The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by akmjarkurgan, 2020-11-06 06:39:40

Baliqchi va baliq haqida ertak

Baliqchi va baliq haqida ertak

«Baliqchi va baliq haqida ertak»

Knyaz

Kimsan?
Chol

Shu yerlik quzg‘un.

Knyaz

Mumkinmi? Bu axir tegirmonchi-ku.

Chol

Nimam tegirmonchi? Allaqachonlar,
Tegirmonni o‘troq jinlarga sotdim
Va pullarni asrash uchun sixrli
U pari qizimga topshirib qo‘ydim.
U pullar daryoning qumliklariga
Ko‘milib qo‘yilgan, shunda yotadi,
Va uni birko‘zlik baliq asraydi.

Knyaz

Aqldan ozipti bechora. O‘yi –
Bo‘ron so‘ngidagi bulutday tarqoq.

Chol

O‘tgan oqshom nega bizga kelmading?
Bazmimiz bor edi, ko‘p kutdik seni.

101

Aleksandr Pushkin

Knyaz

Meni kim kutdi?

Chol

Kim? Shubhasiz qizim!
Men barcha narsaga loqayd qarayman.
Qizim tuni bilan, azonga qadar
Sen bilan o‘tirib qolsa ham, unga
Erk bergum, hech qachon hech so‘z demayman.

Knyaz

Sho‘rlik tegirmonchi.

Chol

Nimam tegirmonchi mening! Men quzg‘un,
Axir, tegirmonchi emas, dedim-ku!
Ajoyib hodisa: (esingda bormi?)
O‘zini daryoga tashlaganda u,
Men izma-iz chopib bordim, cho‘qqidan
Sakrar bo‘lganimda, noxas, qo‘ltig‘im
Ostidan yozilib ikki zo‘r qanot
Ushlab qoldi meni havoda. Shundan
Beri hali unda va hali bunda
Uchaman. Va harom o‘lgan mollarni
Cho‘qiyman va ba’zan mozorga ko‘nib
Tinmay qag‘irlayman.

102

«Baliqchi va baliq haqida ertak»

Knyaz

Naqadar ayanch!
Kim qo‘riqlar seni?

Chol

Meni qo‘rimoq
Yomon bo‘lmas; qarib qoldim ham tentak,
Meni qo‘riqlaydi, shukur, bir qizcha –
Suv qizi.

Knyaz

Kim deding?

Chol

Mening nabiram!

Knyaz

Uning so‘zin anglash hech mumkin emas.
Chol, bunda sen ochdan o‘lib ketarsan,
Yo o‘rmonda biror hayvon yem qilar,
Saroyimga olib ketay, qani, yur?
Men bilan yasharsan. Xo‘sh nima deding?

Chol

Sening saroyingga? Bormayman! Rahmat!
Tuzoqqa solarsan va balki so‘ngra
Marvaridlar bilan bo‘g‘arsan tag‘in.

103

Aleksandr Pushkin

Bu yerda men hayot, erkinman va to‘q.
Sening saroyingni istamayman, qo‘y!
(Ketadi)

Knyaz

Buning ham gunohi mening bo‘ynimda!
Aqldan ajralish naqadar mudhish!
Bundan o‘lgan yaxshi; o‘liklarni biz
Doim hurmatlaymiz, duo qilamiz
U bilan har kimni o‘lim tenglaydi.
Lekin esdan ozgan har qanday kishi
Odamlikdan chiqib qoladi, shaksiz.
Tilning berilgani unga behuda,
Ne deganin bilmas va hayvon uni
O‘ziga og‘ayni deya taniydi;
U hammaga mazax, hammaga ermak,
Buning chun tangri ham jazo bermaydi.
Boyaqish chol! Uning qizg‘onch chehrasi
Pushaymon o‘tiga tashladi meni.

Ovchi

Ana u, nihoyat topoldik uni!

Knyaz

Xush, o‘zi nima gap?

Ovchi

Bekach yubordi.
U sendan xavotir.

104

«Baliqchi va baliq haqida ertak»

Knyaz

Mehribonligin
Hazm qilolmayman! Men go‘dakmidim,
Aslo murabbiysiz jila olmasam?
(Ketadi. Daryo yuzida suv parilari paydo bo‘ldi)

Suv parilari

Hoy, singillar, ularni
Quvalab yetsakmikan?
Shovqinlab otlarini
Boplab xurkitsakmikan?

