www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
BUYUK IPAK YO‘LI QANDAY YO‘L?
Xaritada Uzoq Sharqni Yevropa bilan bog’lagan yo‘l — Buyuk Ipak yo‘li
tasvirlangan. Bu juda ham aniq nom emas, chunki bu aslida bitta yo‘l emas, balki
shaharlar va vohalar o‘rtasidagi bir qancha karvon yo‘llari edi. Savdogarlar bu
yo‘llardan faqat ipak-shoyi emas, balki boshqa ko‘plab qimmatbaho mollarni
tashiganlar.
Xitoy shoyisi uni sotib olishga qurbi yetadiganlar orasida alohida e'tibor
topgandi. Shoyi mato parchalari Afinadagi VI asrga oid qabrlardan, shuningdek,
Germaniyadagi temir davriga oid go‘rlardan ham topilgan. Rimliklar zeb-ziynat
buyumlarini ko‘p miqdorda sotib olishadi. I asrda rimliklar tarixchisi Katta Pliniy
bunday deb yozgandi: «Hindiston, Xitoy va arab mamlakatlari har yili
imperiyamizdan katta miqdordagi pulni olib ketishardi — zeb-ziynatlarimiz va
ayollarimiz bizga juda qimmatga tushardi».
Savdo yo‘lida harakat ikki tomonlama edi. Rimliklar keltirilgan barcha zeb-
ziynat buyumlari o‘rniga Sharqqa oltin va kumush tangalar, sopol buyumlar, shisha
idishlar, qimmatbaho toshlar yuborishardi.
ETRUSKLAR KIMLAR?
Rimliklarning ilk tarixini tushunib olish uchun dastlab etrusklar bilan
tanishish zarur. Etrusklar — Rimdan shimolda, unumdor qir-adir yerlarda
joylashgan Etruriya viloyatida yashagan xalq. Eramizdan avvalgi VII asrga kelib
etrusklar 12 mustaqil davlat barpo etishgandi. Bu davlatlarning har birining o‘z
poytaxti mavjud edi. Biroq, ularning aholisi o‘zini yagona etrusk xalqi deb
hisoblardi. Ular hammasi bir bo‘lib Etruriyadan tashqaridagi yerlarni bosib ola
boshladilar. Eramizdan avvalgi VI asrga kelib janubda Salernodan shimolda
Mantuigacha yangi etrusk shaharlari vujudga keldi.
Etrusklar qudratli xalq bo‘lsa-da, Italiyaning bu qismida yolg‘iz ulargina
istiqomat qilishmasdi. Ular samnitlar, umbrlar, sabinlar va aftidan, Alp tog‘lari
ortidan eramizdan avvalgi VII asrgacha bu hududga ko‘chib kelgan ko‘pdan-ko‘p
lotin qabilalari bilan yonma-yon yashaganlar. Ularning tili lotin tili bo‘lganligi
qabilaning nomidan ham ko‘rinib turibdi.
RIMNING BIRINCHI HUKMDORI
KIM BO‘LGAN?
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Lotinlar Rim shahrida va uning atrofida yashashgan. «Rim» so‘zi (lotincha
«Roma») etrusklarga oid. Shaharning ilk tarixi o‘sha davr Italiyasining tarixi
murakkab bo‘lganidan guvohlik beradi. Rimda podsholar — dastlab sabinlardan
bo‘lganlari, so‘ng lotinlardan bo‘lganlari, keyin yana sabinlardan bo‘lganlari
hukmronlik qilishgan. So‘ng, birin-ketin uch etrusk podsholari hukmfarmo
bo‘lishgan. Rimliklarning o‘zlari shaharga eramizdan avvalgi 753- yil 21- aprelda
asos slogan. Romulni birinchi hukmdori yoki podsholari deb hisoblashadi. Sizlar
egizak Romul va Rem haqida o‘qigan bo‘lsalaringiz kerak. Rivoyatlarga ko‘ra,
ularni savatga solib, Tibr daryosiga tashlaydilar. Ularning o‘limi go‘yo muqarrar
edi. Biroq daryo to‘lqini savatni qirg‘oqqa chiqarib tashlaydi. Ularni urg‘ochi bo‘ri
boqib, katta qiladi. Keyinchalik Romul, bahslasha turib, ukasi Remni o‘ldirib
qo‘yadi.
Dastavval Rim shahri Tibr daryosi ustida yastanib yotgan yetti tepalik:
Kvirinale, Viminale, Eskvinil, Selin, Aventin, Palatin va Kapitoliyda qurilgan
alohida posyolkalardan iborat bo‘lgan. Etrusklar bu posyolkalarni birinchi
chinakam shahar qilib birlashtirgan. Tepaliklar oralig‘idagi vodiylarda uylar,
do‘konlar, ustaxonalar qurilgan. Tibr kengayib borayotgan shaharni dengiz bilan
bog‘laydi. Bu esa Italiyaning qolgan qismlari va boshqa mamlakatlar bilan savdo-
sotiqni osonlashtirgan. Keyinchalik Tibr mansabida Ostiya porti qurilgan.
QADIMGI RIMLIKLAR QANDAY XUDOLARI
TOPINISHGAN?
Rimliklar, xudolarimiz inson qiyofasiga kiradi va ularning har birining o‘z
faoliyat sohasi bor, deb ishonishardi.
Venera go‘zallik va muhabbat ma'budasi edi. Yuliy Sezar o‘zini troyalik
Anxiz va Veneraning o‘g‘li qahramon Eney avlodidan deb hisoblar, shu bois uning
sharafiga Rimda ibodatxona qurdirgandi.
Unumdorlik, uzumchilik va vinochilik ma'budi Vakxni (yunoncha Dionisni)
yunonlar ayniqsa e'zozlashardi.
Ov ma'budasi Dianani odatda qo‘lida o‘q-yoyi bilan tasvirlashardi. U yana
nabotat ma'budasi va ayollar homiysi hisoblanardi.
Yupiterning xotini Yunona ayollarning bosh xudosi hisoblanardi. Ilk rim
davrida unga faqat onalikning homiysi sifatida e'tiqod qilishgan edi. Keyinchalik u
Rim davlatining asosiy ma'budalaridan biriga aylangan.
Merkuriy — hunar va savdo, foydali bitimlar, tadbirkor yo‘ldoshlar ma'budi.
Uning yunon qiyofadoshi xudolarga xabar beruvchi Germes edi.
Uni ham, Merkuriy singari, dubulg‘asida qanotlar bilan hamda shippakda
tasvirlashardi.
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Yupiter (yunoncha Zevs) xudolar shohi va odamlar hukmdori, osmonlar,
momaqaldiroq va yashin xudosi bo‘lib, uni taxtda va o‘z ramzi bo‘lmish burgut
ushlab o‘tirgan holda tasvirlashgan.
Rimliklar o‘z xudolari sharafiga ibodatxonalar qurishar, oliy kohin —
pontifik esa marsiyalarni va qurbonlik qilishni amalga oshirardi. Marosim shahar
bo‘ylab yurishdan boshlanib, mo‘ljallangan jonlik qurbon qilish bilan tugashi
mumkin edi.
YULIY SEZAR NIMASI BILAN
MASHHUR?
Eramizdan avvalgi 59- yilda Yuliy Sezar konsul qilib tayinlanadi. Rim
respublikasidagi bu eng yuqori lavozimdan so‘ng u Shimoliy Italiya va Galliya
viloyatlariga noib etib yuboriladi. Kasbi-kori jangchi bo‘lgan Sezar Galliya,
Germaniya va Britaniyadagi kelt xalqlari yerlarini bosib olishni ko‘ngliga tugib
qo‘yadi. Eramizdan avvalgi 54-yilga kelib u Britaniya dengizi (hozir — La-Mansh
bo‘g‘ozi) sohili bo‘ylab Rim dunyosi shimoliy chegarasini belgilaydi.
Sezar harbiy yurishlari davrida Britaniyaga ikki marta — eramizdan avvalgi
55- va 54- yillarda bostirib kirdi. U mahalliy qabilalar La-Mansh orqali Shimoliy
Galliya xalqlariga boshpana berib, yordam ko‘rsatayotganliklarini tushunardi. Ilk
bor u 12- ming kishilik qo‘shin bilan Kentdagi hozirgi Dil qishlog‘iga yaqin joyga
qo‘r to‘kadi, mahalliy qabilalar boshliqlarini Rim hukmdorligini tan olishga va
bundan so‘ng uning Galliyadagi dushmanlariga yordam ko‘rsatmaslik to‘g‘risida
va'da berishga majbur etadi.
Bir yil o‘tgach, Sezar yana Britaniyaga bostirib kiradi. Endi uning qo‘shinida
37-ming askar bor edi. Mamlakat ichkarisiga, hozirgi Xertfordshirgacha kirib
borib, mahalliy qudratli qabila ustidan g‘alaba qozonadi. U Britaniyada
gornizonlarini qoldirmagan bo‘lsa-da, Rimning Galliya shimolidagi Hududlarini
xavfdan xoli qilgan.
Yuliy Sezar o‘ldirilgach, uning asrandi o‘g‘li Oktavian o‘z dushmanlari
ustidan g‘olib keladi va Rimda eng qudratli odam bo‘lib qoladi hamda davlatni
yolg‘iz o‘zi boshqaradi.
Eramizdan avvalgi 27- yilda Senat unga alohida Avgust nomini bergan va bu
nom keyinchalik imperatorlar nomining bir qismi bo‘lib qolgan.
GLADIATORLAR KIMLAR?
Qadimgi Rimda tomoshabinlar dilini xushnud etish uchun gladiatorlar jangi
o‘tkazilgan. Bu akrobatlar, dorbozlar chiqishlari yoki musiqiy va teatr tomoshalari
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
singari odatiy hol bo‘lgan. Farqi shuki, gladiatorlar janglari albatta qon to‘kish
bilan tugagan. Bir gladiator boshqasini o‘ldirgan. Ommaga bunday tomosha yoqar
va xalq unga guras-guras bo‘lib kelardi. O‘lim bilan tugaydigan bunday
olishuvlardan faqat oddiy xalq huzur qilib qolmasdi. Tomoshabinlarning birinchi
qatorida patritsiylar, rimlik aslzodalar vakillari o‘tirishardi. Sahnada halokatli jang
olib borayotgan odamlar esa gladiatorlar deb atalardi. Bu nom lotincha «Gladius»
— qilich so‘zidan kelib chiqqan. Boisi — gladiatorlar o‘tkir charxlangan qilichlar
bilan jang qilishardi.
Har bir jangda o‘nlab, yuzlab odamlar halok bo‘lar, ularning o‘rnini boshqa
gladiatorlar to‘ldirishardi.
Gladiatorlarni qayerdan topishardi va ular nima sababli bunday
dahshatli«ishga» rozi bo‘lishardi?
Gladiatorlar, birinchi navbatda, o‘z harbiy qudrati bilan shuhrat topgan
Rimda doimo ko‘p bo‘ladigan harbiy asirlar orasidan tanlab olinardi.
Jinoyatchilarni, ya'ni qaroqchilik, isyon, qotillik va boshqalar uchun jazo
tayinlangan fuqarolarni ham gladiator bo‘lishga majbur etishardi: ularni qamoqqa
jo‘natmay, «qilich»ga — «ad gladium»ga hukm qilishardi. Bir kun Yahudo
podshosi Agrippa (o‘sha paytda Yahudo ham Rim imperiyasi tarkibiga kirardi)
Bayrutdagi amfiteatrda har tomondan 700 kishidan iborat bo‘lgan jinoyatchilar
guruhini jangga tushirishni amr qiladi. Shu tariqa barcha jinoyatchilar qilichbozlik
qilib, bir-birini o‘ldirib yuboradi.
Gladiatorlar orasida qullar ham ko‘p bo‘lgan. Biroq ba'zan ozod fuqarolar
ham o‘z xohishi bilan gladiatorlikni tanlashardi. Ba'zi hollarda esa hatto ayollar
ham gladiatorlar guruhiga kelishardi. Fasos orolilik Gekateyaning nomi ma'lum: bu
ayol ko‘ngilli ravishda gladiatorlikni tanlagan. Ayrim ozod fuqarolar muhtojlik
yoki hayotdan hafsalasi pir bo‘lganligi bois gladiatorlikni tanlashga majbur
bo‘lishardi. Lekin ba'zan hayotdan zerikkanlar ham bo‘lardi-ki, ular gladiatorlar
jangidagi dahshatdan lazzat olishardi.
VARVARLAR KIMLAR?
«Varvar» nomi Qadimgi Yunonistonda kelib chiqqan. Yunonlar o‘zlari
yaratgan barcha narsa, shu jumladan til ham eng yaxshisi deb ishonardilar. Shu
bois yunon tilini bilmaydigan barcha yot kishilarni varvarlar, ya'ni go‘ldirovchilar
deb atashardi. Qadimgi rimliklar ham qadimgi yunonlardan shu nomni
o‘zlashtirganlar. Eramizdan avvalgi I asrda Rim imperiyasining chegarasi bo‘lib
qolgan mudofaa devori olinganda, undan tashqarida yashaydigan barcha xalqlarga
varvarlar degan nom berilgan.
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Bular, avvalo, german qabilalari, shuningdek, keltlar va slavyanlar edi. Ular
keng hududlarda yashashar va dehqonchilik, chorvachilik, turli metallarni eritish
bilan shug’ullanishardi.
Bu qabilalar o‘z mehnati bilan yaratgan mahsulotlarni Rim imperiyasining
chegaradosh shaharlariga olib kelishar, u yerda qullarga, zeb-ziynat buyumlariga,
qurol-yaroqqa, sharob va ziravorlarga almashishardi.
Rimliklar varvarlarning jasurligini va qurol ishlatish mahoratini
qadrlashardi. Ozod varvar erkaklar Rim armiyasiga kirishi mumkin edi. Ma'lum
vaqt o‘tgach, rim jamoasida
yaxshi ma'lumotli boy varvarlar ham yetishib chiqqanlar, ular hatto imperator
saroyida muhim lavozimlarni ham egallaganlar.
Varvarlar o‘z davri madaniyatiga ham ta'sir ko‘rsatishgan. Ularning kiyim-
kechaklari, soch turmaklashlari ko‘pincha keng tarqalib ketardi. Imperator Mark
Avreliy Antoniy Karakalla nomi bilan tarixda qolgan. Uning varvarlar kiyimiga
o‘chligi shunday laqab berilishiga sabab bo‘lgan (germanlar uzun plashchni
karakalla deb atashardi).
Rim imperiyasi barham topgach, varvarlarning holi ne kechgan? Oddiy xalq
yangi hukmdorlar hukmi ostida qolgan, Rim aslzodalari esa kechagina o‘zlari
nafratlanib, varvarlar debu atagan kishilarga xizmat qila boshlashgan. Avvalgi
varvarlarning antik shaharlarni nafrat bilan «tilla suvi yuritilgan maqbara» deb
atagan farzandlari va nevaralari esa dabdabada qolishmaydigan poytaxtlar, qal'alar,
saroylar qura boshlashgan. Varvarlar shu tariqa varvarlikdan chiqishgan.
RIMDA NASRONIYLIKNI KIM JORIY
QILGAN?
Chet mamlakatlardagi har qanday din ham rimliklarga yoqavermas edi.
Masalan, ular Britaniya va Galliyada mavjud bo‘lgan, odamlarni qurbonlik
qiladigan druidlar dinini ta'qib etishardi. Rim bir necha bor urush olib borgan
Yahudodan nasroniylik imperiyaga yashirin kirib kela boshladi. Ma'murlar
nasroniylarni ta'qib etishar hamda ularni amfiteatrda ommaviy qirg‘in qilishni tez-
tez uyushtirib turishardi. Shunga qaramay, nasroniylik yashovchan bo‘lib chiqdi
hamda eramizning 313- yilida imperator Konstantin uni Rimning rasmiy dini
sifatida e'lon qildi. Biroq ko‘plab rimliklar, avvalgidek, majusiy ma'budlarga
sig‘inishardi.
Qachonlardir ilk nasroniylar o‘zlari nafratlangan Rim imperiyasini uning
madaniyati bilan birga yakson etishni orzu qilishgandi. Endilikda ma'lum
bo‘lishicha, yovvoyi qabilalar hujumi paytida nobud bo‘layozgan antik
sivilizatsiyadan ko‘p narsani saqlab qola olgan kuch ayni nasroniylik bo‘lgan
ekan. German qabilalaridan birontasining nasroniylikka kirishi ertami-kechmi bu
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
qabilada G‘arb cherkovi tili — lotin tilini biladigan, diniy kitoblarni o‘qiy
oladigan, rim raqamlarini, rim kalendarini va hatto huquqini biladigan kishilar
paydo bo‘lishini bildirardi. Lotin Bibliyasini, oz bo‘lsa-da, tushunish uchun
dastavval Rim klassiklarining nasriy va nazmiy asarlari bilan tanishish zarur edi.
Shu bois nasroniylar qadimgi buyuk majusiylar — Goratsiy va Ovidiy, Sitseron
va Tit Liviylar asarlarini xavfsala bilan ko‘chirib yoza boshlaganlar. Qadimgi
rimliklarning ko‘plab asarlari ayni shu ilk o‘rta asrlar ko‘chirmalari orqali
bizgacha yetib kelgan. Ko‘hna bilimlarni saqlab qolish va tarqatishdek og‘ir
mehnat, eng avvalo, monaxlar zimmasiga tushdi.
XUNNLAR KIMLAR EDI?
Xunnlar Yevropada paydo bo‘lgan. Ular Osiyodan kelib, Dunay daryosining
o‘rta oqimi bo‘ylab joylashishgan. Ularning rahnamosi Attila bo‘lib, uning nomi
hozirga qadar yirtqichlarcha shafqatsizlik ramzi hisoblanadi. 451- yilda Attila o‘z
to‘dasini Galliya tomon boshlab boradi. Biroq Mauriakaga yetganda ularning
yo‘lini g‘aroyib bir ittifoqchi qo‘shin to‘sib chiqadi. Ravennadan yuborilgan Rim
armiyasi, Galliyaning shimolidan franklar, janubdan vestgotlar va alanlar —
dahshatli xavf ularni birlashtirgandi. Maruriaka yonidagi jangda Attila yengiladi va
Dunay bo‘yiga chekinadi.
Keyingi yili u Italiyada paydo bo‘ladi. Niyati — Rimni vayron qilish edi.
Konstantinopol armiyasining zarbasi xavfi hamda Rim papasi Lev I bilan
uchrashuvgina uni orqaga qaytishga majbur qiladi. Bir necha oydan so‘ng Attila
vafot etadi va nihoyat Yevropa erkin nafas ola boshlaydi.
RIM QACHON YENGILGAN?
455-yili, xunnlar ketganidan bor-yo‘g‘i uch yildan keyin Afrikadan
vandallar suzib kelishgan. Ular Rimning Shimoliy Afrikadagi barcha mulklarini
bosib olishgandi, endi esa Italiyaga hujum qilib, Rimni egallashadi. Aholiga rahm
qilishgan bo‘lsa-da, butun shaharni talashadi. Hatto hozir ham be'mani
vayronagarchiliklar to‘g‘risida gap borganda, vandallarni eslashadi. Vandallar tez
orada Italiyani Rim imperatoriga va uning butunlay yollanma germanlardan tarkib
topgan armiyasiga tashlab ketishadi. Nihoyat, 476-yili Rim imperatori Romun
Avgustul german sarkardasi Odoakr tomonidan ag‘darilgan va G‘arbiy
imperiyadan qolgan hududda Odoakr hukm yurita boshlagan.
Asrlar davomida ma'lum va mashhur mamlakatlarning deyarli hammasini
boshqarib kelgan Rimning ham kuni bitadi. Eski dunyo hayotining sanoqli kunlari
qolgandi, lekin uning vayronalarida yangisi vujudga kela boshladi. Yangi
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Rim imperiyasining markazi Konstantinopolda edi. Lekin, eng muhimi — Rimni
tiz cho‘ktirgan german qabilalari o‘z davlatlarini tuzib, hozirgi Yevropaga asos
sola boshlagan edi.
VIZANTIYA RIM IMPERIYASIDAN KEYIN
QANCHA YASHADI?
V asrda Konstantinopol Bolqon yarim oroli va Yaqin Sharqda yastanib
yotgan katta imperiyaning poytaxti bo‘lgandi. Hatto Rim gullab-yashnagan davrda
ham bu o‘lkada Rim emas, yunon madaniyati ta'siri sezilib turardi. Rim imperiyasi
zavol topganidan so‘ng yuz yil yoki shunga yaqin vaqt o‘tgach, u yerda «rim»dan
asar ham qolmagandi. Boshqa mamlakatlar xalqlari Konstantinopol imperiyasi
aholisini yunonlar deb atashardi. Biz uchun odatiy bo‘lib qolgan Vizantiya degan
nom esa Rim imperatori Konstantin tomonidan qayta qurilgan va uning sharafiga
Konstantinopol deb atalgan. Qadimgi yunon shahri Vizantiyadan olingan.
Vizantiya 1453- yilga qadar mavjud bo‘lgan, ya'ni Rim imperiyasidan keyin
yana ming yil yashagan. Tashqaridan bo‘lgan ko‘pdan-ko‘p zarbalarga chidashda
unga nima yordam bergan? 441-va 447-yillarda Yunonistonni xunnlar talagan;
460—470 yillarda ostgotlar huddi shunday xavf tug‘dirgan. Hatto Vizantiya
imperatori Zenon ostgotlarni uning nomidan borib Italiyani zabt etishga ko‘ndirgan
va bu bilan ularning Vizantiyaga siquvini zaiflashtirgan bo‘lsa-da, yangi
bosqinchilar — avarlar va bulg‘orlar darvoza qoqa boshlagan edilar. Ular yana
birnecha asrlar davomida Vizantiyaga xavf solib keldilar.
