The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by rahmatbobojon, 2021-10-16 07:56:30

Umid g'unchalari – Gulandom Badalova

Umid g'unchalari – Gulandom Badalova

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova
1

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova
2

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

UO‘K: 821.512.133-3
KBK 84(5O‘)7
B-18

Badalova, Gulandom.
B-18 Umid g‘unchalari: hikoyalar / G.Badalova; — Toshkent:
“Muharrir” nashriyoti, 2013. 180 b.

ISBN 978-9943-25-372-8

Muhtaram o‘quvchi! Qo‘lingizdagi ushbu kitobda muallif badiiy asarlarning
inson ruhiyatiga, qalbiga ta’siri xususida mulohazalar bildirgan. Allalarda ona
qalbining jamiki his-tuyg‘ulari, farzandiga bo‘lgan mislsiz mehri, ayni paytda
onaning ruhiy iztiroblari, quvonchi, dardi mujassamlanishi misollar yordamida
aks ettirilgan. O‘ylaymizki, o‘ziga xos ushbu tadqiqot o‘quvchilarni befarq
qoldirmaydi, hamrohingiz bo‘lib qoladi.

UO‘K: 821.512.133-3
KBK 84(5O‘)7

Taqrizchi:
Alisher Nazar,

jurnalist

ISBN 978-9943-25-372-8

“Muharrir” nashriyoti
Toshkent, 2013

3

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

AYBSIZ AYBDOR

– Uyda kim bor? – deb kirib keldi amakisi odati bo‘yicha va peshvoz chiqqan
Feruzaning salomiga alik olib, hovlining to‘ridagi devorlari ko‘tarilib, hali tomi
yopilmagan qurilish tomon ikkita ustani yetaklab ketdi.

Bir nimalarni suhbatlashib, bir nimalarni kelishib, ular qanday kelgan
bo‘lsalar shunday chiqib ketdilar, Feruza xonaga qaytib kirib, uy ishlari bilan
andarmon bo‘ldi.

Feruzalarning uyi darvozadan kirgandan o‘ng qo‘lda bir oshxona, bir
mehmonxona-yu, dahlizdan iborat bo‘lib, hovlining to‘riga bir necha xonalik
imorat qurilayotgan edi. Hovlining sahni bog‘ qilingan bo‘lib, daraxtlar ostida
sabzavotlar, gullar ekib tashlangan edi. Hovli ichidan ariq o‘tganligi uchunmi,
barcha ekinlar gurkirab o‘sib, yashnab turar edi.

Feruzaning dadasi uch yillar oldin Janubiy Koreyaga ishga ketgan edi.
Hujjatlari eskirgani tufayli chiqa olmas emish, chiqsa kira olmas emish. Shuning
uchun kenjatoyi hali dadasini biror marta ko‘rgani yo‘q, shu vaqtgacha oyisi oilaga
bosh-qosh bo‘lib turibdi.

Albatta ammasi-yu, amakisi ham ularning uylariga serqatnov. Ular kelinning
hovlisida xo‘jayindek kerilib yurishadi, oyisidan tortib kichik ukasigacha ular
kelganlarida yelib-yugurib xizmat qilib, hurmatlarini joyiga qo‘yishadi.

Buvasi olamdan o‘tganlaridan buyon dadasi ishlagan pullarini ammasiga
yuboradi. Hovlidagi qurilishga ham, zarur xarajatlarga ham pulni oyisi shu
ammasidan, go‘yo qarz so‘rayotgandek tilanib oladi. Oyisi maktabda oddiy
o‘qituvchi bo‘lib ishlagani uchun maoshi uch bolaning xarajatiga hamma vaqt ham
etavermaydi. Shunday vaqtlarda ammasidan bolalar uchun pul so‘ragan oyisi u
kishidan ukasi oilamni boqay deb begona yurtda qancha azoblar tortib ishlab
yurganini eshitadi, maoshni ermak qilib yurmasdan biror “moy”li kasbning boshini
tutish kerakligi haqida nasihat eshitadi-yu, o‘zi: “Hali bolalar yosh”, – deb
kechirim so‘ragandek bo‘lishdan nariga o‘ta olmaydi.

Ayniqsa, to‘y-sur masalasi qiyin. Ikki tomondan ham urug‘-aymoq ko‘p.
Albatta to‘y yaxshi kun – yaxshi . Lekin qarindoshlardan kimnidir to‘y-ma’raka
qilayotganini eshitganida oyisining ko‘ngliga tashvish o‘ralaydi: “Nima qilib
borsam-a?” Ba’zi qarindoshlar talabini ochiq aytib qo‘ya qoladi: “Mebel olib
bering”, yoki “tilla zirak”. Buning ustiga tog‘ora degani bor, mato qo‘yish.
“Buncha narsaga pulni qayerdan olasan?” deydigan odam yo‘q. G‘ing desang:
“Urf-odat, elchilik. Ertaga o‘zingiz ham to‘y qilganingizda oldingizdan chiqadi.
Bunday gaplarni aytmang, uyat bo‘ladi. Pul ketsa ketsin, obro‘ ketmasin”
deyishadi.

Dadasi tomon to‘y qilayotgan bo‘lsa osonroq. Oyisi ammasini ishga soladi:
“Ukangizdan so‘rab bering. Men olib boraveraman” deydi. O‘rtaga ammasi kirib,
g‘oliblik nashidasi bilan “peregovor”dan ko‘ksini kerib chiqadi. Lekin to‘y oyisi
tomondan bo‘lsa oyisining eshitmagan gapi qolmaydi, xuddi bu udumlarni oyisi
chiqargandek-u, shu udumlarni deb dadasi xorijda “yag‘ir” bo‘lib umrini
o‘tkazayotgandek...

Bu oilaning yana bir aziz mehmoni Muhayyo opa bo‘lib, u kishini Feruza

4

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

ham, ukalari ham “xola” deb chaqirishadi. Muhayyo opa Feruzaning oyisining
kursdosh o‘rtog‘i bo‘lib, ular oliygohda qalin do‘st bo‘lishgan, keyin ham
ajralmaslikka qaror qilishgan ekan. Mana ikkala kursdosh oilali bo‘lib, turmush
tashvishlariga sho‘ng‘ib ketgan bo‘lsalar-da, xuddi tug‘ishgan opa-singildek
bir-birlariga mehribon, sirdosh, bundan ikki tomondagi bolalar ham o‘zaro inoq,
opa-ukalardek edilar.

Feruzaga Muhayyo opaning katta qizi Dilso‘z ayniqsa yoqib, tengqurlaridan
ko‘ra, o‘zidan ikki sinf katta bo‘lishiga qaramasdan ko‘proq u bilan chiqishar edi.
Ikkalovlari ham o‘qituvchining qizi bo‘lganliklari uchunmi, ikkalovlari ham
o‘qishga qiziqar, Feruza 9-sinfni bitirayotgan bo‘lsa, Dilso‘z akademik litseyda
tahsil olib, oliygohga o‘qishga kirishga tayyorlanayotgan edi.

Dilso‘z konkurs kichikroq bo‘lishi uchun oliygohga rus guruhiga o‘qishga
kirish osonroq ekanini eshitib, akademik litseyning rus guruhiga o‘tgan edi.

Muhayyo opa ahyon-ahyon mehmonga kelib, kelganga yarasha “iltimoslarga
binoan” Dilso‘zni o‘zi bilan birga olib kelar, kattalarning gapi bir xonada qizigan
chog‘da, qo‘shni honada yoshlarning gurungi qizir edi...

– Qanday ekan rus guruhida o‘qish? – qiziqsinib so‘radi Feruza Dilso‘z
o‘qishga kirganidan so‘ng kelgan kunlarining birida.

– Yaxshi , – dedi Dilso‘z jilmayib, – faqat biroz qiyinroq. Ularning
talablari boshqacharoq ekan. Birinchi yili o‘zbek guruhida o‘qiganimda maktabdan
farqi uncha bilinmagan edi. Ikkinchi yili rus guruhiga o‘tganimda qancha narsani
qaytadan o‘rganishim kerakligini angladim. Bir tomondan rus tilini o‘rganishim
kerak, boshqa tomondan ularning talablariga javob bera oladigan darajada bilimga
ega bo‘lishim kerak.

– Ularning talablari qanaqa? – dedi hayratlanib Feruza.
– Bizning maktablarda o‘quvchiga bir dars uchun baho qo‘yiladi, ularda esa
o‘tgan darslarni ham bilish talab qilinadi. Bizlarda uch to‘rt darsda bir marta borib,
qo‘l ko‘tarib javob bersang, beshingni olib, keyin yana uch to‘rt dars dam olishing
mumkin. Ularda esa har darsga tayyorlanib kelish kerak.
– O‘qituvchi hammadan so‘rashga qanday ulguradi? – qiziqsindi Feruza.
– Har darsda o‘qituvchi o‘n besh minut vaqtni vazifalarni so‘rashga ajratadi.
O‘zi bir o‘quvchidan so‘raydi, o‘quvchilarga bir-birlaridan so‘rashni buyuradi.
Yana kimdandir dars so‘rayotganida o‘tgan darslardan ham savol berib qoladi.
Shuning uchun kunora emas, har kuni o‘qishingga to‘g‘ri keladi. Bir qiz sariq kasal
bo‘lib, olti oy darsga kelmadi. Ishonasanmi? Hamma darsdan har kuni, hamma
domla undan o‘tgan darslarni birma-bir so‘rab chiqdi. Yarim yil o‘qimaganining
hammasini uch oyda o‘qib, topshirishiga to‘g‘ri keldi.
– O-ho, talabi jiddiy ekan-da? – dedi jiddiy tortib Feruza.
– Ha, jiddiy, – dedi Dilso‘z ham, – lekin menga yoqadi. Juda
qiynalyapman-u, lekin yoqadi. Ular o‘quvchini qiziqtira oladi. Albatta o‘zimizda
ham Yaxshi o‘qituvchilar ko‘p-u, kim biladi, o‘qitishning turli uslublari bor
deyishadi-yu, balki menga ularning uslublari to‘g‘ri kelgandir. Matematikani
hayotiy misollar yordamida echamiz, tarix darsida o‘sha davrni tasavvur qilamiz,
adabiyotda esa, o-ho. Ilgari men adabiyotni o‘qib, aytib berish deb tushunar edim.
Muallimamiz asar haqida fikrlash, muallif nima demoqchi ekanligini anglashni

5

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

o‘rgatadi. Xuddi tilsimotni echishni o‘rgangandek bo‘lasan. Gorkiyning:
“Bo‘ronqush haqida qo‘shiq”, “Lochin haqida qo‘shiq” larini o‘qiganmisan? Men
uchun bu Shunchaki qushlar haqida asardek tuyulgan edi. Muallif uning tagida Shu
qadar chuqur ma’noni mujassamlashtirgan ekanki, o‘z davrining kayfiyatini ifoda
etgan ekan...

Ta’til vaqtlari ham bo‘sh qo‘yishmaydi, o‘qish uchun bir qancha kitoblar
ro‘yxatini qo‘lingga tutqazib yuborishadi, ta’tildan so‘ng esa qaysilarini o‘qib
chiqqaningni tekshirishadi...

Dilso‘z hamma fanlarni Yaxshi o‘zlashtirishga harakat qiladi, lekin tibbiyot
oliygohiga kirmoqchi bo‘lganidanmi, biologiyaga qiziqishi boshqacha. Balki
biologiyaga qiziqish Feruzaga ham Dilso‘zdan o‘tgandir, har holda, ular bu fan
sohasida suhbatlashib charchashmaydi.

– Bizlar Mendel qonunini o‘tdik, – dedi Dilso‘z navbatdagi safar
kelganlarida hali dastur bo‘yicha ancha orqada bo‘lgan Feruzani kelajak “siridan”
voqif qilayotgandek qiziqtirish ohangida.

– Nima ekan-u? –dedi hali Mendeldan boshlanadigan so‘zlardan faqat ximik
Mendeleevni biladigan Feruza.

– Mendel qonuni nasliy beriluvchanlikni o‘rgatadi, – dedi Dilso‘z, – Mendel
qonuni bo‘yicha dominant va retsessiv belgilar, ya’ni ustunlik qiluvchi va past
keluvchi belgilar bor. Dominant va retsessiv belgilar uchrashganda ko‘pincha
keyingi avlodda dominant belgi ustunlik qiladi. Masalan, koreyslarning qisiq
ko‘zlari, terining qora rangi dominant hisoblanadi, Shuning uchun bunday
oilalarda ko‘proq Shu belgili bolalar tug‘iladi. Agar boshida tug‘ilmasa ham,
keyingisida baribir o‘zini namoyon qiladi. Buni ham o‘simliklarda, ham
hayvonlarda, ham odamlarda kuzatishgan. Bizlar ko‘p masalalarni echdik, istasang
ba’zilarini birga echib ko‘rishimiz mumkin.

– Mayli, – dedi Feruza qiziqib daftar ruchka olib kelgani eshik tomon
oshiqib...

Ular zo‘r ishtiyoq bilan masalalar echganlaridan keyin, biroz hovurlari
bosilgach Feruza Dilso‘zning o‘yga cho‘mib qolganini ko‘rib:

– Nima haqida o‘ylayapsiz? – dedi.
– “Tabiiy tanlanish” qonuni haqida, – dedi Dilso‘z Feruzaga o‘ychan nigoh
tashlab. –Bu qonun bo‘yicha kuchli nasllar qolib, kuchsiz nasllar yo‘q bo‘lib
ketaveradi. Agar dunyo Shu qonun asosida qurilgan bo‘lganida, hozir oramizda
umuman zaiflar bo‘lmasligi kerak edi. Lekin tabiatga qarab turli xil kuchli va zaif
hayvonot olami vakillarini ko‘ramiz.
– Lekin u zaif hayvonlarning himoya reaksiyasi kuchli-ku? – dedi Feruza
topqirlik bilan, – ular juda ziyrak, tez qocha oladi. Ba’zilari atrof rangiga moslasha
oladi.
– To‘g‘ri, lekin jamiyatga nisbatan olsak ota-ona kuchli, bolalar zaif, lekin
kuchlilar zaiflarga g‘amxo‘rlik qilishadi.
Feruza xandon otib kulib yubordi:
– O‘zining bolasi bo‘lganidan keyin qaraydi-da!
– Uysizlarchi? Qarovchisi yo‘q etimlarchi, bevalarchi? – dedi Dilso‘z hanuz
savolomuz jiddiy ohangda.

6

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

– Qaydam? Bir amallab kun kechirishyapti-ku? – dedi Feruza ham o‘ylanib
qolib.

– Shuni aytaman-da, – dedi Dilso‘z bosh barmog‘i bilan o‘rta barmog‘ini
ma’noli chertib. – Har holda dunyo tabiiy tanlanish qonuniga emas, muhabbat
qonuniga asoslanib qurilgandek xayolimda. Ana Shu muhabbat kuchlini kuchsizga
himoyachi, homiy qilib qo‘yadigandek, kuchlini ham, zaifni ham hayot bilan
birdek ta’minlaydigandek xayolimda...

Feruza ham bu haqida o‘ylanib qoldi, lekin ularning suhbatini turishga
chog‘lanayotgan kattalarning yoshlarni chaqirgan ovozlari bo‘ldi...

Hovlidan yana: “Uydamisan?” – degan ovoz eshitildi. Feruza oyisining
ovozini eshitib yugurib chiqdi. Feruzaga kunning uchlar atrofidagi vaqti juda
yoqadi, Chunki bu vaqtda mehribon oyijoni: “Uydamisan?” – deb kirib keladilar.

Feruza ham yugurib chiqib: “Ha, oyijon, assalomu alaykum,” – deydi-yu,
uydagi xabarlar bilan o‘rtoqlashadi. “Amakim kelib, ketdilar, – dedi oyisining
qo‘lidan sumkani olarkan, – ustalar bilan keldilar, qurilishni davom ettirishmoqchi
shekilli”.

Oyisi: “Xo‘p” degandek bosh silkib hovli to‘riga qarab yurdi. Yo‘l-yo‘lakay:
“Muhayyo xolang qo‘ng‘iroq qilgan edi, Moskvadan kelibdi, birrov kirib o‘tarman
dedi, – choy-poy tayyorlab tur”, – dedi.

Muhayyo xola ham uch-to‘rt yildan buyon Moskvaga ishga borib kelar,
kelgan vaqtlarida haftalab uydan chiqmasdan dam olib, biroz hordig‘i chiqqach yo
o‘rtog‘ini chaqirar, yo o‘zi kelib ketar edi.

Bu daf’a ham kelganida dam olganiga qaramasdan charchog‘i yuzidan
Shundoqqina bilinib turar edi:

– Nima joningizga zaril? – dedi Feruzning oyisi o‘rtog‘iga kuyunganidan.
– E, o‘zimga qolsa ikki xonali kvartirada yashasam ham bo‘ladi, – dedi
Muhayyo xola og‘rinish bilan, – qizimni o‘ylayman o‘rtoq. Hozir zamon
puldorniki bo‘lgan. Odamlar emiratga borib kelgan bo‘lsa ham, qanday yo‘l bilan
pul topayotgani aniq bo‘lsayam Shundaylarning qizini kelin qilishyapti. Yaxshi
qizlar ota-onasi dabdabali to‘y qilolmasligi uchun o‘tirib qolyapti. Qizim o‘tirib
qolib ketmasin deyman-da o‘rtoqjon...
Bo‘yi baland bo‘lib ko‘zga yaqin bo‘lib qolgani uchunmi, muloyim
xulq-atvori uchunmi qaysidir qarindoshi qaysidir to‘yda Feruzni o‘g‘liga
so‘rattirdi-yu, Feruzaning oyisining yuragiga ham o‘t tushdi.
Hali bola deb yursa qizi ham bo‘y etib qolibdi.Dadasining topgani chala
binoni tugallashga arang etyapti, sep qilishga hali-beri ilojlari bo‘lmaydi. Nimadir
qilish kerak. Shu o‘ylarda bir qarorga keldi-yu, dadasining roziligini olib,
ammasini quvontirib o‘rtog‘i bilan Moskvaga ishga ketadigan bo‘ldi...
“Oyim dadamni olib kelgani ketdilar”, – deb , oyisining ortidan yig‘lab
qolgan uch yoshlik ukasini ovutishga harakat qilib, Feruza uni qo‘liga
ko‘targuncha chalg‘itmoqchi bo‘lar edi. U hali o‘zi yosh bo‘lishiga qaramasdan
biri uch yosh, boshqasi olti yosh bo‘lgan ukalariga qarab turish mas’uliyatini
bo‘yin olgan, Shuning uchun o‘zining ham o‘pkasi to‘lib turgan bo‘lsa-da,
tug‘ilganidan oyisidan ajralmagan ukasining o‘kinchiga sherik bo‘lar, katta ukasi
vaziyatni tushunganidek ovoz chiqarmasdan hovlida u yerdan bu erga borib kelar

7

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

edi. Lekin avzoyidan agar hozir bir nima desang yig‘lab yuborishi aniq edi.
Kattalar ketib, huvillab qolgan hovlida Feruzaning o‘zi bosh bo‘lib qoldi,

faqat tunda amakisi kelib, ularni qo‘riqlab yotib ketadigan bo‘ldi. Feruza tez
kunlarda ukalariga qarash, hovli yumushlari va o‘qishi bilan yupandi. Ish
ko‘pligidan ba’zan bosh qashishga ham vaqti bo‘lmas edi. U baland bo‘yli,
oriqdan kelgan qiz bo‘lib, chehrasi yumaloqroq bo‘lsa-da, to‘lin oy kabi emas,
aksincha, bolalarning yuzidek miqtigina bo‘lib, qop-qora ko‘zlari chaqnab turar
edi. Uning kipriklari deyarli qoshlariga tutash bo‘lib, har bir qaragan odamni
o‘ziga maftun qilar edi. U chiroyli qiz bo‘lishiga qaramasdan, juda kamtarin bo‘lib,
hush-u fikri hali o‘qishda edi. U biologiya bilan qiziqqani uchun uy hovlilarini
gulzor qilib qo‘ygani etmagandek, gultuvaklarda ham gullar ekib tashlagan edi.
Botanika, zoologiyadan nima topshiriq bo‘lsa qilib ko‘rar, natijasidan zavqlanib
qoniqish tuyar edi. Shunday qilib, u daladan gerbariy terib quritdi, no‘xatni suvga
solib qo‘yib ildiz orttirdi...

Oyisi Moskvaga ketganlariga yarim yilcha bo‘lgandagina Feruzalarning
oilaviy hayotlari bir maromga tushib o‘ta boshladi. Feruza maktabda o‘qishi uchun
ukalarini oyisi ketishidan oldin bog‘chaga qo‘ygan, shuning uchun Feruza
maktabga borishdan oldin ukalarini kiyintirib bog‘chaga olib borib qo‘yar, keyin
maktabiga shoshilib, maktabdan to‘g‘ri uyga kelar, soat to‘rt yarimgacha uy
ishlarini, darslarini ulgurgunicha qilishga harakat qilar edi. Bolalar onalarini
sog‘inganidan injiq bo‘lib qolishgan, g‘ingshib yig‘lashni boshlashlari uchun
ozgina bahona etarli edi. Shuning uchun ularni bog‘chadan olib kelganidan so‘ng
Feruza ko‘proq ularni ovutish, chalg‘itish bilan andarmon bo‘lar edi. Kechga yaqin
esa amakisi kelar, Feruza damlab bergan choyni ichib ayvonda uyquga ketar edi.
Ba’zan amakisi band bo‘lganida o‘zining o‘rniga to‘ng‘ichi Hamidni yuborar,
Hamidni Feruza qo‘polligi uchun uncha yoqtirmasa-da, “akam-ku” deb indamay
qo‘yar edi.

Bugun ham doimgidek ukalarini bog‘chaga qo‘yib, maktabga borib kelgach,
tezda ovqat osib qo‘ydi-da darslarini qilish uchun uyga kirdi. Berilib dars
qilayotganida birdaniga ortida kimdir turgandek tuyuldi. Yuragini vahima qoplab,
sekin ortiga o‘girildi. Ortida haqiqatan ham odam sharpasini ko‘rib, sapchib
o‘rnidan turib ketdi va ro‘y-rost o‘girilib, amakivachchasi Hamid ekanligini ko‘rib,
xayriyat-ey degandek, ko‘ylagining yoqasini tortib, ichiga: “Tuf-tuf” deb qo‘ydi: –
Ih-m deb kirsangiz bo‘lmaydimi? O‘timni yorib yubordingizku!

Hamid robotdek hissiz qiyofa bilan unga qarab kela boshladi. Uning ko‘zidagi
vajohatni ko‘rgan Feruza xavf arimaganini his qildi-yu, ichida bir nima shirt etib
uzilgandek bo‘ldi va bor vujudini dahshat qamradi.

Qolgani tushdagidek birdan sodir bo‘ldi. Feruza suv girdobiga tushib qolib,
bor jon-jahdi bilan hayot uchun kurashayotgan odamdek kurashdi, lekin bu girdob
Shu qadar shiddatli ediki, uning qarshiligi uning kuchi oldida hech nima bo‘lib
qoldi. Feruzaning aqlga chorlashi ham, tahdid qilishi ham, yalinib-yolvorishi ham
kor qilmadi. Amakivachchasining ko‘ziga bu lahzada o‘z hirsini qondirishdan
boshqa hech nima ko‘rinmas edi.

Bechora qiz o‘z bokiraligidan obro‘ bilan borgan kuyov go‘shangasida emas,
o‘z ota uyida, qizlik to‘shagida mahrum bo‘ldi. Hirsini ablahlarcha qondirgan

8

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

Hamid, yer bilan bitta bo‘lib, ham nochorligidan, ham xo‘rlanganidan, ham jon
og‘rig‘idan, ham kutilmagan zarbadan esankirab, ezilib yig‘layotgan Feruzaga:
“Agar birovga aytsang chavaqlab tashlayman”, – deb tahdid qilib chiqib ketdi.

Feruzaning bir soat ichida bor dunyosi ostin-ustun bo‘lib ketdi. Uning ko‘ziga
hech nima ko‘rinmas edi. U nima bo‘lganini, endi nima bo‘lishini o‘ylay olmas
edi. “Bu sharmandalikka qanday chidayman? Qanday yashayman? Yo‘q, yashay
olmayman”. U ezilib ketgan vujudini bir amallab ko‘tarib, devorlarga suyanib
oshxonaga bordi. Qo‘liga tushgan birinchi pichoqni olib tomirini kesa boshladi. Bir
tomirini kesib, qon sizib chiqayotganini ko‘rib, ikkinchi tomirini ham kesdi va
boshi aylanib, hushidan ketgunicha kesishda davom ettirdi...

Bu kun bolalar bog‘chada qolib ketishdi. Bog‘cha opa Feruzaga qo‘ng‘iroq
qilaverib, u go‘shakni ko‘tarmagach: “Uka kerak bo‘lsa uyimni topib boradi”, –
deb bolalarni uyiga olib ketdi. Keyinchalik, voqeadan xabardor bo‘lgach,
bolalarning o‘zini uyiga qo‘yib yubormaganiga ming Shukrlar qildi.

...Oqshom tushganida amakisi hovliga kelib hamma joyning chiroqlari
o‘chiqligini, uyning murdaxonadek sukunat og‘ushida ekanini ko‘rib hayron qoldi.
“Feruz”, – deb chaqirib, ayvon chirog‘ini yoqdi. Hovlida ham, uyda ham hech kim
ko‘rinmas, odatdagidek bolalar ham yugurib chiqmas edi. Hayrati tashvishga
aylangan amaki yuragi qandaydir kori-holni sezib bolalarning otini atab xonalarga
mo‘ralay boshladi. Xonalarda hech kimni ko‘rmay oshxonaga kelganida ko‘rgan
manzarasidan yuragi tars yorilay dedi. Feruza oshxonada o‘z qoniga belanib, yerda
cho‘zilib yotar edi.

