MILLIYLIK – MILLAT KO‘ZGUSI Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda! IJTIMOIY, MA’NAVIY-MA’RIFIY GAZETA Gazeta 2023-yil yanvardan chiqa boshlagan. 2025-yil 28-fevral 2-(27)SON TA’LIMТAHLILCHISI Daholar yodi E’tirof Ko‘chadagi yuzimiz BUGUNGI SONDA: MUALLIM VAQT USTIDAN G‘OLIB SHOMDA QOLGAN QIZLAR ISHQNING YETTI JILOSI Ramazon aytib keldi mart
2 TA’LIM VA HAYOT 2025-yil, 28-fevral | 2(27)-son «JADIDLAR IZIDAN» TIZIMDAGI YANGILIK TA’LIM ТAHLILCHISI Ta’lim tashkilotimizda bolalarga milliy qadriyatlarimizni, tariximizni va buyuk ajdodlarimiz merosini o‘ranishga bag‘ishlangan «Jadidlar izidan» nomli tadbir o‘tkazildi. Unda tarbiyachilar, bolalar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi. Tadbirning asosiy maqsadi – yosh bolalarga jadidchilik harakati va uning vakillari haqida tushuncha berish, ularning ilm-ma’rifat yo‘lidagi xizmatlarini yodga olish hamda milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir boshlanishida tarbiyachilar bolalarga jadidchilik harakati haqida sodda va tushunarli tilda tushuntirish berdi. Jumladan, jadidchilik – ilm-ma’rifatni targ‘ib qilgan, zamonaviy maktablar ochgan, xalqni rivojlantirish uchun kurashgan harakat ekanligi aytib o‘tildi. Shuningdek, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Cho‘lpon, Fitrat kabi jadid bobolarimizning ismlari va ularning faoliyati haqida ma’lumotlar berildi. Bolajonlar jadid bobolarimizning hikmatli so‘zlari va she’rlaridan parchalar aytib berishdi. Bolalar jadid bobolarimiz hayoti va maktab ta’limi bilan bog‘liq rasmlar chizib, namoyish qilishdi. Tarbiyachilar va bolalar ishtirokida sahna ko‘rinishlari qo‘yildi. Tadbir davomida bolalarga o‘z ajdodlarimizning ilm-ma’rifatga qo‘shgan hissasi tushuntirildi. Ularning mehnati tufayli bugungi kunda zamonaviy ta’lim tizimi rivojlanganligi va bunday fidokor insonlarni doimo yodda tutish kerakligi ta’kidlandi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan bu tadbir bolalarning bilim va ma’naviyatini oshirishga xizmat qildi. Bu kabi tadbirlar yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Nozima SHARIPOVA, Chortoq tumanidagi 14-DMTT tarbiyachisi. To‘raqo‘rg‘on tumani Madaniyat Markazida Namangan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i A’zamjon Isaqov tashabbusi bilan O‘zbekiston Prezidentining Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri Bahodir Yusupov hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilmurod Ismoilovlar hamkorligida sayyor qabul tashkil etildi. – Sayyor qabulni o‘tkazishdan asosiy maqsad ta’lim tizimida yig‘ilib qolgan muammolarni viloyat va respublika darajasida xal etishdan iborat, – deydi viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Nazorattahlil, ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash shoʻbasi rahbari Muhammadjon Valiyev. – Jarayonlarda ellikdan ziyod murojaat kelib tushdi. Yigirmadan ortiq murojaat joyida ijobiy hal etildi. Murojaatlarning asosiy qismi ish bilan ta’minlash, ta’lim tashkilotlarida qurilishta’mirlash ishlarini olib borish, o‘qituvchilarning dars soatini ko‘paytirish va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga farzandini imtiyozli joylashtirish, oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi. Ularning aksariyat qismi joyida ijobiy hal etildi. Muddat talab qiladigan murojatlar tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi belgilandi. Ayni chog‘da tizim faoliyatiga doir muammolar yechimiga alohida e’tibor qaratilar ekan, qabul chog‘ida ishtirok etgan masullarga tegishli vazifa va topshiriqlar berildi. Chortoq tumanida ham ushbu tanlovning hududiy bosqichi ko’tarinkilik bilan o‘tkazildi. Tanlov avvalida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha shoʻba mudiri Gulbahor Gʻofurova so‘z olib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi. Tanlov shartlariga ko‘ra, umumta’lim maktabi jamoalari maktab hayoti, an’analar va ta’lim jarayonlarini sahna ko‘rinishlari orqali namoyish etdilar. Milliy madaniyat, ma’naviyat va tarixiy qahramonlar sahna ko‘rinishlarida gavdalantirildi. Tanlovning tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lgan jamoalar hududiy bosqichlarda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Respublika bosqichida esa g‘olib jamoa xorijiy mamlakatga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritadi. Namangan viloyati MMTB Axborot xizmati. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish, kasbiy sertifikatlash va rag‘batlantirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, endilikda vazir jamg‘armasidan har oylik ustama olish uchun nomzodlar ro‘yxati avvalgidek hududiy kengashlar tavsiyasi asosida shakllantirilmaydi. Sinovlarda barcha fan o‘qituvchilari ishtirok etishi mumkin. Avval MTT tarbiyachilari ustama olishga da’vogarlik qila olmasdi, endi ular ham sinovlarda ishtirok etib ustama olishi mumkin. Shuningdek, pedagog kadrlarga tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan 70 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanishining tartibi tasdiqlandi. BOSHQARMA BOSHLIG‘I SAYYOR QABUL TASHKIL ETDI BOG‘CHA TARBIYACHILARI HAM VAZIR JAMG‘ARMASIDAN USTAMA OLISHI MUMKIN Ma’lumki, Prezidentimizning «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar rivojida muhim omil bo‘lmoqda. Joylarda mazkur farmon ijrosi doirasida tashkil etilayotgan sayyor qabullar mansabdor shaxslarning odamlar dardu tashvishlari bilan yaqindan tanishish, ular hayotida tugilib turgan muammolarga yechim topish imkonini bermoqda. Milliy madaniyatimizning uzviy qismi bo‘lgan teatr san’ati ma’rifat ulashuvchi, sahna va tomoshabin o‘rtasida jonli muloqot o‘rnatuvchi maskan bo‘lib, bu dargohda yuksak fazilatlar hamda umuminsoniy g‘oyalar tarannum etiladi. «Turon» maktab teatri tanlovi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi teatr studiyalarini qo‘llab-quvvatlash va o‘quvchilarda notiqlik san’ati hamda sahna madaniyatini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan. «TURON» TEATRI TANLOVI
2025-yil, 28-fevral | 2(27)-son DAHOLAR YODI 3 Fevral oyi O‘zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosini ulug‘lash, yurtimizning buyuk shoirlari va mutafakkirlarini yod olish uchun muhim bir oy hisoblanadi. Har yili bu oyda o‘tmishdagi ulug‘ siymolarni xotirlash, ularning ijodi va hayoti haqida yoshlarni tarbiyalashga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazish an’anaga aylangan. TA’LIM ТAHLILCHISI Jondan aziz bolajonlar, Jon o‘zi siz, bolajonlar. O‘g‘ilu qiz bolajonlar, Navoiyni sevasizmi? Qush tilida so‘zlaydi u, Ezgulikni ko‘zlaydi u, Sizni sevar, o‘zlaydi u, Navoiyni sevasizmi? «Xamsa»si chin mo‘jizadir, Har misrada gul chizadir. So‘zmas, marjonlar tizadir, Navoiyni sevasizmi? O‘rganasiz chin so‘z nedir, So‘z bobida Sulton edi, Sherman dedi, she’rman dedi, Navoiyni sevasizmi? O‘zbekning shon-sharafi u, Biz buyukmiz, sababi u. Dilning tilak-talabi u, 41-maktabgacha ta’lim tashkilotida ham ikki ulug' siymo tavalludiga bag'ishlangan tadbir tashkil etildi. Tadbirda so‘zga chiqqan maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori Dilafro‘z Rustamova Navoiy va Bobur shaxsiyatining mamlakatimizda va umuman, jahon adabiyoti va tarixi, madaniyatidagi o‘rni, navqiron avlod uchun ibratli jihatlari, ular qoldirgan bebaho ma’naviy merosning ahamiyati xususida to‘xtaldi. Shundan so‘ng, tarbiyalanuvchilar tomonidan tayyorlangan go‘zal raqslar namoyish qilindi. Shuningdek, tadbirda Navoiyning bolaligi, ustozlari bilan suhbatlari, 12 yoshdan boshlab davlatni boshqargan Boburning hayot yo‘li davomida ko‘rgan qiyinchiliklari, baxtli kunlari, Vatan sog‘inchi aks etgan sahna ko‘rinishlar namoyish etildi. Qolaversa, bolajonlar buyuk siymolarning g'azallari, ruboiylaridan namunalar o‘qib berishdi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari Nargiza Yusupova, Maftuna Redjapova, Dilshoda O‘rinboyeva, Nasiba Hotamova, Gulchehra Abdurahmonova, musiqa rahbari Madina Usmonovalar tomonidan tayyorlangan badiiy kechada tarbiyalanuvchilarining katta insonlardek fikr yuritishi, o‘zlarini ulug' siymolarning izdoshlari deya his qilib, ularning dardi va quvonchini to‘liq gavdalantirib bergani tadbirga tashrif buyurgan ota-onalarda ham katta tassurot qoldirdi. Bolajonlar Navoiy va Boburning insoniy fazilatlari, oliyjanob hislatlarini o‘zlariga o‘rnak qilib oldilar. Xususan, buyuk shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan madaniyma’rifiy tadbirlar ham yuksak saviyada o‘tkazildi. Xuddi shunday tadbir Uchqo‘rg‘on tumanidagi 37-sonli maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Nuriddin O‘ktamov boshchiligida tashkil etildi. Uchqo‘rg‘onlik ijodkorlar – Xalqaro Turon Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, «Maktabgacha va maktab ta’limi a’lochisi» ko‘krak nishoni sohibi Mahmudjon Soliyev, shoira va ma’naviyat targ‘ibotchisi Donoxon G‘aniyeva, o‘quvchilar, ustozlar, «Yog‘du» mahallasi yoshlari va boshqalar ishtirokchida o‘tkazilgan tadbir Navoiyni sevasizmi? ISHQNING namunalar o‘qib, uning falsafiy va badiiy o‘ziga xosligini namoyon etdilar. Navoiyning she’riyati, insoniy tuyg‘ular, ijtimoiy adolat va millatparvarlik g‘oyalari bilan to‘la bo‘lib, bugungi kundagi yoshlar uchun ham ulkan o‘rnakdir. Tarixiy ko‘rinishlar va sahnalashtirilgan chiqishlar namoyishlari orqali o‘quvchilar Navoiy asarlarining hayotiy ahamiyatini tushunishga harakat qilishdi. Tadbirda maktabning raqqosa qizlari tomonidan go‘zal raqslar mohirona ijro etildi. Alisher Navoiy g‘azali kuyga solinib, yuksak darajada ijro etildi. An’anaviy san’atning zamonaviy shaklda namoyish etilishining muhimligini ko‘rsatildi. Ularning iste’dodi ishtirokchilarni hayratga soldi. Shuningdek, o‘quvchilardan Mohidil Muhammadaliyeva, Nozima Arabboyevalar o‘qigan g‘azallari bilan, Abduqayum Qo‘ldoshev, Ibrohim Ahmadjonov, Og‘abek Usmonovlar o‘zining obrazli chiqishlari bilan tadbirni yanada jonlantirdilar. Ularning ishtiroki va yorqin nutqlari yig‘ilganlarni hayajonga soldi va ularning ijodiy qobiliyatlari alohida e’tirof etilishiga sabab bo‘ldi. Bu tomosha, chin ma’noda, Navoiy xotirasiga ehtirom ko‘rsatishning eng yuqori darajasini ifodaladi. Ushbu tadbir, shubhasiz, Alisher Navoiy merosini o‘rganish va yoshlarimizga uning buyukligini anglatishda muhim rol o‘ynadi. Bu kabi tadbirlar, nafaqat Navoiyning yuksak adabiy merosini eslash, balki o‘zbek xalqining madaniy qadriyatlariga bo‘lgan hurmatni yanada oshiradi. Nafosat, she’riyat, adabiyot, musiqa bayramiga aylangan kecha o‘quvchilarga unutilmas taassurotlar ulashdi. Jahongir MA’MURJON O‘G‘LI. «Ishqning yetti jilosi» deb nomlandi. Tadbirni maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Nigoraxon Alimatova ochib, mamlakatimizning barcha ilm dargohlarida va tashkilotlarida Navoiy tavalludini keng nishonlashga katta e’tibor qaratilganini ta’kidladi. Tadbir davomida Alisher Navoiy asarlari va uning madaniy merosi haqida fikrlar bildirildi. O‘quvchilar, buyuk shoirning g‘azal va ruboiylaridan IKKI BUYUK ZOT O‘zbek tili va mumtoz adabiyotining ravnaq topishida, sayqallanishida buyuk mutafakkir Mir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur bobolarimizning o‘rinlari beqiyosdir. Ularning yaratgan nodir asarlari-yu, mislsiz durdonalari butun dunyoga allaqachon ma’lum va mashhur bo‘lib ulgurganligi quvonarli hol, albatta. Har yili mamlakatimizdagi barcha ta’lim muassasalarida ulug‘ bobokalonlarimizning tavallud kunlari keng tarzda nishonlanadi. Jumladan, Yangiqo‘rg‘on tumanining «Qorapolvon» mahallasida joylashgan Dilorom ERGASHEVA
