The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by ismoilzoda2021, 2022-12-12 07:36:38

Tayyori 2-son_merged

Tayyori 2-son_merged

Sharof Rashidov nomidagi
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

BUYUK IPAK YOʻLI
XABARCHISI

ТHE GREAT SILK ROAD HERALD
ВЕСТНИК ВЕЛИКОГО ШЕЛКОВОГО ПУТИ

Ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-adabiy,
nazariy-uslubiy jurnal
2022/2

1

Sharof Rashidov nomidagi
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

BUYUK IPAK YO‘LI XABARCHISI,
ТHE GREAT SILK ROAD HERALD,
ВЕСТНИК ВЕЛИКОГО ШЕЛКОВОГО ПУТИ
Ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-adabiy, nazariy-uslubiy jurnal

Jurnal 2022-yil 17-martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va Ommaviy
Kommunikatsiyalar Agentligi tomonidan № 1569 raqami bilan ro‘yxatga olingan.

BOSH MUHARRIR E.R.MUSURMANOV, f.f.d., professor
BOSH MUHARRIR O‘RINBOSARI H.A.XUSHVAQTOV, f.m.f.d., professor

TAHRIR HAY'ATI:

R. I. XALMURADOV - t.f.d., professor. Samarqand davlat
universiteti rektori
Sh. S. SIROJIDDINOV
- f.f.d., professor. Alisher Navoiy nomidagi
A. SOLEYEV Til va adabiyot universiteti rektori
G. S. KUNAFIN
- f.m.f.d, professor Samarqand davlat universiteti prorektori
Li ChENSYUY
MA SUY LING - Boshqirdiston davlat universiteti professori.
J. ELTAZAROV Boshqirdiston FA muxbir a’zosi. (Rossiya)

- Samarqand Konfutsiy instituti direktori (Xitoy)

- Shinjon universiteti professori (Xitoy)

- f.f.d., professor. “Buyuk ipak yo‘li” Xalqaro turizm
universiteti prorektori

Z. MUQIMOV - yu.f.d., professor. Samarqand davlat universiteti
A. B. PARDAYEV - f.f.d., professor. Samarqand davlat universiteti
M. BOLTAYEV - Samarqand davlat universiteti dotsenti
I. SULAYMONOV - f.f.d., professor. Samarqand Davlat universiteti
D. M. JO‘RAQULOVA - t.f.n., dotsent. Samarqand davlat universiteti
G. Q. RAHIMOVA - f.f.n., dotsent. Samarqand davlat universiteti

© SamDU, SAMARQAND — 2022
Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

2

MUNDARIJA

马翠玲 Ma Suy LING. XXR., Erkin MUSURMANOV — “中国古代神话故事与传说
Xitoy miflarining o‘ziga xos xususiyatlari.............……………………………………......................…………................………3

Gulbahor RAHIMOVA— Alisher Navoiyning hasbi hol mavzudagi g‘azallari namunalari
tadqiqI........................................................................................................................................................................................16

Rohila SUVONOVA — Buyuk ipаk yoʼli tilshunosligi mummolаri: Alisher Navoiy

«muhokamat-ul-lug‘atayn» asarining ayrim xususiyatlari haqida………………………..............................28

Ixtiyor YOQUBOV — O‘rxun-Enasoy yozma yodgorliklari tilidada mifologik unsurlar............34

Dilfuza TOSHNIYOZOVA — Buyuk ipаk yoʼli sheriyati: Ibn Davlat she’riyatida badiiy san’atlar
jilosi..............................................................................................................................................................................................42

Ҳафиза АСЛАНОВА — Buyuk ipak yo‘lining zamonaviy tarixshunoslikda o‘rganilishi.......................51

Акмал АМИРОВ — Самарқанд вилояти ҳудудларида туризм ривожланиши ҳолати..........61

Бобир ҒОЙИБОВ— Илк Ўрта асрларда суғд ва корейс тарихий-маданий алоқалари
масаласига доир................................................................................................................................................................. 83

Ҳаким ЖЎРАЕВ — Ўзбек мумтоз адабиётида сеҳру жодунинг бадиий талқини...…..................…..101

Ҳотам УМУРОВ — Самарқанднинг ўзидай улуғ муаллим!............................................. 119

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

3

马翠玲 Ma Suy Ling. XXR.
Filologiya fanlari doktori,

professor.

叶尔肯 Musurmanov Erkin
Rabbimovich.

Filologiya fanlari doktori,
professor.

El.pochta: [email protected]

中国古代神话故事与传说
XITOY MIFLARINING O‘ZIGA

XOS XUSUSIYATLARI

Annotatsiya. Xitoy miflari mundarijasi boyligi bilan ajralib turadi. Ularning
ichida olam va odamning paydo bo‘lishi haqidagi « Pangu osmon va erni yaratadi»,
«Nyuyva odamni yaratadi», «Nyuyva osmon bo‘ylab uchadi»; «To‘qqiz quyoshni
urib tushirgan mergan Yi», «Cho‘pon yigit va chevar chiz”; «Dorini o‘zida sinab
ko‘rayotgan tabib», «Suv ofatini erga aylantirgan Gun va Yuy» kabi miflar bor.
Maqolada shu kabi miflarning o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar: xitoy miflari, o‘ziga xos xususiyatlari, mif turlari, evolyusiyasi.

Annotation. Chinese myths are rich in content. Among them, "Pangu creates
heaven and earth", "Nuwa creates a man", "Nuwa flies through the sky" about the
creation of the universe and man; "Shooter Yi, who shot down nine suns", "The
shepherd and the weaver"; There are such myths as "The doctor tests the medicine

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

4

on himself", "Gong and Yu, who turned a water disaster into land." The article
analyzes the features of such myths.

Key words: Chinese myths, characteristics, types of myths, evolution.

Аннотация. Китайские мифы отличаются богатым содержанием.
Среди них «Пангу творит небо и землю», «Нюйва создаёт человека», «Нюйва
летит по небу» о сотворении вселенной и человека; «Стрелок Йи, сбивший
девять солнц», «Пастух и ткачиха»; Существуют такие мифы, как «Доктор
испытывает лекарство на себе», «Гун и Юй, превратившие водную
катастрофу в землю». В статье анализуруются особенности таких мифов.

Ключевые слова: китайские мифы, характеристика, типы мифов,
эволюция.

Xitoy xalqining adabiy-falsafiy tafakkur ildizlari haqida so‘z yuritganda xitoy
xalq og‘zaki ijodi va uning o‘ziga xos, milliy jihatlari xususida alohida to‘xtalibi
o‘tish maqsadga muvofiq.

Xitoy folklorshunoslari mif va ertak janrlarini o‘rganish uchun qator
izlanishlarni olib borishgan. Biroq hanuzgacha ertak va miflarni farqlash masalasida
ma’lum chalkashliklar uchrab turibdi.

1996 yili nashr qilingan. «Chjungo minszyan gushi szinpin venku»
(«Xitoy ertaklari antologiyasi») kitobida «minszyan gushi» tarkibiga quyidagilar
kiritilgan: miflar, qahramonlik ertaklari, ishqiy novellalar, donishmandlar, mashhur
kishilar haqidagi rivoyatlar, sehrli ertaklar, mahalliy odatlar haqidagi rivoyatlar,
yumoristik va hayvonlar haqidagi ertaklar. Lyu Sichenning takidlashicha,
tuzuvchilar ertakni keng va tor ma’noda talqin qilishgan.

1949 yilda XXRning vujudga kelishi va 1950 yilda xitoy folklorini o‘rganish
jamiyatining tuzilishi xitoy folklorshunoslik tarixida yangi bosqichni boshlab berdi.

Xitoy tilida “gushi” (故事 – Gùshì) so‘zi mazmunan “qadimgi ish, voqea”

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

5

ma’nolarini anglatadi. “Sixay” lug‘atida “gushi: “voqeaning bayoniga va syujetning
izchilligiga urg‘u beradigan, og‘zaki tarzda mavjud bo‘lgan, ommabop va yaxshi
tushuniladigan janr”[1,165] deb tushuntiriladi. Shuningdek, “Gushi” – “afsonalar,
rivoyat va ertaklar, hikoyat va naqllar, gohida ishqiy yoki pandnoma mavzuidagi
ajoyib asarlardir.” ”[2,4] kabi talqinlar ham bor. Hozirda “gushi” ertak janrini
anglatadi. Qadimgi mavzudagi afsonaviy hikoyalar“syanxua”(神话-Shénhuà) mif

janri talablariga yaqin keladi, shu sababli uni mif deb, belgilashni ma’qul ko‘rdik.
Qadimgi miflar kishilik jamiyatining kollektiv ijod mahsuli sifatida shakllandi.

Bu ijod ming yillar davomida ajdoddan - avlodga o‘tib rivojlanib bordi. Faqatgina
yozuv paydo bo‘lganidan keyingina ularni yozib olish imkoni tug‘ildi. Qadimgi
Xitoy mif va ertaklari mundarijasi boyligi va turfa xilligi bilan ajralib turadi.
Ularning ichida dunyo va insonning paydo bo‘lishi haqidagi «Pangu osmon va yerni
yaratadi», «Nyuyva odamni yaratadi», «Nyuyva osmon bo‘ylab uchadi»; « To‘qqiz
quyoshni urib tushirgan mergan Yi», «Cho‘pon yigit va chevar chiz”; o‘zini fido
qilib qahramonlik ko‘rsatish haqidagi «Dorini o‘zida sinab ko‘rayotgan tabib»,
«Suv ofatini yerga aylantirgan Gun va Yuy» kabi mif bor.

Misol uchun Pangu haqidagi mifning xitoycha va o‘zbekcha variantalirini
keltiramiz:

盘古开天辟地
(Panguning olamni yaratishi)
在遥远的太古时代,宇宙好像一颗硕大无比的鸡蛋,里面漆黑一片,没
有东南西北,也没有前后左右。就在这样的世界中,诞生了一位伟大的英
雄,他的名字叫盘古。
盘古在“鸡蛋”中沉睡了一万八千多年,终于苏醒过来。当他睁开朦胧的睡眼
时,眼前除了黑暗还是黑暗。他想伸展一下筋骨,但“鸡蛋”紧紧包裹着身子,
他感到浑身燥热不堪,呼吸非常困难。天哪!这该死的地方!

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

6

盘古不能想象可以在这种环境中忍辱地生存下去。他火冒三丈,勃然大
怒,随手操起一把巨大而锋利的斧头,使出浑身气力,大吼一声,奋力挥舞
开来。

“哗啦啦啦——”一阵巨响过后,“鸡蛋”中一股清新的气体散发开来,飘飘
扬扬升到高处,变成天空;另外一些浑浊的东西缓缓下沉,变成大地。从
此,混沌不分的宇宙一变而为天和地,不再是漆黑一片。人置身其中,只觉
得神清气爽。

天空高远,大地辽阔。但盘古没有被胜利冲昏头脑,他担心天地会重新
合在一起,于是叉开双脚,稳稳地踩在地上,高高昂起头颅,顶住天空,然
后施展法术,身体在一天之内变化九次。每当盘古的身体长高一尺,天空就
随之增高一尺,大地也增厚一尺;每当盘古的身体长高一丈,天空就随之增
高一丈,大地也增厚一丈。

经过一万八千多年的努力,盘古变成一位顶天立地的巨人,而天空也升
得高不可及,大地也变得厚实无比。
盘古仍不罢休,继续施展法术,不知又过了多少年,天终于不能再高了,地
也不能再厚了。
这时,盘古已耗尽全身力气,他缓缓睁开双眼,满怀深情地望了望自己亲手
开辟的天地。

啊!太伟大了,自己竟然创造出这样一个崭新的世界!从此,天地间的
万物再也不会生活在黑暗中了。

盘古长长地吐出一口气,慢慢地躺在地上,闭上沉重的眼皮,与世长辞
了。
伟大的英雄死了,但他的遗体并没有消失:盘古的左眼变成太阳,照耀大
地;右眼变成浩洁的月亮,给夜晚带来光明;千万缕头发变成颗颗星星,点
缀美丽的夜空;而他的四肢和身躯却变成三山五岳,给大地以雄壮;鲜血变

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

7

成江河湖海,奔腾不息;肌肉变成千里沃野,供万物生存;骨骼变成树木花
草,供人们欣赏;牙齿变成石头和金属,供人们使用;精髓变成明亮的珍
珠,供人们收藏;汗水变成雨露,滋润禾苗;呼出的空气变成轻风和白去,
汇成美丽的人间风光…… 盘古生前完成开天辟地的伟大业绩,死后永远
留给后人无穷无尽的宝藏,成为中华民族崇拜的英雄。

Tarjimasi:
Qadimda Tinch okeani mintaqasida, olam katta tuxumni eslatuvchi zulmatdan
tashkil topgan. O‘sha olamda Pangu ismli buyuk qahramon tug‘iladi. Pangu
tuxumning ichida o‘n sakkiz ming yil uxlab, nihoyat uyg‘onadi. U ko‘zlarini
ochganda, atrofni hali ham zulmat qoplagan edi. U tanasi bilan tuxumni yormoqchi
bo‘ladi, lekin tuxum juda ham mustahkam edi. Uning urinishlari besamar ketadi.
Tuxum ichida nafas olish borgan sari qiyinlashib, Pangu bunday qorong‘ulikdan
tirik chiqishni tasavvur qila olmasdi. Shunda Pangu “Voy xudoyim! Bu qanday
joy?” – deya oyoq ostini paypaslay boshlaydi va kutilmaganda u zulmat ichidan
bolta topib oladi. So‘ngra u bolta bilan ko‘z o‘ngidagi zulmatni chopa boshladi.
Uning bolta urish zarbidan gumburlagan ovoz eshitiladi va bu zulmat bilan
qoplangan tuxum yorilib ketadi.
Barcha engil va toza narsalar yuqoriga ko‘tariladi va osmon paydo bo‘ladi.
Og‘ir narsalar esa pastga qulab, yer paydo bo‘ladi. Pangu osmon va yer yana
qo‘shilib ketishidan qo‘rqib, qo‘li bilan osmonni tutib, oyog‘ini esa erga tiraydi va
yuqoriga o‘sa boshlaydi. Shu tariqa oradan o‘n sakkiz ming yil o‘tib, yer bilan
osmon oralig‘idagi masofa hozirgi kundagi ko‘rinishiga kelgandan so‘ng u
o‘sishdan to‘xtaydi. Bu vaqtda Pangu juda ham toliqqan holda sekin ko‘zlarini
ochadi va o‘zi yaratgan olamga mehr bilan qaraydi. “Oh! Men yaratgan yangi
olam juda ham go‘zal bo‘libdi”, - deya Pangu engil tortadi. Shundan so‘ng u erga
yiqilib ko‘zlarini yumadi va vafot etdi. Zulmat tufayli osmon va yer o‘rtasida tirik
jonzot yo‘q edi.

