O‘ZBEKISTONRESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VAZIRLIGI O‘ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYASI A.Mirzayev OVOZ YOZISH STUDIYASI JIHOZLARI VA OVOZ YOZISH TIZIMI (o‘quv qo‘llanma) Ta’lim yo‘nalishi: 5151400 – Tеxnogеn san’at (musiqiy ovoz rеjissyorligi) Fan nomi: Ovoz yozish studiyasi jihozlari va ovoz yozish tizimi Toshkent – 2019
Taqrizchilar: Sh.Gafurova O‘DK “Musiqiy ovoz rejissorligi va informatika” kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent I.Iosis O‘zbekiston davlat filarmoniyasi ovoz xizmati boshlig‘i, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi ANNOTATSIYA Mazkur o‘quv qo‘llanma konservatoriyaning texnogen san’at (musiqiy ovoz rejissorligi) ta’lim yo‘nalishi talabalarining “Ovoz yozish studiyasi jihozlari va ovoz yozish tizimi” fanini o‘rganuvchi, hamda madaniyat va san’at sohasining boshqa oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan. Ushbu qo‘llanmada ovoz yozish studiyalari, ularning turlari akustik ishlov talablari, studiya ovoz muhofazasi, studiyaning apparatxona bilan bog‘lanish tizimlari ko‘rib chiqiladi. Qo‘llanmada ovoz yozish studiyasida ishlatiladigan miksher pultlar, mikrofonlar, nazorat agregatlari, qo‘shimcha texnik anjomlar hamda tovushga ishlov berish qurilmalari mavzulari yoritiladi. Qo‘llanmga ilova sifatida glossariy ham kiritilgan. АННОТАЦИЯ Настоящее учебное пособие предназначено для студентов обучающихся по направлению образования техногенное искусство (музыкальная звукорежиссура), изучающие предмет «Оборудование студии звукозаписи и системы звукозаписи», а также для студентов высших и средне-специальных учебных заведений культуры и искусства. В данном учебном пособии рассмотрены: студии звукозаписи, их виды, требования акустической обработки, звуковая защита студии, системы связи с аппаратной комнатой студии. В пособии раскрыты темы использования в студиях звукозаписи микшерских пультов, микрофонов, контрольных агрегатов, дополнительных технических устройств и устройств обработки звука. В качестве приложения в пособие добавлен глоссарий. ANNOTATION This textbook is intended for the course “Recording studio equipment and sound recording system” for students studying technogenic art (musical sound ingineering), as well as for students of higher and secondary special educational institutions of culture and art. This tutorial covers: recording studios, their types, acoustic processing requirements, sound protection of the studio, communication systems with the studio’s equipment room. The manual describes the use of recording studios in mixing console, microphones,monitoring units, additional technical devices and sound processing devices. Glossar y has been added to the manual in appendix.
3 Kirish Umumkasbiy fanlar blokidan joy olgan “Ovoz yozish studiyasi jihozlari va ovoz yozish tizimi” fani texnogen san’at (musiqiy ovoz rejissorligi) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oluvchi talabalar uchun muhimdir. Mazkur fan ovoz texnika vositalari, zamonaviy ovoz yozish studiyalari texnik jihozlari, mikrofonlarning nazariy va amaliy ishlatish uslublari, nazorat agregatlari va boshqa zamonaviy apparaturalar xususidagi keng qamrovli masalalarni o‘z ichiga oladi. Talabalar zamonaviy ovoz yozish uchun zarur bo‘lgan turli xil texnik vositalarni amaliyotda qo‘llash uslubini o‘rganishlari joizdir. Buning uchun talabalardan katta mehnat talab qilinadi. Aytish joizki, musiqa ta’limi tizimidagi talabalarning aksariyati texnik bilimlardan ko‘ra musiqiy bilimlarni puxtaroq o‘zlashtiradilar, vaholanki ovoz texnikasi muntazam ravishda takomillashib boradi. Bunda ko‘p yoki kam darajada oliy matematika va elektrik sxema minimumlaridan foydalangan holda nazariyaning asosiy tamoyillari hamda studiya jihozlarini qo‘llash amaliyotini bayon etish masalasi qo‘yiladi. To‘plangan materiallar shuningdek, oliy o‘quv yurtlaridan tashqari o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, musiqa bilim yurtlari va kollejlar uchun ham foydali manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Qo‘shimcha qilish joizki, raqamli ovoz texnikasi asrida yozuvning aniq uslublariga yanada asosli bilim va ko‘nikmalar talab etiladi hamda bu jarayon studiya mutaxassisini kasbiy darajada tayyorlash talabini o‘stiradi.
4 Ovoz yozish studiyalari Hozirgi kunda sifatli ovoz yozishni amalga oshirish uchun akustik va texnik vositalarning muayyan majmuasi zarur bo‘ladi. U odatda ikkita aralash, bir-biridan yaxshi izolyatsiyalangan va studiya hamda apparatura xonasining tashqi muhitdan xoli joyda o‘rnatiladi. Boshqacha qilib aytganda u, SAM ya’ni, studiya apparat majmuasidir. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida ovoz yozish studiyalari kerakli darajada; bular davlat, tijorat, xususiy va boshqa studiyalardir. SAMning nisbatan takomillashgan ko‘rinishi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tasarrufidagi Radio uyi ovoz yozish studiyalarida, televideniye studiyalarida hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi o‘quv ishlab chiqarish – ovoz yozish studiyalaridadir. Jumladan Radio uyida ikkita katta va bitta kichik konsert studiyalari, ikkita kamer, ko‘plab nutqiy, suxandonlik (diktorlik) studiyalari, shuningdek, badiiy jamoalar mashg‘ulotlari, badiiy kengash tinglovlari, texnik nazorat bo‘limlari (TNB) va hokazolar uchun maxsus texnik jihozlangan xonalar mavjud. 2001 yili bu yerda «SIMENS» firmasi bilan hamkorlikda ta’mirlov (rekonstruksiya) ishlari olib borildi va texnik jihozlar eng zamonaviy rusumlariga almashtirildi. Bu dargohda xalq cholg‘u asboblari orkestri, damli cholg‘ular orkestri, simfonik orkestr, estrada-simfonik orkestri kabi yirik jamoalar ijrosini yozish mumkin. O‘zbekiston davlat konservatoriyasining o‘quv ishlab chiqarish – ovoz yozish studiyasida ham yirik janrdagi musiqiy asarlarni yozib olish imkoniyati mavjud. Qolgan studiyalar esa zamonaviy texnika va kompyuterlarga ega bo‘lishiga qaramasdan binolarining katta bo‘lmaganligi sabab ham faqatgina bir necha kishidan iborat kichik jamoalar ijrosini yozish imkoniyatiga ega. Bu yerda asosan bosqichma-bosqich amalga oshiriluvchi yozuvlar qo‘llaniladi. Turli xil rusumdagi (“IBM” va “Apple Macintosh”) kompyuter maxsus musiqiy dasturlari ishlatiladi. Bular “Protools”, “Triple DAT”, “Logic”, “Cubase”, “Nuendo”, “Cakewalk” va boshqa kompyuter musiqiy dasturlaridir.
5 Musiqa va nutq yozuvlari uchun ajratilgan binolarda alohida talablar qo‘llanilib ish yuritiladi. Ma’lumki, bino akustikasi sadolanish me’yoriga ahamiyatli darajada ta’sir etadi. Bu vaziyatni studiyadagi tinglovchi (yoki mikrofon) ga eshitiluvchi, nafaqat tovush manbayidan taralgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tovush to‘lqinlari, balki studiyaning devorlari, shift va poli hamda u yerda joylashgan turli buyumlardan qaytgan tovushlarning ham ahamiyatli ta’siri orqali tushuntirish mumkin. Shu bois ham manba o‘chirilgan zahoti tovush sadosi tinib qolmaydi, balki u ushbu binoga xos bo‘lgan muayyan vaqt ichida mavjud bo‘lib turadi. Tovushning studiyadagi bunday asta-sekinlik bilan tinishi (so‘ngsado) reverberatsiya deyiladi. Reverberatsiya vaqti degan tushuncha ham mavjud. Studiyada tovush energiyasi qancha kam sarflansa, u shuncha ko‘p hukmron bo‘ladi. Tovushning tinishi bino hajmi, uning o‘lchovi, devorlarini qoplagan mato, shift va pol tarkibiy xususiyatiga shuningdek, studiyani to‘ldirgan tinglovchilar, ijrochilar va turli xil buyumlarga bog‘liqdir. Masalan, silliq bo‘yalgan devorlar, rom, parket, sayqallangan (polirovkalangan) mebel singari jihozlar yaxshi tovush qaytaruvchi manbalar sanaladi. Gilam, yumshoq mebel, pardalar esa yaxshi tovush yutgichlar hisoblanadi. Odamlarning kiyimlari ham tovushlarni yutish xususiyatiga ega. Studiyada ijrochilar qanchalik ko‘p bo‘lsa, tovush shunchalik tez so‘nadi. Reverberatsiya vaqti katta bo‘lgan binolarda nutqning aniqligi yo‘qolib, musiqa nisbatan keng va fazoviy jaranglaydi. Ovoz tez so‘nuvchi studiyalarda nutq va musiqa nisbatan bo‘g‘iq eshitiladi, chunki ovoz o‘zining tabiiy jilosi va jarangini yo‘qotadi. 1-rasm. T N, dB t, sek
6 Standart reverberatsiya vaqti (I) – (1-rasmga qarang), binodagi tovush jadalligi tovush manbayi o‘chirilgandan so‘ng o‘zining boshlang‘ich miqdoridan millionning bir qismi darajasiga yetadiki, bu o‘z navbatida tovush bosimining (N) 60 dB gacha kamayishiga olib keladi. Reverberatsiyaning maqbul (optimal) vaqti (t) quyida 2-rasmdagi grafik bo‘ylab belgilanishi mumkin: 2-rasm. 1 – nutqiy ovoz yozish studiyalari uchun; 2 – musiqiy ovoz yozish studiyalari uchun. Ikkinchi muhim jihat, reverberatsiya vaqtining tezlik darajasi xususiyatidir,bu tovush signali tezligining vaqtga bog‘liqligidir. Masalan, nutq studiyalarida reverberatsiya vaqti tezlik darajasining xususiyati gorizontal (enlama) bo‘lib, u 20-30% (250 Gs dan) past tezlikkacha tushishi lozim. Bu esa nutq aniqligini oshirish uchun nihoyatda zarur. Estrada musiqasi ijrosiga mo‘ljallangan studiyalarda past va yuqori chastotadagi reverberatsiya o‘rta chastota darajalariga nisbatan birmuncha kamaytirilgan bo‘lishi kerak. Boisi, estrada orkestrlaridagi cholg‘ular past va yuqori chastota – tezlik sohasida sadolanishning yuqori darajalarini yaratadi. Navbatdagi 3-rasmda turli xil studiyalar uchun mo‘ljallangan maqbul chastotali xususiyatga ega reverberatsiya vaqti ko‘rsatilgan. – 1 30 300 3000 t, sek V, m 3 – 2 2 1,5 1 0,5
7 3-rasm. 1 – nutq studiyalari; 2 – umumiy foydalanish studiyasi va zallari; 3 – katta musiqiy studiyalar. Studiyalarning akustik ishlov talablari Reverberatsiyaning maqbul (optimal) vaqtga va zarur chastotali xususiyatga ega bo‘lishi uchun akustik ishlov berish amalga oshiriladi. Buning uchun studiyaning shift va devorlari maxsus tovush yutuvchi material va moslama (konstruksiya)lar bilan qoplanadi. Bu qoplamalar absorbentlar deyiladi. Absorbentlar ikki turda (xil) bo‘ladi: past chastotali va yuqori chastotali. Yuqori chastotali energiyani yutuvchi yuqori chastotali absorbentlarga yog‘ochipak plita toifasidagi teshikli matolar, orgalit, turli xil paxtalardan ishlangan to‘shamalar (asbestli, kapron, shishali), matosimon drapirovkali, gilam, parda va boshqa materiallar kiradi. Past chastotalarni yutuvchi moslama (konstruksiya) 5-10 sm qalinlikdagi 5- 6 mm diametrdagi aylana teshikli, bir-biridan 25-40 mm masofada joylashgan qattiq perforirlangan mato qoplangan (masalan faner) teshiksimon yutgich (shovqin bosgich) qatlamini tashkil etadi. 100 250 1000 5000 2 1,5 1 0,5 sek Gts 3 2 1
8 Yuqori chastotalarning tovush to‘lqinlari, perforirlangan yuzaga tushib, unda aks etadi va tovush yutuvchi qatlamning ichidagi faqat teshiklari mavjud bo‘lgan joylardangina o‘tadi. Boisi, teshiklar maydoni konstruksiya (moslama)ning umumiy maydoniga nisbatan kichikroq bo‘lib, bunda yuqori chastota ahamiyatsiz darajada yutiladi. Past chastotalar esa difraksiya sabab to‘siqlarni aylanib, teshiklarga o‘tib ketadi va u yerda so‘nadi (yutiladi). Tovushni yanada kengroq yoyish uchun, tovush hamda aks-sado turib qoluvchi to‘lqinlarning bir joyga yig‘ilib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun perforir (o‘zaro ulangan, ulama) plitalar, turli xildagi moslamalar, yarim-ustunlar, panellar ko‘rinishidagi konstruksiyalar qo‘llaniladi (4-rasm). Studiya poliga gilam va to‘shamalar solinadi. 4-rasm. 1 – perforir plitalar; 2 – tishlar ; 3 – likop moslamalar; 4 – yarim ustun; 5 – panellar; 6 – yo‘lak-gilam; 7 – gilam; 8 – to‘shama.
