The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by takmboysun, 2021-06-12 05:52:28

Boysun tumani haqida qo`llanma

Boysun tumani haqida qo`llanma

Boysun tuman Axborot-kutubxona markazi
Bibliografiya xizmat bo`limi

BOYSUN
MA`NAVIYAT

BESHIGI

Uslubiy qo`llanma

Boysun TAKM -2021 yil

So`z boshi!

Yunoniston va Baqtriya va Kushon podsholiklari madaniyatini, o'tinparastlarning
butparast marosimlarini va shaman kultlarini yodda saqlaydigan maxfiy joyga olib boradigan
vaqt o'tishi bilan sayohat qilishni xohlaysizmi?

Savdo karvonlari bu erda ming yillar davomida tor tog 'kanyonidagi temir darvozalar orqali
sayohat qilishgan. Bu hududdan Makedoniyalik Aleksandr, Chingizxon, Tamerlan
qo'shinlari o'tgan.

Teshik-Tosh g'oriNeandertal odamlari qoldiqlari topilgan joyda dunyoga tanilgan. Mesolit
davri "sehrli buqa ovi" ning devoriy rasmlarini Kugitang tog'larida yaqinda ko'rish mumkin.
Bularning barchasi BOYSUNda.

Siz Termizdan Boysun tog'lari tomon bor-yo'g'i ikki soatlik yo'lni bosib o'tasiz va o'zingizni
butunlay boshqacha dunyoda ko'rasiz, u erda mahalliy xalqning ko'p asrlik urf-odatlari va
madaniyati deyarli o'zgarmagan.

Boysun shunday qadriyatlar beshigi hisoblanadi!!!

Boysun tumani 1926-yil 29-sentabrda tashkil topgan. Umumiy yer maydon 3,72 ming
kv.km. Aholisi 115.8 ming kishi [2018]. Tuman markazi — Boysun shahri Termizdan
145 km shimoliy-gʻarbda joylashgan. Tumanda 7 ta qishloq bor: Avlod, Boysun darvadar,
Machay, Rabot, Sayrob, Qoʻrgʻoncha. Yaqin temir yoʻl bekati - Elbayongacha 72 km.
Xongarangsoy, Shoʻrsoy, Qayroqsoy boshqa soylardan suv ichadi.

Boysun tumani — Surxondaryo viloyatitsat tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan
(1962 yil 24 dekabrda Sherobod tumani bilan birlashtirilgan. 1965 yil 29 dekabrda qayta
tuziddi). Boysun tumani viloyatning gʻarbida joylashgan. Shimoli-sharqda Sariosiyo,
sharqda Qumqoʻrgʻon, janubida Qiziriq, Bandixon tumanlari, janubi-gʻarbda Sherobod
tumani bilan, shimoli-gʻarbda Qashqadaryo viloyatining Qamashi va gʻarbda Dehqonobod
tumanlari bilan chegaradosh.

Maydoni 3,72 ming km². Aholisi 79 ming kishi (2000). Boysun tumanida 1 ta tumanga
boʻysunuvchi shahar (Boysun), 7 qishloq fuqarolari yigʻini (Avlod, Boysun, Darband,
Machay, Rabot, Sayrob, Qurgʻoncha) bor. Markazi — Boysun shahri.

Tabiati. Boysun tumani hududining shimoliy va gʻarbiy qismini Hisor togʻ tizmasi
tarkibidagi Boysuntogʻ va uning tarmoqlari (Belovti, Xoʻjaboʻzbarak, Chol togʻi,
Xoʻjagurgurota, Gaurli, Sariqil, KentalaMachay togʻlari, Ketmonchopti, Sarimas,
Suvsiztogʻ, Kulbatogʻ va boshqalar) egallagan. Janubiy va sharqi togʻ oldi va adirlardan
iborat. Togʻlar orasidagi soyliklar, togʻ oldilari oʻzlashtirilgan. Ukonit, keramzit, karbid,
ohaktosh qazilma boyliklari topilgan. Iqlimi quruq subtropik iqlim.

Oʻzbekistonning boshqa togʻli tumanlaridan issiklik resurslarining ancha balandlikkacha
yuqoriligi bilan ajralib turadi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 850 m balandlikda 2°,
3200 m balandlikda —6°, iyulniki 830 m balandlikda 30°. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori
500–1200 m balandlikda 150–400 mm, 1200 m dan balandda 450–800 mm. Vegetatsiya
davri 230—240 kun. Mahalliy shamollar, fyon shamoli, afgʻon shamoli esadi. Boysun
tumani togʻlaridan juda koʻp dare va soylar boshlanadi. Ularning eng muhimlari:
Sheroboddaryo va uning irmoqlari Machaydaryo (Oʻrmoncha, Jakandi, Olchasoy),
Shurob, Xoʻjabulgansoy, Panjob, Laylagansoy; Xoʻjaipok daryosi va uning irmoqlari:
Qoʻrgʻonchasoy (Xoʻjaboʻzbarak, Qizilsoy, Chindon, Oʻrtanago soylari qoʻshiluvidan
hosil boʻlgan), Halqajar (Olachopon va Qayroqsoy). Bulardan tashqari Hangaronsoy
(Boysun), Pulhakimsoy va boshqa bor.