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

8

Buyuk qahramon vafot etgach, uning tanasi yo‘qolib ketmadi. Aksincha, uning
chap ko‘zidan charaqlab turgan quyosh, o‘ng ko‘zidan kechani yoritib turgan oy,
sochlaridan osmonni bezab turgan son-sanoqsiz yulduzlar, qonidan daryo va ko‘llar,
mushaklaridan unumdor yerlar, suyaklaridan insonlar qadrlaydigan daraxtlar va
gullar paydo bo‘ladi. Tishlari insonlar foydalanishi uchun tosh va metallarga
aylanadi. Pangu hayotining oxirigacha buyuk olamni yaratadi. Vafot etgach esa
insonlarga yer yuzidagi bebaho ne’matlarni tashlab ketadi. SHu tufayli Pangu Xitoy
xalqining qahramoni hisoblanadi.

Yana bir eng mashhur mifologik xitoy mabudasi sifatida Nyuyva tanilgan. U
haqda xitoy mifologiyasida juda ko‘plab syujetlar mavjud. Bu obraz qadimgi
turkiylarning Umay ona obraziga juda ham yaqindir. Quyida u haqdagi mifni
keltiramiz:

女娲造人
(Odamni yaratgan Nyuyva)
盘古开辟了天地,用身躯造出日月星辰、山川草木。那残留在天地间的浊
气慢慢化作虫鱼鸟兽,替这死寂的世界增添了生气。
这时,有一位女神女娲,在这莽莽的原野上行走。她放眼四望,山岭起
伏,江河奔流,丛林茂密,草木争辉,天上百鸟飞鸣,地上群兽奔驰,水中
鱼儿嬉戏,草中虫之豸跳跃,这世界按说也点缀得相当美丽了。
但是她总觉得有一种说不出的寂寞,越看越烦,孤寂感越来越强烈,连自
己也弄不清楚这是为什么。
与山川草木诉说心中的烦躁,山川草木根本不懂她的话;对虫鱼鸟兽倾吐
心事,虫鱼鸟兽哪能了解她的苦恼。她木然地坐在一个池塘旁边,茫然看着
池塘中自己的影子。忽然一片树叶飘落池中,静止的池水泛起了小小的涟
漪,使她的影子也微微晃动起来。她突然觉得心头的死结解开了,是呀! 为
什么她会有那种说不出的孤寂感?原来是世界上缺少一种像她一样的生物。

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

9

想到这儿,她马上用手在池边挖了些泥土,和上水,照着自己的影子捏了
起来。她感到好高兴。 捏着捏着,捏成了一个小小的东西,模样与女娲差
不多,也有五官七窍,双手两脚。捏好后往地上一放,居然活了起来。女娲
一见,满心欢喜,接着又捏了许多。她把这些小东西叫作“人”。

这些“人”是仿照神的模样造出来的,气概举动自然与别的生物不同,居然
会叽叽喳喳讲起和女娲一样的话来。他们在女娲身旁欢呼雀跃了一阵,慢慢
走散了。

女娲那寂寞的心一下子热乎起来,她想把世界变得热热闹闹,让世界到处
都有她亲手造出来的人,于是不停工作,捏了一个又一个。但是世界毕竟太
大了,她工作了很久,双手都捏得麻木了,捏出的小人分布在大地上仍然太
稀少。她想这样下去不行,就顺手从附近折下一条藤蔓,伸入泥潭,沾上泥
浆向地上挥洒。结果点点泥浆变成一个个小人,与用手捏成的模样相似,这
一来速度就快多了。女娲见新方法奏了效,越洒越起劲,大地就到处有了
人。

女娲在大地上造出许多人来,心中高兴,寂寞感一扫而空。她觉得很累
了,要休息一下,到四处走走,看看那些人生活怎样。

一天,她走到一处,见人烟稀少,十分奇怪,俯身仔细察看,见地上
躺着不少小人,动也不动,她用手拨弄,也不见动静,原来这是她最初造出
来的小人,这时已头发雪白,寿终正寝了。

女娲见了这种情形,心中暗暗着急,她想到自己辛辛苦苦造人,人却不断
衰老死亡。这样下去,若要使世界上一直有人,岂不要永远不停地制造?这
总不是办法。

结果女娲参照世上万物传种接代的方法,叫人类也男女配合,繁衍后代。
因为人是仿神的生物,不能与禽兽同等,所以她又建立了婚姻制度,使之有
别于禽兽乱交。后世人就把女娲奉为“神媒”。

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

10

Tarjimasi:
Pangu olamni yaratgach, uning ba’zi tana a’zolaridan oy va yulduzlar,
tog‘lar, o‘simliklar paydo bo‘ladi. Tanasining qolgan qismidan turli hasharotlar,
baliqlar va boshqa mavjudotlar yaratilib, tabiat jonlana boshlaydi.
Shu vaqtda ma’buda Nyuyva bu katta olamni kezib yurardi. U atrofga nazar
tashlaydi: tog‘lar va daryolar, qalin o‘rmonlar, o‘simliklar, qushlar, baliqlar va
hasharotlar – bularning barchasi juda ham go‘zal edi. Ammo ma’buda har doim
o‘zini yolg‘iz his etardi va bu yolg‘izlikning sababini hatto o‘zi ham tushuna
olmaydi.
Ko‘nglidagi hislarini tog‘-u toshlarga, o‘simliklarga, qushlarga aytadi, ammo
ularning hech biri Nyuyvaning so‘zlarini tushunmaydi. U bir hovuzning yoniga
borib o‘tiradi va suvda o‘z aksini ko‘radi. Shu payt bir barg suv yuziga tushadi-yu,
asta Nyuyvaning aksini tebratadi. U to‘satdan yuragidagi g‘ashlik tarqaganini his
qiladi. Nega endi u yolg‘izlikda yashashi kerak? Demak, odamzod faqat Nyuyva
bilan yo‘qolib ketishi mumkin emas.
Shular haqida o‘ylab, Nyuyva bir bo‘lak loyni olib, o‘zining aksiga o‘xshash
shakl yasay boshlaydi. Nyuyva bundan juda ham xursand bo‘ladi.
Shu tariqa loydan kichik bir shakl paydo bo‘ladi, ikkita qo‘li, ikkita oyog‘i bor,
quyib qo‘ygandek Nyuyva ga o‘xshaydi. Yasab bo‘lgach, uni yerga qo‘ysa, unga jon
kirib, harakatlana boshlaydi. Buni ko‘rgan Nyuyva xursand bo‘lib, yana bir nechta
shakl yasaydi va bu shakllarni “odam” deb nomlaydi.

Bu “odam”lar ma’budlar tomonidan
yaratilgan bo‘lib, tabiatdagi boshqa
jonzotlardan farqlanib turadi, xuddi
Nyuyvaga o‘xshab so‘zlashadilar. Ular
Nyuyvaning yonidan so‘zlashgancha asta-
asta uzoqlashadilar.

Shundan so‘ng, Nyuyva qalbidagi

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

11

yolg‘izlik sekin-asta yo‘qolib, uning o‘rnini jo‘shqin hayot yaratish tuyg‘usi
egallaydi. U insonlarni yaratishda to‘xtamaydi, ammo u bir narsadan
xavotirlanardi. Olam shunchalik keng edi-ki, u qanchalik harakat qilsa-da, dunyoni
odamlar bilan to‘ldira olmasdi. Shundan so‘ng, Nyuyva boshqa bir usulni
qo‘llaydi. U bir xivchinni olib, olamning turli tomonlariga loy sachrata boshlaydi
va bu loy parchalari yana odamlarga aylanadi.

Nyuyva olamda ko‘p odamlarni yaratadi, natijada o‘zini biroz charchagandek
his qiladi. U hordiq chiqarish uchun dunyoni sayr qilib, o‘zi yaratgan odamlar
hayoti qandayligini ko‘rmoqchi bo‘ladi.

Bir kuni u sayohatida kutilmagan hodisaga duch keladi. Qarasa, u ilk yaratgan
insonlarning sochlariga allaqachon oq tushib, qarib qolgan edi. Nyuyva yana
o‘yga toladi. Agar avvalgidek insonlarni yaratsa, bu hech qanday natija bermaydi.
Oxir-oqibatda Nyuyva insonlar o‘rtasidagi nikoh rusmini joriy qiladi va insoniyat
shu tariqa yer yuzida hanuzgacha yashab kelmoqda.

Qadimgi xitoy afsonalarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ulardagi mifologik
personajlarning tarixiylashtirilishidir. O‘z nazariyalariga mos ravishda miflarni tal

“Gushi” (故事) 事) ertakni,
“Shénhuà”(神话) mifni anglatadi

qin qilishga xarakat qilgan Kongfutzi izdoshlari ruhlarni odamlarga aylantirishga,
mif va asotirlar uchun ratsional talqinlar topish uchun ko‘p ter to‘kishdi. Bu holat
Kongfutzilikning idrokka asoslangan dunyoqarashi ta’sirida yuz berib, ayrim
mifologik obrazlar qadimiyatning real shaxslari sifatida talqin qilindi. SHunday
qilib miflar an’anaviy tarixning ajralmas kismiga aylandi. Masalan, mifologik
talqinda sariq imperator Xuandining to‘rt yuzi bo‘lgan, Kongfutzining mohirona
talqini natijasida Xuandi to‘rt amaldorni yerning to‘rt tomonini idora qilish uchun
yuborgan.

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

12

Xitoy mifologiyasida eng ko‘p ma’lumotlar afsonaviy Yuyga nisbatan berilgan,
milodga yaqin va milodiy dastlabki asrlarda yaratilgan «Shanxay szin” ( 山海
经, Shānhǎi Jīng) ya’ni “Tog‘lar va dengizlar kitobi” va tahminan mil.av. 340—
278 yillarda yashagan Syuy Yuan she’riyati orqali bizga etib kelgan.

Shanxay szin”- Xitoyning real va mifologik geografiyasi, qo‘shni yerlar va u
yerda yashovchi mavjudotlar tasviriga bag‘ishlangan qadimgi xitoy asaridir. Xitoy
mifologiyasining eng qadimgi qismlari mil.av VIII-VII asrlarda yaratilgan “shū
jīng” (书经, tarix kitobi) va “Yì Jīng” (易经, evrilishlar kitobi), mil.av. IV-III
asrlarda yaratilgan “Zhuāngzǐ ” ( 庄子 , ustoz Zhuāng (kitobi)) , “Lièzĭ”, ( 列
子, ,ustoz Li (kitobi)) mil.av. II asrda yaratilgan “ Huáinánzǐ” (淮南子, Xuaynanlik
ustoz(kitobi)), Van Chunning mil.av I asrda yaratilgan “Tanqidiy talqinlar”
asarlarida keltirilgan parchalar asosida qayta tiklangan. Xitoy miflari mazmunan bir
qancha turlarga bo‘linadi.

Dunyo va insonning vujudga kelishi haqidagi miflar

Bunday miflarda olamning yaralishi, insonning va jamiyatning vujudga kelishi
g‘aroyib va mo‘‘jizali tarzda aks etadi. Qadimgi xitoy miflari orasida xaos
(dunyoning boshlanishidagi betartib holati, u ikki xun va tun (混沌) ierogliflari
bilan belgilanadi) haqidagi asotirlar bo‘lib, ularda osmon va yer yaralmagan
zamonda qorong‘ulikda shaklsiz timsollar daydib yurganida ma’budlarning paydo
bo‘lishi haqida ma’lumotlar beriladi.

Chjuanszi kitobida keltirilishicha, olam quyidgicha yaratilgan ekan: Janubiy
dengiz egasi -Chaqqon Shu, Shimoliy Dengiz egasini Kutilmagan Xu, Markaz
egasiini - Xuntun (混沌, nùndùn–xaos) deb nomlashar ekan. Shu va Xu
zerikkanlarida Xuntunni ziyorat qilishar, Xuntun esa ularni doimo xushchaqchaqlik
bilan qarshi olar ekan. Bir kuni Shu va Xu qanday qilib hayotsevar o‘rtoqlari
Xuntunning yaxshiligiga munosib javob qaytarishni o‘ylab ko‘p bosh qotirishibdi.