Amaki nima qilishni bilmasdan shoshib qolib avvali ko‘chaga yugurib chiqib:
“Ey kim bor? Bu erga kelinglar”, – deb baqirdi. Keyin shoshib-pishib telefondan
opasiga qo‘ng‘iroq qildi. Uni bir jihatdan qizga nima bo‘lgani dahshatga solsa,
boshqa jihatdan qalbida sud unga tuhmat qilishidan qo‘rquv paydo bo‘ldi.

– 03 ga qo‘ng‘iroq qiling, – dedi qichqiruvga javoban etib kelgan
qo‘shnilardan biri va amakining sarosimaga tushib qolganini ko‘rib, o‘zi raqamni
tera boshladi.

– O‘lgan bo‘lsa-chi? – dedi boshqa qo‘shnisi hadik aralash dahshat bilan.
– Baribir ular ko‘rishi kerak-ku! – dedi raqam terayotgan odam, – balki
tirikdir hali! Allo? “03”mi? Jadal yordam kerak. Qiz bola qoniga belanib yotibdi.
Tirik, o‘likligini bilmaymiz. Vatan ko‘chasi 20-uy... Rahmat kutamiz.
Feruzaning amakisi birdan jonlandi: – Qanaqa tez yordam? O‘zimning
mashinamga solib olib boraman.
– Tek turing endi, – dedi qo‘ng‘iroq qilgan qo‘shni, – u ko‘p qon yo‘qotgan
shekilli. Tez yordam kelsa mashinasiga solgandan tez yordam ko‘rsatishni
boshlaydi. Siz olib borganingizda to shifoxona qabul qilgunichayam vaqt o‘tadi.
Boshqa tomondan, issiq jon, buncha ko‘p qon yo‘qotgandan keyin kim biladi? Har
holda duxturlar o‘zi ko‘rib, joyida o‘zi xulosa qilgani ma’qul.
“E ma’qul-paquling bilan” degandek, amaki qo‘l siltab oshxonaga katta
qadam tashlab kirib ketdi-yu, Feruzani qo‘liga ko‘tarib olib chiqdi, mashinasiga
yotqizib, mashinani jadal tibbiy yordam ko‘rsatish klinikasi tomon uchirib ketdi.
Ikki soat ichida hamma qarindoshlar bo‘lgan voqeadan xabar topgan, kela
olgani shifoxonaga kelgan, kela olmagani uyidan qo‘ng‘iroqlashib turar edi.

9

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

Feruzaning ota-onasiga ham xabar berishdi. Onasi birinchi reys bilanoq uyga
qaytdi.

...Feruza bir o‘limdan qoldi. Odam bilak tomirini kesganda qon ichki
tomirlardan aylanib qo‘lni oziqlantiraverar ekan. Bilak tomirining hajmi kichik
bo‘lganligi uchun ma’lum muddat qon oqib turgach, qonda paydo bo‘lgan fibrin
qonning ivishiga olib kelib, tomiri teshigini berkitib qo‘yar ekan. Feruzaning
hayoti uchun kurashgan shifokorlar uning tanasidagi zo‘rlanish izlaridan aynan
nima uni o‘z joniga qasd qilishiga olib kelganini bilib oldilar. Eng ayanchlisi,
Feruzaning yashashni istamasligi edi. U hushiga kelganida atrofiga alang-jalang
qarar, bog‘langan qo‘llariga qarab, bo‘lib o‘tgan voqea yomon tush emas, hayotida
sodir bo‘lgan mudhish voqea ekanini yodga olar va qo‘liga tushgan narsani
ko‘ksiga sanchib o‘zini o‘ldirishga harakat qilar edi. Uni turli yo‘llar bilan
tinchlantirishga uringan hamshiralar va faqat achchiq ko‘z yoshlarining va alamli:
“Yashashni istamayman”, – degan faryodining guvohi bo‘lar edilar.

U hech o‘nglana olmagach, shifokor uning kasallik tarixiga ruhShunos
shifokor ko‘rigini yozdi. Hamshira bo‘limga taklif qilgan ruhShunos shifokor
oldin kasallik tarixi bilan tanishib chiqdi va keyin Feruza yotgan palataga yo‘l oldi.

Feruza dori ta’sirida uxlab yotar, uning darddan ko‘zlari kirtayib qolgan edi.
Shifokor biroz unga rahmi kelib qarab turdi. So‘ngra uyqusiga xalal bermaslik
uchun ko‘rikdan o‘tkazishi lozim bo‘lgan boshqa bemorni ko‘rgani ketdi. U
boshqa bemorni ko‘rikdan o‘tkazayotganida hamshira ortidan yugurib kelib, uni
shoshiltirdi: “U uyg‘ondi. Yana tipirchilab o‘rnidan turmoqchi bo‘lyapti.
Yuraqoling”.

Shifokor bu bemorga: “Kechirasiz, boshqa palataga og‘irroq bemor kelgan.
Men borib uni tinchlantirishga harakat qilib, yana oldingizga qaytib kelaman”, –
dedi-da hamshira ortidan shoshib ergashdi.

Ular palataga kelishganda boshqa hamshira Feruzani tashbeh bilan
tinchlantirishga harakat qilar edi: “O‘zingni bos-da endi! Yuramizmi bolang tengi
qizni orqasidan o‘zini bir nima qilib qo‘ymasin deb halloslab yugurib? Uyingda
bilgan ishingni qil, bu yerda sal yoshi kattalarni hurmat qil!”

U shifokor kelganini ko‘rib, eshikni orqadan yopib chiqib ketdi. Xonada
shifokor va Feruza yolg‘iz qolishdi.

Shifokor Feruzaga so‘zsiz yaqinlashib, stulni oldi va uning qarshisida o‘tirdi.
Feruzaga achinish to‘la nigohi bilan qarab turgach, dalda bo‘lar degan ilinjda
qo‘lini uning elkasiga qo‘ydi. Feruza inson taftini sezganidanmi, qo‘llari bilan
shifokorning qo‘lini tutgancha piqillab yig‘lashda davom etdi. SHifokor qanday
gap boshlashni bilmas, bo‘sh qo‘li bilan Feruzaning elkasidan silab, uni yupatishga
harakat qilar edi. Lekin ayni Shu lahzada uning mana shu so‘zsiz hamdardligi
Feruzaning qalbiga minglab so‘zdan ko‘ra ko‘proq yupanch berar edi...

“Men odam emasman, opajon, – qon yig‘ladi anchadan so‘ng to‘shakda behol
cho‘zilib yotgan Feruza, – menga it tekkan, opa. Men bulg‘anganman,
opajon. ...Men o‘zimdan o‘zim jirkanaman, opajon. Men bunday yashay
olmayman”.

Uning ko‘zlaridan yosh bo‘lib oqayotgan qalb iztirobiga chidash ruhShunos
shifokor Gulruhga juda qiyin edi. Uning bag‘rini ham it tirnar, hayotda eng asragan

10

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

narsasi: bokiraligi toptalgan qizni yupatishga so‘z topa olmay unga qo‘shilib
achchiq yosh to‘kar edi. Axiyri chiday olmadi. To‘shakka engashib Feruzani
elkasidan quchdi. Shunda Feruza ham uni mahkam quchoqlab, go‘yo eng yaqin
sirdoshiga sirini aytayotgandek o‘kirib yig‘ladi. Feruza so‘zsiz o‘kirar, Gulruh ham
unsiz ko‘z yosh to‘kar edi. O‘zi ham qiz bola bo‘lganligi, bolaligidan qizlik nomini
asrab yashashga harakat qilgani uchun Gulruhga Feruzaning dardini his qilish
qiyin emas edi.

Bu kuni suhbatlasha olmadilar. Shunchaki Feruza suhbatlashish holatida emas
edi. Keyingi kunlar ham Shunchaki huzuri bilan taskin berishga to‘g‘ri keldi.
Feruzaning og‘zidan nuqul: “Yashashni istamayman”, – degan so‘z chiqar, uni
nojo‘ya hatti-harakat qilganida uyqu dori bilan uxlatishga to‘g‘ri kelar, unga
qarayotgan hamshiralarning ham toqati toq bo‘la boshlagan edi.

Samolyotning birinchi reysi bilan etib kelgan Feruzaning oyisi shifoxonada
yotib oldi. Uning ko‘ngli halak bo‘lib, goh shifokor huzuriga, goh qizining
palatasiga yugurar edi. Mana hozir ham qizining palatasidan chiqqan ruhShunos
shifokordan qizi haqida biror nima bilish uchun uning ortidan yugurdi:

– Duxtur, duxturjon. Qizim qalay?
Shifokor o‘girilib, onasi tengi ayolni ko‘rdi-da, “men bilan yuring”, deb
ishora qilib, o‘z xonasiga boshladi.
– Uncha yaxshi emas, – dedi xonaga kirgach shifokor stoli qarshisidagi
stulga taklif qilib, – eng yomoni u yashashni istamayapti. Shu bilan tushkunlikdan
chiqa olmasa ancha kurashishimizga to‘g‘ri keladi.
Onaizor:
– Boshimda bu ko‘rgulik ham bor ekanmi? – deb yig‘lay boshladi.
– Qanday qilib shunday yosh qizingizning o‘zini tashlab ketdingiz? – dedi
shifokor anchadan buyon boshida aylanayotgan savolni egasiga berib.
– Bunaqa bo‘lishini kim bilibdi? Bo‘y etayotgan qiz. Erta indin sovchilar
eshik qoqsa uyatli bo‘lmay, uch to‘rt so‘m pul qilib, sepligini yig‘ib qo‘yay
degandim-da...
Shifokor boshini sarak-sarak qilib, chuqur uh tortdi:
– Xo‘sh, endi nima bo‘ldi? Qizingizning azobi evaziga topgan boyligingiz
tatiyaptimi?
– Yaramga tuz sepmang, qizim, ona bo‘lsangiz bilasiz.
– Men sizni ayblamoqchi emasman, – dedi shifokor kuyunib, – lekin
tushuning, bolalik insonga bir bora beriladi. Bola esa ota-ona yonida bo‘lgandagina
o‘zini bola his qila oladi! Aks holda, o‘zini himoya qilish, o‘ziga g‘amxo‘rlik
qilish uchun erta ulg‘ayishiga to‘g‘ri keladi. Pul topilar, lekin bolangizning
yo‘qotgan bolaligini topib bera olmaysiz.
– O‘zini tashlab ketgan emasmanku, qarindoshlar boxabar bo‘lib turgan edi-
ku!
Shifokor, “ey sodda xola-ey” degandek yana boshini sarak-sarak qildi:

– Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, zo‘rlanganlarning taxminan etmish,
sakson foizi yaqin odamlari tomonidan zo‘rlanishidan xabaringiz bormi?

Ayol unga angrayib qarab qoldi.
– Ha, – dedi so‘zini yana bir bora tasdiqlab shifokor, – zo‘rlanganlarning

11

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

etmish, sakson foizi o‘z yaqinlari yoki qarindoshlari tomonidan zo‘rlanadi. Ular
orasida do‘sti, kursdoshi,tog‘asi, amakisi, akasi, hatto otasi zo‘rlaganlar uchrab
turadi. Chunki begonani zo‘rlash uchun atayin rejalashtirish kerak, yaqinlaringning
hayoti esa ochiq eshikdek doim qo‘l ostingda bo‘ladi. Yana bolalar ishonuvchan
bo‘ladi. Shuning uchun begonalardan qochishsa, o‘znikiga ishonishadi. Shunda
bag‘ritosh, hirs quli bo‘lgan qarindoshlar, tanishlar go‘daklarning yolg‘izligidan,
himoyasizligidan foydalanib, ularning qon qaqshashi evaziga hirslarini
qondiradilar. Bola qancha kichik bo‘lsa shuncha qo‘rqoq bo‘ladi. Shuning uchun
ba’zan bunday zo‘rlashlar muntazam ravishda takrorlanib turadi.

Onaizor shafqatsiz reallikka duch kelib, angrayib qolgan edi. Shu alfozda
gangigan holicha shifokor huzuridan chiqib ketdi...

– Yashashni istamayman, – dedi navbatdagi uchrashuv chog‘ida ruhshunos
shifokorga nazar ham solmasdan Feruza.

– Bu hayotda kuyibsiz, u dunyoingizni ham kuydirmoqchimisiz? – dedi
ruhShunos Feruzaning o‘z joniga qasd qilish niyatini payqab.

Feruza birdan sergak tortdi. So‘ngra yana nochorlikdan o‘kirib yig‘lab
yubordi.

– Axir bu kun bir sizning boshingizga tushgan emasku! Lekin boshqalar
yashash uchun o‘zlarida kuch topyaptilarku! Agar hayotingiz o‘zingizga kerak
bo‘lmasa, boshqalar uchun yashang...

Feruza lom-mim demasdan yig‘lar edi. RuhShunos so‘zida davom etdi: –
Ukalaringizni tuppa-tuzuk eplab o‘tirgan ekansiz. O‘qing, ulg‘aying, biror
muruvvat uyiga ishga kiring. Mehrga zor bolalar qancha? Kimgadir opa, kimgadir
ona bo‘lardirsiz?..

Feruza so‘zsiz yum-yum yig‘lashda davom etar edi. Buguncha etarli degan
xulosaga kelib, shifokor sekingina chiqib ketdi.

Ruhshunos navbatdagi galda kelganida Feruza o‘yga cho‘mib o‘tirar edi:
– Nima haqida o‘ylayapsiz? – dedi ruhshunos biror narsadan gap ochish
maqsadida.
Feruza unga bir qarab oldi. Keyin nigohini bir nuqtaga tikib, sekin shivirladi:
– Men sharmandani er qanday ko‘tarib yurar ekan?
– Siz sharmanda bo‘lib nima qildingiz? – dedi ruhshunos jiddiy ohangda, –
amakivachchangizni yo‘ldan urdingizmi? Ichirib, qarshisida echindingizmi?
Feruzaning uyatdan yuzlari qizarib ketdi:
– Nimalar deyapsiz?
– Unda nimaga siz uyalishingiz kerak? – dedi ruhshunos. –Siz jabrdiyda
bo‘lsangiz, u zo‘rlovchi bo‘lsa, nima uchun u emas, siz uyalishingiz kerak?
Birovning uyini o‘g‘ri o‘marib ketsa, kim sharmanda uy egasimi, o‘g‘rimi?
Birovni mashina urib ketgan bo‘lsa kim aybdor, haydovchimi, jabrdiydami? Bizlar
hamma narsani o‘z nomi bilan atashni o‘rganishimiz kerak: U zo‘ravon, siz
jabrdiyda! U sharmanda, siz qurbon! U bulg‘angan, siz poksiz!
– Qanaqasiga pok? – eshitayotgan gaplarini aqliga sig‘dira olmay qichqirdi
Feruza.
– Chunki kim gunohga boshlasa, ayb unda. Beixtiyor qurbon nopok
hisoblanmaydi, sizning tanangizga tajovuz qilishgan bo‘lsa ham qalbingiz

12

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

bulg‘angan emas-ku! Qalb inson o‘zi gunoh qilganida bulg‘anadi, demak, siz
qalban poksiz!

– Lekin odamlar...
– Odamlar siz-u men! Kimdir hamma narsani o‘z oti bilan atashni boshlasa
odamlarning ham dunyoqarashi o‘zgaradi. Menga qolsa siz hech ham qaddingizni
bukmasdan, o‘zingizni kamsitmasdan yashashingiz kerak. Siz emas, u uyalsin! Siz
emas, u o‘zini odamlardan olib qochsin!
– Qaydam, qahramondek gyerdayib yuribdi ana, – dedi Feruza orqavarotdan
eshitgan gaplarini qaytarib.
– Bu vaqtincha, – dedi shifokor. Men hali birorta zo‘ravonning qaddi tik
qolganini, baxtli bo‘lganini ko‘rgan emasman. Kimki o‘zganing bog‘ini payhon
qilsa, bir kuni ekkanini o‘radi: o‘zining ham bog‘i albatta payhon bo‘ladi. Kuzatib
yuring, mana, meni “aytgan edilar” deysiz...
Ruhshunos bilan suhbatlar kor qilib, Feruza taqdirga tan berdi. O‘zini
o‘ldirish fikridan qaytdi. Istamasa-da yashashga qaror qildi. Faqat uning bor
dunyosi shisha bo‘laklaridek chil-parchin bo‘lgan, endi ularni qanday yig‘ib,
qanday but qilib, qanday yashashni bilmas edi. Eng asosiysi, qalbidagi eng buyuk
orzusi oila qurish baxtiga endi hech qachon eta olmaydi. Uni endi qaysi yigit
olardi? Faqat xotini o‘lgan biror tog‘a, yoki xotin qo‘ygan olmasa... U hech qachon
kuyov dargohiga birinchi kelin bo‘lib bora olmaydi, oppoq harir ko‘ylakda bazm
malikasi bo‘lib o‘tira olmaydi.
Bunday xayollar shunday ham chilparchin bo‘lgan qalbini yana ezib, bu
haqida o‘ylamaslikka harakat qiladi.
Ruhshunos esa go‘yoki ko‘nglidagini o‘qib turgandek ayni uni qiynayotgan
savollarga javob izlashga harakat qiladi: “Siz faqatgina qiz bola emassiz. Siz
avvalo shaxssiz. Shaxs sifatida hurmatga, muhabbatga, e’tiborga loyiqsiz. Siz o‘z
shaxsiyatingizni rivojlantirib, namoyon qilib, jamiyatda o‘z o‘rningizni topishga
harakat qiling. Hayot ma’nosi oila qurish emas. Oila qurganlarning 90%baxtli
emas, Chunki oilalar nomiga quriladi, munosabatlar mustahkamlanishi uchun
harakat qilinmaydi. Asosiysi, inson o‘zligini, hayot maqsadini topishi. Agar oila
peshonangizda yozilgan bo‘lsa unga erishasiz, bo‘lmasa, mana, zo‘rlanishsiz ham
qancha qizlar uyda o‘tirib qolyapti, keyin ikkinchi marta uylanayotganlarga xotin
bo‘lib ketyapti...”
Asta-sekin Feruza biroz jonlanib, unda hayot maqsadi, maqsad ortidan,
yashashga intilish paydo bo‘la boshladi. Uning ahvoli engillashgach, onasini uning
oldiga kirgani qo‘ya boshlashdi. Feruza esa onasiga shaharlariga bora olmasligi, u
yerda bosh ko‘tarib yurishga el-u xalqdan uyalishi, poytaxtga ketmoqchi ekanligi,
o‘qishga kirib hayot maqsadini topishga harakat qilishi, hayotda esa oila emas,
balki o‘z o‘rnini topish muhimroq ekanligini ayta boshladi.
Onasi boshida jim tinglab yurdi-yu, keyin ruhShunosning ruhlantirishi ostida
qizida Shunday o‘zgarishlar sodir bo‘layotganini payqab, to‘g‘ri ruhShunosning
xonasiga bordi.
– Qizimning boshini nima balolar bilan to‘ldirib tashlayapsiz? – dedi ona
g‘azabini yashira olmay janjallashmoqchi bo‘lgan alfozda.
Shifokor unga g‘alati narsani ko‘rayotgan odamdek tikilib turdi, so‘ngra

13

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

“Yaxshi likka yomonlik” degandek, zardali ovozda dedi:
– Nima, o‘n besh yoshlik qizga: “Endi taqdirga tan ber, biror xotini o‘lgan

tog‘adan yoki xotin qo‘ygan tullakdan sovchi kelishini kutib yasha”, –
deyishimni istaysizmi? U xohlamasa-chi? Tengidan sovchi kelmasa-chi? Hayotda
o‘rnini topib, keyin ko‘rib-bilib o‘ziga to‘g‘ri keladiganini xotirjam yurak bilan
tanlagani ma’qul emasmi? Qizim zo‘rlandi, endi tezroq qutulish kerak deb,
uchraganga sadaqa qilib yuboraverasizmi?

Ayolning birdan “aqli joyiga tushgandek” bo‘ldi. Ular qarindoshlar bilan
haqiqatdan ham fikrlarida Feruzani biror qo‘lga topshirib, bu mashmashalardan
qutulish payida bo‘la boshlashgan ekan. Lekin Feruzaning yoshini hisobga ham
olishmabdi.

Ayol hovuridan tushib, lattadek bo‘shashgan oyoqlarini sudrab shifokor
xonasidan unsiz chiqib ketdi...

– Unga hayotini boshqatdan boshlashga yordam berish kerak, – dedi
ruhshunos navbatdagi uchrashuv chog‘ida Feruzaning oyisiga, – iloji bo‘lsa bu
voqea sodir bo‘lgan joydan uzoqroqda.

– Buning iloji yo‘q, – dedi onaizor, nima qilishini bilmasdan, – u qiz bola
bo‘lsa qaerga jo‘nataman?

– Bilmadim, balki boshqa shaharga kollejga kirar, – taklif qildi shifokor.
– Dadasiga nima deyman? O‘zi eshitganlaridan buyon: “Bitta qizni eplay
olmabsan. Zoting bilan qirilgurlar. Dargohimga yuzimni Shuvut qilgani tug‘ilgan
ekanda buning”, deb ikkalovimizni ham bir o‘tdan olib, boshqasiga solib
yotibdilar.
– U bunday muhitda yashay olmaydi! – dedi qat’iyat bilan shifokor, – Agar u
uyga qaytsa hamma narsa unga shu alfozda so‘zlab turadi, u buni sezadi, yana
joniga suiqasd qiladi.
– E boshga buncha azob solguncha o‘lib qo‘ya qolsa bo‘lmasmidi? – dedi
ayol birdan tutaqib.
Shifokor ayolni imtihon qilgandek boshdan oyoq nazar tashlab, biroz oldinga
egildi-da, sekin ovozda, lekin qat’iyat bilan: – Bizlar ayolmiz... Har birimiz bilan
bu voqea ro‘y berishi mumkin... Uning aybi nima? – dedi.
Ayol go‘yoki bu voqea hozir u bilan ham sodir bo‘ladigandek seskanib ketdi:
– Shamol olsin-e ovozingizni...
– Shunaqa, bizlar sasidan ham cho‘chiymiz! U bechora qiz o‘n besh yoshida
buni boshidan kechirdi! Sinib qolmagani uchun shukur qiling. Aqldan ozmagani
uchun shukur qiling. O‘lsa obro‘yingiz oshib qolarmidi? Hozir siz elning gap-u
so‘zi uchun bolangizdan yuzingizni ters o‘girmasdan hayotda yo‘lini topib
ketishiga yordam berishingiz kerak. O‘shanda onalik burchini bajargan bo‘lasiz.
Onaizorning yuziga birov sovuq suv sepib yuborgandek bo‘ldi. Bir lahzada
qizi boshidan kechirgan azobni ko‘z o‘ngidan o‘tkazdi, bir lahzada qizining azobi
yuki uni bosdi. Odamlarning fikri shu qadar ko‘zini ko‘r qilib qo‘ygan ekanki,
yakka-yu yagona qizining chekkan azobi ham xayoliga kelmabdi. “Endi nima
bo‘ladi?” – deb faqat oilasi sha’nini o‘ylabdi. “Begunoh norasida bolasining qoni
evaziga keladigan oila sha’ni kimga kerak o‘zi?”
U shifokor huzuridan qiziga yordam berishga qat’iy qaror qilib chiqdi. Kim

14

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

nima desa deyaversin, unga qizining hayoti, uning baxti odamlarning gapidan
muhimroq...

...Feruza mashinada uyiga qaytdi. Shifokor aytganidek ko‘krak kerib
qaytmoqchi bo‘ldi-yu, hali o‘zida kuch topa olmadi. Hech kimni ko‘rgisi ham,
eshitgisi ham kelmadi. Uning kelganini eshitib, kimdir hamdardlik bilan, kimdir
tomosha uchun kasal ko‘rdi bahonasida kelishgan bo‘lishdi, lekin Feruza hech
kimning oldiga chiqmadi ham, oldiga kirgani qo‘ymadi ham.

Faqat Dilso‘z opasi kelganini eshitganida uning oldiga kirishiga ruxsat berdi.
Dilso‘z shifoxonaga ham bir ikki ko‘rgani borgan, lekin Feruzaning ahvoli
og‘irligi uchun oldiga kiritishmagan edi.

Feruzaning xonasiga kirgan Dilso‘z boshida uni tanimagandek bo‘ldi.
Nimagadir xayolida qarshisida boshqa odam turgandek bo‘ldi. Balki Feruza
boshiga o‘ragan oq ro‘mol uni boshqacha qilib ko‘rsatayotgandir-u, lekin xayolida
uning butun ko‘rinishi o‘zgargandek, u ancha katta ko‘rinayotgandek tuyuldi.
“Bechora, o‘zi oriqqina qiz edi, yanada oriqlab cho‘p bo‘lib qolibdi”, – xayolidan
o‘tkazdi u.

Feruza unga so‘zsiz qarab turardi. Dilso‘z biroz nima qilishini bilmasdan
o‘zini yo‘qotib turdi-da so‘ng sevimli singlisining bag‘riga talpindi:

– Feruzjon, – dedi uni mahkam quchoqlab, – Feruzjon.
Ikkalovlari ham qo‘shilishib yig‘lab yubordilar. Dilso‘z dadilroq qiz edi. “Eh
qani, qasd olish mumkin bo‘lsaydi-yu, u iflosni axta qilib qo‘ysaydim. O‘zini
erkaklar zo‘rlab yashasaydi!”
– O‘sha kuni yoningda bo‘lolmaganim uchun kechir, – dedi Dilso‘z go‘yo
bu voqeada uning ham aybi bordek, – lekin agar sen uchun nimadir qila olsam ayt.
Jonimni berishga ham tayyorman.

– Men, men poytaxtga ketmoqchiman, – dedi Feruza shu savolni kutib
turgandek.

