KATTAQO‘RG‘ON TONGI Vatanga xizmat – oliy saodat! Gazeta 1994-yilning 1-yanvaridan chiqa boshlagan G-mail: [email protected] 2024-yil 7-may, seshanba, 11(992)-son Saytimizga o‘tish uchun QRkodni telefoningiz orqali skanner qiling 2024-YIL – YOSHLAR VA BIZNESNI QO`LLAB-QUVVATLASH YILI (66) 455-24-95 K A T T A Q O ‘ R G ‘ O N S H A H A R H O K I M I G A V H A R A L I M O V A N I N G 9 - M A Y – X O T I R A V A Q A D R L A S H K U N I MUNOSABATI BILAN TABRIGI INSON QADRI ULUG‘-XOTIRASI MUQADDAS B Е G I J O N R A H I M OV N O M I N I INGICHKALIKLAR UNUTMAYDI Begijon Hakimovich Rahimov tavalludining 94-yilligiga bag‘ishlanadi. Begijon Rahimov o‘tgan asrning 1930-yilida Andijon viloyatining Paxtaobod tumani Madaniyat qishlog‘ida ishchi oilasida tavallud topgan. O‘rta maktabni bitirgach, O‘rta Osiyo politexnika institutining Tog‘ injenerligi fakultetida tahsil ol- gan. Yosh mutaxassislarni ishga taqsimlash komissiyasining yig‘ilishida oliygoh rektori, -O‘g‘lim, sizni Samar- qand viloyatining Ingichka qo‘rg‘on- chasida yangidan ochilgan Kon bosh- qarmasiga tog‘ injeneri vazifasiga yuborishimizni maqbul ko‘rdik. Qar- shi emasmisiz?- deb savol beradi. U bo‘lsa - Shu soha mutaxassisi bo‘lga- nimdan keyin qayerda bo‘lmasin, tog‘ sanoati sohasida ishlaymanda..., -deb rozilik beradi Begijon Rahimov. Bu voqea 1954-yilning iyul oyi oxirlarida bo‘lgan edi. B.Rahimov ikki kun deganda Ingichka Kon boshqarmasiga yetib keladi. U hujjatlarini kon boshqarma- si direktori S.K.Dubrovskiyga uzatadi. Direktor hujjatlarni ko‘zdan kechi- rar ekan, to‘ladan kelgan o‘rta bo‘yli, ko‘zlari yonib turgan yigitda kelajagi porloq mutaxassisini ko‘radi. – Rahimov,- dedi S.K.Dubrovskiy, - seni tog‘ injeneri vazifasiga qabul qila- miz. Bilimingni ishlab chiqarishga joriy etib, ijobiy jihatdan o‘zingni ko‘rsata olsang, sen uchun istiqbol eshiklari ochiladi. – Tushunarli, o‘rtoq direktor,- dey- di yigitcha. Begijon Rahimov 1954-1964-yillar oralig‘ida Ingichka Kon boshqarmasida tog‘ injenerli- gidan shaxta boshlig‘igacha bo‘lgan sharafli yo‘lni bosib o‘tdi. Keyinchalik Ingichka Kon boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatdi. Aynan shu davrda Ingichkada yangi boyitish fabrikasi qurilishi natijasida 300-400 kishi ishli bo‘ldi. 50 kilometrlik Sepki- -Ingichka, Qoradaryo-Ingichka suv tarmoqlari bitkazilib,aholi va shaxta suv bilan ta’minlandi. Bu orada Kattaqo‘rg‘on-Ingichka avtomobil yo‘li qurildi. Maktablar, bolalar bog‘chalari, madaniy-maishiy inshootlar, aholini issiq suv bilan ta’minlash uchun bo‘g‘ qozonlari, ka- nalizatsiya tarmoqlari hamda boshqa inshootlar qad ko‘tardi. 1978-yilda B.Rahimovning rahbarlik, tashkilotchilik qobiliyati hisobga olinib, Samarqand viloyat ijroiya qo‘mitasi raisining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarligi lavozimiga ishga taklif etildi. Ko‘p o‘tmay u Samarqand “Ximstroy” birlashmasi bosh direktori etib tayinlandi. Uning rahbarligida “Super fosfat” zavodining 2-navbati, va Bulung‘ur vino kombinati ishga tushirildi. B.Rahimov 1980-yilning yanvar oyida, bu vaqtga kelib, ishlab chiqarish ancha oqsab qolgan, Ingichka Kon boshqarmasi direktorligiga yana qaytdi. Rahimovning ishbilarmonligi tufayli boshqarma ishi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yildi. Kapital qurilishda tubdan o‘zgarishlar qilinib, ish hajmi 5-6 baravar ko‘payishi ta’minlandi. Samarqand Uy-joy qurilish kompaniyasi yordamida Ingichkaning janubiy qismidagi cho‘l zonasida qator ko‘pqavatli uy- -joylar va bolalar bog‘chasi, kasb-hunar kolleji qurilib, “mikrorayon” barpo etildi. Uyga muhtojligi borlar uyli bo‘ldi. Samarqand “Mebel bit” fabrikasi ko‘magida 500 o‘rinli “Konchi” o‘yingohi qurib berildi. Ingichkani obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish borasida katta tadbirlar uyushtirilib, har bir ko‘cha, xonadonlargda turli mevali va manzarali daraxtlar ekilib, “Yashil makon”ga aylantirildi. Kattaqo‘rg‘on-Ingichka gaz tar- mog‘i tortildi. Qo‘shimcha inshootlar qurildi, xonadonlarga tabiiy gaz kiritildi. Tibbiyot maskani va turli madaniy-maishiy inshootlar, savdo shaxobchalari, avtomobillar to‘xtash joylari barpo etildi. Samarqand-Ingichka avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Ingichka markazida istirohat bog‘i yaratilib, ishchilarga oilasi bilan favvora atrofida dam olish uchun sharoit yaratib berildi. “Ilonli” qishlog‘i aholisi boshqa joyga ko‘chirilib, o‘rniga suv ombori bunyod etildi. Yangi qishloq ko‘chalari asfaltlanib, yoritish tizimlari o‘rnatildi. Ingichkaning janubiy qismidagi cho‘l zonasiga mingga yaqin mevali va manzarali daraxtlar ekilib, bog‘ yaratildi. (Davomi 2-betda) Assalomu alaykum, qadrli do‘stlar, mehnat