The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by Fozilhuja Asqarov, 2025-12-04 13:40:41

Angidon hisobot

Angidon hisobot

Keywords: 3388

РЕСПУБЛИКА УЗБЕКИСТАН НАМАНГАНСКАЯ ОБЛАСТЬ ЧАРТАКСКИЙ РАЙОН“ГРАНД САНОАТ ЛОЙИХА”ОБЩЕСТВО С ОГРАНИЧЕННОЙ ОТВЕТСТВЕННОСТЬЮ: [email protected]’ZBEKISTON RESPUBLIKASI NAMANGAN VILOYATI CHORTOQ TUMANI“GRAND SANOAT LOYIHA”MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATINAVOIY VILOYATI XATIRCHI TUMANI \"ANGIDON\" MFY XUDUDIDA AXOLI VA SAYYOXLAR UCHUN BARCHA QULAYLIKLARGA EGA TURIZM MASKANLARINI TASHKIL ETISHGA QARATILGAN MASTER REJA LOYIHA HISOBOTINAVOIY 2025 yil


MundarijaT/r Sahifa1.“Hududning joriy iqtisodiy-ijtimoiy holati bo'yicha tahlili”Loyiha mualliflari 1Kirish 2-41. Yerdan foydalanish holati va uning ixtisoslashuvi tahlili. 4-92. Hududning rivojlanishiga ta’sir etuvchi iqtisodiy-ijtimoiy omillar, aholi soni va o‘rtacha oylik daromadi, uy - joy bilan ta’minlanganlik darajasi tahlili;10-123.Yashil maydon bilan qamrab olinganligi, jamoat joylari, transport, muhandislik - kommunikatsiyasi infratuzilmalari, tabiiy gaz va energota’minot holati tahlil qilinadi;12-134. Tanlangan hudud bilan bog‘liq holda iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha holat, shu jumladan xizmatlar sohasi tahlil qilinadi; 13-175.Manfaatdor idora va tashkilotlar, jumladan mahalliy hokimiyat vakillari, Loyiha hududi/shahar/tumandagi biznes egalari, mahalla faollari bilan suxbatlashish va tanlangan xudud doirasida yoki tuman mikiyosida - axoli o‘rtasida surovnoma o‘tkazish (misol uchun telegram platformasi yoki boshka inson omili aralashmaydigan messenjerlar);18-196. Vazifani bajarish bo‘yicha qo‘shimcha ishlar. 19-207. Master reja ishlab chiqish uchun tanlangan hududga qo‘shimcha ravishda 50 Ga maydonga konsepsiya ishlab chiqish. 20-221-Vazifa nitijasi. Tahlil. Hududning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oʻrganish. 231.Shaharsozlik taxlilining xaritalari va infagrafikasi (Shahar tuzilmasidagi oʻrni, infratuzilma (yer osti va yer usti), kommunal xizmatlarining hozirgi holati, transport, landshaft, atrof muhit, va suv) va loyiha hududining ijtimoiy iqtisodiy holatiga oid maʼlumotlar jadvallari / tushuntirishlari.23-242.Loyiha hududida (va uning yaqin atrofi) yerdan foydalanish xususiyatlari hududdan foydalanishdagi har qanday (ekologik) cheklovlar va mavjud vaziyatning xarita(lar)si.25-273.Soʻrov oʻtkazilgan tegishli tashkilotlarning (mahalliy hokimlik, mahalla faollari, tadbirkorlar, aholi yoki tor doiradagi mutaxassislar) loyiha hududining joriy holati va kelajakdagi rivojlanish asosiy masalalar, xavotirlari va xulosalar.27-284. Loyiha hududini rivojlantirish uchun cheklovlar va imkoniyatlar toʻgʻrisida xulosa chiqarish uchun zarur boʻlgan har qanday boshqa taxliliy materiallar.28-295. Loyiha hududining kuchli, zaif tomonlari, imkoniyatlari va tahdidlari (SWOT tahlillar yoki interfaol usullardan foydalanish) koʻrsatuvchi tahlil xulosalari.29-302-Vazifa nitijasi bo`yicha chora tadbirlar amalga oshirilishi 316. Loyiha hududi joylashgan tuman (shahar), viloyatning joriy iqtisodiy profili (saloxiyati); 31-327.Loyiha hududida yoki uning atrofida kengaytirilishi yoki tegishli xizmatlar/faoliyatlar bilan mustaxkamlanishi mumkin boʻlgan mavjud iqtisodiy faoliyat, foydalanish mumkin boʻlgan mavjud mahalliy resurslar (yodgorliklar yoki turizm uchun madaniy meros obyektlari, maxalliy hunarmandchilik yoki ozik - ovqat ixtisosligi).33-358. Loyiha hududining tuman (shahar)dagi joylashuvidan kelib chiqadigan potensial va uning rivojlanishi kengroq shahar kontekstiga qanday bogʻliq 35-37


boʻlishi (masalan, shahar markaziga yaqin joylar uchun tijorat koʻchmas mulklari va boshqalar).9.Oʻzbekiston sharoitida ham amalga oshirish mumkin boʻlgan rivojlanishning ayrim turlarini koʻrsatuvchi xalqaro tajribalar yoki rivojlanish darajasi oʻxshash shaharlarning koʻrsatkichlari, shuningdek, xar bir aniqlangan iqtisodiy faoliyat (saloxiyat, drayver) uchun kelgusi yillardagi qurilish talabining prognozlari (m2 yalpi maydonda) aniqlanishi mumkin (2025-yilda; 2027-yilgacha; 2029-yilgacha)37-402-vazifa matijasi hisoboti. Hududni iqtisodiy rivojlantirish salohiyati va zaxiralari.1.Loyiha hududi uchun aniqlangan iqtisodiy drayverlar/faoliyatlar, tahlil va maʼlumotlar jadvallari va tavsiya etilgan tanlov uchun aniq asoslar /tushuntirishlar bilan tasdiqlangan holda.40-462.Manfaatdor tomonlar bilan suxbatlar va kompaniya (loyixachi)lar tajribasiga va koʻrsatkichlariga asoslangan har bir iqtisodiy faoliyat uchun taxminiy qurilish hajmlari bilan maʼlumotlar jadvali - tushuntirish bilan. 46-473.Aniqlangan iqtisodiy tarmoqlarda yaratilishi mumkin boʻlgan ish oʻrinlari sonining hisob - kitobi (toʻgʻridan – toʻgʻri va bilvosita/ qoʻshimcha bandlikni hisobga olgan holda).47-484.Turistik salohiyat mavjud boʻlganda; Loyiha hududiga qaysi maqsadli guruhlarni jalb qilish mumkinligi, ular qanday xizmatlar va tadbirlarni kutishlari haqida tushuntirish; investitsiyalar bilan (infratuzilma; kuchmas mulk; boshqaruv; aloqa) talab qilinadi. 48-512-Vazifa nitijasi bo`yicha chora tadbirlar amalga oshirilishi1Manfaatdor tomonlar (buyurtmachi, tuman, shahar xokimligi, Loyiha ofisi, maxalla faollari va boshkalar) bilan kelishgan holda hududni kelgusida rivojlantirishning konseptual (asosiy) yoʻnalishlari va maqsadli koʻrsatkichlari ishlab chiqildi;51-522Asosiy eʼtibor hududning funksional zonalashtirish, «yashil” iqtisodiyot tamoyillarini keng qoʻllagan holda hududni iqtisodiy ijtimoiy jixatdan rivojlantirishda yakin (2025-yilda) oʻrta (3 yilgacha), oʻrta uzoq.( 5 yilgacha) mudlatda amalga oshiriladigan ishlar. Investitsiyalar hududning infratuzilmalarini yanada yaxshilash yashil maydonlarni koʻpaytirish hamda atrof-muxitni muxofaza qilish choralarini belgilashga qaratilgan.52-533 -Vazifa Hududni rivojlantirish tasavvurlari va maqsadlari.1. Loyiha hududi tasavvuri va uni rivojlantirish maqsadlari. Bu mavjud iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlarini va zarur infratuzilmani yaxshilashni aks ettirilishi 54-552. Loyiha hududini “yashil” va “barqaror” usulda ishlab chiqishni sxematik koʻrsatuvchi hudud konsepsiyasi loyihasi 563. Loyiha hududi atrofida qurilayotgan bino inshootlar funktsional vazifasini master rejaga moslashtirish kerak (Redevelopment)56-574. Bu manfaatdor tomonlarga tasavvur va hudud konsepsiyasi loyihasini aniq yetkazadigan matn va vizual infografikadagi tushuntirishlar 584-chora tadbjirlarni amalga oshirilishi. 591. Tashki muhandislik tarmoqlari uchun investitsiyalar 602. Chiqindilarni, boʻsh yerlarni tozalash, chiqindilarni yigʻish kabi atrof- muhitni muxofaza qilish boʻyicha zarur choralar 60-61


3. Hudud aholisi uchun ijtimoiy xizmatlarga (maktab, tibbiy xizmatlar va boshqalar) talab qilinadigan investitsiyalar 61-624.Muxim jamoat joylarini kayta loyixalash, jumladan, imkoniyati cheklangan axoli, piyodalar marshrutlari, belgilar, yoritish, tuxtash joylari, avtobus bekatlari va boshkalar62-645. Tarixiy diqqatga sazovor joylar yoki tarixiy binolarni asrash yoki restavratsiya qilish 646.Koʻp qavatli uy joylar, ofislar, tijorat binolari, savdo obyektlari, mexmonxonalar, doʻkonlar yoki restoranlar kabi yangi koʻchmas mulk uchun ivestitsiya loyihalari belgilangan xar bir investitsiya loyihalarim ham tadbirlari uchun yuqori darajadagi harajatlar/investitsiya smetalari (konsepsiya iarxasi darajasida) taqdim etilishi va jadvalga kiritilishi65-667.Davlat va xususiy investitsiyalarga ajratgan holda investitsiyalar turi (tijorat binolari; davlat- xususiy sheriklik loyihalari, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi loyihalari)66-678.Investitsiyalarning hajmi (kapital xarajatlar) Investitsiya loyihalarini shakllantirishda ularni yaqin va oʻrta kelajakda amalga oshirishimkoniyati mavjudligiga aloxida eʼtibor qaratilishi kerak. Shuningdek investitsiyalarning qaysi biri xususiy sektor tomonidan, qaysi biri davlat tomonidan kutilayotgani va qaysi biri birgalikda (davlat - xususiy sheriklik) amalga oshirilishi mumkinligi aniqlanishi kerak. Hududni rivojlantirish kontsepsiyasining yakuniy jadvaliga barcha taklif qilingan loyihalar kiritilishi kerak67-689. Davlat investitsiyalarining ro’yxati va ularning qiymati 67-6810. Xususiy sektor investitsiyalarining ro’yxati 67-6811. Davlat -xususiy sherikchilik loyihalari 67-6812.Ish o’rinlarini yaratish va imkon qadar, iqtisodiy ishlab chiqarishni ko’paytirish bo’yicha kutilayotgan Ijtimoiy-iqtisodiy foyda (masalan,asosiy ko’rsatgichlar asosida loyiha hududida yangi korxonalar uchun kutilayotgan yillik aylanma) vazifa natijasi694-vazifa natijasi: Taklif etilayotgan investitsiya loyihalar ro`yxatini shakllantirish: Davlat investitsiyalari vaxususiy sektorning jalb qilish potensialini aniqlash.1.Aniqlangan iqtisodiy drayverlar (2-vazifa) va xududni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chikish (3-vazifa) asosida taklif etilayotgan investitsiya loyihalarining ruyxati va ularning qisqacha tavsifi;69-702.Aniqlangan iqtisodiy drayverlar (2-vazifa) va xududni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish (3-vazifa) asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirishda talab etiladigan infratuzilma loyihalarining, jumladan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun zarur bo`lgan infratuzilma loyixalarining ro`yxati va ularning qisqacha tavsifi70-763.Har bir loyiha uchun xarajatlar smetasi va investitsiyalar davlat sektori, xususiy sector yoki aralash (davlat-xususiy sherik) sektoriga tegishli ekanligini ko’rsatish77-1004. Davlat va xususiy sektor investitsiyalari, shuningdek, ish o’rinlarini yaratish bo’yicha kutilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy samaralarning yakuniy jadvali 100-1035- vazifa natijasi hisobot Yerdan foydalanish va master reja xaritasi: 103-1066-vazifa natijasi loyihaning albom qismida to’liq shakillantirilgan 107


