1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO’JALIGI VAZIRLIGI
ANDIJON QISHLOQ XO’JALIGI VA AGROTEXNOLOGIYALAR
INSTITUTI
K.S.Komilov., G.K.Valixonova., Yа.R.To’raboyeva
JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI
KURASH TAJRIBASI
O’QUV QO’LLANMA
ANDIJON – 2022
2
“Jahonda korruptsiyaga qarshi kurash tajribasi” (O’quv qo’llanma).
K.Komilov, G.Valixonova, YA.To’raboyeva
Taqrizchilar:
T.T.Madumarov, yuridik fanlar doktori, Andijon davlat universiteti professori
Q.Odilov, falsafa fanlari nomzodi, Andijon viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi dotsenti
Mas’ul muxarrir:
Ushbu o’quv qo’llanma O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim
vazirligining 2020 yil, 28 dekabrdagi 676 –sonli buyrug’iga asosan nashr etishga
ruhsat berilgan.
O’quv qo’llanmada O’zbekiston Respublikasi Oliy o’quv yurti nogumanitar
ta’lim yo’nalishlarida “Fuqarolik jamiyati”, “Falsafa” hamda AQXAI va GRODNO
davlat agrar universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo’shma fakultet talabalari
o’qiyotgan “Korruptsiya va uning jamoatchilikka xavfli ta’siri” kabi fanlarga doir
bilimlar va masalaralar joy olgan.
Ushbu o’quv qo’llanma O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi
“Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “O’zbekiston Respublikasida Korruptsiyaga
qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi
5729-son Farmoni, ushbu Farmonning 8-bandi ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan va
Bosh Prokuratura tomonidan tasdiqlangan Oliy ta’lim tizimida “Korruptsiyasiz
soha” loyihasi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 24
avgustidagi BD-1.06 raqami bilan ro’yxatga olingan “Fuqorolik jamiyati” fanining
na’munaviy dasturiga muvofiq holda ishlab chiqildi.
O’quv qo’llanma oliy o’quv yurti bakalavr yo’nalishi talabalari, professor-
o’qituvchilari, ta’limning boshqa sohalar hodimlari va keng omma uchun
mo’ljallangan.
2
MUNDARIJA
KIRISH.....................................................................................................4-6
I. BOB. KORRUPTSIYANING KELIB CHIQISHI
1.1 Korruptsiya mohiyati va tarixi..................................................................7-16
1.2 Korruptsiyani keltirib chiqaruvchi sabablar.............................................17-25
II.BOB. JAHON TAJRIBASIDA KORRUPTSIYAGA QARSHI
HARAKATLAR
2.1 Xorijiy davlatlarda korruptsiyani oldini olish va unga qarshi kurash tajribalari,
amaliyoti.....................................................................................................26-42
2.2 Dunyo miqyosida korruptsion jinoyatlarga qarshi xalqaro huquqiy
hujjatlar......................................................................................................43-48
III. BOB. KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASHDA O’ZBEKISTON
RESPUBLIKASINING DAVLAT SIYOSATI
3.1 Davlat organlari faoliyati ochiqligi va shaffofligini ta’minlash
mexanizmlari..........................................................................................49-59
3.2 O’zbekiston Respublikasida “Korruptsiyasiz soha” loyihasi
maqsadi..................................................................................................60-69
3.3 Korruptsiyaga qarshi kurash-fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim
sharti.......................................................................................................70-79
3.4 Kasb etikasining mustahkamlanish zaruriyati. ......................................80-84
Xulosa
Ilovalar
Testlar
Glossariy
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
3
KIRISH
Jahon taraqqiyoti va insoniyat turmushidagi rivojlanish, qarama-qarshiliklar
mana shu jamiyat a’zolarining niyatlari, fikr va qarashlarida, orzu-maqsadlarida
shubhasiz aks etadi. Bu yo’l o’ta murakkab bo’lib, bir qancha muammolar,
qiyinchiliklar, sinovlarning uchrashi tabiiy.
O’zbekiston davlat mustaqilligining chorak asrida salmoqli ishlar amalga
oshirilgani sir emas. Halqimizning ijtimoiy adolat, huquqiy tenglik, insonparvarlik
va ezgulik tamoyillari qaror topgan, yuksak ma’naviyatli va ma’rifatli jamiyat
qurishdek asriy orzu-umidlarini ro’yobga chiqarish imkoniyati sari dadil qadamlar
qo’yilmoqda. Albatta, mamlakatimizning milliy taraqqiyoti, yurt istiqboli fuqarolik
jamiyati va demokratik huquqiy davlat barpo etish maqsadlari bilan bevosita
bog’liq.
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning
“O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va
taraqqiyot kafolatlari” asarining “Xavfsizlikka tahdid” deb nomlangan birinchi
qismida yangi asr bo’sag’asida halqaro vaziyat, kuchlar nisbatidagi tub o’zgarishlar
tahlil etilgan, umumiy, mintaqaviy va milliy xavfsizlik masalalari, ularning o’zaro
bog’liqligini ko’rsatib berilgan va har tomonlama teran ochib bergan. Ayni shu
asarda uyushgan jinoyatchilik, mahalliychilik, qarindosh urug’chilik,
korruptsiyaning davlat va jamiyat, qo’yinki insoniyat uchun ulkan xavf ekanligi
dalillangan.
Har bir davlat o’z tarixida yangilanish yoki ijtimoiy sifat bosqichi
o’zgarayotganda, siyosiy – iqtisodiy jihatdan “o’tish davri” bosqichida afsuski, qator
jinoiy illatlar, korruptsiya va uyushgan jinoyatchilik kabi jirkanch hodisalar bilan
to`qnash kelishi mumkin. SHu bilan birga, jinoyatchilikning o’sishi nafaqat
islohotlar yo’liga jiddiy to’siq, bilki o’tish davrida belgilangan maqsadlarga
erishishga ham qarshi bevosita tahdid tug’dirishi o’zining isbotini topgan.
4
Darhaqiqat, O’zbekiston tarixida yangi ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar davri
boshlandi. Va o’z-o’zidan aniqki bu o’zgarishlar osonlik bilan bormaydi, ichki va
tashqi g’ayrli kuchlar yangilanishlarga yo’l qo’ymasligi tabiiy. Bunday jarayonda
hushyorlik muhim bo’lsada, aksariyat davlatlarda korruptsiya vujudga kelib, eng
avvalo uyushgan jinoiy tuzilmalarga madadkor bo’lish yoki to’g’ridan-to’g’ri
yordam berish uchun davlat xizmatining imkoniyatlaridan foydalanishni boshlaydi.
Bu esa jinoyatchilik va korruptsiyaning jamiyatga yetkazadigan zararini xavfsizlik
va barqarorlikka to’g’ridan to’g’ri tahdid sifatida baholash imkonini beradi.
Ayniqsa, davlat hokimiyati tuzilmalarining turli bo’g’inlari va turli darajalari
vakillari ham uning yo’ldan ozdiruvchi ta’siriga tushganini sezmay qoladi.
Korruptsiya domiga ilingan mansabdorlar shaxsiy boylik orttirish maqsadlarini va
urug’-aymoqlarining manfaatlarini davlat va umummilliy manfaatlardan ustun
qo’yadi. Bu esa, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy yo’liga hamda aholining
aksariyat qismiga tuzatib bo’lmaydigan zarar yetkazadi.
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish korruptsiyaga
qarshi kurashishning asosiy choralari bo’lmish huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya
tizimini takomillashtirishni, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va
fuqarolar tomonidan qonun va huquqqa bo’lgan ijobiy munosabatga yetishish,
aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy faolligini
ta’minlashni o’z ichiga oladi.
Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev o’z
ma’ruzalarida davlat ishida faoliyat olib boruvchi har bir rahbarining lavozim
doirasidagi burchini xis etgani holda quyidagi muhim vazifalarni ta’kidlab:
“Tanqidiy taxlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbarni - bu
Bosh vazir yoki uning o’rinbosalari bo’ladimi, hukumat a’zosi yoki hududlar oqimi
bo’ladimi ular faoliyatining kundalik qoidasi bo’lib qolishi kerak” degan edi1.
1 Mirziyoev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining
kundalik qoidasi bo’lishi kerak. -T.: “O’zbekiston”, 2017.– 102 b.
5
SHunday ekan, O’zbekiston yoshlari, ziyolilaridan tortib oddiy fuqarolarning
ongida milliy g’oyaga hurmat xissini tarbiyalash asosida jamiyat uchun zararli
illatlarga qarshi kurasha olishdek mustaqil pozitsiyani shakllantirish muhim
omillardan sanaladi. Bugun yoshlarga bilim berish bilangina chegaralanib
qolmasdan, har bir narsaga tanqidiy nazar bilan qarab, uning asl mohiyatini anglash,
yot-begona g’oyalarga chalg’imasdan zamonaviy bilim egasi, barkamol inson
sifatida milliy madaniyatini, ota-bobolarimizdan meros bo’lib qolayotgan urf-
odatlarni o’rganish bilan boyitib borishlari lozim. YAna shuni alohida qayd etish
joizki, korruptsiyaga qarshi kurash maqsadlariga faqat jinoyat-huquqiy vositalar
bilan erishib bo’lmasligini hayotning o’zi ko’rsatmoqda. Ayni vaqtda, bu
maqsadlarga huquqning boshqa tarmoqlari vositasida erishish mumkin emas.
Umuman olganda, korruptsiya hodisasiga keng ma’noda yondashadigan bo’lsak, bu
shunchaki jinoyat yoki huquqbuzarlik emas, balki ma’naviy buzilish holatidir.
SHunday ekan, o’ylaymizki, mazkur illatga qarshi kurashda nafaqat davlat
organlari, balki jamiyat va umuman, barcha fuqarolarimiz mas’uldirlar.
6
I. BOB. KORRUPTSIYANING KELIB CHIQISHI
1.1. KORRUPTSIYA MOHIYATI VA TARIXI.
“Korruptsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi
kurashish, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini
olish masalalarini samarali yechish ustuvor
vazifalarimizdan biri boʼlib qoladi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoev
Dunyo silsilasida turli davlat va jamiyat rivojiga nazar solar ekanmiz,
avvalo, uning markazida inson omili turganligiga guvoh bo’lamiz. Zero,
taraqqiyotning yangi bir davrida inson va uning manfaati eng oliy qadriyatga
aylandi. Insoniyat o’zining tadrijiy rivojlanish jarayonida uch buyuk maqsad sari
intildi. Avvalo, odamzot tabiatda yashab qolishga intilgan bo’lsa, ikkinchisi
o’zining ozod va erkin bo’lishi uchun kurashdi, va nihoyat inson mulk egasi
bo’lishni maqsad qilib intilmoqda, kashfiyotlar qilmoqda. Mana shu kurashlar
natijasida hoxishlari, orzu maqsadlari, intilishlari, haq-huquqlari hurmat qilinishi
zarur ekaniga ishondi. Insonlar o’z manfaatlari uchun kurashgan bo’lsa, uni inkor
etuvchi omillar ham shu qadar to’siq bo’lib qolmoqda. To’g’ri, odamlar orasida
jinoiy harakatlar, ularning turi ko’p. Lekin, shunday zararli odat borki, u kishilik
jamiyati rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatib, tenglik, adolat va huquqiy davlat
poydevorini yemiradi. Bu korruptsiyadir.
“Korruptsiya – bu jamiyatni turli yo’llar bilan iskanjaga oladigan daxshatli
illatdir. U demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson
huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to’sqinlik qiladi, hayot
sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan
7
jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit
yaratib beradi”2.
Hozirda, korruptsiya va u bilan bog’liq holatlarni dunyoning barcha
iqtisodiy rivojlangan mamlakatlari, yoxud, qaloq o’lkalarida ham uchratish
mumkin. Korruptsiyaning salbiy oqibatlarini anglagan holda, uni bartaraf
etishning bir nechta samarali usullari sinab ko’rilgan bo’lsada, afsuski, ayni
zamonda korruptsiyani tag-tomiri bilan yo’q qilishga erishilgani yo’q.
Biz quyida Korruptsiyaning tarixiy ildizlari, turlari, omillari, oqibatlari
hamda kelib chiqish sabablariga e’tibor qaratamiz.
Korruptsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor
shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o’zlarining
shaxsiy manfaatlarini ko’zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda
foydalanishini anglatadi. SHuningdek, korruptsiya bilan bog’liq vakolat,
imkoniyatlar, shaxsiy manfaatlar uchun urinishlar, qonun va va ahloqiy
printsplarga zid bo’lgan xatta-harakatlar yig’indisini ham qamrab oladi 3 .
Korruptsiyaning tizimli tabiati shundaki, u mamlakatning muhim sohasi bo’lgan
iqtisodiyotga va uning rivojiga to’sqinlik qiladi, halq ruhiyatida davlat idoralariga
nisbatan ishonchsizlik xissini orttiradi.
Transparency International, Jahon banki va boshqa halqaro tashkilotlar
korruptsiyani shaxsiy manfaatlar uchun ishonchli hokimiyatni suiistemol qilish
deb tushunadilar. Bu siyosiy jarayonlarda yirik monopoliyalarning byurokratik
apparatiga qarata ishlatilishi mumkin. Korruptsiya dunyoning barcha
davlatlarida jinoyat sifatida qonunchilikda huquqqa qarshi xati-harakat sifatida
qaraladi. Siyosiy va iqtisodiy tadqiqotlar natijalariga e’tibor qaratsak,
2 United Nations Offise on drugs and srime.Viyenna. United Nations Sonvention against sorruption. United Nations
New York, 2004 Viyenna International Sentre, PO Box 500, A 1400 Viyenna, Austria. -65. www.unods.org
3 United Nations Sonvention against sorruption. United Nations Offise on drugs and srime Viyenna. United Nations
New YOrk, 2004. Printed in Austria V.04-56160—September 2004.
8
davlatlarning iqtisodiy o’sishi va rivojlanishiga korruptsiya ulkan to’siq
ekanligini tasdiqlaydi.
Xo’sh, insoniyat uchun jiddiy xavf tug’dirishi mumkin bo’lgan korruptsiya
harakatlari qanday va qachon paydo bo’ldi?
