100
101
TESTLAR
1. “Korruptsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng
yaxshi mutaxasislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a’zolari, ta’bir
joiz bo’lsa, “halollik vaktsinasi bilan emlanmas ekan, o’z oldimizga qo’ygan
yuksak marralarga erisha olmaymiz” ushbu so’zlar muallifini belgilang?
A. SH.M.Mirziyoev.
V. I.A.Karimov.
S. A.Fitrat.
D. A.Avloniy
2. Korruptsiya – so’ziga to’g’ri ta’rif berilgan qatorni belgilang?
A. Bu jamiyatni turli yo’llar bilan iskanjaga oladigan daxshatli illatdir. U
demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari
buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to’sqinlik qiladi, hayot sifatini
yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik,
terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.
V. Jinoyay xarakat turi.
S. Davlat ta’qiqlagan hatti-xarakatlar jamlanmasi.
D. To’g’ri javob yo’q.
3. Korruptsiya so’zining lug’aviy ma’nosi?
A. lotincha Corrumpere — buzmoq
V. arab. - tarqatmoq
S. sanskrit. - boshqarmoq
D. lotincha - berilgan
4. Qaysi halqaro tashkilotlar korruptsiyani shaxsiy manfaatlar uchun
ishonchli hokimiyatni suvi’stemol qilish deb tushunadilar?
A. Transparency International.
V. Jahon banki.
S. yeXXT
D. A va V javoblar to’g’ri.
5. Nepotizm- nima va u qanday ma’no anglatadi?
A. qarindoshlariga, tanishlari va do’stlariga foydali lavozimlarni, martabalarni,
ko’chmas mulkni, shaxsiy xokimiyat va ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash
102
maqsadida taqsimlash va shu orqali qaror qabul qilishda foydalaniladigan
bo’ysunuvchilar va hamkasblar tizimini yaratishdir.
V. Tanish bilashlarga o’z lovozimi doirasida ko’maklashish
S. O’z manfaatlari yo’lida davlat mulkini talon taroj qilish.
D. To’g’ri javob berilmagan.
6. Qaysi qonunlarda o’g’rilarning qo’llarini chopib tashlash amaliyoti
qo’llanilgan?
A. Xammurapi qonunlarida
V. Qur’oni Karimda.
S. BMT Konventsiyasida.
D. Doro I davrida.
7. AQSHning qaydi yilda qabul qilingan Konstituttsiyasida pora olish
AQSH Prezidentiga impichment e’lon qilish mumkunligi aniq ko’rsatilgan ikki
jinoyatdan biri sifatida belgilangan?
A. 1787 yilda
V.1818 yilda
S. 1909 yilda
D. 1888 yilda
8. Qur’oni Karimning qaysi oyatda “Mol (va boylik)laringizni
o’rtalaringizda botil (yo’llar) bilan yemangiz! SHuningdek, bila turib,
odamlarning haqlaridan bir qismini gunoh yo’li bilan yeyish (o’zlashtirish)
maqsadida uni hokimlarga havola etmangiz!” –deyiladi?
A. Baqara surasi, 188 oyat.
V. Niso surasi, 12 oyat.
S. Moida surasi, 5 oyat.
D. A’rof surasi, 2 oyat.
9. Koruptsiyani tushunishda uni kasallikka, og’ir kasallik silga
taqqoslagan va boshlanishida uni aniqlash qiyin, lekin davolash oson
ekanligini ta’kidlab, o’tkazib yuborilgan dardni dovolash murakkab ekanligini
asoslagan olim kim?
A. N. Makiyavelli
V. O.Kont
S. T. Mor.
103
D. K. Anand.
10. “Financial Times” gazetasi o’zining 1995 yil 31 dekabrdagi sonida 1995
yilni “Korruptsiya yili” deb e’lon qilib, korruptsiya haqidagi bilimlarni
targ’ibot qilish uchun BMT tomonidan “halqaro korruptsiyaga qarshi kurash
kunini ta’sis etdi. Ushbu kun qaysi kun?
