The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.

Ushbu konsepsiya va dasturlar Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan umumlashtirildi.

Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by rashidsobirovichtojiboyev, 2022-02-09 23:20:21

Chet tili fanidan uzliksiz taʼlimda uzviylikni taʼminlash konsepsiyalari va milliy oʻquv dasturlari

Ushbu konsepsiya va dasturlar Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan umumlashtirildi.

CHET TILI BO‘YICHA B2 DARAJA BITIRUVChILARINING TIL BILISh DARAJASI-
GA QO‘YILADIGAN TALABLAR

Nutqiy kompetensiya: Tinglab tushunish: Keng ko‘lamli nutq yoki qator murakk-
ab fikrlar bayonini tushunib kuzata oladi. Maʼruza, nutq, bayonot, tafsilotli yo‘riqnoma-
lar, ilmiy va ixtisoslik taqdimotlari, so‘rov va fikrlarning mohiyatini tushuna oladi. Eʼlon
va xabarlarni tushuna oladi. Tanish va notanish kontekstdagi murakkab autentik nutqni
tushuna oladi. O‘rganilayotgan til egasi bo‘lgan so‘zlashuvchilarning suhbat yoki mu-
nozarasining aksariyat qismini tushuna oladi. Radio, internet va televidenie dasturlari,
intervyularning aksariyat qismini tushuna oladi.

Gapirish: Dialog. O‘z hamkorlari bilan muzokara qila oladi. Maʼlum masala yuzasi-
dan iltimos qila oladi. O‘rganilayotgan tilda so‘zlashuvchilar bilan muloqotga kirisha ola-
di, zarur bo‘lganda boshqara oladi. Oldindan tayyorgarlik ko‘rilmagan jonli muhokama
va munozaralarda qatnasha oladi. O‘z sohalariga oid intervyuda qatnasha oladi. Rasmiy
muhokama doirasida o‘z fikr va mulohazalarini aniq ifodalay oladi. Muhokamalarda o‘z
fikrlarini oydinlashtira oladi, o‘zgartirib talqin eta oladi va tuzata oladi. Bitimga kelishuv
yoki muammo echimini topishda rasmiylik va hushmuomalalikning maqbul darajalar-
idan foydalana oladi. Rasmiy doiralarda (masalan, seminar, brifing va h.) xos ravishda
savollar beradi va javoblar bera oladi.

Monolog. Maʼlum mavzu bo‘yicha yaxshi taqdimot qila oladi. O‘z sohasiga oid bir
qator narsalarni aniq va batafsil tasvirlay oladi. Maʼlum mavzu bo‘yicha og‘zaki maʼruza
qila oladi. Maqola, maʼruza yoki muhokama yuzasidan aniq umumlashgan hulosa qila
oladi. Tanish mavzuga oid qarash yoki fikrni rivojlantirish, dalillar, misollar keltirish
orqali asoslay oladi.

O‘qish. Tanish va notanish mavzulardagi matnlarning asosiy/ayrim jihatlarini tus-
huna oladi. O‘z sohalari va qiziqishlariga mos yozishmalarni tushuna oladi. Jadval,
grafiklarning qisqa izohini tushuna oladi. Murakkab nomalarni tushuna oladi. Maxsus va
murakkab yozma yo‘riqnoma va yo‘nalishlarni tushunib amal qila oladi. Kasbiy sohalariga
oid kattaroq hajmdagi maqola va maʼruzalardan tegishli maʼlumotni ajrata oladi. Tezis,
konferentsiya dasturlari, mundarija va shu kabi matnlarning ayrim qismlari yoki barcha
qismlarini batafsil o‘qish kerakligini aniqlay oladi. Rivojlantiriladigan ko‘nikmalar: chet
tilidagi materiallarning umumiy mazmunini tushunish, ayrim maʼlumotlarni olish, taf-
silotlarni tushunish va yo‘nalishni aniqlash uchun o‘qish (belgilar, ko‘rsatkichlar va h.).

Til kompetensiyasi. Yozish. Maxsus nomalar yoza olish (biznes xatlari, elektron
xatlar). Sohaga oid insho va maʼruzalar yoza oladi. Yetarli darajada grammatik, mazmun
jihatdan to‘g‘ri tuzilgan va mos uslubdagi ilmiy va tadqiqot maqolalarni yoza oladi. Tak-
liflar, hulosalar va tezislar yoza oladi. Zarur xolda o‘z sohasi bo‘yicha bitiruv malakaviy
ish yoza oladi.

