The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by b_e_2012, 2025-12-16 07:21:18

O‘ZBEKISTON ARMIYASI jurnali 4-son

O‘ZBEKISTON ARMIYASI jurnali 4-son

2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI51Sun’iy intellektningtahdid va imkoniyatlariSun’iy intellekt bugungi kunda kiberxavfsizlik uchun ham xavf, ham yechim bo‘lib turibdi. Bir tomondan generativ AI vositalari orqali til jihatidan juda tabiiy, ishonarli ff shing xabarlarini yozish osonlashdi. Dipfeyk video va audio yaratish texnologiyalari esa harbiy rahbarlar yoki siyosatchilar nomidan soxta bayonotlar tarqatish imkonini beryapti. Bot tarmoqlarini avtomat tarzda boshqarish va ularni inson xatti-harakatlariga o‘xshatish ham ancha oson bo‘lib qoldi.Biroq boshqa tomondan, aynan sun’iy intellekt xavfsizlikni ta’minlash uchun katta imkoniyatlar ochmoqda. Katta hajmdagi loglar, tarmoq traff gi, postlar va izohlarni tezda saralab, shubhali xattiharakatlarni aniqlash mumkin. Foydalanuvchi faoliyatidagi odatdan tashqari elementlarni topish, dipfeyk yoki manipulyativ mediani tanishga ixtisoslashgan modellardan foydalanish, ijtimoiy tarmoqlardagi koordinatsiyalashgan kampaniyalar va bot tarmoqlarni graff k tahlil orqali fosh etish – bularning barchasi AI imkoniyatlaridir.Shu jihatdan sun’iy intellekt yaxshi o‘qitilgan, hushyor navbatchi va tezkor tahlilchi kabi ishlaydi. Ammo qaror qabul qilishda inson omilining ahamiyati baribir saqlanib qoladi.Ma’lumot yig‘ish(Data collection)Yuqoridagi tahlildan kelib chiqib, harbiy axborotlarni onlayn muayyanlashtirish va monitoring qilish uchun tahliliy AI-konsepsiyani taklif qilish mumkin. Bu tizimning birinchi qatlami – ma’lumot yig‘ish bosqichi.U asosan “hamma narsani eshitib, ko‘rish” vazifasini bajaradi va quyidagi manbalarni qamrab oladi:– O‘zbekiston va xorijdagi harbiy, siyosiy, xavfsizlik va umumiy yangilik portallari;– Telegram kanallari va ijtimoiy tarmoqlardagi ochiq sahifalar (postlar va izohlar);– Rasmiy saytlar, pressrelizlar, tenderlar, e’lonlar va rasmiy bayonotlar.Texnik jihatdan bu qatlam Pythonda yozilgan scraperlar, RSS o‘quvchilar, API orqali ma’lumot oluvchi skriptlar kabi vositalarga tayanadi. Har bir materialga sana, manba, havola, til, muallif va platforma turi kabi metama’lumotlar biriktirilib, keyingi tahlil uchun tayyorlanadi.Til bo‘yicha qayta ishlashva normallashtirishO‘zbekiston media makonida kamida uch til – o‘zbek, rus va ingliz – faol qo‘llaniladi. Shuning uchun dastlab matnning tili aniqlanadi, keyin esa har bir til uchun alohida tozalash va normallashtirish amaliyotlari bajariladi. Bu jarayonda HTML teglari, reklama qoldiqlari, emoji va ortiqcha belgilar olib tashlanadi, tilga xos stop-so‘zlar ro‘yxati tuziladi, matn lemmatizatsiya yoki stemmingdan o‘tkaziladi. Shu bilan birga, harbiy atamalar, qisqartmalar, harbiy qismlar va texnika turlari bo‘yicha maxsus lug‘at shakllantiriladi. Shu tarzda keyingi bosqichga tartibga keltirilgan, ishlov berishga tayyor matnlar yuboriladi.Harbiy tematikani aniqlash (topic/domain detection)Umumiy axborot oqimidan aynan harbiy yo‘nalishdagi materiallarni saralab olish uchun bir nechta bosqichli yondashuv qo‘llanadi. Avvalo, TF–IDF kabi klassik usullar orqali