9 Studiya ovoz muhofazasi Odatga ko‘ra (qoidaga binoan) studiyaning derazalari bo‘lmaydi, faqat apparat xonasi va studiyani ajratib turuvchi qo‘sh qavat oyna bundan mustasnodir. Studiyalar ventilyatsiya tizimi va konditsionerlash imkoniyatiga ega bo‘lib, bu vositalar zarur harorat, tegishli namlik va toza havo(ni) yetkazib beradi. Bunday qulaylik O‘zbekistonnig issiq iqlimi sharoitida ijrochi va xodimlar ishi uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu shuningdek, binoning asosiy akustik xususiyatlarini o‘zgartirmay ushlab turishga, cholg‘ularning musiqiy sozini saqlash va hokazolar uchun ham kerakdir. Sanitariya, ventilyatsiya va elektr jihozlari shovqin paydo qilmasliklari lozim. Shu bois, ular rezinali amortizator va alohida ovoz yozish mikrofon xonalarda yig‘iladi. Ventilyatsion kanallardagi shovqinni tovush so‘ndirgich materiallar va akustik filtrlar yordamida yo‘qotiladi. E’tiborga olish joizki, studiyadagi muayyan sharoit yoxud katta akustik darajada rezonanss (ya’ni, jarangdorlik) hodisasi ro‘y berishi mumkin. Bunda deraza, deraza oynalari, panellar va boshqa turli jihozlar tebranishi natijasida o‘zidan ovoz chiqarishi, ya’ni, jaranglab ketishi mumkin. Shuning uchun deraza romlari va alohida buyumlarni zichlab mahkamlash joiz. Studiyani yoritish Studiyalardagi sun’iy chiroqlar, soyasiz, yorqin shu’lasiz matn va notalarni qiyinchiliklarsiz o‘qish uchun yetarli darajada bo‘lishi kerak. Bu vaziyatda turli xil tunchiroqlar, plafonlar, bra, qandil, projektor va hokazolardan foydalaniladi. Agar studiya lyuminessent lampalar (kunduzgi yorug‘lik lampalari) bilan yoritilsa, u holda bu jihozlar ma’lum darajada shovqin hosil qiladi. Bunday vaziyatda oddiy lampali yorug‘lik manbalaridan foydalanish lozim. Ovoz yozish vaqtida esa lyuminessent lampalarning bir qismini o‘chirib qo‘yish kerak.
10 Studiyaning apparatxona bilan bog‘lanuvchi tizimlari Studiyalarda doimo kerakli sondagi mikrofonlar, mikrofon tirgaklari, kranlar, shnurlar va kabellar mavjud bo‘ladi. Studiyaning turli joylarida, devorlarida mikrofon kabellari va quloq telefon (naushnik) larni ulash uchun maxsus uyali javonlar (REK) o‘rnatiladi. Apparatxonadagilar va ijrochilar o‘rtasidagi muloqot (so‘zlashish) uchun studiyaga nazorat agregat (karnay)lari (NA) o‘rnatiladi. Fonogrammani studiyaga uzatish uchun ham alohida nazorat agregatlari o‘rnatiladi. Mazkur radiokarnay yozib olingan asarni tinglab ko‘rish uchun hamda ijrochilarga eshittirishda asqotadi. Ya’ni, bunda sozanda va xonandalar apparatura xonasiga chiqmasdanoq o‘z ijrolarini baholashlari mumkin. Studiyalarda shuningdek, yakkaxon va orkestrni, turli xil musiqiy cholg‘ularni yoxud orkestr guruhlarini bo‘lish uchun maxsus akustik pardevorlar, shit va ekranlar ham mavjud bo‘lmog‘i lozim. Apparatxona deraza va eshiklari ustiga “Mikrofon ishlayapti”, “Jimlik saqlansin, yozuv ketayapti” va “Kirilmasin” singari chiroq hamda signal tablolari o‘rnatilgan bo‘ladi. Studiyada ovoz yozish va orkestrning boshqa cholg‘ularini sozlash uchun bir yoki ikkita yuqori sifatli royal sozining bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, xor jamoasini yozish uchun dastgohlar (stanki), nota va matnlar uchun tagliklar (podstavka) ham studiya uchun zarur ashyolardir. Kontrabas, klavesin, chelesta, litavra, arfa, vibrofon, gonga va boshqa ayrim g‘iloflangan holdagi cholg‘ular ham studiya burchaklari va devorlari bo‘ylab joylashtirilishi mumkin. Aks-sado xonasi Aks-sado xonasi yordamida hosil qilinuvchi sun’iy sado (reverberatsiya) eng oddiy akustik uslub hisoblanadi. U reverberatsiyaning katta vaqtiga ega binoda, guvilloq ovoz yozish mikrofon xonalardan foydalanish orqali hosil qilinadi.
11 Odatda ovoz yozish mikrofon xonasi ko‘pburchakli shaklga ega bo‘lib, uning bu ko‘rinishi tovush to‘lqinlarining ko‘p takrorlanuvchi tartibsiz aksini ta’minlaydi. Ovoz yozish mikrofon xonaning hajmi 150-250 m 3 bo‘lib, amaliyotda kichikroq hajmlilari ishlatiladi. Radiokarnay ovoz yozish mikrofon xonada tovush to‘lqinlarini qo‘zg‘atadi va ularni M2 mikrofoni qabul qilib, alohida kanallar bo‘ylab asosiy signal M1ga pishitib beriladi. Ushbu signallar proporsiyasini almashtirish bilan esa turli xil reverberatsiyalar hosil qilinadi. (5-rasm). 5-rasm. Asosiy kamchilik – bu xonaning doimiy vaqti hamda «aks-sado» effektini paydo qilish imkoniyatining yo‘qligidir. Ba’zi studiyalarda turlicha vaqt reverberatsiyasi bilan bir necha “aks-sado” xonalari tashkil etiladi. Hozirgi kunda raqamli ovozni qayta ishlovchi turli jihozlarning qo‘llanilishi sababli aks sado xonalaridan foydalanish amaliyotdan chiqarilgan. Nazorat savollari: 1. Ovoz yozish studiyalari qanday turlarga bo‘linadi? 2. Reverberatsiya vaqti degani nimada bog‘liq bo‘ladi? 3. Studiyani akustik jihozlashda nimalarga e’tidor qaratish lozim? 4. Absorbent deb nimaga aytiladi? М1 Umumiy miksherga М2 МU-2 RI-2 MU-1 RI-1 Taqsimlovchi
12 Mustaqil mashg‘ulot uchun topshiriqlar: 1. Bugungi kunda zamonaviy studiyalarning qanday turlari mavjud? 2. Apparatxona texnik jihozlarini mustaqil o‘rganing. 3. Aks sado xonasi nima? 4. Eng ommallashgan absorbentlarni mustaqil o‘rganing. Foydalanish uchun adabiyotlar: 1. Rick Clark. Mixing, Recording, and Producing Techniques of the Pros, Second Edition, 2010. –400 pages. 2. Гущин В.Н., Насыров М.З. Оборудование студий и системы звукозаписи. Часть 1. –Т.: Изд. «Мусиқа», 2004. 3. Mirzayev A.A. Ovoz kuchaytirish apparaturasi va xavfsizlik texnikasi. –T., 2013. 4. Филипп Ньюэлл. Звукозапись: Акустика помещений. –СПб., Корона принт, 2004. Ovoz yozish apparatxonasi Ovoz yozish uchun zarur bo‘lgan texnik vositalarning asosiy majmuasi, odatda maxsus ajratilgan apparat xonasiga joylashtiriladi. Unga zarur jihozlarning asosiy va bosh qismi o‘rnatiladi: bular – miksher pulti, magnitofonlar (mini disk, CD va DAT rekorderlar), kompyuterlar, akustik agregatlar, tovush)ni qayta ishlash bloklari, boshqaruv (remote) – masofaviy (distansion) nazorat interfeys va pultlari, MIDI tizim bilan ishlovchi apparatura, elektr quvvati shitlari, mo‘‘tadillovchi vositalar, kondisionerlar, mebel va boshqalardir. 6-rasmda apparat xonasining soddalashtirilgan blok-chizmasi ko‘rsatilgan. M1, M2, M3 mirofonlaridan keluvchi signallar kirishdagi mikrofon kuchaytirgichlariga (MK) uzatiladi. Chunki mikrofondagi keskinlik millivolt birliklaridan oshmaydi, bu yerda esa MKning shovqin darajasi juda kam bo‘lishi kerak. Odatda buning uchun yaxshi ekranlashtirilgan signal kuchaytiruvchi kirish yo‘li transformatori o‘rnatiladi. Signal MKdan chiqishi bilan IDR darajasidagi
13 individual regulyatorga kelib tushadi. U signalning normal darajasini ushlab turish uchun va audiodasturning dinamik ko‘lamini boshqarish uchun zarurdir. Keyin esa barcha mikrofonlarning signallari, R-bo‘luvchi rezistorlar orqali UDR darajasidagi umumiy boshqaruvga kirishda aralashib ketadi va shundan keyingina yig‘indi signal tizim kuchaytirgichi TKga uzatiladi. 6-rasm. Chiziqli kuchaytirgich ovoz yozuvchi va boshqa qurilmalarga (odatda bu 1,5 v yoki 3,1 v = 12 dB) kelib tushadigan hajman kuchaytirilgan audio signal bilan ta’minlaydi. R – bo‘luvchi rezistorlar esa kanalning kanalga bo‘lgan o‘zaro ta’sirini kamaytirish uchun zarurdir. Umumiy boshqaruv (regulyator) darajasi kirish yo‘liga shuningdek, boshqa manbalar – mikrofonlar, CD, MD, DVD, DAT hamda turli elektron cholg‘ular va shu kabilardan ham signallar tushib qoladi. Bunday kirish yo‘llari chiziqli yo‘llar yoxud yuqori darajadagi kirish yo‘llari (YUDKY) deyiladi. Yuqorida sanab o‘tilgan qurilmalardan tashqari, shuningdek, quyidagilar ham nihoyatda zarur: apparat xonasining nazorat agregati (ANA) – odatda stereo Chiziqli kirishlar Apparat xonasi Pult Studiya
