The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by Beshariq Madaniyat, 2024-04-05 06:04:48

Ovoz-ezish

Ovoz-ezish

51 Asosiy parametrlar: Mikrofonning sezgirligi – bu mikrofon chiqishdagi signal quvvatining kirishdagi tovush bosimiga bo‘lgan nisbatidir. U odatda millivoltlarda o‘lchanib, 1mV/Pa dan 1V/Pa ni tashkil etadi va tovush chastotasi hamda to‘lqin burchagi darajasiga ham bog‘liq bo‘ladi. Yo‘nalish tavsifnomasi – bu mikrofon sezgirligiga ya’ni, tovush to‘lqini tushuvchi burchakka bog‘liq polyar koordinatlardagi grafik tasavvurdir. Odatda bir emas, bir necha turli xil chastotalarga (masalan, 100 Gsda, 1000 Gsda, va 10 kGsda) mos keluvchi diagrammalar keltiriladi. Mikrofonlar yo‘nalish diagrammasiga qarab yo‘naltirilmagan (aylana, sferik), ikki yoqlama to‘g‘ri yo‘naltirilgan (sakkizlik), bir tomonlama yo‘naltirilgan (kardioid) va o‘tkir yo‘nalishli (giperkardioid) turlarga bo‘linadi (15- rasm). Mikrofonning chastotaviy tavsifi (yoxud chastotalarning ishchi ko‘lami) – bu chiqish quvvatining akustik signal kirish yo‘li chastotasiga bog‘liqlik grafikasidir (16-rasm). 1 – aylana 2 – kardioid (yunonchadan kardiya – yurak) 3 – sakkizlik 4 – giperkardioid 1 2 3 4 15-rasm. 16-rasm. F (Gs) dB U mb 100 1000 10000


52 Ba’zi mikrofonlarning yuqori va past chastotalarda qabul qilish sifati tegishli darajada bo‘lmasligi mumkin. Bunday holatlar pult korreksiyasi orqali bartaraf etiladi. Diafragma – mikrofonni tashkil etuvchi eng muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u ingichka plastinka, plyonka yoki lenta ko‘rinishida bo‘ladi. Aynan u tovush to‘lqinlari ta’siriga uchraydi. Mikrofonlar akustik signallarni qabul qilish ta’sir kuchiga qarab, bosim va gradiyent bosim, shuningdek, kombinatsiyalangan va interferension turlarga ajratiladi. Bosim mikrofonlarida diafragmaning tovush bosimini qabul qilishi bir tomonlama bo‘ladi. Uning ichki tomoni esa qattiq korpusda to‘liq berkitilgan. Gradiyent bosim mikrofoni tovush bosimini qabul qilgichida esa ikki tomonlama ochiq diafragma yoxud membranadan foydalaniladi. Kombinatsiyalangan mikrofon yo‘nalishi o‘zgaruvchan diagrammali moslamalar qatoriga mansub. Interferension mikrofonlar studiya va ochiq havodagi uzoqroq manbalar (15-20 m)dan (maydonlarda, stadionlarda, tovush effektlarini yozishda va b.) yo‘naluvchi tovush qabuli uchun ayniqsa qulaydir. Ushbu mikrofonda diafragmaga nisbatan tovush ta’siri 1m gacha uzunlikdagi yo‘naltiruvchi ma’lum diametrdagi trubka orqali o‘tadi. Akustik tebranishlarning elektrik quvvatga aylantirishi xususiyatiga ko‘ra mikrofonlar ko‘mirli, pyezoelektrik, elektromagnit, dinamik va kondensatorli turlarga bo‘linadi. Ko‘mirli mikrofonlar, ko‘mir kukuni hossalari asosida ishlaydi va o‘z qarshiligini esa tovush to‘lqinlari ta’siri ostidagi kuch zichligiga qarab o‘zgartiradi. Pyezoelektrik mikrofonlar – pyezoelektrik effekt tamoyillari asosida ishlaydi, ya’ni bu elektr zaryadlarining ba’zi moddalar kristallari yuzasida tovush bosimi ta’siri ostida hosil bo‘lishidir. Ushbu zaryadlar hajmi tovush to‘lqiniga proporsional bo‘ladi. Elektromagnit mikrofonlar ta’siri magnit oqimida harakatchan unsurlar (langar, tovush g‘altagi)ning qorishuvi bilan o‘zgarishi tamoyiliga asoslanadi.


53 Ko‘mir, pyezoelektrik va elektromagnit mikrofonlar sifatining pastligi, chastotasining tor ko‘lamliligi, chastotali ta’rifning notekisligi, o‘z shovqinlari darajasining ortiqligi sabab hozirgi vaqtda faqat operativ aloqa va havaskorlik maqsadlarida qo‘llaniladi. Radio eshittirish va kasbiy darajadagi ovoz yozish ishlarida esa dinamik va kondensatorli mikrofonlardan keng foydalaniladi. Dinamik (17-rasm) mikrofonlarning ishlash prinsipi tovush g‘altagining doimiy magnitning magnit tirqishidagi o‘zgarishiga asoslanadi. Mikrofon Yuqori chastotali diafragma (0,038) Past chastotali diafragma (0,012) Kapsulaning himoya to‘ri (setka) Yuqori chastotali signallarni qabul qiluvchi alyumin asosidagi g‘altak Chiqish signalini 6 martaga kuchaytiruvchi neodin magniti Ikki karra amortizasiyalovchi tizim Shovqinga qarshi yoqish-o‘chirish tugmachasi 17–расм. Mikrofon simi


54 diafragmasi g‘altak bilan mustahkam qo‘shilgan bo‘lib, elektromagnit induksiyasi qonuniga binoan unda aynan tovush bosimiga proporsional quvvat paydo bo‘ladi. Dinamik mikrofonlarning sifat ko‘rsatgichlari yomon emas, mustahkam uncha katta bo‘lmagan hajm va og‘irlikka ega. Ortiqcha yuk va mexanik silkinishlardan cho‘chimaydi. Shu bois u studiyalarda, sahna va ochiq maydonlarda keng qo‘llaniladi. Dinamik mikrofonlarga, shuningdek, tasmali mikrofonlarni ham kiritish mumkin. Bu yerda magnit tirqishiga o‘rnatilgan yupqa, qat-qat tasmacha tovush qabul qiluvchi va aylantirgichdir. Tovush ta’siri ostida bu tasmacha tebranib, uning chetlarida elektr quvvati paydo bo‘ladi va u moslashtiruvchi transformatordan so‘ng ekranlashgan kabel orqali mikrofon kuchaytirgichiga uzatiladi. Tasmali mikrofonlar ma’qul ko‘rsatgichlarga ega bo‘lsa-da, ammo yukdan qo‘rqadi; yaqin masofalarda ham past chastotalarni bo‘rttirib ko‘rsatadi, shu bois ularni ochiq maydonlarda qo‘llab bo‘lmaydi. Ovoz yozuvida eng ommabop mikrofonlar – bu kondensatorli mikrofonlardir. Bunda yupqa va yengil kondensator asosidagi kapsula tovush qabul qilgich vazifasini o‘taydi. Uning bir plastinkasi harakatsiz bo‘lsa, boshqasi yengil, ixcham bo‘lib tovush to‘lqini ta’siri ostida tebranadi, harakatli membranalar ikkita bo‘lishi ham mumkin. Kapsula doimo polyarizatsiyali quvvat (3-60 V) ta’siri ostida bo‘ladi. Kapsula bilan bevosita yaqinlikdagi lampali yoxud tranzistorli kaskad kapsula bir korpusda joylashadi va shundan so‘nggina kabel orqali quvvat kuchaytirgichga uzatiladi. Kondensatorli mikrofonlar uchun elektr manbayi ekranlashgan kabel bilan qo‘shiluvchi maxsus to‘g‘rilovchi moslama (adapter) orqali yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri pultdan olinadi. Kondensatorli mikrofonlar eng sifatli ko‘rsatkichlarga, ya’ni sezgirlik, chastotalarni qabul qilish spektrining kengligi, tekis chastotali tavsiflar, qamrov ko‘lamining keng va teranligiga ega bo‘ladi. Mikrofon yoki pultlarga o‘rnatiluvchi qabul yo‘nalishining almashinuvchi ta’riflari ham qimmatli sifatdir. Buning uchun ikkita, harakat elektrodiga ega kapsulalardan foydalaniladi. Sxemaga ulanishning turli xil usullari esa yo‘nalishning xilma-xil imkonini beradi. Stereo-kondensatorli


55 mikrofonlar bitta korpusda bir-birining ustiga tikka (vertikal) tarzda joylashgan ikkita kapsulaga ega bo‘lib, ular 45, 90, 180 va undan ziyod darajalarga burilishi mumkin. Kondensatorli mikrofonlar bilan ishlash jarayonida ehtiyot bo‘lish lozim. Chunki, bu vaqtda kapsula tarang holatda (kuchlanish ostida) bo‘ladi. Shu bois, kondensatorni ishdan chiqarib qo‘ymaslik uchun tirgak va mikrofonlarni surish, almashtirish tavsiya etilmaydi. Ushbu sababga ko‘ra korpusni taqillatish yoki mikrofonga puflash ham man etiladi. Barcha qo‘shimcha ishlarni quvvat manbayi o‘chirilgan holda olib borilgani ma’qul. Eng mashhur mikrofonlardan biri Avstriya mahsuloti bo‘lgan AKG firmasining S2000B markasidir. Shu firmaning o‘zi stereomikrofonlarini ham ishlab chiqaradi. So‘nggi davrda uzun kabel va shnurlarsiz ishlovchi radiomikrofonlar keng tarqalmoqda. Ular radio va tele ko‘rsatuvlarda, tok-shoularda, konsertlar va ommaviy tantanalarda tez-tez ishlatiladi. Alohida guruhni tashkil etuvchi “ilmoqli” (yoqa) mikrofonlar suxandon va boshlovchilar uchun nihoyatda qulay. Audio-Technica AT803B yoqa mikrofoni Qo‘shimcha kuchlanish bilan ishlovchi mikrofon. Barcha tomondan kelgan signalni qabul qila oladi. Intervyularda ko‘p qo‘llaniladi. Chastotaviy diapazoni 30 Gsdan 20 000 Gsgacha. Elektret mikrofonlar esa kondensatorli mikrofonlarning bir turi sanaladi.


