The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Turkiya davlati Karabuk universiteti
Ozarbayjon Milliy Ilmlar akademiyasi Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot instituti
Al-Forobiy nomidagi Qozoq Milliy universiteti


«TURKIY XALQLAR ADABIYOTSHUNOSLIGI VA MATNSHUNOSLIGINING DOLZARB MASALALARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy konferans
materiallari

Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by Ilhombek Boltayev, 2026-01-12 04:54:09

«TURKIY XALQLAR ADABIYOTSHUNOSLIGI VA MATNSHUNOSLIGINING DOLZARB MASALALARI» 2

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Turkiya davlati Karabuk universiteti
Ozarbayjon Milliy Ilmlar akademiyasi Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot instituti
Al-Forobiy nomidagi Qozoq Milliy universiteti


«TURKIY XALQLAR ADABIYOTSHUNOSLIGI VA MATNSHUNOSLIGINING DOLZARB MASALALARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy konferans
materiallari

565bog‘langan ko‘ngil orqaligina his etishi, anglashi mumkinligini uqtiradi. Quyidagi misralarda ayni jihatlar ko‘zga tashlanadi:“Makon qurmagayhechkanglumda yolg‘on,jilvasi mahliyo etmagay sira.Kanglum o‘zagidanfaqatjoy olg‘on –rostning HAQligidan yaralgan yara...” .Ko‘rinadiki, lirik qahramon yolg‘onlar qalbimni mahliyo etmaydi, aksincha, kanglumda HAQ, ya’ni Allohga bo‘lgan ishonch, unga muhabbat, ishq joy olgani va ayni paytda Allohga bo‘lgan ishqni Uning haqligidan yaralgan yaraga mengzaydi. Lirik qahramonni dunyoning o‘tkinchi ekanligini anglashi, foniy dunyo orzu-havaslariga aldangan kimsalar qismati bilan ayni paytdagi Haqqa bo‘lgan ishonchi parallel tasvirlanadi. Shoir she’rlarida ko‘ngil – tozarish, poklik ramzi sifatida keladi. Aynan inson zotining murakkabligi ham ko‘ngil bilan bog‘liq jarayonda anglashiladi. Ko‘ngil ham insonga Alloh tamonidan berilgan bir ne’mat hisoblanadi. Ba’zan inson o‘zini o‘zi tushunmaydi, hayot sinovlari qarshisida ba’zan o‘z ko‘nglini tushunmay, iztirob chekadi. O‘z ko‘nglidan bexabar kimsa, o‘zganing ko‘nglidan ne kechayotganini qaydan bilsin!? Shoir ayni shunday ko‘ngil holatlarini tasvirlashga, tushunishga, tushuntirishga bel bog‘lagan shoirlardan.Xulosa sifatida aytish mumkinki, Ikrom Otamurod she’rlarida ishq, oshiq, hijron, sog‘inch, visol, yolg‘izlik, sukut, to‘rg‘ay, xazon kabi timsollarni uchratish mumkin. Shular qatorida eng ko‘p murojaat qiladigan, obraz darajasiga olib chiqqan timsollardan biri bu – kangul. Shoir she’riyatida hayot hodisalarining aynan o‘zini emas, balki ko‘ngilda namoyon bo‘lish holatlarini poetik ifodalashga urinadi.Foydalanilgan adabiyotlar1. Otamurod I. Sukut sadosi. She’rlar, balladalar, dostonlar, tarjimalar. – Toshkent: Adabiyot, 2021. 2. Otamurod I. Xuviyyat. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2019. 3. Ulug‘ov A. Dostonlarda dil dardi. Ruhiyatning tarjimayi holi. Maqolalar, suhbatlar, xotiralar/Ikrom Otamurod. – Toshkent: Yangi kitob, 2022. 4. Saidov A. Kangulning shoiri/Ruhiyatning tarjimayi holi. Maqolalar, suhbatlar, xotiralar/Ikrom Otamurod. – Toshkent: Yangi kitob, 2022. 5. Otamurod I. Xaritaga tushmagan joy. – Toshkent: Sharq, 2011. 6. Oripov A. Bezovta qalb/Ruhiyatning tarjimayi holi. Maqolalar, suhbatlar, xotiralar/Ikrom Otamurod. – Toshkent: Yangi kitob, 2022.7. Saidov A. Kangulning shoiri/Ruhiyatning tarjimayi holi. Maqolalar, suhbatlar, xotiralar/Ikrom Otamurod. – Toshkent: Yangi kitob, 2022. 8. Mirzo M. Bir og‘riq kanglumda qad rostlar…/Ruhiyatning tarjimayi holi. Maqolalar, suhbatlar, xotiralar/Ikrom Otamurod. – Toshkent: Yangi kitob, 2022. 9. To‘la T. Goh tekis, goh sochma/Ruhiyatning tarjimayi holi. Maqolalar, suhbatlar, xotiralar/Ikrom Otamurod. – Toshkent: Yangi kitob, 2022.


566O‘ZBEK SHE’RIYATI VA SHE’RSHUNOSLIK MASALALARIDilruxjon Abdulhakimov,O‘zbekiston Milliy universitetitayanch doktorantiAnnotatsiyaUshbu maqolada adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborovning o‘zbek she’riyatiga oid qarashlari tahlil qilingan. Olimning Navoiy lirikasi va adabiiy ta’sir masalalari, Furqat hayoti va lirikasiga oid qarashlarining ahamiyati tahlillar bilan dalillangan.Kalit so‘z: she’r, she’rshunoslik, lirika, navoiyshunoslik, she’riyat, ilmiy maktab, monografiya.AbstractThis article analyzes the scholarly views of the literary critic, Doctor of Philological Sciences, and Professor Nurboy Jabborov on Uzbek poetry. In particular, the study substantiates, through analytical discussion, the significance of the scholar’s views on Navoi’s lyric poetry and the issue of literary influence, as well as his interpretations of Furqat’s life and lyrical heritage.Keywords: poetry, poetics, lyric poetry, Navoi studies, poetic art, academic school, monograph.Insoniyat tarixi bilan o‘lchanadigan, ko‘ngilning eng nozik torlarini chertib junbushga keltiradigan she’riyatning tub-tubiga kirib borish, anglash va o‘zgalarga ham anglatish ehtiyoji hamma zamonlarda ham insoniyat diqqat markazida bo‘lib kelgan. She’rshunoslik ilmiga bag‘ishlangan yunon, hind, xitoy, arab va turkiy xalqlar yaratgan ilk nazariy qarashlar she’r va uni anglashning ahamiyati insoniyat jamiyatida qadimdan muhim o‘rin tutganini isbotlaydi. Mumtoz adabiyotda yaratilgan aruzga oid risolalardan to shu kungacha yozilgan ko‘plav risola, monografiya va hatto kichik maqolalargacha – barchasining maqsadi she’rni, unda ifodalangan shoir qalbini anglashga qaratilgan. O‘zbek adabiyoti tarixida jadidlar boshlab bergan yangi adabiyot bilan she’riyatda ham yangilanishlar kuzatildi. Bu esa yangi she’riyatni baholash ehtiyojini tug‘dirdi. Bu vazifaga Fitrat, Vadud Mahmud, Olim Sharafiddinov kabi adabiyotshunoslar “labbay” deya javob berdilar. Ulardan so‘ng Izzat Sulton, Matyoqub Qo‘shjonov, Ozod Sharafiddinov, Begali Qosimov, Naim Karimov singari qator olimlarimiz o‘z faoliyatliyatlari bilan ulkan hissa qo‘shdilar. Ular orasida “Do‘stlik” ordeni sohibi, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborovning ilmiy faoliyati ko‘pqirraliligi bilan a’lohida diqqatga sazovordir.“Olim ilmiy ijod olamiga Furqat ijodining tadqiqotchisi va targ‘ibotchisi sifatida kirib keldi va o‘zbek adabiyotshunosligida shoir ijodining mohir bilimdoni sifatida tanildi [Qobilova, 2022. 596.]. Olimning nomzodlik ishi “Furqatning qo‘lyozma manbalari” (1994), doktorlik ishi “Furqatning xorijdagi hayoti va ijodiy merosi, manbalari, matniy tadqiqi, poetikasi” mavzusida bajarilgan bo‘lib, asosiy etibor matnshunoslikka qaratilgan bo‘lishiga qaramasdan, shoirning murakkab hayot yo‘li, xorijga ketish sabablari bilan birga lirikasi ham chuqur tadqiq etilgan. Olim Furqat lirikasida Navoiy an’analarining davom ettirilishini to‘rt guruhga bo‘lib o‘rganishni maqsadga muvofiq ko‘radi:1. Poetik mazmun yangilanishi.2. Poetik obraz takomili.3. Poetik janr yangilanishi.4. Vaznda tatabbu’qilish.O‘z tadqiqotlarida shoir lirikasining eng nozik jihatlarigacha ochib bergan olim Furqat taxallusuning faqat Vatandan ayriliq deb tushunish ma’noni toraytirib qo‘yish bo‘lishini, bu taxallus e’tiqod, dunyoqrashdan kelib chiqqanligi va Allohdan ayrilishni ham ifodalashini ta’kidlaydi [Jabborov, 2004. 118.]. Bu o‘rinda Furqat ijodi mumtoz adabiyot va tasavvufdan oziqlanganligini hisobga olinsa, olim qarashlarining qanchalik o‘rinli ekanligi oydinlashadi.


567Olimning “Zamon, mezon, she’riyat” kitobi o‘zbek she’riyatini zamon mezonlari asosida qattiq tekshirgani bilan qimmatlidir. Kitobda olimning she’r ilmini, so‘z ma’suliyatini nechog‘lik nozik chuqur his qilishi har bir shoir ijodiga yondashuvida aniq sezilib turadi. Ayniqsa, Ozod Sharafiddinovning she’rshunoslik mahorati tahlil qilingan “She’rshunos mezoni” qismida bu holat aniq ko‘zga tashlanadi. Olim munaqqid uchun eng muhim fazilat sifatida haqiqatparastlikni keltiradi. Garchi haqiqatparastlik haqida keltirilgan misollar ustoz Ozod Sharafiddinovning “Zamon, qalb, poeziya” kitobidan olingan bo‘lsa-da, Nurboy Jabborovning ilmiy merosida ham bu fazilat barq urib turadi. Olimning havaskor qalamkash do‘stiga, undan shoir chiqmasligini ochiq aytganligi haqida keltirgan xotiralari ham fikrimizni isbotlaydi.Olim Ozod sharafiddinovning qarashlarini nozik his qilib, oson tushuntirishining sababi, har ikki olimning qalb torlari she’riyat bobida bir xil ritmda urganidadir. Ozod Sharafiddinov ilmiy uslubiga xos to‘rt xususiyatni sanar ekan, ulardan biri izlanuvchanlik bo‘lib, ayni xususiyat Nurboy Jabborovning ilmiy uslubiga ham xosligini alohida qayd etib o‘tish lozim. Olim ilmiy laboratoriyasiga nazar tashlagan kishi matnshunos, manbashunos, mumtoz va zamonaviy adabiyot bilimdoni, aruz ilmi va tasavvuf adabiyoti, ma’rifatchilik va jadid adabiyoti tadqiqotchisi sifatida o‘n ikkita kitob, bitta darslik, ikkita o‘quv qo‘llanma, 500 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalarning har birida nimadir yangi gap ayta olganligiga guvoh bo‘ladi.Kitobda Abdulla Oripov, Zulfiya, Shavkat Rahmon, Muhammad Yusuf kabi mashhur shoir va shoiralar bilan birga “Olimning ishq chechaklari” qismida Abduqodir Hayitmetov singari adabiyotshunos olimlarning ham ijodi tahlili ham berilgan. Ushbu tahlillarda olimning she’rni, so‘zni qanchalar nozik his qilishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Olim Shavkat RahmonningHayotim ma’nisin juda ko‘p o‘ylabSayladim so‘zlarning saralarini…degan jumlalarini tahlil qilar ekan: “So‘z insonga ato etilgan ne’matlarning eng ulug‘i. Olam yaralishining boisi ham, odamzot hayotiga ma’ni bag‘ishlab turgan ham – so‘z. Ayrim ne’matlardan ayrilsa, inson ko‘p narsa yo‘qotmasligi mumkin, mobodo so‘zdan judo bo‘lsa, hamma narsasini boy beradi” [Jabborov, 2015. 140], degan chuqur ma’noli fikrni bayon etadi. Bu olimning so‘zni qanchalar sevishi, qanchalar e’zozlashining yana bir isbotidir.Olim nafaqat zamonaviy o‘zbek she’riyati, balki “Adabiyotimizning eng qadimgi davridan Ahmad Yassaviyning “Devoni Hikmat”i hamda Alisher Navoiyning hayoti va adabiy merosigacha, Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammadrizo Ogahiy, Amiriy va Nodira nazmidan Muqimiy, Furqat va Zavqiy lirikasigacha, Komil Xorazmiy va Feruz ijodidan Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Qodiriy va Cho‘lpon asarlarigacha, Zulfiya, Erkin Vohidov va Abdulla Oripov she’riyatidan Rauf Parfi, Usmon Azim va Sirojiddin Sayyid ijodigacha tadqiq qilib keladi” [Jabborov, 2015. 173]. Olimning navoiyshunoslik faoliyatining samarasi o‘laroq, 2021-yilda yuzaga kelgan “Maoniy ahlining sohibqironi” monografiyasi 30 jildlik “Istiqlol davri navoiyshunosligi”ning 20-jildiga kiritildi. Ushbu monografiya Abdurauf Fitrat nomidagi “Eng yaxshi adabiy-tanqidiy va publitsistik asar” mukofoti bilan taqdirlangan. Navoiyshunos olim monografiyada buyuk mutafakkirning badiiy ijodda kamolot darajasiga ko‘tarilishida quyidagi ijtimoiy-ma’rifiy va badiiy-estetik omillar zamin bo‘lganligini ta’kidlaydi:1. Qur’on va sunnatni mukammal o‘rganib, butun hayoti davomida Islom shariatining bu ikki mo‘tabar manbasiga og‘ishmay amal qilgani;2. Buyuk islom mutafakkirlari, tasavvuf allomalari asarlarini o‘rgangani hamda ulardagi g‘oyalarni muttasil rivojlantirib, boyitib, asarlarida yuksak darajada badiiy talqin eta bilgani;3. O‘zi mansub turkiy xalqning – o‘zbekning tarixini mukammal bilgani, butun ijodiy-ilmiy salohiyatini millatning or-u nomusi, shon-u sharafini himoya qilish, yuksaltirish yo‘liga safarbar eta olgani [Jabborov, 2021. 17].


568Olim shoirning asarlari, adabiy muhitga munosabatini yoritish bilan birga, “Navoiyga izdoshlik saodati” bobida buyuk mutafakkir shoirning Furqat va Abdulla Oripov ijodigacha bo‘lgan ta’sirini asarlaridan misollar keltirib qiyosiy tahlil etadi. Ayniqsa, Abdulla Oripov she’riyatini yuksak baholab, Navoiy ta’siri va izdoshlik masalalarini, ular tug‘ilgan yillar orasidagi aynan yarim asr farqlar ham bejiz emasligi haqidagi Begali Qosimov fikrlarini quvvatlaydi.Foydalanilgan adabiyotlar1. Jabborov N. Furqatning xorijdagi hayoti va ijodiy merosi: manbalari, matniy tadqiqi, poetikasi. Filologiya fanlari doktori ilmiy darajasi uchun yozilgan dissertatsiya. – Toshkent, 2004.2. Jabborov N. Zamon, mezon, she’riyat. – Toshkent: G‘afur G‘ulom, 2015. 3. Jabborov N. Maoniy ahlining sohibqironi. – Toshkent: Abadiyat, 2021. 4. Qobilova Z. Furqatshunoslik takomilida Nurboy Jabborov tadqiqotlarining o‘rni / Ta’limda yangicha yondashuv – innovatsiya sari qo‘yilgan qadam. – Qo‘qon, 2022. 5. O‘zbekistonning taniqli olimlari. Ensiklopediya. – Toshkent: Science and innovation, 2025.


569SHUKUR XOLMIRZAYEV NASRIDA VAQT VA MAKON KONSEPSIYASIHamidova Muhayyoxon Obidovna,filologiya fanlari nomzodi, professorNamangan davlat universitetie-mail: hamidova [email protected]‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi Shukur Xolmirzayev nasriy asarlarida vaqt va makon badiiy unsurlar sifatida nafaqat voqealar rivojini belgilovchi omil, balki qahramonlar ruhiyati, milliy mentalitet hamda ijtimoiy muhitni yorituvchi muhim vosita ekanligi asoslab beriladi. Shukur Xolmirzayev nasrida real va psixologik vaqt, tarixiy va zamonaviy makon uyg‘unligi, shuningdek, makonning ramziy-majoziy talqinlari ilmiy jihatdan yoritiladi. Ushbu maqolada yozuvchining hikoya va qissalaridagi vaqt-makon munosabatlari adabiy-nazariy tahlil asosida ochib berilib, ularning badiiy-estetik ahamiyati ko‘rsatib berilgan.Kalit so‘zlar: o‘zbek nasri, vaqt va makon, badiiy konsepsiya, psixologik vaqt, real va tarixiy makon, badiiy tafakkur, nasriy asarlar, adabiy tahlil.abstractIn the prose works of Shukur Kholmirzayev, a prominent representative of Uzbek literature, it is substantiated that time and space, as artistic elements, are not only a factor determining the development of events, but also an important means of illuminating the psyche of the heroes, the national mentality, and the social environment. In Shukur Kholmirzaev’s prose, the harmony of real and psychological time, historical and modern space, as well as symbolic and figurative interpretations of space are scientifically illuminated. In this article, based on literary-theoretical analysis, the time-spatial relations in the writer’s stories and novellas are revealed, and their artistic and aesthetic significance is shown.Key words: Uzbek prose, time and space, artistic concept, psychological time, real and historical space, artistic thinking, prose works, literary analysis.O‘zbek adabiyotida nasr janrining taraqqiyotida muhim o‘rin tutgan Shukur Xolmirzayev ijodi badiiy tafakkur, hayotiylik va chuqur psixologizm bilan ajralib turadi. Yozuvchi asarlarida inson va jamiyat munosabatlari, milliy qadriyatlar, ma’naviy-axloqiy muammolar real hayot manzaralari orqali yoritiladi. Bu jarayonda vaqt va makon badiiy asarning g‘oyaviy-badiiy mazmunini ochib beruvchi muhim omillardan biri sifatida namoyon bo‘ladi.Badiiy adabiyotda vaqt va makon konsepsiyasi voqealar rivoji, qahramonlar xarakteri va muallif pozitsiyasini belgilovchi asosiy kategoriyalardan hisoblanadi. Ayniqsa, XX asr o‘zbek nasrida ushbu tushunchalar an’anaviy tasvir doirasidan chiqib, falsafiy va psixologik mazmun kasb eta boshladi. Shukur Xolmirzayev ijodi ana shu jarayonning yorqin namunasidir.Shukur Xolmirzayev o‘zbek nasrida real hayotni badiiy tafakkur orqali chuqur va ta’sirchan aks ettirgan ijodkorlardan biridir. Uning asarlarida vaqt va makon badiiy strukturaning muhim unsuri sifatida namoyon bo‘lib, voqealar rivoji, qahramonlar ruhiyati hamda muallif pozitsiyasini ochib berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Adib nasrida vaqt va makon an’anaviy tasvir vositasi bo‘lib qolmay, balki falsafiy va psixologik mazmun bilan boyitiladi.Shukur Xolmirzayev asarlarida vaqt tushunchasi ko‘pincha real va psixologik qatlamlarda ifodalanadi. Real vaqt voqealarning ketma-ketligini ta’minlasa, psixologik vaqt qahramon ichki kechinmalari, xotiralari va tafakkuri orqali namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, yozuvchining hikoyalarida o‘tmish xotiralari hozirgi zamon bilan uyg‘unlashib, badiiy vaqtning murakkab shaklini yuzaga keltiradi. Bu holat qahramonlarning ichki ziddiyatlarini ochishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.Makon masalasi ham adib ijodida alohida ahamiyatga ega. Shukur Xolmirzayev ko‘pincha o‘zi tug‘ilib o‘sgan Surxondaryo hayotini, tabiat manzaralarini, oddiy insonlar yashaydigan muhitni


570badiiy makon sifatida tasvirlaydi. Bu makonlar real hayotga yaqin bo‘lishi bilan birga, ramziy ma’no ham kasb etadi. Masalan, adib tug‘ilib o‘sgan Surxon vohasi makoni insonning tabiiylikka yaqinligi, milliy qadriyatlar va an’analar bilan bog‘liqligini ifodalaydi.Yozuvchi nasrida vaqt va makon o‘zaro uzviy bog‘langan holda namoyon bo‘ladi. Muayyan makon doirasida kechayotgan voqealar vaqtning falsafiy mohiyatini ochishga xizmat qiladi. Shu jihatdan, Xolmirzayev asarlarida vaqt va makon inson taqdiri, hayotning murakkabligi va ma’naviy izlanishlar bilan chambarchas bog‘liq holda talqin etiladi.Adib uslub mavjudligini ijodkorlikning bosh belgisi deb hisoblaydi. Shu bois uslub borasidagi izlanishlariga yozuvchilikda “o‘zlikni topish” tarzida ta’rif beradi. Uning fikricha, uslubni shakllantiruvchi har bir jihat muhim, e’tiborga molik. “O‘tmishu hozirgi zamon adabiyoti – yozish usullaridan, ozmi-ko‘pmi o‘rganib, o‘z yo‘limni topish ustida ko‘p o‘ylandim. Sizga ochiq aytaman, asarlarim ba’zilarga manzur bo‘lmagan esa-da, vaqtimning ko‘pi ana o‘sha asarlarni qanday yozish kerakligi ustida kechdi. Men bundan sira o‘kinmayman. Zeroki, hozir ham o‘zimni izlanishda, deb bilaman. Kun ora uslubimga qo‘shish imkoni bor bo‘lgan bitta-yarimta yangilik topaman. Bu izlanish hatto nuqta, vergulni qayerga qo‘yish borasida ham bo‘ladi” [Xolmirzayev, 1977], deb ta’kidlaydi u adabiyotshunos Umarali Normatov bilan suhbatida.“Yozuvchi millat ruhidan kelib chiqmasa, bo‘lmas ekan” [Tavaldiyeva, 2001:49], degan o‘z iqrornomasi uning butun ijodini, asarlarini, shaxs sifatidagi tabiatini tutashtirib turadi.Qahramonlarining aksari uning o‘zi tug‘ilib o‘sgan tuproq-Surxon diyorining mehnatkashlaridir. Asar voqealari sodir bo‘ladigan manzil ham ko‘pincha shu voha bo‘ladi. Shu voha qahramonlari timsoli misolida adib o‘zbek xalqining, o‘zbek tuprog‘ining o‘ziga xosliklarini tajassum etadi.Adib hikoyalarida siyqasi chiqqan xarakterlar, quruq nasihatgo‘ylik, shablon iboralarni deyarli uchratmaysiz. U doim yangi obrazlar yaratishga intiladi. Asar kompozitsion qurilishida bir-birini takrorlamaydigan yangiliklar topishga urinadi. Bu borada tajribalar o‘tkazishdan cho‘chimaydi va ko‘pincha, muvaffaqiyatlarga erishadi. O‘zbek kishisi orzu-armonlarining, aksar hollarda, yashirin iztiroblarining yoritilmagan qirralarini, ruhiyatidagi evrilishlarni qalamga oladi.Bu qahramonlar o‘zga yozuvchilarning qahramonlariga o‘xshamagan: goh do‘lvor, goh to‘pori, goh dag‘al va chapani, goh kichkinagina bir muhit vakili. Lekin barchasining ichki dunyosi o‘ziga xos, ruhan teran, insonparvar, e’tiqodidan qaytmaydigan, shularga munosib ravishda mulohaza yuritadigan jonli va hayotiy kishilardir. Bu qahramonlar o‘zligini, millatini, yurt tuprog‘i-yu udumini, dini va diyonatini har narsadan ustun qo‘yadilar. Adolat uchun, haqiqat uchun kurashadilar. Lekin biror qahramon bu maqsadda hech qachon balandparvozlik qilmaydi, ayyuhannos solmaydi. Ular tashqaridan emas, ko‘pincha, ichdan jozibali, istarali, mehrtortar bo‘ladi.Shukur Xolmirzaev asarlarida voqyelikdagi murakkab hayotiy jarayonlar va kishilarning ziddiyatlardan iborat ruhiy olamini kashf etib bordi. Darhaqiqat, adibimiz juda katta dunyo edi. Uning olamiga hikoyalari, qissalari orqali kirib borganmiz. “Qariya”, “Bodom qishda gulladi” hikoyalarini, “O‘n sakkizga kirmagan kim bor”, “Tog‘larga qor tushdi” qissalarini, “Qora kamar”, “Ziyofat” dramalarini o‘qimagan o‘quvchi bo‘lmasa kerak. Qahramonlarining oddiy tili, xarakterlardagi samimiylik, tabiiylik kitobxonni go‘yoki jonli muloqotga chorlagandek bo‘ladi.“Shukur Xolmirzayev adabiyotda she’r yozmadi xolos, – deydi adabiyotshunos Qozoqboy Yo‘ldoshev. – Balki yoshlik chog‘ida yozgandir, ammo hikoya, qissa, drama, roman janrlarida barakali ijod qildi va ularda turfa mavzularni aks ettirdi. Yozuvchi ijodi orqali o‘zbekning o‘zbeklik tuyg‘usi qanday namoyon bo‘lishini judayam jo‘n, sodda yo‘sinda ko‘rsatib berdi. U odamni bilish nuqtayi nazaridan judayam buyuk ijodkor edi. Buni “Olabo‘ji” romanida ko‘rish mumkin. Unda shaxs va jamiyat muammosini yaqqol ochib bergan.Yozuvchi o‘z hikoyalarida Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor kabi o‘zbek yozuvchilarining eng


