The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by Ilxom Jumayev, 2024-05-19 14:52:57

Ziyo maskani 23.02.2024(3) (2)

Ziyo maskani 23.02.2024(3) (2)

ZIYO MASKANI 2023 103 tarixiy muzeyini sayohat qilishdi. Ushbu forumda o‘zbek tili va adabiyot yo‘nalishi talabasi Shekibo Samadiy ham o‘z ijod namunalari bilan ishtirok etib, sertifikat hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. Qadring baland bo‘lsin, ona tilim! Surxondaryo viloyatida 21 oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni keng nishonlanmoqda. Viloyatning asosiy bayram tadbiri Termiz shahridagi Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish bilan boshlandi. Maydonda erta tongdan davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari, tilshunos olimlar, shoir va yozuvchilar, Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi hamda boshqa oliy, o‘rta


ZIYO MASKANI 2023 104 maxsus ta’lim va umumta’lim maktabi professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar, o‘quvchilar jamuljam bo‘ldi. 2022-yil 27-oktabr sanasida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi hamda Termiz tuman 17-umumiy o‘rta talim maktabi hamkorligida “Iqtidorli yoshlar bilan uchrashuv” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Sohibqiron Amir Temurning “Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi bo‘lgan, azmi qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan afzaldir” degan hikmatli so‘zlaridan kelib chiqib, shuni ayta olamizki, hech shubhasiz Markazda ta’lim va tabiya olgan talabalar kelajakda ming-minglab afg‘onistonlik yoshlarga ta’lim berish va tarbiyalashda o‘z iqtidorini amalda ko‘rsata oladi. Ezgu niyat asosida tashkil etilgan ushbu Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga Afg‘onistonning ijtimoiy - iqtisodiy, ta’lim, sport, san’at va boshqa sohalarini rivojlantirish maqsadida minglab fuqarolari kelib O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalaridagi yetakchi professor-


ZIYO MASKANI 2023 105 o‘qituvchilarning bilimlaridan bahramand bo‘lish orqali Afg‘onistonning taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shishiga ishonch bildiramiz. Buning uchun esa mamlakatimizda va markazda barcha sharoitlar yaratilgan. 31.08.2022 Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida hamkorlikda tashkil etilgan qisqa muddatli 3 oylik kurslarining “Tikuvchilik”, “Avtomobil transporti” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” (Web-dasturchi) yo‘nalishlarida tahsil olgan 37 nafar tinglovchiga ilk sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi. 1.09.2022.Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazi jamoasi uchun O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi bayrami munosabati bilan berilgan qisqa muddatli ta'til davomida Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanidagi Xoʻjaikon tabiiy tuz gʻori salomatlik maskanida sayohat tashkil etildi. 05.09.2022.Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida yangi o‘quv yili boshlanishiga bag‘ishlangan “Ÿangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir davomida markaz rahbariyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlangan mustaqillik darslari o‘tildi.


ZIYO MASKANI 2023 106 O‘z o‘rnida, afg‘onistonlik talaba va tinglovchilar ham soʻzga chiqishib, O‘zbekistonda tahsil olishidan baxtiyor ekanliklarini taʼkidlashdi. Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz! | “Madaniyat karvoni”ning konsert dasturlari Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida bo‘lib o‘tdi Poytaxtdan tashrif buyurgan bir guruh olim va shoirlar, qo‘shiqchi san’atkorlar, teatr va kino arboblaridan iborat “Madaniyat karvoni” Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida o‘zining madaniy-ma’rifiy konsert dasturlarini namoyish etdi. 12.09.2022 Shoirlar o‘zlarining she’rlari bilan, san’atkorlar esa jonli ijrolari bilan, so‘z ustalari esa hazillarga boy hangomalari bilan tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat va quvonchli lahzalarni ulashishdi. Estardamizning umidli xonandalari tomonidan ijro etilgan sho‘x kuyqo‘shiqlar o‘yin-kulgularga va raqslarga ulandi. 5.09.2022.Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida bo‘ldi Uchrashuv avvalida, vazir A.Toshqulov markaz talabalari bilan ko‘rishib, ular bilan samimiy suhbat qurdi. Uchrashuv davomida afg‘onistonlik talabayoshlar mamlakatimizda tahsil olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlardan mamnun ekanliklari va kelgusida ushbu imkoniyatlardan unumli foydalangan


ZIYO MASKANI 2023 107 holda yetuk mutaxassislar bo‘lib, o‘z vatanlari Afg‘onistonning istiqboli uchun xizmat qilishdek burchni maqsad qilganliklarini ta’kidladilar. Uchrashuv davomida vazir markazning o‘quv-uslubiy va moddiy-texnik bazasini yanada rivojlantirish, uning faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi. 22.09.2022.Ishchi guruhning navbatdagi manzili Termiz tumanidagi Afg‘on fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi bo‘ldi. Unda ta’lim olayotgan Afg‘on xotin-qishlarining ta’lim olish shart-sharoitlari hamda ularning darsdan keyingi bo‘sh vaqtlarida kasb-hunarga o‘rgatilish holatlari ta’lim-tarbiya jarayonlari bilan yaqindan tanishildi. 25.09.2022.Markazimiz direktori O.Ro‘ziyev, o‘qituvchilar S.To'rayeva va D.Niyozovalarning "Tashabbuskor islohotchi” Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik tanloviga taqdim


ZIYO MASKANI 2023 108 etilgan ilmiy ishlari ilmiy kengash tomonidan ko‘rib chiqilib, bir ovozdan ma’qullandi. Bugun yer yuzining sayqali bo'lgan Samarqand shahrida ushbu hamkasblarimizga “Tashabbuskor islohotchi” esdalik nishoni hamda esdalik nishon belgisi, guvohnoma, sertifikat, diplom, tashakkurnoma (electron holatda) hamda qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi. 30.09.2022. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta'lim markaziga Germaniyaning “GIZ” tashkilotidan Dr.Helen Prytherch, Farida Nurmabetova hamda Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakillari tashrif buyurishdi. Ushbu tashrifdan asosiy maqsad, Surxondaryo viloyatida simulyatsion markaz qurilishi boʻyicha muzokaralarning 2- bosqichi olib borishdir. Mehmonlar dastlab markaz faoliyati bilan tanishdilar. Shuningdek, tashrif davomida markaz bazasida "GIZ" tashkiloti homiyligida qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish va markaz moddiy texnik bazasini yaxshilash borasida muzokaralar olib borildi. 05.10.2022. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi "Agrobizn es" va "Turizm" yo´nalishida tahsil olayotgan tinglovchilar Sherobod tumanida joylashgan Abu Iso at-Termiziy yodgorlik majmualarini ziyorat ilishdi.Afg‘onistonlik yoshlar ushbu ziyorat davomida dinimiz, tariximiz, madaniyatimiz, urf-odatlarimiz mushtarakligiga yana bir bor amin bo‘lib, ushbu ziyoratdan juda ijobiy ta’surot hamda ma’naviy ozuqa olganliklarini ta’kidlab o‘tdilar.


ZIYO MASKANI 2023 109 5 TA MUHIM TAShABBUS 06.10.2022. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ijrosini ta’minlash maqsadida, Termiz tuman hokimligi bilan hamkorlikda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida sportning voleybol, shaxmat, shashka turlari bo‘yicha "Direktor kubogi" musobaqalari o‘tkazildi. Ushbu musobaqalarda tuman MFYlaridan uyushmagan ayol-qizlar ishtirok etishdi. O‘tkazilgan musobaqalar davomida faol ishtirok etgan hamda g‘olib bo‘lgan ishtirokchi va jamoalarga markaz direktorining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi. 17.10.2022.Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tashkil etilgan “O‘zbek tili va adabiyoti” fanidan o‘tkazilgan Xalqaro fan olimpiadasida yakuniy xulosaga ko‘ra ekspertlar guruhi bir ovozdan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi Shekiba Samadini faxrli 1-o‘ringa munosib deb topdilar. 21 oktabr – O‘zbek tiliga davlat maqomi berilganligining 33 yilligi munosabati bilan Afgoniston fuqarolarini o'qitish talim markazida o‘tkazilgan “Til-millat ko‘zgusi” mavzusidagi onlayn insholar tanlovida faxrli o'rinlarni egallagan talabalar taqdirlandi.


ZIYO MASKANI 2023 110 “O‘zbek-tilim-iftixorim!"” Afgoniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi o‘qituvchilari Respublika filologlari kanalida 21 oktyabr – O‘zbek tiliga davlat maqomi berilganligining 33 yilligi munosabati bilan “O‘zbek tilim – iftixorim” mavzusidagi maqolalar tanlovida qatnashib Oliy darajali diplom bilan taqdirlandilar. SUD-HUQUQ ISLOHOTLARINING YANGI BOSQICHI 24.10.2022. Jamiyat taraqqiyoti qonun ustuvorligi va sud hokimiyatining mustaqilligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida Termiz shahar iqtisodiy sudi raisi D. Jumayev hamda huquqshunos A. Qilichev ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazi o'zbek tili va adabiyot fani o'qituvchisi Xadicha Eshpulatovaning O‘zbek tili bayramining 33 yilligiga bag‘ishlangan “Bebaho boylik” nomli maqolasi O‘zbekiston adabiyoti va san’ati gazetasining 39-sonida hamda “Afg‘onistonda o‘zbek tiliga e’tibor” nomli maqolasi Ma’rifat gazetasininng 41-sonida e’lon qilindi. 11 NOYABR – KASABA UYUSHMALARI KUNI Ushbu sana oldidan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida viloyat kasaba uyushmasi rahbariyati bilan hamkorlikda uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida: kasaba uyushmasi – fuqarolarning mehnat faoliyati yoki o‘qish turi bo‘yicha umumiy manfaatlar bog‘lab turadigan ixtiyoriy jamoatchilik