Korruptsiyaning tarixiy o’zaklari ham mavjud. Bu jahon sivilizatsiyasi
tarixida insonlarning qabila bo’lib yashay boshlagan davriga to’g’ri keladi. Unga
ko’ra, qabilada ma’lum mavqega ega bo’lish maqsadida insonlar qabila
sardorlariga sovg’alar berish odatidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. O’z
davrida bu holat odatiy jarayon sifatida qabul qilingan bo’lsa, vaqt o’tishi bilan,
jamiyat va davlat qurishda modernizatsiya va globalizatsiya jarayonlari, aholi
qatlamining o’sib borishi natijasida korruptsiya bilan bog’liq xolatlar davlat
manfaatlariga, iqtisodiy o’sish suratlariga va halq ma’naviyatiga salbiy ta’sir
etishini ko’rsatdi.
Poraho’rlikni oldini olish va unga qarshi kurashishda Qadimgi Misr
hukumdorlari qat’iy choralar qo’llagan. Misr fir’avnlari mamlakatda
amaldorlarning oddiy dehqonlarga, hunarmandlarga va xatto harbiy zodagonlarga
nisbatan o’zboshimchalik va qonunga zid bo’lgan xatti- harakatlariga duch
kelganlar hamda uni to’xtatishga uringanlar. 4
Islom dinida ham qaytarilgan illatlardan biri – ta’magirlik, poraxo’rlik
(korruptsiya)dir. Bu so’zning arab tilidagi lug’aviy shakli “”فس اد, “”رش وة
bo’ladi. Bu so’zlar korruptsiya ma’nosiga qo’shimcha ravishda "buzilish",
"nizom-tartib buzilishi" va "aynish" kabi ma’nolarni ham anglatadi. Jumladan,
muqaddas kitob Qur’oni Karimda “Mol(va boylik)laringizni o’rtalaringizda
botil(yo’llar) bilan yemangiz! SHuningdek, bila turib, odamlarning haqlaridan bir
4 Xrestomatiya gosudarstva i prava zarubejnыx stran. Drevnost i Sredniye veka / sost. V.A.Tomsinov. — M.: Zertsalo,
1999; 2004. — S. 56.
9
qismini gunoh yo’li bilan yeyish (o’zlashtirish) maqsadida uni hokimlarga havola
etmangiz!” (Baqara surasi, 188 oyat) deya ta’kidlanadi5.
SHuningdek, jamoada o’z lovozimidan foydalanib, noqonuniy ishlarga
bosh qo’shishning yana bir sabablaridan biri bu qarindosh-urug’chilikdir. Bu
atama o’zbeklarda ijobiy sifat ko’rinishida namoyon bo’lib qolmasdan,
jamoatchilik tushunchasi bilan to’ldiriladi. Jamoatchilik o’zbeklarning an’anaviy
odatlaridan bo’lib, qarindoshlar oila birdamligini tashkil etadi. Go’yoki hech
kimga zarar bermaydigandek tuyuladi. Bu jarayon ba’zida davlat xizmatlarida
hech bir me’yorga to’g’ri kelmaydi hamda o’z qarindoshlarini yaqin atrofiga
jamlab, korruptsiyaga yo’l ochib berish kabi ayanchli ko’rinishlarda namoyon
bo’ladi. Ilmiy atamada qarindoshlik “nepotizm” deb ataladi. Ushbu tushunchaga
ta’rif berishdan oldin uning mohiyatini anglash lozim. Korruptsiya mohiyati va
sabablari haqida so’z borganda ko’plab olimlar uning yumshoq ammo ayachli
korruptsiya turlarini ko’pligini ta’kidlaydilar.
Demak, yumshoq korruptsiyaning bir qancha turlari bor. Ular nepotizm –
ya’ni, urug’-aymoqchilik, mahalliychilik, qarindoshlik va boshqalardir. Nepotizm
bu qarindoshlariga, tanishlari va do’stlariga foydali lavozimlarni, martabalarni,
ko’chmas mulkni, shaxsiy hokimiyat va ishbilarmonlik aloqalarini
mustahkamlash maqsadida taqsimlash va shu orqali qaror qabul qilishda
foydalaniladigan bo’ysunuvchilar va hamkasblar tizimini yaratishdir. Nepotizm,
bu qarindosh- urug’chilikka, o’z oilasi va do’stlariga tabiiy g’amho’rlik
ko’rsatishga moyil bo’lgan odamning tabiatiga bog’liq bo’ladi 6.
O`zbeklar nepotizmni mental tushuncha sifatida qabul qiladilar va ko’proq
ijobiy tomonlarini ko’rishga intiladi, afsuski, bu an’ana daxshatli sabablarni
keltirib chiqarishi mumkinligini o’ylamaydilar. Masalan, tariximizda buyuk
hukmdorlarning oqil farzandlari mamlakatni odillik bilan boshqarganligi
5 Qur’oni Karim ma’nolari tarjimasi. Tarjima va izohlar muallifi Mansurov A. – T.: SHarq, 2012.
6 Сулакшин С.С., Максимов С.В., Aхметзянова И.Р. и др. Государственная политика противодействия
коррупции и теневой економике в России. Монография в 2-х томах. Т. 2. -М.: Научный експерт, 2009. с- 304
10
(masalan buyuk temuriyzoda Mirzo Ulug’bek davrida mamlakatda 40 yil
osoyishtalik, tinchlik hukmronlik qilgan), va ba’zan esa amaldorlar halqni va
davlatni parokanda qilganligi, o’z lovozimidan g’arazli maqsadlarda
foydalanganligini(masalan Mirzo Ulug’bekning o’g’li Abdulatif o’z otasining
o’limiga sababchi bo’ldi)haqidagi faktlarni keltirib o`tish mumkin. Afsuski,
nepotizm aksariyat tajribada oxir oqibat ayanchli yakun topadi.
Har bir jarayon yoki hodisaning asl boshlanish joyi yoki vaqti bo’lgani
kabi korruptsiyaning ham o’ziga xos tarixiy boshlanish davri va unga qarshi
harakatlarning ilk ko’rinishlari namoyon bo’lgan pallalari mavjud.
Masalan, shaxsiy manfaat ustunligi, poraxo’rlik kabi illatlar qadimdan
mavjud bo’lib, unga qarshi kurashishda davlat hukmdorlari ham qat’iy choralar
ko’rishga uringan. Masalan, korruptsiyaga oid jinoyatlarga qarshi kurashgan
tarixdagi birinchi davlat bu qadimgi SHumer davlatidir. Uning hukmdori
Urunimgin miloddan avvalgi IV asrning ikkinchi yarmida Lagash shahar -
davlatida korruptsiya bilan bog’liq jinoyatlarga qarshi kurashish maqsadida
mamlakatda qat’iy choralarni ishlab chiqadilar.
G’arb mamlakatlaridan farqli o’laroq SHarqda xususan, O’rta Osiyoda
joylashgan davlatlarda o’rta asrlarda qabul qilingan huquqiy me’yorlar asosan
islom madaniyati printsiplari asosida belgilangan. Masalan, Amir Temur
davlatida amaldorlar ishini tartibga solish maqsadida so’roq qilish, tekshirish,
taftish, tergov o’tkazib turilgan. O’z amalini suiiste’mol qilish, poraxo’rlik,
doimiy ravishda ichkilik ichish, maishiy buzuqlik kabi qilmishlar og’ir gunoh
hisoblangan va qattiq jazolangan. Tarixiy manbalarda keltirilishicha, Amir
Temurning o’g’li Mironshoh, nevaralari Pirmuhammad va Halil Sultonlar
yuqorida zikr etilgan me’yorlarni buzganligi uchun xalq oldida jazoga tortilgan.
O’rta asrlarda yurtimiz hududidagi feodal jamiyatlarda hozirgi talqindagi
korruptsiya uchun javobgarlik nazarda tutilmagan. Ammo tarixning keyingi
davrlarida korruptsiya qiyofasidagi harakatlarga nisbatan moyillik sezilib turadi.
11
Xususan, Turkiston o’lkasining Rus imperiyasi tomonidan istilo qilingan
davrigacha korruptsiya qonuniylashtirilgan institutsional shakllarda namoyon
bo’lgan, xususan hukmron sinflarning vakillariga u yoki bu tarzda haq berish
feodal majburiyat xususiyatini kasb etgan. Masalan, oddiy dehqonlardan xonlar,
sultonlar, boylar va zodagonlarning boshqa vakillari foydasiga muntazam
ravishda “ushur” solig’i - ya’ni, hosilning o’ndan bir qismi undirilgan.
Chorvadorlar “zakot” solig’i to’laganlar – bu soliq miqdori u yoki bu turdagi
chorva molining muayyan boshiga teng bo’lgan. Bundan tashqari,
zodagonlarning vakillariga va oqsoqollariga har xil turdagi sovg’a-salomlar
berilishi lozim bo’lgan7.
XVIII asrning oxiridan boshlab G’arb mamlakatlarda korruptsiyaga
nisbatan munosabat butunlay o’zgara boshladi. Xususan, 1787 yilda AQSH
Konstitutsiyasiga binoan, pora olish aniq ko’rsatilgan jinoyatlar sarasiga kiritildi.
Bu jamiyat va davlat xokimiyati ishining sifati va nazoratiga ko’proq ta’sir
ko’rsata boshladi. Oqibatda, AQSH XIX asr ikkinchi yarmi va XX asrda
dunyoning bir qancha rivojlangan mamlakatlarini ortda qoldirib, korruptsiya
illatni yo’qga chiqardi va jahon mamlakatlari e’tirofiga sabab bo’ldi8.
XX asrning ikkinchi yarmida korruptsiya tobora kuchaydi hamda halqaro
muammoga aylandi, yuqori mansabdor shaxslarning poraho’rligi ortib, ko’plab
mamlakatlarning rivojlanishiga sal’biy ta’sir ko’rsata boshladi. Jahonda 1995 yil
31 dekabr’ “Financial Times” gazetasi tashabbusi bilan 1995 yilni
“Korruptsiyaga qarshi kurash” yili deb e’lon qildi. Korruptsiyaviy jinoyatlarga
qarshi kurashish va uni oldini olish maqsadida BMT dunyoda 9-dekabr’ kunini
“Halqaro korruptsiyaga qarshi kurashish” kuni deb e’lon qildi. Hozirgi kunga
qadar sayyoramizning barcha mamlakatlarida ushbu kun korruptsiyaga qarshi
7 Ismailov B.I. “Korruptsiyaga qarshi kurashning xalqaro-huquqiy asoslari” maxsus kursi bo’yicha ma’ruza
matni. –T.,Adliya vazirligi huzuridagi YUMOM. 11-b.
8 Bardhan P. Sorruption and development: a reviyew of issuyes. - In: Politisal sorruption: sonsepts and sontexts / ed.
Heidenheimer A. J.Johnston M. 3rd ed.New Brunswisk, NJ:Transastion, 2002. - ISBN 978-0-7658-0761-8 - P. 331
12
kurash kuni sifatida qabul qilinib, O’zbekiston Respublikasi ham Birlashgan
Millatlar Tashkilotining teng a’zosi sifatida uni amaliyotga joriy qilib bormoqda.
Korruptsiyani tushunishda faylasuf Nikola Makiyavellining ishlari alohida
ahamiyatga ega. U korruptsiyani kasallikka, og’ir kasallik silga taqqoslaydi.
Boshlanishida uni aniqlash qiyin, lekin davolash oson ekanligini aytib, o’tkazib
yuborilgan dardni esa davolash murakkabligi va ayanchli oqibatlar, xatto o’limga
olib kelishini ta’kidlab, bu kabi illatdan saqlanish kerakligini uqtiradi9.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab korporatsiyalarning chet davlat oliy
mansabdor shaxslarini sotib olish ko’rinishlari paydo bo’la boshladi va keng
ravishda ommalashuvi oqibatida korruptsiya jahonda halqaro muammo sifatida
tan olindi. Globallashuv natijasida bir davlatdagi korruptsiya boshqa
davlatdalarning tizimini izdan chiqarishi va o’z ta’siri doirasiga tortishi o’z
isbotini topdi.
Bugunga kelib korruptsion harakatlar dunyo hamjamiyatini tashvishga
solayotgani sir emas. Bu borada O`zbekiston Prezidenti Sh.M Mirziyoyevning
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis va keng jamoatchilikka qilgan
Murojatnomasida “...korruptsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha
qatlamlari, eng yaxshi mutaxasislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha
a’zolari, ta’bir joiz bo’lsa, “halollik vaktsinasi” bilan emlanmas ekan, o’z
oldimizga qo’ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz. Biz korruptsiyaning
oqibatlari bilan kurashishda uning barvaqt oldini olishga o’tishimiz kerak10 ” -
deb uqtirilgani bejiz emas.
Korruptsiyaga qarshi murosasizlik tamoyili davlat mustaqilligining dastlabki
yillaridan boshlangan edi. Ya’ni, uning avj olishi pirovardida davlat suverinitetiga
daxl qilishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov
9 Макиавелли Н. Избраннойе произведенийе. - М.,1989.
10 Uzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojatnomasi// Xalq so’zi. 2020 yil 25
yanvar, № 19son.
13
mamlakatni isloh etish jarayonida, eski totalitar tuzumdan voz kechib, yangi
tuzumga bozor iqtisodiyotiga o’tishning shart-sharoitlarini tushuntirib bergan va
uning afzalliklarini asoslagan, bu fikrlar uning bir qator asarlarida keltirilgan.
