The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by Ilxom Jumayev, 2024-05-19 14:52:57

Ziyo maskani 23.02.2024(3) (2)

Ziyo maskani 23.02.2024(3) (2)

ZIYO MASKANI 2023 53 TerDUda Talabalar bahori festivaliga markaz iqtidorli yoshlari qatnashib munosib o‘rinlar egallashdi. Xotin-qizlar o‘rtasida sport-sog‘lomlashtirish, salomatlik uchun shaxsiy mas’uliyatni oshirish kabi targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish; Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida 2022-yilning 29-31-mart kunlari talabalarni “COVID -19”ga qarshi Termiz tuman birlashmasiga qarashli MKTP “Yangiariq” bo‘limi shifokori pediatr Tog‘ayeva Zargul, emlash xonasi hamshirasi Boyxonova Shoira va markaz hamshirasi Shomirzayeva BarnoguI hamkorligida emlash o‘tkazildi. Emlash davomida ARM rahbari Shametova Gulnora va metodist Igamberdiyeva Diloromlar tomonidan yordam berildi.


ZIYO MASKANI 2023 54 Yoshlarning jismoniy va ma’naviy kamolotida sportning o‘rni beqiyos. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar har payshanba kuni markaz sport zalida voleybol to‘garagiga qatnashadi. Shuningdek, viloyatimiz bo‘yicha tashkilotlar va Termiz tuman mahallalar kesimida ham ushbu to‘garaklar tashkil qilingan. Markaz talabalar turar joylarida o‘qituvchilar va hamshira B. Shomirzayevalar bilan qizlar turar joylarida yaqindan muloqot o‘rnatish, tozaligini nazorat qilish, muammo va kamchiliklarni o‘rganish maqsadida yotoqxonada davra suhbatlari va yig‘ilishlar doimiy ravishda o‘tkazilib kelinmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad shuki, talaba-qizlar va ayol xodimlarning markaz ichki tartib qoidalariga to‘liq rioya qilishni ta’minlash, ularning muomala madaniyatini, kiyinish odobiga bo‘lgan e’tiborini yanada kuchaytirish.


ZIYO MASKANI 2023 55 Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazining o‘zbek tili va adabiyot fani o‘qituvchilari S.To‘rayeva, D.Niyozova, X.Eshpulatova Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan “Eng yaxshi ilmiy tadqiqotchi” xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik tanlovida ilmiy maqolalari uchun “Eng yaxshi ilmiy tadqiqotchi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Ilm yo'lida olib borayotgani fidokorona mehnatlaringizga, sharafli faoliyatingizga omadlar tilaymiz! Afg‘onistonning kelajak avlod ta’lim-tarbiyasi, ilm-fan ravnaqi yo‘lidagi faoliyatingizda muvaffaqiyat yor bo‘lsin! MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR Markazda ma’naviy-axloqiy muhitni kuchaytirish, yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik va yuksak ma’naviy g‘oyalar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda yot g‘oya va mafkuralarga qarshi immunitetni mustahkamlash borasidagi ishlarni yanada rivojlantirish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda. Markaz yoshlarini mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, jahon miqyosida o‘z tengdoshlariga har bir sohada tenglasha oladigan insonlar bo‘lib kamol topishi uchun barcha imkoniyatlarni sarflamoqdamiz. Ma’naviy-ma’rifiy sohaga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Vazirlik hay’ati qarorlari, buyruqlari va modemlarida berilgan vazifalar ijrosi markazning talabalar bilan ishlash bo‘limida bajariladi. O‘quv yili davomida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar ta’sirchanligini oshirish maksadida 200dan ortiq ma’naviy-ma’rifiy, sport tadbirlari, ko‘rik tanlovlar, telebellashuvlar hamda adabiy-badiiy kechalar o‘tkazildi. “Ustoz va murabbiylar”, “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligi”, “Davlat ramzlari”, “O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 82 yilligi”, Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligi, o‘zbek xalq shoirasi Zulfiyaxonim tavalludining 105 yilligi, Muhammad Yusuf tavalludining 66 yilligi, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 684 yilligi


ZIYO MASKANI 2023 56 hamda o‘zbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriy tavalludining 126 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlar shular jumlasidandir. Bundan tashqari viloyat va respublika OTM lari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “QVZ”, “Janub zukkolari” telebellashuvida markazimizning “UzAf” jamoasi saralash bosqichida ishtirok etib, 7 ta o‘yinda, ya’ni viloyatdagi 7 ta Oliy ta’lim muassasalarining jamoalari bilan bellashib g‘olib bo‘lganliklarini hamda respublika chorak finalida ishtirok etganligini alohida ta’kidlash lozim. Shuningdek, “UZAF” jamoasi “Quvnoqlar va zukkolar” telebellashuvining Toshkent shahrida o‘tkazilgan chorak final o‘yinlarida munosib ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-martdagi, yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusi ijrosini ta’minlash uchun markazda talaba yoshlar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan bo‘lib, muntazam ravishda sportning futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, og‘ir atletika to‘garaklarida talaba yoshlar hamda markazga yaqin 4 ta mahallaning uyushmagan yoshlari 16-17-21-o‘rta-ta’lim maktablari va TerDU, TDTU Termiz filiallari bilan sport musobaqalari o‘tkazilmoqda. Yuqorida qayd etilgan o‘rta-ta’lim maktablari va markaz talabalari o‘rtasida muntazam ravishda “Zakovat” intellektual o‘yinlari o‘tkazib borildi. Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, markaz ARMida “Mening tuhfam” aksiyasi o‘tkazilib, Markaz rahbariyati, professoro‘qituvchilari va talabalari tomonidan kutubxona fondi kengaytirildi. Yangi badiiy, siyosiy adabiyotlarning taqdimoti o‘tkazildi. Afg‘oniston viloyatlari to‘g‘risida kichik hajmdagi ko‘rgazmali kitoblari tayyorlandi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Surxondaryo viloyat rahbari Mengnor Ollomurod, Ishonch teleradiokompaniyasi rahbarlari A. Qodirov, “Surxon tongi”, “Termiz oqshomi”, “Janub vaqti”, “Yoshlar ovozi“ gazetalarning mas’ul muxbirlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Natijada markaz talabalarining she’rlari, qissa va hikoyalarini OAVda yoritish va maxsus kitoblarda nashr qilinishiga kelishib olindi. Markazning ayrim iqtidorli talabalari tomonidan o‘zbek adabiyoti va mutaxassislik fanlaridan


