O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI MUHAMMAD AL–XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG‘ONA FILIALI “Kompyuter injineringi” fakulteti 713-21-guruh talabasi Mannabjonova Yoqutxonning “Elektronika va sxemalar” fanidan Mustaqil ISHI Bajardi: Tursunuv A.T Qabul qildi: Asrayev M.A
Mavzu; Gazorazryadli elementlar Reja; 1 Gazorazryadli axborotni aks etish vositalari 2 Topshirish va taqqoslash elementlari 3 Gaz razryadli asboblar 4 Turli muhitlarda elektr tokining tabiati 5 Xulosa
Gazorazryadli axborotni aks etish vositalari. Gazorazryadli axborotni aks etish vositalar ham juda keng tarqalgan. Bu lampalar arzon bo‘lib kichik inersionlikka ega. Bu indikatorlarning ish prinsipi quyidagicha: anod tok shaklida bajarilgan, katod esa har hil ko‘rinishlarga ega bo‘lishi mumkin. Tanlangan katod va anodga kuchlanish ulansa katodni formasini takrorlovchi miltillanma razryad hosil bo‘ladi Suyuq kristalli axborotni aks etish vositalari. Suyuq kristalli axbarotni aks etish vositalari rang indikatori bo‘lib xonadagi normal yorug‘ligda ishlayveradi. Bu indikatorlar eng past energiya manbalaridan ishlab perspektiv hisoblanadi. Ushbu indikatorning ish prinsipi suyuq kristallarni o‘tayotgan nurlarni sindirishga hamda elektrik maydon ta‘sirida xira bo‘lishiga asoslangan. Konstruktiv nuqtai nazaridan oraliq masofasi 10-20 mkm ikkita oynani orasiga suyuq kristallar moddasi bilan to‘ldirilgan. Oynalarga esa elektr o‘tkazuvchan material sepilgan. Demak oynalar elektrod vazifasini bajarishadi. Xar biri esa 7 yoki 8 sektordan iborat. Topshirish va taqqoslash elementlari. Bundan oldingi bo‘limlarda turli tipdagi va har hil ishlarga mo‘ljallangan datchiklar ko‘rib chiqildi. Shunda bu datchiklar rostlanuvchi miqdorni o‘lchash uchun, qaysi ob‘ektda ishlatilishidan qat‘iy nazar alohida olib ko‘rildi. Shuni qayd qilish kerakki, yuqorida bayon etilgan datchiklar va turli elektrik o‘zgartkichlarning hillari juda ko‘p, jumladan elektrolitik, magnitostriksion, elektrokinetik, polyarografik va boshqa o‘zgartkichlar ko‘rib chiqilmadi. Bo’lar maxsus adabiyotlarda yoritilgan. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda ARS larda nazorat qilinayotgan kattaliklarni topshirilgan satxda; yoki kattaliklarni topshirilgan funksiya bo‘yicha o‘zgartirish yoki kirish signali o‘zgarilishi bilan boshqarish signallarini hosil qilish uchun tizimlardan topshirish va taqqoslash vositalari keng qo‘llanadi. Topshirish vositasi (zadatchik) - boshqarilayotgan kattalikni topshirilgan belgiga o‘rnatish uchun xizmat qiladi. Topshiruvchi qurilmalar beradigan signalining xarakteriga qarab ikki asosiy sinfga: analogli va raqamli qurilmalarga bo‘linadi. Analogli qurilmalar o‘z navbat-ida, uzluksiz va diskret topshiruvchi qurilmalarga ajraladi. Diskretlik vaqt bo‘yicha xam, ishlab chiqiladigan signalning qiymati bo‘yicha ham bo‘lishi mumkin. Raqamli topshiruvchi qurilmalar diskretli signallar ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, topshiruvchi qurilmalar ishlab chiqiladigan signallar ener-giyasining turiga qarab ham farqlanadi. Elektrik, pnevmatik, gidravlik va mexani-kaviy (kuchishlar yoki kuch tarzida) signallar ishlab chiqaruvchi topshiruvchi qurilmalar ishlatilmoqda.