56 Mashhur mikrofon ishlab chiqaruvchi firmalar bu SHURE, AKG, NEUMANN, SENNHEISER, BYEER-DINAMIK, PROAUDIO, ROYTEX, SONI, BEHRINGER va boshqalardir. Past chastotali, tashqi polyarizatsiyaga ega kondensatorli mikrofonning ishlash prinsipi (18-rasm). 0 – harakatsiz elektrod; 1 – membrana; 2 – metallizatsiya; 3 – tasma (plenka); 4 – to‘r; 5 – izolyatsiya; 6 – mikrofon kapsuli; 7 – harakatsiz elektrod; 8 – mikrofon simi. Nazorat savollari: 1. Mikrofonlarning asosiy vazifasi nimalardan iborat? 2. Mikrofonlarning chastotaviy tavsifi nima degani? 3. Mikrofonlarning turlari haqida gapirib bering. Mustaqil mashg‘ulot uchun topshiriqlar: 1. Mikrofonlarning zamonaviy turlarini o‘rganing. 2. Mikrofonlarning sezgirlgini mustaqil o‘rganing. 3. Dinamik va kondensatorli mikrofonlardan mustaqil ravishda turli ovoz yozuvlarini amalga oshiring. 18-rasm. Kapsuladagi kuchaytirgich Ta’minlov bloki


57 Foydalanish uchun adabiyotlar: 1. Rick Clark. Mixing, Recording, and Producing Techniques of the Pros, Second Edition, 2010. –400 pages. 2. Гущин В.Н., Насыров М.З. Оборудование студий и системы звукозаписи. Часть 1. –Т.: Изд. «Мусиқа», 2004 3. Динов В.Г. Звуковая картина: Записки о звукорежиссуре (учебное пособие). Издание третье, среотипное. –СПб: Издательство «Лань», 2012. 4. Мирзаев А.А. Овоз кучайтириш аппаратураси ва хавфсизлик техникаси. –Т., 2013. SUBYEKTIV NAZORAT Nazorat agregatlari Sadolanish sifatini baholash uni tinglab ko‘rish natijasida amalga oshiriladi. Tinglab baho berish – bu subyektiv nazoratdir. Yozuv sifati muntazam ravishda nazorat qilinadi. Tinglab nazorat qilish uchun maxsus nazorat radiokarnayidan foydalaniladi. (NA – nazorat agregati). 19-rasm. 19-rasm.


58 Radiokarnay (dinamik)lardan tashqari bunday NAi tarkibiga past chastotali qudratli kuchaytirgich, quvvat manbayi va bo‘linuvchi filtrlar kiradi. Ovoz yozish vaqtida NAining ahamiyati nihoyatda kattadir. Uning elektroakustik ta’rifi (xususiyati), asosan kuchaytirgich va radiokarnaylar parametri bilan belgilanadi. Ovoz tarannumi sifatiga shuningdek, qutining ichki ishlovi, tuzilishi (konstruksiyasi), materiali, akustik hajmi, aks ettiruvchi ekran o‘lchovlari va boshqalar ta’sir ko‘rsatadi. Yuqori sifatli yozuv uchun NAi 30 dan 20000 Gs gacha yetuvchi, 2-3 dB notekislikdagi chastotalar ko‘lamini yetkazib berishi kerak. Bunday chastota ko‘lamining tarannumi muayyan qiyinchiliklar bilan bog‘liq bo‘lib, bu holat uni qismlarga ya’ni yo‘laklarga ajratish lozimligini taqozo etadiki, bunda har bir yo‘lak o‘zining guruhi va radiokarnayiga ega bo‘lsin. Ikki yoxud uch yo‘lakdan foydalanish uslubi, shuningdek, bir yo‘lakli tizimlarda paydo bo‘luvchi intermodulyatsion xatolar sabab ham qo‘llaniladi. Ular radiokarnaylarda bir vaqtda yuborilgan ikki yoki undan ortiq chastotali signallar orqali namoyon bo‘lib, ularning biri ikkinchisidan birmuncha balandroq eshitiladi. Past chastotali ortiqcha buzilishlarning radiokarnayda paydo bo‘lishi oqibatida yuqori chastotali signallarda xatoliklar yuz beradi. Chastotali ko‘lam (diapazon)ni odatda 2 yo‘lakka bo‘lishadi. Past yo‘lakda asosiy rezonansdan birmuncha past chastotali katta va baquvvat diffuzorli radiokarnaylar ishlaydi. Ko‘pincha bunday radiokarnaylardan bittasi qo‘llaniladi, ikkitasi esa kamroq. Yuqori chastotali yo‘lakda, katta bo‘lmagan diffuzorlar qatorida ba’zan, rupor radiokarnaylardan ham foydalaniladi. Uch yo‘lakli tizimlarda, o‘rta chastotali yo‘laklarda bittadan uchtagacha sondagi, asosiy rezonansdan past chastotali radiokarnaylardan birmuncha yuqori chastotaga ega bo‘lgan diffuzor radiokarnaylar qo‘llaniladi. Ikki yo‘lakli tizimlarda fp bo‘lish chastotasini 600-800 Gs atrofida belgilanadi. Uch yo‘lakli tizimlarda fp bo‘linishning ikkinchi chastotasini odatda 4-5 kGts gacha bo‘lgan hududda tanlash tavsiya etiladi. 1 dan 5 kGs gacha bo‘lgan hududdagi chastotalarni esa tanlash


59 tavsiya etilmaydi. Boisi, bu hudud eshitish qobiliyatining eng sezgir qismiga to‘g‘ri keladi. Bo‘linish chastotasida esa doimo eshitish qobiliyati uchun sezilarli bo‘lgan ayrim o‘chishlar kuzatilishi mumkin. 20-rasmda ikki va uch yo‘lakka shartli bo‘linish ko‘rsatilgan. Ajraluvchi filtrlarni qo‘llash interferension hodisalarni ahamiyatli darajada zaiflashtirib, butun tizim ishini yaxshilash imkonini beradi. NA yuqori sifatli ishining zaruriy shartlaridan biri bu barcha radiokarnaylarni to‘g‘ri fazalashtirilganidir. NA ning sifatli ko‘rsatgichlariga chiqish yo‘lining quvvati, amplitudachastotali xususiyati, nochizig‘iyligi va kombinatsion xatolar koeffisiyenti, shuningdek, fon va shovqinlar darajasi kiradi. Kuchaytirgich quvvati birmuncha baland tovush manbalarining avj darajalarini hech bir yuklanishsiz tarannumini ta’minlashi kerak. Bu holatda kuchaytirgich qo‘shimcha quvvat zahirasiga ega bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Shundan kelib chiqib kuchaytirgich quvvati odatda o‘ndan bir-necha yuzlab Wattlargacha bo‘ladi. Chastotaviy tafsiloti barcha tovush ko‘lamini berkitish uchun yetarli darajada keng bo‘lishi va o‘rtada 2 dBgacha notekislikka ega bo‘lishi hamda ko‘lamning chetki qismlarida birmuncha katta bo‘lishi lozim. (21-rasm). Eslatish joizki, xususiyat harakati uchun tembr boshqaruvchilari (regulyatorlar) odatda mavjud bo‘lmaydi. 20-rasm. N 3dB Fн fp Fв F N Fн fр1 fр2 Fв F


60 Nochizig‘iy buzilishlar – mumkin bo‘lgan darajadagi zirillash va xirillashlarda namoyon bo‘ladi. Balandlik o‘sishi bilan xatolar ortib boradi. Maqbul koeffisiyent 1% dan kamroq. Shovqin darajasi nominal signalga nisbatan –60 –80 dB atrofida bo‘lishi kerak. Radiokarnaydan 1-2 m masofada eshitilmagan past fon va shovqinlarni ham qo‘pol xato deb hisoblash mumkin. Yuqori chastotalarning susayib taralishiga har qanday turdagi qoplama va diskorativ, ya’ni ipak, panjara, jalyuz va hk. kabi unsurlar sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ular yuqori chastotani zaiflashtirib, muayyan ovoz so‘nishiga sabab bo‘ladi, shuningdek, rezonanss hodisalarni keltirib chiqaradi. Shu bois NAining ayrim modellarida tashqi bezak (jihoz)lar umuman ishlatilmaydi. 22-rasmda diffuzorli radiokarnayning oddiylashtirilgan qurilmasi ko‘rsatilgan: 1 – Doimiy magnit; 2 – Tovush g‘altagi; 3–Tovush g‘altagining chiqish nuqtalari; 4 – Diffuzor; 5 – Korpus. Tovush chastotasi elektr tokining tovush g‘altagidan o‘tishida va doimiy magnitning magnit maydoni ila o‘zaro ta’sirga kirishish bilan elektromagnit induksiya natijasida g‘altakka qattiq mahkamlangan diffuzorni tortuvchi va 21-rasm. dB 30 20 10 F 50 200 500 1000 8000 15000 22-rasm. 1 4 3 3 5 2


61 itaruvchi kuch paydo bo‘ladi. Diffuzor presslangan sellyulozadan tayyorlangan bo‘lib, egiluvchan konsentrik ilgaklidir. Ba’zan tashqi perimetri rezinalangan qirrali ko‘rinishda bo‘ladi. Diffuzor ishchi o‘zak bilan qorishib, dinamikga kiritiluvchi va tovush tarangligiga mos keluvchi tovushli akustik to‘lqin hosil etadi. Optimal tarqalish (nurlanish) sharoitlariga ega bo‘lish uchun diffuzorli radiokarnayni akustik jihatdan jihozlash lozim, ya’ni, uni tekis ekran, quti yoki maxsus javonga o‘rnatish kerak. Agar past tonlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, radiokarnayning tarqatuvi uchun zarur akustik jihozlar hajmi esa shunchalik katta bo‘lishi lozim. Bular ichida ochiq va yopiq quti (akustik jihozi) keng tarqalgan. Qutilarning ichki yuzasi qisman yoki to‘liq ravishda tovushyutgich matohlar bilan qoplanadi. Masalan, matohga tortilgan paxta bilan. Qutining eng kichik hajmidagi yopiq jihoz taraluvchi chastotalarning eng keng yo‘lagi bilan ta’minlaydi. Radiokarnay diffuzori (yoki diafragma) tovushli g‘altak bilan birgalikda muayyan massali, mexanik jihatdan harakatchan tebranuvchi tizimni hosil qiladi. Bu tizim o‘zining shaxsiy rezonanss chastotasiga ega bo‘ladi. Rezonanss chastota esa diffuzor diametri bilan undagi ilgakning yumshoqligiga, shuningdek, radiokarnayning akustik jihoziga bog‘liqdir. Masalan, diffuzorning D = 300 mmli diametrida mexanik rezonanss chastotasi 30-40 Gs ni, shuningdek, D = 175 mmda-100 Gsni, D = 100 mmda 500Gs gacha va hokazoni tashkil etadi. Diffuzor o‘lchami qancha katta bo‘lsa, radiokarnay past chastotalarni shunchalik yaxshi taratadi va aksincha. 23-rasm.


62 Yuqori chastotalar taralishini yaxshilash uchun katta diffuzorli dinamiklarda konsentrik burama (taxli) ko‘rinishdagi xalqasimon gofrirovkadan foydalaniladi. Pastki tonlarni tarannum ettirishda diffuzor bir butun bo‘lib birlashadi va shu asnoda dinamik past chastotalarni taratuvchi sifatida ishlaydi. Gofrirovka (24-rasm) shunga olib keladiki, bunda yuqori chastotalarning taralishi bilan faqat g‘altakga bevosita bog‘langan konus tebranadi, buklanishlar bilan ajratilgan konusning keyingi xalqalari esa harakatsiz qoladi. O‘rta va yuqori tonlarning zamonaviy taratuvchilari sferoid shakldagi diafragmaga ega. Bunday shakl harakatchan tizimni katta qattiqlik va nisbatan tekis taralish bilan ta’minlaydi, hamda diafragmaning egilib qolishiga, tikka to‘lqin va qo‘shimcha tonlarning paydo bo‘lishidan saqlaydi. Yuqori chastotali diafragmaga ega radiokarnay (25-rasm): 1 – yuqori chastotali diafragmaga ega radiokarnay 2– asosiy konus 3 – chulg‘am 4 – ulash (biriktirish) usuli Radiokarnay (dinamik)lar turli xil xatolarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu xatolar: chiziqli – eng yuqori va eng past tonlar taralishining zaiflashuvida namoyon bo‘ladi; nochizig‘iy – diffuzor ilgagi tarangligining o‘zgarishlari, garmonik va kombinatsiyalangan tonlarning hosil bo‘lishi bilan belgilanadi. Buzilishlar foiz bilan o‘lchanib radiokarnay pasportida ko‘rsatiladi. Har bir radiokarnay o‘zining nominal qarshiligiga ega bo‘lib Om o‘lchovi bilan aniqlanadi (odatda 4, 8, 16 Om va hokazo) va taxminan tovush g‘altagi qarshiligiga teng keladi. g‘altak katushka 24-rasm. 1 2 2 1 4 3 25-rasm.


