The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by ismoilzoda2021, 2023-05-31 04:42:54

1-сон журнал. 26-май. 2023.

1-сон журнал. 26-май. 2023.

Sharof Rashidov nomidagi SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BUYUK IPAK YOʻLI XABARCHISI ВЕСТНИК ВЕЛИКОГО ШЕЛКОВОГО ПУТИ


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 1 Sharof Rashidov nomidagi SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BUYUK IPAK YO‘LI XABARCHISI, ТHE GREAT SILK ROAD HERALD, ВЕСТНИК ВЕЛИКОГО ШЕЛКОВОГО ПУТИ Ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-adabiy, nazariy-uslubiy jurnal Jurnal 2022-yil 17-martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va Ommaviy Kommunikatsiyalar Agentligi tomonidan № 1569 raqami bilan ro‘ro‘yxatga olingan BOSH MUHARRIR f.f.d. E.R.MUSURMANOV BOSH MUHARRIR O‘RINBOSARI , f.m.f.d., professor H.A.XUSHVAQTOV TAHRIR HAY'ATI: Rustam Ibragimovich XALMURADOV - t.f.d., professor. Samarqand davlat universiteti rektori Shuhrat Samariddinovich SIROJIDDINOV - f.f.d., professor. Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot universiteti rektori Ahmadjon SOLEYEV - f.m.f.d, professor. Samarqand davlat universiteti Ibodulla Kamolovich MIRZAYEV - f.f.d., professor. Samarqand Davlat universiteti Kemal POLAT (Türkiye) - - f.f.d., professor. Turkiya-Qirg‘iziston Manas universiteti Гиниятулла Сафиуллович КУНАФИН (Rossiya) - f.f.d., professor. Boshqirdiston FA muxbir a’zosi Boshqirdiston davlat universiteti Лариса Ивановна НЕХВЯДОВИЧ (Rossiya) San’at fanlari doktori, professor, gumanitar fanlar instituti direktori. Oltoy davlat universiteti Janat Аскербеккызы AYMUXAMBET (Qozog‘iston) - f.f.d., professor. L.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti Li ChENSYUY (Xitoy) - Samarqand Konfutsiy instituti direktori Xurshid XAYRULLAYEV - f.f.d., professor. Samarqand davlat chet tillari instituti Isroil SULAYMONOV - f.f.d., professor. Samarqand Davlat universiteti Nazmiya MUHIDDINOVA - f.f.d., professor. Samarqand Davlat universiteti Shokir G‘AFFOROV - t.f.d., professor. Samarqand Davlat universiteti Ismoil BOBOQULOV - f.f.d., professor. O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti Dilbar URINBAYEVA - f.f.d., professor. Samarqand viloyati tillarni PYMO'MM oqitish metodikasi kafedrasi mudiri Shavkat MAHMADIYEV - f.f.n., dotsent. Samarqand davlat universiteti Gulbahor RAHIMOVA - f.f.n., dotsent. O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti Rohila SUVONOVA - f.f.n., dotsent. Samarqand davlat universiteti Mardon BOLTAYEV - dotsent. Samarqand davlat universiteti dotsenti © SamDU, SAMARQAND — 2023


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 2 MUNDARIJA 1. Muso Muhammadiyevich YULDASHEV QADIMGI LOTIN VA TURK–RUN GRAFIKASI VA ULARDAGI UMUMIYLIK MUAMMOSI 3 2. Erkin Rabbimovich MUSURMANOV, Nurxon Normuhammedovna ACHILOVA BUYUK IPAK YO‘LIDA NASRONIYLIK VA LEVIAFAN OBRAZINING MIGRATSIYASI. 12 3. Ali AKAR, Ixtıyor YOQUBOV MEŞREB DIVÂNINDAKI HÂL EKLERİNİN KULLANIMI 19 4. Nurxon ACHILOVA, Aziza SUYUNDIKOVA BUYUK IPAK YO‘LIDA BUDDAVIYLIK, TANGRILIK VA MIFOLOGIK OBRAZLAR MIGRATSIYASI 27 5. Zohida Akromjon qizi ANVAROVA, Munira Istamovna ABDURAXMONOVA AYRIM SEHRLI MAVJUDODLAR OBRAZLARINING O’ZBEK-XITOY BOLALAR ADABIYOTIDA AKS ETISHI 36 6. Sherzod To‘ychievich NORMO‘MINOV TILSHUNOSLIKDA MARKAZ VA QURSHOV (SO‘Z TURKUMLARI MISOLIDA) 44 7. Ramiz SATTAROV, Dilnoza SADULLAYEVA ALISHER NAVOIY VA VILYAM SHEKSPIR IJODIDA MUHABBAT MAVZUSI 53 8. Muharram Jurabekovna QURBONOVA BUYUK IPAK YOʻLI XALQLAR TARIXI, MADANIYATI VA TILSHUNOSLIGIDAGI OʻRNI 61 9. Maftuna ZARIPOVA Bahrom qizi BOSHLANG‘ICH SINFLARDA JAHON ADABIYOTI NAMUNALARINI O‘RGANISHNING TARIXIY BOSQICHLARI. 68 10. Xurshida KELDIYOROVA ZEBO MIRZO SHE'RLARIDA OʻXSHATISHLAR VA BADIIY TASVIR VOSITALARI 74


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 3 Muso Muhammadiyevich YULDASHEV Sharaf Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti professori, E-mail: [email protected] Tel.: +998979250575 QADIMGI LOTIN VA TURK–RUN GRAFIKASI VA ULARDAGI UMUMIYLIK MUAMMOSI Annotatsiya Nutqni yozib olish uchun esa bir necha ming yil ilgarigina belgilar qo‘llanila boshlagan. Bu davrning boshlanishi eramizdan oldingi beshinchi ming yillikka to‘g‘ri keladi. Dastlabki yozuvlar piktograflardan iborat bo‘lib, zamonaviy yozuvlarning shakllanishiga asosiy manba bo‘lib xizmat qilgan. Kalit so‘zlar: piktograflar, finikiyaliklar tili, semit tillari, yahudiy va arab tillari, Kivirinal tepaligi, Turk-run yozuvi, turk yozuvi, so‘g‘d yozuvi, Enasoy yozuvlari, Elbeyalik yunonlar, L.V. Щerba, Gerodot, E. Mayani etrusklar, alban. YULDASHEV Muso Professor, DSc Samarkand State university E-mail: [email protected] Tel.: +998979250575


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 4 ANCIENT LATIN AND TURCO-RUNIC GRAPHICS AND THEIR COMMON PROBLEMS Annotation To record speech, signs were used only a few thousand years ago. The beginning of this period corresponds to the fifth millennium BC. Early writing consisted of pictographs, which served as the main source for the formation of modern writing. Key words: pictographs, Phoenicians, Semitic languages, Jewish and Arabic languages, Kivirinal hill, Turkic-run script, Turkic script, Sogdian script, Enasoi inscriptions, Elbeian Greeks, L.V. shcherba, Herodotus, Mayan, Etruscans, Albanian. Юлдашев Мусо Муҳаммадиевич профессор Самаркандского государственного университета E-mail: [email protected] Tel.: +998979250575 ДРЕВНЯЯ ЛАТИНСКАЯ И ТЮРКО-РУНСКАЯ ГРАФИКА И ОБЩАЯ ДЛЯ НИХ ПРОБЛЕМИ Aннотации: Для записи речи знаки использовались всего несколько тысяч лет назад. Начало этого периода соответствует пятому тысячелетию до нашей эры. Ранняя письменность состояла из пиктограмм, которые послужили основным источником для формирования современной письменности. Ключевые слова: пиктограммы, финикийцы, семитские языки, еврейский и арабский языки, холм Кивиринал, тюркская письменность, согдийская письменность, Енисейские надписи, эльбейские греки, Л.В. Щерба, Геродот, майя, этруски, албанцы. Kishilik jamiyati o‘z tarixining ko‘proq davrini yozuvsiz o‘tkazgan va rivojlangan davrlargacha yetib kelguncha uzoq yo‘lni bosib o‘tgan. Nutqni yozib olish uchun esa bir necha ming yil ilgarigina belgilar qo‘llanila boshlagan. Bu davrning boshlanishi eramizdan oldingi beshinchi ming yillikka to‘g‘ri keladi. Dastlabki yozuvlar piktograflardan iborat bo‘lib, zamonaviy yozuvlarning shakllanishiga asosiy manba bo‘lib xizmat qilgan.


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 5 Birinchi alifboni eramizdan oldingi ikkinchi ming yillikda finikiyaliklar yaratgan. Bu alifbo 22 harfdan iborat bo‘lib, harflar faqat undosh tovushlardangina tashkil topgan hamda o‘ngdan chapga qarab yozilgan va o‘qilgan. Finikiyaliklar tili kabi semit tillari guruhiga kiruvchi yahudiy va arab yozuvlariga finikiyaliklar yozuvi asos qilib olingan. Chunki bu tillarda ham finikiyaliklar tili kabi so‘zlarning ildizi undosh tovushlardan iborat bo‘lgan. Shu bilan bir qatorda, hozirgi yahudiy va arab tillarida qadimgi finikiyaliklardagidek o‘ngdan chapga qarab yozilish usuli saqlanib qolgan. Shunisi diqqatga sazovorki, Rimdagi Kivirinal tepaligidan topilgan, eramizdan oldingi 450- yilga mansub bo‘lgan Duyen yozuvlari deb nom olgan sopol idishlardagi lotin yozuvlari ham o‘ngdan chapga qarab yozilgan. 1993- yilning ikkinchi sentyabrida O‘zbekiston Respublikasi ning Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning farmoniga asosan qabul qilingan lotin yozuvi asosidagi yangi o‘zbek alifbosining o‘tmishi ham finikiyaliklar yozuvi bilan bog‘langandir. Taxminan, eramizdan oldingi IX asrda, yunonlar alifboni finikiyaliklardan o‘zlashtirib olgan va unli tovushlarni ifodalovchi belgilar qo‘shib, ancha takomillashtirgan. Chunki finikiyaliklar alifbosi faqat undosh tovushlardan iborat bo‘lgan. Eramizdan oldingi V asrning boshlariga kelib bu yozuv ikki tarmoqqa – sharqiy yozuv, yaʼni eramizdan oldingi 403- yilda qabul qilingan umumgrek yozuvi va g‘arbiy, yaʼni eramizdan oldingi yettinchi asrda qabul qilingan, grek yozuvidan ancha farq qilgan lotin yozuviga ajralgan. Tarixiy manbalarda berilishicha, lotin grafikasi nomi bilan mashhur bo‘lgan yozuvni rimliklarga eramizdan oldingi birinchi ming yillikning birinchi yarmidayoq Apenin yarim orolida yashovchi qabilalar orasida yetakchi rol o’ynagan etrusklar olib kirgan. Qadimda o‘ta kuchli madaniyatga ega bo‘lgan va juda katta hududda shaharlar barpo etgan, yozuv va haykaltaroshlik sanʼati rivojlangan, hozirgi davrga


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 6 kelib unutilgan etrusklarning asl kelib chiqqan hududi qayerda ekanligi hozirgacha jumboq bo‘lib kelmoqda. Tarixchilar etrusklarning asl kelib chiqishi haqida uch xil fikr bildirishganlar. Rim adibi Dionisiy (er. oldin. birinchi asrda yashagan) etrusklarni Rimdagi mahalliy qabilalarga qo‘shgan bo‘lsa, Tit Liviy (imperator Avgust davrida yashagan) etrusklarni shimoldan ko‘chib kelgan degan fikrni bildirgan, lekin ko‘pchilik olimlar qadimgi yunon tarixchisi Gerodotning (er. oldin 484-425 yillar) etrusklar sharqdan kelgan degan nazariyaga qo‘shilmoqda. Fransuz tadqiqotchisi E.Mayani etrusklar alban (hozirgi Ozarbayjonda yashagan qadimgi xalq) xalqiga yaqin qarindoshlari degan, fikrni bildirgan (Viktor Drachuk, 185 bet). Bizga maʼlumki, yozuvlarning ko‘pchiligi qadimgi finikiyaliklardan olingan, degan xulosa bor. Shunday ekan, 1889 yil O’rxun va Enasoy daryolari qirg‘oqlarida rus sayyohi N.Yadrinsev tomonidan topilgan va Daniyalik olim I.Tomsen tomonidan o‘qilgan sirli O’rxun-Enasoy yozuvlari bilan qadimgi lotin (etrusk) yozuvlari o‘rtasida o‘xshashlik bormi, degan savol tug‘iladi. Dastlab, V.Tomsen O’rxun-Enasoy yozuvini boshqa tadqiqotchilar kabi chapdan o‘ngga emas, balki o‘ngdan chapga qarab o‘qish kerak , deb o‘ylaydi. Keyin, boshqa har qanday sirli yozuvlarni o‘qish qobiliyatiga ega bo‘lgan olimlar kabi, yozuvlarda qancha belgi uchrashini hisoblab chiqib, bu harfli yozuvdir degan fikrga keldi (V.Drachuk, 151-bet). Xullas, I. Tomsen sirli O’rxun-Enasoy yozuvini o‘qishga muyassar bo‘ldi. Olim bu yozuvni o‘qish bilan birga bu yozuv sanʼati qadimgi turkiy xalqqa tegishli ekanligini isbotladi. Lekin Urxun O’rxun -Enasoy yozuvlarining asosida qanday yozuv yotishi hozirgacha jumboq bo‘lib kelmoqda. Jumladan, G‘. Abduraxmonov va A. Rustamovlar O’rxun harflarining qadimgi german xalqlariga mansub Run deb ataluvchi yozuvga tashqi jihatdan bir oz o‘xshashligini eʼtiborga olib, turkiy run yozuvi deb atagan bo‘lsa (G. Abduraxmonov va A. Rustamov, 11 - bet), N. Abduraxmonov, I. Kormushinning «Turk-run yozuvi o‘ngdan chapga qaratib yozilgan, mazkur yozuvning kelib chiqishi to‘g‘risida turkologiya adabiyotlarida har xil fikrlar uchraydi. Baʼzilar turk yozuvi so‘g‘d yozuvidan kelib chiqqan desalar, ayrimlari pahlaviy yozuvidan


