The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by ismoilzoda2021, 2024-01-31 10:09:30

F.G‘. RAHMATOVA

F.G‘. RAHMATOVA

100 Matematik model oʻrganilayotgan jarayonga aynan mos kelishini test, tajriba yoki boshqa usullar yordamida amaliyotda tekshirilib koʻriladi. Bu esa moslik darajasini belgilaydi va zarur boʻlsa modelni yanada aniqlashtirish imkonini beradi. Mavzu boʻyicha muammoli savollar va topshiriqlar: 1.Model yordamida qanday jarayonlar tasvirlanadi? 2.Qachon model yordamida eksperiment oʻtkazish amalga oshiriladi? 3. Modellashtirishda hisoblash texnikasi vositalari va dasturchilar ishtiroki shartmi, agar shart boʻlsa aniq misollar keltiring. 4.Formallashtirilgan modellardan qanday jarayonlarni boshqarishda foydalaniladi? Tadqiqotchiga mavzu materiallardan ijodiy amaliyotda foydalanishga oid tavsiyalar: • ilmiy tadqiqot ishini olib borishda modellash tadqiqot usulidan foydalanish, tadqiqot obyekti va uning tashkiliy-tuzilishi jihatidan koʻrinishini ifodalanishiga imkoniyat yaratadi va bunday jarayonni boshqarishni kafolatlaydi; • modellash yordamida kuzatish va koʻrish hamda amalda bajarish mumkin boʻlmagan holatlar ustida eksperiment oʻtkazishni amalga oshirish mumkin. Ta’lim jarayonida modellashning imkoniyatlaridan samarali foydalanilsa ijobiy pedagogik samaralarga erishiladi. Hayotda uchraydigan barcha masalalarning matematik modelini tasvirlash ancha murakkab ish hisoblanadi. Chunki, ular turli-tuman boʻlib, ishlab chiqarishni boshqarish, tabiat hodisalarining oʻrganish, maishiy xizmat koʻrsatish, inshootlarni loyihalashtirish, matnlarni tarjima qilish, mahsulot yetishtirishni rejalashtirish hamda koʻproq foyda olish, dars jadvalini tuzish uchun ularga mos matematik modellar qurish kerak. Demak, matematik modellashtirish masalasini faqat hisoblash texnikasi boʻyicha mutaxassislar hamda matematiklar hal etmasdan, unda turli soha mutaxassislari hamda dasturchilar birgalikda faoliyat koʻrsatishlari kerak. Matematik model oʻrganilayotgan jarayonga aynan mos kelishini test, tajriba yoki boshqa usullar yordamida amaliyotda tekshirilib koʻriladi. Bu esa moslik darajasini belgilaydi va zarur boʻlsa modelni yanada aniqlashtirish imkonini beradi. Mavzuni oʻzlashtirishni taminlashga oid savollar: • Modellashda eksperimentdan foydalansa boʻladimi? -modellashtirish matematik nazariya boʻla oladi? Modellashtirishda moslik tamoyiliga amal qilish shartmi? matematik modelning oʻrganilayotgan jarayonga aynan mos kelishini test, tajriba yoki boshqa usullar yordamida amaliyotda, geometrik oʻxshashlikdan samaradorlikni aniqlashda tajriba-sinov ishlarida foydalanish mumkinmi? oʻxshashlik mezoni bilan oʻxshashlik koeffisenti orasida qanday farq bor?


101 Mavzu boʻyicha mustahkam esda saqlab qolishga oid ma’lumotlar: matematik model faqat obyektning oʻzini emas, balki ular amal qiladigan qoidalarning ma’lum majmuini tavsiflaydigan aksiomalar tizimini ham qamrab oladi; Tadqiqotchiga mavzu materiallaridan ijodiy faoliyatda foydalanishga tavsiyalar: - ijodiy faoliyatda oʻxshashlik tadqiqot metodidan foydalanishda uning quyidagi xossalariga e’tibor berish lozim boʻladi: - mos figuralarga tegishli toʻgʻri chiziqlar orasidagi burchaklar oʻzaro teng; - oʻxshashikdagi almashtirishlar toʻplami guruppani tashkil qiladi; - yopiq oʻxshash figuralar yuzlarining nisbati ularning oʻxshashlik koeffisentlarining kvadratiga, hajmlarining nisbati esa uning kubiga teng. Agar oʻrganilayotgan hodisalar (jarayon va tizimlar)da barcha mezonlar emas, balki ularning ba’zilari oʻrinli boʻlsa, bunday oʻxshashlik notoʻliq yoki qisman (ayrim elementlari, sohalari, yoʻnalishlari, qismlari boʻyicha) oʻxshashlik deyiladi. Bunday oʻxshashliklar amaliy faoliyatda koʻp uchraydi va tadqiqot paytida ular boʻyicha kerakli joriy xulosa chiqariladi hamda tadqiqot davomidagi joriy nazorat amalga oshiriladi. Odatda bunday hollardagi joriy nazorat taqqoslashlar va umumlashtirishlar orqali amalga oshiriladi. Masalan, pedagogik tadqiqotlarda tadqiqot maqsadi va vazifalari hamda ishchi gipoteza bilan tajriba sinov ishidagi joriy va oraliq natijalar solishtirilib boriladi. Tengligi saqlanmaydigan oʻxshashlik mezonlarining oʻrganilayotgan jarayonga koʻrsatadigan ta’siri boʻlmasada yoki ikkinchi darajali boʻlsada, ular yordamida tadqiqot strategiyasini belgilab olish imkonini beradi. Oʻxshashlik mezonini ifodalovchi oʻlchamli koʻrsatkichlar (parametrlar) oʻxshash jarayonlar (tizimlar, figuralar, hodisalar va h.k.) uchun bir-biridan katta farq qiluvchi qiymatlarni qabul qilishi mumkin. Bunday hollarda jarayonlarni oʻrganishda oʻxshashlik koeffitsientini aniq bilish va shu asosda xulosa chiqarish maqsadga muvofiq boʻladi. Oʻxshashlikning ushbu metodi modellash metodiga asos qilib olingan. Bu borada «Ilmiy modellash» va «Modellash yordamida baholash» nomli mavzularda yetarlicha ma’lumot berildi. Ushbu ishimizning mazkur qismida ularga misol keltirish bilan kifoyalanamiz. Oʻqitishni harakatchan model yordamida boshqarish Oʻqituvchida shakllangan bilim, koʻnikma va malaka (BKM), oʻqitish vositalari hamda qurollari, ilg‘or pedagogik texnologiyalar (IPT) va boshqa mavjud


102 imkoniyatlarini maqsadga muvofiq yoʻnaltira olish qobiliyatlari hamda Davlat ta’lim standartlari (DTS) talablari asosida ta’lim oluvchilarga nisbatan ta’limning aniq maqsadini belgilab olish mumkin. Bu oʻz navbatida IPTni qoʻllash jarayoni rejasini ishlab chiqishga, ya’ni tadqiqot vazifalarini belgilab olishga toʻgʻri keladi. Belgilangan maqsad va vazifalarni e’tiborga olgan holda oʻqitishning harakatchan modeli (OʻHM) yaratiladi. OʻHMni yaratish ta’lim texnologiyasining asosiy talablaridan biridir. OʻHM oʻqitishni boshqarish tizimining asosiy toʻgʻrilovchi boʻlib hisoblanadi, ya’ni oʻqitish tizimini boshqarishning sifat koʻrsatkichi, harakatchan model koʻrinishi, yoʻnalishi va funksiyasiga qarab oʻzgarib, toʻgʻrilanib boradi. OʻHM koʻrsatkichlari (parametrlari) quyidagi tamoyillar asosida oʻz vazifalarini yoʻnalishi uchun oʻrinlidir. Undagi bayon qilingan ketma-ketlikdan ixtiyoriy ta’lim yoʻnalishida foydalanish mumkin. Bu ta’lim texnologiyasida samaradorlikni aniqlash mezoni an’anaviy ta’lim texnologiyasi bilan OʻHM ta’lim texnologiyasi solishtiriladi va natijalar uch xil koʻrinishda xulosalandi va tavsiyalar beriladi. 4.2-MAVZU: Pedagogik tadqiqotlarni tashkil etish va о‘tkazish metodikasi va bosqichlari. Reja 1. Pedagogik tadqiqotlarni tashkil etish. 2. Pedagogik tadqiqotlarni о‘tkazish bosqichlari. Tayanch tushunchalar: taqqoslash, yangiliklar, samarador, tekshirish, tajriba, yoʻnalish, yaratuvchi, shakllantiruvchi, tasdiqlovchi, nazorat qiluvchi, laboratoriya tajribasi, tabiiy, aralash (majmuaviy) tajriba. Pedagogik tajriba tadqiqot usullarining oʻziga xos majmui boʻlib, u tadqiqotlar avvalida asoslangan faraz toʻgʻriligining ilmiy jihatdan xolis hamda isbotli tekshirililishini ta’minlaydi. Shuningdek, boshqa usullardan farqli oʻlaroq, ta’lim va tarbiya sohasidagi u yoki bu yangiliklarning samaradorligini tekshirish, mashgʻulotning yangi, yanada samarali vositalari, usullari hamda tashkil etish yoʻllarini chuqurroq tadqiq etish imkonini beradi. Pedagogik tajriba oʻquv-mashq jarayoni tuzilishidagi turli omillarning ahamiyatini taqqoslab, ma’lum vaziyat uchun ularning eng maqbul birikmalarini tanlash, muayyan pedagogik vazifalarni amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni aniqlashga zamin yaratadi. Tajribaning pedagogik kuzatishdan farqli jihati, shuningdek, u hodisalarni turli xil sharoitlarda oʻrganish imkonini beradi, bundan tashqari, tajriba jarayonida bir hodisani bir necha bor aynan bir xil yoki sal boshqacharoq holatda tekshirish va, nihoyat, tajriba vositasida predmetni ancha aniq oʻrganish, uni alohida tarkibiy qismlarga taqsimlash, ular orasida tadqiqotchini eng koʻp qiziqtiradigan qismlarni ajratib olish mumkin boʻladi. Shunday qilib, sportda pedagogik tajriba: a) oʻrganilayotgan hodisani sun’iy ravishda boshqalaridan ajratib olish;


103 b) tekshiriluvchilarga pedagogik ta’sir koʻrsatish sharoitlarini aniq maqsad yoʻlida oʻzgartirib turish, bunda olinadigan natijalarni kuzatib borish; v) oʻrganilayotgan ayrim pedagogik hodisalarni oʻzgartirgan holda takrorlash (taxminan xuddi shunday sharoitlarda oʻsha dastur asosida mavjud guruhlarda mashgʻulotlar oʻtkaziladi, tekshiriluvchilarga ma’lum topshiriqlar ham beriladi) imkoniyatini yaratadi. Pedagogik tajriba oʻquv-mashq jarayonidagi u yoki bu obyektiv bogʻlanishlarni yuzaga chiqarishda yordam beradigan faktlarga ega boʻlish (yigʻish) uchun xizmat qiladi. Faktlarsiz tadqiqot boʻlmaydi. Akademik I.P.Pavlov «Faktlar – olimning havosi, ular boʻlmasa, siz hech qachon parvoz qila olmaysiz, ularsiz barcha nazariyalaringiz quruq chiranishdan boʻlak narsa emas», – degan edi. Pedagogik tajribalarning turlari koʻp boʻlib, ular quyidagi belgilariga koʻra tavsiflanadi: a) tajriba sharoiti amal qilishi uchun sarflanadigan vaqtga koʻra-uzoq, yoki qisqa muddatli; b) oʻrganilayotgan pedagogik hodisalarning tuzilishiga koʻra – oddiy yoki murakkab; v) tadqiqot maqsadlariga koʻra – pedagogik jarayonning yoʻnalishini oʻzgartirib yuboruvchi tajriba (u yana yaratuvchi tajriba, shakllantiruvchi tajriba deb ham ataladi) hamda tasdiqlovchi, nazorat qiluvchi tajriba; g) tajribaning tashkil etilishiga koʻra – laboratoriya tajribasi, tabiiy hamda aralash (majmuaviy) tajriba. Tajribaning har qanday turi: a) farazlar ichlab chiqilishini; b)tajriba ish dasturlari yaratilishini, oʻquv-mashq jarayoni amaliyotiga aralashuvining usul hamda yoʻl-yoʻriqlari belgilanishini; v)tajriba ishini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar taminlanishini; d)tadqiqotchi tomonidan ushbu tajribada qatnashadigan barcha sportchilar tayyorlanishini: y) tadqiqotchi va tekshiriluvchilar orasida oʻzaro toʻgʻri munosabatlarni yoʻlga qoʻyilishini talab etadi. Pedagogik tajribalarni tashkil etish va oʻtkazishda quyidagi talablarga rioya qilish lozim: a) Dastlabki ma’lumotlar va farazlarni belgilab olish maqsadida oʻrganilayotgan hodisalarni avvaldan sinchiklab kuzatish. b) Tajriba oʻtkazish mumkin boʻlgan shart-sharoitlarni yaratish, buning uchun mos obyektlarni tanlash (sport zali, kontingent, jihozlar va h.k.). c) Tajriba ishining barcha muolajalarini aniq ishlab chiqish. d) Oʻrganilayotgan hodisaning (obyektning) rivojlanishini muntazam ravishda kuzatish va olingan ma’lumotlarni toʻliq yozib borish. e) Ma’lumotlarning turli usullar va yoʻllar bilan tegishli moslamalar, sxemalar, soʻrovnomalar, testlar, matematik apparatlarni qoʻllagan holda muntazam ravishda qayd etib borish (imkoniyat boʻlganda oʻlchash hamda baholash).


104 f) Takrorlanuvchi vaziyatlarni yuzaga keltirish, sharoit xususiyatlarini oʻzgartirish hamda kesishma tasir oʻtkazish; avval olingan ma’lumotlarni tasdiqlash (yoki inkor etish) uchun murakkablashtirilgan vaziyatlar yaratish. g) Olingan ma’lumotlarni empirik oʻrganishdan mantiqiy umumlashtirishga, tahlil etish va nazariy jihatdan qayta ishlashga oʻtish. Faktlar har doim sabablarning natijasidir, ushbu sabablar esa faktlar asosida aniqlanadi. Birinchi bosqichda mazkur mavzu boʻyicha ilgari chop etilgan ishlar nazariy tomondan chuqur tahlil qilinadi; hal etilishi lozim boʻlgan muammolar aniqlanadi; ushbu tadqiqot uchun mavzu tanlanadi; tadqiqotning maqsad va vazifalari belgilanadi; muammoning yechimini topish boʻyicha mavjud amaliyotlar oʻrganiladi; jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotida tekshirilayotgan muammoni hal qilishga yordam beradigan mavjud choralar koʻrib chiqiladi; tadqiqot farazi shakllantiriladi. Ikkinchi bosqichda qator vazifalarni bajarish kerak; tajriba obyektlarini zarur miqdorda tanlab olish (sportchilar, sport guruhlari, sport turlari va x.k.); tajriba qancha muddat davom etishini aniqlash; tajriba obyektining dastlabki holatini oʻrganish uchun muayyan usullarni tanlash; usullarning qulayligi hamda samaradorligini oz sonli tekshiriluvchilar guruhida sinovdan oʻtkazish; tajriba obyektida tegishli pedagogik taassurotlar natijasida yuz beradigan oʻzgarishlar haqida hukm chiqarish mumkin boʻlgan belgilarni aniqlash. Uchinchi bosqich asosiy hisoblanib, ishlab chiqilgan uslubiyatning samaradorligini tekshirish boʻyicha tajribani oʻtkazishga yoʻnaltiriladi. Ushbu bosqich quyidagi tadbirlarni oʻz ichiga oladi: tajriba oʻtkazilayotgan tizimning boshlangʻich holatini oʻrganish (sportchilarning jismoniy, texnik, taktik yoki funksional tayyorgarligi darajasi aniqlanadi); tajriba oʻtkazilayotgan sharoitlarning dastlabki holatini oʻrganish; taklif etilgan choralarning samaradorligi mezonlarini shakllantirish; tajriba ichtirokchilariga uni oʻtkazish tartibi hamda samaradorligi shartlari xususida koʻrsatmalar berish; tajribaning muayyan vazifani hal etish boʻyicha muallif taklif etgan tadbirlari tizimini amalga oshirish; tadbirlarning tajribaviy tizimi ostida obyektlarda boʻlayotgan oʻzgarishlarning xususiyatlarini koʻrsatuvchi oraliq tekshirish asosida olingan tajribaning borishi haqidagi ma’lumotlarni qayd qilish; tajriba oʻtkazish jarayonidagi murakkabliklar hamda kuzatilishi mumkin boʻlgan tipik nuqsonlarni aniqlash; sarflanadigan vaqt, mablagʻ hamda harakatlarni baholash. Toʻrtinchi – yakunlovchi bosqich tajribadan kelib chiqadigan xulosalarni umumlashtirishga yoʻnaltiriladi; tadbirlarning tajribaviy tizimini amalga oshirish natijalari (sportchilar tayyorgarlik darajasining soʻnggi holati, ularning bilim, koʻnikma va malakalarini egallab olganliklari darajasi bayoni; tajriba ijobiy natijalar bergan sharoitlar tavsifi; tajriba ishtirokchilarining (trenerlar, sportchilar) xususiyatlarini bayon etish; sarflangan vaqt, harakatlar hamda mablag‘lar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni aniqlash; tajribada tekshirilgan tadbirlar tizimining qoʻllanish doirasini koʻrsatish. Tadqiqotchi-pedagog oldida har doim shunday savollar koʻndalang boʻladi: tajribada nechta sportchi yoki shugʻullanuvchi qatnashishi kerak? Unda nechta oʻqituvchi-trener ishtirok etishi lozim? Mazkur savollarga toʻgʻri javob berish tajriba