4 JARAYON 2025-yil, 28-fevral | 2(27)-son XAVFSIZ TAOM – SOG‘LOM HAYOT UZVIY HAMKORLIK Viloyat MMTB Axborot xizmati. TA’LIM ТAHLILCHISI Odatda Maktabgacha ta’lim rivojida ikki omil – ota-ona va ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi uzviy hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Aksincha, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ijtimoiy-ma’naviy va hatto, iqtisodiy muammolarni vujud keltiruvchi omillarni ko‘payib borishiga sabab bo‘lishi mumkin. Aslida esa, ta’lim tashkiloti va ota-ona o‘rtasidagi hamkorlik, eng avvalo, faoliyatga doir ochiqlik va shaffoflikka xizmat qiladi. Pirvardda muammolar tezroq yechim topadi. Samarador natijalar shaffof tusda ko‘zga tashlana boshlaydi. Eng muhimi ota-onalarning maktabgacha ta’lim tashkilotiga bo‘lgan rizoligi va ishonchi yanada ortadi. Namangan tumani Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli 20-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan seminar ana shu mavzuni ochib berdi. «Ota-onalar bilan hamkorlikni samarali tashkil qilish»ga bag‘ishlangan mazkur seminarga tumandagi 36 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari taklif etildi. Ta’kidlandiki, oila va maktabgacha ta’lim tashkiloti jamiyatning kelajakka asos bo‘luvchi va bir-biriga uzviy bog‘liqlikdagi institutlaridir. Ammo, ular o‘rtasidagi hamkorlik, bir-birini tushunish keyingi paytlarda tobora muammoli tus olib bormoqda. Xo‘sh, shu kabi vaziyatlarni bartaraf etish mumkinmi? Seminar davomida ana shu savolga javob axtarildi va mavzu doirasidagi eng muhim maqsadlar ochiqlandi. Ya’ni: - ota-onalarni maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatiga jalb etish; - maktabgacha ta’lim tashkiloti to‘g‘risidagi salbiy fikrlarni o‘zgartirish; - ota-ona bilan ishlashning amaliy shakllarini ishlab chiqish; - o‘yinli ta’limda otaona ishtirokini ta’minlash; - o‘zaro hamkorlik davomida ta’lim-tarbiyani yanada yuqori sifatga ko‘tarish; - bolaning rivojlanishida ota-ona mas’uliyatini oshirish kabi tajribalar almashildi. Jarayonlarda psixologik testlar qo‘llandi. Har bir ishtirokchi o‘z faoliyati va o‘zi rahbarlik qilayotgan tashkilot faoliyatini to‘plagan ballari natijalariga asoslangan holda o‘z-o‘zini baholash tajribasini qo‘lladi. Guruhlarga bo‘lingan ishtirokchilar muammoli vaziyatlarda ijobiy natijaga erishish bo‘yicha ham turli yondashuvlarni namoyish etishdi. Umuman olganda maktabgacha ta’lim tashkilotining oila uchun ochiqligi – har bir ota-ona maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’limtarbiya olayotgan farzandiga nisbatan amalga oshirilayotgan yondashuvlardan doimiy boxabar bo‘lib turishi hayotiy zarurat ekanligi aytildi. Zero, bu kabi yondashuvlar yuqorida ta’kidlangan muammoli vaziyatlarning oldini olishga xizmat qiladi. Pop tumanidagi 33-DMTTda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni sog‘lom va xavfsiz ovqatlantirish jarayonida «Yagona mavsumiy taomnoma»ga amal qilinishi, tarbiyalanuvchilarning salomatligi bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi. Shu munosabat bilan bugun yurtimizning barcha tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, jumladan, Chortoq tumanida joylashgan 17-DMTTda ham «Metodik mahorat kuni» doirasidagi o‘quvseminar tashkil etildi. Mazkur maskanga 510 nafar tarbiyalanuvchi qamrab olingan. Boz ustiga, yana navbat kutayotganlar soni mingdan ziyodni tashkil etadi. Chunki, tumanlik ota-onalarning e’tirofi shunday: 17-bog‘cha har jihatdan eng zamonaviy, qolaversa, mahoratli va malakali kadrlar jam bo‘lgan ta’lim-tarbiya o‘chog‘i sanaladi. Demoqchi bo‘lganimiz «Metodik mahorat kuni» doirasidagi mashg‘ulotlarni olib borish uchun ushbu tashkilotni tanlanganligi ham bejizga emas. Darvoqe, soha pedagoglarining uzluksiz kasbiy rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan bu galgi tadbir «Atrofolam bilan tanishtirishda kuzatish, ko‘rgazmali, og‘zaki va amaliy uslubdan samarali foydalanish» mavzusiga bag‘ishlandi. Jarayonlarda ishtirok etgan 20 nafardan iborat yetakchi pedagoglar o‘yinli ta’limga doir treninglarda sohaviy malaka va tajribalarning mazmun-mohiyatini ochib berishdi. Ayniqsa, musiqa va raqs uyg‘unligidagi «Boshqaruvchini top!» amaliyotida pedagoglarning zehn va zakovatlari sinovdan o‘tkazildi. Nazariy mashg‘ulotlar chog‘ida soha amaliyotida qo‘llaniladigan o‘quv, ishchi, variativ hamda tayanch dasturlarning o‘zaro farqli jihatlari ko‘rib chiqildi. Guruhlarga bo‘lingan pedagoglar «ekologik so‘qmoq» mavzusidagi tajribalarni taqdim etishdi. Ushbu kichik dastur doirasida bola va tabiat munosabatlaridagi nozik qirralarning ochib berilishi o‘ziga xos mahorat kasb etdi. Ushbu mashg‘ulotlar pedagoglarning bolalar bilan ishlashning yangi va ilg‘or tajriba sabog‘iga aylandi. YOXUD UCHINCHI METODIK MAHORAT DARSI «EKOSO‘QMOQ» O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentyabrdagi «Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoniga ko‘ra, har oyning birinchi va uchinchi haftasining seshanba kunlari «Metodik mahorat kuni» doirasida tayyorgarlik ko‘rgan mentor-trenerlar o‘ziga biriktirilgan Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining direktor o‘rinbosarlari uchun o‘quvseminarlar tashkil etib borishi belgilangan. O‘tkazilgan o‘quv seminarida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi «Sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish va tibbiy xizmat ko‘rsatishni muvofiqlashtirish» shoʻbasi boshlig‘i Sirojiddin Karimov, Pop tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i v.b. Jahongir Jo‘rayev hamda tumandagi 52 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamshira va bosh oshpazlari ishtirok etdilar. Tadbir davomida mavsumiy mahsulotlardan foydalanish, bolalar ratsionining muvozanatli bo‘lishi, gigiyena qoidalariga rioya etish va taomlarning ozuqaviy qiymatini oshirish bo‘yicha muhim yo‘nalishlar muhokama qilindi. Mutaxassislar bolalar organizmiga zarur bo‘lgan vitamin va minerallarni to‘g‘ri ta’minlash usullari haqida ma’lumot berishdi. Shuningdek, seminar davomida yagona taomnoma asosida haftalik ovqatlanish jadvalini shakllantirish, mahsulotlar sifatiga e’tibor qaratish hamda oshpazlar malakasini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Tadbir yakunida ishtirokchilarga maxsus qo‘llanmalar taqdim etilib, savoljavoblar bo‘lib o‘tdi.
2025-yil, 28-fevral | 2(27)-son NAVRO‘Z KELAYOTIR 5 MILLIY LIBOS – MILLAT SHA’NI! TA’LIM ТAHLILCHISI Ramazon aytib kelar Mart Dilorom ERGASHEVA Eritar fevral quyoshi, Egilar oylarni qoshi, Chiqaman yo‘liga shoshib, Ramazon aytib kelar Mart. Qo‘lida yashil belbog‘i, Dilida yo‘q zarra dog‘i, Degay ul «Arinmoq chog‘i» Ramazon aytib kelar Mart. Yo‘liga peshvoz malaklar, Bizdayin joni xalaklar, Tog‘u toshlar, kapalaklar, Ramazon aytib kelar Mart. To‘kilar yoshim tasbehday, Aylanar boshim tasbehday, Ko‘rinar toshim tasbehday, Ramazon aytib kelar Mart. Titragay Shaytonni joni, Keladi zanjirli oni, Kuchayar mo‘min iymoni, Ramazon aytib kelar Mart. Boylari topganni bergay, Topmaganlar jonni bergay, Holvayu qand, nonni bergay, Ramazon aytib kelar Mart. Yo‘qlangiz Ustozu Pirni, Qidiring boylar faqirni, Qiling obod bog‘u qirni, Ramazon aytib kelar Mart. Xo‘rozim, qichqir, xo‘rozim, Tunu kun tinmas ovozing, Sevinib sollaysan tojing, Ramazon aytib kelar Mart. Uchiray, qushim istig‘for, Ey o‘ngu tushim, istig‘for, Ey aqlu xushim, istig‘for, Ramazon aytib kelar Mart. «Qadr»li bo‘lgoning qulluq, Oy bo‘lib to‘lgoning qulluq, Bu bahor har oning qulluq, Ramazon aytib kelar Mart. «Martim-ey» deb erkalaymi, «Mardim-ey» deb erkalaymi, «Dardim-ey» deb erkalaymi? Ramazon aytib kelar Mart. «Ramazon» bitmas qo‘shiqdir, Yomonlar yo‘li to‘siqdir, Bo‘lmagin mahzun, o‘ksik Dil, Ramazon aytib kelar Mart. Maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan musiqiy dasturda bahoriy liboslar kiygan qizlar ijrosidagi raqslar, kuy va qo‘shiqlar bayramga fayz kiritdi. Dastur davomida davraga Navro‘zoyning kirib kelgani tomoshabinlarni yanada quvonchga to‘ldirdi. U har bahorda Navro‘z tantana qilishini aytib, yashnash, yasharish bayrami tabiatning uyg‘onishi Tadbir yoshlarda milliy kiyimlarga qiziqishni oshirib, ularni an’analarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi. Milliy libos – millat sha’ni, uni asrab-avaylash esa har bir fuqaroning burchidir! O‘z muxbirimiz. O‘lkamizga bahor fasli kirib kelmoqda. Barchaning qalbida shodlik, bayramona quvonch. Yurtimizning har bir go‘shasida ayyom shukuhi. Yangi Namangan tumanidagi 86-umumta’lim maktabda ham go‘zallik, yangilanish va yasharish faslini tarannum etuvchi tadbir tashkil etildi. Yangi Namangan tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda «Milliy libos – millat ko‘rki» mavzusida ma’naviyma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i, tuman hokimi, maktab jamoasi va o‘quvchilar ishtirok etib, milliy liboslarning ahamiyati haqida fikr almashdilar. bilan bog‘liq ushbu yangi kunning boshlanishi bilan barchani muborakbod etdi. Bayramona bezatilgan ilm maskani hovlisida bahor nafasi, xalq o‘yinlari, sport musobaqalari, milliy ertaklar namoyishida o‘z ifodasini topib, sumalak, ko‘ksomsa va boshqa milliy taomlar tayyorlanib, ishtirokchilarga tortiq qilindi. Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Azamjon Isakov va bir qator xorijlik mehmonlar qatnashgan marosimda o‘zbekona udumlar, azaliy an’analar, milliy liboslarimizning tarixiy ahamiyati haqida qisqacha ma’lumot berildi. Maktab jamoasi birdamlikda, hamjihatlikda va ko‘tarinki ruhda qadimiy bayramni nishonladi. Sayilda jam bo‘lganlar bahor tashrifini, Navro‘z shukuhini birdek his qildi. MAKTABDAGI QADRIYAT Tadbirda milliy kiyimlar har bir xalqning tarixi, madaniyati va an’analarini o‘zida aks ettirishi ta’kidlandi. Shuningdek, milliy liboslarni nafaqat bayramlarda, balki kundalik hayotda ham kiyish muhim ekani qayd etildi. Tuman hokimi yoshlar bilan muloqotda milliy madaniyat va qadriyatlarni saqlash zarurligi haqida gapirib, milliy liboslar xalq qudrati va sha’nini ifodalashini aytib o‘tdi.