A. 9 dekabr’
V. 8 may
S. 10 iyun’
D. 15 dekabr’
11. Korruptsiyaning qanday turlarni bilasiz?
A. Sub’ektlarning maqomiga ko’ra
V. Darajasiga ko’ra
S. Ijtimoiy xavflilik darajasiga ko’ra
D. A, V, S javoblar to’g’ri
12. Korruptsiyaning iqtisodiy sabablari mohiyatan qanday taxlil etiladi?
A. davlat hizmatchilarining past oylik maoshlari, ularning tadbirkorlik
va fuqarolil faoliyatiga ta’sir ko’rsatishda yuqori vakolati
B. bunda davlat idoralari ishidagi yopiqlik hisobotlar tizimidagi qo’shib
yozishlar, qonunchilik tizimida shaffoflikning yo’qligi, davlitning
kuchsiz kadrlar siyosati.
S. bunda jamiyatning intizomsizligi, axborotga ega emaslik, jamoatchilik
nazoratining passivligi.
D. To’g’ri javob yo’q.
13. Korruptsiyani oldini olishda qanday usullar mavjud?
A. Davlat idoralarining ochiqligi va shaffofligi
V. Oylik maoshlarining oshirilishi.
S. Jamoatchilik nozaratining falligi va davlat idaralari faoliyatida adolat printspi.
D. To’g’ri javob berilmagan.
14. Korruptsiyaviy jinoyatlar kelib chiqishining bir necha omillari bo’lib,
ular davlat yoki xalqning tarixiy shart-sharoitlari, madaniyati, dini hamda
mintaliteti orqali shakllanadi. Ularga ...?
104
A. antropologik omillar, ahloqiy omillar
V. iqtisodiy omillar, siyosiy omillar
S. huquqiy omillar
D. A, V, S javoblar to’g’ri.
15. O’zbekiston Respublikasi qachondan boshlab BMTning Korruptsiyaga
qarshi Konventsiyasiga qo’shilishdi va korruptsiyaga qarshi kurash borasida
yangi bosqich boshladi?
A. 2008 yil 28 avgust
V. 2010 yil 2 mart
S. 2008 yil 16 may
D. 2009 yil 28 noyabr
16. Qaysi mamlakatning Jinoyat kodeksida korruptsiya degan atama yoki
tushuncha mavjud emas. YOki bunday jinoyatni sodir etgan mansabdor
shaxslar uchun qilmishning ijtimoiy xavfliligiga qarab jarima yoki 4 yilgacha
bo’lgan muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tadbiq etiladi?
A. Finlyandiya
V. Singapur
S. Malaziya
D. AQSH
17. Frantsiya mamlakatida korruptsiyani yo’qotish va unga barham berish
choralari aynan XX asrning 90-yillardan boshlab qanday usul orqali amalga
oshirilgan?
A. davlat apparati yuqori martabali xodimlarining daromadlari va mol-mulki
haqidagi deklaratsiyalar keng miqyosda oshkor etilishini ta’minlaydigan huquqiy va
tashkiliy asoslarni yaratish
V. Davlat idoralari xidimlinini oylik maoshlari oshirish
S. Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.
D. Ochiq muloqotlar tashkil etish.
18. So’ngi yillarda Germaniyada korruptsiyaga qarshi kurash
samaradorligi sezilarli darajada oshdi. Bunga qanday omillar yordam berdi?
A. politsiya va prokuratura tizimidagi xodimlar sonining ko’payishi,
V. anonim aloqalar uchun tezkor telefon tarmog’ining tashkil etilishi,
105
S. jinoyat va soliq politsiyasining yaqin hamkorligi va butun yevropa ittifoqi
bo’ylab hamkorlikning kengayishi
D. A,V, S javoblar to’g’ri
19. Transparency International halqaro tashkiloti e’lon qilgan 2009 yil
mamlakatlarning korruptsiyalashganligi darajasini aks ettiruvchi reytingda
korruptsiya darajasi past bo’lgan uchinchi, Osiyo mamlakatlari ichida esa,
birinchi o’rinda turishi qayd etilgan mamlakatni aniqlang?
A. Singapur
V. Frantsiya
S. Skandinaviya mamlakatlari
D. AQSH
20. Hindistonda korruptsiya muammosi uzoq vaqt davomida o’z
ahamiyatini yo’qotmagan davlatlardan biridir. Mutaxassislarning fikricha,
Hindistonda korruptsiyaga qarshi kurashning kam samaradorligi sabablari...?