63 Radiokarnayning foydali harakat koeffisiyenti (FhK) diafragma o‘lchovi, magnit tirqishidagi magnit induksiyasi va tovush g‘altagining tayyorlanish uslubiga boqliq. Deyarli barcha elektr quvvati tovush g‘altagida issiqlik sifatida ajraladi. Radiokarnayning katta quvvatdagi keluvchi uzluksiz va davomiy quvvat manbayi (masalan, 1 kGs li ton)ning kuchli isitishi ta’siri ostida -g‘altakga zarar yetishi mumkin. Diffuzorli radiokarnayning foydali harakat (FhK) koeffisiyenti 2-3 % dan oshmaydi. Ruporli elektrodinamik radiokarnaylar Ular diffuzorli radiokarnaylardan faqat konstruksiyasi va ruporlarining mavjudligi bilan farq qiladi. Rasmda oddiy va o‘ralgan rupor chizmalari ko‘rsatilgan. Mazkur diafragma o‘lchovi kichikroq, diametr bo‘yicha 100 mmga yaqin. Mazkur diafragmalar eritilgan alyumin, bakelit, polistirol yoxud plastmassalardan tayyorlanadi. Ruporli radiokarnaylarga kuchli doimiy magnitlar o‘rnatiladi (26-rasm). 1- tovush g‘altaksi 2- diafragma 3- ruporning kirish tuynugi 4- doimiy magnit 5- ruporning chiqish tuynugi Akustik tizimda rupor, elektr tizimida transformator qanday rol o‘ynasa, shunday ahamiyatga egadir. U havo muhiti ta’siridagi katta bo‘lmagan faol akustik qarshilikni diafragmaning ahamiyatli qarshilik yukiga aylantiradi. Rupor chastotalarini yetkazib beruvchi yo‘laklar, uning o‘lchovi bilan belgilanadi, ya’ni, chiqish yo‘li teshigining hajmi va rupor uzunligiga bog‘liq. 26-rasm. 3 4 1 5 2


64 Masalan, 30Gs ga yaqin bo‘lgan past tonlarni uzatish uchun diametr bo‘yicha 3,5 m va uzunligi bo‘yicha 8 m bo‘lgan rupor zarur bo‘ladi. Shu sababli katta bo‘lmagan o‘lchovdagi ruporlar o‘rta va yuqori chastotalar uchun ishlatiladi. Ular 20-50 % li, bir maromdagi yaxshi FHK ga ega. Ba’zan ularni chiyilloqlar deb ham ataladi. Guruhli taratuvchilar Ko‘pincha amaliyotda radiokarnaylarning 2,3 va undan ziyod umumiy akustik jihozga ega guruhlari qo‘llaniladi (27-rasm). Agar radiokarnaylar bir xil bo‘lsa u holda, ularni tovush kolonkasi( kalonna so‘zidan olingan) deb ataladi. Tovush kalonkasi silindr to‘lqinini taratadi va ajratuvchi filtrlar talab qilmaydi. Tovush kolonkalarining bexato ishlashi uchun dinamiklar to‘g‘ri fazalashtirilishi lozim. Kinoteatr, konsert zali, stadion va maydonlarda tovush kolonkalarining keng yo‘lakli dinamiklarga ega turlari ishlatiladi (28-rasm). Past va yuqori tonlarni taratuvchi ruporlardan iborat to‘plam amaliyotda keng qo‘llaniladi . Bu asnoda yuqori tonlar rupori birgina yoki bo‘lmasa katta miqdordagi alohida ruporlardan tashkil topib seksiyalashtirilgan bo‘lishi ham mumkin (29-rasm). Finlandiyaning mashhur Genelec firmasi turli rusumlar (modifikatsiya)dagi yuqori sifatli radiokarnaylarni ishlab chiqaradi. 28-rasm. 27-rasm. 29-rasm. Seksiyali rupor


65 Nazorat agregatlarini joylashtirish Har bir bino bir qator shaxsiy rezonanss chastotalarga ega murakkab akustik tizimni tashkil etadi. Bino qanchalik katta bo‘lsa, u tinglov uchun shunchalik yaxshi bo‘ladi, boisi rezonanss chastotalar o‘lchamlar ortishi bilan pasayib boradi va eshitilmas darajaga yetadi. Shuning uchun apparatxonasi uchun maydoni 20- 25 kv.metrdan kam bo‘lmagan bino tanlanadi. Apparatxonaning o‘z tebranishlari bilan bir qatorda turg‘un to‘lqinlar ham paydo bo‘lishi mumkin. Bular NAdan keluvchi to‘lqin, devorlar va boshqa yuzalardan qaytib keluvchi to‘g‘ri to‘lqinlar natijasida hosil bo‘ladi. Maksimal va minimal ovoz bosimli joylar (tugunlar va tutamlar) paydo bo‘ladi. Bu esa tinglov sharoitiga ta’sir etmay qolmaydi. Reverberatsiya vaqtini odatda 0,4 – 0,6 soniya atrofida tanlanadi. Nazorat agregatidan ovoz rejissori o‘tirgan joygacha bo‘lgan masofa ham ahamiyatga ega. NAining yuqori chastotali bo‘limi pult oldida o‘tiruvchining boshi balandligida bo‘lsa, u holda minimal masofa 2-3 metrdan kam bo‘lmasligi kerak. Stereo usulidagi chap va o‘ng kanallar NAi o‘rtasida ham shunday masofa saqlanishi lozim. Eslatish joiski, 90 dB dan yuqori darajadagi tinglov signal tembrining buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Yana aytish kerakki, cho‘zilgan uzluksiz tinglov – nihoyatda toliqtiruvchi jarayon bo‘lib, eshitish qobiliyatining katta diqqat – e’tiborini talab qiladi. Shuning uchun davomiy yozuvlarni tanaffus bilan o‘tkazish lozim bo‘ladi. Nazorat savollari: 1. Radiokarnaylarning asosiy vazifasi nimalardan iborat? 2. Radiokarnaylarning chastotaviy tavsifi nima degani? 3. Radiokarnaylarning turlari haqida gapirib bering ? 30-rasm.


66 Mustaqil mashg‘ulot uchun topshiriqlar: 1. Radiokarnaylarning zamonaviy turlarini o‘rganing? 2. Radiokarnaylarning aktiv va passiv turlarini mustaqil o‘rganing. 3. Radiokarnaylarni joylashtirish tartibini mustaqil ravishda turli studiyalarda amalga oshiring. Foydalanish uchun adabiyotlar: 1. Динов В.Г. Звуковая картина: Записки о звукорежиссуре (учебное пособие). Издание третье, среотипное. –СПб: Издательство «Лань», 2012. 2. Гущин В.Н., Насыров М.З. Оборудование студий и системы звукозаписи. Часть 1. –Т.: Изд. «Мусиқа», 2004. 3. Бюьик П. Жывой звук. –М., 1998. 4. Mirzayev A.A. Ovoz kuchaytirish apparaturasi va xavfsizlik texnikasi. –T., 2013. OVOZ YOZISH TIZIMLARI Inson o‘ziga kelayotgan tovushlar yo‘nalishini aniqlash qobiliyatiga ega. Bu insonning tovush tebranishini amplituda va faza bo‘yicha farqlash bilan qabul qilishiga bog‘liqdir. Faza bo‘yicha farqlash tovush manbayidan chap va o‘ng quloqqacha bo‘lgan masofadagi farq bilan belgilanadi. Tovush bosimini amplituda bo‘yicha farqlash shuning ila chaqiriladiki, bunda bosh ayniqsa yuqori chastotalarda muayyan, tovushni ekranlashtiruvchi vazifasini bajaradi. Insondagi tovush manbayining joylashgan nuqtasini (lokalizatsiya) aniqlash qobiliyati binaural effekt deyiladi. Aynan shu effekt orqali tinglovchi tovush to‘lqinlarining keluvchi yo‘nalishini va eshita olish qobiliyati makon-maydonini aniqlash imkoniyatiga egadir. Tovushlarni yozish va yetkazishning 3 ta asosiy tizimi mavjud: – bir kanalli (monofoniya)


67 – ikki kanalli (stereofoniya) – to‘rt kanalli (kvadrofoniya, SURROUND) Monofoniya Tovush tizimida faqat birgina xabar beruvchi trakt (1 ta kanal) va bitta chiquvchi elektr signal qo‘llansa monofoniya deb ataladi. Bir kanalli tovush tarqalganda insonning ikki qulog‘i ham bir xil tovushli xabarni oladi. Tinglovchi, radiokarnay turgan joydan bir yo‘nalishda taraluvchi turli manba tovushlarini eshitadi. (31-rasm). Monofonik uzatish tizimi oddiy va arzon hisoblanadi. Zero tinglovchi bunday holatda manbalarning o‘zaro joylashuvi va makon perspektivasi hissini yo‘qotadi. Monofoniya hozirgi kunga qadar radioda, televideniyeda va ovozlashtirish qurilmalarida qo‘llaniladi. Stereofoniya Tinglovchining kenglikdagi makonda tovushning alohida manbalari joyini aniqlashga qodir bo‘ladigan ovoz uzatish uslubiga stereofoniya deyiladi. Stereofoniyada tovushlar bir joyda jamlanmaydi, balki ma’lum kenglikda joylashgan bo‘lib, bunda xonanda alohida, cholg‘ular va h.kazolarni ham qayerda turganini ko‘rsatish mumkin, ya’ni chapdanmi, o‘ngdanmi, markazga yaqinmi, o‘rtadami va hokazo. Insonda 2 ta quloq borligi bois u o‘ziga keluvchi tovushlar yo‘nalishini ajratish qobiliyatiga egadir (32-rasm). Tinglovchining chap va o‘ng qulog‘i tovush manbayining o‘rta holatida, bevosita tinglovchining oldida (tovush to‘lqinining tushish burchagi Q = 00 ) tovushni bir vaqtda bir xil jadallik va faza bilan qabul qiladi. Agar manba o‘ngda yoki chapda joylashgan bo‘lsa, u holda tovush to‘lqinlari turli faza va jadallik bilan ikkala quloqqa ham yetib boradi. 31-rasm.


