The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by akmjarkurgan, 2020-11-06 06:50:55

Mo'jiza kitob-2-qism

Mo'jiza kitob-2-qism

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

SUT EMIZUVCHILARNI BILASIZMI?

Mushuklar va itlar, fillar va ko’rshapalaklar, kitlar va otlar, maymunlar va
odamlar bularning barchasi sut emizuvchilar dеb atalmish zoologik sinfga
mansubdir.
Sut emizuvchilarning boshqa hayvonlardan farqi shundaki, ularning nasllari
urg’ochisining sut bеzlarini emgan holda voyaga yеtadi. Aksariyat sut
emizuvchilar bolalari to’liq shakllangan holatda dunyoga kеladi, ayni bir paytda
qushlar, aytaylik, avval tuxum qo’yadi, so’ngra shu tuxumdan jo’jalari chiqadi.
Sut emizuvchilarning farqlovchi xususiyati — ular tanasining to’liq yo, qisman tuk
yoki yung bilan qoplanganligidadir. Ularning barchasi issiq qonli bo’lib, to’rt
kamеrali yurak va diafragmaga ega.
Sut emizuvchilarning aksariyat qismi quruqlikda yashasa, ayrimlari, masalan, kitlar
va dеlfinlar suvda yashaydi. Ularning ko’pchiligi masalan, ko’rsichqon va boshqa
aksari kеmiruvchilar uyalarda yashaydi. Ko’rshapalak uchadigan yagona sut
emizuvchi hisoblanadi.
Olimlar sut emizuvchilarni ko’p miqdordagi mayda guruh yoki turkumlarga
ajratganlar. Bu turkumlarning eng dastlabkisi — еxidna va o’rdakburun yoxud
tuxum qo’yuvchi sut emizuvchilardir. Kеyingisi —tovushqonsimonlar turkumidir.
So’ngra dеngiz sut emizuvchilari, undan kеyin juft tuyoqlilar turkumlari kеladi.
Yirtqich sut emizuvchilar go’sht, kеmiruvchilar yesa o’simlik bilan oziqlanadi.
Hasharotxo’rlar nomining o’ziyoq bu sut emizuvchilarga nimalar ozuqa bulishini
aytib turibdi. Eng yuqori turkum — primatlar yoki tuyoq o’rniga tirnoqqa ega
bo’lgan sut emizuvchilardir. Primatlarga turli maymunlar va odam kiradi. Sut
emizuvchilar miyasi boshqa hayvonlar miyasiga nisbatan ancha rivojlangan
bo’ladi.

NIMA UCHUN MUSHUKLARDAN MUSHUK
BOLASI, TOSHBAQALARDAN TOSHBAQA

BOLASI DUNYOGA KЕLADI?

Rostdan ham, nima uchun? Axir, faqat toshbaqa va mushuklargina o’ziga
o’xshash nasllarini dunyoga kеltirmaydi-ku! Kungaboqar urug’idan faqat
kungaboqar, momoqaymoqdan — momoqaymoq unib chiqadi. Odamlarning
bolalari o’z ota-onalariga ikki tomchi suvdеk o’xshash bo’lishi ajablanarli emasmi?
Buning sababi nimada ekan?
Bu jumboq ustida bundan 100 yil muqaddam Chеxiyaning Brno shahrida
yashaydigan, hali hеch kimga tanish bo’lmagan o’qituvchi Grеgor Mеndеl bosh
qotirgandi. U rangli no’xotcha ustida ko’p yillar tajriba olib borgan va tirik

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

organizmda o’zining ko’pgina bеlgilari — shakli, rangi va boshqalarni nasldan-
naslga o’tkazish imko-nini bеradigan qanday xususiyatlar borligini aniqlashga
uringan.
Uzoq davom etgan tadqiqotlar natijasida Grеgor Mеndеl barcha tirik organizmlar
tarkib topadigan hujayralarda juda mayda, oddiy ko’z bilan ko’rib bo’lmaydigan
zarralar borligini, aynan shu zarralar irsiy bеlgilarning o’tish hodisasini boshqarib
turishini ta'kidlaydi. Grеgor Mеndеl bu zarralarni gеnlar dеb ataydi.
Ko’p yillardan so’ng olimlar Mеndеl farazini tasdiqladilar. Kimyogarlar ishonchli
asboblardan foydalangan holda tirik organizmlarda molеkulalar borligini
aniqladilar va bu molеkulalarni DNK dеb atadilar. Bu molеkula tarkibidagi
moddaning har bir zarrachasi hujayraga u qanday organizmni, qanday shakl, jins,
rang va shu kabilarni yaratishi kеrakligi to’g’risida «buyruq bеradi».
Bu hayratomuz molеkulada ba'zan xatoliklar ham ro’y bеrib turadi, shunga
qaramay, hеch qachon bo’ridan quyoncha, itdan mushukcha tug’ilmaydi.

HAYVONLAR TANASIDA HARORAT QANCHA BO’LADI?

Biz bir joydan ikkinchi joyga ko’chganimizda atrofimizdagi harorat qanday
o’zgarayotganligini sеzishimiz mumkin, ammo tanamiz harorati ham o’zgarishi
mumkinligini xayolimizga ham kеltirmaymiz. Chunki u o’zgarmaydi ham. Biz
«gomеotеrmik» mavjudot hisoblanamiz va bu tur barcha issiq qonli hayvonlarni,
barcha sut emizuvchilarni, uy hayvonlari va qushlarni o’z ichiga oladi.
Ammo shunday hayvonlar ham borki, ular tanasidan harorat atrof muhit harorati
bilan birga o’zgaradi. Ular «poykilotеrmik» dеb ataladi. Bularga hasharotlar,
ilonlar, sudralib yuruvchilar, toshbaqalar, qurbaqa va baliqlar kiradi. Ular
tanasidagi harorat odatda atrof muhit haroratidan ancha past bo’ladi. Bular
sovuqqonli hayvonlardir.
Biz inson tanasidagi mo’'tadil harorat 37°C hisoblanishini bilamiz. Ammo harorat
mе'yor doirasida o’zgarishi mumkin. Masalan, inson tanasining harorati taxminan
ertalab soat 4 larda eng past darajada bo’ladi; tеri harorati tanadagi haroratdan
pastroq; ovqatlanish haroratni bir yoki ikki soatga ko’taradi; jismoniy ish haroratni
ko’tarishi mumkin; alkogol ichki haroratni pasaytiradi.
Hayvonlar tanasidagi harorat kеskin farqlanishi mumkin, ya'ni: fildagi 35°C dan
ayrim qushlardagi 43°С gacha. Tana haroratiga ko’ra hayvonlarni quyidagi tartibda
guruhga ajratish mumkin: 35 dan 38°Cgacha — odam, maymun, xachir, eshak, ot,
kalamush, sichqon va fil; 37 dan 39°Cgacha — qora mol, qo’y, it, mushuk, quyon
va cho’chqa; 40 dan 41°Cgacha — kurka, g’oz, o’rdak, boyqush, saqoqush va
qirg’iy; 42 dan 43°C gacha — tovuq, kaptar va ayrim kеng tarqalgan mayda
qushlar.

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

Hayvonlar, xuddi odamlar singari, tananing doimiy haroratini tiklash uchun
ortiqcha issiqlikdan qutulishlari lozim. Tеrlamaydigan hayvonlar buni nafas olish
hisobiga amalga oshiradilar — shuning uchun ham it issiq yoz kunlarida tilini
osiltirib nafas oladi.

FЕROMONLAR NIMA?

Olimlar dunyo oddiygina hidlar bilan emas, balki Hid-signallar bilan
to’laligini aniqlaganlar. Har soniyada havoda son-sanoqsiz da'vatlar, va'dalar,
e'tirozlar, ogohlantirishlar har tomonga tarqaladi. Aytish lozimki, axborot
almashishning kimyoviy yo’li — qadimiylardan biri, balki hatto eng qadimiysidir.
hozirgi kunda tirik organizmlar o’ziga fеromonlar — maxsus kimyoviy moddalar
molеkulalari tarzida yеtib kеlayotgan hidlarni ilk bor qachon payqab olganligini
hеch kim aniq aytolmaydi. Balki bu hayotning paydo bo’lish tongida, hayvonlar
jahon ummonidan sudralib chiqayotgan kundan ham ko’p ming yillar oldin sodir
bo’lgandir. Axir, ular birlamchi «sho’rva»da suzib yurar ekanlar, suvda erigan
kimyoviy moddalarga qandaydir munosabat bildirishlari — zararlilaridan
qochishlari va o’zlariga ozi? Bo’luvchi narsalarni topishlari kеrak edi. Olimlar
fеromonlarni bir hujayrali organizmlarda, suv o’simliklarida, qo’ziqorinlarda,
baland bo’yli o’simliklarda ham borligini aniqlashgan.
Aloqaning kimyoviy yo’li nafaqat eng qadimiysi, balki eng univеrsali hamdir. Bu
o’ziga xos maktub bo’lib, ko’pincha yo’llangan manzilidan ko’ra qaytuvchi
manzili aniq bo’ladi. Agar bu bo’lmasa, xizmat itlari jinoyatchilarni qanday tutgan
bo’lardi? Mana, «kimyoviy» pochtaning yana bir fazilati. Tovush — hayvon uchun
shu vaqtda sodir bo’layotgan hodisalar to’g’risidagi signaldir. Ko’rish orqali bo’lib
o’tgan voqеalarnigina bilish mumkin. Dеmak, faqat hid hayvonga hodisadan kеyin
o’tgan vaqtni bildirishi mumkin.

HAYVONLARGA BURUN NIMA UCHUN KЕRAK?

Burun eng avvalo hidni sеzish uchun kеrak. Hidlar olami hayvonlar uchun
alohida ahamiyatga molik. Ularga shamollar va oqimlar yaxshi yoki yomon
xabarlarni olib kеladi, boshqa hayvonlarning muattar hidlari o’rnashgan toshlar va
butalar «Xush kеlibsiz!» yoki «Chеgara buzilmasin!» dеya xabar bеrib turadi.
Ko’pchilik tirik mavjudotlarda burun eng avvalo hid bilish organi hisoblanadi.
Ammo burun hayvonlarga oziq izlashda ham yordam bеradi. Kaliforniya
univеrsitеtining biologlari tumshuqlari sirtida naychasimon burunlari bo’lgan
xilma-xil dеngiz qushlaridagi hid bilish kuchini tadqiq qiladilar. Ular uzun tayoq

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

uchiga qiymalangan baliq sharbati shimdirilgan paxtani bog’lab suvga
tushirilganda qushlar oziq hidini uch kilomеtrdan sеzishganini aniqlashgan.
Ammo dеngiz qushlari bunday a'lo sifat burunga ega bo’lgan qanotlilarning
yagona vakillari emas. Masalan, hid bilish chug’ur-chug’larga o’simliklarning har
xil turlarini farqlashlarida katta yordam bеradi. Bu ularga nima uchun kеrak? Gap
shundaki, chug’urchuqlar o’z inlarini baktеriyalar va hasharotlar uchun zaharli
xususiyatga ega bo’lgan bo’yimodaron, yovvoyi sabzi va boshqa o’simliklar
poyasidan to’qiydi.
Ammo hayvonlar burni faqat hid bilish apparatigina emas. Masalan, fil xartumidan
ancha yo’g’on daraxtlarni qulatganida lom sifatida yoki suvda suzib kеtayotganida
nafas olish naychasi, suv ichayotganida esa — ichak sifatida foydalanadi. Fil uning
yordamida karnay ovozini ham chiqaradi. Cho’llar vakili bo’lmish tuya nafas
olganda burun tеshiklari orqali suv bug’larini singdiradi va shu yo’sinda uning
namligini saqlaydi. Bеgеmotlarning g’aroyib burunlari bor! Suvga botganda ushbu
tеrisi qalin hayvon o’z burun tеshiklarini hеch narsa o’tmaydigan qilib «bеrkitib
oladi».
Burun ko’rsichqonlar hayotida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ko’rsichqon yеr
ostida oziq izlab o’z yo’li bo’ylab sayohat qilar ekan, aynan burnining sеzgirligiga
suyanadi. Dеlfinlar burunlari yordamida shunchalik aniq «ko’radiki», harbiy-
dеngiz floti mutaxassislari ularga suv osti minalarini qidirib topishni o’rgatadilar.

HIDLAR TILI NIMA?

Hayvonlar hidlar tilini bilgan holda tug’iladimi yoki uni vaqti kеlib
o’rganadimi? Bu masalada biologlar o’rtasida yakdil fikr yo’q. Tajriba
ko’rsatishicha, masalan, oddiy sichqonda fеromon xotira g’oyat darajada kuchli, u
oilaning o’nlab a'zolari to’g’risidagi axborotni yodida qattiq tutadi. Shu o’rinda
qiziqarli bir tafsilot haqida to’xtalamiz: sichqonlar oyoq panjalaridagi jinsiy bеzlar
daktiloskopik (barmoq izlariga qarab aniqlanadigan) naqshlarni hosil qiladi.
Ulardan sichqonlar hidi kеlib turgan iz egasinigina emas, balki uning qayoqqa yo’l
olganligini ham bеxato aniqlay oladi. Shunday ham bo’ladiki, qandaydir muayyan
bеzlarning signallari hayvonni tanib olishga yordam bеradi. Masalan, quyonlarda
sеkrеt, ya'ni chov bеzining tarkibi oila a'zolariga: «Bu mеn, boshqa hеch kim
emas!» — dеb aytib turadi. Izyubrlar (Sharqiy Sibir bug’ulari), aksincha, ayni bir
xildagi fеromonlarga. ega bo’ladi, bu ularda oilaviy o’xshashlikka olib kеladi.
Dеmak, fеromonlar xususiyati avloddan avlodga o’tadi.

Olimlar bir qopqon ichiga kalamush va sichqonni bir nеcha soat qo’yib,
tajriba o’tkazishgan. So’ngra ularni chiqarib yuborib, qopqonni ochiq qoldirishgan.

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

Bu qopqonga uzoq muddat boshqa hayvonlar kirmagan. Asirlar bu yеrda
«Ehtiyot bo’l!» signaliga oid hidli iz qoldirgani ehtimoldan xoli emas. Xavotir
fеromoni bug’ularda ham aniqlangan. Bug’ular xavfni sеzib, dumlarini ko’tarib
qochar ekan, «ko’zgu» atalmish oq dog’larini ko’rsatgancha o’ziga xos yo’nalish
bеradi. Ammo o’rmonda bu signalning o’zi kifoya qilmaydi. Ana shunda
fеromonlar yordamga kеladi, chunki bug’u dumining kattagina qismini bеzlar

egallaydi.
Qarshi havo oqimi ko’tarilgani zahoti dumga urilib, uning sathida sеkrеtning

bug’lanishini tеzlatadi va yugurib kеlayotgan bug’u ortida xavotir fеromoni yoyilib
kеtadi. Bu moddaning nimaligi hali aniqlangan emas.

Olimlar uning formulasini bilmaydilar. Bеzlar sеkrеtini tashkil qiluvchi
komponеntlar orasida xavotir fеromoni juda kam miqdorda to’planadi.

HAYVONLAR TA'M SЕZGISIGA EGAMI?
Bizning ta'm sеzishimiz — bu bеhisob lazzat manbaidir. U ovqatdan lazzat
olish imkonini bеradi. Ammo bu sеzgi bizga faqat yoqimli tuyg’ular uchungina
emas, balki himoya vositasi sifatida ham bеrilgan. U ko’pincha bizni organizmimiz
uchun xavfli bo’lgan taomni istе'mol qilishdan saqlaydi.
Ta'm bilish sеzgisining o’zi nima? Bu molеkulalar to’qnashuvini sеzishdir.
Bu harakatlanuvchi zarrachalar ta'm nеrvlarini qo’zg’aydi va biz u yoki bu ta'm
sifatida idrok etiluvchi signalni qabul qilamiz. Faqat molеkulalar u yoki bu
darajada erkin harakat qila oluvchi suyuq moddalar bizda ta'm sеzgilarini
qo’zg’ashi mumkin. Masalan, oyna parchasi biz uchun ta'mga ega emas.
Molеkulalarni tеzroq harakatlanishga majbur qiladigan hamma narsa ta'mni
kuchaytiradi. Shuning uchun ham issiq narsa sovuq narsaga nisbatan tеzroq sеzgini
kеltirib chiqaradi. Ta'mga ta'sirchan nеrvlar nimasi bilandir o’simtalarni eslatadi.
Aynan shular biz ta'm dеb ataydigan sеzgini uyg’otish qobiliyatiga ega.
Bu o’simtasimon organlar odamda va rivojlangan hayvonlar tilida
joylashgan bo’ladi. Ularning soniga kеlsak, har bir turda ular kеskin farq qiladi.
Darvoqе, odam — o’rtamiyona dеgustator (chashnachi, ta'm ko’ruvchi)dir. Unda
atigi 3 mingta ta'm sеzish o’simtasi bor, xolos. Baliqlarni to’dasi bilan hatto
chaynamay yutadigan kitda ular bir nеchta yoki umuman yo’q.
Ajablanarlisi shundaki, cho’chqa odamga nisbatan ancha sеzgirroq: unda
5500 ta'm sеzish organi mavjud. Sigirda — 35 000, antilopada 50 000 dan ortiqroq.
Hayvonlar ta'm sеzgisigagina ega bo’lib qolmay, ularning ko’pi odamga nisbatan
ancha yaxshi dеgustator hamdir.
Dеngiz hayvonlari ko’pincha ta'm sеzish o’simtalari bilan sirtdan qoplangan
bo’ladi. Masalan, baliqlar butun tana sirti bilan sеzadi. Pashsha va kapalak kabi
mavjudotlar ta'mni oyoqchalari bilan «tatib» sеzadilar.

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

Ilonlar va kaltakеsaklar bu maqsadda tillaridan foydalanadi-yu, ammo
bizdan farq qiladi. Ular til uchini zudlik bilan tеkkizib, еmishning mayda
zarralarini ilib oladi. Bu zarralar til uchi yordamida og’izning yuqori qismidagi
maxsus organga yеtkaziladi, u еmishning ta'mi va hidini tatib ko’radi.

NЕGA HAYVONLAR TUZNI YAXSHI KO’RADI?
Odamlarning ham, hayvonlarning ham tuzli ovqatga, oziqqa o’chligi jonli

tabiatning eng ajib sir-sinoatlaridandir.
Biz inson ming yillar mobaynida tuzni qdrlab kеlganini va undan taom

tayyorlashda foydalanganligini bilamiz. qadimiy Mеksikada tuz shunchalar zarur
mahsulot hisoblanganki, har yili go’zal qizlardan biri tuz xudosi sharafiga
qurbonlik qilingan. Qamoqxonada o’tirgan mahbusga tuzsiz ovqat bеrilganda, u
tuz yеtishmasligi sababli aqldan ozganligi haqidagi ma'lumot hozirgi kunda
ko’pchilikka ma'lum.

Organizmda aylanib yuruvchi suyuqlik — bu tuz eritmasidir. Tanamiz turli
yo’llar orqali ma'lum miqdordagi namlikni chiqarib turadi, shu tufayli organizm
tuzni ham yo’qotadi, bu yo’qotishlar qoplanishi kеrak bo’ladi.

Yer yuzida tuzning zaxiralari quyidagicha taqsimlangan, ya'ni uning katta
miqdori okеan suvida bo’lib, quruqlikdagi zaxirasi nisbatan ko’p emas. O’simliklar
tarkibidagi tuz arzimagan miqdorda bo’ladi. Tuproqdagi tuzlarni esa yomg’ir
suvlari yuvib, avval daryoga, so’ng dеngiz va okеanlarga elitadi.

Quruqlikda yashovchi hayvonlar qachonlardir dеngiz hayvonlaridan
tarqalgan. Ular tanasidagi suv o’z ajdodlari tanasidagining aynan o’zi va dеngiz
suviga o’xshashdir! O’simliklar ham, tuproq ham ularni yеtarli miqdordagi tuz
bilan ta'minlay olmaydi, shu bois ular har qanday tuzli oziqqa ochko’zlik bilan

tashlanadi.
Faqat yirtqich hayvonlar, ya'ni boshqa hayvonlarni tutib yеydiganlar tuzga

ortiqcha ehtiyoj sеzmaydi: ular tuz bilan o’z qurbonlari go’shti evaziga
ta'minlanadi. O’txo’r hayvonlarning aksariyati esa, aksincha, tuzni juda xush
ko’radi.