Dunyoning qariyb o`ttizdan ortiq tillariga tarjima qilinib, taniqli siyosatchi va davlat
arboblari e’tirofiga sazovor bo’lgan “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida:
xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarining I bob
beshinchi bo’limi “Korruptsiya va jinoyatchilik” deb nomlanib, unda keltirilishicha,
“...har bir davlat tarixida yangi ijtimoiy sifat holatiga o’tish, afsuski, korruptsiya va
jinoyatchilik kabi jirkanch hodisa bilan birga yuz berganligi, jinoyatchilikning
o’sishi nafaqat islohotlar yo’liga to’siq bo’lishi, balki, o’tish davrida belgilangan
maqsadlarga erishishga ham qarshi bevosita tahdid tug’dirishi mumkin”ligi
ta’kidlangan. SHuningdek, asarda Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari singari
O’zbekiston Respublikasi ham bundan holi emasligi, totalitarizmdan demokratiya va
bozor munosabatlariga o’tish davrida siyosiy, iqtisodiy va madaniy tuzilmalarda
ahloq-odob me’yorlariga salbiy ta’sir etishi va jinoyatchilik hamda korruptsiya
amalda kuchayishi aytiladi. Mazkur asarda muallif mustaqil davlatlardagi
korruptsiya va jinoyatchilik xavfini quyidagi yo’nalishlarga bo’lishni taklif etgan:
birinchidan, siyosiy olamda korruptsiya amaldagi islohotlarga qarshilik
ko’rsatish, yangi iqtisodiy munosabatlarga tahdid solishi, ma’muriy-buyruqbozlik
tizimi bilan “xufyona” iqtisodiyotning manfaatlari ob’ektiv ravishda birlashib
ketishi hamda, korruptsiya domiga ilingan amaldorlar shaxsiy boylik orttirish
maqsadlarida urug’-aymoqlarining manfaatlarini davlat manfaatlaridan ustun
qo’yishi, o’tish davrida korruptsiya o’z hatti-harakati bilan bu jarayonning yo’lini
to’sib qo’yishga imkon berishi mumkinligi;
ikkinchidan, jinoyatchilik va korruptsiyaning avj olishi davlatning
konstitutsiyaviy asoslarini yemirib, fuqarolarning huquq va erkinliklari jiddiy
tarzda buzilishiga olib kelishi va jamiyatda esa barqarorlik, sobitqadamlikning
bo’lmasligi;
14
uchinchidan, jinoyatchilik va korruptsiya jamiyatning ma’naviy-ahloqiy
asoslarini yemirib, amalga oshirilayotgan o’zgarishlarga salbiy munosabatlarni
vujudga kelishi uchun sharoit yaratishi, “qudratli markaz”ning kuchli qo’lini
qo’msash hissining xalq ongida tug’ilishi xavfi borligi aytiladi 11. Bu
kabi fikrlarga kimlardir bee’tibor bo’lishi mumkin, hozirgi kunning bu masalaga
yondoshuvi anchayin hushyor, xususan, mamlakatimizda ham kurash ko’lami
ortib bormoqda deb aytish lozim.
SH. M Mirziyoevning O’zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi
kurashish hamda jamoatchilik nazorati tizimlarini takomillashtirish masalalariga
bag’ishlangan yig’ilishda, ayni korruptsiya avj olgan sohalar va holatlar tahlil
etildi. Yig’ilishda bir qancha tahlil natijalari va ko’rsatkichlarini muhokama etib
zarur takliflarni bildirdi. Ayni yig’ilishda ko’tarilgan masala yuzasida jahon
miqyosidagi statistikaga e’tibor qaratildi. Korruptsiya illati jahon iqtisodiyotiga
2,6 trillion dollar zarar berganligi, mamlakatimiz ushbu muammodan holi
emasligi ta’kidlandi. SHuningdek, yurtboshimiz sog’liqni saqlash, ta’lim, bank,
bojxona, sud, prokuratura, ichki ishlar, kommunal xizmat sohalarida, fuqarolarni
ishga qabul qilishda korruptsiya keng tarqalganligi, davlat mulkini talon- taroj
qilishning avj olgani, tahlillarga ko’ra sog’liqni soqlash tizimida 20-30 foiz
harajatlar besamar ishlatilganligini ochiq bayon etdi. Korruptsiyaning oldini
olishda eng samarali yo’l bu davlat organlari faoliyati va ish jarayonlarini
shaffoflashtirish, bunda eng asosiy e’tiborni ishga olish, davlat xaridlari,
ruhsatnoma va litsenziyalar berish kabi jarayonlarda ochiq-oshkoralikni
ta’minlashga qaratish lozimligi aytildi.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash mumkinki, jamiyat va davlat har doim
o’z holicha rivojlana olmagan. Albatta, bunda hamkorlik, dahldorlik hissi,
vatanparvarlik muhim rol o’ynaydi. XXI asr texnika asri ekanligini anglagan
11 Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: havfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlar. -
T.: "O’zbekiston" 1997 y. 89-bet.
15
holda, taraqqiyotning dushmani bo’lgan korruptsiyaga aslo yo’l berib bo’lmaydi.
CHunki, u nafaqat davlat mol-mulkiga zarar berishi, balki, insonlarda ma’nan
qashshoqlik, ochko’zlik, o’z maqsadlari yo’lida qonunlarni hurmat qilmaslik kabi
kechirib bo’lmas oqibatlarni keltirib chiqaradi. Natija esa ma’lum, fuqarolik
jamiyatini rivojiga yo’l bermaslik o’z – o’zidan odamlar turmushini
murakkablashtiradi.
MAVZU YUZASIDAN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR.
1. Korruptsiya nima va uning mohiyatini qanday asoslash mumkun deb
o’ylaysiz?
2. Korruptsiyaning kelib chiqish tarixi haqida qanday faktlarni bilasiz?
3. Islom dinining muqaddas manbaasi Qur’oni Karimda pora olish va berish
borasida qanday munosabat bildirilgan?
4. Amir Temur va Temuriylar saltanatida mamlakatni idora etishda pora olish
berishga nisbatan munosabat qanday bo’lgan?
16
1.2. KORRUPTSIYANI KELTIRIB CHIQARUVCHI SABABLAR.
Hoziri kunda jahonda biror bir davlat yo’qki korruptsiya va u bilan bog’liq
muammolarga duch kelmagan bo’lsa. Dunyo halqlari ushbu xavfli va zararli
odatning oqibatlarini anglab yetgan bo’lsada, ommaviy kurashni olib borishga
ba’zan ojizlik qilmoqda. Mavjud davlatlar o’zining siyosiy mavqeyini
mustahkamlashda avvalo, antikorruptsion hatta-harakatlarni kuchaytirishni lozim
deb biladi. Davlat miqyosida korruptsiyaga qarshi turish kerak bo’lsa, avvalo
kurashni nimadan boshlash va kimlarga qarshi kurashish kerakligini anglamoq shart.
Buning uchun korruptsion holatlarni keltirib chiqaruvchi sabablarga keltirib o`tish
kerak.
Korruptsion harakatlar o’zicha paydo bo’lmaydi. Bunda insonlarning
g’ayriqonuniy maqsadlari, huquq va ahloq normalarining zaifligi, jirkanch jinoiy
harakatlarning ma’lum asosi mavjud bo’ladi. Zero, jamiyatda huquqiy va siyosiy
madaniyatning pastligi, odamlar o’z xaq- huquqlarini anglamasligi, shundan kelib
chiqib burch va ma’suliyatlarini bilmasligi, hokimiyat idoralarining esa o’zi
bo’larchilikka yo’l qo’yishi, shaxsiy manfaatning inson psixologiyasida
turg’unlashuvi korruptsiya uchun zamin bo`lib xizmat qiladi. Ammo, korruptsiyani
ham keltirib chiqaruvchi bir qancha sabablar mavjud.
Masalan, insoniyat tarixida davlatlar taraqqiy etishining qadimgi davrlarida
korruptsiya sovg’a berish va olish bilan boshlangan. Keyinroq korruptsion holatlar
vaziyat taqozosi bilan o’z-o’zidan rivojlanib, ko’lami kengayishi natijasida
korruptsionerlarni rejasi shaxsiy boylik orttirishga aylandi. Biroq farqli ravishda
endi shaxsiy manfaat ko’lami ancha kengaydi va zarari ortib bordi. Va, bugun
kechagidan ko’proq istak paydo bo’la boshladi.
Davrlar, tuzumlar, siyosiy kayfiyatlar o’zgardi, davlatlar iqtisodiyoti ko`tarildi.
Biroq, taraqqiy etgan zamonaviy davlatlarda ham korruptsionerlarning asosiy
maqsadi moddiy manfaatdorlikka aylandi. Bundan ham dahshatlisi davlat mulkini
17
talon-taroj qilishga qadar borib yetmoqda. Oqibatda davlatga, xalqqa tegishli
bo’lgan millionlab mablag’lar, boyliklar nopok yo’llar bilan o’zlashtirilib, mamlakat
rivojiga jiddiy zarar yetkazayotgani ayanchli holat albatta.
Dunyo tajribasiga tayanib korruptsiyaning sabablarini turli darajada baholash
mumkin. Mazkur sabablarni avvalo, mamlakatning taraqqiyot darajasi, xalqning
mentaliteti, boshqaruv organlari faoliyatiga qarab baholash zarur. Boisi ko’plab
halqlarda o’ziga xos bo’lgan tafakkur, ma’naviyat, psixologiya hamda turlicha
rivojlanish darajasidagi mental harakterga ega ekanlik, ularning korruptsiyaga
bo’lgan munosabatlariga ham ta’sir etishi tabiiy holatdir. Demak, korruptsiyaga yo’l
qo’yish darajasi bu millatning psixologiyasi, an’analari, o’zaro munosabatlariga
ko’proq bog’liq. SHunday bo’lsada, korruptsiyaga qarshi kurash bo’yicha dunyo
halqlari, davlatlari, mintaqalar darajasida tadqiqotlar olib borilmoqda hamda
korruptsiya harakatlarining bir qancha turi, ko’rinishlari mavjud.
Avvalo, sub’ekt (harakatga sababchi)larning maqomiga ko’ra:
hokimiyat organlaridagi korruptsiya;
xususiy sektordagi korruptsiya
siyosatdagi korruptsiya yoki siyosiy korruptsiya doirasida yuz berishi
mumkin.
Korruptsion holatlarning bog’liqlik darajasi va ko’lamiga ko’ra:
quyi darajadagi korruptsiya;
yuqori darajadagi korruptsiya;
vertikal korruptsiya ko’rinishida bo’ladi.
Uning o’zgalarga ta’siri va ijtimoiy xavflilik darajasiga ko’ra:
korruptsiya-qilmish;
korruptsiya-jinoyat deb baholash mumkin.
Faoliyat ko’rsatish darajalariga ko’ra quyi va yuqori darajadagi yoki vertikal
korruptsiya farqlanadi. Quyi darajadagi korruptsiya -hokimiyat va boshqaruv
organlarining o’rta va yuqori darajaga nisbatan keng tarqalgan; amaldorlar va
18
fuqarolarning muntazam o’zaro aloqasi bilan bog’liq (ro’yxatdan o’tkazish,
jarimalar, litsenziyalash, turli ruxsatnomalar olish va sh.k.) holda rivojlanadi.
Yuqori darajadagi korruptsiya hokimiyat organlarida ishlaydigan siyosatchilar, oliy
martabali amaldorlarni qamrab oladi va juda katta qimmatga ega bo’lgan qarorlar
qabul qilish bilan bog’liq (qonunlarni ilgari surish va qabul qilish, davlat
buyurtmalari, mulk shakllarini o’zgartirish va sh.k.) holda rivojlanadi va jamiyatga
jiddiy zarar beradi. Aksariyat hollarda korruptsiya bitimidan manfaatdor bo’lgan
ikkala tomon ayni bir davlat hokimiyati organida ishlaydi. Masalan, quyi turuvchi
davlat organining amaldori o’zidan yuqori turuvchi boshlig’iga(ya’ni o’ziga)
homiylik qilishi yoki qo’shimcha mablag’lar, resurslar, vakolatlar berishi uchun
pora beradi. Boshqacha aytganda, o’zaro hamfikr, hamtovoq bo’lishni ko’rsatadi.
Korruptsiya harakati oddiy odamlar o’rtasida emas, aksariyati mansabdorlar,
vakolat egalari va ularga bo’ysunuvchilar o’rtasida sodir bo’ladi. Korruptsiyaning
rivojlanish darajasi turlicha jamiyatlarda bir-biridan farq qilib, avvalo, jamiyatning
iqtisodiy ahvoliga moslashgan tarzda namoyon bo’ladi. Uning xususiyati, qamrovi,
ko’lami yuzasidan turlicha ko’rinishda bo’lishi mumkin. Korruptsiyaning turlari
bilan hamohang tarzda uni keltirib chiqaruvchi bir qancha sabablar ham mavjud.
Ushbu sabablarga quyidagilar kiradi:
iqtisodiy sabab, bunda davlat hizmatchilarining past oylik maoshlari, ularning
tadbirkorlik va fuqarolik faoliyatiga ta’sir ko’rsatishda yuqori vakolatga
egaligi;
institutsional sabab, bunda davlat idoralari ishidagi yopiqlik hisobotlar
tizimidagi qo’shib yozishlarning mavjudligi, qonunchilik tizimida
shaffoflikning yo’qligi, davlatning kuchsiz (etakchilik qobiliyati bo’lmasada)
noxolis kadrlar siyosati;
ijtimoiy-madaniy sabab, bunda jamiyatning intizomsizligi, axborotga ega
emaslik, jamoatchilik nazoratining passivligi, befarqlik.
19
Mazkur sabablar umumiylik kasb ermaydi va turli davlatlarda turlicha farqlar
bilan namoyon b`ladi. Jahon tajribasida korruptsiyani oldini olish maqsadida uning
sabablari o’rganilgan va aynan sabablarni yo’qotish orqali ijobiy natijaga erishilgan.
Masalan, Osiyoda yirik iqtisodiy salohiyatga erishgan mamlakatlardan biri Singapur
davlati korruptsiyaga qarshi kurashda qisqa muddatlarda katta ijobiy natijalarga
erishishga muyassar bo’lgan. Korruptsiya va u bilan bog’liq amaliyotlarni hozirgi
kunda bir nechta turlari mavjud. Ularga quyidagilarni kiritishimiz mumkin.
Maishiy korruptsiya - asosan mansabdor shaxslar va davlat xizmatchilarining
kundalik ish faoliyatida fuqarolar bilan munosabatlarida namoyon bo`ladi.
Ishbilarmonlik korruptsiyasi - hokimiyat vakillarining tadbirkorlik sub’ektlari
bilan munosabatlarida uchraydi.
Oliy xokimiyat organlari korruptsiyasi - siyosiy hukmron doiralar hamda odil
sudlov tizimi faoliyatida uchraydigan korruptsiya turlaridir.
Ularning mavjudligi davlat xokimiyati organlarida jiddiy oqibatlarni keltirib
chiqaradi. Maishiy va ishbilarmonlik korruptsiyasi nisbatan kam ko’rsatkichli
jarayon bo’lsada, oliy xokimiyat organlarning o’z lavozim vakolatlaridan chiqib,
jinoyatga qo’l urishi mamlakatga hiyonat darajasida baholanadi.
