The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by Ilxom Jumayev, 2024-05-19 14:52:57

Ziyo maskani 23.02.2024(3) (2)

Ziyo maskani 23.02.2024(3) (2)

ZIYO MASKANI 2023 153 Uchrashuv davomida elchixona hamda markazning istiqboldagi hamkorligi muhokama qilindi. O‘z o‘rnida Manish Prabhat janoblari markaz direktoriga tashrif uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi. #Vazir_topshirig'i_ijrosi 2023 yil 16 avgust kuni Termiz muhandislik-texnologiya instituti rektori O‘.Axmedov, Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor M.Majitov, ishlar boshqarmasi boshlig'i G'.Xaydarov hamda xo‘jalik bo‘limi rahbari Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida bo‘lishdi. Institut jamoasi ta’lim markazidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar tashkil etishdagi ijobiy yutuqlar, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bilan bog‘liq to‘garaklar faoliyati, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlaridagi ilg‘or tajriba-yutuqlar bilan yaqindan tanishishdi.


ZIYO MASKANI 2023 154 2023 yil 17 avgust kuni Termiz davlat universiteti Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori O.Shopiev, bo‘lim boshliqlari hamda tyutorlar Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida bo‘lishdi. Universitet jamoasi markazdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar tashkil etishdagi ijobiy yutuqlar, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bilan bog‘liq to‘garaklar faoliyati, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlaridagi ilg‘or tajriba-yutuqlar bilan yaqindan tanishishdi. 2023 yil 6 sentyabr kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta'lim markaziga Germaniyaning «Bergxof» fondining Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyo bo‘limi rahbari, Basir Feda, «Bergxof» fondining vakillari Tereza Braytmayer, Izabel Xoffmann, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlari instituti direktor o‘rinbosari A.Ne`matovlar tashrif buyurdilar. Mehmonlar o‘z tashriflarini Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining hozirgi holati, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va kelajakdagi imkoniyatlari bilan tanishishdan boshladilar. Shundan so‘ng Germaniyaning «Bergxof» fondining vakillari Markaz rahbariyati va Markazni 2023 yilda bakalavr ta’lim yo’nalishida hamda Yevropa Ittifoqi va BMTRDning qo‘shma loyihasi doirasida 1 yillik va qisqa kurslarda tahsil olgan tinglovchilar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 2023 yil 8sentyabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filliali, Termiz davlat prdagogika instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion


ZIYO MASKANI 2023 155 rivojlanish instituti Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektorlari Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida bo‘lishdi. Prorektorlar markazdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar tashkil etishdagi ijobiy yutuqlar, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bilan bog‘liq fan va amaliy san'at to‘garaklar faoliyati, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlaridagi ilg‘or tajriba-yutuqlar bilan yaqindan tanishishdi. Shu bilan birgalikda markazga qilingan safar dovomida mazkur tajribalarni o‘z oliygohlarida joriy qilish borasida bir qator vazifalar ham belgilab olindi. 2023 yil 25 sentyabr kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta'lim markazi hamda Termiz Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomaligi texnikumi bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi. Hamkorlik doirasida markazga qabul qilinadigan qisqa muddatli kurs o‘quvchilari uchun tibbiyot sohasi yo‘nalishlarini ochish va ushbu kursga malakali shifokor mutaxassislarni jalb qilish kabi masalalar kelishib olindi. 2023 yil 25 sentyabr kuni Аfgʼoniston fuqarolarini oʼqitish taʼlim markazida


ZIYO MASKANI 2023 156 Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi tashabbusi bilan yoʼlga qoʼyilgan “Аfgʼoniston fuqarolarini oʼqitish va kasbiy tayyorlash boʼyicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish” nomli loyihaning davom ettirish maqsadida ukkinchi bosqich qabul jarayonlariga start berildi. Mazkur loyihadan koʼzlangan maqsad Oʼzbekistonda afgʼon yoshlariga, jumladan vaqtincha mamlakatimiz hududida yashab turgan yosh fuqarolariga kasbiy taʼlim berish orqali ularni gumanitar jihatdan qoʼllabquvvatlashdir. 2023 yil 25 sentyabr kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta'lim markaziga Fransiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favquloda va Muxtor elchisining siyosiy masalalari bo‘yicha maslahatchisi Klemen Shnayder hamda ushbu elchixona amaliyotchilari Viktor Martin va Emma Vazellar tashrif buyurdilar.Tashrif davomida xorijiy mehmonlar Ta’lim markazi faoliyati bilan tanishdilar va markaz rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdilar.


ZIYO MASKANI 2023 157 Uchrashuv davomida mehmonlar markaz faoliyatiga yuqori baho berib, markazning moddiy texnik bazasini yanada rivojlsntirish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tdilar. 2023 yil 10 oktyabrda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga, Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligining Afg‘oniston va Pokiston (gumanitar yordam va mojarolarni hal qilish) bo‘yicha boshqarmasi maslahatchilari Rebekka Tompson Salli Folkner hamda Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasining Afg‘onistoning hududiy va siyosiy masalalari bo‘yicha 2 kotibi Genrietta Aleksandro hamda YUNISEFning Termizdagi filiali rahbari Eraj Kanievlar tashrif buyurdilar. Uchrashuv davomida mehmonlar markaz faoliyatiga yuqori baho berib, markazning moddiy texnik bazasini yanada rivojlsntirish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tdilar. Mehmonlar markaz Axborot resurs markazi o‘quv va laboratoriya xonalari hamda BMT va Yevropa Ittifoqi grantlari asosida tashkil etilgsn xonalar faoliyati bilan tanishib o‘tdilar. Markazda yaratilgan imkoniyat va sharoitlar mehmonlarda katta ijobiy taassurot qoldirdi. 2023 yil 11 oktyabrda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian va BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Anas Qarman


