The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari – Gulandom Badalova

Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by rahmatbobojon, 2021-10-16 07:51:03

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari – Gulandom Badalova

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari – Gulandom Badalova

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova

1

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova

2

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova
UO‘K 159.9

KBK 88

B 18

Badalova, Gulandom
Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari: risola / G. Badalova. -
Toshkent, 2020. - 148 b.

Hayot shafqatsiz va murakkab. Unda faqatgina kuchlilargina baxt, omad,
shodlik sharbatidan ichishlari mumkin. Xo‘sh, qanday odamlar kuchlilar toifasiga
kiradi?

Umuman, bu sifatga qanday erishish mumkin? Taniqli ruhshunos-shifokor,
iqtidorli adiba Gulandom Badalova qalamiga tegishli ushbu kitobda xuddi shunday
o‘tkir, og‘riqli savollarga chuqur va teran javob beriladi. Asar keng kitobxonlar
ommasiga mo‘ljallangan.

UO‘K 159.9
KBK 88

ISBN 978-9943-6863-0-4

© Gulandom Badalova
© “YOSHLAR MEDIA PRINT, 2020

3

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom MUQADDIMA
Badalova

Bu kitobni bitishdan maqsad muhtaram o‘quvchilarni har bir inson o‘z umri
davomida muvaffaqiyat qozonishi va buyuklikka erishishi mumkinligiga ishonch
hosil qildirishdir!

Kim u muvaffaqiyatli inson? Shaxsiy hayotida, o‘qish va ishda, bir so‘z
bilan ta’riflaganda, tiriklik mehvarida qoniqish hosil qilib yashayotgan kishi.
Agar odam yutuqlarga erishishni, g‘oliblik shohsupasiga chiqishni istasa, tashqi
cheklovlar, hatto nuqsonlar bunga to‘siq bo‘la olmaydi. Qo‘lsiz va oyoqsiz
tug‘ilgan, lekin o‘z ustida ishlab muvaffaqiyatli hayotga erishgan Nik Vuyjij bunga
yorqin misoldir!

Kim u buyuk kishi? Bizning buyukligimiz hayotimiz necha kishiga ijobiy
ta’sir o‘tkazdi, necha kishining turmushi biz tufayli o‘zgardi, shu bilan
o‘lchanadi!

Masalan, Maxatma Gandi hayotini Hindistonni Britaniya mustamlakasidan
qurolsiz, janglarsiz ozod qilishga bag‘ishlagan. Shu g‘oya uchun hatto qurbon
bo‘lgan, lekin uning ta’siri ostida butun bir davlat taqdiri o‘zgargan! Kimdir irqlar
tengligi, qullik bekor qilinishi, barcha odamlar teng huquqliligiga erishish uchun
kurashga hayotini bag‘ishlagan. Ularning sa’y-harakatlari tufayli bizning
dunyoimiz hozir ko‘rib turganimizdek manzara kasb etdi.

Biz badavlat, amaldor, mashhur shaxs bo‘lishimiz mumkin, bu imtiyozlarni
o‘z huzur-halovatimiz uchun sarflashimiz yoki insoniyat manfaati, muhtojlar
ehtiyoji yo‘lida ehson qilishimiz mumkin. Boshqalar uchun mulkini sarflash
qurbonlikka moyil qalbga ega bo‘lishni talab qiladi, shu bois buyuk ishlarga, eng
avvalo, ulug‘vor qalb sohiblarigina qodir sanaladi! Boshqalar ularga taqlid qilishi
mumkin, xolos!

Xo‘p, hamma ham muvaffaqiyatlar ichida yashashi, buyuklik sari intilishi
mumkinmi? Ha, chunki Xudo adolat va muruvvat Egasidir, U harakat qilgan har
bir bandasiga baraka beradi! Bu kitobda avvalo muvaffaqiyatga esh inson
bo‘lishga yordam beradigan qonuniyatlar, so‘ngra buyuklik sari yo‘naltiradigan
omillar haqida suhbatlashamiz! Kitob so‘nggidagi ilovada shu sohalarda
dunyodagi tadqiqot xulosalari bilan o‘rtoqlashamiz.

Bu kitobni shunchaki o‘qib chiqmang, balki qog‘oz qalam olib, asosiy
fikrlarni qayd etib, mulohaza yuritib, xulosa chiqarib o‘qing, toki qabul
qilinayotgan ma’lumotlar “hazm bo‘lsin”. Agar bu g‘oyalarni o‘zingizga
singdirsangiz, ularga amal qila boshlasangiz hayotingiz o‘zgaradi, aks holda,
boshingizga umumiy bilimlar yig‘indisi to‘planadi, xolos. Shaxsan o‘zim doimo
yangi kitoblarni shunday o‘rganishga harakat qilaman, chunki tanaga hazm
qilingan ovqatdan foyda bo‘lganidek, ongimizga ham singgan yo‘l-yo‘riqlar,
ko‘rsatmalar, nasihatlar foyda keltiradi.

Muallif

4

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova

ZAMONDOSH YOSHLAR HOLATI

Bu bobda to‘rt toifa yoshlarni ko‘zdan kechiramiz. Mutolaa jarayonida siz
qaysi toifaga kirasiz, yoki yaqinsiz, shu haqida tahlil qilib o‘qishga harakat qiling.
Agar yoshlar holati mavzusi sizni qiziqtirmasa, to‘g‘ridan to‘g‘ri keyingisiga,
“Barkamol bo‘lishga intilish” bobiga o‘tib, muvaffaqiyatli hayot va buyuklik sari
olib boradigan fazilatlarni o‘rganishni boshlashingiz mumkin.

Statistika bo‘yicha davlatimiz aholisining uchdan bir qismi yoshlar ekan.
Men bolalagimda butun dunyoda hayot Sovet Ittifoqidagidek, faqat
qashshoqlar eziladigan ba’zi kapitalistik davlatlar bor, aksariyat joylarda hamma
mendek yashaydi, mendek kelajakka ega deb o‘ylardim. Hozir ham ba’zi yoshlar
cheklangan dunyoqarash bilan shunday fikrlashlari mumkin. Shu uchun
kuzatuvlarim nati jasida bilganlarim bilan bo‘lishmoqchiman. Nima uchun? Turli
yoshlar turli sharoit, imtiyoz, qiziqish va intilish larga ega ekanini ko‘rsatish
uchun. Siz tengqurlaringiz bilan hayot marafonidasiz: eng yaxshi joylarda o‘qish,
ishlash, yashash borasida. Kim hayotga bor imkonini qo‘llab, puxta tayyorlansa,
marra o‘shanikidir.
Hozir eng katta guruhlarni tashkil qiladigan atrofimizdagi to‘rt toifadagi
yoshlar nima bilan mashg‘ulliklarini ko‘rib chiqamiz:
1) Shahar yoshlari, 2) Qishloq yoshlari, 3) Badavlat oila farzandlari, 4)
O‘rtahol oila farzandlari.
Bir necha yil davomida shu to‘rt toifaga mansub o‘nlab yoshlar bilan
suhbatlashib, quyidagilarni aniqladim:

Shahar yoshlari
Shahar o‘z sharoiti va imkoniyatlari bilan ko‘plarni jalb qiladigan joy
hisoblanadi. Lekin shaharda o‘sish va o‘rganishga naqadar ko‘p imkoniyatlar
bo‘lsa, aks taraqqiyot tomon tortadigan salbiy omillar ham yetarli. Til, kasb
o‘rganish maskanlari bilan birga ko‘ngilxushlik qilish maskanlari, kompyuter,
internet, tungi klublar, ko‘ngilochar joylar asosiy vasvasa manbalari hisoblanadi.
Yaqinda qishloqdan bir o‘smir mehmon bo‘lib keldi. Ketayotib, hamrohidan
“Ko‘ngilxushlik qilish uchun qizlarni qayerda ovlasa bo‘ladi?” deb so‘ragani
hayron qoldirdi.
Ko‘ngilxushlik maskanlaridan faqat zarar bo‘lsa, kompyuter, internet o‘z-
o‘zicha yomon narsa emas. Bu pichoqdek: u bilan non ham kesish mumkin, odam
o‘ldirish ham mumkin. Gap har bir vositani qanday odam qanday maqsadda
qo‘llashidadir! Masalan, men internetdan axborot, ilmiy va adabiy ma’lumotlar
olish, do‘stlar bilan va ish yuzasidan aloqada bo‘lish uchun foydalanaman. Ko‘plab
yoshlar shu bilan birga til o‘rganish, qiziqqan kasblari borasida ma’lumotlar olib
turish, ijod namunalarini ommaga taqdim qilish, savdo, buxgalteriya va boshqa
masalalar yuzasidan ishlatishadi.

Shahar yoshlari asosan uch toifaga bo‘linadi:
1) Til, kasb-hunar o‘rganib, o‘qish, ijod yo sportga qiziqib kelajaklariga
poydevor qo‘yish payida yurganlar.

5

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova
2) Shunchaki kun o‘tkazayotganlar.

3) Kompyuter o‘yinlariga yo boshqa ko‘ngilochar narsalarga berilganlar.

Bulardan faqat o‘z hayotini boshqarish, rejalashtirish kabi muvaffaqiyatli

hayot omillaridan xabardordirlar.

Shaharning ikkinchi guruh vakillari hech narsaga tayyorlanmayotganlari

uchun imkon kelganida tayyor bo‘lmay, o‘rtamiyona hayotga mahkum bo‘lishlari

mumkin. Buning oldini olish uchun nima qilish kerak? Har bir yosh til, kompyuter,

kasb, o‘z hayotini boshqarish va rejalashtirish sirlari, eng ilg‘or davlatlarda yoshlar

o‘rganayotgan so‘nggi ixtirolar darajasida o‘z yo‘nalishlaridagi hamma narsalarni

o‘rganishlari lozim.

Shaharning uchinchi guruh vakillari qiziqadigan narsa kompyuter o‘yinlari

tobelikni keltirib chiqarishi qayd qilingan. Yurtimizda bu allaqachon ba’zi

yoshlarning muvaffaqiyatli kelajagiga chang solmoqda. Agar tushuntirish ishlari

olib borilmasa, kelajakda bu guruh foizi yanada oshishi qayd qilinmoqda, chunki

kompyuter, internet kundan kunga ommabop bo‘lib bormoqda, bu esa o‘z

navbatida o‘z baxtli kelajagi uchun harakat qilmaydigan, jamiyatga ham foyda

keltirmaydigan fuqarolar ko‘payishi xavfini keltirib chiqarmoqda. Xorijda bu

muammo shu qadar ommalashganki, davlatlar o‘yinga tobelikni davolash va

profilaktika qilish uchun dasturlar ishlab chiqmoqdalar. Statistika bo‘yicha Janubiy

Koreyaning internet iste’molchilaridan ikki million nafari, Xitoyda 13% i

o‘yinlarga tobedirlar. Davolash va profilaktika choralari o‘sib kelayotgan

yoshlarning hayot tarzini yaxshilashga qaratilgandir.

Keling, bu omilning zararidan kelib chiqqan holda bu mavzuga ozroq

to‘xtalib o‘tamiz. Kompyuter o‘yinlariga tobelikdan hatto o‘lim holati qayd

qilingan. Masalan, Xitoylik qizaloq Snouli bir necha sutka to‘xtamay World of

warc raft o‘yinini o‘ynab 2005 yil oktabr oyida sillasi qurib olamdan o‘tgan.

Kompyuter o‘yinlariga tobelikni keltirib chiqaradigan omillardan asosiylari:

shakllanmagan va barqaror bo‘lmagan psixika, o‘zini boshqarish ko‘nikmalarining

yo‘qligi, o‘z hayotidan qoniqmaslik, hayotiy ehtiyojlarning qondirilmaganligi,

g‘alaba uchun va’da qilingan mukofotni olganida “dofamin” “lazzat garmoni”ning

organizmda ishlab chiqarilishi, psixikaning buzilishi, ya’ni tushkunlik holatlari va

fobiyalar deb qayd qilinadi. Kompyuter o‘yinlariga tobelikka duchor bo‘lganlarda

o‘yin o‘ynay olmaganida bezovtalik, asabiylik, g‘azab holatlari kuzatiladi; do‘stlar

bilan uchrashish va boshqa qiziqishlar kompyuter o‘yiniga almashtiriladi; salbiy

holatlar: yomon uyqu, o‘qish yo ishga kechikish, ishdan ajralish, o‘yinga ko‘p pul

ketishi, oila a’zolari bilan janjallashish, ajrashish, muhim mas’uliyatlarini

bajarmaslik orqali o‘yin hayotiga zarar keltirayotganini bilsada bemor o‘ynashda

davom etadi.

Duglas Djeyntal degan mutaxassis, Amerika pediatrlari akademiyasi bilan

hamkorlikda kompyuter o‘yinlarining odam sog‘lig‘iga ta’sirini o‘rgandi. 3000

bola nazorat qilindi, ulardan har o‘ninchisida tobelik aniqlandi. “O‘yinga tobe

bo‘lgan bolalarda, tushkunlik, bezovtalik va sotsiofobiya, ya’ni jamiyat orasida

bo‘lishdan cho‘chish darajasi oshar, darslarni o‘zlashtirish esa pasayar edi. Ular

tobelikdan ozod bo‘lganlarida esa bu belgilar normaga tushib qolar edi”, deya

ta’kidladi shifokor.

6

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova
Shunday tobelik keltirib chiqaradigan, kundan kunga ommalashib borayotgan

boshqa narsa bu pornografiyadir. Menga ilk bora bir sinfdoshim 9-sinfda, nemis

tili darsida kiyimsiz ayolning suratini ko‘rsatganida qo‘rqib ketgan edim. 10-sinf

o‘smirlarimizdan to‘rt nafari shunday suratlardan ilhomlanib fohishaxonaga

borgani, u yerdan zaxm orttirgani keyinroq maktabda gap-so‘z bo‘lgan edi. 15-16

yoshli o‘smirlar bunday suratlarni qayerdan olganini hanuz bilmayman. Lekin

hozir internetga kirgandan, internet to‘ri bunday suratlarni so‘ramasingizdan

taqdim qiladi. Unga qaramaslik uchun o‘smirlarga buning zararini bilishga

asoslangan, “men bunga qaramayman”, degan qat’iy qaror va duch kelganda

ko‘zni yumish uchun metin iroda darkor! Aks holda, har ko‘rgani sari yana

ko‘rishni istab tobe bo‘lish ehtimoli yuksak. Statistika bo‘yicha 2005-yilda 63,4

million internet iste’molchi pornosaytlarga tashrif buyurgan. Bu internetdan

foydalanuvchilarning 37, 2% ni tashkil qilgan.

Pornografiyaga tobelikda ham boshqa tobeliklar kabi ko‘rmaganida bezovta

bo‘lish va jahllanish, ko‘rish uchun har narsaga tayyor bo‘lish, moddiy, psixologik

va jismoniy muammolarga duch kelganda ham pornografiyadan kechmaslik,

ijtimoiy hayotdan, ishdan, oromdan pornografiya uchun kechish holatlari qayd

qilinadi. Shifokorlar bu bemorlarga medikamentoz terapiya tavsiya qilishsa,

mutaxassislar oldini olish uchun internet pornografiyaga qiziqmaslik,

kompyuteriga bunday suratlarni o‘tkazmaydigan filtrlar o‘rnatishni tavsiya

qilishadi.

Ba’zi mutaxassislar o‘smir yoshida internetpornografiyaga juda qiziqish

dofamin rag‘batlantirish tizimiga ta’sir qilib bosh miyada organik o‘zgarishlar

keltirib chiqarishini qayd qilmoqdalar. Buning natijasida pornografiyaga jismoniy

tobelik kelib chiqadi, bu esa tushkunlik, jinsiy sezgirlikning pasayishi va

erektsiyaning buzilishi kabi kelajakda jinsiy hayotiga salbiy ta’sir qiluvchi

holatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Qishloq yoshlari
Asosan dala ishlari bilan shug‘ullanadilar, maktablarda ta’lim darajasi past,
boshqa vaqtda umrlarini behuda o‘tkazishadi. O‘z hayotini o‘zi boshqarish,
rejalashtirish kabi muvaffaqiyatli hayot negizlaridan ko‘pchiliklari bexabar.
Aksariyati, agar shaharda yashasam, boshqacha o‘qigan bo‘lar edim, chunki u
yerda o‘qish uchun imkon ko‘proq degan fikrdalar. Agar hayot doirasini
o‘zgartiradigan biror narsa qilinmasa, kelajakda bu yoshlarning ko‘pchiligi shu
hayot doirasidan chiqolmaydi. Har bir qishloqda malakali til, kasb-hunar o‘rganish
markazlari tashkil qilinsa, albatta, bu bolalar burgut qanot bo‘lishlari uchun katta
imkon yaraladi. Bunday sharoit bo‘lmagan vaqtda, har bir yosh shaxsan harakat
qilishi mumkin: Hozirgi kunlarda rus tili, ingliz tili, kompyuter va boshqa
narsalarni telefonda o‘rganish dasturlari mavjud. Masalan, “Bilimdon” nomli ingliz
tilini o‘rganish telefon dasturi, telegrammda IELTS, CEFR_UZ kanallari mavjud.
Maqsadga intiluvchan yoshlar shunday dasturlarni yuklab olib o‘z ustlarida
ishlashlari va imkon qadar shahar yoshlaridan qolishmay bilim olishlari mumkin.

7

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova
Badavlat oila farzandlari

Bir o‘rtog‘im badavlat oilada repetitor bo‘lib ishlar edi. “Uch nafar bolamiz

bor. Hamma ishingizni tashlab shular bilan shug‘ullaning. Biz sizga yaxshigina

maosh to‘laymiz. Ularga uy vazifalarini qilishda yordamlashasiz, qo‘shimcha

mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanasiz” deyishgan o‘sha repetitorga. O‘rtog‘imning

aytishicha, yozgi ta’til davrida ham bolalar shug‘ullanishadi, chunki ota onasi:

“Bola bo‘sh qolsa, yaxshi ish bilan shug‘ullanmasa, yomon ish bilan

shug‘ullanadi”, degan aqida bilan yashashadi. O‘rtog‘im ning yana ta’kidlashicha,

bu bolalar vaqti-vaqti bilan teatr, bazm kabi joylarga tengqurlari bilan vaqt

o‘tkazgani borib turishadi. Tengqurlari ham o‘zlaridek badavlat xonadonlarning

o‘qishga berilgan farzandlari ekan.

Albatta, bu bolalar ulg‘ayganida nafaqat boyning bilimsiz farzandi, balki ham

boy, ham bilimli farzandlar bo‘lishadi va ko‘plab nufuzli oliygohlarning dargohi

ular uchun ochiq bo‘ladi. Oliygohdan so‘ng esa eng yuqori lavozim va

korxonalarda obro‘li xodimlar bo‘lishadi.

O‘rtahol oila farzandlari
Ko‘pchilik ota-onalar o‘zlari o‘qimaganlari uchun bolalarini o‘qishga,
o‘rganishga ruhlantirmaydilar, rag‘batlantirmaydilar, bu uchun sharoit qilib
berishga urinmaydilar. Natijada, o‘qishga, o‘rganishga qiziqmay digan yoshlar
ulg‘ayadi va ular ham o‘z navbatida ota-onalaridek kattalarga aylanishadi. Bu
yoshlar ham telefon dasturlari kabi usullardan foydalangan holda o‘z ustlarida
ishlasalar, odatiy doiradan chiqib muvaffaqiyatliroq kelajak qurish imkoniga
egadirlar.
Masalan, Umidaning ota-onasi ajrashgan, onasi bolalarini bozorda savdo qilib
boqishga harakat qilar, qo‘l uchida kun ko‘rishsada bolalarning o‘qishiga ham
mablag‘ ajratardi. Qizlar esa yuk tashishga yordam berar edilar. Shu bilan birga
Umida rus maktabida yaxshi o‘qishga harakat qilar, qo‘shimcha ravishda ingliz tili,
matematikani o‘rganar edi. Maktabni tugatib, Rossiya tashqi iqtisodiyot oliygohiga
hujjat topshirib, imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tdi va talaba bo‘lish baxtiga
muyassar bo‘ldi.
Xo‘sh, ko‘rib chiqqanimizdek, ko‘pchilik yoshlar hozir nima bilan mashg‘ul?
Bolaning bugun nima bilan shug‘ullanayotganiga qarab, ertaga hayotda kim
bo‘lishini payqash mumkin.
Shuning uchun keling, muvaffaqiyatli hayot kechirish uchun odam nimalar
qilishi, o‘zida qanday fazilatlarni shakllantirishi lozim, shular haqida
suhbatlashamiz.

8

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova

OMAD YOKI MEHNAT?

