The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.

JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI

Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by mansurbek.0888, 2022-02-24 03:17:40

JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI

JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI

idoralarining faoliyatini ochiqligi va shaffofligi ta’minlashning aniq mexanizmlarini
yaratib borada. SHu maqsadda davlatimizda bir qancha qonun hujjatlari ishlab
chiqilgan. Jumladan, O’zbekiston o’zining taraqqiyot dasturida 2014 yil 18 iyunda
qabul qilingan “Ijtimoiy sheriklik” to’g’risidagi Qonunning 4-moddasida ijtimoiy
sheriklikning printsplari bayon etilgan bo’lib, unda ijtimoiy sheriklikning asosiy
printsplari etib, qonunga bo’ysunish, teng huquqlilik, ochiqlik va shaffoflik,
hammaboplik, mustaqillik, xolislik, o’zaro hurmat, manfaatlarning inobatga olinishi
va ma’suliyat, majburiyatlar qabul qilishning ixtiyoriyligi kabilar belgilab
berilgan46.

2017 yil 3 yanvarda mamlakatimizda “Korruptsiyaga qarshi kurash
to’g’risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi, unda korruptsiyaga
qarshi kurashishning eng maqbul usullari tartibga solingan. Ularga qonuniylik,
fuqarolar huquqlari, erkinliklari va va qonuniy manfaatlarining ustivorligi, ochiqlik
va shaffoflik, tizimlilik, davlat, fuqarolik jamiyatining hamkorligi, korruptsiyani
oldini olishga doir chora tadbirlar ustivorligi hamda javobgarlikning muqarraligi
kabi tushunchalar kiritilgan47. Bugun yurtimizda ham asosiy maqsad davlatda adolat,
tenglik, qonunning ustuvorligiga erishish yo’lida tegishli chora tadbirlar amalda
qo’llanilmoqda. Korruptsiyaga qarshi kurashda avvalo, xukumat idoralari xodimlari,
ishchi va xizmatchilari shaxsiy na’muna ko’rsatmas ekan, qonunlar o’z ijrosini
ta’minlay olmaydi va u hech kimga foyda bermaydi deb o’ylaymiz.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-35 moddalarida mamlakat
hayotida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish va har bir shaxs bevosita
o’zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki

46 “Ijtimoiy sheriklik” to’g’risidagi O’RQ- . 2014y, 8 iyun’//lex.uz
47 “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish
chora –tadbirlari to’g’risida. O’zbekkiston Respublikasi Qonun xujjatlari to’plami, 2017 yil 5-son, 62 –modda.
//lex.uz

50

alq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqilari belgilab
berilgan48.

O’zbekiston antikorruptsion siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish,
korruptsiyani oldini olish uchun institutsional bazani mustahkamlash maqsadida
muhim bo’lgan qadamlarni tashladi. Ushbu choralarni amalga oshirish natijasida
mamlakatimizda qonuniylik va huquqiy tartibot ishlari mutloq ta’min etildi, davlat
xizmati organlarining faoliyati ochiqligi va shaffofligiga erishish uchun jiddiy ishlar
amalga oshirilib borilmoqda. Xalq orasida korruptsiyaga nisbatan murosasiz kurash
madaniyati shakllandi, eng muhimi odamlarning davlat idoralariga nisbatan
ishonchi mustahkamlandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning Konstituttsiyaning
27 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutqida jamoatchik nazoratini,
avvalo, huquqni muhofaza qilivchi va nazorat idoralari, moliya, bank, ta’lim,
sog’liqni saqlash, komunal ho’jalik, energetika va trasport sohalarida joriy
etilishining zarurligini aytib o’tdi. SHuningdek, ommaviy axborot vositalari va
ijtimoiy tarmoqlar orqali mansabdor shaxslarning o’z ishini qonuniy asosda to’g’ri
tashkil etish va davlat organlari faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlarni jamoatchilikka
to’liq va tezkor yetkazish maqsadida ularning har birida matbuot xizmatining tashkil
etilishi aytib o’tildi. “Jamoatchilik nazorati – bu faqatgini davlat idoralari faoliyati
ustidan nazorat emas, balki jamiyatning o’zini-o’zi boshqarish usuli, boshqacha
aytganda, fuqarolik jamiyatini taraqqiy toptirishning muhum omillaridan biri”
ekanligini ta’kidladi49.

SHuningdek, ommaviy axborot vositalarning ish faoliyatidagi ochiqlik hamda
senzurasiz faoliyat davlatimiz konstitutsiyasida ham mustahkamlab qo’yilgan.
Ushbu huquq o’z navbatida Respublikadagi barcha axborot va davlat faoliyatining

48 O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi. -T.:“O’zbekiston” T. 2017
49 Konstituttsiya va qonun usvorligi –huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining eng muhum mezoni.
Prezident SH.M.Mirziyoev.O’zbekiston Respublikasi Kontituttsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati
bilan 9 dekabrdagi ma’ruzasi//Xalq so’zi. 2019 yil 8 dekabr’.

51

bevosita halq oldida ochiq va oshkora xisobot berishlari, halq muhokamasiga
qo’yish imkonini beradi. Davlat idoralari endigi navbatda halqga va halq
manfaatlariga xizmat qilishi, demokratik tamoyillarning ustuvorligi va fuqarolik
jamiyatining asosiy shartlari bajarilayotganligini anglatadi.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yili deb e’lon qilingan 2017 yilda
“Inson manfaatlari hamma narsadan ulug’” degan g’oya asosida amalga oshirildi va
bu jarayon davom ettirilib borilmoqda. Mamlakatimizda inson manfaatlarini
ta’minlash, huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar negizida
yutuq va kamchiliklar ochiq aytilib, unda hokimiyat tizimida mutlaqo yangi tizim
joriy etildi. Zero, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi,
joylarda Xalq qabulxonalari tashkil etildi. Ushbu tuzilmalar davlat hokimiyati va
boshqaruvi organlarining xalq bilan hamkorlik qilishi, aholining eng dolzarb
muammolarini hal etilishi va jamoatchilik nazorati institutlarining jadallashuviga
olib keldi50.

Davlat idoralari ochiqligi va shaffofligi, OAVning keng tarmoqlardagi
faoliyati va mamlakatimizdagi tub islohotlarni amalga oshirilishiga sabab bo’ladi,
avvalo, yurt ravnaqi, rivoji uchun xizmat qiladi. Mansabdor shaxslarning o’z
lavozimidan shaxsiy manfaatlari yo’lida foydalanishga imkon bermaydi. SHaxsiy
daxlsizlik, huquqiy savodxonlik, davlat idoralari mansabdor shaxslarining o’z
ishiga mas’uliyati ortadi.

O’zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari
faoliyatining ochiqligi to’g’risidagi” Qonunda ko’rsatilganidek, davlat hokimiyati
va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligining asosiy printsplariga davlat idoralari
tomonidan taqdim etiladigan axborotdan hamma foydalanishi mumkinligi belgilab
berilgan. Ushbu qonunda axborotning o’z vaqtida berilishi va ishonchliligi,
faoliyatining oshkoraligi, shaffofligi, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining

50 SHavkat Mirziyoev. Konstituttsiya-erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning
mustahkam poydevoridir. O’zbekiston Respublika Konstituttsiyasi qabul qilinganing 25 yilligiga bag’ishlangan
tantanali marosimdagi ma’ruza. –T.:“O’zbekiston”, 2017, 7 dekabr./ lex.uz

52

faoliyati to’g’risidagi axborotni izlash, olish va tarqatish erkinligi kafolatlangan.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to’g’risida axborot taqdim
etishda avvalo, fuqarolarning o’z sha’ni va qadr-qimmatini tajovuzlardan, o’z
shaxsiy hayotiga aralashuvlardan himoya qilishga bo’lgan huquqlari va qonuniy
manfaatlariga, shuningdek fuqarolar, yuridik shaxslarning o’z ishchanlik obro’sini
himoya qilishga bo’lgan huquqlariga rioya etish kabi muhim vazifalar belgilandi va
tizimli amalga oshirilib kelinmoqda.

Ushbu qonuning 7-moddasida davlat xokimiyati va boshqaruvi organlarining
faoliyati to’g’risida axborot izlashni amalga oshirayotgan jismoniy yoki yuridik
shaxs axborotdan foydalanuvchi ekanligi hamda u ba’zi huquqlarga ega ekanligi
ko’rsatilgan. Ushbu huquqlarga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining
faoliyati to’g’risidagi ishonchli axborotni olish, tarqatish, davlat hokimiyati va
boshqaruvi organlarining faoliyati to’g’risida axborot olishni rad etish yoki
axborotdan foydalanuvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlardan ham
foydalanishi ko’rsatib o’tilgan.

SHuningdek, ushbu Qonunning 12-moddasida davlat hokimiyati va
boshqaruvi organlarining faoliyati to’g’risidagi axborotni e’lon qilish (chop etish)
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy nashrlari, rasmiy veb-saytlari,
shuningdek ommaviy axborot vositalari amalga oshirishi belgilab berildi 51.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M Mirziyoevning 2019 yil 9 aprelda
"Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning
strategik salohiyatini oshirish yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi
qarori bilan axborotlarning umumfoydalanish uchun ochiqlik holati, ochiq
ma’lumotlarning oshkoralik va sifat darajasi, ularni fuqarolarga va jahon
hamjamiyatiga yetkazishning amaldagi mexanizmlari qabul qilingan xalqaro
talablarga to’liq javob bermaydi va natijada mamlakatimizning statistika salohiyati
indeksidagi o’rni pastligicha qolmoqda. "Elektron hukumat” Portalini rivojlantirish

51 “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risidagi” O’RQ-369. 2014 y, 5 may. /lex.uz

53

uchun davlat statistika Qo’mitasiga bir qator huquqlar berildi. Portalni
takomillashtirish chora-tadbirlari kompleksi, ochiq ma’lumotlar to’plamlari
ro’yxatini tuzish, ustuvor xalqaro ma’lumotlar bazalarini o’rganib chiqishga mas’ul
vazirlik va idoralar ro’yxati, ma’lumotlarning ochiqlik holatini o’rganish, "Ochiq
ma’lumotlar indeksi” va "Ochiq ma’lumotlar barometri” talablariga muvofiqligi,
tegishli indikatorlarni joylashtirish bo’yicha vazirlik va idoralar ro’yxati, Statistika
salohiyati indeksida mamlakat o’rnini yaxshilashga oid "Yo’l xaritasi”, Jahon
bankining statistika salohiyati indeksida mamlakat reytingini yaxshilashning
maqsadli ko’rsatkichlari, Xalqaro byudjet hamjamiyatining Byudjet ochiqligi
indeksida 2020 yildan boshlab Respublikamizning ishtirokini ta’minlash bo’yicha
"Yo’l xaritasi”, 2020-2021 yillarda Davlat statistika qo’mitasida yangilanishi lozim
bo’lgan axborot-kommunikatsiya tizimlari uskunalari ro’yxati ushbu qaror asosida
tasdiqlandi52. Portalda e’lon qilinadigan axborotlarning to’liqligi, ishonchliligi, o’z
vaqtida shakllantirilishi, mamlakatimizga oid axborotlarning oshkoraligi va
foydalanish erkinligi, axborotni shakllantirishda xalqaro metodologik standartlarga
javob berish, tavsiyalarni o’rganish va amalda qo’llashda, Portalda e’lon qilinadigan
ro’yxatni muntazam yangilab turishda davlat organlari va tashkilotlar rahbarlarining
vazifalari belgilab berildi.

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Korruptsiyaga qarshi
kurashish bo’yicha idoraviy hujjatlar qabul qilingan bo’lib, ular O’zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi tizimida “Korruptsiyaga qarshi kurashish dasturi”,
“O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining korruptsiyaga qarshi kurashish
siyosati”, “O’zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining
odob-axloq qoidalari” kabilardir. Adliya organlari rahbarlarining korruptsiyaga oid
huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qo’yish maqsadida
tizimli ravishda fuqarolar va tadbirkorlar bilan sayyor tarzdagi uchrashuvlar tashkil

52 "Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning strategik salohiyatini
oshirish yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” PQ-4273. 2019 y, 9 aprel/: lex.uz

54

etib kelinmoqda. Korruptsiya holati ko’p sodir etilishi mumkin bo’lgan faoliyat
yo’nalishlariga alohida e’tibor qaratildi. Ayniqsa, notarial idoralar faoliyatida
korruptsiya va huquqbuzarliklarni sodir etilishining oldini olish hamda sifatli
huquqiy xizmat ko’rsatishda shaffoflikni ta’minlash maqsadida alohida choralar
ko’rildi. O’zbekiston Respublikasida korruptsiya darajasi yuqori bo’lgan sohalar:
soliq, sog’liqni saqlash, Oliy va o’rta maxsus ta’lim, xalq ta’limi, davlat xaridlarini
amalga oshirish, yerdan foydalanish, paxta va don konlari ajartib olinib ular faoliyati
tizimli ravishda kuzatib, taxlil etilib borilmoqda va bu tadbirlar o’z natijasini berdi53.

