50 Ilmiy tadqiqot tartibsiz bajarilmaydi; u aniq sistemaga ega boʻlib, oldindan tuzilgan rejaga boʻysinishi kerak. Agar tadqiqotchi taxminan harakat qilsa, undan qimmatli natija kutib boʻlmaydi. Uning qoʻlida toʻgʻri yoʻlni koʻrsatuvchi kompas boʻlish kerak. Shunday kompas tadqiqot usulidir. Eng avval tadqiqotchi bilishning umumiy usulini bilish kerak, bu unga nafaqat berilgan konkret hodisani oʻrganishdagina yordamlashadi, balki bu hodisaning oʻrab turgan dunyo bilan aloqalarining ochishga ham yordamlashadi. Shunday umumiy usul, bu dialektik materializm usulidir. U material borliqni oʻrganishning umumiy prinsiplari bilan tadqiqotchini qurollantiradi. Har qaysi fan ungagina taalluqli boʻlgan butun bir kompleks, konkret yoki maxsus tadqiqot usullaridan foydalaniladi, ular har xil darajada unirversalligiga ega boʻladi. Konkret ilmiy usullarining bazi birlari har xil fanlarda qoʻllanilishlari mumkin, masalan matematik usullar. Boshqalari esa shu fan chegarasidagina, masalan, texnik fanlaridan, tenzametrlash usuli. Konkret ilmiy usul konkret obyektining u yo bu xossa va xususiyatlarini aniqlash maqsadida uning ma’nosini bilishga qaratiladi, u aniq amaliy yoki ilmiy muammoni yechishga yoʻnaltiriladi. Koʻp darajada universal boʻlib texnika fanlarida ilmiy tadqiqot ishlarida qoʻllaniladigan asosiy usulni qisqacha koʻramiz. Tahlil – quyidagilardan iborat ilmiy oʻrganish metodi: tadqiqot obyekti fikran tarkibiy qismlarga ajratiladi yoki ularga xos xususiyatlari va belgilari alohida oʻrganiladi. Tahlil obyektining ayrim elementlarini mohiyatiga kirib borishni ta’minlaydi, ularni eng muhumi va ahamiyatlilarini aniqlashda, ular oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarini topishda katta yordam beradi. Sintez – obyektni yoki bir guruh obyektlarni bir butundek ularning hamma tarkibiy qismlarining yoki ularga xos belgilarining oʻzaro aloqali holatida ilmiy tadqiqot qiladigan usuldir. Sintez usuli ularning hamma tarkibiy qismining tahlilidan keyin murakkab sistemani tadqiq qilish bilan xarakterlidir. Shunday qilib tahlil va sintez bogʻliq va bir birini toʻldiradi. Induktiv usul – ayrim fikrlardan umumiy xulosalar chiqarishda va mantiqiy tadqiqotlarda qo‘llaniladigan muhokama usuli. Xususiylikni o‘rganib, umumiylik bilib olinadi. Umumiylik predmet va hodisalar bilan uzviy aloqada bo‘ladi. Induksiya bilimlarning tashkil topishida, qonuniyatlarni ochishda, tushunchalarni maydonga chiqarish jarayonida, gipotezani olg‘a surishda fan uchun muhim ahamiyatga ega. Deduktiv usul - oldindan mavjud bo’lgan bir umumiy haqiqat, umumiy prinsipning o’ziga xos tartibli fikrlash va mantiq qoidalariga asoslangan holda, maydaroq, yakka holatlarga tadbiq qilinishiga aytiladi. Deduksiyada umumiy bir gipoteza hayotdagi mavjud yakka holatlar orqali tekshirib chiqiladi. Bu umumiy prinsip oldindan mavjud, va holatlarni faqatgina bu prinsipni tekshirish, tatbiq qilish uchungina o’rganiladi. Bu yerda birlamchi o’rinda mantiq turadi; tajriba esa ikkilamchi hisoblanadi. Ilmiy tadqiqotning usullari.
51 Ilmiy abstraktsiya qilish. Bu usul o‘rganilayotgan hodisaning bir qancha xossalari va nisbatlaridan fikran uzoqlashish, ayni paytda tadqiqotchini qiziqtirgan xossalami (eng avvalo, muhim, umumiy xossalami) ajratish jarayoni. Mazkur jarayon natijasida har xil «mavhum predmetlar» olinadi. Bunda «mavhum predmetlar» deganda alohida tushunchalar va kategoriyalar («rivojlanish», «qarama-qarshilik», «fikrlash» va b.) hamda ularning tizimlari tushuniladi. Matematika, mantiq, dialektika va falsafa eng rivojlangan tizimlardir. Ko‘rib chiqilayotgan xossalarning qay biri muhim, qaysinisi ikkinchi darajali ekanligini aniqlash mavhumlashtirishning bosh masalasidir. Mazkur masala har bir muayyan holatda. eng avvalo, o'rganilayotgan predmetning tabiatiga, shuningdek, tadqiqotning muayyan vazifalariga qarab hal qilinadi. Formallash, bunda hodisa, joriy matematik atamada formulalarda ifodalanadi, bunda maxsus simvolika qoʻllaniladi, keyin ular bilan ma’lum qoida boʻyicha ishlar bajariladi. Formallashtirish matematik abstraktsiyalashning negizi hisoblanadi. U matematik apparatni undan uzoqlashgan fanda ham qoʻllash imkoniyatini beradi, masalan, meditsinada, til bilishda, biologiyada va sh.k. Pedagogik fanlarda nazariy tadqiqot va umuman matematik usullar keng qoʻllaniladi. Oʻxshashlik. Yaxlitlikda alohida obyektning ba’zibir belgisi boʻyicha oʻxshashligi. Oʻxshashlik usuli shundan iboratki, oʻrganilayotgan obyektning ba’zibir belgilarining yoki xossalarining oʻxshashligidan oʻrganilmagannining boshqa belgi va xossalari oʻxshashliklari haqida ham xulosa qiladi. Oʻxshashlik usuli modellash jarayonida foydalaniladi. Nazorat savollari: 1.Pedagogik tadqiqotning tuzilishi haqida nimalarni bilasiz? 2.Ilmiy tadqiqotning usullariga nimalar kiradi? 3.Ilmiy abstraktsiya qilish usuli haqida gapiring?
52 2-MODUL METODOLOGIK APPARAT VA TADQIQOT SIFATINI TA’MINLASH 2.1-MAVZU: PEDAGOGIK MUAMMONI TANLASH VA PEDAGOGIK TADQIQOT MAVZULARINI SHAKLLANTIRISH. REJA: 1. Pedagogik tadqiqotlar muammosi. 2. Tadqiqot muammosining dolzarbligi. 3. Pedagogik tadqiqotlarning dolzarbligini aniqlash Tayanch soʻzlar: Muammoning qoʻyilishi, dastlabki faraz, ishchi faraz, dolzarblik, aniqlik. Pedagogik tadqiqotlar muammosi. Mavzuni tanlash va asoslash jarayoni ilmiy tadqiqot ishini dastlabki bosqichi hisoblanadi. Bunda asosan soha, yoʻnalish va undagi mavzuni tanlash amalga oshiriladi. Mavzu tanlashda tadqiqotchining sohaga, yoʻnalishga qiziqishi va bu boradagi ilmiy salohiyati e’tiborga olinadi. Bunda tadqiqotchining oʻzi shug‘ullanmoqchi boʻlgan sohaning yutuq va kamchiliklarini mustaqil oʻrganish orqali mavzuni tanlash imkoniyatiga ega boʻladi. Mavzu tanlanayotganda shug‘ullanishi kerak boʻlgan sohaning yirik — istiqbolli mutaxassislari maslahatiga amal qilinsa yaxshi samaralar beradi. Mavzuni asoslashda esa tanlangan mavzu boʻyicha qilingan ishlar atroflicha oʻrganiladi, tahlil qilinadi, soha boʻyicha yutuq va kamchiliklar tahlil qilinadi va muammoning qoʻyilishiga zamin tayyorlanadi. Muammoning qoʻyilishi bevosita mavzuni dolzarbligini asoslashning davomi hisoblanadi va u soha boʻyicha yutuq, kamchiliklar tahlili natijasi asosida ifodalanadi. Bu tadqiq qilinishi kerak boʻlgan muammoni izlash bilan bog‘liq boʻlib qolmasdan, ilmiy tadqiqotning vazifalarini (hal qilinadigan masalalarni) aniq va ravon ifodalanishini ham oʻz ichiga oladi. Muammoning qoʻyilishida ma’lumot yig‘ish va ularni qayta ishlashga katta e’tibor beriladi. Undagi nazariy usullar va texnik yechimlar, oʻxshash muammolarini yechimini topish vositalari, tadqiqotga yaqin sohadagi tadqiqotlar natijalari haqidagi ma’lumotlar va boshqa maxsus ma’lumotlar yig‘ish tadqiqot boshlangunga qadar emas, balki butun tadqiqot davomida amalga oshiriladi. Dastlabki faraz, ya’ni ishchi faraz aniq ifodalangan tadqiqot muammosiga va yigʻilgan dastlabki materialning tanqidiy tahlili natijasiga tayangan holda shakllantiriladi. U bir necha variantda ifodalanadi va ularning ichidan muammo qoʻyilishiga mosi tanlab olinadi. Ishchi farazni ifodalashning turli usullari bor. Ular,
53 asosan tadqiqot muammosini aniqlashda va mavzu dolzarbligini asoslashda nazariy ma’lumotlarga asoslanadi va tadqiqot manbasini chuqurroq oʻrganish imkonini beradi. Ishchi farazni shakllantirishda anketa soʻrovlari, suhbatlari, mutaxassisolimlar bilan maslahatlar va ayrim hollarda dastlabki tajriba-sinov ishlari ham oʻtkaziladi. Dolzarblik Yangilik, jamiyat hayoti bilan bog‘liqlik, yetilgan ziddiyat, aniqlik tipik kamchiliklari: mavzuning asossiz kengligi, global tusdagi mavzu ifodalanishida mavhumlik. Masalan, agar «Davlat boshqaruvi» mavzusi tanlanadigan boʻlsa, unda bunday mavzu ilmiy ish uchun yaramaydi, haddan ortiq mavhum boʻladi. Birmuncha torroq mavzuni tanlagan ma’qulroq. Muammolilik «Maktabgacha ta’lim – pedagogik fan sifatida «Mavzusi oʻquv ishi (referat, kurs yoki diplom ishi) uchun boʻlishi mumkin, lekin uning nomida muammo yoʻq. Hatto oʻquv maqsadlari uchun ham qandaydir aniq bir jihatni olgan yaxshi: «Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni oʻyin vositasida maktabga tayyorlash». Bunda muammo yaqqol koʻrinib turibdi: Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni maktabga qanday tayyorlashimiz koʻrinib turibdi. Ilmiy ish uchun undan ham aniqroq mavzuni tanlagan ma’qul: «Maktabgacha yoshidagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik tizimi». Aniqlangan mavzuga muvofiq ravishda aniq-ravshan ifodalangan maqsad shakllantiriladi. Tushunchalarning aniqligi Masalan, «rivojlanish masalalari», «tarbiyaning pasayishi», «muammo falsafasi», «muammoning izohlanishi» kabi va boshqa ikki xil ma’noli va noaniq ifodalarni ishlatmaslik kerak. Loʻndalik «Oʻzbekistonda maktabgacha yoshidagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik mexanizmini takomillashtirish.» Bunday nom toʻg‘ri va ishlatish mumkin, lekin juda uzun. Uni qisqaroq ifodalagan ma’qul: «Maktabgacha yoshidagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik tizimi». Birinchi nom ancha aniqroq, lekin idrok etish qiyinroq. Darvoqe, qisqa nomning ham oʻz kamchiliklari boʻladi, shuning uchun muallif aniqlik yoki qisqalikni tanlashi kerak boʻladi, yaxshisi esa har ikkalasini ham oʻz joyida qoʻllagan yaxshi. Nazorat uchun savollar: 1. Pedagogik tadqiqotlar muammosi nimalardan iborat? 2. Muammoning qoʻyilishida nimalarni hisobga olish kerak? 3. Dolzarblik, aniqlik tushunchalarini izohlab bering?
54 2.2-MAVZU. PEDAGOGIK TADQIQOTLARNING OBYEKTI VA PREDMETI. Reja: 1.Tadqiqot obyekti haqida tushuncha 2. Tadqiqot obyekti va predmetining muhim belgilari. Tayanch soʻzlar: tadqiqot obyekti, tadqiqot bosqichlari,obyekt, matematik model, fizikaviy model. Tadqiqot obyekti haqida tushuncha Ilmiy tadqiqot ishlarining dastlabki bosqichi oʻzidan oldingi erishilgan (fan, ta’lim, texnika va texnologiya sohalari) yutuq va kamchiliklarni oʻrganish, tahlil qilish va tegishli xulosalar chiqarish hamda yondosh sohalar ma’lumotlarini ham oʻrganishdan boshlanadi. Ayniqsa, pedagogik tadqiqotlarda bularga qoʻshimcha ravishda muammo yechimini izlashga zamonaviy texnika va pedagogik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini baholashni ham talab qiladi. Bu borada tadqiqotchi yuqoridagi bosqichni oʻtamasa, ishlangan muammolarni ishlashga toʻg‘ri kelib qolishi mumkin va ayrim hollarda mavjud ishlanmalarga nisbatan soddaroq (pastroq darajadagi) ishlanmalarga urinish hollari ham uchrab qolishi mumkin. Shu sababli ham bu dastlabki bosqich ilmiy tadqiqot ishlarning asosiy bosqichlaridan biri boʻlib, uning samarali boʻlishi tadqiqotchining ilmiy salohiyatining yuksakligiga va ustozining (ilmiy rahbarining) keng qamrovli bilimga ega boʻlishiga koʻp jihatdan bog‘liq boʻladi. Demak, bu jarayon ham oʻziga xos murakkabliklarga ega, chunki bu bosqich orqali ilmiy tadqiqot ishiga «poydevor» qoʻyilishi boshlanadi. Ya’ni muayyan soha boʻyicha e’lon qilingan juda katta hajmdagi ma’lumotlarni toʻplash, ularni sinflab biror tizimga keltirish va ularni axborotga aylantirish lozim boʻladi. Ilmiy tadqiqot ishini olib borishda mazkur muammo, asosan ikki bosqichda olib boriladi. Quyida biz ular toʻg‘risida qisqacha toʻxtalamiz. Birinchi bosqich – tadqiqot manbai va unga tegishli ma’lumotlarni izlash. Ushbu bosqichdagi ilmiy tadqiqot ishida manbani oʻrganish adabiyotlarni (monografiya, maqola, tezis, referat va h.k.) izlashdan boshlanadi. Bunda, ayniqsa, monografiyalar va ilmiy anjumanlar materiallarining oʻrni beqiyos. Ma’lumki, monografiya toʻliq bibliografik koʻrsatkichga ega boʻladi va ayni bir muammo yechimiga bag‘ishlangan boʻladi, shuningdek, ilmiy anjumanlardagi ma’lumotlar ham muayyan muammoga (yoʻnalishga) tegishli eng zamonaviy natijalar boʻladi. Shu sababli ham bular orqali tadqiqot qilinadigan muammoga zamonaviy istiqbolli yondashuvlarni (zamonaviy tadqiqot usuli bilan tanishish) bilish va asosiy adabiyotlar bilan tanishish imkoniyati tug‘iladi. Umuman olganda, ushbu bosqichni quyidagi ketma-ketlikda olib borilsa ijobiy samaralarni qoʻlga kiritish mumkin:
55 -bibliografik koʻrsatkichlar boʻyicha ish yuritish. Ularda muayyan muammoga tegishli ilmiy, ilmiy-metodiy jihatdan tayyorlanib, keng tarqalishiga erishilgan kitoblar, oʻquv qoʻllanmalari, metodik tavsiyanomalar va koʻrsatmalar, broshyuralar, davriy ilmiy va ilmiy-metodiy jurnallardagi maqolalar, ilmiy anjumanlar materiallar (maqolalar, tezislar), dissertatsiyalar, avtoreferatlar va shu kabilarga e’tibor beriladi; -fan va texnikaning muayyan muammoga tegishli referativ jurnallarini va informatsion varaqalarni hamda boshqa ommaviy axborot vositalaridagi ma’lumotlarni oʻrganish; - muayyan muammoga tegishli jurnallardagi ma’lumotlarni muntazam ravishda oʻrganib va kuzatib borish; - institutlar ilmiy ishlari boʻyicha maqolalar toʻplamlarini va an’anaviy ilmiyamaliy anjumanlari materiallarini muntazam ravishda oʻrganib borish; - «INTERNET» xalqaro tarmog‘idan muayyan muammo yechimiga bag‘ishlangan axborotlarni toʻplash va oʻrganish. - Ma’lumot manbalarini izlash (kutubxona, ilmiy anjumanlarga qatnashish, «INTERNET» tarmog‘ida shug‘ullanish, respublika va mintaqaviy ilmiy markazlar faoliyatidan oʻrganish, ilmiy tadqiqot ishlaridan foydalanish, tadqiqot manbaidagi suhbatlar uyushtirish, anketa savollariga javoblar olish va h.k.) tadqiqotchining ilmiy tadqiqot ishiga qanday jalb qilinganlik harakatiga bog‘liq va u ilmiy faoliyatning uzviy bosqichi boʻlib, salmoqli oʻrniga ega boʻladi. Ikkinchi bosqich – yig‘iladigan ma’lumotlarni axborotlarga almashtirish , ularni oʻrganish bosqichi. Bunda olinadigan axborot (ishning muallifi, nomi, sarlavhasi, chiqqan vaqti, nashri, yili, turi va h.k.) muayyan muammo yechimiga mos aniq tizimda boʻlmog‘i lozim. Zamonaviy adabiyotlarda (kitoblarda) annotatsiya shartli holda boʻladi. Agarda tanishilayotgan materiallarning kerakligi aniq boʻlib qolsa, uni yana yaxshilab oʻqib, tahlil qilib chiqish kerak. Tahlil paytida quyidagi ketma-ketlikka rioya qilinsa, yaxshi boʻladi: (Mavzu: oʻrganilayotgan muammo), (asosiy mazmuni-maqsadi-mohiyati-muammo yechimi va unga bog‘liq koʻrsatkichlar yechimlar topishda ishlatiladigan mezonlar, farmonlar, qonunlar) – (qoʻyilgan muammoning izlanayotgan yechimiga mos ishlanmalar mavjudligi) – (tahlil natijasi orqali qaralayotgan muammo yechimini yechishga boʻlgan ta’sir bahosi). Obyekt: Bu har qanday ilmiy tadqiqotda asosiy bosqich boʻlib, bunda obyektni tanlash va asoslash koʻzda tutiladi. Obyektni tanlashda quyidagi ikki holatni hisobga olish kerak: -tadqiqot obyektlarining tadqiqot olib borish uchun oʻrganilishi zarurligi va muhimligi;
56 - obyektni oʻrganish zarurligi koʻproq fundamental (ilmiy-nazariy) tadqiqotlarga xos va obyektning oʻrganilishi muhimligi esa ilmiy-amaliy (ilmiymetodiy, ilmiy-metodik va shu kabi) tadqiqotlarga xos boʻladi. Fundamental tadqiqotlar jamiyat uchun (umuminsoniyat uchun) istiqbolli yoʻnalishdagi (sohadagi) keng qamrovli tadqiqot olib borishga moʻljallangan boʻlib, u ilm-fanning asosiy vazifasini va xalqning turmush darajasini yuqori saviyaga yetkazishni ta’minlovchi amaliy tadqiqotlar asosidir. Ilmiy-amaliy tadqiqotlar koʻproq xalq xoʻjaligining muhim sohasidagi vazifalarning yangi pog‘onalarga koʻtaradi. Jumladan, ta’lim-tarbiya jarayonining mazmun-mohiyatini, oʻqitish metodini va texnologiyasini yangi istiqbolli pog‘onaga koʻtaradi yoki ishlab chiqariladigan mahsulotning ishlab chiqarish qiymatini pasaytiradi, mustahkamligi (yaroqliligi)ni kuchaytiradi, shuningdek, foydalanishga qulayligini ta’minlaydi yoki biror texnologik jarayon kechishining optimal varianti tanlanadi yoki biror texnika ishlab chiqariladi, yoki ishlab chiqilgan texnika takomillashtiriladi va vaqtning chegaralanganligi: har qanday tadqiqotni olib borishda, unda muammo qoʻyilishi va vazifalarni e’tiborga olgan holda ma’lum bir chegaralangan muddat boʻlishi shart, aks holda ish rejasiz boʻlib, vaqtlar oʻtishi bilan tadqiqot dolzarbligi oʻz ahamiyatini yoʻqotishi mumkin. Ayniqsa, ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarida, obyektni tanlashda muhim ahamiyat kasb etadi va hattoki tajriba-sinov ishlarini olib borishda vaqtning optimal chegarasini tanlash tadqiqot samaradorligini ta’minlash mezoni ham boʻlishi mumkin. Aytaylik pedagogik tajriba sinov ishlari (TSI)ni iyul va avgust oylariga rejalashtirildi. Bu maqsadga muvofiqmi? Yoki g‘alla ekishda olib boriladigan TSIni saratonga belgiladik. Bu toʻg‘ri yoʻlmi? Demak, obyekt va u bilan olib boriladigan ilmiy tadqiqot ishi mazmun-mohiyati oʻzaro aloqadorlikda olib borilishi lozim, biri ikkinchisisiz faoliyat yuritilsa, samarasiz, vaqt me’yorisiz ilmiy faoliyat yuzaga kelib, ularda ilmiy yangilik boʻlishining oʻzi ham alohida muammoga aylanadi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, tadqiqot obyektini faqat «predmet»: asbob-uskuna, moslama, mexanizm, mashina va shu kabilar koʻrinishida tushunish kerak emas, balki u algoritm, usul, metodologiya, texnologiya, tamoyillar, qonunlar, qoidalar ishlab chiqarish jarayoni ham boʻlishi mumkin. Faqatgina ayrim tadqiqotlarda tadqiqot obyekti bilan predmeti ustma-ust tushishi mumkin. Ular ayrim yangi modda, qurilma, asbob va h.k.ni hosil qilishda uchrashi mumkin. Ilmiy tadqiqot obyekti va uning modelini tanlash Tadqiqot obyektini tanlash bevosita muammoning qoʻyilishi (maqsadi) bilan uzviy bog‘liq. Ilmiy tadqiqotlarning uzluksizligi va vaqt boʻyicha chegaralanganligi uchun, tadqiqot obyekti koʻpchilik hollarda, tadqiqotchiga fanning ushbu tarmog‘ini rivojlanishining oʻtmishi boʻyicha beriladi. Tadqiqotning aniq bir muddatda va mos chegaralarida bajarilishi zarurligi hech kimga sir emas, chunki tadqiqot obyekti muammo qoʻyilishiga qarab vaqt nuqtayi nazardan ham, koʻrsatkichlar fazosi nuqtayi nazardan chegaralanadi, ya’ni koʻrsatkichlarning aniqlanish va oʻzgarish sohalari belgilab olinadi.