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI52“harbiy ishga kiritamiz” yoki “armiya nomidan pul yig‘ilmoqda” kabi ff shing belgilari ham alohida qayd etiladi. Dushman narrativlarini qo‘llovchi manipulyativ matnlar ham xavf sifatida belgilanadi.Monitoring vavizual tahlilTizimning bu qismi inson qaror qabul qilishiga mos analitik interfeysni shakllantiradi. Interaktiv veb-platforma vaqt bo‘yicha harbiy kontent dinamikasini, risk darajalari o‘zgarishini, qaysi manbalarda xavfli materiallar ko‘proq uchrayotganini ko‘rsatib beradi. Eng yuqori riskka ega xabarlar alohida ro‘yxatda jamlanadi, ularning kalit so‘zlari va o‘zaro bog‘liq obyektlari ko‘rsatiladi. Agar texnik imkoniyat bo‘lsa, tahdidlarning geografik tarqalishi xarita ko‘rinishida beriladi. Har bir foydalanuvchi davr, til, manba turi, risk kategoriyasi va mavzu bo‘yicha filtrlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.Shu tariqa sun’iy intellekt tomonidan shakllantirilgan ma’lumotlar faqat texnik natija sifatida emas, balki matn vektorlashtiriladi va logistik regressiya yoki SVM asosida dastlabki klassiff kator o‘qitiladi. Keyinchalik ko‘p tilli transformer modellari – mBERT yoki XLM-R – o‘zbek va rus tilidagi harbiy matnlar asosida qayta o‘qitiladi. Natijada tizim materiallarni “harbiy”, “harbiy-siyosiy”, “umumiy siyosiy”, “texnik-axboriy” kabi turli kategoriyalarga ajratadi va keyingi tahlil aynan harbiy segmentga yo‘naltiriladi.Kiberxavfsizlik va OPSEC risklarini baholashHarbiy kontent ichida kiberxavfsizlik va OPSEC nuqtayi nazaridan xavfl i bo‘lishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni aniqlash uchun maxsus modellar to‘plami ishlatiladi. Ular nomlangan obyektlarni – joylar, poligonlar, harbiy qismlar, texnika turlari va shaxslar familiyalarini – avtomat ravishda belgilaydi. Shuningdek, vaqt va sanaga oid ma’lumotlar, harakat yoki tadbirlar boshlanishini bildiradigan iboralar ham tahlil qilinadi. Kontentdagi texnika soni, joylashuvi, modernizatsiyasi haqidagi tafsilotlar, shuningdek


