The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.

Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi
Markaz yillik hisoboti

Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by Ilxom Jumayev, 2024-04-01 11:40:11

Markaz yillik hisoboti

Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi
Markaz yillik hisoboti

1 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI HUZURIDAGI AFG‘ONISTON FUQAROLARINI O‘QITISH TA’LIM MARKAZI YILLIK HISOBOTI Termiz-2023


2 Jamiyatda muallimning obroʻ-eʼtibori va maqomini koʻtarish, oʻquv dasturlari va metodikasini toʻliq qayta koʻrib chiqish, taʼlimning keyingi bosqichlari bilan uzviy bogʻlash, oʻqituvchilarni ortiqcha qogʻozbozlikdan xalos etib, oʻz ustida koʻproq ishlashi uchun sharoit yaratish va shuni ragʻbatlantirish, ta’lim infratuzilmasi va undagi maʼnaviy muhitni yaxshilash kabi masalalarning yechimlari aniq belgilab berilmoqda. Sh. Mirziyoyev


3 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida 2022-2023 o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan YILLIK HISOBOTI O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi 911-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi tashkil etildi. Markazning yuridik manzili: Surxondaryo viloyati Termiz tumani Sh.Rashidov mahallasi Sayhun ko‘chasi 104-uy. Markaz binosi 2005-yilda qurilgan bo‘lib, umumiy yer maydoni 6,5 ga tashkil etadi. O‘quv binoning sig‘imi 750 o‘rinli bo‘lib, 150 o‘rinli qishki va 224 o‘rinli yozgi oshxona, 200 o‘rinli faollar zali, 42 o‘rinli ma’ruzalar xonasi, 18 o‘rinli 3 ta informatika xonasi, 24 o‘rinli fizika va kimyo labaratoriya xonalari, 20 o‘rinli lingafon xonasi va 80 o‘ringa mo‘ljallangan kutubxona, 50 o‘rinli 2 qavatli va 300 o‘ringa muljallangan 2 blokdan iborat 3 qavatli talabalar turar joyi binosi va barcha sport turlariga mo‘ljallangan o‘yingohlar mavjud. Markazga 2023-yil davomida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan 49 ta murojaatlar kelib tushgan, shundan 3 nafar fuqarolarning murojaatlari qanoatlantirilgan, qolgan 46 nafariga ish o‘rni bo‘lmaganligi sababli tushuntirish ishlari olib borilgan. Markazda O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror, farmon va farmoyishlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruqlari, topshiriqlari davlat tashkilotlaridan kelgan hujjatlar ijrosi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi “2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘RQ-813-son Qonuni ijrosi yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-yanvardagi 1-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida markaz direktorining 2023-yil 13-yanvarda 3-sonli buyrug‘i ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2023-yil 06-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 2022-yilda bajarilgan ishlar yakuni va 2023-yildagi asosiy vazifalar to‘g‘risida”gi 1-son buyrug‘i ijrosi yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 31-yanvardagi 15-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash yuzasidan markazda barcha chora-tadbirlar amalga oshirildi va Fuqaro muhofazasi bo‘yicha Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari I.Mamarajapov Fuqaro muhofazasi instituti rejasiga asosan malaka oshirish kurslariga qatnashdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-14-son Farmoni ijrosi yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 31-yanvardagi 14-sonli


4 buyrug‘i ijrosi yuzasidan markaz direktorining 2023-yil 02-fevralda 8-sonli buyrug‘i ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-67-son Farmoni ijrosi yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 3-fevraldagi 38-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan markaz direktorining 2023-yil 19-maydagi 16-sonli buyrug‘i ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-200-sonli Qarori ijrosi yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 7-iyuldagi 299-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida markaz direktorining 2023-yil 26-iyulda 23-sonli buyrug‘i ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi Kengashi 2022-2023-o‘quv yilida o‘zining o‘nta Kengash yig‘ilishini o‘tkazdi. Markazning o‘quv-uslubiy ishlari bo‘yicha Respublika OTMlari bilan hamkorlik aloqalari Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi Toshkent davlat Transport universiteti Termiz davlat universiteti Termiz agrotexnolo -giyalar instituti Samarqand Tibbiyot universiteti Toshkent Islom universiteti Termiz pedagogika instituti O‘zbekiston Milliy universiteti Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti


5 O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi va Yevropa Ittifoqi bilan tuzilgan 2022-yil 07-apreldagi 00141161-sonli “Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish va kasbiy tayyorlash bo‘yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish” loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligi 2022-yil 13-iyundagi kelishuv xatiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida tashkil etilgan qisqa muddatli kurslar “Ayollar sartaroshligi”, “Tikuvchilik”, “Kompyuter tizimlari va majmualari”, “B” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash” yo‘nalishi va 1 yillik kurslar “30411201-Agrobiznes va marketing agenti”, “30720707- Tikuvchi”, “40610101-Kompyuter tizimlari va majmualari” va “4101701-Turizm” kasb va mutaxasisliklarida o‘quvchi va tinglovchilar tahsil oldi. Ilmiy-amaliy seminar Surxondaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarma boshlig‘i R.Salomova boshchiligida boshqarma tasarrufidagi ta'lim muassasalar direktorlari ishtirokida navbatdagi ilmiy-amaliy seminar Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida bo‘lib o‘tdi. Seminar davomida istiqbolli rejalar, ish samaradorligida o‘zaro tajriba almashish, hamkorlikni yangi bosqichlarga ko‘tarish kabi masalalar ko‘rib chiqildi. Taklif va mulohazalar tinglandi.


