The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.

Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi
Markaz yillik hisoboti

Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by Ilxom Jumayev, 2024-04-01 11:40:11

Markaz yillik hisoboti

Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi
Markaz yillik hisoboti

51 Unda Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti dekani professor J.Xolmo‘minov, Jahon tarixi kafedrasi mudiri tarix fanlari doktori, professor S.Tursunov, Termiz tumani adliya bo‘limi boshlig‘i B.Ashurov hamda markaz professor-o‘qituvchilari va tinglovchilar ishtirok etishdi. Tadbirda ma‘ruzachilar tomonidan konstitutsiyamizning yaratilish tarixi, O‘zbekiston xalqining xohish istagi orzu intilishlari to‘liq qaror topganligi, qomusimizning xalqchilligi, inson huquqlari va erkinliklari va xalqaro huquq normalariga mosligi haqida atroflicha ma’lumot berildi. Tarixiy qadamjolarga sayohat Markaz tinglovchilari uchun Qirqqiz qal’asi hamda Sulton Saodat majmualariga sayohat uyushtirildi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi “Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari” yo‘nalishi tinglovchilari Termiz tumanida joylashgan “Qirqqiz qal’asi” hamda “Sulton Saodat” majmualariga tashrif buyurishib, ushbu muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishdi. Afg‘onistonlik tinglovchilar ushbu majmualar bilan tanishib, buyuk bobokonlarimizni xotirlab, ularning haqqiga qur’on tilovat qilindi. Shuningdek, tinglovchilarimiz Termiz tumanida yangi barpo etilayotgan Jome’ masjidining qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishib o‘tdilar.


52 Davra suhbati Termiz tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi boshlig‘i podpolkovnik Kabulov Sanjar Sobirovich hamda bo‘linma inspektori katta serjant Safarov Rustam Davlatovichlar ishtirokida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi talabalari uchun xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda bo‘lishlari tartibini tushuntirish maqsadida, davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda Afg‘onistonlik talabalar viza rasmiylashtirishda uchraydigan ayrim muammolar yuzasidan savollar bilan murojaat qildilar va mutaxassislar tomonidan ushbu savollarga to‘liq javob berildi. Markazda Yangi yil shukuhi Yangi yil bayrami barchaga birdek zavq ulashuvchi ayyomdir. Shu jumladan, Аfgʼoniston fuqarolarini o‘qitish taʼlim markazida ham rango-rang panno va chiroqlar bilan bezatilgan bu esa Afg‘onistonlik tinglovchi-yoshlarga bir olam zavq-shavq, ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Barchaning qalbida farahbaxsh kunlar uchun shukronalik hissini oshirib, ezgu niyatlarni uyg‘otdi. Shuningdek, markazda yil davomida sitqi dildan mehnat qilgan professoro‘qituvchi va ishchi-xodimlar hamda yaxshi baholarga o‘qigan tinglivchilar munosib taqdirlandi. Bayram dasturxoni bezatildi. Qor bobo va qor qiz ishtirokida baʼdiiy-musiqiy va qiziqarli viktorina o‘yinlariga boy tadbir tashkil etildi.


53 Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar 2022-2023-o‘quv yili davomida markazda moliyaviy mablag‘lardan oqilona va samarali foydalanish, turli yo‘nalishdagi to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish borasida belgilangan tartibda ishlar amalga oshirib kelindi. Xususan, ish haqi va boshqa to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi ta’minlandi. 2023-yilning barcha oyi uchun ish haqi to‘lovlari to‘liq amalga oshirilishi ta’minlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 911-sonli qarorining 10-bandiga muvofiq Afg‘oniston davlatining fuqarolari o‘qish uchun to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan chet el fuqarolari uchun nazarda tutilgan ta’lim qiymatining 50 foizi miqdorida yuborayotgan tomon mablag‘lari hisobidan, to‘lovning qolgan qismi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mablag‘lari hisobidan qoplanishi belgilab berilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib hozirgi kun holatiga markaz talabalarining kontrakt to‘lovlari bo‘yicha Afg‘oniston hukumati tomonidan 175 050 AQSh dollari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan 752 000 AQSh dollari jami 927 050 AQSh dollari miqdoridagi qarzdorlik yuzaga kelgan. Markazning kelgusidagi faoliyatini samarali tashkil etilishida uning moliyaviy holati muhim ahamiyatga ega ekanligini inobatga olib, bu borada amaliy yordam berilishi bo‘yicha tegishli tartibda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklariga amaliy yordam so‘rab murojaat xatlari qilindi. Markazning samarali faoliyatini ta’minlash maqsadida uning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha tegishli korxona tashkilotlar bilan belgilangan tartibda shartnomalarning tuzilishini va ularning ijrosi ustidan nazorat o‘rnatilishi ta’minlab kelinmoqda. Xususan, elektr va gaz ta’minoti korxonalari, aloqa korxonasi, markazdan chiqadigan chiqindilarni chiqarish bo‘yicha kommunal korxonasi, markazda turli kemiruvchi va zararli hashorotlar zararining oldini olish bo‘yicha tegishli korxonalar,