1. “Angidon MFY” loyihasida jamoat va ijtimoiy soha obyektlari: turlari va ularning quvvatlari 108-1092. “Angidon MFY ” loyihasi bo‘yicha maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari 109-1103. Ochiq maydonlar va landshaft hududlar rejasi. 111-1124. Dizayin va arxitektura elementlar rejasi 113-1145. Binolarning qurilish materiallarini tafsiflanishi. 115-1396. Harakatlanish va harakat qulayligi rejasi 1407. Muhandislik jihozlash rejasi 1408. Atrof muhitni muhitni muhofaza qilish Ekologiyasi bo’yicha Loyihada joylashtirilgan daraxt turlari bo’yicha tavsiyalar 140-141


1LOYIHA MUALLIFLARIDIREKTOR: ------------- FOZILHUJA ASQAROVLOYIHA BOSH ARXITEKTORI: ------------- BUNYOD MUHAMEDOVLOYIHA ARXITEKTORLARI: ------------- XASANBOY MIRZABOYEV------------ BAHROM MUFITULLAYEVLOYIHA DIZAYNERI: ------------- ULUG'BEK MIRZAMAHMUDOVLOYIHA 3D GRAFIK DIZAYNERI: ------------- MIRZOHID SOBIROVLOYIHA BOSH MUHANDISI: ------------- JAVLONBOY TO'HTASINOV


2KIRISHO'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 8-iyuldagi “Hududlarning iqtisodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va bo‘sh yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi PQ-245-son qarori ijrosini ta'minlash boʻyicha Navoiy viloyati Xatirchi tumani \"ANGIDON\" MFY xududida axoli va sayyoxlar uchun barcha qulayliklarga ega turizm maskanlarini tashkil etishga qaratilgan master-reja loyihasini ishlab chiqish belgilangan.Hozirgi kunda “GRAND SANOAT LOYIHA” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Navoiy viloyati Xatirchi tumani \"ANGIDON\" MFY xududida 100 ga maydonga axoli va sayyoxlar uchun barcha qulayliklarga ega turizm maskanlarini tashkil etishga qaratilgan master-reja hamda 50 ga maydonga konsepsiya loyihalari ishlab chiqildi.O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING, 2024-YIL 12-AVGUSTDAGI \"HUDUDNING MASTER REJASINI ISHLAB CHIQISH, KELISHISH VA TASDIQLASH TARTIBI TO'G'RISIDA\"GI 497-SONLI QARORINING 1-ILOVASIGA MUVOFIQ MASTER REJA ISHLAB CHIQISHNING 6 TA VAZIFASI BELGILANGAN:1. Hududning joriy iqtisodiy-ijtimoiy holati bo'yicha tahlili.2. Hududni iqtisodiy rivojlantirish salohiyati va zaxiralari.3. Hududni rivojlantirish tasavvurlari va maqsadlari. 4. Taklif etilayotgan investitsiya loyihalari ro'yxatini shakllantirish. 5. Yerdan foydalanish va master reja loyihasi. 6. Yer uchastkalarini auksion orqali sotish maqsadida yer uchastkalari (lot) pasportlarini shakllantirish.


3Loyihaning maqsadlariO‘zbekiston Respublikasi Hukumati shaharsozlikni iqtisodiy faoliyat, barqarorlik va aholi turmush darajasini oshirishning harakatlantiruvchi omili sifatida belgilab berdi. Urbanizatsiya salohiyatini ro‘yobga chiqarish yer, uyjoy, infratuzilma va xizmatlar bilan tashkiliy va samarali ta’minlashni talab qildi. Buning uchun hududiy va shaharlarni rivojlantirishni zamonaviy ilg‘or xalqaro tajribalar asosida rejalashtirish zarur. Shu maqsadda hukumat yangi rejalashtirish vositasi sifatida bosh rejalarni ishlab chiqishni joriy qilmoqda. Bosh reja iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlarini aniqlash, yerdan samarali foydalanish va izchil shahar rejalarini yaratish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan moslashuvchan asos bo'lib, u xususiy sektor ishtirokini rag'batlantirish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan moslashuvchan hujjat bo'lib xizmat qiladi. Mahalliy miqyosda Bosh reja xususiy sektorda ish o'rinlari yaratish, ijtimoiy farovonlikka hissa qo'shishi kutilmoqda va hudud aholisining hayot sifatini yaxshilash, shuningdek, ekologik standartlarga rioya qilishni ta'minlash. Shunday qilib, hukumat barqaror shahar rivojlanishini rag'batlantirish niyatida. Hukumat Navoiy viloyatining iqtisodiy rivojlanishini qo'llab quvvatlashga Xatirchi tumanining Angidon mahalla fuqorolar yig'inida joylashgan uchta qishloq Angidon, Xonaqa, Qo'ng'irot birgalikda “Loyiha hududi” deb ataladi. Maksimal maydoni 100 ga bo'lgan Bosh rejani tayyorlash orqali yordam berishga intiladi. Loyiha hududi Navoiy viloyati Xatirchi tumanining tog'li hududida joylashganligi sababli rivojlanish salohiyatiga ega deb topildi. Bosh rejalarni ishlab chiqishni qo‘llabquvvatlash maqsadida shahar, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari rahbarligida Loyiha byurosi tashkil etildi. Loyiha idorasi buyurtmachi bilan birgalikda so'rovlar o'tkazish, treninglar o'tkazish, statistik ma'lumotlar va boshqa zarur ma'lumotlarni to'plashda yordam beradi.Loyiha hududining asosiy rejasini ishlab chiqish maqsadlari:Loyiha hududini va Xatirchi tumanini rivojlantirishning \"drayver\" bo'lish uchun eng katta salohiyatga ega bo'lgan iqtisodiy faoliyat turlarini aniqlash, xizmat ko'rsatish sohasiga e'tibor qaratish;* Manfaatdor tomonlar, shu jumladan mahalliy hokimiyat organlari, xususiy sektor va fuqarolik jamiyati tashkilotlari bilan umumiy tasavurni shakllantirish;* Ushbu qarashga erishish uchun qanday davlat va xususiy investitsiyalar kerakligini aniqlash.


4* Ushbu investitsiyalarning muvofiqlashtirilgan amalga oshirilishini ta'minlaydigan fazoviy Master rejasini ishlab chiqish.* Xususiy sektor tomonidan qurilishi mumkin bo'lgan yer uchastkalarini aniqlang va ushbu uchastkalarga qanday talablar qo'yilishini ko'rsating. Maslahatchi tomonidan tuzilgan va to'ldirilgan hisobotning mazmuni belgilangan vazifalarga mos keladi.Master-reja shaharsozlik rejalashtirish echimlari, moliyaviy modeliar va transport. Master-reja-bu eng yuqori investitsion jozibadorlikka ega bo'lgan loyiha hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo'nalishlari bo'yicha strategik rejalashtirish va farazlarni yaratish vositasi.1.Yerdan foydalanish holati va uning ixtisoslashuvi tahlili.Umumiy yer maydoni 3 766,04 gektarni tashkil etadi. Mahalla markazi Qo‘ng‘irot qishlog‘ida joylashgan. Hudud relyefi tekislikdan iborat, iqlimi keskin kontinental bo‘lib, yozda issiq va quruq, qishda esa sovuq bo‘ladi. “Angidon” MFY iqtisodiyotining asosiy tarmog‘i qishloq xo‘jaligi hisoblanadi.Hududda 87,4 gektar tomorqa yeri mavjud bo‘lib, aholining ko‘pchiligi dehqonchilik, bog‘dorchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanadi.Mahalla iqtisodiyoti qishloq xo‘jaligi va chorvachilikka tayangan. 380 ta xonadonda uy hayvonlari mavjud bo‘lib, tomorqadan faol foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. 87,4 gektar tomorqa yerlar mavjud, ularning 383 tasi faol foydalanilmoqda.Hududda 12 ta fermer xo‘jaligi faoliyat yuritadi, asosan sabzavot, g‘alla va mevasabzavot yetishtirish, qoramolchilik va parrandachilik yo‘nalishida. Sug‘oriladigan yerlarda sabzavot, g‘alla, poliz ekinlari, uzumzor va bog‘lar tashkil etilgan. Iqlim sharoiti yiliga ikki-uch marta hosil olish imkonini beradi.Issiqxona xo‘jaliklari tashkil etish orqali limon, pomidor, ko‘kat, qulupnay kabi mahsulotlar yetishtirish;Tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish orqali suv resurslaridan samarali foydalanish;Fermer va dehqon xo‘jaliklarini kooperatsiyaga birlashtirish;Mahalliy bozor uchun sabzavot va meva yetkazib beruvchi ishlab chiqarish klasterlari tashkil etish.Bu chora-tadbirlar orqali har bir oila o‘z tomorqasidan foyda olish imkoniyatiga ega bo‘ladi va mahalla byudjetiga qo‘shimcha tushumlar yaratiladi.Hudud turizm va chorvachilik yo‘nalishida ixtisoslashgan. Mahallada 11 ta ko‘cha mavjud: “Angidon”, “Arpoya”, “Achamayil”, “Yong‘oqli”, “Quvray”, “Qo‘ng‘irot”,


5“Tariqpoya”, “Toshbuloq”, “Xonaqa”, “Chinor”, “Shaldiroq”. Shu 11 ta qishloqdan 3 ta qishloq loyiha hududida joylashgan. Bular Honaqa, Angidon, Qo’ng’irott qishloqlari. Angidon MFY hududida 3 ta umumiy o’rta ta’lim maktabi, 3 ta tibbiyot punkti mavjud. Hududning umumiy maydoni va foydalanish tuzilmasi (turar joy, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, bo‘sh yerlar).“Angidon” MFY hududi 37 660,4 gani tashkil qiladi. Aholi yashash punkti esa 3 766 ga ni tashkil qiladi.Umumiy tomorqa maydoni 87,4 (ga) tashkil qilib bu tomdan 383 xonadon foydalanib kelmoqda. Qolgan maydonlardan yaylov sifatida foydalanishadi.


6Xatirchi tumanidagi Angidon loyiha hududinging muhandislik-geologiya sharoitlari toʻgʻrisidagi “Qurilishda muhandislik qidiruvlari geoaxborot va shaharsozlik kadastri loyiha ilmiy-tekshirish nstituti” «OʼZGASHKLITI» MCHJxulosasida keltirilgan maʼlumotlar boʻyicha materiallar tahlili. 2024 yil noyabr oyida “O‘zgashkliti” MCHJ mas’uliyati cheklangan jamiyatining Navoiy filialining geologik partiyasi tomonidan «Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish Respublika markazi» DM texnik topshirig‘iga asosan Navoiy viloyati Xatirchi tumani Angidon MFY hududining 100 gektar maydonida aholi va sayyohlar uchun barcha qulayliklarga ega turizm maskanlarini tashkil etishga qaratilgan masterreja ishlab chiqish muhandis-geologik tadqiqotlar o‘tkazildi.O‘rganiladigan maydon 100,0 gektarni tashkil etadi.Quyida 1-jadvalda bajarilgan dala va laboratoriya ishlarining turlari va hajmlari keltirilgan.1-jadval№ b/b Ishlarning turlari va nomi O‘lсhov bir. SoniDala ishlari:1. Ø = 180 mm, chuqurligi 8,0 metrgacha bo‘lgan quduqlarni kolonkali burg‘ulash p. m 88,02. Quduqlardan monolitlar olish monolit 203. Quduqlardan namunalar olish namuna 264. Quduqlardan yer osti suvlarini olish namuna 2Laboratoriya ishlari:1.Gruntlarning fizik hossalarini aniqlashning to‘liq to‘plami aniqlash 202.Siniq toshlar va shag’alarning granulometrik tarkibini aniqlash aniqlash 16