Boysun tumanida qadimiy qalʼashaharlar koʻplab topilgan. Eng yiriklari: Poykoʻrgʻon,
Qozimullatepa, Saribandtepa, Yalangtoʻshtepa, Darband, Munchoqtepa, Boʻyrachi,
Qiziljartepa, Mullatepa, Kallaqoʻrgʻon. Ibtidoiy odamlar yashagan gʻorlar, manzillar:
Teshiktosh, Machay, Katta Suluvkamar, Doʻkonxona, Amir Temur, Iskandarxon va
boshqa Sayrob chinori (Sayrob qishlogʻida), Temir darvoza (Darband qishlogʻida),
Teshiktosh gori (Machay qishlogʻida), Dinozavr izlari, Bibishox shotisi, Boybuloq gʻori
(Qoʻrgʻoncha qishlogʻida), Poyonqoʻrgʻon (Rabot qishlogʻida) kabi tarixiy obidalar bor.

Tuproqlari boʻz tuproq, chimli, qoʻngʻir va och qoʻngʻir togʻ tuproqlari, shurxok
tuprok/iap. Yovvoyi oʻsimliklardan shoʻra, yantoq, jinchak, qizgʻaldoq. boychechak,
yaltirbosh, noʻxatak, togʻrayxon, kiyikoʻt, gulxayri, shuvoq; dorivor oʻsimliklardan alkor,
hartol, zanjovul, oʻlmasoʻt, qontepar, oqshair; archa, yovvoyi mevali daraxtlar va boshqa
usadi. Jayron, togʻ echkisi, yovvoyi choʻchka, silovsin, sugʻur, boʻri, tulki, chiyaboʻri,
qoʻngʻir ayiq, jayra, qushlardan kaklik, kalxat, burgut, lochin, qarchigʻay, boyoʻgʻli,
olashaqshak,, chil va boshqa yashaydi.

Aholisi, asosan oʻzbeklar, shuningdek tojiklar ham yashaydi. Aholining oʻrtacha
zichligi har bir km²ga 20,8 kishi. Shaharliklar 23899 kishi, qishloq aholisi 55099 kishi.

Xoʻjaligi. Boysun tumanida sanoat kam rivojlangan. Tuman Surxondaryo viloyati
sanoat mahsulotining 0,8%ini beradi. Muhim foydali qazilmalari: kumir (Boysun), tabiiy
gaz (Gajak), polimetall rudalari (Boysuntogʻ), boksit (Qayroq), fosforit, kaliy tuzi
(Boysun), oltingugurt, yonuvchi slanes (Boysun), qurilish materiallari va boshqa Asosiy
sanoat korxonalari: "Ishonch" aksiyadorlik jamiyati, Boysun (Tuda) kumir koni, xalq
isteʼmoli mollari ishlab chiqaradigan kichik korxona va sexlar. 1994 yil Boysunda
respublikada karbid ishlab chiqaruvchi birinchi korxona ishga tushirildi. Aholiga xizmat
koʻrsatuvchi tadbirkorlar uyushmasi, hunarmandlar uyushmasi, 164 kichik korxona, 18
aksiyadorlik jamiyati, "Boysun", "Boysunqurilish" va 256 koʻchma mexanizatsiyalashgan
kolonna, avtokorxonalar, "Boysun" bozori bor.

Boysun tumanining asosiy tarmoqlari chorvachilik, don xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi,
beda urugʻchiligi, bogʻdorchilik va tokchilikdir. Boysun tumanining jami yer maydoni
329,3 ming ga, shu jumladan sugoriladigan yerlar 6,1 ming ga.

Ekinzorlar jami (shu jumladan lalmi yerlar) 21,9 ming ga, kup yillik daraxtlar 1,5 ming
ga. Tomorqalar, bogʻdorchilik, sabzavotchilik uyushmalarining yerlari 2,2 ming ga (1999).
Boysun tumanida 9 jamoa xoʻjaligi (2 donchorvachilik, 3 chorvachilik, 2 beda urugʻchiligi,
bogʻdorchiliktokchilik, asalarichilik, qishloq xoʻjaligi shirkat uyushmasi (boʻrdoqichilik),
70 ta fermer va dehqon xoʻjaliklari mavjud. Asosiy ekin maydonlari don, sabzavot,
yemxashak ekinlari bilan band.

"Qoʻrgʻoncha" va "Machay" jamoa xoʻjaliklari beda urugʻchiligiga, "Rabot" jamoa
xujaligi bogʻdorchiliktokchilikka ixtisoslashgan. Boysun tumanida 21,8 ming qoramol,
shundan 11,2 mingi sigir, 190,6 ming qoʻy va echki, 41.7 ming parranda, 184 yilqi bor
(1999). Chorvachilik asosan goʻsht-yogʻ beruvchi dumbali hisori qoʻychilik,
qorakoʻlchilik, yilqichilik, goʻsht yoʻnalishidagi qoramolchilikka (barcha xoʻjaliklarda)
ixtisoslashgan. Boysun tumanida 25 ming ga oʻrmon (archazorlar) bor (1999).