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI53amaliy tahlil va qaror qabul qilish jarayonida ishlatiladigan qulay instrumentga aylanadi. Taklif etilayotgan yondashuv O‘zbekiston sharoitida harbiy imij va axborot xavfsizligini himoya qilishda katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Feyk yangiliklar, dipfeyk audiovideolar va manipulyativ narrativlarni erta bosqichda aniqlash imkoni paydo bo‘ladi va bu munosabatda o‘z vaqtida raddiya berish, tushuntirish ishlarini olib borish va jamoatchilikka aniq pozitsiyani yetkazish samaradorligini oshiradi.OPSECmadaniyatini oshirishOPSEC madaniyatini oshirishda sun’iy intellekt orqali to‘plangan tahlil ma’lumotlari muhim ahamiyat kasb etadi. Harbiy xizmatchilar va kursantlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi doimiy monitoringdan o‘tkazilsa, qaysi turdagi postlar, qaysi rakursdagi suratlar yoki qaysi so‘z birikmalari xavfl i hisoblanishi mumkinligi aniq raqamlar bilan ko‘rsatib beriladi. Bunday materiallar asosida nishonli o‘quv mashg‘ulotlari, ichki yo‘riqnomalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish mumkin bo‘ladi. Bu esa o‘quv jarayoni samaradorligini oshirib, harbiy xizmatchilarning raqamli makonda o‘zini tutish madaniyatini mustahkamlaydi.Kiberjinoyatlarga qarshi kurashga ko‘makSun’iy intellekt harbiy nomidan foydalanib odamlarni aldashga qaratilgan soxta sahifalarni, “kontraktga kiritib qo‘yamiz”, “veteranlarga yordam” degan niqob ostidagi ff ribgarlik sxemalarini erta bosqichda aniqlash imkonini beradi. Ijtimoiy tarmoqlar va xabar almashish platformalarida shunday skam-kontentni topish va tegishli organlarga o‘z vaqtida yetkazish kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Bu orqali harbiy nomdan foydalanib jamiyat ishonchini suiiste’mol qilish holatlari kamayadi.Milliy kiberxavfsizlik siyosatini rejalashtirishda analitik bazaSun’iy intellektga asoslangan tahlil media makonidagi real statistik manzarani to‘liq aks ettiradi. Qaysi yo‘nalishda tahdidlar ko‘proq uchrayotgani, qaysi platformalarda xavf yuqoriligi, qaysi til segmentlari faol ekani kabi ko‘rsatkichlar milliy kiberxavfsizlik siyosatini rejalashtirishda asosiy ma’lumot manbasiga aylanadi. Shu orqali ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, resurslarni oqilona taqsimlash, kadrlar tayyorlash tizimini aniq ehtiyojlarga moslashtirish osonlashadi.Ilmiy-tadqiqotva kadrlar tayyorlashBunday AI-tizimni yaratishning o‘zi axborot xavfsizligi, data tahlil, sun’iy intellekt, OSINT va harbiy jurnalistika kesishmasida yangi ilmiy maktab shakllantirishga xizmat qiladi. Loyiha doirasida PHD darajasidagi ilmiy ishlar, amaliy tadqiqotlar va xalqaro hamkorlik uchun keng imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Bu sohada mahalliy mutaxassislarni tayyorlash, universitetlar va ilmiy markazlar o‘rtasida qo‘shma dasturlar ishlab chiqish ham ehtimoldan yiroq emas.Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda media makon harbiy sohadan ajralmagan, balki harbiy xavfsizlikning ajralmas qismiga aylandi. Kiberhujumlar, fishing, dipfeyk va manipulyativ kampaniyalar ko‘payishi, hamda ochiq harbiy ma’lumotlarning OSINT nuqtayi nazaridan qimmatliligi sun’iy intellekt asosida avtomatik monitoring va tahlilni zarur qilmoqda. Ko‘p manbali ma’lumotni to‘playdigan, ko‘p tilli NLP va riskka yo‘naltirilgan tahlilni qo‘llaydigan AI-tizim Qurolli Kuchlar va davlat idoralari uchun kuchli intellektual platforma vazifasini bajaradi. Sun’iy intellekt insonni to‘liq almashtirmaydi, ammo tizimlashtirilgan va tezkor analitik ma’lumotlar orqali qarorlarni aniq va samarali qabul qilishni ta’minlaydi. Shu bois AI va kiberxavfsizlikni yagona tizim sifatida ko‘rish harbiy axborot xavfsizligi konsepsiyasining asosiy yo‘nalishiga aylanishi tabiiydir.KapitanMirjalol RAYIMOV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI54“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da keltirilishicha, “miniatyura” italyancha naff s, nozik qilib ishlangan rasm, lotincha – “minium” qizil yoki qizg‘ish-jigarrang bo‘yoq ma’nosini anglatadi.XV–XVІ asrlardan boshlab, kitobat miniatyurasi o‘z cho‘qqisiga chiqdi. Bu jarayon badiiy adabiyotning keng ommalashishi va rivojlanishi bilan bog‘liq edi. She’riyat, nasr va tarixiy voqealarning ta’siri miniatyura orqali yanada aniq va ta’sirchan namoyon bo‘la boshladi.Bora-bora miniatyurada tarixiy shaxslarning portretlari va jang-u jadallar tasvirlari ushbu san’atga chuqur mazmun va hayotiylik qo‘shib, asarning yanada ta’sirchan va sirli bo‘lishini ta’minladi.Savol tug‘iladi: nega Sharq miniatyurasida inson portretireallikdan uzoq?Mutaxassislar bu holatni turlicha izohlasalar-da, o‘sha davr nuqtayi nazaridan ikki MINIATYURADAGIQIYOFALAR VAULARNINGREALHAYOTDAGISHAXSIYATIMiniatyura Sharq dunyosining asl nafosati, latofati va badiiyatini ko‘rsatuvchi chin go‘zallikdir. To‘g‘ri, bir qarashda uni tushunish, qabul qilish uchun ma’lum bilim va anglamlar talab qilinadi. Chunki bu san’at to‘laligicha reallikdan ko‘ra kishining ichki olamiga ko‘proq ta’sir qiladi. Har bir shakl, naqsh, chizgi, rang – o‘ziga xos ramz, tuyg‘ularni ifodalab keladi.