ZIYO MASKANI 2023 158 Fayyad, ularning yordamchilari va loyiha menedjerlari, tashrif buyurdilar hamda Markaz rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Markaz rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Mehmonlar o‘z tashriflarini Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining hozirgi holati, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va kelajakdagi imkoniyatlari bilan tanishishdan boshladilar. Tashrif davomida xorijiy mehmonlar Yevropa Ittifoqi va BMTRDning qo‘shma loyihasi doirasida 1 yillik kurslarda tahsil olgan tinglovchilar hamda Surxondaryoda yashovchi Afg’on fuqarolari bilan suhbatlashdilar. Tinglovchilar ushbu qisqa muddatli kurslarda oqiyganliklaridan juda baxtiyor va mamnun ekanliklarini bayon etib, ushbu kurslarni tashkil etishda yaqindan hamkorlik qilgan Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi, viloyat hokimligi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Rivojlantirish Dasturi (BMTRD) va Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbar va masullariga o‘zlarining chuqur minnatdorchiliklarini bildirib otdilar. Shu bilan birga tinglovchilar tomonidan mehmonlarga markazda bakalavr yo’nalishlarida ham yangi loyihalar tashkil etish taklifini bildirib o‘tdilar . Uchrashuv davomida markaz direktori O.Ro‘ziyev markazga tashrif buyurgan mehmonlarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, loyiha doirasida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi bazasida Yevropa Ittifoqi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) 2022-2023 o‘quv yilida 185 nafar O‘zbekistonda yashaydigan “Afg‘oniston fuqarolariga ta’lim berish va ularni kasbiy tayyorlash bo‘yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida 1 yillik va 3 oylik qisqa muddatli o‘quv kurslarida o‘quv kurslarini tamomlab ularga diplom va sertifikat topshirilganligini takidlab o’tdi. Shuningdek ushbu loyihaning ikkinchi bosqichi, ya’ni, 2023-2024, 2024-2025 o‘quv yillarida 6 oylik qisqa


ZIYO MASKANI 2023 159 muddatli kurslarga o’qish uchun qabul jarayoni davom etayotganligini takidlab o’tdi. Mehmonlar afg‘onistonlik talaba-yoshlarga markazda yaratilgan sharoitlardan unumli foidalangan holda yaxshi o’qib kelgusida Afg’onistonning istiqboli uchun yetuk mutaxassislar bo’lib xizmat qilishlariga ishonch bildirishlari haqida oz ijobiy fikirlarni bildirib o’tdilar. 2023 yil 12 oktyabr kuni O‘zbekistonda afg‘onlarni o‘qitish va kasbga tayyorlash loyihasining 2- bosqichini boshlash maqsadida yig`ilish bo`lib o`tdi. YI va BMT Taraqqiyot dasturi amalga oshirgan O‘zbekistonda vaqtincha yashayotgan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish va kasbga tayyorlash bo‘yicha loyihaning birinchi bosqichida 330 dan ortiq kishi ishtirok etdi. Termizda loyihaning 400 nafar Afg‘oniston fuqarosini qamrab olgan ikkinchi bosqichi boshlandi.


ZIYO MASKANI 2023 160 2023 yil 14 oktabr kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vaziri akademik, I.Abduraxmonovning Markazga tashrifi doirasida berilgan topshiriqlar hamda 2023 yil 22 iyuldagi 91-sonli bayonnoma ijrosi yuzasidan, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ro‘zimurod Choriуev tashrif buyurdi. Tashrif davomida R.Choriуev Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining hozirgi holati, ma’naviy-ma’rifiy ishlar tashkil etishdagi ijobiy yutuqlar, afg‘on yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bilan bog‘liq to‘garaklar faoliyatlari, xalqaro tashkilotlar bilan amalga oshirilgan ishlarni hamda markazning obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlaridagi tajriba, yutuqlar bilan yaqindan tanishdi. Shundan so‘ng prorektor R. Choriyev Markaz rahbariyati bilan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi bilan kelgusida afg‘onistonlik mutaxasislar uchun ushbu o‘quv muassasasi huzurida irrigatsiya yo‘nalishida qisqa va uzoq muddatli oquv kurslar tashkil qilish orqali ularni malakasini oshirishga kelishib olindi.


ZIYO MASKANI 2023 161 2023 yil 18 oktyabr kuni Xalqaro innovatsion-investitsion forum o‘z ishini boshladi. “InnoWeek-2023” innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasidagi tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov ochib berdi. – O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Ularning aksariyati yoshlar va ilm-fan bilan bog‘liq. Yangi O‘zbekistonning kejalagini barpo etishda asosiy yo‘nalish sifatida innovatsiyalar hamda ilmfanga e'tibor qaratilmoqda. Ularni rivojlantirishda xalqaro hamkorlar bilan ishlash juda muhim. Innovatsiyalar – yoshlar demak. Innovatsiyalar rivojlanishi uchun ularni tijoratlashtirish muhim. Bunda esa ijodkorlik muhim rol o‘ynaydi. Bu o‘rinda yangi g‘oyalar, yangi fikr hamda yangi loyihalar yoshlardan chiqadi. Quvonarli tomoni shundaki, ushbu forumda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazi rahbariyati boshchiliqidagi delegatsiya o‘z pavilyonida amaliy san‘at, tikuvchilik hamda markaz bosmaxonasida chop etilgan kitob va jurnallar va ishlab chiqarilgan mahsulotlari bilan munosib ishtirok etmoqda. Har doimgidek markaz pavilyoni odamlar va ayniqsa xorijlik mehmonlar bilan gavjum bo‘ldi. Ular tomonidan markaz faoliyatiga yuqori baho berildi. #InnoWeek2023#final


ZIYO MASKANI 2023 162 “Kreativ ta’lim va innovatsiya – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostidagi to‘rt kun davom etadigan “InnoWeek-2023” innovatsion g‘oyalar haftaligida faol ishtirok etgan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazi jamoasi faol ishtirok etganligi uchun vazirlik tomonidan sertifikat va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. 2023 yil 24 oktyabr kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazi direktori Oybek Abdimo‘minovich Ro‘ziyev Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida bo‘lib o‘tayotgan «Made in Uzbekistan» yorligʼi ostida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan maxsulotlar ko‘rgazmasida ishtirok etdi. #XALQARO_HAMKORLIK 2023 yil 25 oktyabr kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazi direktori Oybek Abdimo‘minovich Ro‘ziyev Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi safari davomida Afg‘onistonning eng yirik OTMlardan bo‘lgan Kobul politexnika universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida ikki OTMlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalasi muhokama qilindi.