54 markaz hududida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qo‘riqlash xizmati kabi korxona va tashkilotlar bilan shartnomalar tuzilib ijrosi ta’minlab kelinmoqda. Markaz binolarining tozaligini ta’minlash va markaz joylashgan hududni obodonchiligini ta’minlash bo‘yicha doimiy ishlar amalga oshirib borilmoqda. Xususan, o‘tgan davr mobaynida markaz hovlisidagi barcha daraxtlar oqlanib, taglari yumshatildi. Bino atrofi va yo‘laklar bo‘ylab har mavsumga mos gullar ekib chiqildi. Bundan tashqari markaz hududida mevali va manzarali daraxtlar qalamchalari ekildi. Markaz hovlisida bo‘sh turgan hududlariga ularning joylashuvidan kelib chiqib manzara beradigan o‘tlar, oziq ovqat ekinlari (kartoshka, karam, sarimsoq, rayhon va turli ko‘katlar) va boshqa ekinlar ekilishi ta’minlanib, ularning ayrimlarining hosili yig‘ib olingan bo‘lsa ayrimlarining vegitatsiya davri davom etib, parvarishi amalga oshirib borilmoqda. 2022-2023-yillar kuz-qish mavsumida markazning me’yorda faoliyat yuritishi uchun barcha tegishli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi tomonidan Vazirlarr Mahkamasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Surxondaryo viloyati hokimligining 2022-2023-yillar kuz-qish davrida ijtimoiy soha ob’ektlarining barqaror ishlashga o‘z vaqtida tayyorlash va ta’minlash borasidagi topshiriqlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlari belgilab olindi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining barcha bino inshootlari 2017, 2018, 2019- yillar davomida ayrimlari yangidan qurilib, ayrimlari kapital rekonstruksiya qilingan. Ushbu binolarning barcha derazalari AKVA romlariga almashtirilgan, MDF rusumdagi yangi eshiklar o‘rnatilgan. Markaz o‘quv binosi uch qavatdan iborat bo‘lib, talabalar o‘qish uchun barcha sharoitlar yaratilgan va zamonaviy jixozlar bilan jixozlangan. Markazni to‘liq nazorat qilish bo‘yicha barcha (o‘quv binosi, talabalar turar joyi) hudud kameralashtirilgan va shahar qo‘riqlash bo‘limi xizmatiga topshirilgan. Barcha o‘quv bino, talabalar turar joylarining ichki tashqi qismlari fasad kraskalar bilan ta’mirdan chiqarilgan bo‘lib, tom qismlari cherepitsa bilan yopilgan va yer to‘lalar toza, qulflangan hamda muhrlangan. Markazni maishiy chiqindilardan tozalash bo‘yicha “Bio ekotexno” korxonasi bilan shartnomalar tuzilgan va chiqindilarni olib


55 chiqish grafik asosida amalga oshirilmoqda. Barcha binolarni dizenfeksiya qilish bo‘yicha yillik shartnomalar tuzilgan va shu asosda dizenfeksiya ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. Binolarning atroflari maxsus yoritish chiroqlari bilan yoritilgan. Barcha binolar yong‘indan xabar beruvchi moslamalar bilan jihozlangan. Markaz hududi temir panjara va devorlar bilan o‘ralgan hamda bo‘yalgan. Markazning evakuatsion sxemasi ishlab chiqilgan, mutaxassislar tomonidan tasdiqlanib, koridorlarga osilgan. Yo‘laklarga bardyurlar va bryuschatka (beton plitkalar) terilib, asfalt qoplamasi bilan yopilgan. Shu o‘rinda 2022-2023-o‘quv yili uchun kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha zarur ehtiyot qismlarni olish uchun kerakli mablag‘ ajratildi. Markaz binolari gazga moslashtirilgan MTB-600 va MTU-1200 modul qozonxonalari orqali isitiladi. Isitish quvurlari va suv quvurlari to‘liq nazoratdan o‘tkazildi. Markaz asosiy binosi va yotoqxonasi ichki isitish tizimlari yangi zamonaviy isitish tizimlariga almashtirilgan va yangi issiqlik trassasi o‘tkazilgan. Qo‘shimcha ravishda omborxonada 33 tonna ko‘mir zaxirasi mavjud. Qozonxonalar mutaxassislar tomonidan to‘liq tekshirilib, mavsumga tayyor holga keltirildi. Markaz o‘zining suv qudug‘i va 25 tonnalik suv minorasiga ega. Markazning suv ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida qo‘shimcha suv qudug‘i va suv minorasi qurilishi bo‘yicha qurilish ishlari tegishli tartibda yakuniga yetkazildi.


56 Barcha o‘quv binolari jumladan talabalar turar joyilari sovuq va issiq suv, yoritish asboblari, ventilyatsiya, oqova quvurlari, issiqlik va elektr tarmoqlarining sozlik holati nazoratdan o‘tkazildi va aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etildi. Barcha o‘quv binolari va TTJ binolari deraza oynalari to‘liq tekshirib ko‘rildi. Barcha bino va inshootlarning yong‘in xavfsizlik qalqonlari va elektro shitlar yangisiga almashtirilgan, ular yong‘in xavfsizligi qoida va me’yorlarlariga javob beradi. Hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu reja asosida markaz hududidagi mevali va manzarali daraxtlarga shakl berildi, bardyurlar oqlandi. Hududdagi ekin ekiladigan joylar ag‘darilib mavsumiy ko‘katlar ekish ishlari yakunlandi. Hududlarga mavsumiy gullar ekilgan va atrofdagi ariqlar tozalanib, hududni ariqdan sug‘orish tizimi ta’minlangan. Markaz bino va inshootlarida suv, elektr energiya ta’minoti. Kanalizatsiya tarmoqlari va boshqa injenerlik kommunikatsiya vositalari bo‘yicha tarmoqlar me’yorida ishlab turibdi. Hozirda talabalar 300 o‘rinli talabalar turar joyining 1-va 2-qavatlariga joylashtirilgan. Talabalar turar joyida talabalarning yashashi uchun barcha sharoitlar mavjud, jumladan: - har bir xonaga gilam to‘shalgan; - yetarlicha divan krovat, yumshoq mebellar to‘plami, stol, jurnal stol, stul, tumbochka, kiyim shkaflari, poyafzal qo‘ygichlar va boshqa mebel jihozlari, soat va stol lampalari bilan to‘liq jihozlangan;


57 - talabalarning ma’naviyat xonalari, darsxonalari, tibbiyot xonasi va nomozxonalari normal salqin haroratini ta’minlaydigan ARTEL konditsionerlari bilan jihozlangan; - talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun televizorlar bilan jihozlangan. Bundan tashqari: - talabalar yotadigan TTJ ning 1 va 2-qavatida har birida 1 tadan muzlatgich, 2 tadan elektr plitkasi va boshqa jihozlar bilan jihozlangan. 6 ta oshxona, kir yuvish mashinasi, dazmollash doskasi, dazmol va kir quritish uskunasi bilan jihozlangan 6 ta kir yuvish xonasi, har birida konditsioner bilan jihozlangan 2 ta shinam namozxona, 1 va 2- qavatda bo‘lgan suv isitish jihozlari (aristonlar) o‘rnatilib, issiq va sovuq suv bilan ta’minlangan hojatxona, tahoratxona va yuvinish xonalari talabalar uchun xizmat ko‘rsatayapdi (ularda suvning bosimini me’yorida ta’minlash uchun 3 ta ShMJ suv nasoslari o‘rnatilgan).