Korruptsiyaviy jinoyatlar kelib chiqishining bir necha omillari bo’lib, ular
davlat yoki xalqning tarixiy shart-sharoitlari, madaniyati, dini hamda milliy
xususiyati orqali shakllanadi. Ular quyidagi ko’rinishda namoyon bo’ladi:
antropologik omillar, bunda insonning ziddiyatli tabiati, ezgulik va yovuzlikning
doimiy kurashi, insonning kam kuch sarflab ko’proq foyda olishga intilishi;
iqtisodiy omillar, bunda tadbirkorlik faoliyatining yuqori darajadagi xarajatlari
(“qonunga bo’ysunish bahosi”), bozor xo’jaligi doirasidagi raqobat,
iqtisodiyotning turli sektorlarining notekis rivojlanishi;
20
ijtimoiy omillar, bunda jamiyatning ijtimoiy tabaqalashuvi, “xavfli guruhlar” ning
mavjudligi, mehnat qonunchiligining buzilishi, muhojir ishchilar, ayollar va
o’smirlar mehnatidan foydalanishda ijtimoiy adolat printsiplariga rioya
etilmasligi kabilar;
huquqiy omillar, bunda tadbirkorlikning huquqiy asosi nomukammalligi, bozor
xo’jaligining o’zgarib boruvchi shart-sharoitlari bilan mavjud qonunchilik bazasi
o’rtasida ziddiyat mavjudligi, uy xo’jaligining tartibga solinmasligi;
ahloqiy omillar, bunda qonunchilik hamda tadbirkorlikning ahloqiy asoslari
o’rtasidagi ziddiyatlar, davlat va jamiyat, davlat va individ manfaatlari o’rtasidagi
ziddiyatlar, milliy an’analarning hisobga olinmasligi, diniy qoidalarning ta’siri,
siyosiy omillar, bunda hokimiyat va yirik kapital o’rtasidagi o’zaro munosabatlar,
oligarxiyaning shakllanishi, hokimiyat kuchi hamda iqtisodiy faoliyatga ta’sir
ko’rsatishning kuchga asoslangan usullari o’rtasidagi nisbat kabi omillar sabab
bo’lmoqda.
Korruptsiyani paydo qiluvi omillar darajasini G.Bekker tomonidan ishlab
chiqilgan jinoiy faoliyatni taxlil qilish uchun mo’ljallangan universal apparatdan
foydalangan holda hisoblash mumkin. Bunda mas’ul xodim pora qabul qilganida,
uning qiymatiga nisbatan sub’ektiv baho beradi:
S-poradan olingan nafning sub’ektiv bahosi;
P-jazolanish ehtimolining sub’ektiv bahosi;
D-jazolanishdan yo’qotadiganlarining sub’ektiv bahosi.
Poradan (ER) kutiladigan sof foyda quyidagiga teng bo’ladi:
ER=(1-p)S+p(S-D)=S-pD
Agarda ushbu qiymat ijobiy chiqsa, pora olish yo’li tanlanadi, agarda salbiy
bo’lsa-qonuniy faoliyat tanlanadi12. Ushbu formulada korruptsiyaning iqtisodiy –
12 Besker G.S. Grime and punishment an esonomis approach. Jurnal of Politisal esonomy. vol, 76, n.2. 1998
21
huquqiy masala sifatidagi mohiyati aks ettirilgan. Biroq uning ma’naviy-ahloqiy
jihati e’tibordan chetda qoldirilgan. Bu esa ushbu taxdidning oldini olishga
qaratilgan ma’naviy tarbiyaviy ishlar natijadorligini kuchaytirishni talab qiladi.
Korruptsiyaviy jinoyatlarning sodir etilishiga sharoit yaratuvchi omillar bu
illat ustidan boshqaruv va ijtimoiy nazorat shaklining yetarli yohud kuchli
emasligidan va boshqa ko’plab ob’ektiv sabablar oqibatida yuzaga keladi. Natijada
yangi va o’zgacha sabablar ham vujudga kelishi, rivojlanishi mumkin.
Ularga misol tariqasida quyidagilar ko’rsatiladi:
rejalashtirishning noto’g’riligi, shartnoma talablarini ishtirokchilar tomonidan
buzilishi, xizmat faoliyatini tashkil etishdagi nuqsonlar (majburiyatlarni taqsimlash,
vakolatni belgilash, ish hajmining ko’pligi va h.k);
kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yishdagi kamchiliklar (bilimsiz va tajribasi yo’q
yoki ishonchsiz shaxslarni qarindosh-urug’chilik(nepotizm), tanish-bilishchilik
asosida ishga qabul qilish va shunga o’xshash holatlar);
hisob-kitob va nazoratning sustligi;
xo’jasizlik va ortiqcha sarf-xarajatga yo’l qo’yib berish (energiya manbalaridan,
moddiy va odam resurslaridan tejamkorliksiz foydalanish), tarbiyaviy ishlardagi
nuqsonlar;
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatidagi mansabdor shaxslar,
hizmatchilarning foydasi va sarf-harajatlari va ular tomonidan hizmat vazifalarini
bajarishi ustidan nazoratni yo’qligi, shuningdek, korruptsiyaviy holatlarga
e’tiborsizlik;
Korruptsiyaviy jinoyatlarning sabablari bevosita uning mohiyati va turkumiga
qarab ham farqlanishi mumkin. Ular iqtisodiy, siyosiy, tashkiliy xususiyatlardir.
Korruptsiyaviy jinoyatlarning iqtisodiy sabablariga quyidagilarni kiritish
mumkin: birinchidan, iqtisodiy beqarorlik. Avvalo, inflyatsiyada namoyon bo’ladi,
ya’ni pul mablag’larining qadrsizlanishi tufayli davlat va mahalliy davlat organlari
xizmatchilarining har qanday daromad manbalarini izlashlariga; ikkinchidan, juda
22
yuqori daromadga ega bo’lganlar tabaqasining shakllanishi, ularning erkin
mablag’lari mansabdor shaxslarni sotib olish uchun ishlatilishi; uchinchidan,
samarali bozor raqobatining yo’qligi asossiz ravishda juda ko’p daromad olish
imkonini berishi; to’rtinchidan, davlat mansabdor shaxslari va xizmatchilari
maoshining kamligi sabab bo’lishi mumkin.
Korruptsiya jinoyatchiligining siyosiy sabablari va sharoitlari:
a) aholi aksariyat qismining hokimiyatdan, mulkni boshqarishdan, qonun ijodkorligi
va uni qo’llash amaliyotidan chetda ekanligi;
b) jinoiy guruhlar vakillarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga kirib
qolganligi;
v) markaziy va mahalliy organlar hizmatchilari sonining asossiz ravishda haddan
tashqari ko’pligidir.
Korruptsiyaviy jinoyatchilikning tashkiliy xususiyatdagi sabablari va ularga
imkon berayotgan shart-sharoitlar:
1. Korruptsiyaga qarshi kurashga qaratilgan huquqiy normalarning ko’lamiga
nisbatan amaliyotning yangiligi;
2. Korruptsiyaviy huquqbuzarlikning ma’muriy va jinoyat statistikasining to’la va
ob’ektiv emasligi;
3. Respublika, viloyatlar miqyosida registrlar, ya’ni davlat xizmati yoki mahalliy
davlat organlarida ishlashi ta’qiqlangan shaxslar ro’yxatini yurituvchi
tashkilotlarning yo’qligi;
4. Korruptsiyaviy jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi mutaxassislarni
tayyorlashda o’quv-metodik ta’minot darajasining pastligi;
5. Nepotizm qarindosh-urug’, quda-andalarning hizmat doirasi bo’yicha bir-birini
qo’llab-quvvatlashi umumiy adolatni, tartibni buzib qarindoshlari va yaqinlariga
daromadli va foydali mansablarni taqdim etishidir13.
13 Yurist axborotnomasi. –T.,2018 yil №3. –B. 15-21.
23
Korruptsiyaviy jinoyatchilikning psixologik sabablari ham mavjud bo’lib
unda, mamlakatimizda davlat xizmatidagilarning pora olishining uzoq, tarixiy
an’analarga ega ekanligi, aholining huquqiy bilimi yuqori darajada emasligi, aholi
aksariyat qismining davlat xizmatchilarini "sotib olish"iga ruhiy jihatdan tayyorligi,
odamlar ongida korruptsiyaviy qilmishni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilish
havfi uncha katta emas, degan fikrning mavjudligidir.
Xalqaro hamjamiyat tomonidan taklif qilingan korruptsiyaga qarshi ba’zi
usullar mavjud bo’lib, ularga quyidagilar kiradi.
korruptsiyaga qarshi yordam so’ragan mamlakatlarga yordam berish;
korruptsiyaga qarshi xalqaro say-harakatlarni qo’llab-quvvatlash;
donorlar tomonidan moliyalashtirilgan loyihalarda firibgarlik va korruptsiyaning
oldini olish istagi14.
Xulosa o’rnida shu aytish mumkinki, har qanday jinoyatni u qay
ko’rinishda bo’lishidan qat’iy nazar, albatta uni keltirib chiqaruvchi sabablari va
omillari mavjud bo’ladi. Bunda asosiy e’tibor avvalo, uning ildizi bo’lgan
sabablarini bartaraf etish eng oqilona usuldir. Korruptsiya va u bilan bog’liq holatlar
jinoyatchilikda jazo muqarrar bo’lgan jinoyat turi hisoblanib, uni tag-tomiri bilan
olib tashlash kerak bo’ladi va chora tabirlarni kuchaytirishni talab etadi. Vaqtida
qo’llanilgan oqilona siyosat albatta ma’lum darajada korruptsiya holatlarini bartaraf
etishda kerakli darajada samara beradi hamda davlat va jamiyat rivoji uchun hizmat
qiladi.
MAVZU YUZASIDAN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR.
1. Korruptsiyaviy jinoyatlarning sodir etilishiga sharoit yaratuvchi omillar qanday?
2. Korruptsion jinoyatlarni keltirib chiqaruvchi omillar va ularni bartaraf etishda
qo’llaniladigan usullarni bilasizmi?
14www.corruption
24
3. Korruptsiya bilan bog’liq jinoiy harakatlarni hozirgi kunda qanday turlari
mavjud?
4. Halqaro hamjamiyat tomonidan taklif qilingan korruptsiyaga qarshi usullar
mavjud bo’lib, ularga qaysilar kiradi?
5. Nepotizm qarindosh-urug’, quda-andalarning xizmat dorasi bo’yicha bir-birini
qo’llab-quvvatlashi umumiy adolatni, tartibni buzib qarindoshlari va yaqinlariga
daromadli va foydali mansablarni taqdim etish holatini qanday tushunasiz?
25
II. BOB. JAHON TAJRIBASIDA KORRUPTSIYAGA
QARSHI HARAKATLAR.
2.1. XORIJIY DAVLATLARDA KORRUPTSIYANI OLDINI
OLISH VA UNGA QARSHI KURASH TAJRIBALARI
AMALIYOT.
Korruptsiya jinoyati u qaysi usulda bo’lmasin, jamiyat ravnaqiga to’sqinlik
qilaveradi. Keng jamoatchilik bu illatni qoralab, korruptsiya deganda faqat pora
olish yoki pora berish deb tushunadi. Afsuski, bu qarash tor ma’noda bo’lib, uning
qamrovi juda kengdir. Ya’ni davlat idorasi xodimining o’z mansabi vakolatidan
shaxsiy manfaatlari yo’lida turli xil maqsadlarda foydalanish va kasb etikiketiga
rioya qilmaslik ham korruptsiyadir. Korruptsiya ijtimoiy xavfli hodisa sifatida
qanday rivojlanish darajasida bo’lmasin dunyoning barcha davlatlariga taaluqli
bo’lgan siyosiy havfi kuchli hodisadir. Korruptsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatini
o’rgangach, biz horijiy rivojlangan davlatlarning bu borada qabul qilgan tajribasi va
unga qarshi kurishish yo’llarini o’rganishni zarur, deb hisobladik. Zero, bu borada
o’z samarasini berib ulgurgan ayrim mamlakatlar tajribasi yoki qo’llagan usullarini
bilish foydadan xoli bo’lmaydi deb o’ylaymiz. Jamiyat va davlat uchun havfli
bo’lgan har qanday jinoyat muqarrar jazo bilan yakunlanishi tabiiy xol.
Korruptsiyaning kuchayib borishi davlat barqarorligiga tahdid sola boshlaydi.
Masalan, 1980 yili Liberiyadagi davlat to’ntarishidan so’ng harbiylar boshchiligida
eski amaldor poraxo’rlar sharmandalarcha jazolanganligiga o’tgan asrda barcha
guvoh bo’lgan.
SHu o’rinda tadqiqotlarga nazar solib, korruptsiya darajasi nisbatan past
bo’lgan davlatlar tajribasini o’rganish barcha uchun foydali qaror ekanligini
tushungan holda bir nechta Osiyo, Evropa va Amerika qit’asidagi ba’zi
26
mamlakatlarining antikorruptsion harakatlari va qarorlari orqali ijobiy natijalarni
qo’rsatgan mamlakatlar bilan tanishamiz. Ulardan biri Finlandiyadir.
Hozirgi kunda Finlyandiyada yiliga sanoqli korruptsiya bilan bog’liq jinoyat
ishlaridan ko’radi. Finlyandiyaning Jinoyat kodeksida korruptsiya degan atama yoki
tushuncha yo’q. Kodeksda mansabdor shaxslarning poraxo’rligi uchun jinoiy
javobgarlik belgilangan bo’lib, bunday jinoyatni sodir etgan mansabdor shaxslar
uchun qilmishning ijtimoiy xavfliligiga qarab jarima yoki to’rt yilgacha bo’lgan
muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tadbiq etiladi. Finlyandiyada
korruptsiyaga qarshi kurash haqida qonun ham, korruptsiyaga qarshi kurashuvchi
davlat idorasi ham yo’q. Korruptsiyaga umumiy jinoyatchilikning bir qismi qabilida
kurash olib boriladi. Finlyandiya Konstitutsiyasi, Jinoyat kodeksi, Fuqarolik xizmati
to’g’risidagi qonun, ma’muriy boshqaruvga oid yo’riqnomalar va boshqa qonunosti
hujjatlar korruptsiyaning oldini olishga qaratilgan hujjatlar hisoblanadi. Bularning
orasida eng muhimi ahloq qoidalaridir.