faxriylari! Avvalo, Siz, azizlarni 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan muborakbod etaman. Bugungi qutlug‘ ayyomda barchamiz: minglab urush va mehnat fronti qatnashchilari – dovyurak ota- -bobolarimiz, sabr-matonatli onalarimiz, momolarimiz qutlug‘ nomlarini hurmat-ehtirom bilan tilga olamiz. Zero,o‘zbek xalqining Ikkinchi jahon urushi davrida ko‘rsatgan jasorati, bukilmas irodasi va matonati, insonparvarlik fazilatlari avlodlar uchun muqaddas xotira va insoniylikning yuksak namunasidir. Bugungi tinch va osoyishta, erkin va farovon hayot uchun aziz jonini fido qilgan ajdodlarimizning yorqin xotirasini yod etish, ularning ezgu ishlarini munosib davom ettirish — tinchlikni buyuk ne’mat deb, biladigan bag‘rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir. Shu boisdan butun dunyoda millionlab insonlarning qurbon bo‘lishiga sabab bo‘lgan, mislsiz yo‘qotishlar, talafot va musibatlar olib kelgan Ikkinchi jahon urushining insoniyat boshiga keltirgan azobi va g‘am-tashvishlarini oradan qancha yillar o‘tsa-da, dunyo ahli hech qachon unutmaydi. Jang maydonlarida fashizmga qarshi mardona kurashgan o‘zbekistonliklar orasida 15 mingdan ziyod kattaqo‘rg‘onliklar ham borligini, ularning 6000 dan ortig‘i halok bo‘lganini va 3525 nafari esa orden va medallar bilan mukofotlanganligi shahrimiz xalqi yodidan chiqarmaydi. Yana shuni aytish joizki, bugun Xotira va qadrlash kuni arafasida mustaqillik yillarida Vatan ozodligi, sarhadlarimiz yaxlitligini saqlash, milliy taraqqiyotimiz yo‘lida jonini fido qilgan hamshaharlarimizni yodga olish, ular xotirasiga hurmat-ehtirom bajo keltirish, keksalik gashtini surayotgan faxriylarimizni qadrlash va ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish har birimizning burchimizdir. Shu jumladan Vatanimiz chegaralarini qo‘riqlash chog‘ida shahid bo‘lgan kattaqo‘rg‘onlik jasur va mard o‘g‘lonlar: Ulug‘bek Barnoyev, Baxrom Ergashev, Jamshid Rasulovlarning porloq xotiralari kattaqo‘rg‘onliklar qalbida abadiy yashaydi. Azizlar! Ko‘p millatli tinchliksevar o‘zbek xalqi uchun fashizm ustidan g‘alaba qozonilgan 9-may sanasi, avvalo, Xotira va qadrlash kuni sifatida aziz va mo‘tabardir. Biz uchun xotira insonning insonligini anglatadigan tushuncha va uning o‘tmish va istiqbol bilan bog‘lab turadigan buyuk ma’naviy qudratdir. El-yurt tinchligi va ozodligi uchun kurashgan mard va jasur insonlar xotirasini yod etish orqali biz tarixdan buyuk ajdodlarning avlodlari ekanligimizdan faxr-iftixor tuyg‘usini his qilamiz va qahramon ota-bobolarimizning nomlarini sharaflash, ularga yuksak hurmat ko‘rsatishni burchimiz, deb bilamiz. Qolaversa, bugungi kunda amalga oshirilayotgan Yangi O‘zbekis- ton taraqqiyot strategiyasida «Inson qadrini ulug‘lash» g‘oyasi asosiy o‘rin egallaydi. Ushbu tamoyil ham xotira va qadrlash tushunchasi bilan ha- mohang tarzda xalqimizning azaliy ezgu orzu-intilishlariga to‘la javob beradi. 9-may — Xotira va qadrlash kuni arafasida Ikkinchi jahon urushi- da fashizmga qarshi kurashda muno- sib hissa qo‘shgan, bugun oramizda bo‘lmagan, mehnat va urush faxriyla- ri, shuningdek, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar,hu- quqni muhofaza qilish organlari xo- dimlari ko‘rsatgan jasoratini yuksak e’tirof etgan holda, ularning porloq xotirasi oldida bosh egamiz! Qadrli va muhtaram hamshaharlar! Siz, azizlarni, bugungi qutlug‘ bayram – Xotira va qadrlash kuni bi- lan yana bir bor muborakbod eta- man. Tinchlik va ozodlik yo‘lida o‘z aziz jonlarini fido etgan qahramonlar xotirasi hamisha barhayot bo‘lsin! Barcha ezgu orzu-niyatlarimiz amalga oshsin!
2 Kattaqo‘rgʻon Ijtimoiy hayot 2024-yil 7-may, seshanba, 11(992)-son tongi kattakurgon-tongi.uz facebook.com/Kattakurgontongirasmiy t.me/KattakurgonT YORQIN IZ VA UNUTILMAS IJOD QOLDI... JONKUYAR USTOZ-MURABBIY EDILAR... (Boshlanishi 1-betda) O‘sha davrda aholining sut, go‘sht, oziq-ovqat mahsulotlari va mevasabzavot ekinlari bilan ta’minlash katta muammo bo‘lib turgan edi. Shu boisdan Rahimov boshchiligida Ingichka Kon boshqarmasining “Kichik xo‘jalik” kompleksi tashkil etildi. 20 ga yaqin sog‘in sigirlar boqilib, sutni qayta ishlash sexi qurilishi tufayli aholi sut mahsulotlari bilan to‘liq ta’minlandi. Yana 200 ga yaqin qo‘y va 80 ta cho‘chqa parvarishlanib, aholining go‘shtga bo‘lgan ehtiyoji ham qondirildi. 