The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by takmboysun, 2021-12-23 05:46:00

So`z durlarin termoqdir ishi obzor

So`z durlarin termoqdir ishi obzor

Boysun tumani
Axborot-kutubxona markazi

Bibliografiya bo’limi tomonidan Erkin Voxidov
tavalludining 85 –yilligiga bag’ishlangan
“So’z durlarin termoqdir ishi” nomli

Boysun – 2021

Xayr endi, xayr, doʻstginam,
Bagʻrimdasan, koʻngil malhami.

Muqarrar bu ayriliqning ham
Visoli bor oldinda hali.

Xayr, doʻstim, soʻzga ochma lab,
Qoʻy, men uchun oʻrtama bagʻir,
Bu hayotda oʻlmoq-ku bor gap,
Yashamoq ham yangimas, axir!

Xalq – ustozim, men esa – tolib,
So'z durlarin termoqdir ishim.

Odamlarning o'zidan olib,
Odamlarga bermoqdir ishim.

Ushbu satrlarni O'zbyekiston xalq shoiri Erkin Vohidov ijodining
boshlanishida yozgan. Buyuk shoir umrining oxirigacha mana shu satrlardagi
tamoyilga amal qilib yashadi va ijod qildi.
Erkin Vohidov 1936 yilning 28 dyekabrida Farg'ona viloyatining Oltiariq
tumanida o'qituvchilar oilasida dunyoga kyeldi. Shoir ikkinchi jahon urushida
qurbon bo'lgan otasi, so'ng onasi vafotidan kyeyin Toshkyentdagi tog'asi
Sohiboyevlar xonadonida unib-o'sib voyaga yetdi. Bu oila a'zolari
adabiyotga, san'atga, umuman, ma'rifatga tashna odamlar edi, xonadonda
tyez-tyez shoir va xonandalarning maroqli davralari bo'lib turardi. Erkin
Vohidov shaxsiyati, xaraktyerining shakllanishiga oilaviy muhit katta ta'sir
qildi. Undagi nafosatga, shye'riyatga myehr shu xonadonda, ana shu
davralarda shakllandi. Erkin Vohidov tabiatidagi Sharq madaniyati va
adabiyotiga chuqur ehtirom, sharqona odob-andisha, tavozye, ana shu
davra ishtirokchilari ta'sirida toblandi. Yosh shoir 14-15 yoshida qo'liga

qalam olib, ijod ummoniga irmoq bo'lib quyila boshladi. 19 yoshida quyidagi
satrlarni bitdi:

O'tgan asr o'rtalarida “ikkinchi milliy uyg'onish” deb atalgan tarixiy jarayon
ta'sirida mamlakatimizda yangi bir adabiy avlod yetishib chiqdi. Ular orasida
Erkin Vohidov, Abdulla Oripov kabi buyuk iste'dod sohiblari bor edi.

Shoirning yigirma uch yoshida chiqqan “Tong nafasi” nomli birinchi she'riy
to'plami milliy shyeriyatimizga yangi nafas olib kirdi. Unga taqriz yozgan
adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinov ta'kidlaganidek, yosh shoirning ilk
mashqlarida ko'proq dunyoni endi kashf etayotgan, o'zining kashfiyotidan
o'zi zavqlanib, quvonchidan boshqalarni xabardor etishga oshiqayotgan,
hayot be nihoya go'zal, noyob nye'mat ekanini tushunib kelayotgan
murg'ak qalbning quvonchlari bor. Shoir ijodida ne ki ruh – hayot madhi,
sevgi sururi, faxr- iftixor tuyg'usi yetakchilik qildi. Bu xususiyat 1969 yilda
chop etilgan “Yoshlik dyevoni” kitobida yorqin ko'rindi. Shye'riyatimizda
syevgi mavzusining qayta hayoti g'azalning jonlanishiga olib kyeldi. “Yoshlik
dyevoni” shu jarayonning eng jiddiy namunasi, shoirning ulkan ijodiy
jasoratidir.

