Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring: kattakurgon-tongi.uz facebook.com/Kattakurgontongirasmiy t.me/KattakurgonT KATTAQO‘RG‘ON TONGI Vatanga xizmat – oliy saodat! Gazeta 1994-yilning 1-yanvaridan chiqa boshlagan G-mail: [email protected] 2024-yil 18-mart, dushanba, 8(989)-son Saytimizga o‘tish uchun QRkodni telefoningiz orqali skanner qiling 2024-YIL – YOSHLAR VA BIZNESNI QO`LLAB-QUVVATLASH YILI (66) 455-24-95 K AT TA Q O ‘ R G ‘ O N S H A H A R H O K I M I GAV H A R ALIMOVANING “NAVRO‘Z” B AY R A M I M U N O S A B AT I BILAN TABRIGI Uyg‘onguvchi bog‘larni kezdim, Topay dedim qirdan izingni. Yonog‘ingdan rang olgan dedim – Lolazorga burdim yuzimni, Uchratmadim ammo o‘zingni, – Sen bahorni sog‘inmadingmi? Uzoqlarda zalvorli tog‘lar Xayolimni keldilar bosib. Kechdi qancha intizor chog‘lar, Vasling menga bo‘lmadi nasib, Sensiz men ham, bahor ham g‘arib, – Sen bahorni sog‘inmadingmi? O‘ngirlarda sakraydi ohu, Na’matakda sa’va mittijon. Qorliklardan sipqarilgan suv, Daralarda uradi javlon. Nigohimdan faqat sen pinhon, – Sen bahorni sog‘inmadingmi? Mana, bugun navro‘zi olam, Do‘stlarimga gullar tutarman. Qaylardasan, sevgili erkam… Qo‘limda gul, seni kutarman, Umrim bo‘yi chorlab o‘tarman, – Sen bahorni sog‘inmadingmi? Abdulla ORIPOV, O‘zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri. S Е N BA H O R N I SOG‘INMADINGMI? Assalomu alaykum, aziz hamshaharlar! Mana shu go‘zal va hayajonli damlarda Siz azizlarni xalqimizning ulug‘ ayyomi – Navro‘z bayrami bilan samimiy tabriklayman. Bugun yurtimizning voha va vodiylari, shahar va qishloqlari, bog‘ va maydonlarida Navro‘z sayillari shod-u xurramlik bilan bo‘lib o‘tmoqda. Albatta, keksa-yu yosh barcha kattaqo‘rg‘onliklarni chin dildan qutlab, barchangizga o‘zimning eng ezgu tilaklarimni izhor etaman. Sharqona yangi yilimiz barchamizga muborak bo‘lsin! Navro‘zi olamning qadami qutlug‘ kelsin! Bugun yurtimizda, Yan- gi O‘zbekistonda inson qadri ulug‘ va erkin, hayoti farovon va baxtiyor bo‘lishini ta’minlaydigan jamiyat va davlat barpo etishga qaratilgan ezgu g‘oyalarni amalga oshirish borasi- da tizimli ishlar amalga oshirilmoq- da. Ushbu g‘oyalar zamirida har bir o‘zbekistonlikning taqdiri, hayoti mujassamdir. Bu olijanob maqsad esa Navro‘zi olam qadriyatlari bilan uyg‘un va hamohangdir. Inson qadri- ni ulug‘lash, xalqni rozi qilish yo‘lida qo‘ygan ulkan maqsadlar, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish, il- m-fan, ta’lim va tarbiya, sog‘liqni sa- qlash, madaniyat va san’at, sport kabi yo‘nalishlardagi belgilangan dasturlar- ni amalga oshirish asosiy vazifamizdir. Albatta, biz bu boradagi ulkan bunyo- dkorlik ishlarni amalga oshirishda Siz mo‘tabar otaxon va onaxonlarning maslahatlaringiz va duoi fotihalaringi- zdan kuch olamiz. Shu o‘rinda men Mir Alisher Navoiy bobomizning “Har kuning Navro‘z bo‘lsin!” deb aytgan tilaklarini esga olmoqchiman. Buning zamirida ulkan ma’no mujassam. Zero, Navro‘zning o‘ziga xos bo‘lgan ezgu an’ana va qadriyatlari bor. Keksalarga hurmat, kichiklarga izzat ko‘rsatish, yordam va ko‘makka muhtoj kishilarni qo‘llab-quvvatlash, bemorlarning dardiga darmon bo‘lish kabi xalqimizga xos bo‘lgan ushbu savobli amallarni nafaqat Navro‘z ayyomida, balki har kuni ado etishimiz lozim. Bu amallar barchani yanada birdamlik va hamjihatlikka, insonparvarlik va olijano- blikka undaydi. Albatta, yurtimizda bo‘lgani singari shahrimizda ham aholini ijti- moiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo- rasida tizimli ishlar davom ettirilmo- qda. Bunda “Temir daftar, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” hamda “Mehr daftari” orqali ko‘rsatilayot- gan yordamlarning ahamiyati katta bo‘lmoqda. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, biz barpo etayotgan ijtimoiy va xal- qparvar davlatda mehr-shafqat, saxo- vat va himmat, o‘zaro hurmat va ham- jihatlik hayotimiz qoidasiga aylanishi zarur. Men barchangizni, avvalambor, rahbar va mutasaddilarni shu bora- da yanada faol va samarali harakat qilishga da’vat etaman. Toki azaldan “odamiylik diyori” deb shuhrat qozon- gan Vatanimizda har bir inson mehr va e’tiborda ekanligini to‘la his qilib yashasin. Azizlar! Navro‘z yasharish, yangila- nish fasli. Shu boisdan shahrimizda ham ulkan bunyodkorlik, ko‘kalam- zorlashtirish ishlarini amalga oshi- rishni rejalashtirganmiz. “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida shahrimizda bahor faslida 100 ming ko‘chatlarni o‘tqazish ko‘zda tutilgan va hozirga 30 ming. O‘ylaymanki bu xayrli ishda shahrimizdagi barcha idora va tashkliotlar, mahallalar, ta’lim muassasalari, keng jamoatchilik faol ishtirok etadilar. Qolaversa butun yurtimizda singari Kattaqo‘rg‘on shahrida 16-18 mart kunlari keng ko‘lamdagi umumxalq hashari o‘tkazildi. Bunda mahallalarimiz, xonadonlar, idora va tashkilotlar, qabristonlarda katta hajmdagi obodonlashtirish ishlari olib borildi. Shuni ta’kidlash joizki bu kabi xayrli tadbirlar ham Navro‘z bayrami- ning qadim qadriyatlariga hamohang tarzda ekanligi bilan ahamiyatlidir. Qadrli do‘stlar! Bu yilgi xosiyatli Navro‘z fas- li yurtimizga qo‘shaloq bayramlarni boshlab keldi. Zero, bu yilgi bayramni biz qutlug‘ va fazilatli oy – muqaddas Ramazoni sharifda nishonlamoqda- miz. Bugungi imkoniyatdan foydalanib barchangizni ana shu tabarruk ayyom bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Ushbu ilohiy oyda qiladigan xayrli amallarimiz qabul bo‘lib, ezgu va pok niyatlarimiz ijobat topishini ti- layman. Ayni vaqtda mamlakatimizda 22-mart kuninishonlanadiganMahalla tizimi xodimlari kuni bilan ham barchangizni qutlayman. Mustaqillik yillarida Navro‘zi olam diyorimizdagi barcha millat va elat vakillarini yagona va ahil oila etib birlashtiradigando‘stlik va nafosat bayramiga aylanganini biz yuksak qadrlaymiz. Tinchlik va bag‘rikenglik elchisi bo‘lgan bu ayyom – 21 mart BMT qarori bilan Xalqaro Navro‘z kuni "Har tuning Qadr o‘libon, har kuning bo‘lsin Navro‘z” sifatida keng nishonlab kelinayotgani ham barchamizni xursand qiladi. Aziz kattaqo‘rg‘onliklar! Yana bir bor barchangizni Navro‘z umumxalq bayrami bilan tabriklayman. Fasli navbahor har bir oila, har bir mahallaga, elu yurtimizga tinchlik va farovonlik, baxtu saodat olib kelsin! Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin!
2 Kattaqo‘rgʻon Ijtimoiy hayot 2024-yil 18-mart, dushanba, 8(989)-son tongi kattakurgon-tongi.uz facebook.com/Kattakurgontongirasmiy t.me/KattakurgonT X A LQ D Е P U TAT L A R I S H A H A R KЕNGASHINING 89-SЕSSIYASI BO‘LIB O‘TDI Unda deputatlar, hokim o‘rinbosarlari, tegishli idora, tashkilot, muassasa rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Sessiya kun tartibiga kiritilgan 7 ta masala ko‘rib chiqildi. Birinchi masala: Kattaqo‘rg‘on shahrini ishsizlik va korrupsiyadan xoli hududga aylantirish hamda sektor rahbarlari tomonidan mahallalarda ishlarni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida sektor rahbarlari dasturlari eshtildi. Keyingi masala: Ishsizlikni kamaytirish va bandlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i A.Alimovning hisoboti tinglandi. Shuningdek, 2024-yilda Kattaqo‘rg‘on shahrida kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi; 2024-yil 1-yanvar holatiga shahar mahalliy budjetining erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan ajratilgan mablag‘lar to‘g‘risida; Shahardagi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida; “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisob varag‘idan kam ta’minlangan , ehtiyojmand oilalar uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida; Shaharda ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va ijtimoiy faol bo‘lmagan xotin-qizlarni “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilindi. Shu bilan sessiya o‘z ishini yakunladi. “Kattaqo‘rg‘on tongi” BADMASTLIK KASOFATI NAV RO ‘ Z - M Е H R- O Q I BAT VA XAYR-SAXOVAT BAYRAMI Dunyoda xalqimizni ko‘pgina millatu elatlardan ajratib turadigan va o‘zligini ko‘rsatadigan o‘ziga xos fazi- latlari yetarli. Bag‘rikenglik, mehr-o- qibat, xayr-saxovat, yiqilganni suyash, bir-biriga madadkor bo‘lish, tozalik-o- zodalikka e’tibor berish, kam ta’min- langan, ko‘ngli o‘ksik qalblarni ko‘ngli- ni ko‘tarib, ularga mehr ulashish kabi tuyg‘ular elimizning qon-qoniga singib ketgan. Yangilanish va yosharish faslibahor boshlanishi bilan amalga oshiri- ladigan barcha ezgu ishlarida yuqorida qayd etilgan tuyg‘ular butun bo‘y-basti bilan o‘z hayotiy ifodasini topadi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Azal-azaldan ota-bobolarimiz bahorga pokizalik, yaxshi orzu-niyatlar bilan peshvoz chiqqan. Chunki