A. aholining huquqiy savodxonligi yetarli emasligi
V. maktablarida korruptsiyaga qarshi ta’lim dasturlari mavjud emas
S.Ochiq va oshkoralikning yo’qligi
D. A va V javob to’g’ri.
21. Qaysi mamlakatda maktabgacha va boshlang’ich maktab yoshidagi
bolalarni “korruptsiyaga qarshi to’qqiz qadriyatlar” (halollik, mehnatsevarlik,
jasorat, mas’uliyat, mustaqillik, adolat, intizom, kamtarlik, e’tibor) asosida
rag’batlantiradigan tematik kitoblar (ertak va chiziq romanlari), stol va rol
o’yinlari orqali korruptsiyaga qarshi kurash ruhida tarbiyalanadi?
A. Indoneziya
V. Singapur
S. Malaziya
D. Xitoy
22. O’zbekiston Respublikasining “Koruptsiyaga qarshi kurashish
to’g’risida” gi qonuni qachon qabul qilingan?
A. 2017 yil 17 yanvarda
V. 2019 yil 12 mart
S. 2016 yil 23 aprel
D. 2019 yil 3 may
106
23. 2018 yildan o’tkazilgan “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o’rganish
markazi tomonidan o’tkazilgan so’rovlarga ko’ra, korruptsiyaga moyil bo’lgan
sohalar sifatida qaysi biri 21,2 foiz ekanligi aniqlangan?
A. Oliy ta’lim
V. Tibbiyot
S. Sport
D. Sud-huquq tizimi
24. Qaysi alloma o’zining asarlarida adolat va sahovat, hayr-sadaqadan,
nochor, noiloj kishilarga madad berish, beva-bechoralar, mayib va
nogironlarga xazinadan nafaqa ajratish va insonlarning huquqlarini ta’min
etish, amaldorlarni to’g’ri tanlab, ularga qo’llaridan keladigan ishlar va
vazifalarni topshirish, bir kishiga bir amal berib, undan itoat va ijro
fazilatlarini kutish kabilar davlat boshqaruvining asosiy talab ekanligini
uqtirgan?
A. Abu ali Xasan Ibn Ali Tusiy Nizomulkmulk o’zining shox asari
“Siyosatnoma”(Siyar ul-mulk)
V. A.Temur “Temur tuzuklari”
S. A.Navoiy “Maxbub ul -qulub”
D. Farobiy “Fozil odamlar shaxri”
25. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoev «Jamoatchilik
nazorati to’g’risida” gi Qonunni qachon qabul qildi?
A. 2018 yil 12 aprel
V. 2016 yil 13 mart
S. 2017 yil 1 aprel
D. 2018 yil 4 avg’ust
26. “Bizning bosh strategik maqsadimiz qat’iy va o’zgarmas bo’lib, bozor
iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik
jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantrishdan iborat” –ushbu so’zlar
muallifi to’g’ri ko’rsatilagan javobni belgilang?
A. I.A Karimov
V. SH.M. Mirziyoev
S. K.Anand
D. To’g’ri javob berilmagan.
107
27. BMTning korruptsiyaga qarsha konventsiyasining qaysi moddalari
korruptsiyaga oid jinoyat sifatida belgilangan?
A. 18-moddasida “G’arazli maqsadlarda mavqeidan foydalanish”
V. 19-moddasida “Xizmat lavozimining suiiste’mol qilinishi”
S. 10-modda “ Korruptsiyaviy jinoyatlar”
D. A va V javoblar to’g’ri.
28. O’zbekistonda qaysi tashkilot jamoat birlashmalari tomonidan davlat
xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining amaldagi qonunlarga
mosligini aniqlash va baholash bo’yicha yuritadigan faoliyat turlarini
bajaradi?
A. Jamoatchilik nazorati
V. Sud xokimiyati
S. Oliy Majli
D. Vazirlar Mahkamasi.
29.Lobbizm nima?
A. rasmiy vakillar bilan norasmiy shaxslarning o’zaro uchrashib, rasmiy qarorlar
ustunlik qabul qilishdagi siyosiy ta’sirning o’ziga xos turi.
V. Norasmiy faoliyat olib boruvchi tashkilot
S. Korruptsiyaning bir turi.
D . NNT
30 . Nepotizm so’zining ma’nosi to’g’ri ko’rsatilgan javobni belgilang?