6 “Ayollar sartaroshlik ishlari” qisqa muddatli kurs tinglovchilari dars jarayonida “B”toifali avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash” qisqa muddatli kurs tinglovchilari dars jarayonida


7 “Agrobiznes va marketing agenti” va “Turizm” mutaxassisligi 1 yillik kurs o‘quvchilari dars jarayonida “Kompyuter tizimlari va majmualari” mutaxassisligi 1 yillik kurs o‘quvchilari dars jarayonida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazi “Agrobiznes va marketing agenti” va “Turizm” yo‘nalishida tahsil olayotgan tinglovchilar Sherobod tumanida joylashgan Abu Iso at-Termiziy yodgorlik majmualarini ziyorat qilishdi.


8 Afg‘onistonlik yoshlar ushbu ziyorat davomida dinimiz, tariximiz, madaniyatimiz, urf-odatlarimiz mushtarakligiga yana bir bor amin bo‘lib, ushbu ziyoratdan ijobiy tasurot hamda ma‘naviy ozuqa olganliklarini takidlab o‘tdilar. Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida “O‘zbekiston anorchilar kuni” respublika festivali bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimiz anor yetishtiruvchilari va soha mutaxassislari, Turkiya, Ozarbayjon, Janubiy Koreya, Аfg‘oniston, Ukraina, Tojikiston davlatlari vakillari ishtirok etdi. Ushbu festivalda Аfg‘oniston fuqarolarini o‘qitish taʼlim markazi rahbariyati va talabalar ishtirok etdilar. Markazning “Аgrobiznes va marketing agenti” yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchilar uchun markaz hududidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida maxsus yer uchastkasi ajratildi. Ushbu maydonda tinglovchilarimiz yangi ko‘chat va ekin turlarini ekish va amaliy tajribalar o‘tkazish maqsadida foydalandilar.


9 Kurs o‘quvchilari nazariy va amaliy darslarni yakunlab ishlab chiqarish amaliyotiga chiqishdi. Ishlab chiqarish amaliyotlari Surxandaryo viloyatining turli ishlab chiqarish korxonalarida o‘tkazildi. “Tikuvchi” mutaxassisligi 1 yillik kurs o‘quvchilari dars jarayonida Kurs o‘quvchi va tinglovchilari darsdan bo‘sh vaqtlarida ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Termiz tumanida joylashgan tarixiy qadamjolarga “Qirq qiz”,


10 “Sulton Saodat”, “Al-Hakim at-Termiziy” ziyoratgohi va yodgorlik majmualariga sayohatlarga chiqishdi. Markazda o‘tkazilgan ZAKOVAT intellektual o‘yinlarida kurs o‘quvchi va tinglovchilari faol qatnashishdi


11 Kurs tinglovchilar darsdan bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish maqsadida markazda tashkil etilgan to‘garaklarga doimiy qatnashdilar. Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, ishsiz xotin-qizlarni kasb hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va xotin-qizlar faoliyat yuritadigan hunarmandchilik turlariga ixtisoslashgan klasterlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida “Termizda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish” shiori ostida trening o‘tkazildi. Oliy Majlis Senatining oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda gender tenglik masalalari bo‘limi mudiri Nodira Shotursunova boshchiligida malakali trenerlar ishtirokida o‘tkazilgan treningda “Tikuvchilik”, “Zargarlik”, “Gilamdo‘zlik”, “Kashtachilik”, “Oshpazlik”, ”Zargarlik” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazilgan kurslarda 3 nafar qizlar ishtirok etdilar.


12 Kurs o‘quvchi va tinglovchilari nazariy va amaliy darslarni yakunlab ishlab chiqarish amaliyotiga chiqishdi. Ishlab chiqarish amaliyotlari Surxandaryo viloyatining turli ishlab chiqarish korxonalarida xususan, “ZIF TEXTILE”, “AMUDARTextile”, “Surxon Ipagi”, “INTER SILK” kabi sanoat korxonalarida nazariy darslarda o‘zlashtirgan bilimlarini yanada mustahkamlab olishdi. Janubiy Koreyadan Tashrif buyurgan ”Entery” dasturi mutaxassislari tinglovchilarga ushbu dastur bo’yicha dars mashg‘ulotlari olib bordilar. Dars mashg‘ulotlari davomida tinglovchilar “Entery” dasturi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi va dasturni o‘zlari amalda sinab ko‘rishdi.