ZIYO MASKANI 2023 57 chop etilgan darslik hamda o‘quv qo‘llanmalarini o‘zbek tilidan fors (Afg‘onistondagi rasmiy til) tiliga tarjima qilindi. Shuningdek, markazimizda faoliyat olib borayotgan “Somon san’ati” to‘garagi rahbari Qayumova Sabinaning 2020-yil Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlanganligi bu markaz faoliyati uchun eng katta yutuqlardan biri ekanligini alohida ta’kidlash joiz. Shu bilan bir qatorda Markaz xodimlari hamda talabalari Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan turli xalqaro Afg‘oniston IRdan tashrif buyurgan rasmiy va savdo sanoat xodimlariga tarjimonlik qildilar. Talabalarni yuqori saviyada bilim olishlarini ta’minlash maqsadida Markazda axborot texnologiyalar xonasi va axborot resurs markazi tashkil etilgan bo‘lib, ushbu o‘quv xonalari zamonaviy kompyuterlar maxsus optiktolali internet tarmog‘i bilan ta’minlangan. Shuningdek, o‘quv jarayonidan so‘ng afg‘on yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etilgan. Xususan, mini futbol, stol tennisi, voleybol, basketbol sport to‘garaklari, kulolchilik, tikuvchilik, zargarlik, gilamdo‘zlik va somon ishi badiiy havaskorlik to‘garagi, kompyuter savodxonligi, ingliz va rus tili fan to‘garaklari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Markaz talabalari uchun viloyatimizdagi tarixiy obida va yodgorliklari hamda diqqatga sazovor joylariga haftaning har yakshanba kunlari ekskursiyalar tashkil etilmoqda. Shu kunga qadar talabalar “Kokildor ota”, “Qirqqiz”, “Sulton Saodat”, “At-Termiziy”, “Iso-Termiziy”, "Jarqo‘rg‘on minorasi", "Sangardak sharsharasi", “Termiz chinni zavodi”, “Surxon Silk” ipakchilik fabrikasi, “GDF” agrofirmasida, Arxeologiya muzeyida, viloyat axborot resurs markazida bo‘lib, yuqori taassurotlar bilan qaytishdi. O‘quv yili davomida talabalar orasida turli huquqbuzarliklar hamda jinoyatchilikni oldini olish maqsadida, Termiz tuman IIB hamda Sh. Rashidov MFY xodimlari hamkorligida "Giyohvandlik-asr vabosi", “Diniy ekstremizm”, “Odam savdosi” kabi mavzularida uchrashuvlar o‘tkazildi. 11-iyun kuni barcha 172 nafar talaba yozgi ta’til munosabati bilan doimiy yashash joylari, ya’ni Afg‘onistonning 20 ta viloyatiga maxsus reja asosida kuzatib qo‘yildi. Markazda o‘tkazilayotgan o‘quv va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda shonli sanalar va bayramlar muntazam ravishda respublika va jahon miqyosidagi OAVlarda hamda internet saytlarida, xususan Markazning www.uzaf.edu.uz hamda “UZAF Matbot xizmati” telegramm kanalida doimiy yoritib borilmoqda. (Amalga oshirilgan tadbirlar to‘g‘risida maxsus fotoalbom taqdim etiladi). Markaz jamoasining ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini yanada oshirishish maqsadida quyidagi tadbirlar o‘tkazildi:


ZIYO MASKANI 2023 58 2019-yil 6-sentabr kuni Markaz talabalari va ishchi-xodimlar o‘rtasida Mustaqilligimizning 28 yilligiga bag‘ishlab futbol musobaqasi tashkil etildi.


ZIYO MASKANI 2023 59 2019-yil 11-sentabrda Markazning “UZAF” jamoasi Toshkent shahrida tashkil etilgan OTMlar o‘rtasida o‘kazilgan “Quvnoqlar va zukkolar” telebellashuvining chorak final bosqichida munosib ishtirok etdilar. 2019-yil 10-15-sentabr sanasida Markaz hunarmandlari Muhtaram Prezidentimiz tomonidan tashkil etilgan “Qo‘qon xalqaro hunarmandchilik festivali” da faol ishtirok etdilar. 2019-yil 19-21-sentabrda Markazning iqtidorli talabalari 19-21-sentabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan «YUKSALISH» umummilliy harakati va Konrad Adenaur jamg‘armasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Raqamlashuv, iqtisodiyot, xavfsizlik va barqaror rivojlanish: Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi uchun istiqbollar” mavzusidagi yoshlar kongressida faol ishtirok etishdi. 2019-yil 21-22 sentabr kunlari viloyatimizda “Ochiq Janub xalqaro biznes Forum II” bo‘lib o‘tdi. Ushbu forumda Markaz xodimlari hamda 25 nafar iqtidorli talabalari Afg‘onistondan tashrif buyurgan rasmiy va savdo sanoat xodimlariga (rus, fors, pashtu, ingliz tillarida) tarjimonlik qildilar.


ZIYO MASKANI 2023 60 2019-yil-yil 15-oktabr sanasida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi Yer usti transport tizimlari va ularni ekspluatatsiya qilish yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar "Termiz lokomotiv deposi"da amaliy mashg‘ulotini o‘tadi. Ushbu darsda maxsus fan o‘qituvchisi R.Bozorov hamda temir yo‘l sohasining yetuk tajribali mutaxassislari tomonidan afg‘onistonlik bo‘lg‘usi injinerlarga "Temir yo‘l tizimlari hamda uning ekspluatatsiyasi" mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tildi. 2019-yil 18-oktabr kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ijrosini ta’minlash maqsadida, Termiz shahri 16- umumiy o‘rta ta’lim maktabi ma’muriyati hamda o‘quvchilari tashrif buyurib, sportning mini futbol turi bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi.


ZIYO MASKANI 2023 61 2019-yil 18-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I. U. Majidov Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdi. Tashrif davomida markazda yangi qurilib bitkazilgan talabalar turar joyi, ishlab chiqarish o‘quv ustaxonasi, kir yuvish xonasi, oshxona hamda obodonchilik ishlari bilan tanishib, tegishli ko‘rsatmalar berdi. 2019-yil 18-oktabr kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligiga bag‘ishlab Yer usti transport tizimlari va ularni ekspluatatsiya qilish yo‘nalishi talabalariga “Til-millat ko‘zgusi” nomli insholar tanlovi bo‘ib o‘tdi. 2019-yil 21-oktabr kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida 21-oktabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan markaz xodimlari o‘rtasida diktant tanlovi o‘tkazildi. 2019-yil 21-oktabr sanasida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi jamoasi va talabalari Alisher Navoiy poyiga gulchambar qo‘ydi. Hazrat Navoiyni yod etib g‘azal va ruboiylar o‘qildi. Tadbir viloyatning muhtasham san’at saroyida davom etdi. Talabalar O‘zbekiston 24 va STV telekanallariga intervyu berishdi. 2019-yil 24-oktabr sanasida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida “Saylov-2019”ga tayyorgarlik ishlari boshlandi. Markazda joylashgan 226-saylov uchastkasi raisi hamda barcha mas’ul xodimlarga tegishli va zarur bo‘lgan xonalar ajratildi.


