2023/¹4 51 chiqishlariga ham ta’sir o‘tkazdi – “qit’a Olimpiada”sida o‘z mahoratlarini to‘liq namoyish qilishiga xalaqit berdi. -109 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasidagi bahslar yakunida esa yurtimiz sporti uchun qiziqarli voqelik yuz berdi. “Xanchjou – 2022”dan oldin Ar-Riyod shahrida o‘tkazilgan jahon chempionati yakunida ikki o‘zbek o‘g‘loni Akbar Jo‘rayev hamda MVSM vakili, uch karra jahon chempioni Ruslan Nurudinov eng yuqori pog‘onalarga ko‘tarilgandi. Jo‘rayev 415 (189+226) kg natija bilan birinchi, Nurudinov 407 (180+227) kg natija bilan ikkinchi o‘rinni egallagandi. Bu atletlarimiz XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida ham yuqori natija qayd etishdi, lekin... quyiroq pog‘onalardan joy olishdi. “Xanchjou – 2022”da Akbar Jo‘rayev 417 (189+228) kg natija bilan kumush, MVSM vakili Ruslan Nurudinov esa 391 (175+216) kg natija bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Shu tariqa yurtimiz va MVSM sportchilari XIX Osiyo o‘yinlarida yuqori muvafi aqiyatga erishdi. Vaholanki, 2018-yil Indoneziyada o‘tgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida 20 ta oltin, 24 ta kumush va 25 ta bronza, jami 69 ta medalni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston delegatsiyasi bu safar Xitoyda kechgan XIX Osiyo o‘yinlarida 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza, jami 71 ta medalga sazovor bo‘ldi. Ta’kidlash joiz, delegatsiyamiz nisbatan bir necha barobar ko‘p sportchi bilan tashrif buyurgan va kuchli o‘nlikdan o‘rin olgan Tailand, Xitoy Taipeyi, shuningdek qit’amiz sportida yuqori nufuzga ega bo‘lgan Eron, Qozog‘iston, Gonkong, Qatar, Bahrayn kabi mamlakat jamoalarini ortda qoldirishga erishdi. Osiyo o‘yinlarida Tailand 1 000 nafar, Hindiston 700 ga yaqin, Qozog‘iston delegatsiyasi 527 nafarni tashkil etganini inobatga olsak, 370 dan ziyod sportchi bilan qatnashgan vakillarimiz bor imkoniyatlaridan unumli foydalanib, munosib natijaga erishgani tahsinga loyiq. O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallarning qariyb uchdan bir qismi MVSM vakillari tomonidan qo‘lga kiritildi – 6 ta oltin, 5 ta kumush, 8 ta bronza, jami 21 ta. Buni biroz boshqacha izohlaganda, armiyamiz sportchilari “Xanchjou – 2022”da yurtimiz bayrog‘i 21 marta yuqori ko‘tarilishiga, 6 marta g‘oliblik sharaff uchun davlatimiz madhiyasi yangrashiga sababchi bo‘lishdi va bu orqali yoshlarimizning milliy g‘ururini yuksaltirishga, o‘z navbatida, ularni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilishdi. Xitoyning Xanchjou shahrida nufuzli musobaqa – IV Paraosiyo o‘yinlari ham bo‘lib o‘tdi. Ushbu yirik sport anjumanida qit’amizning 40 dan ziyod davlatidan para sportchilar g‘oliblik uchun bahslashdi. Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 11 sport turi bo‘yicha 108 nafar para sportchilar bilan ishtirok etdi. Sportchilarimiz 25 ta oltin, 24 ta kumush va 30 ta bronza, jami 79 ta medalni qo‘lga kiritdi. E’tiborlisi, bu yozgi Osiyo o‘yinlarida tarixida bo‘lgani kabi O‘zbekiston delegatsiyasining Paraosiyo o‘yinlaridagi medallar soni bo‘yicha ham eng yaxshi natijasi bo‘ldi. IV Paraosiyo o‘yinlariga MVSMning 5 nafar vakili borgandi, ularning 4 nafari sovrindor bo‘ldi: 1. Omad Hasanov – oltin 2. Muhammad Rixsimov – oltin 3. Temur Giyazov – kumush 4. Doniyor Ahmedov – bronza. XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining yopilish marosimida Osiyo Olimpiya kengashi bayrog‘i kelgusi Osiyo o‘yinlarining mezboni Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahriga topshirilgandi. Shunday ekan, “Xayr Xanchjou, salom Aichi-Nagoya!” deb qolamiz. Rasul JUMAYEV
