The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by azziikk, 2024-06-26 08:39:07

Kattaqoʻrgʻon tongi 27.06.24 14-Son

Kattaqoʻrgʻon tongi 27.06.24 14-Son

KATTAQO‘RG‘ON TONGI Vatanga xizmat – oliy saodat! Gazeta 1994-yilning 1-yanvaridan chiqa boshlagan G-mail: [email protected] 2024-yil 27-iyun, payshanba, 14(995)-son Saytimizga o‘tish uchun QRkodni telefoningiz orqali skanner qiling 2024-YIL – YOSHLAR VA BIZNESNI QO`LLAB-QUVVATLASH YILI (66) 455-24-95 “KATTAQO‘RG‘ON TONGI” GAZЕTASI XALQ XIZMATIDA SHAHAR HOKIMI, SЕNATOR GAVHAR ALIMOVANING 2 7 - I Y U N - M AT B U OT VA O M M AV I Y A X B O ROT VO S I TA L A R I XO D I M L A R I KU N I M U N O SA BAT I B I L A N BAY R A M TA B R I G I Avvalambor, Siz aziz jurnalistlarni , matbaa va nashriyot xodimlari, barcha jonkuyar ijodkorlarni, soha faxriylarini 27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy tabriklayman. Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari zimmasidagi vazifa mas’uliyatli va o‘ta mashaqqatlidir. Shu boisdan yurtimiz o‘z taraqqiyotining yangi va muhim bosqichiga qadam qo‘yayotgan bir davrda media sohasi vakillari – jurnalist va muharrirlar, blogerlar, tele-radio kanallar, gazeta va jurnallar, nashriyot xodimlari mamlakatimizning demokratik qiyofasini shakllantirish, uni dunyoga tarannum etishga beqiyos hissa qo‘shib kelayotganini bilamiz va qadrlaymiz. Jurnalistlar ro‘y berayotgan voqealarni teran anglamog‘i, xolisona baho bera olishi, o‘z hayoti bilan solishtirgan holda tahlil qila oladigan jonkuyar shaxs bo‘lmog‘i lozim. Kechayotgan bayram kunida shahrimiz jurnalistikasida o‘chmas iz qoldirgan ijodkorlar: Latif Ergashev, Fayzullo Nurullayev, Muqim Elmurodov, Rahimjon Sattorov, Meli Qobulov, Samariddin Sirojiddinov, Mardi Nuriddinov, Asqar Jalilov, Hamroqul Jamilov, G‘ayrat Shukurov, Abduaziz Hoshimov, Mamadali Ergashev va boshqalarning muborak nomlarini tilga olamiz va ularning porloq xotiralari oldida bosh egamiz. Bugun shahar hokimligi Axbort xizmati va “Kattaqo‘rg‘on tongi” gazetasining rasmiy sahifalarida chop etilayotgan maqola va xabarlar, lavha va fotoreportajlar mazmun- -mohiyati, dolzarbligi bilan shahrimiz ijtimoiy va madaniy hayotini basma-bas o‘z sahifalarida aks ettirmoqda. Ishonch bilan aytish mumkinki, jurnalistlar va blogerlar shahrimiz hayotining ajralmas qismiga aylandi, aholi orasida ularning nufuzi oshdi. Bu esa ularning haqiqiy jurnalistika kuchini borgan sari ko‘proq his qilayotgan mushtariylar va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari hurmatiga sazovor bo‘layotganidan darak beradi. Bu, shubhasiz, katta yutuq va shu bilan birga Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosidir! Aziz jurnalistlar! Ushbu bayramona kunda kasb ayyomingiz munosabati bilan eng iliq tabrigimni qabul qilgaysiz. Biz fidoiyligingiz, iste’dodingiz, yuksak g‘oyalarga sodiqligingiz, mehnatingiz, har bir insonning yurak-yuragiga kirib boruvchi va hayotimizni yanada yaxshilashga xizmat qiluvchi so‘zingiz uchun sizdan chin dildan minnatdormiz. Yana bir bor Siz azizlarni bayramingiz bilan chin dildan muborakbod etib, sihat-salomatlik, xonadonlaringizda tinchlik- totuvlik hamda yangi ijodiy yutuqlar tilayman. Bugungi kunda televideniya, radio, gazeta-jurnallar, qolaversa, elektron OAVlari xalqimizning ilmiy- -ma’rifiy, ma’naviy-madaniy saviyasini yuksaltirish, mazmunli hordiq chiqarishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish yo‘lida o‘z faoliyatini takomillashtirib borayotgani barchaga ma’lum. Kattaqo‘rg‘onlik ijod ahli, mamlakatimiz rupori bo‘lgan jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, qolaversa, axborot