A. Nepotis, lot-jiyan S. Nepotis, lot-pora
D. Nepotis, lot-sovg’a V. Nepotis, lot-tog’a
108
GLOSSARIY
Axloq – aslida arabcha so’z bo’lib, xulq-atvor, yurish-turish, tarbiya degan
ma’nolarni anglatadi. «Odob», «xulq-atvor» ma’nolarida ham ishlatiladi. Hozirgi
vaqtda bu tushuncha jamiyatning axloqiy hayotida yuz beradigan barcha
jarayonlarning majmuini aks ettiradi. Axloq tushunchasini ikki xil ma’noda ko’rish
mumkin: axloq umumiy tushuncha sifatida etikaning tadqiqot ob’ektini anglatsa,
yakka tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xatti-harakatining o’ziga xos
ko’rinishini anglatadi.
Adolat (arab. – odillik, to’g’rilik) – u yoki bu qadriyatning o’zaro umumiy
munosabatini va ularning individlar o’rtasida konkret taqsimlanishini ifodalovchi
tushunchadir. U insonning mohiyati va ajralmas huquqlaru haqidagi tasavvurlarga
mos bo’lgan jamoa tartibi.
Deyentologiya – davlat xizmatchilarining asosiy majburiyatlari, ularga quyiladigan
cheklov va ta’qiqlar majmui to’g’risidagi ta’limot. 1834 yilda Ingliz huquqshunosi
va faylasuf Iyerimiya Bentam (1748-1832 y.) «Deyentologiya, odob to’g’risidagi
ta’limot» degan asarida ilk bor davlat xizmatchilarining asosiy majburiyatlari,
ularga quyiladigan cheklov va ta’qiqlar majmui yaratadi. Keyinchalik uning
ta’limoti asosida deyarli barcha yevropa davlatlarida sohaviy deyentologiya
kodekslari qabul qilinadi.
Jamoatchilik nazorati- jamoat birlashmalari tomonidan davlat xokimiyati va
boshqaruvi organlari faoliyatining amaldagi qonunlarga mosligini aniqlash va
baholash bo’yicha yuritadigan faoliyat turidir.
Jinoyat – qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy havfli qilmish.
Ijtimoiy adolat- barcha ijtimoiiy toifalarning jamiyatda o’z o’rni mavjudligini va
qonun oldida o’zaro teng huquqlarga ega ekanligini e’tirof etish.
Ijtimoiy sheriklik-davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik
jamiyatinining boshqa institutlari bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
109
dasturlarni, tarmoq xududiy dasturlarni, normativ huquqiy xujjatlarini hamda
fuqarolarning huqulari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo’lgan boshqa qarorlarni
ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi hamkorlik.
Inson omili- inson mohiyatiga xos bo’lgan eng muhum xususiyatlarni –insondagi
jismoniy –ruxiy tomonlarning birligi.
Inson huquqlari – unga xar ma’noda faqat davlat himoya qiladigan va kafolat
beradigan huquqlar kirib, bu huquqlarga barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi,
yashash va jismoniy daxlsizlik huquqi, inson qadr-qimmatini hurmat qilish,
o’zboshimchalik va noqonuniy ushlash yo i qamash, vijdon va din erkinligi,, ota-
onalarining o’z bolalarini tarbiya qilish huquqlari kiradi. Keng ma’nodagi inson
huquqlari yesa o’zida shaxs erkinligi va huquqlarining keng majmuasi va utrlarini
ifodalaydi.
Illat – so’zi kasallik, xastalik, jismoniy va ruhiy kamchilik, nuqson degan ma’noni
anglatadi. SHunga ko’ra umuminsoniy axloqqa zid illatlar deb umuminsoniy odob-
axloq printsiplari va normalari doirasiga sig’maydigan, unga xilof ravishda sodir
etiladigan yaramas xatti-harakatlarga aytiladi. Bunday axloqsizlarga - g’azab,
jaholat, adovat, g’iybat, haqorat, hasad, nifoq, zulm, yolgonchilik, mahtanchoqlik,
dangasalik, ichkilikbozlik, manfaatparastlik, shuhratparastlik, ayyorlik,
xushomadgo’ylik, ikkiyuzlamachilik, ezmalik, jizzakilik kabilar kiradi.
Kasb odobnomasi – oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlari hamda
ishchi xodimlarining xizmat davomida va xizmatdan tashqari vaqtda yurish-turish
qoidalarini belgilaydigan asosiy talablar majmuidir.