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 7 olinganligini qayd qiladilar”, degan fikrni keltirgan va shu nazariya tarafdori ekanligi sezilmoqda (N. Abduraxmonov, 19 – bet). Baʼzi olimlar O’rxun-Enasoy yozuvi xitoyliklar iyerogliflaridan olingan degan fikrni ham bildirishganlar. Bo‘nga sabab O’rxun – Enasoy yozuvining yuqoridan pastga qarab yozilishi ko‘zda tutilgan bo‘lishi mumkin. Shu kabi bustrofedon usulidagi yozuvlarni Rim yozuvlarida ham uchratish mumkin. Masalan: eramizdan oldingi VI asrga mansub Rimda topilgan “qora tosh” deb nomlangan ustundagi qadimgi lotin yozuvi ham yuqoridan pastga – vertikal bustrofedon usulda yozilgan. Xitoy iyerogliflari alohida bir tovushni emas, balki bo‘g‘in yoki to‘liq bir so‘zni ifodalaydi. Olimlarning isbotlashicha bo‘g‘inli yozuv sistemasida 50 yoki undan ortiq belgilar bo‘lgan. O’rxun –Enasoy yozuvi esa V. Drachukda 38 belgidan, G‘. Abduraxmonov va A. Rustamovlarda 41, N. Abduraxmonovda esa 29 belgidan iborat deyilgan va har bir belgi alohida bir tovushni ifodalagan. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib eramizdan oldingi VIII asrga tegishli bo‘lgan “Marsilian alifbosi”, “Pompey kursivi” deb nomlangan qadimgi lotin (etrusk) yozuvlaridan va qadimgi O’rxun – Enasoy yozuvlaridan olingan namunalarni ko‘zdan kechirar ekanmiz, ular o‘rtasidagi o‘xshashlik bu yozuvlarning kelib chiqish tarixida yaqinlik bormi? - degan savol tug‘iladi. Tovushni ifodalovchi maxsus belgilar (harflar)ning yuzaga kelish tarixini yoritishda XIX asr va XX asrning boshlarida topilgan va deshifrovka qilingan juda ko‘p yodgorliklar fanning muhim yutug‘i bo‘ldi. Fanning bu yutug‘i yozuv tarixini tilshunoslik fanining mustaqil bir bo‘limi sifatida ajralishiga olib keldi. Bu davrda asosan, to‘rt guruh (qadimgi Misr giyeroglif yozuvi, mixxat yozuvi, finikiy va xanaan yozuvlari, yunon va lotin alifbolarining qadimiy shakli, O’rxun -Enasoy yozuvlari) qadimgi yozuvlar deshifrovka qilindi. Hozirgi dunyo aholisining 35 foiziga yaqini foydalanayotgan lotin alifbosining tarixi qadimgi yunon alifbosi bilan bog‘liqligi va bu ikkala yozuv ham qadimgi finikiylardan olinganligi maʼlum. Lekin, qadimgi turkiy xalqlarning yozuvi bo‘lmish Urxun-Enasoy yozuvlarining kelib chiqish tarixi haqida har xil ilmiy yo‘nalishlar mavjud.


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 8 Maqolada shu o‘qilgan yozuvlardan qadimgi yunon, lotin va O’rxun -Enasoy yozuvlari asosida fikr yuritamiz. Qadimda Evbeyalik (Markaziy Yunonistonning sharqiy chegarasida joylashgan orol mil.avval 700-650 yillar) yunonlar janubiy Italiya hududlarini bosib olish jarayonida Italiya sivilizatsiyaning taraqqiy etishida katta rol o‘ynadi. Elbeyalik yunonlardan lotinlar birinchi marta yozuv sanʼatini o‘rganganlar. Bu shuni ko‘rsatadiki, lotinlar Elbeyalik yunonlarning tovush, bo‘g‘in va so‘zlarini ifodalagan belgilarini to‘lig‘icha o‘zlashtirib olgan. Lekin, yunon tilidagi harflar lotin tilidagi tovushlarni aynan ifoda etolmas edi. Shu sabali davr o‘tishi bilan lotinlar yunonlardan olgan harflarni o‘zgartirib, o‘zlarining tovushlariga to‘lig‘icha moslashtira boshladilar. Yunonlarning g, k tovushlarini talaffuz qilishda sezilarli farq bo‘lmagan. Chunki bu ikkila belgi ham “x” ga yaqin talaffuz qilingan. Shuning uchun ham yunonlar bu tovushlarni talaffuz qilganda Rimliklar farqlay olmagan. Natijada uchinchi belgi S yuzaga kelgan. Bu harfning yozilishi va talaffuzi lotinlar uchun qulay bo‘lgan. Yunon tilidagi h ikki harfning birikuvi bo‘lib W (v) tovushini ifodalagan. Davr o‘tishi bilan h tushib qolgan va f shaklida yozilgan . Keyinchalik asl maʼnosini yo‘qotib f deb talaffuz qilingan. Qadimda “u’’ unlisini ifodalagan v belgi “v” deb talaffuz qilina boshlagan. Shunday qilib,yunon alifbosidan qabul qilingan birinchi olti belgidan ikkitasi vaqt o‘tishi jarayonida umuman boshqa tovushlarni ifodalay boshladi: c “x” c “k”, f “v” f “f”. Yettinchi harf s jarangli “z” tovushini ifodalagan. Til taraqqiyoti jarayonida ikki unli o‘rtasida kelgan jarangli s (z) – r (r) ga aylangan. Ornase < ornare va Z tovushi isteʼmoldan chiqarilgan.


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 9 Qolgan yunon harflarini lotinlar to‘lig‘icha o‘zlarining tovushlariga moslashtirib olgan. Lekin hozirgi lotin alifbosi tarkibiga x, y, z harflari kiritilgan bo‘lsa ham faqat yunon tilidan kirib kelgan so‘zlarda ishlatiladi. Bizga maʼlumki, hozirgi lotin, yunon, arab, ivrit va boshqa shu kabi yozuvlarning asosida qadimgi finikiyaliklar yaratgan belgilar yotadi. Shu sababli qadimgi Yunon va Lotin yozuvlarining yuzaga kelish davri miloddan avval VIIIVII asrlar deb aytildi. Ammo manbalarda qadimgi turkiy xalqlar tomonidan ixtiro qilingan O’rxun -Enasoy yozuvlari milodning V-VII asrlarida yuzaga kelgan deb taʼkidlangan. Lekin, qadimgi Evbey va O’rxun-Enasoy yozuvlarini taqqoslaganda aynan bir xil tovushni ifodalamasada, belgilarning umumiyligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bizning nazarimizda finikiyaliklar tomonidan ixtiro qilingan tovush belgilari g‘arb va sharqqa bir davrda tarqalgan bo‘lishi mumkin. Yozuvlardan namunalar keltiramiz: Qadimgi yunon alifbosi


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 10 Qadimgi Evbey (Yunonistonda yashagan xalq) alifbosi Qadimgi turk va Sarmat (Miloddan oldingi IV-I asrlarda Sharqiy Yevropada yashagn xalq) alifbolari Shunday ekan qadimgi O’rxun Enasoy yozuvlarining yuzaga kelish davri milodning V-VII asrlari emas, balki miloddan avvalgi VI-V asrlar bo‘lishi mumkin. Bu nodir yozuvlarni bir-biriga taqqoslab, shundan taxminiy xulosaga keldik: 1. Qadimgi turkiy qabilalar bilan qadimgi etrusklar o‘rtasida qondoshlik aloqasi bo‘lganmi, agar shunday bo‘lsa farg‘onalik qomusiy olim Ahmad ibn Muhammad Farg‘oniy (X asr) G‘arbda al Fraganus nomi bilan mashhur bo‘lgani kabi, Etrusk atamasi ham El (Er) Turk so‘zining yunoncha shakli bo‘lishi mumkin, degan taxmin tug‘iladi. Mashhur tarixchi L.N. Gumilev turkiy xalqlarning tarixi bilan shug‘ullanib, bu xalqni Irtish, Enasoy daryolaridan to Alp tog‘larigacha bo‘lgan hududda o‘troq bo‘lmay, ko‘chib yurganligi haqida yozadi. Shu bilan bir qatorda olim turkiylardagi “O‘rda” so‘zi bilan lotin tilidagi orda (sulola, otryad, tartib, istehkom, orden) so‘zlari shakl va maʼno jihatidan bir xilligini aytib o‘tadi. Shunday ekan, g‘arbdagi eng baland Alp tog‘larining atamasi ham turkiy so‘z


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 11 bo‘lishi mumkin. Chunki turkiyda alp qomat, alp yurak, Alpomish kabi so‘zlar keng tarqalgan bo‘lib, ulkan, baquvvat , bahaybat degan maʼnolarni beradi. 2. Qadimgi O’rxun-Enasoy yozuvidagi belgilar bugun yoki so‘zlarni ifodalamay qadimgi lotin (etrusk) yozuvidagi belgilar kabi tovushlarni ifodalash va o‘ngdan chapga qarab, yuqoridan pastga – vertikal bustrofedon usulda yozilishi va belgilarning yuzaki o‘xshashligi hamda baʼzi bir belgilar aynan bir xil tovushni ifodalashiga asoslanib, bu kabilar o‘rtasida aloqa bo‘lgan, degan taxmin qiladigan bo‘lsak, O’rxun-Enasoy yozuvi bilan lotin (etrusk) yozuvlarining asosi bir bo‘lgan, degan xulosaga kelishimiz mumkin. 3. Bu taxminlar kelgusida ilmiy jihatdan isbotlansa, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tish qadimda ajdodlarimiz foydalangan o‘z alifbomizning takomillashtirilgan shakliga o‘tish, degan tabiiy xulosaga olib keladi. Shu o‘rinda akademik L.V. Sherbaning quyidagi so‘zlarini yozishni lozim topdik: «Men o‘zgalarning fikri yuzasidan baxslashishni yoqtirmayman, chunki men mukammal bir fikrga kelgan bo‘lsam, fikrimga qo‘shilmaganlar xijolat bo‘lishi mumkin. Asosli aytilgan fikr, agar u noto‘g‘ri bo‘lsa ham, haqiqat yo‘lida sochilgan urug‘ hisoblanadi”. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Древнетюркский словарь. Л.: Издательство «Наука», 1969. 2. Федорова Е.В. Введение в латинскую эпиграфику. Изд-во МГУ, 1982 г. 3. Словарь античности. М.: Изд-во «Прогресс». 1989. 4. Драчук В. С. Ёзувлар ўтмиш сирлари шоҳиди. Русча нашрдан таржима. Т.: «Ўзбекистон» нашриёти, 1982. 5. Абдурахмонов Г., Рустамов А. Қадимги туркий тил. Т.: «Ўқитувчи» нашриёти, 1982. 6. Щерба Л.В. Языковая система. Л., 1974 г. Стр. 53-54. 7. Гумилев Л.Н. Тысячалетие вокруг Каспия. - Баку, 1991 г.


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 12 f.f.d. Erkin Rabbimovich MUSURMANOV Sh.Rashidov nomidagi SamDU “Buyuk ipak yo‘li” markazi direktori. Nurxon Normuhammedovna ACHILOVA SamDU mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi mustaqil izlanuvchisi. Amerika Qo‘shma shtatlari. BUYUK IPAK YO‘LIDA NASRONIYLIK VA LEVIAFAN OBRAZINING MIGRATSIYASI. Annotatsiya. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Markaziy Osiyoning Buxoro (VIII asr), Xirot (628-643 y.y.), Koshg‘ar (1176-1190 y.y.), Xo‘tan, Marv (399-410 y.y.), Samarqand (628-643 y.y.) va boshqa shaharlarida turli davrlarda nasroniylarning yirik hududiy maʼmuriy markazlari mavjud bo‘lgan.VI asr o‘rtalariga kelib xristanlik G‘arbiy Turk xoqonligi hududlariga kirib keldi. Samarqandda mitropoliy tashkil etildi. Osiyoning Basra, Marv, Gundeshapur va Xitoyning yonida joylashgan Koshg‘arda nasroniylik kuchli rivojlandi. Buning taʼsirida nasroniylik dinidagi, mifiologik obrazlar, jumladan, ajdarho-Leviafan obrazi ham migratsion jarayonlarga uchradi. Maqolada shular haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: Markaziy Osiyo, nasroniylik, cherkovlar, Injil, ajdarho, Leviafan. Prof. Musurmanov Erkin. Director of the Great Silk Road Center of Samarkand State University. Achilova Nurkhan. Independent researcher of the Samarkand State University. USA. THE MIGRATION OF CHRISTIANITY AND THE IMAGE OF LEVIATHAN ON THE GREAT SILK ROAD.