ZIYO MASKANI 2023 163 2023 yil 13 noyabrdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazidaYevropa Ittifoqi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) “Аfgʻoniston fuqarolariga taʼlim berish va ularni kasbiy tayyorlash boʻyicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida asosiy kasblar boʻyicha 6 oylik qisqa muddatli kurslar dasturi asosida oʻqish uchun ikkinchi bosqich bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan tinglovchilar markazga tashrif buyurdilar. Ular uchun markaz ma'muriyati va Afg‘onistonning Termiz shahridagi bosh konsullik vakillari ishtirokida uchrashuv hamda tanishuv darslari tashkil etildi.


ZIYO MASKANI 2023 164 2023 yil 15 noyabr kuni Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o'rinbosari Komiljon Karimov Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markaziga tashrif buyurdi. Tashrif davomida markazning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, axborot resurs markazi, o'quv va laboratoriya hamda amaliy san‘at to‘garagi xonalari, TTJda yaratilgan sharoitlar o'rganilib, markaz rahbariyatiga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi. 2023 yil 21 noyabr kuni Yevropa Ittifoqi, BMTTD va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish va kasbiy tayyorlash bo‘yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish” qo’shma loyihasining 2023-yil natijalari va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 2023 yil 23 noyabr kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga Xalqaro Migratsiya Tashkilotining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi stajyori Chjenxua Ma tashrif buyurdi. Tashrif davomida markaz


ZIYO MASKANI 2023 165 rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda XMT tomonidan moliyalashtirgan mablag‘lar hisobidan markazning 14 nafar bitiruvchisi Toshkent shahridagi Nordik xalqaro universitetining magistratura bosqichida o‘qishni davom ettirayotganliklari hamda XMT rahbariyati Markaz qoshida tashkil etilgan stomatologiya kabinetini zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash masalasini ma’qullaganligi ta'kidlab o‘tildi.Shuningdek, XMT tomonidan markazda “Fitnes-klub” tashkil etish va uni zaruriy sport anjomlari bilan ta’minlash ishlarida homiylik qilish vazifasi belgilab olindi. 2023 yil 24 noyabr kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi tinglovchilari Termiz shahri “Vatanparvarlar bog‘i”da bo‘lishdi.


ZIYO MASKANI 2023 166 Markaz tinglovchilari Termiz shahrida 3,8 gektar maydonda yangidan barpo etilgan “Vatanparvarlar bog‘i”da bo‘lishdi. Ushbu bog‘ 4 ta hududga, Vatanparvarlik, madaniy hordiq, sport va ma’naviy ozuqa hududlariga ajratilgan bo‘lib, yo‘nalishlarga mos ravishda jihozlangan. Hududda o‘rnatilgan tarixiy eksponatlar va harbiy texnikalar tinglovchilarga milliy armiyamizning tarixi va buguni haqida ma’lumotlar berish bilan birga ularda harbiy Vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishda xizmat qiladi. Shuningdek, bog‘ hududida yangi hunarmandchilik markazi va zamonaviy kutubxona ham tashkil etilgan. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazida tahsil olayotgan tinglovchilarga malakali mutaxassislar tomonidan dars mashg‘ulotlari o‘tildi. 2023 yil 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan Yoshlarni giyohvandlik va psixatropik moddalarga ruju qo‘ymasligi, uni oldini olish va OITS hastaligidan saqlash maqsadida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazida “Biz yoshlar giyohvandlik va OITSga qarshimiz” mavzusida tadbir tashkil etildi. Unda Surxondryo viloyat OITSga qarshi kurash markazi bo’limi boshlig’i H.Shoimov, markaz professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchilar ishtirok etdi. #jarayon Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta'lim markazi "Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari operatori" yo‘nalishi tinglovchilari uchun


ZIYO MASKANI 2023 167 Termiz tumanida joylashgan ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohalariga aloqador tashkilot va korxonalarida amaliy dars tashkil etildi. 2023 yil 14 dekabr kuni Markaz tinglovchilari uchun Qirqqiz qal’asi hamda Sulton Saodat majmualariga sayohat uyushtirildi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi "Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari" yo‘nalishi tinglovchilari Termiz tumanida joylashgan "Qirqqiz qal’asi" hamda "Sulton Saodat" majmualariga tashrif buyurishib, ushbu muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishdi. Afg‘onistonlik tinglovchilar ushbu majmualar bilan tanishib, buyuk bobokonlarimizni xotirlab, ularning haqqiga qur’on tilovat qilindi.


ZIYO MASKANI 2023 168 Shuningdek, tinglovchilarimiz Termiz tumanida yangi barpo etilayotgan Jome’ masjidining qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishib o‘tdilar. 2023 21 dekabr kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi "Payvandlash" yo‘nalishi tinglovchilari Termiz tumanida joylashgan"Sulton Saodat" majmuasiga tashrif buyurishib, ushbu muqaddas qadamjoni ziyorat qilishdi. Afg‘onistonlik tinglovchilar ushbu majmua bilan tanishib, buyuk bobokonlarimizni xotirlab, ularning haqqiga qur’on tilovat qilindi.


ZIYO MASKANI 2023 169 Аfgʼoniston fuqarolarini oʼqitish taʼlim markazida ham rango-rang panno va chiroqlar bilan bezatilgan bu esa afgʼonistonlik tinglovchi-yoshlarga bir olam zavq-shavq, koʼtarinki kayfiyat ulashdi. Shuningdek, markazda yil davomida sitqi dildan mehnat qilgan professor-oʼqituvchi va ishchi xodimlar hamda yashshi babolarga o‘qigan tinglivchilar munosib ragʼbatlantirildi. Shuningdek, markazda yil davomida sitqi dildan mehnat qilgan professor-oʼqituvchi va ishchi xodimlar hamda yashshi babolarga o‘qigan tinglivchilar munosib ragʼbatlantirildi. 2023 yil 26 dekabr kuni Termiz tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi boshlig‘i podpolkovnik Kabulov Sanjar Sobirovich hamda bo‘linma inspektori katta serjant Safarov Rustam Davlatovichlar ishtirokida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi talabalari uchun xorijiy


ZIYO MASKANI 2023 170 fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda bo‘lishlari tartibini tushuntirish maqsadida, davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda afg‘onistonlik talabalar viza rasmiylashtirishda uchraydigan ayrim muammolar yuzasidan savollar bilan murojaat qildilar va mutaxassislar tomonidan ushbu savollarga to‘liq javob berildi. 2023 yil 28 dekabr kuni Yangi yil bayrami munosabati bilan yil davomida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazida o‘tkazilgan o‘quv-metodik va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda hamda jamoat ishlarida faol ishtirok etgan direktor o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari va barcha hodimlar faoliyati e'tirof etildi.