tarqatishga mas’ul bo‘lgan barcha-barcha hamkasb-larimiz o‘zlarining an’anaviy kasb bayramlarini ko‘tarinki kayfiyat, qalblarida g‘urur va ulkan yutuqlarini qo‘lga kiritgan holda kutib olmoqdalar. O‘zbekiston jurnalistikasi avvalida jonbozlik ko‘rsatgan taniqli satirik shoir, dramaturg, publitsist yozuvchi, hamshahrimiz Abdulhamid Majidiy dahosidan bahramand bo‘lgan, uning teran fikrlari, dovyurakligidan ibrat olgan ko‘plab iqtidorli, elda tanilgan, mashhur jurnalistlar nomlarini Kattaqo‘rg‘on shahri ahli faxr-iftixor bilan tilga oladi. O‘tgan asrning o‘ttizinchi yillaridan boshlab chop etilgan otaxon gazeta – “Kattaqo‘rg‘on haqiqati”beshigini dastlab tebratgan G‘ulom Murodov, Saloh Mahmudovlar bilan hamkor bo‘lgan Tohir Karimov, Umar Rahimov, Latif Ergashev, Muqim Elmurodov, Fayzulla Nurullayev, Rahimjon Sattorovlar safiga Malik Navro‘zov, Qobiljon Uzoqov, Soli Otajonov, Yazdon Xudoyqulov, Ahmadjon Ismoilovlar gazetamizning ilk fidoyi ijodkorlaridir. Ana shu zukko va katta hayot tajribasiga ega bo‘lgan jurnalistlar maktabida tahsil olgan Sharof Sharipov, Meli Qobulov, Shamsi Odilov, Samariddin Sirojiddinov, Mardi Nuriddinov hamda Eshmurod Eshquvvatovlar kelib qo‘shildilar. Ro‘znomamizning o‘tgan yillarda chuqur mazmun-mohiyatli chop etilishida Izzatillo Bekmurodov, Malik Elmurodov, Ro‘zimurod Nurnazarov, Inatullo Rustamov, Jonxo‘roz To‘qsonov, Xamroqul Mirzayev, Abdulla Ro‘ziyev va boshqalarning mehnatlarini alohida e’tirof etamiz. Ustozlar o‘gitini olgan G‘ayrat Shukurov, Xamroqul Jalilov, Ochil Rahmatov, Muxtor Nasriddinov, Turdi Xalilov, Fayoz Majidov, Mamadali Ergashev, Karim Nosirov, Asqar Jalilov, Eshpo‘lat Safarov va Melis Toshev singari jurnalistlar bu maktab saboqlarini dilga jo etib,barakali va samarali qalam tebratishganlar. Biz kasb bayrami munosabati bilan bugun qatorimizda bo‘lmagan barcha ustozlarning joylari arshda bo‘lib, oxiratlari obod bo‘lsin, deymiz. Bugungi kunda teran qalam tebratayotgan Anvar Abdihamidov, Hilola Ergasheva, Ismatullo Umarov, Fazilat Abdullayeva, Erkatosh Shukurova, Ruxsora Allayorova, Hamidullo Xushvaqtov va boshqalarni mamnuniyat bilan tilga olamiz. Matbuot – millionlar minbari. Shunday ekan, mustaqillik sharofati ila 1994- yilning 1- yanvaridan boshlab chiqa boshlagan “Kattaqo‘rg‘on tongi” gazetasi ham o‘z mushtariylari mehrini qozonib, ularning sevimli va o‘qimishli ro‘znomasiga aylandi. Shu kungacha gazetamizning mingga yaqin soni bosmadan chiqarilib, o‘z o‘quvchilari qo‘liga borib tegdi. Gazetamizning o‘z vaqtida sifatli chop etilishida qalami o‘tkir ijodkor, mas’ul kotib Hamidullo Xushvaqtov, tasvirchi Aziz Shukurov, ishchi xodimlarimiz Mavjuda Djamalova, Gulnoza Elmurodovalar jonbozlik ko‘rsatishmoqdalar. Gazetamizning mazmundor,sifatli, o‘z muddatida chop etilishida “NoshirLuks” MCHJ bosmaxonasi jamoasi, nashrimizning o‘z vaqtida mushtariylarimitz qo‘liga borib yetishida jonbozlik ko‘rsatayotgan O‘sar Rasulov, pochta aloqa bo‘limi xodimlaridan mamnunmiz. O‘zbekiston Jurnalistlari va yozuvchilari uyushmasi a’zosi, shoira Fazilat Abdullayeva, O‘zbekiston yozuvchilari uyushmasi a’zosi shoira Erkatosh Shukurova, shahar hokimligi Axborot xizmati rahbari Anvar Abdihamidovlar gazetamiz bilan mudom hamkor, hamnafas. Ommaviy axborot vositalari va matbuot xodimlari kuni munosabati bilan barcha hamkasblarni, matbaachilarni, jamoatchi muxbirlar va uning chiqishini intiqlik bilan kutib olayotgan gazetsevar mushtariylarni bayram bilan muborakbod etamiz. Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin, aziz hamkasblar! Tohir HAMIDOV, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi.