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 13 Annotation. According to historical sources, Bukhara (8th century), Hirot (628-643 BC), Koshgar (1176-1190 AD), Khotan, Marv (399-410 AD), Samarkand (628-643 AD) and other cities of Central Asia at various times had large territorial and administrative centers of Christians. By the middle of the VI century, Christianity entered the territory of the Western Turkic khaganate. The metropolis was founded in Samarkand. Christianity developed strongly in Basra, Marvel, Gondeshapur, Asia, and Kashgar. Under the influence of this, the mythological images of the Christian religion, including the image of the Leviathan Dragon, also underwent migration processes. Keywords: Central Asia, Christianity, churches, Bible, Dragon, Leviathan. д.ф.н. Мусурманов Эркин Раббимович. Директор Центра "Великий Шелковый путь" самаркандского госуниверситета. Ачилова Нурхан Нормухаммедовна. Научный исследователь самаркандского госуниверситета.США. МИГРАЦИЯ ХРИСТИАНСТВО И ОБРАЗА ЛЕВИАФАНА НА ВЕЛИКОМ ШЕЛКОВОМ ПУТИ. Аннотация. Согласно историческим источникам, Бухара (8 век), Хирот (628-643 гг. до н.э.), Кошгар (1176-1190 гг. н.э.), Хотан, Марв (399- 410 гг.н.э.), Самарканд (628-643 гг.н.э.) и другие города Центральной Азии в разное время имели крупные территориально-административные центры христиан. К середине VI века Христианство вступило на территории западно-тюрского каганата. В Самарканде был основан митрополь. Христианство сильно развивалось в Басре, Марве, Гандешапуре, Азия, и Кошгаре. Под влиянием этого мифологические образы христианской религии, в том числе образ Дракона-Левиафана, также подверглись миграционным процессам. Ключевые слова: Центральная Азия, христианство, церкви, Библия, Дракон, Левиафан. Nasroniylik dinining Islomdan oldingi Markaziy Osiyoda keng tarqalganligiga ko‘plab arxeologik topilmalar guvohlik beradi. Jumladan, cherkovlar, nasroniylikka oid buyumlar, qabr toshlari, nasroniylik belgilari aks


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 14 etgan tangalar va hokazo. XX asrning 50 yillarida Janubiy-Turkmaniston arxeologik ekspeditsiyasi (JTAYE) bo‘limi tomonidan Eski Marvdan 15 km. shimolda joylashgan, mahalliy aholi “Xaroba-Qoshiq” deb ataladigan inshoot qoldiqlari tekshirilganda, uni G.A. Pugachenkova mil. V-VII asrlarga tegishli bo‘lgan nasroniylar cherkovi ekanligini aniqladi. O‘tkazilgan keyingi tadqiqotlar Pugachenkova tahminini tasdiqladi. Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan Qo‘shtepa qishlog‘idagi VII-VIII asrlarga tegishli bino qoldiqlari nasroniylarning diniy marosimlar o‘tkazadigan binosi hisoblanadi[1,52]. Yirik sharqshunos olim V. V. Bartold taqdim etgan maʼlumotlarga ko‘ra, Samarqandning Urgut tumani mil. X asrlarga qadar nasroniylarning yirik markazi bo‘lgan[2]. VII asr boshlarida G‘arbiy Arabistonda vujudga kelgan Islom tarix sahnasiga chiqdi. VII-VIII asrlar davomida Islom halifaligi olib borgan urushlar va daʼvatlar natijasida nisbatan yangi din Old va Markaziy Osiyo, Shimoliy Afrika, Hindiston va Kavkaz orti mamlakatlariga, shuningdek, Turkiya orqali Bolqon yarim oroliga qadar tarqaldi. Yangi din Buyuk ipak yo‘li magistralida joylashgan ko‘plab mamlakatlar va xalqlar qalbidan chuqur o‘rin egalladi va Markaziy Osiyo, Eron, Suriya va boshqa davlatlar hududlaridan tangrilik, nasroniylik, buddaviylik, zardushtiylik kabi dinlarni asta-sekin chekintirdi. Nasroniylik bilan birga Markaziy Osiyo va unga qo‘shni hududlarga yangi mifologik obrazlar va syujetlar kirib keldi va yana bir bor diniy qarashlar assimilyasiyasi sodir bo‘ldi. Xristianlik bilan birga dunyoning yaratilishi, jannat va do‘zax, antixrist (dajjol), yagog va magog (yaʼjuj va maʼjuj) qavmlari, Isoning “xudoning o‘g‘li” ekanligi, Ibrohimdan Isogacha bo‘lgan payg‘ambarlar, qayta tirilish va oxirat, Yevani (Havo) taqiqlangan mevani isteʼmol qilishga chorlagan ilon, iblisning yaratganga qarshi isyoni kabi ko‘plab yangi mif va obrazlar dunyo xalqlari adabiyotlarida ommalashdi. Xristianlikda ajdarho obrazi alohida o‘rin egallaydi. U ayrim xolatlarda


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 15 maxluq sifatida talqin qilinsa, boshqa xolatda baxtsizlik va ofatni ifodalaydi, uchinchi xolatda esa qadimiy ilonsifat maxluq iblis Leviafan deb talqin qilinadi. Shu bilan birga Matfey Yevangeliysida (10:16) Iso Masihning quyidagi so‘zlari keltiriladi: “Ilonlar kabi dono va kabutarlar kabi oddiy bo‘lingiz”. Demak xristianlikda Ajdarho yovuzlik bilan bir qatorda donolikni ham ifodalar ekan. Qadimiy ahdda, Misrdan xalqini olib ketgan Muso (Moisey) tomonidan “zaharli yoki olovli ilonlardan” himoyalanish uchun sahroda paydo qilingan ilonlar haqida hikoya qilinadi. Rivoyatga ko‘ra ilon chaqishidan ko‘plab aziyat ko‘rgan Muso xalqi undan Yaratgandan najot tilab iltijo qilishini so‘raydi. Shundan so‘ng, payg‘ambar Yaratganning topshirig‘iga binoan misdan ilon yasaydi va uni ilon chaqqan odam unga qarab tirik qolishi uchun odamlarga ko‘rinadigan joyga o‘rnatadi[3]. Bu jarayonda qadimiy ilonga sig‘inish anʼanalari Muso davrida saqlanib qolinganini ko‘rish mumkin. Biroq yuqorida keltirilgan misollarga qaramasdan ajdarho yoki ilon nasroniylikda iblis va yovuzlik ramzi sifatida taʼriflanadi. Qadimiy ahdda (Tanaxe, Iova Kitobi, Isoyi Kitobi, Amos Kitobi, Yenox Kitobi, Psalma) yuqori qayd etilgan yana bir dahshatli, ilonsifat maxluq Leviafan haqida hikoya qilinadi. G‘arbiy semit – ugarit mifologiyasida suv dunyosining vayronkor kuchlarini ifodalovchi, yetti boshli qudratli Leviafan yoki Latanu haqidagi mif ham mavjud. Manbalarda Leviafan haqidagi miflar Yaratganga dushman bo‘lgan, dastlabki xaos holatini ifodalashi va Yaratgan tomonidan mag‘lub etilgani qayd etilgan. “Sen Leviafan boshini tanidan judo qilding, (va) uni sahro odamlariga yemak uchun tortiq qilding[4,73:14]”. “Bu – buyuk va o‘lkan dengiz: u yerda sanoqsiz sudralib yuruvchilar, katta va kichik jonivorlar; u yerda kemalar suzadi, u yerda o‘sha Sen yaratgan Leviafan[4, 103:25-103:26]”. “O‘sha kuni Tangri O‘zining og‘ir, o‘lkan va mustahkam qilichi bilan, tik yuguruvchi Leviafanni, va tovlanuvchi ilon Leviafanni, dengiz maxluqini o‘ldiradi[5]”.


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 16 1- rasm. Leviafan – nasroniylikdagi ajdarho Bundan tashqari Bibliyaning so‘ngi “Ioann Ilohiyotchi vahiyligi” kitobida Arxangel Mixail (farishta Mikoil) va farishtalarning yana bir dahshatli ajdarho (ehtimol Leviafan) bilan olib borgan samoviy urushi to‘g‘risida hikoya qilinadi: “Va samoda urush bo‘ldi: Mixail (Mikoil) va uning farishtalari ajdarhoga qarshi jang olib bordilar. Ajdarho va uning farishtalari jang qildilar, biroq mag‘lub bo‘ldilar, va ularga samoda makon topilmadi. Va shayton va iblis ataluvchi, butun koinotni dahshatga soluvchi qadimiy ilon buyuk ajdarho yerga badarg‘a qilindi, ortidan uning farishtalari ham badarg‘a qilindi[6]”. Keltirilgan ushbu parchada deyarli barcha xalqlar (yunon, misr, hind,


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 17 mayya, xitoy, turkiy va h.) va dinlar mifologiyasida uchraydigan ajdarho va qahramon o‘rtasidagi samoviy jang tasvirlanganini ko‘rish mumkin. Yenox Kitobi, Yezdr (Yunoncha:Έσδράς; ivritcha. אָ רְזֶע ,Ezra; lotincha. Esdras; islomda Uzair nomi bilan tanilgan. Yahudiylikda Bobil asirligidan keyin qaytib kelgan yahudiy ruhoniysi .Tavrot qonuni asosida yahudiylarning diniy va etnik oʼziga xosligini qayta tiklagan.) ning to‘rtinchi kitobida va bir qator manbalarda Leviafanning o‘lkanligi haqida so‘z yuritiladi. Ularga ko‘ra, Leviafanning bir kunlik taomi uzunligi 300 mil (48,279 km.) bo‘lgan bir shoxli baliqsimon ajdardir; uning og‘zidan chiqadigan qaynoq havo barcha ummonlarni quritib yuborishga qodir.Manbalarda Leviafan odatda oxirat maxluqi sifatida talqin qilingan. Bunday tasvir xitoy mifologiyasidagi salbiy talqinli ajdar siymosida ham mavjud. “Kim uning yuzini ko‘ra oladi? Uning yumaloq shakldagi tishlari – dahshatli. Uning qalqonlari – mustahkam; ular mustahkam tamg‘a bilan qotirilgandek go‘yo... Uning burnidan chiqadigan tutun, issiq o‘choq kabidir. Uning nafasi ko‘mirni eritib yuboradi, uning og‘zidan alanga chiqadi. Uning bo‘ynida kuch-qudrat yig‘ilgan. Dahshatning o‘zi uning oldiga tushib qochadi [8, 6-10: 12-26]”. Baʼzida Leviafan o‘lkan timsohga o‘xshab, Bibliyada keltirilgan taʼrif bo‘yicha esa u aynan ajdarho sifatida tushunilgan. O‘rta asr rassomchik sanʼat asarlarida odatda jahannam darvozalari Leviafanning og‘zi sifatida tasvirlangan. Yuqorida keltirilgan maʼlumotlar asosida xristianlikda ham ajdarho obrazi dunyo yaratilishi jarayonidagi asosiy obrazlardan bo‘lganligini, u dastlabki xaos, yovuzlik, shu bilan birga kuch-qudrat va donolik ramzi bo‘lganligini Buyuk ipak yo‘li xalqlarining mifologik obrazlari va syujetlari bilan uyg‘unlikni ko‘rish mumkin.


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 18 Foydalanilgan adabiyotlar 1. Кобзева О.П. Великий шелковый путь и мировая цивилизация (Учебно-методическое пособие) 92 с.(elektron manba: Тема №4 : Роль Великого Шелкового пути в распространении духовной и культурной информации (denemetr.com) / murojaat etilgan sana: 30.10.2021) 2. Василий Бартольд. Еще о христианстве в Средней Азии. (elektron manba: Ислам: Василий Бартольд (krotov.info) / murojaat etilgan sana: 28.10.2021) 3. Отрывки из Священного писания (Elektron manba: Драконы в Библии :: Христианство :: Духовное - раздел о драконах в духовных традициях :: dragons-nest.ru / murojaat etilgan sana: 02.02.2022) 4. Книга Псалмов 73:14 5. Книга Псалмов 103:25-103:26 6. Книга пророка Исаии 27:1 7. Книга «Откровение» Ионна Богослова 12 глава 8. Книга Иова 41: 6-10: 12-26


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 19 MEŞREB DIVÂNINDAKI HÂL EKLERİNİN KULLANIMI Özet Rahim Baba Meşreb (Nemengan, 1640-Belh /Afganistan, 1711) son dönem Çağatay şairlerinden biridir. Genellikle Baba Rahim ya da Rahim Baba olarak adlandırılmaktadır. Rahim Baba Meşreb o dönemin hikmet dolu şiirleriyle, önemli görüşleriyle ve tasavvufi bilgileriyle şöhret kazanmasına rağmen, ne yazık ki günümüzde pek fazla tanınmamaktadır. Rahim Baba Meşreb’in manzumelerinin Feridüddin Attar, Celaleddin Rumi, Ahmet Yesevi ve Yunus Emre’de olduğu gibi tasavvufi halk edebiyatına derinden bağlı olduğu bilinmektedir. Eserlerinin yazım ve dil özellikleri dikkate alındığında Klasik Sonrası Çağatay Türkçesiyle yazıldığı anlaşılmaktadır. Bu makalede Rahim Baba Meşreb’in yeni bulunmuş Divân nüshasındaki Hal eklerini kullanılım özelliklerini aydınlatmak ve bu eseri tanıtmak amaçlanmıştır. Anahtar Kelimeler: Çağatay Türkçesi, divân, el yazma, ünlü ses, ilgi, yükleme, belirtme Ali AKAR Turkiya Respublikasi Muğla Sıtkı Koçman Üniversiteti professori [email protected] Ixtıyor YOQUBOV Muğla Sıtkı Koçman Üniversiteti doktoranti ixtiyoryoqubov08 @gmail.com


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 20 Annotation Rahkim Bobo Mashrab (Namangan, 1640 - Balkh / Afghanistan, 1711 ) is one of the last poets of the Chigatay period. He is often called Bobo Rakhim or Rakhim Bobo. Although Rahim Bobo Mashrab was famous with his wise poems, important views which was related to that time and his mystical knowledge, unfortunately, his work has not yet been fully explored. It is known that the poems of Rakhim Bobo Mashrab are deeply connected with mystical folk literature, such as Fariduddin Attar, Jalaliddin Rumi, Akhmad Yassavi, Yunus Emre. If we pay attention to the spelling and linguistic features of his works, it is understood that they were written in Chigatay Turkish which was after the classical period. This article aims to highlight the features of the application of additives for curling the recently found Devonian copy of Rahim Baba Meshreb and introduce you to this work. Keywords: Chagatay Turkish, Divan, hand writing, vowel sounds, linguist, agreement Аннотация Рахим Баба Машраб (Наманган, 1640 - Балх /Афганистан, 1711) - один из последних поэтов чагатайской эпохи. Его часто называют Баборахимом или Рахимом дедом. Хотя Рахим Баба Машраб прославился своими мудрыми стихами, важными для того времени взглядами, мистическими знаниями, к сожалению, до сих пор его творчество не изучено полностью. Известно, что стихи Рахима Баба Машраба глубоко связаны с мистической народной литературой, такими как Фаридуддин Аттар, Джалалиддин Руми, Ахмед Ясави, Юнус Эмре. Учитывая орфографические и языковые особенности его произведений, подразумевается, что они были написаны на классическом позднем чагатайском тюркском языке. Эта статья направлена на то, чтобы осветить особенности применения присадок для завивки недавно найденной девонской копии Рахима Баба Машраба и познакомить вас с этой работой.