57 Modelni tanlash ham tadqiqot obyektiga mos holda olib boriladi. Bunda og‘zaki, ya’ni soʻzlar (fikrlar) orqali ifodalangan modellarga asoslangan fanlar mavjud boʻlsada, tadqiqot obyektini, tabiiy tiplarining soʻzlar orqali ifodalovchi bu model turli ilmiy-texnik tadqiqotlarda faqat boshlang‘ich bosqichlarida yordamchi vosita sifatida foydalaniladi. Ijtimoiy-gumanitar fanlarda esa bu model turining ahamiyati ancha yuqoriroq boʻladi, chunki bularda sonli ma’lumotlardan tashqari sifatli ma’lumotlar oʻrni koʻproq ahamiyat kasb etadi. “Model” tushunchasi ilm-fanning ko‘p sohalarida qoʻllaniladi. Model-sxema, fizik konstruksiyalar, belgili shakllar va formulalar ko‘rinishida sun’iy hosil qilingan obyekt bo‘lib, u tadqiq qilinayotgan obyektga o‘xshash bo‘ladi, uning tuzilishini, xususiyatlarini, obyektning elementlari orasidagi o‘zaro aloqalar va munosabatlarni sodda va tushunarli tarzda aks ettiradi. Model-rasm, jadval, chizma kabilar ko‘rinishida tadqiq qilina-yotgan obyektga oʻxshash bo‘lgan, uning tuzilishi, xususiyatlari, elementlari orasidagi o‘zaro aloqa va munosabatlani sodda, kichraytirilgan ko‘rinishda aks ettiruvchi va namoyon etuvchi ramziy hosil qilingan obyekt. Matematik model.. Bu turdagi model ilmiy-texnik tadqiqotlar yechimlarini topishda muhim rol oʻynaydi. Fizikaviy model-ushbu koʻrinishdagi modellar ashyoviy koʻrinishda boʻladi va ular ma’lum qonuniyat (mezon, qoida va shu kabilar) asosidagi vositalar majmuasidan iborat boʻladi, ya’ni u ma’lum darajada (muammo maqsadi va yechimini qanoatlantiradigan darajada)gi qurilma yoki qurilmalar majmuasidan iborat boʻladi. Ular asosan quyidagi holatlarda boʻladi: obyekt bilan tabiatan bir boʻlgan kichraytirilgan (oʻlchamli) yoki ixchamlashtirilgan masshtabdagi model; - boshqa tabiatga ega boʻlgan model (dastgohning laboratoriya maketi, oʻlchov - zanjirli mexanik qurilma bilan almashtirish maketi; - mashina yoki mexanizmning harakatdaga kichik oʻlchamli (laboratoriya uchun) maketi; - jarayon va hodisalar faoliyati kechishini ifodalovchi kompyuterli maketlar va shu kabilar. Deyarli har qanday matematik (analitik) yoki fizikaviy modelni kompyuterlar yordamida raqamli shaklda (dasturlar asosida) amalga oshirish mumkin. Bunda matematik model yoki kompyuterda modellashtirish hosil boʻladi. Nazorat uchun savollar: 1.Ilmiy tadqiqot obyekti va uning modelini tanlash qanday amalga oshiriladi? 2.Tadqiqot obyekti va predmetining muhim belgilari nimalarda iborat?
58 2.3-MAVZU. PEDAGOGIK TADQIQOTLARNING MAQSADI VA VAZIFALARI 1. Tadqiqotning maqsadi-ilmiy izlanishning natijasi. 2. «Tadqiqot vazifalari» tushunchasi mazmuni Tayanch soʻzlar: tadqiqot maqsadi, tadqiqot vazifalari, analiz, sintez, model. Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi tadqiqot oʻzagini tashkil qiluvchi va yangilik, originallikning muhim belgilariga ega masalalar doirasiga chiqib olishni ta’minlaydi. 1. Tadqiqot maqsadi – bu tadqiqotchi oʻz ishini yakunlashda erishishni xohlagan pirovard natijadir. Muammo yechimi magistrant ishining maqsadi sifatida koʻrib chiqiladi. Maqsad tadqiqotning xarakteri, borishi va vazifalarini belgilovchi oʻziga xos oxirgi sababdir. Shu asosda ish tuzilishining aniq maqsadga boʻysundirilishi kerak boʻlgan mantiqiyligi kelib chiqadi. Tadqiqot maqsadini ifodalashdagi «ishlatiladigan» iboralar va soʻz birikmalari: «aniqlash...», «belgilash...», «asoslash... », «aniqlashtirish... », «ishlab chiqarish...». Misollar. Tadqiqot maqsadi Maktabgacha yoshidagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik tizimini nazariy-metodologik yondashuvlarning asoslanishidan iborat. Tadqiqot maqsadi Maktabgacha yoshidagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik tizimining ilmiy-metodiy va amaliy tavsiyalarning ishlab chiqilishidan iborat. Tadqiqot maqsadi Maktabgacha yoshidagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik tizimini imkoniyatlarini belgilashdan iborat. Tadqiqot maqsadi Maktabgacha yoshidagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik tizimini takomillashtirishdan iborat. 2. «Tadqiqot vazifalari» tushunchasi mazmuni Tadqiqot vazifalari bu ilgari surilgan farazga muvofiq maqsadga erishish uchun yoʻllar va vositalarning tanlanishidir. Vazifalarni maqsadga erishish uchun qilinishi zarur boʻlgan narsaning tasdiqlanishi shaklida ifodalash eng ma’qul variantidir. Vazifalarning qoʻyilishi tadqiqot maqsadining kichik maqsadlarga boʻlinishiga asoslanadi. Vazifalarning sanab oʻtilishi unchalik murakkab boʻlmagan vazifalardan eng murakkab, koʻproq mehnat talab qiladigan vazifalarga tomon yurish tamoyili boʻyicha koʻriladi, ularning soni esa tadqiqotning teranligi bilan belgilanadi. Vazifalarni juda sinchiklab ifodalash zarur, chunki keyinchalik ular yechimlarining
59 bayoni boblar mazmunini tashkil etadi. Boblar sarlavhalari ayni shu vazifalar ifodalaridan hosil boʻladi. Ilmiy tadqiqotning tipik vazifalari: - tadqiq qilinayotgan hodisani bayon qilish; - sabablar va shartlarni aniqlash; - sabablarni izohlash. - tadqiq qilinayotgan hodisalarning tasnifini qurish; - qonuniyatni aniqlash va asoslash mazmunni tushunish va izohlash; - aniqlangan, bayon qilingan va izohlangan hodisa uchun nom berish. Aniq ilmiy pedagogik vazifani hal etishga ehtiyojning aniqlanishi. Mavjud vaziyatdagi holatni qanday oʻzgartirishni bilmagan, bunga hech kim yordam bera olmaydigan holda uni oʻzgartirish yuzasidan kuchli xohish-istak paydo boʻlishida ifodalanadi (ma’lum texnologiyalar xohlagan samaraga erishishga imkon bermaydigan holda texnik yoki ma’muriy ziddiyat darajasida-empirik fakt yoki ta’sir koʻrsatish natijasini bashorat qilishni izohlash zarur boʻlganida ehtiyoj paydo boʻladi). Ilmiy tadqiqotni oʻtkazishga ehtiyojning belgilanishi. Agar ilmiy tadqiqot ma’lum va hamma tomonidan qilinishi mumkin boʻlsa, unda bunday tadqiqotni oʻtkazish talab etilmaydi. Oʻrtacha ilmiy, koʻpincha ilmiyommaviy nashrlar boʻyicha batafsil tahlil oʻtkazilganidan keyin va shunga oʻxshash yechimlar topilmaganida tadqiqotchi original yechimni topish uchun toʻliq ilmiy tadqiqotni oʻtkazish boʻyicha reja tuzishi kerak boʻladi. Ilmiy tadqiqot maqsadlarining belgilanishi va joy-joyiga qoʻyilishi Maqsad — ehtiyoj mahsuli. Aniq ifodalangan ehtiyoj koʻpincha maqsadni belgilaydi. Ilmiy tadqiqotni oʻtkazishda asosiy maqsad shu asosiy maqsaddan kelib chiqadigan, jami boʻlib ilmiy-texnik ishga singib ketadigan kichik maqsadlarga boʻlinib ketadi. Ularni oʻz oʻrinlariga toʻgʻri joylashtirish zarur, shunda maqsadlarning joy-joyiga tushishi va ilmiy izlanishdagi muayyan izchillik hosil boʻladi. Dissertatsiyaning predmetli sohasining bir tizimga solinishi. Bir tizimlilik – ilmiylikning muhim belgilaridan biri. Bilimning ilmiy tizimga solinishi toʻliqlikka intilish, bir tizimga solishlikning asoslari va ularning ziddiyatli emasligi haqidagi aniq tasavvur bilan tavsiflanadi. Bir tizimlilik tadqiqot predmeti va obyektini tasniflash mahorati orqali amalga oshiriladi. Tasniflash tadqiqotni nafaqat bir tizimli qiladi, shu bilan birga ishlab chiqayotgan ilmiy nuqtani aniq belgilaydi. Tasniflashga talablar – predmetli sohani 3-6 ta muhim belgilarga qarab boʻlish, ravshanlik va koʻrgazmalilik, bir tizimga solinayotgan predmetli sohaning imkoni boricha toʻlaroq qamrab olinishidir.
60 Tadqiqot maqsadlari va tipi, yangilik elementlari asosidagi vazifalar doirasi: •Ma’lum gʻoyalarning chuqurlashtirilishi, ularning foydasiga mantiqiy va amaliy tusdagi qoʻshimcha dalillarning keltirilishi, yangi hayotiy faktlar yoki raqiblarning dalillari munosabati bilan ularning himoya qilinishi; • masalaning rivojlangan nazariyasining yaratilishi, unga ma’lum gʻoyalar asosida amaliy tusdagi faktlarning qoʻshilishi; • yangi gʻoyalarning ilgari surilishi, yangi takliflarning ishlab chiqilishi, yangi xulosalarning olinishi, yangi shakllar va qonuniyatlarning ochilishi, eski xulosalar va qoidalarning qayta koʻrib chiqilishi, shakllar, kategoriyalar, qonunlarning yangicha talqin qilinishi; •yangi nazariyalar, konsepsiyalarning ifodalanishi. Adabiyotlarga murojaat etish, ularning tanlanishi, ular ustidagi ishning mantiqiyligi va izchilligi muammoning oʻziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi, sizning sa’y-harakatlaringizning aniqligi va samaradorligi esa muammoning qoʻyilishining aniqligi va mantiqan toʻgʻriligiga bogʻliq boʻladi. Muammoni hal etish vazifalarining qoʻyilishi Ishda, odatda, tadqiqot umumiy muammosining turli jihiatlari bilan bogʻliq bir necha vazifalar ifodalanadi: - Tadqiqot predmetining nazariy qoidalarini rivojlantirish; - Sinovlarning oʻtkazilishi; - Sinovli tekshirishlarning yangi metodlarini ishlab chiqish; - Yangi bilimlardan foydalanish boʻyicha tavsiyalar belgilanishi Muammoni hal etish jarayonidagi vazifalar: -Nazariy tushunchalarning ushbu tadqiqotda qoʻllaniladigan jihatlarini aniqlash; -Amaliy muammolarning nazariy bilim darajasidagi tahlilini oʻtkazish va bu bilan uning natijalari, xulosalari va tavsiyalarining ilmiy asoslanishini ta’minlash; -Oʻrganilayotgan hodisalarning miqdoriy, statistic koʻrsatkichlar yordamidagi oʻlchanish va roʻyxatdan oʻtkazilishini ta’minlash; Qoʻyilgan muammo dissertatsiyaning kirish qismida tadqiqot maqsadining ifodasida aks ettirilishi kerak. Oʻz navbatida, maqsad tadqiqot taktikasini – aniq qadamlarning izchilligini – muammoni hal etishga asos boʻladigan tadqiqotchilik vazifalarini belgilaydi.