73.Gruntlardan suv ekstraktlarini kimyoviy tahlil qilish tahlil 104. Yer osti suvlarining kimyoviy tahlili tahlil 2Tumanning iqlim tavsiflariRayonning iqlim tavsifi ShNQ 2.01.01-22 «Loyihalash uchun iqlimiy va fizikaviygeologik ma’lumotlar»dan olingan Nurota meteorologik stansiyasi ma’lumotlariga ko‘ra keltirilgan.Rayonning iqlimi keskin kontinental, sutkalik haroratning katta farqlarida, kam miqdorda yog‘ingarchilik va yil mavsumlari bo‘yicha ularning notekis taqsimlanishida ifodalangan qurg‘oqchil. Yozi issiq, qishi sovuq. Havo harorati sezilarli mavsumiy va sutkalik amplitudaga ega. Eng issiq oylari – iyul-avgust, sovuq oylari dekabr-yanvar. O‘rtacha yillik havo harorati 14,2 °C ni tashkil qiladi.Maksimal harorat iyul oyiga to‘g‘ri keladi (mutlaq maksimal 46,7 °C). Minimal harorat yanvar oyida qayd etiladi (mutlaq minimal – minus – 31,7 °C). Eng sovuq oyning o‘rtacha minimal nisbiy namligi - 59%, eng issiq oyniki – 23 %.Qor, yomg‘ir, kamdan-kam do‘l shaklida yog‘adigan yillik yog‘ingarchilik miqdori 251,0 mm ni tashkil qiladi. Yomg'irning asosiy qismi yilning sovuq davrida oktyabrdan maygacha bo‘lgan oylarda yog‘adi. Sutkadagi eng ko‘p yog‘ingarchilik 38,5 mm ga teng.Eng muhim iqlim omillaridan biri shamoldir. Sovuq davrda (yanvar) o’rtacha oylik tezligi 2,1 m/s ga ega, issiq davrda (iyul) o‘rtacha oylik tezligi – 1,9 m/s. Bir yil mobaynidagi chang to’zonli va yaxlatma izg’irinli kunlar soni – 3,2.ShNQ 2.01.01-22 13-jadval (Nurota) gruntning maksimal muzlash chuqurligi 10 yilda bir marta 72 sm, 50 yilda bir marta 88sm.Matnning 2-6 - jadvallarida tadqiqot rayonining iqlimini tavsiflovchi asosiy iqlim ko'rsatkichlari keltirilgan.


8XULOSALARAngidon rayoni Langarsoyning ikkinchi qirgʻogʻiga to'g'ri keladi. Muhandislik-geologik sharoitlarni tahlil qilish asosida rejalashtirilgan qurilishning o‘rganilayotgan joyini qurilish uchun shartli noqulay hududlarga kiritish mumkin.Yer osti suvlari sathining yuqori holatida drenaj, bino va inshootlarning yer osti qismlarini gidroizolyatsiya qilish, betonni yer osti suvlari va gruntlarning agressiv ta’siridan himoya qilish talab etiladi.Golodno-dasht majmuasining yuqori to'rtlamchi davri allyuvial-prolyuvial yotqiziqlari (a-p QIIIgl), suglinok va supeslar, siniq bo’lakli toshlar va harsangtosh hamda Poleazoy davri yotqiziqlari – granit tog’ jinslari bilan ifodalanadi.1-MGE tuproqlari qattiq bo‘lgan yupqa supes qatlamli suglinoklardan iborat bo lib, suv sathidan yuqorida joylashgan.


91-MGE tuproqlari qo‘shimcha yuklar ostida cho‘kuvchan. Cho’kuvchanlik bo’yicha grunt sharoitlarining turi - I (birinchi).2-MGE tuproqlari yarim qattiqdan oquvchangacha supes va qum qatlamchalaridan iborat bo‘lgan suglinoklar, suv sathidan pastda joylashgan.3-MGE qum aralashmali siniq bo’lakli toshlar, supes qatlamchalaridan iborat.4-MGE intruziv jinslar bloklari – granitlar. Oson eriydigan tuzlar bilan sho‘rlanish darajasiga ko‘ra, o‘rganilayotgan hududning gruntlari GOST 25100-2020 ning B.22-jadvaliga muvofiq, sulfatli sho‘rlanishli -sho‘rlanmagan.QMQ 2.03.11-96 ning 4-jadvalga muvofiq, SO4 ionlarining tarkibi bo‘yicha quruq namlik zonasida GOST 10178-85* bo‘yicha portland sementida suvga chidamliligi bo'yicha W4 markali betonga noagressivdan o’rta agressivgacha va GOST 22266-94 bo‘yicha sulfatga chidamli sementlarga agressiv emas deb baholanadi.Cl' ionlarining tarkibiga ko‘ra, gruntlar temir-beton konstruktsiyalarga nisbatan noagressivlikdan past agressivgacha (1.7-ilovaga qarang).Tadqiqot davrida (2024 yil noyabr) yer osti suvlari yer yuzasidan 0,5-4,5 m chuqurlikda ochilgan.Hisoblangan maksimal darajada yer osti suvlari o'lchanganidan 0,5 m balandlikda, ya'ni yer yuzasidan 0,0-4,0 m chuqurlikda kutilishi mumkin.QMQ 2.03.11-96 6 jadvaliga ko'ra, yer osti suvlari GOST 10178-85* bo'yicha portlendsementidagi betonlarga agressiv emas va GOST 22266-94 bo'yicha sulfatga chidamli sementlardagi betonlarga nisbatan agressiv emas, shuningdek, temir-beton qurilishlarini vaqti-vaqti bilan namlash bilan mustahkamlash uchun past agressiv.Hudud seysmikligi, QMQ 2.01.03-19 ga ko’ra – 7 ball 100 yilda bir marta (Langar Xatirchi tumani) zilzila kuchiga ega bo‘lgan hududga tegishlidir.Seysmik xossalari bo’yicha gruntlar toifasi –II (ikkinchi).Gruntlarning toifalari mexanizatsiyalashgan usulda ishlab chiqishdagi qiyinchiliklar bo‘yicha, ularning zichligiga qarab, ShNQ 4.02.01-04 “Yer ishlari. Texnik qismga qo‘shimchalar va tuzatishlar” ga muvofiq belgilanadi: to‘kma gruntlar - zichligi 1880 kg/m3 bo‘lgan 23-band;1-MGE suglinoklar (suvdan yuqori) - zichligi 1790 kg / m3 bo‘lgan 21-band;2-MGE suglinoklar (suvdan past) - zichligi 1900 kg/m3 bo'lgan 21-band.3-MGE siniq bo’lakli toshlar - zichligi 1950 kg / m3 bo‘lgan 9-band;4-MGE granitlar - zichligi 2400 kg/m3 bo'lgan 18-band.ShNQ 2.01.01-22 13-jadval (Nurota) gruntning maksimal muzlash chuqurligi 10 yilda bir marta 72 sm, 50 yilda bir marta 88sm.


102. Hududning rivojlanishiga ta’sir etuvchi iqtisodiy-ijtimoiy omillar, aholi soni va o‘rtacha oylik daromadi, uy - joy bilan ta’minlanganlik darajasi tahlili;Navoiy viloyati statistika ma`lumotlariga ko`ra https://www.navstat.uz/uz/rasmiy-statistika/demography-2 2025 - yil 1- iyul holatiga ko’ra.Navoiy viloyati aholi soni 1094,705 ming kishini tashkil qiladi. Shundan 554,682 nafari erkaklar, 540,023 nafari esa ayollarni tashkil qiladi. Aholining 50,7 % yani 555,435 nafari qishloqlarda 49,3% yani 539,27 nafari shaharlarda yashaydi.Xatirchu tumanining doimiy aholi soni 217,719 ming kishini tashkil etib, 2024 yil yanvar oyiga nisbatan 2,0 ming kishiga yoki 0,9 % ga ko‘paydi. Erkaklar 110 540 tani yani 50,8% ayollar esa 107 179 tani yani 49,2% tashkil qiladi. Jumladan, shahar aholisi soni 49,3 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 22,7%), qishloq aholisi soni 168,4 ming kishi (77,3 %) ni tashkil etdi.Yosh guruhlari bo‘yicha doimiy aholi soni Xatirchi tumani bo`yichaJami 0-2 3-5 6-7 8-15 16-17 18-19 20-24 25-29 30-34216427 15 671 15 640 8 598 29 997 6 568 6 546 14 135 15 233 20 00230-34 35-39 40-49 50-59 60-69 70-74 75-79 80-84 85 yosh va kattalar20 002 18 344 25 009 17 257 16 417 3 871 1 592 1 017 530Angidon MFYda 2025 - yil 1-yanvar holatiga doimiy aholi soni 2 267 nafarni tashkil etib, erkaklar soni 1 137 nafar 50,15% ni ayollar soni 1 130 nafar 49,85% ni tashkil etdi. Mahallada 503 ta oila mavjud, 387 ta yakka tartibdagi uy-joyda istiqomat qiladi.Yosh guruhlari bo‘yicha doimiy aholi soniKo’rsatkichlar Jami Shundan ayollar2 267 1 1300 - 2 yosh 135 713 - 6 yosh 121 637-13 yosh 322 15514-17 yosh 368 15718-30 yosh 457 249Jami 0-30 yoshlilar 1 403 69531-45 yosh 335 17846-60 yosh 267 12861-70 yosh 144 7471-80 yosh 91 4381-90 yosh 24 11


1191-100 yosh 3 1Aholining tabiiy o‘sishi barqaror. Aholi tarkibining asosiy qismini o‘zbek millatiga mansub fuqarolar tashkil etadi.Aholining o‘sish sur’ati, migratsiya holati.Aholining o‘sish sur’ati hisoblashHisoblash formulasi:Aholining o‘sish sur’ati (%) = (Joriy yil aholisi – Oldingi yil aholisi) / Oldingi yil aholisi × 100%Izoh:- Joriy yil aholisi – hozirgi davr aholisi (masalan, 2025-yil).- Oldingi yil aholisi – o‘tgan davr aholisi (masalan, 2024-yil).- Agar bir necha yil uchun o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati kerak bo‘lsa, geometrik o‘rtacha ishlatiladi:T = ((Pt / P0)^(1/n)) - 1bu yerda:Pt – oxirgi davrdagi aholi soniP0 – boshlang‘ich davrdagi aholi sonin – yillar soniT – o‘rtacha yillik o‘sish (foizga aylantirish uchun 100 ga ko‘paytiriladi).2024-yilda – 2193 kishi2025-yilda – 2267 kishiO‘sish sur’ati = (2267 - 2193) / 2193 × 100%= 74 / 2193 × 100%≈ 3.37 %Natija: Aholi 1 yilda 3,37 % ga oshgan.Aholi bandligiMahallada 282 nafar o‘zini o‘zi band qilgan, 31 ta korxona, 21 ta yakka tartibdagi tadbirkor mavjud.Rasmiy sektorda 186 nafar, norasmiy sektorda 92 nafar fuqaro band.Ishsizlar soni — 22 nafar (shundan 14 ayol).2025 yil davomida 37 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan, ularning asosiy yo‘nalishlari:Oilaviy tadbirkorlik loyihalari — 18 taMikroloyihalar orqali bandlik — 12 taHunarmandchilik asosida — 2 taSubsidiyalar orqali — 5 ta


12O‘rtacha nominal hisoblangan ish haqi(qishloq xo‘jaligi va kichik tadbirkorlik subyektlaridan tashqari, ming so‘m)O‘rtacha nominal hisoblangan ish haqi2024-yil yanvar-iyun 2025-yil yanvar-iyunNavoiy viloyati 6 600,2 7 486,4Xatirchi tumani 2 958,3 3 343,0O‘rtacha nominal hisoblangan ish haqi(qishloq xo‘jaligi va kichik tadbirkorlik subyektlaridan tashqari, ming so‘m)3. Yashil maydon bilan qamrab olinganligi, jamoat joylari, transport, muhandislik -kommunikatsiyasi infratuzilmalari, tabiiy gaz va energota’minot holati tahlil qilinadi;Angidon qishlog'i tabiiy yashil hududlarga boy, chunki u tog' oldi hududida joylashgan va ko'plab buloqlarga ega. Tabiiy yashil maydonlar: Qishloqda tabiiy landshaftlar, soylar, buloqli daralar mavjud bo'lib, bu uning yashil maydon bilan qamrab olinganlik darajasini yuqori qiladi.Ko'kalamzorlashtirish ishlari: Hududda umumrespublika \"Yashil makon\" loyihalari doirasida ham ko'kalamzorlashtirish ishlari amalga oshiriladi, ammo aniq statistika (masalan, gektar maydon) bo'yicha ma'lumotlar mavjud emas. Ekish va parvarishlash ishlari mahalliy hokimiyat va aholi tomonidan olib boriladi. Jamoat joylariNavoiy viloyati Xatirchi tumani6 600,22 958,37 486,43 343,02024-yil 2025-yil