Dilso‘z dabdurustdan aytilgan so‘zdan esankirab qoldi.
Feruza birdan qiyin masalani so‘raganini payqadi: – Yo‘q, men sizga
Shunchaki rejamni aytyapman. Ilojini topib bora olsam, balki begona shaharda
bir-birimizdan xabar olib turarmiz. Mening u yerda hech kimim yo‘q.
– Albatta, – dedi Dilso‘z o‘ylab ham o‘tirmasdan, – boshqa tomonlarini ham
birgalikda hal qilamiz. Avvalo turar joy masalasini hal qilish kerak. Qani men
“xozyaykam”ga chiqib ko‘raychi?
U telefonini olib, raqam tera boshladi:
– Allo oyi, Feruz poytaxtga ketmoqchi ekan. Turar joyni hal qilish kerak
ekan. Xozyaykam bilan gaplashib ko‘rarsiz, balki uni ham olar?
– Ota-onasi xabardormi? – ovoz keldi u tomondan.
Dilso‘z ham Feruzaga savolomuz qaradi:
– Ha, – dedi shoshib Feruz, – qaysi kollejga kiritishni o‘ylayaptilar.
– Ha, qaysi kollejga kiritishni o‘ylayotgan ekanlar, – telefondan takrorladi
Dilso‘z.
– Sen o‘qiydigan kollej bo‘ladimi? – jarangladi navbatdagi savol telefon
ortidan.
Dilso‘z yana savolomuz tikildi.

15

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

Feruzaning yuziga kulfat tushganidan buyon ilk bora tabassum yugurdi:
– Ha.
– Ha ekan, oyi , – dedi Dilso‘z Feruzaning go‘zal tabassumiga mahliyo
bo‘lib...
Ular birga ketishdi. Dilso‘zning oyisi olib borib, Feruzani ham o‘qishga, ham
kvartiraga joylashtirib qaytdi.
Feruzaning unchalik o‘z shahriga qaytgisi kelmas, kun-u tun o‘qish bilan
mashg‘ul bo‘lib, ilm olamiga butkul sho‘ng‘igan edi. Albatta qiynoqli o‘ylovlar
tez-tez tinjini buzar, lekin u tezda o‘zini chalg‘itib, o‘qishi haqida o‘ylashga
harakat qilar edi. Boshida juda qiyin bo‘ldi, lekin odamzod hamma narsaga
ko‘rikan ekan, asta-sekin bu xayollar unut bo‘la bordi.
Onda-sonda ona shahriga borib kelgan Dilso‘z u yerdagi yangiliklar bilan
bo‘lishib turar edi.
– Anavi tullak bor-ku, – dedi yillar o‘tib.
– Qaysi tullak? – dedi Feruza gap kim haqida borayotganini ko‘ngli birdan
sezgan bo‘lsa-da.
– Iflos qarindoshing, – dedi nafrat bilan Dilso‘z.
Feruza u haqida eshitishni ham istamayman degandek yuzini burdi. Lekin
Dilso‘z “sen buni bilishing kerak” degandek so‘zida davom etdi.
– Rahmon akani bilasanmi? Mahallamizdagi eng boy, boobro‘ odam?
Feruza “u kishini kim tanimaydi?” degandek qarash qildi.
– Shu kishining qizlarini sevib qolgan emishlar. Amakilaring ham boy
emasmi? Teng-tengi bilan deb ota-onasi ham jon-jon deb ko‘nibdilar. Lekin sovchi
qo‘ysalar qiz tomon: “Qizimiz hali yosh,” – deb qaytaribdilar-u, yigit: “Olsamam
Shuni olaman, olmasamam Shuni olaman”, – deb turib olganida orqavarotdan:
“Boyligimiz to‘g‘ri kelsayam, obro‘yimiz to‘g‘ri kelmaydi. Andak yigitlik nomini
bulg‘ab qo‘ygan ekan,” – deb yuboribdi.
Feruza hayron qoldi:
– Bunaqasi hayotda bo‘lmagan-ku?
Dilso‘z ham hayratomuz elka qisdi:
– Bilmasam, demak, hayot o‘zgarayotgandir-da...

IZTIROB

– Bu-chi? – dedi o‘rtog‘i navbatdagi preparatni mikroskop ostiga qo‘yarkan.
Gulsanam mikroskop ostidagi buyum shishasiga surtilgan preparatga uzoq
qarab turdi-da:
– Buyrak ameloidozi, – dedi to‘g‘ri javob berayotganidan Shubhalangandek
ishonchsizlik aralash.
– To‘g‘ri topding, – dedi dugonasi chapak chalib.
– Ey-y, – dedi Gulsanam o‘rtog‘ining chapagiga parvo qilmasdan, chap
qo‘lini chakkasiga tirab, – davlat imtihoniga bir oy qoldi. Bu yuz ellikta preparatni
shu muddat ichida yodlab ulgurish...
So‘ngra jilmayib qo‘shib qo‘ydi:
– Hademay, tunda oyim ustimni yopib qo‘ysalar “mushak nekrozi”, “miya

16

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

gematomasi” deb uyg‘onsam kerak.
Ular birgalashib qah-qah otib kulib yubordilar.
Gulsanam tibbiyot oliygohiga o‘zi orzu qilib kirgan edi. Hozir ozroq

og‘rinayotgan bo‘lsa-da, uning bu kayfiyati ko‘proq imtihon oldidagi hayajon
tufayli bo‘lgan qo‘rquvdan edi. Chunki u qizil diplomga harakat qilayotgan,
buning uchun barcha davlat imtihonlarini a’lo bahoga topshirishi kerak edi.
Tibbiyot oliygohida avvalo boshlang‘ich kurslarda to‘rtta fandan, keyin bitirishda
davlat imtihoni topshirilar edi.

Birinchi kursda o‘zlariga tanish bo‘lgan ximiya, fizika, anatomiya,
fiziologiya kabi darslarni o‘tishdi. U ilk bora morgga kirish haqida ko‘p voqelar
eshitgan edi. Emishki, bir qiz murdaning mushaklarini o‘rganib chiqib
ketayotganida birdan sochi tortilibdi, qo‘rqib o‘girilib qarasa sochi murdaning
barmog‘iga o‘ralgan emish... Gulsanam bunday mish-mishlarga diqqat qilmaslikka
harakat qiladi, lekin mushaklar mavzusiga yaqinlashganlari sari: “Xudojon,
yordam ber. Quvvatla, sharmanda qilma”, – deb Yaratganga yolvordi. Axir
hayotida murda ko‘rmagan qizga morgga kirish dahshatli edi-da. Lekin morgga
kirganlarida boshidan kechirgani uning o‘zini hayratga soldi. U hech nimani his
qilmadi: na qo‘rquv, na boshqa biror hisni. Shunchaki, umrini yashab bo‘lgan qirq
yoshlar chamasidagi, ko‘rinishidan rus millatiga mansub odam uxlab yotgandek.
Faqat undan formalinning o‘tkir hidi kelib turibdi, tana mushaklari o‘rganishga
qulay qilib kesib qo‘yilgan, talabalar mushaklarni o‘rganish uchun pinset bilan
titaverganlari tufayli qo‘l va oyoq mushaklari biroz titilgan.

Odam o‘qishga kirgach, xayoli imtihonlarga bo‘lib, “oddiy banda”lar his
qiladigan ko‘p dahshatlarni chetlab o‘tar ekan. Gulsanamning oqshomgacha
laboratoriyada qolib murda o‘rgangan, suyak o‘rgangan paytlari ham bo‘ldi.
Anatomiyadan har bir darsga oid har bir a’zoning tuzilishi, nimalardan iboratligi
ko‘rsatib, aytib berilishi talab qilinishi tufayli ba’zan bosh suyagini, boshqa kichik
suyaklarni ijara uyiga olib borib, uy egalari qo‘rqib ketmasligi uchun yashirincha
o‘rgangan kunlari ham bo‘ldi.

Ikkinchi kursning ikkinchi semestridan patologik anatomiya, patologik
fiziologiya, gistologiya kabi maxsus fanlar qo‘shildi. Anatomiya inson tanasi
tuzilishini o‘rgansa, patologik anatomiya bu a’zolar kasallanganidagi holatini
o‘rganar edi. Fiziologiya esa inson tanasining mo‘‘tadil holatidagi faoliyatini
o‘rganib, patologik fiziologiya uning kasallik holatidagi faoliyatini o‘rganar ekan.
Gistologiya esa tana to‘qimalarini hujayra darajasida o‘rganar ekan.

Mana Gulsanam shu vaqtgacha bo‘lgan semestrlardan a’lo baholarda o‘tib,
endi patologik anatomiyadan imtihonga kiritilgan shisha bo‘lagidagi preparatlarni
o‘rganib o‘tirar edi.

Gulsanam o‘rta bo‘yli qiz bo‘lib, oliygohda o‘qiyotgan bo‘lsa-da qattiqqo‘l
onasining chizgan chizig‘idan chiqmay hali hatto ko‘ziga surma qo‘ymas edi.
Lekin tabiiy go‘zal bo‘lmish qop-qora ko‘zlari va qalin qoshlari, oysimon
to‘lishgan bug‘doy rang chehrasi tez-tez yigitlarning diqqatini tortar, lekin uning
o‘qishdan boshqa narsaga “hushi” yo‘qligi ularning hafsalasini pir qilib,
“yo‘llaridan qolmas” edilar. Albatta, ko‘rinishidan jiddiy qizligi bilinib turgan
qizning ko‘ngliga shaydo yigitlarning ko‘pchiligi jiddiy maqsad bilan qo‘l solib

17

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

ko‘rar edi, lekin oliygohni tugatgach, aspiranturada o‘qishni davom ettirish
niyatida yurgan qiz sovchilarni ham dadil qaytarib yuborar edi.

Semestr nihoyalab, hamma fanlardan chorakliklar e’lon qilina boshlandi.
Nima uchundir assistent domla patologik anatomiya darsidan uning ism-sharifini
qayta topshirishga keluvchilar ro‘yxatida tilga oldi. Odatda kim dars qoldirgan,
darsdan qoniqarsiz baho olgan yoki kontrol ishlarni topshira olmagan bo‘lsa qayta
topshirishga chaqirar edilar. Shuning uchun Gulsanam hayron qoldi, lekin domlaga
ortiqcha savol berish mumkin emasligining “darsini olgan” Gulsanamning qayta
topshirishga kelishdan boshqa iloji qolmadi.

Bir kuni uchinchi juftlik darsini tugatgach Gulsanam kursdosh o‘rtog‘i bilan
patologik anatomiya kafedrasiga yo‘l oldi. Soat kechki to‘rtlar bo‘lib qolgan,
kafedra deyarli bo‘sh, jim-jit edi. Oldin o‘rtog‘i kirib chiqib, topshira olmagan
darsini topshirib chiqdi. Bu orada Gulsanam hayajondan dukillayotgan yuragini
tinchlantirish uchun koridor devorlariga ilib qo‘yilgan, odam tanasi a’zolari
chizilgan plakatlarni tomosha qilib turdi.

O‘rtog‘i chiqqach, u koridorda kutib turadigan bo‘ldi va endi Gulsanam sinf
xonasiga kirib ketdi.

– Assalomu alaykum, – dedi u eshikni taqillatib kirar ekan, hayajonini
yashirish uchun sekingina.

– Vaalaykum assalom, kiring, – dedi kayfiyati chog‘ domla boshini jurnaldan
ko‘tarmay.

Imtihon oldi domlaning sinf xonasi serqatnov bo‘lib qolgan, yigitlar aroq,
qizlar konvertga o‘rog‘lik pul tashir edilar, shuning uchun kim bo‘lishidan qat’iy
nazar navbatdagi mehmonning qadami domlaga xush yoqar edi.

U boshini ko‘tarib, Gulsanamni ko‘rgach, alohida tavoze’ bilan birinchi
partaga taklif qildi:

– Gulsanamxon, sizni ko‘radigan kunimiz ham bor ekan! Qalaysiz?
– Yaxshi rahmat, – dedi qisqagina qilib, hali hayajonini bosib olmagan
Gulsanam. Keyin qisqagina qo‘shib qo‘ydi: – Nimadan qarzim borligini bilgani
kelgan edim.
– E, hali nima qarzdorligingizni bilmaysizmi? – dedi ajablangandek ohangda
domla, – yuragimni o‘g‘irlab olib, hech nima bilmay yurganlarini bu kishimning...
Dabdurustdan aytilgan gapdan Gulsanamning yuragi “shirt” etib ketdi. U
domlaning ikkinchi xotinidan besh yoshli bolasi bilan ajralganini, biroz “sho‘xroq”
ekanligini eshitgan, lekin uning diqqati aynan o‘ziga qaratilishini xayoliga
keltirmagan edi.
Ular guruhlarida o‘n ikkita talaba bo‘lib, shulardan to‘rttasi qiz edi. Qizlardan
ikkitasi oilali, bittasi oppoq yuzli xushchaqchaq qiz bo‘lib, hamma kafedralarda
domlalarning diqqatini tortib yurar edi. O‘ziga oro berib, ochilib, sochilib
yuradigan Mahliyoning oldida o‘ta jiddiy, bo‘yanmasdan yurishi va ochiq sochiq
kiyinmasligidan o‘qishga berilganligi ko‘rinib turgan Gulsanamga go‘yo chetdan
hech kim e’tibor qilmaydigandek tuyular edi.
Shuning uchun domlaning bu gapi Gulsanam uchun tomdan tarasha
tushgandek bo‘ldi. Uning qalbida “to‘g‘ri eshitdimmi, yoki menga Shunday
tuyuldimi”, degan savol paydo bo‘lib domlaga hayratomuz qaradi.

18

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

Domla hazilomuz ohangdan birdan jiddiy ohangga o‘tdi:
– Xullas Gulsanam, gapning po‘stkallasi men sizni yoqtirib qoldim. Men
sizni uchrashuvga taklif qilmoqchi edim. Yo‘q demasangiz istirohat bog‘ida
uchrashsak, o‘tirib, suhbatlashib bir-birimizni yaqinroqdan bilib olar edik.
Gulsanam bu so‘zlardan o‘zini ta’riflashning iloji yo‘q darajada yomon his
qildi. Uning qalbida qo‘rquv, nafrat, jirkanish va qandaydir notanish hislar qorishib
ketgan edi. Axir u 19 yoshga qadam qo‘ygan qiz bo‘lsa, endi qarshisida qirqni
qoralab qo‘ygan, ikki marta xotin qo‘ygan, sochiga oq oralab qolgan erkak dil
izhori qilib o‘tirsa?! Qanday ko‘rgulik bu?
Gulsanam bir fikri: “Boring-e”, – deb chiqib ketgisi keldi-yu, imtihonini
o‘yladi. Uch haftadan so‘ng imtihon, ungacha Shu domla uning choraklik
baholarini chiqarib berishi kerak. Agar u chiqarib bermasa, uni imtihonga
kiritishmaydi. Imtihonga kiritishmasa o‘qishdan haydaladi. “Bosiq bo‘l”, – dedi
Gulsanam o‘ziga-o‘zi, “boshimga Shu balo ham bor ekanmi?” degan fikr
hayolidan o‘tib.
Gulsanam domlaning niyati jiddiyligini payqab, go‘yoki unga o‘zi umid
bergandek, endi Shu aybini to‘g‘rilamoqchi bo‘lgandek siniq ohangda dedi:
– Axir men diqqatingizni tortishga harakat qilgan emasdim-ku!
Uning xayoliga shu lahzada o‘zi yaxshi qiz-u, lekin aynan hammaning
diqqatini tortishga harakat qilib yuradigan Mahliyo keldi. Domla uning
ko‘nglidagini payqagandek ko‘ngil izhoriga o‘tdi:
– Aynan shu hech kimning diqqatini o‘zingizga qaratishga harakat
qilmasligingiz yoqib qoldida! Siz boshqachasiz. Siz hech kimga o‘xshamaysiz. Siz
Shunchaki sinfga ohista kirib kelasiz. Barcha a’lochilar kabi birinchi partaga
o‘tirasiz. Darsning boshidan oxirigacha dars bilan mashg‘ul bo‘lasiz. Hech kimga
ham qaramaysiz, hech kimni o‘zingizga ham qaratmaysiz. Siz o‘ziga ishongan
qoyadek balandsiz. Sizga o‘zingizning dilbarligingizga ishonishingiz uchun
boshqalarning diqqatini tortishingiz shart emas. Oqqushdek tovlanib, o‘zingizga
gard yuqtirmay yuraverasiz, faqat maftunlaringiz nazaringizga tusha olmaganidan
kuyunib qadamingizdan qarab qolaveradi. Menga mana Shu qo‘l etmas tog‘
ekanligingiz yoqib qoldi! Men... Men..., – domlaning ovozida ehtiros sezila
boshladi. Bundan Gulsanam qo‘rqib ketib, shart o‘rnidan turib ketdi va eshik
tomon yugurdi. Domla orqasidan: – Choraklikni yopishga bir hafta qoldi, –
degancha qichqirib qoldi.
...Gulsanam uchun do‘zax o‘tidek yondiruvchi iztirobli kunlar boshlandi.
Ko‘plar uchun oddiy bo‘lgan muammo u uchun o‘tishning iloji bo‘lmagan dovon
edi. Chunki uning orqasidan “tanka”si yo‘q edi. U oliygohga qiynalib kirgan,
kirayotganida ota-onasi: “Kirishga yordamlashamiz, keyin o‘z aravangni o‘zing
tortasan” – deyishgan edi. Shundan buyon Gulsanam qon qaqshasa-da,
nohaqliklarga chidasa-da o‘qish muammolarini o‘zi hal qilib yashashiga to‘g‘ri
kelgan edi. Boz ustiga, oyisi juda qattiqqo‘l bo‘lib: “Engiltak qizlarning ortidan
yigitchalar gap otadi”, – deb ongiga quygan, Shuning uchun agar kimdir unga dil
izhori qilsa, go‘yoki, Gulsanam ko‘z suzgandek o‘zini noqulay his qilar, o‘zini
go‘yo fohishadek ko‘ringanlikda ayblar edi. Agar hozir bu voqeani ham borib
onasiga aytsa, onasi yordam bermaydi, aksincha, uning o‘zini ko‘z suzganlikda

19

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

ayblaydi.
Domlaning qarori qat’iyligi ham sir emas. Chunki bu oliygohda bunday

voqealar tez-tez sodir bo‘lib turib, ba’zi domlalar jurnalga qo‘yadigan baholarining
narxini oshirib yuborar, go‘yoki oliygoh ularning shaxsiy mulklaridek og‘izga
siqqanini so‘rar edilar. Mana, uning shahardoshi Dilorom ham shunday
domlalarning birining kasridan birinchi kursdanoq o‘qishdan haydalib ketdi.
Birinchi kursdan qayta tiklashning iloji yo‘q ekan, shuncha qiynalib kirgani bir
tiyin bo‘ldi. Ikki-uch yil qiynalib yurgach, axiyri hujjatlarini tibbiyot texnikumiga
topshirib qo‘ya qoldi.

Afsuski, bu oliygoh ulkan dargoh bo‘lgani bilan hech kimning hech kim bilan
ishi yo‘q. Talabalarning borib arzini aytadigan kishisi yo‘q. Biror domlaga borib
aytsa, “buni nima menga aytyapsan?” – deb g‘alati qarashi mumkin. Agar kafedra
mudiriga aytsa, domla “tuhmat qilyapti” deb qaytanga vaziyat og‘irlashishi
mumkin.

Gulsanamning ahvoli og‘ir edi: Bir tomondan butun umr orzu qilib kirgan
oliygohi, boshqa tomondan, qizlik sha’ni... Ikkalovi ham jondan aziz, qon -qoniga
singib ketgan boyligi... Uning ahvoli tang edi, lekin yordam beruvchisi yo‘q edi.

Darslar tugab, sessiyaga tayyorlanish vaqti boshlangan, shuning uchun
talabalar qaysi fandan qarzdor bo‘lsalar o‘shanigina topshirish uchun borar edilar.
Gulsanamning esa biror fandan qarzi yo‘q edi. Shuning uchun u mudhish o‘ylar
og‘ushida kunlarni tunlarga, tunlarni esa kunlarga ulab o‘tkazar edi. U ibodat
qilishni, Xudodan yordam so‘rashni bilmas edi, lekin duv-duv to‘kilayotgan ko‘z
yoshlari ho‘l qilgan yostig‘ini lablarining tinmasdan: “Xudojon, Xudojon”, –
degan haroratli nafasi kuydirardi. Bu orada bir kursdoshi patologik anatomiyadan
hali bahosi chiqmagani, agar borib to‘g‘irlamasa, domlasi shunday berib yuborishi
haqida ogohlantirib ketdi. Bu xabar Gulsanamga oliygohdan haydalishdek
mudhish kun yaqinlashib kelayotganidan xabar berar, lekin qalbida nafrat uyg‘otib
ulgurgan domlasini hatto ko‘rishni ham istamas edi.

Gulsanamning xonadoshi imtihonga tayyorlanish uchun bir o‘rtog‘ining
kvartirasiga ketgan, shuning uchun Gulsanam o‘z yog‘ida yolg‘iz qovurilar edi. Bu
bir jihatdan u uchun yaxshi edi. Chunki domla aytgan gapni hech kimga ayta
olmas edi. Chunki agar birovga aytsa, u odam yordam bera olmasligi tayin, faqat
gap chiqib ketib ahvol og‘irlashishi mumkin edi. Shunday tunlarni Gulsanam
hamma narsani solishtirib, hamma narsa haqida obdon o‘ylab o‘tkazar edi: “Nima
qilsam? Qanday ko‘rgulikka qoldim-a? Uchrashuvga borsam, hammasini
tushuntirsam-chi? Yo‘g‘-e, biror nima ichirib, uxlatib qo‘yib biror joyga olib
ketsa-chi? Yo‘q, yo‘q. Hech qanday uchrashuvga bormayman.

Unda o‘qishim nima bo‘ladi? Ota onam bu o‘qishga kam orzu-havaslar bilan
qo‘yishganmidi? Bir yil repetitorga qatnab kam pul sarflagan edimi? Kirish
imtihonlaridan o‘tganida, bizning avloddan ham bunday nufuzli kasb egalari
chiqsin-da deb qanday quvonishgan edi? Endi yiqildim, deb so‘ppayib kirib
boradimi? Yana qanday sabab tufayli-a? ...Nima uchun men o‘zim Yaxshi
ko‘radigan, o‘zim tanlab kirgan oliygohda o‘qish baxtidan, uni bitirish baxtidan
qandaydir kalamushni deb mahrum bo‘lishim kerak? Nahot hayot faqat zo‘rniki
bo‘lsa?

20

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

Unga tegsam-chi? Niyati jiddiy shekilli? Endi bir imtihonni deb birinchi
uchragan, ikkita xotin qo‘ygan domlaga tegib ketaveramanmi? O‘zi uni meni
olaman deb ko‘zi uchib turibdimi? Balki bir ikki bora ko‘ngilxushlik qilmoqchidir.
Domla bo‘lsa o‘ziga, men axir odam bilan yashaymanku, uning domlaligidan
menga nima?!

Borsam-chi? Yo‘g‘-e, bu yo‘l bilan ishni bitirgandan, umuman ishing
chappasiga ketgani ma’qul. Ota-onamning yuziga qanday qarayman? Qaysi tuzuk
yigit meni oladi keyin? Qanday qilib bir imtihonni deb qizlik sha’nim, nomim,
bisotimdan kechaman? Yo‘q. Mening sha’nim mening o‘zligim, undan kechib
bo‘lmaydi. Undan kechish hayotdan kechish bilan barobar. O‘lim bilan barobar.
Sha’nimdan kechguncha o‘lib qo‘ya qolganim Yaxshi . Yaxshi , mayli o‘lay...”

Bir haftali iztirobli o‘ylar qilarini qildi. Gulsanam kasal bo‘lib yotib qoldi.
Uning tomog‘idan hech nima o‘tmas, bor vujudi olovdek yonar edi. “ Mayli o‘lsam
o‘lay, -dedi u bir haftalik azobdan so‘ng ma’lum qarorga kelgach,-mayli men
o‘ldim. Men sevimli oliygohim uchun o‘ldim...”

Sessiyaga tayyorgarlik vaqti tugab imtihonlar ham boshlandi. Kursdosh
qizlari Gulsanamni klinik ximiya fanidan imtihonga chaqirib ketishdi. Gulsanam
yashaydigan yotoqxona Tibbiyot Oliygohi klinikalari bag‘rida joylashgan bo‘lib,
oliygohda nima gap bo‘lsa yotoqxonaga bir zumda “mahallada duv-duv gap”dek
tarqalar edi.

Gulsanam “chiqmagan jondan umid” degandek imtihon topshirish uchun
yo‘lga tushdi. Uni shu bir hafta ichkaridan ancha ulg‘aytirgan bo‘lsa, tashqaridan
aksincha, u musichadek engil bo‘lib qolgan edi. Yotoqxonadan “Klinik ximiya”
kafedrasi joylashgan binoga “Patologik anatomiya” kafedrasi joylashgan bino
yonidan o‘tilar edi. Tanish binoga yaqinlashar ekan, unga go‘yo uzoq yillar oldin
nimasi bilandir bog‘liq bo‘lgan narsadek qaradi-yu, hech narsa his qilmadi: na
achinish, na o‘kinish va na boshqa narsa. U go‘yoki tirik murdaga aylangan, endi
unga hammasi baribir edi.

Sassiz imtihoni tomon yo‘l olib, imtihonini topshirdi va yana shu yo‘l bilan
ortga qaytdi. Shunda kutilmaganda uning qarshisidan ...domla chiqdi. Gulsanam
yuzini chap tomonga burdi. Endi uning hatti-harakati qanday natijalar olib
kelishining ahamiyati yo‘q edi. Endi u o‘qish uchun o‘lib bo‘lgan, shu orqali
vahshiy domlaning zug‘umidan jismini va qalbini ozod qilgan edi. U endi
istayotgan yagona narsa mana shu ozodlikdan mahrum bo‘lmaslik, kimlardir uni
ermak qilishlariga yo‘l qo‘ymaslik edi.