61 Misollar: Tadqiqotning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - Maktabgachay oshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda bugungi kundagi holatini oʻrganish; - Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash va rivojlantirishning institutsional negizlarini takomillashtirish; - Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash borasidagi xorijiy tajribani qiyosiy tahlil qilish; - bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tajribasini umumlashtirish. - bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash -muhit va asosiy muammolarni tahlil etish; - bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyaning natijalarini baholash; - monitoringni tashkil etish va konsalting loyihalari samaradorligini oshirish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish. Tadqiqot vazifalari. Qoʻyilgan maqsadga muvofiq ishda quyidagi vazifalar belgilangan: - Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash ijtimoiy-pedagogik zaruriyat ekanligini nazariy-empirik jihatdan asoslash; - Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash borasidagi xalqaro tajribani tahlil qilish; - Maktabgacha yoshdagi bolalarni faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning oʻziga xos xususiyatlari va pedagogik-psixologik imkoniyatlarini tavsiflash; - Bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash modelini ishlab chiqish; - Integratsion yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga yoʻnaltirilgan ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish; - Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash texnologiyasini takomillashtirish. Dissertatsiya mazmunini tashkil etuvchi muammo yechimining varianti avvalboshda tadqiqotning asosiy farazi sifatida shakllantiriladi. Bu dissertatsiya matnida tekshirilishi va dalillar bilan asoslanishi kerak boʻladigan sinovli yechimdir. Pirovard natijada adabiyotlar bilan ishlash ana shu vazifaga xizmat qiladi. Maqsad-vazifa: Bunda tadqiqot yoʻnalishi (sohasi), mavzu tanlanib, uning dolzarbligi asoslanadi va maqsad ifodalanadi. Ma’lumki, har qanday ilmiy tadqiqot
62 ishida maqsad aniq boʻlmas ekan, ishning oxirgi natijaga yetib borishi kafolatlanmaydi yoki tizimli ilmiy tadqiqot ishi ham boʻla olmaydi. Ilmiy tadqiqot ishi tizimli boʻlmadimi, unday ishda samara ham koʻrinmaydi. Demak, maqsad — tadqiqotchi ilmiy faoliyatda yetib borishi kerak boʻlgan «ufq»ni belgilaydi. Bu «ufq»qa yetib borish uchun esa maqsadlar ketma-ketligini belgilab olish kerak va ular vazifalar deb ataladi. Tadqiqot vazifalarining, hattoki, tanlab olingan tadqiqot obyektida ajratib olinadigan soni, amaliy jihatdan cheksizdir. Bu cheksizlik maqsadlari ketma-ketligini ifodalanishiga qarab oʻzgarib boraveradi. Demak, har qanday ilmiy tadqiqotda mavzu dolzarbligi, obyekt, maqsad, vazifa, metodologiya aniq boʻlsa, ilmiy tadqiqot ishini olib borish mumkin. Bu umummetodologik metod ham boʻlib, har qanday ilmiy tadqiqot ishi ushbu qonuniyat asosida amalga oshirilidi. Shuning bilan birga ushbu tipdagi tadqiqot ishlarini olib borishda quyidagi bosqichlar muhim ahamiyat kasb etadi: 1.Tahlil (analiz): Bu bosqichda ilmiy tadqiqot jarayoni uchun kirish ma’lumotlar (axborotlar, ayrim hollarda koʻrsatkichlar) va ularni qayta ishlovchi ilmiy tadqiqot ishini olib borish faoliyati (qonun, qoida, usul, texnologiya va h.k.) qoidalari R (obyekt qurilmasi) berilgan boʻladi. Bundan maqsad chiqish natijalarini aniqlashdir. Koʻpchilik tadqiqot obyektlarida tahlil bosqichini bajarish dastlabki ishlardan biri hisoblanadi. 2. Sintez: Ushbu bosqichda qonuniyat (E) va obyektning tuzilishini aniqlash ishlarini hal etadi. 3. Korreksiya (tuzatishlar kiritish): Bu bosqichda asosan kirish ma’lumotlari x, va ularni qayta ishlash (G‘) qonuniyati orqali chiqish natijalarini (U), ni olish jarayoni faoliyat koʻrsatadi. 4. Barqarorlik: Yuqoridagi bosqichlarni amalga oshirish davomida nazorat qilinmaydigan tashqi omillar (koʻrsatkichlar, parametrlar, masalan, harorat, namlik va h.k.) oʻzgarmas hisoblanadi va ular boshqarilmaydigan omillar deb hisoblanadi. Ammo ularning amaliyotdagi oʻzgarishi ilmiy tadqiqot ishiga ta’sir koʻrsatadi, chunki tadqiqot jarayonidagi shart-sharoitlar mazkur ishning samarali kechishida muhim rol oʻynaydi. Shu sababli ham barqarorlik, aniq (real) shartsharoitlarda ilmiy tadqiqotlarni bajarish tizimining ishga yaroqliligini ta’minlaydi. 5.Model: U tabiat va jamiyatdagi obyektlarda bevosita nazariy va amaliy tadqiqotlarni olib borishda ilmiy tadqiqot ishining asosini tashkil etib, juda murakkab tadqiqot bosqichi hisoblanadi. Shuning uchun ham ilm-fan faqatgina obyektlar bilangina emas, balki ularning modellari bilan tadqiqot oʻtkazadi. Bunda olingan natijalar obyektlarda tekshirib koʻriladi, ya’ni bilimni tushunishlik bu-oʻzlashtirish va koʻrsatkichlarni sintez qiluvchi yakuniy natijalarni ifodalovchi bir muncha umumlashgan sifatdir.U bilimning chuqurliligi, mukammalligi va tizimlanganligiga qarab bir bilimning oʻzi turlicha tushunilishi, ifodalanishi va undan foydalanilishi mumkin: 1. Bilimning mukammalligi – buni aniqlash uchun tushunchaning barcha belgilari va ularning bir-biri bilan aloqasini ajratish kerak.
63 2. Bilimning chuqurligi — buning uchun u yoki bu tushunchalar va ular oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarini hamda ulardagi muhim belgilar sonini aniqlash lozim. 3. Bilimning operativligi (tezkorligi) – bu oʻrganilgan bilimlar oʻzgarishi mumkin boʻlgan koʻp variantli vaziyatlarni taqdim etish va ulardagi qarorlar qabul qilishni oʻz vaqtida bajarishligi bilan aniqlanadi. 4. Bilimning ixchamliligi – buni tekshirish topshiriqni hal qilishda bir necha usullarni uyushtirish yoki oʻxshash masalalarni hal qilishda bir shaklda boʻlmagan yondashuvlar ichidan masalaga qulay va mosini tanlash orqali amalga oshiriladi. 5. Bilimning aniqligi va umumiyligi – umumlashtirilgan bilimning aniq namoyon boʻlishini ochib berish mahorati, aniq bilimlarni umumlashtirish ostida yakunlash, xususiylikdan umumiylikka (induksiya) oʻtkazish qobiliyatini aniqlash bilan tekshiriladi. 6. Bilimning tizimiyligi – buni topshiriqlarni tushunchaning iyerarxiyasini aniqlashdagi ularning izchilligi, oʻzaro bog‘liqligi tizimi bilan tekshiriladi. Endi shular asosida bilimni tekshirish va nazorat qilish masalasi bayoniga oʻtadigan boʻlsak, uning koʻp qirraligi va koʻp variantliligiga e’tibor berish kerak. Nazoratning turli xilligi bilimni, bu muammoning umumiy va xususiy masalalarini baholash va nazorat qilishni, ularni tashkil etishning funksiyalari, metodlari va tamoyillariga bogʻliqlidir. Nazorat qilishni tashkil etuvchi funksiya, uning butun oʻquv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishga ta’sir qilishida namoyon boʻladi. Oʻqituvchilarning talabalar bilimini oʻzlashtirishdagi qiziqishi, faolligi, ijodiy mustaqilligini oshirishga, ularni amaliy faoliyatga tadbiq etish, mahorat va koʻnikmalarni shakllantirishda yordam beruvchi oʻqish – oʻqitishning mazmuni, shakllari, usul va vositalarini ishlab chiqish va foydalanishga yoʻnaltirilgan bir maqsadga qaratilgan faoliyatida tushuniladigan faollik, pedagogik jarayonning tashkil etuvchi markaziy jihati hisoblanadi. Maqsadli tashkil etilgan pedagogik nazorat katta tarbiyaviy natija beradi. Sohadagi ilmiy izlanishlar natijalari shuni koʻrsatadiki, oʻqitish natijalarini tekshirish bilimni takomillashtirishga katta yordam beradi, ularni aniqlashtiradi va muayyan tizim boʻyicha shakllantiradi, xotira hamda fikrning rivojlanishiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi. Nazoratning ta’lim, oʻqish-oʻqitish va tarbiya bilan aloqasi tamoyili, oliy oʻquv yurtida nazorat umumpedagogik jarayonning ajralmas qismi sifatida zarurligini tasdiqlaydi. Bunda nazorat rolini me’yorida saqlash muhim ahamiyatga ega, chunki ta’lim-tarbiya ishining muvaffaqiyati umumpedagogik jarayonda nazoratning qoʻyilish darajasi bilan aniqlanadi. Bu borada pedagogik nazoratning xolislik tamoyiliga turli yoʻllar bilan erishiladi. Bundagi birinchi yoʻl – jamoaviy baholashni shakllantirish. Bunda olingan baholar bir qancha subyektiv fikrlar doim ham obyektiv boʻlavermasada, koʻpincha buni xolisona deb qabul qiladilar.
64 1.Mustahkamlashni ta’minlashga oid savollar: • Nazorat qilish deganda nimani tushunasiz? • Pedagogik diagnostika termini fanga kim tomonidan va qachon kiritilgan? • Bilimlarga qoʻyilgan talablarni sanab bering. • Nazorat turlari va ularning mazmun-mohiyati nimalardan iborat? • Reyting soʻzining lug‘aviy ma’nosini ayting. 2.Mavzu boʻyicha mustahkam esda saqlab qolishga oid ma’lumotlar: • Fanga pedagogik diagnostika tushunchasi 1968 yilda K.Ingenkamp tomonidan kiritilgan; • Bilimlarga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat: bilimning tushunarliligi; bilimni tushunishlik; bilimning mukammalligi; bilimning chuqurligi; bilimning operativligi (tezkorligi); bilimning ixchamligi; bilimning aniqligi va umumiyligi; bilimning tizimiyligi; •Soʻnggi nazorat. Bu yakuniy nazoratlar natijalari toʻg‘risida qarorni jamoaviy boʻlib qabul qilish kerak boʻlgan komissiya tarkibida an’anaviy tarzda oʻtkaziladi. Talabalarga stipendiya belgilash va ularni kursdan – kursga oʻtkazish hamda yakuniy davlat attestatsiyasi soʻnggi nazoratga tegishli. 3.Mavzu boʻyicha muammoli savollar va topshiriqlar: •Talabalar bilimini nazorat va baholash zamonaviy oʻqish-oʻqitish nazariyasida qanday ahamiyatga ega? •Bayon qilinadigan ma’lumot bilan oʻzlashtiriladigan ma’lumot orasidagi funksional bog‘lanish haqida yozma ma’lumot tayyorlang. Ularni muayyan misollar asosida tahliliy xulosasini (hosil boʻlgan qonuniyatni) e’tibordan chetda qoldirmang; •Ijodiy faoliyatda bilimga qoʻyilgan talablarga e’tibor berish shartmi? Agar shart boʻlsa nima uchun?
65 2.4-MAVZU. ILMIY TADQIQOTNING FARAZI. Reja: 1. Ilmiy farazni belgilashning maqsadi va vazifalari. 2. Farazning tabaqalashtiruvchi belgilari Tayanch soʻzlar: faraz, tadqiqot farazi, farazlarning turlari, xulosa sifatidagi faraz, ishchi faraz. Farazning ilgari surilishi va ifodalanishi Siz bu bobda «faraz» tushunchasining nima ekanligi, farazlarning qanday turlari mavjudligi, ularning ahamiyati va roli nimadan iboratligini bilib olasiz, farazlarni ilgari surish, tekshirish va ifodalash qoidalari bilan tanishasiz. «Faraz» tushunchasi mazmuni Biz muammoga duch kelishimiz hamon miyamiz uni hal qilish usullarini koʻrishga – farazlarni kashf qilishga kirishadi. Faraz (gipoteza) (qadimgi grek tilidan – asos, taxmin) — oldindan oʻrganilgan faktlar, hodisalar, jarayonlarning muayyan majmuiga asoslangan, ularni izohlash uchun ilgari suriladigan va tasdiqlanishi yoki inkor etilishi lozim boʻladigan nazariy taxmin. Tadqiqot farazi – bu bevosita kuzatilayotgan hodisa, oʻrganilayotgan hodisaning tuzilishi yoki uning tarkibiy qismlari oʻrtasidagi aloqalar xususiyati haqidagi ilmiy asoslangan taxmindir. Farazlar mavjud faktlar asosida ishlab chiqiladi. Xulosa sifatidagi faraz obyektiv voqelikda oʻz ildizlariga ega boʻladi, fikrning bevosita kuzatilayotgan hodisalardan ularning sababli izohlanishigacha boʻlgan harakati hisoblanadi. Farazning tabaqalashtiruvchi belgilari: -Farazning uni yaratish uchun asos boʻlgan va asoslanishi uchun yaratilgan faktlarga muvofiqligi tekshiriluvchanligi; -Imkoni boricha kengrok xodisalar doirasiga nisbatan nisbat berilishi mumkinligi; -nisbatan soddaligi; -mazmunida muammoni hal etish usullari va natijalari haqidagi taxminning mavjudligi; -mantiqan zid kelmasligi; -natijaga yoʻnaltirilganligi.
66 FARAZLARNING TURLARI Farazlar tushunchalarning nazariy talqin etilishini takrorlovchi iyerarxiya tizimlarni hosil qiladi. Farazning ifodalanishi – tadqiqotning nazariy tayyorlanishining yakunlovchi qismi. Dissertatsiyaning nazariy boʻlimini muayyan bazaviy faraz negizida koʻrilishi mumkin boʻlib, u mantiqiy dalillash, obroʻli mualliflarga tayanish, amaliyotga va masala tarixiga murojaat etish yoʻli bilan asoslanadi. Agar tadqiqotchi farazlarni ifodalagan boʻlsa, unda empirik ma’lumotlar ularni tekshirish, tasdiqlash yoki inkor qilish uchun xizmat qiladi. Agar avval-boshidan farazlar ilgari surilmagan boʻlsa, unda tadqitqotning ilmiy darajasi keskin pasayadi, uning natijalari va umumlashmalari esa u yoki boshsa indikatorlarning foizli ifodalari bayoni va ancha joʻn tavsiyalardan iborat boʻlib qoladi. Farazlarni ilgari surish qoidalari Faraz oʻzi tegishli boʻlgan barcha faktlar bilan kelishgan boʻlishi yoki, hech boʻlmaganda, ularga muvofiq boʻlishi kerak. Faktlar turkumini izohlash uchun ilgari surilgan koʻplab bir-biriga zid boʻlgan farazlar ichida shu faktlarning eng koʻpini bir xilda izohlaydigani maqbulroqdir. Faktlarning bogʻlangan turkumini izohlash uchun imkoni boricha kamroq farazlarni ilgari surish kerak va ular imkoni boricha Farazlar-bu keying bosqichlari ilgari surilgan farazlarga bevosita bog’liq bo’lgan tadqiqot uchun asosiy nuqtalar Farazlar asoslar ikkilamchi birlamchi Bashorat qiluvchi Bayon qiluvchi izohlovchi asosiy asosiymas Farazlar oqibatlar
67 maxkamroq bogʻlangan boʻlishi kerak. Farazlarni ilgari surishda uning xulosalarining ehtimolli tusini idrok etish zarur. Bir-biriga zid keladigan farazlarga asoslanib ish qilish mumkin emas. Farazlarni qoʻyishning prosessual tuzilmasi. Ushbu faktlar doirasini izohlovchi sabab haqidagi taxmin tuziladi; yoʻl qoʻyilgan sababdan oqibatlar ajratiladi va tajribadagi ma’lumotlar bilan qiyoslanadi; farazning tasdiqlanishi yoki inkor etilishiga olib boradigan barcha qoidalari astoydil tekshiriladi; •tasdiqlash uchun uning empirik ma’lumotlarning imkoni boricha koʻprogʻi bilan kelishuvi talab qilinadi; •inkor qilish uchun tajribaga mos tushmagan bir faktning oʻzi yetarli. Farazning ifodalanishidagi «qoʻllaniladigan» iboralar va soʻz birikmalari: - «agar..., unda...», «chunki ...», «boʻlgani holda...» Ular tadqiqotchining e’tiborini hodisaning mohiyatini ochish, sababli-oqibatli aloqalarni belgilashga qaratadi. MAGISTRLIK DISSERTASIYASI Magistrlik dissertatsiyasining tanlangan mualliflik annotatsiyasi bilan ishlashni davom ettiring va ushbu tadqiqot farazini ifodalashga harakat qiling. Tahlil tanqidiy nuqtayi nazardan qaraladi va oʻrganilayotgan manbaga nisbatan yutuq hamda kamchiliklar baholanadi. Shular asosida ilmiy farazni ifodalab olish imkoniyati tug‘iladi. Ishchi faraz-kuzatilgan omilning jarayonning yoki hodisaning ehtimoliy, bashoratli, faraziy rivoji keltirib chiqaradigan tadqiqotchi tomonidan asoslab aytilgan fikr, qarash. Ilmiy farazni shakllantirishda mavjud bilimlar (tahlil qilingan) chegarasidan chiqadigan yangi mazmunli holatlar ifodalanadi. Ehtimoliy faraziy holatlarda yangi g‘oyalar, qarashlar, ta’limotlar olgʻa suriladi hamda ular asosida yangi ilmiy natijalar paydo boʻlishi rejalashtiriladi. Ilmiy faraz ilm-fanni rivojlantirishda va ilm-fan mazmunini oʻrgatishda muhim omil boʻlib hisoblanadi. Ilmiy faraz dastlab ilmiy fikrga asoslangan boʻlib, ichki his va sezgi bilan olg‘a suriladigan shaklda paydo boʻladi, chunki ilmiy dunyoqarash (tafakkur)siz fan-texnikada hech bir ilmiy g‘oya (fikr, ta’limot, qonuniyat)ni shakllantirib boʻlmaydi. Ammo aniq bir hodisa jarayon yoki predmet, xullas manba toʻg‘risidagi taxmin yoki fikr ilmiy faraz boʻla olmaydi. Faqatgina quyidagishartlarni qoniqtira oladigan taxminlar ilmiy faraz boʻla olishi mumkin:
68 1.Tahlil natijasida shakllangan xulosa taxminlarning barchasiga teskari boʻlmasligi kerak; « Shakllangan xulosa»ning roʻy berish ehtimolligi asoslangan boʻlishi kerak; 2. Shakllangan xulosaning nechog‘lik muammo yechimiga erishishiga ta’sir koʻrsata olishiga e’tibor qaratilib, unga muammo yechimiga yetgunga qadar suyana olishga imkoniyat yaratilgan boʻlishi lozim; 3.Ishchi faraz tadqiqot manbaiga mos muammo yechimiga erishishni ta’minlamog‘i lozim. Ishchi faraz ilmiy tadqiqot ishining asosiy sharoitlarini, harakatlantiruvchi kuchini aniqlaydi. Ishchi faraz, ilmiy tadqiqot ishining rivoji va hech boʻlmaganda shunga yaqin natijani qoʻlga kiritishni oʻz zimmasiga oladi. Ammo buni olg‘a surilgan faraz nazariy va amaliy asoslangandan keyingina olish mumkin, ya’ni ilmiy tadqiqot ishi jarayonida asoslangan, tasdiqlangan va rivojlangan ishchi faraz ilmiy nazariyaga aylanadi. Toʻliq ilmiy asoslangan, tahliliy ishchi faraz keyingi ishlarni rivojlantirishda muhim bosqich boʻladi, chunki har qanday ilmiy tadqiqot ishida nazariy va amaliy qism boʻlib, ular tadqiqot manbaini tasdiqlaydigan aniq koʻrsatkichlarga (omillarga, vositalarga, parametrlarga) ajratish imkonini beradi. Bulardan tashqari ishchi faraz ilmiy tadqiqot ishining asosiy poydevorlaridan biri boʻlib, uning yordamida ilmiy tadqiqot ishini toʻg‘ri boshqara oladigan dastlabki analitik ishchi faraz shakllantiriladi va shu asosda muammo yechimi boʻyicha ilmiy izlanishlar boshlab yuboriladi. Ishchi faraz – kuzatilgan omilning, jarayonning yoki hodisaning ehtimoliy, bashoratli, faraziy rivoji keltirib chiqaradigan tadqiqotchi tomonidan asoslab aytilgan fikr, qarash. Ma’lumotlarni oʻrganish manbai ham ishchi faraz tegishli. Ilmiy faraz – bu avvalo, ilmiy fikrga asoslangan boʻlib, u ichki his va sezgi bilan olg‘a suriladigan shaklda paydo boʻladi, chunki ilmiy dunyoqarash (tafakkur)siz fan-texnikada hech bir ilmiy g‘oya (fikr, ta’limot, qarash, qonuniyat)ni shakllantirib boʻlmaydi. Ishchi faraz, ilmiy tadqiqot ishining rivoji va hech boʻlmaganda shunga yaqin natijani qoʻlga kiritishni oʻz zimmasiga oladi. Mavzu boʻyicha muammoli savollar va topshiriqlar: 1.Ilmiiy faraz nima va uni qanday turlari mavjud? 2.Farazning tabaqalashtiruvchi belgilari nimalardan iborat?
