The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by b_e_2012, 2025-12-16 07:21:18

O‘ZBEKISTON ARMIYASI jurnali 4-son

O‘ZBEKISTON ARMIYASI jurnali 4-son

O‘ZBEKISTONARMIYASIIJTIMOIY-SIYOSIY, AXBOROT-TAHLILIY, MA’NAVIY-MA’RIFIY, HARBIY-VATANPARVARLIK JURNALI 2025-yil №4/44MILLIY ARMIYA – ONA YURT QALQONI, TINCHLIGIMIZ POSBONI!14-YANVAR –VATAN HIMOYACHILARI KUNI14-YANVAR –VATAN HIMOYACHILARI KUNIMEDIA TAHDIDLAR VAHARBIY AXBOROTNIAI BILAN MUHOFAZA QILISH24 32 48SOHIBQIRON AMIR TEMURVA HARBIY ILM RIVOJI“BEHBUDIYA”KUTUBXONASI


Harbiy byudjet: 30 milliard dollardan ortiqShaxsiy tarkib: 165 ming askar + 20 ming zaxiraAsosiy afzalliklari: zamonaviylashtirilayotgan fl oti, NATO ko‘magi, NATO missiyalarida ishtiroki, kuchli fl oti va rivojlanayotgan havo kuchlari tufayli TOP-10 ga kiradi.Harbiy byudjet: 50 milliard dollardan ortiqShaxsiy tarkib: 500 ming askar + 3 million zaxiraAsosiy afzalliklari: yuqori texnologiyali qurollar, AQSh bilan hamkorlik, ayniqsa KXDR bilan ziddiyatni hisobga olgan holda, tahdidlarga tezkor javob bera oladigan zamonaviy armiyaga ega.Harbiy byudjet: 70 milliard dollardan ortiqShaxsiy tarkib: 1,45 million askar + 1,2 million zaxiraAsosiy afzalliklari: yadro quroli, barcha turdagi qo‘shinlarning muvozanatli rivojlanishi, o‘z qurol-yarog‘ ishlab chiqarishini rivojlantirish va importga qaramlikni kamaytirish orqali Qurolli Kuchlarini faol modernizatsiya qilmoqda.Harbiy byudjet: 90 milliard dollardan ortiqShaxsiy tarkib: 1,1 million askar + 2 million zaxiraAsosiy afzalliklari: eng yirik tank parki, yadroviy arsenal, kuchli artilleriya, bronetexnika va yadro qurollarining ulkan arsenalini saqlab qolgan holda ikkinchi o‘rinni egallaydi. Quruqlikdagi qo‘shinlari Yevropada eng ko‘p sonli bo‘lib qolmoqda.Harbiy byudjet: 230 milliard dollardan ortiqShaxsiy tarkib: 2 million askar + 1,2 million zaxiraAsosiy afzalliklari: soni, texnologik rivojlanish, gipertovushli qurollar, aviatsiya, fl ot va raketa texnologiyalariga sarmoya kiritish orqali harbiy qudratini oshirmoqda. Gipertovushli qurollar va dunyodagi eng yirik armiya tufayli global maydondagi asosiy davlatga aylanmoqda.Harbiy byudjet: 800 milliard dollardan ortiqShaxsiy tarkib: 1,4 million askar + 800 ming zaxiraAsosiy afzalliklari: ilg‘or texnologiyalar, yadro quroli, aviatashuvchi kemalar, global harbiy tarmoq, eng yirik harbiy byudjeti, ilg‘or texnologiyalari va kuchli strategik tiyib turish tizimi tufayli an’anaviy ravishda reytingda birinchi o‘rinni egallaydi. Mamlakat aviatsiyasi, fl oti va razvedkasi eng yuqori darajada.Harbiy byudjet: 25 milliard dollardan ortiqShaxsiy tarkib: 355 ming askar + 380 ming zaxiraAsosiy afzalliklari: o‘z qurolini ishlab chiqarishi, strategik joylashuvi, o‘z armiyasi va eksporti uchun dronlar, zirhli texnika va qurol-yarog‘ ishlab chiqarish orqali harbiy sanoatni faol rivojlantirmoqda.Harbiy byudjet: 60 milliard dollardan ortiqShaxsiy tarkib: 250 ming askar + 55 ming zaxiraAsosiy afzalliklari: yuqori texnologiyali armiya, mustahkam havo kuchlari va dengiz fl oti, konstitutsiyaviy cheklovlarga qaramay, mudofaa kuchlari zamonaviy texnologiyalarga ega va mamlakatni tashqi tahdidlardan himoya qila oladi.Harbiy byudjet: 53 milliard dollardan ortiqShaxsiy tarkib: 205 ming askar + 35 ming zaxiraAsosiy afzalliklari: yadro quroli, kuchli aviatashuvchi kema, dengiz fl otini modernizatsiya qilish, Fransiya harbiy dengiz fl oti, havo kuchlari va innovatsion qurol-yarog‘ tizimlariga faol sarmoya kiritmoqda.Harbiy byudjet: 55 milliard dollardan ortiqShaxsiy tarkib: 200 ming askar + 75 ming zaxiraAsosiy afzalliklari: qudratli fl ot, ilg‘or texnologiyalar, global harbiy mavjudlik, yadroviy salohiyati va xalqaro maydondagi ishtirokini saqlab qolgan holda qo‘shinlarning moslashuvchanligi va ekspeditsion kuchlarini rivojlantirishga e’tibor qaratmoqda.2025-YILDA DUNYONING ENG KUCHLI ARMIYALARI:ENG QUDRATLI QUROLLI KUCHLARGA EGA TOP-10 MAMLAKAT10 Italiya 5 Janubiy Koreya4 Hindiston2 Rossiya3 Xitoy1 AQSh9 Turkiya8 Yaponiya7 Fransiya6 Buyuk Britaniya 2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI2


Manba: the-steppe.com2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI 32,533,521,510,50amaldagi askarzaxiradagi askarAQShRossiyaXitoyHindistonJanubiy KoreyaBuyuk BritaniyaFransiyaYaponiyaTurkiya ItaliyaHARBIYBYUDJET


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI46 40184854243236YANGI O‘ZBEKISTON – YANGI ARMIYACHINGIZXONNING DAVLAT TEPASIGA KELGANIDAN KEYIN CHIQARGAN QONUNLARIMEDIA TAHDIDLAR VA HARBIY AXBOROTNIYANGILANGAN KONSTITUTSIYADA INSON HUQUQ VA MANFAATLARIYANGILANGAN KONSTITUTSIYADA INSON HUQUQ VA MANFAATLARI MEDIA TAHDIDLAR VA HARBIY AXBOROTNI AI BILAN MUHOFAZA QILISHMINIATYURADAGI QIYOFALAR VA ULARNING REAL HAYOTDAGISHAXSIYATISOHIBQIRON AMIR TEMURVA HARBIY ILM RIVOJI“BEHBUDIYA” KUTUBXONASIISTE’DODLARNI KASHF ETISH YO‘LIDA “QASHQADARYO TAJRIBASI”AI BILAN MUHOFAZA QILISH4818MILLIY ARMIYA– ONA YURT QALQONI,TINCHLIGIMIZPOSBONI!


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI 5MUASSIS:O‘zbekiston RespublikasiMudofaa vazirligiIjtimoiy-siyosiy, axborot-tahliliy,ma’naviy-ma’rifi y, harbiy-vatanparvarlik jurnaliTahririyat kengashi:general-mayor Hamdam Qarshiyevpodpolkovnik Temur NarziyevMaqsud AbilovShu songa mas’ul:katta leytenant Dilshod Ro‘ziqulovDizayner va sahifalovchi:kapitan Ramiz ValiyevMusahhih:Sayyora MirzayevaJurnal 2014-yil 20-noyabrda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligida 0840-sonli guvohnoma bilan ro‘yxatga olingan.2015-yil mart oyidan chiqa boshlagan.Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti – “Vatanparvar” birlashgan tahririyati boshqarmasining kompyuter markazida sahifalandi.“SANO-STANDART” MChJbosmaxonasida chop etildi.Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Shiroq ko‘chasi, 34-uy.Tel.: 998712280794; 998712280795Adadi: 18 487 nusxa. Buyurtma № Bahosi kelishilgan narxda.Bosmaxonaga 2025-yil 16-dekabr topshirildi.Bosishga 2025-yil 16-dekabr ruxsat berildi.Jurnaldagi maqolalardan to‘liq yokiqisman foydalanilganda“O‘ZBEKISTON ARMIYASI”jurnalidan olingani ko‘rsatilishi shart.Muallifl ar fi kri tahririyat nuqtayi nazaridanfarq qilishi mumkin.ISSN 2181 – 8169Obuna indeksi: 1 273Tahririyat manzili: 100095, Toshkent shahriOlmazor tumani Sag‘bon ko‘chasi, 382-uy.Bosh muharrir:podpolkovnik Ahror OchilovTelefonlar:kotibiyat: (55) 511-25-91;E-mail: [email protected] Sayt: www.mv-vatanparvar.uzYANGI O‘ZBEKISTON – YANGI ARMIYA 632


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI 6YANGIO‘ZBEKISTON – YANGI ARMIYAMustaqil Vatanimizda harbiy tayyorgarlik masalasi har doim ustuvor ahamiyatga ega bo‘lib, mamlakatimiz mudofaa salohiyatini mustahkamlashda markaziy o‘rin tutadi. Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi va davlat siyosati doirasida Qurolli Kuchlarimizda zamonaviy mashg‘ulotlar, amaliy sinovlar va xalqaro hamkorlik yo‘nalishida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI 7Bu tadbirlar nafaqat harbiy xizmatchilarning jismoniy va ma’naviy barqarorligini yuksaltirish, balki ularni har bir sharoitda tezkor va samarali qaror qabul qilishga tayyorlash, murakkab va noaniq vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish qobiliyatini rivojlantirish imkonini beradi. Shuningdek, mamlakatimizda olib borilayotgan harbiy va tarbiyaviy chora-tadbirlar yosh avlodni vatanparvarlik ruhi bilan tarbiyalash, ularda mustaqillik va mas’uliyat hissini kuchaytirishga xizmat qiladi.TINCHLIK MUHOFAZASI ORTIDAGI HAYOT2025-YILNING QISH FASLI milliy armiya qo‘shinlari uchun og‘ir sharoitlarda o‘tkazilgan jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari bilan boshlandi. Yanvar oyida Ugam-Chotqol tog‘ tizmasi qahraton sovug‘ida Mudofaa vazirligi Tog‘ tayyorgarligi o‘quv-mashqlar markazida shaxsiy tarkibning tog‘ sharoitida harakatlanish taktikasi, har xil relyefda barqarorlikni saqlash va yuqori ruhiy yuklamalarga dosh berish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi. Minus 15 darajali sovuq, muzlagan qoyalar va shamol ostida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar asosan, amaliyotga yaqin vaziyatlarni yaratishga qaratildi, bunda qo‘shinlardan aniq manyovr, jismoniy tayyorgarlik va to‘g‘ri qaror qabul qilish talab etildi.Mashg‘ulotlarning navbatdagisi mart oyida Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va madaniyat departamenti rahbarligida “Chirchiq” dala-o‘quv maydonida tashkil etilib, o‘quv-uslubiy yig‘inda tarbiyaviy va mafi uraviy ishlar organi off tserlari ishtirok etdi.


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI8Yig‘inda mudofaa vaziri generalleytenant Shuxrat Xalmuxamedov ishtirok etib, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xavfsizlik kengashida belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan qo‘shinlarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, huquqiy madaniyatni oshirish va harbiy xizmat nufuzini kuchaytirishga qaratilgan ishlar bo‘yicha vazifalar xususida to‘xtalib o‘tdi.Ta’kidlash joizki, oxirgi yillarda davlatimiz rahbari olib borgan oqilona va shaffof siyosat natijasida harbiy sohaning barcha yo‘nalishlarida kompleks choratadbirlar amalga oshirildi. Bu esa milliy armiyamiz qiyofasi va qo‘shinlarning tayyorgarlik darajasini sezilarli darajada o‘zgartirdi. Harbiy qism va poligonlardagi infratuzilma, askar va ofitserlarning yashash hamda xizmat sharoitlari yaxshilandi. Bunday ishlar Qurolli Kuchlarimiz tizimida izchil davom ettirilmoqda, jangovar bo‘linmalar imkoniyatlari kengaymoqda va davlat chegaralari xavfsizligini ta’minlashning yangi tizimi amaliyotga joriy qilinmoqda.Ayniqsa, 2025-yilning birinchi choragi milliy armiyamizda jangovar tayyorgarlikni oshirish, desant amaliyotlarini takomillashtirish va xalqaro maydonda raqobatbardoshlikni kuchaytirishda faol davr bo‘ldi. TOSHKENT HARBIY OKRUGIDAGI “Markaz” desantchilar tayyorlash bazasida havo-desant bo‘linmalari ishtirokida o‘tkazilgan parashyut bilan amaliy sakrash mashg‘ulotlarini bu jarayonning muhim bosqichlaridan biri sifatida baholash mumkin. Mashg‘ulotlar desantchilarning nazariy bilimlari, havodagi xatti-harakatlari va texnik jihatdan tayyorgarligini yanada mustahkamlashga qaratildi.Amaliyotlardan oldin harbiy xizmatchilarning yer tayyorgarligi, harakatlar algoritmlari va parashyut uskunalarining soz holati batafsil tekshirildi. Yo‘riqchilar tomonidan parashyutning har bir elementi bir necha bosqichda ko‘zdan kechirildi. Bo‘linmadan kelib chiqqan holda harbiy xizmatchilar 600 metrdan 1 200 metrgacha bo‘lgan balandliklarda amaliy sakrashni muvaffl aqiyatli bajardi. Bu natijalar desant tayyorgarligining barqaror va ishonchli ekanidan dalolat beradi.BUYUK AJDODLARGA MUNOSIB VORISLARAPREL OYI milliy armiya uchun xalqaro yutuqlar bilan yanada muhim bo‘ldi. Pokiston Islom Respublikasining Pabbi shahrida o‘tkazilgan VIII xalqaro “Jamoa ruhi” musobaqasida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi terma jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Bu nufuzli bellashuvda AQSh, Saudiya Arabistoni, Xitoy, Turkiya, Qozog‘iston, Qatar kabi davlatlardan 17 ta jamoa, shuningdek Pokistonning 14 ta jamoasi ishtirok etdi. Bellashuv natijalari bo‘yicha Bahrayn 3-o‘rin, Xitoy 2-o‘rin, O‘zbekiston esa mutlaq g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ushbu musobaqaning o‘ziyoq harbiy xizmatchilarimizning Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi kabi buyuk ajdodlar ruhiga munosib vorislar ekanini yana bir bor namoyon etdi.Aprel oyida milliy armiyamizda yana bir muhim o‘quv-uslubiy yig‘in tashkil etildi. “Termiz” umumqo‘shin dala-o‘quv maydonida Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari batalyon va vzvod (batareya) komandirlari hamda ularning o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tkazilgan mazkur yig‘in harbiy xizmatchilarning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratildi.Yig‘inning dastlabki kuni harbiy qism madaniyat markazida ekspertlar va sohaning malakali mutaxassislari tomonidan mintaqa va dunyodagi harbiy-siyosiy vaziyat, O‘zbekistonning harbiy xavfsizligiga