Leksik kompetensiya. Maxsus leksika va atamalarni kontekstda qo‘llay oladi. Kom-
munikativ doiralarda mavzuga oid leksikani qo‘llay oladi. Keng ko‘lamdagi baynalminal
so‘zlarni farqlay oladi va ulardan foydalana oladi.

Grammatik kompetensiya. Kommunikativ vaziyatlarda murakkab grammatik va
sintaktik strukturalarni qo‘llay oladi. Mos bog‘lovchi so‘zlardan foydalana oladi. O‘z so-
halariga oid diskurs modellarining grammatik, leksik va mazmun jihatdan qanday tuzil-
ganini tushunish maqsadida tahlil qila oladi.

O‘rganiladigan mavzular: O‘zbekiston va tili o‘rganilayotgan mamlakatlarn-
ing milliy ramzlari, timsollari (milliy ramzlar, milliy liboslar, anʼanalar, qadriyatlar,
diqqatga sazovor joylar, bayramlar, buyuk ajdodlar, til, davlat tuzumi va h.)

Inson tashqi ko‘rinishi va xarakteri (goroskop, stereotiplar, tashqi ko‘rinish, moda,
genetika, tug‘ma isteʼdod, irim va h.)

Oziq-ovqat (to‘g‘ri ovqatlanish, parhez tutish, ovqatlanish odatlari, milliy taomlar)

300

Sog‘liq (tibbiy ko‘rikdan o‘tish, inson tanasi va uchraydigan kasalliklar, sog‘lom tur-
mush-tarzi, chekish, ichish va narkomaniyaga qarshi kurash, anʼnaviy va noanʼanaviy
tibbiyot, OITS, nogironlarga g‘amxo‘rlik)

Oila qadriyatlari (shajaralar, oila, bola tarbiyasi, kattalar va bolalar o‘rtasidagi
muammolar, oilani rejalashtirish, turli millatga mansub oilalar, uy hayvonlari, oilaviy
anʼanalar, ro‘zg‘or)

Taʼlim grantlari (taʼlim tizimlarini taqqoslash, taʼlim olish imkoniyatlari, tanlash
huquqi, chet elda taʼlim olish, taʼlim grantlari, o‘qish odatlari va anʼanalari, mustaqil
bilim olish)

Ajdodlar merosi (Buyuk sharq allomalari va ularning merosini o‘rganish, O‘zbekis-
ton va tili o‘rganilayotgan mamlakat tarixi)

Sayyoxlik (O‘zbekiston sayyoxlar nigohida, turistik shaharlar, tili o‘rganilayotgan
mamlakatning yirik shaharlari)

Shahar va qishloq hayoti (ona shahar, mening orzuimdagi shahar, transport, mi-
gratsiya, katta shaharlar muammosi, dunyoning yirik shaharlari)

O‘zbekiston va jahon (O‘zbekistonning xalqaro munosabatlari, qo‘shni davlatlar
bilan iqtisodiy va madaniy hamkorlik, O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlarga aʼzoligi,
immigratsiya, baynalminallik va h.)

Ish va biznes (pul, karʼera, ishga joylashish, ishga joylashish uchun suhbatdan o‘tish,
mehnat bozorlari, o‘qituvchilik kasbi, kasb tanlash, bolalikdagi kasbga oid orzular, na-
faqaga chiqish, ish joyida gender masalalari, ishsizlik)

Munosabatlar (ayol va erkak o‘rtasidagi munosabatlar, gender tengligi, muhabbat,
oila qurish, erta oila qurish zararlari, ajralish sabablari, ota-ona tavsiyasi bilan turmush
qurish, do‘stlik, ustoz va shogird munosabatlari, o‘qituvchi va talaba, qo‘shnilar, internet
orqali tanishuvlar)

