The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by ismoilzoda2021, 2023-05-31 04:42:54

1-сон журнал. 26-май. 2023.

1-сон журнал. 26-май. 2023.

Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 50 maxsus shakl va mazmunga ega ekanligini taqozo qiladi. Bu esa maydonda yadroperiferiya qismlari va ular o‘rtasida tegishli munosabatlar mavjudligini ko‘rsatadi. Maydonning asosiy xususiyatlarini ifodalovchi unsurlar markazda (yadroda), bu xususiyatlarni oz ifodalaydigan unsurlar esa periferiyadan (chekka qismlardan) joy oladi. Maydonning yana bir xususiyati uning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi aloqalarning doimiyligi va yadroviy qismlarning periferiyaga va aksincha periferial unsurlarning yadroga siljishi. So‘z turkumlari yadrosi deganda ushbu turkumning barcha tasnifiy belgilarini (jumladan, semantik, funksional…) o‘zida jamlagan so‘zlar tushuniladi. Periferiyani esa so‘z turkumiga xos bo‘lgan tasnifiy belgilarning biri mavjud bo‘lmagan yoki o‘sha belgi boshqacha ahamiyat kasb etgan so‘zlar tashkil etadi. So‘z turkumlari sathidagi yadro-periferiya munosabatlarini belgilashda so‘z turkumlari paradigmasidagi yadroviy va periferial turkumlarni aniqlash hamda bir so‘z turkumi doirasidagi so‘zlarning yadro va periferial qismlarini baholash tamoyiliga asoslanish maqsadga muvofiq. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, turkiy tillarda, shu jumladan, o‘zbek tilidagi so‘z turkumlari paradigmasi va ulardagi yadro-periferiya munosabatlari eng qadimgi til birliklarining taraqqiysi, tarmoqlanishi hamda turkumlarning o‘zaro aloqasi bilan baravar yuz bergan. Tilning morfologik tizimi taraqqiyotida eng muhim rol o‘ynovchi faktorlaridan biri so‘z turkumlari differensiatsiyasi. Differensiatsiya bir turkumning boshqa turkumga yasalish, kelib chiqish, tadrij uchun asos bo‘lishi demakdir va bu til kabi geterogen (o‘z materialidan o‘zi uchun birlik yasaydigan, keltirib chiqadigan, o‘zidan ko‘payadigan) tizim uchun eng muhim mexanizm. O‘zbek tilida so‘z turkumlarining kategorial ma’nolari va nutqiy funksiyalarining mutanosibligi so‘z turkumlarining o‘zaro aloqasining asosida turganligi uchun, so‘z turkumlari paradigmasi va alohida olingan so‘z turkumlari doirasida yadro va periferiya munosabatlariga jiddiy ta’sir o‘tkazadi.


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 51 Inson ongida assotsiativ tushunchalar orqali ifodalanadigan axborot eng ko‘p albatta ot (ism) va fe’llar ifodalaydigan tushunchalar. Shu sababli substansiya va relevant sifatidagi ot va fe’l ob’ektiv borliqdagi axborotlarning asosiy qismini o‘zida ifodalaydi va shu xususiyati bilan o‘z auidensiyalari hamda munosabat ifodalovchi so‘zlar turkumlari (bog‘lovchi, ko‘makchi, yuklama, modal, undov so‘zlar) dan farq qiladi. Relyativlar ot va fe’l ifodalagan predmetlar, harakatjarayonlar o‘rtasidagi fazoviy, davriy, sababiy, bog‘liqlik va qarama-qarshilik munosabatlarini ifodalaganlari uchun ularning semantik yuklanmasi ikkilamchi. Ot-fe’l juftligi o‘zining leksik, semantik, sintaktik, so‘z yasalish, funksional salohiyati bilan o‘zbek tili so‘z turkumlari lingvosferasi yadrosida turadi. So‘z turkumlari lingvosferasidagi periferiyada joylashish ham bir tekis emas, chunki, ot-fe’lga xos bo‘lgan ba’zi belgilari ega bo‘lmagan tasviriy so‘zlar yadro sohasidan keyingi birinchi doiraga, sifat, son, olmosh - ikkinchi doiraga, yordamchi so‘z turkumlari hamda undov va modal so‘zlar undan keyingi doiralarga joylashadilar. Yadro va periferial so‘z turkumlari orasidagi munosabatlar shakllari, bizningcha, quyidagicha: markazning chekka sohalarga uzluksiz ta’siri gapni shakllantiruvchi asos komponentlar sifatida ism va fe’l periferial birliklarning mavjudiyatini ta’minlab beradi, periferial birliklar esa ism va fe’ldan o‘zlariga mos keluvchi spesifik semantik komponent va hamda fonetik-akustik struktura oladi; buning evaziga ism-fe’l juftligiga nutqiy faoliyatda «yordamga keladi» va aksincha. Shu sababli yadro-periferiya aloqalarining bu turini so‘z turkumlariaro tarixiy-geneologik aloqalarni, diaxron plandagi ko‘chishni, grammatikalizatsiya va leksikalizatsiya hollarini ifodalaydi, deyish mumkin. O‘zbek tilshunosligida so‘z turkumlarini tadqiq etishda hozirga qadar asosiy e’tibor so‘z turkumlari tasnifiga qaratilib kelganligi, boshqa bir muhim masala – so‘z turkumlarining o‘zaro munosabati, ularning kesishuv nuqtalari, yaqinlashuvi va uzoqlashuvi ko‘pincha nazardan chetda qolishiga olib keldi. So‘z turkumlari


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 52 tarkibidagi yadro va periferial qismlar va ular o‘rtasidagi munosabatlar masalasi ham shular qatorida turadi. Turkumlar ham bir tekis, leksik, semantik, morfologik, sintaktik, funksional xususiyatlari barqaror bo‘lgan birliklardan iborat emas. Ular tasnif asoslariga qo‘yilgan parametrlarning mavjudligi/mavjud emasligiga, o‘zlarining lisoniy salohiyatiga ko‘ra yadroviy va periferial qismlarga ajraladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Gak V.G. Teoreticheskaya grammatika fransuzskogo yazыka, s. 25-26. 2. Боровков А. О частях речи в языках тюркской системы // Революция и письменность, 1936, № 2, с. 91-92. 3. Kipriyanov V.F. Problemы teorii chastey rechi i slova-kommunikativы v sovr. russkom yazыke. – M.: MOPI, 1983, s. 40-41; Gak V.G. Teoreticheskaya grammatika fransuzskogo yazыka, s. 58. 4. Неъматов Ҳ., Бозоров О. Тил ва нутқ. – Тошкент: Ўқитувчи, 1993, 10-б. 5. Киприянов В.Ф. Проблемы теории частей речи и словакоммуникативы в совр. русском языке. – М.: МОПИ, 1983, с. 40-41 6. Eltazarov J.D. So‘z turkumi paradigmasidagi o‘zaro aloqa va ko‘chish hollari, 96-101 – b.


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 53 Ramiz SATTAROV 南京工业大学 Nanjing tech.University The faculty of International Law. Email address [email protected] Dilnoza SADULLAYEVA Samarqand Davlat universiteti Filologiya fakulteti 3-kurs talabasi ALISHER NAVOIY VA VILYAM SHEKSPIR IJODIDA MUHABBAT MAVZUSI Annotatsiya: Maqolada Navoiyning “Farhod va Shirin” hamda Shekspirning “Romeo va Julyetta” asarlari misolida Sharq va G’arb adabiyotlarida ishq-muhabbat mavzusi tarannumi, ikki millat, ikki din, ikki mintaqa yoshlarining sevgi fojiasi, shuningdek, ikki buyuk daho ijodkorning betakror qahramonlarni yaratishdagi cheksiz badiiy mahorati xususida fikr yuritilgan. Kalit so’zlar: Sharq va G’arb, uyg’onish davri, muhabbat, she’riyat sultoni, muhabbat, komil inson, jaholat. Ramiz Sattarov, Dilnoza Sadullayeva THE THEME OF LOVE IN THE WORKS OF ALISHER NAVOI AND WILLIAM SHAKESPEARE.


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 54 Annotation: "Farhod and Shirin" by Alisher Navoiy and "Romeo and Juliet" by William Shakespeare are examples of great love in Eastern and Western literature, which testifies to the boundless artistic skill of great writers. Key words: East and West, Renaissance, love, sultan's poetry, love, perfect man, ignorance. Рамиз Саттаров, Дилноза Садуллаева ТЕМА ЛЮБВИ В ТВОРЧЕСТВЕ АЛИШЕРА НАВОИ И ВИЛЬЯМА ШЕКСПИРА Аннотация: В статье на примере «Фархада и Ширин» Навои и «Ромео и Джульетты» Шекспира воспета тема любви в восточной и западной литературе, любовная трагедия молодых людей двух народов, двух религий, двух регионов, а также неповторимые характеры двух великих творческих гениев. Ключевые слова: Восток и Запад, эпоха Возрождения, любовь, султан поэзии, любовь, совершенный человек, невежество. Sharq va G’arb uyg’onish davrlari madaniyatlarining bir-biridan farqlanadigan jihatlari shundan iboratki, Sharq uyg’onish davrida asosiy e’tibor inson ma’naviyatini yuksaltirishga, uning ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo’lsa, G’arb uyg’onish davrida inson moddiy ehtiyojlari va manfaatlarini qondirish alohida vazifa qilib qo’yilgan. Kunchiqar va Kunbotar davlatlari o’rtasida madaniyatning yaqinlashuvi, bir-biri bilan aloqalar almashinuvi Buyuk Ipak yo’li savdosi yo’lga qo’yilgandan boshlangan. Endilikda bu aloqa necha asrlardan buyon davom etmoqda. Agar Sharq va G’arb ma’naviyatiga e’tibor berilsa, Sharqda ma’naviy barkamol insonni shakllantirishga e’tibor berilganligini, kishilar o’rtasidagi munosabatlar axloqiy barkamollikka, diyonatlilik asosiga qurilganligini ko’rishimiz mumkin. G’arb madaniyatida esa asosiy e’tibor kishining moddiy jihatdan ta’minlanganligiga qaratilgan. Shu boisdan, G’arbda ko’proq moddiy manfaat ustunlik qiladi. Umuman olganda, Uyg’onish davri madaniy taraqqiyotining eng muhim xususiyati ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyotda muayyan etnik birliklarning milliy