68 Tovush manbayidan masofagacha bo‘lgan vaziyatga ko‘p narsa bog‘liq. Insonning ikkala qulog‘iga keladigan tovush to‘lqinlari vaqtining farqi tinglovchidan aniq o‘ng yoki chap tomondagi manba 0 m.soniyadan (tovush manbasi tinglovchi qarshisida bo‘lgan holda) to 0,6 m.soniyagacha o‘zgaradi (33-rasm). Ikki quloq uchun tovush jadalligining xilma-xilligi yuqori chastotali manba bo‘lganda ham noldan boshlab (manba tinglovchining aniq qarshisida bo‘lganda) 25 dB gacha o‘zgaradi (agar manba tinglovchidan aniq o‘ng yoki chap tomonda joylashgan bo‘lsa). Insonning boshi akustik ekran bo‘lib, u o‘ng va chap tarafdan keluvchi signallarga niqobli ta’sir ko‘rsatadi. Tovush manbayining kenglikdagi joylashuvini tasavvur etish, tinglovchilar oldiga 2 ta mos keluvchi chap va o‘ng kanallardan signal beruvchi radiokarnaylarni o‘rnatish yordamida amalga oshiriladi. O‘z navbatida bu signallar bir-biridan faqat fazasi (vaqtli stereofoniyasi) bilan, faqat jadalligi bilan (jadallik stereofoniyasi) yoxud faza va jadallik bilan (jadal-vaqtli stereofoniya) farq qilishi mumkinligi kuzatiladi. Stereofoniya o‘zining amal etilishi uchun ikki baravar ko‘p zaxira va texnik ta’minotni talab etadi. Stereo – bu uzatishning doimo ikki kanalli ekanligidir. Bu 2 32-rasm. STEREOBAZA TINGLOVCHI Tovush manba’larining anglanishi 1- dan 2- dan 33-rasm.


69 ta mikrofon, (yoki bir korpusda joylashgan 2 ta mono-kapsulli stereo mikrofon), stereo kuchaytargichlar, stereo miksherlar (yoxud stereo juftlik kabi 2 ta mono), tembr stereo boshqaruvchilari va nihoyat 2 ta chap va o‘ng nazorat agregatlaridir. Shu bois sadolanish sifati ham yuqori. Endi esa vaqtli va fazali stereofoniya faoliyatini ko‘rib chiqamiz. “A B” tizimi Bu tizim uchun 1 metr – 20 sm ga yoyilgan va tovush manbalari oldiga joylashtirilgan 2 ta bir xil mikrofon zarur bo‘ladi. 20 sm – bu inson quloqlari orasidagi taxminiy masofa. 1 metrdan ortiq masofa kamroq qo‘llaniladi, sababi bu yon tomon manbalar konsentratsiyasiga va markazda “tovush bo‘shlig‘I”ning paydo bo‘lishiga olib keladi. Signallar A B mikrofonlaridan kuchayib, muvofiq ravishda o‘ng va chap kanal radiokarnaylariga uzatiladi. Bu vaziyatda tinglovchi tovush manbalarining kenglikdagi joylashuvi xususidagi kerakli ma’lumotni oladi. (34-rasm.) AB tizimi yaxshi stereoeffekt beradi, ammo uni radio to‘lqinlariga uzatish tavsiya etilmaydi. U moslashuv tamoyiliga javob bermaydi. Stereo xabarlar moslashuvi shuning uchun ham zarurki, bunda mono va stereo tizimining paralel ravishdagi mavjudligidan tinglovchilar oddiy radio va telepriyomniklardan (bu vaziyatda faqatgina stereo effekti yo‘qoladi, eshitilishi, tembrlar, tarkiblar chastotasi darajalari va yakkaxon va musiqiy cholg‘ular balansi saqlanadi) stereo xabarlarni sifatli tarzda qoniqish bilan tinglashlari mumkin bo‘ladi. TINGLOV XONASI 34-rasm. Studiya chap o‘ng a b


70 AB tizimda ikkala kanalning joylanishida qarshi fazalarga tushuvchi signallar, joylanishi natijasida o‘zaro zaiflashadiki, bu darajaning pasayishiga va xabar uzatish tembrining o‘zgarishiga olib keladi. Manbalar lokalizatsiyasi o‘zining faqat jadalligi bilan ajralgan joyga moslashuv tizimi deb, aytiladi. Bu XY tizimidir. “X Y” tizimi Bu tizimda yoki ikki kapsulli birgina stereo mikrofon yoki ikkita bir xil yagona konstruksiyaga birlashtirilgan mono mikrofonlar qo‘llaniladi. Mikrofonlarning yo‘nalish va sezgirlik diagrammalari bir xil bo‘lishi kerak. Nisbatan ko‘proq sezgirlikka ega, bir mikrofonga mo‘ljallangan diagramma chapga buriladi, boshqasiniki bo‘lsa o‘ngga, ular shunday harakatlanadiki, bunda ularning o‘qi o‘rtasidagi burchak 450 , 900 , 1200 va hatto ba’zida 1800 ni tashkil etishi kerak. Vaqt turliligi natijasida manbalardan keluvchi signallar bo‘lmay, faqat jadallik, fazadagi chap va o‘ng manbalardan keluvchi signallargina mavjud bo‘ladi. (35-rasm). Chap va o‘ng kapsul (mikrofon)lardan keluvchi signallar alohida simlar (kabel) orqali kuchaytirgich va radiokarnaylarga uzatiladi. X – chap kanal, Y – o‘ng kanal (36-rasm.). X va Y kapsullarining rivojlanish burchagi qancha katta bo‘lsa, ovozli manzara shunchalik stereofonik tus oladi. Stereobaza kengligi ham shunchalik keng bo‘ladi. Stereobaza deb, ko‘pincha chap va o‘ng radiokarnaylar o‘rtasidagi masofaga aytiladi. Yo bo‘lmasa, bunda turlilik (stereo) signali darajalari nazarda tutiladi. 37-rasmda eng yaxshi stereo idrokning zonasi chizilgan. Radiokarnaylarning ishchi o‘qlari stereobaza yo‘liga nisbatan 600 ni tashkil etadi.


71 XY tizimdagi ikki kardioidli stereomikrofon Tinglovchi bunda stereoni eng yaxshi idrok etish doirasida, baza simmetriyasi o‘qida joylashgan bo‘lishi kerak. Tinglovchi va kolonka (radiokarnay)lar o‘rtasidagi burchak 400 – 900 ni tashkil etishi kerak. “MS” tizimi MS tizimi Lauridson tomonidan taklif etilgan bo‘lib, XY tizimi modifikatsiyasi hisoblanadi. U ayrim ekspluatatsion afzalliklarga ega. Signal bu yerda M o‘rtaliq signali (nemischadan Mittel) va yo‘nalish S (Seite-taraf (tomon)) signaliga bo‘linadi. M signali-oddiy monoxabar, ya’ni, chap va o‘ng kanallar yig‘indisi, yoki signalning ikki manbayi yig‘indisidir. S signali – yo‘nalish signali bo‘lib, frontdagi manbalarning joylashuvi haqida xabar beradi. U X Y 2-5 m 37-rasm. 35-rasm. 36-rasm. Ch O‘ Ch M O‘ X Y


72 bir manbaning o‘zidan keluvchi tovush to‘lqinlari jadallik xilma-xilligiga mos keladi (muvofiqdir). Mikrofonning birinchi, harakatsiz kapsuli aylana yo‘nalishli diagrammaga ega, ikkinchisi esa sakkizlik shaklida. Stereosignal o‘rtaliq M va yonlama (yondosh) S dan hosil qilinadi. Mono eshittirish uchun M yetarli, stereo uchun esa X va Y signallari zarurdir (38-rasm). Ular quyidagi formulalar bo‘yicha stereo o‘zgartiruvchilarga aylanadilar. 2 M S X , 2 M S Y . MS uchun stereoo‘zgartiruvchilar transformator yoki ko‘priksimon sxema (chizma)lar bo‘yicha qilinadi. X signal chap kanalga, Y signali esa o‘ng kanalga to‘g‘ri keladi. Kombinatsiyalangan tizimlar AB, XY va MS tizimlari asl ko‘rinishda kam qo‘llaniladi. Aralash tizim esa birmuncha keng tarqalgan. Bunda asosiy tizimga qo‘shimcha mikrofonlar ulanib, panorama boshqaruvchilari yordamida umumiy stereomanzaraga qo‘shiladi. Bu ayniqsa estrada musiqasida o‘zining yorqin ifodasini topgan. Ya’ni, bu yerda orkestr va musiqachilarni o‘tqazish qoidasiga qat’iy amal qilinmaydi, torli va boshqa cholg‘ularni joylashtirishning muayyan qoidasi yo‘q (simfonik musiqada skripkalar chapdan, violonchellar o‘ngdan kabi). Bunday –s +s –s +s m m 38-rasm. Stereoga aylantiruvchi ORKESTR a x XY b 39-rasm.


73 vaziyatlarda ko‘p narsa ya’ni, ovozda kompozitor fikri(ni) va aranjirovkani ifoda etish, musiqa cholg‘ularini joylashtirish, yakkaxonni yo‘qotmaslik, matnni yetkazib berish va boshqalar, ovoz rejissorining didi mahoratiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, XY tizimi bo‘yicha markaziy mikrofondan foydalanishda 1- mikrofon orkestrning chap chetini olsa, 2-mikrofon esa o‘ng chetini oladi. Zarur o‘zgartirish va balanslar pult orqali amalga oshiriladi. (39-rasm). Kvadrofoniya Tinglovchilarda nisbatan yorqin ya’ni zal, stadion akustikasi kabi kenglik hislarini uyg‘otuvchi birmuncha murakkab tizim kvadrofoniya deyiladi (40-rasm). Bunda kamida 4 ta mikrofon, 4 ta xabar uzatuvchi liniya (yo‘l, tarmoq) va 4 ta dinamik qo‘llaniladi. Ya’ni barchasi 4 marotaba murakkabroq. CHF mikrofonlari – chap front (LF), O‘F – o‘ng front (RF), chap front orqasi CHFO (L BACK), o‘ng front orqasi O‘FO (R BACK). Shuningdek, tinglash binosidagi dinamikalar ham shunday nomlanadi. Akustika konsert zaldagi kabi yorqin va shaffof bo‘ladi. Tovush to‘lqinlari tinglovchiga har tomondan keladi. Tovush ta’sirining eng markaziy nuqtasida illyuziya (soxtalik) paydo bo‘ladi. (41-rasm). U nisbatan qimmat bo‘lgani bois ham juda kam ya’ni, faqat maxsus kinoteatrlarda (hajmdor, qamrovchi tovush – SURROUND) va uy kinoteatrlarda hamda DVD tizimlarida ishlatiladi (42-rasm). 40-rasm.


74 Kvadrofoniya Surround 5.1 tizimi Nazorat savollari: 1. Ovoz yozish tizimlari deb nimaga aytiladi? 2. Vaqtli stereofoniya deb qaysi tizimga aytiladi? 3. Intensivlik streofoniyasi haqida gapirib bering. Mustaqil mashg‘ulot uchun topshiriqlar: 1. Kombinatsiyalangan tizim turlarini o‘rganing. 2. Stereofoniyaning MS va XY turlarida mikrofonlardan foydalanishni mustaqil o‘rganing. 3. Surround tizimi turlarini mustaqil ravishda o‘rganing Foydalanish uchun adabiyotlar: 1. Динов В.Г. Звуковая картина: Записки о звукорежиссуре (учебное пособие). Издание третье, среотипное. –СПб: Издательство «Лань», 2012. STEREOBAZA TINGLOVCHI Tovush manba’larining anglanishi TINGLOVCHI STEREOBAZA L R L R C LFE LS RS Tovush manba’larining LS RS anglanishi 41-rasm. 42-rasm.