IISUS XRISTOS KIM BO‘LGAN?
Bibliya tarkibiga kiruvchi to‘rt Yevangliye (Injil) bo‘yicha Iisus Xristning
boshlangich vaqti — xushxabardan tortib chormixga tortib o‘ldirilgunicha hamda
tirilib, arshi a'loga kutarilguniga qadar bo‘lgan deyarli butun «tarjimai holi»ni
tiklashimiz mumkin. Bu rivoyat ko‘plab apokrifik asarlar bilan tuldiriladi.
Musulmon olamida Iso Masih nomi bilan mashhur bo‘lgan Iisus Xrist
siymosi hamma joyda o‘zida ilohiy va insoniy tabiatni birlashtirgan Xudoodam
sifatida talqin qilinadi. Boshqa afsonaviy qahramonlar tasviridan farq qiluvchi
bunday tasavvurda utmish davrning turli xudolari to‘g‘risidagi ko‘plab g‘oyat
qadimiy tasavvurlar aks etgan.
Shu bois ko‘plao tadqiotchilar Iisus Xristni o‘lib, qayta tirilayotgan xudolar
safida ko‘rishadiki, bu safga misrliklarning Osirisi, yunonlarning Dionisi va
skandinavlarning Baldri ham kiradi. Nasroniylarning asosiy bayramlari quyosh
kalendari bilan aniq bog‘liqligini ayni shu sabablar ham ko‘rsatadi.
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Xrist tugilgan kun 25- dekabrda nishonlanadi, ayni shu kun Quyosh qishki
tengkunlikdan so‘ng bahorga yuz buradi. Pasxa esa bahorgi tengkunlikdan so‘ng,
Quyosh bir yillik yo‘lning yarmini o‘tgach, nishonlanadi.
Xrist siymosida qadimgi dunyo tasavvurlari qo‘shilib ketgan, shu bois u
ko‘rsatayotgan mo‘'jiza turli-tuman bo‘lishiga olib kelgan. Biroq dindorlar eng
avvalo e'tiqod yo‘lida jonini qurbon qiladigan va bu bilan taqdirga tan berish
namunasi bo‘ladigan Najotkor siymosini ko‘rishadi.
O‘RTA ASRLARDA CHERKOV QANAQA
BO‘LGAN?
O‘rta asrlarda nasroniy missionerlar oxir-oqibatda Yevropaning eng olis
chekkalarigacha yetib borishadi. Hamda Yevropaliklarni nasroniylikka kiritish
bo‘yicha bir necha yuz yillar davom etgan ishni poyoniga yetkazishadi. Zero,
oddiy xalq nimaga e'tiqod qilganini aniq dytish qiyin. Aftidan, o‘sha zamonlarda
hozirgiga qaraganda ko‘proq odamlar cherkovlarga muntazam qatnab, ibodat
qilardilar. Cherkovlar qurilishiga va ularni bezashga pulni ham ayni shu qavmlar
tuhfa sifatida berardi.
Biroq ba'zan ularning nasroniy e'tiqodlari eski majusiy tasavvurlar bilan
aralashib ketardi, shu bois ular cherkov ta'limotini chalkash tushunishgandi.
O‘rta asrlarda cherkovning kuchi va ta'siri katta edi. Qirollar va gersoglardan
farqi shunda ediki, u o‘lmas edi, shu bois uni yemirish oson kechmasdi. G‘arbiy
cherkovning rahbari papa edi. Rim yepiskopi ham uning uzi edi. (Sharqiy Yevropa
nasroniylari Konstantinopolda qarorgohi bo‘lgan boshqa rahbarga buysundilar).
Papa jahonning barcha burchaklaridagi cherkovlarning qudratli xodimlaridan
iborat butun bir armiyani boshqarardi. Siyosat va cherkov ishlari borasida ularning
nuqtai nazarlari bir-biriga to‘g‘ri kelmagan hollarda u bilan mahalliy podsholar
o‘rtasida janjal chiqardi. Angliyada qirol Genrix I arxiyepiskop Tomas Beketni, u
papani ko‘p qo‘llab-quvvatlagani va qirolga deyarli bo‘ysunmagani uchun,
o‘ldirish to‘g‘risida farmon berdi.
PRAVOSLAV CHERKOVI QACHON PAYDO
BO‘LGAN?
X asr o‘rtalarida nasroniylik katolitsizm va pravoslaviyaga asta-sekin ajrala
boshladi. 1054- yildan keyin, papa Lev IX Vizantiya imperiyasi cherkovini
la'natlagach, pravoslaviya mustaqil yo‘nalish sifatida butunlay ajralib chiqdi.
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Avval boshdanoq pravoslaviyening yagona markazi bo‘lmagan, chunki
Vizantiyadagi cherkov hokimiyati imperiyaning eng katta viloyatlarida joylashgan
to‘rt patriarx o‘rtasida taqsimlangandi. Bular — Konstantinopol, Aleksandriya,
Antioxiya (Yunon) va Quddus patriarxlari edi.
Vizantiya imperiyasi parchalanib ketgach, patriarxlarini har biri mustaqil
pravoslav cherkovini boshqara boshladi.
Keyinchalik Yaqin sharq va Sharqiy Yevropadagi boshqa mamlakatlarda
ham avtonom pravoslav cherkovlari vujudga keldi.
Pravoslav ta'limoti asosini muqaddas kitob (Bibliya) hamda muqaddas
rivoyatlar (cherkov rahnamolari hamda dunyo nasroniylari yig‘ini qarorlari) tashkil
etadi.
Pravoslavlar ham, katoliklar singari, nasroniylikning asosiy aqidalarini
e'tirof etishadi. Ular — Xudoning uch birlikdan iboratligi, xudoning gavdalanishi,
istigfor, Iisus Xristning tirilishi va arshi a'loga
ko‘tari l ishi dir.
Pravoslaviyening farqi esa kult shakllarida, shuningdek, ruhoniylarning
jamiyatdagi holatidir. Pravoslav ruhoniylar oq (uylangan) va qora (uylanmaslik
to‘g‘risida qasam ichgan) ruhoniylarga bo‘linadi.
Pravoslaviyeda rasm-rusmlarni bajarishdagi o‘ziga xoslik shundan iboratki,
ruhoniy Xudo va samoviy kuchlar bilan bevosita muloqotni ta'minlovchi vositachi,
xolos. U, qavm kabi, oddiy odamdir.
Rim papasi esa Xudoning yerdagi noibi, binobarin, Xudo kabi topinish ob'yektidir.
Rus pravoslaviyesi uchun rasm-rusmlarga e'tiqod qilish — dinning kult bilan
bog‘liq tomonlarini muqaddaslashtirish xosdir. Kult dinning markaziy ob'yektiga
aylanadi: har bir dindor ibodatxonaga muntazam qatnashi shart. Katoliklar esa,
istaklariga ko‘ra, istig‘for aytishi, biroq muntazam ibodatda qatnashmasligi
mumkin.
QADIMGI KELTLAR QAYERDA
YASHASHGAN?
Yevropada germanlar ko‘payib ketishidan ancha avval u yerga keltlar
kelgandi. Ularni gallar yoki galatlar deb atashgan. Kelt qabilalari Yevropa bo‘ylab
3 ming yil avval tarqalgan. Temir asri o‘rtalariga kelib, eramizdan avvalgi 600- yil
bilan Rim imperiyasi vujudga kelgan davr o‘rtasida ular Britaniyaga, Pireneya
yarim oroliga, Galliyaga, Germaniyaning janubiga joylashdilar. Vaqt-vaqti bilan
Italiyaga, Bolqonga va Kichik Osiyoga joylashdilar.
Keltlar abjir, lekin bemulohaza jangchilar bo‘lishgan. Hunarmandlari esa
mahorat ila yasalgan temir va bronza buyumlari bilan dong taratishgandi.
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Kelt qirollarining varvarlarcha dabdaba bilan qurilgan saroylarida baxshilar
qo‘shiq va sehrgarlar hamda qahramonlar to‘grisidagi dostonlar bilan bazm ayshini
surayotganlarni xushnud etishardi.
Kelt qabilalarining katta qismi asta-sekin Rim imperiyasiga bo‘ysuna bordi
va eramizdan avvalgi 100- yilga kelib Irlandiya (skottlar yashagan joy) va
Shotlandiyaning shimoligiga (piktalar yashagan joy) mustaqilligicha qoldi.
BRITANIYA VA IRLANDIYA KELTLARI NIMASI
BILAN FARQ QILARDI?
Britaniyaning kelt aholisi Rim madaniyatidan bahramand bo‘lgan chog‘da
Irlandiyadagi ularga qondosh qabilalar o‘ziga xos kelt an'analariga sodiq qoldilar.
Keltlarning o‘z qirollari bo‘lib, ular qal'a devorlari bilan o‘rab olingan
istehkomlardan turib mamlakatni boshqarishardi.
Vaqt-vaqti bilan skottlar Britaniyaning g’arbiy sohillari bo‘ylab cho‘zilgan
Rim hududlariga qaroqchilarcha hujum qilib turishardi. Rim zaiflasha borgani
sayin skottlarga omad kulib boqardi. Nihoyat, skottlar Uels va Shotlandiyada
joylashib qola boshladilar. Shotlandiya nomining o‘zi irlandiyalik skott qabilalari
nomidan kelib chiqqan. Qaroqchilarcha bosqinlardan biri paytida,— balki 410-
yillar atrofidadir, Patrik ismli yosh nasroniy britt tutib olinib, qul qilib Irlandiyaga
olib ketiladi. Keyinchalik Patrik qochishga erishdi, biroq 432- yilda u Irlandiyaga
missioner sifatida qaytib keldi. U o‘z safdoshlari bilan katta muvaffaqiyatlarni
qo‘lga kiritdi va tez orada Irlandiyada nasroniylik qudratli kuchga aylandi.
Bu paytda Britaniyada majusiy anglosakslar siquvi ostida nasroniylik deyarli
yo‘qolib ketgandi. Ayni irlandiyaliklar yana u yerda nasroniylikni yoya
boshlagandilar. Missionerlardan biri, irlandiyalik Kolubma 563- yilda
Shotlandiyaning garbiy sohilidagi Ayona orolida monastirga asos soldi. Kelt
nasroniyligi tezda tarqaldi. Kelt monaxlari va ularning angliyalik yangi
yordamchilari G‘arbiy Yevropa bo‘ylab sayohatga chiqib, u yerlarda monastirlar
qurdilar.
DRUIDLAR KIMLAR?
Eramizdan avvalgi I asrda G’arbiy Yevropaning deyarli butun hududini band
etgan qadimiy qabilalar keltlar yoki gallar deb atalgan. Garchi ularda monarx
timsolidagi oliy hukumat, davlatchilik bo‘lmasada, ular o‘zlarining ma'naviy
dohiylari — kohindruidlarga bo‘ysinganlar. Kohindruidlar qurbonlik qilish
marosimlarini boshqarishar, tabiblik qilishar, solnomalar bitishar, bashorat qilishar,
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
bolalarga saboq berishar, gunoh ish qilgan katta yoshlilarni jazolashar edi. Druidlar
sirli-sinoatli ilohiy bilimlarga ega deb hisoblanar va bu ularning kishilar ustidan
hukmronlik qilishlariga juda katta imkoniyat berardi. Rim imperatorlari keltlarni
o‘zlariga bo‘ysindirganlaridan keyin, druidlarning ta'siridan xavfsirab, birinchi
galda barcha druidlarga xos marosim va udumlarni man qildilar. Druidlarning siru-
sinoat, siru-asrorlari hali-hanuz mutaxassislarni qiziqtirib keladi. Biroq ularni
o‘rganish nihoyatda mushkul. Xo‘sh, kohindruidlar tabaqasi haqida nimalar
ma'lum?
Ular hayotining aksar qismi o‘rmon bilan bog‘liq bo‘lgan. Mazkur tabaqaga
mansub bo‘lish istagidagi da'vogarlar o‘rmonlarda yolg‘izlik sinovini
topshirganlar, bu imtihondan o‘tganlari esa yana bir necha yillar muqaddas
to‘qaylarda saboq olishgan va yashashgan. Kohinlarning aqidasiga ko‘ra inson
daraxtdan bunyod
bo‘lgan, va dov-daraxtlarning hayotini yuzaki tushunish yaramaydi, zero ularning
hayotida bitmas-tuganmas siru-sinoatlar yashirin. Druidlar har bir o‘simlikning o‘z
ruhi mavjud deb hisoblashgan.
Umuman olganda, o‘rmonni o‘rganish ta'limoti qadimgi qabilalardan
nihoyatda keng qamrov kasb etib, bu ta'limot ilgarigi vaqtlarda butun Yevropaga
quloch yoygan edi. Ular daraxtlarga xuddi jonli mavjudot sifatida munosabatda
bo‘lganlar, ulardan insoniy xislatlarni qidirganlar, hatto «ongli mavjudot» — inson
(«gomo sapiyens») daraxtlarga tashqi hech bir o‘xshashligi yo‘qligini bilsalarda,
bunga ahamiyat bermaganlar. Druidlar inson o‘simliklardan kelib chiqqan, va
ayrim odamlar bir umr o‘simlikka xos ruhlaridan xoli bo‘la olmaydilar degan
aqidaga qattiq ishonganlar. Bunday kishlar, ularning nazarida ko‘ngilchan odamlar
bo‘lib, ular odatda tabiatni sevuvchan, osudalikni va qulaylikni qadrlaydilar.
Ayrim odamlar esa — hayvoniy ruhga egadirlar. «Hayvoniy ruh» sohiblari
sovuqqon, tadbirkor, o‘zlarini tabiatdan xoli joylarda erkin sezuvchi, aytaylik
shaharda yayrab yashovchi kishilardir. Olimlar, ixtirochilar, inqilobchilar safi
asosan ana shular hisobiga to‘lib boradi. Xullas, muxtasar qilib aytganda qadimgi
kelt-kohinlari tomonidan tuzilgan asosiy qoidalar, boshqacha qilib aytganda
«druidlarning tolenomasi» ana shulardan iborat.
BUYUK KARL KIM?
VIII asr boshlarida Yevropa qirolliklari go‘yo xavfu-xatarlardan xoli edi.
Ammo oradan 100 -yil o‘tib hamma narsa o‘zgarib ketdi. 711- yilda Vestgot
qirolligiga mavrlar (shimoliy Afrika qabilalari) va arablardan iborat musulmon
qo‘shinlari kirib keldilar. 720- yilga kelib ular vestgotlarni batamom tor-mor qilib,
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
shak-shubhasiz yana shimol tomonga o‘z yurishlarini davom ettirishga tayyorlana
boshladilar.
Buyuk Karl 742- yil 2- aprelda dunyoga keldi. U 768- yilda otasi Pakana
Pipin (Pipin Korotkiy) vafot etgach, qirol bo‘ldi. Karl ko‘plab bosqinchilik
yurishlari natijasida bir paytda G‘arbiy Rim imperiyasiga qarashli bo‘lgan juda
katta hududlarni o‘ziga bo‘ysindirdi. Franklar hukmdori Karl o‘z hokimiyatini
yana tobora janub tomonga qarata kengaytirib bordi. 732- yilda Fransiyaning
janubidagi Tur va Puatye hududlari oraligida uning askarlari Ispaniyadagi
musulmonlar hukmdori Abdur-Rahmon lashkari bilan jangda ro‘baro‘ keldi.
Mavrlar bu jangda mag’lub bo‘ldilar, hukmdorlari esa halok bo‘ldi. Shunday qilib
mavrlarning G‘arbiy Yevropa tomon qilayotgan yurishlariga barham berildi. Karl
shundan so‘ng Martell, ya'ni «bolga» laqabini oldi. 800- yilda Rimda juda ko‘p
xalqlar to‘plangan yig‘inda, tantanali diniy-ruhoniy marosimlardan so‘ng franklar
qiroli imperator deb e'lon qilindi. Mazkur marosimga rahnamolik qilgan Papa Lev
III yangi imperator davrida qaror topgan cherkov va hokimiyat o‘rtasidagi iliq va
yaqin munosabatlardan benihoya mamnunligini izhor qildi.
O‘zining hadsiz-hududsiz, katta imperiyasida tartib o‘rnatish uchun Buyuk
Karl imperiyani grafliklarga bo‘ldi va mazkur grafliklarni uning vakillari bo‘lmish
graflar idora qila boshladi. Nihoyatda muhim masalalarni muhokama qilish uchun
imperator yiliga ikki marotaba xalq yig‘inlarini chaqirardi. Biroq u o‘zining eng
ishonchli va sadoqatli tayanchi deb katoliklar cherkovini bilar va ushbu cherkovga
xilma xil imtiyozlarni bergan edi.
Buyuk Karl — ilk o‘rta asrning eng yorqin shaxsidir. Uning faol aqlu zakosi,
aql bovar qilmas jismoniy kuch-qudrati va jo‘shqin g‘ayrat-shijoati o‘z
zamondoshlarini hamisha hayratga solardi. Imperator hamisha yelib-yugurib yurar,
ko‘plab xayrli ishlarga shaxsan o‘zi bosh-qosh bo‘lardi. O‘ta suronli zamonda
yashagan bo‘lishiga qaramasdan, hayotda ilm-ma'rifatning, madaniyat va
maorifning ahamiyati beqiyosligini juda yaxshi anglardi. Uning hukmronligi
davrida ochilgan yangi maktablarning soni benihoya ko‘p edi. Uning o‘spirinligida
olgan ta'limi asosan jismoniy qudratini rivojlantirishga, otda yurishga va jangovar
san'atlarni egallashga yo‘naltirilgan edi. Imperator biror hujjatga imzo chekishiga
to‘g‘r' kelganida, uning o‘rniga maxsus hattot Karlning ismidan iborat
monogrammani harflab yozib qo‘yar, Karl esa o‘z ismidagi «A» harfi ustiga
chiziqcha tortardi xolos. Biroq, shunday bo‘lsada, u tabiatan juda qiziquvchan, o‘ta
xotirasi kuchli inson edi, u o‘z davrining yetuk allomalari bilan muomala qilish
jarayonida muttasil o‘z bilim doirasini kengaytirib borardi. Umuman olganda,
savodsiz bo‘lsada, imperator o‘zidagi har tomonlama rivojlangan fahmu zakovati
bilan atrofidagilarni hayratga solar va mohiyatan olganda o‘sha davrning eng
o‘qimishli kishilaridan biri sanalardi.
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Biroq Karl 814- yil 28- yanvarda Axenada vafot etdi. Tarixda juda ko‘p
bo‘lgani kabi, uning vafotidan keyin ham buyuk inson — Karlning o‘rniga
iste'dodsiz merosxo‘rlar hokimiyat tepasiga keldi va nihoyatda ulkan, ko‘plab
qabilalardan tarkib topgan imperiya tez orada parchalanib ketdi.
BUYUK KARLNING MAMLAKATI QANDA Y EDI?
Karl o‘zining zabt etuvchi yurishlarini davom ettirdi, biroq u zobitlik bilan
birga missionerlik faoliyatini ham qo‘shib olib borardi, ammo uning bu faoliyati
o’ta qattiq qo‘llik bilan amalga oshirilardi. Shimoliy Germaniyada Britaniyaga
ko‘chib o‘tishni xohlamagan sakslar yashashardi. Karl ularni o‘ziga bo‘ysindirib
nasroniylikni qabul qildirdi. Janubda Karl mavrlardan Ispaniyaning shimolini tortib
oldi, biroq bungacha uning Ronseval (Pireneyada) darasidagi janglarida eng
yetakchi sarkardasi Roland halok bo‘lishiga to‘g‘ri keldi. Ushbu voqyea tez orada
juda ko‘p qo‘shiq va afsonalarga mavzu bo‘ldi.
800- yilga kelib Karl endi franklarning butun yerlari, Germaniyaning g‘arbiy
qismi va Shimoliy Italiyaga hukmronlik qilardi. Franklarning qiroli Karl, endilikda
qayta tiklangan Rim imperiyasining hukmdori qirol Buyuk Karl edi. Buyuk Karl
zamonasida G‘arbiy Yevropada franklar hukmronlik qildilar. Imperator har
tomonlama cherkovni qo‘llab-quvvatlar, uning yordamida esa fan va maorifni
jonlantirishga urinardi. Uning saroyida hamisha mamlakatdagi u saroydan bu
saroyga ko‘chib ma'rifat tarqatib yuruvchi alloma rohiblar bo‘lardi, masalan ular
orasida anglosaks alloma Alkuinni yoki vestgotlik shoir Teodulfni uchratish
mumkin edi. Garchand Karlning o‘zi shaxsan yozishni bilmasada, biroq lotinchani
va yunon tilini tushuna olardi. Aynan Buyuk Karl birinchi bo‘lib o‘zining qo‘l
ostidagilar uchun
qonunlarni to‘plashni va ularni alohida tarzda yozib qo‘yishni joriy etgan.
ANGLIYANING BIRINCHI HUKMDORI
KIM BO‘LGAN?
Biz nimagadir Britaniya hamisha Yevropaning bir qismi bo‘lgan degan
mulohazaga ko‘nikib qolganmiz. Biroq, aslida sira ham bunday emas. U eramizdan
avvalgi I asrga qadar Yevropaga qarashli emasdi. Rimliklar Britaniyani bosib
olishgan va u haqda Yevropada hech kim bilmasdi ham. Britaniyaning bu davrdagi
tarixi haqida biz juda kam bilamiz.
