BARKAMOL AVLOD
Farg’ona viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabining prospekti 30.12.2022
№1
Farg'ona viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi direktori
Ziyodjon Yuldashevning yangi yil
TABRIGI
Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar!
Yangi yilda barchamiz mo'jizalarga ishonamiz. Bizning oldimizda hayotdagi yana bir yangi
sahifa ochiladi. Biz yangi yilga eng yaxshi kayfiyat, eng yaxshi tilaklar va yorqin tuyg'ular bilan
kiramiz. Kelgusi yil davomida esa ularni qalbimizda, yuragimizda saqlashga harakat qilamiz!
Agar sizning boshqa muhim ishlaringiz bo'lsa ham ozgina to'xtab, ushbu ajoyib lahzani
oilangiz va do'stlaringizning qaynoq mehri ila nishonlashni unutmang! Hayot har doim
mehribonlik va saxiylik uchun sizga minnatdorchilik bildiradi...
Aziz do'stlar, hozir har kimning o'z umidlari bor. Ammo, har doim barchamiz
yaqinlarimizning sog'lom bo'lishlarini, uyda hamjihatlik hukm surishini, bolajonlarimiz
quvonishini, hayot tinch bo'lishini va hattoki, eng mayda orzular ham amalga oshishini
istaymiz...
Yangi yil arafasida bolaligimizda bo'lgani kabi yangi tilaklar qilamiz, omad va baxt kutamiz.
Vaholanki, ular amalga oshsin! Lekin shunga qaramay, biz o'zimiz, oilamiz, Vatanimiz uchun
eng yaxshi narsalarga faqat o'z kuchimiz bilan, umumiy muvofiqlashtirilgan ishlarimiz bilan
erishish mumkinligini aniq bilamiz va yaqin atrofdagilarga baxt tilaymiz!
Qadrdonlarim, yaqinlaringizga eng iliq so'zlarni ayting, ota-onangizga minnatdorchilik
bildiring, bolalarni muloyimlik bilan mahkam quchoqlang, yuraklaringizni bir-biringizga ochib bering. Axir, millionlab odamlar bunday yorqin his-tuyg'ularni
boshdan kechirsa, dunyo baxt va ishonchga yanada to'ladi.
Kirib kelayotgan yangi 2023-yildan umidlarimiz juda katta! Yangi yilda dadil qadamlar bilan yanada yuksakroq marralarga erishishga harakat qilamiz. Bu
yo'lda esa sizlarning bizga bo'lgan ishonchingiz va qaynoq mehringizning o'rni beqiyos!
Yangi 2023-yilda sizlarga omad, baxt, sog'lik tilayman! Farg'ona viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi ham sizlarga doim iliq xotiralar, yaxshi
yangiliklar, ezgu maqsadlar ro'yobini ulashib boradi!
“G'ururim, iftixorim — mening bayrog'im”
"Barkamol avlod" oilasi
5 tashabbusda...
Farg'ona viloyat "Barkamol avlod" bolalar Farg'ona viloyatida 5 ta muhim tashabbus
maktabi Farg'ona viloyat Milliy Gvardiya ko'rik-tanlovining taqdirlash marosimi bo'lib
boshqarmasi bilan hamkorlida yurtimiz o'tdi.
bayrog'ining 31 yilligiga bag'ishlangan Islom Karimov nomidagi san'at saroyida
"G'ururim, iftixorim — mening bayrog'im!" bo'lib o'tagan marosimda viloyatimizdagi
mavzusida ko'rik-tanlov tashkilladi. bir qator "Barkamol avlod" bolalar
maktablari ham ishtirok etib, faxrli o'rinlarni
Milliy Gvardiya Farg'ona viloyat egallashdi. Jumladan, Toshloq tuman
boshqarmasining matbuot zalida bo'lib "Barkamol avlod" bolalar maktabi
o'tgan qiziqarli tanlovning sharti bo'yicha "Robototexnika" to'garagi a'zosi
"Barkamol avlod" bolalar maktabining M.Xo'jamberdiyev, Qo'qon shahar
to'garak a'zolari bayrog'imizga oid eng "Barkamol avlod" bolalar maktabi
kreativ rasmlarni chizish orqali o'zaro "Robototexnika" to'garagi a'zosi Yahyoxon
bellashdilar. Ne'matov tanlovning respublika bosqichida
faxrli 1-o'rin, Farg'ona tumani "Barkamol
To'garak a'zolarining musiqali chiqishlari avlod" bolalar maktabi "Robototexnika"
uyg'unligida bo'lib o'tgan ko'rik-tanlov to'garak a'zosi Muhammadziyo
natijalariga ko'ra, 3-o'rinni Farg'ona Mo'ydinjonov tanlovning respublika
shahridan M.Kimsanjonova, 2-o'rinni bosqichida "Robotlar jangi" yo'nalishi
Quvasoy shahridan G. Abdiyeva, 1-o'rinni bo'yicha 2-o'rinni egalladi hamda g'oliblar
esa Farg'ona viloyatidan M.Mahmudovalar sertifikat va esdalik sovg'alari bilan
egallab, esdalik sovg'alari hamda diplom taqdirlandi.