Boysun tumanida tuman markazi va togʻ qishloqlarini Surxondaryo viloyatining asosiy
avtomobil yoʻli — Katta Oʻzbekiston trakta bilan bogʻlaydigan yoʻllar bor. 1995 yilda
qariyb 230 km uzunlikdagi Gʻuzor — Boysun — Qumqoʻrgʻon temir yoʻl kurilishi
boshlandi.
Tog‘lar bag‘ridagi mo‘jiza
Mustaqillik yillarida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan avtomobil va
temir yo‘llar barpo etishga alohida e’tibor qaratildi. Temir yo‘l transporti tizimini yaratish,
temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on temir yo‘li mana shu maqsad yo‘lida qo‘yilgan zalvorli
qadam bo‘ldi.

Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on temir yo‘lining ishga tushirilishi mamlakatimiz
iqtisodiy-ijtimoiy hayotida muhim voqea bo‘ldi. Hisor tog‘ tizmalari uzra dengiz sathidan
1 ming 800 metr balandlikda, umumiy uzunligi 223 kilometrni tashkil etuvchi bu temir
yo‘l janubiy vohaning shu paytgacha po‘lat izlar yetib bormagan hududlarini ham poytaxt
bilan, shuningdek, yurtimizning boshqa shaharlari va qo‘shni mamlakatlar bilan bog‘lash
imkonini berdi. Yo‘l bo‘ylab barcha qulayliklarga ega “Toshguzar”, “Dehqonobod”,
“Boysun”, “Qumqo‘rg‘on”, “Oqrabot”, “Darband” bekatlari qurilib, xalqaro andozalarga
mos yangi vokzallar bunyod etildi.

Mazkur temir yo‘l o‘tgan manzillar endilikda yuksalish sari yuz tutmoqda. Yo‘l bo‘yi
hududlarining ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish borasida bir qator ishlar olib
borilayotir. Yuk tashish va yo‘lovchilar qatnovini tashkil qilish, temir yo‘llarga xizmat
ko‘rsatish va yo‘l xavfsizligini ta’minlash uchun kamida ikki-ikki yarim ming, yangi
korxonalar va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida 3-4 ming yangi ish joyi yaratilishi
kutilmoqda. Shuningdek, mazkur hududlarda transport va aloqa, sog‘liqni saqlash, ta’lim-
tarbiya sohasi rivojiga, yangi madaniyat muassasalarining ochilishiga mustahkam zamin
yaratildi.

Hozirda Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on temir yo‘li liniyasida zamon talablariga
javob beradigan infratuzilma va kommunikatsiyalarini yaratish ishlari izchil davom
ettirilmoqda. Yaqinda Darband bekatida ishga tushirilgan lokomotivlarga texnik xizmat
ko‘rsatish punkti, shuningdek, temir yo‘l stansiyalarida barpo etilayotgan yuk saroylari,
lokomotiv depolari, texnik xizmat ko‘rsatish hamda elektr ta’minoti shoxobchalari shular
jumlasidandir. Darband qishlog‘i aholisiga qulaylik yaratish maqsadida o‘nlab zamonaviy
kottejlar, 216 o‘rinli maktab, poliklinika, bolalar bog‘chasi qurib bitkazildi. Mamlakatimiz
janubiy vohasi zaminida ma’dan va xomashyo konlariga boy. Bu tabiiy boyliklarni
o‘zlashtirishda temir yo‘l transporti katta afzalliklarga ega. Asrlar davomida mudrab
yotgan tog‘lar orasidan po‘lat izlarning o‘tishi ana shu yerosti mineral resurslarini, neft,
gaz va boshqa qimmatbaho foydali qazilmalarni o‘zlashtirish uchun keng imkoniyatlar
ochadi.

Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on temir yo‘li qurilishi munosabati bilan Qashqadaryo
viloyati Dehqonobod tumanida yiliga 700 ming tonna rudani qayta ishlab, 200 ming tonna
kaliy o‘g‘iti ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlab yuborildi. Temir yo‘l orqali bu
yerga industrial ishlab chiqarishning eng zamonaviy texnologiyalari olib kelinmoqda.

Zavodning qad rostlashi aholi uchun qo‘shimcha ish joylari ochish, qishloqqa sanoatni olib
kirish, odamlarning turmush madaniyatini yuksaltirish imkonini beradi. Dehqonobod kaliy
zavodida hozirgi vaqtda xomashyo koni va qayta ishlash inshooti oralig‘ida
kommunikatsiya tarmog‘i barpo etilayotir. Zavod atrofida ko‘p xonadonli uylar, yotoqxona
va mehmonxonalar qurilishi davom etmoqda.

Mazkur yo‘lning foydalanishga topshirilishi Surxondaryo viloyatini ham taraqqiyotning
yangi bosqichiga olib chiqadi. Boysun tumanidagi neft-gaz zaxirasini, Xonjiza rangli
metallar konini o‘zlashtirish boshlandi. Sherobod tumanida sement ishlab chiqaradigan
yangi qo‘shma korxona loyihasi tayyorlandi. Tog‘li qishloqlarda amalga oshirilayotgan
bunyodkorlik ishlari yurtdoshlarimiz qalbida kelajakka ishonch, Vatanga mehr-muhabbat
tuyg‘ularini kuchaytirish bilan birga zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarishni
yo‘lga qo‘yib, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishga qulay sharoit yaratmoqda.