2 Kattaqo‘rgʻon Ijtimoiy hayot 2024-yil 27-iyun, payshanba, 14(995)-son tongi kattakurgon-tongi.uz facebook.com/Kattakurgontongirasmiy t.me/KattakurgonT Shoira Ruxsora Olloyorova bilan ijodiy uchrashuv Jamiyatimizda aholida kitobxonlik madaniyatini tarbiyalash va axborot-kutubxona xizmati ko’rsatish orqali mustaqil bilim olishga yordam sifatida aholi o’rtasida kitobxonlikni yuksak pog’onaga ko’tarish va rivojlantirishga yordam beradigan g’oyalarni joriy etish maqsadida zamon talablariga mos zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida amalga oshirilayotgan axborot-kutubxona xizmati aholining ma’naviy ongi va intellektual salohiyatini yanada rivojlantirishda yaxshi samara berib kelmoqda. Kattaqo’rg’on shahar Axborot-kutubxona markazida o’tkazib kelinayotgan madaniy-maʼrifiy tadbirlar, kitob taqdimotlari, ijodiy uchrashuvlar, kitob targʻibotiga oid qiziqarli chellenjlar, davra suhbatlari, ekskursiyalar, aksiyalar, kitobxonlik ko’rik-tanlovlari hamda "Zakovat" intellektual o'yinlari kitobxonlar qamrovini kengaytirib, ularni kutubxonaga chorlamoqda. Ijodkor yoshlar tashabbusi bilan joriy yilning 5-sanasida Axborot-kutubxona markazida Xalqaro “Turon” yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Do’rmon” ijodkorlar klubi a’zosi, kattaqo’rg’onlik ijodkor, shoira Ruxsora Allayorova bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Shoira Ruxsora Allayorova hamda adabiyotga ixlosmand o'quvchi yoshlar ishtirok etgan uchrashuv taassurotlarga boy bo'ldi. Ushrashuv davomida shoira R.Allayorova yoshlarga o’zining hayot yo’li, samarali ijodi haqida so’z ocharkan, u yoshlarga: “Men nimagaki erishgan bo’lsam, nimagaki kirishgan bo’lsam buning zamirida mo’jizakor kitoblar turadi. Hanuzgacha ham kitob mutolaasi mening eng sevimli mashg’ulotim. Bu xislat menga rahmatli onamdan o’tgan. Oliygohni tugatib, oilali bo’lgan chog’im ham mening qimmatbaho sarpom – kitoblarim edi. Allohga shukrki, turmush o’rtog’im ham, farzandlarim ham kitoblar bilan do’stmiz. Kitoblar hayotimizni bir bo’lagidir, ular o’z sehri bilan bezaydilar. Ijodim davomida bejizga ilk vahiy “Iqro” ya’ni “o’qi” deyilmagani, Robbimiz bashariyatni kamol topishini tanho yo’lini ilm ekanligini bekorga ta’kidlamaganiga amin bo’ldim. Yozgan kitoblarimni jamlanmasi “Kimligimni so’z aytar” to’plamimni o’qib chiqib tashakkur aytib duolar qilgan insonlar ham barchalari kitobga oshno qalblar, ilmli, martabalari baland insonlar edi. Taniqli shoiraTursunoy Sodiqova, ustozlar ustozi rahmatli Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarini nazarlariga tushirgan ham chorak asrlik mehnatlarim, ijodim shu kitoblarim edi”, - deb, o’quvchi yoshlarga kitoblar ijod yo‘lini bardavom bo‘lishiga turtki berganini qayd etdi.Shuningdek, shoira R.Olloyorova kelajak avlodga faqat va faqat o‘qib o‘rganish, ilm olish kerakligi haqida takror-takror ta’kidlab o‘tdilar. Men ham, bizni ahli jamoamiz ham shoiramiz bilan faxrlanamiz. Ularning ijodlariga muvaffaqiyat hamda ijodiy ilhom tilaymiz. Uchrashuv davomida shoira o‘zining ijodidan she’rlar o‘qidi. Qiziqarli savol-javoblar bilan o‘tkazilgan uchrashuv yosh ijodkorlarga katta taassurot qoldirdi. Haftalik yakunida Axborot-kutubxona markazi ma’muriyati tomonidan minnatdorchilik bildirilib, ijodkorga tashakkurnoma taqdim qilindi. Kitob tafakkur va qalb ehtiyojini qondiruvchi omil sifatida inson ruhini tarbiyalaydi. Kitob mutolaasi insonda ma’naviy bo‘shliq paydo bo‘lishiga zinhor va zinhor yo‘l qo‘ymaydi, shunday ekan kitobni mutolaa qiluvchi har qanday inson yuksak ma’naviyat sohibi bo‘lib yetishishi mumkin. Shunday ekan, aziz yoshlar kitob o‘qing . Zero, kitob insonning hayot yo‘lida yo‘ldoshi bo‘lsa, hayot so‘qmoqlaridan ravon va mamnuniyat bilan o‘tadi. Nilufar INATULLAYEVA, Kattaqo’rg’on shahar Axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari. KO ‘ R I B , B I L I B , “CHЕRTIB” YOZARDI... Kattaqo‘rg‘onning “katta” qalamkashlaridan biri, rahmatli Fayzulla Nurullayev el suygan, qalbdan e’zozlangan jurnalist edi. Zukko, bilimdon, o‘ta ziddiyatli hollarda ham og‘ir, bosiq, suhbatdosh fikrini sabr-toqat bilan tinglaydigan, o‘rni kelganda xushchaqchaq, bir so‘z bilan aytganda, 60-70 yillarning ilg‘or ziyolilaridan edi, Fayzulla aka. Bugungi nurafshon, farahli kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor. Butun