Atrof-muhit (ob-havo va iqlim o‘zgarishlari, geografik xususiyatlar, tabiiy ofatlar,
ekologik muammolar, Orol dengizi fojiasi, erning global isishi, insonning atrof-muhit-
ga taʼsiri, o‘rmonlarning qisqarishi, yo‘qolish xavfi bo‘lgan hayvon va o‘simliklar,
atrof-muhitni saqlash, kosmos)

Madaniyatlararo muloqot (verbal va noverbal muloqot, madaniy shok, muloqotda-
gi farqlar va tushunmovchiliklar, turli madaniyatlardagi urf odatlar, qadriyatlar)

Ommaviy axborot vositalari (matbuot, radio, televidenie, jurnalist etikasi, internet,
reklama, OAV turlari va tili, OAV kuchi, senzura)

Tibbiyot, fan va texnikaning etik masalalari (klonlashtirish, hayvonlarda tajriba
o‘tkazish, genetik moslashtirilgan mahsulot (GMO), atom energiyasi, alʼternativ ener-
giya manbalari, abort, evtanaziya, plastik xirurgiya, transplantatsiya, kriogenetika, evo-
lutsion fan)

Bozor munosabatlari (Bozor munosabatlari ishtirokchilari, tovar xarid qilish, tovar
sifati, xizmatlar bozori, mahsulot sifati ustidan shikoyat yozish.)

Ijtimoiy masalalar (jinoyat va jazo, yoshlar madaniyati, yoshlar tomonidan sodir
etiladigan jinoyatchilik, mahalla, umumxalq hasharlari, etimlar, homiylik, kambag‘allik,
ayolning jamiyatdagi o‘rni)

Dunyo globalizatsiya jarayonlari (Globalizatsiya tushunchasi, uning kishilar hayo-
tiga taʼsiri. Globalizatsiyaning ijobiy va salbiy jihatlari. Ommaviy madaniyat, uning
y­ oshlar turmush tarziga taʼsiri.)

Plagiat (Mualliflik huquqi. Taʼlimda internet resurslaridan foydalanish. Manbalardan
foydalanish qoidalari. Plagiat tushunchasi, uning fan va madaniyatning rivojiga taʼsiri.)

Raqamli texnologiyalar (Taʼlimda raqamli texnologiyalardan foydalanish. Interak-
tiv doska va uning imkoniyatlari.)

Huquqiy savodxonlik (Huquq sohalari, Konstitutsiyada huquq va majburiyatlarning
belgilab berilishi, ariza, shikoyat yozish. O‘z huquqini himoya qilish.)

301

II. Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Ushbu dastur talabalar uchun belgilab berilgan B1 (CEFR) va undan yuqori darajalar-
ni egallashga qaratilgan. Ushbu darajaga erishish talabalarda ilmiy va sohaviy faoliyat-
da yuzaga keladigan til bilan bog‘liq vaziyatlarda erkin muloqotga kirishish ishlarini va
vaziyatni samarali hal qilishlarini taʼminlaydi. Namunaviy dastur asosida kafedralarda
nofilologik yo‘nalishlar uchun mutaxassislik doirasidan kelib chiqib sillabuslar va amaliy
mashg‘ulotlar kontenti ishlab chiqiladi.
Amaliy mashg‘ulotlarda nutqiy kompetensiyaning o‘qish, yozish, tinglab tushuni-
sh va gapirish ko‘nikma va malakalari integratsiyalashgan ravishda olib boriladi. Mav-
zuning mohiyati va soha xususiyatlaridan kelib chiqib, u yoki bu ko‘nikma darslarda aso-
siy ko‘nikma sifatida tanlanadi. Bunda pedagog turli metod va texnologiyalardan unumli
foydalanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan:
Dialog – ijtimoiy mavzularda suhbat va norasmiy dialog; kasbiy yoki boshqa mavzu-
larda rasmiy va norasmiy munozaralar; munozarani boshqarish, intervyu, muzokaralar
va telefon orqali muloqot olib borish;

Monolog – ixtisoslikka oid mavzularda maʼruza tayyorlash va o‘qish; munozara, da-
lil va isbotlarni olg‘a surish, fikrni asoslab berish; maxsus mavzularda taqdimot tayyor-
lash hamda chiqish qilish; maʼlumotlarni umumlashtirish, maqolalar yozish, muhokama
qilish;