Domla go‘yo hech nima bo‘lmagandek unga: “Baholaringizni qo‘yib
berdim,” – dedida yo‘lida davom etdi. Gulsanamning qalbida kutilmagan umid yilt
etib yongandek bo‘ldi. “Xudo bor!” degan so‘z birdaniga ko‘nglidan o‘tdi. U bir
necha lahza quloqlariga ishonmay, turgan joyida tosh qotib turdi. “Nima bo‘ldi?
Tushimmi bu o‘ngimmi? Shunday hammasi osongina hal bo‘ldimi? Ham o‘qishim,
ham sha’nim o‘zim bilan qoldimi?” Gulsanamning butun dunyosi ag‘dar-to‘ntar
bo‘lib ketgan, Shu bir oy ichida go‘yo ko‘p yillar yashab qo‘ygandek tuyular, endi
esa go‘yoki taqdir uni o‘lim sahrosidan o‘tkazib, yana hayotga uzatib
qo‘yayotgandek edi. Uning quvonchdan yuragi hapriqdi, qariyb o‘lib bo‘lgan
orzulari qaytadan alangalandi va shu vaqtning o‘zida ko‘nglining bir burchidan bir

21

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

ovoz: “Uning gapiga ishondingmi? Bundaylarning zoti g‘irt yaramas-ku?!
Uyalmay netmay qizi tengi qizga “men bilan yur”, deydigan odam boshqa
qabihlikdan qaytarmidi? Qilar ishni qilib qo‘yib, endi oliygohdan quvilib umrbod
meni qarg‘ab o‘tmasin deb shunday deyapti”, – der edi.

Bu tovush Gulsanamning qalbiga noxush hislar soyasini olib kelgan bo‘lib, u
hali hammasi aniq bo‘lgunicha quvonishga shoshilmaslikka qaror qildi: “Hisob
daftarchamda shu fandan olgan bahoim bo‘lgandagina ishonaman”.

Patologik anatomiya fanidan imtihon kuni ham etib keldi. Imtihon klinika
ichidagi anatomiya kafedrasining ma’ruza zalida borar edi. O‘z navbatini kutib
turgan Gulsanamning yuragi hayajon va qo‘rquvdan duk-duk urar, go‘yoki bor
vujudi yurakka aylanib, butun borliq uning yurak urishini eshitayotgandek tuyular
edi. Navbati kelib, ichkariga kirganida, imtihon oluvchiga ism-sharifini aytganida
qo‘rquvi, hayajoni, yurak urishi yanada kuchaydi. Imtihon oluvchining talabalar
ro‘yxatidan uning ism-sharifini axtarish muddati go‘yo asr qadar cho‘zilgandek
bo‘ldi xayolida. Yana yuragiga “ismim chiqmasa-ya?” degan hadik gup etib urildi,
oyoqlari paxtadek bo‘shashib, yiqilib tushishiga oz qoldi. “Eh naqadar azobli bu
lahzalar...” Axiyri imtihonchi uning ism-sharifini topib, unga belgi qo‘ydi va
Gulsanamga imtihon savollari kiritilgan kompyuterga o‘tirishiga imo qildi.
Gulsanam go‘yo tushdagidek kompyuter tugmachasini bosdi. Quvonishga ham
ulgurmay “qanday savollar tushdi ekan, bilgan savollarimmi?” – degan tahlika
qalbini qamrab, o‘zi bilan o‘zi bo‘lib qoldi. Omadi chopib bilgan savollari tushdi
va u a’lo baholar bilan imtihon xonasini tark etdi.

Imtihonni topshirib chiqqach, bir tomondan ko‘ngli engil tortgandek bo‘ldi,
boshqa tomondan hanuz qalbida o‘sha tahlika bor edi. Endi u “balki hisob
daftarchamga bahoni qo‘ymoqchi bo‘lganlarida yillik baho chiqarilmaganini
ko‘rib, imtihon natijasini bekor qilardirlar, hisob daftarchamga bahoni
qo‘ymasdirlar” deb qo‘rqar edi. U yana bir bora o‘ziga: “Hisob daftarchamda Shu
fandan olgan bahoim bo‘lgandagina ishonaman”, – dedi.

Test tizimida bo‘lganliklari uchun ilgarigidek baho birdan imtihon vaqtida
qo‘yilmas, odatda imtihon olib bo‘lingach, natijalar hisob daftarchasiga ertasi
kunigacha qo‘yilib, guruh sardori orqali berib yuborilar edi.

Bu esa Gulsanamning pora-pora bo‘lgan yuragini yanada ezar edi. U tunni
go‘yo igna ustida yotgandek u tomonidan bu tomoniga bezovta ag‘anab, turli
xayollar og‘ushida azoblanib o‘tkazdi. Ertasi kuni esa guruh sardori hisob
daftarchasini xonasiga keltirib berishini kutmasdan o‘zi klinika tomon yo‘l oldi.
“Har tugul bir soat bo‘lsayam natijasini oldinroq bilaman”, – der edi u o‘z-o‘ziga.

Klinikaga kelib, go‘yo bemorning ortidan kelgan qarindoshidek u er bu erga
yurib turdi. Ancha vaqt o‘tib, guruh sardori kelib, u bilan boshini egib
salomlashgandek bo‘ldi va ichkariga kirib ketdi. Yarim soatlardan so‘ng qora
sumkasi to‘la qizil hisob kitobchalari bilan chiqib keldi va ichini ochib qarab,
Gulsanamnikini uning qo‘liga topshirdi.

– Bahosi bormi? – dedi Gulsanam sabri chidamasdan go‘yo kuz shamoli
tortqilayotgan bargdek titrab.

– Sizga baho bo‘lmasa kimda bo‘lsin? – dedi hech narsadan bexabar guruh
sardori jilmayib.

22

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

Shoshib hisob daftarchasini qo‘liga olgan Gulsanam undagi a’lo bahoni
ko‘rib yuragi tars yorilay dedi, go‘yo ko‘zlarida o‘t chaqnagandek bo‘ldi: “Haqiqat
bor ekan! Xudo bor!”

Bir lahzada atrof boshqacha tus oldi. U birdaniga klinikaning jannatmakon
joy ekanini payqay boshladi. Ulkan chinor daraxtlari yo‘g‘on shohlari bilan
yam-yashil o‘t-o‘lanlarni, yo‘laklar chetiga ekib qo‘yilgan sap-sariq gullarni
quyoshning o‘tkir tig‘idan himoya qilmoqchidek, ularni ko‘ksilari bilan to‘sib
turar edilar. Gullar, o‘t-o‘lanlar esa soyadan rohatlanib, daraxtlarga go‘yoki
minnatdorona bosh egib ta’zim qilib turar edilar. Quyosh ham bo‘sh kelmas, goh u
yerdan, goh bu yerdan aylanib o‘tib gullar yonidan oqib o‘tayotgan ariqchalarga
ko‘z qiri kamonini otar edi. Bundan ariqdagi suvlar mavjlanib, go‘yo ko‘zlaridan
uchqun chiqqandek yarqirab ko‘zni qamashtirar, quyoshdan qochib daraxtlar
panasidagi o‘simliklar egatlariga singib ketar edi. Quyoshning gul va
o‘t-o‘lanlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri etib bora olmagan tafti-iligan suv orqali etib borar
edi.

Bu bir-biriga oshufta tabiat qo‘ynida biroz unga maftun bo‘lib turgach
Gulsanam asta-sekin yotoqxonasi tomon yo‘l oldi. Shu paytgacha “qachonki
imtihon daftarchamni qo‘lga olsam bu balodan qutulganimga ishonaman”, deb
yurar edi. Endi shu imtihon daftarchasi, undagi baho uning qo‘lida bo‘lgandagina
yuragi biroz tinchlanib, taskin topib bo‘shashdi. U o‘pkasi to‘lib kelayotganini
payqab, biror pastqamroq joyda skameyka izlay boshladi. Klinika hududida
shunday skameykani topib o‘tirdi va ...to‘yib-to‘yib yig‘lab oldi.

Kelasi yili yangi o‘quv yili boshlanganida, klinikilar bilan qo‘shni bo‘lish
joylashgan yotoqxonasiga kelganida, u yerda odatdagidek duv-duv gap edi.

– Nimaymish?
– Falonchaevni, patologik anatomiya domlasini ishdan bo‘shatishibdi.
– Nimaga?
– E, bolalardan yillik bahosini chiqarib berishi uchun aroq talab qilgan ekan.
– U bir necha yildan buyon shunday qilar edi-ku?
– Ha, buzoqning yugurgani somonxonagacha-da. Biror kuni bu tugashi kerak
edi-ku! Shu kun kelgan-da...
“Gap mana qayerda ekan”, deb o‘yladi Gulsanam qoyadek mag‘rur domla,
qanday qilib birdaniga qo‘ydek yuvosh bo‘lib qolganining sababini bilolmay
yurgan ko‘ngli axiyri buning sababini bilganidan taskin topib. U iztirob chekib
yurgan damlaridayoq domlaning o‘zining payi qirqilayotgan ekan...
.

DONO

“Sizni... kuzatib qo‘ysam maylimi?” – ijarada turadigan uyi tomon ohista yo‘l
olgan Dononing quloqlarida ko‘cha boshida uning ortidan kuzatib qolgan
Qahramonning yarim soat oldin aytgan Shu jumlasi jaranglar edi.

Bir lahzada Dononing bor dunyosi ostin-ustun bo‘lib ketdi. U go‘yo
qandaydir zimiston dunyoda yashayotgan edi-yu, birdan quyosh porlagandek
bo‘ldi. Bu shu qadar yorug‘ nur edi-ki, uning ko‘zlari qamashdi, yuragi hapriqdi.

Dono rozilik ma’nosida boshini silkitdi va ular uyga birga qaytdilar.

23

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

Qahramon jiddiy ko‘rinishli yigit bo‘lsa-da dilkash yigit ekan. Turli sohadan
so‘zlab gapga tortishga harakat qiladi. Dononing esa yuragi go‘yo sevimli
kishisiga turmushga chiqayotgan qizning yuragidek qinidan chiqay deydi.
Hayajon zo‘ridan oyoqlari chalkashadi, quloqlari tom bitib so‘zlarni anglay
olmaydi, tutilib-tutilib, ayqash-uyqash javob beradi.

– Men shu yerda turaman, – dedi Dono ko‘cha boshidagi tol daraxtini g‘ira
-shira ko‘rib.

– Ertagacha unda, – Qaxramon kutilmaganda qo‘lini uzatdi.
Dono ham qo‘lini uzatib do‘stona xayrlashdi...
...Dono maktabni a’lo baholarda tugatgan edi. Unda bilim olishga g‘ayritabiiy
qobiliyat bo‘lib, u matetatika yoki ona tilidan har bir masala yoki mavzuni
haftalab, oylab, kun-u tun mustaqil o‘rganishi mumkin edi. U oilada uchinchi
farzand bo‘lib, u tug‘ilishidan oldin ota-onasi juda ham o‘g‘il bo‘lishini orzu
qilgan edilar. Ota-onaning bu orzusi oila a’zolariga ham yuqqan bo‘lib, Dononing
opalari uni o‘g‘il bolachadek kiyintirib qo‘yar, uy a’zolari esa erkalab,
“o‘g‘ilcha”miz deyishar, Dononing xursand jilmayishidan bu gap unga ham
yoqishi bilinib turar edi.
Maktabga borganida Dononing sinfdoshlaridan ajratib turadigan xususiyati
o‘g‘il bolalardek kiyinishi va hamma fanlardan tengqurlaridan ancha oldinda
yurishi edi. U oltinchi sinfni bitirganida navbatdagi faxriy yorliqni topshirayotgan
sinf rahbari uning oyisiga o‘quvchisiga nisbatan mehr bilan: “Bilasizmi, odatda
bizlar bolalarga boshqa o‘quvchilarga nisbatan baho qo‘yamiz, shuning uchun
ko‘plab a’lochilarimiz nisbiy a’lochilardir, Dono esa mutlaq a’lochi. O‘zimning 20
yillik muallimlik tajribamda bunday o‘quvchini birinchi bor ko‘rishim...” – degan
edi.
Yoshi ulg‘aygani sari atrofidagilar chiroyli qizchaning o‘g‘il bola kiyinishiga
diqqat qila boshladilar va Dononing onasi “qiz boladek kiyin, el-u xalqdan
uyalyapman”, deyishi Dononing o‘zini odamlardan biroz olib qochib yurishiga
sabab bo‘ldi. Shu-shu Dononing olami maktab va kitoblar dunyosi bo‘lib qoldi.
U maktabni tugatgach, huquqShunoslik oliygohiga kirishni orzu qila
boshladi. Lekin sevimli maktabi og‘ushidan chiqib, kollejda o‘qiy
boshlaganidanoq hayot adolatsizligiga duch keldi. U yaxshi o‘qishiga qaramasdan,
talabalar kitobchasidagi har bir “a’lo” bahosi uchun kurashishiga to‘g‘ri kelar,
bularning barchasi unga ruhiy azob berar edi. So‘ng u bir yilda birdaniga ikkita
zarba oldi: Birinchisi, davlat bitirish imtihonida matematikadan to‘rt qo‘yishlari va
shu yilning o‘zida huquqshunoslik oliygohida kirish imtihonidan qulashi...
O‘shanda javoblar taxtasiga qarab, o‘tish baliga o‘n uch ball etmaganligini
ko‘rgan Dononing avvaliga ko‘z o‘ngi qorong‘ulashdi. So‘ngra to‘rt yildan buyon
nohaqlikdan ezilib, to‘planib qolgan ichki g‘alayoni faryod bo‘lib otildi. U ojiz edi.
U nohaqlik qarshisida ojiz edi. U savollarga to‘g‘ri javob berganini, agar adolat
bo‘lganida edi kirgan bo‘lishi lozimligini bilar edi. Lekin u buni hech kimga isbot
qila olmas edi. Hech kim unga yordam berishni istamas edi. Uning tanish-bilishsiz,
“tanka”siz, “moylash”siz bilimi hech kimga kerak emas edi. U siqilib ketdi.
Qichqirib, hammasini ostin-ustin qilgisi keldi. Lekin bundan nima foyda? U
achchiq ko‘z yosh to‘kib, tirik murdadek oqarib ketgan yuzlaridan ariqcha hosil

24

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

qilib oqayotgan ko‘z yoshlariga ham, unga “nima bo‘lgan ekan?” deya savolomuz,
achinish bilan qarayotgan odamlarning nigohlariga ham e’tibor bermasdan
avtobusga o‘rnashib, nochorgina uyga qaytdi.

Birinchi kunlarda hech kimni ko‘rgisi, hech kim bilan suhbatlashgisi kelmadi.
Shu alfozda bir necha oyi tushkunlik og‘ushida o‘tdi. Lekin oylar o‘tib, kelgusi yil
kirish imtihonlari yaqinlashganida unda yana “balki bu yil kirib ketarman”, degan
umid uchquni paydo bo‘ldi. Ammo afsus, peshanasida yo‘q ekanmi, yoki
adolatning ko‘zi ko‘r ekanmi, bu yil ham omadi chopmadi va uning kundan-kun
tobora quyuqroq tushkunlik og‘ushiga cho‘mayotganini endi atrofdagilar payqay
boshladilar. U kunlab ovqat emaydigan, xonasidan chiqmaydigan, yuvinmaydigan
va o‘ziga qaramaydigan bo‘lib qoldi. Terisi suyagiga yopishganidan yonoq
suyuklari bo‘rtib qolgan, ko‘zlari kirtayib ichiga tortgan Dononing hech kim bilan
ishi bo‘lmas, faqat yuvilmaganidan dog‘lari ko‘rinib turgan oyoqlarini bir amallab
sudrab, bir amallab hojatxonaga borib kelar va faqat suv ichar edi. Keyin ko‘ziga
nimadir ko‘rinadigan, unga gapiradigan bo‘ldi:

“Yashab nima qilasan? – dedi bir kuni ovoz, – Sen hammaga yuksan.
Uyingdagilarga nima foydang tegyapti?”

Dono avvaliga seskanib ketdi, keyin bu ovoz qaytarilavergach, bir kuni ruhiy
dunyo borligi, qandaydir ko‘rinmas shaxs unga gapirishiga amin bo‘ldi. U bu
“kimnidir” yoqtirmas edi, Chunki u goh yurishga, goh kulishga majbur qilar edi,
lekin undan qanday qutulishning yo‘lini bilmas edi. Kimgadir aytgisi kelar edi-yu,
lekin “aqldan ozganmi bu?” deyishlaridan qo‘rqar edi. Dono o‘zi bilan nima
bo‘layotganini anglay olmas edi. Uyidagilarga qo‘rs so‘zlashiga qaraganda
ota-onaning qadriga bormaydigan noshukr bandadek ko‘rinsa-da, negadir, qalbida
ota-onasiga juda rahmi kelar, ular go‘yoki jo‘jabirdek jondek tuyulib, qo‘llari
qisqaligidan ezilib yashayotganlaridan siqilar edi. Bir kuni u yomon tush ko‘rdi.
Unga so‘zlaydigan yovuz ruh tushida onasiga hujum qildi. Dono buni ko‘rib qoldi.
Onasiga yordam berish uchun yugurdi. Lekin oyoqlari zildek og‘ir bo‘lib, o‘rnidan
qo‘zg‘olmas, u turgan joyidagina yugurar edi. So‘ngra uning ortidan ham boshqa
yovuz ruhlar quva boshladi. Uning yanada tezroq yugurgisi keldi. Lekin qocha
olmasdan gurs etib bor vazni bilan erga quladi va dahshatdan uyg‘onib ketdi.

U sovuq terga bosgan, o‘sha nursiz xonasining nursiz burchagidagi nursiz
to‘shagida yotar edi. U tushi dahshatliroqmi, o‘ngimi payqay olmadi. Chunki tushi
naqadar dahshatli bo‘lsa-da, uyg‘onganida tugaydi; tushkunlik, umidsizlik, qayg‘u
yana qandaydir yovuz ruhning tashrifi bilan qorishgan umri esa adoqsizdek
tuyuladi. Eng ayanchlisi, Dono unga nima bo‘layotganini bilmaydi. Aqlda
ozayotganmikin? Xudo asrasin! “Tuf-tuf-tuf” deb irimiga ichiga tupurib qo‘yadi
Dono seskanib. “Unda bu ovoz nima?”

Afsus Dononing biror hamdardi yo‘q. U biror kishidan: “Sizlarda ham
Shunaqasi bo‘ladimi? Bu nima?” deb so‘ray olmaydi. Yolg‘izlikning o‘zi ham
yomon dard ekan. Urishib-talashib bo‘lsa ham o‘sha sinfdoshlari bilan yurgan
vaqtlari Yaxshi ekan. Hech qursa kim bilandir dardlashasan. “Nega vaqtida
do‘stlarimning qadriga bormadim ekan?” Nima uchundir o‘sha vaqtlarda
tengqurlari unga qandaydir axmoqroqdekmi, soddaroqdekmi tuyular, kitoblar o‘z
donolik, ma’no, mazmun boyligi bilan o‘ziga tortar edi. Kitoblar yaxshi , lekin

25

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

kitoblar faqat so‘zlay olishi, lekin so‘zni eshita olmasligini, tirik jonga esa tirik
tirgak, biror dardkash, dilkash kerak ekanligini Dono endigina payqay boshlagan
edi.

Bora bora yovuz ruhning hamrohligi tobora odatiy holga aylana bordi. Bir
kuni u Donoga: “O‘zingni o‘ldir, yoki men onangni o‘ldiraman,” – dedi. Dono
qo‘rqib ketdi. Lekin yovuz ruhning har narsaga qodir ekanligini bilar edi. U uchun
dunyoda eng yaqin inson onasi edi. U hamma narsaga chidashi mumkin, lekin
onasini yo‘qotishga chiday olmas edi. Bu u ko‘tara olishidan og‘irroq yuk edi. Shu
uchun uning o‘zini oyoqlari qavarib ketgunicha yurishga, ko‘zidan yosh
chiqqunicha kulishga majbur qilayotgan yovuz ruh onasini tinch qo‘yishi uchun,
onasi uchun u qurbon bo‘lishga qaror qildi: tun qorong‘usida arqon izlab
og‘ilxonaga bordi...

Og‘ilxonada qoramollar bo‘lganligi uchun doim sergak yotadigan Nizom aka
og‘ilxonadagi yonib turgan chiroq nuridan uyg‘onib ketdi. Xayoliga o‘g‘ri degan
fikr kelib, yonida uxlab yotgan xotinini yelkasidan turtib uyg‘otdi: – Tur
o‘rningdan, o‘g‘ri tushganga o‘xshaydi! Men og‘ilga yuguraman, sen chiroqlarni
yoqib qo‘shnini chaqirgandek ovoz chiqar!

Yarim tunda hovli ichi kunduzdagidek yorug‘, sershovqin bo‘lib qoldi.
Ataylab, agar o‘g‘ri bo‘lsa qochib ketsin degan ma’noda ota “i-hm, i-hm” deb
tomoq qirib og‘ilxona tomon yo‘l oldi. U kutganidek og‘ildan birov handak tomon
yugurmagach, hadiksirashi yanada oshdi. Bir xayoli turgan joyida to‘xtab, birov
chiqishini kutmoqchi bo‘ldi, shunday qildi ham, lekin hech kim chiqavermagach,
bu tarzda uzoq turib qolishi mumkinligini chamaladi. Bu orada xalatining
yoqasidan tutib xotini ham unga etib oldi. “Balki o‘g‘ri ham ichkarida
qo‘rqqanidan yuragini hovuchlab o‘tirgandir. Agar borishsa, o‘g‘ri qo‘rqqanidan
ularga hujum qilib qolsa... Qurollanganmikin? Bir molni deb o‘lib ketmasami?”

Jon shirinlik qilib bir ortiga qaytish istagi ham keldi. Lekin mol achchig‘i jon
achchig‘i degandek so‘ppayib qaytishni o‘ziga or bildi. “Sening hovlingga kimdir
kirib, sening og‘ilxonangning chirog‘ini yoqib, nimadir qilib o‘tirsa-yu, sen hech
nima ko‘rmagandek borib yotaversang. Ertaga o‘g‘ri yotog‘ingga bostirib
bormaydimi bunaqada?”

“Peshonada bori bo‘lar” dedi-yu, Nizom aka shaxd bilan o‘zini og‘ilxonaga
urdi va qo‘rquvdan bargdek titrab turgan xotinining yuragini yanada suv qilib:
“Xotin” deb qichqirib yubordi. Farog‘at opa nimadir dahshatli narsa sodir
bo‘lganini payqadi, lekin bu bo‘g‘izlangan kishining ovozi emas edi. Erining
ortidan o‘zini og‘ilga urib, Farog‘at opa erining yerda hushsiz yotgan qizining
bo‘ynidan arqonni echayotganini ko‘rib, qichqirib yubordi. Dononing bo‘ynida
uning og‘irligiga dosh bera olmay uzilgan arqon qizg‘ish iz qoldirgan edi.

...Shu vaqtgacha, elu xalqdan uyalib, “qo‘l sinsa eng ichida” qabilida go‘yo
hech nima bo‘lmagandek yashab kelayotgan ota-ona bu voqeadan so‘ng shifokorga
murojaat qilishga majbur bo‘lishdi.

Lekin bu qarorga kelgunlaricha necha marta o‘lib-tirildilar. Ular uchun ruhiy
kasalliklar shifoxonasi sharmandalik joy bo‘lib, agar oiladan biror kishining bu
shifoxonaga ishi tushsa bu butun oila uchun tamg‘a tuyular edi. Lekin
farzandlarining bu holatiga chidab o‘tirishning ham o‘zi bo‘lmaydi.

26

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

Dono shifoxonaga hech qanday qarshiliksiz keldi. Bu uning qaysar tabiatiga
xos bo‘lmagan holat edi. Odatda u faqat o‘zining aytganini qildirar, agar o‘zi
istamasa to‘nkadek qotib turaverar edi. Shifokor qabulida o‘tirganida esa, uning
atrofni ma’nosiz jilmayib ko‘zdan kechirishi uning ruhiyatidagi jiddiy
o‘zgarishlardan dalolat berar edi. Boshqa tomondan, balki bu lahzalar uning
hayotining boshidan kurashib, chiranib yashaganidan tarang bo‘lgan asablarining
bo‘shashganidan rohatlangan ilk lahzalari edi.

– Shizofreniya, – dedi shifokor Dono bilan suhbatlashgach, alohida qolgach
bir siqim bo‘lib o‘tirgan Dononing oyisiga, – davolash kerak. Qoldirib ketsangiz
yaxshi bo‘ladi. Biror oylarda o‘ziga kelib qolar, faqat keyin siqilmasligi uchun
biror ish bilan andarmon qilish kerak.

– Biror ish bilan mashg‘ul bo‘lmaydi-da bu, – dedi ezilib oyisi, u ham dardini
aytsa bo‘ladigan odam topilganidan biroz ko‘ngli bo‘shashib, – aytganimni
qildiraman deydi, lekin esini tanibdiki, biror gapga kirganini bilmayman. Biroz
kasalmandroq edi, shu uchun hamma narsadan ayar edik. Balki shu uchunmi, juda
erka, qaysar bo‘lib o‘sdi.