Jumladan, «Ota-onalar bilan hamkorlikni samarali tashkil qilish» mavzusidagi o‘quvseminarlarni hududlar kesimida o‘tkazib borilmoqda. Bugun ana shu mavzudagi o‘quv seminarning davomi Uchqo‘rg‘on tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 42-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazildi. Mazkur seminarda tumandagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari qatnashdi. Seminar davomida ota-onalarni maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatiga jalb qilinishining muhimligini yoritib berish; Ota-onalarning maktabgacha ta’lim tashkiloti to‘g‘risidagi fikrlarini o‘zgartirish, ijobiy fikrlarni shakllantirish; Ota-onalar bilan ishlashning amaliy shakllarini tatbiq etish; Ota-ona o‘yinlita’limiy faoliyatining ishtirokchisi; Hamkorlik shakllarida ta’lim - tarbiyaning to‘g‘ri yo‘nalishiga erishish; Bolaning rivojlanishiga ko‘maklashish zarurati; Ota-ona va tarbiyachilar o‘rtasida o‘zaro munosabatni yanada yaxshilash va ta’limda muvaffaqiyat cho‘qqilarini zabt etish; Oilalar bilan o‘zaro an’anaviy munosabatlarning jamoaviy shakllari; O‘yinga asoslangan ta’limni uyda rivojlantirish; Oilalar va mahalliy hamjamiyat bilan o‘zaro hamkorlik shakllari tatbiq qilish bo‘yicha bahsmunozaralar olib borildi. Seminar ishini boshqarmaning MTTlarni muvofiqlashtirish shoʻbasi boshlig‘i Abror Abduqayumov va metodist Naima Qodirovalar olib borishdi. Tadbir maktabgacha ta’lim tashkilotlarida boshqaruv samaradorligini oshirish, pedagogik jarayonni rivojlantirish hamda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish masalalariga bag‘ishlandi. Dastlab seminarda ushbu tashkilot direktori o‘rinbosari Asila Faxriddinova direktor o‘rinbosarlari faoliyatida samarali boshqaruv usullaridan foydalanish, pedagogik jamoani boshqarish va ularning kasbiy rivojlanishini ta’minlash, innovatsion ta’lim metodlarini joriy etish, bolalarning rivojlanishiga yo‘naltirilgan samarali tarbiyaviy dasturlar ishlab chiqish yuzasidan tajribalarini o‘rtoqlashdi. Qolaversa, direktor o‘rinbosari tomonidan yuritilishi lozim bo‘lgan 04-indeks ostidagi ish hujjatlari yuzasidan tushunchalar berdi. Shundan so‘ng ishtirokchilar tomonidan quyidagi mavzular atroflicha muhokama qilindi: - Maktabgacha ta’lim tashkilotida boshqaruv jarayonini samarali yo‘lga qo‘yish; - Ta’lim sifati va pedagogik jarayonni takomillashtirish; - Maktabgacha ta’limda zamonaviy pedagogik yondashuvlar; - Tarbiyalanuvchilar rivojlanishiga ko‘maklashuvchi innovasion metodlar; - Rivojlantiruvchi o‘yinlar va interfaol mashg‘ulotlarni qo‘llash; - Ta’lim sohasidagi yangi qonun va qarorlar. Tadbir ishtirokchilari bunday seminarlar nafaqat rahbar xodimlarning kasbiy o‘sishiga, balki umuman maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga katta hissa qo‘shishini ta’kidladilar. Ular seminar davomida olingan bilim va tajribalarni o‘z tashkilotlarida qo‘llashga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Bunday tadbirlar kelgusida ham davom etib, maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. 6 SEMINAR 2025-yil, 28-fevral | 2(27)-son DIREKTORLAR VA O‘RINBOSARLAR UCHUN DOLZARB MAVZU Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma boshlig‘ining tashabbusi bilan tizimdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari va otaonalar, ya’ni oila instituti bilan izchil hamkorlik o‘rnatishga xizmat qiluvchi qator chora-tadbirlar belgilandi. Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish va rahbar xodimlarning malakasini oshirish maqsadida Uychi tumanidagi 50-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida «Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori o‘rinbosarlari faoliyatini samarali tashkil etish» mavzusida seminar tashkil etildi. TA’LIM ТAHLILCHISI Insonni ham aqliy, ham ruhiy qaram qiladigan xatarlar ko‘p. Ulardan ogoh yashash esa, vaqtning vazifasi. Ayniqsa, zamon illatlaridan yoshlarni asrabavaylash yanada dolzarbdir. Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida o‘tkazilgan o‘quv-amaliy seminar «Yoshlar orasida psixoaktiv moddalarga qaramlikning oldini olish» mavzusiga bag‘ishlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi kotibi Sh.Qayumov, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimi M.Xoldarov hamda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari X.Abdurahmonov, shuningdek, viloyat hokimligining mas’ullari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va yoshlar masalalariga oid tashkilotlar vakillari ishtirok etgan mazkur tadbir videoselektor tarzida o‘tkazildi va unda viloyatdagi umumta’lim maktablari direktorlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, maktab psixologlari, soha mas’ullari hududlar kesimida tashkil etilgan studiyalar orqali qatnashishdi. Ta’kidlandiki, profilaktik tadbirlar jarayonida eng asosiy e’tibor aholining «xavf guruhi»ga, ayniqsa, yoshlarga qaratiloqda. O‘quv muassasalarida, «xavf guruhi»ga moyil o‘quvchiyoshlar monitoringi olib borilmoqda. Ular bilan sog‘lom turmush tarzini shakllantirish mavzusida tushuntirish ishlari va suhbatlar muntazam uyushtirilmoqda. Bunday tadbirlar qamrovida nafaqat vazirlik va idoralar, balki jamoat tashkilotlari ham faol ishtirok etmoqda. O‘z navbatida yoshlar va o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli band etishga mo‘ljallangan turli sport musobaqalari va to‘garaklar faoliyati o‘zining ijobiy natijasini bermoqda. Tadbir davomida psixoaktiv moddalarning zararli ta’sirini tushuntirish uchun videoroliklar, ma’ruzalar orqali «O‘zbekistan Respublikasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiyani amalga oshirish bo‘yicha 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan milliy dastur»da belgilangan vazifalar keng muhokama etildi. Shuningdek, oldinda turgan dolzarb vazifalar belgilab olindi. Viloyat MMTB Axborot xizmati. GIYOHVANDLIK – ASR VABOSI
2025-yil, 28-fevral | 2(27)-son E’TIROF 7 Zamon o‘zgarmoqda. Shiddat bilan o‘tib borayotgan vaqt har birimizni ildamroq qadam tashlashga undamoqda. Zero, barcha maqsadlar mundarijasining boshi – vaqt! Moddiyat ham, manfaat ham vaqt! Bilaks, ko‘proq o‘qib, ko‘proq o‘rganmasdan turib, undan naf topmoq mahol. Ayniqsa, kun sayin o‘zgarib, kun sayin isloh topayotgan ta’limning qaynoq jarayonidan joy egallashning zarur sharti ham ko‘p o‘qib, ko‘p o‘rganmoqdir. Aytish joizki, maqolamiz qahramoni vaqtni o‘z izmiga sola bilgan, umrining har onini o‘qib-o‘rganishga, izlanishga baxsh etayotgan insondir. TA’LIM ТAHLILCHISI qahramonimiz faoliyat ko‘rsatayotgan dargoh – Yangi Namangan tumanidagi 60-sonli Ro‘y-rost aytganda MUALLIM maktabda Rashida Haydarova singari ham faol, ham jonkuyar, ayni vaqtda yoshlar kamoli uchun vobasta bo‘lgan muallimlar juda ko‘p. Buni shundan ham bilish mumkinki, bugun mazkur maktabdagi ta’limiy jarayonlar, o‘quvchi yoshlarning erishayotgan yutuqlari chin ma’nodagi e’tirofga loyiq ko‘rilmoqda. Rashida Haydarovaning o‘zi esa, yaqinda MDH davlatlari miqyosida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovda «Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi» nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikka munosib ko‘rildi. Unga maxsus mukofot va ko‘krak nishoni topshirildi. Shu munosabat bilan qahramonimizni yo‘qlab, u faoliyat yuritayotgan maktabga bordik. Dastlab bizga maktab direktori Feruza Jalolova peshvoz chiqdi. U bilan qilgan suhbatimiz davomida Rashida Haydarova, qolaversa bu yerda ta’lim olayotgan o‘quvchiyoshlarning bugungi yutuqlari haqida ko‘p yangiliklarni bilib oldik. – Nokamtarlikka yo‘ymang, maktabimizda Rashidaxon kabi o‘z ustida tinimsiz ishlayotgan ustozlarimiz ko‘p, – deya gap boshladi Feruza Jalolova. – Masalan, «Shuhrat» medali sohibalari Robaxon O‘rinova, Nodira Murodova yoki «Xalq ta’limi a’lochisi» Muhabbatxon Ortiqbekova singari muallimlarimiz yaratayotgan mo‘tadil iqlim o‘quvchilarimizni chuqur bilim egallashlariga munosib zamin hozirlamoqda. O‘quvchilarimiz turli ko‘riktanlovlarda, fanlar olimpiadalarida sezilarli yutuqlarga erishib kelishmoqda. Darvoqe, mazkur ta’lim maskani 1 ming 296 o‘ringa ega. Ayni paytda bu yerda 1 ming 814 nafar o‘quvchiyoshlar ta’lim-tarbiya olishmoqda. Ularga ustozlik qilayotgan 104 nafar pedagogning 15 nafari oliy, 35 nafari 1-toifa, shuningdek, 35 nafari o‘z mutaxassislik fanlari bo‘yicha VAQT USTIDAN G‘OLIB xalqaro darajadagi S1 sertifikatiga ega. O‘quvchilarning ko‘pchiligi o‘tgan o‘quv yilida geografiya, biologiya, ingliz tili fanlaridan viloyat fan olimpiadalarida samarali natijalarga erishishdi. Ayniqsa, Maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi Rashidaxon Haydorova yuqorida ta’kidlangan Xalqaro tanlov g‘olibligini qo‘lga kiritdi. – Tanlov 2024 yilning noyabr oyida e’lon qilingan edi, – deydi maqolamiz qahramoni. – Unda «Inklyuziv ta’lim: Pedagoglar duch keladigan muammolar va uning yechimlari» mavzusidagi ilmiy maqolam bilan ishtirok etdim. – Sizni mazkur tanlovda qatnashishga va aynan ushbu mavzuda maqola yozishga qanday sabablar undadi? – so‘raymiz undan. – To‘g‘risi, xorijiy tilni boshlang‘ich sinflarga o‘ta boshlaganimdan buyon, o‘quvchilar orasida turli jismoniy va aqliy nuqsoni bor bolalar bilan dastlab, yakka tartibda yoki uy sharoitida ishladim. Bu tartibda ishlashning o‘ziga xos muammolarini ko‘rdim, kechirdim. Hozirgi kunda esa, alohida ta’limga ehtiyoji bor bo‘lgan bolalarni inklyuziv ta’limga jalb etish orqali ro‘y bera boshlagan tenglik tamoyilini ham bevosita o‘z amaliyotimda kuzatib boryapman. Albatta, bunda o‘ziga xos yondashuvlar, metodlar qo‘llaniladi va bu yangi amaliyot bo‘yicha to‘plagan tajribalarimni tanlovga taqdim etgan maqolamda ifodalashga, inklyuziyaning natija va samaralarini ko‘rsatib berishga harakat qildim. Biz muallimaning ochiq darsida kuzatuvchi sifatida ishtirok etdik. Uning o‘quvchilar bilan o‘zga tilda olib borayotgan muloqotining natijadorlik sirini anglashga urinib ko‘rdik. Bildikki, Rashida Haydarova dars jarayonida ham, darsdan tashqari to‘garak mashg‘ulotlarida ham soatlab shug‘ullanishdan, o‘quvchilarning qiziqishlari doirasida qo‘shimcha adabiyotlar asosida mashg‘ulotlar olib borishdan aslo charchamas ekan. Darslar mavzusi yuzasidan ilmiy-nazariy va uslubiy ma’ruzalar tayyorlash orqali ularning bilimini boyitib borish, iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirish qahramonimizning doimiy mas’uliyatli ishiga aylangan. Tabiatan intiluvchan va izlanuvchan, doimiy ravishda o‘z fani bo‘yicha innovatsion uslub va g‘oyalarni qo‘llagan holda dars o‘tishga bo‘lgan ishtiyoqi tufayli uning o‘quvchilari orasida ingliz tili faniga mehr qo‘ygan yoshlar talaygina. Masalan, Barkamol Abdumavlonov 2023-yildagi fan olimpiadasining viloyat bosqichida faxrli o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, o‘tgan o‘quv yilida fanlar olimpiadasining viloyat bosqichida ishtirok etgan 11 «A»- sinf o‘quvchisi Sabina Muqimova kuchli beshtalikdan orasidan joy egalladi. Bulardan tashqari Oliyaxon Olimjonova, Zilola Akbaraliyeva, Naima Tojiddinova, Shahobiddin Olimjonov, Xalqaro darajadagi sertifikatlarni ko‘lga kiritishdi. Rashidaxon Haydarovaning o‘zi ham Milliy va Xalqaro sertifikatlar egasi. U 2022 yil AmerikaO‘zbekiston hamkorligidagi «Barkamollik Davlat Dasturi» treneri sifatida faoliyat olib borgan. 2023- 2024 o‘quv yilida «Xorijiy tillarni o‘qitishda katta va kichik guruhlarda interfaol usullar bilan dars o‘tish» mavzusidagi metodik tavsiyasi tumanda ommalashtirildi. – So‘nggi yillardagi foydalanayotgan darsliklar, ayniqsa, xorijiy tillarni o‘qitishga mo‘ljallangan o‘quv darsliklari, qiziqarli interaktiv metodlar bilan to‘ldirilgan topshiriqlarga boy, – deydi qahramonimiz Rashidaxon Haydarova. – Bu o‘quv darsliklari alohida ta’limga ehtiyoji bor bolalarni sog‘lom bolalar bilan integrasiyalashuviga turtki bo‘lishi dars jarayonlarida yaqqol ko‘rinmoqda. O‘sib kelayotgan alohida ta’limga muhtoj yosh avlod bugun jonkuyar ustozlari orqali, ta’lim dargohida asta-sekin mustaqil fikrlashga,o‘zini boshqarish va uddalashga o‘rganar ekan, kelajakda kimlarnidir yordami va ko‘magiga ham ma’naviy, ham moddiy muhtoj bo‘lmasdan mustaqil shaxs sifatida ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini topadi. Buni chuqur idrok etgan Rashidaxon opa bilimini borligicha bolalarga berishdek pok niyatni qalbiga jo etganining sababi shundan. Butun o‘y-xayoli, orzuintilishlari shunday ezgu maqsadga yo‘g‘rilganki, bular ustozga faqat muvaffaqiyatlar keltirishi tabiiy. Jahongir TO‘XTASINOV, maxsus muxbir.
