O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI QR-кодини телефон орқали сканер қилинг. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI IJTIMOIY-SIYOSIY, AXBOROT-TAHLILIY, MA’NAVIY-MA’RIFIY, HARBIY-VATANPARVARLIK JURNALI YANGI O‘ZBEKISTON ARMIYASI MAMLAKAT QUDRATI, YUKSAK G‘URUR VA SADOQAT TIMSOLIDIR! 29 “ENDI MENI BOBUR PODSHOH DEB ATANGLAR” 35 HARBIY PSIXOLOGIYA ILMIDA ILK FAN DOKTORI 42 XAYRINISA MAJIDXONOVA KIM EDI? 54 IYAKSIZ ODAM 2023- №4 (36) yil
2023/¹4 2 Qo‘shinlari eng ko‘p askarga ega bo‘lgan davlatlar 1. Xitoy 2. Hindiston 3. AQSh 4. KXDR 5. Rossiya 2. Hindiston 1. Xitoy 3. AQSh Xitoy 3 mln 350 ming kishi Hindiston 1 mln 460 ming kishi AQSh 1 mln 390 ming kishi KXDR 1 mln 280 ming kishi Rossiya 900 ming kishi MILLIY ARMIYAMIZ YANGI O‘ZBEKISTONNING MUSTAHKAM QALQONIDIR!
Davomi 59-sahifada 2023/¹4 3 Davomi 59-sahifada 2023/¹4 3 Eng yaxshi uchuvchisiz uchish apparatlari Top-10 ligi S-70 “Oxotnik” (Rossiya) MQ-9 Reaper (AQSh) Forpost (Rossiya–Isroil) CH-5 (Xitoy) BAE Systems Taranis (Buyuk Britaniya) Dvigatel: AL-31F tipidagi turboreaktiv Dvigatel: Honeywell TP331-10 tipidagi turbovintli Dvigatel: Limbach L 550 Dvigatel: WJ-9 tipidagi turbovintli Dvigatel: Rolls-Royce Adour Yuk ko‘tarish qobiliyati: 8 000 kg.gacha Yuk ko‘tarish qobiliyati: 1 700 kg.gacha Yuk ko‘tarish qobiliyati: 436 kg.gacha Yuk ko‘tarish qobiliyati: 7 000 kg.gacha Uchish masofasi: 6 000 km Uchish masofasi: 5 920 km Uchish masofasi: 250 km Uchish masofasi: 600 km Uchish masofasi: 3 500 km Qanotlar ko‘lami: 19 metr Qanotlar ko‘lami: 20 metr Qanotlar ko‘lami: 7,22 metr Qanotlar ko‘lami: 21 metr Qanotlar ko‘lami: 10 metr Tezligi: 1 000–1 400 km/s Tezligi: 250–400 km/s Tezligi: 146–200 km/s Tezligi: 180–220 km/s Tezligi: 750–1 060 km/s S-70 “Oxotnik” (Rossiya) Uchish balandligi: 18 km Uchish balandligi: 15 km Uchish balandligi: 4,5 km Uchish balandligi: 10 km Parvoz davomiyligi: 27 soat Parvoz davomiyligi: 12–14 soat Parvoz davomiyligi: 60 soat Uchish balandligi: 11,5 km BAE Systems Taranis MQ-9 Reaper Honeywell TP331-10 tipidagi turbovintli Yuk ko‘tarish qobiliyati: CH-5 (Xitoy) WJ-9 tipidagi turbovintli Uchish masofasi: 21 metr Uchish balandligi: Yuk ko‘tarish qobiliyati: 1 000 kg.gacha Forpost (Rossiya–Isroil) Yuk ko‘tarish qobiliyati:
2023/¹4 4 6 16 29 37 35 42 24 20 YANGI O‘ZBEKISTONNING YANGI ARMIYASI YANGI KONSTITUTSIYA VA UNGA MUVOFIQLASHAYOTGAN QONUNCHILIK Ma’naviyat hamisha, hamma zamonlarda, avvalo, inson kamolotiga, odamlar qalbida ezgu fazilatlarni rivojlantirishga, jamiyat hayotini yangi ezgu g‘oyalar bilan boyitib... “ENDI MENI BOBUR PODSHOH DEB ATANGLAR” O‘LMAS QO‘SHIQ – MADHIYA Ushbu maqolada biz madhiyaning ibtidoiy tabiatidan tortib bugungi hayotimizdagi ahamiyatiga qadar bo‘lgan uzoq yillik masofalar haqida gaplashamiz. HARBIY PSIXOLOGIYA ILMIDA ILK FAN DOKTORI XAYRINISA MAJIDXONOVA KIM EDI? ALOQA MUTAXASSISLARINI TAYYORLOVCHI TAYANCH HARBIY MUASSASA TURKIY JANGCHILARNING QADIM POLIGONI
2023/¹4 5 MUASSIS: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Ijtimoiy-siyosiy, axborot-tahliliy, ma’naviy-ma’rifi y, harbiy-vatanparvarlik jurnali Tahririyat kengashi: general-mayor Hamdam Qarshiyev polkovnik Otabek Yuldashev polkovnik Alisher Boboxonov Maqsud Abilov Shu songa mas’ul: katta leytenant Dilshod Ro‘ziqulov Dizayner va sahifalovchi: katta leytenant Ramiz Valiyev Musahhih: Sayyora Mirzayeva Jurnal 2014-yil 20-noyabrda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligida 0840-sonli guvohnoma bilan ro‘yxatga olingan. 2015-yil mart oyidan chiqa boshlagan. Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti – “Vatanparvar” birlashgan tahririyati boshqarmasining kompyuter markazida sahifalandi. “Sano-standart” MChJ bosmaxonasida chop etildi. Manzil: Toshkent shahri Shiroq ko‘chasi, 100-uy. Adadi: 15 409 nusxa. Buyurtma № Bahosi kelishilgan narxda. Bosmaxonaga 2023-yil 25-dekabr topshirildi. Bosishga 2023-yil 25-dekabr ruxsat berildi. Jurnaldagi maqolalardan to‘liq yoki qisman foydalanilganda “O‘ZBEKISTON ARMIYASI” jurnalidan olinganligi ko‘rsatilishi shart. Muallifl ar fi kri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin. ISSN 2181 – 8 169 Obuna indeksi: 1 273 Tahririyat manzili: 100164, Toshkent, Universitet ko‘chasi, 1-uy. Bosh muharrir: podpolkovnik Ahror Ochilov Telefon: (71) 260-36-50; Faks: (71) 260-32-29. E-mail: [email protected] Sayt: www.mv-vatanparvar.uz 45 48 52 54 TAILAND HARBIY SALOHIYATI G‘arb harbiy manbalaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Tailand Qurolli Kuchlarining umumiy soni 360,85 ming kishini tashkil etadi. Bundan tashqari, turli harbiylashtirilgan qo‘shilmalar safi da 93,7 ming kishi xizmat qiladi, zaxirada esa 200 ming kishi bor. Milliy armiyani butlash chaqiruv va shartnoma asosida amalga oshiriladi, xizmat muddati 24 oydan iborat. ARMIYAMIZ SPORTCHILARI XIX YOZGI OSIYO O‘YINLARIDA VENESUELANING HARBIY SALOHIYATI IYAKSIZ ODAM “Askar, o‘zingga kel, uyg‘onishing kerak!..” “Ozgina chida, iltimos, yetib qoldik!..” “O‘lma, o‘lishga haqqing yo‘q!..” Qulog‘imga uning so‘zlari elas-elas eshitilar, keyin yana jimlik, qorong‘ilik. Avvaliga u meni opichlab oldi, iyagimdan oqqan qon uning plashiga surkalib borardi, uning og‘zidan chiqayotgan hovurni, olayotgan nafasini his qilib turardim…
Asosiy e’tibor nimaga qaratildi? Darhaqiqat, bugun sayyoramizda sodir bo‘layotgan qurolli to‘qnashuvlar tahlil va xulosalariga ko‘ra, zamonaviy janglarda asosan yangi taktik usul va uslublarni qo‘llash orqali tomonlar muvafi aqiyatga erishmoqda. Jangovar vazifalarni bajarish asosan taktik bo‘linmalar zimmasiga yuklatilib, jang taqdirini hal etish ushbu bo‘linma komandirlarining Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Vatan himoyachilariga yo‘llagan bayram tabrigida jumladan shunday degan edi: “Dunyoda ro‘y berayotgan gibrid xarakterdagi qurolli to‘qnashuvlar tahlili bizdan Qurolli Kuchlarimizning jangovar harakatlar jarayonida ilgari amalda qo‘llanilmagan qurollardan foydalanadigan kuchlarga qarshi kurasha olish qobiliyatini oshirishni taqozo etmoqda. Bunday sharoitda avvalo, jangovar harakatlarning samarali shakl va usullarini tadqiq va tatbiq etish, Qurolli Kuchlarning yagona avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini yaratish va rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish borasidagi ishlarni jadallashtirishimiz lozim”. YANGI O‘ZBEKISTONNING YANGI ARMIYASI 62023/¹4
bundan tashqari, zamonaviy janglarda qo‘llanilayotgan okop jangi bo‘yicha yo‘riqnoma, merganlarni tayyorlash qo‘llanmasi va uzoq masofalarga piyoda guruh va jangovar mashina qurollaridan otish kursi tasdiqlandi; bo‘linmalarni tog‘li hududlarda jang olib borishning yangi usullari va zamonaviy tog‘ anjomlaridan foydalanish tartibini belgilovchi tog‘ tayyorgarligi qo‘llanmasi qayta ishlab chiqildi; qo‘shinlarda taktik o‘quvlarni tashkillashtirish va o‘tkazish qo‘llanmasi qayta ko‘rib chiqildi va zamon talablar asosida ishlab chiqildi; har bir jang turiga moslashtirilgan, turli murakkabliklardan iborat otish mashqlarini tashkillashtirish va bajarish tartibini belgilovchi o‘qotar, professional tayyorgarligi hamda bo‘linmalarning hamjihatlikda harakatlanish ko‘nikmalariga bog‘liq bo‘lmoqda. Shuning uchun 2023-yilda, birinchi navbatda, qo‘shinlar tayyorgarligini belgilovchi rahbariy hujjatlar yangidan ishlab chiqildi, ya’ni: 2023/¹4 7
2023/¹4 8
yurish tartibini belgilovchi yo‘riqnoma hamda boshqa hujjatlar tasdiqlandi. Hozirgi kunda qo‘shinlar tayyorgarligi yuqoridagi hujjatlar talablariga asosan amalga oshirilmoqda. Barcha jangovar tayyorgarlik amaliy mashg‘ulotlari va taktik o‘quvlarning 50 foizi real jangovar harakatlar dinamikasiga yaqinlashtirilgan holda tungi vaqtlarda o‘tkazilyapti. Bo‘linmalarda jangovar tayyorgarlik me’yorlarining 50 foizi yakka tartibda, 50 foizi bo‘linma (hisob, ekipaj, guruh, vzvod, batalyon) tarkibida bajarilmoqda. Bo‘linma tarkibida jangovar tayyorgarlik me’yorlarining bajarilishi shaxsiy tarkibning hamjihatlikdagi harakatlarini va turli vaziyatlarda bo‘linmaning mo‘ljallanishi bo‘yicha jangovar vazifaning muvafi aqiyatli bajarilishini ta’minlaydigan darajada tashkillashtirilmoqda. Yakuniga yetgan yil davomida jangovar tayyorgarlik organi off tserlari va malakali mutaxassislar tomonidan qo‘shinlarga chiqish orqali joylarda bo‘linmalarning tayyorgarlik darajasini aniqlash va komandirlarga amaliy yordam berish maqsadida qator ishlar amalga oshirildi. Amaliy ishlar davomida asosiy e’tibor taktik bo‘g‘indagi off tserlarning yetakchilik sifatlari, kasbiy mahorati, boshqaruvchanlik va uslubiy qobiliyatlarini oshirishga, jangovar tayyorgarlik tadbirlarini tashkillashtirish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni, yangi taktik usul va uslublarni o‘rgatishga hamda shaxsiy tarkibni o‘qitishda yagona uslubiy bilimlarni shakllantirishga qaratildi. Bundan tashqari, o‘quv yilida brigada, batalyon va vzvod komandirlarining kasbiy mahorati va amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonlarining o‘rinbosarlarini jalb etgan holda o‘quv-uslubiy yig‘inlar o‘tkazildi. Ushbu amaliy ishlar va o‘quv yig‘inlari natijasida qo‘shinlarda kichik komandirlarning yetakchilik sifatlari, uslubiy tayyorgarligi va o‘z bo‘linmasini mohirona boshqarish ko‘nikmalari oshirildi, shuningdek shaxsiy tarkibning jismoniy-ruhiy tayyorgarligi takomillashdi hamda harbiy okruglar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashildi va ilg‘or tajribalar, yangi taktik usul va uslublar qo‘shinlarga tatbiq etildi. 2023/¹4 9
2023/¹4 10 Asosiy mexanizm Qo‘shinlardagi mutaxas sislarning kasbiy tayyorgarligi va malakasini oshirish tadbirlari ham nazoratdan chetda qolgani yo‘q. Mudofaa vazirligi tizimida faoliyat olib borayotgan 16 ta o‘quv markazi soni 2023-yilga kelib, 19 taga yetkazildi. Ushbu markazlarda 36 ta jangovar mutaxassislik bo‘yicha harbiy xizmatchilar o‘qitildi. Mazkur o‘quv markazlari rivojlangan xorijiy davlat armiyalarining mutaxassislarida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Joriy yilda Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Fransiya, Turkmaniston, Qozog‘iston va Ozarbayjon davlatlarining harbiy mutaxassislari ushbu markazlarga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan shartsharoitlarni yuqori baholadi. Hozirgi kunda o‘quv markazlaridagi zamonaviy infratuzilmalar qo‘shin mutaxassislarini tayyorlash uchun asosiy mexanizm bo‘lib xizmat qilmoqda. Qo‘shinlarda joriy etilgan yo‘riqchi-serjantlar faoliyati bugun o‘z samarasini bermoqda. Ular qo‘shinlarda o‘tkazilayotgan jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlariga keng jalb etilmoqda va
2023/¹4 11
2023/¹4 12
2023/¹4 13 bu orqali bo‘linmalarning tayyorgarlik darajasi oshirilyapti. Ushbu yo‘riqchi-serjantlarning kasbiy mahorati va amaliy ko‘nikmasini doimiy ravishda oshirib borish maqsadida ular bilan turli sharoit va vaziyatlarni (tog‘li va cho‘l hududlarida) yaratgan holda qator o‘quvuslubiy yig‘inlar o‘tkazib kelinmoqda. Bugungi kunda ana shu serjantlar qo‘shinlarda kundan kunga o‘z o‘rniga ega bo‘lib, bo‘linmalarni professional tayyorlashda asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Xalqaro maydondagi yutuqlar 2022-yildan boshlab, Qurolli Kuchlarda harbiy xizmatchilarning o‘z kuchini, chidamliligini, ekstremal vaziyatlarda jismoniy yuklamalarga ruhiy bardoshliligini sinash imkonini beruvchi intensiv sinovlar tizimi joriy etilgan edi. Shunga ko‘ra, 2023-yilning sentabr oyida “Dovyurak jangchi” farqlovchi nishoni uchun navbatdagi sinovlar o‘tkazildi va jami 262 nafar harbiy xizmatchi “Dovyurak jangchi” farqlovchi nishon sohibi bo‘ldi (2022-yilda bu raqam 240 nafarni tashkil etgan edi). Bundan tashqari, qo‘shinlarda bo‘linma va harbiy xizmatchilarning professional tayyorgarlik darajasini tekshirish va sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida turli ko‘rik-tanlov, musobaqa va bellashuvlar o‘tkazib kelinmoqda. Bular: “Eng ilg‘or batalyon (divizion)” ko‘rik-tanlovi, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Men g‘olib!” shiori ostida o‘tkaziladigan Xalqaro armiya o‘yinlari, muddatli harbiy xizmatchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Eng ilg‘or mutaxassis” ko‘rik-tanlovi va Qurolli Kuchlar miqyosidagi o‘z kasbining ustasi ko‘riktanlovi. Ushbu musobaqalar natijalariga ko‘ra, harbiy okrug, qo‘shilma, harbiy qism va mutaxassislarning tayyorgarlik darajasi ham baholanmoqda. Olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida 2023-yil davomida Mudofaa vazirligi qo‘shinlari mutaxassislari xalqaro arenadagi turli harbiy musobaqalarda qatnashib, faxrli o‘rinlarni egalladi. Xususan: 2023-yilning mart oyida Amerikaning Missisipi shtatidagi “Kemp Shelbi” bazasida bo‘lib o‘tgan “Eng ilg‘or jangchi” musobaqasida ishtirok etgan Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchisi yuqori kasbiy mahorati bilan barcha bosqichlardan muvafi aqiyatli o‘tib, faxrli
2023/¹4 14 1-o‘rinni egalladi; 2023-yilning may oyida Turkiya davlatining Isparta shahrida o‘tkazilgan “Eng ilg‘or merganlar jamoasi” musobaqasida jamoamiz ikkinchi marta ishtirok etib, Yevropa, Osiyo va Afrikaning 13 davlati 42 ta jamoasi o‘rtasida faxrli 2-o‘rinni egalladi; 2023-yilning mart oyida Pokiston Islom Respublikasi Qurolli Kuchlari 22-armiya korpusining “Terrorizmga qarshi kurashish milliy o‘quv markazi” bazasida VI Xalqaro “Jamoa ruhi” musobaqasida 11 ta davlatning jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. ikkinchi marta ishtirok etib, Yevropa, Osiyo va Afrikaning 13 davlati 42 ta jamoasi o‘rtasida faxrli 2-o‘rinni egalladi; 2023-yilning mart oyida Pokiston Islom Respublikasi Qurolli Kuchlari 22-armiya Shuningdek, 2023-yilning oktabr oyida Mudofaa vazirligi jamoalari Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan “Kembriya patruli” musobaqasida 44 davlatning 118 ta jamoasi o‘rtasida 2-o‘rinni va Koreya Respublikasida o‘tkazilgan “Xalqaro ilmiy jangovar tayyorgarlik” musobaqasida 5 ta davlatning 13 ta jamoasi o‘rtasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. O‘tgan o‘quv yili davomida xalqaro harbiy hamkorlik rejalari doirasida zamonaviy harbiy tahdidning oldini olishga qaratilgan va dunyodagi harbiy harakatlar teatrida bo‘layotgan urushlar tajribasini inobatga olgan