13 2022-2023 o‘quv yilida markazda 4-bosqichda 111 nafar talabalar tahsil olib, shundan, “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishi bo‘yicha 103 nafar, “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” yo‘nalishi bo‘yicha 8 nafar talabalar bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishni tugatib joriy yilning 06-iyul kuni “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan 103 nafar talabalarga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining, “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan 8 nafar talabalarga Toshkent davlat transport universitetining bakalavr diplom va ilovalari topshirildi. “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishi talabalarining dars jarayonlaridan lavhalar “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” yo‘nalishi talabalarining dars jarayonlaridan lavhalar


14 “Respublika filologlari” kanali nomidan Buyuk ajdodlarimiz Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan “IKKI BUYUK SIYMO” tanlovida talabalar namunali ijodiy ishlari bilan faol ishtirok etganligi uchun Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazi hamda markazda tahsil olayotgan bir guruh talabalarimizga tashakkurnoma va diplomlar topshirildi.


15 Afg‘oniston fuqorolarini o‘qitish ta’lim markazi tinglovchilari Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida tinglovchilar institutda yaratilgan shart sharoitlar, dars jarayonlari, o‘quv laboratoriyalari, institutda amalga oshirilayotgan drayver loyihalarning ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Tomonlar ushbu turdagi uchrashuvlarni davomli tashkil etishga kelishib oldilar. Malumot o‘rnida, markazda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Rivojlantirish Dasturi (BMTRD) va Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasining o‘zaro anglashuv memorandumi asosida bugungi kunda mamlakatimizda vaqtinchalik istiqomat qiluvchi jami 138 nafar Afg‘oniston fuqarolari uchun bir yillik va uch oylik o‘quv kurslari tashkil etilgan.


16 Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi katta o‘qituvchisi To‘rayeva Sayyora Baxtiyorovna hamda “O‘zbek tili va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishida tahsil olgan quyidagi talabalar Ilg‘or tadqiqotlar ilmiy markazining 2023-yil 13-yanvardagi 3- buyrug‘iga asosan “ILM-FAN IFTIXORI” esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Samadi Shekiba Azizi Zabiullah Tajala Sadat Rahmani Habibullah Mohammadi Abdulhakim Sanaullah Noori Muhammad Nasir Husaini Mawluddin Qasimi Ahmad Jovid Anis Mirways Turk Shabir Ahmad Khalily Obaidi Merojiddin Shah Muhammad Naibzada Abdulwahab Qanih Rasooli Esmatullah Bik Mohammad Mohammadi


17 “Viloyat hokimi stipendiyasi”ga sazovor bo‘lgan talaba-yoshlar: Shekiba Samadi Mohammad Nosir Husaini “Yilning ijodkor talabasi” “Yilning eng faol tashabbuskor- targʻibotchi” talabasi MohammadiAbdulhakim “IT-bilimdoni” Abdulwahab Qonih “Yosh kitobxon” Abdul Mosawir Qadiri “Yilning oʻz mutaxassisligi boʻyicha eng malakali talabasi”


18 Termiz texnologiya-muxandislik institutida “Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi asosida muhandislik-texnologiya sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro talabalar anjumani bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjumanda markaz professor-o‘qituvchilari hamda Afg‘onistonlik talabayoshlar o‘zlarining ilmiy ma‘ruzalari bilan faol ishtirok etdilar. Markaz o‘zbek tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Eshpulatova Xadicha Muradovna “Yangi O‘zbekistonda innovatsion tadqiqotlar” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasidagi “Intellektual izlanuvchi” Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik tanloviga taqdim etilgan ilmiy ishlari ilmiy kengash tomonidan ko‘rib chiqilib, bir ovozdan ma’qullandi. Xadicha Muradovna “Intellektual izlanuvchi” esdalik nishoni hamda esdalik nishon belgisi, guvohnoma, sertifikat, diplom, tashakkurnoma (elektron holatda) hamda qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda taqdirlandi.


19 Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi “Turizm” va “Agrobiznes va marketing agenti” yo‘nalishi tinglovchilari ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohalariga aloqador tashkilot va korxonalarda amaliyot o‘tadilar.


20 Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida “O‘zbek tili va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishida tahsil olgan 4-bosqich talabalari Termiz tumanidagi 16-17-20-21-maktablarda pedagogik amaliyotlarini o‘tadi. “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” ta’lim yo‘nalishida tahsil olgan talabalar Termiz shahar Lokomotiv Deposida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tadilar va amaliyot davomida talabalar biriktirilgan rahbarlardan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv amaliyotlarini kuzatib, tajribalarini oshirib borishdi.


21 Afgoniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazida tahsil olgan kurs tinglovchilari Qumqo‘rg‘on Agrotexnologiyalari texnikumida amaliyot o‘tash jarayoni.


22 Jurnalistikaga ilk qadam maxsus o‘quv kurslari doirasida talabalar uchun “SURXON TONGI NASHRIYOT UYI”da mediatur tashkil etildi. “Jurnalistikaga ilk qadam” kursi ishtirokchilari bir kunda ikkita nashriyot faoliyati bilan tanishdi. Dastlab Termiz shahridagi “Surxon-nashr” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurishdi. Nashriyotda amalga oshirilayotgan ishlar, chet davlatdan olib kelingan uskunalarning ishlashi, xodimlar faoliyati, aynan nashriyotda chop qilingan kitoblar bilan tanishishdi. Shundan so‘ng kurs ishtirokchilari “Ilm-21” MJCH bosmaxonasi faoliyatini va chop qilish jarayonlarini kuzatishdi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda tashkil etilgan qisqa muddatli 1 yillik kurs tinglovchilari yakuniy davlat attestasiyasidan o‘tish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirdilar.