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI 9


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI10tahdidlar haqida ma’lumotlar berildi. Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi mas’ul off tserlari o‘z nutqlarida qo‘shinlardagi jangovar tayyorgarlik holatini tahlil qilib, kelgusi yilda ustuvor vazifalarni belgiladi. Shu kuni ishtirokchilarning jismoniy tayyorgarligi ham sinovdan o‘tkazildi.NAZARIY VA AMALIY KO‘NIKMALAR MUSTAHKAMLANDIJarayon “Termiz” dala-o‘quv maydonida jamoaviy-taktik mashg‘ulotlar bilan boshlandi. Ishtirokchilar uzoq masofaga marsh yurish, otish mashqlari va jangovar zirhli mashinalarni boshqarish ko‘nikmalarini mustahkamladi. Mashg‘ulotlar so‘ngida bino ichida shartli dushmanni yo‘q qilish, guruh tarkibida harakat qilish va otishning taktik-texnik elementlari amaliyotda baholandi. Kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar radioelektron vositalar, uchuvchisiz uchish apparatlari, zamonaviy qurolli to‘qnashuvlarda okop jangini tashkillashtirish va yaradorlarni evakuatsiya qilish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Shuningdek, ko‘rgazmali o‘quv mashg‘ulotlari ularning amaliy ko‘nikmalarini yanada


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI11mustahkamlashga xizmat qildi.Shu tariqa aprel oyida o‘tkazilgan mazkur o‘quv-uslubiy yig‘in milliy armiyaning amaliy tayyorgarligi, off tserlar va ularning o‘rinbosarlari malakasini yuksaltirish hamda jangovar qobiliyatlarni takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Shu oyda tashkil etilgan Shimolig‘arbiy harbiy okrugga qarashli Urganch garnizonida aloqa qo‘shinlari mutaxassislari uchun o‘quv-uslubiy yig‘in ham muhim ahamiyat kasb etdi. O‘tkazilgan tadbir Qurolli Kuchlar Bosh shtabi Aloqa, axborot texnologiyalari va axborotlarni himoyalash bosh boshqarmasi tomonidan rejalashtirilgan bo‘lib, 2024/2025-o‘quv yilida qo‘shinlar orasida amalga oshirilgan jangovar va ma’naviy-ma’riff y tayyorgarlik, safarbarlik tadbirlari va kundalik faoliyat natijalarini tahlil qilishga qaratildi.Yig‘in davomida aloqa bo‘linmalaridagi xavfsizlik, radionazorat tahlili hamda mutaxassislarning kasbiy malakasi va yetakchilik qobiliyatini oshirish masalalari muhokama qilindi. An’anaviy “Eng ilg‘or mutaxassis” ko‘rik-tanlovining “Ishonchli qabul” nominatsiyasi doirasida kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan harbiy aloqachilar salohiyatiga baho berildi.


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI12HARBIY IRODA,SABR-QANOAT VA HAMJIHATLIKMAY OYIDA esa “Kattaqo‘rg‘on” dala-o‘quv maydonida Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti kursantlari artilleriya qurollari bilan amaliy mashg‘ulot o‘tkazib, o‘t ochish pozitsiyalarini jihozlash, nishonni uchuvchisiz uchish apparatlari orqali aniqlash va artilleriyadan zarba berish bo‘yicha tajriba almashdi. Harbiy xizmatchilar barcha belgilangan nishonlarni aniq yo‘q qilib, qo‘yilgan vazifalarni to‘liq bajardi.Mashg‘ulotlar jarayonida shaxsiy tarkibning taktik va amaliy tayyorgarligi, mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati va aniqlik darajasi baholandi.Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugda batalyon va divizion komandirlari hamda ularning o‘rinbosarlari ishtirokida bir necha kunlik komandirlik tayyorgarligi yig‘ini ham qizg‘in jarayonlarga boy bo‘ldi. Yig‘in davomida shaxsiy tarkibning kasbiy malakasi, zamonaviy jangovar operatsiyalarni olib borish qobiliyati va qo‘shinlarni turli vaziyatlarda boshqarish mahorati sinovdan o‘tkazildi.Yig‘inlarda zamonaviy taktik usullar, navigatsiya va axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha mashg‘ulotlar amalga


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI13oshirildi. Harbiy xizmatchilar oldiga qo‘yilgan maqsad o‘quv-jangovar vazifalarni sifatli bajarish va jangovar tayyorgarlik darajasini oshirishga yo‘naltirildi.May oyida Mudofaa vazirligi Tog‘ tayyorgarligi o‘quv-mashqlar markazida harbiy xizmatchilar ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi mashg‘ulotlar ham esda qolarli kechdi. Mashg‘ulotlar UgamChotqol tog‘ tizmalarida, balandligi 150 metrgacha bo‘lgan qoyalarda olib borildi. Harbiy xizmatchilar arqon yordamida chiqish va tushish bo‘yicha individual hamda jamoaviy mashqlardan o‘tdi, shu orqali jismoniy tayyorgarlik va jamoaviy hamjihatlik ko‘nikmalari mustahkamlandi.Mashg‘ulotlar nafaqat jismoniy quvvatni, balki harbiy iroda, sabr-qanoat va hamjihatlikni rivojlantirishga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir. MUHIM POYDEVOR VAZIFASINI BAJARDIIYUN OYIDA Toshkent harbiy okrugiga qarashli “Angren” tog‘-dala-o‘quv maydonida bo‘lib o‘tgan navbatdagi mashg‘ulotlar yurt o‘g‘lonlarini yana bir muhim sinovdan o‘tkazdi. Mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi harbiy xizmatchilarning turli obhavo sharoitida harakatlanish qobiliyatini sinash, ularda ruhiy barqarorlik va jismoniy chidamlilikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Bu yilgi tayyorgarlik jarayoni to‘siqlar yo‘lagidagi sinovlar va maxsus-taktik elementlar bilan boyitildi.Sun’iy to‘siqlardan o‘tish, murakkab yondashuvlarda harakat qilish, o‘zaro ko‘mak berish kabi elementlar amaliy bajarildi. Bu jihatlar jamoaviy jangovar harakatlar uchun muhim poydevor vazifasini bajaradi.Sun’iy tog‘ to‘siqlaridagi mashqlar xizmatchilardan jismoniy chidamlilik bilan birga hushyorlik, tezkor qaror qabul qilish qobiliyati va ruhiy barqarorlikni talab qildi. To‘g‘ri harakatlana olish ko‘nikmalari real jangovar sharoitda xato ehtimolini kamaytirishga xizmat qiladi.


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI14Dala-o‘quv maydonidagi sinov otishlarida xizmatchilar avtomat, pistolet, pulemyot va granatomyot kabi qurollardan foydalanib, turli masofadagi nishonlarga zarba berish bo‘yicha mashqlar bajardi. Shu bilan birga, shartli dushman nuqtalarini aniqlash, pozitsiyani tez almashtirish va jangovar holatda manyovr qilish ko‘nikmalari ham sinab ko‘rildi.Mashg‘ulotlar yakunida mas’ullar tomonidan har bir bosqich bo‘yicha tahlil o‘tkazilib, harbiy xizmatchilarning yutuq va kamchiliklari belgilab olindi. Bu xulosalar kelgusi mashg‘ulotlarning mazmun va yo‘nalishini belgilashga xizmat qildi.JANGOVAR SALOHIYAT SINOVLARI Mashg‘ulotlar goh yerda, goh samoda davom etdi. Sharqiy harbiy okrugga qarashli “Farg‘ona” dala-o‘quv maydonida parashyut bilan amaliy sakrash mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Mashg‘ulotlarda desantchilar parashyutni boshqarish, muvozanatni saqlash va yerga to‘g‘ri qo‘nish ko‘nikmalarini mustahkamladi.Sakrashlar turli sharoitlarda, parashyut tramplini va maxsus o‘quv maydonlarida amalga oshirildi. Mashg‘ulotlar orqali harbiy xizmatchilarning tayyorgarligi va amaliy ko‘nikmalari yanada rivojlantirildi.Navbatdagi harakatlar Shimolig‘arbiy harbiy okrug dala-o‘quv maydoniga ko‘chdi. Bu yerda shaxsiy tarkib bilan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Mashg‘ulotlar doirasida harbiy xizmatchilarning yaqin masofada jang olib borish, belgilangan nishonlarni aniq va samarali yakson etish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi. Shu bilan birga, jamoaviy harakat qilish, bir-birini qo‘llab-quvvatlash va tezkor qaror qabul qilish qobiliyatlari ham mustahkamlandi. Mashg‘ulotlar harbiy xizmatchilarning nafaqat shaxsiy tayyorgarligini, balki jamoa sifatida ham hamjihatlikda samarali harakat qilish qobiliyatini oshirishga xizmat qildi. NAVBATDAGI JANGOVAR TAYYORGARLIK Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug “Nuriston” dala-o‘quv maydonida davom etdi. Bu yerda yurt himoyachilari jangovar tayyorgarlik va mustahkam ruhiy-intizomiy sifatlarini sinovdan o‘tkazdi. Mashg‘ulotlarda taktik harakatlar, razvedka-qidiruv ishlari, juffi likda nishon tomon sezdirmay yaqinlashish, aloqa vositalaridan foydalanish hamda hujum va himoyani tashkil etish kabi murakkab vazifalar bajarildi.Poligon hududi Nurota tog‘lari poyida joylashgan bo‘lib, kuzning salqin havosi mashg‘ulotlarga alohida ruh berdi. Xizmatchilar “Dovyurak jangchi” farqlovchi nishoni uchun berilgan sinovlarda qo‘l va oyoq mashqlari, arkasimon ko‘prikdan o‘tish kabi vazifalarni aniq bajardi.Mashg‘ulotlar davomida harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligi, jangovar mahorati va jamoaviy harakat qilish qobiliyati yanada mustahkamlandi. Sinovlar o‘z nihoyasiga yetib, g‘olib ishtirokchilarga “Dovyurak jangchi” ko‘krak nishoni topshirildi. Bu tadbir milliy armiyada yuqori kasbiy va jangovar malakaga ega harbiy xizmatchilarni tayyorlash va qo‘shinlarning shayligini oshirishda amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi.Navbatdagi mashg‘ulotlar “Angren” umumqo‘shin tog‘-o‘qchilar batalyoni tomonidan tashkil etildi. Tungi mudofaa jangi mashg‘ulotlari hamda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug “Muborak” dala-o‘quv maydonida o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulotlarda shaxsiy tarkibning jangovar salohiyati ham sinovdan o‘tkazildi.XALQARO HARBIYHAMKORLIKXabaringiz bor, bu yil yana bir tarixiy voqea bilan xotiramizga muhrlandi. Markaziy harbiy okrug “Kattaqo‘rg‘on” poligonida “Birlik – 2025” nomli mintaqaviy birgalikdagi harbiy o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotlarga O‘zbekistondan tashqari, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Ozarbayjondan


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI15400 nafarga yaqin harbiy xizmatchi ishtirok etdi. Ularning hamkorligida zamonaviy jangovar tajriba va bilim almashildi, shuningdek Samarqandda mazkur davlatlar mudofaa vazirlarining birinchi rasmiy uchrashuvi ham tashkil etildi.“BIRLIK – 2025” MASHG‘ULOTIDAishtirokchilar uzoq masofadagi nishonlarni yo‘q qilishda artilleriya, uchuvchisiz uchish apparatlari va zirhli texnika imkoniyatlaridan foydalanib, zamonaviy jangovar uslublarni amalda qo‘llashni o‘rgandilar. Shuningdek, ular turli musobaqalarda ishtirok etib, jangovar tayyorgarlikni takomillashtirdi, boy tarixiyma’naviy meros va urfodatlar bilan tanishdi. Bu mashg‘ulotlar mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash va harbiy hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.Bugun dunyoda kechayotgan siyosiy va harbiy jarayonlar mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, davlatlar o‘rtasida ishonchli hamkorlikni mustahkamlash – tinchlik va barqaror taraqqiyotning asosiy omili sifatida tobora muhim ahamiyat kasb etyapti.O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Ozarbayjon Mudofaa vazirliklari bo‘linmalari ishtirokida o‘tkazilgan “Birlik – 2025” mintaqaviy birgalikdagi o‘quv mashg‘ulotlari ham ana shu maqsadlarga xizmat qildi.AYTISH JOIZKI, mazkur o‘quv mashg‘ulotlari ishtirokchi davlatlarning Qurolli Kuchlari bilan yo‘lga qo‘yilgan keng qamrovli va o‘zaro ishonchga asoslangan strategik hamkorlikning ajralmas qismi hisoblanadi. Mamlakatlarimiz barqaror taraqqiyot va umumiy xavfsizlik yo‘lida tashlayotgan dadil qadami nafaqat ilm-fan, sanoat,


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI16...Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy kelajak uchun mas’uliyatni his etishi mintaqaning barqaror rivojlanishi va farovonligining mustahkam poydevori va kafolatidir!Shavkat MIRZIYOYEV, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI17iqtisodiyot va texnologiya sohalarida, balki harbiy sohada ham samarali natijalarni bermoqda. Albatta, bu, avvalo, davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va oliy darajadagi o‘zaro hamff krligi samarasidir. Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari esa ana shu hamkorlikning amaldagi yorqin ifodasi bo‘lib xizmat qildi. Ta’kidlash kerakki, “Birlik – 2025” mintaqaviy o‘quvi nafaqat jangovar mahorat va qo‘shinlarning o‘zaro hamkorligini oshirishga, balki ishtirokchi mamlakatlar harbiylari o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlashga ham xizmat qildi.MEN G‘OLIB – PROFESSIONALLIK HISSINOYABR OYIDA o‘tkazilgan mashg‘ulotlar ham armiyamiz hayotida alohida ahamiyat kasb etadi. Har yili an’anaviy tarzda Mudofaa vazirligi miqyosida “Men g‘olib!” shiori ostida armiya o‘yinlari doirasida o‘tkaziladigan “Sodiq do‘st” ko‘rik-tanlovi bu yil ham Chirchiq shahridagi Mutaxassis va xizmat itlarini tayyorlash markazida o‘z nihoyasiga yetdi. Bu ko‘riktanlov nafaqat g‘oliblarni aniqlash, balki harbiy xizmatchilarning va xizmat itlarining tayyorgarlik darajasini baholash, mutaxassislik ko‘nikmalarini namoyon qilish imkonini berdi.Shu bilan birga, “Men g‘olib!” shiori ostidagi armiya o‘yinlari doirasidagi musobaqalar ishtirokchilarga o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazish, kim yuqori jangovar tayyorgarlikka ega ekanini aniqlash imkonini berdi. Xususan, Sharqiy harbiy okrugning “G‘urumsaroy” dala-o‘quv maydonida o‘tkazilgan “Eng ilg‘or tank guruhi” ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi haqiqiy bahodirlar orasidan eng munosiblarini aniqlashga xizmat qildi.Shuningdek, Markaziy harbiy okrugning “Forish” tog‘ poligonida bir necha kun davomida o‘tkazilgan “Men g‘olib!” shiori ostidagi “Eng ilg‘or tank guruhi” va “Eng ilg‘or jangovar guruh” ko‘rik-tanlovlari qatnashchilarga o‘z imkoniyatlarini amalda sinovdan o‘tkazish imkonini berdi. Jamoalar berilgan topshiriq va shartlarga jiddiy yondashib, o‘zlarining bor mahorat va salohiyatlarini to‘liq ishga solgan holda harakat olib bordi. Bu turdagi mashg‘ulotlar nafaqat harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligini mustahkamlash, balki ularda mas’uliyat, tezkor qaror qabul qilish va professionallik hissini ham rivojlantirishga xizmat qiladi.SHIJOAT MAYDONI– YOSHLAR QANOTIShu bilan birga, tarixiy va ma’naviy ahamiyatga ega yana bir muhim voqelik sifatida “Shijoat maydoni” majmuaviy-amaliy harbiy sport musobaqalarini aytish mumkin. Bu musobaqalar Tog‘ tayyorgarligi o‘quv-mashqlar markazidagi tog‘ tayyorgarligi to‘garaklariga jalb qilingan “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati a’zolari o‘rtasida ilk bor tashkil etildi. Mazkur tadbir orqali yosh avlodning jismoniy tayyorgarligi, jangovar ruh va Vatanga sadoqat hissi rivojlantirildi, ularda jamoaviy harakatlanish va murakkab sharoitlarda qaror qabul qilish ko‘nikmalari shakllantirildi. Bu kabi faoliyat kelgusida yurt himoyachilari bo‘ladigan avlodning tayyorgarligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.XULOSA QILIB AYTADIGAN BO‘LSAK, armiya hayotidagi bir kun ham shunchaki o‘tmaydi. Qo‘shinlarda doimiy izlanish, turli sharoitlarda amaliy mashg‘ulotlar, taktik sinovlar va ko‘rik-tanlovlar orqali harbiy xizmatchilarning jangovar salohiyati, ruhiy barqarorligi va jamoaviy harakatlanish qobiliyati mustahkamlanadi. Bular nafaqat harbiy xizmatchilarning shaxsiy tayyorgarligi uchun muhim ahamiyatga ega, balki yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashda ham hal qiluvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. KapitanBobur ELMURODOV


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI18


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI19YANGILANGANKONSTITUTSIYADA INSON HUQUQ VA MANFAATLARI Har bir davlat o‘z fuqarolari bilan munosabatga kirishar ekan, muayyan huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi. Bu o‘zaro munosabat ikki taraffl ama xarakterga ega: davlat fuqarolarning xavfsizligi, farovonligi, tinchligi va munosib hayot kechirishi uchun zarur shartsharoitlar yaratib berishga majbur, fuqarolar esa qonunlarga rioya etish, burch va majburiyatlarni bajarish orqali jamiyat hayotida faol ishtirok etishi lozim.