58 Bundan tashqari markazda 2022-yilning iyun oyidan Birlashgan Millatlar Taraqqiyot Dasturi tomonidan Yevropa Ittifoqi mablag‘i hisobiga “Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish va kasbiy tayyorlash bo‘yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish” loyihasi amalga oshirilishi boshlanib joriy o‘quv yilida o‘z yakuniga yetdi. Loyihaning asosiy maqsadi - kasb-hunar ta’limi va o‘qitish dasturlari va qisqa muddatli kurslarni taqdim etishni kengaytirish, shuningdek Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish bo‘yicha o‘quv markazining salohiyatini yanada mustahkamlash orqali yoshlar, jumladan ayollarga alohida e’tibor qaratgan holda Afg‘oniston fuqarolari uchun yangi ta’lim imkoniyatlarini yaratish va kengaytirishdan iborat edi. Loyihaning umumiy qiymati (loyihaning ma’muriy tarkibini saqlash va loyiha bo‘yicha boshqaruv xarajatlarini qo‘shgan) holda 1 mln yevro ( 1 141 552 AQSh dollari) dan iborat bo‘lib, shundan 769 500 AQSh dollari ta’lim markazi orqali moliyalashtirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 476 000 AQSh dollari markazimizda tahsil olgan 136 nafar talabalarning 2021-2022-o‘quv yillari ta’lim xarajatlarini qoplash va ularning stipendiya to‘lovlariga, 225 000 AQSh dollari 1 yillik kurs tinglovchilarining ta’lim xarajatlari va stipendiyalari uchun 68 500 AQSh dollari 3 oylik kurs tinglovchilarining ta’lim xarajatlari va stipendiya to‘lovlari uchun moliyalashtirildi. Bundan tashqari loyiha doirasida markazning moddiy-texnik salohiyatini mustahkamlash maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi tomonidan 1 252 636 857 so‘mlik uskuna va jihozlar berilgan.


59 Jumladan, loyiha doirasida ta’lim markaziga 29 o‘rindiqli avtobus Barcha mebil va turli multimedia jihozlari bilan jihozlangan konferens xonasi Kovorking markazi


60 Bundan tashqari ta’lim jarayonini samarali tashkil etish uchun raqamli platforma yaratish maqsadida server, kompyuterlar va boshqa jihozlar olib kelindi. “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida markaz tomonidan 200 tup ko‘chat ekish rejasi qo‘yilgan bo‘lib, ta’lim markazi tomonidan 350 tup ko‘chat ekilishi ta’minlandi. Bundan tashqari 2000 ta terak qalamchasi, 500 ta atirgul qalamchasi, 450 ta shamshod (devor gul) qalamchalari ekildi. Bundan tashqari markaz Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi “O‘zbekiston Respublikasi “Yashil makon” tashabbusini amalga oshirishni qo‘llabquvvatlash bo‘yicha bosh rejalashtirish va innovatsion moliyaviy yechimlar loyihasi” doirasida ta’lim markazi orqali 2 566 136 250 so‘m mablag‘ moliyalashtirilib hududlarda “Yashil makon”, “Yashil belbog‘”larni tashkil etish uchun ko‘chat ekish ishlari amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Abdurahmonov Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida joriy yilning 22-iyul kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdi va markaz bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida I.Abdurahmonov mutasaddilarga yangi oʻquv yili boshlanishiga puxta tayyorgarlik koʻrish, hududni yashil makonga aylantirish uchun obodonlashtirish ishlariga alohida eʼtibor qaratish, elektr energiyani tejash maqsadida quyosh panellari bilan jihozlash boʻyicha koʻrsatmalar berdi.


61 Shu o‘rinda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 25-iyuldagi 326-son buyrug‘iga asosan markazni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida vazirlikning Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg’armasidan markazga 100 kVt quyosh panellarini xarid qilish va o‘rnatish uchun 1 000 000 000,0 (bir milliard) so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi. Markazga quyosh fotoelektr stansiyalari o‘rnatish ishlari yakunlandi va ular belgilangan tartibda qabul qilib olindi. Qabul qilib olingan quyosh fotoelektr stansiyalari belgilangan tartibda hisobga olinib, o‘rnatish bo‘yicha bajarilgan ishlar uchun to‘lovlar belgilangan tartibda amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 25-avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasidan mablag‘ ajratish toʻgʻrisida” 382-son buyrug‘iga asosan markazda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik uchun 287 807 763, 0 so‘m mablag‘ ajratildi va ushbu mablag‘ hisobidan asosiy vosita, moddiy qiymatliklar, xizmatlarni xarid qilish, ta’mirlash bo‘yicha shartnomalar rasmiylashtirildi, ko‘rsatilgan xizmatlar va yetkazib berilgan asosiy vosita, moddiy qiymatliklarni o‘z vaqtida qabul qilib olish hamda xarajatlarni amalga oshirishda me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga qat’iy rioya qilingan holda iqtisod qilindi. Xalqaro aloqalar bo‘limi faoliyati Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning samarasi tinchlik va taraqqiyotning asosiy garovi hamda Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash bilan bevosita bog‘liqdir. Shuning uchun ham hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida mehnat qilayotgan insonlar, birinchi navbatda, rahbar xodimlar, fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarni puxta bilishi, ularning ijrosini to‘g‘ri tashkil etishi, bu qoidalarga butun jamiyat a’zolarini qat’iy amal qilishi shart bo‘lgan muhitni yaratish g‘oyat muhim va dolzarb vazifaga aylanmoqda. Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish hayotiy ehtiyojga aylandi. Bu borada Konstitutsiya va qonun ustuvorligini, davlat organlari qarorlari, mansabdor shaxslarning hatti-harakatlari qonunlarga to‘liq muvofiq bo‘lishini ta’minlash, qonunlar ijrosini samarali tashkil etish, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish, huquqiy axborotni zamonaviy usullar orqali keng ommaga yetkazish, har bir fuqaro va mansabdor shaxslarda Konstitutsiya va qonunlarga hurmat hissini shakllantirishdan iboratdir. 2023-yil 26-yanvarda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian va BMT Taraqqiyot Dasturining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Matilda Dimovska, ularning yordamchilari va loyiha menedjerlari, Surxondaryo viloyati xokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Z.Xidirova hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Termizdagi konsullik rahbari R.Nazarovlar tashrif buyurdilar hamda Markaz rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdilar.


