ПЕДАГОГИКА ВА ПСИХОЛОГИЯ151 funksional va arxitektura tahlili; integratsion didaktik modellarni moslashtirish.Metodik asos sifatida integratsion ta’limni qo‘llab-quvvatlovchi xalqaro tan olingan modellar tanlab olindi. ADDIE modeli o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich loyihalashga xizmat qildi. Backward Design modeli natijaga yo‘naltirilgan rejalashtirishni ta’minladi. TPACK modeli esa pedagogika, mazmun va texnologiya uyg‘unligini asoslash uchun qo‘llandi.Tadqiqot tashkil etilishida platforma loyihasi uch darajada ishlab chiqildi:1. pedagogik-didaktik model.2. funksional-modulli model.3. texnologik-arxitektura model.Ta’limni raqamli transformatsiyalash sharoitida o‘quv jarayonining mazmuni, shakli va metodlarini yangicha yondashuvlar asosida tashkil etish zarurati ortmoqda. Ayniqsa, fanlararo va metodik integratsiyani ta’minlovchi integratsion shakllarni raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish zamonaviy pedagogikaning dolzarb masalalaridan biridir. Shu bois tadqiqot doirasida raqamli transformatsiya muhitida o‘quv jarayonining integratsion shakllaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish modeli ishlab chiqildi.Model integratsion ta’lim muhitini loyihalashga yo‘naltirilgan bo‘lib, talabalarning bilimlarni chuqur va barqaror o‘zlashtirishi hamda mustaqil va hamkorlikka asoslangan faoliyatini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.Tadqiqot natijalariga ko‘ra, integratsion ta’lim muhiti uch asosiy tarkibiy qismga tayangan holda quriladi. Birinchisi – ADDIE [1], TPACK [2], Backward Design [3], Know-Do-Be [4] va KSA [5] kabi zamonaviy pedagogik modellar bo‘lib, ular o‘quv jarayonini tizimli rejalashtirish va kompetensiyalarni kompleks rivojlantirish imkonini beradi.Ikkinchisi – aralash ta’lim [6], teskari sinf [7], muammoli [8] va loyiha asosida o‘qitish [9] kabi raqamli pedagogik yondashuvlar bo‘lib, talabalarning faol ishtiroki, tanqidiy va ijodiy fikrlashini rivojlantiradi.Uchinchisi – LMS platformalar, interaktiv resurslar, sun’iy intellektga asoslangan adaptiv tizimlar va learning analytics vositalari bo‘lib, ular ta’limni shaxsiylashtirish hamda uzluksiz monitoringni ta’minlaydi.1-rasm. Raqamli transformatsiya muhitida o‘quv jarayonining integratsion shakllaridan foydalanishga asoslangan ta’lim muhiti modeli
ПЕДАГОГИКА ВА ПСИХОЛОГИЯ152Mazkur komponentlarning integratsiyasi natijasida ta’lim jarayoni nafaqat nazariy bilimlarni egallashga, balki ularni amaliyotda qo‘llash, mustaqil qaror qabul qilish va reflektiv fikrlashni rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Shu tariqa, integratsion ta’lim muhiti raqamli transformatsiya sharoitida talabalarni kompleks rivojlantirishga xizmat qiluvchi tizimli model sifatida namoyon bo‘ladi.Raqamli ta’lim platformasining barqaror va kengaytiriluvchan ishlashini ta’minlashda komponentlararo bog‘lanishlar muhim ahamiyat kasb etadi. Platformadagi har bir modul yoki xizmat o‘ziga xos funksiyani bajaradi, biroq ular mustaqil ishlashi bilan birga o‘zaro moslashgan va sinxron aloqada bo‘lishi zarur. Bunday bog‘lanishlar odatda API, webservislar va xabar almashish mexanizmlari orqali amalga oshiriladi. API komponentlar o‘rtasida standartlashtirilgan ma’lumot almashinuvini ta’minlab, frontend va backend o‘rtasidagi uzluksiz ishlashni tashkil etadi. Bu esa modullarni alohida testlash, yangilash va modernizatsiya qilish imkonini beradi.Komponentlararo aloqa xizmatga yo‘naltirilgan yoki mikroxizmatlar arxitekturasi orqali ham tashkil etilishi mumkin. Mikroxizmatli yondashuvda har bir modul mustaqil xizmat sifatida ishlaydi, bu esa tizimni moslashuvchan va kengayuvchan qiladi. Aloqa xavfsizligini ta’minlashda token asosidagi autentifikatsiya (JWT), HTTPS protokoli va rollarga asoslangan kirish nazorati (RBAC) qo‘llanilib, foydalanuvchining faqat o‘z vakolati doirasida ma’lumotlarga kirishi ta’minlanadi.Platforma arxitekturasining foydalanuvchi bilan bevosita ishlaydigan asosiy qatlami –foydalanuvchi interfeysi hisoblanadi. Interfeys grafik va intuitiv shaklda loyihalanib, turli rollar – talaba, o‘qituvchi va administrator uchun mos funksional muhit yaratadi. Talaba o‘quv resurslarini ko‘rish va test topshirish, o‘qituvchi kurs va baholashni boshqarish, administrator esa foydalanuvchilar va xavfsizlikni nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.Foydalanuvchilar interfeys orqali o‘quv resurslarini yuklash va ko‘rish, testlarni bajarish, natijalarni kuzatish va reflektiv tahlil qilish imkoniyatiga ega. Dashboard vositalari grafik va indikatorlar orqali o‘quv jarayonini vizual monitoring qilishni ta’minlaydi. Rollarga asoslangan ruxsatlar esa tizim xavfsizligi va tartibliligini oshiradi.Platformaning muhim tayanch qatlami – ma’lumotlar infratuzilmasi bo‘lib, unda foydalanuvchilar, kurslar, natijalar va analitik ma’lumotlar saqlanadi. Amaliyotda relatsion (MySQL, SQL Server) yoki NoSQL (MongoDB) bazalar qo‘llaniladi. Ma’lumotlar xavfsizligi autentifikatsiya, avtorizatsiya, shifrlash va zaxiralash mexanizmlari orqali ta’minlanadi.Zamonaviy ta’lim platformalari turli arxitektura modellarida quriladi: monolit, modulli, mikroxizmatli va modulli monolit. Monolit arxitektura sodda, lekin kengayishda murakkablashadi. Modulli arxitektura moslashuvchan, biroq bog‘liqliklarni boshqarish talab etadi. Mikroxizmatli arxitektura yuqori kengayuvchanlik beradi, lekin boshqaruvi murakkabroq. Amaliy jihatdan samarali yechim sifatida modulli monolit yondashuv qo‘llanilib, unda tizim yagona arxitektura doirasida ishlaydi, lekin funksiyalar mustaqil modullar ko‘rinishida tashkil etiladi.Ishlab chiqilgan raqamli ta’lim platformasi modulli monolit arxitektura asosida qurildi va quyidagi asosiy modullarni o‘z ichiga oladi: foydalanuvchilar boshqaruvi, kurs va resurslar moduli, test va baholash tizimi, learning analytics, AI tavsiyalari, muloqot moduli hamda ma’lumotlar bazasi qatlami (2-rasm).Har bir modul mustaqil tarzda ishlab chiqiladi, biroq ular o‘zaro API (Application Programming Interface) orqali bog‘lanadi. Bunday yondashuv platformani kengaytiriluvchan, texnik xizmat ko‘rsatishga qulay hamda o‘quv jarayonidagi dinamik