umrini matbuotga baxshida etgan salohiyatli jurnalist, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Fayzulla Nurullayev bugun hayot bo‘lganida ibratli, mashaqqatli, mazmundor umrining 100 bahorini qarshilardi. Dilkash ustoz, so‘zi ham, qalami ham o‘tkir jurnalist Fayzulla Nurullayev oramizda jisman yo‘q, xolos. U kishining xotirasi sodiq shogirdlari, minglab gazetxonlar qalbida muhrlangan. Fayzulla bolaligidan adabiyot, matbuot oshig‘i edi. Shu bois, “Kattaqo‘rg‘on haqiqati” gazetasi muharririyati xodimlari hech ikkilanmasdan o‘rta maktabni endigina tugatgan yosh, faol muxbirni o‘z jamoalari safiga chorlashdi. Izlanuvchan, tinib-tinchimas Fayzulla o‘z xabar, maqolalari, hatto tanqidiy chiqishlari bilan tezda nazarga tushdi. To‘g‘ri, qirqinchi yillarda jurnalist kadrlarga ehtiyoj katta bo‘lgan. Fayzulla Nurullayev ustozlarga yondashib, ularning maslahatlariga amal qilib, qisqa fursatda tuman gazetasining adabiy xodimi, keyinchalik, qishloq xo‘jalik bo‘limi mudirligiga tayinlandi. ...Urush boshlandi. 1942-yilning yanvarida yigirma bir bahorni endigina qarshilagan g‘ayratli, ishchan qalamkash janggohlarga yo‘l oldi. 90-o‘zbek o‘qchi diviziyasi jangchilari safida shijoat ko‘rsatdi. “G‘alaba uchun”, “Sovet jangchisi” (o‘zbek tilida nashr etilgan front gazetalari)da muxbirlik qildi. Fayzulla Nurullayev bir necha jangovar nishonlar taqib, 1946-yili eson-omon ona shahri Kattaqo‘rg‘onga qaytdi. O‘sha yillari “O‘zbekiston dengizi” deb nom olgan –Kattaqo‘rg‘on suv ombori qurilishi avj olgan edi. Fayzulla Nurullayev mazkur qurilish shtabining nashri – “Kattaqo‘rg‘on hovuzi” gazetasida bir necha oy mas’ul kotiblik qildi, suv ombori bunyodkorlari haqida qator lavha, hikoyalar bitdi. Oltmishinchi yillarda esa, Fayzulla Nurullayev “Yosh leninchi” (hozirgi Turkiston) gazetasining Samarqand, Buxoro viloyatlari bo‘yicha maxsus muxbiri sifatida samarali xizmat qildi. O‘sha yillarning mashhur dehqonlari – Rahima Islomova, Ochil Mo‘minov, chilangar Yunus Yusupov va boshqalar haqida lavhalar bitdi. Cho‘lquvarlar haqida ocherklar to‘plami nashr etildi. Mohir, tajribali jurnalist bilimga g‘oyat chanqoqligini his etib, o‘z mehnat faoliyati davomida oliygoh sabog‘ini olishga ham muvaffaq bo‘lgan edi. Fayzulla Nurullayev umrining so‘nggi yigirma yilini Kattaqo‘rg‘on shahar va tuman gazetasi – “Kattaqo‘rg‘on haqiqati” (Zarafshon)ga bag‘ishladi. Mazkur gazetaning muharriri sifatida uning nashr ko‘rsatkichini 12-13 ming nusxaga yetkazishga muvaffaq bo‘ldi. Shu bois “Zarafshon” (Kattaqo‘rg‘on haqiqati) gazetasi jurnalistlar uyushmasining nufuzli mukofotlariga loyiq topildi. Ko‘p yillar davomida bu gazeta qoshida ishchi-dehqon muxbirlari xalq dorilfununi faoliyat ko‘rsatib, bu maktabdan o‘nlab malakali matbuot fidoiylari yetishib chiqdi. - Ba’zilar, yozishni bilsang bas, muxbirsanda, deyishadi. To‘g‘ri, muxbir uchun yoza bilish havodek zarur narsa. Lekin, muxbir uchun bundan ham zarurroq intilish, qobiliyat bo‘lmog‘i kerak, derdi mudom Fayzulla aka,- bu sen nima haqda yozmoqchisan, qanday muammoni ko‘tarmoqchisan, buning jamiyatga foydasi bormi, degan muhim masaladir. Nainki, xalq manfaatini ko‘zlamagan, balki xalqqa xizmat qilmagan maqola ham matbuotning obro’yiga putur yetkazishi mumkin-ku, axir?! Zero, Fayzulla Nurullayev ham ko‘p yozardi, tinmay yozardi. Lekin, o‘z e’tiroficha “bilib, ko‘rib, chertib” yozardi.- Men rahmatli Fayzulla akani jurnalistika bo‘yicha ilk ustozim deb bilaman, -derdi faxr bilan yozuvchi, dramanavis rahmatli Yazdon Xudoyqulov, - u kishi birgina viloyatimiz emas, balki respublikada tanilgan katta qalamkashlardan biri edi. Chunonchi, yozuvchi, jurnalist Mardi Nuriddinov, adabiyotshunos Samariddin Sirojiddinov, jurnalistlar: Omon Yo‘ldoshev, Haydar Bozorov, Asqar Jalilov, Mamadali Ergashev, Fazilat Abdullayeva, Ochil Rahmatov, G‘ayrat Shukurov, Xamroqul Jamilov va boshqalar ham matbuotning katta yo‘liga Fayzulla akaning duolarini olib chiqishgan. Ha, fidoyi jurnalist Fayzulla Nurullayevdan nurli izlar, qobil farzandlari, sadoqatli shogirdlar qoldi. U kishining farzandlari ham ayni damda otalaridek mehnatkash, bilimli, obro‘li, e’tiborli. Jumladan, Baxtiyor, Dilbar, Marhabo – xalq ta’limi faxriylari. Dilrabo – elga hamdard shifokor. Gulandom – iqtisodchi. Abduaziz HOSHIMOV, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi.


