www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
allomalar oldida ulkan va yum-yumaloq sayyoramiz haqida, unda istiqomat
qiluvchi bashariyatning mohiyati haqidagi yangicha nuqtai nazarni ishlab chiqish
vazifasi turardi.
Olimlar dunyoning tuzilish mohiyatini o‘rganishda turli-tuman yo‘llardan
bordilar. Fransuz mutafakkiri Mari Fransua Volter (1694— 1778) cherkovga va
hukumatga qarshi chiqib, ularni o‘zlarining rasm-rusumlari, qonunlari bilan
insonlarning mustaqil fikr yuritishlarida xalaqit berishda aybladi. Uning
ta'kidlashicha, inson xohlagan tarzda fikrlashi, istagancha o‘z fikrini bildirishi
mumkin, asosiysi o‘z fikrini boshqalarga majburan qabul qildirmasa bas. Uning
eng mashhur fikri naqlga aylanib ketgan bo‘lib, u quyidagichadir: «Men sizning
nuqtai nazaringizga qo‘shilmasligim mumkin, biroq o‘z fikringizni ayta olish
erkingiz uchun o‘zimni qurbon qilishga ham tayyorman».
Jan-Jak Russo (1712—1778) pyesalar, operalar va «ensiklopediya»
kitoblariga maqolalar yozgan. Uni hali taraqqiy topmagan, sodda va qoloq xalqlar
ko‘proq qiziqtirardi. Zero u zamonaviy sivilizatsiyalarning haqiqatan ham har
tomonlama mukammal va adolatli ekanligiga shubha qilardi. Uning eng mashhur
«Ijtimoiy shartnoma to‘grisida» nomli kitobi quyidagi so‘zlar bilan boshlanadi:
«Odamlar ozod va erkin bo‘lib tug’iladilar, biroq hamma joyda zanjirlar
iskanjasida kun kechiradilar». U insonlar hali rivoj topmagan, biroq gina
adovatdan, g‘araz maqsadlardan xoli bo‘lgan «iymonli yovvoyilar» aqidalariga
amal qilishni o‘rgansalargina baxt va ozodlikka erisha oladilar deb hisoblagan.
IMMANUIL KANT KIM BO‘LGAN?
Immanuil Kant (1724—1804) buyuk nemis mutafakkiri. Uning ijodiga
Russo va Nyutonning asarlari kuchli ta'sir ko‘rsatgan. Nyuton olam tuzilishi
qonunlarini, Kant esa inson hayoti qonunlarini o‘rganishga uringan. Uning fikriga
ko‘ra insonning eng asosiy xislati — | bu uning fikrlash va mulohaza yuritish
xislatidir. U judayam ko‘p kitob yozgan bo‘lib, axloqiy turmush tarzining oltin
qoidasi deb nom olgan quyidagi qat'iy aqidasi bilan mashhurdir: «O‘z umringda
shunday aqidaga amal qilgilki, u bo‘yicha ish tutgan chog‘ingda, qani endi shu
qoida umumjamiyat Qonuniga aylansa degan niyatni ayta oladigan bo‘lgin».
MONARXIYA RESPUBLIKADAN NIMASI
BILAN FARQ QILADI?
1650- yilga kelib Yevropa yosh milliy davlatlardan tarkib topgan edi. Bu
davlatlarning har biri hokimiyat va yer uchun da'vogar edi. Ko‘plab Yevropa
mamlakatlarida mutlaq monarxlar, mutlaq hukmdorlar paydo bo‘la boshladi.
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Mutlaq hokim degani, ya'ni Absolyut monarx davlatga yakka o‘zi, aristokratlar,
oliy tabaqa a'zolari bilan hokimiyatni taqsim etmasdan hukmronlik qilardi.
Hokimi mutlaqlikning eng yorqin timsoli sifatida fransuz qiroli Lyudovik
XIV ni ko‘rsatish mumkin.
U besh yoshida qirollik taxtiga o‘tirdi. U ulg‘ayib voyaga yetguncha uning
onasi hukumatni idora qilarkan, hokimiyat istagidagi aristokratlar bilan muttasil
kurash olib bordi. Voyaga yetgach Lyudovik mamlakatni o‘zi idora qilishini e'lon
qildi. «Davlat — bu men» degan ibora aynan unga tegishlidir.
Yosh qirol o‘zining maslahatchilarini shaxsan o‘zi tanlar va har kuni ertalab
ular bilan eng muhim masalalarni muhokama etardi. Uzoq davom etgan qirollik
davri mobaynidan u to keksayguncha sutkaning 12 soati davomida muttasil mehnat
qilgan. 1789- yilning yozida Bosh shtatlar Milliy majlisga aylantirilib, qirol
hokimiyati doirasini cheklashni talab qilib o‘z faoliyatini boshladi. Lyudovik XIV
ularning talabiga qo‘shilmagan edi: shu bois uni hibsga olib Parijga keltirdilar.
Vaqt o‘tib borar, qirol esa hali ham rozilik bermasdi. Nihoyat 1792- yilda olomon
Lyudovik yashab turgan Tyuilri qasrini hujum bilan ishg‘ol qildi. Olomonning
qahridan qo‘rqqan Milliy majlis qirolni sud hukmiga topshirishga va 1793- yil qatl
etishga qaror qildi.
Tinch aholining noroziliklari behuda ketdi. Endi Fransiyani Ijtimoiy
qutqaruv Komiteti boshqarardi, adolat borasidagi masalalarni esa Inqilobiy tribunal
hal etardi.
O‘ta qat'iy aqidalarga amal qiluvchi, ya'ni hamma narsani mutlaqo o‘zgartirishni
xohlovchi inqilobchilarni yakobinchilar deb atashardi. Ular hatto yangi kalendar
ham o‘ylab topishgan bo‘lib, unda yil hisobi 1792- yildan, ya'ni Respublika tashkil
etilgan birinchi yildan boshlanardi.
ROBESPYER KIM BO‘LGAN?
Yakobinchilarning yetakchisi shafqatsiz Maksimilyen Robespyer (1758—
1794) edi. 31 yoshida Bosh shtatlarga saylangan, ajoyib advokat va sudya bo‘lgan
bu odam, oddiy kishilarning huquqlarini jon-jahdi bilan himoya qilardi. Uning
tasavvuriga ko‘ra oddiy xalqning xayrli ishlariga faqat buzg‘un jamiyat va illatli
kishilargina xalaqit beradi. Shuning uchun ham turli ma'naviy illatlarga ega
kishilarni bir boshdan qirg‘in qilish kerak.
Endilikda ana shu g‘oya asosida bosh kesuvchi jodining tig‘i har kuni kunda
ustida bir necha bor ko‘tarilib tushardi. Xalq dushmanlari (dastlab faqat boylar)
kundada jon berdilar. Dastlab bu qismatga qirolning bevasi Mariya-Antuanetta,
keyin gersog Orleanskiy, uning ketidan esa ruhoniylar va aslzodalar giriftor bo‘ldi.
Ulardan keyin Robespyer yaqindagina uning tarafdorlari bo‘lgan (masalan Danton
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
kabi) kishilarni, ularning xotinlari va yaqin qarindoshlarini qatli om qildi. Shundan
so‘ng o‘zining boshqa raqiblariga tashlandi. Robespyer hamma joyda buzg‘unchi
ayollarni, erkaklarni ko‘rardi. Oqibatda shafqatsiz terror avj oldi. Unga qarshi
borish jinoyat hisoblanardi. Butun Fransiya qo‘rquv va dahshat ostida yashardi.
500 mingga yaqin odam turmaga qamalgandi, 17 ming kishining boshi esa jodida
kesildi. Nihoyat o‘z jonidan xavfsiragan Robespyerning maslakdoshlari unga
xiyonat qilishib, uning o‘zining boshini ham jodidan o‘tkazishdi.
NAPOLEON KIM BO‘LGAN?
Napoleon Bonapart kabi o‘z hayotlik chogidayoq butun olamga ta'sir qila
olish kuchiga ega bo‘lgan kishilar tarix sahnida juda ozchilikni tashkil qiladi. U
1769- yilning 15 avgustida Korsika orolining Ayachcho degan joyida tug‘ilgan. U
hali bolalik chog‘idayoq o‘zining kitoblarda o‘qib bilgan qadimiy davr
qahramonlaridek bo‘lishini istardi. U Parijdagi harbiy akademiyani o‘qib
tugatganida hali 16 yoshga ham kirmagandi.
24 yoshida Bonapart Tulon shahrini britaniyaliklar istibdodidan ozod
qilishdagi qahramonliklari uchun brigada, ya'ni muayyan qo‘shin generali
lavozimiga loyiq topildi. Keyinchalik u armiyani boshqarib Avstriya ustidan
g’alaba qozondi, Misrdagi urushda zafar qozondi.
Napoleon Fransiyaning birinchi Konsuli, hukmdori bo‘ldi. U hukumatni
boshqarishning barcha tizimlarini isloh qildi.
1804- yilda Napoleon fransiyaning imperatori deb e'lon qilindi. Napoleon
fransuz imperiyasini boshqargan o‘n yil davomida muttasil urush davom etdi.
Uning galabalari Napoleonga Yevropada Ispaniyadan to Rossiya chegaralarigacha
bo‘lgan hududlarga hukmronlik qilish imkoniyatini tug’dirdi.
1812- yilda u o‘zining olti yuz minglik askarlari bilan Rossiyaga bostirib
kirishga qaror qildi. U garchi Moskvani qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, uning
qo‘shinlarining ta'minoti yaxshi darajada emasdi, shu boisdan u yana ortiga qaytib
ketishga majbur bo‘ldi. Ortga qaytish chog‘ida uning askarlaridan faqat yuz ming
kishigina omon qoldi. Shundan keyingi bir necha mag’lubiyatlardan so‘ng
Napoleon taxtdan voz kechdi va Elba oroliga surgun qilindi. Keyin u Elbani tark
etib, yangi armiya tashkil qildi, biroq 1815- yilda Vaterloo yaqinida uning
qo‘shinlari Vellington va Blyuxer qo‘mondonligidagi armiya tomonidan tor-mor
qilindi.