ПЕДАГОГИКА ВА ПСИХОЛОГИЯ153ehtiyojlarga tez moslasha oladigan tizimga aylantiradi (Newman, 2015). Pedagogik nuqtai nazardan, modulli monolit arxitektura o‘quv jarayonining asosiy bosqichlarini – bilim berish, mashq qilish, baholash, tahlil qilish – alohida modullar orqali qamrab oladi va ularni raqamli tarzda boshqarish imkonini yaratadi. Ayniqsa, talabaning individual ta’lim trayektoriyasini shakllantirishda modullar o‘zaro kombinatsiya qilinib, o‘quv faoliyati shaxsiylashtirilgan ko‘rinishda tashkil etiladi.2-rasm. Raqamli ta’lim platformasining modulli monolit arxitektura modeliPlatforma arxitekturasini samarali joriy etishda loyiha boshqaruvining umumiy metodik ramkasi sifatida P3 modeli (People-Process-Product) qo‘llanildi. Mazkur yondashuv platformaning muvaffaqiyati faqat texnologik yechimlarga emas, balki inson resurslari, ishlab chiqish jarayonlari va yakuniy mahsulot sifatining uyg‘unligiga bog‘liq ekanini asoslaydi. Shuning uchun platformani yaratishda quyidagi uch komponent muvozanatda olib borildi:People (inson resurslari) – platformani ishlab chiquvchi texnik jamoa (backend, frontend, ma’lumotlar tahlili, AI/analytics, DevOps), pedagogik jamoa (fan o‘qituvchilari, metodistlar, instructional designerlar) hamda boshqaruv resurslari (administrator, loyiha koordinatori)dan iborat bo‘lib, yakuniy foydalanuvchilar – talaba va o‘qituvchilar ehtiyojlari asosiy mezon sifatida qabul qilindi. Aynan foydalanuvchilarning raqamli savodxonligi, roli va o‘quvdagi maqsadlari platforma interfeysi va funksiyalarini loyihalashda tayanch nuqtaga aylandi.Process (jarayonlar) – platformani ishlab chiqish va joriy etish bosqichlari tizimli tashkil etildi. Bunda rejalashtirish, dizayn, ishlab chiqish, joriy etish va baholash jarayonlari asosan ADDIE metodologiyasi (Analysis-Design-Development-Implementation-Evaluation) mantiqiga mos holda bajarildi. Natijada talablarni aniqlashdan tortib sinov joriy etishgacha bo‘lgan barcha bosqichlar bir-birini to‘ldiruvchi izchil tizim sifatida shakllantirildi.Product (mahsulot) – yakuniy mahsulot sifatida modulli tuzilma va xizmatlararo API aloqalariga tayangan raqamli ta’lim platformasi yaratildi. Platforma uch asosiy texnik qatlamdan iborat: frontend (foydalanuvchi interfeysi), backend (server logikasi va API) hamda ma’lumotlar bazasi. Bunday qatlamli tuzilma platformaning barqaror ishlashi, ma’lumotlar bilan samarali ishlashi va keyinchalik funksiyalarni kengaytirish imkonini beradi.Shu tarzda, modulli yondashuv (API orqali bog‘lanish), P3 modeli (People-Process-
ПЕДАГОГИКА ВА ПСИХОЛОГИЯ154Product) hamda ADDIE asosidagi jarayonlar integratsiyasi platformani nafaqat texnik jihatdan barqaror, balki pedagogik jihatdan ham boshqariladigan, shaxsiylashtirilgan va monitoringga tayangan raqamli ta’lim muhitiga aylantirdi.Yuqorida asoslangan integratsion modelning amaliy tatbiqi sifatida, platformaning texnik infratuzilmasi puxta backend arxitekturasi va optimallashtirilgan ma’lumotlar bazasi asosida ishlab chiqildi. Raqamli ta’lim platformasining backend qismi tizimning asosiy intellektual markazi bo‘lib, u foydalanuvchi so‘rovlari, baholash jarayonlari, analitik tahlil va adaptiv tavsiyalarni boshqaradi. Shu bois backendni loyihalash jarayonida texnik samaradorlik bilan bir qatorda pedagogik ehtiyojlar ham ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi.Platforma arxitekturasi modullilik tamoyili asosida qurilgan bo‘lib, fanlar va mavzular, testlash va baholash, AI tavsiyalar hamda learning analytics modullari o‘zaro integratsiyalashgan holda ishlaydi. Bunday yondashuv “ajratilgan mas’uliyat prinsipi”ga asoslanib, har bir modulning mustaqil ishlashi va keyinchalik mikroxizmatlar shaklida kengaytirilishini ta’minlaydi.Natijada tizim moslashuvchan, kengaytiriladigan va yuqori yuklama sharoitida barqaror ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ma’lumotlar bazasi modeli relatsion arxitektura asosidaishlab chiqilib, PostgreSQL MBBT tanlandi.Backend va frontend o‘rtasidagi samarali integratsiyani ta’minlash maqsadida RESTful API va AJAX texnologiyalaridan foydalanildi. Django REST Framework asosida ishlab chiqilgan API interfeyslari orqali testlarni topshirish, natijalarni ko‘rish va AI tavsiyalarni olish jarayonlari real vaqt rejimida amalga oshiriladi. Bu esa platformaning interaktivligi va sezgirligini oshiradi hamda o‘quv jarayonini uzluksiz boshqarish imkonini beradi.Frontend qismi esa foydalanuvchi va tizim o‘rtasidagi asosiy muloqot muhiti sifatida ergonomik va reaktiv tamoyillar asosida ishlab chiqildi. Interfeysni loyihalashda InsonKompyuter muloqoti (HCI) prinsiplari va kognitiv yuklama nazariyasi inobatga olinib, foydalanish qulayligi va intuitivlikka alohida e’tibor qaratildi. O‘qituvchi uchun mo‘ljallangan interfeys monitoring, baholash va analitik tahlil imkoniyatlarini taqdim etadi, jumladan, guruh natijalari va progress diagrammalari orqali o‘zlashtirish dinamikasi vizual tahlil qilinadi.Platformada sun’iy intellekt asosidagi funksional imkoniyatlar alohida o‘rin tutadi. AI yordamida mustaqil ta’lim uchun matnli kontent yaratish hamda test generatsiyasi amalga oshiriladi. Xususan, test savollari mavjud resurslar asosida avtomatik shakllantirilib, javob manbasi aniq ko‘rsatiladi. Bu mexanizm talabalarning mustaqil o‘rganish jarayonini optimallashtirish, bilim bo‘shliqlarini aniqlash va adaptiv tavsiyalar berishga xizmat qiladi.Shunday qilib, ishlab chiqilgan integratsion raqamli platforma pedagogik model, texnologik arxitektura va sun’iy intellekt imkoniyatlarining uzviy uyg‘unligi asosida shakllantirildi. Mazkur tizim o‘quv jarayonini shaxsiylashtirish, fanlararo integratsiyani ta’minlash, baholashni avtomatlashtirish hamda real vaqt rejimida monitoring qilish orqali ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi kompleks pedagogik-texnologik muhit sifatida namoyon bo‘ladi.Xulosa qilib aytganda, raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim jarayonini tashkil etish an’anaviy metodik yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqish va integratsion o‘qitish shakllarini raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirishni talab etadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, integratsion ta’limni samarali joriy etish pedagogik modellar, raqamli pedagogik yondashuvlar va zamonaviy texnologik infratuzilmaning uzviy integratsiyasi asosida amalga oshirilgandagina yuqori samaradorlik beradi.