13Angidon turizm qishlog'i sifatida rivojlanayotganligi sababli, jamoat infratuzilmasi yaxshilanmoqda.Qishloqda turizmga oid ma'lumot markazlari, oilaviy mehmon uylari tashkil etilgan.An'anaviy qishloq turmush tarzi elementlari, jumladan, qadimiy usulda ishlaydigan suv tegirmoni kabi diqqatga sazovor joylar mavjud.Boshqa standart jamoat joylari (maktab, qishloq vrachlik punkti, savdo shoxobchalari) mavjud. Transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalariQishloq infratuzilmasi, ayniqsa transporti, qishloq sharoitlariga mos ravishda rivojlangan.Transport: Qishloqqa olib boradigan yo'llar mavjud, ammo ba'zi joylarda transport qiyinligi sababli eshak kabi an'anaviy transport vositalaridan ham foydalaniladi, bu esa infratuzilmaning chekka hudud ekanligini ko'rsatadi. Qishloq ichidagi yo'llar asosan ichki yo'llar hisoblanadi.Muhandislik-kommunikatsiya: Umumiy muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi, masalan, suv, elektr energiyasi ta'minoti mavjud. Qishloqda buloq suvlari ko'pligi sababli toza ichimlik suvi manbalari mavjud. Tabiiy gaz va energiya ta’minoti holatiEnergiya ta'minoti: Elektr energiyasi ta'minoti mavjud. Umumiy respublika elektr tarmoqlariga ulangan, ammo chekka hudud bo'lganligi sababli barqarorlik darajasi farq qilishi mumkin.Tabiiy gaz ta'minoti: Ko'pgina chekka qishloqlar singari, Angidonda ham markazlashgan tabiiy gaz ta'minoti mavjud emasligi aniqlandi. Aholi, odatda, suyultirilgan gaz, ko'mir yoki boshqa muqobil yoqilg'i turlaridan foydalanadi.4. Tanlangan hudud bilan bog‘liq holda iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha holat, shu jumladan xizmatlar sohasi tahlil qilinadi;Xizmatlar sohasini rivojlantirish ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatda olib borilayotgan bozor islohotlari jamiyatni rivojlantirishning eng muhim ijtimoiyiqtisodiy vazifalarini hal qilishda xizmat ko‘rsatish sohasining rolini oshirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Xizmatlarning xilma-xilligi aholining katta qismini hayot sifatini va farovonligini yaxshilash imkonini beradi. 2025- yilning yanvar-iyun oylarida tumanda jami 569,0 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 115,4 % ni tashkil etgan. Shuningdek, kichik tadbirkorlik subyektlarining jami ko‘rsatilgan xizmatlardagi ulushi 81,3 % ni tashkil etdi.Xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning toifalari(2025 yil 1-iyul holatiga, birlikda)


142024- yil 2025- yilJami xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1 853 1 570- yirik korxonalar 291 317- kichik korxona va mikrofirmalar 1 562 1 253- shu jumladan, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar1 1Xizmatlar sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar soni(yanvar-iyun, birlikda)2024- yil 2025- yilJami xizmatlar sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar soni 82 105- yirik korxonalar 2 37- kichik korxona va mikrofirmalar 80 68- shu jumladan, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar- -Ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi (yanvar-iyun)Jami Aholi jon boshiga2025-yil mlrdso‘m2024-yilga nisbatan, % daJami hajimga nisbatan ulushi,% daming so‘m2024-yil yanvar-iyunga nisbatan, % daNavoiy viloyati 11 320,9 113,5 100,0 10 301,1 111,5Xatirchi tumani 569,0 115,4 5,0 2 620,7 113,7


15Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha bozor xizmatlari ishlab chiqarish (2025-yil yanvar-iyun)Mlrd so‘mO‘sish sur’ati, % daJami hajimga nisbatan ulushi,% daXizmatlar – jami 569,0 115,4 100,0shu jumladan asosiy turlari bo‘yicha:aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 34,2 123,6 6,0moliyaviy xizmatlar 55,4 137,1 9,7transport xizmatlari 121,3 115,1 21,3shu jumladan: avtotransport xizmatlari 105,8 111,3 18,6yashash va ovqatlanish xizmatlari 27,7 111,5 4,9savdo xizmatlari 224,9 109 39,5ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar 10,3 110,9 1,8ta’lim sohasidagi xizmatlar 9,4 110,4 1,7sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar 12,7 121 2,2ijara xizmatlari 13,7 118,3 2,4kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar 11,6 113,7 2shaxsiy xizmatlar 29,3 119,6 5,2me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar6,2 125,3 1,1boshqa xizmatlar 12,3 115,8 2,2Xatirchi tumani bo‘yicha yuqori ulush savdo xizmatlari (39,5 %), transport xizmatlari (21,3 %) va moliyaviy xizmatlar (9,7 %) da qayd etildi.Uncha yuqori bo‘lmagan ulush Me’morchilik muhandislik izlanishlari texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar (1,1 %), Taʻlim sohasidagi xizmatlar (1,7 %)da qayd etildi.


16Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining o‘sish sur’atlari va takibi(2025-yil yanvar-iyun, % da)Xatirchi tumanida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan yuqori o‘sish sur’atlari Moliyaviy xizmatlar (137,1 %), Meʻmorchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlari va tahlil sohasidagi xizmatlar (125,3 %), Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (123,6 %), Sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar (121,0 %), va da qayd etildi.O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’atlari yuqori bo‘lmagan sohalar savdo xizmatlari (109,0 %) da qayd etildi.STATISTIK KO‘RSATKICHLARGA IZOHLARXizmat sohasi – bu, korxonalar, tashkilotlar va shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan ko‘rsatiladigan har xil turdagi xizmatlarning takror ishlab chiqarilishini o‘z 224,99,410,327,711,6121,312,313,729,312,734,26,255,4109,0110,4110,9111,5113,7115,1115,8118,3119,6121,0123,6125,3137,1Savdo xizmatlariTaʻlim sohasidagi xizmatlarKoʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlarYashash va ovqatlanish xizmatlariKompyuterlar va maishiy tovarlarni taʻmirlash boʻyicha xizmatlarTransport xizmatlariBoshqa xizmatlarIjara xizmatlariShaxsiy xizmatlarSogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlarAloqa va axborotlashtirish xizmatlariMeʻmorchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlari va tahlil sohasidagi xizmatlarMoliyaviy xizmatlarO‘sish sur’ati, % da Xizmatlar tarkibi, mlrd so‘mda


17ichiga olgan umumlashtirilgan toifadir. Boshqacha qilib aytganda, bu savdo, kasbiy va maishiy xizmatlarni ko‘rsatishga ixtisoslashgan mamlakat iqtisodiyotining tarmog‘idir. Xizmatlar iste’molchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) holatini o‘zgartiruvchi yoki tovarlar, xizmatlar yoki moliyaviy aktivlar bilan ayirboshlashiga ko‘maklashadigan ishlab chiqarish faoliyatining natijasi hisoblanadi. Xizmatning o‘ziga xos xususiyati, xizmatni bajarish va uni iste’mol qilish davrining bir xil vaqtga to‘g‘ri kelishi hisoblanadi.Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha xizmatlar hajmida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun amaldagi bozor narxlari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksizsiz hisoblangan to‘lovlar hisobga olinadi.Xizmatlar oldi-sotdi obyekti sifatida chiqqanda va iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan (xizmatlarni ishlab chiqaruvchining sarf-xarajatlarini to‘laligicha yoki sezilarli darajada qoplaydigan) narxlarda sotilganda, bozor uchun ishlab chiqarilgan xizmatlar hisoblanadi.“Ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilgan) xizmatlar hajmi” statistik ko‘rsatkichi –ma’lum bir vaqt davomida ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatini o‘lchovchi, iste’molchilarga (yuridik va jismoniy shaxslar, norezidentlarni qo‘shgan holda) ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatini aks ettiradi.Ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilgan) xizmatlar hajmi – bu, xizmatlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan va xizmat ko‘rsatish asosiy faoliyat turi hisoblanadigan barcha xizmatlar ishlab chiqaruvchilari (yuridik va jismoniy shaxslar) tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlari qiymatidir.Iste’molchilar tomonidan xizmatlar uchun to‘lovlar naqd pul, shu jumladan, plastik kartochkalar va pul o‘tkazish, elektron to‘lovlar va elektron pullar orqali amalga oshirilishi mumkin.Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar statsionar shifoxona muassasalari, poliklinikalar, stomatologiya muassasalari va tibbiy laboratoriyalar tomonidan pul asosida ko‘rsatilgan kompleks xizmatlarni qamrab oladi. Ijara xizmatlari bo‘yicha ishlab chiqarish hajmi mashinalar va asbob-uskunalarni operatorlarsiz ijaraga berish, maishiy jihozlar va shaxsiy ehtiyoj buyumlarini ijaraga berishdan olingan daromad miqdori sifatida aniqlanadi.Me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar hajmi shartnomada nazarda tutilgan talablarga muvofiq loyihalar, izlanishlar, konstruktorlik va texnologik ishlar hamda ko‘rsatilgan xizmatlar, shuningdek, qurilish ishlari ustidan nazorat va boshqa muhandislik xizmatlarining qiymatini o‘z ichiga oladi.


185. Manfaatdor idora va tashkilotlar, jumladan mahalliy hokimiyat vakillari, Loyiha hududi/shahar/tumandagi biznes egalari, mahalla faollari bilan suxbatlashish va tanlangan xudud doirasida yoki tuman mikiyosida - axoli o‘rtasida surovnoma o‘tkazish (misol uchun telegram platformasi yoki boshka inson omili aralashmaydigan messenjerlar); Axoli o‘rtasida surovnoma o‘tkazishManfaatdor idora va tashkilotlar bo’yicha hokimiyat vakillari hokim ishtidrokida loyiha yuzasidan suhbatlar olib borildi, suhbat chog’ida hokimiyat tamonidan berilgan takliflarni tingladik bu takliflar quyidagilardan iborat: Angidon hududiga kirish qismida yo’lning o’ng va chap qismida Avtomobil turish joylarini tashkil etish va o’ng tamonida keluvchilar uchun savdoni amalga oshirishlari uchun bir necha savdoni o’z ichiga olgan savdo do’konlarini joylashtirish va qadimiy milliy an’analarni inobatga olgan holda loyiha hududini tashkil etish nazarda tutiladi. Bulardan tashqari mehmon uylari tabiiy toza maxsulot bolgan yog’och konstruksiyalaridan tarkib topishi va shu o’rinda kafelar, tapchanlar, bisetkalar ham shunday konstruksiyalaridan tarkib topishi fikrlari bildirildi va konsepsiya hududi bo’yicha ham fikrlar bildirildi konsepsiya hududida quyidagi bino inshotlarni joylashtirish taklifi bildirildi. Mehmon uylari yog’ochli va toshli ko’rinishida bo’lishi bovling binosinini joylashtirish va sport maydonchasi (stadion) tashkil etish


19ko’zda tutiladi. Bulardan farqli ravishda turizm yo’nalishlari haqida ham o’z fikrlarini inobatga olgan holda loyiha taklifi ishlari bajarildi va mahalla fuqarolar yigi’ni raislari ham bu jarayonda ishtirokilari ta’minlandi va hududni mavjud holatlari bo’yicha tushuntirishlar olib borildi.6. Vazifani bajarish bo‘yicha qo‘shimcha ishlar.1. Hudud bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganish ishlari• Hudud relyefi, mavjud bino va inshootlar, yo‘l tarmoqlari, yashil maydonlar bo‘yicha chuqur tahlil o‘tkazildi.• Aholi zichligi va funksional yuklama ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlashtirilgan ma’lumotlar yig‘ildi.2. Infratuzilma va muhandislik kommunikatsiyalarini aniqlashtirish• Elektr ta’minoti, ichimlik suvi, kanalizatsiya, issiqlik tarmog‘i, gaz ta’minoti va telekommunikatsiyalar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar olindi.• Mavjud tarmoqlarning yuklama ko‘rsatkichlari qayta baholanib, loyihaga moslashtirilgan takliflar ishlab chiqildi.3. Arxitektura va rejalashtirish yechimlarini takomillashtirish• Hududning funksional zonalari bo‘yicha qo‘shimcha variantlar ishlab chiqildi va optimal yechim tanlandi.• Jamoat maydonlari, xizmat ko‘rsatish obyektlari, piyodalar yo‘laklari, kirish-chiqish nuqtalari va to‘xtash joylari bo‘yicha aniqlashtirilgan chizmalar tayyorlandi.• Yangi takliflar me’yoriy hujjatlar bilan mosligi bo‘yicha qayta tekshirildi.4. Obodonlashtirish va landshaft bo‘yicha kengaytirilgan ishlanmalar• Yashil hududlarni ko‘paytirish, daraxt va butalar joylashuvi, o‘simlik turlari bo‘yicha qo‘shimcha reja ishlab chiqildi.• Ochiq maydonlar, dam olish hududlari, bolalar maydonchalari, yoritish va sug‘orish tizimi bo‘yicha qo‘shimcha takliflar yaratildi.• Ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.5. Transport va harakatni tashkil etish bo‘yicha ishlar• Kirish yo‘llari, ichki yo‘laklar, transport harakati yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha tahlillar o‘tkazildi.• Transport oqimiga yuklanish bo‘yicha qo‘shimcha hisob-kitoblar amalga oshirildi.