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI20Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda ushbu asosiy prinsiplar alohida muhim huquqiy qoida sifatida mustahkamlandi. Bunda e’tibor markaziga insonning huquq va erkinliklari qo‘yilmoqda. Zero qonunlar insonlarning og‘irini yengil qilishi, ularning ijtimoiy va huquqiy himoyasini ta’minlashi, turmush tarzini yaxshilashi kerak. Shu bois yangilangan konstitutsiyaviy normalar huquqiy munosabatlarda inson manfaatini ustuvor qiymat sifatida e’tirof etadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat inson huquqlari sohasida o‘z zimmasiga qator muhim majburiyatlarni olgan. Eng avvalo, davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ta’minlashga qaratilgan holda ijtimoiy adolat, qonuniylik va qonun ustuvorligi prinsiplari asosida amalga oshirishi shart ekani belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaga muvoffi q, davlat xalq irodasini ifoda etadi va uning manfaatlariga xizmat qiladi, davlat organlari hamda mansabdor shaxslar esa jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar. Shuningdek, O‘zbekiston o‘z hududida istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning tili, urf-odati va an’analarini hurmat qilish, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratish hamda mamlakat ichida va tashqarisida o‘z fuqarolariga huquqiy himoya va homiylik ko‘rsatish majburiyatini oladi. Davlat insonning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlarini oliy qadriyat sifatida e’tirof etgan holda ularni ta’minlash uchun amalda bir qator tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Xususan, shaxsiy huquqlarni ta’minlash va himoya qilish maqsadida Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslar, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”, “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi. Bu hujjatlar insonning daxlsizligi, shaxsiy xavfsizligi va erkin hayotini huquqiy jihatdan mustahkamladi. FUQAROLARNING jamiyat va davlat boshqaruvida ishtirok etish huquqlari ham to‘laqonli ta’minlanmoqda. Bu borada Saylov kodeksi muhim ahamiyatga ega. Ushbu hujjatlar davlat hokimiyatini demokratik yo‘l bilan shakllantirish, saylovlar ochiqligi va shaffl ofl igini ta’minlashda huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunlar fuqarolarning uyushish, erkin ff kr bildirish va jamoatchilik faoliyatida qatnashish huquqlarini yanada mustahkamladi. Bu esa fuqarolik jamiyati institutlarining erkin rivojlanishi uchun huquqiy zamin yaratdi.“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonun har bir fuqaroga ariza, taklif va shikoyat bilan davlat organlariga murojaat qilish huquqini kafolatlaydi. Elektron murojaat shaklining joriy qilinishi esa fuqarolarning huquqiy himoyaga tezkor erishish imkoniyatlarini kengaytirdi. 2016-yil 28-dekabrdagi Prezident farmoni bilan Xalq qabulxonalarining tashkil etilishi murojaatlar bilan ishlash tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqdi. Bu mexanizm fuqarolarning muammolarini hal etishda davlat idoralari mas’uliyatini ko‘proq oshirdi va “biror-bir murojaat e’tiborsiz qolmaydi” tamoyilini amaliyotga joriy etdi. Konstitutsiyamizda insonning ijtimoiy huquqlari – mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlari, dam olish, ijtimoiy ta’minot olish huquqlari alohida e’tirof etilgan. Ushbu huquqlarni amaliy ta’minlash uchun Mehnat kodeksi, aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida, pensiya ta’minotiga oid qonunlar, nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qonunlar, mehnatni muhofaza qilish va majburiy sug‘urtaga oid huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Bu esa, avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson huquq va erkinliklarini himoya qilish davlatimizning ustuvor vazifasi etib belgilangani bilan e’tiborga loyiq. Asosiy qonunimiz har bir fuqaroga o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilish huquqini kafolatlaydi. Bu norma insonning ajralmas huquqi sifatida xalqaro shartnomalar, paktlar va konvensiyalarda ham e’tirof etilgan. Jumladan, muhim jihatlardan biri bu fuqarolarning sud himoyasining asosiy kafolatidir. Yangilangan Konstitutsiyamiz inson huquq va erkinliklarini himoya


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI21qilishning mustahkam mexanizmlarini belgilab berdi. Xususan, 29-moddada har bir shaxsga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlangani huquqiy demokratik davlatning asosiy belgilaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Mazkur normaga ko‘ra, har kim advokat yordamidan foydalanish imkoniyatiga ega, qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik yordam davlat hisobidan ko‘rsatiladi, shaxs ushlangan paytdanoq uning huquqlarini amaliy himoya qilish mexanizmi ishga tushadi. BUNDAN TASHQARI, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi ayblovning mohiyati bilan tanishish, unga qarshi va uning foydasiga guvohlik berayotgan shaxslarni so‘roq qilishni talab etish, shuningdek tarjimon xizmatidan foydalanish huquqiga ega. Bu jarayonlar inson huquqlarini ta’minlashda murosa qilinmaydigan talablar hisoblanadi. 29-moddaning yana bir muhim jihati – qonun buzilib topilgan dalillar sudda qonuniy kuchga ega emas. Bu odil sudlovning adolatli va xolis o‘tishi uchun kafolat bo‘lib xizmat qiladi. Har bir shaxs jinoyat uchun sudlanganda, o‘z hukmini Ya’ni Konstitutsiyaning 30-moddasi huquqiy davlatning yana bir muhim prinsipi – qonuniylik, qonunning rasmiy e’lon qilinishi va javobgarlikning aniqligini ta’minlaydi. Unga ko‘ra, hech kim rasmiy e’lon qilinmagan qonun asosida javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Ayni bir jinoyat uchun bir shaxs ikki marta hukm qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.Bu normalar qonun ustuvorligi, inson huquqlari daxlsizligi va sud-tergov organlari faoliyatida adolatni ta’minlaydigan fundamental kafolatlardir. X bobda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashning konstitutsiyaviy asoslari belgilangan bo‘lib, 54 va 55-moddalarida inson huquqlarini ta’minlashning davlat siyosatidagi ustuvor o‘rni aniq va ravshan belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, insonning huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy maqsadi sifatida e’tirof etiladi. Bu tamoyil O‘zbekistonda “Inson qadri – oliy qadriyat” degan konstitutsiyaviy g‘oyaning huquqiy ifodasidir. Konstitutsiyamizning normalariga ko‘ra, har bir shaxs o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari yuqori turuvchi sudda qayta ko‘rib chiqilishini talab qilish, shuningdek afv yoki jazoni yengillashtirish bo‘yicha iltimos kiritish huquqiga ega. Huquqbuzarliklardan jabr ko‘rgan shaxslar huquqlari ham davlat himoyasida bo‘lib, ularga yetkazilgan zararning qoplanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi Konstitutsiya darajasida belgilab qo‘yilgan. 30-moddaga ko‘ra, qonun ustuvorligi va javobgarlikning huquqiy aniqligi belgilangan.


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI22va mansabdor shaxslarning qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish, ishini vakolatli, mustaqil va xolis sud tomonidan qonunda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishi kafolatiga ega. Bu, eng avvalo, qonun ustuvorligining hayotda amal qilishini ta’minlaydi. “Qozi nomard bo‘lsa, dodingni kimga aytasan?” degan xalq naqli bejiz emas. Agar huquqni buzgan organning o‘zi fuqaroga nisbatan adolatsiz qaror chiqarayotgan bo‘lsa, uning yagona tili sudga murojaat qilishdir. Sud fuqaro manfaatlarini himoya qiluvchi oliy huquqiy mexanizmdir. Shu bilan birga, sud qarorlarini qayta ko‘rib chiqish huquqi ham belgilangan bo‘lib, unda fuqarolar sud qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda: apellyatsiya, kassatsiya, nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqish kabi huquqiy imkoniyatlarga ega. Bu institutlar shaxsning buzilgan huquqlarini tiklashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, adolat qaror topishiga xizmat qiladi.YANGILANGAN KONSTITUTSIYADAbirinchi bor mustaqil norma sifatida shaxsga davlatning barcha ichki huquqiy himoya vositalari tugaganda xalqaro organlarga murojaat qilish huquqi mustahkamlandi. Bu qoida mamlakatimizning inson huquqlarini himoya qilish borasidagi ochiq va demokratik siyosatini namoyon etadi. O‘zbekiston a’zo bo‘lgan BMTning inson huquqlari sohasidagi xalqaro hujjatlari (Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt va boshqalar) fuqarolarga irqiy kamsitish, ayollar va bolalar huquqlarini buzish, nogironlarni kamsitish, qiynoq, shafqatsiz yoki qadr-qimmatni kamsituvchi munosabatlar kabi holatlarda tegishli qo‘mitalarga murojaat qilish imkonini beradi. Bu norma fuqarolarga chet eldagi xalqaro mexanizmlar orqali o‘z huquqini himoya qilishga yo‘l ochib beradi.YANA BIR MUHIM XUSUSIYATI, davlat tomonidan yetkazilgan zararni qoplash majburiyati ham qayd etilgan yangi normalarni e’tirof etish joiz. Konstitutsiyada alohida tartibda belgilanishicha, davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari qaror va harakatlari tufayli fuqaroga yetkazilgan zarar davlat tomonidan qoplanadi. Bu fuqarolarni ortiqcha huquqiy sarsongarchilikdan qutqarishga xizmat qiladi. Bosh maqsad inson manfaatini birinchi o‘ringa qo‘yish va davlatning javobgarlik madaniyatini shakllantirishdir. Yana bor e’tiborga molik huquqiy kafolatlar XII bobdagi jamiyatning iqtisodiy negizlari sifatida 65-66-moddalarda demokratik bozor iqtisodiyoti, mulk shakllarining xilmaxilligi va xususiy mulk daxlsizligi tamoyillari asosida mustahkamlab qo‘yilgan. Ayniqsa, 65 va 66-moddalar mamlakatda iqtisodiy erkinlik, tadbirkorlik tashabbusi va mulkiy huquqlarning kafolatlarini belgilaydi. 65-MODDAGA KO‘RA, O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini turli shakllardagi mulk tashkil etadi. Bu quyidagi asosiy tamoyillarni anglatadi:birinchidan, iqtisodiy tarmoqlarda mulk shakllari xilma-xil: xususiy, davlat, aralash, jamoatchilik va boshqa shakllar birgalikda mavjud bo‘lishi iqtisodiy barqarorlik va raqobatni ta’minlaydi. Bunda davlatning vazifasi bozor iqtisodiyotini rivojlantirish, halol raqobat uchun sharoit yaratish va monopoliyaga yo‘l qo‘ymaslikdir;ikkinchidan, iste’molchilar huquqlari ustuvor, bu esa bozor munosabatlarida ularning manfaatlari birinchi o‘rinda turishi kerakligini ko‘rsatadi. Tadbirkorlik, iqtisodiy faoliyat va mehnat qilish erkinligi kafolatlanadi – bu iqtisodiy rivojlanishning asosiy omili sifatida qonun darajasida mustahkamlangan.Shu bilan birga, Konstitutsiya barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy himoya qilinishini kafolatlaydi. Biror mulk shakliga boshqasiga nisbatan imtiyoz yoki kamsitish berilmasligi huquqiy davlatning muhim talabi hisoblanadi.65-moddaning eng muhim jihati xususiy mulk daxlsizligidir. Mulkdor sud qarori bo‘lmasdan mulkidan mahrum etilishi mumkin emas. Bu qoida investorlar ishonchi, iqtisodiy barqarorlik va fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlaydigan fundamental prinsipdir.66-modda mulkdor huquqlarining mazmunini belgilab beradi. Unga ko‘ra, mulkdor, mol-mulkka egalik qiladi, undan daromad olish, istiqbolda rivojlantirishga haqli va o‘z mulkidan foydalanadi, uni tasarruf etadi (sotish, sovg‘a qilish, meros qoldirish va h.k.). Biroq modda mulkdorning faqat huquqlarini emas, balki ijtimoiy majburiyatlarini ham belgilaydi. Jumladan: mulkdan foydalanish atrofmuhitga zarar yetkazmasligi


