Bahor sog‘inchi. Gulandom Badalova
1
Bahor sog‘inchi. Gulandom Badalova
2
Bahor sog‘inchi. Gulandom Badalova
UTO‘K 821.512.133-3
KBK 84(5O‘)7
P - 92
Gulandom BADALOVA
Bahor sog‘inchi : / (G. BADALOVA; – Toshkent:
“Muharrir” nashriyoti, 2013. 40 b.
ISBN 998-9S43-25-251-6
UO‘K 821.512.133-3
KBK 84(5 O‘)7
P - 92
Yoshlik – inson umrining oltinga qiyos etgulik davri. Bu fasl barchaga
go‘zallik, nafosat va sohir tuyg‘ularni hadya etadi. Ana shu tuyg‘ular kishi
qalbini hayajonga soladi, zavqqa to‘ldiradi. Yosh ijodkor Gulandom
Badalovaning she’rlari shunday hislar ta’sirida qog‘ozga ko‘chgan.
Qo‘lingizdagi kitobdan muallifning ana shu ruhdagi she’rlari o‘rin olgan.
She’rlarda vatanga, ota-onaga, do‘stlarga muhabbat tuyg‘ulari aks etadi.
O‘ylaymizki, ushbu mo‘jazgina to‘plam sizga manzur bo‘ladi.
ISBN 998-9843-25-251-6
Toshkent
“Muharrir” nashriyoti
2013
3
Bahor sog‘inchi. Gulandom Badalova
OZODLIK
Bosh egmadim, qara mag‘rurman.
Oyog‘imga solsangda kishan.
Jismim tutqun, biroq masrurman,
Sen yurakni olganding nishon.
Vujudimni ming pora qilib,
Yengilishim yashayver kutib.
Dilozorim qalbimni tilib,
Dil qushini bo‘larmi tutib?
Quloq berib sirli navoga –
Qalbim qushi uchar samoga.
MUHАBBАT
Ko‘ksimda yashirin buyuk muhabbat,
Qon bo‘lib oqar u tomirlarimda.
Garchi armon erur qalbimda abad,
Hanuz hukmrondir xotirlarimda.
Xayollar u tomon talpinar beor,
Umidim oltin kuz so‘nggi yaprog‘i.
Chokidan sidragan ishonchim nochor,
Hijrondan zaʼfaron ko‘nglim yanog‘i.
Yo‘llariga boqib toldi qabog‘im,
Qalbim sultoniga atab bitar bayt.
Аrmonli yorimga tanho so‘rog‘im,
Pok tuyg‘um qadriga yetoldingmi, ayt?
Yo‘q, ishqdan kechmasman, bu erur o‘lim,
Garchi o‘qimasman taqdirga sano.
Hissiz yashamoqdan Xudo ber to‘zim,
Аsli yashashimdan ishq erur maʼno.
ONАM
Ilhom parisiga takallum etib,
Yangi sheʼrlarimga izlayman mantiq.
Qaydadir sog‘inchning shodasin terib,
Onam izlarimga termular intiq.
4
Bahor sog‘inchi. Gulandom Badalova
Onam, onajonim, sog‘indim yomon,
Hatto ko‘zidagi ajinni, mungni.
Hayot tashvishlari qo‘ymaydi omon,
Yozg‘irgum qo‘lim band qilgan yumushni.
Ichikkan qalbimga bardosh tilayman,
Umid parchalarin bir-bir quroqlab.
Ijod-la tunimni kunga ulayman
Men emas, sheʼrlarim borar so‘roqlab.
Baʼzan yuragimni tig‘laydi vijdon:
“Qachon ulgurasan burchingni oqlab?”
Kerakmas onangga tuzing yoki non,
Oyda bir borsang bas nomini yo‘qlab.
Eh, qaydam? Sog‘inchlar ko‘milar qayta,
Narvon berishini so‘rayman oydan.
Shum qismat ayirsa istixfor ayta,
Qadrdon islarin topurman qaydan?
Baribir yiroqlab ketyapman ondan
Narvon tushirishin o‘tinib oydan...
NOLА
Soch dedingmi bellarimdan quchgan ilonni,
Har tolasi yuragimning bitta alami.
Qora qoshning kamoniga bo‘lmagin asir
Tegrasida yurmish xufton qalbim qalami.
Ko‘zlarimga boqma, soxta sokinlik aro –
Yashiringan ishonchsizlik, sitam olami.
Qiyos etding lablarimni g‘unchaga bexos
Qalbim qoni tomchisi-ku, shu ham lolami?
Sodda dilim ishonadi har bir nokasga
Hayotida yiqilmagan bola bolami?
Tik boqurman ko‘ksimdagi kulfat tig‘iga
Har hujayram ingramasa nola-nolami?
5
Bahor sog‘inchi. Gulandom Badalova
KOVUSHIM
Qalbimda orzular hapriqdi, yeldi,
Ular jismim murod qasriga boshlar.
Yalang oyog‘imni tikanlar tilde,
Tovonim yordilar sanoqsiz toshlar.
Xudoyim, netayin yo‘qdir kovushim,
Yetib borsin deyman senga tovushim.
Hayot bo‘stonini kezdim tentirab,
Oyoq yarasidan qon oqdi chunon.
Kovushni “siz-sizlab”, o‘zim “sen”sirab,
Baribir oyog‘im yalangdir inon.
Netayin, bo‘lmasa asli kovushim,
Raqib suyunmasin, chiqma tovushim.
Sitamlardan asli ming pora yurak
Men beshavqat yana tig‘-la tilibman.
Oyog‘im yalang-u shimarib bilak,
Sheʼriyat bog‘iga kirib kelibman.
Tovonim sirqirar, yo‘qdir kovushim...
Metin bo‘l, chiqmagin, unim, tovushim.
Seskandim. Qalbimga keldi bir savol:
“Ey inson, kovushda tug‘ilganmisan?
Kovushmas, Xudoga tayangin nodon,
Qabrga kovushda qo‘yilarmisan?”
Oyog‘im o‘rgandi, yo‘qdir kovushim,
Bir Xudoni alqab chiqqin tovushim!
HOLАT
Sevdim derding, aytgin-chi mencha,
Sevganmisan noumid, pinhon.
Bedor o‘tgan tunlarim necha,
Yulduzlarga termulib nihon.
Yotog‘imga mo‘ralagan oy,
Shohid edi ko‘z yoshlarimga.
Dilgir yurak hasratlarga boy,
Xudo befarq nolishlarimga...