69 3-MODUL MAKTABGACHA PEDAGOGIK TADQIQOTLARNING METODOLOGIK TAMOYILLARI ___________________________________________________________ 3.1-MAVZU: Maktabgacha pedagogik tadqiqotlarning tamoyillari. Reja: 1. Pedagogik tadqiqotlarning umumiy konkret–metodologik tamoyillari. 2. Shaxsiy-faoliyatga yoʻnaltirilgan yondoshuv. Tayanch soʻzlar: kasbiy «akme», akmeologiya, refleksiv yondoshuv, kompetensiyaviy akmeologik yondoshuv, professionalizm, kasbiy kompetentlik, akmeogramma Metodologiyaning pedagogika uchun muhimligi, bir tomondan, fan rivojining umumiy xususiyatlari bilan, ikkinchi tomondan, pedagogik bilimlar rivojining oʻziga xosligi bilan, uchinchi tomondan, bilish bosqichlarining murakkabligi bilan belgilanadi. U oʻzining rivojlanishi davomida boyib boradi, tajriba orttiradi, obyektiv voqelik hodisasi sifatida tarbiyaning muhim qonuniyatlari va tamoyillarini ochib beradi. Pedagogik tadqiqotlarning zamonaviy yoʻnalishlari dolzarb va amaliy jihatdan muhim masalalarning yangicha yechimlarini izlab topish jarayonining tezlashuvi, ayni vaqtda istiqbolli muammolarning nufuzi oshib borayotganligi bilan tavsiflanmoqda. Bunda ikki yoʻnalishdagi tadqiqotlar alohida koʻzga tashlanadi: 1. Umumiy xarakterdagi yirik tadqiqotlarni talab etadigan keng doiradagi muammoni oʻrganish. 2. Murakkab pedagogik jarayonlarning ichki, nozik qirralarini topishga imkon beradigan tor muammolar yechimiga qaratilgan chuqur detalli oʻrganish. Birinchi yoʻnalish tarafdorlari pedagogik jarayonning barcha unsurlari oʻzaro aloqada va ularni ajratish yaramaydi, degan dalilga tayanishadi, pedagogik tajribani yaxlit oʻrganish zarurligiga urg‘u berishadi. Biroq ular quyidagi holatni nazardan chetda qoldirishadi: pedagogik jarayon oʻzining bor munosabatlari bilan olib qaralganda pedagogika fani obyekti hisoblanadi. Ikkinchi yoʻnalish vakillari pedagogik jarayonning alohida unsurlari (metod, shakl va b.) oʻrganishga uringan holda bir narsani unutishadiki, oʻquv-tarbiyaviy ishlar tizimida ajratib olingan hech bir vosita toʻliq hisoblanmaydi. Bugungi kunning jiddiy metodologik muammosi – bu zamonaviy ta’limni pedagogik tadqiqotlarga oid ilmiy muammolarda ishonarli va samarali aks ettirishdir.
70 Bajarilayotgan tadqiqotlarda uchraydigan umumiy kamchiliklar: - mavzularning dolzarb pedagogik muammolar yechimiga qaratilmaganligi, ularda yangi, konseptual g‘oyalarning yoʻqligi; - farazlarning isbot talab qilmaydigan holatda noaniq ifodalanishi; - jiddiy xulosalarning yoʻqligi, ularning nazariy va amaliy jihatdan noaniqligi; - shablonlik (bir qolipdalilik) - tavsiyalarni amaliyotda qoʻllash imkoniyatlari yoʻqligi va boshqa cheklaydigan asosiy omillar; - malakaning yetarli emasligi; - tadqiqot metodlaridan toʻg‘ri foydalana bilmaslik va h.k. Zamonaviy pedagogik bilimlar sezilarli darajada shu kunga qadar tashkil topgan tushunchalarining an’anaviy tizimi girdobidan chiqib ketadi. Bunday sharoitda pedagogika fanining oʻz predmeti, chegarasi va xarakteri, ilmiy bilimlarni egallash, ularni amaliyotda qoʻllash kabi masalalarni yangicha talqinda qoʻymoqda. Boshqacha qilib aytganda, metodologik muammolarni doktorlik dissertatsiyasi darajasida tadqiq qilshga ehtiyoj tug‘ilmoqda. Ular qatorida: -pedagogikada ilmiy fakt muammosi; -tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish texnologiyasi; -oʻqitish tarkibi, tuzilmasi va funksiyalarini ilmiy asoslash; -nazariya va amaliyot kabi fundamental tadqiqotlar ham oʻz yechimini kutyapti; Tadqiqot sifat-samaradorligi metodlarga bog‘liqligi sir emas. Pedagogik tadqiqotlar metodi agar pedagogik hodisalarning obyektiv mohiyatini toʻg‘ri ifodalasa, pedagogika predmetining oʻziga xosligiga javob bersa, shubhasiz, ilmiy deb e’tirof etiladi. Shu jihatdan olib qaralganda, pedagogik tadqiqot metodlari uchun metodologik baho zarur boʻladi. Afsuski, ularni yoritishga bag‘ishlangan ishlar kam, borlari ham rus tilida, oʻzbek tilida bu soha boʻyicha yirik pedagogik asar kam. Pedagogik tadqiqotlarning samaradorligi tadqiqotchining metodologik madaniyatiga toʻg‘ri proporsionaldir. Shu boisdan bu tushuncha integral sifat koʻrsatkich hisoblanib, tadqiqotchidan oʻzida xususiy ilmiy faoliyatni tahlil qilish koʻnikmasini, ma’lum konsepsiya (nazariya)ni ilmiy asoslash va ijodiy qoʻllash qobiliyatini egallashni talab etadi. Aniq fanlar metodologiyasi umumiy metodologiyaga tayangan holda:
71 1. Uning talablarini muayyan fan obyekti tashkil etadigan hodisa va jarayonlarni oʻrganishga tatbiq etadi; 2. Oʻzida bilishning aniq ilmiy metodlari haqidagi nazariyani oʻrganilayotgan hodisa va jarayon qonuniyatlarining oʻziga xos jihatlari bilan bog‘liq holda mujassamlashtiradi. Pedagogika – boshqa rivojlangan fanlar qatori oʻzining alohida predmetiga, nazariy prinsiplariga ega va alohida tadqiqot metodologiyasi biluvga tortilgan obyektiv voqelikning oʻziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarini hisobga olgan holda qoʻllaydi. Metodologiyaga e’tiborning kuchayishi, kun tartibida turganligining obyektiv omillari mavjud: mamlakatimizda insonparvar demokratik huquqiy davlat zaminida kuchli fuqarolik jamiyati qurilmoqda va ta’lim tizimi jamiyat taraqqiyotiga mos holda tubdan yangilandi. Bu yangi modelning muvaffaqqiyati koʻp jihatdan pedagogik tadqiqotlar natijasiga, umuman, pedagogika fanining rivojlanish darajasiga bevosita bog‘liqdir. Kasbiy rivojlanishdagi «akme» yoki kasbiy «akme»-shaxsning kasbiy rivojlanish jarayonida muayyan vaqt oraligʻi uchun xos boʻlgan u uchun eng yuqori daraja hisoblangan psixik holatdir. Kasbiy «akme» barcha kasbiy qobiliyatlarni safarbar etish, roʻyobga chiqarish, imkoniyatlarini maksimal tarzda namoyon etish, hayotining muayyan bosqichida ortiqcha zoʻriqishlarsiz, inson imkoniyatlarining chegarasidan oʻtmagan holda yutuqlarga erishishini ta’minlaydigan psixik holatdir. Inson tomonidan eng yuqori choʻqqilarga erishishining shakli sifatida kasbiy «akme» B.G.Ananev, A.A.Bodalev, A.A.Derkach, E.A Zazikin, E.A.Klimov, N.V.Kuzmina, A.K.Markovalar tomonidan oʻrganilgan va tavsiflab berilgan. Kasbiy «akme»- muayyan vaqt oralig‘idagi shaxsning kasbiy rivojlanishining kulminatsiyasi, eng qaynoq nuqtasidir. B.G.Ananev kulminatsiya deganda, inson tomonidan oʻzi uchun eng qadrli narsalarni ijod qilishda yuksak samaradorlikka erishish davrini tushunadi. Kulminatsiyaning bosqichlari esa, B.G.Ananevning fikricha, vaqt, faoliyat koʻlami, kasbiy tayyorgarlik metodlariga bog‘liq boʻladi. Kasbiy rivojlanishdagi «akme» vaqtga koʻra kishining individ sifatidagi va shaxs sifatidagi «akme»siga mos kelmasligi mumkin. Insonning individ, shaxs va kasbiy faoliyat subyekti sifatidagi rivojlanishining «tig‘iz» payti turli davrlarda roʻy berishi mumkin. Har bir kishi oʻz hayoti davomida turlicha ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga ega boʻlgan kasbiy «akme»ga erishishi mumkin. Ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga ega kasbiy «akme»- alohida insonning eng yuqori darajadagi kasbiy muvaffaqiyatlari boʻlib, hamkasblari va atrofdagilar tomonidan e’tirof etilgan, jamiyat uchun zarur boʻlgan natija, me’yoriy darajani ortda qoldiruvchi koʻrsatkichdir. Mehnatning bunday natijasi odatda kasbiy mahoratni va undan kasbiy ijodkorlikka oʻtishni ifodalaydi. Agar u kasbiy tajriba chegaralaridan chetga chiqsa kasbiy faoliyatga yangi vazifa, usul, texnologiya, umuman yangi natijalarni olib kirish bilan birga kasb tajribasiga oʻzining yangi individual ijodiy ulushini qoʻshadi. Ijtimoiy ahamiyatga ega kasbiy «akme» oʻzida ilgʻor yutuqlar (nazariy gʻoyalar va kashfiyotlar), alohida ijodiy topilmalar, novatorlik tajribasi va
72 boshqalarni aks ettirishi mumkin. Ba’zan esa yirik muvaffaqiyatlar bilan bir qatorda koʻrsatkichlarning pasayishi, ijoddagi tanaffuslar, quyi darajadagi natija, faoliyatning sustlashishi va boshqalar kuzatilishi mumkin, biroq odatda insonlar haqida ular erishgan yutuqlarga qarab fikr yuritishadi. Shaxsiy ahamiyatga ega kasbiy «akme»- alohida kishining kasbiy muvaffaqiyatining eng yuqori darajasi boʻlib, avval erishilgan natijalarni sezilarli tarzda ortda qoldirishdir. Mazkur yutuqlar hamkasblari tomonidan e’tirof etilmasligi mumkin, ammo kishining oʻzi shu vaqt ichida professionalizm darajasiga erishishning maksimal imkoniyati sifatida anglanadi va baholanadi. Individual subyektiv ahamiyatga ega kasbiy «akme»- kishining oʻz ustidan gʻalaba qozonishi, kuchlarini safarbar etishi, dastlab erishgan natijalaridan oʻzib ketishi, oʻzi uchun yangi hisoblangan professionalizm darajasiga koʻtarilishi, kasbiy mahoratining rivojlanishi uchun ilgʻor shart-sharoit yaratishda namoyon boʻladi. Subyektiv ahamiyatga ega kasbiy «akme» hamma vaqt ham kasbdoshlar jamiyati tomonidan e’tirof etilmasa ham, mutaxassis uning imkoniyat va yangi yutuqlarini qanday baholashlariga befarq emas. Kasbiy «akme»ning yuqori choʻqqilarning miqdori, «tigʻizliklar», koʻtarilish darajasiga bir necha turlarini farqlash mumkin: - Katta «akme» – insonning butun hayoti davomida erishgan eng asosiy muvaffaqiyati, avvalgi koʻrsatkichlardan oʻzib ketuvchi kasbiy natijalarning tigʻizlashuvi, kasbiy faoliyatdagi yutuqlardan iborat boʻlib, uni bir choʻqqili «akme» deb nomlanadi; - kichik «akme» – mutaxassisning kasbiy faoliyatdagi bir necha marotaba takrorlanadigan, katta «akme»dan avval roʻy beradigan muvaffaqiyat, ya’ni koʻp choʻqqili «akme». Kasbiy faoliyatdagi «akme»lar bir-biridan quyidagi xususiyatlarga koʻra farq qilishi mumkin: - muddati va vaqt chegaralariga koʻra (kunlar, haftalar, oylar, ba’zan yillar) - masshtabi yoki koʻlamiga koʻra (bir yoki bir necha kasbiy va ijtimoiy faoliyatni qamrab olishi). Kasbiy «akme» umumiy kasbiy rivojlanish jarayonidagi oʻrniga koʻra turlicha boʻlishi mumkin: - kasbiy «akme» pasayish yoki turgʻunlik davrlaridan keyin (yashirin rivojlanayotganga oʻxshab), ba’zan barqarorlashuvdan soʻng namoyon boʻlishi mumkin; - kasbiy «akme»ning oʻzi pasayishga, boʻshliqqa, rivojlanishdagi inqirozga sabab boʻlishi mumkin; - kasbiy «akme» yangi «akme»ning paydo boʻlishiga, koʻtarilish va innovatsiyalarga olib kelishi mumkin. Kasbiy «akme» bir-biridan ichki tuzilishiga koʻra ham farq qilishi mumkin:
73 - barqaror darajadagi kasbiy muvaffaqiyatlar, bir maromda davom etuvchi natijalar; -«sakrash»ga oʻxshagan bir necha faoliyatni faollashtirish bosqichlari. Har bir kishida kasbiy «akme» mavjudligini va uning tabiatini baholash uchun mazkur kasb bilan shug‘ullanish jarayonida shakllangan professionalizm va kasbiy loyiqlik yoki kompetentlik koʻrsatkichlarini inobatga olish zarur. Kasbiy «akme»ni aniqlash va baholash alohida ijtimoiy-tarixiy davrda mazkur kasbiy faoliyatda shakllangan professionalizm va professional kompetentlikning koʻrsatkichlari qanday tushunilishiga bog‘liqdir. Professionalizm – inson mehnat faoliyatning integral psixologik tavsifi boʻlib, uning kasbni qanday oʻzlashtirganligi, shu kasbning zamonaviy bosqichiga xos namunalar asosida mehnat faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlarini oʻzida aks ettiradi. Professionalizm oʻz ichiga kishining yuqori darajadagi mehnat samaradorligiga erishishi, boshqalar bilan oʻzaro ta’sir jarayonida kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli bajara olishi, mehnat kishisiga xos boʻlgan muhim kasbiy sifatlarning mavjudligini qamrab oladi. Shuning uchun ham professionalizm mehnat faoliyatning uchta tomonini – kasbiy faoliyat, kasbiy muloqot va mutaxassis shaxsini oʻz ichiga oladi. Kasbiy faoliyat – kishining ijtimoiy va shaxsiy, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan ne’matlar yaratish uchun yoʻnaltirilgan, mehnat predmetlarini qayta oʻzgartirishga qaratilgan faolligidir. Kasbiy muloqot – mehnat predmetlarini qayta oʻzgartirish jarayonida boshqalar bilan oʻzaro ta’sir etish va hamkorlik qilishga yoʻnaltirilgan faolligidir. U kasbiy faoliyat samaradorligini oshirish vositalaridan biri sifatida namoyon boʻlishi mumkin. Mutaxassis (professional-oʻz ishining ustasi) shaxsi – mehnat kishisining psixik xususiyatlari, sifatlari va holatlari yigʻindisidan iborat boʻlib, u kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli bajarishi uchun imkoniyat yaratadi hamda mehnat jarayonida oʻzgaradi va takomillashib boradi. Kasbiy «akme» kasbiy faoliyatning yuqori darajasini, kasbiy muloqot va shaxs yetukligini egallashda namoyon boʻladi. Shuning uchun shaxs, faoliyat va muloqot yetukligi koʻrsatkichi kasbiy «akme»ning shakl va turlari mavjudligining mezoni sifatida qaralishi mumkin. Kasbiy faoliyat samaradorligining koʻrsatkichlari quyidagilar: 1.Natijaviy koʻrsatkichlar: -maqsadga muvofiqlik, natijalarning dastlabki maqsadlarga mosligi, samaradorlik; -mahsuldorlik, mehnat predmetini oʻzgartirishda namoyon boʻladigan natijalar; -tejamkorlik, manbalar, vaqt va ishchi kuchidan minimal darajada foydalanish;
74 - qulaylik, mazkur sharoitda eng yaxshi natijalarga erishish uchun minimal darajada vaqt va kuch sarf qilish; - yuksak namunalarga mos keladigan faoliyat usullarini oʻzlashtirish va natijalarga erishish; - yangi vazifalar qoʻyish, nostandart texnologiyalarni topish, umuman yangi mahsulot yaratish, shakllangan tajribalardan chetga chiqish (kasbiy ijod, yangiliklar yaratish). 2. Jarayonga xos koʻrsatkichlar: - kasbiy faoliyat vazifalarining turli-tumanligi: - ijtimoiy talablarga moslashuvchan, qulay texnologiyalardan foydalanish; - kasbiy faoliyat subyektining shakllanganligi (kishining maqsad qoʻya olishi, anglashi, faoliyatni boshqara olishi); - kasbiy faoliyatda deformatsiyalarning mavjud emasligi (maqsad, zveno va operatsiyalarni oʻtkazib yubormaslik); - oʻtmish tajribaga asoslanish va oʻzining shaxsiy tajribasiga ega boʻlish; - aniq faoliyat turlarini egallash, ixtisoslashuv; - bir necha oraliq faoliyat turlarini egallash (universallik); -ixtisoslik talablariga mos keladigan bilim, koʻnikma va malakalarni egallash. 3.Professional muloqotning rivojlanganlik koʻrsatkichlari: hamkorlikda, jamoa boʻlib bajariladigan kasbiy faoliyat samaradorligining oshishi; -«Komanda» boʻlib bajariladigan ish usullarini egallash, yuqori darajada mahsuldor kasbiy faoliyatning mavjudligi; -yangi kasbiy muhit, ishga oid va ijodiy muloqotni loyihalash; -hamkorlikdagi mehnat faoliyatida oʻzaro bilish, oʻzaro tushunish, bir-birini tuzatish; -hamkorlikdagi faoliyat ishtirokchilarining psixik rivojlanishi uchun ichki zahiralarni safarbar etish uchun zarur sharoit yaratish; -hamkorlikdagi mehnat faoliyatida funksiya va rollarni oqilona taqsimlash; kommunikativ texnikaning koʻplab turlaridan foydalanish; -hamkasblar bilan nizolarsiz hamkorlik qilish; -mehnat jarayonida boshqa kishini oʻrganish, unga hamdard boʻlish; -boshqa kishilar tomonidan samarali natijalarga erishish maqsadida toʻplangan tajribani tahlil qilish; -iste’molchilar ehtiyojlari va kasbiy faoliyat natijalarini hisobga olish;
75 -kasbiy faoliyatda ijobiy psixologik muhitni ta’minlash, ishtirokchilarning hamkorlikdagi faoliyatdan oʻzaro qoniqishiga erishish; -mazkur guruhda qabul qilingan kasbiy etika, me’yor va muloqot tiliga rioya qilish. 4.Yetuk mutaxassis shaxsining koʻrsatkichlari: -mazkur kasbning axloqiy qadriyatlari va mentalitetini tushunish; -shaxsiy kasbiy tajribasini toʻplash va tahlil qilish; -oʻz kasbining ustasi sifatida namoyon eta olish, kasbiy rivojlanishi uchun eng qulay senariyni tashkil eta olish; -oʻz imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalana olish va kompensatsiya qilish (oʻrnini toʻldirish); -kasbiy faoliyatda kishining imkoniyatlariga mos keluvchi, kasbiy topshiriq va faoliyat ususllarini birlashtiruvchi individual metodni shakllantirish; -oʻzini saqlab qolish uchun xavf tug‘ilgan paytda ham mehnat faoliyatini blokirovka qilish( ajratib olish), xulq-atvorga xos kasbiy xatti-harakatlarning adekvatligi va tejamkorligi; -oʻz imkoniyatlarini maksimal tarzda safarbar eta olish, kuch-quvvatni bir joyga toʻplash; -mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda butun kuch-quvvatni yuqori darajada safarbar etish va toʻplash, ortiqcha zoʻriqishlarning oldini olish; -oʻz kasbining ustasi sifatida mehnatga ijobiy munosabat va undan toʻliq qoniqish hosil qilishni ta’minlash; -har bir yangi imkoniyatni kasbiy takomillashuvga safarbar etish, foydalanilmay qolgan imkoniyatlar uchun mas’uliyatni his qilish; -individual kasbiy optimumni ishlab chiqishga qobiliyatli boʻlish; -kasblar dunyosi va ular uchun zarur sifatlar haqida bilimga ega boʻlish; -oʻzining kasbiy faoliyat koʻp qirrali ekanligini anglagan holda faoliyat hamda muloqotning turli soha va turlarida muvaffaqiyat qozonishga intilish; -shaxsning kasbiy tipiga yaqinlashishi, mazkur mehnat faoliyati uchun muhim boʻlgan sifatlarni rivojlantirish; -shaxs deformatsiyalarining mavjud emasligi;
76 -kasb uchun muhim boʻlgan choʻqqilarni zabt etish usullarini oʻzlashtirish, akmeogramma tuzish. Kasbiy kompetentlik – bu kishining kasbiy vazifalarni bajara olish qobiliyatidir. Professionalizm koʻplab kasbiy kompetentlikdan tashkil topgan boʻladi. Kompetentlik tarkibida kishining bilim, koʻnikma va malakalariga bogʻliq holda bu qobiliyatlardan foydalana olish imkoniyati mavjud boʻladi. Kasbiy kompetentlikning bir necha turlari – kasbiy faoliyatdagi kompetentlik, kasbiy muloqotdagi kompetentlik, mutaxassisning oʻz shaxsini namoyon eta olishdagi kompetentligi kabi guruhlarni farqlash mumkin. Kasbiy faoliyatdagi kompetentlik va uning turlari quyidagicha: -maxsus kompetentlik (oʻz ishini yaxshi bilish); -texnologik kompetentlik; -subyektiv kompetentlik; - professiologik kompetentlik (kasblar olami haqida ma’lumotga ega boʻlish); -huquqiy kompetentlik; -iqtisodiy kompetentlik va boshqalar. Kasbiy muloqotdagi kompetentlik va uning turlari: - kommunikativ va muloqotchanlik kompetentligi (hamkorlik qila olish qobiliyati); -ijtimoiy-perseptiv kompetentlik (boshqa kishilarni idrok qilish qobiliyat); -differensial-psixologik kompetentlik; -diagnostik kompetentlik (boshqalarni oʻrganish qobiliyati); - axloqiy kompetentlik; - empativ kompetentlik; -madaniyatlararo, ijtimoiy-madaniy kompetentlik (boshqa madaniyatlarga nisbatan bagʻrikenglik); -nizoli vaziyatlardagi kompetentlik va boshqalar. Mutaxasis shaxsining shakllanishidagi kompetentlik va uning turlari: - psixologik kompetentlik (boshqa kishilarni oʻrgana olish koʻnikmasi): -individual, autopsixologik kompetentlik (oʻzini oʻrganish koʻnikmasi); -madaniy kompetentlik (jamiyatda qabul qilingan madaniy normalarni qabul qilish va oʻzi uchun etalon sifatida oʻzlashtirish); -refleksiv kompetentlik va boshqalar; Professiogramma – kishining jamiyat uchun zarur boʻlgan mehnat mahsulotlarini yaratishi, ijtimoiy ahamiyatga ega muvaffaqiyatlarga erishishi uchun kasbiy faoliyatga qoʻyiladigan talablar yigʻindisidan iborat. Professiogrammada kasbiy topshiriqlar, vositalar, usullar va texnologiyalar, mehnat natijalari va xodim uchun zarur sifatlar mohiyati aks ettirilgan hujjatdir.