mehnat, tozalik, saranjom-sarishtalik bor joyda qut-baraka, sihat-salomatlik bo‘ladi. Navro‘z Sharq xalqlari orasida bir necha ming yillardan buyon yashab kelmoqda. Bu bayram biron bir sanani nishonlash uchungina bayram qilina- digan hodisa hisoblanmaydi. U tabiat- ning o‘zidan kelib chiqqan, kunu tun tenglashgandan so‘ng, endi kunlarning uzayishi, uzluksiz mehnat arafasidagi bayramdir. Nav – yangi, ro‘z – kun. Ya’ni, yangi kun deb atalishi ham bejiz emas. Navro‘z bayramini barcha fors, turkiy tillarda so‘zlashuvchi xalqlar har yili bahorda nishonlab kelishgan. Bu qa- dimiy, an’anaviy Yangi yil bayramimiz haqida ulug‘ bobolarimiz Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yo- dgorliklar” asarida, Mahmud Qoshg‘ariy esa “Devonu lug‘otit turk” asarida juda ham qiziqarli ma’lumotlar yozib qol- dirganlar. Umar Hayyom olim, shoir, faylasuf sifatida bu bayram haqida «Na- vro‘znoma» nomli maxsus kitob yozgan- lar. Shu boisdan ham har yili Navro‘z Yangi O‘zbekistonda o‘zgacha shukuh bilan nishonlanadi. Men esa mamlakati- mizning qadimiy shaharlaridan biri hiso- blangan ona shahrimiz Kattaqo‘rg‘onda ushbu umumxalq bayramini nishonla- nishi haqida to‘xtalmoqchiman. Navro‘z arafasida jamoa-jamoa bo‘lib, hasharlar uyushtiriladi, o‘tgan ajdodlarimiz ruhi yod etiladi, ularning mozorlari obodonlashtiriladi. Ommaviy ravishda mevali, manzarali daraxtlar o‘tqaziladi. Deyarli barcha mahallalar- da ehson oshi yoki ilik uzildi davrida ayni muddo bo‘lgan inson salomatligi- ga ijobiy ta’sir etuvchi vitaminlarga boy bo‘lgan sumalak tayyorlanadi. Alohida ta’kidlash joizki, Kattaqo‘rg‘on shahri- da viloyatimizning boshqa tumanlarida udum bo‘lmagan, xalisa tarqatiladi. Albatta xalisa Buxoro oshxonasi- ga xos taom bo‘lsa-da, Kattaqo‘rg‘onda ham keng tarqalgan va bu taom asosan xayriya-ehson taomi hisoblanadi. “Xa- lisa” so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib, “toza hech qanday qo‘shimchasiz,soxta- lashtirib bo‘lmaydigan ” degan ma’noni anglatadi.Uning asosi bo‘lgan bo‘tqa tu- zsiz va hech bir zirovarsiz tayyorlanadi. Shuningdek, xalisa Armanistonda (xari- sa), Ozarboyjonda (xalim oshi), Eronda (xalime go‘sht)va Turkiyada(kishkek) nomi bilan keng tarqalgan bahoriy taomdir... Bizlar ham shunday xayrli ishlar- ni davom ettirsak, farzandlarimiz ongishuuriga qadriyatlarni singdirib bor- sak,albatta, avlodlarimiz ham bunday ananalarni davom ettiradi. Muqaddas islom dinida inson tozalik va poklik- ni o‘z o‘rniga qo‘yish bilan birga, atrof muhitni ham ozoda saqlashi va barcha mavjudotlar hayotining manbai bo‘lgan tabiatni asrashga alohida e’tibor qarat- gan. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan Abu Barza Aslamiy ismlisahoba: “Meni jannatga kiritadigan ishga buyuring” deb so‘radilar. Shunda Payg‘ambarimiz s.a.v.: “Odamlar yo‘li- dagi ozor beruvchi narsani olib tashla”, dedilar. Shu hadisdan ham ma’lum bo‘ladiki, inson doimo tabiatni asrab avaylashi, insonlarga zarari yetadigan narsalarni qilmasligi kerak ekan. Barchamizga Navro‘zi olam muborak bo‘lsin! Tohir HAMIDOV. Sudlanuvchi Bulung‘ur tuman, Fozil Yo‘ldosh MFY, Dashtkiovul qishlog‘ida yashovchi U.G‘. ning deyarli yarim tunda aroq ichib, kayf qilgisi kelib qoldi. Albatta, u istagiga yetdi ham, lekin bu yog‘i yaxshilik bilan tugamadi. Aroq degan ichimlik shishada turganida tin- ch... Biroq u U.G‘.ning ichiga tushganida o‘z hunarini ko‘rsatdi “qahramonimizni” sherga aylantirib yubordi.Arzimagan sa- bab bilan xammahallasi N.K.ning boshiga pivo bokali bilan tushirib, qattiq tan ja- rohati yetkazdi. Janjal guvohi bo‘lib, ularni mu- rosaga keltirmoqchi bo‘lgan bir nechta shaxslarga ham bokal otib, turli darajada- gi jarohatlar yetkazib, ularning ham vaq- tincha mehnat qobiliyatini yo‘qotishlariga sabab bo‘ldi. Ertasi kuni o‘ziga kelganida esa hech narsani eslay olmasligini aytdi. Qilmish-qidirmish. Har qanday jinoyatga jazo muqarrar. Vaholanki U.G‘. zo‘rovonlik qilib, jarohat yetkazgan shaxslar “ko‘z tanish, qishloq- chilik”, - deb andisha qilgan bo‘lsalar-da davlatimizning qonuni bor. Sud sudlanuvchi G‘.U. ga jazo tayinlashda jazoni yengillashtiruvchi tomonlaridan aybiga iqror bo‘lib, sodir etgan qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, oilaviy ahvolini, yoshini, oilali bo‘lib, uch nafar farzandlari borligini, mu- qaddam