Muvaffaqiyatli hayot ko‘proq omadga emas, balki to‘g‘ri xulq-atvor va
mehnatsevarlikka bog‘liqdir. Odam o‘z ustida ishlamasa, omad kelishi mumkin,
lekin qanday oson kelgan bo‘lsa, shunday oson ketadi. Mashhurlar hayotidan bir
yorqin misol: Mayk Taysen 19 yoshida boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida WBC
yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionligi kamarini qo‘lga kiritdi. 21 yoshida u 3
yo‘nalish bo‘yicha: WBC, IBF, WBO kamarlarini qo‘lga kiritib, mutlaq jahon
chempioniga aylandi. Ammo uch yildan so‘ng chempionlik unvonini yo‘qotdi,
chunki mashqlarga oldingidek jiddiy qaramay qo‘ydi, kamchiligini aytib turadigan
murabbiylar guruhini quvib yubordi, ko‘ngilxushlik qilib yashay boshladi.
Yoshligida qashshoq bo‘lgan bu yigit, 19 yoshidan 24 yoshigacha boks orqali
500.000.000 (besh yuz million) AQSh dollari ishlab topdi. Lekin 38-40 yoshiga
kelib bankrot bo‘ldi. Chunki bor pulini fohishalarga, turli markalardagi ko‘plab
qimmat baho mashinalar olishga, ziyofatlarga va shunga o‘xshash narsalarga
sarfladi.

Atrofimizni kuzatib ham bunga misollarni ko‘rish mumkin. Masalan, tibbiyot
oliygohi ko‘plar orzu qilib o‘tadigan dargoh. Men ham shu sohada ta’lim
olganman. Uch nafar kursdoshimiz dars qoldirib yurgani tufayli o‘qishdan
haydalib ketdi; bir necha tanishim turmush o‘rtog‘ini qadrlamagani uchun oilasini
yo‘qotdi; ba’zilar lotereyada yutuqqa erishdi, lekin mablag‘ni to‘g‘ri sarflashni
bilmaganlari bois pulni qancha tez qo‘lga kiritishgan bo‘lsa shuncha tez
yo‘qotishdi, umuman, bu borada misollar istalganicha topiladi.

Ko‘plar omadni kutib yashashadi, lekin omad o‘z oldiga maqsad qo‘yib unga
yetishish uchun harakat qilganlarga ko‘proq keladi va ular bilan qoladi, ya’ni
“sendan harakat, mendan barakat!” Boshqacha ta’riflasak, nima eksang, shuni o‘rib
olasan!

9

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova

MUVAFFAQIYATLI HAYOT QONUNIYATLARI

1.BARKAMOL INSON BO‘LISHGA INTILISH

Muvaffaqiyatli bo‘lishni va buyuk inson bo‘lishni istagan odam avvalo
barkamol inson bo‘lishga intilishi lozim.

Kim u barkamol inson? Barkamol inson ruhiyati, ya’ni ma’naviyati, aqli va
jismini uyg‘un tarzda takomillashtiradigan odamdir. U ruhiy, ma’naviy kitoblar
o‘qib, qo‘llab o‘z ma’naviy dunyosini boyitadi; aqliy, kasbiga xos kitoblar o‘qib
ongli shaxs, mutaxassis sifatida rivojlanadi; sog‘lom hayot tarzi yuritish, yomon
odatlardan o‘zini asrash vositasida jismoniy sog‘lom, baquvvat bo‘lishga harakat
qiladi.

Ruhiy, ma’naviy barkamollik.
Men ko‘plab muvaffaqiyatli biznesmenlarning tarjimai holi bilan tanishib
chiqqanman. E’tibor berganim, ularning har biri hayotlariga qandaydir qonuniyatni
olib, shu qonuniyatga sodiq yashashgan. Masalan, men hech qachon mijozni
aldamayman, oilamga xiyonat qilmayman kabi. Ma’naviyat ongni oziqlantirishdan
farq qiladi. Ongni turli sohalardagi bilim bilan oziqlantirib, o‘sha sohada
muvaffaqiyatli bo‘lish mumkin. Lekin parallel ravishda odam ruhiyatda,
ma’naviy sohada oziqlanmasa, ma’naviy sohasidagi nuqson ish, biznes
sohasidagi muvaffaqiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, Gitler
siyosiy maydonda muvaffaqiyatli edi, lekin ma’naviy sohada oziqlanmadi,
natijada, ommaviy qirg‘in, xolokost, qotillik bilan shug‘ullana boshladi va mag‘lub
bo‘ldi. Ma’naviy sohadagi mag‘lubiyati aqliy sohadagi muvaffaqiyatini yo‘qqa
chiqardi. Hozir hamma Gitlerni yutqazgan qo‘mondon, sharmandalarcha o‘z joniga
qasd qilgan boshliq sifatida xotirlaydi.
Ruhiy, ma’naviy barkamollik ko‘rsatkichlaridan biri to‘g‘ri, halol bo‘lishdir.
To‘g‘rilik, halollik bizlarni ko‘p illatlardan va bu illatlar ortidagi kasofatlardan
asrab qoladi, nopoklik esa aksincha, xudbinlikka asoslanib ko‘p illatlarga qul qiladi
va kasofatlarga giriftor etadi. “Stimulas.ru” saytidagi “To‘g‘rilik nima?”
maqolasida quyidagicha ta’rif keladi: “To‘g‘ri odamlar o‘zlarini va atrofdagilarni,
qonunni, an’analarni hurmat qiladilar, o‘zlariga va boshqalarga bergan va’dalarini
bajaradilar, boshqalarning foydasi uchun xudbin istaklarini tiyadilar, uyaltiradigan
ishlarni pinhon ham bajarmaydilar”.
To‘g‘rilik nafaqat yagona shaxs, balki butun bir xalqlar, millatlar, davlatlar
rivoji, muvaffaqiyati uchun muhim ahamiyatga egadir. Qo‘shma Shtatlarining Ish
va Maishiy Ittifoqi prezidenti Entoni Xarrigan shunday degan: “Xalqlarning
qulashi yoki yuksalishida to‘g‘rilik doimo asosiy rolni o‘ynagan. Ishonchingiz
komil bo‘lsinki, Amerika bu qoidadan istisno emas. Bizlar boshqalardan aqlliroq
yoki texnik sohada rivojlanganroq bo‘lganimiz uchun davlat sifatida yashab
kelayotgan emasmiz, bizlar umid qilamizki, buning sababi bizning ichki tabiatimiz
sog‘lom ekanidir. Qisqacha aytganda, to‘g‘rilik millatni qulab, yo‘q bo‘lib
ketishiga olib keluvchi ichki va tashqi kuchlarga qarshi yagona himoya
qalqonidir!”

10

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova
Ruhiyat, ma’naviyatning kasb sohasidagi muvaffaqiyatga ta’sirini ta’riflashga

til ojiz. Bu borada statistika yuritilmasligi uchungina ko‘plab inqirozlarning tagida

ko‘pincha axloqsizlik yotishini payqamaymiz.

Bir ayol internet kafe ochdi. Ishi besh ketayotgandi. Shunda mijozlardan biri

bilan ishqiy munosabatlarga kirishdi, yigit unga uylanishni istamas edi. Yigit

haqida o‘ylagani sari ish haqida o‘ylagisi kelmas, ish tartibiga rioya qilmas, ishni

rivojlantirish haqida qayg‘urmas edi. Hatto yonidagi kattaroq xonani arenda egasi

unga taklif qilganida ham olishni istamadi. Natijada boshqa odam olib, internet

kafe ochdi va ilg‘orroq yondashish bilan mijozlarni olib qo‘ydi. Ayol zararga

ishlayotgan internet kafeni yopishga majbur bo‘ldi. Bu millionlab misollardan biri,

xolos...

Yuksak ruhiyatli yoki ma’naviyatli kishi bo‘lish uchun umumbashar

qoidalarni bilish va rioya qilish, ya’ni o‘zgalarga zarar etkazmaslik, shuningdek,

o‘z sohasiga oid qoidalarni bilib hayotga tatbiq etish muhimdir. Yuqori ruhiyatli

yoki ma’naviyatli bo‘lishga intiladigan odamlargina to‘g‘ri, ya’ni halol odamlar

sanaladilar. Chunki bu o‘z-o‘zidan yuzaga chiqmaydigan, balki odam o‘z ustida

ishlab shakllantiradigan fazilatdir.

Odamning ikki dunyosini kuydiradigan illatlar: xudbinlik, ochko‘zlik, hirs,

poraxo‘rlik kabi ko‘zga tashlanadigan yoxud pinhon illatlarga qarshi faqat yuksak

ruhiyat va ma’naviyat bilangina kurashish mumkin. Shu bois ruhiyatda, ma’naviy

sohada o‘sish kundalik hayotimizning bir qismiga aylanishi lozim. Ruhiyati,

ma’naviyati yuqori bo‘lgan odam xudbinlikdan kechib axloq doirasida yashay

oladi. Aks holda, u o‘z manfaatini ko‘zlab, turli illatlarga ochiq bo‘ladi.

Ruhiyat va ma’naviyat shu qadar katta ahamiyatga egaki, keyingi yillarda

ko‘plab ilg‘or kompaniyalar bu sohada o‘z qonuniyatlarini ishlab chiqarmoqdalar

va xalqqa e’lon qilmoqdalar, bu esa ularga ishonchni va mijozlar sonini tobora

oshirmoqda.

Aqliy, kasbiy barkamollik.

“Bor mol-mulking bilan aqlni qo‘lga kirit” degan hikmat bor. Shunga astoydil

amal qilib yashasak ham o‘zimiz baraka topamiz, ham boshqalar uchun baraka

yetkazamiz. Agar odamlar aqliy va kasbiy kamolotga intilmaganlarida shuncha

ixtirolar bo‘lmas edi va hayotimiz kundan kunga ijobiy tomonga o‘zgarmas edi.

Texnika taraqqiyoti, elektronika taraqqiyoti, hayot tarzimiz o‘zgarishi qo‘l

telefonidan samolyotgacha, atraksionlardan osmono‘par binolargacha, bularning

barchasi kimningdir aqliy mehnati hosilidir. Aqliy mehnatni va kasbida

rivojlanishni sevish o‘z sohasida muvaffaqiyatli bo‘lishning ilk omilidir!

Oliygohni bitirgandan so‘ng bir armani kursdoshimni uchratib qoldim. U

bolalar jarrohligi bo‘limi boshlig‘iga turmushga chiqqani, uyda qancha ishi

bo‘lishidan qat’iy nazar turmush o‘rtog‘i har kuni pediatriya sohasida adabiyot

o‘qishini talab qilishi, o‘z sohasida ilg‘or bo‘lish ga ruhlantirishini aytdi. Ularning

ilg‘orligining sirini anglayapsizmi?

Har sohada men uzoq yillar davomida sinab murojaat qiladigan

mutaxassislarning ko‘pchiligi o‘ylab qarasam rus millati vakillari ekan. Nima gap

millatdami? Yo‘q, lekin rus millatida bolalarni, bir-birlarini doimo o‘z ustida

ishlash, bilim, tajriba orttirishga ruhlantirish, buning muhimligini his etish va bu

11

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova

bilan faol shug‘ullanish mavjud. Millatning bunga daxli yo‘qligining bir misoli, biz
talaba bo‘lgan yillarda akusherlik va ginekologiya kafedrasida ishlayotgan
Nig‘matullayevdir. 31 yoshida tibbiyot fanlari doktori darajasiga, professorlik
unvoniga erishgan bu yosh o‘zbek mutaxassisi O‘rta Osiyo bo‘yicha jins
korrektsiyasi sohasida yagona mutaxassis sanalardi.

Hamma vaqt, hamma joyda yaxshi mutaxassislar kerak. Shuning uchun
o‘zimizni ham, boshqalarni ham doimo o‘z ustida ishlab, o‘z sohasidagi
yangiliklardan xabardor bo‘lishga, ularni amaliyotga jalb etishga ruhlantirishimiz
lozim. Shunda bizlar mijozi ko‘p, obro‘li mutaxassislar bo‘lib o‘z sohamizda
muvaffaqiyat qozonamiz.

Jismoniy barkamollik.
Bir jihatdan jismoniy zaiflik, nuqsonlar muvaffaqiyatli bo‘lishimizga
to‘sqinlik qila olmaydi. Buni Nik Vuyjij misolida ko‘rdik. Boshqa jihatdan,
jismoniy barkamollik hayotimiz, faoliyatimiz va kayfiyatimiz sifatiga kuchli
ta’sir qiladi. Shu uchun tanamizni parvarish qilishimiz, asrashimiz,
chiniqtirishimiz muhimdir! Buning uchun badantarbiya, sog‘lom ovqatlanish tarzi,
chiniqish, yomon odatlardan asranish hayotimizning ajralmas qis miga aylanishi
lozim.
Bu sohada Amerika prezidentlaridan biri bo‘lmish Teodor Ruzveltning hayoti
bizga yaxshi namuna bo‘la oladi. U haqida Maksvellning kitobida quyidagilarni
o‘qishimiz mumkin: “U juda kasalmand bola edi. Uni astma qiynar, ko‘zi xira
ko‘rar, o‘ta oriq edi. Ota-onasi bola yashab ketishiga ishonmas edi. Ruzvelt 12
yoshga to‘lganida, otasi unga dedi: “Sening yelkangda boshing bor, lekin sog‘lom
tanang yo‘q. Tanasiz esa bosh hech narsaga erishishga qodir emas. Sen tanangni
mustahkamlashing shart”. Ruzvelt har kuni tanasi va aqlini rivojlantirish va
mustahkamlash bilan shug‘ullana boshladi, u umri davomida shunday yashadi.
Bo‘lg‘uchi prezident girya ko‘tarar, uzoq masofalarga piyoda yurar, konki uchar,
ovga chiqar, eshkak eshar, otda yurar va boks bilan shug‘ullanar edi”.
“Sog‘liq kerakmi, boshidan asra” degan dono fikr bor. Tana ixcham, sog‘lom
bo‘lishi uchun har kuni ma’lum vaqtni faol harakatlarda o‘tkazish lozim. To‘g‘ri
ovqatlanish deganda me’yorida, yetarlicha kaloriyalik ovqatni yeyish, ovqat
ratsionida oqsil, uglevod, yog‘, mineral va vitaminlar balansiga rioya etish,
shirinliklar va xamirli ovqatlarni keragidan ortiq iste’mol qilmasdan, ko‘proq
meva, sabzavot, kefir kabi oson hazm bo‘ladigan, vitamin va minerallarga boy
oziqlar iste’mol qilinishi nazarda tutiladi. “Oldin pulni deb sog‘liqni yo‘qotamiz,
keyin sog‘liq deb pulni sarflaymiz” degan dono fikr ham mavjud. Sog‘liq
yo‘qotilsa hayot darajamiz ham, ish unumimiz ham yo‘qotiladi, shu uchun
sog‘liqni boshidan asragan ma’qul.
Zamondoshlarimizdan misol keltirsak, bir qiz sog‘lom hayot tarzi haqida
kitobni o‘qib qoldi. Bu kitobda yegan ovqatimiz yog‘ bo‘lib yig‘ilmasligi uchun
18.00dan keyin ovqat yemaslik, sport bilan shug‘ullanish kerak deb o‘qiy
boshlaganida: “Men bularni hech qachon qila olmasam kerak” dedi. Chunki u
sportni uncha yoqtirmaydigan, ko‘p non yeydigan, kechasi to‘yib ovqat yeb
yotmasa qoniqish his qilmaydigan qiz edi. U balog‘at yoshida to‘lishgan bo‘lib,

12

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova

qomati uncha yoqmas edi. U: “Xudojon yordam ber” deb boshlab, avvalo, faol
hayot tarzi kechirishdan boshladi, keyin ovqat ratsionini asta-sekin o‘zgartirdi.

Ma’lum vaqtdan so‘ng bu hayot unga yoqib borayotganini his qildi. Sport
bilan shug‘ullanganda tanasi huzur qilar, yengil ovqatlanib yotganida yengillik
tuyar, kunduzi ham ko‘p yemasdan me’yorda ovqat yeb yurar edi. Natija uzoq
kuttirmadi: qomati noziklashib, chiroyli tus oldi, qalbi, yuzi ham yanada
yoshargandek bo‘ldi. U ko‘zga tashlanib qolib, tez orada ko‘nglidagidek kishini
uchratdi, oila qurdi. U yigit ham sog‘lom turmush tarzini yoqtiradigan sportchi edi.
To‘ydan so‘ng qizda ozroq to‘lishish belgilari payqab qolsa, turmush o‘rtog‘i hazil
aralash: “Men uylangan qizim bilan yashashni istayman, menga boshqa xotin
kerak emas, bo‘shashmang, to‘lishmang” deya stadionga borib birga yuguradigan
bo‘ldi. Asosiysi, ularga shu hayot tarzi yoqardi, chunki semirish ko‘plab
kasalliklarga zamin yaratsa, sog‘lom turmush tarzi tanani baquvvat qilib, uzoq va
sifatli hayot garovi bo‘lib xizmat qiladi.

Barkamollik sohasida muvaffaqiyatli bo‘lish qadamlari:
1. Ruhiyatni poklaydigan ma’naviy kitoblar o‘qing va hayotda qo‘llang.
Ma’naviyatga tayangan hayot qoidalarini ishlab chiqing va ularga amal qilib
yashang.
2. Aqliy mehnatni va o‘z kasbingizda malaka oshirishni seving.
O‘rganganlaringizni amalda qo‘llang.
3. Sog‘lom hayot tarzi bilan yashash uchun o‘z dasturingizni tuzing va unga
amal qilib yashang.

13

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova

2. O‘Z HAYOTINI O‘ZI BOSHQARUVCHI BO‘LISH

Muvaffaqiyatli shaxs va buyuk inson bo‘lishni istagan odam o‘z hayotini
o‘zi boshqara olishi lozim.

Bizning madaniyatimizda bola qayerda o‘qiydi, qaysi sohada ishlaydi, kim
bilan oila quradi, buni ko‘pincha ota-ona hal qiladi. Albatta, bunga asos bor, ota-
ona bolaga nis batan tajribali. Lekin quyidagi sabablarga ko‘ra ota-onalar o‘z
farzandlarini o‘z hayotini o‘zi boshqaruvchi qilib tarbi yalashlari, farzandlar esa
shunga intilishlari afzalroqdir:

1) Bola umuman boshqa shaxs. Uning qobiliyati, qiziqishlari umuman
boshqa. U o‘z qobiliyatidan kelib chiqqan holda yo‘lidagi qarshiliklarni yengib
o‘tish, yangi marralarni zabt etish kuchiga ega.

2) Agar bolani mustaqillikka yo‘naltirmasak u boqimanda dunyoqarashi bilan
ulg‘ayadi va o‘zi harakat qilmasdan hamma narsada ota-ona yordamini kutib
yashaydi.

3) Zamon har kuni o‘zgarmoqda, faqat shu zamonning yoshlari o‘z zamonlari
bilan qadam-baqadam yashab muvaffaqiyatli bo‘lishlari mumkin.

Hayotini boshqalar boshqarayotgan odamni shamol yordamida harakat
qilayotgan yelkanli kemaga, hayotini o‘zi boshqarayotgan odamni esa ichida motor
o‘rnatilgan, yoqilg‘i vositasida harakatlanadigan kemaga o‘xshatish mumkin.
Ularning tezligi orasida naqadar katta farq borligini endi o‘zingiz tasavvur qilib
ko‘ring. Masalan, Nodira o‘rtahol oila farzandi edi. Uning onasi o‘z vaqtida
avlodidan birinchi bo‘lib o‘qishga kirgan ayol edi. Bu ayol o‘qituvchilik darajasiga
yetgani uchun farzandlarining kelajagiga faqat shu darajani ko‘ra olar edi. Lekin
Nodira tibbiyot oliygohiga kirishni orzu qildi. Oyisi: “Tuya hammomni orzu
qilibdi”, deya, qizini fikridan qaytarish niyatida qarindoshlar oldida uni mazax
qildi, chunki ona qizin ing kira olmaydigan o‘qishni ko‘zlab sinib qolishini istamas
edi. Lekin hech nima qizni shaxdidan qaytara olmadi.

Nodira poliklinikaga farroshlikka ishga kirib, ish haqidan repetitorga to‘lab
ikki yil tayyorlandi va orzu qilgan oliy gohi talabasiga aylandi. U avlodining
odatiy doirasidan yana bir pog‘ona yuqori ko‘tarildi. Kelajakda sevimli kasbida
jonjahd bilan mehnat qiladigan jonkuyarga aylandi. Agar onasi aytgani bo‘yicha
borganida esa istagan cho‘qqisiga chiqa olmas va umrbod onasi yo‘naltirgan
kasbidan norozi bo‘lib yashagan bo‘lar edi.