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 55 madaniyatni, milliy qadriyatlarni qayta tiklash yuksaltirishga bo’lgan yuqori darajadagi bunyodkorlik intilishlari bilan xarakterlanadi. Mana besh asrdan ortiq davr mobaynida Alisher Navoiy xalq faxri, tilimizning yaratuvchisi, porloq quyoshi, she’riyat mulkining sultoni bo’lib kelmoqda. Alisher Navoiydek shoirlar tasodifan dunyoga kelmaydi. Buning uchun juda o’xshash shakllangan ijtimoiy-madaniy muhit va rivojlangan iqtisodiy-siyosiy sharoit zarur. Navoiy shaxsiyati Amir Temur asos solgan buyuk saltanat bilan, shu saltanatdagi ma’rifiy-ma’naviy ko’tarilishlar bilan bog’liq. Husayn Bayqaro hukmronligi davrida shakllangan iqtisodiy, siyosiy, madaniy hayot Navoiy ijodini ilhomlantirgan. “Xuroson va Movarounnahr tarixida, - deb yozgandi akademik Izzat Sulton, - “Temur va temuriylar davri” deb atalmish palla Alisher Navoyning tahsini va g’ururini uyg’otardi, chunki bu davr turk ulusi zodagonlarining hokimiyat boshiga kelishi va milliy madaniyat, adabiyotning taraqqiy davri bo’ldi. Zotan Xuroson va Movarounnahr, bu davr tarixi shoirning bunyodga kelishiga zamin hozirlagan va Alisher Navoiy so’z taqdiri va tarixiy missiyasi bilan bu davr orasida uzviy, chambarchas aloqa borligini sezardi”[4;15]. Shu boisdan ham Alisher Navoiy fikri ochiq, ruhiyati sog’lom, to’g’rilik, rostlik va haqiqatni umr mohiyati deb bilgan ko’p ijod qilish zarurligini chuqur his qilgan. So’z bilan odamni anglash, so’z bilan yolg’onni haqiqatga aylantirishga urinish millat manfaati uchun katta ziyon va kechirilmas qabohat ekanligini Navoiy har narsadan ortiqroq tushungan. Ulug’ shoir butun ijodiyoti mobaynida “So’zda, Navoiy, ne desang, chin degil” degan talab va shioridan mutlaqo chekinmagan. Bu - ijod tajribasida juda siyrak uchraydigan hodisa. Alisher Navoiy o’n beshdan ziyod she’riy shakllarda qalam tebratgan. U g’azal, ruboiy, tuyuq va boshqa turdagi she’rlarida insonga xos jamiki go’zal histuyg’ular, to’g’rilikka chorlovchi ma’nolarni tasvirlab bergan desa, mubolag’a bo’lmaydi. Alisher Navoiy o’zbek tilida ilk marotaba “Xamsa” yaratishi chinakam ijodiy jasorat bo’ldi. “Xamsa” - besh ulkan dostonni o’z ichiga olgan mukammal asar. Har dostonning so’zi bir olamdirki, undagi g’oyalar, haqiqatlar, necha o’nlab


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 56 qahramonlar taqdiri insoniyat qalbini abadulabad zavqlantirishga qodir. Alisher Navoiyning buyukligi va xalqimiz tarixidagi xizmatlari mutafakkir shoirligi bilan belgilanmaydi, albatta. Alisher Navoiy badiiy ijod jabhasida qanchalik tengsiz bo’lsa, ilmda, olimlikda ham shunchalik benazir. Alisher Navoiyning tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarix va tasavvufshunoslikka bag’ishlangan asarlari hanuzgacha so’zning ilmiy qimmatini boy bergani yo’q. Tilimiz, adabiyotimiz muommolarini hal qilishda bu nodir tadqiqotlarga qayta-qayta murojaat qilishimiz, ayniqsa, yosh avlod ulardan puxta xabardor bo’lishi zarur. Alisher Navoiyning hayoti, adabiy, ilmiy merosini o’rganish olijanob mehnat. Navoiyni qanchalik chuqur va puxta bilsa, ma’rifat, ezgulik, komillik sirlarini shunchalik kengroq egallaydi. Uning so’zlari diliga o’rnashgan odam, o’zi istasa-istamasa odamiylik sharafi va kuchquvvatini idrok etadi. Navoiyning saboqlariga amal qilgan kishi xalq dardu tashvishlarini yengillatishga harakat qiladi, fikrni - fikrsizlikka, ilm-ma’rifatni - nodonlikka va jaholatga qarshi qurol o’rnida ishlatadi. Navoiyni yetarli darajada bilish - adolat, diyonat va imon-e’tiqodning kuchiga ishonch demakdir. Ko’nglida shu ishonch g’olib bo’lgan odamlar soni jamiyatimizda qancha ko’paysa, insoniy muammolar har qalay kamayadi. Kishi Navoiyni qancha ko’p o’qib, ma’no mohiyatini qancha ko’proq anglay boshlasa, fikr-mushohada mehnatidan o’shancha huzurlanadigan, ruhning qudratiga sehriga ortiqroq ishonadigan bo’lib


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 57 boraveradi. Asta- sekinlik bilan bo’lsa- da, tuban mayllar, qahrli tuyg’ular, sayoz va qiymatsiz tushunchalari qalbdan yo’qola boshlaydi. Eng muhimi, siz o’z g’aflatingiz “chegara”sini ko’rish, Navoiy talab qilganidek, noqisliklaringiz isbotidan cho’chimaydigan holda ko’tarilishga urinasiz. Bu umidbaxsh urinish jarayonida o’zingizga bir narsani haqiqati va mohiyatini aniqroq, teranroq kashf etishga ahd qilasiz. Navoiyning barcha asarlari biz yoshlarni har tomonlama yetuk komil shaxs bo’lib ulg’ayishimizda bizga katta kuch bo’la oladi. Uning purma’no fikrlari har bir shaxs uchun ibrat maktabidir. Navoiy ijodi boy bir daryoki, har avlod undan qongunicha bahramand bo’lsa ham, bu daryoning duri kamaymaydi [3;5]. Navoiyning asarlariga to’xtaladigan bo’lsak, Xamsaning “Farhod va Shirin” dostoni jahon adabiyotining muhabbat bobida yaratilgan shoh asarlaridan biridir. Dostonda ikki beg’ubor yoshning muhabbati kuylangan bo’lib, bundan tashqari odamiylik, insonparvarlik, adolat, shafqat, do’stlik, mehr-muruvvat kabi tuyg’ular ham qalamga olingan. Bunday dostonlar Navoiydan oldin ham “Xusrav va Shirin” nomi bilan yozilgan. Alisher Navoiy Xamsani birinchi bo’lib turkiy tilda yozgan. Unda sevgi-muhabbat bilan bir qatorda o’sha davr muhitini ham ochib berilgan. Bu esa asarning muvaffaqiyatiga yana bir asos desak mubolag’a bo’lmaydi. Doston syujeti Chin xoqonining farzandsizligi va shahzoda Farhodning “yo’qlik xonasidan borliq gulshaniga kelgani” ta’rifi bilan boshlangan. O’g’il farzand ko’rgandan so’ng hoqon xalqqa ehson berib, uch yil soliqlardan ozod etadi. Unga ism qo’yishda firoq, rashk, hajr, oh va dard so’zlariini birlashtirib Farhod deb nom beradi. Ismi jismiga mos bo’lgan Farhodning ismidagi ma’nolar uning taqdirida ham namoyon bo’ladi. Otasi uning uchun hamma narsaga tayyor edi, lekin Farhod hayotida quvonch yo’qdek, faqat g’amgin yurar edi. Otasi uning xursand bo’lishi uchun to’rt faslga mos qasr qurdiradi, lekin Farhodning shunda ham ko’ngli yorishmaydi. Bir kuni qasr xazinasiga kirganida Shirinning jamolini ko’rib hushini yo’qotadi va uning Arman yurtidan ekanligini bilib, uning tomon oshiqadi. Bu ikki yoshning boshiga muhabbatning qiyin savdolari tushadi. Arman yurti podshosi Xusrav ham Shiringa og’iz solib yurgan edi. Ular o’rtasida urushda Farhod g’olib


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 58 chiqaveradi, shundan so’ng Xusrav hiyla yo’liga o’tib, Shirinni o’ldi, deb gap chiqaradi. Buni eshitgan Farhod uning ishqida oh-voh chekib, bu hayotni tark etadi, hali o’lmagan Shirin esa Farhodni ko’rib haqiqatan ham hayotdan ko’z yumadi. Naqadar kuchli muhabbat! Sevgi hamma narsani yengadi. Alloh faqat sinovlardan o’ta oladigan qalbga muhabbat urug’ini sochadi. Huddi mana shu jarayon, mana shunday holat G’arbda ham sodir bo’ladi. Muhabbat shunday narsaki, u zamon, makon, millat, odam tanlamaydi. Alloh qalbga muhabbat o’tini soldimi albatta yetishguncha barcha azoblarni boshdan kechiradilar. Va chin oshiqlar tarixga muxrlanadi. Huddiki, “Farhod va Shirin”, “Romeo va Julietta” singari odamlar yodida qoladi. Bo’lmasa ishq, ikki jahon bo’lmasun, Ikki jahon demaki, jon bo’lmasun, Ishq ul tanki, aning joni yo’q, Husnni netsun kishikim, oni yo’q. Mashhur ingliz adibi, dramaturg va aktyor Uilyam Shekspir. Buyuk nemis shoiri Iohann Bolfgang Gyote ta’riflaganidek, “Shekispir bepoyon”- uning merosi,