Kronizm – lavozimlarni tanish-bilishchilik asosida tarqatish qarindosh-
urug’chilikka nisbatan kengroq ma’noga ega bo’lib, u berilgan lavozimga mos yoki
mos emasligidan qat’i nazar uni do’stlariga berish afzal ko’rilgan vaziyatlarni
qamrab oladi. Bu hol ko’pincha ishga tayinlash jarayonida, shuningdek ba’zan keng
vakolatlar ishga solingan har qanday vaziyatda ham vujudga kelishi mumkin.
110
Kliyentelizm (ingl. clientelism, lot. Clientēla - mijoz) – yuqori lavozimdagi
mansabdor shaxs va unga xayrixox bo’lgan shaxslar (mansabdor shaxslar,
tadbirkorlar, siyosiy guruhlar) o’rtasidagi normasmiy munosabatlar ko’rinishi.
Rahnamo (patron) va xayrixox, mijoz (kliyent) o’rtasidagi munosabatlar natijasida
rahnamo shaxs mijozlari ma’lum bir iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy maqsadlarga erishsa,
rahnamo o’zining mavqeini kengaytiradi.
Korruptsiya – shaxsning o’z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini
yoxud o’zga shaxslarning manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish
maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni
qonunga xilof ravishda taqdim etish.
Korruptsiyaga oid huquqbuzarlik – korruptsiya alomatlariga ega bo’lgan, sodir
etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish.
Kusli davlatdan –kuchli jamiyat sari- ushbu kontseptsiyaning mohiyati
odjamlarning siyosiy ongi, siyosiy madaniyati va faolligi yuksalib borgani sari
davlat vazifalarining nodavlat tuzilmalari va fuqarolarining o’zini –o’zi boshqarish
organlariga bosqichma-bosqich o’tish, mahallalarning nufuzi va mavqeyining
o’zishidir.
Lobbizm (ingliz. lobby – kuluar, koridor)rasmiy vakillar bilan norasmiy
shaxslarning o’zaro uchrashib, rasmiy qarorlar ustunlik qabul qilishdagi siyosiy
ta’sirning o’ziga xos turi.
Manfaatlar to’qnashuvi – shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik
shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir
ko’rsatayotgan yoxud ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan hamda shaxsiy
manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning
huquqlari va qonuniy manfaatlari o’rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki
yuzaga kelishi mumkin bo’lgan vaziyat.
Nepotizm(nepotis(lot)-jiyan)- ya’ni qarindosh-urug’chilik– o’z oilasi va do’stlariga
tabiiy g’amho’rlik ko’rsatishga moyil bo’lgan odamning tabiatiga bog’liq bo’ladi.
111
Tarixda bubk xukmdorlarning voraslari otalari izidan borib, hukmronlik otadan
o’g’ilga o’tish an’anasi mavjud bo’lgan.
Nodavlat notijarat tashkiloti (NNT) - jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik
asosida tashkil etilagan, daromad olishni o’z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan
hamda daromadlarni o’z qitnashchilari o’rtasida taqsimlaydigan o’zini-o’zi boshqarish
tashkiloti.
Norma – lotincha so’z bo’lib, o’zbek tilida rasmiylashtirilgan qonun-qoida, hamma
uchun majburiy deb hisoblangan tartib-qoida yoki biror narsaning, ishning aniq
belgilangan o’lchami, me’yori degan ma’nolarni anglatadi.
Odoblilik – yaxshi tarbiya ko’rganlikning namoyon bo’lishi, xatti harakatlarda,
so’zlashuvda me’yorni, chegarani, muvofiqlilik va nomuvofiqlikni
bilishdir.Odoblilikning asosiy belgisi – o’zini tuta bilish, hukm chiqarishda
shoshilmaslik, o’zgalar fikrini tinglay bilish, shirinso’zlik hisoblanadi.
Protektsionizm (lot. ko’maklashish)ma’lum bir shaxslarni lavozimga tayinlashga
ko’maklashish.
Pantuflyaj (fran. shippakni almashtirish) –davlat xizmatchisi davlat sektoridan
ketib, xususiy sektorga ishga joylashishi.