ZIYO MASKANI 2023 62 2019-yil 25-oktabr sanasida Afg‘oniston fuqarolarini o‘kitish talim markazida "Biz yoshlar diniy ekstremizmga qarshimiz" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirni markaz direktori ochib berdi. Tadbirda Termiz tumani faol targ‘ibotchi vakillaridan Chori Kobilov, Eshbek Quvanov hamda Panji Berdimurodovlar ishtirok etdilar. Tadbirda Surxondaryo viloyatida istiqomat qilgan ayrim yoshlarning diniy ekstremizmga adashib kirib qolganliklarini aks etuvchi videorolik namoyish qilindi. 2019-yil 28-oktabr sanasida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi Yer usti transport tizimlari va ularni ekspluatatsiya qilish yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar navbatdagi amaliy mashg‘ulotni G‘alaba stansiyasida o‘tab keldilar. Ushbu darsda maxsus fan o‘qituvchisi R. Bozorov hamda temir yo‘l sohasining yetuk tajribali mutaxassislari tomonidan afg‘onistonlik bo‘lg‘usi injinerlarga amaliy mashg‘ulot o‘tildi.


ZIYO MASKANI 2023 63 2019-yil 29-oktabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Yuksalish umummilliy harakati boshqarma boshlig‘i, BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakili Saparov Sherzod Baxtiyorovich, Surxondaryo viloyati Yuksalish umummilliy harakati bosh mutaxassisi Isanov Sherzod Jumanazarovichlar "2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarga erishish yuzasidan jamoatchilik bilan maslahat" mavzusida seminar trening o‘tkazdi. 2019-yil 29-oktabr sanasida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi vakillari hamda Termiz tumani hokimligi ishtirokida tumandagi mavjud va o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida seminar bo‘lib o‘tdi.


ZIYO MASKANI 2023 64 2019-yil 5-noyabr kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida “O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi transchegaraviy savdoni rivojlantirish” bo‘yicha ishchi komissiyasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 2019-yil 5-noyabr sanasida O‘zbekiston hamda Afg‘oniston ishchi komissiyasining dastlabki majlisi davomida Surxondaryo viloyati hokimi tomonidan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga Isuzu rusumli avtobus tantanali ravishda topshirildi. 2019-yil-yil 8-noyabr sanasida Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga nomzodlarni saralash viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik-tanlovda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazidan somon san’ati to‘garak rahbarlar Sabina Kayumova hamda tikuvchilik, kashtachilik to‘garak rahbari O‘roltosh Xurramovalar ishtirok etib tanlovning Respublika bosqichiga qatnashish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.


ZIYO MASKANI 2023 65 2019-yil 9-noyabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Ushbu konsepsiyaning mazmun-mohiyati hamda Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish va o‘zaro tajribalar almashish maqsadida, Toshkent davlat Agrar universiteti Termiz filiali professor-o‘qituvchilari A.Shamanov, M.Quvonchiyeva hamda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi o‘qituvchi va talabalari bilan hamkorlikda “Oliy ta’lim 2030-Taraqqiyot sari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 2019-yil 13-noyabrda markazning tashkil topgan kuni munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi 2 yoshda!” nomli ma’naviyma’rifiy tadbir o‘tkazildi.


ZIYO MASKANI 2023 66 2019-yil 17-noyabrda “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan TerDUning Denov filiali direktori U.Ch.Eshqarayev, fakultet dekani M.Naimovlarning tashabbusi bilan “Chag‘oniyon” folklor-etnografik ansablining taqdimot konserti bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda markazning iqtidorli san’atsevar talabalari ham o‘z chiqishlari bilan Afg‘oniston milliy san’ati va madaniyatini namoyish etdilar. 2019-yil 17-noyabrda Termiz shahrida “Bir million daraxt” aksiyasiga start berildi. Shu munosabat bilan Termiz shahrida “Bir million daraxt” aksiyasi tadbiri tashkil etildi. Tadbirda viloyat hokimi To‘ra Bobolov, Yuksalish umummilliy harakati rahbari, barcha boshqarma, korxona va tashkilotlar, keng jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari hamda markaz xodimlari qatnashdilar. Tadbirga start berilgandan so‘ng viloyat hokimi tomonidan aksiya doirasida ilk ko‘chat ekish tadbiri boshlab berildi. Markaz jamoasi ham ushbu aksiyada munosib qatnashdilar. 2019-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzlaridan biri hisoblangan bayroq tasdiqlangan kun. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqaro munosabatlarda mamlakatimiz timsoli sifatida yuksaklarda hilpirab turadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi jamoasi O‘zbekiston bayrog‘i qabul qilingan kunni keng nishonladi.


ZIYO MASKANI 2023 67 2019-yil 20-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida tashkil etilgan aksiyada viloyat hokimligi, “Yuksalish” umummilliy harakati Surxondaryo viloyati bo‘limi, Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazining O‘zbekistondagi filiali, OAV, keng jamoatchilik vakillari, biologiya fani o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Viloyatimizda boshlangan ushbu aksiya o‘ziga xos iqlimga ega janubdagi vohani ko‘proq, yashil boyliklarga burkab, ekologik holatni yanada barqarorlashtirish va afg‘on shamoli nomi bilan tanilgan chang ko‘tarilishining oldini olishda muhim o‘rin tutadi. Aksiya davomida ishtirokchilar markaz hududiga 250 dan ziyod manzarali daraxt ko‘chatlarini ekdi. “Bir million daraxt” aksiyasining faol ishtirokchilariga “Yuksalish” umummilliy harakati Surxondaryo viloyati bo‘limi, Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazining O‘zbekistondagi filiali xodimlari tomonidan sertifikat va esdalik sovg‘alar topshirildi. 2019-yil 25-noyabrda Markazga navbatdagi 147 nafar afg‘onistonlik yoshlar tahsil olish uchun tashrif buyurishdi. Yoshlar tantanali tarzda Xayraton chegara postidan kutib olindi.


ZIYO MASKANI 2023 68 2019-yil 27-noyabr kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi ma’muriyati hamda talabalar o‘rtasida odob-axloq, ichki tartib qoidalari hamda kiyinish madaniyati mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida yangi qabul qilingan 147 nafar talabalar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Ushbu tibbiy ko‘rikda bevosita viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari jalb etildi. 2019-yil 1-dekabr sanasida markaz talabalari viloyatning madaniy va tarixiy obidalariga sayohatlarga olib borildi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi jamoasi va yaqinda markazga tashrif buyurgan 147 nafar talabalar Termiz tumanidagi Sulton Saodat hamda Al-Hakim At-Termiziy yodgorlik majmualarini ziyorat qilishdi. 2019-yil 4-dekabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga Afg‘oniston transport vazirligi huzuridagi temir yo‘llar agentligining rahbari Muhammad Yamo Shams hamda uning o‘rinbosari Ahmad Shafiq Urfoni janoblari tashrif buyurdi. 2019-yil 5-dekabrkuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Termiz tumanidagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus ijrosiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.


ZIYO MASKANI 2023 69 2019-yil 7-dekabr kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi muhtasham San’at saroyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan viloyat bayram tadbiri boshlandi. Ushbu bayram tadbirida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi jamoasi hamda afg‘onistonlik talabalarimiz faol ishtirok etdilar. 2019-yil 9-dekabr kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy, sport musobaqalari hamda maqolalar tanlovida g‘olib ustoz va talabalarimiz markaz ma’muriyati tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi. 2019-yil 10-dekabr sanasida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida Afg‘onistonning Termiz shahridagi Konsuli S.Sakandari janoblari hamda talaba-yoshlar o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.