ZIYO MASKANI 2023 171 2024 yil 11 yanvar kuni Afg'oniston fuqarolarini o'qitish taъlim markazi tinglovchilari Termiz shahridagi “Vatanparvarlar bog'i”da bo'lishdi. Markaz tinglovchilari Termiz shahrida 3,8 gektar maydonda yangidan barpo etilgan “Vatanparvarlar bog'i”da bo'lishdi. 2024 yil 14 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo`lib o`tdi. 2024 yil 16 yanvar kuni Xalqaro Migratsiya tashkilotining Pokiston va Markaziy Osiyoda ko’chirgan afg‘onlar uchun migratsiya boshqaruvi va xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini takomilashtirish dasturi xodimi Tatiana Verigo, Xalqaro Migratsiya Tashkilotining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi stajyori Chjenxua Ma, shu tashkilotining vakili Sayidalar Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdilar.


ZIYO MASKANI 2023 172 Tashrifdan asosiy maqsad, markazining hozirgi holati, talabalar va tinglovchilar uchun yaratilgan sharoitlar va kelajakdagi hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirishdan iboratdir 2024 yil 18 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Surxondaryo viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi, Surxondaryo gandbol federatsiyasi hamda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazi bilan hamkorlikda sportning gandbol turi bo‘yicha 2010- 2011 yilda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida viloyat ochiq turniri musobaqasi o‘tkazildi.


ZIYO MASKANI 2023 173 Ushbu keskin va murosasiz vaziyatlarga boy bo‘lgan turnirda Termiz tumani 3 umumiy o‘rta ta‘lim maktabi jamoasi faxrli 1o‘rinni, Angor tumani 15 maktab jamoasi 2 o‘rinni, Termiz tumani 16 maktab o‘smirlari 3 o'rinni egallashdi. 2024 yil 19 yanvar kuni Qumqo‘rg‘on tuman prokurori tashabbusi bilan "Yosh tadbirkor va hunarmandlar festivali" o‘tkazildi. Ushbu festivalni o‘tkazishda markazimiz rahbariyati ham o‘z hissasini qo‘shib, markazning amaliy san'at to‘garagi rahbarlari o‘zlarining milliy hunarmandchilik asarlari bilan faol ishtirok etishdi. 2024 yil 24 yanvar kuni Yevropa Ittifoqi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) “Аfgʻoniston fuqarolariga taʼlim berish va ularni kasbiy tayyorlash boʻyicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida tahsil olayotgan afg‘onistonlik tinglovchilarni ijtimoiy qo‘llabquvatlash maqsadida, "APEX LIFE


ZIYO MASKANI 2023 174 INSURANCE" sug‘urta kompaniyasi rahbariyati tomonidan tibbiy sug‘urta polislari topshirildi. Bunda tinglovchilar 1yil mobaynida o‘z sog‘liklarini tiklash hamda yo‘ldosh kasalliklarini sugurta polisi orqali davolash imkoniyatidan foydalanishlari mumkin bo‘lati.Tadbir davomida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan ssvollar bilan murojaat qilib, hamkor tashkilot vakillari o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar. 2024 yil 24 yanvar kuni Markazda tahsil olayotgan tinglovchilarning muammolarini hal etish, taklif va tashabbuslarini tinglash maqsadida rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi. Yurtimizda yoshlar masalasi davlat siyosati darajasida ekanligi barchamizga birdek ayon. Binobarin dunyoda muqobili yo‘q Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazi talaba va tinglovchilari uchun ham barcha imkoniyat shart-sharoitlar mavjud. Tinglovchilar yaratilgan shart-sharoitlardan mamnun ekanliklarini aytishdi va mavjud muammolar


ZIYO MASKANI 2023 175 haqida gaplashib olindi. Unda 150 nafardan ortiq tinglovchilar ishtirok etdi.Markaz direktori tomonidan sport, kitobxonlik kabi sohalardagi ayrim kamchiliklarga to‘xtalib, mas'ullarga qisqa muddat ushbu kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Uchrashuvda markaz direktori Oybek Ro‘ziyev qilinayotgan sa'y-harakatlarning barchasi talabayoshlarning kelajagi uchun ekanligini, har jabhada yoshlarni qo'llabquvvatlashini ta’kidlab, ularni yetuk mutaxassis bo'lishlariga ishonch bildirdi. 2024 yil 30 yanvar kuni Mustaqil O‘zbekistonning asoschisi, buyuk davlat arbobi, O‘zbekiston Qahramoni O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti marhum Islom Karimovning tavallud topgan kuni munosabati bilan Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida "Islom Karimov - mustaqil O‘zbekistonning asoschisi" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor Ch.Jummaev mehmon sifatida ishtirok etdi.


ZIYO MASKANI 2023 176 Shuningdek, filolog, iqtisodchi, tarixchi olimlar, professor-o‘qituvchilar va markaz talaba yoshlari ishtirok etishdi. Ma'ruzachilar o‘z ma’ruzalarida, Islom Abdug‘anievich Karimov mustaqil O‘zbekistonning asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi ekanligi, u mamlakatimizni ayrim qiyinchiliklarga qaramay qisqa muddatda jadal rivojlanayotgan zamonaviy demokratik davlatga aylantirganligi, Islom Karimovning bosib o‘tgan hayot yo‘llari, yozgan asarlari hamda olgan unvon va ordenlari haqida batafsil ma’lumot berdilar. Tadbir davomida buyuk davlat arbobining hayot yo‘li, Prezidentlik va ungacha bo‘lgan mehnat faoliyatini o‘zida aks ettirgan videofilmlar namoyish etildi. 2024 yil 8 fevral kuni Afgoniston fuqarolarini oqitish talim markazi jamoasi va tinglovchilari Termiz Iqtisodiyot va servis universiteti jamoasi bilan birgalikda Termiz shahridagi Alisher Navoiy haykali poyida shoirning 583 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etishdi. Ushbu tadbirda Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari I.Safarov hamda Afgoniston fuqarolarini oqitish talim markazi direktori O.Roziyev sozga chiqib Shoir ijodi va hozirda mamlakatimizda A.Navoiy nomini abadiylashtirish borasidagi olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumotlar berib otdi. Tadbir