Birinchi bosib olingan davrda bu yerda istiqomat qiluvchi aholi «brittlar»
deb atalardi. Ular kelt shevasining turli lahjalarida so‘zlashishar, qishloq xo‘jaligi
bilan shug‘ullanishar, poda va otvoqarlik qilishardi. Temirdan turli jihozlar va
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
qurollar yasashni ham bilishardi. Ularning aksariyati katta-katta qishloqlarda tomi
qamish bilan yopilgan chaylalarda istiqomat qilishgan. Aynan rimliklar bu yerlarda
shaharlarni va ularni bir-biri bilan tutashtiruvchi yo‘llarni bunyod etishgan. XV asr
boshlarida bu yerlarni rimliklar tark etgach bu yer aholisi zaiflashib xarob ahvolda
qoldi. Angllar, sakslar va yutlarning lashkar (o‘rda)lari Daniyadan va Reyn bo‘yida
yastanib yotgan yerlardan jo‘nab ketdilar. Faqat bu yerda angllar muqim o‘rnashib
qolganlaridan keyingina mamlakat «Angliya» nomini oldi.
Kichik-kichik va qiyin ahvolda qolgan qabilalarning birlashishi natijasida
yettita qirollik qad rostladi va Angliyada muqimlik kasb etdi. Bu yerlarning ilk
egalari brittlar Uels va Shotlandiyaning baland tog‘li hududlariga siqib chiqarildi.
Mazkur yetti qirollik «Geptarxiya» yoki anglosakslarning yetti davlati
Ittifoqi deb atalardi. IX asrga kelib ular Egbert rahbarligi ostida birlashtirildi va
Egbert Angliyaning birinchi qiroli bo‘ldi. Bu paytga kelib Angliya nasroniy dinini
qabul qilgan va buning oqibatida u Yevropa qit'asidagi barcha mamlakatlar bilan
hammaslakka aylangan edi.
Qirol Buyuk Alfred davrida Angliya yana daniyaliklarning qaqshatqich
bosqinlariga qarshi kurashishiga to‘g‘ri keldi. Bu hol to XI asrgacha, ya'ni
mamlakat Daniya qiroli Kanut hokimiyatiga tobe bo‘lguncha davom etdi.
Keyinchalik taxtga anglosaksoniyalik qirol Eduard (Ispovednik) Iqrorgo‘y
keldi va uning davrida mamlakat 23- yil tinch va osoyishta hayot kechirdi. Uning
o‘limidan keyin yana qirg‘inbarot boshlanib ketdi. Toj-taxt uchun kurashlarda kim
uning merosxo‘ri bo‘ladi degan masala hal etilardi. Nihoyat 1066- yilda
normandiyalik gersog Vilgelm Angliyani bosib oldi, keyinroq esa qirol deb e'lon
qilindi. Angliyaning normannlar tomonidan zabt etilishi mamlakat hayotini shu
qadar o‘zgartirib yubordiki, ma'lum ma'noda bundan keyingi voqyealarni Angliya
tarixining yangi davri deb atash mumkin.
SHIMOLIY DENGIZ QAROQCHILARI
KIMLAR?
Angllar va sakslar Rim imperiyasini bosib olganlaridan 500-yil o‘tib bu
imperiyaga (biroq, endilikda u franklar imperiyasi deb atalardi) yana boshqa
shimoliy qabilalar hujum qildilar. Bu bosqinchi majusiylar nasroniylar zaminini
taladilar va vayron qildilar. Tarix takrorlandi. Bu galgi bosqinchilar
Norvegiya va daniyadan edilar, ularni normannlar yoki vikinglar deb atashardi.
(G‘arbiy Yevropada ularni asosan normannlar — shimol odamlari deyishardi).
Odatda vikinglar haqida gap ketganda shoxdor dubulg‘a kiygan, yo‘lida duch
kelgan narsani vayron qilib ketuvchi yovvoyi odamlarni tasavvur qilishadi. Bu juda
maroqli tasavvur, ammo noto‘gri. Boisi shoxdor dubulg‘alar rusumdan chiqib
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
ketganligiga qariyb 2 ming yil bo‘lyapti. Albatta, vikinglar qaroqchilik va
bosqinchilik qilishardi. Biroq bu davrda yashagan boshqa xalqlar ham bu
qilmishlardan xoli emasdi. Faqat farqi shundaki, bu borada vikinglarning omadi
chopgan, qo‘li baland edi xolos.
O‘z uylarida ular ham qatron va hosilsiz Skandinaviya yerlaridan rizqlarini
topish uchun yer shudgor qilishar, poda boqishar edi. Yoz oylarida esa ular o‘sha
davrning eng mohir va chapdast jangchi, Dengizchilariga aylanardilar.
Ularning kemalari shon-shuhratlarga burkangan, biroq biz ular to‘g‘risida
faqat afsonalar orqaligina bilamiz: ularning bir necha kemasi bizning
davrimizgacha saqlangan. Ulardan eng mashhuri Gokstaddagi (Norvegiya)
yerto‘ladan topilgan kemadir. Mazkur kemaning uzunligi 24 metr bo‘lib, uning
eshkagi 34 ta, hamda qizil va oq matolardan tikilgan yelkanlarq uchun ulkan
machtasi bor.
VIKINGLAR QAYOKLARGA SUZISHGAN?
Shved vikinglari ko‘proq o‘z vatanlaridan janubga tomon suzishgan. Dastlab
ular Boltiqdengizida teri, qullar, yog‘och, hamda asal bilan savdo-nosotiq
qilishgan. Keyinchalik esa katta daryolar orqali tobora yuqoriga suzib borishgan.
Ko‘plab vikinglar Novgorod yoki Pskov kabi shaharlarda o‘troq bo‘lib qolib
ketganlar. U yerlarda vikinglarni «rus» deb atashardi. Aynan ana shu vikinglar
butun boshli Rusiya davlatiga, keyinchalik esa Rossiyaga nom berdilar. Ular o‘z
kemalarini janubga oquvchi daryolarga maxsus usullarda ko‘tarib kelib tushirishar
va bu daryolar orqali Qora dengizga va Kaspiy dengiziga chiqib o‘z yo‘llarida goh
savdo qilib, goh bosqinchilik qilib yurishardi.
Ammo ularga boshqa hunarlar ham nasib qilgan edi. Ularning jangovar
mahorati to‘g‘risidagi shov-shuvlar Vizantiya imperiyasiga ham, islom dunyosiga
ham yaxshi ma'lum bo‘lganidan mazkur mamlakatlar ularni harbiy sohalarga yollar
edilar. Konstantinopolda imperatorni faqat vikinglardan tarkib topgan varyaglar
gvardiyasi qo‘riqlar edi. Talonchilik bo‘ladimi, savdo-sotiq ishlarimi yoki urushmi,
bundan qat'i nazar vikinglar o‘z imkoniyatlarini hech qachon boy bermasdilar.
1066-yilda Angliyaning zabt etilishi vikinglarning Yevropadagi eng so‘nggi
ulug‘ zafari edi. Gersog Vilgelm rahnamoligidagi Shimoliy Fransiyada
(Normandiyada) o‘troq bo‘lib qolgan normandiyali vikinglar lashkari Angliyaga
bosib kirdi va uni zabt qildi. Normandlarning tili, urf-odatlari, davlatni
boshqarishdagi tasavvurlari tez orada mahalliy an'analar bilan kirishib,
Angliyaning o‘rta asrlar sivilizatsiyasiga asos yaratdi.
SALB YURISHLARI NIMA?
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
XI—XIII asrlar Yevropa uchun gullab-yashnash va barqarorlik davri
bo‘lganligini yaxshi bilamiz. Biroq, shunday bo‘lsada, ko‘plab Yevropa qirollari
kuchli amaldorlarning qarama-qarshiliklariga duch kelar, yoki qo‘shni davlatlar
bilan bo‘ladigan o‘zaro hududiy mojarolar domiga tortilar edi. 1070- yildan to
1120- yilga qadar Germaniyani muttasil o‘zaro urushlar holdan toydirgan bo‘lsa,
Angliya va Fransiya ham Janubiy Fransiya hududida joylashgan Akvitaniya uchun
to‘xtovsiz janjallashar edi.
Yevropaning barcha qirollari, ritsarlari va hatto cherkov ruhoniylari ham
yana bir o‘ziga xos bosqinchilik urushlarining komiga tortilgan bo‘lib, bu
urushning nomi — Salb yurishlari edi. Bu urushlarda nasroniy askarlari
musulmonlardan o‘zlari uchun «Muqaddas tuproq» deb ataganlari, ya'ni Quddus
shahri atrofidagi yerlarni (hozirgi Isroil va Iordaniya hududi) tortib olishga urinar
edilar.
Salb yurishlari — o‘rta asrlarga xos bo‘lgan oliy ideallarning ochko‘zlik va
shafqatsizlik bilan qorishiq holdagi ko‘rinishiga eng yaqqol dalil edi. Albatta,
ko‘plab jangchilar salb yurishlariga, Xristos yashab, vafot etgan zaminda nasroniy
podsho hukmdor bo‘lishi uchun qatnashar edi. Biroq bu urushlarda boshqa
maqsadlar bilan ishtirok qiluvchilar ham bisyor edi: bu yurishlar ularga shon-
shuhrat yoki boy o‘lja olib kelardi. Ayrimlarni esa sarguzashtlarga ishqibozligi
salbchilar safiga qo‘shardi. Nasroniylar lashkarlari o‘z dushmanlari —
musulmonlarga qarshi janglarda o‘ta shafqatsizliklar ko‘rsatib necha-necha bor
o‘zlarini sharmanda qilib, isnodga qo‘ydilar. Natijada 1291- yili bu urushlar
mag‘lubiyatga uchrab salbchilar Yevropaga butunlay qaytib ketdilar.
PROTESTANTLAR DINI QANDLY PAYDO
BO‘LGAN?
XVI asr boshlarida «reformatsiya» deb nom olgan diniy inqilob boshlanib
ketdi. Oqibatda protestantlar dinining ko‘plab shohobchalari paydo bo‘ldi. Har
ikkala so‘z — Reformatsiya ham Protestantizm ham — mohiyatiga ko‘ra bir
narsani — ya'ni bu diniy inqiloblarning asosiy maqsadi dinda o‘zgartirishlar
qilishga intilish ekanligini anglatadi, darhaqiqat keyinchalik katoliklar cherkovida
bu o‘zgartirishlar ro‘yobga chiqdi.
Xo‘sh, bu odamlar nimani o‘zgartirishmoqchi va nima uchun
o‘zgartirishmoqchi edilar? Bu noroziliklarga sabablardan biri — ko‘plab cherkov
a'yonlarining turmush tarzi edi. Protestantlar, ruhoniylar uchun ma'naviy hayotdan
ko‘ra moddiy turmush tashvishlari muhimroq ekanligini ko‘rib, bilib turardilar.
Bulardan tashqari islohotchilar indulgensiyalarni, ya'ni kishilarni gunohlari uchun
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
jazolashdan ozod qiluvchi rasmiy hujjatlarni sotishga qarshi chiqqan edilar.
Ko‘plari esa ibodatxonalarga qarashli katta-katta yer,hududlarga hasad qilishar edi,
qolaversa Reformatsiyaga ko‘mak beruvchi boshqa kuchlar ham bor edi. Ko‘pgina
kishilar reformator-islohotchilar qatoriga asosan siyosiy va iqtisodiy sabablarga
ko‘ra qo‘shilgandilar. Tobora millatchilik o‘sib borar, uning to‘lqinlarida esa milliy
cherkovlarga ega bo‘lish istagi ham paydo bo‘la boshladi.
Yana bir sabablardan biri shunda ediki, bu davrga kelib bevosita cherkov
ishlaridan boshqa masalalarga ham aralashaverganligi sababli Rim Papasining
hukmronligi ham gumon bo‘lib qolgan edi. Ruhoniy hazratlar o‘rtasida o‘zaro
hokimiyat talashishlar boshlanib ketgach, juda katta kelishmovchilik va nizolar
kelib chiqdi.
1517-yilda vijdonsizlarning indulgensiya sotishlari shu darajaga yetdiki,
oqibatda bu hol Avliyo Avgustin ordeniga mansub nemis olimi Martin Lyuterning
norozilik chiqishiga sabab bo‘ldi. U cherkovdan haydaldi, dahriy deb e'lon qilindi,
biroq u tomonidan bitilgan aqoidlar (doktrinalar) keng omma orasida tarqalib ketdi.
1530- yilda u o‘zining Augsburg iqrori deb nomlangan, protestantlik
dinining 21-moddasidan iborat asarini e'lon qildi. Oqibatda esa katoliklar va
lyuteranlar batamom bir-birlaridan uzilib ketdilar. Protestant cherkovi
asoslanadigan reformatorlik aqidalari turli ko‘rinishlarda boshqa davlatlarda ham
keng tarqaldi va qabul qilindi.
MARTISHL YUTER KIM?
Yevropada hayot va e'tiqod to‘grisidagi yangi g’oyalar tarqala boshlagan
chog‘da ko‘p kishilar katolik cherkovini isloh qilishni talab qilib chiqa boshladilar.
Sababi ular katolik cherkovi tobora qudratli va ochko‘z bo‘lib bormoqda deb
hisoblardilar. Ularning fikricha cherkovning yana boshqa ayblaridan biri —
cherkov uchun ruhoniyat, ma'naviyat emas, balki bu foniy dunyo tashvishlari,
asosan esa boylik orttirish muhim bo‘lib borayotganligida edi. Ruhoniy arboblar
o‘zlarining do‘stlariga, qarindosh urug’lariga cherkovdagi manfaatli mansablarni
turli sovg’alar evaziga ehson qilib yuborardilar. Cherkov ruhoniylari Rim Papasi
tomonidan qilingan gunohlarni avf etib yuboruvchi guvohnoma —
indulgensiyalarni sotib ham boylik orttirishardi. Ahvol shu darajaga bordiki,
istagan kishi bunday guvohnomalarni jahongashta savdogarlardan sotib olishi va
gunohlardan forig‘ bo‘lishi mumkin bo‘lib qoldi.
Indulgensiyalarning sotilishiga birinchi bo‘lib oshkora ravishda
Vittenburglik ruhoniy Martin Lyuter (1483—1546) qarshi chiqdi. U inson o‘z
ruhini faqat Xudoga bo‘lgan e'tiqodi va ishonchi orqaligina xalos qilishi mumkin,
buni na Yerdagi xayrli ishlar bilan va na cherkov foydasiga xayru-ehson bilan
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
amalga oshirib bo‘lmaydi deb hisoblardi. U o‘zining bu fikrida shu qadar sobit
ediki, oqibatda 1517- yili u cherkov faoliyatidagi kamchiliklar birma bir
ko‘rsatilgan maxsus noma yozib, uni Vittenburgdagi ibodatxona darvozalariga
mahkamlab qo‘ydi.
Martin Lyuterning katolik cherkovini isloh qilish to‘g‘risidagi maqsadlari va
g‘oyalari protestantizmning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Lyuterning izdoshlary
Rim Papasining hokimiyatini, shuningdek katolik cherkovining ko‘plab qoidalarini
inkor qilishdi. Ular me'moriy jihatdan juda sodda bo‘lgan cherkov binolarini
bunyod etishdi, ular asosiy e'tiborni ilohiy sir-sinoatlarga emas, balki Injilni
o‘rganishga va diniy ta'limlarga qaratishdi. Cherkov marosimlari davomida lotin
tilidan voz kechishib, bu diniy marosim qaysi mamlakatda bo‘ladigan bo‘lsa o‘sha
mamlakat xalqi tilida amalga oshirilishiga, unda ishtirok etayotgan har bir kishi
tilga olinayotgan ta'lim va pand nasihatlarning mazmunini tushuna olishlariga
e'tibor berdilar.
Lyuter o‘zicha, uning fosh etuvchi so‘zlari cherkov ruhoniylari orasida o‘zaro
bahslarni keltirib chiqarishiga va bu oqibatda cherkovni isloh qilishga olib
kelishiga ishongan edi. Biroq u dahriylikda ayblandi. Lyuter o‘zining fosh etuvchi
qarashlaridan voz kechmagach, Papa uni cherkovdan haydab yubordi. Biroq bu
paytga kelib Lyuterning g‘oyalari Germaniya va Shveysariyada o‘z muxlislarini
topgan edi. Dastlab uning izdoshlarini lyuteranlar deb atashdi, biroq 1529- yildan,
ya'ni ulardan bir qismi Shpeyerda bo‘lib o‘tgan konferensiyada o‘z ustozlarining
badarga qilinishiga qarshi protest (norozilik) bildirishgandan so‘ng ularni
protestantlar deb atay boshladilar.
DJON KALVIN KIM?
Djon Kalvin XVI asrda Yevropaga yopirilib kirgan Reformatsiya deb
nomlanuvchi diniy harakat rahbaridir. Mazkur harakat nasroniy dunyosini ikkiga
— katoliklar va protestantlarga bo‘lib yubordi.
Kalvin 1509- yil 10 iyulda Fransiyada tug‘ildi. U lotin tili, falsafa va
mantiqdan saboq olgach, yangi protestant diniga e'tiqod qo‘ydi. O‘zining diniy
e'tiqodi tufayli u Fransiyani tark etishga majbur bo‘ldi, va u 1536-yilda
Shveysariyaga, aniqrog‘i Jenevaga jo‘nab ketdi. Muayyan qisqa davrni hisobga
olmaganda, u o‘zining qolgan butun umrini o‘sha yerda o‘tkazdi.
Uning kuchli rahbarligi ostida Jeneva protestantizmning markaziga aylandi.
Cherkov shahar qonunlarini chiqarar va kundalik hayotning barcha jabhalarini
muvofiqlashtirar edi. Qonunlar o‘ta shafqatsiz edi. Jeneva aholisi tejamkor,
mehnatsevar va jiddiy bo‘lishga majbur edi. Madhiyadan tashqari biror bir qo‘shiq
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
va raqsni ijro etish man qilinardi. Bu qonunga bo‘ysinmaganlarni shafqatsiz jazolar
kutardi.
Kalvinizm shafqatsiz din edi. Kalvinning fikricha inson tabiatan
gunohkordir, u
faqat Xudoning marhamati ila gunohlardan xalos bo‘lishi mumkin. Ammo bunday
sharafga juda kam kishilar, (Kalvin ularni sara odamlar deb atardi) musharraf
bo‘ladilar. Va Xudo, deydi Kalvin, allaqachon o‘zi kim bu sara odamlar safida
bo‘lishini belgilab qo‘ygan, deydi. Bu g‘oya Kalvinning taqdir yozuvi, qismat
to‘g‘risidagi ta'limoti edi.
Kalvin 1564- yil 27- mayda vafot etdi. Biroq bu paytga kelib uning g‘oyalari
Jenevadan chiqib G‘arbiy Yevropaning juda katta qismiga tarqalib ketgan edi.
XVII asrda Amerikaga jo‘nab ketgan Angliyali puritanlar ham Kalvinchilar edi.
Bugungi kunda ham presviterianlar va boshqa reformatorlik (islohotchilik)
cherkovlari Djon Kalvinning diniy aqidalariga amal qiladilar.
O‘TTIZ YILLIK URUSH NIMA SABABDAN
BOSHLANGAN?
Reformatsiya davridan boshlab Yevropani parchalab tashlagan diniy va
siyosiy mojarolar, ayniqsa o‘ttiz yillik urush davrida yanada keskinlashdi. Ushbu
urush 1618-yilda Bogemiyali (hozirgi Chexiya) protestant dvoryanlar ikki nafar
katolik gubernatorni Pragadagi qasrlarning biri derazasidan uloqtirishgach
boshlangan edi. Shundan so‘ng dvoryanlar protestant Fridrix Pfalsskiyni
Bogemiyaning qiroli etib sayladilar. Ammo Fridrixga toj kiydirish marosimidan
keyin oradan 1-yil ham o‘tmasdan Muqaddas Rim imperiyasining imperatori
Ferdinand II (1619— 1637) bo‘ldi. Ferdinand II o‘z imperiyasini butunicha
katoliklar diniga o‘tkazishga orzumand edi.
1620-yili Ferdinandning armiyasi Bogemiyani ishg‘ol qildi. Praga
ostonalarida mazkur armiya Fridrixning lashkarini tor-mor qilib ulkan zafar bilan
shaharga kirib bordi. Fridrix Niderlandga qochib ketdi. Ferdinandning g‘alabasi
shu qadar uzil-kesil bo‘ldiki, oqibatda 1627-yilga keliboq butun Bogemiyada
katolisizm qaytadan tiklandi.
Urush tez orada bir necha mamlakatlarni qamrab oldi. Ispaniya Muqaddas
Rim imperiyasi tarafdori edi va shu boisdan 1621- yilda Reynlandda ispanlar va
gollandlar o‘rtasida janglar avj olib ketdi. Ispanlar armiyasi muvaffaqiyatli harakat
qilganligi sababli 1625-yili gollandlar Daniya va Angliyaga yordam so‘rab
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
murojaat qildi. Urush asosan daniyalilar kuchi bilan olib borilayotgan edi, biroq
ular ham 1629- yilda mag’lubiya,tga yuz tutdilar.
Daniya mag‘lubiyatga uchragach shved qiroli Gustav Adolf (1611—1632),
ya'ni Shimoliy Sher, protestantlar dini xavf-xatar ostida qolganligini anglab yetdi.