Poraxo’rlik – bu qadimgi vaqtlardagi turli halqlar o’rtasida ma’lum bo’lgan
ijtimioiy xodisadir. Poraxo’rlik korruptsiyaning elimentlaridan biri hisoblanadi. Bu
jinoyatlar sodir etilish xususiyatlariga ko’ra ikki yoki undan ortiq shaxslarning
o’zaro xamkorligi asosida sodir etilishini talab qiladi, ya’ni unda pora beruvchi, pora
oluvchi va pora olish berishda vositachilik qiluvchi shaxslar o’rtasida kelishilgan
holda amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksining poraxo’rlik deganda,
pora olish, pora berish yoki bu jinoyatlarda vositachilik qilish tushunilishi
belgilangan.
Pora berish -Mansabdor shaxsning o’z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir
etishi lozim yoki mumkin bo’lgan muayyan harakatni pora bergan shaxsning
112
manfaatlarini ko’zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga unga bevosita yoki
vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki
uni mulkiy manfaatdor etishdir
Pora olish-berishda vositachilik qilish (O’zR JKning 212-moddasi).
pora olish yoki berish xususidagi kelishuvga erishiga qaratilgan faoliyat,
shuningdek, manfaatdor shaxslarning topshirig’i bilan porani bevosita berishdir.
Rahnamolik, favoritizm (fr. favorit)ximoya ostidagi ayrim xodimlarni yaqin olish
va qullab-quvvatlash.
Rostgo’ylik – halollikning bir ko’rinishi bo’lib, haqiqatni gapirish, o’zining ham,
o’zgalarning ham qadr-qimmatini to’g’ri baholash, yaxshini yaxshi, yomonni
yomon deb ochiqchasiga aytishdir. Rostgo’ylik vijdon tushunchasi bilan bog’liq,
insonning o’zgaga munosabati o’ziga munosabatidek sof bo’lishini talab etuvchi
meyorlardir.
Transparency International – xalqaro nodavlat tashkilot hisoblanib, 1993 yilda
Piter Aygen tomonidan tashkil etilgan. Dunyoda korruptsiyaga qarshi kurashish va
tadqiqot qilishga ixtisoslashgan. Tashkilot shtab-kvartirasi Berlin (Germaniya)da
joylashgan bo’lib, rahbari doktor Delia Rubio(Argentina)dir. 114 ta milliy
vakolatxonalari mavjud(sh.j. Armaniston, Ozarbayjon, Qozog’iston, Rossiya,
Ukraina). Indeks metologiyasi Endryu Gelman (Kolumbiya universiteti professori)
va doktor Pero Stanig (London maktabining ilmiy hodimi) tomonidan 1995 yilda
ishlab chiqilgan.
Urug’-aymoqchilik – feodal jamiyatlarga xos qon-qarindoshlik aloqalari bilan
bog’langan odamlarning birligidir. Bugungi dunyoda haqiqiy ma’nodagi urug’-
aymoqqa bo’lingan jamiyatni topish mushkul bo’lsa kerak. Lekin ba’zan u shakli
o’zgargan, "yangilangan" holda mavjud bo’ladi. Ko’pgina mamlakatlarda
qondoshlik rishtalari hozir unchalik kuchli emas. Biroq ular o’rniga boshqa
mushtaraklik, boshqa birlikning rishtalari, jumladan, yurtdoshlik, hududiy yaqinlik
rishtalari vujudga keldi.
113
Xalollik har bir insoning o’z kuchi bilan mehnat qilishi, shuning evaziga topgan
mol-mulki, obrusi, jamiyatda tutgan o’rni, xulqining to’g’riligi, so’zida qatiylik va
sadoqatining majmuasidir.
Etika – qadimiy yunoncha «etos» (etos) so’zidan kelib chiqqan bo’lib, uy,
birgalikdagi yashash makoni, insonlarning turar joyi ma’nolarini anglatadi.
Keyinchalik bu so’zning ma’nosi odob, axloq ya’ni inson muomalasi doirasi va
xarakteri o’rtasidagi aloqalarni, insoniyat sifatining muhim belgilari, fazilatlari
ma’nosini bildira boshlagan.
114
ADABIYOTLAR RO’YXATI
Rahbariy adabiyotlar
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.:“O’zbekiston” T. 2017
2. SH.M Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojatnomasi. Halq so’zi. 2020 yil 25
yanvar’, № 19.