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

13

Ular “Har qanday odamning ko‘rish, eshitish, eyish uchun boshida etti teshik
mavjud: ko‘z, quloq, og‘iz, burun. Xuntunning boshida esa bironta ham teshik yo‘q,
demak, uning hayoti to‘liq tarzda go‘zal emas. Eng yaxshisi, uning kallasida bir
qancha teshikchalar ochish lozim”,- degan qarorga kelishibdi, so‘ngra ular bolta va
parma olib Xuntun oldiga yo‘l olishibdi. Uning boshida bir kunda bir teshik, etti
kunda etti teshik ochishibdi. Do‘stlarining “mehribonligidan” boshi ilma-teshik
bo‘lgan bechora Xuntun ko‘p o‘tmay jon taslim qilibdi.

Huáinánzǐ ( 淮南子) kitobidagi mifda keltirilishicha, osmon va yer bo‘lmagan
qadimgi o‘tmishda, dunyo shaklsiz, qorong‘u tartibsizligidan iborat edi. Bu ulkan
zulmatda asta-sekin ikki buyuk ma’bud vujudga kelibdi. In va Yang ( 陰陽) deb
ataluvchi mazkur mabudlar ulkan dunyoni tartibga keltira boshlabdi. Keyinchalik In
va Yang ajralib, bo‘shliqda sakkiz yo‘nalish paydo bo‘libdi. Yang osmonni, In yerni
boshqara boshlabdi. Shunday qilib olam vujudga kelibdi.

Syuy Chjenning (III asr) “Uch hukmdor va besh imperator haqidagi xronologik
qaydlar” ida ( «San u li szi») keltirilishicha, tuxum tarkibi singari osmon va yer
tartibsiz holatida bo‘lgan. Vaqt o‘tishi bilan unda ilk odam Pangu ( 盘古) paydo
bo‘lgan.

O‘n sakkiz ming yil ulkan tuxumda uxlagan Pangu uyg‘ongach, qaerdandir
paydo bo‘lib qolgan bolta bilan tuxum puchog‘ini o‘rib, sindiradi. Barcha engil va
toza narsalar ko‘tarilib, osmonni hosil qiladi, og‘ir va iflos narsalar tubanlashib
yerga aylanishdi. Osmon va yerning yana birlashishidan cho‘chigan Pangu boshini
osmonga, oyoqlarini yerga tirab oldi. Uning o‘sishiga yarasha osmon yerdan ajralib,
uzoqlasha boradi, harakatlaridan tabiat hodisalari xosil bo‘ldi: nafas olishidan
shamol va yomg‘ir, havo chiqarishidan chaqmoq va momaqaldiroq yaraladi,
ko‘zini ochsa – kun, yumsa – tun bo‘ladi. Oradan o‘n sakkiz ming yil o‘tgach,
osmon va yer shakllanib, o‘sishdan to‘xtaydi, niyatiga etgan Pangu esa jon beradi.
Uning chap ko‘zi-quyosh, o‘ng ko‘zi – oy; tirsaklari, tizzalari va boshi – besh o‘lkan

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

14

tog‘; vujudi olamning to‘rt tomoni; qoni – daryo; tomirlari – yo‘llar, sochi – o‘t-
o‘lan, gul va daraxtlar; tishlari va suyaklari – metall va qimmatbaho toshlar, teri –
yomg‘ir va shudring, badanidagi hasharotlar – odamlarga aylanadi.

Pangu haqida Kongfutzi va Menszi talimotida ham hech qanday ma’lumot
qoldirishmagan. Menszi o‘zining o‘gitlarida bir necha marta xitoyning birinchi
hukmdorlari — Yao, uning o‘rinbosari Shun, suv toshqini jilovdori Yuyni yodga

olgan, biroq dunyoning ijodkori Pangu haqida lom-mim demagan. Bundan shuni
anglash mumkinki, Pangu haqidagi miflar qadimgi davrlarda mavjud bo‘lmagan,
Pangu haqidagi mif xitoyda katta olam - koinot va kichik olam – inson haqidagi
kosmogonik tizim yuzaga kelgandan keyingi davrlarda vujudga kelgan yoki bu mif
boshqa qo‘shni ellar mifologiyasidan keyinchalik o‘zlashtirib olingan. Makro va

mikro olam yaxlitligi haqidagi tushunchalar
keyinchalik odam bilan bog‘liq bo‘lgan ilm-

fanning boshqa sohalariga, xususan, meditsina,
fiziognomika va portret nazariyasi kabilarga o‘z
ta’sirini ko‘rsatgan.

XX asr xitoy mifshunosi Yuan Ke Pangu

obrazini myao va yao ellari ajdodi Panxu bilan

bog‘laydi va uni Pangu deb ataydi. Milodiy IV

va V asrlarda yaratilgan manbalarda mazkur

Pangu (Panxu) “besh rangli it” sifatida tasvirlanib,

ayolga uylanganligi qayd qilingan. Syuy Chjenning “Uch hukmdor va besh

imperator haqidagi xronologik qaydlar”ida keltirilishicha: «Qadim zamonda

hukmdor Gaosinvan xotinining qulog‘i og‘rib qoladi va bu dard uch yil davom

etadi. Uchinchi yili malika qulog‘idan oltin qurt chiqadi va og‘riq bosiladi. Ayol

qurtni qovoq ichiga solib, ustini taom bilan yopib qo‘yadi. Qovoqdagi qurt chiroyli

kuchukka aylandi. Uni Pangu (pan — «taom», xu – «qovoq») deb nomlashdi. Bu

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

15

vaqtda Fan-van ismli bek kutilmaganda isyon ko‘tardi. Davlat taqdiri uchun
qayg‘urgan Gaosinvan a’yonlariga: «Agar kimki Fan-vanni uldirsa, men unga
qizimni xotinlikka beraman » deydi. Shunda it Pangu dushman istehkomiga borib,
uxlab yotgan Fan-vanning boshini g‘ajib, uzib olib hukmdorga keltirdi. Gaosinvan
qizini itga berishni xohlamaydi. Biroq Pangu inson kabi tilga kirib, undan odamga
aylanish uchun etti kun ulkan qo‘ng‘iroq ostida qoldirishni so‘raydi. Bo‘lajak erini
ko‘rmoqchi bo‘lgan qiziqqon malika oltinchi kuni qo‘ng‘iroqning bir chetini
ko‘tardi. Odam tanasiga aylanib bo‘lgan Panguning faqat boshi o‘zgarish arafasida
edi. Qo‘ng‘iroq ko‘tarilgani tufayli uning boshi o‘zgarishdan to‘xtab, itkalla bo‘lib
qoladi. Biroq baribir Pangu va malika turmush qurishdi, ulardan paydo bo‘lgan el
Panguni umumiy ajdod sifatida yod olishadigan bo‘ladi. Darhaqiqat, Xitoyning
Janubiy, Janubiy-g‘arbiy va Shimoliy Hindixitoy kengliklarida yashovchi myao-yao
elatlarining mifologiyalarida ularning umumiy ajdodi it ekanligi takidlanadi.

Keltirilgan mif va ertaklar misolida aytish mumkinki, qadimda xitoy, hind, tibet
va o‘zbek xalqlari o‘rtasidagi aloqalar xalq og‘zaki ijodida ham yuz berganligini
anglash mumkin. Folklorning qadimgi epik janrlarini o‘rganish xalqlararo
mushtarak g‘oyalar va qadriyatlar, ular orqali millatlar orasidagi tarixiy aloqalarning
ildizlari aniqlashda muhim o‘rin tutadi.
______________________

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Sixay. - Shanxay, 1995. – 165-b.
2. Черкасова М. Предисловие // Сказки народов Китая. - М., 1961. - С. 4.
3. 《中国古代神话故事》 作者:钱理群 天津教育出版社出版 2011-11

4. 《中国古代神话与传说》作者: 潜明兹 中国国际广播出版社 1996-12

5. 《中国古代神话故事大全》 王存 商务印书馆; 第1版1996-12

6. 《最经典的中国神话故事》作者: 丁满 地震出版社 2010-6

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

16

Gulbahor Rahimova,
filologiya fanlari nomzodi,
Sharof Rashidov nomidagi
Samarqand davlat universiteti dotsenti

ALISHER NAVOIYNING
HASBI HOL MAVZUDAGI
G‘AZALLARI NAMUNALARI

TADQIQI

Annotatsiya. Ushbu мaqolada hazrat Alisher Navoiyning shaxsiy hayotini
o‘rganish uchun muhim manbalardan biri bo‘lgan she’riyati namunalari tadqiq
etilgan. Binobarin, buyuk shoirning she’riyati uning shodligi-yu quvonchi, orzu
armoni, qutlug‘ damlari-yu hasrat-o‘kinchlarining tasviridir. Shoirning boshidan
kechirgan voqealar orqali insonning ruhiy olami, his-tuyg‘usi, kechinmasi, qayg‘u-
alami, sevinch-istaklari va ma’naviy dunyosini o‘rganishga molik masalalarning
falsafiy va axloqiy jihatdan qalamga olganligi o‘rganilgan.

Kalit so‘zlar: She’riyat, hasbi hol, poetika, his-tuyg‘usi, kechinma, qayg‘u-
alam, sevinch-istak, maktub, Iso Masih.

Annotation. This article examines the samples of poetry of Hazrat Alisher
Navoi, which are one of the important sources for studying his personal life.
Therefore, the poetry of a great poet is an image of his joy, dreams, happy moments,
sorrows. Through the experiences of the poet, the spiritual world of a person is
known, his feelings, experiences, the world of sadness, joy and desire, philosophical
and moral issues worthy of study are imprinted.

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

17

Keywords: poetry, envy, poetics, feeling, experience, sadness, joy-desire,
writing, Jesus Christ.

Аннотация. В этой статье рассматриваются образцы поэзии хазрата
Алишера Навои, являющиеся одним из важных источников для изучения его
личной жизни. Следовательно, поэзия великого поэта-это образ его радости,
мечты, счастливые моменты, печали. Через переживания поэта познается
духовный мир человека, его чувства, переживания, мир печали, радости и
желания, философски и нравственно запечатлеваются вопросы, достойные
изучения.

Ключевые слова: поэзия, зависть, поэтика, чувство, переживание,
печаль, радость-желание, письмо, Иисус Христос.

She’riyat inson ruhiyatining poetik ko‘zgusi ekan, unda insonning his-
tuyg‘usi, kechinmasi, qayg‘u-alami, sevinch-istaklari va ma’naviy dunyosi o‘z
aksini topadi. Har bir shoir avvalambor insondir. Shuning uchun ham uning
she’riyatida qaysi mavzu tasvirlanmasin, unda insoniy his va shuur poetiklashadi.
Ayniqsa, shoirning o‘zi ishtirok etgan yoki bevosita shohidi bo‘lgan voqea-
hodisalar, ma’lum bir tasavvur va taassurotlarining natijasi bo‘lgan hasbi hol
yo‘sinidagi she’rlar ijodkorning tarjimai holini o‘rganishda alohida ahamiyatga ega.
Shu nuqtai nazardan qaraganda Amir Nizomiddin Alisher Navoiy she’riyatida ham
bu yo‘nalish o‘ziga xos poetik ranglarda ko‘rinadi. Ulug‘ shoir “Xazoyin ul-
maoniy”ning “Debocha”sida qator she’rlarining hasbi hol tarzida ekanligini
ta’kidlab o‘tgan. Jumladan, u shunday yozadi: “...chun hamzabon mushfiqim yo‘q
erdiki, maxfiy o‘tumni oshkoro etgaymen, biror matla’ bila ul ma’noni ado qilib
qattig‘ holimni sharh etar erdim”. Bu fikr “Saddi Iskandariy” dostonida ham o‘z
ifodasini topgan:

Navoiyning ash’oridin necha bayt,
Mening hasbi holim topib turkiy ayt.

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

18

Demak, Alisher Navoiy she’riyati uning shaxsiy hayotini o‘rganishda muhim
manbalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Binobarin, buyuk shoirning she’riyati uning
shodligi-yu quvonchi, orzu armoni, qutlug‘ damlari-yu hasrat-o‘kinchlarining
tasviridir.

Navoiyshunoslikda yaqin-yaqingacha Alisher Navoiy Samarqanddan Hirotga
o‘z xohishi bilan qaytgan degan fikr ustivor edi. Keyingi tadqiqotlar Husayn
Bayqaroning maxsus farmoni bilan chaqirtirib olinganligini e’tirof etmoqda.
“Xazoyin-ul maoniy” ning “G‘aroyib-us sig‘ar” devoniga kiritilgan

Vahy nozil bo‘ldi yoxud yorning payg‘omidur.
Kim g‘amim taskini g‘amgin xotirim oromidur

bayti bilan boshlanadigan g‘azal xuddi shu voqea bayoniga bag‘ishlanganday
taassurot qoldiradi. G‘azaldagi butun bir yaxlit fikr “yor”dan kelgan “payg‘om”
xabarni ta’rifu tavsiflashga qaratilgan bo‘lib o‘z navbatida shoirning ko‘tarinki
kayfiyatini ifodalaydi. Navoiyning ta’kidlashicha, bu “payg‘om” uning uchun
muqaddas “vahy”dir. “Vahy” musulmon dini tarixida Muhammad payg‘ambarga
Alloh tomonidan yuborilgan xabar. “Vahy” xudoning so‘zi bo‘lib, “nozil bo‘lmoq”
yuqoridan pastga tushmoq, inmoq ma’nolarini beradi. Alisher Navoiy uchun
bunchalik aziz bo‘lgan va Allohning so‘ziga qiyos qilgudek darajada muqaddas
sanalgan bu payg‘om kimdan kelgan bo‘lishi mumkin?