Rostlagich tomonidan realizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan programma yoki topshirilgan funksional bog‘lanish turlicha olinishi mumkin. Masalan, uzluksiz ishlaydigan topshiruvchi qurilmalarda ko‘pincha qulachoqli mexanizmlar (bikr va rostlanuvchi), funksional potensiometrlar, qog‘ozga yozilgan diagramma va richagli mexanizmlar ishlatiladi. Diskret ishlaydigan topshiruvchi qurilmalarda pro-gramma elitgich sifatida ko‘p zanjirli almashlab ulagichlar, perfokartalar, magnitli plyonkalar, kino plyonkalar va hokazolar ishlatilmoqda.Barcha tipdagi topshiruvchi qurilmalarni ko‘rib chiqish qiyin. Misol tariqasida qator elektrik programma tashigichlarini va funksional bog‘lanishlarni ko‘rib chiqamiz. 2-rasmda turli funksional o‘zgartkichlar ko‘rsatilgan. Avtomatik sistemalarning elementlarini to‘g‘ri ishlatish uchun yuqori malakali xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar talab etiladi. Elementlarning parametrlari ularning eskirishi va yeyilishi natijasida ham nomi-naldan chetga chiqadi. Detallar nisbatan sekin eskiradi va yeyiladi. Elementlar ish-latishning boshlang‘ich davrida eskiradi, shuning uchun turli vazifalarni bajaruvchi muxim dettallar (masalan, elektron lampalar) zavvodan chiqarilishidan oldin "sun‘iy eskirtiriladi". Xar bir elementga kafolatli ishlash muddati belgilanadi, bu muddat tugagach eskirish tezlashadi va u xaqiqiy holati qandayligidan qat‘y nazar, almashtirilishi lozim. 1000 V dan yuqori kuchlanishni ko‘rsatuvchi gazorazryadli indikator lampali asboblar 2.1.29. 1000 V gacha va undan yuqori kuchlanish ko‘rsatgichlariga qo‘yilgan umumiy texnik talablar GOST 20493-75* da keltirilgan. 2.1.30. Elektr uskunalarda kuchlanish bor yoki yo‘qligini aniqlashga mo‘ljallangan ko‘rsatkichlar qo‘lda olib yuriladigan kuchlanish ko‘rsatgichlaridir. Kuchlanish ko‘rsatgichlarining ishlashi gazorazryadli indikator lampadan sig‘im toki o‘tganda yonish prinsipiga asoslangan. 2.1.31. Kuchlanish ko‘rsatgichi ishchi, izolatsiyalovchi qismlar va dastakdan tashkil topgan. Ishchi qismga uchlik - kontakt, gazorazryadli lampa va kondensatorlar kiradi. Izolatsiyalovchi qism ishchi qism bilan dastak oralig‘ida joylashgan bo‘lib, bir necha elementdan yasalgan bo‘lishi mumkin. Teleskopik konstruksiyalarni ishlatishga ham ruxsat beriladi. 2.1.32. Kuchlanish ko‘rsatgichining o‘lchamlari 2.4-jadvalda keltirilgan o‘lchamlardan kam bo‘lishi mumkin emas. 2.1.33. Kuchlanishi 10 kV dan yuqori bo‘lgan elektr uskunalarida 2.2- jadvaldan uzunlikka mos bo‘lgan izolatsiyalovchi shtangalarga mahkamlangan. 2 — 10 kV kuchlanish uchun mo‘ljallangan kuchlanish ko‘rsatgichidan foydalanish mumkin. 2.1.34. Kuchlanish ko‘rsatgichining sezgirligi uning lampasi minimal kuchlanishida
yonishi bilan, ya’ni signal lampasining barqaror nurlanishi bilan xarakterlanadi. 1000 V dan yuqori kuchlanishda qo‘llaniladigan ko‘rsatgichning yonish kuchlanishi ushbu elektr uskunalari nominal kuchlanishining 25 foizini tashkil qilishi zarur. 2.1.35. Kuchlanish ko‘rsatgichini ishlatishdan oldin uning ishga yaroqliligi maxsus asboblar bilan yoki yaqin yerda joylashgan va oldindan kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi qismlarga yaqinlashtirish bilan tekshiriladi. 2.4-jadval. Kuchlanish ko‘rsatgichining minimal o‘lchovlari Elektr uskunalarning nominal kuchlanishi, kV Uzunligi, mm izolatsiyalovchi qism dastak 1 gacha birgalikda Cheklanmaydi 1 dan yuqori, to 10 gacha birgalikda 230 110 10 dan yuqori, to 20 gacha birgalikda 320 110 35 510 120 110 1400 600 110 dan yuqori, to 220 gacha birgalikda 2500 800 2.1.36. Kuchlanish ko‘rsatgichini ishlatish jarayonida, uni tok o‘tkazuvchi qismlarga lampasida nurlanish paydo bo‘ladigan masofaga qadar yaqinlashtirish kerak.