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 21 Ключевой слова: Чигатайский турецкий, девон, рукопись, гласный, звук, родительний подеж Çağdaş Türk lehçelerini daha iyi anlamak isteyen türkologlar Çağatay Türkçesini, onun yayılım alanlarını ve gelişim dönemlerini iyi bilmesi gerekir. Bir lehçenin geçmiş dönemlerinin tanıkları metinlerdir. Dil bakımından Çağataycanın son dönemine ışık tutan eserlerden biri bu Rahim Baba Meşreb esderleridir. Bu eserin incelenmesi dönemin dillik özelliklerinin daha iyi anlaşılması bakımından önemlidir. Rus tarihçisi N.A.Aristov’un Ohot denizi ve Kuzey Buz denizinden Adriyatik denizine kadar olan büyük bir coğrafyada yaşayan 26 milyon Türk’ün ortak bir dile sahip olduğunu, bu sebeple Orta Asyalı bir Türk’ün, Yakutların ve Osmanlı Türklerinin dillerini anladıklarına dikkat çektiğini belirtiyor ve yeni okul kitapları çıkana kadar Kazak, Kırgız, Özbek, Tatar ve başkaca boyların aynı kitapları okuduklarını, ancak 20. yüzyılın ilk otuzlu yıllarından itibaren hızlı bir şekilde matbuatın ve eğitim kurumlarının ayrılması neticesinde ortak edebî dilin kaybolduğunu ve millî birliğin dağıldığını söylüyor [8. 2005, 326-327]. Bu durumun, nasıl başladığını, metinlerin dilinin ne ölçüde değiştiğini ve dil üzerindeki somut etkilerini ve izlerini tespit edebilmek için Çağatay Türkçesinin çöküş dönemi olarak da kabul edilen 17-19. yüzyıllar arasındaki metinlerin araştırılması Türklük bilimi önöndeki güncel vezifedir. Rahim Baba Meşreb, 17. yüzyılın ikinci yarısı ile 18. yüzyılın birinci yarısında yaşamış mutasavvıf bir şairdir. Nemengan’da doğan Rahim Baba Meşreb ilk eğitimini Ahund Molla Bazar’dan almıştır. Meşreb, ömrünün büyük bir kısmını Türkistan’dan Hindistan’a kadar geniş bir coğrafyada seyahat ederek kalender olarak geçirmiştir. 1711 yılında Belh valisi Mahmut Katağan’ın huzurunda onu küçük düşürücü davranışlarda bulunduğu gerekçesiyle idam edilmiştir. Bugün mezarı Afganistan’ın Kunduz şehrindedir. Meşrebin şiirleri Türkistan’ın her bölgesinde büyük bir zevkle okunmuş ve dilden dile dolaşmıştır. Özellikle bugünkü Özbekistan, Afganistan Türkleri arasında ve Doğu Türkistan edebitatın’da Meşreb, şöhreti korunmaktadır.


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 22 Özbekistan’da Meşreb Divânı’nın bir çok nüshası var olduğu bilinmektedir. Makalemizde üzerinde çalışma yapmış olduğumuz Divân nüshası Semerkant nüshasıdır. Bu Divân nüshası başka nüshalarına göre daha iyi olduğu kanaatındeyiz. Aynı zamanda bu nüsha Semerkant Devlet Üniversitesi öğretim üyesi Prof. Dr. E.Musurmanov’un şahsi kütüphanesinde bulunduğu bilinmektedir [5. 2015, 4]. Doğu Türkçesinin bugün hangi çağdaş Türk lehçesinde korunduğu ve yaşadığı hakkında kesin bir şey söylemek güçtür. Ancak dönem ve saha üzerine yapılacak olan çalışmalar, Doğu Türklük sahasının ağız bölgelerini ve birbirinden farklarını ortaya çıkaracaktır. Bu makalede Çağatay Türkçesinin genel dil özellikleri çerçevesinde Divân metni üzerinde tespit ettiğimiz dil özeklliklerinden hâl eklerinin kullanılış durumları hakkında örnekler getirerek eser metnine has gramer özelliklerini göstermek ve hâl eklerinin kullanılım durumlarını açıklamaya çalişacağiz. Metinde hâl ekleri şü şekilde kullanılmıştır: İlgi hâli eki {+nın͡g, -nin͡g}: İlgi hâli, bir ismin başka bir isimle olan ilgisi olduğunu gösteren hal ekidir. Çağatay Türkçesinde görülen {+nI} ilgi hâli ekinin kökeni üzerine birbirinden farklı değerlendirmeler yapılmıştır. Turkolog âlım Talat Tekin’e göre bu ekin Ana Altayca’da {+n} şeklinde olduğu ve bağlayıcı ünlüyle {+In} şekline geliştiği genellikle kabul edilmiştir [10. 2013, 157]. Çağatay Türkçesinin ilgi eki نينك– nın͡g, -nin͡g şeklinde gelmektedir. Çağdaş Türk lehçelerinden Özbek Türkçesi (konuşma dilinde ve ağızlarda), Yeni Uygur Türkçesi, Karaçay-Balkar Türkçesi ve Kumuk Türkçesinde de {+nI} ilgi hâli eki kullanılmaktadır (9. 1957, 56-58). Çağatay Türkçesi dönemi eserlerinde {+nI} ilgi hâli eki yaygın olarak tespit edilebilmektedir. Bu eke kısaltılmış genetif eki adını veren Ekmandir. Eckmann’a göre bu ek belirtme hâli eki {+nI} ile aynılık taşıdığından analoji yoluyla {+(I)n} belirtme hâli eki de ilgi hâli eki işlevinde kullanılabilmektedir [Eckmann, 1988, 57-58]. Divan metnide bu ek şu şekilde kullanılmaktadır: şāh meşrebni anaları (1b/3)


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 23 ṣafanı üstiġa üzüm (58a/2) cān-u dil birle senin͡g boynun͡gda baġlapdur kemer (51b/5) Gördüğümüz gibi metinde ilgi hâl eki görevinde bazen yükleme hâli -nı, -ni eki kullanılması kurallaşmış durumdadır. Yükleme hâli eki {+nI +nU}: Bazi araştırmaçılar Özbekçe’de görülen bu eki köken olarak {+nIn͡g] ekinden geldiğini söyliyorlar. Yani konuşma dilinde yaygın olarak kullanılan ilgi hal eki sonundaki damak n’sinin düşmesi sonucunda ortaya çıktığını ifade etmişlerdir [1. 2008, 83]. Metinde bu ek hem düz hem de yuvarlak durumda kullanılmıştır. Metinde yükleme durumu için isimlerden, zamirlerden ve iyelik eklerinden sonra sıklıkla ekin )نى+ )nı, +ni, +nu, +nü şekli kullanılmıştır: elifni dilge cā ḳılmaġnı bi’smi’llāhdın örgendim (18b/4) kişini ḥaḳḳını yėdin͡g (1a/8) kördüm yüzün͡gnü elḫemdülillāh (87b/2) Belirtme hâli eki {+n}: Metinde belirtme hal eki üçüncü şahıs iyelik ekinden sonra +n şeklinin kullanıldığı da görülür: mu’min uyın bozup zı ̇̄rü zeber ḳıldım bu kün (29a /5) ḳızıl kiyip kırmızı saçbaġın salıp (72b/10) dilni zengarin açġan āyna röġum kėlmedi (44a/1) vb. Yönelme hâli eki {+ge, +ġa +ke +ḳa +A} Metinde Yönelme hâli ekinin üç farklı imlâsı ile karşılaşmaktayız: Bunlardan ilki arkaik olarak kabul ettiğimiz bir yapıdır. +gA yönelme hâli eki ile /n/ sesinin etkileşimiyle ortaya çıkan nazallık bu iki örnekte imlâya da yansımıştır. Bu durum aynı zamanda ekin ünlüsünde art damak ünlüsü olmak bakımından değişime sebep olmuştur: cānā san͡ga men zār özüm (32b/6) yüz merte cānım ḳılay men an͡ga ḳurbān (62b/6) İkinci kullanım Çağatay Türkçesinde yaygın bir kullanım alanı bulunmayan - a/-e şeklidir. Metinde ḳaşım+a, cānım+a, başım+a gibi örneklerde Oğuzcanın etkisiyle ekin +a, +e şeklinin kullanıldığı görülmektedir: tüşdi sevdāyi muḥabbet başıma (3b/9)


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 24 Bunun yanında bazen ince sıradan olan kelimeye yönelme hâl ekinin kalın sıradan şeklini getirmiştir. Bu uyumsuzluk, tespit ettiğimiz örneklere baktığımızda yalnızca alıntı kelimelerde değil Türkçe kelimelerde de karşımıza çıkmaktadır. ėrleriġa dėdiler ki (1a/11) ‘āşıḳḳa (25b/5) ḫizmetleriġa bolay (16a/10) vb Bulunma hâli eki {+dA +tA}: Ek, genel olarak kelimeye bitişik yazılmıştır. Ekin ünlüsü için elif (ا (kullanılmakla birlikte ince sıradaki bazı örneklerde he (ه ( ile yazıldığı da görülmektedir: ḳanı ḳavm ḳarındaşım bu yolda bolsa yoldaşım (28b /8) dı ̇̄vāne kėlip ėşikde yıġlap türüpdür (35b/7) ḫudāperestlernin͡g arasıda (63a/7) ecelim senin͡g ḳolun͡gda (12a/7) Bunun yanında bazen kalın sıradan olan kelimeler sonunda bulunma hâl ekinin +ta şekli kullanılmaktadır. rūḫim ḳaysi ṭarafta ėrdi (18a/4) cān berey vaḳtta kėley dėp va‘deler ḳıldı özi (43b/5) Bulunma hâli ekinin yanlışlıkla yazıldığı durumlarda var: قايىين كيليب و قايىا بارور سين ḳaydın kėlip ve ḳayda barur sen (99a/11) Çıkma hâli eki {+dAn, +dIn} Metinde kullanılan bu ekin imlâsı tek şekillidir. Bazı araştırmaçılar bu eki Ayrılma hâli eki terimi kullanmışlardır [3. 2020, 217]. Metinde ister alıntı kelimelerde ister Türkçe kelimelerde çoğunlukla +dIn (دين ( şeklinde yazılmıştır. Kelimelerde +dAn (دان (şekli az sayıda kullanılmıştır. cayıdın türüp (8a/7) ḫudādın ḳorḳmadın͡g mu (1a/7) sendin (75b/11) mendin rāżı ̇̄bolġıl (1b/5) nimedin peydā bolġansan (52a/3) üç yıldan bėri (80a/9) vb. Vasıta hâli Bazi bilim adamları bu ekin son dönem Çağatay Türkçesi zamanında kullanılmadığını sadece 15. Yüzyıla kadar kullanıldığını söylüyorlar (1. 1994, 102) Bu ek Metinde +n ekinin kalıplaşmış şeklinin kullanıldığını görüyürüz:


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 25 birle+n (31b/11) bile+n (9b/10) Sonuç olarak metnin dili mevcut imlâ ve gramer özellikleri bakımından değerlendirildiğinde, metin temel olarak Son dönem Çağatay Türkçesinin özelliklerini yansıtmakla birlikte Oğuz, Kıpçak ve Karluk Türkçelerinden de izler taşımaktadır. Çalışmanın amacı ve çerçevesi bakımından önemli olan nokta ise Türkçe kelimelerin mahiyetidir. Bu açıdan metnin dili bize oldukça zengin bir malzeme sunmaktadır. Divan yazıldığı dönemde ağız özellikleri yazılı eserlere kendini göstermeye başlamıştır. Metinde bu yüzden farklı gramer yapılarla karşılaşılır: G.Abdurahmanov, Ş.Şaabdurahmanovlar tarafından ortaya konulan günümüz Özbek Türkçesinin konuşma dilinde de yaygın olarak kullanılan {+nI} ilgi hâli ekinin {+nıŋ} ekinin sonundaki damak n’sinin düşmesi sonucunda ortaya çıktığı yönündeki düşünce eksiktir. Çünkü Özbek Türkçesinde damak n’sinin korunduğu ilgi hâli eki hala yaşamaktadır. Ayrıca damak n’sinin hemen düşmesi değil, önce nöbetleşerek sonra da kalıcı olarak /g/ sesine döndükten sonra düşmüş olduğu düşünülmelidir. Çünkü Divanü Lugati’t-Türk’te sıklıkla karşımıza çıkan {+nIg} şeklindeki ilgi hâli kullanıldığını görüyorüz. Yani Özbek, Yeni Uygur, Kumuk, Karaçay-Balkar Türkçelerinde gördüğümüz {+nI} ilgi hâli eki de; {+nIŋ} >{+nIg}, >{+nI} şeklinde gelişen ilgi hâli ekidir. Bununla birlikte Meşreb Divanı metnide yönelme hali eki çoğunlıkla -ġa, çıkma hâli eki çoğunlıkla –dIn şeklinde kullanılmıştır. Bu gramer farklılıklar metnin canlı halk diline yakın bir dilde yazıldığını göstermektedir. Meşreb’in eserleri Türkistan’da en bilinen ve en çok okunan, söz varlığı bakımından oldukça zengin bir eserlerdir. Bugün bile özellikle Afganistan Türkleri arasında hâlâ okunan eserleri mevcuttur.