sudlanmaganligini, jabrlanuvchi- larning barchasi bilan o‘zaro yarashgan bo‘lib, jabrlanuvchilarning unga da’vo va e’tirozlari yo‘qligini, jazoni og‘irlashtiruv- chi tomonlaridan esa spirtli ichimlik ta’si- ridan mastlik holatida qasddan jinoyat sodir etganligini inobatga oldi. Samarqand viloyat Jomboy tu- man sudining hukmi bilan sudlanuvchi U.G‘. ga nisbatan O‘zbekiston Respublika- sining Jinoyat-Protsessual kodeksining tegishli bandlari qo‘llangan holda qat’iy o‘tashlik uchun 3 (uch) yil 9 (to‘qqiz) oy 8 (sakkiz) kun ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Albatta bu ayanchli hodisa ko‘pgi- na spitrli ichimliklariga ruju qo‘ygan in- sonlarga ibrat bo‘lishiga ishonamiz. Otabek NABIYEV, Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi sudyasi. AbdusattorABDURAZZAKOV, Jinoyat ishlari bo‘yicha Jomboy tuman sudining raisi. O B O D VA FAY Z L I MAHALLA — YURT KO‘RKI Xalqimizning sevimli hamda bahorning eng go‘zal va tarovatli bayra- mi - Navro‘zi olam milliy qadriyatlarni o‘zida mujassam etganligi bilan ham ahamiyatlidir. Zero, yurt obodligi yo‘li- da uzaro hamjihatlik va uyushqoqlik asosida tashkil qilinadigan umumxalq hasharlarining ham Navro‘z arafasida o‘tkazilishi fikrimizning yorqin isbotidir. “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida tashkil qilingan ushbu xayrli tadbir Kattaqo‘rg‘on shahri- da ham uyushqoqlik bilan bo‘lib o‘tmoq- da. Buni 1-sektordagi “Ko‘hnadam” mahallasi hududida amalga oshirilayo- tgan obodonlashtirish va ko‘kalamzor- lashtirishda ishtirok etayotgan mahalla ahlining yuz ko‘zlaridagi ko‘tarinkilik mi- solida ham ko‘rishimiz mumkin. Ushbu tadbirda ishtirok etgan shahar hokimi Gavhar Alimova bu kabi xayrli ishlar shahrimizni yanada obod, xonadonlarni orasta, mahallalarni ozoda qilish bilan birga insonlar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik, birdamlik kabi qadriyatlarni yanada yuksaltirish bilan ham xalqimiz- da ezgu an’ana hisoblanishini ta’kidladi. Haqiqatdan ham bugungi umumxalq hasharida shahrimiz obodligi- ga munosib hissa qo‘shishni niyat qilgan kattaqo‘rg‘onlik keksa-yu yoshlar, xotin- -qizlar, barcha soha vakillari tashabbus ko‘rsatmoqdalar. Bugungi umumxalq hashari doi- rasida hozirga qadar ishtirok etgan 10 mingga yaqin hamshaharlarimiz tomo- nidan 11 gektar yer maydonlari obo- donlashtirildi, 5 km uzunlikdagi ariq va latoklar tozalandi, chiqindilar chiqaril- di. Ushbu ishlarga 30 dan ortiq maxsus texnika vositalari jalb etildi. Shahar hu- dudidagi 7 ta qabriston va bitta ziyora- tgoh, 12 ta bolalar maydonchalari, 136 ta ko‘chalarda obodonlashtirish tozalash ishlari olib borildi. Shuningdek, 24 ming- dan ortiq daraxtlarga shakl berilib, 7000 ga yaqin mevali va manzarali daraxt hamda gul ko‘chatlari ekildi. Hilola ERGASHEVA. DA’VOLAR BO‘LSA… O‘zbekiston Respublikasi Samar- qand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanu- vchi notarius Tojiyev Olimjon Jura- qulovich idorasida fuqaro marhum Latofat Boboyeva (2023- yil 26-av- gustda vafot etgan)dan qolgan mol- -mulkka nisbatan meros ishi ochildi. Shu munosabat bilan barcha meros- xo‘rlarning notarial idorasiga muro- jaat qilishlari so‘raladi. Manzil: Kattaqo‘rg‘on tuman, Kadan qo‘rg‘onchasi, notarial idorasi, ra- qamsiz uy. *** O‘zbekiston Respublikasi Samar- qand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanu- vchi notarius Sharipov Elyorjon Tolibdjonovich idorasida fuqaro marhum Xabibullo Daniyarov (2018- yil 20-noyabrda vafot etgan)dan qol- gan mol-mulkka nisbatan meros ishi ochildi. Shu munosabat bilan barcha merosxo‘rlarning notarial idorasiga murojaat qilishlari so‘raladi. Manzil: Kattaqo‘rg‘on shahar, Alisher Navoiy ko‘chasi, notarial idorasi, raqamsiz uy. Mo‘ljal: Jinoyat ishlari bo‘yicha shahar sudi binosi yonida. *** O‘zbekiston Respublikasi Samar- qand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Botirov Ozod Komilovich idorasida fuqaro marhum Shukurov Sanat (2018-yil 30-noyabrda vafot etgan)dan qolgan mol-mulkka nisbatan meros ishi ochildi. Shu munosabat bilan barcha merosxo‘rlarning notarial idorasiga murojaat qilishlari so‘raladi. Manzil: Kattaqo‘rg‘on shahar, Alisher Navoiy ko‘chasi, 148-uy, notarial idorasi. REKLAMA, E’LONLAR, BILDIRISHLAR