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI55shaxslarning miniatyura san’ati va haqqoniy hayotdagi qiyofalariga qiyosiy baho berishga harakat qilamiz. Tadqiqot jarayonida tarixiy manbalar va memuarlarda keltirilgan ma’lumotlar musavvirlar chizgan obrazlar bilan taqqoslanib, ularning tashqi qiyofasi, fe’l-atvori va muhiti miniatyuralarda qanday aks etgani o‘rganiladi. Hayotda pahlavon,suratda nozikHorun ar-Rashid miniatyurasiga nazar tashlagan kishi, shubhasiz, hayratga tushadi: Abbosiylar sulolasining dovruqli xalifasi, “Ming bir kecha” afsonalarining qahramoni, katta mamlakatning hukmdori nahot shunday nozik qiyofadagi yigit bo‘lsa?! Zotan, tarixiy manbalarda u qudratli, adolatli, dovyurak va qat’iyatli podshoh sifatida tasvirlanadi. Ammo musavvir Behzod uni naff s qiyofali, o‘ychan hukmdor sifatida gavdalantirar ekan, uning jismoniy qudratidan ko‘ra, ma’naviy va falsaff y olamini ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. muhim omilni ta’kidlab o‘tish joizdir. Birinchisi, islom ta’limotida jonli mavjudotlarni aynan tasvirlashga nisbatan ehtiyotkorlikning mavjudligi bo‘lsa, ikkinchisi musavvirlarning real dunyo qiyofasini ko‘chirishdan ko‘ra, uning ma’naviy mohiyatini ramzlar orqali ifoda etishga moyilligidir. Demak, miniatyura insonning tashqi realligini emas, ichki mazmunini ko‘rsatishga intiladi. Bu farqni bir davrda yashagan Kamoliddin Behzod va Leonardo da Vinchi ijodi misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Behzod asarlarida inson siyrati ramzlarga boy va ma’naviy-ta’riff y yo‘nalishda aks etsa, Leonardo da Vinchi ijodida esa tashqi haqqoniylik va realizm ustuvorlik qiladi, inson obrazi aniq va tabiiy ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.USHBU MAQOLADA tarixiy va mumtoz asarlarga ishlangan miniatyuralar hamda Horun ar-Rashid, Muhammad Xorazmshoh, Bobur Mirzo, Shayboniyxon va Husayn Boyqaro kabi


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI56Xo‘sh, hukmdorning asl surati qanday edi?Manbalarda Horun 15 yoshlarga yetganda katta janglarda ishtirok etgani, hatto ularda qo‘mondonlik qilgani aytiladi. Jumladan, Mansur Abdulhakimning “Horun ar-Rashid: tuhmatlar qilingan xalifa” asarida quyidagi voqea bayon etiladi: “Mahdiy farzandi Horunni ot choptirish, o‘q otish, nayza uloqtirish va jang san’ati kabi o‘yinmashqlar bilan band qildi. Horunning qaddi-qomati mustahkamlanib, baquvvat yigit bo‘lib yetishganidan keyin 163-yilda (hijriy)otasi uni Rum (Vizantiya)ga urushga jo‘natdi. Qo‘shinda Husayn ibn Qahtoba, Muso ibn Iyso va Abdulloh ibn Solih kabi mashhur va kuchli sarkardalar borligiga qaramay, Horunni qo‘shin boshlig‘i (sarkardasi) qilib tayinladi. Bu paytda arRashidning yoshi 15 dan oshmagan edi”. Garchi Kamoliddin Behzod asarida Horun ar-Rashid qiyofasi adabiy va badiiy tasavvurda jonlantirilsa-da, manbalarda keltirilgan tarixiy-real holatni ham yoddan chiqarmasligimiz lozim. Sallasi dumalagan Muhammad XorazmshohE’tiboringizni Rashididdinning “Jome’ ut-tavorix” asari uchun Sayf alVohidiy tomonidan chizilgan, 1430-yilda Hirotda Shohrux Mirzo kutubxonasi uchun tayyorlangan mashhur miniatyuraga qaratamiz. Undagi tasvir faqat badiiy epizod emas, balki tarixning og‘riqli sahifasidir. Asarda hukmdorning jon berish sahnasi, ya’ni kuch va saltanatning mahv etilishi ramziy tarzda aks ettirilgan.Miniatyurada Muhammad Xorazmshoh sallasi boshidan uchgan holda, kuch-quvvatsiz qiyofada ko‘rsatiladi. Bu hukmdorning mag‘lubiyati, taqdir oldidagi ojizligi ramzidir. Yerda yotgan salla orqali musavvir podshohning siyosiy tanazzulini ko‘rsatishga erishadi. Muhammad Xorazmshoh tarixiy manbalarda jasur, aqlli va baquvvat sarkarda sifatida ta’rifl anadi. Biroq miniatyurada mag‘lublikning badiiy ifodasini, barbod bo‘layotgan saltanat va qo‘rquv, kuch va ojizlikning bir tan ichida mujassam bo‘lganini o‘ziga xos rakurslarda ko‘rganday bo‘lamiz.