1978-yilda Begijon Raximovning samarali ishlarini ommalashti-rish maqsadida viloyat partiya qo‘mitasi birinchi kotibi – Bektosh Rahimov boshchiligida viloyat rayonlari rahbarlari, qishloq xo‘jalik xodimlari, chorvachilik firmalari jalb qilingan holda seminar o‘tkazildi. Begijon Rahimov xalqparvar fidoyi inson edi. U kishi mehribon, har qanday fuqaroning muammosini bir zumda hal qilib berar, kim to‘yga aytsa, borar va to‘y o‘tkazilishida ko‘maklashar edi. Begijon Rahimov yillar davomida viloyat va Kattaqo‘rg‘on shahar partiya qo‘mitasi byuro a’zosi bo‘lgan. Xalqimizning sevimli va ardoqli farzandi Begijon Rahimov davlatimizning qator orden-medallari va Faxriy Yorliqlari bilan taqdirlangan. U kishi bir necha marotaba Ingichka shaharchasi, Kattaqo‘rg‘on shahar hamda viloyat xalq deputaligiga saylangan.Begijon aka pensiyaga chiqsa ham Ingichka aholisi uchun qo‘shicha ish o‘rinlari yaratish maqsadida yurganida sog‘ligi keskin yomonlashib, 1995-yil 4-fevralda tusatdan vafot etgan. Ana shu saxovatli inson cho‘l zonasida joylashgan Ingichkani so‘lim go‘shaga aylantirdi. Ingichka ikkinchi jahon urushi qahramonlari, va boshqa fidoyi insonlar yashab o‘tgan muqaddas zamin va ularning muqaddas nomlari abadiylashtirilishga loyiq... Korxona, mahalla va maktablarda ma’naviyat soatlarda ularning xotirasi yod etilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Begijon Rahimov hayot bo‘lganlarida bu yil 94 yoshni qarshilagan bo‘lar edi. Ana shunday aziz inson xotirasi Ingichka xalqi qalbida abadiy saqlanib qoladi. Mamadali NORBOBOYEV, mehnat faxriysi. Ozod va hur diyorimiz O‘zbekis- tonda azal-azaldan o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lgan ma’rifat o‘choqlari- dan biri Katttaqo‘rg‘onda tavallud topib, o‘zbek mumtoz ham hozirgi adabiyotimiz, teatr, rassomchilik va san’atning boshqa ko‘pgina turlarida ijodiy muvaffaqiyatga erishib, el-yurtga tanilgan ijodkorlar ta- laygina. Va ular haqida ko‘p va xo‘p yozil- gan. Keyingi o‘n yilliklarda shahrimiz ijodkorlarining nazmda bitilgan asarla- ri ko‘payib, adabiyotning nasriy turi bir muncha oqsoqlanib qolgani ayon. Shu o‘rinda biz o‘tgan asrning oxirgi chora- gi, ya’ni saksonichi-to‘qsoninchi yillarda nasrda sermahsul ijod qilib: (asosan rusiy zabonda) maqola, hikoya, ocherk, qissa- lar va roman yozib, ulkan ma’naviy me- ros qoldirgan iste’dodli yozuvchi Venera Ishbekova ijodi haqida to‘xtalmoqchimiz. Venera Ishbekova Kattaqo‘rg‘on shahrida Do‘stmuhammad Ishbekov oi- lasida dunyoga kelgan. Shahrimizdagi 3-maktabni tugatgach, oliy ta’limni Sadri- ddin Ayniy nomidagi Samarqand Davlat pedagogika institutining rus tili va ada- biyoti fakultetida olgan. Venera opada ijodga bo‘lgan eh- tiyoj erta o‘yg‘ongan bo‘lsada ancha vaqt ilk hikoyalarini o‘zi uchun qoralab yuradi. Saksoninchi yillarning boshida esa ijod mahsullaridan birini gazeta tahririyatga yuborishga ju’rat qiladi. Ko‘p vaqt o‘tmay markaziy gazetalardan birida opaning “Telegramma” nomli hikoyasi bosilib chiqdi. Bu voqea yosh yozuvchi ijodiy hayotida keskin burilish yasadi,albatta. Shundan so‘ng o‘ziga ishonchi oshgan yozuvchining hikoya, maqola va ocherkla- ri viloyat va markaziy vaqtli matbuot nashrlarida ketma-ket bosilib chiqarila boshlandi. Rus tilida nashr qilinadigan “Sa- markandskiy vestnik” gazetasi sahifalari- da “Oq qayin”, “Ikki Mariya”, “Avtobusda- gi voqea”, “Agar men direktor bo‘lsam”, “Har bir dars-ijod”, “Matematika darsi”, “Yillar va masofa orqali”, “Yana birinchi sinfga”, “Loqayd bo‘lishga haqqimiz yo‘q”, “Sevimli mashg‘ulot”, “Gamlet haqida orzu” va boshqa qator hikoyalari e’lon qilindi. “Topmoq mavsumi” nomli qissasi esa ommabop “Sharq yulduzi” jurnalida bosilib chiqdi. Mazkur qissani mutolaa qilgan Ishbekova ijodiyoti muxlislaridan biri “Sharq Yuduzi” jurnali tahririyatiga shun- day mazmundagi xat yo‘llaydi: “Hurmatli “Sharq Yulduzi” jurnali tahri- riyati ijodiy xodimlari, men jurnalingi- zni ashaddiy muxlisiman. Jurnalning 1987-yildagi 4-5-sonlarida e’lon qilin- gan Venera Ishbekova qalamiga mansub “Topmoq mavsumi” nomli qissani o‘qib, qattiq ta‘sirlandim va bu his-hayajonimni, so‘z bilan bayon qila olmayman. Sizdan o‘tinib so‘rayman, ushbu she’rim orqali muallifga bo‘lgan qalbim nidosini yetka- zib qo‘ysangiz...” Seni singil misli sevib qoldim men, Kuyib-yonib, hayotga nur baxsh etibsan. Va zulmat ichra jonim, jon naqsh etibsan! Saodat ramzi sen - hayot timsoli Kimningki dilida ishonch, orzu mavjud, Ul-chun besh begona farqsiz, yo‘q g‘araz, Haqiqat bayroqdir va yiroq araz. Dildoshim, xorlik ko‘rib, chekibsan alam, Ruhing sinmabdi: butun, sog‘, bardam. Xastalikka sen bo‘lmabsan taslim. Endi ayon yashaysan, yashnagaysan sen! Magar unga tasodifan qolsam uchrab, Qo‘lin siqib mahkam, tilayman sog‘lik. Ham deyman, rahmat senga Lola, ofarin! Hayotni dildan sevib, tirik qolganing uchun... 