Yaqinlashtirilgan vaqtda lampada nurlanish paydo bo‘lmagan hollardagina asbobni tok o‘tkazuvchi qismga bevosita tegizish mumkin. Kunduzgi yorug‘ vaqtda ochiq, taqsimlovchi uskunalarda, havo elektr uzatish tarmoqlarida va hokazolarda ishlash jarayonida lampa nurlanishini yaxshi kuzatish uchun ular oftobdan to‘suvchi moslamalar bilan ta’minlanishi lozim. 2.1.37. Qoida bo‘yicha havo elektr uzatish tarmoqlarida kuchlanish yo‘qligi UVNB tipidagi kontaktsiz kuchlanish ko‘rsatgichi bilan tekshirilishi lozim. Kuchlanish yo‘qligi havo elektr uzatish tarmoqlarining tayanchlaridan yoki teleskopik minora (gidroko‘targach)dan UVN-10 va shunga o‘xshash kuchlanish ko‘rsatgichlari bilan tekshirilganda, ularning ishchi qismi tayanchdagi tushirilgan yerga ulagichning bo‘lishidan va teleskopik minora (gidroko‘targich) shassisi yerga ulanganligidan qat’i nazar, yerga ulanishi kerak (metall tayanchlarda ishlashdan tashqari). Kuchlanish ko‘rsatgichining ishchi qismi uning ishchi ko‘ndalang kesimi 4 mm2 bo‘lgan yumshoq misli sim bilan tunukadan tayyorlangan maxsus halqasimon uchlikka ega bo‘lgan mis sim yordamida yerga ulanadi. Kuchlanish ko‘rsatgichining yerga ulagich simini havo elektr uzatish tarmog‘i simlarini yerga ulashda foydalanilgan, avvaldan yerga ulangan ko‘chma yerga ulagichga va havo elektr uzatish kuchlanishi indekatsiyasi uchun ustundan tushirilgan yerga ulagichga ulash uchun ruxsat beriladi. Kuchlanish yo‘qligini tekshirish va himoya yerga ulagichni o‘rnatishda yerdagi ulagich simiga (tushirilgan yerga ulagichga) tegish mumkin emas. Gaz razryadli asboblar - elektr razryadi hosil kilish uchun gaz yoki burdan foydalaniladigan elektr-vakuum asboblar. Ularga tok toʻgʻrilagichlari — simobli toʻgʻrilagichlar, gazotronlar, tiratron, ignitronlar; kuchlanish stabilizatorlari va boʻlgichlari; aloqa liniyalari va qurilmalaridagi oʻta kuchlanishdan saqlovchi razryadniklar; yorugʻlik manbalari: lyuminessent lampalar, gaz lampalari, elektr yoyi lampalari kiradi. G. r. a.ning katod va anodlari shisha yoki keramik ballonlar ichiga oʻrnatilib, usti yupqa metall qatlami bilan qoplanadi. Gaz razryadli yorugʻlik manbalari, gaz lazer va b. asboblar alohida guruhni tashkil qiladi (yana q. Ion asboblar). GAZ RAZRYADLI ASBOBLAR — elektr razryadi hosil kilish uchun gaz yoki burdan foydalaniladigan elektr-vakuum asboblar. Ularga tok toʻgʻrilagichlari — simobli toʻgʻrilagichlar, gazotronlar, tiratron, ignitronlar; kuchlanish stabilizatorlari va boʻlgichlari; aloqa liniyalari va qurilmalaridagi oʻta kuchlanishdan saqlovchi razryadniklar; yorugʻlik manbalari: lyuminessent lampalar, gaz lampalari, elektr yoyi lampalari kiradi. Gaz razryadli asboblarning katod va anodlari shisha yoki keramik ballonlar ichiga oʻrnatilib, usti yupqa metall qatlami bilan qoplanadi. Gaz