Shvedlarning savdo-sotiq ishlariga Ispaniya bosh vaziri Olivaresning Boltiq
dengizida ispanlar ta'sirini kuchaytirishni ko‘zlab qilgan harakatlari juda pand
berardi. O‘z navbatida bu hol 1630- yilda Gustav Adelfning Ispaniyaga va
Muqaddas Rim imperiyasiga qarshi urush ochishiga sabab bo‘ldi. 1635- yilda
Fransiya qirollik kengashining rahnamosi Rishelye ham o‘z mamlakatining
Ispaniya va Muqaddas Rim imperiyasiga qarshi urushga kirajagi haqidagi qarorni
qabul qildi. 1636- yilda Ispaniya armiyasining bir qismi deyarli Parijgacha kirib
bordi, ammo 1637- yildan boshlab Fransiya va uning protestant ittifoqchilari
Ispaniya askarlari ustidan birin-ketin g‘alabalarni qo‘lga kirita boshladi. 1643- yil
Rokrua yonida bo‘lgan janglarda Ispaniya mag‘lubiyatga uchragach Olivares
taxtdan olib tashlandi, biroq hali uzil-kesil tinchlik qaror topishiga yana 5- yil bor
edi.
VESTFAL SULHI QACHON TUZILGAN?
O‘ttiz yillik urush 1648- yili Vestfal sulhi bilan nihoyasiga yetdi. Tinchlik
sulhi Niderlandlarning birlashgan provinsiyalariga, Shveysariya kantonlariga,
shuningdek Muqaddas Rim imperiyasi tarkibiga kiruvchi ko‘plab german
davlatlariga mustaqillik va e'tiqod erkinligini berdi. Biroq bu shartnoma Burbonlar
va Gabsburglar o‘rtasidagi tinchlikni o‘rnata olmadi, natijada 1659- yilga qadar
Fransiya va Ispaniya o‘rtasida toju taxt uchun kurash davom etdi.
ALLOH KIM?
Qadimgi arab afsonalarida borliq olamni va odamlarni yaratgan, shuningdek
boshqa xudolarning yo‘lboshchisi va otasi «Alloh», ya'ni Xudo nomi bilan atalgan.
Dastlab u ajdod-xu-dolardan biri bo‘lgan, keyinchalik bora-bora aksariyat qadimgi
arab qabilalari faqat unga topina boshlaganlar.
Mazkur xudoga bag‘ishlangan eng asosiy muqaddas qadamjolardan biri
Arabistonning Makka shahrida joylashgan. Qizig’i shundaki o‘sha davrlarda
Allohni inson qiyofasida tasavvur qilishgan, uning hatto turmush o‘rtog‘i — Allat
ismli ayol xudo, shuningdek ikki qizi — Uzza va Manatlar bo‘lgan.
Islomning yagona monoteistik din sifatida paydo bo‘lishida aksariyat arab
qabilalari uchun juda yaqin va tushunarli bo‘lgan Alloh siymosidan foydalanilgan.
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Biroq, Iso Masihdan farqli o‘laroq Alloh siymosi asta-sekin insoniylik qiyofasini
yo‘qota borgan.
Qur'onga ko‘ra Alloh umuman jismoniy siymoga ega emas. U qudratli, har
narsadan ogoh, shuningdek abadiy va mutlaqdir. Albatta, keyinchalik, uning xotini
va qizlarini hurmat qilib to‘qilgan afsonalar islom dini tomonidan inkor etilib,
bularning barchasi Iblisning nayranglari deb uqtirilishini tushunish mumkin. Xuddi
Iso Masih kabi Alloh ham turli mo‘'jizalar ko‘rsatishga qodir deb hisoblangan, u
dahshatli va o’ta mehribon xudo sifatida gunohkorlarni jazolab, o‘z tarafdorlariga
muttasil yordam bergan.
Shunisi diqqatga sazovorki, islomda umumiy mifologik syujetlar saqlanib
qolgan, masalan Qiyomat jazosi haqidagi afsona. Unga ko‘ra Qiyomat kunida
Alloh barcha gunohkorlarni jazolab, yaxshi va solih kishilarga marhamat
ko‘rsatadi.
Hatto islom Allohi siymosida ham eng qadimiy davrlar ta'siri saqlanib
qolgan, bunga Allohning 99 ismga egaligi dalildir.
MUHAMMAD KIM BO‘LGAN?
VII asr boshlarida bir arab o‘spirini o‘zini ilohiy xislat sohibi, yangi din
yaratish va uni targ’ib qilish uchun ilhomlangan zot deb hisoblagan. Bu juda buyuk
zot bo‘lib uning ismi — Muhammaddir. Muhammad dunyoviy uch buyuk dindan
birining ilk urug’ini sochgan shaxsdir. Muhammad o‘z dinini «Islom» — ya'ni
Alloh irodasiga bo‘ysinish dini deb atadi. Bugungi kunda yer yuzida 550 mln.dan
ko‘proq islom izdoshlari mavjud. Ularni musulmonlar deb atashadi.
Ko‘p jihatlardan islom yahudiylik va nasroniylikka asoslanadi. Muhammad
yahudiylarning va nasroniylarning yagona Xudosini yakka yolg‘iz va haqiqiy
Xudo deb e'lon qildi. Muhammad ta'limotiga ko‘ra Alloh insonlar oldida o‘z
payg’ambarlari orqali yuz ko‘rsatadi, bu payg’ambarlar safida Muhammad ham
bordir. Xudo Musoga Qonunni, Isoga Injilni va Muhammadga Qur'onni bergan.
Musulmonlar mutlaq Allohning yagonaligiga, qudratliligiga va hamma
narsani bilguvchiligiga va abadiyligiga ishonadilar. Islomning asosiy shiori: «La
ilaha, ilalloh, Muhammadur Rasulalloh» — ya'ni «Allohdan o‘zga iloh yo‘q va
Muhammad uning (rasulidir), elchisidir». Alloh yettinchi osmondagi taxtida,
o‘zining pok va fayzli farishtalari qurshovida o‘tiradi.
Inson o‘limidan keyin ham uning ruhi yashashda davom etishiga ishonch —
Islomning asosiy qismlaridan biridir. Musulmonlar qiyomat kunida marhumlarning
ruhlari tirik odamlar ruhi bilan bab-baravar o‘z hayotlarida amalga oshirgan ishlari
uchun javob berish uchun o‘rinlaridan turishiga ishonadilar. Shuningdek
musulmonlar, har bir insonning qismati u dunyoga kelishidan avval belgilab
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
qo‘yilishiga va bu haqda buyuk Ilohiy kitobga qismat bitigi yozilishiga ham
ishonadilar. O‘z umrlari davomida musulmonlar 5 ta asosiy burchni ado etishlari
lozim. Shulardan biri — Makkani, ya'ni musulmonlarning muqaddas shahri,
Muhammadning tug‘ilgan vatanini ziyorat qilishdir.
Muhammadning ta'limoti ham, xuddi ungacha bo‘lgan payg‘ambarlarniki
kabi inqilobiy ta'limot edi. Shu sababli 622- yilning 24-sentyabrida u Makkadan
unga qo‘shni shahar bo‘lgan Madinaga ko‘chib chiqishga majbur bo‘ldi. Ana shu
ko‘chish (arab tilida — hijrat)ni islomning tug‘ilishi sifatida nishonlaydilar.
Madinada Muhammad va uning izdoshlari yangi turmush tarzining asoslarini
ishlab chiqdilar. U Madina shahrining hukmdori bo‘ldi va islom jamiyatini tashkil
qildi. Ushbu jamiyat diniy qoidalariga qat'iy amal qilar, ojizlarni — ayollar, yetim-
yesirlar va qullarni himoya qilar edi.
Arablar jangari xalq edi, shu boisdan ham yangi dinning yoyilishi uchun
tinch-osoyishta targ’ibot, tashviqot emas, balki asosan qurol kuchi bilan
kurashmoqqa to‘gri keldi. 630- yili Muhammad Makkaga 10 ming askarni
ziyoratga boshlab kelib, ushbu shaharni qo‘lga kiritdi. Shundan boshlab Makka
musulmonlarning muqaddas shahri. Kaa'ba — ya'ni qadimiy majusiylik obidasi —
uning eng aziz qadamjosi bo‘lib qoldi.
632- yilda»'Muhammad vafot etdi. Bir paytlar hamma asilzodalar tomonidan
tazyiqqa uchragan quvgindi paygambar o‘z umrini Arabistonning juda katta
qismiga hukmdor sifatida yakunladi. U o‘zidan kelgusida vujudga keladigan
qudratli davlatning asosini meros qoldirdi.
Arabistonning sahroyi ko‘chmanchilari jangari, urishqoq hamda nihoyatda
o‘z urug’lariga sadoqatli edi. Muhammad ana shu sadoqatni o‘ziga va yangi din
tarafiga burishga muvaffaq bo‘ldi va oqibatda islom butun yer yuziga tarqaldi.
Yevropaliklar ko‘pincha Islom dini jangovar, o‘zgacha e'tiqodlarni barbod qiluvchi
din deb hisoblashadi. Ammo asrlar davomida musulmonlar bilan yelkama-yelka,
qo‘shni bo‘lib yahudiylar, nasroniylar va buddaviylar ham tinch-totuv yashab
kelishgan. Islom o‘zigacha bo‘lgan ta'limotlarning barcha yaxshi jihatlarini o‘ziga
singdirgan, shu boisdan ham uning zamirida yangi va o‘ziga xos ta'limot paydo
bo‘ldi. Muhammad shak-shubhasiz insoniyat tarixidagi eng ulug‘ va mukarram
zotlardan biri edi.
KAA'BA NIMA DEGANI?
Dunyodagi dinlarning eng asosiylaridan biri islomning bosh ibodatxonasi
Kaa'ba deb ataladi. U deyarli ikki ming yildan buyon dunyodagi barcha
musulmonlarning bosh sajdagohi bo‘lmish Arabistonning Makka shahrida
joylashgan.
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Kaa'ba so‘zining arab tilidagi lug‘aviy ma'nosi «kub» so‘zi bo‘lib, balandligi 15
metrcha atrofida bo‘lgan mazkur tosh imoratning o‘zi ham kub shaklini eslatadi.
Ibodatxonaning sharqiy burchagida «hajaral asvad», ya'ni «Qora tosh» qo‘yilgan
bo‘lib, u sajda va tavoflar uchun asosiy buyum hisoblanadi, aytishlaricha uni Yerga
Allohning shaxsan o‘zi yuborgan emish.
Aslida esa bu — qizg‘ish-qo‘ng‘ir rangdagi uch bo‘lak meteoritdan iborat.
Tadqiqotchilarning aniqlashlaricha, u Yerga ikki ming yildan avvalroq tushgan
bo‘lib, o‘sha paytlardayoq siginish manbaiga aylangan.
Kaa'ba ibodatxonasi hamisha yaltiroq zarhal berib tikilgan kaa'bapo‘shlar
bilan yopilgan bo‘lib, bu yopinchiqlarga zardo‘zi usulida Qur'on oyatlari bitilgan.
Shunisi e'tiborga molikki, mazkur ibodatxonaga olib kiruvchi yakkayu yagona
eshik yerdan ikki metr balandlikda joylashgandir. Shuning uchun biror bir
musulmon Kaa'baning ichkarisiga kira olmaydi.
Ushbu ibodatxona Makkaning atrofi keng hovli bilan o‘ralgan asosiy
masjidining qoq o‘rtasida joylashgan. Ibodatxonaning tevaragida maxsus tosh
yotqizilgan yo‘lakcha bo‘lib ziyoratchilar undan yurib sajdagohni maxsus rasmu-
rusumlar bilan ziyorat qiladilar. Ibodatxona eshigi yonida musulmonlar uchun
nihoyatda muqaddas bo’lgan, musulmon afsonalariga ko‘ra payg’ambar Ibrohim
alayhissalomning oyoqlarining izi tushgan tosh joylashgan. Ushbu toshning yonida
esa kishilarni poklash, tozalash xususiyatiga ega bo‘lgan Zamzam bulog’i bor.
Arxeologlarning aniqlashicha, Kaa'ba va undagi buyumlar juda qadimiy
sajdagohlarning qoldiqlari bo‘lib, ular islom paydo bo‘lishidan ancha ilgari ham
topinish ob'yektlari bo‘lgan. Kaa'baning markazida bir paytlar Makka shahrining
ilohiy ma'budi bo‘lgan Xubalning tosh siymosi o‘rnatilgan bo‘lib, uning tevaragida
Arabistonning turli qabilalari tomonidan e'tiqod qo‘yilgan 360 ta tosh sanamlar
bo‘lgan.
HAJ NIMA DEGANI?
Har bir musulmon umrida bir marotaba bajarishi farz bo‘lgan ziyorat Haj
deb ataladi. Ushbu marosim Umra (ya'ni kichik ziyorat) va Kiron (katta
ziyorat)dan iboratdir.
Umrada muqaddas Zamzam bulog’i bo‘yida poklanish va barcha
musulmonlarning asosiy ibodatxonasi bo‘lgan Kaa'ba atrofida aylanish rasmu-
rusumlari amalga oshiriladi. Umra ziyorati maxsus tilovatlar bilan yakunlanadi.
Umra farzlari ado etilgach, ziyoratchilar musulmonlar uchun nihoyatda muqaddas
bo‘lgan Arofat vodiysiga yo‘l olishlari mumkin.
U yerda Hajning asosiy rasmu-rusumlari amalga oshiriladi, ya'ni
ziyoratchilar Arofat tog’i atrofida turishib alohida toat-ibodatlar qiladilar. Bu
ibodat kun bo‘yi, quyosh chiqishidan to botgunicha davom etadi. Shundan so‘ng
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
ibodatchilar nurafshon chiroqlar bilan yoritilgan masjidlarga o‘tadilar, u yerda ham
kechki, tungi, ertalabki ibodatlar to tong sahargacha davom etadi. Bu rasmlar
tugatilgach ziyoratchilar Mina vodiysi tarafga yo‘l oladilar va u yerda iblis timsoli
bo‘lgan 3 ta ustundan biriga yettitadan tosh otadilar.
Shundan so‘ng maxsus qurbonlikka atalgan jonivorlarni qurbon qilish,
socholdirish yoki sochning bir tutamini kesish marosimiga o‘tiladi, shundan keyin
ziyoratchilar yana Makkaga qaytadilar. Haj safarini ado etgan musulmon yashil
salla o‘rash huquqiga va Hoji degan sharafli unvonga sazovor bo‘ladi.
Turli vaqtlarda bajariladigan Haj arkonlarini ado etish udumlari eramizning
VII asri boshlarida paydo bo‘lgan. Albatta, hozirgi ziyoratchilar amalga
oshiriladigan qadimiy majusiylik rasm-rusumlarining hammasining ham ma'nosini
to‘la anglayvermaydilar. Ammo shunday bo‘lsada, ular uzoq o‘tmishdan bizning
kunlargacha yetib kelgan rasm-rusumlarni hayratlanarli darajada izchillik bilan ado
etadilar.
O‘RTA ASR ARAB ALLOMALARI NIMALAR
BILAN SHUG‘ULLANISHGAN?
Islom dunyoga kelmasidan ming yillar ilgari yunonlarga tobe mamlakatlar
kabi Yunoniston ham ilmu-ma'rifatning o‘ziga xos markazi bo‘lgan. Rim
imperiyasi davrida ham o‘zining Madaniy markazlik mavqyeini saqlab qoldi.
Aristotel (Arastu), Ptolemey (Potlimus), Arximed kabi faylasuf va matematiklar
Koinotning tuzilishini sharhlab berdilar. Gippokrat (Buqrot) va Galen (Jolinus)
kabi allomalar tabobat sohasida kitoblar yozdilar.
Ularning ilmiy ishlarini, yunonlar, rimliklar va vizantiyaliklar avaylab
asrashgan, qayta ko‘chirishgan. Ammo ularning ko‘pchiligi o‘z vatanlarida dahriy
deb e'lon etilganligi bois Fors mamlakatiga qochib ketdilar. Forslar yurtida, ya'ni
Sharqda yunon donishmandligi hind va xitoy falsafasi bilan birlashib, yanada
yuqoriroq pog‘onalarga ko‘tarildi.
Biz har kuni muomalada bo‘ladigan son va raqamlar, bizning nazdimizda
eng ishonchli va jo‘n narsalardek tuyuladi. Biroq Rim imperiyasining rim
raqamlari va hisoblash tizimi butunlay boshqacha va o‘ta noqulay edi. Masalan
S1X va 1LU ni bir-biriga qo‘shib SXSHni chiqarguncha 109 ga 54 ni qo‘shib 163
ga ega bo‘lish ming karra osonroqda! Mana shu bizlar hozirgacha foydalanadigan
ajoyib sanoq tizimi aynan musulmon olimlari tomonidan takomillashtirilgandir.
Aniqrog’i, bunday raqamlar Hindistonda o‘ylab topilgandi, firoq ular
Yevropaga aynan arab ilmu fani tufayli keyg yoyildi. Bir paytlar ularni IX asrda
yashab o‘tgan o‘zbyok matematigi Al-Xorazmiy sharafiga «algorizmlar» deb ham
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
atashgan. Bunday qulay sanoq tizimi arab olimlariga juda murakkab matematik
hisob-kitoblarni ham amalga oshirish imkoniyatini berardi.
Musulmon allomalari astronomiya sohasida ham ulkan kashfiyotlarni
amalga oshirdilar, ayniqsa ular tomonidan astrolyabiya asbobining kashf etilishi,
dengizchilar uchun benihoya ulkan muvaffaqiyatlar keltirdi.
O‘rta asr arab olimlari orasida nihoyatda zabardast donishmandlar,
mutafakkirlar ham juda ko‘p bo‘lgan. Ibn Sino (Yevropada uni Avisenna deb
atashadi) 980- yili Buxoro yaqinida dunyoga kelgan. U tabobat, matematika,
astronomiya, iqlimshunoslik va falsafa ilmlari bilan shug‘ullangan. Ibn Sino bitgan
kitoblar orqali yevropaliklar musulmon olami tabobatidan, aniq fanlar ilmidan
voqif bo‘ldilar. Uning tabobat borasida yozgan «Al-Qonun» yoki «Tabobat ilmi
qonunlari» kitobi o‘rta asrlarda eng keng tarqalgan qo‘llanmalardan biri edi.
Mazkur asarida Ibn Sino juda ko‘p og‘ir xastaliklarning belgilarini tavsiflaydi,
shuningdek arab olimlari tomonidan qo‘llaniladigan 760 dan ortiqroq turli dori-
darmonlarning ro‘yxatini keltiradi.
Ar-Roziy (Yevropada uni Razes deb atashgan) 900- yillarda Bag‘doddagi
shifoxonada bemorlarni davolagan tabib bo‘lib, u o‘z davrida dunyodagi eng zur
shifokor sanalgan. U turli kasalliklarni davolashning yangi va samarali usullarini
ishlab chiqqan va mufassal tabobat qomusini yaratgan.
Al-Ma'sudiy X asrda Misrda yashagan. U tabiiy fanlar bilan shug’ullangan.
Geografiya, geologiya, biologiya sohasi bo‘yicha ilmiy asarlar bitgan. Darvindan
900-yil ilgari evolyutsiya qonunini kashf etgan. Ayni paytda u buyuk sayyoh ham
bo‘lgan, uzining 30 jildlik qomuslar majmuasida o‘zi bo‘lgan barcha
mamlakatlarni batafsil ta'rif va tavsiflangan.
SALJUQIY TURKLAR KIMLAR EDI?
Alloh tomonidan kishilarni yaxshi hayotga da'vat qilish uchun yuborilgan
Muhammad payg‘ambar 632- yilda vafot etdi. U vafot etgandan keyingi 150 yil
davomida Ispaniyadan to Xitoy chegaralarigacha bo‘lgan hududda musulmon
xalifalari hukmronlik qildilar. Ular davlatni boshqarishning yangi, Qur'oni karim
aqidalariga asoslangan shaklini yaratdilar va takomiliga yetkazdilar (zero,
musulmonlarning nuqtai nazariga ko‘ra Qur'onda Muhammad bevosita Allohning
kalomini bayon etgandir).
Islomning yangi mamlakatlarida mahalliy urf-odatlar, ko‘nikmalar, masalan
qishloq xo‘jaligini yuritish usullari, turli kasbu hunarlar, me'morchilik shakllari va
kiyinish madaniyati asosan avvalgidek, o‘zgarmasdan qoldi, albatta. Biroq ularning
xalqlari ko‘pmillatli yagona islom hamjamiyatiga birikdilar va yagona dinning
xayrli ta'siri ostida o‘zaro yaqin munosabatga kirishdilar, zero islom aqidalari,
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
hamda yagona arab tilining ham bunda beqiyos xizmati bor edi. (Zero, barcha
diniy marosimlar, toat-ibodatlar, hatto rasmiy davlat hujjatlari ham arab tilida
yuritilar edi).
Shuningdek kishilar orasida do‘stona va hamkorlik aloqalarining vujudga
kelishida, musulmonlar bajarishi lozim bo‘lgan sharafli amal — Makkaga (ziyorat)
haj qilishning ham juda katta ahamiyati bor edi. Biroq XII asrning boshlariga kelib
to O‘rta yer dengizining sohillarigacha bo‘lgan g‘arbiy musulmonlarning yerlari
tobora ko‘proq bosqinchilik talonlariga uchray boshladi. Musulmon lashkarlari va
Vizantiya qo‘shinlari o‘rtasida ham to‘qnashuvlar bo‘lib va mojarolari ro‘y
bermasin, bari bir «musulmon olamining yuragi» bo‘lgan mamlakatlar —
Arabiston, Yaqin Sharq, Fors davlati, Mesopotamiya hamda Shimoliy Hindiston va
O‘rta Osiyoda ularning hukmdorligi qat'iy va barqarorligicha qolaverdi.