571yaxshi an’analarini davom ettirish bilan birga o‘zbek hikoyanavisligini rus va yevropa yozuvchilarining badiiy tajribalari bilan ham boyitdi. Aytish kerakki, Shukur Xolmirzayevning eng yaxshi hikoyalari qahramon obrazining yangi va yorqinligi, kompozitsiyasining o‘ziga xosligi, qahramonlar tilining rang-barangligi bilan ajralib turadi.Shukur Xolmirzayev talabalik yillaridan iste’dodini tirishqoqlik bilan parvarish etdi. O‘nlab hikoyalar, “Oq otli” (1961) va “To‘lqinlar” (1962) nomli bir emas, ikki qissa shu vaqtda yozildi. Tanqidchilik ularni xayrixohlik bilan kutib oldi.O‘z davrida ushbu asarga ijobiy munosabatda bo‘lgan O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor quyidagi fikrlarni yozadi: “Agar yozuvchilik turmushdan nusxa ko‘chirishdan iborat bo‘lsa, bundan oson ish bo‘lmas edi. Hayotdan aynan ko‘chirish, kitobdan ko‘chirishday gap. Kopiya kopiya bo‘lib qolaveradi. Bunday narsalardan originallik kutish behuda. Originallik hayot haqiqatini dildan o‘tkazish, unga ko‘ngildagi gaplarni singdirish, tilagingni qo‘shib ifodalash bilan yuzaga keladi. Badiiy haqiqat vujudga keltiradigan, mahalla komissiyasining “shunga ishoning”lar, degan mazmundagi spravkasiga hojat qolmaydigan me’yor, fakt va uydirma me’yorini topishning mushkulligi ham xuddi mana shundadir” [Karimov, 2007]. Bu gaplarning barchasi mahoratga tegishlidir. Yozuvchining o‘zi esa ijod jarayonida unga amal qilgan, asarlarining o‘qishliligi siri ham ana shundadir. Adabiy-estetik qarash faqat maqola yozish bilan cheklanmaydi, balki yosh talantlarni ilg‘ab olishi, ularning ko‘nglini ko‘tarishi, oyoqqa turishiga ko‘mak berishi, asari haqida to‘g‘ri gapni aytib, yo‘lga solish ham belgilanadi. Shukur Xolmirzayevning “To‘lqinlar” nomli birinchi qissasi “Sharq yulduzi” jurnalida bosilganda, yosh yozuvchining iste’dodini birinchi bo‘lib Abdulla Qahhor ilg‘agan va unga quyidagi xatni yozgan: “Hurmatli Sh.Xolmirzayev! “Sharq yulduzi”da bosilgan “To‘lqinlar” povestingizni o‘qidim. Povest yaxshi taassurot qoldirdi. Ma’murjonni boshda tabassum bilan tasvir etasiz. Butun asar davomida qisqalikka intilasiz. Yozuvchilikda ko‘zingiz ochilib kelayotgani ko‘rinib turibdi. Nazarimda, povestning nomi to‘g‘ri emas. Keyingi ishlaringiz baroridan kelsin!Salom bilan: Abdulla Qahhor” [Qahharova, 1989: 77].Atoqli adibning bu e’tirofi yosh yozuvchiga qanot bag‘ishlaganini uning o‘zi e’tirof etgandi. Abdulla Qahhorning “Kishi shunga suyunadiki, adabiy yoshlarimiz zamonimizning talabini sezadi, adabiyotga uning yuksak ijtimoiy-estetik vazifasini idrok qilib, oliy maqsad uchun kurashda qo‘lidagi qurol ekanini anglab kirayotibdi”, degan fikri bugungi yoshlar haqida yozilgandek jaranglaydi. Demak, ustoz adibimizning adabiy-estetik qarashlari, o‘lmas asarlari bilan bir qatorda, badiiy ijodning mukammalligi uchun xizmat qilayapti.Abdulla Qahhorning yosh adib haqida aytgan iliq fikrlari, Matyoqub Qo‘shjonovning matbuotdagi umidbaxsh mulohazalari kitobxon e’tirofini mustahkamladi.Har bir yozuvchining dunyoni ijodiy o‘zlashtirish jarayonida orttirgan hissiyotlar tajribasi, olamni o‘ziga xos ko‘rish, idrok etish, tushunish va tushuntirish yo‘li bo‘ladi. Yozuvchining mahorati, uslubi va tasvirlash san’ati haqida fikr yuritilganda ham, asosan, shu unsurlardan kelib chiqib ish tutish zarurati tug‘iladi. Yozuvchi uslubi bilan shug‘ullanib, u haqda muayyan hukmni aytish uchun muallif hayotga tashlagan dastlabki nigohidan tortib to asarga so‘nggi nuqtani qo‘yishgacha bo‘lgan jarayonni kuzatish kerak bo‘ladi. Iste’dodli yozuvchining hayotga tashlangan dastlabki nigohidayoq, o‘sha adib uslubining ayrim qirralari aks etishi mumkin. Ijodkorning o‘z tahlil obyektiga munosabati, uni qanday ko‘rishi, rang-barang hayot voqealari ichidan zaruriysini saralab olishi, uni o‘z tasavvurida qayta jonlantirishi, qalb qo‘rini berishi va nihoyat, asar tug‘ilishigacha bo‘lgan jarayon uslubiy xarakterga ega. “Axir badiiy asar yaratish va yozishgina emas, balki faktni topish uchun san’atkor bo‘lish lozim, - deb yozadi F.Dostoyevskiy. – Bir xil kuzatuvchilarga hayot hodisalari tushunarli, oddiy, ular haqida o‘ylab o‘tirishning, hatto alohida e’tibor berishning ham hojati yo‘qday tuyuladi. Lekin haqiqiy turmushdagi biror hodisani, hatto unchalik ko‘zga tashlanmaydigan hodisani kuzatib


572ko‘ring” [Boltaboyev, 1992: 42]. Boshqa bir adib Sh.Xolmirzayev ijodiga yuzlanganimizda uning o‘ziga xos uslubini, betakror qahramonlari, o‘z mavzusi va o‘zicha tasvirlash yo‘li borligini birinchi navbatda aytish zarur. Yozuvchi ma’lum shaxs va xarakterlar to‘g‘risida bir necha marta qayta-qayta so‘zlashni, ma’lum xarakter va fikrlarni har tomonlama tekshirishni yaxshi ko‘radi. “To‘lqinlar” qissasidagi Oyna opa o‘zining prinsipialligi, dangalligi va bir oz erkaknamoligi bilan kitobxonlar esida qolgan, yozuvchi “Tuproq ko‘chalar” asarida yana shu obrazga munosabat bildiradi. “O‘n sakkizga kirmagan kim bor” qiss endi uning xarakteri yolg‘iz oila muhitida emas, davlat-xo‘jalik ishlariga bo‘lgan munosabatda, davr muammolariga munosabatda ochiladi. Shukur Xolmirzayev asarlarida Turgenevning ayol qahramonlariga o‘xshash yarim romantik, yarim kitobiy bir ayol xarakteri bor. Dastlab bunday qahramonni “O‘n sakkizga kirmagan kim bor”da Umida orqali taniganmiz. “Oy yorug‘ida”gi Hidoyat ilmga, sivilizatsiyaga tashnaligi bilan hammaning e’tiborini tortadi. Bu qizning musaffo tuyg‘ulari shahar sharoitida to‘fonlarga duch kelmasaydi deb ko‘pchilik tashvishda bo‘ladi. Bu ayol “So‘nggi bekat”ga kelib o‘z xarakteri –kitobiylikning qurboni bo‘ladi, shaxsiy hayoti izdan chiqdi. Ayollar xarakterida ko‘p uchraydigan bir xususiyatning rivojlanishini va u zamonaviy bilim bilan payvandlanmagani uchun, o‘zligini anglamagani uchun uchun fojiaga yuz tutganligini ko‘rsatib berdi. Muallifning qissa va hikoyalarida tez-tez ko‘rinish beradigan bir o‘smir xarakteri bor. “O‘n sakkizga kirmagan kim bor” asaridagi Jamshid o‘sha qahramonning ko‘p xislatlarini o‘zida jam qilgan. Inson xarakterini ma’lum bir ma’naviy yo‘nalishda tasavvur etib tahlil qilish, uning mukammal xarakter sifatida namoyon bo‘lishida yordam beradi. Ehtimol shuning uchun ham Shukur Xolmirzayevning har bir asariga xarakterning shakllanish jarayonini ko‘rsatish xos emas. U inson xarakterini ma’lum bir davrda oladi va o‘sha muhim paytda yo tabiatga, yo davr muammolariga, yoki boshqa kishilarga munosabatda uning insoniy murakkabliklarini talqin qilishga intiladi. Shundan kelib chiqib, uning hikoyalari asosan, bir voqeali. Yozuvchi majlisdan tanqid yeb tushkunlikka tushgan agronom haqida yozadimi, armiyaga jo‘natayotgan ko‘cha bolasining holatini tasvir etadimi yoki “shahar pushtasiga” to‘g‘ri kelmaydigan “yovvoyi” yigitning kelajagi haqida bahs yuritadimi – bu asarlar dunyoni o‘ziga xos ko‘rishdan, tushunish va tushuntirishdan kelib chiqadi [Boltaboyev, 1992: 52].Shukur Xolmirzayev nasriy ijodini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, yozuvchi asarlarida vaqt va makon badiiy konsepsiyaning muhim va ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Adib bu unsurlar orqali voqealar rivojini emas, balki inson ruhiyati, hayot mazmuni va jamiyatdagi ijtimoiy-axloqiy munosabatlarni chuqur yoritishga erishadi. Vaqtning real va psixologik shakllarda tasvirlanishi qahramonlarning ichki kechinmalarini ochishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.Shukur Xolmirzayev nasrida makon ko‘pincha real hayot bilan chambarchas bog‘langan holda tasvirlanadi. Surxon vohasi, tabiat va oddiy insonlar yashaydigan muhit nafaqat voqealar kechadigan joy, balki milliy mentalitet, ma’naviy qadriyatlar va insoniy munosabatlarni ifodalovchi ramziy makon sifatida talqin etiladi. Vaqt va makonning o‘zaro uyg‘unligi esa adib asarlarining badiiy yaxlitligini ta’minlaydi.Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, Shukur Xolmirzayev nasrida vaqt va makon konsepsiyasi yozuvchining individual ijodiy uslubini belgilovchi asosiy mezonlardan biridir. Ushbu konsepsiyani o‘rganish nafaqat adib ijodining badiiy-estetik qimmatini chuqur anglashga, balki o‘zbek nasrida vaqt va makon masalasining rivojlanish xususiyatlarini aniqlashga ham xizmat qiladi.Foydalanilgan adabiyotlar1. Болтабоев Ҳ. Наср ва услуб. – Тошкент: Фан, 1992. – 105 б.2. Hamidova M. O.Shukur Kholmirzayev’s skills of creating portrait // International Journal of Applied Rezearch 2020; 6 (5): 448-450. – B. 448-450.3. Hamidova M. Hozirgi o‘zbek adabiyotida milliy qahramon muammosi (Shukur Xolmirzayev ijodi misolida):


573Monografiya. – Toshkent: Navro‘z, 2020. – 148 b. 4. Каримов Ҳ. Ҳалоллик ва шижоат // Ўзбекистон адабиёти ва санъати, 2007. – № 33.5. Қаҳҳарова К. Чорак аср ҳамнафас.-Тошкент, 1989. – Б. 77.6. Тавалдиева Г.Шукур Холмирзаев ҳикояларида воқеликни бадиий идрок этиш принциплари: Филол. фан. номз....дисс. – Тошкент, 2001. – Б.49.7. Xolmirzayev Sh. Tanlangan asarlar: III jildlik. 1-jild: Hikoyalar. – Toshkent: Sharq, 2003. – 448 b.8. Холмирзаев Ш. Услуб, бадиий шакл муаммолари (Суҳбатдош – Умарали Норматов)// Шарқ юлдузи, 1977. – №


574NURBOY JABBOROV – SHE’R ILMINING MOHIR TARJIMONI(ABDULLA ORIPOV IJODI MISOLIDA)Malohat O‘tamuradova,Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanimustaqil tadqiqotchiAnnotatsiyaMazkur maqolada o‘zbek adabiyotshunosligining taniqli vakili Nurboy Jabborovning Abdulla Oripov ijodiga bergan bahosi, uning she’riy merosini tahlil qilishdagi ilmiy halolligi, adolatli yondashuvi va poetik tafakkuri haqida fikr yuritiladi. Muallif N.Jabborovning A.Oripov she’riyatiga yondashuvida faqatgina shoirga emas, asarning badiiy, estetik va semantik qatlamlariga alohida e’tibor qaratganini asoslab beradi.Kalit so‘zlar: Nurboy Jabborov, Abdulla Oripov, o‘zbek she’riyati, adabiy tahlil, tanqid, poetik tafakkur, milliy adabiyotshunoslik, estetik mezon, lirik-falsafiy obraz, zamonaviy munaqqid, she’rshunos olim.abstractThis article examines the literary evaluation of Abdulla Oripov’s work by prominent Uzbek literary scholar Nurboy Jabborov. The author highlights Jabborov’s scholarly integrity, fair-minded approach, and poetic insight in analyzing the poet’s literaryheritage. Special emphasis is placed on Jabborov’s attention not only to the poet himself but to the artistic, aesthetic, and semantic layers of the texts. He interprets criticism not as rejection, but as a tool for creative development and deeper poetic understanding.Keywords. Nurboy Jabborov, Abdulla Oripov, Uzbek poetry, literary analysis, criticism, poetic thinking, national literary studies, aesthetic criteria, lyrical-philosophical imagery, contemporary critic, poetry scholar.XX asr o‘zbek adabiyoti taraqqiyotida she’riyat yetakchi estetik hodisa sifatida alohida bosqichni tashkil etadi. Bu davr poeziyasi nafaqat badiiy shakl va ifoda vositalari jihatidan, balki ijtimoiyfalsafiy mazmun, milliy o‘zlikni anglash, shaxs va jamiyat munosabatlarini poetik idrok etish nuqtayi nazaridan ham yuksak darajaga ko‘tarildi. XX asr she’riyati o‘zbek adabiyotining estetik tafakkurini yangilagan, poetik ong va badiiy tafsir imkoniyatlarini kengaytirgan muhim adabiy hodisa sifatida namoyon bo‘ldi.Ma’lumki, yozma adabiyot taraqqiyotining ilk bosqichlaridanoq nazm janri badiiy tafakkurning asosiy ifoda shakli sifatida shakllangan. Nasr va drama janrlari hali to‘liq tizimlashmagan davrda poeziya adabiy jarayonning markazida bo‘lib, u milliy-estetik tafakkurning genetik asosi vazifasini bajargan. Shu ma’noda, she’riyatni badiiy adabiyotning ibtidoiy, ammo eng barqaror va uzviy shakli sifatida baholash mumkin. Ushbu poetik an’ana asrlar davomida uzluksiz rivojlanib, XX asrda yangi mazmuniy qatlamlar, estetik tamoyillar va poetik tafakkur modellari bilan boyidi.XX asr o‘zbek she’riyati taraqqiyoti Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf, Shavkat Rahmon, Usmon Azim, Muhammad Ali kabi shoirlar ijodi bilan uzviy bog‘liqdir. Ushbu ijodkorlar she’riyatda individual poetik uslub, milliy ruh va zamonaviy estetik tafakkur sintezini amalga oshirgan adabiy avlod sifatida e’tirof etiladi. Ularning she’rlarida shaxsiy kechinma ijtimoiy ong bilan uyg‘unlashib, xalq taqdiri, milliy o‘zlik, tarixiy xotira va ma’naviy mas’uliyat masalalari badiiy umumlashtirish darajasiga ko‘tarilgan. Natijada, XX asr she’riyati faqat estetik hodisa emas, balki ma’naviy-ma’rifiy va g‘oyaviy-falsafiy makon sifatida shakllandi.Abdulla Oripov mazkur adabiy avlod doirasida o‘zining yuksak badiiy salohiyati, poetik tafakkur kengligi va falsafiy mushohada teranligi bilan alohida ajralib turadi. Shoir ijodida inson va jamiyat, millat va tarix, e’tiqod va ma’naviyat masalalari chuqur lirik-falsafiy talqin orqali ifodalanadi. Uning she’rlarida poetik obraz faqat estetik vazifa bajarib qolmay, balki falsafiy mazmun


575tashuvchi konseptual birlik sifatida namoyon bo‘ladi. Abdulla Oripov poetikasida shaxsiy kechinma umummilliy tafakkur darajasiga ko‘tarilib, lirik “men” obrazida butun bir xalqning ruhiy holati va tarixiy xotirasi mujassamlanadi.Shoirning ijodiy merosi adabiyotshunoslikda ko‘plab ilmiy tadqiqotlar obyekti bo‘lib, uning she’riyati poetik tafakkur, milliy-estetik konsepsiya va zamonaviy lirikaning taraqqiy bosqichlarini anglashda muhim nazariy manba hisoblanadi. Shu bois Abdulla Oripov she’riyati XX asr o‘zbek poeziyasining badiiy-falsafiy cho‘qqilaridan biri sifatida baholanishi ilmiy-nazariy jihatdan asoslidir.Adabiyotshunos olim Nurboy Jabborov o‘zining ilmiy qarashlari bilan XX asr o‘zbek she’riyati tahlilida alohida e’tiborga loyiq tadqiqotchi sifatida ajralib turadi. Olim lirik asarlarni faqat umumiy tarzda tahlil qilish bilan cheklanmay, har bir she’rning ichki tuzilmasini, poetik qatlamlarini, ritmik va obraz tizimini chuqur o‘rganadi. N. Jabborov tahlillarida she’rning semantik ohangi, psixologik ifodalanishi va shakliy komponentlari alohida o‘rganiladi. Bu metodologiya adabiyotshunoslikda yangicha yondashuvni ifodalaydi, chunki N. Jabborov she’rni faqat matn sifatida emas, balki badiiy til va poetik tafakkur jarayoni sifatida qabul qiladi.N. Jabborovning “Zamon. Mezon. She’riyat” kitobidagi “Go‘zal tashbeh, sirli ruh” maqolasida Abdulla Oripov she’rlari tahlil qilinadi. Maqolada shoirning so‘z san’atini yuqori qadrlashi orqali uning she’rlaridagi badiiy qiymat va semantik yuksaklik ta’kidlanadi: “So‘zning nechog‘lik ulug‘ ne’mat ekani ayon. Bu ne’mat qadrini dunyo matohi bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Ayniqsa, Abdulla Oripovday so‘z san’atkorining har bir asari “so‘z guharining sharafi” (Hazrat Navoiy ta’biri) nechog‘li yuksak ekanini mudom tasdiqlab turadi” [Jabborov, 2015: 101]. N. Jabborovning bu fikri nafaqat A. Oripov she’riyatining badiiy-tahliliy qadriyatini, balki so‘z san’ati haqidagi falsafiy-nazariy qarashlarini ham aks ettiradi. U she’rni faqat badiiy ifodaning vizual yoki formal ko‘rinishi sifatida ko‘rmay, balki uning ruhiy va axloqiy qadriyatlari bilan boyitilgan, inson ruhini shakllantiruvchi asar sifatida baholaydi.N.Jabborovning adabiyotga fidoyiligi va badiiy mezonlarga sodiqligi olimning o‘ta ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilgan tahlillarida aks etadi. Munaqqid Abdulla Oripov ijodini tahlil qilish jarayonida boshqa munaqqidlarning tahlillariga ham munosabat bildiradi. Jumladan, Mirtemir domlaning tahlillari haqida to‘xtalib o‘tadi: “Abdulla Oripov shoir. Shoir bo‘lganda ham anov-manovlardan emas. Xudo butun qilib berganlardan. Zo‘r!” Haqiqat ham shunday. Abdulla Oripovning eng yangi she’rlari ham bu fikrni tasdiqlaydi” [Jabborov, 2015: 101].Nurboy Jabborov Abdulla Oripov ijodiga baho berar ekan, u tanqidiy fikrlashdan chekinmaydigan, adabiy tahlilga prinsipial yondashadigan, ilmiy halollik va mas’uliyatni ustuvor biladigan adabiyotshunos sifatida namoyon bo‘ladi. Olimning asarlardagi badiiylik, estetik izlanishlar va poetik shaklga bergan baholari bir yoqlama maqtov yoki yuzaki tanqiddan yiroqdir. Olim A. Oripov ijodiga katta hurmat bilan qaraydi, ammo bu hurmat uni subyektiv yondashuvga yetaklamaydi; aksincha, she’rni sifatli adabiy tahlil asosida, ilmiy mezonlarga suyangan holda baholaydi.Xulosa qilib aytganda, Nurboy Jabborovning Abdulla Oripov she’riyati haqidagi ilmiy mulohazalari adabiyotshunoslikda tanqidiy tafakkurning yetuk namunasi sifatida namoyon bo‘ladi. Olim o‘z izlanishlarida shoir shaxsiga emas, avvalo, she’rning badiiyatiga, poetik mukammalligiga ustuvor e’tibor qaratadi. Bu yondashuv N. Jabborov ilmiy faoliyatining asosiy metodologik tamoyilini belgilab, uning tahlillarini xolislik va ilmiylik bilan ta’minlaydi.Demak, N.Jabborovning Abdulla Oripov she’riyati haqidagi qarashlari alohida bir tadqiqotchining subyektiv fikri doirasida emas, balki milliy badiiy tafakkur va estetik mezonlarga tayanilgan, mas’uliyatli va talabchan adabiyotshunoslik pozitsiyasi sifatida qadrlanishi lozim. Bu mulohazalar XX asr o‘zbek she’riyatini anglash va baholashda muhim nazariy-metodik ahamiyat kasb etadi.


576Foydalanilgan adabiyotlar1. Jabborov N. Adabiyot va milliy ma’naviyat. – Toshkent: Ma’naviyat, 2015. – 132-b.2. Jabborov N. Zamon. Mezon. She’riyat. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU, 2015. – 304-b.3. Jabborov N. Ma’rifat nadir. – Toshkent: Ma’naviyat, 2010. – 112-b.4. Jabborov N. Cho‘lpon she’riyatida milliy istiqlol orzusining badiiy talqini // Cho‘lpon ijodi va zamonaviy adabiy jarayon. – Toshkent: Mashhur-press, 2018. – 45–52-b.5. Jabborov N. Maoniy ahlining sohibqironi. – Toshkent: Adabiyot, 2021.


577QORAQALPOQ ADABIYOTSHUNOSLIGIDA QUVANCHBAY O‘RAZIMBETOV FENOMENINigora Tleubayeva,Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani40-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchisi,mustaqil tadqiqotchiAnnotat siyaUshbu maqolada qoraqalpoq adabiyotshunosligi rivojida salmoqli o‘ringa ega bo‘lgan Quvanchbay O‘razimbetovning ilmiy faoliyati tahlil qilinadi. Xususan, uning Ibrayim Yusupovning “Duzli Samallar” to‘plamiga bag‘ishlangan adabiynazariy tadqiqoti asosida milliy lirika, ekologik mavzularning adabiy ifodasi, janrlararo uyg‘unlik kabi muhim nazariy masalalar ko‘rib chiqiladi. O‘razimbetovning yondashuvi milliy adabiyot tahliliga yangi uslubiy yo‘nalish olib kirgani, ekologik adabiyotshunoslikka asos bo‘lgani va qoraqalpoq lirikasining zamonaviy bosqichini belgilagani aniqlanadi.Kalit so‘zlar: Quvanchbay O‘razimbetov, qoraqalpoq adabiyoti, adabiyotshunoslik, Ibrayim Yusupov, Duzli Samallar,lirika, ekologik mavzu, she’riy to‘plam, nazariy tahlil, epik-lirik uyg‘unlik.AbstractThis artic le examines the scientific contribution of Quvanchbay O‘razimbetov to the development of Karakalpak literary studies. Particular attention is given to his literary-theoretical analysis of Ibrayim Yusupov’s poetry collection “Duzli Samallar”.The study highlights O‘razimbetov’s theoretical approach in interpreting lyrical structure, ecological themes, and the integration of epic and lyrical elements. His research is shown to have introduced new methodological directions into the analysis of national literature and contributed significantly to the evolution of modern Karakalpak lyrical poetry.Keywords: Quvanchbay O‘razimbetov, Karakalpak literature, literary studies, Ibrayim Yusupov, Duzli Samallar,ecological poetry, lyrical analysis, national literature, genre synthesis, theoretical approachZamonaviy ijodiy jarayonlarning rivojlanishida adabiy tanqid muhim vositadir. Adabiyotshunoslikning tanqidiy yo‘nalishi adabiy jarayonlarga baho beradi, ijodkorlar faoliyatini ilmiy-nazariy mezonlar asosida tahlil etadi. Bu esa ijodkorning o‘z badiiy izlanishlarida aniq yo‘nalishga ega bo‘lishiga, asarlarning g‘oyaviy-estetik darajasini oshirishiga xizmat qiladi. Shu jihatdan, adabiy tanqid adabiyotning faollashtiruvchi, yangilovchi va rag‘batlantiruvchi kuchi sifatida namoyon bo‘ladi.Milliy adabiyotlarning shakllanishida adabiy maktablar va yo‘nalishlar o‘ta muhimdir. Bunday maktablar adabiy tafakkurning bosqichma-bosqich rivojlanishini, tarixiy uzviylikni namoyon etadi. Adabiyotshunoslik bu maktablarni aniqlaydi, ularning vakillari, asoschilari hamda poetik tamoyillarini tadqiq etadi. Natijada adabiy meros izchil tizimlanadi, har bir adibning adabiyotdagi o‘rni va ahamiyati aniqlanadi.Adabiyotshunoslik milliy adabiy merosni ilmiy asosda tadqiq etib, uni yangi avlodlarga yetkazadi. Bu jarayon nafaqat tarixiy adabiyotlarni o‘rganish, balki ularni zamonaviy dunyoqarash bilan uyg‘unlashtirish, yangi estetik qadriyatlar asosida baholashni ham o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, adabiyotshunoslik xalqaro miqyosda milliy adabiyotlarni tanitishda ham muhim rol o‘ynaydi.Adabiyotshunoslik milliy adabiyotlarning shakllanishi va rivojlanishida nazariy, tanqidiy, estetik va madaniy jihatdan hal qiluvchi rol o‘ynaydi. U adabiy merosni chuqur ilmiy tahlil qilish, zamonaviy adabiy jarayonlarga baho berish, ijodkorlarning badiiy izlanishlarini yo‘naltirish orqali adabiyotning mintaqaviy va global taraqqiyotiga xizmat qiladi. Har qanday milliy adabiyotning barqaror rivojlanishida adabiyotshunoslikning o‘rni va roli doimiydir.Qoraqalpoq adabiyotshunosligining zabardast vakili Q. O‘razimbetov o‘zining ilmiy-nazariy qarashlari bilan nafaqat qoraqalpoq adabiyotshunosligi, balki butun turkiy xalqlar adabiyotshunosligi rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan olimlardan hisoblanadi. Olim o‘z faoliyati davomida qoraqalpoq