62 Tashrif davomida, xorijiy mehmonlar markaz bazasida tashkil etilgan “Yevropa ittifoqi xonasi” va “Kovorking markazi”ning rasmiy ochilishi hamda 3 oylik kurslarni tamomlagan 30 nafar (51 nafardan) tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshirish marosimida ishtirok etdilar. Tashrif yakunida grant doirasida markaz uchun 29 o‘rinli zamonaviy rusmdagi avtobus tantanali ravishda topshirildi. Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturining qo‘shma loyihasi asosida o‘qigan xorijliklarga haydovchilik guvohnomalarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ishtirok etgan Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Matilda Dimovska, Surxondaryo viloyati hokimligi vakillari ushbu amaliyot Afg‘onistondagi qayta tiklanishlariga ko‘rsatilayotgan yordamlardan biri ekanligini, O‘zbekistonda yana ko‘plab Afg‘onistonliklarni turli kasblarga tayyorlashlari davom ettirilishini bildirdilar. Shu o‘rinda Sharlotta Adrian O‘zbekistonlik mutasaddilarga kelgusida Afg‘onistonlik ayollarni hamshiralik ishi bo‘yicha o‘qitish taklifini bildirdi.


63 2023-yil 02-fevral. Surxondaryo viloyatida Yevropa ittifoqi ko‘magida bolalar masalalari komissiyalari faoliyati rivojlantiriladi. Markazda Surxandaryo viloyatida Yevropa ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan hamkorlik loyihasi doirasida viloyat, shahar va tumanlardagi Bolalar masalalari komissiyalari va Bolalarni himoya qilish sho‘balari faoliyatlari salohiyatini o‘sishiga hissa qo‘shish maqsadida amalga oshirilayotgan loyiha doirasida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Unda YuNICEF vakili Antonia Lyudeke, Bolalar Ombudsmani vakili Diana Isayeva, Bolalar masalalari bo‘yicha Milliy Komissiyaning Bolalarni himoya qilish masalalari sho‘basi vakillari Gulchexra Nigmadjanova, Xurshid Asrorov, Sattor Raxmatov, shuningdek, viloyat hokimligi kotibiyat mudiri Shaxodat Ibragimova, tuman hokimining o‘rinbosari Sanjar Nuriyev hamda tuman Bolalar masalalari komissiyasi a’zolari ishtirok etishdi. Seminar-treningda mutaxassislar tomonidan Bolalar masalalari komissiyalari a’zolarining o‘zaro hamkorlikdagi faoliyati, bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar, shuningdek, bolalarni himoya qilish sho‘basi faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Bundan tashqari Yevropa ittifoqi ko‘magida amalga oshirilayotgan loyihalar, ularning maqsadlari, kelgusidagi hamkorlik rejalari haqida ham axborotlar berildi. 2023-yilning 23-fevral kuni AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari David Kierski va Shoira Saidkarimovalar Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurishdi. AQSH elchixonasi vakillariga markaz rahbariyati bir necha takliflar kiritdi va nafaqat afg‘on xalqi balki mahalliy aholi uchun ham foydali bo‘lgan “Amerika burchagi” nomi ostida xorijiy til kurslari va xalqaro standartlar asosida xorijiy adabiyot va qo‘llanmalar jamlangan kutubxona ochish taklifi bildirildilar. Tashrif davomida mehmonlar dastlab markazda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, Afg‘onistonlik talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida mehmonlar iqtidorli talabalarimiz tomonidan AQShning nufuzli ilmiy jurnallarida chop etilgan ilmiy maqolalari to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi. Shuningdek, markaz rahbariyati bilan o‘tkazilgan muzokaralarda markazimiz taʼlim tizimini rivojlantirish boʻyicha hozirgi holat va istiqboldagi hamkorlik rejalari muhokama qilindi.


64 2023-yil 09-mart. Afg‘oniston muvaqqat hukumati vakillari markazga tashrif buyurdi. Afg‘oniston TIV xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Shuayb Baryalay, boshqarma boshlig‘i Naser Axmad Axmadi hamda Afg‘onistonning Termiz shahridagi bosh konsuli Muhammad Idris Zarshuylar Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdi. Tashrif davomida markazda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, yuksak baho berildi. Shuningdek, markaz professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi, fikr va mulahazalar bildirildi. Jumladan, mehmonlar o‘z fikrlarini davom etib, “Bizning niyatimiz — Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik hukm surishini ta’minlash. Bu iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik aloqalarini kengaytirishga albatta ushbu markaz talabalari ya’ni siz aziz yoshlar xizmat qilasiz”-deya fikrlarini bayon etdilar.


65 2023-yil 10-mart. Xitoy hukumati vakillari markazga tashrif buyurdi. Xitoy Xalq Respublikasi TIVning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Yue Syaoyun, TIV birinchi sekretari Sun Yuyfen va Sun Penchjou Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdi. Tashrif davomida markazda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, yuksak baho berildi. 2023-yil 12-mart kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazi rahbariyati Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari S.Buzrukxonov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Tashrif davomida markaz faoliyati, moddiy texnik bazasi, markaz hududida olib borilayotgan obodonchilik ishlari ko'zdan kechirildi. Shuningdek, vazir o‘rinbosari tomonidan o‘quv binolari hamda TTJdagi talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganilib, ularni yaxshilashga qaratilgan istiqboldagi rejalar bilan tanishildi. 2023-yil 16-mart. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga, BMT Taraqqiyot Dasturining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Matilda Dimovska, BMTQOK Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Hans Friedrich Schodder, ularning yordamchilari va loyiha menedjerlari hamda O‘zbekiston Respublikasi tabiat resurslari vazirligining vakillari tashrif buyurdi. Tashrif davomida markaz rahbariyati tomonidan Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturining qo‘shma loyihasi asosida tashkil etilgan 1 yillik va 3 oylik kurslaring natijalari hamda “Yashil makon” loyihasi doirasida erishilgan yutuqlar va ushbu loyihalarning ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.