16 yoshli muxlis Marina RADJ. Ijodkor ahliga har qanday yutuq, muxlislar e’tirofi qanot bag‘ishlaydi va yangidan-yangi asarlar yozishga unday- di. Yozuvchining navbatdagi “Qalb toshi” nomli qissasi yosh yozuvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan respublika ko‘rik-tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritadi. Keyingi o‘rinda “Kamolot” nashriyoti ushbu qissani alohida kitob qi- lib chop etadi. Keyingi yillar juda qisqa vaqt ora- lig‘ida adibaning ketma-ket “Keskin buri- lishda”, “Olcha gullaganda”, shuningdek, “O‘zbekiston yosh mualliflari respublika tanlovi”da eng yaxshi asarlar sirasiga ki- ritilgan “Qalbdagi tosh” nomli qissalari o‘quvchilarga taqdim etildi. Endi Venera Do‘stmuhammadovna qalamini adabiyot- ning yirik janri romannavislikda sinab ko‘rishga qaror qilib, “Hayot parchasi” nomli romani ustida ishlay boshlaydi. Atoqli adabiyotshunos olim, pro- fessor, tanqidchi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Nuriddin Shukurov yozuvchi haqida: “Adiba endi romannavis darajasiga ko‘tarildi. Aytish joizki, Venera Ishbekova qalamiga mansub barcha asar- lar to‘plami nashr qilinsa, mushtariylar katta ma’naviy ozuqaga ega bo‘ladilar”, deb yozib qoldirgan. Venera Ishbekova nomzodi o‘zi ta’lim olgan maktab direktori lavozimiga ma’qul ko‘rilgach, ishni maktab muzeyi- ga ikkinchi hayot baxsh etishdan boshlaBЕGIJON RAHIMOV NOMINI INGICHKALIKLAR UNUTMAYDI Xamza aka Halimov bilan 2007-yilning yozida,aniqrog‘i, Kattaqo‘rg‘on pedagogika bilim yurtining eski binosida yangitdan tashkil etilgan SamDCHTI qoshidagi 2-son akademik litseyiga dastlabki o‘quvchilar qabuli o‘tkazilayotganida tanishganmiz. O‘sha kuni hali hamshaharlarimiz uchun uncha ham tanish bo‘lmagan o‘quv yurti-akademik litseyga o‘quvchilar qabuli bilan birga yangi o‘quv yurtining bo‘lajak o‘qituvchilari ham saralab olinayotgan edi. Akademik litsey direktori Anvar Bekmurodov litseyda ishlash istagida bo‘lgan har bir o‘qituvchi bilan shaxsan suhbatlashib, ularga ishga qabul qilinishini yoki aksini e’lon qilardilar. Bir kuni men u kishining, aynan, Halimov domla bilan savol-javob qilayotganlari ustidan chiqib qolib, suhbatga quloq tutdim. Va jussasidan g‘ayrat jo‘shib turgan bu insonning berilgan har bir savolga to‘liq va asosli javob berayotganligini eshitib, o‘qituvchining o‘z fani bo‘yicha chuqur bilimga ekanligini angladim. Keyinchalik qator yillar bu xushfe’l, shirinzabon, har bir o‘quvchiga alohida yondoshuvchi va hech qachon hatto o‘ta ziddiyatli holatlar- da ham ovozini ko‘tarmasdan sokinlik bilan har qanday muammoli vaziyat- dan chiqib ketadigan inson bilan birga ishladik. Ha, Xamza aka haqiqiy o‘qituv- chi-murabbiy, yaxshi ustoz, shogirdlari kamoli uchun tinimsiz mehnat qiladigan va katta-kichikka birdek, ochiq ko‘ngil ajoyib inson, yetuk murabbiy, oilaparvar sevimli ota edilar. Xamza Halimovning yuksak saviyali o‘qituvchi-murabbiy bo‘lishla- ri bilan birga mohir tarixchi ijodkor ekanliklari ko‘pchilikka ma’lum emas. Xamza Umarovichning 2009-yilda “O‘zbekiston tarixi” fanidan “Eng qadimgi davrdan XXI asr boshlarigacha” nomli, 2010-yilda “Jahon tarixi” fanidan oliy o‘quv yurtlariga kiruvchilar uchun “Eng qadimgi davrdan XX asr boshlarigacha”nomli qo‘llanmalari va 2013-yilda esa “Kattaqo‘rg‘on tarixi” (Qadimgi davrdan XXI asrning 2010-yillarigacha) nomli risolalari chop etilgan. Xamza Halimovning ta’lim- -tarbiya yo‘nalishidagi ko‘p yillik samarali mehnati munosib baholangan. 1988-yilda “Metodist o‘qituvchi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan, 1991-yilda “Oliy toifali o‘qituvchi”- darajasiga ega bo‘lgan, 1992-yilda “O‘zbekiston Xalq ta’limi a’lochisi”unvoni, 1998-yilda esa “Akademik Vohid Abdullo” nomli ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Ushbu jonkuyar o‘qituvchi, ustoz-murabbiy, mohir ijodkor va sevimli otaning muqaddas nomlari hech qachon o‘chmaydi. Ushbu Hazrati inson yaqin do‘st-birodarlari, hamkasblari, shogirdlari va farzandlari qalbida abadiy yashaydi. O‘z muxbirimiz. di. O‘qituvchi va o‘quvchilar ko‘magida to‘plangan materiallar asosida mazkur maktabga 30 yildan ortiq direktorlik qil- gan P.Ye.Remontov hayoti va ish faoliya- tiga bag‘ishlangan “Maktab uning nomi bilan atalgan”, “Maktabimiz bitiruvchila- ri”, “Ikkinchi jahon urushi qahramonla- ri-hamshaharlarimiz” va boshqa ko‘plab devoriy taxtalar tashkil qilindi. Davlatimizning “Milliy kadrlar tayyorlash dasturi” ijrosini taminlash yo‘lida ta’limning yangi ilg‘or usul va us- lublari joriy etildi. O‘quv-tarbiya jarayoni ma’lum darajada yuqorilashdi, maktab moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi. Venera Ishbekova rahbarligida maktab o‘qituvchilari jamoasi pedagogik mahorati yuqori darajaga ko‘tarildi. Mak- tab tarixida ilk marotaba 3-maktab “Yil maktabi” ko‘rik-tanlovida ishtirok etib, laureat bo‘ldi. “Hayot daryosi” nomli romani us- tida V.D.Ishbekova qator yillar ishladi. Ro- manning alohida boblari vaqtli matbuot nashrlarida e’lon qilindi. Taniqli yozuvchi, mohir tashkilot- chi rahbar avlodlar uchun ulkan ma’naviy meros qoldirib, oltmish uch yoshida bu yorug‘ dunyoni tark etdi. Uning nurli xotirasi yaqinlari, shogird va o‘quvchilari hamda yorqin ijodiyoti mux- lislari qalbida abadiy saqlanib qoladi. Hamidullo XUSHVAQTOV, jurnalist.