3 2024-yil 18-mart, dushanba, 8(989)-son Nigoh Kattaqo‘rgʻon kattakurgon-tongi.uz facebook.com/Kattakurgontongirasmiy t.me/KattakurgonT tongi M A I S H I Y GA Z BA L LO N L A R H A M O N TAS H V I S H K Е LT I R M O Q DA ! (Yoxud e’tiborsizlik bunga sababdir) So‘nggi kunlarda aksariyat hollarda yurtdoshlarimizning maishiy gaz ballonlardan foydalanishda zarur bi- limga ega bo‘lmay, sinovdan o‘tmagan yoki tashqi qismi yaroqsiz bo‘lgan hol- da foydalanish, turli isitish yoki qo‘lbo- la isitish moslamalariga ulanib qo‘llani- lishi, yong‘in xavfsizligi qoidalarini inkor etib foydalanishi natijasida insonlarni to‘plangan gaz chaqnashidan kuyish, tan jarohati olishi, bevaqt hayotdan ko‘z yu- mushiga olib kelmoqda. Bu holatlarni oldini olish maqsadida shahar¸tuman FVB Davlat yong‘in nazorati xodimlari tomonidan o‘ziga biriktirilgan aholi punktlarida maishiy gaz balonlardan foydalanish, uni qayerdan olish borasida aholiga ma’lumot, e’lonlar yetkazilmoqda. Qolaversa, targ‘ibot ishlari radio tarmoqlar orqali murojaatlar barcha savdo majmualari, dehqon bozorlari va mahallalarda, yurtdoshlarimiz o‘rtasida doimiy ravishda amalga oshirilmoqda. Ammo aholining issiqlikga bo‘lgan ehtiyoji, bu targ‘ibot ishlariga e’tibor qaratmay o‘z o‘rnida fuqarolarning turli xildagi isitish vositalardan foydalanishi kuzatilmoqda. Bu esa aksariyat xonadonlarda qulay bo‘lgan maishiy gaz balonlarni keltirib, mumkin bo‘lmasada uy ichiga o‘rnatish, rezin ichak yoki turli quvurlar bilan isitish uskunalariga ulash, bog‘lanish joylarining sovun kupigi bilan tekshirilmay, maishiy gaz balondan gaz suyuqligini sizib chi- qib, o‘z xususiyatiga ko‘ra xona sathida to‘planib qolishi, xonani shamollatilmas- ligi bois bu hidni sezmagan holda gugurt chaqish, elektr chirog‘ini yoqish natijasi- da qisqa muddatli chaqnash sodir bo‘lib, insonlarni bir lahzada kuyish tan jarohati olishi,uyni deraza romlarining o‘rnidan otilib chiqib ketishi bilan kuzatilmoqda. Ayrim hollarda esa yong‘in yoki yirik talofat, insonlarni bevaqt hayotdan ko‘z yumushiga ham olib kelmoqda. Buning asosiy sababi esa bevosita inson e’tiborsizligi, mumkin bo‘lmagan holda maishiy gaz ballonlaridan xonadonni qizitish, gaz balonlarini esa kucha-kuy yoki bu haqida bilimga ega bo‘lmagan xo‘jalik mollari do‘konlaridan xarid qilib, o‘z bilganicha o‘rnatib foydalanishi natijasida sodir bo‘lmoqda. Aholi xonadonlarida maishiy gaz ballondan foydalanishda maishiy gaz ballonlarni faqatgina «Markazgazta’minot» Unitar korxonasishahar, tumanlarda joylashgan tuman gaz idorasi qoshidagi shaxobchalardan olish, mutaxassis tomonidan o‘rnatilishi, xona ichida o‘rnatmas- lik, oshxonadan 5 metr uzoqlikda, hovli- da maxsus temir quti ichiga joylashtirib, bog‘lanish joylarini maxsus qo‘vurlar or- qali xomut bilan biriktirib, gaz chiqmasli- gini sovun kupik bilan tekshirib o‘rnatish maqsadga muvofiq bo‘lishi takidlanadi. Maishiy gaz ballonlarni temir panjarali te- mir quti ichiga bog‘lagichlar bilan o‘rna- tib, undan issiq kunlari taraladigan hidni havo so‘ruvchi quvur o‘rnatib, 4-5 metr balandga so‘rgichni yo‘naltirish, asosiysi esa maishiy gaz ballonlarini yashash xonalari, oshxona yoki boshqa bir bino ichida o‘rnatish qat’iyan man etiladi. Undan foydalanishda esa o‘ta ehtiyotkorlik bilan, yosh bollarni yaqinlashtirmaslik muhimdir. Shuningdek, gaz va elektr tarmog‘ida qo‘lbola yasalgan yoki nosoz uskunalardan, elektr simlaridan foydalanmang. Gaz uskunasida rezina shlang ulab o‘rnatmang, Gaz jo‘mraklar nosoz holda foydalan-mang. Bozor, xo‘jalik do‘konlarida sotilayotgan davlat standartlariga mos bo‘lmagan, o‘zbek tilida foydalanish bo‘yicha tavsiyanomasi bo‘lmagan maishiy gaz ballonlari, isitish mosla-malari, ayniqsa maishiy gaz ballonga ulanadigan ochiq setka turidagi isitgichlardan foyda-lanmaslik talab etiladi. O‘tin yoqiladigan pechlarda ko‘mir yo- qmang Isitish pechlari mo‘rilarini uy tomidan 1 metr baland chiqarib, ularni doimo qurumdan tozalab foydalanish mumkinli- gini unutmang. Xonada gaz hidini sezsangiz derazalarni ochib xonani shamollating. -Elektr chirog‘ini yoqmang, yoniq turgani uchirmang. Yosh bolalarni keksa insonlarni yolg‘iz qoldirmang va ularga gaz elektr uskunalari-dan foydalanishni buyurmang. UNUTMAYLIK! Yuqorida qayd etilgan talablar va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etsangiz, xonadoningizda yong‘inlarni va undan yaqinlaringizni kuyish tan jarohati olishi, zaharlanishini