ZIYO MASKANI 2023 111 birlashmasidir. Kasaba uyushmalari maqsadi – o‘z a’zolarining mehnat hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini yoqlab chiqish va himoya qilish. Prezident tashabbusi amalda: Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida “Yashil makon” umummilliy loyihasi davom etmoqda Davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 11 oktabr kuni mahallalarni obod qilish va aholini o‘ylantirayotgan masalalarni hal etish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida hududlarni ko‘kalamzorlashtirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bu yil yakunigacha markazda 300 dona, kelgusi yil bahor oylarida yana 250 dona mevali va manzarali ko‘chatlar ekish vazifasi qo‘yildi. O‘tgan yilgi tajribadan kelib chiqib ta’lim markazida 20 oktabrdan 1 dekabrgacha ko‘chat ekish bo‘yicha “Dolzarb 40 kunlik” e’lon qilindi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida “Yashil makon” umummilliy loyihasi davom etmoqda. Markazning Agrobiznes yo‘nalishida tahsil olayotgan tinglovchilar uchun markaz hududidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida maxsus yer uchastkasi ajratildi.Ushbu maydonda tinglovchilarimiz yangi ko‘chat va ekin turlarini ekish va amaliy tajribalar o‘tkazish maqsadida foydalanadilar. MUZEYLAR - TARIXIMIZ KO‘ZGUSI 04.10.2022.Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida “Surxondaryo viloyatining zamonaviy turizm faoliyatida Termiz arxeologiya muzeyining o‘rni” mavzusiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Muzey rahbariyati va ilmiy xodimlari ishtirokida “Zamonaviy turizm


ZIYO MASKANI 2023 112 07.11.2022 Afg‘oniston chegarasida Termiz xalqaro savdo markazi ochildi. Hududga press-tur tashkil etildi. 16.11.2022.“Yuksalish” umummilliy harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida afg‘on talabayoshlar bilan “Tinchlik va hamjihatlik - bebaho boylik” mavzusida seminar tashkil etildi. 18.11.2022.Yagi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin! 18 noyabr - O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun Bayrog‘imiz o‘zida butun O‘zbekiston xalqining asriy orzu-istaklari, g‘ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo‘stlikni mujassam etgan. Bayroq - hurlik, ezgulik, tinchlik, millatning buyuklik timsolidir. Shu sabab ham har yurtning o‘g‘il - qizlari, dunyo xalqlari o‘z bayroqlarini muqaddas ramz sifatida qadrlaydi va uni asrab avaylaydi. O‘zbekiston bayrog‘i - barchamiz uchun qadri baland, yuksak hurmat va e’zozga munosib davlatimiz ramzidir. Yurtning har bir fuqarosi Xalqaro yutuqlarni qo‘lga kiritganda, bayroqni boshi uzra ko‘tarib, o‘z mehr muhabbatini izhor etadi. Bayrog‘imiz qabul qilingan kunga bugun 31 yil bo‘ldi


ZIYO MASKANI 2023 113 23.11.2022. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida O‘zbekiston Respublikasi Yashil makon umummilliy loyihasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, BMT Taraqqiyot dasturi va BMT Qochqinlar bo‘yicha oliy komissarligi qo‘shma loyihasi doirasida 2022 yilning noyabr-dekabr oylarida daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlari o‘tkazilmoqda. Bu aksiya Surxondaryo viloyatining Termiz shahri, Termiz va Jarqo'rg‘on tumanlarida amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati xududida vaqtincha istiqomat qilayotgan Afg‘oniston fuqarolarini daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlarini sifatli tashkil etish maqsadida Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti mutaxassislari ishtirokida navbatdagi amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. 2022 yil 23 noyabr kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga, BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligining Toshkentdagi bosh maslahatchisi F.Remus, ushbu boshqarmaning Termizdagi vakili Anatoliy Shcherbyna “O‘zbekiston Respublikasi “Yashil Makon” tashabbusini amalga oshirishni qo'llab-quvvatlash bo'yicha Bosh rejalashtirish va innovatsion moliyaviy yechimlar” loyihasi Surxondaryo viloyatdagi kardinatorlari B.Ro‘ziyev, Zulfuqor Jumayev va loyihada ishtirok etuvchi Surxondaryoda yashovchi Afg‘on fuqarolari tashrif buyurdilar hamda Markaz rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdilar. - Surxondaryo viloyatining qum va chang bo‘ronlariga chidamliligini oshirish; - Quyi va O‘rta Surxon zonalarida 4 ta tumanlar hududida eroziyaga qarshi plantatsiyalar va o‘rmon hosil qiluvchi turlardan foydalangan holda jami 100 gektar maydonda 250 ming tup daraxt ekiladi; - 1000 dan ortiq benefitsiarlar daraxtlar ekish, sug‘orish, parvarishlash bilan shug‘ullanadi, jumladan, O‘zbekistondagi Afg‘oniston fuqarolari, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari; - loyiha doirasida o‘quv amallarini belgilash bilan benefitsiarlarda daraxtlar ekish, sug‘orish, parvarishlash ko‘nikmalarini hosil qilinadi.


ZIYO MASKANI 2023 114 O‘z navbatida delegatsiya rahbari, Afg‘oniston fuqarolarini ko‘chat ekish ishlariga faol ishtirok etishlarini ta’kidlab, ushba jarayonlar ular tomonidan loyihani amalga oshirishda ulkan hissa qo‘shishlari va moliyaviy holatlarini yaxshilashlariga zamin yaratishini aytib o‘tdi. Uchrashuv so‘ngida, F.Remus yig‘ilish qatnishchilari bilan birgalikada, mutaxassislar ko‘magida Markaz hududida ko‘chat ekish bo‘yicha master klassda. ishtirok etdi 2022 yil 23 noyabr kuni BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligining Toshkentdagi bosh maslahatchisi F.Remus, ushbu boshqarmaning Termizdagi vakili Anatoliy Shcherbyna “O'zbekiston Respublikasi“Yashil Makon”umummilliy loyihasi tashabbusini amalga oshirishni qo'llab-quvvatlash bo'yicha Bosh rejalashtirish va innovatsion moliyaviy yechimlar” loyihasi Surxondaryo viloyatdagi kardinatorlari B.Ro‘ziyev,Z.JumayevlarTermiztumani"Yangi xayot" mahallasi hududida jami 1800 tup daraxt ko‘chatlari ekish uchun ajratilgan maydonda olib borilayotgan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishib o‘tdi. 2022 yil 23 noyabr kuni BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligining Toshkentdagi bosh maslahatchisi F.Remus, ushbu boshqarmaning Termizdagi vakili Anatoliy Shcherbyna “O'zbekiston Respublikasi “Yashil Makon” umummilliy loyihasi tashabbusini amalga oshirishni qo'llab-quvvatlash bo‘yicha Bosh rejalashtirish va innovatsion moliyaviy yechimlar” loyihasi Surxondaryo viloyatdagi kardinatorlari B.Ro‘ziyev, Z.Jumayevlar Jarqurg‘on tumani "Qora yantoq" mahallasi hududida jami 290 ming tup saksovul va daraxt ko‘chatlari ekish uchun ajratilgan yer maydonida olib borilayotgan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishib o‘tdi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida ota-onalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Dastlab, ota-onalar markaz faoliyati va bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shundan so‘ng, ota-onalar va markaz ma’muriyati bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida mehmonlar o‘z fikrlarini bildirar ekanlar," O‘zbekiston asrlar davomida mamlakatimizning eng yaqin qo‘shnilaridan biri, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari, diniy e’tiqod, urfodatlar bog‘lab turadigan o‘lka bo‘lib kelgan. O‘zbek va afg‘on xalqlari o‘zaro birodardir hamda bu uzoq tarixdan buyon o‘z isbotini topib kelmoqda. Samarali hamkorlikni amalga oshirishda madaniy-gumanitar soha ham muhim rol o‘ynaydi. Xalqlarimiz o‘rtasidagi asrlarga tatiydigan aloqalar madaniyatlararo rishtalarda ham o‘z ifodasini topgan.


ZIYO MASKANI 2023 115 Afg‘oniston hududida bugun o‘zbek millatiga mansub 4 milliondan ko‘proq aholi istiqomat qilayotgani o‘zaro hamkorlikka ijobiy ta’sir o‘tkazmoqda. Ayniqsa ta’lim sohasi o‘zaro hamkorlikning ustuvor jihatidan bo‘lib qolmoqda. 2018 yil yanvar oyida Termiz shahrida sizu biz guvohi bo‘lib turgan afg‘on fuqarolarini o‘qitishga ixtisoslashtirilgan ta’lim markazining ochilishi buning yorqin ifodasidir. U Afg‘oniston uchun o‘zbek tili, temir yo‘l hamda qisqa muddatli kurslar tashkil etilganligini, quvonarlisi ushbu talaba va tinglovchilar orasida farzandlarimiz tahsil olyotganligini quvonch bilan ta’kidlashimiz lozim. O‘zbekiston hamisha do‘st afg‘on xalqiga yordam qo‘lini cho‘zadi va biz bundan juda mamnunmiz. Shuning uchun ham barchamiz O‘zbekistonni ikkinchi vatanimiz deb bilamiz" deya ta’kidlab o‘tdilar. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga Surxondaryo viloyati mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, senator Orziqul Soatov boshchiligida viloyat faollaridan iborat mehmonlar tashrif buyurib, markaz faoliyati va bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. 25.11.2022. YASHIL-MAKON 2022 BMTTD, UNICEF va Birlashgan Millatlar Tashkilotining QBOK boshqarmasi (UNHCR) hamkorlikda “Yashil Makon” umummilliy loyihasi tashabbusini amalga oshirishni qo'llabquvvatlash bo'yicha rejalashtirish va innovatsion moliyaviy yechimlar” loyihasi ijrosini ta'minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati Termiz tumani "Yangi hayot" mahallasi hududida markaz jamoasi hamda Afg‘onistonlik va O‘zbekistonlik ko‘ngilli-xasharchilar ishtirokida jami 1800 tup daraxt ko‘chatlarini ekish ishlariga start berildi.