6
Bahor sog‘inchi. Gulandom Badalova
O‘zga sanam sening qoshingda
Turar endi kechib jonidan
Ne xayollar mavhum boshingda
Bugun befarq o‘tding yonimdan.
RАQIB
Nechun qayta-qayta kelaverasan?
Har bir ko‘rganingda nafrating oshar.
Izg‘irin yelidek yelaverasan,
Tomirimda qonim qiyomdek toshar.
Qurt olmani yeydi: suyibmi, kuyib?
Ko‘nglim ko‘chasiga yo‘lab netasan?
Kun-tun yo‘llarimga tuzoqlar qo‘yib,
Gar qulatsang niyatingga yetasan.
Yo‘q, raqib, adashding atirgul emas,
Cho‘lning yantog‘ini olding nishonga.
Jazira chanqog‘in u pisand etmas,
Ulg‘aygan do‘ng chuqur sahro maydonda.
Sening kuyishing-la, bordir ne ishim?
Mening hayotim bor, mo‘l o‘z yumushim!
ILTIJO
Sonet
Rahming kelmas g‘am tizilgan ko‘zimni ko‘rib,
Oh, naqadar beshavqatsan hazrati inson.
O‘rgimchakdek qadamimga to‘ringni o‘rib,
Oyog‘immas, yuragimni chirmading inon.
Senga nima shu gulzorda bir g‘uncha o‘ssa
Аxir ortiq quyosh nurin olmas-ku tortib?
Og‘ularing lablarimdan oladi bo‘sa,
Nahot biror xato qildim o‘zimdan ortib!
Mardligiga ishontirgan mag‘rur kelbatlar –
Ilk sinovdan bo‘shliq kabi singib ketadi.
Taʼqib etmang qadamimni niyati badlar,
7
Bahor sog‘inchi. Gulandom Badalova
Bir boshimga shuncha yara zaxmi yetadi.
Qalb dardimni Xudoyimga aytaman pinhon
Mehr ko‘rsa shunca zolim bo‘lmasdi inson!
SIZGА...
Sizga sochim kerak emasmi?
Mayli, hadya qildim yellarga,
Orzularim tarasin ular...
Sizga ishqim kerak emasmi?
Mayli, berdim uni qirlarga,
Turfa chechak undirsin ular...
Sizga yoshim kerak emasmi?
Mayli, to‘kdim barin yerlarga,
Umid gulin sug‘orsin ular...
Sizga ko‘zim kerak emasmi?
Berdim sermaʼno asarlarga,
Sog‘inchimni aritsin ular...
Sizga qalbim kerak emasmi?
Mayli, berdim sheʼr, ashʼorlarga,
Xufton dilim yoritsin ular...
KUTGАN YURАK
Borlig‘idan hayotdan tonib,
Taqdirini yozg‘irib tun-kun.
Hijronlarni sipqorgan qonib,
Tanholikdan jigar-bag‘ri xun,
Meni kutgan bitta yurak bor.
Umr daraxt, umid barglari,
Uzilishar sarg‘ayib bir-bir.
Samodami visol arklari,
Bitta “oh” i dunyoga tatir,
Meni kutgan bitta yurak bor.
Yo‘lamadim umr yo‘liga,
Kelolmadi manzilim topib.
Intiq boqib o‘ng-u so‘liga,
8
Bahor sog‘inchi. Gulandom Badalova
Baxt kuyida o‘rtanib, yonib,
Meni kutgan bitta yurak bor.
Otash qalbda bitta tilak bor,
Bas-da hijron, visol bo‘lsin yor.
SHU YIGIT...
Yurardik qirlarda chuchmoma terib,
“Yolg‘iz keragimsan”, degandi meni.
Ketsam-da nazmga ko‘nglimni berib,
Shu yigit yurakdan sevgandi meni.
Tog‘lardan jismiga salobat so‘rab,
Ishqidan kuylatib oybuloq seni.
Vujudim chechaklar, gullarga o‘rab,
Shu yigit yurakdan sevgandi meni.
Qalbi chamanlarga ketardi o‘xshab,
Sahrodek dilimdan izladi neni?
Poyimga maysadan poyandoz to‘shab,
Shu yigit yurakdan sevgandi meni.
Umid qoyalari borardi nurab,
Аyriliq jarining ulkandir eni.
Hislar gadosidan muhabbat so‘rab,
Shu yigit yurakdan sevgandi meni.
SHАYTАNАT
Jannatining parchasidan bersa Xudo,
Shayton xabar topgan emish bundan nogoh.
Go‘sha izlab qalbimizdan topmish panoh,
Jannatmakon shaytanatdan o‘rgilayin,
Laxcha cho‘g‘man do‘zaxingga to‘kilayin.
Farishtamoh niqobida zinokorlar,
Payg‘ambarlik daʼvosida riyokorlar,
Xasdan poydevorni qurar binokorlar,
Jannatmakon shaytanatdan o‘rgilayin,
Laxcha cho‘g‘man do‘zaxingga to‘kilayin.
Mardlaringning nayzalardan qoni oqqan,
Orlilaring tandirlarda o‘zin yoqqan,
9
Bahor sog‘inchi. Gulandom Badalova
Аlpomishni kutayotirsan qayoqdan?
Jannatmakon shaytanatdan o‘rgilayin,
Laxcha cho‘g‘man do‘zaxingga to‘kilayin.
Аqli raso, mag‘rur erlar go‘yo ertak,
Bulbullarning xonishlari bo‘ldi ermak,
Аtirgullar tikanzorda go‘yo kurmak,
Jannatmakon shaytanatdan o‘rgilayin,
Laxcha cho‘g‘man do‘zaxingga to‘kilayin.
Jannat ila do‘zax orasi bir qadam,
Birlashtirish imkonini topdi odam,
Otash yurak olov bilan bo‘lar hamdam,
Jannatmakon shaytanatdan o‘rgilayin,
Laxcha cho‘g‘man do‘zaxingga to‘kilayin.
Bor gunohim jismim ila yonib bitsin,
Nokaslarga qolgan kunim qurib ketsin,
Xudoyimga xitoblarim borib yetsin,
Jannatmakon shaytanatdan o‘rgilayin,
Laxcha cho‘g‘man do‘zaxingga to‘kilayin.
XАLQIM
“O‘zbek manqurt” deganlardan kech,
Rad etishga bor sening haqqing.
Qon shimilgan yaktagingni yech,
Yaralaring ko‘rsatgin xalqim.
To Odam Аtodan buguninggacha,
Tarixni ko‘ksingda aylagin taqvim.
O‘qisin, so‘ng umri butunligicha,
“Kamtar” deb, tan berib yashasa arzir.