14 usulli ish uchun –2 ta, yoki kvadro usulli ish uchun –4 ta bo‘ladi. Ko‘plab studiyalarda katta bo‘lmagan o‘lchov va quvvatga ega radiokarnayning yana bir juftligini ko‘rish mumkin. Bu qurilmalar maishiy radiopriyomnik, televizor va magnitofon kabi kichik darajali nazorat uchun zarurdir. – RK – studiya bilan aloqada bo‘lish uchun radiokarnay; – I – indikator darajasi; – O‘K (OK) – magnitofonning ovoz kuchaytirgichi; – YoK – CD, MD, DVD, DAT va boshqa ovoz yozuvi kuchaytirgichi. Ko‘rilgan blok-chizma amaliyotda texnik imkoniyatlar, vazifalar, sharoitlar taqozosi bilan shaklan o‘zgarishi mumkin. Miksher pulti Ovoz yozish studiyalarida foydalaniladigan zamonaviy pultning tuzilishi barcha texnologik imkoniyatlardan to‘laligicha foydalanish imkonini beradi, ya’ni bir vaqtning o‘zida ko‘p sondagi (24, 32 va undan ko‘proq) mikrofonlar bilan ishlay olish imkoniyati, chastota bo‘yicha sozlashlar, sun’iy reverberatsiya, cheklash va kompressiya, har bir kanal, guruhlar va umumiy (master) stereo signali darajasini mustaqil sozlash va boshqa ishlov berish vositalarining qo‘llanilishi. Miksherning boshqa imkoniyatlari sifatida signallarni kirish va chiqishda obyektiv va subyektiv nazorat qilish, qo‘shimcha chiqishlar (aux) bo‘yicha turli tashqi qurilmalarga uzatish uchun daraja tartiblagichgacha (fader) va undan keyingi har qanday kanaldan signal bo‘lagini (sends) tanlash kabilarni ham ko‘rsatib o‘tish mumkin. Miksher pultlari juda ko‘plab kirishlarga ega bo‘ladi. Bu yerda, odatda, Canon, DIN, RCA, CG-5 va boshqa tipdagi raz’yomlarga ega bo‘lgan simmetrik (balanced) va nosimmetrik (unbalanced) ekranlangan kabellar qo‘llanadi. Maxsus I/O raqamli kirish-chiqishlar orqali kompyuter, raqamli magnitofon, minidisk va boshqalardan raqamli signallar qabul qilishi imkoni ham bor.
15 Bunday holatlarda pultlarga raqamli-analog o‘zgartirgich (yoki DA) va analog-raqamli o‘zgartirgich (yoki AD)lar o‘rnatiladi. Agar pult ichida quvvat kuchaytirgich bo‘lsa, u aktiv (Power mixer) deb nomlanadi. Agar pult kuchaytirgichsiz bo‘lsa, u passiv deyiladi. Pult kirishlar mikrofonli (mic), chiziqli (line) yoki universal bo‘ladi. Universal kirishida mic/line o‘zgartirgichi (flip) va kirish sezuvchanligini (gain) tartiblagichi bo‘ladi. Kondensatorli mikrofonlardan foydalangan hollarda tugmachali cheklagich (20 dB ga) va qutblanish kuchlanishini (48 volt – fantom manba) uzatish tugmachasiga ega bo‘lishi mumkin. Kirishning seksiyasida kirish yuklanish indikatori va signal indikatori qo‘llanishi mumkin. Ba’zi modellarda qo‘shimcha tarzda fazani almashtirish tugmachasi ham mavjud bo‘ladi. Keyinchalik signal darajani individual tartiblagichga (fader) keladi. Tartiblagichning suriladigan mexanizmini yurishi uzunligi 130-140 mm, professional appataturada signallar so‘nishi o‘zgarishining belgilangan diapazoni 0 dan 90 dB gacha bo‘lishi tajriba yo‘li bilan optimal deb topilgan. Tartiblagich shkalasi odatda detsibellarga bo‘linadi. Birga teng bo‘lgan uzatish koeffisiyenti 0 qiymatga to‘g‘ri keladi, uzilish holatiga cheksizlikka mos keladi. Tovush qattiqligi o‘zgarishidagi sakrashlar eshtilmasligi uchun tartiblash qadami 0,5-l dB oralig‘ida tanlanadi. 40 dB dan past sohada tovush so‘nishi qadamini yanada kattaroq (3 dB va undan ortiq) olish mumkin. Stereomiksherlarda ikkilangan tartiblagichlar qo‘llaniladi. Individual tartiblagich ustiga odatda kanalni yoqish (on), o‘chirish (mute), solo, PFL (pre fader listen) eshitib olish tugmachalari o‘rnatiladi. Panorama tartiblagichi (pan) tovushni ohistalik bilan chap, o‘ng yoki markazga yo‘naltirish imkonini beradi. Keyinchalik signalni tanlab olishga mo‘ljallangan aylantiriluvchi tartiblagichlar o‘rnatiladi. Tanlangan signal bo‘laklarini soni 4 tadan 12 tagacha bo‘lgan qo‘shimcha liniyalarga (AUX) jo‘natish mumkin.
16 7-rasm. Ko‘pchilik modellarda har bir kanalda individual siquvchi (kompressor), chegaralovchi (limiter) va shovqinni yutuvchi (nocse gate), shuningdek, baland, o‘rta va past chastota darajasidagi tembr boshqaruvchilari, ekvalayzerlar, past va yuqori chastotalarni kesuvchi filtrlar o‘rnatiladi. Signal yo‘l (trakt)ning har qanday qismida qayta ishlanishi mumkin: masalan, kirish yo‘li hamda guruh yoki umumiy (master) miksherda turli kanallar bo‘ylab tarqatiluvchi signallarni aralashtirish uchun rezistorlardagi passiv qorg‘ichlarni namoyon etuvchi yig‘ma shinalar mavjud bo‘lib, ularda ovoz so‘nishi maxsus kuchaytirgich orqali kompensatsiya qilinadi. Shinalar soni 4,8 va undan ziyod (bosh stereo shina alohida) bo‘ladi. Sifat nazorati va ovoz uzatish darajasi T=10 m/sek, vaqt oralig‘ida ishlovchi strelkali yoxud suyuq kristalli stereo indikator, stereonaushniklar va nazorat karnay (monitor)lari yordamida amalga oshiriladi.
17 Zamonaviy raqamli pultlarda imkoniyatlari birmuncha ko‘proq, barcha parametrlar maxsus displeylarda yoritiladi, EQ kutubxonasi (biblioteka), avtomiksherlar xotirasi va ko‘plab boshqa o‘rnatmalarni eslab qolish imkoni bor. Tuzilishi jihatidan esa miksher pultlar ko‘chma va o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Xonaki sharoitdagi ovoz yozish studiyalarda ko‘chma miksher pultlardan foydalanishadi. Hajmini kichraytirish maqsadida ko‘chma pultlarda kanallar soni ham imkon boricha qisqartiriladi. Bunday miksher pultlar hatto 2 kanalli bo‘lishi ham mumkin.O‘rnatilgan miksher pultlar esa konsertlar va katta hajmdagi studiyalar uchun mo‘ljallangan. Ularda kanallar soni ko‘chma pultlardagi kanallar sonidan bir necha barobarga ko‘p bo‘ladi. Bugungi kunda ishlab chiqaruvchi yetakchi firmalar texnik ijro imkoniyati jihatidan turli xil miksher pultlarini taklif etmoqdalar. Bu miksher pultlar kichik hajmdagi ixcham-ko‘chma shakllaridan tortib, 32 va undan ziyod, kompyuter ta’minotli (8-rasm) kirish yo‘llariga ega statsionar ko‘rinishdagilarigachadir. 8-rasm.
18 MACKIE, YAMAHA, INTER-M, SOUNDCRAFT, PHONIC, BEHRINGER, TESLA kabi nufuzli firmalar analog hamda raqamli, ko‘pkanalli va ixcham bo‘lgan eng zamonaviy rusumdagi pultlarni ishlab chiqarmoqdalar. Bu pultlar turli xil boshqaruvga ega bo‘lib, avtomatik uslubda ishlaydi va turli xil miksherlash ishi, qayta ishlash va ovoz yozuvini amalga oshirish imkonini beradi. Pultning texnik imkoniyatlarini belgilovchi asosiy xususiyatlari quyidagilardir: universal kirish yo‘llari (inputs); chiqish yo‘llari; (outputs) turli xil fonogramma va qayta ishlovlar (obrabotka)ni uzatuvchi qo‘shimcha AUX-kanallar; signallarning chastotaviy qayta ishlovi, ekvalayzerlar (Equalization, Low EQ, Mid EQ, Hi EQ, Low cutfilter, Hi cutfilter), kesuvchi filtrlar; qurilmaga joylangan kompyuter; matritsa; qo‘shmiksherlar; ko‘ptarmoqli magnitofonga signal uzatish imkoniyati; har bir kanal bo‘yicha signallarning qayta ishlovi (kompressor, dinamika) imkoniyati; “insert” kirish yo‘llarining mavjudligi; strelkali yoki boshqa daraja indikatorlari; goniometr; korrelyator; ma’lum hajmdagi (60 mm – 120 mm) miksherlar yo‘li; o‘tkazib yuborish yo‘lagi (Frequency Response 20 Hz – 20 KHz); buzilish (<0,05%) koeffisiyenti; shovqinlar (<80 dB) darajasi; o‘lchovlar (dimensions W, H, D mm);
19 Ovoz yozish studiyalarda qo‘llaniladigan miksher pultlarning imkoniyatlarini bir nechta miksher pultlari misolida ko‘rib chiqamiz. Solid State Logik Oxford England SL4000G+ miksher pulti O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tassarufidagi “Respublika teleradiomarkazi” Toshkent radioeshittirish uyi musiqiy ovoz yozish studiyalarida SSL 4000G+ miksher pultlari o‘rnatilgan bo‘lib, ular Mac Apple G+ kompyuterlari bilan jihozlangan. SSL 4000G+ miksher pulti analog miksher pulti bo‘lib, tashqi paneldagi ishlarni eslab qoladigan va avtomatik rejimda ishlay oladigan kompyuter bilan jihozlangan. SSL 4000G+ miksher pulti 3 xil rejimda ishlaydi. Bular MIX, REC, REPLAY rejimlaridir. MIX rejimi real vaqtda eshitish va tenglashtirish jarayonlarini amalga oshirish uchun mo‘ljalllangan. Bu rejimda mikrofon va chiziqli kanallardan kelayotgan signallarni eishitish va korreksiya qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi. REC rejimi MIX rejimidagi holatni yozib olish uchun qulaylik yaratadi, ya’ni yozib olinayotgan ma’lumotlarni shu paytning o‘zida hech qanday ulanishlarsiz eshitib ko‘rish mumkin va bu kirish-chiqish signallarini eshitib turish imkoniyatini yaratadi.