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI57Husayn Boyqarohayotda ham shunday odam bo‘lganmi?Kamoliddin Behzod tomonidan chizilgan “Husayn Boyqaro” portreti tarixiy shaxs qiyofasini aniq va hayotiy tarzda ifoda etgan asar sifatida e’tiborga molikdir. Muhimi, aynan shu asarni real manbalarda keltirilgan ma’lumotlar bilan hamohang tarzda yaratilgan, deyish mumkin.Buning isbotini Bobur Mirzoning “Boburnoma”dagi Husayn Boyqaroga berilgan ta’rifl aridan ham topsak bo‘ladi: “Shakl va shamoyili qiyiq ko‘zluk, sherandom bo‘yluq kishi edi. Belidan quyi ingichka edi, xush rang qizil, yashil abrishimni kiyar edi. Qora qo‘zi bo‘rk kiyar edi, yo qalpoq Ahyonan iydlarda kichik sepech dastorni yap-yassi yamon chirmon chirmab, qarqara o‘takasi sanchib, namozga borar edi (“Boburnoma”, 47-b.)”.Ushbu ta’rif o‘quvchiga shohning tashqi qiyofasi bilan birga, uning salohiyati va jismoniy tuzilishi haqida ham aniq tasavvur bera oladi.Behzod ham o‘z portretida aynan shu belgilar, ya’ni shohning keng yelkalari, yapaloq yuzi, qiyiq ko‘zlari va salobatli holatini aniq proporsiyalarda aks ettiradi. Uning kiyimidagi qizil va yashil ranglar, bosh kiyimining shakli va bezaklari ham Bobur ta’riff dagi elementlarga mos keladi. Aytish mumkinki, “Husayn Boyqaro” portreti real manbalardagi tavsif bilan musavvirning individual qarashi uyg‘unlashgan holda yuzaga kelgan. Ushbu asarni Temuriylar davridagi inson qiyofasini ilmiy aniqlik va tasviriy haqqoniylik asosida yoritgan muhim san’at namunasi sifatida baholash mumkin. Hozirda Shvetsiyaning milliy galereyasida saqlanayotgan bu portretning asl nusxasi shved san’atshunos olimi F. Martinning shaxsiy kolleksiyasida saqlanadi.