– O‘zi yoqtirgan biror narsa bormi? – so‘radi shifokor.
– Ey, baland dorni ko‘zlaydi bu, – asabiylashdi ayol, – huquqshunoslikka
o‘qishga kiraman deb turib olgan. Hammasi shundan boshlandi o‘zi, ikki yil
yiqildi, nohaqlikka chiday olmay Shu ahvolga tushdi. Menga qolsa shu
oliygohning nomini qayta og‘izga olmasa deyman.
– Nima uchun sizlar yordam bermadinglar? – go‘yo ota-onasining yordam
berishi kerakligi tabiiy holdek so‘radi shifokor.
– Uncha pulni qayerdan topamiz, qizim? – dedi hayratlanib ayol, – Jiyanim
qizini kiritib qo‘ydi, yigirma mingta “ko‘ki”dan beripti. Men bir maoshxo‘r odam
bo‘lsam, xo‘p, maoshim yomon emas-u, bunchaga bormaydi-da. Keyin unday
joylarga qizimning o‘qishiga hech qachon ko‘zim etgan emas, shu uchun harakat
ham qilmaganman.
Shifokor biroz o‘ylanib turib, dedi:
– Agar mening fikrimni bilmoqchi bo‘lsangiz, sizlar qizlaringizga yordam
berishlaring kerak. Qizingizning parvozi balandroq, shu uchun sizning ko‘zingiz
yetmagan narsaga uning ko‘zi etadi. Faqat unga ozroq yordam kerak, xolos. Agar
jamiyatda qandaydir sohalarda nohaqlik bo‘lsa bizlar bolalarimizning urilib,
qanotlari sinishini tomosha qilib o‘tirishimiz kerak emas, qarshilik kuchini
kamaytirishga, yoki kamroq qarshilikka ega yo‘lni topishga yordam berishimiz
kerak.
– Nimalarni gapiryapsiz-a qizim? – dedi ayol ilk bora bunday gaplarni
eshitayotganidan boshi qotib, – xo‘roz hamma joyda birdek qichqiradi, hamma
oliygohlarda ahvol bir xil. Ba’zilardan “poytaxtda haqiqat ko‘proq”, – deb
eshitganman-u, lekin u erga qiz bolani o‘qishga yuborishning o‘ziga yarasha
qiyinchiliklari bor. Ko‘rpaga qarab oyoq uzatib, bu qiz tushmagur el qatori
ped.institutmi, shunga o‘xshaganini tanlasa-ku, bir amallasak. Qaysar-da bu
qaysar, faqat huquqshunoslik deb oyoq tirab turib olgan!
– Internet orqali o‘qishni qarab ko‘rsanglar-chi? – taklif kiritdi shifokor
dabdurustdan, – xorijiy davlatlarning bir nechtasi onlayn dasturlarga ega. Imtihon

27

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

topshirib, kontrakt to‘lab odam istagan o‘qishiga internet orqali o‘qib olishi
mumkin. Kontrakt o‘rtacha bir oyda 50 dollarga to‘g‘ri keladi. Harakat qilgan
odam to‘lay oladi.

– E, qaydam, – dedi hafsalasizlik bilan ayol, go‘yo “qaysi
shifoxonadaligimizni unutmang” degandek, – bu ahvolda qanaqasiga o‘qishga
kirsin endi? Bu dardni, – ayolning ko‘zlari yoshlanib, ko‘zini dastro‘molchasi bilan
artdi, – bedavo deyishadi-ku! Boshimda shu dard ham bor ekan-da. Bolaligidan
qon qilgani yetmasmikan?

Orada biroz sukunat cho‘kdi. Go‘yoki shifokor elkalari silkinib yig‘layotgan
ayolga biroz o‘ziga kelishi uchun imkon bergandek edi. So‘ngra go‘yoki
ruchkasiga qarab, o‘ychan alfozda dedi: – Odam istab kasal bo‘lmaydi-ku,
xolajon. Kasallikka kelsak, bu kasalliklarning ham turi ko‘p. Qizingiz qattiq ruhiy
zarba olgan. Shu tufayli tushkunlikka tushgan. Agar muolajalarni olsa-yu, keyin
asta-sekin ko‘ngli yoqtirgan ish bilan shug‘ullana boshlasa, mo‘tadil turmush
tarziga qaytishi hech gap emas. Faqat siz bilan biz unga umidsizlik ko‘zi bilan
qarab, uni kasal ekaniga ishontirib qo‘ymasligimiz kerak...

Shifokor uzoq tushuntirdi. Onaizor umidvor bo‘lib quloq soldi. Onaizor
ishondi. Ishonishga harakat qildi. Bolasi kasal, yana ruhiy kasal onaga nima kerak
bu dunyoda? Ozgina umid. Albatta shifokor u o‘ylamagan gaplarni aytdi. Uning
fikricha bu kasallik bedavo, bir odam ruhiy kasal bo‘ldimi, boshqa “odam
bo‘lmaydi” edi. Lekin shifokorning aytishicha, bu ham tana kasalligidek gap ekan.
Agar yaxshi muolaja olsa, keyin kayfiyatini tushirmasdan, o‘zini zarbalardan
himoya qilib, Xudoga umid qilib yashasa ko‘rmagandek bo‘lib ketishi mumkin
ekan. To‘liq tuzalib ketganlar ham, yillab bu shifoxonaning yo‘lini unutganlar ham
bor ekan.

Shu-shu Dononing oyisi huquqshunoslik kursiga ega oliygohlarning
masofaviy ta’lim dasturini izlashtirib, Toshkentda bittasini topdi-yu, Dono
shifolanib chiqqach, ota-ona bir amallab uni shu oliygohning tayyorlov kursiga
kiritib qo‘ydilar va kvartirada joylashtirib qaytdilar.

Shu bilan Dono tayyorgarlik kursida ta’lim olishni boshlab, bugun ilk bora
guruhdoshi bilan uyigacha birga qaytgan edi.

...Xonasiga kirib chiroqni yoqqach, Dono xonaning eshikdan kirganda chap
tomonida turgan kursiga o‘tirib oldi. U o‘zi bilan nima sodir bo‘layotganini anglay
olmas, ilk bora bunday hissiyotlar og‘ushida g‘arq bo‘layotgan edi. “Sevib qolgan
bo‘lsam-a? – o‘z-o‘zidan so‘radi u. – Yo‘g‘-e, bor-yo‘g‘i bir necha bor ko‘rgan
bo‘lsam. Bir ko‘rishdan sevib qolish deganlari shu bo‘lsa-chi? Axir birinchi marta
ko‘rayotgan emasman-ku. Unda nima sodir bo‘ldi? Yurakni tars yorilishga
undayotgan hissiyot nima?” U yuragini imtihon qila boshladi: “Qachon, qanday
paydo bo‘ldi bu? U yaqinlashib uning diqqatini tortganida, kuzatib qo‘ysam
maylimi?” –deganida.

Bir lahzada Dono go‘yo uni barcha hissiyot a’zolari bilan qabul qildi:
Ko‘zlari baland bo‘yli, xushbichim, ko‘rkam yigitning yuz chizgilarini, quloqlari
ovoz ohangini, qalbi dadilligini...

U-chi? U nega aynan uning oldiga kelgan bo‘lsa? Axir guruhda chiroyli qizlar
ko‘p-ku?! Yuragida tug‘ilgan savol bilan Dono kursidan turib eshik ro‘parasida

28

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

turgan kiyim javoniga yaqinlashdi. Javon eshigi oynasidan unga o‘rta bo‘yli,
xushqomat, yuzlari sutda chayilgandek oppoq, ingichka qoshli, xameleon
ko‘zoynagi ostidan ohunikidek chiroyli ko‘zlarining kipriklari ko‘rinib turgan,
bejirim labli qiz qarab turar edi.

“Men chiroylimanmi? – o‘z-o‘zidan so‘radi u ilk bora. – Kimlar chiroyli
hisoblanadi? Nega aynan meni kuzatib qo‘yishni taklif qildi? Nega men o‘ylab
o‘tirmay rozi bo‘ldim? Nega buncha hayajon bosdi? Sevib qoldimmi?”

Bu navbatdagi savoldan Dono titrab ketdi. Yo‘q! Men sevishim mumkin
emas. Mening sevishga haqqim yo‘q! Men hoziroq unutishim kerak. Bu
ahmoqchilikni boshimdan chiqarib tashlashim kerak. Unut Dono, bu xayollarni
hoziroq unut! Bular tush! Shunchaki tush! Sen yashashing kerak. Yashash uchun
kurashishing kerak. Faqat bu tushni unutishing kerak.

Dono o‘zining fikrini naqadar chalg‘itishga harakat qilmasin, Qaxramonning
siymosi muhrlangandek ko‘z o‘ngidan ketmadi, yuragidan esa hayajoni bosilmadi.
Shunda u o‘kirib yig‘lab yubordi: – Ey, Xudo, nega men bu qadar sho‘rpeshana,
baxtiqaro yaralganman? Bunday yashaganimdan ko‘ra jonimni olib qo‘ya qolsang
bo‘lmasmidi?...

– Tushkunlik sindromining qaytalanishi, – dedi ruhshunos shifokor Dononi
navbatdagi ko‘rikdan o‘tkazgach, qabulxonada to‘kilib ketayotgandek qimtinib
o‘tirgan onasiga, – olib qolamiz, bu ahvolda o‘zini bir nima qilib qo‘yishi hech gap
emas. Ikki, uch oy davolaymiz, keyin qarab ko‘rarmiz.

– Endigina, o‘z xoxishi bilan o‘qishga kirish uchun tayyorgarlik kursiga
qatnayotgan edi.

– Istak-harakati borligi yaxshi , boshlagan ishini oxiriga yetkazish uchun
qat’iyati yo‘qligi yomon.

– Qaydam, bu daf’a ham harakat qilaman dedi, bor sharoitlarni yaratdim.
Tuppa-tuzuk o‘qiyotgan edi. Uy egasi yarim tunda qo‘ng‘iroq qildi. Nima uchundir
hovliga chiqsa – o‘zini bolta bilan chopayotgan ekan. Dadasini uyg‘otib tong
saharda etib keldik, bu nima qilganing desam: “Ichimdagi ovozlar Shunday
qil,dedi”, – deydi. Qariyotgan chog‘imda, kenja qizimda bu nima ko‘rgilik? Yetti
pushtimda bo‘lmagan narsa... – ona ho‘ngrab yig‘lab yubordi...

– Dono.
Dono go‘yo shifokorning ovozini eshitmagandek to‘shagida befarq o‘tirar edi.
– Dono.
– Tinch qo‘ying meni, – dedi u bir ohangli tovushda, – ilojsiz narsaga urinib
nima qilasiz? Bu kasallikni davolab bo‘lmasligini ikkimiz ham bilamiz, – so‘ngra
ovozi qat’iylasha boshladi, – Men hammasidan charchadim, yashashdan ham
charchadim! O‘lib ham qutula olmayman bu dunyodan! Meni o‘lishimga ham
qo‘yishmaydi!
– Noumid shayton, – deyishadi.

– Noumid shayton? – Dononing ovozi qichqiriqqa aylandi. – Mening
qismatimda uning noumidligi ko‘rinmayapti! Ichimga jini kirib olgan, istagan
ishini qilishga majbur qiladi, hayotimni do‘zaxga aylantirgan! Na odamlardek
yashay olaman, na murdadek yota olaman. Yordam bera olmas ekansiz dori berib
o‘ldira qolsangiz bo‘lmaydimi? It azobida yashashimdan kimga foyda?

29

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

– Dono, sizning xastaligingiz siz aytayotgan darajada xavfli emas. Siz
istasangiz irodangizni qo‘lga ola olasiz. Kasallikning xurujini oldini olish
choralariga rioya qilsangiz bu erlarga yaqin yo‘lamay yashay olasiz.

– Men charchadim. O‘zimni aldashdan charchadim, o‘zimni yupatishdan
charchadim. Tuzalib ketishga hech qanday umid yo‘q.

– Ko‘nikish –o‘zini aldash emas, kurashish – o‘zini yupatish emas. Ha, sizni
ikki yil oliygohdan nohaq yiqitishgan, har qanday odam uchun bu katta zarba,
lekin bu uchun hech kim aqldan ozayotgan emasku!

– Men umrim bo‘yi faqat a’lo baholarda o‘qiganman, o‘sha test savollarining
ham hammasining javobini yoddan bilar edim, agar o‘sha temir-taqa
kompyuterlarning o‘ziga qo‘yib berganlarida edi, hatto u ham to‘g‘ri baholar edi.
Qanday yashay bu nohaqlik dunyosida?

– Odamlarning nohaqligi bir tomon, lekin shuncha odam dunyoda haqiqatga
baribir talpinyapti va bir kuni erishyapti. Sizning muammongiz o‘zingizning
zaifligingiz. To‘g‘ri ilm-fan sohasida kuchli bo‘lgansiz. Lekin hayot zarbalariga
tayyor bo‘lmagansiz. Shuning uchun hayot bo‘roni sizning kemangizni parcha-
parcha qilyapti.

– Siz ham meni ayblamoqchimisiz?
– Yo‘q, kurashing, – demoqchiman.
– Kurash, kurash, qancha kurashish mumkin o‘zi?
– Toki tirik ekanmiz, hayot kurashdan iborat. Har sohada. Kurashmasak
hayot oqimi qirg‘oqqa uloqtirib tashlaydi. Faqat holdan toymaslik uchun qanday
kurashishni bilishimiz kerak. Ba’zi narsalarda ko‘nikuvchanlik, ba’zilarida qat’iyat
namoyon qilishimiz kerak. Masalan, ko‘pchilik qishni yomon ko‘radi, lekin qishni
bekor qilib bo‘lmaydi, bunga ko‘nikish kerak, lekin sovuqdan o‘zimizni asrashimiz
uchun qat’iyat namoyon qilishimiz:issiq kiyinishimiz mumkin. Qaysar tabiatli
odamlar aksincha qiladilar, qish kelganini tan olmaydilar va isyon sifatida engil
kiyinadilar, shu bilan o‘zlariga ziyon etkazadilar.
Siz ham hayotingizda sizga bog‘liq bo‘lgan va bog‘liq bo‘lmagan narsalarni
ajrating. Sizga bog‘liq bo‘lmagan narsalarga ko‘niking, bog‘liq bo‘lganini amalga
oshirishda qat’iyatli bo‘ling...
Ruhiy kasalliklar shifoxonasiga tushaverib, Dono shifokorlarning farqiga
borib qolgan edi. Uning omadi chopib, uning kasalligi bo‘yicha ilmiy ish
qilayotgan yosh shifokorga tushgan edi. Bu shifokor turli davlatlarda
uyushtiriladigan turli seminar va konferensiyalarda qatnashar, Donoga go‘yoki
hayotga boshqacha nazar bilan qaraydigandek tuyular edi. Masalan, hamma ruhiy
kasalliklarga davo yo‘qligini biladi, uning shifokori esa: “Har qanday kasallikni
shifolasa bo‘ladi, faqat uning ildizini topib, bartaraf qilish kerak”, deydi. Hamma
dori shifolaydi deb o‘ylaydi, bu shifokori esa u bilan kerak bo‘lsa soatlab suhbat
quradi, “sizning dunyoqarashingiz sizning hayotingizni o‘zgartiradi” deydi. Mana
hozir ham u bilan uzoq suhbat qurib hayot uchun kurashga chorlamoqda.
Bir necha marta kelib, ketganidan Dono shifoxona muhitiga ko‘nikib qoldi.
Lekin ilk bora kelganida, onasi ketib, uning o‘zini temir panjaralar ortidagi binoga
olib kirganlarida o‘zini mahbusdek, mahkumdek his etib bor vujudini titroq
qamragan edi. O‘shanda ular sanitarka bilan ayollar bo‘limi eshigiga kelishdi.

30

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

Bo‘lim binosi oldida ikki tomondan temir panjarali eshik bilan to‘silgan dahliz
bo‘lib, Shu yerda qo‘yilgan stol stulda bir bemor unga keltirilgan ovqatni ko‘rgani
kelganlar oldida eb o‘tirar edi. Ichkari eshik yonida esa boshqa sanitarka bo‘lib, u
keluvchilarni ko‘rgach, qo‘lidagi uchi vintga o‘xshagan temir bilan qulfni burab,
eshikni ochdi. Eshik ochilganidan Dono eshik ortida go‘yo urush vaqtida nonga
navbatda turgandek to‘planib turgan bemorlarni va eshik yonidagi stulda o‘tirgan
boshqa bir sanitarkani ko‘rdi. Bemorlardan ba’zilari eshikka yopirilmoqchi bo‘ldi,
sanitarka ularga do‘q qildi. Ular orqaga tisarildilar, lekin bemorlardan biri boshini
xam qilib va qaddini egib, shoxlamoqchi bo‘lgandek eshik tomon kelaverdi.
Shunda sanitarka uning boshidan tepib yubordi. Birdan Dononing ichidan bir nima
uzilgandek bo‘ldi: “Axir inson-ku bu!”

Dono alamdan labini tishladi, ko‘zlaridan tirqirab yosh chiqib ketdi. Bu
devorlar ortida hech kim unga normal odamdek qaramasligi, har bir hatti-harakati
kasalligiga yo‘yilishi, u hatto o‘zini himoya qila olmasligini tushunish – uni o‘rab
turgan muhitdan go‘yoki so‘zsiz uning qalbiga singgan edi. U sanitarka ortidan
so‘zsiz ichkariga qadam qo‘ydi. U o‘tib borayotgan koridorlar, ikki tomondagi
palatalar, oshxona tuzilishi go‘yo kazarmaga o‘xshab ketar edi.

Uning kiyimlarini olib, o‘rniga rangsizgina xalat berishdi. Hayotida
boshqaning kiyimini kiyib o‘rganmagan Dono ijirg‘anganidanmi, yoki haqiqatdan
shunday bo‘ldimi, negadir kiyimni kiyganidan nimadir chaqqandek bo‘ldi.

Xonalar sovuq bo‘lishiga qaramasdan yupqa to‘shakdan boshqa hech narsa
yo‘q edi. Uni joylashtirishgan palatada o‘n kishi bo‘lib, kun-u kecha kimdir
yig‘lar, kimdir kular, kimdir janjallashar, xullas, umuman tinchlik yo‘q edi.
Bemorlardan biri o‘zini Madonna deb atar, boshqa biri Gitler deb navbatdagi
jangga tayyorlanar edi. Ba’zan ba’zi bemorlar shunday qichqirib, bir-birini urib
ketar ediki, hamshiralar yordam chaqirib, tibbiy birodarlar yordamida ularni
bog‘lab qo‘yar, ba’zan uxlatuvchi ukol qilishar edi.

Ayanchlisi shundaki, Donoda tushkunlik, allambalolar ko‘ziga ko‘rinishi
bo‘lsa-da, idroki joyida edi. U hamma narsani sog‘ odam sifatida ko‘rib turar, lekin
sog‘ odam sifatida harakat qilish huquqidan mahrumligidan qiynalar edi. Bu
ahvolda sog‘ odamning aqldan ozishi qiyin emas edi, shuning uchun kasal odam
qanday tuzalishi mumkinligi uni hayratlantirar edi. Uning ko‘zlaridan,
hatti-harakatidan idrok nishonasini ko‘rganlari uchunmi, yoki onasi har kelganida
siylab ketishi uchunmi hamma xodimlar Donoga yaxshi munosabatda bo‘lishar,
faqat doimo ichida karam suzib yuradigan yuvindini ichish va kiyim bitlari uning
tinchligini o‘g‘irlab azobiga azob qo‘shar edi.

“Qani edi, men bosh shifokor bo‘lsam, – ba’zan orzu qilar edi, qonab yotgan
tanasini qashilab Dono, – Shunday ham taqdir kamsitgan bechoralarning hech
qursa bu yerdagi hayotlari odamnikidek bo‘lishi uchun to‘rt ko‘chaga yugurib
homiylar topar edim. Yaxshi odamlar bor, hammaning uyida kasalmand bor.
Albatta kimdir yordam berar edi”. Go‘yoki qalbidagi orzuini Xudo quloq solib
turib, “Shu qizim ham yayrasin”, degandek, dabdurustdan shifoxonada bir
savobtalab homiy paydo bo‘ldi. U haftasida bir bora hammaga palov qilib
ketiradigan bo‘ldi, hamma bemorlarga paypoq, to‘shaklarga yangi choyshablar
to‘shab chiqdi. Erkak kishi bo‘lishiga qaramasdan, o‘zi bilan birga kelgan

31

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

kattagina farzandlari bilan birgalikda choyshablarni sanitarka hamrohligida o‘zi
to‘shab chiqdi. Qilayotgan ishi, ya’ni egilib, rangi o‘chib ketgan choyshablarni
olib, mayda gulli, chiroyli sariq yangi choyshablarni mehr bilan to‘shab
chiqayotgani uning katta kelbatiga yarashmayotgandek tuyuldi. Lekin u qilayotgan
ishini ko‘chat ekayotgan bog‘bondek mehr bilan qilar edi. U yonidan o‘tayotgan
har bir kishiga e’tibor berishga harakat qilar, hammaga jilmayib qo‘yar, go‘yo
bemorlar emas, sog‘lar ichida yurgandek hamma odamlarga tavoze’ bilan
muomala qilar edi. Hatto ba’zi bemorlar o‘xshovsiz qiliqlar qilib diqqatini
tortishga harakat qilishsa ham ko‘zoynak ortidagi ko‘zlar faqat mehr bilan qarar
edi. “Ota yuragi”, – ko‘nglidan o‘tdi Dononing. Faqat otalargina bolalarining har
qanday erkaligi, qitmirligini ko‘taradi.

Lekin homiy ketganidan sanitarkalar yap-yangi choyshablarni yig‘ishtirib
olib, eskisini to‘shab qo‘yishdi. “Qismat qiskanni bandasi ham qismasa ekan”, –
dedi Dono bechora bemorlarga rahmi kelib. Keyin go‘yo Xudoga murojaat
qilgandek bo‘ldi: “Shu ishchilarga ham ona yuragi bergin”.

...Uch yil o‘tdi. Dononing qaysar tabiati Qaxramon o‘qishga kirgan
oliygohga qadam yo‘lashiga izn bermadi. U bir necha bor Dononi izlab kelganini
uy egasidan eshitdi. Unga xayolan maktublar yozdi va ularni xayolan yirtib
tashladi: “Siz menga ta’riflashga til ojiz hissiyotlar taqdim qildingiz. Men hech
qachon sevmagan va sevilmagan edim. Siz tufayli bu buyuk tuyg‘u nima ekanini
angadim. Ammo hissiyotlarimni sizga oshkor qilishdan qo‘rqaman. Sizga
bog‘lanib qolishdan, siz haqiqatni bilib qolishingiz va mendan voz kechishingizdan
qo‘rqaman. Men ko‘nikishni o‘rganyapman, siz ko‘nika olmasligingizdan
qo‘rqaman. Men qat’iyatli bo‘lishni o‘rganyapman, siz qat’iyatli bo‘lishni
istamasligingizdan qo‘rqaman. Qaydam, balki qo‘rqishim ham noto‘g‘ridir. Men
kurashyapman. Qo‘rquvni enggach, balki biror kun qarshingizdan chiqarman. Axir
qo‘shni oliygohda ta’lim olyapman. Balki tashqi ko‘rinishimni xush ko‘rgandek
qalbimni ham sevib qolarsiz, balki menga bog‘liq bo‘lmagan aybim – kasalligimni
kechirarsiz. Axir shifokorim bilan birga kurasha boshlaganimizdan buyon xuruj
qaytalanmadi-yu. Balki baxtimiz uchun birga kurasharmiz.

Nima bo‘lganda ham hayot ajoyib.
Faqat yurakda maqsad, imon va umid, xulq-atvorda ko‘nuvchanlik va
qat’iyat, yoningizda esa sodiq do‘st, sirdosh bo‘lsa...”
U bugun sirlilik dunyosidan chiqishga qaror qildi. “Shunchaki g‘oyib bo‘lish
yaxshi emas, – dedi u o‘zicha, – har bir odamning haqiqatni bilishga haqqi bor.
Albatta, xorij kinolarida bo‘lganidek quchoq ochib kutib olmas, hammasini bilib
olgach, birga qolishga qaror qilmas, lekin har holda qochqoqlik rolidan xalos
bo‘laman. Turmush o‘rtog‘i bo‘lishga yaramasam, hech qursa do‘stlikka rozi
bo‘lar. Aytmoqchi, nega xorijliklar insonni jismoniy nuqsoniga qaramay teng
sog‘lom odamdek qabul qilishadi? Yoki bu faqat kinoda bo‘lsami? Axir kino
baribir qaysidir darajada real hayotni aks ettiradi-ku! Qanday kuch ularning
yuraklarini o‘zgartirgan bo‘lsa? Qani edi, bu kuch menga ham yordam bersa edi...”
Dono oliygohdan chiqqach, Qaxramon uch yil oldin kuzatib qo‘yishni taklif
etgan ko‘cha boshiga keldi. O‘shanda ham ilk bahor edi. Hali qish sovug‘i
ketmagan, lekin qip yalang‘och daraxtlarning malla shoxlarida kurtaklar bo‘rta

32

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

boshlagan edi. Tuni bilan ezib yozgan yomg‘ir ko‘cha bo‘ylab joylashgan
xiyobonni go‘yo tark etilganlik, yolg‘izlikka mahkum qilgandek, atrofda hech kim
yo‘q edi. Dononing sovuqdan eti junjikdi. Uchrashuvga oshiqayotgan hamma
qizlar kabi Dono bisotidagi eng bejirim kiyimlarini kiygan, faqat bu oq rangli
zamonaviy kurtkasi va yubkasidan isitish borasida uncha foyda yo‘q edi. Dono
yuragini qamrab olayotgan qarama-qarshi hislarni bosib olish uchun u yerdan bu
erga yura boshladi. “Shuncha vaqt qochib yurganimda, doimo oldimdan chiqar edi.
Bazo‘r qochib qolishga ulgurar edim. Bugun atayin yo‘liga chiqqanimda...
kelmasa-ya? Yo‘g‘e, o‘qishni qoldirishi mumkin emas-ku! Balki bugun ularda
amaliyot bo‘lgandir? Qaydam! Balki, ketib, boshqa fursatni kutarman? Qancha
cho‘zish mumkin? Tun bo‘lguncha turaman. Bugun ko‘rishim shart! Qiz bolaga
loyiqmi ...Shunday yigitning yo‘lini poylash? ...Qani edi u mening yo‘limni
Shunday poylasa edi. Ey, Xudo bu azobning cheki bormi o‘zi? Yo‘q, men
tushkunlikka tushmayman. Hammasi yaxshi bo‘ladi. Hatto u bilan oramizda hech
nima bo‘lmasa ham hammasi yaxshi bo‘ladi. Mening baxtim odamga bog‘liq
emas. Yaratganning mening hayotimda rejasi bor. Men baxtli bo‘laman. Men
albatta baxtli bo‘laman. Men shunchaki hozir bu masalani oxirigacha yetkazishim
kerak. Keyin bir gap bo‘lar...