bilan taqdirlandi!
BARKAMOL AVLOD 2-bet
FVV VA “BARKAMOL AVLOD” Bizning
faxrimiz
Farg'ona viloyati Beshariq tumani "Barkamol
avlod" bolalar maktabida tuman Yong'in xavfsizligi
boshqarmasi boshlig'i mayor Abduvohid To'rayev
bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Tadbir davomida
o'quvchi va ustozlarga soha xodimlari tomonidan
favqulotda holat yuzaga kelganda ko'riladigan
birinchi chora-tadbirlar, yong'inni oldini olish va
texnika xavfsizlik qoidalari bo'yicha tushuntirishlar
berildi. Shuningdek, sohaga oid suhbat ham
qatnashuvchilarning ushbu kasbga bo'lgan
qiziqishlarini oshirdi. Tadbir davomida kuz-qish
mavsumiga tayyorgarlik chora-tadbirlari bo'yicha
ham ko'rsatmalar berildi.
So'x tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabi 18-noyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat
o'quvchilariga FVV xodimlari amaliy va nazariy bayrogʻi qabul qilinganligining 31 yilligi
ko'nikmalar berish maqsadida o'quv munosabati bilan Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi
mashg'ulotlarini o'tkazdi. Mashg'ulotlar davomida Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi
yig'ilganlarga favqulodda holatlarda qanday Tasviriy san'at yo'nalishida "Bayrogʻimiz —
haraktalanish borasida tushuncha va tavsiyalar faxrimiz" challengeni e’lon qilgan edi!
berib o'tildi.
Ushbu tanlovda Marg'ilon shahar "Barkamol
Quvasoy shahar "Barkamol avlod" bolalar avlod" bolalar maktabi to'garak a'zosi Umarova
maktabi bilan tumani FVV bilan hamkorlida "Uch Shahribonu 1-o'rinni qo'lga kiritdi!
avlod uchrashuvi" tadbiri tashkillandi. Tadbirda
bolalar maktabi to'garak a'zolari va FVVda faoliyat
yuritgan nafaqadagi xodimlari bilan uchrashuv
bo'lib o'tdi! Uchrashuv ko'tarinki ruhda o'tib,
yig'ilganlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar
olishdi.
Farg’ona viloyati Quva tumani "Barkamol avlod"
bolalar maktabi hamda Farg’ona viloyati Quva
tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi bilan
hamkorlikda to’garak a'zolari va to’garak
rahbarlariga davra suhbati tashkillandi. Ushbu
davra suhbatida Favqulodda vaziyatlar bo’limi
xodimlari tomonidan suv toshqinlari, ko’chkilar
vaqtida qanday harakatlanish va unday holatda
birinchi yordam ko’rsatish bo’yicha tushunchalar
berib o’tildi.
“Men sevgan qahramon”
Farg'ona viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktablari 3-10 — dekabr kunlari Shri-Lanka davlatida
to'garak a'zolari o'rtasida "Men sevgan qahramon" bo'lib o'tgan "Maktablar o'rtasida shaxmat
mavzusida yosh kitobxon ko'rik-tanlovi bo'lib o'tdi. bo'yicha 16-Osiyo chempionati — 2022"
musoboqalarida 17 yoshgacha bo'lgan oʻquvchi-
Tanlovda barcha tuman-shahar "Barkamol avlod" yoshlar o'rtasida Fargʻona viloyati, Qo'qon
bolalar maktabi to'garak a'zolari ishtirok etishdi! shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabining
Ishtirokchilar 2 ta shart ya'ni, o'zbek va jahon adabiyoti shaxmat to'garagi a'zosi Muhammadrizo Umarov
yo'nalishlari bo'yicha tanlov nizomi asosida bellashdilar! g'oliblikni qo'lga kirtib, 1-darajali sertifikat bilan
taqdirlandi!