Yodda tuting: O‘z hayotini o‘zi boshqarish bu o‘zboshimchalik yoki qaysarlik
emas. O‘zboshimcha odam hamma narsani o‘zi istagandek qiladi, lekin natijasi
uchun javob berishni istamaydi. Qaysar odam esa birov aytgan ishni qilmaydi.
Buning aksi o‘laroq o‘z hayotini o‘zi boshqarishga intilayotgan odam hayotining
har sohasi uchun mas’uliyat olib shu sohalarda shaxsan o‘qib, o‘rganadi, qo‘llaydi;
tajribali, bilimlilar bilan maslahatlashadi, nasihatlarga quloq soladi; maslahatga,
yo‘naltirishga ochiq bo‘ladi. Bilimlari, tajribalilarning maslahatlaridan kelib
chiqqan holda, oxiri natijasi uchun o‘zi mas’ulligini his qilgan holda, qaysi
vaziyatda qanday harakat qilish qarorini shaxsan qabul qiladi va oqibati uchun
keyin boshqalarni ayblamaydi.

14

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova
O‘z hayotining boshqaruvchisi, yetakchisi bo‘lish sohasida muvaffaqiyat

sari qadamlar:

1) O‘ylashni, o‘zingizni anglashni, nimani istaysiz, aniqlashni seving. O‘z

fikringizga, qaroringizga, istagi ngizga ega bo‘lmasdan o‘z yo‘lingizni topa

olmaysiz.

2) Kattalar, tajribalilarning maslahatlariga quloq soling, lekin har ishda

qarorni o‘zingiz qabul qiling, chun ki bu qaror uchun oxir oqibat siz o‘z hayotingiz

bilan javob berasiz.

3) Oldin kichik narsalarda o‘zingiz qaror qilishni boshlang, keyin katta

narsalarda ham tabiiy ravishda o‘zingiz qaror qila boshlaysiz.

4) Men kim bo‘lmoqchiman? Bu uchun qaysi fanlarni o‘rganishim kerak?

Kimlar bilan do‘stlashishim ma’qul?

Nimalar qilishim zarur? kabi savollarni o‘zingizga bering va o‘z darajangizda

o‘z hayotingiz uchun qaror qilish, o‘zini o‘zi boshqarish borasida mas’uliyat

olishni boshlang.

Shunday harakat qilganingizda sodir bo‘lgan o‘zgarishlar haqida menga yozib

yuborishingiz mumkin.

15

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova

3. O‘ZINI ANGLASH

Muvaffaqiyatli shaxs va buyuk inson bo‘lishni istagan odam o‘zining
kimligini anglashi lozim.

O‘zini anglash shaxsning o‘zini kuzatish, kechinmalarini tahlil etish
jarayonidir, bunda odam o‘zining psixologik va jismoniy imkoniyatlarini
o‘rganadi. O‘zini anglash jarayonida odam o‘zini obyektiv baholay olishi, o‘zining
kuchli va zaif jihatlarini bilishi, o‘ziga xos fazilatlar va iqtidorlarni kashf etib, o‘z
ustida ishlab muvaffaqiyatli bo‘lishiga yordam beradi. Yuza darajadagi narsalarni
shunchaki kuzatuv orqali bilish mumkin bo‘lsa, masalan, nima ovqatni yoqtiraman,
nimani yoqtirmayman, ichki dunyoga doir narsalarni, masalan, qanaqa odamlar yo
qadi: jiddiymi, xushchaqchaqmi; qanaqa kasblar yoqadi: aqliymi, ijodiymi,
jismoniymi payqash uchun o‘ylash, hissiyotlarini nazorat qilish kerak bo‘ladi.
Avvalo odam o‘zini atrofdagilar ta’sirida anglaydi. Masalan, sen chiroyli, sen
xunuk, sen jizzaki, sen vazmin va hokazo. Keyinchalik, odamning o‘z
qadriyatlaridan kelib chiqqan holda o‘zi haqida o‘z fikri shakllana boshlaydi.

Odamning o‘zi haqida fikri naqadar obyektiv bo‘lishi u to‘g‘ri
ko‘rsatkichlarga asoslanishiga bog‘liq, aks holda, odamda norasolik hissi paydo
bo‘lishi mumkin. Yomon ko‘rsatkichlarga asoslanadiganlar o‘zlari haqida yomon
fikrda bo‘ladilar, yaxshi jihatlarini ham salbiy ko‘radilar. Masalan, odam
chapaqay, unga bolaligidan “chapaqayning hamma ishi chappa ketadi” deb o‘ng
qo‘lda ishlashga majbur qilingan, u o‘zi haqida shaxsiy fikri shakllanadigan davrda
unga obyektiv baho beradigan ko‘rsatkichlarni o‘rganmasa o‘zini noraso, normal
emas deb anglaydi. Boshqa chapaqay odam esa o‘naqaylarning chap yarim shari,
chapaqaylarning esa ikkala miya yarimsharlari ijodiy jarayonda faol ishtirok etishi
haqida o‘qib, o‘zini ikki barobar muvaffaqiyatli bo‘lish imkoniga ega deb anglaydi
va shunga yarasha harakat qiladi hamda muvaffaqiyat qozonadi. Yetishib chiqqan
Dunyoga mashhur chapaqaylar orasidan qo‘mondonlar, qo‘shiqchilar, yozuvchilar,
sportchilar va boshqalar Masalan, Makedonskiy, J.Dark, L. Davinchi va boshqalar.
Makedonskiyning, chapaqay bo‘lgan, shuningdek, unda chapaqaylardan iborat
qo‘shin bo‘lgan, bu qo‘shin otryadlaridagi jangchilarni hech kim yenga olmagan.
Shuningdek, chapaqay ko‘plab sportchilar mavjud, ularning raqiblaridan ustun
jihatlari aynan ikki qo‘llarini birdek ishlata olishlaridir. Futbolchi Maradona sport
karerasi davomida 353 gol urib, undan 3 tasini o‘ng oyog‘i bilan urgan ekan. Chap
oyoq bilan urilgan to‘pni qaytar ish qiyinligi tufayli to‘plar marraga yetgan ekan.
Statistika bo‘yicha dunyoning 15 foiz aholisi chapaqay hisoblanib, hatto ularga
bag‘ishlangan kun bor: 13 avgust – dunyo bo‘yicha chapaqaylar kuni sifatida
nishonlanadi.

Har bir inson shaxsiy xususiyatlar, qobiliyatlar, istaklar majmuiga ega.
Shuning uchun har kimga har xil narsa yoqadi. Qaysi sohada o‘qishi, ishlashi,
qanday kishi bilan oila qurishi yoki do‘stlashishi uchun odam o‘zini o‘zi anglashi
lozim, shunda bu sohalarda tanlov qilish oson bo‘ladi. Masalan, oshxonaga
borishingiz mumkin. “Nima ovqat yeysiz?” deb so‘rashganida, nima yeyishni
istashin gizni o‘ylab ko‘rib, tanlab aytsangiz, olib kelingan ovqatni lazzatlanib

16

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova

yeyishingiz mumkin. Ba’zan sherigingizga: “O‘zingiz bilasiz” deyishingiz
mumkin, shunda u buyurgan ovqat yoqmasligi mumkin.

O‘zimizni anglash to‘g‘ri tanlov qilish imkonini beradi. Tanlov ham
mas’uliyat. Ba’zilar hayotida o‘zi tanlov qilmaydi, keyin boshqalarni ayblab
yuradi. “Siz kiritib qo‘ygan o‘qish, siz topib bergan qiz yoki yigit, siz kiritib
qo‘ygan ish...” Oilalardagi ko‘plab cheksiz janjallarda shu jumlalar ko‘p uchraydi.

Har bir odam kamida ikki sohada o‘zini anglagan holda tanlovni o‘zi qilishi
lozim:

Kasb tanlash sohasida:
Otaonasi istagan kasbni egallashga, obro‘li tuyulgan kasbni egallashga
harakat qilish noto‘g‘ridir, chunki iqtidori bo‘lmasa bu bilan astoydil
shug‘ullanmaydi; shuningdek, qo‘li yetgan kasbga intilish ham noto‘g‘ridir, bunda
bir pog‘ona ko‘tarilishi mumkin bo‘lgan kasblarga harakat qilmaydi.
Televizor muzlatgich, muzlatgich televizor bo‘la olmaydi. Har bir odam
ma’lum qobiliyatlar yig‘indisi yoki kurtagi bilan tug‘ilgan. Odam ulg‘ayish
yoshida qiziqayotgan ishlarni qilib ko‘rish orqali nimaga qobiliyati, qiziqishi
borligini aniqlashi, shu sohada o‘qib yoki hunar o‘rganib hayotda o‘z o‘rnini
topishi lozim.
Oila qurish sohasida:
Sizga qanday xarakterli, qanday tashqi ko‘rinishga ega odam yoqadi, shu
haqida o‘ylab ko‘ring va shunday odamni qidiring. Maqsad shunchaki oila qurish
bo‘lganida, odatda yoshlar shoshib oila qurishadi, keyin esa yoqmagan
xususiyatlar uchun bir-birlarini azoblab yashashadi. Bir kuni oldimga psixologik
maslahatga bir qiz keldi. O‘rta bo‘yli, to‘lachadan kelgan, o‘rtacha husnli bu
qizning bo‘yni biroz qiyshiq edi. U eri e’tiborsizligi, doim uydan haydashi, istamay
yashayotgani haqida aytdi. Shunda men: “Sababini bilasizmi? Jismoniy
nuqsoningiz uchun emasmi?” dedim. U qiz esa: “To‘ydan oldin bir marta
uchrashgan edik, ko‘rgan edilar” dedi. Doimgidek manzara. Yigitning uylanish
vaqti. Qiz izlashga vaqt, hafsala yo‘q. Yangalar uchrashtirib qo‘yishadi, hissiyot
og‘ushida bir ko‘rdi, ko‘rmadi, yigit uylanishga rozi bo‘ladi. To‘y bo‘lib o‘tadi,
kunlar, haftalar, bir oy o‘tadi. Keyin xotiniga diqqat bilan qarab, uni boshqalar
bilan solishtirib jerkiy boshlaydi. Aslida esa, oila qurishga ma’lum yoshdaligimiz,
kimdir qistashi emas, balki ko‘nglimizdagi insonni uchratganimiz, u bilan
hayotimiz lazzatliroq bo‘lishiga ishonchimiz komilligi sabab bo‘lishi lozim. Bu
uchun shunday insonni izlashimiz lozim. Bir kitobda: “Qanday odam bilan oila
qurishni istasangiz shunday odamlar to‘planadigan joyga boring” deb o‘qigan
edim. Men shu maslahatga amal qilib, ingliz tili to‘garagiga borganman. Haqiqatan
chet tili atrofida turmush o‘rtog‘im bilan uchrashib, oila qurganmiz. Qo‘shimcha
qilib aytar edimki, qanday odam bilan oila qurishni istasangiz, o‘zingiz shunday
bo‘lishga harakat qiling, chunki o‘xshashlik odamni o‘ziga tortadi. Albatta, odam
oldin o‘qib, ishlab, hayotda o‘z o‘rnini topganidan so‘ng oila qurishga harakat
qilsa kasb, karyera borasida muvaffaqiyatliroq bo‘ladi. Chunki mustahkam daraxt
har qanday bosimni ko‘taradi, nozik nihol esa salga bukchayib, hatto sinib qolishi
mumkin.

17

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova
O‘zini anglash jarayonida odam o‘zini baholay di. O‘zo‘zini baholash odam

o‘ziga, imkoniyatlariga, fazilatlariga va boshqa odamlar orasidagi o‘rniga baho

berishidir. Odamning atrof-muhit bilan munosabati, uning o‘ziga tanqidiyligi,

talabchanligi, muvaffaqiyatlar va omadsizliklarga munosabati o‘zining qanday

baholashiga bog‘liq. Shu bilan o‘zini baholash odamning faoliyati mahsuldorligiga

va uning shaxsi keyingi rivojiga ta’sir qiladi.

Odam nafaqat shaxsiy fazilatlari borasida, shu ningdek, odamlar bilan

munosabat sohasida ham o‘zini anglashi muhimdir. Chunki odamlar bilan

ishlashga bog‘liq sohalarda odamning xushmuomalaligi, hamma bilan munosabat

qura olishi, stresslarga chidamliligi ham ahamiyatga ega bo‘lib, bunday

fazilatlardan aksariyati atayin o‘zida shakllantirilishi lozim bo‘ladi. “Hech kim

yolg‘izlikda o‘ziga past baho berishi mumkin emas. Shun ingdek, hech kim

bunday holatni yolg‘izlikda to‘g‘irlay olmaydi”. Shuning uchun bu sohada

muvaffaqiyatli bo‘lish uchun odamlar orasida bo‘lish lozim.

Kitob so‘nggidagi ilovada, o‘zini anglash borasida test va o‘z bahosini

oshirish borasida maslahatlar berilgan.

Har bir odamning xususiy ehtiyojlari bilan birgalikda hamma odamlarga xos

bo‘lgan umumiy ehtiyoji ham bordir. Ularni bilish va qondirish chalg‘imasdan

asosiy narsalarga o‘zimizni butkul bag‘ishlash va muvaffaqiyatli bo‘lish imkonini

beradi. Chunki “Och qoringa karnay sadosi yoqmaydi” deyilganidek, ijod xotirjam

qalbda gurkirab turadi. Buning uchun odamning hayotiy ehtiyojlari qondirilgan

bo‘lishi lozim. Bu sohani yaxshiroq tushunish uchun kitob so‘nggidagi Maslouning

ehtiyojlar piramidasiga nazar tashlashingiz mumkin.

O‘zni anglash borasida muvaffaqiyat sari qadamlar:

1) Ma’naviy jihatdan, aqliy jihatdan, jismoniy jihatdan kimsiz, nimalarga

egasiz, qanday kuchli va zaif jihatlaringiz bor, shular haqida mulohaza yuriting.

Xulosalaringizni daftarga qayd etib boring.

2) Zaif jihatlaringiz ustidan ishlang, kuchlilarini yanada kuchliroq qiling.

18

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova

4. O‘Z DUNYOQARASHI USTIDA ISHLASH

Muvaffaqiyatli shaxs va buyuk inson bo‘lishni istagan odam o‘z
dunyoqarashi ustida ishlashi lozim.

Dunyoqarash bu odamning dunyo haqidagi, dun yodagi o‘z o‘rni haqidagi
tasavvuri, dunyoga va o‘ziga munosabatiga asoslangan hayotiy pozitsiyasidir.
Dunyoqarash hayotiy falsafaga, afsonalarga yoki diniy tushunchalarga asoslangan
bo‘lishi mumkin, boshqacha qilib aytganda, har bir fikr va xatti-harakatning ortida
qandaydir falsafaga asoslangan dunyoqarash yotadi. Har birimizning
atrofimizdagilar ta’sirida shakllangan dunyo qarashimiz bor. Bu pushti ko‘zoynak
taqsak dunyo pushti, havorang taqsak havorang ko‘rinishida bo‘lishiga o‘xshash
gapdir. Har birimiz har narsaga o‘z dunyoqarashimizdan kelib chiqqan holda
individual baho beramiz. Dunyoqarash inson hayotiga kuchli ta’sir qiladi, hatto
uning hayotini yo‘naltiradi, kelajagini belgilaydi, desa ham bo‘ladi. “O‘qish bizlar
uchun emas” degan dunyoqarash bilan o‘ttiz nafar sinfdoshlarim orasidan faqat
boshqacha o‘ylagan to‘rtbeshtasigina o‘qishga kirdi, xolos. O‘qishga
kiruvchilarning ham o‘z qarichi, ya’ni chegara darajasi bor edi, masalan, kimdir
faqat texnikumga kira olaman deb o‘ylardi, kimdir oliygohdan faqat o‘qituvchilik
sohasiga va hokazo. Agar biz: “Men uzoqroq, balandroq ucha olaman, chunki tom,
devorning ustiga quriladi; devor poydevorning ustiga quriladi va balandroq
bo‘ladi” degan dunyo qarashga ega bo‘lsak, ota-onamiz yetgan darajadan olg‘a
ketamiz, aks holda, shu darajada qolib ketaveramiz. Sport sohasida yangiyangi
rekordlar qo‘yilishining sababi ham shunda. Sportchilar: “Shu darajaga yeta olsam,
bas” deb emas, balki: “Kimdir shu darajaga yeta oldimi, harakat qilsam men ham
yeta olaman, o‘zimni chiniqtirib, yanada yaxshiroq natijaga erishaman!” deb
harakat qilishadi.

Ichimizda orzu degan bir kuch borki qalbimizni jun bushga keltiradi, ma’lum
o‘lchovni bosib o‘tib kattaroq natijaga erishishni istaydi. Agar bu harakatga
aylansa o‘zimiz kutmagan cho‘qqilarga chiqarib qo‘yadi. Masalan, Zohid shunday
orzu sohiblaridan edi. U jiddiy tayyorlanib, o‘z kuchi bilan diplomatiya oliygohiga
o‘qishga kirdi, ingliz tili, rus tili, kompyuterda ishlash sirlarini o‘rganib, ularni
hayotda tatbiq etib yashay boshladi. Mazkur oliygohda ta’lim olish unga yangi
imkoniyatlar va eshiklarni ochdi, u bir dunyo orzu va maqsadlariga erishib
boshqacha kela jakka qadam bosdi!

DUNYOQARASH TURLARI:
Dunyoqarash optimistik yo pessimistik bo‘lishi mumkin. Optimizm

(lot.optimus “eng zo‘r”) – bu hayotga ijobiy nazar tashlash, porloq kelajakka
ishonish. Optimistlar dunyo ajoyib, odam o‘zining ko‘plab orzularini amalga
oshirishi va ko‘plab maqsadlarga erishishi mumkin, qariyb har bir vaziyatdan
chiqish yo‘li bor, hammasi yaxshi bo‘ladi, hamma odamlar umuman olganda
yaxshilar deb hisoblaydilar.

Pessimizm (nem.Pessimismus lot.pessimus “eng yomon”) – hayotga salbiy
nazar tashlashdir.

19

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova
Optimistlar va pessimistlar bir narsaga qarab uni ikki xil ko‘radilar. Masalan

ichiga yarmigacha suv solingan stakanni ko‘rsatsangiz, optimistlar: “Stakan

yarmigacha suvga to‘la” deyishadi, pessimistlar esa: “Yarmigacha bo‘sh

deyishadi”. Albatta, pessimistik dunyoqarash bilan ko‘p narsaga erishib bo‘lmaydi,

chunki odam ko‘p ishlarni qilishga harakat ham qilmaydi.

Odam bilan bir bora astoydil suhbat qurib, uning optimist yoki pessimistligini

bilish mumkin. Muammo shundaki, odam naqadar salbiy fikrlamasin dunyo u

ko‘rayotganidek salbiy bo‘lmaydi, bu salbiylik uning ongida bo‘ladi va uni

baxtdan, faol harakatdan, muvaffaqiyatdan cheklab, omadsizlik botqog‘iga

botiradi.

Muvaffaqiyatsiz hayotga giriftor qiladigan yana bir dunyoqarash:

Boqimandalik dunyoqarashi

Ba’zilar boqimandalik dunyoqarashiga ega. Bunday odamlar hayotlari

o‘zgarishi uchun boshqalardan biror narsa umid qiladilar va

muvaffaqiyatsizliklariga boshqalarni ayblab yuradilar. “Amaki, tog‘alarim boy, pul

o‘ynaydi, lekin qarashmaydi”. “Birov yordam berganida edi, men ko‘tarilib ketgan

bo‘lar edim”. Tushuning, siz dunyoga o‘z rizqingiz bilan kelgansiz, boshqalar

boymi, qashshoqmi, sizdan biror narsa qarzdor emas, qo‘l-oyog‘ingiz butunmi,

o‘zingiz uchun o‘zingiz harakat qiling. “Qo‘ldan boqqanga qush to‘ymas” deb

behuda aytilmagan. Atrofimizdagilar vaqti-vaqti bilan yordam berishi mumkin,

lekin to‘kis hayot uchun o‘zimiz harakat qilishimiz lozim.

Pessimistik dunyoqarashga ega bo‘lganlar uchun ham, boqimandalik

dunyoqarashiga ega bo‘lganlar uchun ham umid bor. Ilmda “Paradigmani

o‘zgartirish” (ingl.paradigm shift) – paradigma ilmfan, shiftko‘chirish, o‘zgartirish

degan atama mavjud. Bu dunyoqarashni o‘zgartirish degan ma’noni bildiradi. Har

bir odam o‘z dunyoqarashi ustida ishlashi, uni muvaffaqiyatdan to‘sib turgan

fikrlar ni o‘zgartirish va boshqacha harakat qilish orqali hayotini o‘zgartirishi

mumkin. Shuning uchun men har bir yoshga hayotlarini: “Intilganga tole yor”,

“Sendan harakat, mendan barakat”, maqollari zaminida qurishlarini maslahat

bergan bo‘lar edim.