ПЕДАГОГИКА ВА ПСИХОЛОГИЯ155Ishlab chiqilgan metodik model ADDIE, TPACK, Backward Design, kompetensiyaviy yondashuv hamda learning analytics konsepsiyalarini yagona tizimga birlashtirish orqali o‘quv jarayonini natijaga yo‘naltirilgan, shaxsiylashtirilgan va monitoringga asoslangan shaklda tashkil etish imkonini berishi asoslandi. Integratsion ta’lim muhiti talabalarning bilimni chuqur o‘zlashtirishi, amaliy qo‘llashi, mustaqil qaror qabul qilishi va reflektiv fikrlashini rivojlantirishga xizmat qilishi aniqlandi.Texnik jihatdan platformani modulli va modulli-monolit arxitektura asosida loyihalash, komponentlararo aloqani API orqali tashkil etish hamda rollarga asoslangan xavfsizlik mexanizmlarini joriy etish tizimning barqarorligi, kengaytiriluvchanligi va boshqaruv qulayligini ta’minlashi ko‘rsatildi. Frontend va backend qatlamlarining ajratilgan holda, lekin integratsiyalashgan ishlashi platformaning moslashuvchanligini oshiradi.Platformaga learning analytics va sun’iy intellekt asosidagi tavsiya mexanizmlarini integratsiyalash o‘quv natijalarini real vaqt rejimida tahlil qilish, bilim bo‘shliqlarini aniqlash va individual o‘quv trayektoriyasini shakllantirish imkonini berdi. Bu esa o‘qituvchining pedagogik qaror qabul qilish jarayonini ma’lumotlarga asoslangan holga keltiradi.Shunday qilib, tadqiqot doirasida asoslangan pedagogik va texnik yechimlar integratsion o‘quv platformalarini yaratish va joriy etish zamonaviy ta’lim sifatini oshirishda samarali vosita ekanini ko‘rsatdi hamda ularni oliy ta’lim amaliyotiga tatbiq etish maqsadga muvofiq ekanligi xulosalandi.Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:1. Branch R. M. Instructional design: The ADDIE approach. New York, NY: Springer, 2009. 203 p.2. Mishra P., Koehler M. J. Technological pedagogical content knowledge: A framework for teacher knowledge // Teachers College Record. 2006. Vol. 108. No. 6. P. 1017-1054.3. McTighe J., Wiggins G. The Understanding by Design Guide to Creating High-Quality Units. Alexandria, VA: ASCD, 2011. 122 p.4. Delors J. et al. Learning: The treasure within. Report to UNESCO of the International Commission on Education for the Twenty-First Century. Paris: UNESCO Publishing, 1996. 266 p.5. OECD. The definition and selection of key competencies: Executive summary. Paris: OECD, 2005. 20 p.6. Graham C. R. Blended learning systems: Definition, current trends, and future directions // In: Bonk C. J., Graham C. R. (eds.). Handbook of blended learning: Global perspectives, local designs. San Francisco: Pfeiffer Publishing, 2006. – P. 3-21.7. Bergmann J., Sams A. Flip your classroom: Reach every student in every class every day. Eugene, OR: International Society for Technology in Education, 2012.120 p.8. Hmelo-Silver C. E. Problem-based learning: What and how do students learn? // Educational Psychology Review. 2004. Vol. 16. No. 3. – P. 235-266.9. Krajcik J., Blumenfeld P. Project-based learning // In: Sawyer R. K. (ed.). The Cambridge handbook of the learning sciences. New York: Cambridge University Press, 2006. – P. 317-333.
ИҚТИСОД156УДК: 338.45:629.33:502.131.1УСТОЙЧИВОЕ РАЗВИТИЕ И ЭКОЛОГИЧЕСКИЕ ИНИЦИАТИВЫ В АВТОДИЛЕРСКИХ СЕТЯХ УЗБЕКИСТАНАЎЗБЕКИСТОН АВТОДИЛЕРЛИК ТАРМОҚЛАРИДА БАРҚАРОР РИВОЖЛАНИШ ВА ЭКОЛОГИК ТАШАББУСЛАРSUSTAINABLE DEVELOPMENT AND ENVIRONMENTAL INITIATIVES IN UZBEKISTAN’S AUTO DEALER NETWORKSШамсутдинов Ш.Н. (“Фарғона-моторс” МЧЖ Бош директори ўринбосари)В условиях глобального перехода к устойчивому развитию трансформация автомобильной отрасли выходит за пределы производственного сегмента и охватывает инфраструктуру сбыта и сервисного обслуживания. В статье исследуются принципы устойчивого развития и экологические инициативы, реализуемые в автодилерских сетях Узбекистана. На основе теоретического анализа концепций устойчивого развития, ESG и заинтересованных сторон, а также изучения отраслевой практики проводится оценка уровня экологического менеджмента, цифровизации процессов и интеграции экологических стандартов в систему корпоративного управления. Результаты исследования показывают, что экологическая трансформация дилерских сетей носит фрагментарный характер и преимущественно ограничивается операционными мерами. Обосновывается необходимость перехода к системной ESGмодели, включающей отчетность, стратегическое планирование и использование инструментов зелёного финансирования.Ключевые слова: устойчивое развитие, ESG, автодилерские сети, зелёная экономика, экологический менеджмент, корпоративное управление, ресурсная эффективность, Узбекистан.Глобал барқарор ривожланиш шароитида автомобиль соҳасининг трансформацияси ишлаб чиқариш босқичи билан чекланиб қолмай, сотув ва сервис инфратузилмасини ҳам қамраб олмоқда. Мазкур мақолада Ўзбекистон автодилер тармоқларида барқарор ривожланиш тамойиллари ва экологик ташаббуслар таҳлил қилинади. Барқарор ривожланиш, ESG ва манфаатдор томонлар назарияси концепцияларининг назарий таҳлили ҳамда соҳавий амалиётни ўрганиш асосида экологик менежмент даражаси, рақамлаштириш жараёнлари ва экологик стандартларни корпоратив бошқарув тизимига интеграция қилиш ҳолати баҳоланади. Тадқиқот натижалари автодилер тармоқларида экологик трансформация фрагментар хусусиятга эга эканини ва асосан операцион чора-тадбирлар билан чекланаётганини кўрсатади. ESG моделини тизимли жорий этиш, ҳисобот бериш механизмларини ривожлантириш ва «яшил» молиялаштириш инструментларидан фойдаланиш зарурлиги асослаб берилади.Калит сўзлар: барқарор ривожланиш, ESG, автодилер тармоқлари, яшил иқтисодиёт, экологик менежмент, корпоратив бошқарув, ресурс самарадорлиги, Ўзбекистон.