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI58Toj kiydirishmarosimiNavoiyning do‘stidan uzoqlashmaymiz. “Husayn Boyqaroning toj kiyish marosimi” deb ataluvchi miniatyura Temuriylar davri madaniy hayoti va davlatchilik an’analarini ifoda etgan muhim asarlar sirasiga kiradi. 1469-yilda Mansur Musavvir tomonidan chizilgani taxmin qilinadigan ushbu kartina hozirda AQShning Vashington shahridagi Osiyo san’ati Milliy muzeyida saqlanmoqda.Miniatyurada yosh Husayn Boyqaro toj kiyish marosimi markazida salobat bilan o‘tirgan holda aks etgan. Uning ikki tomonida saroy amaldorlari, shoir va ulamolar, jumladan, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiyni ham ko‘rishimiz mumkin. Sezgir o‘quvchi tasavvurida bir holat gavdalanishi aniq. Ma’lumki, 1469-yili Xuroson taxtini Alisherning bolalik do‘sti Husayn Boyqaro egallaydi. Shu yili Alisher Navoiy Husayn Boyqaroga atab “Hiloliya” qasidasini bitadi. Ehtimol, o‘sha mashhur qasida ana shu lahzalarda o‘qib eshittirilgandir. Nizomiy panjasiga panja urayotgan lahzaKamoliddin Behzod rahbarligida musavvir Qosim Ali tomonidan yaratilgan mashhur miniatyura “Navoiy buyuk shoirlar davrasida” (“Suff ylar bog‘da”) deb nomlanadi. Asarda Alisher Navoiy “Xamsa”sining so‘nggi qismini ustozi va do‘sti Abdurahmon Jomiyga taqdim etishi hamda uning ff krini bilmoqchi bo‘lgan lahza tasvirlangan. Manzara naff s chamanzor bog‘da kechadi: gullar ichidagi hovlida joylangan gilam ustida Sharq she’riyatining buyuk namoyandalari – Nizomiy Ganjaviy, Firdavsiy, Amir Xusrav Dehlaviy, Sa’diy, Sanoy, Anvariy, Unsuriy va Zakoniylar davra qurib o‘tirganini ko‘ramiz. Majlis ishtirokchilari Navoiyning ijodiy salohiyatini yuksak baholab, uni o‘zlariga munosib shoir sifatida tan oladilar. Sirg‘a taqqanBobur MirzoZahiriddin Muhammad Boburning ushbu tasviriga ko‘zingiz tushgan bo‘lishi kerak. Shoh va shoir bog‘da, ariq bo‘yidagi kursida, bir oyog‘ining poyabzali yechilib, ikkinchi oyog‘ining ustiga qo‘yilgan holatda mutolaa qilmoqda. Portret 1610–1615-yillar oralig‘ida Boburning nevarasi Jahongir davrida yaratilgan bo‘lib, hozirgi paytda London kutubxonasida saqlanadi.


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI59Nima deb o‘ylaysiz,Bobur Mirzo hayotda ham shundayko‘rinishda edimi?Darvoqe, Bobur Mirzo ham miniatyura san’atini chuqur tushungani, hatto zamonasining eng dovruqli rassomi Kamoliddin Behzod mahoratiga yuksak va tanqidiy baho berolgani ham bejiz emas.“Boburnoma”da shunday yoziladi: “Mashhur musavvirlar qatoriga Behzod munosibdir. U badiiy mahoratning nozik jihatlarini egallagan, lekin soqolsiz yuzlarni yomon tasvirlaydi. Soqolli kishilarning chehralarini juda maromiga yetkazadi”.YANA BIR BAHSLI JIHAT Bobur kiygan salla va uning qulog‘idagi sirg‘a. Ko‘pchilik bu rasmdagi sallani shia mazhabidagi qizilboshlar bilan bog‘laydi. Ammo suratdagi salla qizilboshlarga tegishli emasligi qiyosan o‘rganilgan. Chunki safaviylar davridagi qizilboshlar Boburdan farqli tarzda qizil rangli salla va “toji Haydariy” deb atalgan uzunchoq kuloh kiyganlari turli manbalarda keltiriladi. Ushbu surat Bobur vafotidan taxminan bir asr keyin chizilganini hisobga olsak, bu davrda hind miniatyuralarida sirg‘a taqqan hukmdorlar tasviri keng tarqalganini aytishimiz mumkin. Aslida sirg‘a taqish qadimgi turkiylarga xos odat sanalgan. Panjikentdan topilgan devoriy suratlarda turkiy qiyofali jangchilar sirg‘a bilan tasvirlanganini ko‘ramiz. Boburning keyingi avlodlari – Jahongir, Akbar, Avrangzebning miniatyuralarida ham ular qulog‘ida sirg‘a bilan tasvirlanadi. Asosiy masalalardan biri biz bilgan Boburning miniatyurada noziklashib qolganida. Chunki u ko‘pincha ikki norg‘ul odamni qo‘ltiqlab olib, Agra qal’asi devorlari ustida yugurib mashq qilgani, Kobulda fitna uyushtirilib jang bo‘lganda, bir o‘zi besh