Mana u. Ro‘paramdan kelmoqda. Nigohlari erga qadalgan, o‘ta jiddiy,
xomush ko‘rinadi. Boshini ko‘tararmikin? Menga qararmikin? Meni tanirmikin?
Qaramay o‘tib ketsa-ya? Unda nima qilaman? Ismini aytib to‘xtatamanmi? U nima
deb o‘ylaydi? Shunday qilish loyiqmi? Axir shunchaki ko‘rish uchun shuncha
kutgan emasmanku! Qaramasa chaqiraman. Faqat, tanirmikin? Yodidan ham
chiqarib yuborgan bo‘lsa-ya? Balki, faqat men har kuni eslab kuyayotgandirman, u
esa o‘sha vaqtdayoq unutib yuborgandir? Yaxshi si jimgina jo‘nab qolib, u ham
yoqtirardi degan otash fikrni yurak bag‘rimga ko‘mib qo‘yganim ma’quldir?”

Qiziq, bu fikr shu vaqtgacha ongiga kelmagan edi, kelgan lahzada esa yuragi
sust ketgandek bo‘ldi. Shu lahzada bu fikr uni olovdek qamrab oldi va u jon -jahdi
bilan yugurishga shaylandi. Faqat, shu lahzada yigit boshini ko‘tarib unga qaradi,
bir nigoh tashlab, befarq nigohlarini yo‘lga qaratdi, so‘ng birdaniga yana qarab
qadam tashlashdan tashladi.

“U tanidi, – hapriqdi Dononing yuragi, – u meni tanidi. Aks holda,
qarshimda to‘xtamas edi. Endi-chi? Endi nima bo‘ladi? Yo Egam, qo‘rquvdan,
hayajondan xalos qil. Madadkorim bo‘l. Men dadil bo‘lishim kerak. Men qat’iy
bo‘lishim kerak. Men nima bo‘lganda ham har qanday taqdir zarbiga bardosh
beraman.”

U hayot uchun kurashishga shaylangan edi.Ya2shashdan maqsadi bor ekan,
hech qanday zarba uni enga olmasligiga qat’iy ishonar edi.

“Balki, mo‘jiza sodir bo‘lar”, – yana bir uchqun porlar edi uning qalbida.
“Balki...”
Yigit esa unga yo‘qotib, qayta topishiga ishonmagan eng qimmatbaho
gavharini qayta topgan zargardek hayrat, ishonqiramaslik va yana qandaydir ilg‘ab
bo‘lmas hislar girdobida mast qarab turar edi.

33

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

TAQDIRING O‘Z QO‘LINGDA

“Meni sen shu ahvolga solding!... Sen tufayli bor-budimdan ayrildim!.. Sen
Xudodan topasan shu qilg‘iliging uchun!.. Bevafo... Sen..., sen..”.

Gavharning bu ko‘chadan o‘tishga yuragi bezib qoldi. Har daf’a
o‘tayotganida, ko‘chada yotgan yoki o‘tirib olgan Qobil bir qo‘lini musht tugib,
ikkinchi qo‘lida aroq shishasini silkitgunicha uning ortidan qarg‘ab yozg‘iradi.
Agar boshqa yo‘l bo‘lganida shu yo‘ldan o‘tmay qo‘ya qolar edi, afsus, u
yashaydigan yotoqxonaga olib boradigan yo‘l faqat shu. Ikki uch yildan buyon shu
ahvol, u bu obro‘sizlikdan qutulish uchun hatto ijara xonasini ham o‘zgartirdi,
ammo begona yurtda yurtdoshlar bir-birini yaxshi taniydi, bir-biri haqida
ma’lumot ham tez tarqaladi, Qobil bir oy o‘tmasdan uning yangi yashash joyini
bilib oldi, endi esa uning ko‘chasida o‘tirib, deyarli har kuni ortidan qarg‘ab
yozg‘iradi.

– Sizga havasim keladi Gavhar opa, – dedi hammasini uyning derazasidan
kuzatib turgan yurtdoshi, endilikda xonadoshi ham bo‘lmish Gulnora Gavhar
eshikni ochib kirganidan.

– Nimaga havasing keladi? – dedi Gavhar shunchaki so‘zini be’tibor
qoldirmaslik uchun horg‘in ovozda.

Qobilning hatti-harakatiga u ko‘nikib qolgan, faqat bu hatti-harakat har daf’a
uning yuragida noxush his uyg‘otar edi.

– Sizzi shunchalik sevishiga! Qarang, xuddi Majnunday-a? Men bunaqasi
bo‘lishini hech ham tasavvurimga sig‘dira olmas edim. Hatto “o‘zi sevgi
bormikan, yoki buni odamlar o‘ylab topishganmikan?” degan fikr ham o‘tgan
xayolimdan, – deya bidirlab, Gulnora so‘zini savol bilan tugatdi, – nega uni
buncha qiynaysiz?

Gavhar uning yonib-pishishiga parvo qilmagandek, kirish eshigining
ro‘parasida joylashgan hammom tomon yurib, qo‘lyuvgichda qo‘lini yuva boshladi
va horg‘in ovozda javob berdi:

– Uni men emas, engiltak xulq -atvori qiynayapti.
– Xulq-atvor ham qiynarkanmi odamni? – hayratomuz so‘radi qizaloq.
Gavhar uning soddaligidan beozor jilmaydi:
– Qiynaganda qanday! Xulq-atvor insonni cho‘qqilarga olib chiqishi yoki er
bilan yakson qilishi mumkin...
...Gavhar bolaligidan kitobga o‘ch bo‘lib, “menga non bermanglar, kitob
beringlar” deydiganlar xilidan edi. Xudoyberdi To‘xtaboevning, Abdulla
Qodiriyning asarlarini va qo‘liga tushgan o‘zbek tilidagi boshqa asarlarni miriqib
o‘qigan, bir kitobni boshladimi, tezda uy ishlarini qilib, Shu kitobni
tugatmaguncha undan boshini ko‘tarmas edi. Keyinchalik rus adabiyotiga:
Pushkin, Lermontov, Lev Tolstoyga, keyin esa jahon adabiyotiga qiziqib qoldi.
Unga ayniqsa, fransuz adabiyoti namoyondalari Gyugo, Balzak, Juletta Bensonini
o‘qish yoqar edi. Sinfdoshlari ko‘cha o‘ynab, keyinchalik uchrashuvlarga chiqib,
o‘zlariga oro berib yurgan yillarida Gavharning umri kitob o‘qish bilan o‘tdi.
U Sankt Peterburgga olti yil oldin kelib, o‘qishga o‘rnashib olgan edi. Hali

34

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

o‘z uyida yurganida ota-onasi: “Qiz bolani begona yurtga qanday yuboramiz?” –
deb norozi bo‘lgan, ketishiga ikki yil qarshilik qilishgan edi. Lekin ikki yil ham
o‘qishdan yiqilgach, Gavhar oyoq tirab turib olgan va ilmga chanqoqligi uni Shu
yurtga olib kelgan edi.

Qiziq shahar ekan Sankt Peterburg. Qariyb olti yuz yil oldin bu shahar daryo
suvi sayozlanib paydo bo‘lgan botqoqda qurila boshlagan ekan. Shuning uchun
tabiiy mo‘ljalga ko‘ra daryo maydoni bo‘lishi lozim bo‘lgan bu shaharning ob-
havosi odam yashashiga mo‘ljallanmagani shundoqqina sezilib turadi. Bu yerda
qish o‘ta sovuqligi etmagandek, yoz bo‘yi tinmay yomg‘ir yog‘adi. Tong sahardan
hatto yoz faslida havo bo‘zrayib turadi, istasa yomg‘ir sharros quyadi, istasa bir
necha kun ezmalab yog‘adi. Odamlar esa bunga ko‘nikib qolishgan, iyulning qoq
o‘rtasida ham ko‘chaga kim kurtkada, kim plaщda chiqadi. Bundan tashqari, yozda
bu yerda oq tonglar, ya’ni, tunning qoq yarmida ham kun botmaydi, faqat ikki uch
soat g‘ira-shira qorong‘ulik bo‘ladi xolos. Qishda esa aksincha, atrof kunduzi ham
xuftondek, faqat uch-to‘rt soat ozroq yorishadi.

Shahar “suv ustida” qurilganligi uchun shahar ichi ham turli suv kanallari
bilan kvadratlarga bo‘lingan. Hamma joyda suv, ko‘prik va paroxodlar. Bu yerda
ko‘priklarning ko‘tarilishini tomosha qilgani chiqish udumga aylangan.

Shaharning bahaybat binolari, ulkan maydonlari o‘tmish buyukligini yaqqol
namoyon qilib turadi. Faqat bu binolarning ko‘pdan buyon ta’mirlanmaganligidan
nurab qolgan devorlari “chang ostidagi gul” manzarasini berib, bu viqorning
o‘tmishga daxldorligidan guvohlik berib turadi. Petergof, Ermitaj, Nev prospekti
va butun shahar bo‘ylab tarixiy yodgorlik bo‘lib qolgan haykallar, binolar va
boshqa inshootlar yosh bo‘lsada, katta tarixga ega shaharning turli asrlardagi
o‘tmishidan hikoya qilib, har qanday mehmonni o‘z sirli dunyosiga jalb qiladi.

Moskvadan farqli o‘laroq, Sankt Peterburgda yangi qurilishlar ko‘p emas.
Balki podshoh davrida amalga oshirilgan qurilishlar soni hozirgi shahar talablarini
to‘liq qondirishi tufaylidir. Xullas, shaharda qo‘shma korxonalar, reja bo‘yicha
qurilayotgan ko‘p qavatli turar-joy binolaridan boshqa zamonaviy binolar
ko‘rinmaydi.

Gavhar omadi kelib, qayta qurilishdan keyin qurilgan yangi tipdagi
yotoqxonalardan birida yashaydi. Uning xonasi ikki kishiga mo‘ljallangan bo‘lib,
boshqa xonalar bilan umumiy bo‘lgan koridordan kirganda o‘ng qo‘lda umumiy
oshxona, to‘g‘rida hojatxona va hammom, chap qo‘lda esa ularning yashash
xonalari joylashgan. Bu xona shinamgina bo‘lib, xona to‘rida ko‘chaga qaragan
katta deraza, o‘ng tomonda shkaf va bir divan, chap tomonda esa boshqa divan va
stol-stullar qo‘yilgan edi. Umuman olganda, Gavharga xonasi yoqar, yotoqxona
boshqaruvchisi bilan til topisha olgani uchun, Gavhar xonada o‘zi qolganida yangi
ishga kelgan hamyurtlariga vaqtinchalik boshpana berishiga ham imkon bor edi.

Mana hozir ham, o‘z tili bilan aytganda, na o‘qishda, na ishda, na turmushda
omadi chopmasdan “taqdirni yana bir bor sinab ko‘rish uchun” Sankt Peterburgga
kelib qolgan Gulnora degan qizni o‘z qanoti ostiga olgan. Gulnora yomon qiz
emas, faqat “peshanada yozilgani bo‘ladi” qabilida yashab, “sendan harakat,
mendan barakat” deganiga uncha rioya qilmaydi. Gavhar esa boshidan o‘z kelajagi
haqida o‘ylashga, uni o‘zi qurishga va orzuidagisi amalga oshishi uchun odob

35

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

chegarasida qo‘lidan kelgan hamma ishni qilishga harakat qiladi. Begona yurtga
kelib goh u yyerda, goh bu yyerda tunab yurgan Gulnora haqida eshitganida,
Gavharning unga rahmi kelgan va uni o‘zi izlab topgan edi. O‘rta bo‘yli,
lo‘ndagina, qoramag‘iz qizni ko‘rib, u bilan suhbatlashgach, biror kishining
yordamisiz bu yurtda o‘rnasha olmasligini fahmlagan va vaqtincha unikida turishi
mumkinligini aytgan edi.

Gavhar Sankt Peterburgga kelganida, boshida faqat o‘qishga jiddiy berildi.
Keyin uyidagilarning telefon orqali kunora: “Qiz bola, umring o‘tib, qolib
ketasan,” – qabilidagi gaplaridan so‘ng ilk bora oila qurish haqida o‘ylay boshladi.

Boshida kitob magaziniga kirib, oila qurish haqidagi kitoblardan birini xarid
qilib, o‘qib chiqdi. Ilgari bunday kitoblarni o‘qimagani uchunmi, umuman, oila
qurishga tayyorlanish kerakligini bilmaganidanmi, kitob unga juda qiziq tuyuldi.
Unga ayniqsa, oxirida berilgan maslahatlar yoqdi. U yod bo‘lib qolishi uchun,
ularni daftariga alohida ko‘chirib ham qo‘ydi: “Oila qurishga
tayyorlanayotganlarga umumiy maslahatlar:

1) Hissiyot paydo bo‘lgani uchungina, hali yaqindan tanishmagan
odamingizga hech qachon u bilan oila qurishni va’da bermang. Chunki hissiyot
o‘tkinchi narsa, bugun yoqtirgan odamingizga erta tamomila befarq bo‘lib
qolishingiz mumkin.

2) Oila suhbat, do‘stliksiz mustahkam bo‘la olmaydi. Shuning uchun oldin
do‘stlashishga harakat qiling.

3) Tanlagan kishingiz bilan suhbatlashib, uning xulq-atvoriga e’tibor bering.
Xulq-atvori sizga ma’qulmi? Oila qurgandan keyin tashqi qiyofaga o‘rganib
qolasiz, lekin xulq-atvor bilan yashaysiz.

4) Odam kamchiliksiz bo‘lmaydi. Bir -birlaringni birinchi kelishmovchilikdan
keyin sinab ko‘ring, bir-birlaringni kechira olasizmi?

5) Suhbatlashib yurganingizda bir-birlaringdan kamchiliklaringizni
yashirmang. Chunki to‘ydan keyin baribir bilinadi. Ba’zi kamchiliklarni
sevgilingiz ko‘tara olar, lekin sizdagi kamchilik sevgilingiz chiday olmaydigan
kamchilik bo‘lsa, oila qurib, keyin ajralgandan ko‘ra, bu odam bilan oila
qurmasdan, aynan shu kamchilikka engilroq qaraydigan boshqa odam bilan
turmush qurgan ma’qul...

6) Oila qurgancha jismoniy masofa saqlang.
7) Oila qurgandan keyin ham bo‘shashmasdan, bir-birlaringning ko‘nglingizni
olib yashashga harakat qiling. ”
Bu kitobning bir bobi odamning tashqi ko‘rinishiga bag‘ishlangan bo‘lib, “har
bir odam, ayniqsa, xotin-qizlar o‘zlariga qarab, orasta, jozibali bo‘lib yurishlari”
maqsadga muvofiq deyilgan edi. Shuning uchun Gavhar ilk bora o‘zining oynadagi
aksiga: “Qanaqaman o‘zi?” – degan savol bilan nazar tashladi. Sochlari silliq
taralgan, pardozsiz yuzi rangpargina qiz. Yuz chizgilari yomon emas-u, qandaydir
joziba etishmayotgandek. Kiyimi ham qomatidek tep-tekis.
Gavhar o‘zgarishi kerakligini, bu holatida hech kim unga nazar solmasligini
his qilib turar, lekin shu bilan birga “ko‘z qo‘yaman deb, qosh chiqarishni” ham
istamas edi. Shuning uchun ertasi kuni so‘nggi modada kiyinib yuradigan
kursdoshlaridan biriga iymanibgina murojaat qildi:

36

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

– Bilasanmi, men “imidjim”ni o‘zgartirmoqchiman. Yordam bera olasanmi?
– Oy qizlarjon, oftob qayerdan chiqdi? – dedi qaqillab dugonasi. Gavharning
“hech kim eshitmasin” qabilidagi asta gapirgani bir tiyin bo‘ldi. Auditoriyada
bo‘lgan talabalar ular tomon o‘girilishdi. Lekin Lena bunga diqqat qilmay
allaqachon ongida “imidj” yaratishga tushib ketdi.
– Sening imidjingni o‘zgartirish emas, uni avvalo yaratish kerak! Soch
turmagingni bunaqa qilamiz, bu tomondan bir tutam soch tushib turadi, latofatliroq
ko‘rinish uchun... Makiyaj bunaqa bo‘ladi... Kiyimdan ikkita bluzka, ikkita shim,
ikkita ko‘ylak boshlanishi uchun etadi. Faqat kablukda yurishni o‘rganishing
kerak. Sening qomating shunchaki “kablukda yurish uchun yaratilganman!” deb
qichqiryapti. Darsdan keyin to‘g‘ri magazinga boramiz, keyin sartaroshxonaga,
qolganini o‘zim boplayman...
Lena haqiqatdan juda didli qiz edi. U Gavharning imidjini uning chizgilariga
qarab ongida kashf etgan edi va uni “yaratganida” ishning natijasidan avvalo
Gavharning o‘zi lol qoldi. U doimo o‘zini o‘rtahol qiz hisoblar, hech qachon
odamlar diqqat markazida bo‘lishini tasavvur ham qila olmagan edi.
U nafaqat ko‘rinishini o‘zgartirib, balki shu ko‘rinishni saqlab qolib, yangi
ko‘rinishida o‘zini dadilroq his qila boshlaganida, hatto kursdosh rus yigitlar ham
unga nazar sola boshladilar. Lekin Gavharning ota-onasining ko‘ngli uning biror
o‘zbek yigit bilan oila qurishi edi. Shuning uchun u boshqa millatdan bo‘lgan
xaridor yigitlarga ro‘y bermay, Shu erga ishga kelgan yurtdosh yigitlardan biri
bilan do‘stlashdi.
Ular magazinda tanishishdi. O‘shanda shaharda o‘zbeklar hali hozirgidek
ko‘p emas edi va Gavhar terisining rangi oppoq bo‘lgan rus qizlari orasida, sharq
quyoshida toblangan tanasining qizg‘ish rangi bilan ajralib turar edi. U baland
bo‘yli, xushqomat, chiroyli qiz bo‘lib, o‘shanda qomatiga yarashib turgan
zamonaviy sarg‘ish ko‘ylakda edi, qalin sochlari elkasida to‘lg‘onib turar edi.
“Assalomu alaykum”, – dedi, peshtaxtadan o‘ziga manzur qutichani
olayotgan Gavharga eshitarli qilib, lekin nigohini oldinga qadab, savdo-sotiq
aravachasini haydab ketar ekan Qobil.
Bu Rossiyaga ishlashga kelgan o‘zbek yigitlar uchun o‘ziga xos himoya
reaksiyasi edi. Avvalombor, uchratgan kishisi o‘zbekka o‘xshasada, o‘zbek
bo‘lmasligi, yana kim bo‘lishidan qat’i-nazar: o‘zbekmi, o‘zbekmasmi u bilan
suhbatlashishni istamasligi mumkin. Shuning uchun Qobil eshittirib, ammo
qaramasdan so‘zlagan edi. Gavhar esa u tomon o‘girilib, sekingina: “Salom
assalom”, deb javob berdi. Magazindan chiqqanida esa Qobil uni ko‘chada kutib
turar edi. Shu kuni Qobil u bilan tanishib, uyigacha kuzatib qo‘ydi.
Qobil baland bo‘yli, xushqomat, ko‘rkam yigit bo‘lib, maqsadga intiluvchan
tuyular edi. Ularning ilk uchrashuvlari hanuz Gavharning yodida. O‘shanda uni ilk
bora kuzatib qo‘yib, telefon raqamini olib qolgan Qobil ertasi kuniyoq uni
uchrashuvga taklif qilgan, Gavhar esa o‘zini biroz noqulay his qilsada, chiqishga
rozi bo‘lgan edi. U telefon go‘shagini qo‘yganidan hissiyotlar bo‘roni bor vujudini
qamrab o‘z tubiga g‘arq qilgan edi. U ilk bora bunday hislarni boshidan
kechirayotgani tufayli eti jimirlab ketgan edi. Biroz hovuri bosilgach, uni qanday
kiyimda kelishini tasavvur qila boshladi: “Albatta, mening talaba ekanligimni

37

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

hisobga olib, menga yoqish uchun qora kostyum shimda keladi. Menimcha, qo‘lida
bir dasta guli bo‘ladi. Axir yigitlar, doimo uchrashuvga gul olib chiqishadi-ku! U
gulni menga beradi, men uyalibgina olib, uni biroz vaqt hidlab turaman. Bu vaqtda
u menga termulib turadi... Men qanday kiyinsam ekan? Jinsi shimimni kiysammi?
Yo‘q, bu juda oddiy. Havo rang ko‘ylagim-chi? Yo‘q Yaxshi si, pushti kostyum
yubkamni kiyaman. Ham jiddiy, ham nafosatli. Shunda u kishining kiyimlari bilan
to‘g‘ri keladi. Nima der ekin?...”

Gavhar Nevskiy prospektidagi Sofiya bog‘i tomon yurar ekan, sigareta tutatib
turgan Qobilni uzoqdan, qomatidan tanidi. U orqa bilan turgani uchun Gavharni
ko‘rmadi. U jinsi shimda va jigar rang futbolkada bo‘lib, bu Gavharni boshida
ozroq sarosimaga soldi, keyin u darrov uni sarosimaga solgan savolga o‘zi javob
berdi: “Hozirgi zamonaviy yigitlar erkin kiyinishni yoqtirishadi. Bu kishi
zamonaviyliklarini kiyimlari bilan namoyish qilmoqchilar, menga yanada yaxshi”.

Qobilning kiyimi kayfiyatini buzish o‘rniga, aksincha, yangi tuyg‘ular baxsh
etgan Gavhar Qobilga sekingina yaqinlashdi-da:

– Assalom alaykum, – dedi.
Qobil birdan o‘girildi. Uning qop-qora qalin qoshlari ostidan tikilib turgan
jayron ko‘zlari juda o‘tkir, jozibador edi.

– Salom alaykum, – dedi Qobil sigaretadan bo‘sh qo‘lini cho‘ntagiga
tiragancha, Gavharga boshdan oyoq maftun nazar tashlab.

Gavhar o‘zini ozroq yo‘qotib qo‘ydi. O‘zidagi ko‘p narsalar: ko‘rinishi,
kiyimi, munosabatlari, maqsadlari u uchun yangi bo‘lib, ba’zan u hammasini
tashlab, o‘zining odatiy kitoblar dunyosiga sho‘ng‘ishni orzu qilar edi. Lekin hayot
faqat kitoblardan iborat emasligi, uyidagilarning “oila qur” deb qistashi va yana
yangi ko‘rinishi odamlarning unga munosabatini o‘zgartirgani ortga qaytishga izn
bermas edi. Lekin oldinga tashlanayotgan har bir qadam go‘yo azobdek, Shu
lahzada, u o‘zini go‘yo o‘zganing terisida yurgandek his qilib, bu ochilib qolsa
sharmanda bo‘lib qolishdan cho‘chir edi. “Dadil bo‘l, dadil bo‘l”, – der edi u
o‘ziga unsiz. Lekin xayollari to‘zonda sochilgan somondek to‘rt tomonga pirillab
uchib ketar, u qaysi birini qayerdan tutib kelishini bilmay lol edi. U agar hozir
o‘zini qo‘lga olmasa oyoqlari bo‘shashib, yiqilib ketadigandek his qilib, sekin bog‘
tomon yo‘l oldi. Qobil uning ortidan keldi.

– Siz nimani yoqtirasiz? – dedi Qobil bir nima deb gap ochish uchun.
– Gullarni, – dedi hali xayollarini to‘plab ulgurmagan Gavhar hayajon bilan.
– Unda o‘ng qo‘lga marhamat! – dedi Qobil tantanavor ohangda.
Gavhar o‘ng tomonga qarab yurib, ko‘rgan manzarasidan lol qoldi. Bir joyda
sariq, boshqa joyda qizil, ko‘k, pushti gullardan turli shaklda ekilgan gulzor
Shundoqqina yerda gilamdek to‘shalib, yastanib yotar edi. Qobil uni ikki yurak
tutashgan shaklda o‘sib yotgan qizil gullar yoniga boshlab, cho‘ntagidan telefonini
chiqardi va bir yo‘lovchidan ularni suratga olishini so‘radi. So‘ng o‘zi kelib,
Gavharning yonida turdi va kutilmaganda bilagidan ushlab oldi. Gavharga bu tok
urgandek ta’sir qilib, bir seskanib tushdi va birdaniga qo‘lini tortib oldi. Yo‘lovchi
suratga olib, telefonni Qobilga qaytarib berdi va ular go‘yo hech nima
bo‘lmagandek bog‘ni aylangan bo‘lib, Shu joydagi kafega kirdilar.
– Men sizga bir nima demoqchi edim, – dedi Gavhar kafeda muzqaymoq eb

38

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

o‘tirganlarida.
– Xo‘sh, – dedi yigit o‘smoqchilab. U o‘zini dadil tutishga harakat qilsa ham,

bo‘yin mushaklarining taranglashib, goh bo‘rtib, goh ichkari tortilishi uning ham
hayojonlanayotganini sezdirib qo‘yar edi.

– Men boshida shunchaki do‘stlashishni istar edim.
Gavhar shunday dedi-yu, bir jihatdan, go‘yo Qobil unga allaqachon jiddiy
munosabatlar taklif qilgan-u, u rad etayotgandek, boshqa jihatdan esa, bu haqida
hatto fikrlamagan yigitga o‘zini mug‘ambirlik bilan tiqishtirayotgandek his qilib,
o‘zini sezdi. Uning nozik barmoqlari sezilar-sezilmas titrar, gulgun yonoqlari
qizargan edi. Bir jihatdan, bu haqida gap ochmasa ham bo‘lar edi-yu, lekin o‘zi
jiddiy qarorga kelmagunicha yigitlarni umidvor qilmaslikka qaror qilgani uchun bu
haqida ilk uchrashuvdayoq kelishib olishni rejalashtirgan edi.

