnatdor qalblar. Bahor chaqmog‘idek chaqin ovozim, Ruhingiz shod bo‘lsin, aziz ustozim! Elshod BERDIYEV
226 Avlodlarga maktub Aql Yaratgan tomonidan bandalariga eng adolatli taqsimlangan ne’matdir. Shu sababli biror kishining Allohdan aql so‘rab duo qilganligiga guvoh bo‘lmadim. *** Sen yomon degan insonning atrofidagi sen ixlos qilgan insonlarga qara, ular ham yomonmi? *** Ilm-fan – tizimga tushirilgan bilim, donishmandlik esa tizimga tushirilgan hayot demakdir. *** Siz hayotingizga kunlarni qo‘shishga emas, kunlaringizga hayotni qo‘shishga harakat qilib yashang. *** Eng zo‘r biznes bu qarindosh-urug‘, aka-uka, farzandlar va yaqin birodarlarni o‘qitish va ularga jamiyatda o‘z o‘rnini topishda ko‘maklashish. *** Insonga to‘g‘ri kiritilgan sarmoya inflyasiyaga uchramaydigan eng samarali kapitaldir. *** Odamlarni yomon, yaxshi deb o‘ylamasdan, qo‘lingdan kelsa, yaxshilik qilaver. Senga nafi tegmasa, xafa bo‘lma. Oilasiga nafi tegsa, birovga zarari tegmasa, senga manfaati tekkani shu hisoblanadi. *** Talabaga baho qo‘yish orqali hurmat qozonish — madaniyatli insonning ishi emas. JAMOL ISROILOVDAN HIKMATLI IBORALAR
227 Avlodlarga maktub *** Boshqani to‘ydirish uchun odamning o‘zi to‘q bo‘lishi kerak. *** Qo‘ldan kelmagan ishga va’da berish odamda yolg‘onchilik odatining boshlanishi hisoblanadi. Uch marta va’da berib, uni bajarmagan odamda yolg‘onchilik surunkali kasallikka aylana boshlaydi. *** Kam gapirsang, kam xato qilganingdek, Allohning kalomidan qisqalarini o‘qishga harakat qil. *** Shukronalik yo‘qchilikka qanoat qila bilishda namoyon bo‘ladi. *** Kasbingiz taqozosiga ko‘ra biror hujjatga imzo qo‘yayotganingizda boshingiz tepasida Amir Temurning qilichi turganini unutmang, agar noqonuniy ish qilsangiz, qilich boshingizni tanangizdan judo qilishi mumkin. *** Bir-birimizga nima uchun kerakmiz, ayni zarur paytda birbirimizni qo‘llamasak?! *** O‘qituvchining mehnati singmagan inson, chirog‘i yonmagan xonadonning o‘zi yo‘q. *** Oila – Yaratganning inoyati bilan yaratilgan muqaddas maskan. *** Har bir hatti-harakatda ehtiyoj va istakning me’yorini bilish insofdir.
228 Avlodlarga maktub *** Birov senga ishi tushib kelganda, o‘zingning boshqalarga ishing tushib borgan holatingni yodda tut. Shunda to‘g‘ri qaror qabul qila olasan, aks holda, keyin afsus chekasan. *** Odam Atoning nasli yer yuzida bor ekan, Inson ulug‘ligicha qoladi. Uning vahshiyligi ham, muruvvatliligi ham shu “ulug‘lik” – ichida yashirindir. *** Tarbiya – butun borliqni o‘zingning hohishing bo‘yicha harakatlanadigan tizginga solishga olib keluvchi usul. Masalan, inson tarbiyasi, o‘simliklar tarbiyasi, hayvonot olami tarbiyasi, jamiyat tarbiyasi va h.z. *** Go‘zallik – Allohning qudrati ila seni maftun etgan jozibadorlikda. Axir, Majnun uchun Laylidan go‘zal qiz bo‘lmagan-ku? Aslida shundaymi?! Hazrat Navoiy adashmagan bo‘lsa kerak? *** Iymon keltirishni bilmasa-da, haromdan hazar qiladigan odamni ham iymonli deyish mumkin. *** Farosat – atrofdagilarning ma’qul yoki noma’qul gap-so‘zlarini, hatti-harakatlarini pinhona anglab olish va o‘zingda ham shu xislat bor yoki yo‘qligiga e’tibor berishdir. *** Bilimli odamda hech bir afzallik bo‘lmaydi, ilmli odamda afzallik bo‘ladi. *** Sabrni saratonda ro‘za tutib ko‘rgan kishi biladi.
229 Avlodlarga maktub *** Sabr kosasi to‘lgani shukronalikning mukammal emasligidandir. *** Xushomad qilish manfaat ilinjidagi itning holatiga tushishdir. *** Jahl chiqmaydi, u kiradi. U chiqqanda edi, odamlar qand va yurak kasalligiga chalinmas edilar. *** Agar biror muammoga duch kelsang, “Dardini bergan Egam shifosini ham beradi”, – degan naqlga o‘zingni ishontirganingdan keyingina muammoni hal qilishga kirish. *** Moddiy boylik omonatdir. Mustahkam salomatlikka, shukronalik ustuvor bo‘lgan ma’naviyatga egalik haqiqiy boylikdir. *** Kimgadir topshirilishi kerak bo‘lgan barcha narsalar omonatdir. Mol-dunyoni ham, jonni ham omonat sifatida egalariga topshiramiz. *** Do‘stlikni turlicha tushunish mumkin. Eng asosiysi, uni yo‘qotib qo‘ygach, o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan ilohiy ne’mat ekanligini anglab yetamiz. *** Tilning ildizi dilda bo‘lganligi uchun dildagi tilga chiqarmish. *** Bugungi kunda kamyob bo‘lib qolgan fazilat sadoqatdir. *** Agar “noringiz” tuya bo‘lsa, sahrodan o‘zingizni ham, yukingizni ham olib o‘tadi. Lekin dardingizni emas.
230 Avlodlarga maktub *** Diyonatli kishi – savob bilan gunohni farqlaydigan odam. *** Moddiy jihatdan boy odam ham hech bir muhtojlikdan kafolatlanmagan. *** Aql faqat insonga berilgan, shuning uchun u bunyod qilishi ham, vayron qilishi ham mumkin. Ikkalasini ham Allohning irodasi deb Uning zimmasiga “ag‘daradi”lar. *** O‘n mingta qo‘yni boshqarib yurgan cho‘pon nima uchun yolg‘iz? *** Bozor iqtisodiyoti davrida “hamma narsaning” bozori bor. *** Tubanlik – ko‘zi ochig‘-u, lekin o‘zidan boshqani ko‘rmaydigan, qulog‘i eshitadi-yu, lekin o‘zidan boshqani eshitmaydigan, tili gapiradi-yu, lekin nimani gapirayotganini anglamaydigan odamning holati. *** Zolim kishi – dilga va tanaga bilvosita va bevosita jarohat yetkazgan odam. *** Odam Ato – Xudoning amri ila jannatdan quvilgan va barcha insoniyatga nasl qoldirishdek “gavhar” in’om etilgan zot. *** Qalb amri – insonga ma’lum muddatga foydalanish uchun beriladigan “asov ot”. *** Sadoqat – ovchi itga o‘xshab o‘ljani egasiga tashish emas, balki ustozga, vatanga va yaqinlarga halol e’tiqod qilishdir.
231 Avlodlarga maktub *** Bu dunyoda baholovchi topilsa, hamma narsani baholasa bo‘ladi. *** Odobsizdan tekinga olinadigan fazilat bu odobdir. *** Ona seni kichkina bag‘rida dunyoga keltiradi, Vatan seni katta bag‘rida ulg‘aytiradi. Ona seni, sen onani tark etasan. Lekin Vatan ikkalovingni ham tark etmaydi, aksincha, o‘z bag‘riga oladi. *** Tuhmat – iymonsiz odamning qilig‘i. *** Iymonsizlik — hasad eshigining kalitidir. *** Savodsiz odamning ermagi g‘iybatdir. *** Hasadchi – o‘ziga o‘zi olov qo‘yib, o‘lib-o‘lolmay, kulibkulolmay yashayotgan odam. Izoh: Bu fikr va mulohazalarning, hikmatli iboralarning ayrimlari boshqa mualliflarga tegishli bo‘lishi mumkin, lekin J.Isroilovning maslagiga mos bo‘lgani, hayotida ularga amal qilgani bois, uning nomidan keltirmoqdamiz.
232 Avlodlarga maktub SULOLA TARIXIGA NAZAR Isroilovlar Miyonkol orolidagi tarixan qadimiy sulolalar vakillari hisoblanadi. Jamol Isroilovning ota tarafdan bobosi bo‘lgan Xidiramin bobo Yangiqo‘rg‘on shaharining bek sifatida ko‘p yillar boshqargan. Oqsoqollarning xotirlashicha, Xidiramin bobo hukmronlik davrida shaharchada turli millat va din vakillari istiqomat qilgan. Shahar atrofi devor bilan, kirish va chiqish uchun to‘rt darvoza hamda yasovullar qorovulligi tartibi bo‘lgan. Shahardagi barcha ko‘chalar savdo, pazandachilik, temirchilik, hunarmandchilik va karvonsaroylar bilan o‘ralgan maskan bo‘lib, hayot qizg‘in, xalq boy va mehmondo‘st bo‘lgan. Shaharga har kuni dunyoning turli mamlakatlaridan savdo karvonlari kelib qo‘nar va boshqa karvonlar esa o‘z yo‘lida davom etgan. Mashhur Yangiqo‘rg‘on bozorida savdo-sotiq shunchalik qizg‘in va salmoqli bo‘lganki, hatto, qo‘ldan tushib ketgan igna yerga tushmas darajada odamlar bilan tirband bo‘lgan. Yangiqo‘rg‘onda yahudiy, hind, armani kabi o‘ndan ortiq millat va elatlar yashagan.