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin bolalar bilan qardosh xalqlar tilida salomlashing. Ulardan nega bunday salomlashganingiz haqida so‘rang. Bolalar fikrlarini umumlashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasiga qo‘shni mamlakatlar haqidagi video lavhalarni taqdim eting. Qardosh mamlakatlarning davlat ramzlarini rasmli kartochkalar yordamida ko‘rsatib bering. Har bir qo‘shni davlatlar bayrog‘idagi alohida ranglar, naqshlar va belgilarga izoh bering. Bayroqlardagi timsollar mazmunini o‘rgating. Bayroqlar rasmini chizishda ranglarni to‘g‘ri tanlashlarida tavsiyalar bering. Qo‘shni davlatlar bayrog‘ini chizishda qanday alohida ranglar, naqshlar, tasvir va belgilardan foydalanganliklarini so‘rang. Bolalarning shaxsiy qiziqishi va kuzatuvlariga bog‘liq savollarga javob bering. Fikrlarni umumlashtiring. Rasmlar ko‘rgazmasini tashkil qiling. Kutilayotgan natija: Boshqa millat vakillari va madaniyatiga nisbatan hurmat ruhi shakllanadi. Geometrik shakllar va ularni predmetlar orasidan ajratishni, predmetlarni uzunligi, eni, qalinligi va balandligiga ko‘ra taqqoslashga o‘rganadilar. Bolalarga dunyo mamlakatlari haqida tushuncha bering. Videolavha orqali dunyo mamlakatlari bo‘ylab sayohat qilishni taklif qiling. Har bir millatning madaniy ma’rifiy xususiyatlari haqida qisqa ma’lumotlar tayyorlang. Rus xalqi liboslariga alohida e’tibor berib, ulardagi naqshlarni birgalikda chizish uchun yo‘nalish bering. Namunadagi rasmlarda qanday ranglar, shakllar borligini, ularning soni, ketma-ketligini qanday ekanligini bolalar bilan kuzating. Murakkab naqshlarni qanday chizilishini ko‘rsatib bering. Bolalarni rasm chizishga taklif qiling. Qanday geometrik shakl va figuralardan foydalanganliklarini so‘rang. Naqshlardagi ketma-ketlik, joylashuv, chiziqlar, gajaklar, rang moslashuvi haqida bolalar fikrlarini so‘rang. Bolalar ijod na’munalaridan ko‘rgazmalar tayyorlang. Kutilayotgan natija: Boshqa millat vakillari va madaniyatiga nisbatan hurmat shakllanadi. Geometrik shakllar va ularni predmetlar orasidan ajratishga, predmetlarni uzunligi, eni, qalinligi va balandligiga ko‘ra taqqoslashga o‘rganadi. Murakkab predmetlar chizishga va ularni dekorativ naqshlar bilan yasatishni biladi. Maqsad: Boshqa millat vakillari va madaniyatiga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash. Geometrik shakllar va ularni predmetlar orasidan ajratishga, predmetlarni uzunligi, eni, qalinligi va balandligiga ko‘ra taqqoslashga o‘rgatish. Kerakli jihozlar: AKT, video lavhalar, qog‘oz, rasmli kartochlar, bayroqlar na’munasi, mumli qalamlar. Qo‘llaniladigan usul: Pedagogning ko‘rsatmalaridan foydalanish, mumli qalamlar bilan ishlash metodi. 8 TARBIYACHI UCHUN 2025-yil, 28-fevral | 2(27)-son METODIK Fevral 2-hafta Fevral 1-hafta Quyidagi qo‘llanma maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari, pedagog xodimlari va ota-onalar uchun metodik yordam sifatida e’tiboringizga havola etilmoqda. TA’LIM ТAHLILCHISI Oy mavzusi: «Ajib dunyo» Hafta mavzusi: «Qo‘shni mamlakatlar» Mavzu: «Qo‘shni mamlakatlar bayrog‘i» Oy mavzusi: «Ajib dunyo» Hafta mavzusi: «Dunyo mamlakatlari» Mavzu: «Rus milliy naqshlari» Maqsad: Boshqa millat vakillari va madaniyatiga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash. Geometrik shakllar va ularni predmetlar orasidan ajratishga, predmetlarni uzunligi, eni, qalinligi va balandligiga ko‘ra taqqoslashga o‘rgatish. Murakkab predmetlar chizishga va ularni dekorativ naqshlar bilan yasatishga o‘rgatish Kerakli jihozlar: AKT, videolavhalar, qog‘oz, rasmli kartochalar, akvarel, mo‘yqalam, suv, suv idish, salfetka. Qo‘llaniladigan usul: Suhbat, mashg‘ulotda predmetlarni ko‘rib chiqish, na’munadan foydalanish metodi.
2025-yil, 28-fevral | 2(27)-son TARBIYACHI UCHUN 9 QO‘LLANMA O‘zbekistonning buyuk arboblari, milliy hunarmandchilik, naqsh bezaklari, lavh haqida gapirib bering. Jamoaviy ish loyihasini oldindan tayyorlang. Bolalarga jamoa bo‘lib ishlashdan oldin videolavha orqali «Lavh» haqida ma’lumot bering. Bolalarni jamoa bo‘lib ishlashga taklif qiling. Ishni boshlashdan oldin ish bosqichlarini ko‘rsatib bering. Tasvirda chiziq, ilgak, gajak va naqsh elementlarini chizish ketma-ketligini ko‘rsatib bering. Bolalarning qiziqishlari va kuzatuvlari yuzasidan savollariga javob bering. Milliy naqsh elementlarini chizishda namunaga qarab, naqsh jimjimalarini, mayda va yirik shakllarni o‘zaro moslashtirishni, mos ranglardan ma’lum moslashuvda qanday foydalanganlarini so‘rang. Lavh rasmni chizish uchun qaysi geometrik shakllardan foydalanganliklarini so‘rang. Chizgan rasmlari haqidagi bolalar shaxsiy fikrlarini umumlashtiring. Bolalar ishlarini tahlil qiling. Kutilayotgan natija: O‘zbek madaniyati, tarixi, ajdodlari haqida biladi. Tasvirda chiziq, ilgak, gajak va naqsh elementlarini chizadi. Jamoaviy loyihalarda g‘oyalar taklif etadi. Bolalar bilan sevimli kitoblari haqida suhbat o‘tkazing. Kitob turlari bilan tanishtiring. Birgalikda kitoblarni ko‘rib chiqing. Ertak kitoblar, rasmli kitoblar, she’riy kitoblarni varaqlab ko‘rib chiqishga taklif qiling. Ularning mualliflari bilan tanishtiring. Bolalarni kitob javonlarini chizgan kitoblari bilan to‘ldirishga taklif qiling. Bolalarga tanlov imkonini bering. Kitob chizishda geometrik shakllarning qaysi biridan foydalanish mumkinligi aytib o‘ting. Kitoblarni turli kattalik va qalinlikda chizish mumkinligini eslating. Bolalarni rasm chizishga taklif qiling. Rasm chizishda predmetning mazmun ifodasiga e’tibor bering. Rasmda qaysi geometrik shakldan foydalanib chizganlarini so‘rang. Chizgan rasmlarini uzunligi, eni, qalinligi va balandligiga ko‘ra taqqoslashlarini so‘rang. Chizgan kitoblari mualliflarini so‘rang. Ularni kuzating. Bolalarni fikrlarini qo‘llab quvvatlang. Eng chiroyli kitob javoni ko‘rgazmasini o‘tkazing. Kutilayotgan natija: Sevimli badiiy adabiyot, ertak va hikoya mualliflari va ularning nomini o‘rganadilar. Shaxsiy ishlarida turli ifoda vositalarini qo‘llashga o‘rganadilar. Predmetlarni uzunligi, eni, qalinligi va balandligiga ko‘ra taqqoslaydilar. Fevral 3-hafta Fevral 4-hafta TA’LIM ТAHLILCHISI Oy mavzusi: «Ajib dunyo» Hafta mavzusi: «O‘zbekistonning buyuk allomalari» Mavzu: «Lavh « jamoaviy ish Oy mavzusi: «Ajib dunyo» Hafta mavzusi: «Kitoblar tarixi» Mavzu: «Men sevgan kitob, mening kitob javonim» Maqsad: O‘zbek madaniyati, tarixi, ajdodlari haqida ma’lumot berish. Tasvirda chiziq, ilgak, gajak va naqsh elementlarini chizishga o‘rgatish. Jamoaviy loyihalarda g‘oyalar taklif etishni shakllantirish. Kerakli jihozlar: AKT, videolavha, lavh, qog‘oz, rangli qalamlar, flomasterlar. Qo‘llaniladigan usul: Suhbat, pedagog tomonidan ishlash usulini ko‘rsatib berish. Namunadan foydalanish metodi. Maqsad: Sevimli badiiy adabiyot, ertak va hikoya mualliflari va ularning nomini o‘rgatish. Shaxsiy ishlarida turli ifoda vositalarini qo‘llashga o‘rgatish. Predmetlarni uzunligi, eni, qalinligi va balandligiga ko‘ra taqqoslashga o‘rgatish. Kerakli jihozlar: AKT, qog‘oz, rangli qalamlar, flomasterlar. Qo‘llaniladigan usul: Suhbat, predmetlarni ko‘rib chiqish metodi.
