“KUCHLI SIYOSIY DIPLOMATIYA: OCHIQ MULOQOT UCHUN YANGI MAYDONLAR” “Tashqi siyosatda pragmatik yo‘ldan og‘ishmay borayotgan O‘zbekiston - mintaqada o‘ziga xos siyosiy imijga, aniq manfaatlari va ustuvor vazifalari bo‘lgan o‘zbek diplomatiyasiga ega ekanligi dunyo mamlakatlari minbarlarida yaqqol aks etmoqda.” Bahodirjon Shermuhammadov, Farg‘ona davlat universiteti rektori
Muhtaram Prezidentimizning tashqi siyosat bobida olib borayotgan jadal islohotlari xususida munosabat bildirar ekanmiz, aytish kerakki, so‘nggi 6 yil ichida O‘zbekiston ko‘p qirrali siyosatda ancha oldinlab ketdi. Mamlakatning tashqi siyosat vektori ko‘p qirrali munosabatlar sari rivojlanib borar ekan, bu yo‘lda har qanday vaziyatda milliy manfaatlar va milliy qadrqimmat - hamkorlik mohiyatini belgilab kelmoqda.
Muhtaram Prezidentimiz o‘z so‘zida “Markaziy Osiyo - Germaniya” formatidagi hamkorlik istiqbollariga alohida to‘xtalar ekan, amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga, eng avvalo yuksak texnologiyalar va innovatsion rivojlanish, transport kommunikatsiyalari, “yashil” energetika, kasbiy ta’lim, faol madaniy va akademik almashinuvlarga alohida e’tibor qaratilgani mintaqaviy manfaatlar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Xususan, Davlatimiz rahbarining yaqinda Germaniya Federativ Respublikasiga qilgan amaliy tashrifida siyosiy muzokaralar orqali ikki xalqning tarixiy va zamonaviy aloqalari yanada mustahkamlandi. Kuchli siyosiy diplomatiya orqali keng iqtisodiy hamkorlikka yo‘l ochayotgan Prezidentimiz izchillik va ishonchlilik tamoyillariga asoslangan holda, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashuvi chog‘ida konstruktiv siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiyaviy hamda madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalarida manfaatli muhokamalar o‘tkazdi. Shuningdek, Mintaqaviy xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni, shu jumladan, Yevropa Ittifoqi dasturlari doirasida ta’minlashning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston respublikasi Prezidenti o‘z so‘zida “Markaziy Osiyo - Germaniya” formatidagi hamkorlik istiqbollariga alohida to‘xtalar ekan, amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga, eng avvalo yuksak texnologiyalar va innovatsion rivojlanish, transport kommunikatsiyalari, “yashil” energetika, kasbiy ta’lim, faol madaniy va akademik almashinuvlarga alohida e’tibor qaratilgani mintaqaviy manfaatlar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Chunki barchamizga yaxshi ma’lumki, Germaniya taraqqiy etgan industrial-texnologik mamlakat bo‘lib, iqtisodiyotning sanoat va texnologik tarmoqlari bo‘yicha jahonda yetakchi davlatlardan biri sanaladi. www.fdu.uz O‘z navbatida O‘zbekiston mahsulotlarini Markaziy, Sharqiy va Janubiy Osiyo davlatlari bozorlariga taklif etish uchun mamlakatimizga Germaniya investitsiyalari va texnologiyalarini jalb etish ko‘zlangan istiqbolga ega. Shu bilan birga, Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi aholi soni bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni egallagan O‘zbekiston salohiyatini yuqori baholaydi. Markaziy OsiyoGermaniya sammiti
Mamlakat yetakchisi Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi shafeligida tashkil etilgan iqtisodiy forumda ishtirok etar ekan, – “Biz sizlar bilan birgalikda mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha katta ish olib bormoqdamiz, samarali qo‘shilgan qiymat zanjirlari va minglab yangi ish o‘rinlarini yaratmoqdamiz. Biz ochiq muloqot uchun yangi maydonlar va doimiy platformalar paydo bo‘lishidan manfaatdormiz, ” – deya ta’kidladi.