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 26 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. A.Aliyev, Q.Sodıqov. O’zbek adabiy tili tarixidan Toshkent, O’zbekiston, 1994. 120. 2. Ahmet B. Ercilasun, Ziyat Akkoyunlu. Divanü Lugati’t-Türk. Ankara, 2020. 1120 b. 3. AKAR, Ali. Türk Dili Tarihi. Ötüken Yayınları, İstanbul. 2020. 325 s. 4. Argunşah, Mustafa. Çağatay Türkçesi. Kesit Yayınları, İstanbul. 2014. 308 s. 5. E.Musurmanov. Rahim Bobo Maşrab haqida yangi ma’lumotlar. SamDU nashriyoti, Samarqand. 2015. 6. Eckmann Janos. Çağatayca El Kitabı. (çev. Günay Karaağaç), İstanbul Üniversitesi Edebiyat Fakültesi Yayınları, İstanbul. 1988. 232 s. 7. G’.Abdurahmonov, Sh.Shukurov, A.Aliyev. O’zbek tilining tarixiy grammatikasi Toshkent, 2008. 512 b. 8. K.Diykanov. Baytursunov’un 125. yıl dönümüne armağan Kırgız dili ve Akmat Baytursunov. Türk Dünyası İncelemeleri Dergisi / Journal of Turkish World Studies Cilt: V, Sayı 2, 2005. Sayfa: 325-334. 9. M.Räsänen. Materialien Zur Morphologie Der Türkischen Sprachen, Helsinki. 1957. 131 s. 10. T.Tekin. Türkçe İlgi Hâli Ekinin Kökeni Üzerine, (Çev.: Gökçen Bilgin). Dil Araştırmaları (13): 2013. 157-162.


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 27 BUYUK IPAK YO‘LIDA BUDDAVIYLIK, TANGRILIK VA MIFOLOGIK OBRAZLAR MIGRATSIYASI. Annotatsiya. Buddaviylik qadimiy prototurkiy xalqlar dini bo‘lgan tangrilikning mantiqiy davomi bo‘lishi mumkin. Tangrilik – tahminan eramizdan oldin IV-III ming yilliklarda Oltoyda vujudga kelgan va yevroosiyo dashtlarida keng tarqalgan dastlabki monoteistik (yakka xudolik) dindir. Qadimiy turkiy xalqlar Yuqori olam hukmdori Ko‘k Tangri yoki Tangri-xonga sig‘inganlar. Tangrilik qadimiy turkiy va So‘g‘d tosh yodgorliklarida o‘z aksini topgan bo‘lib, Manjur va Xitoy solnomalarida, Arab va Fors manbalarida tilga olingan. Buddaviylikdan ancha oldin paydo bo‘lgan Tangrichilik elementlari Veda, Avesto, Tavrot, Bibliya kabi diniy bitiklarda bor. Qiziq tomoni ulardagi mifologik obrazlar o‘rtasida ham maʼlum o‘hshashliklar mavjud. Shunday obrazlardan biri ajdarhodir. Kalit so‘zlar: Buddaviylik, tangrilik, kitobiy dinlar, mifologik obrazlar, ajdarho. Nurxon ACHILOVA Normuhammedovna SamDU mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi mustaqil izlanuvchisi. AQSh Aziza SUYUNDIKOVA G‘afurovna SamDU Buyuk ipak yo‘li markazi ilmiy hodimi


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 28 Nurxon ACHILOVA, Aziza SUYUNDIKOVA MIGRATIONS OF BUDDHISM, TENGRIANISM AND MYTHOLOGICAL IMAGES ON THE GREAT SILK ROAD Annotation. Buddhism can be a logical continuation of Tengrianism, the religion of the ancient Proto-Turkic peoples. Tangriism is an early monotheistic religion that originated in Altai around the IV-III millennia BC and is widespread in the steppes of Eurasia. The ancient Turkic peoples worshipped the ruler of the Upper World - the heavenly God or Tangri Khan. Tengrianism is reflected in ancient Turkic and Sogdian stone monuments, mentioned in Manchurian and Chinese chronicles, Arabic and Persian sources. Elements of the deity that appeared long before Buddhism are present in religious writings such as the Veda, Avesta, Torah, Bible. Interestingly, there is also a certain similarity between the mythological images in them. One of these images is a dragon. Keywords: Buddhism, divinity, book religions, mythological images, dragon. Нурхан АЧИЛОВА, Азиза СУЮНДЫКОВА МИГРАЦИИ БУДДИЗМА, ТЕНГРИАНСТВА И МИФОЛОГИЧЕСКИХ ОБРАЗОВ НА ВЕЛИКОМ ШЕЛКОВОМ ПУТИ Аннотация. Буддизм может быть логическим продолжением тенгрианства, религии древних прототюркских народов. Тангриизм-ранняя монотеистическая религия, зародившаяся на Алтае примерно в IV-III тысячелетиях до нашей эры и широко распространенная в степях Евразии. Древние тюркские народы поклонялись правителю Верхнего мира - небесному Богу или Тангри-хану. Тангрианство отражена в древних тюркских и согдийских каменных памятниках, упоминается в маньчжурских и китайских летописях, арабских и персидских источниках. Элементы божества, появившиеся задолго до буддизма, присутствуют в религиозных писаниях, таких как Веда, Авеста, Тора, Библия. Интересно, что между мифологическими образами в них тоже есть определенное сходство. Одним из таких образов является дракон. Ключевые слова: буддизм, божественность, книжные религии, мифологические образы, дракон. Budda taʼlimoti qadimgi Xitoyga I asrlarda aynan “G‘arb tomon”- Kunbotarlik allomalarining faoliyati tufayli kirib borgan [1,7]. “Uch xazina va tarixiy davrlar haqidagi maʼlumotlar” kitobida keltirilgan maʼlumotga ko‘ra [2], mil. 64 yili Xitoy imperatori Min-dining (mil. 58-76 y.y.) tushiga saroy uzra parvoz qilayotgan va o‘zidan nur taratayotgan 20 metrli oltin odam kiradi. Ertalab imperator o‘z aʼyonlaridan tushining taʼbirini aytib berishlarini so‘raydi, o‘shanda


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 29 Fu I (傅毅) ismli bir aʼyon, G‘arbda Budda ismli tangri borligini va ehtimol imperatorning tushiga kirgan odam o‘sha bo‘lishi mumkinligini aytadi. Shundan so‘ng imperator Sin Sin (秦景) va Van Syun (王遵) boshchiligidagi elchilarni G‘arbga, Budda haqida ko‘proq maʼlumot yig‘ib kelishga yuboradi. Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab safarga chiqqan elchilarni Markaziy Osiyoda, Kushon xonligi buddaviylik roxibi Kashyapu Matangu (迦叶摩腾) kutib oladi va ularga “42 chanli (140 metrli) budda taʼlimoti Sutralari”ni ( 四十二章经) tarjima qilib beradi. Mil. 67 yilda xitoylik elchilar Kashyapu Matangu bilan birgalikda, sutralar va Budda aksi tushurilgan rasmlari bilan birgalikda Xitoy poytaxti Loyanga qaytadilar va o‘sha yerda dastlabki Oq tulpor nomli buddaviylik ibodatxonasiga asos solinadi [3]. Shu tariqa, Xitoyda birinchi buddaviylik ibodatxonasi paydo bo‘lgan. Bu vaqtga kelib turkiy xalqlardan dastlab salbiy obrazda kirib kelgan ajdarho obrazi xitoy madaniyatida chuqur o‘rnashdi. Vaqt o‘tishi bilan xitoy buddaviylik vakillari ajdarhoni buddavilik bilan chambarchas bog‘lab, uni maʼrifat ramzi sifatida talqin qila boshladilar. Xitoy madaniyatiga buddaviylik kirib kelishidan ancha ilgari bu makonda ajdarho totemi turkiy xalqlar orqali kirib keldi. Osmon osti saltanatiga buddizm kirib kelganida, ajdarho Xitoy madaniyatining bir qismiga aylanib, kuch-qudrat, osmon, ijod, baxt-soadat ramzi hisoblanardi. Vaqt o‘tishi bilan Xitoy buddaviylik rassomlari tomonidan ajdarho kuchqudrat va maʼrifat ramzi sifatida qabul qilindi. Bugungi kunda yovuz kuchlardan qo‘riqlovchi totem sifatida, ajdarho haykallari buddaviylik ibodatxonalari tomlari va darvozalarida o‘rnatilgan. Rassomchilik va arxitekturadan tashqari, ajdarholar buddaviylikka oid adabiyotlarda ham keng tarqalgan. Millodiy VI-asrda buddaviylikning alohida maktabi sifatida Xitoyda vujudga kelgan dzen (禪) taʼlimotiga oid adabiyotlarda ajdarho obrazi ko‘p marotaba uchraydi va ko‘plab ramziy maʼjoziy hususiyatlarni o‘z ichiga oladi. Sazan balig‘ining sharshara


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 30 bo‘ylab yuqoriga sakrab ko‘tarilib, uchta suv havzasidan o‘tganidan so‘ng, “Ajdarho darvozasi” deb nomlangan g‘ordan o‘tib ajdarhoga aylanganligi to‘g‘risidagi “Koi-no Takinobori” (“Sazanning sharshara bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilish”) afsona dzen maktabi taʼlimotida asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. Bu afsona jasorat, mehnatsevarlik, qatʼiyyat kabi fazilatlarning “Uyg‘onish” yo‘lida naqadar muhimligi to‘g‘risida hikoya qiladi va ajdarho ruhiy uyg‘onish ramzini ifodalaydi. Budda taʼlimoti Xitoyda asosiy falsafiy tizimlardan biri bo‘lgan Dao taʼlimotiga o‘z taʼsirini o‘tkazgan. Bundan tashqari, Markaziy Osiyoning turkiy xalqlari orasida eʼtiqod qilingan Ko‘k Tangri, shomonlik g‘oyalari va Dao taʼlimotining uyg‘unlashuvi yuz bergan. Dao nazariyachilarining “bir - birini ketidan quvib yuruvchi oq va qora baliqchalari (In va Yan)” falsafasi mil. I-III asrlarda buddaviy rohiblaridan o‘zlashtirilgan [1,8]. E. Musurmonov o‘zining ilmiy risolasida quyidagilarni bayon etadi: “Dao taʼlimotiga ko‘ra, butun olam ikki qarama-qarshi - in-yan yoki o‘zbekcha aytganda “oq” va “qora” kuchlar o‘rtasidagi kurashga asoslanadi. Qutblar o‘rtasidagi doimiy kurash bir-birining ketidan quvib yuruvchi baliqchalarga o‘xshash oq (yang) va qora (in) rangli shakllarda va butun borliqning qurilishini aks ettiruvchi trigramma - gorizontal uch qatorli chiziqchalarda aks etgan. Uning mohiyatini kun va tun, quyosh va oy, osmon va yer, issiq va sovuq, toq va juft, er va ayol kabi tushunchalar o‘rtasidagi munosabatda ko‘rishimiz mumkin. “Bir-birining ketidan quvib yuruvchi baliqchalar” va uch ketma-ket chiziqchalarning turli ko‘rinishlari yaqinsharqliklarning deyarli barcha falsafiy ramzlarida, meditsina, sanʼati, kiyimlarida aks etib, bu narsani ular uzoq umr ko‘rayotganliklarining, iqtisodiy taraqqiyotlari ning, boy va baxtli yashayotganliklarining, muvozanat va garmoniyaning sabablaridan biri deb bilishadi. Ko‘pchilik singapurliklarning butun hayot tarzi, hatto bino qurilishlari ham shu shakldagi tushunchalarga asoslangan. Bu shakl Janubiy Koreya bayrog‘ida, eng qiziq tomoni o‘zbekning milliy bosh kiyimi – do‘ppi naqshlarida ham o‘z aksini topgan.