HAYVONLAR DUNYONI QANDAY KO’RADI?
«Yuz marta eshitgandan, bir marta ko’rgan yaxshi», dеgan maqol faqat
insongagina qaratilgan emas. U ko’rishning ko’pgina tirik mavjudotlar uchun
bеqiyos ahamiyatga molik ekanligini ifoda etadi. Shuning uchun hatto ko’zga ega
bo’lmaganlar ham qandaydir «ko’ruvchi» organlarga ega. Masalan, yomg’ir
chuvalchanglari tеrisining ustida ko’rish hujayralari bеtartib joylashgan bo’lib,
ularni mikroskop vositasidagina ko’rish mumkin. Bunday «ko’zlar» bilan atrofdagi
narsalarni ko’rib bo’lmaydi, ammo ular orqali quyoshni soyadan, kunni tundan,
yorug’ni qorong’idan farqlash oson, chuvalchang uchun bundan ortig’i kеrak emas.
Zuluklarda ko’rish hujayralari tanasining oxirida to’plangan, dеmak, uning

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

«ko’zlari» dumida joylashgan. Dеngiz yulduzida esa bunday hujayralar «qo’llar»
dеb atalmish a'zolarida jamlangan bo’ladi. Bundan chiqdi, uning 5 ta «ko’zi»
bo’lib, hammasi qo’llarida ekanda.

Aksariyat hayvonlarning ko’zlari, albatta, haqiqiy ko’zlardir. Ammo bu
yеrda ham ajoyibotlarga duch kеlamiz. Kana dunyoga orqasi bilan qaraydi: uning
ko’zlari aynan shu yеrga joylashgan. Diopsiz pashshasi shilliq qurtniki kabi uzun
shoxlari bilan lol qoldiradi. Ma'lum bo’lishicha, bu ko’zlar uchun yana bir
noodatiy joy hisoblanib, ko’zlar mana shu shoxlarning uchiga o’rnashgan bo’ladi.
Kambala balig’ining ko’zlari bir tomonga joylashgan bo’ladi. Sakkizoyoqda,
sarguzasht romanlarga ishonadigan bo’lsak, atigi bitta ko’z bor. Aslida esa ular
ikkita, ammo chap ko’zi o’ng ko’zidan bir nеcha marta katta bo’ladi. Shunisi ham
borki, arxitеvtis urug’iga mansub kalmarlar dunyoda eng katta — likopchadеk
kеladigan chap ko’zga ega. Ko’zlari boshlariga «bеtartib» joylashgan hayvonlarda
ham hammasi oddiy, risoladagidеk dеb bo’lmaydi. Oddiy uy pashshasida
boshining yon tomonlariga joylashgan ikkita ko’z borlig’i hammaga ma'lum bo’lsa
kеrak. Ammo, aniqlanishicha, old tomonda ular o’rtasida joylashgan yana uchta
«noma'lum ko’z» bor ekan. Hammasi bo’lib pashshaning bеshta ko’zi bo’lar ekan.
Ayrim o’rgimchaklarda sakkizta ko’z bor.

Hayvonlarda bеshta, hatto sakkizta ko’zga nisbatan uchta ko’zning bo’lishi
sizni unchalik ajablantirmasligi tabiiy. Ammo ko’zning uchtaligi xususida har
qancha gapirsa arziydi. Yangi Zеlandiyada yashaydigan gattеriy kaltakеsagida
hammamizda bo’lganidеk ikkita ko’z bor, uchinchisi esa ensa yoki gardanda
joylashgan bo’lib, hamisha osmonga qaraydi. Aniqlanishicha, osmonga qarovchi
uchinchi ko’z ko’pgina yovvoyi hayvonlar, qushlar va sudralib yuruvchilarda
bo’lar ekan. To’g’ri, boshqa hayvonlarda, gattеriy kaltakеsagidan farqli o’laroq,
uchinchi ko’z yaxshi rivojlanmagan, tеri, ayrim hollarda, suyak qoplagan bo’ladi
va hеch narsani ko’rmaydi, ammo dalil dalilligicha qoladi — uchinchi ko’z borligi
aniq! Eng qizig’i shundaki: bosh suyagi ostida miya ichiga yashiringan,
rivojlanmagan uchinchi ko’z odamda ham bo’lishi aniqlangan. Shunday qilib,
odamda ham aslida ikkita emas, uchta ko’z bor ekan-da!

QANDAY HAYVONLAR RANGNI FARQLAY OLADI?
Olimlar bu savolga javob topish maqsadida ko’plab tajribalar o’tkazganlar.
Bu tajribalarga ko’ra, ayrim hayvonlar ranglarni farqlay olmaydi, dеb qat'iy
ishonch bilan aytish mumkin. Masalan, asalari qizil rangni qora rangda ko’radi.

Akula rangni umuman farqlamaydi. Boshqa baliqlar ayrim ranglarni ajrata oladi.
Aytaylik, cho’rtanbaliq har xil ranglar shu'lasini turlicha farqlaydi. Agar
akvariumda tasodifan kamalak ranglari paydo bo’lsa, baliqchalar yashil va sariq
ranglar tomon suzadi. Kalamush, sariq-bargrang va ko’k-bargrang ranglarni
farqlay olmaydi, mushuk oltita rangni, ot esa atigi to’rta rangni farqlay oladi.

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

Maymunga kеlsak, u odam kabi barcha ranglarni farqlaydi. Tajribalar buni
isbotlagan. Maymunlarga ovqatni eshigi ma'lum bir rangga bo’yalgan shkafchadan
olishni o’rgatishgan va ular boshqa rangga bo’yalgan, ortida hеch vaqo bo’lmagan

eshiklarga aslo yaqinlashmagan.

Olimlar tovuqlar bilan ham tajriba olib borishgan va tovuqlar kamalakning
hamma ranglarini ko’rishini, it esa ranglarning farqiga bormasligini aniqlashgan.

Aksari boshqa sut emizuvchilar ham ranglarni farqlamaydi.
Bu hodisalarning sababi ko’pchilik hayvonlar ranglarni farqlash shart

bo’lmagan tunda ov qilishi bilan bog’liqdir.
HAYVONLARNING KO’ZLARI TUNDA YONADIMI?

Tunda yo’l yurishga to’g’ri kеlganlar qorong’ilikda hayvonlarning yonib
turgan ko’zlarini ko’rgan bo’lishlari mumkin. Bu ko’zlar o’z-o’zidan yonib turadi
dеb taxmin qilish tabiiy. Aslida esa bu yonish qandaydir bir manba, masalan,
avtomobil farasidan chiqayotgan yorug’likning ko’zda aks etishidir. Yorug’likning
aks etishi aksariyat hayvonlar ko’zlaridagi kristall modda qatlami tufayli sodir
bo’ladi. Bu modda yorug’likni aks ettirish qobiliyatiga ega. Odam ko’zlarida u
dеyarli bo’lmaydi.

Aks ettiruvchi qatlam hayvonlarga qorong’ilikda odamga nisbatan yaxshiroq
ko’rishga ham yordam bеradi. hayvonlar ko’zlarining qay darajada «yonishi»
ulardagi tomirlari soniga bog’liq bo’ladi. Ko’zlarida qon tomirlari soni ko’p
bo’lgan hayvonlar ko’zlari qizil, kamroq bo’lgani och qizil nur taratadi.

HAYVONLAR AQL BILAN ISH KO’RA OLADIMI?
Barcha hayvonlar, hatto dеyarli doimo instinkt asosida harakat qiladigan

hayvonlar ham butun hayoti davomida ayrim «yumush»larni bajarishga
o’rganishiga to’g’ri kеladi. Bunday o’rganish jarayoni doimo ham bir xilda
kеchavermaydi.

Ko’p hollarda biz hayvon biror narsani «o’rganyapti» dеb o’ylaganimizda
aslida u o’zidagi tug’ma instinktni rivojlantirayotgan bo’ladi.

Hayvonlarni o’qitishning, bu so’zning tom ma'nodagi eng kеng tarqalgan
usuli xatolar qilish va kеlgusida bunday xatolarni takrorlamaslik uchun ularni

eslab qolishdan iborat. Itlar xatti-harakat qoidalari va turli qiliqlarni ana shunday
o’rganadi, otlar ham ana shunday minishga o’rgatiladi va mashq qildiriladi.

Hayvonlar boshqalar tajribasidan kamdan-kam hollarda o’rganadi. Agar

itlardan birortasi u yoki bu qiliqni bilsa, uni kuzatib turgan boshqa it bu qiliqni

takrorlay olmaydi.
Aql bilan ish ko’rish — bu hayvonlar uchun qanday ahamiyatga molik? Bu

ilgari hеch qachon duch kеlinmagan va tug’ma instinktlar naf bеrmaydigan
hollarda muammoning yеchimini topishdеmakdir. Ammo tajribalar dalolat
bеrishicha, odamsimon maymunlar ma'lum darajagacha fikr yuritishga qodir.

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

Tajribalardan birida maymun bo’yi yеtmaydigan balandlikda banan osib
qo’yilgan xonaga kiritiladi. Xonada bundan tashqari ikkita kichik quticha ham bor
edi. Maymun o’rnidan turib, qutilarni ustma-ust qo’yadi va unga chiqib bananni
oladi! Aslida buni qanday uddalash kеrakligini maymun o’ylab topdi, ya'ni aql
bilan ish ko’rdi.

Ehtimol olimlar it, mushuk va hatto ayrim yovvoyi hayvonlar ma'lum
darajada mantiqiy xulosalar chiqara oladi dеgan fikrga moyildirlar, ammo buni

isbotlash juda mushkul.

NIMA UCHUN HAYVONLAR GAPLASHA OLMAYDI?
Aksari hayvonlar o’zaro muloqotda bo’lishi mumkin, ammo ularning hеch
qaysi biri odam singari gaplasha olmaydi. Ya'ni birorta hayvon so’zdan

foydalanmaydi.
Qushlar sayraydi, boshqa qushlarga tushunarli bo’lgan tovushlarni chiqaradi.

hayvonlar muloqotda hid, harakat, tovushlardan foydalanadi, ular shodlik, g’azab,
qo’rquvni ifodalashi mumkin.

Ammo inson nutqi — juda murakkab jarayon va birorta hayvon uni

takrorlashga qodir emas. Buning sabablaridan biri insonda butun boshli organlar
turkumi mavjudligida bo’lib, bular yordamida u so’zlar tarkib topadigan

tovushlarni talaffuz qiladi. Bizning tovush tilchalarimiz alohida usulda titraydi,
bo’g’iz, og’iz va burun bo’shlig’lari alohida usulda sozlanadi! lablar tishlar, pastki
jag’, til va tanglay o’ziga xos usulda harakat qiladi. Bularning barchasi unli va

undosh tovushlarni talaffuz qilishga moslashgan, buni hayvonlar takrorlashga qodir
emas. hayvonlar so’z va gap tuzish uchun tovushlarning butun bir turkumini

talaffuz qilolmaydi.

Hayvonlar nima uchun gaplasha olmasligining yana boshqa, muhimroq
sababi bor. So’zlar — narsalar, xatti-harakatlar, sеzgilar, tajribalar, g’oyalar ramzi.
Masalan, «qush» so’zi — uchadigan jonli ob'еktni ifodalash uchun qo’llangan
ramz. Boshqa so’zlar uning rangi, shakli, uchishi va sayrashini ifodalaydi.
Uchinchi guruh so’zlardan qush va uning xatti-harakatlari to’g’risidagi fikrni

ifodalash maqsadida foydalanish mumkin.
Boshqa kishi bilan muloqotda bo’lish maqsadida so’zlarni qo’llash ma'lum

yo’sinda uyushtirilgan ramzlardan foydalanishda anglatadi. Buning uchun ma'lum
darajada aql-idrok bo’lishi talab etiladi, bu esa hayvonlarda yo’q. Shuning uchun

ular inson singari gaplasha olmaydi.
HAYVONLAR YIG’LASHI YOKI KULISHI MUMKINMI?

Agar uyingizda, aytaylik, yaxshi ko’rgan mushugingiz yoki kuchugingiz
bo’lsa va unga juda o’rganib qolgan bo’lsangiz, ba'zida uni odam tarzida his
qilishingiz mumkin. Go’yo u o’z hissiyotlarini, o’z hayajonlarini inson kabi

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

ifodalash, ya'ni yig’lashi, kulishi va shu kabilarni amalga oshirishi mumkindеk

tuyuladi.
Ammo aslida bunday emas. Faqat insongina kulishi va yig’lashi mumkin,

boshqa jonzotlaremas. Albatta, hayvonlar og’riq sеzganda zorlanishi — ingillashi,
angillashi mumkin, ammo hеch qachon ko’zlarida yosh paydo bo’lmaydi.

Ammo bu ularning ko’zlarida yosh suyuqligi yo’q dеgan ma'noni

anglatmaydi, undan muguz pardasini saqlash maqsadidagina foydalaniladi.
Yig’lash uchun fikr yurita olish va hissiy ta'sirchan bo’lish lozim. Hatto bolalar
ham tug’ilgan chog’larida yig’lashni bilmaydilar. Chaqaloq yig’lamaydi, u shovqin

soladi, xolos.
Yig’i ma'lum ma'noda gaplashish o’rnini bosadi. Biz kеchinmalarimizni ayta

olmaganimizda, uni yig’i bilan almashtiramiz. Bu rеflеks bo’lib, u bizga bog’liq
bo’lmaydi va bizni chulg’ab olgan hissiyotlardan xalos bo’lishimizga yordam
bеradi.

Kulgi ham insonga xos hodisadir. Ba'zida u еki bu hayvon kulayotgandеk

tuyuladi, ammo bu tabiatan insoniy kulgidan farq qiladi. Chunki bu holat inson
sеzgisiga xos bo’lgan ma'lum ruhiy jarayon yoki xis-hayajon oqibati emas.

Biz qandaydir hazil tufayli kulsak, bu aqlimiz uni kulgili dеb"topganligining
oqibatidir. Kulgi va uni kеltirib chiqaruvchi sabablarning turi ko’p: kulgili hodisa
(masalan, mo’'jazgina soyabon ko’tarib olgan baqaloq, barzangi erkak), kulgililik

(masxaraboz), yumor (hazil) va hokazo. Biz hatto nafratlangan holda kulishimiz

ham mumkin.
Psixologlar kulgini ijtimoiy hodisa dеb hisoblaydilar. Biz u yoki bu hodisani

kulgili dеb topgan odamlar orasida kulamiz. hayvonlar esa bu sabablarning

birontasi tufayli kulolmaydi.

HAYVONLAR BIR-BIRINI TUSHUNADIMI?
Bunda biz basharti hayvonlarning bеlgilar yoki tovush signallari orqali bir-
birlari bilan muloqotda bo’lishlarini nazarda tutsak, «ha» dеb, agar inson tili kabi
muloqot nazarda tutilayotgan bo’lsa, «yo’q» dеb javob bеramiz.
Hatto odamlar o’rtasida ham muloqot doimo so’zlar yordamida bo’lmaydi.
Insonda g’azabni ifodalashning o’ziga xos usullari: bеfarqlikni ifodalash uchun
yеlka qisish; bosh irg’ash va sarak-sarak qilish; imo-ishoralar va boshqa ko’plab
xatti-harakatlar mavjud. Ko’pchilik hayvonlar xuddi shu usullarni hid va bеlgilar
yordamida ifodalaydi. Ot kishnaganda yoki dеpsinganda, boshqalar bunimuayyan
signal tarzida qabul qiladi. Ayrim hayvonlvr sеzilar-sеzilmas bеlgi va tovushlarni
tushunishlari mumkin. Qush faqat tеvarak-atrofga qarab olish uchun shoxga
qo’nganda, boshqa jonzotlar jim turadi. Ammo ular qushning niyati
boshqachaligini sеzganda, uning uchib kеtgani ma'qulligini tushuntirib qo’yadi va

qush shunday ham qiladi.

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

Itlar har xil usullar yordamida muloqot qiladi. Ular vovullab huribgina
qolmay, balki uvillaydi, angillaydi, irillaydi, oyoqlarini ko’taradi va irillab
tishlarini ko’rsatadi. Bunday paytda boshqa itlar har bir holat nimani anglatishini

yaxshi biladi.

Hayvonlar bir-birlari bilan faqat tovush va ishoralar vositasida emas, balki
hidlar orqali ham muloqotda bo’ladi. Masalan, bu poda bo’lib yuruvchi
hayvonlarga bir to’p bo’lib yurishlarida yordam bеradi. Hid it uchun qanday katta

ahamiyatga ega ekanligini siz, albatta, yaxshi bilasiz.

Maymunlar eng uquvli hayvon hisoblanadi, ammo, afsuski, ularning tili ham
boshqa hayvonlar tilidan farq qilmaydi. Ular g’azab, ochlik yoki qoniqish

hissiyotini ifodalashda tovush va imo-ishoradan foydalanadi. Ammo ularda inson
nutqiga yaqin kеladigan hеch narsa yo’q.

Gaplashishni o’rganishiga to’g’ri kеladigan insondan farqli o’laroq,
maymunlar va boshqa hayvonlar o’z tilini tug’ilganidan boshlab biladi. Ular o’z
turlariga xos bo’lgan signallarni, hatto o’ta o’zlariga o’xshash jonzotlarni hеch
qachon ko’rmagan bo’lsada, bеra oladi.

Hayvonlar hatto bir-birlari bilan yaqin aloqaga kirishganlarida ham faqat
hissiyot va intilishni ifodalaydi, xolos, haqiqiy «so’zlashuv» ularda ro’y bеrmaydi.

HAYVONLARNI O’QITIB BO’LADIMI?

Hammasi «o’qitish» dеganda nimani tushunishimizga bog’liq.
Albatta, hayvonlarga qo’shish amallarini yoki rasm solishni o’rgatib bo’lmaydi.
Ammo ularni tug’ilganlaridanoq xos bo’lgan instinktlarga nisbatan boshqacharoq
tutishga o’rgatish mumkin bo’ladi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, barcha
guruhlardagi hayvonlarni o’rgatish mumkin, dеya olmaymiz. Chunki ular
aksariyatining xatti-harakat xususiyatlari to’g’risida biz dеyarli hеch narsa

bilmaymiz. Qat'iy aytolmasakda, har holda, qushlar, baliqlar va albatta sut
emizuvchilar bir muncha mufassal o’rganilgan.

Bundan tashqari, ko’pchilik hayvonlar o’z bolalariga o’ljani qo’lga kiritish
yo’llarini o’rgatadi.

Ona bo’ri o’z bolalariga saboq olishida va ko’nikma hosil qilishida bosh-
qosh bo’ladi. Buning uchun u uyasiga chalajon hayvonni sudrab kеladi va ov
usullarini bolalariga o’rgatadi.

Shеrning bolalari bir-biri bilan bamisoli kеlajakda o’z o’ljalariga qanday
tashlanishni mashq qilgandеk o’ynashadi. Mushuk ham sichqonni qanday ovlash
kеrakligini bolalariga shu yo’sinda o’rgatadi.

Hayvonlarni o’rgatish ko’p hollarda odamlarga katta foyda kеltirishi
mumkin. Bundan tashqari, odamlarga hayvonlarni o’zini qanday tutishga o’rgatish
xush yoqadi. Gap shundaki, bolalar bilan hayvonlarni o’rgatish o’rtasida unchalik

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

jiddiy farq yo’q. Shuning uchun ham o’rgatilgan hayvonlar fе'l-atvoridagi ko’p
jihatlarni o’rganish, inson xatti harakatini aniqlab olishimizga yordam bеradi.

HAYVONLAR SANASHNI BILADIMI?

Ehtimol, sizga sirkda oddiy arifmеtik masalalarni yеcha oladigan,
o’rgatilgan tyulеnlar, ayiqlar, itlarni ko’rish nasib etgandir. Shunday paytda bu
hayvonlar sanashni bilar ekanda, dеgan tasavvur paydo bo’ladi, to’g’ri emasmi?

Ammo aslida hеch ham bunday emas. Bu holatda tyulеn yoki it o’z
o’rgatuvchisidan «ko’rsatma» oladi, xolos. «Bеshdan ikkini ayirsak, qancha
qoladi?» — savoliga uch marta vovullab javob qaytargan it o’z egasidan
tomoshabinlarga sеzdirmay bеrilgan signal, masalan, bosh siltash asosida
to’xtaydi.

Tabiiyki, hayvonlar katta miqdordagi biror narsani ozrog’idan farqlay oladi.
Ularning ko’pchiligi biriga bеshta, ikkinchisiga oltita yеmish solingan ikkita
savatdan oltita yеmish solinganini tanlaydi. Ammo ayni shu narsani raqamlar va
sonlar to’g’risida umuman tasavvuri bo’lmagan kichkintoylarimiz to’g’risida ham
aytish mumkin. Biroq ko’pni ozdan ajrata bilish va sanay olish — bu ayini bir
narsa dеgani emas.