233 Avlodlarga maktub Hafta kunlari bugungidek yakshanbadan boshlanib, shanbada tugamagan, balki hafta kunlarining o‘z nomi bo‘lgan. Masalan, shaharda yakshanba – Samarqand kuni, dushanba – Yangiqo‘rg‘on kuni, seshanba – Mitan kuni, Chorshanba – Kattaqo‘rg‘on kuni, payshanba –Payshanba kuni va shanba – Chelek kuni deb nomlangan. Hanuzgacha yangiqo‘rg‘onliklar o‘zaro suhbatlarda dushanbani – Yangiqo‘rg‘on kuni, seshanbani – Mitan kuni, shanbani – Chelek kuni deb atashiga guvoh bo‘lishingiz mumkin. Sababi, vohadagi eng katta bozorlar aynan shu kuni ushbu shahar va shaharchalarda bo‘lgan. Yangiqo‘rg‘onliklarga xos bo‘lgan mehmondo‘stlik Xidiramin bobo xonadonida ham hukmron bo‘lgan. Nurota, Jo‘sh, Qo‘shrabot, Forish, Chelek, Juma (G‘allaorol tumanidagi maskan) aholi punktlari boylari Yangiqo‘rg‘onga bozor qilgani o‘z chorva mollarini haydab kelib, shahar Begi Xidiramin boboning karvonsaroyida mehmon bo‘lgan. Xidiramin boboning xonadonida har kuni oila, mehmonlarga va xizmatkorlar uchun alohida uchta qozon qaynashi odat bo‘lgan. Karvonsaroyda yangiqo‘rg‘onlik mas’ul odamlar mehmonlar yeb-ichishlari uchun alohida, chorvalarni sotish uchun alohida, mehmonlar buyurtmasi bo‘yicha bozor-o‘char qilish uchun alohida guruhlarga bo‘lingan holda xizmat qilingan. Xidiramin bobo to‘satdan vafot etadi. Undan 14-15 yashar Mirashir (Shoashir) va 7 yashar Isroil ismli o‘g‘illar qoladi. Xidiramin bobo bevasi oradan bir yil o‘tib turmush quradi. Onasining turmush qurishiga qarshi bo‘lgan oriyatli katta o‘g‘il norozi bo‘lib, uydan chiqib ketadi va qaytib Yangiqo‘rg‘onga kelmaydi (oriyatning kuchliligini qarang). Xidiramin boboning bevasidan Pardaboy, Tosh, Majid degan farzandlar tug‘iladi. Aka-ukalar oilada endi katta farzand
234 Avlodlarga maktub bo‘lgan Isroil bilan ahillikda Xidiramin boboning ishlarini davom ettiradi. Otasining vafotidan bir necha yil o‘tib, voyaga yetgan Isroil yangi tuzumda Yangiqo‘rg‘onni boshqarishni o‘z qo‘liga oladi. Yaratgandan berilgan ishbilarmonlik, iqtidor va shijoat hamda mehnati bilan yetimlikda o‘sgan yigit Yangiqo‘rg‘onda 5 ta shaxsiy suv tegirmoni quradi va Miyonkol hamda Qo‘shrabot, Forish, Mitan tumanlari aholisiga un va non mahsulotlari yetkazib beradi. Dadasi Xidiramin bobo kabi mehmondo‘st va saxovatli bo‘lgan Isroilning ham ishlari tez rivojlanadi. U Risolat ona bilan turmush quradi hamda 5 o‘g‘il (Hasan va Husan farzandlari 8 oylik paytida vafot etgan) va 1 qizning otasi bo‘lgan Isroil ota 34 yoshida fojiali vafot etadi. Taqdir hukmi ila 6 farzand bilan beva qolgan Risolat onani ukalari Isoq, Hakim, Nasim va Bayoz otalar, singlisi Karomat ona va yaqinlari qo‘llab-quvvatlaydi. Katta farzand Bodom uy ishlarini bajarib, ukasi Nasrulloga qarar, Risolat opa va o‘g‘illari Samandar, Ibrohimlar ro‘zg‘or tebratish uchun 10- 12 yoshidan mehnat qila boshlagan. Onasi Risolat, opasi Bodom onalar bilan yoshligidan mashaqqatli mehnatga bel bog‘laydi. Chunki 7 yoshli opa, 5 yoshli aka, 3 yoshli va 8 oylik egizak ukalar bilan otadan sag‘ir qolib, onasi Risolat aya va Bodom opasi bilan Samandar akasi va ukasi Nasrullolarning o‘qishiga homiylik qilishga bel bog‘laydi. Oddiy dehqon Ibrohim otaning ushbu xizmatlarini shaharchadagi kattayu kichik insonlar tez-tez eslab yurishgan. Risolat ona farzandlarini yoshlikdan mehnatga o‘rgatadi. Samandar o‘g‘lini Rabbim nonvoyga, Ibrohim o‘g‘lini Qo‘zi qassobga, Nasrullo o‘g‘lini Raim holvagarga shogirdlikka topshiradi.
235 Avlodlarga maktub Keyinchalik Samandar ota nonvoyga shogird bo‘lgan davrlarida Kattaqo‘rg‘on suv ombori quruvchilariga qurilish maydoniga borib, ustozi Rabbim nonvoy ota bilan tandirda non yopganlari va haftada bir marta o‘z xizmat haqiga olgan nonlarini kechasi bilan piyoda 40 chaqirim yalangoyoq holda yurib, onasiga yetkazib berib, ertalab yana piyoda qurilish maydoniga qaytib borganligini avlodlariga so‘zlab bergan. Germaniya fashistlari hujumi ushbu sulolani ham chetlab o‘tmaydi. Ibrohim otaning tog‘alari Isoq, Nasim, Hakim otalar, Bodom opaning turmush o‘rtog‘i Jabbor aka urushdan qaytmaydi. Isoq otadan Xursand, Nasim otadan Gulsora ismli bittadan qiz yodgor qolgan. Navqiron Samandar ham 1944 yil urushga otlanib, Berlindan g‘alaba bilan Moskvaga qaytib, besh yil Kreml polkida xizmat qiladi. Aka urushga ketgach, oilada bosh erkak bo‘lgan o‘spirin Ibrohim maktabni tugatmasdan o‘qishni to‘xtatib, onasiga oila tebratishda asosiy yordamchi bo‘ladi. Turmush o‘rtog‘ining taqdiri urushda noma’lum ekanligi to‘g‘risidagi xabardan so‘ng Bodom opa qizi Lola bilan ota uyiga qaytib, umrining oxirigacha umid bilan xabar kutib yashaydi. Yangiqo‘rg‘onlik shoir Tohir Doliyevning ushbu she’ri Bodom Isroilovaga bag‘ishlangan: SADOQAT (Bodom momo Isroil qiziga) Alpdayin panohi ketdi yov tomon— Eliga istabon osoyish zamon. Bugun u qaylarda, bormi sog‘-omon? Sadoni bilmagay sevgisi.