2020/2021 oʻquv yilida 59 umumiy taʼlim maktablarida 18869 oʻquvchi, 2 kasb
hunartexnika litseyida 944 oʻquvchi, 1 hunartexnika bilim yurtida 466 oʻquvchi oʻqidi. 83
ommaviy kutubxona, 11 klub, madaniyat uyi, sanʼat muzeyi bor. Tumanda 370 oʻrinli 5

kasalxona, "Omonxona" shifo maskani, 5 ambulatoriya, 30 feldsherakusherlik, 3 qishloq
vrachlik shoxobchalarida 138 vrach, 491 oʻrta tibbiy xodim ishlab turibdi.

1932 yildan

"Boysun ovozi" tuman

gazetasi chiqib

boshladi. Hozirgi

kunda ushbu gazeta
“Boysun” nomi ostida

oyda 2 marotaba

chiqarilmoqda.

Gazetada Boysun

tumanida amalga

oshirilayotgan ishlar,

ta`lim, madaniyat

haqida maqolalar chop

etib kelinmoqda.(adadi

2200).[1]

Tuman xududida qazilma boyliklardan koʻmir, yonuvchi silaney, oltingurgut va
boshqalar topilgan. Boysun koʻmir koni yopa qatlamlarida joylashgan. 1940-yillardan
oʻzlashtirila boshlagan. Boysun togʻida fosfor konlari bor. Uning 95 foizi maʼdanli oʻgit
sifatida ishlatiladi.

Tuman asosan chorva, bogʻdorchilik, oʻrmon xoʻjaligi mahsulotlariga ihtisoslashgan.
Boysunda hisor qoʻyi boqiladigan «Boysun» nasilchilik qoʻy zavodi, «Sayrob»
qorakoʻlchilik, «Darband» yilqichilik — goʻsht, «Rabod» bogʻdorchilik — savzovodchilik
jamoa xoʻjaliklari bor. Darbandagi qora bayr otlar nasilchilik farmasi mamlakatimizda
yagonadir.
Boysunda «Ishonch» hissadorlik jamiyati, goʻsht — sut savzovodi, non zavodi, gʻisht
zavodi, bir necha kishik korhonalar, fermer xoʻjaliklari bor .
Boysun shahri (20,1 ming aholi) Ketmonchopdi togʻining janubiy yonbagʻrida,
Xongarangsoy boʻyida, dengiz sathidan 1200 m balandlikda joylashgan. Bu shahar
Surxondaryo viloyatidagi eng qadimiy aholi manzilidir. Shaharga tutash togʻ etaklarida
oʻrta paleolit davridayoq aholi yashagan. Boysun shahrining shimoli — gʻarbida
joylashgan mashhur teshik tosh gʻori va uning topilmalari haqida muroqaning bosh
qismida hikoya qilingan. Boysun shahrining oʻzi miloddan avalgi tahminan 5-mingyillik
oxirlarida aholi manzili boʻlgan. Miloddan avvalgi I asr — milodiy I asrda bu yerda
Poikalon deb atalgan qudratli qalʼa-shahar mavjud edi. Boysun nomi yozma manbalarda
«Basand» shaklida dastlab 10-asrda Istahri asarlarida, nomaʼlum muallif tomonidan
yozilgan «Hudud ul-olam» («Jahon mamlakatlarining chegaralari») asarida tilga olingan.
Istahrining qayd etishicha, koʻplab bogʻ-rogʻlar boʻlgan bu qishloq Buxoro va
Samarqanddan Chagʻaniyonga boradigan yoʻl ustida boʻlib, Chagʻaniyon shahridan ikki
kunlik yoʻldir.

1951-yili artellar negizida tuman sanoat kombinati tashkil etildi, 1967-yilda u mahalliy
sanoat korxonasiga aylantirildi. 1972-yil mazkur korxona negizida Boysun eksperimental
shoyi toʻqish fabrikasi ish boshladi. Unda tikuvchilik, toʻquvchilik, va badiiy buyumlar
ishlab chiqarish sexlari mavjud edi. 1991-yil fabrika tarkibidan tikuvchilik, trikotaj
buyumlari ishlab chiqarish boʻlimlari ajratilib, Boysun «Tong yuluzi» tikuvchilik fabrikasi
tashkil etildi. 1993 yil fabrika «Ishonch» hissadorlik jamiyatiga aylantirildi. Unda tayorlov,

toʻqimachilik ommaviy kiyim tikish va kashtachilik sehlari bor. Asosan abirlik atlas va
shoyi, beqasam, trikotaj mahsulotlari, ommaviy kiyimlar, bolalar kiyim kechaklari, toʻn —
chaponlar, koʻrpa — koʻrpachalar tayorlanadi.

Boysun tarixiga bir nazar!!!