3 2024-yil 27-iyun, payshanba, 14(995)-son Nigoh Kattaqo‘rgʻon kattakurgon-tongi.uz facebook.com/Kattakurgontongirasmiy t.me/KattakurgonT tongi B O L A L A R N I N G 1 0 T A MUHIM HUQUQI Qonunchilikka ko‘ra, bola (bolalar) — 18 yoshga to‘lgunga (voyaga yetgunga) qadar bo‘lgan shaxs (shaxslar) hisoblanadi. Ularning qonunchilikda belgilangan ko‘plab huquqlari mavjud. Shulardan yen gmuhimlari haqida hudud24.uz ma’lumotberadi. 1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida” gi Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq har bir bolaga inson hamda fuqaro huquqlari va erkinliklari tegishli bo‘ladi hamda davlat tomonidan kafolatlanadi. 2. Yashash huquqi har bir bolaning uzviy huquqidir. Bola hayotiga sui- qasd qilish eng og‘ir jinoyatdir. 3. Har bir bola tug‘ilgan paytdan e’tiboran familiya, ism, ota ismi olish, millati va fuqaroligiga ega bo‘lish huquqiga, shuningdek. ularni saqlab qolish huquqiga ega. 4. Har bir bola erkinlik, shaxsiy daxl- sizlik, turar joyi daxlsizligi va xat- -xabarlarini sir tutish huquqiga ega. Shuningdek, har bir bola o‘z sha’ni va qadr-qimmatiga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga g‘ayri qonuniy aralashuvlardan himoyalanish huquqiga ega. 5. Har bir bolaga uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor shaxs- larining g‘ayri qonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. 6. Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o‘z ota-onasini bilishi,ular bilan birga yashashi va ularning g‘amxo‘rligidan foydalanish huquqiga ega, uning manfaatlariga zid bo‘lgan hollar bundan mustasno. 7. Har bir bola g‘ayri qonuniy ko‘chirilishdan va chet eldan qaytarilmaslikdan himoyalanish huquqiga ega. Bolaning chet elga safarlari faqat ota va onaning yoki ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslarning roziligi bilan qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi mumkin. 8. Oilada har qanday masala hal qilinayotganda bola o‘z fikrini ifoda etishga, shuningdek, har qanday sud muhokamasi yoki ma’muriy muhokama jarayonida so‘zlashga haqlidir. 9. Bola qonunda belgilangan tartibda xususiy mulk huquqiga ega bo‘lishi mumkin. Bolaning shaxsiy foyda- lanishida bo‘lgan, bola tomonidan ha- dya, meros tariqasida olingan, shaxsiy mehnati evaziga yoki boshqa qonuniy olingan buyumlar, mol-mulk uning xususiy mulkidir 10. Har bir bola o‘zining yoshi, sog‘lig‘ining holati va kasbiy tayyor- garligiga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat qilish, faoliyat turini va kasbni erkin tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash huquqiga ega. Ishga qabul qilishga 16 yoshdan yo‘l qo‘yiladi. 11. Har bir bola o‘zining yoshi, sog‘lig‘I hamda ehtiyojlariga mos keladigan dam olish va bo‘sh vaqtga bo‘lgan huquqqa ega. 12. Har bir bola bilim olish huquqiga ega. 13. Har bir bola turar joyli bo‘lish huquqiga ega. Mazkur huquq qonun- chilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Zafar ABDURAXIMOV, Kattaqo‘rg‘on shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. F I R I B G A R L I K J I N O Y A T I TUSHUNCHASI Jamiyat kishilarsiz bo‘lmaganidek, jamiyat muksiz ham bo‘lishi mumkin emas. Har qanday jamiyat asosida mulk va mulk huquqi mavjud bo‘ladi. Demak, shaxs va mulk jamiyat asosini tashkil etadi, desak xato qilmagan bo‘lamiz. Shu sababli, shaxsni va mulkni himoya qilish jinoyat qonunining ustuvor vazifalari bo‘lib kelgan. Mulkni firibgarlik yo‘li bilan talon- -taroj qilishning ancha ko‘p tarqalganligi va uning jamiyatga ko‘p miqdorda zarar yetkazishi, uning oldini olish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bugungi kunda o‘zgalar mulkini talon-taroj qilishga qaratilgan jinoyatlarning ko‘plab sodir etilishi, davlat va jamiyat iqtisodiy negizlariga jiddiy zarar yetkazmoqda. Xususan, bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkka tajovuz qilish bilan bog‘liq jinoyatlar orasida o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan talon-taroj qilish tariqasidagi jinoyatlar soni yildan-yil keskin ortib bormoqda. Firibgarlik aldov va yolg‘onga asoslangan. Firibgarlik tushunchasi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasiga muvofiq, firibgarlik deganda, aldash yoki ishonchni suiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritish tushuniladi. Firibgarlik mulkka tajovuz qilishning bir turidir. Firibgarlik sharoitga moslashuvchan bo‘lib, turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Shu sababli, firibgarlikka qarshi kurashni kuchaytirish lozim. Bundan tashqari, O‘zbek tilining izohli lug‘atida “firibgarlik” tushunchasining lug‘aviy ma’nosi – “aldamchilik, hiylagarlik” ma’nolari bilan izohlangan. Shuningdek, firibgarlikning usuli hisoblangan ishonchni suiste’mol qilishning lug‘aviy ma’nosi esa, “insofsizlarcha, noqonuniy yoki yomonlik uchun foydalanish”ni anglatadi. Demak, firibgarlik shaxsning boshqa bir shaxsni aldash yoki ishonchini suiste’mol qilish orqali sodir etgan harakatida namoyon bo‘ladigan qilmish sifatida ifodalanadi.Tarixiy manbalarga ko‘ra kishilik jamiyatida insonlar azaldan bir birlari bilan ijtimoiy, iqtisodiy munosabatlarida jamiyatda ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomligida rostgo‘ylik alohida muhim o‘rin tutadi. Rostgo‘ylikning qarama-qarshisi - yolg‘onchilikdir. Firibgarlik jinoyatining bevosita ob’yekti — o‘zganing mulki yoki mulkiy huquqlarini muhofaza qilishga qaratilgan ijtimoiy munosabatlar.Ob’yektiv tomondan firibgarlik aldash yoki ishonchni suiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiy huquqini egallashdan iborat. Ushbu jinoyatning o‘ziga xosligi shundaki, tashqi tarafdan mulkdor tomonidan mulkni “ixtiyoriy” ravishda berish yoki begonalashtirish va jinoyatchiga o‘tkazish kuzatiladi. Bunda, aldash yoki ishonchni suiste’mol qilish talon-taroj qilishning zaruriy usuli sifatida ifodalanadi. Xususan, aybdor tomonidan, bila turib, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan yolg‘on ma’lumotlar xabar qilinishi yoki ish holati bo‘yicha mulkdor, mulkning boshqa egasiga ma’lum qilinishi lozim bo‘lgan haqiqiy faktlarni yashirish yoxud bunday shaxslarni yanglishtirishga qaratilgan qasddan sodir etilgan harakatlar aktiv aldov hisoblanadi. Passiv aldov esa, shaxs qonuniy asoslarga muvofiq ma’lum qilishi lozim bo‘lgan haqiqiy faktlarni qasddan xabar qilmasligida ifodalanadi. Yuridik adabiyotlarda aldash deganda, mol-mulk egasi yoki mol-mulk ishonib topshirilgan shaxsning o‘zi uni firibgarga ixtiyoriy ravishda, o‘z xohishi bilan berishiga erishish maqsadida, jabrlanuvchini chalg‘itish uchun aybdor shaxs tomonidan har qanday faktni buzib ko‘rsatish yoki haqiqatni yashirish yoxud bila turib yolg‘on ma’lumotlarni xabar qilish tushunilishi bayon etilgan. Firibgarlikning talon-tarojdagi o‘g‘rilik, talonchilik, bosqinchilik shakllaridan farqi ham jabrlanuvchining o‘zi mulkni aybdor shaxsga ishongani yoki aldangani sababli ixtiyoriy ravishda berib yuborishida ifodalanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, aldashda firibgarning asosiy maqsadiga, ya’ni “aldangan kishi jinoyatchiga o’z mulkini yoki mulkiy huquqini ixtiyoriy ravishda berishiga erishish ko’zda tutiladi”- deyish mumkin.Aybdor o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida jabrlanuvchini chalg‘itayotganligini yoki bila turib ishonchini suiste’mol qilayotganligini anglab etadi va buning sodir etilishini xohlaydi. Shuningdek, ushbu jinoiy qilmishni aybdor mulkiy foyda olish va boyib ketish maqsadida sodir etadi. G‘araz maqsadning mavjudligi firibgarlikning zaruriy elementi hisoblanadi. Qayd etib o‘tilgan masalalar hamda firibgarlik jinoyatining global miqyosda keng rivojlanib borishi, qonunchilikni va mavjud amaliyotni takomillashtirishni taqozo etmoqda. Marat ERGASHЕV, Samarqand viloyat sudining sudyasi. Abdixakim OLTIBOYEV, Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudining raisi.