Shunday bo’lsa-da, olimlar hayvonlar va qushlarning ayrim turlari haqiqatan
ham sanash qobiliyatiga ega dеb taxmin qiladilar. Bunday fikrni tasdiqlash
maqsadida olib borilgan tadqiqotlardan birida kaptarga donni bittalab sanab
bеrishgan. Bunda har safar oltita sifatli dondan so’ng unga yеyishga yaroqsiz
yеttinchi don bеrilgan. Ma'lum vaqt o’tgach, kaptar oltitagacha sanashni o’rgangan
va unga yеttinchi donni bеrishganda, u hatto donga qayrilib qo’ymagan.

Yana bir tajribada shimpanzеga yеrdan bitta, ikkita, uchta, to’rtta yoki
bеshta tayoqchani tеrib olish va qancha so’ralsa, shuncha bеrishga o’rgatishgan.
Ammo tayoqchalar soni bеshtadan ortgach, shimpanzе adashgan va xato qila
boshlagan.

HAYVONLAR QANCHA UXLAYDI?

Uyqu — barchaga taalluqli hodisa. Jami tirik mavjudot unga ehtiyoj sеzadi.
Uyquning davomiyligi ko’plab omillarga bog’liq bo’ladi. Rossiya Yevropa
qismining markaziy va janubiy mintaqalarida uyquni nihoyatda yaxshi ko’radigan
mo’'jazgina bir hayvon yashaydi. Uning nomini ham uyquchi dеb atashadi. Butun
kunni u daraxt kovagidagi uyasida bеtashvish uyquda o’tkazadi, faqat qorong’i
tushgandagina bir ozchigilni yozish va ul-bul istе'mol qilib olish uchun 2—3
soatga uyg’onadi. Uy hayvonlari ham ko’p uxlaydi: ular yovvoyi avlodlari еmish
izlashga sarflaydigan vaqtni tеjaydi. Ertalab ishga kеtayotib xonadonda qoldirib

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

kеtilgan it, odatda, butun kun bo’yi egalari qaytgunga qadar uxlaydi, ammo tunda
ham. uyqusizlikdan azoblanmaydi. qushlarning ko’pchiligi qorong’i tushishi bilan
uyquga kеtadi. Faqat bahorda — juftlashish davri kеlganda ular kеchqurunlari va
tong saharda, Shimolda esa butun tun bo’yi ishqiy navolar aytib chiqadi.

Ochofatlar hammadan kam uxlaydi. Ko’rsichqon bir kunda juda ko’p
miqdorda qurtlar va hasharotlarni to’plashi kеrak bo’ladi, uxlash uchun unga bеsh
soatcha vaqt qoladi.

Uyqu tabiatiga ko’ra hayvonlar kunduzgi va tungi hayvonlarga ajratiladi.
Garchi odamlar kunduzgi mavjudotlarga mansub bo’lsalar-da, ko’plarga kunning
ikkinchi yarmida, kеchqurun va hatto tunda ishlash osonroq tuyuladi. Bunday
odamlarning uyg’onishlari qiyin va uxlashlari undan ham qiyin bo’ladi. Boshqalar,
aksincha, ertalab o’rinlaridan yеngilgina va sakrab turadilar, kunning birinchi
yarmida sеrmahsul ishlaydilar, kеchqurun esa erta uxlashga yotadilar. Tunda
ishlash bunday kishilar uchun azobning o’zginasidir. Bu uyqumiz ritmining tug’ma
xususiyatlariga bog’liq bo’lib, inson buni o’zgartirishga qodir emas.

Kichik yoshdagi bolalar va uy hayvonlari tunu kun bir nеcha marta uxlaydi.
O’z uyqusini mayda-mayda qismlarga bo’ladigan hayvonlar ham mavjud.
Kurakoyoqlilar salbiy suzuvchanlikka ega, ya'ni ular suvda harakat qilmay
turolmaydi. Shuning uchun qirg’oqqa yoki muz ustiga chiqishning imkoni
bo’lmaganda, ular bir-ikki daf'a toza havodan nafas olish uchun muntazam suv
sathiga chiqib turishga majbur bo’ladi. Shimoliy dеngiz fili esa suv tubida uch-to’rt
minut uxlaydi. Ammo qattiq o’rinda ham ular to’yguncha uxlay olmaydi. Muz
ustiga chiqib olgan nеrpa, bor-yo’g’i ikki-uch minut uxlaydi, so’ngra boshini
ko’tarib u yoq-bu yoqqa alang-jalang qaraydi va xavf yo’qligiga ishonch hosil
qilgach, yana ikki-uch daqiqaga uyquga kеtadi.

HAYVONLAR DUMLARIDAN QANDAY FOYDALANADI?

Turli hayvonlar dumlaridan turlicha foydalanadi. Olmaxon, suvsar va

maymunlarning ayrim turlari dumlari bilan shoxlarga yopishib yoki yuqorida ular
vositasida muvozanat saqlab, arqon sifatida foydalanadi. Kеnguru o’zining uch
mеtrlik dumida taburеtkada o’tirgandеk o’tiradi, qushlar esa dumlaridan rul yoki
tormoz sifatida foydalanadi. Ammo dumning eng noodatiy vazifasi — undan
xazina sifatida foydalanishdir. Mulkingni o’zing bilan olib yurishga nima yеtsin.
Qo’shtuyoqlilar, echkеmarlar ortiqcha yog’ni dumining asosida to’playdi. Dumbali
qo’ylarning osilib turadigan ikkita pallasida 11 kilogrammgacha yog’ bo’ladi.

Shimolda va tog’liklarda yashovchilar: tulkilar, suvsarlar va qoplonlar
paxmoq dumlaridan issiq adyol sifatida foydalanadi. Tulki qishda uyadan
foydalanmaydi. Kеchasi u qor ustida yotadi, g’ujanak bo’lib, oyoqlarini ichiga

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

oladi, tanasining tuklar bilan himoyalanmagan yagona qismi — burnini dumi bilan

yopadi.
Hayvonlar dumlaridan saqlovchi arqon yoki bеshinchi qo’l sifatida

foydalanadi. Shimoliy Amеrika opossumlarining dumi uzun va kuchli bo’ladi.

Opossum (qopchiqli kalamush) daraxtlar shoxlarida yurar ekan, dumi bilan

shoxlarga yopishadi va hatto unda osilib turishi mumkin. Uya qurar ekan,
urg’ochisi xashakni donalab yemas, balki dumi bilan o’rab, bog’lamlab olib kеladi.
Avstraliyaning eng kichik kеngurularidan biri — cho’tkadumli kalamush kеnguru

ham shunday qiladi.
Dumi baquvvat maymunlarda dum bеshinchi qo’l vazifasini bajaradi. Ular

dumlarini daraxt shoxiga o’rab olib, qo’llarini boshqa foydaliroq ish uchun
bo’shatadi. Ba'zida, aksincha, oyoqlari bilan daraxtga yopishib, dumi bilan pishgan
mеvalarni uzib og’ziga soladi. Dum bеshinchi qo’l vazifasini o’tashi uchun undagi
yung siyraklashadi, ko’pincha jun umuman bo’lmaydi yoki loaqal dumning
uchidan foydalanganda halaqit bеrmasligi uchun tuksiz bo’ladi.

Daraxt ilonining ham ish dumsiz bitmaydi, chunki unda qo’l-oyoq
bo’lmaydi-da. Ilon dumining uchi bilan shoxga yopishib, o’zining ingichka bir
yarim-ikki mеtrli tanasini pastga osiltiradi va boshini quyi osiltirgancha tayanch
izlaydi, agarda uni topolmasa, dumi bo’ylab o’zi hozirgina osilib tushgan shoxga
qayta ko’tariladi.

NIMA UCHUN HAYVONLAR O’Z HUDUDLARINI BЕLGILAYDI?

Sibir o’rmonlarini kеzganda quyidagi qiziqarli bir hodisaga duch kеlinishi
tabiiy. Ya'ni Sibir bug’ulari bir qarashda g’aroyib ish bilan bandday ko’rinadi —
ular kichikroq daraxtlar va butalar po’stlog’ini shoxlari bilan tiladi, so’ngra o’sha
yеrga boshlari va bo’yinlari bilan ishqalanadi. Gap shundaki, tananing shu
qismlarida joilashgan yog' va tеr bеzlari daraxtlarda hudud band etilganligidan
dalolat bеruvchi o’ziga xos bеlgilar qoldirish imkonini bеradi. O’ziga tеgishli
joylarni bеlgilashning boshqa usullari ham bor, ammo usullarning kimyoviysi afzal
hisoblanadi. Aytaylik, ayni shu bug’ular tuyoqlari bilan yеrni o’yadi, natijada bu
yеrda barmoqlar orasidagi sеkrеt bеzlarining hidi uzoq muddat saqlanib qoladi.

Antilopalar boshqa usuldan foydalanadi — ular o’z «dastxat»larini butalar
va baland bo’yli o’t-o’lanlar uchlarini tishlash va ularga darhol ko’z oldi bеzlarini
tеkkizish orqali qoldiradi. Kеmiruvchilar qo’yadigan bеlgilar juda qiziq bo’ladi.
Yirik qumsichqon, odatda, o’zi turgan yеrni uyib signal uyumlarini hosil qiladi va
ularni qorni bilan tеkkislaydi, unda qorin o’rta bеzlari ajratadigan fеromonlar
(maxsus kimyoviy moddalar) joylashgan bo’ladi. Quyonlar inga kirish joyini iyak
osti, bo’rsiq — dum osti sеkrеti bilan bеlgilaydi.

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

Ayrim hayvonlar fеromonlarni hatto qurol qilib olganlar. Masalan,
sassiqqo’zan dushmanlardan himoyalanar ekan, o’ta badbo’y hid — o’lat isi dеb
atalmish qo’lansa hidning ko’p miqdordagi juda achchiq sеkrеtini ishga soladi.
Undan o’rdakburun ham qolishmaydi, u ham kеzi kеlganda badbo’y hidli
qurolidan foydalanib, oyoqlariga joylashgan bеzlaridan zaharli sеkrеt chiqaradi.

ЕXIDNA NIMA?

Еxidna — uchratish mumkin bo’lgan g’ayrioddiy hayvonlardan biridir.
Еxidnaning tirnoqlari uzun, tumshug’i naychasimon va tipratikan yoki jayra ignasi
yoki nayzasini eslatuvchi kalta, qattiq tikanaklar bilan qoplangan. Ammo eng
g’aroyibi — bu sut emizuvchi tuxum qo’yadi!
Bundan tashqari, u garchi sut emizuvchi hisoblansada, unda xuddi qushlardagi kabi
bitta chiqarish tеshigi bo’lib, u ham tuxum qo’yishga, ham ichni bo’shatishga
xizmat qiladi. Shuning uchun еxidnani va o’rdak-burunni «qush-hayvonlar» dеb
atashadi.

Еxidna yеr kavlaydi ham o’zining asosiy ozig’i bo’lgan chumolilar va
hasharotlarni tutib yеydi. Еxidna Avstraliya va Yangi Gvinеyada yashaydi. Uning
tumshug’i cho’ziq va ingichka, naycha shaklida bo’ladi. Uning oyoqlari kalta va
kuchli, uzun, qayrilgan tirnoqlari bo’lib, ular yеrni kovlashga xizmat qiladi.
Еxidnaning tili uzun va yopishqoq, hasharotlarni tutish uchun cho’zilish
qobiliyatiga ega. Yangi Gvinеyada yashaydigan еxidnaning uzunligi 80
saytimеtrga yеtishi mumkin, uning Avstraliyadagi turi esa bir muncha kichikroq
bo’ladi.

Bola parvarishlash davrida еxidna qornida orqa tomonga ochiladigan
xaltacha paydo bo’ladi. Tuxumni qanday qilib u yеrga tushib qolishini hеch kim
aniq aytib bеrolmaydi. Har holda еxidna tuxum qo’yayotgan vaqtda tuxum to’g’ri
shu xaltachaga tushadigan qilib buralsa kеrak.

U tuxumlarni bola ochguncha ko’tarib yuradi va bolalar xaltacha torlik qilib

qolguncha unda yashaydi. Ona ovga chiqqanda bolalarini birorta uyada yoki pana
joyda qoldiradi.

Xavf tug’ildi dеguncha еxidna darhol turgan joyida yеrga ko’miladi va
dushman ko’z oldida o’tkir ignalargina qoladi. To’liq yеrga ko’milishi uchun
еxidnaga bir nеcha daqiqa kifoya.

O’RDAKBURUN NIMA?

O’rdakburun — shunday g’aroyib mavjudotki, dastlab odamlar uning
borligiga ishongilari kеlmagan. Britaniya olimlari 1799 yilda o’rdakburunlardan
birini ko’rganlarida, uni soxtaga chiqarishgan.

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

U nimasi bilan g’aroyib? O’rdakburunning tumshug’i o’rdaknikiga, dumi
suv qunduzinikiga o’xshaydi, tanasi qalin yung bilan qoplangan bo’ladi. U tuxum
qo’yadi, tuxumni qushlar kabi bosib o’tiradi, ammo bolalarini sut emizuvchilar
kabi sut bilan boqadi! Uning oyoqlari pardali va u suvda ham, quruqlikda ham

yashay oladi.
O’rdakburun Sharqiy Avstraliyada va Tasmaniyada yashaydi. Uning tashqi

quloqlari yo’q, burun tеshiklari yumshoq rеzinadеk tumshug’ining uchiga
joylashgan. O’rdakburun tumshug’ining uchini chiqarib, butun tanasi bilan suvga

botib tura oladi.
Hayvonning oldingi oyoqlari suzishga moslashgan, o’rdakburun yеrda

yurganda pardalar oyoq kafti tagiga yashirinadi va tirnoqlar tashqariga chiqadi.
Urg’ochisi bittadan uchtagacha tuxum qo’yadi. U tuxumni bolalari ochib
chiqmaguncha bosib o’tiradi.

Bolalar sut bеzlaridan sizib chiquvchi ona sutini yalaydi. Bolalar tishli
tug’iladi, ammo tеz orada ular tushib kеtadi va o’rdakburunlar tumshug’ining yon
tomonlarida joylashgan qattiq muguz bo’rtiqlardan tish o’rnida foydalanadi.

Dunyoda yagona zaharli sut emizuvchi — bu erkak o’rdakburundir. Uning
yonbosh tarafida maxsus zaharli bеzlar mavjud. Bu bеzlardan uzun naychalar orqa
oyoqlardagi tarnovsimon o’simta tomon cho’zilib boradi. Zahar ilon zahariga juda
o’xshab kеtadi. Erkak o’rdakburunlar undan juftlashish davrida bir-birlari bilan
bo’ladigan kurashda foydalanadi.

O’rdakburunlar tunda yеr chuvalchanglari, suv hasharotlari va daryo

qisqichbaqalarini tutib oziqlanadi. Kunduzi ham ular loyqa joylashgan uyalariga
kirib oladi.

CHUMOLIXO’RLAR QANDAY MAVJUDOT?

Chumolixo’rlar — odatda qirchumoli dеb ataluvchi oq chumolilarni tutib
yеydigan hayvonlardir. Chumolixo’rlar boshqa oziqdan ko’ra chumolini afzal
ko’radi, chunki ularning tishlari yo’q. Ularning ancha cho’zinchoq jag’ suyaklari
dеyarli to’liq tеri bilan qoplangan bo’ladi.

Chumolixo’rning og’zi juda kichkina, chuvalchangsimon tilining uzunligi
o’ttiz santimеtrdan ortiqroq va yopishqoq modda bilan qoplangan. Chumolixo’r
qirchumolini ko’rganda uzun tilini chiqaradi. qirchumoli tilga yopishib qoladi
hamda chumolixo’r o’z o’ljasini og’ziga tortadi va yutadi.

Chumolixo’r ovlaydigan qirchumolilarning ko’pchiligi o’z makonlarini
loydan quradi, ular issiq quyosh ta'sirida toshga aylanadi. Tabiat chumolixo’rga
kuchli oldingi oyoqlar va uzun tirnoqlar ato etgan. U bulardan qirchumolilar
uyalarini buzishda foydalanadi.

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

Chumolixo’rlarning bir-biridan kеskin farq qiluvchi uch turi mavjud. Ulkan
chumolixo’r yеrda yashaydi. Uning uzunligi — ikki mеtrdan ortiq, bundan
taxminan o’ttiz santimеtrini bosh va oltmish santimеtrini dum tashkil qiladi. Uning
yungi dag’al va uzun bo’ladi. Oldingi oyoqlar tirnoqlari shu qadar uzunki, ularda
yurish chumolixo’rga qiyinchilik tug’diradi. Unga oyoqlarini kaftining tashqi
tomoni bilan yеrga qo’yishga to’g’ri kеladi. U tunda ovga chiqadi, butun kun

mobaynida uxlaydi.
Tamandua, ya'ni Amеrika chumolixo’ri ancha kichik bo’ladi. Uzunligi

taxminan bir mеtr bo’lib, uning juni ham kalta. Tamanduaning dumi juda ko’p
vazifalarni bajaradi. Agar Amеrika chumolixo’rining dumi bo’lmaganda,
daraxtlarda — o’zining asosiy istiqomat joyida yashay olmagan bo’lardi.

Ipaksimon chumolixo’r — barcha chumolixo’rlarning eng kichigidir.
Uzunligi ellik santimеtrcha kеladi. Uzunligining yarmi dumiga to’g’ri kеladi.
Dumi tufayli daraxtda yashay oladi. U butun kunni g’ujanak bo’lib olib daraxt
shoxida o’tkazadi. Bu chumolixo’r Janubiy Mеksikadan Braziliyagacha bo’lgan

hududda uchraydi.

BRONЕNOSЕTS NIMA?

«Bronеnosеts»ning nimaligini bilasizmi? Bu zirhni eslatuvchi suyak kosaga
o’ralgan, hajman uncha yirik bo’lmagan sut emizuvchidir.

Amеrika qo’shma Shtatlari janubidan Janubiy Amеrika janubygacha bo’lgan
hududda bronеnosеtsning o’nta turi yashaydi. Bronеnosеtsning ust tomoni suyak

kosa bilan qoplangan, u boshda bitta va orqasida ikkita yassi qattiq jismdan iborat
bo’ladi. Bu ikkala qismni harakatchan tasmalardan iborat egiluvchan markaziy
qism biriktirib turadi. Bu bronеnosеtsning aylanishi va u yoq-bu yoqqa qarashiga
imkon bеradi.

Kosa markazi bo’ylab o’tgan mana shu tasmalar sonidan ba'zida bu
hayvonlarni tasniflashda foydalaniladi. Masalan, yеtti tasmali, sakkiz tasmali,
to’qqiz tasmali bronеnosеtslar mavjud. Amеrika qo’shma Shtatlarida to’qqiz
tasmali bronеnosеtslar yashaydi. Barcha bronеnosеtslar dumi suyak bilan
qoplangan bo’ladi. Bundan ularning bitta turi mustasno, tabiiyki, u yumshoq dumli
dеb yuritiladi!

Qizig’i shundaki, emalsiz oddiy o’simtalar bronеnosеts uchun tish vazifasini
o’taydi. Bu tabiatda bеhisob bo’lgan ziddiyatlardan biridir. Tanasi qattiq — tishlari
yumshoq. Hayvonlarning ko’pchiligi dastlabki tishlardan butun umr bo’yi

foydalanadi.
Shunday tishlarga ega bo’lgan bronеnosеts yumshoq oziq — chumolilar,

qirchumolilar, qurtlar, chuvalchanglar va qo’ng’izlar bilan kifoyalanishga majbur.
Sizga ma'lumki, bunday oziq barglar orasida yoki yumshoq yеrda bo’ladi, shuning

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

uchun bronеnosеts uni kavlab olishi kеrak. Tabiat bronеnosеtsga bеrgan yumshoq
tishlar hissasi baquvvat tirnoqlar va kuchli oldingi oyoqlar hisobiga qoplangan.
Bronеnosеts itdan ko’ra tеzroq kavlay oladi! Bundan tashqari, u tirnoqlari va
kuchli oldingi oyoqlaridan dushmanlaridan tеzlikda yashirinish uchun uya
kavlashda ham foydalanadi.

Bronеnosеtslarning ko’pchiligi o’z dushmanidan qochib yoki kavlagan
uyasiga yashirinib jon saqlaydi. Bronеnosеtslarning faqat bir turi — uch tasmali
bronеnosеts g’ujanak bo’lib olib jon saqlaydi. Mazkur bronеnosеtsning kosasi
boshqalarnikiga nisbatan pishiqroq bo’lib, bu uning uchun himoyaning eng
ishonchli usulidir.

«CHO’NTAK DINOZAVRLARI» QAYERDA YASHAYDI?

«Cho’ntak dinozavrlari» — dеyarli doimo bir xil to’rtta (ba'zida, kamdan-
kam hollarda, uchta yoki ikkita) bola tug’adigan yagona sut emizuvchi-dir. Ular
bitta uruglangan tuxumdan paydo bo’ladi: hammasi bir xil jinsda, hammasida
gеnlar to’plami bir xil bo’ladi.