razryadli yorugʻlik manbalari, gaz lazer va b. asboblar alohida guruhni tashkil qiladi (yana q. Ion asboblar). Turli muhitlarda elektr tokining tabiati. 2- betga tuzatma: batareaning musbat qutbi bilan A elektrod anod, manfiy qutbi bilan ulangan K elektod katod deyiladi. Turli muhitlarda elektr tokining biati haqida fikr yuritishdan oldin “elektr ” va “elektr toki ” to’g’risida to’xtalib o’tishimiz lozim. Zaryadli zarrachalarning ma’lum bir tomonga tartibli harakatiga “elektr toki” deyiladi . zaryadlar ikki turga bo’linib ,”+” va ”-” moduli jihatidan tengdir. Boshqacha aytganda neytral jismdagi musbat va manfiy zarralarning miqdori hamma vaqt o’zaro teng bo’ladi. Nechta musbat zarra bo’lsa , manfiy zarralar soni ham shuncha bo’ladi. Yakkalangan sistemadagi zaryadlar miqdori vaqt o’tishi bilan o’zgarmaydi. Bu hol zaryadlarning saqlanish qonuni deb yuritiladi. Biz elektr tokining turli muhitlarda namoyon bo’lishini ko’rib chiqmoqchimiz. Gazning zichligi biror yo’l bilan kamaytirilganda molekulalarning o’rtacha erkin yugirish yo’li uzunligi u joylashgan idishning o’lchamlariga yaqin bo’lsa bunday siyraklashgan gaz vakuum deyiladi. Elektroidlar --- bu ikkinchi sinf o’tkazgichlar hisoblanadi. Bizga ma’lumki odatdagi sharoitda distirlangan suv o’zidan elektrni deyarli o’tkazmaydi. Bunga sabab suvning elektrik sig’diruvchanligi E=81 teng bo’lib juda katta. Suv molekulasini tashkil etgan musbat va manfiy zaryadlar kuchli dipol ko’rinishda. “+” va ”-” zaryadlarning yig’indisiga dipol deyiladi. Tuzlar, kislotalar va ishqorlarni suvdagi eritmasiga elektrolitlar deyiladi. Elektrolitlardagi elektr tokini hosil bo’lishini quyidagi tajriba asosida ko’rib chiqamiz. Toza distirlangan suvni idishga solib unga elektrodlar tushirilgan bo’lsin. Elektrodlar tok manbaiga ulangan bo’lib elektrolit orqali elektr toki o’tganda moddaning kimyoviy parchalanishi va ularning elektrodlarda ajralib chiqishi elektrolit deyiladi. Elektrolit hodisasini toza metallar olishda fydalinadi.. Masalan: AL, Gu, Zn, Ni, Mg,fi, df. va metallarni rudalardan ajratib olish uchun shu usuldan foydalinadi. Galvanoplastika. Tasvirlar rel’efining metal nusxalarining elektrolit yordamida olish galvanoplastika deyiladi. Galvanoplastika usulida kitob, gazeta, pul, edal’ va boshqa buyumlarning ko’plab nusxalarini olishda ishlatiladigan mis klisherlar yasashda foydalanildi. Fizika va kimyoda plazma (yun. πλάσσω, plasso — „shakl quyaman“) atamasi ostida gazga oʻxshash, zarrachalari ionlashgan modda holati tushuniladi. Gazni qizdirish uning atom yoki molekulalarini ionlantirib, plazmaga aylantirishi