holda Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Fransiya, Qozog‘iston va Turkmaniston davlatlari bilan birgalikda 10 ta o‘quv treningi o‘tkazildi. Ushbu treninglar Mudofaa vazirligining zamonaviy ixtisoslashtirilgan o‘quv markaz va bazalari hamda poligonlar hududida taktik-tibbiy tayyorgarlik, yashovchanlik, terrorizmga qarshi harakatlar va merganlar tayyorgarligi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazildi. Shak-shubha yo‘qki, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari mamlakatimiz mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlash, tinch va osuda hayotimizni himoya qilishning mustahkam tayanchidir. Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki, bu ta’rif shunchaki aytilmagan. Bu ishonchni, bu mas’uliyatni oqlash, unga munosib bo‘lish uchun milliy armiyamiz bir zum bo‘lsa-da, tin olgani yo‘q va yana shuni ham alohida ta’kidlaymizki, bugungi Yangi O‘zbekistonning yangi armiyasi har qanday vazifani bajarishga tayyor. Polkovnik Raxmatillo RAXMONOV, Mudofaa vazirligi Jangovar tayyorgarlik bosh boshqarmasi boshlig‘i 2023/¹4 15
VA UNGA MUVOFIQLASHAYOTGAN O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 133-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunning 4-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi konstitutsiyaviy sudlov ishlarini yuritish amaliyotini umumlashtirish natijalari yuzasidan har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati to‘g‘risida axborot taqdim etishi belgilangan. Respublikasi Konstitutsiyaviy 2023/¹4 16
2023/¹4 17 Shu o‘rinda konstitutsiyaviy qonuniylik tushunchasiga e’tibor qaratish o‘rinlidir. konstitutsiyaviy qonuniylik mamlakatda Konstitutsiya normalari to‘liq amal qilishi, shuningdek mavjud barcha qonunchilik hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofi q bo‘lishini ta’minlash demakdir. Bunga asos sifatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi. Davlat va uning organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofi q ish yuritadilar”, mazmunidagi qat’iy norma belgilangan. 2017-yil qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaviy qonunga muvoff q, 2018-yildan boshlab mazkur amaliyot yo‘lga qo‘yilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati to‘g‘risida axborot taqdim etib kelingan. Axborotda mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati chuqur tahlil qilinib, amaldagi qonun hujjatlari faoliyati, ulardan foydalanish natijalari, yutuq va kamchiliklari haqida ff krlar, asoslantirishlar qayd etilib, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, madaniyma’riff y yo‘nalishlarda qaysi qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yoki yangi qonun hujjatlari qabul qilinishi lozimligi haqida takliffl ar berib kelingan. Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunga muvoff q, Konstitutsiyaviy sudning mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati to‘g‘risidagi axboroti ko‘rib chiqildi. Ma’lumki, 2023-yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tgan referendumda umumxalq ovozi bilan qabul qilingan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlat va jamiyat hayotini modernizatsiya qilish, davlat organlarining faoliyatini demokratlashtirish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan yangicha konstitutsiyaviyhuquqiy sharoitlarni yaratdi. Xalqimiz ixtiyori, tafakkurining mahsuli sifatida qabul qilingan Konstitutsiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘llaniladigan huquqiy hujjat sifatida qabul qilinishi natijasida kundalik hayotda Konstitutsiyaga murojaat qilish imkoniyatining kengayishi, o‘z navbatida, davlat organlari va mansabdor shaxslarning mas’uliyatini yanada oshirganligini ta’kidlash zarurdir. Asosiy qonun mamlakatning butun hududida to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilishi uning ijtimoiy munosabatlarni bevosita tartibga solishini, davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan tegishli qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishidan yoki mavjudligidan qat’i nazar qo‘llanilishini anglatishiga e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi choratadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilinib, unga muvofi q 89 banddan iborat chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Mazkur chora-tadbirlar asosida umumxalq referendumidan so‘ng joriy yilning dekabr oyi sanasiga qadar 30 dan ortiq qonun hujjati yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofi qlashtirildi. Lekin oldinda katta vazifalar, amaldagi qonun va qonunosti hujjatlarini Konstitutsiyaga muvofi qlashtirish jarayoni amalga oshirilishi lozim. O‘tgan qisqa davrda, ya’ni yangi tahrirdagi Konstitutsiya qabul qilinganidan so‘ng umumiy yurisdiksiya sudlari tomonidan 21 mingdan ziyod jinoyat, ma’muriy, iqtisodiy va fuqaroviy ishlar bo‘yicha Konstitutsiya va uning moddalari to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘llanilganligi qayd etildi. Konstitutsiyaviy sud tomonidan 2022–2023-yillarda 119 ta qonun va 1 384 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha murojaatlar va huquqni qo‘llash amaliyoti o‘rganilganligi, Konstitutsiyaviy sud, birinchi navbatda, huquqiy normalarni qo‘llashning konstitutsiyaviy-huquqiy masalalarini e’tiborga olishi ta’kidlandi. Konstitutsiyaviy sud Asosiy qonun uning normalarini to‘laqonli amalga oshirish bo‘yicha davlat organlari oldiga keng ko‘lamli va mas’uliyatli vazifalar qo‘yishi va ayni paytda uni to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘llash bilan bog‘liq ayrim masalalar ham mavjudligiga e’tibor qaratdi. Konstitutsiya ustuvorligi, inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ta’minlash, o‘z navbatida, qonuniylik va huquq ustuvorligiga ta’sir etayotgan omillarni vakolatli davlat organlari tomonidan o‘z vaqtida aniqlash va tezkor chora ko‘rishni taqozo etadi. Shu munosabat bilan Konstitutsiyaviy sud aholi murojaatlarida ko‘tarilgan konstitutsiyaviy huquqlarni ta’minlash bilan bog‘liq quyidagi masalalar, xususan: birinchidan, bola huquqlari buzilishi holatlari kuzatilayotganligi, bunda bolalarni turli ko‘rinishdagi zo‘ravonliklardan himoya qilish, ota-onalar, ta’lim muassasalari, boshqa mutasaddi idoralar mas’uliyatini oshirish, tegishli qonunchilik hujjatlarini yanada takomillashtirish maqsadga muvofi qligi; ikkinchidan, Asosiy qonun bilan mustahkamlangan mulk huquqi kafolatlariga rioya etmaslik holatlari sezilarli kamaygan bo‘lsa-da, hali bu sohada muammolar saqlanib qolayotganligini inobatga olib, mahalliy davlat hokimiyatining ushbu masalalarda huquqiy madaniyatini oshirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning mulk huquqi buzilishi holatiga mutlaqo toqatsiz munosabatini shakllantirish, bu borada profi laktik choralarni kuchaytirish zarurligi; uchinchidan, ba’zi hududlarda tadbirkor o‘z mahsulotini viloyat hududidan erkin olib chiqib 2023/¹4 18
ketishda to‘sqinliklarga uchrashi holatlarini e’tiborga olib, barcha mas’ullardan tovar va xizmatlarning erkin harakatlanishi bo‘yicha konstitutsiyaviy kafolatlarga so‘zsiz rioya etish talab etilishi ta’kidlandi. Konstitutsiyaviy huquqlarga rioya etmaslik holatlari vakolatli davlat organlari diqqat-e’tibori markazida bo‘lishi lozim. Buzilgan huquqlarni tiklash bo‘yicha har bir holat zudlik bilan o‘rganilishi hamda zarur choralar ko‘rilishi Konstitutsiya normalari ijrosining amalda ta’minlanishiga olib keladi. Fuqarolar va yuridik shaxslarning Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish institutini fuqarolar uchun yanada qulay qilish, konstitutsiyaviy odil sudlovga erishishni ta’minlash maqsadida fuqarolarga malakali yuridik yordam ko‘rsatish masalalari bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi qayd etildi. Shu bilan birga sudlarning muayyan ishda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan normativhuquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga muvofi qligi to‘g‘risida Oliy sud orqali Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish vakolatini amalga oshirish tartibini aniqlashtirish tavsiya etildi. Konstitutsiyaviy sud har qanday huquqiy ta’sir chorasi asoslangan, adolatli, zarur va o‘z maqsadiga erishish uchun yetarli hajmda bo‘lishi va fuqarolarning huquq va erkinliklarini asossiz, ya’ni ta’sir chorasi maqsadiga erishish mumkin bo‘lgan me’yordan ortiqcha darajada cheklamasligi lozimligini qayd etdi. Shu munosabat bilan huquqiy ta’sir choralarini qo‘llashda mutanosiblik, yetarlilik konstitutsiyaviy prinsiplariga rioya etishni ta’minlash maqsadida ayrim jinoiy va ma’muriy jazo choralarini, moliyaviy sanksiyalar, neustoyka (penya, jarima) hamda boshqa huquqiy ta’sir choralarini qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi. Konstitutsiyaviy sud viloyat, tuman (shahar) sudyalarining tegishli xalq deputatlari Kengashlari oldida axborot berish amaliyoti sudyaning mustaqilligi va xolisligiga raxna solishi mumkinligini inobatga olib, vakolatli davlat organlarini ushbu tartibni bekor qilishga chaqirdi. Konstitutsiyaviy qonunga muvofi q, 2018-yildan buyon Konstitutsiyaviy sud axborotini tayyorlash va yuborish amaliyoti shakllangan bo‘lsa-da, mamlakat tarixida birinchi marta ochiq majlisda ko‘rib chiqildi. Konstitutsiyaviy sud muhokama qilingan masalani har tomonlama o‘rganib, mutaxassis va ekspertlarning fi krmulohazalarini hisobga olib, mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati to‘g‘risida axborotni tasdiqlab, uni Konstitutsiya talablari asosida Oliy Majlis palatalari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborish haqida qaror qabul qildi. Bu esa, o‘z o‘rnida, mamlakatda konstitutsiyaviy qonuniylik muhitini ta’minlashga xizmat qiladi. Kamola XAMIDOVA, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi katta eksperti 2023/¹4 19
TURKIY JANGCHILARNING QADIM POLIGONI Izlanishlar, islohotlar, natija va yutuqlar zamirida ma’nan va jismonan chiniqqan o‘zbek o‘g‘lonlarining mehnati, jasorati yotadi. Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, ko‘p asrlar muqaddam turkiy jangchilarimiz qaqshatqich janglarga qanday tayyorgarlik ko‘rishgan? Ularning qurollanish taktikasi, kiyimkechagi, mashq poligonlari qanday ko‘rinishda bo‘lgan? Bu kabi savollarga aniq javob bo‘lmasa-da, qadimiy manbalardagi qimmatli ma’lumotlar xayolimizda o‘sha davr manzaralarini qisman jonlantirishga yordam beradi. Avvalo, sak va massagetlar haqida. Yunon tarixchisi Gerodot O‘rta Osiyo cho‘llarida yashovchi ko‘chmanchi sak (skif) va massagetlarning jangovar mahorati haqida qimmatli ma’lumotlarni yozib qoldirgan. U o‘zining “Tarix” asarida ko‘chmanchi saklar haqida yozar ekan, ularning Qurolli Kuchlarimiz tizimida yetuk va malakali kadrlar, fidokor va vatanparvar harbiy xizmatchilarni tayyorlash o‘zining yuksak darajasiga erishib borayotganini barchamiz yurakdan his qilib turibmiz. Buni kengroq va chuqurroq anglash uchun armiyamizning kechagi va bugungi qiyofasini taqqoslashning o‘zi kifoya. 2023/¹4 20
urushdagi mardligi, xususan kamonlardan qanday foydalanishi, ot ustida turli aql bovar qilmas xattiharakatlar qila olishini bayon qiladi. – Urush va yugurish taktikasi va otda turib nishonni aniq mo‘ljalga olish qobiliyati ularni dahshatli raqibga aylantiradi, – deb yoziladi asarda. Gerodot, shuningdek Kaspiy dengizining sharqida yashagan ko‘chmanchi xalq – massagetlar haqida ham to‘xtalib o‘tadi. Ularning kiyim-kechaklarini saklarnikiga o‘xshatib, dashtdagi ko‘chmanchi turmush tarziga mos kiyinish madaniyati juda-juda yaqin ekanini ta’riffl aydi. Chindan ham massagetlarning jangdagi shiddati, nayza va turli jangovar qurollardan foydalanish usullari Gerodot tomonidan qayd etilgan. Ko‘chmanchi turmush tarzi bilan mashhur bo‘lgan ushbu qabilalar odatda jun, mo‘yna va teridan tikilgan kiyimlarni sovuq iqlim sharoitlarida kiyishgan bo‘lsa, baland cho‘qqili bosh kiyimlar, keng belbog‘lar, metall, suyak yoki qimmatbaho toshlardan yasalgan sirg‘alar, marjon va bilaguzuklar, himoya tumorlari – bular sak va massagetlar liboslarining bir qismi edi. Shuningdek, ularning kiyimlari o‘z madaniy merosini aks ettiruvchi murakkab naqshlar, ramzlar va ranglar bilan bezatilgan bo‘lib, dashtning og‘ir sharoitlariga mos edi. Qamchi... Saklar hayotida qilich, bolta, xanjar va qamchi alohida o‘ringa ega bo‘lgan. Biroq sak qilichlari qisqa edi (ularning zamonaviy varianti Kavkaz xanjaridir), ular bilan egarda dushmanga yetib borish qiyin edi. Shu sababli qamchi universal, moslashuvchan, tez va samarali qurolga aylandi. O‘tkir zarbalar bilan u nafaqat tana a’zolarini jarohatlar, balki kiyimlarni yirtib, parchalab tashlardi. Bu nafaqat chavandozga, balki otga ham ta’sir ko‘rsatgan. Aytgancha, zirhning shakllanishida muhim rol o‘ynagan vosita qamchi edi, chunki o‘zingizni qalqon bilan qamchi zarbidan himoya qila olmaysiz. Qamchidan foydalanishning qulayligi uning har doim qo‘lga oson o‘rnashgani bilan izohlanadi. Qamchi yordamida nayza yoki boltaning o‘qini o‘rab, 2023/¹4 21