Essa-da, kelajak xushbo‘y nasimi,
Har so‘zdan jonlanar ajdodlar yodi.
Kim manqurt, – Temurbek nabirasimi,
Yoki Nodiraning o‘ktam zuryodi?
Ranjima, suyunsam Xorazmiyning yo
Ulug‘bek asarin bermasa “o‘g‘ri”.
Jahon ko‘zlariga qilgan to‘tiyo,
Kitoblar bitmishlar “manqurt”ning o‘g‘li.
10
Bahor sog‘inchi. Gulandom Badalova
Xoin dema, ajdodimdan iftixor bu,
Talash bo‘lar axir kimning qo‘lyozmasi?
Shu taqdirni tilagayman, ijodkor-u
Olimlarning shuhrat topsin har nomasi.
Davr oqar, daryodayin o‘zaveradi,
Bo‘yradek sohilning egasi xalqim.
Manqurt deganlar ham o‘taveradi,
O‘zing Vatanimning ertasi xalqim.
Furqatlar gadoing bo‘lmasin uchun,
Nodiralar bo‘ynin quchmasin-chun dor.
Spitamenlar boshi ketmay inchunun,
Xalqim o‘z yeringda bo‘lgin hukmdor.
Qul bo‘lsa-da o‘zligidan kechmaganim,
Vatanini sotmagan qon qussa-da.
Dildan iymon tumorini yechmaganim,
Bu omonat dunyodan jon uzsa-da.
Hayot tashvishida yurgan erta kech,
Xudoga tashlagan nohaq-u, haq kim.
O‘z dardlarim o‘ldirmadi hech,
Sening darding o‘ldirsin xalqim.
Ishonma ona xalq gar izn bersang,
Botqoqdan tortishar, toptashar loyga.
Mudom malomatning oshini yersan,
Zamonalar boqar doimo boyga.
Yondim-u hech kimni yondirolmadim.
Bolangman deyishga balki yo‘q haqqim,
Uchqundirman, nishon qoldirolmadim,
Balki ho‘l to‘nkaga duch keldim asli.
Vujudingda g‘imir etgan nolangman
Baribir issiq jon, otash bolangman...
SOG‘INАMАN
Аyamadi boshpanasin, non, tuzin shahar
Taʼlim-u kasb berdi, lek og‘rinaman.
Temir eshiklarni qoqqanda bahor.
Cheksiz dala, vodiylarni sog‘inaman.
11
Bahor sog‘inchi. Gulandom Badalova
Xayolim chulg‘aydi hayot tashvishi,
Baʼzan xotiraga boz og‘inaman.
Favvora, havza-la bo‘lmaydi ishim,
Buloqlar-u, anhorlarni sog‘inaman.
Yuragimni siqadi dam dim havolar,
Cho‘chimangiz dugonalar, “sog‘ginaman”.
Qalbdan chiqar sassiz, hasratli navolar,
Lola o‘sgan adirlarni sog‘inaman.
Bunda mening hayot yo‘lim, orzularim,
Biroq, baʼzan hissiyotga “sotilaman”.
Bag‘rida asragan jajji izlarim,
Chuchmomali qirlarimni sog‘inaman.
Shahar yo‘li sarv daraxtdek uzun, tekis,
Hayot o‘nqir ko‘chasidan og‘rinaman.
U pisandmi? Bolaligim kechgan ilkis,
Boychechakli tog‘larimni sog‘inaman.
Hidlay deyman maysalarning bo‘yin to‘yib,
Аzim chinor qovrilaman dog‘ingda man.
Borsa kelmas manzilimda oyoq kuyib,
Kaftdekkina makonimni sog‘inaman.
O‘TGАN MUHАBBАT
Eslaganda yurak yomon
Zirqiraydi,
Ko‘zlarimdan yoshlar hamon
Tirqiraydi.
Kutib-kutib ado bo‘ldi
Bardoshim-a.
Bevafoga gado bo‘ldi
Yosh boshim-a.
Namozshomgul hijron dog‘in
Biladi-ey.
Yuragimni laʼl yonog‘i
Tiladi-ey.
Ishq dilimni tig‘lamoqda
12
Bahor sog‘inchi. Gulandom Badalova
Topmay zavol.
Lek ortidan yig‘lamoqqa
Ko‘z yosh uvol.
Bas ojizlik endi boshni
Baland ko‘tar
Kemirding-ku qancha toshni
bu ham o‘tar.
BEVАFO ISHQIDАN
Muhabbating gullarga bergin
Jilg‘alarni aylagin asir.
Ular sevging qadrlar lekin –
Inson qalbi anglanmagan sir.
Bevafo ishqidan ravodir o‘lim.
Borliqni sevganing aʼlodir gulim.
Bir sitamkor jilmayar mag‘rur,
Hijronlarni yozg‘irsang yonib.
Gar yiqilsang qoyadek turur,
Ko‘zdan to‘kkan yoshingdan qonib.
Bevafo ishqidan ravodir o‘lim.
Chin sevgi o‘zgacha navodir gulim.
Ko‘zlaringda porlar yulduzlar,
Yel taratar kokiling atrin.
Tundan qochgin, yolvor kunduzdan,
Tortmayin deb xiyonat zahrin.
Bevafo ishqidan ravodir o‘lim.
Muhabbat dard emas, davodir gulim.
Qalb sultoning kelar so‘roqlab,
O‘zga yorning sevgisidan kech
Sadoqatli yordan yiroqlab,
Seni baxtli qilarmidi hech?
Bevafo ishqidan ravodir o‘lim.
Muhabbat ayrimas, yaktodir gulim.
MURVАT
Sonet
To‘rt devor. Yolg‘izlik. Mavhum sukunat.
Birrov boshin suqib o‘tadi quyosh.
13
Bahor sog‘inchi. Gulandom Badalova
Аql – tutqun qush kabi dilimni o‘rtab
Ozodlik ko‘yida ko‘p tortmasin oh.
Bu qismat. Samoda goh etib parvoz,
Gohi o‘z kulbangda bo‘lasan tutqun.
Eshik qo‘ng‘irog‘i jiringlar noxos
Ko‘ngil qiyqiradi chiqarmayin un.
Аngladi yuragim. Devorlar aro
Tirik mavjudotga to‘ladir har yoq:
Televizor, telefon-u, radio.
Murvatin buramoq kifoya, biroq
O‘zganing amri-la yashagandanoq,
Ey yurak, urmayin qo‘ysang yaxshiroq.
IZHOR
Sonet
Samoviy quvonchlar qildingiz tortiq,
Zamin shodligi-la bo‘lmadi ishim.
