JALOL BOLTAYEV ’MILLIY SERTIFIKAT’ ‘© TESTLIDER’ 1 TARIX 1. [1,3 ball] Rim respublikasining tashkil topishi qaysi tarixiy jarayon ortida yuz bergan? A)Sezarning Brut boshliq fitnachilar tomonidan o‘ldirilishi B)Oktavian Rimning yakka hukmdoriga aylanishi C)Spartak boshchiligida qullar qo‘zg‘oloni ko‘tarilishi D)Mag‘rur Tarkviniyning shahardan quvib yuborilishi 2. [2,2 ball] Angliya burjua inqilobining mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan jihatini belgilang. A)feodal mulkchilik butunlay tugatildi B)sanoat to‘ntarishi boshlandi C)katolik mazhabi davlat dini deb e’lon qilindi D)Angliya va Shotlandiya birlashtirildi 3. [1,3 ball] Xitoyda qaysi sulola davrida kitob bosish dastgohi kashf etilgan? A) Sun sulolasi B) Min sulolasi C) Yuan sulolasi D) Tan sulolasi 4. [3,2 ball] Quyidagi tarixiy voqealar (ma’lumotlar) to‘g‘ri xronologik ketma-ketlikda ko‘rsatilgan javobni toping. 1) Kushon davlati Hindistonning bir qismini o‘ziga qo‘shib oldi; 2) zilzila oqibatida Olimpiya o‘yin maydoni vayron bo‘ldi; 3) Afinada Xalq majlisidagi lavozimlarga ish haqi to‘lanishi joriy etildi; 4) Rimda senat tashkil etildi; 5) Hindistonda guptalar sulolasi hukmronligi o‘rnatildi; 6) Salavkiylar davlati tashkil topdi. A) 3, 4, 6, 1, 2, 5 B) 3, 6, 3, 1, 5, 2 C) 4, 3, 5, 6, 1, 2 D) 4, 3, 6, 1, 5, 2 5. [3,2 ball] Quyida berilgan arab xalifalari va ularga tegishli ma’lumotlar to‘g‘ri moslashtirilgan javobni toping. A) I-c, II-e, III-b, IV-d B) I-b, II-c, III-a, IV-d C) I-b, II-a, III-c, IV-d D) 1-e, II-c, III-b, 4-a
JALOL BOLTAYEV ’MILLIY SERTIFIKAT’ ‘© TESTLIDER’ 2 6. [3,2 ball] Quyidagi sxemani tahlil qilib, raqamlar bilan ko‘rsatilgan bo‘shliqlarga mos so‘zlar qo‘yilgan javobni toping. A) 1 – Vilgelm II; 2 – Nikolay II; 3 – gabsburglar; 4 – Avstriya-Vengriya B) 1 – Vilgelm I; 2 – Nikolay I; 3 – gogensollernlar; 4 – Buyuk Britaniya C) 1 – Vilgelm I; 2 – Aleksandr III; 3 – gabsburglar; 4 – Avstriya-Vengriya D) 1 – Vilgelm II; 2 – Nikolay II; 3 – gogensollernlar; 4 – Avstriya-Vengriya 7. [2,2 ball] Tarixiy shaxsni aniqlang. “U Uchinchi respublika davrida Fransiyada bosh vazir bo‘lib ishlagan. Irq va mustamlakachilikka oid qarashlari munozara va tanqidlarga sabab bo‘lgan. Ba’zi nutqlari va harakatlari zamonaviy standartlarga ko‘ra irqchilik sifatida talqin qilinadi. Chunonchi, uning davrida Tunisda Fransiya hukmronligi o‘rnatilgan va Madagaskarga qarshi urush e’lon qilingan. Ichki siyosatda 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun majburiy bepul ta’lim, ta’limning dunyoviyligini ta’minlash kabi muhim islohotlarni amalga oshirgan”. A) J. Klemanso B) A. Tyer C) S. Karno D) J. Ferri 8. [2,2 ball] Tarixiy shaxsni aniqlang. “U Amerikada iqtisodiy imperiyaga ega “katta uchlik” oilalaridan birining vakili edi. U XX asr boshlarida boshqa