ZIYO MASKANI 2023 116 28.11.2022.Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tashkil etilgan “O‘zbek tili va adabiyoti” fanidan o‘tkazilgan Xalqaro fan olimpiadasida yakuniy xulosaga ko‘ra ekspertlar guruhi bir ovozdan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining "O‘zbek tili va adabiyoti" yo‘nalishi talabasi Shekibo Samadini faxrli 1-o‘ringa munosib deb topdilar. 29.11.2022.Xotin-qizlar masalalarini o‘rganish bo‘yicha Senat ishchi guruhi tomonidan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida seminar-trenning o‘tkazilmoqda Joriy yilning 21 sentabrida Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, ishsiz xotinqizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va xotin-qizlar faoliyat yuritadigan hunarmandchilik turlariga ixtisoslashgan klasterlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holatini o‘rganish maqsadida Oliy Majlis Senatining ishchi guruhi Surxondaryo viloyati Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida bo‘lgan edi. Ushbu tashrif davomida markaz rahbariyati tomonidan afg‘onistonlik ayolqizlar hamda ishchi xodimlar uchun bir xaftalik seminar-trenning o‘tkazib berishda, va ushbu seminar trenningda faol ishtirok etgan ayol-qizlar kelgusida o‘zlarini band qilish hamda qo‘shimcha daromadga ega bo‘lishlari masalalari yuzasidan taklif bilan murojaat qilgan edi. Yuqorida bildirilgan takliflarni ijrosini ta’minlash maqsadida, Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga Oliy Majlis Senatining Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda gender tenglik masalalari bo‘limi mudiri, Nodira Shotursunova boshchiligida ishchi guruh va malakali trenerlar tashrif buyurdilar. Tashrif davomida mehmonlar dastlab, markaz faoliyati bilan tanishib o‘tdilar. Shundan so‘ng markaz negizida xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, hunarmandchilik klasterlarida xotin-qizlarni band qilish maqsadida, "Tikuvchilik","Gilamdo‘zlik","Kashtachilik", "Oshpazlik" va "Zargarlik" kabi yo‘nalishlar bo‘yicha 1 xaftalik kurslarga start berildi.


ZIYO MASKANI 2023 117 Ushbu kurslarda 7 nafar afg‘onistonlik hamda 8 nafar o‘zbekistonlik xotinqizlar ishtirok etmoqdalar. BMTTD, UNECE, Birlashgan Millatlar Tashkilotining QBOK boshqarmasi (UNHCR) hamda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi bilan hamkorlikda “Ÿashil Makon” umummilliy loyihasi tashabbusini amalga oshirish maqsadida, viloyatning Termiz shahri, Termiz, Jarqo‘rg‘on va Sherobod tumani hududlarini ko‘kalamzorlashtirish uchun barcha kerarli uskunalar, ish qurollari, ko‘chat va o‘g‘itlar etkazib berish ishlari davom etmoqda. Eslatib o‘tamiz, ushbu loyiha davomida markaz xodimlari hamda afg‘onistonlik va o‘zbekistonlik ko‘ngilli-xasharchilar ishtirokida jami 290 ming tup saksovul va daraxt ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan. 30.11.2022.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev, BMTning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili va Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish missiyasi rahbari Roza Otunbaeva hamda BMTning mamlakatimizdagi doimiy koordinatori Munir Mamedzade


ZIYO MASKANI 2023 118 boshchiligidagi delegatsiya Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar dastlab markazda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, afg‘onistonlik tinglovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Afg‘oniston hukumati va vazirlik idoralari bilan hamkorlikda, ularning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, afg‘onistonlik yoshlarni tibbiyot, transport-logistika va ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda markazga o‘qishga jalb qilish ishlariga ko‘maklashishlikda amaliy yordam berishlari ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, mehmonlar yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan “O‘zbek tili va adabiyoti” fanidan o‘tkazilgan Xalqaro fan olimpiadasida markazning "O‘zbek tili va adabiyoti" yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Shekibo Samadi fahrli 1-o‘rinni egallaganligi bilan tabriklab, kelgusi o‘qishlariga zafarlar tabriklab o‘tdilar. “Yashil makon” – Ona tabiatimizni asrashga o‘z hissangizni qo‘shing! BMTning taraqqiyot dasturi, UNECE, BMT qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi, Ekologiya davlat qo‘mitasi hamda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi bilan hamkorlikda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Surxondaryo viloyatining Termiz shahri va Termiz, Jarqo‘rg‘on, Sherobod tumanlari hududlarida jami 100 gektar maydonda


ZIYO MASKANI 2023 119 “Yashil makon” - Ona tabiatimizni asrashga o‘z hissangizni qo‘shing!” shiori ostida 290 ming tup saksovul hamda turli manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari amalga oshirilmoqda. Tadbirda tumandagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi xodimlari hamda afg‘onistonlik ko‘ngillilar ishtirok etishdi. Termiz texnologiya-muxandislik institutda "Fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasi asosida muhandislik-texnologiya sohasini rivojlantirish istiqbollari" mavzusida xalqaro talabalar anjumani bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjumanda markaz professor-o‘qituvchilari hamda afg‘onistonlik talaba yoshlar o‘zlarining ilmiy ma’ruzalari bilan faol ishtirok etdilar. Bugun BMTning taraqqiyot dasturi, UNECE, Ekologiya davlat qo‘mitasi, O‘rmon xujaligi davlat kumitasi xuzuridagi Yashil xudud davlat unitar korxonasi ekspertlari, hamda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi bilan hamkorlikda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Termiz shahri "Pattakesar" mahallasida ajratilgan hududda jami 780 tup turli manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekish tadbirlari davom ettirildi. Tadbirda shahardagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi xodimlari hamda afg‘onistonlik ko‘ngillilar ishtirok etishdi. 04.12.2022 Toshkent shahrining UzExpoCenter 3- pavilonida «CRAFT FAIR UZBEKISTAN» xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda Tadbirda respublikamizning barcha hududlaridan 150 nafarga yaqin mahalliy hamda Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston kabi 10 ga yaqin xorijiy mamlakatlardan hunarmandlar ishtirok etmoqda. Seminar ishtirokchilari rag‘batlantirildi


ZIYO MASKANI 2023 120 Joriy yilning 28-noyabr va 2-dekabr kunlari Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, ishsiz xotinqizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va xotin-qizlar faoliyat yuritadigan hunarmandchilik turlariga ixtisoslashgan klasterlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida "Termizda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish" shiori ostida trening o‘tkazildi. ❇️Oliy Majlis Senatining Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda gender tenglik masalalari bo‘limi mudiri, Nodira Shotursunova boshchiligida malakali trenerlar ishtirokida o‘tkazilgan treningda "Tikuvchilik", "Gilamdo‘zlik", "Kashtachilik", "Oshpazlik" va "Zargarlik" kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazilgan kurslarda 7 nafar afg‘onistonlik hamda 8 nafar o‘zbekistonlik xotin-qizlar ishtirok etdilar. ✅Trening yakunida barcha ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi. 05.12.2022 Afg‘onistonlik talabalar kutib olindi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Termiz tumanidagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida tahsil olayotgan yigit-qizlar “Xayraton” chegara-bojxona postida kutib olindi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. O‘zbekiston qo‘shni davlatdagi vaziyatni siyosiy yo‘l bilan hal etish, tinchlikni ta’minlash, barqarorlikni tiklash, iqtisodiyot, fan, madaniyat va boshqa sohalarni tiklash tarafdori bo‘lib kelmoqda. Davlatimiz rahbarining afg‘on xalqi o‘z taqdirini mustaqil, tinch yo‘l bilan hal etish masalasini xalqaro miqyosda ko‘tarib kelayotgani ham bunga yaqqol dalildir. Mamlakatimiz ko‘magi bilan Afg‘onistonni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha sezilarli ishlar amalga oshirilayotir.


ZIYO MASKANI 2023 121 Prezidentimiz g‘oyasi asosida Termiz tumanida tashkil etilgan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi qisqa vaqtda dunyoda muqobili yo‘q ma’rifat muassasasiga aylandi. Zamonaviy usulda jihozlangan o‘quv maskanida afg‘onistonlik yoshlar 19 ta oliy va 20 ga yaqin o‘rta maxsus ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lib ulg‘ayishi mumkin. Ayni paytda o‘quv dargohida yaqin qo‘shni davlatning 20 ta viloyatidan 111 nafar afg‘on yigit-qizlari temir yo‘l transporti hamda o‘zbek tili va adabiyoti kabi yo‘nalishlarda ta’lim olib, fan sirlarini chuqur o‘zlashtirmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va "Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi" (UNDP) hamda Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda tashkil etilgan qisqa muddatli kurslarda afg‘onistonlik yoshlar tahsil olmoqdalar. Chegarada kutib olingan talabalar markaz talabalar turar joylariga joylashtirildi. Ta’lim markazi binolari o‘quv mashg‘ulotlarini boshlash uchun taxt qilib qo‘yildi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda markaz professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi. Tadbirda konstitutsiyamizning yaratilish tarixi, O‘zbekiston xalqining xohish istagi orzu intilishlari to‘liq qaror topganligi, qomusimizning xalqchilligi, inson huquqlari va erkinliklari va xalqaro huquq normalariga mosligi haqida atroflicha ma’lumot berib o‘tdilar. Tadbir davomida talabalar ham o‘z fikrmulohazalarini bildirdilar. Tadbir so‘ngida faol ishtirok etgan talabalarga kitoblar sovg‘a qilindi. 10.12.2022 Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida 10-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining 30 yilligi munosabati bilan “Madhiya - istiqlol va milliy g‘urur timsoli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda markaz direktori, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi. Davlatimiz madhiyasi qudratli kuchga ega. Ona Vatanini sevgan, o‘zi tug‘ilib o‘sgan


ZIYO MASKANI 2023 122 yurtga daxldor deb bilgan har bir kishi uning qudratini his qilishi shubhasiz. Xalqaro maydonlarda yurt sha’ni uchun maydonga chiqqan har bir insonning hayolida Ona Vatan bayrog‘ini baland ko‘tarish, madhiyasini baralla yangratish orzusi bo'lishi tabiiy. Barchangizga yurt bayrog'larini yuksaklarga ko'tarish va har doim madhiyalar yangrashini eshitish nasib qilishligini tilab qolaman, deb ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, tadbirda markaz professor-o‘qituvchilari so‘zga chiqib, madhiyamizning yaratilish tarixi haqida atroflicha ma’lumot berib o‘tdilar. 11.12.2022 Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta'lim markazi o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Eshpulatova Xadicha Muradovna “TA'LIM SOHASIDAGI XIZMATLARI UCHUN” xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik tanlovida taqdim etilgan ilmiy ishlari Ilmiy Kengash tomonidan ko‘rib chiqilib, bir ovozdan ma’qullandi. Bugun ushbu hamkasbimizga “TA'LIM SOHASIDAGI XIZMATLARI UCHUN” esdalik nishoni hamda esdalik nishon belgisi, guvohnoma, sertifikat, diplom, tashakkurnoma (electron holatda) hamda qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi. “Yashil makon”–2022 aksiyasining navbatdagi manzili Sherobod tumani bo‘ldi. Bugun BMTning taraqqiyot dasturi, UNECE, Ekologiya davlat qo‘mitasi hamda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi bilan hamkorlikda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Sherabod tumanida ajratilgan hududda jami 3250 tup turli manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekish tadbirlari davom ettirilmoqda.Tadbirda tumandagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi talaba va xodimlari, mahalliy hamda afg‘onistonlik ko‘ngilli hasharchilar ishtirok etmoqdalar.