Masalan, Avstraliyalik bir yigit konchi bo‘lib ishlar edi, u to‘liq ma’lumotsiz

edi. U dunyo odamlarini ikki qutbda ko‘rar edi: boylar, kambag‘allar. O‘zini

umrbod kondakon chilik qilib, tirikchilik uchun ishlaydigan kishi deb bilardi. Bir

kuni ularning shahriga bir voiz xushxabar bilan keladi. Uning ma’ruzasidan:

“Xudo hammani teng qilib yaratgan”, degan haqiqat uning qalbiga shunday ta’sir

qiladiki, uning dunyoqarashi o‘zgaradi. “Hammani Xudo teng yaratgan, teng

iqtidor, teng imkoniyat... Demak, men ham harakat qilsam muvaffaqiyatli bo‘la

olaman!” Shunda o‘qiy olishiga, biznes bilan shug‘ullanishiga unda ishonch paydo

bo‘ladi. U oldida maqsad qo‘yib, harflarni o‘rgana boshlaydi va biznes bilan

shug‘ullana boshlaydi. Boshida bir necha marta bonkrot bo‘ladi, lekin harakatda

davom etadi. Natijada, u dunyoning eng boy kishilaridan biriga aylanadi. Uning

ismi Piter Deniels.

Dunyoqarashni o‘zgartirish sohasida muvaffaqiyat sari qadamlar:

1. Dunyoqarashingizni, ayniqsa, kasb sohasida dunyo qarashingizni tahlil

qiling.

20

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova
2. Dunyoqarashingiz naqadar haqiqatga asoslanganligi, ijobiy ekanini imtihon

qiling.

3. Sizni cheklaydigan, salbiy dunyoqarashdan voz keching, o‘z sohangizda

muvaffaqiyatli odamlarning kitoblarini o‘qib ijobiy dunyoqarashni qabul qiling.

21

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova

5. O‘ZI BILAN VA DUNYO BILAN UYG‘UNLIKDA YASHASH

Muvaffaqiyatli shaxs va buyuk inson bo‘lishni istagan odam o‘zi bilan va
dunyo bilan uyg‘unlikda yashashni o‘rganishi lozim.

Psixologlarning xulosalariga ko‘ra, baxtli bo‘lishning muhim omillaridan biri
insonning o‘zi bilan va dunyo bilan uyg‘un yashashi, buning hosili sifatida qalbida
tinchlik bo‘lishidir. Agar odamning qalbida tinchlik bo‘lmasa, atrofidagi odamlar
bilan munosabatida ham tinchlik bo‘lmaydi. Odam, avvalo, o‘zi bilan, keyin dunyo
bilan tinchlikda yashashni o‘rganishi lozim, shunda qalbi uyg‘unlikdan orom
topadi va u sog‘lom, baxtli bo‘ladi.

Men bir ayolni bilaman. Ham o‘zini, ham boshqalarni yomon ko‘rib,
yomonlab o‘tiradi, shunday suhbatlashib o‘tirib, gaplaridan bedor chog‘ida doimo
shu odamlar bilan qalbida janjallashib o‘tirishini bilib olishingiz mumkin. Nima
uchun? Chunki qalbida tinchlik yo‘q. Yillar davomida shunday yashayotgani
uchun bu sog‘lig‘iga ta’sir qilib bo‘lgan, sog‘ a’zo yo‘q, shifokorlar: “Yomon
narsalarni o‘ylamang, gapirmang, sizda kasallik psixosomatik, ya’ni asabingiz
tarangligi tufayli turli a’zolar kasallanyapti” deyishlariga qaramay odatini
o‘zgartira olmaydi. Bor kuch, pul kasallik, dorilarga ketib, hayot sifatini yaxshilay
olmayapti. Bu ahvolga tushmaslik uchun bizlar kamida to‘rt yo‘nalishda tinchlik
o‘rnatishni va uyg‘un yashashni o‘rganishimiz lozim:

1) Xudo bilan va vijdon bilan uyg‘unlikda yashash. Ba’zilar gunoh ishlarni
qilishadi, masalan, pora olishadi, zino, o‘g‘irlik qilishadi, aldashadi, albatta, buni
biror kun vijdonlari fosh etadi, ular esa vijdon azobini o‘chirishga harakat
qilishadi. Bu ishlar Xudoga noma’qul ekanini, Xudo jazolashini bilishadi va
qo‘rqib, jazoni kutib, jazoni olib behalovat qalb bilan azobli hayotga o‘zlarini
mahkum etishadi. O‘ylab qaralsa, shu qilayotgan gunohlar qalb dagi xotirjamlikni
yo‘qotishga arziydimi? Yo‘q, albatta. Shuning uchun o‘zini gunohdan tiyib,
gunohdan ozodlik da yashashga qaror qilish lozim. Bizlar Xudodan qo‘rqib emas,
balki itoatimiz uchun naqadar mukofotlashidan lazzatlanib yashashni
o‘rganishimiz zarur.

2) O‘zimiz bilan uyg‘unlikda yashash. O‘zi bilan uyg‘un yashash deganda
borlig‘imiz muvofiqligi nazarda tutiladi. Ko‘pincha, odamlar bir narsani istashadi,
boshqa narsani qilishadi, keyin umrbod pushaymon yeb yurishadi, masalan, o‘g‘ri
bo‘lishni istashmaydi, lekin biror narsa “chap tushganini” ko‘rishsa cho‘ntakka
urishadi yoki oilaga xiyonat qilishni xohlashmaydi, lekin qilishadi. Nima bu?
Vijdon bilan tana orasidagi nomuvofiqlik. Yoki beixtiyor jahllanadilar,
janjallashadilar. Bu nima? Tana va aql orasidagi nomuvofiqlik. Biz bir necha
qismga egaligimizga qaramay bir shaxsmiz. Shu uchun borlig‘imiz o‘zaro uyg‘un
bo‘lishini ta’minlashimiz kerak. Buning uchun har sohada qanday o‘ylayman,
qanday so‘zlayman, qanday harakat qilaman, deya fikrlab, qaror chiqarib, shu
qarorga binoan harakat qilish lozim.

3) Odamlar bilan uyg‘unlikda yashash. Odamlar sizga qanday muomalada
bo‘lishlarini istasangiz, siz ham ular bilan shunday munosabat o‘rnating.
Bumerang qoidasiga ko‘ra biz dunyoga nimani bersak, dunyo bizga o‘shani
qaytaradi. Agar siz yaxshi muomalada bo‘lganingizda ham odamlar sizga yomon

22

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova

munosabat ko‘rsatsa, ularga yum shoqlik bilan tushuntiring. Tushunishmasa,
kechiring, qo‘yib yuboring va unuting! Yomon hislar, yomon xotiralar, yomon
so‘zlarga yuragingizdan o‘rin bermang, ular tinchligingizni o‘g‘irlaydi. Bir
yahudiy ikkinchi jahon urushidan so‘ng Amerikaga borgan ekan. Uning butun
hayotini bar bod qilgani uchun, o‘sha tufayli qarindoshlaridan, uyidan mahrum
bo‘lgani, xo‘rlangani uchun Gitlerdan nafratlanar ekan. Lekin Amerika yeriga
qadam qo‘yganidan Gitlerni kechirishga, unutishga, qo‘yib yuborishga qaror
qilibdi.

Chunki: “Gitler men bilan birga Amerikada yashashiga va mening hayotimni
zaharlashni davom ettirishiga yo‘l qo‘ymayman!” degan ekan. Shunda uning
ikkinchi ha yoti, Gitlersiz baxtli hayoti boshlangan. Dushmanlarini kechirgan,
qalbidan qo‘yib yuborgan odam, avvalo, o‘z qalbini azoblardan ozod qiladi.

Umuman, odamzodga munosabat samimiy, kechirimli, mehrli bo‘lishi lozim.
Yordam bera oladigan kishilaringizga yordam bering, zaiflarning, muhtojlarning
dardiga malham bo‘ling. Shunda ko‘rasiz, har bir odam ezgulik qilish uchun
yaralgani tufayli hayotingizga ikki baraka quyila bosh laydi. A) Ekkaningizni o‘ra
boshlaysiz. Siz muhtoj bo‘lgan narsalar boshqa manbalardan kela boshlaydi. B)
Qalbingiz samoviy surur, quvonchga to‘ladi, yana yaxshilik qilgingiz, yana
shunday baxt hissini tuygingiz kelaveradi. Berish sizni kambag‘al qilmaydi,
aksincha, boyitadi.

4) Tabiat bilan uyg‘unlikda yashash. O‘simliklarga, jonivorlarga, tabiatga
mehribon bo‘ling. Ular bizning muhitimizni bir qismi va bizlarning yaxshi
munosabatimizga muhtoj. Bizlar tabiatni ifloslantirmasligimiz, o‘simliklarni,
hayvonlarni parvarishlashimiz lozim. Chunki odamzod bog‘bon, tabiat esa uning
bog‘idir. Bog‘bon vazifasini yaxshi bajarsa bog‘ gullab, yashnaydi, bundan,
avvalo, bog‘bonning o‘zi baraka topadi.

QALB VA TANANING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI VA SOG‘LOM
HAYOT TARZI

Ko‘plab olimlar kasalliklarning 80% psixosomatik ekanini ta’kidlashmoqda,
ya’ni tana kasalligining asosida odamning qalbidagi salbiy kechinmalari sababli
asabiy lashishi yotadi.

Yomon fikrlar, hissiyotlar, niyatlar qurtdek, odamni ichkaridan kemiradi.
Odam uyg‘unlikda, xotirjamlikda yashash uchun shu qurtlardan o‘zini asrashi
lozim, ya’ni qalbini yomon niyatlardan, hissiyotlardan, ongini yomon fikrlardan,
og‘zini yomon so‘zlardan, qo‘lini yomon ishlardan, oyog‘ini yomon yo‘llardan
asrashi lozim.

O‘zi bilan muvofiqlikda yashash borasida tana g‘amxo‘rligiga ham to‘xtalib
o‘tish muhim. Chunki qalb notinchligi tanaga ta’sir qilganidek, qalbda naqadar
go‘zal bo‘lmaylik, tanada bemor bo‘lsak yoki tanani vaqtidan oldin qaritsak,
yaroqsiz holga keltirsak bu qalb tinchligiga, hayot davomiyligiga, sifatiga,
maqsadlarimizga erishish jarayonimizga ta’sir qilmay qolmaydi.

Rivojlangan davlatlarda sog‘lom hayot tarzi yuritishga qiziqish tobora oshib
bormoqda: odamlar tabiiy ovqatlar yeyishadi, sport bilan shug‘ullanishadi,
o‘zlarini zararli odatlar va zararli hissiyotlardan asrashadi.

23

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova
Tanamiz sog‘lom bo‘lishiga to‘g‘ri ovqatlanish ham muhim rol o‘ynaydi.

Buning uchun tabiiy moddalarni to‘g‘ri nisbatda tanovul qilishimiz lozim. Bular

oqsil, uglevod, yog‘lar, vitaminlar, minerallar bo‘lib, oqsil asosan go‘sht, tuxum,

pishloqda, uglevod non, shirinliklarda, yog‘, o‘simlik va hayvon yog‘larida,

vitamin va minerallar sabzavot hamda mevalarda mavjuddir. Tanamiz sog‘lom,

ixcham bo‘lishi uchun ehtiyojga mos ovqatlanish, yog‘li, shirin narsalardan o‘zini

cheklagan ma’qul. Ovqatlanish borasida yana bir cheklov bu ximiyaviy ovqatlar va

GMO‘dir. Tabiiy moddalar tanamizga qurilish materiali, quvvat manbai bo‘lib

foyda keltirsa, sun’iy ovqatlar uni qaytanga zaharlaydi.

Yosh, sog‘lom bo‘lishimiz uchun muhim bo‘lgan yana bir omil bu sport bilan

shug‘ullanishdir. Yillar o‘tishi bilan mushaklar zaiflashadi, sport bilan

shug‘ullanish esa mushaklarimizni mustahkamlaydi, tananing barcha tizimlarini:

qon aylanishi, nafas olish, ovqat hazm qilish tizimi va boshqalar uyg‘un ishlashini

ta’minlaydi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki:

Ijobiy fikr + yaxshi niyat + yaxshi kayfiyat + to‘g‘ri ovqatlanish + sport =

sog‘lom hayot asosidir!

Unga talpining, erishing va quvonchli yashang!

O‘zi bilan va dunyo bilan uyg‘unlikda yashash sohasida muvaffaqiyat

sari qadamlar:

1) O‘z shaxsingizni birlashtiradigan, uyg‘unlikda yashashini ta’minlaydigan

hayot qonuniyati yarating va unga binoan yashay boshlang. Masalan, mening hayot

qonuniyatim:

• Faqat Xudoga ishonaman va narsalarga: ko‘zmun choq, tumor, goroskop,

pul keltiradigan baqalarga ishonmayman. Xudo buyurgan ishlarni qilaman,

taqiqlaganlaridan qaytaman.

• Odamlarga to‘g‘ri munosabatda bo‘laman: o‘g‘irlik qilmayman,

o‘ldirmayman, hasad qilmayman, yomonlamayman, past urmayman,

janjallashmayman, aksincha, hurmat qilaman va yaxshi ko‘raman.

• Ishda tartibli, mas’uliyatli bo‘laman.

• Tanamni zararli ovqatlardan asrab, foydali narsalar bilan oziqlantiraman.

• Majruhlarga, bevalar va yetimlarga qo‘limdan kel ganicha yordam beraman.

• Beozor hayvonlarga zarar yetkazmayman, iloji bo‘lganda g‘amxo‘rlik

qilaman.

Siz ham e’tiqodingiz, hayotiy qadriyatlaringizdan kelib chiqqan holda o‘z

hayot qonuniyatlaringizni yarating va ularga binoan yashashni boshlang, shunda

borlig‘ingiz uyg‘unlikdan orom topadi.

2) O‘zingizni, o‘zgalarni, dunyoni boricha qabul qiling va seving. Buning

uchun faqat yomon narsalarni pay qamay, yaxshi narsalarni ham ko‘ra olish va ular

uchun minnatdor bo‘lishni o‘rganish lozim. Ba’zilar tashqi qiyofalaridan

ko‘ngillari to‘lmay o‘ksib yurishadi. O‘zingizda nimadir yoqmasa, bu insoniy baho

bilan yoqmasligini tushuning, bunga e’tibor bermang, balki bu sizning o‘ziga xos

jihatingizdir. Bir ayolning o‘z nazarida tizzasi qiyshiq edi. Uning turmush o‘rtog‘i

sportchi edi. Turmush o‘rtog‘i to‘ydan keyin unga qilgan maqtovi shunday

bo‘lgan: “Menga sening tizzalaring yoqadi. Men tizzalari aynan shunday bo‘lgan

24

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova

qizni izlagan edim!” Qarang, u kamchilik deb o‘ylagan narsa aynan unga yoqqan
yigitning diqqatini tortgan jihati bo‘lib chiqqan!

3) O‘zingizni va o‘zgalarning xatolarini kechiring. To‘g‘irlash mumkin
bo‘lgan narsalarni to‘g‘irlash, endi to‘g‘irlab bo‘lmaydigan o‘tmishdagi
xatolarimiz uchun o‘zimizni kechirishimiz, shunchaki boshqa bunday qilmaslikka
qaror qilishimiz kerak. Hamma ham kamchilikka ega, hamma ham xato qiladi,
mukammal odam doimo o‘z kamchiliklari ustida ishlab o‘zini
mukammallashtirayotgan odamdir. Agar o‘z ustimizdan ishlayotgan bo‘lsak
shuning uchun ham o‘zimizni sevsak arziydi! O‘z kamchiliklaringiz ustida ishlang,
zaifliklaringizni qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qiling. Masalan, siz
jahldorsiz, jahllanmas likni o‘rganing. Bo‘yingiz past, bu sizga bog‘liq bo‘lmagan
narsa, buni shundayligicha qabul qiling. Ertak qahramoni Dyuymovochkani
bilasizmi? U juda ham jajji bo‘lgani uchun shunday atalgan, lekin bo‘yi pastligi
ko‘plarning sevimli qahramoni bo‘lishiga to‘sqinlik qila olmadi!

4) O‘zingiz, o‘zgalar, dunyo bilan tinchlikda yashashga harakat qiling,
munosabatlarni buzadigan ishlar qilmang. Ishoning, munosabatlarni buzsangiz bu,
avvalo, o‘zingizgi salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

25

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova

6. MAQSADLI HAYOT BILAN YASHASH

Muvaffaqiyatli shaxs va buyuk inson bo‘lishni istagan odam maqsadli
hayot bilan yashashni o‘rganishi lozim.

Odamning buyukligi uning hayoti naqadar buyuk maqsadlarni amalga
oshirishga qaratilganligi bilan o‘lchanadi. Boshqacha qilib aytganda maqsadimiz
naqadar buyuk bo‘lsa va ularni amalga oshira olsak, biz shu qadar buyuk insonmiz.

Maqsadsiz hayotni ma’lum yo‘nalishsiz suzib yurgan kemaga o‘xshatish
mumkin, u suvda suzib yuradi, lekin hech qachon hech qayerga yetib kelmaydi.
Hayotimizning turli sohalari mavjud, masalan: sog‘liq, o‘qish, ish, oila va
boshqalar. Har bir sohani mustahkamlash va rivojlantirish uchun shu sohalarga oid
maqsad va rejalarimiz bo‘lishi lozim. Maqsadlar bo‘lishi mumkin:

• Qisqa muddatli;
• Uzoq muddatli;
• Hayot maqsadi.
Masalan, til o‘rganish qisqa muddatli, kompaniya ochish va yuritish uzoq
muddatli, bu kompaniya yordamida muhtojlarga xizmat qilish bir umrlik maqsad
bo‘lishi mumkin.
Martin Lyuter King qora tanli voiz edi. U qora tanlilarning tahqirlanishi,
huquqsiz ekanliklarini o‘z tajribasidan ham bilgan edi. Qora tanlilar oq tanlilar
yuradigan yo‘laklardan yurishi mumkin emas, ular bilan bir restoranda,
yotoqxonada, jamoat joylarida bo‘lishlari mumkin emas edi. Bu Xudoning
nazarida ham, insonparvarlik jihatidan ham nohaqlik ekanini his qilar edi. Shuning
uchun bu sohada harakat qilish xavfli ekanini bilsada, u o‘zini irqchilik bartaraf
etilishi masalasiga bag‘ishladi. U “Mening orzuim bor...” ma’ruzasi bilan dunyoga
taraldi. U g‘oyasi uchun jon berishiga to‘g‘ri keldi, lekin uning qurbonligi bu
muammo keng ommaga tarqalishi va o‘z yechimini topishiga xizmat qildi. Hozirgi
kunda qonun jihatidan oq tanlilar va qora tanlilar har sohada teng huquqli!
Shunday fidokor yurak egalari bo‘lmasa, dunyo allaqachon tanazzulga yuz tutardi!
Biz ham xalq miqyosida xizmat qilishni istasak, uning yaralarini payqashimiz
va ularni bartaraf qilishni oldimizga maqsad qilib qo‘yib, shu sohada harakat
qilishimiz mumkin.
Katerina Kachetkova o‘zining blogida maqsadga intilgan kishining
xususiyatlarini keltirish bilan birga maqsadga intiluvchan bo‘lishga quyidagi
so‘zlar bilan ruhlantiradi.
Maqsadga intilgan kishining xususiyatlari:
1. Maqsadga intilganlik. Shunchaki istash mumkin emas. Aniqroq qilib
aytganda, shunchaki istash mumkin, lekin mo‘jiza sodir bo‘lmaydi. Varaq olamiz,
maqsadlarni yozamiz. Men uzoq muddatga, masalan, besh, o‘n, o‘n besh yil
cho‘ziladigan rejalar tuzish tarafdori emasman. Yashab turgan ayni damlaringizga
maqsad qo‘ying.
2. Tirishqoqlik. Maqsadni yozish bu boshlanishi. Uni qo‘lga kiritish uchun
qadamlarni yozib chiqish kerak. Maqsad tomon eltuvchi yo‘l murakkab bo‘ladi,
lekin arziydi.

26

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova
3. Adekvatlik (moslik). Bu tushunchaga ko‘p narsani kiritish mumkin: o‘z

kuchini real baholay olish, o‘ziga va atrofdagilarga mas’uliyat bilan yondashish,

mag‘lubiyatni qabul qila olish va asosiysi turib, olg‘a borishda davom etish,

xulosalar chiqara olish va vaziyatni tahlil qila olish.

4. Bilimga chanqoqlik. O‘qish, o‘qish va yana o‘qish. Doim. Men uchun bu

shunday. O‘z yo‘lini bilimsiz o‘tish qi yin, ko‘rko‘rona harakat qilib ko‘rish

mumkin, to‘qishish, xatolarni qayta takrorlash mumkin, lekin boshingizni eh tiyot

qiling, unda qimmatbaho ma’lumotni to‘plash mum kin va sizning ichki xotirangiz

ma’lumotni saqlash va qayta ishlash borasida cheksiz imkonlarga ega.