bir kapitalistning po‘lat biznesini sotib olgan. Shuningdek, o‘sha davrda jahondagi birinchi bir milliard dollarlik kapitalga ega bo‘lgan kompaniya – “Po‘lat korporatsiyasi” trestini tashkil etgan. Shu tariqa po‘lat sohasida ham yetakchi kuchga aylangan. Uning po‘lat tresti mamlakatdagi po‘latning 2/3 qismini ishlab chiqargan”. A) J. Rokfeller B) J. Morgan C) E. Karnegi C) F. Krupp 9. [2,2 ball] Tarixiy shaxsni aniqlang. “U ijtimoiy kelib chiqishi jihatidan qoraxoniylar sulolasiga mansub bo‘lgan. Arab, fоrs, turkiy kabi 7-8 tilni puxta egallagan. Alloma dastlabki univеrsal lug‘at asoschisi bo‘lib, ushbu asari orqali dunyoga qomusiy olim sifatida tanilgan”. A) Mahmud Zamaxshariy B) Yusuf Xos Hojib C) Mahmud Koshg‘ariy D) Abu Nasr Farobiy
JALOL BOLTAYEV ’MILLIY SERTIFIKAT’ ‘© TESTLIDER’ 3 10. [2,2 ball] Quyida berilgan ma’lumotlar qaysi davlat haqida ekanligini aniqlang. “Ushbu davlat IX asr birinchi choragida Xurosonda vujudga kelgan bo‘lib, bir asr ham hukm surmagan. Turli davrlarda Marv, Nishopur shaharlari poytaxt vazifasini o‘tagan. IX asr ikkinchi yarmida Xurosonda hukmron sulolaga qarshi g‘oziylar faolligida xalq qo‘zg‘olonlari avj olib ketadi. Oqibatda ularning hukmronligi tugatilib, yangi sulola boshqaruvga keladi”. A) Somoniylar davlati B) Safforiylar davlati C) Qoraxoniylar davlati D) Tohiriylar davlati 11. [3,2 ball] Ma’lumki, 1240-yilda Chingizxonning nabirasi, Jo‘jixonning (Chingizxonning katta o‘g‘li) o‘g‘li Botuxon Oltin O‘rda xonligiga asos soldi. Ushbu davlat qaysi hududlarni o‘z ichiga olgan edi? 1) Xuroson; 2) Xorazm; 3) Shimoliy Kavkaz; 4) Irtish daryosi bo‘ylari; 5) Volga bulg‘orlari yurti; 6) Sharqiy Turkiston; 7) Yettisuv; 8) Dashti Qipchoq; 9) Qrim; 10) G‘arbiy Sibir. A) 1, 4, 5, 6, 9, 10 B) 1, 3, 6, 7, 8, 9 C) 2, 3, 4, 5, 7, 9 D) 2, 3, 5, 8, 9, 10 12. [1,3 ball] Quyidagi tarixiy voqealardan qay biri Hindistonning XIX asr ikkinchi yarmi tarixiga oid emas? A) “Hindiston milliy kongressi”ning tashkil topishi B) ish vaqtining 12 soat bilan cheklanishi C) HMK tarkibida “so‘l” – radikal oqimning shakllanishi D) sipohilar qo‘zg‘olonining bo‘lib o‘tishi 13. [3,2 ball] “Yuz yillik urush” davrida Yevropada hukmronlik qilgan qirollarni aniqlang (o‘rta asrlar). 1) Genrix VII; 2) Richard II; 3) Ioann Saxiy; 4) Eduard III; 5) Filipp IV; 6) Karl VI; 7) Lyudovik XI; 8) Lyudovik VI. A) 2, 3, 5, 7 B) 1, 4, 5, 8 C) 2, 3, 4, 6 D) 3, 4, 6, 7 14. [1,3 ball] Myunxen kelishuvining imzolanishi quyidagi qaysi siyosatchining iste’fosiga sabab bo‘lgan? A) Eduard Dalade B) Uinston Cherchill C) Devid Lloyd Jorj D) Nevill Chemberlen 15. [2,2 ball] Xorazmshohlarga oid quyidagi ma’lumotlardan to‘g‘ri berilganlarini aniqlang. 