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 59 mana to’rt asrki, dunyo xalqlarini o’ziga rom qilib kelmoqda. Shekspir dunyo ahliga eng avvalo dramaturg sifatida ma’lum bo’lsa-da, uning sonetlari jahon she’riyatining eng yorqin va betakror asarlari xazinasidan munosib o’rnini topgan. Taniqli ingliz shoiri Uilyam Vordsvort “Sonetlar Shekspir dil qulfini ochguvchi kalitdir”, deb yozganida ming karra haq edi. Vatanimiz O’zbekistonda ham Shekspir nomi, uning mashhur asarlari kitobxon va tomoshabinlar qalbida chuqur joy olgan. Shekspir vafot etgan bo’lsa-da, satrlari boqiydir. Uning shoh asarlari asrlar osha necha avlod o’quvchilari uchun ham yuksak san’at namunasi vazifasini o’tayverishi shubhasizdir. Uning butun dunyoga mashhur “Romeo va Julyetta” asari sevgi hikoyasidir. Buyuk asarlar o’lmasligi haqiqatan rost. Bu asar ham o’tgan asrlarda yozilishiga qaramay, bu sevgi hikoyasi qalblarga ta’sir qiladi va sizni hayotning mohiyati haqida o’ylashga majbur qiladi. Montague va Kapuleti ko’p yillar davomida urushib kelgan va ehtimol nafratlanishining sababini ham unutgan ikki oila. Ammo ularning sevgisi qabila adovatidan kuchliroq, xurofat va yengib bo’lmaydigan to’siqlardan kuchliroqdir. Bu sevgining buyuk kuchi hamma narsani, hatto o’limni ham yengadi. Taqdir bu oilalarning farzandlarini bir-birlarini telbalarcha sevib qolishga buyuradi. Romeo va Julyetta yashirincha turmush qurishga qaror qilishadi. Ammo Romeo janjal paytida Julyettaning amakivachchasi Tibaltni o’ldiradi va shahardan surgun qilinadi. Umidsiz qolgan qiz zahar ichib, o’zini o’ldirmoqchi bo’ladi, lekin rohib eleksir berib uni vaqtincha uxlatib qo’yadi. Oila Juliettani vafot etdi, deb o’ylab, uni qabrga qo’yadi. Rohib bilan kelishuvdan xabarsiz Romeo bunga chidolmay, zahar ichadi. Uyqudan uyg’ongan Julyetta oyog’ida jonsiz Romeoni ko’radi va qiz ham sevgilisiga erishishga qaror qilib, o’z ko’ksiga pichoq uradi. Farzandlarning o’limi ikki oila o’rasidagi murosasiz janjallarning tugashiga, tinch-totuv yashashga olib keladi. Ammo bu tinchlik badaliga hayot ularni juda ko’p narsalardan mahrum qildi, eng avvalo, ularning jondan aziz farzandlaridan ayirdi. Muhabbat shunday narsaki, uni o’zi chin yurakdan sevib qolgandagina tushunadi, sinovlariga bardosh bera oladi. Haqiqatan sevgan inson muhabbati uchun hamma narsaga tayyor bo’ladi, hatto jonidan kechishga ham. Bizning qahramonlarimiz singari. Bu faqat


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 60 muhabbatini Alloh uchun sevganlarga xosdir. Muhabbat xoh sharqda bo’lsin, xoh g’arbda bo’lsin muhiti, mentaliteti boshqa bo’lishi mumkin, ammo qalblari o’xshash bo’ladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Navoiy A. Xamsa. - T.: Sharq, 2016. 2. Shekspir U. Romeo va Julyetta. - T.: G’ofur G’ulom, 1996. 3. Sulton I. Ustod saboqlari. - “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, 2009. 11-son, 3-5-bet 4. Haqqul I. Navoiyga qaytish. - T.: Fan, 2007. 13-15-bet 5. https: // www.ziyo.uz


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 61 Muharram Jurabekovna QURBONOVA SamDU 1-bosqich magistranti +998974085234 [email protected] BUYUK IPAK YOʻLI XALQLAR TARIXI, MADANIYATI VA TILSHUNOSLIGIDAGI OʻRNI Annonatsiya: Ushbu maqolada Buyuk ipak yoʻlining vujudga kelishi, nega bu nom bilan atalishi, bu yoʻlda yashagan aholining tarixi, ijtimoiy ahvoli, madaniyati, dini va tilshunosligi haqida soʻz yuritiladi. Buyuk ipak yoʻlining faqatgina savdo yoʻli boʻlibgina qolmay, shu bilan birga xalqlar tarixidagi madaniyatning rivojlanishi hamda oʻzgarishlarga sabab boʻlishi, oʻzaro madaniy almashinuvga sabab boʻlishi haqidagi xususiyatlari haqida gap yuritiladi. Kalit soʻzlar: Buyuk ipak yoʻli, madaniyat, Soʻgʻd, Xitoy, Markaziy Osiyo, Sharqiy Turkiston, Eron, nefrit yoʻli, lazurit yoʻli


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 62 Мухаррам КУРБАНОВА История, культура и лингвистика народов Великого шелкового пути. Аннотация: В данной статье рассказывается о создании Великого шелкового пути, почему он был назван именно таким именем, истории, социальном положении, культуре, религии и языкознании людей, живших на этом пути. Обсуждаются особенности Великого шелкового пути не только как торгового пути, но и как причины культурного развития и изменений в истории народов, взаимного культурного обмена. Ключевые слова: Великий Шелковый Путь, Культура, Согд, Китай, Средняя Азия, Восточный Туркестан, Иран, Нефритовый Путь, Лазуритовый Путь Muharram KURBANOVA History, culture and linguistics of the peoples of the Great silk road. Annotation: This article talks about the creation of the Great Silk Road, why it was called by this name, the history, social condition, culture, religion and linguistics of the people who lived on this road. The characteristics of the Great Silk Road not only as a trade route, but also as a cause of cultural development and changes in the history of nations, as well as mutual cultural exchange, are discussed. Keywords: Great Silk Road, Culture, Sogd, China, Central Asia, East Turkestan, Iran, Jade Road, Lazuli Road


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 63 Buyuk Ipak yoʻli — insoniyat rivojlanishi tarixining, uning birlashuvga hamda madaniy qadriyatlari bilan almashishga, hayotiy fazo-yu mahsulotlarni sotish uchun bozorlarga erishishga intilishining oʻziga xos boʻlgan hodisasidir. Sharqda aytiladigan naqlga qaraganda: „Oʻtirgan — boʻyra, yurgan — daryo“.[2.90] Harakatlanish — bu hayotdir, sayohat qilish, jahongashtalik doimo taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi boʻlgan edi. Insoniyat tarixida eng ulkan boʻlgan ushbu qitʼalararo savdo yoʻli Yevropa va Osiyoni bir-biriga bogʻlab, oʻtmishda antik Rim davlatidan to Yaponiyaning qadimgi poytaxti Nara shahrigacha choʻzilgan edi. Albatta, sharq va Gʻarb oʻrtasidagi savdo oʻtmish qaʼriga choʻkkan qadim-qadim zamonlardan beri olib borilar edi, lekin bu kelgusida bunyod etilgan Buyuk yoʻlning alohidagi qismlari edi. Savdo aloqalari hosil boʻlishiga Markaziy Osiyo togʻlarida yarim qimmatbaho toshlar — Sharqda nihoyatda qadrlangan lazurit, nefrit, aqiq, feruzalar qazib chiqariladigan konlarni topib, qazib olish koʻp jihatdan koʻmaklashgan. Masalan, Markaziy Osiyodan Eronga, Mesopotamiyaga va hatto Misrga lazurit toshi yetkazib beriladigan „lazurit yoʻli“ mavjud edi. U bilan bir paytda „nefrit yoʻli“ ham tarkib topgan, bu yoʻl Xotan va Yorkent tumanlarini Shimoliy Xitoy mintaqalari bilan bogʻlar edi. Bundan tashqari, Old Osiyo mamlakatlariga Soʻgʻdiyona va Baqtriya davlatlaridan aqiq toshlari olib ketilar edi, Xorazmdan esa feruza keltirilgan. Bu yoʻnalishlarning barchasi oxir-oqibat Buyuk Ipak yoʻliga kirib mujassamlashgan. Markaziy Osiyodan Gʻarbga va Janubga oʻtkazilgan karvon yoʻllarini hamda Xitoydan Sharqiy Turkistonga olib boradigan yoʻllarni oʻzaro bogʻlab bergan buyuk yoʻlning haqiqiy boshlanishini tarixchilar eramizdan avvalgi ikkinchi asrning oʻrtalarida, deb hisoblaydilar, oʻsha davrda xitoyliklar uchun ilk bora Gʻarb oʻlkalari — Markaziy Osiyo davlatlari kashf etilgan edi. Yirik siyosiy oʻzgarishlar davri boʻlgan V asrdan soʻng Ipak yoʻli Xitoyni Eron xalqlari, ayniqsa, Soʻgʻdning markazi Samarqand aholisi bilan bogʻlay boshladi. Tang sulolasining dastlabki davrida (618-907) yoki 755 yilgacha Xitoy qoʻshini oʻz batalyonlarini hozirgi Shinjon hududida joylashtirdi va askarlar turli