66 Shuningdek, kelgusi istiqboldagi reja va loyihalar bo‘yicha takliflar bildirildi. O‘z navbatida, BMT Taraqqiyot Dasturining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Matilda Dimovska hamda BMTQOK Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Hans Friedrich Schodder ham hamkorlik qilishdan mamnunligini va Afg‘oniston fuqarolariga doimiy ravishda yordam berishga tayyor ekanligini bildirdi. 2023-yil 16-mart. “Yashil makon” – 2023 BMT Taraqqiyot Dasturining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Matilda Dimovska, BMTQOK Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Hans Friedrich Schodder, ularning yordamchilari va loyiha menedjerlari hamda O‘zbekiston Respublikasi tabiat resurslari vazirligi vakillari Jarqo‘rg‘on tumani tashrif buyurdi. BMTning taraqqiyot dasturi, UNHCR, UNECE, Ekologiya davlat qo‘mitasi hamda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish taʼlim markazi bilan hamkorlikda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Jarqo‘rg‘on tumani “Yangi O‘zbekiston” massivi hududida jami 290 ming tup saksovul va daraxt ko‘chatlari ekish uchun ajratilgan yer maydonida olib borilgan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishib, ushbu bog‘ni ochilish marosimida ishtirok etdi.


67 2023-yil 15-aprel kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboeva tashrif buyurdi. Tashrif davomida markazda yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar, oliy ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Tanzila Norboeva ushbu markazning o‘quv kampusida yaratilgan sharoitlar, zamonaviy o‘quv va amaliy mashg‘ulot xonalariga yuqori baho berdi. Shuningdek, Afg‘onistonlik talaba-qizlar bilan yaqindan suhbatlashdi. Muloqot chog‘ida Senat raisi faol va iqtidorli talabalarning taklif va fikrlarini tingladi. Talabalarning markazda ular uchun yaratilgan sharoitlardan mamnun ekanliklari hamda ularning ilmga chanqoqligi, kelgusida o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha O‘zbekistonda magistratura ta’lim bosqichida o‘qishni davom ettirish kabi bildirgan fikrlari mehmonlar tomonidan ijobiy qabul qilindi. 2023-yil 29-aprel. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga Xitoy Xalq Respublikasidan jurnalist Sino Freeman hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Zaxriddin To‘raev tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, talaba-yoshlar bilan suhbatlashdilar va ushbu markaz faoliyatiga yuqori baho berib, o‘zlarining ijobiy fikrlarini bildirdilar.


68 2023-yil 29-aprel. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga Oʻzbbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi Millatlararo munosabatlar boʻyicha ilmiy amaliy tadqiqotlar markazi rahbari Saodat Davlatova, markazning bosh ilmiy xodimi Ismoil Xoʻjaxonov hamda Termiz davlat universiteti Jahon tarixi kafedrasi oʻqituvchisi, mustaqil tadqiqotchi Rahmonov Muhammadjonlar tashrif buyurishdi. Tashrif davomida mehmonlar markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, talaba-yoshlar bilan suhbatlashdilar va ushbu markaz faoliyatiga yuqori baho berib, o‘zlarining ijobiy fikrlarini bildirdilar. 2023-yil 10-may. Afg'oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga Toshkent stomatologiya universiteti falsafa fanlari nomzodi, Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, dotsent, olima Sattorova Dildora G'apporovna tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, talabayoshlar bilan suhbatlashdilar va ushbu markaz faoliyatiga yuqori baho berib, o‘zlarining ijobiy fikrlarini bildirdilar.


69 2023-yil 26-may. Markazga Yaponiyaning “Xalqaro hamkorlik tashkiloti” (JICA) vakillari tashrif buyurdi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markaziga Yaponiyaning “Xalqaro xamkorlik tashkiloti” (JICA)ning Janubiy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Shimizu Koji va ushbu tashkilotning Afg‘onistondagi vakolatxonasi rahbari maslahatchisi Daizumoto Yukilar tashrif buyurdilar.Tashrif davomida xorijiy mehmonlar markazda yaratilgan sharoitlar bilan to‘liq tanishib chiqdi hamda 4-bosqich “O‘zbek tili va adibyot” ta’lim yo‘nalishi talabalari hamda ta’lim muassasasida Yevropa Ittifoqi va BMT TD ning qo‘shma loyihasi doirasida 1 yillik kurslarda tahsil olgan tinglovchilar bilan suhbatlashdilar. Suhbat jarayonida, Markaz talabalari va tinglovchilari tomonidan xorijiy mehmonlarga o‘qishni magistratura va bakalavr bosqichida davom ettirish istaklari mavjudligini, shu sababli ularni ushbu imkoniyatdan foydalanishga amaliy yordam ko‘rsatish taklifini berdilar. 2023-yilning 2-iyun kuni Markazga BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Konsuelo Vidal Bryus tashrif buyurdi. Tashrif davomida xorijiy mehmonlar Markazning 4-bosqich “O‘zbek tili va adibyot” yo‘nalishi talabalari hamda ta’lim muassasasida Yevropa Ittifoqi va BMTRDning qo‘shma loyihasi doirasida tahsil olgan tinglovchilar bilan suhbatlashdi.


70 2023-yil 24-iyun. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga, Hindistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabhat, ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) maslahatchisi, doimiy vakili Alok Pandey, Lal Bahodur Shastri nomidagi Hindiston madaniyati markazi direktori Sitesh Kumar, yoga o‘qituvchisi Sudha Ragavendran, Nigora Ernazarova, Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari I.Saparov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Sh.Kichkilovlar tashrif buyurdilar. Tashrif davomida xorijiy mehmonlar Markazning 4 bosqich “O‘zbek tili va adibyot” yo‘nalishi talabalari bilan suhbatlashdi. Mehmonlar tomonidan berilgan savollarga talabalar tomonidan darslar yaxshi o‘tilganligini, professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tilgan dars mashg‘ulotlaridan mamnunliklarini bildirib o‘tdilar. Suhbat jarayonida, markaz talabalari tomonidan xorijiy mehmonga o‘qishni magistratura bosqichida davom ettirish istaklari mavjudligini, shu sababli ularni ushbu imkoniyatdan foydalanishga amaliy yordam ko‘rsatish taklifini berdilar. O‘z o‘rnida Manish Prabhat talabalar tomonidan berilgan takliflar yuzasidan Hindistonning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga borganda, tegishli vakillari bilan ushbu masalani muhokama qilishlarini aytib o‘tdilar.