Venesuela Qurolli Kuchlari tarkibidan Quruqlikdagi qo‘shinlar (QQ), Harbiy-havo kuchlari (HHK), Harbiy-dengiz kuchlari (HDK) hamda Milliy gvardiya (MG) joy olgan bo‘lib, VENESUELANING HARBIY SALOHIYATI Venesuela Bolivar Respublikasi (La Republica Bolivariana de Venezuela) – Janubiy Amerikaning shimoliy qismida joylashgan, Kolumbiya, Gayana va Braziliya singari davlatlar bilan chegaradosh bo‘lgan, shimol va shimoli-sharqdan Karib dengizi va Atlantika okeani bilan o‘ralgan davlat. Iqtisodiy jihatdan ancha rivojlangan, neff , gaz, ko‘mir, alyuminiy, temir rudasi va oltin konlariga boy. shaxsiy tarkibning umumiy soni deyarli 140 ming kishini tashkil etadi. Bolivar xalq militsiyasi (umumiy soni deyarli 3,3 mln kishi) Qurolli Kuchlar rezervi hisoblanadi. Mamlakat armiyasiga umumiy rahbarlik Oliy Bosh Qo‘mondon hisoblanuvchi Prezident tomonidan amalga oshiriladi. Milliy mudofaa kengashi davlat boshqaruvining mudofaa va xavfsizlik sohasidagi asosiy konsultativ organi hisoblanib, unga mamlakat Prezidenti boshchilik qiladi. Mazkur kengash zimmasiga mamlakat mudofaasi va xavfsizligini ta’minlash borasidagi siyosat asoslarini ishlab chiqish, shuningdek mudofaa qobiliyatini yanada oshirish manfaatlarida davlatning harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, axborot va madaniy faoliyatini muvoff qlashtirib borish singari vazifalar yuklangan. Venesuela oliy harbiy rahbariyati tarkibidan mamlakat Prezidenti, mudofaa vaziri, Qurolli Kuchlar strategik operatsion qo‘mondonligi rahbari, bosh inspektor, bosh nazoratchi, harbiy kontrrazvedka bosh boshqarmasi boshlig‘i va 5 nafar qo‘mondon (QQ, HHK, HDK, MG va xalq militsiyasi) joy olgan. Qurolli Kuchlarning bevosita boshqaruvi Strategik operatsion qo‘mondonlik (SOQ) rahbari tomonidan amalga oshiriladi. Uning zimmasiga mamlakatning oliy harbiy va siyosiy rahbariyati uchun strategik rejalashtirish, kadrlar siyosati, harbiy qurilish, frontorti ta’minotini va qo‘shinlarni jangovar qo‘llash ishlarini tashkil qilish singari vazifalar yuklangan. Quruqlikdagi qo‘shinlar – Venesuela armiyasining eng ko‘p sonli turi bo‘lib, shaxsiy tarkibning umumiy soni deyarli 32 ming kishini tashkil etadi. Bu turdagi qo‘shinlarning jangovar qudrati asosini ma’muriy jihatdan kompleks mudofaaning 7 ta Mamlakat armiyasiga umumiy rahbari, bosh inspektor, bosh nazoratchi, harbiy kontrrazvedka bosh boshqarmasi boshlig‘i va 5 nafar 2023/¹4 52
strategik mintaqasi tarkibiga kiruvchi 19 ta jangovar brigada, shuningdek armiya aviatsiyasi tarkibiga kiruvchi 3 ta vertolyot (aviatsiya) batalyoni tashkil etadi. Quruqlikdagi qo‘shinlar tasarruff da 260 dan ortiq jangovar tank, 240 ga yaqin zirhlangan jangovar mashinalar, 650 dan ziyod artilleriya to‘plari, minomyotlar va baravariga o‘t ochuvchi reaktiv tizimlar, 260 ga yaqin tankka qarshi vositalar, 80 ga yaqin samolyot va vertolyotlar bor. Harbiy-havo kuchlari (umumiy soni 14 ming kishidan ortiq) jangovar qudrati asosini tashkiliy jihatdan havo operatsiyalari va havo hujumidan mudofaa (HHM) qo‘mondonligi tarkibiga kiruvchi 15 ta aviatsiya (vertolyot) guruhi va 7 ta havo hujumidan mudofaa brigadasi tashkil etadi. Ko‘zlangan maqsad hamda qo‘yilgan vazifalarga mos ravishda HHKning kuch va vositalari jangovar va yordamchi aviatsiya, shuningdek HHM qismlariga bo‘linadi. Jumladan, jangovar aviatsiya tarkibida 6 ta aviatsion va 3 ta vertolyot guruhi bo‘lib, ular 60 ga yaqin jangovar samolyot hamda 30 ga yaqin vertolyot bilan ta’minlangan. Yordamchi aviatsiya tarkibidan 4 ta aviatsion va 2 ta vertolyot guruhi joy olgan bo‘lib, ular 80 ta samolyot va 13 ta vertolyotga ega. HHM qismlari tarkibidagi 7 ta brigada boshqariluvchi zenit raketalarini ishga tushiruvchi 40 qurilma, 860 ga yaqin ko‘chma zenit-raketa kompleksi hamda 200 dan ziyod artilleriya to‘plari bilan ta’minlangan. Harbiy-dengiz