20 REPLAY rejimi REC rejimidagi ma’lumotni MIX rejimidagi holatda eshitib ko‘rish uchun juda qulay SSL4000G+ miksher pulti kirish yo‘li seksiyasi universal kirish yo‘liga ega bo‘lgan 32 ta bir xil kanal; Line – chiziqli kirish; Mic – mikrofon kirish yo‘li; GROUP IN – bir nechta mikrofon yoki chiziqli kirishlarni guruhlarga birlashtirib eshitish uchun; INSERT – bevosita kanal ichiga kirish uchun; Ø – fazani o‘zgartirish; +48 – mikrofonlarning elektr (fantom) ta’minoti. Bu pult 32 kanaldan iborat bo‘lib 4 ta stereo AUXga jo‘natish uchun 5 ta uzatish yo‘llari mavjud. Umumiy chiqish MASTER kanalida. 32 kanalning har biri alohida ishlaydigan Compressor, Limiter, Filter va Equalızerlar bilan jihozlangan. Barcha miksherlar solo, mute chiroq indikatsiyasi va panoramniklarga ega. Large Fader kompyuter bilan avtomatik tizimda ulangan, sensor usulda ishlaydi. U qo‘l bilan va avtomatik tarzda boshqariladi. Yonma-yon joylashgan ikkita miksher stereo juftligini hosil qiladi (1-2, 3-4, 9-10 va hk.). Dinamik seksiya (Dynamics section) Signalni yaxshilab shovqinlardan tozalaydi va ifodali jaranglaydi. CN in – seksiyani ekvalayzergacha yoqish (pre EQ); CN-out – EQ dan keyin; MON – monitor zanjiriga ulanish; Link – stereo juftlikda 2 miksherga ta’sir o‘tkazadi; Ratio – kompressiya koeffisiyenti; Release – tushirim; Threshold – ostona; Gate – darvoza, shlyuz;
21 Agar Ratio = ∞, bo‘lsa, u holda faqat cheklanish ketadi. Odatda Ratio=2-5. Signal ostona (threshold) chegarasidan oshgan paytida kompressiya Ratio koeffisiyentida bo‘ladi. Ostonaning qisqarishi va kompressiyaning ortishi bilan signalning chiqish darajasi avtomatik tarzda o‘sadi. Bu barqaror chiqish darajasi uchun yaxshi rag‘bat hisoblanadi. Birinchi qator chiroqlar Gate uchun, boshqa qator esa kompressiya uchun, har ikki qator ham deyarli qarama-qarshi fazada ishlaydi. Release – kompressorning mo‘tadil tartibda ishlash faoliyatini tiklash uchun ketgan vaqt. Bu jarayon odatda 0,1 dan 4 soniyagacha kechadi. Expander/Gate – bu seksiya Gate tugmachasi bosilgan vaqtida xuddi 2:1 Expanderga yoki ∞: 1 Gate ga o‘xshab ishlaydi. Ekvalayzer va filtrlash seksiyasi To‘rt yo‘lakli ekvalayzer. Baland va past chastota filtrlar: HF – yuqori chastotalar; LF – pastki chastotalar; HMF – yuqori o‘rtalik; LMF – pastki o‘rtalik; X3 – chastotasi 3:3 ga ko‘paytirilib, 3 ga bo‘linadi; SN – kanalga ulanish; FLTDYNSC – filtrlar dinamik seksiyaga ulangan; MON – monitor zanjiriga (ulangan); Split – filtrlarni ajratib, ularni o‘sha zahoti Channel Input dan keyin va EQ dan oldin sxemaga qo‘yadi; Insert – qo‘shimcha kiritish. Daraja indikatorlari Pultda har bir kaskad ustiga tushayotgan signal darajasini ko‘rsatuvchi bo‘ylama (vertikal) suyuq kristal indikatorlarining joylanishi nazarda tutiladi. Bunda axborot hatto eshitilmasa ham va barcha boshqaruv (regulyator)lar nolda
22 L R M 9-rasm. turgan bo‘lsada ovoz rejissoriga signalning qaysi miksher (kanal)ga tushayotgani darhol ko‘rinadi. Shuningdek, yana 4 ta strelkalik indikatorlar ham bor: L – umumiy chap kanal; R – umumiy o‘ng kanal; M – umumiy mono kanal; – korrelyator. Korrelyator – bu mono va stereo va aksincha holatlarning o‘zaro moslashuvini ko‘rsatuvchi asbobdir. Agar ko‘rsatgich (strelka) 0 (nol)dan o‘ng tomonda joylashgan bo‘lsa, demak hammasi moslashgan. Agar uning o‘zi 0 (nol)dan chapga yursa, demak har xil signal yig‘indidan ustunlik qilgan bo‘ladi. Bu esa o‘ta keng stereo bazaning asoratidir. Bunday audio yozuvni mono apparaturada eshittirilganda yuqori chastotalarning yo‘qolishi va daraja o‘zgarishlarini kuzatish mumkin. Signalning umumiy darajasini nazorat qilish uchun chap va o‘ng kanalning suyuq kristall indikatori ham nazarda tutiladi, chunki u har qanday tovush manbayiga ulangan bo‘lib, deyarli faqat signal darajasini ko‘rsatadi, ko‘rsatkichli indikatorni takrorlaydi va murakkab darajalarni ajratib ko‘rsatadi. Bulardan tashqari, goniometr ekranida ortiqcha yukni yoki signal chegaralanishini, fon darajasi yoki musiqiy parchalar o‘rtasida pauzalardagi to‘siqlar (shovqinlar)ni kuzatish mumkin. Goniometr Goniometr nazorat uchun nihoyatda muhim va foydali uskuna bo‘lib, yo‘nalishlarni aniqlash, fazali siljishlar, moslashuvlar, xatolar turi va signalning boshqa parametrlarini belgilaydi. U ossilograf yoxud suyuq kristall negizida tayyorlanadi. Stereo yozuv vaqtida chap kanal signallari ekranda 45 daraja burchak bilan chapga buriladi, o‘ng kanal signallari esa 45 daraja burchak bilan o‘ngga buriladi. Natijada bo‘ylama
23 (vertikal) ellips ko‘rinishdagi ko‘p yo‘lli o‘ziga xos manzara namoyon bo‘ladi. Ellips shakl jihatdan aylanaga qanchalik yaqinlashsa, yozuv shunchalik ko‘proq stereofonik uslubda bo‘ladi; agar ellips ingichka (tor) bo‘lsa, u holda rang-barang signallar ham kam bo‘ladi va yozuv nisbatan kam stereofonik tus oladi. 1 – normal stereosignal; 2 – barcha ma’lumotlar faqat chap tomondan; 3 – barcha ma’lumotlar faqat o‘ng tomondan; 4 – monosignal; 5 – fazaga qarshi signal. Agar ekran bo‘ylama (vertikal) yo‘lni ko‘rsatsa – demak bu mono. Agar ekranda enlama (gorizontal) ellips yoki yo‘l (liniya) ko‘rinsa – bu fazaga qarshi degani. Bu mumkin emas. Demak, sababni bartaraf etish va kanallarni fazalashtirish kerak. Buning uchun har bir kanal chizig‘ida fazalar o‘zgartiruvchisi mavjud. Bulardan tashqari, goniometr ekranida signalning ortishi yoki chegaradan chiqishini, keraksiz fon darajasi yoki musiqiy parchalar o‘rtasi ya’ni pauzalardagi to‘siqlar (shovqin)ni ham kuzatish mumkin. AUX SENDS Aux sends – bu signallarni studiyadagi ovoz karnayi (dinamik) yoki quloq telefon (naushnik)lar orqali tinglash uchun uzatish qo‘shimcha kanallari bo‘lib, ular shuningdek, ishlov berish bloki (bo‘limi)ga ham signal uzatish imkoniyatini beradi. Bitta stereo va to‘rtta mono kanal mavjud. Ishlov berish bo‘limiga signal uzatishda, reverberatorga kirishda mono ishlatish mumkin, ammo reverberator chiqishi esa faqat stereo orqali amalga oshiriladi. 10-rasm.
24 GROUP OUTPUT SESTION Group output section – bu daraja nazorati ila miksherlangan guruh kuchaytirgichiga ega bo‘lgan hamda Direct (ya’ni, to‘g‘ridan-to‘g‘ri) va Float (ya’ni, o‘zgaruvchan aylanma, xalqasimon) kabi ikki tugmachani o‘zida mujassamlashtirgan guruh. ROUTING MATRIX Boshqaruv matritsasi, ko‘p yo‘lakli shina. Pult I/0 (Input/Output) modul hisobi bo‘yicha ko‘plab guruhli chiqishlarga ega. Matritsa har qanday modulni bu guruhlarning boshlang‘ich 32 chiqish yo‘liga ulash imkonini beradi. Matritsa individual Float moduli statusi va tugmachalaridan kelib chiqqan holda har qanday pultdan turli signal manba’larini olishi mumkin. Bosh (asosiy) QUAD BUS Quad bus – bu pultning 4 ta bosh shinalari. Bu shinalar stereo uslubi (FL va FR) va kvadro uslubi (FL, FR, LB va RB)da ishlash imkoniyatini yaratadi. FL – chap front; FR – o‘ng front; LB – orqadan chap (back); RB – orqadan o‘ng (back). Yuqori (pik) darajalar indikatori Pultlarning alohida rusumlarida signalning yuqori pik darajalari indikatorlari mavjud. Oddiy holatlarda bu shunchaki qurilmalarning biridagi blok yoki joyning chegaradan ortishini ko‘rsatuvchi kichkinagina chiroq. U odatda sariq yoki qizil rangda bo‘lib miksherning kirish yo‘liga, ekvalayzer, kompressor va boshqa qurilmalarga ham o‘rnatilishi mumkin.