3. SH.M.Mirziyoev Korruptsiyaga qarshi kurashish hamda jamoatchilik nazorati
tizimlari takomillashtiriladi. 2020 yil 11 fevraldagi ma’ruzasi. Xalq so’zi. 2020 yil
12 fevral’, №31
4. SH.M.Mirziyoev Konstituttsiya va qonun usvorligi –huquqiy demokratik davlat
va fuqarolik jamiyatining eng muhum mezoni..O’zbekiston Respublikasi
Kontituttsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan 9 dekabrdagi
ma’ruzasi. Xalq so’zi. 2019 yil 8 dekabr’.
5.SH.M Mirziyoev.Konstituttsiya-erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni
yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir. O’zbekiston Respublika
Konstituttsiyasi qabul qilinganing 25 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi
ma’ruza.“O’zbekiston”, 2017, 7 dekabr. 21
5. SH.M.Mirziyoev. “O’zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni. 2019 yil
27 may. O’zbekiston milliy axborot agenligi. uza.uz
6. Mirziyoev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik –
har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. T.: “O’zbekiston”,
2017.– 102 b.
7. I.A. Karimov.Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot –pirovard
maqsvadimiz. T.: O’zbekiston. 2000. 8-j. -331.
8. I.A Karimov.Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz.T.: O’zbekiston. 1999,
b-304
115
9. I.A Karimov O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: havfsizlikka tahdid, barqarorlik
shartlari va taraqqiyot kafolatlar. T.: "O’zbekiston" 1997 y.
10. I.A Karimov. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida. T.6. –
Toshkent.O’zbekiston, 1998.-88-95 bet
11. Becker G.S. Grime and punishment an economic approach. Jurnal of
Political economy. vol, 76, n.2. 1998
Asosiy adabiyotlar
1. С.С. Сулакшин, Максимов С.В., Aхметзянова И.Р. и др.
Государственная политика противодействия коррупции и теневой економике в
России. Монография в 2-х томах. Т. 2. -М.: Научный експерт, 2009.— 304 с.
2. Bardhan P. Corruption and development: a review of issues. — In: Political
corruption: concepts and contexts / Ed. Heidenheimer A. J., Johnston M. 3rd ed.
New Brunswick, NJ: Transaction, 2002. — 331
3. Б.И. Исмаилов. Институционализация отвецтвенности юридических лиц
за коррупционные преступления в посцовецких странах. // Учебнойе пособийе.
-Т.: Aкадемия Генералной прокуратуры Республики Узбекистан, ТСПКЙУ.
2018. С -112.
4. Стамбулский план действий по борбе с коррупцийей: достижения и
проблемы – ИСБН 978-92-64-05583-4 © ОЕCД 2008. -123 ст
5. Ли Куан Ю. «Сингапурская история. Из «третего мира» – в первый»:
МГИМО (У) МИД России; М.; 2005
6. Воронин Ю.A., Вейберт С.И.Уголовно-правовая политика Aвстралии.
Cриминологй Жоурнал оф Баикал Натионал Университй оф Еcономиcс анд
Лав. 2013. № 33
7. Edited by David Whyte. How Corrupt is Britain? First published 2015 by Pluto
Press 345 Archway Road, London Н6 5AA
116
8. Образованийе и коррупция. Междунар. науч.-практ. конф., 16 сент. 2009 г.,
Тараклия-Кишинев / редкол.: Смокине A., CҲервенков Н., Кожокар йе. [и др.].
– Ч.: Руханда, 2009 (ГИРЛЕAНУ С.В.). – 99 ст.
9. A.SHer. Axloqshunoslik. T., O’AJBNT – «YAngi asr avlodi», 2003.
Qo’shimcha adabiyotlar.
1. Qur’oni Karim ma’nolari tarjimasi. Tarjima va izohlar muallifi Mansurov A. – T.:
SHarq, 2012.
2. Макиавелли Н. Избраннойе. М,, 1989.
3. Общество и коррупция в Кыргызской Республике. Взгляды, мнения, выводы
и другая информация, представленные в данном документе, не обязателно
отражают точку зрения Организации по безопасности и сотрудничеству в
йевропе (ОБСЕ), за исключенийем случаев, когда непосредственно указано,
что ОБСЕ являеця автором документа. Бишкек. 2014 г.-339ст
4. Temur tuzuklari. B.Axmedov taxriri ostida- T.:G’.G’ulom nomidagi Nashriyot-
matbaa birlashmasi, 1991. 41.