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI23kerak, boshqa shaxslar, jamiyat va davlatning huquqlari buzilmasligi zarur. Bu talablar “mulk – mas’uliyat” tamoyilini ifoda etadi. Ya’ni mulkdor mulkidan foydalanishda faqat o‘z manfaatini emas, umumiy ijtimoiy manfaatlarni ham hisobga olishi kerak. Bu normalar O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning huquqiy asosini tashkil etadi, mamlakatni zamonaviy bozor iqtisodiyoti va adolatli jamiyatga olib boruvchi strategik yo‘nalishni belgilaydi.Shuningdek, qonunchilikdagi noaniqliklar inson foydasiga hal etiladi. E’tibor bering-a, yangilangan Konstitutsiyadagi eng muhim yangiliklardan biri qonunchilikdagi barcha ziddiyat va noaniqliklar inson foydasiga talqin etilishidir. Bu tarixiy qadam inson qadrini e’zozlash tamoyilining amaliy ifodasidir. Masalan, agar Soliq kodeksida yoki tadbirkorlikka oid qonunlarda ikki xil norma bo‘lsa, agar davlat va fuqaro o‘rtasida bahsli holat yuz bersa, agar ishni davlat foydasiga ham, fuqaro foydasiga ham hal etish mumkin bo‘lsa, bunday barcha holatlarda qaror fuqaro manfaatiga qabul qilinadi. Bu odamlarning davlatga bo‘lgan ishonchini oshiradi va mansabdorlarni mas’uliyatli ish yuritishga undaydi. Yangi norma faqat huquqiy-amaliy ahamiyatga ega emas. Uning amaliy qiymati juda katta. Ya’ni davlat organlari qaror qabul qilayotganda inson huquqi ustuvor bo‘ladi. Ikkinchidan, mansabdor shaxslar faoliyati inson manfaatlariga zid bo‘lmasligi shart qilib qo‘yiladi. Uchinchidan, fuqarolar o‘z huquqlarini himoya qilishda befarq mustaqil mexanizmlar va kafolatlar mavjud. Shaxsning o‘z huquq va erkinliklarini himoya qilish huquqi Konstitutsiyamizdagi eng hayotiy va amaliy normalardan biridir. U inson sha’ni va qadrqimmati ustuvorligini ta’minlaydi. Davlat organlarining javobgarligini mustahkamlamoqda. Fuqarolarga o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun milliy va xalqaro imkoniyatlar yaratib bergan yangi davrning konstitutsiyaviy kafolati bo‘lib xalq ishonchini qozonmoqda. Qonunchilikdagi noaniqliklarni fuqaro foydasiga hal etishni kafolatlaydi. BULARNING BARCHASI Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, huquqiy madaniyatni yuksaltirish va fuqarolar davlatga bog‘liq emas, balki davlat fuqaroga xizmat qiladigan tizimni shakllantirishga xizmat qiladi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 1-moddasida “O‘zbekiston – suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat” ekani alohida va qat’iy belgilab qo‘yildi. Alohida e’tiborga loyiq jihati shundaki – mamlakatimiz tarixida ilk bor Konstitutsiyamizda O‘zbekistonning ijtimoiy davlat sifatidagi maqomi mustahkam norma sifatida qayd etildi.Bu o‘zgarish nazariy ta’rif emas, balki amaldagi chora-tadbirlar bilan tasdiqlanmoqda. Bugungi kunda yurtimizga nisbatan xorijiy davlatlarning ishonchi va e’tiborining ortishi ham shuning yaqqol dalillaridan biridir. Xususan, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti kabi nufuzli mintaqaviy tuzilmalardagi faol ishtirok, ularning O‘zbekistonga bildirgan hurmati va hamkorlikka intilishi – xalq farovonligi ta’minlangan, inson qadri ustuvor bo‘lgan mamlakatga bo‘lgan ijobiy munosabat sifatida namoyon bo‘lmoqda.IJTIMOIY DAVLAT konsepsiyasining mazmuniga batafsil nazar tashlasak, unda insonga g‘amxo‘rlik, uning sha’ni va qadr-qimmatiga hurmat, aholi farovonligini ta’minlash kabi ustuvor maqsadlar mujassam. Yangi Konstitutsiyada davlatning ijtimoiy sohadagi majburiyatlariga oid normalarning uch barobarga ko‘paygani ham ana shu ustuvor yo‘nalishning huquqiy ifodasidir. Bu o‘zgarishlar xalqaro hamjamiyat tomonidan ham yuqori baholanmoqda. Bunga misol qilib, joriy yilda YUNESKOning 43-sessiyasining Samarqandda o‘tkazilishi va unda 190 dan ortiq davlat vakili qatnashgani, AQSh va boshqa yetakchi davlatlar bilan amaliy hamkorlikning kengaygani, Islom sivilizatsiyasi markazining ochilishi va unda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ishtirok etgani, “Kelajak merosi” mukofoti sohiblariga bo‘lgan e’tibor kabi voqealarni keltirish mumkin. Barcha bu jarayonlar bir maqsadga xizmat qiladi – inson sha’ni va qadr-qimmati ustuvorligiga asoslangan yangi konstitutsiyaviy kafolatlarning xalqaro miqyosda ham e’tirof etilayotganini ko‘rsatadi.Firuza MUHIDDINOVA, TDYU professori


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI24SOHIBQIRONVA HARBIYILM RIVOJIAmir Temurning harbiy san’ati uzoq asrlar davomida Sharq va G‘arb davlatlari uchun namuna sifatida xizmat qilib kelmoqda. Amir Temurning harbiy san’at rivojiga qo‘shgan hissasi beqiyosdir. U o‘z xalqining tinchligi, osoyishtaligi yo‘lida umrining oxirigacha xizmat qildi. Qudratli, intizomli va o‘z davrining eng rivojlangan armiyasini barpo etdi, urush olib borishning mukammal strategiyasi, operativ san’ati va taktikasini ishlab chiqdi hamda “Temur tuzuklari”da ularning nazariy asoslarini avlodlarga meros qilib qoldirdi.


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI25Bugun ilmiy jamoatchiligimizning sa’y-harakatlari bilan Amir Temur shaxsi tarixda o‘zining ko‘p qirrali faoliyati bilan Sharq Renessansiga asos solgan bunyodkor sifatida tanilishiga erishildi. Sohibqironning hukmronligi davrida davlatchilik, qo‘shin tuzish, ilm-fan, san’at va bir qator sohalarda katta o‘zgarishlar kuzatildi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevning “Biz nima uchun Amir Temur bobomizning mudofaa merosini ilmiy asoslar bilan o‘rganmaymiz? Biz, birinchi navbatda, o‘zimizning bobolarimiz tarixini o‘rganishimiz kerak. Afsuski, biz ko‘p yillar boshqalar tarixini, bizga aloqasi bo‘lmagan janglarni o‘rgandik”, deb ta’kidlab o‘tgan edi. Darhaqiqat, Yurtboshimiz aytganlaridek, manbalarni chuqur tahlil qiladigan bo‘lsak, o‘zbek davlatchiligining barcha davrlarida buyuk sarkardalarimiz, eng avvalo, mamlakat mudofaa va xavfsizligi, harbiy ilm masalalariga katta e’tibor qaratganiga guvoh bo‘lamiz.Amir Temur o‘z faoliyati davomida harbiy ilmning rivojiga alohida ahamiyat bergan. “Temur tuzuklari”da harbiy sohaga oid nazariy bilimlar: tadbirlar, kengashlar, sipoh saqlash, vazir tutish, mamlakatlarni zabt etish haqidagi ma’lumotlar qimmatlidir.Sohibqiron Amir Temur harbiy san’atning tarkibiy qismlari – taktika, operativ san’at va harbiy strategiyaning ilmiy asoslarini “Temur tuzuklari”da batafsil yoritib bergan.“Jang-u jadal, urush maydoniga kirish va chiqish, qo‘shinni safl ash, g‘anim lashkarini sindirish” tuzugi Amir Temur qo‘shini tarkibidagi taktik bo‘linmalar, qo‘shilmalarning dasturilamali bo‘lib, aynan taktik harakatlarni belgilagan. Amir Temur agar g‘anim lashkari soni 12 ming otliqdan kam bo‘lsa, bu urushda lashkarga amir ulumaro sardorlik qilishini belgilagan. Ushbu tuzukda Amir Temur qo‘shinning jangovar tartibda joylashishi, dushman bilan qanday qilib jang olib borish ketmaketligi, komandirning ish tartibi, dushmanni baholash tartibi, qo‘shinni joylashtirishga qo‘yilgan talablarning ilmiy asoslarini yozib qoldirgan. Amir Temurning qo‘shinning hududda joylashishi va dushmanni baholashga doir ilmiy qarashlari zamonaviy harbiy san’atda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan (1-jadval).Jang maydonini tanlashga ham Amir Temur tomonidan katta e’tibor berilgan bo‘lib, “Temur tuzuklari”da taktik bo‘g‘indagi amirlar to‘rt narsani nazarda tutishlari kerakligi belgilangan.


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI26Birinchidan, jang maydoni suvga yaqin yoki uzoqligi (hududni suv bilan ta’minlash shart-sharoitlari).Ikkinchidan, askar saqlaydigan yerning xavfsizligi (hududni panalash, niqoblash shart-sharoitlari).Uchinchidan, g‘anim lashkari turgan yerdan teparoqda joylashishi va offi obga ro‘baro‘ bo‘lmasligi, toki quyosh shu’lasi sipohiylarning ko‘zini qamashtirmasin.To‘rtinchidan, urush maydonining oldi ochiq, keng joy bo‘lishi lozim (hududning o‘q uzish, kuzatish sharoitlari kabi xususiyatlari).Sardor lashkar nazoratchisi bilan birga dushman sipohining oz-ko‘pligini mulohaza etsinlar, sarkardalarini g‘anim lashkarboshilari bilan solishtirsinlar.Shunga qarab, o‘z sipohlarining kam-u ko‘stlarini to‘g‘rilab, jangga hozirlansinlar.Yana o‘z sipohining qurol-aslahalarini dushmanniki bilan taqqoslasinlar.1) bo‘linmalarning quduq, ariq va boshqa suv manbalariga imkon qadar yaqin bo‘lgan joyda joylashishi;2) bo‘linmaning joylashish joyi tabiiy pana joylarga ega bo‘lgan hamda dushmanning ommaviy qirg‘in va yuqori aniqlikka ega qurollar ta’siridan himoyalashni ta’minlashi;3) ustuvorlikka ega bo‘lgan tepaliklarni egallash, vaziyatni baholash davomida iqlim sharoitlarini inobatga olish;4) bo‘linmalarning tarqoq va yashirincha joylashuvi, tezlik bilan yig‘ilish va zarur yo‘nalishda manyovr o‘tkazishni ta’minlashi.Komandirlar dushman qo‘shinining tarkibi, holati, soni, kuchli va zaif jihatlari, qanday qurol-aslaha va texnikalar bilan butlangani, jangovar harakatlar olib borish tajribasiga egaligi kabi omillarni o‘rganishi hamda qaror qabul qilish jarayonida ushbu ma’lumotlarni inobatga olishi kerak.“Temur tuzuklari”da dushmanni baholashga doir talablar ham mavjud bo‘lib,unda sarkarda quyidagi talablarga rioya etishi belgilab qo‘yilgan:Jangovar harakatlarda qo‘shinning hududda joylashuvi bo‘yicha talablarDushmanni baholashga doir talablarAmir Temur harbiy san’atidaAmir Temur harbiy san’atidaZamonaviy harbiy san’atdaZamonaviy harbiy san’atda(1-jadval) (2-jadval)


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI27Yana bir misol, rus harbiy mutaxassisi general M. Ivanin Amir Temur harbiy san’atini o‘rganib, uni chuqur tahlil qiladi, sohibqiron qo‘shinida eng katta taktik bo‘linma 12 ming kishidan tashkil topganini bilib, “Qo‘shin tarkibi va tashkiliy shtat tuzilishini bir qancha o‘zgartirish, ta’minot zaxiralarini tashishni yaxshilash kerak” degan ff krga keladi. Shundan so‘ng Bosh shtabga rus qo‘shinlari tarkibidagi eng katta taktik qo‘shilma, ya’ni diviziya shaxsiy tarkibining soni 12 ming bo‘lishi, uning tarkibida mustaqil ravishda harakatlanadigan ta’minot bo‘linmalari bo‘lishi kerakligi bo‘yicha o‘z taklifl arini beradi hamda uning taklifl ari inobatga olinadi.Bu ma’lumotlardan shuni xulosa qilishimiz mumkinki, o‘sha davrda rus armiyasidagi va bir qator G‘arb davlatlari Qurolli Kuchlari tarkibidagi diviziya shaxsiy tarkibining soni o‘rtacha 12 000 kishini tashkil qiladi. Xorijiy armiyalarda, jumladan rus qo‘shinlaridagi diviziya va undan quyi qismlar (bo‘linmalar) taktik jangovar harakatlarni olib boradi. Dunyo harbiy nazariyotchilari XX asrning boshlarida operativ san’atni harbiy san’atning alohida tarkibiy qismi deb tan olgan bo‘lsa, Amir Temur XIV asrda operativ san’atning nazariyasini ishlab chiqqan, bu nazariyani o‘zining “Temur tuzuklari”da juda yorqin, tushunarli yoritib bergan va amaliyotda muvaffl aqiyatli qo‘llagan.Misol, Amir Temur o‘zining “Qirq ming otliqdan iborat o‘n to‘rtta zafarli sipoh favjlarini safga tizish tuzugi”da operativ san’atning nazariyasini ishlab chiqqan hamda ilmiy asoslarini yaratgan.40 ming kishidan iborat bo‘lgan qo‘shin operativ birlashma (harbiy okrug va unga tenglashtirilgan birlashmalar) hisoblangan hamda operativ (alohida yo‘nalishlarda operativstrategik) vazifalarni bajargan. “Temur tuzuklari”da operativ san’at so‘zi ishlatilmagan bo‘lsa ham, ushbu tuzukda 40 ming qo‘shinning operativ safl anishi, operatsiyalarni olib borish ketma-ketligi va qanday qilib g‘alabaga erishish mumkinligi batafsil yoritilgan.Rossiya imperiyasida harbiy okrug birinchi bor 1862–1864-yillarda tashkil etilgan. Amir Temur o‘z davrida mamlakatni harbiy-ma’muriy sektorlarga, ya’ni harbiy okruglarga bo‘lib, idora etgani ahamiyatlidir. Amir Temur davlatining harbiy okruglari va qo‘mondonlari:Shohrux: Xuroson, Jurjon, Mozandaron va Seyiston (markazi Hirot);Mironshoh: G‘arbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq va Armaniston (markazi Tabriz); Umarshayx: Fors, ya’ni Eronning janubiy qismi (markazi Sheroz);Katta o‘g‘li Jahongirning farzandi Pirmuhammad: G‘azna, Balx va Kobul viloyatlari, Shimoliy Hindiston (markazi G‘azna, keyinchalik Balx);Davlatning markaziy qismi – Movarounnahr va Xorazm (markazi Samarqand) esa Amir Temurning o‘zi tomonidan boshqarilgan.Yana bir rus generali A. Svechin 1924-yili harbiy san’atning tarkibiy qismlari bo‘lgan strategiya va taktika o‘rtasida bog‘lovchi vosita bo‘lishi kerak, degan xulosaga keladi. U birinchilardan bo‘lib fanga harbiy san’atning mustaqil sohasi sifatida operativ san’at tushunchasini kiritib, strategiya va taktika o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘inning ilmiy asoslarini yaratadi. “Operativ san’at” G‘arb davlatlari (jumladan, AQSh va NATO bloki davlatlari)da XX asrning 80-yillarigacha harbiy san’atning mustaqil tarkibiy qismi bo‘lib ajralib chiqmagan edi.