mumkin. [1] Issiqlikdan tashqari kuchli elektromagnit maydoni (lazer yoki mikrotoʻlqin) yordamida ham plazma hosil qilish mumkin. [2] Plazma (yun. plasma — shakllangan) — toʻliq yoki kisman ionlashgan va har bir elementar hajmdagi elektron va ionlarning yigʻindi zaryadi nolga teng boʻlgan gaz. Suyuqlikning gaz holatiga oʻtishi bugʻlanish, qattiq jismning gaz holatigaoʻtishi sublimatsiya deb ataladi. Har qanday jism kuchli qizdirish natijasida gaz holatiga oʻtadi. Agar temperatura yanada oshirilsa, issiqlik energiyasi taʼsirida molekulalarning ionlarga ajralish jarayoni boshlanadi. Gazning ionlanishi turli vositalar yordamida, mas, yoritish, elektronlar yoki boshqa zarralar bilan bombardimon qilish natijasida ham sodir boʻlishi mumkin. P. hajm birligidagi ionlashgan atomlar sonining shu hajm birligidagi barcha atomlar soniga nisbati P.ning ionlanish darajasi a deyiladi. a ning qiymatiga qarab zaif, kuchli va toʻla ionlashgan P. boʻladi. Kosmos va Yer sharoitlarida, hozirgi zamon texnikasida P. holatidagi modda gʻoyat katta rol oʻynaydi. Gazlardan tok oʻtish hodisalari, yaʼni gazlardagi razryadlar, yashin, uchqun, elektr yoyi kabi hodisalar P. bilan bogʻliq. Yer atmosferasining yuqori qatlami Quyosh va boshqa kosmik omillar taʼsirida zaif ionlashgan P. boʻlib, ular quyosh shamoli kurinishida Yer magnitosferasi va ionosferasini tashkil qiladi. Quyosh va yuqori temperaturali yulduzlar toʻla ionlashgan P.dan iborat. P. zichligi (1 sm dagi elektron yoki ionlar soni) quyidagi qiymatlarga ega boʻladi: galaktik fazoda p ~ 10, quyosh shamolida p ~ 10, qattiq jismlarda p - 1O22. "P." terminini fanga birinchi boʻlib amerikalik olimlar I.Lengmyur va L.Tonks kiritgan (1923). Umumiy holda P.ni tashkil etuvchi elektronlar, ionlar va neytral atomlarning oʻrtacha kinetik energiyalari birbiridan farq qilishi mumkin. Bunday termodinamik muvozanatsiz holatdagi P.ga noizotermik P. deb ataladi. Mas, gaz razryadli P.da har bir elektronning oʻrtacha kinetik energiyasi ionnikiga qaraganda unlab marotaba katta boʻladi. P.ning muvozanatsiz holati razryad tokining energiyasi hisobiga saqlanib turishi mumkin. Maʼlumki, tashqi manba energiyasi asosan, elektronlar qabul qiladi. Elektron massasi ion yoki neytral zarra massasiga nisbatan bir necha ming marta kichik boʻlganligi sababli, toʻqnashuvlar natijasida elektronlar energiyasining juda oz qismigina boshqa zarralarga oʻtishi mumkin. Elektronlar energiyasining kamayishi tashqi manba energiyasi hisobiga toʻldirila boradi. Shunday qilib, elektronlar, ionlar va neytral zarralarning har qaysisi oʻziga xos oʻrtacha kinetik energiyaga, demak temperaturaga ega. Elektronlar temperaturasi Te, ionlar temperaturasi T: va neytral zarralar temperaturasi To orqali belgilanadi. Odatda Toga nisbatan T, kattaroq. Te esa ancha katta boʻladi.