5.Ozroq omad. Ba’zan omad qutqaruvchi ballon singaridir. Uni qo‘ldan

chiqarmang.

Maqsadga intiluvchan odamlarning xususiyatlari o‘nlab marta ko‘p, bu yerda

men asosiylarini ko‘rsatib o‘tdim. Mening ishonchim komil, har bir odam hozirgi

holatidan ko‘proq narsaga erishishi mumkin. Bu uchun istak va siz amalga

oshiradigan aniq harakatlar muhim. Divanda yotish orqali, atrofda sodir

bo‘layotgan voqealardan ajablanish orqali, hasad, g‘iybat va boshqa maqsadga

intilishga qarshi narsalar orqali rivojlanish va harakat sodir bo‘lmaydi. Oldinga va

yuqoriga qarab harakat qiling!

Har bir kishining o‘z yutuq o‘lchovi mavjud: kim uchundir ofis menejer

bo‘lish yutuq cho‘qqisi bo‘lsa, kim uchundir shahar, davlat, dunyoning eng

muvaffaqiyatli odamlari reytingiga tushish muvaffaqiyat zinapoyasiga

ko‘tarilishning ilk qadamlaridir. Men ko‘p bora: “Siz bu yutuqqa qanday

erishdingiz?” degan savolni eshitaman. Javob oddiy: ishlash kerak. Ko‘p ishlash

kerak. Tirishqoqlik bilan ishlash kerak. Chuqur ishlash kerak!

Maqsadli hayot sohasida muvaffaqiyat qozonish sari qadamlar:

1) Muvaffaqiyatli hayot va kelajakka ega bo‘lish uchun siz ham o‘z

oldingizga maqsad qo‘ying.

2) Maqsadga olib boruvchi harakatlarni qadamba qadam bajarib yashang. Har

qadam sizni maqsadga va muvaffaqiyatga yaqinlashtiradi.

Bu borada sizga SMART asosida maqsad qo‘yish yax shi yordam beradi.

SMART bo‘yicha har bir qo‘yadigan maqsadimiz quyidagi talablarga javob berishi

lozim:

1.Specific (konkret, aniq).

2. Measurable (o‘lchasa bo‘ladigan).

3. Achievable (qo‘lga kiritsa bo‘ladigan).

4. Relevant (ahamiyatli, hayot maqsadlariga to‘g‘ri keladi, shuning uchun

qadrli).

5. Time scheduled (aniq vaqti, so‘nggi muddati belgilangan)

Endi siz o‘zingiz o‘ylab, yaqin o‘rtada amalga oshirmoqchi bo‘lgan
maqsadlaringizni aniqlab oling. “Shuning uchun ham vaqt sarflab o‘tiramanmi?”
degan fikr kelishi mumkin. Bu noto‘g‘ri fikr, chunki maqsad va reja haqida
o‘ylashga vaqt sarflash hayotingizni maqsad va reja siz yashaganda yo‘qotadigan
ko‘p vaqtingizni tejashda yordam beradi. Omad!

27

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova

7. HAYOTINI VA ISH JARAYONINI REJALASHTIRISH

Muvaffaqiyatli shaxs va buyuk inson bo‘lishni istagan odam hayotini va
ish jarayonmi rejalashtirishni o‘rganishi lozim.

Bino naqadar osmono‘par, hashamatli bo‘lsa, me’mor chizma ustida shuncha
ko‘p bosh qotiradi. Chunki chodir ni o‘ylamay qurish mumkindir, ko‘p qavatli
binoga loyiha kerak. Agar maqsadga intiluvchi hayot bilan yashashni istasak,
hayotimizni rejalashtirishimiz lozim. Chunki ko‘plab buyuk maqsadlarga bir kunda
emas, balki har kuni qo‘yiladigan bir qadam, muntazam mehnat orqali erishiladi.

Xo‘sh, rejalashtirish bu nima? Rejalashtirish bu maqsad va vazifalarni
belgilash, ularni amalga oshirish uchun resurslarni optimal taqsimlashni bildiradi.
Resurs, ya’ni manbalarga vaqt, kuch, mablag‘ va boshqa kerakli narsalar kirishi
mumkin.

Kundalik, haftalik, oylik reja tuzib, unga binoan yashash ga harakat qiling,
reja sizni intizomda saqlashga, ishlar ni eslashingizga va maqsadli harakat qilib
muvaffaqiyat qozonishingizga yordam beradi.

“Muvaffaqiyatli hayot kechirish uchun faqat ishni emas, balki kunni ham
rejalashtirish muhimdir, chunki ish, maishiy ishlar va dam olish orasida
garmoniya, muvofiqlik bo‘lgandagina bizlar qoniqish hissi bilan yashaymiz.
Odamning boshqa sohalari tartibsiz bo‘lganida bu ishiga ham ta’sir qilmay
qo‘ymaydi. Shuning uchun kundalik vaqtni rejalashtirish juda foydali odat, u
kuchni ayashga va manbalarni asrashga yordam beradi. Agar odamning boshida va
ish stolida tartibsizlik bo‘lsa, kerakli ma’lumot ni topish uchun u ko‘p quvvat
sarflaydi. Hamma ishini tartibga sola olganlar esa muvaffaqiyat qozonadilar”.

Maqsadga intilib yashash mavzuida bizlar ingliz tilini bir yil ichida
o‘rganishni misol qilib olgan edik. Endi shu maqsadni rejalashtirish misolida,
qanday qilib maqsadlar rejalashtirilishini ko‘rib chiqamiz.

Maqsad: Bir yilda ingliz tilini o‘rganish.

Maqsadni amalga oshirish uchun kundalik, oylik va yillik reja

Agar bu rejalar qog‘ozda qolib ketmasa, balki ularni mahkam ushlab harakat
qilinsa, odam o‘zi kutmagan nati jalarga erishadi. Bizning yoshlarimizning
ko‘pchiligi nima uchun chet tillarini bilishmaydi? Chunki o‘zlariga, o‘rgana
olishlariga ishonmaydilar. Siz ham hamma kishi kabi odamsiz, agar harakat
qilsangiz, maqsadingizga erishasiz! Men ham ingliz tilini bilmas edim. Lekin til
o‘rganuvchilar uchun kunida bir, ikki soat shug‘ullanish tavsiya qilingan bo‘lsa,
men besh, olti soat shug‘ullanishga harakat qildim. Keyin esa yangi imkoniyatlar
eshiklari ochila boshladi. Natijada, men lyilda tushuna oladigan va so‘zlay
oladigan bo‘lgan bo‘lsam, 3-4 yildan so‘ng ingliz tilida faoliyat yuritadigan
qo‘shma korxonaga ishga taklif qilindim.

Endi qog‘ozqalam olib, o‘zingizning kundalik, haftalik, yillik rejangizni
tuzing. Ko‘plar vaqt ketadi deb, rejalashtirishga vaqt sarflashga erinadilar. Lekin
rejalashtirish haqida o‘ylash jarayonida nimalarni qilishimiz muhimligini

28

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova

chuqurroq anglab boramiz, yana rejalashtirilgan hayot o‘ngga va chapga
og‘masdan to‘g‘ri yurishimizga va vaqtimiz, kuchimizni unumli sarflashimizga
yordam beradi. Keling, o‘z oqimida kechayotgan, bizlarni hech qayerga olib
bormaydigan hayot tarzidan kechib, o‘zimiz intilgan marraga olib boruvchi
yo‘nalishning qadamlarini belgilaymiz va ularni amalga oshirib yashashni
boshlaymiz!

Hayotni va ish jarayonini rejalashtirish sohasida muvaffaqiyat sari
qadamlar:

1. Kundalik reja tuzing va reja bo‘yicha yashang.
2. Maqsad qilib qo‘ygan ishingizni amalga oshirish qadamlarini rejalashtiring
va reja bo‘yicha harakat qiling.

29

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova

8. JON KUYDIRIB MEHNAT QILISH

Muvaffaqiyatli shaxs va buyuk inson bo‘lishni istagan odam jon kuydirib
mehnat qilishni sevishi lozim.

Har sohaning jonkuyarlari bor. Agar o‘z sohangizni sevib, qattiq mehnat
qilmasangiz, sizdan mehnatkashroq odamlar bor barakalarni terib ketadilar, siz esa
qolganiga qanoatlanishga majbur bo‘lasiz. Nima uchun mehnat qila siz? Pul
uchunmi yoki kasbingizni sevganingiz uchunmi? Agar pul uchun bo‘lsa pul
qo‘lingizga tushganidan bu ish ni sifatli tugallashga hafsalangiz bo‘lmay, yana
boshqa daromad keltiradigan ish izlay boshlaysiz. Nodir asarlar qanday yaratilgan
deb o‘ylaysiz? Pul uchunmi yoki ishini sevgani uchunmi? Albatta, ishini sevgani
uchun. Jon kuy dirib mehnat qilish uchun ishini sevish lozim, shuningdek, astoydil
ishlashga ko‘nilni yo‘naltirish lozim.

Ko‘plar hozir moddiy qiyinchilikda. Gap ish yo‘qligidami? Men ham ilgari
shunday deb o‘ylar edim, lekin kuzatuvlar shuni ko‘rsatyaptiki, muammo ish
yo‘qli gi emas, balki odamlarning ishga layoqatsiz, mas’uliyatsiz yoki
yalqovliklaridadir. Bu uch illat moddiy sohada mu vaffaqiyatsizlikka mahkum
qiladigan nuqson hisoblanadi. Quyida shu sohadagi kuzatuvlar natijasi bilan
bo‘lishmoq chiman.

Yalqovlik
Mardikor bozorini ko‘rganmisiz? Mardikorlar yollab, ularning qanday
ishlashlarini kuzatganmisiz? Ikki tanishim: “Bir yolladim, boshqa yollamayman”
deyishdi. Nega? Bir holatda qo‘l uchida ishlagan, yana yarim kun ishlab bir kunlik
haqni talab qilgan, ikkinchi holatda ham ishni xo‘jako‘rsinga, chala qilgan.
Boshqa tanishim ko‘plar ish yo‘qligidan noliganidan dala hovlisida ish joyi
yaratmoqchi bo‘ldi. Bir oilaga hovlisini berib: “Mana ekin, molhol qilinglar” dedi.
Natijada, bu oilaning bir o‘g‘li hovlidagi narsalarni o‘g‘irlab ketdi, oila esa: “Bu
ish bizlarga to‘g‘ri kelmaydi” deb hovli bilan shug‘ullanmadi. So‘ng hovlining
egasi hovlini boshqa bir yigitga berdi, yigit ham shug‘ullanmadi. So‘ng tovuqlar
olib bir ayolga ish taklif qilsa, u ayol tovuqlarga qarash o‘rniga: “U narsa keltirib
ber, bu narsa keltirib ber” deb o‘ziga qarashga majbur qildi. Bu odamlar ham
ishga, ham uyga muhtoj odamlar edilar. Lekin imkon tug‘ilganida ishlashni
istashmadi. Qo‘shni hovlida esa yetimxonadan chiqqan bir yigit bor. Uch hovlini
qo‘riqlab, ekintekin, ferma qilib kun ko‘rib yuradi. Mehnatkashligi uchun ham
turar joyi, ham doimiy ishi bor. Birovga muhtoj emas, xo‘jayinlarining hojatini
chiqarib, o‘zini boqib yuribdi.
Xullas, mehnat dalaga o‘xshaydi, urug‘ eksang, parvarishlasang hosil olasan,
aks holda, och qolasan kishi.
Qanday qilib o‘zida mehnatkashlikni shakllantirish mumkin?
1) Ishni seving, qayerda bo‘lsangiz ham bo‘sh o‘tir mang, qo‘lingiz yetgan
ishni qiling. Odam yigirma bir kun nima ish qilsa shu ishga odat paydo bo‘lar
ekan1. Yalqov lik ham odat, mehnatkashlik ham. Mehnat qilaversan giz mehnat
shunday tortadiki, qanday qilib mehnatsiz yashagan ekanman, deb qolasiz.
2) Iqtidoringiz, qiziqishingiz bo‘lgan ishni qilishga harakat qiling.

30

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova
3) Iloji bo‘lganida mehnat hosillaringizni pullang. Mod diy manfaat kuchli

harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi.

Mas’uliyatsizlik

Mas’uliyatlilik bu odamning unga ishonib topshiril gan ishga yoki o‘zi olgan

ishga adekvat(mos) javob berish qobiliyatidir. Agar odam bir ishni qilaman

desayu, qilsa, u mas’uliyatli odam. Agar u qilaman deb va’da bersayu, qilmasa bu

mas’uliyatsiz odam2.

Bir hamyurtimiz Rossiyaga vaqtincha yashash va ish lash uchun ketdi. U

bozorni o‘rganib, uch yo‘nalishda biznes boshladi. Ishi yurishib, kvartira, mashina

oldi. U hamyurtlariga qo‘lidan kelgunicha yordam berib yurar edi. Bir

hamyurtining ishsiz yurganini ko‘rib, o‘z mablag‘idan kichik mehmonxona

tashkillashtirdi va bu yigitni shu mehmonxonaga ish yurituvchi qilib qo‘ydi.

Yigitning yotadigan, ro‘yxatda tursa bo‘ladigan ishxonasi paydo bo‘ldi. Yigitning

vazifasi internetda e’lon berib, murojaat qil gan mijozlar bilan suhbatlashish,

mehmonlarni taklif qilib, ularni qabul qilib olish edi. Boshlig‘i boshqa bizneslari

bilan shug‘ullanar, bu yigitdan vaqtivaqti bilan telefonda ishlari haqida so‘rab

qo‘yar, bu yigit esa mijoz yo‘qligini aytar edi. Sakkiz oydan so‘ng boshliq ish

holatini joyida tekshirgani keldi. Ma’lum bo‘lishicha yigit internetda hatto biror

marta e’lon bergan emas ekan. Natijada, hech qanday murojaatlar bo‘lmagan,

mehmonxona foydaga emas zararga ishlagan. Yigit ishlash o‘rniga yotoqxonaga

xushtorini olib kelib ko‘ngilxushlik qilib yashagan. Boshliqning bu ish bilan

shug‘ullanishga vaqti yo‘q, bu yigitga boshqa ishona olmas, atrofida bu biznesni

yuritadigan boshqa mas’uliyatli odam ham yo‘q edi, ijaraga olingan yotoqxona

binosi har kuni katta ijara haqqi yer edi. Shuning uchun boshliq bu biznesni

yopishga majbur bo‘ldi. Boshliq bu biznesda yigirma ming dollar pulini, asabini

yo‘qotdi; yigit esa ish joyi, yashash joyi, ro‘yxatda turish joyini, sakkiz oylik

vaqtini, asosiysi ishonchni, bugungi imkoniyatlar va kelajak imkoniyatlarni

yo‘qotdi.

Birovga ish berishni boshlashingizdan: “Yo‘q, buni qilolmayman”, deb o‘zini

olib qochadi, boshqa birov: “Xo‘p, qilaman”, deydi, lekin qilmaydi. Aslida,

mas’uli yatsizlikning zaminida yalqovlik, kaltabinlik, yengiltaklik yotadi.

Agar odam o‘zida mas’uliyatlilik fazilatini shakllan tirsa, ishonch qozonish

uchun muhim fazilatni o‘zida shakllantirgan bo‘ladi va bunday odamga ko‘plab

imkoni yatlar eshiklari ochiq bo‘ladi.

Qanday qilib o‘zida mas’uliyat hissini shakllanti rish mumkin?

1) Sizga berilayotgan topshiriqqa jiddiy qarang va astoydil bajarib,

topshirishga harakat qiling.

2) Agar topshiriqni bajarishga ko‘zingiz yetmasa, bu haqida boshlig‘ingizga

ayting. Balki bu siz uchun haqiqatan algebra kabi tishingiz o‘tmaydigan narsadir,

balki, aksincha, siz biladigan ish, o‘zingizga ishonchingiz yetmayotgandir. Boshliq

sizda qaysi biri ekanini aniqlash da va ikkinchisi bo‘lsa, qadambaqadam

bajarishingizga ruhlantiradi.

3) Birovning haqqiga hech qachon xiyonat qilmaslikka qaror qiling va xiyonat

qilishga qulay fursatda ham bu qaroringizda turing!

31

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova
4) Bir ishni boshladingizmi, oxirigacha yetkazing. Bu xarakterni

shakllantirishga yordam beradi!

Uquvsizlik

Hozirgi zamonda hamma korxonalarga ishchilarni sinab qabul qilishadi.

Chunki hamma ishxonaga uquvli, chaqqon ishchilar kerak. Hamma odamda biror

narsaga qobiliyat, iqtidor bo‘lishiga qaramay, odam biror sohada mutaxassis

bo‘lishga harakat qilmasa, umri ish izlash, topish, yo‘qotish bilan o‘tib ketishi

mumkin. Rossiyalik bir tadbirkor bilan suhbatlashib qolgan edim. “Bizning

hamyurtlarimizning ko‘pchiligi quruvchi, yana yordamchi ishchi bo‘lib ish lashadi,

dedi u. Men ularni boshqa ishlarga tortishga harakat qilaman, ularda uquv,

o‘zlariga ishonch yetishmay di. Masalan, yordamchi ishchi kunida 700 rubl maosh

oladi, usta esa 2000 rubl oladi, shuning uchun men ularga: “Til o‘rganinglar,

ustalikni o‘rganinglar” deyman, kam odam quloq soladi. Yana yordamchi

ustalarning ko‘pligi tufayli ish topish qiyin, yo‘qotish oson, ustalarga esa doim ish

bor, yana yollovchilar ularni qadrlaydi.

Shunaqa azizlar, hafsalasizlik, o‘ziga ishonchsizlik noni yarimtalikka giriftor

qiladi, shuning uchun bilim, kasbhunar o‘rganishga chaqqon bo‘lish lozim!

Qanday qilib o‘zida uquvlilikni shakllantirish mumkin?
1) Qiziqqan yoki qobiliyatingiz bo‘lgan sohani aniqlang.
2) Shu sohaning mutaxassisi bo‘lish uchun vaqt, kuch, pul sarflab o‘rganing.
3) 0lgan bilimingizni amalda qo‘llash uchun shu sohada ishlashni boshlang.
4) Doimo shu sohadagi yangiliklardan xabardor bo‘lib, rivojlanishga harakat
qiling.
Men hayotda xayolga cho‘mib, sekin harakat qiladigan odam edim. Meni bir
korxonaga tarjimonlikka taklif qi lishdi. Uning direktori sport institutini tugatgan,
hozirda poliglot, ya’ni ko‘plab tillarni biladigan mutaxassis edi. U kishi bir
vaqtning o‘zida bir qancha ishlarni bajarar va tez harakat qilar edi. Sekinroq
harakat qiladiganlar haqida esa: “Uning harakati menga sekinlashtirilgan kadrda
kino ko‘rishga o‘xshaydi”, der edi. O‘zi tez harakat qiladigan odam mendan ham
tezlikni talab qilar edilar. Shunda men har kuni ertalab ishga kelganimda oldin
Baby type das turini olib, 20 daqiqa tez va to‘g‘ri harf terishni o‘rgana boshladim.
Men uchun 10 barmoq bilan harf terishni o‘rganishdan ko‘ra, ertalabdan ongimni
tez va to‘g‘ri ish lashga yo‘naltirish muhimroq edi. Bunday mashqlardan so‘ng,
albatta, ongim kun davomida tez va to‘g‘ri ishlar edi. Bu esa ongimning umumiy
ishlash tezligi va sifatiga ta’sir qila boshladi va tez kunlarda boshlig‘imdek tez
harakat qila boshladim. Men o‘zim uchun ish borasida muhim uch jihatni kashf
etdim va o‘zimdan hamda atrofimdagilardan shuni talab qila boshladim:
Sifat, ya’ni sifatli ishlash.
Miqdor, ko‘p ishlash.
Tezlik, tez ishlash.
Natijada, har kim undan nima talab qilinishini tushun di hamda ish
unumdorligimiz, demak barakamiz ham osh di. Bizga tarjimaga kitob yo maqolalar
beradigan odamlar bizlarni ishni sifatli, o‘z vaqtida qilib beradigan ishonchli
hamkorlar deb bilishdi va uzoq muddatli hamkorlik qila boshlashdi.

32

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova
O‘z kasbining ustasi, ya’ni qo‘li gul usta bo‘lish sizning maqsadingiz bo‘lishi

lozim. Boshqalar buni e’tirof eta boshlaganlarida maqsadga erishdim deyishingiz

mum kin, lekin endi bu darajani saqlab qolish uchun harakatni davom ettirishingiz

lozim. Ko‘pga tekkan kasallik nomi chiqqunicha bir ishni sifatli qilishadi, nomi

chiqqach, tanil gach, mahsulotning sifati pasayadi: oziqlanish sohasida ham shu

ahvol, boshqa sohalarda ham. Lekin mijozni aldagan o‘zi aldanib qoladi. Mahsulot

sifatini o‘zgargani ni payqagan mijoz uni olmay qo‘yadi va biznes qanday ochilgan

bo‘lsa shunday yopilib ketadi.