kuchlari (harbiy xizmatchilarning umumiy soni 18 ming kishi) tarkibidan ffl ot va aviatsiya qo‘shilmalari, dengiz piyodalari va qirg‘oqni qo‘riqlash bo‘linmalaridan tashkil topgan bo‘lib, ular tashkiliy jihatdan mos ravishdagi 4 ta funksional qo‘mondonlikka ajratilgan. Harbiy ffl ot 7 ta suvosti va suvusti kemalari, katerlar hamda yordamchi kemalar divizionidan iborat bo‘lib, ular 19 ta jangovar kema, 14 ta jangovar kater va 6 ta yordamchi kema bilan ta’minlangan. Dengiz aviatsiyasi kuch va vositalari bajariladigan vazifalar xarakteriga ko‘ra jangovar (bazaviy) hamda yordamchi aviatsiyaga bo‘linadi. Ular tashkiliy jihatdan 4 ta aviatsiya va vertolyot eskadrilyasiga birlashtirilgan bo‘lib, 15 ta jangovar vertolyot, 7 ta samolyot va 5 ta yordamchi aviatsiya vertolyotiga ega. Dengiz piyodalari asosini 8 ta brigada tashkil etib, ular ixtiyorida yengil tanklar (60 tagacha), zirhlangan jangovar mashinalar (190 ta), artilleriya to‘plari va minomyotlar (90 tagacha), tankka qarshi to‘plar (10 ta) hamda ko‘chma zenit-raketa komplekslari (10 tagacha) bor. Qirg‘oqni qo‘riqlovchi bo‘linmalar 6 ta divizionga ajratilgan va 3 ta jangovar kema, 35 ta jangovar kater hamda yordamchi kema bilan ta’minlangan. Milliy gvardiya (MG) Venesuela Qurolli Kuchlarining muntazam bo‘g‘ini hisoblanadi va muhim obyektlarni qo‘riqlash, jamoat tartibini saqlash, chegara va ichki qo‘shinlarga xos bo‘lgan maxsus vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan. Shaxsiy tarkibning umumiy soni 76 ming kishidan ortiq. Bu turdagi qo‘shinlarning jangovar qudrati asosi 24 brigadadan iborat bo‘lib, ular tashkiliy jihatdan 8 ta zonaviy qo‘mondonlik tarkibiga kiritilgan. MG tasarruff da 300 ga yaqin zirhli transportyor, 180 ga yaqin zirhli avtomobil, 180 dan ortiq minomyot va 50 vertolyot mavjud. Bundan tashqari, MG 3 000 dan ziyod o‘ta murakkab yo‘llardan ham yura oladigan avtomobillar, 10 mingdan ortiq motosikl, 200 ta kater va motorli qayiq bilan jihozlangan. Hozirgi davrga kelib, Venesuela harbiy rahbariyati Qurolli Kuchlarning tashkiliy-shtat tuzilmasini optimallashtirish, qo‘shinlar boshqaruvining barqaror tizimini yaratish, harbiy xizmatchilarning operativ va jangovar shayligi darajasini oshirish, havo mudofaasi tizimini takomillashtirish, milliy armiyani zamonaviy qurollar va harbiy texnika bilan ta’minlashni o‘zining ustuvor vazifalari sifatida belgilagan. Shu bilan birgalikda, moliyaviy mablag‘larning yetishmasligi mamlakat rahbariyatiga zaruriy qurol va harbiy texnikalarni xarid qilish, mavjudlarini modernizatsiyalash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, shuningdek malakali mutaxassislar tayyorlash ishlarini amalga oshirish imkonini bermaydi. Mazkur muammolarni hal qilishda Venesuela xorij mamlakatlari yordamiga, birinchi navbatda (armiya ixtiyoridagi mavjud harbiy texnikaning qaysi davlatda ishlab chiqarilganiga bog‘liq ravishda) Rossiya, Xitoy, Braziliya, Belarus va Fransiyaga umid bilan qaraydi. Po‘lat SAYDIVALIYEV tayyorladi. 2023/¹4 53
IYAKSIZ “Askar, o‘zingga kel, uyg‘onishing kerak!..” “Ozgina chida, iltimos, yetib qoldik!..” “O‘lma, o‘lishga haqqing yo‘q!..” Qulog‘imga uning so‘zlari elas-elas eshitilar, keyin yana jimlik, qorong‘ilik. Avvaliga u meni opichlab oldi, iyagimdan oqqan qon uning plashiga surkalib borardi, uning og‘zidan chiqayotgan hovurni, olayotgan nafasini his qilib turardim… 2023/¹4 54