O‘qish – tanishuv o‘qish, ko‘z yugurtirib o‘qish va sinchiklab o‘qish ko‘nikma va ma-
lakalarini rivojlantirish; xat-xabar, yozishmalar va elektron pochtani o‘qish; maxsus ma-
teriallarni o‘zida aks ettirgan autentik matnlarni o‘qish; maxsus so‘z va terminlarga ega
matnlarni, ilmiy va kasbga oid adabiyotlarni, elektron manbalar va matbuot materialla-
rini o‘qish;

Yozma nutq – turli yozishmalar, xat-xabarlar va maxsus dokladlar (qaydlar, CV va
hokazo) yozish; esse, bayon, rezyume, tadqiqot ishi (maqolalar, bitiruv malakaviy ishlar)
yozish;

Tinglab tushunish – autentik materiallarni 2-marta eshitib asosiy mazmunini
tushunish, zarur axborotni olish va uni bayon eta olish; kundalik yangiliklar, reportajlar-
ni, film qahramonlari nutqini tushunish.

Bilim va ko‘nikmalarni sohaga yo‘naltirish
Kasbga yo‘naltirilgan bosqichning asosiy maqsadi: nutq turlari bo‘yicha kasbiy soha-
da chet tilini amaliy egallash; talabani ijodiy shaxs sifatida rivojlantirish; soha bo‘yicha
adabiyotlarni tarjima qilish malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Amaliy mashg‘ulotlar uchun mavzularni shakllantirishda quyidagi til ko‘nikmalarini
rivojlantirishga xizmat qiluvchi chet tilidagi materiallarni qo‘llash tavsiya etiladi:
Fan dasturining asosiy qismi mazmuni quyidagicha ko‘rinishda aks etadi:
Taʼlim sohasiga oid mavzularda og‘zaki va yozma nutqda ko‘p ishlatiladigan leksik
birliklar, grammatik qoidalar, fonetik hodisalarni to‘g‘ri qo‘llay olish;
1. O‘qish: O‘zi qiziqqan va taʼlim sohasiga oid mavzularda o‘rtacha matnni bemalol
tushuna olish; o‘z kasbi, qiziqishini qamrab oladigan oddiy va ilmiy mazmundagi matn-
larni o‘qish, o‘qib tushunish, tahlil qilish va tarjima qila olish.
2. Yozuv: O‘zini qiziqtirgan va taʼlim sohasiga mos bo‘lgan mavzularda matnlar tuza
olish; Talabalar soha bo‘yicha kurs va diplom ishlarini amalga oshirayotganda o‘rgani-
layotgan chet tilida chop etilgan materiallarni tahlil qila olish, xulosa va qisqa mazmu-
nini yoza olish; Chet tilida soha vakillari bilan yozma muloqot qilish uchun rasmiy va
norasmiy xatlar yoza olish.
3. Tinglab tushunish: O‘z sohasiga va kundalik hayotiga taalluqli mavzulardagi nutq-
ni tushuna olish; Televideniedagi ko‘rsatuvlar va radio eshittirishlarni, filmlarning ma-
zmunini tushunish.

302

4. Gapirish: O‘z sohasiga aloqador tanish mavzularda fikr almashish, maʼlumotni
tekshirish yoki tasdiqlay olish uchun erkin muloqotga kirisha olish; Sayohat qilish va
xizmat safarlari vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda chet tili yordamida
muammolarni hal eta olish.

Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurulmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir
akademik guruhga bir professor-o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi zarur. Mashg‘ulotlar
faol va interaktiv usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axbo-
rot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.