3 2024-yil 7-may, seshanba, 11(992)-son Nigoh Kattaqo‘rgʻon kattakurgon-tongi.uz facebook.com/Kattakurgontongirasmiy t.me/KattakurgonT tongi Maktab–ulkan bilimlar makoni. Birinchi sinfga qabul qilingan nav-niholga har bir harf va raqamni yozish,tengdoshlari bilan til topish, jamiyatimizni mitti bo‘lagi sifatida o‘zini his qilishga o‘rgatish qanchalik murakkab va maroqli... Yana maktabni, har bir o‘quvchi uchun katta oila va bu dargohda ota-onalar misli jajji xilqatlarni bilimlar go‘lshaniga boshlovchi mehribon o‘qituvchi-murabbiylar mavjud, muqaddas dargoh desa mubolag‘a bo‘lmaydi. Muxtasar qilib aytganda maktabda biz haqiqiy do‘stlar orttiramiz, bilim olib, hayotni o‘rganamiz. Maktab-inson hayotining eng ajoyib unutilmas davridir. Mening maktabim Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahridagi Ulug‘bek Barnoyev ko‘chasida joylashgan. Maktabimizga Ozoda Yusufjonovna Salimova rahbar bo‘lganlaridan keyin maktabimiz binosi yangidan qurilib, moddiy-texnikaviy bazasi boyitilib, yanada ko‘rkamlashdi. Ustozlarim haqida so‘z yuritar ekanman, doim Iskandar Zulqarnayn to‘g‘risidagi hikoyat yodimga tushadi. U ishg‘ol qilgan yurtning taxtiga birinchi bo‘lib ustozini o‘tqazar ekan. Bir kuni undan: “Nima uchun bunday qilasiz?” deb so‘rashganda, “Ota -onam tug‘ilishimga, ustozim esa yuksalishimga sababchi bo‘lganlar”, - degan ekan. Darhaqiqat, biz hayotning notekis yo‘llarida erishadigan har bir yutuqda ustozlarimizning hissalari bo‘ladi va ular haqli ravishda yuksak mukofotlarga loyiq zotlardir. To‘g‘ri, o‘quvchilik yillarimizda jon kuydirib, bizlarni o‘qitib, eng avvalo yaxshi inson, keyin yaxshi mutaxassis, qolaversa, fozil shaxs bo‘lsin deguvchi ustozlarimizning qadriga yetmaymiz. Men hozirgi darajaga erishganimdagina dunyoga o‘zgacha nigoh bilan boqib, hozirda oz bo‘lsada yuksalishimga sababchi bo‘lgan insonlar, ustozlarim ekanligini angladim. Ular haqida gapirar ekanman, vujudimni hayajon, yoqimli his-tuyg‘ular cho‘lg‘aydi. Chunki bu insonlar mening hayot yo‘limni yoritguvchi yo‘lchi yulduzlar sifatida ijod yo‘liga kirib kelishimga sababchi muallimlarim hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflarda menga ta’lim bergan ustozim Gulnoza Adilova adabiyot sohasiga qadam qo‘yishimga ilk poydevor qo‘ygan bo‘lsalar, ona tilidan dars bergan o‘qituvchim Barno Matyunusova ijod olamiga kirishimga bosh sababchidir. U kishining har bir o‘tgan mashg‘uloti, mehrli nigohlari, sehrli so‘zlari qalbimda o‘chmas iz qoldirgan. Kelajakda men ham ustozlarim kabi ilmli, ma’rifatparvar va ijodkor inson bo‘laman. Ba’zan ustozimizni yo‘qlab maktabga borsak, u kishini ko‘zlaridan hayrat yog‘ilib turgan kechagina maktabga qadam qo‘ygan bolakaylar bilan mashg‘ul ekanini ko‘ramiz. U kishiga kasbidan zerikish begona, aksincha yillar o‘tgan sayin qalbi bolalarnikidek beg‘uborlashib boraveradi. Aynan shu sababli, har bir inson ustozini hurmat qilib, unga ehtirom ko‘rsatishi lozim. Ustozlarimizning o‘ta murakkab, lekin zavqli mehnati bizga bergan nasihatlari qalbimizda bir umr saqlanib qolishi va bizlar uchun yuksak ibrat namunasi bo‘lishi shubhasizdir. Parizoda MARATOVA, Kattaqo‘rg‘on shahar 11-maktabi bitiruvchisi. USTOZLAR IZIDAN B U T U N J A H O N M E H N A T N I M U H O F A Z A Q I L I S H K U N I G A BAG‘ISHLANDI O‘zbekiston kasaba uyushma- lari Federatsiyasining Samarqand viloyati Kengashi majlislar zalida 26-aprel – “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” ga bag‘ishlanib “Iqlim o‘zgarishining mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga ta’siri” mavzusida tadbir uyushtirildi. Tadbirda Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi Farxodjon Xanapiyayev, Aviatsiya xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi Ulug‘bek Nazirov, Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Samarqand viloyat boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Abdurashid Raximov, viloyat ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i To‘raxon Hoshimov hamda ijtimoiy hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar. Tadbir doirasida“Yosh mutaxassis” yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichida Kattaqo‘rg‘on shahar Maktab va mak- tabgacha ta’lim tashkilotlari o‘rtasida- gi o‘tkazilgan shu yo‘nalishdagi