105 obyektlari miqdorining reprezentativ (hamma uchun koʻrgazmali boʻlgan) tanlab olinishini amalga oshirish demakdir. Tanlab olish, birinchidan, sportchilarni qamrab olishi jihatidan e’tiborli boʻlishi kerak. Tanlab olish hajmi tajriba oldidagi vazifalarga bogʻliq. Aynan shu vazifalar tanlab olishning zarur xususiyatlarini belgilaydi. Tajriba vazifalari va unga kiritilgan obyektlar soni oʻzaro uzviy aloqada boʻlib, bir-biriga tasir koʻrsatadi. Biroq hal qiluvchi unsur, baribir, tajribaning pedagog-trener oldindan belgilab qoʻygan vazifalari hisoblanadi. Aynan ular tanlab olishning zaruriy xususiyatini belgilaydi. Masalan, tabiiy tajribalar tashkil etilgan vaqtda (unda sportchining tezlik-kuch sifatlarini tarbiyalash uslubiyatini tekshirish koʻzda tutilgan boʻlsa), bir tajriba guruhi va bir nazorat guruhi bilan chegaralanish mumkin. Tajriba guruhida ishlab chiqilgan uslubiyatga muvofiq ravishda machg‘ulotlar oʻtkaziladi, nazorat guruhida esa odatdagi oʻquv jarayoni boradi. Tajriba guruhidagi sportchilar tayyorgarlik darajasi, oʻgʻil va qiz bolalar tarkibiga koʻra nazorat guruhidagi sportchilar bilan bir xil boʻlishi juda muhim. Buning ustiga, har doim tanlab olishning reprezentasiyalanganligini sportchilar, trenerlarning etiborliligi nuqtayi nazaridan ham, sportchilarning muayyan guruhi uchun mumkin boʻlgan natijalarning xolisligi nuqtayi nazaridan ham isbot qilish talab etiladi. Oʻta qisqa muddatli tajriba noxolis ilmiy tavsiflarga, alohida pedagogik omillar ahamiyatining oshirib koʻrsatilishiga olib keladi. Haddan ziyod uzoq muddat tajriba oʻtkazuvchini boshqa vazifalarni hal etishdan chalg‘itadi, ishning sermehnatliligini oshiradi. Shuning uchun ham har qanday tadqiqotda tajribaning eng qisqa zaruriy muddatini maxsus isbotlab berish lozim. Buni, birinchidan, ehtiyotkorona ilmiy-amaliy xulosalari chiqarilgan oʻxshash tajribalar oʻtkazishning ilgarigi yutuq va kamchiliklarini tahlil etish yoʻli bilan; ikkinchidan, tajribaning maqsad va vazifalarini uning zaruriy muddati (davomiyligi) bilan solishtirish yoʻli orqali amalga oshirish mumkin. Agar, masalan, tadqiqotchi kichik maktab yoshidagi bolalar tezlik-kuch xususiyatlarini oʻrganayotgan boʻlsa, u tajribani uch yil davomida 1-2-3-sinflarni qamrab olgan holda oʻtkazishi kerak. Boshqa yosh guruhlarida ham tajribaning davomiyligi muvofiq ravishda tanlanadi. Toʻgʻri, agar pedagog mazkur yosh guruhidagi barcha sinflarda bir vaqtda tajriba oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻlsa va ish olib borilayotgan sinf aynan bir turli ekanligi isbotlansa, bu muddat qisqartirilishi ham mumkin. Pedagogik tajribani tashkil etish va oʻtkazish chog‘ida tadqiqotchi ishga aloqador hamma narsani albatta qayd etib borishi shart. Hujjatlarning standart shakllari yoʻq. Ular koʻpgina omillar (tadqiqotning vazifalari, usullari va x.k) orqali belgilanadi. Lekin har qanday holatda ham tajriba oʻtkazuvchi tadqiqot qaydlari kundaligini yuritishi, sportchining musobaqa faoliyati, tayyorgarligining turli jihatlari, organizmidagi har xil tizimlar tekshiruvi qaydnomalariga ega boʻlishi, shuningdek, tekshiriluvchilarning tibbiy-pedagogik varaqalarini toʻldirib borishi lozim. Tadqiqot qaydlari kundaligiga pedagog oʻquvchilarga pedagogik ta’sir oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi, jamoaviy, guruhli tadbirlar hamda alohida ta’sir choralari amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumotlarni yozib boradi. Ayni paytda, sportchilar


106 ustida pedagogik kuzatish olib borar ekan, pedagog ularning pedagogik ta’sirlarga munosabatini ham, hissiy qoʻzg‘alishlar, fikr bildirish, baholash, mulohazalar, faktlarni, ular ijobiy boʻlsa ham, salbiy boʻlsa ham, muvaffaqiyatsizliklarning sabablarini, qayd etib borishi kerak. Tadqiqot arafasida va u oʻtkazilgan kundagi ishchi yuklamalarini yozib borish, uyqu, umumiy ahvol, shug‘ullanish istagi, ovqatlanish xususiyatlariga oid ma’lumotlarni tahlil qilish zarur. Qoʻllanilayotgan tajriba amallarini yozib borish asnosida pedagog tajribaning tashkil etilishidagi nuqsonlarni bilib oladi, farazning ifodalanishi toʻg‘riligini aniq tekshirib olish uchun kerakli oʻzgartirishlar kiritadi. Tadqiqot qaydnomalarida quyidagilar belgilanadi: qaydnomaning tartib raqami, tadqiqotning oʻtkazilish sanasi va oʻrni, uning oʻtkazilish vaqti (boshlanishi va oxiri), tekshiriluvchilarning ism va familiyalari, tugʻilgan sanasi, sport tayyorgarligi darajasi, tadqiqotning turi hamda oʻtkazilgan joyi. Tajribani uslubiy va texnik jihatdan tayyorlash uning gʻoyasi va oʻtkazish rejasidan kelib chiqadi. Uning tarkibiga tajriba oʻtkazuvchi va texnik yordamchilarning tayyorgarligi obyektini, shuningdek, moddiy-texnik ta’minot vositalari-zaruriy jihozlar, qayd etish asboblari, kimyoviy moddalar, transport va h.k.ni tayyorlash ishlari kiradi. Dastlabki bosqichda oʻtkazilajak pedagogik tajribaning moddiy-texnik ta’minlanishiga katta e’tibor beriladi: asbob-uskunalar hamda kimyoviy moddalarni zaruriy miqdorda olish, tajriba uchun kerak boʻladigan barcha asbob-uskunalarning ishga yaroqliligini birma-bir tekshirish, tajribaning oʻtkazilishini ta’minlovchi uskunalar majmuini oʻrganish, ularni sozlash va talay ishlar shular jumlasidandir. Tajriba jarayonida oʻrganilayotgan obyektda u yoki bu omillar ta’sirida yuz berayotgan oʻzgarishlarni qayd etish usullari hamda asbob-uskunalarni tanlashga alohida ahamiyat bilan qarash kerak. Bu oʻzgarishlar oʻlchamlarining aniqligi umuman tajribaning «toza» oʻtishini belgilaydi. Tajribani rioya qilishi shart boʻlgan ushbu qoidani doimo yodda tutishi kerak: «Tajribani oʻtkazishda qoʻllanadigan barcha asbob-uskunalar hamda texnik jihozlarning tayyorgarligi va ishga toʻla yaroqliligiga ishonch hosil qilmay turib, hech qachon tajriba oʻtkazishga kirishma». Shunday qilib, asbob (tajriba qurilmasi) – bilishning juda muhim vositasi, undan foydalanish esa empirik, shu jumladan, tajriba tadqiqotining oʻziga xos xususiyatidir. Tajriba rejasini muvaffaqiyat bilan amalga oshirishda tajriba oʻtkazuvchi va yordamchilarning uslubiy hamda texnik tayyorgarligi nihoyatda katta ahamiyatga ega. Tajribaga uslubiy hamda texnik tayyorgarlik koʻrish sozlangan qurilmadagi (asboblar majmuidagi) barcha xalqalarni amalda sinab koʻrish va, ayni paytda, tajriba oʻtkazuvchilar harakatlarini mashq qilib olish bilan yakunlanadi. Agar tayyorlanayotgan tajriba juda murakkab yoki yangi, hali yetarlicha chuqur oʻzlashtirilmagan uslubiyatga asoslangan boʻlsa, tayyorgarlik bosqichini sinov tajribasi oʻtkazish bilan yakunlagan ma’qul, shunda uning barcha unsurlari uzil-kesil yoʻlga qoʻyib olinadi.


107 4.3-MAVZU: Pedagogik ilmiy tadqiqot ishlarini himoyaga tayyorlash va ommalashtirish. Reja: 1. Magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi va rasmiylashtirish qoidalari. 2.Magistrlik dissertatsiyasining dastlabki va rasmiy himoyasini о‘tkazish tartibi. Tayanch tushuchalar: Rejalash, sodda yoki murakkab, obyekti, predmeti, kombinatsiyalashgan reja, boblar, paragraflar, titul varagʻi, mundarija, kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar, ilovalar. Ilmiy ish rejasi jamuljam holida uning mohiyatini aks ettiradi. Bu muallif aytmoqchi boʻlgan narsaning sxematik ifodasidir. Reja tadqiqot jarayonida oʻzgarishi mumkin, chunki obyektni oʻrganish va ilmiy vazifa yechimining yangi jihatlari topilishi mumkin. Rejalash sodda yoki murakkab boʻlishi mumkin. Sodda reja asosiy masalalar roʻyxatini oʻz ichiga oladi. Murakkab rejada har bir bob paragraflarga boʻlinadi. Ba’zan kombinatsiyalashgan reja tuziladi, unda ayrim boblar paragraflarga boʻlinadi, boshqalari esa qoʻchimcha ruknlarsiz qolaveradi. Tadqiqot dasturi bu aniq mavzu ustidagi boʻlgʻusi ishning mohiyati va tarkibiy qismlari haqidagi aniq tasavvurdir. Faoliyatni rejalashtirishning protsessual tuzilmasi Bir xillikni aniqlash, faoliyat uchun foydalanish mumkin boʻlgan imkoniyatlar va resurslarni, shuningdek rivojlanish istiqbollarini belgilash. Faoliyat mazmunini belgilash, u ideal ma’naviy ehtiyojlarni qondirish va jamiyatning faoliyat yuritishini optimallashtirish, umumiy manfaatlarni koʻzlab har bir kishi va har bir odamlar guruhining erkin oʻzini oʻzi rivojlantirishi va oʻz imkoniyatlarini oʻzi amalga oshirishi uchun optimal shart-sharoitlarni yaratishdan iborat boʻladi. Bunda faoliyat obyektini va predmetini (obyektga nuqtayi nazar) belgilash muhimdir.Tanlangan mazmun faoliyat strategiyasi va mazmuni boʻladi. Faoliyat maqsadlarini topish (taktika): aniq vazifalarning bosqichma-bosqich amalga ochirilishi. Faoliyat tamoyillarini belgilash: tarixiylik, polisentrizm, koʻp oʻlchamlilik, an’analar va yangilanishning birligi, integratsiya va differensiatsiyaning oʻzaro aloqasi, qadriyatlar borasidagi bagʻrikenglik, muloqatchilik, hamjihatlilik, insonparvarlik. Faoliyat yoʻnalishlarini tanlash: faoliyat obyekti va predmetiga qarab tanlanadi va unga har tomonlama ta’sir koʻrsatishni ta’minlashi kerak yoki, juda boʻlmaganda, obyektning eng muhim tomonlariga daxl qilishi lozim. Faoliyat vazifalarini ifodalash: faoliyat nihoyasida kutilgan natijalarni olish uchun yechilishi lozim boʻlgan aniq muammolar va masalalar va faoliyatning strategik mazmunining tegishli yoʻnalishlarda mujassamlashtirilishi.


108 Magistrlik dissertatsiyasi rejasining tuzilmasi va mazmuniy koʻrsatkichlari Kirish – mavzu va uning ahamiyatining asoslanishi, nima uchun ayni shu mavzuning tanlangani, unga qiziqish nima bilan bogʻliqligi sabablari izohini oʻz ichiga oladi. Soʻngra tanlangan mavzu boʻyicha adabiyotlar sharhi beriladi. Kirishda muallif oʻz oldiga qoʻygan maqsad va bu maqsadni amalga oshirishga xizmat qiladigan vazifalar aniq ifodalanadi, muammoni hal etish metodologiyasi koʻrsatiladi. Asosiy qism. Uch boʻlimdan iborat boʻladi: a) muammoning nazariy fikrdan oʻtkazilishi; b) asosiy qismning birinchi boʻlimida bayon qilingan nazariyani dalillar asosida tasdiqlaydigan empirik, faktik materialning bayon qilinishi; iqtisodiy amaliyotni tahlil etish va muammolarni ilgari surish; v) muallifning tadqiqot muammosini hal etish boʻyicha tavsiyalari. Xulosa Muammo ustidagi mushohada natijalari, ish muallifi chiqargan xulosalar, shuningdek bunday xulosalarning amaliyot uchun yoki muammoning keyingi oʻrganilishi uchun ahamiyatining baholanishini oʻz ichiga oladi. a) masalalar tanlangan mavzuga muvofiq boʻlishi va uning doirasidan chetga chiqmasligi kerak; b) mavzu masalalari mantiqiy izchillikda joylashishi kerak; v) rejaga tadqiqotning asosiy jihatlarini aks ettiradigan mavzu masalalari kiritilishi kerak; g) mavzu har tomonlama tadqiq qilinishi lozim. Rejalashtirish turlari • Ishchi rejasi – tadqiqotning qoralama nusxasi, u keyinchalik aniq belgilarga ega boʻladi. Izchil boʻlimlar oʻrtasidagi mantiqiy bogʻlanish ishchi rejasining yaroqliligining zaruriy shartidir. • Reja-prospekt – mantiqiy tartibda joylashgan masalalarning referativ bayoni, keyinchalik ular boʻyicha butun toʻplangan faktik material bir tizimga solinadi. • Taqvimiy reja – ilmiy-tadqiqotchilik ishidagi asosiy bosqichlarning tadqiqot rejasi (dasturi)ga, ishlarni bajarishning taqvimiy muddatlar, moddiy xarajatlariga (reja-grafik) muvofiq bir tartibda bayon qilinishi.