2023/¹4 22 qurolni qo‘ldan tortib olish va o‘sha paytda uzangining yo‘qligi chavandozni yerga qulatishi mumkin edi. Mohir jangchilar qamchi bilan ular tomon uchayotgan o‘q va nayzalarga chap bera olgan. Ot minish va kamondan otish Turkiy qabilalarning jang o‘zagida ot minish va kamondan otish mahorati yotar edi. Yosh jangchilar bolalikdanoq chavandozlik va o‘q otish san’atini puxta egallagan holda katta tayyorgarlikdan o‘tar edilar. Ayniqsa, ot choptirib, aniq ota olish mahorati ularning janglarda muvafi aqiyat qozonishida hal qiluvchi ahamiyatga ega edi. Buni qarangki, o‘sha davrlarda ham jangchilar yashirin ssenariy va manyovrlar orqali mashq qildirilgan. Jangchilar otga tezlikda minish, qurolni soniyalar ichida shay holga keltirish, bir paytning o‘zida qurol va qurolsiz holda raqibga zarar yetkazish tadbirlarini mashq qilishgan. Qo‘shin orasida chidamlilik, chaqqonlik va maksimal kuchni shakllantirish uchun yugurish, kurash va turli to‘siqlardan o‘tish kabi sport mashqlari olib borilgan. Ayniqsa, kurash turkiy qabilalar o‘rtasida keng tarqalgan sport turi bo‘lib, bir vaqtning o‘zida mashq qilish va jangovar tayyorgarlik vazifasini o‘tagan. Jangchilar kamondan otish bilan bir qatorda qilich, nayza kabi boshqa qurollar bilan ham mashq qilishgan. Ular yaqin jangovar vaziyatlarda ushbu qurollardan samarali foydalanishning turli usullarini sinovdan o‘tkazishgan. Jangchilar harbiy taktika bo‘yicha o‘qitilgan bo‘lib, harakatlar va strategiyalarni birgalikda qo‘llay olish va muvoff qlashtirishni o‘rgangan. Bu mashg‘ulot uyushgan urush va jang maydonida tartibintizomni saqlash uchun juda muhim edi. Turkiy jangchilar o‘zlarining ko‘chmanchi turmush tarzini hisobga olgan holda, og‘ir ob-havo sharoitlariga dosh berish, tanglik yuzaga kelganda oziq-ovqat va zaruriy mahsulotlarni izlash, bir so‘z bilan aytganda, omon qolish ko‘nikmalarini ham rivojlantirganlar. Bunday mashqlar uzoq muddatli harbiy yurishlar uchun juda zarur edi. Yurishlarda otliq jangchining harbiy san’ati alohida e’tirof etilgan. Jangchi otni hech kim hurkitib yubormasligini qattiq nazorat qilar, har qanday vaziyatda ot bilan yaxshi munosabatda bo‘la olish tajribasini shakllantirib borishgan. Chunki jangda raqiblar ot va jangchining hamjihatliligini buzishga harakat qilishar edi. Quyidagi ma’lumotlar turkiy jangchilarning hayoti otga naqadar bog‘liq ekanini ko‘rsatadi: – ...378-yil 9-avgustda Rim qo‘shinlari Dunay bo‘yida turkiy otliq qo‘shinlarni yana sinovdan o‘tkazdilar. Va yana ular o‘zlarini ortiqcha baholadilar. Otliqlarning qanot hujumi hayratlanarli edi... O‘sha jangdan so‘ng G‘arbiy imperiya nihoyat o‘z qo‘shinini yo‘qotdi. Urush endi hech narsani hal qilmasdi. Buni 396-yilda Yaqin Sharqqa tashrif buyurgan Rim papasining elchisi Jeromning maktubidan kelib chiqqan holda hamma tushundi. U yerdan qipchoqlarni topib, ma’nosiz qon to‘kishni to‘xtatdi. Maktubda piyoda jang qilishni o‘zlari uchun sharmandalik deb hisoblagan turklar otliqlari oldida imperator askarlarining dahshatlari keltirilgan. Papaning elchisi
yozganidek, ular “yura olmaydilar va (jangda) oyoqlari yerga tegishi bilanoq o‘zlarini allaqachon o‘lgan deb hisoblashadi”. Manbalardagi haqiqat Bu kabi an’ana va tajribalar turkiy jangchilar hayotida uzoq vaqtgacha saqlanib qoldi. XIII asrda italiyalik sayyoh Plano Karpini turklar haqida shunday guvohlik beradi: – Ularning uchi o‘tkir, faqat bir tomoni kesuvchi va biroz qiyshiq qilichlari bor; ularning qurolli otlari, g‘ildirakli aravalari, dubulg‘alari va zirhlari ham bor. Ba’zilarida zirhlar, shuningdek teridan qilingan ot qoplamalari bor. XIV asrda savdo karvoniga hamroh bo‘lgan xitoylik olim Vey Chjan esa turkiy jangchilarga shunday ta’rif beradi: – Bizning dasht bo‘ylab yurgan yo‘limizda birdan sarobdek chaqqon va epchil turkiy jangchilar paydo bo‘ladi. Ularning jasoratli otlari shunchalik tezki, karvonning dushman kuchlari emasligini, niyating yaxshi ekanini ko‘rsalar, xuddi shunday birdan dashtning bo‘g‘iq tumaniga g‘oyib bo‘lishadi. Biz o‘z yerlari chegaralarini qo‘riqlayotgan alohida qo‘riqchilar tuzilmalarini ko‘rdik. Ularning yo‘lchilar emas, haqiqiy jangchilar ekanliklarini qurolyarog‘laridan ko‘rish mumkin. Va ular ba’zan bizning karvon soqchilarimizdan ham yaxshiroq qurollangan. Ularning orqasiga o‘q va kamon osilgan. Kamarga xanjarlar qistirilgan, kamar ostiga jangovar boltalar tiqilgan. Ba’zilarida suyak kabi sayqallangan uzun va og‘ir tayoqchalar bor. Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, ular bir zarba bilan odamni qattiq jarohatlab qo‘yishi mumkin. Ularning yon tomonlarida chiroyli bezatilgan uzun qiyshiq qilichlar va tol novdalaridan yasalgan qalqon osilgan edi. Shu bilan birga, teridan to‘qilgan qamchilari ham bor edi. Sirasini aytganda, poyonsiz sarhadlar, sahro va cho‘llar, qish ayozi va yoz jaziramasi uchqur tulpor ustida qamchi o‘ynatgan turkiy jangchilarning mahorat poligoniga aylanib qolgandi. Kapitan Bobur ELMURODOV 2023/¹4 23
Ta’lim dunyo standartlari darajasida Harbiy institut faoliyatining asosiy vazifa va yo‘nalishlari aloqa, axborot tizimlari va texnologiyalari, axborotlarni kriptograff k himoyalash va maxsus aloqa, radioelektron razvedka va kurash, tarmoq va axborot tizimlari xavfsizligi, Chegara qo‘shinlari intellektual tizimlar va Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari yo‘nalishlari bo‘yicha off tser kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan iborat. Shuningdek, institutda dunyo standartlari darajasida Podpolkovnik Baxtiyor fi HIMOV, Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti boshlig‘i, texnika fanlari doktori, professor Prezidentimizning 2019-yil 17-yanvardagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa sohasida ofi tser kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofi q Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus fakulteti Mudofaa vazirligi Axborotkommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti etib qayta tashkil etildi. Institut davlat oliy harbiy ta’lim muassasasi bo‘lib, taktik va operativ taktik bo‘g‘indagi ofi tser kadrlarni ikki yillik tayyorlashni amalga oshiradi. TAYANCH HARBIY MUASSASA ALOQA MUTAXASSISLARINI TAYYORLOVCHI 2023/¹4 24
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, jumladan axborot tizimlari va kompyuter tarmoqlarida dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va boshqarish sohasida yetuk mutaxassislar yetishib chiqmoqda. Bo‘lajak off tserlarda yuqori ma’naviy-axloqiy, psixologik va yetakchilik sifatlari, vatanparvarlik hamda o‘z Vatanidan va Qurolli Kuchlaridan faxrlanish, yurtga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish, keng dunyoqarash va intellektual qobiliyatlarni rivojlantirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ushbu o‘quv maskanida bir qator ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha off tserlar tayyorlanmoqda. Mazkur institutda hozirgi kunda Tojikiston va Qirg‘iziston Respublikalari Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari o‘zlari tanlagan mutaxassislik bo‘yicha tahsil olmoqda. Birgina 2021/2023-o‘quv yilida Tojikiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 3 nafar harbiy xizmatchisi ushbu harbiy institutda ta’lim oldi va tegishli mutaxassislikni egalladi. O‘quv ishlari davlat ta’lim standartlari asosida bugungi zamon talablari darajasida olib borilmoqda. Ta’lim jarayoni zamonaviy fanlardan iborat bo‘lib, o‘quv rejasidagi mashg‘ulotlarning umumiy 60–70 foizi dalao‘quv maydonlarida amaliy o‘tkazilmoqda. Har bir kafedra tomonidan mutaxassisliklar bo‘yicha fan dasturi asosida o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotlari uchun zarur uslubiy materiallar ishlab chiqilgan. 2022–2023-yillarda institut kafedralarida 70 nomdagi o‘quv adabiyoti, jumladan darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratilgani so‘zimiz isbotidir. Shunga monand ravishda institut kursantlari xalqaro miqyosdagi fan olimpiadalarida muntazam ravishda faol ishtirok etmoqda. 2021, 2023-yillari Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg shahrida MDH davlatlari oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Informatika va dasturlash asoslari” fanidan o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada ketma-ket 2-o‘rinni qo‘lga kiritgani ff krimizni dalillaydi. Xalqaro hamkorlik istiqbollari Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida bir qator nufuzli xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalari bilan harbiy ta’lim sohasida hamkorlik va o‘zaro anglashuv memorandumlari imzolangan. Xususan, Xitoy Milliy ozodlik armiyasi Milliy mudofaa akademiyasi, Koreya Respublikasi Milliy mudofaa universiteti, Pokiston Islom Respublikasi Milliy mudofaa universiteti va Pokiston aloqa harbiy kolleji, Hindiston Respublikasi Qurolli Kuchlari mudofaani boshqarish kolleji, Bangladesh Xalq Respublikasi Qurolli 2023/¹4 25
Kuchlari Milliy mudofaa kolleji mutasaddi vakillari bilan ikki tomonlama kelishilgan o‘quv dasturiga asosan mashg‘ulotlar tashkillashtirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishdik. Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrugi qo‘mondonligi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston Mudofaa vazirliklari delegatsiyalari bilan ham o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatilgan. Janubiy Koreyaning Toshkent shahridagi Ajou, Inha universitetlari, Hindistonning Toshkent shahridagi Amity universiteti mutaxassislari bilan o‘quv jarayoni va turli ilmiyamaliy anjumanlarda uzviy hamkorlik qilib kelyapmiz. Malaka muntazam oshirilyapti Professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash masalasiga jiddiy e’tibor qaratib kelinmoqda. 2019-yilda polkovnik V. Uzaqov, radiokommunikatsiya kafedrasi boshlig‘i podpolkovnik O. Mirjalolov, shu kafedra o‘qituvchisi R. Muhamedjonov “Haytera” kompaniyasining yangi radiostansiyalar bilan ishlash bo‘yicha o‘quv kursida tahsil oldi. 2020-yilda Hindistonning Amity universiteti o‘qituvchisi Erman Sunil 4-bosqich kursantlari uchun AKT yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazdi. 2022-yil fevral – may oylari Hindiston Qurolli Kuchlari mutaxassislari polkovnik Binesh Kumar Panda, podpolkovnik Duxan Raj Singx va mayor Svapnil Chandra tomonidan harbiy institut professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilari va kursantlariga ikki tomonlama kelishilgan o‘quv dasturiga asosan, haffi aning seshanba, chorshanba va payshanba kunlari mashg‘ulotlar tashkillashtirildi. 2023-yil 30-yanvar – 2-fevral kunlari institutda Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti (NATO) delegatsiyasi ishtirokida “NATOning aloqa va axborot tizimlari, kiberoperatsiya” mavzusida ma’ruza va seminarlar tashkil etildi. 2020–2023-yillar davomida institut ilmiypedagog xodimlarining bir guruhi xorijda malaka oshirdi. Xususan, Rossiya Federatsiyasining Tver shahrida joylashgan marshal G.K. Jukov nomidagi Havokosmik mudofaasi harbiy akademiyasida institutimiz katta o‘qituvchilari podpolkovniklar F. Bahromov, O. Valiyev 3 yil davomida o‘qib keldi. Ushbu mamlakatning Yaroslavl harbiy aviatsiya bilim yurti malaka oshirish fakultetida institutimiz katta 2023/¹4 26
harbiy kollejida kiberxavfsizlik yo‘nalishi bo‘yicha 1 oy malaka oshirgan bo‘lsa, telekommunikatsiya kafedrasi boshlig‘i kapitan Botir To‘rayev 2023-yil 3–7-iyul kunlari Germaniyaning Oberammergau shahridagi NATO maktabining “NATO doirasida ta’lim sifatini ta’minlash” kursiga borib keldi. Ilmiy, innovatsion yutuqlar bisyor Institutda “Axborotkommunikatsiya texnologiyalarida ilmiy tadqiqot laboratoriyasi” tashkil etilgan bo‘lib, unga mayor Jonibek Tojiyev rahbarlik qilib kelmoqda. Laboratoriyada tayyorlangan texnik ishlanmalar 2023-yilning 26-sentabridan 3-oktabriga qadar Turkiya Respublikasi Izmir shahrida bo‘lib o‘tgan “Teknofest” xalqaro festivalida e’tirof etilganini alohida ta’kidlash o‘rinli. Harbiy institutda 20 dan ortiq ilmiy loyiha amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda ta’lim muassasamiz jamoasining ilmiy ishlar borasida 61 ta mualliffl ik guvohnomasi va bitta foydali model patenti mavjud. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar jadal davom ettirilmoqda. Kapitan Alisher Komilov 2023-yil 3–4-oktabr kunlari Qozog‘iston Respublikasi Olmaota shahridagi “Almata energo servis” kompaniyasi faoliyati va mahsulotlari hamda ishlab chiqarish tizimi bilan tanishib qaytgani ham navbatdagi amaliy ish va istiqbolli rejalarga turtki bergani shubhasiz. Bundan tashqari, kursant va tinglovchilarning yangi innovatsion g‘oyalarini amalga tatbiq etish maqsadida “Robototexnika va dron tizimlari”, “Cisco” bazasida ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari va modellashtirish va simulyatsiya virtual jihozlari”, “Kiberxavfsizlik”, “Optik tola aloqa liniyasi”, “Radiolokatsiya”, “Raqamli radioaloqa”, “Radiohavaskor va radioelektronika” o‘quv o‘qituvchisi podpolkovnik A. Azimov tahsil olgan bo‘lsa, Krasnodar harbiy bilim yurti malaka oshirish fakultetida yana bir katta o‘qituvchi mayor A. Shafeyev o‘qib keldi. S.M. Budenniy nomidagi Aloqa harbiy akademiyasi (Sankt-Peterburg) qoshidagi Oliy harbiy ta’lim muassasalari aloqa o‘qituvchilarining malakasini oshirish kursida katta o‘qituvchimiz podpolkovnik O‘. Sattarov kasbiy ko‘nikmalarini boyitdi. 2022-yili katta o‘qituvchi podpolkovnik A. Isakovning Hindistonga xizmat safari tashkil etilgan bo‘lsa, kursantlar B. Nishonov va M. Musinov Nyu-Dehli shahridagi Kadetlar kollejining qisqa kursida o‘qib qaytdi. Joriy yilda leytenant Rasulbek Qadamboyev Indor (Hindiston) shahridagi telekommunikatsiya injiniringi 2023/¹4 27
dissertatsiyalarini himoya qilib, ilmiy darajaga ega bo‘lishlari mumkin. Buning uchun zarur infratuzilma va o‘quv moddiytexnik bazani rivojlantirish, sohada harbiy-ilmiy tadqiqotlarni takomillashtirish, ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Elektron kutubxona – qulay sharoit Harbiy institut elektron kutubxonasi fondida o‘quv jarayonida foydalanishga mo‘ljallangan 21 870 dan ortiq elektron manba joylashtirilgan va doimiy ravishda o‘quv materiallar laboratoriyalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Institut muassisligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasida ro‘yxatdan o‘tgan “Harbiy aloqa va AKT xabarlari” va “Innovation technosystems” ilmiy jurnallari mavjud bo‘lib, unda professoro‘qituvchilar, izlanuvchilarning maqolalari chop etilmoqda. O‘quv muassasamizda oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimi ham yo‘lga qo‘yilgan. Mudofaa vazirligi qo‘shinlari off tserlari AKT sohasidagi muammolardan kelib chiqib, institutimizda mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy faoliyat olib borishlari va harbiy institut huzuridagi ilmiy kengashda doktorlik bilan to‘ldirib borilmoqda. Elektron kutubxona tizimini rivojlantirish maqsadida institut kutubxonasi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tomonidan mingdan ortiq elektron va bosma adabiyotlar bilan boyitilgan va 12 ta kompyuter bilan ta’minlangan. “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan 20 dan ortiq vatanparvarlik, tarix, ma’naviyat va ma’rifat yo‘nalishlaridagi o‘quv, hujjatli va badiiy ff lmlar taqdim etilgan. Hozirda axborot-resurs markazi fondida 4 000 nomdagi 6 018 ta adabiyot ro‘yxatga olingan va o‘quv jarayonida muntazam foydalanib kelinmoqda. Shuningdek, 8 286 turdagi badiiy adabiyot va ma’riff y jurnallar mavjud. Institutdagi 48 ta o‘quv sinff ko‘rgazmali qurollar va qo‘llanmalar bilan jihozlangan. Amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun harbiy institut hududida joylashgan dalao‘quv maydoni zarur texnika va vositalar bilan ta’minlangan. Muxtasar qilib aytganda, institutimiz milliy va xorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorlikda Qurolli Kuchlarimiz uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda yuksak marralar 2023/¹4 sari odimlayveradi. 28