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI28va o‘tkazish muammolari ham Amir Temur nazaridan chetda qolib ketmagan va biz buni “Temur tuzuklari”ning “qirq ming otliqdan ortiq sipoh favjini safga tizish tuzugi”da yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Amir Temur o‘zining amaliy tajribalaridan kelib chiqib, kelajakdagi urushlarni oldindan ko‘ra olgan. Shuning uchun ham 40 favjdan iborat qo‘shinning operativ safl anishi va unda har bir bo‘linmaning joyi, o‘rni hamda jangovar vazifalarining aniq belgilanishi, strategik operatsiyalarga tayyorgarlik ko‘rish va olib borish tartibi, operatsiya davomida qo‘shinni boshqarish, ular o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini “Temur tuzuklari”da yozib qoldirgan.Amir Temur o‘z harbiy strategiyasini quyidagi muhim vazifalarni bajarish orqali amalga oshirgani diqqatga sazovordir:1. Har bir harbiy yurishidan oldin muhoraba (dushman)hududini, bo‘lajak urushning xususiyatlarini o‘rganish. Amir Temur muhorabadan oldin harbiy harakatlar olib borishi mumkin bo‘lgan joylarning geograff k xususiyati, relyeff , iqlimi, suv manbalarining mavjudligi kabi ma’lumotlarni o‘rgangan. Bundan tashqari, dushmanning tarkibi, tajribasi, ustun va zaif tomonlari, qurollarining turlari, urush qilish usullariga alohida ahamiyat bergan. 2. Urush olib borish uchun kuch va vositalarni tashkil qilish hamda tayyorlash usullarini belgilash. Bu yerda biz Amir Temurning strategik hisob-kitoblarga qanchalik zukko bo‘lganini ko‘rishimiz mumkin. Muhoraba hududigacha bo‘lgan masofa, dushman qo‘shinining soni va shu kabi ma’lumotlarni aniqlagandan so‘ng qancha miqdordagi qo‘shin hamda zaxira (oziq-ovqat, kiyim-kechak, suv, otlar uchun yem-xashak va b.)kerakligini belgilagan.3. Muhoraba hududini dushmanga nisbatan oldinroq egallash (hududni tayyorlash va uni operativ jihozlash). Amir Temur barcha harbiy yurishlarida muhoraba hududini dushmanga nisbatan ancha oldinroq egallashga katta e’tibor qaratgan va buni amalga oshirgan. Jumladan, 1395-yili To‘xtamishxonga, 1398-yili Hindistonga, 1402-yili Sulton Boyazidga qarshi yurishlarida hudud oldindan egallanib, operativ jihozlangan, xandaqlar qazilib, muhandislik to‘siqlari barpo etilgan. Bu bilan biz Amir Temur strategiyasi mudofaa xususiyatiga ega ekanini ko‘rishimiz mumkin.4. Qo‘shin tarkibi va sonini belgilash, zarurat tug‘ilsa, safarbarlik e’lon qilish. Amir Temur Hindistonga yurishida ko‘p sonli qo‘shin bilan yurish imkoniyati bo‘la turib, 90 ming qo‘shin bilan yurishni amalga oshirgan. To‘xtamishxonga qarshi yurishida esa 1982-yili AQShning dala nizomiga “Jangovar harakatlarning operativ darajasi” degan tushuncha kiritilgan. Keyinchalik 1986-yili ushbu nizomning yangi tahririda “operativ san’at” tushunchasi kiritildi. 2001-yilda bu nizomga qo‘shimchalar kiritilgandan so‘ng “operativ san’at” tushunchasiga aniqliklar kiritilgan.2011-yilga kelib, AQSh Qurolli Kuchlari uchun “Kelishilgan quruqlik jangovar harakatlari” (angl. Unified Land Operations) deb nomlangan yangi operativ doktrina ishlab chiqildi.Aslida operativ san’atning ilmiy asoslari XIV asrda buyuk Amir Temur tomonidan yaratilgan edi.Harbiy san’atning eng yuqori pog‘onasi strategiya hisoblanadi. Strategiya bobida Amir Temurga teng keladigan sarkarda topilmasligi shubhasiz.XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrning boshlarida strategik operatsiyalarni tayyorlash


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI29safarbarlik e’lon qilib, qo‘shin sonini dushman qo‘shini sonidan ortiqroq bo‘lishiga erishgan.5. Urushni to‘laligicha va kampaniyalarini rejalashtirish. Amir Temurda kampaniyalarning uzilkesil muqarrar rejalari bo‘lishi bilan bir qatorda, zaxira rejalar ham mavjud bo‘lgan, agar sharoit qulayroq fursatga kafolat bersa, Amir Temur yurish yo‘nalishini yoki belgilangan maqsadni o‘zgartira olgan. Bunga Amir Temurning ko‘p yillik yurishlari yaqqol misol bo‘ladi. 6. Har bir muhorabaning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, strategik manyovrlarning shakl va usullarini ishlab chiqish. Amir Temurning harbiy san’atida taktik va strategik miqyosda keng manyovrlarni o‘tkazish ustuvor hisoblangan.Aynan manyovr orqali sohibqiron dushmandan bir qadam oldinda bo‘lishga erishgan. Bu g‘alabaga erishishning eng asosiy omili va asosi edi.7. Strategik zaxiralarni yaratish va ulardan oqilona foydalanish. 1391-yili To‘xtamishxonga qarshi yurishda 2 500 km masofaga marsh uyushtirgan. Bunda qo‘shin ta’minoti, moddiy zaxiralarni yaratish katta ahamiyatga ega bo‘lgan.8. Qo‘shin tarkibidagi barcha kuchlarning puxta hamkorligini tashkillashtirish. Hamkorlik savollari urushga tayyorgarlik vaqtida ishlab chiqilgan bo‘lib, operatsiya davomida mohirlik bilan amalga oshirilgan. Operatsiyaning dinamikasi oldindan ishlab chiqilgan bo‘lib, qo‘shin operativ safl anishining barcha elementlariga jangovar (operativ) vazifalarni bajarish ketma-ketligi aniq qilib belgilab berilgan. 9. Qo‘shinlarning yagona boshqaruv tizimiga ega ekani. Boshqaruv sifatli bo‘lishi uchun Amir Temur bir qator tadbirlarni qo‘llagan. Bo‘linmalar kiyimi, otlarining rangi bilan farqlangan. Oliy bosh qo‘mondon qarorgohidan


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI30turib ularni boshqarish amalga oshirilgan. Tezkorlikni ta’minlash maqsadida choparlardan foydalanilgan. Misol tariqasida quyidagi ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz: 1391-yili Qunduzcha yaqinidagi muhorabada To‘xtamishxon qo‘shini markazdan, chap va o‘ng qanotlardan berilgan zarbalarga bardosh bera olmaydi hamda ko‘p talafotlar ko‘radi. Shunda To‘xtamishxon qo‘shinni aylanib o‘tib, Amir Temur qo‘shinining ort tomonidan zarba berishni rejalashtiradi. Shu holatda jang ayni avjiga chiqqan vaqtda sohibqiron Amir Temurga Cheko (Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarida Jaku Tavachi deb berilgan tavochi)shoshilinch yetib kelib, dushmanlar lashkarlarimizning orqa tomonini egallayaptilar, deb xabar beradi. Amir Temur bu paytda To‘xtamishxonning chekinayotgan qo‘shinini ta’qib qilish bilan mashg‘ul edi.Amir Temur bu xabarni eshitib, To‘xtamishxon tomonga o‘z qo‘shinlari bilan yurishni rejalashtirib turganda chap qanotdagi jahon amirzodasi Umarshayx bahodirdan To‘xtamishxon qo‘shinining qalb va qanotlarini tartibga keltirib, bizning orqamizdan kelmoqda, degan xabar keladi. Ya’ni To‘xtamishxon Amir Temur qo‘shinining markaziga hujum uyushtirmasdan unga teskari bo‘lib, amirzoda Umarshayx bahodir qo‘shini tomonga harakatlanadi. Amirzoda Umarshayx bahodir ham o‘z qo‘shinini tartibga keltirib, To‘xtamishxon qo‘shini tomon yuradi. Natijada To‘xtamishxonning qurshovda qolish ehtimoli paydo bo‘ladi va jang maydonini tashlab ketishga majbur bo‘ladi.Bu ma’lumotlardan Amir Temur qo‘shinida xabar almashish tezkorlik bilan bajarilganining guvohi bo‘lamiz.Xulosa o‘rnida quyidagilarni aytib o‘tish mumkin:1. Amir Temurning alohida muhorabalari dunyo harbiy ilmi va san’atining rivojlanishiga katta ta’sir etgan. Sohibqiron Amir Temur qo‘shinlarining jangovar tartibini (operativ safi anishini) shunday tuzganki, bitta jangovar tartib (operativ safi anish) bilan ham mudofaa, ham hujum operatsiyalarini olib borgan. Qo‘shinlarni safl anishiga bo‘lgan bunday qarashlar va nazariy asoslar harbiy jihatdan qudratli bo‘lgan xorijiy zamonaviy armiyalarda ham mavjud emas.2. Amir Temur qo‘shinining uchga, ya’ni taktik, operativ va strategik bo‘g‘inga bo‘linishi ularning o‘z navbatida jang, muhoraba va strategik operatsiyalarni olib borganini bildiradi. Ularning ilmiy asoslari “Temur tuzuklari”da o‘z aksini topgan. Qo‘shinning bunday uch bo‘g‘inga bo‘linishi XX asrgacha, ya’ni Birinchi jahon urushi tugagunigacha bo‘lgan hech bir sarkarda faoliyatida uchramaydi.3. “Temur tuzuk lari”dagi ma’lumotlar Amir Temur strategiyasi mudofaaga asoslanganini bildiradi. Tuzuklarda sohibqiron o‘z qo‘mondonlariga hech qachon jangga birinchi kirmasligini belgilab bergan. Uning barcha harbiy yurishlarini tahlil qiladigan bo‘lsak, deyarli barcha jangovar harakatlari boshlanishidan oldin xandaqlar qazdirgan, muhandislik inshootlari barpo etilgan, sun’iy to‘siqlar yaratilgan, mudofaa tadbirlari bajarilgan.1395-yil 15-aprel kuni Amir Temur va To‘xtamishxon qo‘shinlari bir-biriga ro‘baro‘ keldi. Muhoraba boshlanishidan oldin Amir Temur o‘z qo‘shinlariga piyoda tartibda joylashishi va mudofaa tadbirlarini amalga oshirishni buyuradi. To‘xtamishxon


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI31esa Amir Temurning urush g‘oyasini, asosiy zarba yo‘nalishini, qo‘shinlarining operativ saflanishini aniqlash imkonidan mahrum bo‘ladi. Chunki qo‘shinlarning barchasi piyoda tartibda joylashgan, xandaqlar qazilgan va jangovar tartiblari oldida dushman kelishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarga sun’iy to‘siqlar yaratilgan edi. Shu tariqa sohibqiron dushmanning tarkibi, soni, qurol-aslahasi, asosiy zarba yo‘nalishi va jang g‘oyasini aniqlash maqsadiga erishgan.Masalan: “Yana ko‘rsinlarki, g‘anim hamla vaqtida jang qilib orqaga qaytib, keyin yana hamlaga kirishadimi yoki birinchi hamlasi bilan chegaralanib, oxirigacha savashadimi? G‘anim agar orqasiga qaytmay, savash qursa, sipoh uning hamlasidan yetgan zarbaga sabr-toqat qilib, oxirigacha turib berishi kerak. Unda shijoat bir soatlik sabr demakdir. Amr qildimki, dushman urush ochmagunicha o‘zlaricha jangga kirmasinlar” degan nasihatlari aynan ana shu muhorabaga mos kelishini ko‘ramiz. 4. Sohibqiron Amir Temurning buyukligiga bir qancha misollar va dalillar mavjud, uning buyukligini jahon hamjamiyati tan oladi. Misol tariqasida quyidagi ma’lumotni keltirib o‘tmoqchimiz: zamonaviy Turkiya davlatining asoschisi Mustafo Kamol Otaturk Amir Temur to‘g‘risida shunday fikrlarni bildirgan: “Men Amir Temur o‘rnida bo‘lganimda, unday buyuk ishlarni qila olarmidim-yo‘qmi, bunga kafolat bera olmayman, lekin Amir Temur mening o‘rnimda bo‘lganida, mendan-da buyuk ishlarni qilgan bo‘lardi”.PodpolkovnikMuzafl ar NAJIMOV,O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti kafedra boshlig‘i, dotsent


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI32Bundan o‘n yil ilgari tugab, tarix bag‘riga kirgan XX asrda o‘zbek xalqining shunday farzandlari dunyoga kelib, xalqimiz va mamlakatimiz tarixida xalq va Vatanning hur kelajagi yo‘lida yashagan donolardan biri, shubhasiz, Mahmudxo‘ja Behbudiydir.Milliy madaniyatimiz tarixiga nazar tashlagan “BEHBUDIYA”KUTUBXONASIUstoz Oybek o‘zining hayyomona ruboiylarining birida: “Donolar o‘tdilar – safari uzoq, Quyoshday botdilar – manzili tuproq”, deb yozgan edi. AkademikNaim KARIMOVabadulabad qoladigan ulug‘ ishlarni amalga oshirib ketdilarki, garchand quyoshday botib, ona tuproqni o‘zlariga allaqachon Vatan aylagan bo‘lsalarda, ular nomi hech qachon o‘chmaydi va ular hamisha minnatdor avlodlar xotirasida abadiy yashaydi. XX asrda Turkiston zaminida tug‘ilib,


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI33kishi barcha ma’rifatparvar podsholar saroyida kutubxonalar bo‘lgani va shu kutubxonalarda o‘zbek xalqining tarixi, dini va madaniyatiga oid noyob kitoblar saqlanganini yaxshi biladi. Ammo bu kutubxonalardan faqat saroy ahli va saroyga yaqin kishilargina foydalanib kelgan. XIX asr oxiri XX asr boshlarida vujudga kelgan Milliy uyg‘onish harakati namoyandalari esa o‘z oldiga ayrim kishilarni emas, balki xalqni ma’rifatli qilish maqsadini qo‘yganlari tufayli yangi maktablar ochibgina qolmay, keng xalq ommasi uchun kutubxonalarni ham barpo etishga kirishdi. O‘tgan asrning 10-yillarida Toshkentda Munavvarqori Abdurashidxonov rahbarligidagi jadidlar tashabbusi bilan “Turon” kutubxonasi tashkil etildi. Bundan bir necha yil ilgari esa Samarqandda “Qiroatxonayi Behbudiya” o‘z faoliyatini boshlab yubordi.“Turkiston viloyatining gazeti” sahifalarini varaqlagan kishi mazkur gazetaning 1908-yildagi 22-iyun sonida Behbudiyning “Oб oткрытие мусульманской библиотеки-читальни – mutolaaxona” sarlavhali xabar-maqolasini o‘qishi mumkin. Bu xabardan ma’lum bo‘lishicha, Behbudiy Samarqandda mutolaaxona ochish maqsadida “o‘n ikki nafar muhtaram kishilar” – maslakdoshlari bilan birga 27 bobdan iborat dastur va nizom (ustav)tuzib, Samarqand shahrining harbiy gubernatoriga yo‘llagan ekan. Mazkur dastur va nizom tasdiqlangach, mutolaaxonaning moddiy jihatlarini “mustahkamlash ishlari” yurishib ketadi. Avvalo, mutolaani tashkil etish uchun maxsus jamiyat tuziladi. Jamiyat a’zolarining Behbudiy boshchiligidagi birinchi yig‘ilishida mutolaaxona xizmatchilari tarkibi aniqlab olinadi. Behbudiy jamiyat raisi, Hojiqul Muhammedov rais o‘rinbosari, tarjimon Qo‘qonboy Abduxoliq o‘g‘li sarkotib, muallim Xidirbek Abusaid o‘g‘li raisning maishiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, savdogar mulla Abdusalom Abdulmo‘min o‘g‘li xazinachi, muallim Abduqodir Abdulshakur o‘g‘li (Abduqodir Shakuriy)va Hoji Said Ahmad Xo‘ja Xabar o‘g‘li idoraning doimiy a’zolari etib saylanadi. Ushbu xabardan ma’lum bo‘lishicha, jamiyat a’zolari mutolaaxonani o‘sha yilning Ramazoni sharifga qadar ochishga so‘z bergan. Xullas, mazkur yig‘ilishda bayon qilingan ff kr va mulohazalar asosida tuzilgan qaror (qonunnoma) harbiy gubernator generalmayor Galkinga taqdim etiladi va u qarorning asl nusxasi tagiga imzo chekib, mutolaaxonaning ochilishiga ijozat beradi. Shundan keyin mutolaaxona 1908-yil 11-sentabrda rasman ochiladi. Ochilish marosimida jadid maktabi talabalarining bir guruhi ishtirok etib, salavot o‘qiydi. So‘ngra shaharning yuzdan ziyod taraqqiyparvar kishilari xatmi Qur’on qiladilar. Keyinchalik “Behbudiya” kutubxonasi nomi bilan mashhur bo‘lgan mutolaaxona ikki smenada (ertalab soat 9 dan 5 gacha va soat 6 dan 12 gacha) ishlab, 60 dan 110 nafargacha bo‘lgan kishilarga madaniy xizmat


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI34ko‘rsata boshlaydi. Behbudiyning “Samarqand kutubxona islomiyasi” (“Turkiston viloyatining gazeti”, 1908-yil, noyabr) degan maqolasidan ma’lum bo‘lishicha, kutubxona jamg‘armasida to‘plangan kitob va risolalar o‘sha kezlarda 600 ta, gazeta va jurnallar esa undan ham ko‘p bo‘lgan. Behbudiy agar pul ko‘paysa, diniy va dunyoviy kitoblarni yanada ko‘proq sotib olish, Istanbul va Kohirada nashr etilayotgan gazeta va jurnallarga esa obuna bo‘lish mumkinligini aytgan. “Turkiston viloyatining gazeti” qariyb har bir sonida kitob sotib olib, o‘qish imkoniga ega bo‘lmagan kishilarda kutubxonaga qiziqishning tobora ortib borayotgani haqida xabar berib borgan.