ZIYO MASKANI 2023 123 17.12.2022. Namunali Xotin-qizlar faollarining tajribalari ommalashtiriladi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi majlislar zalida “Eng yaxshi xotin-qizlar faoli” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida ishtirok etgan xotin-qizlar faollarining faoliyatlari, tajriba va erishgan yutuqlarini ommalashtirish maqsadida seminar tashkil etildi. “Yashil makon”–2022 aksiyasining navbatdagi manzili Jarqurg‘on tumani bo‘ldi. Bugun BMTning taraqqiyot dasturi, UNHCR, UNECE, Ekologiya davlat qo‘mitasi hamda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi bilan hamkorlikda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Jarqurg‘on tumanida ajratilgan hududda 710 tup tut, 1060 tup qayrag‘och, 1060 tup sosna eldarseaya ko‘chatlari hamda 420 kg (280000) saksovul urug‘larini maxsus texnikalar yordamida ekish tadbirlari qizg‘in davom etmoqda. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta'lim markazining katta o‘qituvchisi S.To‘raeva, markazda tahsil olayotgan ijodkor talabamiz Sh.Samadiy hamda Termiz tumani 16 sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining iqtidorli o‘quvchilari o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Markazda Yangi yil shukuhi Yangi yil bayrami barchaga birdek zavq ulashuvchi ayyomdir. Shu kunlarda Surxondaryo viloyatining shahar va tumanlarida ham ana shu bayram shukuhi hukmron. Korxona, tashkilot, ta’lim va tibbiyot muassasalari bayramona bezatilgan.


ZIYO MASKANI 2023 124 Shu jumladan, Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida ham rango-rang panno va chiroqlar bilan bezatilgan bu esa afg‘onistonlik talabayoshlarga bir olam zavq-shavq, ko‘tarinki kayfiyat ulashmoqda. Barchaning qalbida farahbaxsh kunlar uchun shukronalik hissini oshirib, ezgu niyatlarni uyg‘otmoqda. Shuningdek, markazda yil davomida sitqi dildan mehnat qilgan professor-o‘qituvchi va ishchi xodimlar munosib rag‘batlantirildi.31.12.2022 11.01.2023. Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumanidagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi faoliyati bilan tanishildi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov anomal sovuq paytida ijtimoiy soha ob’ektlari, xususan ta’lim muassasalarida isitish tizimlarining ishlash holati hamda ushbu ob’ektlarda yaratilgan sharoitlarning tashkil etilganligini o‘rganish maqsadida Termiz tumanida bo‘ldi.Viloyat rahbari Termiz tumani hududida joylashgan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi faoliyati bilan tanishdi. Bu yerda tahsil olayotgan afg‘onistonlik talabalar bilan suhbatlashib, ularga ta’lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan qiziqdi.Shuningdek, ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlar, o‘quv xonalarining jihozlanishi, o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik holatlarini o‘rganib, mas’ullarga afg‘onistonlik o‘quvchilarga taxsil olishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish, o‘quv markazi imkoniyatlaridan aholini kasb-hunarga o‘qitishda ham samarali foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilab berdi.


ZIYO MASKANI 2023 125 12.01.2023. Markazda “Biz yoshlar giyohvanlikka qarshimiz ” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida Termiz tumani tibbiyot birlashmasi hamda markaz shifokorlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda giyohvandlik insoniyat va jamiyati uchun eng xafvli omillardan biriga aylanib ulgurganligi, u insoniyatning ming yillar davomida yaratgan madaniy yashash tarzini, jamiyatda qaror topgan ma’naviy me’yorlarni izdan chiqarishi ta’kidlandi.Tadbir davomida talabalar ham mazkur illat to‘g‘risida o‘z fikrlarini bayon etishdi. Giyohvandlikning millat, insoniyat genofondiga jiddiy xavf tug‘dirishini ta’kidlab o‘tdilar. 14.01.2023 . Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida 14 yanvar - "Vatan himoyachilari kuni" bayrami munosabati bilan "Mardlar qo‘riqlaydi vatanni" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda markaz jamoasi, talaba-yoshlar va fahriy mehmonlardan IIV Surhondaryo viloyati maxsus otryad boshlig‘i zaxiradagi mayor B.Shodiyev hamda urush veteranlari jamiyati rahbari podpolkovnik B.Safarovlar ishtirok etishdi.Mehmonlar tomonidan Vatanga sadoqat, yurtga muhabbat g‘oyalarini aks etgan ma’ruzalar qilindi.Tadbir nafaqat yaxshi fikrlar, tilaklardan balki, quvnoq va sho‘x kuy-qo‘shiqlarga boy o‘tdi. Avvalo harbiycha sadolar ostida yangragan qo‘shiqlarga hamohang tarzda davom etgan taronalar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.Tadbirda Vatanimiz posbonlari, milliy armiyamiz shijoati va matonati aks etgan videoroliklar namoyish etildi.Tadbir yakunida markaz rahbariyati tomonidan tadbirda ishtirok etgan faxriy mehmonlar, tashkilotchilar hamda talabalarga faol


ZIYO MASKANI 2023 126 ishtiroki uchun tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar topshirib, minnatdorchilik bildirdi. 26.01.2023. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian va BMT Taraqqiyot Dasturining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Matilda Dimovska, ularning yordamchilari va loyiha menedjerlari, Surxondaryo viloyati xokimining xotinqizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Z.Xidirova hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Termizdagi konsullik rahbari R.Nazarovlar tashrif buyurdilar hamda Markaz rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Tashrif davomida, xorijiy mehmonlar Markaz bazasida tashkil etilgan “Yevropa ittifoqi xonasi” va “Koorking markazi”ning rasmiy ochilishi hamda 3 oylik kurslarni tamomlagan 30 nafar (51 nafardan) tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshirish marosimida ishtirok etdilar. Tashrif yakunida grant doirasida markaz uchun 28 o‘rinli zamonaviy rusmdagi avtobus tantanali ravishda topshirildi. 28.01.2023.Toshkent shahrining muhtasham yoshlar markazi tadbirlar zalida Toshkent shahar ilg‘or tadqiqotlar markazi tomonidan tashkil etilgan xalqaro ilmiy forumda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida tahsil


ZIYO MASKANI 2023 127 olayotgan 16 nafar iqtidorli talabalar hamda markazimiz katta o‘qituvchisi S.To‘raevaga "Ilm-fan iftixori" ko‘krak nishoni va esdalik sovg‘alari topshirildi. Barcha ustoz va talabalarimizni ushbu e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz. 30.01.2023. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 25 yanvardagi qaroriga asosan Mustaqil O‘zbekistonning asoschisi, buyuk davlat arbobi, O‘zbekiston Qahramoni O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti marhum Islom Karimovning tavallud topgan kuni munosabati bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida "Islom Karimov - mustaqil O‘zbekistonning asoschisi" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbirda Afg‘onistonning Termiz shahridagi bosh konsuli M.I.Zarshuy mehmon sifatida ishtirok etdi. 30.01.2023. O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti Surxondaryo viloyati Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazida 46 nafar afg‘onistonlik fuqaro «B» toifasi bo‘yicha o‘qitildi. Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturining qo‘shma loyihasi asosida o‘qigan xorijliklarga haydovchilik guvohnomalarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ishtirok etgan Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Matilda Dimovska, Surxondaryo viloyati hokimligi vakillari ushbu amaliyot Afg‘onistondagi qayta tiklashishlariga ko‘rsatilayotgan yordamlardan biri ekanligini, O‘zbekistonda yana ko‘plab afg‘onistonliklarni turli kasblarga tayyorlashishlari davom ettirilishini bildirdilar. Shu o‘rinda Sharlotta Adrian o‘zbekistonlik mutasaddilarga kelgusida afg‘onistonlik ayollarni hamshiralik ishi bo‘yicha o‘qitish taklifini bildirdi.