77 Akmeogramma – malakali mutaxassis shaxsi va faoliyatiga qoʻyiladigan talablar aks ettirilgan talablar yigʻindisidir. Unda nafaqat jamiyat talab qilgan natijalarga erishish uchun zarur sifatlar va faoliyatga xos xususiyatlar, balki mutaxassisning kasbiy mahoratga erishishi, professionalizmni egallashi uchun zarur jihatlar ham oʻz aksini topgan. Akmeogramma quyidagi tuzilishga ega: Akmeogramma № ____________ «________»__________ 20 yil F.I.O.________________________________ Jinsi ___________ Yoshi ____________ Ma’lumoti___________ Mutaxassisligi_________________________ Xodim sifatida oʻsishi ____________________________________ Ixtisoslik darajasi ______________________________________ Malakasini oshirish va qayta tayyorlash (shu jumladan mustaqil ta’lim olish orqali)_______________________________________________ Qoʻshimcha ma’lumotlar ___________________ 1. Imkoniyat va qobiliyatlar osttuzilmasi: murakkab xususiy; iqtidor va talantning mavjudligi; shaxsning imkoniyatlari bahosi; qoʻshimcha ma’lumotlar. 2. Individuallik osttuzilmasi: «Men» obrazining tavsifi; muvaffaqiyatga ehtiyoj va motivatsiyasining oʻziga xos xususiyatlari; oʻzini-oʻzi baholash xususiyatlari; qadriyatli oriyentatsiyalar va qiziqishlar tavsifi; oʻzini namoyon etish bahosi; qoʻshimcha ma’lumotlar. 3. Yoʻnalganlik osttuzilmasi: yoʻnalganlik tavsifi (kengligi, chuqurligi) yoʻnalganlikning mazmuni; kasbiy faoliyatga munosabat; oʻzaro ta’sirga yoʻnalganlik; qoʻshimcha ma’lumotlar.
78 4. Xarakterologik xususiyatlar va axloqiy sifatlar osttuzilmasi: maqsadga intiluvchanlik, tashabbuskorlik; irodaviy sifatlar; uyushqoqlik; mas’uliyatlilik; boshqalar muvaffaqiyatga hasad qilmaslik; munosabatlarning insonparvarlikka yoʻnalganligi; samimiylik; tartiblilik; qat’iyatlilik; xolislik; qoʻshimcha ma’lumotlar. 5. Kasbiy sifatlar osttuzilmasi: kasbiy kompetentlik; kasbiy bilim va koʻnikmalarning chuqurligi; kasbiy ijodkorlik; kasbiy koʻnikmalar tavsifi; qoʻshimcha ma’lumotlar. 6. Professionalizmning akmeologik variantlari: shaxsning kuchi; antisipatsiya darajasi; oʻzini-oʻzi boshqarish darajasi; qaror qabul qilish va uni amalga oshirish darajasi; ish qobiliyatining darajasi maxsus sifatlar; kasbiy ahamiyatga molik psixologik sifatlar; shaxsiy-ishga oid sifatlar; qoʻshimcha ma’lumotlar. 7. Umumlashtirilgan qoʻshimcha ma’lumotlar. 8. Keng umumiy xulosalar. Mavzu boʻyicha muammoli savollar va topshiriqlar: 1. Kasbiy kompetentlik qanday qismlardan iborat? 2. Akmeogramma tuzishda qaysi jihatlarga e’tibor qaratish kerak? 3. Professionalizm nima?
79 3.2-MAVZU: PEDAGOGIK ILMIY-TADQIQOT METODLARINI TASNIFLASH MUAMMOLARI. Reja 1.Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlari tushunchalari. 2. Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlari tasnifi va tavsifi Tayanch soʻzlar: metod, pedagogik kuzatish, suhbat, statistika, modellashtirish. Hozirgi zamon ta’lim-tarbiya tizimi faqat insoniyat aniqlagan bilimlarni oʻzlashtirishgina emas, balki jamiyat endi hal qilishi va bunda bugungi oʻquvchitalabalar qatnashishi lozim boʻlgan masalalar bilan tanishishini ham talab qiladi. Bunday masalalar kosmosni oʻzlashtirish, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish, choʻllarni hosildor yerlarga va bogʻ-rog‘larga aylantirish, qishloq xoʻjaligini intensivlashtirish va hokazolardan iborat boʻlishi mumkin. Xalq xoʻjaligi va fan-texnikaning hamma sohalarida juda katta burilishlar roʻy bermoqda va har bir oʻqituvchi oʻzining tarbiyalanuvchilarini oʻzi oʻqitadigan fan sohasi boʻyicha navbatdagi qayta qurilishlar va erishilgan yutuqlar bilan keng tanishtirishi kerak. Bu ishni oʻquvchi-talabalarga mos metodda va oʻquv dasturiga muvofiq amalga oshirish lozim. Mazkur talabning ikkinchi xususiyati pedagogning oʻquvchi-talabalar fikr doirasini kengaytirishga doimo gʻamxoʻrlik qilishidir. Shunday qilib, ilmiy, ya’ni tadqiqot metodi tadqiqotchi nazariy hamda amaliy bilish faoliyatining ta’limiy vazifalarini bajarishga qaratilgan tadbirdir. Unga quyidagi muayyan talablar qoʻyiladi: 1. Ilmiy materialini oʻrganishning tadqiqotchi tavsiya etgan metodi respondentlarda fikrlashning dialektik qarashlari, irodaviy xususiyatlari va xulqining shakllanishiga olib borishi kerak. Ana shu talab nuqtayi nazaridan metod tarbiyaviy tusda boʻlishi ham mumkin; 2. Tadqiqot metodining ilmiy asosi yaqqol va aniqbo ʻlishi zarur. Shundagina tadqiqotchi mazkur metod orqali qanday masalalar qoʻyilishi va hal qilinishi mumkinligini, qanday masalalarni hal qilib boʻlmasligini koʻra oladi; 3. Tadqiqotning tizimliligi uning samaradorligini belgilaydi; 4. Tadqiqot metodining tushunarliligi oʻquvchi-talabalar uchun qabul qilinishi va qoʻllanishi, oʻquv materialini oʻrganishning metodi esa bilimlarni oʻzlashtirishning imkoniyatlariga muvofiq boʻlishi shart; 5. Tadqiqotning onglilik va faollik zaruriyati nihoyatda jiddiy talabdir; 6. Bilimlarning puxtaligi va asosliligi ham hal qiluvchi ahamiyatga ega;
80 7. Tadqiqot metodida nazariy va amaliy hodisalarni muvofiqligiga erishmay ham dars oʻtib boʻlmaydi. Har qanday metoddan biror maqsadga erishish koʻzda tutiladi va shuning uchun u qandaydir maqsad qoʻyishni, ilmga erishish boʻyicha faoliyat metodi ana shu faoliyatni amalga oshirishda yordam beradigan vositalarni bilishni taqozo etadi. Har qanday faoliyat uning obyektini bilishni talab qiladi. Nihoyat, metod maqsadga olib borishi kerak, aks holda, u qoʻygan maqsad uchun yaroqsizligini, yo boʻlmasa, bu holatda uning umuman notoʻgʻri qoʻllanganligini e’tirof etish lozim. Shunday qilib, har qanday ta’lim metodini qoʻllashdan koʻzlangan maqsadni, shu maqsadni amalga oshirish faoliyatini va faoliyatni bajarish vositalarini talab qiladi. Bu vositalar faoliyat obyekti toʻgʻrisidagi predmetli yoki aqliy bilimlar, qoʻyilgan maqsadga albatta erishishdan iborat boʻlishi mumkin. Bularning hammasi ham qanday metodga nisbatan maqsadga muvofiqdir, lekin oʻqitish metodlari uchun etarli emas. Tadqiqot metodlarini quyidagilarga boʻlish mumkin: - tafakkur, xotira, diqqat va xayolning alohida operasiyalarini tarkib toptiradigan va faollashtiradigan metodlar; fikrlash faoliyatida muammoli va izlanishli vaziyatlarni vujudga keltiradigan metodlar; tadqiqotlarning ilmiy materialini oʻzlashtirishi bilan bogʻliq kechinmalari va hissiyotlarini faollashtiradigan usullar; nazorat tadqiqotlarning oʻzini-oʻzi nazorat metodlari; tadqiqot jarayonida jamoaviy va shaxsiy oʻzaro munosabatlarini boshqarish metodlari. Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida tutgan oʻz yoʻli, tamoyillari tarbiya jarayonida hali avvalgi keksa avlod oldida turgan yangi masala va muammolarni yechish uchun zarur boʻladigan xislat va sifatlar shakllantirilishini taqozo etadi. Ijtimoiy zaruriyatdan kelib chiqqan holda, yoshlarga pedagogika ilmidagi tushunchalar, ta’riflar milliy istiqlol mafkurasiga mos umuminsoniylik ruhida tushuntirilmogʻi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Albatta, ta’lim va tarbiyada umuminsoniy qadriyatlar bilan birga milliy oʻziga xoslik nisbati, muvozanati alohida ahamiyatga ega. Yana bir tomondan ta’lim nazariyasini, ta’lim-tarbiya mazmunini, shaklini va metodlarining asosiy jіhatlari Sharqda ishlab chiqilib, Yevropa orqali oʻzgarib, rivojlanib yana Sharqqa qaytib kelganini va dunyo pedagogik jarayonini bir butunligini hisobga olinsa, tushunchalarda xususiy milliylikdan koʻra, umuminsoniylik jihatlarining koʻpligi koʻzga tashlanib turadi. Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari qanchalik toʻgʻri qoʻllansa, ta’lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yuksaladi. Lekin ilmiy tadqiqot metodlarining aniq chegaralangan tizimi hozirgacha fanda yaratilgan emas. Pedagog pedagogik jarayonda oʻz auditoriyasidagi tarbiyalanuvchilarning xarakter-xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ularning psixologiyasini chuqur oʻrganishda bir qator metodlarni qoʻllashi mumkin. Chunki
81 pedagogning asosiy maqsadi darsjarayonini tarbiyaviy ta’sirini oshirish hisoblanadi. Buning uchun quyidagi pedagogik ilmiy tekshirish metodlaridan foydalanish maqsadga muvofiq boʻladi: 1. Adabiyotlarni oʻrganish metodi 2. Pedagogik kuzatish metodi. 3. Suhbat metodi (yakka tartibda, guruh bilan). 4. Pedagogik soʻrash metodi. 5. Test sinovlari metodi. 6.Ta’lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi. 7.Eksperement-tajriba-sinov metodi. 8. Statistika ma’lumotlarinn tahlil qilish metodi. 9. Matematika va kibernetika metodi 10.Modellashtirish metodi. Ta’lim metodlarini tanlash bilan bir qatorda oʻqituvchi darsdagi talabalarni yosh va individual xarakter xususiyatlarini oʻrganishi hamda tahlil qilishi shart. Adabiyotlarni oʻrganish metodi – tadqiqot mavzusi boʻyicha pedagogika, psixologiya, madaniyat, iqtisod, siyosatga doir adabiyotlar va dissertatsiyalar oʻrganishda qoʻllaniladi. Pedagogik kuzatish – odatda tabiiy kuzatish orqali talabalarning fanlarni oʻzlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muomalalaridagi oʻzgarishlarni hisobga olish va tegishli ta’limiy-tarbiyaviy ta’sir koʻrsatish yoʻllarini belgilash uchun qoʻllaniladi. Bu metod tadqiqotchining pedagogik tajribaning muayyan bir tomoni va hodisalarini biror maqsadni koʻzda tutib idrok etish tashkil etadi. Bunda kuzatishlar tezligi va soni, kuzatish obyekti, vaqti, pedagogik vaziyatlarni kuzatish uchun ajratiladigan xarakteristika va hokazolar hisobga olinadi. Suhbat metodi – soʻrashning bir turi boʻlgani holda tadqiqotchining jiddiy tayyorgarlik koʻrishini talab etadi, chunki u tekshirayotgan shaxs bilan, bevosita aloqada boʻlish vaqtida ogʻzaki suhbat tarzida, suhbatdoshining javoblarini yozmasdan erkin muomala shaklida qoʻllaniladi. Suhbat metodi – ta’lim muassasasi oʻqituvchilari va oʻquvchi-talabalar jamoasi hamda ota-onalar va keng jamoatchilik bilan, yakka va guruhli tartibda ish olib borilganda qoʻllaniladi. Suhbat metodidan farq qilib intervyu olish metodi savollarni oldindan belgilangan izchillikda intervyu yoʻli bilan bayon qilishni nazarda tutadi. Bunda javoblar magnit tasmasiga yoki kassetalarga yozib olinadi. Hozirgi kunda ommaviy soʻrash nazariyasi va amaliyotida intervyu tashkil etishning koʻp metodlari mavjud: guruhlar bilan; intensiv; sinash va h.k.