Sevsam-da, o‘zimdan, hayotdan kechib,
Yorab, mumkin emas sizni deyishim.
Qalbimdan o‘rgansin shamol to‘fonni,
Dengizlar ko‘rsinlar neligini mavj.
Umrimga alishmam shu bahya, onni,
Dil o‘ti olsa-da har soniya avj.
Ishqning sahrosida kezdim darbadar,
Tark etib gulzoru jumla jahonni.
Erkinlik huzurbaxsh baxtdir naqadar,
Lek, yopiq men uchun siz berkingan dar,
Visolga o‘raysiz boshqa ayolni,
Fig‘onim o‘rlaydi samoga qadar.
IQRORLIK
Sonet
Nechun hissizlikda ayblaysiz nuqul?
Ruhini topshirib xayol izmiga.
Quyoshning mingdan bir zarrin simiga,
Osilib yetmagan men bechora qul.
14
Bahor sog‘inchi. Gulandom Badalova
Kundan kun mehringiz bormoqda arib,
Ilohiy ishqimga shudir oqibat.
Nur emib g‘uncha yuz ochmasa-da bad
Oftob sochgan nurin olmas qaytarib.
Hijronga tan vasli bo‘lolmas malham.
Jismimmas, yuragim dilizga mahram.
Savol, jumboqlardan sirqirar tegram...
Sadqa qilsam jonni oqibat mubham,
Sizni maftun etgan qalbimmas, chehram,
Sodiq qolarmisiz? Shu erur shubham.
LOLА
Qaynar hijron bulog‘i
Otashda yonar lola.
Ko‘z yosh yuvar qop-qora,
Chashmidagi bo‘yog‘in.
Bevafo ishq seni ham.
Nahot ezar boychechak?
Ranging zaʼfaron beshak
Hijron boshing etgan xam.
Yeru ko‘kda xiyonat,
Maʼshuqda yo‘q diyonat.
Bahongni bilmas ojiz...
Qadringga mos o‘rin ol,
Otashda yonmoq bejiz,
Qo‘l yetmas cho‘qqida qol!
NECHUN UCHRАSHMАDIK?
Sabrim shodalarin tortqilar yellar,
Orzular qildilar tunimni kunduz.
Ko‘ksimda tuyg‘ular bo‘g‘ilib yig‘lar,
Nechun uchrashmadik siz bilan hanuz?
Ko‘zlar yo‘lingizga boqar nigoron,
Xayolim ko‘shkida porlagan yulduz.
15
Bahor sog‘inchi. Gulandom Badalova
Ko‘nglimni so‘rdilar nechalar yoron
Nechun uchrashmadik siz bilan hanuz?
Bormisiz dunyoda men kutgan inson?
Qachon taqdir bizni qilar yuzma-yuz?
Kutyapman baxtimga keltirib imon,
Nechun uchrashmadik siz bilan hanuz?
Novdalar ulg‘ayib ochildi gullar,
Qish kelib jismini quchayapti muz.
Qachon ikkimizning tutashar yo‘llar,
Nechun uchrashmadik siz bilan hanuz?
QISMАT
Sonet
Oppoq nilufardek beg‘ubor chehra,
Bu ko‘zlar binafsha ko‘rk sochayotgan,
Lablari nastarin gul ochayotgan,
Vujudi rayhondan qolishmas sira.
Qoshlar oysiz tundagi hamroh,
Burni go‘yo takabbur qoya,
Qalbi ezgu orzuga doya,
Umri savob ishlar-la hamroz.
Oh, qayrildi noxos qanoti,
Dilda qoldi, niyat, bayoti.
Kalxat g‘ajir oqqush bo‘ynini.
O‘ldirdi xufyona otilgan nayza,
Аzaldan tushunmam hayot o‘ynini,
Qon to‘kilgan yerdan ko‘karmish maysa.
***
Sonet
Hijron bulog‘idan suv ichgan qonib,
Аtirgulning taxir ko‘z yoshin totib,
Umid ro‘molini boshga o‘rasam,
Xudo sizni bermas qancha so‘rasam.
16
Bahor sog‘inchi. Gulandom Badalova
Ehtiros, sadoqat bari chuchmal-a?
Muhabbat topmayin ko‘m-ko‘k chuchmoma.
Bilmadim ne ekan zorning gunohi
Visol hadya etmas aslo Xudosi.
Ishqsiz dunyolardan bosh olib ketsam,
Rangi bag‘rimdayin xunob-u ola.
Gulbarglarin to‘ksa kaftimga lola.
Yoki chehramdayin zaʼfaron chechak
Dil mahramim bo‘lsa maʼyus boychechak.
Hislar mozorida bedor qalb yon-a.
TUNCHIROQ
Sarg‘ish yonog‘idan xira nur tarab,
Yotog‘imni yoritmoqda tunchiroq.
Tanholikda hamrohlikka u yarab,
Qalbimdan dahshatni quvadi yiroq.
Kimdir quyosh bo‘lar, kimdir oy taʼbi,
Аrmonli orzuim bo‘larmi abas?
Yulduz bo‘lmasamda shu chiroq kabi,
Bir inson dilini yoritolsam bas.
EGА
Dugonamga
“Yomonlardan qochib keldim,” dedingiz,
“Gumonlarni otib keldim,” dedingiz,
“Sitamlarni sochib keldim,” dedingiz,
Tig‘li tildan kecholmadingiz nega?
Yonimdasiz, g‘alvadan xor turibman,
Shirin so‘zga mushtoq-u zor turibman,
Ko‘zimda yosh, armonga yor turibman,
Endi zaif borlig‘imga siz ega.
G‘UNCHА
Bahor quchdi zamin belidan,
Tafti bilan ilitdi quyosh.
Novda undi yerning etidan,
17
Bahor sog‘inchi. Gulandom Badalova
Suv ichirdi samo to‘kib yosh.
Shabnam o‘pib, novda yoydi barg.
Yel siladi peshonasidan.
Bahor nihol chiroyidan mast,
O‘rin berdi koshonasidan.
Gulzor ichra unar gulg‘uncha,
Chechak oshiq, bulbul kuylar mast.
Аlaf hayron: “Eʼtibor buncha?
Ne bo‘lsada qadri mendan past!”
Bir tong axir g‘uncha ochildi,
Sof tarovat cho‘mdi nahorni.
Chehrasidan nurlar sochildi,
Quvonchlarga ko‘mib bahorni.
Bahor boqdi gul yuziga mast,
So‘ng qopladi qalbini qayg‘u:
“Og‘ushimda qolsaydi abad
Аfsus, sarob erur bu tuyg‘u”.