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 64 tovarlar sotib olib, mintaqaning boyishiga ham hissa qoʻshdilar. Bu davrda Tan egaliklarining poytaxti Changʻan shahri bilan Samarqand oʻrtasida yoʻl oʻtgan. Shimoldan uning shimoliy qismi Takla-Makanni, janubiy qismi esa janubiy cho'llardan o'tgan. Yana bir yo‘l shimolga bir necha yuz kilometr o‘tloqlar orqali o‘tib, Mo‘g‘ullar imperiyasining poytaxti Qorakorumni g‘arbiy yo‘nalishlar bilan, Sibir hududlari orqali Qora va Kaspiy dengizlari bilan bog‘laydi. Yo‘lning bu qismi 1200-1300 yillarda ishlatilgan. Xitoyni Janubi-Sharqiy Osiyo, Hindiston va Islom davlatlari bilan bog‘lagan Dengiz ipak yo‘li asosiy dengiz yo‘nalishlari Yevropaga ko‘chib o‘tganda 400 dan 1500 gacha foydalanilgan. Tan sulolasi davrida Xitoyga migratsiya darajasi ancha yuqori edi. Emigrantlar muhitida ham, mahalliy aholi bilan ham emigrantlarning assimilyatsiyasi mavjud edi. Ipak yo'li nafaqat tijorat nuqtai nazaridan, balki tarixiy nuqtai nazardan ham - Sharq va G'arb o'rtasidagi madaniy, diniy, lingvistik va texnologik almashinuvning asosiy manbai sifatida muhim edi.[1.23] Ipak yo‘li bo‘ylab inson harakatining asosiy qismini qochoqlar tashkil qilgan. Xitoy qochqinlari Gʻarbga koʻchib oʻtgani bilan Samarqand, Hindiston va boshqa mamlakatlardan ham Xitoyga koʻchib oʻtgan. Muhojirlar Xitoyga yetib


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 65 borganlaridan keyin turli ishlar bilan shug‘ullana boshladilar. Masalan, 4-asr boshlarida eri qoldirgan ayol qizi bilan qoʻy bora boshlagan. Xitoyga kelgan So'g'diyonaning sobiq aholisi turli faoliyat bilan shug'ullangan: qishloq xo'jaligi, hunarmandchilik, veterinariya yoki harbiy xizmat.[1.72] Buyuk ipak yo‘lida qadimiy tillarda so‘zlashuvchi aholidan biri bu so‘g‘dlar hisoblanadi. Ular so‘g‘d tilida gaplashishgan. Sugʻd alifbosi — mil. 1—9-asrlarda mavjud boʻlgan, oromiy yozuvi asosida shakllangan harf tovush yozuvi; u bir manba — oromiy yozuvidan tarqalganligiga koʻra suryoniy yozuviga yaqin turadi, lekin ular parallel holda mustaqil shakllanib, rivojlanganlar. Zarafshon daryosining vodiy va yuqori oqim qismlarida joylashgan Sugʻd (Sugʻdiyona) viloyatida qoʻllangan. Dastlab unda 22—23 harf mavjud boʻlib, ularning deyarli barchasi qad. oromiy prototipiga borib taqalgan va joylashishi ham oromiy alifbosidagi singari boʻlgan. Keyinchalik, 4-asr boshlarida baʼzi harflarning alifbodan chiqib ketishi, baʼzi harflarning shaklan bir-biriga yaqinlashuvi, oʻxshab qolishi natijasida harflar soni 17 tadan iborat boʻlib qolgan. Syo. dastlabki paytlarda grafik shakllari boʻyicha oromiy yozuvidan unchalik farq qilmagan, ligaturalar koʻp boʻlmagan. 7- asr oʻrtalarida esa Syo. ning kiya (kursiv) shakli paydo boʻlishi bilan ligaturalar koʻpaygan, koʻplab harflarning yozilishi bir-biriga oʻxshab qolgan. Bu holat qiya yozuvni qiyinlashtirgan va qoʻshimcha diakritik belgilar qoʻllanishini taqozo etgan.


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 66 So’gʻd alifbosi asosan gorizontal holatda oʻngdan chapga qarab yozilgan. Ammo sugʻdlar 6-asr oxiridan boshlab vertikal yoʻnalishda ham (devorlar va kryalarda) yozganlar, vertikal satrlar chapdan oʻngga tomon joylashib borgan. So’gʻd alifbesining milodiy 1-asrga oid eng qadimiy namunasi Samarqand yaqinidagi Talli Barzu degan joydan topilgan, eng soʻnggi namunalari esa 8-asr oxiri — 9-asr boshlariga mansub. Yodgorliklarning kupi 20-asrda Sharqiy Turkistondan topilgan. Shulardan biri 808—821 yillarda hukmronlik kilgan xoqon sharafiga bitilgan, uch tildagi (sugʻd, qad. turk va xitoy) qabr toshi yozuvidir. Syo. namunalarining aksariyati 4—8-asrlarga tegishli boʻlib, ulardan Mugʻ qalʼa harobasidan topilgan hujjatlar (1933) muhim ilmiy ahamiyatga ega. Ushbu hujjatlar va Syo.ning baʼzi boshqa yodgorliklarida sugʻd adabiy tili meʼyorlari, uning adabiy-badiiy uslubi yaqqol seziladi. Syo., oʻz navbatida, qadimiy turkiy runik yozuvi hamda uygʻur yozuv shakllantirish uchun asos boʻlgan. So’gʻd alifbosini va so’gʻd tilini oʻrganishga Sankt-Peterburglik olim V.A. Lifshits katta hissa qoʻshgan. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda ham oʻziga xos so’gʻdshunoslik maktabi vujudga kelgan: professor M. Ishoqov va uning shogirdlari so’gʻd yozuvi, so’gʻd tili va adabiyotining turli jihatlarini, xususiyatlarini oʻrganib kelmoqdalar. So’gʻd yozuvi yodgorliklarining asosiy qismi Sankt-Peterburg, London, Parij, Berlinda saqlanmoqda. Xulosa qilib aytganda, Buyuk ipak yoʻlining faqatgina savdo yoʻli boʻlibgina qolmay, shu bilan birga xalqlar tarixidagi madaniyatning rivojlanishi hamda oʻzgarishlarga sabab boʻlishi, oʻzaro madaniy almashinuvga sabab boʻlishi haqidagi xususiyatlari mavjuddir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Abbasov B.S., Meliev M., Eshmamatov E.D. Buyuk Ipak yo‘li: o‘tmish, bugun va kelajak. Sharqiy Osiyo gumanitar jamiyatining 20-xalqaro konferensiyasi. Osiyo mamlakatlari tamadduni va Ipak yo‘li. Xalqaro ilmiy anjuman materiallari. Samarqand 2019 yil.


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 67 2. Hoshimov M. Buyuk Ipak yo‘lining Samarqand viloyatidagi turistik yo‘l ko‘rsatkichi. Samarqand, “Zarafshon” nashriyoti, 2012 yil. 3. Mamarahimova B. Buyuk ipak yo‘li-sivilizatsiyalararo muloqot yo‘li. - Toshkent; 2010. 4. Mirziyoev SH.M. “Bir makon – bir yo‘l” – iqtisodiy taraqqiyotning yangi imkoniyatlari va manbalari // Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi. 3-jild. Toshkent, O‘zbekiston, 2019 yil 308- 309 betlar. 5.Sulaymonova F. Sharq va G‘arb.-Toshkent, 1997. 6.Xayrullayev M. O‘rta Osiyoda ilk uyg‘onish davri madaniyati.- Toshkent:Fan, 1994. 7.Кобзева О.Р. Великий шёлковой путь и мировая цвилизация. -Т 2002 8. Ставский.О.Р. Великий шёлковый путъ. 2000.


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 68 Zaripova Maftuna Bahrom qizi Jizzax davlat pedagogika universiteti BOSHLANG‘ICH SINFLARDA JAHON ADABIYOTI NAMUNALARINI O‘RGANISHNING TARIXIY BOSQICHLARI. Аннотация. Boshlang‘ich sinflarda jahon adabiyoti namunalarini maʼlum tarixiy jarayonni bosib o‘tgan. Ibtidoiy maktablardan tortib, hozirgi kun maktablarida o‘rganilayotgan jahon adabiyotini o‘rganish tarixi manbalar asosida tahlil qilingan. Kalit so‘z: Maktab, Boshlang‘ich sinf, jahon adabiyoti, nutq va yozuv, metodik usullar. Зарипова Мафтуна ИСТОРИЧЕСКИЕ ЭТАПЫ ИЗУЧЕНИЯ ПРИМЕРОВ МИРОВОЙ ЛИТЕРАТУРЫ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ. Аннотация: Изучение мировой литературы в началнцх классах прошло определенный исторический процесс. Начиная с первобатных школ сделан анализ, истории мировой литературы. На оснавне первоисточников изучение мировой литературыс первобытных времен до наших дней. Ключевое слово: школа, начальный класс, мировая литература, речь и письмо, методические приемы. Zaripova Maftuna HISTORICAL STAGES OF STUDYING EXAMPLES OF WORLD LITERATURE IN PRIMARY SCHOOL. Annotation. Styding world literature at primary classes undergone a definite historical process. Starting from primitive schools there has been made an analysis on the basis of the history of worl literature. Based on original sources the analysis has been made to the present day.