25 Yuqori pik darajalarni chiquvchi suyuq kristalli indikatorlarda eslab qoluvchi, yozib oluvchi keyin esa indikatorning o‘zini odatiy uslubga qaytaruvchi avtomatik qurilma yordamida nazorat qilish mumkin. Yuqori pik darajalari indikatorlari kerakli darajalarni tanlashda va dasturning dinamik ko‘lamini to‘g‘ri uzatishda yordam beradi. Kirish va chiqish nazorati Zamonaviy pultlarda traktning har qanday nuqtasida signal nazoratining mavjudligi nazarda tutiladi. Masalan, pultga kirish yo‘lida, yozib oluvchi uskunaning chiqish yo‘lida, MDdan chiqish yo‘lida, DAT yoki kassetali magnitofonga, yo‘laklarga ishlov beruvchiga uzatiluvchi signallarda buni ko‘rish mumkin. Naushniklarga qanday signal ketayotganni, fonogrammani uzatishda studiya radiokarnaylarida qanday eshitilayotgani va boshqalar shular jumlasidandir. Ko‘p kanalli magnitofon qo‘llanib yozilgan tasmalar yozuvida bu ayniqsa dolzarbdir. Jarayon to‘g‘ri sozlanganda magnitofonning kirish va chiqish yo‘llari parametrlarga mos keladi. MD, CD, DAT kabi yangi audio texnik uskunalarning qo‘llanishida “ko‘p kanalli” tushunchasi muomaladan chiqib ketadi. Analog kommutator (The Patch)
26 Xodimlarning apparatxonasidagi ish qulayligi uchun barcha uskunalar, vositalar va alohida qism bo‘linmalarini analog kommutator (AK) va maxsus ulagichlar yordamida qo‘shish – ulash mumkin. AKning o‘zi pultning bir qismi bo‘lib, bir qator negiz uyalarga egaki, bularga pultning ichki tomonidan qism va vositalarning barcha kirish va chiqish yo‘llari ulangan: mikrofonlarning kirish va chiqish yo‘llari; chiziqli kirish va chiqish yo‘llari; guruhli chiqish yo‘llari; ko‘ptarmoqqa (mnogodorojka) uzatish; ko‘ptarmoqdan qaytish; DAT, CD, MD, Cass Deck ning kirish va chiqish yo‘llari; signallarga ishlov berish; kompyuterga uzatish; kompyuterdan qaytish; naushniklar; interfeyslar va boshqalar. Bundan tashqari signallarga jilo berish va qayta ishlash uchun bir nechta tashqi FX modullari ham mavjud bo‘lib bularga misol tariqasida LEXICON 960 va TS ELEKTRONIC M6000 tashqi effekt protsessorlarini keltirish mumkin.
27 SSL 4000G+ pultidagi signallarning subyektiv nazorati GENELEC (Finlandiya mahsuloti) akustik tizimlari orqali amalga oshiriladi. Korrelyator Stereoapparaturada amalga oshirilgan yozuv, mono usul (rejim)da biroz o‘zgacha eshitiladi: boisi stereo signaldagi chap va o‘ng kanallar fazali farqlarga ega. Masalan, bu darajaning kamayishi, yuqori chastotadagi tarkiblarning pasayishi, ovozning oldingi planga bo‘rtib chiqishi va hokazolarda ifodalanadi. Yozuv qanchalik stereofonik bo‘lsa, u mono usul (rejim)da shunchalik tor (yomon) jaranglaydi. Masalan, yozilgan chiroyli stereo yozuv, TV studiyasida reverberatsiyasiz, tekis va quruq eshitiladi. Bu vaziyatda ovoz rejissoriga e’tiroz bildirish mutlaqo asosli, boisi yozuv vaqtida ovoz uzatishning moslashuv (o‘zaro qo‘shilish) talabiga amal qilinmagan. Stereo yozuvni amalga oshirish vaqtida uning mono rejimdagi eshitilishini muntazam tekshirib turish kerak, buning uchun pultlarda munosib o‘zgartiruvchilar mavjud. Stereo va monorejimlarda sifatli sadolanishni ta’minlash va ma’lum tuzatishlar kiritish uchun alohida vaziyatlarda muayyan kelishuv (kompromiss)ga borishga ham to‘g‘ri keladi. Korrelyator – fazali tarkiblarni aniqlovchi strelka (ko‘rsatkich)li asbob. Agar ko‘rsatkich (strelka) bo‘ylama (vertikal) holatda bo‘lsa, hammasi normada, agar ko‘rsatkich + zonasida bo‘lsa, bu yozuvning monoga yaqin turganini bildiradi. Ko‘rsatkich – zonada bo‘lsa – bu bazadan ziyod degani. Pult, NA, CD, MD va magnitofonlardan tashqari apparat xonasida maxsus dastur asosida ovoz (tovush) bilan ishlovchi kompyuter ham joylashadi. Apparat xonasining qo‘shimcha jihozlari Majmua (komplekt)ga chiziqli blok, monitor, sichqonchali klaviatura, MIDI qurilmalar uchun pultli kompyuter va “Roland A-90” rusumidagi royal-klaviatura hamda sempler protsessorlar uchun diskovod va interfeyslar kiradi.
28 Qo‘shni xonada barqaror quvvat manbayi bloklari, sovutish tizimi va ventilyatsiya joylashtiriladi. Apparatura etajerka ko‘rinishidagi maxsus javonlarga (REK) o‘rnatilgan bo‘ladi. Ish jarayonida u qizib boradi, shu bois bu yerda muayyan haroratni saqlab turishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun qo‘shimcha, masofadan boshqaruvli Splittizimlar xizmat qiladi; ular texnik anjomlar haroratini 19 – 23 darajagacha sovutib turadi. Ushbu qulaylik xodimlarning ishlashi uchun ham zarur hisoblanadi. Ovoz rejissyorlari uchun ikkita ishchi o‘rin maxsus g‘ildirakli yumshoq o‘rindiqlar bilan ta’minlanadi. Bu esa xodimlarning uzunasiga joylashgan pult va boshqa texnik uskunalarni boshqarishda o‘rnidan turmasdan harakatlanish va o‘rindiqda surilish imkoniyatini yaratadi. Yamaha 02R raqamli miksher pulti va uning imkoniyatlari Yamaha 02R pulti 1995 yilning avgustida ishlab chiqarliganidan so‘ng o‘z sohasining standartiga aylandi. Ushbu pult 40 ta kirish kanaliga ega. Shulardan 16 tasi raqamli va 24 tasi analog kirishlardir. 8 ta guruh, 16 ta chiqish va 8 ta qo‘shimcha chiqish kanallariga egadir. Birgina 02R pultining o‘zi 32 ta kanaldan kelgan raqamli tovushlarni aralashtirib berishi mumkin. Har bir kirish kanali 4 qatorli ekvalayzer va dinamik qayta ishlovlarga ega. 24 ta analog kirishlardan 16 tasi chiziqli va mikrofonli kirishlarga ega va ularni biridan ikkinchisiga o‘tkazish imkoniyatiga egamiz.
29 Ushbu pultning chastotaviy diapazoni 20 Gs dan 20 kGs gachadir. Analograqamli va Raqamli-analog aylantirgichlarga ega. Yamaha 02R raqamli miksher pulti. Reverb, Delay, Chorus, Flanger, Symphonic, Tremolo, Rotary Speaker, Phasing, Pitch change va Auto panoramic qayta ishlovlarini o‘z ichiga oladi. Compressor, limiter, gate va ducking dinamik qayta ishlovlariga ega. 100 mm li avtomatlashtirilgan feyderlar o‘rnatilgan. Uning xotirasiga bir vaqtning o‘zida 64 ta sahna sozlamalirini saqlab qo‘yishimiz mumkin. 320 240 pikselli rangli monitorga ega. Pultning ushbu qismida biz qo‘shimcha kanallarni tanlab, sozlash imkoniga egamiz. Hozirgi holatda 1-aux kanali yoqilgan.
30 Geynlar – miksher pultiga ulangan cholg‘u yoki mikrofonlarning sezgirligini sozlash uchun mo‘ljallangan. Hozirgi holatda 1-kanalda tovush sezgirligi oshirilgan. Qolgan kanallarda esa sezgirlik minimum ko‘rsatkichga keltirilgan. Configuration bo‘limida delay, panoramik, EQ va boshqa effektlarni qo‘llashimiz mumkin. 4 qatorli ekvalayzer. Chapdan o‘ngga: past chastota, past o‘rta, o‘rta va yuqori chastotalar sozlanmasi. O‘ng tomondagi tugmalar orqali sozlanadi. F – chastotani, G – qattiqlikni. On tugmasi orqali ekvalayzerni yoqibo‘chirishimiz mumkin. Ushbu ekran yordamida sozlamarning qanday ko‘rinishda ekanligini va qaysi kanallar tanlanganini ko‘rishimiz mumkin. O‘ng tomondagi clip indikatori orqali tovushning qattiqlik darajasini bilishimiz va tovushni og‘riqli nuqta(pik)ga chiqmasligini ta’minlashimiz mumkin. Scene Memory yozuvi tagida esa sozlamalar qaysi raqam bilan saqlanganini bilib turamiz. Contrast tugmasi bilan ekranning yorqinligini sozlashimiz mumkin.
31 Yana shuni aytib o‘tishimiz kerakki, monitorda faqat tanlangan kanal (Selected channel)dagi sozlamalarni ko‘rib turishimiz mumkin. Feyderning holati, ekvalayzer, panoramik va boshqa sozlamalar shular jumlasidandir. Shuningdek Fader Status yozuvi ostida kanalning qo‘shimcha chiqish yoki asosiy kirish kanalida ekanligini bilib olishimiz mumkin (rasmdagi holatda asosiy kirish kanali). Selected channel yozuvida esa nechanchi kanal tanlanganini va uning qay holatda turganiligini aniqlashimiz mumkin(rasmdagi holat: 18-kanal, mic/line kirishi). Pultning yuqori o‘ng burchagida quloqchin(naushnik)lar uchun maxsus kirish bo‘lib, dinamik bo‘lmagan paytlarda yoki boshqalarga xalaqit bermaslik uchun undan foydalanishimiz mumkin. Phones Level muruvvati orqali quloqchindan chiqayotgan tovush qattiqligini sozlashimiz mumkin. Pultning o‘ng tomonidagi Talk Back yozuvi ustidagi tugmalar yordamida ovoz yozish xonasi bilan aloqa qilishimiz mumkin bo‘ladi. Bunda tovush ovoz yozish xonasida o‘rnatilgan monitordan yoki quloqchin(naushnik) orqali ijrochiga yetib boradi. Solo tugmasi yoqilganda tanlangan kanaldan boshqa barcha kanallarning tovushi o‘chiriladi. Uning yonidagi
32 muruvvat esa C-R level – Control Room level, ya’ni nazorat xonasidagi monitordan chiqayotgan tovushni sozlash uchun o‘rnatilgan. Pult kanallaridan sakkiztasida 48 voltli qo‘shimcha kuchlanish berishimiz mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki, faqatgina 8 ta kanalga kondensatorli mikrofonlarni ulash imkoniga egamiz. Sababi, aynan kondensatorli mikrofonlar 48 voltli kuchlanish orqali ishlaydi. Yuqoridagi tugmalar 8 ta qo‘shimcha chiqish kanallari (aux)dir. Aux 7 va aux 8 tugmalarini Effektlar uchun ham ishlatishimiz mumkin. Send level muruvvati orqali tovush qattiqligini sozlash imkoniga egamiz. Pastdagi L va R indikatori esa panoramik sozlamasini bildiradi. O‘ng tomondagi oq muruvvat bilan tovushni o‘ng yoki chap tomonga og‘dirishimiz mumkin. Pultning chap yuqori qismida Display Acces bo‘limi mavjud bo‘lib, bu yerda Store Memory tugmasi orqali avvaldan saqlab qo‘yilgan sozlamalar ro‘yxatini topishimiz mumkin. Shuningdek, bu yerda Group tugmasi ham bo‘lib, bu tugma orqali guruhlashni amalga oshirishimiz mumkin bo‘ladi. O‘z vaqtida jahon bozorini egallagan ushbu miksher pulti ovoz yozuvida juda keng qo‘llanilgan. Hozirda ham konsert zallarida uchratmasak-da, ushbu pultni ovoz yozish studiyalarida ko‘p ko‘rishimiz mumkin. Tovushni keng sig‘imli qilib chiqarib berishi, ortiqcha shovqinlarning bo‘lmasligi bilan 02R o‘z o‘rniga ega. Ushbu pultni katta bo‘lmagan konsert dasturlarida ham ishlatishimiz mumkin. Sozlamalarni saqlab qo‘yish imkoniyati bu borada faqatgina qulaylik tug‘diradi. Repititsiya jarayonida barcha mikrofon va cholg‘ular sozlanib, saqlab qo‘yilsa, konsert jarayonida bizdan faqatgina saqlab qo‘yilgan sozlamalarni Recall tugmasi orqali chaqirish talab etiladi xolos. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, Yamaha 02R pulti raqamli miksher pultlarning ilk mukammal ko‘rinishidir. Keyinchalik undagi imkoniyatlarga
33 qo‘shimcha imkoniyatlar qo‘shilib, Yamaha 02R96 modeli ham ishlab chiqilgan. Tashqi ko‘rinish jihatidan 02R ga o‘xshash bo‘lgan 02R96 pulti 2002 yilga kelibgina ishlab chiqarilgan. Ungacha esa 02R o‘z toifasidagi yagona mukammal miksher pulti bo‘lib qolgan. Yamaha-02R raqamli pulti analog va raqamli manbalar bilan ishlash, mikrofonlar, musiqa cholg‘ulari, chiziqli kirish yo‘llaridan signallarni yozib olish va ularni multitrek magnitofoni yoki kompyuterga yo‘llash imkoniyatlariga ega (11-rasm). Signallarni boshqarish, fazani 180 darajaga o‘zgartirish, aux-7 va aux-8 orqali muvofiq ravishda Eff-1 va Eff-2 lar yordamida qayta ishlov berish, panoramnik yordamida signal panoramasini almashtirish (o‘zgartirish), uskunalar bilan chiqish yo‘li monitorlari yoki quloqtelefon (naushnik)lari orqali tovushni nazorat qilish mumkin. Barcha boshqaruvlar, qurilmalar va regulyatorlar, o‘zgartiruvchilar, tugmacha va miksherlar holatini “Scene Memory” (“Store” tugmachasi) nomli maxsus funksiyadan foydalangan holda eslab qolish mumkin. 96 tagacha bo‘lgan turli xil holatlarni eslab qolish, keyinchalik esa “Recall” tugmachasi yordamida kerakli holatlarni chaqirish imkoniyati bor. kirish ы yozish Kuchaytirgich 02R NS – 10 m NS – 10 m 11-rasm.