X—XI asrlarda saljuqiy turklarning maydonga chiqishi tufayli
musulmonlarning hukmronligi yanada mustahkamlandi. Bir guruh O‘rta Osiyo
ko‘chmanchi xalqlaridan bo‘lgan Saljuqiylar musulmonlar zaminiga borib
o‘rnashib qoldilar, ko‘plab mamlakatlarni o‘zlariga bo‘ysin-dirdilar va tez orada
musulmon dinini qabul qildilar. Ular o‘zlarining yangi dinlarini himoya qilishga
shay qudratli, yaxshi tayyorgarlikka ega harbiy kuchga aylandilar.
MO‘G‘ULLAR QAYERDA YASHAGANLAR?
Juda uzoq muddat, ya'ni naqd XIII asr mobaynida xalqlar mo‘gullardan
qo‘rqib yashaganlar.
Mo‘g’ullar O‘rta Osiyoning suronli va hadsiz cho‘lu biyobonlarida istiqomat
qiluvchi ko‘chmanchi xalq bo‘lgan. Ular o‘zlarining sonsiz sanoqsiz podalari va
qo‘y otarlari uchun yem-xashak qidirib Mo‘g’ulistondan to Dunay bo‘ylarigacha
bo‘lgan hududda ko‘chmanchilik qilib kun kechirganlar. O‘tgan asrlar davomida
ular nisbatan o‘troq turmush tarziga ega juda ko‘p xalqlar bilan urush qilganlar.
Ammo ular ko‘proq o‘zaro urushganlar. Sababi turli tuman mo‘gul urug’lari,
qabilalari o‘zining boshqalardan ustun ekanligini isbotlashga jonjahdi bilan
intilgan.
Mo‘gullar jangda hech qachon asir olmaganlar, ular o‘zlariga qarshi har
qanday dushmanni g’orat aylab, kunpayakun etganlar. Bu esa o‘sha davr
solnomachilarini dahshatga solgan. Shu bois tarixchilar ularni o‘z asarlarida
insoniylik xislatlaridan mahrum, qirginlardan, vayronagarchilikdan zavqu shavqqa
to‘luvchi qonxo‘r mahluqlar sifatida tasvirlashgan.
CHINGIZXON KIM BO‘LGAN?
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Qadim-qadim zamonlardan buyon Osiyodagi Oltoy va Xingan tog’
tizmalarining yon bag’irlarida mo‘gullar yoki tatarlar nomi bilan ma'lumu mashhur
bo‘lgan ko‘plab ko‘chmanchi xalqlar yashab kelishgan. XIII asrning boshlarida
ular Temuchin tomonidan tuzilgan kuchli mo‘gul imperiyasiga birikdilar. Sahroyi
asilzodalarning 1206- yilda o‘tkazilgan qurultoyi (s'yezdi) Temuchinni barcha
mo‘g‘ultatar qabilalarining buyuk xoni deb e'lon qildi hamda uni Chingizxon
unvoni bilan taqdirladi (Tengiz — turkiy tilda dengiz, ummon degan ma'noni
anglatadi).
Buning hech bir ajablanarli joyi yo‘q edi, zero 1204- yildayoq Temuchin
hokimiyat uchun bo‘lgan kurashlarda o‘zining barcha raqiblarini kunpayakun qilib
juda katta hududni o‘ziga bo‘ysindirib olgan edi.
Tabiatan kuchli, irodali, o‘ta ayyor bo‘lgan Chingizxon ajoyib sarkarda ham
bo‘lib chiqdi. U 1213- yilda Shimoliy Xitoyni zabt etdi, shundan so‘ng G‘arbga
tomon yurish qilib, bosgan yo‘lida vayronagarchiliklar va dahshatlar urug‘ini
sochib to Kaspiy dengizi va Armanistongacha yetib bordi. Tez orada mog‘ul-
tatarlarning ilg‘or qo‘shinlari Qora dengiz bo‘yydagi cho‘llarga yetib keldilar va u
yerdagi qipchoqlar bilan to‘qnashdi. Shundan so‘ng bu hudud aholisi Janubiy Rus
knyazlaridan yordam suradilar. 1223- yilda Kalka daryosi bo‘yida katta jang bo‘lib
o‘tdi. Mahalliy qipchoqlar va rus knyazlari mardonavor jang qildilar, biroq ularda
hamjihatlik yo‘q edi, shu boisdan oxir oqibatda ular mag‘lubiyatga yuz tutdilar.
Tatarlar asirlarni shafqatsizlarcha qirib tashladilar, qochishga tutingan lashkarlarni
esa to Dnepr bo‘yigacha quvib bordilar, shundan so‘ng ular ortga qaytib Qrimga
bosib kirdilar. Qo‘l ostidagi ulkan davlatni muvaffaqiyatli idora qilish uchun
Chingizxon mo‘g‘ul-tatar qabilalarini tumanlar — deb nom olgan harbiy-ma'muriy
birikmalarga ajratdi. Buyuk xonning talabiga muvofiq har bir tuman unga 1000
nafar otliq jangchi tayyorlab berishi lozim edi. Bundan tashqari aholining har
qanday noroziligi, tarkibida 10 ming askar bo‘lgan Chingizxonning shaxsan o‘ziga
qarashli qo‘shin tomonidan bostirilar edi.
1226- yilda buyuk xon tangutlar davlati Siyaga (ushbu davlat hozirgi Xitoy
hududida joylashgan edi) yurish boshladi. Tangutlar davlatining zabt etilishi
Chingizxonning eng so‘nggi zafari bo‘ldi. U 1227- yilning 25- avgustida vafot etdi.
SOHIBQIRON AMIR TEMUR KIM BO‘LGAN?
Bu ulug‘ zotning asli ismi Temur bo‘lib, uni yevropaliklar Tamerlan tarzida
talaffuz qilishgan. (Bu uning oyog‘i oqsoqligiga ishora).
Amir Temur O‘rta Osiyoning eng buyuk davlat arbobi va sarkardasi bo‘lgan.
U 1336- yilda tug‘ilgan bo‘lib, nasabi turklashgan mo‘g‘ul urug‘laridan biri
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
barloslarga mansub edi. Chingizxon lashkarlari tomonidan batamom vayron etilgan
Samarqand shahrining qayta gullab-yashnashi aynan Amir Temur nomi bilan
bog‘liqdir.
O‘z jangovar faoliyatini mahalliy ahamiyatga molik urushlaridan boshlagan
Amir Temur 1370- yilda Zarafshon va Qashqadaryo vohasidagi viloyatlarning to‘la
huquqli amiri (hukmdori) bo‘ldi. Tez orada u o‘z hukmi ostiga Amudaryo va
Sirdaryo oralig‘idagi Farg‘ona va Shosh (Chirchiq daryosi bo‘yidagi vodiyni)ni
ham kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Eng qadimiy davlatlardan biri bo‘lmish Xorazm
ham Temur davlatining tarkibiga kirdi. Amir Temur mo‘g‘ul tatarlarining Oltin
O‘rdasiga, Eronga, Kichik Osiyoga va Hindistonga yurishlar qildi.
Asta-sekinlik bilan Temurning buyuk va qudratli imperiyasi barpo etildi. XV
asr boshlarida uning hududi G’arbda Armanistondan to Sharqda Hindistongacha,
shimolda Kavkaz va Orol dengizidan janubda Fors qo‘ltig‘igacha yastanib yotardi.
Bu ulkan saltanatning poytaxti Samarqand edi.
Oltin O‘rdani tor-mor etish orqali Amir Temur, Yevropaga olib boradigan
asosiy karvon yo‘li, Buyuk Ipak yo‘lining Oltin O‘rda hududidan emas, balki
Samarqand orqali o‘tishiga erishdi. Bu esa o‘z navbatida ham mamlakatning ham
davlat poytaxtining rivojlanishiga, gullab-yashnashiga katta yordam berdi.
Amir Temurning sa'y-harakatlari tufayli Samarqand beqiyos me'morchilik
obidalariga ega bo‘ldi, ushbu shaharda dunyoga mashhur allomalar va shoirlar
yashab ijod etdilar.
Sohibqiron Amir Temurning shon-shuhrati uning saltanati hududidan ancha
olislarga ham keng tarqalib ketdi. Hatto Ispaniya qiroli Temurning saroyiga o‘z
elchilarini yubordi.
Amir Temur keksaygan chog’larida ham yangi-yangi zafarlarni qo‘lga
kiritdi. 1402- yili Anqara atrofida bo‘lgan janglarda u Turk sultoni Boyazid I
(Boyazid Yildirim)ning qo‘shinlarini tor-mor qilib, o‘zini asir oldi. Bu voqyea
tufayli Turklarning Konstantinopolni zabt etishlari naqd 50- yilga, yarim asrga
kechiktirildi.
Sohibqiron Amir Temur 1405- yilning 18- fevralida Xitoyga uyushtirilgan
navbatdagi yurishlari chog’ida vafot etdi.
U o‘zi hayotligi chog‘idayoq saltanatini o‘g‘illari va nabiralariga taqsimlab
bergan edi. Temuriylar sulolasiga mansub zotlardan biri Mirzo Ulug‘bek bo‘lib, u
Samarqand amiri edi, biroq u amir sifatida emas, balki o‘rta asrlarning eng buyuk
astronomi sifatida ko‘proq shuhrat topdi.
USMONIYLAR IMPERIYASI QACHON
TASHKIL TOPGAN?
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Yevropada Uyg’onish davri (Renessans) gullab yashnayotgan bir davrda
Islom dunyosi ham jonlanib qayta tiklana boshladi. Islom xalifaligiga kiruvchi
Misr, Suriya, Ispaniya va Shimoliy Afrika davlatlari mo‘g‘ullar bosqinidan xoli
bo‘lib, islom madaniyatining markazi bo‘lib qolgan edi. Musulmonlarning
muqaddas shaharlari Makka va Madina ham bu suronli davrdan omon
chiqqanligini biz yaxshi bilamiz.
Bu barcha musulmon o‘lkalaridagi allomalar, tadqiqotchi va faylasuflar
yangi-yangi kashfiyotlar yaratish borasida musulmon dunyosiga xos bo‘lgan
an'analarni davom ettirardilar. Shaharlarda esa musulmon hunarmandlari, kosiblari
metalldan, loy va shishalardan biri-biridan ajoyib va betakror buyumlarni
yaratardilar.
Biroq musulmon olamining turli qismlaridagi har xil sultonlarning o‘zaro
jangu-jadallari sababli juda puturdan ketib qolgan buyuk islom xalifaligining
siyosiy qudrati mo‘g‘ul istilolari boisidan abadiy boy berilgan edi. Shunday
bo‘lsada XIV asrning o‘rtalariga kelib yana bir kuchli islom davlati — Usmoniylar
imperiyasi qad rostlay boshladi.
Mo‘g‘ullar ketgach, sobiq saltanat ko’plab mayda-mayda musulmon
davlatlariga parchalanib ketdi. Ana shunday davlatlardan birini turk
rahnamolaridan biri bo‘lmish Usmon idora qilardi (1281—1324). Usmon o‘z umri
mobaynida musulmon askarlarini bir necha bor o‘ziga qo‘shni mamlakatlarning
yerlarini bosib olish uchun uyushtirgan yurishlariga boshlab borgan.
Usmon vafot etgach, uning fotihlik, bosqinchilik ishlarini uning
merosxo‘rlari bo‘lgan boshqa sultonlar davom ettirdilar. 1326- yilda Usmoniylar
otryadi Vizantiyaning Qora dengiz bo‘yidagi muhim ahamiyatga molik shahri
Brusa (Bursa)ni bosib oldilar. 1400- yilga kelib endi juda katta hudud
Usmoniylarga tobe edi. Ular 1453- yilda Vizantiyaning poytaxti Konstantinopolni
ham ishg‘ol bilan qo‘lga kiritdilar. Bu esa Vizantiyaning qulashiga olib keldi va
butun Yevropani dahshatga soldi: binobarin, usmoniylar navbatdagi hujumni qaysi
davlatga uyushtiradi degan savol barcha Yevropa xalqlarini tashvishga solardi.
Usmoniylarning bosqinchilik urushlari XV va XVI asrlarda ham davom etdi.
Usmoniylar eng mashhur sultonlardan biri — Sulaymon rahnamoligida Sharqqa
qarab yurish boshladilar va islom olamining qadimiy poytaxtini Bag’dodni qo‘lga
kiritdilar. G‘arbda ham, bugungi kunda Bolgariya, Yunoniston, Albaniya, sobiq
Yugoslaviya va Vengriya davlatlari joylashgan hududlar usmoniylarga qaram
bo‘lib qoldi. 1520- yilga kelib Usmoniylar bir paytlar eng qudratli musulmon
davlatlari bo‘lgan Misr va Suriyani ham zabt qildilar. Shuningdek Usmoniylar
imperiyasi tarkibiga Makka, Madina va Arabistonning eng boy bandargoh shahri
Aden ham kiritildi.
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
«RUS» DEGAN NOM QAYERDLN KELIB CHIQQAN?
IX asrning o‘rtalariga qadar hozirgi Novgoroddan to Kiyevgacha bo‘lgan
hududda, Dnepr daryosining o‘ng va chap sohili bo‘ylab keyinchalik tarixda
sharqiy slavyanlar deb nom olgan ko‘plab qabilalar alohida-alohida umr
kechirishardi. Turli solnomalardagi ma'lumotlarda qayd etilishicha ular bu yerlarga
Dunay va Karpat tomonlardan kelgan bo‘lib, Dnepr bo‘yida joylashishgach
polyaklar deb nom olganlar, o‘rmonlarda yashaydigan qabilalarni esa drevlyanlar
va hokazo deb atashgan. Keyinchalik bu qabilalarning ko‘pchiligi Sharq tomonga
yanada ichkarilab ketishgan va o‘zlariga maqbul bo‘lgan joylarga o‘rnashib
olishgan. Ilk solnomalarda hikoya qilinishicha, ular orasida Radim va Vyatko
degan ikki aka-uka bo‘lgan. Ularning har ikkisi ham o‘z qabilasi bilan — Radim
Soja daryosi bo‘yida, Vyatko esa Oka daryosi bo‘yida o‘troqlashib qolgan.
Radimichlar va Vyatichlar degan nasabli kishilar aynan o‘sha oga inilardan
tarqalgandir. Bundan tashqari sharqiy slavyanlar orasida krivichlar, polochanlar,
dregovichlar, severenlar, volinlilar, novgorodlik slavyanlar ham bo‘lgan.
Sharqiy slavyanlar nutqidagi «rus» so‘zi bu yerlarga rus qabilasiga mansub
Skandinaviyali varyaglarning ko‘chib kelganidan keyin paydo bo‘ldi. Rivoyatlarga
ko‘ra birinchi knyazlar: Ryurik, Truvor va Sineuslar aynan ana shu qabiladan
chiqqanlar va ular Rus davlatiga asos solganlar. Dastlabki paytlarda «rus» so‘zi
bilan rus jamiyatining oliy tabaqasi vakillari, knyazlarning xos askarlari, ya'ni
o‘sha varyaglar, shuningdek o‘sha paytlarda sharqiy slavyanlarning barcha shahar
va qishloqlariga tarqalib ketgan varyag savdogarlari atalgan. Keyinchalik esa
«Rus» yoki Rus yeri degan so‘zning ma'nosi, slavyanlar bilan varyaglar aralash
yashaydigan zaminni anglatuvchi rasmiy jugrofiy atama qiyefasini oldi. Jugrofiy
atama sifatida bu nom birinchi marotaba 945- yilda knyaz Igor tomonidan
imzolangan shartnomada paydo bo‘lgan.
Nihoyat XI—XII asrlarga kelib, «rus» qabilasi bu zaminda yashagan
slavyanlar bilan batamom qo‘shilishib, chatishib ketgach, Rus va Rus yerlari
atamasi, o‘zining jugrofiy ma'nosini yo‘qotmagani holda yangi siyosiy ma'no bilan
ham boyidi — chunki endilikda rus knyazlari hukmi ostidagi slavyanlar va ruslar
yashaydigan barcha yerlar ana shu yagona nom bilan atala boshlandi.
MA'JUSIYLIK NIMA DEGANI?
Qadimgi odamlar uchun ularni qurshab turgan olam boshdan oxirigacha
siru-sinoatlardan iborat bo‘lgan. Ular, masalan, nima uchun momaqaldiroq
gumbirlaydi, nima uchun shamol esadi? Nega ayrim yillarda yer yaxshi hosil
beradi-yu, ba'zi yillarda qurgoqchilik bo‘lib hamma ekinlar qovjiraydi, natijada
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
odamlar nonsiz qoladi? Nima uchun odamlar kasal bo‘ladilar va o‘ladilar, nega
podalarga qirg’in keladi? degan ko‘plab savollarga javob izlaganlar.
Biroq qadimgi odamlar tabiatda sodir bo‘ladigan barcha voqyea
hodisalarning birortasiga ham ma'nili javob topa olmaganlar, natijada dunyodagi
hamma narsaga allaqanday g‘ayrioddiy ilohiy kuchlar boshqaruvchilik qiladi. Ular
— Xudolar degan aqidaga ishonganlar. Shuni unutmaslik kerakki, qadimgi
odamlar nazdida Xudo bitta bo‘lmagan, ular bir nechta bo‘lib, har birining o‘z
vazifasi va mavqyei bo‘lgan. Xuddi mana shu kabi tushunchalarga ma'jusiylik deb
ataladi.
Qadimgi slavyanlar ham ma'jusiylar diniga e'tiqod qilganlar, ularning ham xudolari
ko‘p bo‘lib» har biriga har xilda munosabatda bo‘lganlar. Ayrim xudolarni
sahovatli, bag‘ri keng deb hurmat qilishsa, ayrimlaridan, juda qo‘rqishgan,
ularning ko‘nglini ovlash uchun qurbonliklar keltirishgan.
Ayniqsa eng ko‘p qurbonliklar ma'jusiylik xudolarining eng kattasi Perun
sharafiga atalgan. Qadimgi odamlarning nazdida Perun xudosi osmonda, bulutlar
ortida istiqomat qilib o‘ta badjahl va qahrli bo‘lgan. Agar u odamlardan zigircha
xafa bo‘lsa, shu zahotiyoq osmonni qora bulut qoplab momaqaldiroqlar gumbirlab,
chaqmoqlar chaqqan.
Odamlar hatto yog‘ochdan Perun xudosining va boshqa xudolarning
haykallarini o‘z tasavvurlaridagidek qilib yasab, ularni uylarining eng ulug‘
joylariga qo‘yishgan, ularga qurbonliklar keltirishib, so‘yilgan jonivor, hatto odam
qonini ham o‘sha haykallarga surishgan.
Eng suyukli xudolari esa Quyosh xudosi hisoblanib, kishilar uni — Dajbog
deb e'zozlashgan. Ular ushbu xudoni o‘z qo‘shiqlarida madh etishgan, uning
sharafiga turli bayramlar uyushtirishgan. Axir Dajbog insonlarga issiqlik va mo‘l
hosil ato etganda.
Veles nomli xudo esa «chorva xudosi» hisoblanib, u chorva podalarini o‘z
himoyasida saqlagan, cho‘pon va podachilarning rahnamosi bo‘lgan. Agar
chorvadorlar turmushida biror noxush hodisa yuz bersa, ular darhol Velesga
murojaat qilishib undan madad so‘rashgan.
Svorog nomli xudo esa slavyanlar uchun ilohiy olov ma'budi sanalgan.
Hatto, aynan Svorog tomonidan yer yuziga temirchilarning sandoni, bosqoni-yu
bolg‘asi keltirilgan, aynan u kishilarga temirdan turli qurollar yasashni o‘rgatgan
degan rivoyatlar ham bor.
Asosiy yetakchi xudolardan tashqari, yana turli hayotiy ikir-chikirlardan,
tashvishlardan xalos qiluvchi boshqa xudolar ham bo‘lgan. Ulardan tashqari,
qadimgi odamlar yana alohida ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘ladigan ruhlar
ham mavjud bulgan. Bunday ruhlarning ayrimlarini, aytaylik uy ajinalarini, o‘rmon
alvastilarini, suv parilarini va himoyachi ruhlarni ular har tomonlama e'zozlashsa,
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
ayrimlarini yomon ko‘rishgan va ulardan qo‘rqishgan. Ularning nomini ham juda
vahimali qilib qo‘yishganki, tilga olishning o‘zi yuraklarga g’ulg‘ula solgan:
masalan, vurdalaklar (ajinalar), upirlar va hokazo.
Rus kishilari nasroniylikni qabul qilgan paytlardan boshlab ular yagona
Xudoga ishona boshlaganlar, biroq turli ruhlarga siginish hollari to hanuz uchrab
turadi. Shak-shubha yo‘qki, kitobxonlarimiz orasida ham nasroniy diniga mansub
qari kampirlar og‘zidan har bir uyning o‘z ajinasi borligi, har oqshom o‘rmon va
ko‘llarning bo‘ylarida suv parilari bazm qilishlari haqidagi rivoyatlarni eshitgan
kishilar ham topiladi.
PRAVOSLAV DININI RUSLAR QANDAY QABUL QILISHGAN?
Rossiyaning ko‘pchilik aholisi yagona dinga e'tiqod qiladi, ya'ni pravoslav
nasroniy diniga, mazkur dinni ular Qadimgi Rus davrida qabul qilishgan. Rus
yerlarining cho‘qintirilishi, ya'ni nasroniylikni qabul qilishlari 988- yilda yuz
bergan va ushbu voqyeani Kiyev knyazi Vladimir nomi bilan bog‘laydilar. Aynan
knyaz Vladimir o‘sha davrda Qadimgi Rusda yashovchi kishilarning qaysi dinga
e'tiqod qilishlarini belgilab bergan.