✏️✏️ Teshiktosh gʻori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jump to navigationJump to search

Teshiktosh gʻori - mustye madaniyatiga mansub neandertallartshg makoni. Surxondaryo
viloyati Boysun tumanidagi Turgandaryoning Zovtalashgansoy darasida, dengiz sathidan
1500 m bal.da joylashgan. Gʻorning shipi teshik, nomi ham shundan, kirish qismi
shim.sharq tomonga qaragan boʻlib bal. 7 m, eni 20 m, uz. 21 m. Uning umumiy maydoni
300 kv m boʻlib, shundan 100 kv. m joy i neandertallar yashaganligidan guvoxlik beruvchi
arxeologik materiallarga ega. T.gʻ. yashash uchun qulayligi tufayli gʻorni vaqtvaqti bilan
suv bosib turishiga qaramasdan neandertal odamlar uni butunlay tark etmaganlar. Gʻorni
birinchi marta 1938—39 yillarda A. P. Okladnikov oʻrgangan. T.gʻ. 5 ta madaniy
qatlamdan iborat boʻlib, bu manzilgoh bir necha marotaba tark etilganidan dalolat beradi.
Gʻorning har bir qatlamida bittadan va baʼzilarida ikkitadan gulxan qoldiqlari saqlanib
qolgan. Gulxanlar atrofida koʻplab togʻ echkisi, bugʻu, sirtlon, ayiq, quyon va har xil
qushlarning suyak qoldiqlari, 3000 ga yaqin tosh buyum, tosh uchirindisidan tayyorlangan
uchburchak shakldagi 24 ta qurol, qirquvchi va tarashlovchi sifatida ishlatilgan 65 ta
qirgʻich, paykonlar, tosh pichoqlar topilgan. Mustye madaniyatiga oid bu xiddagi
qurollarning koʻpchiligi qoramtir kremniyli ohaktosh yashma, kvarsit va boshqa vulqoniy
tosh jinslardan yasalgan. T.gʻ. topilmalarining eng qimmatlisi 25 sm chukurlikdan topilgan
Teshiktosh odamidmr.[1]

«Idora, sinf va kutubxona, savdo do‘koni». Boysundagi g‘aroyib chinor tarixi
Surxondaryo viloyati Boysun tumani Sayrob qishlog‘idagi azamat chinorlar o‘z bag‘rida
sinoatlarni yashirib kelgan. Shulardan birining g‘aroyib tarixi haqida qiziqarli ma'lumotlar.

Tabiat yodgorligi sifatida davlat qaramog‘iga
olingan chinorning yoshi, olimlarning fikricha,
950 yilga yaqin. Uning balandligi 26, diametri
naq 21 metrni tashkil etadi. Tanasining balandligi
bo‘yicha o‘lchami 9,7 metrga teng. Mehrobli
eshikni eslatuvchi kovagining kattaligi esa naq 7
metrga teng.
Ana shu kovakda o‘tgan asr boshlari, ya'ni Oktabr to‘ntarishiga qadar eski maktab faoliyat
yuritgan va ko‘plab sayrobliklarning savodxon bo‘lishiga «hissa» qo‘shgan.
1920 yildan boshlab ko‘hna chinor qishloq kengashi idorasi sifatida xizmat qila boshlagan.
1932 –1934 yillarda birinchi otliq askarlar polkining lager kutubxonasi sifatida kitoblarga
boshpana bo‘lgan. 1936 yildan boshlab esa qishloq savdo do‘koni sifatida odamlarning
hojatini chiqargan.

ushbu bahaybat daraxt kovagida bugungi kunda mo‘'jaz muzey tashkil etilgan.

✏️✏️✏️✏️✏️ «Omonxona»
Surxon vohasining Boysun tumanida joylashgan «Omonxona» bal neologik shifo maskani
ko’rkam imorati, qulay shart-sharoitlari va go’zal manzarasi, tabiiy shifo suvlari bilan
ma’lum va mashhurdir. «O’zbekiston temir yo’llari» aksiyadorlik jamiyati tashabbusi bilan
jahon talablari darajasida yangitdan qad rostlagan maskanda oshqozon-ichak, qandli
dia¬bet, yurak-qon tomir, jigar, o’t, umurtqa pog’ona kasalliklari bilan og’rigan bemorlar
shifo topishmoqda. Omonxona atrofidagi tog’ buloqdaridan chiqayotgan shifobaxsh suvi
bilan mashhur. Mazkur buloq suvi tarkibida sul fat, magniy, azot ionlari mavjudligi
qolaversa, kremniy kislotasi, temir, alyuminiy va boshqa ko’plab mikroelementlar ham
bo’lib, sul fat va magniy ionlari me’yordagidan bir necha barobor ko’pligi uchun yuqori

darajada o’t so’ruvchi, peshob xaydovchi hamda qon bosimini tushiruvchi xususiyatlarga
ega.