578adabiyotining klassiklari Berdaq, Ajiniyaz ijodidan tortib, zamonaviy qoraqalpoq poeziyasi yulduzi I. Yusupov va boshqa ijodkorlar asarlarini tahlil qilib, munosib baholab kelmoqda. Q. O‘razimbetov I. Yusupovning “Duzli samallar” to‘plamini ilmiy-nazariy tahlil qilib, qoraqalpoq adabiyotida to‘plam tuzish an’anasining o‘ziga xos uslubi yaratilganligini e’tirof etadi. Muallif I. Yusupovning “Duzli samallar” to‘plamini ilmiy-nazariy nuqtai nazardan tahlil qilar ekan, unda she’riy to‘plam yaratish prinsiplari ustida fikr yuritadi. Ushbu to‘plamda she’riy qahramonning o‘rni va uning davr sharoitlari bilan chambarchas bog‘lanishi asosiy e’tibor markazida turadi. Olim I. Yusupovning ushbu to‘plamini tahlil qilib, quyidagicha ilmiy-nazariy qarashlarni ilgari suradi:Birinchidan, shoirning butun to‘plamni yaratishda avvaldan rejaga asoslangan yondashuvi ta’kidlanadi. Asarlar 1987–1988-yillarda yaratilgani, ya’ni bir davrga xosligi ularning mazmuniy va tematik yaxlitligini ko‘rsatadi.Ikkinchidan, tarixiy va ijtimoiy sharoitlar ta’siri. She’riy qahramon 1980-yillarning ikkinchi yarmidagi “sovuq urush”ning kuchayishi, ekologik muammolar kabi ijtimoiy-siyosiy vaziyatlarning ruhiyatga ta’siri ostida shakllangan. Muallif ushbu tarixiy kontekstni to‘plam mazmunini tushunishda muhim omil deb hisoblaydi.Uchinchidan, she’riy qahramon va ekologik muammolar. To‘plamdagi asarlarda ekologik falokat va uning oqibatlariga e’tibor kuchli, ayniqsa, “Umid daraxti”, “Orol elegiyalari” kabi asarlar misolida bu holat batafsil ochib beriladi.To‘rtinchidan, epik va she’riy tasvir usullarining uyg‘unligi. “Orol elegiyalari” turkumi misolida muallif epik (voqeaviy) va she’riy (his-tuyg‘uli) elementlarning uyg‘unlashishi, shoirning tragediyani yanada chuqurroq va ko‘lamli ifodalashga intilganini ko‘rsatadi.Maqola qoraqalpoq adabiyotida she’riy to‘plam yaratish tajribasini yoritib, milliy lirikaning yangi bosqichga ko‘tarilishi sifatida baholanadi. I. Yusupovning yondashuvi va ijodiy uslubi qoraqalpoq lirikasining zamonaviy namunalarini yaratishda muhim sanaladi. Shuningdek, maqolada qoraqalpoq adabiyotida ekologik muammolarning san’atda aks etishiga alohida e’tibor qaratilgani adabiyotshunoslikka yangicha yondashuv olib kirdi. Shu bilan birga, shoirning epik va she’riy elementlarni birlashtirish orqali yaratilgan ijodi adabiyotshunoslikda janrlararo chegaralarni kengaytirishga xizmat qiladi.Umuman olganda, Quvanchbay O‘razimbetovning mazkur maqolasi Ibrayim Yusupovning “Duzli samallar” she’riy to‘plamini ilmiy-nazariy mezonlar asosida izchil va chuqur tahlil etishi bilan ajralib turadi. Tadqiqotda to‘plamning ichki badiiy yaxlitligi, tarixiy-ijtimoiy muhit bilan uzviy bog‘liqligi, ekologik muammolarning poetik talqini hamda epik va lirik tasvir usullarining o‘zaro uyg‘unligi asoslab beriladi. Muallif she’riy matnni faqat estetik hodisa sifatida emas, balki zamon va makon bilan bog‘liq badiiy tafakkur mahsuli sifatida talqin qiladi.Mazkur maqola qoraqalpoq adabiyotshunosligida, xususan, lirika tahlilida yangi metodologik yondashuvlarni ilgari surib, ekologik mavzularni adabiy-estetik jihatdan o‘rganishda muhim nazariy asos yaratadi. Q. O‘razimbetov ekologik muammolarni shoir tafakkuri va badiiy obrazlar tizimi orqali ochib berish imkoniyatlarini ko‘rsatib, lirikaning ijtimoiy-falsafiy salohiyatini ilmiy jihatdan asoslaydi.Xulosa sifatida ta’kidlash joizki, Quvanchbay O‘razimbetovning ilmiy-ijodiy faoliyati qoraqalpoq adabiyotshunosligi taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Uning izlanishlari milliy adabiy jarayonni nazariy jihatdan asoslash, adabiy shakl va mazmun munosabatini aniqlash hamda badiiy matnni tarixiy-ijtimoiy kontekstda talqin etishga qaratilganligi bilan e’tiborlidir. Ayniqsa, Ibrayim Yusupov ijodiga, xususan, “Duzli samallar” to‘plamiga bag‘ishlangan tadqiqotlari qoraqalpoq lirikasi rivojida yangi ilmiy bosqichni belgilab berdi. Q. O‘razimbetovning ekologik masalalarni lirika vositasida yoritishi, epik va lirik unsurlar sintezini nazariy jihatdan asoslashi zamonaviy badiiy tafakkurni anglashda muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi.


579Foydalanilgan adabiyotlar1. Оразымбетов Қ. Ҳәзирги қарақалпақ лирикасында көркем формалардыӊ эволюциясы ҳәм типологиясы. – Нөкис: Билим, 2004.2. Jabborov N. Zamon. Mezon. She’riyat. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU, 2015. – 304 b.3. Мамбетов Қ. И. Юсупов поэмаларының жанрлық өзгешеликлери. Филол. илим. философия докт. (PhD) дисс. – Нөкис, 2019.


580ZAMONAVIY NASRDA USLUBIY-KOMPOZITSION O‘ZIGA XOSLIKMohira Sa’dullayeva, Qoraqalpoq davlat universiteti dotsenti,filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori e-mail: [email protected] zamonaviy o‘zbek adabiyotida nasriy yangilanishlar, qissachilikda yuz berayotgan o‘ziga xos ijodiy evrilishlar, badiiy ifodada uslubiy-kompozitsion o‘ziga xoslik, qissachilik tadrijiga doir ilmiy-nazariy muammolar xususida qisqacha so‘z boradi. Bugungi qissalardagi g‘oya va shakl, mavzu-mundarija, shakl va uslubiy-kompozitsion hamda individuallik jihatdan xilma-xillik, undagi kechayotgan o‘zgarish va yangilanishlarga doir mulohazalar berilgan.Kalit soʻzlar: qissanavislik, an’ana va milliy adabiyot, psixologik holat, qissaxonlik, an’anaviylik, qahramon, realistik, sarguzasht, modernistik xarakter.AbstractThe article briefly discusses the prose innovations in modern Uzbek literature, the unique creative developments taking place in storytelling, the stylistic and compositional uniqueness of artistic expression, and scientific and theoretical problems of the development of storytelling. The ideas and forms, the subject-content, the diversity of forms and stylistic and compositional and individual aspects of today’s stories, the changes and innovations taking place in them are considered.Key words: storytelling, tradition and national literature, psychological state, storytelling, traditionalism, hero, realistic, adventure, modernist, character.Istiqlol davri qissanavisligi yangi ohanglar, o‘ziga xos uslublar hisobiga boyidi. Zamonaviy qissachilikning ifoda tarzi jahon adabiyotining ilg‘or an’analari va milliy adabiyot tajribalarini davom ettirishi natijasida o‘zgacha uslubiy-kompozitsion xususiyatlar kasb etmoqda. Badiiy talqinda ifodaning qabariqligi, tasvirning quyuq va serqatlamligi, mazmun-mundarijaning o‘ziga xosligi, ruhiy holat manzaralarining rang-barangligi bilan insonni tushunish, kashf etish va badiiy tadqiq qilish, bugungi o‘zbek qissalariga xos asosiy jihatlar sifatida ta’riflanadi. O‘zbek adabiyotida qissa janri ham uzoq tarixiy jarayonni boshidan o‘tkazdi. Ma’lumki, qissa o‘z tabiatiga ko‘ra tezkor va mahsuldor janr sanaladi. Xalq ijodining og‘zaki qissaxonlik an’analari, payg‘ambarlar haqidagi diniy qissalar, muhabbat qissalari, mumtoz adabiyotdagi qissachilik (dostonlar tarkibida va Rabg‘uziyning “Qur’oni Karim” ta’sirida yaratilgan payg‘ambarlar qissasi “Qissasi Rabg‘uziy”), sho‘ro davri povest janri, modern qissalar ta’siridagi qator omillar bugungi o‘zbek qissachiligi uchun asos va poydevor bo‘lib xizmat qildi.Zamonaviy o‘zbek qissachiligi tarixida realistik an’anaviy qissachilik, vulgar-sotsiologik qissachilik, kinoyaviy qissachilik va modernistik qissachilik ijodiy an’analari va tajriba-ko‘rinishlari vujudga keldi. Qissa (povest) yagona qahramon sarguzashtining xronikal izchillikdagi tasviri va, asosan, bosh qahramon xarakterini ochishga qaratilgani bilan boshqa nasriy janrlardan farq qiladi. Qissa voqealari asosan qahramon tilidan yoki alohida bayonchi (adib yoki boshqa shaxs) tomonidan hikoya qilinadi. “Qissalarda bosh qahramon syujetdagi barcha voqealarni yagona markaz sifatida birlashtirib turadi” [Ulug‘ov A., 1; 141]. Qissaga xos bo‘lgan yana bir yetakchi xususiyat shundaki, mazkur janr talablariga ko‘ra asar markaziga qo‘yilgan masala yoki muammo faqat bir shaxs bilan bog‘liq bo‘ladi va uning yechimi bilan asar syujeti voqealari tugallanadi. Demak, bosh qahramon hayotining muayyan qismi bilan bog‘liq muammolarning badiiy yechimiga asoslangan, xronikal izchillikka moyil syujet vositasida bayon qilinuvchi asarlar qissa janrini tashkil etadi. Hozirgi adabiy jarayonda uslubiy rang-baranglik, qissalar mazmuni va shaklidagi yangilanishlar ijtimoiy-estetik


581ong va badiiy tafakkur rivojidagi evrilishlar ifodasi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Zero, “Bugungi qissachiligimizga nazar tashlaganda, birinchi galda mavzu, muammo, shakliy, uslubiy jihatdan rang-baranglik e’tiborni tortadi: ular orasida ham an’anaviy romantik, realistik, ham modernistik yo‘nalishdagi asarlarni ko‘rish mumkin” [Normatov U., 2; 47].Istiqlol arafasi va mustaqillik yillarida o‘zbek adabiyotida Odil Yoqubov, Tog‘ay Murod, Erkin A’zam, Ahmad A’zam, Nazar Eshonqul, Shoyim Bo‘tayev, Abduqayum Yo‘ldoshev, Isajon Sulton, Ulug‘bek Hamdam, Salomat Vafo, Luqmon Bo‘rixon kabi ijodkorlar yaratgan turfa mavzudagi qissalarda muhit va shaxs o‘rtasidagi ziddiyatlar bilan inson botiniy olamidagi qarama-qarshiliklar talqin etilgan. Ma’lumki, o‘tgan asrning 80–90-yillar o‘zbek qissachiligida insonni barcha musbat va manfiy qirralari bilan yaxlit holda tasvirlash tendensiyasi alohida muhim xususiyat sifatida ko‘zga tashlanadi. Ayni shu davrlarda adabiyotda milliy xarakterlar yaratish davr ehtiyojiga aylandi. Istiqlol yillarida yangi yo‘nalishdagi ijodkorlar avlodi shakllana boshladi, ular yaratgan badiiy asarlar janr hamda mazmun jihatdan o‘sish-o‘zgarish, yangilanish jarayonini boshdan kechirmoqda. Bu davr nasrida, xususan, qissachiligida insonning tuyg‘ularini, uning ko‘ngil mavjlarini turfa voqealar fonida tasvirlashga alohida urg‘u berilmoqda. Adabiyotshunos Abdulla Ulug‘ov ta’kidlaganidek, “Adabiyotda har qanday janrning mavqeyi, maqomi unda inson obrazining gavdalantirilishi bilan belgilanadi. O‘tgan davrda qissalarda inson haqida, uning murakkab ma’naviy-ruhiy olami, qalbidagi turfa xil o‘zgarishlar to‘g‘risida yangicha qarashlar o‘z ifodasini topdi va ular badiiy salmoqdor asarlar sifatida e’tibor qozondi” [Ulug‘ov A., 3; 51]. Darhaqiqat, har qanday san’at asari insonga, uning kamolotiga xizmat qilishi, ma’naviy barkamolligini yuksaltirishga hissa qo‘shishi lozim. Bunda, ayniqsa, badiiy so‘zning ta’siri nihoyatda kattadir. Istiqlol davri o‘zbek qissalarida inson taqdiri, uning dard-alami, sevgi va hijroni, olam va tabiat, hayot va o‘lim haqidagi o‘y-fikrlari yangicha ifoda hamda shakllarda badiiy talqin etildi. Bunda yozuvchilarning o‘ziga xos uslubi, syujet va kompozitsiya imkoniyatlaridan foydalanish mahorati alohida ahamiyat kasb etadi. “Bugunning qissalari rang-barang uslubiy izlanishlar natijasida epik ko‘lam miqyoslarini kengaytirib, o‘zbek nasri taraqqiyotini ta’minlamoqda. Mustaqillik davrida yaratilgan qissalar ijtimoiy voqelikni tasdiqlash yoki inkor qilish emas, uni bor ziddiyatlari bilan haqqoniy tasvirlash tendensiyasi o‘zbek nasrida barqaror ijodiy tamoyilga aylanganligini ko‘rsatmoqda” [Rustamova M., 4; 21]. Adabiy jarayonda fikr va ijod erkinligi adiblar uslubining turfa xilligini ta’minlash bilan bir qatorda ijodkor individualligining ham yuzaga chiqishini ta’minlaydi.Muxtasar qilib aytganda, bugungi qissalar g‘oya va shakl, mavzu-mundarija, uslubiy-kompozitsion hamda individuallik jihatdan xilma-xildir. Ular tarixiy, zamonaviy, falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, oilaviymaishiy, sarguzasht-detektiv, ishqiy mavzulardagi realistik, romantik, yumoristik va modernistik yo‘nalishda yaratilgan asarlar bo‘lib, bugungi qissachilikda kechayotgan o‘zgarish va yangilanishlarni o‘zida mujassamlashtiradi.Foydalanilgan adabiyotlar1. Ulug‘ov A. Adabiyotshunoslik nazariyasi. – Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2018. B.141.2. Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. –Toshkent: Ma’naviyat, 2000. B. 47.3. Ulug‘ov A. Qissalarda qalb aksi // Sharq yulduzi, 2011. 4-son. B.51.4. Rustamova M. Istiqlol davri o‘zbek qissalarining taraqqiyot tendensiyalari. Filol.fanl.nomz. diss. avtoreferati. – Toshkent, 2005. B. 21.


582SIROJIDDIN SAYYID DOSTONLARIDA MILLIY KOLORITNING O‘ZIGA XOS BADIIY IFODASIGuljahon Doshanova, Qoraqalpoq davlat universiteti dotsentiAnnotatsiyaMazkur maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri Sirojiddin Sayyid dostonlarida milliy koloritning badiiy ifodalanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda shoir dostonlarida xalqona tafakkur, milliy mentalitet, tarixiy xotira, urf-odat va an’analar poetik obrazlar hamda badiiy vositalar orqali qanday aks etgani ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, milliy leksika, folklor unsurlari, ramziy obrazlar va muallifning individual uslubi milliy koloritni shakllantiruvchi muhim omillar sifatida baholanadi. Maqolada badiiy tahlil, qiyosiy va struktural metodlardan foydalanilgan bo‘lib, natijalar Sirojiddin Sayyid dostonlarining milliy ruhni ifodalashdagi o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatishga xizmat qiladi.Kalit so‘zlar: Sirojiddin Sayyid, doston, milliy kolorit, badiiy ifoda, milliy mentalitet, folklor unsurlari, poetik obraz.AbstractThis article analyzes the distinctive artistic expression of national color in the epics of Sirojiddin Sayyid, one of the prominent representatives of modern Uzbek literature. The study examines how folk worldview, national mentality, historical memory, customs, and traditions are reflected in the poet’s epics through artistic images and expressive devices. Particular attention is paid to national vocabulary, folklore elements, symbolic imagery, and the author’s individual style as key factors shaping national color. The research employs literary analysis, comparative, and structural methods, highlighting the role and significance of Sirojiddin Sayyid’s epics in expressing national spirit and cultural identity.Keywords: Sirojiddin Sayyid, epic poetry, national color, artistic expression, national mentality, folklore elements, poetic imagery.Adabiyotda kolorit tushunchasi badiiy va lirik asarlarda voqelikni ta’sirchan shaklda tasvirlash vositasi bo‘lib, asarning g‘oyasi, davri, uslubi, mazmuni hamda muallifning shaxsiyatiga qarab turlicha bo‘ladi. Shunga ko‘ra turli ijodkorlarda kolorit uning yashash joyi, muhiti, yoshi hamda qarashlariga asoslanib shakllanadi. Milliy ruh va milliy kolorit tasvirlangan asarlar o‘ziga xoslikka ega bo‘ladi. Milliy koloritni o‘zida mujassam etgan badiiy asar millat ruhi bilan tarbiyalangan har qanday kitobxonni o‘ziga jalb qiladi. Kolorit singdirilgan asar kitobxonga ma’naviy, estetik va ruhiy ozuqa beradi. Buning natijasida kitobxon xalq madaniyati, urf-odati, an’analari, millat va vatan tarixi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Bunday badiiy asarlar milliy-tarixiy mazmunga boy bo‘lishi bilan bir qatorda, kitobxon qalbidan teran o‘rin oladi. Albatta, milliy koloritga to‘yingan badiiy asarda tarixiylik, milliylik, umuminsoniylik va vatanparvarlik kabi baynalmilal g‘oyalar bosh mezon sifatida ifodalanishi ma’lum. Sirojiddin Sayyid ijodida milliylik, milliy kolorit uning obrazlarida namoyon bo‘ladi.Masalan, Vatan mavzusiga shoir har bir she’rida yangicha rakursda yondashadi. Fikrni kutilmagan o‘zanga burib, xayolga kelishi qiyin bo‘lgan ohorli poetik umumlashmalar chiqaradi [Jabborov N., 2015: 35]. Darhaqiqat, Sirojiddin Sayyid Vatanning mukammal obrazini yaratishda, uning timsollarini aks ettirishda bir qancha poetik vositalardan, badiiy detallardan, original tashbehlardan unumli foydalanadi. Ijodkor – yurt tarixi, ajdodlari, bolaligidan tortib to hozirga qadar yashagan joylari, boshdan kechirganlari, uchratgan insonlari, hayotiy voqealari va predmetlar, xullas, jamiki borliq vositasida jonajon Vatani timsolini betakror usulda tasvirlaydi.Shoir Vatan talqinida Ona, vatanparvar shaxs, farzand singari obrazlardan, bug‘doy, o‘choq, gulxan, daraxt, makon, xarsang, qumg‘on, so‘ri kabi oddiy timsollardan san’atkorona foydalangan. Sirojiddin Sayyid vatanparvar shaxs obrazini yaratishda boshqa ijodkorlardan o‘zgacha yo‘l tutadi.


583Uning ko‘pgina qahramonlari buyuk ajdodlarimiz, tarixiy shaxslar sanalishi bilan bir qatorda, oddiy xalq orasidagi Vatanning fidoyi kishilaridir.Shoirning “To‘polondaryo bilan xayrlashuv” nomli dostonida Surxon koloriti talqinining estetik ideal vazifasini bajarganligini ko‘rishimiz mumkin. Ushbu dostonda muallif badiiy koloritdan unumli foydalanadi. Dostonni o‘qish davomida unda Surxon xalqining qarashlari, turmush tarzi va o‘ziga xosliklari shoirning estetik ideali asosida jozibali ifodalangan. Masalan, quyidagi satrlarni tahlil qilib ko‘rsak:“Men sizga aytsam, yelkamda bolam, qo‘limdagi tugunchada bir siqim tutmayiz, daryo yoqalab ketyapman, ketyapman. Daryoki, ajdarhoday to‘lg‘onadi, vishillaydi. Qo‘rqib ketyapman deng, yelkamdagi chirqillab “non” deydi. Men esa ketyapman, ketyapman. Hech zog‘ yo‘q. Faqat daryo. Kalima qaytarib yo‘l yuraman, yo‘l yuraman-u pichirlayman. O‘sha mahallar yo‘llar ham uzun ekan-da. Dunyoda mendan boshqa hech kim yo‘qday, go‘yoki dunyoning o‘zi ham yo‘qday, ketyapman. Qayerga ketaman – bilmayman, nimaga ketyapman – bilmayman, lekin ketyapman. Bir mahal sohilda nimadir yalt etdi, yana qo‘rqyapman deng, yaqin borib qarasam – beshik, oltin beshik! Suvda chayqalib, qalqib turibdi. Karaxt bo‘lib qolibman. G‘oyibdan “Ol!” degan sado kelganday bo‘ldi. Bolani yerga qo‘yib, dovdirab qo‘l uzatdim, yetolmadim. Har qancha urinsam ham, qo‘lim yetmadi. Chayqalib, chayqalib oqib ketdi. Hay attang-ay, attang! Shundan keyin to‘rt bolam ochlikdan o‘lib ketdi. Sizlar ko‘rmagansizlar-da, bilmaysizlar...” [Sayyid S., 2023: 60]Muallif doston tarkibida xotira tarzida ushbu voqeani keltirib o‘tadi va oxirida voqeaning keksa ayol – Xumor amma xotiralaridan ekanligi qayd etiladi. Bu orqali To‘polondaryoning Surxon vohasi uchun ma’lum darajada ilohiy ahamiyat kasb etishini, muqaddasligini ham ko‘rishimiz mumkin. Dostonning boshlanishida shunchaki geografik obyekt ta’riflangan lirik asar sifatida qaraladi, ammo yuqoridagiga o‘xshash hikoyalar orqali davriy va tabiat koloriti birgalikda badiiy koloritni yaratmoqda. Bunda To‘-polondaryo va uning shovqin-suron solib tez oqishi dunyoga o‘xshatiladi. Ayolning xayolida kechgan holat: daryoda suzib yurgan beshik va uning uzoqlashib yo‘qolishi esa bevosita xalqimizning o‘ziga xos qarashlariga borib taqaladi. Ayolning xayolida yoki tushida bo‘lganini eslay olmay aytib bergan hikoyasi orqali ham Surxon koloriti ochiqlanadi, ya’ni tushda yoki xayolda yalang‘och beshikni ko‘rish, beshikning uzoqqa ketishi, qorong‘ulikda yo‘qolishi kabilar xalq orasida ko‘ngilsizlik sodir bo‘lishi, aksariyat hollarda esa o‘lim xavfidan ogohlantirish deb qaraladi. Dostondan olingan parchada ham sodda va samimiy xalqning irim-sirimlari orqali madaniy kolorit shakllantirilgan. Chunki kampir beshikni ko‘rishi va uni tutib ololmaganini go‘yoki bolalarining ochlikdan vafot etishi bilan bog‘laydi va ushbu ayanchli qismatiga To‘polondaryoni guvoh deya biladi.Shoir she’riyatida poetik mazmun teran va rang-barangdir. “Jarohat” dostonida Vatan tasviri yana ham keng qamrovli tasvirlangan. Dostonda shoir Vatanni turli poetik timsollar vositasida ifodalaydi. Bular: “sigir sog‘ayotgan ayol”, “xayol surayotgan kelin”, “beshikda yotgan bolalar”, “yangi ko‘ylak kiygan qizaloq”, “unib chiqqan ismaloq”, “olisga termulgan tol”, “dasht-u qirlardagi lolalar”, “sokingina yonayotgan gulxanlar”, “Yor-yor”lar ham o‘lanlar”dan iborat.Milliylik zamiridagi rangin tasvirlar jilosi poetik mazmun haqida keng mushohada yuritish, Vatanni lirik qahramon kabi teran anglash va chuqur his eta olish imkonini beradi. Bir qaraganda, badiiy talqin sodda bo‘lib tuyuladi. Shoir ijodidagi Vatan obrazining poetik ifodasi xalqona ruh hamda mumtoz an’analarning yangilanishi mahsulidir.Yuqoridagi parchada ham shoir Surxondaryo xalqining o‘ziga xos bo‘lgan urf-odatlari, soddadilligi orqali Surxon koloritini yaratadi. Bu esa o‘z navbatida doston voqeligining estetik-ekspressivligini oshirishga xizmat qilmoqda. Keltirilgan badiiy matn ham “To‘polondaryo bilan xayrlashuv” dostonidan olingan bo‘lib, unda sodda va sofko‘ngil Surxon xalqining o‘z yerini, uy-joyini tashlab boshqa joyga ko‘chib o‘tishni o‘ziga or deb bilishi ifodalangan bo‘lib, muallif bu fikrlarni urush qatnashchisi Narziqul Norovning mahalla majlisida so‘zlagan nutqidan yozib olganligini aytib


584o‘tadi. Bunda voha xalqining o‘ziga xos odatlaridan bo‘lmish ota uyni qadrlash, bu aziz dargohni farzandlarga meros qoldirish vazifasi otaning burchi ekanligi anglashiladi. Ushbu parcha bir qarashda doston tarkibida lirik chekinish kabi berilgan bo‘lsa-da, diqqat bilan tahlil qilinsa, chuqurroq razm solinsa, unda oddiy xalq vakilining shijoati, o‘z uyining buzilishidan jahl otiga minganligi hamda haqhuquqini talab qila olishi bevosita shovqin solib oqayotgan To‘polondaryoga qiyos qilinayotgandek go‘yo.Mana, mendan qiyos olgil.Men ham bir paytlarBargga tomgan shudring yanglig‘ pok bola edim.Poda boqib yurar edim zumrad qirlarda,O‘z ko‘nglimning tog‘larida shalola edim.O‘, bu ko‘ngil ne ko‘ylarga solmadi meni?!Ahmoq bo‘lib izlaridan ketaveribman.Devonaday, xudo menga ko‘ngil bermish, debDunyoning bor g‘urbatini yutaveribman.Yuqoridagi satrlar Sirojiddin Sayyidning “Tanazzul yoki begonaning iztiroblari” dostonidan olingan bo‘lib, dostonning boshlanishida lirik qahramon yoshligini “poda boqib yurar edim” deya eslaydi. Bu asarda ham o‘z o‘rnida qishloq hayoti tasvirlangan, Surxon vohasida qo‘y-qo‘zilarning ko‘p boqilishi hamda aholining asosiy mashg‘ulotlaridan biri chorvachilik ekanligiga ishora qilingan.Shoirning “Bahor Surxondan boshlanar...” nomli dostonidan olingan yuqoridagi parchada ham tandir, yog‘och so‘rilar, Bobotog‘ kabi elementlarning keltirilishi ham o‘ziga xos bo‘lgan estetik funksiyani bajaradi, ya’ni bunda o‘quvchi dostonni o‘qish davomida Surxon koloriti asosida aholining turmush tarzini, vohaning tabiati, azim tog‘larini, keng yaylovlarini tasavvur qila oladi, shu bilan birga ma’naviy hordiq va estetik zavq ulashiladi. Muallif yuqoridagilardan tashqari qishloq xalqining erta bahorda qishda namiqib qolgan ko‘rpachalarni oftobga chiqarib ilish odatini ham tilga oladi. Bu ham o‘z navbatida badiiy koloritni ifodalashga xizmat qilmoqda, ya’ni dostonning estetik qimmatini oshirmoqda.Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki, adabiyotda estetik ideal tushunchasi har bir yozuvchiijodkor uchun individual bo‘lib, bu orqali muallif dastlab o‘zining idealidagi qahramonni yaratadi va keyin ushbu qahramonning aslida qanday bo‘lishi kerakligini hayot haqiqati bilan moslashtiradi. Sirojiddin Sayyidning har bir asarida Surxon xalqining soddaligi ifodalangan qarashlar, vohaning tabiati, xalqining urf-odat va qadriyatlari, shuningdek, oddiy qishloq hayotini madh etganligining guvohi bo‘lamiz. Bu esa dostonlarning hissiy-ekspressivligini, badiiy qimmatini oshirish, jozibadorligini ta’minlash hamda kitobxonning asar hayotida yashashi uchun asosiy omil hisoblanadi.Foydalanilgan adabiyotlar1. Jabborov N. Zamon. Mezon. She’riyat. – T.: G‘. G‘ulom, 2015.2. Sirojiddin Sayyid. Vaqt haykali. Dostonlar. – T.: G‘. G‘ulom, 2023.