O’zbekistonda korruptsiyaga qarshi kurash agentligining tashkil
etilishi. 2020 yil 24 yanvarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
SH.Mirziyoevning Oliy Majlisga muroajaatnomasida korruptsiyaga qarshi
kurashuvchi organ tuzilishi kerakligi aytilgandi. 2020 yil amalga oshirilishi
rejalashtirilgan Davlat dasturining 53–bandida ham belgilab qo’yildi. Ushbularni
ijrosi yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi
«O’zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini
takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PF-6013-
son Farmoniga 54 muvofiq, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Korruptsiyaga
qarshi kurashish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida O’zbekiston
Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Unga
«Yuksalish» umummilliy harakati raisi va Qonunchilik palatasi deputati Akmal
Burhonov agentlik direktori etib tayinlandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan tashkil qilingan ushbu
agentlik Oliy Majlis palatalari oldida hisob beradi. Agentlikning asosiy
vazifalaridan biri korruptsiya yuqori bo’lgan sohalarni chuqur tahlil qilish, hamda
korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini

53 O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markazi. minjust.uz/uz/antisorruption
54 “O’zbekiston respublikasi korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish
to’g’risida” Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2020 y., 07/20/4761/1001-son

55

bartaraf etish hisoblanadi. Byudjet mablag’laridan foydalanish, davlat aktivlarini
realizatsiya qilish va davlat haridlari sohasida korruptsiyaga qarshi nazorat qilish
masalalari ham Agentlikning vakolatlari doirasiga kiritildi. Bundan tashqari,
Agentlik davlat xizmatchilarining daromadlari va mol mulkini dekloratsiya qilish
tizimi joriy etilishi hamda dekloratsiyadagi ma’lumotlarning haqqoniyligini
tekshirilish vazifalari ham yuklandi. Ushbu agentlik hozirgi kunga kelib quyidagi
vazifalarni bajaradi.

- davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, biznes-uyushmalar
ekspert ishchi guruhlar faoliyatini, loyihalarni amalga oshirish tartibini
O’zbekistonda investitsiya muhitini yaxshilash masalalarini hisobga olib
tashkillashtiradi va muvofiqlashtiradi. Agentlik faoliyati doirasiga kiruvchi
masalalar bo’yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy ravishda
Agentlik bilan kelishilishi lozim;

 islohotlarni amalga oshirish natijalarini o’rganadi, O’zbekiston investitsiya
dasturlarining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini monitoring va nazorat
qiladi;

 blokcheyn texnologiyalari tadbiq etilishi mumkin bo’lgan faoliyat doiralarini
aniqlaydi, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va blokcheyn texnologiyalarini
tadbiq etishni nazarda tutgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini majburiy
ravishda ekspertizadan o’tkazadi;

 davlat mablag’lari hisobidan moliyalashtiriluvchi loyihalarni sifatli va o’z
vaqtida bajarilishiga ko’maklashadi;

 norentabel va samaradorligi past bo’lgan loyihalarni aniqlaydi;
 davlat organlariga zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish kontseptsiyasini

ishlab chiqish va uni har taraflama tahlil etishni ta’minlaydi;

56

 loyiha boshqaruvi sohasida kadrlarni o’qitish va malakasini oshirishga
ko’maklashadi.
Agentlik davlat va nodavlat tashkilotlari, muassasalar, tadbirkorlik

sub’ektlari, O’zbekiston Respublikasidagi chet davlatlarning diplomatik
vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar, chet el
korxonalari va mutaxassislari bilan o’zaro hamkorlik qiladi.

Agentlik «Mirzo Ulugbek Innovation Center», Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Respublika biznes va boshqaruv oliy maktabi, «Delta city» Xalqaro yuqori
texnologiyalar innovatsion markazi, «Raqamli ishonch» raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi faoliyatini nazorat qiladi.

Prezident SHavkat Mirziyoev 2020 yil 11 fevral kuni korruptsiyaga qarshi
kurashish hamda jamoatchilik nazorati tizimlarini takomillashtirish masalalari
bo’yicha yig’ilish o’tkazib, unda Korruptsiya iqtisodiyot rivoji, chinakam qulay
tadbirkorlik va investitsiya muhiti uchun eng asosiy to’siqlardan biri ekanligi va
mamlakatimizda ushbu muammo xanuzgacha borligini ta’kidladi. Korruptsiya kabi
salbiy illatlarga qarshi kurashishda davlat organlari faoliyati va ish jarayonlarini
shaffofligini ta’minlash va bunda e’tiborni ishga olish, davlat xaridlari, ruxsatnoma
va litsenziyalar berish kabi jarayonlarda ochiq-oshkoralikni ta’minlashga qaratish
kerak ekani xususida so’z bordi55.

2020 yilning 7 noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va
Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda korruptsiya holatlari
kuzatilayotgan sohalar uni keltirib chiqarayotgan omillar va ularni oldini olishga
bag’ishlangan idoralararo yig’ilish tashkil etildi. Bu borada mamlakatimizda
huquqiy asoslarni yaratishga e’tibor berilib, so’nggi to’rt yilda 70 dan ortiq qonun
hujjatlari qabul qilinganligi ta’kidlandi. O’zbekiston so’nggi to’rt yilda Jahon
bankining “Biznes yuritish” indeksida 18 pog’onaga, Meros jamg’armasining

55 Mirziyoev SH.M.Korruptsiyaga qarshi kurashish va jamoatchilik nazorati tizimlari takomillashtiriladi. /11.02.2020.
O’zbekiston milliy axborot agentligi/ uza.uz

57

“Iqtisodiy erkinlik” indeksida esa 52 pog’onaga ko’tarildi. SHuningdek, Jahon
bankining “Korruptsiyani tiyib turish”, “Transperens interneshnl” xalqaro
nohukumat tashkilotining “Korruptsiyani qabul qilish”, Jahon odil sudlov
loyihasining “Korruptsiyaning mavjud emasligi” indekslarida sezilarli o’zgarishlar
yuz bergani aytildi. Taassufki, respublikamizda o’tgan ikki yilda 1 986 nafar
mansabdor shaxslar korruptsiyaviy jinoyatlarni sodir etganligi uchun jinoiy
javobgarlikka tortilgan. Bunday jinoyatlar oqibatida yetkazilgan moddiy zarar
miqdori 2 trln. so’mdan oshganligi bu boradi ishlar yanada faollik talab etilishidan
dalolat bermoqda56.

Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, O’zbekiston taraqqiyotining yangi
bosqichiga qadam bosarkan, avvalo, davlat va jamiyatning birdamligi, yakdilligi,
harakatda tenglik va adolatni ta’minilashi zarur bo’ladi. Zaruriyat esa bajarilmas
ekan erkin fuqarolik jamiyatini qurish dargumondir. Buyuk sarkarda, markazlashgan
davlat asoschisi Amir Temur o’z davrida davlat boshqaruvini odillik, kengashlilik
va yuksak mahorat bilan olib borgan. U o’zining mamlakatni boshqarish va idora
etishda farzandlari va kelajak avlod uchun qo’llanma bo’la oladigan “Temur
tuzuklari”ni meros qilib qoldirdi. Amir Temur nasihatlaridan birida shunday degan
edi: “...davlat qonunlar asosida qurilmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati
va tarkibi yo’qoladi57”.

Millat taraqqiyotiga to’sqinlik qiladigan har qanday zalolat va jaholat mavridi
kelaganda o’z-o’zidan yo’q bo’ladi. Sababi, halq bilimli, ma’naviyatli, taffakuri
keng bo’lsa, hech qanday mafkura yoki g’oya uni tanlagan ezgu maqsadlaridan
qaytara olmaydi. O’z mamlakati va millati obro’-e’tiborini qadrlaydigan har bir
inson o’zining halol mehnat zavqini tuyish lozim. Zero, korruptsiya va jinoyatchilik
faqat mamlakat kelajagiga tahdid soluvchi xavf bo’libgina qolmasdan har bir
shaxsning hayoti va ertangi kuni uchun xatarli ekanligini anglamog’i shart. Biz

56 https://antisorruption.uz/uzs/item/2020/11/07/189
57Temur tuzuklari. (B.Axmedov taxriri ostida) - T.: G’.G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasi, 1991. –B.41.

58

qurmoqchi bo’lgan fuqarolik jamiyatida korruptsiya va jinoyatchilikka aslo o’rin
yo’q. Yangi tuzilgan korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan
jamiyatimizning korruptsiyaga zamin yaratishi mumkin bo’lgan sohalarini va shu
soha vakillarining fikrlarini o’rganishi maqsadga muvofiq. Natijalar esa ochiq
oshkora jamoatchilikka taqdim etilsagina salbiy holatlar oldi olinadi.

MAVZUGA OID SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Vertual qabulxonasi qanday muhim
vazifalarni bajaradi va bu tizim nima maqsadda tashkil etilgan?
2. Elektron hukumat nima va u qanday faoliyat yuritadi?
3. “Davlat idoralari xalq manfaatiga xizmat qilishi kerak” degan g’oyaning
zamirida qanday maqsadlar ko’zlangan?
4. Davlat idoralarining ochiqligi deganda nimani tushunish mumkin?

59

3.2 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA “KORRUPTSIYASIZ SOHA”
LOYIHASINING MAQSADI.

Mamlakatimizda mustaqillik e’lon qilingan palladan boshlab jamiyat
hayotining barcha sohalarida tub o’zgarishlar davri boshlandi. Sovet Rossiyasining
repressiya davri tugatilib, ozod, erkin va farovon hayot tarzi boshlandi. O’lkada turli
jabhalardaga o’zgarishlar, yangilanish va yasharish davri ozodlik shkuhi bilan birga,
xalqimizning ertagi kuniga nisbatan ishonch tuyg`ularini barq urishiga undadi. Endi
yoshlar buyuk kelajak sari sobitqadamlik bilan olg’a bormoqdalar. O’zbekiston
demokratiyaning barcha printsplarini qo’llagani xolda, taraqqiyot modelini yaratdi.
Oxirgi yillarda O’zbekiston Respublikasida jamiyat va davlat ravnaqiga asosiy
to’siq bo’layotgan korruptsiya kabi illatni yo’qotish va davlat idoralari faoliyatini
jadallashtirish kechiktirib bo’lmas vazifaga aylandi. SHu ma’noda mamlakatimizda
tizimli ishlar belgilandi va amaliyotga joriy etila boshlandi. Hozirgi kunda dunyo
miqyosida hal etilishi lozim bo’lgan eng birlamchi masalalardan biri korruptsiya
muammosidir. SHu bois unga qarshi kurash xalqaro miqyosga ko’tarilib, jahon
siyosatining muhim masalalaridan biriga bo’lib qolmoqda. Binobarin, ushbu illat
nafaqat islohotlar yo’liga jiddiy to’siq bo’lishi, balki o’tish davrida belgilangan
maqsadlarga erishishga ham bevosita tahdid tug’dirishi barchaga ma’lum.

Xalqaro hujjatlar ichida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan
Korruptsiyaga qarshi konventsiya (2003 yil 31 oktyabr) asosiy xalqaro-huquqiy
hujjat bo’lib, u ushbu jinoyatning mohiyatini to’liq ochib, unga qarshi kurash
choralarini belgilab beradi. O’zbekiston bu borada qat’iy qadam tashladi. Dastavval
aytish lozimki, O’zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik kontseptsiyasida
korruptsiya mamlakatning milliy xavfsizligiga tahdid solayotgan jinoyatlardan biri,
deya e’tirof etildi. SHu maqsadda “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish
Milliy dasturi” qabul qilinib, jamiyatga tadbiq etildi. Mamlakatimiz 2008 yil 7
iyulda BMTning yuqorida ko’rsatib o’tilgan Konventsiyasiga qo’shildi.

60

Konventsiya tomonidan ishtirokchi davlatlarning harakatlarini
muvofiqlashtirish maqsadida doimiy maxsus Konferentsiya ta’sis etilgan bo’lib,
BMTning narkotik va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi uning kotibiyati
etib belgilandi.

Dunyodagi barcha mamlakatlar korruptsiya illatini tag-tomiri bilan qo’porib
tashlashda xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik qilayotgan bo’lsa-da, unga qarshi
kurash har bir davlatning o’zida olib borilishi muhim strategic bosqich hisoblanadi.
Zero, yuqoridagi Konventsiya milliy qonunchilikni yanada takomillashtirish
yo’nalishlarini belgilab qo`ydi.

Yurtimiz qadim o’tmishiga nazar solsak, unda istiqomat qilgan halq va
millatlarda o’zini-o’zi nazorat qilish, taqsimot, xududiy birdamlik kabi muhum
tushunchalarga amal qilinganligi va bu vazifani aynan “mahalla” bajarganligini
ko’rishimiz mumkin. Hozirda ham bunday vazifani mahalla jamoasi uyushqoqlik,
o’zaro hurmat va iltifot bilan amalga oshiradi.

Amaldagi islohotlar halqimizning azaliy orzulari, maqsadalarini jamlangan
bo’lib, davlat o’z taraqqiyotini bevosita inson omiliga yo’naltirib boradi. Va bu
jarayon uzluksiz tizim sifatida o’z natijalarini berib, halqning turmush tarzi, yashash
sharoitlari, huquqiy savodxonligini oshirish evaziga ro’y berdi. Zero, fuqarolik
jamiyatining shartlari ham aynan halq va davlatning o’zaro yakdil hamkorligini
anglatadi. Har qanday jamiyat rivojiga to’siq bo’lgan korruptsiya va u bilan bog’liq
jinoyatlar uni ichiki tuzilmalaridan dars ketishiga olib keladi. SHu bois
antikorruptsion harakatlar har bir davlatning asosiy e’tibor berishi kerak bo’lgan
jarayondir.