ИҚТИСОД157In the context of the global transition toward sustainable development, the transformation of the automotive industry extends beyond the manufacturing sector and increasingly encompasses sales and service infrastructure. This article examines the principles of sustainable development and environmental initiatives implemented in automotive dealership networks of Uzbekistan. Based on a theoretical analysis of sustainable development, ESG, and stakeholder theory, as well as a review of sectoral practices, the study evaluates the level of environmental management, digitalization processes, and the integration of environmental standards into corporate governance systems. The findings indicate that the environmental transformation of dealership networks remains fragmented and largely limited to operational measures. The study substantiates the need for a systematic ESG model that includes sustainability reporting, strategic planning, and the use of green financing instruments.Keywords: sustainable development, ESG, automotive dealership networks, green economy, environmental management, corporate governance, resource efficiency, Uzbekistan.Современная экономическая система развивается в условиях усиления экологических ограничений, изменения климата и роста общественного запроса на ответственное ведение бизнеса. Концепция устойчивого развития, сформулированная в докладе Комиссии Брундтланд [1], стала фундаментом для трансформации корпоративного управления и государственной политики.Автомобильная отрасль традиционно относится к числу наиболее ресурсозатратных и экологически чувствительных сфер экономики. По оценкам международных экспертов, транспортный сектор обеспечивает значительную долю глобальных выбросов парниковых газов и оказывает существенное воздействие на окружающую среду [2]. В этой связи в последние годы активно развиваютсятехнологии электромобилей, гибридных транспортных средств и энергоэффективных решений.Однако экологическая повестка не ограничивается производственным сегментом. Существенное значение приобретает инфраструктура реализации и обслуживания автомобилей – дилерские сети. Именно на данном уровне формируется взаимодействие с конечным потребителем, осуществляется сервисное обслуживание, логистика запасных частей и продвижение новых экологических стандартов.В Узбекистане автомобильная промышленность является одним из приоритетных направлений индустриальной политики и модернизации экономики. Вместе с тем вопросы устойчивого развития дилерских сетей остаются недостаточно исследованными, что определяет научную актуальность настоящей работы.Цель исследования – выявить особенности внедрения экологических инициатив в автодилерских сетях Узбекистана и определить перспективы системной интеграции ESG-подходов.Методологическая база исследования опирается на:–концепцию устойчивого развития;–теорию заинтересованных сторон;–концепцию создания совместной ценности;–современные подходы к экологическому менеджменту;– модели стратегического устойчивого развития экономики.Согласно теории заинтересованных сторон, устойчивость компании определяется
ИҚТИСОД158способностью учитывать интересы не только собственников, но и клиентов, сотрудников, общества и государства [3]. В автомобильном секторе это особенно важно, поскольку воздействие отрасли распространяется на широкий круг участников.В рамках исследования использованы методы качественного анализа, сравнительного сопоставления международных практик и изучения отраслевых материалов. Анализировались элементы экологического менеджмента, цифровизации процессов и корпоративной политики автодилерских сетей.Проведённый анализ показал, что автодилерские сети Узбекистана постепенно внедряют отдельные элементы экологической ответственности. К ним относятся:– переход на LED-освещение и энергосберегающие технологии;– сокращение бумажного документооборота за счёт цифровизации;– внедрение водосберегающих систем в сервисных центрах;– регламентированная утилизация технических жидкостей и запасных частей.Данные меры соответствуют базовым принципам экологического менеджмента, направленного на снижение негативного воздействия хозяйственной деятельности [4].Тем не менее, большинство инициатив реализуется на уровне отдельных подразделений и не интегрируется в стратегическую модель управления.Мировая практика демонстрирует возрастающую роль ESG-факторов в формировании инвестиционной привлекательности компаний [5]. Интеграция экологических, социальных и управленческих критериев становится стандартом корпоративной политики.В дилерских сетях Узбекистана ESG-подходы пока не получили широкого институционального закрепления. Экологические меры носят преимущественно локальный характер. Отсутствует системная отчетность по экологическим показателям, не формируются долгосрочные экологические стратегии.Вместе с тем потенциальные преимущества внедрения ESG значительны. Как подчеркивается в концепции создания совместной ценности, экологические инициативы могут стать источником конкурентных преимуществ и устойчивого роста. [6]Экологическая модернизация дилерских сетей способствует:–снижению операционных затрат за счёт энергосбережения;–повышению доверия со стороны клиентов;–укреплению корпоративной репутации;– росту инвестиционной привлекательности.Кроме того, дилерские центры играют важную роль в формировании культуры устойчивого потребления, продвигая гибридные и электрические автомобили.Исследования устойчивого развития экономики подтверждают, что долгосрочный экономический рост невозможен без экологической трансформации производственных и сервисных структур [7; 9].Несмотря на позитивные изменения, устойчивое развитие автодилерских сетей в Узбекистане сдерживается рядом факторов:–отсутствием обязательной ESG-отчетности;– недостаточным развитием инструментов зелёного финансирования;– ограниченной институциональной поддержкой экологических проектов.Одновременно наблюдаются благоприятные предпосылки для трансформации. Государственная политика ориентирована на развитие «зелёной» экономики и модернизацию промышленности [9]. Расширяется инфраструктура электромобилей,
ИҚТИСОД159повышается внимание к энергоэффективности.Таким образом, автодилерские сети могут стать важным элементом экологической модернизации автомобильного сектора, обеспечивая интеграцию принципов устойчивого развития на уровне конечного потребителя.Научная новизна исследования заключается в обосновании роли дилерской инфраструктуры как самостоятельного субъекта экологической трансформации автомобильной отрасли.Автодилерские сети Узбекистана находятся на этапе формирования устойчивых моделей управления. Внедрение экологических инициатив осуществляется преимущественно на операционном уровне и требует перехода к стратегической ESGинтеграции.Разработка единых стандартов отчетности, расширение доступа к инструментам зелёного финансирования и формирование долгосрочных экологических стратегий позволят повысить конкурентоспособность дилерских сетей и усилить их вклад в национальное устойчивое развитие.Список использованной литературы:1. Брундтланд Г. Х. Наше общее будущее. – М.: Прогресс, 1989. – 412 с.2. Freeman R. E. Strategic Management: A Stakeholder Approach. – Boston: Pitman Publishing, 1984. – 276 p.3. Porter M. E., Kramer M. R. Creating Shared Value // Harvard Business Review. – 2011. –Vol. 89. – № 1–2. – P. 62–77.4. Sachs J. D. The Age of Sustainable Development. – New York: Columbia University Press, 2015. – 543 p.5. OECD. Global Outlook on Financing for Sustainable Development 2020. – Paris: OECD Publishing, 2020. – 220 p.6. Беляев В. И. Экологический менеджмент и устойчивое развитие. – М.: Инфра-М, 2019. – 304 с.7. Глазьев С. Ю. Стратегия устойчивого развития экономики. – М.: Экономика, 2018. – 352 с.8. Экологическая трансформация промышленности Узбекистана. – Фергана: ФерГУ нашриёти, 2023. – 276 с.9. Бурханова Д. Ш. Яшил иқтисодиёт ва саноат корхоналари ривожланиши. – Тошкент: Иқтисодиёт, 2022. – 248 б.