236 Avlodlarga maktub Uxlasa tunlari tushida yori, Kunduzlar hamrohi — hushida yori. Yonma-yon yozlaru qishida yori, Judoni bilmagay sevgisi. Kutayapti, yuragida hazin his, Kutayapti yuzlarida ajin — iz, Kutayapti, quchog‘ida yolg‘iz qiz, Vidoni bilmagay sevgisi. Momo irodasin charxlar ayriliq, Ellik yil o‘tsa ham u kutar intiq, Sadoqat — dilida yagona qo‘shiq, Adoni bilmagay sevgisi. 1995-yil Opa-uka birgalikda ukasi Nasrullaga o‘qishni davom ettirishi hamda maktabni bitirgach, oliy ta’lim olishi uchun Risolat onasi boshchiligida barcha sharoitni yaratib beradi. Risolat ona va Bodom opa, Ibrohim ota keyinchalik 1951-yil urushdan qaytgan Samandar otani ham oliy ta’lim olishida qo‘llab-quvvatlaydilar. Urushdan qaytgan Samandar ota Samarqand qishloq xo‘jalik institutida sirtqi o‘qishini davom ettirgan va 1971-1980-yillarda Yangiqo‘rg‘on paxta tayyorlash punktiga mudirlik qiladi. Bugun Yangiqo‘rg‘on aholisining asosiy daromad manbaidan biri bo‘lgan paxta zavodi Samandar Isroilov tashabbusi va rahbarligida qurib bitkazilgan. Samandar ota 4 qiz va 3 o‘g‘ilni tarbiyaladi. Bag‘rikenglik bilan Oqdaryo xalqi uchun ko‘plab shogirdlar tarbiyaladi. Isroilovlar sulolasining davomiyligini ta’minlash maqsadida
237 Avlodlarga maktub ular bilan suhbatlashib maqsad sari rag‘batlantirgan. Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini bitirgan Nasrullo Isroilovni komissiya Surxondaryo viloyatiga ishga borishga tavsiya beradi. Taqdir so‘qmoqlaridagi qiyinchiliklarda chiniqqan zukko va farosatli teran fikrli Risolat ona Oqdaryoga ham kadr kerak, shu yerda ishlaysan deb, o‘g‘lini Surxondaryoga yubormaydi va tuman partiya kotibiga borib uchrashishga yuboradi. O‘sha paytlarda tuman rahbarlaridan bo‘lgan Suyun To‘xliyev (Alloh u kishini rahmat qilsin) yosh kadr bilan suhbatlashib, Yangiqo‘rg‘ondagi Dimitrov nomli kolxozga agronomlikka ishga yuboradi. Ish faoliyatini oddiy agronomlikdan boshlagan Nasrullo Isroilov Oqdaryo tumanidagi eng yirik kolxoz (shirkat xo‘jaligi)ga 1968-1982 yillarda rahbarlik qiladi. Yangiqo‘rg‘onga ko‘rk berib turgan binolar u kishining raislik davrida bunyod etilgan. Samarqand viloyatida 1970-1990-yillarda rahbarlik lavozimlarida ishlagan insonlar oqdaryoliklar to‘g‘risida gap ketganda aka-uka Isroilovlarni juda hurmat va ehtirom bilan eslashadi. Asarimiz qahramonining ona taraf avlodlari ilm va qozi (sudya)lik bilan shug‘ullangan. Jamol Isroilovning onasi Narzibibi hoji onaning otasi Abdurahmon Nazarov Rossiya istilosiga qadar Yangiqo‘rg‘on shahrining Buxoro amiri farmoni bilan tayinlanadigan qozisi bo‘lgan. Buxoroi sharifda Mir-arab madrasida tahsil olgan. Oqsoqollar qoziboboning o‘ta madaniyatli, halim va juda kuchli islomiy ilmga ega bo‘lganligini ta’kidlashadi. Abdurahmon qozi boboning keyingi (1934-1947-yillar) umri asosan Denov, Dushanbe va Qoradaryo sohillaridagi qishloqlarda qochoqlikda o‘tgani sababli ular boshqa farzand ko‘ra olmaydi. Shu sababli Narzibibi hoji ona oilada yolg‘iz qiz bo‘lib qolgan.
238 Avlodlarga maktub Yangiqo‘rg‘onlik usta Nurilla boboning xotirlashicha, “1947 yili yoz oylarida Abdurahmon qozi bobo uyga kelib (ungacha faqat qorong‘uda uyga kelib-ketgan), 10 ga yaqin Yangiqo‘rg‘on oqsoqollarini uyiga yig‘di. Bizga payshanba kuni qizi Narzibiyini ayoli Zebo onaning qarindoshi bo‘lgan Ibrohim Isroilovga berishini hamda juma kuni namozdan so‘ng janozasini o‘qishni va jasadini “Mullabechora” qabristoniga dafn qilishni tayinladi. Biz qozi boboning o‘z janozasi to‘g‘risidagi xabaridan hayron bo‘ldik. Chunki qozi bobo juda sog‘lom va tetik edi. To‘ydan oldin kuyovi Ibrohim bilan yakkama-yakka suhbatlashdi. Payshanba kuni non sindirish rasm-rusumi bo‘lib o‘tdi. Biz voqeaning davomi qanday bo‘lishini hadik bilan kuzatdik. Peshin namozidan keyin taxminan soat 15.00 larga borib qozi boboga bir og‘ir yo‘tal keldi va shu yo‘tal bilan u kishi hech qiynalmasdan olamdan o‘tdi”. Yoshi ulug‘lar, tarixni yaxshi biluvchilar o‘tmishdagi ko‘pgina voqea-hodisalar bilan birga Isroilovlarning qozi bobosi Abdurahmon Nazarov to‘g‘risida ham bir qator ma’lumotlarni keltirishib, voqealarni hikoya qilib berishgan. Jumladan, unga nohaq ayblar qo‘yilishi, shu masala munosabati bilan o‘tkazilgan sud majlislari haqida ham gapirishgan. Yigirma yildan ortiq kolxozga raislik qilgan va bobomizni quloq qilish sudi jarayonida bevosita ishtirok etgan qishloq oqsoqoli Xalil Shukurov voqealarni aniq-tiniq bayon etgan. Uning aytishicha, sobiq sho‘ro davlati quloq qilish maqsadida qozi bobomizni sud qilayotgan jarayonda, u kishi ilm kuchi bilan barchani zalga mixlab qo‘ygan va zalni xotirjam tark etgan. Ushbu jarayonni hamma ko‘rib turgan, lekin hech kim e’tiroz bildira olmagan. Sud jarayonidan so‘ng bobomiz uyiga borib, oilasi bilan
239 Avlodlarga maktub xayrlashadi. U to‘rt soatdan so‘ng sho‘ro odamlari qidirib kelishini biladi va yashirinish maqsadida uyni tark etadi. 90 yoshga kirib dunyodan o‘tgan rahmatli Boboqul tog‘a Zoirov avlodlariga voqeani quyidagicha tasvirlab bergan. “Ammam, men va Narzibibi uyda edik. Qozipochcham kelib, meni qidirib kelganlarga biz u kishini ko‘rmadik. Qayerdaligini ham bilmaymiz”, deb aytinglar dedi. Menga qarab ammangiz va jiyangizni sizga, sizni esa Xudoga omonat qilib topshirdim. Men o‘zim qaytib kelaman», deb ketdilar. Narzibibi hoji onaning onalari Zebo momo ilmli oilaning farzandi bo‘lgan. U kishining Zoir ismli ukasi, Anor ismli singlisi bo‘lgan. Qarindoshlari ilm izlab Samarqand shahri va Dahbed shaharchalariga borib, o‘sha yerda yashab qolgan. Zebo onaning 2 qizi bo‘lib, katta qizi 11-12 yasharligida dunyodan o‘tadi. Yangiqo‘rg‘onlik onaxonlar Zebo momoni chevar va tabib sifatida hurmat bilan eslaydi. Turmush o‘rtog‘ining vafotidan so‘ng yagona farzandi bo‘lgan Narzibibi hoji onani ko‘p farzandli bo‘lishga da’vat qilgan. Onasining da’vatiga ko‘ra to Zebo momo dunyodan o‘tguncha (1963 yil) qizi 7 ta farzandi bo‘ladi. Zebo momo nabiralarini mehr va qattiqqo‘llik bilan tarbiyalaydi. Chunki qizi Narzibibi hoji ona Samarqand davlat universitetida ta’lim olar va maktabda o‘qituvchilik qilardi. Yillar o‘tib, Ibrohim otaning xotirasi unutilmadi, ezgu ishlari avlodlari qalbidan o‘rin egalladi, undan qolgan zurriyotlar ishlarini davom ettirishdi. O‘g‘il-qizlarning har biri tanlagan kasblari bo‘yicha yetuk mutaxassislarga aylanishdi. Rahbarlik lavozimlarida ishlashdi, tadbirkorlik qilishdi. Oila vakillaridan biri xalqining vakili sifatida mamlakat Oliy Majlisigacha yetib keldi. Parlament ishida, yangi qonunlar ishlab chiqilishida, qabul qilinishida faol ishtirok etdi.
240 Avlodlarga maktub Ta’bir joiz bo‘lsa, deputat, uning ukalari, boshqa yaqinlari hayotda o‘zlari istiqomat qiluvchi hududdagi Oqdaryoday qalbi oq bo‘lib, jo‘shqin to‘lib-toshib oqishdi. Bu daryo ekinlarga, qaqroq yerlarga, gektar-gektar ekin maydonlariga obi hayot taratayotgan bo‘lsa, Isroilovlar odamlar, xususan, yoshlar qalbiga ilm yog‘dusi ulashishdi, Miyonkoldek tarixiy hududning gullab-yashnashiga munosib hissa qo‘shishdi, ishlab chiqarish va xizmat sohalarining rivojlanishida doimiy faollik ko‘rsatishdi, xayrli, savob ishlarga e’tiborlarini qaratishdi, zamon ruhini his etgan holda barcha jabhalarda faollik ko‘rsatishdi, hamyurtlarini ezguliklar sari boshlashdi.
241 Avlodlarga maktub YAQIN QARINDOSHLAR FIKR YURITADI Yangiqo‘rg‘on ahli Isroilovlar sulolasidagi sog‘lom muhitga, hamjihatlikka havas qiladi. Sulolaning har bir farzandi bilimga chanqoqlik, komillik ruhida ulg‘aygan. Bunda aka-ukalar o‘rtasidagi iliq munosabatlar, mehrli xususiyatlarning ta’siri katta bo‘lgan. Qon-qarindoshlar bu haqida shunday deyishadi...