Kech. To‘qaylar qoraydi;
Sovindi daryo tagi.
Xo‘rozlar qichqirishdi,
Oy ham iniga indi.

Biri

Biroz turaylik, opa.

Boshqa biri

Yo‘q; bo‘ldi, bas, bas.
Xonbeka bo‘lar xafa,
Muntazir, omon bermas.
(Yashirinadilar)

105

Aleksandr Pushkin

DNEPR OSTI

SUV PARILARINING SAROYI

Suv parilari malikalari oldida yig‘ilishib o‘tiradilar.

Bosh pari

Urchuqni tashlanglar endi, singillar,
Quyosh botdi, oy yarqirar samoda,
Suv yuziga o‘ynagali chiqinglar.
Hech kimsaga bukun ozor bermanglar:
Yo‘lovchini aslo o‘chaktirmangiz,
O‘t, loy bilan suv loyqatib siz yana
Baliqchilar to‘rin og‘ir etmangiz.
Baliqlardan ertak aytib suv sari
Bolalarni aslo boshlay ko‘rmangiz...
(Kichkina suv parisi kiradi)
Qayda eding?

Qizi

Chiqib edim qirg‘oqqa,
Bobomning oldiga. U qachonlardir
Daryoga, biz tomon sochib yuborgan
Pulni yig‘ib ber deb, hamon qistaydi.
Juda ko‘p axtardim; ammo pul nima –
O‘zim ham bilmayman va lekin unga
Daryoning tagidan bir hovuch asl
Chig‘anoq toshlardan chiqarib berdim.
U juda shod bo‘ldi.

106

«Baliqchi va baliq haqida ertak»

Suv parisi

Telba qurumsoq!
Senga suyanaman endi, jon qizim,
Bu kun qirg‘oqlarga birov keladi,
Kutib tur, qarshila; qizim peshvoz bo‘l.
U bizga yaqindir. U odam sening
Otang, qizim.

Qizi

Bildim, hov sendan kechib
O‘zga xotin bilan ketganmi?

Suv parisi

O‘sha. Uni mahkam quchib erkala.
Tug‘ilganing haqda mendan bilganing,
Eshitganlaringni hammasini ayt;
Menim to‘g‘rimda ham unga so‘zlab ber.
Onang unutganmi, deya so‘rasa,
Ayt: hamon yodimda, hamon sevaman.
Hamon ko‘z tutaman, qizim, uqdingmi?

Qizi

Oh, uqdim.

Suv parisi

Bor, jo‘na.

(Yolg‘iz)
Men xushdan ketib
Tahqirlangan, ma’yus holda o‘zimni

107

Aleksandr Pushkin

Dneprga tashlab, suvning ostida
Qudratli, sovuq qon, suv qizi bo‘lib
Ko‘z ochdim va shundan beri doimo
Intiqom yo‘lini o‘ylayman, bukun
Intiqom soati yetgan o‘xshaydi.

108

«Baliqchi va baliq haqida ertak»

QIRG‘OQ

Knyaz

Meni baxtiyor g‘oyib bir qudrat
Hazin qirg‘oqlarga hadeb tortadi.
Moziyni eslatar bu manzaralar:
Erkin yoshligimning sevimli, lekin
Achchiq qissasini xotirga solar.
Bir zamonlar qaynoq, ozod muhabbat
Qarshimga chiqardi shu yerda peshvoz;
Baxtli edim. Men tentak! Shu qadar oson
O‘zimning baxtimdan o‘zim kechdim voz.
Kechagi uchrashuv mening ko‘nglimda
G‘amgin orzularni qo‘zg‘atib qo‘ydi.
U naqadar mudhish! Bechora padar!
Agar bukun uni uchratsam bunda,
O‘rmonni butunlay tashlab ketishga
Unatib qararman, u, balki, ko‘nar,
Biznikiga ko‘char...

(Kichik suv qizi qirg‘oqqa chiqadi)
Tushimmi, o‘ngim?!
Qaydan paydo bo‘lding, sevimli farzand?