ИҚТИСОД160UDK: 004:339.138:338.242RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA AVTOMOBIL EHTIYOT QISMLARINING ELEKTRON TIJORAT TIZIMINI SHAKLLANTIRISH VA UNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASHФОРМИРОВАНИЕ ЭЛЕКТРОННОЙ КОММЕРЧЕСКОЙ СИСТЕМЫ ДЛЯ АВТОМОБИЛЬНЫХ ЗАПЧАСТЕЙ В УСЛОВИЯХ ЦИФРОВОЙ ТРАНСФОРМАЦИИ И ОЦЕНКА ЕЕ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ ЭФФЕКТИВНОСТИFORMATION OF AN ELECTRONIC COMMERCIAL SYSTEM FOR AUTOMOBILE SPECIALS IN A CONDITION OF DIGITAL TRANSFORMATION AND EVALUATION OF ITS ECONOMIC EFFICIENCYKarimova N.I. (TDTU “AIBBT” kafedrasi katta oʻqituvchisi)Avazjonov K.J. (180-22 ATT (r) guruh talabasi)Maqolada ta’lim tashkiloti rahbarining kommunikativ madaniyati uning kasbiy vakolatining eng muhim tarkibiy qismi sifatida tahlil qilinadi. U kommunikativ madaniyatning mohiyati va tuzilishini, uning boshqaruv faoliyati samaradorligiga ta’sirini, tashkiliy muhitni, ta’lim muhitidagi oʻzaro ta’sir sifatini oʻrganadi. Ta’limni modernizatsiya qilishning zamonaviy sharoitida menejerlarning kommunikativ madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishning pedagogik shartlari asoslangan hamda uning imkoniyatlarini baholash va shu orqali rivojlanish istiqbollarini belgilash yoritib berilgan. Kalit soʻzlar. Raqamli iqtisodiyot, marketing, elektron tijorat, elektron bozor, kommunikativ madaniyat, ta'limni boshqarish, ta'lim tashkiloti rahbari, kasbiy kompetensiya, boshqaruv samaradorligi.В статье анализируется коммуникативная культура руководителяобразовательной организации как важнейший компонент его профессиональной компетентности. Изучается сущность и структура коммуникативной культуры, её влияние на эффективность управленческой деятельности, организационную среду, качество взаимодействия в образовательной среде. Обосновываются педагогические условия формирования и развития коммуникативной культуры руководителей в современных условиях модернизации образования. Также освещается оценка её возможностей и, следовательно, определяются перспективы развития.Ключевые слова: цифровая экономика, маркетинг, электронная коммерция, электронный рынок, коммуникативная культура, управление образованием, руководитель образовательной организации, профессиональная компетентность, эффективность управления.The article analyzes the communicative culture of the head of an educational organization as the most important component of his professional competence. It studies the essence and structure of communicative culture, its impact on the effectiveness of management activities, the organizational environment, the quality of interaction in the educational environment. The pedagogical conditions for the formation and development of the communicative culture of managers in the modern conditions of modernization of
ИҚТИСОД161education are substantiated. It also highlights the assessment of its capabilities and, thereby, the definition of development prospects. Keywords. Digital economy, marketing, e-commerce, e-market, communicative culture, educational management, head of an educational organization, professional competence, management effectiveness.Mamlakatimiz yangi iqtisodiy bosqichga koʻtarilishi oqibatida barcha sohalarda keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi natijasida elektron tijorat tizimi ham yangi bosqichga koʻtarildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 5-oktyabrdagi “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6079-son Farmonida “Elektron tijorat va elektron toʻlovlar tizimini rivojlantirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshirildi: axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shu jumladan, mijozlarni masofadan aniqlash tizimlarini joriy etish orqali masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirish; xalqaro elektron tijorat standartlari va zamonaviy axborot xavfsizligi talablariga rioya qilish uchun elektron tijoratni rivojlantirishning huquqiy asoslarini, shuningdek, mavjud standartlar va elektron tijorat qoidalarini takomillashtirish va yangilash; raqamli infratuzilmani rivojlantirish, mobil va simli Internet jahon axborot tarmogʻi qamrovi va tezligini yanada oshirish orqali elektron tijorat platformalariga shaxsiy raqamli uskunalardan ulanish imkoniyatlari va koʻlamlarini oshirish va hokazolar” amalga oshirish belgilab berilgan. Demak, mamlakatimizda 2030-yilgacha barcha sohalarda raqamli transformatsiyalashuv jarayonlarini jadal amalga oshirish va bu orqali mamlakat iqtisodiy qudratini mustahkamlash, jahon hamjamiyatida oʻz oʻrnini munosib turish vazifalari ham belgilangan. Shu oʻrinda elektron tijorat tushunchasiga oydinlik kiritib olamiz.Elektron tijorat (e-tijorat, ingl. “e-commerce”) – bu internet orqali savdo-sotiq amaliyotlarini tashkil etish. Elektron tijoratga hozirgi eng katta internet auksioni va doʻkoni eBay misol qilishimiz mumkin. Bugungi kunga kelib, elektron tijorat – Oʻzbekiston iqtisodiyotida keng koʻlamli ishlarni amalga oshirdi va mamlakatdagi mavjud holat, muammolar va istiqbollarni oʻrganishga zamin yaratildi. Jahon hamjamiyatining koʻzlangan rivojlanish