2023/¹4 29 Bobur podshoh “Endi meni deb atanglar” “Saxovati va mardligi, iste’dodi, ilm-fan, san’atga muhabbati va ular bilan muvafi aqiyatli shug‘ullanishi jihatidan Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta podshoh topilmaydi”. Uilyam ERSKIN, ingliz adibi ”Kobulning olinishini Xudo muborak etdiki, keyinchalik o’n sakkizta farzand bo’ldi...“
2023/¹4 30 Gulbadanbegim Zahiriddin Muhammad Boburning kenja farzandi. U Humoyun, Komron, Askariy, Hindol, Gulrangbegim, Gulchehrabegimdan keyin tug‘ilgan. Boburiylar haqida gap ketganda uning nomi ayol bo‘lishiga qaramay, tarixchilar Bobur shaxsiga qiziquvchilar tomonidan Humoyundan keyin ko‘p tilga olinadi. Boburiylar tarixini o‘rganishdagi muhim manbalardan biri “Humoyunnoma” asarining muallifi Gulbadanbegim bu asarni Akbarshohning hukmi va iltimosi bilan yozadi. “Firdavs makon va jannat oshiyon Hazrat (Bobur) haqidagi voqealardan nimaiki bilsangiz, yozingiz, degan hukm bo‘lgan edi. Firdavs makon Hazrat o‘tkinchi dunyodan abadiy dunyoga ravona bo‘lganlarida bu haqir sakkiz yoshda edi, shuning uchun yuz bergan voqealardan esimda oz qolgan. Eshitgan va esda qolgan voqealar podshoh hukmiga binoan shu kitobda yozildi”, deb boshlanadi “Humoyunnoma”. Zahiriddin Muhammad Bobur 1530-yil 26-dekabrda vafot etganda Gulbadan 8 yoshda edi. Onasi Dildor begim edi. Bobur o‘g‘illari qatorida qizlarini, ayol ahllarini ham ortiq ardoqlar, ularga o‘zgacha mehr-u muhabbat ko‘rsatardi. Uning bu fazilati Humoyunga ham o‘tgan edi. “Humoyunnoma”da bitilgan Boburning daryo qirg‘og‘ida “Tilsim” deb nomlangan to‘yxona qurdirib, u yerda Hindol Mirzoning to‘yini o‘tkazgani tafsilotlarida va boshqa bir necha o‘rinlarda ayollarga bo‘lgan iltifot, hurmat yaqqol seziladi. Bu kabi voqealar Boburiylar saroyida ayollarning yuqori mavqega ega ekanligi, ayrim hollarda podshoh va boshqa shahzodalar ularning fikr va mulohazalariga e’tibor bilan qarab, amal qilganliklarini anglatadi. Gulbadanbegimning yozishicha, “begimlar” ayrim hollarda davlat ishlarida katta o‘rin tutgan. Masalan, Gulbadanning o‘zi Humoyun podshoh davrida davlat miqyosidagi diplomatik munosabatlarda ishtirok etgan. Umuman, saroyga yaqin xotinqizlarning o‘rni keyingi asrlarga nisbatan yuksak bo‘lgan. Ular shodlik kunlarda mardona erkakcha kiyimlar kiyib, chavandozlik, tirandozlik kabi o‘yinlarda qatnashganlar. Gulbadanbegim Humoyun podshoh vafotidan keyin Akbarshoh saroyida yashaydi. Tarixiy asarlarda u 1575-yili Portugaliya orqali Makkaga borgani va qaytishda Adan qirg‘og‘ida kemasi g‘arq bo‘lib, shu yerda qolib
2023/¹4 31 ketgani va nihoyat 1582-yili Agraga sog‘- salomat qaytib kelgach, uzoq umr ko‘rib, 80 yoshida, 1603-yil vafot etgani haqida ma’lumotlar bor. Akbarshoh uning tobutini o‘g‘li o‘rnida yelkasida ko‘tarib, katta hurmat bilan dafn etadi. “Humoyunnoma” tarix fanlari doktori, O‘zbekiston FA muxbir a’zosi Sabohat Azimjonova tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilgan. Olimaning ta’kidiga ko‘ra, o‘rta asr tarixchilari orasida faqat ikkita ayol tarixchi manbashunosning nomi ma’lum. Ularning biri G‘arbda, ikkinchisi Sharqda yashagan. G‘arbdagi olima, tarixchi vizantiyalik malika Anna Komnen (XI–XII asr) bo‘lib, akasi va otasi Aleksey Komnen (1031–1108)ning tarixini yaratgan. Anna Komnen voqeanomasi bir necha marta lotin tilida va so‘ngroq nemis tilida nashr qilingan. Ikkinchisi Movarounnahr, O‘rta Sharq, Kobul ulusi, Hindistonning o‘rta asr tarixining muayyan bir davridagi murakkab munosabatlarini nihoyatda chuqur fahmlay olgan va bu voqealarni ta’sirchan bayon qila olgan yirik tarixnavis olima Gulbadanbegimdir. 23 YOSHDA EDILAR Podshoh hazratlari Kobulni Mirzoxon qo‘lidan osonlik bilan ozod qilganlarida 23 yoshda edilar va hech farzandlari yo‘q edi. Farzand ko‘rishni ko‘p orzu qilar edilar. Shu yili Sulton Ahmad Mirzoning qizi 17 yoshli Oysha Sulton begim bir qiz tug‘dilar. Bu qiz shu oyning boshidayoq nobud bo‘ldi. Kobulning olinishini Xudo muborak etdiki, keyinchalik o‘n sakkizta farzand bo‘ldi. Avval Onam Mohim begimdan: Hazrat Humoyun podshoh, Borbo‘l Mirzo, Mehrjahon begim, Esondavlat begim va Foruq Mirzo tug‘ildi. So‘ngra Sulton Ahmad Mirzoning qizi Ma’suma Sulton begim bir qiz tug‘dilar, o‘zlari tug‘ish vaqtida vafot etdi va onasining otini qiziga qo‘ydilar. Gulruh begimdan: Komron Mirzo, Askariy Mirzo, Shohrux Mirzo, Sulton Ahmad Mirzo va Gulizor begim tug‘ildi. Dildor begimdan: Gulrang begim, Hindol Mirzo, Gulchehra begim, Gulbadanbegim va Olur Mirzo tug‘ildi. Gap shundaki, Kobulning olinishi yaxshi maqsadlarga yetishning nishoni bo‘ldi. Podshohning Xustda tug‘ilgan ikki qizidan boshqa hamma farzandlari Kobulda tug‘ildi. U qizlardan Mehrjon begim Mehri begimdan va Gulrang begim Dildor begimdan tug‘ilgan edi. Firdavs makonning katta o‘g‘illari Humoyun podshoh to‘rtinchi zulqa’da kechasi, seshanba kuni, to‘qqiz yuz o‘n uchinchi yili Kobul arkida offi ob hut burjida turganda tug‘ildilar. O‘sha yili Firdavs makon amirlari va boshqalarga: “Endi meni Bobur podshoh deb atanglar”, deb buyurdilar. Humoyun podshoh tug‘ilmaslaridan burun Mirzo Bobur deb atash rasm edi. Chunki butun podshohzodalarni Mirzo deb atab, o‘zlarini esa Humoyun podshoh tug‘ilgan yillaridan “Bobur podshoh”, deb atashga buyurdilar. SULTON IBROHIM LO‘DI BILAN JANG To‘qqiz yuz o‘ttiz ikkinchi yil sakkizinchi rajab oyining juma kuni (1526-yil 22-noyabr) Panipatda Sulton Ibrohim bin Sulton Iskandar bin Bahlul Lo‘di bilan jang qilib, Xudoning inoyati bilan g‘olib chiqdilar. Sulton Ibrohim bu jangda halok bo‘ldi. Bu g‘alaba Xudoning muhabbati tufayli qo‘lga kiritildi. Chunki Sulton Ibrohim yuz sakson ming otliq askar, bir ming besh yuzga yaqin harbiy ff lga ega edi. Podshoh hazratlarining askarlari savdogarlar va yaxshi-yomon bilan qo‘shganda, o‘n ikki ming kishidangina iborat bo‘lib, bular ichida jangga qatnasha oladigan qismi faqat olti-yetti ming kishigina edi. U kishining qo‘llariga besh podshohning xazinasi tushdi. Bularning hammasini jang ishtirokchilariga bo‘lib berdilar. Shu vaqtda hindistonlik amirlar “Hindistonda qadimgi podshohlar xazinasidan xarj qilish ayb hisoblanadi, aksincha, ularga qo‘shib-qo‘shib ko‘paytiriladi”, deyishdi. Hazrat buning aksini qilib, xazinalarning hammasini (odamlarga) taqdim qildilar. Xo‘ja Kalonbek bir necha vaqtdan beri mening mijozimga Hindiston havosi to‘g‘ri kelmaydi, deb Kobulga ketishga ruxsat so‘rab yurar, agar ruxsat bo‘lsa, bir necha vaqt Kobulda bo‘lsam, der edi. Lekin Hazrat “HUMOYUNNOMA”DAN PARCHALAR
2023/¹4 32 Xo‘jadan ayrilishga sirasira rozi emas edilar. Nihoyat, Xo‘ja Kalonbek o‘z ff krida astoydil turib olgach, unga ruxsat berdilar. Unga shunday dedilar: – Hindiston fathida Sulton Ibrohimdan qo‘lga kiritgan o‘ljalardan, valine’matlarga, haram ahli va opasingillarimizga yubormoqchimiz, o‘zingiz bilan olib boring, ularni qanday taqsim qilish haqida to‘liq yozib beramiz. Shu asosda taqsim qiling va aytingki, begimlarning har birlari bog‘ va devonxonada alohidaalohida o‘zlari uchun chodir o‘rnatib, yaxshi ma’rakalar uyushtirsinlar va sajda qilib, Xudoga shukur qilsinlarki, Hindiston butunlay fath etildi. MUNAJJIMNING AYTGANI VA LASHKARGA XITOB Devalpur shahrida ham bir bo‘lak butun toshdan o‘n gaz kvadrat hajmidagi hovuz qurishni buyurdilar va shu hovuz qachon tayyor bo‘lsa, uni nuqul sharob bilan to‘ldiramen, der edilar. Rano Sango jangi oldidan sharob ichishdan tavba qilganliklari sababli hovuzni limon sharbati bilan to‘ldirdilar. Sulton Ibrohim fathidan bir yil o‘tgach, Rano Hindiston tomondan hisobsiz askarlari bilan paydo bo‘ldi. Podshoh hazratlariga mulozamat qilgan hind rojalari, amirlarining hammasi podshohdan bo‘yin tovlab, Ranoga borib qo‘shildilar. Jaloliy ko‘li Sanbaxil Raporgacha hamma parganalar, ray va rojalar va afg‘onlar ham podshohga qarshi bosh ko‘tardilar. Deyarli ikki yuz ming otliq askar to‘plandi. Shu vaqt munajjim Muhammad Sharif askarlarga murojaat qilib, shukur yulduzi bir-biri bilan barobar turibdi, bu vaqtda jang qilmasinlar, dedi. Podshoh askarlari o‘rtasida hayronlik paydo bo‘ldi. Ko‘p parokandalik va qo‘rquv boshlanib, ular umidsizlikka tushib qoldilar. Podshoh askarlarining bu ahvolini ko‘rib, chuqur ff kr qildilar. Dushman yaqinlashib qolganida, u kishining muborak xotirlariga kelgan narsa shu bo‘ldiki, hamma amirlar, xonlar va sultonlar, katta va kichik; baland va past qochib ketgan kishilar hamda bo‘yin tovlaganlardan boshqa hamma qolganlar bir joyga yig‘ilsinlar, deb buyurdilar. Hammalari yig‘ilib keldilar. Podshoh ularga qarab: – Shuni esingizdan chiqarmangizki, Vatanimiz va shahrimizdan bizni necha oylik yo‘l ajratib turibdi. Xudo u kundan asrasin. Agar askarlarimiz bu jangda yengilsa, Xudo bizni himoya qilsin, biz qayerlarda qolib ketamiz. Shahrimiz qayerda, Vatanimiz qayerda? Ish ajnabiylar va begonalar qo‘liga tushib qoladi. Ahvol shunday ekan, ikki yo‘ldan birini tanlab olish kerak. Agar dushmanni o‘ldirsak, g‘ozi bo‘lamiz, agar o‘ldirilsak, shahid bo‘lamiz. Shu har ikkala taqdir ham biznikidir. Bizning ulug‘ darajamiz va oliy martabamizdir, – dedilar. Bu gaplarni hamma bir og‘izdan qabul qildi. Podshoh: – Xudo xohlasa, to jon-u tanimizda oxirgi nafasimiz qolguncha
2023/¹4 33 Sharob ichishga kerak bo‘ladigan hamma tilla va kumush asboblarni, oltin piyolalarni va boshqa qimmatli idishlarni sindirib, kambag‘albechoralarga bo‘lib berdilar. urushamiz, jonff dolikda va qon sochishlikda o‘zimizni ayamaymiz, agar shu gapdan qaytsak, xotinimiz taloq bo‘lsin, – deb Qur’on bilan qasam ichdilar. SHAROBDAN VOZ KECHISH Rano Sango jangidan ikki kun burun podshoh hazratlari sharob ichishdan va boshqa nomunosib ishlardan tavba qilgan edilar. Mardonalik va yakdillik, hamjihatlik bildirgan yana to‘rt yuz atoqli yigit o‘sha majlisda podshoh tufayli sharob ichishdan tavba qildi. Sharob ichishga kerak bo‘ladigan hamma tilla va kumush asboblarni, oltin piyolalarni va boshqa qimmatli idishlarni sindirib, kambag‘al-bechoralarga bo‘lib berdilar. Butun atrofga va hamma tomonga qat’iy ta’kid qilib, buyruqlar yuborib, hamma soliqlardan, bojdan, tamg‘adan, zakotdan hamda meva soliqlaridan va boshqa qonundan tashqari hamma majburiyatlardan kechganliklarini e’lon qildilar. Hech kim savdogarlarning borib keladigan yo‘llarida to‘sqinlik qilmasin, savdogarlar xotirjamlik bilan yursinlar, deb buyurdilar. RANO SANGO BILAN JANG Rano Sango bilan jang bo‘ladigan kuni kechasi Sulton Husayn Mirzoning Oysha Sultonbegim nomli qizining o‘g‘li Qosim Husayn Sulton Xurosondan Kuruxi qishlog‘iga kelibdi, degan xabar keldi. Bu xabarni eshitib, Hazrat ko‘p xursand bo‘ldilar. U bilan qancha kishi hamroh ekan, deb so‘radilar. Keyinroq aniqlanishicha, o‘ttiz-qirq otliq bilan kelayotgan ekan. Shu kuni yaxshi qurollangan mingta otliq askar kechasi ular bilan birga kelishsin, deb yubordilar. Begonalar va dushmanlarda o‘z vaqtida ko‘mak yetib kelibdi, degan ff kr hosil bo‘lsin, deb shunday qildilar. Podshohning bu ff kri va tadbirini eshitgan har bir kishi uni ma’qulladi. To‘qqiz yuz o‘ttiz uchinchi yili jumodil avval oyida (1527-yil, fevral) sahar vaqtida Sigiri tog‘ining etagida, bu tog‘ning ustida hozir Fathpur shahri bino qilingan, Rano Sango bilan jang bo‘ldi. Xudoning inoyati bilan podshoh g‘alaba qozondilar va g‘ozi bo‘ldilar. NOTINCH KUNLAR, BIRI ORTIDAN IKKINCHISI... Podshoh hazratlari sha’bon oyining o‘n to‘rtida Bog‘i Zarafshondan Gujarotga Sulton Bahodirga qarshi
2023/¹4 34 otlandilar. Manhasurda u bilan uchrashib, jang qildilar. Sulton Bahodirxon yengildi va Chinponir tomonga ketdi. Hazrat o‘zlari uni quvdilar. Sulton (Bahodir) Chinponirdan o‘tib, Ahmadobod tomonga keldi. Hazrat Ahmadobod viloyatini ham qo‘lga kiritdilar va butun Gujarotni o‘z odamlariga bo‘lib berdilar. Ahmadobodni Mirzo Askariyga taqdim qildilar. Bahrujni Qosim Husayn Sultonga berdilar, Patnani Yodgor Nosir Mirzoga berdilar. Hazrat o‘zlari ozgina kishi bilan Chinponirdan sayr qilib, Kunimboyatga ketdilar. Bir necha kundan keyin bir xotin kishi kelib, nima qilib o‘tiribsiz, Kunimboyat xalqi yig‘ilib, sizga qarshi otlandi. Hazrat, otga mining, deb xabar keltirdi. Hazratning amirlari u tomonga yugurdilar. Ularni qo‘lga tushirdilar va bir qismini o‘ldirdilar. Shundan keyin Rudga kelishdi. U yerdan Chinponir tomonga jo‘nadilar. Biz o‘ltirgan edik, birdan to‘polon bo‘lib qoldi. Mirzo Askariyning odamlari Ahmadobodni tashlab, podshoh oldiga keldilar. Ular Mirzo Askariy bilan Yodgor Nosir Mirzo birlashib, Agraga bormoqchi, degan xabar keltirdilar. Bu xabarni eshitgach, hazratning Agraga borishlari zarur bo‘lib qoldi. Gujarotning ishi, muammolarini tugatmay, Gujarotni tashlab, Agra tomonga otlandilar. Bir yilgacha Agrada qoldilar. Shundan keyin Chanodaga borib, Chanodani va Banorasni qo‘lga kiritdilar. AKBARNING XATNA TO‘YI Askar, fuqaro va boshqalar uchun hazratning hokimiyati kunlarida tinchlik va farog‘atda yashash nasib bo‘ldi. Hamma umrini farog‘atda o‘tkazib, Hazratning umrlari uzoq bo‘lishi uchun ko‘pchilik yaxshilik fotihasini o‘qib, duo qilar edilar. Bir necha kundan keyin Hamidabonu begimni olib kelish uchun Qandahorga kishilar yubordilar. Hamidabonu begim kelganlaridan keyin Jaloliddin Muhammad Akbar podshohni xatnayi sur qildilar va sunnat to‘yini qilish uchun tayyorgarlik ko‘rildi. Navro‘zdan keyingi o‘n yetti kun “Humoyun kuni” deb ataldi. Hamma yangi kiyim kiydi, o‘ttiz-qirqqa yaqin qizlar yangi kiyim kiyib, tog‘ tepasiga chiqsinlar, deb hukm bo‘ldi. Bir Navro‘zda bir toqqa yetti birodar chiqishdi. Ular ko‘p huzur, farog‘at va aysh-u ishrat qildilar. Muhammad Akbarshoh besh yoshga kirganda, Kobul shahrida xatnayi sur qildilar va o‘sha devonxonada sunnat to‘yi o‘tkazildi. Butun bozorlar bezatildi. Mirzo Hindol, Mirzo Yodgor Nosir, sultonlar va amirlar bu kun sharaff ga ajoyib joylar qildilar. Beka begimning bog‘larida begimlar va xonimlarga bazmga zarur barcha taraddud ko‘rilgandi. Hamma mirzolar, amirlar chochqini o‘sha bog‘dagi devonxonaga keltirishdi. Juda yaxshi to‘y va ma’rakalar o‘tkazildi. Odamlarga qimmatbaho kiyimlar va ko‘p sarpolar inoyat qilindi. Umumxalq, ulamo, solihlar, fuqaro va g‘ariblar, past-u baland, katta-kichik kishilar ko‘ngil tilaganicha tinchlik bilan kunduzni ayshda, kechani ishratda o‘tkazdilar. Furqat ERGASHEV tayyorladi.