«Sihatgoh» sanatoriy-profilaktoriy 50 o’rinli
bo’lib, bu erda bir yil davomida 700 dan ziyod
xodim sog’lomlashtiriladi. Davolanish va dam
olish muddatlari 10 – 15 kundan iborat. Dam
olish yo’llanmalardan foydalanish asosida tashkil
etilgan. Bu shifo maskanida asosan yurak, asab,
oshqozon-ichak, nafas olish organlari, xarakat
a’zolari, urologik kabi kasalliklar davolanadi.
Shuningdek, fiziote¬rapiya, uqalash, sauna,
ingalyasiya, parafin, suv muolajalari (sirkulyar
dush, «sharko», yomgirli, suv osti dush-massaji, vanna) orqali davolash, stomatologiya,
tuzxona, jismoniy tarbiya xonasi, giyoxlar bilan davolash, muolaja xonasi mavjud bo’lib,
malakali shifokor va hamshiralar dam oluvchilarga xizmat ko’rsatadi.

Surxondaryoda tikilgan dunyodagi eng katta so'zana ,ya'ni boysunlik hunarmandlar
tomonidan tikilgan dunyodagi eng katta so'zana 2019 yilning 5-10 aprelь kunlari Termiz
shahrida o'tkazilgan baxshichilik san'ati festivalida ilk bor namoyish etilgandi.

Boysun tumanidagi gilamdo'zlik, so'zana va milliy matolardan turli xil mahsulotlar tikishga
ixtisoslashgan “Deams Shahrinoz” mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari Nilufar

Jo'rayeva Qo'qon shahrida bo'lib o'tgan Xalqaro hunarmandchilik festivalida ushbu
kashtachilik namunasi bilan ishtirok etgan.

30 nafarga yaqin mohir chevar tomonidan 6 oy davomida nozik did, yuksak mahorat bilan
yaratilgan naqshinkor milliy so'zananing uzunligi 21 metr, eni 5,5 metr, og'irligi qariyb 70
kilogrammni tashkil etadi. Uni surxoncha serjilo naqshlar va yorqin ranglar bilan bezash
uchun 16 kilogrammdan ortiq tabiiy usullarda bo'yalgan kalava ip sarflangan.

Naqshlari bir – birini takrorlamaydigan va ularda oy, quyosh ramzlari bilan birgalikda
Boysun tog'larining go'zal tabiati mujassamlashtirilgan Surxon so'zanasi festival
tomoshabinlari, ayniqsa, xorijlik mehmonlarda katta qiziqish uyg'otgan
Ma'lumot o'rnida, dunyoda eng katta bo'lgan Surxon so'zanasini Ginnesning rekordlar
kitobiga kiritish uchun xorijlik mutaxassislarni taklif etish rejalashtirilgan.

Boysunlik sjoir va adiblar!

Boysunda Oʻzbekiston xalq yozivchisi Shukur Xolmirzayev, adiblar — Sattor Tursun va
Erkin Aʼzam, shoir Usmon Azim tugʻilgan.

Adabiyotga baxshida umr!

Shukur Xolmirzayev (1940-2005)

Shukur Xolmirzayev (1940.24.3, Boysun tumani – 2005,
Toshkent) — O'zbekiston xalq yozuvchisi (1991). «Mehnat
shuhrati» ordeniga egasi (1999). Toshkent universitetining
jurnalistika fakultetini tugatgan (1963). «Yosh gvardiya»
nashriyotida muharrir (1963—67), Muqimiy nomidagi
musiqali drama teatrida adabiy emakdosh (1967—69),
«Guliston» (1969—75) va «Sharq yulduzi» (1978—80)
jurnallarida adabiy xodim, bo'lim mudiri bo'lib ishlagan.

Shukur Xolmirzayevning dastlabki hikoya va ocherklari
1958 yildan nashr etila boshlagan. Shukur Xolmirzayev ijodining ilk davridayoq hikoya

bilan bir qatorda qissa janrida ham kalam tebratib, «Oq otli»
(1962), «To'lqinlar» (1963), «O'n sakkizga kirmagan kim bor?»
(1965) qissalarini yaratdi. Bu asarlar 60-yillardagi o'zbek
qissalarining eng yaxshi namunalaridan bo'lib qoldi.

Yozuvchining shu davrda yozgan hikoyalari keyinchalik «Olis yulduzlar ostida» (1971),
«Hayot abadiy» (1974), «Og'ir tosh ko'chsa…» (1980), «Yo'llar, yo'ldoshlar» (1984),
«Bodom qishda gulladi» (1986), «Tog'larga qor tushdi» (1987) singari to'plamlaridan o'rin
oldi.
O`zbek xalqini dunyoga tanitgan adib!
Erkin A'zamov 1950 yilning 10 avgustida Surxondaryo
viloyatining Boysun tumanida o'qituvchi oilasida tug'ilgan.
Usmon Azim, Muhammad Rahmon bilan birgalikda
universitetga o'qishga topshirishadi. 1972 yilda Toshkent
Davlat jurnalistika fakultetinin bitirib, Respublika
radiosida ish boshlaydi. Avval “Vatandosh” tahririyatida
rahbarlik qila boshlaydi, keyin adabiy dramatik
eshittirishlar bo'limida muharrir sifatida ish yuritadi. “bu
tahririyatda adabiy hayot juda qizg'in bo'lardi, yaratilgan har
bir hikoya va she'r birinchi shu yerda tahlil qilinadi” deydi
adib. 1974 yildan bir yo'la ikki jurnalda “Guliston va Sharq
Yulduzi”da turkum hikoyalari e'lon qilinadi. “Shahardan
odam keldi” hikoyasi sababli uni jurnalga ishga olishdi.
Ustozi Asqad Muxtor bilan birgalikda 5 yil shu yerda faoliyat yuritadi. 1981 yilda
“Otoyining tug'ilgan yili” hikoyasi uchun yoshlar sukofoti sovrindori bo'ladi.1992 yilda
O'zbekiston Milliy Axborot mahkamasida ish olib boradi.