Ma’lumki, mumtoz she’riyatda “yor” so‘zi ma’shuqadan tashqari do‘st, yaqin,
qarindosh ma’nolarini ham anglatadi. Agar baytdagi “yor”ni ma’shuqa deb
hisoblaydigan bo‘lsak, garchand u shoir uchun juda qadrli bo‘lsa-da, “vahy”-
Allohning so‘ziga teng darajada baholanishi mumkin emas. Chunki hazrat Navoiy
din borasida ham chuqur ilmga ega bo‘lgan. U bunday qiyosni ma’shuqa maktubiga
nisbatan qo‘llamagan bo‘lar edi. “Nozil bo‘lmoq”- yuqoridan pastga tushmoq
ma’nosini anglatganligi tufayli biror yaqini bo‘lsa kerak, deb ham ayta olmaymiz.
Bizningcha, yuqori bu – davlat, podsholik. Shoir – fuqaro. Podsholikdan o‘z

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

19

fuqarosi uchun maxsus yuborilgan payg‘omni “vayh”ga qiyoslasa arziydi. Demak,
baytdagi “yor” bu Alisher Navoiyning do‘sti, do‘st esa o‘z navbatida hukmdor
Husayn Boyqaro bo‘lishi mumkin.

Ikkinchi misraning mazmuni ham fikrimizni tasdiqlaydi. Navoiy
Samarqandda shahar hokimi Sulton Ahmad tomonidan hurmat-izzatga ega bo‘lgan
esa-da, o‘zi tug‘ilib o‘sgan Vataniga qaytish ishtiyoqi bilan yashagan. Ammo bunga
erishish mushkilligidan azoblangan. Maktub ana shunday g‘amgin kayfiyatdagi
shoirga taskin bag‘ishlab, uning ruhini ko‘targan, ona yurtiga qaytish umidini
uyg‘otgan.

Safhayi kofir uza mushkin raqamkim aylamish,
Go‘iyo subhi saodat uzra davlat shomidur.

Birinchi misrada chiroyli o‘xshatish va sifatlash asosida maktubning shakli
tasvirlangan. “Safhayi kofur”, ya’ni qog‘oz oppoq, undagi yozuv esa, mushkin-qora
rangda. Ikkinchi misrada shoir bu ranglardan poetik topilma sifatida foydalangan.

Shom-qorong‘ulik, kechqurun, degan ma’noni anglatadi. Subh-tong, saodat-
baxt, ezgulik demakdir. Axir kechqurun bo‘lgandan keyin, albatta, tong otishi
tabiatning oddiy qonuni-ku, deyishimiz mumkin. Ammo shoirning maqsadi boshqa.
U tabiatning ana shu oddiy hodisasidan yuksak badiiylik yaratgan va o‘zining holati,
kechinmalarini bayon qilgan.

Hajridan jonim arosig‘a agar xud kirmadi,
Nega shakli jon aro kirgan alif andomidur.

Ayriliqdan azob chekkan, shu maktub tufayligina jismi-joni orom topgan,
umidlari qayta uyg‘ongan shoir tuyg‘ularini kitobat san’ati orqali aks ettiradi.
Qadimda xatlar ham. Shohning amr-farmonlari ham ingichka yassi qilib o‘ralgan
holatda egasiga yuborilgan. Bu o‘ram shakli arab yozuvidagi alif harfiga

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

20

o‘xshatilmoqda. Jon so‘zini arabcha yozadigan bo‘lsak, unda alif harfi ishtirok
etganligini ko‘ramiz.

Kirdi jon jismimg‘a xatti safhasin ko‘rgach magar,
Elga jon bermakka mehr uzra Masih arqomidur.

Afsonalarda aytilishicha, Masih – Iso payg‘ambar o‘z nafasi bilan o‘lganlarni
tiriltirish, ularga jon bag‘ishlash qobiliyatiga ega bo‘lgan. Maktub ham xuddi Iso
Masih singari shoirning jonsiz tanasiga qaytadan hayot ato etganday tuyuladi.

Va’dayi vasl erdi mazmun, gah o‘lugmen, gah tirig,
Anglamon qotilmudur bu mujda, ruhafzomidur.

Kishilar o‘rtasida biron noxush yoki xushxabardan “bir o‘lib, bir tirildim”
degan ibora tez-tez ishlatiladi. Vasl – ko‘rishish va’dasi aks etgan xat mazmunidan
ruhlangan shoir ham hayajondan bir zum o‘zini yo‘qotib qo‘yadi. Chunki bu
xushxabar kutilmaganda kelgan edi.

Vodiyi hayratda qolg‘onlarg‘a jon hirzi uchun,
Ruq’ayi maqsud komil nutqi yo i’lomidur.

Hayratdan lol qolgan shoir uchun bu maktub muqaddas tumor kabi qadrli.
Chunki unda maktub egasining arzi ixlosi ma’lum qilingan.

Bizningcha, shoirga “subhi saodat” – porloq kelajak va’da qilib, ko‘ziga
nur(yorug‘lik). Joniga kom (lazzat) baxsh etuvchi bu mujda (xushxabar) Alisher
Navoiyning do‘sti Husayn Boyqarodan o‘zining Hirotga – saroyga kelishi taklifini
il’omi (bildiruvchi) maktub “ruqayi maqsud” (maqsad xati) bo‘lishi kerak. Shuning
uchun shoir maktubni muqaddas sanab ko‘ziga surtadi, aziz joniday e’zozlaydi:

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

21

Ey Navoiy, nega surtib ko‘zga solmay jong‘akim,
Ham ko‘zimning nuri, ham ozurda jonim komidur.

Shoirning “Favoyid ul-kibar” devoniga kiritilgan quyidagi g‘azal matla’sining
birinchi misrasini o‘qigan kitobxon ko‘z oldida azador kimsaning tashqi qiyofasi
gavdalanadi. Uning ichki kechinmalari esa ikkinchi misradagi kishining iztiroblari
tasvirida bayon qilinadi. Navoiy badiyatining yuksakligi va ta’sirchanligi ikki lirik
qahramonning ichki va tashqi holatlarini tasvirlashda tabiat hodisalaridan mohirlik
bilan foydalanganligidadir.

Qora dastor to chirmadim mohim,
Boshimga chirmashib tur dudu ohim.

“Moh” so‘zining lug‘aviy ma’nosi oy, ya’ni jism. Mumtoz adabiyotda oy
ko‘pincha ma’shuqaga nisbatan ishlatilgan. Mazkur baytda esa lirik qahramon
uchun nihoyatda qadrli bo‘lgan yakin kishisi nazarda tutilmoqda. Qora rangdagi
sallaning qatlam-qatlam qilib o‘ralishi oyning atrofini qoplagan qop-qora tunga
qiyos. Yaqin kishisining bunday ahvoliga achinayotgan ikkinchi lirik qahramon
qalbidan chiqayotgan o‘tli oh xuddi tutab osmonga buralib-buralib ko‘tarilayotgan
qora tutundir.

Yog‘ibtur nargis ichra jola yoxud
Ko‘zida ashk erur bor ishtibohim.

Achchiq-achchiq yosh to‘kayotgan ko‘zning horg‘inligi kuchli yomg‘ir ostida
qolgan bo‘tako‘z guli barglarining bukchayib so‘lib qolgan holatiga monand.
Negaki, ayriliq iztirobining ifodasi bo‘lgan lirik qahramon ko‘z yoshining do‘lday
yog‘ilayotganiga hech qanday shubha yo‘q.

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

22

Anga hamrang o‘lay, deb motamimen
Qorarg‘on ro‘zg‘orim bor guvohim.

Hamranglik azador singari bir xil motam libosini kiyish. Bu tashqi
ko‘rinishning uyg‘unligi zamirida ichki dard va alamning hamohangligi o‘z
ifodasini topgan. Chunki judolik azobi boshiga tushgan kimsaning yonida turish,
uning dardini bo‘lishish, g‘amiga sherik bo‘lish bu chin ma’nodagi iymonli
insonlarga xos bo‘lgan odamiylik fazilatining bir ifodasidir.

Sirishkim xatlari sharhini so‘rdim
Dedi, xayli balog‘a shoxrohim.

Ko‘z yoshimning xat kabi izma-iz, tizilib-tizilib oqishining sababi ham ana
shu hamdardlik tuyg‘usining ifodasidir, deydi shoir.

Manga xud bu azo bo‘ldi bahona
Mudom oqmoqqa ashki goh-gohim.

Ayriliq g‘ami tezda unitiladigan dard emas.
Bu inson-yuragini pora-pora qiladigan, o‘rtab yondiradigan, kuydirib kul
qiladigan og‘ir dard, alamdir. Bunday paytlarda har bir inson ichini kemirayotgan
o‘tli fig‘onini yig‘lab-yig‘lab, achchiq ko‘z yoshlari bilan to‘kib soladi.

Dema bozi nujumi tiyradinkim
Erur qalb uylakim, ro‘kash darohim.

Nujum - yulduzlar to‘dasi, tiyra - qorong‘ulik.
Ya’ni, qop-qora osmon uzra yulduzlar. Tabiatning ushbu doimiylik hodisasi
baytda oniy lahzalik kechinma va kayfiyatning badiiy ifodasi sifatida xizmat

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

23

qilmoqda. Qorong‘u osmon - g‘am-g‘ussaga burkangan qalb bo‘lsa, yulduzlar ko‘z
yoshi. Bozi - tasavvufda hamma narsadan voz kechib o‘zini dard-u kulfat girdobiga
solish demakdir.

Ko‘zumdur tiyra, ya’ni, ey Navoiy,
Qora to‘n kiydi motam ichra shohim.

Shoirning g‘azal maqta’sidagi o‘z-o‘ziga murojaatidan anglashilishicha,
undagi lirik qahramon Husayn Boyqaro hamda Alisher Navoiy. Ikki do‘stning
birday aza tutishiga sabab bo‘lgan voqea esa nazarimizda, Husayn Boyqaroning
nabirasi Mo‘min Mirzoning bevaqt vafoti bo‘lsa kerak.

Hazrat Navoiyning “Favoyid ul-kibar” devoniga kirgan quyidagi g‘azali
shoirning o‘z holati va kechinmalari tasviriga bag‘ishlangan. G‘azalda yoshi,
sog‘lig‘i, jismidagi biologik o‘zgarishlarni tabiat lahzalari tasviri zamirida, turli xil
tashbeh va istioralar yordamida poetik ifodalar ekan, shoir butun o‘tgan umrini
sarhisob qiladi. O‘tgan umri davomida turli xil voqealarni boshidan kechirganini,
endi esa qarilikka xos tashvish “safar tashvishi” boshiga tushganligini o‘z-o‘ziga
uqtiradi.

Oqara boshladi boshu to‘kila boshladi tish.
Safar yarog‘ini qilg‘ilki, tushti boshinga ish.

G‘azal matla’ining birinchi misrasida shoirning o‘rta yasharlik davri tugab,
sochining oqara boshlagani, tishlarining to‘kila boshlagani, ya’ni keksalik payti
kelganligining aniq va yorqin poetik tasviri berilgan. Ammo, ikkinchi misradagi
badiiy tasvir tag zamirida nima borligi, qanday maqsad, sirru sinoat
yashiringanligini anglash ancha murakkab. «Safar»-yo‘lga chiqish, jo‘nash,
«yarog‘»-hozirlamoq, tayyorlamoq, «ish»-tashvish, hodisa. Bu so‘zlarning botiniy
ma’no qudratiga nazar solsak, «safar» bu o‘lim, o‘lim haq, o‘limni bo‘yniga olish

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

24

esa har bir inson uchun farzdir. Inson bu hodisaga, ayniqsa, hayotining keksalik
davrida tayyor turmog‘i lozim, – degan azaliy aqida aks etadi. Alisher Navoiyning
badiiy mahorati shundaki, u o‘z-o‘ziga murojaat tarzida ana shu “hayotiy
qonuniyat” – o‘lim haqligini tashbeh san’ati orqali bayt bag‘riga singdirib yuboradi.

Yigitligim boribon, keldi boshima qarilig‘,
Fano yo‘lida bu yanglig‘ emish borishu kelish.

Inson jismi biologik hodisa. U ham paydo bo‘ladi (tug‘iladi), ulg‘ayadi,
qariydi va oxirida yo‘qlik qa’riga ketadi. Bu esa, «fano yo‘li» zohiran yo‘q bo‘lish,
o‘lish degani bo‘lib, bu o‘tkinchi dunyoning ishidir. Shoir ana shu hayot yo‘lini
bosqichma-bosqich bosib o‘tganligini ta’kidlaydi:

Yuz ulki, qirkdin elikka qo‘ydi yuz, qilsa
Ming ishidin biriga yaxshilik mahol ermish.

Navoiy nazdida, inson qirq yoshdan o‘tib, ellik yoshga qadam qo‘yguniga
qadar ko‘p mehnat qilmog‘i, imkon qadar yaxshilik urug‘larini sochmog‘i va ko‘p
natijalarga erishmog‘i lozim. Bundan keyingi davrda esa, bu kabi, o‘zi maqsad
qilgan ishlarning mingdan birigagina erisha olishi mumkin, – deydi shoir.

Erur hayotning o‘q yanglig‘ o‘tmakiga dalil
Kishiki, yo kebi qadg‘a asodin etti kerish.