va farovonlikka erishish uchun, axborot texnologiyalariga (AT) boʻlgan ehtiyoji katta sur’atlar bilan oshib bormoqda. Iqtisodiy oʻsishning faollashuvi, dunyo aholisi yashash darajasining yaxshilanishi axborot texnologiyalarining kundalik hayotimizga singib ketgani natijasi ham hisoblanadi. Dunyo tajribasi shuni koʻrsatadiki, erkin axborot oqimining ta’minlanishi bozor iqtisodiyotiga oʻtishni tezlashtiradi va sotsial farovonlikni oshirishga zamin yaratadi. Axborot texnologiyalarining tezlik bilan rivojlanishi iqtisodiyotda ham oʻz aksini topmasdan qolmaydi. Hozirgi kunda iqtisodiyotda, ayniqsa, zamonaviy marketing sohasida erishilayotgan yutuqlar negizida aynan axborot texnologiyalari turli segmentlarining yuqori darajada rivojlanganligi va samarali qoʻllanishi yotadi. Oʻzbekiston iqtisodiyoti ham bundan mustasno emas albatta. Yaqqol misol sifatida axborot texnologiyalarining bir qator segmentlari, masalan, ma’lumotlar yetkazish tarmoqlari, axborot internet-resurslari va ular orasidagi elektron hujjat almashuv, internet marketing tizimlari, biznes va tijoratning barqaror rivojlanayotganini keltirish mumkin. Oʻzbekiston uchun axborot texnologiyalarini rivojlantirish yangi iqtisodiy aloqalarni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin bu jarayon, axborot texnologiyalari sohasida ta’lim standartlarining oshishi, milliy telekommunikatsiya tarmoqlarining modernizatsiyalashuvi, huquqiy bazaning shakllanishi oqibatida vujudga keladigan jamiyatning ma’lum darajadagi informatsion tayyorligi mavjud
ИҚТИСОД162boʻlgan holatdagina sodir boʻladi. Oʻzbekiston iqtisodiyotining bosqichma-bosqich rivojlanishi oqibatida biznes faoliyatini yuritishning yangi prinsiplari, ayniqsa, elektron tijoratning ahamiyati juda oshdi. Bugungi kunga kelib, har bir internet foydalanuvchisi elektron tijorat soʻzining ma’nosini tushunishga harakat qilib koʻrgan. Hali oʻzining uzoq tarixini qurishga ham ulgurmagan bunday faoliyat bilan bogʻliq AQSh bozorlarida yiliga oʻrtacha 1,5-2 trln. AQSh dollari miqdorida mablagʻlar aylanadi.“Elektron tijorat” termini EDI (Elektronic Data Interchange – ma’lumotlarni elektron almashish), elektron pochta, internet, intranet (kompaniya ichida axborot almashish) va ekstranet (tashqi dunyo bilan axborot almashish) kabi texnologiyalarni oʻz ichiga oladi. Oʻz navbatida Elektron tijorat tizimini uch sinfga boʻlish mumkin: chakana savdoni tashkil qilishboʻyicha (biznes-iste’molchi, B2C); biznes hamkor bilan aloqlar oʻrnatish (biznes-biznes, B2B); iste’molchilar oʻrtasidagi savdo (iste’molchi-iste’molchi, C2C). Elektron tijorat kundan-kunga tovar va xizmatlar assortimentini oshira boshlagan sari alohida shaxslarni, korxonalarni, sohalarni, davlat muassasalarini va nihoyat davlatlarni bir hamjamiyatga birlashtirib, hamkorlarning oʻzaro ta’siri axborot va telekommunikatsion texnologiyalar yordamida samarali va toʻsiqlarsiz kelishuvlarga erishishiga imkon berdi.Elektron tijorat oʻz-oʻzidan mahsulot sotish va xizmat koʻrsatish va yetkazib berish shartnomalarini tuzishda ikkita: moddiy va nomoddiy oqimlar, oqim xizmati bilan bogʻliq: Nomoddiy oqimlar nomoddiy tovarlar (dasturiy ta’minot, bino loyihalari va b.)ni toʻgʻridantoʻgʻri tarmoqli uzatish, moddiy xizmatlar (transport chiptalari, mehmonxonalarda xonalar va x.z. buyurtmasi)ning toʻgʻridan-toʻgʻri tarmoqli bajarilishi, hamkorlar (mijozlar, buyurtmachilar, yetkazib beruvchilar, subpudratchilar, banklar va b.) bilan moliyaviy tarmoqli hisobotlar, moddiy xizmatlarni yetkazib berishni axborot va telekommunikatsion qoʻllab-quvvatlash natijasida yuzaga keladi. Bunday oqimlar u yoki bu virtual tijorat faoliyati natijasida umumiy oqimlarning sezilarli, ba’zida esa juda katta qismini tashkil etadi. Tabiiyki, nomoddiy oqimlarga xizmat koʻrsatishda elektr vositalarning ishlatilishi ish jarayonlarini tezlashtirishga, oqibatda, elektron tijoratning rivojlanishiga olib keladi. Elektron tijoratning oʻziga xos qulayliklari va ustunliklari mavjud: xalqaro operatsiyalarda axborot olish tezligi oshadi; ishlab chiqarish va sotish davri qisqaradi; arzon kommunikatsion vositalardan foydalanish evaziga axborot almashish harajatlari kamayadi. Korxona axborot texnologiyalarini samarali qoʻllash orqali iste’molchilar bilan ochiq munosabat oʻrnatish, mahsulot va xizmatlar toʻgʻrisida hamkor va mijozlarni tezkor axborot bilan ta’minlash, sotuvning alternativ yoʻllarini, misol uchun tijorat saytlarida elektron doʻkonlar ochish va yaratish imkoni beradi. Elektron tijorat asosida yangi savdo-sotiq korxonalarini – elektron doʻkonlarni yaratmoqda, raqobatning kattaligi sababli ularda yangi turdagi xizmatlar va tovarlar paydo boʻlmoqda. Elektron tijoratning asosiy elementi boʻlib, tovarlarni internetda sotish va aylanishi hisoblanadi. Tovarning aylanishi, uni sotishga moʻljallangan toʻliq kompleks tadbirlar asosida amalga oshirilishi lozim. Ular axborotni ishlab chiqish va ishlatish, reklama tadbirlari va shunga oʻxshash tadbirlardir. Bugungi kunga kelib, Oʻzbekistonda davlat organlari elektron tijoratni rivojlantirishda, dunyo tajribasida keng qoʻllanilgan quyidagi prinsiplarga amal qilishlari lozim: elektron tijoratni rivojlantirishda korpoorativ sektor faol rol oʻynashi lozim;