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI35Gazetaning 1909-yil 15-yanvar sonida berilgan ma’lumotga qaraganda, 2 000 nafarga yaqin kishi kutubxonadagi adabiyot va matbuot asarlaridan bahramand bo‘lgan. Behbudiy kutubxona ning tashkilotchisigina emas, balki undan o‘rin olgan aksar kitob va risolalarning egasi ham edi. Vadud Mahmud Abduqodir Shakuriyga bag‘ishlangan maqolasida:“Behbudiy boy kutubxonaning egasi edi. 1 000 jildlik kitob fondiga ega bo‘lgan bu mutolaaxona barcha uchun doimo ochiq edi. O‘sha vaqtlarda bu kitoblarning har biri oltin bahosida hisoblanardi. Behbudiy bu joyning binosi va boshqa xarajatlarini o‘z cho‘ntagidan to‘lar edi”, deb yozgan.Kutubxonaga bo‘lgan e’tiborning oshishi keyinchalik unda kitob savdosi bilan shug‘ullanish imkonini ham yaratdi. Behbudiy samarqandlik taraqqiyparvar kishilarning xorijda nashr etilgan va nashr etilayotgan kitoblarga bo‘lgan qiziqishlarini va ularning iltimoslarini e’tiborga olib, Kavkaz, Qrim, Turkiya va boshqa mamlakatlarga sayohatga borganida, u yerdan kutubxona uchun kitoblar, “Oyina” jurnali uchun esa klishelar olib kelishga ahd qildi. U “Qasdi safar” sarlavhali maqolasida shu haqda bunday deb yozgan edi:“Kutubxonayi Behbudiya” isminda “Oyina” idorasina kitob savdosi ochmoq uchun ruxsat olingan. Istanbul, Misr, Qrim, Kafkaz, Qozon, O‘runburg, Hindiston kitoblarindan keltirmoq kerak. “Oyina”da qo‘ymoq uchun Rusiya va xorijiyaning mashhur imorat va manzara akobirlarining rasm va suratlari, ilmiy va fanniy maqolalar uchun fanniy va tarixiy naqshlarning qolibklishesi lozim...”Behbudiy 1914-yil 29-may kuni boshlangan katta sayohati davomida Kavkaz, Qrim, Turkiya, Gretsiya, Bolgariya, Avstriya va Germaniyaning turli shaharlarida bo‘ladi va bu shaharlardan “Behbudiya” kutubxonasi uchun juda ko‘p kitob va risolalarni olib keladi. Afsuski, “Behbudiya” kutubxonasining 1917-yildagi inqilobiy voqealardan keyingi taqdiri xususida matbuotda biror maqola yoki xotira e’lon qilinmagan.


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI36ISTE’DODLARNIKASHF ETISH YO‘LIDA“QASHQADARYO TAJRIBASI”Mamlakatimizda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlar orqali ularning ongiga tinchlik-totuvlikni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, barcha yo‘nalishlarda ularning bilim va salohiyatini oshirish maqsadida Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan o‘quvchi-yoshlar ongida kuchli egallangan zamona ilmi va yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyatlar hamohangligini yaratish g‘oyasi ilgari surilgan.


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI37Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston – 2030 strategiyasi”da umumiy o‘rta ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kasb-hunarlarga o‘rgatish kurslarini joriy etish, shuningdek yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning ilmiy faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsion faoliyat, intellektual o‘yinlar hamda chet tillarni o‘rgatishga jalb etish orqali kamida ikki million nafar yoshning iqtidorini rivojlantirish kabi vazifalar belgilangan.Mazkur kechiktirib bo‘lmas topshiriqni teran anglagan holda Mudofaa vazirligi rahbariyati hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya instituti tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazishni ta’minlash, ularni texnika sohasidagi faoliyatga yo‘naltirish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Dron”, “IT dasturlash”, “Robototexnika”, “Aviamodelizm”, “Raketamodelizm”, “3D loyihalashtirish” va “Musiqa”kabi zamonaviy to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, maktab o‘quvchilarini harbiy uchuvchilik kasbiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va ularda vatanparvarlik tuyg‘usini yanada mustahkamlash maqsadida 2023/2024-o‘quv yilida“Qashqadaryo tajribasi” loyihasi ishlab chiqildi.Loyihada quyidagilar o‘z aksini topgan:Maqsad: 1. Zamonaviy bilimga ega, keng dunyoqarashli, har tomonlama raqobatbardosh harbiy kadrlar zaxirasini yaratish;2. Uchuvchisiz uchish apparatlari bo‘yicha milliy konstruktorlik maktabini yaratish;3. “Kelajak kasblari” loyihasini qo‘shinlarga qo‘llash;4. Zamonaviy jangning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, harbiy aviatsiyaning yangi tarmog‘ini ratsionalizatorlik qobiliyatiga ega, intellektual salohiyatli ixtirochi muhandislar bilan ta’minlash.


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI38dasturlariga o‘zgartirish kiritish choralarini ko‘rish.Harbiy aviatsiya instituti koordinator sifatida to‘garaklar faoliyatini muvoff qlashtiradi, master-klass mashg‘ulotlar o‘tilishiga, dasturiy ta’minotga, musobaqa va tanlovlar o‘tkazishga rahbarlik qiladi.Ishlab chiqilgan konsepsiya asosida, 2023/2024-o‘quv yilidavomida Qarshi shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda mazkur loyiha dastlab sinovdan o‘tkazildi. 2 yillik samaradorlik ko‘rsatkichi 20 foizdan 53 foizga yetdi, ya’ni texnologiya, muhandislik, dron mutaxassisligi yo‘nalishlariga qiziquvchilar salmog‘i oshdi.Institut bazasida o‘quvchiyoshlar uchun beg‘araz to‘garaklar faoliyati tashkil qilindi. To‘garak ishtirokchilari yoshlar o‘rtasida respublika miqyosida o‘tkazilgan musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.Mazkur ijobiy tajriba 2024/2025-o‘quv yilida unga qo‘shimcha ravishda Qarshi shahridagi 23-, 9-umumta’lim maktablarida va Qarshi tumanidagi 52-sonli “Jasorat maktabi”da “Robototexnika” (konstruktorlik), “Kibersport”, “Aviamodelizm”, “Dron” mutaxassisligi va musiqa to‘garaklari faoliyati ham yo‘lga qo‘yildi. Kelgusida tarmoqni kengaytirish hamda “Qashqadaryo tajribasi”ni yanada keng yoyish maqsadida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya instituti o‘rtasida yoshlar tarbiyasi va ularning kelajagini ta’minlash, kasb-hunarga o‘rgatish, intellektual salohiyatini oshirish, ijod va ilmiy faoliyatini rag‘batlantirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha choratadbirlar rejasi ishlab chiqilib, ijroga qaratildi. Qolaversa, 2025-yilning 7-oktabr kuni Harbiy aviatsiya institutida Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan ikki tomonlama anglashuv memorandumiimzolandi.Ushbu loyihani amalga oshirish mexanizmi quyidagicha:• institutning mavjud kuch va imkoniyatlaridan foydalangan holda tajribali mutaxassislardan iborat jamoa shakllantirilib, bu jamoa a’zolari o‘z sohasi yo‘nalishlari bo‘yicha umumta’lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan texnologiya, axborot texnologiyalari, ff zika fani o‘qituvchilarining malakasini oshirish yuzasidan 1 oylik kurslar tashkil qilish;• maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi orqali maktablarda to‘garaklarni tashkil etish uchun o‘quv sinfl arini kerakli jihozlar bilan ta’minlash;• maktab direktorlari to‘garaklar maxsus sinf xonalar ajratilishini ta’minlash va to‘garak qatnashchilarining ro‘yxatini shakllantirish;• maktab direktorlari o‘z vakolatlari doirasida tegishli fan


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI39(milliy, baxshichilik, estrada), sport (oriyentirlash, shaxmat-shashka, badminton, voleybol, regbi, armiya qo‘ljangi, jangovar sambo va dzyudo, pichoq uloqtirish, krossfit)yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha ishlarga jadal tus berildi.Polkovnik Abdullo XAMRAYEV, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya instituti boshlig‘i, dotsentMemorandumga ko‘ra, kelgusida Qarshi shahrida joylashgan 50 dan ortiq umumta’lim va ixtisoslashtirilgan ta’lim maktabida, qolaversa, namuna tarzida tumanlarda joylashgan “Jasorat maktablari”da yuqoridagi dastur asosida tegishli fanlarga 15 foizgacha hajmda o‘zgartirish kiritgan holda dars mashg‘ulotlari tashkil qilinishi, to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, to‘garak rahbarlari sifatida texnologiya, axborot texnologiyalar hamda ff zika fani o‘qituvchilari tanlab olinishi, ularni institut bazasida tashkil qilingan o‘quv kursida malakasini oshirish orqali ta’lim sifatini yaxshilash ko‘zlangan.Bugungi kunda Qarshi shahrida joylashgan 51 taumumta’lim maktabining barcha texnologiya, informatika va ff zika fani o‘qituvchilari bilan institut negizida ikki bosqichda qayta tayyorlov kurslari o‘tkazilib, malaka sertiff katlari topshirildi.Texnologiya (aviamodelizm, raketomodelizm, uchuvchisiz uchish apparatlari), axborot texnologiyalari (3D loyihalash, kibersport, robototexnika), musiqa


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI40Movarounnahr, Turkiston, Mochin (Janubiy Xitoy) kabi Chingizxon va uning o‘g‘illari tomonidan zabt etilgan joylarning hammasi kitobimga mavzu bo‘ldi. Hikoya qilgan ba’zi voqealarni o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim, ba’zilarini esa gaplari ishonchli bo‘lgan kishilardan tingladim. Bir qismini esa to‘g‘ri ekaniga qat’iy ishonch bilan qaralgan tarixiy manbalardan oldim. Vafodor va uzoqni ko‘ra oladigan do‘stlarimning talabini rad etib, ushbu kitobni yozmaslikning imkoni bo‘lmadi. Haqiqiy, asl xabarlarga tayangan holda qalamga olingan bu asar “Tarixi Jahongushoyi Juvayniy” deb nomlandi.Alouddin Atomalik JUVAYNIY


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI41bo‘ysunishini shart qilib qo‘ygan qonunlariga ko‘ra, o‘ziga bo‘yin egmasdan qarshi chiqqanlarni bolalari, askarlari, qabilalari va shaharlari bilan birgalikda yo‘q qildi. Qudsiy hadisda Alloh “Ular mening otliqlarimdir, menga isyon qilganlardan ular orqali intiqom olaman” so‘zlari Chingizxon va otliqlari haqida aytilganiga shubha qilmasa bo‘ladi.Tangrining va’dasiChingizxon davrigacha dunyoda turlicha davlat va qavmlar mavjud edi, ulardagi manmanlik, kibr va haddan oshishning yuqori nuqtasiga borganiga qarshi Ulug‘ Alloh o‘zining eski va’dasini bajarib, Chingizxonga kuch-quvvat berib, uni sultonlik maqomiga ko‘tardi. Turkistondan Suriyagacha o‘z kuch-quvvatiga ishonib, unga qarshi chiqishga uringan nechta podshoh va amirlar bor bo‘lsa, ularni bolalari va askarlari bilan birgalikda yo‘q qilib, yuz ming aholili shaharlarda hatto yuzta kishi qoldirmadi. Bu gaplarimni hozirgi paytda ismi bor-u, lekin jismi mavjud bo‘lmagan shaharlar to‘g‘ri deb isbotlamoqda.Bo‘yinsunmaganlarAgar Iskandar o‘shandek qobiliyatga ega bo‘lishiga qaramasdan, Chingizxonning davrida yashaganida edi, u o‘zining qilgan ishlaridan Iskandarga saboq berardi, qal’alarni qanday bosib olishni faqat undan o‘rgangan bo‘lardi. Buning eng yorqin dalili esa uning har biri zamona fag‘furi va davr Xusravi hisoblangan nufuzli dushmanlaridan kam sonli askarlari va qurolyarog‘lari bilan ustun kelib, Sharqda va G‘arbda o‘ziga qarshi chiqqanlarni yanchib o‘tishi hisoblanadi. Uning o‘zi chiqargan va hammaning Ulug‘ Alloh Chingizxonni aql va zako jihatidan o‘z tengdoshlari, mamlakatni boshqaruv jihatidan boshqa podshohlardan ustun qilib yaratdi. Shuning uchun u xusravlar haqida aytilganlar, fi r’avn va boshqa sultonlarning boshqarish uslublarini tarix kitoblarida o‘qimasdan, o‘z aql va tajribalariga tayangan holda rahbarlikning eng ajoyib namunasini ko‘rsata oldi. Zabt etishlarda dushmanni qanday yengishni, do‘stlarga qanday muomala qilishni boshqalarga o‘rgatdi.