109

MUNDARIJA

Yangi rus adabiyotining asoschisi ....................................... 3
Baliqchi va baliq haqida ertak. Mirtemir tarjimasi................ 6
O‘lik bekach va yetti bahodir haqida

ertak. Mirtemir tarjimasi................................................ 13
Pop va uning xizmatkori Balda haqida

ertak. Mirtemir tarjimasi................................................ 33
Shoh Saltan haqida uning azamat va shavkatli o‘g‘li
bahodir knyaz Gvidon Saltanzoda ham suluv shohqiz
oqqush haqida ertak. Mirtemir tarjimasi............................. 40
Suv parisi (kichik dramma). Hamid Olimjon tarjimasi............ 76

Adabiy-badiiy nashr

ALEKSANDR SERGEYEVICH PUSHKIN

BALIQCHI VA BALIQ HAQIDA
ERTAK

Ertaklar va kichik dramma

Muharrir
Madina MAHMUDOVA

Musahhih
Sadoqat QARSHIBOYEVA

Badiiy muharrir
Dilfuza SOLIXO‘JAYEVA

Texnik muharrir
Umidbek YAXSHIMOV

Kompyuterda sahifalovchi
Dildora JO‘RABEKOVA

Litsenziya raqami: ÀI № 252, 2014-yil 2-oktabrda berilgan.
Bosishga 2017-yil 30.06 da ruxsat etildi.
Bichimi 84x108 1\32.

Bosma tabog‘i 3,5. Shartli bosma tabog‘i 5,88.
Garnitura «AGSouvenirCyr». Ofset qog‘ozi.
Adadi 5000 nusxa. Buyurtma № 173.
Bahosi kelishilgan narxda.

«Yangi asr avlodi» NMMda tayyorlandi.
MCHJ «Yoshlar matbuoti» bosmaxonasida chop etildi.
100113. Toshkent, Chilonzor-8, Qatortol ko‘chasi, 60.

Murojaat uchun telefonlar
Nashr bo‘limi – 147-00-14, 129-09-72.
Marketing bo‘limi – 128-78-43; 397-10-87; faks – 273-00-14;

e-mail: [email protected]

«Yangi asr avlodi» NMM
«Maktabdan tashqari o‘qish» rukni ostida

yangi kitoblarni nashr etdi:

Donald Bisset
«UNUTILGAN TUG‘ILGAN KUN»
84x108 1/32, 64 bet, yumshoq muqova

Donald Bisset ijodi, asosan, kichik hajmdagi ertaklardan
ibor­at. Ertak qahramonlari odatdagidek, ba’zan ishonuvchan,
ba’zan esa ayyor hayvonlar. Tabiat hodisalari-yu, insonlarga хos
хislatlar ham Donald Bisset tomonidan obrazlarda jonlanadi.

Adib ertaklarini mazkur ruknda berishimizdan maqsad,
garchi hajmi nihoyatda kichik, sodda bo‘lsa-da, bugun bu-
tun dunyo bolalari o‘qiyotgan ertaklarni farzandlarimizga
ham yetkazishdan iborat. Bolalar ushbu kitobni o‘qir ekan,
voqealarning tanishligiga guvoh bo‘ladi. Bu tabiiy, chunki
Donald Bisset asarlarining qariyb barchasi ekranlashtirilgan
va farzandlarimiz multfilmlar orqali ularni tomosha qilishgan.

Jek London
«MEN ANGLAGAN HAYOT»
84x108 1/32, 176 bet, yumshoq muqova

XIX asr oхiri – XX asr boshlarida yashab, ijod qilgan
Jek London, asosan, Shimol haqida yozadi – uning хalqi,
tabiati, jonivorlari hayotini shu qadar jonli va tiniq tasvirlay-
diki, o‘quvchi qor yoki suv kechayotgan qahramon yonida
turib eti junjikadi. Mehnatsevarlik, qahramonlik, fidoyilik
bilan bir qatorda sadoqat va muhabbat tuyg‘ulari ham ta-
rannum etiladi. Inson yashash uchun, to‘g‘rirog‘i, yaхshi
yashash uchun kurashishi kerakligi va bu har bir odamning
bosh maqsadi bo‘lishi lozimligi Jek Londonning barcha hi-
koyalarida o‘z aksini topadi.

Ushbu kitobning yana bir qimmati shundaki, undagi
hikoya va qissalarning aksariyati bugungi davr yosh tarji-
monlari tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilgan hamda ilk marta
kitob holida chop etilmoqda.


Click to View FlipBook Version