SH.M.Mirziyoev 2019 yil 27 mayda “O’zbekiston Respublikasida
korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi farmonida 2019-2020 yillarda korruptsiyaga qarshi kurashish davlat
dasturi, korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha respublika idoralararo komissiya
tarkibi, korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyat samaradorligini

61

oshirishga qaratilgan chora tadbirlarni ishlab chiqish bo’yicha maxsus komissiya
tarkibi tuzdi. Davlatimizda korruptsiyaga oid jinoyatlarga nisbatan keskin tadbirlar
belgilab berildi. Ya’ni unda avvalo fuqarolarning huquqiy savodhonligiga e’tiborni
qaratish bilan birga, davlat idoralari xodimlarini ham vatanparvarlik, ma’suliyat va
o’z burchiga nisbatan sodiqlik talab etildi. Farmonning 8-bandida 2019 yil 1
avgustdan boshlab eksperiment tariqasida, kapital qurilish va Oliy ta’lim sohalarida
«Korruptsiyasiz soha» loyihasi58ni amalga oshirishni tashkil etish kerakligi haqida
so’z borib, asosan davlatimizda eng muhim tarmoqlardan biri bo’lgan Oliy ta’lim
tizimida korruptsiyaga yo’l bermaslik va u bilan bog’liq jinoyatlardan holi etish
vazifasi qo’yildi.

2019-2020 yillarda korruptsiyaga qarshi kurash davlat dasturida Oliy ta’lim
tizimida korruptsiyani oldini olish, unga qarshi kurashda o’ziga xos yangi
mexanizmlarni amaliyotga tadbiq etish hamda zarurat tug’ilganda aniq choralar
ko’rish maqsadida ishlab chiqildi. Unda quyidagi muhim vazifalar belgilab berildi.

Birinchi bo’limda, “Oliy ta’lim sohasida korruptsiyaga qarshi kurashish
bo’yicha umumiy tashkiliy, amaliy chora-tadbirlar” deb nomlanib, unda quyidagi
muhum vazifalar belgilab berilgan. Ularga:

Korruptsiya xavf-xatarlarini aniqlash va baholash;
Korruptsiyaga oid normalarni aniqlash va bartaraf etish;
Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish mexanizmlarini yaratish;
Korruptsiyaga qarshi reytingni joriy qilish;
Oliy ta’limda ochiqligini va shaffofligini ta’minlash;
Namunaviy kasb-odobnomasi ishlab chiqish;
Xodimlarning korruptsiyaga qarshi kurashishda malakasini oshirish;
“Komplaens nazorat” (compliance control) – ya’ni ichki nazorat tizimini joriy etish
va bashqalar.

58 Mirziyoev SH.M. “O’zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni. 2019 yil 27 may.// lex.uz

62

Ikkinchi bo’limda, Oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni xususida bo’lib
unda asosiy e’tibor quyidagi muhim vazifalarga qaratiladi.
 kirish sinovlarini o’tkazish jarayonini shaffof, ochiqlik printsiplarini joriy etish

orqali takomillashtirish;
 yagona davlat imtihonini o’tkazish tizimini o’rganish;
 o’qishga qabul qilishni rasmiylashtirishni va boshqa tartib-taomillarini

takomillashtirish;
 DTM ish faoliyatining shaffofligini oshirish;
 O’QQ bo’yicha Davlat komissiyasi faoliyatini takomillashtirish;
 O’QQ jarayonida imtiyozlardan foydalanish huquqlarini tartibga soluvchi

NHHlarni qayta ko’rish;
 Xorijiy tajriba tahlili asosida qabul jarayoni ishtirokchilarining javobgarligini joriy

qilish.
Uchinchi bo’limda, ta’lim berish va talabalar bilimini baholash jarayonini

takomillashtirish kabilar aytiladi:
 talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimini takomillashtirish;
 talabalarning baholanishi va o’zlashtirish ko’rsatkichlarini hisobga olishning

elektron tizimini joriy etish;
 talabalar orasida korruptsiyaga oid holatlar yuzasidan onlayn so’rovnomalar

o’tkazib borish;
 ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limlari xodimlarining mustaqilligini oshirish;
 talabalarga stipendiya tayinlash va to’lash tizimini takomillashtirish;
 “Elektron universitet” loyihasi doirasida o’quv jarayonini elektronlashtirishni

jadallashtirish;
 yoshlar ittifoqi tomonidan to’lov-shartnomasining 35% miqdorini to’lash

jarayonining shaffofligini ta’minlash;
 yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari jarayonining shaffofligini ta’minlash;
 yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi a’zolari tarkibini takomillashtirish;

63

 magistrlik dissertatsiyasi va bitiruv malakaviy ishlarda plagiatga yo’l qo’ymaslik va
xolis taqriz berilishini ta’minlash.
To’rtinchi bo’limda o’qishni ko’chirish, o’qishga tiklash, xorijiy ta’lim
olganlik to’g’risidagi hujjatlarni nostrifikatsiya qilish, ta’lim tashkilotlarini
attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o’tkazish kabilar bayon etilgan.

 Arizalarini qabul qilish, ko’rib chiqish va qaror qabul qilish jarayonlari shaffofligini
ta’minlash, o’qishga tiklashni soddalashtirish, bunda OTMlarning huquqlarini
kengaytirish;

 Ilmiy daraja haqidagi diplomlarni nostrifikatsiyalashni to’g’ridan-to’g’ri (maxsus
sinovlarsiz) amalga oshirish asoslarini yaratish, ushbu jarayonni soddalashtirish va
byurokratik to’siqlarni olib tashlash, komissiyalar sonini qisqartirish.
Beshinchi bo’limda, Oliy ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish
vazifasi xususida borib unda:
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yangi loyihasini ishlab chiqish;
Ta’lim tizimida oliy ta’limning funktsiyasini aniq belgilash;
OTM zamonaviy strukturasini yaratish;
Faoliyatda sof akademik-ijodiy muhitni shakllantirish;
Oliy ta’lim tizimini bosqichma-bosqich raqamlashtirish;
OTMdagi jamoatchilik kengashlarini shakllantirish mexanizmlarini ishlab chiqish;
Ichki audit mexanizmini ishlab chiqish;
O’qituvchilar faoliyatining sifat va samaradorligini baholashning reyting tizimini
takomillashtirish;
OTMlarda o’tkaziladigan tekshirishlar tartibini soddalashtirish;
Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash va baholash ishlarini
takomillashtirish;
Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini monitoringini raqamlashtirish;
Vazirlikning Bosh ilmiy metodik markazi faoliyatini takomillashtirish.

64

Oltinchi bo’lim, professor-o’qituvchilarning ijtimoiy himoyasi hamda ularga
qo’yiladigan talablarni takomillashtirish xususida borib, unda:
o Professor-o’qituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish tizimini takomillashtirish;
o Oliy ta’lim muassasasi professor-o’qituvchilari malakasini oshirish tizimini
takomillashtirish;
o Xorijiy tajribani o’rganish asosida professor-o’qituvchilarning ijtimoiy himoyasini
kuchaytirish mexanizmlarini joriy etish;
o Oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilarining huquq va manfaatlarini
himoya qilish maqsadida assotsiatsiya tashkil etish.

Ettinchi bo’lim, ta’lim tizimida byudjet mablag’larining maqsadli
sarflanishini ta’minlashga bag’ishlanib, unda:
 Bosh hisobchi muovini - auditor lavozimini ichki auditor sifatida to’g’ridan-to’g’ri
birinchi rahbar bo’ysunuviga o’tkazish;
 Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasining masofadan turib profilaktika va
nazorat tadbirlarini olib borish tizimini takomillashtirish;
 Byudjetdan tashqari mablag’larni ishlab topish va ulardan foydalanishda
OTMlarining mustaqilligini oshirish kabi muhim vazifalar belgilab olindi.

O’zbekiston Oliy ta’limni rivojlantirish bo’yicha bir qancha chora-tadbirlarni
ishlab chiqqan bo’lib, unda ta’lim sifati, talabalarning ishtiyoqi va qiziqishlari,
ularni rag’batlantirish, dunyoning rivojlangan mamalakatlarida o’z tajribalarini
almashishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilgan.

2019 yilda Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va
pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha
qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarorida ko’rsatilaginidek, Oliy ta’lim
muassasasi rahbar kadrlarining o’quv-metodik va ilmiy-pedagogik faoliyati
natijalari inobatga olinadi. Ularga muntazam ravishda kasbiy o’zini-o’zi
rivojlantirib borish imkoniyatini beruvchi uzluksiz malaka oshirish tizimi
amaliyotga joriy etilishi, o’qitishning zamonaviy usullarini qo’llash majburiyatlari

65

uqtirildi. SHu maqsadda, fan va kurslarni kengaytirish maqsadida qayta tayyorlash
va malaka oshirish kurslari o’quv rejalariga 13 ta yangi modul kiritilishi
belgilandi59. Respublikamizda so’ngi yillarda malakali yetuk kadrlarni tayyorlash
maqsadida ta’lim tizimini tubdan yangilash, kadrlar salohiyatini oshirish, xodimlarni
moddiy rag’batlantirishga qaratilgan keng qamrovli islohotlar amalga oshirilib
borilmoqda.

So’nggi yillarda Oliy ta’lim muassasalarining soni keskin ortdi (110 dan
ziyod). Horijiy Oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallari bilan hamkorlik
kengaytirilib, ularning filliallarini joylarda ochish bo’yicha tazimli ishlar davom
ettirilmoqda(ularning soni 19 tani tashkil etdi). 2018-2019 o’quv yilidan boshlab 52
ta Oliy ta’lim muassasasida sirtqi, 9 ta oliy ta’lim muassasasida kechki ta’lim, 43 ta
Oliy ta’lim muassasasida ikkinchi oliy ta’lim sirtqi shaklda joriy etildi. Yangi 66 ta
ta’lim yo’nalishi va 48 ta mutaxassislik bo’yicha kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi.
Soha hodimlarini moddiy rag’batlantirish, jumladan ularning uy-joy sharoitlarini
yaxshilash, ayniqsa, yosh tadqiqotchilarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha davomiy
choralar amalga oshirilmoqda.

2018 yilda “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik Markazi o’tkazgan so’rovda ishtirok
etganlarning 29 foizi Oliy ta’lim tizimida korruptsiya keng tarqalgan degan fikrni
bildirgan bo’lsa, 2019 yilda bu salbiy ko’rsatkich 35 foizni tashkil etgan.

Tahlillar ko’rsatganidek tizimda korruptsion jinoyatlarning quyidagi
ko’rinishlari uchraydi:
1. Ta’lim muassasalari mansabdorlarining o’z shaxsiy manfaatlarini ustun qo’yib,
mansab soxtakorligini sodir etib, soha uchun ajratilgan, tizimning bir maromda
faoliyat olib borishi uchun yo’naltirilishi lozim bo’lgan byudjet mablag’larini talon-
toroj qilish.
2. Ta’lim tizimidagi korxona, muassasa va tashkilotlarning xodimlarini ishga qabul

59 “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish

bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi VM 797-qarori, 23.09.2019

66

qilish, boshqa lavozimga o’tkazish va shu kabi masalalarni pora evaziga hal qilish.
3. Ta’lim muassasalari mansabdorlari tomonidan asoslantirilmagan harajatlar uchun
pul yig’ish kabi suiiste’molchiliklar sodir etilishi.
Mablag’larni asosan muassasani ta’mirlash va boshqa harajatlar niqobi ostida, ba’zi
holatlarda esa sodir etilgan jinoyatlarni pora berish yo’li bilan tekshiruvdan
yashirish maqsadida yig’ish holatlari kuzatilmoqda.
4. Ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilinishi yuzasidan tuzilgan statistik
ma’lumotlarni soxtalashtirish, ta’lim muassasasida tahsil olmagan o’quvchilarga
soxta attestatlarni berish evaziga pora olish, haqiqatda ishlamagan yoki ta’lim
muassasasiga umuman aloqasi bo’lmagan shaxslarni muassasa xodimlari sifatida
rasmiylashtirish va boshqa turdagi jinoyatlar sodir etish.
6. Ta’lim tizimidagi mansabdor shaxslar tomonidan o’qishga qabul qilish, boshqa
o’quv muassasalariga o’tkazish evaziga pora olish.

Oliy ta’lim tizimida korruptsiya holatlarining uchrashi, bepul umumiy ta’lim
olish borasidagi konstitutsiyaviy huquqlarning buzilishi, ta’lim oluvchilar bilim
darajasining tushib ketishi, jamiyatdagi inson inteliktining tushib borishiga olib
kelishi mumkinligi, ko’rsatib o’tilgan holatlarga alohida e’tibor qaratishni talab
etadi 60 . Tizimdagi korruptsiogen holatlar tahlil qilib, uning sabablari va sodir
etilishiga imkon berayotgan shart-sharoitlarni o’rganish kelgusida ushbu turdagi
jinoyatlarni oldini olish bo’yicha tizimli tarbirlar ishlab chiqish va ijrosini
ta’minlash darkor.

Prezident SH.M Mirziyoev 2019 yil yakunlari va 2020 yildagi rejalar
xususidagi “Murojatnomasi”da Oliy ta’lim tizimida bir qancha o’zgarishlar sodir
bo’lishini ta’kidladi. Ya’ni joriy yilda maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan
qamrab olish darajasini 50-60 foizga yetkazish, davlat grantlarini ikki baravar
ko’paytirish, qizlar uchun alohida gratlar ajratish, oliy ta’lim muassasalriga kirish
imtihonlarini optimallashtirish, oliy ta’lim standartlarini horijiy tajriba asosida

60 Ta’limning inqirozi bu millat inqirozi// Xalq so’zi, 2020 yil 21 yanvar’. №15(7517)

67

takomillashtirish, o’quv jarayonini kredit-modul’ tizimiga o’tkazish, ilm fan
sohasida fundamental va innovatsion tadqiqotlar uchun maqsadli grat mablag’larni
ajratish, har bir oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot dargoxi chet el universitetlariva ilmiy
markazlari teng hamkorlikni yo’lga qo’yish, “El yurt umidi” jamg’armasi
tomonidan 700 dan ziyod olimlarning chet mamlakatlarida malaka oshirishlari
uchun yuborish va boshqa muhum vazifalarini belgilab berdi61.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2020 yil 4
sentyabrdagi 02-2488-sonli topshirig’iga muvofiq tasdiqlangan “Yashirin
iqtisodiyot va korruptsiyaga qarshi kurash hamda uning oldini olish bo’yicha 2020-
2021 yillarga mo’ljallangan “Yo’l xaritasi”, shuningdek, 2020 yil 25 sentyabrdagi
02-2700-sonli tapshirig’iga muvofiq “Mamlakatda korruptsiyaga qarshi olib
borilayotgan islohotlarning ko’lami va sifatini oshirish bo’yicha chora-tadbirlar
rejasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston
Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi 2020 yilning 17 oktyabrida
“Korruptsiyaga qarshi kurashish va odob ahloq qoidalarini tasdiqlash to’g’risida”gi
564-buyrug’iga imzo qo’ydi va OTM rahbar hodimlari, professor-o’qituvchilari
ogohlantirildi.