585ISTIQLOL DAVRI HIKOYALARIDA BADIIYLIKErgasheva Xurshida Erkinjon qizi,O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o‘qituvchisie-mail: [email protected] maqolada hozirgi adabiy jarayonda uslubiy rang-baranglik, hikoyalar mazmuni va shaklidagi yangilanishlar ijtimoiy-estetik ong va badiiy tafakkur rivojidagi evrilishlar, badiiy talqinda ifodaning qabariqligi, tasvirning quyuq va serqatlamligi, mazmun-mundarijaning o‘ziga xosligi, ruhiy holat manzaralarining rang-barangligi kabi ilmiy-nazariy muammolar hikoya janri taraqqiyotini kuzatish asnosida ochiqlangan. Shuningdek, o‘zbek adabiyotida hikoya janrining badiiylikning o‘ziga xosligi masalasi, taniqli yozuvchi Ne’mat Arslonning ba’zi hikoyalari misolida tahlil etilgan. Kalit so‘zlar: badiiy asar, hikoya, hikoyachilik, badiiylik, badiiylik mezonlari, kompozitsiya, milliylik, an’ana, folklor, mazmun, shakl, qahramon, xarakter, obraz. AbstractIn this article, scientific and theoretical problems such as stylistic diversity in the current literary process, updates in the content and form of stories, changes in the development of socio-aesthetic consciousness and artistic thinking, the convexity of expression in artistic interpretation, the density and layering of the image, the uniqueness of content, and the diversity of mental state scenes are revealed in the context of observing the development of the short story genre. Also, the issue of the originality of the artistic nature of the short story genre in Uzbek literature was analyzed on the example of some short stories by the famous writer Nemat Arslan.Keywords: literary work, story, storytelling, artistry, criteria of artistry, composition, nationality, tradition, folklore, content, form, hero, character, image.Istiqlol davri hikoyanavisligi yangi ohanglar, o‘ziga xos uslublar hisobiga boyidi. Zamonaviy hikoyanavislikning ifoda tarzi jahon adabiyotining ilg‘or an’analari va milliy adabiyot tajribalarini davom ettirishi natijasida o‘zgacha uslubiy-kompozitsion xususiyatlar kasb etmoqda. Badiiy talqinda ifodaning qabariqligi, tasvirning quyuq va serqatlamligi, mazmun-mundarijaning o‘ziga xosligi, ruhiy holat manzaralarining rang-barangligi bilan insonni tushunish, kashf etish va badiiy tadqiq qilish, bugungi o‘zbek hikoyalariga xos asosiy jihatlar sifatida ta’riflanadi. O‘zbek adabiyotida hikoya janri ham uzoq tarixiy jarayonni boshidan o‘tkazdi. Ma’lumki, hikoya o‘z tabiatiga ko‘ra tezkor va mahsuldor janr sanaladi. Adabiyot va san’atning barcha turlarini doimiy birlashtirib turuvchi mushtarak xususiyat – badiiylik bo‘lib, bu jihat har bir turda o‘ziga xos vositalar orqali namoyon bo‘ladi. Badiiylik muammosi adabiyotshunoslikda doimiy o‘rganilib kelayotgan masalalardan biridir. Aristotelning “Poetika” asarida “Ba’zi kishilar mahorat, ba’zilar malaka sababli, yana ba’zilar tug‘ma iste’dodlari tufayli bo‘yoqlar va shakllar yordamida ko‘p narsalarning tasvirini – o‘xshashini yaratadilar. Hozirgina eslab o‘tilgan san’atlarning hammasida ham alohida yo ritm, yo so‘z va yoxud garmoniya yordamida yoki shularning hammasi uyg‘unligida tasvirlaydilar” [Аристотель, 1980: 8], – deyiladi san’at haqida. Demak, bu ta’rifga ko‘ra san’at asari hayotda mavjud voqea-hodisalarni badiiy-estetik anglash, idrok qilish, ularning o‘xshashini turli vositalar yordamida aks ettirish orqali dunyoga keladi. Keyingi davrlarda o‘zbek hikoyachiligi tadriji, poetikasi tahliliga bag‘ishlangan qator tadqiqotlar yuzaga keldi. Xususan, X. Do‘stmuhammadning “Hozirgi o‘zbek hikoyachiligida badiiy tafakkurning yangilanishi” nomli tadqiqotida 80-yillarning ikkinchi yarmi va 90-yillar avvalidagi hikoyalar tahlilga tortiladi. Ijtimoiy hayotdagi katta siljishlar, o‘zgarishlar davri hikoyachiligi haqida yozar ekan, “80-yillarda hikoyanavislarimiz badiiy tafakkuriga ta’sir o‘tkazadigan ajnabiy yozuvchilar jug‘rofiyasi


586nihoyatda kengaygan”ligini [Дўстмуҳаммедов, 1995 : 21], tashqi ta’sirning kuchayganligini alohida ta’kidlaydi. Darhaqiqat, XX asrning 90-yillari va XXI asr avvalida o‘zbek adabiyotiga F.Kafka, A.Kamyu, T.Vulf, Y.Kavabata singari xorijiy adiblar ijodi ta’siri, ular asarlari borasidagi bahsmunozaralar ortganligi kuzatildi. Ayniqsa, N.Eshonqulning “Maymun etaklagan odam”, “Ozod qushlar”, “Tobut” kabi qator hikoyalari adabiyotshunoslar e’tiboriga tushdi. O.Muxtor, S.Ashur, Sh.Bo‘tayev, Sh.Hamroyev, S.O‘nar, I.Sulton, L.Bo‘rixon kabi yozuvchilar hikoyalarida ham jahon nasri modernizmi namunalarining ta’siri sezilarli bo‘lib, davr manzaralari, zamon kishisi obrazi o‘zgacha ohanglarda badiiy tasvir etildi. Demak, XX asrning 90-yillar hikoyachiligi realistik tasvir uslubi bilan bir qatorda modernistik uslub an’analarini ham o‘zida mujassam etgan holda rivojlandi.Hikoyachilikda milliy xarakter yaratish borasidagi muammolar ham adabiyotshunoslikning asosiy masalalaridan biridir. Zero, davrning ma’naviy qiyofasi badiiy asar qahramonlarning xarakter xususiyatlari orqali yoritiladi. Bu xususda adabiyotshunos olim H.Umurov shunday yozadi: “Xarakter va uning psixologiyasi tahlili adabiyotning kamoloti, yozuvchining mahorati darajasini belgilovchi omildir” [Umurov, 2004: 38]. O‘zbek hikoyachiligida milliy xarakter va inson ruhiy olami tasviri bilan bog‘liq jihatlar, davr muammolarining qahramon qiyofasidagi badiiy in’ikosi, an’ana va izdoshlik masalalarini tadqiq etish ham yozuvchi mahorati qirralarini aniqlashda alohida ahamiyatga ega. Adabiyotshunos G.Sattorovaning “Milliy xarakter va badiiy talqin” nomli monografiyasida milliy xarakter yaratishdagi turli omillar G‘.Hotam, X.Do‘stmuhammad, N.Eshonqul hikoyalari misolida tadqiq qiladi va “Yangi bosqich o‘zbek hikoyachiligida milliy xarakter yaratishning badiiyestetik tamoyillarini hozirgi o‘zbek nasrining ko‘zga ko‘ringan va o‘ziga xos yo‘ldan borayotgan, ayniqsa, yosh vakillari ijodi misolida kuzatish o‘zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligining istiqbolli yo‘nalishlaridan biridir, deyishga asos beradi”, - degan xulosaga keladi [Сатторова, 2007: 9]. Xullas, istiqlol yillarida yaratilgan minglab hikoyalarda jahon adabiyoti tajribalaridan keng ko‘lamda ijodiy foydalanish, an’ana va o‘ziga xoslik, badiiy mahorat va uslub turfaligi namoyon bo‘lmoqda.Badiiylikning asosiy mezonlarini, adabiy asarning badiiy-estetik mohiyatini yangicha ilmiy tafakkur asosida talqin etishda B.Sarimsoqovning “Badiiylik asoslari va mezonlari” asari o‘ziga xos ahamiyatga ega. Olim bu boradagi kuzatishlari asosida o‘z qarashlarini chuqurlashtirib, badiiy obraz hamda obrazlilikning estetik mohiyatini ochishga harakat qiladi va badiiylik miqdoriy emas, balki sifatiy hodisa ekanligini alohida ta’kidlaydi. “Shu bois ijodkorlarga bir xilda mos keluvchi badiiylikning umumiy mezonlarini belgilab bo‘lmaydi. U adabiy turlar, adabiy janrlar, ijodiy metodlar, adabiy oqim va maktablararo, individual ijodlararo, qolaversa, ayni bir ijodkorning turli davrlardagi asarlariaro tafovutlanuvchi hodisadir” [Расулов, 2007: 35]. Shu bilan bir qatorda, olim nisbiy xarakterda bo‘lsa ham badiiylikning umumiy mezonlarini belgilash zarur, deb hisoblaydi. U badiiylik mezonlarini quyidagicha belgilaydi: mazmun va shakl birligi va ularning uyg‘unligi; tasvir yoki ifodaning haqqoniyligi, aniqligi; betakrorlik (originallik); estetik baho; shartlilik miqyosi va darajasi; til badiiyati.Bularga qo‘shimcha sifatida iste’dod, talantni ham badiiylikning asosiy xossalaridan hisoblash maqsadga muvofiqdir. Zero, badiiy asar go‘zalligining, yashovchanligining bosh sababi muallifning iste’dodli ekanligi bilan o‘lchanadi. A.Qodiriy, Oybek, Cho‘lpon, Fitrat, A.Qahhor, G‘.G‘ulom kabi qator yozuvchilar asarlarining yillar bo‘roniga engilmasligi, mangulikka daxldorligi ham ayni iste’dod tufaylidir. Badiiylikning bosh mezonlaridan yana biri sifatida obrazlilik va uning so‘z orqali ifodalanishi ko‘rsatiladi. Darhaqiqat, obraz va obrazlilik badiiylikning o‘zak mohiyatini tashkil etadi. Yana shuni ta’kidlash o‘rinliki, “Badiiylikning mohiyati badiiy asarning mazmuniy jihatida yashiringan bo‘lib, uning ifodalanish yoki tasvirlanish tarzi va darajasi asarning shaklida mujassamlashgandir. Demak, badiiy asarning mazmuni hamda shakli badiiylikning ikki qanotidir” [Саримсоқов, 2004: 6]. So‘z vositasida obraz yaratish ham badiiylikning mohiyatini belgilaydi. So‘zning obrazga aylanishi jo‘n hodisa bo‘lmay, inson badiiy tafakkurining mahsuli sifatida, adabiy-estetik qimmatga ega. Shu


587bois adabiy asarning badiiy xususiyatlarini baholashda, avvalo, uning mazmun-mohiyatidagi, so‘ngra esa ana shu mohiyatning so‘z orqali ifodalanish darajasiga e’tibor qaratish lozim. Zero, har qanday yuksak mahoratli ijodkor ham so‘z atalmish mo‘jiza sirlarini egallash yo‘lidan boradi. Badiiylik va badiiy asar tili, yozuvchining so‘z qo‘llash mahorati tadqiq qilingan asarlardan biri U.To‘ychiyevning ancha salmoqdor kitobidir [Туйчиев, 2011: 508]. Kitobda badiiylikning bosh mezoni iste’dod deb belgilanadi va uning mehnat, saviya, shaxsiyat va sharoit kabi maromlari izohlanadi.Shuni alohida ta’kidlash lozimki, keyingi yillar o‘zbek adabiyotshunosligida badiiy asarlarni saralash va ularning ijodiy jarayondagi o‘rnini belgilashda badiiylik tamoyillariga e’tibor ancha kuchayib bormoqda. Badiiylik ijodkorning voqelikni o‘ziga xos tarzda kashf etish, syujet tanlash, obraz yaratish, teran, original fikrlash kabi omillar bilan bog‘liq bo‘lib, bularning barchasi yozuvchining individual uslubida va iqtidorida namoyon bo‘ladi. “Biror badiiy asarning tasvir nozikligini, badiiyati o‘ziga xosligini, obrazlar sistemasini to‘g‘ri tushunmoq, tili jozibasini his etmoq uchun shu asar yaratilgan davr badiiy tafakkuriga xos xususiyatlarni bilish kerak bo‘ladi. Chunki chinakam badiiy hodisa o‘zi aks ettirgan davrdan ham, o‘zi yaratilgan vaqtdan ham uzoqroq yashaydi va zamonga nisbatan turg‘unroq, konservativroq bo‘ladi” [Йўлдошев, 2006:11]. Darhaqiqat, badiiy mukammal yaratilgan asarlar umrboqiy, qadr-qimmatlidir. Shu bois hamma davrlarda ham jahon adabiyotshunosligida poetika muammosi katta qiziqish bilan o‘rganilgan. Xususan, nasr poetikasi ham adabiyotshunoslikning diqqat markazida bo‘lgan va bu borada qator tadqiqotlar amalga oshirilgan. Istiqlol davri o‘zbek adabiyotshunosligida ham yangi ohanglar bilan boyigan nasr poetikasi borasida izlanishlar davom etmoqda. Ayniqsa, bu yillarda adabiyotda jiddiy sifat o‘zgarishlari ro‘y berdi, uning tasvir obyekti, ifoda usullari hamda ijtimoiy-estetik funksiyasi takomillashib, voqea va obraz tasvirida yangicha qarashlar shakllandi. Erkin va ozod tafakkur mevalari bo‘lgan mustaqillik davri adabiyotida turli janrlarda mazmuniy va shakliy xilma-xillik, tamomila yangicha qarashlar kuzatildi. Zero, istiqlol adabiyoti tom ma’noda insonni oliy qadriyat sifatida qarash, tushunish, alohida shaxsning his-tuyg‘ularini, ruhiyatini tadqiq qilish va shu orqali inson ma’naviyatini mukammallashtirishga yo‘naltirilgan adabiyotdir. Bu davr nasrida S.Ahmad, Sh.Xolmirzayev, O‘.Hoshimov, O.Muxtor, T.Malik, T.Murod, M.M.Do‘st, A.Dilmurod, X.Sultonov, N. Norqobilov, X.Do‘stmuhammad, N.Eshonqulov, T.Rustamov, I.Sulton, L.Bo‘rixon, A.Yo‘ldoshev, Sh.Bo‘tayev, Q.Norqobil, S.O‘nar, Salomat Vafo, Zulfiya Qurolboy qizi, J.Ergasheva singari turli avlodga mansub ijodkorlar o‘ziga xos tarzda qalam tebratib, milliy proza taraqqiyotini ta’minlashga hissa qo‘shdilar. Tabiiyki, har bir yozuvchining o‘z dunyoqarashi, olamni badiiy-estetik qabul qilish, obraz va voqelikni tasvirlashda o‘ziga xos uslubi bor. Ayniqsa, keyingi davrlarda o‘zbek nasrida uslub jihatdan bir-biridan keskin farq qiladigan ijodkorlar soni ortib bormoqda va ular olamni, voqelikni bir xil rangda emas, turfa-turfa ohanglarda, o‘z tafakkuri, kayfiyati bilan o‘zgacha tarzlarda tasvirlamoqdalar. “Adabiy asar chinakam asar namunasi bo‘lishi uchun, realizmga mansub bo‘ladimi, romantizm uslubida yozilgan bo‘ladimi, yoki qandaydir boshqa modernistik uslubga amal qiladimi, baribir uning markazida inson turmog‘i kerak, kitobxon insonning taqdiri, tabiati, hayoti haqida muayyan axborot olish bilan birga bu asardan estetik zavq ham ola bilsin” [Шарафиддинов, 2004: 245]. Adabiy asar qaysi janrda yozilishidan qat’i nazar u oliy xilqat sanalgan insonni yuksak orzu-umidlar, ravon maqsadlar yo‘lida batafsil, haqqoniy va ta’sirchanlik(“estetik zavq”) bilan tasvirlashi lozim bo‘ladi.Neʼmat Arslon 1941-yil 7-iyun sanasida Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Miraki qoʻrgʻonchasi yaqinidagi Takiya qishlogʻida dunyoga keldi. U 1965-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Ne’mat Arslonning ijod olamiga kirib kelishida oilasining, yaqinlarining ham muhim o‘rni bor. Chunki oiladagi muhit, adabiyotga bo‘lgan mehr-muhabbat yozuvchiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Adibning bobosi Mulla Toʻraboy adabiyotni yaxshi biladigan, arab, fors tillarida gaplasha oladigan kishi, onasi Nusrat aya adabiyotga qiziquvchan ayol boʻlgan. Ishtiyoqi


588kelganda Muqimiydan, Furqatdan, Navoiy va Hofizdan sheʼrlar aytardi. Ikki togʻasi – Abdurashid va Xudoyberdi ham hayotini adabiyotsiz tasavvur eta olmaydigan kishilardir. U 1965-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. 1971-1980-yillardan boshlab “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, “Yoshlik”, “Sharq yulduzi” jurnallarida hikoya, qissa romanlari nashr etila boshladi. Ne’mat Arslonning dastlabki “Osmonni kim ko‘tarib turadi?” nomli hikoyasi “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida nashr etildi. Shundan so‘ng “Mahmasharif xabardor”, „Ayol suvratiga chizgilar“, „Bir yigitning xayoli“, „Quyoshning koʻz yoshlari“, „Dengizda suzardi bir kema“, „Kafolat“, „Qoʻmondon“ nomli asarlari birin-ketin chop etildi. Adibning ikkinchi kitobi „Ayol suvratiga chizgilar“ deb nomlandi. Bu kitobga „Muhabbat oʻyini“, „Osmonning boʻyogʻi“, „Aravakash“, „Oqqanotli kapalak“, „Enaga“, „Bugʻdoyzorda“, „Betakror xilqat“ kabi bir qator hikoyalar jamlangan. U oʻtgan asrning 90-yillarida modernizm yoʻnalishida „Adam vodiysi“, „Mavhumot“ nomli romanlarini yozdi. Neʼmat Arslon oʻz asarlari haqida shunday deydi: „Men har bir asarimni jahon adabiyoti asarlariga xos qilib yozishga harakat qilaman. Baʼzida hayot tashvishlaridan charchasam, asarlarimdagi oʻzim yaratgan Keshkash shahriga qochib ketaman. Uning koʻchalari, xiyobonlari, oʻzim yaratgan shu shahar kishilari davrasida yashayman“.Yozuvchi Ne’mat Arslonning boshqa ijodkorlarga o‘xshamagan ijod yo‘li bor. Bu fikrimizga ijodkorning asarlarini o‘qigan har bir o‘quvchi ham amin bo‘ladi. Har bir hikoya mutolaasi davomida yozuvchining qanchalik mahoratli, ko‘p narsani bilishini ko‘rishimiz mumkin, asarlarida badiiylik mezonlarining juda ko‘plab tamoyillaridan foydalanganini anglaymiz.Foydalanilgan adabiyotlar1. Аристотель. Поэтика. – Т.: Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1980. – 152 бет.2. Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. – Т.: Фан, 1-жилд. – 656 бет.3. Дўстмуҳаммедов Х. Ҳозирги ўзбек ҳикоячилигида бадиий тафаккурнинг янгиланиши (80-йиллар охири90-йиллар аввали ҳикояларимисолида). Фил..фанл.номз.автореферати. – Т.: 1995.4. Расулов А. Бадиийлик – безавол янгилик. – Т.: Шарқ, 2007. – 337 бет.5. Саримсоқов Б. Бадиийлик асослари ва мезонлари. – Т.: 2004. – 126 бет.6. Туйчиев У. Ўзбек адабиётида бадиийлик мезонлари ва уларнинг маромлари. – Т.: Янги аср авлоди, 2011. – 508 бет.7. Йўлдошев Қ. Ёниқ сўз. – Т.: Янги аср авлоди, 2006. – 548 бет.8. Шарафиддинов О. Ижодни англаш бахти. – Т.: Шарқ, 2004. – 640 бет.9. Норматов У. Умидбахш тамойиллар. – Т.: Маънавият, 2000. – 113 бет.10. Сатторова Г. Миллий характер ва бадиий талқин. – Т.: Фан, 2007. – 118 бет.


589RUHIYAT TASVIRIDA PEYZAJNING O‘RNIKarimboyeva Charos Ikrom qizi,O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Qoraqalpoq davlat universitetiAnnotatsiyaShe’riyatda psixologik-ruhiy tasvirning o‘rni benihoya kattadir. Psixologik-ruhiy tasvir tushunchasi ostida lirik qahramonning ruhiy olami, ichki dunyosi, orzu-o‘ylari, lirik kechinmalari, kayfiyatlari va intilishlarini yuksak badiiylik asosida tasvirlash san’ati yotadi. Ushbu maqolada Sirojiddin Sayyid she’riyatida psixologik-ruhiy tasvirning peyzaj tasviri bilan uyg‘unlashuvi Vatan mavzusidagi she’rlari orqali tahlil qilinadi.Kalit so‘zlar: Peyzaj, ruhiyat, ijod, badiiyat, umr, lirik qahramon, ichki kechinma, tafakkur.AbstractThe role of psychological and spiritual imagery in poetry is very large. The concept of psychological and spiritual imagery includes the art of depicting the spiritual world, inner world, dreams and thoughts, lyrical experiences, moods and aspirationsof a lyrical hero on the basis of high artistry. This article analyzes the combination of psychological and spiritual imagery with landscape imagery in the poetry of Sirojiddin Sayyid through his poems on the theme of the Motherland.Key words: Landscape, spirituality, creativity, artistry, life, lyrical hero, inner experience, thought.O‘zbek zamonaviy she’riyatida peyzaj obrazlari shoirning estetik qarashlari, ruhiy kechinmalari va falsafiy dunyoqarashini ifodalovchi muhim badiiy vositalardan biridir. Peyzaj haqida Izzat Sulton: “Badiiy asardagi tabiat tasviri peyzaj (manzara) deb ataladi. Tabiat tasviri syujetning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, asarning g‘oyaviy-estetik quvvatini oshiradi” [Sulton, 2005:116] degan bo‘lsa, N.Umirzaqova “Badiiy asarda tabiat tasviri ijodkorning g‘oyaviy-estetik maqsadini, poetik mazmunni ifodalashda qanchalik ahamiyatga ega bo‘lsa, ruhiy olam qirralarini ochishda ham shunchalik ahamiyatga egadir” [Умирзақова, 2005:55] deb yozadi. Inson tabiatning bir bo‘lagi bo‘lganligi uchun ham tabiatdagi o‘zgarishlar va tebranishlarni ichki hissiyot va ruhiyatida tasvirlaydi. Shoir ko‘pincha inson ruhidagi iztirob, sog‘inch, umid va iymonni tabiat hodisalari orqali ifodalaydi. Masalan, kuz manzaralari: hayotning foniyligi, vaqtning o‘tkinchiligi timsoli sifatida, bahor esa yangilanish, umid va poklanish ramzi sifatida talqin qilinadi. Tog‘lar sobitlik va bardoshlilikni, yo‘llar hayot sinovlari, shamol va yomg‘ir esa inson qalbidagi ichki kurashlarni anglatadi. Bu jihatdan Sirojiddin Sayyid she’riyati alohida e’tiborga loyiqdir. Shoir tabiat manzaralarini shunchaki tasvirlash bilangina cheklanmay, ularni inson qalbi, zamon ruhi va hayot falsafasi bilan uzviy bog‘liq holda talqin etadi. Uning she’rlarida peyzaj tirik, his qiluvchi, inson bilan suhbatlashuvchi badiiy makonga aylanadi. “Tabiatning har bir holati – o‘tkinchi. Ammo lahzalik o‘tkinchi holatni abadiyatga muhrlash chinakam ijodkorgagina berilgan imkoniyat. Ba’zan bunday o‘tkinchi holatlar ta’sirchan tasavvurlarda o‘chmas izlar qoldiradi” [Sayyid, 2021:29]. Shoir buni juda chiroyli ifodalagan. Rayhonlar bargidan siyoh oldim men, Har xasdan ruhga bir giyoh oldim men. Yurtning turna ko‘zli buloqlaridan Ko‘ngilga ko‘z oldim, nigoh oldim men.Yuqoridagi she’rda shoir tabiat tasvirini chizar ekan, lirik qahramon qalbida uyg‘otgan histuyg‘ular orqali vatanga bo‘lgan sevgisining o‘ziga xos, takrorlanmas qiyofasini yarata olgan. Shoir birinchi misrada ijod manbaini tabiat bilan bog‘laydi. Rayhon poklik, xushbo‘ylik va milliy ruh ramzi. “Siyoh oldim” deyish orqali shoir o‘z so‘zini, she’rini tabiatning o‘zidan, uning pok manbalaridan olganini ta’kidlaydi. Bu esa ijodning sun’iy emas, tabiiy va samimiy ekanini bildiradi. Ikkinchi misrada hayotning eng mayda unsuri – xas ham ruhni boyituvchi kuchga ega ekani ko‘rsatiladi.