23 “Tikuvchi”, “Kompyuter tizimlari va majmualari”, “Agrobiznes va marketing agenti” hamda “Turizm” mutaxassisliklari bo‘yicha tahsil olgan o‘quvchilar soha mutaxassislari ishtirokida imtihonlarni topshirdi. Kelgusida OTMga hujjat topshirish hamda o‘z yo‘nalishlarining yetuk mutaxassisi bo‘lib o‘zlarini ish bilan ta‘minlashni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yishgan. “Jurnalistikaga ilk qadam” mediamaktabining 36 nafar bitiruvchilarini taqdirlash marosimidan fotolavhalar.... O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida “Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi” (BMTTD) hamda Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda tashkil etilgan 10 oylik “Tikuvchi”, “Turizm” hamda “Kompyuter tizimlari va majmualari”


24 mutaxassisliklari bo‘yicha tahsil olgan 95 nafar o‘quvchilarga diplom va sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi. Talabalarimiz Toshkent davlat transport universitetida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” yo‘nalishi 406-guruh talabalari diplom oldi va ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash uchun Toshkent davlat transport universitetiga tashrif buyurdi. Talabalar dastlab, universitetda yaratilgan shart-sharoitlar, axborot – o‘quv resurs markazi, o‘quv xonalari, amaliyot o‘tash poligoni faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, “Temir yo‘l transporti” fakulteti hamda “Lokomotiv va lokomotiv xo‘jaligi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari markaz yoshlariga hamrohlik qilib universitet haqida batafsil ma’lumot berdi. Universitetda davra suhbati o‘tkazildi va dars mashg‘ulotlari o‘tkazilish tartibi va talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish chora-tadbirlari kelishib olindi.


25 “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” (lokomotiv) yo‘nalishi 4-bosqichda tahsil olgan talabalar Toshkent davlat transport universitetida davlat imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirdilar. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetining “O‘zbek tili va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs bitiruvchi talabalariga 2023-yil 12-iyunda umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan yakuniy davlat attestatsiyasi bo‘lib o‘tdi.


26 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetining “O‘zbek tili va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs bitiruvchi talabalarining 2023-yil 13-iyunda bitiruv malakaviy ishlari himoyasi o‘tkazildi.


27 Yakuniy davlat attestatsiyasi va BMI himoyasi komissiya a’zolari tomonidan shaffof va xolisona baholandi va natijalar quyidagicha e’lon qilindi: Yakuni davlat attestatsiyasi test sinovi: T/r Guruh “5” baho “4” baho “3” baho Qatnashgan talabalar soni 1. 401 12 10 3 25 nafar 2. 402 12 7 3 22 nafar 3. 403 12 10 3 25 nafar 4. 404 10 9 3 22 nafar Yakuniy BMI himoyasi natijalari: T/r Guruh “5” baho “4” baho Qatnashgan talabalar soni 1. 401 2 - 2 nafar 2. 402 1 1 2 nafar 3. 403 2 - 2 nafar 4. 404 2 1 3 nafar Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “Akademik Siddiq Rajabov o‘qishlari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida faol ishtiroki uchun Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazining “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Shekiba Samadi sertifikat bilan taqdirlandi. Afg‘onistonlik bitiruvchi talabalarning navbatdagi 111 nafariga bakalavr diplomlari topshirildi Markazda 2023-yil 06-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishida tahsil olgan 103 nafar bitiruvchilarga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining hamda “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” yo‘nalishida tahsil olgan 8 nafar talabalarga Toshkent davlat transport universitetining bakalavr diplomlari tantanali ravishda topshirildi.


28 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 20-sentabrdagi “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi tashkiloti tomonidan “Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish va kasbiy tayyorlash bo‘yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish” loyihasining 2-bosqichi ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida 2023-2024 o‘quv yili uchun Afg‘on fuqarolarini 6 oylik qisqa muddatli kurslarga “Kompyuter grafikasi va dizayn operatori”, “Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari”,| “Tikuvchilik ” va “Payvandlovchi” ta’lim yo‘nalishiga 132 nafar tinglovchilari qabul qilindi. Tinglovchilar dastlab o‘zbek tilini o‘zlashtirdilar va mutaxassislik fanlaridan dars mashg‘ulotlariga qatnashib kelmoqdalar.