III.Mustaqil taʼlim va mustaqil ishlar
Xorijiy til fanidan mustaqil ishlarning maqsadi – amaliy mashg‘ulotlar davomida
olingan bilim va ko‘nikmalarni yanada mustahkamlash va takomillashtirishdan iborat.
Bunda fan o‘qituvchisi tomonidan ishlab chiqilgan mustaqil taʼlim topshiriqlari dars
mashg‘ulotlari mavzusidan kelib chiqqan bo‘lib, ko‘tarilgan mavzular talabalarga loy-
iha ishlarini amalga oshirish va taqdimotlar (slayd, hisobot, muammoli vaziyat kabilar)
tayyorlashlariga, berilgan mavzularga ijodiy yondashishlariga imkon yaratishi, hamda
to‘rtta nutqiy ko‘nikmaning barchasini (o‘qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish) o‘z
ichiga olishi lozim.
Mustaqil taʼlim uchun tavsiya etiladigan mavzular mazmuni:
O‘qish: (tanishib chiqish, sinchiklab, qarab chiqish), yozuv, tinglab tushunish va ga-
pirish;
Tinglab tushunish: hajmi turlicha bo‘lgan audio va video matnlarni tinglab tushu­
nish, savollarga javob berish, gapirib berish, annotatsiya yoza olish;
Gapirish: talabalarning dialogik va monologik nutqlari bo‘yicha mustaqil ishlari
auditoriyada o‘rgatilgan matnlar, o‘quv materiallari asosida tashkil qilinadi. Gapirish
bo‘yicha mustaqil ish sifatida mavzu asosida maʼlumot tayyorlash, matn mazmunini ga-
pirib berish, o‘rganilgan leksik materiallar asosida xikoyalar tuzish, berilgan muammo-
li masala va vaziyatlarni muhokama qilish kabi topshiriqlar berish mumkin. Gapirish
ko‘nikmalarini rivojlantirib borish uchun multimedia dasturlarini va onlayn texnologi-
yalarini qo‘llashga asosiy eʼtibor qaratiladi;
O‘qish: talaba o‘rganayotgan sohasiga oid adabiyotlar bilan tanishib chiqishi va o‘zi
uchun qiziqarli va kerakli bo‘lgan axborotni tushunishi, publitsistik, ilmiy-ommabop
ijtimoiy-siyosiy adabiyotlarni o‘qishi va kerakli axborotni olishi lozim. Mashg‘ulotlar-
da yuqorida aytilgan malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish va o‘stirish juda murakkab
bo‘lganligi uchun ularni mustaqil ish jarayonida sinchiklab, ko‘z yugurtirib, qarab chiqib
o‘qish turlari orqali tashkil qilinadi. Ushbu o‘qish turlarini nazorat qilish matnni to‘liq
tarjima qilish yoki uning tanlab olingan qismlarini tarjima qilish bilan amalga oshiriladi.
Tanishib chiqib o‘qish mustaqil ish turi sifatida uyda o‘qish shaklida olib boriladi.
O‘qishning bu turi uchun autentik yoki adaptatsiya qilingan adabiy, ilmiy-ommabop
adabiyot tanlab olinadi. Tekshirish shakllari: o‘qilgan parchaning mazmunini tushun-
ganligi bo‘yicha savol-javob ishlari, ajratib olingan masalalar bo‘yicha axborot olish,
bahs-munozaralar o‘tkazish, axborotga reja tuzish va h.k.

5. VI. Kreditlarni olish uchun talablar:
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini

to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish
va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy
nazorat bo‘yicha yozma ishni topshirish.

6. Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati
Asosiy adabiyotlar
Ingliz tili
1. Alovitdinova X., Radjabova D. va b. English for ESL and ESP learners. – T.TMU, 2012.
2. Lindsay Clandfield. Straightforward pre-intermediate. Studentʼs Book. – Macmil-

lan. 2008.
3. Lindsay Clandfield. Straightforward intermediate. Studentʼs Book. – Macmillan. 2008.

303

Nemis tili
1. Ute Koithan, Helen Schmitz, Tanja Sieber. Aspekte B1+, Klett Verlag, Stuttgart,
2017.
2. Perlmann-Balme Michaela, Susanne Schwalb. Sicher B1+. Hüber Verlag, München,
Deutschland. 2012.
3. Anna Fischer Mitziviris, Sylvia Janke-Papanikolaou, Ausblick B1, Hüber Verlag,
Ismaning, Deutschland. 2007.
4. Ute Koithan, Helen Schmitz u.a. Aspekte neu.B2. Klett. Stuttgart. 2017

Fransuz tili
1. Satherine Dollez, Sylvie Pons Alter Ego B1. France, 2013.
2. Michel Barféty, Patricia Beaujouin. Expression orale, Niveau 2. France, 2013.
3. Sylvie Poisson-Quinton, Rein Mimran. Expression écrite, Niveau 2. France, 2013.
Qo‘shimcha adabiyotlar

Ingliz tili
1. Liz & John Soars, Paul Hancock. Headway Pre-Intermediate Studentʼs Book. – Ox-
ford University Press, 2019.
2. Liz & John Soars, Paul Hancock. Headway Intermediate Studentʼs Book. – Oxford
University Press, 2019.