590Shoir uchun har bir oddiy holat, har bir mayda detal ma’naviy oziq bo‘la oladi. Bu falsafiy qarash hayotni teran idrok etishni ifodalaydi. Navbatdagi misrada shoir “Turna ko‘zli buloqlar” deya juda kuchli poetik tashbehdan foydalangan. Turna – sog‘inch, vatan, sadoqat ramzi. Buloq esa hayot, poklik va davomiylik timsoli. Shoir yurtning buloqlarini tirik, ko‘zli mavjudotga qiyoslab, Vatanga jon baxsh etadi. So‘nggi satrda esa shoir moddiy emas, ma’naviy boylik olganini aytadi. “Ko‘z” va “nigoh” – idrok, anglash, tafakkur ramzlari. Shoir yurtidan nafaqat suv, balki ko‘rish, his qilish, anglash qobiliyatini olganligining guvohi bo‘lamiz. Bundan tashqari biz tabiat va Vatan bilan ruhiy uyg‘unlikni, ijodning asl manbai yurt va hayotning o‘zi ekanini, mayda detallar orqali katta falsafiy mazmun berish mahoratini namoyon etadi. She’r lirika bilan falsafaning uyg‘unlashgan namunasi bo‘lib, milliy ruh, tabiatga mehr va ijodiy poklik g‘oyalarini ifodalaydi. Muhimi, tabiat tasviridan sodda, samimiy tarzda foydalanib, lirik qahramonning go‘zallikka tashna, oshufta qalbini, ruhiy dunyosini ochib bera olgan.Denov bozorida bir gul ko‘rindi, Gulmi yo qirmizi ko‘ngil ko‘rindi.Shuncha yil ilk bora Surxonga yo‘lim,Yoronlar, buncha ham mushkul ko‘rindi.Ushbu satrlarda ham tabiat va ruhiyatning o‘zaro uyg‘unligi alohida shakllarda namoyon bo‘layotganligini kuzatish mumkin. Dastlabki ikki misrada tabiat manzarasi tasviri, so‘nggi ikki misrada shunga mos ruhiyat tasviri ifodalangan. She’r aniq makon – Denov bozori bilan boshlanadi. Bu realizm va hayotiylikni kuchaytiradi. “Gul” obrazi odatda go‘zallik, poklik va hayrat ramzi bo‘lib, shoirning nigohini tortgan alohida hodisani bildiradi. Keyingi satrda shoir ko‘rgan go‘zallikni oddiy gulga emas, “qirmizi ko‘ngil”ga qiyoslaydi. “Qirmizi” – ehtiros, jo‘shqinlik, hayotiylik timsoli. Bu yerda tashqi manzara ichki kechinma bilan qo‘shilib ketadi. “Shuncha yil ilk bora Surxonga yo‘lim” deya lirik qahramonning kechikkan safari anglashtiriladi. “Ilk bora” iborasi hayrat va yangilik tuyg‘usini kuchaytiradi. Surxon shoir tug‘ilib o‘sgan maskan, sog‘inchini ifodalash sifatida poetik fon vazifasini bajaradi. “Yoronlar, buncha ham mushkul ko‘rindi” satrida xitob san’ati qo‘llanib, shoir ichki hayajonini oshkora ifodalaydi. “Mushkul ko‘rindi” iborasi yo‘lning qiyinligi bilan birga, bu yurtning ta’siri, teranligi va kuchli taassurot qoldirganini ham anglatadi. Bu she’rda real makon va lirik his uyg‘unlashgan, go‘zallik tashqi manzaradan ichki kechinmaga ko‘chirilgan, Surxon vohasiga tashrifning hayrat va ruhiy larzasi poetik ifodalangan.Dasht-u qirlardagi lolalar – Vatan, Beshiklarda yotgan bolalar – Vatan, Kechalari tog‘-u toshlarda Sokingina yonayotgan gulxanlar – Vatan.Mazkur to‘rtlikdagi “Beshiklarda yotgan bolalar – Vatan” misrasi ruhiy olamning muayyan qirrasini ifoda etib kelayotgan bo‘lsa, qolgan misralar shu ruhiyatni vujudga keltirishga xizmat qiluvchi tabiat tasviri manzaralarini yaratadi. Bu misralar Vatan tushunchasining keng va teran talqinini beradi. Shoir Vatanni balandparvoz shiorlar bilan emas, balki oddiy, ammo muqaddas manzaralar orqali ifodalaydi. “Dasht-u qirlardagi lolalar – Vatan” – bu obraz orqali Vatan tabiat bilan uyg‘unlikda ko‘rsatiladi. Lola – go‘zallik, poklik va bahorning ramzi. Dasht va qirlar esa kenglik, erkinlik timsoli. Demak, Vatan – inson ko‘zi quvnaydigan, qalbini yayratadigan ona tabiatdir. Ikkinchi qatorda esa shoir Vatanni hudud emas, balki kelajak avlod, hayotning uzluksizligi sifatida talqin qiladi. “Kechalari tog‘-u toshlarda / Sokingina yonayotgan gulxanlar – Vatan” gulxan – iliqlik, himoya, uyg‘oqlik timsoli. Tunda sokin yonishi esa Vatanning tinchligi, osoyishtaligi, xalqning bedorligi va sabrini bildiradi. Vatan – yer, bola va olov obrazlari orqali tirik, nafas olayotgan muqaddas borliq sifatida tasvirlanadi. Bu esa kishi tanini junjiktiruvchi tabiat manzarasi hech qanday zo‘riqishlarsiz, sokinlik bilan ruhiyatni ifodalashga xizmat qildirilgan. Shoir Vatanni sevishni baland


591so‘zlarda emas, balki uni tashkil etgan har bir mayda, ammo qadrli unsurni sevish orqali anglatadi. Bu talqin samimiyligi bilan o‘quvchi qalbiga yaqin turadi.Bu dasht-u dalalar,Bog‘lar ham mendan,Bu tuproq – bug‘doybo‘y,Handalak bo‘yim.Sening ko‘ksingdagiDog‘lar ham mendan,Bu – sening uyingdir,Bu – mening uyim.Nihoyatda sodda, tabiiy va erkin ifoda. Misralardagi so‘zlar go‘yo musiqiy ohang singari tilimizga quyilib keladi. Bu parchada lirik qahramon bilan Vatan o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy birikish juda chuqur ifodalangan. She’r tashqi tasvirdan ko‘ra ichki kechinmaga tayangan holda qurilgan. “Bu dasht-u dalalar, / Bog‘lar ham mendan” – lirik qahramon o‘zini Vatandan ajratmaydi. “mendan” so‘zi ruhiy birlashuvni bildiradi: u Vatanning egasi emas, balki uning bir bo‘lagi. Bu yerda “men” individual shaxs emas, balki xalqning, avlodlarning davomiy ruhi sifatida talqin qilinadi. “Bu tuproq – bug‘doybo‘y, / Handalak bo‘yim”. Hid obrazlari ruhiy yaqinlikni kuchaytiradi. Bug‘doy va handalak – mehnat, rizq, bolalik xotiralari ramzi. Lirik qahramon Vatanni hid orqali his qiladi, bu esa uning onaga bo‘lgan tabiiy, instinktiv mehrini eslatadi. Ruhiy jihatdan sog‘inch va shukronaning uyg‘unligi. “Sening ko‘ksingdagi / Dog‘lar ham mendan” – juda kuchli ruhiy nuqta. Shoir Vatanning jarohatlari, iztiroblari, tarixiy og‘riqlaridan o‘zini chetga olmaydi. Bu – mas’uliyat va vijdon ifodasi. Lirik qahramon Vatanni faqat go‘zalligi bilan emas, balki azobi bilan ham qabul qiladi. “Bu – sening uyingdir, / Bu – mening uyim”. Yakuniy misralarda ruhiy tenglik paydo bo‘ladi. “Sen” va “men” qarama-qarshi emas, balki bir makonning ikki ifodasi. Uy moddiy maskan emas, balki ruhiy panoh, o‘zlikni anglash manzili. She’rda lirik qahramon Vatanni sevuvchi tomoshabin emas, balki uning taqdiriga daxldor inson sifatida namoyon bo‘ladi. Bu muhabbat sokin, da’vosiz, lekin nihoyatda chuqur. Vatan – xotira, mas’uliyat, hid, og‘riq va boshpana. Shu jihatdan she’r o‘quvchini ham “men Vatanning qaysi qismiman?” degan ruhiy savolga olib keladi.Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, Sirojiddin Sayyid ijodini, undagi poetik obraz, xususan, Vatan obrazining tasvirini: tabiat lavhasining muayyan manzarasi, surati chizilib, shunga mos ravishda ruhiy olam qirralari orqali tasvirlangan. Shoir tabiat lavhalari tasviri orqali lirik qahramonning o‘ziga xos ruhiy olamini, hassos qalbini yorqin ifodalashga erishadi. Shoir bir paytning o‘zida tabiat manzarasining ham umumiy, ham muayyan bir qancha nuqtalarini birdek tasvirlashga erishadi. Ayni chog‘da Vatanga bo‘lgan muhabbatini tabiatning yaxlit, umumiy ko‘rinishi bilan birga hosil qiladi. Eng muhimi, lirik qahramonning o‘sha ondagi ruhiy kechinmasi bilan uyg‘un tarzda o‘ziga xos bo‘lgan his-tuyg‘ular ifodasini namoyon qiladi.Foydalanilgan adabiyotlar1. Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. – T.: O‘qituvchi, 2005. – 272 bet.2. Sayyid S. Dil fasli. – T.: 2021. – 256 bet.3. Умирзақова Н. Усмон Носир шеъриятида руҳият тасвири: Филол. Фанлари номзоди... дисс. – Т., 2005. 4. Йўлдош Қ. Очқичсўз. – Т.: Тафаккур нашриёти, 2019. – 688 бет.


592ZAMONAVIY QORAQALPOQ SHE’RIYATIDA EKOLOGIK TAFAKKUR VA BADIIY IFODAZamira Kabulova,filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent,Qoraqalpoq davlat universitetiO‘zbek tili va adabiyoti kafedrasiAnnotatsiyaMazkur maqolada adabiyotda ekologik madaniyat tushunchasi eko-tanqid nazariyasi asosida yoritiladi. XX asrning ikkinchi yarmida shakllangan adabiyot ekologiyasi konsepsiyasining nazariy asoslari tahlil qilinib, Joseph Meeker qarashlariga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, zamonaviy qoraqalpoq adabiyotida ekologik muammolarning badiiy talqini X. Davletnazarovning “Daraxtlar” she’ri misolida o‘rganiladi. Asarda daraxt obrazi orqali tabiat va inson munosabatlari, ekologik mas’uliyat, axloqiy qadriyatlar hamda insonning tabiat oldidagi burchi ochib beriladi. Tadqiqot natijasida badiiy matn ekologik madaniyatni shakllantirishda muhim vosita ekanligi ilmiy jihatdan asoslanadi.Kalit so‘zlar: eko-tanqid, ekologik madaniyat, adabiyot ekologiyasi, tabiat obrazi, daraxt ramzi, qoraqalpoq she’riyati, ekologik mas’uliyat, inson va tabiat munosabati.AbstractThis article examines the concept of ecological culture in literature from the perspective of ecocriticism. The theoretical foundations of literary ecology, which emerged in the second half of the twentieth century, are analyzed with particular attention to the ideas of Joseph Meeker. In addition, the artistic interpretation of ecological issues in modern Karakalpak literature isexplored through the example of X. Davletnazarov’s poem “Trees”. The image of the tree is interpreted as a symbolic representation of the relationship between humanity and nature, ecological responsibility, moral values, and the ethical duty of humans towardthe natural environment. The study demonstrates that literary texts play a significant role in fostering ecological awareness and ecological culture.Keywords: ecocriticism, ecological culture, literary ecology, image of nature, symbol of the tree, Karakalpak poetry, ecological responsibility, human–nature relationship.1970-yillarda ekologik harakatlar keng quloch yoyishi bilan birga, ilm-fanning adabiyotga bo‘lgan qiziqishi ham yangich ko‘rinish kasb etdi va asosan mavzusi tabiat hamda atrof-muhit bo‘lgan adabiy asarlarga qaratildi. Bu jarayon adabiyotda tabiatni, tabiiy unsurlarni, jismoniy muhitni hamda insondan tashqari mavjud hayot shakllarini kuzatish va tahlil qilishni maqsad qilgan eko-tanqid deb nomlangan yangi ilmiy yo‘nalishning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.“Adabiyotda ekologiya” tushunchasiga ilk bor Josef Meeker 1972-yilda chop etilgan “The Comedy of Survival” asarida izoh bergan. Meeker insonni Yer yuzidagi yagona adabiy mavjudot sifatida talqin qilib, agar adabiy ijod insonning eng muhim xususiyati bo‘lsa, unda inson xulqatvori va uning tabiiy muhitga ta’siri ham sinchkovlik bilan tahlil qilinishi lozim, deb hisoblaydi. U adabiyotni inson evolyutsiyasining mahsuli sifatida baholab, til singari adabiyotni ham insonning boshqa tirik mavjudotlar bilan bo‘lishadigan instinktiv ehtiyojlaridan biri (masalan, qushlarning sayrashi orqali muloqot qilishi) bilan bog‘laydi. Adabiyot ekologik madaniyat matn va olam murakkab axborot birligini hosil qiladi. Olam adabiyotning ijodiy kategoriyalarini shakllantirsa, adabiyot esa insonning yashash tarzi va insondan tashqari tabiat bilan bo‘lgan munosabatlarini belgilaydi, hatto yo‘naltiradi. Madaniy ekologiyaning bir shakli sifatida adabiyot til va tasavvur vositasida insoniyatning tabiat haqidagi tasavvurlarini tanqidiy qayta ko‘rib chiqishi va ularni o‘zgartirishi mumkin; nazariy darajada yetarlicha o‘rganilmagan axloqiy masalalarni aniq va obrazli tarzda yoritishga imkon yaratadi.Eko-tanqidning XVIII–XIX asrlardagi dastlabki bosqichida badiiy va nobadiiy tabiat


593yozuvlariga e’tibor qaratilgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda inson va insondan tashqari tabiat o‘rtasidagi chegaralarni yo‘qotishga intilish kuchaydi va bu jarayon 2000-yillarda yanada rivojlandi. Ushbu yo‘nalish doirasida tabiat va atrof-muhit mavzusidagi adabiy asarlar odatda “eko-fantastika”, “tabiat markazli adabiyot”, “atrof-muhit markazli adabiyot”, “ekologik badiiy asar”, “yashil adabiyot” kabi atamalar bilan ifodalanadi. Garchi bu mavzuga ilm-fanning qiziqishi nisbatan yangi bo‘lsada, uning ildizlari adabiyotning miflar, marosimlar, og‘zaki hikoyalar, afsonalar va ertaklar orqali shakllangan ilk manbalariga borib taqaladi. Bugungi kunda zamonaviy qoraqalpoq adabiyotida ham tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga chaqiruvchi she’rlar katta o‘rin egallaydi. X. Davletnazarovning “Daraxtlar” she’ri ulardan biridir.“Daraxatlar” she’rida tabiat, xususan, daraxt obrazi inson hayoti va jamiyat bilan uzviy bog‘liq holda tasvirlanib, ekologik muammolarga bevosita va bilvosita ishoralar beriladi. Shoir tabiatni faqat estetik obyekt sifatida emas, balki ma’naviy-axloqiy qadriyat darajasiga ko‘taradi.Daraqlarda uzaq jasawdı qáler,Búrtik jarar nurlı kúnlerdi oylapQálbi pasıllarǵa boladı mákan,Miywa baylaw toyın ótedi toylap.Aǵashlar awırı qorqadı órtten,Jansa orınında tek qalmay ma kómir?Jasar jasın jasap jıǵılsa hesh gáp,Jas náwshedey bolıp sınbasın ómir.She’rda daraxtlarning “qalbi”, “qo‘rquvi”, “umidi” borligi badiiy ifodalanadi. Bu usul ekologik madaniyatning muhim unsuri bo‘lgan tabiatni tirik tizim sifatida anglash g‘oyasini kuchaytiradi. Daraxtning o‘sishi, meva berishi, avlod qoldirishi ekologik muvozanat va hayot davomiyligining ramzi sifatida talqin etiladi.İńırsır bawırın izeyge berip,Shaqaları quwrap hásiret sheger.Ózleri de keter aldamshı úmit,Tamırına balta urılsa eger.Náller de asıǵıp, óskisi keler,Tez kózge kórinip, túsiwge tilge.Baǵlardıń ómiri etedi dawam,Japıraq jamılar, búrkenip gúlge.Olar da Ana dep ulıǵlar jerdi,Boy dúzep, bel buwıp, sıbansar bilek.Táshwishsiz uyıqlasa, oyansa tınısh,Quyashqa qol jayıp tileser tilek.Asarda daraxtlarning olovdan qo‘rqishi, ildiziga bolta urilishi tasvirlari orqali inson faoliyatining tabiatga tajovuzkor munosabatini ochib beradi. Bu tasvirlar ekologik beparvolik va mas’uliyatsizlikning oqibatlariga ishora qiladi. Shoir daraxtning kesilishi bilan nafaqat jismoniy yo‘qotish, balki ma’naviy fojia yuz berishini ta’kidlaydi. Shoir daraxt va inson o‘rtasidagi munosabatni qiyoslash orqali ekologik muammoni ijtimoiyaxloqiy muammo darajasiga olib chiqadi. Daraxtlarning ona yerga sadoqati, quyoshga yuzlanib tilak tilashi insonning Vatan va tabiat oldidagi burchini eslatadi. Insonlarning esa bir-biriga befarqligi, tabiat ko‘z yoshini ko‘ra olmasligi ekologik madaniyatning yetarli darajada shakllanmaganidan dalolat beradi.Qádimgidey aǵash bolǵanı menen,Qay waq qulaǵansha iymeydi basın.


594Bir-birine miyrim etpegen insan,Kórer me bulardıń kóziniń jasın?Daraqlarda bolsa usınday tuyǵı,Tuwǵan jerin súyiw hám bekkem tózim.Sonda adamlarda ne jaǵday, halatQay tárizde jasap, ańlaydı ózin?She’rning yakuniy qismida ekologik xulosa falsafiy savol shaklida beriladi. Agar daraxtlarda vatanparvarlik, sabr va matonat kabi tuyg‘ular mavjud bo‘lsa, inson bu borada qanday maqomda turadi, degan savol o‘rtaga tashlanadi. Bu savol o‘quvchini ekologik va axloqiy o‘zini o‘zi anglashga undaydi.Umuman, “Daraxatlar” she’ri ekologik madaniyatni shakllantirishga xizmat qiluvchi badiiy matn sifatida muhim ahamiyatga ega. Asarda tabiatga munosabat axloqiy mezon darajasiga ko‘tarilib, ekologik mas’uliyat insoniylik bilan tenglashtiriladi. Shoir daraxt obrazi orqali insoniyatni tabiat bilan uyg‘un yashashga, ekologik muvozanatni asrashga va ona zaminni qadrlashga chorlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar1. Yo‘ldashev N Cho‘lpon she’riyatida peyzaj; Filol.fan.nomz….diss. -T., 1994.2. Nabiyev F “Peyzaj va ma’naviy san’atlar // Adabiy meros, 1977.3. Kayumov X. Художественное изображение природы и человека в узбекской детской литературе. – Т.:1983.4. Салаев Ф. Ёзувчи ва табиатни мухофаза қилиш. Т.: Ўзбекистон, 1988.5. Raximjonov N. Asqad Muxtor she’riyatida tun ramzlari // O‘zbek tili va adabiyoti. – 1998. 6. Farmonova M. Tabiat va she’riyat. – T.: G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1999.


595ZAMONAVIY SHE’RIYATDA XALQONA OHANGLARAkmuratova Biybisanem Arislanbay qizi,Qoraqalpoq davlat universitetiO‘zbek tili va adabiyoti kafedrasie-mail: [email protected] maqolada zamonaviy adabiyotda folklorizmning ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Iqbol Mirzo ijodidagi xalq ohanglariga uyg‘un ritmda yaratilgan she’rlar tahlil qilinadi hamda ular misolida folklorga xos ohangning shoir she’riyatiga ta’siri masalasida mulohazalar bayon qilinadi.Kalit so‘zlar: tilla uzuk, nozik, qosh, qaldirg‘och, folklor, moddiy, hokimiyat.AbstractThis article discusses the importance of folklore in contemporary literature. Poems created in rhythm harmonious with folk melodies in the work of Iqbal Mirzo are analyzed, and on their example, the influence of the melody characteristic of folklore on the poet’s poetry is discussed.Key words: gold ring, thin, eyebrow, swallow, folklore, material, power.Xalq og‘zaki ijodi asrlar davomida millatning ma’naviy tafakkuri, hayotiy tajribasi va falsafiy qarashlarini o‘zida mujassamlashtirib kelgan. Uning muhim janrlaridan biri bo‘lgan maqollar ixchamligi, mazmunan teranligi va didaktik xarakteri bilan ajralib turadi. Zamonaviy she’riyatda esa maqollar an’anaviy shaklda emas, balki yangicha badiiy-estetik talqin asosida qo‘llanilib, poeziyaning obrazlar tizimi va mazmuniy qatlamini boyitmoqda. An’anaviy adabiyotda maqollar ko‘proq tayyor hikmat, xulosa yoki axloqiy mezon sifatida ishlatilgan. Zamonaviy she’riyatda esa bu holat o‘zgarib, maqol tayyor xulosa beruvchi vosita emas, balki badiiy obraz, ramz va poetik detal vazifasini bajaradi. Shoirlar maqollardan foydalanish orqali xalqona tafakkur bilan shaxsiy ijodiy qarashlarni uyg‘unlashtiradilar. O‘zbek zamonaviy she’riyatining yetuk vakillaridan biri Iqbol Mirzo ijodida ham maqollar an’anaviy didaktik shakldan chiqib, chuqur badiiy-estetik talqin asosida qo‘llaniladi. Iqbol Mirzoning sheʼrlari zamonaviy oʻzbek sheʼriyatining oʻziga xos xususiyatlarini va rivojlanish tamoyillarini aks ettiradi. Iqbol Mirzo oʻz davrining ijtimoiy-siyosiy voqeliklari tufayli yuzaga kelgan lirik mavzuning kechinmalarini samarali ifodalash uchun folklorizmlardan mohirona foydalangan. Ijodining muhim jihatlaridan biri uning xalqona ruhga yaqinligidir. Shoir she’rlarida oddiy xalq tili, kundalik hayot manzaralari, milliy tafakkur unsurlari yetakchi o‘rin tutadi. Shu sababli maqollar uning poeziyasida sun’iy bezak sifatida emas, balki tabiiy badiiy vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Shoirning “Tilla uzuk” [Mirzo, 2007:16] she’-rini misol qilib aytadigan bo‘lsak:Ey qaldirg‘och qoshligim,Kel, ahdimiz bir bo‘lsin.Uchta odam bilgan gapQanday qilib sir bo‘lsin?Bu to‘rtlik xalqona she’riy satr bo‘lib, muhabbat, sadoqat, sir saqlash mazmunini o‘zida aks ettirgan. “Ey qaldirg‘och qoshli”, kel, va’damiz, niyatimiz bitta bo‘lsin, ya’ni bir-birimizga sodiq bo‘laylik. Ikkovimiz bir fikrda bo‘laylik, bir-birimizga va’damiz mustahkam bo‘lsin. Bizning gapimiz, his-tuyg‘ularimiz faqat o‘zimizga tegishli bo‘lsin. Chunki bir sirni uch kishi bilsa, u endi sir bo‘lib qolmaydi. Bu satrlarda yaqinlik, ishonch va maxfiylik g‘oyasi mujassam. Tilla uzukka tillaKo‘z bo‘lmaydi hech qachon.Qiz bolaga qiz bola