29 Axborot-resurs markazi faoliyati Axborot - resurs markazi bir vaqtning o‘zida 80 nafar talabalarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Axborot-resurs markazi fondida 4 682 dona kitob mavjud bo‘lib, tabiiy, texnika, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy-gumanitar, madaniy va maorif, filologiya fanlari, badiiy kitoblardan iborat. O‘zbek, dariy va boshqa xorijiy tillarda nashr etilgan ilmiy, ilmiy-ommaviy, uslubiy, badiiy adabiyotlarning yozma hamda elektron shakllari mavjud. Axborot-resurs markazida 24 dona kompyuterlar jamlanmasi, simli internet tarmog‘iga ulangan va barcha professor-o‘qituvchilar va talabalar keng foydalanib kelmoqda. Markaz oliy ta’lim muassasalari ”Elektron ta’lim tarmog‘i”ga ulangan bo‘lib, ushbu tarmoq markaz talabalariga respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari elektron ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Axborot resurs markazida internet tezligi 60 Mbpsni tashkil etadi, muntazam ravishda ishlashi nazorat qilinib kelinmoqda. Axborot resurs markazida kitobxonlar uchun xorijiy ilmiy dasturlardan: Web of Science, Ebsco, diss.rsl.ru hamda UzNel, Diss.natlib.uz, bazalaridan cheksiz foydalanish imkoniyatiga yo‘lga qo‘yilgan.


30 Barcha elektron bazadagi adabiyotlar yo‘nalishlar bo‘yicha joylashtirib kelinmoqda va kitobxonlar uchun www.uzaf.uz sayt orqali foydalanish imkoniyati mavjud. Bu www.uzaf.uz saytida www.ziyonet.uz sayti bilan bir qatorda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan unilibrary.uz sayti ham joylashtirilgan. Axborot resurs markazida telegram messenger orqali AFO‘TM ARM (T.me/markaz 2021) kanali orqali kitobxonlarga elektron darsliklar, badiiy adabiyotlar, o‘quv qo‘llanmalar va davriy nashrlar kitobxonlarga axborot-resusrlari yetkazib berilmoqda. Hozirgi kunda telegram messenger kanalda 90 ga yaqin obunachilar mavjud bo‘lib ularga 8 324 dan ortiq elektron resurslar yetkazilib kelinmoqda. Ma’naviy-ma’rifiy sohalarda amalga oshirilgan ishlar Markazda “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida Termiz tumani tibbiyot birlashmasi hamda markaz shifokorlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda giyohvandlik insoniyat va jamiyat uchun eng xafvli omillardan biriga aylanib ulgurganligi, u insoniyatning ming yillar davomida yaratgan madaniy yashash tarzini, jamiyatda qaror topgan ma’naviy me’yorlarni izdan chiqarishi ta’kidlandi.


31 Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan “Mardlar qo‘riqlaydi vatanni” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda markaz jamoasi, talabayoshlar va faxriy mehmonlardan IIV Surxondaryo viloyati maxsus otryad boshlig‘i zaxiradagi mayor B.Shodiyev hamda urush veteranlari jamiyati rahbari podpolkovnik B.Safarovlar ishtirok etishdi. Mehmonlar tomonidan Vatanga sadoqat, yurtga muhabbat g‘oyalarini aks etgan ma‘ruzalar qilindi. 28-yanvar kuni Toshkent shahrining muhtasham Yoshlar markazi tadbirlar zalida Toshkent shahar ilg‘or tadqiqotlar markazi tomonidan tashkil etilgan xalqaro ilmiy forumda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida tahsil olayotgan 16 nafar iqtidorli talabalar hamda markazimiz katta o‘qituvchisi S.To‘raevaga “Ilm-fan iftixori” ko‘krak nishoni va esdalik sovg‘alar topshirildi.


32 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 25-yanvardagi qaroriga asosan Mustaqil O‘zbekistonning asoschisi, buyuk davlat arbobi, O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning tavallud topgan kuni munosabati bilan markazda “Islom Karimov - mustaqil O‘zbekistonning asoschisi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi Navoiyga ehtirom Buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan Termiz shahridagi Alisher Navoiy haykali yonida o‘tkazilgan tadbirda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi jamoasi va talabalari ham faol ishtirok etdi. “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Bek Muhammad Muhammadi Hazrat Navoiyning hayoti, boy madaniy merosi xususida o‘z fikrlarini bildirib Afg‘onistonlik yoshlar nomidan tadbir ishtirokchilarini muborakbod etdi.


33 Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazi professor-o‘qituvchilari, afg‘onistonlik talaba-yoshlar, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Termiz tuman bo‘limi boshlig‘i Y.Mustanov, TerDu filologiya fanlari nomzodi M.Xamrayeva hamda Termiz shahar 13-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etgan tadbirda Alisher Navoiyning hayoti, ijodi, serqirra faoliyati haqida atroflicha so‘z yuritildi. Daho shoir yaratgan o‘lmas asarlar dunyo xalqlarining noyob ma’naviy boyligiga aylangani alohida ta’kidlandi. Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati axborot-kutubxona markazida ham g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan “Navoiy yodi ila yashaymiz mudom” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi rahbariyati hamda “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishi talabalari shoirning ruboiy va g‘azallaridan o‘qib, parchalar namoyish etib tadbir ishtirokchilarini xushnud etishdi.