ZIYO MASKANI 2023 177 davomida Ozbeki tili va adabiyoti oqituvchisi S.Torayeva sozga chiqib Navoiy ijodining hozirda organilishi va ahamiyati haqida gapirdi. 2024 yil 9 fevral kuni Afgoniston fuqarolarini oqitish talim markazida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan "Sheriyat osmonining porloq yulduzi" nomli adabiy-badiiy kecha bolib otdi. Ushbu tadbirda Termiz tumani Lola nomli 36-bogcha tarbiyalanuvchilari, Termiz tumani 21-umumiy o‘rta ta‘lim maktabining iqtidorli o‘quvchilari, Termiz muhandislik - texnologiya instituti talaba yoshlari mehmon sifatida ishtirok etishdi. Tadbirda markaz tinglovchilari va mehmonlar ishtirokida buyuk shoirning gazal va ruboiylari oqildi. Shoir haqidagi rivoyatlar sahna korinishida namoyish etildi. Tadbir kotarinki ruhda otdi va barcha qatnashganlarga zavq bagishladi.


ZIYO MASKANI 2023 178 Shoir asarlari koʼrgazmasi tashkil etildi. Аdabiy-badiiy kechada faol ishtirok etgan talabalar faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar. 2024 yil 10 fevral kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirildi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida markaz hududida bu yil bahor oylarida 500 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish vazifasi qo‘yilgan edi. Bugun ushbu reja asosida markazda "Payvandchilik" yo‘nalishida tahsil olayotgan afg‘onistonlik tinglovchilar tomonidan tok yetishtirish uchun tayyorlangan maxsus joyda 60 tup tok ko‘chatlari ekildi. 2024 yil 10 fevral kuni 2024 yil 10 fevral kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga, Jauzjon universiteti professorlari Nurulloh Oltoy, Ashraf Sharifi va Vakil Vakilzodalar tashrif buyurdi. Mehmonlar o‘z tashriflarini


ZIYO MASKANI 2023 179 talaba va tinglovchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdan boshladilar. Uchrashuv davomida markaz direktori O.Ro‘ziyev markazga tashrif buyurgan mehmonlarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, bugungi kunda markazda qisqa muddatli kurslarda 150 nafar afg‘on fuqarolari tahsil olayotganlarni ta’kidlab o‘tdi. Uchrashuv doirasida afg‘onistonlik talabalar bilan dildan suhbat qilindi. -Biz bir daryoning ikki qirg‘og‘ida yashaydigan bir millatmiz, deydi Jauzjon universiteti professori Nurulloh Oltoy. Tilimiz, tomirimiz, dinimiz, qadriyatlarimiz bir. O‘tmishda ham buyuk ajdodlarimizilm izlab, dun yo kezgan. Jahonga ziyo nurini sochgan. Markazda ta’lim olayotgan afg‘on yoshlarida ajdodlarning ana shunday yuksak fazilatini ko‘rgandek bo‘ldim. Ilmga, o‘zlari qiziqqan kasbni o‘rganishga chanqoqligidan, ijodiy izlanuvchanligidan juda xursand bo‘ldim deya o‘z fikrini davom ettirdi Tadbir so‘ngida, mehmonlar tomonidan markaz hovlisida mevali daraxt ekildi


ZIYO MASKANI 2023 180 2024 yil 13 fevral kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. Ta’lim markazi ma’muriyati, professor-o‘qituvchilar, Termiz tumani 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi iqtidorli o‘quvchilari, talaba va tinglovchilar ishtirok etgan tadbirda buyuk sarkarda, shoh, shoir va yetuk qomusiy olimning hayoti, ijodi, boy ma’naviy merosi, sarkardalik san’ati xususida atroflicha so‘z yuritildi. Buyuk davlat arbobining jahon madaniyati, adabiyoti va she’riyatida qoldirgan bebaho merosi haqida fikr almashildi. 2024 yil 14 fevral kuni Afgʼoniston fuqarolarini oʼqitish taʼlim markazi hamda “Barqaror hayot” xalqaro ijtimoiy-maʼrifat markazi hamkorligi doirasida, ular tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi va Yevropa


ZIYO MASKANI 2023 181 Ittifoqi bilan hamkorlikdagi “Afg‘oniston fuqarolariga ta’lim berish va ularni kasbiy tayyorlash bo‘yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish” loyihasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Migratsiya bo‘yicha Xalqaro Tashkilot – BMT Migratsiya agentligining “Ostonada yordam va integratsiya ko‘nikmalari” mobil xizmati loyihasi asosida markazda tahsil olayotgan 40 nafar tinglovchilarni beg‘araz (bepul) chuqurlashtirgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 2024 yil 15 fevral kuni O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi markaziy Kengashi raisi Poyonov Temurbek Olimovich 2024 yil 15 fevral kuni Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markaziga tashrif buyurdi.Tashrif davomida markazda tahsil olayotgan Afg'on yoshlari bilan uchrashuv o'tkazildi. Shuningdek, Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazi va O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi markaziy Kengashi o'rtasida anglashuv memorandumi


ZIYO MASKANI 2023 182 imzolandi. Tashrif davomida Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazi yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti raisi etib A. Boltayev tayinlandi. 2024 yil 19 fevral kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazida Zakovat intellektual klubining navbatdagi bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zakovat intellektual oʼyinini aholi oʼrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intelektual oʼyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʼgʼrisi”da 2022 yil 20 yanvardagi PQ-96 sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida, markazda Zakovat klubi tashkil etilib, yo‘nalishlar oʼrtasida markaz bosqichi bellashuvi oʼtkazildi. Ushbu bellashuvda afgʼonistonlik yoshlar katta qiziqish bilan ishtirok etib, oʼz iqtidorlarini namoyon etdi.Shuningdek, ushbu bellashuvda markaz professoroʼqituvchilaridan iborat bo`lgan kuzatuvchi va ekspertlar guruhi tarkibi shakllantirildi.