82 Pedagogik soʻrov metodi – tadqiqotchining boshqa kishilardan pedagogik tajribaning biror tomoni yoki hodisalari haqida axborot olish jarayoni bu metodning asosini tashkil qiladi. Soʻrash savollarning mantiqiy oʻylangan sistemasini,ularning aniq ifodalanishini, nisbatan kamchiligi (3-5ta) nazarda tuti-ladi. Shuningdek, qat’iy shakldagi javobni («ha», «yoʻq») ham taqozo etishi mumkin. Test sinovlar metodi- bu yozma javoblarning ommaviy ravishda yigʻib olish metodidir. Test sinovlarini (anketalarini) ishlab chiqish murakkab ilmiy jarayon. Pirovard natijada, tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar mazmuniga, berilayotgan savollar shakliga, toʻldirilgan anketalar soniga bog‘liq boʻladi. Odatda test savollarining ma’lumotlarini kompyuterda matematik statistika metodlari bilan ishlashga imkon beradigan qilib tuziladi. Ta’lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi -bunda oʻquvchitalabalarning umumiy miqdori, uning oʻsishi yoki kamayish sabablari tavsifi, oʻquvchi-talabalarning fanlar boʻyicha oʻzlashtirish darajasiga, sinf yoki kursdan qolishning oldini olish, ragʻbatlantirish va jazolash choralari turlariga, ta’lim muassasasining moddiy bazasiga e’tibor beriladi. Eksperiment-tajriba-sinov metodi – ushbu tajriba asosan ta’lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tadbiqi jarayonlarini tekshirish, aniqlash maqsadida oʻtkaziladi. Statistika ma’lumotlarini tahlil qilish metodi – ta’lim sohasiga, jumladan, ajratilgan mablagʻlarning doimiy oʻsib borishi, darslik va oʻquv qoʻllanmalari, koʻrgazmali qurollar, oʻqituvchi kadrlar tayyorlash, oʻquv binosi qurilishi, xoʻjalik shartnomalari va ulardan tushayotgan mablag‘lar statistika metodi orqali aniqlanadi. Matematik metodlari- oʻqitish nazariyasi, amaliyotida hisoblash matematikasi mashinalari yordamida bir tildan ikkinchi tilga tarjima, dasturli ta’lim va uni mashina orqali boshqarish, oʻqitishni mustahkamlash, baholash orqali ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish differensial va individual ta’lim berish, ta’lim-muassasasi hisobotini mashinalar yordamida tuzish kabi jarayonlardir.Bu kabi metodlardan foydalanib ta’lim va tarbiya ishlarini olib borish faqatgina pedagog uchun emas, iqtisodiyot jabhalarida faoliyat yuritayotgan boshqaruvchi xodimlar, oilada farzand tarbiyasi bilan shugʻullanuvchi ota-onalar uchun ham, jamoa bilan ishlaydigan mas’uliyatli shaxs uchun ham zaruriy shart boʻlgan metodlardan biridir. Zero, shaxs tarbiyasidek murakkab jarayonga hech qachon e’tiborsiz boʻlmaslik zarur. Mavzu boʻyicha muammoli savollar va topshiriqlar: 1. Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlari qanday turlarga ajratiladi? 2. Pedagogik kuzatish qanday maqsadda qoʻllaniladi? 3. Statistika ma’lumotlarini tahlil qilish metodiga ta’rif bering?
83 3.3-MAVZU: ADABIYOTLAR, ARXIV MATERIALLARINI OʻRGANISH. Reja: 1. Pedagogik kuzatish metodi. 2 Suhbat metodi va uni oʻtkazish metodikasi. 3 Anketa metodi va uni oʻtkazish metodikasi Tayanch soʻzlar: darslik, suhbat, suhbat turlari, tushuntirish, anketa, pedagogik kuzatish metodi, test, ochiq va yopiq testlar,matematik-statistik metod. Oʻquv adabiyotlari orasida darslik alohida oʻrin tutadi. Darslik muayyan oʻquv fani boʻyicha ta’lim maqsadi, oʻquv dasturi va didaktik talablarga muvofiq belgilangan ilmiy bilimlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni beruvchi manba boʻlib, u mazmuni va tuzilishiga koʻra fan boʻyicha yaratilgan oʻquv dasturiga mos keladi. Namunaviy oʻquv dasturlari asosida yaratilgan darsliklar maqsadga muvofiq holda Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi Vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar Vazirligi tomonidan barcha maktablar, akademik litseylar va kasbhunar kollejlari uchun tavsiya etiladi. Gʻoyaviy va metodik jihatdan mukammal boʻlgan darslik ta’lim mazmuniga qoʻyiladigan barcha talablarga javob bera olishi, oʻquvchilar uchun qiziqarli, iloji boricha qisqa, tushunarli, koʻrgazmalilik nuqtayi nazaridan estetik xususiyatga ega boʻlishi kerak. Darslik bir vaqtning oʻzida ham barqaror, ham qulay tarkibiy tuzilmaga ega boʻlishi kerak. Darslik barqarorligiga koʻra mustahkam asosga ega, mobilligiga koʻra ega asosiy tuzilmaga daxl etmagan holda yangi bilimlarni tezlikda kiritish imkoniyatini namoyon etadi. Ularga qoʻyiladigan talablar turli-tuman va qarama-qarshi boʻlib, mukammal darsliklarning yetishmovchiligi doimo his etiladi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda muqobil, parallel darsliklar nashr etiladi, shu sababli oʻqituvchilar va oʻquvchilar ular orasidan eng yaxshilarini tanlab olish imkoniyatiga egalar. Darslik oʻquvchilarning ta’lim jarayonida ongli ravishda va faol ishtirok etishlari, oʻquv materialini toʻla oʻzlashtirishlarini ta’minlashi kerak. Ana shu masalalarni hal etish yoʻlida darsliklar quyidagi vazifalarni bajaradi: Motivatsion vazifa – bu vazifa oʻquvchilarni ushbu fanni oʻrganishga yoʻnaltiradigan, ularda ishga pozitiv munosabati va qiziqishini shakllantiruvchi ragʻbat (sabab)larni hosil qilishdan iborat; Axborot vazifasi oʻquvchilarga axborotlarni yetkazish, samarali usullar yordamida ularning bilimlari hajmini kengaytirishga imkon beradi; Nazorat-tuzatish (mashq qilish) vazifasi – ta’lim jarayoni, uning natijalarini tekshirish, oʻquvchilarda oʻzini baholash va tuzatish layoqati hamda zarur boʻlgan
84 koʻnikma, malakalarni shakllantirish uchun oʻrganish mashqlarini tavsiya etishni nazarda tutadi. Muvofiqlashtirish vazifasi material ustida ishlash jarayonida ta’limning boshqa vositalari (xaritalar, koʻrgazmali materiallar, diapozitiv va boshqalar)ni jalb etishni ifodalaydi; Rivojlantiruvchi–tarbiyalovchi vazifasi darslik mazmunining oʻquvchilarga ma’naviy-axloqiy ta’sir koʻrsatishi, kitoblar bilan ishlash jarayonida ulardan mehnatsevarlik, faol fikrlash, ijodiy qobiliyat kabi sifatlarni shakllantirishdan iborat; Oʻqitish vazifasi darslik bilan ishlashda mustaqil bilim olish uchun zarur boʻlgan konspekt yozish, umumlashtirish, asosiysini ajratib koʻrsatish, mantiqiy eslab qolish kabi malaka va koʻnikmalarni rivojlantirishga yordam berishida koʻzga tashlanadi. Ta’lim mazmuni oʻquv materiali darajasida darsliklar bilan bir qatorda turli xil oʻquv qoʻllanmalari: adabiyot va tarix xrestomatiyalari, izohli lugʻatlar, matematika, fizika, ximiya boʻyicha masalalar toʻplamlari, georafiya, biologiya boʻyicha atlaslar, til boʻyicha mashqlar toʻplamlari va boshqalarda ochib beriladi. Oʻquv qoʻllanmalari darslikning ba’zi tomonlarini kengaytiradi va aniq masalalarni hal etish maqsadiga ega boʻladi (axborot, mashq qilish, tekshirish). Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari. Pedagogika fani rivoji muayyan pedagogik muammolarni tadqiq etish maqsadida olib borilgan tadqiqot ishlarining gʻoyasi, mazmuni hamda natijalari hisobiga ta’minlanadi. Ijtimoiy va ishlab chiqarish jarayonining keskin rivojlanishi shaxsni har tomonlama kamol toptirish imkonini beruvchi omil hamda pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash, jamiyat va shaxs ma’naviyatiga ziyon etkazuvchi holatlarni bartaraf etishni taqozo qiladi. Tarbiya jarayonlarining mohiyatini anglash ularni keng yoki tor doirada oʻrganish, mavjud koʻrsatkichlar vositasida ularning sodir boʻlish sabablarini oʻrganish, zarur choratadbirlarni belgilash ilmiy izlanishlarni tashkil etish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Pedagogik izlanishlarning samarali kechishi bir qator obyektiv va subyektiv omillarga bogʻliq. Mazkur jarayonda maqsadga muvofiq keluvchi, maqbul, ayni vaqtda samarali boʻlgan metodlarni tanlay olish ham muhimdir. Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yoʻnalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berish tamoyillari, obyektiv va subyektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir. Ayni vaqtda, Oʻzbekiston Respublikasida pedagogik yoʻnalishda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar dialektik yondashuvga asoslanadi. Pedagogik hodisa, voqelik va ularning qonuniyatlarilarni aniqlashga bunday yondashuv pedagogik hodisa va jarayonlarning umumiy aloqasi, ularning izchil, uzluksiz rivojlanishi, bolaning fiziologik rivoji uning psixologik, intellektual jihatdan takomilashtirib borishini ta’minlashi, qarama- qarshiliklarning shaxs kamolotini ta’minlashdagi oʻrni va roli, shuningdek, dialektika kategoriyalarining ahamiyatini e’tirof etadi. Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga
85 oshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega boʻlgan jarayon boʻlib, uning samarali boʻlishi uchun bir qator shartlarga rioya etish zarur. Ular quyidagilardir: -muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi; -ilmiy farazlarning toʻgʻri shakllantirilganligi; -vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida toʻgʻri belgilanganligi; -tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan obyektiv yondashuv; -tajriba-sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlarning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, shaxs rivojlanishi qonuniyatlarining toʻgʻri hisobga olinganligi; -tadqiqot natijalarini oldindan tashxislash va uning natijalarini aytib oʻtish; -tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi. Zamonaviy sharoitda, pedagogik yoʻnalishda, tadqiqotlarni olib borishda Pedagogik kuzatish metodidan ham keng foydalanilmoqda. Pedagogik kuzatish metodi. Uni qoʻllash jarayonida, ta’lim muassasalarining oʻquv-tarbiya ishlari jarayonini oʻrganish asosida tadqiq etilayotgan muammo holat aniqlanadi, tajriba – avvali va yakunida qoʻlga kiritilgan koʻrsatkichlar oʻrtasidagi farq toʻgʻrisidagi ma’lumotga ega boʻlinadi. Pedagogik kuzatish murakkab va oʻziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qoʻlga kiritish mumkin. Olib borilayotgan pedagogik kuzatish ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, oʻquvchi shaxsini shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi. Pedagogik kuzatishni tashkil etishda xatoga yoʻl qoʻymaslik muhimdir. Buning uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi: 1) kuzatish jarayonida aniq maqsadga egalik; 2) kuzatishni tizimli ravishda yoʻlga qoʻyish; 3) kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish; 4) har bir holatning mohiyatini sinchiklab oʻrganish; 5)xulosa chiqarishga shoshilmaslik. Pedagogik tarbiya haqidagi fanda pedagogik reallikni, haqiqiy voqelikni bilish usullarida, eng koʻp qoʻllaniladigan usul bu kuzatishdir. «Kuzatish» iborasi bir necha ma’noga ega. Hayotiy ma’nosi insonning atrof-muhit bilan chambarchas bogʻliqligini qamrab oladi. Kuzatish insonga muhitga moslashishiga oʻz xattiharakatlarini oʻzgaruvchan sharoitga moslashtirishga yordam beradi. Oʻquv-ta’limiy kuzatish oʻquvchiga (talabaga) oʻrganayotgan narsasi haqida, bu narsaning jarayoni bir-biriga bogʻliqligi, miqdoriy sifatiy oʻzgarishlari haqida tushuncha beradi.
86 Pedagogik kuzatish tarbiyachi, sinf rahbariga oʻzini tutishini idrok etishdan iborat. Nazoratchi uchun kuzatish, oʻqituvchi xatti-harakati, ma’lum sharoitda sinf rahbarining harakati, uning kasbiy faoliyati orqali pedagogik jarayonning tuzilishini ochib beradi. Koʻrinib turibdiki, kuzatish hayotiy yoki ilmiy (tadqiqot uchun) boʻlishidan qat’iy nazar pedagog uchun juda qimmatlidir. Kuzatuvchanlik – pedagogik mutaxasislikning qimmatli qaratqichlaridan biridir. Lev Tolstoyning pedagogik ijodidan ma’lumki, maktab – bu laboratoriya, bu yerda oʻqituvchi hamma narsani kuzatishi oʻz kuzatishlarini tekshirishi va yana kuzatishi kerakdir. Fan olamida ilmiy tadqiqot kuzatishlar – bu olimning umumiy qurolidir. Texnika rivojlanishi bilan tadqiqotchilar oddiy koʻz bilan koʻrolmaydigan narsalarning maxsus moslamalar yordamida bilib olmoqdalar. Fiziologiya va psixologiyadan ma’lumki, kuzatishda barcha sezgi organlari qatnashsa, uning natijasi yuqori boʻladi. Kuzatayotgan obyektni insonni koʻrish, hidlash, sezish orqali har tomonlama koʻradi. Tadqiqot kuzatishi koʻrinishidan oddiyga oʻxshasa ham murakkabdir. U mukammal boʻlishi uchun bir necha bosqich va shartlardan iborat. Uning murakkabligi yana shunda koʻrinadiki, kuzatuvchi maqsad qilib olgan tadqiqotini diqqat bilan har tomonlama oʻrganish bilan birga sharoitni ham qoʻshib oʻrganishi kerak. Bu usulni koʻp olimlar ta’riflab berishgan. Jumladan, P.A.Gloriozov, V.I.Zagvyazinskiy, L.V.Zangol, E.I.Monoezonov, M.N.Skatkin, S.P.Sshapovalenko kabilar. Bu usulning ilmiy tushunchasi yuzaga kelgan: biror-bir pedagogik hodisa jarayonini kuzatish orqali aniq ma’lumotlar yordamida maqsadga erishish. Faylasuf olimlar, sotsiologlar, iqtisodchilar, pedagoglar, psixologruhshunoslar uchun kuzatish usuli, gnosologik qurol boʻlishi bilan birga uning umumiy tushunchasi ham uchraydi. Ba’zi mualliflar kuzatish tushunchasini aniqlashda ham hayotiy, ham ilmiy ma’nosini birlashtirishadi. Masalan falsafiy ensiklopedik lugʻatda yozilishicha, kuzatish oldinda (belgilangan) va aniq maqsadga yoʻnaltirilgan maqsadli faoliyatdir. Biroq bu yerda tushuncha ma’nosida kuzatishning bir nechta ta’rifi ta’kidlangan: birinchidan, kuzatish inson bajaradigan ish, ikkinchidan bu mehnat faoliyatining tarkibiy qismidir. Pedagogika fanida metod tushunchasiga qaytamiz. Tadqiqotchi talaba quyidagicha ta’rifni qoʻllashi mumkin. Pedagogik tadqiqotda kuzatish – bu sezgi organlari orqali qabul qilingan va olayotgan ma’lumotni birlamchi qayta ishlangan pedagogik holatlarni bilish usuli. Kuzatishning asosiy vazifasi: olimning kuzatish obyekti bilan toʻgʻridantoʻgʻri va qarama-qarshi bogʻliqligi sharoitda oʻrganilayotgan jarayon haqidagi ma’lumotlarni tanlab olish. Falsafa nuqtayi-nazaridan qaraganda, kuzatish metodi bilishning avvalida joylashgan boʻlib, tom ma’noda anglash bilan bogʻliq boʻlgan «jonli kuzatish»dir.
87 Kuzatish metodiga asos-dialektikadir. Unga tayangan holdagina biz pedagogik jarayonning murakkab pedagogik holatlarini, unig muhim tomonlarini ocha olamiz. Kuzatish fanga ma’lum boʻlgan va isbotlangan holatlarga qat’iy oʻzgarishlar kiritishi mumkin. Kuzatish shunday yangi dalil kiritadiki, avvaliga izohni talab qiladi. Tadqiqotchining gneseologik qurollangan boʻlishi muvaffaqiyatning metodologik sharti hisoblanadi. Bu ayniqsa oʻquv-tarbiyaga kerak, chunki ilmiy bilish oʻquv-bilim doirasiga joylashgan. Pedagogik kuzatishda dialektika asosiy mazmunni tashkil etadi, uning talablarini tashkil etishga bogʻliqdir. Materialistik dialektikadan ognli va mohirona ravishda foydalanish aniq va tushunarli natija olishga olib keladi. Oʻquvchining aqliy rivojlanishiga foydali mehnatning ta’sirini tadqiqot uchun olaylik. Tadqiqotchi uchun bu ta’sirning xarakterini bilish qaysi va qay miqdordagi kuzatish obyektlari yordam beradi. Nazariy doirasida sinaluvchi shaxslar (oʻquvchining yoshi, pedagogik, psixologik, sotsial, demokratik, tibbiy-biologik ma’lumotlari) boʻlishi kerak. Ular oʻrganayotgan fanlar, narsa mazmunini, bunga ishlab chiqarish va faoliyatga doir mavzular ham kiradi. Oʻquvchining ikkita birbiriga bogʻliq boʻlgan; pedagogik va iqtisodiy foydali mehnatning mazmuni, metodlari, vositalari va maxsuli boʻlishi kerak. Sinaluvchilarning ishlab chiqarish faoliyatidagi intelektual taraqqiyotini oʻlchaydigan «Apparat» uskuna ham zarur. Kuzatish tadqiqoti uchun shunday obyektlar kerak. Shunisi aniqki, faqatgina materialistik dialektika asosidagina oʻrganilayotgan pedagogik aloqalar ichiga kirish mumkin. Kuzatishning mohiyati nimada? Bu savolga javob berish uchun idrok etishga murojaat qilish kerak, chunki ilmiy kuzatishning psixologik xususiyati idrok etishda mujassam. Bu ibora mazmun jihatdan birdek emas. Jarayon – anglashdan natija idrok etishni ham bildiradi. Kuzatish idrok etish jarayonini bildiradi. Aytish joizki kuzatish va idrok etish sinonim ma’noda boʻlsa ham bir xil tushunchaga ega emas. Idrok etish – psixik jarayon: Kuzatish – atrof-muhit hodisalari pedagogik jarayonni bilish usulidir. Kuzatish mohiyati tadqiqotchi ongida oʻrganilayotgan obyektning miqdoriy, sifatiy, tarkibiy belgilar, vektor, dinamik holati va oʻzgarishlari aks etishi va jamlanishidan iborat. Kuzatishning oʻziga xos xususiyati uni ham tadqiqiy maqsadni yechishga qaratilgan mustaqil metod holida, boshqa metodlarning tarkibiy qismi sifatida ishlatsa boʻladi. Masalan pedagogik tajribani uning borishi va natijasini oʻtkazib boʻlmaydi. Biror metod tarkibiga qarab, kuzatish ixtisoslashadi. Masalan, statistik kuzatishda pedagogik jarayonning miqdoriy ma’lumotlari jamlanadi. Pedagogikada tadqiqiy kuzatish turlari. Pedagogikada tadqiqiy kuzatish mohiyatini tushunish uchun uni guruhlarga boʻlib olish kerak. Tadqiqotchini oʻrganilayotgan obyekt bilan bogʻliqligiga qarab quyidagi turlarga boʻlish mumkin. Bevosita va bilvosita ochiq va yopiq vaqt va joyiga koʻra uzluksiz cheklangan, monografik va maxsus va hokazo. Kuzatish turlari harakatchan boʻlgani sabab aniq va toʻla bir guruhga jamlab boʻlmaydi. Bevosita kuzatish – tadqiqotchi va oʻrganilayotgan obyekt oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri munosabatlar hech bir oʻtish oʻzgarishlarsiz boʻladi.
