The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by Ilxom Jumayev, 2024-05-19 14:52:57

Ziyo maskani 23.02.2024(3) (2)

Ziyo maskani 23.02.2024(3) (2)

ZIYO MASKANI 2023 203 2024 yil 25 aprel kuni Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy – tadqiqot markazida “Biz buyuk davlat, buyuk tarix, buyuk madaniyat yaratgan xalqmiz” mavzusida buyuk mutafakkirlarimizning ilmiy-ma'naviy va madaniy merosini o'rganishga qaratilgan seminar bo'lib otdi. Tadbirda Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazi jamoasi ham faol ishtirok etdi. Termiz jome masjidida joylashgan Imom Termiziy ilmiy-tadqiqot markazining kutubxona bo‘limi mutasaddilari ilmiy anjuman so‘ngida O‘zbekistonning buyuk allomasi Imom Termiziyning qo‘lyozma kitoblarini Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazi bilan hamkorlikda tarjima qilish bo'yicha kelishib olishdi. 2024 yil 26 aprel kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziriligi tizimidagi yuridik xizmat va kadrlar bo‘limi xodimlari uchun onlayn seminar-trening


ZIYO MASKANI 2023 204 bo'lib o'tdi. Seminarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Yuridik ta’minlash bo‘limi bosh yuriskosulti B. Axmadjonov Oliy ta’lim tizimida huquqni qo‘llashning yagona amaliyotni joriy etish bo'yicha ma'ruza qildi. Toshkent davlat yuridik universiteti mehnat huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi M. Karimjonov tomonidan Oliy ta’lim muassasalarida professor o‘qituvchilar bilan mehnat shartnomasini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish masalalari mavzusidagi maruzasi o'qib eshittirildi. Ushbu o'quv seminarida Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazi xodimlari ham faol ishtirok etishdi. Seminar -trening Yuridik xizmat va kadrlar bo'limi xodimlarini mehnat qonunchiligiga oid bilimlarini oshirish, mehnat qonunchiligini qo'llash bo`yicha vazirlik tizimida yagona amaliyotni shakllantirish maqsadida tashkil etildi. 2024 yil 26 aprel kuni Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazida atoqli shoir Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan «Muhammad Yusuf – el ardog'idagi shoir » mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Tadbirda markaz direktori O.Ruziyev Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi yurtimizda keng nishonlanayotganligi va adabiyotimizga qo'shgan hissasi borasida gapirib o'tdi.Tadbir davomida O'zbek tili va adabiyoti katta o'qituvchisi Sayyora To'rayeva “Muhammad Yusuf she'riyatining adabiyotshunoslikda tutgan o'rni ” mavzusida maruza qildi. Tadbir davomida 6-23 guruhi tinglovchilari shoir she'rlaridan yod o'qishdi. Tadbir songida


ZIYO MASKANI 2023 205 shoirning hayot yoli haqidagi videorolik taqdim qilindi.Tadbir davomida faol ishtirok etgan tinglovchilar faxriy yorliq va sertifikatlar bilan taqdirlanishdi. 2024 yil 26 aprel kuni Termiz tumanidagi 21 o'rta maktab va Afgoniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazi hamkorligida atoqli shoir Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan «Muhammad Yusuf – el ardog'idagi shoir » mavzusidagi Badiiy kecha o‘tkazildi. Tadbirda markaz O'zbek tili va adabiyoti katta o'qituvchisi Sayyora To'rayeva “Muhammad Yusuf she'riyatining o'rganilishi ” mavzusida ma'ruza qildi. Tadbir davomida maktab o'quvchilari shoir she'rlaridan yod o'qishdi. Tadbir davomida faol ishtirok etgan maktab o`quvchilari va markaz tinglovchilari faxriy yorliq va sertifikatlar bilan taqdirlanishdi. 2024 yil 29-aprel kuni Markazga Yaponiyaning “Xalqaro hamkorlik agentligi” (JICA)ning O‘zbekistondagi loyihalarni shakllantirish bo'yicha maslahatchisi Abe Naomi, agentlikning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakili Sharipov Sharifzoda hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Surxondaryo viloyati bo‘lim boshlig‘i F.Ramazonov tashrif buyurishdi. Mehmonlar markazning moddiy-texnik bazasi, yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Markaz rahbariyati tomonidan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim


ZIYO MASKANI 2023 206 markazi o‘quv bazasida bakalavr (Iqtisodiyot, IT, Qishloq xo‘jaligi, Tibbiyot, Xorijiy til (ingliz va yapon) hamda pedagogika) ta’lim yo‘nalishini, shuningdek, yapon tili, IT ta‘lim yo‘nalishlari bo‘yicha qisqa muddatlik kurslarni tashkil etish, Markazda “Yaponiya Smart o‘quv xonasi”ni tashkil etish, markaz hududida Yaponiya texnologiyalardan foydalangan holda issiqxona tashkil etish kabi takliflar bildirildi.


ZIYO MASKANI 2023 207


ZIYO MASKANI 2023 208


ZIYO MASKANI 2023 209


ZIYO MASKANI 2023 210


ZIYO MASKANI 2023 211


ZIYO MASKANI 2023 212


ZIYO MASKANI 2023 213


ZIYO MASKANI 2023 214


ZIYO MASKANI 2023 215


ZIYO MASKANI 2023 216


ZIYO MASKANI 2023 217 Ommabop risola S.XO’JAMURODOV Яш Nashriyot muharriri: Iqroriddin Ayniddinov Texnik muharrir: Abbos Boltayev Sahifalovchi: Xadicha Esho‘latova Dizayner: Sirojiddin Omondavlatov “KITOB Nashr” nashriyoti. Termiz shahri Islom Karimov ko‘chasi 62-uy Tasdiqnoma № 5300 (10.05.2023) 07.06.2023 yil terishga berildi Bosishga 07.07.2023 yil ruxsat berildi. Bichim 60/84/1/16 Ofset bosma usuli 10625 shart b.t. Adadi 100 nusxa “ILM-21” MCH bosmaxonasida chop etildi Termiz shahar, Nodira ko‘chasi, 6 uy


Click to View FlipBook Version