“Jannat o'zi qaydadir” , “Chiroqlar o'chmagan kecha” hikoya, “Otoyining tug'ilgan yili”,
“Javob”, “Jannat o'zi qaydadir”, “Olam yam-yashil”, “Bayramdan boshqa kunlar”,
“Pakananing oshiq ko'ngli”,“Mir v svetax”, “Kechikayotgan odam” asarlarini kitobxonlar
sevib mutolaa qilishadi.

Boysunni kuylagan shoir o`g`li!

Usmon Azim (taxallusi; asl ismsharifi Azimov Usmon)
(1950.13.8, Boysun tumani) — Oʻzbekiston xalq shoiri (2000),

dramaturg . Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini

tugatgan (1972). Respublika radiosida muharrir, katta muharrir va
bosh muharrir oʻrinbosari (1976–1989), Oʻzbekiston yozuvchilari
uyushmasi Toshkent viloyat boʻlimida masʼul kotib (1989–1990).
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida sektor mudiri,
yetakchi konsultant, Prezidentning Davlat maslahatchisi (1991–
1994). 2003-yildan Oʻzbek milliy akademik drama teatrida adabiy

emakdosh.

Ilk kitobi — „Insonni tushunish“ (1979). Shundan soʻng shoirning
„Holat“ (1979), „Oqibat“ (1980), „Koʻzgu“ (1983), „Surat
parchalari“ (1985), „Dare“ (1985), „Ikkinchi aprel“ (1987),
„Baxshiyona“ (1989), „Faroyib ajdarho“ (1990), „Uygʻonish azobi“ (1991), „Fycca“ (1994),
„Uzun tun“ (1994), „Bor ekanda, yoʻq ekan“ (1995), „Saylanma“ (1995), „Kuz“ (2001) kabi
sheʼriy va „Jodu“ (2003) nasriy toʻplamlari nashr etilgan.

Usmon Azim oʻzbek sheʼriyatining ufqini kengaytirib, nasriy sheʼrlardan barmoq vaznigacha
boʻlgan turli vaznlarda ijod qiladi. Dastlabki sheʼrlarida insonning davr va jamiyat hayotidagi
oʻrnini tushunishga, davrning ogʻriqli masalalariga eʼtibor qaratdi va shu jarayonda minbar
sheʼriyati unsurlaridan foydalandi. Keyinchalik, shoir ijodida voqelikni falsafiyistioraviy obrazlar
orqali idrok va tasvir etish maxorati kuchayib bordi. 80-yillar ijodida koʻzga tashlangan
baxshiyona ruh sheʼriyatda yangi bir yoʻnalish yaratilishiga turtki boʻldi. 90-yillarga kelib, uning
ijodida keskin oʻzgarish yuz berdi va sheʼrlarida sufiyona kayfiyat aks etdi.

Usmon Azim „Baxtli boʻlaylik“, „Hujjatli film uchun syujet“, „Bahodir
va Malika“ singari radiopyesalar yozgan. U ana shu tajribadan
foydalanib, 90-yillarda dramaturgiya bilan jiddiy shugʻullandi va „Bir
qadam yoʻl“, „Kunduzsiz kechalar“, „Bozor“ (1997), „Alpomishning
qaytishi“ (1998), „Jazava“ (2000), „Vaxt qushi“ (2002), „Oʻtgan zamon
hangomalari“ (2003) pyesalarini yozdi. Bu pyesalarning aksari Oʻzbek

milliy akademik drama teatrida

sahnalashtirilgan. Usmon Azim bu

pyesalarda sahna qonuniyatlarini yaxshi his

etuvchi, dramaturg sifatida namoyon
boʻldi. Ayni paytda u ham tarixiy, ham
psixologik dramalar, ham ogʻzaki va

yozma adabiyot namunalari asosida zamonaviy sahna asarlarini
yarata olish isteʼdodini namoyish etdi. Usmon Azim, shuningdek,
kinodramaturgiyada ham qalam tebratib, „Alisher Navoiy“
kinoqissasi (1990), „Alpomish“ kinodostoni (1997), „Sevgi“ (1998,
shu nomli hikoya asosida) va 2 seriyali „Alpomish“ (2000)

filmlarining ssenariysiga mualliflik qilgan. Pol Elyuar, V.
Vatsiyetis, H. Dogʻlarja, A. Voznesenskiy, Yu. Marsinkyavichyus
va boshqa shoirlarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Sheʼrlari ingliz, fransuz, nemis, polyak, makedon, turk, rus, gruzin,
eston, litva, tojik, qozoq va qirgʻiz tillarida nashr etilgan. Koʻplab sheʼrlariga musiqa bastalangan.