* * * Men – Xolnazar Xolmurodov, 1918-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ildim. Oilada uzoq kutilgan farzand edim, otaonam kitoblik Sohibkaromat nuroniydan duo olishgach, men tug‘ilgan emishman. Keyin meni olib Sohibkaromat buvaning yoniga borishgan. O‘zingiz qulog‘iga azon aytib, ism qo‘yib bering, deb. Buva bir kitobni ochib, onamga “shu kitobning istalgan betiga barmog‘ingni bos”, debdi. Ko‘rsalar “nazar” degan so‘z chiqibdi. “Xudoyning nazari tushgan bola ekan, yuzida xosiyatli xoli ham bor, ismi Xolnazar bo‘lsin, qayda bo‘lsa O‘zi uni panohida asrab yursin”, deb duo qilibdi. Mendan so‘ng oilamizda bir qiz dunyoga keldi, undan keyin tug‘ilgan egizaklarimiz turmadi, ota-onam qattiq o‘ksidi, lekin Alloh yana bir qiz bilan siyladi, undan keyin ukam Shonazar tug‘ildi… URUSH… Urush boshlanganida ukam hali yosh bola, oilaning suyangani men edim. 1941-yilda urushga ketdim. Mening bo‘yim ikki metrga yaqin bo‘lgani uchun ko‘pincha oldingi saflarda joylashtirilardim. Jangdan tashqari ochlik, sovuq, tinimsiz yo‘l yurish bizni ko‘proq holsizlantirib qo‘ygich edi. Har tong Oliy bosh qo‘mondonning bir qadam ham ortga chekinmaslik haqidagi jangovar buyrug‘i bilan uyg‘ondik. Albatta, har bir buyruq so‘zsiz bajarilishi kerak. Askarlar bir qadam ham ortga chekinmasdan jon berardi. Old safda emasmizmi, birinchi o‘q bizga qaratilar, nishonga ilk o‘qni ham uzardik. Bu albatta, e’tiborsiz qolmagan. Stalinning tashakkurnomalari bir necha bor o‘qib eshittirildi. Yarador yotganimda esa qo‘limga keltirib berishdi. BIRINCHI JAROHAT Shunday janglardan birida qurshovga tushib qoldik, asosiy qo‘shin bilan oramizni ajratib qo‘yishdi. Bu yerda bizga fashistlardan ham beshafqat dushman – ochlik hujum qildi. Fashistni otib o‘ldirish uchun qo‘limizda qurol bor, lekin ochlikka qarshi qurol yo‘q. Shunchalik holdan toydikki, avtomatni ko‘tarishga majol qolmadi. Jangovar topshiriq – qishloqni himoya qilish, asosiy kuchlarimiz, dushmanni oradan siqib chiqarmaguncha, ularni bu yerga kirgizmaslik. Bir burda non odamning hayotini saqlab qolishi mumkinligini o‘shanda his qildim. Safdoshlarim ochlikdan hushdan ketib qolar, sovuq qorni yeb, kun kechirardik. Shunday kunlarda qishloq aholisi bizning hayotimizni, biz ularning hayotini saqlab qoldik, desam ham bo‘ladi. Bir kun tong qorong‘isida xira sharpa ko‘rindi, keksa kampir, u bizga bir burda non, bir bo‘lak pishloq, bir dona pechenye olib kelgan ekan, kechiringlar, bolalarim, boshqa yegulik topolmadim, deb yig‘ladi. Qishloq ahli qon qotib yag‘iri chiqib ketgan kiyimlarimizni yuvib kelib berishar, yaralarimizga malham qo‘yardi. Tinimsiz jang, uzluksiz ochlik holdan toydirdi hammamizni, bu yoqdan qanday chiqqanimizni bilmayman, aytishlaricha, oxirgi jangda o‘q yebman, biznikilar yetib kelishgan, qishloq saqlab qolingan. Gospitalda hushimga keldim. Shifoxonada urushga kirganimdan beri ilk marta tiniqib uxlabman. Oxirgi marta bunday uyquni qishloqda, tutlar tagidagi so‘rimizda olgandim. Tuni bilan uyimni, onamni, qishlog‘imizni, ukalarimni sog‘inib yig‘ladim, ertasiga jangga kirishga tayyor ekanimni, jarohatim og‘riq bermayotganini aytdim. BIR ROTADAN 20–30 KISHI OMON QOLARDI Frontga qaytganimda bir rotada men bilan yelkama-yelka jang qilgan do‘stlarimdan hech kim yo‘q edi. Hammasi halok bo‘lgan. Qulog‘imda hamon otamdan eshitganim, nuroniy boboning so‘zlari aylandi: “Xudoyning nazari tushgan bola ekan… qayda bo‘lsa, O‘zi uni asrab yursin!” Stalingrad uchun jang men ko‘rgan eng qonli, beshafqat jang edi. Urushdan so‘ng tushlarimga kirib chiqqan, alahsib dodlab uyg‘onishimga sabab bo‘lgan xotiralar shu jangdan qolgan. Har to‘qnashuvdan so‘ng bir rotada 20–30 kishi qolardi, tiriklarni jamlab, yana rotalar tuzilib, jangga tashlanardi. Har safar urushga kirganda bizdan avval ketganlarning jasadlari ustidan o‘tardik, yerga oyoq qo‘yish imkoni yo‘q. Bu janglar tarix kitoblarida qanday bitilgan, qanday raqamlar bor, bilmayman. Mening xotiramda olov bilan tilib yozilgan u kunlar. Har kun tirik ekanimni, yana jangga kirishim kerakligini eslab uyg‘onardim. Ba’zan agar