Inson hayoti tiriklik, mangulik oldida go‘yo otilgan o‘q misoli bir damlik
fursat ekanligini shoir o‘xshatish san’ati orqali anglatmoqda. “Yo”-yoy, kamon
so‘zining qisqargan shakli. “Kamon”-o‘q otish asbobi, qurol. Mumtoz
adabiyotimizda ko‘pincha ma’shuqa qoshining go‘zalligini ta’rifu tavsiflash
maqsadida qo‘llaniladigan bu so‘zning an’anaviy tashbehidan qochib, Navoiy

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

25

kamonni o‘z qaddiga nisbat beradi. Kamonning ikki uchini bog‘lab, egilishga
majbur qiladigan “yoy ipi” bu erda shoir chun madad beruvchi “aso”-hassa bo‘lib
xizmat qilmoqda. Bu tashbeh-o‘xshatishning ta’sir kuchi shundaki, o‘quvchi ko‘z
oldida 80-90 yoshli nuroniy holatdagi shoir qiyofasi nomoyon bo‘ladi. Alisher
Navoiyning milodiy hisob bilan bor yo‘g‘i oltmish yil umr ko‘rganligi esa
haqiqatdir. Xo‘sh, ulug‘ bobomiz nima sababdan o‘zini bunchalik keksaygan
holatda tasvirladi ekan? “Xazoyin ul maoniy”ning debochasida Navoiyning
Husayn Boyqaroga o‘zining ana shu vaqtlardagi holati aks ettirilgan “arzadosht”i
keltiridgan. Unda shoir o‘z ahvolini shunday bayon qiladi. “Qulluq arzadosht ulkim,
bu bandag‘a yosh ulg‘aygan chog‘da za’fe yuzlandi, ... kishi qo‘ldamayin erdin
qo‘porida ko‘p ozor bo‘lg‘ayyu, aso madadi bo‘lmag‘uncha erdin qadam
ko‘tarmog‘i dushvor (to birov qo‘llamasa, o‘rnimdan tura olmayman, hassaga
tayanmasdan turib qadam tashlay olmayman)”. Nazarimizda, ana shu xastalik va
og‘ir mehnat shoirni erta qaritib qo‘yganligi, uni vaqtidan ancha oldin qaddini
bukchaytirib hassa ushlashga majbur qilganligi tabiiy. Demak, baytda Navoiy o‘z
holatining poetik tasvirini nihoyatda aniq va yorqin bo‘yoqlarda ko‘rsatib bergan:

Adudur olti jihatdin manga chu etti falak,
Ne sud yoshim agar oltmish va gar etmish.

Bayt mazmuniga sinchiklab qarab mag‘zini chaqsak, shoir o‘z jismi,
yoshidagi o‘zgarishlarni tasvirlash orqali chuqur falsafiy fikr yuritadi. U dunyoning
hattoki, tiriklik bor deb tasavvur qiladiganimiz “etti falak”ning ham jism uchun
bevafo, ekanligini, inson qancha yashashidan (oltmishmi, etmishmi) qat’i nazar,
befoydaligini, baribir yo‘qlik qa’riga yuz tutishini teran mushohada kiladi. Baytda
tazod-qarshilantirish san’ati qo‘llangan:

Yigitlik o‘ldi bahoru kuhulat o‘ldi xazon,
Degay bu so‘zni - qarilig‘ni qishqa o‘xshatmish.

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

26

Baytdan baytga o‘tgan sari badiiy san’atlarning jilolanishi, ular orqali
so‘zlarning ma’no tovlanishi kuchayib boradi. Bu erda shoir “yigitlik” davrini
bahor, “kuxulat” – o‘rta yasharlik davrini “xazon” – kuz qarilik davrini qish fasliga
o‘xshatadi:

Ne qish nishoti manga qoldi, ne xazon, ne bahor,
Nahorima chu xazon qo‘ydi, yuz xazonima – qish.

Shoir qalbida xazinlik hukm suradi. Yashashdan xursandlik, mamnunlik
qolmaganligini, yoshlik o‘rnini o‘rta yasharlik, uning o‘rnini qarilik egallaganligini
tasvirlaydi. Tiriklikka xos bo‘lgan bu qonuniyatning asl mag‘zini Alisher Navoiy
tashbeh san’ati orqali bayt zamiriga ustalik bilan joylashtiradi:

Ne turfa ishki, birav chun toriqti umridin,
Desa uzun yasha, qarg‘ishdir anga bu alqish.

Navoiy yana falsafiy mushohadani davom ettiradi. U ma’lum bir yoshga
borgan, hayotning tashvishu g‘urbatlaridan bezgan, zamonning jabru jafosidan
qiynalgan, dunyoning azobu uqubatlaridan toliqqan insonga uzoq umr tilab, alqash
uni qarg‘ash, unga yana shunchalik ko‘rguliklarni ravo ko‘rish bilan barobar
ekaligini uqtiradi:

Navoiyyo, tutar ahli fano najot yo‘lin,
Erishmak istar esang ishda, ham alarni erish.

“Fano”-lug‘aviy ma’nosi o‘tkinchilik, yo‘q bo‘lish. Bu ko‘pincha ushbu
dunyoga nisbat berilib talqin qilinadi. Masalaga shu nuqtai nazar bilan yondaashilsa,
inson tug‘iladi, ammo bu dunyo uning uchun abadiy emas. Inson umri o‘tkinchi,
foniy. Biroq tasavvuf ta’limotida foniylik faqatgina tug‘ilish va yashab o‘tish bilan

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

27

baholanmaydi. Fanoga etishish uchun o‘zlikni tark etish, bu dunyodan voz kechish,
ya’ni o‘lish kerak. Ammo, bu shunchaki o‘lim emas, unga etishish uchun
foniylikning mehnatu mashaqqatlarini boshidan kechirish kerak. Baytda Alishr
Navoiy ana shu foniylikni nazarda tutadi. Bu hayot dialektikasi haqida faylasufona
fikr yuritib shoir, inson dunyoga kelar ekan, baribir bu dunyo uning uchun abadiy
emasligini ana shu g‘animat dunyoda umr deb atalmish inson hayoti foniy o‘tkinchi
ekanligini ta’kidlaydi. Ammo, bu foniylik shunchaki yo‘q bo‘lish, kelib-ketish
emas, foniylik har kimga nasib qilavermaydigan baxt. Foniy bo‘lish uchun tasavvuf
yo‘lini tutmoq lozim. Alisher Navoiy ana shu yo‘lni bosib o‘tgan “fano ahli”dan
najot, ruhiy madad tilaydi, o‘zining oliy maqsadi – Olloh jamoliga etishish uchun bu
yo‘lning muqaddas ekanligini ta’kidlaydi.

G‘azal shoirning o‘z ko‘ngliga murojaat tarzida, sharhi holat shaklida
yozilgan bo‘lib, shoirning chuqur falsafiy xulosasi bilan yakunlanadi.

__________________________________
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Алишер Навоий. Хазойин ул-маоний. Дебоча: Мукаммал асарлар
тўплами. 20 том. Т.3. –Т.: “Фан”,1988,-11-б.
2. Алишер Навоий. Хамса. Садди Искандарий. Мукаммал асарлар
тўплами. Т.2. –Т.: “Фан”, 1993.- 359-б.
3.Алишер Навоий. Хазойин ул-маоний. Мукаммал асарлар тўплами. 20
том. Т.3. –Т.: “Фан”,1988.-147-б.
4.Алишер Навоий. Хазойин ул-маоний. Мукаммал асарлар тўплами. 20
том. Т.6. –Т.: “Фан”,1988.-217-б.
5. Алишер Навоий. Хазойин ул-маоний. Дебоча: Мукаммал асарлар тўплами.

20 том. Т.3. –Т.: “Фан”,1988.- 368 б.

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

28

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand
davlat universiteti dotsenti
Rohila SUVONOVA

BUYUK IPАK YOʼLI
TILSHUNOSLIGI MUMMOLАRI:

ALISHER NAVOIY
«MUHOKAMAT-UL-LUG‘ATAYN»
ASARINING AYRIM XUSUSIYATLARI HAQIDA

Annotatsiya. Alisher Navoiyning «Muhokamatul-lug‘atayn» asarida
talabalar uchun lug‘at talab bo‘lgan so‘zlarning ayrimlari haqida ma’lumot
beriladi. Alisher Navoiy tilidan olingan so‘zlar hozirgi o‘zbek adabiy tiliga
o‘girildi va o‘quvchi matnni tushunishi uchun bu so‘zlardan foydalanadi.

Kalit so‘zlar: Alisher Navoiy, tarixiy asar, tinglovchi, lug‘at, tarjima, adabiy
til, turkiy tillar, o‘zbek tili, so‘z gavhari, ikki til muhokamasi.

Annotation. Alisher Navoi's Muhokamatul-lug'atayn provides information
about some of the words that require a dictionary for students. The words taken
from Alisher Navoi's language have been translated into modern Uzbek literary
language and the reader uses these words to understand the text.

Key words: Alisher Navoi, historical work, listener, dictionary,
translation, literary language, Turkic languages, Uzbek language, vocabulary,
bilingual discussion.
Аннотация. В книге Алишера Навои «Мухокаматул-лугатайн» содержится
информация о некоторых словах, для которых студентам нужен словарь.
Слова, взятые из языка Алишера Навои, были переведены на современный
узбекский литературный язык, и читатель использует эти слова для
понимания текста.

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

29

Ключевые слова: Алишер Навои, исторический труд, слушатель,
словарь, перевод, литературный язык, тюркские языки, узбекский язык,
лексика, двуязычная дискуссия.

Alisher Navoiy ushbu asarini umrining so’nggi kezlari - ulkan hayotiy tajriba
to’plagan, ilmiy qarashlari maromiga yetgan, fikri ayni toblangan,tugallik darajasiga
erishgan bir chog’da yaratdi. Asar ikki til – turkiy va forsiyning o’zaro qiyosiga
bag’ishlangan.

Sharqda turkiy va forsiy tilda so‘zlovchi biron-bir kishi yo‘qki, u Navoiy
asarlarini sevmasa va sadoqat, e’tiqod bilan qaramasa. Inson qalbining quvonchu
qayg‘usini ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon
adabiyoti tarixida kamdan kam topiladi.

“Muhokamat-ul-lug‘atayn”ning to‘rtta qo‘lyozmasi bizgacha yetib kelgan
bo‘lib, uning birinchi nusxasi Istanbuldagi To‘pqopi saroyi muzeyi Revan
kutubxonasida saqlanayotgan .

Asarning yana bir nusxasi Istanbuldagi Sulaymoniya kutubxonasining Fotih
bo‘limida saqlanmoqda va u Navoiy kulliyotiga kirgan. 1526-1527 yillarda
ko‘chirilgan Parij nusxasi Parijdagi Milliy kutubxonada va asarning to‘rtinchi
qo‘lyozmasi Budapeshtda saqlanmoqda. Alisher Navoiyning “Muhokamat-ul-
lug‘atayn” asarining yangi nashri ana shu nusxalarni o‘zaro qiyoslash natijasida
yaratildi.

Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri badiiy madaniyati tarixida
butun bir davrni tashkil etgan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz
namoyondasidir.

Alisher Navoiy: «Umidim uldurki va xayolimga andoq kelurki, so‘zim
martabasi avjdan quyi enmagay va bu yozgan asarlarimning tantanasi a’lo
darajadan o‘zga erni yoqtirmag‘ay» - deb elga manzur bo‘lgan, mazmunan boy,
shaklan mumtoz asarlari bilan haqli ravishda faxrlangan edi. Shoir yanglishmadi.
O‘lmas asarlari bilan o‘z xalqi adabiyotini jahon adabiyoti miqyosiga ko‘tarib, jahon
adabiyoti xazinasiga ulkan hissa qo‘shgan, asrlar e’zozi va ta’zimiga sazovor bo‘lib

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

30

kelgan Alisher Navoiy orzulari ayniqsa bizning zamonamizda ro‘yobga chiqdi,
shoir asarlari qadrlanib, yuksak baholanmoqda.

Navoiyshunos olimlarimiz shoir asarlarini o‘rganib, uning zamondoshlari
yozib qoldirgan adabiy, tarixiy, memuar asarlarga suyanib, bu asarlardan tanqidiy
foydalangan holda, Navoiy hayot yo‘lini yorituvchi ko‘plab asarlar yaratdilar.
Ko‘zga ko‘ringan sharqshunos va adabiyotshunos olimlar V.Bartold, E.Bertels,
A.Borovkov, S.Ayniy, O.Sharafitdinov, Oybek, M. Shayxzoda,B.Valixujayev,
V.Zohidov, V.Abdullaev, I.Sultonov, H.Sulaymonov, A.Hayitmetov, N.Mallaev,
A.Qayumov, D.Salohiy va boshqalarning Navoiy hayoti va ijodini yorituvchi ilmiy
ishlari shular jumlasidandir. Navoiy hayoti va ijodini o‘rganish davom etmoqda.
Navoiyshunosligimiz bugungi kunda tobora rivojlanib, ulkan yutuqlarni qo‘lga
kiritmoqda.

Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy o‘zining lug‘atchilik va grammatika
sohasida ham, yarim asrlik tajribasidan kelib chiqqan holda o‘zining «Muhokamat
ul-lug‘atayn» asarini yaratdi. Bu asarda Alisher Navoiy eski o‘zbek tili bilan fors-
tojik tilini bir-biriga chog‘ishtiradi va noqardosh tillarni qiyosiy o‘rganish metodini
boshlab berdi. O‘zbek tilini fors-tojik tili bilan chog‘ishtirar ekan, o‘zbek tilining
ham boy imkoniyatlari mavjudligini ko‘rsatib beradi.

Alisher Navoiyning «Muhokamatul-lug‘atayn» asarining muqaddimasida
shunday deydilar: «Takallum ahli xirmanining xa’shachini va so‘z, durri samini
maxzanining amini va nazm gulistoning andalib inag‘ma saroyi, ya’ni Alisher al
mutaxallas bin Navoiy... mumdoq arz qilurkim, so‘z durre durkim, aning daryosi
ko‘ngildur va ko‘ngul mazharedurkim, jamii maoniyi juzvvakuldur.