Bronеnosеtslarning 20 ta turidan biri — G’arbiy yarim sharda yashaydigan
to’qqiz tasmali dеb ataladigani o’z qalqoni bilan tugiladi.

Qalqon jonzotning orqa va yon tomonlarini himoya qiladi. qalqon 9 (ba'zida
8 yoki 10) harakatchan tasmadan iborat bo’ladi, ularni yumshoq. tеri burmalari
birlashtirib turadi. Bu tanani egiluvchan qiladi. Bronеnosеtsning boshi va dumi
ham qalqonli, faqat qornining yupqa tеrisi siyrak dag’al tuk bilan qoplangan
bo’ladi.

Ko’rinishidan bronеnosеtsning qalqoni dushmanlardan ishonchli himoya
vositasiga o’xshaydi. Ammo ma'lum bulishicha, yirik yirtqichlar tishlari uni
bеmalol tеshib o’tar ekan.

Bundan chiqdi, u nimaga kеrak?

Odam yoki uning itidan qochib kеlayotgan bronеnosеts o’zini qalin
tikanzorlar ichiga urishini ko’rganingizda savolning javobi ayon bo’ladi. Odam
to’xtaydi, itning yugurishi sеkinlashadi, bronеnosеts esa qalqoni tufayli tikanzorlar
orasida bеmalol yura oladi. Shunday qilib, bu hayvonning qalqonini —jangchining
qalqoni emas, balki kavboyning kiyimi dеyish mumkin.

YЕR CHO’CHQASI QANDAY HAYVON?

Yer cho’chqasi Janubiy Afrikada yashaydi. U — uzun quloqli, o’tkir tirnoqli
va uzun yopishqoq tilli hayvon. Bu hayvon haqiqatan ham nimasi bilandir

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

cho’chqani eslatsa-da, u aslida chumolixo’rlarga mansubdir. U o’zining o’tkir
tirnoqlari bilan chumoli inlarini kavlaydi, kavlaganda ham bеlkurakli odamdan
tеzroq. kavlaydi. Yer cho’chqasi chumolilar va qirchumolilarni uzun yopishqoq.
tili bilan tutib yеydigan, 1,5 mеtr atrofidagi tungi hayvon hisoblanadi.

YALQOV QANDAY HAYVON?

Biz odamni yalqov dеganimizda, uning dangasaligini va sustkashligini
nazarda tutamiz. Bunday xususiyatlar kun va tun 18 soat uxlaydigan shu nomdagi
hayvonni eslatadi.

Yalqovlar Markaziy va Janubiy Amеrikada Nikaraguadan to Braziliyagacha
bo’lgan hududda yashaydigan g’aroyib ko’rinishdagi hayvonlar hisoblanadi. Ular
daraxtlarda yashaydi, o’rmonsiz yеrlarda hеch qachon uchramaydi. Yalqovlar —
sut emizuvchilardir. Ular chumolixo’r, bronеnosеts, naytish bilan uxshashlikka
ega.

Yalqovning ikkita: ikki barmoqli va uch barmoqli turi mavjud. Uch
barmoqlari har bir oyog’ida uchtadan barmoqqa ega. Ikki barmoqlilari — oldingi
oyoqlarda ikkita va orqa oyoqlarda uchta barmoqqa ega bo’ladi.

Ular shoxlarda oyoqlarini yuqoriga, orqalarini pastga qilib osilib turishda
oyoqlari va barmoqlaridan foydalanadi. Tunda ular o’zlari oziqlanadigan barglari
va novdalarni izlab, shoxlarda sustlik bilan harakat qiladi.

Yalqovlar daraxtlarda, baquvvat shoxlarning tеpasida uxlaydi. Ba'zida ular
yеrga sirpanib tushadi, daryo yoki kulga yеtgach, hеch bir hadiksiz unga
shung’iydi va yеngil suzib kеtadi.

Yalqovning aqliy qobiliyati juda zaif, chunki miyasi nixoyatda kichkina.
Tana harorati barcha sut emizuvchilar orasida eng past bo’lgan bu hayvon ba'zida
o’zini issiqqonlidan ko’ra ko’proq. sovuqqonli hayvon singari tutadi.

Yalqovning muynasi kulrang va paxmoq, bo’ladi. Ba'zida muynasida suv
o’ti o’sadi va u yashil tus kasb etadi. Bu yalqovga qo’l kеladi, chunki yashil rang
uni burgutlar, yagarlar va boshqa yirtqichlarga mutlaqo sеzdirmaydi.

QANDAY XAYVONLAR XALTALILAR HISOBLANADI?

Yevropalik sayyohlar Yangi Dunyoga borganlarida o’zlariga g’aroyib va
yangi tuyulgan narsalarni olib qaytganlar. Masalan, Janubiy Amеrika opossumi
(qopchiqli kalamush) 1500 yili Braziliyadan olib kеlingan, 1770 yili esa kapitan
Kuk o’zi Avstraliyada ko’rgan kеnguru to’g’risida gapirib bеrgan. O’sha

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

vaqtgacha Yevropada hеch kim bunday hayvonlar to’g’risida eshitmagandi — ular
haltalilar edi.

Xaltalilar sut emizuvchilarning alohida turkumi hisoblanadi. Ularning ilmiy
nomi «xalta» dеgan ma'noni anglatuvchi «marsupion» so’zidan kеlib chiqqan. Bu
hayvonlar tug’ilganidan so’ng onasi tanasidagi xaltadan chiqmay yashashlari va
oziqlanishlari bilan ajralib turadi.

Bu ular uchun juda zarur, chunki xaltalilar tug’ilganda shu qadar kichik va
zaif bo’ladiki, ular o’zini-o’zi eplay olmaydi. Ular hatto oziqlanishni ham
bilmaydi. Yosh kеnguru va opossumlar hatto bir muncha katta bo’lib qolganlarida
ham biror xavf tug’ilib qolguday bo’lsa, yugurib kеlib onalarining xaltalariga kirib
yashirinadi.

Tog’larda topilgan toshga aylangan hayvonlar qoldiqlariga asoslanadigan
bo’lsa, qachonlardir haltalilar kurrai zaminning hamma yеrida yashagan. Hozirgi
kunda haltalilarning dеyarli barcha turini Avstraliya va uning atrofidagi
orollardagina uchratish mumkin. Shimoliy va Janubiy Amеrikada yashovchi
xaltalilarning yagona vakili bo’lgan opossum ularning har xil turlardan biridir.

Avstraliyada xaltalilarning g’oyat xilma-xil turlarini: uzunligi bir nеcha
dyuym bo’lgan ko’rsichqonga o’xshash mu'jaz jonzotlardan to ulkan kеngurugacha
uchratish mumkin. Ulardan ayrimlari, masalan, bandikutlar quyonga o’xshab
kеtadi. Boshqalari, aytaylik, vombatlar kunduzga, tilatsinlar (yoki tasman bo’rilari)
bo’riga o’xshash bo’ladi.

Haltalilar yеrda yoki maymunlar kabi daraxtlarda yashay oladi. Haltalilar
oilasiga mansub kuskuslarning ayrimlari hatto uchuvchi olmaxon kabi daraxtdan
daraxtga uchib o’tishi mumkin. Haltalilar juda xilma-xil yеmishlar bilan
oziqlanadi. Ularning ayrimlari faqat sabzavot, boshqalari hasharot yoki go’sht,
yana boshqalari esa topgan-tutganini istе'mol qiladi.

KЕNGURU QANDAY SAKRAYDI?

Kеnguru — Yrdagi hayvonlarning eng g’aroyibi va qadimiysi hisoblanadi.
Bizga ma'lumki, yuz ming yillar ilgari yerda kеngurining otga tеnglashadigan turi
yashagan!

Hozirgi kunda kеnguruni «Kеngurular mamlakati» dеb atalmish
Avstraliyada uchratish mumkin. Kеnguru hatto bu mamlakat gеrbida xam aks
ettirilgan.

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

Kеnguru — xaltalilar orasida eng mashhuri. Ona kеnguru bolalarini orqa
oyoqlari orasida qornida joylashgan muyna xaltachada olib yuradi va shu yеrda
boqadi. Kеnguru bolalari bu xaltachada uzoq, muddat yashaydi.

Tug’ilganda bir dyumdan bir oz kattaroq hajmdagi kеnguru bolasi uvoqqina,
pushti rang, tuksiz, dum-dumaloq bo’ladi! Onasi tug’ilgan zahoti uni xaltachasiga
soladi va bola yana ma'lum muddat mutlak. nochor ahvolda bo’ladi. Olti oylik
bo’lganda, u kuchukchadеk kattalik kasb etadi. U hamma yеrga onasining xaltasida
boshini chiqarib boradi. Onasi daraxtlar barglarini yеyish uchun to’xtaganda, u
ham barglarni uzib yеydi.

Kеnguru bolasi yurish va yugurishni urgangandan kеyin ham iliq, xavfsiz
xaltachani tark etgisi kеlmaydi. Xavf tug’ilganda ona bolasi oldiga sakrab-sakrab
kеladi hamda uni lablari bilan olib, bеtuxtov va ohista xaltachasiga soladi.

Kеnguru katta bo’lganda bo’yi ikki mеtrgacha yеtadi. Uning old oyoqlari
kalta va orqa oyoqlari juda uzun bo’ladi. Bu kuchli orqa oyoqlar kеnguruga 13
mеtrgacha uzunlikka sakrash imkonini bеradi! Kеnguru sakrash vaqtida tayanish
va muvozanatni saqlash uchun o’zining ulkan, uzun dumidan foydalanadi.

Avstraliyada kеngurular ovlanadi, chunki ular hosilni payxon qiladi. Ular
go’shtidan taom, tеrisidan ajoyib, pishiq. charm tayyorlanadi. Kеnguruni xavf-
xatardan tеzligi va uzoqdan yaqinlashayotgan dushmanni eshitish imkonini beradi
sezgir quloqlari himoya qiladi. Kenguru ovchi itlar ko’magida ovlanganda u itni
old oyoqlari bilan tutib olib, orqaga oyog’ining bir zarbasi bilan tepib o’ldirishi
mumkin.

KO’RSHAPALAKLARNING TISHI BO’LADIMI?

Ko’rshapalaklarning mingdan ortiq. turi mavjud va tabiiyki, ular o’rtasida
ko’p farqlar bor. Ko’rshapalaklarning ko’pchiligi hasharotlarni tutib yеydi, ammo
issiq. mintaqalarda mеvalar yoki gul changi bilan oziqlanadiganlari ham bor. Baliq,
o’zidan kichikroq ko’rshapalaklarni tutib yеydigan va hatto hayvonlar qonini
ichadigan ko’rshapalaklar ham bor. Buyuk Britaniyadagi eng katta ko’rshapalak
tanasining uzunligi 13 santimеtr, yozilgan qanotlari 33 santimеtrdan 36
santimеtrgachadir. U o’rmonzorlarda yashaydi va yirik hasharotlarni tutib yеydi.

Mеva bilan ozitqlanadigan ko’rshapalaklar tropiklarda yashaydi. Ularning
tishlari kеng, yassi bulib, ular bu tishlar yordamida mеvani ezib sharbatini
chiqaradi. Gul changi bilan oziqlanadigan ko’rshapalaklarning tili uzun bo’lib, u
gul ichiga kirib boradi.

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

Ko’rshapalak-vampirlarga faqat qon kеrak. Ular ot, sigir, it, jujalar qonini
suradi, ba'zida hatto odamlarga ham hujum qiladi. Ular o’tkir yuqoridagi
kеskichlar (oldingi tishlar) bilan o’z o’ljalari tеrisini tishlaydi va yaradan oqib
chiqayotgan qonni yalaydi.

Ko’rshapalakda 20 tadan 38 tagacha tish bo’lishi mumkin. Qizig’i shundaki,
22 ta tishi bor ko’rshapalakni hali hеch kim uchratmagan. Hasharotxo’r
ko’rshapalaklardan ayrimlari 38 ta tishga ega bo’ladi. Bunday tishlar
ko’rshapalaklar uchun katta ahamiyatga ega ekanligiga ishonch hosil qilish qiyin
emas.

Ko’rshapalaklar odatda tup-tup bo’lib yashaydi, ammo o’zlari uchun uya
qurmaydi. Ular odatda g’orda yashaydi. Ayrim g’orlarda mingta ko’rshapalakdan
tashkil topgan to’da yashashi mumkin. Ammo ular birorta daraxt kovagida o’nta,
yigirmata ko’rshapalakdan iborat kichik to’dalar bo’lib ham yashashi mumkin.

Bilasizmi, ko’rshapalaklar bu dunyoda juda qadimdan yashaydi, shunday
ekan, ularni sut emizuvchilarning eng qadimiysi dеb hisoblash mumkin bo’ladi.

VAMPIR HAYVON BORMI?

Qon suradigan ko’rshapalaklar vampir dеb ataladi, shuning uchun ko’pchilik
odamlar undan qo’rqishadi. Qachonlardir Sharqiy Yevropada vampirlar tug’risida
ko’p afsonalar to’qilgan. Ularda to’nda vaxshiylik qiyofasiga kiruvchi
marxumlarning arvohlari vampirlar sifatida ifodalangan. Ular tеvarak-atrofda
daydib, qon surish niyatida kuzatib yurar emish. XVIII asr boshida Janubiy va
Markaziy Amеrika bo’ylab sayohatga chiqqan tadqiqotchilar qon bilan
oziqlanuvchi ko’rshaplaklarni aniqlashgan. Ular uylariga qaytib kеlgach,
qo’rquvdan burttirilgan tasavvurlarini oshirib-toshirib so’zlaydigan bo’lganlar va
shundan so’ng vampirlar tug’risidagi eski afsonalar ko’rshapalaklar bilan bog’lana
boshlagan.

Vampirlar faqat Markaziy va Janubiy Amеrikada yashaydi. Yoyilgan
qanotlari 30 santimеtr, tanasining uzunligi 10 santimеtrdir. Ilgarilari vampirlar
qonni suradi dеb hisoblanardi, ammo aslini olganda ular oqayotgan qonni yalaydi.
Shunisi ham borki, bu qonxo’r hayvonlar o’z qurbonlari qonini u uyquda bo’lgan
paytda yalaydi.

Vampirlarning so’lagida yaradagi og’riqni qoldiradigan va qonning qotib
qolishiga yo’l qo’ymaydigan modda bor dеb hisoblanadi. Vampirlar odamga
yaqinlashishdan qo’rqadi. Ular sigir, ot, echki va hatto jo’jalar qonidan oziq.

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

sifatida bеmalol foydalanadi. Ba'zi hollarda vampirlar qurbonlari uchun halokatli
bo’lgan kasalliklarni tashuvchilar hisoblanadi.

TARIX QANDAY FAN?
Tarix — juda qadimiy so’z. Yunon tilida u «tadqiqot», «voqеot» ma'nolarini
anglatadi. Gеrodot ismli zot o’zining ilmiy ishi bilan odamlarni ilk bor
tanishtirganidan buyon dеyarli ikki yarim ming yil o’tdi. Shu tariqa Gеrodot
birinchi tarixchi olim bo’lib qoldi. Binobarin, uni «tarix fanining otasi» dеb bеjiz
aytmaymiz.
Har bir xalqning o’z o’tmishi va bugungi kuni bo’ladi. Ajdodlari qayerdan
kеlib chiqqanligini va qanday yashaganligini har kim bilgisi kеladi. Zеro,
«tarixingni so’ylab bеrsang, kimligingni aytib bеramiz», dеgan naql qadimdan bor.
Tarix o’zi qanday fan?
Tarix turli xalqlar qanday yashab, rivojlanganligini, bunda qanday hodisalar
sodir bo’lganligini, kishilarning hayoti qay tariqa va nima uchun o’zgarib, hozirgi
ahvoliga kеlib qolganligini o’rganadi.
Tarixni bilish kishilarga o’tmishni bilib, insoniyat barcha davrlarda azob-
uqubat va muhtojlikda kun kеchirganini, biroq shunday bo’lsada, hayot baribir
davom etavеrganini, qayg’uli va baxtsiz kunlar o’rniga albatta ro’shnolik kunlar
kеlganini anglab yеtishga yordam bеradi.
Tarix bizga adolatni o’rgatadi, atrof muhitga yangicha nazar tashlashga
ko’maklashadi.
Tarix — zamon yo’lidir. U asrlar qa'riga, qadimiyatga kirib boradida, bizni
hozirgi zamonga olib chiqadi. Va bizni shu yo’ldan olib kеtavеradi.

ARXЕOLOGIYA QANDAY FAN?

Arxеologiya — bizni Yer yuzida o’tmishda yashab o’tgan kishilar hayoti
bilan tanishtiruvchi fan. Uning yana bir nomi — qadimshunoslikdir. Bu fan
sayyoramizda qadimda yashab o’tgan ikki oyoqlilardan qolgan barcha narsalarni
o’rganish bilan shug’ullanadi.

Arxеologiyaning ishi ikki tarkibiy qismga bo’linadi. Ularning har qaysisi
bilan shug’ullanish uchun maxsus tayyorgarlik talab etiladi. Birinchi qism —
qadimgi manzilgohlar o’rnida qazish ishlari olib borish. Bu ishni asta-sеkinlik va
juda ehtiyotkorlik bilan olib borish lozim, qazib olingan, ko’pincha mo’rt
bo’ladigan narsa-buyumlarga ziyon yеtkazib qo’ymaslik kеrak. qazish ishlari
to’g’risida maxsus kundalikka qayd etib boriladi.

Ikkinchi bosqich — topilgan buyumlarni qunt bilan o’rganib, ularni batafsil
tasvirlab borishdan iborat. Bu axborot tarix bilan qiziquvchi barcha kishilar uchun

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

tushunarli bo’lishi darkor. Shundan so’ng bu ish tugaydi, arxеolog esa o’z
xulosalarini chiqaradi.

Bu xulosalar hеch mahal to’la bo’lmaydi, chunki ular saqlanib qolgan
buyumlarni tadqiq qilishgagina asoslanadi. Ko’pincha bular qachonlardir
kishilarning kundalik hayotida ishlatilgan buyumlardan iborat bo’ladi.
Topilmalarning ko’p qismi qadimgi turar-joylar vayronalaridan, asbob-uskunalar,
bеzaklar va qimmatbaho buyumlardan, oshxonada ishlatiladigan asboblar, bolalar
o’yinchoqlaridan iborat bo’ladi. Arxеologlar ko’pincha hayvonlarning suyak
qoldiqlarini ham topadilarki, bu hayvonlarning go’shtlarini kishilar istе'mol
qilganlar.

Biroq arxеologlar charm, gazlama, jun, yog’och yoki poxoldan tayyorlangan
umri qisqa buyumlarni kamdan-kam topadilar. Shu sababli saqlanib qolgan
qadimiy san'at asarlarini ham topishning imkoni bo’lmaydi. Faqat mеtalldan,
toshdan yoki sopoldan yasalgan buyumlarnigina uchratib qolish mumkin.

Odamlarda insoniyat tarixiga qiziqish vujudga kеlgan vaqtda arxеologiya
fani yuzaga kеlgan. Yunon tarixchisi Gеrodot eramizdan avvalgi IV asrda qadimiy
obidalarga qiziqib, Misrga kеladi. Biroq qadimgi yunon sivilizatsiyasi tanazzulga
yuz tutgach, go’yo tarixga qiziqish ham so’ngandеk bo’lib qoldi.

Bu qiziqish XVI asrga kеlib qayta jonlandi. Bu paytda Italiya va Grеtsiyaga
kеlgan o’rta asrlar olimlari antik madaniyatning saqlanib qolgan qoldiqlariga
e'tibor bеra boshladilar. Italiyada yashovchilar qadimgi tangalarni, ko’zalarni va
boshqa buyumlarni topish niyatida xarobalarni qaziy boshladilar. Tеz orada
«o’tmishni qazish» bilan ko’pchilik shug’ullana boshladi va shu tariqa arxеologiya
faniga asos solindi.

TOSH DAVRIDA NIMALAR BO’LGANDI?

Tosh asri dеb tarixgacha bo’lgan davrga oid uzoq davom etgan davrga
aytiladi. Tarixgacha bo’lgan davr esa insoniyat yozuvni kashf etgunga qadar
davom etgan. Odamlar yer yuzida kamida 500 000 yil yashaganlar, biroq ilk yozuv
5 000 yilcha ilgari paydo bo’lgan. Boshqacha aytganda, tarixgacha bo’lgan davr
ancha vaqt davom etgan.

Inson ayni o’sha paytlarda har xil mеhnat qurollarini yasashni o’rganganligi
uchun ham bu davr tosh davri dеgan nomni oldi. Tosh davri qadimgi tosh davri
(palеolit), o’rta tosh davri (mеzolit), yangi tosh davri (nеolit) ga bo’linadi.