ko‘rik- -tanlovining Kattaqo‘rg‘on shahar bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 4-son davlat MTT "Mehnat muhofazasi" bo‘yicha mas’ul shaxs Dilnoza Ikromova ham ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi hamda tanlovning respublika bosqichida ishtirok huquqini qo‘lga kiritdi. Tadbir yakunida ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan g‘oliblar Respublika kasaba uyushmalari Federatsiyasining viloyati Kengashi Diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Hamshaharimiz Dilnoza Ikromovaga ko‘rik-tanlovning respublika bosqichida ham faol ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritishiga tilakdoshmiz! “Kattaqo‘rg‘on tongi” “ Z A KOVAT ” I N T Е L L Е KT UA L O ‘ Y I N I P RO KU RO R L I GAS I GA YA NA STA RT B Е R I L D I Kattaqo‘rg‘on shahar prokurori Ismoil Nuriddinov tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning bilimlarini yanada oshirish maqsadida o‘tkazib kelinayotgan “Zakovat” intellektual o‘yini prokuror ligasiga yana start berildi. “Zakovat” intellektual o‘yini- ning 1-turi 24-aprel kuni bo‘lib o‘tdi. Shahrimiz umumta’lim mak- tablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tka- zilayotgan ushbu aqlni charxlovchi musobaqada ishtirok etuvchi barcha jamoalarga omad tilaymiz! Eslatib o‘tamiz: dastlabki bellashuv joriy yilning yanvar-mart oylarida o‘tkazilgan bo‘lib, unda: 1-o‘rin 11-IDUM jamoasiga; 2-o‘rin 7-son Ixtisoslashtirilgan Prezident agentligi maktabi jamoasiga; 3-o‘rin esa 15-maktabi jamoasiga na- sib etgan edi. Muyassarbonu SIROJIDDINOVA, Kattaqo‘rg‘on shahar 2-IDUM 11-sinf o‘quvchisi. IMO-ISHORA TILINING KЕLIB CHIQISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI Hozirgi davrda imo-ishora tillari dunyoning katta qismida tez rivojlanib bormoqda. Buni qarangki, yaqindagina Buyuk Britaniyada kar bolalar sinfda imo-ishora tilidan foydalanganligi uchun jazolanar edi. Endi esa imo-ishora tillari nafaqat saqlanib qolganligi, balki rivojlanayotganligi tufayli ko‘plar bu tilni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar. Buyuk Britaniyada 90 000 ga yaqin kar insonlar ushbu tildan foydalanadi va ota-onasi kar bo‘lgan bolalar uchun bu til birinchi til hisoblanadi. AQSHda nemis tiliga qaraganda 2013-yildan boshlab har yili Amerika imo-ishora tili kurslariga ko‘proq bakalavriat va magistratura talabalari yozilmoqda. Aytish joizki, bu til fransuz, nemis, ispan va xitoy tillari qatorida zamonaviy tilga aylanib bormoqda. Boshqa mamlakatlarda ham imo-ishora tillari rasmiy tillar sifatida tan olinib, o‘qitishning milliy o‘quv dasturidan o‘rin oldi. Janubiy Afrika davlati tomonidan joriy etilgan kattalar savodxonligi dasturi doirasida Janubiy Afrika imo-ishora tilini o‘rgatuvchi 60 nafar o‘qituvchi yollandi va Yamayka imo-ishora tili shu oy boshida Yamayka milliy o‘quv dasturiga kiritildi. Imo-ishora tillarining rivojlanishini ko‘plab sabablarga ko‘ra mamnuniyat bilan qabul qilish kerak, jumladan, ularni o‘rganish aqliy qobiliyatning rivojlanishiga olib keladi. Bizga tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, Vashingtondagi universitetda, ASL o‘rganayotgan bolalarni sinfdagi kuzatishlar va suhbatlar orqali aniqlanganidek, madaniy xilma-xillikni ko‘proq qadrlashadi. Og‘zaki va imo-ishora tillarini o‘rganishning afzalliklaridan yana biri shundaki, imtiyozlardan foydalanish uchun u ravon bo‘lish shart emas. Ammo ko‘pgina mamlakatlarda ijtimoiy klublar, tarmoqlar va kar insonlar uchun targ‘ibot guruhlari turli xil xalq tilini keltirib chiqardi. Instagram va Tik Tok kabi internet va ijtimoiy media platformalari yordamida kontent yaratuvchilari endi ularni dunyo bilan baham ko‘rishmoqda, bu esa ko‘proq xabar-dorlik va hurmat hamda ushbu tillarni o‘rganishga qiziqishni oshirmoqda. Feruzabonu NOMOZOVA, TDU tarjima nazariyasi va amaliyot yo‘nalishi talabasi.
Kattaqo‘rgʻon 4 tongi Ma’naviyat 2024-yil 7-may, seshanba, 11(992)-son Kattaqo‘rgʻon tongi MUASSIS: Xalq deputatlari Kattaqo‘rgʻon shahar Kengashi va shahar hokimligi Мuharrir: Tohir HAMIDOV Gazeta Samarqand viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasida 2007-yil 17-yanvarda 09-23 raqami bilan ro‘yxatga olingan. Gazeta formati: A3 Nashr indeksi: 438. 