HUNAR O‘RGANAYOTGAN 10 YOSHLAR 2025-yil, 28-fevral | 2(27)-son NURLI Bolali uy bozor, deydi dono xalqimiz. Ularning yuzidagi tabassum, shodon kulgulari otaona quvonchiga sabab bo‘lishi shubhasiz. Bunday xonadonlarga kirsangiz bahri-dilingiz ochiladi. Xo‘sh, kelajagimiz vorislari ta’lim olayotgan maskanlarga borsangizchi? Baxtiyorlik ufurib turgan nigohlar, ustozlarga ishonch bilan boqayotgan ko‘zlar, hukumatimiz tomonidan o‘zlariga yaratib berilayotgan sharoit va imkoniyatlarni anglab, dadil qadam tashlayotgan yoshlar ko‘nglimizga ajib tuyg‘ular soladi. Albatta g‘urur, ishonch shu bilan bir qatorda tinch va osuda zamonga shukronalik. Assalomu alaykum, Hazratim! Aziz Buzrukvor! Men Sizning nomingiz bilan ataluvchi mahallada tug‘ilganman va istiqomat qilmoqdaman. Hozirda ish joyim ham viloyat markazidagi Sizning nomingiz bilan ataluvchi ko‘cha (Navoiy ko‘chasi, 36-uy)da joylashgan. Har kuni shu vajdan Sizning nomingizni o‘n bor yozaman, har tong mashina to‘xtatib, ishxonaga kelgunimcha sizning ismingizni o‘n bor takrorlayman. Ismingiz bilan boshlanadi kunim. Yuragimda ne-ne ulug‘ zotlar qatori Sizning muborak ismingizni tashiyman. Shu boisdan tobora yuragimni hurmat qilaman. Bu dunyoni Sizni ko‘p o‘qib va tanib kezib yurganlar qanday baxtli odamlar. Sizga ergashib qalam tebratganlar nechog‘li saodatmand. Misralaringizni o‘qib, takror-takror hayratlarga tushganlarim bor. Siz shunday bir bebaho va boqiy xazina qoldirdingizki, asrlardir olimlarning bu asarlar ustida bahsu munozarasi bitmadi. Bastakorlarning ilhomchisi bo‘ldingiz, hofizlarning avj pardalarida baytlaringiz zikr etildi. Siz misoli bir sha’msiz, biz parvonalar tegrangizdamiz. Insonning o‘zi bilan birga bo‘ladigan, hatto chet elga borsa ham birga olib boradigan Vatani bo‘ladi. Bu Vatan uning o‘z ona tili, o‘z ona zabonidir. Do‘stingiz, podshoyi zamon Husayn Boyqaro turkiy tilga Davlat tili maqomini bergan edi. Bu farmon 1989-yil 21-oktyabrda davlatchiligimiz vorislari tomonidan yana kuchga kirdi. Til, adabiyot, so‘z san’atkori yana yuqori rutbaga o‘tdi. Siz orzu qilgan – necha bor haj ziyoratlariga alishmaganingiz – yurt tinchligiga erishildi. Odil podshoh, vaziru vuzarolar davlat tepasiga keldi. Sizga davringiz torlik qildi. Sizga davron torlik qildi. Siz davronlardan-da ilgarilab ketdingiz. Keng mushohada, teran fikr bilan, ulug‘vor g‘oyalaringiz bilan, hech ohori to‘kilmagan xazinangiz bilan bizning zamonlarda ham tamoman bo‘y ko‘rsatib, adabiyot degan gulshanni yashnatib, millatni ma’nan boyitib turibsiz. XXI asr uchun hayratomuz bo‘lgan kashfiyotlar-oynai jahon, internet asarlaringizdagi Jamshid jomi emasmi?! Navigatsion qurilmalar, suvosti qurilmalari Siz Iskandarni dengiz tubiga olib tushgan shisha sandiq emasmi?! Azim tog‘larni teshib olib o‘tilgan avtomagistrallar, poyezd yo‘llari «Xamsa» asaridan boshlangan bo‘lsa-chi! Shu vazifalarni bajargan matonatli insonlar jismida Farhodning qoni oqayotgandir? Shuning g‘oyibona ilhomi bilan har kuni xalq manfaati yo‘lida farmonlar qabul qilinayotgandir. Iskandarning tinchlik yo‘lidagi g‘olibona yurishlari bizning yurtimizda muzaffarlik bayroqlarida hilpiramoqda. Sizning orzular va nafosat olamingizdan bahramand bo‘lmagan inson topilmasa kerak. Bizning zamon, bizning avlod, ezgu iste’dodni qadrlaydigan, taqdirlaydigan bo‘ldi. Shu avlod kitoblaringizni har bir xonadonga olib kirdi, asarlaringiz haqida ming-minglab asarlar yaratdi. Besh qit’a Navoiyni o‘qiy boshladi. O‘zingiz ijod mahsulingiz haqida aytgan edingiz: Xalqqa zebi torak ayla oni, O‘qug‘onga muborak ayla oni. Yetti aflokni anga yor et, Yetti iqlimni anga xaridor et. Bu amalga oshdi. Minnatdor avlodingiz ta’zim va tashakkurini qabul etgaysiz, asran uzoq va qalban zamondosh aziz insonim! TA’LIM ТAHLILCHISI Alisher Navoiyga maktub tikuvchilik yo‘nalishidagi darslarda bu boradagi bilimimni mustahkamlab, ayollar ko‘ylagi tikishni mukammal darajada o‘zlashtiryapman. Informatika o‘qituvchisi Oybek Abdumalikov IT bo‘yicha yaxshi mutaxassis. Shundanmikin, dasturlash yo‘nalishi bo‘yicha o‘quvchilarga kompyuter bilan mukammal ishlashni, dasturlar tuzishni o'rgatib kelinmoqda. Zamonaviy jahozlangan xonada barcha sharoitlar yetarli, 16 ta kompyuter, elektron doska mavjud, internet tarmog‘iga ulangan. 9-sinf o‘quvchisi Bahromjon Mamajonovning aniq fanlarga qiziqishi baland. U tuman fan olimpiadasida matematika fanidan 1-o‘rinni, informatika fanidan 2-o‘rinni egallagan. – Yaqinda «O‘n ming dasturchi» tanlovida ishtirok etib, birinchi bosqichida g‘olib bo‘lib, «Notebook» va sertifikat bilan taqdirlandim, – deydi Bahromjon biz bilan suhbatda. – Kelajakda xorijdagi top universitetlarda IT sohasi bo‘yicha tahsil olib, O‘zbekistonimiz uchun yetuk mutaxassisis bo‘lishni niyat qilganman. Ta’lim dargohi yoshlar uchun nafaqat bilim maskani, balki tarbiya o‘chog‘i hamdir. O‘sib kelayotgan yosh avlodni milliyma’naviy qadriyatlarga hurmat ruhida, o‘z xalqiga xizmat qiladigan va jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘sha oladigan yetuk shaxslar qilib tarbiyalash ham maktablardagi o‘qituvchipedagoglarning asosiy vazifasi hisoblanadi. Ta’lim-tarbiya ishlari samarali yo‘lga qo‘yilgan mazkur maktabda kelajagimizga mustahkam poydevorlar qo‘yilmoqda. Ishonamizki, maktabda ta’lim olayotgan yoshlardan yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘sha oladigan komil insonlar yetishib chiqadi. Jahongir TO’XTASINOV, «Ta’lim tahlilchisi» muxbiri. MASKAN Yangi Namangan tumanining Yoshlik mahallasi hududidagi 86-umumta’lim maktabi. Bu ilm maskani 2020-yilda yangi qurib ishga tushirilgan. Ayni paytda bu yerda 78 nafar pedagog 1506 nafar o‘quvchilarga saboq berib kelmoqda. Maktab direktori Javlonbek Rahimov o‘qituvchilar orasida sog‘lom muhit yaratib, ularni darslar samaradorligiga erishishga rag‘batlantira olgani, talabchanligi bois, erishilayotgan natijalar ham quvonarli bo‘layapti. O‘quvchilarning intillektual salohiyatini rivojlantirish, ularning fan asoslarini puxta o‘zlashtirishiga erishish borasida sog‘lom raqobat muhiti yaratilganligi o‘zining ijobiy samaralarini berayapti. Ikkinchi xorijiy til va bitta kasbhunarga o'rgatish amaliyoti joriy etiladigan umumiy o'rta ta'lim maktablarining tayanch o'quv rejasiga muvofiq maktabda 2 ta xorijiy til va bitta kasbga-hunarga o'rgatish amaliyoti joriy qilindi. O‘tgan o‘quv yilida ikkinchi til o'qitish bo'yicha 7-sinflar uchun fransuz tili o'qitila boshlandi hamda o'quvchilarning qiziqishlari asosida qo'shimcha to'garak mashg'ulotlari tashkil etildi. – Kasbiy ta’lim bo'yicha 10-sinflarda tikuvchilik, duradgorlik va dasturlash yo‘nalishlari asosida qo'shimcha mashg'ulotlar olib borilmoqda, – deydi o‘quv ishlari bo‘yicha direktori o‘rinbosari Odina Тojimatova. Maktab direktorining tashabbusi va shaxsiy mablag‘i hisobiga 6 ta zamonaviy tikuv mashinasi olib kelindi. Kasbiy ta’lim ustasi Shahnoza Matmusayeva boshchiligida o‘quvchi-qizlar andoza olish, bichish kabi tikuvchilik ko‘nikmalarini o‘zlashtirishmoqda. O'złari mustaqil yostiq jildlari, ayollar ko‘ylaklarini tikib, kasbga bo'lgan qiziqishlarini orttirib borishmoqda. – Uyimizda onam tikuvchilik bilan shug‘ullanadi, – deydi 10- »E» sinf o‘quvchisi Muslimaxon Ahmedova. – Onamning ko‘plab shogirdlari bor. Ularga havas qilib men ham tikuvchilikka qiziqqanman. Maktabimizdagi
2025-yil, 28-fevral | 2(27)-son BIR BOG‘CHA FAOLIYATI 11 MEHR OG‘USHIDAGI BOLALAR Kasbim taqozosiga ko‘ra har gal jajji bolajonlar yayrab o‘sayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lganimda muhtaram Prezidentimizning bir gaplari yodimga tushadi: «Biz farzand tarbiyasini maktabgacha ta’lim-tarbiya tizimidan va bu yo‘nalishdagi ishlarimizni yanada takomillashtirishdan boshlashimiz kerak, chunki bog‘chada yaxshi tarbiya olgan murg‘ak bola kelajakda eng ilg‘or fikrli, chinakam vatanparvar inson bo‘lib yetishadi, mamlakatimizga aynan ana shunday ilg‘or fikrli yangi avlodlar kerak!». TA’LIM ТAHLILCHISI Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, «ilg‘or fikrli, vatanparvar yangi avlodlar» ta’lim-tarbiyasi uchun e’tibor bugungi kunda davlatimiz siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Birgina Uchqo‘rg‘on tumanining o‘zida so‘nggi yetti-sakkiz yil ichida o‘nlab maktabgacha ta’lim tashkilotlari qayta ta’mirlanib, zamon talablari darajasida rekonstruksiya qilindi, yillar davomida qarovsiz holatga kelib qolgan bolalar muassasalari bugungi kunda nainki ko‘rkam qiyofa kasb etgan, balki bolajonlarning sevimli maskaniga aylangan. Uchqo‘rg‘on tumanining Eshonto‘pi mahallasi hududida joylashgan 3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti esa tumandagi namunali ta’lim-tarbiya muassasalaridan biri sanaladi. 217 nafar kichkintoyni o‘z bag‘riga olgan mazkur muassasada o‘z kasbining fidoyilari bo‘lgan 39 nafar malakali xodim mehnat qilishadi. MTT hovlisidan tortib, muassasaning har bir xonasidagi saranjom-sarishtalik ko‘zlarni quvontiradi. 8 ta guruhda o‘tkaziladigan ta’limiy va tarbiyaviy mashg‘ulotlarga malakali pedagog xodim va tarbiyachilar jalb qilingan. «Mental arifmetika», «Zumradoylar» to‘garaklari tashkil etilgan. Ota-onalarning xohishistaklari, qolaversa bolajonlarning qobiliyat va iqtidorlariga muvofiq 3-7 yoshli bolajonlarimizga ingliz va rus tillari o‘qituvchilari Gullola Hamroqulova, Ibrohimjon Burxonov tomonidan bolaning til o‘rganish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar rejaviy uzviylik asosida olib boriladi. Bundan tashqari, musiqa rahbarlari Noila Mahmudova, Shohida Qodirovalar va jismoniy tarbiya yo‘riqchisi Zarnigor Rahmiddinova tomonidan amalga oshirilayotgan ta’limiy jarayonlar bolajonlarga eng zavqli, qiziqarli lahzalarni hadya etayotganidan otaonalar ham mamnun. Tarbiyachilar o‘z faoliyatlariga ijodiy yondashgan holda mashg‘ulotlar o‘tkazayotgani kichkintoylarning qiziqishlari, mashg‘ulotlar jarayonidagi faolliklarida, ayniqsa, «Quvnoq startlar», shaxmat-shashka musobaqalarida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Tarbiyachilarimiz bolajonlar bilan shug‘ullanishdan, ularning intilishlarini qo‘llabquvvatlash, turfa savollariga javob berishdan aslo charchashmaydi. Turli bayramlar sanalarida musiqa rahbari bilan hamkorlikda tayyorlanadigan adabiy-musiqiy tadbirlarda tarbiyachi «bog‘cha opalar» bolajonlar bilan birga raqsga tushadilar, o‘zbekcha, ruscha va inglizcha she’rlar aytishadilar, afsonaviy ertak qahramonlari qiyofasiga kirishib Ushbu maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘zining yuqori saviyali ta’limi va tarbiyaviy ishlari bilan bir qancha e’tiroflarga sazovor bo‘lgan. Tarbiyalanuvchilari ham «Mental arifmetika» bo‘yicha viloyat musobaqalari g‘oliblari, boks bo‘yicha chempionlar bor. Tashkilotning o‘zi o‘tgan yili tuman miqyosida o‘tkazilgan tanlovda «Eng tashabbuskor maktabgacha ta’lim tashkiloti» nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. Bog‘cha bolajonlar bilan birga zavqlanadilar. – Tashkilotimizda qat’iy mehnat intizomiga amal qilinadi, – deydi DMTT direktori Shahlo Sohibova. – 2 ta maktabga tayyorlov guruhi, 2 ta katta va 2 ta o‘rta, 2 ta kichik yoshdagi bolalar guruhlari tarbiyachilari bolalarni qabul qilishga barvaqt kelishib, har biri o‘z guruhlaridagi bolalarni shaxsan qabul qilib olishadi, deyarli har kuni ularning salomatligi muassasa hamshirasi tomonidan qat’iy nazorat qilinishiga e’tibor qaratishadi. Har bir xodim o‘z vazifasiga sidqidildan yondashsa, zimmasidagi mas’uliyatni his qilib yashasa, hech qachon ishda muammo bo‘lmaydi. Shahlo Sohibova 2019 yildan buyon tashkilotga rahbarlik qilib keladi. Shahloxonni tinib-tinchimas, tashabbuskor ayol sifatida el hurmat qiladi. U bu yerga kelganda tashkilotning ahvoli juda abgor holatda edi. Astoydil ishga kirishdi. Tashkilotning qo‘rg‘oni yo‘q, bir tarafi dalaga tutashib ketgan edi. Ishni avvalo qo‘rg‘on devorlari bilan o‘rashdan boshladi. Keyingi yili yomg‘ir yog‘sa xonalarga suv oqadigan binoning tom qismini yoptirdi. O‘tgan yili tashkilotning issiqlik tizimini to‘la yangilashga erishdi. Tinib-tinchimas rahbar bu yil binoning eskirgan eshik-romlarini yangisiga almashtirish harakatida yuribdi. rahbariyati va tarbiyachilar kelajakda yanada ko‘proq yutuqlarga erishish uchun ishlashda davom etishmoqda. Haqiqatan ham o‘zaro ahil va hamjihatlikda faoliyat olib borayotgan mazkur MTT da barcha ishlar badastir, ota-onalar muassasa xodimlaridan mamnun, farzandlarini ishonch va ixlos bilan tarbiyachilar qo‘liga topshirishadi. Bolajonlar esa har tong sevimli «bog‘cha opalari» huzuriga quvonch bilan kirib kelishadi. Chunki ularni bu maskanda mehr-muhabbat farishtalari – go‘zal va yorqin kelajak haqidagi ertaklar olami o‘z bag‘riga oladi. Jahongir TO‘XTASINOV.