ZIYO MASKANI 2023 70 2019-yil 10-dekabr sanasida Termiz shahrida 10 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan ma’naviyma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, harbiylar, sportchilar, shoir va yozuvchilar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashgan tantanali tadbirda afg‘onistonlik yoshlar ham faol ishtirok etdilar. Davlatimiz madhiyasi yosh-u keksa qalbiga ozod va obod Vatanimizdan g‘ururlanish tuyg‘usini in’om etayotganini hamda Vatanimizda davlat ramzlariga bo‘lgan yuksak e’tiborni ko‘rgan afg‘on-yoshlari tadbir davomida OAV ga o‘z fikrlarini bayon etib, intervyu berdilar. 2019-yil 12-dekabr sanasida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida o‘zbek xalqining atoqli farzandi, shoir, dramaturg va yirik olim Hamid Olimjon hamda Qirg‘iziston xalq yozuvchisi, akademik Chingiz Aytmatovlarning tavallud topgan kunlariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.


ZIYO MASKANI 2023 71 2019-yil 14-dekabr kuni Janub zukkolari telebellashuvining navbatdagi guruh bosqichida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining "UZAF" jamoasi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat universiteti Termiz filialining "Ziyo" jamoasi ustidan g‘alaba qozonib, guruh bahslarida o‘z yetakchiligini mustahkamlab oldi. 2019-yil 17-dekabr kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev tashrif buyurdi.


ZIYO MASKANI 2023 72 2019-yil 21-dekabr kuni Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Termiziylar merosiga e’tibor” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 2019-yil 24-dekabr kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ijrosini ta’minlash maqsadida, dunyoda yagona bo‘lgan “Baxshilar maktabi”dan Sherali baxshi ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida yosh iqtidorli baxshi tomonidan Alpomish hamda Go‘r o‘g‘li kabi dostonlardan termalar ijro etildi. 2019-yil 26-dekabr kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida “Biz ilmsevar yoshlarmiz!” mavzusida ma’naviyma’rifiy tadbir o‘tkazildi.


ZIYO MASKANI 2023 73 2019-yil 28-dekabr sanasida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida “Yangi yil archasi” bayram karnavali bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston ham ziyorat, ham sayohat maskani! 2020-yil 04-yanvar kuni qishki ta’tilni mazmunli o‘tkazish maqsadida, Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining har bir guruh kesimida kunlik ziyorat va sayohatlar tashkil etildi. 2020-yil 5-yanvar sanasida qishki ta’tilni mazmunli o‘tkazish maqsadida markazning har bir guruh kesimida kunlik Abu Iso at - Termiziy ziyoratgohiga, Arxeologiya muzeyiga va ishlab chiqarish korxonalari, Sherobod Yevro Med muassasalariga ziyorat va sayohatlar tashkil etildi.


ZIYO MASKANI 2023 74 2020-yil 5-yanvar sanasida qishki ta’tilni mazmunli o‘tkazish maqsadida markazning har bir guruh kesimida kunlik Abu Iso at - Termiziy ziyoratgohiga, Arxeologiya muzeyiga va ishlab chiqarish korxonalari, Sherobod Yevro Med muassasalariga ziyorat va sayohatlar tashkil etildi. 2020-yil 11-yanvar kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Milliy va belbog‘li kurash bo‘yicha Markaz birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi. G‘olib va sovrindorlarga estalik sovg‘alar va diplomlar berildi. 2020-yil 12-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Surxondaryo viloyat qo‘riqlash Boshqarmasi alohida bataloni hamda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi bilan hamkorlikda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni bayramiga bag‘ishlangan sportning mini-futbol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Markazning barcha guruhlari o‘zaro bellashib, g‘olib bo‘lgan 1-2-3-o‘rinni egallagan jamoalar esdalik sovg‘alar va medallar bilan taqdirlandi.


ZIYO MASKANI 2023 75 2020-yil 14-yanvar kuni Vatan himoyachilari kuni bayramida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyat Kengashi tashabbusi bilan Termiz shahridagi Yoshlar markazida “Vatanparvarlik-milliy yuksalish sari” shiori ostida Respublikamiz aholisining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilayotgan kasb egalari taklif etilib tadbir tashkil etildi. Tadbirni O‘zbekiston yoshlar Ittifoqi Surxondaryo viloyat Kengashi raisi Sh. M. Olimov ochib berdi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda 14-yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan soha vakillarini qutladi va harbiylarga esdalik sovg‘alari topshirdi. Shundan so‘ng, Termiz shahar madaniyat bo‘limi ijodiy jamoasi, viloyat Filarmoniyasi xonandalari, O‘zbekkonsert davlat muassasasi Surxondaryo viloyat bo‘limi estrada xonandalari va Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi bilan hamkorlikdagi konsert dasturi namoyish etildi. Ayniqsa, afg‘on yoshlari tomonidan ijro etilgan Ona monologi zobit hamda askarlarga juda manzur bo‘lib, talabalarimiz ularning e’tirof va olqishlariga sazovor bo‘ldilar. 2020-yil 14-yanvar sanasida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida “Vatanparvarlik - milliy yuksalish sari” shiori ostida markaz rahbariyati va jamoasi tashabbusi bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda “Balli yigitlar” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.


ZIYO MASKANI 2023 76 2020-yil 22-yanvar sanasida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida oliy ta’lim tizimida korrupsiya holatlari hamda ularni keltirib chiqarayotgan sabab va shartsharoitlar bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilish tafsilotlari hamda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan rahbar-xodimlar, bo‘lim boshliqlar hamda professoro‘qituvchilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. 2020-yil 24-yanvar sanasida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida Afg‘onistonning Termiz shahridagi bosh konsulining o‘rinbosari Muxtor Azimiy hamda markazda tahsil olayotgan talaba-yoshlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. BESH TASHABBUS AMALDA 2020-yil 27-yanvar sanasida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida Surxondaryo viloyat prokuraturasi, Termiz tuman hokimligi, tuman Xalq ta’limi bo‘limi tomonidan Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusi ijrosini ta’minlash maqsadida, ma’naviy-ma’rifiy hamda madaniy sport tadbirlari o‘tkazildi. 2020-yil 28-yanvar sanasida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati madaniyat xodimlaridan 2020-yil 30-sanasida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 82 yilligi keng nishonlandi. Ushbu tarixiy sana munosabati bilan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida “Siz doimo qalbimizdasiz!”


ZIYO MASKANI 2023 77 shiori ostida xotira-tadbir o‘tkazildi. “Shuxrat” medali sohiblari Muhammad baxshi va Safar baxshilari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. 2020-yil 7-fevral sanasida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi. 2020-yil 11-fevral sanasida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida Termiz tuman IIB hamda Sh.Rashidov MFY bilan hamkorlikda “Giyohvandlik - asr vabosi” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


ZIYO MASKANI 2023 78 2020-yil 14-fevral sanasida Buyuk shoh va shoir, olim Zahiriddin Muhammad Boburning 537 yilligi munosabati bilan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida ma’naviy-ma’rifiy hamda badiiy-adabiy kecha o‘tkazildi. 2020-yil 17-fevral sanasida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ijrosini ta’minlash maqsadida, ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari o‘tkazildi. Shuningdek, “Prokuror va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 2020-yil 01-mart sanasida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida buyuk o‘zbek shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan “Bahor keldi seni so‘roqlab” nomli adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.