71 Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazi faoliyatini kengaytirib, uni universitetga aylantirish masalasi muhokama qilindi. Surxondaryo viloyatida boʻlib turgan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Ilhom Saparov hamroxligida Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. Vazir muassasaning 750 oʻrinli zamonaviy oʻquv binosi hamda 400 oʻrinli Talabalar turar joyida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, axborot-resurs markazi, oʻquv va laboratoriya xonalari, informatika va multimedia markazi, milliy hunarmandchilik va amaliy sanʼat toʻgaraklari faoliyatini koʻzdan kechirdi. I.Abdurahmonov oʻquv binosida tashkil etilgan milliy hunarmandchilik burchaklariga yuqori baho berib, ushbu tajribani barcha oliy taʼlim muassasalari uchun namuna sifatida joriy qilish boʻyicha masʼullarga topshiriq berdi. Tashrif davomida vazir Afgʻonistonning Termiz shahridagi Bosh konsulining birinchi kotibi Bismillo Mangal bilan ham uchrashdi. Uchrashuvda B.Mangal Afgʻonistonlik yoshlar uchun yaratib berilgan sharoit va imkoniyatlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga minnatdorchilik bildirdi. Afgʻonistonning ehtiyojidan kelib chiqqan holda mamlakat yoshlarini ushbu markazga jalb qilish, markaz faoliyatini yanada kengaytirish va uni universitetga aylantirish masalalari muhokama qilindi.


72 Tikuvchilik va kashtachilik to‘garagi ustoziga vazir sovgʻasi topshirildi. Joriy yilning 21-iyul kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Surxondaryo viloyati hokimi oʻrinbosari Ilhom Saparov hamrohligida Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazi faoliyati va markazda faoliyat olib borayotgan yoshlar bilan uchrashib, ularning rejalari bilan o‘rtoqlashgan edi (https://t.me/otfiv_surxondaryo/1965). Tanishuv davomida vazir I.Abdurahmonov Tikuvchilik va kashtachilik to‘garagida faoliyat olib borayotgan ustoz Osiyo Xonimqulova faoliyatiga ijobiy baho berib, unga planshet sovg‘a qilishini takidlagan edi. 27-iyul kuni vazir sovgʻasi — planshet Osiyo Xonimqulovaga topshirildi. 2023-yil 25-avgust. Xalqaro migratsiya tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Kery MaccBro va Xalqaro migratsiya tashkilotining xodimi Zhenhua Ma tashrif buyurdilar.


73 Mehmonlar o‘z tashriflarini Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining hozirgi holati, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va kelajakdagi imkoniyatlari bilan tanishishdan boshladilar. Shundan so‘ng Xalqaro migratsiya tashkilotining vakillari Markaz rahbariyati bilan uchrashuvni davom ettirdilar. Uchrashuv davomida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining Talabalar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari F.Ramazonov markazga tashrif buyurgan mehmonlarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, bugungi kungacha Markazda 535 nafar afg‘on yigit-qizlari tahsil olganliklari, shu bilan birga 2022 yil 28- noyabr - 3-dekabr kunlari ta’lim markazda Xalqaro migratsiya tashkilotining “Termizda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish” dasturi doirasida 16 nafar xotin-qizlar (shundan 7 nafari Afg‘oniston va 9 nafari O‘zbekiston fuqarolari) uchun tadbirkorlik yo‘nalishida bir haftalik seminar trening tashkil etilganligini ta’kidlab o‘tdi. O‘z o‘rnida, K.MaccBro ushbu ta’lim dargohida yaratilgan shart-sharoitlar hozirgi zamon talablariga mos kelishi va O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan afg‘onlarga berilayotgan e’tibor judayam muhimligini e’tirof etdi. Shu bilan birga xorijiy mehmon, tashrifdan maqsad, ta’lim muassasasining imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishligini takidladi. Mehmonlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikdagi “Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish va kasbiy tayyorlash bo‘yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida amalga oshirgan ishlar yuzasidan qiziqishdi. Ular tomonidan berilgan savollarga Markaz rahbariyati tomonidan loyiha doirasida qilingan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot taqdim etildi. F.Ramazonov tomonidan markaz imkoniyatlardan kelib chiqib Xalqaro migratsiya tashkilotiga quyidagi yo‘nalishlarda qisqa muddatli kurslar ochish yuzasidan takliflar berildi: 1. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish; 2. Hamshiralik ishlari; 3. Axborot texnologiyalari; 4. Tikuvchilik. Shu bilan birga Markaz rahbariyati xorijiy mehmonlarga markazni 2023-yilda bakalavr ta’lim yo‘nalishini bitirgan 20 nafar qizlarni magistratura bosqichida o‘qishini moliyalashtirishda amaliy yordam berishni so‘radi.


74 2023-yil 04-sentabr. Germaniyaning “Bergxof” fondining Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyo bo‘limi rahbariBasir Feda, |”Bergxof” fondining vakillari Tereza Braytmayer,Izabel Xoffmann,O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlari instituti direktor o‘rinbosari A.Ne’matovlar tashrif buyurdilar. Germaniyaning “Bergxof” fondining vakillari Markaz rahbariyati va Markazni 2023-yilda bakalavr ta’lim yo‘nalishida hamda Yevropa Ittifoqi va BMTRDning qo‘shma loyihasi doirasida 1 yillik va qisqa kurslarda tahsil olgan tinglovchilar bilan suhbatlashdilar. Xorijiy mehmon, tashrifdan maqsad, ta’lim muassasasining imkoniytalari bilan yaqindan tanishishligini takidlab uchrashuvda qatnashgan talabalar va tinglovchilardan taklif so‘radi. Suhbat jarayonida, Markaz tahsil olgan talabalari va tinglovchilar tomonidan xorijiy mehmonlarga o‘qishni magistratura va bakalavr bosqichida davom ettirish istaklari mavjudligini, shu sababli ularni ushbu imkoniyatdan foydalanishga amaliy yordam ko‘rsatish taklifini berdilar. 2023-yil 23-sentabr. Fransiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisining siyosiy masalalari bo‘yicha maslahatchisi Klemen Shnayder hamda ushbu elchixona amaliyotchilari Viktor Martin va Emma Vazellar tashrif buyurdilar. Tashrif davomida xorijiy mehmonlar ta’lim markazi faoliyati bilan tanishganlaridan so‘ng markaz rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdilar va uchrashuv davomida elchi maslahatchisi markazni rivojlantirish maqsadida, elchixona tomonidan qanday yordam lozimligi xususida so‘radi. Markaz rahbariyati quyidagi takliflarni bildirdilar.