109 №t/r Ish bosqichining asosiy mazmuni Natijalar Bajarilish muddati 1 Tadqiqot predmetining belgilanishi Mavzuning tanlanishi 25-sentabr 2 Kutubxona fondlari va elektron resurslar bilan tanishish Bibliografik roʻyxat tuzilgan sentabr 3 Ilmiy ish mavzuining rahbar tomonidan tasdiqlanishi Mavzu tasdiqlangan, ilmiy rahbar tayinlangan oktabr 4 Manbalar va hujjatlarning yigʻilishi va oʻrganilishi Hujjatlar va manbalar topilgan va oʻqib chiqilgan, bibliografik roʻyxat toʻldirilgan, koʻchirmalar, konspektlar, referatlar bajarilgan sentabr -yanvar 5 Ish tuzilmasining belgilanishi Ilmiy ish rejasi tuzilgan 15-oktabrgacha 6 Ayrim qismlarning yozilishi Manbalar va adabiyotlar sharhi yozilgan, ishning ayrim boʻlimlarining qoralama nusxalari bajarilgan tahlil – 1-dekabr.; 1-bob – 1-yanvar.; 2-bob – 1-fevral.; 3-bob – 1-mart 7 Ishning umumiy xulosalarining ifodalanishi Ishning har bir qismining xulosalari ifodalangan, xulosa yozilgan 15-mart 8 Ma’ruza tezislari matnining yozilishi Tezislar tayyorlangan va rahbarga topshirilgan 15-mart 9 Ish nomi, maqsadlari, asosiy vazifalarining aniqlashtirilishi va ularning xulosalarga muvofiqligi Kirish yozilgan, ish nomiga, ish maqsadlari va vazifalari ifodalariga oʻzgartirishlar kiritilgan 30-mart 10 Ish matni qoralama Nusxasining tayyorlanishi va rahbarga taqdim etilishi 10-aprel 11 Tuzatishlar kiritilishi Ilmiy rahbarning fikrmulohazalari hisobga olingan 10-aprel 12 Ishning rasmiylashtirilishi Oxirgi variant qogʻozga tushirilgan 20-aprel 13 Konferensiyada ma’ruza qilish Ma’ruza qilindi 24-25-aprel 14 Ishning topshirilishi Ish topshirildi 30-aprel 12-rasm. Ilmiy tadqiqot (magistrlik ishi) ning namunaviy taqvim rejasi


110 Magistrant ishlarni bajarishning mantiqiy ketma-ketligini shunday qura bilishi kerakki, bunday navbatlilik belgilangan muddatlarda qoʻyilgan maqsadga erishishga va ilmiy vazifaning hal etilishiga olib kelishi kerak. Ishda shu vaqtda diqqat-e’tibor toʻplanishi kerak boʻlgan asosiy narsa ajratib koʻrsatilishi kerak, lekin shu bilan birga detallar e’tibor doirasidan chetda qolib ketmasligi lozim. Magistrlik dissertatsiyasini rasmiylashtirich va himoya qilish Dissertatsiya ishining muayyan kompozitsion tuzilishi an’anaviy tarzda qaror topgan, uning asosiy elementlari quyidagi tartibda joylashgan boʻladi: 1. Titul varagʻi 2. Mundarija 3. Kirish 4. Asosiy qism (3 bob) 5. Xulosa 6. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati 7. Ilovalar. Titul varagʻi va mundarija Titul varagʻi dissertatsiya ishining birinchi sahifasi hisoblanadi va qat’iy belgilangan qoidalar boʻyicha toʻldiriladTitul varagʻidan keyin mundarija joylash tiriladi. Boblar va paragraflarning shu yerda koʻrsatilgan nomlari, shuningdek, ularning izchilligi dissertatsiya matni va dissertatsiyaning mantiqiy sxemasiga mutlaqo mos boʻlishi kerak. Kirishda dissertatsiya tadqiqotining metodologik apparati oʻz aksini topadi. U himoyaga tayyorlangan dissertatsiya ishining keng annotatsiyasi shaklida rasmiylashtiriladi. Kirish odatda dissertatsiya umumiy hajmining 10-15% ni tashkil etadi. Kirishda quyidagilar aks ettiriladi: Tadqiqot mavzuining dolzarbligi. Dissertatsiyaning kompozitsion tuzilishi nuqtayi nazaridan olganda mavzu dolzarbligining asoslanishi kirish qismining taxminan bir sahifasini egallashi va ushbu mavzuga nima uchun ayni hozir murojaat qilishning maqsadga muvofiqligi, ilmiy va amaliy zarurat nimadan iboratligi, tadqiqot predmeti haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlarning qanday holatda ekanligi izohlab berilishi kerak. Tadqiqot maqsadlari va vazifalari. Bu dissertatsiya tadqiqotining strategiyasi va taktikasidir. Dissertatsiya tadqiqotining maqsadini ifodalashda shuni nazarda tutish kerakki, dissertatsiya


111 uchinchi bobining nomi va mazmuni maqsadni ochib berishi lozim. Vazifalarning sanab oʻtilishi implitsit ravishda butun ish matnining rejasi va ichki mantigʻini beradi. Muammoning ishlab chiqilganlik darajasi. Bu yerda ushbu muammoning turli jihatlari bilan shugʻullangan mamlakatdagi va chet ellardagi olimlarni sanab oʻtish, yetarli darajada yoritilmagan masalalarni qayd qilish kerak. Muallif mavzuni yaxshi oʻzlashtirganligi, ilmiy matnlar va bibliografik material bilan ishlash metodini egallaganligini namoyish etishi, bundan oldingi tadqiqotchilar va zamondoshlarning bu muammo yechimiga qoʻshgan hissasini toʻgʻri baholay olishini tasdiqlashi lozim. Mabodo bu muammo yetarli darajada yaxshi oʻrganilgan boʻlsa, unda mazkur muammoga mavjud nuqtayi nazarlarning tasnifini taklif qilish yanada yaxshi boʻladi. Agar muammo yaxshi oʻrganilmagan, olimlarning diqqatini oʻziga jalb etmagan boʻlsa, unda buni qayd qilib oʻtish kerak boʻladi, chunki bunda ijod qilish imkoniyati yanada kengayadi. Pirovard natijada adabiyotlar tahlili ayni shu mavzuning hali ochib berilmaganligi (yoki faqat qisman ochib berilganligi yoki boshqa jihatdan ochib berilganligi) va shuning uchun bundan keyin ishlab chiqilishi zarurligi toʻgʻrisidagi xulosaga olib kelishi kerak. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Bu yerda tadqiqot jarayonida asosiy xulosa sifatida olingan, toʻgʻri qoʻyilgan masaladan va bu masalaga javob beradigan tadqiq etilgan zaruriy va yetarli holatlardan mantiqan kelib chiqadigan fikrlar qisqacha bayon qilinadi. Bu aniqlangan yangi fakt, qoʻyilgan vazifaning asosli yechimi, yangi ma’lumotlarning ilmiy muomalaga olib kirilishi, ma’lum faktning yangicha sharoitlar uchun tasdiqlashi, boʻlishi mumkin. Yangilikdan olingan natijani ma’lum boʻlgan natijalar bilan solishtirish orqali koʻrgazmali tarzda koʻrsatish ham mumkin. Tadqiqot obyekti va predmeti. Tadqiqot obyekti va predmeti oʻzaro bir-biri bilan umumiy va xususiy sifatida oʻzaro nisbatda boʻladi. Obyektda uning tadqiqot predmeti boʻlib xizmat qiladigan qismi ajratib koʻrsatiladi. Dissertantning asosiy e’tibori ayni shu narsaga qaratiladi, aynan tadqiqot predmeti dissertatsiya ishining titul varagʻida sarlavha sifatida ifodalangan mavzuini belgilaydi. Ishning nazariy va amaliy ahamiyati. Dissertatsiyada tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati quyidagi shakllarda ifodalanishi mumkin: - Nazariy va metodologik tusga ega tadqiqotlarda ishning ahamiyati – tadqiqot asosiy natijalarining ilmiy maqolalarda, monografiyalar, darsliklarda e’lon qilinishida; tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq qilinganligi haqidagi mualliflik guvohnomalari, hujjatlarning mavjudligida; tadqiqot natijalarining ilmiy-amaliy


112 konferensiyalar va simpoziumlarda sinovdan oʻtkazilishida; ilmiy ishlanmalarning oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlaridagi oʻquv jarayonida qoʻllanilishida; xalq xoʻjaligining u yoki boshqa tarmogʻini rivojlantirishga doir davlat va mintaqaviy dasturlarning ishlab chiqilishida ishtirok etishda; tadqiqot natijalarining yangi me’yoriy va metodik hujjatlarning tayyorlashda qoʻllanilishida. - Metodik yoki amaliy tusga ega tadqiqotlarda – bu ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, yuridik tartibga solish va shu kabi tizimlarini takomillashtirishga doir takliflar; iqtisodiy mexanizmni, ijtimoiy jarayonlarni boshqarishni va shu kabilarni takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar; vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, birlashmalar yoki boshqa manfaatdor tashkilotlarning foydalanishi uchun tasdiqlangan yoki tavsiya etilgan me’yoriy va metodik hujjatlar. Ishning tuzilishi. Dissertatsiya ishining kirish, …. (soni) bob, … (soni) paragraflar, shuningdek, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati, … (soni) manbalar, ... (soni) ilovalardan iborat ekanligi koʻrsatiladi. ASOSIY QISM Dissertatsiyaning asosiy qismini boblarida oʻrganiladigan hodisalar va faktlar batafsil koʻrib chiqiladi va tahlil qilinadi. Asosiy qism boblari va paragraflari matnida sarlavhalar imkoni boricha asosiy soʻzlardan (ya’ni asosiy ma’no yukini tashuvchi) iborat boʻlishi kerak. Bunday soʻzlar soʻz yuritilayotgan predmetni aks ettiradi yoki bu predmetning umumiy tavsifnomasini beradi. Ushbu sarlavhalar aniq, loʻnda boʻlishi va paragraf mazmunini aniq aks ettirishi kerak. I Bob. Mavzuning umumiy nazariy muammolari, shunga oʻxshash vazifalarni hal etish nazariyasi va amaliyoti holatining tahlilini, ma’qul boʻladigan yechimlarning moslashtirilish ehtimoli uchun xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish natijalarini oʻz ichiga oladi. Bu bobda dissertant deduksiyadan foydalanib, umumiydan xususiyga qarab ilmiy tadqiqot oʻtkazadi, bunda xususiy hollarning butun bir turkumidan bunday hollarning butun jami uchun umumlashtirilgan xulosa chiqariladi. II Bob. Dissertant bu yerda magistrlik dissertatsiyasini ishlab chiqish uchun asos qilib olingan korxona, tashkilot va birlashmaning qisqacha tavsifnomasini beradi, nima yuz berganligi, nima uchun boshqacha emas, aynan shunday boʻlganligi, qaysi omillar qanday ta’sir qilganligini anglab olishga harakat qiladi. Umumlashmalar, xulosalarni tahlil, dalillarni ishlab chiqish jarayonidan ajratish amalda mumkin boʻlmaydi. Shunga qaramasdan, tahlil bilan umumlashma ajralib turadi. Tegishli paragraflarda quyidagilar mantiqiy izchillikda joylashtiriladi: tadqiqot obyektining funksiyalari, vazifalari va yoʻnalishi, tashkiliy tuzilmasi, boshqarish tizimi, uning tashqi va ichki omillarining oʻziga xos xususiyatlari,


113 tadqiqot obyektining texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari. Oʻtkazilgan tahlil asosida tadqiqot obyektidagi mavjud kamchiliklar va muammolar aniqlanadi. Shunday qilib, oʻrganiladigan hodisalar va faktlar batafsil koʻrib chiqiladi va tahlil qilinadi, tadqiqotning metodlari va texnikasi bayon qilinadi. Bu yerda faktlarni ishlash va bir tizimga solishga alohida e’tibor qaratiladi. Fakt muayyan «Ilmiy fakt» sifatida koʻrib chiqiladiki, uning funksiyalarini butun ilmiy bilishda ilmiy tadqiqot mantigʻini aniqlashi kerak boʻladi. Faktlar qoʻyilgan vazifani hal etish uchun yigʻiladi. Shuning uchun yigʻilgan faktlar soni muayyan ma’noda optimal boʻlishi kerak. Faktlarni tahlil etish jarayoni – bu xususiy xulosalarning uzluksiz tizimi boʻlib, ular birlashib, muayyan ma’no hosil qiladi. Butunni qismlarga ajratish, elementlarni oʻrganish bilan dissertant uzluksiz ravishda umumlashtiradi. U predmet va muammoni koʻrib chiqqanidan soʻng har bir paragrafga xulosa chiqaradi. Bobning har bir paragrafi bayon qilingan material yuzasidan xulosa bilan yakunlanishi lozim. III Bob. Oʻrganilgan tizim va oʻtkazilgan tahlil asosida qoʻyilgan tadqiqot maqsadiga muvofiq, tegishlicha sxema boʻyicha ifodalash bilan tadqiqot obyektini rivojlantirishning eng oqilona, samarali yoʻllarini taklif etish va iqtisodiy jihatdan asoslab berish, iqtisodiy samarani belgilash kerak boʻladi. Ushbu bobda oʻtkazilgan tahlil asosida takliflarni pedagogik jihatdan asoslash lozim. Asosiy qism qoʻyilgan vazifalarga muvofiq boʻlishi kerak. Hatto asosiy qismni qoʻyilgan vazifalar soniga teng paragraflar (kichik boʻlimlar) soni boʻlishi ham lozim. Xulosalar qoʻyilgan vazifalarga bevosita mos kelishi kerak. Agar bunday muvofiqlik boʻlmasa, unda ana shunday muvofiqlikka erishish uchun kirishga yana qaytish va vazifalarni qaytadan ifodalash lozim. Ba’zan ish nomini oʻzgartirishga ham toʻgʻri keladi, lekin bunday holda uni (yangi nomni) rahbar bilan kelishib olish zarur. XULOSA Dissertatsiya ishi oʻtkazilgan tadqiqot natijasi aks ettiriladigan xulosa bilan yakunlanadi. Magistrlik dissertatsiyasining bu boʻlimi odatda umumiy ish hajmining 10-15% ni tashkil etadi. Dissertatsiya ishida uning ayrim boblari ham xulosalar va takliflar bilan yakunlanishi mumkin, lekin ularning eng muhimlari butun ishning oxirida, «Xulosa» boʻlimida aks ettirilishi kerak. Olingan natija bu xulosalar sifatida ifodalanadigan vazifalar yechimidir.


114 Xulosa oʻtkazilgan tadqiqot mantiqi bilan bogʻliq boʻlgan xotima rolini bajarib, u asosiy qismda toʻplangan ilmiy axborotlar sintezi shaklida boʻladi. Bunday sintez olingan yakunlarning izchil, mantiqiy tekis bayoni va ularning kirishda qoʻyilgan va ifodalangan umumiy maqsad va aniq vazifalar bilan oʻzaro nisbatidir. Demak, dissertatsiyaning yakunlovchi qismi oʻtkazilgan tadqiqotdan olingan natijalarning oddiy bir roʻyxati emas, balki ularning yakuniy sintezidir, ya’ni ish muallifining muammoni oʻrganish va hal etishga kiritgan yangilikning ifodasidir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI Ushbu roʻyxat dissertatsiyaning amaldagi qismlaridan birini tashkil etadi va dissertantning mustaqil ijodiy ishini aks ettiradi. Bunday roʻyxatga kiritilgan har bir adabiy manba dissertatsiya qoʻlyozmasida aks ettirilishi kerak. Agar ish muallifi oʻzlashtirilgan qandaydir faktlarni qayd qilsa yoki boshqa mualliflar asarlaridan parcha keltirsa, unda u albatta keltirilgan materiallarning qayerdan olinganligini satr ostida koʻrsatib oʻtishi kerak. Dissertatsiya matnida qayd qilinmagan va amalda ishlatilmagan ishlarni bibliografik roʻyxatga kiritmaslik kerak. Bu roʻyxatga ensiklopediyalar, bildirgichlar, ilmiy-ommaviy kitoblar va gazetalarni kiritish ham tavsiya qilinmaydi. Bunday nashrlardan foydalanishga zarurat boʻlsa, unda ularni dissertatsiya ishining matnida satrlar ostidagi koʻchirmalarda koʻrsatish kerak. ILOVALAR Dissertatsiya asosiy qismi matnini oshirib yuboradigan yordamchi yoki qoʻshimcha materiallarni oʻz ichiga oladi. 4.4 Ishni rasmiylashtirishdaga asosiy talablar 1. Dissertatsiyani yozish va rasmiylashtirishning asosiy qoidalari Magistrlik dissertatsiyasiga qoʻyiladigan asosiy talablardan biri – bu uning toʻgʻri rasmiylashtirilishi boʻlib, bu nafaqat ish sifatini yaxshilaydi, shu bilan birga uning muvaffaqiyatini ham ta’minlaydi. Magistrlik dissertatsiyasi oʻzbek, rus va ingliz tillarida tayyorlanishi mumkin. Magistrlik dissertatsiyasi ilmiy ish hisoblanadi, shuning uchun uning yozilishi va rasmiylashtirilishiga asosiy talablar nomzodlik dissertatsiyasining talablariga muvofiqlashtirilishi kerak. Materialning aniq va izchil bayon qilinishi dissertatsiyani yozishning asosiy tamoyilidir. Yangi fikrni boshlaydigan iboralar xat boshidan boshlab yoziladi. Matnning tugallanmagan qismlarini boshqa sahifalarga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.