2023/¹4 35 1983-yilning 15-martida Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan qahramonimiz o‘rta maktabni imtiyozli shahodatnoma bilan tugatdi. Qalbida harbiylikka bo‘lgan katta ishtiyoq uni Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurtiga (hozirgi O‘zbekiston oliy harbiy aviatsiya bilim yurti) chorladi va 2002-yili imtihonda eng yuqori natija bilan o‘qishga qabul qilindi. Harbiy bilimlarni egallash davrida fanlarni puxta o‘zlashtirish bilan bir qatorda harbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovlardagi faol ishtiroki undagi tarbiyaviy va mafl uraviy ishlar yo‘nalishiga bo‘lgan sifatlarni shakllantirdi. Uning ofitser bo‘lish yo‘lida egallagan bilimi, harbiy kasbga ishtiyoqi, davlat va jamoat tadbirlaridagi faol tashkilotchiligi oliy harbiy bilim yurtini imtiyozli diplom bilan bitirishiga sabab bo‘ldi. Lochinbek Ravshanov 2007-yildan vzvod komandirining tarbiyaviy va mafl uraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlanib, 2011-yilgacha respublikamizning turli viloyatlarida joylashgan harbiy qismlarda tarbiyaviy va mafl uraviy ishlar organi ofitseri lavozimlarida xizmat qildi. Xizmati davomida o‘zining yuqori darajadagi harbiykasbiy salohiyatini namoyon etib, 2008-yilda o‘tkazilgan “Eng ilg‘or mutaxassis” ko‘riktanlovining yakuniy bosqichida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va Mudofaa vazirligi tomonidan 1-darajali diplom bilan taqdirlandi. 2009-yili harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qo‘shgan hissasi uchun “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoniga loyiq topildi. 2011–2015-yillarda Janubig‘arbiy maxsus harbiy okrug boshqaruv apparati tarbiyaviy HARBIY PSIXOLOGIYA ILMIDA O‘z bilimi, shijoati va matonati bilan yuksak harbiy va ilmiy muvaffaqiyatlarga erishgan podpolkovnik Lochinbek Ravshanov yetuk harbiy pedagog, olim, asli tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitseri.
2023/¹4 36 ishlar boshqarmasi katta ofitseri sifatida xizmat qilish bilan birgalikda 2013-yili Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining harbiy psixologlar tayyorlash maxsus ta’lim yo‘nalishini tugatdi. Ustozlari Jamolxon A’zamov va Timur Narzullayevdan olgan harbiy-kasbiy mahorat bilan ilmiy faoliyatni muvoff qlashtirgan holda “Psixologlar maxsus guruhi” rahbari sifatida harbiy okrugdagi 500 dan ortiq harbiy xizmatchining “psixologik pasporti”ni yaratdi va yuqori qo‘mondonlikka taqdim etdi. Shuningdek, 2015-yili harbiy okrug qo‘shinlarida olib borgan psixologik tadqiqotlari natijasida “Harbiy xizmatchilarning intellektual salohiyati va kasbiy tayyorgarligini yanada oshirish” mavzusidagi o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi chop etildi. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaziy apparati shaxsiy tarkib bilan ishlash boshqarmasi axloqiyruhiy tayyorgarlik bo‘limi katta ofitseri lavozimida ishlagan kezlari vazirlikka qarashli harbiy qism va muassasalarning axloqiy-ruhiy holatini o‘rganish yuzasidan izlanishlar olib bordi. 2017-yilda ilmiy faoliyatga bo‘lgan ishtiyoqi va shijoati bois O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurti ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimiga tayinlandi va mustaqil izlanuvchi sifatida 19.00.01 – “Psixologiya tarixi va nazariyasi. Umumiy psixologiya. Shaxs psixologiyasi” ixtisosligida ilmiy tadqiqotlar olib bordi. 2019-yili O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda “Zamonaviy harbiy xizmatchi imijining psixologik jihatlari” mavzusida yozgan dissertatsiyasini muvafi aqiyatli himoya qildi hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy daraja diplomi taqdim etildi. Ilmiy tadqiqotlar natijasida 30 dan ortiq respublika va xalqaro anjumanlarda tezislar, ilmiy jurnallarda maqolalar, darslik hamda o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop etdi. 2020-yilda Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining tegishli buyrug‘iga muvoff q, okrug huzurida “Ilmiy tadqiqot” ilmiy-amaliy va uslubiy markazining faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Hozirgi kunda podpolkovnik Lochinbek Ravshanov boshchiligida ushbu markazda 58 nafar harbiy xizmatchi ilmiy izlanuvchi sifatida turli mutaxassisliklar bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Mazkur markazning samarali faoliyati natijasida podpolkovnik Lochinbek Ravshanovning ilmiy rahbarligida 5 nafar harbiy xizmatchi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Ilmiy kengashda o‘z dissertatsiyasini himoya qilib, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi. 2021-yil qahramonimiz hayotida unutilmas iz qoldirdi. Amalga oshirgan ilmiy, o‘quvuslubiy va ilmiy jamoatchilik ishlaridagi faol ishtiroki uchun podpolkovnik Lochinbek Ravshanovga Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan “dotsent” ilmiy unvoni berildi. Respublikamizning mudofaa qudratini yanada mustahkamlash, harbiy ta’limni rivojlantirish yo‘lida olib borgan sa’y-harakatlari tufayli “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlandi. Ushbu rag‘batni o‘ziga yuksak e’tirof deb bilgan Lochinbek Ravshanov psixologiya fanlari doktori, professor Dilbar Muhammedova ilmiy maslahatchiligida psixologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanishlar olib bordi. 2023-yilning 3-noyabr kuni O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Ilmiy kengashda “Mudofaa vazirligi tizimidagi rahbar imijining ijtimoiypsixologik konsepsiyasi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Ushbu muvafi aqiyatli himoya bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 31 yillik tarixida ilk bor psixologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega harbiy olim sifatida tan olindi. Psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent podpolkovnik Lochinbek Ravshanovning o‘z oldiga qo‘ygan ezgu maqsadlari metin iroda, bilim, shijoat, matonat va iffi ixor tuyg‘ularining yuksak darajada shakllangani bois amalga oshdi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Kelgusida ham u harbiy psixologiya ilmida ko‘plab shogirdlar yetishtirish, istiqbolli loyihalarni amaliyotga tatbiq etish yo‘lida tolmay xizmat qilishi shubhasiz. A. AHMEDOV, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi faxriysi
O‘LMAS QO‘SHIQ – “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da keltirilishicha, madhiya arabchada maqtov qo‘shig‘i, qasida ma’nosini bildiradi. Qisqacha aytganda, biror shaxs, narsa, voqeani maqtab yozilgan, o‘qilgan she’r yoki nutq, madh, maqtov bu madhiyadir. Bu so‘z shu kungacha o‘zining turli ma’nolarini namoyon qilib kelgan. Ayniqsa, qadim muhorabalarda tantanali qo‘shiq” sifatida muhim rol o‘ynagan. Ushbu maqolada biz madhiyaning ibtidoiy tabiatidan tortib bugungi hayotimizdagi ahamiyatiga qadar bo‘lgan uzoq yillik masofalar haqida gaplashamiz. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da keltirilishicha, madhiya arabchada maqtov qo‘shig‘i, qasida ma’nosini bildiradi. Qisqacha aytganda, biror shaxs, narsa, voqeani maqtab yozilgan, o‘qilgan maqtov bu madhiyadir. Bu so‘z shu kungacha o‘zining turli ma’nolarini namoyon qilib kelgan. Ayniqsa, qadim muhorabalarda tantanali qo‘shiq” sifatida muhim rol 2023/¹4 37
Qadimiy madhiyalarning ilk ko‘rinishlari diniy yozuvlar, muqaddas kitoblar bitiklarida saqlanib qolgan. Masalan, “Rigveda”dagi ko‘hna hind madhiyalari to‘plamining yoshi ming yillardan oshadi. Zabur kitobida ham yahudiylar ibodatida ishlatiladigan madhiyalar va qo‘shiqlar mavjud bo‘lsa, mixxat lavhalarida loy parchalariga yozilgan qadimgi Mesopotamiya madhiyalarini uchratamiz. Ilk madhiyalarning ritmi va ohangi ular kelib chiqqan madaniyat, mintaqa va tarixiy davrga qarab sezilarli darajada o‘zgarib borgan. Ular tantanali, g‘amgin, quvnoq ruh bilan ijro etilgan. Kuylash uslublari xilmaxil bo‘lib, ba’zilarida yakkaxon, boshqalari guruh bo‘lib ijro etilgan. Yoki yakka ijrochi qo‘shiqning bir satrini kuylaydi va bunga boshqalar jo‘rlikda javob qaytaradi. Qanchalik izlanilmasin, ilk madhiyalarning aniq kelib chiqish davriyligini topish mushkul masala. Ammo bizgacha yetib kelgan qadimiy madhiyalar ravishida shakl va ritmlarni taxmin qilish mumkin. Eng qadimgi madhiyalardan ba’zilari qadimgi Shumerga (hozirgi Iroq) eramizdan avvalgi 2500-yillarga to‘g‘ri kelib, ular mixxat yozuvidagi turli xudo va ma’budalarga fazilatlarini madh etishga qaratilgan. Qadimgi misrliklarda ham o‘z xudolariga minnatdorlik, maqtov va sharaf ifodalangan qo‘shiqlari bo‘lgan. Masalan, Fir’avn Exnatonga tegishli “Aton madhiyasi” quyosh xudosi Atonni ulug‘laydigan mashhur madhiyalardan biridir. Yunonlarda ham Apollon, Germes va Afrodita kabi turli xudolarni ulug‘lovchi “Gomer madhiyalari” bo‘lgan. Ular diniy bayram va marosimlarda ijro etilgan. Manbalarda keltirilishicha, Sug‘diyona, Xorazm, Farg‘ona vodiysi va Toshkent vohasida qadimdan “Avesto” ijrochiligi bilan bog‘liq namoyishlar, qayroq va zang bilan ijro qilinadigan o‘yinlar, kamon, qilich, pichoq, kaltak va mash’alalar bilan o‘ynaladigan jangovar raqslar va qo‘shiqlar ijro etib kelingan. Ular homiy va pirlarni shu tarzda sharaffl ashgan. Madhiyalar dastlab yaratgandan panoh va omonlik so‘rash qabilidagi murojaatlar shaklida bo‘lgan. Turkiy dostonlarda ham qahramonlarning homiy va pirlar ko‘magida bo‘lishi, shu sababli ham ular qattiq muhofazalangan, yengilmas va har qanday qiyin vaziyatdan mardonavor o‘tadigan kuch sifatida tasvirlanadi. “Alpomish” dostonida Hakimbek tug‘ilgan mahal dastlab Shohimardon pir boradi, ismini Hakimbek qo‘yib, o‘ng eyniga besh panja uradi. Pirning tarbiyatidan so‘ng qahramon “o‘tda kuymas, qilichda chopilmas, miltiq o‘qi o‘tmas” darajaga yetadi. Dostonda bu holni isbotlovchi ko‘plab lavhalar bor. Xususan bir o‘rinda: “Urayotir, qilich, olmos, Hech bir isfi hon kor qilmas”, deyilsa, boshqa ta’rifda: “O‘qqa tutadi qalmoqlar, O‘qi botmay bundan qaytar,” qabilida izohlanadi. Xalq eposlarida esa savashga kirmoqchi bo‘lgan har bir jangchi o‘z pirlari va avliyolaridan madad so‘rab, ularni yodga oladi. “Yusuf va Ahmad” dostonidagi parchaga e’tibor qaratamiz: Yo Ali deb savash qilib, Kattasini saylab sanchay, Tomosha ko‘r endi bizdan. “Kuntug‘mish”da Mohiboy va Gurkiboy: “Qaytgan xotin, toygan to‘qol” deya jangga kiradi. Buning ma’nosi jangdan qochgan kishining qo‘rqoqligini ko‘rsatish uchun xotin sifatlari berilsa, toygan, mag‘lub bo‘lgan – ikkinchi xotin (bu xotindan ham battar) kabi haqoratni anglatadi. Dostonlarda jangovar musiqa sadolari ostida yurish qilish, madh aytish buzilmas unsurlardan biri sanaladi. Bunda harbiy musiqa asboblari bilan jihozlangan maxsus guruhlar tayinlangan bo‘lib, ular ritm asosida harakatlanishni tartibga solib turishgan. “Yusuf va Ahmad” dostonida: “Sarboz urushadi karnay nahriga...” manzarasi berilsa, “Alpomish” dostonida: “O‘zbaklar ustiga lashkar qiladi, Namoyishga karnay-surnay qo‘yadi...” jumlalari jangda musiqiy jangovarlik tempini namoyon qiladi. Madhiyalar zamzama, dobul, kus, shikoridabilbon kabi musiqa asboblari vositasida aytilgani esa jangovar ohanglar yo‘lini ancha oydinlashtiradi. Harbiy musiqachilar O‘rta Osiyo xonliklari qo‘shinida ham faol qo‘llanilgan. Karnaychi, surnaychi, nog‘orachi, naychi, dovulchilardan iborat harbiy guruhlar qo‘shinning harakati hamda jang natijalarini aholiga yetkazish vazifasini ham bajargan. Karnay, surnay, nog‘ora sadolari ostida askarlar o‘z joylarida saf tortib, jang qo‘shiqlarini aytishgan. HARBIY MARSH QO‘SHIQLARI Madhiyalar shubhasiz jang qo‘shiqlaring o‘zagini tashkil etgan. Marsh qo‘shiqlari jangchilarni bir ritmda ushlab turish, ularning qadamlarini sinxronlashtirish va barqaror sur’atni saqlashga yordam bergan. Qo‘shiqlar yoki kuylarning takroriy ohangi uzoq yurishlar paytida qo‘shinlarni ff kr-xayollarini bir nuqtaga jamlay olishlariga ko‘maklashgan. Tarixchi Pompey Trog O‘rta Osiyoda yashovchi hamma qabilalar “Mehnatga va urushga chidamliligi va yengilmas jismoniy kuchi bilan ajralib turadi, ularning g‘alaba va shuhrat qozonishdan bo‘lak istaklari yo‘q” deb yozsa, Kvint Kursiy Ruf: “...Sug‘diyonlar – jasur odamlar, gavdalari juda barvasta, ular asir tushganlarida ham o‘limdan sira qo‘rqmaydilar, o‘lim oldidan ashula aytib, o‘z xursandchiliklarini bayon qiladilar”, degan ff krlarni bildiradi. Demak, ushbu davrga kelib, jangda qahramonlik ko‘rsatish, o‘z yerlarini dushman kuchlaridan muhofaza eta olish – eng katta bayram sifatida qaralgan. Jang marshlarining ohangi odatda jangovar va ko‘tarinki bo‘lgan. Musiqa askarlarda mardlik, qat’iyat va jangga shaylik tuyg‘ularini uyg‘otishga qaratilgan. Bunday marshlar jasorat, g‘alaba, shon-shuhrat va sadoqat 2023/¹4 38