Jon kuydirib mehnat qilish sohasida muvaffaqiyat sari qadamlar:

1) O‘tirib, ishga munosabatingizni o‘ylab ko‘ring: ish lashni yaxshi

ko‘rasizmi? Nima uchun ishlaysiz? Qaysi ish ni maosh berishmasa ham qilishni

istagan bo‘lar edingiz?

2) O‘zingizni imtihon qiling: yuqoridagi uch illat sizda yo‘qmi? Agar bor

bo‘lsa, yuqorida berilgan maslahatlarga rioya qilgan holda ulardan qutulishga

harakat qiling.

3) Qobiliyatingiz, qiziqishingiz bo‘lgan ishni tanlab, boshqalardan ko‘ra

ko‘proq, kuchliroq ishlashga harakat qiling.

4) Ishni yanada yaxshiroq qilish usullari ustida bosh qotiring va bajarishga

harakat qiling. Yodda tuting, jon kuydirib mehnat qilganda avvalo o‘zingiz o‘sasiz

va o‘zin giz baraka olasiz.

33

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova

9. TARTIB INTIZOMLILIK

Muvaffaqiyatli shaxs va buyuk inson bo‘lishni istagan odam
tartibintizomlilikni o‘zida shakllan tirishi lozim.

Tartibintizomlilik o‘z hayotini rejalashtirish va shu reja bo‘yicha yashash,
qilinishi lozim bo‘lgan ishlarni o‘z vaqtida qilish va qilinishi lozim bo‘lmagan
ishlarni qilmaslikni o‘z ichiga oladi. Rejalashtirish borasida bosh qa punktda
chuqurroq to‘xtaldik. Bu xulqatvorni toblay di. Yuqorida aytganimizdek, odam
yigirma bir kun bir ish ni takrorlasa odatga aylanar ekan. Shuning uchun kerakli
ishlarni tartibintizom bilan doimiy ravishda bajarishimiz, yaxshi odatlar
shakllanishiga yordam beradi va bizlarni muvaffaqiyat sari qadamimizni
osonlashtiradi. Qilinishi lozim bo‘lmagan ishlar, masalan, odamni muvozanatdan
chiqarishi mumkin bo‘lgan zararli odatlardir.

Men o‘n yil oldin bir musiqa bastalovchi bilan ishlagan edim. Mening
fikrimcha, ijodkor odamlar faqat ilhom kel ganda ishlaydigan, boshqa vaqtda ish
tartibiga e’tibor bermaydigan odamlar edilar. Chunki shu vaqtgacha men uchratgan
ijod kishilari shunday odamlar edilar. Endi men hamkorlik qilayotgan ijodkor esa
juda tartibli edi. Uch kunda bir musiqani bitirib berishni va’da bergan odam
ertalabdan kechgacha ishlab, buyurtmalarni o‘z vaqtida qilib bera boshladi. Shunda
men: “Nima uchun siz bosh qa ijodkorlarga o‘xshamaysiz?” deb so‘ragan edim. U
menga ish stolida yotgan audiokitobni ko‘rsatib: “Chunki men bunga amal qilib
yashayman”, deb aytgan edi. Bu Maksvellning odam o‘z hayotini o‘zi
boshqaruvchi yetak chi bo‘lishi lozimligi haqidagi kitob edi. Yillar o‘tib bu yigit
Moskvaga ko‘chib ketdi. U yerda tungi barga ishga kirib di. Ikki yildan so‘ng
uning buzuq qizlarga ilakishib, hayo ti izdan chiqib ketgani, har tanishidan pul
so‘rab yurishi haqida eshitdim. U o‘zini tartibintizomda saqlaganida
muvaffaqiyatli edi, bo‘sh qo‘yganida quladi va qobiliyatini ishga solib ijod qilish
iqtidorini ham yo‘qotdi. Intizom muvaffaqiyat tomon shahdam qadamlar bilan
ketayotgan kishiga dorbozni dor ustida tutib turadigan langar cho‘pi kabi
muhimdir! Undan chekinsak qulaymiz!

O‘zida tartibintizomlilikni shakllantirish qadamlari:
1) Shu mavzuda ruhlantiruvchi kitoblar o‘qing.
2) Kundalik rejaga binoan yashang.
3) Teztez maqsadingizga qarab turing.
4) Rejalashtirgan ishlaringizni o‘z vaqtida va sifatli ba jarishga harakat qiling.

34

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova

10. IJOBIY FIKRLASH

Muvaffaqiyatli shaxs va buyuk inson bo‘lishni istagan odam ijobiy
fikrlashni o‘zida shakllantirishi lozim.

Har bir kishining ongi yo ijobiy, yo salbiy fikrlashga yo‘nalgandir. Salbiy
fikrlovchilar hamma narsa: o‘zlari, odamlar, hayot, kelajak haqida salbiy
o‘ylaydilar, hayotdan biror yaxshi narsani kutmaydilar, salbiy o‘ylariga salbiy his
lar hamroh bo‘ladi. Bundaylar o‘zlariga salbiy narsalarni tortadilar, ular bilan
ko‘ngilsiz voqealar ko‘proq sodir bo‘la di, ular ko‘proq kasalliklarga duchor
bo‘ladilar, arzimagan narsalardan muammo chiqaradilar; hayotlarida yomon ishlar
o‘zo‘zicha sodir bo‘laveradi, yaxshi o‘zgarishlar ko‘p sodir bo‘lmaydi, chunki
buning uchun harakat qilmaydilar. Agar suvdan o‘tolmayman, deb o‘ylasangiz
suvga tushib ham o‘tirmaysiz. Xuddi shunday, ko‘plab odamlar suzib
o‘tolmasliklariga ishonganlari tufayli suv bo‘yida, bo‘yrada o‘tirib umrlarini
o‘tkazadilar.

Ijobiy fikrlovchi va salbiy fikrlovchi odamlar bir narsaga, vaziyatga qarab uni
ikki xil baholashadi. Misol sifatida bir hikmatni bayon qilmoqchiman: Bir etikdo‘z
Afrikaga boribdi. Yerga qo‘nganidan so‘ng uyiga qo‘ng‘iroq qilibdi: “Men uyga
qaytaman. Bu yerda hech kim poyafzal kiymas ekan!” Ma’lum vaqt o‘tib boshqa
etikdo‘z Afrikaga kelibdi. U ham uyiga qo‘ng‘iroq qilibdi: “Men bu yerda uzoqroq
qolaman, bu yerda hammaga pofayzal kerak ekan!” Endi o‘zingiz ayting, qaysi biri
ijobiy fikrli ekan va kundalik ishi hamda noniga ega bo‘ladi?

Mutaxassislar hayotda muvaffaqiyatli bo‘lish uchun “muammo” so‘zini
fikrdan chiqarib tashlashni, uni “vazi yat” deb atashni tavsiya qilishadi. Shunda
odamning ongi bu voqeaga salbiy emas, balki yechilishi lozim bo‘lgan masaladek
qaraydi va osoyishtalik bilan undan chiqish yo‘lini izlab muvaffaqiyatli chiqadi.

Salbiy fikrlashning zaminida inson o‘zi uchun haqiqat deb qabul qilgan
so‘z yotadi. So‘z qalbimizning ozig‘i hisoblanadi. Agar bolaga bolaligidan: “Sen
beburd, qo‘lingdan hech narsa kelmaydi”, deb aytsak, “Hayot og‘ir, kundankunga
hamma narsa qiyinlashib ketyapti”, desak, albatta, bola dunyoni bizning nuqtai
nazarimizdan qabul qiladi va umrbod shu aqida bilan yashab o‘tadi. So‘ngra bizlar
o‘zimiz: “Nima uchun bu buncha omadsiz?” deb hayron qolamiz.

Men bir rus notiqning nutqini eshitgan edim. U shunday deydi: “Bizlar
bolalarimizni ahmoq, tentak deb ataymiz. Ular shu fikr bilan ulg‘ayadilar.
Tengqurlari orasida o‘zlari ni ahmoq, tentak his qiladilar, hayotdan shunday
o‘tadilar. Yahudiylarda tarbiya boshqacha. Yahudiy ota agar besh yashar qizchasi
pianino yaxshi chala olmasa, qiziga: “Mening qizim eng dono qiz. U pianinoni zo‘r
chalishni o‘rganadi! U katta teatrda royal chaladi, mashhur musiqa chi bo‘ladi!”
deydi. Nima deb o‘ylaysiz? Yillar o‘tgach un ing qizini katta teatrda royal
chalayotganini ko‘ramiz!”

Salbiy fikrlashning boshqa sababi odamning qaysidir sohadagi
muvaffaqiyatsizligi, yomon tajribasi, yo biror sohada uzoq vaqt davom etayotgan
omadsizlik bo‘lishi mumkin.

Salbiy fikrlash shaxsiy va ommaviy bo‘lishi mum kin. Yodimda,
90yillarda, Sovet Ittifoqi qulashi davrida umumiy kayfiyat shunaqa edi: “Hamma

35

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova

narsa nurab bormoqda, binolar ham, tog‘lar ham. Zahiralar tugab bormoqda. Xudo
ham dunyoni mukammal yarata olmagan. Oxirat yaqin...” O‘shanda metroga
tushganda o‘tirganlar ni kuzatsangiz hamma odamlar boshlari soliq, nigohlari
tushkun, kayfiyatsiz bo‘lar edilar. Albatta, maoshing nonga yetmasa, shakar,
sovun, yog‘ anqoning urug‘i bo‘lib tursa o‘zingni boshqacha tutishning, boshqacha
o‘ylashning o‘zi qiyin...

Sovet Ittifoqi qulagach, devorlar ochilib, dunyoda bosh qa davlatlar,
boshqacha hayot ham borligi ko‘rinib qoldi.

Dunyo oxiratiga emas, rivojlanish cho‘qqiga qarab intilayot gan ekan:
yegulik, kiygulik, gaz, elektr quvvati, suv hayot ning oddiy ehtiyojlari, ularga ega
bo‘lish har bir kishining insoniy huquqi ekan; 100 qavatli binolarda suv, chiroq, lift
o‘chmas; kolbasa, pishloqning yuzdan ortiq turi bor; odam lar shaxsiy biznes,
korxona, korporatsiya, supermarket, gipermarket, shaharcha, orolchalarga ega.
Bozor iqtisodi yoti, qo‘shma korxonalar, ijtimoiy loyihalar boshqa dunyo, boshqa
dunyoqarash, boshqa imkoniyatlarga, boshqacha fikrlashga eshik ochdi. Kimdir bu
o‘zgarishlarga hadik bilan qaragan bo‘lsa, kimdir suvga tushgan baliqdek
imkondan foydalana boshladi va muvaffaqiyat qozona boshladi.

Ba’zan xonada uzoq o‘tirib qolganimizda xonaning havosi og‘irlashadi,
hamma joyda havo shundaydek tuyula di, birdan kimdir ko‘chadan kelib, eshikni
ochadi, toza havo qalbimizga gup etib uriladi va biz chuqur nafas ola bosh laymiz.
Siz ham salbiy o‘ylayotgan, dimiqib nafas olayotgan sohada dunyoda toza havo,
ya’ni boshqacha fikr bordir? Bal ki derazani ochish, eshikni ochish, balki umuman
xonadan keng dalalarga chiqib bu sohadagi toza havodan nafas olish vaqti
kelgandir?

Odam o‘zi salbiy fikrlashga moyil bo‘lishi mumkin yoki bu atrof muhit
ta’sirida bo‘lishi mumkin. Ikki holatda ham o‘z fikri ustida ishlab, uni ijobiyga
aylanti rish mumkin. Psixologiya kitoblaridan birida bir mah bus haqida o‘qigan
edim. U mahbuslar o‘ta og‘ir sharoitda tutiladigan qamoqxonaga tushgan. Bu
qamoqxonadagilar ning ko‘pchiligi yo o‘ldirilgan, yo o‘z joniga qasd qilgan, yo
aqldan ozgan. Lekin bu odam qamoqdan sog‘ chiqqan. “Bunga qanday
erishdingiz?” degan savolga, u shunday javob bergan: “Men qalbimda: “Bular
hammasi vaqtincha, men yaqinda ozod bo‘laman”, degan psixologik to‘siq
qo‘ydim, men atrofimda sodir bo‘layotgan voqealarga, aytilayotgan so‘zlarga
emas, shu himoya to‘sig‘iga diqqatim ni qaratar edim”. U o‘z qalbida ruhiy to‘siq
qo‘ygan va to‘rt yillik qamoqdan sog‘lom chiqqan. Solishtirish uchun aytish
mumkinki, Leningrad blokadasi vaqtida ba’zi odamlar o‘z jonlariga qasd qilib
hayotni tark etishgan.

Kitob so‘nggidagi ilovada, “Ijobiy va salbiy fikrlash” ruknida ijobiy va salbiy
fikrlovchi odamlarning umumiy xususiyatlari bilan tanishishingiz mumkin.

Salbiy fikrlash odamning sog‘lig‘iga va uning umumiy hayotiga ham ta’sir
qiladi. Shuning uchun salbiy fikrlashni ijobiy fikrlashga almashtirgan ma’qul.
Buning iloji bormi? deb so‘rashingiz mumkin. Bor, ko‘plar o‘z ustida ishlab
bunday yutuqqa erishgan. Quyida shunday guvohliklardan birini taqdim etaman:

Ijobiy fikrlashga o‘tganimdan keyin:

36

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova
1. Vaziyatlar mahsuldorroq yechila boshladi, chunki kamroq

asabiylashyapman, salbiy hissiyotlarni kamroq his qilyapman.

2. O‘tmishdagi muvaffaqiyatsizliklar boshqa bezovta qilmayapti, kelajakka

nazar paydo bo‘ldi, bu rivojlanish jarayonini tezlashtirdi.

3. Ko‘p yaxshi voqealar men bilan sodir bo‘la boshladi. Xuddi men

magnitdek yaxshi narsalarni o‘zimga tortayot gandek his qilyapman. Men yaxshi

narsalarni ko‘p e’tirof etdim va ular mening fikr oqimimga qo‘shilib ketdi va

amalga osha boshladi.

4. Doim nolib yuradiganlar va noshukurlar mendan uzoqlashdilar, ularning

o‘rniga hayotdan quvonib yashay diganlar meni o‘rab oldilar.

5. Men o‘zim bilan uyg‘unlikda(garmoniya) yasha moqdaman. O‘zimni

sog‘lom his qilyapman, meni bezovta qilgan kasallik belgilar yo‘qoldi.

Bu ijobiy o‘zgarishlar mening shaxsiyatimda aks etdi. Tabassumlilik, yaxshi

kayfiyat, hazil, vaziyatlarni osonlik bilan hal qilish, muvaffaqiyatlilik meni

to‘ldirdi va hayot ning har qanday qiyinchiliklarida hamrohimga aylandi.

Bu misol, yana bir bora maqsad qo‘yish va harakat qilish orqali, ijobiy

fikrlashni odam o‘zida shakllantirishi mumkinligini tasdiqlaydi. Siz ham

kayfiyatingiz, hayotin giz o‘zgarishini istaysizmi? Fikrlash tarzi ustida mehnat

qilish vaqti keldi.

Salbiy fikrlashni ijobiy fikrlashga o‘zgartirish qadamlari:

1) O‘zingizni tahlil qiling. Qaysi sohalarda salbiy fikrda siz? Bu salbiy fikrlar

zaminida nima yotadi?

2) Salbiy fikrlarni keltirib chiqargan salbiy so‘zlarni ijobiy so‘zlarga

almashtiring. Shu sohada kitoblar o‘qing.

3) Agar biror sohadagi mag‘lubiyatingiz salbiy fikrlashga olib kelgan bo‘lsa:

har vaziyatga alohida qarang, nimadadir yutqazganingiz, hamma sohada

mag‘lubsiz degani emas. Tahlil qiling: “Nima bo‘ldi? Nima uchun bo‘ldi? Mening

ay bim bormi? Boshqacharoq qilsam boshqacha bo‘lar edimi? Endi nima qilishim

kerak? Biror narsani o‘zgartira olaman mi?” O‘zgartira olsangiz o‘zgartiring,

o‘zgartira olmasangiz, o‘tmishni tinch qo‘ying, oldinga qarang! Yangi maqsadlar

qo‘ying, rejalar tuzing, harakat qiling! Qanday vaziyatda bo‘lsangiz ham chiqish

yo‘li bor, undan chiqish yo‘li yo‘l ortida nurni ko‘ra olish, izlash, harakat

qilishdir!

4) Yigirma bir kun davomida salbiy narsani o‘ylamas lik, salbiy hislarni qabul

qilmaslik va salbiy so‘zlarni so‘zlamaslikka harakat qiling. Salbiy fikr va hissiyot

kel ganida aqliy ravishda ularni ijobiy fikr va hissiyotga aylantiring. Shunda bu

odatga aylanadi. Keyin bu odatni mustahkamlash uchun shu tarzda harakat qilishni

davom ettiring.

4) Salbiy fikrlovchi, noluvchi, g‘iybatchi ulfatlardan uzoqlashib, ijobiy

fikrlovchi, quvnoq, maqsadga intiluvchi odamlar bilan do‘stlashishga harakat

qiling.

5) Qo‘lingizdan keladigan biror ish boshlang. Ijobiy fikr va ijobiy hissiyot

bilan boshlab, jarayon ham, natija ham yaxshi bo‘lishiga ishonib jonjahdingiz bilan

o‘qib o‘rganib, qo‘llab harakat qiling. Albatta, muvaffaqiyat qozonasiz, chunki

37

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova

“intilganga tole yor” bo‘ladi va bu muvaffaqiyat poydevoriga yangi loyihalar va
yangi yutuqlar ni qo‘shib boravering.

Shuningdek, kitob so‘nggidagi ilovada, qanday qilib salbiy fikrlashni ijobiy
fikrlarga o‘zgartirish mumkinligi haqidagi mutaxassislar maslahati bilan ham
tanishishi ngiz mumkin.

Ijobiy fikrlashga ko‘tarinki kayfiyat, umid hamroh bo‘ladi va u harakat
qilishga dadillik beradi. Shu uchun o‘qiganingiz kitobda qolib ketmasin, bu
qadamlarni yozib oling, qo‘llang va fikrlashingizni o‘zgartirish orqali ha yotingizni
o‘zgartiring! Bu mehnat! Axir behudaga “tog‘ga chiqmasang, do‘lana qayda?”
deyilmaganku? Lekin bu inson taqdirini, kelajagini o‘zgartiradigan mehnat, shu
uchun ham bu mehnatga qo‘l ursa arziydi!Bu mehnatning yana bir ijobiy tomoni
shundaki, ko‘pchilik salbiy fikr bilan yashayotgan jamiyatda siz ijobiylik,
muvaffaqiyatlilik na munasi bo‘lib, ularning ham fikrlarini o‘zgartirishlari va
muvaffaqiyatliroq, baxtliroq, quvonchliroq bo‘lishlariga o‘z hissangizni qo‘shasiz!
Olg‘a!

38

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova

11. IJODIY FIKRLASH

Muvaffaqiyatli shaxs va buyuk inson bo‘lishni istagan odam ijodiy
fikrlashni o‘zida shakllantirishi lozim.

Har sohada peshqadam bo‘lish uchun ijodiy fikrlash, ixtirochilik fazilati
muhimdir. Hozir hammamiz foy dalanadigan global narsalar: elektr quvvati,
telefon, kompyuter, mehmonxonalar, kafelar tizimlari qachon lardir kimlarningdir
ongida tug‘ilgan, ular bu g‘oyani hayotga tatbiq etishgan va bu ularga shu sohada
pesh qadamlik qilish hamda katta mablag‘ olish imkonini bergan. Siz ham o‘z
qobiliyatiga ega maxsus shaxssiz. Hali ixtirochisini kutib turgan ko‘plab g‘oyalar
oldinda! Balki uni kashf etuvchi men yoki siz bo‘larsiz! Buni istang, izlaning va
erishasiz!