34 Har yilning fevral oyi mamlakatimizda Navoiyni o‘rganish oyligi sifatida o‘tadi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Negaki, ayni shu oyda ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarda Navoiyxonlik tadbirlari, adabiy va badiiy kechalar o‘tkaziladi. Shunday tadbirlardan yana biri Termiz davlat pedagogika institutida ham bo‘lib o‘tdi. Unda institutning Tabiiy fanlar fakulteti talabalari hamda mehmon sifatida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi talabalari ishtirok etishdi. Termiz Arxeologiya muzeyida ham g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan “Navoiy yodi ila yashaymiz mudom” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalari ham shoirning ruboiy va g‘azallaridan namunalar o‘qib, tadbir ishtirokchilarini xushnud etishdi. Buyuk sarkarda shoh va shoir, Zahiriddin Muhammad Boburning 540 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy kecha oʼtkazildi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida bo‘lib o‘tgan tadbirda markaz maʼmuriyati, professor-o‘qituvchilar, tuman madaniyat bo‘limi xodimlari va talabayoshlar ishtirok etdi. O‘tkazilgan kecha davomida shoir Zahiriddin Muhammad Boburning boy maʼnaviy merosi, davlat jamoatchiligining yirik namoyondasi sifatida o‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lishi bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda ekanligi, Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos


35 solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo‘lsa, serjilo o‘zbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy olganligi eʼtirof etildi. Bahor kuychisiga ehtirom Xalqimiz bahor faslini shoira Zulfiya Isroilovaning tavallud topgan kuni bilan boshlashni ezgu anʼanaga aylantirgan. Zulfiya Isroilovaning tavalludi yurtimiz bo‘ylab katta adabiyot bayrami sifatida keng nishonlanishi barchamizga ma’lum. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish taʼlim markazi hamda Termiz tumani 17-sonli maktab maʼmuriyati, iqtidorli o‘quvchilari va yosh ijodkorlar bilan hamkorlikda buyuk o‘zbek shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 108 yilligiga bag‘ishlangan “Zulfiya-o‘zbek ayolining yorqin timsoli” nomli adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.


36 Seminar ishtirokchilari rag‘batlantirildi 2022-yilning 28-noyabr 3-dekabr kunlari Surxondaryo viloyati Termiz tumani “Afgoniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazi”da Xalqaro migratsiya tashkilotining “Termizda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish” dasturi doirasida 16 nafar xotin-qizlar (shundan 7 nafari afg’on, 9 nafar o’zbek) uchun tadbirkorlik yo‘nalishida bir haftalik seminar trening tashkil etilgan edi. Ushbu seminar-treningda ishlab chiqilgan va Gender Komissiya tomonidan maqullangan biznes-rejalarni beg‘araz moliyalashtirish va seminar-trening ishtirokchilarini taqdirlash maqsadida joriy yilning 1-mart kuni “Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi”da tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda Xalqaro migratsiya tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Kery Macc Bro hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Senatori Gulnora Mahmudovna ishtirok etishdi. Ishtirokchilarning har biriga Xalqaro migratsiya tashkiloti tomonidan qiymati 22 700 000 so‘mlik VAUCHER lar hamda planshetlar topshirildi.


37 Ayol-oila va jamiyat ustuni 8 mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazida keng miqyosda nishonlandi. Barcha yo‘nalishlarda “Onalarga ta’zim”, “Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol”, “Ayol borki, olam munavvar” nomli bayram tadbirlari o‘tkazildi. “Yashil makon”–2023 Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida obodonchilik va ko‘kalamzorlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Har kunimiz Navro‘z bo‘lsin! Afg‘oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazida “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan sumalak sayli va guruhlar o‘rtasida sportning futzal turi bo‘yicha “Direktor kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.


38 Surxondaryoda tabiat uyg‘onish fasli, hayot bayrami, milliy odat va qadriyatlarimizning eng oliy timsoli bo‘lgan “Navro‘z” umumxalq bayrami tantanalari Termiz shahridagi “San’at saroyi”da bo‘lib o‘tdi. Navro‘z saylida markaz talabalari ham faol ishtirok etdi. Markaz talabalari tomonidan “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan ko‘klamda “Osh sayli” o‘tkazildi. Viloyat hokimi stipendiyasi nomzodlari tanlov komissiyasi tomonidan oʻrganilib chiqildi va Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida tahsil olgan “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishi talabalardan Shekiba Samadi, Abdul Hakim Mohammadi, Mohammad Nasir Husaini, Abdul Mosawir Qadiri hamda Abdul Wahab Qanihlar munosib deb topildi.


39 Kitobsevar millat Afg‘oniston fuqarolarni o‘qitish ta’lim markazida “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasi ostida o‘tkazilinayotgan Respublika III “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyat Axborot-kutubxona markazi rahbariyati ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida markaz talabalari uchun kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini talabalar o‘rtasidagi targ‘iboti bo‘lib o‘tdi. Talabalar tomonidan kitob mutolaa qilindi. Tadbir so‘ngida faol ishtirok etgan talabalarga mehmonlar tomonidan tashakkurnomalar topshirildi. Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta'lim markazida “Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda markaz jamoasi, talaba-yoshlar, aholining turli qatlam vakillari hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati a’zosi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Axtamquli, “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati a’zosi, O‘zbekiston filarmoniya xonandasi Saidakbar Xolmatovlar ishtirok etdi. Tadbirda so‘z olgan markaz direktori O.Ruziyev hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari tomonidan Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, eng avvalo inson manfaatlariga xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanligini qayd etishdi hamda yangi qomusimiz, yorqin kelajagimiz ekanligi haqida batafsil ma’lumot berildi.