Mamlakatda korruptsiyaga qarshi kurashda mustaqil faoliyat yurituvchi
Adliya kantsleri va parlament vakili Ombudsman tomonidan olib boriladi. Ular
o’lkada davlat idoralarining barcha yo’nalishlarini butun hokimiyat tarmoqlari
faoliyatini nazorat qilish vakolatiga egadir. Yuqori martabali mansabdor shaxslarni
ayblash haqidagi jinoyat ishlari maxsus tashkil etilgan davlat sudi tomonidan ko’rib
chiqiladi. Mazkur sud idorasi hattoki davlat rahbariga nisbatan bo’lgan ishlarni ham
ko’rib chiqish huquqiga ega. Uning tarkibiga davlatdagi huquqiy idoralar masalan,
Adliya kantsleri, parlament vakili bo’lgan Ombudsman, hukumat vakillari, Oliy sud
va ma’muriy sud sud’yalari a’zo bo’lishi mumkin.
Finlyandiyada davlat xizmatchilarining korruptsiyalashuvidan saqlovchi muhim
omil sifatida ularning moddiy va ijtimoiy ta’minlanganlik darajasining yuqoriligi
hisoblanadi. Korruptsiyaga qarshi kurashda Finlyandiya OAV ham muhim vazifani
27
bajaradi. Va shu yo’lda xizmat qilib ijtimoiy, jamoatchilik nazorati funktsiyasini
amalga oshiradi15.
Jinoyatchilikning uyushgan korruptsiyaviy tizimiga qarshi Frantsiya
davlatida ham salmoqli ishlar amalga oshirilgan. Korruptsiyani yo’qotish va unga
barham berish choralari XX asrning 90-yillaridan boshlanadi. Frantsiyada
birinchilardan bo’lib antikorruptsion harakatlarda asosiy e’tibor davlat apparatining
yuqori martabali hodimlari daromadlari va mol-mulkiga qaratilgan. Antikorruptsion
tashkilot amaldorlarning shaxsiy, xususiy mulki haqidagi deklaratsiyalarni keng
miqiyosda oshkor etilishini ta’minlaydi hamda shu kabi huquqiy- tashkiliy vaziflarni
bajaradi. Mamlakatdagi mana shunday taftish jarayonlarini borishini bevosita
jamoatchilikka yetkazib berishning o’ziga xos usullari ishlab chiqilgan. Xususan,
harakatlarning ilk natijasi sifatida ko’chalarda yo’l harakati qoidasini buzganlik
uchun shu joyning o’zida jarima to’lash taqiqlanadi.
SHuningdek, Finlandiya hukumati Hisob palatasi vakolatlarini kengaytirib,
korxonalarda o’z hodimlarini korruptsiya xavfidan saqlash uchun ichki audit va
nazorat tadbirlari o’tkazish borasidagi sa’y-harakatlarini qo’llab-quvvatlash
to’g’risida, Adliya vazirligi qoshida esa “Korruptsiyaga qarshi kurash markaziy
xizmati” tashkil etish to’g’risida qarorlar qabul qilishga erishgan. Mana shunday
huquqiy mexanizmni yo’lga qo’yish orqali sezilarli natijani qo’lga kiritgan.
Natijada, hozirgi kunda jahonda korruptsiya darajasi past bo’lgan mamlakatlar
qatoridan joy olgan16.
Korruptsiyalashgan tizimga barham berish bo’yicha yevropa davlatlari
orasida Germaniyada alohida tajriba shakllangan. Davlat idoralari va umuman
jamiyatda korruptsiyaga moyilligi kuchli bo’lgan sohalar saralangan. Belgilab
olingan soha xizmatchilarining alohida ma’lumotlar ba’zasi yaratilgan va mamlakat
15 Ismailov B.I. Institutsionalizatsiya otvetstvennosti yuridicheskix lits za korruptsionnыe prestupleniya v
postsovetskix stranax. // Uchebnoye posobiye. -T.: Akademiya Generalnoy prokuraturы Respubliki Uzbekistan,
TSPKYU. 2018.- S .18-112.
16 Ismailov B.I. Ko’rsatilgan manba.-S.112.
28
Markaziy bankida davlat xizmatchilari, ularning yaqinlari hisoblari nazoratga
olinadi. Jamiyatda pora evaziga og’dirishda fosh qilingan jismoniy va yuridik
shaxslarning hatti–harakatlari doimiy nazorati orqali korrupptsion jinoyatlar
kamaytirilgan. Mamlakatdagi ushbu tadbir jarayonida davlat boshqaruvi hodimlarini
o’z lavozimi vakolatlarini to’la to’kis bajarishlari uchun nazorat joriy etilib, bir
vaqtning o’zida mansabdorlarga noto’g’ri yo’lga og’ishga imkon berilmaydi.
So’ngi yillarda Germaniyada korruptsiyaga qarshi kurash o’zining
samaradorligini ko’rsatdi. Bunga politsiya va prokuratura tizimidagi hodimlar
sonining ko’paytirilishi, anonim aloqalar uchun tezkor telefon tarmog’ining tashkil
etilishi sabab bo’ldi. Jinoyat va soliq politsiyasining yaqin hamkorligi va ularning
butun yevropa ittifoqiga a’zo davlatlar antikorruptsiya tashkilotlari bilan
hamkorlikning kengayishi ham bu masalada kurashning samarali bo’lishiga yordam
berdi. Germaniyada davlat hodimlari va xizmatchilar orasida “pora olish” deyarli
uchramaydi. Germaniyada davlat va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarida
poraxo’rlik kuzatilmasada, ba’zan xususiy biznesda nisbatan korruptsiya holati
uchrab turadi. O’lkadagi biznes kompaniyalar faoliyati jamoatchilik e’tiborida
turadi. Bordiyu, biror bir nemis kompaniyalari chet ellik sheriklarga pora berganligi
yohud hadya evaziga ish bitirgani ma’lum bo’lsa, bu avvalo, shu kompaniya uchun
sharmandalik hisoblanadi. Bu esa kompaniyaning imidji va moliyaviy tizimiga
jiddiy zarar beradi17. Jamoatchilik oldida obro’si tushgan kompaniya o’z –o’zidan
sinib boradi.
Xalqaro darajada dunyo mamlakatlarining rivojlanish darajalari, boshqaruv va
biznes sohalaridagi korruptsiyani tahlil etib borish albatta insonlar uchun munosib
iqtisodiy va huquqiy sharoitlar yaratishga yordam beradi. “Transparency
International” halqaro tashkiloti tomonidan 2009 yilda e’lon qilingan jahon
mamlakatlarining korruptsiyalashganligi darajasini aks ettiruvchi reytingda
17 Волфганг Дик, Aндрей Гнеистурков. Коррупция в Германии: успехи в боръбы неистебимым злом. –М.,
2013.
29
Skandinaviya mamlakatlari bu ko’rsatkich bo’yicha eng past darajada qayd etilgan.
Xususan, Yangi Zelandiya, Daniya, Finlyandiya, Shvetsiya mamlakatlari bu borada
dunyoda eng past ko’rsatkichga ega bo’lgan davlatlar sifatida keltirilgan.
SHuningdek, bu reytingda SHveytsariya va Singapur kabi davlatlar ham korruptsion
jinoyatlarning pastligi bo’yicha yuqori o’rinlarni egallaydi. Bu ko’rsatkichlarni
yuqorida sanab o`tilgan davlatlar qariyb 5 yildan buyon saqlab kelmoqdalar.
Dunyoda Skandinaviya mamlakatlari yetakchi va kuchli mamlakatlar orasida
korruptsiya darajasi eng past bo’lgan mamlakatlar qatoridan joy oldi. Ularning
ko’rsatkichlari hayratlanarli darajada.
Transparency International tomonida 2015-2019 yillari olib borilgan
tadqiqotlar mobaynida ushbu davlatlar eng kuchli, korruptsiyaga barham berayotgan
olititaliklar qatorida yuqori reyting ballni ko’rsatdilar.
Xususan, ushbu reytingda kuchli uchtalik, Yangi Zelandiya birinchi o’rin(91-
87 ball), Daniya ikkinchi o’rin(91-87 ball), Finlandiya uchinchi o’rin (90-86 ball)
egallagan bo’lsalar, SHvetsiya (89-85 ball), SHveytsariya (86-85 ball), Singapur
(85- ball) mamlakatlari ham uyushgan iqtisodiy jinoyatlarga barham berish bo’yicha
ularga tenglashib bormoqda18.
Skandinaviya mamlakatlari aholisi huquqiy ongida ijtimoiy tenglik,
jamoatchilik va yuridik institutlarga ishonch, bag’rikenglik, umumiy adolat hissi
asosiy kategoriyalardan hisoblanib, ular uchun jinoyatchilikning ijtimoiy ildizlariga
nisbatan kriminogen dominant degan qarash ustunlik qiladi. Skandinaviya davlatlari
tajribasida korruptsiya va u bilan bog’liq huquqbuzarlikni olidini olish uchun,
avvalo, kriminologik tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, huquq yo’nalishidagi oliy
o’quv yurtlari, ilmiy muassasalarning kriminologiya sohasidagi tadqiqotlarini
muvofiqlashtirish sabab bo’ldi. Demak, korruptsion jarayonlarni, holatlarni,
18 Sorruption Perseptions Index 2019./ Transparensy International. 2019/
30
sub’ektlarni monitoring qilish, asoslash kelgusi kurash usularini belgilashda qo’l
kelgan.
Keyingi korruptsiya darajasi eng past mamlakatlardan yana biri Singapurdir.
Singapur davlatining yetakchisi Li Kuan YU o’zing “Singapur tarixi: uchinchi
dunyodan birinchisiga” nomli asarida Singapur davlatining murakkab vaziyatdan
chiqib, o’zligini anglagani va qisqa muddatda iqtisodiyotini tiklab olganligi kabi
sirlarini bayon etadi. Unda Li Kuan “...agar har bir oilada uy-joy bo’lsa, demak
mamlakatda vaziyat barqarorlashgan bo’lardi” deb yozadi.
Mamlakatning korruptsiyaga qarshi siyosati asosan zaruriyat tufayli amalga
oshirilgan. Singapur xorijiy investitsiyalarni mamlakatga jalb qilar ekan, birinchi
navbatda ularni noto’g’ri maqsadlarda foydalanish imkoniyatini yo’qqa chiqardi.
Mamlakat ushbu illatni oldini olish uchun tezkor tadbirlar qo’llagan va aybdorlarni
ayovsiz jazolagan. Ushbu illatni bartaraf etish maqsadida mamlakatda 1952 yilda
“Korruptsiya hodisalarini tergov qilish Byurosi” tuzildi, mazkur byuroni tashkil
etish “Korruptsiyaning oldini olish to’g’risida”gi Aktda nazarda tutilgandi.
Byuroning zimmasiga davlat xizmatida halollik va sotilmaslik printsipi amal
qilishi, xususiy sektorda korruptsiya aralashmagan bitimlar tuzilishi, davlat
mansabdor shaxslarining o’z vazifalarini suiiste’mol qilish holatlarini tekshirish va
shunday holatlar aniqlanganda tegishli organlarga intizomiy javobgarlikka tortish
haqida ma’lumotlar berish vazifalari yuklatilgan. SHuningdek, Byuro, sud qarorini
kutmay gumonlanuvchini qo’lga olishi, bank hujjatlarini va moliyaviy ulushlarni
tekshirishi, guvohlikka har qanday shaxsni(u davlat ahamiyatidagi amaldor bo’lsa
ham) chaqirtirishi, zarurat tug’ilganda har qanday fuqaroni javobgarlikka tortishi
mumkin.
1959 yilda ham Singapur dunyodagi eng kambag’al davlatlardan biri bo’lgan.
Singapurda (Moliya vazirligi) 1973 yil iyul oyidan boshlab maxsus korruptsiyaga
qarshi kurash Dasturini amalga oshira boshlagan. Dasturda fuqarolar va tashkilotlar
o’rtasidagi aloqalarni turli xil sansalorliklar va sudrashlarga yo’l qo’ymaslik
31
maqsadida takomillashtirish, yuqori turuvchi mansabdor shaxslarning quyi turuvchi
mansabdor shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirishda oshkoralikni ta’minlashga
e’tibor kuchaytirildi. SHu bilan birga barqaror, mustahkam, ishonchli bo’lgan
korruptsiyaviy bog’lanishlarning oldini olish maqsadida mansabdor shaxslar
rotatsiyasini kiritish, to’satdan tekshirishlar o’tkazish, korruptsiyaga qarshi kurashda
muhim hisoblangan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash, korruptsiyaga qarshi
kurash choralari majmuini har 3-5 yilda qayta ko’rib chiqish kabi vazifalar belgilab
berildi19. Singapurdagi korruptsiyaga qarshi kurashda aynan yuqori kursilar egasi
bo’lgan amaldorlar diqqat markazda turadi va choralar ham juda shafqatsiz bo’ladi.
Mana shunday ayovsiz choralar natijasi o’laroq, XX asr 90 yillaridan Singapur
iqtisodiyotida yuqori ko’rsatkichlar, ya’ni 14 foizlik o’sishlar kuzatildi. Bu
o’zgarishlar asosan quyidagi sohalarda yaqqol sezildi:
neftni qayta ishlashda uchinchi o’ringa chiqdi;
kompyuterlashtirish va robotlarni realizatsiya qilish bo’yicha Osiyoda
Yaponiyadan keyingi o’ringa chiqib oldi;
turizm ko’rsatkichlari bo’yicha yetakchi davlatlardan biriga aylandi.
Hozirgi kunda ham Singapurda korruptsiyaviy jinoyatlarni kamaytirish
tadbirlari izchil davom ettirilib kelinmoqda. Demakki, Singapur tajribasi
korruptsiyaga qarshi kurashda avvalambor mansabdor shaxslarning o’zlari
birinchiladan bo’lib shaxsiy na’muna ko’rsatganlaridandir. Albatta, bundan shaxsiy
manfaatdan voz kechish, daromadlarini yashirmay dekloratsiya qilishi
amaldorlarning taxsinga loyiq ishlari jamoatchilik va OAV tomonidan bevosita
qo’llab-quvvatlandi.
Korruptsiyaga qarshi murosasizlik ko’rsatgan yana bir davlat Avstraliyadir.