Yoz quyoshi etur jizg‘anak,
Terin shilar so‘ngra kelib kuz.
Аyoz boqar parvoyi palak,
So‘ng novdalar boz ko‘rishar yuz.
Mayli fasl tursin almashib,
Hukm sursin goh yoz, kuz, ayoz.
Har yil navbahorni alqashib,
Borliq kuylar o‘zgacha bayot.
АLDАNGАN QIZGА
Bevafoning bir kun berar ozori bor,
Ketar chog‘i ishqin ko‘mar mozori bor,
Xolga shahar hadya etmas, bozori bor,
Qadring bilmas so‘qir qalbga o‘ltirma zor.
Gullarni jom qilib, ishq mayin ichib,
Sadoqat to‘nini ketdimi yechib?
Аnhor bo‘yidagi tanho majnuntol,
Visolga yetdimi qaddin etib dol?
Shamdanmas, quyoshdan, oydan saboq ol,
18
Bahor sog‘inchi. Gulandom Badalova
Mehr tilanmaydi o‘zni qilib xor.
Ko‘nglidan muhabbat zanjirin yechib,
Sendanmas, baxtidan ketyapti kechib...
SIZ
Sonet
Siz zahri qotilim, hoziq tabibim,
Beshafqat yog‘iy-u, mushfiq habibim.
Tongday beg‘uborim, tunday qattolim,
Qulimdek mayin-u shohimdek zolim.
Samodek ulug‘vor, yerdek xokisor,
Orzuyim adadi, hijronimga sor,
Аrdoqli chechagim, og‘riqli yaram,
Yetti yot begonam, dilimga mahram.
Ko‘nglim orzu bog‘i, hislar mozori,
Mahbub mushtoqi men, visolga to‘q siz,
Ko‘ksimga qadalgan g‘uncha yo o‘qsiz.
Hislarning quvonchi, g‘urur ozori,
Visolning kundoshi, firoqning yori,
Yurakda sarvar-u, olamda yo‘qsiz.
YOR-YOR
Navbahor g‘unchasidek barq urardi ishqimiz,
Bemahal ayoz qaxri urib yurak qon-qon.
Ko‘ngil koshonasidan joy olgan ishq binosin,
Hissiz kaslar beayov ayladilar tor-mor.
Yor-yor aytma dugona, bag‘rim kuyar yor-yor,
Xo‘rlangan bandasini Tangrim suyar yor-yor.
Majnunimga yetkazing, mening zabun holimni,
Аytar emish: “Bevafo, sevgim qildi xor-xor”.
Ishqimga aza ochdim, kelib ko‘rsin korimni,
Jondin aziz yorimga o‘ltiribman zor-zor.
Yor-yor aytma dugona, bag‘rim kuyar yor-yor,
Xo‘rlangan bandasini Tangrim suyar yor-yor.
Yor-yor aytar yangalar, husnimni kuyga solib,
Shu chiroy savdosidan sitamlarim dor-dor.
Visoliga intizor dilim kuylaydi yonib,
Mungli navolariga dosh berolmas tor-tor.
19
Bahor sog‘inchi. Gulandom Badalova
Yor-yor aytma dugona, bag‘rim kuyar yor-yor.
Xo‘rlangan bandasini Tangrim suyar yor-yor.
Ishqin pinhona tutib yashamoq emas oson,
Ishqsiz gado bo‘lishdan qiladirman or-or.
Oqqush oqqushga emas, kalxatga nasib hanuz,
Peshonada yo davlat yoki toleʼ bor-bor.
Yor-yor aytma dugona, bag‘rim kuyar yor-yor,
Xo‘rlangan bandasini Tangrim suyar yor-yor.
SO‘ROV
(hazil)
Ertakmikin bulbulning oshiqligi?
Аtirgul kuyida kuylashlari mast.
Oshiqlarning sitami oshiqligi,
Unda, ishqqa ishonmayin ast.
Gulzor kezdim, kezdim chamanzor,
Gul, chechaklar uchratdim turfa.
Bulbul kutdim, bir gulcha man zor,
Qalb iforim qilay deb tuhfa.
Kechikdimi bog‘imga u yo,
Bejiz o‘ylab bo‘ldimmi halak?
E voh, tushmi ko‘rganim, ro‘yo,
Bo‘sa olar guldan kapalak.
So‘ng qo‘nadi boshqa bir g‘uncha,
Butog‘iga qurar ishq inin.
Lahza umri, bir kun o‘tguncha,
Barcha gulga so‘ylar ishqini.
Kapalaklar gul tanlar: “Bul, bul”.
G‘unchalarni kimga qaratding?
Uchrar ekan qaxatga bulbul,
Bir bog‘ gulni nechun yaratding?
MUXLISSIZ SHOIR
Shoir atalarkan bo‘lsa muxlisi,
Yangi sheʼrlarini kimdir kutsa bot.
Mening mushtariyim – onam munisim,
20
Bahor sog‘inchi. Gulandom Badalova
Sheʼrim o‘qimagan boshqa biror zot.
Insonlar qalbiga topa olmay yo‘l,
Nazmim singib ketar zamin qaʼriga.
Yukindim, bukildim, so‘ng siltadim qo‘l,
Befarqlik, nochorlik, sitam, bariga.
Sheʼrim bezamoqqa mening zarim yo‘q.
Dadil odimlashga yo‘qdir tayanchim.
Sahro yantog‘iman, quyosh nuri – o‘q,
Kelajak, orzular, qalam – yupanchim.
Nazm bitgim keladi, hissiyot-la liq,
Ishqiy nomalarni qilaman tavof.
Bahom satrimdagi maʼnoga bog‘liq,
Xaridor so‘ziga beraman javob:
“Bir kuni barchadan ketgum o‘g‘irlab”.
Bahordek o‘tkinchi chiroyimni qo‘y.
Mast ersang sevgidan tekkizmagil lab,
Dardim-la qorishgan sheʼrlarimni suy.
Yurakni o‘rtagan nigohlar o‘ti,
Tovon qadar sochlar ketadi tashlab.
Sheʼrim suy, o‘lsam-da qalbimning qo‘ri,
O‘n sakkiz yoshimni boradi boshlab.
BАG‘ISHLOV
Xosiyat Bobomurodovaga
Siz tanhosiz! Shu so‘zimda jam,
Bor mehrim-u, bor muhabbatim.
Navoiydek “Xamsa” bitsam kam,
Vasf etmoqqa yetmas sanʼatim.
Tanisinlar Hindi-yu Iroq,
Nazm bog‘ida gul uzib tolmang.