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 31 Farqi shuki o‘zbek do‘ppisi tepa qismining to‘rt tomonida faqat ezgulik yan (oq baliqcha) timsolining andozasi tushirilgan. Bu ezgulik energiyasining to‘rt tomonga to‘rt barobar kuch bilan yoyilib turishini bildiradi. Borliqning qurilishini aks ettiruvchi uch qatorli chiziqchalar esa do‘ppining to‘rt yonboshida to‘rt martadan tasvirlangan va birgina do‘ppining o‘zida olam dialektikasining ramzlari o‘z aksini topgan”[1,9]. Olim Uzoq Sharq dualistik taʼlimoti bo‘lgan In va Yan tisollarini shaklan baliqchalarga o‘xshatishida albatta asos bor. Bizningcha, bu yerda “baliqchalar”ni “ajdarhochalar” degan haqiqatga yaqin bo‘ladi. Chunki In va Yan tushunchalari o‘z mohiyati, falsafasi bilan oq va qora kuchlarning vakillari bo‘lgan ikki qutbdagi ajdarholarni ham anglatadi. 2- rasm. Ajdarho shakllaridagi In-Yan Olim tomonidan o‘zbek do‘ppisi va In va Yan “ajdarhochalari” o‘rtasidagi o‘xshashliklarning aniqlanishi, Budda taʼlimotining Markaziy Osiyo orqali Xitoyga tarqalganini hisobga olib, Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati, mifologik va diniy qarashlari, Buyuk ipak yo‘lidagi madaniyatlar almashuviga, buddaviylik va dao kabi yetakchi diniiy va falsafiy taʼlimotlar genezisi va evolyusiyasiga


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 32 o‘zining beqiyos hissasini qo‘shganligini ko‘rish mumkin. Ayrim olimlar buddaviylikni, yuqorida keltirilgan qadimiy prototurkiy xalqlar dini bo‘lgan tangrilikning mantiqiy davomi deb hisoblaydi [4]. Tangrilik – er. old. IV-III ming yilliklarda Oltoyda vujudga kelgan va yevroosiyo dashtlarida keng tarqalgan dastlabki monoteistik (yakka xudolik) dindir. Qadimiy turkiy xalqlar Yuqori olam hukmdori Ko‘k Tangri yoki Tangri-xonga sig‘inganlar. Hatto bugungi kunda ham o‘zbek xalqi orasida “Tangrim qo‘llasin”, “Yo Tangrim!” kabi iboralar saqlanib qolingan va bu iboralar yaratganga, xudoga nisbatan qo‘llaniladi. Qadimiy turkiy xalqlar Ko‘k Tangrini jon oluvchi va jon beruvchi, xoqonlarni taxtga o‘tqazuvchi va taxtda yiqituvchi iloh sifatida bilganlar. Professor A. Abdurahmonov quyidagi fikrlarni keltiradi: “Kul tegin toshbitiklarida shunday satrlar bitilgan: 1. Tangri toq. Tangridan bo‘lgan Turk biga xoqon bu yerga o‘lturdim. 2. Yuzada Ko‘k Tangri Ostda qora yer qilindi. Ikkisi aro kishi o‘g‘li qilindi. Birinchi parchada turkiylar Tangrining yagonaligiga ishonch bildirishi ularning milliy ongi yuqoriligini ko‘rsatadi. Chunki qadimda shumer, yunon, rum va boshqa qavmlar ko‘pxudolikni tasavvur etganlar. “Turk Bilga xoqon Tangridan bo‘ldi” iborasida xoqonlar ham hokimiyatni Tangridan olishiga ishonishdir... Ikkinchi parchada shunday maʼno ifodalangan bo‘lib, inson farzandi osmon va yer o‘rtasida Tangri tomonidan yaratilganiga ishora etilgan [5,23-24] ”. Qadimiy turkiy xalqlarning xoqonlar ham Tangrining inoyati bilan hokimiyatga ega bo‘lishlari haqidagi tushunchalar Islom va Xristian dunyosida ham keng tarqalgan tushinchalardan biridir. Shuningdek qadimiy turkiy xalqlarning Ko‘k Tangriga bo‘lgan eʼtiqodi va oy yoki quyoshga nisbatan bo‘lgan ehtimoliy animizm qarashlari to‘g‘risida “O‘g‘uznoma” dostonida ham xabar beriladi:


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 33 “Kunlardan bir kun O‘g‘uz xoqon bir yerda Tangriga yolvorar edi. Qorong‘u tushdi. Ko‘kdan bir ko‘k nur tushdi. Quyoshdan yorug‘. Oydan yorqinroq edi...” Tangrini mehri sifatida osmondan tushgan nur quyoshdan yorug‘, oydan yorqinroq edi va ko‘k rangda edi, yaʼni u nur quysh va oydan kuchli edi. Vaholanki bu faqatgina nur edi. Demak turkiy xalqlar uchun Quyosh va Oy Tangri bo‘la olmasdi. Ayrim turkiy xalqlar orasida Tangri qudrati ajdarho timsolida gavdalanadi, jumladan, momaqaldiroqning gumburlashi lu ajdarhosi tishlarini g‘ijirlatganda, yashin u dumini qimirlatganda sodir bo‘ladi deb hisoblangan. XIV asr arab tarixchisi Rashidad-Din o‘rta asr mo‘g‘illarining tasavvurlari haqida bayon etganda, mo‘g‘illar yashinni osmondan ajdarho tushib dumini yerga urganda sodir bo‘lishiga ishonganlarini taʼkidlaydi. Shuningdek tarixchi yashinchaqnar Lu (ajdarho), tabiat kuchlarini boshqaruvchi Lu-Tangri deb atalishini ham maʼlum qiladi. Maʼlumki, turkiy, mo‘g‘ul va hind kosmologik og‘zaki va yozma matnlar ko‘plab o‘xshashliklardan iborat. Ulardan biri, Koinotning - Ilk yaralishning vujudga kelishi to‘g‘risidagi miflardir. Ushbu miflarda Tangri va Braxma, Tangri va Budda obrazlarining o‘zaro bog‘likliklarini kuzatish mumkin. Qadimiy turkiy va tangrilik mifologiyasida olam yaralishidan oldin cheksizlik bo‘lganligi va cheksizlikda tuxum bo‘lganligi haqida bayon etiladi: “Osmon ham Zamin ham mavjud bo‘lmagan zamonda, faqatgina yo‘qlik xaosi (ayrim manbalarda yuqlik dengizi deb keltiriladi) – Teniz (dengiz) bo‘lgan. Uning ichda Oq Nur (yorug‘lik) paydo bo‘ldi, u mukammal oltin tuxum yaratdi. U (tuxum) mukammal edi. Uning ichida butun insoniyatning yaratuvchisi Tangri chuqur uyquda yotar edi. U juda uzoq uxladi. Uyg‘onganida esa yonida temir bolg‘ani ko‘rdi. U bolg‘a bilan tuxumni yordi va tashqariga chiqdi. Tuxumning yuqori qismidan osmon jismlari Tangara, pastki qismidan Zamin, Telengey vujudga keldi. Shu tariqa tepada moviy osmon pastda yashil zamin yaratildi [6,5] ”. Shunga o‘xshash mifologik syujet Xitoy mifologiyasida ham mavjud. Unga ko‘ra, dastlab ulkan xaos bo‘lgan va xaos ichida tuxum bo‘lgan. Yillar o‘tishi


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 34 bilan tuxum ichida ilk odam Pangu (盘古) yaralgan. Tuxum ichida o‘n sakkiz ming yil uxlagan Pangu bolta bilan tuxumni urib sindirgan. Tuxumning tepa qismidan osmon, pastgi qismidan zamin yaralgan [7,22]. Huddi shunday mifologik syujet qadimiy hind mifologiyasida ham mavjud. Unda ham dastlabki yaratuvchi Braxma cheksiz ummonda suzib ketayotgan tuxum ichida uxlaydi: “Tubi ham, eni ham, yuzi ham bo‘lmagan ummon uzra oltin tuxum suzar edi. Uning hajmi qancha bo‘lganligi to‘g‘risida tahmin qilishning ham imkoni yo‘q, sababi uni hajmini solishtiradigan materianing o‘zi yo‘q. Suzib borayotgan tuxum ichida Braxma uxlab kuch yig‘ar edi...[8, 1354– 1365] ”. Yuqorida keltirilgan, dastlabki xaos xolati va borliqning (Yer va Osmon) tuxumning sinishidan so‘ng, yaʼni bir jismdan, bir nuqtadan paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi miflar bugungi kunda dolzarb bo‘lgan “Katta portlash” nazariyasiga juda yaqin ekanligini kuzatish mumkin. Tangrilikda boshlanish, paydo bo‘lish tuxumdan taralayotgan nurda namoyon bo‘ladi: “Uni (tuxumni) quli ham, oyog‘i ham, boshi ham yo‘q edi, biroq u harakatlanar edi; uning qanotlari yo‘q edi, biroq u uchar edi, uning og‘zi yo‘q edi, biroq undan ovoz taralar edi. Tangri nurdan paydo bo‘ldi, quyosh yoki oy nuri emas, insoniyatga nomaʼlum boshqa nurdan [6,5-6] ”. Buddaviylik kosmologiyasida nur ruh va jismning makoni sifatida namoyon bo‘ladi va keyinchalik ulardan dunyo yaraladi. Qadimiy hind mifologiyasida Braxmaning fikri yaratuvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Tangrilik va buddaviylik kosmologiyasi taqqasolanganda, Tangri iloh, yaratuvchi sifatida, Budda esa “organik mavjudotlar manfaati uchun” harakat qiluvchi oliy mavjudot sifatida namoyon bo‘lishlarini taʼkidlash joiz. Mavjudotlar ustidan homiylik qilish, Tangrining ko‘plab hususiyatlaridan biri hisoblanadi. Buddaviylik qo‘lyozmalari Tangri va Budda o‘rtasidagi ayrim aloqalarga eʼtibor qaratadi. Ularga ko‘ra, buddaviylikdagi oliy olam Nirvana, tangrilikdagi Ulgen saltanati o‘zaro bog‘liq hisoblanadi. Nirvana ham Tangri saltanati ham eng oliy yuqori olam hisoblanadi. U yerda vafot etganlarning keyingi taqdiri sarhisob


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 35 qilinadi, hayotini yaxshi yashagan va yomonlik qilmagan ruhlar Nirvana yoki Ulgen saltanatida qoladi va keyingi hayotga pok holatdagi avliyo yoki turli ko‘rinishlarga kira oladigan, va insonlarga yordam beradigan farishta sifat mavjudot bo‘lib qaytadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Musurmonov E., Rahmatullayev N. Xitoy adabiyoti va “DAO-DEJING”. Ilmiy risola, Samarqand: SamDU nashriyoti, 2016. 7-b. 2. 历代三宝纪 // 大正新修大藏经, № 2034, 15 цз. (Фэй Чанфан. Сведения о трехсокровищах и исторических эпохах). 3. Чебунин А.В. История проникновения и становления буддизма в Китае. Улан-Удэ:ИПК ВСГАКИ, 2009. –С. 278 4. Арман Нурмуханбетовнинг маданиятшунос олим Алексей Никонов билан бўлган суҳбати "Буддизм - это более осмысленное тенгрианство, но есть одно отличие" (elektron manba: "Буддизм - это более осмысленное тенгрианство, но есть одно отличие" - Новости Монголии, Бурятии, Калмыкии, Тывы (asiarussia.ru) / murojaat etilgan sana: 15.10.2021) 5. Абдураҳмонов А. Туркий адабиётнинг қадимги даври, Янги аср авлоди, Тошкент 2005-й.23-24 б. 6. Никонов А.Ю. Алтун Битиг, Тенгрианство: мифы древних тюрков, сохраненные устным и письменным преданием тюркских народов мира. – Алматы: Жибек Жолы, 2000. С. 5 7. Хитой адабиёти тарихи, ўқув-услубий қўлланма (тузувчи: Э. Мусурманов) Самарқанд: СамДУ нашриёти, 2016. 22-б. 8. Аязбекова С.Ш. Тенгриантская и буддийская космологии: опыт сопоставительного анализа. Сборник Ученые записки Казанского университета. Серия гуманитарные науки / Казахстанский филиал Московского государственного университета имени М.Л. Ломоносова, г. Астана. 2018. . С. 1354–1365


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 36 AYRIM SEHRLI MAVJUDODLAR OBRAZLARINING O’ZBEKXITOY BOLALAR ADABIYOTIDA AKS ETISHI Annotatsiya : O’zbek va Xitoy xalqi qadim-qadimdan o’zaro madaniy, ijtimoiy va siyosiy aloqalar o’rnatgan. Adabiy munosabatlarning bog’lanishida esa Buyuk Ipak yo’lining xizmati katta bo’lgan. Bu buyuk magistral yo’l bir vaqtning o’zida mamlakatlar aro savdo-sotiqning rivojlanishiga katta hissa qo’shish bilan birga, xalqlarning ijtimoiy turmush tarzini yaxshiladi. Ikkinchi tarafdan, adabiyotga kirib borib, ularning do’stona munosabatini yanada mustahkamladi. Ushbu maqolada, o’zbek-xitoy xalq og’zaki ijodining dastlabki namunalaridan biri sanalgan ertaklar misolida ayrim g’ayritabiiy obrazlar tizimi qiyosiy yoritilgan. ANVAROVA Zohida Akromjon qizi SamDu filologiya fakulteti adabiyotshunoslik yo‘nalishi 2-kurs magistranti [email protected] ABDURAXMONOVA Munira Istamovna SamDu filologiya fakulteti 4-bosqich talabasi [email protected]


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 37 Kalit so'zlar: Ertak, mif, sehrli mavjudot magik xususiyat, g’ayritabiiy jihatlar, ajdar, qush, Semurg’, bolalar adabiyoti, qaqnus, feniks. ANVAROVA Zohida, ABDURAXMONOVA Munira REFLECTION OF INDIVIDUAL MAGICAL CREATURES IN UZBEKCHINESE CHILDREN'S LITERATURE Abstract: The Uzbek and Chinese peoples have established cultural, social and political relations since ancient times. The service of the Great Silk Road was great in connecting literary relations. This great highway at the same time greatly contributed to the development of inter-country trade and improved the social lifestyle of peoples. On the other hand, he got into literature and strengthened their friendly relationship. In this article, the system of some supernatural images is comparatively covered in the example of fairy tales, which are considered to be one of the first examples of Uzbek-Chinese folk art. Keywords: Fairy tale, myth, magical creature, magical property, supernatural aspects, dragon, bird, Semurg, children's literature, ghost, phoenix. АНВАРОВА Захида, АБДУРАХМОНОВА Мунира ОТРАЖЕНИЕ ОТДЕЛЬНЫХ МАГИЧЕСКИХ СУЩЕСТВ В УЗБЕКСКО-КИТАЙСКОЙ ДЕТСКОЙ ЛИТЕРАТУРЕ Аннотация: Культурные, социальные и политические отношения между узбекским и китайским народами налажены с древних времен. Велика была служба Великого Шелкового пути в соединении литературных связей. Эта великая магистраль одновременно в значительной степени способствовала развитию межгосударственной торговли и улучшению социального быта народов. С другой стороны, он увлекся литературой и укрепил их дружеские отношения. В данной статье сравнительно освещена система некоторых сверхъестественных образов на примере сказок, которые считаются одними из первых образцов узбекско-китайского народного творчества.