O’z taraqqiyoti davomida jiddiy siyosiy va iqtisodiy islohotlarga asos solgan ushbu
davlatda federal tuzilma yoki korruptsiyaga qarshi kurash organlarining
markazlashtirilgan tizimi mavjud emas. Hukumat tuzilmalari faoliyatini nazorat
19 Ли Куан Ю «Сингапурская история. Из «третего мира» – в первый»: МГИМО (У) МИД России.-M.; 2005
32
qilishni Avstraliya tajribasida avvalroq Milliy jamoat tashkilotlari, parlament va
ommaviy axborot vositalari amalga oshiradi. Mazkur komissiya ishiga mamlakat
fuqarolari to’g’ridan –to’g’ri murojaat qilishi mumkin edi. Yоki boshqacharoq
aytganda, har qanday fuqaro bunday komissiyaga shikoyat qilish yoki davlat
mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilgan korruptsiya harakati haqida xabar
berish huquqiga ega. Bunday to’g’ridan-to’g’ri murojaat madaniyatining
shakllanishi ko’p jihatdan huquqiy va siyosiy tarbiyaga bog’liq. Tarbiyaning bunday
shakli ta’lim bilan bevosita bog’liq holda olib borilishiga e’tibor qaratilgan. Demak,
korruptsiyaga qarshi asosiy ta’lim dasturi Avstraliya Milliy universiteti- ya’ni,
Kanberra universitetining “Davlat siyosati” fakul’tetida o’qitiladigan “Korruptsiya
va unga qarshi kurash usullari” nomli maxsus kursdir. Trening mashg’ulot tarzida
tashkil etiladigan mazkur kurs davomida tinglovchilar ya’ni, talabalar korruptsiya
hodisasiga turli yondashuvlar va uning namoyon bo’lishiga qarshi kurash usullari
bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ladilar20. SHu kabi ta’limiy usullar yordamida
mamlakat aholisi ongida korruptsiyaga qarshi immunitet shakllantiriladi. Eng
muhimi esa avvalo, huquq keyin esa siyosatga dahl qilishi mumkin bo’lgan salbiy
illat oxir oqibatda davlat suverenitetiga soya solishi mumkinligi uzuksiz uqtirib
boriladi. Albatta, bu kurashning samarasini davlatning taraqqiyoti, jahondagi
nufuziga qarab ham sifatlanadi.
Evropa davlatlari orasida Buyuk Britaniya korruptsiyaga yo’l qo’ymaslik
borasidagi sa’y harakatlari bilan ajralib turadi. Korruptsiyaga qarshi kurashda asosiy
vosita Buyuk Britaniya davlati milliy merosining poydevori sanalgan fuqarolik
jamiyati institutlarining adolatli va demokratik faolligidir. Mamlakat hukumati ham
xalq ham korruptsiyani iqtisodiy qoloqlik, madaniyatli va ma’rifiy qarashlarning
qutbli qarama-qarshi tomoni sifatida talqin etadi.
20 Воронин Ю.A., Вейберт С.И. Уголовно-правовая политика Aвстралии. Сриминологй Жоурнал оф Баикал
Натионал Университй оф есономисс анд Лав 2013. № 3
33
Darhaqiqat, mana shunday madaniyatsizlik va ma’rifatsizlikka qarshi Britaniya
hukumati boshchiligida har yili Tashqi ishlar vazirligining barcha elchixonalarida
korruptsiyaga qarshi kurash bo’yicha seminarlar tashkil etiladi. Xalqaro taraqqiyot
vazirligi va Buyuk Britaniya savdo, investitsiyalar agentligining qo’shma loyihasi
doirasida korruptsiya faktlarini aniqlash bo’yicha maxsus darslik chop etiladi.
Noan’anaviy tarzda mazkur nashr majburiy ravishda xorijiy mamlakatlardagi savdo
vakolatxonalari va elchixonalarga yuboriladi. Maqsad esa, mamlakat taraqqiyotiga
g’ov bo’layotgan illatlardan yoppasiga ogoh etishdir. Bu bir kishining yoki bir
guruhning, amaldorlarning, xalqning muammosi emas, balki siyosatning,
iqtisodning butun bir davlatning kelajagiga, taqdiriga dahdor muammoligini
anglashdir.
Buyuk Britaniya korruptsiyaga qarshi kurash siyosatining muhim tomoni uzoq
kurashlar natijasida samara berdi va ichki korruptsiya muammosi yo’q deb bong ura
oladilar. Ayniqsa, Angliya ta’lim tizimi korruptsiyadan mutloq holi. Davlat
korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida ta’lim dasturlarining tashqi yo’nalishini
so’zsiz qo’llab-quvvatlaydi. Bunday harakatlar qatoriga “Britaniya korruptsiyaga
qarshi kurash forumi”, “Transparency International”, “Qashshoqlikka qarshi
muhandislar”, “Bosh infrastruktura-korruptsiyaga qarshi kurash markazi”
kabi nodavlat tashkilotlari faoliyatiga taalluqlidir. Aynan shu tashkilotlar
Londonning korruptsiyani global bartaraf etish g’oyasining eng faol namoyondalari
hisoblanadi. Agar jiddiy e’tibor berilsa shu tashkilotlar dunyo miqiyosida
korruptsiyaga qarshi harakatlar va davlatlarning bu masalaga e’tiborini, davlatlar
hayotida korruptsiyaning holatini tahlil etadigan yirik xalqaro tashkilot darajasiga
ko’tarilgan. SHu sabab ham Britaniya nodavlat tashkilotlari davlat organlari, biznes
va xorijiy davlatlarning fuqarolik jamiyati institutlari uchun korruptsiyaga qarshi
ta’lim dasturlarini beg’arazlik asosida amalga oshirib boradi21.
21 edited by David Whyte. How Sorrupt is Britain? First published 2015 by Pluto Press 345 Archway Road, London
N6 5AA
34
Jahon amaliyotida korruptsiyaga qarshi kurashayotgan davlatlardan biri
Amerika Qo’shma SHtatlaridir. AQSHdagi bir qancha qonunlar mamlakatda
mansabdor shaxslarining lavozim doirasida pora olishlarini ta’qiqlaydi. Qo’shma
SHtatlar qonunlariga ko’ra pora olish kriminal jinoyat turi hisoblanib, noqonuniy
“rag’batlantirish”, pora taklif qilish va olish kabi jinoyatlar ham kriminal turkum
jinoyatlar sarasiga kiradi. Federal qonunlarda va shtat qonunlarida barcha
bosqichdagi hokimiyat hodimlariga pora berishni ta’qiqlaydi. AQSHda davlat
mansabdor shaxslarining korruptsion jinoyatlarini oldini olish va unga qarshi
kurashish ancha ilgari boshlangan. Mamlakatda 1977 yilda qabul qilingan
“Korruptsiyaga qarshi amaliyotlar to’g’risida” gi Qonunda korruptsiya bilan bog’liq
barcha holatlar ochiq oydin ko’rsatilgan va barcha korruptsion harakatlar
ta’qiqlangan22.
Belorus Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurash tajribasi.
Belorussiyada davom etayotgan tizimli (iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, tashkiliy va
mavkuraviy) o’tish davrida korruptsiya muammosi ayiqsa keskin va siyosiy
ahamiyatga ega bo’ldi. Bu haqda ommaviy axborot vositalarida aytilgan va eng
yuqori davlat darajasida ko’tarilgan korruptsiyaga qarshi kurash siyosatining muhim
omili - bu qonun ijodkorligi bo’lib, unga qarshi kurashishining huquqiy asoslarini
belgilab berdi. 1997 yilga kelib Belorus Respublikasida “Jangovar choralar
to’g’risida” qonun qabul qilindi. 2001 yilda esa Belorus milliy havfsizlik
konseptsiyasi qabul qilindi. Mazkur hujjatga ko’ra korruptsiyaga qarshi kurash
davlatning ustuvor yo’nalishlaridan biri ekanligi belgilab qo’yilgan. Darhaqiqat,
mamlakatning turli sohalarida, huquqni muhofaza qilish, sud, ta’lim tizimida ham
korruptsiyaviy jinoyatlarning ko’payib borayotgani butun xalq va hukumatni
tashvishga soladi. SHu bois, korruptsiyaga qarshi kurashni takomillashtirish, ta’siri
kuchli bo’lgan qonunchilik tizimini shakllantirishga harakat boshlanadi. 2002-2006
yillarga mo’ljallangan dastur ishlab chiqildi. Ushbu dasturning tashkiliy-huquqiy
22 Anti –Sorruption in the US. anti-sorruption/
35
chora tadbirlarini amalga oshirishda bir qator korruptsiyaga qarshi qonun hujjjatlari
qabul qilinib, ular jumlasiga “Uyushgan jinoyatchilik va korruptsiyaga qarshi kurash
to’g’risida” Qonun, “Belorus Respublikasida davlat xizmati to’g’risida”(2003 yil,
14 iyun) Qonun, “Olingan daromadlarni legallashtirishning oldini olish choralari
to’g’risida”(2006 yil yangi taxriridagi qonun), “Jismoniy shaxslarning daromadlari,
mol-mulklarni va naqd pul manbalri dekloratsiya qilish to’g’risida( 2003 yil 4
yanvar), “Korruptsiyaga qarshi kurash to’g’risida”(2006 yil 20 iyul, 2011 yil 22
dekabrida unga o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi va 2012 yil aprel oyidan qonun
kuchga kirdi)23 kabi qonunlar kiradi.
Belorussiyada korruptsiyaga qarshi kurashishda samarali usullardan biri bu,
korruptsiyaning har qanday havf-hatar darajasiga yega va korruptsiyaning barcha
turlariga muntazam ravishda javob berishga qodir bo’lgan tegishli qonunchilik
bazasi, shuningdek, samarali profilaktika tizimining mavjudligidir. Belorussiyada
korruptsiyaga qarshi zamonaviy tizim yaratilgan bo’lib, unga quyidagilar kiradi:
- Korruptsiyaga qarshi me’yoriy –huquqiy bazani ishlab chiqish va qabul qilish, uni
amalga oshirish mexanizmini aniqlash;
- Mavjud sub’ektlarning korruptsiyaga qarshi kurashda javobgarligi va o’zaro
hamkorligini tashkil etish;
- Jinoyatchilik va korruptsiyaga qarshi kurash bo’yicha komissiyalar, kordinatsion
kengashlar va yihilishlarning turli darajalarda ta’lim berish;
- Taxliliy ishlarni olib borish;
- Korruptsiyaga qarshi kurashda davlat organlari faoliyatini ilmiy jihatdan qo’llab-
quvvatlash;
- Davlat ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, jamoatchilikning faol ishtiroki,
mehnat jamoalari korruptsiyaga qarshi kurashda faol ishtirok etadilar24.
23 Лузгин, И. И. Коррупция и йеё общественная опасност : курс лекций для студентов неюридических
специалностей / И. И. Лузгин. – Новополоцк : PGU, 2012. – 144 s. ISBN 978-985-531-334-3
24 Барановский Н.A. Социологический мониторинг антиобщественных явлений в системе обеспечения
националной безопасности в социалной сфере // Социологический алманах. -Минск, 2014. Вып. 5. S. 434
36
2019 yil Transparens International global reytingida dunyoning 180 ta
mamlakatlari ichida Belarus Respublikasi 66 –o’ringa chiqib (48 ball), 2018 yilga
nisbatan 4 pog’onaga yaxshilandi. SHuningdek, Belorussiya korruptsiya darajasi
bo’yicha Gruziya, Armaniston, Moldova, Ukraina, Ozarbayjon kabi davlatlaridan
yuqori o’ringa chiqib oldi25.
Hozirgi vaqtda mamlakatda korruptsiyaga qarshi davlat siyosatini amalga
oshirish va unga qarshi kurash bo’yicha chora tadbirlar ko’rildi. Korruptsiyaga
qarshi kurash bo’yicha Belorus Respublikasi Prokuraturasi mas’ul hisoblanib, u
jinoyatni oldini olishning qat’iy tizimini yaratgan. O’lkada huquqiy tizim,
qonunchilik jarayonini izchil takomilashtirish, korruptsiyaga olib keladigan
ziddiyatlarni bartaraf etish korruptsiyaga qarshi qonunchilikni amalga oshirishda
zarur bo’lgan omillardan biridir. Belorus Respublikasi hukumati mamlakatda qonun
ustuvorligini mustahkamlash uchun izchil va qat’iyat bilan zarur choralarni
ko’rmoqda. Qonun va tartib, jinoyatning hukumat ichiga, siyosiy iqtisodiy sohalarga
kirib borishini oldini olish uchun “Korruptsiyaga qarshi kurash to’g’risida” qonuni
qabul qildi26. Ushbu qonun 50 moddadan iborat bo’lib, u korruptsiya bilan bog’liq
jinoyatlarni oldini olish va unga qarshi kurashning barcha huquqiy tuzulmalarini o’z
ichiga qarab olgan.
Bundan tashqari ta’lim tizimida korruptsiyaga qarshi kurashning shunday
mexanizmi ishlab chiqiladi-ki, bunda faqat kuchli qonunlar bilangina emas, balki
kurashni aholi orasida, quyidan boshlash maqsad qilindi. Natijada antikorruptsion
tarbiya tizimi, shaxsiy ibrat kuchaytiriladi va ayni paytda korruptsiyaga qarshi
murosasizlik immunitetini shakllantirishga qaratilgan targ’ibotni usullari ishlab
chiqildi. Korruptsiyaga qarshi kurashda immunitetini yaratish maqsadida davlat
miqyosida barcha soha va yo’nalishlarda ta’lim olayotgan talabalarga
25 Interfax.by
26 Закон Республики Беларус 20 июля 2006 года № 165-З «О борбе с коррупцийей». Принят Палатой
представителей 23 июня 2006 г.; одобрен Советом Республики 30 июня 2006 г. (с изм. и доп., в ред. Закона
Республики Беларус от 22 дек. 2011 года № 332-З) // Нац. рейестр правовых актов Республики Беларус.2012.
№ 5. 2/1885.
37
“Korruptsiyaga qarshi kurash” maxsus kurslari o’qitiladi. Ya’ni yuridik ta’lim va
boshqa barcha ta’lim yo’nalishlari talabalari ham huquqiy madaniyatni
shakllantirish uchun antikorruptsion maxsus kurslarni majburiy tarzda o’qib
o’rganadilar.