Darhaqiqat, 2017 yilda boshlangan ichki siyosiy va iqtisodiy islohotlar natijasida faol modernizatsiya qilinayotgan O‘zbekiston iqtisodiyoti - nemis biznesining o‘zbek hamkorlari bilan mustahkam tutashtiruvchi yangi aloqa nuqtalarini topa oldi. Quvonarlisi, bugungi kunda o‘zaro tovar ayirboshlash keskin o‘sib bormoqda. Investitsiyaviy hamkorlik ham o‘z ijobiy dinamikasini ko‘rsatgan holda, mamlakat bozorida nemis kapitali ishtirokida ko‘plab yangi korxonalar ochilmoqda. Fikrimizni Farg‘ona viloyati misolida dalillaydigan bo‘lsak, dunyoning 90 mamlakatida 225 ta ishlab chiqarish korxonasiga ega bo‘lgan, yillik aylanmasi esa 6,4 milliard dollarni tashkil etuvchi nemis kompaniyasi - “Knauf” hozirda aynan O‘zbekiston tumanida faoliyat yuritmoqda.
Germaniya universitetlari o‘rtasida viloyatimizda qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy anjumanlar va qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish kabi ko‘p tomonlama hamkorlik ishlari amalga oshirib kelinmoqda. Shuningdek, viloyat hokimi boshchiligida hududda tibbiyot tizimini rivojlantirishda Germaniya ilg‘or tajribasini joriy qilish, viloyat sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, farg‘onalik shifokorlarning Germaniyada malaka oshirish va tajriba almashinishlarini yo‘lga qo‘yish,
Jumladan, Farg‘ona davlat universiteti va Germaniya o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari ham ko‘p yillardan buyon samarali davom etmoqda. Universitet Germaniyaning “DAAD” tashkiloti, Toshkentdagi Gyote instituti, “Xalqaro va madaniyatlararo almashinuv uyushmasi” kabi ilmiy tashkilotlari bilan uzviy hamkorlik aloqalariga ega. Yaqinda “DAAD” tashkilotining akademik almashinuvi granti asosida universitet talabalari Germaniyaning Kyoln universitetida ta’lim olib qaytdilar. O‘zaro almashinuvlar doirasida o‘tgan yillar davomida universitetga 6 nafar nemis tili o‘qituvchilari lektor sifatida yuborildi. Gyote instituti bilan hamkorlik doirasida “DLL” (Nemis tilini o‘rganish) loyihasi bo‘yicha universitetga nemis tili o‘qitishda metodik yordam, interaktiv panel hamda darsliklar taqdim etilgan. Germaniyaning Lyudvigsburg pedagogika universiteti bilan olib borilgan akademik almashinuvlar natijasida esa nemis talabalari FarDUda ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu kabi xalqaro miqyosdagi amaliy ishlar ko‘plab kafedralar faoliyatida davom etmoqda. www.fdu.uz
Xulosa o‘rnida aytish joizki, Germaniya bilan hamkorlik uchun yurtimizda nafaqat oliy ta’lim tizimi, kelajagi kafolatli bo‘lgan ko‘plab istiqbolli sohalar mavjud. Muhtaram Prezidentimiz tashabbuskorligida Germaniya bilan uzoq muddatli, barqaror va manfaatli munosabatlar mustahkamlanib borar ekan, ushbu tashrif ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalar bo‘yicha yuqori samaradorlikka sarmoya kiritish imkonini beradi. Bahodirjon SHERMUHAMMADOV, Farg‘ona davlat universiteti rektori www.fdu.uz
www.fdu.uz shermuhammadovfardu shermuhammadovfardu fdu_fsu Farg’ona davlat universiteti