20• To‘xtash joylari, xavfsizlik choralarini kuchaytirish va piyodalar harakatini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.6. Normativ-huquqiy talablar bilan qo‘shimcha moslashtirish• Qurilish, sanitariya, ekologiya va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha amaldagi normativlarga moslashtirish ishlari chuqurlashtirildi.• Loyiha bo‘yicha talab etilgan qo‘shimcha hujjatlar, izohli xatlar, tasdiqlovchi materiallar ishlab chiqildi.• Loyihaning umumiy sxemasi bo‘yicha yakuniy hujjatlar takomillashtirildi.7. Hisobotlar, grafik materiallar va taqdimotlar bo‘yicha qo‘shimcha ishlanmalar• Loyiha uchun qo‘shimcha diagrammalar, jadvallar, vizual chizmalar, 3D tasvirlar tayyorlandi.• Yakuniy hisobot bo‘limlari kengaytirildi va to‘ldirildi.• Taqdimot uchun qo‘shimcha materiallar tayyorlanib, umumiy loyiha tarkibiga kiritildi.7. Master reja ishlab chiqish uchun tanlangan hududga qo‘shimcha ravishda 50 Ga maydonga konsepsiya ishlab chiqish.Angidon MFYni rivojlantirish jarayonida asosiy yo‘nalish sifatida hududning ekologik tozaligini saqlagan holda iqtisodiy faollikni kuchaytirish konsepsiyasi qabul qilinadi. Ushbu konsepsiya hududni yashil iqtisodiyot tamoyillari, kam chiqindi ishlab chiqarish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va mahalliy madaniy muhitni saqlashasosida tashkil etishni nazarda tutadi. Konsepsiya hududini tashkil etuvchi obe’klar quyidagilardan tashkil topgan. Mehmon uylari , Kapsulali uylar, Umumiy ovqatlanish , Bovling va kafelar, kassalar, charxpalak maydonchasi, tapchanlar, Bisetkalar, Kichik memoriy shakllar va landshaft maydoni, o’tovlar, ko’ngil ochar maydon, ziplayn, shisha osma ko’prik, ekstimal tog’ sporti, workaut, stadion, bolalar maydonchasi, shaxmat maydonchasi kabi binolardan va inshootlardan tashkil topgan bo’ladi.


21Mehmon uylari. Asosan arxitektura — mahalliy uslubda, yog‘och va tosh materiallardan foydalanilgan bo’lib harbir uy mustaqil issiqlik tizimiga ega Panorama manzarali ayvonlar va terassalar, 2–6 kishilik kichik oilaviy o‘rinlarni tashkil etadi.Kapsulali ko’rinishidagi uylar. Uylar asosan tog’ manzarasiga mos uylar bo’lib, asosan turizm, sog’lom turmush tarzi ruxiy dam olish nuqtai nazariga asoslangan bo’ladi. Zamonaviy modulli tizim, vaqt tejaladi, O‘rnatilgandan keyin oson demontaj qilish mumkin, landshaft saqlanib qoladi. Kondisioner, isitish, ventilyatsiya Wi-Fi, rozetka, yoritish sog‘lom uxlash uchun akustik izolyatsiya xomashyolari qo’llaniladiPanoramik derazalar — tabiiy yorug‘lik ko‘p miqdorda bo’lishi tabiatni hona ichkarisidan kuzatish imkonini beradi.Umumiy ovqatlanish binosida hizmat ko’rsatish bo’yicha barcha turdagi milliy taomlar taqdim etilishi ko’zda tutiladi. Umumiy ovqatlanish binosi tuzilishi jihatidan tabiiy toza maxsulot bo’lgan yog’och materiallardan tashkil topadi. Bulardan farqli ravishra ichki dizayn elementlariga ega boladi Bowling va kafe hududi — bu mehmonlar uchun jismoniy faollik, suhbat va ko‘ngil ochar muhit yaratib beruvchi zamonaviy xizmat turi. Tog‘li hududdagi turizm markazlarida bu hudud mehmonga ijobiy kayfiyat, sog‘lom raqobat va jamoaviy ruhberadi.Bovling maydoni o’ziga hos qulayliklarga egadir bular sport va o’yinlar jonli musiqa uchun kichik sahna kichik kutubxona burchagi ichik fast food mahsulotlari burchagi ham tashkil etiladi.


22Charxpalak maydonchasi bu tabiat uyg’unligi bilan xamohang ravishda ko’ngil ochar maydonni tabiatni yuqoridan ko’rishni kayfiyatni ko’tarishni odamga estetik zavq bag’ishlashni taminlaydi. bulardan tashqari keluvchilar uchun qulay shart sharoitlar yaratiladi.Charxpalak balandligi 25 metrni tashkil etadi. Tapchanlar asosan mehmon uylari yonlarida va umumiy ovqatlanish binosi oldilarida joylashadi joylashtiriladi.Tapchanlarni mehmon uylari yonida joylashtirilshning asosiy sabablari bu keluvchilar tashqi go’zallikdan bahra olishlari va kuzatish imkoniyatiga ega bo’lishi yuqori kayfiyat berishini xissobga olgan holda joylashtirish ko’zda tutilgan, bulardan tashqari loyihada bisetkalar ham o’z o’rniga ega bo’ladi. Bisetkalar ham tapchanlar kabi tashqi muxit bilan bog’langan xolda tabiatga yanada o’zgacha shakl shamoil beradi, keluvchilar suhbatlashib dam olib o’tirishlari va tabiat tog’ go’zalligidan bahramand bo’lish imkoniyatini beradi.O’tovlar, ko’ngil ochar maydonlar ham loyiha hududida tashkil etilgan bo’lib ular turistik oqim etiborini tortuvchi inshootlardan biri hissoblanadi.chunki bu inshoot o’zini fazoviy arxitekturaviy ko’rinishiga ega va undagi milliy islimiy naqshlar diqatgasazovorligi va keluvchilar uchun nodatiy korinishni kasb etishi ma’lum, shuning uchun bu loyihada aks ettirilgan muhim ishootlardan biri hissoblanadi.


231-Vazifa nitijasi. Tahlil. Hududning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oʻrganish.1.Shaharsozlik taxlilining xaritalari va infagrafikasi (Shahar tuzilmasidagi oʻrni, infratuzilma (yer osti va yer usti), kommunal xizmatlarining hozirgi holati, transport, landshaft, atrof muhit, va suv) va loyiha hududining ijtimoiy iqtisodiy holatiga oid maʼlumotlar jadvallari / tushuntirishlari.“Angidon” mahalla fuqarolar yig‘ini Navoiy viloyati Xatirchi tumanida joylashgan. 1-rasm. Shaharsozlik taxlilining xaritalari va infagrafikasi.


24Xatirchi tumani toʻgʻrisida umumiy ma’lumotlarViloyat NavoiyTuman XatirchiMarkazi Yangirabod shaharchasiTashkil topgan vaqti 03.12.1964-yilUmumiy maydoni, ming km2 1,42 Tumanga boʻysunuvchi shaharlar 1 taMahalla fuqarolari yigʻinlari soni 70 taAholi punktlari169 ta2025-yil 1-iyul holatidagi doimiy aholi soni, ming kishi 217,7sh. j. : erkaklar, ming kishi 110,5ayollar, ming kishi 107,2Viloyat markazigacha boʻlgan masofa, km 70 Chegaradosh viloyatlar Samarqand Chegaradosh tumanlar Navbahor, Nurota tumanlariI. Mahalla haqida umumiy ma’lumotFuqarolar yig‘ini idorasi joylashganmanzil va telefon raqami(Yuridik manzil to‘liq ko‘rsatilishi lozim)Xatirchi tumani Angidon MFY,Qo‘ng‘irot qishlog‘i 21-uy,tel: (94) 482-70-72Markazi Angidon MFY,Qo‘ng‘irot qishlog‘iXalq deputatlari tuman (shahar) kengashining fuqarolar yig‘inining tashkil etish to‘g‘risidagi qaror raqami va sanasiXatirchi tuman hokimining qarori, Davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma raqami va sanasiAA-№-0003459 23.01.2014Fuqarolar yig‘inining STIR (INN) raqami 203 654 302Tashkil topgan sanasi 2014 yilUmumiy yer maydoni (ga) 3766,04Mahalla drayveri (ixtisoslashuv yo‘nalishi) Turizm va chorvachilikQo‘shni davlatlar bilan chegaradoshligi(qaysi davlatlar va uning viloyat, tuman (shahar)lari bilan qancha masofada chegaradosh)-Tarkibidagi aholi punktlari soni: 3


252. Loyiha hududida (va uning yaqin atrofi) yerdan foydalanish xususiyatlari hududdan foydalanishdagi har qanday (ekologik) cheklovlar va mavjud vaziyatning xarita (lar)si.Geomorfologik tuzilish, gidrografik tarmog’i va zamonaviy geodinamik jarayonlarGeomorfologik jihatdan oʻrganilayotgan hudud Oʻzbekistonning geomorfologik rayonlashtirish xaritasiga koʻra Janubiy Nurota tizmasining yassilangan yonbagʻirida Langarsoyning ikkinchi qirgʻogʻida joylashgan bo’lib, Golodno-dasht majmuasining yuqori to'rtlamchi davri allyuvial-prolyuvial yotqiziqlari (a-p QIIIgl), suglinok va supeslar, siniq bo’lakli toshlar va harsangtosh hamda Poleazoy davri yotqiziqlari – granit tog’ jinslari bilan ifodalanadi.Hududning yuzasi janubdan g’arbga umumiy qiyalik bilan nishab. Mutlaq balandliklari 731,57 dan 920,12 m gacha o'zgaradi.Hududning gidrografik tarmog'i soy va vaqtinchalik suv oqimlari qatlamlari bilan ifodalanadi, ularning oqimi buloqlar, yomg'ir va cho'qqi qor qoplamining erishi natijasida hosil bo'ladi.Bu mintaqa hududida qurg’oqchil iqlim zonasiga xos bo’lgan zamonaviy geologik jarayonlar majmuasining namoyon bo’lishi qayd etilgan: - seysmiklik;- tuproq-gruntlarning sho‘rlanishi;- sel va ko’chkilar.- cho’kishHudud seysmikligi, QMQ 2.01.03-19 ga ko’ra – 7 ball 100 yilda bir marta (Langar Xatirchi tumani) zilzila kuchiga ega bo‘lgan hududga tegishlidir.Tuproq-gruntlarning sho‘rlanish jarayoni va u bilan bog‘liq yer osti suvlari va gruntlarning agressivligi doimiy ravishda davom etmoqda. Tog’ oldi hududi yog’ingarchilik mavsumida ko’p miqdorda yomg’ir va qor yog’ishi natijasida sel va har xil ko’chkilarni yuzaga keltirishi mumkin.Yer osti suvlari sathidan yuqorida yotuvchi lyossimon suglinoklar qo‘shimcha yuklar ostida cho‘kuvchanlik xususiyatiga ega.Hududning gidrogeologik sharoitlariGidrogeologik sharoitlar mintaqaning geologik tuzilishini soy va vaqtinchalik suv oqimlariga nisbatan joylashishini belgilaydi.Yer osti suvlari soylar va yog'ingarchilik infiltratsiyasi bilan oziqlanadi.To‘rtlamchi davr cho‘kindilaridagi yer osti suvlari hamma joyda har xil chuqurlikda tarqalgan.Tadqiqot davrida (2024 yil noyabr) yer osti suvlari yer yuzasidan 0,5-4,5 m chuqurlikda ochilgan.Rejim kuzatuvlariga ko'ra, yer osti suvlarining maksimal holati iyul-avgust oylarida, eng kami dekabr-yanvar oylarida qayd etiladi.