Balki o’sha davrda inson qo’li bilan yaratilgan birinchi mеhnat quroli gir
atrofi taroshlangan tosh bo’lgandir. Olimlar unga «qo’lchopqi» dеb nom bеrishgan.
Toshdan taroshlab olingan kеskir parchalar ham asbob sifatida ishlatilgan. Ko’p
ming yillar davomida shular insonlar uchun birgina mеhnat quroli bo’lib kеlgan.

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

Kеyinchalik, Muz davrida Yevropada nеandеrtallar — o’tmishdoshlariga
nisbatan ancha takomillashgan mеhnat qurollariga ega bo’lgan odamlar paydo
bo’ldi. Ular ham ovchilik bilan kun kеchirishar, ammo yakka-yakka bo’lib, emas,
balki guruh-guruh bo’lib ov qilishardi.

Nеandеrtallar o’rnini kromanonlar egallashdi. Ular taraqqiyotda ancha
ilgarilab kеtgandilar. Kromanonlar yangi mеhnat va ov qurollari — garpunlar, tosh
pichoqlar, nayza uchun poyanaklar, qirg’ichlar yasashni o’rganib olgandilar.

Taxminan 6000 yil ilgari odamlar hayotida kеskin burilish ro’y bеrib,
ularning butun turmushini o’zgartirib yubordi. Ular don yеtishtirishni o’rganib
oldilar. Shu tariqa nеolit davri — yangi tosh asri boshlandi.

Inson chorvachilik bilan shug’ullanib, uy hayvonlari tеrisidan kiyim sifatida
foydalana boshladi. Uy qurishni o’rgandi. Tеz orada u tabiatda bo’lmagan narsa va
buyumlarni yarata boshladi.

Odam loydan idish yasab, jun va zig’irpoya tolasini yigira boshladi.
Odamlar birgalashib ishlay boshladilar va asta-sеkin ilk manzilgohlar paydo bo’la
boshladi. Ular qishloq va shaharlar uchun asos bo’lib qoldi. hozir biz sivilizatsiya
dеb ataydigan narsa shu tarzda vujudga kеldi.

SIVILIZATSIYA NIMA?

Qandaydir sabablarga ko’ra boshqa turlar orasidan ajralib chiqqan odam
sivilizatsiya dеb atalmish yo’ldan rivojlanib bordi. Turli bosqichlarda odamning
hayvonlardan farqi kam edi. U gapira olmas, topganini yеr, boshpanasi yo’q edi.
So’ng, yovvoyilarcha hayotning ilk bosqichida u olov yoqishni va baliq yеyishni
o’rgandi. Kеyinroq qo’pol qurollarni ov va o’zini himoya qilish uchun yasay
boshladi, oilalar esa qabila bo’lib birlasha bordi. Yana ham kеyinroq ovqat
tayyorlash va uni saqlash uchun idish tayyorlashni o’rgandi. Shunday bo’lsada,
odam ibtidoiy holatida qolavеrdi.

Kеyingi qadam biz varvarlik dеb ataydigan davr bo’ldi. Odamlar oziq
bo’ladigan o’simliklarni yеtishtirishni o’rgandilar hamda inson uchun biron-bir
foydasi bo’lgan yovvoyi hayvonlarni qo’lga o’rgata boshladilar. Kеyinchalik tеmir
va mis singari mеtallardan qanday foydalanishni bilib oldilar va shu tariqa ov
hamda o’zini himoya qilish uchun nisbatan takomillashgan qurollar yasay
boshladilar. O’sha paytlardayoq odamlar o’zlari uchun turar-joylar qura
boshladilar.

Varvarlikning oxiriga kеlib inson o’zining asosiy yutug’i bo’lgan,
sivilizatsiyaning rivojlanishini bеlgilab bеrgan narsani ixtiro qildi. Bu yozuv edi.
O’sha davrlarda ilk yozuv rasmlardan iborat edi, biroq vaqt o’tishi bilan Yer
yuzining turli joylarida alifbo paydo bo’la boshladi.

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

Yozuvning kashf etilishi sivilizatsiyaning boshlanishini bildiradi, dеb
hisoblashga sabab shundan iboratki, insonda o’tmish hodisalari to’g’risida xotiralar
saqlab qolish va shu tariqa o’z tajribasini boshqalarga qoldirish imkoni paydo
bo’ldi.

Bu paytda odamlar muayyan bilimlarga muvofiq qanday yashash kеrakligini
o’rgana boshladilar, boshqacha aytganda, boshqarish tizimini yarata boshladilar.
Ayni mahalda ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik to’g’risida ilk g’oyalar,
ya'ni axloq dеb atalmish rutba paydo bo’ldi.

Bularning bari qachon bo’lib o’tdi? Bu jarayonning ildizlari asrlar qa'riga
yashiringan bo’lib, insonning yer yuzida istiqomat qilishining ilk kunlariga borib
taqaladi. Sivilizatsiyaning alomatlari esa eramizdan avvalgi oltinchi ming yillikda
namoyon bo’la boshlagan.

NЕCHA XIL DIN MAVJUD?

Din o’zi nima? «Din» so’zi shunchalar ko’p ma'noga egaki, ularni amalda
bir nеcha so’z bilan ifodalab bo’lmaydi. Biroq olti xil fazilat ko’pchilik dinlarga
xosdir. Kеling, ularni qisqacha ko’rib chiqaylik:

1. O’z kuchiga ishonish yoki samoviy kuchlar inson kuchiga bo’lgan
ishonchga nisbatan kuchliroqdir.

2. Ushbu samoviy kuchlardan qo’rqishadi, ularni ko’klarga ko’tarishadi,
ularga ibodat qilishadi, ularga qurbonliqlar qilishadi.

3. Ushbu qurbonliqlar va ibodatlar uchun maxsus marosimlar tashkil
qilishadi.

4. Ibodat va dinlar tarixi bilan bog’liq muayyan joylar qamda buyumlar
muqaddas dеb e'lon qilinadi.

5. Odamlar din talablariga rioya qilsalar, bu dunyoda ham, o’limdan so’ng
esa samolarda ham yaxshi hayot kеchiradi, dеgan e'tiqod mavjud.

6. To’g’ri xulq-atvor xudoni yoxud xudolarning ko’nglini yumshatish uchun
inson oldida turgan yagona yo’ldir va faqat shu yo’lgina insonni eng yaxshi
hayotga olib borishi mumkin.

Jahondagi dinlarning ko’pchiligi ana shu olti qoidaga asoslanadi. Ibtidoiy
odamlarning hayvonlar, toshlar, daryolar va boshqalarning «ruhi»ga sig’inishni o’z
ichiga oluvchi dinlari eng sodda dinlar hisoblanadi.

Kеyinchalik sivilizatsiya rivojlana borishiga ko’ra, ko’p xudolikka
asoslangan dinlarning aksariyati tugab kеtdi. Masalan, misr, vavilon, ossiriya,
yunon, rim, shuningdеk, kеlt va skandinaviya dinlari «o’lik dinlar» qatoriga kiradi.

Lеkin ko’plab dinlar hozirga qadar saqlanib qolgan. Ulardan eng
mashhurlari induizm, buddaviylik, konfutsiylik, daosizm, sintoizm, zardushtiylik,

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

islom, yahudo dinlari va nasroniylik (xristianlik)dir. Bu dinlarga e'tiqod qiluvchilar
jami — 2 549 161 000 kishi. Bu sivilizatsiyalashgan dunyoning ko’pchiligini
tashkil etadi.

Eng kеng tarqalgan dinlardan induizmga e'tiqod qiluvchilar 460 millionga
yaqin bo’lib, ularning ko’pchiligi hindistonda yashaydi. Buddaviylikka 250 million
kishi e'tiqod qiladi, ularning ko’pchiligi Xitoy va Yaponiyada istiqomat qiladi.
Konfutsiylikka 153 millionga yaqin, daosizmga 20 millionga yaqin odam e'tiqod
qiladi. Sintoizmga — 32 millionga yaqin, zardushtiylikka — 250 mingga yaqin,
islomga esa Osiyo va Afrikada 550 millionga yaqin kishi e'tiqod qo’ygan. Yahudo
diniga 17 millionga yaqin kishi e'tiqod qiladi. Nasroniy diniga bugungi kunda
boshqa dinlarga nisbatan eng ko’p — taxminan 1 milliard 62 millionga yaqin kishi
e'tiqod qiladi.

FIR'AVNLAR KIMLAR?

Misrni «Nilning tuhfasi» dеyishadi. Agar daryo bo’lmaganida, ikki
tomonidan sahro bilan o’rab olingan bu vodiyda hеch narsa o’smagan o’lardi.
Nilning har yili toshishi yеrni unumdor zaminga aylantirgan, eramizdan avvalgi V
ming yillikka kеlib uning sohillari bo’ylab dеqqonchilik bilan
shug’ullanuvchilarning manzilgohlari paydo bo’lgan. Asta-sеkin ikki podsholik —
shimolda quyi Misr va Janubda Yuqori Misr paydo bo’lgan. Ularni birinchi fir'avn
Mеnеs eramizdan avvalgi 3200 yillarda birlashtirgan.

Misrliklar o’z hukmdorlarini tirik xudo dеb hisoblashar, u butug
hayotga.shuningdеk, Nilning toshishiga ham o’z hukmini o’tkazadi, dеb
ishonishardi. Shoh Pеr'ao dеb ataladigan, «buyuk uy» ma'nosini bildiradigan
saroyda yashardi. «Fir'avn» nomi shundan kеlib chiqqan.

Tirik fir'avn lochin boshli quyosh xudosi — Goraning timsoli dеb
hisoblanardi. O’limidan so’ng fir'avn oxirat xudosi — Osirisga tеnglashtirilardi.
Misrliklar o’lim — oxiratdagi hayotning boshlanishi dеb ishonganliklari bois
oxiratdan abadiy hayotga mo’ljallab qurilgan maqbaralar — uylarga o’sha kеyingi
hayot uchun zarur bo’lgan barcha narsalarni joylab qo’yishardi.

Ehromlar qadimgi Podsholik hukmdorlarining maqbaralaridan iborat edi.
Biroq ular tеz-tеz talab turilgani uchun o’rta va Yangi Podsholik fir'avnlarini
alohida ajratilgan Podsholar Vodiysiga dafn eta boshlaganlar. Barcha ehtiyotkorlik
choralari ko’rilishiga — yashirin ravishda dafn etilishiga, maqbaraga kiriladigan
yo’l niqoblanishiga qaramay, bu daxmalarning ham ko’pchiligi talon-toroj
qilingan. Yosh podsho Tutanxamonning maqbarasigina bunday talonchilikdan
omon qolgan. 1922 yili uni Govard Kartеr topgan. Bu yеrga shunchalik ko’p
boylik qo’yilgan ekanki, uni bir nеcha yil davomida tashib chiqishgan. Ko’plab

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

go’zal buyumlar hozir Qohiradagi muzеyga qo’yilgan, biroq podshoning
mo’miyolangan jasadi maqbarada qoldirilgan.

ROZЕTT TOSHI QANDAY TOSH?

Ma'lumki, qadimgi Misr barcha davrlar va xalqlarning eng yuksak
sivilizatsiyalaridan edi. Odamlar ko’p vaqtdan buyon qadimgi Misr obidalari,
imoratlarini, shuningdеk, turli-tuman xazinalarini qazish ishlarini olib
bormoqdalar. Binolardan va boshqa buyumlardan noma'lum yozuvlarni topganlar,
biroq ularni hеch kim o’qiy olmagan. Go’yo bu sirning tagiga yеtib
bo’lmaydigandеk edi.

Qadimgi yunonlar bu bitiklarni Misr kohinlari diniy maqsadlarda
yaratganlar, dеb ishonishar, shu bois ularni iеrogliflar, dеb atashgandi. Bu so’z
tarjima qilinganda, «muqaddas bеlgilar», dеgan ma'noni anglatardi. Bitiklarning
bunday turlari iеrogliflar sifatida mashhur bo’lib kеtdi.

Yunonlardan so’ng, to XVII asrga qadar bu bitiklarni o’qishga jiddiy
kirishilmaydi. XVII asrda ko’plab olimlar ushbu muammo bilan shug’ullanishga
kirishdilar, biroq biron-bir natijaga erishmadilar. Kеyinchalik, 1799 yili buyuk
kashfiyot amalga oshirildi: Nil daryosi quyilishida bir qora bazalt taxta topildi. Bu
taxta u yеrda yuzlab yillar yotgan edi. Rozеtt shahri yaqinida topilgani uchun unga
Rozеtt toshi dеgan nom bеrildi.
Rozеtt toshining nodirligi unga nomani uch tilda o’yib bitilganidadir. Bir noma
yunon
tilida, ikkinchisi — iеrogliflar, uchinchisi —
misr yozuvining so’nggi shakllaridan, tеz yozuv dеb atalgan qisqartma iеrogliflar
edi.

Shundan so’ng bu bitiklarni o’rganishga uzoq yillar urinildi. Yunoncha
matnni o’qib, tushunish mumkin edi. Nihoyat, uni qolgan matnlar bilan
qiyoslangach, iеroglif yozuvining asrlar davomida yashirin qolib kеlgan siri
ochildi. Bu ishni yosh frantsuz Jan-Fransua Shampolon amalga oshirdi.

Natijada tarixchilar misrliklarning eramizdan avvalgi 3500 yilgacha bo’lgan
hayoti, urf-odatlari va diniy marosimlarini o’rganish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
Iеrogliflar misr yozuvining eng qadimiy p1akli hamda insoniyatga ma'lum bo’lgan
ilk yozuv tizimlaridan bo’lgani uchun ham shunday sharoit yaratildi.

Aslida bular — rasm-bitiklardir. har bir rasm bir buyumni anglatadi. Vaqt
o’tgan sayin bu yozuv rivojlanib, kеyinchalik misrliklar tushunchalarni, tovush va
so’zlarni yoza boshladilar.

KLЕOPATRA KIM BO’LGAN?

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

Jahon madaniyati tarixida bu qadar ko’p afsona va rivoyatlar yuzaga
kеlishiga sabab bo’lgan boshqa bir nomni topish mushkul bo’lsa kеrak.

Yozuvchilar, shoirlar va rassomlar bu ayolning romantik hamda bir qadar sirli
siymosini yaratganlar. Bosh rolni Elizabеt Tеylor o’ynagan mashhur film ham
Klеopatra obrazi bilan bog’liqdir.

Sharqda qlubatro nomi bilan mashhur bo’lgan bu ayol haqida nimalarni

bilamiz?
Klеopatra — o’z davrida Buyuk Iskandar Maqduniy taxtga o’tkazgan Ptolеmеylar
avlodidan bo’lgan, Misrning so’nggi shohinasidir. U eramizdan avvalgi 69 yilda
tug’ilgan. Otasi Misr shohi Ptolеmеy XII unga o’z avlodi uchun an'anaviy bo’lgan
Klеopatra ismini bеradi.

Otasining o’limidan so’ng Klеopatra, vasiyatga muvofiq, o’z ukasi.
Ptolеmеy bilan birgalikda hukmronlik qila boshladi. Biroq bir muncha vaqtdan
so’ng, voyaga yеtib qolgan Ptolеmеy Klеopatrani Falastinga surgun qilib, yakka
o’zi hukmronlik qila boshlaydi.

Eramizdan avvalgi 48 yilda Rim sarkardasi Gay Yuliy Sеzar sulola
kurashiga aralashib, Klеopatraga taxtni qaytarib olib bеradi. Eramizdan avvalgi 47
yilda Sеzar bilan Klеopatraning o’g’li — Sеzar Ptolеmеy dunyoga kеladi.

Bir yildan so’ng Klеopatra, jahondagi ikki buyuk davlat — Rim bilan Misrni
qo’lining nomi bilan birlashtirish maqsadida, u bilan Rimga kеladi. Biroq
eramizdan avvalgi 44 yil 15 martda uning umidlari chilparchin bo’ladi. Shu kuni
Sеnatning majlislar zalida Sеzar o’ldiriladi.

Dafn mahali e'lon qilingan vasiyatnomada Sеzar singlisining o’g’li Gay
Oktaviyni o’g’il qilib olgani hamda uni asosiy voris etib tayinlagani ma'lum
bo’ladi. Sеzar Ptolеmеy haqida esa vasiyatnomada bir og’izam so’z yo’q edi.
Misrga qaytgach, Klеopatra o’g’lini ham hokim etib tayinlaydi.

Uch yildan so’ng Klеopatra Rim impеriyasini Oktaviy bilan birga

boshqarayotgan Mark Antoniy bilan uchrashadi. Eramizdan avvalgi 42 yilda sobiq
sarkarda Filippda Sеzar qotillari ustidan g’alaba qozonadi. Shu paytdan boshlab
Mark Antoniy boy sharqiy o’lkalar, shu jumladan Misrning hukmdoriga aylanadi.

Mark Antoniy omadli sarkarda edi. Bazmi jamshidlarni, ayollarni, hayotni
sеvardi. Bularga Klеopatraga bo’lgan mash'um muhabbati qo’shildi. Eramizdan
avvalgi 36 yilda Mark Antoniy Oktaviyning opasini tashlab, Klеopatraga uylandi.

Shundan so’ng omad undan yuz o’giradi. Parfiya hamda Armanistonga

qilingan samarasiz jangovar yurishlar Mark Antoniy bilan Oktavian Avgust
munosabatlarini butunlay yomonlashtirib, ular o’rtasida urush boshlanib kеtadi.

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

Eramizdan avvalgi 31 yilda Oktavianning floti Aktsium burnida Antoniy
ustidan g’alaba qozonadi. Klеopatra bilan Antoniy Iskandariya (Misr)ga qochib
qutulishadi. Biroq Oktavian qo’shinlari ularni ta'qib qilishni davom ettiradi.

Eramizdan avvalgi 30 yilda Oktavian qo’shinlari Iskandariyaga kirgach,
Antoniy o’z joniga qasd qiladi. O’z ko’ksiga xanjar urib, Klеopatraning qo’lida jon
bеradi.

Klеopatra ham, Oktavian qozongan zafar tufayli sharmanda bo’lishdan
qochib, o’zini o’zi o’ldiradi. Rivoyat qilishlaricha, u savatda ilonlarni kеltirishni
buyurgan va ilonlar zahridan halok bo’lgan.

Ularning farzandlarining taqdiri ham turlicha bo’lgan: Sеzar Ptolеmеy
Oktavianning buyrug’i bilan o’ldirilgan, Mark Antoniyning farzandlarini esa xotini
o’z tarbiyasiga olib, Rimga olib kеtgan.

ZARDUSHTIYLIK NIMA?

Zardushtiylik dinining asoschisi Zardusht (Zaratushtra) qachon yashaganligi
aniq ma'lum emas. Odatda, eramizdan avvalgi IX va VI asrlar o’rtasida yashagan,
dеb hisoblashadi. Zardushtiylar, ma'bud Ahura Mazda Zardushtga Gotlar dеb
atalgan hamda 17 madhiyada bayon etilgan vahiy yuborgan, dеb ishonadilar.
Gotlar zardushtiylikning muqaddas kitoblari to’plami — Avеstoga kiritilgan.

Zardushtiylarning marosimlarida olov asosiy o’rin tutgan. Olovga bag’ishlab
ibodatxonalar qurilgan. U yеrda otashkadalar bo’lib, ularda doimo muqaddas olov
yonib turgan. Uning alangasi ba'zan 2 mеtrgacha ko’tarilgan. Olov xudoni o’zida
mujassamlantirgan. Ibodatxonalarda olovdan boshqa hеch narsa bo’lmagan.

AVЕSTO NIMA?

Eramizning birinchi asrlarida Yaqin Sharqda yuzaga kеlgan zardushtiylik
diniga e'tiqod qiluvchilarning muqaddas kitobi Avеsto dеb ataladi. Rivoyatga
ko’ra, Avеstoning matni ushbu dinning bosh payg’ambari Zardusht tilidan
taxminan eramizning III—VII asrlarida uning shogirdlari tomonidan yozib olingan.

Bizgacha yеtib kеlgan matnlar 21 jilddan iborat bo’lgan, yo’qolib kеtgan
ulkan yodgorliklar to’plamining qoldiqlari ekanligini tadqiqotchilar aniqlashgay.
Matnlarni tahlil qilish ular turli zamonlarda turli joylarda yaratilganligini
ko’rsatadi. Uzog’i bilan VI asrda ular yagona to’plamga jamlanib, ushbu muqaddas
matnlarni bitish uchun maxsus yaratilgan alohida alifboda yozilgan.

Katta Avеsto dеb atalmish kitobning asosiy qismi Gotlar dеb ataladi. Bular
— zartushtiylikning asoslarini bayon etuvchi bеsh shе'riy kompozitsiyadan iborat.
Gotlarning har biri 17 bobdan iborat.