ZIYO MASKANI 2023 79 2020 yil 6-mart sanasida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida tahsil olayotgan bir guruh o‘quvchi qizlar Termiz shahridagi 12- sonli "Mehribonlik uyi"ga tashrif buyurdilar. 2020-yil 7-mart sanasida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining to‘garak rahbari Sabina Qayumova uzoq yillik samarali hizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning o‘z qo‘llaridan “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti olish nasib qilganligi bu ikki davlat ravnaqi yo’lidagi hizmatlari uchun yuksak baho hisoblanadi. 2020-yil 7-mart sanasida 8 mart - Xalqaro Xotin qizlar kuni munosabati bilan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida "Sen baribir


ZIYO MASKANI 2023 80 muqaddassan – muqaddas ayol" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 2020-yil 14-mart kuni Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Respublikamiz miqyosida 14-15 mart kunlari "Obod yurt" umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hasharining birinchi kuni reja asosida markaz jamoasi bilan munosib o‘tkazildi. 2020-yil 14-mart sanasida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, uchinchi sektor rahbari, polkovnik Abduvohid Ismoilov Termiz tumani Amir Temur mahallasidagi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida qo‘shni davlatdan kelib o‘qiyotgan talabalar yoshlar bilan uchrashdi. 2020-yil 16-mart kunidan boshlab, hukumatimiz tomonidan “Covid-19” koronavirus pendemiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha ishlab chiqilgan choratadbirlari hamda Oliy ta’lim muassasalarida dars mashg‘ulotlari vaqtinchalik to‘xtatilib, ta’lim jarayonlari to‘liq “Onlayn” rejimiga o‘tkazilganligi munosabati bilan, yillik rejaga muvofiq amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar karantin qoidalariga rioya qilgan holda o‘tkazildi. Barcha guruhlarning o‘quv xonalari alohida maxsus internet tarmog‘iga ulandi. WiFi tarmog‘i, axborot resurs markazlarining faoliyatlari hamda TTJda alohida kompyuter xonalari qo‘shimcha elektron adabiyotlar bilan to‘liq ta’minlanib berildi. Talabalarning bo‘sh vaqtlarini yanada mazmunli o‘tkazish maqsadida, maxsus soha vakillari ajratilib turli yo‘nalishlar bo‘yicha maxsus videoroliklar, elektron ma’ruzalar tayyorlandi. Shuningdek, barcha akademik guruhlarning maxsus telegramm kanallari ochilib onlayn topshiriqlar berildi. Talabalarning til muomalasini yanada o‘stirish maqsadida markaz ATM kompyuterlariga 100 dan ortiq darsliklar hamda rus va o‘zbek tilidagi


ZIYO MASKANI 2023 81 kinofilmlar ko‘rsatildi. Shuningdek, markazdagi to‘garaklar faoliyati haqida 50 dan ortiq videoroliklar tayyorlandi. Talabalar ustozlarining amaliy yordamlari bilan ta’lim olish bilan bir qatorda sport, san’at turlari bo‘yicha o‘zlari o‘rgangan ishlarni amalda sinab ko‘rish baxtiga muyassar bo‘lishmoqda. Sohibqiron Amir Temurning “Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi bo‘lgan, azmi qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan afzaldir” degan hikmatli so‘zlaridan kelib chiqib, shuni ayta olamizki, hech shubhasiz Markazda ta’lim va tabiya olgan talabalar kelajakda ming-minglab Afg‘onistonlik yoshlarga ta’lim berish va tarbiyalashda o‘z iqtidorini amalda ko‘rsata oladi. Markazda ta’lim olayotgan yoshlarni mamlakatimizdagi tarixiy shaharlar va obidalar bilan yaqindan tanishish maqsadida maxsus ichki sayohat tashkil etildi. 2021-yil 16-martda Surxondaryo viloyatining Navro`z umumxalq bayram sayli bo`lib o`tdi. Ushbu tadbirda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi jamoasi hamda talaba-yoshlar ham o‘z ko‘rgazmalari va chiqishlari bilan qatnashib mehmonlarning e’tiborini o‘zlariga qaratdi. 2021-yil 24-aprel sanasida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi Kotibiyat bosh maslahatchisi Shotursunova Nodira Nasirovna, Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi Abdijabbarova Nazlimxan Abdijabbarovna, Bandlik va mehnat munosabatlari


ZIYO MASKANI 2023 82 vazirligi, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha vazir maslahatchisi Isakova Gullola Abdumalikovna, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qullab-quvatlash vazirligi, Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash boshqarmasi boshlig‘i Nurmatova Mukarram Axmedovna hamda Surxondaryo viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Mavluda Umarjonovna Qobulova tashrif buyurdilar. Mehmonlar dastlab, markaz faoliyati, dars jarayonlari, to‘garaklar faoliyati, kutubxona va o‘quv laboratoriyalar bilan yaqindan tanishdilar. 2021-yil 27-aprel sanasida Shoir Muhammad Yusuf tavalludining 67 yilligi munosabati bilan Afg`oniston fuqarolarini o`qitish ta`lim markazida “Yuraklardan joy olgan shoir” nomli adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. Tadbirni markaz direktori O.Ro‘ziyev shoirning qisqa va mazmunli hayoti, o‘ziga xos sodda va xalqchil ijodi yuragimizdan chuqur o‘rin olganligini ta’kidladi. Tadbir davomida Muhammad Yusuf qalamiga mansub ona yurtni, Vatanni, bag‘rikeng xalqimizni tarannum etuvchi she’rlari hamda ushbu she’rlarga bastalangan kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilar tomonidan ijro etildi. Adabiy-badiiy kechada faol ishtirok etgan talaba va o‘quvchilar markaz direktori tomonidan faxriy yorliq va kitoblar bilan taqdirlandi. Tinglovchilarning ilk ijodiy kechasi. 2021-yil 28-aprel sanasida yaqindagina Afg`oniston fuqarolarini o`qitish ta’lim markaziga tinglovchi sifatida tashrif buyurgan 41 nafar afg‘onistonlik yoshlar ishtirokida ilk adabiybadiiy kecha bo‘lib o‘tdi.