Korruptsiyaga qarshi kurashni maqsad qilgan Belorus Respublikasida
korruptsiyaga qarshi kurash tamoyillari belgilab qo’yilgan:
oshkoralik;
muqarrar javobgarlik;
shaxsiy aybdorlik hissi va javobgarlik;
gumanizm(insonparvarlik, hayrihohlik)
Belorus Respublikasida ham korruptsiyaga qarshi davlat siyosatining aniq
mexanizmlari yaratilgan bo’lib, ularni hayotga tadbiq etish va ushbu illatni
yo’qotishga erishish samaradorligini oshirib borish uchun barcha imkoniyatlar
ishga solingan. Belorus Respublikasi tomonidan 2015 yil 15 iyulda “Korruptsiyaga
qarshi kurashish to’g’risida” gi qonun qabul qilingan, ushbu qonun korruptsiyaga
qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining huquqiy asoslarini belgilaydi va
jamoat manfaatlarini korruptsiya namoyon bo’lishi hamda kelib chiqishi mumkun
bo’lgan taxdidlardan himoya qilishga, davlat organlari, mansabdor shaxslar va
ularga tenglashtirilgan shaxslarning ishlashini ta’minlashni o’z vazifasi deb biladi va
ushbu shaxslarning huquqlarni kafolatlaydi. Belorus Respublikasi Bosh
prokuraturasi mamlakatda korruptsiyani olidini olish, unga qarshi kurashish, u bilan
bog’liq bo’lgan huquqbuzarliklarga barham berish va jazolashni amalga oshiradi27.
Moldova Respublikasida korruptsiyaga qarshi harakatlar. Korruptsiyaga qarshi
kurashda o’zining ilg’or g’oyalarini ilgari surgan yana bir davlat bu Moldova
Respublikasidir. Moldovada korruptsion jinoyatlarni yo’q qilish avvalo
27 Борба с коррупцийей - важнейшая задача государства Новости, события, комментарии 06.07.2018.
mas.gov.by
38
mamlakatning ta’lim tizimidan boshlangan. Mamlakatda korruptsiyaga qarshi
kurashish quyidigi aniq choralar bilan amalga oshirildi. Ular:
aniq va oshkora me’yoriy –huquqiy bazani ishlab chiqish;
boshqaruv ko’nikmalarini takomillashtirish va natjada hisobot va nazoratni
takomillashtirish;
qabul qilingan qarorlar uchun shaxsiy javobgarlikni oshirish kabilardir.
Moldova Respublikasi tomonidan 2011 yil 4 sentyabrda imzolangan
Korruptsiyaga oid jinoiy Konventsiyada “Korruptsiya qonun ustivorligiga,
demokratiyaga taxdid soldi va inson huquqlari, samarali boshqaruvni buzadi, tenglik
tamoyillari va ijtimoiy odalatda raqobat sharoitini buzib, iqtisodiy rivojlanishga
to’sqinlik qiladi, barqarorlikka taxdid solib, demoktratik institut va jamiyatning
ahloqiy me’yorlariga putur yetkazadi” deb ta’kidlangan28.
Dunyo mamlakatlari korruptsiyaviy jinoyatlarni oldini olish va unga qarshi
kurashning samarali usul va vositalarini ishlab chiqilgan bo’lib, ular anchagina
ijobiy natajalarni ham qo’lga kiritganlar. Lekin dunyoda korruptsiya o’chog’iga
aylanib borayotgan mamlakatlar ham yo’q emas. Ularga Afg’oniston, Qirg’iziston
kabi davlatlarni misol keltirishimiz mumkin. Bu davlatlar O’zbekistonga yaqin
qo’shni davlatlar hisoblanadi. SHu o’rinda Qirg’iziston xususida to’xtalib o’tishni
joiz deb bildik. Xususan, Qirg’iziston Respublikasida o’tkazilgan ijtimoiy
so’rovlarda bildirishlaricha, fuqarolar davlat xizmatlarining quyidagi bo’g’inlarida
korruptsiya yuqori deb hisoblaydilar. Ularga sudlar, militsiya va GAI xodimlaridir.
2012 yil 8 avgustda Qirg’iziston Respublikasida “Korruptsiyaga qarshi kurash”
to’g’risida qonun qabul qilingan. Unda korruptsiyaga qarshi kurashishning asosiy
printsiplari belgilab berilgan, xususan, korruptsiyani oldini olish, korruptsiya bilan
bog’liq huquqbuzarliklarning oqibatlarini minimallashtirish va bartaraf etish,
Qirg’iziston Respublikasi milliy hafsizligini ta’minlash kabi muhim vazifalar
28 Образованийе и коррупция, Междунар. Науч.-практ. Конф. (2009; тараклиякишинев). „Образованийе и
коррупция”: Междунар. Науч.-практ. Конф., 16 сент. 2009 г., Тараклия-Кишинев / редкол.: Смокине A.,
CҲервенков Н., Кожокар йе. [и др.]. – CҲ.: Руханда, 2009 (ГИРЛЕAНУ С.В.). – 99 ст.
39
belgilab qo’yilgan29. Qonuniy choralar belgilanishiga qaramay mazkur davlatda
hokimiyat tarmoqlarida korruptsiya xavfi saqlanib qolmoqda.
O’zining tarixiy taraqqiyot bosqichida korruptsiyaviy jinoyatlarni avj oldirib,
mustamlaka mamlakatlarni talon taroj etgan va minglab halqlar ongiga poraxo’rlik
illatini singdirgan mamlakatlardan biri bu Rossiya Federatsiyasidir.
Jahonda korruptsiya holatlarni vujudga kelishiga zamin yaratgan siyosiy
tuzum va siyosiy liderlar ham kuzatiladi. Masalan, sobiq sovetlar davlati rahnamosi
I.V Stalinning hokimiyatdagi hukmronlik yillari. Bu davrda Rossiya siyosiy va
iqtisodiy terrorizmga asoslangan totalitar tuzumda korruptsiyalashish holati bilan
fashistlar Germaniyasi kabi eng yuqoriga ko’tarilgan edi. Rossiya Feratsiyasi(Sobiq
SSSR)dagi korruptsiya mamlakatdagi iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy sharoitlar
erkinlashtirilgandan keyin ham yo’qolmadi. Horijiy ekspertlarning fikriga ko’ra,
1990 yil SSSR parchalandi va davlat zaiflashda va korruptsiya yanada avjiga chiqdi.
YAngi mustaqil Rossiya Federatsiyasining paydo bo’lishi ham azaldan ildiz otib
ulgurgan keng qamrovli korruptsiyaga barham bera olmadi. Prezident B.N.Eltsin
hokimiyatga kelganda rus davri tranzitga: sotsiolizmdan voz kechish va bozor
tamoyillarini qabul qilish orqali iqtisodiyotning deyarli barcha sohasini, biznes va
boshqaruv sub’ektlarini zanjir bilan bog’langan korruptsiyaviy munosabatlarning
katolizatoriga aylantirdi. SHunga qaramay ko’plab tadqiqochilar va soha
mutaxassislari Rossiyada korruptsiyaning asosiy sabablari sifatida quyidagilarni
ko’rsatadi:
Jamiyatning ahloqiy tanazzuli;
Iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishdagi xatolar;
Boylar va daromat yuzasidan katta tafovutga ega qashshoq ruslar;
Siyosiy elitaning ma’lum qismini kriminallashtirish;
29 Общество и коррупция в Кыргызской Республике. Взгляды, мнения, выводы и другая
информация, представленные в данном документе, не обязателно отражают точку зрения
Организации по безопасности и сотрудничеству в йевропе (ОБСЕ), за исключенийем случаев, когда
непосредственно указано, что ОБСЕ являеця автором документа. Бишкек. 2014 г.ноябр.-339ст
40
Korruptsiyaga qarshi kurashda davlat hokimiyatining yetarli darajada
belgilanmaganligi.
Ma’muriy va tashkiliy vakolatlarning xaddan ziyod ko’pligi va ularning
mansabdor shaxslar qo’lida bo’lishi;
Poraxo’r amaldorlarni aniqlash, fosh qilish bilan bog’liq masalalarning pastligi;
Korruptsiya uchun jazolarning nisbatan yumshoqligi va pastligidir.
SHu asnoda Rossiya davlatida 2008 yil 25 dekabrida “Korruptsiyaga qarshi
kurashish to’g’risida” Federal qonun qabul qilindi va jiddiy kurash boshlandi. 2010
yil 13 aprelda Prezident qarori bilan Rossiya Federatsiyasida korruptsiyaga qarshi
tadbirlarni maqsadli amalga oshirish uchun “Korruptsiyaga qarshi kurash milliy
strategiyasi” ishlab chiqildi.
Korruptsiya avvalo, har qanday mamlakatda davlat boshqaruvining halq
oldidagi asosiy majburiyatlarini bajarishdagi sustkashligi va e’tiborsizligi natijasida
paydo bo’ladi. Buning oqibatida dunyoning qaloq mamlakatlari tajribasizligi,
ko’plab muammolarni keltirib chiqishiga olib keladi. Zero, Afrika, Lotin Amerikasi
va Osiyoning ko’pgina rivojlanayotgan davlatlarida korruptsiya jiddiy
muammolardan biri bo`lib qolmoqda. Natijada davlat rivojlanmaydi va
taraqqiyotdan orqada qoladi. Pirovardida esa, insonlar uchun qiyinchilik tug’iladi,
jamiyat turg’unlikka yuz tutadi.
Xulosa o’rnida shu ta’kidlash mumkinki, inson uchun zarur bo’lgan ehtiyojlar
ortsa ortadiki, lekin kamaymaydi. Dunyo rivojlanib, taraqqiy etib borgan sari yangi
va yangi hohishlar paydo bo’lib boraveradi. Insoniyat esa mavjudotlar ichida eng
aqllisi sifatida, mulohaza yuritishi va foyda yoki zararni anglab, keragini tanlashi
bilan ajralib turadi. Inson ongi ham huddi taraqqiyot singari oldinlab boraveradi. Bu
yo’lda ma’naviy qashshoqlik insoniyatni tubanlik sari yetaklashi tabiiy. SHu sabab
ham dunyo davlatlari o’z ixtiyotlari bilan tinchlik va taraqqiyotga intilar ekanlar bu
yo’ldagi asosiy g’ovlarni yo’q qilishga urinmoqdalar. Zero, farovonlik, barqarorlikni
insonlar istaydi.
41
Mavjud davlatlarning barchasi korruptsiya bilan bog’liq jinoyatlarni oldini
olish va bu borada davlatlararo hamkorlik qilish tarafdoridirlar. Hozirgi murakkab
va shiddati rivojlanishlarga qaramay yurtimizda ham antikorruptsion tizimni
shakllantirishga e’tibor kuchaytirilgan bo’lib, jamiyatda birdamlik va vatanparvarlik
xukum sura ekan halqimiz orzu qilgan farovon hayot albatta o’z mevasini beradi.
MAVZU YUZASIDAN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR.
1.Finlyandiyada korruptsiya va korruptsion harakatlarni oldini olishgaqaratilgan
qanday hujjatlar qabul qilingan?
2.Dunyoning qaysi mamlakatlari tajribasi korruptsiya va u bilan bog’liq
jinoyatlarni kamaytirishga xizmat qilgan?
3.Qirg’iziston Respublikasida korruptsiya darajasining yuqori ekanligiga
nimalar sabab?
4.Ta’lim va tarbiyada korruptsiyaga qarshi tasavvurni shakllantirish va murosasizlik
qanday amalga oshiriladi?
42
2.2 DUNYO MIQYOSIDA KORRUPTSION JINOYATLARGA QARSHI
XALQARO HUQUQIY HUJJATLAR.
Korruptsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish masalasi barcha
mamlakatlarning umumiy maqsadlarini birlashtirib, barchani hushyorlik va
mas’uliyatga chorlaydi. Bunda jahonda o’z maqomiga ega bo’lgan Birlashgan
Mamlakatlar Tashkiloti yetakchilaridan biri hisoblanadi. CHunki, aynan korruptsiya
va uyushgan jinoyatchilik nafaqat davlat muammosi bo’libgina qolmay, dunyoning
global muammosiga aylanib ulgurdi.
Jahon mamlakatlari miqyosida korruptsion jinoyatlarga qarshi kurashishda bir
qancha xalqaro xuquqiy hujjatlar qabul qilingan bo’lib, ularning asosini 2003 yil 29
sentyabrdan boshlab kuchga kirgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining transmilliy
uyushgan jinoyatchilikka qarshi Konventsiyasi ko’rsatib o’tish o’rin30. SHuningdek,
korruptsiyaga qarshi kurash bo’yicha yana ko’plab xalqaro hujjatlarni keltirish
mumkin. Xususan ularga, Amerika davlatlari tashkiloti tomonidan 1996 yil 29 mart
kuni qabul qilingan Korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha Amerikaaro
konventsiyasi, 31 Eevropa ittifoqi kengashi tomonidan 1997 yil 26 mayda qabul
qilingan yevropa hamjamiyatining mansabdor shaxslariga dahl qilgan korruptsiyaga
qarshi kurashish bo’yicha Konventsiyasi,32 kabi yana bir nechta xalqaro huquqiy
hujjatlarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin.
BMTning korruptsiyaga qarshi kurash to’g’risidagi konventsiyadan avvalroq
boshqa halqaro hujjatlar ham qabul qilingan bo’lib, ularga misol qilib quyidagilarni
keltirib o`tish joiz. “Huquqni muxofaza qilish organlari mansabdor shaxslari uchun
30 Konventsiya Organizatsii Ob’edinennыx Natsiy protiv transnatsionalnoy organizovannoy prestupnosti. Prinyata
rezolyutsiyey 55/25 Generalnoy Assambliye ot 15 noyabr 2000 g.
31Mejamerikanskaya konventsiya protiv korruptsii mejamerikanskoye soglasheniye protiv korruptsii g. Karakas, 29
marta 1996 goda Preambula.