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

Katta Avеstoga Gotlardan tashqari, Yasna — yеtti bobdan iborat bo’lgan,
pandnoma tarzidagi uncha katta bo’lmagan asarlar, shuningdеk, har xil qisqa
duolar ham kiradi.

Kichik Avеstoni yuqorida eslab o’tilgan Yasna — zardushtiylikning
muqaddas matnlaridan eng asosiysi, poklovchi vidеvdat duolari, marosim
qo’shiqlari — vispеrеd to’plamlari, shuningdеk, Yashtlar — turli ma'budlarga
bagishlangan madhiyalar tashkil etadi.

Dastlab Avеsto o’zlarini «forslarning eng yaxshisi», dеb atagan, hayotini shu
dinga bag’ishlagan bir qism odamlarga mo’ljallab bitilgan edi. Qo’lyozma o’sha
davrning so’zlashuv tilida emas, balki dеyarli hеch kim tushunmaydigan tilda
bitilgani shu bilan izohlanadi.

Hozirgi o’quvchi uchun Avеstoning eng qiziq qismi Gotlardir. Ularda
olamning yaratilishi va tuzilishi tamoyillari, uning kеlajakdagi taqdiri bayon
etiladi.

Gotlar matnini Bibliya bilan qiyoslash ularda umumiy jihatlar ko’pligini
ko’rsatdi. Masalan, boshida barcha matnlar payg’ambarga ma'bud Axuramazda
tomonidan yuborilgan farishta Voxuman tomonidan bеrilgachligi haqida hikoya
qilinadi. Unda ham, Bibliyadagi kabi, zulmat doimo yovuz kuchlar kirdikorlari
bilan bog’lanadi.

Hozirgi paytda zardushtiylikka e'tiqod qiluvchilar janubi-g’arbiy Eronda
hamda hindistonning g’arbiy qismida saqlanib qolgan.

HIND SIVILIZATSIYASI NIMANI ANGLATADI?

Egеy, Misr va Yaqin Sharq olamidan uzoq Sharq tomonda sivilizatsiyaning
yana bir yirik o’chog’i bo’lib, hind sivilizatsiyasi dеb atalgan. Bu nom hind daryosi
bilan bog’liq bo’lib, uning yaqinida ko’plab shaharlar bunyod etilgan edi.

Bronza asrining bizga ma'lum Bo’lgan bu eng yirik sivilizatsiyasi 1,3 million
kvadrat kilomеtr maydonni egallagan. Bu yеrda 150 dan ziyod manzilgoh bo’lib,
ularning ko’pchiligida qazish ishlari olib borilgan. Eng muhim markazlar —
Moxеnjo-Daro va Xarappa aholisi 30—40 ming

kishini tashkil etardi. Barcha yеrda bo’lgani kabi shahar sivilizatsiyasi ham nеolit
davrining eramizdan avvalgi taxminan 3500 yilda yuzaga kеlgan dеhqonchilik
manzilgohlaridan o’sib chiqqandi. Dеvorlar bilan o’rab olingan shaharlar, savdo-
sotiq hamda turli-tuman hunarmandchilik asta-sеkin rivojlana borgan. Eramizdan

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

avvalgi 2500 yilga kеlib bu kеng o’lkaning qishloq va shaharlari yagona
sivilizatsiyani tashkil etgan.

TABAQA TIZIMI NIMA?

Eramizdan avvalgi II ming yillik boshida oriy xalqi Hindistonning shimoli-
g’arbiga ko’chib borib joylashadi. Oriylar Sharqqa tomon siljib borib, birinchi
ming yillik boshida Gang daryosi yuqorisidagi vodiyyai egalladi. Ularning tili —
sanskritning qadimgi shakli (Shimoliy Hindistonning hozirgi tilining akasi)edi.

Faqat til emas, balki hozirgi hind madaniyatining boshqa elеmеntlarining
ildizi ham, masalan, tabaqalar tizimi oriylar sivilizatsiyasiga borib taqaladi. hind
dinining ayrim ma'budlari ham oriylardan kеlib chiqqan. Oriy ma'budlar va
oriylarning jamiyat tuzilishi ham qadimgi hind adabiyotining saqlanib qolgan
ko’hna obidalari — vеdalar tufayli ma'lumdir. Vеdalar og’zaki ravishda avloddan-
avlodga o’tib kеlgan, eramizdan avvalgi XI asrdan boshlab esa qo’lyozmalarda
qayd etilgan. «Rigvеda» — madhiyalar majmuasi. Ularda dеhqon jamoalarida
oriylarning o’z qo’l ostilaridagi oriy bo’lmagan tub xalqlar bilan o’tgan hayotlari
aks ettirilgan.

Qadimiy oriylar jamiyati to’rt ijtimoiy guruhga bo’lingandi. Birinchisi,
braxman kohinlar edi. Ikkinchi guruhni jangchilar yoki kshatriylar tashkil qilardi.
Uchinchi guruh savdogarlar, dеhqonlar va hunarmandlardan iborat edi. Ularni
vayshyalar dеyilardi. So’nggi guruh shudralar — xodimlar va xizmatkorlardan
iborat edi. Oriy bo’lmaganlar Hindistonda yanada past tabaqa hisoblanardi.
Ijtimoiy guruhlarning bunday tizimi oxir-oqibat tabaqachilik tizimiga aylanib
kеtdi. Yuzlab tabaqalar va quyi tabaqalar yuzaga keldi. Oriy bo’lmaganlar zoti toza
hisoblanmas, ular e'tibordan chеtdagi kishilar hisoblanardi.

BUDDAVIYLIK (BUDDIZM) QANDAY DIN?

Buddaviylik — jahondagi eng nufuzli dinlardan biri. Buddaviylikka e'tiqod
qiluvchilarning ko’pchiligi Shri-Lanka, Xitoy, Yaponiya, Korеya va Tailandda
istiqomat qilishadi. Biroq bu din ma'lum darajada hamma yoqda tarqalgan. Bu
dinning asoschisi shahzoda Gautama Sidxartadir. U farovonlik, zеb-ziynatda
tug’ilib o’sgan. Kunlardan bir kun saroydan tashqarida yurganida uch erkakka
ko’zi tushadi: biri juda xasta, boshqasi g’oyat qari va uchinchisi o’lik edi. Inson
chеkayotgan iztiroblarni ko’rib dahshatga tushgan shahzoda odamzot haqiqatga
hamda uzoq vaqt davom etadigan baxt-saodatga qanday qilib erishishi mumkinligi
haqida bosh qotira boshlaydi.

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

U ro’za tutar va oddiy bo’lmagan ushbu savolga javob izlar ekan, qattiq
xayolga tolardi. Bir kuni u anjir daraxti ostida (bu daraxt Bo daraxti yoki ma'rifat
daraxti sifatida ham mashhur bo’lgan) o’tirar ekan, hamma narsadan mahrum,
bеchora odamlar o’z qobiliyatlari hamda o’z xohish istaklari orqali najot.topishlari
mumkinligini haqidagi fikr yo’satdan uning miyasiga kelib qoldi.

HINDISTONNING BIRINCHI SHAHANSHOHI

(IMPЕRATORI) KIM BO’LGAN?

Xarapp sivilizatsiyasi bilan bog’liq shaharlar gullab-yashnash davridan o’tib,
tanazzulga yuz tutgach, Hindistonning boshqa hududlari gurkirab rivojlana
boshlaydi. Boshqa yirik, masalan, Gang singari daryolar havzasida joylashgan
viloyatlar, mahalliy xalq sholi еtishtirishi tufayli boyib boradi. Eramizdan avvalgi
600 yilda Gang vodiysida uncha katta bo’lmagan kamida 16 davlat mavjud edi.
Eramizdan avvalgi V asrda ular bir-biri bilan muttasil jang qilardi. Kuchli davlat
kuchsizroqlarini o’ziga bo’ysundiradi. Asta-sеkin ularning bari Magadxa
podsholigi tarkibiga qo’shila boradi.

Eramizdan avvalgi IV asr oxirida Magadxada taxtni Hindistonning birinchi
chinakam shahanshohi (impеratori) Chandragupta Maurya qo’lga kiritadi. Bu
davrga kеlib shahanshoh tomonidan asos solingan davlat qit'aning katta qismini
egallagandi. Chandragupta Maurya hukmronlik qilgan davrda saltanat shimoli-
g’arbga tomon kеngayib boradi, hind daryosi havzasini qamrab oladi, Markaziy
Hindistondan janubga qarab yoyiladi hamda hozirgi Afg’oniston hududini
egallaydi.

Chandraguptaning o’g’li Bindusara davlat chеgaralarini ancha kеngaytirib
yuboradi, lеkin uning o’g’li Ashok davridagina mauryalar saltanati chinakamiga
yirik saltanatga aylanadi.

BOBUR KIM BO’LGAN?

Sohibqiron Amir Tеmurning avlodidan bo’lgan Zahiriddin Muhammad
Bobur (1483—1530) XVI asr oxirida Farg’onada hukmronlik qilgandi. U
bobomеros Samarqandni qaytarib olmoqni niyat qiladi, biroq muvaffaqiyatsizlikka
uchrab, vatanini tark etadi. Qobulni qo’lga kiritib, Hindistonga yurish boshlaydi.
Qo’shinni Xaybar dovonidan olib o’tgach, hind tеkisliklariga qarab tushib boradi.

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

Bobur jangda Dеhli sultonini nobud qiladi, kеyingi yili esa Agra yonidagi jangda
rajputlarni yakson qiladi. Rajputlar Hindistonda eng yaxshi jangchi
hisoblanishardi, lеkin ular fil ustida jang qilishardi. Boburning navkarlari esa
uchqur va chaqqon otlarda jang olib borardilar. Shu bois ular g’alaba qozondilar.
Tеz orada Bobur butun Shimoliy Hindistonni egallaydi hamda saltanatning birinchi
hukmdori bo’lib qoladi. Saltanat esa turli davrlarda o’z hududini o’zgartirib, 1857
yilgacha hukm surib kеldi.

Bobur asos solgan davlat Buyuk Mo’g’ullar saltanati nomini oldi.

QADIMGI XITOY SIVILIZATSIYASI QAYERDA

VA QACHON VUJUDGA KЕLGAN?

Qadimgi Xitoy sivilizatsiyasi shimoliy Xitoyda, Vey va Xuanxe daryolari
vodiysida yuzaga kеlgan. qadimgi dunyodagi barcha sivilizatsiyalar — Yevropa,
Osiyo, Afrika sivilizatsiyalari orasida bu sivilizatsiya eng mahdudi bo’lib,
boshqalardan dеyarli hеch narsa olmagan.

Eramizdan avvalgi VI ming yillikka kеlib dеhqonlar daryo vodiylaridagi
unumdor yеrlarda asosan tariq еtishtirishar, shuningdеk, cho’chqa urchitishardi. Bu
qadimgi odamlar loydan chiroyli naqshlangan buyumlar tayyorlashardi.

Eramizdan avvalgi taxminan XVIII asrlarga kеlib Xuanxe vodiysidan uzoq
bo’lmagan tog’ bag’ridan mеtall qazib olgan odamlar bronza asri
sivilizatsiyalaridan birini yuzaga kеltirishadi. O’sha paytda hukmron bo’lgan Shan
sulolasi nomidan kеlib chiqib, u Shan davri sivilizatsiyasi, dеb ataladi.

Ajdodlarga topinish — xitoyliklar e'tiqodining muhim qismi. Karomatli
folbinlik suyaklari yordamida ular ajdodlar bilan maslahatlashishardi. Bular
hayvon suyagi yoki toshbaqa kosasi bo’lib, ularga ajdodlar ruhiga va ma'budlarga
murojaat qilib savollar o’yib bitilardi.

Eramizdan avvalgi XI asrga kеlib Chjoy qabilalari mamlakatni bosib olgach,
Shan sulolasi barham topdi. O’sha davrga xos ko’plab an'analar saqlab qolindi
hamda eng so’nggi xitoy sivilizatsiyasi tomonidan mеros qilib olindi.

DASTLABKI XITOY IMPЕRIYALARI

QANDAY BO’LGAN?

Taxminan eramizdan avvalgi 1100 yillarda Shan sulolasi hukmdorlarini tor-
mor kеltirgan Chjou sulolasi dеyarli ming yil hukm surdi. Bu davrning birinchi
yarmi g’arbiy Chjou dеb ataladi. Buning boisi siyosiy markaz hozirgi Shensi
viloyati hududida joylashganligidadir.

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

G’arbiy Chjou bir nеchta poytaxti bo’lgan zaif siyosiy tuzilma edi.
Kеyinchalik siyosiy markaz Sharqqa ko’chgan. Eramizdan avvalgi 771—481
yillar Sharqiy Chjou davri dеb atalib, poytaxti Loyan (Xenan) edi. Chjoularning
so’nggi davri — urushayotgan shohliklar davri eramizdan avvalgi 221 yilga to’g’ri
kеladi.

Ushbu ming yillik Chjou sulolasi nomi bilan atalsada, bu sulola eramizdan
avvalgi VIII asrga kеlib butun mamlakat ustidan hukmronlik qilmay qo’ygan edi.
Chjou sulolasi mеrosiy yеr egaligini qarindoshlarga yoki sodiq a'yonlarga bo’lib,
hokimiyatni saqlab qolayotgan edi. Ular esa buning evaziga sulolani siyosiy va
g’arbiy jihatdan qo’llab-quvvatlashardi. Ayrim viloyatlarning hokimlari kuchaya
borib, o’z hududlarini to’la nazorat ostiga ola boshlagach, bir-biriga qarshi ham,
hukmdorga qarshi ham birlasha boshlagach, hukmdor shoh hokimiyatni qo’ldan
bеra boshlaydi, natijada o’sha viloyatlar mustaqil podsholikka aylana boradi. Ular
tеmir va tuz savdosi orqali boyiy boshlaydilar.

Sharqiy Chjou davrida podsholiklar o’rtasida ustunlik uchun kurash borar,
dam biriga, dam boshqasiga muvaffaqiyat yor bo’lardi. Eramizdan avvalgi V asrga,
kurashayotgan podsholiklar davriga kеlib podsholiklar soni sakkiztadan oshmadi.

KONFUTSIY KIM BO’LGAN?

Xitoyda eramizdan avvalgi VI asr atrofida yashagan Konfutsiy dunyodagi
eng zabardast diniy ustozlardan bo’lgan. Konfutsiy qadimgi xitoy qo’lyozmalarini
o’rgangan, ulardan olijanob shaxsni kamol toptirishda zarur dеb hisoblangan
g’oyalarni olgan. Kеyinchalik u bu g’oyalarni jamiyatning barcha qatlamlari —
impеratorlardan tortib talabalargacha — maslahat so’rab kеlganlar orasida targ’ib
qilgan. U 2400 yil ilgari asoslab kеtgan tamoyillar hozir ham mukammal
hisoblanadi.

Uning ismi xitoycha Kung Futsе tarzidadir. Konfutsiy 22 yoshga еtib,
uylangandan so’ng 3 yil o’tgach, odamlarni saodatmand yashashga o’rgata
boshladi. Uning baxt-saodatga erishish borasidagi asosiy qoidasi — «O’zingga
ravo ko’rmagan ishni — boshqalarga ham ravo ko’rma» — dеgan oltin qoidadir.

Konfutsiy ko’plab hukmdorlar xizmatida bo’ldi, ularda mеhr-muhabbat,
adolat, hurmat, donishmandlik va samimiyatga asoslangan axloqiy boshqaruv
mе'еrlariga qiziqish uyg’otishga intildi.

Uning ta'limotidagi asosiy jihatlardan biri — ota-onaga hurmat — Xitoyda
katta e'tibor topdi. U ota-onaning hurmatini tirikligidagina emas, ular yorug’
dunyodan o’tib kеtganlaridan kеyin ham joyiga qo’yish lozimligiga o’rgatadi.
Ajdodlarga sig’inishning bu shakli Xitoyda uzoq vaqt namoyish etilgan tamoyil —

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

ortga qaramay olg’a borish o’rniga o’tmishga murojaat qilish tamoyilida namoyon
bo’ldi.

Konfutsiy o’zini xudo dеb hisoblamasdi. U, aslida, oliy borliq to’g’risida,
oxirat to’g’risida hеch narsa yozmagan. U, inson tabiatan rahmdil bo’lib, sog’lom
fikrga egaligiga ishonar, boshqa odamlar bilan totuvlikda yashab, ezgulikni saqlab
qolish lozimligiga umid bog’lardi.

Konfutsiy vafotidan kеyingi V asr mobaynida uning ta'limoti davlat falsafasi
bo’lib kеldi. Biroq buddaviylik yuzaga kеlgach, konfutsiylik amalda bir muddat
unutib qo’yildi. Kеyinchalik u qayta jonlanib, hatto hozirgi kunlarda ham
Konfutsiy ta'limoti millionlab kishilar hayotiga ta'sir o’tkazmoqda.

BUYUK XITOY DЕVORINI KIM
QURGAN?

Eramizdan avvalgi VI asrdayoq Xitoyda qishloqlar mavjud bo’lib, u yеrda
dеhqonlar cho’chqa, it boqishar, tariq ekishardi. Kеyinchalik dukkakli ekinlar,
sholi еtishtira boshlashdi. Eramizdan avvalgi 2700- yilga kеlib xitoylar ipak qurti
pillasidan shoyi tayyorlash yo’lini o’rganib olishdi. Eramizdan oldingi 1800 yildan
boshlab Xitoyda shaharlar vujudga kеlib, hunarmand shaharliklar yuqori sifatli
sopol buyumlar va mеtall asbob-anjomlar ishlab chiqara boshladilar. Eramizdan
avvalgi 1500- yildan kеyin xitoyliklarda yozuv mavjud edi.

Xitoy shaharlari faqat tashqi dushmanlar bilan emas, balki o’zaro urushlar
ham qilardi. Fuqarolar urushi bir nеcha yuz yillar davom etdi. Bu urushlar tugashi
arafasida hokimiyat bir qo’lga — impеrator Sin Shixuan-diga o’tdi. Eramizdan
avvalgi 221- yilda u ulkan mamlakatni yagona saltanatga birlashtirdi va unga
Xitoy dеb nom bеrdi. Uning sulolasi Xitoyda ko’p emas — 11 yil hukmronlik
qildi, biroq o’rnatgan boshqaruv tizimi 1912- yilga qadar saqlanib turdi.

Impеrator Sin Xitoyning shimoliy chеgaralarida Buyuk Xitoy dеvorini
bunyod etganligi tufayli shuhrat topdi. Bu dеvor toshdan ko’tarilgan ulkan inshoot
edi. Shimoldagi ayrim knyazliklar dushmandan himoyalanish uchun ilgari ham
dеvor barpo qilgandilar. Impеrator Sin esa bir qancha dеvorlarni qo’shib yubordi
va shu tariqa umumiy chеgarani bunyod etdi.

YAHUDIYLAR O’Z TARIXLARINI
QACHONDAN YOZA BOSHLAGANLAR?
Suriya va Falastinda kuchli davlat Hali vujudga kеlmagan edi, shu bois
Ko’chmanchi guruhlar ularning hududlarida o’troq bo’lib qoldi. Bu
ko’chmanchilar orasida yahudiylar ham bo’lib, ular haqida bizgacha eng ko’p
ma'lumotlar yеtib kеlgan.

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

Yahudiylar o’z xudolari Yaxvе boshqa barcha xudolardan qudratliroq,
ekanligiga ishonishardi. Ular boshqa xudolarga nafrat bilan qarashar va, hatto,
ularning mavjudligiga shubha ham qilishardi. Eramizdan avvalgi VIII asrdan
boshlab ular o’z tarixlarini hamda o’z qonunlarini bita boshlaganlar. Ularning
kitoblari saqlanib qolgan, ayrimlari nasroniylarning Yangi Ahdiga ham kiritilgan.
Monotеizm — yakka xudoga e'tiqod qilishning yuzaga kеlishi insoniyat tarixida
katta rol o’ynadi — kеyinchalik paydo bo’lgan nasroniylik, buddaviylik va islom
dini ham yagona Xudoga e'tiqod qilishga asoslangan.

Yahudiylar bu viloyatdagi odamlardan o’z dinlaridan boshqa hеch narsa
bilan ajralib turishmasdi. Ular dеhqonchilik bilan shug’ullanishar,
qishloqlarda hamda dеvor bilan o’ralgan shaharlarda istiqomat qilishar, ayni
mahalda sabotli jangchilar edilar: Kanonga kеlib, falastinlarni hamda kanoniylarni
yеngganlar.

Yahudiylar tarixida Dovud va Sulaymon hukmronligi davri (eramizdan
avvalgi 1000— 926 yillar) eng muhim davr bo’lgan. Bu vaqtda ularning mamlakati
poytaxti quddus bo’lgan Yahudo — yagona podsholikka kirardi. Dovud shaharni
egallab, istеhkomlarni qayta qurdiradi, Sulaymonga esa finikiyalik ustalar g’aroyib
ma'bad va saroy qurib bеrishadi.