596Do‘st bo‘lmaydi hech qachon.Bu satrlar maqol/ibora tarzida aytiladi va unda qiyosiy, kinoyali ma’no bor.“Tilla uzukka tilla ko‘z bo‘lmaydi hech qachon” Qanchalik qimmatli, chiroyli narsa bo‘lmasin, unga har doim mos va mukammal juft topilavermaydi. Insoning ko‘zini tilla uzukning ko‘zi bola olmasligi haqida ma’no ko‘chish xususiyati ham ifodalangan. Ya’ni hamma yaxshi narsalar ham bir-biriga to‘liq mos kelavermaydi. “Qiz bolaga qiz bola do‘st bo‘lmaydi hech qachon” misrasida esa aytilmoqchi bo‘lgan fikr qizlar o‘rtasida ko‘pincha rashk, hasad yoki raqobat bo‘lishi mumkin, shuning uchun chin, beg‘araz do‘stlik kam uchraydi degan xalqona qarash ifodalangan, bu gap hayotiy kuzatuvga asoslangan. Folklorda uzuk sevgi, nikoh kabi badiiy talqinlarda keladi. Folklor ertaklari va dostonlarida uzuk motivi epik qahramon haqidagi ma’lumotni epik qahramonga yetkazishga xizmat qiladi, shu bilan birga epik qahramonga taqdirlangan qiz haqida bashorat beradi. Shoir o‘zining sevgi tuyg‘ularini ifodalash uchun xuddi shu motivdan foydalanadi. Bordir saroy qurganlar,Bordir davron surganlar.Bormi bizdek bir tushniBirgalashib ko‘rganlar?Bu satrlar ramziy ma’noga ega. She’rda moddiy boylik va hokimiyat emas, balki ruhiy yaqinlik, birga orzu qilish, birga yashash va tushunish eng katta boylik ekanligi aytilmoqda. Shoir “birgalikdagi tush”ni saroylar va davronlardan ustun qo‘yayapti. Ya’ni bizdek bir xil orzu, bir xil tushni birga ko‘rgan, bir-birini chin dildan tushungan va bir maqsadga birga intilganlar bormi? Bu satrda savol orqali fikr kuchaytirilyapti. Ushbu satrlarda insoniy munosabatlarning qadrini ulug‘laydi. Shoir o‘quvchiga shuni anglatadiki, eng buyuk boylik – bu birga ko‘rilgan tush, birga kechgan hayot.Bitta qizga bir yigitTilla uzuk taqibdi.Bitta dushman yigitga,Qizga qirqta raqibdir.Bu misralar ham ramziy va ijtimoiy mazmunga ega. Bir yigit bitta qizni sevib, unga sadoqat va nikoh ramzi bo‘lgan tilla uzuk taqdi. Bu – sof muhabbat va va’daning ifodasi. Endi yigitning dushmani bittaga ko‘paygan bo‘lsa, qizning raqiblari qirqtaga oshdi. Ya’ni, qizlarning tabiati, fe’liga nozik ishora yashirilmoqda bu satrlarda. To‘rtlik muhabbatning nafaqat go‘zal, balki sinovlarga boy ekanini ko‘rsatadi. Shoir sevgi yo‘lida sadoqat, sabr va qat’iyat zarurligini ta’kidlaydi. Xalqda shunday chiroyli maqol bor: “Mard yigitga sevgi sinov”. Sevgi mard yigit uchun shunchaki his-tuyg‘u emas, balki iroda, sabr va mas’uliyatni tekshiradigan sinovdir. Adabiy ma’noda sevgi qahramonlik maydoni sifatida talqin etiladi. Mard yigit sevgi orqali o‘zining ichki kuchi, sabri va erkaklik fazilatlarini namoyon qiladi. Agar u bu sinovdan o‘tsa, muhabbat uni ulug‘laydi, agar o‘ta olmasa, u faqat oddiy tuyg‘u darajasida qoladi. Xulosa qilib aytganda, istiqlol davri ijodkorlari tomonidan yaratilayotgan she’riy namunalar o‘zining mazmun jihatdan salmoqdorligi, yuksak badiiyati va ko‘ngil kechinmalarini nozik ifodalashi bilan o‘ziga xoslik kasb etadi. Ana shunday yorqin ijod namunalari taniqli shoirimiz – Iqbol Mirzo ijodidan keng o‘rin olganligi alohida ahamiyatga ega. Shoir o‘z ijodida nafaqat ishq-muhabbatni tarannum etadi, balki insonga xos bo‘lgan ezgu fazilatlar va qusurlarni, bir vaqtning o‘zida inson qalbida yuz berayotgan turfa tuyg‘ular silsilasini, shaxs ruhiyatining murakkab holatlarini ham teran aks ettiradi. Foydalanilgan adabiyotlar1. Sharipova L. XX asrning 70-80- yillari o‘zbek she’riyatida folklorizm. – T.: 2011.2. Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. – Toshkent.: O‘zbekiston, 2002.3. Iqbol Mirzo. Sizni kuylayman. – T.: “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2007.


597SIROJIDDIN SAYYID IJODINING BADIIY-ESTETIK TALQINIDilnoza Karimova,mustaqil tadqiqotchiAnnotatsiyaMaqolada Sirojiddin Sayyid she’riyatida peyzaj lirikasining badiiy-estetik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tabiat manzaralari va hodisalari lirik qahramon ruhiyati, inson hayoti va jamiyat bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, estetik dekorativ funksiyadan tashqari chuqur ramziy va falsafiy ma’no ham kasb etadi. Shoir tabiat unsurlarini ichki kechinmalar, hissiyot va poetik tafakkur vositasi sifatida ishlatadi, bu esa peyzaj lirikasining nafaqat tasviriy, balki g‘oya va ma’nodor qatlam ekanligini ko‘rsatadi.Kalit so‘zlar: peyzaj lirikas, Sirojiddin Sayyid, tabiat tasviri, lirik qahramon, badiiy-estetik talqin, ramziy ma’no.AbstractThis article analyzes the artistic and aesthetic features of landscape lyrics in Sirojiddin Sayyid’s poetry. Natural scenery and phenomena are closely intertwined with the lyrical hero‘s inner world, human life, and society, carrying not only aesthetic but also profound symbolic and philosophical meanings. The poet employs elements of nature to convey inner experiences, emotions, and poetic reflection, demonstrating that landscape lyrics serve as both descriptive and meaningful layers in his work.Keywords: landscape lyrics, Sirojiddin Sayyid, depiction of nature, lyrical hero, artistic-aesthetic interpretation, symbolic meaning.Peyzaj lirikasida tabiat manzaralari faqat tasviriy fon vazifasini bajarmaydi, balki o‘zining mazmuniy va semantik yuklamasi bilan she’riy g‘oyaning yetakchi komponentiga aylanadi. Tabiat hodisalari orqali inson shaxsiyati, uning ruhiy holati va jamiyatdagi jarayonlarni badiiy-estetik talqin etish zamonaviy she’riyatning muhim poetik usullaridan biri sifatida qaraladi. Peyzaj lirikasida tabiat va inson o‘rtasidagi munosabatlar nafaqat tashqi aloqalar darajasida, balki ichki ruhiy kechinmalar, nozik psixologik holatlar orqali ham ifodalanadi. Shu bois tabiat tasviri lirik qahramonning ruhiy olamini ochib beruvchi estetik vosita sifatida namoyon bo‘ladi.Shoir jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-ma’naviy o‘zgarishlarni badiiy talqin etishda tabiat obrazlariga murojaat etar ekan, u orqali nafaqat tashqi voqelikni, balki o‘zining ichki ma’naviy dunyosini ham ifodalaydi. Tabiat obrazlari shoir tafakkurida ramziy ma’no kasb etib, individual kechinmalarni umumlashtirish imkonini beradi. Natijada peyzaj lirikasida tabiat inson ruhiyati bilan uzviy bog‘langan estetik tizim sifatida namoyon bo‘ladi.Tabiat manzaralarini badiiy tasvirlash an’anasi mumtoz o‘zbek adabiyotida ham keng rivojlangan. Buyuk shoirlar tabiatdagi uyg‘unlik va muvozanatni tasvirlash orqali inson qalbining ichki holatini, ishqiy va falsafiy kechinmalarni ifodalashda yuksak badiiy san’at namunalarini yaratganlar. Xususan, tabiat hodisalarini jonlantirish, ularni lirik qahramon bilan muloqotga kiritish usuli Alisher Navoiy ijodida muhim poetik vositalardan biri hisoblanadi.Alisher Navoiy g‘azallarida shamol obrazi alohida poetik va ramziy ma’noga ega. Shoir shamolni sabo, yel, nasim, dovul kabi turli nomlarda qo‘llab, har biriga muayyan semantik va emotsional yuklama beradi. Ushbu timsollar orqali shamol ko‘pincha lirik qahramonning dardkashi, ishq elchisi, ruhiy holatlarning tashuvchisi sifatida tasvirlanadi. Masalan,Ey sabo, sharh ayla avval dilsitonimdin xabar,So‘ngra degil ko‘ngul otlig‘ notavonimdin xabar,misralarida shamol oshiq qalbining tilmochi, ma’naviy vositachi vazifasini bajaradi. Bu esa mumtoz peyzaj lirikasida tabiat obrazlarining chuqur falsafiy va estetik mazmun kasb etganini yaqqol namoyon etadi.Shamol, ayniqsa, sabo, oshiqning yurakdagi kechinmalarini yetkazuvchi, yoridan xabar olib


598keluvchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Lirik qahramon saboga murojaat qilib, undan seviklisi haqida xabar olib kelishni so‘raydi. Ba’zida bu iltijolar nido shaklida ifodalanadi, bu esa oshiqning iztirobini yanada kuchaytiradi. G‘azallarda shoirning asosiy e’tibori o‘zining holatida emas, balki yorining ahvolida bo‘ladi. U, avvalo, ma’shuqasidan xabar olishni istaydi, so‘ngra zarurat bo‘lsa, o‘zining holi haqida gapirishni lozim deb biladi. Bu esa oshiq sadoqatining, fidoyiligining yorqin ifodasidir. Shamol esa bu yerdagi vositachi, ishonchli hamroh sifatida poetik vazifa bajaradi.Jahon adabiyotida peyzaj lirikasi tadqiqoti masalasi asosiy mavzulardan biri sanaladi. Tadqiqotchi olimlar bu borada ilmiy izlanishlar olib borgan. Jumladan, rus adabiyotshunosligida M.Epshteyn, Y.Soxpyakov tadqiqotlari shunday ishlar sirasidan. O‘zbek adabiyotida ham tabiat lirikasini ilmiy o‘rganish masalasida adabiyotshunos olimlarimiz samarali izlanishlar olib borgan. Masalan, O.Sharafiddinov, N.Karimov, B.Nazarov, I.Haqqul va boshqalarning ilmiy izlanishlarini faxr bilan tilga olish lozim. Zamonaviy adabiyotimizda, jumladan, she’riyatimizda tabiat lirikasi har jihatdan rivojlangan, o‘zining badiiy-estetik takomiliga erishgan. Shoirlarimiz tabiat unsurlarini tasvirlash orqali hayotiy voqea-hodisalarning tub mohiyatini, lirik qahramon qalb kechinmalarini ta’sirchan ochib berishga erishmoqda. Jumladan, bugungi o‘zbek she’riyatining taniqli vakillaridan biri shoir Sirojiddin Sayyid she’rlarida ham peyzaj lirikasining go‘zal namunalarini ko‘rishimiz mumkin Shoir tabiatning chin oshig‘i, uning hissiyotga boy qalbi tabiat manzaralari tasviri jarayonida yanada go‘zal aks etadi. U tabiatning eng nozik va go‘zal manzaralariga murojaat qiladi, ichki dardlarini ifodalashda ularni o‘z o‘rnida mohirona qo‘llaydi.Sirojiddin Sayyid o‘z she’rlarida qalbi tubidagi tug‘yonlarni, dardlarni va ichki kechinmalarni bahorga murojaat tarzida bayon qiladi. Bahor uning dardlarini mayus va sokin tinglaydi. Shoir “Ilinj” nomli she’rida nasim obrazini orqali tuyg‘ularini izhor qiladi. Shoir bu istaklarni she’rida chiroyli misralarda bayon etadi:Yurtim, menga zar kerakmas zarlaringdan, Kipriklarim o‘psalar bas gardlaringdan. Men bir nasim bo‘lib keldim, men bir nasim, Aytib o‘tsam deyman ko‘hna dardlaringdan? Shoirning tabiatga murojaatidan ayon bo‘layotirki, u hech kimga aytolmagan dardlarini bahor bilan bo‘lishmoqchi. She’rda u tabiatni o‘ziga do‘st bilgan va sirdoshi sifatida tasvirlagan. Do‘stiga dardini qanday aytib maslahat olsa, tabiatga ham aynan shunday munosabatda bo‘lgan. Ushbu she’rning keyingi misralarida shoir fikrlarini yanada aniqroq va yorqinroq ifodalagan. Quyidagi satrlar fikrimizning yorqin dalilidir:Almashdilar seni nom-u rutbalarga, Munglug‘ bo‘lib qolding botib shubhalarga. Hilollaring qaytar yana qubbalarga,Moziylarga so‘ylab-so‘ylab zorlaringdan.Sirojiddin Sayyid she’rlarida tabiatning nozik tasvirlari rangin bo‘yoqlar bilan ifodalangan. Shoirning bu tasvirlari she’riyatga oshufta qalblarni sohir his-tuyg‘ular bilan boyitadi.Sirojiddin Sayyid she’rlarida ma’nolar nozikligi, so‘zlarning o‘z o‘rnida qo‘llanishi hamda chiroyli tasvirlarni ko‘ramiz. Shoir chiroyli tasvirlar yordamida she’riyat ixlosmandlari ko‘ngliga yo‘l ochishga harakat qiladi, ularning istak-xohishlariga hamohang tarzda dardlarni tasvirlaydi. Xulosa qilib aytganda, Sirojiddin Sayyid ijodida tabiat tasviri tasodifiy yoki faqat estetik bezak va zifasini bajarmaydi, balki shoir poetik tafakkurining muhim tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘ladi. U tabiatni shunchaki manzara emas, balki inson hayoti, ruhiyati va ijtimoiy borliq bilan uzviy bog‘langan borliq sifatida talqin etadi. Shoir nigohidan tabiatning hech bir unsuri – xoh mayda detal, xoh keng ko‘lamli manzara bo‘lsin chetda qolmaydi; har bir obraz o‘ziga xos semantik va ramziy yuklama bilan she’riy matnga singdiriladi.


599Sirojiddin Sayyid tabiat hodisalarini kuzatishda sergaklik, ziyraklik va falsafiy mushohadaga tayanib, ularni inson hayoti bilan uyg‘unlikda tasvirlaydi. Natijada uning she’rlarida tabiat inson ruhiy holatlarining badiiy surati, ichki kechinmalar va axloqiy qadriyatlarni ifodalovchi poetik vosita darajasiga ko‘tariladi. Bu holat shoir ijodida peyzaj lirikasining nafaqat tasviriy, balki ma’no va g‘oya tashuvchi muhim badiiy qatlam ekanini ko‘rsatadi.Foydalanilgan adabiyotlar1. Пайзуллаева Р. Сирожиддин Саййид шеъриятида Навоийона оҳанглар // “Алишер Навоий ижодиймеросининг башарият маънавий-маърифий тараққиётидаги ўрни” мавзусидаги IV анъанавий халқаро илмийамалий конференция материаллари. – Навоий, 2021 йил 23-25 ноябрь. 2. Oripova G., Ibrohimova G. Sirojiddin Sayyid ijodida mumtoz mushtarakliklar // Inertational scientific journal of Biruni. Oct. 2022. 3. Abdulhamidova H., Saminjonova M. Mustaqillik davri she’riyatida milliy detallarning ifodalanishi // Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. 2022. November. 4. Payzullayeva R. Sirojiddin Sayyid ijodida xalq ogʻzaki ijodi an’analari // “Oʻzbek adabiyotining dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy anjuman. – Navoiy, 2023.5. Jabborov N. Men she’r aytsam, bu hayot yana sha’n hayot boʻlgay... // Oʻz AS, 2023. № 42.6. Жабборов Н. Шоирнинг буғдой сўзи // Халқ сўзи. 2024 йил. №143.


600O‘LJAS SULAYMONOVNING “ARG‘UMOQ” SHE’RIDA ERK TIMSOLLARIRustam Umrzoqov,filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsentFarg‘ona davlat univesitetie-mail: [email protected] maqolada qozoq shoiri O‘ljas Sulaymonovning “Arg‘umoq” she’ri badiiy-g‘oyaviy jihatdan tahlil qilinadi. She’rdagi turkiycha so‘zlar orqali erk timsollari yaratilgani ko‘rsatib beriladi. Kalit so‘zlar: qozoq adabiyoti, O‘ljas Sulaymonov, badiiy g‘oya, arg‘umoq, uyur, ang‘iz.AbstractThis article analyzes the poem “Argumoq” by the Kazakh poet Oljas Sulaymanov from an artistic and ideological perspective. It shows that symbols of freedom are created through the turkic words in the poem.Key words: kazakh literature, Oljas Sulaymanov, artistic idea, argumak, slang, angiz. Qozoq og‘zaki adabiyotining yozma adabiyotga aylanishi nisbatan kechroq sodir bo‘lgan. Abaydan boshlangan mazkur yozma adabiyotning safi ham uncha keng emas. Shunday bo‘lsada, XX asr zamonaviy qozoq adabiyotida Ch.Valixonov, S.Muqonov, М.Avezov, M.Shoxonov, O‘.Sulaymonovlar alohida o‘rin tutadi. Xususan, O‘.Sulaymonov ijodida isyonkorlik, yovqurlik, sahro odamlariga xos g‘urur va qat’iyat sezilib turadi. “Arg‘umoq” she’rida ham bu xususiyat ko‘zga tashlanadi. “Arg‘umoq” she’rini tahlil qilishda, eng avvalo, muallif–matn–tarjimon uchligiga e’tibor qaratish lozim. O‘.Sulaymonov shaxsiyatida qaysarlik, haqiqatni dangal aytish xislati yetakchi bo‘lgan. Bu esa, undagi ruh erkinligi bilan izohlanadi. Shoirga ruhan yaqin bo‘lgan, asli turkistonlik o‘zbek yozuvchisi O.Yoqubovning xotirlashicha, O‘.Sulaymonov Qozog‘iston hududidagi Semipalatinsk atrofidagi vodorod bombasi sinaladigan maxfiy poligon qurilishiga qarshi chiqqan. Uning hayoti va ijodida o‘z ona yurtini sevish uni asrash bilan hamohanglik kasb etgan, ya’ni Vatanni shunchaki sevish emas, uni asrab-avaylab sevish O‘.Sulaymonovning ijodiy shioriga aylangan. “Arg‘umoq” she’rida ham Vatanni asrash jasorati kuylanadi.She’r tarjimoni A.Suyun va O‘.Sulaymonov o‘rtasida hayotiy, ma’naviy-ruhiy yaqinlik bor. O‘zbek kitobxoni O‘.Sulaymonovni, aytish kerakki, A.Suyun orqali tanigan. A.Suyun ham Samarqandning qadimiy qipchoqlari avlodidan. Aynan ruhiy yaqinlik she’rning go‘zal tarjimasiga asos bo‘lgan. Chunki qardosh tillardan tarjimada so‘zdagi ekvivalentlik emas, ikki ijodkor ruhidagi yaqinlik yaxshi samara berishi isbotlangan. A.Suyunning “Oq va qora”, “Bahodirning qilichi” kabi she’rlarini o‘qigan o‘quvchi “Arg‘umoq” she’rida ham xuddi shunday tuyg‘ularni ko‘radi. O‘.Sulaymonov garchi rus tilida ijod qilsa ham, uning she’rlarida turkiy so‘z va ifodalar asosiy mazmunni berishga yo‘naltirilgan. Masalan, she’rning nomi. Otni ifodalovchi ko‘plab ma’nodosh so‘zlar mavjud, lekin ular ichida “arg‘umoq” ko‘proq badiiylikka ega. Arg‘umoq chopqir ot nomi bo‘lib, asosan axaltaka, takayovmut ot zotlariga nisbatan qo‘llangan. Demak, “arg‘umoq” so‘zini eshitib, ko‘z oldimizda qadimgi turkiylarning dostonlarida kuylangan, egasiga yo‘ldosh va xaloskor, murod ramzi bo‘lgan, yollarini shamol tarab turgan chopqir ot kishnab turadi. She’rning nomiyoq bizga tuyg‘u beradi, sarlavha bizga she’rning shiddatli kechishiga ishora beradi. She’r o‘sha shiddat, otlar dupuri bilan boshlanadi:Yilqisi bilan mashhur


601Qadim qipchoq yerida,Oqib boradi uyurKuygan o‘tlar selida.1-bandda yilqi uyuri Qipchoq yeriga oqib boradi. Chunki bu yer tulpori bilan mashhur, bu yerda tulporlar dupuri tinmagan, bu yerda qahramonlar hamisha tulpor ustida bo‘lgan. Lekin she’rda butun boshli uyur oqib boryapti (e’tibor qiling, chopib emas, oqib boryapti). 1-banddagi asosiy xulosa 4-misradadir. Real olib qaraganda, uyurlar yuruvchi yaylovlar, ang‘iz yerlarning o‘tlari jaziramada kuyib ketadi. Bu esa, uyurning halokati bo‘lishi mumkin. Badiiy ma’noda esa, yurtga o‘t ketgan. Uyur (xalq) shundan bezovta. Bu o‘tlar seli – sho‘rolar mafkurasi, ularning siyosati. Lirik qahramonning yuragi bunga ko‘nmaydi, uning tomirida qoni qaynaydi, uyur ichidan tulpor saylab mingisi, uni yeldirgisi keladi. 1-bandda uyur oqib borayotgandi, 2-bandda lirik qahramon uni yeldirib, o‘t-olovga qarshi chiqadi. Tomirimda qaynar qonTulporidan saylab ber.Yeldiray misli bo‘ron,Ostin-ustun bo‘lsin yer.Yellar alanga olsin Arg‘umoqning qonida.Qiyoq, alaflar qolsinTuyoqlar to‘zonida.1-banddagi uyur 2-bandda tulporga, 3-bandda arg‘umoqqa aylanadi. Otni bildiruvchi ma’nolar konkretlashgani sari (uyur-tulpor-arg‘umoq) she’rning g‘oyaviy maqsadi ham rivojlanaveradi. Arg‘umoqning qoni shu qadar qaynoqki, u chopib borayotganda, hatto yellar ham yonib ketadi. Arg‘umoq tuyoq ostidagi o‘tlarga parvo qilmaydi. Chunki, bu o‘tlar shunchaki qiyoq va alaf. “Alaf” do‘zax guli degani, qiyoq esa, tulporga yem bo‘lmaydigan o‘t. Shu yerda ijtimoiy umumlashma qilish mumkinki, shoirning qaynoq, erkka tashna yuragi mafkuraning siyosatiga – alafiga ko‘nmayapti. U siyosat ko‘rsatgan yo‘l – so‘qmoqlarga yurmay, jasorat ko‘rsatib yashashni afzal bilyapti. Demak, yilqi emas, uyur emas, arg‘umoq bo‘lib – ozod yurak bilan kurashib yashashga undash she’rning asosiy g‘oyasidir.Foydalanilgan adabiyotlar1. Саримсоқов Б. Бадиийлик асослари ва мезонлари. – Т.: 2004.2. Қуронов Д. Адабиёт назарияси асослари. – Т.: Навоий университети нашриёти, 2018.3. Сулаймонов Ў. Аз и Я. – Т.: Муҳаррир, 2022.