Ijodiy fikrlash bizlarga ikki sohada ustunlik beradi:
1) Turli qiyin vaziyatlardan chiqishning original yo‘lini taqdim qiladi;
2)Biror ishni boshlashda yangicha g‘oyani taqdim etadi.
Bizlar yashayotgan globallashish, konkurensiya davrida ijodiy fikrsiz olg‘a
borish qiyin. Dunyo miqyosidagi ulkan korporatsiyalar, makrobiznes xodimlari
megashaharlardan qishloqlargacha egallab olishyapti. Dunyoning eng topqir, eng
ilg‘or tijoratchilari, biznesmenlari old g‘oyalari, katta bizneslari bilan harakat
qilayotgan bozorda, bozor iqtisodi yotidan, novator g‘oyalar ixtirosidan bexabar
odam o‘zini ko‘zi ochiqlar ichra yurgan ko‘rdek his qiladi va bu shafqat siz bozor
uni siqib chiqarib qo‘yganini o‘zi payqamay qola di. Bu katta bizneslar aro bizning
o‘rta, kichik biznesimizga ham o‘rin bo‘lishi, rizqimizni topib yeyishimiz uchun
ijodiy fikrlashga ega bo‘lishimiz, ya’ni bu haqida o‘qib, o‘rganib, qo‘llab ijodiy
fikrlashni o‘zimizda rivojlantirishimiz lozim. “Mohir qo‘llar” filmini
ko‘rganmisiz? Hayotiy voqeaga asoslanib olingan bu filmda, film qahramoni
televizor ko‘rishni yaxshi ko‘radigan, jahldor bolakay. Yolg‘iz ona ikki bolasini
ulg‘aytirish uchun kunu kecha ishda. Uyga kelganida bolalar televizor ko‘rib
o‘tirganini ko‘rganida, televizor ko‘rishga cheklov qo‘yadi, kutubxonaga borib
ko‘proq kitob o‘qishga yo‘naltiradi. “Agar sizlar ko‘proq kitob o‘qiganlaringda, siz
televizor ko‘rib o‘tirmasdinglar, ma’lum vaqtdan so‘ng odamlar sizlarni
televizorda ko‘rar edi!” deydi. Bolalar kutubxonaga borib shug‘ullana bosh
lashadi. Bolalar dars bo‘yicha savol berganida, ona doimo: “Tasavvuringni ishga
sol”,deb javob beradi. Bola tasavvuri ni ishga solib rivojlantira boshlaydi. Natijada
u mohir jarroh bo‘lib ulg‘ayadi. U tibbiyot hali yechimini topmagan kasal liklarga
tasavvuri yordamida yechim taklif qila boshlaydi va bu o‘z samarasini bera
boshlaydi. Jumladan, tutqanoq kasalligidan azoblanayotgan qizchaning miyasining
bir bo‘lagini kesib tashlashni taklif qiladi. Har bir shifokor bu ahmoqlik degan
bo‘lar edi, chunki miyaning har bir bo‘lagi tananing qaysidir qismi uchun mas’ul
markazlardan iborat. U esa: “Hozir bolaning ongida qo‘zg‘alish jarayoni kuchli
ketyapti. Shu uchun kunida o‘nlab xurujlar bo‘lyapti. Agar ozroq bo‘lak miyani
olib tashlasak, signal o‘tish maydoni kamaygani uchun xurujlar to‘xtashi mumkin.
Bolalar ongi hali yosh, bir markaz yo‘qolganida, boshqalari uning vazi fasini
bajara boshlashi kerak”, deydi. Bolachaning ahvoli og‘irligi uchun otaona qaysidir
markaz ishlamay qolishi, bolacha gapira olmaydigan bo‘lib qolishi xavfi bilan ham

39

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova

otaonasi jarrohlik muolajasiga rozi bo‘lishadi. Jarrohlik dan so‘ng natija: Xurujlar
yo‘q, bola gapiradi, asoratlar yo‘q. Bu shifokorning yana bir muvaffaqiyati
shundan iborat bo‘ladiki, miyasida birlashgan siam egizaklari tug‘ilishadi. Odatda
bunday holatlarda bolaning biri tanlanib, kesib olinar, ikkinchisi halok bo‘lar edi.
U esa ikkala bolani tir ik qoldirgan holda boshlarini ajratib olish yo‘lini topadi va
amalga oshiradi. Natijada, ikki inson sog‘lom yashash baxtiga muyassar bo‘lishadi,
bir inson hayoti saqlab qolinadi! Bularning hammasiga u tasavvurini, ya’ni ijodiy
fikrlashni rivojlantirish natijasida erishdi. Bir yili shu shifokor hatto o‘z nomzodini
Amerika prezidentligiga ham qo‘ygan edi, chunki unda bu sohada ham ijodiy
fikrlash yetarli!

Katta korxonalar ijodiy fikrlash naqadar muhimligini yaxshi tushunishadi va
bunday fazilatga ega bo‘lganlarga katta narx to‘lashadi. Bir odamning bir
muvaffaqiyat li kompaniyaga tajriba orttirish uchun borganida, ish xonalarni
ko‘zdan kechirgani taassurotini o‘qigan edim. Aytishi bo‘yicha, bir xonaga
kirganida, u yerda faqatgina yonboshlab o‘tiriladigan keng, qulay divan bo‘lgan.

“Bu qanaqa xona?” deb so‘raganida, kompaniya direktori: “Bu xona bizning
g‘oya yaratuvchimizning xonasi. U kelib bu erda kunida besholti soat o‘ylaydi, yan
gi g‘oyalar yaratadi”, debdi. “Sizda shunaqa shtat ham bormi?” so‘rabdi mehmon.
“Albatta, bu yana katta narx to‘lanadigan shtat, biz unga oyiga 2000 dollar
to‘laymiz”. “Oho”. “Uning so‘nggi g‘oyasi kompaniyamizga 20.000 dollar
keltirdi!” “Aha”.

Agar o‘zimizda ijodiy fikrlashni kashf etsak, ham ha yotimizda, ham o‘z
biznesimizda, agar biror korxonada ish lamoqchi bo‘lsak o‘sha korxonada qadrli,
malakali muta xassis bo‘lishni o‘zimizga ta’minlaymiz!

Ijodiy fikrlashni shakllantirish sari qadamlar:
1) O‘ylashni, kashf etishni, ixtiro qilishni seving!
2) Biror vazifani bajarayotganingizda, o‘zingizga: “Buni yana qanday yechish
mumkin?” degan savolni bering, yangi, yaxshiroq yo‘llarini kashf etishga harakat
qiling.
3) Ingliz tilida “out of box” degan tushuncha bor. Bu hamma o‘ylaydigandek
emas, balki o‘ziga chegara qo‘ymay o‘ylash degan ma’noni bildiradi. Yangi yo‘l
yoki usul kashf qilayotganda cheklovlar chizig‘idan chiqib, cheksiz o‘ylashga
harakat qiling. Yodda tuting, barcha ix tirolar aynan “bo‘lishi mumkin emas”
qolipidan chiqib, cheksiz o‘ylash natijasida paydo bo‘lgan.
4) O‘z sohangizda doim yangiliklar yaratishga harakat qiling. Buning uchun
shu sohada kitoblar o‘qing, tajribada qo‘llang, o‘zingizdan: “Yana nimani
yaxshiroq qilish mum kin?” deb so‘rang va odamzod etishganidan chuqurroq
borishga harakat qiling. Ijoddan ijod tug‘iladi, naqadar ko‘p o‘z sohangizda
kitoblar o‘qisangiz shuncha ko‘p o‘rganasiz va bu bilim sizda ham ijodiy fikrlash
kurtaklari ni qitiqlaydi va ixtirolar dunyoga kela boshlaydi.
5) ”Ishtaha ovqat vaqtida keladi”, degan maqol bor. O‘zingiz uchun ijodiy
muhiti yarating, ijod qilish uchun joy, vaqt, kuch ajrating. Buni doimiy ravishda
qilganingizda ijod mahsuli favvoradek otilib chiqa boshlaydi. Masalan, men ijod
qilishim uchun yorug‘, osoyishta xona, tabiat, vaqt, asosiysi, qo‘limda qog‘oz va
qalam bo‘lishi lozim.

40

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova
Shuningdek, kitob so‘nggidagi ilovada berilgan, “Ijodiy fikrlashni

rivojlantirish uchun o‘n maslahat”ni o‘qib chiqishingiz va qo‘llashingiz mumkin.

41

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova

12. PESHQADAMLIK

Muvaffaqiyatli shaxs va buyuk inson bo‘lishni istagan odam
peshqadamlilikni o‘zida shakllanti rishi lozim.

“Biznes daholari” seriyasidan Amerikani barpo qil gan daholar qatorida
Vanderbilt haqida hujjatli filmni ko‘rdim. Vanderbilt peshqadamlik borasida
yaxshi na muna bo‘lgan shaxsdir. Uning katta va serdaromad porti bo‘lgan. Shu
port orqali yuk jo‘natib va qabul qilib yaxshi daromad qilgan. Temir yo‘l va
poezdlar yaratila bosh laganida, kelajak temir yo‘llarniki ekanini payqab o‘z
portini sotadi va temir yo‘llari qurish hamda poezdlar sotib olishga pulini tikadi.
Natijada, Amerikaning temir yo‘llari qiroliga va eng boy kishilardan biriga
aylanadi. Agar unda peshqadamlik fazilati bo‘lmaganida bosh qalar kabi shunday
ulkan imkoniyatni qo‘ldan boy bergan bo‘lar edi va erishgan muvaffaqiyatlari
hamda barakalariga erisha olmagan bo‘lar edi.

Kim g‘olib bo‘ladi? Marraga birinchi bo‘lib yetib kelgan odam. Har bir
sohada ham shunday: peshqadam odamlar olg‘a borib barakalarni terib oladilar.
Peshqadam bo‘lish uchun buni istash, buning uchun narx to‘lash kerak, ya’ni o‘z
sohasidagi narsalardan xabardor bo‘lish hamda ularni tajribada qo‘llash lozim.

Bu ikki sohada doimo o‘z ustidan ishlashni talab qiladi:
1) Erishgan yutug‘ini saqlab qolish.
2) Yangi cho‘qqilarni zabt etish.
Boshqacha qilib aytganda, mijozga xizmat sifatini saqlab qolish va yanada
ko‘tarish. E’tibor bering: ko‘plab xorijiy firma mahsulotlarida, masalan, “1900
yildan buy on” degan yozuv bor. Bu: “Shuncha yildan buyon biz lar sifatli
mahsulot bilan bozorda o‘z o‘rnimizni topib, uni saqlab qolyapmiz, shu bizlarning
ishonchli, jiddiy kompaniya ekanimizdan guvoh”, deganidir!
Agar o‘z sohangizda peshqadam bo‘lishni istasangiz, buni istashingiz va
buning uchun mehnat qilishingiz lozim. Shunda peshqadamlik mukofoti
qalbingizni quvon tirib turadi.
Peshqadam bo‘lish uchun, avvalo o‘zingiz bilan musobaqalashing, o‘z
ustingizda ishlang, kechagiga ko‘ra yaxshiroq bo‘lishga harakat qiling.
Raqiblaringizni hurmat qiling, ular sizga uxlab qolmas likka, doimo harakatda
bo‘lib ko‘proq baraka olishingizga turtki bo‘lyaptilar.
Halol mehnat qiling, halol musobaqalashing, o‘zi ngizdan kuchlilardan
zavqlaning, zaiflarni qo‘llabquv vatlang, ezmang. Chunki o‘zingiz ham kimdandir
kuchli, kimdandir zaifsiz. Agar kuch biznesni rivojlantirishga berilsa, bundan
hamma yutadi, birbirini ezishga berilsa, hamma yutqazadi.
Peshqadamlikni o‘zida shakllantirish tomon qa damlar:
1) Qulaylik doirasini tark etib, harakatda bo‘lishni se ving.
2) Doimo o‘z sohangizdagi yangiliklardan xabardor bo‘lib, ularni qo‘llang.
3) Yana nimalar qilish mumkinligini o‘ylang, kelajakda o‘z sohangizda
nimalar bo‘lishi mumkinligini o‘ylang, ix tirolar qiling va hayotga tatbiq eting.

42

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova
13. DOIMO IZLANISHDA VA HARAKATDA BO‘LISH

Muvaffaqiyatli shaxs va buyuk inson bo‘lishni istagan odam doimo

izlanishda va harakatda bo‘li shi lozim.

Hayotimiz asosan uch tezlikdagi davrlardan iborat:

1) Shiddatli biror sohada muvaffaqiyat qozondin giz, muvaffaqiyatni saqlab

qolish va barakani ko‘paytirish uchun ko‘p va tez ishlash davri.

2) 0datiy kunlar odatiy tezlik davri.

3) Ish yurishmayapti, yo‘l yopiq tezlik 0 bo‘lgan davr.

Shiddatli davr. Birdan omad kuldi: mahsulotingiz

xaridorgir bo‘ldi, kompaniyangizga ko‘p mijozlar paydo bo‘ldi va hokazo.

Doim ham shunday bo‘lmaydi. Baliqni katta oqim bilan kelgan vaqtida ovlab

qolish mumkin, keyin uzoq vaqt sokinlik davri boshlanishi mumkin. Shu ning

uchun hayotingiz, ishingizda shiddatli davrni bosh dan kechirayotgan bo‘lsangiz,

iloji boricha ko‘proq baraka olish uchun bor quvvatingizni ishga solib ishlang,

ulgur maganingizga yordamchilar oling. Asosiysi, doim shunday bo‘ladi, deb

o‘ylab, ishingizga beparvolik qilmang, sizning sustligingiz uchun baraka vaqtidan

oldin ketmasin.

Odatiy kunlar. Odatiy kunlar bir xillik bilan zerikar li. Hayotimizda hamma

narsaning pishishini o‘z qonun qoidasi bor. Masalan, bugun dalaga ekin eksangiz,

ertaga birdan chiqmaydi. U o‘sishi kerak, buning uchun uni parvar ish qilish,

sug‘orish kerak. Chodirni bir kunda o‘rnatish mumkin. Lekin yuz qavatli bino

oylabyillab quriladi.

A) Qizg‘in mehnat qilish. Shuning uchun har bir kuni mizda qilayotgan

ishimizning bugun qilinishi kerak bo‘lgan qismini qilib, natijasini kutib qizg‘in

mehnat qilishimiz lozim. Masalan, siz talabasiz. 5yil o‘qishingiz kerak. Shu besh

yil o‘tishini kutib, nomiga o‘qish boshqa, har sohaning chuqur bilimdoni bo‘lish

uchun astoydil o‘qigan boshqa.

B) Bir necha dala qoidasini qo‘llash. Agar biz aso siy ishimizni qilib

ulgursak, yana vaqtimizni tejab boshqa ish ham qila olsak “bir necha dala”

qoidasini qo‘llash mumkin. Masalan, siz ingliz tili oliygohida o‘qiysiz, ham ma

darslaringizni qilib qo‘yasizu, parallel ravishda kom pyuter dasturlashni

o‘rganasiz, kechga qo‘lingizdan kel gan ishga buyurtmalar olasiz. Bu bilan 5yillik

talabalik davrini shunchaki darsga borib kelishga sarflamasdan, qo‘shimcha darslar

olish va ishlashga sarflaysiz va hayot da uquvingizni oshirasiz, barakani oshirasiz.

Talabalik chog‘imizda shunday filmni ko‘rgan edik. Bir fransuz qizi ertalab

bir joyda o‘qiydi, tushlikdan so‘ng bir joyda ishlaydi, oqshom boshqa bir joyda

dars beradi. Shaxsiy hayotida sevgan yigiti bor, telefoni qo‘ng‘irog‘i ketishi kerak

bo‘lgan vaqtda jiringlaydi va u hech narsaga qaramay oldinga qarab yuguradi. Bu

film meni “bir necha dala” qoidasini tushunishga, istashga va qo‘llashga

ruhlantirgan edi va bu ruhlanish menga ko‘p baraka keltirdi!

Ish yurishmayotgan, yo‘l yopiq davr. Har kimning ha yotida ko‘ngilsiz

davrlar bor. Ular har kimda har xil bo‘lishi, hayotining turli davrida bo‘lishi

mumkin. Istagan o‘qishi ngizga kira olmadingiz, nima qilasiz? Istagan maqsadin

gizda eta olmaganingizdachi? Istagan ishingizga kira olmaganda? Ishdan

bo‘shatishganida? Ish topa olmagani ngizda? Nafaqaga chiqarishganda? Bularning

43

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova

hammasiga yo‘qotish deb qarash mumkin, aksincha, yangi imkoni yatlar eshigiga
yo‘l deb qarash mumkin. Bunday davrda o‘tirib o‘ylab ko‘ring: shu narsa sizga
naqadar muhim? Agar muhim bo‘lsa, harakatda davom eting. Masalan, ko‘plar
oliygohga bir necha marta yiqilib keyin kirishadi. Odatda, qiynalib kirganlar
o‘qishni ko‘proq qadrlashadi, yaxshiroq o‘qishadi, yaxshiroq mutaxassislar
bo‘lishadi. Agar bu narsa uncha muhim bo‘lmasa, boshqa yo‘nalishda harakat
qiling: asosiysi harakat qilishdan to‘xtamang. Jek Mayya o‘z kompaniyasini
ochishdan oldin ko‘plab kompaniyalarga ishga kirmoqchi bo‘lgan, hamma joydan
rad javobi olgan ekan. Lekin harakat qilavergani uchun o‘z kompaniyasini ochish
g‘oyasi kelgan va ochib, dunyoning eng mashhur, boy odamlaridan biriga
aylangan.

Har uchchala davrda ham doimo izlanish va harakat da bo‘lgan odamlar
yutadilar! Afsuski, odamda o‘zini as rash, ayash, qulaylik doirasidan chiqmaslik,
yalqovlik kabi nuqsonlar borki, odam hissiyotiga o‘rin bersa bular odam ning
yillarini bekorchilik bilan kemirib yuborishi mumkin. Ba’zilar 35yoshgacha: “Hali
yoshman, hamma muvaffaqi yatlar oldinda”, aqidasi bilan yashab,
3540kirganlarida hech nima o‘zgarmaganini, qaytanga umr o‘tib ketayot ganini
fahmlab umrlarining qolgan qismini ushalmagan orzular mozorida motam tutib
o‘tkazadilar.

Mutaxassislarning fikrlariga ko‘ra, odamning eng faol ishlash davri 35
yoshgacha ekan, keyin ong va bosh qa a’zolar faoliyati sekinlasha boshlar ekan.
Shuning uchun naqadar baland cho‘qqiga ko‘tarilmoqchi bo‘lsan giz, hech qursa,
uning yarmiga 35 yoshgacha ko‘taril ishga harakat qiling. Bizning kompyuter
asrimizda, ish boshlash yoshi yosharmoqda. Hozir 10 yoshli bola ham kompyuter
orqali faoliyat yuritib, biznes ko‘tarishi yoki pul ishlashi mumkin.

Xo‘p, 35 yoshdan keyinchi? Tanamizning qaysi a’zolarini: ongni,
mushaklarni mashq qildirib tursak, o‘sha a’zolar mustahkamlanadi va
faollashaveradi. Qaysi a’zolar mashq qildirilmasa, o‘sha a’zolar zaiflashib o‘lib
boraveradi. Shuning uchun yosh ulg‘aygan sari jismoniy va aqliy faol bo‘lish
hayotimizni yuqori sifatda saqlab qolishimizga yordam beradi.

Agar harakat qilsak, harakat qilayotgan sohamizda hayot bo‘ladi va bu hayot
bizlarga kutilmagan sovg‘alarni in’om etadi. Shu borada siz bilan Rey Krokning
tajribasi bilan bo‘lishmoqchiman. U muzqaymoq tayyorlaydigan apparatlar sotish
bilan shug‘ullanar edi. U 1955 yilda, 50 yoshida Makdonals ixtirochisi bilan
shartnoma tuzdi va Makdonalsning savdo belgisiga huquqni sotib oldi. U eng
ziyrak odamlarni ishga ola boshladi, u komandasiga, komandadagilar esa
yangilarga ishlashni o‘rgatishdi. Boshida ko‘p narsani qurbon qilishiga to‘g‘ri
keldi. Yoshiga qaramasdan, o‘ttiz yil oldin biznes ochayotganida naqadar qattiq
ishlagan bo‘lsa shun day qattiq ishlay boshladi, o‘sha davrda o‘zi uchun ortiqcha
tuyulgan ko‘p narsalardan, jumladan, golf klubiga a’zolikdan ham kechdi. Ishining
ilk sakkiz yilida Makdonalsdan o‘ziga maosh to‘lamadi. Boz ustiga, o‘z
komandasining ba’zi asosiy xizmatchilariga maosh to‘lash uchun o‘z nomiga
bankdan pul qarz oldi. U ko‘p qurbonlik qildi, lekin qurbonligi yuzlab foy da bilan
qaytib keldi. 1955 yildan 1959 yilgacha Krok 100 ta restoran ochdi. 4 yildan so‘ng

44

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova

ularning soni 500 ga etdi. Hozirgi kunda dunyoning 100 davlatida 21000
restoranlar ochgan va u katta miqdordagi mablag‘ning sohibi bo‘lgan.

Izlanuvchanlik va harakatchanlikni rivojlantirish qadamlari:
1) Aqliy, jismoniy faol hayot tarzi yuriting.
2) Yana nima qila olaman, degan savol va faoliyat bilan yashang.
3) Aqliy va jismoniy mehnat sizni baquvvat qilishini his qilgan holda
ishingizni sevib ishlang.
4) Hayotning uch xil oqimi davrida ham izlanish ham da harakatda bo‘lishni
o‘rganing va amalda qo‘llang.