o‘lgan bo‘lsam-chi, bu jang ro‘yo bo‘lsachi, deb o‘ylagan paytlarim bo‘lgan. Agar o‘lgan bo‘lsam-u, bu ro‘yo bo‘lsa, shu ro‘yoda ham dushmanni yo‘q qilishim kerak. IKKINCHI JAROHAT Dushman doim tong qorong‘isida hujumga o‘tadi. Shunday janglardan birida qor bo‘roni kuchaydi, o‘q qaydan kelayotganini sezib bo‘lmaydi. Oldingi safda boshqalardan gavdam kattaroq shekilli, dushmanga nishon bo‘lib qolaverdim. Harakatlanib bo‘lmay qoldi. Shu payt qulayroq pozitsiyaga o‘tish uchun qimirlaganimni bilaman, kuragimdan o‘q yedim, ortimdan “yoot!” degan qichqiriq keldi, o‘zimni qorga tashladim. Og‘riq zo‘ridan holsizlanib, hushimdan ketdim. Hushimga kelib qarasam, atrofda hech kim yo‘q, qor bo‘roni, shamol ovozidan boshqa tovush eshitilmaydi. Yerni bir metrga yaqin qor qoplagan. Bu jimlikning vahimasi urushdan ham dahshatli. Ustimni qor qoplay boshladi. Chalqancha yotib oldim, nafasim tafti yuzimni qor qoplab olishiga qo‘ymas edi. Qani edi, shu joyda jonim chiqsa, hammasidan 2023/¹4 55
qutulardim, degan o‘y o‘tdi miyamdan. Jon-ku chiqmadi, ammo jarohat qimirlasam og‘rirdi. Tong otib, atrof yorishgach, o‘zimni amallab o‘nglab o‘rnimdan turdim. Og‘riq zo‘raydi, har qimirlaganda jonim chiqib ketay derdi. Mayli, chiqaqol, hammasi tugasin, deb harakat qilaverdim. Allohga tavakkal qilib, bir tomonga yuraverdim. Oyoqlarimda kuch bor, miyam hech narsani sezmas, ketaverdim. Qor qalinligidan yo‘l bormi, yo‘qmi, bilib bo‘lmasdi, to‘satdan oyog‘im toyib, qor uyumi ichiga sho‘ng‘ib ketdim. Kichik jarlik ekan, tepaga qaradim, ha, shu yergacha ekan. “Mayli, shu yerda jonimni olaqol, bu umrdan roziman, oilamizda mendan boshqa o‘g‘il bor. Ota-onamga o‘zi qaraydi. Peshonamga yozilgani shu yerda nom-nishonsiz o‘lib ketish ekan, yashagan umrimga roziman”. Shunday deb, jarlikda yotaverdim. Hushim joyida edi, tanamda harakat qilay desam. kuch bor. Xudo bergan jonini mendan so‘rab olmaydi. Bu yerdan chiqish kerak. Shunday dedim-u, tepaga tirmasha boshladim, qorni o‘yib, yergacha yetib bordim, yerni tirnab chiqishga urindim. Tirnoqlarim sovuqdan, kuchli tirmashishdan qonab ketardi. Belimdagi kamarni yechib, u bilan tuproqni o‘yib, zinapoya yasay boshladim. Bir kecha-kunduz deganda, jarlikdan chiqib oldim. Odamning jonini O‘zi uzmasa, osonlikcha uzilmas ekan. Yana yo‘lga tushdim. Qancha yurganimni bilmayman, uzoqdan bir qishloqning qorasi ko‘rindi, tanamga qon yugurgandek bo‘ldi, qadamimni tezlatay derdim-u, madorim yo‘q, bir uyning ostonasiga yetganda hushdan ketdim. Ikki soatcha yotdim, chamasi. Ko‘zimni ochganimda atrofimdagi odamlarni ko‘rib, ho‘ngrab, yig‘lab yubordim. Ular ust-boshimni alishtirdi, qornimni to‘ydirdi, yaramga malham qo‘ydi. Bu sodda odamlarni o‘zimning qishloqdoshlarimga o‘xshatdim. Dunyodagi hamma yomonlar o‘zicha yomon, lekin hamma yaxshilar bir xil yaxshi ekanligini his qildim. Ular o‘zimga kelib olganimdan so‘ng meni harbiy gospitalga yetkazishdi. Shifoxonada yana bir oy davolanib chiqdim. Urushga, uni boshlaganlarga bo‘lgan nafratim yanada oshgandi. Endi o‘limdan qo‘rqmay qo‘ydim, agar o‘lishim kerak bo‘lganda, o‘sha jardan omon chiqmasdim, dedim. Mening ismim – Xolnazar, O‘zi nazar qilgani rost bo‘lsa, bu urush tugamaguncha o‘lmayman. Jang maydoniga qaytdim. XUSHVAQT MOMONING JASORATI Jangda yaralanganim haqida do‘stlarim uyga xat yuborgan ekan. Tilab olgan farzandining 2 marta yaralanganini eshitgan ota-onamning holini tasavvur qiling. Onam urushni qarg‘agan, “o‘g‘limning yoniga boraman, uni fashistdan o‘zim qo‘riqlayman”, deb dod solgan. Otam “hoy esingni yig‘, u yoqda urush bo‘lyapti, seniyam otib tashlashadi”, desa, “mayli, o‘g‘limni bir martagina ko‘rsam bo‘ldi, keyin otib tashlashsa ham roziman”, deb sochini yulib yig‘lagan. Bir tongda onam