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 69 Keyword: school, elementary class, world literature, speech and writing, methodological techniques. Kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyoti davomida insoniyat bir necha mujizaviy neʼmatlarni kashf qilganlar. Bular moddiy va maʼnaviy ashyo bilan bog‘liq bo‘lib, birinchidan tabiiy rivojlanish bilan bog‘liq bo‘lgan ovoz, ikkinchidan fikrni ifodalash vositasi sifatida nutq, uchinchidan nutqni shakllantirish uchun lozim bo‘ladigan, bu yozuv va kitobdan iboratdir. Agar insoniyat ovoz, nutq va yozuv, yordamida o‘zaro munosabatlarni hosil qilish, hohish istaklarini, intilishlarini bir-biriga bayon qilish imkoniyatiga ega bo‘lsa, kitob vositasida o‘z ongini boyitish, nutqi, fikrlash va mantiqiy tafakkur yuritish qobiliyatini rivojlantirishga muvaffaq bo‘lgan. Agarda insoniyat tarixiga nazar solinsa, maʼlum dinlarning vujudga kelishida ham kitob asosiy vosita bo‘lganligini ko‘rish mumkin. Xususan, Muso alayhissalom “Tavrot”, payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) “Qurʼon” kabi muqaddas kitoblari orqali kishilar o‘rtasida o‘zlari mansub bo‘lgan din asoslarini targ‘ib qilganlar. Zero, og‘zaki bayon etilgan fikrlarni avloddan-avlodga uzatishda, ularda ifoda etilgan asl maqsad, g‘oya, qarashga ziyon yetadi, baʼzan shaklan ko‘p hollarda mazmunan o‘zgaradi. Mazkur, shaklan va mazmunan o‘zgarishi mumkin bo‘lgan holatni teran anglagan avlod-ajdodlarimiz yozuvni kashf etib, yuqorida tilga olingan muqaddas kitoblarni yozma shaklini targ‘ib qilib masalasini anglaganlar. Natijada, arab mamlakatlari bilan bir qatorda XIII asrdan boshlab Markaziy Osiyo arablar tomonidan bosib olingach, Arab xalifalari hamma masjidlar qoshida maktablar ochish haqida buyruq beradi. Bu maktablarning asosan maqsadi bolalarga arab harflarini o‘rgatish shu asosda, arab tilidagi “Qurʼon” suralarini o‘qish va yod olishga qaratilgan. Arab tilidagi matnni o‘qish, imkon darajasida sharhlash bolalar uchun bir muncha murakkab bo‘lib, aytish mumkinki, bu turkiy xalqlar uchun arab tili, madaniyatini, ularning turmush tarzini o‘rganish bilan bog‘liq-ilk tarixiy maʼlumotdir. Keyinchalik, maktab o‘quv dasturlarida fors-tojik tilidagi “Haftiyak”, “Chor kitob” o‘qitilgan. Chor kitobga asosan islom dini ruknlari, fors-tojik nazm va nasrda ko‘proq Imom Ismoil al-Buxoriy, Farididdin Attorning so‘fiyona asarlari kiritilgan Turkiston o‘lkasida asosan o‘zbeklar yashaganlari bois, forstojik tilidagi matnlarni o‘zlashtirishga qiynalganliklari tufayli, faqat yod olishga harakat qilganlar. Arab va fors-tojik tilidagi asarlarni o‘zbek millati bolalariga fors-tojik tilini o‘qitish, aytish mumkinki, bu Sharq tillariga mansub asarlarni o‘rgatishning ilk qadamlari hisoblanadi. Natijada, fors-tojik adabiyoti namunalarini o‘zbek tiliga tarjima qilish maktabi vujudga kela boshlaydi.


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 70 Bu jarayon ayniqsa, Xorazmda Muhammad Rahimxon Soniy hukumronligi davriga kelib, o‘lkada tarjima maktabini taraqqiyot bosqichiga ko‘taradi va yosh avlod tarbiyasi uchun muhim bo‘lgan pandnoma ruhidagi asarlarni tarjima qilishga alohida eʼtibor beradi. Natijada, Muhammad Rizo Ogahiy Koshkovusning “Qobusnoma”, Saʼdiy Sheroziyning “Guliston” va “Buston”, Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston”, Voiz Koshifiyning “Axloqi Muhsiniy” kabi asarlari fors-tojik tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Maktab va madrasalarda o‘rganila boshladi. Maʼlumki, xonliklar davrida va undan keyin ham o‘zbek xalqi ilm – maʼrifatdan bebahra bo‘lib qolganligi haqida ilg‘or maʼrifatparvarlar hamisha bong urib kelganlar. Ayniqsa, chor Rossiyasining Turkistonda maktab siyosatiga aralashuvi natijasida, yerli xalqni ruslashtirish maqsadida turkiy xalqlar maorifi tizimini ishlab chiqish masalasi amalga oshirila boshladi. Natijada, Turkistonda rustuzem maktablari vujudga kelaboshladi. Bu haqda pedagog olim. Ulug‘bek Dolimov: “1884 yilning 19 dekabrida shaharning mahalliy aholi yashaydigan qismida yerliklarning bolalariga ruscha savodni, o‘qish-yozishni hamda arifmetikadan to‘rt amalni o‘rgatish uchun rus-tuzem maktabi ochildi”, deya maʼlumot beradi. Olim eʼtirof etganidek, bu Turkiston o‘lkasida ochilgan birinchi rus-tuzem maktabi edi. “Bu maktablar asosan milliy o‘zbek yoshlariga rus tilini mukammal o‘rgatish, shuningdek, rus olimlari va yozuvchilarining asarlari asosida jaxon ilm-fani yangiliklaridan, qisman maʼlumot berishni nazarda tutadi.” Ammo rus-tuzem maktablarida o‘qitish darajasi juda ham past bo‘lib, ayniqsa, o‘zbek sinflarida dars beruvchi o‘zbek millatiga mansub o‘qituvchilarga oz miqdorda maosh to‘langan. Natijada, bu nohaqlikni anglagan rus ziyolilaridan biri, akademik V.V.Bartold taʼbiri bilan aytganda: “Viloyatdagi rus-tuzem va sof ruscha maktablardan hech biri yozish u yoqda tursin, hatto to‘g‘ri o‘qiy oladigan birorta ham mahalliy xalq kishisini yetishtirgani yo‘q.” Ammo, mahalliy xalq yoshlariga rus tilini o‘rgatishning maʼlum metodik usullari yaratilib amalda qo‘llanila boshlaydi. Yaʼni, tarjima usuli, rus tilidagi ayrim so‘zlarning o‘zbek tilidagi shaklini ko‘rgazmali qurol vositasida tushuntirish, boshqa o‘rinlarda esa, o‘quvchi zarurat bo‘lmagan o‘rinlarda ona tilidagi so‘zlardan foydalanmaslik va bunga odatlanmaslik ko‘nikmasini shakllantirishga harakat qilingan. Bundan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad, o‘quvchilar faqat rus tilidagi so‘zlarni eshitish va gapirishga o‘rgatishga qaratilgan. 1897 yilda Turkiston o‘quv yurtining bosh inspektori Kerenskiyning topshirig‘iga binoan metodist o‘qituvchi S.Gramenlitskiy rus-tuzem maktablari uchun dastlabki darsliklarni yaratadi. Darsliklar uch qismdan iborat bo‘lib, 1898


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 71 yilda bosilib chiqadi. Ular asosan to‘rt yillik boshlang‘ich sinflarning o‘quv rejasiga moslashgan bo‘lib, har yili o‘tiladigan mavzular maʼlum masalaga bag‘ishlangan. Birinchi yilda, jihozlar, va maishiy masalalarning nomlari o‘rganilsa, ikkinchi yilda dehqonchilik bilan bog‘liq narsalarning nomlari haqida maʼlumot berilgan. Uchinchi va to‘rtinchi yillarda esa, geografik nomlarning izohi, tarjimasi xususida so‘z yuritiladi. S.Gramenlitskiyning yaratgan darsliklarida tilga olingan mavzulari doirasida o‘qilgan hikoyalar, sheʼrlar masal yoki nasriy asarlardan olingan parchalar haqida ham so‘z boradi. Agar aytish mumkin bo‘lsa, darslik muallifi tomonidan tanlab olingan adabiy tur janrlardan rus tilidan shaxsan uzi o‘zbek tiliga tarjima qilib, o‘quvchilarga tavsiya qilib tanishtirganligini inobatga olsak, ilk marotaba turkistonliklar chet el adabiyoti (yoki o‘zga yurt adabiyoti) bilan tanishgan hisoblanadilar. Ammo, darslik muallifi va boshqa fan o‘qituvchilari rus-tuzem maktablarida o‘qiyotgan milliy xalq vakillariga Vatanga muhabbat tuyg‘usini ham ruslashtirishga, iloji boricha mahalliy xalq tili, urf-odatlari, madaniyati va tarixi, buyuk ajdodlari haqida maʼlumot bermaslikka harakat qilganlar. O‘zbek bolalari uchun tuzilgan uchala darsliklarda ham mahalliy xalq hayotini aks ettiruvchi birorta ham asar berilmagan. Darslikda keltirilgan hatto qishloq hayotiga bag‘ishlangan rasmlar ham rus hayotidan olingan lavhalardan iborat bo‘lgan. Adabiyotshunoslar A.Abdug‘afurov va F.Sulaymonovalarning bergan maʼlumotlariga ko‘ra,. O‘rta Osiyo Rossiya hududiga qo‘shib olingach, chet el adabiyoti namunalaridan D.Defoning “Robinzon Kruzo” asaridan parcha, Ezop va Lafonten masalalari grek donishmandlarining hikmatli so‘zlari kabi asarlar o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Ammo, darslik muallifi S.Gramenitskiy, bu tarjima asarlardan xabarsiz bo‘lganligi sabablimi uch qismdan iborat darsligining biror qismiga chet el adabiyoti xususida so‘z yuritilmaydi. Rus pedagoglari tomonidan tuzilgan darsliklardan farqli o‘laroq, jadidchilik harakatining ilk bosqichlarida “Usuli jadid” maktablari osilib, ular uchun milliy ruhdagi darsliklar yaratish masalasi keng tus ola boshladi. Ayniqsa, yosh milliy yosh avlodni maktabdan tashqari dunyoqarashlarini shakllantirishga fidoiy maʼrifatparvarlar alohida eʼtibor bera boshlaydilar. Bo‘ o‘rinda joylarda tashkil etilgan xususiy kutubxonalar faoliyati muhim maʼrifiy targ‘ibot markazi hisoblangan. Kutubxona xodimlari kitoblar sonini ko‘paytirish, kattalar va bolalarga mo‘ljallab kitob nusxalarini hattotlar tomonidan ko‘chirtirish ishlariga alohida eʼtibor berganlar. Bu masala bilan asosan jadidchilik xarakatining faollari jiddiy shug‘ullanganlar.