34 NS – 10M STUDIO Yaqindan tinglash uchun professional studiya monitori 60-20000 Gtsli o‘tkazish yo‘lagi; 60 Wt li (maksimal 100 Wt) nominal quvvat; 8 Om li nominal qarshilik; 1 m masofadagi akustik quvvat – 90 dB; 2000 Gts li bo‘linish chastotalari; LF-JA 1801, HF-JA 0518 A dinamiklari; o‘lchamlari – 215 382 198 mm va og‘irligi 6,3 kg. Ajratuvchi (raz’yom) va jeklar Canon-XLR-3-32 (1-ground, 2-hot, 3-cold), male (ota) toifasidagi ajratuvchilar. – XLR – 3 – 31 (female) – ona. Simmetrik ajratuvchi (raz’yom)lar (connector are balanced) bo‘lsa-da, ammo phono-jack TRS chorak dyumli telefon jeki (barmoqchasi) Tip-Hot, Ring-Cold, Sleeve-Ground – stereo hamda mono sifatida ulanishi mumkin.
35 Tip-Hot, Ring-Cold, Sleeve-Ground. Markaz – issiq (+), halqa – sovuq (–), korpus – ekran (yer). Simmetrik ajratuvchilar (balamced) stereo-ma’lumotni olib boradi, ammo mono-usul (rejim) (unbalanced) uchun ham moslashtirilishi mumkin. TIP – out, Ring – In, Sleeve – Ground Insert input usuli rejimi hollarida. RCA/Phono – «lola» (tyulpan) ko‘rinishidagi ajratuvchi doimo nosimmetrik (unbalanced) stereoma’lumotni olib borish uchun 2 jek kerak bo‘ladi. MS 400 – aktiv (faol) monitori Ikki yo‘lakli aktiv (faol) monitor. 15 dyuym, 300 Wt past chastotali (woofer) dinamik. 2 dyuymli, 100 Wt li titan diafragmali chiyilloq pishalka. 50-16000 Gts chastota yo‘laklari; 124,5 dB li maksimal akustik quvvat; Buzilish (xato)lar koeffisiyenti 1 %; 90 daraja enlama (gorizontal) va 40 daraja bo‘ylama (vertikal) burchak bo‘yicha taralishi 1,6 kGts (30 dB/oktavaga) bo‘linish chastotasi; Chiziqli kirish yo‘li (+4 dB); Mikrofonning kirish yo‘li (–50 dB); Alohida nazorat (mic, line, master); Ekvalayzer (past va yuqori chastotalar); o‘lchamlari 449 683 379 mm; Ishlatiluvchi quvvati 120 vt. Apparaturani yoqish Studiyada apparaturani yoqishning muayyan tartibi mavjud. Buni Yamaha 02R pultli apparatxonasi misolida ko‘ramiz. Dastlab magnitofonlar, rekorderlar va signalga ishlov beruvchi vositalar, so‘ngra esa pult va nihoyat monitor 12-rasm.
36 kuchaytirgichlari, monitorlarning o‘zlari va boshqa pastroqda turgan uskunalar yoqiladi. 02R raqamli pult orqa paneldagi ON tugmachasini bosish bilan yoqiladi. Bir necha sekunddan so‘ng ekran yorishib, miksherlar (feyderlar) avvalgi 02R oxirgi marta o‘chirilgandagi holatiga qaytadi. Apparatni o‘chirish tartibi esa aksincha, avval monitorlar, (ovoz) kuchaytirgichlar, so‘ngra boshqa pastda turgan qismlar, rekorderlar va signalga ishlov beruvchilar o‘chiriladi. Pultni o‘chirish uchun orqa paneldagi ON/OFF Power tugmachasini bosish kerak. Pult o‘chirilganda miksherlarning barcha holati, barcha o‘rnatmalar va boshqa ma’lumotlar eslab qolinadi. 02R 96 ta sahnani, ya’ni miksherlar, regulyatorlar va pozitsiyalarning turli xil o‘rnatma va holatlarini eslab qolish imkonini beradi. Barcha o‘rnatmalarni avvalgi (Initial Data) pozitsiyalarga qo‘yish uchun “0” sahnasini chaqirish kerak. Shundagina 02R “Reset” pozitsiyasida bo‘ladi. “U” sahnasi – undo buffer. “U” sahnasini chaqirish bilan pultning so‘nggi holati tiklanadi. Yangi sahnani tanlash paytida, tanlangan sahna nomeri raqamli indikatorda yoritiladi. “Store” tugmachasi bosilsa, ekranda ikkita ramziy belgi paydo bo‘ladi: “Cencel” va “Execute”, “Cencel” – bu bekor qilish, “Execute” – esa bajarish Store – eslab qolish (yodda tutish) Recall – chiqarish – o‘sib borish (o‘sish) – pasayib borish (pasayish)
37 deganidir. Tanlash uchun “Cursor” nomli tugmachadan foydalaniladi va bu “Enter” tugmachasini bosish bilan tasdiqlanadi. Kirish yo‘li darajalarini o‘rnatish 02R yoqilgach “0 INITIAL DATA” sahnalari, barcha kanal feyderlari 0 (nol)da turishi kerak. Agar bunday bo‘lmasa, u holda “mic/line” ni ham stereo-master miksherni ham qo‘l bilan 0 ga qo‘yish kerak. Bu esa foydalanish uchun eng qulay holat. “Meter” tugmachasi displeyda “Meter” page ni namoyon qilishga xizmat qiladi va natijada “Mic/Line 1” signali avtomatik tarzda o‘lchanadi. Agar signal buzilsa (chegaralansa, xatolik ketsa), u holda “Peak” nomli ortiqcha yuk indikatori yonadi. Ortiqcha yukni bartaraf etish uchun esa 20 dB tugmachasini bosish kerak. Yuqori Om (qarshilik)li cholg‘u asboblarni (gitara yoki bass) yozishda “direct box” yoki gitara va 02R o‘rtasidagi ishlov beruvchidan foydalanish lozim (yoki gitara ovoz kuchaytirgichidan foydalanish kerak). 17-18, 19-20, 21-22, 23-24 kabi stereo kirish yo‘llari chiziqli kirish yo‘llari sifatida belgilangan. Signal optimizatsiyasi uchun “GAIN” regulyatori (boshqaruvchisi) ishlatiladi. Raqamli formatda tugmachadan foydalanib hamda g‘ildiraklar yordamida kirish yo‘li darajalarini sozlash va signal fazasini burash (aylantirish) mumkin. On-kanalni yoqish va o‘chirish tugmachasi (“ON/OFF” yoki “ON/Mute”) EQ “EQ” blokda va ularning displeylarida sozlanadi. “F” – chastota, “G (gain)” – kuchaytirish, “Q” – boshqarish yo‘lagi (sifatlilik). 0,5 dB bo‘ylab pog‘onali sozlash; LOW – past chastota; L-MID – past-o‘rta chastota;
38 H-MID – yuqori-o‘rta chastota; HIGH – yuqori chastota. Hammasini 0 ga qaytarish uchun (ya’ni, avvalgi holatiga) “LOW/HPF” tugmachalari bir vaqtda bosiladi va ushlab turiladi. “EQ-library” – ekvalayzer uskunalar (qurilmalar) kutubxonasi bo‘lib, u o‘z uskunalarini eslab qolish uchun 32 ta preset va 96 ta usedga ega. “INS” – erkin kenglik qo‘yish uchun, nomlash vaqtida esa “back spase” dan foydalaniladi. Kompressor (Compressor) Kompressor avtomatik nazorat darajalaridan birini ta’minlaydi. Kompressor yuqori darajalarni boshqarib, dinamik ko‘lamni (qisqartirib) kamaytirib, miksherlarning mos keluvchi darajalari qurilmasini o‘rnatish va nazorat kabi amallarni anchagina yengillashtiradi. Dinamik ko‘lamning kamayishi, yozib olingan darajalarning nisbatan baland o‘rnatilishi mumkinligini bildiradi. Shuning uchun ham signal-shovqin o‘zaro munosabati yaxshilanadi. 13-rasmda kompressorning 2 : 1 koeffisiyentli ishi ko‘rsatilgan. “Threshold” – boshlanish ostonasi. Bu bo‘sag‘adan daraja jihatidan past bo‘lgan signallar o‘zgarishsiz o‘tadi. Darajasi jihatidan yuqori bo‘lgan signallar “Ratio” – koeffisiyentga proporsional ravishda kompresslanadi. Kompressiya 13-rasm. Uchiqish –20 0 +20 Ukirish Thereshold knee –10 –20 0
39 koeffisiyenti “2 : 1” – bu holat agar kiruvchi signal 20 dB ga o‘zgarsa (ortsa), chiquvchi esa faqatgina 10 dB. Agar “Ratio 5 : 1” bo‘lsa kiruvchi signal 20 dB ga o‘zgaradi, chiquvchi esa faqatgina 4 dB va h.k.ga ortadi. “Attack” – ataka, kompressor qanchalik tez ishga kirishishini ko‘rsatadi, bir lahzadami yoki bir necha m/sek davomidami. “Out gain” – dB ning chiqish darajasi “Knee” – kompressorning boshlanish ostonasidagi burilish yo‘li Agar “Knee Hard” (keskin)ga teng bo‘lsa, u holda yo‘l shu zahotiyoq ajralib ketadi; agar “Knee = 5” bo‘lsa, u holda (yo‘l) asta-sekinlik bilan ajraladi. “Release” – (tushish) kompressorning dastlabki parametrlariga qanday qaytishini belgilovchi hajm (ya’ni, yoyilish ostonasigacha bo‘lgan signal hajmi (“threshold”)). 5 m/sek dan 46 sek gacha vaqt bilan o‘lchanadi. Shovqin yutuvchi (GATE) “GATE (noise gate)”. Tovush to‘sig‘i yoki shlyuz – belgilgan ostona (pog‘ona)dan past signalni yutuvchi. U fon, signallar o‘rtasidagi shovqin va to‘siqlar mavjudligida ishlatiladi. Agar fon shovqinlar faqat frazalar o‘rtasidagi intervallardagina eshitilsa, u holda eng to‘g‘ri yechim bu “noise gate” (“tovushli shlyuzlar”) deb nomlanuvchi dinamik ishlov beruvchidan foydalanishdir. U balandlik (bo‘sag‘a)ning muayyan darajasiga yaqin yoki undan oshuvchi tovushlarga erkin o‘tish imkonini beradi. Agar balandlik darajasi to‘satdan ostona ahamiyatidisk pastga tushsa, u holda tovush (ovoz) shlyuzi ovozli signal o‘tish yo‘lini o‘sha zahotiyoq berkitib qo‘yadi. Tovush (ovoz) balandligi darajasi ostona ahamiyatidan yana yuqorilasa, u o‘tish yo‘lini yana ochib yuboradi. Ovoz shlyuzi kabi yana bir “ekspander” nomli dinamik ishlov beruvchi ham faoliyat ko‘rsatadi. U signal (ovoz dinamik diapazoni) ko‘lamini kengaytirish uchun mo‘ljallangan. Agar balandlik ostona ahamiyatidan pastga tushsa, ovoz shlyuzi uni minimal daraja qilib ko‘rsatadi; ekspander esa foydalanuvchi buyurgan darajagacha pasaytiradi. Ekspander ancha yumshoq va silliq ishlaydi va fon