242 Avlodlarga maktub XOTIRALARGA BOY DAMLAR Maktabdagi o‘quvchilik davrimni yaxshi eslayman. U kunlarning har biri quvonchli xotiralarga boy ekani bilan ahamiyatlidir. Uyda ota-onamning bag‘rida ularning qaynoq mehridan bahramand edik, ular katta davlatimiz bo‘lsa, opa-singillar, aka-ukalar bir-birimizga yupanch-lar, tayanchlar edi. Maktabda esa mehribon ustozlarimiz mehr berishar, bilimlar olami sari yetaklashardi. U davrning quvonchli damlari bolalikning zavqli tomonlari, oilamiz a’zolarining tus-tugalligida, eng asosiysi, ham otaning, ham onaning hayotligida edi. Qishloqning bir to‘p bolalari, oilamizning barcha farzandlari bir-birimiz bilan ahil-inoq edig-u, baribir, bolalik ekan-da, arzimagan masalalar yuzasidan talashib tortishardik, ba’zan haqoratlashishgacha, mushlashishgacha borardik. Ana shunday vaqtlarda bizlarni ota-onalarimiz darrov murosaga keltirib qo‘yishar, qulog‘imizdan tortib dakki berib qo‘yishardi. Ota-onam ishda bo‘lgani sabab, ko‘pincha, bunday ishlar Jamol akam zimmasiga tushar, u tezda biz urushqoqlarning aqlimizni kiritib qo‘yardi. Biz, ukalar, singillar akamning tergashlari oldida jim turib, o‘z aybimizni tushunib yetardik. Nazarimda, akam ota-onamdan ham qattiqqo‘lroq bo‘lib, bizlarning erkalanib, taltayib ketishimizga yo‘l qo‘ymasdi. Tengqurlar bilan tortishib qolganlarimizda akam asosan bizlarni ayblardi. Otam va onamning ham xulosasi shunday bo‘lar, ular akamning aytganlarini to‘liq ma’qullashardi. Shu sababdan bo‘lsa kerak, bizlar ota-ona va o‘qituvchimizdan ko‘ra akamdan ko‘proq qo‘rqardik. Aslida, bu qo‘rqish emas, hurmat bilan bog‘liq edi. Qolaversa, akamning naqadar oqil va odil yo‘l tutganiga endilikda amin bo‘lib turibmiz.
243 Avlodlarga maktub Maktabda bolalar o‘rtasila janjal-to‘polonsiz o‘tadigan kunlar bo‘lmasdi hisob. Eng yomoni, uyatlisi desam to‘g‘riroq bo‘lar, o‘qituvchining sen haqingda ota-onang oldiga kelib yomon fikr aytishida edi. Bunday vaziyatlarda otam, onam chetda qolib, akam tomonidan tarbiyaviy soat o‘tilar, o‘qishga borishdan tashqari ko‘chaga chiqishimiz cheklanar, qo‘limizdan kitob-daftar tushmaydigan bo‘lib qolardik. Keyinchalik o‘ylasam, ana shunday damlarda akam o‘zidan ko‘ra biz, ukalariga ko‘proq jon kuydirgan, xonadonda otaonaning yordamchisi, maktabda o‘qituvchining ko‘makchisi bo‘lgan ekan. Ba’zan, akamga qo‘rqa-pisa mo‘ltirab qarardim, do‘q-po‘pisa emas, mehr kutardim. Aslida ham akamning qarashlarida qahr emas, mehr hukmron edi. Faqat, uni biz nodon kichkintoylarning o‘z vaqtida anglab olishga aqlimiz ojizlik qilgan, o‘zimizga ko‘rsatilayotgan mehribonlikni his etish o‘rniga bolalikning o‘tkinchi hissiyotlariga berilganmiz. Maktabni bitirib, Yangiqo‘rg‘on paxta tozalash zavodida ishchi bo‘lib ishladim. Sobiq “Kommunist” va “Yangiqo‘rg‘on” jamoa xo‘jaliklarida paxtachilik brigadiri, ferma mudiri vazifalarida mehnat qildim. 2008-2017 yillarda “Turon” ko‘p tarmoqli MCHJ korxonasida direktor lavozimida faoliyat ko‘rsatdim. Xo‘jaliklarda paxtachilik sohasida ishlab yurgan paytlarimda otam va akamning tavsiyalariga asosan Samarqand qishloq xo‘jalik institutining zooinjenerlik fakultetiga sirtdan o‘qishga kirgandim. Diplomni qo‘limga olgach, yaxshi idoralar, rahbarlik lavozimlari eshiklari ochildi. Ko‘p tarmoqli korxona rahbarligida o‘n yilga yaqin faoliyat ko‘rsatganimdan keyin “Quruvchi binokor Turkiston” MCHJ korxonasi direktori o‘rinbosarligiga o‘tdim. Bunyodkorlik ishlari akam tadbirkorligining bir qismi edi. Bu tizimga o‘tishimning asl sababi ham shu edi. Ayni paytda ham shu
244 Avlodlarga maktub vazifada ishlab kelayapman. Mahallamiz “Galaravot”ning jamoatchilik ishlarida qatnashib turaman. Davlatimizning bugungi siyosatidan butun mamlakatimiz xalqi, jumladan, mo‘min-musulmonlarning rozi ekanliklari, qo‘llab-quvvatlab kelishayotgani dillarni ravshanlashtiradi. Men ikki bor Haj safarida bo‘ldim. Akam esa oilamizda birinchilardan bo‘lib musulmonchilikning bu farzini ado etgan edi. Musulmonchilikda ham akam izidan borganimdan mamnunman. Xullas, bolalik xotiralariga berilar ekanman, o‘sha o‘tgan damlarning biror lahzasini akamsiz, uning ishtirokidagi yodda qolarli ishlarsiz eslay olmayman. Akam oiladagilarga — o‘qishda ham, ishda ham, turmush tashvishlarida ham doimo o‘rnak edi. Biz undan o‘rganishdan erinmasdik, bugun esa o‘zimiz uchun aziz xotiralarga aylanib qolgan u kunlarni sog‘inamiz. Na iloj, Allohning irodasi shu ekan. Diydor qiyomatga qoldi. Mo‘min ISROILOV, ukasi. OTA VAZIFASINI BAJARGAN AKA Dadam vafotidan keyin oila boshqaruvi to‘liq akam Jamol Isroilov (Allohim qabrlarini nurlarga to‘ldirib, uning jamolini ko‘rishini nasib etsin) boshqaruviga o‘tgan. Rahmatli onam ham barcha masalalarda akamning qaroriga rozi bo‘lardi. Onamning akamning qarorlariga bo‘ysunishi oilamizda barchamizni akamning qarorini hurmat qilish va unga ergashishga o‘rgatdi. Mening kasb tanlashim borasidagi suhbatlarda akam barcha kasblar, ularni jamiyat hayotidagi ahamiyati, qiyinchiliklari
245 Avlodlarga maktub to‘g‘risida erinmay suhbatlashar edi. Huquqshunos bo‘laman deb aytganimda, yaxshi, lekin bu kasb egalari o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan holda, dalillar va qonunlar talabiga ko‘ra ko‘p odamlarning haq-nohaq qamalishiga sababchi bo‘lishadi. Ular orasida birga o‘sgan hamshaharlaring, qarindoshlaring va yaqinlaring ham bo‘lishi mumkin. Qonunni buzsang davlat oldida aybdor bo‘lasan, qonun tarafida tursang, sendan “bizga yordam bermadi”, deb atrofdagilar xafa bo‘lishadi. Ayblanganlar orasida tasodifiy shaxslar, tuhmatga uchraganlar yoki umuman aybsizlar ham uchrab qoladi. Sen ularni haqiqiy ahvolini bilmay, dalillar asosida ayblaysan. Buni esa ko‘pchilik tushunmaydi. Shu sababli o‘zing birovga yordam berolmaganingdan qiynalasan, nohaqlikdan azoblanasan. Bu soha odamlari shuning uchun aroq ichib, o‘zlarini tinchlantiradilar. Ushbu masalalarni yaxshilab uylab ko‘r, deb maslahat berdi. Men yoshligim sababli akam bildirgan fikr-mulohazalar ma’nosini o‘sha davrda chuqur anglamaganligimni sohada ishlab yurgan kezlarimda tushundim. Har yakshanba ota hovlimiz yoki bobolarimizdan meros qolgan katta hovlida qarindoshlar yig‘ilishardi. Shunday uchrashuvlarning birida so‘ridagi oshxo‘rlikdan so‘ng, Samandar otam, Nasrullo otam va Jamol akam (Olloh barchalarini O‘z rahmatiga olsin) mening yurist bo‘lish to‘g‘risidagi qarorimni ma’qullashdi. Akam paxta ishi bo‘yicha nohaqliklar, ularning ijobiy yechimi uchun qilingan say’-harakatlar hamda oilamizdan hozirda ushbu sohada kadr yo‘qligini ta’kidladi. Onam, Bahodir va Sharof akamlar ham Jamol akamning fikriga qo‘shilishdi. Men shu voqealardan so‘ng A.Navoiy nomidagi Samarqand Davlat Universiteti yuridik fakultetiga o‘qishga kirdim.