115 Agar matnda boshqa manbalardan olingan materiallar ishlatilsa, unda koʻchirmachilikda ayblanmaslik uchun oʻsha manbani albatta matnda qayd qilish kerak. Koʻchirmalar sahifa tagida xat boshi bilan yoki qizil satr bilan teriladi. Agar bir necha manba qayd qilinsa, unda ular izchil tartibda raqamlanadi. Magistrlik dissertatsiyasining umumiy hajmi kompyuterda 1,5 interval bilan terilgan, oq qogʻozga (A4, 210-297 mm) tushirilgan 60 dan 80 sahifagacha (kamida 10000 soʻz) boʻlishi kerak. Dissertatsiya tadqiqoti matni hoshiyalari oʻlchamlari: yuqorisi – 20 mm, pastkisi – 20 mm, oʻng – 10 mm, chap – 25 mm. Sahifaning tartib raqami yuqoridagi oʻng burchakda qoʻyiladi. Magistrlik dissertatsiyasi standartlarga muvofiq keladigan bosmaxona usulida muqovalangan boʻlishi kerak. Boblar va sarlavhalar nomlarining rasmiylashtirilishi Dissertatsiya tadqiqotining har bir bobi yangi sahifadan boshlab yoziladi. Bobning nomidan keyin paragrafning sarlavhasi qoʻyiladi. Bob yoki sarlavhalarning nomi asosiy matndan qoʻshimcha interval bilan ajratib yoziladi. Boblar va paragraflar nomlari xatboshisidan yoziladi, nuqta qoʻyilmaydi, tagiga chizib, ta’kidlanmaydi va bochqa betga koʻchirilmaydi. Agar bunday nomlar ikki yoki undan koʻproq gaplardan iborat boʻlsa, unda ularning oʻrtasiga nuqta qoʻyiladi. Bob nomi bilan matn oʻrtasidagi interval 15 mm boʻlichi kerak, bob bilan paragraf nomlari oʻrtasidagi interval – 8 mm boʻladi. Paragraflar arabcha raqamlar bilan raqamlanadi. Paragraf raqami oldidan bob raqami yoziladi, soʻngra paragraf raqami va nomi qoʻyiladi. Raqamlar oxirida nuqta qoʻyilmaydi (1.1). Titul varag‘ini rasmiylashtirish Dissertatsiya titul varagʻini rasmiylashtirish quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi kerak:


116 • dissertatsiya nomi – shrift 16; • muallifning familiyasi, ismi – shrift 14; • malaka – shrift 14. Dissertatsiya ishi mavzuining nomi, magistrantning familiyasi, ismi, otasining ismi, «magistrlik dissertatsiyasi» iborasi va yil katta harflar bilan yoziladi. Shriftni tanlashda faqat Times New Roman yoki Arial shriftlaridan foydalanish maqbuldir. Matndagi qaydlar, koʻchirmalar va oʻzlashtirilgan parchalarni rasmiylashtirish Ishning bayoni jarayonida magistrant mazmun shartlariga muvofiq joylashtirilgan jadvallar, rasmlar, misollar, sxemalar, formulalar va boshqa elementlarni qayd qilib oʻtishi mumkin, bunday qismlar oʻzlari tegishli boʻlgan matn bilan yonma-yon qoʻyilmasligi ham mumkin. Boshqa manbalardan oʻzlashtirilgan ma’lumotlar sahifa ostida izoh tarzida koʻrsatib oʻtiladi. Izoh asosiy matndan uzun chiziq bilan ajratiladi va arabcha 1 ’ 2 ’ 3 raqamlari bilan raqamlanadi yoki *** kabi yulduzchalar bilan qayd qilinadi. Dissertatsiya matnida koʻpincha boshqa mualliflar aniqlagan faktlarni qayd qilish yoki oʻzlashtirilgan materialni matnga kiritishga toʻgʻri keladi. Oʻzlashtirilgan parchalarni matn bayoni ichida rasmiylashtirish shakllari xilma-xil, lekin nutqdagi akademik etiket bir qator barqaror nutq shtamplarini ishlab chiqqanki, ular oʻzlashtirilgan material manbani aniqroq va qisqaroq tarzda koʻrsatishga yordam beradi. Boshqa manbalardan olingan barcha materiallarni izohda koʻrsatish kerak. Masalan: [5. 42-bet]. Misollar:. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida»gi Farmoni1 Mirziyoyev.Sh.M Buyuk kelajakni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.:Oʻzbekiston. 2017.(103 b) Statistik materiallar, tahliliy va ishchi jadvallarini rasmiylashtirish Magistrlik dissertatsiyasida statistik materiallar, tahliliy va ishchi jadvallari beriladi. Statistik materiallar matnda bayon qilingan axborotni qayd qilish uchun ishlatiladi.


117 Tahliliy jadvallar umumlashtiruvchi xulosalar va izohlarni talab qiladi. Ma’lumotlari ilgari matbuotda e’lon qilingan jadvallardan foydalanishda ushbu oʻzlashtirilgan materialning ayni qaysi manbada keltirilganligini izohda albatta koʻrsatish kerak. Agar matnda xorijiy tillardagi takliflar, qoʻshimchalar yoki soʻzlar mavjud boʻlsa, unda ular toʻliq yozilishi kerak. Ishlatilgan grafiklar, sxemalar, diagrammalar, rasmlar, rasm ostidagi yozuv bilan toʻldirilishi lozim. Foydalanilgan manbalarni bayon qilish qoidalari Ishda foydalanilgan adabiyotlarning bibliografik roʻyxati ishning oxirida joylashtiriladi. Adabiyotlar bibliografik bayonda quyidagi izchillikda joylashtiriladi: • qonunlar, me’yoriy-metodik hujjatlar va materiallar; • mamlakatimizda va chet ellarda bosilgan ilmiy adabiyotlar (darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, monografiyalar, ilmiy maqolalar, ilmiy broshyuralar va hokazo); • statistik, yoʻriqnoma materiallari, tashkilotlar va korxonalar hisobotlari; • internet – resurslar. Har bir boshlangʻich manbalar boʻyicha quyidagilar koʻrsatiladi • muallif familiyasi, soʻngra uning ismi-sharifi • kitob nomi; •shahar nomi; • nashriyot nomi; • bosilgan yili. • foydalanilgan beti. Agar kitob mualliflari uch va undan ortiq kishilardan iborat boʻlsa, unda birinchi muallifning familiyasi, ismi-sharifini koʻrsatib, soʻngra «va boshqalar» deb qoʻyish ham mumkin. Shaharlar nomlari qisqartirmasdan bosh kelishikda yoziladi. Moskva, Leningrad, Sankt-Peterburg va Toshkent kabi shaharlar nomlarini qisqartirib yozish mumkin: Moskva – M., Leningrad – L., Sankt-Peterburg – SP., Toshkent – T. Agar kitob ikki shaharda bosilgan boʻlsa, unda ikkalasi ham yoziladi, masalan, M., L. Agar kitobni ikki nashriyot chiqargan boʻlsa, unda har ikkala nashriyot nomi ham yoziladi, masalan: T.: «Fan», «Ekonomika». Davriy matbuot haqidagi ma’lumotlarda quyidagilar koʻrsatiladi: • muallifning familiyasi, ismi-sharifi; • maqola nomi; • jurnal yoki gazeta nomi; • seriya nomi;


118 • jurnal yoki gazetaning bosilgan yili; • jurnal yoki gazeta jildi va raqami; • sahifa raqami. Ilmiy izlanish hisobotlarini bayon qilishda quyidagilar koʻrsatiladi: hisobot nomi (soʻngra, qavs ichida «hisobot» soʻzi yoziladi); hisobotni chiqargan tashkilotning shifri, inventar raqami, nomi, ilmiy rahbarning familiyasi, ismi-sharifi, hisobotning chiqarilgan joyi, yili va sahifalari soni. DISSERTATSIYA HIMOYASI Magistrlik dissertatsiyasini himoyaga tayyorlash tartibi Dissertatsiyani texnik rasmiylashtirish ishi tugallanganidan keyin magistrant magistraturadagi ta’lim olishning oxirgi va hal qiluvchi bosqichi – magistrlik dissertatsiyasini himoyaga tayyorlashga lozim darajada e’tibor berishi kerak. Bunday tayyorgarlik, avvalo, himoya bilan bog‘liq hujjatlar va materiallarning rasmiylashtirilishini oʻz ichiga oladi. Mualliflik annotatsiyasi. Misol: Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Fakultet: Magistratura Magistr: __________ Kafedra: Maktabgacha ta’lim metodikasi Ilmiy rahbar: _____________ Oʻquv yili: 2023/2024 Magistrlik dissertatsiya mavzusi: Maktabgacha yoshidagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik tizimi KIRISH (magistrlik dissertatsiyasi annotatsiyasi) Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontsepsiyasida maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratish, maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’limtarbiya jarayonini tashkil qilishning mavjud tartibini qayta koʻrib chiqish hamda maktabgacha ta’lim xizmatlarini koʻrsatishning zamonaviy usullarini joriy etish, ta’limtarbiya jarayonini takomillashtirish bolalarning rivojlanganligi darajasini va ularning umumiy boshlangʻich ta’limga tayyorligini, shuningdek, ularning ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, jismoniy va ijodiy rivojlanishini baholash asosida amalga oshirilishi bunda bolalarda Vatanga muhabbat hissini, oilaga, oʻz xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat, atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilishi lozimligi masalasiga alohida urgʻu berilgan.


119 Amalga oshirilayotgan tadqiqotlar tarkibida bolalar faoliyatini integratsiyalash, pedagogik-psixologik xususiyatlarini ochib berishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash omili sifatida ma’naviy-axloqiy kompetentlikni rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish kabi masalalar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son «2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni, 2017-yil 9-sentyabrdagi PQ-3261-son «Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi, 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-son «Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son «Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori hamda mazkur sohaga tegishli boshqa me’yoriyhuquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi. Muammoning oʻrganilganlik darajasi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni har tomonlama rivojlantirishga oid tadqiqotlar respublika pedagog, psixolog va faylasuf olimlar: D.A.Abdurahimova, M.K.Abduhakimova, Oʻ.K.Adamova, Z.Azizova, M.Asqarova, M.Asqarxoʻjaeva, M.Yu.Ayupova, P.Yusupova N.X.Begmatova, D.G.Boboeva, U.Boʻtaeva, K.Oqilova, F.B.Valixoʻjaeva, F.R.Qodirova, T.S.Usmonxoʻjaev, S.T.Islomova, M.Fayzullaeva, Z.Rahimova, M.Rustamova, D.J.SHaripova, Q.S.SHodieva, SH.SHodmonova,M.A.Abdullaeva va boshqalar tomonidan olib borilgan. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchi shaxsini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan tadqiqotlar Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) olimlaridan Ye.A.Avilova, A.Arushanova, M.Bakina, E.Bern, N.A.Vasilьeva, L.M.Volobueva, Yu.V.Gippenreyter, A.A.Goldovskaya, N.N.Jirnova, O.L.Zvereva, T.F.Kuznetsova, Ye.K.Lyutova, G.B.Monina, A.S.Makarenko, N.A.Menchinskaya, Ye.Meteleva, Ye.Kachmasheva, N.Nyukomb, L.A.Paramonova, Ye.Yu.Protasova, V.A.Slastenin, A.I.Miщenko, O.Solntseva, A.Fomina va boshq. tomonidan amalga oshirilgan. Bolalarning ijtimoiy hayotga moslashish imkoniyatlarini kengaytirish asosida ularni har tomonlama rivojlantirish masalalari xorijlik olimlar – turli soha vakillari: J.Dьyui, A.Kirsten, Keyt Berk Uolsh, M.Montessori, Jan Piaje, A.Hachfeld, A.Yvonne; S.Kuger, K.H.Xristiane, von Steinbueche, H.Gibbons, R.Kramer, G.V.Leonidova, I.I.Svirelkina, M.Ljubesi, S.Simlesa, Z.Seer va boshqalar tomonidan oʻrganilgan. Tadqiqot maqsadi: maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik tizimini takomillashtirishdan iborat.


120 Tadqiqot vazifalari: Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviyaxloqiy tarbiyalash ijtimoiy-pedagogik zaruriyat ekanligini nazariy-empirik jihatdan asoslash; - Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash borasidagi xalqaro tajribani tahlil qilish; - Maktabgacha yoshdagi bolalarni faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning oʻziga xos xususiyatlari va pedagogik-psixologik imkoniyatlarini tavsiflash; - Bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash modelini ishlab chiqish; - Integratsion yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga yoʻnaltirilgan ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish; - Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash texnologiyasini takomillashtirish; Tadqiqot obyekti: sifatida maktabgacha katta va tayyorlov guruh yoshidagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik jarayonlari boʻlib, Namangan, Andijon va Sirdaryo viloyatlaridagi (jami 7 ta) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borildi. Tadqiqot predmeti: maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni, nazariypedagogik tizimi. Tadqiqot usullari: Tadqiqot jarayonida koʻzlangan maqsadlarga erishish va qoʻyilgan vazifalar yechimini topish uchun pedagogik kuzatish, tanqidiy-qiyosiy tahlil, soʻrovnoma, test, matematik-statistik tahlil, natijalarni umumlashtirish usullaridan kompleks foydalanildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat: - maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning baholash mezonlari va xaritasi, indeksi orqali aniqlashtirilgan; - xalqaro tajribalardagi maktabgacha yoshdagi bolalar integrallashgan faoliyatning kontseptual yoʻnalishlarini komparativ tahlili asosida bolalar ma’naviyaxloqiy tarbiyalash mexanizmi takomillashtirilgan; - bolalar faoliyatining ma’naviy-axloqiy tarbiya vositasida rivojlantirish modeli subyektlar faoliyati (oʻyin, ijtimoiy, bilish, mehnat)ga oid xaritalar, integrativvariativ dasturlari mazmuni asosida takomillashtirilan; - maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga xizmat qiladigan «Ilk qadam» davlat oʻquv dasturi asosida ilgʻor tajribalar, badiiy adabiyotlarni oʻrganish, umumlashtirish va ulardan foydalanish yoʻllari ishlab chiqilgan;


121 Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalanganlik darajasini tashxislash texnologiyasi takomillashtirilgan; maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning didaktik shart-sharoitlari tizimlashtirilgan «Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik tizimi» nomli monografiya va «Katta va tayyorlov guruhlar uchun integratsiyalashgan mashgʻulotlar ishlanmalari» («Ilk qadam» davlat oʻquv dasturi asosida), metodik qoʻllanma, «Maktabgacha ta’limni integratsiyalash» nomli oʻquv qoʻllanma maktabgacha ta’lim amaliyotiga joriy etilgan; maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash modelidan foydalanishga oid tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi muammoga falsafiy, metodologik, metodik, psixologik va pedagogik yondashuvlarga hamda maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga doir milliy tajriba, respublikamiz va chet ellik olimlar, shuningdek, kommunikativ faoliyatni tashkil etishga doir ilgʻor ish tajribalarga asoslanganligi, tadqiqot vazifalariga mos keluvchi, oʻzaro bir-birini toʻldirib boruvchi metodlarning qoʻllanilganligi, tahlil va tadqiqot tavsifining miqdor, shuningdek, sifat jihatidan ta’minlanganligi, tajriba-sinov ishlarining reprezentativligi hamda olingan natijalarning matematik-statistik tahlil metodlari yordamida qayta ishlanganligi bilan belgilanadi. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati dissertatsiyada ilgari surilgan nazariy-empirik yondashuvlar, qarashlar, ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilganligi, shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga yoʻnaltirilgan didaktik vaziyatlar mazmuni, prinsiplari, shakllari, vositalari, usullari va metodlari, pedagogik-psixologik imkoniyatlari takomillashtirilganligi, shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviyaxloqiy tarbiyalashga yoʻnaltirilgan pedagogik jarayonning didaktik, psixologik xususiyatlari, mazmuni, vositalari, usullari va metodlari bilan boyitilganligi bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati mavzuga oid ta’lim-tarbiyasini tashkil etishda maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviyaxloqiy tarbiyalanganlik darajasi pedagogik-psixologi diagnostikasi, bolalar faoliyatini integratsiyalash modelining qoʻllash imkoniyatlarining kengaytirilgani hamda oliy oʻquv yurtlarining maktabgacha ta’lim pedagogikasi, pedagogika nazariyasi, tarbiyaviy ishlar nazariyasi va metodikasi kurslari mazmunini boyitishi, malaka oshirish kurslari dasturlarini takomillashtirishda, MTT mutaxassislari ish tajribasini ommalashtirishda foydalanish mumkinligi bilan belgilanadi.