1625 nusxada chop etildi. Buyurtma: 210 Gazeta bir oyda 2 marotaba chop etiladi. Murojaat, reklama va e’lonlar uchun: (66) 455-24-95 Manzilimiz: 140800, Kattaqo‘rgʻon shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 146-uy. Gazeta “Noshir lyuks” MChJ bosmaxonasida chop etildi. Korxona manzili: Samarqand shahri, Spitamen ko‘chasi, 270-uy. Navbatchi: Sotuvda narxi kelishilgan holda Bosishga topshirish vaqti: 7-may 12:00 da. H. XUSHVAQTOV Sahifalovchi: A.SHUKUROV Gazetamizning 11-sonini elektron ko‘rinishda o‘qimoqchi bo‘lsangiz, QR-kodni telefoningiz orqali skanner qiling. kattakurgon-tongi.uz facebook.com/Kattakurgontongirasmiy t.me/KattakurgonT AYOL Yigitlar maktubin bitganda qondan, Kelinlar firoqdan chekkanda yohu, Uning ham panohi qaytmadi jangdan, O‘n to‘qqiz yoshida beva qoldi u. Sevgidan yetimu umrdan yarim, Qurigan ko‘ksida yolg‘iz belanchak. Abadiy firoqni, hayhot, do‘stlarim, Abadiy visol deb bildi kelinchak. Qaqragan lablarda olovli nafas, Kechalar kechmishin ayladi ko‘mir. Parishon sochlari yor ko‘ksi emas, Muzdayin bolishda qoldi bir umr. Yillar ham o‘tdilar, hamon u yolg‘iz, Mung‘ayib termular botguvchi kunga. Ey nomarda tabiat, bormi senda his, Qaytadan baxt bersang bo‘lmasmi unga?! Nahot ishq qismati buncha berahim, Bunchalar buyuksan vafo shevasi. Sengadir hurmatim, senga sharafim, Qahramon jangchining sodiq bevasi. Siz-chi ey, sadoqat satridan nolib, Nadomat komida qolganlar, ayting. O‘zini ming bitta bozordan olib, Ming bitta bozorga solganlar, ayting. Shu cho‘lpon ko‘zlarning buyuk hurmati, Shu aqiq lablarning rost so‘zi deya, So‘ylang-chi, vafoning nadir qimmati, Siz ham kutganmisiz biror soniya?! Ba’zida tirnoqlar bezagi uchun Sahardan shomgacha qilursiz toqat. Biroq yoringizni kutgali nechun Topilmas tirnoqcha sabru qanoat. Nazokat paytimas, yaqinroq keling, Buyuk zot qoshida aylangiz salom. Shu sodiq bevaga sajdalar qiling, Shu sodiq bevaga aylang ehtirom. Hatto zeb-ziynatni yulqib ziyoda, Haykal ham qo‘yingiz bamisli xayol. Shundaylar bulmasa agar dunyoda, Bu qadar muhtaram bo‘lmasdi ayol. Abdulla ORIPOV, O‘zbekiston qahramoni, Xalq shoiri. O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN QURILGAN UY VA IMORATLAR AYOVSIZ BUZILADI ! Ma’lumki, yerdan maqsadli foydalanilishi ustidan davlat nazorati Kadastr agentligi tomonidan amalga oshiriladi.Agentlikning Samarqand viloyat boshqarmasi va uning Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi xodimlari yer to‘g‘risidagi qonunlar ijrosi ustidan tizimli nazorat o‘rnatish, yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rib kelmoqda. Kadastr agentligi direktori tomonidan Respublika hududlarida yer va kadastr nazorati tadbirlarini yanada kuchaytirish maqsadida “Dolzarb 40 kunlik” e’lon qilindi.Endilikda dronlar yordamida nazorat tadbirlari olib borilib, O‘zbek-kosmos agentligi tomonidan taqdim etilgan kosmik suratlarni taqqoslash orqali qonunbuzarliklar aniqlanadi. Agentlikning Samarqandviloyat boshqarmasi va uning Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limida “Dolzarb 40 kunlik” doirasida Yer nazorati ishlarini faollashtirish o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni aniqlash va qonun buzilish holatlariga nisbatan keskin choralarni ko‘rish uchun doimiy Ishchi guruhlari tuzilib, o‘z ish faoliyatini boshladi. Mazkur jarayonda yer nazoratchi inspektorlar tomonidan aniqlangan holatlar joyiga chiqqan holda maxsus planshetlar yordamida “E-Yer nazorat” axborot tizimiga kiritiladi va onlayn nazorat qilinadi.Jinoyat alomatlari bor holatlar, ya’ni sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash va unda noqonuniy qurilish qilish holatlari Prokuratura organlariga yuborilmoqda. Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari raisligida 2023-yil 27-oktyabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda respublikada 2 million 400 mingdan ortiq xonadonning egalik hujjati yo‘qligi, ularning kadastr hujjati qilinsa,odamlarga huquqiy, iqtisodiy zamin bo‘lishi ta’kidlanib, hujjatsiz uy-joylarga egalik huquqini berish bo‘yicha qonun loyihasini yakuniga yetkazish vazifasi qo‘yilgan edi. Bugungi kunda ko‘plab yurtdoshlarimiz Oliy Majlis qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Senatiga yuborilgan “Noqonuniy o‘zlashtirib olingan hamda mazkur yerlarga o‘zboshimchalik bilan qurib olingan obyektlarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish” to‘g‘risida-gi qonunni kutishayotgani sir emas. Hujjati yo‘q uylarga kadastr hujjatlarini qilib berish boshlanishi haqidagi xabarlar tarqalganidan keyin ayrim “uddaburonlar” tezkorlik bilan imorat qurib olib, “bu uyni 5-10 yil oldin qurganman deb iddaoqilsam hujjatlashtirib olaman” deb o‘ylashi natijasida hududlarda yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab, qurilish qilayotganlar ham uchramoqda. Ammo “Qonun chiqsa, uyimga hujjat qilib olaman” deb noqonuniy qurilish boshlab xato o‘ylashadi. Sababi, Kadastr agentligi tomonidanyerlarning holatini o‘rganish bo‘yicha kosmik syomkalar, xaritalari bor. Ular yordamida 5-10 yil, hatto 20 yil ortga qaytarib tekshirishimiz mumkin. Bu jarayonda insonlar faqat o‘zlariga