75 2. Бюьик П. Жывой звук. –М., 1998. 3. David Gibson. The Art of Mixing: A Visual Guide to Recording. 4. Меерзон Б. Акустические основы звукорежиссуры. –М., 2004. 5. Сергеев М. Теория и практика стереофонического радиовещания – СПб., 2003. SIGNALNI QAYTA ISHLASH Tovushga ishlov berish Zamonaviy ovoz yozuvida signalga ishlov berishga alohida ahamiyat beriladi. Qayta ishlovga tembrni boshqarish, chastota me’yori, alohida chastota yo‘laklarini kuchaytirish va o‘chirish, ovoz spektrini qayta o‘rnatish kabi chastotali o‘zgartirishlar kiradi. Shuningdek, sun’iy reverberatsiya uskunalaridan foydalanish yo‘li bilan signalning vaqtinchalik xususiyatlaridagi o‘zgarishlarga erishiladi. Qayta ishlovning turli-tuman imkoniyatlarini amalga tatbiq etish tayyorlov davridanoq ya’ni, mikrofonlarning toifa, miqdor va joylarini tanlashdan boshlanadi. Ishlov berishning o‘zi bevosita miksher pultida turli xil asbob-uskunalar yordamida o‘tkaziladi. Chastotali qayta ishlov birmuncha murakkab va ma’suliyatli ishdir. Bunday qayta ishlov uchun asosan to‘rt toifa turli vazifalarni bajaruvchi, korreksiyalovchi uskunalardan foydalaniladi. Bular mavjud filtr va chastotali korrektor nomini olgan yuqori va past chastotalarning kesuvchi filtrlaridir. Yuqori chastotalarning kesuvchi filtri past va o‘rta tovush chastotalarini chegara sifatida tanlagan muayyan chastotalargacha zaiflashtirmasdan o‘tkazib yuboradi. Kesuvchi chastota sifatida odatda 6, 8 va 12 kGts chastotalarni tanlashadi. Filtr signallarni oktavaga nisbatan 12-20 dB dan kam bo‘lmagan chastota xususiyati ila kesim bilan ta’minlab o‘chirishi kerak. Masalan, agar kesim chastotasi 6 kGts ga teng qilib tanlansa, chastotaning oktavaga nisbatan ortishi,


76 ya’ni, ikki baravar ko‘payishi (12 kGts gacha) darajaning 4-10 martagacha tushishini keltirib chiqaradi. Past chastotalarning qirqma filtri ishchi diapazonning quyi chegarasini barcha chastotali signallarni keskin ravishda o‘chirish bilan chegaralaydi. Kesish chastotasi sifatida 5, 31, 63, 125, 250 va 500 Gts li chastotalar tanlanadi. Birmuncha past bo‘lgan chastotalarda filtr signallarni oktavaga nisbatan 12-20 dB dan kam bo‘lmagan chastota xususiyati ila tika kesim bilan ta’minlab o‘chirishi kerak. Eng quyi chastotalar filtrini qo‘llash zaruriyati, yozish binosida hosil bo‘luvchi to‘siqlar, jadal past chastotali va xatto infra tovush tebranmali bo‘lib, kuchaytirgichni zo‘riqtirishi va nochiziq xatolar (buzilishlar)ga olib kelishi sabab yuzaga keladi. Shu bois bu filtrlar bevosita mikrofon kuchaytirgichining kirish yo‘li zanjirlariga o‘rnatiladi. Qirqma filtrlar ayrim cholg‘ulardagi ijro vaqtida halaqit beruvchi ortiqcha tovushlardan qutilishda yordam berib, yozish va ko‘chirish vaqtidagi to‘siqlar ta’sirini (almashinuvchi tok foni, magnit tasmasining shovqini, darz ketishlar, past chastotali guvillashlar va hokazolar) ham kamaytiradi. Qirqma filtrlar ko‘proq musiqaga nisbatan tor ko‘lam (spektr)li nutqlarni yozish uchun ishlatiladi. Bunday filtrlardan mahorat bilan foydalanish, hatto noqulay akustik sharoitlarda ham nutqni nihoyatda tushunarli qilib yozish imkonini beradi. Bundan tashqari, qirqma filtrlar yozuvda “telefon suhbati”, “radioeshittirish jarangi” va hokazo kabi kinofilmlarga ovoz berish va spektakllarni ovozli (tovushli) bezagida keng qo‘llaniluvchi effektlarni ham olish imkonini beradi. Ko‘rsatilgan effektlarni yaratilishida chastotalar ko‘lami 300-3000 Gts li yo‘lak bilan chegaralanishi mumkin. Mavjudlik filtri, aynan mavjud cholg‘u tembrini, birmuncha yorqin ta’riflovchi chastotalar (formantlar)ni ajratish, sun’iy ravishda ko‘tarish imkonini beradi. Qayd etilgan ko‘tarilish chastotalari sifatida oktavaning yarmiga teng ko‘tarilish yo‘lagi kengligidagi 0, 7, 1, 1,4, 2, 2,8 va 4 kGts chastotalari talanadi. Formant qirralarning sun’iy tarzda ajratilishi yoziladigan musiqaning polifonik to‘qimasini aniq chizish, o‘zaro munosabatlardagi alohida kuy yo‘llarini


77 ajratish imkonini yaratadi. Mavjudlik filtrlari ishlatilib yozilgan musiqa alohida aniqlik, tiniqlik xususiyatiga ega bo‘lib, tembrlar nihoyatda bejirim (naqshinkor) jaranglaydi. Shuningdek qiziqarli effektlar olish, ya’ni, ijrochining mikrofonga soxta yaqinlashuvini, sadoni birmuncha aniq va konkret eshitilishini ta’minlash mumkin. Chastota korrektori dastlabki kuchaytirgich tarkibiga kirib, mustaqil konstruksiya (alohida kuchaytirgich) ko‘rinishida ham amalga oshirilgan bo‘ladi. Korrektor yuqori va pastki chastotalardagi chastota xususiyatining ko‘tarilishi bilan birga tushishi imkoniyatini ham beradi. Ko‘plab tajribalar asosida shuni aytish mumkinki, tovushni qayta ishlashdagi nisbatan keng imkoniyatlar, kuchayishni plyus/minus 15-20 dB atrofida o‘zgartiruvchi korrektor tomonidan yaratiladi. Bunday intervalga ishchi ko‘lamning (40-60 va 12000-15000 Gts) chekka chastotalarida (o‘rta chastota 1000 Gts ga nisbatan) erishiladi. Korrektor yordamida alohida manbalar va butun ansamblning, studiyadagi akustik defekt (kamchilik)lar, sifatsiz mikrofonlar va ularning tovush manbayiga nisbatan noto‘g‘ri joylashgan taqdirida ham birmuncha tabiiy sadosiga erishish mumkin. Ekvalayzer – tembrning rivojlangan boshqaruvchisi bo‘lib, 10 tagacha va undan ziyod chastota yo‘laklari (qatlamlari)ga ega. Ekvalayzerlar grafik va parametrik ko‘rinishlarda bo‘ladi. Grafik ekvalayzerlarda boshqaruvchi grafik ko‘rinishida quriladi, parametrikda esa avval chastota tanlanib, so‘ngra u boshqariladi/ Ekvalayzerlar pultlarda, tovushni qayta ishlovchi dasturlarda (virtual) bo‘lib, yoxud alohida blok sifatida ham ishlab chiqariladi.


78 EQ-9231 grafik ekvalayzeri 2 kanalli, 31-yo‘lakli (qatlamli) ekvalayzer; 1/3 oktava 20 Gts – 20 kGts+12 dB; Ekvalayzerning boshqaruv darajasi; O‘chirib – yoqish (vkl/vыkl); Quvvat manbayi: 110 – 240 volt. 50/60 Gts; Iste’mol quvvati 20 Watt; Vazni 5 kg; O‘lchami: 482 88 280 mm. PEQ-9115 parametrik ekvalayzeri Nazorat darajasiga ega 5 yo‘lakli parametrik ekvalayzer; Yo‘lak (polosa) kengligi : 0,08-2 oktava; Ajratuvchilar: simmetrik ¼», kanon (XLR); Yo‘lak va zo‘riqishlar indikatorlarini yoqish; Tarmoqni yoqish indikatorlari; Quvvat manbayi: 110 – 240 volt. 50/60 Gts; Iste’mol quvvati 10 Watt; Vazni 5 kg; O‘lchami: 482 44 280 mm.


79 CN-9102 – ikki kanalli kompressor, limiter, shovqinbosgich Ikki kanalli kompressor, shovqinbosgichli limiter; Bo‘sag‘a, nazorat munosabatlari va darajalari; Ataka va tushim (qulash) vaqti nazorati; Effektning keskin va yumshoq funksiyalari; Displeydagi kirish va chiqish yo‘li nazorati; Quvvat manbayi: 110 – 240 volt. 50/60 Gts; Iste’mol quvvati 19 Watt; Vazni 3,5 kg; O‘lchami: 482 44 280 mm. TDS-9130 – raqamli kechiktiruv bloki Effekt variantlari; 1 ta kirish yo‘li va 3 ta chiqish yo‘llari; Dinamik ko‘lam (diapazon) 90 dBdan ziyod; Quvvat manbayi: 110 – 240 volt. 50/60 Gts; Iste’mol quvvati 36 Watt; Vazni 3 kg; O‘lchami: 482 44 280 mm.


80 Butun ansamblni qamrab oluvchi umumiy mikrofon kanalida, yuqori chastotalarni odatda 3-6 dB ga ko‘tarishadi. Boisi bu chastotalar mikrofonga zaiflashgan holda keladi. Barcha holatlarda, ayniqsa kamer va simfonik musiqada barcha cholg‘ularning tabiiy tembrini saqlashga harakat qilish kerak. Ovoz rejissori oldida ayniqsa keng imkoniyatlar korrektorni qo‘llash orqali ochiladi. Bundan ijrochilikning ma’lum an’analari bo‘lmagan va badiiy ifodaviylikning har qanday vositalarini qo‘llash imkoni bo‘lgan, estrada va jaz musiqasini yozishda foydalaniladi. Chastotali filtrlar va korrektorlarni qo‘llashda yuqori va quyi chastotalar hududidagi favqulodda ko‘tarilish va tushishlar yozuv kayfiyatini o‘zgartirib (buzib) yuborishi mumkinligini unutmaslik kerak. Yuqori chastotalarni ortiqcha kuchaytirish, nutqning chiyilloq, hushtakli tovushlarini ajratib ko‘rsatadi va musiqaning notabiiy keskin jarangiga olib keladi. Past chastotalarning to‘kilishi, jarangni shiralilikdan ayirib, tembr chiroyini buzadi, ularning haddan ziyod kuchayishi esa quloqqa noxush eshitiluvchi po‘ng‘illoq tovushni paydo qiladi. Masalan, tarkibida kontrabas va zarbli uskunalar bo‘lgan musiqa ansamblini yozishda yo‘lak (polosa)larning chegaralanib, 100 Gts dan pastda o‘tkazib yuborilishi umumiy sado saviyasini sezilarli darajada tushiradi va aksincha, ayol ovozini yozishdagi bunday chegaralanish, nutq aniqligini yanada yaxshilaydi. Sun’iy reverberatsiya Ovozli dasturga kiritiluvchi reverberatsiya sun’iy deyiladi, darvoqe bunda jilo (effekt)ning o‘zi binoning ta’sirida emas, balki maxsus ovoz yetkazuvchi traktga ulangan uskuna (reverberatorlar, aks-sado ovoz yozish mikrofon xonalari) yordamida yaratiladi. Sun’iy reverberatsiya hosil qilish prinsipi, signal mikrofondan so‘ng qurilmalarga yuborilib, u yerda vaqt oqimini daraja bo‘ylab kamaytiruvchi uzluksiz takrori paydo qilinishi bilan belgilanadi. Chiqish yo‘lida hosil bo‘lgan murakkab signal, asosiy signal bilan u yoki bu munosabatda bo‘lib, ovoz yozish trakti ila qorishib zarur ovozli jilo (effekt)ni vujudga keltiradi.