Andoqki, daryoding gavhar g‘avvosvosi tasibila jilva namoyish qilur va aning
qiymati javharig‘a ko‘ra zohir bo‘lur».

Alisher Navoiy bu asarida tillarni qiyosiy o‘rganish bilan birga, kitobda
umumiy tilshunoslikka doir fikrlarni ham keltiradi. Asarda til va taffakurni
bog‘liqligi tillarning kelib chiqishini afsonalarga bog‘laydi.

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

31

Alisher Navoiy «Muhokamatul-lug‘atayn» asarida keltirgan va turkologiya
tarixi uchun qimmatli bo‘lgan fikrlari quyidagilardan iborat:

1. O‘zbek tilini fors-tojik tili bilan chog‘ishtirib, uning fors tilidan
qolishmasligi ko‘rsatib, o‘zbek tilida asarlar yaratgan yozuvchilarni rag‘batlantiradi.

2. Alisher Navoiy ikki tilni chog‘ishtirganda o‘zbek tili lug‘at boyligini
ustunligini ko‘rsatdi.

3. Asarda o‘zbek tilining tarixiy fonetikasiga doir original fikrlar beradi.
4. Alisher Navoiy asarda o‘zbek va fors tillarini qiyoslar ekan, o‘zbek tili
uslubyatiga xos xususiyatlarni ham bayon etadi.
Alisher Navoiy davrda va undan keyin uning asarlari til haqida bir qancha
lug‘atlar tuzildi. Shu asnoda Alisher Navoiy tilidagi leksik va grammatik materiallar
yig‘ildi. Bunday asarlar qatoriga «Abushqa» lug‘atini, M.Mehdixoning «Sangloh»
lug‘atini, Fazlulloxonning «Lug‘atit turkiy», Yoqub Chingiyning «Kelurnoma»
asarlarini ko‘rsatish mumkin. Bu asarlarda umumturkiy tillarga xos bo‘lgan ba’zi
xususiyatlar bayon etilgan, faktik materiallar esa Alisher Navoiy asarlaridan
olingan.
Alisher Navoiyning «Muhokamatul-lug‘atayn» asaridan misollar keltiramiz
va izohlaymiz.
Abkor – qizlar, toza.
Abr – bulut;
Abribahor – bahor buluti
Azim – ulug‘, katta, azim
Amik – chuqur
Amr – buyruq, ish
Anbar – xushbo‘ylik
Ashk – ko‘zyoshi
Bayoz – oq
Bazl – himmat, qo‘li ochiqlik, g‘ayrat
Bahoyim – to‘rt oyoqli hayvonlar

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

32

Biyik un- kuchli un
Daqiq – nozik, ingichka (ko‘pligi daqoyiq)
Donnish – bilim
Kavkaba – yulduz
Kalam – so‘z, nutq
Kalomi mu’jiz – mo‘jizali so‘z
Kaffa – palla, tarozi pallasi
Koshif – ochuchi, kashf qiluvchi
Kohin – majusiylarda din boshlig‘i
Kushta – o‘lgan
Kuhulat – qarilik
Lavn – rang, tus
Lajoj – o‘jarlik
Layl – kecha, tun
La’l – qiymatli qiziltosh
Latoyif – latifalar, qiziq so‘zlar
Lafs – so‘z, (og‘izdan chiqqan so‘z)
Lisan – til
Loyih – ochiq, ravshan
Risolat – elchilik
Saboq – dars
Saloh – yaxshi, tuzuk
Suxan – so‘z, so‘zlashish
Sarf- morfologiya.
«El netib topqay menikim, men o‘zimni topmasam» kabi minglab misrlari qatida
biz to‘la anglab etolmagan, suv ostindagi dur misoli, har biri bir kitob bo‘lgulik
hikmatlari borligi rost. O‘shal hikmatlar yo‘lchiroq yanglig‘ umr yo‘llarini yoritishi
aniq.

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

33

Xullas, Alisher Navoiy o‘zbek tilining imkoniyatlaridan foydalanib o‘zining
mazkur «Muhokamatul-lug‘atayn» asarni yaratadi va shoir ta’kidlaganidek, uning
so‘zlarini martabasi yuqoridan pastga tushmaydi. Hozirgi kunga qadar so‘z
mulkining sultoni Alisher Navoiyning ushbu asari o‘z qiymatini saqlagan holda
tilshunoslar uchun ham dasturul amal vazifasini bajarib kelmoqda.

Yangi nashrdagi “Muhokamat-ul-lug‘atayn” asari turkologiyadagi eng
so‘nggi ilmiy qarashlarga tayangan holda chop etildi. Unda so‘zlarning o‘qilishi,
talaffuz shakllariga o‘zgarishlar kiritilgan. Kitobning yana bir yutug‘i, asar matni
lotin alifbosi asosidagi xalqaro ilmiy transkripsiyada berilganligidir. O‘zbekistonda
Navoiy asarlari birinchi bor ana shu transkripsiyada berilayotganini ilmiy jihatdan
e’tirof etmoq o‘rinlidir.

Bu asar hozirgi kunga qadar o’z mavqeini yo’qotgan emas. Magistratura va
bakalavriat talabalari «Muhokamatul-lug‘atayn» asaridan unumli foydalanib
kelmoqdalar.
______________________________________

Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Alisher Navoiy. Muhokamat-ul-lug‘atayn.- Toshkent, Akademnashr, 2017.
2. O‘rinboev B. Turkiy filologiyaga kirish. –Samarqand. 1989.
3.Qo‘chqortoev I. Oltoyshunoslik. O‘zbek tili va adabiyoti jurnali. –Toshkent,
1986, 3-son, 43- 45 b.
4.Ahmadboeva M., Ibrohimova S. O‘zbek adabiyoti. – Toshkent, O‘qituvchi
nashriyoti, 1985.
5. A.Navoiy. Muhokamat-ul-lug‘atayn. http://www.ziyonet.uz
6. Sodiqov Q. Alisher Navoiy. Muhokamat-ul-lug‘atayn.. – Toshkent:
“Akademnashr”, 2017

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

34

Ixtiyor Hamdamovich YOQUBOV
Turkiya Respublikasi Mugla Sitki Kochman

universiteti doktoranti
Tel: +998942381586

El.pochta: [email protected]
O‘RXUN-ENASOY YOZMA

YODGORLIKLARI TILIDADA
MIFOLOGIK UNSURLAR

Annotatsiya
Mifologiyani qadimgi insoniyatning ta’lim tizimi deb ham hisoblash mumkin.
Tabiat va jamiyatdagi hodisalar insonni tarbiyalash orqali hayotga tayyorlovchi
falsafiy isbotlar rolida yuzaga keladi. Shu ma'noda mifologiya voqelikni aks
ettiruvchi mifologik ma'lumotlarga aylandi. Shunday qilib, mifologiya voqealarni
emas, balki voqealarning paydo bo‘lish sabablarini tushuntiradi, haqiqiy dunyo
rasmini chizmaydi, balki bu dunyoni ramzlar orqali idrok etishga imkon beradi.
XIX asrga qadar G‘arb dunyosi faqat yunon mifologiyasini qabul qildi.
Biroq, tadqiqotlar rivojlanib borar ekan, dunyodagi barcha xalqlarning, ayniqsa
turkiy xalqlarning mifologiyasi juda boy ekanligi o‘rtaga chiqdi. XX asrg kelib esa
mifologik nazariyalarning o‘rganish tezlashdi. Ushbu rivojlanish jahon ilmiy
mifologiyasi doiralarida keng tarqaldi. Afsonalar tarixdan oldingi davrlarda
shakllanganligi sababli, tadqiqotchilar uchun ularning izlarini topish, kelib
chiqishiga o‘rganish yoki qaysi millatga mansubligini aniqlash juda qiyin. Miflar
haqidagi eng aniq xususiyat shundaki, ularning ishonch bilan bog‘liq ekanligi. Bu
ko‘rish esa afsonalarning yo‘qolmasligini, balki ularning hozirgi kungacha saqlanib
kelishini ta'minlagan.

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

35

Kalit so‘zlar: mifologiya, yozma yodgorlik, Tangri, osmon, yer, tog‘
Annotation
Mythology can beregarded as the education system of the ancient human.
Each event within the nature and community emerges as philosophical evidences
that educate humans and prepare them to life. In this sense, mythology transformed
into mythological information that stand for the reflection of reality. Therefore,
mythology explains not the events, but the reasons of their occurrences, or in other
words, does not depict the real world but makes it perceivable through symbols.
Until the 19th Century, the Western World only acknowledged Greek
Mythology when mythology was in question. However, as the researches
progressed, it was set forth that all nations of the world and particularly Turkish
nations have their own mythologies. In the 20th Century documentation of
mythological theories and absorption of mythological systems gathered speed.
These developments made the absorption of mythology also common in the circles
of science around the world.
Keywords: mythology, shift memorial, God, sky, earth, mountain
Аннотация
Мифологию также можно рассматривать как систему образования
древнего человечества. Явления природы и общества выступают в роли
философских доказательств, подготавливающих человека к жизни через
воспитание. В этом смысле мифология превратилась в мифологическую
информацию, которая придает значение отражению реальности. Таким
образом, мифология объясняет не события, а причины возникновения
событий, не рисует картину реального мира, а позволяет воспринимать
этот мир через символы.
До XIX века западный мир принимал только греческую мифологию.
Однако по мере развития исследований выяснилось, что мифология всех

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

36

народов мира, особенно тюркских, очень богата. К XX веку изучение
мифологических теорий ускорилось. Это развитие получило широкое
распространение в кругах мировой научной мифологии. Поскольку мифы
формировались в доисторические времена, исследователям очень сложно
найти их следы, изучить их происхождение или определить, к какой нации они
принадлежали. Самая очевидная особенность мифов заключается в том, что
они связаны с верой. Это видение, вероятно, гарантировало, что легенды не
исчезнут, а сохранятся до наших дней.

Ключевые слова: мифология, посменный мемориал, Бог, небо, земля,
гора

Mifologiya yer yuzidagi barcha xalqlarning madaniyatlarini,
dunyoqarashlarini, yashash tarzini va e’tiqodlarini turli xil nuqtai nazardan
o‘rganadigan fandir. Turk mifologiyasi haqida dastlabki tadqiqotlar uzoq tarixiy
davrlarga borib taqaladi. Turk mifologiyasi va tarixiga oid muhim materiallarni
birinchi bo‘lib Xitoy manbalaridan rus tiliga tarjima qilgan kishi I.Bichurin
hisoblanadi [2]. Shundan keyin turk mifologiyasiga bo‘lgan qiziqish
tadqiqotchilarning e’tiborini torta boshladi. Ayniqsa, turk mifologiyasiga oid rus
tilidagi manbalar ichida V.Radloff, G.Potanin, O.Velixanov, Y.Pekarskiy,
N.Direnkova, V.Jirmunskiy, L.Gumilyov, I.Stebleva, O.Freydenberg, V.Propp,
A.Losev, P.Tokarev, Y.Meletinskiylarning va boshqa ko‘plab tadqiqotchilar turkiy
xalqlarning qadimiy va an'anaviy dunyo qarashlari bilan bog‘liq masalalarni u yoki
bu tarzda ochib beradigan qimmatli asarlari maydonga keldi.

Turkolog olim V.Radloffning shamanistik mifologiyaga oid asarlari
mifologiyaga oid tadqiqotlarning tezlashishiga jiddiy turtki berdi [2]. O‘rxun-
Enasoy yozma yodgorliklarida mifologik unsurlarning uchrashi turk mifologiyasini
tadqiq qilishni yanada olg‘a surdi [7].

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

37

Buyuk turk xoqonligi davrida yozilgan O‘rxon yodgorliklari turk madaniyati
va sivilizatsiyasini yoritib beruvchi eng muhim manbalardir. O‘rxon yodgorliklarida
yuksak darajadagi sivilizatsiya va rivojlangan turk falsafasining izlari saqlangan
bo‘lib, turk mifologiyasi haqida juda muhim, qimmatli ma’lumotlar beradi.

Qadimgi turk mifologiyasida tabiat hodisalariga xos tushunchalarni o‘rganar
ekanmiz, quyosh, oy va qutb yulduzi bilan bog‘liq afsona, rivoyat, doston -
umuman, mifologik xarakterdgi qarashlar qadimgi turklarning asosiy diqqat
markazida bo‘lganligiga guvoh bo‘lamiz. Buning asosiy sababi, albatta, tangriga
yetishish uchun yo‘nalishni aniqlashda osmon jismlaridan foydalanish insonlarning
birinchi lisoniy tafakkur mahsuli bo‘lgan. Shuning uchun osmon jismlari qadimgi
turklar uchun muqaddas sanalgan. Qutb yulduzi joylashgan yer Ko‘k tangrining
makoni (saroyi) hisoblangan [6]. Bu esa Osmon jismlarining Ko‘k tangri bilan
bevosita bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi.