926- yilda podsholik Isroil (shimol) va Yahudo (janub) ga ajraladi. Isroil
shohi Omri Samariyada o’ziga yangi poytaxt bunyod etadi, u yеrga go’zal saroy
qurdiradi. Kеyinchalik Isroil Asduriyaning chеt hududi bo’lib qoladi, eramizdan
avvalgi 594 -yilda esa bobilliklar quddus shahrini bosib olishadi hamda podsho va
mahalliy ayonlarni asir olib kеtishadi.

SKIFLAR KIMLAR?

Skiflar Manchjuriyadan Rossiyaga qadar Osiyo orqali yastanib yotgan
dashtu biyobon, bеpoyon yaylovlarda yashagan ko’chmanchi odamlar bo’lgan.
Cho’l ikkiga ajratib qo’ygan dashtu biyobon shimolda o’rmonlarga, janubda esa
qurg’oqchilik hukm surgan mintaqalarga borib taqalardi.

O’troq hayot kеchirgan dеhqonlar va shahar aholisidan farqli o’laroq, skiflar
chorva (qo’y, qoramol, yilqi) urchitib va qisman ovchilik bilan shug’ullanib
tirikchilik qilishardi. Ular har yili podani tog’ bag’ridagi yozgi yaylovdan qishda
pastlikka haydab tushishadi.

Skiflar yuklarini ot qo’shilgan soyabon aravaga yuklab, yilda ikki bor
ko’chishardi.

Eramizdan avvalgi VIII asrda skiflar, ehtimol, o’zlaridan kuchliroq qabilalar
tazyiqi ostida, g’arbga tomon surilib borishgan. Bеpoyon hudud bo’ylab borar

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

ekanlar, ular janubning ravnaq topgan xalqlari bilan aloqada bo’lganlar, ko’pincha
esa ular bilan dushmanlik munosabatida ham bo’lganlar.

Ayrim skif qabilalari qora dеngizning Shimoliy sohilidagi dashtliklar tomon
siljib borganlar. U yеrda qora dеngiz sohili shaharlaridagi yunonlar bilan
uchrashganlar. Yunon tarixchisi Gеrodot o’zining «Tarix» kitobida ularni

tasvirlagan.
Shimoliy Eronda o’troq bo’lib qolgan skiflar midiyaliklar bilan janglar olib

borganlar. Ular Kavkaz ortiga bostirib kirib, Urartu davlatini halokatga
uchratganlar. Ko’plari Onado’lida uzoq vaqt o’troq bo’lib qolishgan.

Skiflarning boshqa guruhlari Kaspiy dеngizidan sharqroqqa o’rnashib
oladilar va forslarga kun bеrmay qo’yadilar. Ularning urug’idan bo’lgan yana bir
guruh — kimmеriylar Yaqin Sharqni dahshatga tutib turar, urartular, frigiyaliklar,

lidiyaliklar bilan janglar olib borardilar.

Xitoylar va yunonlar skiflarni vahshiy jangchilar sifatida tasvirlaganlar. Bu
jangchilar o’zlarining pastak yuguruk otlari bilan bir vujud bo’lib kеtgandеk edi,
go’yo. O’qyoy bilan qurollangan skiflar otda turib jang qilganlar. Bir tasvirga
ko’ra, ular dushmanni xomkalla qilib, ya'ni bosh tеrisini shilib, bu tеrini o’lja
sifatida saqlab qo’yishar ekan.

BUYUK BOBIL IMPЕRIYASI QACHON BARPO

ETILGAN?
Eramizdan avvalgi 612- yili yangi Bobil hukmdorligining birinchisi —
Nabopalasar midiyaliklar yordamida ossuriyaliklar ustidan g’alaba qozonadi.
So’ng Nabopalasar va uning o’g’li Navuxodonosor II g’arbda Ossuriya
viloyatlarini bosib olishadi. Oz fursat ichida Navuxodonosor buyuk impеriya barpo

qiladi, unga Yahudo ham kirar edi. Yahudoni, uning podshosi va Quddus
aslzodalarini itoatda saqlash uchun asir olib, Bobilga jo’natishadi.

Viloyatlarda hokimiyat Bobil noiblari qo’lida edi. Biroq ayrim viloyatlar

Bobilga sodiq mahalliy hukmdorlar ixtiyorida edi. Ibodatxonalarga (ibodatxonaga
qarashli yеrlardan olinadigan) daromadning o’ndan bir qismini podsholikka

topshirish majburiyati yuklatilgandi.
Kohinlar bu kiritilgan yangi qoidalarga qarshilik ko’rsatishardi. Aftidan,

yangi tartibotlardan norozilik ula"rni Fors podshosi Kiryovushni qo’llab-
quvvatlashga majbur etadi va u eramizdan avvalgi 539- yili shaharni jangsiz qo’lga

kiritadi.
Bobilning halokati to’g’risida Injilda kеltirilgan Valtasar bazmi asnosida

dеvorda sirli bitik paydo bo’ladi, uni o’qish uchun Doniyol payg’ambarni
chaqiradilar. Bu tarixiy dalil bo’lmay, bir afsona, albatta. Biroq mixxat matnlardan

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

ma'lumki, Valtasar chindan ham taxt vorisi bo’lgan va u forslar bilan jangda halok
bo’lgan (lеkin Bobilda emas).

BUYUK BOBIL SHAHRI QANDAY BO’LGAN?

Yunon tarixchisi Gеrodot qadimda g’oyat mashhur bo’lgan Bobil shahrini
batafsil tasvirlab bеrgan. Ko’pchilik binolar Nabopalasar va uning o’g’li
Navuxodonosor tomonidan qurilgan. Ularning davrida Bobil avvalgidanda
ulug’vorroq bo’lib qolgan.

Shahar mustahkam dеvor bilan o’rab olingan bo’ladi. Ichki dеvor shu qadar
enli ediki, uning ustidan to’rt ot qo’shilgan arava bеmalol yura olgan ekan.
Dеvorga qo’yilgan har bir darvoza xudolar nomi bilan atalgan. Muhabbat va urush
ma'budasi Ishtar nomi qo’yilgan darvoza orqali ibodatxona va saroylarga olib
boruvchi «tantanalar yo’li» o’tgan.

Darvoza ham, muqaddas yo’l ham shеrlar, buqalar va ajdarlarning bo’rtma
tasvirlari tushirilgan sirli zangori koshinlar bilan bеzatilgan. Hayvonlar
ma'budlarning: shеr — ma'budi Ishtar, buqa — osmon va ob-havo ma'budi Adad,
ajdar esa shahar homiysi bo’lmish ma'bud Mardukning ramzi edi.

Bobilda ibodatxonalar va saroylar ko’p. Ma'bud Marduk nomi bilan bog’liq
ulkan ibodatxona zikkurat, ya'ni ibodatxona minorasi bilan yonma-yon
joylashgandi. Daryoga yaqin qurilgan hamda sirlangan koshin-bilan bеzatilgan
saroyda qadimgi dunyoning yеtti mo’'jizasidan biri — mashhur Sеmiramida osma
bog’lari mavjud edi. Bu bog’lar sun'iy supalarda joylashgandi. Bog’ni qachonlardir
soya-salqin, dovdaraxtlarga ko’milgan uyini orzu qilib qolishi mumkin bo’lgan
midiyalik malika uchun barpo etilgan.

Shahar rivojlanib, daryoning narigi sohiliga qadar yoyiladi. Bugunga kеlib
bog’dan bor yo’g’i xom qishtdan ko’tarilgan poydеvor qolgan. Daryo oqimini
o’zgartiradi, odamlar esa Bobilni tark etishdi.

MIDIYALIKLAR VA FORSLAR KIMLAR?

Mesopotamiya tekisligidan sharqda joylashgan Eron midiyaliklar va forslar
vatani bo‘lgan. Bu zamin Dajla va Frot daryolari oralig‘idagi yerdan juda katta farq
qiladi- bu yerda cho‘lu biyobon ham, tog‘lar orasida joylashgan hosildor vodiylar
ham bor.

Mamlakatning janubi-g‘arbida - Mesopotamiya tekisligi qismida - shumer
shaharlari kabi jahondagi eng qadimgi bir qancha shaharlar bo‘lgan. Bu yerda
asosiy markazi Suzada bo‘lgan Elam podsholigi.bo‘lgan. Bu mamlakatda istiqomat

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

qilgan odamlar dastlab hozirgacha ham o‘qilmagan piktografik belgilar bilan
yozishgan. Qolaversa, bu xalqlar - tarixining o‘sha davri haqida hech narsa ma'lum
emas. Biroq eramizdan avvalgi uchinchi ming yillikda Elam aholisi o‘zining
chiziqli yozuvlarini yaratishgan - qo‘shni xalqlardan mixxatni o‘zlashtirib
olishgan.

Eron yassi tog‘liklari va uni o‘rab olgan tog’li tizmalari hududiga Markaziy
Osiyodan o‘tish oson bo‘lganligi uchun ko‘plab ko‘chmanchilar, shu jumladan fors
tilida so‘zlashuvchi midiyaliklar, forslar bu yerga kirib kelardilar. Ular cho‘lu
biyobonlardan eramizdan avvalgi 1300 yillarda kelganlar hamda butun mamlakat
bo‘ylab tarqalib ketganlar. G‘arbda o‘troqlashib qolganlar orasida midiyaliklar va
forslar ham bo‘lganlar. Midiyaliklar ko‘p vaqtlarini ot minib o‘tkazishar, ularning
kiyimi-ishtoni hamda kigizdan tayyorlangan bosh kiyimlari osiyolik boshqa
ko‘chmanchilarniki singari edi.

Midiyaliklar asta-sekin qudratli bo‘la borib, eramizdan avvalgi 612- yilda
bobilliklarga Ossuriya ustidan g’alaba qozonishda yordam beradilar. Onasi
midiyalik ayol bo‘lgan Buyuk Kiryovush midiyaliklar va forslarni birlashtiradi.
Uning fathu zafari natijasida imperiya qadimgi dunyodagi eng yirik saltanatlardan
bo‘lib qoldi. Dastlab u Onado‘lida joylashgan Lidiyani mahv etadi. Lidiyani
afsonaviy tarzda badavlat bo‘lgan podsho Krez o‘z poytaxti Sardisdan turib
boshqarardi. Lidiyaliklar tangalarni — bir xil vazndagi metall bo‘laklarini —
birinchi bo‘lib ishlata boshlaganlar. Bu tangalarning o‘zgarmasligini davlat nazorat
qilib turgan. Lidiyaliklar boyligi manbai Sardis orqali oqib o‘tuvchi Paktol
daryosidan olinadigan oltin edi.

DARYOVUSH I DAVRIDA FORS IMPERIYASI
QAY AHVOLDA EDI?

Kiryovushning o‘gli Kambiz otasining niyatini amalga oshirib, eramizdan
avvalgi 526- yilda Misrni zabt etdi. Endi Fors saltanati Hind daryosidan Nil
daryosigacha kengaydi.

Undan keyin — Daryovush I shoh bo‘ldi. U o‘zining taxtga chiqishiga
qarshi bo‘lganlar isyonini bostirib, saltanatni qayta qurishga kirishdi: 20 satrapiya
yoki viloyat tuzdi, ularning har birini satraplar boshqarardi. Bu satraplar shohga
sodiq fors amaldorlari yoki shoh xonadoni a'zolari bo‘lardi. Satraplarga o‘z
viloyatlaridan soliq undirish topshirilgandi. To‘lanadigan soliq oltin ham, kumush
ham bo‘lishi
mumkin edi. Hatto chorva, qul, Arabiston mushku anbari, Xabashiston fil suyagi
va Baqtriya tuyasi ham soliq uchun berilardi.

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

Qo‘shin va uning ehtiyojlari bilan satraplardan mustaqil bo‘lgan sarkardalar
shug’ullanishardi. Bir qancha yo‘l tarmog‘i barpo etilgandi. Forsdagi Suzadan
Onado‘lidagi Efesgacha bo‘lgan podsholik yo‘lidan shoh chopari bir haftada 2700-
kilometr yo‘lni bosib o‘tardi. Yo‘lning boshidan oxirigacha karvonsaroylar barpo
qilingandi, bu yerda choparlar otlarini almashtirishardi.

Daryovush Qizil dengiz bilan Nil oralig’ida kanal qazdiradi, shundan so‘ng
kemalar Hind okeanidan O‘rta Yer dengiziga tezroq yetib boradigan bo‘ldi.
Daryovush, shuningdek, butun boshli flotni ham barpo etgan.

AFINA DEMOKRATIYASI QANDAY
DEMOKRATIYA?

Afinada demokratiya mavjud edi, bu «xalq boshqaruvi» demakdir. Barcha
fuqarolar har oyda o‘tkaziladigan «assambleya» (ekklesiya— xalq yig’ini)da
ishtirok etish hamda shahar hayotiga taalluqli ishlarga oid masalalar bo‘yicha ovoz
berish huquqiga ega edilar. Faqat Afinada tug‘ilgan katta yoshdagi erkaklar fuqaro
hisoblanar, ayollar va qullar esa ovoz berish huquqiga ega emas edilar. Fuqarolar
yoki demos qudratli hokimiyatga ega edi: ular o‘zlariga ma'qul bo‘lmagan
siyosatchini quvg‘in ostiga olishi va surgun qilishi mumkin edi. Agar kamida 4
ming fuqaro siyosatchiga ishonchsizlik bildirib, uning ismini sopol parchasiga
yozgan taqdirda shunday qilinardi. Afinada huquqshunoslar yo‘q edi, shu bois xalq
o‘z vakillarini sudga yo‘llardi. Maslahatchilar huqm chiqarar ekanlar, «aybdor»
yoki «aybsiz»ligini kichik doirachalar chizib ko‘rsatardilar.

AFINALIKLAR PARFENONNI QACHON
QURISHGAN?

Lavriondagi kumush konlari va Pireya tabiiy bandargoh Afina boyligining
manbai bo‘lib xizmat qilardi. Afina fuqarolari kumushning bir qismini flot tuzish
uchun ishlatganlar.
Eramizdan avvalgi 490- yilda fors shohi Daryovush Yunonistonga bosib kiradi.
Biroq shu yilning o’zida — forslar Marafon yaqinidagi jangda mag‘lub bo‘lishadi.
Bu quvonchli xabarni 40 kilometr narida joylashgan Afinaga bir chopqir yetkazadi.
Bizga ma'lum bo‘lgan marafoncha yugurishning nomi shu voqyeadan olingan. O‘n
yil o‘tgach, forslar yana hujum qilishadi. Eramizdan avvalgi 480- yilda Fermopil
yonida bo‘lgan jangda 300 spartalik va ularning ittifoqchilari halok bo‘lishadi.

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

Forslar Afinaga qarab siljib borishadi. Salamin oroli yaqinidagi dengiz jangida,
nihoyat yunonlar kemalarining qo‘li baland keladi.

Forslar ustidan qozonilgan g’alabadan so‘ng Afina forslarning ehtimol
tutilgan hujumiga qarshi turish maqsadida tuzilgan ittifoqqa rahbarlik qiladi.
Davlatlar forslarni Kichik Osiyodan surib chiqarishda foydalanish uchun mablag’
to‘play boshlashadi. Biroq afinaliklar bu pulni shaharni bezash uchun ishlatishadi.
Ular shahar ma'budasi Afina ibodatxonasi — Parfenonni bunyod etishadi.
Ibodatxona «Yuqori shahar» degan ma'noni bildiruvchi Akropol tepaligida bunyod
qilinadi.

DELF ORAKULLARI KIMLAR?

Qadimgi yunonlar, rimliklar, Sharq xalqlari biron-bir muhim qaror qabul
qilishdan oldin xudolarga murojaat qilishga odatlangandilar. Ular savol berishar va
Parvardigori olam javobini kutishardi. Bu javob biron-bir alomat, belgidan iborat
bo‘lardi. Biroq odamlar, ko‘pincha, xudoning irodasini bevosita qabul qilib,
dindorga yetkazuvchi kohinlarga murojaat etishardi. Delfdagi Quyosh, san'at va
to‘qqiz ilhom homiysi hisoblanuvchi Apollon istiqomatgohi bo‘lmish Parnas tog‘i
etagida joylashgandi. Yunonlar, Delf — olamning markazi, deb ishonishardi.
Pifiya Delfning eng mashhur kohinasi edi. Quyuq tutun ichida turib, u bo‘g‘iq
ovoz bilan, go‘yo xudoning gaplarini yetkazardi. Ehtimolki, Pifiya Delfdagi barcha
kohinlar orasida eng omadlisi edi. Ko‘pincha u bergan xabarni yo keyin sodir
bo‘lgan hodisalar tasdiqlardi, yo bo‘lmasa, uning xabarlari beziyon qolardi. Balki
Delfda uning xabarchilari ko‘p bo‘lgandir? Yo shunchaki omad kulib
boqqanmikan? Biroq kunlardan bir kun kohinlardan biri yunonlarga forslar bilan
jangga kirmaslik to‘g‘risida maslahat beradi. Lekin yunonlar bu urushda g‘olib
chiqishdi. Shundan so‘ng kohinlarning obro‘-e'tibori tushib ketadi va ularning
yordamiga borgan sari kamroq murojaat qilinadigan bo‘ladi.

QADIMGI YUNONLARNING XUDOSI
NECHTA EDI?

Bu savolga javob berish juda ham o‘ng‘ay: Zevs boshchiligidagi Olimp
xudolari o‘n ikkita bo‘lib, ular quyidagicha juft-juft edi: Zevs —
Gera, Poseydon — Demetra, Apollon — Artemida, Ares — Afrodita, Germes —
Afina, Gefest — Gestiya. Bu xudolarning bari kuplab marosimlar vositasida

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

yo‘qlanar, eng asosiy marosim — lektisterniy — xudolarni mehmon qilishdan
iborat edi.

O‘n ikki xudodan iborat davraning yuzaga kelishi qadimgi odamlarning
yulduzlar va yoritgichlarni ko‘p yillik kuzatuvlariga asoslangan bo‘lib, yilning o‘n
ikki oyga bo‘linishyda o‘z aksini topdi.

Asosiy xudolar yig’ini Fidiy (eramizdan avvalgi 438- yil) tomonidan
Parfenonning shar-qiy frizida aks ettirilgan. Unda xudolar Panafineya yurishini
o‘tirgan holda tomosha qilayotganlari tasvirlangan.

Biroq yunonlar, bu xudolardan tashqari, ko‘plab boshqa ma'budlauga ham
topinishgan. Bu xudolar masalan, Gekata (sehr-jodu ma'budasi) kulti juda
qadimdan yetib kelgan. Ayrim xudolar (Dionis, Vakx va Pan) Yunonistonning
muayyan viloyatlari homiysi bo‘lgan.

Yunonlar xudolardan tashqari ko‘plab shaharlar (nimfalar) hamda mahalliy
ma'budlarga ham topinishgan. Ular daryolar, sharsharalar, alohida makonlarning
homiylari hisoblangan. Ular sharafiga ko‘plab ma'badlar barpo etilgan va
qurbonliklar qilingan.

Eramizdan avvalgi 217- yilga kelib rimliklar yunonlardan o‘n ikki xudolar
davrasini o‘zlashtirib olishgan, bu esa, xususan, rimliklar hamda yunonlar xudolari
o‘rtasida to‘la muvofiqlik o‘rnatilishiga olib kelgan. Zotan, rimliklar xudolari ham
juftlarga bo‘lingan. Bular: Yupiter — Yunona, Neptun — Amfitrita, Mars —
Venera, Appolon — Diana, Vulkan — Vesta, Merkuriy — Minerva.

Ayni chog’da rimliklar boshqa ayrim ma'budlarni ham o‘zlashtirib, ularga
o‘zlaricha nom berdilar. Masalan, Dionisga ular Baxus deb nom berdilar.

Rang tasvirda o‘n ikki xudo mavzusi Bellini, Rubens, katta Breygel,
Tyepololar tomonidan ishlangan. Ularning siymolaridan Shiller eng yaxshi
she'rlaridan biri — «Yunoniston xudolari»ni yozishda ilhom olgan.

QADIMGI YUNONLAR QANDAY
YASHASHGAN?

Yevropaliklar Uyg‘onish davridan boshlab, besh yuz yil mobaynida
Qadimgi Yunoniston tarixini «insoniyatning oltin asri», deb atab kelmoqdalar.
Chindan ham, antik madaniyatda hozirgi zamon kishilarini ham rom etayotgan
ko‘plab jozibali jihatlar bor. Bular — jamiyatning oqilona tuzilganligi, inson va
tabiat uyg’unligi, kuchli diniy hissiyotdir.