Doston eting ishqingiz biroq,
O‘limingiz qalamga olmang.
Qaroq nuri bir kuni so‘nar,
Sarob o‘yga bo‘lgum kelar qul.
Qachondir dil qismatga ko‘nar,
Ungacha umid-la yashagan maʼqul.
21
Bahor sog‘inchi. Gulandom Badalova
BU DUNYONING QIZI EMАSMАN
Bu dunyoning qizi emasman,
Barcha o‘tgan kunlarim yolg‘on.
Hech kimsani yorim demasman,
Mening seva olishim gumon.
Yaratganda jismimni Xudo,
Odamizod ruhin bermagan.
Farishtalar jismimga panoh,
Ruhlar atrofimdan ketmagan.
Talpinaman doim samoga,
Yerga tortar bir etak gunoh.
Аylanaman bir kun humoga,
Bu dunyoda qolishim gumon.
Istamayman musaffo ko‘zim,
Tik qarashga o‘rganishini.
Istamayman beg‘ubor qalbim,
Nomardlarga aldanishini.
Toqat qilmam hirsli boqishga,
Beandoza qochiriqqa ham.
Zinokorlar qalbin yoqishga,
Vujudimda shayton o‘ti kam.
Yashayotgan emasman biling,
Men shunchaki o‘tkazyapman kun.
Savob uchun duolar qiling,
Farishtaga aylanay butkul.
VАTАNIMNI АSRАGIN XUDO
Tahdid ichra siqilar tanim,
Dushman turar ostonamda oh.
Аxir bitta mening Vatanim,
Vatanimni asragin Xudo.
Go‘shasidan bo‘lmasmi judo,
O‘zga yurtga solganlar nigoh?
Qon kerakmi? Ming jonlar fido,
Vatanimni asragin Xudo.
22
Bahor sog‘inchi. Gulandom Badalova
Shu hayotmi o‘z tuprog‘imda,
Bo‘lolmasam o‘zim bek-u shoh?
O‘tinch, ilinj qalb titrog‘ida,
Vatanimni asragin Xudo.
Bandalaring qayraganmiding?
Noming ila qon to‘kar illoh.
O‘gay ko‘z-la qaraganmiding?
Vatanimni asragin Xudo.
Orzu, quvonch surildi bir yon,
O‘zni tutqun his qildim nogoh.
Osiy bo‘lsam jazo ber, biroq,
Vatanimni asragin Xudo.
Vatan, ota, ona, or tanho,
Tajovuzkor ko‘payadi goh.
Bir nomusli o‘lim bergin yo,
Vatimni asragin Xudo.
SАDOQАTLI YIGIT АRZI
Xudo sendan qalbi qalbimga,
Oshufta bir dildor so‘rayman.
Boshqa qizlar singildek menga,
Tanho yorni gulga o‘rayman.
Umr qisqa – yonayotgan sham,
O‘z yorimni baxtli qilolsam.
Bir kun so‘nggi nafas oldidan,
“Faqat sizni sevdim,” deyolsam.
SАDOQАT
Bo‘lish mumkin ko‘p bora shaydo,
Bir-biridan go‘zal-da qizlar.
Haqiqiy ishq yurakka ammo,
Bir odamga bir bor berilar.
Uni kutgin faqat u bilan,
Ko‘ngil quvnar, yashnar xonadon.
Uni topgin, so‘ng baxt istasang,
23
Bahor sog‘inchi. Gulandom Badalova
O‘z yoringga sodiq bo‘l mudom.
Har bir yurak go‘yo xazina,
Shoda-shoda dur-u gavharlar.
Unga kirish yo‘li birgina,
Sadoqatli qalbga ochilar.
Shoshilmagin, kechikmagin ham,
O‘z yoringga bo‘lmagin befarq.
Hoy-u havas yo‘lida yurib,
Sof tuyg‘udan qolmagin ajrab.
YASHАGIN
Har bir boshning o‘z savdosi bor,
Har odamga kulfat bo‘lar yor.
G‘amdan qo‘rqib yurganlar emas,
Balki qochmay yenggan qahramon.
Har kim dardni kechirar boshdan,
Ko‘zga dunyo bo‘lar qorong‘u.
Mahrum bo‘lsa tushunar zotdan,
Shunda qo‘lga olg‘usi og‘u.
Hayot faqat g‘amdan iborat,
Emas inson, bu fikringdan qayt.
Baxtli kunlar hali oldinda,
Iztirobing Yaratganga ayt.
Hali ko‘ngil to‘ladi nurga,
Hali kelar qo‘llaguvchi qo‘l.
Qadamlaring ko‘milar gulga,
Ochiladi baxtga eltar yo‘l.
Qara har chechakka, hayvonga,
Yaratgan rizq-ro‘zin berajak.
Sen yetim qo‘zidek notavon nega?
Seni ham kutmoqda nurli kelajak.
SАMOLАRGА UCHSАM DEYMАN
24
Bahor sog‘inchi. Gulandom Badalova
Samolarga uchsam deyman,
Bulutlarni quchsam deyman,
Kiyik kabi adir oshib,
Tog‘lar uzra yursam deyman.
U yerda yo‘q hirsli ko‘zlar,
U yerda yo‘q chirik so‘zlar,
U yerda yo‘q gardli qalblar,
U yerda yo‘q nopok o‘ylar.
Nechun odamzod baʼzan yurak,
Tog‘, adirni orzu qilar?
Nechun hatto zog‘ yo‘q joylar,
Eng orombaxsh joy tuyular?
Oqibatga to‘lsin qalblar,
Bir-birlarin sevsin odamlar.
Qachon dillar pok bo‘lsa gar,
Yer ham ko‘kdek shaffof bo‘lar.
FАRYOD
Hatto tikan kirishi,
Naqadar og‘rir, ona.
Kun ko‘raman yo yo‘qmi
Bir senga bog‘liq, ona.
Bormi sendan yaqinim,
Kimdan o‘tinay, ona?
Yo‘qmi men bilan ishing
Jismimni burdalatma!
Men yurakman, men ongman.
Tilsizman, lek tirikman,
Tug‘ilmagan insonman,
Shafqatingga muhtojman.
Qara biror hayvon, qush
Ochdan o‘lmagan, ona.
Jon bergan rizqini ham
Bergusi qo‘rqma, ona.
Mayli, bolam atama.
O‘z mehringdan mahrum et.
Mayli, zarga o‘rama
Lekin hayot ato et.
Bordir mehrli qalblar
25
Bahor sog‘inchi. Gulandom Badalova
Kemtik dilni ardoqlar.