75 - Markaz huzurida “Fransiya xonasi”ni tashkillashtirish va uni tegishli o‘quv qo‘llanmalari va jihozlar bilan ta’minlash; - Avtosimulyator va fitnes uskunalarini xarid qilish; - Afg‘oniston davlat xizmatchilari uchun “Qishloq va suv xo‘jaligi”, “Qurilish” hamda “Temir yo‘l” yo‘nalishida qisqa muddatli kurslarni tashkil etish. 2023-yil 10-oktabr. Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligining Afg‘oniston va Pokiston (gumanitar yordam va mojarolarni hal qilish) bo‘yicha boshqarmasi maslahatchilari Rebekka Tompson va Salli Folkner, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Afg‘oniston hududiy va siyosiy masalalari bo‘yicha 2-kotibi Genrietta Aleksandro hamda YUNISEFning Termizdagi rahbari Eraj Kanievlar tashrif buyurdilar. Uchrashuv davomida markaz rahbariyati delegatsiya a’zolariga quyidagi takliflarni bildirdi: Markaz qoshida “Buyuk Britaniya smart xonasi”ni yaratish hamda uni kerakli jihoz va maishiy uskunalar (kompyuter, veb kamera, BBda chop etilgan o‘quv qo‘llanmalari va h.k.z.) bilan ta’minlash; Afg‘oniston hukumatining hozirgi kundagi moliyaviy qiyinchiliklarini inobatga olgan holda, Buyuk Britaniya hukumati tashabbusi bilan afg‘on yoshlarini markazda bakalavr ta’lim yo‘nalishlariga o‘qitish; Markazning professor-o‘qituvchilarini Buyuk Britaniya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish hamda ularni malakasini oshirish maqsadida, ushbu mamlakatda qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkillashtirish. Ushbu takliflardan so‘ng, Buyuk Britaniya TIV vakillari afg‘on talabalarini bakalavr bosqichini yakunlaganlaridan so‘ng, ularni Londondagi “Chevening Scholaship” loyihasi asosida Buyuk Britaniyaning universitetlarida magistratura bosqichida o‘qishni davom ettirishlari uchun, sharoit yaratish imkoniyati mavjudligini ta’kidladilar.


76 2023-yil 11-oktabr. Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian va BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Anas Qarman Fayyadlar rahbarligidagi delegatsiya a’zolari va loyihaning menedjerlari tashrif buyurdilar. Tashrif davomida xorijiy mehmonlar Yevropa Ittifoqi va BMTRDning qo‘shma loyihasi doirasida 1 yillik kurslarda tahsil olgan tinglovchilar va ikkinchi bosqichda kurslarda o‘qish istagini bildirilgan hamda Surxondaryo viloyatida vaqtinchalik yashayotgan Afg‘oniston fuqarolari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi direktori O.Ruziyev xorijiy mehmonlarni tanishtirish bilan birgalikda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi hamkorligida Yevropa Ittifoqi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) 2022-2023 o‘quv yilida 185 nafar O‘zbekistonda yashayotgan “Afg‘oniston fuqarolariga ta’lim berish va ularni kasbiy tayyorlash bo‘yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida 1 yillik va 3 oylik qisqa muddatli o‘quv kurslarida o‘qitildi hamda ularga diplom va sertifikatlar berilib ishlab chiqarishga yo‘lantirganligini ta’kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian va BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Anas Qarman Fayyadlar so’zga chiqib loyiha faoliyati haqida uchrashuv qatnashchilarga o‘z fikirlarni bildirdilar. Shu o‘rinda loyihaning birinchi bosqichi bo‘yicha hamkorlik qilgan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyat hokimligiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar. Shuningdek ushbu loyihaning ikkinchi bosqichini davom ettirish maqsadida 2023-2025 o‘quv yillarida yana 400 nafar afg‘on fuqarolarini 6 oylik qisqa muddatli kurslarga o‘qitish uchun 1 mln.yevro qiymatidagi vaucherni topshirdi va qabul jarayoni boshlash bo‘yicha start berildi. Uchrashuv davomida Termizda istiqomat qilayotgan Afg‘on fuqarolari vakili rahbari Nizomi Muhammad Qosim fikr bildirib, Afg‘on yoshlarini o‘qitishda yaqindan yordam berayotgan O‘zbekiston davlatiga va xorijiy tashkilotlar rahbarlariga chuqur minatdorchilik bildirdi. Loyihalar doirasida iqtisodiyot,


77 kampyuter texnologiyasi, o‘zbek tili va adabiyoti, tibbiyot va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida va ularni moliyaviy qo‘llab quvvatlashni taklif qildi. Uchrashuv davomida birinchi bosqichda tahsil olgan tinglovchilar ham so‘zga chiqishib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyat hokimligi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Rivojlantirish Dasturi (BMTRD) va Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbar va mas’ullariga o‘zlarining chuqur minnatdorchiliklarini bildirib o‘tdilar. Shu o‘rinda tinglovchilar tomonidan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi o‘quv bazasida bakalavr yo‘nalishlarida yangi loyihalar tashkil etish hamda bakalavr ta’lim yo‘nalishlariga o‘qish istagini bildirdilar. Uchrashuv yakuni bo‘yicha xorijiy tashkilotlar va markaz rahbariyatining muloqoti bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida markaz rahbariyati xorijiy tashkilotlar rahbarlariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, loyiha doirasida ikkinchi bosqichni muvaffaqiyatli o‘tkazishda markaz tomonidan barcha shart-sharoitlar mavjudligini ma’lum qildi. 2023-yilning 15-21-oktabr kunlari. O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkazilgan “Kreativ taʼlim va innovatsiya – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida “InnoWeek-2023” innovatsion gʻoyalar haftaligi o‘tkazildi. Ko‘rgazma doirasida “Alpomish” muz saroyida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi faoliyatini aks ettiruvchi foto stentlar, innovatsion ko‘rgazmalar, milliy va xalq amaliy sa’nati durdonalaridan namunalar bilan ishtirok etdi.