Erkin Vohidov g'azal janrida ko'p she'rlar yaratdi. O'zbekiston xalq shoiri
Abdulla Oripov Erkin Vohidov haqida: “Mumtoz adabiyotimizning oltin
eshiklari” abadiy bekiladi, deya karomat qilishayotganda yosh avlod orasida
birinchilardan bo'lib Erkin Vohidov aruzning tabarruk ostonasida posbon
yanglig' paydo bo'ldi”, – deb yozgan. Erkin Vohidov g'azallari shoirning o'z
aruzi, o'z g'azali shakliga aylanganligi uchun ham milliy adabiyotimizda,
she'riyatimizda muhim xodisa bo'ldi. Uning lirikasida mumtoz she'riyatga
xos musiqiylik, ohangdorlik namoyon bo'ldi.

Tun bilan yig'labdi bulbul

G'uncha hajri dog'ida.

Ko'z yoshi shabnam bo'lib

Qolmish uning yaprog'ida.

Nihoyatda go'zal, mangulikka muhrlanib qolgan benazir holat, jarayonning
bu qadar nafis, chiroyli, sirli-sehrli ohanglarga yo'g'rilgan ifodasini “Yoshlik
devoni”dagina uchratish mumkin. Erkin Vohidov mumtoz adabiyotimizning
ming yillik go'zal va boy an'analarini yangi pog'onaga ko'targan falsafiy shoir.
Taniqli adabiyotshunos olima Tursunoy Sodiqovaning “El ustozim” nomli
kitobida shoir ijodidagi Alishyer Navoiy an'analaridan foydalanganligi haqida
batafsil bayon qilingan.

Erkin Vohidovning 60-yillarda boshqa janrlarda yaratgan asarlari ham el
orasida nihoyatda mashhur bo'lib ketdi. Byevosita shoir shaxsiy hayoti,
tarjimai holi – fashizmga qarshi urush qurboni bo'lgan o'z otasi haqidagi
“Nido” dostoni lirik qahramonining qalb sadosi, anduhlari, Abdulla Qahhor
yozganidyek, million-million kishilarning nidosi, urushga nafrati, urushda
halok bo'lganlar xotirasiga ehtirom kabi yangradi.

Erkin Vohidov asarlarining
mavzu, ma'no doirasi kyeng.
Uning ijodida Vatan, xalq tarixi,
taqdiri tasviri, ona yurti, uning
boy, shonli tarixi bilan faxrlanish
tuyg'usi muhim o'rin tutadi. Bu
tuyg'u, ayniqsa, “O'zbegim”
qasidasida o'zining yorqin
ifodasini topdi. O'sha yillarda “O'zbegim” qasidasi shoir she'riyatining eng
avj pallasi bo'lgan. Darsliklardan joy olgan bu asar millatning sha'ni-g'ururi
toptalgan, tarix darsliklarida xalqimizning shonli o'tmishi qora bo'yoqlar
bilan bo'yalgan, har tongda kuylanadigan davlat madhiyasi ulug' otaga,
partiyaga hamdu sanolar bilan boshlanadigan zamonlarda kyechmishning
shonli sahifalarini ulug'lovchi “O'zbegim” qasidasi g'ayri rasmiy milliy
madhiyaga aylandi. Shu tariqa “O'zbegim” 60- yillari birin-ketin chop etilgan
beshta she'rlar to'plami, “Nido”, “Palatkada yozilgan doston”lardagi ijodiy
izlanishlarning muayyan yakuni bo'ldi. Qasidani o'qir ekansiz o'zbekning
“Pomiru Tanshonga tengdosh”, “Ming asrlar ichra pinhon” tarixi birma-bir
ko'z oldingizdan o'tadi.