hech kimga aytmasdan uydan chiqib ketibdi. Poyezdga yetib borib, Rossiyaga yo‘l olibdi. Izlab-izlab xatda yozilgan harbiy gospitalni topib kelibdi. Indamasa, jang maydoniga kirgulik shaxti bor Xushvaqt momoning jasoratiga qoyil qolgan harbiy rahbarlar meni jang maydonidan chaqirib olib, o‘n kun onamning yonida qolishga ruxsat berishdi. Onam, onaginam qishloqdan qand-qurs, mayiz-turshak, issiq to‘qilgan jun kiyimlar olib kelibdi. Ikki yillik sog‘inch 10 kunda arirmidi?! Lekin urush bo‘lyapti, safdoshlarim jon olib, jon beryapti. Onamning qaytish oldidan duosi qulog‘imdan jaranglab qoldi: “Seni Ollo(h)ga topshirdim, O‘zi menga omon qaytarsin”. UCHINCHI JAROHAT: O‘Q IYAGIMNI YULIB KETDI Jang Yevropaning ichiga qarab siljib borar, shahar va qishloqlar galma-gal ozod etilardi. “O‘t och!” buyrug‘i berilgandan o‘q yomg‘iri ostida jangga otilamiz. Har tong odamning miyasiga dahshatdan boshqa narsa qoldirmaydigan holatlar bilan yuzlashamiz… Bizdan uncha uzoq bo‘lmagan joyda bomba portladi. Changto‘zon ichidan oldinga intilardik. Oldindagi askar ham ko‘rinmas edi tutundan. Shu vahima orasida yonginamda kimdir minani bosdi… O‘zimni qo‘lga olishga ulgurmasimdan dushman o‘qi vizillab kelib, iyagimni sidirib ketdi. Yerga quladim… Atrofda biznikilar sochilib yotar, ingroq ovozlari tinmasdi. Ora-orada juda yaqindan o‘q ovozi quloqqa chalinyapti. Bildimki, dushman yotgan yaradorlarni o‘ldirib chiqyapti. Yuzim qonga belangan, ingrashga ham holim yo‘q. Meni ham kelib, tepib ko‘rdi. Agar tirik ekanimni, qo‘l-oyog‘im but ekanini bilishganda, asir olib ketishlari shubhasiz edi. Yoki tirikligimni bilib, qiynalib o‘lishimni istashdi… Ular ketgach, biroz muddat o‘tib, yaradorlarni olib ketish 2023/¹4 56
uchun biznikilar yetib keldi. Pastki jag‘imni, labimni sezmayapman. Ovozim chiqmayapti. Ular yaradorlarni alohida mashinaga olib borishyapti. Mengacha kelishmadi. Elas-elas bizdan nari ketayotgan tibbiy mashinani ko‘rib turardim. O‘zimni o‘lik sonida ekanimni, shu yer oxirgi manzilim bo‘lishini o‘ylab xo‘rligim kelib, bor ovozim bilan baqirib yubordim. Oxirgi marta mashinadan otilib tushgan hamshiraning – men tomonga yugurib kelayotgan hamshiraning sharpasini ko‘rdim, hushdan ketdim. “Askar, o‘zingga kel, uyg‘onishing kerak!..” “Ozgina chida, iltimos, yetib qoldik!..” “O‘lma, o‘lishga haqqing yo‘q!..” Qulog‘imga uning so‘zlari elas-elas eshitilar, keyin yana jimlik, qorong‘ilik. Avvaliga u meni opichlab oldi, iyagimdan oqqan qon uning plashiga surkalib borardi, uning og‘zidan chiqayotgan hovurni, olayotgan nafasini his qilib turardim. Yana jimlik. Men jasadlar bilan emas, bemorlar bilan gospitalga olib kelindim. O‘lim mening yonimda edi. Ammo bu safar ham olib ketmaslikka qaror qildi. Biroq men charchadim. Baribir shu yerda o‘lsam kerak, yashab ham nima qilaman, og‘zim bo‘lmasa, ovqat yeya olmasam, qanchaga ham borardim, deb o‘ylardim. “SENGA O‘ZIM TURMUSHGA CHIQAMAN, ASKAR” Menga alohida hamshira biriktirib qo‘yishdi. U og‘zimga rezina ichak bilan ovqat quyar, yaralarimga malham bosar, tomirimdan osma ukol yuborar, oyoq-qo‘llarimni uqalardi. Shu alfozda meni operatsiyaga tayyorladi. Bir oy deganda o‘zimga keldim. Hamshira qizning meni hayotga qaytarishga urinishlarini befarq qoldirishga vijdonim yo‘l qo‘ymadi. Operatsiyaga rozilik berdim. Jarrohlar oyog‘imning son qismidan teri kesib olib, pastki labimni tiklashmoqchi edi. Lekin bu operatsiya ijobiy bo‘lmadi. Oyoqdan olingan et o‘rniga malham surib bog‘lab qo‘yishdi. Bir azobim ikki azob bo‘ldi. Lekin yana bir marta urinib ko‘radigan bo‘lishdi. Endi ko‘krak qismimdan namuna olib, uni lab o‘rniga tikishni reja qilishdi. Avval lab o‘rniga ilashtirib, teriga yopishib ketsa, operatsiya qilamiz, deyishdi. Bir necha kun kutgandan keyin Allohning irodasi bilan teri og‘iz qismimga yopisha boshladi. 