haqida bo‘lib, qo‘shinlar o‘rtasida birlik va qat’iyat tuyg‘usini uyg‘otishga, ularni jismonan va ruhiy jihatdan jangga tayyorlashga xizmat qilgan. Bu qo‘shiqlar barqaror ritmni saqlashdan tashqari, aloqa vositasini ta’minlashda ham asqatgan. Buyruqlar yoki signallarning qo‘shiq matniga kiritilishi, shu orqali shaxsiy tarkibga yashirin ma’lumotlar uzatilishi taktik jihatdan ta’minlangan. Turk xoqonligida ham jangovar marshlar qo‘biz, do‘mbira kabi asboblar, an’anaviy cholg‘ularda ijro etilgan. Xoqonlik jangovar qo‘shiqlari ko‘pincha improvizatsiyaga asoslanib, jangchilarning jasorati, qo‘yilgan talab va maqsadlarga ko‘ra o‘zgarib turgan. Marshlardagi ushbu o‘zgaruvchanlik qo‘shin yuragida shiddat va olov yoqa olgan. Vaqt o‘tishi bilan jangovar marshlarning ohangi va ritmi o‘zgaruvchan taktika, qurolyarog‘ va urush uslublariga moslashib, ritm, ohang va motivatsion ta’sirning asosiy elementlarini saqlab qolgan. Umuman olganda, jangovar marshlar harbiy yurishlar paytida askarlarning ruhiy holatini ko‘tarish, harakatlarni sinxronlashtirish va jasorat ko‘rsatishga ilhomlantirish uchun strategik jihatdan yaratilgan kuchli musiqiy kompozitsiyalar edi. “Qutadg‘u bilig” asarida jangda mardlik va qahramonlik ko‘rsatgan askarlar, botirlar to‘nga (yo‘lbars), to‘nga alp (shavkatli bahodir), so‘kman (dushman safi ni yoruvchi) singari unvonlar bilan taqdirlanib, ular sharafi ga madhiyalar bitilgani yoziladi. Professor Abdurauf Fitrat “Devonu lug‘atit-turk” tarkibidigi jangnoma she’rlar, shiddatli hujumlar, alplar to‘qnashuvini tahlil qiladi. Jangovar madhiyalarning yuksak ko‘rinishi o‘quvchini hayratga soladi: O‘pkam kalib o‘g‘radim Arislay-u ko‘kradim Alblar bashin to‘g‘radim Emdi mani kim tutar? Ma’nosi: Mening ham g‘azabim keldi, Arslonlar kabi na’ra tortdim, Boturlarning boshlarini to‘g‘radim. “Emdi meni kim tuta olur, kim saqlay olur” deb qichqirdim. Fitrat talqinicha, xalq dostonlariga xos bo‘lgan jang sahnalari “Devon”da ko‘plab uchraydi. To‘rtliklardan aynan yodnomalardagi singari voqealarni axtarib bo‘lmaydi. Chunki bu to‘rtliklar xalqniki, ya’ni xalq qo‘shiqlari singari yuzaga kelgan. XIV–XV ASR MANZARALARIDA MADHIYA VA JANG QO‘SHIQLARI Amir Temur davriga kelib, madhiyalar she’riyat bilan chambarchas bog‘langaniga guvoh bo‘lamiz. Temuriylar davrida yashagan Jomiy va ko‘plab taniqli ulamolar jahongashta sarkardaning harbiy yurishlari va g‘alabalarini tarannum etuvchi she’rlar yaratdilar. Eng muhimi, ular saroy va ommaviy bayramlardagi chiqishlarda, harbiy yurishlar chog‘ida musiqaga solinib, kuylangan. Bobur davrida jangchilarni sharaffl ash, qo‘shinga o‘zgacha ilhom berish ishlari san’at darajasiga ko‘tarilgan edi. “Boburnoma”da yozilishicha, sarkardaning yuksak nutqlari jangchilar tilida qo‘shiq kabi tez yoyilar edi. – ...Tangri taolo bunday saodatni bizga nasib qilibdi va bunday davlatni bizga yaqin aylabdi. O‘lgan – shahid, o‘ldirgan – g‘oziy. Barchangiz Tangrining kalomi nomi bilan bu urushdan hech kim yuz o‘girishni xayoliga keltirmasligi va to tanasidan joni chiqmagunicha, bu jang va urushdan chiqib ketmasligini aytib, ont ichmog‘ingiz kerak. Shu asnoda barcha bek va navkarlar muqaddas Qur’onni qo‘liga olib, yuqorida aytilgan jumlalarni takrorlagancha, qasam ichishgan. Bunday yig‘inlar odatda barchaning ko‘z o‘ngida bo‘lib, yaqinyiroqdagi do‘st-u dushmanning yuragiga qo‘rquv va hadik sola olar edi. Chindan ham Bobur hech kimni qo‘shinda zo‘rlab ushlab turmagan. Aks holda u o‘z memuarida shunday baytni keltirib o‘tirmas edi: Agar poy bandi rizo peshgir, Va gar yaksuvori sari xesh gir. Ya’ni jangga bog‘langan bo‘lsang, boshingga kelgan har narsaga rozi bo‘l, agar hech narsaga bog‘lanmagan bo‘lsang, yo‘lingdan qolma, ketaver... 2023/¹4 39
JANGOVAR HAYQIRIQ – “URA...” Rus podshosi Pyotr I qalmoqlar bilan qaqshatqich jangga kirar ekan, muqarrar qirg‘in oldidan raqib otliqlariga diqqat bilan razm soladi. Ular tobora oldinga harakatlanar ekan, jangchilarning bir ovozda aytgan dahshatli qichqirig‘iga duch keladi. “Ura...” Bu so‘z podshoni chindan ham vahimaga solgan edi. Keyinchalik u o‘z qo‘shinlariga ham shu qichqiriqni baralla aytish qoidasini kiritadi. Ura – turkiycha “urho ur” (urmoq). Hujum qilayotgan jangchilarning jangovar nidosi; ko‘tarinki ruh bilan ma’qullash yoki xursandlikni ifodalovchi nido, xitob. Darvoqe, turkiy qo‘shinlarda qaramaqarshi tomonlar bir-biriga ro‘para kelgach, qurol-yarog‘larni yuqori ko‘tarib, baland ovozda qiyqirish odat tusiga kirgan. Bu jangovar qiyqiriq – suron termini bilan atalgan. Suron istilohi turkiy “ha-yu hay” (“ura”) va arabcha “Allohu Akbar”ga mos keladi. Alisher Navoiy “Nasoyim ulmuhabbat” asarida “Za’qa” so‘zini qo‘llaydiki, bu so‘z qichqiriq, nola, oh urmoq ma’nolarida keladi. Ko‘rinadiki, chaqiriq va undovlar ma’lum bir ma’noda kalit vazifasini bajargan. Masalan, notanish dushman bilan muloqot o‘rnatish, unga ezgu maqsadini anglatish uchun “hoy do‘st, hoy do‘st” shaklida murojaat qilingan. “Boburnoma”da yozilishicha, Bobur turgan yerga chorbog‘ning eshigidan Do‘st Saripuliy degan jangchi qilich yalang‘ochlab, tikkasiga bostirib keladi. “...Men sovut kiygan edim. Kamarband bog‘lamagandim. Dubulg‘a ham kiymagan edim. Bir necha marta “hay do‘st, hay do‘st!” deb qichqirdim, Ahmad Yusuf ham qichqirdi. Sovuq va qorda yuraverib o‘zgarganimdanmi, yo meni tanimadi, yo urush g‘azabidan, tortinmay, yalang bilagimga qilich soldi. Tangri inoyati edi. Qil uchicha ta’sir qilmadi, deb yozgan edi shoh va shoir. XX ASRNING O‘RTALARIGACHA BO‘LGAN DAVR MADHIYALARI Jangovar madhiyalarning muhimlilik darajasi, ayniqsa Ikkinchi jahon urushi yillarida tobora kuchaydi. Chunki jangchilarni vatanparvarlik va qahramonlik ruhida tarbiyalash qo‘shin psixologiyasining muhim bo‘lagi hisoblanib, bunda folklor asarlarining o‘rni beqiyos edi. O‘sha yillari qahramonlik dostonlari peshma-pesh nashr etildi, V.M. Jirmunskiy va H. Zarifov hamkorligidagi “O‘zbek xalq qahramonlik eposi” kitobi tayyorlanib, Moskvada nashrdan chiqdi (Ushbu kitobning mufassal bayoni 1958-yilda Germaniyada nemis tilida ham bosilib chiqdi). Ushbu folklor asarlarining dunyo yuzini ko‘rishidan asosiy maqsad jangchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini uyg‘otish, ruhiypsixologik ta’minotini mustahkamlash kabi zaruriy vazifalarni o‘z ichiga olar edi. O‘sha davr manbalari o‘rganilganda jang qilish, qahramonlik ko‘rsatish, fashistni yanchishga chorlovlar ijodkorlar tomonidan turli usullarda olib borilib, ulardan eng keng tarqalgani folklor janridagi aytimlar ekani ayon bo‘ladi. 1977-yilda chop etilgan “O‘zbek jangnomasi” kitobida Muhammadjon Qo‘shmoqov mualliffl igidagi “Ulug‘ Vatan urushi davri folkloridan lavhalar” nomli maqolada shunday aytimlardan parchalar keltiriladi. Unda shoir doston aytmoqdan murod kishilarni ma’nan yuksaltirish, xalqni qahramonlik an’analari ruhida tarbiyalash ekanini ta’kidlaydi: Biz aytamiz necha turli dostondi, Bu dostonlar bizga bog‘-u bo‘stondir. Eshitganlar ko‘nglin botir qilmoqqa, Maqtaymiz, Alpomish, Go‘ro‘g‘li arslonni. Xo‘sh, nega xalq botirligini uyg‘otish uchun aynan dostonlardagi aytimlarga murojaat qilindi? Buning asosiy sabablaridan biri sifatida doston qahramonlarining o‘limga tik boqa olishi, Vatan tinchligi yo‘lidagi janglarda old saffl arda bo‘lishi, shu bilan birga, doston qahramonlarining ideal kuchga ega bo‘lganini keltirish mumkin. 1935-yilda O‘zbekiston yoshlar komitetining Markaziy byurosi va O‘zbekiston Xalq Komissarlar Soveti huzuridagi Radiolashtirish va radioeshittirish komitetining qaroriga binoan, yoshlar tashkilotining VII qurultoyiga bag‘ishlab, 2023/¹4 40
2023/¹4 41 vatanparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan ommabop qo‘shiqlar, madhiyalar yaratish uchun tanlov e’lon qilinadi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad armiya ruhini ko‘taruvchi saf va jangovar qo‘shiqlarni yaratish, tarjima qilish edi. Bu tanlovda yuzlab qalam ahli ishtirok etadi va ularning she’rlari asosida yaratilgan qo‘shiqlar peshma-pesh yoshlar gazetasida chop etib boriladi. Eng qizig‘i, ularning orasida Mirtemir bilan Usmon Nosir ham bor edi. Bu ikki shoir nafaqat tanlovning eng faollari, balki rus shoirlari va kompozitorlari hamkorligida yaratilgan ko‘plab qo‘shiqlarning tarjimoni sifatida ham tilga tushgan edi. Xususan, Usmon Nosir tomonidan I. Frenkel so‘zi, Esler musiqasi asosida yaratilgan “Komintern marshi” she’rining tarjimasi quyidagicha boshlanadi: Zavodlar, turinglar qator saff arda, Hujumga yuringlar, yuring, otlaninglar! Oling to‘g‘ri mo‘ljal, yiroqni ko‘ring, Jangga, proletar, oldinga yuring! “Zarbdor komsomollar marshi” esa saf qo‘shig‘i bo‘lib, uning naqorati shunday yangraydi: Oldinga, komsomol, yur, yasha, Vatan! Fabrika-zavodlar, paxtakor dalalar. Bir, ikki! Bir, ikki, bir! Salom senga, mehnat eli, Biz, zarbdor komsomollar! S. Alimov so‘zi, A. Aleksandrov musiqasi bilan bastalangan “Partizanlar marshi”da ham armiyaga katta kuch va madad baxsh etadigan satrlar bor edi: Tog‘lar oshdi, yo‘llar yurdi, Ey diviziya, olg‘a! Dushmanlarning tayanch yurti – Zo‘r dengizni olmoqqa. Porlatardi bayroqlarni Yaralardan oqqan qon. Yurdi Amu partizani – Kuchli, abjir eskadron. V. Lebedev-Kumach so‘zi, I. Dunayevskiy musiqasi bilan yangraydigan “Sho‘x yigitlar marshi” ham shoirning tarjimasi orqali mashhur bo‘ldi: Dushman agar o‘t ochib bizga qarshi, Shodligimiz tarkini xohlasa, Biz boramiz yangratib yenguv marshin, Ko‘krakni yurt uchun kerib rosa. Usmon Nosirning navbatdagi tarjimasi P. Yerman so‘zi, Y. Xayt musiqasi bilan ijro etiluvchi “Aviatsiya marshi” bo‘lib, unda havoda parvoz qilayotgan po‘lat qanotlarning dushmanga olg‘a tashlanishi, raqibni kor qilmas lochinlarning hayqiriqlari yangraydi: Atomlarni ko‘radi ko‘zimiz, Asbobimiz po‘lat kabi mahkam. Mamlakatga shudir keskin so‘zimiz: Yov yuzlansa, hozirdirmiz biz ham! Darvoqe, Ikkinchi jahon urushining birinchi kunlaridanoq, xalq shoirlari do‘mbiralari qudratini yovga qarshi qaratdilar. 1941-yili nashr etilgan jangovar Vatan uchun she’rlar to‘plami Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lining “Armiyam”, “Jahon tinglagay” termalari bilan ochiladi. Bu to‘plamda Islom shoir Nazar o‘g‘li uch termasi bilan qatnashadi. “Narpaylik kolxozchi Yo‘ldosh ota, uning uchuvchi o‘g‘li Po‘lat, o‘quvchi o‘g‘li Temur haqida”, “Mudofaa fondi” kabi termalari hozirjavobligi, ijtimoiy faolligi bilan ajralib turar edi. Islom shoir o‘zbek adabiyotida birinchilar qatori o‘z o‘g‘lini Vatan uchun, Adolat va Ozodlik uchun bo‘ladigan urushga yuborayotgan ota obrazini chizib berdi. Ariza ber, Qizil qo‘shin safi ga... Beling mahkam boyla xalqning nafi ga... “Mudofaa fondi” elning kuniga boqar kelgan, sotsialistik Vatan himoyasining jarchisi bo‘lgan ta’sirchan termalardan biri, desak, yanglishmagan bo‘lamiz. El bilan er boshiga ish tushganda, ular bilan birga ayollar ham etik yechmay, suv kechdi. Jabha bilan mamlakat ichkarisi bir-biriga madad berib turdi. Quyidagi termaga e’tibor qaratamiz: Orden olibsiz, yorim. Ozodlik urushida. Men ham ordenlik bo‘ldim. Kolxozimiz ishida. Gul bargi tanga-tanga, Erim yo‘lladim jangga. Qay jangchidan qolishay, Jonim fi do Vatanga! Bu o‘sha davrda xotin-qizlarning urushga bo‘lgan cheksiz nafrati va jasorati edi. Opa-singillar akalari yonida fashizmga qarshi har qanday dahshatli jangga kirishga ham ruhan tayyor edilar. Buni quyidagi satrlardan ham sezish qiyin emas: Frontlarga borsam, akam yonina, O‘tlar yoqsam dushmanlarning jonina, Beshotarning bir tilchasin bosganda, Koshki qonsam mingtasining qonina. ZAMONAVIY MADHIYALAR Ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda ham madhiyalar matnida ozodlik, birdamlik, tinchlik, g‘oliblik, taraqqiyot kabi g‘oyalar ifodalanib, xalqning orzu-umidlari, millatning kelajakka bo‘lgan maqsadlari aks etadi. Madhiyamizdagi “Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot”, “Ajdodlar mardona ruhi senga yor” misralarida ham anglaganingizdek, ozodlik va hurriyat mazmuni bilan sug‘orilgan Vatan, otabobolarimizning tuganmas jasoratlariga ishoralar bor. Modomiki, Markaziy Osiyodagi har bir davlatning madhiyasi o‘z xalqining kurashlari va g‘alabalarini aks ettiruvchi o‘ziga xos tarixini o‘zida mujassam etgan. Jumladan, Qozog‘iston madhiyasida mamlakatning tabiiy go‘zalligi va mustahkamligi tarannum etilsa, Tojikiston madhiyasida xalqning mustaqillik va birdamlik uchun kurashi, Turkmaniston madhiyasida esa mamlakat erishgan yutuqlar va taraqqiyot, O‘zbekiston madhiyasida esa mamlakatning boy tarixi va turli xalqlarining birdam va hamjihatligi madh etiladi. B. ELMURODOV