ZIYO MASKANI 2023 128 Termiz tumanida 30 ta mahallada, 82 ming 164 nafar aholi istiqomat qiladi. Aholi muammolarini “xonadonbay” o‘rganish, aniqlangan masalalarni bartaraf etish bo‘yicha har bir mahallaning chora-tadbirlar rejasi va yo‘l xaritalarini ishlab chiqish, aholi bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bugun Termiz tumani hududida joylashgan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida tuman sektor mas’ullari, aloqador tashkilotlar rahbarlari, mahallalarda faoliyat yuritayotgan “beshlik” vakillari ishtirokida ushbu tizimni joriy etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Seminarda Prezident Administratsiyasi bosh inspektori Farxod Azizov, Administratsiya mutaxassisi Ilhom Mavlonov, viloyat Xalq qabulxonasi mudiri Abdulhakim Eshmurodov va tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Muhiddin Tog‘aev ishtirok etishdi. Seminarda aholi muammolarini xonadonma-xonadon yurib o‘rganish bo‘yicha tuman shtabini tuzgan holda, har bir fuqaro bilan suhbatlashib, uning mavjud muammo va kamchiliklarini o‘rganish, aniqlangan masalalarni tahlil qilish bo‘yicha mahallalarning rivojlanish dasturlari va yo‘l xaritalarini ishlab chiqish hamda ijrosini ta’minlash bo‘yicha tushuntirishlar berildi.Mahalla mas’ullariga hududdagi umumiy muammolarni tumandagi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda hal etish choralarini ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilandi. Jumladan, elektr energiya, gaz, ichimlik suvi ta’minoti va boshqa mas’ul tashkilotlarning vakillarini har bir mahallaga biriktirgan holda, aniqlangan muammolarni tizimli hal etish topshirig‘i berildi. 02.02.2023. Surxondaryo viloyatida Yevropa ittifoqi ko‘magida bolalar masalalari komissiyalari faoliyati rivojlantiriladi.Bugun Termiz tumani hududida joylashgan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida Surxandaryo viloyatida Yevropa ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan hamkorlik loyihasi doirasida viloyat, shahar va tumanlardagi Bolalar masalalari komissiyalari va Bolalarni himoya qilish sho‘balari faoliyatlari salohiyatini o‘sishiga hissa qo‘shish maqsadida amalga oshirilayotgan loyiha doirasida


ZIYO MASKANI 2023 129 seminar-trening bo‘lib o‘tdi.Unda YuNICEF vakili Antonia Lyudeke, Bolalar Ombudsmani vakili Diana Isaeva, Bolalar masalalari bo‘yicha Milliy Komissiyaning Bolalarni himoya qilish masalalari sho‘basi vakillari Gulchexra Nigmadjanova, Xurshid Asrorov, Sattor Raxmatov, shuningdek, viloyat hokimligi kotibiyat mudiri Shaxodat Ibragimova, tuman hokimining o‘rinbosari Sanjar Nuriev hamda tuman Bolalar masalalari komissiyasi a’zolari ishtirok etishdi.Seminar-treningda mutaxassislar tomonidan Bolalar masalalari komissiyalari a’zolarining o‘zaro hamkorlikdagi faoliyati, bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar, shuningdek, bolalarni himoya qilish sho‘basi faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.Bundan tashqari Yevropa ittifoqi ko‘magida amalga oshirilayotgan loyihalar, ularning maqsadlari, kelgusidagi hamkorlik rejalari haqida ham axborotlar berildi. 07..02.2023. Navoiyga ehtirom. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi professoro‘qituvchilari, afg‘onistonlik talaba-yoshlar, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Termiz tuman bo‘limi boshlig‘i Y. Mustanov, TerDu filologiya fanlari nomzodi M. Xamraeva hamda Termiz shahar 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etgan tadbirda Alisher Navoiyning hayoti, ijodi, serqirra faoliyati haqida atroflicha so‘z yuritildi. Daho shoir yaratgan o‘lmas asarlar dunyo xalqlarining noyob ma’naviy boyligiga aylangani alohida ta’kidlandi. 09.02.2023. Navoiyga ehtirom Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati axborotkutubxona markazi bilan hamkorlikda g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan "Navoiy yodi ila yashaymiz mudom" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’ lim markazi rahbariyati hamda o‘zbek tili va adabiyoti yo‘ nalishi talabalari shoirning ruboiy va g‘azallaridan o‘qib, parchalar namoyish etib tadbir ishtirokchilarini xushnud etishdi.Tadbir so‘ngida ishtirokchiariga tashakkurnomalar topshirildi.


ZIYO MASKANI 2023 130 14.02.2023. Buyuk sarkarda shoh va shoir, Zahiriddin Muhammad boburning 540 yillik tavallud kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy kecha oʼtkazildi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida bo‘lib o‘tgan tadbirda markaz maʼmuriyati, professor-o`qituvchilar, tuman madaniyat bo‘limi xodimlari va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Oʼtkazilgan kecha davomida shoir Zahiriddin Muhammad Boburning boy maʼnaviy merosi, davlat jamoatchiligining yirik namoyondasi sifatida O‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʼziga xos oʼrin egallagan adib, shoir, olim boʼlishi bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda ekanligi, Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan boʼlsa, serjilo oʼzbek tilida yozilgan «Boburnoma» asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy olganligi; Uning nafis gʼazal va ruboiylari turkiy sheʼriyatining eng nodir durdonalari boʼlib, «Mubayyin» («Bayon etilgan»), «Xatgi Boburiy», «Harb ishi», Aruz haqidagi risolalari esa islom qonunshunosligi, sheʼriyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa boʼlib qoʼshganligi eʼtirof etildi. Shuningdek, afgʼonistonlik talaba-yoshlar shoirning ruboyilari hamda hayoti va ijodini aks etgan videorolik namoyishetildi, sahna koʼrinishlari ijro etildi.Tadbirda ijro etilgan g‘azal, kuy va qo‘shiqlar ishtirokchilarga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.Tadbir soʼngida kuni kecha xalqaro ilmiy konferensiyalarda o‘zlarining ilmiy maqolalari bilan istirok etgan hamda ushbu tadbirda faol ishtirok etgan bir guruhtalabalarimizga sertifikat va markaz fahriy yorliqlari topshirildi. 23.02.2023. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari Devid Kiriskiy va Sh.Saidkarimovalar tashrif buyurdi.


ZIYO MASKANI 2023 131 Tashrif davomida mehmonlar dastlab markazda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, afgʼonistonlik talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.Uchrashuv davomida mehmonlar iqtidorli talabalarimiz tomonidan AQShning nufuzli ilmiy jurnallarida chop etilgan ilmiy maqolalari to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi.Shuningdek, markaz rahbariyati bilan o‘tkazilgan muzokaralarda markazimiz taʼlim tizimini rivojlantirish boʻyicha hozirgi holat va istiqboldagi hamkorlik rejalari muhokama qilindi. 23.01.2023. Afg‘oniston fuqorolarini o‘qitish ta’lim markazi tinglovchilari Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida tinglovchilar institutda yaratilgan shart - sharoitlar, dars jarayonlari, o‘quv laboratoriyalari, institutda amalga oshirilayotgan drayver loyihalarning ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Tomonlar ushbu turdagi uchrashuvlarni davomli tashkil etishga kelishib oldilar. 28.02.2023. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi Ozbek tili va adabiyot fani katta o‘qituvchisi Eshpulatova Xadicha Muradovna 28-fevral kuni "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti katta majlislar zalida bo‘lib o‘tadigan "Ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun" xalqaro tanlovining taqdirlash marosimida ishtirok etib, “Intellektual izlanuvchi” esdalik nishoni hamda esdalik nishon belgisi, guvohnoma, sertifikat, tashakkurnoma (elektron holatda) bilan taqdirlandi.


ZIYO MASKANI 2023 132 01.03.2023 BAHOR KUYCHISIGA EHTIROM. Xalqimiz bahor faslini shoira Zulfiya Isroilovaning tavallud topgan kuni bilan boshlashni ezgu anʼanaga aylantirgan. Zulfiya Isroilovaning tavalludi yurtimiz boʼylab katta adabiyot bayrami sifatida keng nishonlanishi sir emas. Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Afgʼoniston fuqarolarini oʼqitish taʼlim markazi hamda Termiz tumani 17-sonli umumiy oʼrta taʼlim maktabi maʼmuriyati va iqtidorli oʼquvchilari va yosh ijodkorlar bilan hamkorlikda buyuk oʼzbek shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 108 yilligiga bagʼishlangan “ZULFIYA-O‘ZBEK AYOLINING YORQIN TIMSOLI” nomli adabiy-badiiy kecha boʼlib oʼtdi. Tadbirda markaz jamoasi, Xalqaro migratsiya tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Kery Macc Bro hamda O‘zbekisto Respublikasi Oliy Majlisi Senati Senatori Gulnora Mahmudovna, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti laureyatlari, mahalliy gazeta muhbirlari hamda targʼibotchi yetakchi yoshlari ishtirok etishdi.Shuni alohida taʼkidlash joizki, Zulfiya Isroilova jahon minbarlarini koʼrgan shoira, shu bilan birga, goʼzal tarjimon ham edi. U oʼzining boy adabiy merosi, faol ijodkor sifatidagi faoliyatida oʼzbek ayollarining salohiyati naqadar yuksak ekanini koʼrsatib berdi. Tadbir soʼngida mehmonlar faol ishtirok etgan talaba va hamkor mutasaddilarga markaz rahbariyati tomonidan faxriy yorliqlari hamda talabalarimiz tomonidan nufuzli xalqaro nashriyotlarda chop etilgan ilmiy maqolalari to‘g‘risidagi sertifikatlar. 2022 yilning 28-noyabr 3-dekabr kunlari Surxondaryo viloyati Termiz tumani “Afgoniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi”da Xalqaro migratsiya tashkilotining “Termizda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish” dasturi doirasida 16 nafar xotin-qizlar (shundan 7 nafari afg‘on, 9 nafar o‘zbek) uchun tadbirkorlik yo‘nalishida bir haftalik seminar trening tashkil etilgan edi. Ushbu seminar-treningda ishlab chiqilgan va Gender Komissiya tomonidan maqullangan biznes-rejalarni beg‘araz moliyalashtirish va seminar-trening ishtirokchilarini taqdirlash maqsadida Joriy yilning 1-mart kuni “Afgoniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi” da tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda Xalqaro migratsiya tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Kery