Umuman olganda mamlakatimiz Oliy o’quv yurtlarini dunyoning nufuzli
ta’lim dargohlari bilan tenglasha olishlari uchun hukumat tomonidan barcha shart
sharoitlar yaratib berilgan. Yaqin yillarda Oliy ta’limni kompleks rivojlantirish
maqsadida, ta’lim sifatini tekshirish, milliy riytinglarni tashkil etish orqali ta’lim
muassasalari saralanib bormoqda, nufuzi va ko`lamiga qarab mahalliy va halqaro
talablarga javob berish orqali doimiy raqobat muhitiga kirib bormoqda.

Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, ta’lim va tarbiya biz uchun naqadar
muhim ekanligini anglab, ma’rifatparvar olim Abdula Avloniyning quyidagi
o`gitlari ko`z oldimizda namoyon bo’ladi “tarbiya biz uchun yo hayot –
yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”.

61 SH.M Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojatnomasi. //Halq so’zi. 2020 yil 25 yanvar’, № 19.

68

Darhaqiqat aynan millat kelajagi uning bilimi, ma’naviyati, ma’rifatiga bog’liq.
SHunday ekan ta’limda korruptsiya degan zararli illatga aslo yo’l qo’yib bo’lmaydi,
u orqali kadrlar sifati, bilim darajasi, mamlakat iqtisodiyoti tanazzulga yo’l tutishi
mumkin. Davlat va jamiyat rivojiga, haqlning adolatga, ertangi istiqboliga bo’lgan
ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavflarning har qanday turini bartaraf etish
insoniy burchdir. SHunday ekan, xalq irodasini davlat va jamiyat manfatiga
yo’naltirish darkor.

Oliy ta’lim sohasida korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha umumiy
tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar quyidagilardir:

1. Korruptsiya xavf-xatarlarini aniqlash va baholash;
2. Korruptsiyaga oid normalarni aniqlash va bartaraf etish;
3. Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish mexanizmlarini yaratish;
4. Korruptsiyaga qarshi reytingni joriy qilish;
5. Oliy ta’limda ochiqligini va shaffofligini ta’minlash;
6. Namunaviy kasb-odobnomasi ishlab chiqish;
7. Xodimlarning korruptsiyaga qarshi kurashishda malakasini oshirish;
8. “Komplaens nazorat” (compliance control) tizimini joriy etish.

MAVZU YUZASIDAN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR.
1. O’zbeksitonda oliy ta’limni rivojlantirish maqsadida qanday amaliy choralar
ko’rilmoqda?
2. Oliy ta’limni tizimli rivojlantirish va korruptsiyaga yo’l bermaslik uchun
qaysi xorij davlatlar tajribalaridan foydalanish samara beradi deb o’ylaysiz?
3. “Koruptsiyasiz soha” loyihasi haqida nimalarni bilasiz?
4. 2020 yil 24 yanvardagi Parlamentga qilingan Murojatnomada Prezident
SH.Mirziyoev Oliy ta’limni yangi bosqichga ko’tarish uchun qanday takliflar
bildirdi?

69

3.3 KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH - FUQAROLIK
JAMIYATINI RIVOJLANTIRISHNING MUHIM SHARTI

SHarqning buyuk mutafakkiri, faylasuf olim Abu Nasr Farobiy o’zining
“Fozil odamlar shahri” asarida davlat va jamiyat rivojining asosiy omillaridan biri
deb, mamlakat hukmdorlarining aholi oldida hisob berib turishlari va ularning
qonunlarga so’zsiz bo’ysunishlaridir62 deb ta’kidlagan. SHuningdek, Abu ali Xasan
Ibn Ali Tusiy Nizomulkmulk o’zining “Siyosatnoma”(Siyar ul-mulk) asarida, adolat
va sahovat, hayr-sadaqadan, nochor, noiloj kishilarga madad berish, beva-
bechoralar, mayib va nogironlarga xazinadan nafaqa ajratish va insonlarning
huquqlarini ta’min etish, amaldorlarni to’g’ri tanlab, ularga qo’llaridan keladigan
ishlar va vazifalarni topshirish, bir kishiga bir amal berib, undan itoat va ijro
fazilatlarini kutish kabilar davlat boshqaruvining asosiy talabi ekanligini uqtiradi63.
Xususan, SHarqda davlatni adolat, tenglik, halq manfaatlarini o’ylab ish ko’rish va
u orqali hokimiyatni boshqarish ilk kishilik jamiyatlaridan shakllanib borgan va bu
an’ana hozirgi kunga kelib yangi bosqichga ko’tarilib bormoqda.

O’zbekistonda jamoatchilik nazorati demokratiya va fuqarolik jamiyatining
asosiy, ajralmas sharti hisoblanadi. Jamoatchilik nazorati tizimi dunyoning barcha
fuqarolik jamiyati mavjud bo’lgan mamlakatlarida mavjud bo’lib, u o’zining aniq
maqomi va vazifasiga ega. SHu bois mamlakatimiz asosiy qonuni bo’lgan
Konstituttsiyasida jamoatchilik nazoratining mamlakatimiz fuqarolari davlat va
jamiyat boshqaruvida ishtirok etishi belgilab qo’yilgan.

Avvalo jamoatchilik nazorati so’zining mohiyatiga to’xtalib o’tishni lozim
bildik, chunki, keng jamoatchilikda ushbu nazorat turining mohiyati, vazifalari va
vakolatlari to’g’risida atroflicha tushunchalar mavjud emas.

62 Farobiy Abu Nasr.Fozil odamlar shaxri.- T.: A.Qodiriy nomidagi xalk merosi nashriyoti, 1993.
63 Nizomulmulk.Siyosatnoma(Siyar ul-mulk). T.: “YAngi avlod asri”, 2019 y, -304 b.

70

Jamoatchilik nazorati bu, jamoat birlashmalari tomonidan davlat xokimiyati
va boshqaruvi organlari faoliyatining amaldagi qonunlarga mosligini aniqlash va
baholash bo’yicha yuritadigan faoliyat turidir.

2018 yil 12 aprelda “Jamoatchilik nazorati to’g’risida”gi O’zbekiston
Respublikasi Qonunini qabul qilindi. Qonun avvalo, davlat organlari va
muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish hamda amalga
oshirish borasidagi munosabatlarni o’rnatish va tartibga solishga hizmat qilmoqdi.
Jamoatchilik nazoratining sub’ektlari fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari,
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro’yhatga olingan NNT(2020 yilda
mamlakatimizda ular 10 mingtaga yetgan)lar, OAVlaridir. SHuningdek, qonunda
jamoatchilik nazoratining asosiy quyidagi printsplari etib: qonuniylik, fuqarolarning
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi, jamoatchilik nazoratini
amalga oshirishda ishtirok etishning ixtiyoriyligi, jamoatchilik nazoratini amalga
oshirishning ommaviyligi va ochiqligi, jamoatchilik nazorati sub’ektlarining
xolisligi va beg’arazligi, jamoatchilik nazorati natijalarining ishonchliligi,
jamoatchilik nazorati sub’ektlarining davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari
faoliyatiga asossiz aralashuviga va ularga g’ayriqonuniy ta’sir ko’rsatishiga yo’l
qo’yilmaslik kabilar belgilangan.

Jamoatchilik nazoratining hozirgi kunda mavjud bo’lgan bir qancha shaklarini
qo’rib chiqamiz, ulardan biri jamoatchilik muhokamasidir. Jamoatchilik
muhokamasi aslida millatimizning tub tarixiy jarayonlari bilan hamohang ravishda
rivojlangan, qadimdan o’zbeklar turmushida jamoaning o’rni muhim ahamiyatga
ega hisoblanadi. SHu bois jamoaning qarorlari so’zsiz ijro etilib kelingan. Hozirgi
kunga kelib zamonaviy tus olgan jamoatchilik muhokamasi bu jamiyatda ijtimoiy
ahamiyatga molik bo’lgan muhim masalalar, normativ-huquqiy hujjatlar, davlat
organlarining boshqa qarorlari loyihalarini ommaviy muhokama qilishdir iboratdir.
Jamoatchilik muhokamasini nodavlat va notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o’zini-
o’zi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari o’tkazishi mumkin.

71

Jamoatchilik muhokamasi ommaviy tarzda, ochiq o’tkazilishi, jamoatchilik
muhokamasining ishtirokchilari jamoatchilik muhokamasiga kiritilgan masalalar
yuzasidan o’z fikrini erkin bildirishi va takliflar kiritishi mumkin. Va albatta, bu
jarayonda ommaviy axborot vositalarining roli juda katta. Jamoatchilik
muhokamasiga olib chiqilayotgan masalalarning dolzarbligini, keng aholiga bu
masalani yetkazadi va munosabatini shakllantiradi.

Ikkinchi shakl, bu jamoatchilik eshituvi, u davlat organlari, mansabdor
shaxslarining faoliyatiga ta’luqli va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan yohud
fuqarolar, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat
manfaatlariga daxldor masalalarni muhokama qilish maqsadida tashkil etiladi.

Jamoatchilik eshituvining tashkilotchisi jamoatchilik eshituviga kiritilayotgan
masalalar, eshituvni o’tkazish muddati va tartibi to’g’risidagi axborotni oldindan
e’lon qiladi. Bunda tashkilotchi o’z ixtiyoridagi, jamoatchilik eshituviga
kiritilayotgan masalalarga taalluqli bo’lgan materiallardan jamoatchilik eshituvining
barcha ishtirokchilari erkin foydalanishini ta’minlaydi.

Uchinchi shakl, bu jamoatchilik monitoringi bo’lib, u davlat organlari va
mansabdor shaxslarning faoliyatida jamoatchilik manfaatiga daxldor axborotni
yig’ish, umumlashtirish va tahlil etish orqali kuzatish kabilarni amalga oshiradi.
Jamoatchilik monitoringini nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o’zini-o’zi
boshqarish organlari va jamoatchilik nazoratining boshqa sub’ektlari qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan xollarda o’tkazishi mumkin.

To’rtinchi shakl, bu jamoatchilik ekspertizasidir. Uning vazifasi normativ-
huquqiy hujjatlar va davlat organlarining boshqa qarorlari loyixalari fuqarolarning,
yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat manfaatlariga
muvofiqligini aniqlash uchun ularni o’rganish hamda baholashdan iborat bo’ladi.
Jamoatchilik nazorati fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishi
bilan bog’liq tarzda rivojlanadi va istiqbolda fuqarolik jamiyatigi xos bo’lgan o’ziga
xos ochiq va shaffof tizim yaratiladi.

72

O’zbekistonda faoliyat olib borayotgan NNTlar eng rivojlangan demokratik
mamlakatlarda ham davlat o’zining fuqarolariga o’z organlari va mansabdor
shaxslarining suiiste’molliklaridan holi ekaniga to’la kafolat bermaydi.
Aleksis De Tokvil o’zining “Amerikada Demokratiya” asarida insonning huquqini
hukumat emas, birinchi navbatda, qonun, shaxsning o’zi va jamiyat himoya qilishi
kerakligini ta’kidlagan. Demokratik jamiyatda jamoat birlashmalarining vujudga
kelishi jamiyatni boshqarish qonunlaridan biri bo’libgina qolmay, mutloq zaruriy
qonun hamdir. YAna uning fikricha, dunyodagi mamlakatlar orasida eng
demokratik mamlakat fuqarolari maqsadga erishishda o’zaro maslahatlashish
asosida ish ko’radigan va maskur jamoaviy harakat usulini boshqalardan ko’ra
ko’proq qo’llaydigan mamlakatdir64.