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI42Har bir ishga bir qoida, har aybga – bir jazoChingizxon o‘z ff kriga ko‘ra, har bir ishga – bir qoida, har aybga – bir jazo belgilagan edi. U totor qavmlari yozuvi bo‘lmagani sababli mo‘g‘ullarga uyg‘ur yozuvini o‘rganishni buyurdi. Istagiga ko‘ra, belgilangan qonunlar yozuvi o‘tkazildi. Ichida qonunlar yozilgan qog‘oz o‘ramlarining hammasini Buyuk Yaso (qonun)lar deb atardilar va xon bo‘la oladigan shahzodalar xazinalarida ulardan bittasi mavjud bo‘lardi. Xon saylamoqchi, qo‘shin tashkil qilmoqchi va safarga chiqmoqchi bo‘lganlarida yoki jang qilganlarida va yo boshqa muhim mavzularda shu qonunlarga qarab, ularga mos tarzda qarorlar qabul qilardi.Biror kishini yo‘lga solish uchun yozgan shafqatsiz yozuvi “Nima bo‘lishini biz bilmaymiz, Ulug‘ Tangri biladi” shaklida edi. Agar diqqat qilinsa, bu Allohga itoat qiluvchi odamlar tomonidangina aytilishi mumkin bo‘lgan gapdir. Masalan, Ulug‘ Alloh shunday buyuradi: “Allohga tavakkal qilganga, U yetarlidir”. Bu inoyat soyasida Chingizxon istagan barcha narsalariga erishgan edi.“Nima bo‘lishini biz bilmaymiz...”Chingizxon hali ishga kirishgan ilk yillarida o‘ziga bog‘liq bo‘lgan mo‘g‘ul qabilalarining yomon va chirkin odatlarini taqiqladi. Ular o‘rniga aqlga va mantiqqa to‘g‘ri keladigan odatlarni keltirdi. Chingizxon bir narsani qabul qildirish uchun kuchli podshohlarni qo‘rqitish va tahdid qilish usulini qo‘llamasdi.


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI43Diniy e’tiqod masalasiChingizxon dini bo‘lmagani uchun odamlarni ajratib birini boshqasidan ustun tutmas edi. Qaysi dindan bo‘lsalar ham, olim va zohidlarga yaxshi munosabatda bo‘lar, ularni doimo yuksaltirardi. Musulmonlarga hurmat ko‘rsatgani kabi nosaro va butparastlarga ham hurmat bilan qarardi. Bolalari va nabiralaridan ba’zilari islomiyatni, ba’zilari nasroniylikni, ba’zilari butparastlikni tanlaganliklari holda ba’zilari esa hech qanday dinga kirmay, otabobolarining yo‘lini tutdi. Oxirgi guruhga kirganlar soni oz edi. Dinlardan birortasiga kirganlari ham o‘taketgan dindor emasdi. Aslida Chingizxonning qonunlaridan biri ham dinlar orasida ayirmachilik qilmaslik edi.Dabdaba va maqtov qonun bilan taqiqlangandiChingizxon chiqargan eng muhim qonunlaridan biri shahzodalar va davlat kattalarining tashqi ko‘rinishi chiroyli bo‘lgan kiyimlarni kiymasliklari, dabdabali laqablarni ishlatmaslik edi. Mana shunday tarzda boshqaruvchilar xalqdan uzoqlashib, ularga tepadan qarashining oldi olingan edi. Bu qonun keragicha xonlik maqomida o‘tirgan kishi “xon” yoki “xoqon” unvoni bilan mashhur bo‘lar, shahzodalarni ham qo‘shib hisoblagan holda xondan boshqa hech kim bu unvondan foydalana olmas edi, tug‘ilgan paytlarida o‘zlariga qo‘yilgan ism bilan chaqirilar edi. Faxriy nom, unvon va laqablar ular tomonidan chirkin hisoblanardi. Ov haqida alohida qonunChingizxon ov qilish ishiga jiddiy qaragan, bu borada mana bu qonunni chiqargan edi: biror vahshiy hayvonni ovlash faqat o‘sha ishga mas’ul bo‘lgan qo‘mondon ruxsati bilan qilinadi. Ovchilar ov paytida saf tortib turishi, ovni qanday qurshab, halqa ichiga olishi qoidalar bilan belgilab qo‘yilgan edi. Ov qilishga chiqishdan avval ovning sonini bilish uchun ovlanadigan joyga odamlar yuborilar, ovchilar muqarrar tarzda o‘qitilardi. Qo‘mondon va askarlar bo‘sh vaqtlarini ov bilan o‘tkazishlari tashviq qilinardi.


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI44Bundan ko‘zlangan maqsad esa faqat ov emas, balki askarlarni mashq holatida tutib turish, ularni o‘q otishdagi mahoratini oshirish va qiyinchiliklarga chidamli holda ushlab turish edi. Qish faslining ilk kunlarida xon ovga chiqishni xohlagan paytida atrofdagi va yo‘lining ustida vazifali bo‘lgan qo‘mondon askarlari bilan birgalikda ov qilishga tayyorgarlik ko‘rishga amr qilinardi. Bu amrga binoan, har bir qo‘mondon qonun talabiga ko‘ra, har o‘n kishidan birini xizmat vazifasi joyida qoldirib, boshqalari bilan ovga qo‘shilish uchun tayyor holda kutib turadi. Ov qiladigan joyning o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra, zarur bo‘lgan qurollarni aniqlab ta’minlash, o‘ng va chap qanotlar bilan o‘rta joyni tartibga keltirish katta amirlarning ishi edi. Xon yo‘lga chiqishidan bir oz avval ayollari yeb-ichadigan oziqovqatlari bilan birgalikda yo‘lga chiqarilardi. Bir oy, ikki oy, uch oy muddat davom etishi ko‘zda tutilgan holda ovning doirasi va halqasi tashkil qilinardi. Ov o‘rab olingan doiradan markazga tomon surib kelinardi, bironta ham hayvonning halqadan tashqariga chiqib ketmasligiga qattiq harakat qilinardi. Agar biror o‘lja hayajondan xavfsirab o‘rtaga uchib chiqsa, uning sababi ipidan ignasigacha sinchiklab o‘rganilar, hayvonlar ko‘p bo‘lgan paytda esa o‘nboshi, yuzboshi va


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI45mingboshilarning jazo tayoqlari zarbalari bilan o‘ldirilardi. Safni to‘g‘ri tutmaganlarni, bir oyog‘ini noo‘rin qo‘yganlarni o‘ta ortiq darajada jazolardilar. Ovga kirgan janggakirgan kabi ediShunday tartib intizom ichida bir-ikki oy kecha-yu kunduz ov qilib, galani surib borgandan keyin xonga ovning oz-u ko‘pligi, jinsi va o‘rni, joyi haqida ma’lumotlar berish uchun elchilar yuborardi. Halqaning kattalik ko‘lami bir-ikki farsax (bir farsax yetti km) bo‘lgach, askarlar oyoqda tik turib, bir devorni tashkil qilardilar, arqonlarni bog‘lab, kamandlar (hayvonlarni tutish uchun tashlanadigan sirtmoqlar)ni tayyorlardilar. Halqaning ichida qolgan hayvonlar u yoq-bu yoqqa qochib, uvullay boshlaganlarida “vahshiy hayvonlar bir joyga to‘planib qolganida” oyatining siri o‘rtada oshkor bo‘lardi. Bu holatda arslonlar begona, yovvoyi qulon bilan do‘st, qoplonlar tulkilar bilan birodar, bo‘rilar esa quyonlar bilan totuvlikda bo‘lardi. Doira qisqargach, ovning oxirgi darajasiga yetadi, vahshiy hayvonlarga chap berib o‘tish uchun hech bir joy qolmasdi. Bu vaqtda avval xon va boshqa davlat kattalari o‘zlarining otlarini o‘rtaga haydab, biroz muddat ov qilardi. Xon ov qilishdan charchagach, ov qiladigan joyda hukmdor bir tepalikda otidan tushar va shahzodalar ov qilishlarini tomosha qilardi. Shahzodalar ishlarini tugatgach, katta va kichik amirlar hamda askarlar ov maydoniga kirardi. Mana shunday tarzda bir necha kun davom qilgan ovdan keyin ovlanadigan hayvonlarning soni kamaygach, yoshi katta va hurmatli hisoblangan kishilar xonning huzuriga borib undan sog‘ qolgan, omon qolgan hayvonlar jonlarini saqlab qolishlarini va ov qilish davrining nihoyasiga yetganini e’lon qilishiga farmon berishini so‘rardi. Xon ov qilishning tamom bo‘lganini e’lon qilganidan keyin o‘ldirilgan o‘ljalar bir joyga yig‘ilib, ularning sanog‘i hisob-kitob qilinardi. Agarda o‘ldirilgan hayvonlar soni juda ko‘p bo‘lsa, u holda sher, yo‘lbars, qulon kabi katta boshli hayvonlarni sanash bilan kifoyalanardi. Hayvonlar iltijosiBir do‘stim menga shularni gapirib bergan edi:“Bir yili (O‘qtoy) Xoqonning davrida ovga chiqildi. Xoqon ovni kuzatish uchun bir tepalikda o‘tirgan paytida ov hayvonlari o‘sha tepalikning etagiga kelib, u tomonga qarab jonlarini saqlab qolishini so‘ragandek uvullasha boshladi. Shu onda Xoqon hayvonlarni erkin qo‘yib, ularni ovlamaslikka buyruq berdi. Xoqonning amriga ko‘ra, Xitoy mamlakatida mavjud bo‘lgan qishga mo‘ljallangan bir joyda katta halqani tashkil qiladigan shaklda yog‘och va loydan devor yasadilar, ov hayvonlarining u yerlarga kira olishlari uchun devorlarning ma’lum joylariga eshiklar qo‘ydi. Bundan o‘rnak olgan chig‘atoylar Olmaliq va Quyosh chegarasida barpo qilgan bir ov maydonlari bor. Demak, mo‘g‘ullar urushda qo‘llagan uslublari ovda qo‘llagan uslublari bilan bir xildir. Ya’ni avval o‘ldiriladi, keyin o‘ldirilganlar soni sanab chiqiladi, undan so‘ng omon qolganlar hayotlari saqlab qolinadi. “Ularga ko‘ra, ov urush qilishning bir turi edi”, ularning xoh urushda, xoh ovda ozod qilib qo‘yib yuborganlari qariyalar va shol bo‘lib qolganlar edi”. Odam Ato zamonidan shu kunlargachaTartib-intizom jihatidan Chingizxon askarlari darajasiga yetisha oladigan hech bir qo‘shinni tarix kitoblari yozmagan. Bironbir podshohga totor (mo‘g‘ul)qo‘shinidek bir qo‘shin nasib qilmadi. Bu qo‘shin qiyinchiliklarga ko‘ksini qalqon qilib qarshilik ko‘rsatar, o‘zlariga berilgan narsalarga qanoat qilar, och bo‘lsayam, to‘q bo‘lsayam, o‘z qo‘mondonlariga itoat qilardi, na maosh, na mukofot, na mansab-u unvon va na mol-mulk kutardi. Aslida tartib-intizomli bir qo‘shinni tutib turishning eng yaxshi yo‘li ham shunday. Sherlar och qolmaguncha hech bir jonzotga hujum qilmaydi. Bu mavzudagi ajam maqolida “Qorni to‘q bo‘lgan itdan ov kutilmas”, arab maqolida esa “Itni och holda qoldirsang, ketingdan ergashar” deyilgan. Dunyoda qaysi bir askar mo‘g‘ul askaridek bo‘la oldi?Ular jangda go‘yo ov ichiga tushib qolib, na’ra tortayotgan sherga, tinch paytda esa sutidan, junidan va boshqa narsalaridan foydalanilgan qo‘ylarga o‘xshardi. Hech qachon o‘z oralarida janjal chiqarmagan bu qo‘shin a’zolari turli kasbiy guruhlardan tashkil topgani uchun ularning qo‘llaridan hamma ish kelardi, yeb-ichishda, ta’minotda, qurollanish borasida hech qanday qiyinchilikka uchramasdi.Mo‘g‘ullar go‘yoki askarlik uchun yaratilgan edi. Jang paytida ularning eng kattasidan kichigiga qadar hammasi qilich, o‘q va nayza kabi qurollarni juda yaxshi ishlata oladigan qahramonga aylanardi. Davr nimaniki taqozo qilsa, o‘shani qilardi. Urush ehtimoli paydo


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI46bo‘lganida har xil qurol, ot va tuya kabi yuk tashuvchi hayvonlarini tayyorlab xizmatga qo‘shardi. Ular bayram va marosimlarda ham xuddi shunday tirishqoqlik va e’tibor ko‘rsatardi. Xizmat qilishda nuqson qilganlar soni ozgina bo‘lsa ham, ularni qattiq jazolardi. Urush paytida ham hech kimga muhtoj bo‘lmasdan, yeb-ichadiganlarini o‘zlari tayyorlar edi. Uylarida qolgan ayoli va bolalari esa tinch davrlarda qilgan ishlari qatorida erkaklarning ishlarini ham qilar edi. Askarlar yo‘qlamasiAskarlarning yo‘qlamasini aniqlash uchun sanash tizimi o‘zgartirildi. Bu ishni bajargan davlat idorasi yo‘q qilinib, u yerda ishlagan kotiblar ishlariga yakun yasaldi. Bu tizimga ko‘ra, butun xalq avval o‘nta-o‘ntadan guruhlarga ajratilar, ularning orasidan bir kishi boshqa to‘qqiz kishining boshlig‘i qilib tayinlanardi. Bu o‘nlik guruhlardan o‘ntasi bir joyga keltirilib, yuz kishilik bir guruh tashkil qilinar va ularning boshlig‘i qilib yuzboshi tayinlanardi. Soni mingta bo‘lgan o‘nta yuz kishilik guruhning boshiga bitta mingboshi, soni o‘n ming kishi bo‘lgan o‘n minglik guruhning boshiga bir tuman qo‘mondoni tayinlanardi. Xon har qanday xabarni avval tuman qo‘mondoniga yetkazadi, u mingboshiga, u yuzboshiga va u esa o‘nboshiga ishni topshirardi va istak mana shunday tarzda qabul qilinadi.Xato yoki bo‘ysunmaslik o‘lim bilan barobar ediHamma xuddi shunday o‘lchovda mehnat qilar va ishlamagan bironta odam topilmasdi, mavqe, mansab va boylikka ahamiyat berilmasdi. Askariy harakatga zarurat tug‘ilgan paytda falon kecha yoki falon kunduzning falon soatida falon joyda tayyor bo‘ling, buyrug‘ini olgan kishi farmonni bajarish borasida “Qachonki, ularning muhlati kelar ekan, (uni) biror soat kechga ham sura olmaydilar” hukmi kuchga kirar, hatto erta yoki kech kelishni xayoliga keltira olmasdi. Buyruqlarga bo‘ysunish juda muhim edi. Xato qilgan kishi hatto u tuman qo‘mondoni bo‘lsa ham, xon bilan uning orasidagi masofa sharq bilan g‘arb orasidagi uzoqlik qadar bo‘lsa-da, xonning yuborgan bir suvoriysi vositasida uning aqlini kiritib qo‘yishar, xohlasa joni, xohlasa mulki olinardi. Shunday ekan, boshqa joylarda vaziyat qanday edi? U yerlarda puliga bir necha qullarni sotib olgan, molxonasi yo otxonasida bir-ikki hayvonlari bor bo‘lgan kishi o‘zini biror narsalik deb hisoblardi. Ularga