Napoleon britaniyaliklarga asir tushdi, ular Napoleonni mahbus sifatida hech
narsa o‘smaydigan Muqaddas Yelena oroliga surgun qildilar. Napoleon o‘sha
yerda 1821- yilning 5 mayda vafot etdi. U o‘z davlatini yangi zafarlar va kuch-
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
qudrat sari yetaklagan yillarida, ayni paytda ko‘plab qirg‘inlar, balo-qazolarning
sababchisi bo‘ldi, butun boshli xalqlarning hayotini izdan chiqardi.
I VA II JAHON URUSHLARI QACHON
BOSHLANGAN?
XX asrning boshlariga kelib jahonning katta-katta hududlari asosan Buyuk
Britaniya, Fransiya, Belgiya va Niderlandlar hukmronligi ostida edi: ularning
mustamlakachilikka asoslangan imperiyalari o`tgan asrdayoq qad rostlagan edi.
Germaniya va Italiya esa XIX asrning ikkinchi yarmidagina yagona davlatga
aylangani uchun ularning mustamlakalari hali unchalik ko‘p emasdi. Shuning
uchun ularning jahon siyosatiga kursa-tadigan ta'siri ham aytarli emasdi.
Germaniyaning Avstro-Vengriya imperiyasi bilan tuzgan ittifoqi unga
g‘arbda qo‘shni bo‘lgan Fransiya va Belgiyaga, sharqqa esa Rossiyaga katta xavf
tug‘dirardi. Hammaga shu paytgacha Yevropadagi tartiblarning buzilishi yaqin
orada yuz berishi ayon bo‘lib qoldi. 1914- yilda avj olib ketgan urush, yashin
tezligida butun Usmoniy turklari imperiyasini qamrab oldi.
Birinchi jahon urushini «Barcha urushlarga chek qo‘ygan urush» deb
nomladilar. Biroq 1939- yilda yana harbiy alanga lovullab ketdi. Bu davrga kelib
Germaniyada, Italiyada va Ispaniyada diktatorlik tuzumi o‘rnatilgan edi.
Yevropadagi diktaturalarga Buyuk Britaniyaning va AQSHning Uzoq Sharqdagi
mavqyeini barbod qilishga intilayotgan Yaponiya ham ittifoqchi bo‘lib qo‘shildi.
MUVAQQAT HUKUMAT QACHON
TUZILGAN EDI?
1917- yilning martida shoh Nikolay II o‘z taxtidan voz kechishga majbur
bo‘ldi. Uning o‘rniga Georgiy Yevgenyevich Lvov boshchiligidagi muvaqqat
Hukumat qaror topdi. Biroq u uzoq yashamadi. Iyul oyida advokat Aleksandr
Fedorovich Kerenskiy bosh vazir etib tayinlandi, biroq turli qarama-qarshiliklar
tufayli har tomonga qarab tortilayotgan uning hukumati ham xalq orasida obro‘-
e'tibor qozona olmadi. Bir qancha tarkibidagi a'zolari u qadar ko‘p bo‘lmagan,
biroq ta'sir kuchi hiyla sezilarli bo‘lgan inqilobiy guruhlar Kerenskiy hukumatiga
qarshi muholifat tashkil qildilar. Bu guruhlarning ichida eng kuchli ta'sir kuchiga
ega guruh Lenin boshchiligidagi bolsheviklar partiyasi edi.
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Urush Rossiyani tanazzulga olib keldi. Frontdagi askarlar jang qilishdan
bosh tortishardi. Kerenskiy mehnatkashlar qo‘mitalariga, ya'ni ishchi va askar
deputatlarining Sovetlariga qurol-aslaha tarqatdi, zero u bu Sovetlarning
ko‘magidan umidvor edi. Biroq bu uning xatosi edi: ko‘pgina Sovetlardagi
hokimiyat tez orada leninchi bolsheviklar qo‘liga o‘tib ketdi.
Lenin 7—11 noyabrda bo‘lib o‘tgan Sovetlarning s'yezdida boshqa inqilobiy
guruhlarning ko‘magi yordamida Kerenskiy hukumatini qulatilgan deb e'lon qildi.
1917- yilnipg 7 noyabrida qurollangan ishchi va soldatlar Petrograddagi Muvaqqat
Hukumat joylashgan Qishki saroyni ishgol qilib qulga oldi. Kerenskiy hukumatya
deyarli qarshilik ko‘rsatmadi va hisbga olipdi.
LENIN VA STALINLARNING HUKUMATLARI
QACHON DAVLAT TEPASIGA
KELDI?
Bolsheviklar rahbar partiya sifatida o‘z mavqyelarini juda tez egallab oldilar.
Bunda ular boshqa nisbatan passivroq sotsialistik partiya vakillarini oliy
ma'muriyat lavozimlariga yaqin yo‘latmaslik yo‘lidan bordilar. Keyinchalik
bolsheviklar kommunistlar deb atala boshladilar (Bu nomni ular ilk bor 1848- yilda
chop etilgan Karl Marks va Fridrix Engelslar qalamiga mansub «Kommunistik
partiya manifesti» kitobidan olishgan edi).
Yangi hukumat alohida Dekret chiqarib pomeshchiklarga tegishli yerlarni
dehqonlarga olib berdi. Bolsheviklar sanoatni, banklarni va transportni davlat
nazorati ostiga oldilar. Rus pravoslav cherkovining mol-mulkini musodara qildilar.
1918- yilning martida Leninning sa'y-harakatlari bilan Brest-Litovskda Germaniya
bilan tinchlik bitimi tuzildi. Rossiya urushdan chiqdi, biroq u Boltiq bo‘yi hududini
va Belorussiyaning ma'lum qismini Germaniyaga berishga majbur bo‘ldi. Ukraina
mustaqil davlat sifatida tan olindi, biroq u ham amalda Germaniyaning vassaliga
aylandi. Hokimiyat tepasiga Rus podshosi qaytishiga bo‘lgan umid va ishonch
1918- yilning iyulida butunlay puchga chiqdi, zero bu davrga kelib
bolsheviklarning buyrug’i bilan Nikolay II va uning butun oilasi otib tashlangandi.
Shunga qaramay Rossiyada to‘rt yil 1918- yildan to 1922- yilgacha qonli urushlar
davom etdi. Bu urushlar G‘arbdagi monarxiya tarafdorlari hamda bolsheviklarni
tor-mor qilishga intiluvchi kuchlarning yordamida avj oldirilgan edi.
1924- yil yanvarida Leninning o‘limidan keyin hokimiyat asta-sekin
bolsheviklar partiyasi apparatining rahbari Iosif Vissarionovich Stalin qo‘liga o‘tdi.
Yangi rahnamo, dastlabki paytlarda kommunistlar tomonidan e'lon qilingan
qonuniylik va adolat ideallarini nazar-pisand qilmay, mamlakatda shafqatsiz
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
mustabidlik tuzumini urnatdi. 1991- yili SSSRda kommunistik tuzum barham
topdi.
ADOLF GITLER HOKIMIYAT TEPASIGA
QACHON KELGAN?
G‘arb dunyosini 20—30 yillarda larzaga solgan har tomonlama parokandalik
ayniqsa Germaniyaning qismatida yanada ayanchliroq qiyofa kasb etdi. Zero u
1919- yilda tuzilgan Versal tinchlik sulhiga binoan juda katta miqdordagi
reparatsiyalarni, ya'ni urush qilganligi uchun tovon pulini yoki qarzlarini to‘lashi
kerak edi. Narx-navoning haddan ziyod oshib ketishi oqibatida pullar mutlaqo o‘z
qiymatini yo‘qotdi.
Adolf Gitler rahnamoligidagi natsional-sotsialistlar partiyasi yoki natsistlar
partiya-si bu paytda tez sur'atlar bilan kuch to‘plar edi. Germaniyada ish haqining
kam ekanligi uchun ham, ishsizlikning o‘sib borishi uchun ham Gitler yahudiylarni
aybdor deb topdi. U shaxsan o‘ziga bo‘ysunuvchi qurollangan otryadlarni (SA)
tashkil qildi, uning a'zolarini shturmchilar deb atashardi. Ular natsistlarning
mitinglarini qo‘riqlashar, kommunistlar va yahudiylarni tutib do‘pposlar edilar.
1925- yilda Gitler SA yordamida Bavariyada hokimiyatni qo‘lga olishga
urinib ko‘rdi. Uning bu urinishi chippakka chiqdi, oqibatda Gitlerni uch yillik
muddat bilan qamoq jazosiga hukm qildilar. U qamoqxonada o‘z siyosiy
qarashlarini bayon qiluvchi mashhur kitobini yozdi. Uning «Mening kurashim»
(«Mayn kampf») deb nomlangan mazkur kitobi tez orada eng mashhur asarga
aylandi. Gitler o‘zining antikommunistik qarashlari tufayli markazlashgan
katoliklar partiyasining ko‘magiga sazovor bo‘ldi. 1932- yilning noyabridagi
saylovlardan keyin natsistlar va sentristlar (markazlashgan katoliklar) partiyasi
hokimiyatni tashkil etdi. 1933- yil 30- yanvar kuni Gitler Germaniyaning kansleri
(Bosh Vaziri) bo‘ldi.
«BARBAROSSA» REJASI NIMA DEGANI?
1939- yilda Germaniya va Sovet Ittifoqi bir-birlariga urush qilmaslik
haqidagi bitimni imzoladilar, biroq 1941- yil iyunida Gitler mazkur bitimga xilof
ravishda SSSRni bosib olishga yo‘naltirilgan «Barbarossa» rejasini amalga
oshirishga kirishdi.
Bu tadbirni boshlar ekan, Gitler, albatta, har galgidek bir lahzadayoq
g’alabaga erishishi-ga qattiq ishongan edi. Biroq, nemis armiyasi qanchalik yaxshi
qurollangan, tashkil etilgan va ta'minlangan bo‘lmasin, SSSRga qilingan hujum
butun Germaniyaning aholisini va sanoat resurslarini safarbar qilishni taqozo qildi.