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 72 Masalan, maʼrifatparvar insonlardan biri Ishoqjon Ibrat o‘z uyida “Kutubxonai Ishokiya” deb nomlangan kutubxona tashkil qilgan. Ushbu kutubxona fondidan o‘zbek, rus, turk, tatar, fors-tojik tillarida yaratilgan adabiyotlar o‘rin olgan. Isohjon Ibratning kutubxonasi nafaqat u o‘qitgan o‘quvchilarga, shuningdek qishloq aholisiga ham xizmat qilgan. Kutubxonadagi kitoblar ularning mazmuniga, yo‘nalishga ko‘ra bir necha bo‘limlarga ajratilgan. Xususan, maktab o‘quvchilari uchun muljallangan bo‘limdan boshlang‘ich sinflar uchun S. Saidazizovning “Ustodi avval”, Abdulla Avloniyning “Birinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud axloq”, - A.Yusufbekhoji o‘g‘lining “Rahbari hisob” kabi darslik va o‘quv qo‘llanmalari o‘rin olgan. Ibrat kutubxonasi doimiy ravishda kattalashib, boyib borgan. Maʼrifatparvar tomonidan kutubxona faoliyatining yo‘lga quyishidan kutilgan asosiy maqsad, yoshlarni kitob mutolaasiga jalb qilish, shuningdek, o‘quvchilarning kitob mutoala qilishlari, o‘qishlarini shaxsan nazorat qilishdan iborat bo‘lgan. Mazkur ezgu ishni Munavvar Qori Abdurashidxon o‘g‘li va Maxmudxuja Behbudiy kabi pedagoglar boshchiligida usuli jadid maktablari uchun, muallimlar tayyorlash guruhlari uchun darslik va o‘quv qullanmalar yaratish hamda yoshlarni mustaqil qiroatxonlikka jalb qilish ishlarini ham davom ettirganlar. Natijada, Sayidahmad Siddiqiy Ajiziy, Saidrasul Saidazizov, Munavvar Qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy (Toshkentda), Said Ahmad Siddiqiy-Ajziy, Mamudxuja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy Samarqandda, Hamza Hakimzoda Niyoziy Quqonda o‘zlari ochgan usuli jadid maktublari uchun darslik va uslubiy qo‘llanmalar yaratgan mualliflardir. Ular asosan boshlang‘ich sinflar uchun “Ustodi avval”, “Adabi avval”, “Taʼlimi avval”, “Adibi soniy” (O‘qish kitobi), “Ikkinchi muallim” (O‘qish kitobi) nomlari bilan (1902-1917) yillarida darsliklar yaratganlar. O‘qish kitoblari uchun tanlangan matnlarning sheʼr va hikoyalarning mualliflari ham o‘zlari bo‘lgan. Ayrim mualliflar rus xalq ertaklarini o‘zlari tarjima qilib, darsliklarga kiritishgan. Masalan, “Avval-alifbo” darsligi birinchi yaratilgan pedagogik manba bo‘lib, u 1917 yilgacha 17 marta nashr qilingan. Eʼtiborli tomoni shundaki, Alifbo darslikda muallif rus adabiyotidan kichik hajmdagi rus adabiyoti namunasidan “Qishloqi birla bolasi”, “Yolg‘onchi cho‘pon”, “Vatani rus”, “Bola va otasi”, “Tulki va uzum” nomli asarlarni darslikka kiritadi. Bu tarjima asarlar o‘zbek sinflari uchun ilk tavsiya etilgan chet el adabiyoti namunasi hisoblanadi. Sho‘rolar davriga kelib, 1918 yilda Toshkent shahar maorif shuʼbasi qoshida “Makotib” (metod birlashma) tashkil etiladi va maktablarda ona tili va adabiyotini o‘rganish uchun haftalik o‘quv rejasi tuzilib, maktablarda mazkur reja asosida darslar o‘tila boshlaydi. 1922 yilga kelib, ilk marta “O‘zbek bilim yurtlari uchun ona tili va adabiyot programmasi tuziladi. Bu programma maktabda til va adabiyotni o‘rganish masalasini ham qamrab oladi va boshlang‘ich sinflardan boshlab amal qilinadi. Ammo, aniq o‘tiladigan mavzular haqida so‘z yuritilmaydi. Jahon adabiyoti namunalarini maktabda o‘rganish bilan bog‘liq maʼlumotlar 1933


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 73 yilda Abdulla Avloniy tomonidan tuzilgan “Adabiyot” xrestomatiyasida tilga olinadi. Xrestomatiya 5 qismdan iborat bo‘lib, oxirgi 5 qismda “Hozirgi G‘arbiy Yevropa adabiyoti” deb nomlanib, unda mualliflar Gidashning “Xujum boshlanishdir”, “Ikki mauzer” sheʼrlarini, Vilm Bredilning “Rixingof ko‘chasi” hikoyasini kiritadi. Bu maʼlumot jahon adabiyotini o‘zbek sinflarida o‘rganish bilan bog‘liq ilk manba va namuna hisoblanadi. 1939 yilda Oqil Sharofutdinov tomonidan tuzilgan Adabiyot darsligi. o‘rta maktablarning yuqori IX sinflari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda ham jahon adabiyoti namunalaridan Shota Rustaveli, Vilyam Shekspir, Servantes, Genrix Geyni hayoti va ijodini o‘rganish tavsiya qilingan va maʼlum soatlar ajratilgan. Darslikka ilova tarzida tuzilgan “Adabiyot xrestomatiyasi”da esa, yuqorida nomlari tilga olingan jahon adabiyoti vakillari Shota Rustavelining “Yo‘lbars terisini yopingan paxlavon:” Servantesning “Don-Kixot”, Sheksperning “Gamlet”, G.Geynening “Silez tuquvchilari” va “Qullar kemasi” asarlaridan parchalar kiritilgan. Nazarimizda, bu davrga kelib, jahon adabiyoti namunalarini o‘zbek tiliga tarjima qilish masalasi yaxshi yo‘lga qo‘yilganligini tasdiqlaydi. Chunki, tarjimon va uning samarali mehnati tufayli bir xalqning yozuvchi va shoirlarning asarlaridan ikkinchi bir xalq badiiy zavq olib, madaniyati va adabiyotidan xabardor bo‘lishi imkonini beradi. Maʼlumki, o‘tgan asrdan boshlab, o‘zbek tiliga o‘girilgan yuksak badiiy asarlar ham adabiyotimiz xazinasiga qo‘shilgan nodir asarlar ekanligi inobatga olina boshlagan. Shuningdek, jahon adabiyoti ham o‘z davri madaniy hayotida katta hodisa bo‘lganligi va bu hodisa umumbashariy ahamiyatga molik ekanligi tufayli kitobxonlarni qiziqtirganligi shubhasizdir. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, jahon adabiyotining nodir namunalarini o‘zbek tiliga ag‘darish va asarlarni taʼlim maskanlarining o‘quv dasturlariga kiritilishi muhim maʼnaviy masalalardan biri ekanligi inobatga olina boshladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Улуғбек Далимов. Миллий ўйғониш педагогикаси. Тошкент. Нашр 2012й. 2. А. Абдуғафуров ХIХ асрнинг II ярми ва ХХ асрнинг бошларида рус адабиётидан қилинган таржималар, таржима санъати Тошкент, Фан 1961й 3. Ф. Сулаймонова Чет эл адабиёти ўзбек тилида. “Ўзбекистон маданияти” газ. 1959. 4. Ибрат, Ажзий, Сўфизода Тошкент Шарқ 1999.


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 74 Xurshida KELDIYOROVA Oqdaryo tumani 44-umumiy oʻrta taʼlim maktabi ona tili va adabiyoti oʻqituvchisi ZEBO MIRZO SHE'RLARIDA OʻXSHATISHLAR VA BADIIY TASVIR VOSITALARI Annotatsiya: Badiiy adabiyot obrazlarsiz yashay olmaydi. Uning asosida esa obrazlar tizimini o'ziga xos tarzda ochib bergan badiiy vositalar yotadi. Mumtoz adabiyotda tashbeh deya atalmish she'riy san'atning zamonaviy adabiyotdagi munosib nomi o'xshatishdir. Bugungi kunda ushbu vositadan foydalanib go'zal va ajoyib ijod namunalarini yaratayotgan shoira Zebo Mirzo ijodi alohida ajralib turadi. Ushbu maqolada uning ayrim she'rlari ilmiy va badiiy tahlilga tortilgan. Kalit so'zlar: badiiy asar, asosiy qahramon, obraz ,tashbeh, milliy tafakkut, qiyosiy tahlil, leksik-grammatik vositalar, timsollar tili Хуршида КЕЛДИЯРОВА СРАВНЕНИЯ И СРЕДСТВА ХУДОЖЕСТВЕННОГО ОБРАЗА В ПОЭМАХ ЗЕБО МИРЗЫ Аннотация: Художественная литература не может жить без образов. В ее основе лежат художественные средства, своеобразно раскрывающие систему образов. Собственное имя поэтического искусства, именуемое в классической литературе аллюзией, в современной литературе — сравнение. Сегодня выделяется поэтесса Зебо Мирза, создающая с помощью этого инструмента прекрасные и чудесные творения. В этой статье некоторые из его стихотворений анализируются с научной и художественной точки зрения. Ключевые слова: художественное произведение, главный герой, образ, аллегория, национальная мысль, сопоставительный анализ, лексикограмматические средства, символический язык.