O‘rxun havzasidan topilgan bengu toshlardan biri (milodiy 732-yilda)
Kultigin sharafiga qo‘yilgan. Turkolog olim V.Tomson Orxun yozma
yodgorliklarini o‘qir ekan, birinchi bo‘lib, aynan shu bitikdoshda tangri (teŋri)
so‘zini o‘qiydi [1]. Bu davr yozma yodgorliklari so‘zlaridan olimlarning diqqat
e’tiborini tortgan so‘z ham “tangri” so‘zi edi. Turklar tangri deganda ko‘k yuzini-
(osmon)ni ham nazarda tutishgan. Turklarning ko‘rishicha tangri qiyin damlarda
insonlarga lutf ko‘rsatgan, hukumdorlarga marhamat qilgan. Shuningdek, turklar
hukumdorlarni janglarda “tangri qo‘llab-quvvatlagani uchun dushmanlar ustidan
g‘alaba qozondi” - deb o’ylashgan va hukumdorlarga nisbatan tangrining yerdagi
elchisi sifatida qarashgan. Ayniqsa, Ko‘k tangrichilik turkiy qavmlarning eng
qadimiy dini hisoblangan. Ularning fikricha, ko‘k yuzi Tangri bo‘lib, u butun
koinotning va yerning hukmdoridir. Quyosh, oy va yulduzlar Tangrining atrofidagi
ko‘k yuzida joylashgan muqaddas tushunchalardir. Ko‘k Tangri zaminga hayot,
odamlarga jon beradi, istasa qaytarib oladi. Hatto turk xoqonlari ham Ko‘k

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

38

tangrining xohishi bilan taxtga o‘tiradilar. Bu holatni Bilgihoqon bitikdoshining
g‘arbiy tomonidagi to‘qqizinchi satrida keltirilgan quyidagi parchada ko‘rishimiz
mumkin:

: : : : : : : :
teŋri: yarlikadukin: üçün: özüm: kutum: bar: üçün: kagan: olurtum
Tarjimasi: “Tangri lutf qilgani uchun toleim bo‘lganligi uchun, hoqon bo‘lib
taxtga o‘tirdim”.
Tangrining yana bir sifatini xuddi shu matnning birinchi satridan olingan
quyidagi parchada ham ko‘rishimiz mumkin:
: : : : : : : : :
teŋri: teg: teŋride: bolmuş: türk: bilge: kagan: bu: ödke: olurtim
Tarjimasi: “Tangri xohlagani uchun turk Bilgihoqon bo‘ldim”.
Matnning ikkinchi satrida esa quyidagicha jumla keltirilgan:
: : : : : : : : : : :
üze: kök: teŋri: asra: yagiz: yer: kilindukda: ikin: ara: kişi: ogli: kilinmiş:
Tarjimasi: yuqorida ko‘k osmon quyida yer yaratilganida ikkisining orasida
inson o‘g‘li yaratildi.
Parchada keltirilgan üze: so‘zi yuqori ma’nosini anglatgan. Ko‘rinadiki,
tangri turklarning lisoniy ongida doim yuqorida turuvchi, insoniyatni kuzatib
turuvchi buyuk va muqaddas zot sifatida gavdalangan. Kultigin, Bilgihoqon
bitikdoshlaridan tashqari boshqa bitikdoshlarda ham tangrining bir qancha sifatlari
ifodalanganligini ko‘rishimiz mumkin.
Tunyuquq bitikdoshida “tangri” so’zi yetti marotaba takrorlangan.
Toshbitikning sharq tomonga qaragan yuzidagi sartlarda to’rt marotaba, g‘arb
tomonida esa uch maotaba uchraydi. Masalan, sharq tomondagi to’rtinchi satrda
“tangri” so’zi shunday yozilgan:

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

39

: : : : : : :
teŋri: bilig: birtük: üçün: özüm: ök: kagan: kisdim
Tarjimasi: Tangri bilim (kuch) ato qilgani uchun o‘zim hoqon bo‘ldim.
Turk mifologiyasida tangri dunyodaki barcha mavjudodlarni hatto
mabudalarni ham yaratgan zot hisoblangan. Xuddi shunday ma’budalardan biri
Umay ona mabudasidir. O‘rxun-Enasoy yozma yodgorliklarida nomi tilga olingan
Umay ona ma’budasi qadim zamonlardan to bugunrgacha (ayniqsa shamanist
turklari orasida) saqlanib kelingan mifologik obraz hisoblanadi. Kultigin
bitikdoshining sharq tomondaki sahifasining o‘ttiz birinchi sahifasida Bilgihoqon
o‘z onasini Umay onaga o‘xshatadi:

umay: teg: ögüm: katun: kutiŋa: inim: költigin: er: at: boldi
Tarjimasi: Umay ona kabi onamning muqaddas soyasida og‘am Kultigin
og‘il bo‘lib dunyoga keldi.

Umay ona obrazi boshqa bitikdoshlarda ham uchraydi, jumladan
Tunyuquq bitikdoshining o‘ttiz sakkizinchi qatorida Umay ona haqida so‘z boradi:

: : ” : : : : : : : : :
: : : :

keçe: keltimiz: kelmişi: alp: tidi: tuymadi: teŋri: umay: iduk: yir: sub: basa:
birti: erinç: neke: tezer: biz:

Tarjimasi: kechib keldik ammo hech kimsa his qilmadi. Muqaddas Umay
ona va muqaddas yer, suv ruhlari yordam qiladi urushdan nega qochamiz?

Tunyuquq bitikdoshidan keltirilgan uchbu satrda ma’buda Umay ona bilan
bir qatorda muqaddas yer va suv ruhlarining borligiga ham ishora qilinmoqda.
Manbalarda keltirilgan yer va suv tushunchasi turklarning vataniga sodiq
ekanligidan dalolat beradi.

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

40

Umay ona turkliy xaqlar tilida hozirgacha saqlanib qolingan va u bilan
bog‘liq afsona va rivoyatlar ko‘p uchraydi. Umay ona termini qardosh xalqlarning
deyarli barchasida mavjud bo‘lib turlicha nomlar bilan atalgan: qozoq tilida: Ұmay
ana, ruschada: Умáй/ Имай, Умáж / Ймаж, Turkchada: Umay (Ana), Xakaslar
Eje, Yoqut xalqi esa Ayisit deyishadi. Mo‘g‘ul tilida Umay “ona bachadoni”
ma’nosida keladi [2].

Umay ona asosan ayol koʻrinishida tasvirlanadi. Insonlarga doim yaxshiliklar
ulashgan. Umay Ona ham hosildorlik ma'budasi, ham bokiralik ma’budasi sanalgan.
Shu sababli, turkiy xalqlarda u haqida ayollar, onalar va bolalar bilan bog‘liq
afsonalar, rivoyatlar juda ko‘p uchraydi. U shuningdek, unumdorlik ma’budasi
sifatida ham tanilgan. Turk mifologiyasi va tangrichilikda tug‘diruvchi ma’buda
sifatida ham mashhur. Umay Ona boshqa turli dinlarda mashhur bo‘lgan ona yer
ma’budalariga ham o‘xshatiladi [3].

O‘rxun-Enasoy toshbitiklarining topilishi qadimgi turkiy yozma adabiyot
mavjud bo‘lganligining beqiyos namunasidir. Bu bitiklarda aks etgan badiiy tasvir,
g‘oya xalq og‘zaki ijodida yaratilgan asarlar bilan hamohang turadi. Osmonni
muqaddas tangri deb tushunish turkiylar uchun hamma davrlarga xos xususiyat
bo‘lgan va islomgacha bu ta’limot o‘z qimmatini yo‘qotmagan. Shu bilan birga
O‘rxun-Enasoy yozma yodgorliklari, shubhasiz, turk mifologiyasini aks ettiruvchi
eng muhim manba hisoblanadi. Bitikdoshlar ichida asosan, Tunyuquq, Bilgihoqon
va Kultigin matnlari turklarning yashash tarzi va davlatchiligi haqida qimmatli
ma’lumotlar beradi. Mifologik unsurlar manbai bo‘lgan yodgorliklarning asosiy
nuqtasi turk davlati dinni tushunishdir. Tangri va ruhlar, davlat va millat
himoyachisi, yer-osmon munosabatlari va insoniyatning yaratilishi kabi ko‘plab
masalalar haqida ma’lumot beruvchi bitikdoshlar etnomilliy madaniyatini aks
ettiradi. Bu davr yozma yodgorliklari tilida shu narsa anglashiladiki, mutlaq kuch va
qudratga ega bo‘lgan ko‘k tangri hamda bir qancha tangrisifat ma’bud va

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

41

ma’budalar ham mavjud bo‘lgan. Ko‘k tangri bilan birga boshqa kuchlarga
sig‘inish, e’tiqod qilish, davr o‘tishi bilan kuchayib boragan. Albatta, bu tangrining
mutlaq kuch egasi ekanligiga soya solmagan. Boshqacha aytganda, ibtidoiy-
mifologik tushuncha borgan sari sistematik ravishda rivojlanib boravergan. Bu
xususiyat yozuvlarda ham o‘z aksini topadi. Tangri, ma’buda Umay ona va odamlar
bilan bog‘liq ilohiylikni ifodalovchi yer, suv, olov, tog‘ kabi tushunchalar qadimgi
turk madaniyatining izlarini, etnomilliy madaniyat sohibi ekanligini anglatib turibdi.

__________________
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Ali AKAR. Bilge Tonyukuk yazıtı. Ötüken neşriyat, Istanbul. 2021.
2. Baheddin Ögel. Türk mitolojisi. I. Cilt, Türk tarihi kurumu basımevi,
Ankara, 2010.
3. Emel Esin. Türk Kozmolojisine Giriş. Kabalcı yayınevi, İstanbul, 2001.
4. G‘.Abdurahmonov. Qadimgi turkiy til. Toshkent, Akademnashr, 1982.
5. Rahmonov N. Ko‘hna bitiktoshlar. Тoshkent, Adabiyot va san’at
nashriyoti, 1991.
6. В.В. Радлов и духовная культура тюркских народов. Сборник
трудов международной интернет-конференции. Казань, 21 марта 2012 г.
7. И.В.Cтеблева.Реконструкции древнетюркской религиозно-
мифологической системы. Тюркологический сборник. М. 1972.

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

42

Dilfuza TOSHNIYOZOVA
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand

davlat universiteti oqituvchisi

BUYUK IPАK YOʼLI ShERIYATI: IBN
DAVLAT SHE’RIYATIDA BADIIY
SAN’ATLAR JILOSI

Annotatsiya: Ushbu maqolada XX asrda ham mumtoz adabiy an’analarni
munosib ravishda davom ettirgan,necha yuz yillar davomida shakllanib
ulgurgan mumtoz va e’tiqodiy qarashlarni o‘z qobig‘ida bera olgan ijodkor Ibni
Davlatning o‘z she’riyatida badiiy san’atlarni qo‘llash mahorati,va ulardan
unumli foydalana olishi orqali shoir badiiyatining jozibasi ko‘rsatib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar: adabiy asar, mumtoz adabiyot, Ibni Davlat, she’riyat,
badiiy san’at.

Abstract: The article talks about the poetic art of representatives of one of
the most widespread classical literature of Ibn Dawlat and his work, the ability
to use rhyme, as well as about the attention the poet paid to the traditions of
classical literature.

Keywords: literary work, classical literature, Ibni Dawlat, poetry, fine art.
Аннотация: В статье говорится о стихотворном искусство
представителей одной из самых распространенных классической
литературы Ибн Давлата и его творчестве, умение использовать рифму,

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

43

а также о том, какое внимание уделял поэт традициям классической
литературы.

Ключевые слова: литературное произведение, классическая
литература, Ибни Давлат, поэзия, изобразительное искусство.

Adabiy asarlarda she’riy san’atlardan foydalanish mahorati barcha
davrlarda ham badiiy san’atkorlikning asosiy qirralaridan biri sifatida
baholangan.Saidmuhammad xalifa Yo`ldosh ota Ibn Davlat devonidagi
she’rlarning badiiy olamiga teranroq nazar tashlash uchun muallifning badiiy
san’atlardan qay darajada foydalanganligi masalasiga ham diqqat etish kerak.
Ibn Davlat o‘z she’rlarida Sharq mumtoz poetikasiga xos bo‘lgan badiiy san’at
turlarining bir nechtasini mohirlik bilan ishlatganining guvoh bo‘lishimiz
mumkin. Jumladan, iqtibos, talmeh, jam’, ta’dil, tashbeh va irsolu masal she’riy
san’atlarini ko‘ramiz.

“Iqtibos – mushtarak san’atlar jumlasidan bo‘lib, nasr yoki nazmda
bayonning yorqin va go‘zal ifodasi uchun oyat va hadislar keltirish usuli. Ayrim
olimlar (masalan, Atoulloh Husayniy) fikricha, iqtibos sifatida olingan oyat va
hadislar to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ya’ni ularning oyat va hadis ekanligiga ishora
qilinmagan holda keltirilishi lozim... Iqtibos ikki xil ko‘rinishda bo‘lishi
mumkin: 1) Oyat yoki hadis aynan keltirilgan iqtibos “darj” deyiladi... 2) agar
oyat va hadisning tarjimasi yoki mazmuni keltirilsa, bunday iqtibosni Doiy
Javod “hall” deb ataydi.” [1, 57]

Bu har ikki usulni ham Ibn Davlat asarlarida mahorat bilan qo‘llanilganini
ko‘rishimiz mumkin.Ayrim misollarga to‘xtalsak. “Ayla” radifli g‘azalida
shunday bayt berilgan:

Dedi “va’dun” Kalomida Xudovandi jahondoring.
Namoz o‘qub, tutub ro‘za, ibodat borho ayla -

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

44

َ‫( َو ْعَد‬va’da, va’dun) – “va’da berish” mazmunida bo‘lib, Qur’oni
karimdagi o‘ndan ortiq surada keladi. Jumladan, “Niso”, “Yunus”, “Hud”,
“Rad”, “Ibrohim”, “Isro”, “Qahf”, “Maryam”, “Anbiyo”, “Naml”, “Qasos”,
“Rum”, “Luqmon”, “Sabo”, “Fotir”, “YOsin”, “Zumar”, “G‘ofir”, “Josiya”,
“Ahqof” va “Mulk” suralarida bu so‘z uchraydi. Ibn Davlat Qur’oni karimni
yaxshi bilguvchi ijodkor sifatida bu so‘zning mazmuniga muvofiq baytda
keltiradi. Ya’ni, Alloh buyurgan namozni o‘qisa, ro‘zani tutsa va ibodatlarni
davomli ado etib borsa, Alloh va’dasiga ko‘ra mukofotini olishi ta’kidlanmoqda.