602LUQMON BO‘RIXONNING “OVCHI QISMATI” HIKOYASIDAGI OBRAZLAR BADIIYATINavruzgul Turdiyeva,Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlato‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktorantie-mail: [email protected] maqolada yozuvchi Luqmon Bo‘rixonning “Ovchi qismati” hikoyasi tarixiy-qiyosiy, germenevtik metodlardan foydalanib tahlil etilgan. Hikoyadagi obrazlar tizimi va yozuvchining estetik qarashlari o‘rganilgan. Ovchi obrazining xarakterxususiyatlari ochib berilgan.Kalit so‘zlar: obraz, portret, peyzaj, xarakter, hikoya, detal.AbstractThis article analyzes the story “The Fate of the Hunter” by the writer Luqmon Borikhon using historical-comparative and hermeneutic methods. The system of images in the story and the writer’s aesthetic views are studied. The character traits of the image of the hunter are revealed.Keywords: image, portrait, landscape, character, story, detail.Har bir yozuvchi o‘z asarlarida ma’lum kasb va soha vakillariga nisbatan ko‘nglida yaqinlik tuyadi va ularning turmushidagi qiyinchilik hamda zavqli kunlarini badiiy bo‘yoqlarda tasvirlashga urinadi. Folklor, mumtoz va zamonaviy adabiyot olamida ovchilar haqida turli mavzu va yo‘nalishda yozilgan ko‘plab epik asarlarni uchratish mumkin. A.Chexovning “Ovchi”, Sh.Xolmirzayevning “Omon ovchining o‘limi”, R.Bekniyozning “Ovchi hikoyalari” turkumiga kirgan hikoyalari shular jumlasiga kiradi. Luqmon Bo‘rixonning “Ovchi qismati” hikoyasi ham ovchilik hunarining mushkulligi, tabiat, inson va hayvonot olami uchligi o‘rtasida bo‘ladigan ziddiyat va ovchining ichki dunyosini tasvirlab bergan hikoyalardan biri hisoblanadi. Adib asarlarini o‘rgangan adabiyotshunos B.Shukurova Luqmon Bo‘rixonning hikoyasi Shukur Xolmirzayevning “Omon ovchining o‘limi” hikoyasidan ta’sirlangan holatda yozilganini qayd etadi [Shukurova, 2022: 60]. Tadqiqotchi bu fikrga kelishiga asosiy sabab qilib, har ikkala hikoyadagi fojiaviy qismatni asos qilib ko‘rsatadi. Albatta, tadqiqotchining fikriga qo‘shilgan holda, buni adabiy ta’sir deb baholaymiz.“Ovchi qismati” hikoyasidagi asosiy obrazlar: hikoyachi yigit, professor, ovchi, ovchining o‘g‘li, shaharlik bemor bola va uning otasi. Hikoyadagi bosh qahramonning hissiyotlarini aynan anglash biroz qiyin. Sababi voqealar, asosan, boshqa bir obraz tomonidan hikoya qilinadi. Hikoya tabiat tasviri bilan boshlangan. Ovchi – o‘z kasbi va oilasini sevuvchi, insonlarning dard va tuyg‘ulariga quloq tutuvchi inson, ammo “Omon ovchining o‘limi” hikoyasidagi Ovchi Omon oilasiga nisbatan shafqatsiz, kasbining mukkasidan ketgan, ov qilmasa yasholmaydigan obrazdir. “Ovchi qismati” hikoyasida Ovchining o‘g‘li otasiga nisbatan chuqur hurmati borligini sezish mumkin. Sh.Xolmirzayev hikoyasidagi ovchining o‘g‘lida esa otasiga bo‘lgan g‘urur va muhabbat sezilmaydi, aksincha, o‘g‘il otaning faoliyatiga qiziqmaydi. Hikoyada tabiatga bo‘lgan mehr bemor bola orqali, uning ovchi ona bo‘rini otgandagi emotsional holati, kasallikdan ham ko‘ra, bo‘rining bolalarini o‘ylab qayg‘urgan o‘rnida ko‘riladi. Hikoyada ovchi o‘ta salbiy bo‘yoqlarda chizilmagan. “Omon ovchining o‘limi” hikoyasidagi ovchi esa juda shafqatsiz, tabiat qotili sifatida gavdalanadi. Ovchining haqiqiy badiiy qiyofasini berishda, shubhasiz, Sh.Xolmirzayev tabiat tasvirida mahoratli ekanligini isbotlagan. Har ikkala hikoya fojiaviy yakun topgan. Yozuvchilarning har ikkalasi ham


603qismat masalasiga alohida e’tibor bilan yondashgan. Qismat insonning butun umri yozilgan kitob. Yomonlik xoh hayvonga, xoh insonga bo‘lsin, o‘z jazosini topadi. Luqmon Bo‘rixon hikoyasining qahramoni o‘lganda, xalqda achinish hissi borligi ufurib turibdi. Hikoyada asosiy e’tibor ovchining o‘limiga qaratilgan. Hatto ovchining o‘g‘li ham otasining “haqiqiy ovchilar yirtqichlar bilan ovda yoki tepalikdan qulab o‘ladi”, degan so‘zlarini eslab qolgan. Hikoyadagi voqealar bahor faslida bo‘lib o‘tgan. Ovchining portreti o‘g‘li tomonidan quyidagicha tasvirlanadi: “Otam bo‘yi ikki quloch, qo‘rg‘oshindan quyulganday qoruvli, qizg‘ish soqoli yarashiqli, serg‘ayrat ovchi odam edi. U uchib borayotgan qushning ko‘zidan ura oladigan mergan bo‘lgan, desam balkim ishonmassiz. Lekin ovulimizda hamma bunga iqror. Otamning o‘tkir ko‘zlariga tashlanib qolmaslik uchun menman degan yirtqich jondorlar ham qochib-pisib yurardi” [Bo‘rixonov, 2024: 86]. Ovchidan umid qilib kelgan kasal bolaning holati ham achinarli – kallasi o‘z holicha tinmay tebranib turishi tasvirlangan. Tabiiyki, insonning hayoti, ayniqsa, u o‘spirin bo‘lsa (hali hayotning hech qanchasini ko‘rib ulgurmagan), har qanday insonni nimadir chora qilishga shoshiltiradi. O‘zbek nasrida Luqmon Bo‘rixon o‘zining obraz yaratishda o‘ziga xos usuli borligi bilan farqlanib turadi. Yozuvchi yaratgan qahramonlar favqulodda g‘ayrioddiy harakat qilmaydi yo kuchga ega emas. Ular kitobxonning ham dilini o‘ta tund, yo shodon etib qo‘ymaydi. Hammasi oddiy xalq ichidagi haqiqiy insonlardir. Luqmon Bo‘rixon asarlarida hech bir yozuvchida uchramaydigan alohidalikka intilishga harakat qilgan. Insonning, ayniqsa, hozirgi zamon odamlarining xarakteri, o‘y-qarashlari, atrofidagi odamlar bilan munosabatini asarlarida berishga harakat qilgan. Adib o‘z obrazlariga ko‘p ham yuk yuklamaydi, ularni badiiylashtiradi va estetik idealini akslantiradi. “Badiiy obraz – bu inson ongidagi alohida hayotiy hodisaning aksigina emas, balki ijodkor tomonidan aks ettirilgan va u yoki bu moddiy vositalar va belgilar yordamida yangidan yaratilgan hodisani qaytadan aks ettirishdir” [Тюнькин, 1956: 2]. Adib Luqmon Bo‘rixon ham hayotdagi eshitgan, bilgan, ko‘rgan voqealarini badiiylashtirib, san’at darajasidagi asarlar yozgan. Bu haqida shoir Hol Muhammad Hasan “Kichkina bir hikoyat yoxud epizodli tasvirni shunchaki gurung asnosida aytib yuborsangiz, darhol yodida saqlab qolar, keyin voqeani tolstoychasiga badiiylashtirib, aytmatovchasiga rivojlantirar, qarabsizki, kunlardan bir kun kattagina bir yangi asarida syujet bo‘lib bo‘y ko‘rsatganiga shohid bo‘lardingiz” [Hasanov, 2023: 7], deya eslaydi. “Ovchi qismati” hikoyasining asosiy badiiyatiga ta’sir ko‘rsatgan obraz – bu kasal bola obrazidir. Bolaning otasi farzandi uchun hamma narsaga tayyor haqiqiy ota. Shu bilan birga, bir narsani unutmaslik kerakki, hayvon ham Allohning yaratiq maxluqoti. Hayvonlar ham bolalari kichkinaligida bolasiga g‘amxo‘rlik qiladi. Ovchiga beixtiyor ta’sir qilgan holat bolaning hayvon bolalarini o‘ylab qichqirgani: “Nega otdingiz, nega? Endi bolalari nima bo‘ladi?” [Bo‘rixonov, 2024: 93] O‘z oilasini sevgan, o‘zining ham farzandlari bo‘lgan ovchiga bu holat boshqacha ta’sir qiladi. U butun faoliyatidagi gunoh ishlarni ko‘z oldiga keltirgan bo‘lsa, ajab emas. Yozuvchi o‘z hikoyasi orqali ovchilar hayotidagi ma’lum bir hodisani bayon etish orqali tabiatga, hayvonlarga inson adolatsiz ravishda munosabat qiladigan bo‘lsa, buning oxiri yomonlik bilan tugashini uqtirmoqchi bo‘lgan.Foydalanilgan adabiyotlar 1. Shukurova B. Yangi o‘zbek nasrida etik va estetik ideal muammosi. F.f.f.n. ... diss. – Toshkent: 2022.2. Bo‘rixonov L. Ovchi qismati. “Yoshlik”, 2015-yil, 11-son.3. Тюнькин К.И. Учение Белинскога о художественности: Автореф. дис. ... канд. филол. наук. – Москва: МГУ, 1956. 4. Hol Muhammad Hasan. Bizning Luqmon Bo‘rixon... . “Yoshlik”, 2023-yil, 7-son.


604SHE’RIYATDA RITM VA OHANGDORLIKOripova Gulnoza Murodilovna,filologiya fanlari doktori (DSc), dotsentFarg‘ona davlat universitetie-mail: [email protected] she’r ritmi ritmik bo‘laklar va ritmik vositalar asosida musiqiylik va ohangdorlikni, emotsionallikni yuzaga keltirishi tadqiq etilgan. She’riy nutqning o‘quvchi qalbiga yetib borishida ritm, qofiya, tovushlar jilosi she’rdagi fikr va tuyg‘u bilan uyg‘unlashuvi yoritib berilgan.Kalit so‘zlar: ritm, ohangdorlik, vazn, qofiya, she’riy nutq, band. AbstractThe article examines how the rhythm of poetry creates musicality, melodiousness, and emotionality based on rhythmic fragments and rhythmic means. It highlights the harmony of rhythm, rhyme, and the brilliance of sounds with the thoughts and feelings in the poem in reaching the reader’s heart.Key words: rhythm, melodiousness, meter, rhyme, poetic speech, stanza.Ritm insonning hayotiy faoliyati va uni qurshab olgan atrof-muhitidagi harakat sifatida fizika, biologiya, sotsiologiya, san’atshunoslik, musiqashunoslik, estetika, adabiyotshunoslik kabi turli fanlarda o‘rganiladi. Hayotdagi har qanday harakatda ritm mavjud. Ritm borliqdagi harakatning bir xildagi tartiblanishi, ma’lum bir ketma-ketlikda almashinishi, har qanday jarayonning muntazam davomiyligi hodisasidir. Hatto insonning qadam tashlashi, mehnat faoliyati, jismoniy xattiharakatlarida, umuman, turmush tarzi, madaniy hayotida o‘ziga xos ritm mavjud. Qadimgi greklar ritmni “rhythmos” – harakat deb bilganlar. Shunday ekan, “ritm – bu tartib, uyg‘unlik, bir xil o‘lchamdagi va izchillikdagi harakat” [Medvedev, 1985: 58]. She’rshunoslikda esa bu tushuncha “teng o‘lchovlilik” degan ma’noni anglatib, bir-biriga mutanosib bo‘lgan bo‘laklarning bir xil vaqt ichida tartibli takrorlanishidan tug‘ilgan ohangdorikdir. Ritmning vujudga kelishida teng o‘lchamli va bir tartibli elementlarning takrorlanishi muhim belgilardan biridir. Ko‘rinadiki, adabiyotshunoslikda she’riy nutqdagi muayyan bo‘laklarning ma’lum bir vaqt ichida izchil takrorlanib kelishiga ritm deyiladi. Ritm she’riy nutqni tashkillashda asosiy vositalardan biri bo‘lib, tuyg‘u-kechinmalar, obrazlar harakati va ularning uyg‘unligini ta’minlaydi. “Ritm poetik nutqni tashkil etishning asosiy boshlovchisi bo‘lgan” [LDV, 1984: 18]. Bu esa she’riy nutqning hosil bo‘lishida ritmning ahamiyatini ko‘rsatadi. Ritm she’riy asarda ohangdorlik, kompozitsiya, janr, uslub kabilardan avval paydo bo‘lgan. Poetikada ritmning fonetik, intonatsion, sintaktik, ohangdorlik, kompozitsion kabi jihatlari mavjuddir. B.Eyxenbaum 1920-yillar boshlarida yaratgan “Rus lirik she’rlari ohangdorligi” nomli tadqiqotida birinchi bo‘lib lirik she’rlarda intonatsiyaning ma’no ifodalashdagi ahamiyati, ohangdorlikning uslub bilan uyg‘unligi, ritmning kompozitsiyadagi roli haqida fikr yuritib, she’riy asar qurilishida ritmning iyerarxiyasini quyidagicha ko‘rsatgan: sintaktik – intonatsiya – ohangdorlik. She’riy matnning strukturaviy tahlili yuzasidan izlanishlar olib borgan Y.Lotman ritmni she’rning strukturaviy asosi sifatida belgilaydi [Lotman, 1972: 52]. Ko‘rinadiki, she’r tuzilishida ritm eng muhim elementdir. Ritm vaznning hosil bo‘lishiga zamin yaratgan. Chunki vazn musiqa ritmiga tayangan holda paydo bo‘lgan. U.To‘ychiyev ritmning umumiy qonunlari asosan uchta – biron me’yorga asoslanish, takrorlanish va uni eshitish mumkinligi haqida fikr bildirib, takror bo‘g‘inlarda, qofiyalanish


605tartibida, bandda, so‘z va misrada bo‘lishi hamda ritmni hosil qilishda qatnashuvchi bu omillarni bog‘lovchi vosita vazn ekanligi haqida fikr bildirgan [To‘ychiyev, 1985: 211]. Demak, “ritm she’r sistemalari va ularga mansub bo‘lgan vaznlarga bog‘liq ravishda uyushtiriladi” [To‘ychiyev, 1985: 213]. Shuningdek, vazn ritmning barqarorlashgan ko‘rinishidir. Ritm barmoq she’r tizimida Abdulla Oripov qalamiga mansub “Yulduz qazosi” she’rida bo‘g‘in, turoq, misra va bandning ritmik bo‘lak sifatidagi ahamiyati orqali kuzatiladi:Qazo qildi / ko‘kda bir yulduz, 4+5Koinotda / aza ochildi. 4+5Uzoq-yaqin / dunyolarning o‘z – 4+5Ta’ziya / toshlari sochildi. 3+6She’rning ritmik qurilishi to‘rtlik band tizimiga ega bo‘lgan va 9 bo‘g‘inga asoslangandir. Turoqlanish tartibining 4+5 tarzidagi izchil takrori she’r davomida kuzatiladi. Shoir she’rda “ko‘kda bir yulduzning qazo qilishi”ni qatag‘on qurboniga uchragan ma’rifatparvar ziyolilarimiz qismatiga mengzaydi. Adabiyot osmonidagi har bir yulduzning “qazo”si, so‘nib borishi millatimiz taqdiridagi eng fojeali yo‘qotish edi. She’rning keyingi bandlarida yo‘qotish azobidan alamli o‘rtanayotgan Quyosh, Oy va Zuhra yulduz timsolidagi xalqimizning ruhiyat manzaralari tasvirlangan: Qora kiydi bir nafas quyosh, 4+5Mung‘aygancha Oy qaltiradi. 4+5Zuhra yulduz berolmay bardosh 4+5Ko‘zlarida yosh yaltiradi. 4+5Ma’lumki, evfoniya tufayli she’riy ritm izchillashadi, poetik fikr jarangdor ifodalanadi va uning emotsional ta’siri kuchayadi [Xotamov, 1979: 348]. Evfoniyani hosil qiluvchi vositalar qofiya, alliteratsiya, tovush takrorlari va assonans kabilardir. Shunday ekan, she’rdagi o, i, a, u, o‘ unli tovushlar takroridan hosil bo‘lgan vokal alliteratsiya hodisasi she’riy asar ohangdorligini ta’minlagan: 1) o-a-i-u2) u-a-o-i 3) u-e-a-o 4) o‘-a-i-i Mazkur unli tovushlar uyg‘unligi og‘riq, ingroq, alam, o‘kinch, faryod, mungni ifodalayotgandek tuyuladi. She’rdagi z, k, d, b, r, sh undosh tovushlari takroridan konsonant alliteratsiya hodisasi yuzaga kelganligini kuzatamiz. She’rning birinchi va ikkinchi bandi boshlanishidagi “qazo” va “qora”so‘zlarida ham q chuqur til orqa undoshining takrori ohangdorlikni hosil qilgan. Shoir she’rning yakunlovchi bandida o‘quvchi ko‘z o‘ngida kartina yaratadi: “Ular kimga dillarin yorar// Cheksiz zulmat o‘ng-u so‘lida.// Tobutni jim ko‘tarib borar// G‘uj bo‘lgancha Somon yo‘lida...//”She’rning ritmik qurilishida ritmik vositalar (ritmik pauza, qofiya) muhim bo‘lib, ular she’r ritmining ta’kidlanishi, kuchaytirilishiga xizmat qiladi. Shunday ekan, yuqoridagi she’rning qofiya tizimini tekshirish ritm va ohangdorlikning uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qiladi. She’ring qofiya tizimi a-b-a-b shaklidagi “yulduz-o‘z, ochildi-sochildi”, “quyosh-bardosh, qaltiradi-yaltiradi”, “yorar-borar, so‘lida-yo‘lida” qofiyadosh so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lib, barchasi to‘q qofiyadir. She’rning ritmik-intonatsion qurilishida bandlarning ahamiyati katta bo‘lganidek, bandlarni ham uyushtirishda qofiya alohida ritmik vosita sifatida maydonga kelgan. Shu o‘rinda V.Jirmunskiyning nazariy qarashlarini keltirish joiz: “Qofiya she’riy kompozitsiyada tashkiliy funksiyaga ega bo‘lgan tovush takroridir. U yuqori sifatli tovush elementlarini badiiy tartiblashni nazarda tutadi. Qofiya uchun tovushlarni tanlash, ayniqsa, ta’kidlangan unlilarni tanlash, bandni tuzishda muhim omil hisoblanadi”.Abdulla Oripovning ijroviy lirikaga mansub “Hamza nidosi” g‘azalida qisqa va cho‘ziq hijolarning izchil takrori kuzatiladi:


606Hamzadirman, boqmagaysizSiz malomatlar bilan,Baytlar aytdim el-u yurtgaMen ibodatlar bilan.Mazkur g‘azalda “malomat, ibodat, farog‘at, toqat, falokat, kasofat, soat, jaholat, saodat” qofiyadosh so‘zlaridagi “t” undoshi raviy. Agar she’rga e’tibor berilsa, “malоmat, ibоdat, farоg‘at, tоqat, falоkat, kasоfat, sоat, jahоlat, saоdat” qofiyadosh so‘zlari tarkibida “о” cho‘ziq unlisi takroridan lirik qahramon qalbidagi og‘riqlar, ohlar, avlodlarni ogohlikka chorlovlar ohangi aks etgandek tuyuladi. Bu esa she’rning ohangdorligini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari, ichki qofiya qo‘llanilgan bo‘lib, lirik asar ohangdorligini oshirishga xizmat qilgan:Naylayinki, gullagandaKo‘z yumib ketdim abad,O‘tdi umrim yuz ko‘rishmayNe farog‘atlar bilan. Misralardagi “ko‘z-yuz” so‘zlari ohangdosh bo‘lib, ichki qofiyani hosil qilgan. G‘azalda “men” kishilik olmoshi 6 marta takrorlanadi va bu so‘z takrori ham ohangdorlikni oshirishga xizmat qiladi. Demak, hijo, qofiya, bayt kabi ritmik bo‘laklar hamda ohangdorlikni yuzaga chiqaruvchi evfonik vositalar, so‘z takrorlari she’rning ritmik qurilishida muhim ahamiyatga ega. Yoki shoirning “Uchar qushlar” she’rida ritmik vositalar asosida she’r ritmining ta’kidlanishi, kuchaytirilishini kuzatish mumkin:Uchar qushlar,/ uchdi-ketdi, 4+4Qo‘llarimda / pati qoldi. 4+4Yoshlik ketdi,/ umrning ham 4+4Sharti ketib,/ parti qoldi. 4+4Dema, bukun / sevgining ham 4+4O‘zi ketib,/ oti qoldi. 4+4Lablarimda / u bo‘saning 4+4Hech aynimas / toti qoldi... 4+4She’rga e’tibor qaratilsa, 8 bo‘g‘inli 4+4 turoqlanish asosidagi turoq, misra, band – ritmik bo‘laklar ritmik pauza bilan ajratilgan. Ayniqsa, bandlar so‘ngidagi ritmik pauza ritmik-intonatsion jihatdan tugallik ifodalagan. She’rdagi “pati-parti”, “oti-toti” qofiyadosh so‘zlari hamda “Sharti ketib, parti qoldi” misrasidagi ichki qofiya ritmik vosita bo‘lib, she’r ritmining ham ta’kidlanishiga, ham kuchaytirilishiga xizmat qilgan. She’rda “uchar-uchdi”, “ketdi, ketib” fe’llari takrori hamda “qoldi” fe’lining radif tarzida qo‘llanishi ohangdorlikni yuzaga chiqargan. She’r davomida 23 bora “i” unlisining takrorlanishi, ayniqsa, qofiyadosh so‘zlar oxirida ta’kidlanishi, birinchi misra oxiri “uchdiketdi” tarzida yakunlanishi, she’rning oxirgi misrasi ham “i” unlisi va (qoldi...) ko‘p nuqta tinish belgisi bilan tugashi lirik “men”ning umr o‘tkinchiligi haqidagi falsafiy fikrlari bilan uyg‘unlikda ifodalangan. Erkin Vohidovning “Mening yorim” she’ri ritmik qurilishi ham o‘ziga xos tarzda ifodalangan. She’rdagi -kina ayiruv yuklamasining qofiyadosh so‘zlarga qo‘shilib kelishi ohangdorlikni ham yuzaga chiqarishda xizmat qilgan:Mening yorim / kichkina, / yo‘qdekkina, 4+3+4To‘pponchadan / otilgan / o‘qdekkina. 4+3+4Totli so‘zin / eshitib / ertalabdan 4+3+4Kechga qadar / yuramiz / to‘qdekkina 4+3+4 She’rning ritmik qurilishi 4+3+4 tarzidagi turoqlanishga ega bo‘lib, 11 bo‘g‘inga asoslangandir. She’rning ritmik-intonatsion jihatdan o‘ziga xos qurilishida har bir banddagi qofiyadosh so‘zlar


607-kina ayiruv yuklamasining qo‘shilishi orqali hosil bo‘lgan va bu she’r ohangdorligini ta’minlagan. Bular “yo‘qdekkina-o‘qdekkina-to‘qdekkina, xoldekkina-boldekkina-choldekkina, mo‘rdakkinazo‘rdakkina-o‘rdakkina, qushdekkina-xushdekkina-dushdekkina, qizdekkina-bizdekkinamuzdekkina” qofiyadosh so‘zlaridir. Mazkur qofiyadosh so‘zlarning barchasi to‘q qofiya bo‘lib, she’r a-a-b-a tarzida qofiyalangan. Har bir banddagi misra boshida takrorlanib kelgan “Mening yorim” birikmasi orqali esa anaforik kompozitsiya hosil qilingan. Ma’lumki, anafora bir xil so‘z yoki so‘zlarning she’riy misralar boshida takrorlanib kelishiga asoslangan stilistik figuradir. Lirik qahramon yorini “kichkina, qoracha, ingichka, sayroqi qushdekkina, kampir-u-qizdekkina” deya tavsiflar ekan, kitobxon ko‘z o‘ngida gavdalantirishga erishadi. “Qofiyaning ikkita belgisi bor, birinchi belgisi ritmni tashkil qilishdir, ikkinchi belgisi esa ohangdoshlik yaratish” [Tomashevskiy, 1959: 406]. Shunday ekan, qofiya ohangdoshlik va ritmni yuzaga keltirish orqali musiqiylikni ta’minlaydi. Halima Xudoyberdiyevaning qo‘shma vaznda yozilgan quyidagi she’rida ritmik bo‘laklar ohangdorlik bilan uyg‘unlashib, she’riy nutqning emotsionalligini oshirishga xizmat qilgan:Kim yog‘adur, 4=4Kim tindi, /Vatan, 3+2=5Kim xor-u/ kim sevindi, /Vatan? 3+4+2=9 Biz yomg‘irday 4=4Yoqqandik / kecha, 3+2=5Yerlaringda/ ne undi,/ Vatan?! 4+3+2=9She’rda 4, 5 va 9 bo‘g‘inli turoqlanishning izchil takrori ritmik-intonatsion jihatdan musiqiylikni oshirishga xizmat qilgan. Shoir vatanparvarlik g‘oyalari ifodalangan mazkur she’rda “Vatan” so‘zining undalma sifatidagi takroridan ham poetik g‘oyasini ifodalashga, ham she’r ohangdorligini oshirishga erishgan. She’rda “kim” so‘roq olmoshi va “Biz” kishilik olmoshlarini qo‘llash orqali butun xalq qiyofasini gavdalantirgan. So‘zlarni misralarga joylashtirishda ham shoiraning badiiy mahorati namoyon bo‘lgan. V.Mayakovskiyning ta’biri bilan aytganda “Ritm – misraning asosiy kuchi, asosiy energiyasi”.Hozirgi lirikamizda turli band tizimlaridan foydalanib, she’rning g‘oyaviy-estetik va badiiy ta’sirchanligini ta’minlash borasida ham ijodkorlarimiz badiiy ta’sirchanlikda band tizimlari xilma-xilligini ta’minlash borasidagi uslubiy izlanishlarini amalga oshirmoqdalar. Masalan, Azam O‘ktamning “Kuzda kulgan chechaklar” to‘plamidagi she’rlarida turli band tizimlaridan foydalanganligini ko‘ramiz. Jumladan, “Tilak”, “O‘ttiz yettinchi yil she’ri”, “Ishqing dil dastini...” kabi she’rlarida ikkilik, “Mehring – menga chiroq” she’rida uchlik, “Qo‘qon shamoli”, “Kuzatish”, “Kuz. Ko‘roydin. Jim o‘tiribman...”, “Mashq maydonidagi o‘ylar”, “Manzara”, “Xosiyatmomo armoni”, “Qishlog‘im ta’rifi” she’rlarida to‘rtlik hamda “Adashding”, “Yupanch”, “Nima deyishni ham bilmayman...”, “Kimdir chorlayotir” kabi she’rlarida turli band tizimlarni qo‘llab, lirik janrlar imkoniyatlaridan keng foydalanayotganligini uchratamiz. Hozirgi she’riyatimizga xos jihatlardan biri – mazmun talabi bilan bir she’rda turli xil band tizimlaridan foydalanib, band tuzilishida, poetik sintaksisda, ritmik-intonatsiyada yangicha usullarni izlash, shu yo‘l bilan fikrning ta’sirchan ifodasiga erishishdir. Ayni shu holatni A’zam O‘ktamning “Adashding” she’rida astrofik band tizimlarini qo‘llash orqali poetik g‘oya kompozitsiya markazini tashkil etganligini kuzatamiz. Adabiyotshunoslik lug‘atlaridan ma’lumki, she’r bandlaridagi misralar soni turlicha bo‘lgan she’rlar astrofik she’rlar deyiladi. “Mumtoz she’riyatda izometriyaga, jumladan, she’-riy asarda bandlarning bir xil (misra soni, o‘lchovi, qofiyalanish tartibi) bo‘lishiga qat’iy amal qilingan bo‘lsa, keyingi davr she’riyatida (G‘arbda romantizm davridan, o‘zbek she’riyatida XX asrdan) bu qoidadan chekinish odatiy holga aylandi. Natijada astrofik (bandlaridagi misralar soni turlicha) she’rlar, getrometrik (o‘lchovi turlicha misralardan tarkib topgan bandli) she’rlar ham ommalashdi”27. Demak, 27 Қуронов Д., Мамажонов З., Шералиева М. Адабиётшунослик луғати. – Тошкент: Akademnashr, 2013. – Б.62.