26Ko'p yillik ma'lumotlarga ko'ra tebranish amplitudasi 1,0 m ni tashkil qiladi. Hisoblangan maksimal darajada yer osti suvlari o'lchanganidan 0,5 m balandlikda, ya'ni yer yuzasidan 0,0-4,0 m chuqurlikda kutilishi mumkin.Yer osti suvlarini kimyoviy tarkibidagi quruq qoldig‘i miqdori 685-1152 mg/l ni tashkil etadi. HCO3 ' ionlari tarkibi – 207 mg/l dan 268 mg/l gacha (3,40-4,40 mg/ekv), CI' ionlari tarkibi – 17,6 dan 76,2 mg/l gacha; SO4\" ionlari tarkibi – 210 mg/l dan 461 mg/l gacha.QMQ 2.03.11-96 6 jadvaliga ko'ra, yer osti suvlari GOST 10178-85* bo'yicha portlendsementidagi betonlarga agressiv emas va GOST 22266-94 bo'yicha sulfatga chidamli sementlardagi betonlarga nisbatan agressiv emas, shuningdek, temir-beton qurilishlarini vaqti-vaqti bilan namlash bilan mustahkamlash uchun past agressiv.Geologik va litologik tuzilishBurg'ilash ishlari ma'lumotlariga ko'ra, o'rganilayotgan hududning geologik tuzilishida 8,0 m chuqurlikgacha Golodno-dasht majmuasining yuqori to'rtlamchi davri allyuvial-prolyuvial yotqiziqlari (a-p QIIIgl), suglinok va supeslar, siniq bo’lakli toshlar va harsangtosh hamda Poleazoy davri yotqiziqlari – granit tog’ jinslari bilan ifodalanadi.Tadqiqot maydoni to'rtlamchi davrning qalin qiyaliklari bilan to'ldirilgan katta tog'lararo chuqurlik bilan chegaralangan. Suglinok loessga o'xshash, och jigarrang bo’lgan, oraliq qatlamlari qumli, g'ovakligi yuqori bo'lgan, qattiq konsistensiyadan suvga to'yingangaqadar.Butun hudud boʻylab gilli tuproqlar uchastkaning ustki qismida qalinligi 8,0 m gacha.Qum aralashmali siniq bo’lakli toshlar, supes qatlamchalaridan iborat, suvga to'yinganga qadar. Qatlam qalinligi 6,5 m gacha.Intruziv jinslar bloklari – granitlar, bir oz yoriqli.Sirtdan 0,5-6,0 m texnogen (to‘kma) gruntlar bilan qoplangan.Тexnogen gruntlar bir xil bo’lmaganligi, shuningdek, siqilish darajasi tufayli alohida MGE (muhandis-geologik element) sifatida aniqlanmagan. Bu gruntlar yanada siqilishga qodir, shuning uchun ularni bino va inshootlarning poydevori sifatida ishlatish tavsiya etilmaydi.Quruq qoldiqning miqdori 1070 mg/kg dan 2730 mg/kg gacha o‘zgaradi. SO4\" ionlarining miqdori 370 mg/kg dan 1465 mg/kg gacha, Cl' ionlari 53 mg/kg dan 282 mg/kg miqdorida o‘zgaradi.Oson eriydigan tuzlar bilan sho‘rlanish darajasiga ko‘ra, o‘rganilayotgan hududning gruntlari GOST 25100-2020 ning B.22-jadvaliga muvofiq, sulfatli sho‘rlanishli -sho‘rlanmagan.


27Gruntlarning tarkibi, holati va xossalariO‘rganilayotgan hudud gilli, siniq bo’lakli toshlar va granit gruntlardan iborat, GOST 25100-2020 ga muvofiq, ochilgan 8 metrli qatlamlarning gruntlari bog‘langan va bog’lanmagan cho‘kindi turiga ko‘ra disperslar sinfiga kiradi.O‘rganilayotgan hududda olib borilgan qazishmalarning bir qismi to‘kima gruntlarlarda ochilgan maishiy va qurilish chiqindilarining yuqori miqdori bo‘lgan qayta joylashtirilgan supes-suglinoklardan iborat. Ularning qalinligi 0,5-6,0 m ni tashkil qiladi. To‘kma gruntlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda, ularni asos sifatida ishlatish tavsiya etilmaydi. Litologik tuzilishga muvofiq, genetik yoshiga bog‘liq alomatlarga va gidrogeologik sharoitlarga, tadqiqot hududi bo‘yicha (o‘rganilgan 8,0 metrli grunt qatlami doirasida) 4 ta muhandislik-geologik elementga (MGE) ajratib olindi:Birinchi muhandislik-geologik element (1-MGE) och jigarrang, makrog‘ovakli, qattiqdan yarim qattiqgacha bo‘lgan yupqa supes qatlamli suglinoklardan iborat bo’lib, siniq bo’lakli toshlar aralash, suv sathidan yuqorida joylashgan.Elementning ochilgan qalinligi 1,0-3,3 m.1-MGE tuproqlari qo‘shimcha yuklar ostida cho‘kuvchan. Cho’kuvchanlik bo’yicha grunt sharoitlarining turi - I (birinchi).QMQ 2.02.01-19 ning V-ilovasini V.4-jadvaliga binoan 1-MGE asos gruntlarining hisoblangan qarshiligini 1,0 m kenglikdagi va 2,0 m chuqurlikdagi gilli gruntli poydevorlar uchun R0=390 kPa (3,9 kgs/sm2) tabiiy holatda, R0=196 kPa (1,96 kgs/sm2) suvga to‘yinganda teng deb qabul qilish tavsiya etiladi.7-jadvalda 1-MGE gruntlarining fizik – mexanik xususiyatlarining ekstremal va me’yoriy qiymatlari keltirilgan.3. Soʻrov oʻtkazilgan tegishli tashkilotlarning (mahalliy hokimlik, mahalla faollari, tadbirkorlar, aholi yoki tor doiradagi mutaxassislar) loyiha hududining joriy holati va kelajakdagi rivojlanish asosiy masalalar, xavotirlari va xulosalar.


28Mahalli hokimyat va tegishli tashkilot raxbarlai va mahalla faollari hamda tor doiradagi mutaxasislar tadbirkorlar bilan uchrashib loyihadagi binolar roʻyxatini shakillantirish orqali master reja loyiha hududining joriy holati va kelajakdagi rivojlanish masalalar, loyihani shakllanishi, loyihaviy taklif va talabdan kelib chiqqan holda loyihadagi obyektlarning shakllanish jarayoni tahlili.Kirish darvozasi (stello), yengil tipdagi savdo rastalari 80 o`rinlimehmonxona, savdo doʻkonlari, yengil tipdagi muzqaymoq kafesi, yengil tipdagi mehmon uylari, ayvonlar, oʻtov koʻrinishidagi dam olish uylari, toshli mehmon uylari, oʻtov, sport maydonlari,koʻngilochar oʻyinlar maydoni, bollalar oʻyin maydoni, choyxona, bekatlar, ellektromobillarni quvvatlash stansiyalar, tibbiyot boʻlimi, o`t o`chirish punkti va boshqalar .4.Loyiha hududini rivojlantirish uchun cheklovlar va imkoniyatlar toʻgʻrisida xulosa chiqarish uchun zarur boʻlgan har qanday boshqa taxliliy materiallar.1. Cheklovlar1.1. Seysmik xavfHudud 7 balli seysmik zona tarkibiga kiradi. Bu barcha inshootlar uchun kuchaytirilgan konstruktiv yechimlarni talab qiladi.1.2. Gruntlarning cho‘kuvchanligiBa’zi uchastkalarda lyossli, qo‘shimcha yuk ostida cho‘kuvchan gruntlar mavjud. Bu poydevor osti tayyorlov qatlamlari va mustahkamlashtirish choralarini talab etadi.1.3. Yer osti suvlarining yaqinligiAyrim hududlarda yer osti suvlari 0–2 metr chuqurlikda joylashgan. Bu drenaj tizimi, gidroizolyatsiya va maxsus poydevor yechimlarini zarur qiladi.1.4. Sho‘rlanish jarayonlariTuproqlarda sho‘rlanish borligi qayd etilgan. Sug‘orish ishlari, yashil hududlar, qishloq xo‘jaligi zonalarida bu hisobga olinishi shart.1.5. Sel, ko‘chki va cho‘kish xavflariHududda zamonaviy geodinamik jarayonlar — sel, ko‘chki, cho‘kish holatlari mavjud. Loyiha joylashuvi va relyef bo‘yicha xavf zonalari ajratilishi kerak.1.6. Ijtimoiy-iqtisodiy cheklovlarAholi orasida ishsizlik yuqori, “daftar”larga kiritilganlar ko‘p. Bu infratuzilma talabini oshiradi va loyiha doirasida bandlikni yaratishni talab qiladi.2. Imkoniyatlar2.1. Qurilish uchun yaroqli hududlar kengGeologik xulosaga ko‘ra, tayyorgarlik ishlari bajarilganda ko‘pchilik hududlar turli sinfdagi inshootlar qurilishi uchun yaroqli.


292.2. Mustahkam tog‘ jinsli qatlamlar mavjudBa’zi joylarda 0–2 metr chuqurlikda tosh jinslari mavjud bo‘lib, bu og‘ir konstruksiyalar, ko‘p qavatli obyektlar uchun qulay.2.3. Geologik ma’lumotlarning to‘liq o‘rganilganiDala va laboratoriya tadqiqotlari to‘liq va sifatli bajarilgan. Bu loyihalashda xatoliklar xavfini kamaytiradi.2.4. Aholining bandlik salohiyatiHududda:• imtiyozli kreditlar,• subvensiyalar,• kasbga o‘qitish,• kichik biznesni qo‘llash,bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Bu turizm, xizmat ko‘rsatish va savdo sohalari rivojlanishi uchun baza yaratadi.2.5. Grunt qatlamlarining barqarorligiGruntlarning fizik-mexanik xususiyatlari laboratoriyada o‘rganilgan bo‘lib, ko‘pchilik qatlamlar texnik jihatdan poydevor uchun yaroqli.3. Umumiy xulosaHudud tabiiy-geologik sharoitlar nuqtayi nazaridan ayrim cheklovlarga ega bo‘lsa ham, tegishli injenerlik tayyorlovlari bajarilganda turizm maskanlari, xizmat ko‘rsatish zonalari, turar-joy massivlari va rekreatsiya obyektlarini tashkil etish uchun yaroqlidir.Seysmiklik, lyossli va cho‘kuvchan gruntlar, yer osti suvlari, sho‘rlanish va sel-ko‘chki xavfi loyiha konstruktiv yechimlarida alohida hisobga olinishi shart. Shu bilan birga, hududning katta qismi poydevor uchun mos qatlamlarga ega, mustahkam jinslar bor, geologik ma’lumotlar to‘liq, aholi bandligi bo‘yicha salohiyat yuqori ekanligi — hududni rivojlantirish uchun sezilarli imkoniyat yaratadi.5. Loyiha hududining kuchli, zaif tomonlari, imkoniyatlari va tahdidlari (SWOT tahlillar yoki interfaol usullardan foydalanish) koʻrsatuvchi tahlil xulosalari.SWOT tahlil bo‘yicha xulosa (Loyiha hududi)S — Kuchli tomonlari (Strengths)Loyiha hududi tabiiy-geografik va rekreatsion jihatdan sezilarli ustunliklarga ega. Hududning tog‘lar bilan o‘ralganligi, tabiiy manzaralarning jozibadorligi va sokin muhit odamlar uchun dam olish imkoniyatini yaratadi. Bulolqi soyining oqib o‘tishi ekologik va rekreatsion salohiyatni yanada oshiradi. Hudud aholisiga yangi iqtisodiy imkoniyatlar