1) Mo‘g‘ullarning ulug‘ xoqoni O‘qtoy davrida xorazmshohlar sulolasi butkul barham topgan; 2) Umaviy xalifa Nosirning Jaloliddin Manguberdiga qarshi yuborgan 20 minglik qo‘shini Basra yaqinidagi jangda tor-mor keltirilgan; 3) Qutbiddin Muhammad “xorazmshoh” unvonini tiklab, Xorazmni saljuqiylarga qaramlikdan to‘la ozod etgan; 4) Jaloliddin Manguberdi Movarounnahr va Xurosonni tark etgach, dastlab Shimoliy Hindistonda, so‘ngra Kirmon, Fors va Isfahonda, keyinchalik Ozarbayjonda o‘z davlatini barpo etgan; 5) Takash hukmronligi davrida Eron Xorazmga bo‘ysundirilgan; 6) 1210-yilda Samarqand aholisi, 1212-yilda o‘trorliklar Alouddin Muhammadga qarshi isyon ko‘targan; 7) Alovuddin Muhammad davrida Yettisuvgacha bo‘lgan yerlar Xorazmshohlar davlati tasarrufiga o‘tgan. A) 1, 4, 5, 7 B) 1, 2, 3, 5 C) 3, 4, 6, 7 D) 1, 5, 6, 7
JALOL BOLTAYEV ’MILLIY SERTIFIKAT’ ‘© TESTLIDER’ 4 16. [2,2 ball] Quyidagi tarixiy voqealar (ma’lumotlar) to‘g‘ri xronologik ketma ketlikda ko‘rsatilgan javobni toping. 1) Eronda Islom inqilobi bo‘lib o‘tdi; 2) AQSH va Vyetnam o‘rtasidagi urush yakunlandi; 3) Yevropa Iqtisodiy Hamkorlik tashkiloti Yevropa Ittifoqiga aylantirildi; 4) SSSRda “qayta qurish” siyosati boshlandi. A) 2, 1, 3, 4 B) 1, 2, 4, 3 C) 3, 2, 1, 4 D) 2, 1, 4, 3 17. [2,2 ball] Xaritada alohida ajratilib ko‘rsatilgan hudud o‘rta asrlarda quyidagi qaysi davlatning nazorati ostida bo‘lgan? A) asteklar B) inklar C) mayyalar D) vandallar 18. [2,2 ball] Quyidagi jadvalda voqea va uning natijasi o‘zaro mos berilgan qatorlarni aniqlang. № Sabab Natija 1 Den Syaopin tomonidan Tyananmin maydonidagi namoyish kuch bilan tarqatib yuborildi. Ko‘pchilik industrial mamlakatlar bilan munosabatlar keskin yomonlashdi. 2 Inglizlarga qarshi kurashgan Xalq harakati yetakchisi Maxatma Gandi o‘ldirildi. Hindistonda musulmonlar va hind mutaasiblari o‘rtasida diniy urushlar avj olib ketdi. 3 Hindiston bosh vaziri Indra Gandi tomonidan iqtisodga davlat aralashuvining kamaytirildi. mamlakat g‘alla bilan o‘zini o‘zi ta’minlay boshladi. 4 Chilida davlat to‘ntarishi amalga oshirilib, hokimiyatga A. Pinochet boshchiligida harbiy xunta keldi. Konstitutsiya va deyarli barcha erkinliklar bekor qilindi. 5 Ukraina prezidenti V. Yanukovich Yevroittifoq bilan hamkorlik to‘g‘risida kelishuvni imzolashdan bosh tortdi. Kiyev va boshqa shaharlarda “Yevromaydan” deb nom olgan ommaviy chiqishlar bo‘lib o‘tdi. A) 1, 4, 5 B) 1, 2, 3 C) 3, 4, 5 D) 2, 3, 4
JALOL BOLTAYEV ’MILLIY SERTIFIKAT’ ‘© TESTLIDER’ 5 19. [3,2 ball] Quyidagi jadvalda ma’lumotlar to‘g‘ri moslashtirilgan qatorlarni toping. № Davlat Voqea Hukmdor 1 Arab xalifaligi arablar jangsiz Marv shahrini egalladi Usmon 2 Fransiya qo‘shimcha jon solig‘i joriy etildi Richard II 3 G‘aznaviylar davlati Hindistonda o‘z nomidan oltin va kumush tangalar zarb ettirdi Mahmud 4 Koreya dvoryan bo‘lmagan qatlamga ham davlat xizmatida ishlash imkoniyati yaratildi Qirol