Kattaqo‘rgʻon 4 tongi Ma’naviyat 2024-yil 27-iyun, payshanba, 14(995)-son Kattaqo‘rgʻon tongi MUASSIS: Xalq deputatlari Kattaqo‘rgʻon shahar Kengashi va shahar hokimligi Мuharrir: Tohir HAMIDOV Gazeta Samarqand viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasida 2007-yil 17-yanvarda 09-23 raqami bilan ro‘yxatga olingan. Gazeta formati: A3 Nashr indeksi: 438. 1730 nusxada chop etildi. Buyurtma: Gazeta bir oyda 2 marotaba chop etiladi. Murojaat, reklama va e’lonlar uchun: (66) 455-24-95 Manzilimiz: 140800, Kattaqo‘rgʻon shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 146-uy. Gazeta “Noshir lyuks” MChJ bosmaxonasida chop etildi. Korxona manzili: Samarqand shahri, Spitamen ko‘chasi, 270-uy. Navbatchi: Sotuvda narxi kelishilgan holda Bosishga topshirish vaqti: 26-iyun 16:30 da. H. XUSHVAQTOV Sahifalovchi: A.SHUKUROV Gazetamizning 14-sonini elektron ko‘rinishda o‘qimoqchi bo‘lsangiz, QR-kodni telefoningiz orqali skanner qiling. kattakurgon-tongi.uz facebook.com/Kattakurgontongirasmiy t.me/KattakurgonT REKLAMA, E’LONLAR, BILDIRISHLAR / GAZETADA CHOP ETILAYOTGAN REKLAMA VA E‘LONLAR SAMARALI VA HAMYONBOP / MUROJAAT UCHUN TELEFON: 97 287 33 76 DA’VOLAR BO‘LSA... O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida xususiy amaliyot Bilan shug‘ullanuvchi notarius Botirov Ozod Komilovich idorasida fuqaro marhum Raushanov Ishokun Djakarovich (1991-yil 27-iyunda vafot etgan)dan qolgan mol-mulkka nisbatan meros ishi ochildi. Shu munosabat bilan barcha merosxo‘rlarning notarial idorasiga murojaat qilishlari so‘raladi. *** O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Botirov Ozod Komilovich idorasida fuqaro marhum Ishankulov Naim Djiyanovich (2023-yil 11-oktyabrda vafot etgan)dan qolgan mol-mulkka nisbatan meros ishi ochildi. Shu munosabat bilan barcha merosxo‘rlarning notarial idorasiga murojaat qilishlari so‘raladi. Manzil: Kattaqo‘rg‘on shahar, Alisher Navoiy ko‘chasi, 148-uy, notarial idorasi. *** O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida xususiy ama- liyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Sharipov Elyorjon Tolibdjonovich idorasida fuqaro marhum Ziyatov Xamidullo Murtozayevich (2023-yil 28-mayda vafot etgan)dan qolgan mol-mulkka nisbatan meros ishi ochildi. Shu munosabat bilan barcha merosxo‘rlarning notarial idorasiga murojaat qilishlari so‘raladi. Manzil: Kattaqo‘rg‘on shahar, Alisher Navoiy ko‘chasi, notarial idorasi, raqamsiz uy. (Mo‘ljal: Jinoyat ishlari bo‘yicha shahar sudi binosi yonida. *** O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Xolmurodov Farxod Ubaydullayevich idorasida fuqaro marhum Nasretdinova Mavluda Xolovna (2024-yil 12-yanvarda vafot etgan) dan qolgan mol-mulkka nisbatan meros ishi ochildi. Shu munosabat bilan barcha merosxo‘rlarning notarial idorasiga murojaat qilishlari so‘raladi. Manzil: Kattaqo‘rg‘on tuman, Kadan qurg‘onchasi, notarial idorasi, raqamsiz uy. *** KATTAQO'RG'ON SERVIS TEXNIKUMI ! 2024-2025-o‘quv yili uchun o‘qishga qabul e’lon qiladi: Quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi: • Buxgalteriya hisobi va audit (Kunduzgi va sirtqi) • Moliya; • Bank ishi; • Kompyuter injiniring; • Dasturiy injiniring • Turizm (sirtqi) • Mehmonxona xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish (sirtqi) • Umumiy ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish (sirtqi) • Servis texnikumga umumiy o‘rta ta’lim (11-sinfni) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini bitirganlar hujjat topshirishi mumkin. Qabul muddati 2024-yil 5-iyundan 2024-yil 25-iyungacha davom etadi. Servis texnikumga O‘zbekiston fuqarolarini qabul qilish DTM tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari orqali amalga oshiriladi. O‘qish muddati kunduzgi 2 yilni sirtqi 2,5 yilni tashkil etadi. Diqqat! Oliygoxlarning iqtisodiyot va kompyuter injineringi yo‘nalishlari bo‘yicha hujjat topshirib, o‘qishga qabul qilinish uchun DTM yetarli ballarini yig‘a olmagan, biroq yuqoriroq ball to‘plagan abituriyentlar Servis texnikumiga imtihonlarisiz budjet asosida qabul qilinadi. Manzil; Sam viloyati Kattaqoʻrgʻon shahri, Samarqand ko'chasi 70 uy. Murojaat uchun tel; +998933439777 +998935399498 +998973799498 Xullas, Kattaqo‘rg‘on tumaning Kadan qishlog‘ida parfyumeriya mollari bilan savdoni yo‘lga qo‘ygan sudlanuvchi M.R. “birdaniga” boyib ketish orzusida yo‘l-yo‘lakay “ozdiruvchi” “FATZORB” nomli kuchli ta’sir qiluvchi, tarkibida “Sibutramin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi bo‘lgan dori vositasini sotishni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘ldi. Lekin o‘xshamadi... Nega