Nemis tili
1. Michaela Perlmann Balme, Susanne Schwalb, Dorte Weers. Em Brückenkurs B1+,
Hüber Verlag, Ismaning, Deutschland. 2008
2. Julia Braun-Podeschwa, Charlotte Habersack, Angela Pude. Menschen B1.1. Hüber
Verlag. München, München.
3. Hermann Funk, Christina Kuhn, Silke Demme. Studio d B1, Cornelsen Verlag, Ber-
lin, Deutschland, 2007.
4. Anneli Billina, Hören und Sprechen B1, Hüber Verlag, München, 2013.
5. Anna Buscha, Zwilvia Szita., Begegnungen B1+, Schubert Verlag, Leipzig, Deitsch-
land, 2008.
Fransuz tili
1. Popova I. N., Kazakova J. A. Fransuzskiy yazik. Manuel de francais Moskva, 2010.
2. Catherine Flumian, Josiane Labascoule. Methode FLE pour adultes Nouveau Rond
Point 2. 2014.

Fan dasturi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi yo‘nalishlari bo‘yicha O‘quv-uslu-

biy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 202__ yil “___”________ dagi

7. ____ -sonli bayonnomasi bilan maʼqullangan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining

202__ yil “___” _____dagi ______ – sonli buyrug‘i bilan maʼqullangan fan dasturlarini

tayanch oliy taʼlim muassasasi tomonidan tasdiqlashga rozilik berilgan.

Tuzuvchilar:
P.P. Nishonov – O‘zDJTU, “Fransuz tili nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi dotsenti,
filologiya fanlari nomzodi
F.S. Azizova – O‘zDJTU, “Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №2” kafedrasi mudiri, ped-
agogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
8. M.H. Gulyamova – O‘zDJTU, “Ingliz tili integrallashgan kursi №1” kafedrasi mudiri,
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
L.T. Xoliyarov– O‘zDJTU,“Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi mudiri, filologi-
ya fanlari nomzodi, dotsent
G‘.T. Masharibov – O‘zDJTU, “Fransuz tili nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi katta
o‘qituvchisi

304

MUNDARIJA

1. Muqaddima 7

2. Maktabgacha, umumiy o‘rta, professional va oliy taʼlim 11
tizimlarida chet tili (ingliz, fransuz, nemis va b) fanin- 33
ing uzviyligini taʼminlash konsepsiyasi 53
143
3. Maktabgacha tayyorlov guruhi uchun chet tillar ta’lim 185
faoliyati dasturi 223
253
4. Umumiy o‘rta taʼlimning milliy o‘quv dasturi

5. Akademik litseylar uchun namunaviy o‘quv dasturi.
Xorijiy tillar (Chuqurlashtirilgan)

6. Akademik litseylar uchun namunaviy o‘quv dasturi.
2-Xorijiy tillar (Chuqurlashtirilgan)

7. Boshlang‘ich professional taʼlimning fan dasturi

8. Oliy ta’lim o‘quv dasturlari

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI
TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI

TA’LIM SIFATINI BAHOLASH BO‘YICHA XALQARO TADQIQOTLARNI
AMALGA OSHIRISH MILLIY MARKAZI

CHET TILI
FANI BO‘YICHA

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
UZLUKSIZ TA’LIM MILLIY O‘QUV

DASTURLARI

Muharrir: Alisher Fayzullayev
Badiiy muharrir: Abulmansur Ergashov

Sahifalovchi: Bahrom Bobojonov

Bosishga ruxsat etildi 29.11.2021
Nashriyot guvohnomasi № 10-4445.30.08.2019.
Bichimi 60×84 1/8. Kegli 12 shponli. “PT Serif” garniturasi.

Adadi 50 nusxa.

“Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni
amalga oshirish milliy markazining matbaa bo‘limi”

Тoshkent shahri, Chilonzor tumani, Nurxon ko‘chasi, 21-uy.


Click to View FlipBook Version