40 18-aprel “Xalqaro yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash kuni” munosabati bilan Termiz davlat muzey-qo‘riqxonasida “Madaniy merosni o‘rganish va targ‘ib qilishda muzeylarning o‘rni” nomli ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi. Konferensiyada ishtirok etgan talabalarimiz Shekiba Samadi va Sanaulloh Ahmadiylar “Afg‘onistonning taririxiy yodgorliklari” mavzusida taqdimot o‘tikazishdi. Termiz shahrida referendum targ‘ibotiga bag‘ishlangan ommaviy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalari qatorida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi talabalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.


41 Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining “Uzaf” futbol jamoasi hamda Jarqo‘rg‘on tumani futbol terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu o‘yin shiddatli va murosasiz vaziyatlarga boy bo‘ldi. Yakunda do‘stlik g‘alaba qozonib 3:3 hisobi qayd etildi. Markazda “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishida tahsil olgan talabalar Termiz shahridagi 26-maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida ichki turizmni rivojlantirish maqsadida markaz xodimlari va talaba qizlari qadimiy Xorazm viloyatining tarixiy qadamjolarida sayohatda bo‘ldilar.


42 Markaz jamoasi sayohat davomida azim Buxoroning Bahouddin Naqshband tarixiy me’moriy majmuasini ziyorat qilib, bu tabarruk ziyoratgohning tarixi bilan yaqindan tanishdilar. Afg‘onistonlik talaba-yoshlarni boy madaniyatimiz va tarixiy merosimiz bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Muzeylarga tashrif” aksiyasi doirasida markazning “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishi talabalari, professor-o‘qituvchilari Surxondaryo viloyati Termiz davlat muzey-qo‘riqxonasiga tashriflari tashkil etildi. Talabalar Surxondaryo viloyatining o‘tmishi, tarixi, tashkil topilishiga oid hujjatlar, viloyat hududidagi arxeologik qazishmalar vaqtida topilgan tarixiy eksponatlar, hayvonot olami bilan yaqindan tanishdilar.


43 Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazida tahsil olayotgan talabalar Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida talabalarimiz universitet faoliyati, fakultetlar, kampuslar hamda kutubxona va laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Markazda tahsil olgan talabalar Viloyat Endokrinologiya Dispanseri shifokorlari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Markazning “UzAf” futbol jamoasi hamda Termiz davlat universiteti Pedagogika instituti futbol terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu o‘yin shiddatli va murosasiz vaziyatlarga boy bo‘ldi. Yakunda 6:1 hisobida “UzAf” jamoasi g‘alaba qozondi.


44 Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining “Uzaf” futbol jamoasi hamda Qiziriq tumani futbol terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu o‘yin shiddatli va murosasiz vaziyatlarga boy bo‘ldi. Yakunda 5:4 hisobida Afg‘onistonlik yoshlar g‘alaba qozondi. Markaz talabalari uchun dunyo e’tiboridagi “Sangardak” sharsharasiga sayohat uyushtirildi.Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishi 4-bosqich 401-guruh talabalari uchun Sariosiyo tumanidagi “Sangardak” sharsharasiga sayohat tashkil etildi. Surxondaryo viloyati hokimligi hamda jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi bilan Termiz shahridagi “Alpomish” o‘yingohida nuroniylar, turli soha xodimlari va yoshlar ishtirokida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi.


45 Sog‘lom turmush targ‘iboti hamda aholining jismoniy faolligi darajasini oshirishga qaratilgan ushbu badantarbiya mashg‘ulotlarida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi jamoasi ham faollik bilan ishtirok etib keldi. Markazda 30 iyun - “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida tashkil etilgan tadbirda so‘z olganlar Uchinchi Renessans poydevorni barpo etishda yoshlarning roli, mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilgan imkoniyatlar xususida so‘z yuritishdi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazi talabalari Hindistonlik yoga o‘qituvchisi Sudha Ragavendran bilan birgalikda yoga mashqlarini bajarishdi. 2015- yildan buyon Xalqaro yoga kuni har yili 21-iyunda nishonlanadi. Yoga Hindistonda paydo bo‘lgan qadimiy jismoniy, aqliy va ruhiy amaliyotdir. Xalqaro yoga kuni butun dunyo bo‘ylab yoganing ko‘plab afzalliklari haqida xabardorlikni oshirishga yo‘naltirilgan.