– Men, ...men qarshi emasman, – dedi bunday gapni kutmagan Qobil
chaynalib.

Shunday qilib, ular avval suhbatlashib yurib do‘stlashishga, bir-birlarini
yaqindan bilib olishga, lozim bo‘lsa, jiddiy munosabatlar haqida keyin
suhbatlashishga qaror qilishdi.

Ularning munosabatlari tobora yaqinlashib borar, Qobil har daf’a
uchrashuvlarga qandaydir yangi lazzat kiritar edi. Ular shaharni tunda teploxodda
aylanishdi, “Kema-restoran”da sevishganlar kunini nishonlashdi, “Mo‘‘jizalar
orolchasida” attraksionlarda ko‘kka chiqib tushishdi va hok. Ular istirohat
bog‘idagi ko‘l bo‘yida suhbat qurishar, ba’zan oq tunlarda shaharni aylanib
yurishar edi.

Gavhar uchrashuvlar chog‘ida o‘zini jiddiy tutishga harakat qilsa ham,
hissiyotlar ko‘zini ko‘r qilib qo‘ymasligi uchun ularni jilovlashga harakat qilsa
ham, qalbini qamrab olayotgan tuyg‘ular o‘tiga qarshilik qila olmas edi. Ilk sevgi.
Ilk sevgi uni aqldan ozdirib qo‘yayotgandek edi. U ba’zan sog‘inib ketganidan dars
vaqtida butun bir daftar varag‘iga “Qobiljon akam” deb yozib chiqar, goh
sevgilisini o‘ylab tunlarni bedor o‘tkazsa, goh kunduzlari parishonxotir bo‘lib
qolar edi. Shu bilan birga xulqida biroz jizzakilik paydo bo‘lib, go‘yoki telefondan
boshqa narsa bilan ishi bo‘lmay qolgan edi...

Birga vaqt o‘tkazish jarayonida Gavhar Qobilning xulq-atvorini ham bilib
oldi. “Tavba,-der edi ba’zan o‘ziga-o‘zi, – odam haqidagi birinchi fikring,
ko‘pincha, haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi mumkin ekan”. Boshida sertavoze’,
dilkash tuyulgan Qobil, birov bilan endi tanishganida, yoki ichgan vaqtida
xushchaqchaq bo‘lib, aksariyat hollarda tajangroq, “ichimdagini top”lar xilidan
edi. U ko‘ngliga kelganini qilar, birov nasihat qilishini “jini suymas” edi.

– Balki kelasi yil o‘qishga kirishga harakat qilarsiz? – dedi bir kuni Gavhar
kafeda o‘tirganlarida Qobilga.

– Nima? – shirakayfligi sezilib qolgan yuzini burishtirib so‘radi Qobil, –
menga o‘qishda pishirib qo‘yibdimi? Kitob desa boshim og‘riydi o‘zi.

– Axir umrbod qo‘l kuchi bilan kun ko‘rmaysiz-ku? Kasal bo‘lganingizda
yoki yosh ketib kuchsizlashganingizda nima bo‘ladi? “Bilagi zo‘r birni, bilimi zo‘r
mingni yiqar” deganlaridek, baribir aqliy mehnat yaxshiroq-da. Aqliy mehnat bilan
ko‘proq narsalarga erishish mumkin.

39

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

– Siz men uchun ham o‘qing, sizning o‘qiganingiz ikkimizga ham etib ortadi,
undan keyin, umuman qiz bolaning aql o‘rgatishiga toqatim yo‘q, – aroq ortidan
tutatayotgan sigaretasini kuldonda ezayotib javob bergan Qobilning ovozidan
tutaqqani sezildi.

Gavharning go‘yoki yuragi shuvillab ketdi. Uning aql o‘rgatish niyati yo‘q
edi. Shunchaki Qobil unga kundan-kunga qadrdon insonga aylanib borayotgan va
shirin hayollarida kelajagini u bilan qurib borayotgani tufayli, hayotda bir qatorda
qadam tashlashlarini istash va bu istakni oshkor qilish Gavhar uchun tabiiy
tuyulgan edi.

Bu uchrashuvdan so‘ng Gavharning qalbida qandaydir g‘ashlik paydo bo‘ldi.
Gavhar uchun sevish bu – sevganingga o‘zingni bag‘ishlash, u uchun yashash,
uning ko‘nglini olish, kerak bo‘lsa u uchun jonini qurbon qilish bo‘lsa, Qobil
uchun sevgi – o‘ziga yoqqan kishiga egalik qilish edi. Shuning uchun kundan-
kunga Gavhar uchrashuvlarda Qobilga parvona bo‘lishga harakat qilsa, Qobil buni
odatiy hol deb bilib, boshida Gavharning ko‘nglini olish uchun qilgan hatti-
harakatlarini ham unuta boshlagan edi. Boz ustiga, keyinchalik Qobil tortinmasdan
qo‘pollik ham qiladigan bo‘ldi.

Gavhar Qobilni yoqtirib qolganida, Shu odamni doimo sevishga qaror qilgani
uchun hammasiga chidashga tayyor edi. Faqat Qobilning keyingi kunlarda
ichkilikka ruju’ qo‘yishi Gavharning tinchligini tamomila o‘g‘irladi. Bir kuni u
yana jiddiy suhbatga tortdi:

– Qobil aka, keyingi kunlarda qariyb har kuni ichyapsiz.
– To‘g‘ri ichyapman, – dedi Qobil, shirakayflikdan ko‘zlari suzilib, – o‘z
pulimga ichyapman. Bu kunlarga etgunimcha qanday itning kunini ko‘rganimni
bilsang edi. Men ham darddan ichaman, ham baxtdan ichaman.
– Axir ichkilik hech narsani o‘zgartira olmaydi-ku, – dedi Gavhar kuyinib, –
u Shunchaki muammolardan vaqtincha qochish! Kayf tarqagach, baribir tabiiy
dunyoga qaytasiz, yana shu muammolarni hal qilish kerak bo‘ladi.
– Menga aql o‘rgatma! Nima qilishni o‘zim yaxshi bilaman! Chidasang shu,
chidamasang katta ko‘cha!!!
Gavharning yuziga kimdir sovuq suv sepib yuborgandek bo‘ldi. U Shunchaki
nima deyishini, yo‘q, hatto nima qilishini bilmay qoldi. Biroz haykaldek qotib
turib, keyin sekin o‘rnidan turib ketdi. Qobil ortidan bezrayib turaverdi, hatto
nomiga ismini aytib to‘xtatish uchun ham jon koyitgisi kelmadi.
Gavhar uchun eng azobli kunlar boshlandi. U o‘n etti yoshli, hissiyot
ko‘zlarini ko‘r qilgan o‘smir qiz emas edi. U oliygohning yuqori kurslarida
o‘qiyotgan, oq-qorani ajrata oladigan, mulohazakor qiz edi. U yarqiragan tosh oltin
emas mis bo‘lib chiqqanidan kuyinar, bir tomondan unga chin qalbdan ko‘ngil
bergani qiynasa, boshqa tomondan unga ijobiy ta’sir o‘tkaza olmasligidan o‘zini
ojiz his qilar edi. U o‘zini rad etilgan, uloqtirib tashlangan matohdek his qila
boshlagan edi. Ba’zan biror qizni yigiti boshqa qizni deb tashlab ketsa, “bechora,
o‘zini o‘sha raqibi qarshisida naqadar past urilgan sezadi”, – deb o‘ylar edi. Endi
esa o‘zini Shu ahvolda ko‘rar edi. Uni ham sevgani rad etdi. Uni raqibiga alishtirdi.
Aroqni undan ustun ko‘rdi. Undan ajralib, aroqqa bog‘lansa ham mayli edi. Har
holda, o‘zining insoniy qadriyati hurmat qilinganini qadrlar edi. Lekin yori unga

40

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

kundoshlikni ravo ko‘rdi. Hatto taklif qilgani ham, fikrini so‘ragani ham yo‘q.
Shunchaki, uni fakt bilan yuzlashtirdi: “Men ham aroq bilan, ham sen bilan
yashayman. Chidasang shu, chidamasang katta ko‘cha!”

Uning kunlari tobora tushkun, tunlari azobli, og‘riqli bo‘lib borar edi. Uzoq
uyqusiz tunlarda tinimsiz yig‘lashi tufayli og‘riy boshlagan boshini yostiqqa
burkab, goh ho‘ngrab yig‘lar, goh unsiz yosh to‘kar edi. Ba’zan o‘zi bilan cheksiz
suhbatlar qurar edi:

“Qobil yomon yigitmi?” so‘rar edi o‘zidan-o‘zi.
– Yo‘q, – juda yaxshi yigit, – faqat agar aqliy mehnat bilan shug‘ullana
boshlasa yana bir mehnat quroliga, kuchli va syerdaromad mehnat quroliga ega
bo‘lishini tushunmaydi. U bir kun qurilishda ishlab o‘n ming so‘m topsa, bir
kompyuter ustasi, yoki loyihachi, yoki tilchi o‘z aqliy mehnati bilan bir soatda Shu
daromadni olishini tushunmaydi. Tushunmaydi, tushunishni istamaydi ham. Qani
edi u kishiga buni tushuntiradigan odam bo‘lsa-yu, u kishi quloq solsalar edi.
Afsus bunday maslahatchilari yo‘q, mening so‘zim esa ayol kishi bo‘lganim uchun
u kishiga o‘tmaydi.
– Nega bu narsalar haqida o‘ylayapman?
– Men qaror qilishim kerak.
– Qanday qaror?
– Orani ochiq qilish haqida.
Gavharning eti junjikib ketdi. “Bu o‘ylar meni qayerga olib keldi? Men bu
haqida o‘ylashni bas qilishim kerak.
Keyingi kunlar naqadar esidan chiqarishga harakat qilmasin, Qobil haqidagi
o‘ylar ongini chulg‘ab oldi. Aksiga olib, uni Shum xayollar iskanjasidan chiqarish
uchun Qobil ham qorasini ko‘rsatmadi. U anchadan buyon o‘zini Shunday
tutadigan bo‘lib qolgan, munosabatlariga sal darz ketsa, erkaklik g‘ururini
namoyon qilish uchun Gavhar ilk qadam qo‘yishini kutar edi. Gavhar buni seza
boshlagan, bu ularning orasidagi yana bir katta farq bo‘lib, uning dil yarasani
ko‘proq timdalar edi. “Agar ikki tomon munosabatlarni qurishga, asrab qolishga
intilsa, uning barqaror bo‘lishiga umid bor. Agar bir tomon doim harakat qilsa, u
ham holdan toyganida nima bo‘ladi?”...
Gavharning qalbida ong va hissiyot jangi boshlangan edi:
– Oila qurish – birov bilan bir kemaga chiqish degani, – der edi ong, – odam
sening gapingni gap demasa, oila uchun mas’uliyatni bo‘yin olmasa, qanday qilib
bunday odam bilan oila qurasan? Maqsading – oilani o‘zing tebratishingmi?
– Bu birinchi muhabbating, – der edi hissiyot, – sevgingni yo‘qotsang umrbod
baxtsiz o‘tasan. Shirin xotiralar ado qiladi. Keyin pushaymon eysan...
Gavhar bu azobga ortiq chiday olmasligini his qildi. – Hamma narsaga
chidayman, – der edi u o‘z-o‘ziga, – faqat ayriliq dog‘iga chiday olmayman.
Bir qarorga kelgach, bedor tunidagi adoqsiz o‘ylovlardan lo‘qillab
og‘riyotgan boshini yostiqqa bosib, ko‘zlarini yumganida, birdaniga ko‘z o‘ngida
qo‘shni ayol Xosiyat xola jonlandi.
Xosiyat xola juda semiz ayol bo‘lib, yugurganida, ayniqsa, devor oshib
tushayotganida beso‘naqay qomati juda kulgili ko‘rinar, lekin uni “shirin hayot” bu
kuyga solmayotgani Gavharning yuragini tirnar edi. Xosiyat xolaning eri qariyb

41

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

har kuni ichib kelib, xotini va bolalarini urar, Shuning uchun u eshikdan kirdi
degandan, xotini bilan bolalari devor oshib qo‘shninikiga yugurar edilar. Eri
qo‘shni bilan urushlik bo‘lganliklari uchun uni hamma joydan izlasada,
qo‘shninikiga mo‘ralamas edi.

Bechora xotin goh yarim tungacha, goh tonggacha anjir butasi panasida
o‘tirib chiqar, bunga odatlanib qolgan Gavharning uyidagilar nomigagina: “Uyga
kiring” deb qo‘yishar, ayol esa: “Rahmat, jim, eshitmasin” ma’nosida imo-ishora
qilib, pisinib o‘tiraverar, Gavharning uyidagilar esa odatiy ishlari bilan mashg‘ul
bo‘lar edilar.

Shu lahzalarda Gavhar: “Men hech qachon piyonistaga tegib o‘zimni ham,
bolalarimni ham bunday azobga giriftor qilmayman”, – deb qaror qilgan edi...

Ikki o‘t orasida qiynalgan Gavhar bu unga o‘limga teng bo‘lsa ham rad
etilishni tan olishga qaror qildi. Albatta, u ichkaridan darz keta boshlagan
munosabatlarni bichib, yamashi, bir amallab chimildiqqacha olib borishi mumkin.
Lekin keyin-chi? Axir chimildiq yangi munosabatlarning, yangi hayotning
boshlanishi-ku! O‘zaro til topisha olmagan, bir-birini qadrlashni o‘rganmagan
odamlarning umr kemasi qaergacha bora oladi? Ichkaridan paydo bo‘lgan yoriq
bir kuni oila binosini qulatishi aniq-ku! Qanday qilib, u o‘zi, o‘zi-ku mayli,
begunoh bo‘lg‘usi bolalarini darz ketgan munosabatlar asosida qurilgan umr
binosiga olib kiradi? Bolalarning kelajagi uchun kim kafolat beradi?

...Gavhar Qobilni eslaganida ko‘zlari hanuz yoshlanar, yuragi sanchib
qo‘ygandek bo‘lar edi. U bilan yashashni boshlagan qizaloq bir yil oldin bu erga
ishlashga kelgan bo‘lib, qayerdadir farrosh bo‘lib ishlar, sodda, oddiy qiz bo‘lgani
tufayli “ko‘p qovun tushirib qo‘yar edi”. Gavhar esa uni sevar, millatchilik ba’zan
o‘zini namoyon qilib turadigan begona yurtda qizaloqqa yurtdoshlik taftini
berishga harakat qilar edi. U Gulnora uchun nafaqat xonadosh balki tug‘ishgan
opadek mehribon, yana hayot o‘qituvchisi edi. Shuning uchun Gavhar Gulnorani
qiziqtirgan savollarga erinmay javob berar edi:

– Har kim ham ozodlikni, erkin iroda tanlovini ko‘tara olmaydi. Qobil avvalo
yoshligidan ilm-fanga yaqin bo‘lgan ustozga ega bo‘lmagan, hayotda hech kimdan
maslahat olmagan. Shuning uchun ota-onasi bo‘la turib o‘ziga xon, o‘ziga bek
bo‘lib ulg‘aygan. Endi o‘zi muvaffaqiyat sari eltadigan o‘sish yo‘lini bilmaydi,
maslahat olib o‘rganmagani uchun hatto o‘ylab, keyin o‘zi qaror chiqarish uchun
ham o‘zganing maslahatini qabul qilmaydi. Odam yo o‘z xatosidan o‘rganadi, yoki
o‘zganing xatosidan. Ozodlik, erkin tanlov odamning ichidan qanday ekanligini
ko‘rsatadi. Bu erga kelganida uning qarshisida tanlov bor edi: ichish yoki
ichmaslik. Ilgari uni ota-onasi tutib turgan. Ozodlik kelganida esa u ichmaslikni
emas, ichishni tanladi. Bu sohada ham zaifligini namoyon qildi. U boshqacha
hayot qurishi, boshqacha yashashi mumkin edi. Lekin tarbiyalanmagan xulq
-atvori uni halok qildi. Agar mening so‘zimning unga qadri bo‘lganida edi, yoki
mening o‘zimni zarracha qadrlaganida edi, men u bilan birga qolar edim. Lekin
odam cho‘kayotgan bo‘lsa-yu, qutqarmoqchi bo‘lgan odamni pisand qilmasa,
qutulishni istamasa, u bilan birga cho‘kishdan nima foyda?

– Siz u kishini haqiqatdan sevar edingizmi? – bolalarcha soddalik bilan
so‘radi Gulnora.

42

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

Gavhar yotoqxona tomon o‘ychan yo‘l olib, ohista to‘shagiga o‘tirdi. Uning
ko‘zlarida yosh yarqiradi. U bir oz o‘ylanib turgach, tasdiq ma’nosida bosh egib,
javob berdi:

– Ha. Sevgi mening nazarimda qaror, birga yashashga ahd qilgan kishingning
kamchiliklaridan qat’i nazar uni sevasan va uni baxtli qilish uchun qo‘lingdan
kelgan har ishni qilasan. Men Qobilni shunday sevar edim. – Gavhar chuqur tin
olib, so‘zida davom etdi, – xalqimizda “teng-tengi bilan” degan maqol bor. Har bir
mavjudot muhabbatga iliqlik bilan javob beradi. Gul quyosh nuri tufayli ochiladi,
hayvon egasini tanib suykaladi, bola erkalanadi. Faqat hissiz, jonsiz to‘nkagina
mehrga javob berishga qodir emas. Men buni payqagach, o‘z aql xulosam va
irodam bilan hissiyotimni bo‘g‘ishga majbur bo‘ldim. O‘zimni sekin o‘limga
mahkum qilguncha, bira to‘la o‘lib qolishni afzal ko‘rdim.

– Pushaymon emaysizmi?
– Yo‘q. Pushaymon emaslik uchun shunday qildim. “Qornimga emas,
qadrimga yig‘layman”, – degan maqolni eshitganmisan? Qizlar odatda hissiyotga
berilib, shoshib turmush quradilar, keyin esa kamsitilganlarida bu qarorlaridan
umrbod pushaymon yeydilar. Inson uchun uning fikrini bo‘g‘ish, pisand qilmaslik
kabi azobli kechinma yo‘q. To‘g‘ri, erkak bu – erkak, lekin ayol ham aqlsiz
yaratilgan emas-ku? Agar erlar ayol kishining fikrini eshitib ko‘rib, keyin o‘zi
to‘g‘ri hisoblaganidek ish ko‘rsa-yu, buning aslida ma’qulroq ekanini ijobiy
hosillari bilan tasdiqlasalar boshqa gap, bo‘ysunishga asos bor. Lekin odam
noto‘g‘ri qaror chiqarib, yana “hammasini o‘zim bilaman” deb turib olsa, bunday
odamga hamroh bo‘lish juda qiyin. Kemaga kirganning joni bir. Bu oilani
halokatga boshlashi mumkin. Bunday odamlar faqat o‘zlarining taqdirlarini
qurishga haqlari bor, o‘zgalarning emas. Xullas, men u bilan bir bo‘yinturuqqa
kirishni istamadim, Chunki men u uchun Shunchaki tilsiz, qalbsiz hamroh edim.
Men esa aslida unday emasman. Men qalb va til egasiman. Men cho‘ri bo‘lishga
tayyorman, lekin meni sevuvchi zotga, meni qadrlovchi zotga. Ko‘r-ko‘rona oila
qurib, so‘ngra umrbod ko‘z yosh to‘kib yashashni istamayman. Chunki men
buyukroq maqsadlar uchun va Shunday maqsadlarga intiladigan inson uchun
yaratilganman.
...Qobil Gavharni yo‘qotganini kech angladi. Keyin qilgan barcha sa’y-
harakatlari behuda ketdi. Ilgari bir amallab mast holida uyiga etib boradigan bo‘lsa,
endi tortinmasdan ko‘chada yotib qoladigan bo‘ladi. U kundan-kunga qanday
hayot maqsadini yo‘qotib, tubanlashib borayotganini his qilmas edi. Endi bor
kulfatiga Gavharni ayblar, ko‘nglidagi ayriliq dog‘i, tushkunlikni bahona qilib,
tobora ichkilik domiga qular edi.
Gavhar esa hali sahifalari mavhum kelajak sari dadil qadam tashlab borar edi.

QAYNONA

“Yaxshi ko‘rmay men o‘lay, opajon. Turmush qurmay men o‘lay”...
Sevara kelinlik xonasidagi ko‘rpachaning chetiga omonat o‘tirgancha, bir
qo‘liga tiranib, boshqa qo‘li bilan yuzini to‘sib achchiq ko‘z yosh to‘kardi.
Hozirgina qaynonasi uni uy ichidagilar oldida mulzam qilgan, u nima qilishini

43

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

bilmasdan, uyatdan er yorilib kirib ketgudek alfozda xonasiga kirib ketgan edi.
Bu manzaraning beixtiyor tomoshabini bo‘lgan qaynopasi Dilfuzaning yuragi

zirqirab ketgandek bo‘ldi. Onasiga o‘qtalib, bir yomon qarab, o‘zi bilmagan holda
kelinning ortidan uning xonasiga shoshildi.

Kelin er bilan bitta bo‘lib o‘tirar, peshonasiga tirab yig‘layotgan qo‘llaridan
uning ko‘z yoshlari tushi, ko‘z qalamidan qorayib oqar edi.

Dilfuza kirishga kirdi-yu, nima qilishini bilmasdan biroz qotib qoldi, so‘ngra
sekingina kelib kelinning oldiga cho‘kdi. U nima deyishini bilmas edi. Albatta,
ko‘nglida onasini o‘ylamasdan gapirishi uchun qoralar edi, lekin endi kelin bilan
onasini muhokama qilmaydi-ku!

Boshqa jihatdan, agar kelin yangi tushgan xonadonida faqat dashnom,
kamsitilish ko‘raversa-yu, sevgi, e’tibor ko‘rmasa ko‘chirib – o‘tqizilgan, lekin
suv quyilmagan va quyoshning nurini emmagan niholdek ildiz otmay qurib qolishi
mumkinligini ich-ichidan his etib turar edi.

Kelinga tikilib, uni qanday yupatishni bilmay turgan Dilfuzaning nigohi
beixtiyor kelinning xonasiga yo‘naldi. Oyisi kelinga ikkinchi qavatdagi ikkita xona
va katta zalni bergan edilar. Xonalarga va zalga qizil gilam to‘shalgan,
derazalardagi zamonaviy uslubdagi och pushti harir pardalar xonalarga o‘zgacha
ko‘rk bag‘ishlab turar edi. Xonalardan biri mehmonxona qilingan bo‘lib,
ichkaridagi xona yotoqxona edi. YOtoqxonada to‘q qo‘ng‘ir rangli ulkan yotoq
garnituri: xona o‘rtasida ikki kishiga mo‘ljallangan divan, divanning ikki
yonboshida tumbochka, divanning chap tomonida shifoner, o‘ng tomonida esa
ulkan tryumo turar edi.

Katta zalda atrofida bir necha stullar qo‘yilgan ulkan stol bo‘lib,
mehmonxonada xontaxta atrofiga ko‘rpachalar solingan, ham zalda, ham
mehmonxonada qo‘ng‘ir rang servant turar edi.

Uning davrida kelinning kiyimi devorlarga osilar edi, odamlar kiyim ko‘rgani
kirar edilar. Qizlar havas qilar, dushman hasad qilar edi. Endi kiyimni maqtanish
mebelni maqtanish bilan alishganmi, hozirgi kunlarda odamlar kiyimlarni ochiq
osishmas edi. Kelin tushganining birinchi kunlarida qaynonaning so‘ziga binoan
ko‘ylaklarni ko‘rsatib ilib qo‘yishdi, lekin keyinroq yig‘ishtirib olgan edilar.
Kiyimlar ochiq ko‘rinib turmasa-da, xonalardagi bor dabdaba, xonalardan taralib
turgan yoqimli hid bu xonadonda yangi kelin borligini bildirib turar edi.

Sevara bir boshini ko‘tarib qaradi-yu, bo‘yalib ketgan ko‘zlarini bir qo‘li
bilan yashirdi. Shu qaynopasi unga boshqacharoq ekanini Qandaydir ich-ichidan
his qilar edi. Hamma qarindoshlar kelinni o‘rtaga olib, dashnom berishganida
qo‘shilmaydi, doim Yaxshi munosabatda bo‘ladi, jilmayib qaraydi, bayramlarda
sovg‘a ham berib turadi. Balki o‘zi ham birovning uyida kelin bo‘lgani uchun
kelinning ahvolini tushunar...

Sevara bu xonadonga bir yil oldin kelin bo‘lib tushgan edi. Ungacha ancha
vaqt Bahodir akasi bilan sevishib yurgan, o‘zini xayollarida baxtli kelin his qilar
edi. Bahodir akasining barcha qarindoshlarini Yaxshi ko‘rar, agar nasib qilib,
to‘yimiz bo‘lib qolsa, qaynonamga yugurib-elib xizmat qilaman, deb orzu qilar
edi.

Ko‘ngil nozik narsa bo‘lar ekan. Agar odamni odam o‘rnida ko‘rib, ozroq

44

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

izzat, mehr bilan so‘zlashsa itdek xizmat qilishga tayyor turarkansan kishi, lekin
seni boshqatdan yaratish uchun to‘liq barbod qilishga harakat qilishsa, balanddan
kelib so‘zlashsa, har narsaga kamsitaverishsa, bo‘lar-bo‘lmasga dashnom eshitsang
qo‘ling ishga ham bormay qolar ekan kishi...

Mana endi navbatdagi “turmush sinovidan” sinib, Sevara er bilan bitta bo‘lib
o‘tirar edi.

– Sevmasangiz ham turmush qurishingiz kerak bo‘lar edi. Turmush
qurmasangiz boshqa turdagi gaplardan azob chekardingiz, – dedi Dilfuza, –
qo‘lidan kelguncha yupatishga harakat qilib, mayin tovushda.