16 soat davom etgan amaliyotdan so‘ng menda yangi iyak va lab paydo bo‘ldi. Operatsiya bir necha bosqichda o‘tdi, birinchi bosqichda iyak “yasalgan” bo‘lsa, keyin terining ustki qismi og‘izning ichiga qatlanib, lab hosil qilingan. Shu sabab ham keyinchalik har soqol olganda labimning ichi bilan oladigan bo‘ldim. Bu esa bir marta urush dahshatini his qilish degani edi. Operatsiyadan so‘ng 6 oy davolandim. Bu vaqt davomida hamshiram mendan ham ko‘p qiynaldi. Bu rus qizining harakatlari meni hayotga qaytardi. Gohida unga “Nima qilasan menga buncha g‘amxo‘rlik qilib, qancha askar yordamga muhtoj, ularga yordam ber!” deb xarxasha qilardim. “Yo‘q, askar, sen tuzalib, uyingga qaytishing kerak, yaqinlaring seni kutyapti”, derdi qiz. “Yuzimni qara, endi bir umr shu yuz bilan yashashim kerak, qishloqqa borganim bilan birov qizini bermaydi menga”, dedim alam bilan. “Agar hech kim senga tegmasa, mana, men senga turmushga chiqaman, sen bilan ketaman, butun umr senga qarayman, chunki sen Vatan uchun shu ahvolga tushding, o‘sha senga tegmaydigan qizlar, ularning tug‘ilajak bolalari uchun shu ahvolga tushding, tushunyapsanmi, askar, sen qahramonsan, bizning qahramonimizsan, mening qahramonimsan”. Uning ko‘zlari jiqqa yosh edi. U ko‘zlardagi umidni sindirmaslik uchun ham tuzalishga qaror qildim. Hamshira uch mahal menga suyuq atalani qoshiqda ichirar, go‘shtni qiymalagichdan o‘tkazib yedirar edi. Shunday qilib, 6 oy deganda odam soniga kirib qoldim. Bu paytda urush tugagan, Germaniya taslim bo‘lgan, Reyxstagga bayroq ilingan edi. Shifoxonadan chiqqan askarlar o‘z uyiga jo‘nab ketayotgandi. Shifokorim men bilan “Sen bola uch marta o‘limning og‘zidan qaytding, endi kamida 100 yil yashaysan!” deb xo‘shlashdi. Hamshira qizning yoniga borib, men bilan ketishini so‘radim. “Askar, mening vazifam seni hayotga qaytarish edi, vazifa bajarildi, boraqol qishlog‘ingga, seni baxting kutyapti”, deb ko‘zyosh bilan xayrlashdi. 2023/¹4 57
BOZOR MOMONING YOLG‘IZ QIZI Qishloqqa kelganimda meni ko‘rganlar ko‘ziga ishonmasdi, avvalgi basavlat, bo‘ydor, kelishgan yigitdan asar ham qolmagan. Yuzim tanib bo‘lmas ahvolda. Ota-onam bag‘riga qaytganimdan so‘ng iqtisod yo‘nalishida o‘qib kelib, kolxozda hisobchi bo‘lib ishlay boshladim. Onam meni uylantirish payiga tushdi. Ammo qay eshikka bormasin, “qizim endi butun umr atala pishirib o‘tadimi”, deb rozi bo‘lishmas ekan. Onam qattiq o‘ksinar, mening avvalgi savlatimni, qiyofamni eslab, urushni qarg‘ab chiqardi. Shunday kunlarning birida onamning yaqinlari Bozor momo uni yupatadi. Mana, men qizimni beraman o‘g‘lingga, deb. Shunday qilib, Omon bobo va Bozor momoning yolg‘iz qizi menga qayliq bo‘ldi. Qiz bir kun ko‘chadan yig‘lab kelib, Bozor momoga hasrat qiladi: “Men butun umr atala qilib o‘tarkanman, dugonalarim ustimdan kulyapti”. “Ularning gapiga e’tibor berma, bu yigit biz uchun jonini xatarga qo‘yib jang qilib keldi, qancha o‘limdan qoldi, uning xizmatini qilib, duosini ol, hali hammasi yaxshi bo‘ladi”. QUROLDOSH VA KETMONDOSHLAR Urushdan keyin hayot davom etardi. Bu zamin kimlarning qoni evaziga omon qolganini his qilib turgan odam hayotini shunchaki yashay olmaydi. Mening bolalarim, mening avlodlarim urush ko‘rmasligi shart. Buning uchun qo‘limdan keladigani tinmay mehnat qilish edi. Ishdan keyin dehqonchilik bilan shug‘ullanardim, hovlimizda katta ro‘zg‘or uchun zarur bo‘lgan barcha mahsulotni yetishtirardim. Shunday kunlardan birida men bilan bir safda jang qilgan quroldoshim Yaxshi Omonov o‘zi raislik qilayotgan kolxozga ishga taklif qildi. Bu yerda urush qatnashchilari ko‘p edi, ular bilan bir safda mehnat qilish men uchun sharaf edi. Zaminni vayron