Farg'ona viloyat Uchko'prik tumani "Barkamol avlod"
bolalar maktabi binosida bo'lib o'tgan viloyat miqiyosidagi Muhammadrizo Asqarali o'g'li bunday ijobiy
"Men sevgan qahramon" ko'rik-tanlovi yakuniy natijalariga natijani qo'lga kiritishida Qo'qon shahar
ko'ra: "Barkamol avlod" bolalar maktabining "Shaxmat"
«ENG FAOL ISHTIROKCHI" nominatsiyasi bo'yicha 3 ta to'garagida olgan amaliy ko'nikmalari ham qo'l
jamoa: keldi!
Quva tuman jamoasi: KUN HIKMATI
X. Mahmudova, M. Nabiyeva
Kechirimli bo’lish ham
Uchko'prik tuman jamoasi: oliy saodatdir!
G. Ibrohimova, N. Abdug'offorova
Toshloq tuman jamoasi:
T. Abdumajidova, A. Ro'ziyev
G'OLIBLAR:
3 - o'rin O'zbekiston tumani:
M. Turg'unaliyev, M. Sultonova
2 - o'rin Farg'ona shahar:
G. Muhammadjonova, M.Qurbonova
1 - o'rin Oltiariq tumani:
E. Saidov, H. Nomonova
Ishtirokchilar diplom va ajoyib sovg'alar bilan
taqdirlandilar!
BARKAMOL AVLOD 3-bet
“Barkamol avlod” SIYO kubogida
Sportning Oyama kiokushinkay-kan karate turi
bo'yicha 22-23-noyabr kunlari Navoiy viloyati
So'g'diyona sport majmuasida Osiyo kubogi bo'lib
o'tidi. E'tiborli va quvonarli jihati shundaki, ushbu
qizg'in bellashuvning ilk kunidanoq Farg'ona
viloyatidagi bir qator "Barkamol avlod" bolalar
maktablarining to'garak a'zolari ijobiy natijalarga
Quvasoy shahar: A.Ravshanov 3-o'rin, Rishton tumani: M.Boyboboyev 3-o'rin, Oltiariq tumani: A.Ahmadjonov 2-o'rin, Marg'ilon shahar: Inomjonov
Muhammadsidiq 1-o'rin, G'oziyev Muhammadrizo 1-o'rin, Boxodirov Humoyunmirzo 2-o'rin, Axmadaliyeva Sarvinoz 2-o'rin, Dolimov Ro'zimuhammadjon
2-o'rin, Toshloq tumani: Erkinov Johondor 3-o'rin, Azamov Asilbek 1-o'rin.
Aytishimiz kerakki, Marg'ilon shahridan 2 ta 3-o'rin, 2 ta 1-o'rin, 3 ta 2-o'rin; Toshloq tumanidan 1 ta 1-o'rin; Oltiariq tumanidan 2 ta 2-o'rin; Quvasoy
shahridan 1 ta 3-o'rin; Farg'ona viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabidan 1 ta 2-o'rinlar egallanib, ular Osiyo kubogidagi murosasiz bahslarda
O'zbekiston sha'nini munosib himoya qilishdi!
ham toʻgaraklar
faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda
Endilikda Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi
Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi
tashabbusi bilan mahallalarda ham toʻgaraklar
tashkil etilmoqda. Shu munosabat bilan Farg‘ona
viloyatidagi bir qator "Barkamol avlod" bolalar
maktablarida ham tarmoq to'garaklar ochildi!