Tashqaridan Dilfuzaning oyisining qat’iy, ta’naomuz ohangda:
– Dilfuz! – deb chaqirgani eshitildi.
Dilfuza o‘rnidan turib tashqariga chiqdi.
– Bu nima qilganing endi? – dedi oyisi u oshxonaga kirganidan, – o‘zingni
mehribon ko‘rsatmoqchimisan?
Dilfuza oyisining xarakterini Yaxshi biladi. Oyisi birovni koyisa yoki
g‘iybat qilsa, biror kishi o‘sha odamning tarafini olishini yoqtirmaydi. Boshqa
tarafkashlik qilmasin deb, o‘sha odamning o‘zini ham ayblab tashlaydi.
– Men sizni tushunmadim, – dedi Dilfuza hayrat va norizolik aralash ovoz
bilan, – sog‘lig‘ingiz joyidami?
...Dilfuza qaynonalar haqida ko‘p eshitgan, hazil qo‘shiqlar ham tinglagan,
lekin nima uchun xalq orasida birov birovni tergayversa yoki xo‘jayinlik qilaversa:
“Qaynona bo‘lma” – deyishlarining ma’nosini chaqmagan ekan. O‘ziga esa
bevalik bilan bola katta qilgan, birovning oldidagina emas, ortidan ham dilini
og‘ritmaydigan bag‘ri keng, mehribon qaynona tushgan bo‘lib, u o‘zini u dargohda
kelin emas, qizdek his qilar edi. Mana oyisi kelin olib keldilar-u, go‘yoki uning
fikricha 180gradusga o‘zgardilar. Balki doim Shunaqa bo‘lganlar-u, u o‘z onasi
bo‘lgani uchun payqamagandir. Endi boshqaga Shunday munosabatda
bo‘layotganlari unga g‘alati tuyulayotgandir.
Oyisidagi o‘zgarishni Dilfuza kelin tushirganlarining ilk kunlariyoq payqadi.
Katta hovli sahnida katta so‘ri bo‘lib, uch tomoniga ko‘rpacha tashlab qo‘yilgan
edi. Dilfuzalar oilada to‘rtta farzand edilar. Ovqat mahali butun oila jamul-jam
bo‘lib, so‘riga to‘planishar, gurunglashib ovqatlanar edilar. Dadasining odatlangan
joylarini hisobga olmaganda barcha oila a’zolari to‘g‘ri kelgan joyga o‘tirib
ketaverar edi, dasturxonning hamma burchagi ular uchun teng edi.
O‘shanda yangi kelinchak hovlini shipirib yurgandek bo‘ldi-yu, hamma
so‘riga yig‘ilgach, tuzab qo‘yilgan dasturxonga choyni keltirib qo‘ydi.
– Keling kelin, – dedi onasi mulozamat qiluvchi ohangda. Qaynona
qaynotasining oldida to‘rga o‘tirgan, qaynota bundan norizodek dasturxonga
yonboshlab, hovliga qarab o‘tirar edi.
– Kel chiq, – dedi, xontaxtaning chap tomonida o‘tirgan kuyov biroz surilib.
Kelin ohista chiqib, kuyovning yoniga cho‘kmoqchi bo‘ldi.
Shunda uning qaynonasi SHarofat xola shaxt bilan o‘rnidan turdi, so‘rining
bir chetiga yig‘ib qo‘yilgan ko‘rpachalardan birini oldi va so‘rining quyi tomoniga
to‘shadi-da, chiqib o‘z joyiga o‘tirdi. Kelin bu unga solingan joy ekanini fahmladi
va sekingina surilib erining yonidan pastroqqa tushdi.

45

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

O‘qish joyidan ta’tilga chiqqani uchun biror hafta to‘ydan keyin uylarni
tozalashga yordamlashib ketish uchun qolgan Dilfuza bu manzarani ko‘rib lol
qoldi, lekin hech nima demadi. Bunday ikir-chikirlar hali ularga taalluqli
bo‘lmagan kichkinagina bolakaylari SHohruh va Dilnoza biri bobosining oldida,
biri oyisidan yuqoriroqda mazza qilib qaymoqlarini eb o‘tirar edilar. Shu-Shu,
Dilfuza kelinning o‘rni xonadonning eng kichik a’zolaridan ham pastroqda ekanini
bilib oldi.

Kelinning kunni nima ish qilib o‘tkazishi, ishlarni qanday qilishi, qanday
kiyinishi, qanday bo‘yanishi, xullas hech nima onasining “ziyrak” nazaridan
qochmas, kundan-kunga kelin bu xonadonda ish qanday yuritilishini o‘rganib,
ko‘nikib borar edi.

Mana hozir ham, Dilfuzaning kelganidan foydalanib, oyisi unga kelinni
shifokorga ko‘rsatish uchun qo‘shib yubormoqchi bo‘ldi. Kelin yangi kelinlarga
xos yaltar-yultir kiyinib chiqdi. Bu kiyimida kelinning chiroyli tabassumi uning
husnini yanada ochib yuborgan edi. Dilfuza unga qarab, nogahon o‘zining kelinlik
davrini esladi va u ham kelinga qarab tabassum qildi.

– Ota –onangiz sizga kiyinishni o‘rgatmaganmi? Shu havodayam Shunday
kiyinadimi odam? – SHarofat xolaning zarda, xo‘jayinlik aralash aytgan so‘zi
ko‘m-ko‘k samo qo‘ynida birdan momoqaldiroq guldurlashi kabi eshitildi.

Dilfuza birdan oyisiga qaradi. Kelinning onasi bolaligidayoq olamdan o‘tib, u
o‘gay onasining qo‘lida o‘sgan, Shuning uchun onasi nomiga ta’na uning ko‘ksiga
tig‘dek qadalar edi...

– San yomon, – dedi onasi Dilfuzaga ta’naomuz ohangda, – o‘zing ham
ajabtovur kiyinishing uchun tarafini oldingda-a? Mani uyimda-ya? Mani
kamsitib-a?

– Oyi, kiyimi yoqmagan bo‘lsa, odamdek Yaxshi gap bilan aytsa bo‘ladi-ku!
O‘zingizning bolangizga gapingiz o‘tmagan, o‘zgani yo‘limga solaman deysizmi?
Kiyimini nimasi yomon? Birgalashib quda tomon bilan olib bergan kiyimlaring...

– Ey, kuydirdingda sanam, – dedi oyisi ovoziga fojeaviy tus berib, –
bahordayam yozdek kiyinadilarmi? Ko‘rganlar orqasi bilan kulmaydimi? Bir yillik
kelinchak bo‘lsa...

– Men gapirmang demayman, oyi, – siqilib so‘zladi Dilfuza, – odamga
o‘xshab, muomala qilib gapiring. U ham odamning bolasi, itvachcha emas. O‘ziga
yarasha hurmat-izzati bor.

– Mani ro‘zg‘orimga aralashma! – dedi onasi cho‘rt kesib, – o‘zing bola katta
qilib, kelin qilsang bilganingni qil. O‘zing hech baloning uddasidan chiqmaysan-u,
menga gap o‘rgatasanmi?...

Dilfuzalar to‘rtta farzand birin-ketin voyaga etgan edilar. Dadasi do‘kondor,
oyisi o‘qituvchi bo‘lib, dadasi ko‘cha ishi bilan andarmon, uyni oyisi boshqarar
edi. Oyisi juda qattiqqo‘l bo‘lib, shiori: “Bu xonadonda mening so‘zim qonun
bo‘lishi shart” edi. Ularning oilasida bolalarning ko‘chada o‘rtoqlari bilan
o‘ynashi, qizlarga soch kesish va bo‘yanish, o‘g‘il bolalarga esa jo‘rabozlik qilish
ta’qiqlangan edi. Shuning uchun to‘rttala bola uy ishlari bilan andarmon bo‘lar,
Dilfuzaning opasi ko‘chaga o‘g‘rincha chiqib ketsa, Dilfuza kitoblar bilan oshna
hayot kechirar edi.

46

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

Albatta, bolalar katta bo‘lganidan so‘ng o‘zlari istagandek yashashni
boshlashdi. Dilfuzaning opasi Gulnora birinchi o‘rinda sochini kesdi, o‘qishga
kirish g‘oyasidan kechib, “butik”larda sotuvchilik qilishni tanladi. Zamonaviy
qimmatbaho kiyimlar kiyib yuradigan bo‘ldi. Ikkala ukasidan biri dadasidek
do‘kondor bo‘ldi, kichigi injenerlikka o‘qidi. Bolalar birga yig‘ilib qolishganda,
ba’zan oyilarining qattiqqo‘lligini eslab, kinoya qilib qo‘yadigan bo‘lishdi.

Dilfuzaning oilasi tajribasida anglagan haqiqati Shu bo‘ldiki, qadriyatni
singdirish mumkin, lekin zo‘rlab o‘tkazib bo‘lmaydi. Albatta, u oyisining
qattiqqo‘lligidan xafa emas, Chunki onasining tarbiyasi tufayli unga singgan
intizomlilik, mehnatsevarlik, maqsadga intiluvchanlik uning o‘z kuchi bilan
oliygohga, so‘ngra aspiranturaga kirishiga zamin yaratdi. Faqat uning kitoblarga
oshno qalbi bolaligidan shirin so‘zga muhtoj o‘sdi. Ularning oilalarida so‘z
ohangiga e’tibor bermay gapirilganidan uning ko‘ngli yaralangan edi. Qo‘pol
ohang, gina qilib gapirish oyisidan bolalarga ham o‘tgan bo‘lib, Dilfuza:
“Yumshoqroq gaplashaylik”, – deganida: “Nozigoyimning yumshoq gap eshitgilari
kelib qolibdi”, – deb kalaka qilishlari, Dilfuzani qat’iyroq so‘zlashga, o‘zini va
o‘ziga o‘xshagan zaiflarni himoya qilishga o‘rgatgan edi.

Baxti chopib, Dilfuzaning o‘zi boshqacha oilaga tushdi. Talabalik yillarida
kursdoshi A’zam bilan sevishib qolishdi. A’zam SHahrisabzdan, daraxtlar shahri
bo‘lmish yam-yashil go‘shadan edi. A’zamning oyisi ikki bolalik bo‘lganlarida
qaynonasiga yoqmay hovlidan chiqarib yuborgan ekan. Adasi biroz vaqt oyisi
bilan xotinini yarashtirish uchun ikki hovliga qatnab yurgan. A’zamning oyisi
bolalar va turmush o‘rtog‘i haqi eriga qaytishni juda istasa ham adasining onasi
unamabdi. O‘g‘liga xotin ustiga xotin olib beravergan ekan. Lekin adasi boshqa
xotinlari bilan Yaxshi yashay olmay, axiyri, ichkilikbozlikdan olamdan o‘tgan
ekanlar.

Ikkita bola bilan yolg‘iz qolgan A’zamning oyisi esa bolalarni boqishga
maosh etmagani uchun o‘qituvchilikni tashlab, to‘n to‘kib, bozorga chiqadigan
bo‘libdi.

Bolalari ochqoganida birga ochqogan, yupunligida birga yupun bo‘lgan, tobi
qochsa o‘zi girdikapalak bo‘lgan, quvonsa quvongan, yig‘lasa yig‘lagan ayol
umuman o‘zini o‘ylamas, bolalarim baxtli bo‘lsa bas der edi.

Shunday qilib, bir amallab qizini chiqardi, bag‘ri nabiralar bilan to‘lib qoldi.
So‘ngra o‘g‘lining sevgan qizi borligini eshitib, boshida biroz hadiksiradi. Axir
o‘g‘li ham o‘zidek sodda, katta shaharda esa har xil odam bo‘ladi. Keyin “xo‘p,
o‘qishini bitiraversin-chi, yoshlik havasidir-da, o‘tib ketadi”, – deb qo‘ydi. Lekin
yillar o‘tib, o‘g‘lining oliygohni tugatish vaqti keldi hamki, “malika”si o‘zgarmadi.

Axiyri, o‘g‘lining o‘zi bu haqda gap ochib qoldi: – Oyi. Yaqinda oliygohni
bitiraman. Faqat bitirgandan fotiha qilib qo‘ymasak Dilfuzaning uyidagilar meni
“ko‘ngli yo‘q ekan, harakatini qilmadi” deb o‘ylab, boshqaga berib yuborishlari
mumkin.

– Ko‘rib, bilib olyapsanmi o‘zi o‘g‘lim? – dedi onaizor, o‘g‘lining hayotidagi
eng muhim qarorlardan birini qabul qilish bo‘sag‘asida turganining salmog‘ini his
qilib.

– Ha, oyi, – dedi A’zam qat’iyat bilan, – biz besh yil birga o‘qidik. Men

47

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

hech kimni Dilfuza qadar yaxshi bilmayman va hech kim meni Dilfuza qadar
Yaxshi tushunmaydi. Bizning qarorimiz qat’iy.

– Lekin, ularning oilasini juda boy deb eshitdim, – dedi oyisi biroz
hadiksirab, – to‘yni qanday qilamiz? Keyin kelin seni kambag‘alliging uchun
kamsitib yashamaydimi?

– Dilfuza umuman boshqacha qiz, – dedi A’zam mamnuniyat bilan, – u boy
xonadondan. Lekin boylik uni baxtli qilmagan, u mehr-muhabbatni, oqibatni
haqiqiy boylik deb hisoblaydi. Necha boy yigitlardan sovchi kelganida
qaytarganining guvohi bo‘ldim, meni esa o‘rtahol oiladan ekanligimni bila turib,
muhabbatimni rad qilmadi. Menimcha, u hech qachon meni kambag‘al deb ta’na
qilmaydi, Chunki to‘y bo‘lib o‘tganidan biz u bilan bir tan-u, bir jon bo‘lamiz.
Meni kambag‘al deyishi, o‘zini kambag‘al deyishi bilan barobar.

To‘yga kelsak, biz bu jihatini ham u bilan gaplashib oldik. U
oilalaridagilarga: “Bizga ortiqcha dabdaba kerak emas. Quda tomon bilan kelishib,
eng muhim narsalarni qilamiz, keraksizlari shart emas. Agar o‘zlaring uchun
nimanidir dabdabali qilmoqchi bo‘lsanglar, quda tomonni aralashtirmay
qilaveringlar”, – deydi.

Shu-shu to‘y bo‘lib, Dilfuza Shahrisabzga kelin bo‘lib ketdi. Oylar o‘tib,
qaynonasi Dilfuzaning aspiranturada o‘qish imkoniyatini Shahrisabzda qaynonasi
bilan birga yashash uchun rad qilganini eshitganida, butun qalbi junbushga keldi:

– Menga boshidan aytmasdan chakki qilibsiz bolam, hali ham kech
bo‘lmagan bo‘lsa, ko‘ch-ko‘roningizni oling-da, poytaxtga qayting.

– Sizni qanday yolg‘iz tashlab ketamiz? – dedi A’zam onasining kutilmagan
so‘zidan esankirab.

– Menga nima qilgan o‘g‘lim, etti mucham sog‘ bo‘lsa? Shuncha vaqt bir
kosa ovqatimni qilib egan, endi qila olmaymanmi? Shu mani bir kosa ovqatim-u,
to‘rtta kiyimim uchun ikkita kap-katta odam yo‘llaringdan, ishlaringdan qolib bu
yerda o‘tirasanlarmi? Bor, bor, bolam, hayot oson emas. Sizlar oyoqqa
turishlaring, jamiyatda o‘z o‘rinlaringni topishlaring kerak. Gar nasibalaring u
yerda qo‘shilgan ekan, undan kechmanglar.

– Odamlar nima deydi? – dedi A’zam el-u xalqning oldida nomus qilib, – ne
umidda katta qilgan bolasi yolg‘iz tashlab ketdi demaydimi?

– Odamlarni sev, hurmat qil, bolam, – dedi ayol, – lekin odamlarning gapini
deb to‘g‘ri yo‘ldan qolma. Gapiraman degan shu yyerda yurganing bilan
gapirmaydimi? Zamon qiyin bolam, tushungan gapirmaydi.

A’zamning onasining o‘zi beva qolib, ikki bola tashvishida bosh qashishga
vaqti yo‘q bo‘lganidanmi, bevaga yordam berish o‘rniga yurish turishini imtihon
qilganlardan beziganidanmi, uning hovlisiga g‘iybatchilar kelishmas, chiqib
turadigan qarindosh, qo‘ni-qo‘shnilar bilan yayrab yaxshi narsalar haqida
gaplashib o‘tirar edi.

Mana endi Dilfuza har daf’a uyiga borib kelganida beixtiyor qaynonasini
oyisi bilan solishtirib, qaynonasining naqadar beozorligi uchun Yaratganga tahsin
aytadi. Agar qaynonasi shunaqa bolasevar bo‘lmaganida edi, hozirgi bitirayotgan
aspiranturasi ham, uni kutib turgan, u allaqachon qatnashni boshlagan tuzukkina
ishi ham bo‘lmas edi.

48

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

Lekin keyingi yillarda, qaynonasining ko‘zi xiralashib, biroz mazasi qochib
qoldi. Shunda A’zam xotini bilan maslahatlashib, “vaqtinchalik, toza tuzalib
ketguningizcha”, – deb oyisini shaharga, o‘z kvartiralariga olib keldi. Lekin hali
ham oyisi tinib-tinchimas, bolalariga qo‘lidan kelgunicha yordam berar edi.

– Oyijon, qo‘ysangiz-chi, o‘zim qilaman, – deydi o‘qishdan kelganida
qaynonasi ovqat qilib qo‘yganini ko‘rib Dilfuza.

– Men yelkalaringga yuk bo‘lib o‘tirganimdan kimga foyda qizim? Yillar
o‘tishi bilan odamning eti bo‘shashar ekan. Shuning uchun menga duxtur “tetik
bo‘lish uchun serharakat bo‘ling” degan. Qilsam bolalarim uchun qilyapman.
O‘qish nimaligini bilaman, qizim. Ham oilani, ham o‘qishni uddalab yuribsiz
shukur. Mendan ozroq yordam o‘tsa o‘zimni kerakli his qilib, ko‘nglim ko‘tariladi,
qizim.

– Ey-y, oyijon, siz koni barakasiz-u?! – deydi Dilfuza ham oshkora yayrab, –
siz borligingiz uchun bolalar buva mehriga qonib o‘syaptilar.

– Shukur, bolam, shukur, – dedi qaynona ko‘ziga yosh olib, – men niyat
qilgan edim, bolam. Bolaginalarimga ertak aytib berishga, alla aytib uxlatishga
vaqtim bo‘lmas edi. Etimning kuni qursin bolam. Bolaginalarim ham ota, ham ona
mehriga zor o‘sdi. Men tuni bilan igna qadar edim, kuni bilan bozorda bo‘lar edim.
Bolaginalarim mehr ilinib, u, bu qarindoshlarinikiga chiqsalar ham, hamma o‘z
ishi bilan ovora, ularga: “Falonchaning etimchasi”mi? – degandek, qarashlarini
sezib, elkalarini qisib uyga qaytar edilar. Shu vaqtlari “tepamda xo‘jayinim bo‘lsa,
u kishi pul topib kelsa-yu, men bolaginalarimga o‘zim mehr bersam” deb
kuyungan tunlarim qancha bo‘lgan, – ona ko‘z yoshlarini tomirlari bo‘rtib turgan
ozg‘in qo‘li bilan artdi. – Shu kunlarga yetkazganiga shukur, bolam. Uying but
bo‘lganida uy ishi, bola qarash ishmi bolam? Bu baxt-ku, bolam. O‘g‘limning
hurmatini joyiga qo‘yib, to‘rtta odamning ichida obro‘yini ko‘tarib
yurganingizning o‘zi men uchun katta gap qizim. Onaga nima kerak? O‘g‘lining
qorni to‘q, egni but, uyida obro‘-izzati bo‘lishida!...

– Assalomu alaykum, yaxshi o‘tiribsizlarmi? – dedi Dilfuza, bayram bilan
tabriklash uchun oyisinikiga birrov kirib o‘tib.

Oyisi bilan o‘pishib ko‘rishgach, hovli sahnidagi so‘riga borib o‘tirarkan,
hovlida hech kim ko‘rinmaganidan: – O‘zingizmi? – deb so‘radi.

– E qaydan, – dedi oyisi “o‘zim bo‘lsam yaxshiroq edi” degandek jerkib, –
ukang mast bo‘lib kelgan edi. Kirib yot dedim. U kirib, xotinchasini chaqirdi.
Haligacha erining quchog‘idan chiqa olmaydi.

Dilfuza “yana boshlandi” degandek boshini sarak-sarak qildi.
– Nima boshingni tebratasan? – dedi Dilfuzaning harakatidan yanada

asabiylashib oyisi.
– U yerdan o‘g‘lingiz o‘zini xudodek tutib, kelinni o‘ziga sajda qilishga

majbur qilsa, bu yerdan siz o‘zingizni xudodek tutib sizga sajda qilishga majbur
qilsangiz, yana buni bir vaqtda talab qilsanglar, u bechora nima qilsin, qoq
o‘rtasidan yorilsinmi?

– Ha uxlatib qo‘yib, chiqib ishini qilib yursa bo‘ladi-ku? – dedi oyisi kelin
eshitsin debmi ovozini yanada balandlatib.

– O‘g‘lingiz bolamiki uxlatib chiqsin? – dedi Dilfuza, aksincha past ovozda,

49

Umid g’unchalari. Gulandom Badalova

– o‘g‘lingizni bilmaysizmi?
Dilfuzaning ukasi Sherzod araqni “ko‘tara olmas”, agar ichsa lanjlanib

hammaning joniga tegar, iloji bo‘lsa janjal chiqarar edi. Hozir ham kelinga
televizor pultini ushlab: “U diskni olib kel, bu diskni olib kel. U yerga bor, bu
yerga kel”, – deb o‘tirgani aniqligini Dilfuza bilar edi.

– O‘zida yo‘q buni, bilasanmi? O‘zida bo‘lganida hamma ishni sarishtalar
edi!

– Nima ish bor katalakdek hovlingizda? Hovlini, xonalarni ertalab shipirib
qo‘ysa, ovqatni kechqurun pishirsa, atrofingizda girdikapalak bo‘lib aylanib
yurishi nima kerak sizga?

– Ey, topaman degan ish topadi! Kelin degan bo‘sh o‘tirmasligi kerak. Hech
bo‘lmasa quroq qilib o‘tirishi kerak!

– Oyi, – dedi Dilfuza hafsalasi pir bo‘lib, – hech kim sutkasida 12 soat
oyoqda tura olmaydi. Odamga ozroq dam kerak!

– Manga aql o‘rgatma! Yalqovligingdan qaynonangni qul qilib olgansan-u,
mani dargohimni ham shunday qilmoqchimisan? Manam kelin bo‘lganman,
o‘lsamam, bo‘lsamam yugurib, elib qaynonamga xizmat qilganman!

– Siz kelin bo‘lganingizda bir qaynotaning topgani butun oilaga etar edi.
Kelinning uy ishlaridan boshqa dardi bo‘lmas edi. O‘shanda ham qaynonaning
gapidan qochib o‘g‘rincha dam olgansiz. Damsiz robot ham ishlay olmaydi, oyi.
Ishini qilib, kunduzi bir, ikki soat o‘zi bilan o‘zi bo‘lsa osmon uzilib erga
tushmaydi! Istasa uxlasin, istasa o‘tirsin, sizga nima? Hamma joy saranjom –
sarishta bo‘lsa bo‘ldi-da. Uning ustiga, hozirgi kelinlar ham ko‘chada ishlaydi,
ham uyda ishlaydi, bola qaraydi, o‘qiydi! Qaysi birlaringni ko‘ngillaringni olsin?

– El-u xalqdan ajralgansanda, qo‘shnilarning kelinlarini ko‘rmagansan, –
dedi oyisi bo‘sh kelmasdan.

– Ko‘rmasamam bilaman, – dedi Dilfuza qat’iyatli ohangda, – sizlar
qaynonalar bir bo‘lib olib, kelinlarning g‘iybatini qilasizlar. Xuddi kelin
qilganlaring uchun ular sizlardan qarzdordek, lekin issiq-sovuqlaringga g‘iybatchi
dugonalaring emas, shu “yomon kelinglaring” yaraydi. Kelinlar esa sizlarga yoqay
deb jonlarini jabborga beradi-yu, ichidan “qachon bu kunlardan qutularkanman?” –
deb yashaydi. Shundan ko‘ra bolalarga baraka bo‘lib yashashning payidan
bo‘lsalaring bo‘lmaydimi? O‘tganlaringdan keyin ortlaringdan nomiga emas,
astoydil kelinlar ham yig‘lab qolsa bo‘lmaydimi?...

Dilfuza doim ham oyisi bilan bunday qat’iyatli, jiddiy ohangda gaplashmaydi.
Ko‘pincha ular eng yaqin do‘stlardek ko‘ngildan ko‘ngilga suhbatlashadilar. Oyisi
qilmoqchi bo‘lgan ishlarini Dilfuza bilan maslahatlashib qiladi, Dilfuza ham
oyisini juda yaxshi ko‘radi, tez-tez qo‘ng‘iroq qilib, hol-ahvol so‘raydi, hamma
bayramlarda birrov kelib tabriklab ketadi. Faqat shu kelin masalasida ular hali bir
to‘xtamga kela olishmagan. “Hamma narsa men aytganimdek bo‘ladi” deb
o‘rgangan oyisi arqonni o‘zi tomon tortsa, “kelin ham odam, ularni izzat qilish
kerak” degan Dilfuza o‘zi tomon tortadi. Bir necha marta u oyisi bilan bahslashish
befoydaligini anglab, “boshqa aralashmayman” deb qaror qildi, lekin yana
adolatsizlikni ko‘rganida, go‘yo uni tahqirlayotganlaridek indamay qarab tura
olmaydi. Birinchi kelin bilan “o‘ziga xos suhbatlashish usuli” shakllanib ulgurmay,

50


Click to View FlipBook Version