30ochilishi, piyoda yurish va ochiq havoda sayr qilish uchun qulay sharoitlar mavjudligi bu hududning turizm, xizmat ko‘rsatish va dam olish yo‘nalishida katta potensialga ega ekanini ko‘rsatadi.W — Zaif tomonlari (Weaknesses)Hududning asosiy zaif jihatlari infratuzilma bilan bog‘liq. Yordamchi yo‘llar va xizmat ko‘rsatish tizimlari yetarli darajada rivojlanmagan. Qishloq xo‘jaligi maydonlarining qisqarishi, ichimlik suvi yetishmovchiligi kabi omillar iqtisodiy faoliyatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, hudud tabiiy ofatlarga — sel, toshqin va boshqa geodinamik jarayonlarga moyil bo‘lgani sababli qurilish va xavfsizlik rejalashtiruvida qo‘shimcha ehtiyotkorlik talab etiladi.O — Imkoniyatlar (Opportunities)Hudud turizmni rivojlantirish uchun juda qulay. Zamonaviy ichki va tashqi turizmni shakllantirish, hukumat tomonidan yo‘l, kommunikatsiya va infratuzilmalarni yaxshilashga qaratilgan doimiy dasturlar hududning rivojlanishini tezlashtiradi. Aholining turmush darajasi yaxshilanib, ishsizlar uchun xizmat ko‘rsatish, hunarmandchilik va oilaviy biznesni rivojlantirish imkoniyati kengayadi. Mahalliy mahsulotlarni sayyohlarga sotish orqali o‘z-o‘zini band qilish darajasi ortishi ham iqtisodiy o‘sishga xizmat qiladi.T — Tahdidlar (Threats)Hududning shahardan uzoqligi transport-logistika qiyinchiliklarini keltirib chiqaradi. Yo‘llarning torligi yoki yomonligi, yog‘ingarchilik davrida tashrif buyuruvchilar uchun noqulay sharoitlar yaratilishi turizm rivojiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Ayrim hududlarda mobil aloqa operatorlarining ishlamasligi axborot almashinuvi va xavfsizlik choralariga salbiy ta’sir qiladi. Qurilish materiallari va ishchi kuchini yetkazib berishdagi qiyinchiliklar loyihaning iqtisodiy samaradorligiga tahdid tug‘diradi.Umumiy yakuniy xulosaLoyiha hududi tabiiy go‘zalligi, rekreatsion salohiyati, iqtisodiy imkoniyatlari va xizmat ko‘rsatish turizmini rivojlantirish uchun juda qulay sharoitga ega. Shu bilan birga, infratuzilmaning sustligi, transport qiyinchiliklari va ayrim tabiiy xavf omillari hisobga olinishi zarur. To‘g‘ri rejalashtirilgan infratuzilma, geologik xavfsizlik tadbirlari, turizm xizmatlarini tashkil etish va aholini iqtisodiy faoliyatga jalb etish orqali hududni barqaror rivojlantirish imkoniyati juda yuqori.


312-Vazifa nitijasi bo`yicha chora tadbirlar amalga oshirilishi1. Loyiha hududi joylashgan tuman (shahar), viloyatning joriy iqtisodiy profili (saloxiyati);Loyiha hududi Navoiy viloyatining Xatirchi tumani hududida joylashgan bo‘lib, mazkur viloyat O‘zbekistonning iqtisodiy taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Viloyatning sanoat, energetika, tog‘-kon, qishloq xo‘jaligi va logistika yo‘nalishlari bo‘yicha shakllangan mustahkam iqtisodiy bazasi, tumanning resurslari bilan uyg‘unlashgan holda hudud rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratadi.Navoiy viloyatining iqtisodiy profiliNavoiy viloyati Respublikadagi eng yirik sanoat hududlaridan biri bo‘lib, iqtisodiyotining asosiy tarmoqlarini quyidagi yo‘nalishlar tashkil etadi:1. Sanoat va ishlab chiqarish• O‘zbekistonning eng yirik sanoat gigantlaridan biri — Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) viloyat iqtisodiyotining asosiy drayveri hisoblanadi.• Kimyo sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, rangli metallurgiya keng rivojlangan.• Energiya ta’minoti infratuzilmasi barqaror.2. Qishloq xo‘jaligi• Chorvachilik, dehqonchilik, bog‘dorchilik, uzumchilik yetakchi yo‘nalishlar.• Sug‘oriladigan erlar sonining ko‘pligi, suv ta’minoti obyekti orqali barqaror ishlab chiqarish imkonini beradi.3. Transport-logistika salohiyati• Viloyatning markaziy qismi orqali respublika ahamiyatidagi avtomobil va temir yo‘llar o‘tgan.• Logistika nuqtayi nazaridan respublikaning markaziy hududi hisoblanadi.4. Turizm salohiyati• Qadimiy shaharlar (Karmana, Nurota), tabiiy landshaftlar, ekologik turizm uchun qulay sharoit.• Yaqin yillarda turizm infratuzilmasi tez sur’atlarda rivojlanmoqda.Xatirchi tumanining iqtisodiy profiliXatirchi tumani Navoiy viloyatining yirik agroiqtisodiy hududlaridan biri bo‘lib, iqtisodiyotning asosiy qismi qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va xizmat ko‘rsatishdan iborat.1. Qishloq xo‘jaligi salohiyati• Paxta, g‘alla, sabzavot-poliz ekinlari keng maydonlarda yetishtiriladi.• Chorvachilik, xususan qoramolchilik va qo‘ychilik, tumanning yetakchi yo‘nalishi hisoblanadi.• O‘rmonzorlar va tog‘ yonbag‘irlari bo‘lgan hududlar bog‘dorchilikni kengaytirishga imkon beradi.


322. Kichik biznes va hunarmandchilik• Xizmat ko‘rsatish, tikuvchilik, hunarmandchilik faoliyati o‘sib bormoqda.• «Aholini bandligini oshirish» va «Yoshlar daftari», «Ayollar daftari» dasturlari orqali iqtisodiy faollik ortmoqda.3. Infratuzilma• Ichki yo‘llarning qismi ta’mirtalab bo‘lsa-da, so‘nggi yillarda rekonstruksiya ishlari davom etmoqda.• Elektr energiyasi, aloqa va suv ta’minoti qishloq hududlari uchun yetarlicha barqaror.4. Turizm va dam olish salohiyati• Tog‘ yonbag‘irlari, Bulolqi soyining mavjudligi, tabiiy manzaralarning go‘zalligi ekologik va rekreatsion turizmni rivojlantirish imkonini beradi.• Mahalliy aholining turizm xizmatlari ko‘rsatishdagi ishtiroki uchun iqtisodiy sharoit yaratilgan.Malakasi darajasini koʻrsatgan holda ishchi kuchi (mahalliy va shahar/tuman) taxliliKorxona va tashkilotlarda ishlovchilar soni 98Tadbirkorlik bilan band bo‘lganlar 32 Shundankasanachilik bilan band bo‘lganlar soni -milliy hunarmandchilik bilan shug‘ullanuvchilar soni -savdo-sotiq bilan shug‘ullanuvchilar soni 11chorvachilik, parrandachilik va asalari-chilik bilan band bo‘lganlar soni7ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchilar soni -xizmat ko‘ratish bilan shug‘ullanuvchilar soni 12tadbirkorlikning boshqa sohalarida band bo‘lganlar soni 2Mavsumiy ishlar bilan band bo‘lganlar soni 28Xorijga mehnat migratsiyasiga ketganlar 11Norasmiy sektorda bandlar 92Rasmiy sektorda bandlar 186Bola parvarishi bilan band bo‘lganlar soni 48Ishlovchi pensionerlar soni 2Ishsizlar soni 22Rasman “ishsiz” deb topilgan soni(bandlik bo‘limlarida “ishsizlik” nafaqasi olayotganlar)-Bu ma`lumot Angidon MFY ombor daftaridan olingan.


332.Loyiha hududida yoki uning atrofida kengaytirilishi yoki tegishli xizmatlar / faoliyatlar bilan mustaxkamlanishi mumkin boʻlgan mavjud iqtisodiy faoliyat, foydalanish mumkin boʻlgan mavjud mahalliy resurslar (yodgorliklar yoki turizm uchun madaniy meros obyektlari, maxalliy hunarmandchilik yoki ozik - ovqat ixtisosligi).Angidon hududidagi noyob tabiiy tog‘-tosh shakllari va ularning salohiyatiAngidon MFY va uning tog‘li hududlari atrofida shamol eroziyasi, suv oqimi va million yillik tabiiy jarayonlar natijasida hosil bo‘lgan g‘aroyib tosh shakllari, teshik toshlar, arochko‘rinishlar va boshqa tabiat yodgorliklari mavjud.Bu obyektlar o‘ziga xos ko‘rinishlari bilan hududning nafaqat tabiiy, balki turistik boyligini ham sezilarli darajada oshiradi.1. Teshik toshlar (Arka shaklidagi tabiiy toshlar)Hududda ko‘plab o‘yiq, ichidan yorug‘lik o‘tadigan tabiiy tosh teshiklari mavjud. Bular:• shamoleroziyasi natijasida hosil bo‘lgangeologik jihatdan qiziqarli obyektlar• fotografiya uchun juda jozibador manzara nuqtalariTurizm salohiyati:• “Teshik toshlar yo‘li” kabi sayohat yo‘nalishi ochish• foto-turizmni rivojlantirish• Instagram-friendly tabiiy joy sifatida reklama qilish• sayyohlar uchun diqqatga sazovor maskan yaratish2. Har xil shakldagi tog‘ toshlari (Landshaft geologiyasi)Angidon tog‘larida uchraydigan tosh shakllari:• ustun ko‘rinishlar• gumbazsimon qoya shakllari• uyumli tosh massivlar


34• g‘ayrioddiy geologik yoysimon shakllarBu obyektlar hududni geologiya va landshaft tadqiqotlari uchun ham qimmatli qiladi.Salohiyat:• geoturizm (tabiiy geologik obyektlarga qiziqarli ekskursiyalar)• maktab va oliy o‘quv yurtlari talabalarining dala-amaliyoti• “tog‘ shakllari galereyasi” sifatida turistlarga taqdim etish3. Eroziya natijasidagi tabiiy “skulpturalar”Shamol, yomg‘ir, suv oqimlari bilan silliqlangan toshlar:• hayvon shakliga o‘xshagan toshlar• odam boshiga yoki buyumga o‘xshagan toshlar• katta “qoziq tosh”larBu toshlar tabiiy landshaftning betakrorligini oshiradi.Salohiyat:• “Tabiat yaratgan san’at” nomli ekskursiya• bolalar uchun ekologik ta’lim marshrutlari• blogerlar va fotografchilarni jalb qilish4. G‘orlar va yoriqlar (kichik tabiiy g‘orlar)Hududda:• kichik tabiiy g‘orlar• yarim g‘orlar• yoriq shaklidagi o‘yiqlarmavjud bo‘lib, ular tarixiy makonlar yoki dam olish hududlari sifatida jozibador bo‘lishi mumkin.Salohiyat:• mini g‘orlar bo‘yicha ekskursiyalar• arxeologik tadqiqotlar uchun qiziqarli nuqtalar• sovuq-salqin yashirin joylar sifatida turistlar uchun joziba5. Noyob tosh shakllarining iqtisodiy va turistik foydasiEkoturizmni keskin rivojlantiradiTabiiy toshlar — tog‘ sayyohlarini, blogerlarni, fotografchilarni jalb qiladi.Mahalliy aholi uchun yangi daromad manbai• gidlik xizmatlari• tosh shakllari yonida fotosessiya zonalari• qo‘l mehnati mahsulotlari savdosi• ko‘chma choyxona, milliy taomlarHududning brend bo‘lishiga xizmat qiladiTosh shakllari Angidon uchun tanituv logotipi, reklama belgisi bo‘lishi mumkin.Madaniy meros yo‘nalishini boyitadi