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 75 Xurshida KELDIYOROVA SIMILES AND MEANS OF ARTISTIC IMAGERY IN ZEBO MIRZA'S POEMS Annotation: Khudojestvennaya literatura ne mojet jit bez obrazov. V ee osnove lejat zhudojestvennye sredstva, svoeobrazno raskryvayushchie sistem obrazov. Sobstvennoe imya poeticheskogo iskusstva, imenuemoe v classical literature allusion, v sovremennoy literature — sravnenie. Segodnya vydelyaetsya poetess Zebo Mirza, sozdyushchaya s pomoshchyu etogo instrumenta prekrasnye i chudesnye tvoreniya. And etoy state nekotorye iz ego stihotvoreniy analizuriyutsya s nauchnoy i khudojestvennoy tochki zreniya. Key words: divine production, main character, image, allegory, national thought, comparative analysis, lexical-grammatical means, symbolic language. Insonning dunyoni anglashida qiyoslash-taqqoslash nihoyatda muhim rol oʻynaydi.Shuning uchun inson faoliyatining biron sohasi yoʻqki, unda faoliyatning bu usulidan foydalanmagan boʻlsin. Mana shu jarayonlar badiiy asarning asosiy qahramonlari faoliyatiga ham koʻchadi.Ammo ular shunchaki bir narsa-hodisani ikkinchisiga qiyoslash bosqichida qolib ketmaydi, balki yangi bosqichga koʻtariladi - obrazli tafakkur vositasiga aylanadi.Natijada badiiy tasvirning oʻxshatish deb nomlangan yangi vositasi vujudga keladi va ular obrazlilik hamda lingvopoetik vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladi. Oʻxshatish badiiy adabiyotda tashbeh deb nomlanadi[1] Oʻxshatishning lingvistik tabiati, uning badiiy matnlardagi vazifasi oʻzbek tilshunosligida oʻrganilgan va bu tadqiqotlar davom etmoqda. M.Mukarramovning "Oʻzbek tilida oʻxshatish"(Toshkent,1976), R.Qoʻngʻurovning "Oʻzbek tili stilistikasidan ocherklar"(Samarqand,1975), "Oʻzbek tilining tasviriy vositalari (Toshkent,1977), S.Karimovning "Badiiy uslub va tilning ifoda tasvir vositalari" (Samarqand,1994) asarlari shular jumlasidandir. Oʻxshatish nazariyasiga oid eng keyingi mukammal tadqiqot prof.N.Mahmudov qalamiga mansubdir.U oʻzining "Oʻxshatishlar - obrazli milliy tafakkur mahsuli" maqolasida bu tasviriy vositaning yuzaga kelish shartsharoitlari,ularning turlari, badiiy adabiyot va lingvopoetikada tutgan oʻrni haqida muhim qarashlarni bayon etgan.Maqolada "Oʻzbek tilida oʻxshatishlarning til va nutqqa munosabati tayin etinganligi, shuningdek , ularning milliy obrazli tafakkur tarzini namoyon etadigan birliklar "[3] sifatida ta'riflagan. Maqolada taqqoslashning ikki turi farqlangan:" Agar ikki predmet yoki tushuncha ular oʻrtasidagi farqni koʻrsatish maqsadida qiyoslangan boʻlsa,sof qiyosiy konstruksiya shakllanadi (masalan yer toshdan qattiq) qiyoslash oʻxshatish


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 76 maqsadini koʻzda tutganda esa oʻxshatish konstruksiyasi shakllanadi (masalan, yer toshday qattiq)". Badiiy matnlar tahlilida albatta oʻxshatishning ikki turi muhimdir. Shu sababdan N.Mahmudov nutqning emotsional - ekspressivligi, ifodaliligi va taʼsirchanligini taʼminlashga xizmat qiluvchi bu oʻxshatishlarni yana ikki turga ajratgan: 1) individual-muallif oʻxshatishlari va 2) umumxalq yoki turgʻun (domiy) oʻxshatishlar. Oʻxshatishlarni yuzaga kelishiga xizmat qiluvchi til vositalarini tilshunoslar ikkiga boʻladilar: leksik va grammatik vositalar. Leksik vositalar: kabi, singari, qadar, yangligʻ, bamisoli , bamisli, misoli, misli, monand, xuddi, naq, goʻyo, teng, oʻxshatmoq, aynan, oʻzi, tus, holatda shu andoqqi va boshqalar


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 77 Grammatik vositalar: -day (-dek), -dak (-tak), - dagʻ (-dogʻ), -dayin, -dan, -dir, namo, simon, -cha(-chalik, - chasiga, - larcha ), -li, -omuz, -ona kabilar. Biz yashab turgan dunyoda yana bir dunyo bor u ham boʻlsa she'riyat dunyosidir. Hozirgi oʻzbek sheʼriyatida taniqli shoira Zebo Mirzoning oʻz oʻrni bor .Zebo Mirzoning "Tun malikasi" nomli ilk she'riy toʻplami 1990-yilda nashr etildi. Shundan keyin shoiraning "Ajr"(1997), "Nur kukunlari"(2004), " Ishq" (2012) kabi sheʼriy kitoblari dunyoga keldi. Shoira oʻzi ta'kidlab oʻtganidek " Aslida yozuvchi - musavvir. Inson ruhiyatining musavviridir. She'r tili esa ramzlar , timsolllar tili .Xuddi tush kabi , tasviriy sanʼat kabi... Obrazlilik , ma'joz - she'rning yuragi... Inson aqli yetib bormagan joyga ijodkor oʻz ruhi bilan yetib boradi.Shu bois ,tilga kelgan ayrim misralarni baʼzan aql bilan izohlab berolmaysiz". Zebo Mirzo sheʼrlarining oʻziga xos xususiyatlari biri oʻziga xos ifoda,tasvir usuli, teranlik, soʻz qoʻllash mahorati she'rlarining badiiyligini ta'minlashga, ta'sirchanligini oshirishga, kitobxon xotirasida oson saqlanishiga yordam beradi. Ijodkorning gʻoyaviy-badiiy niyatini, matnda emotsional-ekspressivligini roʻyobga chiqaruvchi eng qulay va samarali usul boʻlganligidan oʻxshatishlarga koʻplab murojaat etiladi Shoira sheʼrlarini tahlil qilganimizda bunga amin boʻlamiz: Bu sokin bogʻlarda, tanho bogʻlarda, Kimsasiz kuzakning dardlari sarson Umrday egilgan tolgʻin shoxlarda Bejavob savolday uchadi mezon Bu misralarda shoira oʻxshatish sa'natidan unumli foydalangan . Bilamizki kuzda bogʻlar huvillab qoladi , atrofga sukunat hukmron boʻladi . "Bu sokin bogʻlarda, tanho bogʻlarda Kimsasiz kuzakning dardlari sarson" . Keyingi misralarda esa oʻxshatishni leksik vosita yordamida yuzaga keltirgan " Umrday egilgan tolgʻin shoxlarda Bejavob savolday uchadi mezon". Inson umriga qiyos etilayapti.Tolgʻin( soʻlgʻin) shoxlarni egilishini umrga oʻxshatilyapti. Mezon ( odillik, muvozanat) javobsiz qolgan savolga qiyos etilayapti. Shoira ijodiga sinchiklab nazar solinsa, birinchi navbatda uning koʻngil kishisi ekanligi , sheʼrlarida koʻngil manzaralari aks etganligini koʻrish mumkin.Uning asl she'rlarini koʻngil mavjlari deyish mumkin. Zebo Mirzo sheʼrlari tasviriy sanʼatning tengsiz namunalariga yaqin ulardagi rangin tashvehlar goʻzal suratlar chizadi: Sahrolar bagʻrida adashgan Issiq yomgʻirlarday yogʻsayding Namiqqan tuproqlar koʻksida Mahfuz giyohlardek uygʻonsa Bu misralarni oʻqib Zebo Mirzoning har bir sheʼridagi badiiy tasvir vositalari oʻzgacha jilollanganiga guvoh boʻlamiz.


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 78 Zebo Mirzoning deyarli har bir sheʼrida oʻxshatshning goʻzal namunasi uchratamiz.Bu ham bir shoiraning uslubi. Mendek bormi yana, Gʻamkash,doʻzaxiy? Xoʻrlanib, Toptalib, Yukinayotgan... Men- benom yulduzman, Ushbu satrlarda lirik qahramon oʻzining mahzun tuygʻularini obrazli fikrlar orqali ifodalashi she'rning emotsionalligini oshirishga xizmat qilgan.Jumladan , "Mendek bormi yana, Gʻamkash,doʻzaxiy? " kabi oʻxshatishlar she'rning ta'sirdorligini yanada oshirishga xizmat qilgan. Oʻxshatish tasvir obyektini boshqa narsa-hodisaga oʻxshatish orqali yorqin va boʻrtirib tasvirlashga asoslangan badiiy tasvir vositasi boʻlib unda oʻxshatilayotgan narsa-hodisaga uchun umumiy belgi-xususiyatlarga tayanadi.[2] Xulosa qilib aytganda, Zebo Mirzo ijodida lirik kechinma, qalb torlari va uning nozik jihatlarini bir butun holatda tasvirlash ijodkor mahoratining yetakchi xususiyatidir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Karimov. S. “Badiiy uslub va tilning ifoda tasvir vositalari” Samarqand 1994-y. 2. Mahmudov. N. “O’xshatish sodda gaplarda semantik-sintaktik asimmetriya” O’zbek tili va adabiyoti 1983-y 4-son 3. Mahmudov. N “O’xshatishlar- obraz va milli tafakkur mahsuli” 4. Zebo Mirzo “Nur kukunlari” Toshkent 2004-y. 5. Zebo Mirzo “Ishq” Toshkent “Akademik nashr” 2011-y. BUYUK IPAK YO‘LI XABARCHISI MUALLIFLARI DIQQATIGA!


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 79 «BUYUK IPAK YO‘LI XABARCHISI» maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiyadabiy, nazariy-uslubiy jurnaliga taqdim etiladigan ilmiy maqolalarga qo‘yiladigan talablar: 1. Jurnalga taqdim qilinadigan maqola OAK talablari bo‘yicha tayyorlanib, ilmiy jurnallar, ilmiy-amaliy konferensiyalar materiallari, OAVda chop etilmagan va plagiat (ko‘chirmachilik)ga yo‘l qo‘yilmagan bo‘lishi kerak. 2. Maqola Buyuk ipak yo‘li bilan bog‘liq masalalarga bag‘ishlangan bo‘lib, u jurnal “bo‘limlar”ining birortasiga mos kelishi va UDK raqamlari bilan belgilanishi zarur. 3. Maqola elektron variantda va qog‘oz shaklida topshirilib muallif tomonidan imzolangan bo‘ladi. Maqolada “Times New Roman” shrifti, “Microcoft Word” redaktoridan foydalanish tavsiya etiladi. 4. Matn shrifti 14, qatorlar oralig‘i 1,5 intervalda bo‘lishi lozim. Maqolaning maksimal hajmi 18 betdan oshmasligi, minimal hajmi esa 8 betdan kam bo‘lmasligi kerak. Maqola beti yuqoridan va pastdan 2,5 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm joy qoldirilib rasmiylashtiriladi. 5. Maqolaning birinchi beti quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak: – muallif(lar)ning 3x4 hajmdagi sifatli (730x856 M/Pixsel) foto surati; –muallif(lar) ismi, otasining ismi, sharifi, ish joyi va lavozimi, ilmiy darajasi, unvoni, elektron manzili (e-mail), telefon va faks raqamlari, shahar, mamlakat nomi; –maqola sarlavhasi. Maqola nomi lo‘nda ko‘rinishda, bosh (katta) harflarda, bo‘g‘in ko‘chirmasdan, markazga yoziladi. 6. Maqolalarning annotatsiyasi 300 belgi, kalit so‘zlar 5-9 so‘z atrofida bo‘lib, o‘zbek (turkiy), ingliz, rus tillarida keltiriladi. 7. Maqolalarning tarkibiy qismlariga qo‘yidagilar kiradi: kirish (qisqacha), tadqiqot maqsadi, tadqiqotning usuli va obʼekti, tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi, xulosalar, bibliografik ro‘yxat. 8. Havolalar maqola ichida [1], [1,b.121], [2,b.40-41;3,b.231] ketmaketlikda qo‘yiladi, maqola so‘ngida adabiyotlar alifbo tartibida birinchi muallifning sharifi bo‘yicha tuziladi va OAK talablari bo‘yicha rasmiylashtiriladi. 9. Maqoladagi jadval (chizma yoki rasm)larning manbalari aniq ko‘rsatilishi, qisqartma so‘zlarga izoh berilishi kerak (internet manbalar bundan mustasno).