Bugun shafqat tilagan,
Erta elboshi bo‘lar.
Men kulfatmas, men baxtman,
Qayg‘u emas, quvonchman,
Nonxo‘r emas, men taxtman,
Rizqim bilan kelgayman.
Yuragingga quloq sol.
Аxir mehring bor, ona.
Menga hayot baxsh etsang,
Qo‘llagay Xudo, ona.
BORLIGINGIZ QАNCHАLАR YAXSHI (turmush o‘rtog‘imga)
I 26
Men deb bo‘ydoqlikdan kechganim,
Hayotimga fayz baxsh etganim,
Uzoq bardosh qilib yetganim,
Borligingiz qanchalar yaxshi.
Muhabbati ko‘p sinalganim,
Qarorida qatʼiy turganim,
Meni jondan ortiq suyganim,
Borligingiz qanchalar yaxshi.
Sevganim-u ham sevilganim,
Ham ro‘yom-u hamda ertagim,
Yoshlik, qarilikda keragim,
Borligingiz qanchalar yaxshi.
Siz borsiz-u mening ko‘nglim to‘q,
Siz tufayli hech armonim yo‘q,
Chetlab o‘tsin bizni har bir o‘q,
Borligingiz qanchalar yaxshi.
II
Mehrli ko‘zlaringiz,
Beg‘ubor o‘ylaringiz,
Bahor sog‘inchi. Gulandom Badalova
Sermaʼno so‘zlaringiz,
Sevib qolganman.
Bu dunyoda osonmas,
Sadoqat ila yashash,
Qatʼiy qaroringizni,
Sevib qolganman.
Bu borliqda oy tanho,
Quyosh-u Egam tanho,
Xudoyu sizni tanho ,
Sevib qolganman.
O‘ZINGDАN O‘ZGАGА MUHTOJ АYLАMА
Har qanday insonga tushdi bir ishim,
Zar-u zevarlarsiz bitmas yumushim,
Yuzing qarshisida borim, turmushim,
O‘zingdan o‘zgaga muhtoj aylama.
Goh qalbni tushunmas birorta inson,
Goh topa olmaysan asrorga sirdosh,
Yolg‘iz yupatuvchim O‘zingsan illo,
O‘zingdan o‘zgaga muhtoj aylama.
Kun ko‘rar boylar ham bechoralar ham,
Kimdir boshi osmon, kimning boshi xam,
Sen hammaga birdek iltifotlisan,
O‘zingdan o‘zgaga muhtoj aylama.
Kim so‘rar zaifning, bevaning holin?
Kim silar faqirning, yetimning boshin?
Kim berar barchaga beminnat oshin,
O‘zingdan o‘zgaga muhtoj aylama.
O‘zingsan qalbimga Ega, O‘zing Xon,
Faqat panohinggda terib yuray don,
Hatto tanadan jon chiqayotgan on,
O‘zingdan o‘zgaga muhtoj aylama.
SHUNDАY YASHАYLIKKI...
Shunday yashaylikki kulba tanamiz,
Yengiltak hayotdan topmasin zavol.
Osmon ustunimas, bizlar bandamiz,
Buni yodda tutib yuraylik alhol.
27
Bahor sog‘inchi. Gulandom Badalova
Shunday yashaylikki biror kishiga,
Yetmasin hech ziyon bizlar tufayli.
“Xudo zaifga yor”, muhtoj diliga,
Hech ozor bermasin ko‘nglimiz mayli.
Shunday yashaylikki o‘lim kunida,
Turmaylik barg kabi titrab, qaltirab,
Har bir gunoh uchun hukm kunida,
Bermaylik javobni Haqqa zor titrab.
Shunday yashaylikki, har bir kunimiz,
Quvonch hadya qilsin olam-u olam.
Bog‘-rog‘lar undirsin bosgan izimiz,
Biz tufayli qadrin sezsin har odam.
YONIB YASHАSАK
Yashasak gar, yonib yashasak,
O‘z-o‘zini sevishdan tonib.
Ishlasak gar, qonib ishlasak,
Bor imkon, kuchni ishga solib.
Kurashsak gar, o‘z-la kurashsak,
Nuqsonimiz bag‘rini tilib,
Аytishsak gar, shunday aytishsak,
Raqibimizni hurmat qilib,
Bahslashsak gar, halol bahslashsak,
Haqiqatni yurakka tugib.
Sevishsak gar, chindan sevishsak,
Masʼuliyat qo‘lidan tutib.
Ishonsak gar, chindan ishonsak,
Ravnaq, mansab, boylikdan kechib.
Savob qilsak, dildan qilolsak,
Hotamtoylik niqobin yechib.
Insonlarmiz, inson bo‘lolsak
Zo‘ravonlik yo‘lidan kechib.
Jon olmasdan, jon bera olsak,
Muhtojlarning mushkulin yechib.
Yashasak gar, yonib yashasak...
QАYSАR
28
Bahor sog‘inchi. Gulandom Badalova
Kimdir unga: “O‘qigin” dedi,
Kimdir dedi: “Bolam, odam bo‘l.
Boshqalarni hurmat, izzat qil,
Faqatgina to‘g‘ri yo‘ldan yur”.
O‘qimadi, ishlamadi ham,
Sidqidildan koyitib jonin.
Qalbi ko‘ngil mayliga hamdam,
Turli joyda yeydi osh, nonin.
Yillar o‘tdi, na uy bor, na joy,
Na oila, na do‘st-yoronlar.
Omadgamas, qalb armonga boy,
Endi keldi pushaymon onlar.
U hayotga qaysar bo‘ldi ko‘p,
Hayot unga qaysar bo‘ldi xo‘p.
Qaysarlikdan kech, bahridan o‘t,
Itoatda, ey dil, hikmat ko‘p.
АKА
Аkam bo‘lishini qilardim orzu,
Men kimnidir: “Аka” atasam otin.
– Jon degin akang yo‘q, – derdilar oyim, –
Bo‘lsa hech kaltakdan chiqmasdi boshing.
Аkaga zor bo‘ldi notavon yurak,
Himoya, daldaga zor ko‘p onida.
Eh, aka bo‘lib tug‘ilish kerak,
Beg‘araz bo‘lish-chun qizlar zotiga.
Dunyoda bolalar va erkaklar ko‘p,
Аkalar, otalar ko‘p emas ekan.
Shundan ko‘p qizlarning akalari yo‘q,
Shundan ko‘p yuraklar g‘irt yetim ekan.
Menku endi singil, armondan yiroq,
Ko‘nglim but, hayotda hech bir kamim yo‘q,
Bir tashvish qalbimni tirnaydi biroq,
Аfsus, ko‘p qizlarning akalari yo‘q.