88 Tadqiqotchining roli uch xilga ajratiladi: 1. Tadqiqotchi – guvoh (betaraf) 2. Tadqiqotchi – pedagogik jarayonning rahbari 3. Tadqiqotchi – pedagogik jarayonda qatnashchi Qaysi rolda ishtirok etishiga qarab kuzatish dasturi tuziladi, dalillarni toʻplash, yigʻsh metodi va texnikasi tanlanadi. Bevosita kuzatish bilvosita kuzatishni toʻldirishi va oʻzgartirishlar kiritishi mumkin. Kuzatish tadqiqot usuli. Oʻz-oʻzini kuzatishni tanlagan tadqiqotchilar uchun quyidagi qoidalar joiz: a) Oʻquv-tarbiya jarayonini tadqiqot qilishda oʻz-oʻzin kuzatish oʻquvchilarga va ayrim hollarda oʻsmirlarga tegishli. b) Ishga yollanga oʻquvchilar mustaqil kuzatish metodi va natijalarni qayd etish haqida yetarlicha tavsiyalar olishi kerak. c) Oʻquvchilar oʻz-oʻzini (mustaqil) kuzatish ma’lumotlarini umumlashtirishda tadqiqotchi ularning individual xususisyati va yoshini, hamda ularning oʻz fikrlarini e’tiborga olish kerak. Biror vosita yordamidagi kuzatish bilan birgalikda oʻquv va tarbiya natijalarining moddiy guvohi boʻlib xizmat qiladigan sinovdagilarning harakati faoliyati mahsuli yordamidagi kuzatish ham ishlatiladi. Tadqiqotchi kuzatgan pedagogik jarayonning tabiiyligi kuzatish natijalarining qimmatli va obyektivligiga ta’sir qiladi. Faqat sinaluvchilar harkati va sharoitini haqiqiyligi. Tadqiqotchi uchun boshqalarga oʻqituvchi va oʻquvchilarning sahnalashtirgani yoki tayyorlangani kerak emas. Ochiq kuzatish shundayki, Bunda oʻqituvchi va oʻquvchilar kuzatayotganlarni ongli ravishda bilib turadilar. Tabiiyki oʻzgalar oldida pedagogik holat oʻzgaradi. Oddiy holatdagidan farqlaydi. Chunki inson hissiyoti va oʻzini tutishi yakkalik holati va kuzatishdagisi turlicha boʻladi. Ayniqsa oʻz mehnatini boshqalar qanday baholashiga befarq boʻlmaganlar uchun. Boshqalar tomonidan kuzatishda sharoitni, normallashtirish uchun moslashish bosqichi muhim. Biroq moslashish bolalar fe’latvorida sun’iylik boʻlmasligini kafolatlashadi. Ular mehmonlar huzurida koʻproq oʻzlarini bir xilda tutadilar. Oʻquvchilar oʻzgalarning darsda ishtirokiga munosabatlarini anketa qilishganda, bu holga befarqlar boʻlmasligi aniqlandi. Bu esa shuni koʻrsatadiki, aniq natijalar olish uchun ochiq kuzatish yetarli emas. Yopiq kuzatish-jarayonni haqiqiy holatini beradi. Kuzatishning bu turi ziddiyatli, lekin qimmatlidir. Ayniqsa pedagog oʻzini tutishini koʻrinmay nazorat qilish ahloqdan emasdek koʻrinadi. Biroq oʻqituvchi doimo bolalar kuzatishida boʻladilar. Nazorat ostida boʻlish oʻqituvchi uchun oddiy holday. Odamlarni yopiq kuzatish kamera oʻrnatmalar yordamida boʻlib ishlab chiqarishda, tibbiyot muassasalarida, koʻchalarda transport harkatini kuzatishda, univermaglarning savdo zallarida keng
89 qoʻllaniladi. Germaniya gazetalarida yozilishicha, bir tomoni oynali devor boʻlgan sinf xonalari xalaqitsiz kuzatish imkonini beradi. Umuman bunda taassufni yengib oʻtish kerak, chunki tashqi tomondan qaraganda ilmiy maqsadda kuzatish bilan oddiy hayotdagi bildirmasdan kuzatish va quloq tutishga oʻxshashdir. Ikkinchidan: yoki biz pedagogik jarayonning ichiga kiramiz yoki yashirincha qilinayotgan kuzatishdan uyalsak, haqiqiy ahvolni koʻra olmaymiz. Yopiq nazorat uchun texnika vositalari boʻlmaganda tabiiy sharoitda foydalansa boʻladi, ya’ni qulay oʻrinni tanlab olib: Nazoratdagilarga bildirmagan holatda koʻz bilan quyidagicha kuzatish mumkin. -sport maydonida jismoniy tarbiya darslarini -maktab hovlisida matematikadan amaliy ishlarni -film, telekoʻrsatuv, qiziqarli uchrashuvlardagi oʻquvchilarning ta’sirlanishi. Ayrim hollarda tadqiqotchilar oʻzlarining birdaniga paydo boʻlish ta’siridan foydalanishadi, lekin bu oʻquvchiga salbiy hissiyotlarni keltiradi. Tadqiqotchining odobi bildirmaslikning qay me’yorda boʻlishini har holda aytib turadi. Ochiq va yopiq kuzatish yordamida olinganni taqqoslaganda bir turdagi kuzatishdan koʻra ularda voqealar holatini toʻlaroq koʻrsatadi, ochib beradi. Uzluksiz kuzatish – pedagogik jarayonni boshidan oxirigacha kuzatish kerakligida qoʻllaniladi. Kuzatish vaqti sinaluvchilarning faoliyati davomiyligi va jismonan mumkin boʻlgan vaqtda oʻtayotganiga bogʻliq. Masalan dars tuzilishini muvofiqligini oʻrganish uchun kuzatish 45 minut oraligʻida oʻtadi. Bunday holni boshqa darslarda kuzatish boshqa obyektni qayta ifodalash boʻladi. Uzluksiz kuzatishga yana bir misol bitta yoki bir nechta oʻquvchining oʻyinda oʻzini tutishi boʻla oladi. Oʻyin aniq chegaraga, ya’ni boshi va oxiriga ega. Lekin boshi va oxiri yoʻq bolgan jarayon boʻlishi, uni uzuq-uzuq boʻlishi uzluksiz kuzatish olib borishga imkon bermaydi. Bunday hollarda diskret (uzuq-uzuq) kuzatishga murojaat qilinadi. Diskret kuzatish nazoratdagi jarayon birdek boʻlmagandagina qoʻllanmaydi. Pedagogik jarayon yopiq boʻlganda, tadqiqotchiga faqat ayrim hollari koʻringanda masalan, oʻquvchilarni bir sharoitda oʻzini tutishida qoʻllansa foydali boʻladi. Vaziyatni poylab yoki ataylab tashkil etilganda, tadqiqotchi nazoratdagi jarayon «kadr»larni kuzatadi. Monografik (bir mavzudagi) kuzatish koʻp miqdordagi birbiriga turlicha bogʻliq boʻlgan hodisalarni oʻz ichiga olidi. Misol uchun N.K.Krupskaya nomidagi Moskva viloyati pedagogik institutining pedagogika kafedrasi oʻqituvchilarining birinchi yil ishlayotganlarning (stajyor) kasbiy tayyorgarligini kuzatishini olsak. Oliygohdagi tahsilning sifatini keyingi qoldirilgan nazorat bilan kuzatish uchun ular bitirgan talabalar ish joyiga bordilar va talabalarning pedagogik kasbiy mahorati jamlamasini kuzatdilar. Yosh oʻqituvchining ma’lum bir dars vaziyatida, sinfdan tashqari tadbirlarda, ota-onalar yigʻilishlarida, maktab rahbarlari va jamoasi bilan muloqotdagi metodiy texnikasi, odati, madaniyati, ilmiyligi, bilimdonligi, mustaqilligi kuzatishga olindi. Mazkur
90 holatda kuzatish obyekti ham oʻqituvchilar, ham oʻquv-tarbiya jarayonining ikkinchi tomoni boʻlmish oʻquvchilar boʻldi. Mutaxasislikka oid kuzatish Ilmiy izlanishdagi maqsad qilib olingan pedagogik holatni butun bir pedagogik jarayonda ajratib olish kerak boʻlganda qoʻllaniladi. Tadqiqiy ishlarda ba’zan aniq bir pedagogik hodisani alohida koʻrib chiqishga tobeligini oʻrganishga oʻtiladi. Masalan, tarbiyaga qarshilik koʻrsatish muammosini oʻrganilganda kuzatish orqali tarbiyachi talablariga ochiq va yopiq qarshi turish holatlarini qayd etish mumkin. Kuzatish – izlanish koʻrib oʻtilgan (qidirish) metodning oʻziga xos bir turidir. Bu usulni koʻproq diagnostik tajriba bosqichida, tadqiqot mavzusiga ayrim oʻzgarishlar kirituvchi dalillarni qidirishda qoʻllaniladi. Tadqiqotchi kuzatishni shunday oʻrnatadiki, pedagogik holatni keng doirda oʻrnatib, ular orasidan eng boy va qiziqarli dalillarni qidirib topadi. Yuqori sinf oʻquvchilarining oʻz-oʻzini tanqid qilishi qachon tugʻiladi, nima bilan harakatga keladi? Qanday hollarda u albatta namoyon boʻladi va qanday koʻrinishda boʻladi. Bu savollarga javobni kuztuvqidirish beradi. Kuzatish davrida nazoratchi voqea-hodisalar, kelishmovchiliklarning qatnashchisi, guvohi rahbari boʻlishi mumkin. Masalan, sinf faollari bilan qolgan oʻquvchilar birdamligini nima buzishini (keltirishini) kuzatganda sinfdagi vakillar bilan jamoaning qolgan qismi oʻrtasidagi munosabatni turli vaziyatlarda: oʻqish, ish, oʻyin, rasmiy, odatiy, noodatiy, oddiy va romantik, kattalar huzurida va ular yoʻqligidagi holatlarda koʻrib chiqishga harakat qilinadi. Bunday kuzatish koʻp vaqt va katta tahliliy ishni talab qiladi. Kuzatish-izlanish kutilmagan natijalarni beradi va bu qiziqarlidir. Bu kuzatish yordamida tadqiqotchi koʻp jarayonlar ma’lumoti balan boyiydi, oʻquv-tarbiya jarayonining kompleks (umumiy) xarakteri (tavsifi) ochiladi. Ayrim hollarda tadqiqotchi muvaffaqiyatsizlikka erishadi, qisqa vaqt ichida olingan natijalar umidsizlantiradi. Kuzatish-izlanish kutilmagan natijalarga toʻla va boshqa metodlar bilan bogʻliq holda olib borishni talab etadi. Kuzatuning asosiy muammolardan, uni takomillashtirish usuli boʻlib nafaqat pedagogik jarayonni kuzatishga moʻljallangan turlarini ishlab chiqishdir. Oʻquvchi, talabalarni ta’lim-tarbiyasini uzoq muddatdagi (uzaytirilgan) natijalarni kuzatishga qoʻyish istiqbollidir. Bunday kuzatish ma’lumotlari pedagogika fani va amaliyotini oʻqituvchi va tarbiyachilar mehnatini eng soʻnggi natijalarining sifati haqidagi ma’lumot bilan ta’minlaydi. Biz bir necha turdagi ilmiy pedagogikada keng tarqalgan kuzatishlarni koʻrib chiqdik. Albatta aytilganlar bilan cheklanib qolmaslik kerak. Kuzatishning har bir turi zamonaviylashtirilishi mumkin. Oʻrganilayotgan obyektga, uning tabiatiga paydo boʻlish shartlariga bogʻliq. Kuzatish metodi cheklanganligini aytish joiz. U jarayonning faqat tashqi koʻrinishini tekshiradi. Sezgi organlarimiz qabul qiladigan narsalarnigina kuzata olamiz. Oʻqituvchining tashqi harakatlarini kuzatih mumkin, unga javoban yoki mustaqil boʻlgan oʻquvchi harakatlarini pedagogik jarayonning oʻzaro ta’siri sistemasini qatnashchilarini kuzatish mumkin. Biroq kuztuv yordamida harakatning sababi, hissiy holatlarini, intelektual va jismoniy zoʻriqishlarini namoyon
91 etib boʻlmaydi. Biroq tadqiqiy kuzatish imkoniyatlari texnik (rivojlanish) ayniqsa, kuzatish asboblari kengaymoqda. Ta’lim-tarbiyada oddiy koʻz bilan koʻrib boʻlmaydigan oʻquvchi harakati oʻzini tutishi, kuzatish apparatlari yordamida yangi, yopiq ma’lumotlar olinmoqda. Kuzatishni amalga oshirish va uning natijalaridan (ilmiy) masalalarni yechishda foydalanamiz. Kuzatish metodini qoʻllashda umumiy qoidalarga murojaat qilamiz. Kuzatish metodikasi, uning tuzilishi, turlari, yoʻnalishlari, texnikasi obyektiv va sub’yektiv holatlar, asosan oʻrganilayotgan obyektning oʻziga xos xususiyatalari, tadqiqotchi tajribasi uning qurollanganligi va ishlash sharoitlari bilan belgilanadi. Barcha jihatlar inobatga olinganda, kuzatishning boʻlishi mumkin boʻlgan va mumkin boʻlmagan imkoniyatlari ishlab chiqilganda, uning turlari tanlab olingandan soʻng kuzatish rejasi tuziladi. Rejada obyekt, maqsad, vaqt, davomiyligi, kutilayotgan natija koʻrib chiqiladi. Kuzatish jadvali ishlab chiqiladi. U savollardan iborat boʻlib, javobni kuzatish yordamida olinadi. Msalan, maktabda mehnat bayramini tashkillashtirishni kuzatish uchun bir qator kuzatish obyektlari belgilanadi. Maktab binosini bezash, bolalar ishi koʻrgazmasi, bayramda oʻquvchilar ishtiroki (kim mehmonlarni kutib oladi, kim koʻrgazmaga rahbarlik qiladi, kim koʻrgazmada tushuntirish ishlarini olib boradi) mehnat bayramini mazmuni. Kuzatilayotgan narsani qayd etish texnikasi oʻylab chiqiladi. Agar yozib olinsa, uning turi belgilanadi. Bu bayonnoma yozuvi boʻlishi mumkin, unda kuzatilayotgan barcha narsalar qayd etiladi; voqealarni ketmaket tanlab qayd etish, agar kuzatish diskret boʻlsa, kundalik koʻrininshidagi yozuv, agar matritsa holidagi yozuv ishlatsa boʻladi, bunda oldindan tayyorlangan jadvalga ma’lum sistemada dalillar, harakatlar, pedagogik jarayon sharoiti haqida ma’lumotlar va hokazolar kiritiladi. Kuzatish materiallarini matn-yozuv formasida qayd etishdan tashqari miqdoriy joy vaqt koʻrsatgichli formalar ham mavjud. Pedagogik jarayonni kuzatishda ishlatiladigan texnik vositalarni ishlatish usullarini koʻrib chiqamiz. Pedagogik jarayonni haqiqiy koʻrinishini videoyozuv, foto va kinoregistratsiya beradi. Biroq kinosyomka maxsus tayyorgarlikni talab qiladi, ayniqsa talaba guruhsiz rahbarsiz oʻzi yakka bajaradi. Darsni yozib olish oʻquv jarayonini ovozli manzarasini beradi va koʻz orqali kuzatishni toʻldirib boradi. Uning afzalligi yozuvni bir necha marta qayta koʻrishga va tahlil qilishga imkon beradi. Fonogrammaning kamchiligi koʻp pauza (toʻxtashlar) va nooʻrin ovozlar (bor taqillashi, qadam taqillashi) boʻlishi. Shuning uchun boʻshliqlarni yoʻqotib montaj qilinadi. Yopiq yozuv juda qimmatlidir. Pedagogik odobdan chetga chiqmasdan tadqiqotchi apparatni ma’lum vaqtga sozlaydi, pedagogik jarayonni magnitafon orqali uzoqdan boshqaradi. Pedagogik tadqiqotlardan boshqa usullar kabi kuzatish ham cheklangan ma’lumotlarni beradi. Shuning uchun uning samaradorligi, tadqiqotchining boshqa metodlar bilan aralashtirib ishlashiga bogʻliq. Suhbat metodi fanga qadimdan ma’lum, hatto undan oʻz faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan. Suhbat ta’lim jarayonida koʻp funksiyalar (aqliy fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi) bajaradi, ammo asosiysi oʻquvchida faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat oʻqituvchi fikriga mos harakat qilish, natijada yangi bilimlarni bosqichma-bosqich egallashga imkon beradi.