Yillar o'tgan sari Erkin Vohidov ijodida fikrlar ufqi kengayib, his-tuyg'ular
tobora syerjilo bo'lib bordi. Shoir o'z asriga mos, faqat millatning emas,
butun olamning shavqini, dardini o'zida mujassam etadigan shye'rlar
yozishni orzu qildi. Bu orzu va izlanishlar samarasi 70-80 yillarda yaratilgan
“Tirik sayyoralar”, “Sharqiy qirg'oq”, “Kuy avjida uzilmasin tor”, “Yaxshidir
achchiq haqiqat” kabi to'plamlardan joy olgan shye'larida, “Ruhlar isyoni”,
“Istambul fojiasi” dostonlarida yaqqol ko'rindi. Bu asarlardagi har bir so'z,
har bir satrda insoniyat qismatidan bezovta qalb kechinmalari, zamon
taqdiriga javobgarlik hissi bilan urayotgan yurak hayajonlari lovullab turadi.
Shoirning “Inson”, “Sirdaryo o'lani”, “Arslon o'ynatuvchi” kabi o'tkir
fuqarolik ruhi yo'g'rilgan doston va she'rlari XX asr milliy she'riyatining nodir
namunalari qatoridan joy oldi.

Inson o'z Vatanida ozod va erkin bo'lsagina baxtli hisoblanadi. Shuning
uchun ham shoir sho'rolar tuzumidagi ta'qiblarga qaramay, ona yurtini
ozodlik sari yetaklovchi aqlli, tadbirkor daholarni orzu qilgan. O'zbyek xalqi
bunday daholarni tarbiyalab, yetkaza olishini qalban his qilgan, ishongan.

Qulluq qil, dyemasman, Yurt tuprog'in o'p,

Unga qullar emas, fidolar kyerak.

Uni syenu myendyek shoirlari ko'p,

Buyuk elga endi daholar kerak.

Shoirning birdan bir orzusi – ona yurtini ozod va hur ko'rish bo'lib, bu g'oya
uning barcha she'rlari-yu “O'zbegim” qasidasi va dostonlari mag'ziga
singdirilgan.

1979 yili yozib tugatgan “Ruhlar isyoni” dostonida milliy istiqlol to'g'risida
so'z ochish aslo mumkin bo'lmagan bir zamonda muallif dekoraцiyani Hind
eliga ko'chirib, shoir Nazrul Islom timsoli orqali o'z ona yurtida erk, ozodlik
yo'liga hayotini tikkan Qodiriy, Cho'lpon, Fitratlar qismatiga ishora etadi.
Rivoyatu, hikoyatlar orqali shaxs erki g'oyasini umuminsoniy miqyoslarda
turib ifodalaydi. Xususan, uning “Ruhlar isyoni”, “Istambul fojiasi” kabi
dostonlari o'zining badiiy barkamolligi, o'tkir drammatik xususiyati bilan
alohida ajralib turadi.

Erkin Vohidov shye'rlari birinchi galda shoirning o'zi uchun eng ardoqli, dil
qa'ridan sizib chiqqan shaxsiy kechinma-tuyg'ular hosilasidir. Ayni paytda
ana shu shaxsiy kechinmalar ko'pchilik uchun ham qadrli va tushunarlidir.
Erkin Vohidov she'rlari qog'ozda qolib ketadigan satrlar emas, ular tillardan
dillarga ko'chib, muqim joy olgan yetuk she'riyatdir. Filologiya fanlari doktori
Hamidulla Boltaboyev Erkin Vohidov she'riyati haqidagi maqolalarni jamlab,
“So'z sehri” kitobi ko'rinishida kitobxonlarga taqdim etdi.