Kojon 5 Rossiya Alyaska AQSHga sotib yuborildi Aleksandr II A) 1, 4, 5 B) 1, 3, 4 C) 3, 4, 5 D) 2, 3, 5 20. [3,2 ball] Quyida berilgan ma’lumotlarni tahlil qilib Eyler-Venn diagrammasiga mos keladigan javobni aniqlang. Al-M oturidiy Al-M arg‘inoniy a) “Islom dinining isboti” degan sharafli nomga sazovor bo‘lgan; b) kalom ilmiga oid “Bahr al-kalom” asarining muallifi; c) fiqh ilmiga oid “Hidoya” asarining muallifi; d) Samarqandda yodgorlik majmuyi barpo etilgan; e) 2000-yili O‘zbekistonda tavallud ayyomi keng nishonlangan; f) bizgacha faqat 2 ta asari saqlanib qolgan; A) I – a, b; II – c, d; III – e B) I – a, c; II – b, d; III – f C) I – b, d; II – a, c; III – e D) I – d, f; II – a, c; III – e 21. [1,3 ball] SSSR kosmonavti Yuriy Gagarin insoniyat tarixida birinchi marta koinotga parvoz qilgan. O‘sha paytda AQSH prezidenti kim edi? A) R. Nikson B) L. Jonson C) J. Kennedi D) D. Eyzenxauer 22. [2,2 ball] Quyidagi davrlarda yuz bergan tarixiy voqealar to‘g‘ri moslashtirilgan javobni toping. 1) 1870-yillar; 2) 1880-yillar; 3) 1890-yillar. a) Ispaniya va AQSH o‘rtasida urush bo‘lib o‘tdi; b) Fransiya Madagaskarga urush e’lon qildi; c) Kuba xalqi ispan mustamlakachilariga qarshi o‘n yillik ozodlik kurashini boshladi; d) ikkinchi ingliz-afg‘on urushi boshlandi. A) 1-c, 2-b, 3-a B) 1-c, 2-a, 3-b C) 1-d, 2-b, 3-a D) 1-d, 2-c, 3-a
JALOL BOLTAYEV ’MILLIY SERTIFIKAT’ ‘© TESTLIDER’ 6 23. [2,2 ball] 1997-yilda, “Osiyo inqirozi” arafasida, Tailand hukumati milliy valyuta – bahtning kursini AQSH dollariga nisbatan pasaytirishga majbur bo‘ldi. Ushbu ma’lumotdan kelib chiqib hukumat qaysi iqtisodiy jarayonni amalga oshirganini aniqlang. A) inflyatsiya B) devalvatsiya C) deflyatsiya D) repatriatsiya 24. [1,3 ball] Quyidagilardan qay biri Xitoyda yuan sulolasi davrida vujudga kelgan? A) seysmograf B) ipak mato C) quyosh va suv soatlari D) qog‘oz pul 25. [1,3 ball] XX asrning 20-yillari o‘rtalariga kelib O‘rta Osiyoning siyosiy xaritasida qanday o‘zgarishlar yuz berdi? A) Rossiya imperiyasining Turkiston generalgubernatorligi tashkil etildi B) uchta mustaqil davlat: Turkiston (Qo‘qon) muxtoriyati, Buxoro va Xorazm respubliklari tashkil etildi C) sobiq Ittifoqning parchalanishi oqibatida ittifoqdosh respublikalar o‘rnida mustaqil beshta davlat tashkil topdi D) Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm respublikalari o‘rnida oltita milliy davlat birlashmalari tashkil etildi 26. [2,2 ball] Quyida Xiva xonlari nomlari berilgan. Ular bilan bog‘liq ma’lumotlar mos ravishda ko‘rsatilgan javobni toping. 