81 Reverberatsiyaning boshqaruv vaqti davomidagi sadolanish bino akustikasidagi o‘zgarishdek tuyuladi. Bunda ijrochining mikrofondan uzoqlashuvi yoki unga yaqinlashuvi kabi tovushli rejalar almashinuv effekti hosil bo‘ladi. Sun’iy reverberatsiya, dasturlarni yozishda, boshqaruvchi darajalari va mikrofonlarni joylashtirish yordamida sadolanishning shovqini va aniqligi o‘rtasida zarur mutanosiblik yaratib bo‘lmaydigan vaziyatda qo‘llaniladi. Bu ayniqsa kichik hajmli va yomon akustikali binolarda kerak bo‘ladi. Agar mumtoz musiqa uchun ovoz perspektivasi birligi mezon sanalsa, estrada va jaz musiqasida aksincha, akustik ko‘p rejalilik va turli xil alohida cholg‘ular yoki ijrochilar guruhlari sadosining fonli talqini yozish vaqtida eng muhim ifoda vositalaridan biri sifatida qo‘llaniladi. Yozish uslubi va vositalari, musiqa asarlarining kayfiyati, ansamblning ijrochilik imkoniyatlari, apparaturaning texnik imkoniyatlari, ovoz rejissorining fantaziyasi va didi bilan belgilanadi. Ansamblning ritmik guruhi ya’ni zarbli cholg‘ular va akkompanementning zarur aniqligini ta’minlash maqsadida odatda reverberatsiyasiz yoki minimal sado bilan yoziladi. Melodik guruhlar ko‘pincha turli xil reverberatsiya bilan yoziladi. Damli va torli cholg‘ularni yozishda esa havoiylik tasavvurini yaratish uchun katta reverberatsiya talab etiladi. Yakkaxon cholg‘ular va vokal asar kayfiyatiga qarab sadoning turli darajalari qo‘llaniladi. Vazmin sur’atli asarlar uchun reverberatsiya vaqti ko‘paytirilishi va tez sur’atlar uchun esa kamaytirilishi mumkin. Birlamchi yozuvlar vaqtida effektlar paydo qilish har doim ham maqsadga muvofiq emas. Bu ishni qayta yozish yoki fonogrammani tenglashtirish vaqtida amalga oshirgan ma’qul. Boisi, bunda studiya va ijrochilar vaqtini band qilmasdan, xotirjam eng yaxshi variantlarni tanlash imkoni bo‘ladi. Bugungi kunda sado jilosi (reverberatsiya effekti)ni hosil qilish uchun katta miqdordagi turli-tuman elektr uskunalari mavjuddir. Ular konstruktiv jihatdan alohida bloklar ko‘rinishida bajarilgan bo‘lib, ulovchi kabellar yordamida miksher pultiga ulanadi. Ularda odatda Room (xona), Hall (zal), Plate (varoq, plastinkasimon reverberator), Stereo delay (stereo-ushlagich) va hk. kabi ko‘plab


82 tayyor effektlar joylashtirilgan bo‘ladi. Qayta ishlovchi bunday bloklar yuzlab va undan ziyod tayyor (preset) effektlarga ega bo‘lib, ularni vaziyatga qarab o‘zgartirish (tahrir etish) imkoniyati ham bor. Bizga YAMAHA (SPX-1000), LEXICON va boshqa bir necha mashhur firma-ishlab chiqaruvchilar ma’lum. Apparatura xonasida bunday effekt bloklariga ega bo‘lib, dastlabki signal uchun har qanday akustika va har qanday qayta ishlovni tanlab olish mumkindir. Darajani avtomatik ravishda boshqarish Ovoz rejissori ovoz yozish vaqtida har doim ham darajalarning tez sur’atdagi o‘zgarishlarini nazorat qilib borolmaydi. Bundan tashqari, maksimal darajalar boshqaruvidagi xatolar sabab pultning chiqish yo‘lida yuqori darajadagi zo‘riqish, haddan ziyod modulyatsiyalash va buzilishlar ro‘y berishi mumkin. Agar maksimal darajani pasaytirilsa, u holda o‘rta daraja nihoyatda pastga tushib ketadi. O‘z navbatida signalning qo‘qqisdan pasayishi, signal/shovqin munosabatlarining yomonlashuviga olib keladi. Pultning chiqish yo‘lidagi xavfli ziddiyatlardan o‘z vaqtida ogohlantirilsa, shundagina foydali signalni ham to‘satdan pasaytirish mumkin bo‘ladi. Faqat bu vaziyatda bir vaqtning o‘zida darajaning avtomatik boshqaruvchilarini qo‘l bilan boshqarish lozim. Avtomatik boshqaruvchi deb, kirish yo‘lidagi signal darajasiga bog‘liq xabarning o‘zi boshqariladigan koeffisiyenti, ya’ni, qurilmaga aytiladi. Avtomatik boshqaruvchini qo‘llash normal darajalarini ushlab turish vazifasini yengillashtirib, ovoz rejissoriga asosiy diqqatni asarning badiiy jihatlariga qaratishga imkon beradi. Avto boshqaruvchilar o‘rnatish va qayta tiklanish vaqti bilan ta’riflanadi. O‘rnatilish vaqti – bu qurilmaga kirish yo‘lidagi signalning sakrashsimon ko‘tarilishiga nisbatan boshqaruvchi reaksiyasidir. Qayta tiklanish vaqti esa signalning qo‘qqisdan kamayishiga nisbatan qurilma reaksiyasidir. Avto boshqaruvchilarning vaqtli parametrlarini ularning belgilanish joyiga qarab tanlash mumkin. Professional (kasbiy) ovoz yozishda o‘rnatilish vaqti 4- 5 m/s atrofida olinadi, havaskorlik yozuvida esa bu vaqt 10-20 m/s ko‘rsatiladi.


83 Bunday hajmlarning tanlanishi, turli xil manbalar sadoning turlicha o‘sish vaqtiga ega ekanligi bilan bog‘liq. Masalan, nutq tovushlari 6-120 m/s o‘rnatilish vaqtiga, shuningdek, klarnetlar 50-70 m/s, saksofonlar 30-40 m/s, fleytalar 200- 300 m/s va hk. o‘rnatilish vaqtiga ega. Faqat elektron zarbli cholg‘ular kabi ba’zi (ayrim) bir manbalargina 5 m/s dan kamroq vaqtni egallaydi. Qayta tiklanish vaqti 1-4 soniya atrofida tanlanadi. Bunday vaqt ovoz rejissorining darajalarning sakrashsimon o‘zgarishlariga nisbatan taxminiy reaksiyasiga to‘g‘ri keladi. Shundan so‘ng u bu o‘zgarishlarni, ya’ni umumiy sadolanishni to‘g‘irlashga harakat qiladi. Ovoz yozish amaliyotida asosan inersion avtomatik boshqaruvchilarning ikki turidan ya’ni siquvchi (kompressor) va maksimal darajalarni (limiter) chegaralovchilardan foydalaniladi. Ba’zan kengaytiruvchi (ekspander)dan ham foydalaniladi. Kompressor dasturning dinamik ko‘lamini siqadi, undagi zaif signallar sezilarli tarzda kuchli signallardan ham kuchayib ketadi, balandlari esa aksincha kuchaymaydi yoxud ahamiyatsiz darajadagina o‘zgaradi. Kompressorning kirish va chiqish yo‘lidagi hajm (kenglik) tafovuti siqish kengligi deyiladi. Siqish vaqtida signal o‘rta darajasining nisbiy ravishda ko‘tarilishi, past va yuqori chastotalarni idrok etish subyektiv tarzda kuchayadi, sadolanishning katta tabiiy taassuroti yaraladi. Siquv kengligini almashtirib, alohida manbalar ovoz rejasini ham muayyan me’yorlarda o‘zgartirish mumkin. Kompressorni odatda individual kanalga ulanadi, ammo uni butun dasturni siqish (ixchamlashtirish) uchun pultning chiqish yo‘liga ham ulash mumkin. Chegaralovchi go‘yo katta darajalar vaqtida kirish yo‘li tarangligi o‘zgarmasligi uchun yuqori bo‘sag‘adan keluvchi signallarni chegaralaydi. Kiruvchi signal vaqtincha past yoki o‘rta ekan, chegaralovchi oddiy kuchaytirgich singari ishlaydi, maksimal ravishda mumkin bo‘lgan darajaning yuqorilashi vaqtida qurilma (uskuna) koeffisiyenti tushadi va peremodulyatsiya (qayta modulyatsiya) qilish imkoni bo‘lmaydi hamda chiquvchi signal berilgan darajadan


84 (95-100 %) oshmaydi. Chegaralovchini odatda umumiy boshqaruvchi darajasidan keyin yoqiladi. Ekspander shunday qurilmaki, bunda kuchayish koeffisiyenti kirish signali darajasining ortishi bilan o‘sib boradi. Uni katta dinamik ko‘lamli va yozuv vaqtida ovoz rejissori tomonidan kompressor vositasida qisilgan dasturlarni eshittirish (qayta tiklash)da qo‘llashadi. Balandlik bo‘sag‘a ahamiyatidan pastga tushgan vaziyatlarda ovoz shlyuzi uni minimal darajada, deb belgilaydi. Ekspander esa balandlikni foydalanuvchi buyurgan darajagacha tushiradi. Ekspander birmuncha yumshoq va silliq ishlaydi va fonli shovqinlarni sezilarli darajada zaiflashtirishga imkon beradi. Qayta ishlash effektini oshirish uchun ovoz shlyuzi va ekspander bir vaqtda qo‘llaniladi. Shunday mutanosiblik past darajali fonli shovqinlarni ahamiyatli ravishda yoxud umuman bartaraf etishi mumkin. 43-rasmda kospressor (1), chiziqli kuchaytirgich (2), espander (3) va chegaralovchi (4)ning ish grafigi ko‘rsatilgan. Har qanday avto boshqaruvchi dastur qo‘llanilishida qisman sifat yo‘qolishi sodir bo‘ladi. Agar dinamik ko‘lam 6 dBdan oshmasa va 12 dBdan ko‘proq ixchamlashuv (siquv)da doim eshitilarli bo‘lsagina bu yomonlashuv quloqqa deyarli eshitilmaydi. Shuning uchun avto boshqaruvchilardan nihoyatda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak. 43-rasm. U kir. 44-rasm. U kir. U chiq. 1 2 3 0 4 U chiq.