oldini olgan, mol mulk va insonlar hayotini yong‘indan asrab qolasiz. Shuhrat TURDIALIYEV, Kattaqo‘tg‘on shahar FVB P va NBinspektori, katta leytinant. PORA OLISH HAM, BЕRISH HAM JINOYAT Dastlab poraxo‘rlik tushuncha- si kelib chiqishi va ommalashib bo- rishi tarixdan kishida moyillik (hohish) uyg‘otish uchun sovg‘a berish odatiga borib taqaladi. O‘z-o‘zidan qimma- tbaho, ya’ni qiymati yuqori bo‘lgan sovg‘a odamni boshqalar orasidan ajratib ko‘rsatib, pora beruvchining manfaati yo‘lida uning iltimosi baja- rilishiga xizmat qilgan. Shu sababli ib- tidoiy jamiyatlarda kohin yoki qabila boshlig‘iga to‘lov berish odat, an’ana tusiga kirib qolgan. Bejizga Qu’roni Karimda “Bosh- qalarning mulkini nohaq yo‘l bilan ol- mangiz va boshqalarga tegishli bo‘lgan narsalarni olish uchun o‘z mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmangi- zlar” deyilgan. Poraxo‘rlik jinoyatlari O‘zbekis- ton Respublikasi jinoyat qonunchiligida alohida ahamiyat kasb etishini aholining davlat xizmatchilariga nisbatan ishonchi- ni susaytirib yuboradigan, jamiyatning iqtisodiy negizlariga zarar yetkazadigan va eng asosiysi inson huquqlarining poy- mol bo‘lishiga olib keladigan ijtimoiy xa- vfli qilmish ekanligi bilan baholashimiz mumkin. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlagani- dek, “korrupsiyaning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib bo‘lmaydi, umuman, ja- miyatning birorta tarmog‘i rivojlanmay- di”. Haqiqatdan ham, korrupsiya- viy jinoyatlar davlatning rivojlanishiga to‘sqinlik qilib, xalqning davlat organla- riga nisbatan ishonchini susaytiradi. Poraxo‘rlik jinoyatlari tushun- chasi poraxo‘rlik bilan bog‘liq holda sodir etiladigan har qanday jinoyatlarni qamrab oladi. Shunga ko‘ra, ushbu tur- dagi jinoyatlarni bilish orqali poraxo‘rlik jinoyatlari tushunchasi anglashiladi. Masalan, pora olish, pora berish, pora olish va berishda vositachilik qilish, xu- susiy sektordagi pora va hokazolar umu- miy poraxo‘rlik jinoyatari tushunchasini keltirib chiqaradi. Poraxo‘rlikka oid jinoyatlarning ijtimoiy xavfliligi mansabdor shaxslar tomonidan o‘zlarining mansab vako- latlarini ijro etishning o‘rnatilgan tartibi- ni keskin o‘zgartirish va bu bilan davlat manfaatlarini qo‘pol ravishda buzishda ko‘rinadi. Poraxo‘rlik korrupsiyaning asosiy ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, hokimiyat va boshqaruv asoslarini yemira- digan, uning aholi oldidagi obro‘siga putur yetkazadigan va unga nisbatan ishonchni susaytiradigan, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlariga daxl qi- ladigan xavfli jinoiy hodisa hisoblanadi. Milliy qonunchiligimizda pora- xo‘rlikka oid jinoyatlar va ular uchun javobgarlik masalalari O‘zbekiston Res- publikasi Jinoyat kodeksining (1929 - 19210 -, va 210-214-moddalari) tegishli moddalarida belgilab qo‘yilgan. Shu asosda O‘zbekiston Respu- blikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida- gi kodeksiga ham qo‘yidagi 611-modda “Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizma- tchisini pora evaziga og‘dirib olish” hu- quqbuzarligi kiritilgan. Afsuski, poraxo‘rlik kabi jinoiy qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘lla- nilishi ushbu harakatlarni sodir etgan shaxsning javobgarlikdan qo‘rquv his- sining kamayishiga sabab bo‘lishi tabiiy. Pora olish — mansabdor shaxs- ning pora beruvchining manfaatlarini ko‘zlab muayyan harakatlarni sodir et- ganlik uchun g‘ayriqonuniy haq olishidir. Poraxo‘rlik jinoyati uchun javob- garlikni belgilashdagi muammolardan yana biri bu pora predmeti hisoblanadi. Milliy qonunchiligimizda poraxo‘rlikka oid jinoyatlar sodir etilishi pora beru- vchining pora oluvchini mulkiy, ya’ni moddiy manfaatdor eti-shi orqali sodir etilishi nazarda tutilgan. Ya’ni, O‘zbekis- ton Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 24 sentyabrdagi “Poraxo‘rlik ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘ri- -sida”gi 19-sonli qarorining 2-bandiga muvofiq “pul, qimmatbaho qog‘ozlar, moddiy boyliklar, shuningdek, pora ola- diganga qaytarmaslik sharti bilan, lekin mulkiy mohiyatga molik bo‘lgan (ma- salan, ta’mirlash, qurilish, qayta tiklash ishlarini bajarish va boshqalar) xiz- matlar pora predmeti bo‘lishi mumkin.” Pora oluvchining nafaqat mulkiy man- faatdor bo‘lishi balki, uning nomulkiy ko‘rinishdagi