32 Rukavodstva po bor’be s korruptsiyey. Organizatsiya po bezopasnosti i sotrudnichestvu v yevrope (OBSE)
Valnershtrasse 6 A-1010.- Vena, Avstriya. 2016
43
ahloq Kodeksi” (BMT Bosh assambleyasining Rezolyutsiyasi bilan 1979 yil 17
dekabrida qabul qilingan) 33 , Huquqiy tartibotni saqlash bo’yicha mansabdor
shaxslarning xulq-atvor Kodeksini samarali amalga oshirilishi uchun rahbariy
printsiplar(BMTning Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi rezolyutsiyasi bilan 1989 yil 24
mayda qabul qilingan) 34 , Davlat mansabdor shaxslarining Xalqaro xulq-atvor
kodeksi (BMT Bosh assambleyasining Rezolyutsiyasi bilan 1996 yil 12 dekabrda
qabul qilingan) 35 , BMTning Xalqaro tijorat operatsiyalarida korruptsiya va
poraxo’rlikka qarshi kurash to’g’risidagi Deklaratsiyasi(BMT Bosh
assambleyasining Rezolyutsiyasi bilan 1996 yil 16 dekabrda tasdiqlangan) 36 ,
BMTning Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to’g’risidagi
Konventsiyasi(BMT Bosh assambleyasining Rezolyutsiyasi bilan 2000 yil 15
noyabrda qabul qilingan) 37 , Jinoyatchilik va odil sudlov:XXI asr chorloviga
javoblar to’g’risidagi Vena deklaratsiyasini amalga oshirish harakat Rejasi (BMT
Bosh assambleyasining Rezolyutsiyasi bilan 2002 yil 15 aprelda qabul qilingan)38
va boshqa yuzlab halqaro huquqiy hujjatlar jahon mamlakatlarini korruptsiya kabi
salbiy illatlardan tozalashga hizmat qilmoqda.
BMTning Korruptsiyaga qarshi konventsiyasi muqaddima hamda 8 ta bob, 71
ta moddadan iborat bo’lib, ularga quyidagi muhim bo’lgan vazifalar belgilangan.
1-bobda (1-4) umumiy qoidalar,
2-bobda (5-14) korruptsiyaning oldini olish choralari,
3-bobda (15-42) jinoyatchilik va huquqni muhofaza qilish faoliyati,
33 Генералная Aссамблея ООН. Резолюции 34-й сессии(1979 г). Www.ун.орг/ру/га/34/досс
34 Резолюция экономического и Социолного Совета ООН 1989/60 24 мая. «Процедуры еффективного
осуществления Основних принципов независимисти судебных органов». base.garant.ru
35 Международный кодекс поведения государственных должностных лиц. Принят резолюцийей 51/59
Генералной Aссамблеи от 12 декабря 1996 г.
36 Декларация ООН о борбе с коррупцийей и взяточничеством в международных коммерческих операциях.
Генералная Aссамблия ООН. Резолюции 51-й сессии (1996–1997 годы).
37 Конвенция ООН против транснационалной организованной преступности. Ню-Йорк, 15 ноября 2000 г.
Принята Резолюцийей Н 55/25 Генералной Aссамблеи Организации Объединенных Наций.
38 Венская декларация о преступности и правосудии: ответы на вызовы ХХИ века Принята на Десятом
Конгрессе Организации Объединенных Наций по предупреждению преступности и обра йению с
авонарушителямит.Вена.10–17апреля.2002.г.
44
4-bobda (43-50) xalqaro hamkorlik,
5-bobda (51-59) aktivlarni qaytarish bo’yicha choralar,
6-bobda (60-62) texnik yordam va ma’lumot almashinuvi,
7-bobda (63-64) amalga oshirish mexanizmlari,
8-bobda (65-71) yakuniy qoidalar aks etgan.
O’zbekiston Respublikasi 2008 yil 28 avgustdan boshlab BMTning
Korruptsiyaga qarshi Konventsiyasiga qo’shilishi natijasida davlatimizda
korruptsiyaga qarshi kurash borasida yangi bosqich boshlandi. Konventsiyaning 15-
moddasi “Milliy ommaviy mansabdor shaxslarni pora evaziga og’dirish”, 16-
moddasi “Xorijiy ommaviy mansabdor shaxslarni va ommaviy xalqaro
tashkilotlarning mansabdor shaxslarini pora evaziga og’dirish”, 17-moddasi
“Ommaviy mansabdor shaxs tomonidan mol-mulk talon-toroj qilinishi, noqonuniy
o’zlashtirilishi yoki ko’zda tutilmagan maqsadlarda ishlatilishi”, 18-moddasi
“G’arazli maqsadlarda mavqeidan foydalanish”, 19-moddasi “Xizmat mavqeining
suiis’temol qilinishi”, 21-modda “Xususiy sektorda pora evaziga og’dirish”, 22-
moddasi “Xususiy sektorda mulkning talon-toroj qilinishi”, 23-moddasi “Jinoiy yo’l
bilan topilgan daromadlarni legallashtirish”, 24-moddasi “Yashirish”, 25-moddasi
“Odil sudlovning amalga oshirilishiga to’sqinlik qilish”, 27-moddasi “Ishtirok va
suiqasd” deb nomlangan. Ushbu hatti-harakatlar O’zbekiston jinoyat qonunchiligi
bo’yicha ham jinoiy qilmish sifatida baholanadi va amaldagi jinoyat qonunida
bunday qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Korruptsiyaning oldini olish va butkul barham berish – bu barcha
davlatlarning vazifasi hisoblanib, bu sohadagi sa’y-harakatlar samaradorligini
ta’minlash uchun fuqarolik jamiyati, nohukumat tashkilotlar hamda jamoalar
negizida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar kabi ommaviy sektor doirasidan
tashqarida alohida shaxslar va guruhlar ko’magi, ishtirokida bir-biri bilan hamkorlik
qilishlari lozimligini, ommaviy ishlar, ommaviy mol-mulkni tegishli darajada
boshqarish, shuningdek, adolat, mas’uliyat, qonun oldidagi tenglik, korruptsiyani
45
rad etadigan madaniyatni shakllantirishga ko’maklashish, jinoyatchilikning oldini
olish va jinoiy odil sudlov ishini shaffofligini ta’minlashdan boshlanadi.
Konventsiyadi korruptsiyaga qarshi kurashning quyidagi choralari belgilab
berilgan.Ushbu Konventsiyaning 8-moddasida bayon etilgan choralarga qo’shimcha
ravishda har bir ishtirokchi davlat talab qilingan va huquqiy tizimiga mos keladigan
darajada halollikka ko’maklashish, shuningdek ommaviy mansabdor shaxslar orasida
korruptsiyaning oldini olish va uni fosh etish hamda buning uchun jazolash
maqsadida qonunchilik choralari, ma’muriy yoki boshqa samarali choralarni ko’radi.
Har bir ishtirokchi davlat ommaviy mansabdor shaxslar orasida korruptsiyaning
oldini olish va uni fosh etish hamda buning uchun jazolash sohasida uning organlari
samarali faoliyat ko’rsatishini ta’minlash maqsadida, jumladan bunday organlarga
ularning harakatlariga g’ayriqonuniy ta’sir ko’rsatilishiga to’sqinlik qilish uchun
yetarli mustaqillik berish orqali, tegishli choralar ko’radi39.
Jahon hamjamiyati va xalqaro xuquqiy tashkilotlar bir bo’lib korruptsiya kabi
jinoiy harakatlarni oldini olish va yo’q qilish uchun barcha chora-tadbirlarni ko’rib
bormoqda.
O’zbekiston ham dunyoga yuzlanar ekan, avvalo ichki muammolarni tinch
yo’l bilan hal etishi va taraqqiyotga yuzlanib borishna maqsad qilagan. Bu yo’lda
sobitqadamlik, yelkama-elka turib, davlat va jamiyat bir manfaat ya’ni halq
manfaatlarini o’ylasagina, yurtimiz aholisi baxtli, erkin va farovon jamiyat qura
oladi. Demak, har bir muammoning oqilona yechimi bo’lgani kabi, puxta ishlab
chiqilgan va oqilona amaliyot ko’plab dunyo mamlakatlarini bu illatdan holi
bo’lishiga olib kelishi va biz ham ularning tajribasini ilmiy o`rganish asnosida bu
kabi xolarlardan xoli jamiyatga aylanishimiz mumkin.
Xulosa o`rnida shuni ta`kidlash joizki, mustaqil davlat sifatida O’zbekiston
Respublikasi halqaro huquqning to’laqonli ishtirokchisidir. Nufuzli halqaro tashkilot
39 Birlashgan Millatlar Tashkilotining korruptsiyaga qarshi konventsiyasiga (nyu-york, 2003 yil 31 oktyabr)
O’zbekiston Respublikasining Qo’shilishi to’g’risida. O’RQ-158-s. 2008.07.07.// lex.uz
46
bo’lgan BMTga a’zo har qaysi davlat uning tasarrufidagi xalqaro konventsiyalarga
qo’shiladi, rezolyutsiyalarni ratifikatsiya qiladi. SHu munosabat bilan O’zbekiston
2003 yil 29 sentyabrdan boshlab kuchga kirgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining
transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi Konventsiyas 40 , BMTning
Korruptsiyaga qarshi Konventsiyasiga (Nyu-York, 2003 yil 31 oktyabr)41 qo’shildi.
Transparency International xalqaro korruptsiyaga qarshi kurash tashkilotining
2018 yilgi Korruptsiyani qabul qilish indeksi (Corruption Perception Index)dagi
raqamlarga e’tibor qaratsak, unda qayd etilishicha, O’zbekiston 100 ballik indeks
bo’yicha, 23 ballni olib, o’tkazilgan tadqiqot natijasiga ko’ra jahonning 180 ta
davlatlar orasida 158-o’rinni egallagan42 bo’lsa, bu ko’rsatkich 2019 yilga kelib oz
bo’lsada o’zgardi, ya’ni O’zbekiston 153-o’rinni egallab, 25 ball bilan yuqoriga
ko’tarildi 43 . Yuqoridagi natijalardan xulosa qilib aytish joizki, O`zbekiston
korruptsiyaga qarshi ayovsiz kurash olib borayotgani va natijalar o`zgarib borishi
o’zining asta sekin natijasini ko’rsatayotganligidan dalolat beradi.
Xususan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi “Ijtimoiy
fikr” jamoatchilik fikrini o’rganish markazi tomonidan 2017 yil 17 iyun oyida
mamlakatda korruptsiya va u bilan bog’liq jinoyatlarni o’rganish maqsadida
so’rovnoma tashkil etildi. Uning natijalariga ko’ra so’rovda ishtirok etgan
ishtirokchilarining qariyb 57 foizi O’zbekistonda korruptsiya borligini ta’kidladi.
Shu vaqtgacha "Ijtimoiy fikr" respondentlari asosan hayotdan va davlat olib
borayotgan siyosatdan mamnunligini izhor qilib kelgan. Respondentlarning keng
oqimi Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent, Sirdaryo va Surxondaryo
viloyatlari aholisi bo’lib, ular ushbu jinoyat turi mamlakatimizda bor ekanligini
ko’proq qayd etganlar. So’rov natajalarining yana bir muhum jihati shuni
40 “Birlashgan Millatlar Tashkilotining transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konventsiyasini ratifikatsiya qilish
to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qarori. 536-II-son. 2003.30.08. lex.uz
41 “Birlashgan Millatlar Tashkilotining korruptsiyaga qarshi konventsiyasiga (nyu-york, 2003 yil 31 oktyabr)
O’zbekiston Respublikasining qo’shilishi to’g’risida” O’RQ-158-son. 2008.07.07. lex.uz
42 Transparensy International. Sorruption Perseptions Indeks 2018. www.transparensy.2018
43 www.transparensy.2019
47
ko’rsatdiki, shahar aholisi qishloq odamlariga qaraganda jamiyatda korruptsiya
mavjudligini ko’proq ta’kidlaganlar. Respondentlarning 37,6 foizi tomonidan
sog’liqni saqlash korruptsiya eng ko’p kirib borgan soha sifatida ko’rsatib o’tilgan
bo’lsa, undan keyin ta’lim sohasi egallaganligini ta’kidladilar 44 . Bu raqamlar
ayanchli albatta.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, har qanday muammo agar bir bo’lib
yechim izlansa albatta munosib yechim topishi tabiiy. Millatimiz kelajagi bo’lmish
yoshlarimizni korruptsiya kabi illatdan asrash har birmizning insoniy va fuqarolik
burchimizga aylanishi hamda buning uchun barcha kuch va imkoniyatlarimizni
ishga solishimiz zarur bo’ladi.
MAVZU YUZASIDAN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR.
1. BMTning korruptsiyaga qarshi kurash to’g’risidagi Konventsiyani qabul
qilinishidan oldin qanday hujjatlar mavjud edi?
2. O’zbekiston Respublikasi korruptsiyaga qarshi xalqaro kurash harakatlaridan
qaysilarga qo’shilgan?
3. Xalqaro huquqda korruptsiyaga qarshi qanday jazo turlari mavjud?
4. Nepotizmning ijobiy jihatlari bormi?
44 www.bbs.som
48
III. BOB KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASHDA O’ZBEKISTON
RESPUBLIKASINING DAVLAT SIYOSATI
3.1. DAVLAT ORGANLARI FAOLIYATINING OCHIQLIGI VA
SHAFFOFLIGINI TA’MINLASH MEXANIZMLARI.
Globallashuv jarayonida korruptsiya va u bilan bog’liq jinoyatlarni oldini
olish hamda unga qarshi kurashish dunyoning har bir davlat yuritayotgan
siyosatning asosiy masalalaridan biriga aylanib ulgurdi. Bunday muhim vazifani
hukumatimiz anglagani holda korruptsiyaviy jinoyatlarni oldini olishning bir nechta
qonuniy loyihalarini ishlab chiqdi va hayotga tadbiq etib bormoqda. O’zbekiston
Markaziy Osiyoda birinchilardan bo’lib “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni
legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida”gi
Qonunni qabul qildi. Ushbu Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida Adliya vazirligi
tomonidan bir qator idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar tayyorlangan va amalga
oshirilib borilmoqda.
Korruptsiya kabi jinoiy xatti-harakat O’zbekiston Respublikasi Birinchi
Prezidenti I.А Karimovning yana bir asari: “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida:
xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” nomli asarida
atroflicha yoritib berilgan. Asarda korruptsiyaning salbiy oqibatlari etib, amalga
oshirilayotgan islohotlarga qarshilik ko’rsatish, davlatning konstituttsiyaviy
asoslarini yemirish, jamiyat a’zolarining ma’naviy axloqiy asoslarini yemirish, pul
orqali xokimiyatni qo’lga olishga intilish, nopok yo’llar bilan boylik orttirish va
boshqalar ko’rsatiladi45.
Mamlakatimiz xukumati yirik bir siyosiy tashkilot sifatida jamoatchilik
organlari bilan hamkorlik qilar ekan, avvalo inson va uning manfaatlarini ustun
qo’yadi. Bu yo’lda tushuntirish, targ’ibot usullarini jadallashtirib, davlat
45 Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida. T.6. –Toshkent.:O’zbekiston, 1998.-88-95 bet.
49