Rivojlanayotgan davlatlar korruptsion harakatlar, jamiyat a’zolarining
ma’naviy dahldorligini oshirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, hamda bu
boradagi vazifalarni amalga oshirishda hukumat va vazirliklarga bir nechta tavsiya
va topshiriqlar beradi. Ular:

Adliya vazirligi va Bosh prokuraturaga BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda
vazirlik, kompaniya va xokimliklarda ichki korruptsiyaga qarshi choralarni ishlab
chiquvchi va amalga oshiruvchi “komplaens nazorat” tizimini joriy etish;
Mutasaddilarga xorijiy tajriba asosida korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha
tuzulmani tashkil etishga doir xujjatlarni ishlab chiqish;
Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, ularni davlat bilan bog’laydigan yaxlit
tizimni yo’qligini tanqid etdi (hozirda respublikamizda 10 mingdan ziyod NNT
mavjud);
Jamoatchilik palata tashkil etish, “Jamoatchilik eshituvi”, “Jamoatchilik
monitoringi”, “Jamoatchilik ekspertizasi”, “Jamoatchilik tashabbusi” kabi
ta’sirchan nazorat shakllarini hayotga tadbiq qilish;

64 A.Таквил. Демократия в Америке.. - M.: Известия, 1992.

73

NNT tashkilotlarga grantlar ajratish masalalarini taklif etdi.
O’zbekiston ushbu yo’lda sobitqadamlik bilan o’z qarorlarini bosqichma-

bosqich amalga oshirilib kelinmoqda. Mamlakatimiz o’ziga xos va mos keladigan,
milliy qadriyatlariga monand yo’lni tanladi. Dunyoning eng rivojlangan
mamlakatlarida ham korruptsion hatti-harakatlar mavjud bo’lib, ularni oldini olish
va kamaytirish davlat siyosatining asosiy yo’nalishlariga aylangan. SHu bois
fuqarolik jamiyati ustun bo’lgan mamlakatlarda korruptsion holatlar tobora
kamayishiga erishilmoqda. Mustaqillik qo’lga kiritilgan so’ng davlat rahbari
tomonidan bozor iqtisodiyotiga asoslangan mustaqil demokratik davlat barpo etish,
inson manfaatlari, huquq va erkinliklari, qonun ustivorligi hamda mamlakatimiz
barcha fuqarolari uchun qonun oldida tenglik ta’minlanadigan fuqarolik jamiyatini
shakllantirish straktegik maqsad sifatida belgalandi.

SHu o’rinda fuqarolik jamiyati tushunchasiga atroflicha to’xtalib o’tishga
qaror qildik. Fuqarolik jamiyati kishilik jamiyatining asrlar mobaynida shakllangan
tafakkur maxsuli hisoblanib, unda inson omili va uning haq-huquqlari, erkinliklari
va burchlarining aniq belgilangan tartibda, tenglik va adolat ustun turgan alohida
tizim sifatida tushuniladi. O’zbekiston Respublikasida demokratik tamoyillarga
asoslangan fuqarolik jamiyatini qurishning nazariy va tadrijiy rivojlanish
qonuniyatlarini islohotchi rahbar, Birinchi Prezident Islom Karimovning
fundamental asarlarida mamlakatimizdagi tub islohotlarining asl maqsadi, taraqqiyot
modeli, inson huquq va erkinliklari ustun jamiyatni yaratish kontseptsiyasida aks
etdi.

Mamlakatimizdagi islohotlarning asl maqsadi “Kuchli davlatdan-kuchli
fuqarolik jamiyati sari” g’oyasidir. Ushbu g’oya zamirida jamiyatni rivojlantirish,
ayniqsa, mamlakat asosiy tayanchi bo’lgan yoshlarga, ularning bilimi, intilishi,
xoxish va istaklarini ro’yobga chiqarishga teng shart-sharoitlarni yaratib berish
asosiy xal etuvchi bosqichdir.

74

Fuqarolik jamiyati atamasi hozirda jamiyatning muayyan shaklini, uning
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy jihatlarini, rivojlanish darajasini ifodalaydi.

O’zbekiston Respublikasida Korruptsiyaga qarshi kurashi to’g’risidagi
qonuninig 14- moddasida, fuqarolar o’zini-o’z boshqarish organlari, NTTlar va
fuqarolar, korruptsiyaga qarshi kurash sohasidagi davlat dasturlari va boshqa
dasturlarni qo’llab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi, aholining
huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishda, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan
murosasiz munosabatlarni shakllantirishda, korruptsiyaga qarshi qonun
hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda hamda
ushbu hujjatlarni takomillashtirish bo’yicha takliflar berishi belgilab qo’yilgan65.

Fuqarolik jamiyati ochiq ijtimoiy tuzulma bo’lib, u so’z erkinligi, tanqid qilish
erkinligi, turli axborotlar olish, ta’lim texnologiyalarini almashinuvi, chet davlatlar
va jamoat tashkilotlari bilan madaniy va ilmiy hamkorlik, halqaro huquq printsiplari
va normalariga muvofiq xalqaro xorijiy birlashmalar faoliyatiga ko’maklashashdir.

Fuqarolik jamiyati hokimiyatni o’zaro tenglik va adolat, shaxs erkinligi va
xalq farovonligi haqidagi g’oyalarni siyosiy ustunligi, qonun va ijroning birligi,
jinoyatga jazoning muqarrarligi, davlat hokimiyatining turli tarmoqlaridagi
faoliyatlarining jamoatchilik nazoratiga yoki ijtimoiy sheriklik natijasida teng
hamkorlikka asoslangan tuzilmalarga taqsimlash orqali amaliyotga qo’llanilib
boriladi.

Fuqarolik jamiyatining xavfsizligining ba’zi jihatlari mavjud bo’lib, ularga,
ijtimoiy adolat, davlat bilan o’zaro munosabatlarda fuqarolarning huquqlari,
qonuniylik tartibi, fuqarolarning iqtisodiy farovonligi, demokratik plyuralizm,
davlat idoralarining ochiqligi, jinoyatchilik va korruptsiyaning yo’qligidir.

Biz uchun fuqarolik jamiyati –ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustivor
bo’lib, u insonning o’z-o’zini kamol toptirishga monelik qilmaydi, aksincha,
yordam beradi. SHaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to’la darajada

65 O’zbekiston Respublikasining Korruptsiyaga qarshi kurash to’g’risidagi Qonuni. -T., 2017 y, O’RQ-419 son.

75

ro’yobga chiqishiga ko’maklashadi. Ayni vaqtda odamlarning huquq va
erkinliklari kamsitilishiga yo’l qo’yilmaydi. YA’ni erkinlik va qonunga bo’ysunish
bir vaqtning o’zida amal qiladi, bir-birini to’ldiradi va bir-birini taqozo etadi66.
Darhaqiqat, fuqarolik jamiyatiga xos bo’lgan xususiyatlarni anglab yetish uchun bir
necha yil sarf etilgan bo’lsada, ayni kunda inson omilini anglab yetdik.

O’zbekiston Respublikasining asosiy qonunida O’zbekistonda fuqarolik
jamiyatining eng asosiy qoidalari aks etgan bo’lib, davlat organlari va mansabdor
shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’ulligi, xalq davlat hakimiyatining birdan
bir manbai ekanligi, O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy intitutlar,
mafkuralar va fikrlarning xilma–xilligi asosida rivojlanishi, hech qaysi mafkura
davlat mafkurasi sifatida o’rnatilishi mumkin emasligi kabi muhim qoidalar
kiritilgan67.

Fuqarolik jamiyatida ijtimoiy adolat muqarrar jarayon bo`lib, ushbu
bosqichda aslo korruptsiya va u bilan bog’liq jinoyatlarga o’rin qolmaydi.
O’zbekistondagi jamoatchilik nazorati va ijtimioy sheriklik tizimlari mamlakat
fuqarolariga noqonuniy hatti-harakatlariga aslo izn bermaydi. Qonun ustivor
jamiyatda esa, u hoh rahbar yoki yirik mulk egasi bo’lishidan qat’iy nazar barcha
uchun teng bo’lgan qonun oldida javobgardir. Zero, qonun va qonun utvorligi
bo’lmagan joyda, uning o’rnini korruptsiya egallaydi.

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksida, hokimiyat yoki mansab
vakolatini suiis’temol qilish(205-modda), hokimiyat yoki mansab vakolati
dorasidan chetga chiqish(206-modda), hokimiyat harakatsizligi(208-modda),
mansab sohtakorligi(209-modda)da davlat idoralarida hizmat lavozimini suiis’temol
qilishga doir jinoyatlarga nisbatan javobgarlikning muqarrarligi belgilangan.
Xususan,O’zbekiston Respublikasi Kodeksda davlat idoralarida pora olish, pora
berish hamda ushbu ishlarda vositachilik qilish kabi hatti-harakatlar jinoyatning bir

66 Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot
kafolatlari.- T.: "O’zbekiston" 1997 y.
67 O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi.- T.: O’zbekiston, 2017 y

76

turi sifatida qaraladi va qonunga binoan jazolanadi. Mamlakat qonunchiligida pora
olish deb, davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o’zini-o’zi
boshqarish organi mansabdor shaxsining o’z xizmat mavqeyidan foydalangan holda
sodir etishi lozim yoki mumkin bo’lgan muayyan harakatni pora berayotgan
shaxsning manfaatlarni ko’zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o’zi
yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi
yoki mulkiy manfaatdor bo’lishi tushuniladi68.

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksidagi korruptsiya bilan bog’liq
jinoyatlar toifasiga quyidagilar kiradi:
167-modda (o’zlashtirish yoki rastrata yo’li bilan talon-toroj qilish);
168-modda (firibgarlik);
192/9-modda (tijoratda pora evaziga og’dirib olish);
192/10-modda (nodavlat-tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining
xizmatchisini pora evaziga og’dirib olish) ni iqtisodiyot sohasidagi korruptsiyaga
oid jinoyatlar;
205-modda (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish);
206-modda (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish);
208-modda (hokimiyat harakatsizligi);
209-modda (mansab soxtakorligi);
210-modda (pora olish);
211-modda (pora berish);
212-modda (pora olish-berishda vositachilik qilish)ni boshqaruv tartibiga qarshi
korruptsiyaga oid jinoyatlar;
236-modda (tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish);
238-modda (yolg’on guvohlik berish);
241-modda (jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish) kabilarni odil
sudlovga qarshi korruptsiyaga oid jinoyatlar;

68 O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi// lex.uz
77

243-modda (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) ni jamoat
tartibiga qarshi korruptsiyaga oid jinoyatlar toifasiga kiritish mumkin.

Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, ijtimoiy taraqqiyotning umumiy
qonuniyatlaridan biri bu, jamiyat o’sib va rivojlanib borishi jarayonida oddiy halq
va xokimiyat o’rtasidagi bevosita aloqalar murakkablashib borishi natijasida o’zaro
ishonch va xotirjamlik mummoga aylanib boradi. Natijada, bir qancha
kelishmovchiliklar sodir bo’lishi mumkin. SHu nuqtai nazardan jamiyatning davlat
va davlat idoralariga nisbatan hayrihohligi, ishonchi va sadoqati kerak bo’ladi.
Oqibatda ikki tomon ham foyda olishi, tinch va xotirjam hayotga erishishi mumkin.
Jinoyatchilikning ko’payishiga yoki yoyilib borishiga avvalo davlat idoralari
hodimlarining say-harakatlari susayishi oqibatida sodir bo’ladi deb aytish mumkin.
Lekin jamiyat yoki halqning siyosiy va huquqiy savodxonligi ham korruptsion hatti-
harakatlarni oldini olishi mumkin. Bir so’z bilan aytganda, kimnidar aybdorga
chiqarish oson, lekin muammoni o’rganib uning tub ildizlarini yo’qotish va uni
paydo bo’lishini oldini olish har bir insonning hayotiy burchiga aylansagina biz
kutgan natijaga erishamiz. Jinoyat yoki noto’g’ri hatti harakat u kim yoki kimlar
tomonidan sodir etilmasin albatta jazo olmay qolmaydi. Buni hayotning o’zi
ko’rsatib turibdi. O’zbek millati uzoq o’tmishi, tadrijiy taraqqiyoti, yuksak
ma’naviyat o’chog’i sifatida o’ziga xos mavqe va nufuzga ega bo’lgan. Tarixdan
xulosa qilsak, ajdodlarimiz qadimdan halollik, to’g’rilik, andisha, hamjihatlik,
vafodorlik, o’zaro hurmat, jonkuyarlik, mehnatsevarlikni ulug’lagan hamda yuksak
cho’qqilarga ko’targan. Demak, xalqimiz ardoqlagan yuksak ma’naviy yetuklikni
qabohat botqog’i bo’lgan korruptsiyaga aslo taqqoslab bo’lmaydi.

MAVZU YUZASIDAN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR.
1. Fuqarolik jamiyati deganda nimani tushunasiz?
2. Korruptsiyani oldini olishda fuqarolik jamiyatining o’rni qanday?

78

3. Fuqarolik jamiyatida jinoyatchilikka barham berish uchun qanday chora-
tadbirlar qo’llaniladi?
4. O’zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat Kodeksida pora olish, pora
berish va vositachilik qilish kabi jinoyatlarga qanday choralar ko’rilgan?

79

3.4 KASB ETIKASINING MUSTAHKAMLANISH ZARURIYATI.

Zamonaviy jamiyatda har bir tashkilotning yutuqlari to’g’ridan-to’g’ri uning
qo’lga kiritgan nufuzi va imidji bilan bog’liq jarayon shaklida namoyon bo`ladi. Bu
esa, o’z navbatida, davlat yoki nodavlat tashkilotlari xodimlarining kasbiy etikasiga
bo’lgan talablarni kuchaytiradi. Kasb etikasi negizida birinchi navbatda, hamkasblar
va mijozlar bilan munosabatlarning barqarorligi muhimdir. Xizmat etikasi
avvalambor aholi, odamlarning ehtiyoji yechimini ta’minlaydigan kasblar bilan
bog’liqdir. Ayrim kasb egalari aholi bilan doimiy yoki uzluksiz aloqada bo’ladi va
shuning uchun ularning o’ziga xos kasb etikasi kodekslari yoki qoidalari belgilab
beriladi. Masalan, o’qituvchi etikasi, shifokorlar etikasi, sudyalar etikasi kabi bir
qancha kasb egalarining xizmat vazifalariga nisbatan belgilangan qoidalar shunga
misol bo’ladi. Ilmiy atamada etika ahloq ma’nosida keladi. SHu o’rinda ahloq
tushunchasiga biroz to’xtalib o’tmoqchimiz.