naf olishi ham poraxo‘rlik sifatida baholanishi lozim. Mazkur soha- ga oid xalqaro standartlar hamda xorijiy davlatlar tajribasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, har qanday ko‘rinishdagi noqo- nuniy afzallik (nomoddiy qimmatliklar va nomulkiy manfaatdorlik) poraxo‘rlik jinoyati predmeti bo‘la olishini ko‘rishi- miz mumkin. Nomulkiy naf – shaxsning mulkiy holatini yaxshilashga (oshirish) qaratilmagan, uning shaxsiy (kundalik) ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltirilgan, har qanday ko‘rinishdagi moddiy tus- ga ega bo‘lmagan xizmatlar (mansabni oshirish, shohona ovqatlanish, massaj va sauna xizmatlari, sport o‘yinlari va boshqa ko‘ngilochar tadbirlarga tekin- ga kirish, chet elda dam olish va bosh- qalar). Poraxo‘rlikka oid xatti-ha- rakatlarni kamaytirish va oldini olish uchun unga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishi zarurligi sababli ushbu jinoyat- ni sodir etganlik uchun jazo chorala- rining muqarrarligini ta’minlash lozim. Poraxo‘rlikka oid jinoyatlar o‘zining xavflilik darajasi bilan shaxs, davlat va jamiyat manfaatlariga sezilarli darajada zarar keltiradigan qilmish hi- soblanadi. Shunga ko‘ra. ushbu turda- gi jinoyatlar o‘zining ichki obyektiv va subyekti belgilariga ega bo‘lishi bilan bir qatorda birinchidan, uyushgan jinoyat- chilikning davlat xizmati faoliyatiga kirib borishiga olib keladi; Ikkinchidan, demokratik qadriyatlar qa- ror topib borayotgan sharoitda davlat amaldorlari tomonidan mansab mav- qeini suiiste’mol qilish hollari hokimiyat obro‘yiga putur yetkazadi; Uchinchidan, amalga oshirilayotgan jamiyatni demokratlashtirish va yangi- lash, mamlakatni modernizatsiya qilish jarayonlarini susaytiradi; To‘rtinchidan, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarining buzilishiga olib keladi; Beshinchidan, davlat hokimiyatini xalq oldida obro‘sizlantiradi, o‘sib kelayotgan yosh avlod ongini zaharlaydi; Oltinchidan, xalqaro hamjamiyatda da- vlat to‘g‘risidagi salbiy tasavvurni yuza- ga keltiradi; Yettinchidan, iqtisodiyotni rivojlanishi va mustahkamlanishiga o‘zining ayanch- li ta’sirini ko‘rsatadi, natijada iqtisodiyot mexanizmlari inqirozga qarab ketadi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, poraxo‘rlik jinoyatlari uchun javobgar- lik masalalari o‘zining tarixiy rivojla- nishi davomida takomillashib, har doim dunyo hamjamiyati e’tiborida turgan jiddiy muammolardan biri hisoblanadi. Qanday turlari mavjudligi yoki qanday shaklda sodir etilishidan qat’i-nazar poraxo‘rlikka qarshi kurash, uni oldini olish bugungi kun davlat siyosatining ajralmas qismidir. Chunki, davlat tomo- nidan aholining huquq va erkinliklarini amalga oshirish, qonuniy manfaatlarini himoya qilishda korrupsiyaviy holatlar- ga barham berilishi orqali xalqaro mi- qyosda yuqori o‘rinlarda e’tirofga sabab bo‘lishiga zamin yaratadi. Marat ERGASHЕV, Samarqand viloyat sudi sudyasi. Abdixakim OLTIBOYEV, Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudining raisi.
Kattaqo‘rgʻon 4 tongi Ma’naviyat 2024-yil 18-mart, dushanba, 8(989)-son Kattaqo‘rgʻon tongi MUASSIS: Xalq deputatlari Kattaqo‘rgʻon shahar Kengashi va shahar hokimligi Мuharrir: Tohir HAMIDOV Gazeta Samarqand viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasida 2007-yil 17-yanvarda 09-23 raqami bilan ro‘yxatga olingan. Gazeta formati: A3 Nashr indeksi: 438. 1578 nusxada chop etildi. Buyurtma: 148 Gazeta bir oyda 3 marotaba chop etiladi. Murojaat, reklama va e’lonlar uchun: (66) 455-24-95 Manzilimiz: 140800, Kattaqo‘rgʻon shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 146-uy. Gazeta “Noshir lyuks” MChJ bosmaxonasida chop etildi. Korxona manzili: Samarqand shahri, Spitamen ko‘chasi, 270-uy. Navbatchi: Sotuvda narxi kelishilgan holda Bosishga topshirish vaqti: 18-mart 17:00 da. H. XUSHVAQTOV Sahifalovchi: A.SHUKUROV Gazetamizning 8-sonini elektron ko‘rinishda o‘qimoqchi bo‘lsangiz, QR-kodni telefoningiz orqali skanner qiling. kattakurgon-tongi.uz facebook.com/Kattakurgontongirasmiy t.me/KattakurgonT PARODIYALAR Dangasa yotib olib o‘ylamoqdan charchamas, Holini halovatga bo‘ylamoqdan charchamas. Qancha qilma nasihat, chorlama qancha, ammo Bahonayu o‘trukni so‘ylamoqdan charchamas. LOQAYD Dedim:-Hoy, aka, qarang, boqqa mol oraladi! U dedi: - Menga nima? Egasiga so‘z