12 HURMAT TAXTASI 2025-yil, 28-fevral | 2(27)-son TA’LIM ТAHLILCHISI Bugunning bolasi kechagi bola emas. Kechagi bola bobo va buvisidan ertak eshitishga toqatli edi. Bugunning bolasini esa bugun hattoki, televizor qarshisida tutib turish mushkul. Chunki ular gadjetlarni kattalardan ham yaxshiroq tushunishadi, ularning salmoqli qismi virtual olamda «yashayapti» ham... Demak, bugunning tarbiyachisi, ta’lim beruvchisi zimmasidagi vazifa juda katta. Texnika taraqqiyoti davrining avlodlarini insoniy fazilatlar egasi, bilim olishga chanqoq, ota-onasiga mehribon, yurtiga sadoqatli insonlar etib tarbiyalash uchun oddiy mashg‘ulotlar va tarbiya usullari endi naf bermaydi. Izlanish, mashg‘ulotlarni takomillashtirish, hamkorlikni kuchaytirish orqali maqsadga erishish mumkin... Bu fikrlarni ta’kidlashimizning o‘z sababi bor. Norin tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 32-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti musiqa rahbari, «Maktabgacha va maktab ta’limi a’lochisi» ko‘krak nishoni sohibi Ulug‘bek Nazarov faoliyatiga nazar tashlash barobarida ana shunday mulohazalarga bordik. Avvalo, qahramonimizni aziz mushtariylarga yaqindan tanishtirib o‘tsak. Ulug‘bek Nazarov 1974-yilda Norin tumanining Norinkapa qishlog‘ida tug‘ilgan. Bolalikdan san’atga qiziqishi kuchli bo‘lgani bois o‘rta ta’lim tahsilidan so‘ng Namangan madaniyat texnikumida o‘qidi. Qariyb 30 yildan buyon yosh avlodga musiqiy ta’lim berib kelmoqda. Shu kungacha soha vakillariga o‘z kasbiga sadoqatli, tashabbuskor va izlanuvchan pedagog sifatida tanilgan Ulug‘bek Nazarov – chin ma’noda ijodkor. «O‘zbekiston – Vatanim manim» qo‘shiqlar tanlovining tuman va viloyat bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. She’rlar mashq qiladi, ijod namunalari respublika va viloyat davriy nashrlarida chop etilgan. Eng muhimi, uning «Musiqiy-ta’limiy jarayonda tarbiyalanuvchilarga musiqa nazariyasi va musiqaga oid ma’lumotlarni musiqiy ta’limiy o‘yinlar orqali o‘rgatib borish» va «Ijtimoiy odoblar» mavzusidagi musiqali didaktik o‘yinlar asosidagi mashg‘ulotlari, jumladan, ish tajribasi metodik qo‘llanma sifatida respublika miqyosida ommalashtirishga tavsiya etilgan. Ulug‘bek Nazarovning qay bir mashg‘ulotini kuzatmang, bir nozik jihatni ilg‘ab olasiz. Bu – uning mashg‘ulot qaysi mavzuda bo‘lmasin, barchasida bolalarga ijtimoiy odoblarni o‘rgatib borishidir. – Mening fikrimcha, musiqa rahbari bolalarga faqatgina musiqaga oid bilimlarnigina emas, balki musiqa orqali ona-Vatan, ota-ona, do‘st-yor, tabiat va mehr-muhabbat kabi tuyg‘ularni bolalar ongiga sindirib borishi ham kerak, - deya izohlaydi buni qahramonimiz. – Masalan, kattalarni hurmat qilish, salom berish odoblarini, ota-onaga mehr ko‘rsatish, tabiat va Vatanni sevish, uni asrash kabi tuyg‘ularni mashg‘ulotlar mazmunini boyitgan holda o‘rgatib borishimiz mumkin. Ulug‘bek Nazarov o‘tgan juda ko‘p ochiq mashg‘ulotlar mutaxassislar va soha vakillari tomonidan kuzatilgan va ular haqida ijobiy xulosalar berilgan. Shuning uchun u Namangan viloyati Pedagogik mahorat markaziga trener sifatida taklif etilib, biz yuqorida ta’kidlab o‘tgan «Musiqiy ta’limiy-tarbiyaviy jarayonda tarbiyalanuvchilarga musiqa nazariyasi va musiqaga oid ma’lumotlarni musiqiyta’limiy o‘yinlar orqali o‘rgatib borish» hamda «Ijtimoiy odoblar mavzusida musiqiy didaktik o‘yinlar tashkil qilish» mavzusidagi mashg‘ulotlari bo‘yicha «Mahorat darslari»ni o‘tgan. Ulug‘bek Nazarovning «O‘zbekistonda ta’lim» jurnali tahririyati bilan faol hamkorligi bor. Uning maktabgacha va maktab ta’limi sohasida barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni vatanparvarlik va milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi fidokorona mehnat faoliyati e’tiborga olinib, 2024-yil 1-oktyabr – «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» arafasida «Maktabgacha va maktab ta’limi a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Bu nafaqat uning o‘zini, balki butun jamoani behad quvontirdi. – Men 32-DMTTda 25 yildan buyon rahbar vazifasida faoliyat yuritib kelyapman, – deydi ta’lim tashkiloti direktori Nigoraxon Mirzayeva. – Faoliyatim davomida juda ko‘p mutaxassislar, pedagoglar bilan ishlashimga to‘g‘ri keldi. Ular orasida tashkilotimizning musiqa rahbari Ulug‘bek Nazarov haqida juda ko‘p iliq fikrlarni aytishim mumkin. U 25 yildirki, shu tashkilotdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berib kelyapti. Men bir so‘z bilan Ulug‘bek Nazarovni tarbiyalanuvchilarni qadriyatlarimizga, an’analarimizga sadoqatli, odob va axloq tamoyillariga amal qilish ruhida, dunyoqarashi teran, san’atga oshno qilib tarbiyalashda o‘zining sermazmun kasbiy tajribasiga ega mahoratli pedagog deb bemalol ayta olaman. Darhaqiqat, ta’lim tashkilotida ko‘p yillardan buyon bir jamoada mehnat qilib kelayotgan tarbiyachilar Feruza Haqqulova, Mushtariy Abdusalomova, jismoniy tarbiya yo‘riqchisi Shahlo Yusupovalardan ham musiqa rahbari faoliyatidan behad BIR GO‘ZAL BOG‘, BIR NURLI IZ ILINJIDA
2025-yil, 28-fevral | 2(27)-son KO‘CHADAGI YUZIMIZ 13 SHOMDA QOLGAN QIZLAR TA’LIM ТAHLILCHISI mamnunlik ifoda etgan fikrlarni eshitdik. Sevimli mashg‘ulot. Unda bolalar vaqt qanday o‘tganini sezmay ham qolishadi. Bunday mashg‘ulotda hech bir ishtirokchi e’tibordan chetda qolmaydi, aksincha, har bir tarbiyalanuvchining iste’dodi yuzaga chiqadi. Tarbiyalanuvchilar o‘rganish, tafakkur qilish, ziyrak va hozirjavob bo‘lishga intiladilar... Ulug‘bek Nazarovning mashg‘ulotlarini kuzatgan mutaxassislar va ota-onalarda ana shunday xulosa paydo bo‘lishi, shubhasiz. Biz aynan otaonalarning fikriga quloq tutdik. Munira Usmonova: – O‘zining ko‘z nuri, qalb qo‘ri va butun borlig‘ini yosh avlod tarbiyasiga baxsh etayotgan ta’lim tashkiloti musiqa rahbariga o‘z minnatdorligimni bildiraman. Farzandim har bir mashg‘ulotda olgan taassurotlarini bir olam zavq bilan so‘zlab beradi. Odobiga ham katta e’tibor berayotganlari uchun alohida tashakkur aytaman. Mohlaroy Hoshimova: – Musiqa rahbari Ulug‘bek Nazarov bolajonlarimizning har bir kunini quvnoq va maroqli o‘tishiga katta hissa qo‘shib kelmoqda. Chiroyli va mazmunli qo‘shiqlar, quvnoq musiqali o‘yinlarni o‘rganayotgan bolalarimizdan ko‘nglimiz to‘q. Ulug‘bek Nazarov kabi fidokor murabbiylar yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda aslo charchamasinlar! Mahliyo Ergasheva: – Ulug‘bek Nazarovning bolajonlarimizga mehr-muhabbat bilan saboq berayotganidan juda minnatdormiz. Ko‘p yillik tajribaga egaligi, malakasi va sabrli mutaxassis ekaniga ishonchimiz komil. Farzandlarimiz musiqa mashg‘ulotlarini intiqlik bilan kutishadi. Shuning o‘zi musiqa rahbarining eng katta yutug‘i deb o‘ylayman. Albatta, bu fikrlar shunchaki e’tirof emas. Balki tom ma’noda minnatdorlik va hurmat ifodasidir. Ha, fidoyilik, halol mehnat aslo yerda qolmaydi. Kasblari o‘qituvchi va tarbiyachi bo‘lgan rahmatli otaonasidan yaxshi tarbiya ko‘rgan Ulug‘bek Nazarov o‘z hayotini boshqacha kechishini tasavvur ham qila olmaydi. Uning nazdida, inson dunyoga keldimi, o‘zidan yaxshi iz, chiroyli bog‘ qoldirishi kerak. Guvoh bo‘lganimizdek, shubhasiz, uning qalbi oppoq qog‘ozdek beg‘ubor bolajonlarga berayotgan ta’limi, tarbiyasi ertaga yorug‘ iz, go‘zal bir bog‘ bo‘lajak! Shahlo TOSHBEKOVA, jurnalist. Har kungidek ishdan qaytish vaqti. Hamma uyiga birdek shoshilayotgan payt. Kimdir ishdan xorib chiqqan, boshqa birov hali ham yumush bilan ovora. Nihoyat yo‘lovchi ulov to‘ldi va harakatlana boshladi. Tuman markazidan oxirgi manzilgacha adashmasam 26 kilometr. Orqa o‘rindiqqa 3 nafar o‘quvchi qiz joylashdi. Vo-ajab, Damas yurishni boshlashi bilanoq qizlarning «jag‘i» ochildi. To‘g‘risi, bunday holat hech qachon menga ham, boshqa yo‘lovchilarga ham yoqmasa kerak. O‘zimni orqadagi gap-so‘zlardan chalg‘itish maqsadida haydovchiga «qo‘shiqning ovozini sal balandroq qilib qo‘ying», dedim. Haydovchi ham iltimosimga binoan «xo‘p» dedi-da musiqaning ovozini balandlatdi. Buni qarangki, qo‘shiq ovoziga hamohang qizlarning ovozi ham undanda ko‘tarildi. Boshim qattiq og‘riyotganidan-mi, bu holat jahlimni chiqara boshladi. U yon, bu yonimga sekin nazar soldim. Shuni kutib turgandek, yonimdagi yoshi kattaroq ayollar ham menga qarab qo‘yishdi, beixtiyor nigohlar bir-biri bilan to‘qnashdi. Angladimki, qizlarning shovqini ularga ham yoqmapti. Ortimga o‘grildim va: «Qizlarjonlar, iltimos gaplashmasdan ketishning iloji bormi, yo sal pastroq so‘zlashinglar», – dedim. Bu gapimga ayollar ham qo‘shildi. Shunda orqadan kelgan «Sizga nima, indamasdan ketavering!» – degan ovoz hushimdan ozdirayozdi. O‘zimni arang bosdim. Ammo ortimga o‘girilib, gap egasini tusmollab topish uchun ularga nafrat bilan bir-bir qarab chiqdim. Kutilmaganda, o‘rtada o‘tirgan qiz: – Ha, yana nima demoqchisiz? Biz bilan ishingiz bo‘lmasin! – dedi. Ichimda bomba portladi, ammo bu gal ham «qop»ning og‘zini ochmaslikka urindim. – Uzr qizim, salgina birbirovimizni hurmat qilaylik... Ovozim o‘zimga ham zorlanganday bo‘lib chiqdi. Qizlar esa, bu holatning otini qo‘rqoq qo‘yishdi chog‘i yana o‘sha qiz «shapatiladi»: – Gaplashayotgan biz, sizga nima? Xohlasak, sekin, xohlasak baland gaplashamiz, yana savollar bormi? – Afsus!!! – dedim og‘rinayotganimni yashirmay. – Nima, afsus! – Senga afsus! Senday betarbiya qizni dunyoga keltirgan onangga afsus! Shunday bemaza tarbiya bergan otangga afsus! Hayf! Bu so‘zlarni halitdan beri ijirg‘anib kelayotgan shafyor aka aytdi va u shunday deb mashina rolini chetga burdi. To‘xtadi. – Tushlaring! – dedi u, qizlarga vajohat bilan. – O‘zidan o‘zgani odam o‘rnida ko‘rmaydiganlarga mashinamda joy yo‘q! Qizlar hali ham adl edi. Ular hali ham tilidan tiyilmagan qizlar bidirlay-bidirlay ulovdan tushib qolishdi. Mashina borayotgan yo‘liga qarab qo‘zg‘aldi. Men esa, xavotir ichra alanglardim: – Attang, qosh qorayib qoldi-ku, endi bularning otaonasi xavotir oladi. Bu gapni aybdor odamdek qayta-qayta aytyapmanu, o‘sha qizlarni voyaga yetkazgan ota-onalarining xavotir olishiga sira ishongim kelmasdi. Zero, farzandining taqdiriga befarq bo‘lmagan odamlarning qizlari shomga qadar ko‘chada qolib ketmasligini dildan anglab borardim. Gulnoza ERASHEVA, O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakulteti talabasi.