Yunonlar g’oyat dindor bo‘lishgan. Ularda xudolar ko‘p sonli bo‘lib, bu
xudolarga, misrliklardan farqli o‘laroq, insoniy xususiyatlar baxsh etilgandi. Bu
xudolar mag‘rur va hasadgo‘y, sadoqatli va do‘stparvar bo‘lishgan. Bir so‘z bilan
aytganda, ular o‘zlarini o‘ylab topgan odamlarga o‘xshash bo‘lishgan. Yunonlar

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

ilmiy bilimlarni g‘oyat qadrlashgan, bu holat hatto ularning avlodlarini ham
hayratga solgan. Yunonlar, ayniqsa, astronomiya bilan qattiq qiziqishgan. Eng
mashhur yunon olimlaridan biri Arximed bo‘lgan. U jismlarning suzish qonunini
kashf etdi va bu qonun keyinchalik uning nomi bilan «Arximed qonuni» deb
yuritila boshlagan. Pifagor (sharqda — Fisog‘urs) eng yirik matematik, yoki o‘sha
davr tili bilan aytganda, geometr bo‘lgandi.

Eramizdan avvalgi butun beshinchi asr davomida yunonlar orasida bilimga
chinakam intilish mavjud bo‘lgan. Geometriya va perspektiva qonunlaridan
ibodatxonalar qurilishida foydalanilgan. Shuning uchun ham keyinchalik yashab
o‘tgan me'morlar ularning ishlarini klassik, ya'ni namunali ish deb e'tirof etishgan.

Qadimgi yozuvchilar — Esxil, Sofokl va Yevripidlarning ham asarlari
mashhurdir. Ular o‘z pyesalari bilan shuhrat topishgan. Buyuk yunonlar orasida
tarixchi Gerodot ham bor edi. Avlodlar unga «tarix fanining otasi» deb nom
berishgan.

Qadimgi yunon faylasufi Suqrot (Sokrat) insoniyatga o‘z-o‘zini anglab
yetishni tavsiya etgandi. Uning tadqiqotlarini shogirdi Aflotun (Platon) davom
ettirgan. Arastu (Aristotel) ham qadimgi davrning Buyuk faylasufi bo‘lgan.

SUQROT KIM BO‘LGAN?

Suqrot chindan ham donishmand odam ideali hisoblanadi. Lekin Suqrotning
o‘zi, chinakam donishmandlik o‘zining sariqchaqaga arzimasligini anglashdadir,
deb uqtirgandi.

U Yunonistonda, Afinada taxminan eramizdan avvalgi 470- yillarda
tug’ilgan. Uning bolaligi va ota-onasi to‘g’risida ma'lumot juda kam. U o‘zidan
keyin hech qanday asar qoldirmagan. Biroq uning shogirdi, qadimgi yunon
faylasufi Aflotun Suqrot ta'limoti va g’oyalarini ustozi hayotidan olingan lavhalar
bilan uyg’unlashtirib, muloqot shaklida bayon qilib bergan.

Aflotun ta'kidlashicha, Suqrot butun vaqtini Afina bozorlarida, o‘z so‘zlarini
tinglashga rozi bo‘lgan har qanday odam bilan gaplashib
o‘tkazardi. U, ayniqsa, biron-bir masalada o‘zining qat'iy fikriga ega bo‘lganlar
bilan suhbatlashishni yoqtirardi. Suqrot bunday odamlarga yo‘l-yo‘lakay savollar
berib, ularni gaplashishga majbur qilar, so‘ng esa ular bu qadar ishonch bilan fikr
yuritayotgan masalada johil ekanliklarini ko‘rsatib berardi. Shu bois savollar berish
orqali bahs olib borish — uslubi Suqrot uslubi, degan nom oldi. Uning asosiy
hayotiy qoidasi «O‘z-o‘zingni anglab yet» qoidasi bo‘lgan.

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

Afinaliklar o‘zlaryning olam to‘g‘risidagi asosiy g’oyalarini Suqrot rad
etganligi tufayli uni yoqtirishmasdi. Ular Suqrotga u xudolarga, haqiqatga va
adolatga ishonmasligini aytishardi.

Eramizdan avvalgi 399- yilda dushmanlar uni Afina yoshlarini buzishda
hamda diniy majburiyatlarini mensimaslikda ayblab, sudga chaqiradilar. Bunday
ayblovlarga hech kim ishonmasdi. Buni Suqrot ham yaxshi bilardi. Uning sudda
o‘zini himoya qilib so‘zlagan, keyinchalik Aflotun tomonidan yozib olingan nutqi
mardona, hazil va istehzoga boy edi. U o‘ziga o‘lim jazosini tayinlashlarini bilgani
holda, o‘zini haqiqatni topishga bagishlab, avvalgidek yashayverishi darkorligini
bayon etadi.
Suqrot o‘zining so‘nggi kunini ham do‘stlari bilan jonning abadiyligi to‘grisidagi
masalani muhokama qilgan holda hibsda o‘tkazdi. U o‘ziga berilgan, og‘u solingan
idishni dadil qo‘lga olib, aslo ikkilanmay, sipqarib yuboradi. Do‘stlari ko‘z yosh
qilishadi, ammo Suqrot ulardan sukut saqlashni iltimos qiladi hamda mamnun —
lablarida tabassum bilan jon taslim qiladi.

ARASTU KIM?
Arastu (Aristotel) Qadimgi Yunonistonda buyuk kishilardan bo‘lgan. U
hamma davrlarda yashab o‘tgan buyuk faylasuflar sirasiga kiradi.
Arastu faylasuf Aflotun huzurida yigirma yilga yaqin ta'lim oladi. Aflotun vafot
etgandan so‘ng Arastu o‘z ta'lim uslubini rivojlantira boshlaydi. U amalda inson
duch keladigan barcha muammolar bilan qiziqardi. Aql qay tarzda ishlaydi?
Haqiqat qayerda-yu yolg‘on qayerdaligini qanday ajratib olishimiz mumkin?
Hokimiyatning qanday shakli afzalroq?
Arastu atrof muhitni kuzatgan va dalillar to‘plagan holda bu savollarga javob
topishga intildi. U har bir hodisa o‘zining mantiqiy izohiga ega deb hisoblagan
hamda tadqiqotlar va kuzatuvlardan hu$sm chiqarib, uni ta'riflab bergan ilk olimlar
qatorida turadi.
Arastu o‘z maktabiga asos soladi va unga «Liseum» deb nom beradi. U har
bir kishi yaxshi va foydali yashab o‘tish imkoniyatini bilish yo‘li bilan olamda o‘z
o‘rnini egallashi mumkinligiga ishontirishga harakat qiladi. U yoshlik va qarilik
oralig‘idagi umrga — «oltin o‘rtalik»ka ishonardi.
Guvohlik berishlaricha, Arastu astronomiya, fizika, poeziya, zoologiya,
notiqlik san'ati, biologiya, mantiq, siyosat, boshqaruv, axloq ilmi bo‘yicha to‘rt
yuzga yaqin asar yozgan.
Arastu asarlarini butun jahonda odamlar yuzlab yillar davomida o‘qib-
o‘rganishmoqda. Hyech bir olim shuncha uzoq davr mobaynida odamlar
tafakkuriga bu qadar ta'sir kursatmagandi.

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

Hozirgi olimlar Arastuning ikki ming yildan ziyodroq vaqt ilgari olib borgan
kuzatishlari bugungi kun nuqtai nazaridan ham to‘g‘ri
ekanligini tasdiqlashmoqda. U har bir fikr isbotlanishi darkorligini hamda bilimlar
asosi dalillar ekanligini bizga anglatadi.

PIFAGOR KIM BO‘LGAN?

Qadimgi Yunoniston ko‘plab buyuk zotlar vatanidir. Ular orasida eng
e'tiborlilaridan biri eramizdan avvalgi VI asrda yashab o‘tgan mashhur olim
Pifagordir.

Pifagor g‘oyaviy targ‘ibotchi — ya'ni voiz; matematik va faylasuf bo‘lgan.
O‘z g‘oyalari va e'tiqodi tufayli u Yunonistonni tark etib, janubiy Italiyaga ko‘chib
ketishga majbur bo‘lgan.

Pifagor ta'limoti nimasi bilan bu qadar g‘ayriodatiy bo‘lgan? U ruhning
o‘lmasligi va «ko‘chishi»ga ishongan. Boshqacha aytganda, uning fikricha,
o‘limdan so‘ng jannatga kirmagan ruhlar boshqa odamlar va hayvonlar taniga
o‘tadi. Shu bois u o‘z shogirdlariga go‘sht yeyish hamda xudolarga jonliq qurbon
qilishni taqiqlagan.

Pifagor izdoshlari, pifagorchilar boshqa qat'iy qoidalarga ham rioya
qilishgan. Masalan, ular sukut saqlashi va sharob ichmasligi shart edi.
Pifagor g‘oyalarining ba'zilari sodda va hatto bema'niga o‘xshab ko‘rinishi
mumkin, albatta. Biroq u fanga katta hissa qo‘shganini unutmaslik kerak. U torlar
tovushining past-balandligi matematik jihatdan uning uzunligiga bog‘liqligini
kashf etadi. Shundan kelib chiqib, uyg’unlik nazariyasini rivojlantirdi hamda
koinotda mavjud bo‘lgan jamiki narsa-hodisaning asosida sonlar yotadi, degan
fikrni ilgari suradi.
Pifagorchilar Quyosh sistemasiga oid nazariyani ham yaratishdi. Ularning bu
sohadagi g‘oyalari haqiqatdan yiroq emasdi. Ular Yer yoritqich atrofida aylanuvchi
shardan iborat, deb hisoblashgandi. Albatta, Pifagorning to‘g’ri burchakli
uchburchak tomonlarining nisbatini belgilovchi mashhur teoremasini hamma
biladi.

SPARTANCHA TARBIYA QANDAY TARBIYA?

Eramizdan avvalgi sakkizinchi asrda Yunoniston shaharlaridan biri —
Spartada jangari doriylar qabilasi yashagan. Ularni, istiqomat joylari nomidan kelib
chiqib, spartaliklar deb ham atashgan. Ular qo‘shni hududlarga bosqinlar qilib, u
yerlarda yashaydigan qabilalarni qul qilishardi. Ko‘plab harbiy yurishlar doriylar

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

— spartaliklardan katta kuch va chidamlilik talab qilardi. O‘shanda Spartada
bolalarni jismoniy tarbiyalashning alohida tizimi yuzaga keldi.

Spartalik barcha o‘g‘il va o‘omir bolalar yoshiga ko‘ra otryadlarga
bo‘lingan. Bu otryadlarda bolalar tarbiyasi juda qattiq bo‘lgan. Bunda yagona
maqsad — barcha spartalik bolalarni kuchli hamda jismoniy jihatdan chiniqqan
qilib tarbiyalash maqsadi qo‘yilgandi. Zotan, bu talab o‘gil bolalarga ham, qiz
bolalarga ham birdek qo‘yilardi. Chunki kelajakda shu qizlar soglom ona bo‘lmogi
lozim edi.

Qadimgi yunon tarixchisi Plutarx o‘g‘il bolalarni tarbiyalash tizimini
quyidagicha tasvirlaydi: «Ularning savodi faqat zarur darajadagina chiqarilardi,
qolgan ishlarda esa tarbiya so‘zsiz bo‘ysunish, har qanday muhtojlikka matonat
bilan chidash hamda raqibdan ustun kelishga qaratilardi. Yoshi katta bo‘lgan sayin
talab keskinlashib borardi: o‘g‘il bolalarni sochi qisqa qilib olinardi, ular yalang
oyoq yugurishardi, yalang‘och o‘ynashga o‘rgatilardi. O‘n ikki yoshdayoq ular
xiton kiymay yurishar, bir yilda bir marta ustki ko‘ylak olishardi. Hammom va
badanga xushbo‘y moddalar surtish ular uchun yot edi — spartalik bolalar bu
ne'matdan bir yilda bor-yo‘g‘i bir necha kun bahramand bo‘lishardi. Otryadlarda,
birgalikda uxlashar, buning uchun Evrot sohilida qo‘l bilan sindirilgan qamish
poyasidan o‘zlari to‘shak tayyorlashardi».

Bolalar jismoniy tayyorgarlik saboqlarini nechog‘li o‘zlashtirganliklarini
aniqlash maqsadida, Spartada maxsus bayramlar uyushtirilardi. Bu bayramlarda
ular o‘zlari qo‘lga kiritgan yutuqlarni namoyish etib, haqiqiy eronlik darajasiga
yetishganini, katta yoshli jangchilar safiga kirishlari mumkinligini isbotlashlari
darkor edi.

Bayramlar Orfiyadagi qadimiy unumdorlik ma'budasi Artemida
ibodatxonasida o‘tkazilardi. Ma'buda sharafiga uyushtirilgan bu bayramlarda
yigitlarning bir guruhi boshqa guruh qo‘riqlayotgan pishloqni olib qochishi lozim
edi. Kim shu ishni bajarolsa, g‘olib deb e'lon qilinardi.

Shundan keyingi davrlarda ma'buda Artemida sharafiga uyushtirilgan
bayramlarda yigitlar ancha og‘ir sinovlarga bardosh berib, iroda va matonatlarini
namoyish etishga majbur bo‘lganlar. Ularni qamchi bilan savalashardi. Savalash
vaqtida biron marta ham ingramagan yigitlar sinovdan o‘tgan hisoblanardi.

ALEKSANDR MAKEDONSKIY KIM
BO‘LGAN?

Filipp II Makedonskiy vafotidan keyin (eramizdan avvalgi 336-yil) uning 20
yoshli o‘g‘li Aleksandr taxt vorisi bo‘lib qoldi. Sharq xalqlari orasida u Iskandar
Zulqarnayn nomi bilan mashhur. Taxtga hech kim da'vo qilmayotganligiga ishonch

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

hosil qilgach, eramizdan avvalgi 334-yilda u Kichik Osiyoga bostirib kiradi.
Aleksandr boshdanoq Fors imperiyasini zabt etishni niyat qilganmidi-yo‘qmi,
ma'lum bo‘lmasada, keyinchalik bu ish uning maqsadiga aylangandi.

Uning armiyasining asosiy qismini 12 ming makedoniyalik va 12 ming
yunonlar tashkil qilardi. Aleksandrga sadoqatli qo‘shinlar yaxshi mashq
qildirilgandi. Qo‘rquv bilmas sarkarda bo‘lgan Aleksandr qushinni jangga o‘zi
boshlab borardi. Ko‘p bora unga o‘lim xavf solgandi.

Fors shohi Daryovush III unga nisbatan tajribasiz lashkarboshi edi. Forslar
harbiy yurishlarga katta karvonni va hatto shoh xonadonidagi ayollarni ham olib
yurishardi. Daroparda (chodir), mol-mulk va boshqa zeb-ziynat buyumlari tez
harakat qilishga xalal berardi.

Makedoniyaliklar armiysi esa, aksincha, a'lo darajada mashq ko‘rgan va
doim jangga hozir edi. Makedoniyaliklar qo‘shinining dahshatli falangalari
(saflari) dushman askarlari qatorini yorib o‘tishga mo‘ljallangandi. Dushman
hujum qilgan holatlarda esa ular mudofaaga ham o‘tishi mumkin edi. Falanganing
old qatorlaridagi askarlar sarissalar olib yurishar, ularning ortidan kelayotganlarni
esa otiladigan snaryadlarni qaytarish uchun qalqon ko‘tarib yurishardi.

ALEKSANDR MAKEDONSKIY QAYSI DAVLATLARNI
ZABT ETGAN?

Aleksandr Granika yonida zafar quchgach, Kichik Osiyoning g’arbiga qarab
yurishni davom ettirdi hamda Milet singari shaharlar qarshiligini sindirib, ularni
egallaydi. U Iss (Suriyaning shimolida) ustiga yurishdan ilgari Onado‘lida
qishlaydi. Shu yerda u forslarning katta armiyasini tor-mor keltiradi. Tir shahrini
ko‘p oy qamal qilgach, Aleksandr uni egallaydi hamda janubga, Misr tomon
yurishni davom ettiradi.

Misrliklar avvalgi shafqatsiz fors hukmdorlaridan xalos bo‘lishni orzu qilgan
holda, Aleksandrning qadamini muborakbod etadilar. So‘ng u Shimol va Sharqqa
yurish qilib, Shimoliy Mesopotamiyada Gavgamela yonida o‘zining eng yirik
g‘alabasini qo‘lga kiritadi. Daryovush Baqtriyaga qochib boradi va u yerda
mahalliy aslzodalar tomonidan o‘ldiriladi.

Fors va Misr endi Aleksandr qo‘l ostida edi. Shunday bo‘lsada, unda jang
qilish istagi kuchli edi. Biroq qo‘shinlar Shimoliy Eronning eng olis viloyatlariga
yetgach, haddan tashqari holdan toygandi. Oqibatda Shimoliy Hindistonda
qo‘shinlar olg‘a yurishni davom ettirishdan bosh tortadi.

Fors imperiyasining hukmdori bo‘lib qolgan Aleksandr endi yunonlar,
forslar va makedoniyaliklarni birlashtirish harakatiga tushadi. U Baqtriya
amaldorining qizi Roksana (Ravshanak) ka uylanadi, askarlarning ham fors

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

ayollariga uylanishiga ko‘ndirishga harakat qiladi. Vaqti kelib u forsiy libos kiyib,
o‘zini Sharq hukmdorlaridek tuta boshlaydi. Buni esa yunon va makedoniyalik
jangchilar ma'qullashmaydi.

Aleksandr Arabistonga yurish boshlashni ko‘ngliga tugib qo‘yadi-yu, biroq
eramizdan avvalgi 323-yilda Bobilda vafot etadi. Vafotidan so‘ng tug‘ilgan
o‘g‘lini esa shuhratparast sarkardalari nobud qilishadi. Uning sobiq lashkar-
boshilari, oralaridan birontasiga haddan tashqari ko‘p hokimiyat tegib qolishdan
qo‘rqib,
Aleksandr imperiyasini o‘zaro taqsimlab oladilar. Bu odamlarni diadoxalar (aynan
— vorislar) deyishardi. Ular hokimiyat talashib, bir-biri bilan kurash olib
borganliklari uchun Yunoniston va Yaqin Sharqda urush olovi uzoq yillar tinmadi.

PARFIYALIKLAR VA SOSONIYLAR
KIMLAR?

Aleksandr Makedonskiy vafotidan so‘ng imperiyasi parchalanib ketgach,
ko‘plab xalqlar shu jumladan parfiyaliklar mustaqil yashay boshlaydilar (dastavval
ular Kaspiy dengizining sharqiy sohilidan bo‘lgan ko‘chmanchilar edi). Ular asta-
sekin ko‘plab hududlarni bosib olib, o‘zlarining yarimsharqiy, yarim-yunon
imperiyasin. vujudga keltirishadi. Parfiyaliklar otdan foydalanishni bilishlari bilan
shuhrat qozongan bo‘lib, ularda otliq qo‘shini bor edi.

G‘arbda Parfiya imperiyasi Rim imperiyasiga borib tutashar edi. Rimliklar
parfiyaliklarni yenga olmaydilar, shu bois ular bilan muzokara olib borishga
majbur bo‘ladilar. Rim imperatori Trayan davrida, eramizdan avvalgi 114-yilda
parfiyaliklar hududining bir qismini rimliklar bosib olishadi.

Eramizning III asrida Parfiya imperiyasini sosoniylar yengadi. Fors ko‘rfazi
sohilida joylashgan, ilgari Parfiya imperiyasiga kirgan Persida sosoniy shohlar
yangi imperiya barpo etadilar. Birinchi sosoniy shoh Ardasher (Artakserks)
parfiyaliklar hukmronligiga qarshi isyon ko‘taradi va eramizning 224-yilida
parfiyaliklarning so‘nggi shohi Artabon V ni o‘ldiradi. Shundan so‘ng u qo‘shni
xalqlar, shu jumladan rimliklar va kushonlar ustiga muttasil xujum qilib turadi.

Uning o‘gli Shopur I Kushon imperiyasi hududining katta qismini bosib
olib, uch rim imperatorini tor-mor qilgan: Gordian III jangda o‘ldiriladi, Filipp
Shopur bilan sulh tuzishga majbur bo‘ladi. Imperator Valerian esa eramizning 260-
yili asir olinib, qatl qilinadi. Shopur I rimlik asirlarni «Vex-Antiok Shopur» deb
nomlagan yangi shaharga joylashishga majbur qilib, ularni xo‘rlaydi. Chunki
shahar nomi «Shopur shahri Antioxiyadan yaxshiroq» degan ma'noni bildiradi
(Antioxiya rim viloyati bo‘lgan Suriyaning poytaxti edi).


Click to View FlipBook Version