degil. - Bog‘ingizga kirganga o‘xshaydi, chiqib qarang, U-chi, der: - Senga nima? Jo‘na, ishingni qilgil! O‘G‘RI Kasal bo‘lib, uyida uch kundan buyon o‘g‘ri Kasbini qila olmay rosa jonidan to‘ydi. Xumor qursin, oldingi o‘margan pullarini Chap cho‘ntigidan olib, o‘ngiga solib qo‘ydi. NOINSOF - Gazdan qarzim ancha ekanmi? Unutibman, rostdan, o‘lay man. Yangi mashinaga yetmay turibdi, Olay, keyin albat to‘layman... G‘IYBATCHI Eshitmayin qo‘ydi odamlar uni, Oxiri davraga kirolmay qoldi. Tili qichiganda, yo‘lini topdi: G‘iybatni oynaga gapirib oldi. XASIS Qo‘shnisi ertalab o‘z balkonida, Oson harakatda mashq qilayapti. U dedi:-Hovliga chiqing, birodar, Menga toza havo kam kelayapti! Farmon TOSHEV, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsangan jurnalist. NAV RO ‘ Z BAY R A M I GA MUNOSIB TUHFA Umumxalq Navro‘z bayrami arafasida 2008-2009-yillarda tug‘ilgan shahrimiz sport maktabi o‘quvchilari O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan futbol musobaqasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, mutloq chempion bo‘ldilar. 2012-2013-yillarda tug‘ilgan futbolchilarimiz shu musobaqaning viloyat bosqichida faxrli 1-o‘ringa munosib ko‘rildi. G‘olib yosh sportchilarimizni taqdirlash marosimida ishtirok etgan shahar hokimi Gavhar Alimova, shahar prokurori Ismoil Nuriddinov va so‘zga chiqqan boshqa ishtirokchilar futbolchilar va ularning murabbiylarini g‘alaba bilan qutladilar. QO‘ZIQORINDAN ZAHARLANISHDAN SAQLANING! Bahor kelib yomg‘irli kunlar boshlanishi bilan viloyatimiz tog‘- yonbag‘irlarida, qir adirlarda,isti- rohat bog‘larida, magistral yo‘llar yoqalarida qo‘ziqorinlar o‘sib chiqa boshlaydi. Qo‘ziqorinlar asosan ikki turga bo‘linadi, ya’ni iste’mol qilishga yaroq- li va iste’molga yaroqsizturlariga bo‘li- nadi. Iste’mol qilinadigan qo‘zi- qorinlar dasht oq qo‘ziqorini va dala shampin’oni kiradi. Ular mazaliligi, xushta’mligi bi- lan ajralib turadi.Ularning pishiq oq tanasi va sal dumpayib turgan qalpo- qchasi bo‘ladi, shu sababali ular qal- poqchali qo‘ziqorinlar deyiladi. Dala oq qo‘ziqoriniga o‘xshash qalpoqcha- li qo‘ziqorinlardan shampin’on ham uchraydi. Shampin’on daryo qirg‘oqla- ridagi o‘tloq va butazorlarda o‘sadi. Yaroqsiz, ya’ni yeb bo‘lmaydi- gan zaharli qo‘ziqorinlar turiga ran- gpar poganka, muxomor, strochok, smorchok, soxta gruzd', svinushka, pautinnik, trixoloma, lisichka, en- tolomavalepiotalar kiradi. Ushbu qo‘ziqorinlar o‘rmon yalangliklarida, yaylovlarda, tamorqalarda, park va bog‘larda kesilgan daraxtlar o‘rinlari- da uchraydi. Qo‘ziqorinlardan zaharlanish belgilari iste’mol qilingandan keyin 2-10 soat o‘tgach paydo bo‘ladi. Dastlab qorin og‘riydi, bemorning ko‘ngli aynib qayd qiladi, holsizlanib, rangi sarg‘ayadi, jigar va taloq shishib kattalashadi. Zaharli moddalar markaziy nerv sistemasiga ta’sir yetganda bemor alahsiraydi, og‘irroq holatlarda markaziy tormozlanish va qo‘zg‘aluvchanlik ko‘zatiladi, boldir muskullari tortishadi, bemor sovqotib qo‘l-oyoqlari ko‘karadi. Qo‘ziqorindan zaharlanishni oldini olish uchun nimalarga rioya etish kerak? Halqimizda zaharli qo‘ziqorinlarda badbuy hid bo‘ladi, degan tushuncha bor. Aslida bunday emas, ko‘pgina zaharli qo‘ziqorinlarda hid bo‘lmaydi. Shu sababli qo‘ziqorin terishga chiqqan har bir kishi ularni farq qiladigan belgilarini bilishi kerak. Xom qo‘ziqorinlarni umuman yeb ko‘rmaslik kerak. Iste’mol qilishga yaroqli bo‘lgan qo‘ziqorinlarni oldin oqar suvda yuvib, 15- 20 minut qaynatish va qaytadan qaynoq suvda tozalab yuvish kerak. Shundan keyin ulardan taom tayyorlash mumkin. O‘sib ketgan, chirigan, ezilgan, eski qo‘ziqorinlarni umuman istemolga ishlatmaslik kerak, chunki qo‘ziqorinlar qancha kattalashib o‘sgan bo‘lsa, ularda zaharli moddalar ko‘p bo‘ladi. Yana shuni eslatib o‘tish joizki bozorlarda, ko‘chalarda va noma’lum shaxslar tomonidan sotilayotgan qo‘ziqorin va qo‘ziqorin konservalarni sotib olish mumkin emas. Magistral yo‘l yoqalarida, sanoat korxonalari himoya zonasida, avtomobillarga gaz qo‘yish shaxobchalari yaqinida, paxta maydonlarida, nam va zax yerlarda, daraxtlar tagida o‘sgan qo‘ziqorinlarni zinhor olmaslik kerak. Shunday ekan o‘z sog‘lig‘imizni asraylik, chunki inson salomatligi bebaho boylik. K.OCHILOV, Kattaqo‘rg‘on shahar SEO va JSB sanitariya vrachi. O‘.RASULOV, sanitariya vrachi yordamchisi.