«Ahloq» so’zi aslida arabcha so’z bo’lib, u hulq-atvor, yurish-turish, tarbiya
degan ma’nolarni anglatadi. Hozirgi vaqtda bu tushuncha jamiyatning ahloqiy yoki
ma’naviy hayotida yuz beradigan barcha jarayonlarning majmuini aks ettiradi.
Ahloqiy madaniyat kasbiy odobda ham yaqqol ko’zga tashlanadi. CHunki inson
voyaga yetib, bir kasbning egasi bo`lgach, o’z kasbi doirasida odamlar bilan
muntazam muloqotda bo’ladi. Bu munosabat, bir tomondan, hamkasblar davrasida
ro’y bersa, ikkinchi jihatdan, u kasb talabiga binoan uchrashadigan turli toifadagi
odamlar bilan yuzaga keladi. Ayni paytda, kasbiy odob ahloqiy madaniyatning eng
yuksak shakllaridan biridir. Uning jamiyat ma’naviy hayotidagi o’rni yuksak.

1948 yil 10 dekabrda BMT tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari
umumjahon deklaratsiyasida butun dunyo halqlariga axloqiy talablar, qadriyatlar,

80

axloqiy kategoriyalar ko`rsatib berilgan. Unda insonparvarlik, adolatparvarlik, inson
qadr-qiymati, insoniy sifatlar ulug’lanishi va himoyalanishi belgilab berilgan69.

Har bir jamiyatda muayyan guruhlar borki, egallagan kasblari ularni boshqa
jamiyatning boshqa a’zolariga nisbatan imtiyozli darajaga olib chiqadi. Ko’pchilik
jamiyat a’zolarining hayot–mamotlari, sog’lig’i, ma’naviy barkamolligi, huquqiy
himoyasi, ilmiy salohiyatining namoyon bo’lishi kabi omillar o’shanday imtiyozli
kasb egalarining o’z kasbiy burch mas’uliyatini qay darajada his etishlariga, halollik
va vijdon yuzasidan ish ko’rishlariga bog’liq bo`ladi.

CHunonchi, tibbiyot hodimi jarrohni olaylik. Deylik, u har bir operatsiya
kunida bir necha kishini hayotga qaytaradi. Yuzlab odamlar uning yordamiga
muhtoj, unga umid va ishonch, ilinj bilan qaraydilar. Bordi–yu, shaxsiy manfaat
yo’lida jarroh o’z bemoriga hiyonat qilsa–chi, ya’ni, uni qasddan halok etsa? Kim
uni shunday qilmasligini kafolatlaydi?

Yoki jurnalistni olaylik. U shaxsiy manfaati yo’lida, kasbining kamyobligidan
foydalanib, begunoh kishilarni ma’naviy azobga qo’yishi, atayin jamiyat oldida
sharmanda qilishi va shuning hisobiga o’zining ba’zi bir muammolarini hal qilib
olishi mumkin emasmi? Bu savollarga javob izlash anchayin murakkab.

Shuningdek, muallimlik odobi, huquq–tartibot xodimlari odobi, muhandis
odobi singari birqancha kasbiy odob turlari borki, ular ham jamiyatda axloqiy
munosabatlar silsilasida muhim ahamiyatga ega. SHuni aytish kerakki, barcha
kasbiy odob qonun–qoidalarining ta’sir doirasi, miqyosi bir xil emas. Lekin,
ma`naviy zarari tasavvurimizdan-da ziyod.

Ba’zi bir kasbiy odobning buzilishi oddiy odobsizlik doirasidan chiqib,
axloqsizlikka aylanib ketadi. Masalan, rahbarlik odobidagi ba’zi nuqtalarga to’xtalib
o`tsak. Rahbar quyi lavozimdagilarni mensimay, qo’pol munosabatda bo’lishi,

69 BMT Universal Deslaration of Human Rights - Uzbek, Northern (Syrillis) © 1996 – 2009 The Offise of the High
Sommissioner for Human Rights This plain text version prepared by the “UDHR in Unisode”projest, /www.unisode.

81

o’ziga ishonib topshirilgan hudud yoki tashkilotdagi oddiy odamlar arz–dodiga,
orzu–istaklariga to’ralarcha qarashi odobsizlikka kirsa, uning shaxsiy boylik
orttirishi yo’lida korruptsiya vositasida mamlakat, viloyat yoki tashkilot
manfaatlarini qurbon qilishi ahloqsizlik, nafaqat rahbarlik kasbiga, balki Vatanga
ham xiyonat tarzida baholanishi mumkin. Ba’zan kasbiy odobning kasbiy ahloq deb
atalishi ham ana shundan70.

Rahbarlikning ahloqiy jihatlari, rahbar shaxsi borasida, oddiy odamlarning
rahbarlarga munosabati ikki fuqaro o’rtasidagi munosabatgina emas. Ayni paytda u
jamiyatda qaror topadigan ma’naviy–ruhiy, siyosiy–axloqiy muhitni ham yaratadi.
Haqiqiy rahbar odamlarning ko’ngliga yo’l topib, ularni ezgulikka, yaxshilikka,
yaratishga da’vat etadi.

Mana shu yondashuvning o’zi ham, kasbiy odob muammosi, ba’zilar
o’ylaganidek, ahloqshunoslikning mayda masalasi emasligini yaqqol ko`rsatib
beradi. Uni har tomonlama o’rganish, kasbiy erkinlik va kasbiy burch munosabatini
tadqiq etish XXI asr axloqshunosligida muhim o’rin egallashi aniq. Binobarin,
kasbiy odob shaxs va jamiyat axloqiy hayotida o’zini amaliy ahloq tarzida namoyon
etuvchi ma’naviy hodisa sifatida baholanishi lozim.

Inson dunyo yuzini ko’rarkan, insonlararo munosabatlarga kirishadi va jamoa
bilan yashaydi, uning ichki qonuniyatlariga, davlat tomonidan belgilab berilgan
ijtimoy, siyosiy hamda ma’naviy me’yorlarni hurmat qiladi va ularga so’zsiz rioya
qiladi. Tartib va intizom kishilar orasida tenglik, adolat, mehr-oqibatni
mustahkamlaydi. SHu bois inson hayoti davomida turli ahloqiy qoidalarga bo’y
sunishga va ularni amalda qo’llashga to’g’ri keladi. Ayni vaqtda inson faoliyati
qonun va huquq bilan birga amalga oshirilsada, jamoa hamjihatligi va intizomi
uchun har sohada o’ziga xos bo’lgan axloqiy me’yorlar belgilangan. Kasb etikasi

70 A.SHer. Ahloqshunoslik. -T.: «YAngi asr avlodi», 2003, 235-242-b.

82

bu har bir kasb-hunarga xos axloqiy norma, printsip va sifatlarni o’rganish va
hayotga tatbiq eta bilishdir.

Ahloqiy munosabatlar tizimining mavjudligi kishilarning ijtimoiy guruhlarida
mo’tadil bo’lgan ahloqiy, ruhiy iqlim barqarorligidan dalolat beradi. Davlat
hizmatidagi jamoalar ahloqiy munosabatlarga kirishar ekan ularni shartli ravishda
quyidagi tarkibiy tuzilishlarga ajratish mumkin bo’ladi:
1. Rahbarlar va bo’ysunuvchilar o’rtasidagi ahloqiy munosabatlar;
2. Hamkasblar o’rtasidagi ahloqiy munosabatlar;
3. Fuqarolar bilan bo’ladigan ahloqiy munosabatlar;

Jamoada bir biriga o’xshamaydigan va biri-biri takrorlamaydigan hulq-
atvorga ega bo’lgan insonlar jamoasi o’rtasidagi munosabatlar tabiiyki, turli qarama
–qarshi fikrlar paydo bo’lishiga olib keladi. Ushbu joyda juda oddiy yechim bilan
ya’ni odillik, qonuniylik va hamjihatlik orqali turli muammolarni bartaraf etish
mumkun. Bu yerda ko’proq kasbiy fidoiylik talab etiladi. SHudagina o’zaro ixtilof
yoki tushunmovchilik yuz bermaydi. Bugun yurtimizda bu borada muayyan ishlar
amalga oshirilmoqda. Xususan, Mehnat vazirligi tizimida davlat va xokimiyatida
o’z iqtidori va bor kuch g’ayrati bilan faoliyat olib borayotgan xodimlar va raxbarlar
uchun alohida “Odob-ahloq” qoidalari ishlab chiqilgan bo’lib, unda kasb odobi
bo’yicha bir qancha tavsiya va majburiyatlar keltirib o’tilgan. Ahloq qoidalari
davlatda huquqbuzarliklarini oldini olish, ular sodir etishining sabab va shart-
sharoitlarini bartaraf etishga, davlat hizmatchilarini yuksak xuquqiy ong,
O’zbekiston Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga,
fuqarolarning huquq va erkinliklariga qat’iy rioya qilish ruhida tarbiyalashga
bevosita yo’naltirilgan bo’ladi.

Demak, davlat idoralari hodimlari o’z kasbiy faoliyati davomida quyidagi
printsplar asosida amalga oshirishlari kerak bo’ladi. Qonuniylik, fuqarolar
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, vatanparvarlik va

83

hizmat burchiga fidoiylik, davlat va jamiyat manfaatlariga sodiqlik, adolatlilik,
halollik va xolislik, manfaatlar to’qnashuviga yo’l qo’ymaslik kabilardir.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 15-moddasida Konstitutsiya va
qonunlarning ustunligi tan olinishi belgilab qo’yilgan. Qonunlar ustun bo’lgan
jamiyatda adolat va tinchlik muqarrar qaror topadi. Mamlakatda davlat
hizmatchilari o’z vazifalarini amalga oshirar ekan, o’zga shaxs yoki guruhlarga yon
bosishliklari mumkin emas, fuqarolarning huquqlari, majburiyatlari, qonuniy
manfaatlarining buzilishi yoki kamsitilishiga umuman yo’l qo’yilmaydi va o’z
vazifalarini vijdonan bajarishlari kerak bo’ladi

Xulosa sifatida shuni qayd etish joizki, O’zbekiston Respublikasida faoliyat
olib borayotgan davlat hizmatchilari o’z vazifalarni bajarishda yoki kadrlarni
tanlash jarayonida qarindoshlik yoki shaxsiy sadoqat belgilari bo’yicha tanlashi yoki
joy-joyiga qo’yish holatlari, rahbar lavozimida faoliyat olib borayotgan shaxslar
guruhbozlik, mahalliychilik, favoritizm ko’rinishlari kabi salbiy holatlar qat’iy
ravishda taqiqlanadi. Ushbu hatti-haraktlar qonun oldida javobgarlikni talab etildi.
Ular manfaatlar to’qnashuvini keltirib chiqaradi va amalda davlat hodimlarining o’z
vazifalariga nisbatan holisona, beg’araz va shaxsiy manfaatdarini ustun
qo’yishliklari kabi illatlada namoyon bo’ladi. Ayniqsa, davlat hodimlari o’z lovozim
tizimida o’zaro qarindosh yoki o`z oila a`zolari bo’lgan shaxslar bilan birga uzviy
bog’liq bo’lgan tizimda ishlashlarini man etadi.

Xullas, kasb odobi - bu insoniyat yaratgan eng oliy sifatlardan bo’lib, u
jamoani yakdillik va halollik, to’g’rilik va sadoqat, ma’suliyat va burch kabi ezgu
fazilatlarning shakllanishi va rivojlanishiga turtki beradi. O’z kasbini sevgan, uni
hurmat qilgan shaxs ijtimoiy holatlar, vaziyat o’zgarishlariga yoki iqtisodiy
imkoniyatga qaramay kasbiga ya’ni o’ziga hiyonat etmaydi.

84

XULOSA
Qadim tarixdayoq dunyoning eng buyuk donishmandlari “Nimaiki qonuniy
bo’lsa, u – adolatlidir”, deb ta’kidlaganlari bejiz emas. Ular shu tariqa aynan qonun
adolat manbai va mezoni ekanini uqtirganlar, desak, har tomonlama o’rinli bo’ladi.
Va aksincha, agar qonun bajarilmasa, qonunda bir narsa yozilib, hayotda hammasi
boshqacha bo’lsa, insonlarning Konstitutsiyamiz va qonunlarimizda muhrlab
qo’yilgan adolat va demokratiya normalariga nisbatan har qanday ishonchi
yo’qoladi. Bunday holat barchamizga ayon. Qonun va jamoatchilik nazorati juda
qadim zamonlardan buyon mavjud. Masalan, ibtidoiy jamoada ham odamzod
hulqini jamoa a’zolari o’zaro nazorat qilganlar. Agar shaxs xulq-atvorida jamoa
tomonidan qabul qilingan me’yorlardan og’ish bo’lsa, jamoa a’zolari turli
sanktsiyalar, cheklovlar yordamida uning xulqini ijobiy tomonga o’zgartirishga
erishgan. YUridik entsiklopediyada “korruptsiya — mansabdor shaxslar o’zlariga
berilgan huquqlar va hokimiyat vakolatlaridan shaxsiy boylik orttirish uchun
foydalanishda ifodalanuvchi siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy
faoliyat” sifatida ifoda etilgan.
Korruptsiya davlat tizimida faoliyat ko’rsatayotgan mansabdorlar tomonidan
sodir etiladi va ko’lami jihatidan nihoyatda xatarli hisoblanadi. CHunki,
mansabdorlar davlat tizimida ishlayotgan turli sohadagi, hatto qonunni himoya
qiluvchi kishilar bilan ham umumiy “til” topishish orqali mamlakatni halokatga olib
keluvchi o’ta xatarli, jirkanch jinoyatlarni amalga oshirishlari mumkin.
Korruptsiyaning zaminida shaxsiy manfaatdorlik turishiga alohida e’tibor berib,
mansabdor shaxslar davlat, millat manfaatlaridan o’z manfaatlarini ustun quyishadi,
bu yo’lda eng xatarli jinoyatlarga qo’l urishlarini jahonning demokratik tamoyillari
qaror topgan mamlakatlar tajribasida sodir etilgan jinoyatlar misolidan ham ko’rsa
bo’ladi.
Demokratiya va bozor munosabatlariga o’tish davrida korruptsiya va
jinoyatchilik ko’payib boradi, uzoq davom etgan totalitar tuzumdan keyin

85

shakllanadigan, har bir shaxsning o’z imkoniyatlarini yuzaga chiqarishi mumkin
bo’lgan demokratiya sharoitida erkin harakat qilish huquqidan mansabdor shaxslar
o’z manfaatlari yo’lida foydalanishga qaratilganligi oqibatida yuzaga kelishi va
rivojlanishini ta’kidlash joiz.