Yoki, “Yig‘la” va “Yetkurgil” radifli g‘azallarida Qur’oni karim “A’rof”
surasi 23-oyatidagi “Rabbano, zallamno” (quyida ostiga chizilgan so‘zlar)
iboralarini keltiradi. Uning to‘liq matni quyidagicha:

‫َقالاََ َربَّنَاَ َظلَ ْمنَاَأَنفُ َسنَاَ َوإِنَلَّ ْمَتَ ْغ ِف ْرَلَنَاَ َوتَ ْر َح ْمنَاَلَنَ ُكونَ َّنَ ِم ََن‬
َ‫َقا َلَا ْهبِ ُطواَْ َب ْع ُض ُك ْمَ ِل َب َْع ٍضَ َعدُ ٌّوَ َولَ ُك ْمَ ِف‬

“Ikkisi aytdilar: «Ey, Rabbimiz! Biz o‘zimizga (o‘zimiz) zulm qildik. Agar bizni
kechirmasang va bizga rahm qilmasang, biz, albatta, ziyon ko‘ruvchilardan
bo‘lib qolurmiz» [2]
Jahonda qol-u hollik odamiyning xizmatin ayla,
Dedilar “Urvat-ul-vusqo”, bu yo‘l rohi Payg‘ambar top.

Baytida esa Qur’oni karim “Baqara” surasi 256-oyatida va “Luqmon” surasi 22-
oyatida keluvchi ‫( ُع ْر َوةِ َا ْل ُوثْقَى‬urvat-ul-vusqo) birikmasini keltirmoqda. U esa
“ishonchli xalqa” mazmunini beradi. Allohning ishonchli xalqasiga kirish,
demakdir.Yuqorida keltirilgan iqtiboslar “darj” usulida bo‘lgan bo‘lsa, quyidagi
g‘azalida to‘liq ravishda “hall” usulidan ham foydalanganiga shohid bo‘la
olamiz. Unda muallif Qur’oni karimdagi “Ixlos” surasining mazmun mohiyatini
to‘la ravishda g‘azal matniga singdirishga harakat qilganini ko‘rishimiz
mumkin. Avvalo surani to‘liq keltiramiz:

‫بِ ْس ِمَاللهَِال َّر ْحم ِنَال َّر ِحي َِم‬

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

45

َ‫}َ َل ْمَيَ ِل ْد‬2{َُ‫}ََّل َّلاَُال َّص َمد‬1{ٌَ‫قُ ْلَ ُهَ َوََّل َّلاَُأَ َحد‬
}4{ٌَ‫}َ َولَ ْمَيَ ُكنَلَّهَُ ُكفُواًَأَ َحد‬3{َ‫َو َل ْمَيُولَ ْد‬

Endi Shayx Abdulaziz Mansurning tarjima va tafsirlariga murojaat

qilamiz:

“Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
(Ey, Muhammad!) Ayting: «U Alloh yagonadir.

Alloh Samad (ehtiyojsiz, hojatbaror)dir.
U tug‘magan va tug‘ilmagan ham.

Shuningdek, uning hech bir tenggi yo‘qdir»[2]
Ibn Davlat bu serma’no va muqaddas suraning bir qancha ma’no
qirralarini o‘z g‘azalida aks ettirishga uringan:

G‘amni chohidin chiqor, vasfing huvallohu Ahad,

Bandayi muhtojdurman,San-san Allohus samad.

Yo Ilohal-olamin,San-sanki xayrul-hofizin,
Osiyu jofiy qulungni dargahingdin qilma rad.

Bul jahonu ul jahon Sandin tilarman obro‘,
Chunki homiy bo‘lmasang, bandangni holidur ashad.

Yo Muhammad Mustafo, yo, Chori yori bosafo,
Mujtahidu avliyo aylang bul osiyga madad.

Etti sulton, o‘n bir Ahmad, Sizlardin aylarman umid,
Bir nazar aylang faqirga, garchi kori bo‘ldi bad

Ibni Davlat ojizi bechora miskindur faqir,

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

46

Oqibat korim na bo‘lg‘ay titrayur jonu jasad.
Shoir ushbu keltirilgan baytlardagina boshqa she’rlarida ham “Ixlos”
surasining fazilatlariga ishora qilgan. Misol uchun, “o‘qug‘il surayi Ixlos” radifli
maxsus g‘azal ham yozgan. Uning matla’si shunday:

Sharobi ishq ichay desang, o‘qug‘il surai Ixlos,
Sirot oson kechay desang, o‘qug‘il surai Ixlos...
Yoki, yana boshqa she’rlarida ham Qur’oni karimdagi bir necha suralarning
nomlarini keltiradi. Misol uchun:
Muhammad Mustafo dunyo demay ochlik bilan o‘tti,
Laqab qildi Xudovandi Taolo Yosinu Toho...
Ibn Davlat she’rlarida mahorat qo‘llanilgan badiiy san’atlardan yana biri
talmehdir. E’tiborli manbalarga ko‘ra “talmeh (arabcha: chaqmoq chaqishi; bir
nazar tashlamoq) – mumtoz she’riyatda keng qo‘llanilgan ma’noviy
san’atlarning eng xarakterlilaridan biri bo‘lib, o‘zbek shoirlari ijodida ham
uchrab turadi. Talmeh mumtoz va hozirgi zamon she’riyatidagi faol satrlardan
bo‘lib, uning qay yo‘sinda ishlatilishi ijodkorning estetik tamoyillari va poetik
mahorati bilan chambarchars bog‘langan. Talmeh uchun tanlab olingan
ob’ektning talqini ham har bir shoirning dunyoqarashi va asosiy maqsadi bilan
uzviy aloqadordir.”[1,57]
Aynan ushbu jihatlarni Ibn Davlat she’rlarida ham ko‘rishimiz mumkin
bo‘ladi. Masalan,
Eshiting Robi’ani, ul nechuk toat etar erdi,
Sanam topshur o‘zungni bul zamon ahli saodatga -
baytida IX asrda yashagan mashhur so‘fiy ayol Robiatur Adaviya nomini
keltirib, uning ibodatda ko‘pchilikka namuna bo‘lganiga ishora qilmoqda. Yoki,
quyidagi baytda Mavlono Jaloliddin Rumiy va Shams Tabriziy tarixiga ishora
qilinmoqda:

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

47

Bayat etmay shayxlarga bo‘lmadi hech kim valiy,
Bo‘ldilar Mavloyi Rum Shayxi Tabrizdin habib.
Keyingi baytlarda esa hazrati Umar (r.a.) bilan bog‘liq bir tarixiy voqeaga ishora
qilinmoqda:
Hazrati Ummar edilap bayni ashob durri nob,
Odilul-ashob edi, o‘g‘lini qildi ehtisob.
Xuni biryon yig‘lar erdi ul Abu Shahma uchun,
Yoqasini chok aylab yig‘lar erdilar shayxu shob.
Ul Abu Shaxma rizo bo‘ldiki Ismoil kabi,
O‘zgalarni ko‘zini yoshi edi misli sahob.
Ibn Davlat devonidagi she’rlarda yana kitobot san’ati ham qo‘llanilgan.
“Ushbu san’at arab alifbosi harflari shaklidan lirik va epik timsollar chizishda
foydalanishni nazarda tutadi.” [3, 103] Mazkur jihatni quyidagi baytlarda ham
ko‘rish mumkin: Jahonni yakka, tanho “kof"u “nun"din aylading barpo,
Bu mulkni ayla obod shahru sahrolarni bo‘ston et...
Ey Xudoyo ey Xudoy, ey Xudo,
“Kof”u “nun”din aylading arzu samo.

Ya’ni, butun dunyo (arzu samo) birgina “kof” va “nun” harflaridan paydo
bo‘lgan. Ushbu “mulkni” doimo obod qilib, sahrolarni bo‘ston etuvchi etuvchi
ham Yaratguvchi Allohning o‘zidir. Bu o‘rinda arab tilidagi ‫( كن‬bo‘l) so‘ziga
ishora qilinmoqdaki, bu so‘z yuqorida ta’kidlangan ikki harfdagina tashkil
topgandir.

Ibn Davlat g‘azal va boshqa she’rlari uchraydigan yana bir badiiy san’at
bu jam’ san’atidir. Ma’lumki, ushbu san’at bir necha narsani bir xil sifat yoki
xususiyat bilan jamlashdir. Qizig‘i shundaki, jam’ san’ati kelgan bir baytda yana

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

48

ta’dil san’ati qo‘llanilgan. Bu san’at ham mazmunan jam’ san’atiga yaqnroqdir.
Quyidagi baytga e’tibor qilsak:

Olimi haqqonilarning qavlini qilmas pisand,
Lag‘vu lahvu la’bu fahshni ushbu mardum etti yod.

Vodarig‘o, bosti zulmat bul jahonni sar-basar,
Fisqu isyon, zulmi mardum bo‘ldi kun-kundin ziyod.
Ostiga chizilgan so‘zlar dastlabki o‘rinda yomon fe’llarni ko‘rsatsa,
keyingi o‘rinda insoniyat uchun badbaxtlik keltiruvchi jihatlar sanalgan. Demak,
muallif o‘z g‘oyaviy fikrini ifodalash maqsadida badiiy jihatdan mukammalikni
ham bir oraga keltira olgan.

Haqiru zoru ojizga jahonda bo‘riyo basdur,
Gadoning ko‘hna sholi behtar az taxti Skandar.

Ushbu misralarda esa tarixiy va afsonaviy hukmdor Iskandar Zulqarnayn
nomi keltirilgan holda, uning taxti bir gadoning xotirjamlikdagi “ko‘hna sholi”
afzal ekanligi ta’kidlanmoqda. Bu o‘rinda endi talmeh bilan birga tashbeh
san’ati ham qo‘llanilgan.

O‘z-o‘zidan ma’lum bo‘ladiki, tashbeh san’atining go‘zal unsurlaridan
Ibni Davlat ham devonida mohirona foydalanadi. Unda Qur’oni karimda nomi
keltirilgan payg‘ambarlar, avliyo va mashhur shaxslarning nomlarini keltirish
orqali tashbeh san’atini mahorat bilan ishlatgan.

Ibn Davlat o‘z she’rlarida ko‘plab tarixiy va diniy nomlar aynan tashbeh
(ba’zi o‘rinlarda talmeh) san’ati orqalii keltiradi. Ularning aksariyati tarixda
yashab o‘tgan payg‘ambarlar, avliyolar, hukmdorlar va shoirlardir. Misol uchun,

payg‘ambarlardan – Odam (a.), Nuh (a.), Ibrohim (a.), Yahyo (a.), Yusuf
(a.), Sulaymon (a.), Hizir (a.), Ilyos (a.), Yunus (a.), Muso (a.), Iso (a.) va
hazrati Muhammad Mustafo (s.a.v);

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz

49

tarixiy shaxslardan – Fir’avn, Namro‘d, Homon, Qorun, Barsiso, Majnun,
Iskandar, Ibrohim Adham, Abu Jahl, Abu Lahab, Abo Muslim kabilarni
keltiradi;

ulug‘ sahoba, olim va avliyolardan – Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali, Hasan,
Xusayin, Ja’fari Sodiq, Shoh Qusam ibn Abbos, Shayx Boyazid Bistomiy,
G‘avsul-A’zam Abdulqodir Giyloniy, Sufyoni Sariviy, Robiyatur Adaviya,
Imomi A’zam No‘mon Ibn Sobid, Imomi Molik, Imomi Shofe, Imomi Hanbali,
Mavlono Jaloliddin Rumiy, Shayx Tabriziy, Bahovuddin Naqshband, Mir Kulol,
Yaqub Charxiy, Xoja Ubaydulloh Ahror, Mashrab, Qoriyi Farg‘ona Mahzun,
Orzuqul, Abdurahim, Metaniy Eshon, Qutbiddinxon, Urgutiy Eshon kabilarni
keltirib o‘tadi.

Masalan,mashhur naqshbandiya tariqatining shayxlari Bahouddin
Naqshband, Amir Kulol, Yaqub Charxiy va Xoja Axror nomlari kelgan bayt:

Bahoul-haqqi vad-din Mir Qulolning xizmatin qildi,
Qilibdur xizmati Ya’qubi Charxiy, Xo‘jayi Ahror.
Yoki, to‘rt islom shariatidagi to‘rt buyuk mazhab imomlarining
nomlarining kelishi:
Hazrati No`monu Molik, Shofe’u Hanbaliy,
Etti sulton, o‘n bir Ahmad dardima aylang davo.
Aytaylik, ko‘plab mumtoz shoirlar qatori Ibn Davlat ham Muso, Iso,
Ya’qub, Yusuf va boshqa payg‘ambarlar timsollarini she’riy misralarda sabot va
ezgulik timsoli ko‘rinishida bo‘lsa, Fir’avn, Shaddod, Namrud va Homon
(Allohga isyon qilib, xudolik da’vo qilganlar) yoxud Qorun (xasisligi tufayli er
yutgan) nomlarini yomonligu qabohat tufayli do‘zax ahlidan bo‘lganlar
namunasi o‘laroq keltiradi.
Zakotini ado qilmay ne bo‘ldi Qoruni horis,

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №2 / 2022 / www.silk-road.samdu.uz


Click to View FlipBook Version