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI60odamni yenggani tarixiy manbalarda aniq-tiniq yozilgan. Shuningdek, sarkardaning ajoyib suzuvchi va g‘avvos ham bo‘lgani, Gangadan boshqa jamiki hind daryolarini suzib o‘tgani ham zamondoshlari asarlarida keltiriladi. Bobur ismining arabchada “sher” ekani ham uning abjir, dovyurak, chaqqon ekanligiga ishora. YANA BIR QIZIQ FAKT. Shoh va shoir “Boburnoma”da otasini ta’riflar ekan, “Otam har qanday yigitni bir musht zarbi bilan otdan ag‘darardi”, deb yozadi.“Boburnoma”da Hirotdan Kobulga borishda otning qornidan keladigan qor yo‘llarda o‘zi oldinga tushib qor tepib, lashkarga yo‘l ochgani, boshqalar g‘orda qor bo‘ronidan jon saqlasalar, Bobur qorda o‘ra qazib, o‘sha yerda tong ottirgani haqida ham yozilgan. Bundan ko‘rinadiki, shoh va shoirning kuchquvvati biz o‘ylagandan ham yuksak va havas qilarlidir. Qizil gilamdagi Muhammad ShayboniyxonYana bir diqqatga sazovor portret 1507-yilda yaratilgan Muhammad Shayboniyxon suratidir. Unda hukmdor tizzasiga qo‘llarini qo‘ygan, chordana qurib o‘tirgan holda tasvirlangan. Bu holat undagi tabiiy mag‘rurlik va salobatni ifodalaydi. Asar hozirda AQShdagi xususiy kolleksiyada saqlanmoqda.Shayboniyxon o‘ziga xos jismoniy kuch va harbiy tashkilotchilik mahorati bilan tanilgan. “Boburnoma”da u “Shayboqxon”, ya’ni “kuch-qudrat sohibi” sifatida tilga olinadi. Forsiy manbalar ichida uning shaxsiyati va faoliyati haqida Mulla Shodiyning “Fathnomayi xoniy”, Binoiyning “Shayboniynoma” hamda Ro‘zibbekxonning “Safarnomayi Buxoro” asarlarida ma’lumotlar keltirilgan. Biroq Shayboniyxon shaxsiyatini to‘liq yoritgan yagona yaxlit manba Muhammad Solihning mashhur “Shayboniynoma” asaridir.PORTRETDA Shayboniyxon chordana qurib, ikki qo‘lini oyog‘i ustiga qo‘ygancha salobat bilan o‘tirgan holda tasvirlangan. Uning boshidagi oq salla poklik, moviy rangdagi ustki kiyimi esa osoyishtalik ramzi. Orqa fondagi yashil devor hayot, yangilanish va barqarorlik ma’nosini anglatsa, Shayboniyxon o‘tirgan qizil gilam jang-u jadallar, to‘kilgan qon va g‘alabalarning ramziy ifodasidir.Suratdagi Shayboniyxon yuziga qarasangiz, bir o‘ylanmasdan qo‘yilgan qo‘ng‘ir rangga ko‘zingiz tushadi. O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanidagi voqeaga murojaat qiladigan bo‘lsak, undagi jigarrang Shayboniyxon tomonidan bo‘yalgan bo‘lib, musavvirning chizgan rasmini o‘zi bilganday to‘g‘rilashga harakat qilganini ko‘ramiz.Taniqli yozuvchi Sa’dulla Siyoyev “Dashti Qipchoq lochini yoxud Muhammad Shayboniyxon qissasi”da Shayboniyxonni shunday tasvir etadi:“Shayboniyxon ham bugun shohona libosda emas, odmiroq kiyingan. Oyog‘ida qo‘nji qizil etik, egnida ko‘k shoyi yaktak, boshida bejirim o‘ralgan simobiy salla. Qorin tekis, ko‘zlari qiyiq, kalta kuzalgan soqolmurti o‘ziga yarashgan. Yelkalari keng. Turish-turmushidan navjuvonlarga xos o‘ktamlik, shijoat va quvvat yog‘iladi. Magar sallaga qo‘ndirilgan yong‘oqdek yoqut jig‘a bo‘lmasa, ro‘parada Dashti qipchoq lochini, deya sharaf tojini kiygan Shayboniyxon emas, biror viloyat yo muzofotning sarkori o‘tiribdi, deb o‘ylash mumkin edi”.