ZIYO MASKANI 2023 133 Macc Bro hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Senatori Gulnora Mahmudovna ishtirok etishdi. Ishtirokchilarning har biriga Xalqaro migratsiya tashkiloti tomonidan qiymati 22 700 000 so‘mlik VAUCHER lar hamda planshetlar topshirildi. 07.03.2023. AYOLLAR OILA VA JAMIYAT USTUNI. Barchamiz orziqib kutgan so‘lim bahor kirib kelishi bilan tabiat ochilib, ko‘ngillarimiz yorug‘ tuyg‘ularga to‘lib boradi. Biz bugun yaratganning buyuk mo‘jizasi bo‘lgan, hayot davomiyligi va abadiyligini o‘zida mujassam etgan ayol zotini, tabarruk onalarni ulug‘lar ekanmiz, beixtiyor mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning "Jannat onalarning oyog‘i ostidadir” degan mazmundagi so‘zlarini eslaymiz va muqaddas Ona siymosi oldida ta’zim qilamiz. 8 mart - “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida keng miqyosda nishonlandi. Barcha yo‘nalishlarda “Onalarga ta’zim”, “Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol”, “Ayol borki, olam munavvar” nomli bayram tadbirlari o‘tkazildi. O‘tkazilgan tadbirlarda markaz iqtidorli talabalari va san’atkorlar tomonidan she’r, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. 09.03.2023. Afg‘oniston muvaqqat hukumati vakillari markazga tashrif buyurdi Afg‘oniston TIV xalqaro aloqalar boshqarmasi boshligi Shuayb Baryalay, boshqarma boshlig‘i Naser Axmad Axmadi hamda Afg‘onistonning Termiz shahridagi bosh konsuli Muhammad Idris Zarshuylar Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdi. Tashrif davomida markazda yaratilgan sharoyitlar bilan yaqindan tanishib, yuksak baxo berildi.Shuningdek, markaz professor o‘qituvchilar va talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Fikr va mulahazalar bildirildi. Jumladan, mehmonlar o‘z fikrlarini davom etib, Bizning niyatimiz - Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik hukm surishini ta’minlash. Bu iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik aloqalarini kengaytirishga albatta ushbu markaz talabalari ya’ni siz aziz yoshlar xizmat qilasiz.


ZIYO MASKANI 2023 134 O‘zbekiston Afg‘onistonni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarini hal etish, afg‘on xalqiga yordam ko‘rsatish yo‘llariga katta e’tibor qaratilayotganini qayd etish lozim deya ta’kidlab o‘tdilar. 09.03.2023 Amaliyot-2023. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi "Turizm" va "Agrobiznes" yo‘nalishi tinglovchilari ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohalariga aloqador tashkilot va korxonalarda amaliyot o‘tamoqdalar. 10.03.2023. Xitoy hukumati vakillari markazga tashrif buyurdi Xitoy Xalq Respublikasi TIVning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Yue Syaoyun, TIV birinchi sekretari Sun Yuyfen va Sun Penchjou Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdi. Tashrif davomida markazda yaratilgan sharoyitlar bilan yaqindan tanishib, yuksak baxo berildi. Shuningdek, markaz professor o‘qituvchilar va talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Fikr va mulahazalar bildirildi.


ZIYO MASKANI 2023 135 11.03.2023. NAVRO’Z-2023 Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida “Sumalak sayli”ga start berildi.“Sumalak sayli”da bayram dasturxoni yozilib, markaz ustoz va xodimlari hamda talabalar o‘zlari tayyorlagan turli xildagi milliy taomlarimizdan somsalar, ko‘k somsa, chuchvara, halim, chalpak va boshqa milliy taom va pishiriqlar bilan bayram dasturxonini bezatishdi. 11.03.2023. NAVRUZ-2023. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan markaz yo‘nalish va guruhlari o‘rtasida sportning futzal turi bo‘yicha “Direktor kubogi” musobaqasi o‘tkazildi. 12.03.2023. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi rahbariyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari S.Buzrukxonov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Tashrif davomida markaz faoliyati, moddiy texnik bazasi, markaz hududida olib borilayotgan obodonchilik ishlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, vazir o‘rinbosari tomonidan o‘quv binolari hamda TTJdagi talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganilib, ularni yaxshilashga qaratilgan istiqboldagi rejalar bilan tanishildi. 14.03.2023. Amaliyot-2023


ZIYO MASKANI 2023 136 Afgoniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi 401 guruh talabalari guruh rahbari S.To‘rayeva boshchiligida Termiz tumanida joylashgan 16 umumiy o‘rta ta’lim maktabida malakaviy amaliyotda maktab va maktab ma’muriyati bilan tanishishdan boshladilar. 15.03.2023. Surxondaryo viloyati hokimligi "Viloyat hokimining kubogi" uchun boshqarma, idora va tashkilotlar o‘rtasida mini futbol sport turi bo‘yicha musobaqasida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi xodimlari faol ishtirok etdilar. 16.03.2023 Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga, BMT Taraqqiyot Dasturining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Matilda Dimovska, BMTQOK Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Hans Friedrich Schodder, ularning yordamchilari va loyiha menedjerlari hamda O‘zbekiston Respublikasi tabiyat resurslari vazirligining vakillari tashrif buyurdi.Tashrif davomida markaz rahbariyati tomonidan Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturining qo‘shma loyihasi asosida tashkil etilgan 1 yillik va 3 oylik kurslaring natijalari hamda "Yashil makon" loyihasi doirasida erishilgan yutuqlar va ushbu loyihalarning ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.Shuningdek, kelgusi istiqboldagi reja va loyihalar bo‘yicha takliflar bildirildi. O‘z navbatida, BMT Taraqqiyot Dasturining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Matilda Dimovska hamda BMTQOK Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Hans Friedrich Schodder ham hamkorlik qilishdan mamnunligini va Afg‘oniston fuqarolariga doimiy ravishda yordam berishga tayyor ekanligini bildirdi.


ZIYO MASKANI 2023 137 16.03.2023. "Yashil makon" –2023 BMT Taraqqiyot Dasturining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Matilda Dimovska, BMTQOK Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Hans Friedrich Schodder, ularning yordamchilari va loyiha menedjerlari hamda O‘zbekiston Respublikasi tabiyat resurslari vazirligi vakillari Jarqo‘rg‘on tumani tashrif buyurdi. BMTning taraqqiyot dasturi, UNHCR, UNECE, Ekologiya davlat qoʼmitasi hamda Afgʼoniston fuqarolarini oʼqitish taʼlim markazi bilan hamkorlikda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Jarqo‘rg‘on tumani "Yangi O‘zbekiston" massivi hududida jami 290 ming tup saksovul va daraxt ko‘chatlari ekish uchun ajratilgan yer maydonida olib borilgan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishib, ushbu bog‘ni ochilish marosimida ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda tumandagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Afgʼoniston fuqarolarini oʼqitish taʼlim markazi xodimlari hamda afgʼoniston fuqarolari ishtirok etdilar. 17.03.2023.Navro‘z sayli dillarga quvonch baxsh etmoqda. Viloyatimizning barcha hududlarida milliy qadriyat, an’ana va urfodatlarimizni o‘zida aks ettirgan,yangilanish va yasharish ayyomi - Navro‘z umumxalq bayrami keng nishonlanmoqda.Bu yilgi asosiy Navro‘z sayllari Termiz shahridagi ‘‘San’at Saroyi” hududida bo‘lib o‘tmoqda. Bog‘ hududida shahar va tumanlarning ramziy qo‘rg‘onlari bunyod etilib, unda har bir hududning o‘ziga xos milliy taomlari, xalq hunarmandchiligi va amaliy san’ati, folklor jamoalarining rang-barang dasturlari namoyish etildi. Ushbu bayram sayllarida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi jamosi hamda talabalari faol lshtirok etdi.


ZIYO MASKANI 2023 138 23.03.2023. Afgʼoniston fuqarolarini oʼqitish taʼlim markazida “JURNALISTIKAGA ILK QADAM” maxsus oʼquv kurslarida lavlalar. Oʼzbekiston Jurnalistlar uyushmasi Surxondaryo viloyat boʼlimi mutaxassisi, mediatrener Mastura Xamraeva boshchiligida 8 kunlik tasdiqlangan dastur asosida afgʼonistonlik talaba-yoshlar uchun maqola tayyorlash, mediasavodxonlik, internetda blogerlik faoliyati, video lavha tayyorlash, mobiljurnalistika hamda "Surxon tongi va Zarya Surxana" gazetalari bosmaxonasida tanishuv amaliyoti kabi yoʼnalishlarda tahsil olishlari rejalashtirilgan. Kurslarni tamomlagan talabalarga maxsus sertifikatlar topshiriladi. 24.03.2023. Yangi Konstitutsiya yurt taraqqiyotiga xizmat qiladi Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashi deputatlar guruhi tomonidan O‘zbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasining loyihasini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, uning mazmun-mohiyatini fuqarolarga tushuntirishga bag‘ishlangan seminarlar o‘tkazildi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida ta’lim tizimi va mahalla fuqarolar yig‘inlari xodimlari jamoatchilik vakillari va yoshlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan seminarda ishtirokchilarga O‘zbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasi va unga kiritilayotgan o‘zgartishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Seminar so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan mavzuga oid savollarga batafsil javob olishdi. 25.03.2023. Amaliyot-2023. Afgoniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida tahsil olayotgan kurs tinglovchilari o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Oralov boshchiligida Qumqurg‘on Agrotexnologiyalari texnikumida amaliyot o‘tdilar.