moddiy zarar ko‘rishlari bilan bir qatorda, jinoiy javobgar bo‘lishlari mumkin.Sababi birinchidan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olganlik, u yerga noqonuniy qurilmani amalga oshirganlik uchun qonunchiligimizda Ma’muriy javobgarlikdan, Jinoiy javobgarlikkacha choralar belgilangan.Shuning uchun bunday toifadagi insonlar hozirgi kunda o‘zboshimchalik bilan imorat qurayotgan bo‘lsa, o‘z-o‘zidan to‘xtatishlarini va yerni asl holatiga qaytarishlarini so‘raymiz. Qabul qilinishi kutilayotgan qonunda hozirgi davrda egallab olib qurilish qilayotgan binolarga huquqni e’tirof etishi nazarda tutilmagan. Aksincha hozirda yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilish qilayotganlar qonunbuzarlik turiga ko‘ra ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi. Yer maydonlarini noqonuniy yegallab olingani uchun jinoiy javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 197¹ hamda 229¹-moddalarida belgilangan.Eng muhim qismiga to‘xtalib o‘tamiz, 229¹-moddaning birinchi qismiga ko‘ra,Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish, xuddi shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuzbaravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 229¹-moddaning ikkinchi qismida, Sug‘oriladigan yer uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda o‘zboshimchalik bilan egallab olish, — bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 2 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilangan. Yer – umummilliy boylik, eng muhim tabiiy resurslardan biri bo‘lgani uchun ham undan samarali va belgilangan maqsadda foydalanish zarur. Har bir qarich yerning hisobi bor. Nazorati ham shunga yarasha kuchli bo‘ladi. Shu o‘rinda, hurmatli yurtdoshlarimizdan yerga oid qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilishlarini, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab, huquqbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘ymasliklarini yana bir bor so‘rab qolamiz. Zero, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallaganlik holatlariga qarshi keskin kurashishda Qonun ustuvorligi albatta ta’minlanadi. Sh.MOVLONOV, Kadastr agentligining Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi boshlig‘i. REKLAMA, E’LONLAR, BILDIRISHLAR / GAZETADA CHOP ETILAYOTGAN REKLAMA VA E‘LONLAR SAMARALI VA HAMYONBOP / MUROJAAT UCHUN TELEFON: 97 287 33 76 DA’VOLAR BO‘LSA... O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Botirov Ozod Komilovich idorasida fuqaro marhum Shadi Kadirov (2001-yil 2-sentyabrda vafot etgan)dan qolgan mol-mulkka nisbatan meros ishi ochildi. Shu munosabat bilan barcha merosxo‘rlarning notarial idorasiga murojaat qilishlari so‘raladi. *** O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Kurbonov Ayub Toxirovich idorasida fuqaro marhum Kotlyar Inna Xudayberdiyevna (2023-yil 14-dekabrda vafot etgan)dan qolgan mol-mulkka nisbatan meros ishi ochildi. Shu munosabat bilan barcha merosxo‘rlarning notarial idorasiga murojaat qilishlari so‘raladi. Manzil: Kattaqo‘rg‘on shahar, Alisher Navoiy ko‘chasi, 148-uy, notarial idorasi. *** O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Sharipov Elyorjon Tolibdjonovich idorasida fuqaro marhum Sali Mulimarov (1995-yil 11-fevralda vafot etgan)dan qolgan mol-mulkka nisbatan meros ishi ochildi. Shu munosabat bilan barcha merosxo‘rlarning notarial idorasiga murojaat qilishlari so‘raladi. *** O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Sharipov Elyorjon Tolibdjonovich idorasida fuqaro marhum Xodjayev Xamidula Abdullayevich (2022-yil 5-iyulda vafot etgan)dan qolgan mol-mulkka nisbatan meros ishi ochildi. Shu munosabat bilan barcha merosxo‘rlarning notarial idorasiga murojaat qilishlari so‘raladi. *** O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Sharipov Elyorjon Tolibdjonovich idorasida fuqaro marhum Rogov Vladimir Alekseyevich (2023-yil 24-vafot etgan)dan qolgan mol-mulkka nisbatan meros ishi ochildi. Shu munosabat bilan barcha merosxo‘rlarning notarial idorasiga murojaat qilishlari so‘raladi. Manzil: Kattaqo‘rg‘on shahar, Alisher Navoiy ko‘chasi, notarial idorasi, raqamsiz uy. (Mo‘ljal: Jinoyat ishlari bo‘yicha shahar sudi binosi yonida. *** O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati Narpay tumani Oqtosh shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Pardayev Mexriddin Muhriddin o‘g‘li idorasida fuqaro marhum Boboqulov Rustam Shodmonqulovich (2021-yil 17-noyabrda vafot etgan)dan qolgan mol- -mulkka nisbatan meros ishi ochildi. Shu munosabat bilan barcha merosxo‘rlarning notarial idorasiga murojaat qilishlari so‘raladi. Manzil: Narpay tuman, Oqtosh shaharchasi, Xalk bank yonida, notarial idorasi.