ИҚТИСОД163 elektron tijoratga nisbatan, davlat organlari tomonidan asoslanmagan turli cheklovlar qoʻyilishiga yoʻl qoʻyilmaslik lozim; davlat hokimiyati elektron tijorat jarayoniga, ushbu soha subyektlarini qoʻllabquvvatlash va huquq bazasini takomillashtirish maqsadida aralishishi mumkin; elektron tijoratni boshqarish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda davlat hokimiyati Inernetning oʻziga xosliklarini inobatga olishi lozim; elektron tijorat jarayoni ma’muriy-hududiy boʻlinish va davlat chegaralariga bogʻliq boʻlmagan ravishda, global masshtabda sodir boʻlishi lozim. Shuni alohida ta’kidlab oʻtish kerakki, Oʻzbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish bilan bir qatorda bu sohaning takomillashishiga toʻsqinlik qilayotgan bir qancha muammolar ham mavjud. Bu muammolarning tezkor va aniq yechilishi bugungi kunning muhim talablaridan biri hisoblanadi. Chunki aynan quyidagi yechimini kutayotgan masalalar jahon tajribasida keng tarqalgan boʻlib, ularning toʻgʻri hal qilinmasligi oqibatida bu sohada jiddiy inqirozlar vujudga kelishi mumkin. Birinchidan, zarur infrastrukturaning hali ham yetarli darajada takomillashmagani. Quyida bir nechta misollar keltiramiz: internetning global tarmogʻi bilan toʻgridan-toʻgʻri bogʻlangan provayderlar soni cheklangan miqdorda va buning natijasida internet mijozlarga provayder oʻrtasida biridan ikkinchisiga tashish orqali yetkazilmoqda. Ma’lumki, bunday holat xizmat koʻrsatishning sifatiga salbiy ta’sir koʻrsatadi. hududlarda koʻrsatilayotgan internet xizmatining sifat koʻrsatkichlari poytaxtdagi holat bilan solishtirganda sezilarli darajada yomon. Ajratilgan ulanish (ADCL modem) uchun yetarli shart-sharoitning yaratilmaganligi natijasida mijozlar toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻngʻiroq qilish orqali (Dial-up) ulanishdan foydalanishadi. Bu oʻz navbatida xizmat sifatining yetarli darajada boʻlmasligiga olib keladi.Ikkinchidan, internet foydalanuvchilarining miqdori shunday darajadaki, bu holat elektron tijorat bilan shugʻullanish uchun zarur boʻlgan yirik bozor yaratish imkonini bermaydi (Oʻzbekiston boʻyicha internet foydalanuvchilarining soni 2,5 mln. dan ortiq).Uchinchidan, jismoniy shaxslarning bank hisob raqamlaridan online toʻlovni amalga oshirishni ta’minlaydigan ishonchli tizimning rivojlanmaganligi. Banklarimiz tomonidan chiqarilayotgan plastik kartochkalardan faqatgina maxsus terminallardan foydalanib toʻlovni amalga oshirishimiz mumkin, xalqaro tajribada esa plastik kartochkalar yordamida, toʻlovni qabul qilish uchun oʻrnatilgan maxsus modullar orqali, toʻgʻridan-toʻgʻri online doʻkonlarda toʻlovni amalga oshirish mumkin. Asosiy muammo shundaki, Oʻzbekistonda jismoniy shaxslar uchun online banking xizmati keng tarqalmadi. Online banking bank mijozlari uchun internet tarmogʻida yoki mobil aloqa yordamida oʻz hisoblarini boshqarish va toʻlovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Bir necha banklar tomonidan taklif etilayotgan SMS-banking bir tomonlama boʻlib, faqatgina hisob va operatsiyalar tarixi haqida ma’lumot olish uchun moʻljallangan. Bu holat elektron tijoratning rivojlanishiga eng katta toʻsiq boʻlayotgan muammolardan biridir. Toʻrtinchidan, mavjud internet-doʻkonlar faoliyatida yetarli professionallik darajasi yetishmaydi. Aloqa va axborotlashtirish agentligi chop etgan ma’lumotlarga koʻra 01.01.2008 yil holatiga boʻyicha Oʻzbekistonda 24 internet-doʻkon faoliyat yuritadi.Yuqorida keltirilgan muammolarni hal qilishda asosiy e’tibor beriladigan yoʻnalishlar sifatida quyidagilarni taklif qilamiz: Elektron tijorat sohasida ilmiy izlanishlarni chuqurlashtirish zarur. Ilmiy ishlar, maqolalar yozish, maxsuslashtirilgan internet-resurlar yaratish, doimiy forum va
ИҚТИСОД164konferensiyalar tashkil etish, kadrlar tayorlashda elektron tijoratning nafaqat texnik, balki iqtisodiy va huquqiy xususiyatlarini ham inobatga olish, eng asosiy muammolardan biri –malakali kadrlar yetishmovchiligining oldini oladi. Telekommunikatsion xizmatlarni koʻrsatish sohasida raqobatni rivojlantirish. Bu xizmat sifatining oshishiga, narxlar darajasining tushishiga va elektron tijorat uchun ma’lum internet-auditoriyalarining yaratilishiga olib keladi. AKT sohasiga investitsiyalarni kiritish uchun qulay huquqiy sharoitning koʻrsatilgan tartibda doimiy mavjud boʻlishini ta’minlash. Oʻz-oʻzini boshqarish va tajriba almashish tizimlarini yaratish Elektron tizimi boʻyicha ta’lim tizimini rivojlantirish Axborot texnologiyalarining butun Oʻzbekiston boʻylab keng tarqalishini ta’minlash. Nafaqat viloyat markazlarida, balki chekka qishloqlarda ham axborot texnologiyalarining joriy qilinishi elektron tijorat hajmining sezilarli darajada oshishiga olib keladi. Online banking tizimini butun respublika boʻylab samarali joriy qilish. Bu ulgurji va chakana savdo bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlar uchun oʻz tovar va xizmatlari bilan internet tarmogʻi orqali erkin savdo qilish imkoniyatini oshiradi. Shu