qilmoqchi bo‘lganlarga qarshi birga kurashgan edik, uni obod qilish uchun ham birga mehnat qila boshladik. Yaxshi Omonov boshchiligida Qarshi tumanining bir chetidagi kolxoz oyoqqa turdi, odamlarning hayoti yaxshilandi, qurilishlar, obodonliklar bo‘ldi. Shu ishlar sabab kolxoz sobiq SSSR mamlakatlari uchun namuna sifatida tanlab olindi. Hech kimning haqqiga xiyonat qilinmadi. Yaxshi Omonov qoloq kolxozni dunyoning oltidan bir qismiga egalik qilayotgan mamlakat darajasida o‘rnak qilib ko‘rsatdi. Hayotni va mehnat maydonini mendan oldin tark etdi. Vafotidan keyin jamoa xo‘jaligiga uning nomi berildi. Lekin o‘zidan yorqin iz qoldirdi. U qurdirgan binolar hozir ham Qovchin qishlog‘i aholisiga xizmat qilib kelyapti. G‘OYAM – MEHNAT, AXLOQIM – HALOLLIK Biz kommunizm g‘oyasi bilan ulg‘aydik, shu g‘oya uchun jangga kirdik. Ammo odamning bosh a’moli boshi ustida hilpirayotgan alvon shiorlar bilan emas, qalbida ustuvor bo‘lgan tuyg‘ular bilan belgilanadi. Biz inson uchun jang qildik, g‘oyamiz kindik qonimiz to‘kilgan tuproqlarda odamlar tinch-totuv yashashini ta’minlash edi. Urushdan keyin mehnat biz uchun shunday g‘oya bo‘ldi. Halollik axloq darajasida bo‘ldi, axloqsizlik qilmadik. Bunda siyosiy targ‘ibotning o‘rni katta, lekin biz – urushdan jonini omon olib chiqqan odamlar faqatgina mehnat yurtning obodligi, insonlarning farovonligini ta’minlashiga e’tiqod darajasida ishonganmiz. Hozir sizda shunday g‘oya bormi?! Meni urush dahshati har kuni muttasil ta’qib qilardi. Katta alyumin qoshiqda ovqatlanardim, bo‘g‘zimdan o‘tayotgan har bir luqma boshim uzra portlagan snaryadlar dahshatini qayta-qayta eslatar edi. Bolalarimga u kunlarni so‘zlab berishdan charchamadim. Chunki ular bu tinch hayotga qanday erishilganini unutmasliklari, o‘qishdan, mehnatdan og‘rinmasliklarini istardim. Har suhbatdan so‘ng ko‘zlarim yosh, yuragim ma’yus bo‘lib qolardi. * * * Shunday qilib, men – Xolnazar Xolmurodov 2015-yil 1-sentabrda O‘zbekistonimizning mustaqillik ayyomi kuni, jang maydonida uch bor o‘lim ostonasidan qaytgan jonimni Allohga topshirdim. Umrimni odamlarga, qishlog‘imga, yurtimga bag‘ishladim. Ilmga, mehnatga ixlos qo‘ydim. Nima bo‘lganda ham Xudoy bergan umrni munosib yashashga harakat qildim. O‘g‘il-qizlarimni o‘qitdim: to‘rt qizim muallim bo‘ldi, o‘g‘illarim el xizmatida yurib, e’tibor topdi. Bugun men ularda, ularning o‘g‘il-qizlari, nevaralarida yashayapman. Ushbu xotiralarni katta qizim, kutubxonachi qizim Hanifa sabab o‘qib turibsiz. Bu satrlarning muallifi esa uning nevarasi, mening chevaram bo‘ladi. Suhrob ZIYO, shoir, jurnalist 2023/¹4 58
Orion (Rossiya) Bayraktar TB2 (Turkiya) IAIHeron TP (Isroil) S-100 Camcopter (Avstriya) Predator C Avenger (AQSh) Dvigatel: Rotax 914 yoki APD 110/120 Dvigatel: Rotax 912 Dvigatel: Rotax 914 F Dvigatel: Austro Engine AE50R Wankel Dvigatel: Pratt and Whitney PW545B Yuk ko‘tarish qobiliyati: 150 kg Yuk ko‘tarish qobiliyati: 1 000 kg Uchish masofasi: 150 km Uchish masofasi: 14 800 km Uchish masofasi: 200 km Uchish masofasi: 150 km Qanotlar ko‘lami: 16 metr Qanotlar ko‘lami: 12 metr Qanotlar ko‘lami: 26 metr Vint ko‘lami: 3,4 metr Tezligi: 120–200 km/s Tezligi: 130–222 km/s Tezligi: 460 km/s Tezligi: 100–220 km/s Tezligi: 740 km/s Uchish balandligi: 8,2 km Uchish balandligi: 13,7 km Uchish balandligi: 5,4 km Uchish balandligi: 15 km Parvoz davomiyligi: 27 soat Parvoz davomiyligi: 45 soat Parvoz davomiyligi: 6 soat Parvoz davomiyligi: 20 soat Yuk ko‘tarish qobiliyati: 200 kg.gacha Yuk ko‘tarish qobiliyati: 2 950 kg 3 S-100 Camcopter Austro Engine AE50R Wankel Predator C Avenger (AQSh) IAIHeron TP Yuk ko‘tarish qobiliyati: 200 kg Uchish masofasi: 250 km Uchish balandligi: 7,5 km Parvoz davomiyligi: 24 soat 2023/¹4 59