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 38 Ключенвые слова: Сказка, миф, волшебное существо, волшебное свойство, сверхъестественные явления, дракон, птица, семург, детская литература, призрак, феникс. Badiiy asarda obrazlar xilma-xilligi o’qiguvchini zeriktirib qo’ymaslik bilan bir qatorda, unga bo’lgan qiziqishni ortishini ta’minlaydi. Bu borada bolalar adabiyoti alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki ushbu adabiyot , eng avvalo, o’sib borayotgan yosh avlodning dunyoqarashini shakllantirishi, tafakkur olamini kengaytirishi, olam-tabiat bilan bog’liq bo’lgan ma’lumotlarni oson o’zlashtirishiga yordam berishi zarur. Bu doirada magik xususiyatlarni o’zida jamlagan mavjudotlar obrazi ajralib turadi. G’ayritabiiy qudratga ega obrazlar mifologik motivlarning bolalar folkloriga kirib borishi natijasida paydo bo’lgan. Bolalar foklorining keng ko’lamli janri hisoblangan ertaklar tarkibida bunday obrazlarni ko’plab uchratishimiz mumkin. Xalq ertaklari uni yaratayotgan millat dunyoqarashini, ijtimoiy muhim masalalarni odilona yoritish orqali bolalarni ijtimoiy axloq normalaridga rioya qilgan holda tarbiyalash uchun katta yordam beradi.[1:10] Bu jarayon ayniqsa, hayvonlar haqidagi ertaklarning o’rni beqiyos. Chunki bunday ertaklarda adolatning adolatsizlik ustidan g’alaba qozonishi, ezgulikning yovuzlikni yengishi, baxtiyor va osoyishta hayot kechirish g’oyalari yorqin timsollar orqali qiziqarli tasvirlangan. Avvalo, miflar ertaklarni yuzaga kelishida asosiy manba vazifasini bajaradi,[2:266]chunki insonning ilk olam haqidagi tasavvurlari miflarda namoyon bo’ladi. T. Mirzayev o’zining “O’zbek folklori” kitobida miflarni: “…qadimgi odamning voqelikka bo’lgan ongsiz hissiy munosabati ifodasidir”,-deya aytib o’tadi.[3:12] Ong avvalo tafakkur degani, ongsiz bo’lish uchun o’ylamaslik, mulohaza qilmaslik, fikrlamaslik zarur. Ibtidoiy odamda ongning ilk ildizlari paydo bo’lishni boshlash hamona, avvalo, o’zini o’rab turgan tabiat haqida tasavvurlar shakllana boshlagan. Shu bilan birga, mifologik obrazlar ham bolalar adabiyoti janrlari tarkibiga singib, yanada ta’sirli xalq og’zaki ijodi namunalarini


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 39 yuzaga keltirgan. Bolalar adabiyoti esa obrazlar xilma-xilligi bilan boshqa adabiyotlardan ajralib turadi. Bolalar folklorida quyidagicha mifologik obrazlarni uchratishimiz mumkin: dev, pari, ajina, jodugar, alvasti, jin, Xizr, Semurg’, yalmog’iz kampir, ajdar, [2:371] Miloddan avvalgi III asrda yashagan yunon falsafasi Yevgemer mifologik personajlarni o’tmishda yashagan tarixiy shaxslarning ilohiylashtirilgan obrazi deb hisoblangan. Platon esa mifni voqelikning falsafiy-ramziy talqini, deb baholagan. Mifni afsonaga afsonani mifga qorishtiradigan asosiy unsur bu obraz tushunchasidir. Ayniqsa, sehrli-fantastik ertaklar tarkibida bunday obrazlarni ko’plab uchratamiz. Ulardan biri ajdarho obrazi hisoblanadi. Ajdarho mifologik xarakterda bo’lib, o’zbek xalq ertaklarida, asosan, yozuvlik timsoli sifatida gavdalanadi. Misol uchun, “Rustamzod va Sherzod” ertagida quyidagicha tasvirlanadi: Ajdarho kunduzi bir g’orga kirib yotar edi. Sherzod tavakkal qilib yotaverdi. Yarim kecha bo’lganda uzoqdan kuchli shamol kelib qoldi. Sherzod qarasa, uzoqdan ko’zlari yongan ajdarho kelayotir. [6:143] Bolalar adabiyotiga g’ayritabiiy jonivorlar obrazini kirishning yana bir muhim jihati xayolot dunyosini kengaytirish. Tasavvur olami keng bo’lgan


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 40 bolaning dunyoqarashi ham o’sib boradi. Bularning barchasi birlashib kelajak poydevorini bunyod eta oladi. Mamlakatimiz kelajagi bo’lgan yosh avlodni zukko, aqlli, bilimdon, rahmdil bo’lib voyaga yetishida katta ta’sir kuchiga ega.[1:213] Ertaklarda odatda qahramonlar ajdarhoni yengib, go’zal bir qizni qutqaradi yoki biror bir shahar-mamlakatni ozod etadilar belgi sifatida tanasidan bir tasma kesib oladilar: Ajdarho zo’r shitob bilan tashlangan edi, uning sog’ qolgan ko’ziga ham o’q urib ko’r qildi. Qon ko’p ketavergach, ajdarho quvvatsizlanib, to’lqinlanmay qo’ydi. Shunda Sherzod ajdarho terisidan bir tasma tilib, beliga bog’lab oldi.[ 6:143] “Qirq kuyov” ertagida esa ajdarho odamlarga xos tarzda gapiradi: Umuman olganda, mavjudotlar obrazining ertak qahramoni darajasiga ko’tarilishi va ularning insonlarga xos tarzda gapirishi barchasi uchun birdek xos xususiyat. Lekin ularning insonlar kabi fikrlash qobiliyatiga ega bo’lishi g’ayritabiiy jihatlaridan biridir: Ertalab turib, yo‘lga tayyorlanib darvozadan chiqayotganlarida bir ajdarho kelib darvozaning og’zini to'sibdi. Tilga kirib:


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 41 — Qani, buning haqini berib ketinglar! — debdi. Podshoh: — Pul kerakmi, dunyo kerakmi, ot kerakmi?! — debdi. Ajdarho: — Menga pul ham, dunyo ham kerak emas, kichik o ‘g‘lingni bersang bo‘ladi, boshqa hech narsa olmayman, — debdi. Podshoh xafa bo‘libdi.[6:365] Darhaqiqat, o’zbek mifologik obrazlarining boshqa xalq mifologiyasidagi sehrli mavjudotlar obrazidan farqi aynan shu joyda namoyon bo’ladi. Masalan, xitoy miflarida g’ayritabiiy mavjudodlar bir qiyofadan ikkinchi bir qiyofaga o’tadi. Bir vaqtning o’zida turli mavjudodlar qiyofasini o’zida aks ettiradi: U quyon ko’z (ayrim manbalarda yo’lbars ko’z), sigir quloq, iyagining ostida echki soqol o’sadi, tangachalar qoplagan ilon tana, to’rt yo’lbars panja burgut tirnoqlari bilan qurollangan. Manglayi ustidagi g’urra unga qanotsiz uchish qudratini beradi. Ko’rinishining shakllaninishida yirik kaltakesak yoki timsoh qiyofalari asosiy o’rin tutgan. Long to’liq shakli-shamoyilini o’zgartirishi, yugurishi, suzishi, uchishi mumkin. [4:25]Lekin o’zbek mofologik ajdar obrazi unday tasvirlardan holi. Faqat uch yoki yetti boshli bo’lib, og’zidan olov purkovchi, ko’zlari yongan bir qiyofada gavdalanadi. Xitoy xalq ertaklarida, umuman olganda, xitoy mifologiyasida ajdarho ijobiy qahramon sanaladi. Shu jihati bilan o’zbek ajdarining aksi sanaladi: U tubsizlikka chiqdi, qaraydi - ajdaho suvda quvnoq sayr qilmoqda. Va keyin xo'roz ajdahoga juda muloyim dedi: Ajdaho birodar! Iltimos, shoxlarimni qaytarib bering! Ajdaho hayron bo'ldi, lekin qizib ketmasdan, hurmat bilan javob berdi: Bu sizmisiz, xo‘roz amaki? Nega sizga shoxlar kerak? Haqiqatan ham, siz ularsiz ancha go'zalroqsiz. Va sizning shoxlaringiz menga juda yordam beradi! [7.]Ushbu parchadan ham ko’rishimiz mumkinki, xitoy ajdari ijobiy xislatlarga ega. Shu bilan birga, insonlarga xos bo’lgan hurmat, muloyimlik va kichikni izzat


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 42 qilish kabi insoniy sifatlarni ham o’zida jamlagan. Ikki xalq ertaklarida ajdarho yashaydigan joy ham ikki xil tasvirlangan. O’zbek ertaklarida ajdarho g’or yoki uzoq bir kimsasiz joylarni makon qilsa, xitoy ertaklarida ajdarho suv ostida hayot kechiradi: Xo'roz og'zini ochishga ulgurmasdanoq, ajdaho suv ostida g'oyib bo'ldi. Xo'roz bu erda g'azablandi, qanotlarini qoqib qo'ydi va xo'rozning tomog'iga qanday qilib qichqiradi: Ajdaho birodar, shoxlarni bering! Ajdaho birodar, shoxlarni bering![7] Yuqoridagi ertakda ajdarho suv osti saltanati hukmdori bo’lishiga qaramasdan, o’zidan anchagina kichik jussali xo’rozga muloyim munosabat qilayotganligini ko’rishimiz mumkin Ajdarho aslida podshoh timsoli bo’lib, obraz zimmasiga yuksak mansab egasi bo’lsa ham oddiy xalqqa yuqoridan qaramaslik, ularga nisbatan adolatli munosabatda bo’lish kerakligi yoritilgan. Shuni ta’kidlash joizki, magik qudratga ega sehrli mavjudotlar g’ayritabiiy ko’rinishga ega emas. Balki, ulardagi o’ziga xoslik insonlarga xos bo’lgan aql-idrok, fikrlash, tafakkur qilish tarzida namoyon bo’ladi. Jisman va ruhan odamlarga yaqinlashishi obrazlarning magik xususiyatlaridan biridir. Yana bir mifoligik obraz bu Semurg’dir. U ertaklarda Xizr kabi bosh qahramonga homiylik qiluvchi kuch sifatida tasvirlanadi. [2:371] Masalan, “Kenja botir va Semurg’“ ertagida akalaridan yomonlik ko’rgan Kenja botirni Semurg’ yer ostidan yer yuziga chiqishiga yordam beradi: Xayr, yigit, men seni yer yuziga olib chiqib qo’ydim, - debdi-da, o’z bolalari yoniga uchib ketibdi. Xalq og’zaki ijodida bu qush boshi ayol qiyofasida, tanasi esa qush qiyofasida keltiriladi. Xitoy xalq og’zaki ijodida Semurg’ kabi alohida o’ringa ega bo’lgan qush bu Fenxuandir. Uning bir timsoli sifatida qaqnus qushi beriladi. O’tmishda bu qush ilohlarning elchisi deb hisoblangan. Bo’yi uch metr, rango-rang patli, tumshug’i xo’rozniki kabi, qaldirg’ochniki kabi bo’qog’i bor, baliqnikidek dumli, ilon bo’yinli chilin va oq laylakka o’xshash deb tasavvur qilishgan.[5:48]


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 43 Xulosa o’rnida shuni aytib o’tish mumkinki, bolalar folklarida ertak janri alohida o’ringa ega. Mifologik motiv va obrazlarning janr tarkibiga singib ketishi ikki tamonlama foyda keltirgan. Avvalo, sehrli-fantastik xususiyatga ega mavjudodlar obrazi yosh avlodni olam va odam haqidagi ilk tasavvurlarini shakllantirishga xizmat qilgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, mifologik tasavvurlarning bugungi kunga qadar yashab qolishiga katta hissa qo’shgan. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti va folklor. –T.:, 2006. 2. Jo’rayev M., O’rayeva D. O’zbek mifologiyasi. –T., 2019. 3. Mirzayev T. va b., O’zbek folklori. – T.:, 2017. 35-bet. 4. Musurmanov E. Xitoy adabiyoti tarixi. –S.:, 2016.25-bet. 5. Musurmonov E. Ma SUI Lin. Xitoy folklori. –S.:, 2014. 6. Rasulov X., Afzalov M., Husainova Z. O’zbek xalq ertaklari. – T.:, 2013. 1- kitob. 7. https://tafakkur.net/sehrliertaklar/xalq-ogzaki-ijodi