78 Ko‘rgazma davomida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlari va ijtimoiy innovatsiyalar davlat agentligi raisi Ulvi Ramiz oglu Mehdiyev, Koreya Gyeongsangbukdo viloyati gubernator o‘rinbosari Lee Dal Hui, Mohammed Bin Rashid nomidagi davlat innovatsiyalar Markazi (BAA) Abeer Tahlak, Eron Islom Respublikasining Ilm-fan, texnologiyalar va bilimga asoslangan iqtisodiyot boʻyicha vitse-prezidenti Ruxolloh Dehqoni Feruzabadiva bilan birga 70 ta xorijlik ekspert, 100 dan ortiq tashkilot va idoralar vakillari hamda yosh olimlar ishtirok etgan “InnoWeek-2023” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligiga Markaz faoliyati taqdimoti namoyish qilindi va ular bilan ilmiy va xalqaro hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirildi. “InnoWeek-2023” innovatsion g‘oyalar haftaligida faol ishtirok etgan barcha tashkilot va idoralar qatori Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazi jamoasi ham faol ishtirok etganligi uchun vazirlik tomonidan sertifikat va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. 2023-yilning 17-26-oktabr kunlari. O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida savdoiqtisodiy va gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilish hamda Qobul shahrida doimiy ravishda faoliyat ko‘rsatuvchi “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi doirasida “Ta’lim va innovatsiya” ko‘rgazmasini tashkil maqsadida O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi direktori ham ishtirok etdi. Tashrif davomida delegatsiya a’zolari ijtimoiy-iqtisodiy, fan, innovatsiyalar, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalar bo‘yicha Afg‘oniston davlati vazirliklari, tashkilot va muassasalar rahbarlari bilan muzokaralar olib bordilar. Jumladan, Afg‘onistonda


79 faoliyat olib borayotgan davlat ta’lim muassalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Shuningdek, O‘zbekiston hukumati tomonidan Afg‘oniston fuqarolari uchun ajratilgan 50 ta ta’lim granti doirasida 2023/2024 – o‘quv yilida o‘qitilishi bo‘yicha Afg‘oniston Oliy ta’lim vazirligiga yo‘llangan murojaatga asosan talabalarni O‘zbekistonga o‘qishga yuborish bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirildi. Uchrashuvlar doirasida Kobul davlat Politexnika universiteti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazib, uchrashuv davomida O‘zbekistondagi OTMlar faoliyati bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi. Muzokaralar davomida ikki davlat OTMlari o‘rtasida kelishuvlar amalga oshirish va kelajakda ular bilan ilim – fan sohalari bo‘yicha hamkorliklarni davom ettirish takliflari bildirildi. Shu o‘rinda kadrlar tayyorlash (malaka oshirish va qayta tayyorlash, magistratura yo‘nalishini ochish, doktaranturaga imkoniyatlar yaratish, o‘quv adabiyotlari va darsliklari bo‘yicha metod almashish) onlayn va oflayn o‘qitishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikrlar bildirildi. 2023-yil 13-noyabr. Yevropa Ittifoqi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) “Аfgʻoniston fuqarolariga taʼlim berish va ularni kasbiy tayyorlash boʻyicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish” loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida asosiy kasblar boʻyicha 6 oylik qisqa muddatli kurslarga qabul qilingan tinglovchilar markazga tashrif buyurdilar. Ular uchun markaz ma‘muriyati va Afg‘onistonning Termiz shahridagi bosh konsullik vakillari ishtirokida uchrashuv hamda tanishuv darslari tashkil etildi.


80 2023-yil 21-noyabr. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturining Toshkent shahridagi bosh offisida Yevropa Ittifoqi, BMTTD va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish va kasbiy tayyorlash bo‘yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish” qo‘shma loyihasining 2023-yil yakuni natijalari va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 2023-yil 22-noyabr. Xalqaro Migratsiya Tashkilotining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi stajyori Chjenxua Ma tashrif buyurdi. Tashrif davomida markaz rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda XMT tomonidan moliyalashtirilgan mablag‘lar hisobidan markazning 14 nafar bitiruvchisi talabalari Toshkent shahridagi Nordik xalqaro universitetining magistratura bosqichida o‘qishni davom ettirishlari uchun to‘lov shartnomalarini hamda XMT rahbariyati Markaz qoshida tashkil etilgan stomatologiya kabinetini zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha moliyaviy ko‘mak berishi tasdiqlaganligini bildirdi. Shuningdek, XMT tomonidan markazda “Fitnes-klub” tashkil etish va uni zaruriy sport anjomlari bilan ta’minlash ishlarida homiylik qilish bo‘yicha kelishib olindi.


81 2023-yil 14-dekabr. Mozori Sharifda O‘zbekiston – Afg‘oniston ishchi komissiyasining to‘rtinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis yig‘ilishida O‘zbekiston delegatsiyalari sifatida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi direktori ham ishtirok etdi. 2023-yil 18-dekabr. Аfg‘oniston fuqarolarini o‘qitish taʼlim markazi bilan “Barqaror hayot” xalqaro ijtimoiy-maʼrifat markazi hamkorligida ishlarni olib borish bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirildi. 18-dekabr-“Xalqaro migratsiya kuni” munosabati bilab “Barqaror hayot” xalqaro ijtimoiy-maʼrifat markazida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda markaz rahbariyati ishtirok etdi. 2023-yil 22-dekabr. Аfg‘oniston fuqarolarini o‘qitish taʼlim markazi hamda “Barqaror hayot” xalqaro ijtimoiy-maʼrifat markazi hamkorligi doirasida, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikdagi “Afg‘oniston fuqarolariga ta’lim berish va ularni kasbiy tayyorlash bo‘yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida tahsil olayotgan tinglovchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Migratsiya bo‘yicha Xalqaro Tashkilot – BMT Migratsiya agentligining “Ostonada yordam va integratsiya ko‘nikmalari” mobil xizmati loyihasi asosida markazda tahsil olayotgan 50 nafar tinglovchilar beg‘araz (bepul) chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Markaz direktori: O.A.Ruziyev


82


Click to View FlipBook Version