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Mazkur urush Germaniyaga juda katta talofatlar keltirdi. Aynan SSSRda, I. V.
Stalin rahbarligida olib borilgan urushlarda Germaniya II jahon urushidagi
mag’lubiyatiga uchradi.
«APARTEID» NIMA DEGANI?
Afrikaliklar tilida «apartxeyd» so‘zi «o‘ziga xos, alohida yashash» degan
ma'noni bi-diradi. Aparteidning siyosati negizida jahon aholisining ikki xilda
taraqqiy etish yo‘li yevropacha va yevropacha bo‘lmagan yo‘l mavjudligi haqidagi
g’oya yotadi.
Bu g‘oya bizning asrimizning 50- yillarida JAR hukumati tomonidan qabul
qilingan Qonunlarda o‘z ifodasini topgandi. Mazkur hukumat ushbu qonun bu
mamlakatning yagona rivojlanish shaklini belgilab beradi, deb e'lon qilgandi.
Mazkur qonunga binoan oq tanlilar va qora tanlilar o‘rtasidagi nikoh va har
qanday munosabatlar taqiqlanar, ularning bir joyda yashashlari va o‘qishlariga
ruxsat berilmasdi. Oqlar va qoralarga, shuningdek yagona jamoat transportidan,
kinoteatr, restoran, kafelardan foydalanish ham man etilardi.
Qora tanlilarga ma'lum davlat lavozimlarini egallash taqiqlanardi. JAR
hukumati qora tanlilar bir joyda g‘uj bo‘lib yashashlari uchun o‘ziga xos hududlar
— bantustanlar barpo qildi. Bunday istiqomat joylarida muayyan bir millatga yoki
qabilaga mansub kishilargina yashardilar.
Bu mohiyatiga ko‘ra irqchilikka asoslangan bema'ni siyosat, afrikalik oq
tanlilar hayotida ham qora tanlilar hayotida ham shaxsiy fojialarni keltirib chiqardi.
U iqtisodning, fan, texnikaning taraqqiyotiga to‘sqinlik qildi. Zero bu sohalarda na
irq va na millat degan chegara mavjud emasdir. Shuningdek bu fojialar faqat
JARning o‘zida emas, balki uning qo‘l ostida bo‘lgan Namibiyada ham o‘z
asoratlarini qoldirdi.
Shuning uchun ham Butun jahon jamoatchiligining ta'siri ostida Namibiyaga
mustaqillik berilgandan so‘ng, aparteid tizimi butunlay barbod qilib tashlandi.
Murosasiz irqchilik mavqyeida turgan ko‘plab odamlarning noroziligiga
qaramasdan o‘tkazilgan islohotlar JAR da ilk marotaba irqchilikdan xoli parlament
saylovlari o‘tkazilishiga, mamlakat aholisining terisi rangidan va irqidan qat'i nazar
teng huquqqa ega ekanligini e'lon qilgan Konstitutsiyaning qabul etilishiga olib
keldi.
BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTI
NIMA UCHUN KERAK?
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Birinchi jahon urushidan keyin tez orada davlatlar orasidagi mojarolarni
bartaraf etish maqsadlarida Millatlar Ligasi ta'sis etildi. Ammo u muvaffaaqiyatli
faoliyat yurita olmadi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Liga o‘z o‘rnini boshqa
xalqaro tashkilotlarga bo‘shatib berdi.
1945- yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ga asos solindi. Uning
assambleyalarida turli davlatlarning vakillari xalqaro masalalarni muhokama
qiladilar. Uning asosiy vazifasi — jahondagi keskinlikni yumshatish va yangi
urush chiqish xavfini kamaytirish.
BMTga besh yillik muddatga saylanadigan Bosh kotib rahbarlik qiladi.
BMTning Bosh Assambleyasida mazkur tashkilotga a'zo bo‘lgan barcha
davlatlarning a'zolari ishtirok etadilar. Agar Assambleya ishtirokchilarining
ko‘pchilik qismi biror bir mamlakatning tutgan yo‘liga norozilik bildirsalar, BMT
unga u yoki bu tarzda ta'sir qilish huquqiga ega. Masalan, 1956- yilda BMT
Fransiya va Buyuk Britaniyaning Suets tanazzuli davrida Misrga bostirib kirishini
qattiq qoraladi va uning talablari asosida bu urushga barham berildi.
BMTning Xavfsizlik Kengashiga 15 davlat a'zodir. Shulardan 5 tasi, ya'ni —
AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Xitoy — doimiy a'zo davlatlardir.
Ushbu Kengash kengash a'zolaridan bo‘lgan biror bir mamlakatga qarshi ovoz
berish huquqiga yoki xavfli nuqtalarga, tinchlikni qaror toptirish uchun
qo‘shinlarni yo‘llash huquqiga egadir.
Biroq BMTning barcha harakatlari ham muvaffaqiyat qozonavermaydi. U
odatda Buyuk davlatlar manfaatlariga aloqador mojarolarni tartibga solishga
ojizdir. Gap shundaki, Xavfsizlik Kengashining qarori bir ovozdan qabul qilinishi
kerak. Har bir a'zo u yoki bu masalani hal etish jarayonida betaraf qolish huquqiga
ham egadir. AQSH va SSSR doimiy a'zolari sifatida o‘z manfaatlarini ko‘zlab bu
huquqdan juda ko‘p bor foydalanganlar.
BAYROQLAR ILK BOR QACHON PAYDO
BO‘LGAN?
Bayroq nima uzi? Bu matodan qilingan ramz yoki belgidir. Uni ko‘tarib
yurish, silkitish, hilpiratish mumkin. Odatda, biror bir bayroqni ko‘tarib yurgan
yoki osib qo‘ygan kishilar o‘zlarining muayyan bir davlatga yoki tashkilotga
mansub ekanligini ko‘rsatadilar deb hisoblanadi.
Bayroq yaratish g’oyasi, shubhasiz bundan ming yillar muqaddam qadimgi
ovchilar va jangchilar orasida tugilgan. Ular uzlarini dushmanlari ham, do‘stlari
ham olisdan tanishlarini istaganlar: ayni paytda ular ham kim kelayotganligiga
qarab o‘zlaricha tayyorgarlik ko‘rganlar, agar do‘stlari kelsa quchoq ochib kutib
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
olsalar, dushmanlarni harbiy tayyorgarlik bilan qarshilaganlar. Shuning uchun ilk
bayroqlar hayvonlarning terisidan yoki qushlarning patlaridan yasalgan.
Qadimgi Misrda askarlar uzun xoda ko‘tarib yurganlar, ushbu xodaning
tepasiga esa muayyan qushning yoki hayvonning, yo bo‘lmasa biror narsaning
tasviri tushirilgan. Matodan tayyorlangan birinchi bayroqlar xitoyliklarda va
hindlarda paydo bo‘lgan. Masalan, xitoylarda matodan tayyorlangan bayroqlar
eramizdan avvalgi 1100- yillarda ham mavjud bo‘lgan deb hisoblanadi. Rim
askarlari ham dastlab xodalarga o‘rnatilgan turli hayvonlarning tasvirini ko‘tarib
yurishgan. Keyinchalik ularda ham matodan qilingan bayroqlar paydo bo‘lgan.
O‘rta asrlar mobaynida Yevropada ham bayroqlar keng tarqaldi. Diniy
mazhab urushlari davrida salbchilarning ham o‘z bayroqlari bor edi. Qirol oilalari
va aslzodalarning ham o‘z bayroqlari mavjud edi. Bu bayroqlarda ular nasabining
ramz va belgilari ifodalangan.
Eng qadimiy davlat bayrogi, shubhasiz, qizil matoga oq xoch (krest) tasviri
tushirilgan Daniya bayrogidir. Mavjud rivoyatlarga ko‘ra u 1219- yilda paydo
bo‘lgan.
GERBLARNI KIM O‘YLAB TOPGAN?
Davlatlar, shaharlar, qirol sulolalari, aslzoda oilalar uz emblema-ramzlariga,
ya'ni gerblariga ega. Gerbning tasviri, yozuvi va ranglari uni ko‘tarib yuruvchining
o‘tmishidan guvohlik beradi.
Chamasi, gerblar dastlab arablarda mavjud bo‘lib, salb yurishlari davrida
ular Yevropada ham keng tarqalib ketgan. Har bir senorning o‘z ramzi bo‘lgan.
Urushlardagi jangu-jadallar chog’ida jangchilar jangovar bayroqlar va gerblar
atrofiga to‘planishgan.
Bir necha yillar mobaynida nilufar gullari emblema bo‘lib xizmat qilgan,
bretanlarning gerbida esa olmaxonga o‘xshagan oq yumronqoziq — gornostayning
tasviri aks etgan, avstriyaliklar gerbida — burgut, Angliyanikida esa — qoplon
tasvirlangan. Gerblarni o‘rganish bilan juda mashaqqatli, ammo behad qiziqarli fan
geraldika shug’ullanadi.
MILLIY MADHIYALAR QANDAY
PAYDO BO‘LGAN?
Milliy madhiya — bu vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiq bo‘lib, u yoki bu
rasmiy marosimlarda, mazkur xalq va davlatga hurmat ramzi sifatida ijro etiladi.
Milliy madhiyalar va vatanparvarlik qo‘shiqlari kishilarni umumiy orzulari va
maqsadlari, shuningdek ideallari asosida birlashishlariga xizmat qiladi.
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Aksariyat milliy madhiyalarning kelib chiqish tarixi noma'lum. Odatda,
ko‘pincha bunday qo‘shiqlarning kuylari, unga kimdir vatanparvarlik ruhidagi
she'r yozmasdan avval ham mashhur bo‘ladi. Maxsus, milliy madhiya uchun
yozilgan kuylarning soni uncha ko‘p emas. Eng mashhur madhiya bu G‘arbiy
Germaniyaning madhiyasi bo‘lib, uni buyuk kompozitor Frans Iosif Gaydn dastlab
Avstriya uchun yozgan edi.