14 YANGI ASAR 2025-yil, 28-fevral | 2(27)-son TA’LIM ТAHLILCHISI PIYOZLI N N (Esse) Onam Sojiraxon Mamadaliboy qizi xotirasiga bag‘ishlayman Onamni o‘ylasam, o‘zimga savol beraveraman: nima uchun u kishini ko‘proq yaxshi ko‘rardim? Mehribon, xokisor, meni boshqalardan ko‘ra ko‘proq yaxshi ko‘rganlari va yutuqlarimdan ko‘proq quvonganlari uchunmi?! Mening o‘qimishli, oliy ma’lumotli bo‘lishimga ko‘proq jon kuydirganlari uchunmi?! Qiziq! Oltinchi sinfligimda Podshoota tog‘lariga uch tengqurim bilan dam olgani sayohatga chiqdik va Alisher Navoiy nomli kolxoz chodirida yashadik. Yuriy Gagarin nomidagi xalqaro pionerlar lageridagi bolalarga qo‘shilib yurdik. O‘n kundan keyin uyimizni, aniqrog‘i, onamni ko‘proq sog‘indim. Keyingilari esa, otam, akam va singlim bilan ukam edi. Ko‘pincha, yarim kechada uyg‘onib ketardim, kattakon soyning, o‘zaniga sig‘may, gulduros solib oqishi qulog‘imdan ketmasada, uyimizni, onamni o‘ylardim. Kechqurun ko‘p o‘qib, bir narsalarni qoralab, kech uxlaganim uchun erta turolmasdim, saharda onam kirardilar va boshimni silab ustimni ko‘rpa bilan yopib qo‘yar va stoldagi ochiq kitobimga qarab: «Iloyo, katta o‘qimishli, ziyoli olim bo‘lgin!» deya niyat qilib chiqib ketardilar! Tongda chodir tepasidagi tegarak tuynukdagi kaftdek osmon parchasiga qarab, kichik tuynukdan o‘tishni bilganlargina katta dunyoga chiqadilar, bu tuynukdan ilm va Qirim yarim orolidan topiladigan fusunkor, rangin va tarovatli manzaralardan ilhomlanib, bir necha she’rlar qoralagan bo‘lsam-da, onamning eshitmaganlari menga alam qilardi. Kelganimizga o‘n besh kundan o‘tganda zerikib qoldim. Aslida, Onamni sog‘indim. Ba’zan tongda junjikib uyg‘onarkanman, onamning yarim tunda xonamizga kirib ustimni yopib qo‘yishlarini, maktabdan och holda mehnat bilan o‘tiladi deya ko‘p o‘ylardim. Yarim tunda esa tuynukdan ko‘ringan yulduzlar goho meni imlayotganday, ba’zan ko‘z qisayotgan, goho esa nimalarnidir shivirlayotganday bo‘lardi. Ular onamning ko‘zlariga o‘xshab ketar, mehr va ehtirom yog‘ilayotganday tuyulardi. Shular haqida xayol surib uxlaganimni bilmay qolardim. Nazarimda, onam men haqimda ko‘proq o‘ylar va men uchun qayg‘urar edilar. Meni hammadan ko‘proq sog‘inishlarini yurak-yuragimdan his qilib yurardim. Boshimni bag‘irlariga bosib, silashlarini juda yaxshi ko‘rardim va bunday lahzalar ko‘proq bo‘lishini, uzoq davom etishini istardim. Toqqa jo‘nayotganimda kiyimlarimni yuvib, dazmollab, alohida haltaga solib, yoniga ikkita piyozli non qo‘shib berganlarini sira yodimdan chiqarmayman. Chunki bu non uch oshnaga toqqa borganimizning dastlabki kunlari juda asqotgan. O‘sha kuni uchovimiz piyozli non bilan tushlik qildik va men ortib qolgan bir burdasini chit ro‘molga o‘rab sumkamga solib qo‘ydim. Sumkamdan biror narsa olayotganimda piyozli non isini tuyardim va hidlab-hidlab olardim. Undan onamning islari kelayotganga o‘xshardi... Buxanka non yeb, jig‘ildonim qaynasa ham o‘sha bir burda nonni yemadim. Ko‘m-ko‘k archalar, yam-yashil tog‘ yonbag‘irlarini goh gulduros solib, goh jo‘shib oqayotgan Podshootasoyni, osmon ko‘ksiga sanchilgan yuksak tog‘larni va goho sharros quyadigan tog‘ yomg‘irlarini, qoyalarga to‘sh urib sudralib borayotgan oppoq bulutlarni ko‘rganda hayratim oshdi, yuragim yuksaklik, mag‘rurlik, toshqin tuyg‘ular mavji bilan tanishdi va ular bilan bir umr do‘st bo‘lib qoldi... Podshootadagi eng baland tog‘larga chiqdik, Podshoota buva qabrini ziyorat qildik, ungurlarda kiyiklar bilan uchrashdik, Soyning zilol suvida mazza qilib cho‘mildik. Tonglarning huzurbaxsh, top-toza havosidan to‘yibto‘yib nafas oldik. Ketishimiz yaqin qolgan kunlarning birida eng baland toqqa chiqdik va birinchi ishim qo‘limni og‘zimga karnay qilib, qishlog‘im tomonga qarab nido qildim: – Onajoooon! Onajoooon! Sizni sog‘indiiim! Eshityapsizmi, Men o‘g‘lingizman! Eshityapsizmiiii? Onamdan javob kelmadi-yu, o‘zimning ovozim aks-sado bo‘lib qaytdi. – Ovoz uzoqqa o‘zgarib boradi! – dedi qorachadan kelgan o‘rtog‘im ichimdan o‘tgan fikrlarni sezib kashfiyot yaratganday, – xolam ovozingni tanimaganlar... – Unaqamas, ovozing anavi baland tog‘dan o‘tolmaydi, tog‘ to‘sib qoladi, tushundingmi?! – dedi novcha oriqqina sherigim. Atrofimdagi go‘zal va iforli manzaralar ruhiyatimni tozalab, qalbimga poklik va beg‘uborlik solayotganday bo‘lsa-da, dunyoning na Shveysariyasi, na Boqiy MIRZO
2025-yil, 28-fevral TA’LIM | 2(27)-son ТAHLILCHISI YANGI ASAR 15 kelsam, issiq kulcha yoki piyozli non yopib kutib o‘tirishlarini, kiyimlarimni top-toza yuvib, dazmollab, maktabga kuzatarkanlar, ortimdan quvonib qarab qolishlarini eslasam, negadir yig‘lagim kelardi. Hozirgacha biror marta o‘n besh kun onajonimni ko‘rmay yurmaganman. Yuragimga qil ham sig‘mas, qanotim bo‘lsayu, Chortoqqa uchib ketsam! Ammo buning iloji yo‘q. Ko‘ksimdan bir narsa ajrab chiqib, bag‘rimni og‘ritayotganday bo‘lar, butun dunyo ko‘zimga qorong‘u ko‘rinardi. Nihoyat, o‘n yetti kun deganda kolxozdan mashina chorvadorlarga oziq-ovqat tashlagani kelib, bizni Chortoqqa, uylarimizga yetkazib qo‘ydi. Ostonadan kirganimdayoq onajonimning nafasini sezdim. Singlim kimgadir gapirayotganini, so‘ng Onajonimning: – Tezroq hovlini supur, akang kelib qoladi! – deganlarini eshitib, yuragim dukullab ketdi va ko‘ksimni yorib chiqquday urardi. Tez hovliga kirdim va u kishining oldilariga yetguncha o‘pkam to‘lib ketdi. Onam esa kelishimga somsa va piyozlik non qilayotgan ekanlar. Qo‘llari un bo‘lishiga qaramay, ovozimni eshitib, tashqariga chiqdilar va boshimni ko‘ksilariga olib bilaklari bilan boshimni siladilar. Shunday yayradimki, yig‘lab yubordim va yig‘lagan sayin ko‘ksim yengillab borardi. – Nega yig‘laysan, o‘g‘il bolayam yig‘laydimi?! Nima deyishni bilmay darrov bahona topdim. – Tishim og‘riyapti! – Voy, jonim-a, tish og‘rig‘i eng yomon dardda! Munday qil-chi? U kishi yelkalaridagi sochiqqa qo‘llarini artib, tishlarimga qarab, jag‘imni siladilar. Qo‘llari issiq ekan. Shu payt ko‘chadan hovliqqancha akam kirib qoldi. Men bilan salomlashib bo‘lishi bilan: – Akang doktorga ko‘rsatib kelsinmi, bolam? – dedilar onam. – Yo‘-o‘q, hozir tuzalib qoldi! – E, onasi bilmaysanmi, buni tishi og‘rimagan, Seni sog‘ingan! Bu salobatli ovoz dadamning ovozlari edi.U kishi ichkaridan chiqib kelardilar. – Ha-a-a, hozir somsa, piyozli non yopaman, hech og‘rimaydigan bo‘lib tuzalib qoladi. Men dadamlar bilan salomlashib, darsxonamga narsalarimni joylagani kirdim va u yerdagi o‘zgarishlardan xursand bo‘ldim. Deraza tokchasiga ikkita tuvakda chiroyli gul qo‘yilgan, hatto bittasi qipqizil ochilibdi. Hamma yer top-toza! – Bu singlimning ishi! – o‘yladim.. Yerga esa kigiz o‘rniga yangi palos solinibdi. Eng muhimi, xona o‘rtasidagi eski, yozib o‘tirganimda «g‘iyq-g‘iyq» ovoz chiqaradigan stol o‘rniga uzun to‘rtburchak stol qo‘yilibdi. Yap-yangi! – Bu dadamning ishlari! – Quvonch bilan shivirladim. Endi akam bilan stoldan joy talashmaymiz! Svetni yoqdim. Xona odatdagidan ko‘proq yorishib ketdi. Lampochka kattasiga almashtirilibdi. – Bu akamning ishi! – o‘yladim quvonch bilan. Karavatimning bosh tomonidagi tokchada kitoblar va shaxsiy narsalarim turadigan eski sandiqcham bo‘lardi. O‘rnida yangi, kattagina, sirtiga guldor tunuka qoplangan sandiqcha paydo bo‘libdi. Qulfiyam bor, ikki dona yangi kalit osilib turibdi. Kalitini burab, qopqog‘ini ochdim. Kitoblarim tartib bilan taxlangan, hatto yonida yangi o‘quv yili uchun o‘quv qurollari bor edi. Aniq bildimki, bu – onamning ishlari. Chunki eski sandiqchada narsalarim yo‘qolaverar va diqqat bo‘lib onamga javrardim. Aniq bildimki, bu sandiqchani onajonim usta jiyanlari Qambaraliga aytib yasattirganlar. Bir litrli bankaga suv quyib kirdim-da, tog‘dan olib kelgan gullarimni solib, yangi stol o‘rtasiga qo‘ydim. Darsxona yashnab ketdi! Ammo gullarni onam uchun olib kelganim yodimga tushdiyu, u kishiga qanday sovg‘a qilsam ekan, deya o‘ylanib qoldim. Uzoq o‘ylanmadim, ijodkorligim yordam berdi. Yon daftarchamdan bir varaq oldim-da: TOGʻNING ENG GO‘ZAL GULLARI ONAJONIMGA SOVGʻA! – deb yozdim va gullar orasiga qistirib, yotoqxonalaridagi tumbochkaga qo‘yib chiqdim... Ketishdan avval yostig‘im ostiga she’rlar daftarimni yashirgandim. O‘shanday turibdi. Uni oldim. Va tog‘da yozgan she’rlarimni ko‘chirdim. Yozganimda stol «g‘iyq-g‘iyq» ovoz chiqarmaganidan sevinchim ichimga sig‘masdi. Uni yangi sandiqqa joylab qulfladim va kalitini cho‘ntagimga solib xonadan chiqishim bilan dimog‘imga issiq piyozli non va somsa hidi urildi. Yuzlari anorday qizargan onam bir savat qip-qizarib pishgan non ustida somsalarni ko‘targancha tandir tomondan kelardilar. – Uyga kir, o‘g‘lim, somsa bilan piyozli non yeymiz! – dedilar. U kishi xursand va a’lo kayfiyatda edilar. «MENING onamga, – o‘yladim quvonch bilan, – mehribonlikda, farzandini sevishda dunyodagi hech bir ona o‘xsholmaydi!» Onam hammamiz o‘tiradigan uy tomon yurarkanlar, tog‘dan kelishimga men suygan piyozli non va somsa yopganlaridan juda xursand ekanliklari ko‘zlaridan yog‘ilayotgan tabassumdan bilinib turardi. Va Onajonim ertaklarda tasvirlangan farishtaga o‘xshardilar... Hammamiz o‘tiradigan uyga kirganimda meni kutib o‘tirishardi. Sevinchim ichimga sig‘may