1) Muhammad Aminxon; 2) Asfandiyorxon; 3) Said Muhammadxon. a) xonlik chegarasida yangi istehkom qurilganligidan norozi bo‘lib, Rossiya imperatoriga maktub yo‘lladi; b) uning davrida bir guruh qoraqalpoqlar Rossiya hukumatidan qoraqalpoqlarni imperiya fuqaroligiga o‘tkazilishini so‘rab murojaat qildilar; c) Ko‘hna ark yoniga Kalta minor nomi bilan mashhur bo‘lgan minorani qurdirdi; d) boshqaruv tizimini tartibga solishni nazarda tutuvchi “Islohotlar loyihasi”ni qabul qildi. A) 1-c, 2-d, 3-b B) 1-c, 2-d, 3-a C) 1-a, 2-d, 3-b D) 1-a, 2-c, 3-b 27. [2,2 ball] Quyidagi tarixiy shaxslarning yashab o‘tgan davri va faoliyati bilan bog‘liq ma’lumot mos ravishda to‘g‘ri berilgan javobni toping. I. Jiyen Jirov; II. Kunxo‘ja Ibrohim; III. Berdaq. 1) 1730–1784-yillar; 2) 1827–1900-yillar; 3) 1799–1880-yillar. a) “O‘roqchilar”, “El bilan” she’rlarining muallifi. b) 25 yoshida iste’dodli shoir sifatida xalqqa tanilgan. c) baxshi sifatida “Alpomish”, “Qirqqiz” kabi dostonlarni zo‘r mahorat bilan kuylagan; A) I. 1-b; II. 3-a; III. 2-c B) I. 2-c; II. 3-a; III. 1-b C) I. 3-c; II. 2-b; III. 1-a D) I. 1-c; II. 3-a; III. 2-b
JALOL BOLTAYEV ’MILLIY SERTIFIKAT’ ‘© TESTLIDER’ 7 28. [1,3 ball] Quyidagi qaysi tarixiy shaxs o‘z hukmronligi davrida O‘rta Osiyoga yurish qilmagan? A) Makedoniyalik Aleksandr B) Doro I C) Kir II D) Filipp II 29. [1,3 ball] 2010-yil iyulda Qirg‘izistonda ekstremistik kuchlar tomonidan uyushtirilgan millatlararo qonli voqealar sharoitida O‘zbekiston o‘z hududiga qancha qochqinni qabul qilgan? A) 80 mingga yaqin B) 10 mingga yaqin C) 200 mingdan ortiq D) 100 mingdan ortiq 30. [2,2 ball] Mualliflar va ularning asarlari to‘g‘ri moslashtirilgan javobni toping. A) 1-a, 2-d, 3-e B) 1-c, 2-d, 3-f C) 1-c, 2-b, 3-f D) 1-b, 2-a, 3-e 31. [2,2 ball] Chizmada nomi keltirilgan hukmdorlar va ularga tegishli ma’lumotlar to‘g‘ri moslashtirilgan javobni toping. A) 1-d, 2-b, 3-f B) 1-c, 2-e, 3-f C) 1-c, 2-b, 3-a D) 1-d, 2-e, 3-f 32. [1,3 ball] Quyidagi qaysi xususiyat zardushtiylik diniga xos emas? A) zardushiylar har kuni tongda Quyosh chiqishiga ta’zim qilishgan B) insonning asosiy burchi adolatli turmush tarzi hisoblangan C) marhumning jasadini yerga ko‘mish, olovda kuydirish, suvga tashlab yuborish ta’qiqlangan D) har qanday xohish-istak azob-uqubatlar olib keladi, deb hisoblangan
JALOL BOLTAYEV ’MILLIY SERTIFIKAT’ ‘© TESTLIDER’ 8 33–35-test topshiriqlariga mos keluvchi javoblarni (A –F) javob variantlaridan tanlang. 1. [2,2 ball] Berilgan voqealardan qaysi biri eng avval sodir bo‘lgan? 2. [2,2 ball] Qaysi voqea natijasida Fransiyaning yarmi Angliya qo‘liga o‘tdi? 3. [2,2 ball] “Yuz yillik urush”ning yakunlanishi bilan bog‘liq ma’lumotni toping. A) inglizlar va fransuzlar o‘rtasida Azenkur jangi bo‘lib o‘tdi. B) Angliyada “Buyuk ozodlik xartiyasi” nomli hujjat qabul qilindi. C) Fransiya qiroli Karl V Angliya bilan tinchlik sulhi tuzdi. D) inglizlar va fransuzlar o‘rtasidagi sulhga ko‘ra, Angliya Kale portiga ega bo‘ldi. E) Fridrix II imperator deb e’lon qilindi. F) Fransiyaning janubidagi Provans viloyati Marsel porti bilan qirol hukmiga o‘tdi. 36. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Afrikada milliy-ozodlik harakatining xarakteri o‘zgardi. Ko‘plab Afrika mamlakatlari uchun urushdan keyingi yillar siyosiy partiyalarni tuzish, mustamlaka rejimlarini qulatish uchun kurash davri bo‘ldi. [1,1 ball] a) Afrika xalqlari kurashida sifat jihatidan yangi davr boshlanganligini o‘zida aks ettirgan V Panafrika kongressi qaysi davlatda bo‘lib o‘tgan? Javob: a) ________________________________________ [1,1 ball] b) 1970-yillarning o‘rtalarida qaysi davlatda inqilob yuz bergandan so‘ng uning Afrikadagi mustamlakalari mustaqillikka erishgan? Javob: b) ________________________________________ Diqqat! Javoblaringizni javoblar varaqasiga ko‘chirib yozing. 37. Rim respublikasi mil. avv. VI asrda vujudga kelgan. [1,5 ball] a) Rimning so‘nggi podshohining nomini yozing. Javob: a) ________________________________________ [1,7 ball] b) Rimda respublika tuzumi rasman qaysi hukmdor davrida tugatilgan? Javob: b) ________________________________________ Diqqat! Javoblaringizni javoblar varaqasiga ko‘chirib yozing.
JALOL BOLTAYEV ’MILLIY SERTIFIKAT’ ‘© TESTLIDER’ 9 38. Fransiya qiroli Filipp II Normandiyaning katta qismini qirol mulkiga qo‘shib olgan. [1,5 ball] a) Filipp II qaysi suloladan bo‘lgan? Javob: a) ________________________________________ [1,7 ball] b) Filipp II Normandiya uchun kim bilan kurash olib borgan? Javob: b) ________________________________________ Diqqat! Javoblaringizni javoblar varaqasiga ko‘chirib yozing. 39. Somoniylar sulolasi 865–999-yillarda hukm surgan. [1,5 ball] a) qaysi tarixiy shaxs somoniylar sulolasiga barham bergan? Javob: a) ________________________________________ [1,7 ball] b) somoniylar davrida xalqaro savdo-sotiqda ishlatilgan kumush tanga nima deb atalgan? Javob: b) ________________________________________ Diqqat! Javoblaringizni javoblar varaqasiga ko‘chirib yozing. 40. Buxoro xonligida shayboniylar sulolasi bir asr hukmronlik qilgan. [1,1 ball] a) Buxoro xonligida hukm surgan oxirgi shayboniy hukmdor kim edi? Javob: a) ________________________________________ [1,1 ball] b) xonlik poytaxtini Samarqanddan Buxoroga ko‘chirgan shayboniy hukmdor kim edi? Javob: b) ________________________________________ Diqqat! Javoblaringizni javoblar varaqasiga ko‘chirib yozing. 41. VIII–IX asrlarda arab xalifaligida og‘ir ijtimoiy-siyosiy vaziyat tufayli ko‘plab qo‘zg‘olonlar bo‘lib o‘tdi. [1,1 ball] a) 806-yilda xalifalikka qarshi kim qo‘zg‘olon ko‘tardi? Javob: a) ________________________________________ [1,1 ball] b) qo‘zg‘olon qaysi viloyatlarga tarqalgan (1 ta viloyat nomini yozing). Javob: b) ________________________________________ Diqqat! Javoblaringizni javoblar varaqasiga ko‘chirib yozing.