122 Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Tadqiqot natijalari 13 ta respublika va 2 ta xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda muhokamadan oʻtkazilgan. Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Dissertatsiya mavzusi boʻyicha jami 5 ta ilmiy maqola, shundan 2 tasi respublika va 1 tasi xorijiy jurnallarda 2 tasi respublika konfrensiya materillarida chop qilingan. Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya tarkibi kirish, uchta bob, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati hamda ilovalardan iborat. Dissertatsiya hajmi 86 betni tashkil qiladi. Statistik, tahliliy material respublikaning tegishli oliy oʻquv yurtlarida kurslarini oʻqitishda qoʻllanilishi mumkin. Ilmiy rahbar _________ Magistr _________ Taqrizlar va baholarning olinishi Magistrlik dissertatsiyasi majburiy tartibda taqriz qilinadi. Opponent dissertatsiya tadqiqoti bajarilgan ilm sohasi mutaxassislari ichidan tayinlanadi. Opponent taqriz qilinayotgan dissertatsiyaning mohiyati va asosiy qoidalarining malakali tahlilini oʻtkazishi, shuningdek, tanlangan mavzuning dolzarbligi, uning ochib berilishiga yondashuvning mustaqilligi, oʻzining nuqtayi nazari borligi, ilmiy tadqiq qilish metodlaridan foydalanish mahorati, xulosalar va tavsiyalarning aniqligi darajasi, olingan natijalarning ichonchliligi, ularning yangiligi va amaliy ahamiyatini baholashi kerak. Ishning ijobiy tomonlari bilan bir qatorda uning kamchiliklari, jumladan, faktik xatolari va shu kabilar ham qayd qilinadi. Taqriz hajmi odatda kompyuterda terilgan ikki sahifadan besh sahifagacha matndan iborat boʻladi. Magistrlik dissertatsiyasini himoya qilishga kafedra mudirining ruxsatini olish. Lozim darajada rasmiylashtirilgan magistrlik dissertatsiyasi taqrizlar bilan birga (ikki nusxada) kafedraga taqdim etiladi. Kafedra bu ishni koʻrib chiqib, oldindan himoya qilish kuni va vaqtini tayinlaydi. Oldindan himoyadan oʻtgan magistrlik dissertatsiyalari kafedraning majlisi bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va ommaviy himoyaga tavsiya etiladi. 10-15 minutlik ma’ruzaning tayyorlanishi. Magistrant ilmiy rahbar va tashqi opponentning taqrizlarini, shuningdek, kafedra mudirining magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish uchun ruxsatini olganidan soʻng 10-15 minutlik ma’ruzani tayyorlashga kirishadi.


123 Magistrlik dissertatsiyasiga taqriz va baholarga talablar Magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbarning taqrizi va opponentning tashqi taqrizi beriladi. Ilmiy rahbar va opponentning taqrizlarida bir qator masalalarning majburiy tartibda yoritilishi nazarda tutiladi. Ilmiy rahbar taqrizining mazmuni: Dissertatsiya mavzuining dolzarbligi, magistrlik dissertatsiyasi mavzuining magistrantning asosiy ishi bilan bogʻliqligi darajasi Muallifning magistrlik dissertatsiyasi maqsadlari va vazifalarini yoritishi darajasi Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi Oʻtkazilgan tadqiqot natijalarining asoslanganligi Tadqiqotchining ilmiy tahlil qilish qobiliyatining qisqacha tavsifnomasi Magistrant xulosalari va tavsiyalarining sifati Dissertatsiyaning magistrlik dissertatsiyasiga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligi Opponent taqrizi quyidagilarni aks ettirishi kerak: 1.Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi. 2.Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi. 3.Tayyorlangan dissertatsiyaning amaliyot uchun ahamiyati. 4.Magistrlik dissertatsiyasi mazmuni va tugallanganligining bahosi. 5.Materialni bayon qilish metodi va tili. 6.Oʻtkazilgan tadqiqotning ilmiy va amaliy qimmati. 7. Dissertatsiyaning magistrlik dissertatsiyasiga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligi. 8. Taqrizlarda ishning ijobiy tomonlari bilan bir qatorda undagi xatolar va kamchiliklar ham qayd qilinadi. Magistrlik dissertatsiyasining ommaviy himoyasini oʻtkazish rusum-qoidalari Magistrlik dissertatsiyasining himoyasi ommaviy shaklda oʻtadi, ilmiy munozara tusida boʻladi va yuksak talabchanlik, prinsipiallik va ilmiy etikaga rioya qilish vaziyatida oʻtadi. Dissertatsiyaning himoyasi paytida Davlat attestatsiya Komissiyasi raisi dissertatsiyaning nomini e’lon qiladi, uning muallifining familiyasi, ismi-sharifini ma’lum qiladi, shuningdek ishda zarur hujjatlarning mavjudligini bildiradi, magistrantning «ta’limiy va ilmiy tarjimai holini», uning oʻzlashtirishi, mabodo mavjud boʻlsa, e’lon qilgan maqolalarini qisqacha tavsiflaydi. So‘z magistrantning ilmiy rahbariga beriladi. Ilmiy rahbar o’z nutqida magistrantning dissertatsiya ustida olib borgan ishga munosabatini ochib beradi, shuningdek attestatsiya komissiyasi, ilmiy rahbarning bergan savollari xususida oʻz fikrini bildiradi, raislik qiluvchi ilmiy rahbarning dissertatsiya ishi haqidagi yozma xulosasini davlat attestatsiya komissiyasi a’zolariga oʻqib beradi.


124 Soʻngra magistrantning oʻziga soʻz beriladi. Magistrant nutqini oldindan tayyorlagan ma’ruzasi asosida quradi (imkoni boricha uni yoddan aytib bergani ma’qul). Tadqiqot natijalarini ma’lum qilish uchun unga 15 minutgacha vaqt beriladi. Ma’ruza tadqiqotning metodologik bazasini, qoʻyilgan vazifalar yechimi natijalari va dissertatsiya mavzui boʻyicha tavsiyalarni oʻz ichiga oladi. Magistrant asosiy diqqat-e’tiborini oʻtkazilgan tadqiqotning asosiy yakunlari, oʻzi shaxsan ishlab chiqqan yangi nazariy va amaliy qoidalarga qaratadi. Zarur boʻlganida tayyorlangan slaydlar, jadvallar va grafiklar namoyish qilinishi mumkin. Nafaqat magistrant nutqi matnining mazmuni, shu bilan birga nutqning oʻzi ham himoya muvaffaqiyatini oldindan belgilab beradi. Magistrant nutqi aniq, imloviy jihatdan toʻgʻri, tuchunarli va ifodali boʻlichi kerak. U hamma savollarga ishonch bilan, ilmiy dalillar asosida javob berishi, erkin nutq qoidalariga amal qilishi kerak. Magistrantning nutqidan keyin raislik qiluvchi bajarilgan dissertatsiyaga rasmiy opponentning taqrizini oʻqib beradi va opponet bildirgan fikrlarga oʻz javobini aytishi va opponentning xulosalari hamda tavsiyalari yuzasidan fikrmulohazalarini bayon qilishi uchun magistrantga soʻz beradi. Shundan soʻng muhokama va ilmiy munozara jarayoni boshlanadi. Davlat attestatsiya komissiyasi a’zolari dissertatsiyada koʻtarilgan muammolar, tadqiqot metodlari boʻyicha har qanday savollarni berishi, tadqiq etish tartib-qoidalarini va tajriba ishi natijalarini aniqlashtirishi mumkin. Bunday savollarga javob berishda faqat ish mohiyatiga daxl qilinishi lozim. Magistrant oʻzining ilmiy natijalarini baholashda kamtarinlik va Davlat attestatsiya komissiyasi a’zolariga nisbatan ehtiromli munosabat namoyon qilishi zarur. Javob berishdan oldin savolni diqqat bilan tinglash va zarur boʻlganida savolni yozib olishi kerak. Har bir berilayotgan savolga imkoni boricha izchillik bilan javob qaytarish lozim, savollarning hammasini eshitib boʻlib, faqat shundan keyin birdaniga javob berish yaramaydi. Munozara tugaganidan soʻng magistrantga yakunlovchi soʻz berilishi ham mumkin. Davlat attestatsiya komissiyasi a’zolarining yopiq majlisida himoyaga yakun yasaladi. Bunday qaror komissiya a’zolari ovozlarining oddiy koʻpchiligi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolganida raisning ovozi hal qiluvchi boʻlib hisoblanadi. Soʻngra rais majlisda ishtirok etuvchilarga dissertatsiyasini himoya qilgan tadqiqotchilarga magistrlik akademik darajasining berilishini bildiradi va komissiya majlisini yopiq, deb e’lon qiladi.


125 XULOSA 1. Ushbu oʻquv qoʻllanma Oliy ta’limda maktabgacha ta’lim mutaxasisligi boʻyicha taxsil olayotgan magistrlarni ilmiy pedagogogik faoliyatga tayyorlashga xizmat qiladi. OOʻYUning innovatsion, fundamental, izlanish, amaliy ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil qilish va olib borish konsepsiyasi va qoidalarini belgilaydi. OOʻYUdagi maktabgacha ta’lim mutaxasisligi boʻyicha ilmiy tadqiqot faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: 2. Maktabgacha ta’lim mutaxasisligi boʻyicha yangi bilimlarni yaratish, yangi texnologiyalarni egallash, fan va texnikaning muhim yoʻnalishlarida ilmiy ta’limlarni shakllanishi va rivojlanishi uchun asos sifatida fundamental va amaliy tadqiqotlar rivojining istiqboli; 3. Oliy ta’limda maktabgacha ta’lim mutaxasisligini shakllanishi va rivojining nazariy va metodologik asoslarini tadqiq qilish va ishlab chiqish; ta’lim va tarbiya vazifalarini hal etishda ilm ta’sirini kuchaytirish, oliy ta’lim rivoji uchun fan xususiyatini belgilovchi bazani saqlab qolish va mustahkamlash; 4. Maktabgacha ta’lim mutaxasisligi boʻyicha malakali mutaxassis va oliy toifali ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash ishini ta’minlash; 5. Professor-oʻqituvchilar va ilmiy xodimlar bilan hamkorlikda magistrlarni ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish yoʻli bilan mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish; 6. Ilm bilan bog‘liq maktabgacha ta’lim mutaxasisligi boʻyicha yuqori natijalar uchun innovatsiya faoliyatini rivojlantirish; 7. maktabgacha ta’lim mutaxasisligi boʻyicha ayrim tadqiqotchilar, intellektual mulki va mualliflik huquqlarini himoya qilish uchun sharoitlar yaratish; 8. Fan va ta’limning jahon darajasiga chiqish uchun xorijiy mamlakatlarning oʻquv yurtlarining maktabgacha ta’lim mutaxasisliklari bilan xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish.


126 MAKTABGACHA PEDAGOGIK TADQIQOTLARNI MODELLASHTIRISH FANIDAN TEST SAVOLLARI 1. Quyidagilardan qaysi biri ta’lim olganlik tushunchasiga to‘g‘ri keladi? A.*Bilim olganlik va uni amaliyotda qollay olish. B.Bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash. C.Bilim, ko‘nikma va malakalarni tashxis etish. D.To‘g‘ri javob yo‘q. 2. Shaxsning “yaqin zona”dan rivojlanishi g‘oyasini quyidagi olimlardan kim ilgari surgan? A.*L.S.Vigotskiy B.S.L.Rubinshteyn C.L.I. Bojovich D.P.Ya.Galperin 3. Ta’limda onglilikni shakllantirish g‘oyasini quyidagi olimlardan kim ilgari surgan? A.*V.V.Davidov B.S.L.Rubinshteyn C.L.I. Bojovich D.P.Ya.Galperin 4. Aqliy faoliyatning bosqichma-bosqich rivojlanishi g‘oyasini quyidagi olimlardan kim ilgari surgan? A.*P.Ya.Galperin B.S.L.Rubinshteyn C.L.I. Bojovich D.V.V. Davidov 5.Ta’limning shart-sharoitlari g‘oyasini quyidagi olimlardan kim ilgari surgan? A. *S.L.Rubinshteyn. B. L.I. Bojovich. C. P.Ya.Galperin. D. V.V. Davidov. 6. Pedagogikaning yangi metodologiyasi - bu... A. *An’anaviy taTim jarayonlarini intellektual qayta ishlangani. B. Ta’limning klassik modeli. C. Zamonaviy ishlab chiqarish talablari. D. SHaxsga hurmat, uning huquqlari.


127 7. Zamonaviy pedagogika fanining asosiy tendensiyasi nimada o‘z aksini topadi? A. *Uning shaxsni «anglash»ga e’tibor qaratganligida. B. Pedagogika fanidagi murakkab tizimlar va tushunchalarda. C. Falsafiy-dunyoqarashli tushunchalarda. D. To‘g‘ri javob berilmagan. 8. Insonning atrof-muhit bilan munosabatlari qanday farqlar bilan o‘zaro bog‘liq? A. *Amaliy va abstrakt-nazariy (bilish). B. Bevosita va bilvosita. C. Ta’sirchan va kam ta’sirli. D. Barcha javoblar to‘g‘ri. 9. Pedagogika metodologiyasi ta’lim falsafasiga qaysi nuqtai nazardan qaraydi? A. *Pedagogik bilish haqidagi nazariy qoidalar yig‘indisi. B. Haqiqiy insonparvarlikning mohiyati haqidagi nazariy qoidalar yig‘in-disi. C. Borliqning yangilanishi haqidagi nazariy qoidalar yig‘indisi. D. Qadriyatli tasavvurlar yig‘indisi sifatida. 10. Bizga ma’lumki, ilmiy bilish, shuning barobarida pedagogik bilish faqatgina ijodkorliknigina emas, .......................................to‘la qondirish maqsadini ham ro‘yobga chiqaradi. A. *Ijtimoiy ehtiyojlarni. B. Jamiyat talablarini. C. Insonning imkoniyatlarini. D. Ishlab chiqarish munosabatlarini. 11. Nazariy va amaliy bilish orasidagi «ko‘prik» vazifasini nima Bajaradi? A. *Aksiologik yondashuv. B. Kognitiv bilish. C. Demogogik bahslar. D. Ijtimoiy pragmatizim. 12.Mavjud boʻlgan qarashlarni insonlardagi ehtiyojlarni qondirishda ulardagi imkoniyat bilan birga o‘rganishga va insonparvar jamiyat vazifalarini hal etishga ijozat beradigan yondashuv qanday ataladi? A. *Aksiologik yondashuv. B. Klassik yondashuv. C. Pragmatik yondashuv. D. Metodologik yondashuv. 13.Pedagogik (tadqiqotlar) hodisalar va jarayonlarni aniq va har tomonlama tadqiq etishda va shu asosda ularning mazmuni va


128 funksiyalarí haqida xulosalar chiqarishga yordam beradigan tushunchalar qanday ataladi? A. *Pedagogikaning metodologik darajalari. B. Pedagogikaning insonparvarik metodologiyasi. C. Pedagogikaga aksiologik yondashuv. D. Barcha javoblar tolg‘ri. 14.Pedagogikaning nechta metodologik darajasini ajratib ko‘rsatish mumkin? A. *To‘rtta. B. Beshta. C. Uchta. D. Ikkita. 15. Pedagogikaning birinchi metodologik darajasi qanday ataladi? A. Gnoseologik. B. Dunyoqarash. C. Nmiy-mazmuniy. D. Mantiqiy-gnoseologik. 16. Pedagogikaning ikkinchi metodologik darajasi qanday ataladi? A. Dunyoqarash. B. Gnoseologik. C. limiy-mazmuniy. D. Mantiqiy-gnoseologik. 17. Pedagogikaning uchinchi metodologik darajasi qanday ataladi? A. *Ilmiy-mazmuniy. B. Gnoseologik. C. Dunyoqarash. D. Mantiqiy-gnoseologik. 18. Pedagogikaning to‘rtinchi metodologik darajasi qanday ataladi? A. *Mantiqiy-gnoseologik. B. Gnoseologik. C. Dunyoqarash. D. Umiy-mazmuniy. 19. Quyidagi qaysi ta’rif pedagogikaning gnoseologik metodologik darajasini ifodalaydi? A. *Pedagogik hodisalar va jarayonlarni tahlil qilishdagi umumiy ilmiy yondashishlarni to‘g‘ri shakllantirish. B. Kishilarni tarbiyalash va o‘qitish metodikasi va nazariyasi, pedagogik fanlarning qonun va qonuniyatlarini asoslash va to‘g‘ri shakllantirish.