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI47aytiladigan gapni obdan o‘ylab gapirish kerak. Bundan tashqari, yana uning amri ostida bir qo‘shin va boyligi bor ekanini ham nazarda tutish kerak. U endi gapga quloq osadimi? Uning endi qilmoqchi bo‘lgan ilk ishi bu o‘ziga mansabni bergandan yuz o‘girib, unga qarshi chiqishi bo‘ladi. Jang paytlarida chaqirilgan vaqtda kelishi oylar va hatto yillarga cho‘zilib ketadi, kelgan vaqtlarida ham ularni urushga jalb qilish uchun xazinalar berish kerak ularga. Ularning istaganlarini berish uchun soliq to‘lovlari besh-o‘n barobar ko‘paytirar, urushga kirgan paytlarida saf tutmaydi va ko‘ngilli bo‘lib jang maydoniga tashlanmaydi. Bu askarlar ahvoliga mos keladigan mana bu hikoyani ham shu yerda naqd qilaylik: Bir suruv hisobini qilgan soliq ma’muri cho‘ponga “Nechta qo‘ying qoldi?” deb so‘raganmish. Cho‘pon bu savolga “qayerda?” deb savol bilan javob bergach, soliq xodimi “daffi arda” debdi. Undan keyin cho‘pon “shuning uchun suruvda hech narsa qolmadi deyapmanda”, deb javob beribdi. Yana boshqa mamlakatlardagi har bir amir o‘z ehtiyojlarini ortiqcha qilib ko‘rsatish uchun askarlari sonini ham ko‘p qilib ko‘rsatardi, hisob paytida esa har xil hiylalarni o‘ylab topishardi. Hatto shahzodalar ham...Chingizxonning boshqa bir qonuniga ko‘ra, hech kim o‘z xohish-istagiga ko‘ra, o‘zi mansub bo‘lgan o‘nlik, yuzlik, minglik va o‘n mingliklar guruhidan chiqib, boshqa bir guruhga kira olmasdi, birontasida saqlanib qololmasdi va hech kim uni yashirib turishga jur’at qila olmasdi. Bu qonunga xilof tarzda harakat sanalib, o‘z joyini o‘zgartirgan askar barchaning ko‘z oldida o‘ldirilardi, uni quchoq ochib qarshilagan odam ham og‘ir jazoga tortilardi. Hatto shahzodalar ham bu qonundan o‘zlarini saqlab, boshqa bir guruhdan kelgan bir kishini o‘z yonlariga olmasdilar yoki ular avf qilinishi uchun oraga tusha olmasdi. Go‘zallarBoshqa bir qonun esa mana shu edi: go‘zal qizlarni uchratib qolgan askarlar ularni to‘plab o‘nboshiga, u yuzboshiga, yuzboshi mingboshiga, mingboshi esa tuman qo‘mondoniga olib borardi. Tuman qo‘mondoni ularni olib, xon va shahzodalarning huzuriga olib ketadi, ma’qul bo‘lganlari saroyda qoldiriladi, boshqalar esa hadyalar bilan birgalikda kelgan joylariga jo‘natib yuboriladi. Saroyda olib qolinganlar esa xotunlar tomonidan tarbiyalanardi. Xon yoki shahzoda ulardan xohlaganlarini o‘z yotog‘iga olardi, istamaganlarini esa boshqa biriga hadya qilardi. Pochta xizmatiBoshqa bir qonun:mamlakat kattalashgach, xabarlar yetkazish qiyinchiliklari paydo bo‘ldi. Shuning uchun mamlakatning ma’lum joylariga manzillar qurildi va o‘sha joylarga yetarli sonda manzil otlari qo‘yildi. Har bir manzilning vazifasi aniqlanib. Ularning ehtiyojlari inson va hayvon yeb-ichadigan narsalar va zarur anjomlar bilan qondirilardi. Ularni boshqarish vakolatlari o‘sha o‘lkadagi tuman qo‘mondonlariga berildi. Bunday qo‘nimgohlar soyasida elchilar, savdogarlar va yo‘lovchilar rohatlanardi. U yerlarda mavjud bo‘lgan narsalar o‘g‘irlanib yo‘q bo‘lishiga qarshi og‘ir jazolar hukm qilingandi. Bularning hammasini tushuntirish uchun ko‘p vaqt ketadi. Manzilxonalar asbob-usukunalari yilda bir marotaba hisob qilinardi, agarda kamchilik bo‘lsa, o‘sha o‘lkada yashayotgan xalqdan olinib, o‘z joyiga qo‘yilardi. Bu esa qonunning asosiy hukmlaridan edi. Boshqa bir qonun: o‘z idorasi ostiga olingan shahar aholisi soni avval sanab chiqiladi, odamlarni o‘nlarga, yuzlarga, minglarga ajratadilar, har birining tepasiga navbat bilan o‘nboshi, yuzboshi va mingboshi tayinlanardi. Bunday shaklda ham askariy xizmatlar hamda pochta hovlilari xizmatlari bajarilgan bo‘lardi. Ularning sarfxarajatlari urushda qo‘lga kiritilgan o‘ljalardan yoki “kupchur” deb ataladigan soliqlar hisobidan to‘lanardi. Merosni o‘zlashtirib olish – yomonlik alomatiBoshqa bir qonun: biror kishi o‘lgan paytda xoh oz bo‘lsin, xoh ko‘p bo‘lsin, uning merosiga hech kim qo‘l tekkaza olmasdi. Agarda uning merosxo‘ri bor bo‘lsa, unga, yo‘q bo‘lsa, yonidagi birga ishlaganlarga berilardi. Mo‘g‘ullar o‘lgan odamning mol-dunyosini juda qiymatli bo‘lsa ham, o‘z xazinasiga qo‘shmasdilar va buni yaxshilik belgisi hisoblamasdi. “Xulogu meni meros ishlarini tartibga solish uchun Bag‘dodga jo‘natganida Tustar va Bayot shaharchasida qo‘llanilib turgan meros huquqini o‘zgartirdim”. Chingizxon chiqargan qonunlarining soni ko‘p. Hammasini bayon qilsak, ko‘p vaqt ketadi. Shuning uchun mavzuni shu shaklda muxtasar qildim.Nazarbek RAHIM tarjimasi.


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI48AI BILAN MUHOFAZA QILISHOxirgi yillarda “media makon” tushunchasi oddiy axborot tarqatish maydonidan chiqib, xavfsizlikning muhim yo‘nalishiga aylandi. Televideniye, yangilik saytlari, Telegram kanallari, Instagram, YouTube va boshqa platformalarda harbiy hayot, islohotlar, mashg‘ulotlar, texnika va harbiy xizmatchilar haqidagi ma’lumotlar kun-u tun tarqalmoqda. Bu axborotning bir qismi ochiq PR va targ‘ibot vazifasini bajarsa, yana bir qismi bilmagan holda yoki ataylab kiberjinoyatchilar va dushman razvedkasi uchun qimmatli “ochiq manbali razvedka” materialiga aylanib qolishi mumkin.AI BILAN MUHOFAZA QILISHVA HARBIY AXBOROTNIMEDIATAHDIDLAR


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI49Jahon tajribasi ham shundan dalolat beradiki, kiberhujumlarning katta qismi foydalanuvchilarning xatti-harakati, ijtimoiy tarmoqlardagi feyk sahifalar va manipulyativ kontent orqali amalga oshiriladi.Xalqaro hisobotlar ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha har kuni minglab kiberhujumlar qayd etiladi, o‘rtacha har o‘nlab soniyada esa bir hujum amalga oshiriladi. Fishing, ijtimoiy injiniring, dipfeyk media, bot tarmoqlar kabi usullar endi faqat texnik muammo emas, balki axborot-psixologik xavfsizlikning muhim yo‘nalishiga aylangan.O‘zbekistonda raqamli transformatsiya tezlashgani sari kiberjinoyatlar soni va axborot tahdidlari ko‘lami ham ortib bormoqda. Rasmiy ma’lumotlar so‘nggi yillarda kiberjinoyatlar bir necha baravar ko‘payganini, davlat va xususiy veb-resurslarga millionlab hujumlar uyushtirilayotganini ko‘rsatadi. Shunday sharoitda harbiy sohadagi ochiq ma’lumotlarni qanday boshqarish, nazorat qilish va himoyalash masalasi alohida ahamiyat kasb etmoqda.Ushbu maqola aynan shu yo‘nalishga qaratilgan: media makonida harbiy ma’lumotlar bilan bog‘liq kiberxavfsizlik xatarlarini tahlil qilish, sun’iy intellektga asoslangan avtomatik aniqlash va monitoring usullarini taklif etish hamda O‘zbekiston sharoitida bunday tizimning ahamiyatini ko‘rsatish maqsad qilib olinadi.Kiberxavfsizlik bo‘yicha xalqaro hisobotlar umumiy manzarani yaqqol ko‘rsatadi: hujumlar soni ortib bormoqda, ularning murakkabligi chuqurlashmoqda va keltirayotgan zarar miqyosi milliardlab dollarlar bilan baholanmoqda. Har yili o‘n minglab yangi zaifl iklar ro‘yxatga olinishi, tahliliy markazlar statistikalarida esa o‘sish ikki xonali foizlarda bo‘layotgani qayd etiladi. Shu bilan birga, zaifl iklarni bartaraf etish sur’ati ko‘p hollarda ularni ekspluatatsiya qilish tezligiga yetib bormagani ta’kidlanadi.Ijtimoiy tarmoqlar bu jarayonda eng faol maydonlardan biriga aylangan. Dunyo bo‘yicha foydalanuvchilar soni milliardlab odamlarni tashkil qilayotgani fonida ff shing xabarlari, soxta “xavfsizlik ogohlantirishlari” va “akkauntni tasdiqlash” niqobi ostidagi hujumlar sezilarli darajada ko‘paydi. Ayrim yillarda ff shing hujumlari o‘tgan yilga nisbatan qariyb yarim baravar oshgani haqida ma’lumotlar keltiriladi. Bunday xabarlarning asosiy maqsadi foydalanuvchini psixologik bosim ostida qoldirish, shoshiltirish yoki chalg‘itish orqali ma’lumot va resurslarga yo‘l ochishdir.Yana bir xavffl i yo‘nalish– generativ sun’iy intellekt asosidagi dipfeyk media. Ilgari soxta video yoki audio yaratish uchun professional graff k mutaxassislar, maxsus dasturlar va katta vaqt talab etilgan bo‘lsa, hozir tayyor onlayn servislar orqali bir necha daqiqada ishonarli kontent tayyorlash mumkin. Ayrim tadqiqotlarda so‘nggi yillarda dipfeyk materiallar miqdori bir necha o‘n foizga o‘sgani, siyosiy va harbiy mavzudagi soxta bayonotlar soni ham ko‘payib borayotgani qayd etiladi.Bu jarayonlar shundan dalolat beradiki, media makoni va kiberxavfsizlik endi ikki alohida yo‘nalish emas, ular o‘zaro bog‘liq, bir-birini to‘ldiruvchi yagona tizimga aylandi. Harbiy soha esa bu bog‘liqlikning ta’sirini tez va yaqqol his qiluvchi tarmoqlardan biri hisoblanadi.O‘zbekiston sharoitida kiberxavfsizlik va harbiy axborot makoniO‘zbekistonda raqamli infratuzilma, elektron hukumat tizimi, internet tarmoqlari va onlayn xizmatlar kengayib borayotgani bilan birga, kiberjinoyatlar soni ham ortmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, har yili bank kartalari bilan bog‘liq ff ribgarliklar, onlayn kreditlar sxemalari, ff shing saytlari, soxta Telegram botlar, ijtimoiy tarmoqlardagi chalg‘ituvchi reklama va boshqa turdagi kiberhujumlar sezilarli darajada ko‘paymoqda.Davlat veb-resurslari, portallar va xizmatlar doimiy ravishda turli hujumlar obyektiga aylanadi. DDoS, bruteforce, zaif modul va plaginlar orqali tizimga kirishga urinishlar, eski platformalar va noto‘g‘ri konff guratsiyalardan foydalanish kabi harakatlar bu hujumlar qatoriga kiradi. Rasmiy statistikalarga ko‘ra, bir yil ichida millionlab so‘rovlar va hujum urinishlari qayd etiladi.Harbiy sohadagi axborot ham shu hujumlar qatorida ahamiyatli hisoblanadi. Bu axborot harbiy qismlar


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI50va poligonlarning taxminiy joylashuvi, mashg‘ulotlar va marshrutlar haqidagi ma’lumotlar, texnika turlari, soni va modernizatsiya darajasi, shuningdek harbiy xizmatchilar va kursantlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan foto, video va izohlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, harbiy islohotlar, moddiy ta’minot va ijtimoiy kafolatlar haqidagi muhokamalar, tanqidiy yoki manipulyativ kontent ham muhim ahamiyatga ega.Bu axborotlar “maxff y” sanalmasligi mumkin, lekin ular to‘planib, tahlil qilinsa, harbiy tizim, uning imkoniyatlari va zaif jihatlari haqida to‘liq tasavvur hosil qilish mumkin. Razvedka adabiyotlarida ham shu jihat alohida qayd etiladi: ko‘p hollarda asosiy tasvir “chala ochiq” manbalar orqali ham tuzilishi mumkin.O‘zbekistonda ham harbiy axborotga oid media kontentni tizimli va izchil ravishda kuzatib borish, xavfl i segmentlarni vaqtli aniqlab, baholash zarur. Buning uchun qo‘lda yig‘ish va “qo‘l mehnati” yetarli emas, chunki axborot oqimi juda katta. Shu jihatdan sun’iy intellektga asoslangan avtomatlashtirilgan monitoring eng samarali vositaga aylanadi.Harbiy ma’lumotlarning media makonida sizib chiqishi ko‘p omillarga bog‘liq bo‘lib, asosiy xavf zonalari bir nechta yo‘nalishda namoyon bo‘ladi. Avvalo, rasmiy OAV va rasmiy sahifalar orqali tarqatiladigan axborotni ko‘rib chiqish kerak. Axborot xizmatlari, rasmiy vebsaytlar, matbuot anjumanlari, teleko‘rsatuvlar va ijtimoiy tarmoqlardagi tasdiqlangan sahifalar orqali berilgan ma’lumotlar maqsadli auditoriyaga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bu tabiiy jarayon, ammo shu yerda ham kadr tanlovi, rakurs, sarlavha va matn orqali ortiqcha tafsilot chiqib ketmasligi muhim.Ikkinchi xavf manbai– fuqarolar, blogerlar va tasodiff y kuzatuvchilar yaratib tarqatayotgan kontent. Harbiy mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan hudud yaqinidagi aholi, tasodiff y videoblogerlar, dron orqali suratga oluvchilar yoki sensatsiya izlaydigan kontent tayyorlovchilar ba’zan bilibbilmay harbiy obyektlar, texnika va harakatlar haqidagi ma’lumotlarni eff rga chiqarib yuboradi.Eng nozik va xavffl i yo‘nalish – harbiy xizmatchilar va ularning yaqinlariga tegishli shaxsiy sahifalardagi ma’lumotlar. Mashg‘ulotlar, safarlar, poligonlar yoki kundalik xizmat hayotida olingan suratlar, joylashuv belgisi bilan qo‘yilgan postlar, “stories” yoki videolar razvedka uchun katta qimmatga ega bo‘lishi mumkin. Ayniqsa geoteglar, vaqt belgisi, fondagi obyektlar, yozuvlar va bannerlar kabi texnik tafsilotlar orqali bunday tasvirlardan juda ko‘p ma’lumot “o‘qib olish” mumkin.Harbiy nuqtayi nazardan joylashuv va vaqtga oid aniq tafsilotlar, texnika turlari va soni, shuningdek ruhiy-psixologik holatni izdan chiqarishga qaratilgan manipulyativ yoki bo‘rttirilgan xabarlar, ayniqsa xavfl i hisoblanadi. Media makonida har soniya yuzlab postlar, videolar va izohlar paydo bo‘layotgan bir paytda bunday ma’lumotlarni qo‘l bilan kuzatib borish deyarli imkonsiz. Shu bois xavfl i kontentni ajratib olish, saralash va baholash uchun sun’iy intellektga asoslangan avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalanish talab etiladi.


Click to View FlipBook Version