deysizmi? Chunki mazkur “ozdiruvchi dori”- “FATZORB” kapsulalarning tarkibida “Sibutramin” moddasi mavjudligi va ushbu psixotrop modda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish to‘g‘risida” gi 818-sonli qarorining 1-ilovasi 60- tartib raqami bilan ko‘rsatib o‘tilgan kuchli ta’sir qiluvchi modda turkumiga kirishligi ma’lum bo‘lib qoldi. Kunlardan bir kun do‘konga kirib kelgan xaridor S.T. sotuvchi opadan xuddi shu “mo‘jizakor”doridan ko‘proq, ya’ni 10 qutilarcha olmoqchi ekanligini aytdi. M.R. esa –Mayli opa, topsam sizga qo‘ng‘iroq qilaman, dedi. Xaridor bir quti dorini 80000 so‘mga olib, jo‘nab ketdi. Ko‘p o‘tmay do‘kondor opa unga qo‘ng‘iroq qilib, dorini topishni iloji bo‘lmaganligi, biroq istasa qolgan uch qutini arzonroq narxda olib ketishi mumkinligini aytdi. Shu kunni o‘zidayoq tushdan keyingi payt S.T. do‘konga kirib keldi va qolgan dorini har bir qutisini 75000 so‘mdan jami 225.000 so‘mga olib, chiqib ketdi. Oradan ko‘p o‘tmay departament va DXX xodimlari kirib kelib, do‘kondor tomonidan sodir etilgan jinoyatni qayd qildilar. Sud hukmi bilan ayblanuvchi jazosini oldi. Ya’ni M.R.O‘zbekiston Respublikasi JKning 2511 -moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Sudlanuvchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddasi bilan, BHM ning 50 (ellik) baravari miqdoridagi 16.500.000 (o‘n olti million besh yuz ming) so‘m jarima jazosi tayinlanib, qayd etilgan summa davlat foydasiga undirildi. Menimcha, do‘kondor opa “FATZORB” dorisini “ozdirmasligini” tushunib yetdi... G‘ayrat YASHUZOQOV, Departamentning Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi boshlig‘i. “ FATZO R B ” OZ D I RU VC H I D O R I VO S I TAS I M I ? YONG‘INLAR PROFILAKTIKASINING AHAMIYATI Yong‘in xavfsizligini ta’minlash har qanday davlat ravnaqining muhim shartlaridan biri bo‘lib, bu bilan texnik jihatdan yuksak darajada rivojlangan iqtisodiyotni barpo etishga erishiladi. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash har bir davlatning iqtisodiy rivojlanishi, xalqi farovonligining oshishi, mamlakatning moddiy boyliklarini asrash orqali uning ta’minoti yaxshilanishiga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatlidir. Ayniqsa, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishda fuqarolarning moddiy boyligi, mol-mulki daxlsizligini ta’minlash, shuningdek, fuqarolarning hayotini asrash hamda davlatning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Bosh Qomusimiz –Ozbekiston Respulikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning huquq va erkinliklari, tinch va osuda farovon hayot kechirshlari kafolatlangan bo‘lib, 24-moddasida “Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir”deb ta’kidlanganligi fikrimizning yorqin dalilidir. Ana shu maqsadda Istiqlolning dastlabki yillaridanoq Republikada yong‘in xavfsizligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilib, uning huquqiy asoslari yaratildi. Yong‘in xavfsizligi xizmati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning asosiy huquqiy manbai Ozbekiston Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi to’g‘risida”gi Qonunidir. Mazkur qonunda bu sohaga oid yong‘in, yong‘in nazorati, yong‘inlar profilaktikasi, yong‘indan saqlash xizmati, yong‘in xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi talablari, yong‘in xavfsizligi talablarining buzilishi, yong‘in-texnik mahsuloti, yong‘inga qarshi rejim, yong‘inga qarshi alohida rejim kabi tushunchalar batafsil yoritilgan. Ushbu Qonundagi asosiy tushunchalardan biri bo‘lgan Yong‘inlar profilaktikasi xususida so‘z yuritar ekanmiz, avvalo profilaktika so’zining ma’nosi nimani anglatadi, degan savolga javob berish o‘rinli bo‘ladi. Lug‘aviy manbalarda bu so‘z yunoncha –profilaktika so‘zidan olingan bo‘lib, “oldini olmoq”, “ogohlantirmoq” degan ma’noni anglatadi, deb ta’rif berilgan. O‘zbekiston Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunida bunga, yong‘inlar profilaktikasi – yong‘inlar kelib chiqishi ehtimolini istisno etishga va ularning oqibatini kamaytirishga qaratilgan ogohlantirish chora-tadbirlari majmui, deb aniq tushuntirish berilgan. Demak, yong‘inlar profilaktikasi avvalambor yong‘inlar kelib chiqishining oldini olishga qaratilgan asosiy chora-tadbirlar hisoblanadi. Shu sababli Paxtachi tumani FVB xodimlari tomonidan aholi yashash uylarida, qurilishishlari olib borilayotgan ob’yektlarda, tadbirkorlik sub’yektlarida, davlat ob’yektlarida va boshqa barcha jabhalarda profilaktik tadbirlarini amalga oshirib kelmoqdalar. Sh.TURDALIYEV, Kattaqo‘rg‘on shahar FVBP va NB inspektori, katta leytenant.


Click to View FlipBook Version