608zamonaviy she’riyatga xos jihatlardan biri – mazmun talabi bilan bir she’rda turli xil band tizimlaridan foydalanib, band tuzilishida, poetik sintaksisda, ritmik-intonatsiyada yangicha usullarni izlash, shu yo‘l bilan fikrning ta’sirchan ifodasiga erishishdir. A’zam O‘ktamning “Adashding” astrofik she’rida she’r ritmik qurilishi to‘qqiz satrli band tizimidan ikki satrli band tizimigacha aralash holda qo‘llanilib, jamiyatimizdagi shaxslarning ma’naviy fojeasi ifodalangan:Jim qoldim /insonga /hurmatim bois,Do‘st emas, /dushmanning /ishini qilding:“Go‘l bo‘lmasa, /Farg‘onaning xalqi,Qo‘lda kanal /qazadimi” /deb kulding.Indamadim./Birdan /o‘zimning hamichim achib ketdi /bechoralarga.Kulgi bo‘laylik deb /ishlashmagan-ku,Bilmaysanmi /g‘o‘za bilan /suv qadrini?28She’rda qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini sug‘orishda asosiy o‘rin tutuvchi Katta Farg‘ona kanalining qurilishi bilan bog‘liq voqealarga, xalqimiz matonatiga bepisand qarab, kulgi ostiga olgan shaxs qiyofasi fosh qilingan. Ma’lumki, 1939-yilning avgust oyidan boshlab 45 kun davomida xalq xashar yo‘li bilan bunyod etgan Katta Farg‘ona kanali 270 kilometr uzunlikni tashkil etadi. Bu kanalning qurilishi ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizda muhim ahamiyatga ega. Shoir esa oramizda yaqin o‘tmishimizni, ma’naviy qadriyatlarimizni, eng asosiysi, o‘zligini unutayotgan insonlar borligidan o‘kinadi. She’rning keyingi distix bandida lirik qahramon “kir so‘zlari bilan” o‘zi ichib turgan suvni loyqalatayotgan, hayot manbai bo‘lgan suvning qadriga yetmaydigan tuban, oqibatsiz kimsalarga qarata quyidagi satrlarni bitgan:Ichib yuribsan-ku/ shu suvni/ sen ham,loyqalatma uni/ kir so‘zlar bilan.Shoir “suvni loyqalatish” orqali xalqimizning o‘tmishini “loyqalatayotgan”larga “Seniki uzrli – bo‘lsang ko‘r-u kar” deya istehzoli xulosa qiladi. She’rni band tuzilishiga ko‘ra shartli ravishda besh qismga ajratish mumkin. Dastlabki nona (to‘qqizlik) bandni voqealar boshlanmasi, ikkinchi beshlik bandni tezis, uchinchi distix va to‘rtinchi terset bandni antitezis, oxirgi nona (to‘qqizlik) bandni xulosa deb atash mumkin. So‘nggi nona band:Kel, /so‘kib o‘tirmayin/ seni,o‘zimnikisan, /baribir /o‘zimnikisan.Kayfi oshdi, /deya qolaman,bir adashdi, /deya qolay, /yaxshisi.Baribir /ko‘nglim g‘ashgo‘yo xotinimtashlab yuborgandek /beparvo,chiqindiga qo‘shib,otamning rasmin...tarzdagi xulosa bilan yakunlanadi. Bandda lirik qahramon “O‘zimnikisan, baribir o‘zimnikisan” deya millatdoshining ayanchli ahvolidan qayg‘uradi. Uni “adashgan”likka yo‘yadi. O‘zligini tobora tubanlashib borayotgan o‘zgaga qarshi qo‘yadi. She’rda ota-bobolarining hayoti, o‘tmishi, avlodlarga qoldirgan merosiga loqayd, o‘zligini unutgan vatandoshining so‘zlaridan qalbi yaralangan shaxs kechinmalari ifodalanadi. She’rning g‘oyaviy-estetik ta’sirchanligi to‘rtinchi va beshinchi 28 Аъзам Ўктам. Кузда кулган чечаклар. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1990. – Б.5.


609bandlarda o‘z ifodasini topadi. Bundan tashqari, shoir poetik g‘oyasini ifodalashda hamda she’rning ohangdorligini oshirishda “i” va “o” tovushlari takroridan foydalangan. She’rdagi “i” tovushi ingrayotgan, “o” tovushi esa oh urayotgan lirik qahramonning mungli qiyofasini ifodalayotgandek bo‘ladi. Ko‘rinadiki, bandlardagi i, o tovushlari takroridan hosil bo‘lgan o‘ziga xos ritmika, mazmundagi g‘oya she’rning ta’sirchanligini ta’min etgan.Xulosa shuki, she’r ritmi ritmik bo‘laklar va ritmik vositalar asosida musiqiylik va ohangdorlikni, emotsionallikni yuzaga keltiradi. She’riy nutqning o‘quvchi qalbiga yetib borishida ritm, qofiya, tovushlar jilosi she’rdagi fikr va tuyg‘u bilan uyg‘unlashadi. Foydalanilgan adabiyotlar1. Медведев В. Изучение лирики в школе. – М.: Просвешение, 1985. – С.58. 2. Литература древнего Востока. – М.: Издательство МГУ, 1984. – С.18.3. Лотман Ю. Анализ поэтического текста. Структура стиха. – Л.: Просвещение, 1972. – С.52.4. Тўйчиев У. Ўзбек поэзиясида аруз системаси. – Т.: Фан, 1985. – Б.211.5. Орипов А. Танланган асарлар. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 2001. – Б.156.6. Хотамов Н., Саримсоқов Б. Адабиётшунослик терминларининг русча-ўзбекча изоҳли луғати. – – Т.: Ўқитувчи, 1979. – Б.348.7. Орипов А. Танланган асарлар. Тўрт жилдлик. Иккинчи жилд. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъатнашриёти, 2001. – Б.321.8. Воҳидов Э. Тўла асарлар тўплами. 3-жилд. – Т.: Sharq, 2016. – Б.268.9. Томашевский Б.В. Стилистика и стихосложение. – Л.: Гос.Учебно-педагогического издательство, 1959. – С.406.10. Худойбердиева Ҳ. Йўлдадирман. – Т.: Шарқ, 2006. – Б.312.11. Маяковский В. Как делать стихи. – М.: Директ-Медиа, 2009. – С.27.


610G‘AFUR G‘ULOM SHE’RIYATIDA VATAN TAQDIRI VA ISTIQBOLI TASVIRI Matyoqubova Tozagul Rajapovna,filologiya fanlari nomzodi, dotsent, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti e-mail: [email protected] maqolada G‘afur G‘ulom she’riyatidagi vatanparvarlik tuyg‘ulari tahlil etilgan. G‘afur G‘ulom lirikasidagi ko‘plab she’rlarida inson obrazi tabiatga qiyosan tasvirlanadi. Shuning uchun ham shoir lirik qahramoni qish mavsumida ham shahar osmonida firuza rang tiniqlik va shaffoflikni ko‘ra oladi. Shoir lirik qahramoni qalban baland inson bo‘lib, uning botinida yuksak tog‘larimiz salobati, shalolalar qudrati va daryolarimiz jo‘shqinligini jipslashtira olgan.Unda shoir lirikasidagi vatanimizning ko‘rki-jamoli, betakror tabiati, tabiiy boyliklari aks ettirilgan she’rlari tahlil etilgan. Bu esa bizga G‘afur G‘ulom she’riy merosida Vatanimiz tarixi, buguni va kelajagi bir-biri bilan bog‘liq holda tasvirlanganini anglash imkonini beradi. Ilgari surilgan fikr-mulohazalar tadqiqotchi tomonidan muxtasar holda umumlashtirilgan.Kalit so‘zlar: she’riyat, badiiy ijod, vatanparvarlik, badiiylik, milliy g‘urur, lirik qahramon, bayt, she’r, tuyg‘u va kechinma. Abstract This article explores patriotic sentiments in Ghulam poetry. n many of G. Gulam’s lyrical poems, the image of man is written in the image of nature. That is why the lyrical hero-poet sees the turquoise purity and transparency of the city sky even in winter. The poet’s lyrical hero was a man of noble character, who managed to embody in his soul the grandeur of our high mountains, thepower of waterfalls and the dynamism of our river.It analyzes the poet’s poems in his lyrics, which reflect the splendor, unique nature, and natural resources of our Homeland. This gives us an assessment in their poetic heritage, Ghulam gives us the opportunity to realize that the history, present and future of our homeland are described in connection with each other. The previous comments have been briefly summarized by the researcher.Keywords: poetry, artistic creativity, patriotism, artistry, national pride, lyrical hero, verse, poetry, feeling and forgiveness.G‘afur G‘ulom XX asr o‘zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biridir. Uning she’riyati o‘ziga xos noyob hodisa. O‘tgan asrning dolg‘ali kunlarida ham shoir yuksak badiiy iste’dodi tufayli betakror ijod namunalarini yarata olgan. Mashhur rus tanqidchisi V. Belinskiy she’riyat haqida so‘z yuritib shunday deydi: “Poeziya hayot ifodasidir yoki yanada to‘g‘rirog‘i, hayotning o‘zidir. Bugina emas, poeziyada hayot chinakam voqelikdan ko‘ra hayotiyroq namoyon bo‘ladi” [Belinskiy, 1977:99]. G‘afur G‘ulom she’riyatida haqqoniylik va insonparvarlikning chuqurlashuvi, badiiylikning yangi-yangi imkoniyatlarini izlab topish va qo‘llash kuzatiladi. U Vatan taqdiri va istiqboli uchun qayg‘uruvchi, el-yurt va millat dardiga o‘zini hamdard deb biluvchi shoir edi. Shuning uchun ham shoir she’riyatida yuksak vatanparvarlik tuyg‘ulari tasviriga alohida ahamiyat qaratiladi. Shoir lirikasida vatanimizning ko‘rki-jamoli, betakror tabiati, tabiiy boyliklari aks ettirilar ekan, uning zahmatkash insonlari orzu-armonlari tasvirlanadi. Vatanimiz tarixi, buguni va kelajagi bir-biri bilan bog‘liq holda aks ettiriladi. Filologiya fanlari doktori J. Jumaboyeva G‘. G‘ulomning tarixga munosabati haqida to‘xtalar ekan: “G‘afur G‘ulomga nisbatan shoir-tarixchi deyish ham, tarixchi-shoir iqtibosini qo‘llash ham o‘zini teppa-teng oqlaydi. U “Tarixchi bo‘lmasdan ulkan shoir bo‘lish qiyin”, – degan fikrlarning haqiqatligini isbotlagan ijodkorlardandir” [Jumaboyeva, 1999:20], – deb yozadi.G‘afur G‘ulom ona shahri Toshkent ta’rifiga bag‘ishlab bir qator she’rlar yozgan. Ular orasida


611shoirning 1934-yilda yozilgan “Toshkent” nomli she’ri alohida ajralib turadi. Dastlab “Yurtim” nomi bilan e’lon qilingan ushbu she’r G‘afur G‘ulom “Mukammal asarlar to‘plami”ning 1-jildi [G‘afur G‘ulom, 1983:126]dan o‘rin olgan. Ushbu she’rda shoir Toshkentning tip-tiniq osmonida ertadan kechgacha tinmaydigan shabada, bu azim shaharning suvi, mevalarini ta’riflaydi. Ana shunday yurtda yashayotganidan cheksiz g‘ururiftixor tuyadi. “Uzoq Hind, Xitoyda yurt kechgan quyosh, Toshkent osmonida hordiq oladi” yoki “Beqasam jiloli shu buyuk fazo, Rangini, to‘g‘risi, Toshkentdan olar” singari misralarda betakror poetik topilmalar bilan birgalikda shoirning yuksak vatanparvarlik tuyg‘ulari aks ettirilgan.G‘afur G‘ulom Toshkentda tug‘ilib o‘sdi. Shu azim shaharda tahsil oldi, yashadi va ijod qildi. Toshkentning har qarich yeri, adir hamda irmoqlari G‘afur G‘ulom uchun g‘oyatda aziz va qadrdon edi. Zotan, tarixiy-adabiy ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahri tarixi ikki ming yillikdan ortiq moziyga tutash bo‘lib, Xoja Ahror Valiy, Shayx Umar Bog‘istoniy, Abu Bakr Shoshiy, Abu Sulaymon Banokatiy, Hofiz Ko‘hakiy kabi ulug‘ allomalar ham shu maskanda yashab, ijod etishgan. G‘.G‘ulomning she’rlarida shaharning so‘lim tabiat manzaralariga xos go‘zallik muhabbat va samimiyat bilan ifoda etilgan. Shoir mehnatkash va saxovatli Toshkent dehqonlarini hamisha tiniq va yorqin ranglarda ko‘radi: Toshkent paxtakorin ochiq chehrasi.Salor suvlaridek tiniq, yarqiroq [G‘afur G‘ulom, 1983:214]. Tanishganimizdek, G‘afur G‘ulom inson obrazini tabiatga qiyosan ochishda o‘xshatishdan unumli foydalangan. Yana bir o‘rinda esa, shoir har bir nafasni qadrlash an’anasini saqlagan holda, qish mavsumi bo‘lishiga qaramasdan, shahar osmonida firuza rang tiniqlik va shaffoflikni ko‘rib mislsiz hayrat tuyadi. Demak, go‘zallikni qadrlash, yurt jamolidan ko‘rkamlik axtarish shoir tabiatiga xos muhim fazilat edi.G‘afur G‘ulom bir o‘rinda qish mavsumida ham shahar osmonida firuzarang tiniqlik va shaffoflikni ko‘rib mislsiz hayrat tuyadi. Ko‘m-ko‘k tiniq osmonDekabr oyida ham,Har nafasi bir jahonToshkent munchalar ko‘rkam! [G‘afur G‘ulom, 1983:285].Demak, go‘zallikni qadrlash, yurt jamolidan ko‘rkamlik axtarish shoir tabiatiga xos muhim fazilatlar bo‘lib, ularning shakllanishi va kamol topishida u tug‘ilib o‘sgan yurtning shu mo‘jaz go‘shasi, tarixi, tabiati va bag‘rikeng, fidoyi odamlariga bo‘lgan mehr-u ixlos muhim rol o‘ynagan. G‘afur G‘ulom “O‘shning etagidan Xorazmgacha, / Termizdan Bo‘stonliq soyiga qadar” cho‘zilgan jonajon Vatan haqida gapirganida:Iqlimin, boyligin, ko‘rkin – savlatin,Alishgim kelmaydi butun jahonga [G‘afur G‘ulom, 1983: 205], deb yozadi. Ko‘rinadiki, shoir yurtimizning iqlimi, yer osti va yer usti boyliklarigina emas, tarixan olamni lol qoldirgan ko‘rk-u savlatidan ham cheksiz g‘urur tuygan. Ayniqsa, bunyodkor xalqqa bo‘lgan mehrini iftixor bilan bayon etgan:Bizning ipaklardan olam kiyinar,Yana zebolanur qizlar jamoli.Rangidan ko‘z quvnar, dillar suyunar,Arab surmasi-yu, hinduning xoli [G‘afur G‘ulom, 1983:206].Shoir o‘zbek ipagi ulug‘ e’tibori haqida so‘zlarkan, olamni ipakka burkagan elning go‘zallik yaratuvchisi ekanini, cho‘g‘day atlas kiygach, yanada chiroy ochgan barno qizlar misolida ko‘rsatadi. Ko‘zga quvonch, dilga suyunch bag‘ishlagan ranglar jilosi qoshida nainki arab surmasi, balki hinduning xoli ham ip esholmay qoladi. Albatta, shoir bu o‘rinda mubolag‘aning tablig‘ turini


612qo‘llagani uchun tasvirni birqadar bo‘rttirib ifodalagan. Muhimi shundaki, o‘zbek ipagi belgi-sifati har qancha orttirilgan va bo‘rttirilgan bo‘lishiga qaramasdan, yuqoridagi tasvir inson tasavvuridan yiroq ham, uning aqli ishonmaydigan darajada mubolag‘ador ham emas. Shoir aksariyat she’rlarida millatning ittifoq xazinasiga tog‘day yuksak, qorday beg‘ubor paxta xirmoni-yu olamni kiyintirgulik pilla yetkazib berayotganini bejiz ta’kidlamaydi. Jumladan, so‘z yuritilayotgan she’rda G‘.G‘ulom: Oltindan, urandan, qo‘rg‘oshingacha, Mevalar, qorako‘l, ipak sarbasar.Barisi-barisi Vatanimda bor,Vatanim dunyoning xazinasidir [G‘afur G‘ulom, 1983:206],deb yozadi. Binobarin, shoir bunday jannatmakon yurtni jahonning biror maskaniga almashish mumkin emasligini teran anglaydi. G‘afur G‘ulom mehnat odami har jabhada qadr topishini tilarkan, o‘zini ular yonidan bir nafas jilmaslik, har biri qalbi-yu shuuriga yetib borgulik biror mujda, iliq so‘z aytishga burchli deb biladi. Bu qutlug‘ amalni bajara olgan kezlarida esa, o‘zini g‘oyat baxtiyor sezadi. Adabiyotshunos Q.Yo‘ldoshev ta’biri bilan aytganda: «…asl iste’dodning qudrati shundaki, u har qanday to‘siqni yengib o‘tib, zamon kishisi ruhiyati qirralarini jilolantira oladi» [Yo‘ldoshev, 2006 :189]. Ayni paytda, shoir ong osti tuyg‘ular dunyosida yurtimizdan tashib ketilayotgan bebaho boyliklar butun ko‘lami bilan aks etganini ilg‘ash ham qiyin emas. Shoir “gap tagida – gap, kosa tagida – nim kosa” qo‘yib gapirgan bo‘lishi ham ehtimoldan yiroq emas. Har holda, o‘sha davr ijtimoiy me’yorlari talabiga ochiq-oydin qarshi chiqolmagan, o‘z ichki mayllarini oshkor etolmagan G‘afur G‘ulom Vatan boyliklarini birma-bir sanash, har biriga alohida urg‘u berib, individ sifatidagi subyektiv borlig‘i – tasavvurlar olamini ham oshkor etgan. Shoirning peyzaj lirikasida vatanparvarlik tuyg‘ulari o‘ziga xos tarzda aks ettirilgan. Bunda u poetik timsol va ramzlar orqali o‘ziga xos tasvirlar yaratgan.O‘rta ko‘klam tongi bu, kunlar qiyomga yetib,Rasta bo‘lgan yigitday ovozlari do‘rillar.Endigina g‘unchadan g‘unchaga hatlab o‘tib,Muhabbat notasini yodlar jo‘ja bulbullar [G‘afur G‘ulom, 1983:270].G‘unchadan-g‘unchaga hatlab sayrayotgan bulbullar navosi va ularga ergashib muhabbat notasini o‘rganishga shaylangan jo‘ja bulbullar qo‘shig‘i inson ko‘nglida hayotning qadri haqida mahzun o‘ylar uyg‘otadi. Zotan, she’rda kun peshinga og‘ayotgan vaqt tanlangani bejiz emas. Bu bilan shoir ramziy ma’noda ikki avlod almashinadigan davrni nazarda tutgan. Binobarin, bulbul – jo‘ja; gul – g‘uncha; ota – farzand tomonidan inkor etiladi. Vorislikka asoslanuvchi ushbu inkorni-inkor qonunida tabiat, jamiyat va inson tafakkuri taraqqiyotining mohiyati aks etgan. Borliq va jamiyatdagi rivojlanish-u yangilanish eskining zamirida paydo bo‘lib, nisbatan yuqori bosqich sifatida barqarorlashadi. Shoir ana shu ikkinchi inkor (jo‘ja – bulbul) orqali taraqqiyotning tabiatiga xos uzluksizlikni nazarda tutgan. Bulbul va palaponning g‘uncha-yu gulga bo‘lgan mehri orqali inson Vatanni qanday sevishi lozimligining tabiiy asoslari ko‘rsatilgan. Ibratangiz bu qiyosda jo‘ja bulbul tovushining balog‘atga yetgan yigitning ovoziga o‘xshatilishidan anglashiladiki, bog‘bon – otaning yurtga muhabbati farzandlar orqali uzluksiz davom etadi. Vositali tarzda uqtirilayotgan hikmat mazmuni yosh avlodga qaratilgan. Demak, lirik qahramon ma’naviy olamidagi mamnuniyat hissi kitobxon ruhiyatiga ko‘chishi ko‘zda tutilgan. G‘.G‘ulomning “Gulxona” nomli she’ri lirik qahramoni vatanning gilamday kichik bir bo‘lagini maxsus ajratib, o‘sha joyda mazmunan go‘zal maskan yaratish ishtiyoqida. Zotan, u insonning har bir nafasi shirin hayot bo‘stoni, gul-u gulzor ichida kechishini tilaydi. G‘afur G‘ulom “dostoncha”, ya’ni ko‘lamdor adabiy meros qoldirayotganini yaxshi anglagan. Bitiklari Sirdaryoday to‘liq va toshqin, o‘zani teran ekaniga shubha qilmagan. Xalq dostonlari


613og‘izdan-og‘izga o‘tib, kelajak nasllarga, daryo suvi uzoq yo‘l bosib olis sarhadlarga yetib borgani singari asarlarining barhayot qolishiga umid bog‘lagan. Ufqim doirasidan dostoncha gullar terib,Qachondir ushbu she’rim Sirdaryoday oqolsa.Vatanim tuprog‘ining mag‘zi-mag‘zida erib,Qatra-qatralaridan xalqimiz gul taqolsa [G‘afur G‘ulom, 1983: 271].Ma’lumki, ufq – ko‘z ilg‘agan uzoqlikda samo bilan yerning tutashganday bo‘lib ko‘rinuvchi chizig‘i. Inson umrining ufqi ham hayot va o‘lim chegarasida tutashsa ajab emas. Ehtimol, shuning uchun badiiy adabiyotda ufq tasviriga murojaat etilsa, umr shomi yoki istiqbol tongi ma’nosiga ishora qilinadi. Ta’kidlash o‘rinliki, G‘afur G‘ulom ijodiy prinsiplarida umrining har onini davr mazmuniga hamnafas qilish, ya’ni: “Zamonning mazmunini ishqiy vaznga solmak” tamoyili yetakchilik qilgan [G‘afur G‘ulom, 1983:288]. Shuning uchun shoir lirik merosining o‘z davrida qaynoq va otashin bo‘lib tuyulgan, ammo bugungi kunda zamonasozlik tufayli yaratilgani ayon ko‘rinuvchi kattagina qismi vaqt sinovlariga bardosh berolmadi. Hamma ko‘rganimdan yaxlit xulosa:Tuqqan Vatan ekan – jahonda go‘zal! [G‘afur G‘ulom, 1983: 329]Shoir lirik qahramoni uchun Vodilning sharqiroq suvlariga betini yuvib, Farg‘onaning zumrad havolaridan yutoqib nafas olgan damlardan baxtiyorroq lahzalar yo‘q. G‘afur G‘ulom lirikasi – xalqchil she’riyat. U inson umri mazmunini uning Vatan ravnaqiga qo‘shgan hissasi miqdori bilan o‘lchaydi. Orzu-havasni tilakka, tilakni esa real hayotga aylantirmoq elning ulug‘vor maqsad sari yakdil harakatiga bog‘liq, deb biladi:Mangulik bo‘y-bastiga yarashiq xalqimiz bor,Biror poydevor qursa ertasini o‘ylaydi.Mehnatining yakuni maqsadiday ulug‘vor,Ko‘chat eksa qurimas, chechaklarni bo‘ylaydi [G‘afur G‘ulom, 1983: 330].Ko‘rinadiki, shoir zahmatkash elning ertani ko‘zlab qiladigan har bir harakatida ulug‘vorlik mujassam deb biladi. Chunki butun olam doimiy harakat va o‘zgarishlar og‘ushida, harakat esa, eng avvalo, o‘zgarishdir. Shoir lirik qahramoni qalban baland himmatli inson. Uning dilida yuksak tog‘larimiz salobati, archazorlarimiz vazminligi, o‘ngirlarimizdan o‘kirib oquvchi shalolalar qudrati va Amu, Sir, Zarafshon, Surxon singari ayqin (toshqin) daryolarimiz jo‘shqinligi jipslashgan. Shuning uchun uning tiyran nigohi bugunning ko‘zgusida istiqbol jilvasini ko‘rishga qodir. Xalqim bilan hamnafas shuncha bahor o‘tkazdim,Endigi ijodning ham chashmasi el himmati [G‘afur G‘ulom, 1983:330].Demak, G‘afur G‘ulom bitiklarida Vatan va xalq tushunchalari ajralmas monolit birlik sifatida poetik idrok etiladi.Umuman, shoir vatanparvarlik g‘oyalarini milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ulari bilan mushtarak holda tasvirlab, o‘ziga xos she’rlar yarata olganki, bu she’rlar yuksak badiiyati bilan bugungi kunda ham o‘z qimmatini yo‘qotmagan. Foydalanilgan adabiyotlar1. Belinskiy V. G. Adabiy orzular. –T.: G‘. G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1977. 2. Jumaboyeva J. XX asr o‘zbek she’riyatida psixologik tasvir mahorati. DDA. –T.: 1999. 20- b.3. Matyoqubova T. Gʻafur Gʻulom badiiyati. – T.: Fan va texnologiya, 2006.4. Matyokubova, T., & Yakubov, I. Laboratory works of Gafur Gulam: poetic image and imagery. 2020. Journal of critical reviews, № 7, pp. 28-37.5. Matyakubova T.R. Poetic character and its specific features // Theoretical &Applied Science. – Marseille, 2015. pp.


61440-436. Matyokubova, T. Poetic imagery of nature // Theoretical & Applied Science, 2023. 02 (118), 521-5247. G‘afur G‘ulom. Mukammal asarlar to‘plami. 12 tomlik. T.1. – T.: Fan, 19838. G‘afur G‘ulom. Mukammal asarlar to‘plami. 12 tomlik. T.2. – T.: Fan, 19849. G‘afur G‘ulom. Mukammal asarlar to‘plami. 12 tomlik. T.3. – T.: Fan, 1984Yakubov Islamjan. Transformation ofaesthetic views and modern uzbek novel. Theoretical & Applied Science. 2017. - №12. P 120-125.10. Yakubova S. The issue of «way» in Cholpon’s poetry. ISJ Theoretical & Applied Science... 2023. 02 (118), 490-49211. Yakubov I. Mustaqillik davri o‘zbek romanlari poetikasi. – T.: Nurafshon business”, 202112. Yokubova S.I. The Issue of way in Cholpon’s poetry. International Scientific Journal Theoretical & Applied Science. Impact Factor JIF = 1.500.– USA, Philadelphia. 22.02.2023. Issue 02. Volume 118. – Pp. 490-492 13. Yokubova S Principles of renewal of poetic images in modern uzbek poetry. European Journal of Humanities and Educational Advancements (EJHEA) Available Online at. Vol. 4 No.11, November 2023. – Pp. 74-7614. Yo‘ldoshev Q. Yoniq so‘z. – T.: Yangi asr avlodi, 2006.


Click to View FlipBook Version