Nisbatan qadimiyroq bir qancha milliy madhiyalar va vatanparvarlik
qo‘shiqlarining she'rlari bir-biridan farq qilsada, yagona kuy asosida ijro etiladi.
Ularning ayrimlari hatto harbiy qo‘shiqlar sifatida ijro etilgan. Shunisi qiziqki, bu
qo‘shiqlarni bir-biri bilan urush olib borayotgan har ikki tomon askarlari ham
birdek maroq bilan kuylaganlar. Britaniyaning «Tangrim, qirolichani o‘z
panohingda saqla» deb boshlanuvchi madhiyasining kuyi Daniyada, Germaniyada,
Rossiyada, Shveysariyada va dunyoning boshqa ko‘plab ingliz tilida so‘zlashuvchi
mamlakatlarida vatanparvarlik qo‘shiqlarining yaratilishiga sabab bo‘ldi. Amerika
Qo‘shma Shtatlarida ham «Amerika» so‘zi ana shu kuy jo‘rligida ijro etiladi.
«Tangrim, qirolichani o‘z panohingda saqla» kuyi ilk marotaba 1619- yilda
yangragan. Uni ingliz kompozitori Djon Bull yozgan. Mazkur kuyning davlat
madhiyasi sifatidagi ilk ijrosi 1745- yilning 28- sentyabrida bo‘lib o‘tgandi.
Amerika Qo‘shma Shtatlarining milliy madhiyasi1812- yildagi urush
davrida yozilgan edi. Baltimorlik advokat Frensis Skott Key, britaniyaliklarning bir
kemasida ketmoqda edi, ular Fort Mak Genriga hujum qilardilar. Key tuni bilan
hujumning borishini kuzatdi. Tongda u Fort ustida hilpirab turgan Amerika
bayrog‘ini kurgach, u shu darajada hayajonlanib ketdi-ki, natijada «Yulduzli
bayroq» qo‘shig‘ining she'rini yozib qo‘yganini o‘zi ham sezmay qoldi, she'rni u
oddiy xatjildning orqasiga yozgandi. U she'rini biror kuyga solish haqida
o‘ylayotganda uning xotirasiga «Samodagi Apokreonga» deb ataluvchi qadimiy
ingliz qo‘shig‘i keldi.
«Marselyeza» — fransuz milliy madhiyasi bo‘lib, ushbu qo‘shiq Buyuk
Fransuz inqilobi davrida (1789—1815) harbiy qo‘shiq edi. Qo‘shiqning so‘zi va
musiqasini Klod-Jozef Roje de Lill yozgandi. U fransuz armiyasining kapitani edi.
1795- yilda «Marselyeza» Fransiyaning milliy madhiyasi sifatida rasman
tasdiqlandi.
POLIS NIMA DEGANI?
Polis deb jamiyat qurilishining o‘ziga xos shakliga aytiladi. Mazkur davlat
shakli Qadimgi Yunonistonda bizning eramizdan avvalgi XII asrda paydo bo‘lgan.
Polis erkin fuqarolarning birikmasidan iborat bo‘lgan. Uning tarkibiga nafaqat
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
biror-bir kasb-hunar egalari, balki dehqonlar ham kiritilgan. Xususiy mulki bo‘lgan
har qanday fuqaro Polis a'zosi bo‘lish huquqiga ega bo‘lgan.
Dastlabki Polislar dehqon va hunarmandlar yashaydigan qishloqlarda urug‘-
aymoqchilikka asoslangan birlashma sifatida paydo bo‘lgan. Polisning barcha
a'zolari bir huquqlarga ega bo‘lgan, shuning uchun dehqonchilik uchun yaroqli yer
maydonlari ularning o‘rtasida tengma-teng taqsimlangan.
Polisni oqsoqollar kengashi boshqargan, biroq eng muhim masalalar Polis
a'zolarining umumiy majlislarida hal etilgan.
Taxminan eramizdan avvalgi VI asrlardan boshlab katta shaharlar ham
polislar deb atala boshlangan. Ularda oqsoqollar kengashi bilan bir qatorda harbiy
sardorlar — basileylar ham saylangan. Bu saylovlarni o‘tkazish uchun xalq majlisi
maxsus maydon — agorga to‘planganlar. Bu yerda notiqlar uchun maxsus supalar
tayyorlab qo‘yilgan.
Polisda yashagan, biroq uning a'zosi bo‘lmagan erkin fuqarolardan, maxsus
soliqlar olinib, bu mablag’lar polisni qo‘riqlaydigan jangchilarni boqish va harbiy
jihatdan ta'minlash uchun sarflangan.
Polis keyinchalik, qad rostlaydigan demokratik davlat uchun amaliy negiz
vazifasini o‘tadi.
SAYLOVLAR ILK BOR QAYERDA
O‘TKAZILGAN?
Rus tiliga saylov— «vibori» so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, lotinlarda ham
bu so‘z «tanlab olish» ma'nosini anglatadi. Saylovlarda kishilar o‘zlarining
rahbarlarini tanlash huquqi borligini his qilganlar. Ming yillar davomida shunday
bo‘lib kelgan. Qadimgi yahudiylar va yunonlar ushbu huquqni qo‘lga kiritish
uchun kurashganlar. Isroilning birinchi qirollari, shuniigdek Qadimgi
Yunonistonning generallari saylov yo‘li bilan tayinlangan.
Erkin saylovlar an'anasi Angliyaga taxminan 1500- yillar muqaddam anglo-
saksoniya urushlari davrida kirib kelgan. Shunday qilib, mahalliy rasmiy kishilarni
saylash huquqi ingliz turmush tarzining ajralmas bir qismiga aylanib qoldi va ilk
kolonistlar tomonidan Amerikaga ham olib o‘tildi. Amerika inqilobiga qadar ham
amerikaliklar o‘z shahar yeg’inlarida va koloniya assambleyalarida ovoz
berishardi.
Biroq saylov masalasida bir katta muammo bor edi: saylash huquqiga kimlar
ega? Bir paytlar faqat xususiy mulk egalarigagina saylash huquqi berilgan edi.
Uzoq tarix davomida ovoz berishni taqiqlovchi ko‘plab cheklashlar mavjud bo‘lib
keldi. (Masalan, kishilarning xususiy xo‘jaligining katta-kichikligiga qarab bu
huquqni berish yoki bermaslik kabi.) Uzoq davr mobaynida ayollar saylash
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
huquqiga ega emas edilar. Ayollarning teng huquqliligi uchun kurashchilar bu
masalani hal etish uchun har qanday imkoniyatdan foydalanishga urinishardi.
Biroq hozirgi kunda ham ayrim mamlakatlarda ayollar saylash huquqlariga ega
emas.
Saylov huquqlarini cheklash vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turdi, saylash
huquqini yangi-yangi toifa kishilari egallab borardi. So‘nggi davrga kelib
saylovchining ovoz berish yoshi 21 dan 18 ga tushirildi.
QAYSI DAVLATNING PARLAMENTI ENG
KO‘HNA PARLAMENT?
Fransiyada Kapetinglar sulolasi davridagi parlament xuddi Adolatli saroy
hakamlariga o‘xshardi, ya'ni sudlov ishlari bilan shug‘ullanardi. Bugungi kunda bu
ishlar bilan butunlay boshqa soha — qonunchilik shug’ullanadi. Biroq, hamma
ham eng ko‘hna parlament XIII asrdan buyon ma'lum bo‘lgan Angliya parlamenti
emas, balki Islandiya parlamenti ekanligini bilarmikan? Islandiya parlamenti 930-
yilda tashkil topgan bo‘lib alting, ya'ni majlis deb atalardi. IX asrning oxirida
Islandiyaga Norvegiyaliklar bostirib kirdi. Va u o‘z mustaqilligini qayta tiklagach,
930- yildan e'tiboran yakka hukmdor emas, balki bir guruh kishilar, ya'ni majlis
rahbarlik qiladigan yagona mamlakatga aylandi. Islandiya 1944- yilning 17-
iyunida, ming yillar davomida Daniya va Norvegiyaning istibdodidan xalos
bo‘lgach Respublika deb e'lon etildi. Bu mamlakatning Prezidenti to‘rt yillik
muddatga saylanib, Bosh-vazir bilan birgalikda davlatni boshqaradi. Alting
mamlakatning poytaxti — Reykyavikda to‘planadi. Mazkur a’lting, ya'ni
parlament 2 palatadan tarkib topgan bo‘lib, ularning har biri umumiy ovoz berish
yo‘li bilan saylanadi.
DAVLAT FUQAROLIK XIZMATI QACHON
PAYDO BO‘LGAN?
Hukumat haqida gapirilganda, odatda jamoalar Palatasi majlislarida ishtirok
qiluvchi siyosiy arboblarni nazarda tutadilar. Ularning ayrimlari turli-tuman davlat
mahkamalarini boshqaradilar. Biroq bu davlat arboblarining ortida oddiy
fuqarolarning butun boshli armiyasi turibdiki, agar fuqarolar bo‘lmasa, mamlakat
ma'muriy tizimining barcha ishlari hech qanday qiymatga ega bo‘lmay qoladi.
Angliyaning (Davlat uyi) Uayt Xollesida va mamlakatning boshqa
muassasalarida xizmat qiladigan turli darajadagi amaldorlar hukumat
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
mashinasining muayyan qismini tashkil etadilar. Qadimgi davrlarda deyarli faqat
askarlargina davlat xizmatida bo‘lganlar xolos. Odatda hukumat mavqyeiga
yagona monarxgina sazovor bo‘lib, u o‘z atrofidagilarga, jamiyatning oliy
tabaqasiga ham ayrim huquqlarni in'om qilardi. Davr o‘tishi bilan hukumatda
xizmat qiluvchi kishilar soni ortib bordi. Xizmatning shunday yangi turlari paydo
bo‘ldiki, ularni maxsus tayyorgarlik ko‘rgan kishilargina amalga oshirishi taqozo
etilardi. Harbiy sohada ishlamaydigan, davlat amaldorlari, fuqarolik xizmatchilari
deb yuritila boshlandi.