5. Forobiy Abu Nasr.Fozil odamlar shaxri.- T.: A.Qodiriy nomidagi halk merosi
nashriyoti, 1993.
6. Nizomulmulk.Siyosatnoma(Siyar ul-mulk). “YAngi avlod asri”. T.:2019 y, 304 b.
7. Токвил A. Демократия в Aмерике. - М.: Известийе, 1992.
8. Волфъганг Дик, Aндрей Гнеистурков. Коррупция в Германии: успехи в
боръбы неистебимым злом. – М.,2013.
Huquqiy hujjatlar.
1. O’zbekiston Respublikasi “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida” O’RQ-
419-son. 2017.03.01
2. “O’zbekiston Respublikasining «2020 yil uchun O’zbekiston Respublikasining
davlat byudjeti to’g’risida»gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari
to’g’risida”. 01.01.2020 y., 07.20. PQ 4555.4257-son
117
3. Yurist axborotnomasi.2018 yil №3,15-21 b
4. Ijtimoiy sheriklik” to’g’risidagi O’RQ- . 2014y, 8 iyun’.
5. “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi
Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora –tadbirlari to’g’risida. O’zbekkiston
Respublikasi Qonun xujjatlari to’plami, 2017 yil 5-son, 62 –modda.
6. “Davlat xokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risidagi”
O’RQ-369. 2014
7. Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning
strategik salohiyatini oshirish yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” PQ-
4273. 2019 y, 9 aprel,
8. “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish
tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi
VM 797-qarori, 23.09.2019
9. Ta’limning inqirozi bu millat inqirozi. Xalq so’zi gazetasi. 2020 yil 21 yanvar’.
№15(7517)
10. “Jamoatchilik nazorati to’g’risida” O’RQ-474-son, 2018 yil 12 aprel’
11. O’zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tizimida davlat va xokimiyatida
o’z iqtidori va bor kuch g’ayrati bilan faoliyat olib borayotgan xodimlar va rahbarlar
uchun alohida “Odob-ahloq” qoidalari.
12. “Birlashgan Millatlar Tashkilotining transmilliy uyushgan jinoyatchilikka
qarshi konventsiyasini ratifikatsiya qilish to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Qarori. 536-II-son. 2003.30.08.
13. “Birlashgan Millatlar Tashkilotining korruptsiyaga qarshi konventsiyasiga
(Nyu-York, 2003 yil 31 oktyabr) O’zbekiston Respublikasining qo’shilishi
to’g’risida” O’RQ-158-son. 2008.07.07
14. Межамериканская конвенция против коррупции межамериканскойе
соглашенийе против коррупции г.Каракас, 29 марта 1996 года Преамбула.
118
15. Рукаводства по боръбе с коррупцийей. Организация по безопасности и
сотрудничеству в йевропе (ОБСЕ) Валнерштрассе 6 A-1010 Вена, Aвстрия.
2016
16. Унитед натионс cонвентион агаинст cорруптион. Унитед натионс
оффиcе он другс анд cриме Виенна. Унитед натионс Неw Ёрк, 2004. Принтед
ин Aвстрия В.04-56160—Септембер 2004
17. Генералная Aссамблея ООН. Резолюции 34-й сессии.1979 г
18. Резолюция Економического и Социолного Совета ООН 1989/60 24 мая.
«Процедуры еффективного осуществления Основних принципов
независимисти судебных органов».
19. Декларация ООН о борбе с коррупцийей и взяточничеством в
международных коммерческих операциях. Генералная Aссамблия ООН.
Резолюции 51- сессии.1996–1997 г
20. Венская декларация о преступности и правосудии: ответы на вызовы
ХХI века Принята на Десятом Конгрессе Организации Объединенных Наций
по предупреждению преступности и обраению савонарушителями т.Вена.10–
17апреля. 2002 г.
21. Конвенция Организации Объединенных Наций против
транснационалной организованной преступности. Принята резолюцийей
55/25 Генералной Aссамблийе от 15 ноябр 2000 год
Internet saytlari.
1. ru.wikipedia.
2. www.un.org
3. www.transparency
4. bbc.com.uzbek
5. com.anti-corruption
6. mas.gov.by
7. minjust.uz
8. www.unicode.
119