ZIYO MASKANI 2023 83 Ushbu kechani markaz direktori ochib, 5 oy davomida o‘zbek tilini o‘rganish uchun kelgan barcha tinglovchilarga ushbu tadbirni tashkil etganliklari uchun oldindan o‘z minnatdochiligini bildirib o‘tdi. Kecha davomida tinglovchilar o‘zbek, fors va pushtu tillarida ikki do‘st mamlakatlarimizning mushtarak tarixi, madaniyati hamda urf-odat va an`analari kabi mavzularga alohida to‘xtalib o‘tdilar. Shuningdek, tinglovchilar tomonidan ona – vatanni hamda tinchlikni madh etuvchi she’rlar hamda ushbu she’rlarga bastalangan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Adabiy-badiiy kechada faol ishtirok etgan tinglovchilarga kitoblar topshirildi. 2021-yil 4-may sanasida O‘zbek romanchiligining asoschisi, vatanparvar adib Abdulla Qodiriy xotirasiga ehtirom ko‘rsatish, milliy adabiyotimiz rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasini keng targ‘ib etish, Abdulla Qodiriy tavalludining 127 yilligiga bag‘ishlab hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha beshta muhim tashabbusi doirasida joriy yilning 3- may kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida teatr tomoshasi tashkil etildi. Tadbir yakunida teatr jamoasiga Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining maxsus esdalik sovg‘alari topshirildi.


ZIYO MASKANI 2023 84 Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida faoliyat olib borayotgan to‘garak rahbari O‘raltosh Xurramova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun "Tashabbus-2021" ko‘rik-tanlovining Surxondaryo viloyati bosqichida "Yilning eng yaxshi hunarmandi" yo‘nalishida g‘olib deb topildi va 2-darajali diplom bilan taqdirlandi. Afg‘oniston bilan iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash maqsadida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida Afg‘oniston va O‘zbekiston Respublikasi mas’ullari tomonidan tuzulgan kelishuvlarga asosan 41 nafar tinglovchilar “O‘zbek tili”ni o‘rganish o‘quv kursini hamda 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab Respublikamizdagi turli OTMlarining belgilangan bakalavr ta‘lim yo‘nalishlarida o‘qishni davom ettirishadi. 2021-yilning 7-aprel kuni Afg'onistondan 41 nafar tinglovchilar markazga yetib kelishdi va o‘qishni davom ettirishdi. Kurs tinglovchilari 2021-yilning 7-aprelidan 29-iyulga qadar Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida 540 soatga mo‘ljallangan “O‘zbek tili” kursini muvaffaqiyatli tamomlashdi. Tinglovchilar o‘qish davomida viloyatimizning diqqatga sazovor joylarga sayohatlar uyushtirishdi. Shuningdek, markaz va viloyat miqyosida o‘tkazilgan sport va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etishdi. Kurs davomida tinglovchilar “O‘zbekiston va uning diqqatga sazovor joylari”, “Afg‘onistonning viloyatlari”, “Men sevgan kasb” “Mening viloyatim”, ”Kitobdan yaxshiroq do‘st yo‘q”, “O‘zbekiston va Afg‘oniston do‘stligi” va boshqa ko‘plab mavzularda maqolalar, albomlar tayyorlashdi hamda Markaz saytlarida chiqishlar qilishdi.


ZIYO MASKANI 2023 85 Tadbirda Afg‘onistonning Surxondaryo viloyatidagi Bosh Konsuli Bismilloh Mangal janoblari, Markaz rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va bitiruvchi tinglovchilar o‘z fikrlarini, qisqa muddatda o‘zbek tilini o‘rganishning ahamiyati, yaratilgan sharoitlar bo‘yicha Muhtaram Prezidentimizga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar. 2021-yil 21-avgust kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hashari o‘tkazildi. Ushbu hasharda Markaz jamoasi uyushqoqlik bilan munosib ishtirok etib, markaz hududi, o‘quv bino hamda talabalar turar joylari kabi hudud va binolarda obodonlashtirish ishlarini olib bordilar. Qadring baland boʻlsin, ona tilim! 2021-yil 21-oktabr - Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazi tinglovchilari videochellendj tayyorlashdi.


ZIYO MASKANI 2023 86 O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyatida ham turli adabiy kechalar, davra suhbatlari, bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda. Termiz shahridagi A.Navoiy xiyobonida o‘tkazilgan bayram tadbirida viloyat hokimligi, ijodiy va jamoat tashkilotlari, ma’naviyat, ta’lim-tarbiya, san’at sohasi vakillari, talaba-yoshlar jam bo‘ldilar. Tantanali tadbir muhtasham San’at saroyida davom etdi. Ushbu tadbirda bir guruh afg‘onistonlik tinglovchilar ishtirok etishdi. 2021-yil 24-oktabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni munosabati bilan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazidagi 228-saylov uchastkasida davlat madhiyasi kuylangandan so‘ng ovoz berish jarayonlari boshlandi. Saylov uchastkasiga biriktirilgan aholi, yoshlar, o‘qituvchi va xodimlar Prezident saylovida uyushqoqlik bilan faol ishtirok etishdi. 2021-yil 12-noyabr kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Termiz tumanida joylashgan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazi hududida butasimon ko‘chatlar va boshqa turdagi manzarali daraxt qalamchalari va ko‘chatlarini ekish ishlari olib borildi.


ZIYO MASKANI 2023 87 Kelgusida ushbu ko‘chatlarni markazimizning barcha hududida ekish ishlari amalga oshiriladi. Usbu loyiha jarayoni O‘zbekiston 24 televideniyasi muxbirlari tomonidan tasvirga olindi. 2021-yil 13-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazi 4 yoshga to‘ldi.


ZIYO MASKANI 2023 88 2021-yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan bayrami kuni arafasida bir guruh viloyat faollari “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Ushbu tantanali marosimda viloyatning bir guruh vakillari qatorida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi direktori Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni hamda faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Termiz tumanidagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida tahsil olayotgan talaba-yoshlar “Xayraton” chegara-bojxona postida kutib olindi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligi munosabati bilan sportning futbol


ZIYO MASKANI 2023 89 turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Musobaqada markazning “UZAF” hamda Termiz tumani Sh.Rashidov MFYning uyushmagan yoshlari ishtirok etdi. O‘yin murosasiz va qiziqarli vaziyatlarga boy bo‘lib, yakuniy natijaga ko‘ra 7- 3 hisobida afg‘onistonlik yoshlar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Musobaqa yakunida ishtirokchilarga markaz faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alar topshirildi. 2021-07-dekabr sanasida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazida 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda markaz professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi. 2021-yil 10-dekabr kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazida 10-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining 29 yilligi munosabati bilan “Madhiya - istiqlol va milliy g‘urur timsoli” mavzusida ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari shu kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazining “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishi 3-bosqichda tahsil olayotgan Shekiba Samadining “Kitob insonning abadiy yoridir” hamda “Ijod zahmatli yo‘ldir” nomli kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.


ZIYO MASKANI 2023 90 Darhaqiqat, Kitob - hayot hikmatlarini o‘rgatuvchi javohirlar sandig‘i. U kishida ota-onaga mehr-muhabbat, el-yurtga yaqinlik, vatanga muhabbatni ongu shuurga singdiradi. Iqtidorli talabamiz Shekiba Samadining kelgusi o‘qish va ijodiga muvaffaqiyat hamda ulkan zafarlar tilaymiz. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sogʼliqni saqlash masalalari qoʼmitasi raisi Senator Odiljon Iminov Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida bo‘lib, markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdi.