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 80 10. Tahririyat maqolani qo‘shimcha ravishda taqrizga taqdim etishi va ushbu taqriz xulosasi asosida maqolani chop etish masalasiga o‘zgartirish kiritishi mumkin. 11. Baʼzi maqolalar borasida redaksiya qo‘shimcha maʼlumot so‘rash huquqini saqlaydi. 12. Maqola yuqorida keltirib o‘tilgan talablarga to‘liq javob berib, muallif jurnal redaksiyasi hisob raqamiga belgilangan so‘mmani o‘tkazib berganligi to‘g‘risidagi kvitansiyani (skrinshotini) telegram manziliga taqdim etganidan so‘ng maqola eʼlon qilinadi. To‘lov: “Buyuk Ipak yo‘li xabarchisi” jurnalida eʼlon qilingan maqolalardan keladigan mablag‘lar jurnal redaksiyasi jamg‘armasiga tushiriladi. Eslatma: Jurnal bir yilda to‘rt marta nashr etiladi. Tahrir hayʼatiga taqdim qilingan maqolalarning mazmuni va to‘g‘riligiga mualliflar javobgardir. Talablarga javob bermaydigan materiallar qabul qilinmaydi va muallifga qaytarilmaydi. “Buyuk ipak yo‘li xabarchisi”dan ko‘chirib bosish faqat tahririyatning yozma roziligi bilan amalga oshiriladi. Tahririyat manzili: 140104, Universitet xiyoboni 15. Samarqand davlat universiteti, Bosh bino, 2-qavat, 211- xona. Samarqand, O‘zbekiston. Murojaat uchun maʼlumotlar: Tel.: (+99866) 240-38-43, (+99888) 285-88-00; Telegram: (+99888) 285-88-00; E-mail: www.silk-road.samdu.uz, REQUIREMENTS FOR ARTICLE DESIGN for the scientific journal "BULLETIN OF THE GREAT SLICK ROAD" CONDITIONS FOR THE PUBLICATION OF ARTICLES.


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 81 The materials of the article should correspond to the thematic areas and be submitted in paper and electronic form. Articles in Uzbek, Russian and English are accepted for publication. For typing, the Microsoft Word 97-2019 editor is used, the margins are 2 cm; font Times New Roman, size – 14 pt; line spacing - 1.5; width alignment; paragraph indent 1.25 cm; sheet orientation is portrait. Compaction of the interval is not allowed. Pages are not numbered. Allowed selections in the text are italics. Word hyphenation in the text and intervals between paragraphs are not allowed. Images used in the article must be in jpg, gif, bmp format. When making references, be guided by the state standard. Subscript bibliographic references are allowed. All articles are subject to a mandatory plagiarism check. The originality of the text should be at least 75% of the volume of the article. Before the title of the article, the author indicates the UDC classifier. TITLE OF THE ARTICLE - in capital letters, alignment in the center of the line. Next - italic font, right alignment: Full name author of the article, academic degree, academic title, name of the university, subdivision (department), position, country, city, E-mail (font size 12). If there are several authors of the article, the information is repeated for each author and separated by a semicolon. Abstract in Russian and English: no more than 500 characters (with spaces). Key words in Uzbek, Russian and English, words are separated from each other by a semicolon. After 1 line - the text of the article. 1 line after the text of the article - the title in the center "List of used sources". The first in the list are legal documents and acts. Bibliographic records should be numbered and placed in alphabetical order. When compiling the list, the state standard is used. Bibliographic references in the text should be indicated in square brackets in the order they are listed. The bibliographic list is compiled in alphabetical order in accordance with the requirements of GOST R 7.0.5 2008. The editorial board reserves the right to reject materials that: - do not meet the requirements for their content and design; - not checked for plagiarism. Manuscripts of articles are not reviewed and are not returned to the authors. THE MAGAZINE IS PUBLISHED 4 TIMES A YEAR. No information on this site may be reproduced without our written consent. The authors are personally responsible for the facts in the articles, the accuracy of figures, spelling and style. Address of the journal: "Bulletin of the Great Silk Road" of Samarkand State University: 140104, Samarkand, University Avenue, 15. Tel.: (+99866) 240-38-43, (+99888) 285-88-00; Telegram: (+99888) 285-88-00; E-mail: www.silk-road.samdu.uz, ТРЕБОВАНИЯ К ОФОРМЛЕНИЮ СТАТЬИ ДЛЯ НАУЧНОГО ЖУРНАЛА “ВЕСТНИК ВЕЛИКОГО ЩЕЛКОВОГО ПУТИ” Материалы статьи должны соответствовать тематическим областям и быть представлены в бумажном и электронном виде. К публикации принимаются статьи на узбекском, русском и английском языках. Для набора текста используется редактор Microsoft Word 97-2019, поля - по 2 см; шрифт Times New Roman, размер – 14 pt;


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 82 межстрочный интервал – 1,5; выравнивание по ширине; абзацный отступ 1,25 см; ориентация листа – книжная. Уплотнение интервала не допускается. Нумерация страниц не проставляется. Допустимые выделения в тексте – курсив. Переносы слов в тексте и интервалы между абзацами не допускаются. Используемые в статье изображения должны быть формата jpg, gif, bmp. При оформлении ссылок руководствоваться государственным стандартом. Допустимы подстрочные библиографические ссылки. Все статьи проходят обязательную проверку на плагиат. Оригинальность текста должна составлять не менее 75% от объема статьи. Перед названием статьи автор указывает классификатор УДК. НАЗВАНИЕ СТАТЬИ – прописными буквами, выравнивание по центру строки. Далее – шрифт курсив, выравнивание по правому краю: Ф.И.О. автора статьи, ученая степень, ученое звание, название вуза, подраз- деление (кафедра), должность, страна, город, E-mail (размер шрифта 12). Если авторов статьи несколько, информация повторяется для каждого автора и разделяется точкой с запятой. Аннотация на русском и английском языках: не более 500 знаков (с пробелами). Ключевые слова на узбекском, русском и английском языке, слова отделяются друг от друга точкой с запятой. Через 1 строку – текст статьи. Через 1 строку после текста статьи - название по центру «Список использованных источников». Первыми в списке располагаются нормативно­правовые документы и акты. Библиографические записи должны быть пронумерованы и размещены в алфавитном порядке. При оформлении списка используется государственный стандарт. Библиографические ссылки в тексте должны быть указаны в квадратных скобках в порядке их пере- числения. Библиографический список составляется в алфавитном порядке в соответствии с требованиями ГОСТ Р 7.0.5 2008. Редакционная коллегия оставляет за собой право отклонять материалы: ­ не соответствующие требованиям к их содержанию и оформлению; - не прошедшие проверку на плагиат. Рукописи статей не рецензируются и не возвращаются авторам. ЖУРНАЛ ВЫХОДИТ В ГОД 4 РАЗА. Никакая информация этого журнала не может быть воспроизведена без письменного согласия редакции. Авторы несут личную ответственность за факты, точность цифр, орфографию и стиль в статьях. Адрес журнала «Вестник Великого шелкового пути» Самаркандского государственного университета: 140104, г. Самарканд, проспект Университетский, 15. Tel.: (+99866) 240-38-43, (+99888) 285-88-00; Telegram: (+99888) 285-88-00; E-mail: www.silk-road.samdu.uz, SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BUYUK IPAK YO‘LI XABARCHISI,


Buyuk ipak yo‘li xabarchisi / №1 / 2023 / www.silk-road.samdu.uz 83 ТHE GREAT SILK ROAD HERALD, ВЕСТНИК ВЕЛИКОГО ШЕЛКОВОГО ПУТИ Ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-adabiy, nazariy-uslubiy jurnal Mas’ul kotib V.B. I. YOQUBOV Musahhih B.E. MUSURMANOV Sahifalovchi-dizayner M. I. ABDURAXMONOVA Bosishga 29.04.2023 yilda ruxsat etildi. Qog‘oz o‘lchami A­4. Nashriyot hisob tabog‘ 5,00. Buyurtma raqami 248 . Adadi 50 nusxa. SamDU bosmaxona manzili: 140104, Samarqand viloyati,Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15. Tahririyat manzili: 140104, Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15. E-mail: Silk-road.samdu.uz Web-sahifa: http://silk-road.samdu.uz/ Telefon: (+998 66) 240-38-43, (998) 88-285-88-00 Maqolalarda keltirilgan ma’lumotlar uchun mualliflar mas’ul. Jurnaldan ko‘chirib bosilganda manba qayd etilishi shart. Tahrir hay’ati fikri mualliflar fikridan farq qilishi mumkin. Bir yilda 4 marta chop etiladi.


Click to View FlipBook Version