JALOL BOLTAYEV ’MILLIY SERTIFIKAT’ ‘© TESTLIDER’ 10 42. XI–XV asrlarda Yevropada hunarmandchilik va savdoning yuksalishi bozor, bank, birjalarni vujudga keltirdi. [1,1 ball] a) zamonaviy ko‘rinishdagi ilk bank qaysi shaharda ochilgan? Javob: a) ________________________________________ [1,1 ball] b) Lion shahrida ilk birja ochilgan davrda Fransiya qiroli kim edi? Javob: b) ________________________________________ Diqqat! Javoblaringizni javoblar varaqasiga ko‘chirib yozing. 43. Gomer qadimgi yunon shoiri bo‘lib, qahramonlik va yunon mifologiyasi asosida asarlar yaratgan. [1,1 ball] a) Gomerning Troya urushiga bag‘ishlangan asari nomini aniqlang va yozing. Javob: a) ________________________________________ [1,1 ball] b) Troya urushiga bag‘ishlangan asarning bosh qahramoni kim ? Javob: b) ________________________________________ Diqqat! Javoblaringizni javoblar varaqasiga ko‘chirib yozing. 44. Mil. avv. 2-mingyillikda qadimgi Yunonistonda ilk shahar-davlatlar vujudga keldi. [1,1 ball] a) Krit orolidagi sivilizatsiya nima deb atalgan? Javob: a) ________________________________________ [1,1 ball] b) Krit orolidagi ushbu sivilizatsiyaning butunlay yo‘qolib ketishiga nima sabab bo‘lgan? Javob: b) ________________________________________ Diqqat! Javoblaringizni javoblar varaqasiga ko‘chirib yozing. 45. XVI asrda reformatsiya butun Yevropa bo‘ylab tarqaldi. Protestantlikning yangi oqimlari paydo bo‘ldi. [1,1 ball] a) kalvinizmga qaysi davlatda asos solingan? Javob: a) ________________________________________ [1,1 ball] b) “Duo o‘qi va ishla!” degan shior O‘rta asrlarda O‘rta Osiyodagi qaysi tariqat tamoyillariga mos bo‘lgan? Javob: b) ________________________________________ Diqqat! Javoblaringizni javoblar varaqasiga ko‘chirib yozing.
JALOL BOLTAYEV ’MILLIY SERTIFIKAT’ ‘© TESTLIDER’ 11 TARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ FANLARIDAN KAFOLATLANGAN O‘QUV KURSI! BU QANDAY? «O‘qishga kirish uchun yillab tayyorgarlik ko‘rish, bir yil o‘qishdan yiqilish, vunderkind bo‘lish shart emas! Kafolatlangan (hujjat bilan) va aniq maqsadlarga yo‘naltirilib ishlab chiqilgan o‘qituvchi metodi va o‘sha metodga javob berish yetarli!» — Abituriyentga mas’ul shaxs (ota-ona) bilan mas’ul repetitor Jalol Boltayev o‘rtasida SHARTNOMA (NATIJA KAFOLATI TO‘G‘RISIDA) tuziladi. Shartnomaga muvofiq abituriyentlarning natijalari (o‘qishga kirishi) kafolatlanadi. Agar abituriyent OTMga kira olmasa, shartnomaga muvofiq kurs to‘lovi qaytarib beriladi. KURS DASTURI HAQIDA QISQACHA: Har bir abituriyentning darsliklar kesimida o‘zlashtirish darajasi Jalol Boltayev ishlab chiqqan dastur bo‘yicha 100 % lik hisobda aniqlab boriladi va abituriyent natijalari haqida unga mas’ul shaxsga oyma-oy hisobot beriladi. Kurs dasturi/metodi qisqa muddat ichida maksimal natijaga erishishga mo‘ljallangan. Kurs dasturi/metodi haqida batafsil ma’lumot: https://telegra.ph/KAFOLATLANGAN-NATIJA-BU-QANDAY-08-22 O‘quv kurslarimizga marhamat! • Repetitorlar: Jalol Boltayev • Telefon: (97) 299-00-66 • Manzil: Xorazm v. Urganch sh., «ARASTU» o‘quv markazi • Mo‘ljal: «Hyundai» avtosaloni yoni