Nasroniylik dini Rus zaminiga o‘sha davrda o‘ta kuchli va salohiyatli davlat
bo‘lgan Vizantiya orqali keldi. Qadimgi Rus turli davrlarda Vizantiya bilan savdo-
sotiq aloqalarini amalga oshirgan, u bilan urushlar qilgan va o‘sha davrlarda barcha
mamlakatlar aro bo‘ladigan munosabatlarda bo‘lgan. Munosabatlarning
yaxshilanishiga pravoslav dinining — ya'ni Vizantiyaning asosiy diniy e'tiqodining
qabul qilinishi ham ta'sir etishi mumkin edi. Buning ustiga Vizantiyaga mol olib
borib sotuvchi ko‘plab rus savdogarlari, turli yurishlar tufayli Konstantinopolda
bo‘lgan rus jangchilari u yerda cho‘qintirilib, vataniga pravoslav nasroniylari
bo‘lib qaytishgan. Yagona din kishilarni birlashtirishga xizmat qilganligi bois
Vizantiya uchun ham aynan uning dini boshqa mamlakatlarga keng tarqalishi
muhim edi.
Qadimgi solnomalarda rivoyat qilishlaricha, knyaz Vladimir huzuriga
musulmonlar ham, yahudiylar ham, katoliklar ham o‘z dinlarining afzalliklarini
aytib, o‘z dinlariga kirishga da'vat qilib kelganlar. Biroq Vladimir ularning har
birining fikrini qunt bilan tinglab barini ortiga qaytarib jo‘natgan ekan. Masalan, u
yahudiylarga shunday savol bergan ekan: «Xo‘sh, sizning ona tuprog‘ingiz
qayerda o‘zi?». — «Quddusda!» — javob berishibdi yahudiy ruhoniylari, ammo
knyaz ularga unchalik ishonqiramagan ekan, ruhoniylar o‘z fikrlariga qo‘shimcha
kiritibdilar: — «Xudo bizning ota-bobolarimizdan xafa bo‘lib, hammamizni dunyo
bo‘ylab begona yurtlarga tarqatib yuborgan». Shunda knyaz Vladimir ularga
shunday javob bergan ekan: «Hali Xudoning qarg‘ishiga uchragan sizdek bandai
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
gumrohlar, boshqalarga ham aql o‘rgatib yo‘l-yo‘riq ko‘rsatmoqqa jazm
qildingizmi? Biz sizning ketingizdan ergashib vatansiz qolishni istamaymiz». U
shu kabi javoblar bilan musulmonlarni, nemis katoliklarini ham qaytarib yuborgan
ekan.
Biroq bir kuni knyaz Vladimir huzuriga yunonlar yuborgan noma'lum bir
faylasuf tashrif buyuribdi va knyazga Injil haqida, Xudo qanday qilib Yerni
yaratgani to‘g‘risida gapirib beribdi, gapining nihoyasida u Qiyomat kuni
ifodalangan bir tasvirni ko‘rsatibdi, unda yaxshi odamlarning jannatga
ketayotganligi va gunohkorlarning abadiy azob-uqubatlarga mahkum qilinishi
tasvirlangan ekan. Bu hikoya va tasvirdan ta'sirlangan knyaz Vladimir og‘ir
xo‘rsinib, debdi: «Ha, yaxshilarning baxti bor, yomonlarning uyi kuysun» — «Shu
gaplaringdan so‘ng cho‘qinsang» — debdi unga faylasuf, sen ham jannatga
tushuvchilarning ilk saflarida bo‘lasan!»
Vladimir shundan so‘ng faylasufni izzat-ikrom va sovg‘a-salomlar bilan
kuzatib qo‘yib, o‘zi esa boyarlarni shahar qariyalarini to‘plab, ularga
yahudiylarning, musulmonlarning va katoliklar ruhoniylarining takliflarini aytibdi
va ularga kengash solib so‘rabdi. Xo‘sh, Rus xalqi qaysi dinni qabul qilsa ma'qul
bo‘ladi, deb hisoblaysizlar. «O, oliy hukmdor,— deyishibdi boyarlar, modomiki
har bir ruhoniy o‘z dinini madh etib maqtagan ekan, Sen ularning har biriga eng
aqlli va fozil kishilaringni jo‘nat, ko‘raylikchi, ularning qaysi biri o‘z xudosiga
kuchliroq sadoqat bilan sajda qilar ekan? Shuni bilsakkina ular orasida eng afzal
dinni bilib olamiz». Shundan so‘ng buyuk knyaz 10 nafar eng dono va zukko
kishilarni turli mamlakatlarga yo‘llabdi. Ular bir necha yillar o‘tib qaytib kelishib
knyazga aytishibdiki: «Har qanday odam ham shirin narsani tatib ko‘rgach,
achchiq narsaga uning xohishi bo‘lmaydi, bizlar ham yunonlarning dini bilan
tanishganimizdan so‘ng boshqa dinlarni o‘rganishimizga hojat qol-madi». Bu
voqyealarni solnomalar ana shunday rivoyat qiladi, yana ularda aytilishicha
dastavval Xerson shahrida knyaz Vladimir va uning yaqin boyarlari cho‘qinganlar,
keyinchalik 988- yilning yozida esa uning butun xalqi Dnepr daryosida
cho‘qintirilgan.
Keyinchalik Rus pravoslav cherkovi Vizantiyadan ajralib mustaqil bo‘ldi.
XIV—XV asrlarda ruhoniylar Moskva knyazlariga Rus yerlarini birlashtirish
borasida faol yordam berdilar. Markazlashgan Rus davlati tashkil topgandan so‘ng
Moskva cherkov markaziga ham aylandi.
1589- yilda Rus pravoslav cherkovining rahnamolariga Moskva va butun
Rus Patriarxi unvoni berildi. Patriarxlar davlat ishlariga aralashish uchun juda katta
ta'sir kuchiga ega edilar. Shu boisdan 1700- yilda Patriarxlik bekor qilindi. 1918-
yilda davlatning cherkovdan ajratilishi tufayli yana Patriarxlik qayta tiklandi.
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
KIRILL VA MEFODIY KIM BO‘LGAN?
Xristianlar uchun ma'jusiylarni o‘z dinlariga jalb etish asosiy vazifa
hisoblangan. Ular qoloq varvarlar qabilalarida o‘z dinlarini targ‘ib qilishgan.
Rohiblar ma'jusiylarni o‘z dinlariga da'vat qilganlar.
Konstantinopol ko‘plab o‘z missionerlarini ana shu vazifani hal etish uchun
Osiyoga va Sharqiy Yevropaga yo‘llar edi. Ular orasida eng mashhurlari Kirill va
uning birodari Mefodiy bo‘lgan. 760—865 yillarda ular yovvoyi turmush tarziga
ko‘ra Attila xunlariga tenglashtiriladigan bolgarlarni xristian diniga o‘tkazganlar.
Bolgarlarda shu davrgacha yozuv yo‘q edi. Kirill ular uchun Alifbe tuzgan.
Mazkur alifbe — Kirillitsa deb atalib, to hanuzgacha Bolgarlar va Rossiyaliklar
undan foydalanishadi.
MOSKVA QACHON PRAVOSLAV DININING
MARKAZIGA AYLANGAN?
1453- yil Konstantinopol turklar tomonidan istilo qilinib Usmoniylar
imperiyasining poytaxtiga aylangach, Moskva pravoslav dinining yangi markazi
bo‘lib qoldi. Buyuk Knyaz Ivan III (1462—1505) 1472 yilda Vizantiyaning
so‘nggi imperatorining jiyani Sofya Paleologga uylangach, Rossiyaning gerbi qilib
Vizantiyaning ikki boshli burgutini tanladi. U o‘zini mo‘gultatarlardan mustaqil
davlat deb e'lon etish orqali yangi rus davlatining tamal toshini qo‘ydi. Zero
ungacha 250- yil mobaynida Rossiya mo‘gultatarlarning hukmronligida yashab
kelgan edi.
Ivan III Novgorod yerlari va boshqa knyazliklar hududi hisobiga o‘z
yerlarini kengaytirdi, o‘z poytaxti Moskvadagi Kremlni qaytadan qurdirib, biri-
biridan ajoyib soborlar, saroylar va minorali devorlarni bunyod ettirdi.
RYURIKOVICHLAR KIMLAR?
Tarixchilar ilk rus knyazlari sulolasini ryurikovichlar deb ataydilar. Ularning
familiya-lari bo‘lmagan, o‘z sulolalarining nomini esa ular sulola asoschisi
bo‘lgan, 879- yilda vafot etgan mashhur Novgorod knyazi Ryurik ismidan
olishgan. Biroq bundanda ishonchliroq dalillarga, asosan tarixiy shaxs sifatida
ushbu sulolaning asoschisi sifatida Buyuk Kiyev knyazi Igorni tilga olish mumkin.
Solnomalardagi ma'lumotlarga ko‘ra u Ryurikning o‘gli hisoblanadi.
Ryurikovichlar sulolasi Rus davlati tepasida 700- yildan ko‘proq hukmronlik
qildi. Ryurikovichlar Kiyev Rusini idora qilganlar. U XII asrga kelib parchalanib
ketgach, yuzaga kelgan katta va kichik knyazliklarga ham boshchilik qilishgan.
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Rus yerlari Moskva tevaragida qayta birlashgandan keyin ham davlat tepasida
Ryurikovichlar avlodidan bo‘lgan Moskva knyazlari turishgan. Sobiq knyazlarning
avlodlari o‘z yerlarini yo‘qotdilar, rus aslzodalarining oliy tabaqasini tashkil
etdilar, biroq ular «knyaz» degan nomni o‘zlarida saqlab qoldilar.
1547- yilda Buyuk Moskva knyazi «Butun Rus podshosi» degan unvonni
qabul qildi. Rus davlati taxtida podsho bo‘lgan Ryurikovichlarning so‘nggi avlodi
1598- yilda vafot etgan, befarzand shoh Fedor Ioannovich edi. Biroq bundan
Ryurikovichlar avlodi shu bilan tugagan ekanda, deb o‘ylamaslik lozim. Zero, shoh
Fedor vafoti bilan bu sulolaning eng yosh bo‘gini — Moskva tarmog’i barham
topdi xolos. Ryurikovichlar sulolasiga mansub boshqa mahalliy knyazlarning o‘gil
farzandlari esa bu davrga kelib endi alohida-alohida familiyalarga ham ega bo‘lgan
edilar. Masalan: Baryatinskiylar, Volkonskiylar, Gorchakovlar, Dolgorukovlar,
Obolenskiylar, Odoyevskiylar, Reppinlar, Shuyskiylar, Shcherbakovlar va
boshqalar, aynan ana shu sulolaga mansub edilar.
Rusda hukmronlik qilgan hamma Ryurikovichlarni ham yedda saqlab qolish
qiyin, chunki ular juda ko‘p bo‘lgan. Ammo ularning eng mashhurlarini bilib
qo‘yish lozim. Ryurikovichlar sulolasidan chiqqan yirik davlat arboblaridan
quyidagilarni alohida ta'kidlash mumkin. Buyuk knyazlar Vladimir Svyatoy,
Yaroslav Mudrsh, Vladimir Monomax, Yuriy Dolgorukiy, Andrey Bogolyubskiy,
Vsevolod Bolshoye Gnezdo,
Aleksandr Nevskiy, Ivan Kalita, Dmitriy Donskoy, Ivan III, Vasiliy III, shoh Ivan
Grozniy.
Rus davlatida birinchi shoh kim bo‘lgan?
Rus tilidagi «sar» shoh so‘zi lotin tilidagi «sesar» so‘zidan kelib chiqqan
(aynan ana shu so‘zning sal boshqacharoq «kesar» sifatida talaffuz etilishidan
nemis tilidagi «kayzer» so‘zi kelib chiqqan). Birinchi bo‘lib Birlashgan Rus
yerlariga hukmdorlik qilgan buyuk knyazlardan biri Buyuk varyag knyazi Ryurik
sulolasidan bo‘lgan Ivan III Vasilyevich ilk bor o‘zini
«sar» — shoh deb atay boshlagan. Aynan u birinchi bo‘lib turli hukumat
hujjatlarida o‘z ismini Ivan deb emas, balki cherkov muqaddas kitoblariga binoan
Ioann deb yozdira boshladi, masalan: «Xudoning inoyati bilan Buyuk Rus
hukmdori Ioann» kabi, va o‘ziga samoderj —
«hukmdor» degan unvonni qabul qildi (aynan ana shu so‘zdan «samoderjaviya»
degan atama kelib chiqqan) — vizantiyaliklar imperator deb ataydigan Rus
hukmdorining nomi rus tilida ana shunday jaranglardi. Bu davrga kelib"
Vizantiyani Turkiya bosib oldi, imperator xonadoni barbod bo‘ldi va Ivan III o‘zini
Vizantiya imperatorining merosxo‘ri deb hisoblay boshladi. U so‘nggi Vizantiya
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
imperatori Konstantin Poleologning jiyani Sofya Poleologga uylanadi, Sofya
barbod bo‘lgan imperator xonadonining merosxo‘ri hisoblanardi. U Buyuk knyaz
Ivan III ga turmushga chiqqach, u bilan o‘zining merosxo‘rlik huquqlarini baham
ko‘ra boshladi. Malika Sofyaning Kremlda paydo bo‘lishi bilan buyuk knyazlik
saroyining turmush tarzi, hatto Moskvaning qiyofasi ham butkul o‘zgardi.
Qaylig‘ini Moskvaga keltirgach Ivan III ga ham o‘z ajdodlari shu paytgacha
yashab kelgan shart-sharoitlar, turmush tarzi yoqmay qoldi. Sofya bilan birga
kelgan vizantiyalik ustalar va rassomlar cherkovlar qurib ularni turli tarzda bezay
boshladilar, toshlardan palatalar — saroylar bunyod etishga kirishdilar. (Kremldagi
Granovitli palata ham xuddi o‘sha davrlarda qurilgan edi). Albatta rus hukmdorlari
tosh saroylarda yashash kishi salomatligiga zarar qiladi, deb hisoblaganlar, shu
boisdan ularning o‘zlari yogoch uylarda istiqomat qilishgan. Tosh saroylarda esa
faqat dabdabali ziyofatlar, bazmu yig‘ilishlar o‘tkazganlar.
Moskva o‘zining tashqi ko‘rinishi bilan ham sobiq Saregrad-Shoh shahri,
ya'ni Vizantiya poytaxti Konstantinopolni eslatadigan bo‘lib bordi. Zero, endilikda
bu shahar ham turklarga tegishli edi. Saroydagi hayot ham endi Vizantiya
qoidalariga muvofiq o‘zgargandi, hatto Shoh va Malika saroydan qachon va qay
tarzda chiqishlari, ularni kimlar birinchi bo‘lib peshvoz chiqib kutib olishlari, bu
paytda boshqalar qayerda turishlari va hokazolar uchun ham muayyan qoidalar
ishlab chiqilgan edi. Buyuk knyaz o‘zini Shoh deb atay boshlagach, hatto uning
yurishi, qadam tashlashi ham o‘zgargandi. U endi viqor bilan, shoshilmasdan o‘ta
tantanavor qadam tashlaydigan bo‘lgandi.
Ammo o‘zni Shoh deb atash boshqayu, aslida shoh bo‘lishning o‘zi boshqa
narsadir. XV asrning o‘rtalarigacha Qadimiy Rusda Vizantiya imperatorlaridan
tashqari Oltin O‘rda xonlarini ham shoh deb atashgan. Buyuk knyazlar bir necha
asrlar mobaynida tatar xonlari qo‘l ostida bo‘lib, ularga o‘lpon to‘lashga majbur
edilar. Shu boisdan ham Buyuk knyaz xonga mutelikdan xalos bo‘lgachgina o‘zini
Shoh deb atashga loyiq sanaladi. Biroq bu borada ham ahvol o‘zgardi. Tatarlar
istibdodiga barham berildi va Buyuk knyaz Rus knyazlaridan o‘lpon talab
qilishlariga batamom chek qo‘ydi.
XV asrning oxiriga kelib Ivan III o‘z siyosiy shartnomalari va boshqa
siyosiy hujjatlarni tasdiqlash chog‘ida ilk marotaba Vizantiya imperatorlarining
gerbi — ikki boshli burgutni muhr sifatida qo‘llay boshladi. Biroq, rasman toj
kiydirilgan birinchi shoh baribir Ivan III bo‘lmadi. Rus davlatini boshqaruvchi
buyuk knyazlar rasman shoh deb atalishiga va bu unvon-ni meros qilib
qoldirilishiga yana bir qancha vaqt o‘tishi kerak bo‘ldi.
Dunyo bo‘yicha rasman shoh deb tan olingan birinchi shoh Ivan III ning
nabirasi Ivan IV Vasilyevich Grozniy edi. U bu sharafga 1547- yilda sazovor
bo‘lgandi.
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
ROMANOVLAR KIMLAR EDI?
Romanovlar — Rossiya shohlari va imperatorlarining sulolasidir. Dastlab u
X1 Uasrdan ma'lum va mashhur boyarlar avlodi edi. Romanovlar familiyasini bu
avlod darrov olgan emas. Romanovlarning birinchi ajdodi rivoyatlarga qaraganda
Buyuk Moskva knyazi Ivan Kalita saroyida xizmat qilgan, asli kelib chiqishi
Prussiyalik bo‘lgan Andrey Ivanovich Kobila edi.
Kobila o‘zidan 5 nafar o‘g‘il qoldirgan bo‘lib, ularning har biri alohida-
alohida avlodlarga, sulolalarga asos solishgan. Masalan: Sheremetyevlar,
Kolichevlar, Neplyuyevlar, Kokorevlar va boshqa sulolalar shu jumladandir.
Beshinchi o‘g‘ilning laqabi Koshka bo‘lgan, shu tufayli uning ajdodlari dastavval
Koshkinlar deb, keyin Zaxarinlar, Zaxarin-Yuryevlar va nihoyat mazkur avloddan
birining ismiga ko‘ra — Romanovlar deb atala boshlagan.
Bu oilaning yana qaytadan martabaga erishishi 1547- yilda, shoh Ivan
Grozniy Anastasiya Romanovani xotinlikka olgach yuz berdi. Boyar Romanovlar
bu voqyeadan keyin mutlaqo o‘zgacha siyosiy mavqyega ega bo‘ldilar. Endi ular
bilan xuddi Ryurikovichlar kabi munosabatda bo‘lishardi. 1598- yilda
Anastasiyaning jiyani — Fedor Nikitovich Romanov — Boris Godunov sulolasi
o‘z hukmdorligini tugatgach, hatto taxtga da'vogar ham bo‘lgan edi. Boris
Godunov o‘z davrida Romanovlar xonadonini tazyiqqa va quvg‘inga olgan. Fedor
Nikitichni esa sochini oldirib Fidaret degan ism bilan monaxrohib qilib cherkovga
yo‘llagan edi.
«Og‘ir zamonlar»ning barcha dahshatlari ortda qolgach 1613- yilda Zemskiy
sobori Filaretning o‘g‘li Mixail Fedorovich Romanovni shoh etib sayladi.
Filaretning o‘zi esa Moskva va Butun Rusiya Patriarxi bo‘ldi.
Mixailning nevarasi — Petr I — 172-1 yilda imperatorlik unvonini qabul
qildi, shundan keyin uning barcha avlodlari ana shu unvonni meros qilib oldilar,
biroq oddiy xalq ularni avvalgidek shoh deb atayverardi.
Romanovlar sulolasining eng oxirgi erkak vakili — 1730- yilda vafot etgan
imperator Petr II edi? U Petr I ning nevarasi edi. Ushbu sulola 1761- yil, uning
ayol vakillaridan eng so‘nggisi — Petr I ning qizi imperatritsa Yelizaveta vafot
etgach o‘z hukmronligini tamomladi.
1761—1917 yillar mobaynida Rossiyada asli nemislardan kelib chiqqan
Golshteyn-Gottorpskiylar sulolasi shohlik qildi. Ushbu sulolaning birinchi
imperatori — Petr III ni Romanovlar sulolasi bilan faqat uning onasi Anna Petr I
ning qizi ekanligi boglab turardi. Petr III ning otasi esa Golshteyn-Gottorop
gersogi Karl Fridrix edi. Petr GO ning uzi Germaniyada tug‘ilgan va o‘sha yerda
yashardi, uning asl ismi — Karl Piter Ulrix. Boshqa merosxo‘rlari bo‘lmagani
uchun imperatritsa Yelizaveta Petrovna nemis shahzodasi Karl Piter Ulrixni
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
merosxo‘r qiladi. Rossiyaga kelgach u pravoslav dinini qabul qildi va Petr
Fedorovich nomini oldi. Yangi shohni ham nemis qizi — Sofya Frederik Avgust
Anxalt-Serbetskiyga uylantirishdi, keyin ushbu malika ham nomini o‘zgartirib
Yekaterina II ga aylandi.
Petr III va Yekaterina II ning o‘gillari Pavel I endi haqiqiy nemis edi. Uning
o‘zi ham to Nikolay II gacha bo‘lgan avlodlari ham faqat nemis malikalariga
uylanishdi. Biroq shunday bo‘lishiga qaramasdan Rossiyaning so‘nggi
imperatorlari o‘zlarini Romanovlardan deb hisoblashishardi, boshqacha qilib
aytganda, o‘zgalarning familiyasini egallab olishgan edi. Ammo shunisi galatiki,
bu yolg’on tasavvur ta'sirida ko‘plab tarixchilar, tadqiqotchilar o‘z asarlarida
Rossiyada 1613—1917- yillarda shohlik qilgan barcha hukmdorlarni
Romanovlardan deb hisoblaydilar. Vaholanki, bu fikrga qo‘shilish mumkin emas.
NIMA UCHUN PETR I NI BUYUK PETR
DEYISHADI?