ZIYO MASKANI 2023 91 2021-yil 29-dekabr sanasida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazida “YIL SARHISOBI” hamda “E‘TIROF-2021” tanlovi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda o‘tgan yil davomida markazning ilmiy, ma‘naviy ma‘rifiy, iqtisodiy va xalqaro aloqalar yo‘nalishlarida yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan bir guruh xodimlar markaz rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandilar. Shunungdek, yil davomida barcha fanlarni a‘lo baholarga o‘zlashtirgan va ma‘naviy-ma‘rifiy hamda sport tadbirlarida faol ishtirok etib kelgan talabalarga faxriy yorliq va kitoblar sovg‘a qilindi. Tadbirda barcha talabalar dastur asosida puxta tayyorgarlik ko‘rgan holda sahna ko‘rinishlari, kuy va qo‘shiqlar ijrosi hamda viktorina o‘yinlarida faol ishtirok etdilar. 2022-yil 14-yanvar kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida 14 yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 2022-yil 17-18-yanvar kunlari Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi talabalarini emlash tadbirlari o‘tkazildi. O‘zbekistonda aholini emlash bepul asosda o‘tkazilmoqda. Emlash COVID-19dan himoya qilishning eng ishonchli usuli va jamoaviy immunitetni shakllantirishning xavfsiz mexanizmidir.


ZIYO MASKANI 2023 92 2022-yil 29-yanvar sanasida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017-yil 25-yanvardagi qaroriga asosan Mustaqil O‘zbekistonning asoschisi, buyuk davlat arbobi, O‘zbekiston Qahramoni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tavallud topgan kuni munosabati bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida “Islom Karimov - mustaqil O‘zbekistonning asoschisi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda filolog, iqtisodchi, tarixchi olimlar, professor-o‘qituvchilar va markaz talaba yoshlari ishtirok etishdi. 2022-yil 07-fevral kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi.


ZIYO MASKANI 2023 93 2022-yil 13-fevral sanasida Buyuk shoh va shoir, olim Zahiriddin Muhammad Boburning 539 yillik tavallud kuni munosabati bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali hamda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi talabalari hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy hamda badiiyadabiy kecha o‘tkazildi. 2022-yil 21-fevral kuni “Xalqaro ona tili kuni” deb eʼlon qilinganligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zakovat intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risi”da 2022-yil 20- yanvardagi PQ-96 sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida, markazda Zakovat klubi tashkil etilib, “Turon”, “Balx”, “To‘maris”, “Registon” hamda “Navoiy izdoshlari” jamoalari o‘rtasida markaz bosqichi bellashuvi o‘tkazildi. Ushbu bellashuvda afg‘onistonlik yoshlar katta qiziqish bilan ishtirok etib, o‘z iqtidorlarini namoyon etdi. Bahor kuychisiga ehtirom! Xalqimiz bahor faslini shoira Zulfiya Isroilovaning tavallud topgan kuni bilan boshlashni ezgu anʼanaga aylantirgan. Zulfiya Isroilovaning tavalludi yurtimiz bo‘ylab katta adabiyot bayrami sifatida keng nishonlanishi sir emas. Shu munosabat bilan 2022-yil 28-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish taʼlim markazi hamda Termiz tumani 17-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabi


ZIYO MASKANI 2023 94 maʼmuriyati va iqtidorli o‘quvchilari va yosh ijodkorlar bilan hamkorlikda buyuk o‘zbek shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 107 yilligiga bag‘ishlangan “Bahor keldi seni soʼroqlab” nomli adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. Tadbirda markaz jamoasi, Termiz tumani maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i va xodimlari, mahalliy gazeta muxbirlari, Surxondaryo teleradiokompaniyasi vakillari va tuman targ‘ibotchi yetakchi yoshlari ishtirok etdi. 8 mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazida keng miqyosda nishonlandi. Barcha yo‘nalishlarda “Onalarga ta'zim”, “Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol”, “Ayol borki, olam munavvar” nomli bayram tadbirlari o‘tkazildi. O‘tkazilgan tadbirlarda markaz iqtidorli talabalari va san‘atkorlar tomonidan she‘r, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.


ZIYO MASKANI 2023 95 Bayram tadbirlari yakunida markazda faoliyat yuritib kelayotgan ayol-qizlar jamoasi hamda talaba-qizlarga esdalik sovg‘alari topshirildi va bayram dasturxoni tashkil etildi. 2022-yil 14-mart sanasida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazida “Sumalak sayli” yuqori saviyada o‘tkazildi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi jamoasi bu yilgi “Navroʻz” bayramiga har yilgidanda oʻzgacha tayyorgarlik koʻrdi. Markaz jamoasi va talabalari ishtirokida turli xalq va sport oʻyinlari, kuy-qo‘shiqlar ijrosi, ayniqsa, milliy qadriyatlarimizni aks ettirgan kulolchilik, kashtachilik, xattotlik kabi yo‘nalishlarda o‘z qo‘llari bilan yaratgan san’at asarlari bilan faol ishtirok etdi.


ZIYO MASKANI 2023 96 Talabalar turar joylarini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh a’zolari Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida bo‘ldi. 2022-yil 5-aprel sanasida “O'zbekiston-Afg'oniston” Do‘stlik jamiyati, TDSHU professor-o‘qituvchalari, talabalari hamda Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish ta‘lim markazi bilan hamkorlikda “Xushxolxon Xattak-afg‘on buyuk shoiri” mavzusida onlayn adabiy tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirni “Oʻzbekiston-Afgʻoniston” Doʻstlik jamiyati raisi A. Mannonov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Unda dariy va pashtu guruhi talabalari va afgʻonistonlik talabalar oʻz chiqishlari bilan ishtirok etishdi. 2022-yil 7-aprelda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi, Termiz tumani Yoshlar agentligi, tuman ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘linmasi Termiz davlat universiteti pedagogika institutining O‘zbekiston tarixi kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda buyuk davlat arbobi, islohotchi, adolat uchun tolmas kurashchi, ilm-fan va madaniyat rahnamosi Amir Temur tavalludining 686 yilligi munosabati bilan “Sohibqiron Amir Temurning saodatli umri” mavzusida ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 2022-yil 12-aprel sanasida Afg‘oniston fuqarolarni o‘qitish ta’lim markazi o‘zbek tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Dilfuza Niyozova tomonidan 302 - guruh talabalariga Termiz shahrida joylashgan O‘rta Osiyoda yagona hisoblangan Arxeologiya muzeyda adabiyot darsining noan’anaviy shakllaridan biri; adabiy ekskursiya-yangi innovatsion pedtexnologiya uslubidan foydalanib 1 soatlik noan’anaviy dars o‘tildi. Ushbu ko‘chma amaliy darslarni o‘tish jarayonida talabalarning mustaqil ijodiy tafakkuri va