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI61


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI62Ot ustidagiShohrux MirzoUshbu miniatyura Amir Temurning to‘rtinchi o‘g‘li Shohrux Mirzo (1377–1447)ga bag‘ishlangan bo‘lib, 1436-yilda yaratilgan va Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asari qo‘lyozmasidan o‘rin olgan. Hozirda u Daniyaning Kopengagen shahridagi Devid galereyasida saqlanadi. Ko‘rinadiki, asarda tarixiy aniqlikdan ko‘ra, ruhiy holatni ifoda etish ustuvor: musavvir shohning qiyofasida hukmdorga xos viqorni, o‘yga cho‘mgan, tafakkur bilan yashaydigan vazmin inson qiyofasini chizadi. Miniatyuradagi tasvir real tarixiy obraz bilan to‘liq mos kelmasa-da, u Shohrux Mirzoning ichki olami, siyosiy va ma’naviy dunyosi ifodasi sifatida qadrlidir.***Shu o‘rinda miniatyura san’ati nafaqat inson portretidagi fe’l-atvor, balki mif va afsonalar, mumtoz asarlar ma’no-mazmunini ochib berishda ham muhim manba bo‘lib xizmat qilganini unutmaslik kerak. Ayniqsa, afsona va rivoyatlarni o‘zida aks etgan ayrim portretlar o‘zining favqulodda go‘zalligi, kutilmagan ma’no qirralari bilan kishini jalb etadi.MASALAN, Muhammad Murod Samarqandiy “Siyavushni olov bilan tekshirish” miniatyurasini olaylik. Siyavush obrazi Markaziy Osiyo hududlarida azaldan mashhur bo‘lib, xalq hayotida olamdan bevaqt ko‘z yumgan qahramon sifatida o‘z o‘rniga egadir. Miniatyurada otda o‘tirgan yigitning lovullab yonayotgan gulxan ustidan sakrashi tasvirlangan. Kompozitsiyaning markazida chavandoz va ot. Siyavush oq libosda, yosh o‘spirin va nozik ko‘rinishda, uning oti ham oppoq rangda tasvirlanadi. Bunday uning ruhiy pokligidan darak beradi. Olov uchqunlarining Siyavushga tegmasligi esa uning begunohligi, halolligi va to‘g‘riligi ifodasidir. ***Kamoliddin Behzod tomonidan Amir Xusrav Dehlaviyning “Layli va Majnun” asariga ishlangan miniatyurada ham bir-biridan qiziq ramzlarga duch kelamiz. “Qarindoshlarining Majnunni ko‘rgani kelishi” kartinasi XVI asrda Hirotda yaratilgan.Majnunni hamma odamlar singari yashashga ko‘ndirish uchun tashrif buyurgan qarindosh-urug‘lar sahnasi ko‘rinishi. Behzod mazkur manzarani kuzgi chinorlar, dala gullariga to‘la chamanzor, soyasalqin buloq ko‘rinishlari bilan uyg‘unlashtirishga erisharkan, tabiatning ana shunday go‘zal manzaralari ham Majnunni maftun etolmaganiga diqqatni qaratadi.Majnun tevarakatrofga beparvo, loqayd. Uning uchun Laylining ma’naviy go‘zalligidan ortiq baxt yo‘q. Odamlar esa buni tushunmayotgani, uni yupatishga harakat qilayotgani kishi qalbini to‘lqinlantirib yuboradi. XULOSA QILIB AYTGANDA, biz miniatyurani reallikni ko‘rsatuvchi vosita sifatida emas, balki o‘z ildizlari bilan haqiqatga chambarchas bog‘langan yorqin badiiy asar sifatida talqin qilsakkina uning ma’no maxzanidan ko‘proq bahramand bo‘lamiz. KapitanBobur ELMURODOV,ffi lologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori


2025/¹4 O‘ZBEKISTON ARMIYASI63HUSHYORMIZ,SERGAKMIZ HAR LAHZA,HAR ON!


Sohibqironning eng yaqin safdoshlaridan biri. Temurni hukmdorlik shohsupasiga olib chiqishda faollik ko‘rsatgan bu sarkarda uning sevikli singlisi Shirinbeka og‘oga uylangan.Rassom: Jumaniyazov ShixnazarMuayyadbek


Click to View FlipBook Version