129 C. Pedagogikaning predmet va obyektini to‘g‘ri tushunishni, pedagogik kategoriyalar rivojini, pedagogika nazariyasi va amaliyotini aloqasini ochib berish, pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqalarini ta’minlash. D. Ijtimoiy hodisa sifatida ta’lim, tarbiya va pedagogik faoliyat, bola shaxsining rivoji va shakllanish omillari haqidagi qoidalarni ochib berish. 20. Quyidagi qaysi ta’rif pedagogikaning dunyoqarash metodologik darajasini ifodalaydi? A. *Ijtimoiy hodisa sifatida ta’lim, tarbiya va pedagogik faoliyat, bola shaxsining rivoji va shakllanish omillari haqidagi qoidalarni ochib berish. B. Kishilarni tarbiyalash va o‘qitish metodikasi va nazariyasi, pedagogik fanlarning qonun va qonuniyatlarini asoslash va to‘g‘ri shakllantirish. C. Pedagogikaning predmet va obyektini to‘g‘ri tushunishni, pedagogik kategoriyalar rivojini, pedagogika nazariyasi va amaliyotini aloqasini ochib berish, pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqalarini ta’minlash. D. Pedagogik hodisalar va jarayonlarni tahlil qilishdagi umumiy ilmiy yondashishlarni to‘g‘ri shakllantirish. 21. Quyidagi qaysi ta’rif pedagogikaning ilmiy-mazmuniy metodologik darajasini ifodalaydi? A. *Kishilarni tarbiyalash va o‘qitish metodikasi va nazariyasi, pedagogik fanlarning qonun va qonuniyatlarini asoslash va to‘g‘ri shakllantirish. B. Pedagogikaning predmet va obyektini to‘g‘ri tushunishni, pedagogik kategoriyalar rivojini, pedagogika nazariyasi va amaliyotini aloqasini ochib berish, pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqalarini ta’minlash. C. Pedagogik hodisalar va jarayonlarni tahlil qilishdagi umumiy ilmiy yondashishlarni to‘g‘ri shakllantirish. D. Ijtimoiy hodisa sifatida ta’lim, tarbiya va pedagogik faoliyat, bola shaxsining rivoji va shakilanish omillari haqidagi qoidalarni ochib berish. 22. Quyidagi qaysi ta’rif pedagogikaning mantiqiy-gnoseologik metodologik darajasini ifodalaydi? A. *Pedagogikaning predmet va obyektini to‘g‘ri tushunishni, pedagogik kategoriyalar rivojini, pedagogika nazariyasi va amaliyotini aloqasini ochib berish, pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqalarini ta’minlash. B. Kishilarni tarbiyalash va o‘qitish metodikasi va nazariyasi, pedagogik fanlarning qonun va qonuniyatlarini asoslash va to‘g‘ri shakllantirish. C. Pedagogik hodisalar va jarayonlarni tahlil qilishdagi umumiy ilmiy yondashuvlarni to‘g'ri shakllantirish. D. Ijtimoiy hodisa sifatida ta’lim, tarbiya va pedagogik faoliyat, bola shaxsining rivoji va shakilanish omillari haqidagi qoidalarni ochib berish.


130 23. Nazariy va amaliy faoliyatni yaratish va tashkil etish tamoyillari tizimi nima deb ataladi A. *Metodologiya. B. Amaliy faoliyat. C. Metodika. D. Metodologiya va metodika. 24. “To‘g‘ri qo‘yilgan va aniq tushunarli katta nazariy masalalar, shu bilan birga katta ahamiyatga ega bo‘lgan amaliy masalalardir”. Ushbu fikr muallifini aniqlang. A. *S.L. Rubinshteyn. B. B.T. Lixachev. C. S.I. Gessen. D. B. Saymon. 25. Dunyoni anglash va ilmiy bilish metodlari haqidagi ta’limot nima deb ataladi? A. *Metodologiya. B. Texnologiya. C. Madaniyatshunoslik. D. Metodika. 26. Quyidagilardan qaysilari ilmiy-tadqiqotning tarkibiy qismlarini xarakterlaydi? 1) tadqiqotning maqsadi; 2) boshqarishli; 3) tahlil predmeti; 4) xarajatlar; 5)tadqiqot vositalari yig‘indisi; 6) o‘quv qoʻllanmalari. A. *1, 3, 5. B. 1, 3, 4, 5. C. 2, 3, 6. D. 1, 3, 4. 6. 27. Har qanday metodoiogiya ikkita asosiy vazifani bajaradi. Bular qaysilar? A. *Regulyativ va normative. B. Rekreativ va feliotsitologik. C. Kreativ va rekriativ. D. Deskriptiv va preskreptiv. 28. Metodologik bilimlar qanday shakllarda namoyon boiadi? A. Regulyativ va normativ. B. Deskriptiv va preskreptiv. C. Rekreativ va feliositologik. D. Kreativ va rekriativ. 29.Tadqiqot jarayonida ilmiy bilish qonuniyatlari, ilmiy bilim tuzilishi haqidagi ta’limot sifatida moʻljalni olishga imkon beruvchi metodologiya qanday ataladi?


131 A. *Deskriptiv metodoiogiya. B. Umumilmiy metodoiogiya. C. Preskriptiv metodoiogiya. D. Texnologik metodoiogiya. 30. Faoliyatni boshqarishga yo‘naltirilgan metodoiogiya qanday Ataiadi? A. *Preskriptiv metodoiogiya. B. Aniq-ilmiy metodoiogiya. C. Falsafiy metodoiogiya. D. Texnologik metodoiogiya. 31. E.G Yudin metodologik bilimlar tuzilishidagi nechta darajani ajratib ko‘rsatadi? A. *To‘rtta. B. Uchta. C. Beshta. D. Oltita. 32. Metodologiyaning qaysi darajasi bilishning umumiy tamoyillari va butun fanning kategorial tiziniini tashkil etadi? A. *Falsafiy darajasi. B. Texnologik darajasi. C. Umumilmiy. D. Aniq-ilmiy. 33. Butun falsafiy bilimlar tizimi metodologik vazifani bajaradimi yoki yo‘kmi? A. *Ha, bajaradi. B. Yo‘q, bajarmaydi. C. Bo`lishi mumkin. D. Bo`lishi mumukin emas. 34. Hamma yoki ko‘pchilik ilmiy fanlarda qo‘llaniladigan nazariy konsepsiyalarni o‘zida aks ettiradigan metodologining darajasi qanday nomlanadi. A. *Umumilmiy. B. Texnologik darajasi. C. Falsafiy darajasi. D. Aniq-ilmiy. 35. U yoki bu maxsus ilmiy fanlarda qo‘llaniladigan ish tartibi va tadqiqot tamoyiilari, metodlari yig‘indisini ifodalovchi metodologining darajasi qanday ataladi? A. *Aniq-ilmiy. B. Texnologik darajasi.


132 C. Falsafiy darajasi. D. Umumilmiy. 36. Qaysi metodologik darajani ishonchli emperik materialni olinishini va uning dastlabki amaliy ifodasini ta’min etuvchi ish tartibini tanlash, tadqiqot metodikasi va texnikasi tashkil etadi? A. *Texnologik darajasi. B. Falsafiy darajasi. C. Umumilmiy. D. Aniq-ilmiy. 37. Qanday yondashuv jarayonning mustaqil tarkibiy qismlarini alohida emas, ularni o‘zaro aloqadorlikda, rivojlanishda va harakatda, deb qaraydi A. *Tizimli yondashuv. B. Shaxsiy yondashuv. C. Yaxlit yondashuv. D. Faoliyatli yondashuv. 38. Fanga tizimli yondashuv qaysi yondashuvlarning o‘rniga paydo bo‘ldi? A. *Funksional, analitik. B. Yaxlit yondashuv, faoliyatli yondashuv. C. Shaxsiy yondashuv, bilimli yondashuv. D. Madaniy yondashuv, aksiologik yondashuv. 39. Tizimli yondashuvda qanday aspektlar mavjud? A. *Fanga oid, funksionai, tarixiy. B. Shaxsiy, global, integrative. C. Moddiy, ruhiy, tarixiy. D. Insonparvar, yagonalik, moddiylik. 40. Tizimli yondashuv tadqiqotda qaysi tamoyillarning birligini talab etadi? A. *Tarixiylik, aniqlik, har tomonlama aloqa va rivojlanishni hisobga olish. B. Fuqarolik, baynalmilallik, insonparvarlik. C. Oshkoralik, boshboshdoqlik, xolislik. D. Do‘stlik, vijdonlilik, iymonlilik. 41. Tizimli yondashuv quyidagi tamoyiliardan qaysi biri pedagogik tadqiqotda amalga oshishini talab etadi? A. *Nazariya va amaliyotning birligini. B. Tadqiqotchining yosh xususiyatlarini. C. Tadqiqotchining mahoratini. D. Ilmlylik va ommaboplik. 42. Quyidagilar orasidan aniq-metodologik tamoyillarga kirmaydiganlarini toping?


133 1) shaxsiy yondashuv; 2) yaxlit yondashuv; 3) tizimli: 4) faoliyatli; 5) abstraktli; 6)ko‘psubyektli; 7) mantiqiy; 8) madaniy. A. 3, 5, 7. B. 1, 2, 4, 5. C. 2, 4, 6, 7. D. 1, 4, 5, 7. 43. Quyidagilar orasidan aniq-metodologik tamoyillarga kiradiganlarini toping? 1) shaxsiy yondashuv; 2) yaxlit yondashuv; 3) tizimli; 4) faoliyatli; 5) abstraktli; 6) ko‘psubyekt!i; 7) mantiqiy; 8) madaniy; 9)etnopedagogik; 10) antropologik. A. 1 ,2 ,4 ,6 ,8 ,9 ,10. B. 1 .3 .4 .5 .8 .9 .10. C. 4 .5 .6 .7 .8 .10. D. 5 .6 .7 .8 .9 .10. 44. Pedagogik jarayonni tashkil etishda shaxsning integrativ tavsifiga yo‘naltirilganlikni talab etadigan yondashuv qanday ataladi? A. *Yaxlit yondashuv. B. Shaxsiy yondashuv. C. Ko‘psubyektli yondashuv. D. Antropologik yondashuv. 45. Yaxlit yondashuv qaysi yondashuvga qarama-qarshi paydo bo‘ldi? A. *Funksional. B. Tarixiy. C. Antropoiogik. D. Mantiqiy. 46. Pedagogik tadqiqotlarda shaxsning muhim mezonli xususiyati sifati nima hisoblanadi? A. *Yo‘nalganlik. B. Tizimlilik. C. Yagonalik. D. Oʻzaro aloqadorlik. 47. Pedagogikada yaxlitlikdan kelib chiqib, shaxsning ijtimoiy, faoliyatli va ijodiy mohiyati haqidagi tasavvurlarni tasdiqlaydigan yondashuv qanday ataladi? A. Shaxsiy. B. Madaniy. C. Ko‘psubyektli. D. Tarixiy. 48. B.F. Lomov inson hayotining muhim tomoni nimada aks etadi deb ta’kidlaydi?


134 A. *Predmetli faoliyat va muloqotda. B. Mantiqiy fikrlashda. C. Intuitsiyada. D. Zehn, tasavvur va xayolotda. 49.Shaxsiy, faoliyatli, dialogik yondashuv birligi pedagogikaning qaysi metodologiyasida o‘z aksini topadi. A. *Insonparvar. B. Aksiologik. C. Funksional. D. To‘gri javob yo‘q. 50. Istalgan .......................... o‘zining psixologik tuzilishi: motiv, maqsad, harakat, shart-sharoit, vosita, natijasiga ega. A. *Faoiiyat. B. Texnologiya. C. Tadqiqot. D. Metodologiya. 51. Kimning fikricha, “dialog - bu shaxsni shakllanishi vositasi emas, uning o‘z hayoti”? A. *M.M. Baxtin. B. Uxtomskiy. C. Buluchev. D. E.I. Komarova. 52. Tadqiqotni obyektini aks ettiruvchi tomoni, qismi nima deb ataladi? A. *Tadqiqotning predmeti. B. Tadqiqotning maqsadi. C. Tadqiqotning kategorial apparati. D. Tadqiqotning dolzarbligi. 53. Tadqiq etish dinamikasi va mantiqi qanday bosqichlardan tashkil topadi? A. *Empirik, farazli, nazariy, bashoratli. B. Oddiy, murakkab, mantiqiy. C. Nazavriy, amaliy, sotsiologik, mezonli. D. Barcha javoblar to‘g‘ri. 54. Bu jarayonda tadqiqotchi aniq faktli materiallarni oladigan qandaydir pedagogik hodisalarni maqsadli idrok etish nima deb ataladi? A. *Kuzatish. B. Suhbat. C. Anketa. D. Pedagogik hujjatlarni oʻrganish. 55. Quyidagilardan qaysi biri so‘rov o‘tkazish metodiga kiradi.


135 A. *Suhbat. B. Modellashtirish. C. Maternatik-statistika. D. Induksiya. 56. U yoki bu metod, ish usullarining pedagogik samaradorligini aniqlash uchun maxsus tashkil etilgan nazorat nima deb ataladi. A. *Eksperiment. B. Anketa. C. Soʻrash. D. Savolnoma. 57. Eksperiment nechta bosqichdan iborat bo‘ladi? A. *To‘rtta. B. Beshta. C. Oltita. D. Ettita. 58. Quyidagilardan qaysi biri pedagogikada qo‘llaniladigan matematik metod hisoblanadi A. *Tartiblash. B. Abstraksiyalash. C. Anologiya. D. Analiz. 60. Quyidagi misol qaysi matematik metodga mos keladi: “mashg‘ulotlarda faol va sust ishlovchi oʻquvchilar soni”. A. *Qayd etish. B. Shkalalash. C. Tartiblash. D. Nazariy tahlil. 61. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar necha guruhga bo‘linadi. A. *3 guruhga. B. Guruhga. C. Guruhga. D. Guruhga. 62. Ilmiy-tadqiqot ishi necha bosqichdan iborat bo‘ladi. A. *Uch bosqichdan. B. Besh bosqichdan. C. To‘rt bosqichda. D. Ikki bosqichda.


136 63. Magistrlik dissertatsiyasi bu nima? A. *Mutaxassislik bo‘yicha ilmiy asoslangan malakaviy tadqiqot ishi. B. Ilmiy-metodik ish. C. Malakaviy bitiruv ishi. D. Tadqiqot ishi. 64. Magistirlik dissertatsiyasini tuzilishini belgilang? A. *Kirish, boblar, xulosa, foydanilgan adabiyotlar ro‘yxati, ilova. B. Bob. C. Kirish, xulosa va ilova. D. Birinchi bob, xulosa. 65. Ilmiy tadqiqot ishining kirish qismini mazmuni nimalardan iborat? A. *Kirish qismida ilmiy muammo asosianadi, shuningdek butun B. ilmiy apparat ochib beriladi. C. Tadqiqotning asosiy natijalari bayon qilinadi. D. Kirish qismida muammo asoslanadi. E. Kirish qismida tadqiqotning ishlanganllik darajasi belgilanadi. 66. Ilmiy tadqiqot ishining asosiy qismini mazmuni nimalardan iborat bo`ladi? A. Tadqiqot mavzusiga taalluqli boshqa manbalarda keltirilgan nazariy, amaliy va empirik tadqiqotlar natijalarining tanqidiy tahlili; tadqiqot metodikasi va ishning amaliy qismi bayoni. B. Tadqiqotni nazariy va amaliy asoslaridan. C. Tadqiqotning tajriba-sinov qismini o‘zidaaks ettiradi. D. Tadqiqot nazariyaci asoslari. 67. Ilmiy tadqiqot ishining asoslanishini mazmun – mohiyati nimadan iborat? A. *Muammoni dolzarbligi va ilmiy apparati aks ettiriladi. B. Mavzuning dolzarbligi asosianadi. C. Muammoning dolzarbligi asoslanadi va oʻrganilganlik darajasi aks ettiriladi. D. Muammoning ilmiy apparti aks ettiriladi. 68. Empirik tadqiqot usullarini tavsiflang? A. *Kuzatish, qiyoslash, olchash, eksperiment qilish. B. Eksperement qilish. C. Kuzatish, qiyoslash. D. Tajriba-sinov. 69. Empirik va nazariy tadqiqot usullarni aniqlang? A. *Abstraklashtirish, analiz va sintez, induksiya va deduksiya. B. Analiz va sintez. C. Induksiya va deduksiya.


137 D. Kuzatish, qiyoslash. 70. Nazariy tadqiqot usullarini aniqlang? A. *Mavhumlikdan aniqlikka chiqish. B. Kuzatish. C. Eksperement qilish. D. Solishtirish. 71. Ilmiy-pedagogik tadqiqot usullari? A. *Adabiyotlarni o‘rganish, suhbat, savolnomalar, kuzatish, B. matematik usullar. C. Adabiyotlarni o‘rganish. D. Kuzatuvni tashkil etish. E. Pedagogik eksperiment. 72. Soʻrov metodi turlarini belgilang? A. *Suhbat, anketa to‘ldirish, intervyu olish. B. Suhbat, savol-javob. C. Soʻrovnoma, suhbat. D. Savol-javob. 73. Kuzatish metodini turlarini aniqlang. A. *Bevosita va bilvosita kuzatish. B. Biror bir hodisani kuzatish. C. O‘z-o‘zini kuzatish. D. O‘z-o‘zini kuzatishni tashkil etish. 74. Tadqiqot ishining ilmiy apparatning mantiqiy ketma-ketligini aniqlang? A. *Tadqiq etilayotgan muammo, maqsad, obyekt, predmet, gipoteza, asosiy vazifalar, ilmiy yangilik, amaliy ahamiyati, himoyaga olib chiqiladigan holatlar. B. Maqsad, obyekt, predmet, gipoteza, asosiy vazifalar. C. Obyekt, predmet, maqsad, vazifalar, gipoteza. D. Maqsad, gipoteza vazifalar metodi. 75. Induksiya so‘zini mazmunini belgilang. A. *Induksiya (lotincha) yoʻllamoq, to‘g‘irlamoq ilmiy farazga xulosa chiqarish. B. Induksiya - bu tahlil qilish. C. Induksiya xulosa chiqarish. D. Induksiya solishtirish. 76. Deduksiya so‘zining ma’nosini belgilang *Deduksiya (lotincha- inductio — toʻgʻrilash, tartibga keltirish) xulosa chiqarish. Deduksiya bu - o‘zaro bog‘lanish. Deduksiya bu - mulohazalar zanjiridir. Deduksiya uygʻunlashtirish.