Xayrinisa dastlab Miroboddagi yangi maktabda tahsil olib, rus va nemis tillarini o‘rgandi. Uning dunyoqarashi shakllanishida Turkiston jadid matbuotining, shuningdek bu vaqtda birinchi o‘zbek xotin-qizlar bilim yurtida o‘qiyotgan opasi Oyposhshaxonning ham ta’siri katta bo‘ldi. 1922-yili “Turkiston” gazetasida chop etilgan Xayrinisa Majidxonovaning maqolasida endigina 17 yoshni qarshilagan qizning Vatan istiqboli haqidagi orzu-istaklari o‘rin olgan edi. Maqolani o‘qir ekansiz, eng avvalo, o‘tgan asrning boshida yashagan o‘zbek qizining tarixiy tafakkuri naqadar kengligi, Vatan taqdiri oldida o‘zini qanchalik daxldor sezishi ko‘pchilikni hayratga solishi tabiiy: “Turkistonning dunyo savdo maydonida tutqon vaziyati XVII asrdan beri tuban darajada qolib keldi. Bu asr umuman, musulmon mamlakatlarining tanazzul davri bo‘lib, tanazzulning ham ko‘p sababi karvon yo‘llarining ahamiyati ketib, g‘arblilar tarafi dan dengiz yo‘llarining yuksaltirilishi edi. XIX asrda ham Turkiston G‘arbiy Ovrupodan uzoq bo‘lg‘onlig‘i uchun, taraqqiyot tomonidan boshqa musulmon mamlakatlaridan ham tuban darajada turdi. XX asrning boshida ham qo‘shnimiz bo‘lgan Eron xalqi siyo siy fi krlar bilan sug‘orilib, o‘z elida sanoat turg‘izish va chetlarning ta’siridan qutulish yo‘lida qon to‘kkani muddatda bizning Turkiston tinch uxlamoqda edi… Faqat Russiyadan temiryo‘l kelib, savdo maydoni kengaydi… Bundan ochiq anglashiladirki, bizning moziyi mizni porloq qilg‘on – elimizdan o‘tgan karvon yo‘li bo‘lsa, istiqbolimizni porloq qilg‘uchi, elimizni maktabda tahsil olib, rus va nemis tillarini o‘rgandi. Uning dunyoqarashi shakllanishida zul davri bo‘lib, tanazzulning ham ko‘p 2023/¹4 42 Xayrinisa Majidxonova 1905-yil 25-dekabrda Toshkent shahrida oqsoqol Majidxon Jalilov xonadonida dunyoga keladi. Bu ma’rifatparvar inson Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg kabi qator shaharlariga safar qilib, jadid g‘oya lari bilan tanishgandi. Shu bois u oila a’zolarining, xususan qizlarining ham yevropacha ta’lim olishiga to‘sqinlik qilmadi, aksincha bu borada ularga yordam berdi. XAYRINISA MAJIDXONOVA KIM EDI? yoxud qatag‘onga uchragan qiz qismati Tebralmaskan, nega bular tirildi? Ucholmaskan, nechun qanot berildi? FITRAT
jahon savdo maydonig‘a tutoshdirg‘uvchi ulug‘ temiryo‘ldir. Ular bizning savdomizni kengayturur, bizga boyliq va obodliq berur va o‘zimizga katta sanoat turg‘azishga imkon ochar”, deb yozgandi o‘smir Xayrinisa. Maqolada Turkiston jamiyatining ma’naviy qiyofasiga ham to‘xtalib: “…bizning bu dardimizning ham buyuk qurollari matbuot, maktab va teatrdir. Bizda bularning har qaysisi bor. Lokin ular o‘zlarining tarixiy vazifalarini yeriga yetkaza oladirg‘on darajada emasdirlar. Bizning yangi maktablarimizdan shul vaqtg‘acha xalq hurkib keldi. Matbuot dan uzoq turdi. Teatrni anglamadi. Chunki bularning har qaysisi o‘zining asosiy vazifasining haykal mujassami bo‘la olmadi. Xalqning ruhiga ehtiyot bilan yaqinlashib, unga ta’sir ijro qila olmadi. Har bir xalqning uyg‘onish davrida g‘oyat muhim o‘rin tutadirg‘on bu uch buyuk qurolni o‘z vazifalarining ruhi bilan sug‘orish bizning navbatdagi ishimizdir… Bizning tadrijiy taraqqiyotimiz shul yo‘llar bilan borsa kerak. Aks holda, biz o‘z moziyi mizdan uzulib, xalqning g‘urbatda qolishiga sabab bo‘lurmiz”, deb xulosalaydi. GERMANIYAGA YO‘L 1922-yilning so‘ngida Germaniyada tahsil olishga yuborilayotgan talabalar qatorida o‘zbek qizlari toshkentlik Xayrinisa Majidxonova, Saida Sherahmadboyeva va xorazmlik Maryam Sultonmurodova ham bor edi. Qizlar uchun oddiy maktabga qatnashning o‘zi jiddiy qarshilikka uchrab turgan bir vaqtda ularning tahsil uchun uzoq xorijga yo‘l olishi ziyolilar tomonidan ulkan jasorat sifatida baholandi. Hatto yosh shoir Botu Xayrinisaning Germaniyaga ketayotgani munosabati bilan shunday she’r bitadi: Qaro turmush changalidan qutulib, Erk chechagi taqa olg‘on kuchli qiz. Eski odat sanamlarin parchalab, Erk-Tangriga sajda qilg‘on ruhli qiz. Yo‘ling to‘g‘ri, ortga boqma, ketaver! Ilgarilash ashulasin aytaver!.. Xayrinisa Majidxonova 1923–1924-yillarda Berlinda “Xorijliklar uchun nemis tilini o‘rganish” maktabida o‘qib, o‘rta ma’lumot to‘g‘risida shahodatnoma oldi. 1924–1926-yillarda Darmshtadtdagi (Darmstadt) o‘qituvchilar seminariyasida nemis tili va adabiyoti yo‘nalishida o‘qidi. 1926–1928-yillarda amaliyotni Berlin shahridagi o‘quv muassasalarida o‘tab, o‘rta maxsus ma’lumot olgani to‘g‘risidagi diplomni qo‘lga kiritdi. U Berlinda pedagogik amaliyot bilan bir paytda mashhur doktor Fekkelmanning tibbiyot xodimlarini tayyorlovchi xususiy maktabida ham tahsil oldi. 2023/¹4 43
ko‘chasi 43-uy, 1-xonadonda tintuv o‘tkazildi. Natijada uning umri davomida to‘plagan kitoblari, tarjimalari, xatlari, suratlari, hatto qo‘l soati, shaxsiy oynasi, uyning kaliti, tintuv paytida topilgan 30 so‘m pul ham xatlanib, dalolatnoma asosida olib ketildi. Tergov jarayonida asosiy e’tibor 1927-yilning yozgi ta’tili vaqtida dugonasi Maryam Sultonmurodova bilan birga Parij sayohati va u yerda Mustafo Cho‘qay hamda Buxorodan Germaniyaga tahsil olish uchun yuborilgan Ahmad Naim bilan bo‘lgan tasodiff y uchrashuvi tafsilotiga qaratildi. Xayrinisa tuhmatlardan iborat ayblovlarning barchasini rad etdi, qiynoqlarga chidadi. Biroq bu uning aybdor deb topilishiga to‘sqinlik qila olmadi. 1938-yilning 9-oktabrida o‘tkazilgan mash’um “Uchlik” sudi qo‘yilgan ayblarning hech biri isbotlanmaganiga qaramay, unga o‘lim jazosini belgiladi. Hukm o‘sha kunning o‘zidayoq ijro etildi. “OQLANDI” Stalinizmning soxta ayblovlari fosh etilishi bilan uning opa-singillari Xayrinisaning so‘nggi taqdirini surishtiradi. Mas’ul idoraning Xayrinisa Majidxonova 1942-yil jazoni ijro etish davrida vafot etgan degan xabaridan so‘ng oila a’zolari qayta bu masalani ko‘tarmaydi. Boisi ular sovet jazo organlarining qo‘lidan nima ishlar kelishini yaxshi bilar, 1937–1938-yillarda 75 yoshli qariya Majidxon oqsoqolni qizining aksilinqilobiy faoliyatini yashirganlikda ayblab, ne ko‘ylarga solganini hali-hanuz unuta olishmagan edi. Xayrinisa Majidxonova mus taqillik davrida, 1999-yil 7-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan oqlandi. Bahrom IRZAYEV, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Xayrinisa Majidxonova 1928-yili O‘zbekis tonga qaytib, Toshkentdagi Kasaba uyushmalari Markaziy qo‘mitasi xodimlari jumhuriyat bosh lang‘ich va umumta’lim o‘qituvchilarining dam olish uyida shifokor bo‘lib ishlay boshlaydi. 1935-yili Toshkent tibbiyot ins titutini bitirgan Xayrinisa o‘qituvchilar dam olish uyida shifokorterapevt hamda Fayzulla Xo‘jayev nomidagi O‘zbek poyabzal tresti ambulatoriyasida shifokor-vrach bo‘lib ishladi. Oldiga qo‘ygan buyuk maqsadlari yo‘lidan borayotgan Xayrinisa Majidxonova navqiron 32 yoshida totalitar tuzumning qonli qatag‘oni girdobiga tortildi. Bu vaqtda u hali oila ham qurib ulgurmagandi. “KATTA QIRG‘IN” 1937-yil. Millat gullarini mahv etishga kirishgan Stalincha qatag‘on qilichi qonsiragan kunlar. O‘sha yilning 13-sentabrida “1922–28-yillarda Germaniyada o‘qigan va 1928-yil SSSR hududiga josus sifatida qaytgan” degan soxta ayblov bilan Xayrinisa Majidxonova ham qamoqqa olindi. Shu kuni berilgan order asosida u yashayotgan otasiga tegishli Katta Mirobod 2023/¹4 44
G‘arb harbiy manbalaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Tailand Qurolli Kuchlarining umumiy soni 360,85 ming kishini tashkil etadi. Bundan tashqari, turli harbiylashtirilgan qo‘shilmalar saff da 93,7 ming kishi xizmat qiladi, zaxirada esa 200 ming kishi bor. Milliy armiyani butlash chaqiruv va shartnoma asosida amalga oshiriladi, xizmat muddati 24 oydan iborat. Bevosita Tailand harbiy sanoati haqida ff kr yuritadigan bo‘lsak, iqtisodiyotning mazkur tarmog‘i yaxshi rivojlanmaganini ta’kidlab o‘tish mumkin. Mamlakat harbiy sanoati milliy Qurolli Kuchlarni zamonaviy qurolyarog‘ va harbiy texnika bilan to‘liq ta’minlash imkoniga ega emas. Shu sababdan armiya ehtiyojlarining 85 foizi asosan xorij mamlakatlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan to‘ldiriladi (eng yirik ta’minotchilar qatoriga AQSh, Xitoy, Shvetsiya, Janubiy Koreya va Fransiya kiradi). Tailand mudofaa korxonalari esa mahalliy ishlanmalar TAILAND HARBIY SALOHIYATI Osiyo qit’asining janubi-sharqiy qismida joylashgan, ko‘plab hashamatli qirollik saroylari, qadimiy yodgorliklar va xarobalar, turli bezaklarga boy budda ibodatxonalariyu zamonaviy osmono‘par binolari bilan tanilgan Tailand Qirolligi iqtisodiyoti asosini turli xizmatlar va turizm sohasi (yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmining deyarli 50 foiz), sanoat (40 foiz) va qishloq xo‘jaligi (10 foiz) tashkil etadi. Foydali qazilmalar zaxirasi va sanoat rivoji bo‘yicha Qirollik o‘z mintaqasida 4-o‘rinni egallaydi. Ta’kidlash joizki, mamlakat iqtisodiyoti ko‘p jihatdan eksportga bog‘liq – bu ko‘rsatkich YIMning uchdan ikki qismini tashkil etadi. 2023/¹4 45
asosida va xorijiy litsenziyalar bo‘yicha milliy armiya hamda eksport uchun mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Harbiy yo‘nalishdagi barcha kompaniyalar davlatga qarashli, kemasozlikka ixtisoslashgan “Ital – Tay marin” kompaniyasi Italiya bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi. Tailand harbiy sanoati tarkibiga aviatsiya, bronetank, artilleriyao‘qotar qurollar, kemasozlik va o‘q-dorilar ishlab chiqarish tarmoqlari kiradi. 17 ta korxona ishlab chiqarishga, 4 tasi esa ta’mirlash ishlariga ixtisoslashgan. Aviatsiya sanoati asosini “Tay avieyshn indastriz” kompaniyasi tashkil etib, uning tarkibiga “Takli” ishlab chiqarish markazi, “Lopburi” vertolyotlarga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash markazi, porshenli dvigatellar, havo vintlari va bort radioelektron uskunalarini ta’mirlash bo‘linmalari kiradi. Jumladan, “Takli” markazi ko‘p tarmoqli ishlab chiqarish korxonasi bo‘lib, u yerda Italiyaning SF.260MT tipidagi o‘quv-mashq samolyoti (O‘MS) asosida ishlab chiqilgan RTAF-6 tipidagi O‘MSlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, mazkur korxonada F-16A/B tipidagi qiruvchi, “Saab” 340,S-130N “Gerkules”, “Basler” VT-67, A320, ATR72 va “Superjet” 100 tipidagi harbiy transport samolyotlari, RS-9, ST-5, “Sessna” T-41 va DA-42 tipidagi O‘MSlarini ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. “Lopburi” markazida esa “Bell” 212/412, UH-1H va S-92A tipidagi ko‘p maqsadli vertolyotlar ta’mirlanadi. Bronetank sanoati hozirgi vaqtga kelib ikkita ishlab chiqarish korxonasiga ega bo‘lib, ulardan biri, ya’ni “Cho Tavi” korxonasi (Bangkok shahrida joylashgan) Britaniyaning “Rikardo” kompaniyasi bilan hamkorlikda, Singapurning “Si-ti injiniring lend sistemz” kompaniyasi mutaxassislarining texnik ko‘magida yaratilgan “Blek Vidou” tipidagi zirhli transportyorlarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. “Cheizeri metal end raber” (Lardluvkayev sh.) korxonasida 2010-yildan boshlab minalarga qarshi takomillashtirilgan tizim bilan ta’minlangan “Fest vin” tipidagi zirhli avtomobil ishlab chiqariladi (shu jumladan, eksport qilish uchun ham). Shuningdek, bu yerda bronetank texnikalarini ta’mirlash, tanklar uchun gusenisa traklari va katoklar ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yilgan. Shuni ham aytib o‘tish joizki, mamlakat Qurolli Kuchlarini modernizatsiyalash dasturi doirasida hozirgi davrga kelib eskirib qolgan M41, M48 va M60 (AQSh) tipidagi tanklarni almashtirish uchun 2018-yildan boshlab, Xitoydan 50 ta VT-4 tipidagi asosiy jangovar tank, shuningdek 50 ta VHI tipidagi zirhli jangovar mashina xarid qilingan. Ularga texnik xizmat ko‘rsatish, joriy va kapital ta’mirlash ishlarini olib borish uchun Tailand hukumati aynan Xitoyning “Norinko” korporatsiyasi bilan Kxonken viloyatida yangi korxona barpo etish bo‘yicha shartnoma imzolagan. Kemasozlik sanoati Tailand harbiy sanoatining boshqa tarmoqlariga nisbatan uzoqroq tarixga ega. Jumladan, “Txay naval” kemasozlik verff 1930-yillarda harbiy-dengiz texnikalarini ishlab chiqarishni boshlagan. Mazkur korxona patrul katerlari va tralchi-mina qidiruvchi kemalarni ishlab chiqarish, shuningdek turli tipdagi suvusti kemalarini modernizatsiyalash va ta’mirlash imkoniga ega. 2023/¹4 46