ZIYO MASKANI 2023 183 Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazida tahsil olayotgan tinglovchilarga markaz rahbariyati hamda malakali mutaxassis va pedagoglar tomonidan amaliy dars mashg‘ulotlari o‘tildi. 2024 yil 24 fevral kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi jamoasi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Surxondaryo viloyat kengashi markazning 2023-2025 yillarga imzolangan Jamoa shartnomasining 2023 yilda bajarilishi to‘g‘risidagi hisoboti muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Ushbu yigilishda O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Surxondaryo viloyat kengashi raisi A. Axmedov bevosita ishtirok etdi. Shuningdek, 2023-2025 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2023 yilda bajarilishi yuzasidan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining direktori O. Ro‘zievning va boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi O. Tojievning hisoboti tinglandi.


ZIYO MASKANI 2023 184 2024 yil 1mart kuni Аfgʼoniston fuqarolarini oʼqitish taʼlim markazi hamda Termiz tumani 17-sonli umumiy oʼrta taʼlim maktabi maʼmuriyati va iqtidorli oʼquvchilari va yosh ijodkorlar bilan hamkorlikda buyuk oʼzbek shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 109 yilligiga bagʼishlangan “ZULFIYAO‘ZBEK AYOLINING YORQIN TIMSOLI” nomli adabiy-badiiy kecha boʼlib oʼtdi. Tadbirda markaz jamoasi tinglovchilarining chiqishlari va mehmonlarning kuy va qo"shiqlari barchaga manzur bo"ldi. 2024 yil 7mart kuni O’zbekiston yoshlar ittifoqi hamda O’zbekiston Ekologik partiyasi bilan hamkorlikda Afg’oniston fuqorolarini o’qitish markazida “Hashar yoshlarga yarashar” shiori ostida “Har bir yoshga - bir nihol” aksiyasi o’tkazildi.


ZIYO MASKANI 2023 185 Loyihada Markaziy Kengash raisi Temurbek Poyonov va yoshlar hamda Afgʻoniston fuqarolari ishtirok etishdi 2024 yil 7 mart kuni Surxondaryo tajribasi misolida o'tkazilgan "Talabalar bahori" festivali doirasida Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov, mutasaddi rahbarlar hamda talaba-yoshlar ishtirokida "Sog'lom hayot uchun 5000 qadam" yurish marafoni bo'lib o'tdi. Marafonda Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazi professor-o'qituvchi va ishchi-xodimlari hamda afg'on tinglovchilari faol ishtirok etdi.


ZIYO MASKANI 2023 186 2024 yil 10 mart kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazida “Sumalak sayli”ga start berildi. Surxondaryo tajribasi asosida “Talabalar bahori” yoshlar festivali davomida "Hashar-biz yoshlarga yarashar" shiori ostida "Ekologik marafon" aksiyasi doirasida "Har bir yoshga bir nihol" loyihasi Afg"oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazida bo"lib o"tdi. Ushbu tadbirda viloyat Ekologiya va atrofmuhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Janubiy g'arbiy maxsus harbiy okrugi,


ZIYO MASKANI 2023 187 Termiz tumani hokimligi hamda Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazi jamoasi ishtirok etdi. 2024 yil 14 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi 50-sonli bayoni ijrosi yuzasidan Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi hamda Termiz tuman hokimligi hamkorligida Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazida Markaz direktori O.Roʻziyev va Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti katta oʻqituvchisi A.Mamadiyarovlar tomonidan tumandagi korxona, tashkilot, ta'lim va tibbiyot sohalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarga mas'ul xodimlar uchun “MA’NAVIYAT SEKTORI” faoliyatini namunali yo‘lga qo‘yish maqsadida seminar tashkil etildi. 2024 yil 14 mart kuni Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazining Axborot vositalari mashinalari va Kompyuter tarmoqlari, Kompyuter grafikasi


ZIYO MASKANI 2023 188 va dizayn operatori yo'nalishlari tinglovchilari Qumqo'rg'on agrotexnologiyalar texnikumiga rejadagi o'quv amaliyotini o'tkazish maqsadida tashrif buyurishdi. U yerda Qumqo'rg'on agrotexnologoyalar texnikumi direktori vazifasini bajaruvchi S. Mamayusupov va o'quv ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Ch. Jumayevlar kutub oldilar va texnikumdagi shart-sharoitlar bilan tanishtirdilar. Tinglovchilarimiz o'quv xonalar, o'simlikshunoslik, payvandlovchilik, chorvachilik bo'yicha jihozlangan labaratoriya xonalari bilan tanishishdi. Yo'nalishi bo'yicha o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. 2024 yil 15 mart kuni Afgoniston fuqarolarini o'qitish ta;lim markazida tashkil etilgan Ma'naviyat sektorida "Besh tashabbus"doirasida sportning stol tennisi bo'yicha tumandagi mahalla yoshlari o'rtasida musobaqa bo'lib o'tmoqda. Ushbu bellashuvda Termiz tumanida joylashgan Istiqlol ,Sh Rashidov, Do'stlik , A.Termur, Qoraxon mahallasi yoshlari bellashishdi.G'oliblarga estalik sovg'alari berildi.


ZIYO MASKANI 2023 189 2024 yil 15 mart kuni Toshkent shahrida "Vatandoshlar" jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan O'zbek tili onlayn ta'lim platformasining taqdimoti bo'lib o'tdi. Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Maktab va maktabgacha ta'lim vaziri X. U. Umarova, O"zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi S. S. Saidov, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori U. A. Tairovich, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O"zbek tili va adabiyoti universiteti mas'ullari va OAV vakillari ishtirok etishdi.


ZIYO MASKANI 2023 190 Shuningdek, mazkur taqdimotga Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikistondagi o'zbek tili va adabiyoti o'qituvchilari, Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi tinglovchilari tashrif buyurishdi. Bundan tashqari, tadbirni onlayn tarzda O'zbekistonning xorijiy mamlakatlaridagi diplomatik vakolatxonalari vakillari dunyoning turli mamlakatlarida istiqomat qilayotgan Vatandoshlar ham kuzatib borishdi. 2024 yil 19 mart kuni Termiz shahridagi “San’at saroyi” hududida o‘tkazilayotgan “Navro‘z” saylining rasmiy ochilish marosimi Hakim AtTermiziy shoh ko‘chasida karnay-surnay sadolari ostida bo‘lib o‘tdi. Termiz shahridagi “San’at saroyi” hududida keng tantana qilinayotgan viloyatning asosiy Navro‘z bayrami tadbirlari "Surxondaryo" teleradiokompaniyasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi. Ushbu tadbirda Afg"oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazi jamoasi va tinglovchilari faol ishtirok etishdi.