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 44 Sherzod To‘ychievich NORMO‘MINOV, O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Xorijiy tillarva gumanitar fanlar fakulteti dekani v.b, PhD, dotsent. [email protected] TILSHUNOSLIKDA MARKAZ VA QURSHOV (SO‘Z TURKUMLARI MISOLIDA) Annotatsiya Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi so‘z turkumlarining har birida yadro va periferiyal qismlar mavjudligiga doir misollar keltiriladi. Shu bilan birga turkumlarda yadro va periferiyani yuzaga keltiruvchi omillar, shakllantiruvchi faktorlar haqida mulohazalar ifodalanadi. Kalit so‘zlar: yadro, periferiya, so‘z turkumi, markaz, sturuktura, predikatsiya, semantik, morfologik, sintaktik, funksional. Шерзод НОРМУМИНОВ ЦЕНТР И ОСАДА В ЛИНГВИСТИКИ Аннотоция В этой статье приводятся примеры присутствия основных и периферийных частей в каждом узбекском словесном ряду. В то же время,


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 45 серия предоставляет обзор факторов, которые составляют ядро и факторы, которые составляют ядро. Ключевые слова: ядро, периферия, части речи, центр, стуруктура, предикат, семантика, морфология, синтаксис, функциональны. Sherzod NORMUMINOV CENTER AND SIEGE IN LINGUISTICS Annotation This article provides examples of the presence of the main and peripheral parts in each Uzbek verbal series. At the same time, the series provides an overview of the factors that make up the core and the factors that make up the core. Keywords: core, periphery, parts of speech, center, structure, predicate, semantics, morphology, syntax, functional. Jahon tilshunosligida so‘z turkumlari (ST) nazariyasi, so‘z turkumlarining til tizimidagi o‘rni va so‘z turkumlari paradigmasida yuz beradigan funksionalsemantik jarayonlarning mohiyatini ochib berish bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirilgan. Shu nuqtai nazardan qaraganda so‘z turkumlari paradigmasidagi yadroviy (markaziy) va periferial (chekka) qismlar, ularning shakllanishi va taraqqiyoti, funksional-semantik xususiyatlarini zamonaviy tadqiqot usullari bilan tekshirish bu yo‘nalishda shu vaqtgacha amalga oshirilgan ilmiy izlanishlarning rakursini kengaytirishga, kelgusida bajariladigan tadqiqotlarga yangi yo‘nalishlar ochib berish nuqtai nazaridan muhim. Dunyo lingvistika fanida so‘z turkumlari paradigmasi hamda alohida so‘z turkumi struktur-semantik maydonidagi yadroviy va periferial qismlarni tadqiq etish tilning taraqqiyoti va kommunikativ funksiyasini ado etishining, til birliklarida yuz beradigan ma’noviy va shakliy o‘zgarishlarning lisoniy, nutqiy xususiyatlarini aniqlash, markaziy va periferial qismlarning shakllanishi va amalda bo‘lish mexanizmining yetakchi motivlarini belgilashga ko‘maklashishi qayd etiladi. Bu esa, lison/nutq dixotomiyasida va so‘z turkumlaridagi funksional-


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 46 semantik maydon, yadro va periferiya tushunchasining mohiyatini ta’riflash va so‘z turkumlari paradigmasida yuz bergan struktur-semantik o‘zgarishlarni tadqiq etishga ko‘maklashishi nuqtai nazaridan mavzuning dolzarbligini ko‘rsatadi. Mustaqillik yillarida o‘zbek tilshunosligi bir tarafdan, o‘zbek tili so‘z turkumlari paradigmasining o‘ziga xos tomonlarini, tilimiz mustaqil va yordamchi so‘z turkumlarining lisoniy tabiati hamda maqomini, so‘z turkumlariaro o‘zaro aloqa va ko‘chish hodisalarini o‘rganish bo‘yicha jiddiy yutuqlarga erishdi. Shu bilan birga, tilimiz so‘z turkumlari paradigmasidagi yadroviy va periferial qismlar, ularning lisoniy tabiati va maqomi, markaziy va chekka qismlar o‘rtasidagi semantik-struktur va funksional-semantik munosabatlarni jahon tilshunosligining ilg‘or usullari bilan tadqiq etish zarurati mavjud. XX asrning 30-90-yillarida va ayniqsa, Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng o‘zbek tilining turli sathlarini o‘rganish bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirildi, tilimizning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish bo‘yicha katta ishlar qilindi. Jumladan, so‘z grammatik, leksik-semantik va uslubiy jihatdan o‘rganish bo‘yicha jiddiy yutuqlarga erishildi. So‘z turkumlarini tasnif qilish, ularning asosiy morfologik, semantik va sintaktik xususiyatlarini ochib berish, uslubiy belgilarini yoritishda A.Fitrat, U.Tursunov, F.Kamol, A.G‘ulomov, G‘.Abdurahmonov, Sh.Shoabdurahmonov, A.Hojiev, R.Qo‘ng‘urov, M.Mirtojiev, M.Sodiqova, A.Nurmonov, H.Ne’matov, R.Rasulov, G‘.Zikrillaev, J.Eltazarov, A.Pardaev, Z.Isaqov, I.Madrahimov kabi olimlarimizning xizmatlari kattadir. Ularning deyarli barchasi o‘z asarlarida so‘z turkumlari paradigmasidagi yadro-periferiya munosabatlari va uning funksional-semantik tahlili mavzusining dolzarbligini va uni chuqur o‘rganish zaruriyati mavjudligini ta’kidlab o‘tadilar. Ma’lum bir so‘z turkumi ichidagi yadro-periferiya qismlari va ularning munosabatlari so‘z turkumlari paradigmasi ichidagi shunday aloqalardan qisman farq qiladi. So‘z turkumlarining har birisi a’zolari ichidagi o‘sha turkumning tipik semantik, morfologik, sintaktik va yasalish usuliga to‘la mos keluvchi birliklar o‘sha so‘z turkumining yadrosini tashkil etadi, bu belgilardan ba’zilari (ko‘pincha


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 47 bittasi) neytrallashgan yoki yo‘qolgan birliklar esa periferiyadan o‘rin egallaydi. Jumladan, ot turkumidagi aniq otlar (masalan, olma, yer) o‘zak e’tibori bilan predmetlikni va otning boshqa xossalarini to‘la ifodalagani uchun bu turkumning yadro qismidan, mavhum otlar predmetlik ma’nosini kuchsiz ifodalangani (bir belgining neytrallashgani, masalan, qalb, xayol) uchun periferiyadan o‘rin oladi; fe’l turkumidagi shaxs-sonda turlanuvchi fe’llar bu turkumning asosiy xossalarini to‘la ifodalagani uchun (masalan, bordi, ko‘rdim, gapirdingiz) yadroda, fe’lning vazifaviy shakllari u ifodalovchi asosiy belgidan (harakat, predikatsiya) uzoqlashganlari uchun (masalan, o‘qish, ko‘rgan, o‘ylab) periferiyada joylashadilar va hokazo. Neytrallashtiruvchi belgi, aytish kerakki, so‘zni o‘zi mansub bo‘lgan turkum tarkibidan «chiqarib yuborishga» asos bo‘lolmaydi, so‘zni ushbu turkumga xos yoki begona ekanligi masalasida betaraf turadi, u endi periferiyaga mansubiyatning belgisi kabi hukm suradi. Ushbu masalani maxsus tekshirgan prof. J.D.Eltazarov alohida olingan so‘z turkumlari tarkibidagi mavjud yadro-periferiya munosabatlarini quyidagicha ifodalaydi: [3. 101] Jadval So‘z turkumi Yadro qismi Periferiya qismi Ot Aniq otlar, tub otlar Mavhum otlar, yasama otlar Fe’l Mustaqil fe’llar. Tuslanuvchi fe’llar. Ko‘makchi fe’llar. Fe’lning vazifaviy shakllari. Sifat Asliy sifatlar. Tub sifatlar. Nisbiy sifatlar. Yasama sifatlar. Son Sanoq son. Miqdor son. Tartib son. Irratsional son. Ravish Tub ravish Yasama ravish Olmosh Kishilik va so‘roq olmoshlari Qolgan boshqa barcha olmoshlar Tasviriy so‘zlar (TS) Bevosita ovoz va harakatga taqlid bildiruvchi TS Ot va fe’lga yaqinlashgan TS Ko‘makchi Sof ko‘makchilar Funksional ko‘makchilar Bog‘lovchi Teng bog‘lovchilar Ergashtiruvchi bog‘lovchilar Yuklama So‘roq, ta’kid, inkor yuklamalari Qolgan boshqa barcha yuklamalar Modal so‘zlar (MS) tasdiq yoki inkor modal MS Qolgan boshqa barcha MS


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 48 Undovlar Chaqirish-haydash undovlari Qolgan boshqa barcha undovlar So‘z turkumlarining tabiatini tushunish, ularning har birining had-hudud va chegaralarini farqlash uchun ularda grammatik va leksik yadro hamda periferiya qismlarga ajratish lozim bo‘ladi. So‘z turkumlarining lisoniy tabiatni tekshirish, ulardagi yadroviy va periferial qismlarning o‘ziga xos tomonlarini tadqiq etish borasida langue lingvistikasi metodlari bilan ish olib borish ma’qul ko‘rinadi; chunki, leksemalarni til sathidagina ma’noviy guruhlarga (turkumlarga) qat’iy ajratish mumkin. Zero, “til diskret (ajraluvchan, bo‘linuvchan, nisbiy mustaqil) birliklarning majmui yoki turg‘un xususiy birliklarning o‘zaro barqaror doimiy bog‘lanish munosabati asosida tashkil topgan yangi bir butunlikdan iborat” [Ne’matov X, 10]. So‘z turkumi yoki so‘z turkumlari paradigmasi yadrosi deganda ushbu paradigma yoki turkumning barcha tasnifiy belgilarini (jumladan, semantik, funksional va boshqa) o‘zida jamlagan so‘z turkumlari yoki so‘zlar tushuniladi. Periferiyani esa paradigmaga yoki so‘z turkumiga xos bo‘lgan tasnifiy belgilarning biri mavjud bo‘lmagan yoki o‘sha belgi boshqacha ahamiyat kasb etgan so‘z turkumlari va so‘zlar tashkil etadi.[2. 58] Tilning har bir sathi va qismida yadroviy, tipik, asosiy hamda periferial (ikkinchi darajali) unsurlarni farqlash lozim. Yadro-periferiya munosabati struktur, semantik va funksional aspektlarda namoyon bo‘ladi. Struktur aspektdagi yadroperiferiya munosabatlari so‘z yasash va so‘z birikmalarini shakllantirishning asosiy va periferial (asosiy bo‘lmagan) usullari va qoliplar; kategorial-semantik aspektda esa yadroda-tipik, chekkada oraliq shakl va mazmunlar; funksional planda esa markazda - ko‘p qo‘llanuvchi, periferiyada – kam qo‘llanuvchi shakllar tushuniladi. [ Gak V.G. 26] Periferiyadagi so‘zlarning ma’lum bir qismi so‘z turkumining bir necha turkumlarga xos belgilarni namoyon qiluvchi gibrid so‘zlar qatlamini tashkil qiladi. Har bir so‘z turkumida ko‘chuvchan qatlam mavjud va


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 49 unga oid so‘zlar nutqda ko‘proq ko‘chishga uchraydi. Bunday so‘zlarning miqdori, tabiiyki, so‘z turkumining yadro qismiga doir so‘zlar miqdoridan ancha oz. Chunki, so‘z turkumlarining asosiy tasnifiy belgilarini tashuvchi so‘zlar ana shu xususiyat to‘la aks etmagan so‘zlar miqdoridan ko‘p bo‘lmasa, bu so‘z turkumlarining mavjudiyati xavf ostida qolishi mumkin. Shunga ko‘ra tilimizdagi so‘z turkumlarining yadroviy va periferial qismlari o‘rtasidagi munosabatlarni quyidagicha ta’riflash mumkin: 1.Otlardagi yadro va periferiya munosabatlari. 2. Fe’llardagi yadro va periferiya munosabatlari. 3. Tasviriy so‘zlar (tasviriy otlar, tasviriy fe’llar, tasviriy sifat va ravishlar) dagi yadro va periferiya munosabatlari. 4. Sonlardagi yadro va periferiya munosabatlari. 5. Sifat va ravishlardagi yadro va periferiya munosabatlari. 6. Olmoshlardagi yadro va periferiya munosabatlari. 7. Yordamchi so‘z turkumlaridagi yadro va periferiya munosabatlari. 8. Undovlar va modal so‘zlardagi yadro va periferiya munosabatlari. So‘z turkumlari til tarkibidagi eng muhim mikrosistemalardan biri, tabiiyki, mazkur mikrosistema – so‘z turkumlari paradigmasi ham o‘z tarkibidagi unsurlarning oddiy yig‘indisidan iborat emas; u turkumlar ichida va ular o‘rtasidagi murakkab munosabatlarining jami sifatida zohir bo‘ladi. Bu o‘zaro aloqa va o‘zaro ta’sir jarayonlari semantik maydonda yuz beradi. So‘z turkumlari o‘zaro yaqin tafakkuriy, tarixiy-geneologik, ierarxik aloqalar kabi paradigmatik aloqa turlari bilan o‘zaro bog‘langan, so‘z turkumlari tilda paradigma shaklida mavjud. Til tizimini maydon sifatida qarash til birligining mohiyatini u ifodalaydigan ma’no, bajaradigan vazifasi va bu ikki vazifaning ayni paytda bajarishi nuqtai nazaridan semantik, funksional yoki funksional-semantik tamoyillar asosida ochib berish vazifasini qo‘yadi. Ushbu yondashuvga asosan tizim ichidagi tuzilish va uni tashkil etgan unsurlarning o‘zaro munosabatlari


Click to View FlipBook Version