Marg‘ilon shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan shahardagi "Tut-tagi" mahalla fuqarolar yigʻini qoshida “Floristika va fauna” tarmoq to'garagi,
Toshloq tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi "Axshak guzar" mahalla fuqarolar yigʻini qoshida “Bichish-tikish” tarmoq to'garagi, Rishton tuman “Barkamol
avlod” bolalar maktabi tomonidan tumandagi "Oqoltin" mahalla fuqarolar yigʻini qoshida “Rejissorlik, jurnalistika va notiqlik” to'garagi, Quvasoy shahar
"Barkamol avlod" bolalar maktabi va hududda yangi qad rostlagan "Nayman" MFY hamkorligida IT yo'nalishidagi "Yosh dasturchi" tarmoq to'garagi, Farg'ona
shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabi hamda 55-sonli "Tabassum" MFY hamkorligida "To'qimachilik" to'garagi va huddi shu yo'nalishda Bag'dod tumanida
ham tarmoq to'garak, Beshariq tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan tumandagi "Dala-Hamid Olimjon" mahalla fuqarolar yigʻini qoshida esa
“Shaxmat va shashka” hamda “Floristika” yoʻnalishida tarmoq to'garak, Furqat tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan "Tomosha" MFY da "Raqs"
to'garagi, Dang'ara tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan "Katta turk" MFYda "Yosh kitobxon" to'garagi hamda Oltiariq tuman "Barkamol avlod"
bolalar maktabi tomonidan "Bug'doychi" MFYda "Tasviriy san'at" to'garaklari shular jumlasidandir!
"BOLALARGA BERING DUNYONI" ko'rik-tanlovi
“20-noyabr Butunjahon bolalar kuni” hamda “8-dekabr
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi”
munosabati bilan Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika
“Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi Bosh Prokuraturasi bilan hamkorlikda “Bolalarga
bering dunyoni” respublika ko‘rik-tanlovi tashkil etildi! Ushbu
tanlovning Farg'ona viloyat bosqichi bo'lib o'tdi. Eslatib o'tishimiz
kerakki, to'garak a'zolari 2 ta yo'nalish bo'yicha o'zaro
bellashdilar:
a) “Bola huquqlari”ga oid rasm;
b) “Konstitutsiyaviy islohotlar yoshlar nigohida” mavzusiga oid
rasm.
Viloyat bosqichida 1, 2, 3 - o'rinlarni egallagan ishtirokchilar
viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan diplom va
qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
Bayramona bo'lib o'tgan ushbu ko'rik-tanlovning yakuniy natijalariga ko'ra, «Bolalar huquqlari"ga oid rasm yo'nalishida; 1-o'rin: Bag'dod tumani, Xalilov
Boburjon, 2-o'rin: Toshloq tumani, Tojimatova Mohigul, 3- o'rin: Quva tumani, Dexqonova Nazokat. "Konstitutsiyaviy islohotlar yoshlar nigohida" mavzusiga
oid rasm yo'nalishida; 1-o'rin: Oltiariq tumani, Jumaboyeva Gulsanam, 2-o'rin: Farg'ona shahar, Azimov A'zamjon, 3-o'rin 2 ta: Margilon shahar,
Raxmonjonova Muhtoraxonnishobegim, Uchko'prik tumani, Mo'minov Nozimjon.
G'oliblarni viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi nomidan tabriklaymiz! Faxrli 1-o'rinni egallaganlarga esa tanlovning Respublika bosqichida omad yor
bo'lsin!
BARKAMOL AVLOD 4-bet
XAYRIYA AKSIYASI
Farg'ona viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan xayriya aksiyasi
tashkil etildi!
Viloyat xalq ta'limi tasarrufidagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan
86-sonli yordamchi maktab internati hamda Farg‘ona shahridagi alohida ta'lim ehtiyojlari
bo‘lgan (ko‘zi ojiz) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 1-sonli “Nurli maskan” maktab internatida
bo'lib o'tgan aksiya davomida to'garak a'zolarining musiqali chiqishlari, to'garak rahbarlarining
esa bayramona konsert dasturi bolalarning quvonchiga quvonch ulashdi!
Viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan imkoniyati cheklangan bolajonlar uchun
taqdim etilgan sovg'alar ekspozitsiyasi esa xayriya aksiyasi atmosferasini yanada ko'tarinki
qildi!
Bundan asosiy maqsad — bolalarning dunyoqarashini kengaytirish, bilim va salohiyatini
oshirish bu orqali esa yoshlarni ma'naviy savodxonligini yuksaltirishga qaratilgan!