Petr I shoh Aleksey Mixaylovich va malika Natalya Kirillovna
Norishkinalarning o‘g‘li edi. U 1672-yil 30-may kuni tavallud topgan, 1682- yilda
esa shohlik taxtiga o‘tirdi. Petrning shohlik davri Rossiya tarixidagi eng sharafli
sahifalardan biri sanaladi.
Petr I — Romanovlar dinastiyasining eng atoqli vakillaridan biri edi. U
boshqa (samoderjets) hukmdorlardan keskin ajralib turardi. Bolalik chog‘laridanoq
Petr oddiy mehnat bilan shug‘ullanishdan or qilmas, hatto o‘zining 14 hunar egasi
ekanligidan faxrlanardi. Bu haqda A. S. Pushkin juda ajoyib satrlar bitgan: «Goh
akademik, goh qahramon, goh dengizchi, goh duradgor, uning qalbi benihoya keng
va u taxtda bo‘lsada hamisha mehnatkash ishchi edi».
Tabiatan har narsaga qiziquvchan bo‘lgan Petr bir umr o‘qib-o‘rgandi.
Boshqalardan ham shuni talab qildi. Shoh Rossiyaning qoloqligini ko‘rib-bilib
turar va davlat miqyosida o‘zgartirishlar qilish lozimligini yaxshi anglardi. Yosh
Petrning 1697—1698 yillar mobaynida Yevropaga qilgan sayohati nihoyatda katta
ahamiyat kasb etdi. Bir yarim yil davomida o‘zga yurtlarda bo‘lish yosh shohning
shaxsini uzil-kesil shakllantirdi. U juda ko‘p foydali bilimlarni egalladi. Yevropa
madaniyatiga ko‘nikdi, o‘zi ham qalban yevropalikka aylandi. Bundan tashqari
o‘sha davrda Rossiyaning Yevropaga yaqinlashish jarayoni bormoqda edi. O‘sha
davrlardan boshlab Rus yoshlari chet ellarga o‘qish uchun yuboriladigan bo‘ldi;
Rossiyaga yuzlab chet elliklar taklif qilindi, ularning aksariyati Rossiyaga
jondildan talpinuvchi kishilar edilar. Nihoyat, Petr ulkan Yevropa siyosati va
diplomatiyasining barcha nozik jihatlarini egallab oldi. Vataniga kelgach, shoh
qoloq va jaholatdan iborat aksariyat rasm-rusmlarga, odatlarga bir boshdan barham
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
bera boshladi, ularning ko‘pchiligi chindan ham mamlakat taraqqiyotiga to‘sqinlik
qilardi. U davlatning barcha sohalarida va jamiyat turmush tarzida o‘ta muhim
islohotlarni amalga oshirdi.
Birinchi galda doimiy armiyani va flotni tashkil etdi. Bu esa o‘z navbatida
Rossiyaning Boltiq dengiziga chiqish uchun bo‘lgan kurashlarda shvedlar ustidan
g’alaba qozonishga olib keldi. Ushbu muhoraba Shimoliy urush deb nomlanib
1700- yildan to 1721- yilgacha, roppa-rosa 21 yil davom etdi. Petr davrida sanoat
gurkirab rivojlandi, juda ko‘p manufakturalar va tog’kon sanoati korxonalari
bunyodga keldi, savdo-sotiq gullab-yashnadi. Shoh madaniyat va maorif sohasiga
ham juda katta e'tibor berdi, uning zamonasida yangi-yangi o‘quv muassasalari
ochilib ulardan iste'dodli olim va ixtirochilarning butun boshli avlodi yetishib
chiqdi. Petr I fan arboblarini: muhandis va me'morlarni, yozuvchi va rassomlarni
har tomonlama rag’batlantirardi. Bu davrda juda ko‘p betakror bino va inshootlar
bunyod etildi.
Petr o‘z siyosatida Shoh hukumatini har tomonlama mustahkamlashga intilar
va bunda asosan keng dvoryanlar ommasiga tayanardi. Shoh o‘ziga yordamchilarni
tanlab olishda ular naslu nasabining mashhurligiga emas, balki ularning aqlu va
iste'dodiga ko‘proq ahamiyat berardi. Ammo Petr zamonasida oddiy xalq
vakillarining hayoti ancha og’ir edi: pomeshchiklarning zulmi nihoyatda kuchaydi,
hukmdor o‘zi amalga oshirayotgan islohotlarini ta'minlash uchun soliqlarni ham
oshirib bordi. Dehqonlarning noroziliklari esa shoh hukumati tomonidan
shafqatsizlarcha bostirilardi.
Davlat apparati ham isloh qilindi. Boyarlar dumasi o‘rniga Senat tashkil
qilindi, buyruqlar o‘rniga hay'at qarorlari joriy etildi. 1700-yilda bekor qilingan
patriarxlikning o‘rniga Petr Sinod tashkil qilib, cherkovni davlatga bo‘ysundirdi.
Ma'muriy jihatdan olganda Rossiya boshqaruvi qat'iy markazlashtirilgan amaldor-
to‘ralar davlatiga aylandi. Qadimgi uyezdlar, voyevodstvalar va qo‘rg’onlar
o‘rniga alohida o‘z gubernatorlariga ega bo‘lgan 10 ta guberniya ta'sis etildi,
keyinchalik bu guberniyalar 47 ta muzofotga bo‘lindi.
Petr I ning islohotlari qadimgi an'ana va qoidalarni yoqlab, islohotlarg‘a
qarshi chiquv-chilar bilan keskin kurashlar ostida amalga oshirildi. Shoh o‘z
dushmanlarining har qanday fitnalarini shafqatsizlarcha chippakka chiqarardi. U
o‘z otasining tutgan yo‘liga qarshi borganlarga yetakchilik qilgan o‘gli Alekseyni
ham ayab o‘tirmadi. 1718- yilda maxsus sud hay'ati shahzoda Alekseyni o‘lim
jazosiga hukm qildi.
Petr I ning har tomonlama olib borgan faoliyati natijasida Rossiya tez orada
Yevropaning buyuk davlatlaridan biriga aylandi. 1721- yilda o‘ta buyuk xizmatlari
uchun Senat Petrga imperator unvonini va Buyuk hamda Vatan Otasi degan
unvonlarni taqdim qildi. Rossiya esa imperiya deb e'lon qilindi.
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Buyuk Petr 1725- yil 28-yanvarda Peterburgda vafot etdi. Petr I va uning
avlodlari Petropavlovsk qal'asiga dafn etilgan.
BUYUK YEKATERINA KIM BO‘LGAN?
Buyuk Yekaterina (1762—1796) o‘zining taxtdan qulatilgan eri Petr III
ning vafotidan keyin (imperatritsa) malika bo‘ldi. Buyuk Yekaterina II Petrning
ishlarini davom ettirdi. U Qora dengiz yerlarini bosib oldi, shu tufayli Rossiya
Janubiy Yevropa bilan savdo-sotiq qilish uchun Odessa kabi bandargohga ega
bo‘ldi.
Yekaterina krepostnoy dehqonlarning qismatini yengillatish tarafdori bo‘lib,
dvoryanlarni ham shunga da'vat qilardi. Ammo hamma ham uning da'vatlariga
bo‘ysunavermas edi. Pomeshchiklar o‘z yerlarida to‘la hukmdor edilar. Shu
boisdan dehqonlar deyarli qullar darajasiga tushib qoldilar.
AMERIKAGA HINDULAR QAYERDAN
KELISHGAN?
Amerikaning ilk aholisi bu zaminga juda olis zamonlarda kelgan bo‘lib, biz
ular tarixini yaqinroqdan o‘rganishga qancha harakat qilmaylik, baribir aniq bir
sanani ta'kidlash mushkul. Ammo aksariyat tadqiqotchilar, bu yerda kechgan
voqyealar quyidagicha yuz berganligini taxmin qiladilar.
Taxminan 12 000- yillar avval bir guruh piyoda ovchilar kiyik va bug‘ular
podasi orqasidan shu paytgacha hech kimga noma'lum bo‘lgan yerlarga kelib
qolishgan. Bu yerlar hozirgi Sharqiy Sibir hududida joylashgan edi. Chukotkaga
yetib olishgach, ovchilar Osiyoni Shimoliy Amerikadan ajratib turuvchi, hozirda
rus dengizchisi Bering nomi bilan ataluvchi tor bo‘g‘ozni kesib o‘tishga muvaffaq
bo‘lganlar.
Keyingi ming yilliklar mobaynida ularning ortidan yana boshqa ko‘plab
ko‘chmanchilar ham ergashganlar. Ular bu olis sayohatchilarga noma'lum va sirli
zaminga kichik-kichik guruhlar, hatto oila-oila bo‘lib yo‘l olganlar. Shuning uchun
ham, barchasidan qat'i nazar, ular aynan bir hududdan chiqishgan va qachonlardir
aynan bir xalqqa mansub kishilar edilar. Ammo oradan o‘nlab asrlar o‘tgach, ular
orasidagi masofa uzoqlashib bordi. Turli guruhlarning a'zolari, sekin-asta
qabilalarga aylandilar, bora-bora ular til jihatidan, tashqi ko‘rinishidan, urf-
odatlaridan bir-b irlaridan farq-lanib bordilar, zero ularning har biri har turli
sharoitlarda joylashishgan edi.
Biroq, shunday bo‘lsada, tashqi tomondan ular uchun umumiy bo‘lgan
jihatlar ham bor edi, masalan: tim qora g‘ayir sochlar, oldga turtib chiqib turuvchi
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
yanoqlar, qiyiq ko‘zlar ularning hammasi uchun xos edi. Ularning barchasining
tanalari qoramtir tusda bo‘lsada, bir-birlaridan farqlanib turardi. Ularning ayrim
qabilalari tana rangi biroz qizg’ishroq bo‘lganligi sababli Yevropaliklar ularni
ko‘pincha qizil tanlilar deb atashgan.
Bu qabilalar vakillarining jang qurollari ham mehnat qurollari ham deyarli
bir xilda edi, faqat ularning yasalishi, tayyorlanadigan xom ashyosi istiqomat
joylaridagi imkoniyatlariga ko‘ra farqlanardi xolos.
Qabilalar o‘rtasidagi farqlar faqat ular yashaydigan shart-sharoitlar tufayli
yuzaga kelgan edi. Umuman olganda Shimoliy Amerikaning qadimgi aholisining
joylashish markazlarini asosan besh qismga ajratib ko‘rsatish mumkin: shimoliy-
g‘arbiy sohillar, Kaliforniya hududi, janubiy-g‘arb, sharqiy o‘rmonlar va preriya
— dashtliklari. Bu joylarda o‘rnashgan qabilalar bir-birlaridan keskin farq
qilishgan, biroq yevropaliklar uchun ularning hammasi birdek hindular deb
hisoblanavergan.
NIMA UCHUN AMERIKANI YANGI DUNYO
DEB ATASHGAN?
«Yangi dunyo» degan nom ilk marotaba yozuvchi Amerigo Vespuchchi
asarlarida tilga olingandi, Kolumb ochgan qit'aning nomi ana shu yozuvchi
sharafiga Amerika deb atalgandir.
1503- yilda Vespuchchi gersog Pyetro Medichiga o‘z sayohatlari haqida bir
maktub yullaydi. Ushbu maktubiga u «Yangi dunyo» deb sarlavha qo‘ygan edi.
Maktub shaklida yozilgan ana shu asar orqali ma'rifatli Yevropaliklar yangi
qit'a va uni kashf etgan kishilar to‘g‘risida ilk bor bilib oldi. Shuni ta'kidlash
kerakki, Amerigo Vespuchchi nafaqat o‘z sayohatlarini batafsil bayon etadi, balki
ayni paytda u Kolumb bu yerda nimalar qilgailigini ham har tomonlama tasvirlab
beradi.
Vespuchchi Amerikaga kelib qolgan yevropalik sayohatchilarning boshidan
kechirgan barcha tashvish va qiyinchiliklarni boshqalarga qaraganda ancha yaxshi
bilardi. Kolumbdan farqli o‘laroq, Vespuchchi ajoyib badiiy iste'dodga ega edi, shu
boisdan ham o‘quvchilar xotirasida Kolumbning emas, balki Vespuchchining nomi
abadiy saqlanib qoldi.
AMERIKADAGI QADIMIY SIVILIZATSIYALAR QACHON
DUNYOGA KELGAN?
Bugungi kunda ham, garchi uzoq yillar ilmiy tadqiqotlar olib borilgan
bo‘lishiga qaramasdan, hali hanuzgacha qadimiy shaharlar va sivilizatsiyalarning
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
qachon paydo bo‘lganligi sir bo‘lib qolmoqda. Oddiy va jo‘n dehqon qishloqlari
birdaniga keng va obod shaharlarga aylanib, ular aholisi minglab kishilarga yetgan,
bu shahar aholisi orasida — kohinlar, hunarmandlar va amaldorlar toifasi alohida-
alohida kun kechirishgan. Bu jarayon turli davrlarda dunyoning turli burchaklarida
yuz bergan.
Amerikadagi ilk shaharlar Markaziy Amerikaning chakalakzor —
djunglilarida, shuningdek Janubiy Amerikada, Peru va Boliviya tog‘larida
taxminan eramizgacha bo‘lgan X asrlarda paydo bo‘lgan.
ATSTEKLAR KIMLAR BO‘LGAN?
O‘rta asrlarning nihoyasiga kelib Janubiy va Markaziy Amerikada eng
qudratli xalqlar atsteklar va inklar edi.
Atsteklar qadimgi Amerikada istiqomat qilgan xalqlar ichida eng yuqori
taraqqiy qilgan va kuchli ta'sir kuchiga ega xalq edi. Ular hozirgi Meksikaning
poytaxti Mexiko joylashgan vodiyda yashaganlar. Yevropalik sayohatchilar va
mustamlakachilar bu yerlarga kelishidan avval ham bu yerlik hindu qabilalari ming
yillik tarixga ega edilar.
Atsteklarning gurkirab taraqqiy topgan davridagi turmush darajasi o‘sha
paytdagi ko‘plab Yevropa davlatlari darajasiga teng bo‘lgan. Ular o‘z tarixlarini
toshlarda naqsh etib qoldirishni bilganlar. Ular nihoyatda betakror ishlov berilgan
tog‘ xarsanglaridan ibodatxonalar, minoralar, uylar bunyod etganlar. Ular
qonunchilik va davlatni boshqarish sohasida ulkan muvaffaqiyatlarni qo‘lga
kiritganlar, astronomiya sohasida ham beqiyos bilimlarga ega bo‘lishgan, turli
san'at va hunar turlarini rivojlantirganlar. Ular tabiatan juda saxovatli va bag‘ri
keng insonlar bo‘lishgan. Ular tabiatni jonu dildan sevishgan, ayniqsa qushlar va
gullarga ularning mehri bo‘lakcha bo‘lgan, shuningdek ats-teklar musiqa, raqsning,
turli o‘yinlar hamda adabiyotning sadoqatli muxlislari bo‘lishgan.
Atsteklar boshqa qabilalar oldidagi yuqori mavqyelariga asosan harbiy
zafarlari evaziga sazovor bo‘lganlar. Ko‘pincha ular dushmanlarni tutib olib
xudolar uchun qurbonlik qilish maqsadlarida urush olib borishgan. Tirik odamlarni
qurbonlik uchun so‘yish kabi vahshiy udumlar bu bosqichlardan olislab ketgan
yevropaliklarni dahshatga solardi.
Atsteklar qabilasini yana boshqa nom bilan, ya'ni «meksiko» nomi bilan ham
atashgan. Aynan shu so‘zdan yoki atsteklar xudolarining birining nomidan
Meksika nomi paydo bo‘lgan. Atsteklarning rivoyatlarida hikoya qilinishicha, ular
1325- yilda, ya'ni Kolumb ilk bor hindularga ro‘baro‘ kelishidan 167- yil ilgari o‘z
davlatlarining poytaxti — Tenochtitlanni qurishga kirishganlar. Keyinchalik u
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Lotin Amerikasining shimolidagi Ispaniya mustamlakalarining markaziga
keyinchalik esa Meksika Respublikasining poytaxti — Mexikoga aylandi.
Atsteklar dastlab qayerdan kelib chiqqanligini hech kim bilmaydi. Afsona va
rivoyatlarning ko‘rsatishicha ular asli shimol tarafdan kelganlar. Ehtimol ular
Mexiko vodiysiga XII yoki XIII asrlarda qadam qo‘yganlar. U paytlarda atsteklar
o‘zlarini Tenokklar deb ataganlar. O‘sha paytda mazkur vodiyda yashagan va
taraqqiyotning yuqori darajasiga erishgan, Tolteklar qabilasi ularni begona,
varvarlar deb hisoblaganlar. Shu sababli atsteklarning yangi joyda qo‘nim
topishlari nihoyatda mushkul kechgan, biroq vaqt o‘tishi bilan ular katta kuch-
qudrat kasb etib, vodiyda yashaydigan boshqa qabilalarni o‘zlariga
bo‘ysundirdilar.
1519- yilda ispaniyalik kapitan Fernando Kortes uncha katta bo‘lmagan
armiyasi bilan atsteklarga hujum qildi. Uzoq davom etgan og‘ir janglardan so‘ng
Kortes g‘alabaga erishdi. Keyinchalik ispanlar Meksikani o‘z imperiyalarining bir
qismiga aylantirdilar.
Hatto, bugun bizning kunlarimizda ham Meksikada yashovchi amerikalik
hindular atsteklar tilida gaplashadilar. Zamonaviy meksikaliklar ham o‘zlarining
atsteklardan kelib chiqishlari bilan faxrlanadilar. Ular atsteklar turmush tarzining
ko‘p jihatlarini saqlab qolganlar, masalan ovqatlarning turlari, kiyinish uslubi hali
hanuz Ispaniya istilosiga qadar atsteklarda qanday bo‘lsa, shundayligicha
saqlangan. Ayrim atstek so‘zlari nafaqat Ispaniyada qo‘llaniladi, balki
inglizlilining ham lug‘atini boyitg‘andir. Bu so‘zlar orasida — shokolad, tomat,
koyod, avakado va boshqa ko‘plab misollarni keltirish mumkin.
Garchi qadimgi atsteklar imperiyasining qudrati bundan 400- yil-muqaddam
barbod etilgan bo‘lsada, hali-hanuz bu mamlakatning zamonaviy turmush tarziga
ta'siri kuchlidir.
INKLAR KIMLAR?
Inklar XV asr boshlaridan Peruda hukmronlik qilganlar. Inklar istiqomat
qilgan hududga hozirgi Boliviya, Peru, Ekvador, shuningdek Argentina va
Chilining ma'lum qismlari kirgan. Inklar imperiyasining poytaxti, muqaddas
Quyosh shahri deb ulug‘lanuvchi — Kusko shahri bo‘lgan. Boshqa mamlakatlar va
qit'alar ham mavjudligini xayollariga ham keltirmasdan umr kechiruvchi inklar
uchun Kusko shahri butun yer yuzining markazi hisoblangan, bu yerga
imperiyaning turli burchaklaridan g‘alla, kumush, oltin, qimmatbaho, chiroyli
matolar va yam-yashil koki o‘simligi barglarini yuklagan karvonlarning keti
uzilmagan.
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Inklar qattiqqo‘l, biroq adolatli hukmdorlar bo‘lishgan. Ular o‘zlari
bo‘ysundirgan xalqlarning, qabilalarning o‘z urf-odat va an'analarini saqlab
qolishlariga imkoniyat berganlar. Ular jamiyatining asosiy negizini oila tashkil
etgan. 20 ta oiladan iborat har bir guruhning o‘z sardori bo’lgan. Bu sardor esa o‘z
navbatida qo‘l ostida 50 oila bo‘lgan boshqa sardorga bo‘ysungan. U esa yana
kattaroq sardor hukmida, xullas to Oliy inkkacha, ya'ni imperiya hukmdorigacha
bu tobelik shu tarzda davom yetib borgan.
Inklar jamiyatida mavjud qoidalarga ko‘ra, undagi barcha fuqarolar mehnat
qilganlar, faqat bundan eng keksa va eng yosh fuqarolar mustasno bo‘lgan. Har bir
oila o‘zi ekib-tikadigan maxsus yer maydoniga ega bo‘lgan. Kishilarning har biri
o‘zi uchun shaxsan o‘zi kiyim to‘qigan, poyabzal tikkan, choriq yasagan, idish-
tovoq, kumush va oltin taqinchoqlar yasagan.
Biroq bu imperiya fuqarolarining shaxsiy erkinligi bo‘lmagan: kishilarning
qanday kiyim kiyishlari, nima ovqat yeyshlari va qayerda ishlashlarini hukmdorlar
tayinlaganlar. Shuni ham alohida ta'kidlash kerakki, inklar juda mehnatkash
dehqonlar bo‘lib, ular ko‘plab foydali ekinlarni parvarishlaganlar. Ular o‘z ekin
maydonlarini sug‘orish uchun tog chashmalaridan foydalanganlar, buning uchun
esa maxsus inshootlar — haybatli akvedunlarni ixtiro etganlar.
Bir paytlar inklar tomonidan bunyod etilgan binolarning aksariyati hali-
hanuzgacha saqlanib kelmoqda. Ular ko‘plab uzum zanglaridan va tol
xivchinlaridan qalin arqon bilan eshib to‘qilgan o‘ziga xos ko‘priklarni qurganlar.
Shuningdek bu odamlar tug‘ma to‘quvchi va kulollar ham bo‘lishgan. Ular
paxtadan shunday nafis va go‘zal matolar to‘qishganki, ispan bosqinchilari ularni
ipak mato bo‘lsa kerak deb o‘ylaganlar. Inklar jundan ham o‘ta go‘zal va bejirim,
issiq kiyimlar tayyorlaganlar.