ZIYO MASKANI 2023 191 “San’at saroyi” majmuasi hududida Surxon vohasining qadimiy urf-odatlari va an’analarini o‘zida mujassam etgan Milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari namoyishida Afg"oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazi jamoasi ko"rgazmalari Surxondaryo viloyati hokimligi Sog'liqni saqlash boshqarmasi vakillarida katta ta"surot qoldirdi. 2024 yil 20 mart kuni Xitoy Xalq Respublikasining O'zbekistondagi Xitoy savdo uyushmasi raisi Chang King Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan va BMT taraqqiyot dasturi tomonidan amalga oshirilayotgan "Qozog‘iston va O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash orqali afg‘on ayollarining iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini keng aytirishni qo‘llab-quvvatlash" mintaqaviy loyihasi menejeri U. Kamoliddinovlar markazga tashrif buyurdi.


ZIYO MASKANI 2023 192 Mehmonlar markazda tahsil olayotgan kurs tinglovchilariga yaratilgan shartsharoitlar bilan tanishishdilar. Markaz ma'muriyati mehmonlarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, 2019 yil Xitoy ning O'zbekistondagi elchixonasi hamkorligida Afg'oniston qishloq xo'jaligi, irrigatsiya va chorvachilik bo'yicha qisqa muddatli kurs tashkil etilganligini e'tirof etdi. Markaz o'quv bazasida Xitoy tilini o'rgatish kurslarini tashkil etish taklifi berildi.


ZIYO MASKANI 2023 193 3 aprel -Butun jahon salomatlik kuni munosabati bilan Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta`lim markazida tinglovchilar uchun ustoz-murabbiy Abdumalik Jumanazarov tomonidan "Inson va salomatlik" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.Ustozning 20ga yaqin risolalari Davlat nashriyotida e’lon qilingan. Shu jumladan 2023-yilda “Oqtepa va Oqtepaliklar” va “Tabarruk dargoh” nomli kitoblari chop etilgan. 2024 yil 3 aprel kuni KFW Taraqqiyot banki vakili Vitalis Ritter, GIZning “Termiz shahrida tibbiy ta’limni modernizatsiya qilish va kadrlar tayyorlash” loyihasi menejeri Kord Fersmold, GIZning O‘zbekistondagi mintaqaviy direktori Yoahim Fritz, GIZning sog’liqni saqlash dasturi rahbari Korneliya Bekker va Termiz Tibbiyot akademiyasi Ilmiy kotibi M.Ergashovlar Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdilar. Mehmonlar tashrif davomida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining o‘quv va moddiy texnik bazasi hamda tahsil olayotgan kurs


ZIYO MASKANI 2023 194 tinglovchilariga yaratilgan shart-sharoitlar va kelajakdagi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdilar. 2024 yil 4 aprel kuni Afgoniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazining Kompyuter grafikasi yo'nalishi tinglovchilariga rejadagi "Rastrli grafika asoslari" mavzusida o"qituvchi Gulhayo Rahimjanovna tomonidan ochiq dars o"tib berildi. 2024 8 aprel kuni Afgoniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazi direktori Oybek Abdumo‘minovich Ruziyev markazda bakalavr yo'nalishini tugatib, hozirda Toshkent shahrida turli oliygohlarning magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashib, ularning yashash sharoitlari va dars jarayonlari bilan tanishdi.


ZIYO MASKANI 2023 195 2024 yil 8 aprel kuni Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazida Buyuk sarkarda, Davlat arbobi Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan IT kurs tinglovchilariga ma"naviy-ma'rifiy va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'limi boshlig'i Tadjiyev Olimjon Nursaxatovich tomonidan "Amir Temurma''rifat homiysi" mavzusida seminar - trening o' tkazildi. Seminarda tinglovchilar mavzu doirasida o"zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. 2024 yil 8 aprel kuni Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazi tinglovchilari o'rtasida Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan "Sohibqiron Amir Temurning jahon taraqqiyotida tutgan o'rni" mavzusida test sinovlari o'tkazildi. Tanlovda yuqori ballarga ega bo'lgan tinglovchilarga II bosqichda ishtirok etish imkoniyati berildi. 2024 yil 9 aprel kuni Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazida Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati


ZIYO MASKANI 2023 196 bilan " Sohibqiron Amir Temurning jahon taraqqiyotida tutgan o'rni" mavzusida ko'rik tanlovning II bosqichi bo'lib o'tdi. Tadbirda Surxondaryo viloyati Yoshlar ittifoqi matbuot kotibi Asliddin Xoliyorov, Termiz tumani Ma'naviyat bo'limi boshlig'i Yoqubjon Mustanovlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida markaz tinglovchilarining chiqishlari, videorolik va slaydlari, sahna ko'rinishlari hakamlar tomonidan baholab borildi. Tanlovda g'olib bo'lgan tinglovchilarga homiylar tomonidan kitoblar, qimmatbaho sovg"alar, sertifikat va diplomlar topshirildi. 2024 “Ma’naviyat sektori”ning Surxondaryo viloyati faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha respublika seminari bo'lib o'tdi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hududiy bo‘limi rahbarlari, hududiy Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va O‘zbekiston


ZIYO MASKANI 2023 197 Mahallalari uyushmasi hududiy boshqarmasining tegishli xodimlari ishtirok etishdi. Ushbu seminarda Afg"oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazi jamoasi ham faol ishtirok etdi. 2024 yil 16 aprel kuni Xalqaro Migratsiya tashkilotining Pokiston va Markaziy Osiyoda ko’chirgan afg‘onlar uchun migratsiya boshqaruvi va xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini takomillashtirish dasturi xodimi Tatyana Verigo, Xalqaro Migratsiya Tashkilotining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi stajyori Chjenxua Ma va tashkilotning mas’ul vakillari Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida xorijiy tashkilot vakillari va markaz rahbariyati hamda tinglovchilar bilan muloqot bo’lib o‘tdi. Muloqot davomida tinglovchilar ta’lim markazida Xalqaro Migratsiya tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “Fitnes-klub” hamda ta’lim markazida tashkil etilayotgan stomatologiya kabineti uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdilar. Shuningdek, ular tomonidan kelgusida markaz bazasida bakalavr ta’lim yo’nalishlarida o’z tahsilini davom