BMTning Korruptsiyaga qarshi Konventsiyasida korruptsiyaga eng qisqa,
lekin keng qamrovli ta’rif quyidagicha berilgan: "Korruptsiya - bu shaxsiy naf
ko’rish maqsadida davlat hokimiyatini suiiste’mol qilishdir". O’z mamlakati va
millati obro’-e’tiborini qadrlaydigan har bir inson o’zining halol mehnat qilishi,
yashashi zarurligi, korruptsiya va jinoyatchilik faqat mamlakat taqdiriga tahdid
soluvchi xavf bo’ibgina qolmasdan har bir shaxsning hayoti va kelajagi uchun
xatarli ekanligini anglamoq zarur.

Korruptsiyaning oldini olishga qarshi qaratilgan ijtimoiy so’rovlar, tahlillar,
tadqiqotlarning maqsadi hodimlarning hatti harakatlarida yuksak-ma’naviyat belgisi
hisoblangan Vatanga sadoqat, hallollik, beg’arazlik, fidokorlik, mas’uliyatlilik,
islohotlarga nisbatan daxldorlik kabi fazilatlarni kuchaytirib, korruptsiya tahdidiga
to’siqqa aylanishi shubhasiz. Mazkur illat mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishiga
putur yetkazadi, demokratik institutlarni zaiflashtiradi, ijtimoiy tartibni buzadi. U
bilan kurashish, korruptsiyaning oldini olishning asosiy yo’llaridan biri, shubhasiz,
aholining, davlat va jamoat tashkiloti vakillarining huquqiy madaniyatini
yuksaltirish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash hisoblanadi.

Korruptsiya va jinoyatchilik davlatning amaldagi qonunlariga xilof ravishda
shaxsiy manfaatlarni qondirish yo’lida mansabdor shaxslar, oddiy fuqarolar
tomonidan qilinadigan xatti-harakatlar va faoliyatlarning natijasidir. Ammo, ular
o’zlarining ko’lami jihatidan, sodir etilishida qatnashadigan shaxslar yoki guruhlar
salmog’i jihatidan bir-biridan farq qiladi. Xususan, korruptsiya davlat tizimida
faoliyat ko’rsatayotgan mansabdor shaxslarning amaldagi qonunlarni nazar-pisand
qilmasdan boylik orttirish uchun o’z mansablaridan foydalanish yo’lida qilinadigan
jirkanch xatti-harakatlar majmuasidir. Jinoyatchilik esa, jamiyatda qonunlarga itoat

86

etmaydigan har qanday fuqaro tomonidan sodir etilishi mumkin. YUqoridagi fikrlar
natijasida yana shunday xulosaga kelish mumkinki, agar mehnat jamoasida insonlar
o’z mehnatidan ma’naviy qoniqishi his etsa, o’zi mehnat qilayotgan tashkilotning
samarali ishlashi uchun fidoyilik ko’rsatadi, agarda hodim o’z ish joyining
ma’naviy muhitidan bezor bo’lsa, unda uning tashkilotdagi faoliyati ham samarasiz
bo’ladi, befarqlik va mas’uliyatsizlik kuchli bo’ladi. Eng yomoni esa, tashkilotdagi
faoliyati samarasiz bo’libgina qolmay, g’arazli xatti-harakatlarning shakllanishiga
imkoniyat yaratadi.

O’zbekistonda qadimdan o’zini o’zi boshqarish organi bo’lgan mahalla
nazoratchilik funktsiyalarini ham bajargan. Bunday funktsiyani mahalla jamoasi
yuqoridan tushirilgan farmonlar, buyruqlar va boshqa huquqiy me’yorlarga
munosabat bildirish shaklida ifodalagan.

Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda huquqiy me’yorlar poydevor
vazifasini bajaradi. Huquqiy me’yorlarning asos vazifasini bajarishi jamoatchilik
nazoratining har bir qadami mavjud qonunlar asosida qo’yilishini taqozo etadi.

Jamoatchilik nazorati mohiyatan huquqiy nazorat ekani fuqarolik
jamiyatining tarkibiy qismi bo’lgan huquqiy davlatning mohiyatiga to’la mos keladi.
Ayni paytda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, huquqiy davlatni yaratish yo’lida
amalga oshirilayotgan jamoatchilik nazoratining o’zi ham mavjud qonuniy
me’yorlarga asoslanishi lozim.

Tarixga murojaat qiadigan bo’lsak, buyuk faylasuflardan biri fuqarolik
jamiyatining sharqona alifbosini yaratgan Abu Nasr Farobiy o’zining «Fozil
odamlar shahri» asarida ham hukmdorlarning aholi oldida hisob berib turishlari va
ularning qonunlarga so’zsiz buysunishlari zarurligini ta’kidlagan. Bundan tashqari,
SHekspirning “Venetsiyalik savdogar”, “Qonga qon, jonga jon”, Dantening
“Do’zax”, “Tozalovchi” kabi asarlarida ham bu xususida keskin fikr- mulohazalarni
bayon etgan mashhur asarlar hisoblanadi. Dante korruptsionerlarni do’zaxni eng
qorong’i va eng chuqur joyiga tashlash kerak degan o’ziga xos konservativ fikrlarni

87

ilgari surgan. SHarl Monteske ham davlat va jamiyat borasida adolatni ustunligini
ta’minlashga e’tiborni qaratgan hamda jamiyat hukumatsiz mavjud bo’la olmasligi,
lekin mavjud qonunlar fuqarolarga hukumat faoliyati ustidan nazorat olib borish
imkoniyatini berishi kerak deb ta’kidlaydi.

O’zining jadal taraqqiyoti bilan tobora rivojlanayotgan YAponiyada ham
fuqarolik jamiyati g’oyasi rivjlantirilib “ongli va mas’uliyatli faoliyat yuritish”
tamoyiliga asoslangani bilan e’tiborli. SHuningdek, “davlat-iqtisod (bozor)-
fuqarolik jamiyati” modeli ustuvor ahamiyat kasb etadi. YAponiyada joylardagi
davlat hokimiyati organlari NNTlar orasida ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni
hal etishga qaratilgan turli dastur va loyihalarni e’lon qilishni ko’zda tutuvchi
tanlovlarni o’tkazish huquqiga ega.

Xitoy Xalq Respublikasi misolida biz mavjud bo’lgan barcha shahar va
mikrorayonlarni jamoat tashkilotlari sayi harakatlari bilan rivojlantirishga alohida
e’tibor qaratilmoqda. SHuning uchun ham bu tashkilotlarning demokratik o’z-o’zini
boshqarish asoslarining yaratishdagi o’rni beqiyos hisoblanadi. Oxirigi o’n
yilliklarda Xitoy siyosiy boshqaruvida jiddiy o’zgarishlar ro’y bermoqda. Xususiy
sektor va nodavlat tashkilotlarning xitoyliklar hayotida tobora ahamiyati oshib
borayotganligi sababli davlat siyosiy boshqaruv sohasida jiddiy o’zgarishlar sodir
bo’lmoqda.

Ushbu g’oyaning asosiy maqsadi jamiyatimizning tub hayotiga korruptsiyaga
qarshi huquqiy madaniyat va huquqiy ong shaklini tadbiq qilish va hayot tarzida
yangicha qarashlarni olg’a surish fursati kelganligini anglashdir. Zero, fuqarolik
jamiyatining muhum shartlaridan biri bu har bir insonning erkin fikr yuritishi,
ma’nan kamoloti, mamlakat ravnaqiga o’z hissasini qo’shishi bilan belgilanadi.

Xulosa shundan iboratki, xalqaro havfsizlik ham, alohida olingan
mamlakatlarning tinchligi ham tahdidlarga bardosh jamiyat yaratishga ko’p jihatdan
bog’liq. Mustaqillikni mustahkamlash, tinchlik va barqarorlikni asrashga alohida
e’tibor berish har birimiz uchun dolzarb masala ekanini anglab olish lozim. Bugun

88

insoniyatni tashvishga solgan va allaqachon o’zining ta’sir doirasini xalqaro
miqyosga olib chiqqan manfaatparastlik korruptsiya jinoyatiga aylangan. Qadimdan
to hozirga qadar odamzot bu illatga qarshi butun kuch bilan kurashmoqda va
muayyan tajriba shakllandi. Jahondagi davlatlarning bu illatga qarshi kurashlari hali
to’xtamadi. Xalqaro miqiyosda huquqiy hujjatlar qabul qilinishi, korruptsiyaga
qarshi jinoy jazo turlarining takomillashuvida yaqqol ko’rinadi.

Ilovalar

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KORRUPTSIYA VA U BILAN

BOG’LIQ JINOYATLARNI OLIDINI OLISH BORASIDAGI SIYOSATI

(2017-2021 yy)

1-ilova



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNLARI Qabul qilingan sana

1 Davlat-xususiy sheriklik to’g’risida O’zbekiston Respublikasining 2019 yil 10 may,

Qonuni O’RQ-537-son

2 Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa 2019 yil 14 yanvar

ishtirokchilarini himoya qilish to’g’risida O’zbekiston Respublikasining O’RQ -515-son
Qonuni.

3 Jamoatchilik nazorati to’g’risida O’zbekiston Respublikasining Qonuni, 2018 yil 12 aprel

O’RQ -474-son

4 Davlat xaridlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasining Qonuni 2018 yil 9 aprel,

O’RQ -472-son

89

5 Ma’muriy tartib-taomillar to’g’risida O’zbekiston Respublikasining 08.01.2018yil O’RQ

Qonuni -457-son

6 Ba’zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati 08.01.2018 yil O’RQ

bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish -512-son
va qo’shimchalar kiritish to’g’risida O’zbekiston Respublikasining

Qonuni

7 Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash 2017 yil 7 sentyabr,

to’g’risida O’zbekiston Respublikasining Qonuni O’RQ -443-son

8 Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida O’zbekiston 03.01.2017 yil O’RQ
Respublikasining Qonuni -419-son

9 Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi 05.05.2014 yil O’RQ

to’g’risida O’zbekiston Respublikasining Qonuni -369-son

10 Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korruptsiyaga qarshi 2008 yil 7 iyul,

konventsiyasiga (Nyu-york, 2003 yil 31 oktyabr) O’zbekiston O’RQ -158-son
Respublikasining qo’shilishi to’g’risida O’zbekiston Respublikasining

Qonuni

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI FARMON, QAROR VA FARMOYISHLARI

11 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida

korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha 2020 yil 29 iyun

qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoni

12 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston respublikasi PQ-4761
korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish 19.06.2020
to‘g‘risida” gi Qarori

13 Huquqiy monitoringning zamonaviy mexanizmlari asosida qonun 2019 yil 2 noyabr,

hujjatlari ijrosining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida PQ-4505-son
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

14 Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini 2019 yil 9 yanvar,

tubdan takomillashtirish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi PF-5618-son
Prezidentining

farmoni

15 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2019 yil 19 iyul, PF-

o’zgartirishlar va qo’shimcha kiritish to’g’risida O’zbekiston 5769-son
Respublikasi Prezidentining Farmoni

16 O’zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini 2019 yil 27 may, PF-

yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida O’zbekiston 5729-son
Respublikasi Prezidentining Farmoni

17 O’zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi 2019 yil 25 fevral,

o’rnini yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi PQ-4210-son
Prezidentining Qarori

90

18 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2019 yil 17 yanvar,

beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Faol PF-5635-son
investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid

Davlat dasturi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining

Farmoni

19 Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish kontseptsiyasini 2018 yil 8 avgust,

tasdiqlash to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni PF-5505-son

20 Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy ta’minlash faoliyatini 2018 yil 3 aprel, pf-

tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida O’zbekiston 5395-son
Respublikasi Prezidentining Farmoni

21 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2019 yil 17 yanvar,

beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Faol PF-5635-son
tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-

quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to’g’risida

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

22 O’zbekiston Respublikasida ma’muriy islohotlar kontseptsiyasini 2017 yil 8 sentyabr,

tasdiqlash to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni PF-5185-son

23 Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish 2017 yil 14 mart,

tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida PQ-2833-son
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

24 Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi 2017 yil 2 fevral,

Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida PQ-2752-son
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI QAROR, FARMOYISHLARI

25 Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat 2016 yil 2 mart.

organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash 62-son
to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 62-son

qarori

26 2030 yilgacha bo’lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy 2018 yil 20 oktyabr,

maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida 841-son
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 841-son qarori

27 “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo’yicha tadbirlarni 2019 yil 20 aprel,

monitoring qilish va baholash to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 342-son
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 342-son qarori

DUNYO MAMLAKATLARIDA KORRUPTSIYAVIY JINOYATLARGA NISBATAN
JINOIY JAVOBGARLIK VA JAZO TURLARI.