P. ni harakterlovchi eng muhim fizik kattalik Debay radiusidir, uning mohiyatini quyidagicha tushuntirish mumkin. Agar P. tarkibidagi biror q zaryadli zarra vakuumda boʻlganida edi, uning oʻzidan g masofa uzoqlikdagi nuqtada hosil qilayetgan potensiali formula orqali aniqlanar edi. Plazmada esa kuzatilayotgan bu zaryadli zarra boshqa zaryadlangan zarralar bilan qurshab olingan. Zaryadlar orasida oʻzaro taʼsir kuchlari mavjudligi tufayli kuzatilayotgan zaryad atrofiga koʻproq unga teskari ishorali zarralar yigʻiladi va ular q zaryad maydo-nini kuchsizlantiradi. Hisoblashlarning koʻrsatishicha, P.dagi q zaryadning potensiali masofa ortishi bilan quyidagi qonuniyat boʻyicha oʻzgarib boradi: bundagi D kattalik temperaturaga, hajm birligidagi zarralar soniga, ularning zaryadiga bogʻliq. Jumladan, agar izo-termik P. faqat elektronlardan yoki bir xil zaryadli ionlardan iborat boʻlsa bu yerda elektronlar (yoki ionlar)ning hajm birligidagi soni i orqali va elektron zaryadi ye orqali belgilanadi. r " D boʻlganda, yaʼni D ga nisbatan katta masofalarda zaryadlarning elektr maydoni juda zaiflashadi. Bu hodisa zaryad maydonining ekranlanishi, ekranlanishini xarakterlovchi D kattalik esa ekranlanish radiusi yoki Debay radiusi deb yuritiladi. Mas, vodorod P.sida T=105A’ va ya=1016sm"3 ekan, Debay radiusi £>=1,5-10~5 sm. Radiusi D ga teng sfera ichidagi barcha zaryadli zarralarning soni Debay soni deyiladi. Debay soni katta boʻlgandagina P.ni gaz deb hisoblash mumkin. P.ning asosiy xususiyati shundan iboratki, undagi musbat va manfiy zaryadlar zichliklari deyarli bir-biriga tengdir. Bu xususiyat P.ning kvazineytralligi deyiladi. P. egallagan joyning chizigʻiy oʻlchami Debay radiusidan ancha katta holatdagina kvazineytrallik roʻy beradi. Moddaning qattiq, suyuq yoki gaz qolatlarda boʻlishi uning agregat holatlari deyiladi. Yuqorida aytilganlardan ravshanki, P. xususiyatlari moddaning oddiy gaz holatidagi xususiyatlaridan koʻp jihatdan farq qiladi. Shuning uchun P.ni moddaning toʻrtinchi holati deb hisoblanadi. P. xususiyatlaridan foydalanish xrz. zamon texnikasi taraqqiyotida gʻoyat katta ahamiyatga ega.
Xulosa Gazorazryadli axborotni aks etish vositalari. Gazorazryadli axborotni aks etish vositalar ham juda keng tarqalgan. Bu lampalar arzon bo‘lib kichik inersionlikka ega. Bu indikatorlarning ish prinsipi quyidagicha: anod tok shaklida bajarilgan, katod esa har hil ko‘rinishlarga ega bo‘lishi. Topshirish va taqqoslash elementlari. Bundan oldingi bo‘limlarda turli tipdagi va har hil ishlarga mo‘ljallangan datchiklar ko‘rib chiqildi. Shunda bu datchiklar rostlanuvchi miqdorni o‘lchash uchun, qaysi ob‘ektda ishlatilishidan qat‘iy nazar alohida olib ko‘rildi. Gaz razryadli asboblar - elektr razryadi hosil kilish uchun gaz yoki burdan foydalaniladigan elektr-vakuum asboblar. Ularga tok toʻgʻrilagichlari — simobli toʻgʻrilagichlar, gazotronlar, tiratron, ignitronlar; kuchlanish stabilizatorlari va boʻlgichlari; aloqa liniyalari va qurilmalaridagi oʻta kuchlanishdan saqlovchi razryadniklar; yorugʻlik manbalari: lyuminessent lampalar, gaz lampalari, elektr yoyi lampalari kiradi. G. r. a.ning katod va anodlari shisha yoki keramik ballonlar ichiga oʻrnatilib, usti yupqa metall qatlami bilan qoplanadi. Gaz razryadli yorugʻlik manbalari, gaz lazer va b. asboblar alohida guruhni tashkil qiladi (yana q. Ion asboblar). Mavzu bo’yicha ma’lumot oldim va tushundim.
Foydalanilgan adabiyotlar; Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati 1. Aripov Х.K. va boshq. “Elektronika” O.F.M.J.N. T. 2012 y.400 b. 2. Fraiden_Dzh. Handbook of “Modern sensors”, Sovremennыe datchiki. 2004, New-York,470 p. 3. Гусев В.Г., Гусев Ю.М. Электроника - Москва.: Высшая школа, 2006г. 342 с. 4. N.R.Yusupbekov va boshq. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish. T.2011,576 c. Internet youtube ssilkalari https://youtu.be/9VpOsMm6aKM https://youtu.be/9YQ9irb1FxM https://youtu.be/_Tkj4TGmgsw https://youtu.be/b6TKT0UCBOY https://youtu.be/biOQfoYRNCg