40 shovqinlarini sezilarli darajada zaiflashtirish imkonini beradi. Ko‘pincha effektni oshirish uchun ovoz shlyuzi va ekspander bir vaqtda qo‘llaniladi. Bunday mutanosiblik past darajali fon shovqinlarini ahamiyatli ravishda yoki to‘liq holda pasaytiradi. Threshold (dB) Ratio ( :1) Attack (ms) Outgain (dB) Knec Release ms Hold ms Width(dB) Range (dB) Decay (ms) Bass drum compressor –24 3 9 5,5 2 58 Bass drum Compressor –17 2,5 8 3,5 2 12 Snare drum Gate –8 1 0,63 –23 238 –, , – Expander –20 2 2 5 2 750 Toms Compander –24 2 38 –3 840 54 Avtomatik ovoz balandligi, tarelkalar chalinmaganda barabanlar bo‘linishi. Compressor –9 2,5 17 1 hard 238 Piano Compressor –8 3,5 7 2,5 4 260 El.guitara Compressor –10 2,5 5 1,5 2 240 Aq.guitara Compressor –11 2 33 1,5 2 750 Strings Compressor –18 1,7 18 4 1 230 Brass Compander –18 1,7 8 –2,5 238 18 Percussion sounds Compressor –20 2,5 31 2 1 342 Vocal Compressor –9 –8 1,7 2,5 39 26 2,5 1,5 2 3 226 331 Gate –26 0 2,6 –56 330 Gate-programs Compressor 0 0 0 hard 319 Peak stop Compressor –8 2,5 60 0 2 1,2 sec. Stereo out (durimg mixdown)
41 “O‘zbekiston» xalqaro tantanalar saroyida “STAGETEC” tizimlari Saroy hozirda keng “NEXUS” tovush tarmog‘iga ega. “CRESCENDO” raqamli konsoli binoning katta zalida o‘rnatilgan. Biroq, ixcham dizayni tufayli, undan boshqa joylarda ham foydalanish mumkin. Keng optik tarmoq “NEXUS STAR” va “I / U” komponentlari sifatida ishlatiladigan “NEXUS” qurilmalaridagi “CRESCENDO” ishlov berish apparatiga ulanish imkonini beradi. “CRESCENDO” ataylab tanlangan, chunki u nafaqat raqamli stollarning odatdagi moslashuvchanligini, balki foydalanuvchilarga qulay sozlash variantlarini ham ta’minlaydi. 56 fader kanalli maxsus chiziqlar konsolda mavjud. “CRESCENDO” protsessor apparatiga ulangan va umumiy audio tarmog‘idagi tugun bo‘lib ishlaydigan “NEXUS STAR” ga qo‘shimcha ravishda, audio tizimi o‘nta asosiy qurilmadan iborat. Ulardan uchtasi mustahkam optik tola bilan bog‘langan va mobil qurilmalar sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Ushbu jihozlar katta zal maydonidagi oltita kirish punktlaridan biriga ulanishi mumkin va kompleks tarkibida joylashgan 120 ta kirish nuqtasi mavjud. Ularning ba’zilari optik aloqani ta’minlaydi, boshqalari esa analog mikrofon portlarini
42 taqdim etadi hamda “NEXUS” auditoriyada va boshqa zallarda foydalanishga imkon beradi. “NEXUS” , “CRESCENDO” va boshqalar Kompleksdagi audio tizim juda moslashuvchan bo‘lib, deyarli har joyda yuqori sifatli ovozni takomillashtirish mumkin. Bino ichida “NEXUS” tovush tarmog‘i va keng qo‘shimcha analog kabellar bilan birgalikda ulkan moslashuvchanlikni ta’minlaydigan 120 dan ortiq aloqa qutilari mavjud. «CRESCENDO» Ovoz tizimining markazida joylashgan 56 ta faderli “STAGETEC CRESCENDO” raqamli konsoli katta zaldagi nazorat xonasida joylashgan va “NEXUS STAR” router bilan bog‘langan. Konsolni boshqarish joyi shuningdek, binoning boshqa joylarida ham, bino bo‘ylab o‘rnatilgan optik kabel orqali “STAR” routerga ulanishi mumkin. “CRESCENDO” ataylab tanlangan, chunki u nafaqat raqamli stollarga xos moslashuvchanlikni ta’minlabgina qolmay, balki foydalanuvchilarga qulay sozlash imkoniyatlari ham mavjud. “CRESCENDO” konsertlarni miksherlash paneli sifatida foydalanishni oldindan belgilab beruvchi keng ko‘lamni taklif etadi. “TFT” kanali funksiyalarining ekrani “CRESCENDO” uchun maxsus moslangan: “SEND” yo‘nalishidagi ko‘plab ulanishlarni tasavvur qilish uchun
43 funksiya ekrani “TFT” kanalida yangi ishlab chiqilgan. “CRESCENDO” konsoli “NEXUS STAR”ga o‘rnatilgan audio protsessorga ulangan sof operatsion va boshqaruv blokidir. “STAR” har bir konsolda nazorat qilishni o‘z ichiga olgan yetti signal ishlash kartasini (6-U plagin kartalari) sozlashi mumkin. “CRESCENDO” va “STAR” router optik tolali aloqa orqali ulangan. “NEXUS STAR” yuqori stansiya uskunalari hamda “NEXUS” asosiy qurilmalari “MADI” va optik tolali kartalar bilan jihozlangan bo‘lishi mumkinligi uchun (4,096 × 4,096 kommutatsiya nuqtalari) yuqori rouming imkoniyatini taqdim etadi. Barcha “Stage Tec” mahsulotlari kabi, “CRESCENDO” mukammal ovoz sifati va professional foydalanishdagi yuqori darajadagi operatsion ishonchlilikni taklif etadi. 40-bitli suzuvchi-nuqtali arifmetik va 32-bit “TrueMatch” konvertorlari standart ravishda ishlaydigan, shuningdek, ortiqcha quvvat manbalari va optik tolali ulanishlar va avtomatlashtirilgan sinov usuli hisoblanadi. “CRESCENDO” “Stage-Tec” konserni bo‘linishi va “G / Ç” matritsasi tarkibiy qismini davom ettiradi, asosiy konsol esa sof nazorat qilish va ishlovchi qurilma hisoblanadi. “CRESCENDO” aralashtirish konsolining tizimi asosiy konsol, “NEXUS STAR” alohida ovoz protsessori va “NEXUS” audio tarmog‘ini o‘z ichiga oladi. Ushbu segmentatsiya tarqalgan va samarali ovozli tarmoqlarga imkon beradi. Konsol yuzasi modulli va turli xil boshqaruv paneli va TFT ekranlaridan iborat. Jadval versiyasida klaviatura ham mavjud. Konsolli tizimi ko‘plab konfiguratsiya darajalari mavjud: turli kvadrat kengliklari va signal protsessorlari modullari soni bir-biridan mustaqil ravishda tanlanishi mumkin. Ushbu o‘zgaruvchan konsepsiya kichik jonli mikserlardan eshittirish kompanentlarri to‘liq jihozlangan tizimlarga imkon beradi. To‘liq kengaytirish bosqichida “CRESCENDO” 700 ta ovozli kanal uchun ettita protsessor kartalarining DSP ishlashi bilan ishlaydi. Konfiguratsiya ma’lumotlari va undan ko‘p ma’lumot konsolning markaziy konsolida ekranda ko‘rsatiladi. “CRESCENDO” energiyani iste’mol qilishda juda tejamkor. “CRESCENDO” ning ikkita konsulining audio
44 protsessorga bir vaqtning o‘zida ulanishi “CRESCENDO” asosiy konsepsiyasida o‘rnatilgan: “CRESCENDO” parallel konsol sifatida ishlatilishi mumkin. Ushbu variantda, ikkinchi, odatda kichikroq konsol, asosiy konsol uchun parallel ravishda tanlangan manbalarga kirish orqali asosiy konsol uchun masofadan boshqarish uchun ishlatiladi. Boshqa tomondan, NEXUS STAR ikkita “CRESCENDO” konsolining har biri o‘z signalini qayta ishlash bilan ishlashi mumkin. Audio protsessor Protsessorlar: ADSP 21160 “SHARC”; Hisoblash aniqligi: 40 bitli suzuvchi nuqta (32 + 8); Ko‘p kanalli formatlar: 8 ta kanal; A/D mikseri D/A konvertorini o‘z ichiga olgan signallarni tarqatish vaqtlari: fs = 48 kHz dan 1,5 ms dan kam va fs = 96 kHz dan 1 milya dan kam. Signallarni qayta ishlash modullari. Kanal kirishlari; Compressor; Expander / Noise Gate; Yuqori o‘tish filtri; Past-o‘tkazgichli filtr; Bell EQ (HF, HMF, LF, LMF); Pan; To‘g‘ridan-to‘g‘ri PF/AF; PF/AF-Aux, PF/AF-N-1; PFL/ solo; Asosiy fader. Nexus orqali : tizim komponentlarini Nexus optik tolali aloqa moslamasi; Video va WCLK sinxronlash kirish kartasi.