bilan birga bu bank sohasining boshqa yoʻnalishlari boʻyicha ham sezilarli oʻzgarishlarga olib keladi. Shuni bemalol ta’kidlash mumkinki, Oʻzbekiston oʻzining yuqori darajali intellektual imkoniyatlari bilan axborot texnologiyalari tamaddunining qirgʻogʻida qolib ketmasligi zarur. Elektron tijoratni rivojlantirish jamiyatimiz uchun quyidagi natijalar beradi: Elektron tijoratning rivojlanishi Oʻzbekiston mehnat bozori strukturasiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi. Yuqori axborot texnologiyalarini sanoatlashtirish minglab yangi ish oʻrinlarini yaratadi. Oʻzbekiston iqtisodiyotining barqarorlashishi, tovar va xizmatlarning raqobatbardoshligi kuchayishi va elektron tijorat rivojlanishining bir paytda sodir boʻlishi eksport imkoniyatlarimizning oshishiga olib keladi. Elektron tijorat aholi turmush darajasining yaxshilanishini, marketing, menejment kabi sohalarning rivojlanishini ta’minlaydi. Shunday qilib, Oʻzbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish imkoniyatlari yildan yilga oʻsib borayotganligini alohida ta’kidlab oʻtish lozim. Uning rivojlanishi milliy ishlab chiqaruvchilarimizga yangi bozorlar ochish, yangi mijozlar topish imkoniyatlarini yaratadi. Elektron tijoratni rivojlantirish boʻyicha tanlangan va amaldagi yoʻldan toʻgʻri borish, kelajakda Oʻzbekiston iqtisodiyotini jahon bozorining yetakchi vakillaridan biriga aylantiradi. Oʻzbekistonda elektron tijorat boʻyicha mavjud muammolarni hal qilishning toʻgʻri yoʻli tanlanganligi xalq farovonligida, jamiyatimizning taraqqiy topishida, iqtisodiy rivojlanishimizda oʻz aksini topadi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:1. U. Sharifxodjayev, Z. Xakimov. Interaktiv va raqamli marketing. Oʻquv qoʻllanma. – T.: Iqtisodiyot. 2019. – 271 b 2. Абдухалилова Л.Т. Интернет маркетинг. – Т.: Иқтисодиёт, 2019. – 265 б.3. Ergashxodjaeva Sh. J., Qosimova M.S., Yusupov M.A. Marketing. Darslik. – T.: Iqtisodiyot, 2018. – 315 b.4. Ergashxodjaeva Sh.Dj., Samadov A.N., Alimxodjayeva N.E., Sharipov I.B. Marketing kommunikatsiyasi. Oʻquv qoʻllanma. – T.: Iqtisodiyot, 2019. – 418 b. 5. Gary Armstrong, Philip Kotler, Michael Harker, Ross Bernnan. Marketing an introduction. England, 2016, Paperback: 720 pages, Pearson.
Муассис: Ислом Каримов номидаги Тошкент давлат техника университетиМуҳаррирлар:Ф. АрслановаТехник муҳаррир:А.Б. КомиловРўйхатдан ўтиш тартиби № 069Журналдан кўчириб босилганда «Таълим тизимида ижтимоий-гуманитар фанлар» дан олинди деб ёзилиши шартЧоп этишга тавсия этилди: 28.02.2026 нусха 10Формат 70x108 1/8. Шартли босма табоқ 9. Буюртма №____2____Сотувда келишилган ҳолда“BROK CLASS SERVIS” МЧЖ босмахонасида чоп этилган.100208 Тошкент, шаҳар Заргарлик кўчаси, Сегизбаева 10аУчредитель: Ташкентский государственный технический университетимени Ислама КаримоваРедакторы: О.П. Межевникова, Н.Д. ХамидоваТех. редактор:А.Б. КомиловРегистр № 069При использовании материалов журнала «Социально-гуманитарные науки в системе образования» необходимо сделат на него ссылкуПодписано к печати: 28.02.2026Формат 70х108 1/8. Усл. печ. л._9_ Тираж 10 экз. Заказ №___2__Цена договорнаяОтпечатано в типографии “BROK CLASS SERVIS” МЧЖ100208 г.Ташкент улица Заргарлик, Сегизбаева 10аFounder: Tashkent State Technical University named after Islam KarimovEditors:Н.Д. ХамидоваTechnical editor:A.B. KomilovRegistration № 069When copying the entire journal material, it should be indicated that material was taken from the journal: “Social sciences and the humanities in the system of education”.Signed for printing: 28.02.2026Format 70x108 1/8. The number of printed pages accepted 9. Circulation 10 copies. The order № 2Cost agreed.Printed at the Tashkent “BROK CLASS SERVIS” MChJ. Press. 100208 Tashkent, Jewelry street, Segizbayva 10a.
Илмий-методологик ва илмий-услубий журнал 2002 йилдан бошлаб чиқа бошлаган, йилига 6 марта чоп этилади.Таъсисчи:И.КАРИМОВ НОМИДАГИ ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ТЕХНИКА УНИВЕРСИТЕТИБош муҳаррир проф. А. МирзаевБош муҳаррир ўринбосари и.ф.д. Г.Ж. Аллаева Масъул котиб DSc, проф в.в.б. K.A.Mухитдинова Жамоатчилик кенгаши:ЎзР ФАнинг академиги С. М. Турабджанов (раис), проф. О.О. Зарипов, проф. Т.М. Ахмедов, д.т.н. Нематов Ш., проф. Н.Ф. Зикриллаев, проф. С.Б. Донаев Таҳририят ҳайъати аъзолари: проф. Х.Ж. Худойқулов, проф. Ю.Ғ. Махмудов, проф. Г.С. Султанова, проф. Т.Т. Алимарданов, DSc, проф. С.А. Ибрагимова, проф. Д.И. Рузиева, проф. М.Н. Нормаматова, проф. в.в.б. K.A.Mухитдинова, и.ф.д. И.А. Хужаев, и.ф.н., доц. Г.К. Тарахтиева, и.ф.н., доц. C.С. Саломова, доц. Т.Т. Сафаров, ф.ф.д. О.П. Межевникова, доц. Н.Д. Хамидова, доц. М.У. Атамуратов, доц. З.Б. Аxрoрoвa, О.Ю. Усмонова, доц. Ш.Д. Усмонова, доц. Ж.П. Турдиев, в.в.б. доц. М.И. Каримов, доц. А. Насриддинов, доц. З. Жумақулов, доц. Ф.И. Хайдаров, доц. А.Ч. Бобоев. Таҳририят манзили: 100095, Тошкент - 95, Университет кўчаси, 2. тел:71:2467273, www.tdtu.uz E-mail: [email protected] Телеграм 90:9288572Журналда маълумотлар босилганда далиллар кўрсатилиши шарт. Журналда чоп этилган маълумот ва келтирилган далилларнинг аниқлиги учун муаллиф жавобгардир.