246 Avlodlarga maktub Akam keng mulohazali, har bir masalada kelajakni o‘ylab ish tutadigan shaxs edi. O‘qishim sirtqi shaklda bo‘lgani sababli bir kuni Jamol akam, onam va Mashxura yangam meni yonlariga chaqirib, “endi seni uylantiramiz deyishdi. Shunda men “hali ishlamasam, xotinni qanday boqaman” desam, akam “uylanaver, o‘zim boqaman”, degan. Yoshim bir joyga borib, o‘g‘il-qizlar katta bo‘lgach, rizqni beruvchi Alloh ekanligini tushunib, akam bizdagi oilani qanday boqaman degan xavotirni o‘zining dadilligi bilan yo‘qotib borgan ekan. Otamdan yosh yetim qolganligim va oilada kenjaligim sababli, barcha kattalar mening ko‘nglimga qarashgan. Bunday holatda bolalarcha shumlik bilan ularning mexribonligini suiiste’mol qilib, o‘qishga yaxshi e’tibor qaratmasdim. Shu bois, Bahodir akam o‘qishlarimni shaxsan nazorat qilar va har bir qoniqarsiz holat uchun qattiq jazolardi. Jamol akam esa, tabiati mehrli bo‘lganligi sababli vaziyatni yumshatib, meni o‘z himoyasiga olardi va “akangdan xafa bo‘lma, yaxshi o‘qib, yonimizga kirishing kerak. Seni hayot sinovlariga bardoshli, o‘z yo‘lini topadigan, bilimli bo‘lsin deb qayg‘urmoqda”, derdilar. Uylanganimdan so‘ng Bahodir akam bilan maslahatlashib, o‘qishni bitirguncha ishni o‘rgansin, deb ustozlarim Oqdaryo tuman prokurori Keldish Po‘latov, prokuror yordamchisi Faxriddin Juliyevlar (Alloh ularni O‘z rahmatiga olsin)ga shogirdlikka topshirdi. Har kuni ishdan kelsam, bugun nimani o‘rganding, deb savol-javob qilar, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatar edi. Bunday olijanob xislat barcha akalarda ham bo‘lmasa kerak. Otadan 6 yoshimda yetim qolgan bo‘lsam-da, o‘zimning yetimligimni sezmaganman. Akam menga ham ota, ham aka, ham rahmatli onamdan so‘ng onalik qilishdek buyuk vazifalarni to‘laqonli bajardi.
247 Avlodlarga maktub O‘qishni tugatganimdan so‘ng o‘zi bosh bo‘lib, Toshkent viloyati Chinoz tumani prokuraturasiga ishga joylashtirib qo‘ydi. Ikki yil oilam va o‘zimni bekamu kust ta’minlab turdi. Birovning qo‘liga qarab, ulardan umidvor bo‘lma, derdi har doim. Toshkent viloyati prokuraturasida ishlab yurgan paytlarimda rahbar bilan tushunmovchiliklar ko‘p bo‘lardi. Shunday kunlarda yoshlik qilib Samarqandga o‘tib ketaman, deganimda ruxsat bermadi. Sabrli bo‘l, rahbar yomon bo‘l deb urishmaydi, buni tushunishga harakat qil, qo‘l ostingdagi xodimlarga yo‘l top, ishdan qo‘rqma, deb tayinladi. Men akamning o‘gitlaridan so‘ng ishni yanada shiddat bilan davom ettirdim. Keyinchalik menga talabni yuqori qo‘ygan rahbar bilan munosabatlarimiz juda yaxshi bo‘lib ketdi. Hanuzgacha nafaqada bo‘lsa-da, u kishining maslahatlarini olib turaman, o‘sha paytda menga nisbatan qattiqqo‘llik qilgani to‘g‘risida eslab qolganda, mendan o‘zini to‘g‘ri tushunganim uchun minnatdor bo‘ladi. Bugungi 30 yil tajribam asosida akamning judo uzoqni ko‘ra oladigan va har qanday vaziyatda insonni to‘g‘ri qaror qilishga ishontira oladigan shaxs bo‘lganligini tushundim. Akam har oyda kamida bir marta Toshkentga kelib, bizdan xabar olardi, suhbatlashar va dardlarimizni bosiqlik bilan tinglardi. Suhbatlarimiz kech soat 20.00 larda boshlanib, ertalab 03.00 largacha davom etardi. Bizga imkoniyating bormi, shogirdlar tarbiyala, ushbu masalaga alohida e’tibor qarat, shogirdlar fe’li-atvori va bilim saviyasiyam turlicha bo‘ladi, sen ularga e’tibor qaratmay, har biriga alohida yondashib tarbiyala, shogird tarbiyalab, o‘z maktabingni yarat, odamlarga ularning yordami tegsa, barchamizga savob keladi, deb nasihat qilardi. Har safar kelganida shogirdlarimizni ham chaqirib suhbatlashardi, ularga ham otalardek o‘z
248 Avlodlarga maktub maslahatlarini ayamasdi. Shu sababli Nodir, Sanjar, Rustam, Ziyodulla, Abdimutal kabi shogirdlar akamning suhbatini ko‘p eslaydi. Kasbimning nozikligi sababli atrofimizdagi odamlarni ham o‘rganib, maslahatlar berardi. Bizga o‘sha paytda aytilgan fikrlar noo‘rin tuyulardi, lekin akam aytgan barcha fikrlar keyinchalik to‘g‘ri bo‘lib chiqardi. Farzandlarim katta bo‘lib qoldi, uylantiraylik degan kunim, kelin olish oson ish dedi. Lekin kulib, menga qarab, o‘zing qaynota bo‘lishga, kelin qaynona bo‘lishga tayyormisizlar, shuni yaxshilab o‘ylab ko‘ringlar, keyin gaplashamiz dedi. Hayot sinovlari akamning bu sohada ham haq ekanligini isbotladi. Yaratganning hukmi oliy ekan, bugun akam yonimizda yo‘q. Bizlar akamni sog‘inib, tushlarimizda ko‘rinishini so‘raymiz. Gohida ko‘rishamiz, gohida esa yo‘q. Ko‘ngillarimiz kemtik, uni to‘ldirish uchun akamning xonadoniga, oxirgi manziliga boramiz. Opa-singillar, aka-ukalar, jigarlar yig‘ilamiz, suhbatlashamiz, diydor istaymiz, lekin buning iloji yo‘q. Yaratgan huzurida barchamiz yorug‘ yuz bilan diydorlashishni so‘raymiz. Sabr qilishga va akamning o‘gitlarini davom ettirishga barchamiz burchlimiz. Qaxramon IBROHIMOV, kenja ukasi, huquqshunos. HAYOT MAKTABIM MUALLIMI Bizlar aka-ukalarning farzandlari, amakilarmiz. Otam Samandar Isroilov kolxozda brigadirlik qilgan, paxta qabul qilish punktida ishlagan. Yangiqo‘rg‘ondagi paxta tozalash zavodi qurilishining tashabbuskori bo‘lgan. Kichik ukasi
249 Avlodlarga maktub Nasrullo Isroilov “Kommunist” jamoa xo‘jaligida rais edi. Bu amakim “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan paxtakor” unvoniga sazovor bo‘lgandi. Aka-ukalarning ikkisi – Samandar va Nasrullo Isroilov “Paxta ishi”da nohaq ayblanib, ko‘p azob chekdi. Shu yillarda ancha ulg‘aygan, tengdoshlariga nisbatan hayotni yaxshi anglagan Jamol akam boshchiligida haqiqat uchun kurashganlarimiz yodimda. Xayriyat, ancha azobuqubatlar, qiyinchiliklaru qiynoqlardan so‘ng adolat qaror topdi. Jamol akamning yelib-yugurishlari tufayli har ikki akaukamiz oqlandi. Men Yangiqo‘rg‘onda tug‘ilib, shu yerdagi 2-maktabda o‘qiganman. Oliy o‘quv yurti talabasi bo‘lishimda Jamol akamning xizmati katta bo‘lgan. O‘sha paytlarda u SamDUning fizika fakultetida o‘qir, shu bilan birga, bo‘sh vaqt topib, men va men tengi bir necha o‘quvchilarning fizikadan puxta bilim olishimizga yordamlashardi. Hozir repetitorlik butunlay ommalashib ketdi. Lekin bizlarning vaqtimizda bunday emasdi. Shularni o‘ylab, amakim Jamol aka repetitorlikning ilk tashabbuskorlaridan bo‘lgan deya olaman. Maktabni oltin medal bilan tamomladim. Samarqand kooperativ institutiga injener-texnolog yo‘nalishi bo‘yicha hujjat topshirdim. Jamol akamdan fizika bo‘yicha qaytaqayta saboqlar oldim. Qarangki, ana shu fan bo‘yicha bo‘lgan birinchi imtihondan “5” baho olishga sazovor bo‘ldim. O‘sha davr qoidalariga asosan, qolgan imtihonlardan ozod bo‘lib, talabalikka qabul qilindim. Bu muvaffaqiyat Jamol akamning mehnatlari samarasi edi. U SamDU talabalar yotoqxonasida yashar edi. Bo‘sh vaqti bo‘ldi deguncha, mening o‘qishga tayyorgarligim bilan shug‘ullanardi. Yaxshi eslayman, talabalikka qabul qilinganimda, u mendan ko‘ra ko‘proq quvongandi.