Usmon Azim xalqlar doʻstligi va vatanparvarlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan sheʼrlari uchun
Gruziyaning Mayakovskiy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan (1982). „Doʻstlik“

ordeni (1998) bilan mukofotlangan.

BOYSUN HAQIDA G’AMGIN BALLADA YOKI
QAYTMAYDIGAN XOTIRALAR HAQIDA SHE’R

Shukur akaga

Sen bor eding. Meni kuzatding. Endi kuylay boshladim notinch:
— Bolam, singib ketma shaharga, — Boysun! Boysun! Boysun! Boysunjon…
Yurak bilan ko’ksing bezadim,
Eslab turgin olis safarda. Asta-asta, bir-bir etdi rom,
Yuraklarni ohangrabo kuy.
Tillarimda ertak bo’lding sen: Dedilarki: — Qani, oshnajon,
«Bor ekan-da, Boysuningni bir ko’rsatib qo’y.
Yo’q ekan.
Och ekan-da, — Qani ketdik!
To’q ekan. Shahri shovqinzor
Ko’rdim, Boshingizni qo’ymish gangitib.
Kezdim, Boysunday joy Hali ko’rasizlar, Boysun bor!-
Bu olamda yo’q ekan». Peshvoz chiqar mehr anqitib.

Hayron boqib do’stu begona, Yo’llar yurdik, tog’lardan oshdik.
Xayolkash deb kuldilar ro’y-rost. — Boysun qani? Boysun qaerda?
— Boysun? Bunday joy yo’q, devona, — Bir kun qalbim sevishdan toshdi,
U tushingga kiribdi, xolos. Men yetgandim tug’ilgan yerga.

Bu hukmga bo’lmasdan rozi Do’stlar meni aylashar tabrik.
Ertagimni kuyladim takror. Men turibman beun, bag’rim xun.
— Qulog’imda hamon ovozi, Og’aynilar, qaerga keldik,
Ishoninglar, do’stlar, Boysun bor! Ketib qopti Boysundan Boysun…

Yuragimga sig’madi sog’inch. Men Boysunni izlayman hamon,
Bo’lmayin deb hijronda vayron — Ba’zan pinhon yig’layman she’rga.
Qaerlarga ketding, Boysunjon,
Bizning Boysun qani, qaerda?

Boysun qadriyatlar beshigi!
Tamaddun beshigi, tilsimotlar maskani Boysun 2001 yilda YuNESKO tomonidan “Insoniyatning
og‘zaki va nomoddiy merosi durdonasi” sifatida e’tirof etilib, 2008 yilda Insoniyatning nomoddiy
madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan.

Ta’kidlash joizki, bu yilgi festivalga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishga doir ishlar har
qachongidan yuqori saviyada amalga oshirildi. Xususan, tumandagi Padang qishlog‘i
kengliklariga 200 ga yaqin o‘tov tikildi. Mahalliy aholi va xorijiy sayyohlarga ko‘tarinki kayfiyat
ulashuvchi bir-biridan qiziqarli tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Har bir hududga xos qadriyat, urf-
odat va an’analarni keng namoyish etish maqsadida xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligi,
milliy taomlar, liboslar ko‘rgazmalari tashkil etilib, xalq ansabllari va badiiy jamoallari, baxshi-
oqinlar chiqishlari hamda an’anaviy maydon tomoshalariga keng o‘rin berildi.
— Festival uchun hozirlangan maydon go‘yo ertaklar olamini yodga soladi, — deydi chexiyalik
arxeolog Ladislav Stanko. — Bunday tadbirlar o‘tmish va bugun o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik
vazifasini o‘taydi. Yurtingizning boy moddiy va nomoddiy merosiga bo‘lgan katta qiziqishim
meni festival tadbirlariga boshlab keldi. Vatanimga qaytgach, bu yerda ko‘rganlarim haqida
yaqinlarim, shuningdek, o‘zim faoliyat olib borayotgan Karlova universiteti o‘qituvchi va
talabalariga mamnuniyat bilan so‘zlab beraman.
Festivalda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda poytaxtimizda faoliyat
ko‘rsatayotgan “Bes perde”, “Zilol”, “Vardonze navolari”, “Bog‘don gullari”, “Vang‘ozi”, “Yor-
yor” singari eng namunali folklor jamoalarining 250 nafardan ortiq qatnashchilari o‘zlarining
rang-barang repertuarlarini namoyish etishdi. Bundan tashqari, festival doirasi xalqimiz suygan
san’atkorlar hamda Tojikiston Respublikasining “Padida” teatr jamoasi va mashhur xonanda
Shabnam Surayyo, afg‘onistonlik hofiz-xonandalar Abdumajid, Abdurauf Adlxuiy ishtirokidagi
gala konsert san’at ixlosmandlarini xushnud etdi. Qolaversa, yurtimizning turli hududlaridan
kelgan baxshilar terma, dostonlar kuylab, bayram tadbiriga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Tuzuvchilar:

Boysun tuman AKM
AKT bo`limi
H.Akbarova

Muharrir
Boysun TAKM
Bibliografiya xizmati raxbari
M.Raxmonova


Click to View FlipBook Version