85 Yozuv texnik sifatini baholash Yozuv texnik sifatining bahosi ovoz yozish traktining alohida bo‘g‘inlari tomonidan kiritilgan shovqin va xatolar darajasi tekshiruvini nazarda tutadi. Yozish vaqtida ovoz rejissori eshitib aniqlay olishi kerak bo‘lgan turli xil to‘siqlar ham paydo bo‘lishi mumkin. To‘siqlar razryadiga akustik shovqinlar, kuchaytirgichlarning o‘z shovqinlari, elektr nosozliklari va fon, elektrik qisqa tutashuvlar, shatir-shuturlar, magnitofon tasmasining shovqinlari, detonatsiya kabilar kiradi. Mazkur vaziyatlarning paydo bo‘lishidan ogohlantirish va o‘z vaqtida to‘g‘ri baholash birlamchi ahamiyat kasb etadi. Yozish binosidagi takomillashmagan tovush nosozliklari (izolyatsiyasi) natijasida kirib kelgan akustik to‘siqlar, ya’ni, chastotaviy shovqinlar bilan birga ijrochilarning o‘zlari tomonidan ham shovqinlar paydo qilinishi (ochilgan varaqning shitirlashi, mebelning, parketning g‘ichirlashi, konsertni yozish vaqtida tomoshabinlar zalidagi shovqinlar va hk.) akustik xalaqitlarga sabab bo‘ladi. Yozuvni tinglash vaqtida shu kabi akustik shovqinlar nisbatan aniqroq eishitilib bevosita yozuv binosining o‘zidagi shovqinlardan ko‘ra ko‘proq xalal beruvchi ta’sirga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, yozuv sifatiga ayrim musiqiy cholg‘ularning ijrosi vaqtida ularning bevosita jarangi bilan bog‘liq bo‘lgan shovqinlar ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Albatta, noxun, mediator, kamon, pedal, klaviatura, klapanlarning taqqillashidan, damli cholg‘ular ijrosi paytidagi havodan va shunga o‘xshash shovqinlardan qutulishning iloji yo‘q. Ammo bu to‘siqlarni anchagina zaiflashtira oluvchi qator choralar mavjud. Shuni yodda tutish joizki, noto‘g‘ri o‘rnatilgan sezgir mikrofon, yoki korreksiyaning yuqori chastotalar bo‘yicha bu to‘siqlar shu qadar ajratib ko‘rsatadiki, ular yo cholg‘uchining o‘zini niqoblaydi, yoki bo‘lmasa ularni to‘g‘ri idrok etishga xalal beradi. Doimo akustik shovqinlar ovoz yozuviga hamrohlik qilib, yozuvning badiiy idrokiga ta’sir etmaydigan darajasigacha (ularga) yo‘l qo‘yiladi.


86 Tinglash davomida chastotali buzilishlarni ajratish uchun ovoz traktining chastotali xususiyatini undagi chetki chastotalarning ko‘tarilishi va darajasini, ko‘lami va tekisligini, shuningdek, turli toifadagi rezonansslarni eshitib baholash zarur. Subyektiv tarzda bu xatolar, ko‘pincha yuqori chastotalarning kamchiligi sifatida qabul qilinishi mumkin. Yozuv bu asnoda o‘z shaffofligini yo‘qotib, xira va noaniq bo‘lib qoladi, nutq esa tushunarsiz bo‘lib chiqadi. Past chastotalarning “to‘kilishi” bilan alohida cholg‘ular sadosida quyi registrlar zaiflashib, orkestr bo‘yoqlar boyligidan ayriladi, nutq ma’nosizlashib, ovoz o‘zining (shirasini) mayinligini yo‘qotadi. Past chastotalarning ortiqchaligidan tovush, yuqori chastotalar “to‘kilmagan” bo‘lsa ham xiralashib qoladi. Ta’kidlash joizki, chastotali xatolar ko‘pincha chastota xususiyatidagi cho‘qqi va jarliklar ko‘rinishida ham paydo bo‘lishi mumkin. Bunday xatolar (ya’ni, 800-5000 Gts chastotali ko‘lamda) maksimal darajada sezgir bo‘lgani noma’qul sanaladi. Notizim buzilishlarda (tovush tebranishidagi buzilishlar shakli) ovozlar xirillab, siniq bo‘lib chiqadi, musiqa esa g‘ishillab, o‘zining tabiiyligi va tembr bo‘yog‘ini yo‘qotadi. Bunday xatolar kirish yo‘li signalining katta darajalarida yoxud tovush traktining boshqa zvenolarida hosil bo‘ladi. Elektrik to‘siqlar qoidaga ko‘ra ovoz yozish traktining o‘zida hosil bo‘ladi. To‘siqlarning eng keng tarqalgan turi kuchaytirguvchi unsurlar (lampalar yoki tranzistorlar)dagi, pult kuchaytirgichi va magnitofonlarning o‘z (shaxsiy) shovqinlarining yuqori darajasi, ayniqsa birinchi kaskadlardir. Bunday shovqin bir tekis, noxush vishillash (shivillash) kabi eshitiladi. E’tibor berish joizki, agar nazorat agregati shovqin solayotgan bo‘lsa, u yozuv sifatiga ta’sir etmaydi. Ammo shunday bo‘lsa-da, bunday shovqinlar dasturning nazorat tinglovini qiyinlashtiradi. Stabilizatorlar, filtrlar va quvvat manbalarida paydo bo‘luvchi almashinuvchan tok (quvvati) foni ham noxush holatlardandir. U silliqlashtiruvchi zanjirlarda sig‘imning yo‘qotilishi, yoki yerga ulash tizimlardagi defektlar sabab paydo bo‘ladi. Ayniqsa bu fon tarmoq singdiriluvchi chastotalar


87 (50, 100, 150 Gts) ya’ni, karrali chastotalar bilan paydo bo‘lib, quloqqa gumburlash yoki g‘o‘ng‘illash kabi eshitiladi. To‘siqlarning yana bir turi navodkalar bo‘lib, ular tashqi manbalarning kuchli elektromagnit maydonlari sabab hosil bo‘ladi. Bu manbalarni, shovqinlardan himoya qilish yo‘llarini topish nihoyatda mushkul, ayrim hollarda esa umuman ilojsizdir. Radio to‘lqinlari, televizion stansiyalar, tibbiyot uskunalari (jihozlar), baquvvat transformator stansiyalardan keluvchi to‘siqlar chiqillash, darz ketish, notekis “g‘irchillash” va hk. kabi ko‘rinishlarda bo‘ladi. Induktiv navodkalar kuchaytirgich va pultlarning sezgir kirish yo‘llariga ta’sir etadi. Ba’zan pult, magnitofon va boshqa apparat yozuvidagi uskunalar (tugmacha, rele, pereklyuchatel va hk.)da kommutatsiya unsurlari ulangan paytda chiqillashlar paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, agar kontakt yoki boshqaruvchi yoxud miksherning tok o‘tkazuvchi qatlami buzilsa ham miksherlash jarayonida chiqillashlar kuzatiladi. Ushbu xalaqit tovushlarni kamaytirish uchun korrektor va regulyatorlarning (boshqaruvchi) o‘rnatilishini repetisiya yoki sinov yozuvi vaqtida o‘tkazish lozim. Ish vaqtida firma simlari, kabellari, o‘tkazgich va quvvat manbalarini qo‘llash hamda apparaturani yerga ulash lozim. Vaqti-vaqti bilan tasma tortuvchi mexanizmni va magnitofonlar kallagi (golovka)ni maxsus drossel bilan magnitsizlashtirish kerak. Statik zaryadlarning hosil bo‘lishiga asosan o‘ta quruq havo sabab bo‘ladi. Shu bois apparat xonasida doimo zaruriy namlik saqlanishi (ushlab turilishi) lozim. Magnit tasma orqali hosil bo‘luvchi to‘siqlarni ishchi signalning yo‘qligida (shovqin pauzasi)gi shovqinlarga va signalning borligidagi shovqinlarga (modulyatsion shovqin) bo‘lish mumkin. Pauza shovqini magnit tasmasining barcha toifalariga xos bo‘lib, u strukturaning bir turliligi, bo‘yoqning bir tekisligi va undagi magnit qatlamning pardozlanish sifatiga bog‘liq bo‘ladi. g‘adir-budur ishchi qatlamli tasmalar sirlanganlariga nisbatan ko‘proq shovqin solishadi. Modulyatsion shovqin faqat yozish yoki eshitish (tinglash) vaqtida paydo bo‘ladi,


88 ya’ni, tasmada yozuv (bor) bo‘lsa (yozuvlar o‘rtasidagi pauzalarda bu shovqin eshitilmaydi). Bu shovqin ishchi qatlam strukturasining bir turda bo‘lmagani, tasma va kallak o‘rtasidagi kontaktning vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turishi, tasma cho‘zilishidagi tezlikning o‘zgarishi bois hosil bo‘ladi. Qo‘shimcha (yondosh) tovush, asosiy tovushni qurshovchi (o‘rab turuvchi) yorug‘lik xususiyatiga ega. Modulyatsion shovqin subyektiv ravishda pauza shovqiniga nisbatan kamroq seziladi, chunki u signal bilan niqoblanadi. Tasmaning tezligi qancha kam bo‘lsa, modulyatsion shovqin shunchalik ko‘p bo‘ladi; bu ayniqsa yakkaxon xonish, yolg‘iz, obertoni nochor cholg‘ularni yozishda seziladi. Tasmanii tortish (cho‘zish) mexanizmining yomon boshqaruvi sabab, tovush detonatsiyasi yoki uning maydalanishi ro‘y berishi mumkin. Nazorat savollari: 1. Tovush signallarini qayta ishlovning qanday turlari mavjud? 2. Ekvalayzerlar va ularning turlari haqida gapirib bering. 3. Dinamik diapozonni saqlashda ishlatiladigan qayta ishlov turlari haqida gapirib bering. 4. Sun’iy reverberatsiyada ishlatiladigan protsessorlarni aytib bering. Mustaqil mashg‘ulot uchun topshiriqlar: 1. Zamonaviy qayta ishlov turlarini mustaqil o‘rganing. 2. Ovoz yozish va eshittirishda ishlatiladigan qayta ishlov turlarini amaliyotda sinab ko‘ring. 3. Shovqinlarni keltirib chiqaruvchi jihozlar va tabiiy holatlarni ustaqil ravishda o‘rganing Foydalanish uchun adabiyotlar: 1. Rick Clark. Mixing, Recording, and Producing Techniques of the Pros, Second Edition, 2010. –400 pages.


89 2. Тим Кинтцель. Руководство программиста по работе со звуком. ДМК, 2000. 3. Гафурова Ш.А. Компьютерные музыкальные технологии. –Т., 2007. 4. David Gibson. The Art of Mixing: A Visual Guide to Recording. XULOSA Zamonaviy musiqa san’ati xilma-xil janrlar bilan boyidi va buning natijasida turli janrlarning o‘ziga xos ovoz tarannumi, garmoniya, usullari va rangba-rang jozibalarining doirasi juda kengaydi. Musiqiy tovush va ularni o‘zaro munosabatlaridan hosil bo‘ladigan rang-barang kuy va qo‘shiqlarni sof, mutanosib hamda go‘zal holatda zamonaviy texnika yordamida tinglovchiga yetkazish katta ahamiyat kasb etadi “Ovoz yozish studiyasi jihozlari va ovoz yozish tizimi” fani bo‘yicha tayyorlagan o‘quv qo‘llanmasida zamonaviy musiqa san’atini to‘g‘ri idroklaydigan, elektron texnika bilan mohirona munosabatda bo‘ladigan mutaxassislarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib unda ovoz yozish studiyalarining akustik xususiyatlari, ovoz yozish texnik anjomlari va ovoz yozish tizimlari hamda ovoz yozish jarayonida ahamiyat qaratish lozimimligi inobatga olindi. Aytish o‘rinliki, mazkur o‘quv qo‘llanma nafaqat oliy balki o‘rta ta’lim tizimi o‘quv yurtlari uchun ham foydadan xoli emas. Ushbu o‘quv qo‘llanma zamonaviy ovoz yozish studiyalarining texnik jihozlari, mikrofonlar, nazorat agregatlari va boshqa apparaturalar qo‘llanilishining nazariy va amaliy uslublari xususidagi keng qamrovli masalalarni o‘z ichiga olgan. Olingan bilimlarni mustahkamlash maqsadida har bo‘limdan so‘ng savollar va mustaqil mashg‘ulot uchun topshiriqlar berilgan.