250 Avlodlarga maktub Jamol akamning harakati tufayli Yangiqo‘rg‘onda non sexi ish boshladi. Aholiga syex xizmati ma’qul tushdi. Jamol akamni men hayotdagi birinchi o‘qituvchim desam anglashmagan bo‘laman. Negaki, u hamisha men uchun otadek mehribon, o‘qituvchimdek jonkuyar edi. Undagi ajoyib xislatlar o‘zi uchungina emas, men kabi qondoshlar uchun ham yetarli edi. Ajoyib inson, yoshlarning g‘amxo‘ri, qadrdoni, ko‘pchilikning tashvishini hamisha o‘z tashvishidan ustun qo‘ygan Jamol Isroilov chaqmoqdek umr ko‘rdi. O‘zidan yorqin iz qoldirdi. Bu insonning hayot yo‘li, insoniy fazilatlari biz uchun hamisha ibrat maktabi bo‘lib qoladi. Sharofjon ISROILOV, amaki-ukasi. ULUG‘LAR SAFIDAGI ULUG‘IMIZ Samarqandning pedinstituti yotoqxonasida institutga kirishga tayyorlanganman. Menga dars bergan, ustozlik qilgan kishi amakim Jamol Isroilov edi. Shu o‘rinda, eng avval Jamol akamning o‘sha paytda odamlar o‘rtasidagi obro‘-e’tibori haqida gapirsam. U endigina pedagogika institutida faoliyat boshlagan, talabalarga fizika fanidan dars berardi. Boshqa fanlarni kamsitmoqchi emasman-u, ammo fizikani o‘zlashtirish oson emasdi. Nazarimda, avvaldan shunday bo‘lgan, bugun ham shunday. To‘g‘risi, fizikani tanlovchilar ancha kam edi, chunki bu sohadagi muammolar qarshisida ko‘pgina yoshlar o‘zlarini ojiz his etishar, shu bois, bu fan mushkulliklaridan o‘zlarini imkon qadar olib qochardi. Jamol akam esa sohaning ko‘zga tashlanib qolgan mutaxassislaridan edi. Men o‘zimda
251 Avlodlarga maktub shu fanga qiziqish uyg‘onganini aynan shu inson ta’sirida deb o‘ylayman. Bu qanday ro‘y bergandi? O‘ylashimcha, hammasi o‘quvchilik davridan boshlandi. Urug‘imizda taniqli ulug‘larimiz bo‘lganini hamma yoshlar e’tirof etardi. Jamol akamni esa maktab o‘quvchiligidanoq biz yoshlar ana shunday ulug‘larimiz safiga qo‘shib qo‘ygandik. Negaki, u kishi katta yoshdagi odamlardek fikrlar, voqea-hodisalarga chuqur mulohaza bilan yondashar, xullas, yoshiga nisbatan ulug‘vorroq ko‘rinardi. Yana bir jihati, u fan tanlamasdi. Matematika, fizika, kimyo, o‘zbek va rus tillariyu adabiyotni birday o‘zlashtirar, bu borada bizlarga namuna bo‘lardi. Talabalik davrimda Jamol akamning o‘gitlarini aslo yoddan chiqarmadim. Bo‘sh vaqt topdim deguncha uning istiqboli tomon talpindim. O‘rtamizdagi “ustoz-shogirdlik” munosabatlari davom etdi. Yillar o‘tdi. Nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildim. Viloyatda, respublikada turli nufuzli idoralarda ishladim. Bularning hammasida uning muhim hissasi borligini doimiy his etdim. Jamol akam yoshligidan shunday edi. U yaqinlarni, qarindoshlarni hamisha bilim sari undardi. Bizlarni faqat ezgulikka, yaxshilik qilishga chorlardi. O‘zi esa faqat to‘g‘ri yo‘ldan yurar, bizlarning ham o‘ziday bo‘lishimizni xohlardi. Keyin, u ot minishga usta edi. Egarga o‘tirdimi, o‘zini alpqomat chavandozlarday tutardi. Adabiyotni, she’riyatni yaxshi tushunardi. Zavq bilan she’r o‘qirdi, yozuvchilar, shoirlar haqida gapirib berar, ular ijodini qadrlardi. Umuman olganda, akam diniy va dunyoviy ilmlarga birdek qiziqar, qalbida o‘tmish va zamonaviylikni birdek mujassamlantira olgandi. Bizlar tarix haqida ham ko‘p suhbatlashardik. “O‘tmishni, ajdodlarimizni unutishga aslo haqqimiz yo‘q, ota-bobolarimiz
252 Avlodlarga maktub bosib o‘tgan shonli yo‘lni bilishimiz, ularning ibratli jihatlarini hurmat qilishimiz, avlodlarimizni shu ruhda tarbiyalashimiz kerak”, derdi. Shajara haqida doimiy ravishda gapirardi. “Men bu haqda hamma masalalarni yod aytib bera olaman. Ammo kelgusi avlod haqida bunday deb bo‘lmas, ehtimol. Ularga tariximizni ko‘rsatadigan bizlarmiz”, - derdi u. Alisher ISROILOV, amaki-ukasi, q.x.f.nomzodi. JAMOL OTAM HAQIDAGI XOTIRALARIM Ona tomondan otamni ko‘rmaganman (biz tomonlarda boboni ota deb chaqiriladi). Yoshligimizdan Jamol tog‘amni “ota” deb katta bo‘lganmiz. Nega aynan shu tog‘amga hamma jiyanlari ota deb murojaat qilish sababi bilan qiziqqanimda, tog‘am ota o‘rnida ukalariga, singillariga otalik qilganligi sababidan ular hammamiz uchun otadek edilar. Tog‘alar otadek bo‘ladi deyishadi. Tog‘alarim ko‘p bo‘lsada, ularning hammasi o‘ziga xos xarakterga, xislatlarga ega. Mening nazarimda Jamol otamdagi xislatlarni qolgan tog‘alarim bo‘lib olgandek. Otam yaxshi xislatlar majmuasi desam, xato bo‘lmasa kerak. Jamol otamning o‘ziga xos ijobiy xislatlari juda ko‘p edi. Universitetda o‘qib yurgan kezlarimda tez-tez yonlariga borib turardim. Ularning nasihatlarini, maslahatlarini tinglash men uchun zavqli edi. Oliygohni rus tili guruhiga o‘qishga qabul qilingan vaqtimda o‘qishimni o‘zbek guruhiga ko‘chirmoqchi bo‘lib maslahat olgani borganimda otam menga qiynalsang ham rus guruhda o‘qishni davom ettir, hech bo‘lmaganda tilni o‘rganganing foydaga qoladi, bolam tilni o‘rgan, har qanday sharoitda ham o‘zingga nafi tegadi degan edilar. Nasihatlariga
253 Avlodlarga maktub amal qilganim hozirga qadar o‘z foydasini bermoqda. U kishi har sohadan xabarlari bor edi, ayniqsa, biznesni juda yaxshi tushunardilar. Bir kuni Jamol otamga “suv chiqaradigan uskuna olaylik, turli xil gazli salqin ichimliklar chiqaramiz, odamlar ish bilan ta’minlanadi, foydasi ham yaxshi bo‘ladi” deganimda, “jiyan bir ishni qilishdan oldin analiz qilishni o‘rgan, aytayotgan mahsulotga talab qanday, bozorda raqobatchilaring qancha? Mahsulotni qanday va qayerda sotmoqchisan? Xom-ashyo xarajatlari qancha, ularni qayerdan olasan? Bu savollarga javob topsang, shunda boshlamoqchi bo‘lgan biznesingda qiyinchiliklarga duch kelmaysan” degan edilar. Otam o‘zlarining biznesini boshlaganlari haqida shunday degan edilar: “Men 10 yildan ortiq biznesmen odamning yonida yurib, biznes sirlarini erinmasdan o‘rgandim, pastbalandliklarini ko‘rdim, qanday vaziyatlarda qanday yo‘l tutish kerakligini sinchkovlik bilan o‘rgandim, shundan so‘nggina biznesning yo‘nalishini tanlab, ish boshlaganman” degan edilar. Shundan biror ishni qilishdan oldin chuqur tahlil qilish kerakligini tushunib yetganman va hozir ham shu nasihatga amal qilib kelaman. Jamol otamning aytgan nasihatlaridan yana biri, “biror ishni qilsang chiroyli qil, pala-partish ish qilma, qo‘l uchida ish qilishga o‘rganma, qilgan ishingni ko‘rgan odam havas qilsin” der edilar. Yaqinlariga juda mehribon edi. Menimcha, bu to‘ng‘ich o‘g‘il farzand bo‘lganliklaridan bo‘lsa kerak, chunki to‘ng‘ich farzandlar ota-onasiga, ukalariga va singillariga mehribon bo‘ladi. Menimcha bu ham ALLOHning inoyatlaridan biri bo‘lsa kerak. Har yili ayamning tug‘ilgan kunlariga kelib, tabriklab ketardi. Biror marta esdan chiqarmagan. Ayam bizga “mana shu otangdek sizlar ham aka-uka, opa-singillaringga