2-ilova

№ O’zbekiston Respublikasi Rossiya Federatsiyasi Belorus Singapur

Respublikasi

1 O’zbekiston Respublikasi Ugolovnыy kodeks Ugolovnыy Korruptsiyaga

Jinoyat kodeksi Rossiyskoy federatsii kodeks Respubliki qarshi kurash

22.09.1994 Moskva, 13 iyunya Belarus ot 9 iyulya Byurosi. 1963

Jinoyat kodeksidagi 1996 goda 1999 goda № 275-

91

korruptsiya bilan bog’liq N 63-fz Z Korruptsion
jinoyatlar toifasiga 167- Korruptsiya bilan Korruptsiya bilan jinoyatlarga qarshi
modda (o’zlashtirish yoki bog’liq bog’liq jinoyatlar 1-narmativ xujjat
rastrata yo’li bilan talon- xuquqbuzarliklar RF ro’yhati: 1960 yil
toroj qilish), 168-modda Jinoyat kodeksida Mansab vakolatini “Korruptsiyani
(firibgarlik), 192-9-modda nazarda tutilgan suii’stemol qilish oldini olish
(tijoratda pora evaziga qo’yidagi qasdan orqali o’g’irlik (JK to’g’risida”gi
og’dirib olish), 192-10- qilingan harakatlardan 210) qonundir.
modda (nodavlat-tijorat iborat: Mansabdor shaxs Korruptsiyaviy
tashkilotining yoki boshqa -firibgarlik(159-m) tomonidan o’z jinoyatlarga
nodavlat tashkilotining -o’zlashtirish yoki xizmat quyidagilar kiradi:
xizmatchisini pora evaziga o’g’irlash(160) vakolatlaridan Pul yoki xar qanday
og’dirib olish) ni -vakolatni suii’istemol foydalangan xolda sovg’alar, to’lovlar,
iqtisodiyot sohasidagi kor- qilish(285-m) jinoiy yo’l bilan mukofatlar,
ruptsiyaga oid jinoyatlar, -byudjet mablag’laridan olingan moddiy komissiyalar,
205-modda (hokimiyat maqsadsiz boyliklarni qimmatli qog’ozlar
yoki mansab vakolatini foydalanish(285/1) legallashtirish(235) va boshqa mulk yoki
suiiste’mol qilish), 206- -davlat byudjetidan Mansab xar qanday mulkdagi
modda (hokimiyat yoki tashqari jamg’armalar vakolatidan ulush, ko’char yoki
mansab vakolati doirasidan mablag’larini foydalanib o’z ko’chmas mulk;
chetga chiqish), 208-modda o’zlashtirish(285/2) shaxsiy yoki Xar qanday lavozim,
(hokimiyat harakatsizligi), -davlat ro’yhatiga bashqa shaxsiy ish yoki shartnoma;
209-modda (mansab qasddan noto’g’ri manfaatlaridan har qanday qarz,
soxtakorligi), 210-modda ma’lumotlar suii’stemol majburiy va boshqa
(pora olish), 211-modda kiritish(285/3) qilish(424) qarzlar bo’yicha har
(pora berish), 212-modda -xizmat vazifasini Mansabdor qanday to’lov, ozod
(pora olish-berishda suii’stemol qilish(286- shaxsning xudbin qilish, qarzni to’liq
vositachilik qilish) ni m) yoki boshqa yoki qisman to’lash;
boshqaruv tartibiga qarshi -tadbirkorlik faoliyatida shaxsiy Boshqa har qanday
korruptsiyaga oid noqonuniy ishtirok manfaatlaridan xizmatlar, afzalliklar,
jinoyatlar, 236-modda etish(289-m) kelib chiqqan xolda mavjud yoki
(tergov qilishga yoki sud -pora olganlik(290-m) harakatsizligi(425) kutilayotgan to’lovga
ishlarini hal etishga -pora berish(291-m) O’zining shaxsiy qobiliyatsizlikdan
aralashish), 238-modda -poraxo’rlikda yoki boshqa himoya qilish,
(yolg’on guvohlik berish), vositachilik(291/1) shaxsiy intozomiy jazo
241-modda (jinoyat haqida -rasmiy manfaatlaridan choralaridan ozad
xabar bermaslik yoki uni soxtalashtirish(292) kelib chiqqan xolda qilish, majburiyat
yashirish) kabilarni odil -pora yoki tijoratda pora vakolat yoki yoki xuquqni
sudlovga qarshi barish uchun fitna(304) mansab vakolatidan bajarishda
korruptsiyaga oid -guvohlik berish yoki oshib ketish(426) beparvolik.
jinoyatlar, 243-modda guvohlik berishdan Noqonuniy ishlarda Har qanday taklif,
(jinoiy faoliyatdan olingan bo’yin tovlash yoki ishtirok etish(429) urinish yoki biron-bir
daromadlarni xizmatni buzish uchun Pora olganlik(430) mukofotni vada
legallashtirish) ni jamoat pora berish yoki Pora berish(431) qilish.
tartibiga qarshi majburlash(309) Poraxo’rlikda
korruptsiyaga oid jinoyatlar vositachilik(432)
toifasiga kiritish mumkin. O’zboshimchalik
yoki shaxsiy

92

manfaatlaridan
kelib chiqib
mansab
vakolatlarini
suii’stemol qilish
yoki
vakolatsizlik(455)

2 JAZO TURLARI JAZO TURLARI JAZO TURLARI JAZO TURLARI

Pora olish, pora berish va RF Jinoyat Pora olish: Jarima miqdoriga

pora olish-berishda kodeksida (430-modda JK) qarab jinoiy jazo

vositachilik qilish tegishli korruptsiyaviy 1. 3 yilda 5 qo’llaniladi.

holatlar mavjud bo’lganida jinoyatlarga nisbatan yilgacha -JARIMA20MING

o’ta og’ir jinoyatlar sifatida quyidagi jazo turlarni ozodlikdan SD(Singapur

o’n yildan o’n besh nizarda tutuvchi maxrum qilish dollari)dan oshmasa -

yilgacha ozodlikdan sanktsiyalar belgilangan: bilan muayyan 2 yilgacha qamoq

mahrum qilish bilan -muayyan lavozimlarni lovozimni -jarima 20 ming SD

(maksimal) jazolanishi egallash yoki muayyan egallash yoki dan oshsa-5 yilgacha

mumkin. faoliyat turi bilan muayyan qamoq;

shug’ullanish huquqidan faoliyat turi -agar jarima 50 ming

maxrum qilish; bilan SD dan oshsa, lekin

-majburish ish; shug’ullanish 100 ming SD dan

-tuzatish ishlari; huquqidan kam bo’lsa-7

-majburiy mehnat; mahrum qilish yilgacha qamoq;

-erkinlikni cheklash; yoxud 7 -agar jarima 50 ming

-muayyan muddanga yilgacha SD dan oshsa -10

ozadloikdan maxrum ozodlikdan yilgacha qamoq

qilish. maxrum qilish. jazosi beriladi.

2. Pora olshi yoki

talon taroj

qilish yo’li

bilan yoki bir

gurux shaxslar

tomonidan

oldindan

kelshilgan

xolda pora

olish-3 yildan

10 yilgacha

jarima va

muayyan

lavozimlarni

egallash yoki

faoliyat bilan

shuullanish

xuquqidan

maxrum qilish.

93

3. Kodeksning

430,431,432

modalaridagi

uyushgan

gurux yoki

mas’ul

mansabdor

shaxs

tomonidan

sodir etilgan

bo’lsa-5 yildan

15 yilgacha

ozodlikdan

maxrum qilish

bilan

jazolanadi.

3 Jinoyatlarning sodir etilish Korruptsiya bilan Pora berish: (431- Korruptsiyaga qarshi

usuli, sabablari, jinoyatning bog’liq huquqbuzarliklar m JK) kurash byurosining

xususiyati va ijtimoiy xavf- uchun ma’muriy 1. Jarima yoki direktori yoki boshqa

lilik darajasi, aybdorning javobgarlik; 2 yilgacha ahloq vakolatli mansabdor

shaxsi, shuningdek, jazoni -ma’muriy jazo; tuzatish ishlari shaxsning binoga

yengillashtiruvchi va -ma’muriy xibsga olish; yoxud 2 yilgacha kirish yoki tintuv

og’irlashtiruvchi holatlarni -diskvalifikatsiya. qamoq, 2-5 o’tkazishni rad etgan

inobatga olib, sud aybdor yilgacha shaxsning xatti –

shaxsga jarima, muayyan ozodlikdan xarakatlari,

huquqdan mahrum qilish, maxrum qilish. mansabdor shaxsga

axloq tuzatish ishlari, 2. Ko’p marta qonunda muvofiq

ozodlikni cheklash, xizmat yoki ko’p vakolatga ega

bo’yicha cheklash kabi miqdorda pora bo’lgan, byuro

muqobil jazolarni ham berish-5 yilgacha xodimining qonuniy

tayinlashi mumkin. ozodlikdan talablariga javob

maxrum qilish yoki bermaydigan

2 yildan 7 yilgacha xuquqbuzarlik-10

ozodlikdan ming dollardan

maxrum qilish. oshmaydigan jarima

3. Ushbu yoki 1 yilgacha

kodeksning qamoq jazosi yoki

430,431,432 ikkalasi ham olinishi

moddalarida mumkin.

nazarda tutilgan

shaxsga pora

berish-jarima

solinmagan xolda

yoki 5 yildan 10

yilgacha

ozodlikdan

maxrum qilish.

4 Pora olish takroran, xavfli Koruptsiya bilan bog’liq Pora berishda Korruptsiyada

94

retsidivist tomonidan, ko’p intizomiy javobgarlik: vositachilik: (432- ayblangan har qanday

miqdorda, tamagirlik yo’li -tuntirish; m JK). mansabdor shaxs

bilan yoki bir guruh -ogoxlantirish; 1. Pora berish ishidan, pensiya va

mansabdor shaxslar -tegishli asoslarga ko’ra yoki pora oluvchi boshqa imtiyozlardan

tomonidan oldindan til ishdan bo’shatish. nomidan maxrum bo’ladi.

biriktirib sodir etilgan to’g’ridan-to’g’ri Bo’lim ichidagi

bo’lsa, 5 yildan 10 yilgacha topshirish-jarima intizomiy choralar:

ozodlikdan mahrum qilish yoki qamoq yoki 2 -hizmatdan voz

bilan jazolanadi. yoki 4 yilgacha kechish;

ozodlikdan -ishdan bo’shatish;

maxrum qilish. -maoshning

2. Pora olishda kechikishi;

vositachilik qilish- -jarimalar, tanbexlar

qamoqqa olish va jamoat manfaati

yoki 6 oydan 5 uchun iste’foga

yilgacha chiqish.

ozodlikdan

maxrum qilish.

3. Kodeksning

430,431,432

moddalarida

nazarda tutilgan

jinioyatlar uchun

ilgari sudlangan

shaxs tomonidan

yoki juda katta

moqdorda pora

olgan shaxs

tomonidan pora

olishda vositachilik

qilish-3 yildan 7

yilgacha

ozodlikdan

maxrum qilish.

5 Pora olish juda ko’p Amaldorlarning

miqdorda yoki uyushgan korrputsiya bilan

guruh manfaatlarini ko’zlab bog’liq jinoyatlarni

sodir etilgan bo’lsa, 10 pasaytirish uchun bir

yildan 15 yilgacha qator prafilaktika

ozodlikdan mahrum qilish ishlari ko’riladi.

bilan jazolanadi. Ularga:

1. Politsiya

xodimini domiy

ravishda fuqarolik

tergovchilari bilan

almashtirish.

2. Mavjud

normalarda ham,

95

bulimlar ishini

tashkil etishda

korruptsiya uchun

qulay imkoniyatlarni

yo’q qilish.

3. Maqbul

ma’muriy

protseduralarni

tanlash.

4. Fuqarolar

uchun turli xil

byurakratik

protseduralarni

qisqartirish va

yengillashtirish.

5. Mansabdor

shaxslarning

moshlarini munosib

ko’rib chiqish.

6. SHartnomalar

imzolashda davlat

yetkazib

beruvchilariga,

amaldorlarga pora

berish shartnoma

buzilishiga olib

kelishi mumkunligi

haqida eslatish.

6 Sud sodir etilgan Xar yili davlat

jinoyatning ijtimoiy hizmatchilari qarzlari

xavflilik darajasini jiddiy yo’qligi to’g’risida

kamaytiruvchi holatlarni maxsus deklarattsiya

e’tiborga olib, alohida topshirishlari shart.

hollarda Jinoyat Agar o’z vaqtida

kodeksining Maxsus qismi topshirmasi o’z

moddasida nazarda tutilgan xizmat vazifasidan

jazoning eng kam qismidan bo’shatilishiga olib

ham kamroq yoki shu keladi.

moddada nazarda Qonun sudlarga

tutilmagan boshqa korruptsioner

yengilroq turdagi jazoni mansabdor shaxsning

tayinlashi mumkin. barcha mol-mulkini

musodara qilish

xuquqini beradi,

shuningdek yolg’on

guvohlik berish

jiddiy jarama bilan

og’irlashtirilgan.

96

Mansabdor shayaslar

uchun “ayb

prezumptsiyasi”

o’rnatilagan.

Amaldor o’z

daromadining

qonuniyligini

isbotlashi kerak va

agar bani qila olmasa

u avtomotik

korruptsiyada aybdor

deb topiladi. Agar

amaldor o’z

imkoniyatlaridan

tashqarida yashagan

bo’lsa Byuro unga

qiziqish bildiradi.

97

98

99


Click to View FlipBook Version