ZIYO MASKANI 2023 198 ettirishlari, o’z bizneslarini yo’lga qo'yish borasida ko’maklashishlari bo’yicha o‘z takliflarini berdilar. Аfgʼoniston fuqarolarini oʼqitish taʼlim markazi hamda “Barqaror hayot” xalqaro ijtimoiy-maʼrifat markazi hamkorligi doirasida, ular tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikdagi “Afg‘oniston fuqarolariga ta’lim berish va ularni kasbiy tayyorlash bo‘yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish” loyihasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Migratsiya bo‘yicha Xalqaro Tashkilot – BMT Migratsiya agentligining “Ostonada yordam va integratsiya ko‘nikmalari” mobil xizmati loyihasi asosida markazda tahsil olayotgan 50 nafar tinglovchilarni beg‘araz (bepul) chuqurlashtirgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.Ko'rik davomida tinglovchilar tibbiy tekshiruvdan o'tkazilib, malakali shifokorlardan maslahat va tavsiyalar oldilar.


ZIYO MASKANI 2023 199 2024 yil 20 aprel kuni Yevropa ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan BMT taraqqiyot dasturi bilan Afg`oniston fuqarolarini o`qitish ta'lim markazi hamklorlikda tashkil etilgan “Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish va kasbiy tayyorlash bo‘yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida tahsil olgan va olayotgan Tikuvchilik, Agrobiznes va marketing, Kompyuter tizimlari va majmualari, Turizm, Transport, Kompyuter grafikasi va dizayn operatori, Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari, Payvandlovchi yo'nalishlari tinglovchilarini ishga joylashtirish bo'yicha markaz rahbariyati va loyiha vakillari "Termiz xalqaro savdo markazi" rahbariyati bilan hamkorlik qilish bo'yicha kelishib oldilar. 2024 yilning 22-26 aprel kunlari Surxondaryo viloyatida "Kitobsevar millat" shiori ostida Termiz Davlat universitetida "Kitobxonlik haftaligi" tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirda Afg"oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazi jamoasi ham faol ishtirok etdi. Tadbir davomida Afg"onistonlik tinglovchilar Axborot resurs markazidagi shart-sharoitlar va u yerda ko'rsatiladigan xizmatlar bilan tanishishdi. IT guruhi tinglovchisi Turon Tojiddin Surxondaryo televideniyesiga intervyu berdi. Tadbir markaz tinglovchilarida katta ta'surot qoldirdi. 2024 yil 23 aprel kuni Afg'oniston Fuqarolarini o'qitish ta'lim markazidan 1-23 va 6-23 kompyuter grafikasi guruhlari Dasturiy ishlab chiqarish amaliyotini o'tash uchun Termiz shahar At-Termiziy ko'chasi 28-uyga joylashgan, IT Park


ZIYO MASKANI 2023 200 Surxondaryo viloyati filialida bo`lishdi. IT Park raxbari Jafar Xaitov va bosh menejeri Dilshod Maxmudovlar IT markaz faoliyati bilan batafsil tanishtirdi. Amaliyot o'tash uchun tomonlar o'rtasida shartnoma memorondum tuzildi. 2024 yil 24 aprel kuni Afg'oniston delegatsiyasi Termiz xalqaro savdo markazi faoliyati bilan tanishdi. Afg‘oniston savdo-sanoat palatasi boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi. O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o'rinbosari D.Rasulov delegatlarni Termiz shahrining Afg'oniston bilan chegaradosh hududidagi "Intermex" xalqaro savdo majmuasi faoliyati bilan tanishtirdi hamda ikki davlat vakillari o'rtasida uchrashuv o'tkazildi.Ushbu uchrashuvda Afgoniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazi rahbariyati va tinglovchilari ham qatnashishdi. Markaz tinglovchilarining bir guruhi Afgonistonlik rasmiy delegatsiyaga tarjimonlik qildi. Mehmonlarda "Intermex" xalqaro savdo majmuasida yaratilgan shart-sharoitlar katta ta`surot qoldirdi.


ZIYO MASKANI 2023 201 2024 yil 24 aprel kuni O’zbekiston Respublikasi “Hunarmandlar uyushmasi” Surxondaryo viloyat boshqarmasining Nogironligi bo'lgan hunarmandlarni qo'llab – quvvatlash hamda ularga maqbul muhitni yaratish uchun tashkil etilgan qo'l mehnati ko'rgazmasi bo'lib o`tdi. Ushbu tadbirda Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazi jamoasi va tinglovchilari ham faol ishtirok etishdi. Tadbirdagi faol ishtiroki uchun bir guruh tinglovchilar va markaz xodimlari sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.


ZIYO MASKANI 2023 202 2024 yilning 22-26 aprel kunlari Surxondaryo viloyatida "Kitobsevar millat" shiori ostida Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati axborot kutubxona markazida “Adib Sadriddin Ayniy ijodiyoti”ga bagishlab adabiymarifiy tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda Afg"oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazi va jamoasi ham faol ishtirok etdi. Tadbir davomida Afg'onistonlik tinglovchilar Axborot resurs markazidagi shart-sharoitlar va u yerda ko'rsatiladigan xizmatlar bilan tanishishdi. Adib ijodi haqida ma'ruzalar tinglandi va kutubxona xodimlari tomonidan adibning kitoblari tanishtirib o'tildi. Tadbir davomida markaz tinglovchilari oz ijod namunalaridan o'qib berishdi.Tadbir davomida faol ishtirok etgan tinglovchilar faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. 2024 yil 25 aprel kuni Termiz tuman maktab va maktabgacha ta'lim boshqarmasiga qarashli ta'lim muassasalari Ma'naviyat sektori rahbarlari Afg'oniston fuqarolarini o’qitish ta'lim markazida tashkil etilgan ma'naviyat sektori faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Mehmonlar va markazning Ma'naviyat sektori a'zolari o'rtasida davra suhbati o'tkazildi.Ushbu yig'ilishda Markaz ma'naviyat sektori faoliyati tahlil qilininib, kelgusidagi ishlar rejasi tuzildi. Har bir maktabda Ma'naviyat sektori faoliyatini yanada yaxshilash uchun sektor rahbari O.Ruziyevdan tegishli ko'rsatma va tavsiyalar olishdi.


Click to View FlipBook Version