The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by takmboysun, 2021-02-01 01:14:19

Alisher Navoiy haqida buklet

Alisher Navoiy haqida buklet

Alisher Navoiy
(1441-1501)

Alisher Navoiy tavalludiga 580 yil to'ldi. Alisher
Navoiy o'zbek adabiyotining rivojiga ulkan hissa
qo'shgan . Mana, oradan 5 asr o'tgan bo'lsa ham Navoiy
asarlari millatimizning eng ulkan ma'naviy xazinasi

bo'lib kelmoqda.

Alisher Navoiy turkiy va forsiy tillarda g'azallar
bitgan. Uning nazmiy asarlari 120 ming baytdan
ortiq. 51230 misradan tashkil topgan. "Xamsa”

esa shoirning shoh asaridir. "Xazoyin ul-
maoniy” (Ma'nolar xazinasi) devoni qariyib 45

ming misradan iborat.

Mir Alisher Navoiy butun umrini nafaqat ijodga, balki
xalq farovonligi yo'lida bunyodkorlik hamda ezgulik va
xayr-saxovat ishlariga bag'ishlagan. Bobokalonimiz faqat
Hirotda emas, Xurosonning barcha viloyatlarida ham
ko'plab xayriya uylari, ko'prik va rabotlar, hovuzlar barpo

ettirgani tarixdan bizga ma'lum. Barchamizga yaxshi
ayonki, Navoiy o'z davrida zamondosh shoirlar, olimlar va
san'at ahlining moddiy va ma'naviy ko'makchisi, san'at va

adabiyotning haqiqiy homiysi bo'lganlar.

“Mutafakkir shoirimizning “Odamiy ersang, demagil
odami, Onikim, yо‘q xalq g‘amidin g‘ami”, degan

satrlarida qanchalik chuqur ma’no bor. Ya’ni, bu dunyoda
insonlarning dard-u tashvishlarini о‘ylab yashash –

odamiylikning eng oliy mezonidir. Xalqning g‘amidan
uzoq bо‘lgan insonni odam qatoriga qо‘shib bо‘lmaydi,

deb uqtirmoqda ulug‘ bobomiz” .

Mirziyoyev Sh.M


Click to View FlipBook Version