254 Avlodlarga maktub mehribon bo‘linglar, muhimi sovg‘a emas, muhimi e’tibor” der edi. Jiyanlariga mehribonlik bilan birga o‘ziga yarasha qattiqqo‘l ham edi. Agar yoshlik qilib biror xato ish qilib qo‘ysak, tanbeh berar, xatolarimizni to‘g‘ri tushuntirar, xulosa chiqarishni o‘rgatar edi. Otam suhbatlarining birida tanqid masalasida nasihat qildi. “Sizlar agar kattalar sizlarni koyisa, tanbeh bersa, darrov yomon ko‘rib qolasizlar, keyingi safar ko‘ziga ko‘rinmaslik uchun qochib yurasizlar. Bu odat o‘zlaringga zarar, bizlar sizlarga yomon bo‘lsin deb nasihat qilmaymiz, kattalar yaxshi ko‘rgan odamini urishadi, nasihat qiladi. Qahr bilan mehrni ajratishni bilmaysizlar, o‘zlaringga tanqidiy qarashni bilmaysizlar. Odamzod avvalo o‘ziga tanqidiy qarashni o‘rganishi kerak, shunda hayotda ko‘p qiyinchiliklarga duch kelmaydi, duch kelganda ham qiynalmasdan yengib o‘tadi” degan. Shoislom DOLIYEV, Jamol Isroilovning jiyani. DADAMNING O’GITLARI So‘zimning avvalida dadam (Isroilov Jamol Ibragimovich, Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin)ning yorqin xotirasini muqaddas bilib, «Xotira» atalmish ushbu bitikning yaratilishiga tashabbus ko‘rsatgan, o‘z xotiralarini baham ko‘rib, biz bilan ulashgan, dadam haqqiga duo qilgan barcha insonlarga tashakkur deyman. Xotira – muqaddas, xotira – abadiy. Har bir insonning o‘zi faxrlanib, ba’zida «qizg‘anib» yodga oladigan muqaddas xotiralari bo‘lishi tabiiy hol. Ular doimo biz bilan, aslida. Bu vaziyatda biz uchun aziz bo‘lgan bir inson bu yorug‘
255 Avlodlarga maktub dunyodan ko‘z yumsa-da, ruhan abadiy, har ishda, hayotning turli vaziyatlarida bizga pand-nasihat, o‘git beradi.... Mana, uch yildan buyon dadam jismonan biz bilan emas, lekin ruhi biz yaqinlari bilan birga. Taqdir taqozosi bilan 10 yillardan buyon oilamiz bilan Termiz shahrida yashab kelamiz. Har safar Samarqandga kelsam, dadam uyda degan tuyg‘u meni hamon tark etmagan. Oilaviy tadbirda gaplashib turgan paytimizda o‘zimdagi ushbu holatni gapirib berdim. Shunda opamlar (Umida va Guljahon Isroilovalar), akamlar (dadamning eng kichik ukasi Qahramon Ibrohimov va akam Yaqubjon Isroilov), otam (dadamning ukasi Bohodir Isroilov) va ammamlar (dadamning singillari Saltanat Ibragimova, Muqaddam va Xurshida Isroilova) ham shunday holatda ekanliklarini e’tirof etdi. Men ushbu tuyg‘u hech qachon bizni tark etmasligini xohlardim. Chunki ushbu tuyg‘u doim bizni o‘tgan ajdodlarimiz oldidagi mas’uliyatimizni his etishga undaydi. Dadam oqko‘ngil, sermulohazali, vazmin, o‘z o‘rnida qattiqqo‘l, talabchan inson edi. Saxiylik, silai rahimlilik va adolatlilik hayotining mazmuniga aylangan edi, desam xato qilmagan bo‘laman. Suhbatdoshi yosh bo‘lsin, keksa bo‘lsin, oddiy ishchi yoki mansabdor shaxs bo‘lsin doimo bir xil munosabatda bo‘lar, har birini hurmatini joyiga qo‘yar va o‘z fikrini suhbatdoshining dilini og‘ritmagan holda bayon etar hamda agar zarur bo‘lsa, yordamini ayamas edi. Kitob o‘qish, shaxmat o‘ynash hamda mehmon kutish dadamning eng yoqimli mashg‘uloti (xobbisi) edi. Shu yoshgacha dadamning kitob o‘qimagan va mehmon kutmagan kuni bo‘lmaganligini eslay olmayman. Otam Bohodir Isroilov dadamga kitob tashib charchagani aniq. Kitoblar adabiy, huquqiy, iqtisodiy va ma’naviy yo‘nalishlarda bo‘lar edi. O‘zi
256 Avlodlarga maktub o‘qigan kitoblarni do‘sti (keyinchalik quda bo‘lgan Zoir aka) ga ham berib o‘qitar edi. Maslahat so‘rab kelgan insonlarga qonunlarni olib kelib, o‘qib, tushuntirishlar berardi. Har qanday yurist bilan o‘z hamkasbiday bemalol suhbatlashardi. Shu sababli dadamni yuristlar, iqtisodchilar, quruvchilar, filologlar o‘z hamkasblari deb bilishardi. Umar Xayyom, Maxtumquli, Navoiy, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Shavkat Rahmon, Muhammad Yusuf, Karim Bahriyev she’rlarini sevib o‘qirdi. Vaqtli matbuotda Karim Bahriyevning publisistik chiqishlarini kuzatib o‘qib borardi. Maqolani o‘qigach, otam Bohodir Isroilovga telefon qilib, “Karimjonga mendan rahmat va salomimni aytib qo‘ygin, juda zo‘r muammoni ko‘taribdi, endi mas’ullar ushbu maqolani o‘qib xulosa qilib, unga yechim qo‘llashi zarur”, deb munosabat bildirardi. Agarda biror narsaga e’tirozi bo‘lsa, uni ham aytib, “Hali Toshkentga borsam, Karimjon bilan o‘zim gaplashaman” deb qo‘yardi. Onalari Narzibibi hoji onamizning dadalari islom ilmini mukammal bilgan, madrasa ko‘rgan inson bo‘lgani sababli dadamda islom ilmiga ham qiziqish baland edi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining (Alloh rahmat qilsin) har bir asarini diqqat bilan o‘qirdi. Biz farzandlar dadam siymosida hayotda, ish faoliyatida diniy va dunyoviy ilmlarni qo‘llashda uyg‘unlikni topa oladigan shaxsni ko‘rardik. Dadam oilaviy masalalarda ham juda e’tiborli edilar. Isroilovlar avlodidagi bosh o‘g‘il farzandligi sababli barcha opa, singil, ukalar va qarindoshlarni nazorat qilib borardi. Mansablaridan qat’iy nazar, ularni nazoratsiz qoldirmasdi, kamchiliklarini aytib, tuzatishini talab va nazorat qilardi. Ushbu munosabatni o‘zi hurmat qiladigan va suhbatiga quloq
257 Avlodlarga maktub soladigan har bir insonga nisbatan ham qo‘llar edi. Esimni taniganimdan buyon ayam har kuni dadamni dazmollangan kiyimda, o‘z qo‘li bilan noski va tuflisini kiydirib, ishga kuzatardi. Dadam Samarqand kooperativ instituti (hozirgi Iqtisodiyot va servis instituti)ga dars bergani borar, shu sababli men ko‘pincha u kishi bilan Samarqandgacha birga o‘qishimga ketardim. Shunday kunlarning birida «Dada, kiyimlaringizni men kiydirsam maylimi?”, deb so‘radim. Shunda dadam “Kiyim va tuflimni o‘zim ham kiyishim mumkin. Bilasanmi, men ayangga shu ishlarni qilgin deb aytmayman. Ayang farosat bilan, mening qarshiligimga qaramay, o‘zi shu ishlarni qiladi. Dunyodagi hamma ayollar ayang kabi turmush o‘rtog‘iga mehrli, e’tiborli bo‘lganida, oilada nizolar deyarli bo‘lmasdi. Sizlar ham ayangdan turmush o‘rtog‘iga xizmat qilishni o‘rganinglar», dedi. Turmushning mushtlariga ruhan ojizlik qilib, nolib borgan kezlarimizda, biz 3 ta qizini bitta gap bilan qaytarardi. «Kuyovlarim tilla, ayb o‘zlaringda, ularga sayqallangan ko‘z bo‘lish o‘z qo‘llaringda», deb bizga nasihat qilardi. Kamtarlik, doim o‘z ustida ishlash, odamlarga manfaatli bo‘lishga intilish xislatlari Yaratgandan dadamga berilgan nodir fazilat edi. Allohim barchamizga Firdavs bog‘lari to‘rida ota-onasiga toj kiydiruvchi farzandlardan bo‘lishimizni nasib etsin. Manzura ISROILOVA, Termiz davlat universiteti dotsenti.