Davlat muassasasiga ishga qabul qilish tanlov imtihonidan keyin amalga
oshiriladi. Bo‘sh ish o‘rni haqidagi ma'lumotlar doimiy ravishda umumdavlat va
mahalliy ro‘znomalarda e'lon qilib boriladi.
Albatta, siz Milliy Galereyada va bojxonada xizmat qiluvchi pochtachilar,
turma xodimlari va sud ijrochilari, patentchilar, sanoat yo‘riqchilari va Bosh
vazirning shaxsiy kotiblari va hokazolarning barcha-barchasi, davlat fuqarolik
xizmati deb nom olgan keng tarmoqli tizimning xizmatchilari ekanligini bilib,
hayratga tushishingiz mumkin. Binobarin, davlat fuqarolik xizmatining kengayib
borishi evaziga uning kuch-qudrati ham oshib boradi.
OVOZ BERISH QACHON KELIB CHIQQAN?
Siyosiy saylovlar chog’ida ovoz berish huquqi «ovoz huquqi» degan nom
olgan. Aynan ana shu huquqingiz tufayli Siz, kishilarni davlat lavozimlariga
saylashingiz, shuningdek umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan Qonunlarni qo‘llab-
quvvatlashingiz yoki inkor qilishingiz mumkin.
Insoniyat tarixida ko‘p hollarda ovoz berish huquqiga faqat ayrim toifaga
mansub kishilargina ega bo‘lganlar. Har bir kishining saylash va saylanish
huquqiga ega bo‘lishi demokratiya deb ataladi, biroq bu huquqqa bugungi kunda
ham hamma joyda va hamma ham ega emas. Barcha davrlarda ham ma'lum
cheklashlar mavjud bo‘lgan. Bu cheklashlarning ayrimlari adolatli, ba'zilari esa
adolatsiz bo‘lgan. Ayrim mamlakatlarda, ammo turli davrlarda kishining yoshi,
jinsi, dini va terisining rangiga, ma'lumotiga, moddiy va ijtimoiy ahvoliga,
shuningdek, soliqlarni to‘lab borishiga ko‘ra ham ovoz berishdagi cheklashlar
belgilangan.
Qadimgi Yunonistonda va qadimgi Rimda demokratiyaning ayrim jihatlari
ko‘zga tashlana boshlagan. U yerda ovoz berishning eng sodda usullaridan
qo‘llanilgan. Masalan, Afinadagi umumiy yig‘inlarda ijtimoiy masalalarga oid
muammolar muhokama qilinayotgan paytda kishilar qo‘l ko‘tarib o‘z
mulohazalarini, munosabatlarini oshkor etganlar. Agar biror shaxsga aloqador
masala muhokama etilsa ular yopiq ovoz berish usulidan foydalanganlar. Kishilar,
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
masalan, ko‘pchilikning noroziligiga sazovor bo‘lgan odamni amalidan olib
tashlashlari mumkin bo‘lgan. Biroq, faqat ozod fuqarolargina ovoz berish huquqiga
ega bo‘lganlar. Qullar va xorijliklar ovoz berish huquqidan mahrum bo‘lgan, ayni
paytda xorijliklarning fuqarolik olish imkoniyatlari ham bo‘lmagan.
O‘rta asrlar zamonida yirik shaharlarda istiqomat qiluvchi shaharliklar va
ozod fuqarolar shahar hokimini saylash huquqiga ega bo‘lganlar. Biroq ovoz berish
huquqiga faqat mulkdorlargina ega bo‘lganlar. Uyg‘onish, ya'ni Renessans davrida
xalq aristokratlar tomonidan boshqarilgan: oddiy xalq ovoz huquqiga ega emas edi.
Savdo-sotiq va sanoatning rivojlanishi tufayli Yevropada ilk ishbilarmon va
tadbirkorlar paydo bo‘la boshlagach, ovoz berish huquqi ularga ham nasib etdi.
Kishining yoshi va boshqa jihatlariga ko‘ra belgilangan saylov cheklashlari, endi
uning moddiy ahvoliga ko‘ra belgilangan cheklashlar bilan almashtirildi. Na
Amerikadagi inqilob, na Fransiyadagi inqilob, bir guruh aslzoda guruhlarning o‘z
saylov huquqlarini oddiy xalq bilan birdek baham ko‘rishga erisha olmadi.
Bugunga kelib Buyuk Britaniyada 18 yoshga to‘lgan har bir odam ovoz
berish huquqiga egadir (Bundan albatta, aqli zaiflar, jinoyatchilar va ayrim boshqa
tabaqalar mustasno). 1832- yilga qadar Buyuk Britaniyada bu huquqqa ega kishilar
juda ozchilikni tashkil etardi. Ayollarni esa 1918- yilgacha mutlaqo saylovlarga
qo‘yishmasdi. 1918- yildan keyin ham faqat 30 yoshga to‘lgan ayollargina ovoz
berish huquqiga ega bo‘ldilar. 1928- yildan boshlab Angliyaning barcha fuqarolari
ovoz berish huquqini qo‘lga kiritdi.
1832- yilda o‘tkazilgan islohot amaldagi ovoz berish tizimini bekor qilib,
umumiy narxi 10 funtdan kam bo‘lmagan yer egasi bo‘lgan (xoh u pomeshchik
bo‘lsin, xoh ijarachi) barcha erkaklarga ovoz berish huquqini berdi.
1867- yilda yana bir islohot o‘tkazilib, u tufayli hunarmandlar va shahar
ishchilari ovoz huquqiga ega bo‘ldilar. 1884- yildan keyin esa dehqonlar ham ovoz
huquqidan foydalana boshladilar. Bugungi kunda har bir inson ovoz berish
huquqiga ega.
O‘tgan asr boshlarida yer egasi Parlamentga o‘z vakilini «saylov okrugi»
nomidan tayinlash huquqiga ega edi. Biroq ayrim hollarda bunday okruglarda hech
kim istiqomat qilmas edi, aytaylik Uiltshirdagi ko‘hna Sarum okrugidagi kabi:
yoki Saffolkdagi Donvig okrugi kabi bu yerlar sun'iy dengiz ostida qolib ketgan
bo‘lishi ham mumkin edi. 1832- yilga qadar faqat sanoqli parlament a'zolarigina
xalq ovoz berishi yo‘li bilan saylanishgan.
Bugungi kunda Angliyada har bir nomzod saylovda ishtirok etishidan oldin
500 funt sterling to‘lashi kerak. Agar saylov jarayonida u saylovchilarning 5 foiz
ovozini ololmasa bu pullarni jarima sifatida to‘laydi. 1949- yilga qadar bir
shaharda yashab boshqa okrugda ish yuritadigan kishi birato‘la ikki okrugda ovoz
berish huquqiga ega edi. Masalan, shu tarzda, universitet bitiruvchisi mahalliy
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
nomzodlar ham, shuningdek uning universiteti tomonidan taqdim etilgan nomzod
uchun ham ovoz berishi mumkin bo‘lardi.
INSON HUQUQLARI TO‘G‘RISIDA NEGA
BUNCHA KO‘P GAPIRISHADI?
Siz albatta teleekran yangiliklarida «Inson huquqlari buzilyapti», «Falon
mamlakatda inson huquqlariga noto‘gri munosabatda bo‘lishmoqda»,—degan
gaplarni ko‘p eshitasiz.
Xo‘sh, nimaga bu masala bu qadar muhim? Nega endi faqat Qonunlarga
emas, balki har bir alohida inson huquqlariga ham amal qilinishi kerak? Insonlar
har doim ham o‘z huquqlarini himoya qilib kelganlar. Inson huquqi bu uning o‘z
erkini o‘zi belgilash imkoniyatidir. Bu degani, ular faqat o‘z erki uchun
kimlarningdir tazyiqidan xalos bo‘lish uchun kurashadilar degani emas, albatta.
Inson huquqlari uchun kurashdagi asosiy jihatlar quyidagilardan iborat.
Birinchi holda bu e'tiqod erkinligi, ya'ni kishining o‘zi xohlagan Xudoga ishonishi
va o‘zi mansub dinga xos diniy rasm-rusmlarni bajarish erkinligidir. Bundan
tashqari inson huquqlari deyilganda kishining o‘z fikrlarini keng jamoatchilik
orasida, bahslarda, shuningdek matbuotda, ro‘znoma va boshqa nashrlarda bemalol
erkin oshkor qila olish huquqi ham tushuniladi.
Inson huquqlariga amal qilish shuningdek, u yoki bu hukumat uchun ovoz
berish huquqi yoki unga qarshi ishonchsizlik bildirish huquqini ham anglatadi.
Inson huquqlarining o‘ziga xos bir ko‘rinishi Amerikada yuz berib, unda qora tanli
aholi oq tanli aholiga berilgan huquqlardan teng foydalanish huquqini talab qilib
chiqdi. Bu voqyea 1959 -yilda yuz bergan edi.
Shunisi qiziqki, 1950- yilda BMT bolalar ham, o‘zlarining yashash
joylaridan qat'i nazar o‘ziga xos huquqlarga ega ekanligini e'lon qildi. Bu huquqlar
«Bola huquqlari Deklaratsiyasida» bayon etiltan. Ushbu qoida va huquqlardan
quyidagilarni qayd etish mumkin: bolaga normal va sog‘lom rivojlanish uchun
barcha shart-sharoitlar yaratib berilishi lozim. U o‘z xatti-harakatlarida, xohish-
istaklarida erkin bo‘lmog‘i, uni xuddi kattalardek hurmat qilish lozim. Har bir
bolaning ismi va millati bo‘lishi, ularga nisbatan mehr-shafqat ko‘rsatilishi va
ularni anglamoq kerak. U maktabga borish imkoniyatiga, turli o‘yinlar o‘ynash va
sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlariga ega bo‘lmog‘i kerak.