ishlab chiqarish quvvatlari ham mavjud. “Qurolli Kuchlarning qurol ishlab chiqarish markazi”da 105 mm.li M101A1 (AQSh) va 155 mm.li “Soltam” ATHOS 2052 (Isroil) tipidagi gaubitsalar, M16 avtomatik vintovkalari va M4 karabinlari, 20 va 105 mm.li artilleriya snaryadlari, shuningdek turli tipdagi mo‘ljallangan va tankka qarshi minalar, avtomat va pistolet patronlari, porox zaryadlari, portlovchi moddalar, pirotexnik moslamalar va portlatgichlar, shuningdek aviatsiya bombalari, aviabombalar va ognemyotlar uchun yondiruvchi qorishmalar, qo‘l granatalari va boshqalar ishlab chiqariladi. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, Tailand harbiy sanoatining asosiy quvvatlari davlat boshqaruvi ostida bo‘lib, tarmoqdagi muayyan yutuqlarga qaramay, milliy korxonalar qurollar va harbiy texnika namunalarini to‘liq “Bangkok dok” kompaniyasi esa ikkita korxonaga ega bo‘lib, ulardan biri – “Bangkok dok’yard” – 1976–1980-yillarda AQSh yordamida tashkil etilgan. Bu yerda mahalliy ishlanmalar va xorij litsenziyalari bo‘yicha yordamchi kemalar, shu jumladan “Talang” tipidagi tralchi kema (Germaniya) va “Sichang” tipidagi desant kemasi (Fransiya) qurilgan. Kompaniyaga qarashli ikkinchi korxona – “Maxidol Adulyadet naval dok’yard” Buyuk Britaniyaning “River” tipidagi kemasi asosida yaratilgan “Krabi” patrul kemalarini qurish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, bu yerda “Marsan” korxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda “Tor 991” tipidagi patrul katerlari yaratilgan va qurilgan. Korxona Tailand harbiy-dengiz kuchlariga qarashli fregatlarni modernizatsiyalash ishlarini ham amalga oshiradi. “Marsan” korxonasida 2010-yildan boshlab M55 (“Mattafon” va “Ravi”) tipidagi tank-desant kemalari, 2016-yildan – M58 “Layemsing” tipidagi patrul kemalari, mahalliy mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan M21, M25, M36, M39, shuningdek “Tor 991” va “Tor 994” tipidagi patrul katerlari qurilishi yo‘lga qo‘yilgan. Tailand va Italiya hamkorligida tashkil etilgan “Ital – Txay marin” kemasozlik kompaniyasi suv sig‘imi 3 000 tonnagacha bo‘lgan kemalar, “Sichang” tipidagi desant kemalari (Fransiya litsenziyasi bo‘yicha) hamda “Sattaxip” tipidagi patrul katerlarini qurish imkoniyatiga ega. Artilleriya o‘qotar qurollar sanoati to‘rtta ishlab chiqarish korxonasiga ega bo‘lib, ularning ikkitasi “Rungpaysan indastri” kompaniyasi tarkibiga kiradi. Mazkur korxonalardan birida Shveysariya litsenziyasi bo‘yicha “Zig zauyer” R-220 tipidagi pistoletlar yig‘iladi. Ikkinchisida esa xorij mamlakatlarida yaratilgan qurollarni (shu jumladan AQShning M79 qo‘l granatomyotlari va M16 avtomatik vintovkalari, Rossiyaning RPG-7 qo‘l pulemyot-granatomyotlari) litsenziya asosida ishlab chiqarish amalga oshiriladi, shuningdek kalibri 5,56, 7,62, 12,7 va 20 mm.li stvollarni tayyorlashga mo‘ljallangan ko‘chma minomyotlar va ular uchun minalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. “Tay armz” korxonasida esa mahalliy mutaxassislar tomonidan yaratilgan RPS-001 (5,56 mm) tipidagi avtomatik vintovka hamda Germaniya litsenziyasi bo‘yicha HK-33 (5,56 mm) avtomatlar ishlab chiqariladi. O‘q-dori sanoati 6 ta korxonaga ega bo‘lib, ularda mamlakatda mavjud bo‘lgan barcha tipdagi artilleriyao‘qotar qurollar uchun turli o‘q-dorilar va portlovchi moddalar ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan. Bu korxonalarda artilleriya to‘plari va maxsus to‘plar uchun turli kalibrdagi snaryadlar, minomyotlar uchun siklda ishlab chiqarishni ta’minlash imkoniyatlariga ega emas. Shundan kelib chiqqan holda, mamlakat rahbariyati harbiy sanoat bazasini rivojlantirishga yordam beruvchi asosiy omil sifatida xorijiy yetakchi ishlab chiqaruvchilar bilan harbiytexnik hamkorlikni yanada kengaytirish, shuningdek qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va litsenziya asosida ishlab chiqarishni rivojlantirish orqali milliy korxonalar rolini muntazam oshirib borishga alohida e’tibor qaratmoqda. P. SAYDIVALIYEV tayyorladi. 2023/¹4 47
2023/¹4 48 ARMIYAMIZ SPORTCHILARI YOZGI OSIYO O‘YINLARIDA Mamlakatimizning eng yetakchi Oliy mahorat sport maktablaridan biri hisoblangan Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi (MVSM) vakillari uchun 32-mavsum ham tarixga aylanmoqda. Ushbu mavsumda MVSM vakillari qatnashgan eng yirik musobaqalardan biri – dunyo miqyosida “kichik Olimpiada” nomi bilan mashhur bo‘lgan yozgi Osiyo o‘yinlarining navbatdagisi, ya’ni Xitoyning Xanchjou shahri mezbonlik qilgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlari bo‘ldi. ARMIYAMIZ XIX 2023/¹4 48
“Koronavirus pandemiyasi” tufayli bir yil kechiktirib o‘tkazilgan, Osiyo o‘yinlari tarixida eng ko‘p ishtirokchini jamlagan “Xanchjou – 2022”da qit’aning 45 davlatidan 12 ming 410 nafardan ortiq sportchi qatnashdi. To‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi bu safar 40 ta sport turi bo‘yicha tashkil etildi. Osiyo o‘yinlari davomida 9 ta sport turida “Parij – 2024” Olimpiadasi yo‘llanmalari uchun ham kurash bordi. Musobaqalar mobaynida Osiyo o‘yinlarining 474 ta medallar jamlanmasi 40 ta sport turining 61 ta yo‘nalishida kechdi. “Xanchjou – 2022” musobaqalari davomida bir qator sport turlari bo‘yicha 13 ta jahon rekordi yangilandi va bu Osiyo o‘yinlarining tarixiy ko‘rsatkichi bo‘ldi. O‘zbekiston sport delegatsiyasi to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladigan mazkur nufuzli kompleks o‘yinlarning 38 sport turi bo‘yicha bahslarida 370 nafardan ziyod vakil bilan qatnashdi. Ishtirokchilarning 33 nafarini Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi vakillari tashkil etdi. Sportchilarimiz Xanchjouda o‘z mahorati, tajriba va salohiyatini namoyon etib, Vatanimiz sharaff ni munosib himoya qildi. O‘zbekiston delegatsiyasi Osiyo o‘yinlari tarixida medallar sifati va soni bo‘yicha eng yaxshi natijasini qayd etdi – 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza, jami 71 ta medalni qo‘lga kiritib, 45 mamlakat orasida faxrli 5-o‘rinni egalladi. E’tirof etish joiz, bu medalning 21 tasiga MVSM vakillari erishdi. XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida yurtimiz sportchilarining g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilishini armiyamiz dzyudochisi, qit’a va jahon chempioni Diyora Keldiyorova boshlab berdi. -52 kg vazn toifasida bahs olib borgan Diyora barcha raqiblarini, jumladan ff nalda BAAning nomdor sportchisi Birshelt Xorlodoini mag‘lubiyatga uchratdi. MVSM dzyudochisi g‘alabasi sharaff ga “Xanchjou – 2022”da O‘zbekiston bayrog‘i yuksak ko‘tarilib, madhiyamiz yangradi! Keldiyorovadan so‘ng “Xanchjou – 2022”da MVSM dzyudochisi Gulnoza Matniyazova shohsupaga ko‘tarildi – bronza medal bilan taqdirlandi. Ta’kidlash joiz, Gulnoza faoliyati davomida ikkinchi bor Osiyo o‘yinlarining bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Uzoq muddat o‘z vaznida IJF reytingini boshqarib borgan nomdor dzyudochimiz, “Tokio – 2020” yozgi Olimpiada o‘yinlari va jahon chempionati sovrindori Davlat Bobonov (-90 kg) esa bu safar kumush medal bilan cheklandi. Milliy sportimiz kurashning Osiyo o‘yinlari dasturidan o‘rin olishi O‘zbekiston uchun, xalqimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori uchun muhim ahamiyat kasb etdi. Kurash orqali “chala”, “yonbosh”, “halol” kabi o‘zbekona iboralar “Xanchjou – 2022”da ham yangradi. Shunga yarasha polvonlarimiz ham gilamda o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Jumladan, Xitoyga armiyamizning ikki nafar polvoni borgandi, bellashuvlar yakunida ikkisi ham shohsupaga ko‘tarildi. -66 kg vazn toifasida yurtimiz sport sharaff ni himoya qilgan MVSM vakili Artyom Shturbabin chempionlikka erishdi. U chorak ff nalda ff lippinlik Rayan Benavidesni 10:0 hisobida, yarim ff nalda janubiy koreyalik Jaye Dong Kvonni “halol” bahosi evaziga mag‘lubiyatga uchratdi. Finalda esa eronlik Vohid Barimanlou Majidni dog‘da qoldirdi. MVSM vakili Muhsin Hisomiddinov ham XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi. Eng og‘ir (+90 kg) vazn toifasida bellashgan polvonimiz ff nalda turkmanistonlik Tejen Tejenovdan ustun kelib, musobaqaning oltin medali bilan taqdirlandi. Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi XIX yozgi Osiyo o‘yinlarini 2 ta oltin, 2 ta kumush va bitta bronza, jami 5 ta medal jamg‘arish bilan yakunladi. Ayniqsa, yengil atletikaning balandlikka sakrash bahslari biz uchun muvafi aqiyatli o‘tdi. Ushbu yo‘nalishda mamlakatimiz sport sharaff ni himoya qilgan MVSM vakili Saff na Sa’dullayeva oltin, natijasini qayd etdi – 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza, jami 71 ta medalni qo‘lga kiritib, 45 mamlakat orasida faxrli 5-o‘rinni egalladi. E’tirof etish joiz, bu medalning 21 tasiga MVSM vakillari erishdi. XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida yurtimiz sportchilarining g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilishini armiyamiz dzyudochisi, qit’a va jahon chempioni Diyora Keldiyorova boshlab berdi. -52 kg vazn toifasida bahs olib borgan Diyora barcha raqiblarini, jumladan ff nalda BAAning dzyudochisi g‘alabasi sharaff ga “Xanchjou – 2022”da O‘zbekiston bayrog‘i yuksak ko‘tarilib, madhiyamiz yangradi! uchun muhim ahamiyat kasb etdi. Kurash orqali “chala”, “yonbosh”, “halol” kabi o‘zbekona iboralar “Xanchjou – 2022”da ham yangradi. Shunga yarasha polvonlarimiz ham gilamda o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Jumladan, Xitoyga armiyamizning ikki nafar polvoni borgandi, bellashuvlar yakunida ikkisi ham shohsupaga ko‘tarildi. -66 kg vazn toifasida yurtimiz sport sharaff ni himoya qilgan MVSM vakili Artyom Shturbabin chempionlikka erishdi. U chorak ff nalda Benavidesni 10:0 hisobida, dog‘da qoldirdi. MVSM vakili Muhsin Hisomiddinov ham 2023/¹4 49
2023/¹4 50 Svetlana Radzivil esa kumush medalni qo‘lga kiritdi. Qiziqarli jihati, ikki sportchimiz ham bir xil – 1.86 metr balandlikni zabt etdi. Medallar esa urinishlar soniga qarab taqsimlandi. Armiyamiz sportining, o‘z navbatida, mamlakatimiz terma jamoasining yetakchi taekvondochilaridan biri, “Tokio – 2020” yozgi Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Ulug‘bek Rashitov uchun joriy yilgi mavsum ancha murakkab kechmoqda. Chunki u bu yil har doimgi -68 kg emas, balki -74 kg vazn toifasida dayanga chiqmoqda. Albatta, vazn o‘zgartirish va yangi raqiblarga qarshi bahslashishning o‘ziga xos murakkabliklari mavjud. Shunga qaramay, MVSM vakili “Xanchjou – 2022”gacha ikkita xalqaro turnirda qatnashib, ikkisida ham sovrindor bo‘ldi. U dastlab “Fujairah Open – 2023”da barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medalga egalik qilgandi. Eyndxoven shahri mezbonlik qilgan G-2 tasniff dagi “Dutch Open” xalqaro turnirida ham ushbu g‘olibligini takrorlashi uchun unga milliy terma jamoamiz a’zosi, boz ustiga MVSM vakili Jasurbek Jaysunov yo‘l bermadi. Bu ikki vakilimiz “Dutch Open” xalqaro turnirining yarim ff nalida o‘zaro to‘qnash kelgan, “o‘zbekcha duel”da omad Jasurbekka kulib boqqandi. Jaysunov ff naldagi raqibini ham mag‘lub etib, “Dutch Open”ning oltin medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Rashitov bronza medal bilan kifoyalangandi. “Xanchjou – 2022”da Ulug‘bek yana g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi, oltin medal bilan taqdirlandi! Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi esa “Xanchjou – 2022”ning aralash jamoaviy bahslarining bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Ayniqsa, tarkibida MVSM vakillari Jasurbek Jaysunov va Svetlana Osipova ham bo‘lgan terma jamoamiz aralash jamoaviy bahslarning chorak ff nalida Gonkongni o‘ta yirik – 101:4 hisobida mag‘lub etishi o‘ziga xos tarixiy voqelik bo‘ldi. Armiyamiz dzyudochisi Svetlana Osipova vazni 67 kg.dan og‘ir bo‘lgan ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida ham qatnashdi va XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining yana bir bronza medali bilan taqdirlandi. Baydarka va kanoechilarimiz qit’a miqyosidagi yirik musobaqalarda doim sovrindorlar saff dan joy olib kelgan. “Xanchjou – 2022”da ham ular bu an’anaga sodiq qolishdi. Buni erkaklar o‘rtasidagi 1 000 metrga baydarkada eshkak eshish bo‘yicha bahslarda qatnashgan MVSM vakili Shaxriyor Mahkamov boshlab berdi. U marrani ikkinchi bo‘lib kesib o‘tib, “kichik Olimpiada”ning kumush medaliga sazovor bo‘ldi. MVSM vakili Nilufar Zokirova va Shohsanam Sherzodovadan iborat juffi lik esa ayollar o‘rtasida 200 metrga kechgan kanoeda eshkak eshish bo‘yicha bahslarda bronza medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Shahrizoda Mavlonova, Arina Tanatmisheva, Yekaterina Shubina hamda Yuliya Borzova (MVSM) kvarteti baydarkada eshkak eshish bo‘yicha 500 metrga kechgan dasturda bronza medalga ega bo‘ldi. O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining qilichbozlik dasturida shu paytgacha biror marotaba shohsupaga ko‘tarilmagandi. Bu borada “Xanchjou – 2022”da tarixiy voqelik qayd etildi va sababchisi aynan armiyamiz sportchisi, delegatsiyamizning ikkinchi bayroqdori Zaynab Dayibekova bo‘ldi. Qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yakkalik dasturida ishtirok etgan sportchimiz 1/8 ff nalda yaponiyalik Shihomi Fukushimani 15:12, chorak ff nalda xitoylik Xengyu Yangni 15:12 hisobida mag‘lub etib, yarim ff nalda janubiy koreyalik Jisu Yundga 14:15 hisobida yutqazib qo‘ydi. Unga garchand bronza medali topshirilgan bo‘lsa-da, ushbu muvafi aqiyat yurtimiz qilichbozlarini yanada ruhlantirdi. Zaynab Dayibekova (MVSM), Guliston Perdabayeva, Paola Pliyegodan tashkil topgan ayollar terma jamoamiz jamoaviy bahslarda zafar quchdi – Osiyo o‘yinlarining oltin medalini qo‘lga kiritdi. Og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati hamda XIX yozgi Osiyo o‘yinlari orasidagi juda qisqa fursat va shu tufayli paydo bo‘lgan ayrim muammolar nafaqat yurtimiz, balki qit’amiz atletlari Mavlonova, Arina Tanatmisheva, Yekaterina (MVSM) kvarteti baydarkada eshkak eshish bo‘yicha 500 metrga kechgan dasturda bronza medalga o‘yinlarining qilichbozlik dasturida shu paytgacha biror marotaba shohsupaga ko‘tarilmagandi. Bu borada “Xanchjou – 2022”da tarixiy voqelik qayd etildi va sababchisi aynan armiyamiz sportchisi, delegatsiyamizning ikkinchi bayroqdori Zaynab Dayibekova bo‘ldi. Qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yakkalik dasturida ishtirok etgan sportchimiz 1/8 ff nalda yaponiyalik Shihomi Fukushimani 15:12, chorak ff nalda xitoylik Xengyu Yangni 15:12 hisobida mag‘lub etib, yarim ff nalda janubiy koreyalik Jisu Yundga 14:15 hisobida yutqazib qo‘ydi. Unga garchand bronza muvafi aqiyat yurtimiz qilichbozlarini yanada ruhlantirdi. Zaynab Dayibekova , Guliston Perdabayeva, Paola