Respublika ko’rik-tanlovi
O'quvchi-yoshlarning iqtidorlari va ehtiyojlariga muvofiq ularning ijodiy qobiliyatlarini namoyon qilish, milliy qadriyatlarimizni yoshlar ongiga chuqur
singdirish, tobora kamayib borayotgan xalq amaliy san’atini rivojlantirish, yosh avlodning ma’naviy dunyosini boyitish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil
etish hamda moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish maqsadida Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan "Xalq
ta'limi sovrini" respublika ko'rik-tanlovi tashkil etildi. Tanlov nizomiga ko'ra, 10 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan o'quvchi-yoshlar yog'och o'ymakorligi,
liboslar dizayni hamda yosh arxitektor yo'nalishlari bo'yicha bellashishlari belgilangan edi. Ushbu ko'rik-tanlovning Farg'ona viloyat bosqichi Marg'ilon
shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabi binosida bayramona ruhda bo'lib o'tdi. To'garak a'zolari tomonidan yuqoridagi 3 ta yo'nalish bo'yicha taqdim
etilgan ishlar Farg'ona Politexnika insituti hamda "Hunarmand uyushmasi" Farg'ona viloyat boshqarmasi tomonidan jalb etilgan mutaxassislar tomonidan
ko'rib chiqilib, baholandi va g'oliblar aniqlandi! Yakuniy natijalariga ko'ra, "Liboslar dizayni" yo'nalishi bo'yicha 1-o'rin: Quvasoy shahar, G.Abdiyeva, 2-
o'rin: Farg'ona tuman, Z.G'iyosova, 3-o'rin: Beshariq tuman, Sh.Nuraliyeva. "Eng yaxshi dizayner" nominatsiyasi bo'yicha Qo'qon shahar, S.Aliyeva.
"Yog'och o'ymakorligi" yo'nalishi bo'yicha 1-o'rin: Furqat tuman, S.Tohirov, 2-o'rin: Uchko'prik tuman, M.Sobirxonov, 3-o'rin: Beshariq tuman, I.Ilhomjonov.
"Eng mohir hunarmand" nominatsiyasi bo’yicha Yozyovon tumani, Sh.Nishonboyev. "Yosh arxitektor" yo'nalishi bo'yicha 1-o'rin: Farg'ona tuman,
R.Qambarova, 2-o'rin: Beshariq tuman, I.Inomov, 3-o'rin: Qo'shtepa tuman, A.Ibrohimjonov.
G'oliblarni tabriklaymiz, Respublika bosqichida ularga omad yor bo'lsin!
Farg'ona viloyatining "Barkamol avlod" bolalar
maktablari to'garak a'zolari o'rtasida ingiliz tildagi
"ZAKOVAT" intellektual o'yinlari bo'lib o'tishi haqida
ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali
xabar bergan edik.
O'yinning o'tkazilish tartibini belgilash uchun 2022-yil
11-noyabrda qura ham tortilgan bo'lib, ushbu tartibga
muvofiq ilk o'yinni Qo'shtepa tuman "Barkamol avlod"
bolalar maktabining ingliz tili to'garak a'zolari boshlab
berdi.
Ingliz tilida qizig'in tus olgan o'yinda Qo'shtepa tuman
"Barkamol avlod" bolalar maktabining ingliz tili to'garak
a'zolari 6:4 natija bilan mag'lubiyatga uchradi. Keyingi
o'yinni esa Bag'dod tuman "Barkamol avlod" bolalar
maktabining ingliz tili to'garak a'zolari davom ettirib, ular
ham 6:0 natija bilan mag'lubiyatga uchradi. Viloyat
miqiyosidagi "Zakovat" o'yinlari davom etadi!
Viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktablari o'rtasidagi
"Zakovat" o'yinlarini o'tkazishdan maqsad — o‘quvchi-
yoshlarni chet tili kommunikativ kompetensiyasi, ya’ni
o‘rganayotgan chet tili bo‘yicha egallagan bilim,
ko‘nikma va malakalarini muloqot jarayonida qo‘llay
olishga o‘rgatish, iqtidorli va qobiliyatli o‘quvchilarni
aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, noyob fazilatlarini
yanada rivojlantirishdan iborat!
Muassis: Eslatma: ushbu nashr OAV emas. Bizning manzil: Farg’ona shahar, Farg’ona ko’chasi 2-uy.
Prospekt har oyda 1 bora nashr etiladi. Tel: +998732412531
Farg’ona viloyat BABM.
Direktor: Nashrga tayyorlovchi: Sahifalovchi:
Ziyodjon Yuldashev Shokirjon Normuhammadov Xurshidjon Abdusalomov