45

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova

14.OLISH VA BERISH QONUNIYATI BILAN YASHASH

Muvaffaqiyatli shaxs va buyuk inson bo‘lish ni istagan odam olish va berish
qonuniyati bilan yashashi lozim.

1) Olgan bilimini berish. Har qanday oqimni nazorat qiling: qayerda kirish
bo‘lsayu, chiqish bo‘lmasa, o‘sha joy botqoqqa aylanadi. Bizning hayotimizda ham
shun day: olish bo‘lsayu, berish bo‘lmasa hayotimiz botqoqqa aylanadi. Ko‘plar
ko‘p bilim olishadi, lekin bilimlarini amalda qo‘llashmaydi, mehr olishadi, lekin
mehr be rishmaydi. Bu insonning hayoti to‘xtab qolishiga olib kela di. Agar olgan
bilimimizni tezda amalda qo‘llasak, bundan baraka olamiz, bu bilim kerakli
natijani bermaganida esa yana izlanamiz va natijaga erishamiz. Asosiysi, ol gan
bilimlarimiz o‘lik yuk bo‘lish uyulib yotishi kerak emas. Masalan, tibbiyot
oliygohida o‘qiganimizda, dars o‘tganimizdan so‘ng bizlarni amaliyot o‘tish uchun
shifox onalarga tungi navbatchilikka qo‘yishar edi. Bu tungi navbatchilikda bizlar
olgan bilimlarimizni amalda qo‘llab ko‘rishimiz lozim edi. U yerda teri ichiga, teri
ostiga, mushak ichiga, vena ichiga in’ektsiyalar qilishni, jarroh lik muolajalaridan
so‘ng bog‘lam qo‘yish, chok echish, keyinchalik bemorlarga tashxis qo‘yish va
muolaja bel gilash kabi ishlar bilan shug‘ullanar edik. Ba’zi talabalar olgan
bilimini berish bilan shug‘ullanib, bilimlarini amali yot bilan mustahkamlar edilar.
Ba’zilar esa tuzuk o‘qimas edilar, amaliyotlarda qatnashmas edilar. Natijada, o‘z
sohasini bilmaydigan, no‘noq kadrlar bo‘lib chiqar edilar. Xo‘sh, ulardan qaysi biri
kelajakda muvaffaqiyatli shifokor bo‘lib chiqadi? Albatta, o‘z ustida ishlagan,
olish va berish qonuniyatiga rioya qilgani!

2) Ko‘proq o‘rib olish uchun ko‘proq ekish. Odatda odamlar “qancha ko‘p
tejasam shuncha ko‘p boyiyman”, deb o‘ylashadi. Lekin dunyoni bizlar
bilmaydigan qonuni yatlari bor, ular aynan bizlarning mantiqimizga zid ishlaydi.
Bu qonuniyatlarga ko‘ra odam qancha ko‘p eksa, shuncha ko‘p o‘rib oladi.
Masalan, dehqon yerga urug‘ ekyapti. U beryapti, lekin yer unga ancha ko‘p hosil
bilan qaytarib beradi. U qancha ko‘p eksa, shu qadar ko‘p o‘rib oladi. Har bir
biznes egalari, ayniqsa, katta biznes egalari ertaga katta daromad olish uchun
bugun katta pul, vaqt, kuch sarflasha di. Masalan, “Korzinka” “Makro”
supermarketlar tarmog‘ini, KFS tarmoqlarini kuzating. Daromad olishlaridan oldin
bu savdo nuqtalarini yaratish uchun ko‘p mablag‘, kuch va vaqt sarflashlariga
to‘g‘ri keladi, keyin esa daromad oladilar.

Odam charchoq his qiladi, kuchimni tejay deb kam harakat qila boshlaydi.
Natijada mushaklar bo‘shashib boraveradi. Boshqa kishi esa jismoniy sog‘lom
bo‘lishning kaliti ko‘p jismoniy harakat qilishda ekanini bilib oladi va yoshiga
qaramay jismoniy faol bo‘lishga harakat qiladi. Natijada, uning mushaklari yanada
baquvvatlashib, u o‘zi ni ko‘proq sog‘lom, yoshargan, baquvvat his qila boshlay
di. Miya sohasida ham xuddi shunday: ishlatilmagan ong tez qariydi, doim mashq
qildirilgan ong faol ishlaydi.

3)Birovning mablag‘iga sodiq bo‘lish. Ba’zan odam ko‘pchilikning mablag‘i
tushadigan joylarga mas’ul bo‘lib qoladi. Eski Sovet dunyoqarashi bo‘yicha, agar
siz maoshingizga qanoat qilsangiz, siz “juda halol, nomi ulug‘, suprasi quruq”
odamsiz, agar u yerdan o‘marishning yo‘lini topsangiz, siz uddaburro odamsiz.

46

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova

Lekin bu no to‘g‘ri dunyoqarash. Bu o‘g‘rilik, birovning haqini yeyish,
nopoklikdir. Bu sohada ishlaydigan odamlar o‘ziga to‘q, birovning haqidan
qo‘rqadigan bo‘lishi lozim. Uning vazifasi kanaldek. Kanal faqat ichidan suv
o‘tkazadi, o‘zi suvni o‘zlashtirmaydi. Naqadar sof kanal bo‘lsak, shu qadar bizlar
orqali ko‘plarning barakasi oqadi, naqadar o‘zlashtiruvchi bo‘lsak manbaimiz shu
qadar tez quriydi. Masalan, koronavirus pandemiyasi vaqtida fond tash
killashtirildi. Iyul oyidayoq bu fond mas’ullari ko‘plab mablag‘larni
o‘zlashtirganlari fosh qilindi. Internetda iyul oyida Bosh prokuratura koronavirusga
qarshi kurashga ajratilgan mablag‘ni suiiste’mol qilinishi va noto‘g‘ri ishlatilishi
borasida 97 jinoiy ish ochgani haqida xabar berdi. Endi tasavvur qiling, kimdir
oilasi bilan ishsiz, ovqatsiz o‘tiribdi. Ularga kimdir rahmi kelib, o‘z rizqidan qiyib
pul o‘tkazyapti. Oradagi odam esa homiy va muhtoj orasida halol vositachi bo‘lib,
barakani yetkazish o‘rniga o‘zlashtirib yuboradi. Natijada, Xudodan baraka, odam
lardan rahmat eshitish o‘rniga, Xudodan gunohi uchun jazo oladi, barakasi ketadi,
xalq ichida obro‘yi to‘kiladi. Boshqa hech kim uni bunday ishga qo‘ymaydi. U
endi bu sohada muvaffaqiyat qozona olmaydi. Agar pulni sevsa ngiz biznes bilan
shug‘ullaning, lekin ijtimoiy sohada xalqni sevsangizgina, xalqqa xizmat qilish
uchun borishin giz mumkin. Shunda halol xizmatning o‘zi sizni muvaffaqi yatli
qiladi va boqadi. Xorijda muruvvat tashkilotlarining hamma faoliyatlari shaffof
olib boriladi. Ular homiylariga tushgan mablag‘ning necha foizi tashkilot
xodimlariga maosh sifatida tarqatilishi, necha foizi qaysi ehtiyojlarga berilganligi
haqida, olganlarning imzosi bilan hisobot taqdim qilishadi.

Bu sohada to‘g‘ri ishlagan va muvaffaqiyatli bo‘lgan shaxs misoli Tereza
onadir. U eng obro‘siz ishga: Kalkut tadagi moxov kasallariga yordam berish
sohasida xiz mat qildi. Bu xizmati uchun kelgan mablag‘larni faqat shu maqsadda
ishlatdi. Bu ayol o‘z xizmatiga sodiqli gi, kamtarligi, to‘g‘riligi bilan dunyoga
mashhur bo‘ldi hamda bunday muhtojlarga insoniyat diqqatini qarata oldi,
bundaylarga yordamlashish tashkilotlari yarat di, ham obro‘izzat bilan xizmat
qilib, dunyoni tark etdi. U olamdan o‘tganida uning shaxsiy mulki egnida gi
kiyimi, doimo o‘qib yuradigan Xudoning So‘zi bo‘lib chiqdi.

Olish va berish qonuniyati bilan yashash tomon qadamlar:
1. Biror narsa o‘rganganingizda, albatta, qo‘llab ko‘ ring va amaliyotga
aylantiring.
2. O‘rishdan oldin ekish kerakligini tushunishga harakat qiling. Ekmoqchi
bo‘lgan sohangizni o‘rganib chiqing va kamdan ekib, o‘rib, bu sohada tajribangiz
va ishonchingizni oshirishga harakat qiling.
3. Birovnikiga sodiq bo‘lishga harakat qiling. Ayniqsa, agar kanal vazifasini
bajaradigan faoliyatda ishlamoqchi bo‘lsangiz, birovning haqqiga xiyonat
qilmaslikka qaror qiling va qaroringizda turing.

47

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom 15.FIDOIYLIK
Badalova

Muvaffaqiyatli shaxs va buyuk inson bo‘lishni istagan odam o‘z ishiga
bag‘ishlangan, ya’ni fidoyi bo‘lishi lozim.

Fidokorliksiz biror sohada jiddiy ijobiy natijaga erishish ning iloji yo‘q. Har
qanday sohada sezilarli muvaffaqiyat ga erishgan odamlar shu sohaga o‘zlarini
bag‘ishlagan odamlardir. Bag‘ishlanish bor fikru zikri bilan biror sohaga chuqur
kirib ketish, vaqti, kuchi, manbalarini tan lagan sohasiga ayamasdan sarflashni
bildiradi. Odamning naqadar buyukligi uning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadining
buyukligi va maqsadini amalga oshira olishi bilan o‘lchana di. Maqsadimiz
naqadar ko‘p odamlarning hayotiga ijobiy ta’sir qilsa, shu qadar buyuk odam
sanalamiz. Katta qalbli odamlar hayotlarini katta maqsadlarga bag‘ishlaydilar va
ularni amalga oshira oladilar. Bunday odamlarni insoniyat buyuk shaxslar deb
eslab qoladi.

Dunyomiz o‘z-o‘zidan hozirgi tusga kirib qolgan emas. Bu uchun kimlardir
mehnat qilganlar, orzu qilganlar, hayotlarini shu orzuga bag‘ishlaganlar, kimlardir
bu orzu uchun hatto jon berganlar. Ularning sa’yharakatlari tufayli bugungi
kunlarda Gitler boshqaruvidagi dunyoda yashayotgan emasmiz, atom bombasidan
qirilib ketma dik, balki barcha xalqlar mustaqil, teng, hamjihatlikda yashashiga
intilayotgan dunyoda yashayapmiz. Kim lardir davlat mustaqilligiga erishishga
o‘zlarini bag‘ish laganlar, kimlardir irqlar tengligiga erishishga, kimlardir vijdon
erkinligiga erishishga o‘zlarini bag‘ishlaganlar va hokazo.

Albatta, dunyomizning shundayligi sizga hozir tabiiy tu yuladi. Lekin
dunyomiz shunday bo‘lishi uchun, masalan, Ikkinch jahon urushi davrida
Germaniya, Rim, Yaponiya ilg‘or texnikasi bilan hujum qilganida, Gitlerning
natsistik partiyasi butun dunyoda o‘z mustamlakasini o‘rnatmoqchi bo‘lganida
SSSR, Buyuk Britaniya, Amerika birlashib, har biri o‘zi tomonidan bor kuchini
sarflab bu yovuzlikka qar shi turishlariga to‘g‘ri kelgan. O‘sha davrda xalqlar
naqadar qiyin vaziyatdan o‘tganlari tarix sahifalarida muhrlanib qol gan. Buyuk
Britaniya premer ministrining quyidagi nutqi shu haqida guvohlik beradi: “Bizning
oldimizda juda jiddiy sinovlar turibdi. Bizning oldimizda uzoq oylar kurash va
azob bor. Bizning siyosatimiz nimadan iborat, deb so‘rarsiz. Men shunday deb
javob beraman: Dengizda, quruqlikda va havoda Xudo bizlarga bergan bor kuch va
qudratni ishga solib jang olib borish; tengsiz insoniy jinoyatlarning qorong‘u va
qayg‘uli ro‘yxatiga ega bahaybat yovuzlikka qarshi jang olib borish. Siyosatimiz
shunaqa. Maqsadimiz nima? deb so‘raysizmi? Men bir so‘z bilan javob beraman:
qanday narx to‘lashga to‘g‘ri kelmasin g‘alaba! Butun terrorga qaramay g‘alaba!
Qancha vaqt ketishidan qat’iy nazar g‘alaba! Chunki g‘alabasiz hayot yo‘q!”

Bu shafqatsiz urushda 54 mln.dan ortiq odam qurbon bo‘lgan, 90 mln. kishi
yarador bo‘lgan, ulardan 28 millioni nogiron bo‘lib qolgan.

O‘z maqsadiga o‘z umrini bag‘ishlab, fidoiylik ko‘rsat gan, insoniyat tarixiga
yangilik kiritgan juda ko‘plab buyuk shaxslar o‘tgan, jumladan:

1) Maxatma Gandi. Hindiston mustaqilligi va birli giga hayotini bag‘ishlagan.
Hindiston siyosiy va ijtimoiy arbobi. Hindistonning Buyuk Britaniyadan mustaqil
bo‘lishi harakati g‘oyasi asoschilari va rahbarlaridan biri. Uning zo‘ravonliksiz

48

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova

qarshilik g‘oyasi tinchlik bilan o‘zgarishlar kiritish tarafdorlariga ta’sir qilgan.
Maxatma Gandi Hindistonning Buyuk Britaniya mustamlakasidan mustaqilligiga
bir o‘q otmay erishgan shaxs sifatida tarix da qolgan. Davlat mustaqilligidan so‘ng
butun hayotini davlatni ichkaridan bo‘lishga harakat qilayotgan tomon larni
birlashtirishga bag‘ishlagan va 1948yilda otib o‘ldi rilgan. Uning nomi tarixda
qolishi uchun Gandi milliy muzeyi, Gandi memoriali, Gandi haykali va boshqalar
barpo qilingan.

2) Nelson Mandela. Janubiy Afrika davlat va siyosiy arbobi. Afrikada qora
tanlilarning oq tanlilar bilan teng huquqqa ega bo‘lishlari g‘oyasiga hayotini
bag‘ishlagan. Janubiy Afrikada 1961 yilgacha aparteid (apartheid alohidalik,
ajralganlik) irqiy ajratishga yo‘naltirilgan si yosat yuritilgan. Janubiy Afrikaga
borsangiz, ko‘chalarda, skameykalarda: “Faqat oq tanlilar uchun”, degan yozuvlar
saqlab qolingan. Ya’ni oq tanlilar va qora tanlilar yuradigan, o‘tiradigan joylar
to‘liq ajratilgan bo‘lgan. Mandela aparteid davrida qora tanlilar huquqlari uchun
kurashi uchun 27 yil qamoqda o‘tirgan. Nihoyat, hayot maqsadi amalga osh gan,
aparteid qulagan. Janubiy Afrika mustaqilligi e’lon qilinganidan so‘ng davlat
prezidenti bo‘lgan. Nobel mukofo ti sovrindori.

3) Martin Lyuter King. Amerikada qora tanlilar huquqlari himoyasiga
hayotini bag‘ishlagan. Amerikalik voiz va notiq. U: “Mening orzuiy bor...”degan
iborasi bilan ham mashhur. Faoliyati uchun ko‘p bora hibsga olingan, toshbo‘ron
qilingan, hatto pichoqlangan, uyi portlatilgan, axiyri otib o‘ldirilgan. O‘limidan bir
kun oldin so‘zlagan nutqida shunday degan: “Men bilan hozir nima sodir bo‘lishini
bilmayman. Oldinda bizlarni og‘ir kunlar kut moqda. Lekin endi menga buning
ahamiyati yo‘q, chunki men cho‘qqiga ko‘tarildim. Boshqa odamlar kabi men ham
uzoq umr ko‘rishni istayman... Lekin bu meni hozir tash vishlantirmaydi. Men
shunchaki Xudoning irodasini baja rishni istayman. U esa menga cho‘qqiga
chiqish imkonini berdi. Men qarab Va’da qilingan Yerni ko‘rdim. Men u Yerga
sizlar bilan birga bora olmayman, lekin men shuni bilishi ngizni istar edimki,
bugun bizlar xalq sifatida Va’da qilingan Yerga kiramiz. Men bugun shu qadar
xursandman... Men hech kimdan qo‘rqmayman. Mening ko‘zlarim Rabbiyning
kelishi shuhratini ko‘rdi!”

Martin Lyuter Kingning orzui amalga oshdi. Hozir gi kunda bilamizki, qora
tanlilar nafaqat Amerika, bal ki butun dunyoda oq tanlilar bilan teng huquqqa
egalar.

Martin Lyuter King o‘z foliyati uchun “Gremmi” mukofo ti, Nobel mukofoti
va boshqa mukofotlarga sazovor bo‘lgan.

Men o‘smirligimda dunyoga qarab: hamma narsa ix tiro qilingan, elektr
quvvati, telefon, kompyuter, menga hech nima qolmabdi, deb o‘ylar edim.
Oliygohni tugallab, qancha sohalar qo‘riq yerdek o‘z ixtirochisini kutayotgani ni
ko‘rganimda, bizlar ixtirolar dunyosining ostonasigagina qadam qo‘yganimizni,
barcha buyuk ixtirolar hali ol dindaligini angladim. Masalan:

• San’at, ijod sohasida yangi asarlar: she’r va qissalar, musiqa va kinolar,
suratlar va rasmlar o‘z ijodkorlarini kutmoqdalar.

• Tibbiyot sohasida: saraton(Rak), OITS(SPID),
Koronavirus va boshqa xastaliklar shifo yo‘li ixtiro eti lishini kutmoqda.

49

Muvaffaqiyatlilikdan buyuklik sari. Gulandom
Badalova
• Ilmfan sohasida yangi ixtirolar o‘z ixtirochilarini kutmoqdalar.

• Ma’naviyat sohasi qanday qilib yoshlarni kompyuter o‘yinlaridan, yomon

odatlardan, pornografiyadan, tanosil kasalliklaridan asrash, ularda yaxshi odatlar

parvarish lash mumkinligi dasturlarini kutmoqda.

• Yoshlar istiqboli sohasi: qanday qilib yoshlarni ilm fanga, buyuk ixtirochilar

qilishga qiziqtirish mumkinligi dasturlarini kutmoqda.

• Iqtisod sohasi: iqtisodiy kam rivojlangan davlatlar sharoitida qanday qilib

kichik va o‘rta biznesda muvaffaqi yatli bo‘lish mumkinligi dasturlari; oddiy

fuqarolardan moddiy erkin biznesmenlar ko‘tarish dasturlarini kut moqda.

• Siyosat sohasi atom va yadro qurollaridan xoli dunyoga erishish, xalqlararo

va davlatlararo hamjihat likda yashash va hamkorlik qilish yo‘llari borasida o‘z

dasturlarini kutmoqda va hokazo.

Dastur deganda qog‘ozdagi taxmin emas, balki amalda qo‘llanadigan va

samara beradigan usullar haqida gap bormoqda. Bu sohalarga o‘zlarini bag‘ishlab

mehnat qiladigan yoshlarni kelajakda mukofotlar, medal, ordenlar, mablag‘

mukofotlari, eng asosiysi, kimlarningdir hayotlari yaxshi tomonga o‘zgarganiga

hissa qo‘shganlari uchun xalq mehri va nomlari tarixda bitilishi kutmoqda! Agar

ko‘plar hayotini o‘zgartiradigan sohaga o‘zimizni bag‘ishlasangiz va xizmat

qilsangiz, kutilmagan cho‘qqilar qalbingizni quv natadi, balki “kerak vaqtda, kerak

joyda, kerakli odam” bo‘lib, hayot yo‘nalishini aynan siz o‘zgartirarsiz va tarixga

qahramon nomi bilan kirarsiz!

O‘zini bag‘ishlash, fidoiylik sifatlarini rivojlantirish sari qadamlar:

1) Avvalo kuchingiz, vaqtingiz, manbaingizni sarf lashga, hayotingizni

bag‘ishlashga arziydigan sohani aniqlang va harakat qiling.

2) Bag‘ishlanadigan sohangizga oid hamma narsani o‘rganing, shu sohada

ruhlantiruvchi kitoblar o‘qing.

3) Bu qaysi soha bo‘lishidan, uning naqadar tor yoki keng qamrovli

bo‘lishidan qat’iy nazar, agar shu sohada muvaffaqiyat qozonishni istasangiz, uni

seving va unga o‘zingizni butkul bag‘ishlang.

4) O‘zingizni bag‘ishlagan ishingizni amalga oshirish uchun keragidan

ko‘proq kuch, vaqt, manbalarni sarflab mehnat qiling.

50


Click to View FlipBook Version