138 77. Abstraksiyalash so‘zini ma’nosini belgilang? A. Abstraksiyalash (lotincha- alohida ajratish) predmetning muhim xossalarini fikran ajratishdir. B. Abstraksiya bu - alohida ajratishdir. C. Abstraksiya predmetni xususiyatini tahlil qilishdir. D. Abstraksiya, mavxumlikdir. 78. Modellash so‘zini ma’nosini belgilang? A. *Modellash biror hodisa, jarayon yoki obyektlar tizimini ularning modellarni yasash va oʻrganish orqali tadqiq etishdir. B. Modellash bu - biror bir predmetni yasash. C. Modellash bu - biror bir hodisa, jarayonni loyihasidir. D. Modellash biror bir chizmani yaratish. 79. Analiz- bu nima? A. Analiz predmetni tahlil qilib, tarkibiy qismlarga ajratib o'rganish B. Analiz- bu tahlildir C. Analiz - bu o‘rganish, ajratish demakdir D. Analiz - takkoslashdir 80. Sintez bu nima? A. Siniez tahlil natijasida olingan alohida qismlarni bir butuncha birlashtirishdan iborat. B. Sintez - bu birlashtirishdir. C. Sintez - bu biror bir hodisa yoki jarayonni qismlarga bo‘lib o‘rganishdir. D. Sintez – solishtirishdir.


139 MAKTABGACHA PEDAGOGIK TADQIQOTLARNI MODELLASHTIRISH FANIDAN NAZORAT SAVOLLARI 1. Postnoklassik davrda ilm-fanning rivojlanishining asosiy tendensiyalarini tushuntirib bering? 2. Metodologik nuqtai nazardan pedagogikaning obyekti va predmetiga izoh bering? 3. Pedagogik nazariya deganda nima tushuniladi? 4. Pedagogik qonuniyatlar metodologiyada qanday o‘rin tutadi? 5. Pedagogikaning metodologik ta’minotiga nimalar kiradi? 6. Metodologik tadqiqot deganda nima tushuniladi? 7. Maxsus-ilmiy tadqiqot tushunchasiga izoh bering? 8. Metodologik va maxsus-ilmiy tadqiqotning bir-biriga o‘xshash va farqli jihatlarini Venn diagrammasi asosida tahlil eting? 9. Ongsizlik va intuitsiya tushunchalariga izoh bering? 10. Pedagogik tafakkurning o‘ziga xos jihatlarini aniqlashtirin? 11. Pedagogik tadqiqotlarda intuitsiyaning rolini qanday baholanadi? 12. Pedagogik ijodkorlik qanday o‘ziga xosliklarga ega? 13. Pedagogik tafakkurning o‘ziga xos jihatlarini aniqlashtiring? 14. Inson faoliyati va usul o‘rtasida qanday bog‘lanish mavjud? Misollar keltiring. 15. Usul nima? 16. Usulni samaradorlik (foydali) jihatlari nimalardan iborat,izohlab bering? 17. Tadqiqot jarayoniga usulni nima aloqasi bor? 18. Usulning obyektiv va subyektiv jihatlarini yoriting? 19. G.Galiley qanday usul yoki yondashuvni tanqid qilgan, o‘zi qanday usuldan foydalanishni tavsiya qilgan? 20. R. Dekart ishlab chiqqan usul qanday qoidalardan iborat? 21. Tadqiqot usulini tanlashda qanday metodologik qoidalarga rioya qilish kerak? 22. Metodologiya nima? 23. Metodologiyani zarurligi nimadan kelib chiqdi? 24. Metodologik mulohazalar predmetini izohlab bering? 25. Qaysi davr yoki sharoitda metodologiya masalalariga diqqat-e’tibor kuchayadi. 26. Tadqiqot usullari tasnifi nima? 27. Usullar tasnifini bilish nima uchun kerak? 28. Qanday asoslar yoki belgilar bo‘yicha usullar tasnifi ishlab chiqilgan? 29. Mavjud tadqiqot usullari tasnifini izohlab bering? 30. Paradigma nima? 31. Pedagogik tadqiqot paradigmasi yadrosini nima tashkil etadi? 32. Pedagogik tadqiqotlarning mantiqiy-gnoseologik modeli qanday tuzilishga ega? 33. Deskriptiv empirik model komponentlariga nimalar kiradi 34. Empirik ma‘lumotlar deganda nima tushuniladi 35. Ilyustratsiya va misollar va dalillar o‘rtasida qanday aloqadorlik mavjud? 36. Har qanday tadqiqot oldiga qo‘yilgan asosiy maqsad nimadan iborat? 37. Empirik tadqiqot usullari nimalarni o‘rganishga xizmat qiladi? 38. Izlanishda empirik tadqiqotni o‘rni va roli nimadan iborat?


140 39. Empirik va nazariy tadqiqotlar o‘rtasida qanday bog‘lanish mavjud? 40. Kuzatish usulini ta’riflang va izohlab bering? 41. Kuzatish usuliga oid qanday talablar mavjud? 42. Ijtimoiy-gumanitar fanlarda qo‘llaniladigan kuzatish usulini, uning o‘ziga xos tomonlarini izohlab bering? 43. Tadqiqot obyektida miqdoriy qiymatlar qayerda yoki qanday holatda hosil bo‘ladi? 44. O‘lchash nimaga asoslanadi, qanday amalga oshiriladi? 45. Me’yoriy chegara nimani bildiradi? 46. Etalon nima, standart birligi nimani bildiradi? 47. Metodologiya qanaqa fan, nima bilan shug‘ullanadi? 48. Metodologiya fanining asosiy vazifalari nimadan iborat? 49. Qanday o‘lchov shkalalari ishlab chiqilgan, ularni izohlab bering? 50. Taqqoslash usulidan foydalanilganda nimalar aniqlanadi? 51. Taqqoslash usulini tatbiq qilishda qanday qoidalarga rioya qilish kerak? 52. Predmetni tavsiflash qanday usul ekanligini izohlab bering? 53. Tavsiflash usulini qanday funksiyalari va turlari mavjud? 54. Tavsiflash usuliga oid qoidalarni izohlab bering? 55. Tadqiqotda tavsiflash usulini roli, o‘rni va ahamiyati nimadan iborat? 56. Tadqiqot muammosining dolzarbligini asoslashda nimalarga alohida e’tibor qaratish zarur? 57. Tadqiqotchining oʻzining kognitiv sohasidagi muammo tadqiqot muammosi bo‘lib xizmat qilishi mumkinmi? 58. Tadqiqot muammosining dolzarbligini asoslashda hozirgi vaqtda qaysi jihatlarga e’tibor qaratish talab etilmoqda? 59. Tadqiqot mavzusining dolzarbligi o‘zida uning zaruriyat ekanligini aks ettiradimi? 60. Tadqiqot mavzularining qayta-qayta e’lon qilinishining sababi nimada deb hisoblaysiz? 61. Tadqiqot obyekti va obyekt maydoni tushunchlariga izoh bering? 62. Tadqiqot obyekt maydoni va obyektini aniqlashtirish metodikasini tushuntirib bering? 63. Tadqiqot obyektining o‘ziga xos belgilarini aniqlshtiring? 64. Tadqiqot predmetining o ‘ziga xos belgilariga izoh bering? 65. Tadqiqot obyekti va predmetini aniqlashtirishda qanday xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi? 66. Tadqiqot maqsadining aniq belgilanishining ahamiyati nimada? 67. Tadqiqot maqsadini aniqlashga qo‘yiladigan metodologik talablarni bayon eting? 68. Tadqiqotning ilmiy-nazariy funksiyalariga nimalar kiradi? 69. Tadqiqotning konstruktiv-normativ funktsiyalarini izohlang. 70. Pedagogik tadqiqotda eng muhimi nima? 71. Tadqiqot obyektining tarkibiy qismi, xususiyati, pedagogik voqelik nimada aks etadi?


141 72. Oʻrganilgan jarayon modelining xususiyati qanday? 73. Oʻrganilayotgan voqelikni mohiyati nimada? 74. Muayyan voqelik qanday hosil bo‘ladi? 75. Tadqiqot vaqti, muddati, qanday? 76. Ilmiy farazning tajribada aniqlash uchun qaysi metod va vositalardan foydalaniladi? 77. Tadqiqot gipotezasi ilmiy tadqiqot uchun qanday ahamiyat kasb etadi? 78. Tadqiqot farazining qanday turlari mavjud? 79. Tadqiqot farazini aniqlashga qo‘yiladigan asosiy talablarga nimalar kiradi? 80. Tadqiqot farazini belgilashda produktiv yondashuvning o‘rnini qanday baholaysiz? 81. Pedagogik fanlar metodologiyasining umum ilmiy tamoyillariga nimalar kiradi? 82. Pedagogik fanlar metodologiyasining umumiy tamoyillariga nimalar kiradi? 83. Pedagogik tadqiqotlarning konkret-metodologik tamoyillariga izoh bering. 84. Shaxsiy faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuvning mohiyatini yoritib bering. 85. Refleksiv yondashuv pedagogik tadqiqotlarda qanday o‘rin tutadi? 86. Aksiologik yondashuv pedagogik tadqiqotlar uchun qanday metodologik imkoniyatga ega? 87. Kompetensiyaviy yondashuvning mohiyatini izohlang. 88. Ijodiyot nima? 89. Ijodiy tafakkur va ijtimoiy-ijodiy faoliyat, ular o‘rtasidagi umumiylik va farqni izohlab bering? 90. Magistrantni izlanishida ijodiyot qanday namoyon bo‘lishi mumkin? 91. Ijodiyot nima asosida (qanday sabablarga ko‘ra) turlarga bo‘linadi? 92. Kashf qilish va ixtiro o‘rtasida qanday farq bor? 93. Muammoni qo‘yishda ijodiyot qanday namoyon bo‘ladi? 94. Tafakkur teranligi qanday hislat? 95. «Aqliy bilish» va «ratsionallik» tushunchalari o‘rtasidagi umumiylik va farqni izohlab bering? 96. Ilmiy ratsionallik normalari qanday qoida va talablardan iborat? 97. Ratsional va noratsional ijod qilish modelini izohlab bering? 98. Noratsionallikning hislatlari nimalardan iborat? 99. Ong osti qatlamida (jabxasida) qanday jarayonlar sodir bo‘ladi? 100. Noratsional ijodiyotni qanday faollashtirish yo‘llari mavjud? 101. Intuitsiya nima? 102. Intuitsiya qanday ishlaydi? 103. Ijodiy tush qanday namoyon bo‘ladi? 104. Tadqiqotdagi yangilik yaratish bosqichlarini izohlab bering? 105. Akmeologik yondashuvning pedagogik tadqiqotlar uchun ahamiyatini asoslang. 106. Ilmiy izlanuvchining metododlogik madaniyati deganda nima tu-shiniladi? 107. Ilmiy izlanuvchida metodologik madaniyatni tarkib toptirish darajalariga izoh bering?


142 108. Ilmiy izlanuvchida metodologik madaniyatni tarkib toptirishning beqarorempirik darajasini sharhlang. 109. Ilmiy izlanuvchida metodologik madaniyatni tarkib toptirishning tadqiqotchilik darajasini bayon eting? 110. Ilmiy izlanuvchida metodologik madaniyatni tarkib toptirishning everistik darajasini sharhlang? 111. Imiy-tadqiqot metodlari deganda nima tushuniladi? 112. Imiy-tadqiqot metodlarining ahamiyatini tushuntirib bering? 113. Imiy-tadqiqot metodlarini tasniflashga doir qanday yondashuvlar mavjud? 114. Imiy-tadqiqot metodlarining imkoniyatlarini izohlang? 115. Pedagogik kuzatish metodini izohlang? 116. Suhbat metodini izohlang? 117. Anketa metodini izohlang? 118. Intervyu metodini izohlang?. 119. Ta’lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodini izohlang? 120. Test metodini izohlang? 121. Pedagogik tahlil metodini izohlang? 122. Bolalar ijodini o‘rganish metodini izohlang? 123. Pedagogik tajriba metodini izohlang? 124. Matematik-statistik metodini izohlang? 125. Fanda sohaviy bo‘linish nimaga olib keladi? 126. Ilmiy yo‘nalish nima va u qanday birliklarga bo‘linadi? 127. Ilmiy muammo tushunchasini izohlab bering? 128. Ilmiy muammoni nima keltirib chiqaradi? 129. Muammoli vaziyat nima? 130. Ilmiy muammoni tavsiflash nima uchun kerak? 131. Muammoni tavsiflashda qanday me’yoriy talablarga rioya qilinadi? 132. Mavzu nima, u nimadan hosil bo‘ladi? 133. Mavzuni tanlashda qanday metodologik talablarga asoslanish kerak? 134. Mavzu masalasida ekspertlar qanday ishlarni bajaradilar? 135. Mavzu va tadqiqotni samaradorligi nimada namoyon bo‘ladi? 136. Tadqiqot samaradorligini aniqlaydigan formulaga izoh bering? 137. Qaysi vaziyatda iqtisodiy samaradorlik formulasi yetarli bo‘lmay qoladi? 138. Ilmiy tadqiqot qanday bosqichlardan iborat? 139. Tadqiqotni boshlang‘ich bosqichida qanday ishlar bajariladi? 140. Ilmiy tadqiqot bosqichlarini standart modeliga izoh bering? 141. Ilmiy-pedagogik bilimlaming manbalariga nimalar kiradi? 142. Ilmiy-pedagogik adabiyotlarni tahlil etish usullarini izohlang? 143. Kuzatishning turlari va uning o‘ziga xos xususiyatlarini bayon eting? 144. Suhbat metodini qo‘llashga qoʻyiladigan metodologik talablarga nimalar kiradi? 145. So‘rov metodining asosiy shakllarini sharhlang? 146. Test savollarini tuzish qoidalarini bayon eting? 147. Test metodini qo‘llashga qo‘yiladigan talablarni izohlang?


143 148. Eksperimentning qanday turlari mavjud? 149. Ilg‘or pedagogik tajribani oʻrganishning o‘ziga xosliklarini bayon eting? 150. Qanday vaziyatda nazariy tadqiqot usullaridan foydalanish zaruriyati tug‘iladi? 151. Nazariy tadqiqotda nima izlanadi? 152. Analiz qanday usul? 153. Analiz usulidan foydalanganda nimaga erishiladi? 154. Sintez qanday usul? 155. Sintez usulini ta’riflang, izohlab bering? 156. Sintez usulini tatbiq qilib kashfiyot qilish, yangi tushuncha va g‘oyalar ishlab chiqishga doir misollar keltiring? 157. Qaysi muammoli vaziyatda analogiya usulidan foydalanadilar? 158. Analogiya usulini ta’riflang, izohlab bering? 159. Qanday analogiya turlari mavjud? 160. Analogiya usulidan foydalanishda qanday qoidalarga rioya qilish kerak? 161. Gipotetik usul nima? 162. Qanday vaziyatda gipotetik usulidan foydalaniladi. 163. Demokritning atomistik g‘oyasi qanday gipotezaga mansub va nima uchun? 164. Gipotezalar raqobatiga misol keltiring, izohlab bering? 165. Formallashtirish usuli mohiyati nima? 166. Formallashtirish va shakliy tizim ishlab chiqishda qanday qoidalarga rioya qilish kerak? 167. Formallashtirish usulini qo‘llaganda qanday muammoviy vaziyat vujudga kelishi mumkin? 168. Mavhumlashtirish nima? 169. Mavhumlashtirishni amalga oshirishda qanday natijaga erishiladi? 170. Idealizatsiyalashtirish mavhumlashtirishni qaysi tomonini bildiradi? 171. Umumlashtirish usuluni mazmuni nimadan iborat? 172. Umumlashtirish natijasida nima hosil bo‘ladi? 173. Pedagogik tajriba-sinov dasturi deganda nimani tushunasiz? 174. Pedagogik tajriba-sinov dasturining tuzilishini izohlang? 175. Pedagogik tajriba-sinov ishlari dasturini ishlab chiqish tamoyillarini bayon eting? 176. Pedagogik tajriba-sinov ishlari dasturini amaliyotga tatbiq etish metodikasini tushuntirib bering? 177. Modellashtirish deganda nima tushiniladi? 178. Model nima va u qanday shakllarda loyihalashtiriladi? 179. Pedagogik modellashtirish tushunchasiga izoh bering? 180. Pedagogik jarayon modeli qanday ko‘rinishga ega? 181. Ideallashtirish metodining modellashtirish jarayonidagi o‘rnini izohlang? 182. Modellashtirishning umumiy usul ekanligi nimada namoyon bo‘ladi? 183. Model nima? 184. Model va obyekt o‘rtasidagi umumiylik va farqni izohlab bering? 185. Model va real obyekt o‘rtasida qanday munosabatlar bo‘lishi mumkin?