Shoirning 80-yillar oxiri 90-yillar boshlarida yozgan she'rlari “Yaxshidir
achchiq haqiqat” to'plamiga kiritilgan. Bu she'rlarda ruhiy erkinlik to'la
namoyon bo'lgan. Bu nihoyatda muhim fazilat. Bu siz chinakam badiiy
kashfiyotlar dunyoga kelishi mumkin emas. Yetmish yil davomida milliy
she'riyatimiz, ijodkorlarimiz hukmron mafkura, siyosat tazyiqida bo'lib keldi.
Faqat istiqlol arafasiga kelib, shoirlarimizda ruhiy erkinlik to'la namoyon
bo'la boshladi.

Erkin Vohidovning shu davr mahsuli sanalmish “Vatan umidi” she'rida
shunday satrlar bor:

Agarchi ismim Erkin,
Erki yo'q, bandi kishan bo'ldim.

Ko'zim bog'liq, dilim bog'liq,
Tilim yo'q, byesuxan bo'ldim.
U bor ovoz bilan “Bas, yetar yolg'on saodat, yolg'on erk, yolg'on vatan!”
deya hayqirdi.
Erkin Vohidovning istiqlol yillaridagi she'rlari toptalgan milliy qadriyatimizni
tiklash, o'zini topish, o'zligini tanishdyek mashaqqatli yo'l g'oyat sharafli
ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Adabiyotshunos olim Umarali Normatov
“Ijod sehri” kitobida Erkin Vohidov she'riyatining o'ziga xos tomonlarini
yoritib bergan.
Erkin Vohidov ijodida Vatanni, tug'ilib o'sgan el-yurtni e'zozlash,
o'lkamizning go'zal, fusunkor tabiatini tasvirlash, uni madh etish alohida
o'rin egallaydi, u tug'ilgan maskani Farg'ona bilan iftixor etgan.

Bu vatanda bir makon bor, Men uchun bir donadir.
Ko'hna Turkiston sadaf bo'lsa,

U yer durdonadir.
Kim parixona deb aytar,

Kim uchun Parkonadir,
Ahli she'r ta'rifida Uyqudagi jononadir,

U mening uyg'oq diyorim
O'ktamu mardonadir,

Maskanim Farg'onadir, Farg'onadir, Farg'onadir.
Erkin Vohidov she'riyatining muhim bir qirrasini quvnoq qahqaha, samimiy
satira va yumor tashkil etadi. Hayotda shoir nihoyatda quvnoq, dilkash
inson bo'lgan; u har qanday qaltis daqiqalarda topqirlik va hozir javoblik,
hazil va yumor bilan vaziyatdan chiqib keta oladigan so'z ustasi bo'lgan.
Adibning hajviy asarlari va shoir hayotida yuz bergan voqealar haqida
Umarali Normatovning “Ijod sehri” kitobida batafsil bayon qilingan.
Adibning “Manfaat falsafasi”, “Sen menga tegma”, “Donishqishloq
latifalari” kabi she'rlarida ham komil inson uchun kurash muammosi bosh
g'oya sifatida namoyon bo'ladi.
Erkin Vohidov bir qator ajoyib dramatik dostonlar muallifi. U mohir
dramaturg. Adibning “Oyjamol”, “Oltin dyevor” kabi dramatik asarlari

mashhur bo'lib ketgan. Bu asarlar ko'p yillardan buyon o'zbyek milliy drama
teatri sahnasida o'ynalib, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo'lgan. “Teatr”
jurnalining 2006 yil 6-sonida jurnalist Erkin Usmonovning “Oltin devor”
qanday yaratilgan edi?..” nomli maqolasida komyediyaning yaratilish tarixi
haqida so'z boradi.

Erkin Vohidov otashin publisist va adabiyotshunos sifatida ham samarali ijod
qildi. “Shoiru, she'ru, shuur” nomli kitobda adibning adabiy o'ylari va fikrlari
jamlangan. Shu bilan birga u mohir tarjimon sifatida S.Yesyenin, M.Svyetlov,
A.Blok, R.Hamzatov kabi iste'dodli shoirlarning she'larini o'zbyek tiliga
tarjima qildi. Uning tarjima sohasidagi mahorati jahon adabiyotining shoh
asarlaridan biri buyuk nemis shoiri Gyotyening “Faust” asari tarjimasida
yuqori cho'qqiga ko'tarildi.