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
BIRINCHI POLITSIYA QACHON PAYDO
BO‘LGAN?
Qadimgi paytlarda politsiyachilar Amerikadagi sanoqsiz mustaqil politsiya
mahkamalariga qarashli edilar. Bugungi kunda Amerikada 40 000 ta politsiya
bo‘linmasi mavjud bo‘lib, ularning har biri har xil hududlarda qidiruv ishlarini olib
boradilar. Va har bir bo‘linma muayyan jinoyat turini ochishga ixtisoslashgan.
Fransiyada butun mamlakat politsiyasiga bevosita ichki ishlar vazirligi rahbarlik
qiladi, shuningdek mahalliy politsiya ham uning rahnamoligida ish yuritadi.
Bu tashkilotning ildizlari olis o‘tmishga borib taqaladi. Tarixning ilk
bosqichlaridagi qabila sardorlari ham o‘z qabilalarini qo‘riqlab, ularning tinch va
osoyishtaligini ta'minlagan kishilarning ayrim qoidalarga amal qilishini nazorat
qilgan durjinachilarga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘lganlar. Misr firavnlari ham shu
yo‘lni tutishgan, ya'ni askarlardan politsiyachilar sifatida foydalanganlar.
Eramizning boshlarida Sezar Avgust Rim shahrida politsiyachilar otryadini
tashkil etdi. Mazkur otryad 350- yil yashadi. Uning asosiy vazifasi — imperator
buyruqlarining bajarilishini nazorat qilishdan iborat edi.
Taxminan eramizning 700—800 yillari orasida politsiya ishiga taalluqli
yangi g‘oya paydo buldi. Kishilarga qarshi bo‘lgan buyruq va ko‘rsatmalarning
bajarilishini nazorat qilish o‘rniga endi, ular qonunni va odamlarni himoya
qiladigan bo‘ldilar! Bu g‘oya Angliyada va keyinchalik AQSHda politsiya
tashkilotlarining rivojlanishiga katta ta'sir ko‘rsatdi.
Angliya politsiyasi «Hamisha sergak va bedor bo‘l» degan tamoyilga amal
qilardi. Ayrim tumanlarda kechalari maxsus qorovullar,— kunduzlari esa
qo‘riqchilar doim aylanib yurardilar. AQSHdagi koloniyachilar ham ana shu
tizimni o‘zlariga ma'qul ko‘rdilar. Tungi soqchilar sifatida konstebllar, ya'ni 16
yoshdan oshgan baquvvat erkaklar xizmat qilardilar, shunisi qiziqki, ular bu
xizmatlari uchun mutlaqo pul olishmasdi. Ayrim hududlarda bu tizim to XIX asrga
qadar hukm surdi. Londonda Metropoliya Politsiyasining boshlig‘i — komissar
ichki ishlar vaziriga bo‘ysunadi, ya'ni hukumat uning ustidan doimiy nazorat olib
boradi. Londondan tashqarida esa har bir graflik, graflikdagi har bir shaharcha
mahalliy hokimiyatga bo‘ysunuvchi o‘z politsiya bo‘linmalariga ega. Garchi
mahalliy politsiya ma'lum darajada mustaqil bo‘lsada, baribir ular ham markaz
oldida hisob beradilar.
SKOTLAND-YARD NIMA DEGANI?
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Detektiv kitob o‘qigan yoki televizor ko‘radigan har qanday kishi ham,
albatta Skotland-Yard to‘grisida eshitgan bo‘lishi shubhasiz. Bu so‘zni aytar
ekansiz, albatta ko‘z oldingizga, jinoyatchilarga ayovsiz kurash olib boruvchi
polisiyachining viqorli qiyofasi namoyon bo‘ladi.
Skotland-Yard bu Metropoliya Politsiyasining shtabi, u Buyuk Britaniyadagi
mazkur sohaga aloqador muassasalarning eng kattasi hisoblanadi. Bu bo‘limda 27
000 kishi xizmat qiladi. Ular Londonda va uning tevaragida istiqomat qiluvchi 6
750 000 kishiga ega, umumiy maydoni 787 kv.km bo‘lgan hududda sodir
bo‘ladigan voqyea hodisalar uchun javobgar shaxslardir. Poytaxtni politsiyachilar
va tergovchilar bilan ta'minlashdan tashqari, Skotland-Yard yana boshqa
vazifalarni ham ado etadi. U Londondagi transport harakatini nazorat qiladi,
haydovchilik guvohnomalarini beradi, taksi va avtobus parklarini, shuningdek
haydovchilarni nazorat qiladi. Shuningdek, Skotland-Yard fuqarolar mudofaasi
bilan, binolarni tasarruf qilish xizmati bilan shug’ullanadi, yo‘qolgan narsalarni
qidiradi, chet elliklarni ro‘yxatga oladi. Skotland-Yard mamlakat bo‘yicha olib
borilayotgan barcha tergov ishlarini protokollashtirib boradi, biroq muzofot
politsiyasining maxsus ruxsatisiz boshqa rayonlardagi sudlov ishlariga
aralashmaydi.
Skotland-Yardning tarixi juda qiziq. Taxminan ming yillar avval Angliya
qiroli Edgar Shotlandiya qiroli Kennetga Londondagi Vestminster qasri yenidan
yer ajratib beradi. Va u Kennetdan mazkur yerga rezidensiya, ya'ni qarorgoh
qurishni va har yili shu yerga kelib Shotlandiya nomidan Aigliya qirolligiga
minnatdorchilik izhor qilishni talab qiladi.
Qirol Kennet u yerda o‘zi uchun qasr bunyod etadi va har gal Angliyaga
kelganida shu yerda yashaydi. Mazkur qasr Shotlandiya qirollarining mulki bo‘lib,
Shotlandiya hududi hisoblanardi.
1603- yilda qirolicha Yelizaveta vafot etgach, Shotlandiya qiroli Djeyms VI
Angliya va Shotlandiyaning qiroli bo‘ldi va qasr o‘zining dastlabki mohiyatini
yo‘qotdi. Uni ikki qismga ajratdilar: birinchi qismini «Katta Skotland-Yard»,
ikkinchi qismini esa «Kichik Skotland-Yard» deb atay boshladilar. Keyinchalik
ulardan hukumat binosi sifatida foydalana boshladilar.
FEDERAL QIDIRUV BYUROSI (FQB)
NIMA DEGANI?
Federal Qidiruv Byurosi federal hukumat shaklining eng qiziqarli va eng
mashhur bo‘limlaridan biridir. FQB 1908- yilda AQSH adliya vazirligi doirasidagi
byuro sifatida tashkil etilgandi.
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
FQB federal qonunlarning buzilishini tergov qiladi, shuningdek Qo‘shma
Shtatlar uchun manfaatli masalalarni hal etishda ishtirok etadi. 1924- yilda tanib
olish bo‘limi tashkil etilgandi. Dastlab bu yerda 810 188 ta kishining barmoq izlari
tushirilgan kartoteka paydo bo‘ldi. Bugungi kunda FQB dagi kartotekada 100 000
000 kishining barmoq izlari mavjud!
FQBning Shtab kvartirasi Vashington shahrida joylashgan; undan; tashqari
butun mamlakat bo‘yicha tarqalib ketgan yana 52 ta yetakchi bo‘limlar faoliyat
yuritadi. O‘z vazifalaridan tashqari yana FQB mahalliy ijroiya organlari va
shtatlarning politsiya boshqarmalari qoshida xizmat tashkiloti rolini ham o‘ynaydi.
Tergov ishlari bo‘limi barmoq izlarini solishtirib ko‘rib, jinoyatlar
to‘grisidagi ma'lumotlarni aniqlaydi. Agar biror kishini hibsga olishsa, uning
barmoq izlarini FQBga yuborishadi va 5 daqiqa ichida bu odam avval ham
politsiyaga tushgan yoki tushmaganligini bilib olishadi. Mazkur odam haqidagi
ma'lumotlar nusxasini uning barmoq izlari Vashingtonga yetib borgandan keyingi
36 soat ichida muayyan politsiya mahkamasiga topshiradilar.
Maxsus laboratoriyalarning ma'lumotlari ham barcha huquqni himoya
qiluvchi organlar uchun ochiq. U yerda ishlaydigan olimlar eng yangi, zamonaviy
asbob uskunalar bilan ta'minlanganlar; har kuni ular yuzlab hujjatlarni
o‘rganadilar, qonni, soch tolasini, tuproq va boshqa jinoyat ashyoviy dalillarini
tahlil qiladilar. Jinoyatchi haqida barcha dalillar to‘plangach FQB ekspertlari sudga
ko‘rgazma beradilar.
1939- yilning iyunida AQSH prezidenti mamlakatning mudofaa quvvatini
qo‘poruvchi, josuslik, sabotaj va boshqa xatti-harakatlarni o‘rganuvchi, tergov
qiluvchi agentlik sifatida FQB ni sayladi. Ikkinchi jahon urushi yillarida FQB
mamlakat xavfsizligini ta'minlab, ko‘plab josuslik tashkilotlarini fosh qildi.
NEGA PULNI QADRLAYMIZ?
Puldan foydalanish g‘oyasi albatta juda ajoyib! Ammo aksariyat kishilar
puldan foydalanish fikri ilk bor kimning miyasiga kelganligini va biz pulni nega
qadrlashimizni bilishmaydi.
Ming yillar ilgari hali pul muomalaga kiritilmagan edi. Qadimgi odamlar
molni almashtirish yo‘li bilan savdo qilishgan. Bu agar unga o‘zida yo‘q narsa
kerak bo‘lib qolsa, u shu narsasi mavjud odamni topish kerak deganidir. U o‘ziga
kerak narsaning egasiga biror bir narsani tavsiya qilishi, agar uning moli
savdolashuvchi sherigiga kerak bo‘lmasa u o‘ziga kerak narsani ololmas edi.
