R
Buyuk Temur Jahon bo`ylab
O`z dovrug`in solgan tilim
Bobur Mirzo tillaridan
Meros bo`lib qolgan tilim
Shunday tildan tonar bo`lsam
Qiyma-qiyma bo`lsin tilim
Alla bo`lib jaranglaydi
Ona tilim-jonu dilim.
Notiq dedi taqdir bu
Bu jahoniy iroda
Tillar yo`qolur butkul
Bir til qolur dunyoda
Ey voiz pastga tush
Bu gap chiqdi qayerdan
Navoiy bilan Pushkin
Turib keldi qabrdan
Kim darg`azab kim hayron
Turdilar qator bo`lib
Dalde, Shuller va Bayron
Firdavs,Balzang, Tagor
Vazingni qo`y birodar
Sen aytganing bo`lmaydi
Barcha dedi barobar
Ona tilim o`lmaydi.
“Til topilsa-dushman ham do`st bo`lar”
“Til-dil tilmochi”
“Tilni bilish-dilni bilish”
“Tilga ixtiyorsiz-Elga e`tiborsiz”
“Til bor-bol keltiradi;
Til bor-balo keltiradi”
“Dunyoda eng chuchuk narsa ham –til,
Eng achchiq narsa ham-til”
“Til bilan tugulgan tugun-qo`l bilan
yechilmas”
“Til bilgan yo`lda qolmas”
O`zbekiston Respublikasining
mustaqillikka erishishi ma`naviy
poklanishni boshlab berdi.
Uning natijasi o`laroq 1989-yili
21 -oktyabrda “O`zbekiston
Respublikasining davlat tili
haqida”gi qonun qabul qilindi.Bu
qonun o`zbek xalqi milliy ongining
rivojlanishida, mamlakat
mustaqilligi mustaxkamlanishida,
madaniy merosning tiklanishida
muhim rol o`ynadi.Mazkur qonun
qoidalari O`zbekiston
Konstitutsiyasida mustahkamlab
qo`yildi.
Konstitutsiyaning 4-moddasiga
binoan “O`zbekistonda Davlat tili-
o`zbek tilidir”.
.
ONA TILIM
Garchi zug`um qilganlarni yoqtirmadim,
She`r yozdimu bo`lak ishni qotirmadim.
Tilim turib o`z tilimda gapirmadim,
Bir eslasam eziladi bag`ri-dilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim
Sen bo`lmasang nima bizga silliq she`rlar,
Bu dunyoda tili yo`qda dil yo`q derlar.
Bahoingku berib ketgan Alisherlar,
Yuragimning to`ridagi so`lmas gulim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Bir qarasam har shevangda ming jilolar,
Har novdangda, har mevangda ming jilolar.
Qodiriylar,Cho`lponlaru, Abdullolalar,
Sening qaytgan kuning men tug`ilgan yilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Muhammad Yusuf
Tilning paydo
bo`lishi
Insonning o`zi, uning ongi mehnat
jarayonida paydo bo`lgan kabi, til ham
insonlarning mehnat qilishi jarayonida paydo
bo`lgan. Insoniyat taraqqiyotining ma`lum bir
davrida, aniqrog`i, ibtidoiy jamoa tuzimi
davrida odamlar mehnat qilishlari jarayonida
bir-birlariga o`z fikrlarini, his-tuyg`ularini
bayon qilish istagi tug`ilgan va bu dastlabki
oddiy tilning paydo bo`lishiga turtki bo`lgan.
Til va jamiyat bir-biriga ta`sir qilib
turadigan, birining rivojiga boshqasi hissa
qo`shadigan hodisalar bo`lganligi uchun
jamiyatda yuz bergan o`zgarishlar tezlik bilan
tilda ham aks etishi tabiiydir.
O`zbek tili oltoy tillar oilasining turkiy tillar
turkumiga kiradi. Dunyoda 24 xil turkiy til
bor: o`zbek, turkman, ozarbayjon, qozoq,
qirg`iz, turk, uyg`ur, boshqird, qoraqalpoq,
tatar, chuvash, yoqut, qorachoy, balqar, tuva,
oltoy turklari, xakas, gagauz, shor, qoraim,
qumiq, no`g`oy, oyrot, karagas.
1. Milloddan oldingi davrlardan to X-asrlargacha
bo`lgan davrdagi til fanda qadimgi turkiy til deb
yuritiladi. Qadimgi xalq og`zaki ijodi na`munalari,
O`rxun-Enasoy yodkorliklari (VI-VII asrlar) shu
tilda yaratilgan.
2. XI-XIV- asrlarda amalda bo`lgan til eski turkiy til
deb ataladi. Mahmud Qoshg`ariyning “Devonu-
lug`atit-turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg`u
bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibbatul haqoyiq”,
Xorazmiyning “Muhabbatnoma”, Rabg`uziyning
“Qissai Rabg`uziy” asarlari shu tilda yaratilgan.
3. XV-asrdan XIX-asrning ikkinchi yarmigacha
qo`llangan til eski o`zbek adabiy tili deb
nomlangan. Atoyi, Sakkokiy, Sayfi Saroyi,
Lutfiy,Alisher Navoiy, Bobur,Mashrab,
Turdi,Maxmur,Gulxaniy, Muqimiy,Furqat,Zavqiy
va boshqa ko`plab ijodkorlarning asarlari shu
tilda yaratilgan.
4. XIX-asrning ikkinchi yarmidan to hozirgi
davrgacha ishlatib kelayotgan tilimiz hozirgi
o`zbek adabiy tili deb ataladi. 1989 –yil 21-oktyabri
da o`zbek tili O`zbekiston Respublikasining davlat
tili ekanligi haqida qonun qabul qilindi. Shundan
keyin tilimizning yangi taraqqiyot bosqichi
boshlandi.
Eski o`zbek tilining rivoji buyuk
Alisher Navoiyning nomi bilan
bog`liqdir.U eski o`zbek tilining keng
imkoniyatlaridan foydalangan holda
ajoyib asarlar yaratibgina qolmasdan, bu
tilni ilmiy jihatdan chuqur tadqiq qiluvchi
“Muhokama-ul-lug`atayn” nomli yirik
ilmiy asar ham yozadi va unda o`zbek
tilining boshqa tillardan hech kam
emasligini ishonarli misollar bilan
isbotlab berdi.
“Ey Navoiy bazm tuzgan ermish
ul gul bog` aro,
To parishon bo`lmasun,
bulbuldek afg`on aylama”
Qadrim so`raganda qayrog`i
tilim
Yorning ta`rifida qaymog`i
tilim,
Yovning yuragiga titroqlar
solgan
Alpomish belida belbog`i tilim.