144 186. Modeldan foydalanish ikki yo‘nalishda sodir bo‘ladi. Bu qanday yo‘nalishlar? 187. Modellashtirish qanday usul? Izohlab bering. 188. Modellashtirish usuli universalligi nimada namoyon bo‘ladi? 189. Modellashtirish turlari. Mavjud turlarga izoh bering? 190. Matematik modellashtirish nimadan boshlanadi? 191. Matematik modellashtirish usulini afzallik tomonlari nimadan iborat? 192. Matematik model qanday talablarga javob berishi kerak? 193. Matematik modellashtirishga misollar keltiring? 194. Kompyuterli modellashtirish nima? 195. Kompyuterli modellashtirish qanday xususiyatlarga ega? 196. Pedagogik tadqiqotlarni tashkil etishning mantig‘i va tuzilishini bayon eting? 197. Tadqiqotni Loyihalashtirish qanday bosqichlarda amalga oshiriladi? 198. Tadqiqotni amalga oshirishda qaysi metodologik jihatlarga e’tibor qaratish lozim? 199. Olingan natijalarni qayd etish va tahlil etish qanday koʻrinishda amalga oshiriladi? 200. Tadqiqotchiga kasbiy malaka nima uchun kerak? 201. Kasbiy malaka nima? 202. Kasbiy malakani asosida nima yotadi? 203. Kasbiy malaka qanday hislat va fazilatlardan iborat? 204. Fanda maqsad va motivatsiya qanday namoyon bo‘ladi? Ularni ilmiy tadqiqotda qanday rol o‘ynashini izohlab bering? 205. Kasbiy malakani hosil bo‘lishida ilmiy an’ana va maktabni roli bormi? 206. G.Alder ishlab chiqqan modelning asosiy g‘oyasi nimadan iborat? 207. Tadqiqot texnologiyasi nima? Nima uchun kerak? 208. Tadqiqot texnologiyasi talablari va qoidalariga izlanish amaliyotidan misollar keltiring? 209. Tadqiqot texnologiyasiga oid tashkiliy, davriy, intellektual talablar va holatlarni bir-biridan farqlab, alohida-alohida ajralib ko‘rsating? 210. Ilmiy izlanishda zehn qanday rolni o‘ynaydi? 211. Zehn va qobiliyat o‘rtasida aloqadorlik bormi? 212. Ishchanlik nima, qanday namoyon bo‘ladi? 213. Sutka va hafta ichida ishchanlik koeffsenti qanday raqamlarda ifodalanadi. Izohlab bering? 214. Tadqiqot samaradorligiga qanday shart-sharoitlar va omillar ta’sir ko‘rsatadi? 215. Ta’limiy mezonlar va indikatorlar deganda nima tushuniladi? 216. Individual-shaxsiy rivojlanish mezonlariga nimalarni kiritish mumkin? 217. Tarbiyalanganlik darajasini aniqlash mezonlarini manbalardan o‘qibo‘rganing. 218. Ta’lim sohasini rivojlantirishning maxsus mezonlari va ko‘rsatkichlarini mustaqil ravishda aniqlashtiring va loyiha koʻrinishida taqdim eting? 219. Matematik-statistik metodlar pedagogik tadqiqotlarda qanday o‘rin egallaydi? 220. Magistrlik dissertatsiyalari qanday tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi lozim?


145 221. Magistrlik dissertatsiyasining kirish qismi qanday komponentlarni o‘z ichiga oladi? 222. Magistrlik dissertatsiyalari hajmi va rasmiylashtirilishiga qo‘yiladigan talablarni tushuntirib bering. 223. Magistrlik dissertatsiyalarni rasmiylashtirish talablarini bayon eting. 224. Magistrlik dissertatsiyani dastlabki va rasmiy himoya qilish tartibini tushuntirib bering. 225. Tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish haqida tushuncha bering? 226. Dissertatsiya va unga qo‘yiladigan talablarni yoriting? 227. Magistrlik dissertatsiyasini mazmuni, tarkibiy qismlari va rasmiylashtirish qoidalarini bayon eting? 228. Tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish haqida tushuncha bering? 229. Magistrlik dissertatsiyasi tuzilishi qanday boʻladi? 230. Kirish qismini tuzilishini bayon qiling?


146 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI 1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yoʻlimizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga koʻtaramiz. – T.: «Oʻzbekiston», NMIU, 2017. – 592 b. 2. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz // OʻzR Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qoʻshma majlisidagi nutq. – T.: Oʻzbekiston, 2016. – 56 b. 3. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustivorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – T.: «Oʻzbekiston» nashriyoti, 2017. – 24-b. 4. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: Oʻzbekiston, 30.04.2023. https://lex.uz/uz/docs/-6445145. 5. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” Qonuni, 23.09.2020 yildagi O‘RQ-637-son. https://lex.uz/docs/-5013007. 6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi toʻg‘risida»gi (2017 yil 13 sentyabr) Qarori //lex.uz/docs/3338600. 7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish boʻyicha komissiya tuzish toʻg‘risida»gi Farmoyishi // http://uza.uz/oz/documents/kitob-masulotlarini-chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish -12-01-2017. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 28-yanvar kuni “2022- 2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmoni https://lex.uz/docs/-5841063. 9. Karimov I.A. «Yuksak bilimli va intellektul rivojlangan avlodni tarbiyalach – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti» mavzusidagi xalqaro konferensiyaning yakuniy hujjati – rezolyusiyasi (Tochkent shahri, 2012 yil 16-17 fevral). /»Xalq soʻzi», 2012 yil 22 fevral. 10. Майданов А.С. Методология научного творчества.-M.,2008. 11. Зимняя И.А. Научно-исследователская работа: методология, теория, практика организации и проведения. -М., 2000. 12. Rahmatullaev Ch. Ilmiy tadqiqot asoslari. –T., 2002. 13. Сабитов Р.А. Основи научних исследований. Учебноe пособие. – Челябинск, 2002. 14. Shermuhamedova N. Falsafa va fan metadologiyasi. –T., 2009. – 436 b 15. Magistrlarni kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlash. Oʻquv qoʻllanma. Nizomiy nomidagi TDPU, T.: 2000 y. 16. Saifnazarov, B.Qosimov «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi». T.: «Yangi asr avlodi», 1999 yil. 17. V.Xodjayev,A.Choriyev,Z.Saliyeva.Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi. Darslik.T.:IQTISODIYOT-DUNYOSI NASHRIYOTI.2018-190


147 18. R.Qodirova Bitiruv malaka ishi tayyorlash va himoya qilish. Oʻquv metodiy qoʻllanma. T.: Nizomiy nomidagi TDPU 2003 y. 19. J.Yuldashev va b.q Pedagogik texnologiya asoslari. Oʻquv qoʻllanma T.: «Oʻqituvchi», 2004 y. 20. Ануфриев А.Ф. Научное исследование: курсовие, дипломние и диссертационние работи. – M., 2002. 21. Бургардт Ф. Новие горизонты в исследовании поетического стиля. -Киев: Науково Думка, 1995. 22. Dadaboev H. Tilshunoslik nazariyasi va metodologiyasi. – T., 2003. 23. Есенгалиева В.A. Как писат научную работу? Методические рекомендации аспирантам, соискателям и студентам.-Aлма-Aта: Изд. КазГУ 1990. 24. Yoqubova M. Jamiyat taraqqiyotida axborotlashuv va axborot texnologiyalarining ahamiyati. –T.: Universitet, 2006. -28 b. 25. Irisqulov M. Lingvistik tahlil metodlari /Tilshunoslikka kirish. –T., 1992. 26. Кузин Ф.A. Магистрская диссертация: методика написания, правила оформления, порядок защиты. -М., 1990. 27. Normatov U. Ijodkorning daxlsiz dunyosi.-T.: «Mumtoz soʻz»,2008. 28. Общее языкознание. Методы лингвистических исследований. Отвецтвенный редактор – Б.A.Серебренников. -М., 1973. 29. Rahmatullaev Ch. Ilmiy ish olib borish asoslari (konspektiv kurs). -T.: TochDU nashriyoti, 1988. 30. Султанова Т. Проблемы развитие интеллектуалного потенсиала независимой Республики Узбекистан. Aвтореф. дисс... канд. филос.наук.-Т.: 1995.-18 с. 31. Tulenov J.T. Dialektika. -T.: Oʻzbekiston, 2000.-180 b. 32. Tulenov J.T.Dialektika nazariyasi. –T.: Fan, 2001. 33. Туленова К.Ж. Предвидении и реалност. –Т.: Ўзбекистон Миллий енсиклопедияси, 1998. -141 б. 34. Турачбекова A.К. Научное мировозрение и его влияние не формирование стиля мычления творческой интеллегенсии. Aвтореф. дисс... канд.филос.наук.- Т.: Пед институт, 1990. -19 с. 35. Falsafa. Qisqacha izohli lug‘at. -T.: Sharq, 2004. –384 b. 36. Falsafa. Qomusiy lug‘at . -T.: Sharq, 2004. -468 b. 37. Файзуллаев О. Интуиция ва инстинкт // Фалсафа ва фан методологияси. –Т.: Фалсафа ва ҳуқуқ. 2006. –Б. 52-55. 38. Sharafiddinov O. Ijodni anglash baxti.-T.: «Sharq», 2004. 39. Sharipov M., Fayzixoʻjaeva D. Mantiq. –T.: Universitet, 2005, -262 b. 40. Шеллинг Ф.В. Философия искусства -М.: Наука, 1996. –180 с. 41. Шлейермахер Ф. Диалектика. –М.: AСТ, 1992. -270c. Internet ma’lumotlari: Internet saytlari 42. www. tdpu. Uz 43. www. pedagog.uz 13. www. Ziyonet. uz 14. 14.www. edu. uz


148 GLOSSARIY Abstraktlashtirish – boshqa barcha parametrlarni hisobga olmasdan bitta ajratilgan parametrni alohida holida koʻrib chiqadigan tadqiqot metodi. Dolzarblik – ushbu muammoning hozirgi fan va amaliyot uchun oʻrganilishining muhimligi; dolzarblik darajasi global tusda (fan, jamiyat ehtiyojlari, umuman amaliyotni qamrab olishi) yoki lokal tusda (fanning alohida tarmogʻi, alohida mintaqa, muayyan tusdagi ijtimoiy institutlarni va shu kabilarni qamrab olishi) boʻlishi mumkin. Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi – bu uning ijtimoiy nazariya va amaliyot uchun kerakli ekanligi boʻlib, fanda koʻpincha oldingi nazariy tasavvurlar doirasiga yaqqol joylashmaydigan yangi faktlarning kashf qilinishi natijasida vujudga keladigan vaziyatning mavjudligi bilan belgilanadi. Tadqiqot dolzarbligini asoslash – ilmiy bilishning umumiy jarayoni sohasida mazkur mavzuni oʻrganish zaruratini izohlashni bildiradi. Tahlil – bu tadqiqotning nazariy metodi boʻlib, tadqiq qilinayotgan jarayon yoki hodisani maxsus va teran mustaqil oʻrganish uchun uni tarkibiy qismlarga ajratishni nazarda tutadigan fikriy operatsiyadir. Analogiya – oʻxshashligi, prototipi tanlanadigan fikriy operatsiya. Annotatsiya – titul varagʻining orqasida joylashgan, qandaydir nashr haqidagi qisqacha axborot; hujjat, uning bir qismi yoki hujjatlar guruhining vazifasi, mazmuni, shakli va bochqa xususiyatlari nuqtayi nazaridan tavsifnomasi. Suhbat – empirik metod boʻlib, javob beruvchi bilan shaxsiy aloqani nazarda tutadi. Ilmiy mavzular turlari: amaliy, aralash, nazariy. • Amaliy mavzular xoʻjalik amaliyotini oʻrganish, umumlashtirish va tahlil qilish asosida ishlab chiqiladi. • Aralash mavzular tadqiqotning nazariy va amaliy jihatlarini oʻzida mujassamlashtiradi. • Nazariy mavzular asosan adabiy manbalardan foydalanib ishlab chiqiladi. Faraz (gipoteza) (qadimgi grek tilidan – asos, taxmin) — oldindan oʻrganilgan faktlar, hodisalar, jarayonlarning muayyan majmuiga asoslangan, ularni izohlash uchun ilgari suriladigan va tasdiqlanishi yoki inkor etilishi lozim boʻladigan nazariy taxmin. Tadqiqot farazi – bu bevosita kuzatilayotgan hodisa, oʻrganilayotgan hodisaning tuzilishi yoki uning tarkibiy qismlari oʻrtasidagi aloqalar tusi haqidagi ilmiy asoslangan taxmindir. Farazlar mavjud faktlar asosida ishlab chiqiladi. Xulosa sifatidagi faraz obyektiv voqelikda oʻz ildizlariga ega boʻladi, fikrning bevosita


149 kuzatilayotgan hodisalardan ularning sababli izohlanishigacha boʻlgan harakati hisoblanadi. Deduksiya – fikrlashning umumiy qonuniyatlardan xususiy faktlarga tomon rivojlanishini nazarda tutadigan fikriy operatsiya. Dissertatsiya (lotinchadan tarjimasi – tadqiqot, mushohada) – muayyan ilmiy (akademik) malakani (darajani) olish maqsadida maxsus tayyorlangan, ommaviy muhokamaga va himoyaga qoʻyiladigan asar. Magistrlik dissertatsiyasi – magistrni tayyorlash boʻyicha asosiy kasbiy ta’lim dasturiga oʻqitichning yakunlovchi bosqichida talaba-magistrant tomonidan ilmiy rahbar rahbarligida mustaqil bajariladigan ilmiy yoʻnalishdagi tugatish malaka ishi. Sarlavha: ilmiy adabiyotda mavzuni bildiradi. Tadqiqot vazifasi – bu ilgari surilgan farazga muvofiq maqsadga erishish uchun yoʻllar va vositalarning tanlanishidir. Ideallashtirish – tadqiqotchining nuqtayi nazarida hodisa yoki jarayonning ideal obrazini, ya’ni nazariy modelning yaratilishi; farazlarni ishlab chiqishda qoʻllaniladi. Induksiya – xususiy faktlarni umumlashtirish mantigʻiga asoslangan fikriy operatsiya. Tasniflash – oʻrganiladigan obyektlar, faktlarni oʻrganishning nazariy metodi; hodisalarni bir-biriga nisbatan tartibga solishga asoslanadi. Aniqlashtirish – abstraktlashtirishga teskari jarayon, yaxlit, oʻzaro bogʻliq, koʻp tomonlama obyektning topilishini nazarda tutadi. Konspekt – asosiy xulosalar va qoidalar, faktlar, dalillar, usullarni oʻz ichiga oladi; tuzuvchining materialga nisbatan munosabatini aks ettiradi. Konspektlar turlari: Rejali – oldindan tayyorlangan reja yordamida tuziladi: uning har bir bandiga konspektning tegishli qismi mos keladi. Tahliliy – koʻpincha bir necha manbadan foydalanib aniq mavzuni ochib beradi Erkin – koʻchirmalar, ba’zan tezislar aralashmasidan iborat boʻladi. Matnli – koʻpincha mantiqiy oʻtishlar bilan bogʻlangan koʻchirmalardan tashkil topadi. Tematik – matnning butun mazmunini aks ettirmaydi, faqat muayyan, aniq mavzuni ishlaydi, qoʻyilgan savolga javob beradi. Xronologik – hodisalarning oʻzini koʻrsatish asosida ularning xronologik izchilligini aks ettiradi. Iqtisodiyot magistri – bu keng bilimli mutaxassis boʻlib, u ilmiy ijod metodologiyasi va metodlarni, zamonaviy axborot texnologiyalarini egallagan; turli xil iqtisodiy axborotlarni tahlil etish va sintez qilish malakasiga ega boʻladi. Magistratura – magistrlarni, ya’ni ilmiy-tadqiqotchilik va ilmiy-pedagogik faoliyatga tayyorlangan mutaxassislarni tayyorlash shaklidir.


Click to View FlipBook Version