ZIYO MASKANI 2023 97 qobiliyatini rivojlantirish hamda Alisher Navoiy yashab o‘tgan davrdagi moddiy-ma’naviy hayot haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishadi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish taʼlim markazida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish va kasbiy tayyorlash bo‘yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish” nomli yangi loyiha asosida qabul jarayonlariga start berildi. Mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistonda afg‘on yoshlariga, jumladan vaqtincha mamlakatimiz hududida yashab turgan 200 nafar yosh afg‘on fuqarolariga kasbiy taʼlim berish orqali ularni gumanitar jihatdan qo‘llab-quvvatlashdir. 2022-yil 7-8-may kunlari Surxondaryo viloyatining Boysun tumanining so‘lim Padang qishlog‘ida Boysun bahori xalqaro folklor festivali bo‘lib o‘tdi. Ushbu festivalda markaz jamoasi ham faol ishtirok etdi. 2022-yil15-may “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazi hamda Termiz muhandislik-texnologiya


ZIYO MASKANI 2023 98 instituti o‘qituvchi va talabalari bilan hamkorlikda ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir o‘tkazildi. 2022-yil 18 may - Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan tarix va bugunni bevosita bog‘lab turuvchi, insoniyatning ibtidosidan to bugungi kungacha tilsiz hikoya qiluvchi xotiralarni o‘zida asrab kelayotgan muzeylarimiz ekspozitsiyasi bilan tanishish maqsadida Termiz arxeologiya muzeyi hamda Surxondaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” ga Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazi talaba-yoshlari tashrif buyurdi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 301-guruh talabalari Toshkent shahri O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tashabbusi bilan Adiblar xiyobonida bunyod etilgan muhabbat kuychisi Muhammad Yusuf haykali oldida Toshkent madaniyat va san’at instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan do‘stona ijodiy suhbatda bo‘lishdi. Markazimiz talabalari Muhammad Yusuf ijodidan she’rlar o‘qib tahsinga sazovor bo‘lishdi. Bu ijodiy uchrashuv ikki oliygoh yoshlari qalbida chuqur iz qoldirdi. 2022-yil 12-iyunda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 302-303-guruh talabalari Toshkent davlat


ZIYO MASKANI 2023 99 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetiga 1 haftalik tanishuv amaliyotini o‘tash uchun mas’ul ustozlar hamrohligida jo‘nab ketishdi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 302-303-guruh talabalari darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida poytaxtning eng so‘lim go‘shalaridan biri Adiblar xiyoboniga tashrif buyurishdi. Markaz yoshlari eng birinchi Hazrat Navoiy haykalini ziyorat qilishdi hamda Toshkentning so‘lim go‘shalaridan biri Magic cityga sayohat qilishdi. 2022-yil 15-iyun kuni Alisher Navoiy nomli Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyot universiteti xorijlik talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Gulyamova Ozoda Shavkatovna va xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor professor Normuradova Nozliya Zarilovna va Afg‘oniston fuqarolarnii o‘qitish ta’lim markazi 302-303 guruh talabalari ishtirokida “Mening ta’ssurotlarim” shiori ostida ma’naviy – ma’rifiy tadbir uyushtirildi. 2022-yil 17- iyun kuni azim Toshkentdagi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining faollar zalida “Do‘stlik va birdamlik – ulug‘ qadriyat“ shiori ostida ma’naviy- ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 2022-yil 18-iyun sanasida Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi viloyat yoshlar festivalining ikkinchi kun tadbirlarida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi talabalari ham faol ishtirok etdilar.


ZIYO MASKANI 2023 100 2022-yil 19-iyun kuni 302-303-guruh talabalari Islom Karimov muzeyiga tashrif buyurib, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti ijodi va faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. 2022-yil 21-iyun Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida tahsil olayotgan 136 nafar talabalarga “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi” tashkiloti ko‘magida stipendiya pullari to‘lab berildi. O‘z o‘rnida barcha talabalarimiz homiylik va hamkorlik qilgan “UNDP” tashkilotiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib o‘tdilar. 2022-yil 30-avgust sanasida afg‘onistonlik ilk tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida hamkorlikda tashkil etilgan qisqa muddatli 3 oylik kurslarining “Tikuvchilik”, “Avtomobil transporti” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” (Web-dasturchi) yo‘nalishlarida tahsil olgan 37 nafar tinglovchiga ilk sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi. 2022-yil 4-sentabrda Markaz jamoasi salomatlik turizm maskanida bo‘lishdi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi jamoasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi bayrami munosabati bilan berilgan qisqa muddatli ta’til davomida Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanidagi Xoʻjaikon tabiiy tuz gʻori salomatlik maskanida sayohat tashkil etildi.


ZIYO MASKANI 2023 101 2022-yil 5-sentabr kuni Termiz shahar 19-sonli umumta’lim maktabida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi. 2022-yil 12-sentabr kuni Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz! “Madaniyat karvoni”ning konsert dasturlari Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida bo‘ldi. Poytaxtdan tashrif buyurgan bir guruh olim va shoirlar, qo‘shiqchi san’atkorlar, teatr va kino arboblaridan iborat “Madaniyat karvoni” Termiz tumanining Sharof Rashidov mahallasida joylashgan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida o‘zining madaniy-ma’rifiy konsert dasturlarini namoyish etdi. Respublikamiz bo‘ylab ko‘tarinki ruhda nishonlanayotgan 1-oktabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni Afgoniston fuqarolarini oqitish ta’lim markazida ham katta tantanalar bilan yuqori kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.


ZIYO MASKANI 2023 102 Bayram tantanalarida ta’lim sohasida uzoq yillar xizmat qilgan faxriy ustozlar bilan bir qatorda barcha professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirok etishdi. 2022-yil 5-oktabr kuni Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida Anor festivali bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimiz anor yetishtiruvchilari va soha mutaxassislari, Turkiya, Ozarbayjon, Janubiy Koreya, Afg‘oniston, Ukraina, Tojikiston davlatlari vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, ushbu festivalda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi rahbariyati va talabalar faol ishtirok etdilar. 2022-yil 18-19 oktabr kunlari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan yosh iste’dod egalarini kashf qilish, ularning badiiy qobiliyatini yanada rivojlantirish, ustoz-shogird an’analarini yo‘lga qo‘yish maqsadida Markaziy Osiyo yosh ijodkorlari Forumi o‘tkazildi. Mazkur Forumni o‘tkazish qardosh va qo‘shni xalqlar yosh ijodkorlari va bizning yosh iste’dod sohiblarini adabiy do‘stlik rishtalari bilan bog‘lashi tabiiy. Unda Qozog‘iston, Tojikiston, Afg‘oniston, Turkmaniston, Qirg‘iziston Respublikalaridan yosh ijodkorlar ishtirok etdi. Forumda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 30 nafar hamda Markaziy Osiyo davlatlaridan 11 nafar yosh ijodkorlar qatnashdi. Forum qatnashchilari Adiblar xiyobonida kutib olindi va Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qo‘yishdi. Unda Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyid bugungi adabiy islohotlar, yosh ijodkorlarga qaratilayotgan e’tibor haqida so‘zladi. Yoshlarga Alisher Navoiy g‘azallaridan o‘qib berdi. Ijodkor yoshlar Adiblar xiyoboni va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi


Click to View FlipBook Version