onamning yonlariga o‘tirdim. Onam piyozli nonlarni sindirib, mening ham oldimga bir burda qo‘ydilar. U issiq va yoqimli isi bilan ishtahamni ochib yubordi. Yeya boshlarkanman, onamga qaradim. U kishi boshimni silab: – Olaqol, bolam, piyozli nonni sog‘ingandirsan? – Ha, sizni sog‘inganday sog‘indim... Hamma menga havas bilan qarardi. Shu lahzalarda men dunyodagi eng baxtli bola edim... Yillar bir-birini quvib o‘tdi. Onajonim 84 yoshda betob bo‘lib yotib qoldilar. Bolalar qarayapmiz. Bir kuni shaharda zarur ishim borligi uchun ertalab jo‘nab ketdim. Tushdan keyin qaytib, oldilariga kirdim. Singlim kuyunchaklik bilan tergadi: – Muncha kech qoldingiz? Onam o‘zgarib, og‘irlashib qoldilar... Bir ko‘z ochib, faqat Sizni so‘radilar piyozli non yopib keluvdim bir burda sindirib bersam, yemadilar. Men kiyimlarimni almashtirib kelib, boshlari tomonga o‘tirdim va bir necha soniyadan keyin biroz ko‘z ochdilar va men: – Onajon, biroz yaxshimisiz? – deya boshlarini kaftim bilan ushladim. Bosh qimirlatganday bo‘ldilar va menga yuzlanib, yostiqlari tomonni ko‘rsatganday bo‘lardilar. Tushunmadim. Bu harakat bir necha marta takrorlangandan so‘ng singlimga yuzlandim: – Sizga nimadir demoqchilar? – dedi u sekingina. Onam so‘nggi soatlarini kechirayotgan (tog‘amning gapi) bo‘lsalar-da, ranglari qip-qizil, hozir uyqudan turganday tanalari issiq edi. Chap yonlaridagi kichik tog‘am pichirlagan kuyi Qur’ondan Yosinni tilovat qilib o‘tirar, biz ham shunday qilishimizni va «umrlari tugagan bo‘lsa, osonidan, umrlarida bo‘lsa, shifoyi komil berishini so‘rashimizni tayinladilar. Shunday qila boshladik. Yarim kechaga borib birozgina ko‘z ochdilar va yana boyagiday menga yostiqni ko‘rsatib, qo‘llarini ko‘tardilar. Men buni tushundim va boshimni egib qo‘llariga yaqinlashtirdim. Boshimni siladilar. – Sizlardan roziman bolam! Yarim soatcha o‘tib, nafas olishlarida o‘zgarish bo‘ldi va hammamiz so‘nggi daqiqalar yaqinlashganini sezdik. U kishiga qarab duoni pichirlaymiz. Shu payt u kishi chuqur nafas oldilar va shu nafasni chiqarmay turganlarida, kichik tog‘am «Peshonalaridan bosib, jag‘larini ushlab tur!» – dedilar. Men shunday qilishim bilan boyagi olingan nafasni chiqardilar va tinchib qoldilar. O‘pkam to‘lib turgani uchun birinchi men yig‘lab yubordim. – Onajo-on, sizdan rozimiz! U kishini dahlizdan ichkaridagi pollik uyga oldik va alohida ko‘rpaga yotqizdik. Dahlizga chiqqanda singlim meni onam yotgan joylariga imladi. Uning imosi bilan yostiqni ko‘tardim va ne ko‘z bilan ko‘rayki, yostiq tagida bir burda piyozli non turardi...(Bu o‘sha tog‘dan olib kelingan non edi). Nonni bag‘rimga bosib, onamning oldilariga kirdim. Tirikday yotardilar: – Rizqing ulug‘, umring uzun bo‘lsin, – deyayotganday edilar. 2025-yil, yanvar.
Maktab so‘zi yunon tilida «dam olish, mehnatdan so‘ng hordiq chiqarish» degan ma’noni anglatadi. I asrda Qadimgi Yunonistonda jamoat joylarida dam olish uchun aylana shakldagi o‘tirg‘ichlar o‘rnatilgan bo‘lgan. U yerda har doim oratorlar (ma’ruzachi, va’z o‘quvchilar) bo‘lishgan va ularning har doim tinglovchisi bo‘lgan. Chunki ular hayotiy masalalar haqida juda foydali maslahatlar berishgan. Asta-sekinlik bilan o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun maxsus joy talab qilina boshlagan. Shunday qilib dastlabki maktablar vujudga keldi. Dastlab bu joy nomi «sxola» deb nomlangan. Keyinchalik, «maktab» termini maxsus o‘quv-tarbiya muassasalari sifatida foydalanilgan va hozirgi vaqtda ham shu ma’noda ishlatiladi. Inson miyasi aql bovar qilmas darajada murakkab va uning hotira sig‘imi hali ham to‘liq o‘rganilmagan. Shu bilan birga, neyrobiologiya sohasi tadqiqotchilari taxminan quyidagi xulosaga kelishgan: 16 SO‘NGGI BEKAT 2025-yil, 28-fevral | 2(27)-son Bosh axborot hamkorimiz: MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI TIZIMLARI Bosh muharrir: Saidolim ABDURAHMONOV MUASSIS: «TAHLILNOMA» MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI Manzil: 160108, Namangan shahri, Navoiy ko‘chasi, 36-uy, 3-qavat. Telefon: (93) 268-00-55 ye-mail: [email protected] Dizayner: Abduqahhor YULIBOYEV Nashr uchun mas’ul: Jahongir TO‘XTASINOV «Zakovat nashriyot uyi» MCHJ bosmaxonasida ofset usulida bosildi. Korxona manzili: 160300. Kosonsoy shahri, Chorbog‘ ko‘chasi 17-uy. Bosishga topshirish vaqti: 16:30 Topshirildi: 16:00 Gazeta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2025-yil 20-fevral kuni №629550 raqam bilan qayta ro‘yxatga olingan. Adadi: 1737 Bichimi A3. Hajmi 2 bosma taboq. Buyurtma № INSON XOTIRASINING SIG‘IMI QANCHA? KITOB HAQIDA BESHTA FIKR QUYOSH ASLIDA SARIQ EMAS HUKM CHIQARISHGA SHOSHILMANG MAKTAB SO‘ZI QANDAY MA’NONI ANGLATADI? Adabiyot ayvonida TA’LIM ТAHLILCHISI TA’LIM ТAHLILCHISI Uilyam Folkner Missisipi shtatining Nyu-Olbani shahrida universitet ish boshqaruvchisi oilasida tug‘ilgan. Uning katta bobosi Uilyam Klark Folkner (1826 — 1889) Shimol va Janub urushida qatnashgan, o‘z davrida mashhur bo‘lgan «Memfisning oq atirguli» romani muallifi edi. Folkner bola paytida oilasi shimoldagi Oksford shahriga ko‘chgach, adibing butun umri shu shaharda kechadi. Professional adabiy faoliyatga kirishganiga qadar Folkner Kanadadagi Britaniya harbiy-havo kuchlarida kursant, Missisipi universitetida talaba, pochta va elektr stansiya xizmatchisi bo‘lgan. She’rlari «The New Republic» jurnalida bosila boshlagandan so‘ng o‘qishini chala qoldirib, sayohatga chiqadi. 1925 yili Yangi Orleanda Shervud Anderson bilan tanishadi va yozuvchi unga prozaga ko‘proq e’tibor qaratishni — o‘zi yaxshi bilgan Amerika janubi haqida yozishni maslahat beradi. Adib «Sartoris», «Shovqin va g‘azab» kabi romanlarida ilk oq tanlilarning hindu qabilalari yerlariga kelib o‘rnashishidan toki XX asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davrdagi Amerika janubi tarixini qalamga oladi. 1929 yili Folkner Estell Oldem bilan turmush quradi. Oilasini moddiy jihatdan ta’minlash maqsadida 1932 yildan 1946 yilgacha Gollivud uchun ssenariylar yozish bilan mashg‘ul bo‘ladi. Shu yillarda uning eng mashhur «Ayiq» qissasi, «Avgustdagi yorug‘lik», «Avessalom, Avessalom!», «Yengilmaslar», «Qo‘rg‘oncha», novellalardan iborat «Kiraqol, Moisey» singari romanlari e’lon qilinadi. Folknerning mazkur asarlari Yevropada ancha mashhur bo‘lib, u 1949 yili Nobel mukofoti bilan taqdirlangach, o‘z vatanida ham keng e’tirof etila boshlagan. Insonga nisbatan sobit, barqaror ishonch adib ijodiy merosidagi eng qimmatli, eng zarur jihat — uning avlodlarga vasiyatidir. XX asrning ko‘pgina yirik adiblari Folknerning nasr-maktabidan o‘rganganlarini e’tirof etishgan. Chunki hammaning ham sizga o‘xshab barcha sharoitni yaratib bergan ota-onasi, moddiy imkoniyati yoki qo‘llab-quvvatlaydigan atrofidagilari bo‘lmagan bo‘lishi mumkin. Ba’zan insonlar hayotdagi qiyinchiliklar sababli o‘qishni davom ettira olmasligi yoki taqdir ularni boshqacha yo‘lga solgani uchun ham shunday mehnat qilishga majbur bo‘lishadi. Shunday ekan, biror kishining hayoti haqida bilmasdan hukm chiqarish o‘rniga, unga hurmat bilan qarash va og‘irini yengil qilish haqida o‘ylagan ma’qul. VASIYAT QILADI Internet materiallari asosida Munavvar ADHAMJON qizi tayyorladi. Aslida, Quyosh bir vaqtning o‘zida barcha ranglarni tarqatadi. Bizning ko‘zlarimiz bunday yorug‘lik manbaini oq deb qabul qiladi. Buni ochiq fazodan olingan suratlarda bemalol ko‘rish mumkin. Quyosh bizga sariq bo‘lib ko‘rinishini sababi: Yer atmosferasi qisqa to‘lqinli yorug‘likni sochib yuboradi. Bu ta’sir Quyosh chiqish va botish paytida yanada kuchayadi, chunki yorug‘lik atmosferada uzoqroq yo‘l bosadi va yanada ko‘proq qisqa to‘lqinlarni yo‘qotadi Lekin agar siz Everest cho‘qqisiga chiqsangiz va Quyosh to‘g‘ri tepada bo‘lsa, uning haqiqiy rangi — oqligini ko‘rishingiz mumkin. Chunki u yerda atmosfera qisqa to‘lqinlarni kamroq parchalaydi Bu ham to‘liq haqiqat emas. Quyosh barcha ko‘rinadigan ranglarda yorug‘lik chiqaradi, lekin uning nurlanish quvvati asosan yashil spektrda yuqori bo‘ladi. Ya’ni, Quyosh aslida ozgina yashil tusga ega. Biroq inson ko‘zi bu nurlanishni oq deb qabul qiladi. Chunki bizning ko‘rish tizimimiz yashil Quyosh ostida rivojlangan va shunga moslashgan. 1. Muallifi yaxshi yoza bilgan kitoblarni o‘qib borar ekansiz, yaxshi gapirishni ham odat qilib olasiz. 2. Kishining madaniy saviyasi – kitoblarning o‘qib chiqilgan soni bilan emas, o‘rganilgan bilim bilan o‘lchanadi. 3. Kitob o‘qishni odat qilgan shaxslar televizor ekranidan nari ketmaydigan kishilarni boshqara olishadi. 4. Kitob kinodan afzaldir. Negaki, kishi tasavvurining ko‘lami filmdagi kuchli taassurotga ega kadrlar soni kabi cheklanmaydi. 5. Qancha ko‘p kitob o‘qisangiz, birovlarga shuncha kam taqlid qilasiz. Inson miyasi 2,5 petabaytgacha (ya’ni 2,5 million gigabayt) ma’lumotni saqlash qobiliyatiga ega. Bu esa taxminan 300 yil davomida HD formatdagi videolarni uzluksiz tomosha qilish imkoniyatiga teng. Xotira sig‘imi nafaqat ma’lumot hajmi, balki uni qayta ishlash, uzoq muddatga saqlash va zarur paytda eslab qolish qobiliyati bilan ham belgilanadi. Ko‘chada arava tortib ketayotgan odamni ko‘rib, «Vaqtida o‘qish kerak edi» deb aytishdan ozgina tiyiling.