ZIYO MASKANI 2023 139 29.03.2023. “JURNALISTIKAGA ILK QADAM” mediamaktabi doirasida kurs ishtirokchilari uchun “Surxon tongi” va “Zarya surxana” gazetalari birlashgan tahririyatiga media-tur tashkil qilindi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi rahbariyati va O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Surxondaryo viloyat bo‘limi mutaxassisi Mastura Xamroeva boshchiligida kurs ishtirokchilari tahririyatda jurnalistlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shu bilan birga gazetalarni tayyorlash jarayoni, saxifalash dizayni va tahririyatda mavjud bo‘lgan bosmaxona ish faoliyatini kuzatishdi. 30.03.2023. “Jurnalistikaga ilk qadam” kursi ishtirokchilari bir kunda ikkita nashriyot faoliyati bilan tanishdi. Dastlab Termiz shahridagi “Surxon-nashr” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurishdi. Nashriyotda amalga oshirilayotgan ishlar, chet davlatdan olib kelingan uskunalar ishlashi, xodimlar faoliyati, aynan nashriyotda chop qilingan kitoblar bilan tanishishdi. Shundan so‘ng kurs ishtirokchilari “Ilm21” MJCH bosmaxonasi faoliyatini va chop qilish jarayonlarini kuzatishdi. 31.03.2023.“Jurnalistikaga ilk qadam” kursi ishtirokchilari uchun Termiz tumanida joylashgan «Termez National Carpets» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga mediatur tashkil etildi. Unda talabalar korxona faoliyati bilan tanishdi. Aytish kerakki korxona yiliga 2,2 million kvadrat metr gilam ishlab chiqarish quvvatiga ega. Buning uchun Germaniya, Belgiya,


ZIYO MASKANI 2023 140 Turkiyadan zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatilgan. 150 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Mahsulotlarning qariyb yarmini eksport qilish rejalashtirilgan. Xomashyoning 80 foizi mahalliylashtirilgan. Korxona ishga tushirilgan qisqa vaqtda Ozarbayjon va Qirg‘iziston davlatlariga 255 ming dollarlik gilam va gilam mahsulotlari eksport qilindi. Joriy yilda 4 million dollarlik mahsulotni xorijlik buyurtmachilariga yetkazib berish mo‘ljallamoqda. Kurs ishtirokchilari ushbu katta ishlab chiqarish jarayoni va gilamlar tayyorlanishi bilan yaqindan tanishdi. 03.04.2023. Bitiruvchi-2023. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda tashkil etilgan qisqa muddatli 1-yillik kurs tinglovchilari yakuniy davlat attestasiyasidan o‘tish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirdilar. “Tikuvchilik”, “Kompyuter tizimlari va majmualari”, “Agrobiznes va marketing agenti” hamda “Turizm” yo‘nalishlarida tahsil olib kelgan tinglovchilar soha mutaxassislari ishtirokida imtihonlarni topshirib, kelgusida OTMga hujjat topshirish hamda o‘z yo‘nalishlarining etuk mutaxassi bo‘lib o‘zlarini ish bilan ta’minlashni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yishgan. 04.04.2023Amaliyot-2023 Afgoniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi 401-guruh talabalari Termiz tumanidagi 16-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati bilan tanishishdi. Markazimiz talabalarida maktab o‘quvchilarining to‘garaklardagi faoliyati katta qiziqish uyg‘otdi. 06.04.2023. Mart oyida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida jurnalistikaga qiziquvchi yoshlar uchun tashkil qilingan “Jurnalistikaga ilk qadam” mediamaktabining 36 nafar bitiruvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi rahbariyati va“Barqaror hayot” xalqaro ijtimoiy-ma’rifat markazi xodimi Shaxlo Farmonova, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi mutaxassisi Mastura


ZIYO MASKANI 2023 141 Xamraeva talaba yoshlarning o‘rgangan bilimlari asosida tayyorlagan ijodiy ishlari haqida to‘xtalib o‘tib, bu kabi kurslar axborot asrida ayniqsa zarur ekanligi haqida to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng bir oy davomida kursda ishtirok etgan yoshlarga O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limining sertifikati va “Barqaror hayot” xalqaro ijtimoiy-ma’rifat markazining esdalik sovg‘alari topshirildi. 08.04.2023. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi talabalari Viloyat hokimi stipendiyasi nomzodlari tanlov komissiyasi tomonidan oʻrganilib chiqildi va quyidagi nomzodlar munosib deb topildi: 1. Shekiba Samadi 2. Abdul Hakim Mohammadi 3. Mohammad Nasir Husaini 4. Abdul Mosawir Qadiri 5. Abdul Wahab Qanih 13.04.2023 Afg‘oniston fuqarolarni o‘qitish ta’lim markazida “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasi ostida o‘tkazilinayotgan Respublika III “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyat Axborot-kutubxona markazi rahbariyati ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida markaz talabalari uchun kitob ko‘rgasmasi tashkil etildi.Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini talabalar o‘rtasidagi targ‘iboti bo‘lib o‘tdi.Talabalar tomonidan kitob mutolaa qilindi.Tadbir so‘ngida faol ishtirok etgan talabalarga mehmonlar tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.


ZIYO MASKANI 2023 142 15.04.2023.Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi tashrif buyurdi. Tashrif davomida markazda yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar, oliy ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Tanzila Norboeva ushbu markazning o‘quv kampusida yaratilgan sharoitlar, zamonaviy o‘quv va amaliy mashg‘ulot xonalariga yuqori baho berdi.Shuningdek, Tanzila Norboeva afg‘onistonlik talaba-qizlar bilan yaqindan suhbatlashdi.Muloqot chog‘ida Senat raisi faol va iqtidorli talabalarning taklif va fikrlarini tingladi.Talabalarning markazda ular uchun yaratilgan sharoitlardan mamnun ekanliklari hamda ularning ilmga chanqoqligi, kelgusida o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha O‘zbekistonda magistratura ta’lim bosqichida o‘qishni davom ettirish kabi bildirgan fikrlari mehmonlar tomonidan ijobiy qabul qilindi. 17.04.2023. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida“Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Ushbu tadbirda markaz jamoasi, talaba-yoshlar, aholining turli qatlam vakillari hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati a’zosi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Axtamquli, “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati a’zosi, O‘zbekiston filarmoniya xonandasi Saidakbar Xolmatovlar ishtirok etdi. “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari tomonidan Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, eng avvalo inson manfaatlariga xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanligini qayd


ZIYO MASKANI 2023 143 etishdi hamda yangi Qomusimiz, yorqin kelajagimiz ekanligi haqida batafsil ma’lumot berildi. 18.04.2023. “Xalqaro yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash kuni” munosabati bilan “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasida “Madaniy merosni o‘rganish va targ‘ib qilishda muzeylarning o‘rni” nomli ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi. Konferensiyada ishtirok etgan talabalarimiz Shekibo Samadiy va Sanaulloh Ahmadiylar "Afg‘onistonning taririxiy yodigorliklari" mavzusida taqdimot o‘tikazishdi. 26.04.2023. Termiz sharidagi San‘at saroyida “Konstitutsiya o‘zimizniki” Shiori ostida tashkillashtirilgan konsert dasturida markaz xodimlari va talabalari ham faol ishtirok etdilar. 29.04.2023. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga Xitoy Xalq Respublikasidan jurnalist Sino Freeman hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Zaxriddin To‘raev tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, talabayoshlar bilan suhbatlashdilar va ushbu markaz faoliyatiga yuqori baho berib, o‘zlarining ijobiy fikrlarini bildirdilar.


ZIYO MASKANI 2023 144 29.04.2023. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga Oʻzbbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi Millatlararo munosabatlar boʻyicha ilmiy amaliy tadqiqotlar markazi rahbari Saodat Davlatova, markazning bosh ilmiy hodimi Ismoil Xoʻjaxonov hamda Termiz davlat universiteti Jahon tarixi kafedrasi oʻqituvchisi, mustaqil tadqiqotchi Rahmonov Muhammadjonlar tashrif buyurishdi. Tashrif davomida mehmonlar markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, talaba-yoshlar bilan suhbatlashdilar va ushbu markaz faoliyatiga yuqori baho berib, o‘zlarining ijobiy fikrlarini bildirdilar. 10.05.2023. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga Toshkent stomatologiya universiteti falsafa fanlari nomzodi, Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, dotsent, olima Sattorova Dildora G‘apporovna tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, talaba-yoshlar bilan suhbatlashdilar va ushbu markaz faoliyatiga yuqori baho berib, o‘zlarining ijobiy fikrlarini bildirdilar. 12.05.2023.Maʼnaviy-maʼrifiy targʻibotchilarga guvohnomalar topshirildi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida “Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha eng faol targ‘ibotchi” respublaka tanlovining Surxondaryo viloyati bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan targ‘ibotchilarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unda “Maʻrifat” targʻibotchilar jamiyati aʻzolari, Respublika Maʻnaviyat va maʻrifat markazi viloyat boʻlimi rahbari va xodimlari, Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi professor-oʻqituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi. Tadbir davomida, joylardagi targʻibotchilarni


ZIYO MASKANI 2023 145 jamiyatdagi oʻrni va nufuzini oshirish, milliy maʼnaviyatimizni rivojlantirish, ilm-fan, madaniyat va sanʼat, badiiy ijod sohalariningmaʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotimizdagi oʻrni va rolini yanada oshirishda qo‘shgan hissasi uchun Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi direktori O.A.Ro‘ziyevga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi guvohnomasi hamda ko‘krak nishoni topshirildi. 16.05.2023. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida "Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi" (UNDP) hamda Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda tashkil etilgan 10 oylik “Tikuvchilik”, “Turizm” hamda “AKT” yo‘nalishlarida tahsil olgan 95 nafar o‘quvchilarga diplom va sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.Tadbirda so‘z olgan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Sh.Kichkilov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi rahbari N.Rahmatullaeva, Afg‘onistonning Termiz shahridagi Bosh konsuli M. Zarshuy, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi “UNDP” loyiha rahbari M.Qarshiev, kasb-hunar maktabi direktorlari hamda bitiruvchi tinglovchilarni qizg‘in muborakbod etishdi.Afg‘onistonlik yoshlar 10 oy davomida markazda “Tikuvchilik”, “Agrobiznes”, “AKT” hamda "Turizm" yo‘nalishlarida tahsil olishdi. Mashug‘otlarni samarali tashkil etish maqsadida, professoro‘qituvchilar, malakali mutaxassislar hamda ishlab chiqarish ta’lim ustalari dars jarayonlariga jalb qilindi.Shuningdek, o‘quvchilarimiz uchun viloyatda mavjud sanoat, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi korxonalari, IT PARK va mehmonxonalar hamda nomoddiy madaniy me’ros faoliyatlari bilan yaqindan tanishish maqsadida qo‘shimcha ravishda amaliy darslar tashkil etildi. Tadbirda so‘z olgan o‘quvchilar avvalambor Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar


ZIYO MASKANI 2023 146 vazirligiga, markaz direktori boshchiligidagi barcha ustozlarga, (UNDP) tashkiloti rahbariyatiga va barcha hamkorlarga o‘zlarining chuqur minnatdochiliklarini bildirib o‘tdilar. Endilikda ushbu o‘quvchilar o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishlab chiqarish korxonalari va oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish kabi istiqbolli rejalarni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yganliklarini bildirib o‘tdila . Tadbir, respublika va viloyat OAV orqali keng yoritildi. 18.05.2023. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining «O‘zbek tili va adabiyoti» yo‘nalishi 4-bosqichda tahsil olayotgan talabalar Termiz shahri 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida afg‘onistonlik talaba-yoshlarga markaz rahbariyati xamrohlik qildi. 18.05.2023. Afg‘onistonlik talaba-yoshlarni boy madaniyatimiz va tarixiy merosimiz bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Muzeylarga tashrif” aksiyasi doirasida markazning "O‘zbek tili va adabiyoti" yo‘nalishi talabalari, professor-o‘qituvchilari Surxondaryo viloyati Termiz davlat muzeyqo‘riqxonasiga tashriflari uyushtirildi. Tashrif davomida talabalar Surxondaryo viloyatining o‘tmishi, tarixi, tashkil topilishiga oid xujjatlar, viloyat hududidagi arxeologik qazishmalar vaqtida topilgan tarixiy eksponatlar, hayvonot olami bilan yaqindan tanishdilar.