46 Termiz shahri San’at saroyida “Bilim va tafakkurimiz - shu el uchun, shu yurt uchun!” shiori ostida bo‘lib o‘tgan yoshlar gala konsertida markaz talabalari ham faol ishtirok etdilar. 2022-2023 o‘quv yilida markazda 4-bosqichda 111 nafar talabalar tahsil olib, shundan, “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishi bo‘yicha 103 nafar, “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” yo‘nalishi bo‘yicha 8 nafar talabalar bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishni tugatib joriy yilning 06-iyul kuni “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan 103 nafar talabalarga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining, “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan 8 nafar talabalarga Toshkent davlat transport universitetining bakalavr diplom va ilovalari topshirildi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi talabalari o‘qishni tamomlab, kelgusida o‘z vatanlarining istiqboli yo‘lida xizmat qilish uchun doimiy yashash joylari Afg‘onistonga kuzatildi. Markaz jamoasi barcha talabalarimizning kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilab qoladi.


47 Vazir topshirig‘i ijrosi 2023-yil 14-oktabr kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vaziri akademik, I.Abduraxmonovning tashrifi doirasida berilgan topshiriqlar hamda 2023-yil 22-iyuldagi 91-sonli bayonnoma ijrosi yuzasidan, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ro‘zimurod Choriуev tashrif buyurdi. Tashrif davomida R.Choriуev markazning hozirgi holati, ma’naviy-ma’rifiy ishlar tashkil etishdagi ijobiy yutuqlar, afg‘on yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bilan bog‘liq to‘garaklar faoliyatlari, xalqaro tashkilotlar bilan amalga oshirilgan ishlarni hamda markazning obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlaridagi tajriba, yutuqlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek Respublikamizdagi ko‘plab oliy o‘quv yurtlarining xotin-qizlar ishlari bo‘yicha va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektorlari Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining hozirgi holati, ma’naviy-ma’rifiy ishlar tashkil etishdagi ijobiy yutuqlari, afg‘on yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bilan bog‘liq to‘garaklar faoliyatlari, xalqaro tashkilotlar bilan amalga oshirilgan ishlarni hamda markazning obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlaridagi tajriba, yutuqlari bilan yaqindan tanishdi.


48 “InnoWeek-2023” Joriy yilning 16-20-oktabr kunlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkazilgan “Kreativ taʼlim va innovatsiya – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida “InnoWeek-2023” innovatsion gʻoyalar haftaligining rasmiy ochilish marosimi “Alpomish” muz saroyida bo‘lib o‘tdi. “Kreativ ta’lim va innovatsiya – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostidagi to‘rt kun davom etadigan “InnoWeek-2023” innovatsion g‘oyalar haftaligida faol ishtirok etgan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazi jamoasi faol ishtirok etganligi uchun vazirlik tomonidan sertifikat va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. 2023-yil 31-oktyabr kuni Termiz tumanidagi Yangiariq ko‘p tarmoqli poliklinikasi shifokorlari tomonidan Markaz o‘qituvchi va ishchi xodimlari tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilib, Grippga qarshi emlash ishlari olib borildi. 2023-yil 11-noyabr Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida “O‘zbekiston kasaba ushmalari kuni” hamda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazi tashkil topganligining 6 yilligi munosabati bilan sportning qo‘l to‘pi va erkin kurash turlari bo‘yicha musoboqa bo‘lib o‘tdi. Qo‘l to‘pi musobaqasida Angor tumanidagi 2-maktab, Termiz shahridagi 20-maktab, Termiz tumanidagi 1-maktab va 16-maktab jamoalari kuch sinashdilar. Murosasiz va qizg‘in o‘tgan bahslarda 1-o‘rinni Termiz tumanidagi 16-maktab, 2-o‘rinni Termiz shahridagi 20-maktab, 3-o‘rinni Angor tumanidagi 2-maktab va Termiz tumanidagi 1-maktab jamoalari egallashdi.


49 Shuningdek, erkin kurash musobaqasi ham bo‘lib o‘tdi. G‘olib va sovrindorlar esdalik sovg‘alar va faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi hamda 17-noyabr “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi tinglovchilari Termiz shahrida 3,8 gektar maydonda yangidan barpo etilgan “Vatanparvarlar bog‘i”da bo‘lishdi. Ushbu bog‘ 4 ta hududga, Vatanparvarlik, madaniy hordiq, sport va ma’naviy ozuqa hududlariga ajratilgan bo‘lib, yo‘nalishlarga mos ravishda jihozlangan.


50 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni Viloyat OITSga qarshi kurash markazi shifokorlari markazda tahsil olayotgan kurs tinglovchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun qon tahlillarini olishdi. “Biz yoshlar giyohvandlik va OITSga qarshimiz” Yoshlarni giyohvandlik va psixatropik moddalarga ruju qo‘ymasligi, uni oldini olish va OITS hastaligidan saqlash maqsadida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazida “Biz yoshlar giyohvandlik va OITSga qarshimiz” mavzusida tadbir tashkil etildi. Unda Surxondaryo viloyat OITSga qarshi kurash markazi bo‘limi boshlig‘i H.Shoimov, markaz professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchilar ishtirok etdi.Tadbirda giyohvandlik va psixotrop moddalarning inson hayotiga jiddiy xavf solishi va OITSning salbiy oqibatlari haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, mavzuga doir videorolik namoyish etildi. Konstitutsiya baxtimiz qomusi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazida 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.


Click to View FlipBook Version