Vaqt o‘tishi bilan ayrim narsalar pul sifatida foydalanila boshlandi, zero
hamma ularga ega bo‘lishni xohlardi. Masalan, bir paytlar sigir, tamaki, g‘alla,
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
hayvon terilari, tuz va munchoqlar kabi hammaga birdek kerak narsalar pul o‘rnida
muomalada bo‘lgan.
Keyinchalik bu narsalarni bir parcha temir siqib chiqardi. Ko‘pincha bu
parcha temir oltin yoki kumushdan iborat bo‘lardi. Keyinchalik tangalar maxsus
tozalikdagi va og‘irlikdagi metallardan yasaladigan bo‘ldi. Ularga muayyan
miqdordagi tovarlarni olish mumkin edi. Bir nechta tanga, aytaylik bir sigirga, yoki
10 kg tamakiga yoki boshqa biror mahsulotga teng hisoblanardi.
Bugun bizlarning ixtiyorimizda qog‘oz pullar va tangalar mavjud. Bu
pullarni hukumat chiqaradi, barcha odamlar esa ularni olib foydalanadilar. Xo‘sh,
bizga pul nima uchun kerak o‘zi? Biz ularni nega qadrlaymiz? Avvalo shuni aytish
lozimki, biz pul vositasida to‘rtta muhim narsani amalga oshirishimiz mumkin.
Birinchidan biz pul yordamida ayirbosh yoki savdo qilishimiz mumkin.
Aytaylik, siz velosiped xarid qilmoqchisiz, hatto uning uchun pul ishlab topishga
ham, misol uchun birovning chimzorini o‘rib berishga ham rozisiz. Biroq siz
chimzorida mehnat qilgan kishingizda velosiped yo‘q, u sizga velosiped emas,
balki pul beradi. Siz esa pulni olib, do‘konga borasiz va velosiped xarid qilasiz.
Pullar yordamida siz o‘z mehnatingizni istalgan buyumga almashtirishingiz
mumkin.
Ikkinchidan, pul — bu qiymat miqdoridir. Bu degani — pul vositasida ko‘p
buyumlarning qiymatini bir-biriga qiyoslash, taqqoslash mumkin. Masalan, siz,
haligi aytilgan chim-zorni o‘rish uchun soatiga 1,5 funt pul olasiz deylik.
Velosiped esa 50 funt turadi, demak siz velosipedning narxi va o‘z mehnatingiz
narxi to‘g‘risidagi ma'lum tasavvurga ega bo‘lasiz.
Uchinchidan, pul bu qiymat zahirasidir. Siz, aytaylik yig‘ib-terib olgan
pomidor hosilini uzoq saqlab turolmaysiz, sababi ular tezda buzilib qolishi
mumkin. Agar, siz ularni sotsangiz, pullarni istagancha asrab qo‘ya olasiz.
To‘rtinchidan, pul — bo‘lajak xarajatlar uchun to‘lov negizidir. Siz
velosiped uchun 10 funt berib, qolganini keyin olib kelib berishingiz mumkin. Axir
siz do‘kon sotuvchisiga pomidor, yoki tuxum, yoki futbol koptogini berib
savdolasha olmaysizku?! Siz sotuvchi bilan pulning qolganini keyin olib kelib
berish to‘g‘risida kelishib oldingiz, demak pulni siz bo‘lajak xarajat uchun to‘lov
sifatida ishlatyapsiz.
NIMA UCHUN PULNING QADRI OLTIN
BILAN O‘LCHANADI?
Biz pul deb hisoblaydigan, metall tangalar yoki serhasham qog‘ozlar aslida
shunchaki ramzlar xolos. Biroq mana shu ramzlar muayyan boylikning vakillaridir
yoki dalillaridir. Pullar ularni chiqargan davlat xazinasida mavjud qimmatbaho
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
metallar miqdori bilan tasdiqlanadi. Pul qadrini belgilashda sivilizatsiyaga erishgan
butun dunyoda me'yor bo‘lib oltin va kumush xizmat qiladi. Bu qimmatli metallar
ancha noyob va o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi, biroq ularning zahirasi bozor
ehtiyojlarini qondirishga yetadi.
Boshqacha qilib aytganda, qog‘oz pul va tangalar pul sifatida davlat
tomonidan chiqarilar ekan, ular o‘z qadrlariga egaligi tan olinadi, chunki ular
davlat xazinasidagi oltin va kumush miqdori bilan mustahkamlangan.
1821- yilda Buyuk Britaniya o‘z pul tizimining asosi sifatida monometalizm
(ya'ni faqat bir xil metalldan foydalanish)ni joriy qildi. Oltin rasmiy valyuta
sifatida qabul qilingan edi. 1914- yilga kelib oltin yer yuzidagi barcha
valyutalarning o‘lchov birligi bo‘lib qoldi. Narxning standart me'yoriga ega
bo‘lgan mamlakatlar endi bemalol bir-birlari bilan savdo sotiq qilishlari mumkin
bo‘lib qoldi. Amerika Qo‘shma Shtatlarining dollari, Fransiyaning franki, nemis
markalari oltinda ifodalangan belgilangan qiymatga ega edi.
1933- yilga kelib aksariyat mamlakatlar oltin standartidan biroz
chekinadilar. Biroq hali hanuzgacha ko‘plab mamlakatlar valyutasi, shu jumladan
AQSH valyutasi ham belgilangan oltin bahosida me'yorlangan. Oltin xalqaro
savdoda nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Hukumat quyma oltinlarni sotib
oladi va sotadi. Oltinning bir qismi xalqaro qarzlarni to‘lash uchun sarflanadi,
qolgan qismi esa saqlanadi. Saqlanadigan oltinga davlatning oltin zahirasi deyiladi.
BANKLAR QACHON PAYDO BO‘LGAN?
Bugungi kunda banklar bizga shu qadar ko‘p xizmat turlarini ko‘rsatishadiki,
ba'zan hatto ularning asosiy vazifasi atigi 2 ta ekanligini ham unutib qo‘yamiz.
Birinchidan bank kishilardan omonatlarini qabul qiladi va ularni o‘zida saqlaydi,
ikkinchidan olgan qarzi hisobiga foyiz to‘loviga rozi bo‘lgan kishilarga pul qarz
beradi.
Bank ishlari doim pulga aloqador bo’lganligi uchun tarixda odamlar bu
muassasani yoqtirmagan paytlar ham bo‘lgan. Pulga o‘ta qiziquvchanlik xususiyati
axloqsizlik hisoblanib, hatto shunday mamlakatlar ham bo‘lganki, ular o‘z
fuqarolarining banklar bilan har qanday muomalasini ham taqiqlagan.
Biroq, shunday bo‘lsada bank ishi xuddi tarixning o‘zi kabi ko‘hna va
qadimiydir. Qadimgi Bobilda, Misrda va Yunonistonda ham banklar bo‘lgan.
Odatda ibodatxonalarda ham odamlar pullarini olib borib saqlab qo‘yganlar.
Eramizdan avvalgi 210- yilda Rimda alohida farmon bilan pul almashtirib beruvchi
— sarroflar uchun maxsus joy ajratilgan.
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Bank» so‘zining o‘zi esa Italiyada paydo bo‘lgan.,O‘rta asrlarda sarroflar
shahar ko‘chalaridagi do‘konlarda o‘tirishgan. Italyan tilida «banko» so‘zi
«o‘rindiq» degan ma'noni beradi, «bank» so‘zi ana shundan kelib chiqqandir.
Hozirgi bank tizimi ilk bor Venetsiyada 1587- yilda, «Banko di Rialto»
tashkil etilgach paydo bo‘ldi. Mazkur bank mijozlardan omonatlarini olar va
muayyan summaga chek olishga ruxsat berard 1619- yilda «Banko del Djiro» bu
bankni ham egallab oldi va mijozlardan omonatlarini oltin va kumushda olganligi
haqida tilxat bera boshladi. Bu tilxatlar pul o‘rnida ishlatila boshladi. 1609- yilda
tashkil topgan «Amsterdam Banki» keyinchalik «bank pullari» deb nom olgan
tilxatlarni bera boshladi.
1694- yilga qadar Angliyada Angliya banki tashkil qilinguncha bankirlar
o‘rnini zargarlar bosishgan. Angliya Banki to 1825- yilgacha bu mamlakatdagi
yagona bank hisoblangan. Amerikadagi birinchi bank «Shimoliy Amerika banki»
hisoblanib u 1782- yilda Kongress tomonidan tashkil etilgan.
SOLIQLARDAN TUSHGAN PUL QAYOQQA
KETADI?
Har qanday odam ham albatta soliq to‘layotganda xursand bo‘lmasa kerak.
Bizning kunlarga kelib soliqlarning turlari shunchalik ko‘p va miqdori shu qadar
yuqori bo‘lib ketdiki, ba'zan beixtiyor o‘ylab qolasan, xo‘sh bu soliqqa yig’ilgan
pullar qayoqqa ketyapti o‘zi? Aholidan soliq yig’ish — bu hukumat uchun muhim
bir jarayon bo‘lib, u orqali hukumat aholidan pul yig’ib oladi va bu pullarni xalq
manfaati yo‘lidagi tadbirlarga sarflaydi. Albatta, davlat maktablari, ko‘chalari,
yongindan saqlash xizmati, politsiyasi va armiyaoi bo‘lgani har bir oila uchun
alohida yo‘l qurish, bolalarini alohida o‘qitish va o‘z mulkini shaxsan o‘zi
qo‘riqlash kabi tashvishlardan arzonga tushadi.
Dar qanday hukumatning xarajatlari ham yil davomida o‘sib boradi.
Xarajatlarning o‘sib borishiga sabablardan biri xalq xavfsizligiga ketadigan
mablaglarning oshib borishidir. Mahalliy hokimiyatlarning ijtimoiy ehtiyojlar
uchun sarflaydigan xarajatlari ham muttasil o‘sib boradi.
Ko‘chalar va yo‘llarga ham astoydil pul sarflashga to‘gri keladi.