ZIYO MASKANI 2023 147 18.05.2023. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida tahsil olayotgan talabalar Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida talabalarimiz universitet faoliyati, fakultetlar, kampuslar hamda kutubxona va laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. 19.05.2023. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat kengashi tomonidan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida faoliyat ko‘rsatayotgan, ishchi hodimlar tashabbuskor yoshlardan bir guruhining Xiva shahri bo‘ylab sayohati uyushtirildi.Sayohat davomida ishchi xodim va afg‘onistonlik talaba-yoshlar Ichan qal’adagi muzeylar, noyob eksponatlar bilan tanishdilar. Jumladan, Muhammad Aminxon madarasasi haqidagi hikoya ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otdi. – Ichan qal’ani aylanar ekanmiz Xiva shahrida 64 ta madrasa mavjud bo‘lib, shular ichida eng yirigi va chiroylisi Xiva xoni Muhammad Aminxon tomonidan qurdirilgan madrasa ekanligi, mazkur 2 qavatli madrasa pishiq g‘ishtdan qurilgan bo‘lib, devorlarining qalinligi 1,5 metrga yetishi, tarixiy ma’lumotlarga asosan 130 hujradan iborat bo‘lgan ushbu maskanda bir vaqtning o‘zida 260 nafar talaba tahsil olgani to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldik, – dedi 4-bosqich talabasi Sangito Mahtumzoda. – Sayohatimiz davomida Ichan qal’a haqida ko‘plab yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldik. 20.05.2023. Markaz jamoasi sayohat davomida azim Buxoroning Bahouddin Naqshbandiy tarixiy me’moriy majmuasini ziyorat qilib, bu tabarruk ziyoratgohning tarixi bilan yaqidan tanishdilar.


ZIYO MASKANI 2023 148 25.05.2023.«Yangi O‘zbekiston - maktab ostonasidan boshlanadi» 25 may - yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablari bitiruvchilari uchun “So‘nggi qo‘ng‘iroq” jarang sochdi. Xususan, viloyatimizdagi 965 ta umumta’lim maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari yangramoqda. Joriy yilda mazkur ilm dargohlarining 11-sinfini 32 ming 886 nafar o‘quvchi tamomlayapti. “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlaridan biri Angor tumanidagi 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham tashkil etildi. Marosimda maktab bitiruvchilari, otaonalar, o‘qituvchilar, nuroniylar, jamoatchilik vakillari va OAV vakillari qatnashdilar. Tadbirda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi rahbariyati ham ishtirok etib, bitiruvchi yoshlarga Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning tabrigini o‘qib eshittirdi va barcha bitiruvchilarni mustaqil hayotga qadam qo‘yayotganliklari bilan qutladi.Bayram tadbirida bitiruvchi yoshlar o‘zlari tayyorlagan bayram chiqishlari bilan yig‘ilganlarni xushnud etdilar. 26.05.2023. Markazga Yaponiyaning “Xalqaro xamkorlik tashkiloti” (JICA) vakillari tashrif buyurdi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markaziga Yaponiyaning “Xalqaro xamkorlik tashkiloti” (JICA)ning Janubiy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Shimizu Koji va ushbu tashkilotning Afg‘onistondagi vakolatxonasi rahbari maslahatchisi Daizumoto Yukilar tashrif buyurdilar.Tashrif davomida xorijiy mehmonlar markazda yaratilgan sharoitlar bilan to‘liq tanishib chiqdi hamda 4-bosqich “O‘zbek tili va adibyot” ta’lim yo‘nalishi talabalari hamda ta’lim muassasasida Yevropa Ittifoqi va BMT TD ning qo‘shma loyihasi doirasida 1 yillik kurslarda tahsil olgan tinglovchilar bilan suhbatlashdilar.


ZIYO MASKANI 2023 149 Suhbat jarayonida, Markaz talabalari va tinglovchilar tomonidan xorijiy mehmonlarga o‘qishni magistratura va bakalavr bosqichida davom ettirish istaklari mavjudligini, shu sababli ularni ushbu imkoniyatdan foydalanishga amaliy yordam ko‘rsatish taklifini berdilar. 26.05.2023. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining "Uzaf" futbol jamoasi hamda Qiziriq tumani futbol terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu o‘yin shiddatli va murosasiz vaziyatlarga boy bo‘ldi. Yakunda 5:4 hisobida afg‘onistonlik yoshlar g‘alaba qozondi. 2023-yil 12-13-iyun kunlari Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazining O'zbek tili va adabiyoti ta’lim yo'nalishi bitiruvchi talabalari uchun Yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu davlat attestatsiyasida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yo'lldoshev, professor Marg'uba Abdullayeva, dotsent Dilafruz Nazarova hamda Afgʻoniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazi katta o'qituvchilari X. Eshpulatova, Sayyora To'rayeva va Dilfuza Niyozovalar ishtirok etishdi. 2023-yil 24-iyun kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga, Hindistonning O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabhat, SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) maslahatchisi, doimiy vakili


ZIYO MASKANI 2023 150 Alok Pandey, Lal Bahodur Shastri nomidagi Hindiston madaniyati markazi direktori Sitesh Kumar, yoga o'qituvchisi Sudha Ragavendran, Nigora Ernazarovalar tashrif buyurdilar. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishida tahsil olgan 103 nafar bitiruvchilarga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining hamda “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” yo‘nalishida tahsil olgan 8 nafar talabalarga Toshkent davlat transport universitetining bakalavr diplomlari tantanali ravishda topshirildi.


ZIYO MASKANI 2023 151 Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazi faoliyatini kengaytirib, uni universitetga aylantirish masalasi muhokama qilindi. Surxondaryo viloyatida boʻlib turgan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Ilhom Saparov hamroxligida Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. Vazir muassasaning 750 oʻrinli zamonaviy oʻquv binosi hamda 400 oʻrinli Talabalar turar joyida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, axborot-resurs markazi, oʻquv va laboratoriya xonalari, informatika va multimedia markazi, milliy hunarmandchilik va amaliy sanʼat toʻgaraklari faoliyatini koʻzdan kechirdi. I.Abdurahmonov oʻquv binosida tashkil etilgan milliy hunarmandchilik burchaklariga yuqori baho berib, ushbu tajribani barcha oliy taʼlim muassasalari uchun namuna sifatida joriy qilish boʻyicha masʼullarga topshiriq berdi. Tashrif davomida vazir Afgʻonistonning Termiz shahridagi Bosh konsulining birinchi kotibi Bismillo Mangal bilan ham uchrashdi. Uchrashuvda B.Mangal Afgʻonistonlik yoshlar uchun yaratib berilgan sharoit va imkoniyatlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga minnatdorchilik bildirdi. Afgʻonistonning ehtiyojidan kelib chiqqan holda mamlakat yoshlarini ushbu markazga jalb qilish, markaz faoliyatini yanada kengaytirish va uni universitetga aylantirish masalalari muhokama qilindi.


ZIYO MASKANI 2023 152 Tashrif davomida I.Abdurahmonov mutasaddilarga yangi oʻquv yili boshlanishiga puxta tayyorgarlik koʻrish, hududni yashil makonga aylantirish uchun obodonlashtirish ishlariga alohida eʼtibor qaratish, elektr energiyani tejash maqsadida quyosh panellari bilan jihozlash boʻyicha koʻrsatmalar berdi. Shu o‘rinda vazirlik tomonidan markazni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 100 kVt quyosh panellarini xarid qilish va o‘rnatish uchun 1 000 000 000,0 (bir milliard) so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi. Tikuvchilik va kashtachilik to‘garagi ustoziga vazir sovgʻasi topshirildi. Joriy yilning 21-iyul kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Surxondaryo viloyati hokimi oʻrinbosari Ilhom Saparov hamrohligida Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazi faoliyati va markazda faoliyat olib borayotgan yoshlar bilan uchrashib, ularning rejalari bilan o‘rtoqlashgan edi Tanishuv davomida vazir I.Abdurahmonov Tikuvchilik va kashtachilik to‘garagida faoliyat olib borayotgan ustoz Osiyo Xonimqulova faoliyatiga ijobiy baho berib, unga planshet sovg‘a qilishini takidlagan edi. 27-iyul kuni vazir sovgʻasi - planshet Osiyo Xonimqulovaga topshirildi. #tashrif_hamkorlik 2023 yil 4 avgust kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazi direktori O.Ro‘ziyev Hindistonning Toshkent shahrida joylashgan elchixonasiga tashrif buyurib, u yerda Hindistonning O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabhat bilan uchrashdi.


Click to View FlipBook Version