Uzoq asrlar gurkirab rivojlangan inklar imperiyasi vaqti kelib, ikki qondosh
og‘ainilar tomonidan boshqariladigan ikki qismga bo‘linib ketdi. Bu ikki qism bir-
biri bilan adovatga bordi. Natijada inklar o‘zlariga nisbatan uncha ko‘p
bo‘lmasada, biroq ancha yaxshi qurollangan ispan konkistadorlarining bosqinlariga
dosh bera olmay qoldilar. Shundan so‘ng ularning imperiyasi istilo qilindi va
barbod etildi.
SER UOLTER RELEY KIM BO‘LGAN?
Deyarli hamma bu insonning nomini eshitgan, ammo nazarimizda u haqda
aksariyat kishilar, ko‘p narsani bilmasa kerak. Yelizaveta I zamonasida juda ko‘p
ulug‘ insonlar yashab o‘tishgan, biroq Reley ular orasida eng iste'dodga boy va
betakrori bo‘lgan deyish mumkin. Zero u askar, dengizchi, saroy a'yoni, shoir,
mustamlakachi, tarixchi va olim nomlarining hammasiga sazovor bo‘lgan odamdir.
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Reley taxminan 1554- yilda Angliyaning Devonshir degan joyida tavallud
topgan. O‘spirinligidayoq Fransiyadan keyinchalik esa Irlandiyadagi urushlarda
ishtirok etgan. U qirolicha Yelizaveta Tyudorning nazariga tushib risar unvonini
oladi va hukumat mahkamasida turli lavozimlarda xizmat qiladi.
Keyinchalik Reley qirolicha tomonidan unga tayinlangan pullarni
xarjlashning o‘ziga xos yo‘lini o‘ylab topdi. U o‘z pullarini Amerikada yangi aholi
gyaaskanlarini barpo etishga sarfladi. 1585- yilda Reley ilk koloniyalarni tashkil
etish uchun birinchi guruhni bir yil muddat bilan Amerikaga yo‘lladi, bu guruh
tarkibida 100 kishi bo‘lib, ular Shimoliy Karolinaning sohillarida joylashgan
Roupok orolida yashashardi. Bu yangi olamda o‘z qismatini sinashi lozim bo‘lgan
birinchi ingliz koloniyasi edi. Keyinchalik tashkil etilgan barcha koloniyalar
aynan ana shu koloniyadan kelib chiqqandi. Amerikalik hindular, Amerikaning
geografik tuzilishi, o‘simliklar va hayvonot dunyosi to‘g‘risidagi ilk ma'lumotlar
uchun ham biz Releyga tahsin aytishimiz lozim. Aynan uning sa'y-harakatlari
tufayli bizda bular haqida tasavvur shakllangandir. 1587- yilda u ikkinchi bor
Amerikaga ekspeditsiya jo‘natadi va bu ekspeditsiya a'zolarining barchasi
o‘rmonlar bag‘rida bedarak yo‘qoladilar.
Reley o‘z zamonasining ko‘plab shoir va yozuvchilarini shaxsan tanirdi,
uning o‘zi ham o‘z asrining eng ilg‘or shoirlaridan biri edi. 1595- yilda u oltin
konlarini topish maqsadida o‘zining ilk sayohatini uyushtirdi. Bu sayohat Janubiy
Amerikaning Gviana degan hududiga bo‘lgan edi.
Qirol Djeyms I taxtga o‘tirgach, u Releyni o‘ziga suiqasd uyushtirishga
aloqador fitnaga ishtirokchi deb, o‘limga hukm qildi.
Garchi o‘lim jazosi bekor qilingan bo‘lsada, Reley o‘z umrining qolgan
asosiy qismini Londondagi Tauer qamoqxonasida o‘tkazdi.
Reley qamoqxonada o‘zining buyuk asari «Dunyo tarixi» kitobini yaratdi va
turli kimyoviy tajribalar o‘tkazdi. 1616- yilda u qamoqdan ozod etildi va yana
Gvianaga qarab suzdi. Oltin konlarini topolmagach, u ispanlar bilan jang qilib
mag‘lubiyatga uchradi, keyin Angliyaga qaytib keldi va shu yerda 1618- yilda qatl
qilindi.
Reley yangi olam deb nom olgan Amerikadan ilk bor Irlandiyaga
kartoshkani olib keldi, shuningdek u Yevropada tamaki chekishning keng
ommalashishiga ham sababchi bo‘ldi.
AQSHning MUSTAQILLIK DEKLARATSIYASI
QACHON QABUL QILINGAN?
1775-yilning iyulida isyon ko‘targan barcha 13 koloniyaning vakillari
Filadelfiyada to‘planishdi va Jorj Vashingtondan (1732— 1793) koloniyachilar
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
armiyasiga rahbarlik qilishini so‘rashdi. Shu paytdan boshlab inglizlar va
koloniyachilar o‘rtasida harbiy harakatlar boshlanib ketdi. Oradan bir yil o‘tgach,
vakillar yana to‘planishdi va 4 iyul kuni AQSHning mustaqillik deklaratsiyasini
qabul qildilar.
Deklaratsiyani Tomas Djefferson boshqa va-killar bilan hamkorlikda tuzib
chiqqan edi. Mazkur deklaratsiyada amerikaliklarning Angliya qiroli Georg III ga
e'tirozlari bayon qilinib, ma'rifat g‘oyalari ta'siridagi amerikaliklar ro‘yobga
chiqarishga intilayotgan boshqaruv tizimi ta'riflab berilgan edi.
Deklaratsiyada hamma odamlar teng huquqlar bilan dunyoga kelishi alohida
ta'kidlangan edi. Hukumat odamlar uchun xavfsiz, ozod va baxtiyor yashash
imkoniyatlarini yaratmog‘i lozim. Agar hukumat bularning uddasidan chiqmasa,
xalq uni ag‘darib yangisini saylash huquqiga egadir. Albatta, Britaniyadagi
hukmron kuchlar ushbu hujjatni mutlaqo tan olmadilar, nazar-pisand ham
qilmadilar.
AMERIKANING BIRINCHI PREZIDENTI
KIM BO‘LGAN?
Mustaqillikni e'lon qilish bir narsa-yu, ammo uni inglizlar qo‘lidan tortib
olish butunlay boshqa narsa edi. 1775- yilda ya'ni mustaqillik uchun urush
boshlanganda Amerikada 8500 nafar britaniya askarlari bor edi; 1781- yilga kelib
ularning soni 48 mingtaga yetdi. Bu professional malakali va intizomli armiya edi.
Boz ustiga amerikaliklarning qo‘shinlari ko‘ngillilardan tarkib topgandi. Ular
jangga intilishar, ayni paytda uylariga o‘z fermalariga ham hosil yig‘ilishgacha
qaytishni istashardi.
Amerika koloniyalarining yangi armiyasiga Jorj Vashington bosh bo‘ldi.
Uning eng muqim va barqaror bo‘lgan yillarida (ya'ni 1777- yilda) mazkur armiya
tarkibidagi askarlar soni 20 mingtaga yetdi, biroq bu raqam, armiyaga yozilgan
askarlarning biroz muddat o‘tgach uylariga qaytib ketish hollari sababli o‘zgarib
turardi.
Bir necha yil mobaynida, inglizlarning galabalariga qaramasdan Vashington
o‘z askarlarini mahoratli va intizomli armiyaga aylantirishga muvaffaq bo‘ldi.
Ushbu armiyaning harbiy layoqati, kuchi va qudrati oshgani sayin inglizlarning
ahvoli yomonlasha bordi. Ingliz armiyasi miltiq va o‘q dorilarni, ot-ulovlarini
Britaniyadan, ya'ni okean ortidan 5 ming kilometrdan olib kelishi kerak edi.
Qolaversa inglizlarning harbiy sarkardalari ham u darajada mahorat sohiblari
emasdilar.
Natijada mazkur armiyaning tor-mor bo‘lish kunlari tez orada ro‘y berdi.
Vashington amerikalik va fransuz askarlaridan tarkib topgan 16 ming nafar
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
jangchidan iborat armiyasini to‘plab Virginiyaning Yorktaun shahri yaqinida
inglizlarga hujum uyushtirdi. Britan generali Korpuollis taslim bo‘lishga majbur
bo‘ldi. 1783- yilda Fransiyaning Versal shahrida Angliya Amerikaning
mustaqilligini tan olib bu haqdagi shartnomaga imzo chekdi.
1789 yildan to 1797- yilgacha Vashington mustaqil Amerika shtatlarining
birinchi Prezidenti bo‘ldi.
AMERIKANING SHIMOLI VA JANUBI NIMA UCHUN O‘ZARO
URUSH OLIB BORGAN?
1783-yil Amerika Qo‘shma Shtatlari Britaniya istibdodidan xalos bo‘lib
mustaqillikka erishgandan so‘ng, mamlakatning Shimoliy va Janubiy shtatlari o‘z
holicha, bir-biridan farqli tarzda rivojlandi. Shimol mayda fermerlarning
mamlakati bo‘lib unda sanoat shaharlari jadallik bilan o‘sib bordi. Mamlakat
aholisi bir paytlar, XVII asrlarda ruhoniy piligrimlar bu yerga olib kelgan ozodlik
g’oyalariga rioya etardi. Virginiya va Jorjiya kabi Janubiy shtatlar boy va zodagon
katta yer egalari yerlarida qullar tomonidan yetishtiriladigan paxta hisobiga kun
kechirardi. Biroq, qullik 1861- yilda boshlanib ketgan fuqarolar urushining
sabablaridan biri edi xolos.
1790- yilda Qo‘shma Shtatlar tashkil etilgan bo‘lsa-da, Shimol va Janub
o‘rtasida katta tafovutlar saqlanib qolgan edi. Shimol taraqqiyotga talpinardi. Janub
esa hech qanday o‘zgartishlarni istamasdi. 1790- yildagi Konstitusiyada ozodlik va
adolat to‘grisida alohida gapirilgan edi. Modomiki, janubda shu paytda to‘rt
milliondan ko‘proq qullar bor ekan qanaqa ozodlik va adolat haqida gapirish
mumkin? — deyishardi Shimoldagilar.
1850-yilga kelib Amerika Shtatlarining qariyb yarmisida qulchilik mutlaqo
taqiqlandi. 1860-yilda qulchilikning ashaddiy dushmani bo‘lgan Avraam Linkoln
Amerika Qo‘shma Shtatlarining prezidenti bo‘ldi. Janubiy shtatlar shundan so‘ng,
agar bizlar Qo‘shma Shtatlar ittifoqida qoladigan bo‘lsak, o‘zimizga o‘zimiz choh
qazigan bo‘lamiz, degan qarorga kelishdi. 1861- yilda Amerika janubidagi 11 shtat
alohida ajralib chiqib o‘z ittifoqlarini tuzdilar va uni Konfederatsiya deb atay
boshladilar. Bu Shimoldagi 23- shtatga qarshi boshlanadigan urushga o‘ziga xos
bir ishora edi.
Qo‘shma Shtatlar yagona davlat bo‘lib qoladimi yoki doimo bir-biriga
dushman bo‘lib qoluvchi ikkita ittifoq dunyoga keladimi? Ana shu savolga javob
hal etilguncha qonli janglardan iborat to‘rt yillik fuqarolik urushini boshdan
kechirishga to‘g‘ri keldi. Urushning dastlabki paytlarida janubliklarning qo‘li
baland kelib turdi, boisi ularning askarlariga salohiyatli harbiylar rahbarlik
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
qilardilar. Biroq 1863- yilning iyulida Pensilvaniya shtatining Gettisburg shahri
ostonalarida bo‘lgan janglarda konfederatsiyachilarning askarlari chekinishga
majbur bo‘ldilar.
Gettisburg jangidan keyin omad general Grant boshqaruvi ostidagi
shimolliklar tomonga o‘tdi. 1865-yilning aprelida general Li qo‘mondonligi
ostidagi konfederatsiyachilar armiyasi taslim bo‘lishga majbur bo‘ldilar.
Nihoyat urush tugadi, ammo qanchalar qim-matga tushdi bu qirginbarot?
Mazkur urushda AQSHning yarim millionga yaqin aholisi — ya'ni har 50 AQSH
fuqarosidan biri qurbon bo‘ldi, ularning uchdan ikki qismi urush asoratlari tufayli
kelib chiqqan kasalliklardan nobud bo‘ldilar. Ammo tinchlik o‘rnatilgandan keyin
ham Shimol bilan Janub o‘rtasidagi sovuqchilik yana uzoq yillar saqlanib turdi.
AQSH KONSTITUTSIYASIGA O‘ZGARTISHLAR
QANDAY QILIB KIRITILGAN?
Qo‘shma Shtatlar — o‘z Konstitutsiyasiga ega mamlakatlardan biridir. U
qabul qilingan davrdan boshlab ayrim yo‘llar bilan, masalan unga o‘zgartishlar
kiritish yo‘li bilan o‘zgarib bordi.
Kongress a'zolarining uchdan ikki qismi o‘zgartishga rozi bo‘lsalar, ular
Shtatlarga ma'qullash uchun taqdim etiladi. Shtatlar ularni o‘z Qonunlari va imzo
chekilgan bitimlari nuqtai-nazaridan ko’rib chiqadilar. Bu jarayon aynan qay
tarzda amalga oshirilishini Kongress belgilab beradi. Shtatlarning to‘rtdan uch
qismi mazkur tuzatishni ma'qullasa, u kuchga kiritiladi va bu haqda Davlat
departamenti alohida ma'lum qiladi.
Billning huquqlar to‘grisidagi dastlabki tuzatishlari, amalda Konstitutsiyani
shakllan-tirish ishiga yakun yasadi. Ular Konstitutsiyaning muayyan bir qismiga
aylanib qoldi.
Shundan so‘ng uzoq yillar hech qanday o‘zgartishlar qabul qilinmadi. 13-
tuzatish qulchilikni taqiqladi. 14-tuzatish fuqarolar huquqlarini himoya qildi. 15-
tuzatish esa fuqarolarning tanasining rangidan va irqidan qat'I nazar ularga teng
saylov huquqlarini berdi. 16-tuzatish Kongressga soliq yeg’ishga ruxsat berdi. 17-
tuzatish senatorlarni saylash davlat idoralari tomonidan emas, balki barcha
fuqarolar tomonidan amalga oshirilishini belgilab berdi.
18-tuzatish spirtli ichimliklarni taqiqladi, biroq 1933- yilda 21-tuzatish bilan
uzgartirildi. 19-tuzatish ayollarga ovoz berish huquqini berdi. 20-tuzatish
Prezidentning, vitse-Prezidentning va Kongressning vakolatlari muddatini
o‘zgartirdi. 22-tuzatish Prezidentning umumiy muddati, u saylangan ikki
muddatdan oshib ketmasligini belgilab berdi. 23-tuzatish Kolumbiya Federal
okrugini Prezidentga saylov chogida alohida saylov okrugi sifatida ajratib berdi.
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
24-tuzatish saylovchilar uchun majburiy bo‘lgan soliqlarni bekor qildi. 25-tuzatish
Prezident layoqatsizligiga aloqador edi. 26-tuzatish esa 18 yoshga to‘lgan har bir
fuqaroga ovoz berish huquqini berdi.
KOPERNIK KIM BO‘LGAN?
Ba'zan, ahyon-ahyonda, shunday bir kishilar paydo bo‘lishadiki, ular bizning
hayot haqidagi va butun olam haqidagi tasavvurlarimizni mutlaqo o’zgartirib
yuboradilar. 1473- yilda tug‘ilib 1543- yilda vafot etgan polyak astronomi Nikolay
Kopernik ana shunday insonlardan
biri edi.
U paytlarda astronomlar Yer dunyoning markazi deb o‘ylar edilar. Bu g’oya
II asrda yashab o‘tgan qadimgi yunon olimi Ptolemeyga tegishli edi. Uning nuqtai
nazari yuzlab yillar davomida haqiqat hisoblanib kelgan. Ptolemeyning
ta'kidlashicha, Yer harakatsiz holatda bir joyda turadi, bahaybat yassi jismlardan
tashkil topgan osmon esa uning atrofida aylanadi.
Kopernik tomonidan tuzilgan dunyoning ko‘rinishi esa mutlaqo boshqacha
edi. Uning xayoliga shunday fikr keladi: Ptolemeyning Yer qimirlamay bir joyda
turadi, Quyosh esa uning atrofida aylanadi deyishiga sabab: qadimgi yunon
allomasi har kecha Katta ayiq turkumidagi yulduzlarning sekin asta Qutb yulduzi
atrofida aylanishini kuzatishi bo‘lgan.
Kopernik Quyoshning aylanishi to‘g‘risidagi noto‘g‘ri tasavvur Yerning o‘z
o‘qi atrofida aylanishi tufayli paydo bo‘lishini anglab yetgan. U bizning
sayyoramiz koinotning mayda zarrasidan iborat bo‘lib u boshqa sayyoralar kabi
Quyosh atrofida aylanadi, degan xulosaga keladi.
Kopernikning nazariyasi XVI asr uchun o‘ta inqilobiy bo‘lib chiqdi. U
o‘zining ushbu nazariyasi boshqa olimlar, ayniqsa — cherkov tomonidan
qarshilikka uchrashini yaxshi tushunardi, chunki cherkov ham Yer — dunyoning
markazi deb ta'lim berardi-da. U o‘z ilmiy ishlarini umrining oxiridagina chop
ettirdi, shuida ham mazkur g‘oyalarning asl haqiqat deb hisoblanishini qat'iy talab
qilmasligi haqida kitobiga ilova kiritdi.
ISAAK NYUTON KIM BO‘LGAN?
1650—1800 yillar oralig‘ida ilm-fan gurkirab rivojlandi. O‘rta asrlarda
maorif va ilm fanga cherkov rahnamolik qilar edi. Bu esa katolik cherkovi
aqidalariga mos kelmaydigan tadqiqotlarga to‘sqinlik qilar edi. XV—XVI asrlarda
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Tiklanish jarayonining boshlanishi tufayli kishilar o‘zlari uchun bilimlarning turli
yangi jabhalarini kashf qila boshladilar. Ular qadimgi yunonlar va rimliklar
dunyoning tuzilishi haqida nimalar yozganligiga ham nihoyatda qiziqishardi. Ayni
shu ta'limotlar negizida ular o‘zlari yashab turgan dunyoni o‘rganishga kirishdilar.
Tiklanish jarayonidan keyin kelgan Reformatsiya davri cherkovning obro‘siga
kuchli darajada putur yetkazdi. XVII asrda kishilar o‘zlarining turlicha qarashlarini
bemalolroq bayon qila olardilar. Nyuton (1642—1727) XVII asrning eng buyuk
alloma-donishmandlaridan biri edi. U yoshligida fransuz matematigi Rene
Dekartning (1596—1650) ilmiy ishlarini o‘qib chiqadi va uning nur-ning tabiati
to‘g‘risidagi fikrlariga qo‘shilmaydi. Shundan so‘ng u o‘z tajribalarini amalga
oshirishga qaror qiladi. Xuddi Dekart va boshqa olimlar kabi Nyuton ham prizma
yordamida nurni spektrga (ya'ni kamalakka) aylantiradi. Shundan so‘ng u Dekart
o‘ylab ham ko‘rmagan bir ish qiladi: birinchi qo‘yilgan prizma ortiga teskari
qo‘yilgan ikkinchi prizmani ham o‘rnatadi va birinchi prizmadan o‘tayotgan rangli
nurlar ikkinchi prizmadan o‘tib yana yagona oq nurga birlashadi. Shunday qilib
Nyuton oq nur yetti xil kamalak rangiga ega ekanligini isbotlaydi.
Nyuton teleskopni takomillashtirdi, gravitatsiya nazariyasini yaratdi va
metafizika bilan shug‘ullandi, uningcha metafizika dunyoning tuzilish haqidagi
barcha savollarga javob berishi kerak edi.
Nyutonning kashfiyotlari fanning barcha sohalari uchun taraqqiyot asoslarini
yaratdi. Ammo uning o‘zi, men noma'lumlik olamining yuzidagi pardani biroz
ko‘tardim xolos, degan edi. U keksaygan chog‘ida yana shunday degan edi:
«Bilmadim, men koinot oldida qanday ahamiyatga egaman, biroq men o‘zimni
sohil bo‘yida o‘ynab, o‘ziga yoqadigan silliq toshchanimi yoki judayam chiroyli
chig‘anoqnimi topib olsa, olam-olam sevinchga to‘ladigan jajjigina bolakayga
uxshataman. Vaholanki, bu bolaning oldida hali o‘rganilmagan xilqatlarning butun
boshli ummoni yotibdi».
VOLTER VA RUSSOLAR KIM BO‘LGAN?
O‘rta asrlarda va undan keyin ham insonlar Xudoga yoki turli irim-
sirimlarga ishonch ruhi bilan yashaganlar, biroq 1650- yilga kelib tafakkurning
yangicha tizimi yuzaga keldi. Bu tizim inson aqlu zakovatiga bo‘lgan ishonchga
asoslanardi. Albatta, din va irim-sirimlar yo‘qolib ketmadi, biroq odamlar endi,
olim va faylasuflarga ergashib, dunyoda yuz berayotgan voqyealar mohiyatiga
yanada teranroq nazar tashlaydigan bo‘ldilar. Yangi kashfiyotlar hayotning
mazmun-mohiyati, dunyoning tuzilishi haqidagi savollarga javob topishga undardi.
Masalan, bu davrga kelib Yerning yassi tekislikdan iboratligiga hech kim
ishonmasdi. Yana qancha kishilar ishonmaydigan tushunchalar mavjud edi?! Endi