92 Suhbat – savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi hisoblanadi. Suhbat faoliyatini endigina boshlagan oʻqituvchi uchun murakkab ta’lim metodi hisoblanadi, binobarin, savollarni tayyorlash, ularning ketma-ketligini ta’minlash koʻp vaqt talab etadi, uni tashkil etishda esa barcha oʻquvchilarning diqqatini jalb etish talab qilinadi. Oʻqituvchi oddiy savollar berishi, oʻquvchilarga ular yuzasidan batafsil oʻylash uchun vaqt ajratishi, oʻquvchilarning javoblarini esa diqqat bilan tinglashi, zarur oʻrinlarda ularni sharhlashi lozim. Shu bois suhbatda bilish deduktiv yoki induktiv yoʻl bilan amalga oshadi. Deduktiv suhbat o‘quvchilarga oldindan ma’lum bo‘lgan qoidalar, tushunchalar, hodisalar, jarayonlar asosida tashkil etilib, o’quvchilar tahlil yordamida xususiy xulosalarga keladi. Suhbatning induktiv shaklida alohida dalillar, tushunchalarning tahlil asosida umumiy xulosaga kelinadi. Suhbat koʻproq oʻquvchilarni yangi bilimlar bilan tanishtirish, bilimlarni tizimlashtirish va mustahkamlash, nazoratni tashkil etish hamda oʻzlashtirilgan bilimlarni tashxislashda ijobiy natijalarni beradi. Mazmuniga koʻra suhbat turli koʻrinishlarda tashkil etiladi. Ya’ni : 8-rasm. Mazmuniga koʻra suhbat turlari. 1.Kirish suhbati oʻquv ishlarining boshida tashkil etiladi. Uni tashkil etishdan koʻzlangan maqsad hal etilishi zarur boʻlgan ishlar mohiyatining oʻquvchilar tomonidan anglab yetilganligini tekshirib koʻrishdan iborat. Bunday suhbatlar oʻquvchilarning oʻquv salohiyatini aniqlash, loyihalashtirish ishlarini tashkil etish hamda yangi bilimlarni oʻzlashtirishga kirishish oldidan uyushtiriladi. 2.Yakuniy suhbat oʻquvchilar tomonidan egallangan bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish maqsadida amalga oshiriladi. 3.Qisqa bayonli suhbat – oʻquvchilarning boshlangʻich bilim darajasi hamda ularning yangi oʻquv metodikasini oʻzlashtirishga tayyorgarligini aniqlash uchun tajribali oʻqituvchilar tomonidan dars avvalida yohud oʻrganilgan materialni mustahkamlash uchun dars soʻnggida qoʻllaniladi. Suhbat turlari Evristik suhbat Yakuniy suhbat Kirish suhbati Qisqa bayonli suhbat
93 4.Evristik suhbat yangi bilimlarni muammoli tarzda egallashga yoʻnaltiriladi. Bunda savollar shunday ketma-ketlikda berilishi zarurki, natijada ularga «ha» yoki «yoʻq» tarzidagi javoblarni olish emas, aksincha, oʻquvchilarni mustaqil fikrlash, ularda faollikning yuzaga kelishini ta’minlash, ularni tahlil qilishga undash, dalillarni ilgari surishga erishish imkoniyati yaratilsin. Suhbatlar, shuninigdek, unga shaxslarning jalb etilishiga koʻra ham muayyan turlarga boʻlinadi. Ular : 9-rasm. Shaxslarning jalb etilishiga koʻra suhbatlarning Tushuntirish oʻquv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng qoʻllaniladi. Undan odatda nazariy materiallar hamda murakkab masalalarni oʻrganishda foydalaniladi. Tushuntirish jarayonida oʻquv materialining bir qadar qiyin unsurlari koʻzga tashlanadi va shu asosda materialning mohiyati ochib beriladi. Ma’ruza – yirik hajmdagi oʻquv materialini og‘zaki bayon qilish metodi sanalib, u qat’iy mantiqiy ketma-ketlik, uzatilayotgan axborotlarning koʻpligi, bilimlar bayonining tizimliligi kabi oʻziga xos xususiyatlarini namoyon etadi Ilmiy ma’ruza mazmunini murakab tizimlar, hodisalar, obyektlar, jarayonlar, ularning sababli-oqibatli bogʻlanishlari, qonun va qoidalar tashkil etadi. Shu bois ma’ruza maktab sharoitida yuqori sinflardagina qoʻllaniladi. Chunki u butun dars jarayonini qamrab olishi mumkin. Ma’ruza metodi tushuntirish va suhbatning astasekin kengayib borishidan vujudga keladi va bir vaqtida oʻquvchilarni qisqacha yozib olish (konspektlash)ga oʻrgata boradi. Anketa metodi (fransuzcha – tekshirish). Ushbu metod yordamida pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida toʻplangan dalillar boyitiladi. Anketa metodi ham tizimlangan savollar asosida respondentlar bilan muloqotni tashkil etishga asoslanadi. Anketa savollariga javoblar, koʻp hollarda, yozma ravishda olinadi. Oʻrganilayotgan jarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketa savollari quyidagicha boʻladi: 1) ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, batafsil javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar); Suhbat turlari Individual suhbat Guruhli suhbat Ommaviy suhbat Jamoaviy suhbat
94 2) yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha», «yoʻq», «qisman» yoki «ijobiy», «qoniqarli», «salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar). Anketa metodini qoʻllashda ham bir qator shartlarga amal qilish zarur. Ular quyidagilardir: 1) anketa savollari tadqiq etilayotgan muammoning mohiyatini yoritishga xizmat qilishi lozim; 2) anketa savollari yirik hajmli va noaniq boʻlmasligi kerak; 3) anketa savollari oʻquvchilarning dunyoqarashi, yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olish asosida tuzilishi zarur; 4) anketa savollari respondentlar tomonidan toʻla javoblar berilishini ta’minlovchi vaqtni kafolatlay olishi zarur; 5) anketa oʻquvchilarning pedagogik va psixologik tavsifnomalarini tuzish manbaiga aylantirib yuborilmasligi zarur; 6) anketa javoblari muayyan mezonlar asosida puxta tahlil etilishi shart. Intervyu metodi respondent tomonidan tadqiq etilayotgan muammoning u yoki bu jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan munosabat bildirilishini ta’minlaydi. Intervyu respondent e’tiboriga turkum savollarni havola etish asosida oʻtkaziladi. Intervyu jarayonida olingan savollarga nisbatan tadqiqotchi tomonidan munosabat bildirilishi uning samarasini oshiradi. Ta’lim muassasasi hujjatlarni tahlil qilish metodi. Pedagogik hodisa va dalillarni tekshirish maqsadida ta’lim muassasalari faoliyati mazmunini yorituvchi ma’lumotlarni tekshirish maqsadga muvofiqdir. Mazkur metod Oʻzbekiston Respublikasining «Ta’lim toʻgʻrisida»gi Qonunning talablarini ta’lim muassasalari amaliyotidagi bajarilish holatini oʻrganish, bu boradagi faollik darajasi, erishilgan yutuq hamda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni aniqlash, ilgʻor tajribalarni ommalashtirish va ta’lim muassasasi pedagogik tajribasini oshirish maqsadida qoʻllaniladi. Ta’lim muassasasi faoliyati mohiyatini yorituvchi hujjatlar quyidagilardan iborat: Oʻquv mashgʻulotlarining jadvali, oʻquv dasturi, guruh (yoki sinf) jurnallari, oʻquvchilarning shaxsiy varaqalari, buyruqlar, pedagogik kengash yigʻilishi bayonnomalari yozilgan daftar, Pedagogik Kengash qarorlari, ta’lim muassasasi smetasi hamda pasporti, tarbiyaviy ishlar rejasi, oʻquv-tarbiya ishlarini tashkil etish borasidagi hisobotlar, ta’lim muassasasi jihozlari (oʻquv partalari, stol stullar, yumshoq mebellar va hokazolar) qayd etilgan daftar va hokazolar.
95 Mazkur metod muayyan yoʻnalishlarda oʻquv-tarbiya ishlari samaradorligi darajasi, oʻquvchilarda hosil boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalar hajmi, ilgʻor pedagogik tajribalar mazmunini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega. Test metodi. Ushbu metod respondentlar tomonidan muayyan fan sohasi yoki faoliyat (shu jumladan, kasbiy faoliyat) boʻyicha oʻzlashtirilgan nazariy bilim va amaliy koʻnikma, malakalar darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Test oʻz mohiyatiga koʻra quyidagi savollardan iborat: 1) ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, batafsil javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar); 2) yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha», «yoʻq», «qisman» yoki «ijobiy», «qoniqarli», «salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar). 3) toʻgʻri javob variantlari qayd etilgan savollar (respondentlar oʻz yondashuvlariga koʻra toʻgʻri deb topgan javob variantini belgilaydilar). Test metodini qoʻllashda aniqlanishi zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalarni turkum asosida berilishiga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodning afzalligi respondentlar javoblarini aniq mezonlar boʻyicha tahlil etish imkoniyati mavjudligi hamda vaqtning tejalishi bilan tavsiflanadi. Biroq, metod ayrim kamchilikdan ham holi emas. Chunonchi, aksariyat holatlarda javoblar yozma ravishda olinadi, shuningdek, respondent taklif etilayotgan javob variantlardan birini tanlashi zarur. Shu bois respondent oʻz fikrini batafsil ifoda etish imkoniyatiga ega emas. Pedagogik tahlil metodi. Tadqiqotni olib borish jarayonida ushbu metodni qoʻllashdan koʻzlangan maqsad tanlangan muammoning falsafiy, psixologik hamda pedagogik yoʻnalishlarda oʻrganilganlik darajasini aniqlashdan iborat boʻlib, tadqiqotchi ilgari surayotgan gʻoyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini asoslashga xizmat qiladi. Bolalar ijodini oʻrganish metodi. Mazkur metod oʻquvchilarning muayyan yoʻnalishlardagi layoqati, qobiliyati, shuningdek, ma’lum fan sohalari boʻyicha bilim, koʻnikma va malakalari darajasini aniqlash maqsadida qoʻllaniladi. Uni qoʻllashda oʻquvchilarning ijodiy ishlari – kundaliklari, insholari, yozma ishlari, referatlari, hisobotlari muhim vosita boʻlib xizmat qiladi. Metodning afzalligi shundaki, u ma’lum oʻquvchiga xos boʻlgan individual imkoniyatni koʻra olish, baholash va uni rivojlantirish uchun zamin yaratadi. Bolalar ijodini oʻrganishning quyidagi shakllari mavjud: 1) fan olimpiadalari; 2) turli mavzulardagi tanlovlar; 3) maktab koʻrgazmalari; 4) festivallar; 5) musobaqalar.
96 Pedagogik tajriba (eksperiment – lotincha «sinab koʻrish», «tajriba qilib koʻrish») metodi. Pedagogik tajriba metodidan muammo yechimini topish imkoniyatlarini oʻrganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishning kafolatlay olishi, ilgari surilayotgan tavsiyalarning amaliyotda oʻz in’ikosiga ega boʻla olishi hamda samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Muayyan muammo yechimini topishga yoʻnaltirilgan pedagogik tajriba ma’lum doirada, soni aniq belgilangan respondentlar ishtirokida amalga oshiriladi. Mazkur metoddan foydalangan tadqiqotchi tomonidan ilgari surilayotgan maxsus metodikaning samaradorligini aniqlash hamda unga baho bera olishi zarur. Pedagogik tajriba tashkil etilish sharoitiga koʻra quyidagi guruhlarga boʻlinadi: 10-rasm. Pedagogik tajriba turlari. Pedagogik tajriba ham bir qator shartlarga amal qilgan holda tashkil etiladi. Xususan: 1) tajribaning maqbul loyiha (dastur) asosida uyushtirilishi; 2) tadqiqot ilmiy farazining puxta asoslanishi; 3) tadqiqot obyektlari va usullarining toʻgʻri tanlanishi; 4) tajriba oʻtkazilish vaqti hamda davomiyligini aniqlanishi; 5) zarur pedagogik shart-sharoitlar (asbob-uskuna, jihozlar, vositalar)ning yaratilganligi; 6) tajriba ma’lumotlarini umumlashtirish, tahlil qilish va natijalarni qayta ishlash. Pedagogik tajriba yakunida olingan natijalarga asoslanib umumiy xulosaga kelinadi va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi. Matematik-statistik metod tajriba-sinov ishlari, shuningdek, umumiy holda tadqiqotning samaradorlik darajasini aniqlash maqsadida qoʻllaniladi, muammo holatini ifodalovchi koʻrsatkichlar maxsus matematik formulalar yordamida qayta tahlil etiladi. Yakuniy qiymat tadqiqot samarasini ifodalovchi asosiy koʻrsatkich hisoblanadi. Ayni vaqtda, pedagogik yoʻnalishda, tadqiqotlar olib borishda St’yudent -Fisher, Kivirlyag, Rokich, V.P.Bespalko hamda V.V.Grechixin metodlaridan keng foydalanilmoqda. PEDAGOGIK TAJRIBA Tabiiy tajriba Laboratoriya tajribasi Tajriba ishi
97 Adabiyotlarni o`rganish metodi Kuzatish metodi Suhbat metodi Anketa metodi Qiyosiy tahlil Tajriba metodi So`rovnoma metodi Matematik metodi Bashorat Modellashtirish metodi Pedagogika fani oʻz mazmunini boyitish va yangilash maqsadida mavjud pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan metodlari bilan oʻrganadi. Demak, zamonaviy pedagogikadaga ilmiy-tadqiqot metodlari pedagogik jarayon qatnashchilarini har tomonlama chuqur oʻrganishga, pedagogik muammolar yechimini topishga xizmat qiladi. Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari 11- rasm. Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlar
98 4-MODUL PEDAGOGIK ILMIY-TADQIQOT ISHLARINI TASHKIL ETISH VA SAMARADORLIGINI BAHOLASH. ______________________________________________________ 4.1-MAVZU: PEDAGOGIK ILMIY-TADQIQOT JARAYONINI MODELLASHTIRISH. REJA: 1. Modellashtirish jarayonini tashkil etish. 2. Modellarning turlari. 3. Modellashtirish –yaxlit tizim sifatida. Tayanch soʻzlar: modellashtirish, model, grafik modellash, matematik model. Modellashtirish jarayonini tashkil etish. Tadqiqot obyektini tanlash bevosita muammoning qoʻyilishi (maqsadi) bilan uzviy bogʻliq. Ilmiy tadqiqotlarning uzluksizligi va vaqt boʻyicha chegaralanganligi uchun, tadqiqot obyekti koʻpchilik hollarda, tadqiqotchiga fanning ushbu tarmogʻini rivojlanishining oʻtmishi boʻyicha beriladi. Tadqiqotning aniq bir muddatda va mos chegaralarida bajarilishi zarurligi hech kimga sir emas, chunki tadqiqot obyekti muammo qoʻyilishiga qarab vaqt nuqtayi nazardan ham, koʻrsatkichlar fazosi nuqtayi nazardan chegaralanadi, ya’ni koʻrsatkichlarning aniqlanish va oʻzgarish sohalari belgilab olinadi. Modelni tanlash ham tadqiqot obyektiga mos holda olib boriladi. Bunda og‘zaki, ya’ni soʻzlar (fikrlar) orqali ifodalangan modellarga asoslangan fanlar mavjud boʻlsada, tadqiqot obyektini, tabiiy tillarning soʻzlari orqali ifodalovchi bu model turli ilmiy-texnik tadqiqotlarda faqat boshlangʻich bosqichlarida yordamchi vosita sifatida foydalaniladi. Ijtimoiy-gumanitar fanlarda esa bu model turining ahamiyati ancha yuqoriroq boʻladi, chunki bularda soniy ma’lumotlardan tashqari sifatiy ma’lumotlar oʻrni koʻproq ahamiyat kasb etadi. Shunga oʻxshash chegarali shartlar grafik modellash jarayoniga ham tegishli. Bular ayniqsa, ma’lum koʻrinishdagi va oʻlchamdagi rasmlar, sxemalar, shakllar, grafiklar va ularning turli masshtablardagi koʻrinishlarini tayyorlashda yaqqol seziladi. Ammo, ba’zi bir tadqiqot sohalarida analitik modellarga yaqinlashtirilgan grafik modellarni yaratish mumkin. Masalan, geometriya fanidagi turli qonuniy egri chiziqlar va shakllar yuzasi yoki modelni muntazam koʻpburchaklari yoki grafiklar nazariyasi va h.k. Matematik model. Buning ta’rifi mazkur qoʻllanmaning beriladi. Bu turdagi model ilmiy-texnik tadqiqotlar yechimlarini topishda muhim rol oʻynaydi. Fizikaviy model-ushbu koʻrinishdagi modellar ashyoviy koʻrinishda boʻladi va ular ma’lum qonuniyat (mezon, qoida va shu kabilar) asosidagi vositalar
99 majmuasidan iborat boʻladi, ya’ni u ma’lum darajada (muammo maqsadi va echimini qanoatlantiradigan darajada)gi qurilma yoki qurilmalar majmuasidan iborat boʻladi. Ular asosan quyidagi holatlarda boʻladi: - obyekt bilan tabiatan bir boʻlgan kichraytirilgan (oʻlchamli) yoki ixchamlashtirilgan masshtabdagi model; - boshqa tabiatga ega boʻlgan model dastgohning laboratoriya maketi, oʻlchov; - zanjirli mexanik qurilma bilan almashtirish maketi; - mashina yoki mexanizmning harakatdaga kichik oʻlchamli (laboratoriya uchun) maketi; - jarayon va hodisalar faoliyat kechishini ifodalovchi kompyuterli maketlar va shu kabilar. Deyarli har qanday matematik (analitik) yoki fizikaviy kompyuterlar yordamida raqamli shaklda (dasturlar asosida) amalga oshirish mumkin. Bunda matematik model yoki kompyuterda modellashtirish hosil boʻladi. Modellash har doim boshqa ilmiy va maxsus usullar bilan birga qoʻllaniladi. Avvalo, modellash eksperiment bilan chambarchas bog‘liq. Shu sababli ham jarayon yoki hodisaning modeli yaratilib, keyin modeldan maxsus algoritm yordamida yechim olinadi-da, oʻsha yechimlar tadqiqot obyekti, muammo maqsad va vazifalariga toʻgʻri kelishi tekshiriladi. Bunda modelning manbaga nisbatan adekvatligi, uning muammo yechimi bilan adaptatsiyalashishi, muammo yechimlarining model yechimi bilan identifikatsiyalanuvi va h.k. model bilan manbadagi oʻxshashlik mezonlari tekshiriladi. Demak, biror hodisani uning modelida oʻrganish eksperimentning alohida turi, deb aytish mumkin. Modelda oʻrganish yordamida mumkin boʻlmagan holatlarini ham eksperimental oʻrganish imkonini beradi. Matematik model faqat obyektning oʻzini emas, balki ular amal qiladigan qoidalarining ma’lum majmuini tavsiflaydigan aksiomalar tizimini ham qamrab oladi. Qoidalar majmui berilgan obyekt ustidan amalga oshirish mumkin boʻlgan amallarni belgilaydi. Dalillar yigʻilishi bilan model asta-sekin matematik nazariyaga aylanadi, bu nazariyaning oʻzi axborotning yangi manbai boʻlib xizmat qila boshlaydi, yangi fenomenlarning mavjudligini aytib beradi, u yoki bu jarayonlarni chuqurroq oʻrganishni talab etadi, yangi texnikani yaratish va rivojlantirish imkoniyatlarini aniqlaydi. Xuddi shu formalashtirilgan modellar texnika taraqqiyotining biriga aylanadi. Hayotda uchraydigan barcha masalalarning matematik modelini tasvirlash ancha murakkab ish hisoblanadi. Chunki, ular turli-tuman boʻlib, ishlab chiqarishni boshqarish, tabiat hodisalarining oʻrganish, maishiy xizmat koʻrsatish, inshootlarni loyihalashtirish, matnlarni tarjima qilish, mahsulot yetishtirishni rejalashtirish hamda koʻproq foyda olish, dars jadvalini tuzish uchun ularga mos matematik modellar qurish kerak. Demak, matematik modellashtirish masalasini faqat hisoblash texnikasi boʻyicha mutaxassislar hamda matematiklar hal etmasdan, unda turli soha mutaxassislari hamda dasturchilar birgalikda faoliyat koʻrsatishlari kerak.