90 Ilova Ingliz tilidagi atamalarning qisqacha lug‘ati accelerando tezlash accidental alteratsiya belgisi accuracy aniqlik ADC, analog-to-digital converter analog-raqamli o‘zgartgich (ATSP) adjust o‘zgartirish amplification kuchlanish amplify kuchaytirish amplitude amplituda analog input analog kirish arrangement pyesa, aranjirovka asterisk belgi (ramz) attack ataka attack time ataka vaqti attribute atribut audio cable ovoz kabeli, audiokabel audio track ovoz yo‘li augmented kattalashtirilgan auto quantize avtomatiik tenglash AVI video fayl background orqa plan backup qo‘shimcha (zahira) nusxa balance balans band-pass filter yo‘lakli filtr bandwidth yo‘lak kengligi bank bank barline takt chizig‘i


91 baseline pastki liniya bass clef bas kaliti bassoon fagot beat hissa (takt hissasi) bell qo‘ng‘iroq bit bit (axborotning minimal birligi) bracket akkolada breath control kontroller, nafasni MIDI-signalga aylantiruvchi brightness tiniqlik brown noise jigar rang shovqin button tugmacha bosqich (knopka) bypass chetdan (signalni effektdan chetlatib o‘tkazish), to‘g‘ri signal byte bayt cable shnur, kabel calibrate parametrlarni sozlash carrying frequency asosiy chastota cathedral reverb cherkov akustikasi cello violonchel centimeter santimetr channel kanal (aloqa) chase kuzatish check mark “belgi” chord akkord chord track akkordli yo‘lak (avtoakkompanement uchun) chorus xorus damp level chegaralanish darajasi (buzilish hollarida) clarinet klarnet clef kalit (musiqiy)


92 click metronom, metronom zarbi clock soat, muntazam vaqtli signallar dose yopish colors rang compress siqish compressor kompressor computer kompyuter concert pitch tarannumning aniq balandligi configuration konfiguratsiya constant konstant continue davomlash (tarannum) control change kontroller mohiyatini o‘zgartirish controller kontroller (MIDI-axborotini uzatish) convert aylantirish (ma’lumotni), yuborish Cool Windows uchun tovushni qayta ishlash va sintez qilish dasturi copy nusxalash crash zarbli tarelka, kresh create yaratish crop kesish cross-staff notes bir necha nota yo‘llarida joylashgan notalar guruhi Cubase Atari, Macintosh yoki Windows sekvenser dasturi current mavjud curve egri cut kesish cycle sikl DAC, digital-to-analogconverter raqamli-analog o‘zgartiruvchi (TSAP)


93 damper pedal o‘ng (dempferli) pedal dashed line punktir DAT, digital audio tape raqamli kasseta data decrement ma’lumotlarni kamaytirish (MIDI – kontrollerdan biri) data entry ma’lumotlarni kiritish data increment ma’lumotning ortishi ( MIDI- kontroller turlaridan biri) DC doimiy (manba’) tok DC offset doimiy tarkib, kuchlanish decay time o‘chish vaqti decrement kamayish (bitta birlikka) delay kechikish delay time kechikish vaqti delete o‘chirish depth chuqurligi, tubi deselect, de-select tanlovni bekor qilish destination qabul qilgich, belgilangan manzil detune detonatsiya device qurilma dialog box dialog oynasi digital-only card raqamli signalning kirish-chiqish kartasi diminished kichraytirilgan DIN-R Macintosh uchun shovqin pasaytirish tizimi directory katalog disk disk disk label disk belgisi display ekranga chiqarish distortion buzilish


94 dot nuqta dotted note nuqtali nota dotted rest nuqtali pauza double barline ikktali (takt) chiziq double click sichqon tugmachasini ikki marta (o‘ng tugmacha) bosish double-bass kontrabas downbeat kuchli (takt) hissa drum baraban, zarbli cholg‘u drum editor zarbli cholg‘ular muharriri drums barabanlar, zarbli cholg‘ular dry out to‘g‘ri (chiqish) signal DTMF signals Telefon raqami terilishi signallari duration uzunlik, cho‘zim echo exo, aks sado edit tahrirlash editing tahrirlamoq editor muharrir effect (FX) effekt eighth note sakkiztalik nota enharmonic engarmonik enharmonic shift engarmonik o‘zgartirish enter kirish, nota muharriri dasturlarida informatsiyani kiritish entry nota ma’lumotining vaqtli birligi, dastursekvenserlardagi MIDI-axborot elementi envelope egiluvchan equal teng equalization filtrlash


95 equalizer ekvalayzer, yo‘lakli filtrlar tizimi equipment jihozlar, apparatura erase o‘chirish EVPU, ENIGMAVirtual Page Unit shartli o‘lchov birligi: dyum EVPUga teng exit chiqish expand kengaytirish expander ekspander extra note “ortiqcha” nota extract chiqarish fade amplitudaning asta-sekin o‘zgarishi fade in “chiqarish”, ovozning asta-sekin (yo‘q darajasidan) ko‘tarilishi fade out “yo‘qotish”, ovozning asta-sekin (yo‘q darajasidan) yo‘qolishi feedBack aks aloqa fiddle skripka fifth kvinta file fayl, baytli tizimi filter filtr final barline yakunlovchi, “yo‘g‘on” chiziq Finale Macintosh yoki Windows uchun notali nashr dasturi fine tune nozik sozlash flag nota “dumi” flagged note “dumli” nota flange flenjer flat bemol flat beam to‘g‘ri (egiltirilmagan) qovurg‘a


96 flip holatni o‘zgartirish float “suzuvchi”, erkin joylashuvchi floppy disk egiluvchan disk flute fleyta FM synthesis sintez uslubidagi chastotaviy modulyatsiyalar, FM-sintez FM, frequency modulation chastotaviy modulyatsiya font shrift foot control pedal ko‘rinishidagi kontroller foot switch pedal ko‘rinishidagi kontroller-pereklyuchatel forth kvarta frame «ramka» (nota nashri dasturida – bitta nota yo‘lidagi bir takt), kadr freeze muzlatish, qotirish french horn valtorna frequency chastota frequency deviation chastotaviy burilish fretboard grif (gitara yoki boshqa ladli cholg‘u) fuzz fuz (gitara cholg‘usiga xos effektlardan biri) gapper gepper (belgilangan chastotali effekt qo‘shimchasi) gate ostona (shlyuz) gated reverberation gumbazli sado (reverberatsiya) general purpose keng qamrovli kontroller global parameter yirik (global) parametr grace note forshlag grand staff ko‘p yo‘lakli tizim graphic equalizer grafik ekvalayzer grid jadval


97 grid editor jadvalli muharrir groove nostandart tenglov shabloni group track guruhlar yo‘lagi half note yarimtalik nota hall reverb zal akustikasi hand clap qarsak hat, hi hat pedalli tarelka, xet, charlston heavy line yo‘g‘on liniya hexadecimal o‘noltitalik high torn yuqori (kichik) tom-tom high-bass filter yuqori chastotali filtr highlight ajratish home boshlanish (fayl) home position boshlanish pozitsiya, boshlang‘ich joylanish HyperScribe MIDI-buyruqni real vaqt mobaynida nota matniga aylantiruvchi dastur nomlanishi ID identifikatsiya nomeri ignore o‘tkazib yuborish, bekor qilish inch dyum increment ko‘paytirish (bitta birlikka) indent sahifa chap tomonidagi masofa inner voice ikkinchi ovoz (ikki ovozlikda) input kirish signali, kirish interfeysi, kirish bog‘lami input gain kirish darajasi insert o‘rnatish instrument cholg‘u (instrument) instrument list cholg‘u ro‘yxati interactive interaktiv invert ag‘darish


98 item element jazz jaz key klavisha key editor klavishli muharrir key signature asar asosiy pardasi (tonligi) key velocity klavishga bosish quvvati(dinamikasi) keyboard klaviatura keydown klavishni bosish keyup klavishdan qo‘lni olish kick drum do‘mbira (baraban) gardishiga zarb berish label belgi layer qatlam layout joy (joylashish) leftmost measure ekrandagi birinchi takt legato legato, bog‘lab chalish library kutubxona limiter limiter (chegaralovchi) list ro‘yxat list editor ro‘yxat muharriri live performance “jonli” ijro load yuklash (dasturni chaqirish) logical editor mantiqiy muharrir low torn past (katta) tom-tom low-pass filter past chastota filtri LSB, least significant byte kichik bayt lyrics she’r, so‘z main volume qattiqlik major key major pardasi (tonalnost) margins chegara


99 mastertrack o‘lchov va sur’atni o‘zgartirish yo‘lagi measure takt (musiqa) measurement units o‘lchov birligi melody melodiya, yetakchi ovoz (ohang) menu menyu menu bar yuqori panel, menyu panel merge qo‘shish (odatda fayl oxiriga), muvofiqlashtirish (faylarni) meter metr (musiqiy) metronome metronom mid torn o‘rta tom-tom middle S “o‘rta” do (MIDI-klaviatura – uchinchi oktava do notasi) MIDI musiqiy cholg‘ularning raqamli interfeysi MIDI cable MIDI-shnur, MIDI-kabel MIDI channel MIDI-kanal MIDI controller MIDI-kontroller MIDI expression MIDI-(mazmun) MIDI in MIDI-kirish MIDI out MIDI-chiqish MIDI-synchrinization,MIDI sync MIDI-sinxronlash MIDI thru o‘tkazuvchi MIDI-chiqish MIDI track MIDI-yo‘lak mid-measure clef takt o‘rtasida kalitni o‘zgartirish minor key minor pardasi (tonalnost) mirror copy aks (zerkalnaya) nusxa mix track miksher yo‘lagi mixdown muvofiqlash, miksherlash mixer miksher


100 mode tartib, holat (rejim) modulated out modullangan chiqish signali modulating frequency modullovchi chastota modulation modulyatsiya, vibrato modulation modulyatsiya modulation depth modulyatsiya chuqurligi, modulation index modulyatsiya indeksi modulation rate modulyatsiya tezligi modulation wheel modulyatsiya g‘ildiragi mono mono mono mode bir ovozli holat mouse sichqon MSB, most katta bayt (significant byte) multi mode ko‘p tembrli holat multimeasure rest bir-necha takt pauza multimedia turli vositalar birikmasi multiple delays to‘xtam signalning ko‘p marta qaytarilishi mute yopish (o‘chirish) natural bekar noise shovqin noise gate shovqinga qarshi shlyuz noise reduction shovqin pasaytirish normalization optimallash normalize optimallashtirish notation nota matni note off klavishni qo‘yib yuborish note on klavishni bosish note-by-note nota ketidan nota (matnga ketma-ket nota kiritish)


Click to View FlipBook Version