Mamlakatga yana ko‘proq yaxshi maktablar, oliy o‘quv yurtlari kerak. Kishilar
yangi-yangi kasalxonalar, boglar va boshqa muassasalar qurilishini, barpo etilishini
istaydilar, bularning hammasi shahar idoralarining mablag‘lari evaziga yaratiladi.
Daromad solig‘i — hukumat markaziy apparati faoliyatini ta'minlovchi
asosiy manbadir. Shaharlar va boshqa aholi punktlari ham daromad solig‘ining
ma'lum qismi hisobiga o‘z byudjetlarini to‘ldiradilar. Boshqa soliqlar, masalan
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
narsalarning narxiga qo‘shimcha tarzidagi soliqlar asosan davlatning pul
daromadini oshirish uchun yig‘iladi.
IQTISODIY TUSHKUNLIK NIMA DEGANI?
Iqtisodiyetning izdan chiqishi yoki buhroni nima? Bu avvalo biror bir
davlatning iqtisodiy ahvoli chatoq bo‘lgan tarixiy davridir. Bu ahvol aholining
barcha qatlamlariga, bankirdan to laborantgacha yoki ombor mudirigacha bir xilda
ta'sir ko‘rsatadi. Ishchilar fabrikadagi o‘z ish o‘rinlarini yo‘qotadilar. Oqibat
savdo-sotiq hajmlari tushib ketadi. Savdo do‘konlari kam mahsulot olib kam pul
topshiradilar. Bu esa banklarga katta zarar keltiradi. Oqibatda butun iqtisodiyot
aziyat chekadi. Bu izdan chiqish. Agar xuddi shularning hammasi iz bersa-yu,
biroq ko‘rilgan zarar miqdori ancha ko‘p bo‘lsa unda iqtisodiy tushkunlik yuz
berdi deb hisoblash mumkin.
Keyingi 150- yil orasida bir necha bor turli-tuman iqtisodiy tushkunliklarni
va yuksalishlarni boshidan kechirganligini barcha kishilar bugungi kunda tan olib
e'tirof etmoqdalar. Ha, hamma narsa bir xil maromda davom etadi: ko‘tarilishdan
keyin tushish, tushishdan keyin esa yana ko‘tarilish va hokazo... Chetdan
qaraganda hamma ishlar yaxshi ketayotgandek, biznes gullab yashnayapti, odamlar
shod-xandon. Biroq shunday paytda, allaqaysi joyda bir ish noto‘g‘ri bajariladi-yu,
birgina xato oqibatida yana tushkunlikka yuz tutiladi. Oradan biror muddat o‘tib
ishlar yana o‘nglanadi va bu sikl qaytadan takrorlanadi.
Hech kim iqtisodiy tushkunlik va iqtisodiy izdan chiqishning asl sabablarini
aniq aytib bera olmaydi. Bu holning barcha iqtisodchilar tomonidan bir xilda tan
olib e'tirof etiluvchi izohi.va sharhi mavjud emas. Har qanday davlat ham,
biznesmen ham boshiga iqtisodiy tushkunlik yoki izdan chiqish balosi yog‘ib
turganda uning changalidan chiqishga harakat qiladi, muayyan tadbirlarni,
choralarni ko‘radi, biroq hamma holatlar uchun ham bir xildagi muvaffaqiyatli
yo‘lni ko‘rsatib berish mushkul.
INFLYATSIYA NIMA DEGANI?
Birinchi galda inflyatsiya — bu narx-navoning oshishidir. Mamlakatdagi
hamma odam, jumladan savdogar ham hukumat a'zosi ham birinchi navbatda
xaridordir. Ular oladigan narsalar tovarlar yoki xizmat turlari bo‘lishi mumkin.
Inflyatsiya davrida kishilar pullarini tovar ishlab chiqarishga sarflanadigan vaqtga
qaraganda ancha tezroq xarjlab qo‘yadilar. Bu shunday davrki ko‘p miqdordagi
pulga kam miqdordagi mol yoki mahsulot olishga to‘g‘ri keladi. Inflyatsiya
davrida pulning qadri nihoyatda tushib ketadi.
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Agar siz inflyatsiya yuz berishining sabablarini bilsangiz ham uning oldini
ololmaysiz. Ba'zan inflyatsiyaga aybdor ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘ygan
hukumatdir deb hisoblashadi. Ba'zan esa bu borada biznesmenlarni va kasaba
uyushmalarini ayblashadi. Hatto ba'zan oilalarni ham ehtiyojlarini haddan oshirib
yuborganlikda ayblashadi. Ko‘p hollarda inflyatsiyaning kelib chiqishiga urushlar
sabab bo‘ladi.
Inflyatsiya paytida narxlarning oshib borishi natijasida pulga oladigan
narsalar soni kamayib boradi. Bunday paytlarda kishilar pulning qadri tushmasidan
avval, narxlar yana ko‘tarilib ketmasidan ilgariroq biror narsani xarid qilishga
shoshib qolishadi. Biznesmenlar esa ularning mahsulotlariga ehtiyoj oshib ketdi
deb o‘ylay boshlaydilar. Shuning uchun ular o‘z pullarini yangi ishlab chiqarish
tarmoqlarini yo‘lga qo‘yishga, jihozlar sotib olishga, fabrikalar ochishga
sarflaydilar.
Bu esa qo‘shimcha ishchi kuchini talab qiladi. Odamlar katta-katta pul
topishadi, biroq bu pullarni bir lahzadayoq xarjlab qo‘yishadi. Biznesmenlar,
o‘zlarining mollari yaxshi sotilayotganligini ko‘rib, o‘z ishlarini kengaytirish
uchun pul qarz oladilar.
Inflyatsiyadan eng ko‘p zarar ko‘radiganlar — bular kreditorlar (ya'ni
birovlarga qarz beruvchilar) pensionerlar va qat'iy maosh bilan ishlaydiganlardir.
Inflyatsiyaning oldini olish uchun hukumat birinchi galda uning sabablarini
aniqlashi lozim. Agar bu ish qilinmasa, bu muammoni nazorat qilish ham mumkin
bo‘lmaydi va oqibatda muammo hal etilmay qolaveradi.
BIRJA NIMA DEGANI?
Oziq-ovqat bozorlarida odamlar iste'mol qiladigan mahsulotlar savdosi
amalga oshiriladi. Birja ham ana shunday bozor, biroq bu yerda pul, oltin va
qimmatli qogozlar sotiladi. Bu yerga sotuvchilar va xaridorlar, qarz oluvchilar va
qarz beruvchilar to‘planadilar.
Qarzga pul olgan korxona, uning o‘rniga mulkning biror qismiga egalik
huquqini beruvchi hujjat (ya'ni aksiya) beradilar yoki undan foydalanishda
qatnashish huquqini beruvchi hujjat (ya'ni obligatsiya) beradilar. Bu qimmatli
qog’ozlar kishilarga yo ma'lum korxonaning muayyan qismiga egaligi huquqini
yoki uning foydasidan ma'lum qismiga ega bo‘lish, yoki u olgan foydadan foiz
olishga imkon beruvchi zayomni beradi. Qimmatli qog‘ozlar qimmatli qogozlar
birjasi deb nomlanuvchi bozorda sotiladi va sotib olinadi. Bu bozorda sotuvchi va
xaridorlar o‘z savdolarini maklerlar — ya'ni dallollar orqali amalga oshiradilar.
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
AKTSIYA NIMA DEGANI?
Aksiyalar (ba'zan ularni bonlar ham deyishadi) — tijorat kompaniyalari pul
yigish maqsadida aholiga sotadigan qimmatli qog‘ozdir. Biror yangi kompaniya
ochish uchun yoki mavjud kompaniyaga yangi uskunalar sotib olish uchun juda
ko‘p pul kerak bo‘ladi. Bu pullarni topish uchun kompaniyalar minglab, ba'zan
hatto millionlab aksiyalarni chiqaradilar.
Kompaniya aksiyasini sotib olgan kishi uning egalaridan biriga aylanadi. U
korxona egasi yoki aksioner, aksiyador sifatida dividendlar olishga yoki
kompaniya foydasidan ma'lum qism olishga
qiladi. Dividendlar miqdori kompaniya mazkur yilda shug‘ullangan faoliyat turiga
qarab yildan yilga o’zgarib borishi mumkin.
Aksiyalarning ikki xili mavjud: oddiy aksiya va imtiyozli aksiya. Oddiy
aksiya egasi har yili aksiyadorlar majlisida ishtirok etish, kompaniya direktorlarini
saylashda ovoz berish huquqiga ega buladi. Imtiyozli aksiyaning nomidan ham
ma'lumki, uning egasi oddiy aksiya egasiga berilmagan ayrim imtiyozli huquqlarga
egadir. Dividendlar tulash chogida imtiyozli aksiya a'zolari o‘ziga xos
imkoniyatlarga egadirlar. Imtiyozli aksiyalarga beriladigan dividendlar ma'lum
miqdorda oldindan tulanadi. Vaholanki oddiy aksiyalarga beriladigan dividendlar
kompaniyaning muayyan davrdagi ishining natijalariga bogliq tarzda beriladi. Agar
kompaniya tarqalib ketadigan bo’lsa, birinchi galda imtiyozli aksiya egalari bilan
hisob-kitob qilinadi, keyin oddiy aksiya egalariga navbat keladi.
Kishi aksiya yoki bonni sotib olar ekan, uni boshqa bir investordan sotib
oladi, sotganda ham boshqa bir investorga sotadi. Aksiyalar sotiladigan va sotib
olinadigan bozorga — birja deb ataladi.
Aksiyalar brokerlar — orqali sotiladi va sotib olinadi. Brokerlarning vazifasi
investorlarning aksiyalarini sotib olish va sotishdan iboratdir. Aksiyalarning narxi
sherik kompaniyalarning ishiga, tijorat ishlarining sharoitlariga, savdo-sotiq va
boshqa sabablarga kura usib borishi yoki aksincha pasayishi ham mumkin.