Xalqimizning ardoqli farzandi, byenazir shoiri Erkin Vohidovning eliga
muhabbati baland edi. Mana shu xususiyat uni keng ko'lamli ijodkor: shoir,
adib, publisist, dramaturg, tarjimon sifatida xalqqa tanitdi, sevimli qildi.
Hassos lirik shoir umrbod xalq dardi va tashvishi bilan yashadi, ijod qildi.
Uning xotiralari, kuzatuvlari va hayotida yuz bergan voqealar ”Dil tubiga
cho'kkan lahzalar” kitobida o'z aksini topdi.

Erkin Vohidov bundan ko'p yillar muqaddam: Shoirlik – bu shirin jondan
kechmakdir, Limmo-lim fidoyilik jomin ichmakdir. Shoirlik – jigarni ming
pora etmak, Bag'ir qoni bilan satrlar bitmak.

O'zini tomchi-tomchi, zarra va zarra Elga qurbon qilib, eng so'nggi karra –
Armon bilan demak: “Ey ona yurtim, Kechir xizmatingni qilolmay o'tdim...

– deb yozgan edi. Shoirning ulkan adabiy merosidan bahramand bo'lish
asnosida aytish mumkinki, Erkin Vohidov “Limmo-lim fidoyilik jomini
ichganligi” va bu yo'lda namuna ko'rsatganligi uchun, xalqimizga sidqidildan
xizmat qilganligi uchun “O'zbekiston xalq shoiri” va “O'zbekiston
Qahramoni” faxriy unvonlariga sazovor bo'ldi, “Do'stlik” va ”Buyuk

xizmatlari uchun” ordenlari bilan mukofotlandi. Xalqimizning sevimli shoiri
Erkin Vohidov 2016 yilning 30 mayida 79 yoshida bu dunyoni tark etdi.
Atoqli shoir Erkin Vohidov 85 yosh bo'sag'asida sakkiz jildga jo etilgan
mukammal asarlarini o'z qo'li bilan ko'rkam kitoblar holida tayyorlab,
kyelajak avlodlarga hada etdi. Benazir shoir yaratgan ushbu asarlar
qo'shiqlarda, kitobxonlar qalbida yashaydi. Buyuk qalb sohibi

Erkin Vohidov xotiramizda hamisha barhayot bo'lib qoladi.

Foydalangan adabiyotlar:
Vohidov E. Dil tubiga cho'kkan lahzalar: Qissa. – T. : Sharq, 2013. – 128 b.
She'riyatda sehr sohibi: E.Vohidov she'riyatiga bir nazar //
Normatov U. Ijod sehri. – T. : Sharq, 2007. – B. 127-136.
Shoir tabassumi // Normatov U. Ijod sehri. – T. : Sharq, 2007. – B. 162-173.
So'z sehri: Erkin Vohidov hayoti va ijodiga chizgilar / Nashrga tayyorlovchi va
so'z boshi muallifi H. Bol-taboyev. – T. : Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. – 136
b.
Vohidov E. Ishq savdosi. Saylanma. J. 1. – T.: Sharq, 2000. – 416 b.
Sodiqova T. El ustozim. – T. : Ma'naviyat,1997. – 64 b.

Vohidov E. Shoiru she'ru shuur: Adabiy o'ylar. – T.: Yosh gvardiya,1987. –
224 b.

Usmonov E. “Oltin devor” qanday yaratilgan edi?.. // Tyeatr. – 2006. – № 6.
– B. 24-28.

Tuzuvchi: Bibliografiya bo’limi raxbari Raxmonova Manzura
Bibliograf Gulnoza Safarova


Click to View FlipBook Version