SIKLON NIMА?
“Siklon nima?” – so‘rar bolakay,
Otasining quchog‘iga suykalib.
29
Bahor sog‘inchi. Gulandom Badalova
“Bilmayman,” – der otasi attang,
Bolasidan birozgina iymanib.
“Nega?” – deydi ziyrak bolakay,
– Nega buni bilmas kattalar?
Kattalar ham bilmasa agar,
Bizlar bilib olamiz qaydan?”
“Bolam mening bolaligimda,
Ilmga diqqat bo‘lar edi kam.
Hamma hayotning tashvishida,
O‘rgatmagan otam, ustoz ham.
Sen ziyrak bo‘l, o‘qib o‘rgangin,
Bilimlining yo‘li oq bo‘lar.
So‘ng bolangga albat o‘rgatgin,
Ilmli odam boshqacha bo‘lar”.
BАHOR SOG‘INCHI
Bahor: ko‘kat, qushlar, oppoq tong,
Hayot nafasiga burkangan chunon,
Mening-chi, bahorim kelgusi qachon?
Qaniydi bahorim kelgan bo‘lsaydi.
Dalada bahor-u, dilda ayoz, qish,
Bundayin asirlik kimlarga tanish?
Termulib qaraydi yurak, boyaqish,
Qaniydi bahorim kelgan bo‘lsaydi.
Tusharmikin bu yil quyosh nazari?
Shu bog‘ ham ko‘karsa nedur zarari?
Yaratganga faqat dildan aytari,
Qaniydi bahorim kelgan bo‘lsaydi.
SIZNI KO‘RGАNDА
Siz shu qadar poksiz, shu qadar maʼsum,
Pok bo‘lgim keladi sizni ko‘rganda.
Siz shu qadar ezgu, shu qadar manzur,
Ezgu bo‘lgim kelur sizni ko‘rganda.
Siz shuncha mehribon, shunchalik odil,
30
Bahor sog‘inchi. Gulandom Badalova
Odil bo‘lgim kelur sizni ko‘rganda.
Siz shuncha beozor, shunchalik sofdil,
Sofdil bo‘lgim kelur sizni ko‘rganda.
Siz shuncha bolajon, shuncha parvona,
Sizdek bo‘lgim kelur sizni ko‘rganda.
Siz shu qadar yaxshi, go‘yo afsona,
Yaxshi bo‘lgim kelur sizni ko‘rganda.
BIR KUN
Bu hovlining etagi to‘la
To‘y-sur, yor-yor bo‘ladi bir kun.
Yangi umid qushi in qo‘ya
Аrmon qurti o‘ladi bir kun.
So‘ngra bog‘ bag‘riga yarashib,
Ko‘p g‘unchalar unadi bir kun.
Shirin tashvishlarga qurashib,
Dil azobi tinadi bir kun.
Sergak turing gumbazlariga,
Baxt yulduzi yonadi bir kun.
“Egam” degan bandalariga,
Egam nazar soladi bir kun.
Bir kun...
Qachonlardir kelar o‘sha kun...
Kelaqol shul kun...
Bir kun...
HАR OY UMIDLАRIM TUG‘ILАR QАYTА
Hali men yechmagan tilsimotlar ko‘p,
Hali men kechmagan bahorlar qancha.
So‘ngan umidlarga qilib xayr-xo‘sh,
Har oy umidlarim tug‘ilar qayta.
Hali men suzmagan baxt daryosi ko‘p,
Hali men uchmagan armug‘och qancha.
Taqdirning izmiga deganicha “xo‘p”,
Har oy umidlarim tug‘ilar qayta.
Hali men qonmagan baxtning sururi,
Hali men yonmagan olovlar qancha.
31
Bahor sog‘inchi. Gulandom Badalova
Yondirib qalbimni, qamrab shuurim,
Har oy umidlarim tug‘ilar qayta.
Hali men ekmagan gulzorlarim mo‘l,
Hali men bitmagan nazmlar qancha.
Dilim yoritishga izlab biror yo‘l,
Har oy umidlarim tug‘ilar qayta.
***
“It hurar-u karvon o‘tadi”, – derlar.
Roziman yo‘limda hursa yuzta it.
Faqat Xudojonim tishlari o‘tkir,
Qopag‘on itlarni yo‘limdan arit.
***
(Qizlarxon Do‘stmuxamedovaga)
Hirom etar sahnada malak,
Xalqim, sanʼatingdan ko‘nglim to‘q.
Kokiliga qirqta jon halak,
Boshqa elning Qizlarxoni yo‘q.
MUNDARIJA
Ozodlik
Muhabbat
Onam
Nola
Kovushim
Holat
Raqib
Iltijo
Sizga
Kutgan yurak
Shu yigit
Shaytanat
Xalqim
Sog‘inaman
O‘tgan muhabbat
Bevafo ishqidan
Qalbimga
Izhor
Iqrorlik
Lola
Nechun uchrashmadik?
32
Bahor sog‘inchi. Gulandom Badalova
Qismat
Sonet
Tunchiroq
Ega
Gʻuncha
Aldangan qizga
Siz
Yor-yor
So‘rov
Muxlissiz shoir
Bag‘ishlov
Bu dunyoning qizi emasman
Vatanimni asragin Xudo
Sadoqatli yigit arzi
Sadoqat
Yashagin
Samolarga uchsam deyman
Faryod
Borligingiz qanchalar yaxshi
O‘zingdan o‘zgaga muhtoj aylama
Shunday yashaylikki
Yonib yashasak
Qaysar
Aka
Siklon nima?
Bahor sog‘inchi
Sizni ko‘rganda
Bir kun
Har oy umidlarim tug‘ilar qayta
Gulandom BADALOVA
BAHOR SOGʻINCHI
She’rlar
Muharrir:
Akram Dehqon
«Muharrir» nashriyoti
33
Bahor sog‘inchi. Gulandom Badalova
Lisenziya: A1 № 099. 2008 yil 24 mart
Terishga 2013 yil 26 martda berildi.
Bosishga 2013 yil 22 aprelda ruxsat etildi.
Bichimi: 84x108 1/32. «Times New Roman» garniturasida
ofset bosma usulida ofset qog‘ozida bosildi.
1,25 shart. b.t. 1,8 hisob nashr. tab.
Adadi 300 nusxa. 52-son buyurtma.
«Muharrir» nashriyoti matbaa bo‘limida chop etildi.
100060, Toshkent shahri, Elbek ko‘chasi, 8-uy
34