258 Avlodlarga maktub Hurmatli kitobxon, duo qilaylik Yo Alloh! Jamol hoji va uning ota avlodi, ona avlodidan o‘tgan ajdodlarining kattayu kichik, avvalgiyu oxirgi, oshkorayu maxfiy gunohlarini O‘zing avf et, kechirgin! Sendan o‘zga iloh yo‘q. O‘zing mehribonsan, karaming keng, fazling ulug‘. Jumlai mo‘minlar qatorida o‘tganlarimizni O‘z rahmating bilan siylagin! Barcha qilgan savob amallarini o‘zlariga hamroh qil! Yo Alloh! Bizni, iymon bilan o‘tgan ajdodlarimizni, ota-onalarimizni, barcha mo‘min-mo‘mina, muslimmuslimalar, ko‘pning qatorida Jamol akani ham mag‘firat qil! Yo Alloh! Sendan omonlik, farovonlik, tinchliksalomatlik so‘raymiz! Kechagina yonimizda bo‘lgan birodarimiz Jamol hojini O‘z rahmatingga, hifzu himoyangga ol! Yo Alloh! Jamol aka singari qalbimizni pokla, tanjonimizni sog‘ qil. U kishi so‘raganday yurtimiz tinchligini bardavom ayla, diyorimizdan xayrbarakangni aritma! O‘tmishi ulug‘ millatimizning kelajagini ham ulug‘ qilgan. Yo Alloh! Boshimizdan turli musibat, ofatlarni daf et, fitnalardan omon saqla, ishlarimizni o‘ngla! Butun hayotimiz davomida Jamol akani duo qilib yurishdek saodatdan tark ettirma. Sen bizni biror lahza ham o‘z
259 Avlodlarga maktub ixtiyorimizga tashlab qo‘yma. O‘zingdan boshqaga muhtoj qilmagin. Yo Alloh! Bizlarga, shu jumladan, Jamol hojiga ham bu dunyoda berganingdek, oxiratda ham yaxshilik ato et, jahannam azobidan asra! O‘zingga behisob hamdu sanolar aytamiz, Sarvarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga, u zotning oila a’zolariga, sahobai kiromlariga salavotlar, salomlar yo‘llaymiz! Jamol hojining oxiratlarini obod qilib, ruhlarini shod ayla. Bu dunyoda zam-zam suvini ichishdek saodatni nasib qilding, u dunyoda “Kavsar” suvini ichishni ham nasib qil. Diydor oxiratga qoldi. Ilohim, jannatda uchrashib, diydorlashib yurishni nasib aylagin. Omiyn, yo Rabbal Olamiyn!
260 Avlodlarga maktub MUNDARIJA A.Sattorov. Yaxshilar unutilmaydi ....................................... 3 Ipak yo‘lidagi qadimiy maskan ........................................... 12 B.Isroilov. Mening akam .................................................... 21 ZAMONDOSHLAR EHTIROMI Sh.Negmatov. Tiriklikda qo‘yilgan haykal ......................... 79 A.Rahimov. Donishmandlik tizimga tushirilgan hayotdir ................................................................................ 84 T.Toshmurodov. Yaxshi bilan sirdosh bo‘lsang, yaxshiliklar bilan unasan ..................................................... 89 O.Quvondiqov. Fizik-iqtisodchi olim ibratlari ................... 95 U.Xudoyberdiyev. Komil inson haqida so‘z ...................... 98 S.Ortiqova. Iqtidorli muallimning iqtidorli izdoshlari ..... 101 G.Shodiyeva. Dono odamning a’moli ham saboq ............ 103 A.Xudoyberdiyev. Xususiy mulkning afzalligi ................ 106 P.Sobirov. Ustozni eslab ................................................... 110 E’TIROF M.Pardayev. Oramizda bo‘lmagan “oramizdagi odam” yoki do‘st sog‘inchi ........................................................... 113 QALAM AHLI NIGOHIDA F.Toshev. Mas’uliyatning mas’uliyati ............................... 133 B.Egamqulov. Zakiyligiga iqror bo‘lganman ................... 136 K.Bahriyev. Jamol akaning jaloli va jasorati .................... 139 Y.Muhammadiyev. Ijodkorlarning yaqin do‘sti edi ......... 143 I.Xudoyorov. Jamol aka — deputat .................................. 145
261 Avlodlarga maktub DO‘ST BO‘LUR BEGONA HAM A.To‘ychiyev. Ulkan daraxtning ilk hosili ........................ 149 A.Sobirov. Hazrati inson edi... .......................................... 152 M.Abdulazizov. Odam borki, odamlarning naqshidur ..... 156 YAXSHILAR HAMISHA QADRLI Sh.Negmatova. Mukammallik yo‘lidagi intilish .............. 161 H.Qarshiyev. Qalban kamtarin, aqlan yetuk inson edi ..... 164 Sh.Ochilova. Beshinchi ukam .......................................... 168 H.Ochilova. Himmati ulug‘ inson .................................... 170 G.Adonova. Shogird kamoloti .......................................... 172 S.Fozilova. Yillar qatidagi xotiralarim .............................. 174 T.To‘rayev. Saxovat – qalbni poklaydi ............................. 176 T.Tursunova. El-ulusga beminnat homiylik ..................... 179 SHOGIRDLARNING DIL SO‘ZLARI O.Ochilov. Ustozlikning oltin qoidasi: yuksak ma’naviyat, shaxsiy ibrat ...................................... 183 E.Qarshiyeva. Ikkilanish — ojizlik belgisi ...................... 186 Y.Hamroyev. Jahonda bo‘lmasa muallim agar... .............. 190 N.O‘roqov. Inson kamoloti me’mori — ustoz .................. 192 Q.Oromov. Kelajakni ko‘ra bilish donolikdir .................. 196 Ch.Muxammadiyeva. Daraxtning salobati yiqilgandan keyin bilinar ekan .............................................................. 198 F.Fayziyeva. Bag‘rikeng, g‘amxo‘r, talabchan rahbar ...... 199 F.Safarova. Savobli ishlari davomchisimiz ...................... 202 Sh.Abdivoyitov. Buyuklar o‘lmaydi ................................. 204 O.Nosirov. Shogirdlik ehtiromim ..................................... 206 A.Fayziyev. Ezgulikka yo‘g‘rilgan umr ............................ 211 F.Ro‘ziyev. Zakiy uztoz — shogirdlar omadi ................... 214 N.Hasanov. Metsenat – ziyolilar ko‘makchisi .................... 217
262 Avlodlarga maktub Ushbu kitobni nashrga tayyorlashda o‘zlarining beminnat xizmatlarini ayamagan Bekqul Egamqulov, Tohir Doliyev va Abdurasul Sattorovga kitob mualliflari hamda Jamol Isroilov oilasi samimiy minnatdorchilik bildiradi. IJOD AHLI IZTIROBI O.Muhammad. Oqdaryoning jamoli ................................ 219 E.Qarshiyeva. Yaxshi odamlar ......................................... 221 E.Qarshiyeva. Sizni berib qo‘ydik, dillarda alam ............ 222 T.Doliyev. Har jonki uyg‘ondi... ....................................... 223 T.Doliyev. Iztirob .............................................................. 224 E.Berdiyev. Sog‘inch ........................................................ 225 Jamol Isroilovdan hikmatli iboralar ................................... 226 Sulola tarixiga nazar .......................................................... 232 YAQIN QARINDOSHLAR FIKR YURITADI M.Isroilov. Xotiralarga boy damlar .................................. 242 Q.Ibrohimov. Ota vazifasini bajargan aka ....................... 244 Sh.Isroilov. Hayot maktabim muallimi ............................. 248 A.Isroilov. Ulug‘lar safidagi ulug‘imiz ............................. 250 Sh.Doliyev. Jamol otam haqidagi xotiralarim ................... 252 M.Isroilova. Dadamning o‘gitlari ..................................... 254 Hurmatli kitobxon, duo qilaylik ........................................ 258
263 Avlodlarga maktub QAYDLAR UCHUN __________________________________________ __________________________________________ __________________________________________ __________________________________________ __________________________________________ __________________________________________ __________________________________________ __________________________________________ __________________________________________ __________________________________________ __________________________________________ __________________________________________ __________________________________________ __________________________________________ __________________________________________ __________________________________________ __________________________________________ __________________________________________ __________________________________________ __________________________________________ __________________________________________ __________________________________________ __________________________________________ __________________________________________ __________________________________________
Badiiy nashr Toshpo‘lat TOSHMURODOV Bahodir ISROILOV AVLODLARGA MAKTUB O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Xalq ta’limi a’lochisi Tohir DOLIYEVning umumiy tahriri ostida Mas’ul muharrir — Bekqul EGAMQULOV Muharrir – Ulug‘oy DOLIYEVA Musahhih — Risolat IBRAGIMOVA Texnik muharrir — Ulug‘bek MAMAJONOV Mazkur kitob O‘zbekiston Ma`rifatparvarlar jamiyati homiyligida nashr etildi. “NOSHIRLIK YOG‘DUSI” NASHRIYOTI Bosishga berildi 30.11.2023 y. Bosishga ruxsat etildi 30.11.2023 y. Bichimi 84x108 1/32. PT Astra Serif garniturasi. Ofset bosma usulida ofset qog‘oziga bosildi. Hisob bosma tabog‘i 13.8 b.t. Nashriyot bosma tabog‘i 14.8 b.t. Adadi 1000 dona. Buyurtma № 206. Bahosi shartnoma asosida. «Print Line Group» ХK bosmaxonasida chop etildi. 100097, Toshkent sh., Bunyodkor shoh ko‘chasi, 44-uy. SPACEPRINT.UZ
Mazkur kitob Oqdaryoning saxovatpesha farzandi, maorif fidoyisi jamoat arbobi, olim va tadbirkor, yuksak ma`naviyatli inson Jamol Isroilovning 70 yilligiga bag‘ishlandi. 21.12.2023-yil