45 Analog audio Mikrofonni In, 32 bit ADC; Analog Tarmoq kirish/chiqish 24 dBu, 24 bit ADC; Chiziqli kirishlar: 24 bit TrueMatch A/D, 133 dB (A) dinamik; Chiqish ezilgan: 24 bit D/A, typ.131 dB (A) 24 dBu da dinamik. Raqamli audio IP orqali Dante Audio; AES/Abu; Dolby E®-da Kirish/Chiqish; SD va 3G HD-SDI; S/PDIF kirish / chiqish; Raqamli Mic AES 42; MADI; TDIF; ADAT. DSP va kontroller 40-bitli suzuvchi nuqta formatidagi XDSP signallarini qayta ishlash; XFAD, tovushli signallarni o‘zaro baholash uchun; XRI, 24/12 Kanal Relay Birligi (GPI, GPO), elektron kalitli Kontaktlar va Optocoupler Kirishlari bilan; XCI, ketma-ket ma’lumotlar formatlari uchun universal interfyes; XTI, tashqi ketma-ket ma’lumotlarning oshkora o‘tkazilishi uchun 4 kanalli ikki tomonli karta. MD 8-minidisk rekorder + miksher sempllash chastotasi 44,1 kGts; ATRAC kompressiyasi; –20 Gts –20 kGts (+1 dB, –3 dB) chastotalar yo‘lagi; buzilishlar koeffisiyenti THD+N 0,02% (1 kGts)dan kamroq;
46 signal/shovqin munosabati 96 dB; ovoz yozuvi va ovoz o‘quvchisining 8 ta mustaqil treklari (yozilish vaqti 18 daqiqa); Punch In/Out (11,6 m soniya aniqlikdagi) avto va qo‘l funksiyasi; A-V, Song, All songs qaytarish funksiyalari; Van-pitch ±12% tezlikning o‘zgarishi; informatsiyaning Start va End pozitsiyalarini izlash; har bir informatsiyaga 10 ta markerning o‘rnatilishi; Cue & Review 0,5x, 2x, 8x, 16x, 32x tezlikdagi tinglov; Copy, Move, Divide, Combine, Renamber, Erase, Name, Part copy, Part erase kabi tahrirlash imkoniyatlari; MIDI bilan ishlash imkoniyati; ko‘p funksiyali displey; Mic/Line (nosimmetrik, phone jack-10/-50 dB) 8 ta kirish yo‘li; 2 ta chiziqli kirish yo‘li, (9-12)-10 dB kanallari; 2TR In (L,R) chiziqli kirish yo‘li; direct out (1-8) har bir trekdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish yo‘laklari; (–10 dB) stereo chiqish yo‘li; (monitor out L, R) monitorga chiqish yo‘li; AUX send (1,2)ning 2 tanlovi; Phones out (8-40 Om) naushniklarga chiqish yo‘li; 45 mm stereo master-miksher; 4 guruhga guruhlanish imkoniyati; 0 dB 0,775 V ga teng;
47 qo‘llaniluvchi quvvat 40 W; vazni 6,4 kg; hajmi 484 102 412 mm. Rekorder ovoz yozishning 4 usuli: mono, stereo (2 yo‘lakli), 4 ta trek, 8 ta trek. Yozishning muvofiq vaqti: 148, 74, 37, 18 daqiqa; oddiy MD formatiga tusha oladigan Mono va stereo uslubida (1 va 2 kanallar) yozish imkoniyati; nol darajadagi (0) detonatsiya; audio yozishdan avval MD data diskini formatlashtirish kerak emas; qo‘shiqning (song) boshi va oxirini tez aniqlash imkoniyati. So‘nggi yozuvdagi IN/OUT nuqtalari va har bir audio informatsiyada o‘rnatmaning 10 markergacha yetishi; MD 4 da yozilgan informatsiyalar MD 8 da konvertlashtirilishi mumkin; yoritilgan displey signallari darajasi, yozuvlar usuli, umumiy status hamda qolgan vaqt, taktlar, hissalar va boshqalarni ko‘rsatadi; Midi Time Code yoxud Midi clock yordamida MIDI tizimlari bilan sinxronlashish; distansion nazorat va boshqarish imkoniyati; operatsiyani yengillashtirish uchun Yog va Shuttle kabi juftlangan boshqarish g‘ildiraklar. MD 8 uchun faqat 8 trekli yozuvga xos maxsus disklar (MD data disc) ishlatiladi. Oddiy mini disklarni faqat mono va stereo yozuvlar uchun 1 va 2 kanallarda qo‘llash mumkin. Disklarning 2 turi mavjud: Playback only va Rewritable, bulardan oxirgisini tanlash maqsadga muvofiqdir. MD DATA disklari kompyuter ma’lumotlarini yozishdan avval formatlashtirishni talab etadi. Oddiy MD diskalari MD data disklarini eshittira olmaydi. MD 8 da yozilgan oddiy MD disklarini oddiy MD diskalarida tinglash mumkin. Oddiy diskalarda yozilgan
48 yozuvlarni MD 8 da tahrir qilish mumkin. Ayrim audio yozuvlarini MD 8 da ham tahrir etib bo‘lmaydi; boisi unga (MD 8) seriyali nusxa ko‘chirishdan (SCMS) himoya qiluvchi moslama o‘rnatilgan. TOC-Table of Contens diskdagi yozuv haqidagi ma’lumotni, nomlanishni, sarlavha va hokazolarni o‘zida jamlaydi. TOC Edite indikatori odatda yozuv yoki tahrirdan so‘ng yonadi. Bu yozuv o‘chmaguncha diskni chiqarib olish mumkin emas, shuning uchun avval TOC Write (Stop)ni bosish va undan so‘nggina diskni olish mumkin. MD data disklari nihoyatda mukammal bo‘lib ular ma’lumotlarni hatto 1000000 ta yozish va eshitish operatsiyasidan so‘ng ham saqlay oladi. Unda ma’lumotning tasodifan o‘chib ketishini oldini oluvchi himoya bor. FRAME-soniya (sekunda) hissasi: data uchun 11 millisoniya, 44, 1kGtsda ATRAC uchun 512 sempl. Bir soniyada taxminan 86 frams. Bitta diskka 254 tagacha ma’lumot (song) sig‘dirish mumkin. MD 8 3 soniyali buferga egaligi bois hech qanday zarb va silkinishdan qo‘rqmaydi. Nazorat savollari: 1. Ovoz yozish studiyasi apparatxonasi qanday talablarga javob berish kerak? 2. Miksher pultining asosiy vazifasi nimadan iborat? 3. Raqamli miksher pultlarining afzalligi nimalardan iborat? 4. MD 8 ning MD 4dan afzalligi nimalarda namoyon bo‘ladi? 5. Chiziqli va mikrofon kirishlarinig asosiy farqi nimada? 6. Ekvalayzerlarning asosiy vazifasi nimadan iborat? 7. Daraja ko‘rsatgich indikatorlari nima uchun kerak? Mustaqil mashg‘ulot uchun topshiriqlar: 1. Apparatxona texnik anjomlarining zamonaviy turlarini o‘rganing? 2. Miksher pultlari kirish va chiqishi tizimini mustaqil o‘rganing. 3. MD 8 multitrack MD rekorder jihozida mustaqil ravishda turli ovoz yozuvlarini amalga oshiring.
49 Foydalanish uchun adabiyotlar: 1. Rick Clark. Mixing, Recording, and Producing Techniques of the Pros, Second Edition, 2010. –400 pages. 2. Динов В.Г. Звуковая картина: Записки о звукорежиссуре (учебное пособие). Издание третье, среотипное. –СПб: Издательство «Лань», 2012. 3. David Gibson. The Art of Mixing: A Visual Guide to Recording. 4. Меерзон Б. Акустические основы звукорежиссуры. –М., 2004. MIKROFONLAR Mikrofonlar (14-rasm) – tovush signallarini elektr to‘lqinlariga aylantiruvchi maxsus o‘zgartirgich xizmatini o‘taydi. Natijada chiqish yo‘lida kirish yo‘li akustikasiga mos elektr signal paydo bo‘ladi. 14-rasm. Mikrofonlarning barcha unsur va qismlari metall yoki plastmassa korpusga mujassamlanib mahkamlangan bo‘ladi. Ushbu jismning bir tomonida shar yoki boshqa shakldagi maxsus himoya qalpoqchasi ostida asosiy tovush qabul qiluvchi – diafragmali kapsula, tovush g‘altagi, doimiy magnit va boshqa tarkibiy qismlar joylashadi. Jismning ikkinchi tomonida esa mikrofon kabelini (DIN, CANON va boshqa toifadagi) ulash uchun elektrik qism (uya) o‘rnatiladi. Korpusga ko‘pincha mikrofonni yoqish moslamasi, past chastotalarni chegaralovchi; ba’zi modellarda
50 yo‘nalish diagrammasi va sezgirligini o‘zgartiruvchi aylantirgichlar ham o‘rnatilgan bo‘ladi. To‘r va korpus mikrofonni mexanik ta’sirlardan himoya qiladi. Shuningdek ekran (elektrik va magnit maydonlaridan, to‘siq va shovqinlardan) funksiyasini ham bajaradi. Elektret mikrofonlarda batareyka ulash joyi ham mavjuddir. Mikrofonlar maxsus ushlagichlar yordamida mikrofon tirgaklariga mahkamlanadi va amortizator hamda troschalar bilan zaruratga ko‘ra shiftlarga ham osib qo‘yiladi. Shuningdek, taglik (podstavka)larda suxandonlar oldiga qo‘yiladi yoki xonanda va boshlovchilarning qo‘lida ham bo‘lishi mumkin. Mikrofon – nihoyatda nozik va murakkab uskuna, uni urintirmaslik, diafragmasiga puflamaslik, tirgaklarni yoniq holdagi mikrofonlar bilan aralashtirmaslik (va hk.) kerak. Mikrofon kabellarining tegishli vositalar bilan ko‘p ulanishi natijasida bo‘linmalar o‘rtasidagi ulanish (kontakt) buzilish hollari kuzatiladi. Ushbu sabablarga ko‘ra tirgaklardagi kabellar bilan ulangan mikrofonlar studiya sharoitlarida ishdan so‘ng o‘chirilib asosan chetga olib qo‘yiladi. Bugungi kunda qator firmalar katta miqdorda turli xil mikrofonlarni ishlab chiqaryapti. Ular targ‘ib qilish maqsadida mahsulotlariga juda yuqori parametr va ta’riflarni berishayapti. Ammo mikrofon sifatini bilish uchun uni turli manbalar ya’ni, tovushlar, turli xil cholg‘ular va hokazo yozuvlarda sinab ko‘rishning o‘zi kifoya qiladi. Amaliyotdan ma’lumki, Avstriyaning AKG 414 B rusumidagi mikrofoni o‘zining pasportidagi ajoyib ma’lumotlariga qaramasdan katta barabanni yozishda zarur aniqlikni ta’minlay olmagan. Zero, bunda yuqori chastota darajalari oxirigacha ko‘tarilgan edi. SM-2 Neumann mikrofoni esa bu vazifani deyarli ortiqcha ishlovsiz bajara oladi. Shu bois, qaysi musiqiy asbob yoki tovush manbayi uchun qaysi rusum (marka)dagi mikrofon to‘g‘ri kelishini amaliy jihatdan belgilab olish va munosibini qo‘llash lozim.