35Pitrograflar + g‘aroyib toshlar = kompleks turizm paketi3.Loyiha hududining tuman (shahar)dagi joylashuvidan kelib chiqadigan potensial va uning rivojlanishi kengroq shahar kontekstiga qanday bogʻliq boʻlishi (masalan, shahar markaziga yaqin joylar uchun tijorat koʻchmas mulklari va boshqalar).1. Angidonning tuman ichidagi geografik joylashuviAngidon MFY Xatirchi tumani tog‘ etaklarida, markazdan ma’lum masofada, ammo tabiiy rekreatsion hududlar yaqinida joylashgan. Relyef tabiiy, manzarali bo‘lib, Bulolqi soyiga yaqin. Hududning asosiy transport yo‘llariga ulanganligi uni strategik jihatdan muhim qiladi.Lokatsiya xususiyatlari:• Tumanning zich aholi yashaydigan tekislik qismidan yuqoriroqda joylashgan• Shahar markaziga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqadigan yo‘l mavjud• Tog‘ yonbag‘iriga yaqinligi sababli tabiiy landshaft ustunliklarga ega• Muhit sokin, ekologik toza2. Tumandagi joylashuvdan kelib chiqadigan potensialAngidon tuman markaziga nisbatan dam olish va ekologik turizm markazi sifatida shakllanishi mumkin bo‘lgan hudud.Hududning joylashuvi quyidagi imkoniyatlarni beradi:2.1. Ekoturizm markazi bo‘lish salohiyatiTuman bo‘yicha turistlarni jalb qiladigan joylar kam, Angidonning:• tog‘ manzaralari,• soy bo‘yi,


36• pitrograflar,• teshik toshlar,• tabiiy landshaftkabi ustunliklari uni Xatirchi tumani uchun asosiy rekreatsiya hududiga aylantira oladi.2.2. Tuman markazi aholisi uchun dam olish zonasiTuman markazi yaqinligi sabab:• hafta oxiri sayohatlari• piknik zonalari• oilaviy dam olish bog‘lariuchun talab yuqori.Bu xizmatlar uchun hududning joylashuvi juda qulay.2.3. Yangi iqtisodiy faoliyatlarni tumanga bog‘laydiAngidon orqali tumanda quyidagi faoliyatlar kuchayadi:• turistik xizmat ko‘rsatish• mahalliy mahsulot savdosi• transport-logistika• mehmon uylari va kichik dam olish maskanlariBu tuman iqtisodiy faoliyatini diversifikatsiya qiladi.3. Angidonning Navoiy viloyati kontekstidagi bog‘liqligi3.1. Viloyat markaziga yaqin nisbiy masofaAngidon Navoiy shahri va Karmana kabi yirik iqtisodiy markazlardan uzoq emas. Shuning uchun:• professional kadrlar• materiallar• transport xizmatlari• yuqori malakali mutaxassislarviloyat markazidan oson jalb qilinadi.3.2. Viloyat turizm siyosatiga mos hududNavoiy viloyati hozir:• Nurota tizmasi bo‘yicha ekoturizm,• Karmana tarixiy turizmi,• Qizilqum safari,• Onglik (Sarmishsoy) pitrograflaryo‘nalishlarini rivojlantirmoqda.Angidon — shu yo‘nalishlarning mantiqiy davomi sifatida hududiy turizm klasteriga qo‘shilishi mumkin.3.3. Viloyat iqtisodiy rivojiga ulanishHududda turizm ochilishi:• tuman iqtisodiyotini,• tadbirkorlikni,


37• bandlikni,• xizmat ko‘rsatishniviloyat darajasida rivojlantirishga xizmat qiladi.4. Shahar/tuman markazi bilan tarmoq integratsiyasi4.1. Tuman markazidagi tijorat faoliyatini rag‘batlantiradiTuristlar oqimi oshishi bilan:• tumandagi do‘konlar• kafelar• milliy taom restoranlari• servis markazlarifaoliyati kuchayadi. Angidon tumanning “dam olish zonasi” rolini bajaradi.4.2. Transport yo‘nalishlari rivojlanadiHududga turistlar kelishi:• yo‘llarni yaxshilash• belgilangan marshrutlar ochish• ichki shahar transport xizmatini rivojlantirishzaruratini paydo qiladi.4.3. Ko‘chmas mulk qadri oshadiAgar hudud rekreatsion zona sifatida tanilsa:• dam olish uylari• mehmon uylari• kichik villalar• kafe va savdo nuqtalariuchun yerga talab oshadi.4.4. Tumandagi tadbirkorlik klasteri kengayadiLoyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish tumanning boshqa sektorlarini ham bog‘laydi:• qishloq xo‘jaligi (mahsulot yetkazib berish)• hunarmandchilik (sovg‘alar)• xizmat ko‘rsatish• mahalliy transport• mehmonxona xizmatlariTuman markazidan uzoq emasligi, tog‘lar yonbag‘irida tabiiy manzarali hududda joylashuvi, pitrograflar va noyob tosh shakllari mavjudligi uni Xatirchi tumani uchun asosiy turizm va rekreatsiya markaziga aylantirishi mumkin.4. Oʻzbekiston sharoitida ham amalga oshirish mumkin boʻlgan rivojlanishning ayrim turlarini koʻrsatuvchi xalqaro tajribalar yoki rivojlanish darajasi oʻxshash shaharlarning koʻrsatkichlari, shuningdek, xar bir aniqlangan iqtisodiy faoliyat (saloxiyat, drayver) uchun kelgusi yillardagi qurilish talabining prognozlari (m2 yalpi maydonda) aniqlanishi mumkin (2025-yilda; 2027-yilgacha; 2029-yilgacha)


38Angidon mahalla fuqarolar yig‘ini (Xatirchi tumani, Navoiy viloyati) tabiiy manzaralari, daryo bo‘yidagi landshaftlari, qulay iqlimi va tarixiy-madaniy qadriyatlari bilan turizm sohasini rivojlantirish uchun katta salohiyatga ega. Hududda aholi asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanadi, bu esa agroturizm va ekoturizm yo‘nalishlarini shakllantirish uchun asos yaratadi.Turizmni rivojlantirishning bosh maqsadi — mahalliy aholi daromadini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va hududni iqtisodiy hamda ekologik jihatdan barqaror turizm maskaniga aylantirishdir.Xorijiy davlatlar tajribasi asosida tahlil1) Janubiy Koreya – Saemaul Undong (Yangi Qishloq harakati)Mahallalarda kooperativ tuzilgan.Har mahallaga kichik grant berilgan.Aholi o‘zi yo‘l, ko‘prik, suv kanali, ombor, ustaxona qurishni tashkil qilgan.Natija:10 yil ichida qishloq daromadi 3 baravar oshgan.O‘zbekistonda mos:Mahalla darajasida kooperatsiya + kichik blok-grant + jamoa mehnati nazorati.2) Xitoy – “Taobao Villages” (Internet asosidagi qishloq biznesi)Qishloqlarda onlayn savdo markazlari tashkil qilindi.Ayollar va yoshlar uchun uyda ishlab sotish modeli yo‘lga qo‘yildi.Natija:Har bir qishloqda 100+ doimiy uy sharoitidagi tadbirkorlar paydo bo‘ldi.O‘zbekistonda mos:Mahallada “Onlayn savdo xonasi” ochish + sellerlarga o‘rgatish (Tik-Tok Market, AliExpress, Melon, Uzum Market).3) Turkiya – Hunarmandchilik klasterlariKulolchilik, gilamchilik, misgarlik bitta markazga jamlangan.Davlat xomashyo va eksportni qo‘llab-quvvatlagan.Natija:Qo‘lda qilinadigan mahsulotlarning eksport daromadi oshgan.O‘zbekistonda mos:Mahallada 1 ta “Hunarmand markazi” → tikuvchilik + hunarmandlar + kichik ko‘rgazma do‘koni.4) Gruziya – Mahalliy turizmni rivojlantirishOddiy qishloqlar mehmon uylariga aylantirilgan.Aholiga mehmon qabul qilishni o‘rgatishgan.Natija:


39Qishloq daromadi 2–4 baravar ko‘tarilgan.O‘zbekistonda mos:Agar Angidonda chiroyli joy, qadamjo, tog‘ yoki suv bo‘lsa → 2–3 ta uy-ni “Guest house” qilish.5) Bangladesh – Mikrokredit + MentorlikAyollarga kichik kredit berilgan.Lekin muhim: Mentor biriktirilgan (nazorat + maslahat).Natija:Kambag‘allar orasida kichik bizneslar paydo bo‘lgan.To‘g‘ri nazorat qilingan joyda qarzdorlik past.O‘zbekistonda mos:Kreditni berib tashlash emas → kredit + har oy ustoz bilan uchrashuv. O‘xshashlik: Angidonda ham tog‘li landshaftlar mavjud — bu hududda ekologik sayr yo‘nalishlari (trail, eco-path) tashkil etish mumkin.6) Germaniya – “Dual kasb-hunar ta’limi” modeliGermaniyada yoshlar kollejda faqat nazariya o‘qimaydi. O‘qishning yarmi korxona, ustaxona yoki zavodda amalda o‘tadi. Bitirgan odam tayyor mutaxassis bo‘ladi.O‘zbekiston sharoitida qo‘llash:Mahallada mavjud ustalar (santexnik, g‘isht teruvchi, tikuvchi, payvandchi) yoniga “shogird” tizimini rasmiylashtirish.Maktab/kasb-hunar markazi bilan hamkorlik shartnomasi tuzib qo‘yish kifoya.7) Yaponiya – “Mahalla o‘zini o‘zi boshqarish” (Community Self-Governance)Yaponiyada kichik hududlarda muammolarni davlat emas, mahallaning o‘zi hal qiladi: chiqindi ajratish, ko‘chani tozalash, kichik infratuzilma, ko‘ngilli yordam. Mahalla kengashlari faol va mas’ul.O‘zbekistonda qo‘llash:Mahallada faol guruh tuzish (10–15 kishi) va ularga:Kim tashabbusni ko‘taradiKim moliyalashtiradiKim nazorat qiladianiq rol beriladi.Tug‘ri taqsimlangan rol ishlaydi. Shunchaki “gap-gashtak emas”.8) Italiya – “Slow Food” va mahalliy mahsulot harakatiItaliya kichik qishloqlardagi o‘ziga xos mahsulot (pishloq, zaytun moyi, uzum, kolbasa)ni o‘sha hudud nomi bilan brendladi. Natijada qishloqlar turizm va savdo markaziga aylandi.O‘zbekistonda qo‘llash:Angidon / Qishloq nomi bilan:


40AsalTomorqa pomidoriUzum quritmasiQaymoq / yog‘Mahalla brendi qilib chiqarish.Bu oddiy, lekin kuchli.9) Janubiy Koreya – “Kooperativ asosidagi xizmat va ishlab chiqarish”Hududda kichik korxonalar yakka tartibda emas, birlashgan holda ishlaydi. Asosiy tamoyil — yakka emas, birgalikda ishlab, birgalikda sotish.O‘zbekistonda qo‘llash:Mahallada:Bitta umumiy tikuv sexiBirgalikda olingan xomashyoMahallaviy buyurtmalarni bitta rahbar bo‘lib yig‘ish→ Narx tushadi, daromad ko‘tariladi.10) Kanada – “Community Business Hub” (Mahalla biznes markazi)Kanadada kichik hududlarda odamlar bitta markazda:internetdan foydalanadi,hujjatlarni yuritadi,marketing o‘rganadi,mijoz qidiradi.Bu markaz kerakli bilimni mahallaga olib kiradi.O‘zbekistonda qo‘llash:Mahallada 1 ta xona:kompyuter + printerinternet1 nafar ko‘makchi→ Mahalla uchun “onlayn savdo markazi”.Ayollar, o‘quvchilar, yoshlar shu yerda pul ishlashni o‘rganadi.2-Hududni iqtisodiy rivojlantirish salohiyati va zaxiralari.1.Loyiha hududi uchun aniqlangan iqtisodiy drayverlar/faoliyatlar, tahlil va maʼlumotlar jadvallari va tavsiya etilgan tanlov uchun aniq asoslar /tushuntirishlar bilan tasdiqlangan holda.Hudud drayveri xizmat ko`rsatish (turizm) va chorvachilik: Xizmatlar sohasini rivojlantirish ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatda


41olib borilayotgan bozor islohotlari jamiyatni rivojlantirishning eng muhim ijtimoiyiqtisodiy vazifalarini hal qilishda xizmat ko‘rsatish sohasining rolini oshirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Xizmatlarning xilma-xilligi aholining katta qismini hayot sifatini va farovonligini yaxshilash imkonini beradi. 2025- yilning yanvar-iyun oylarida tumanda jami 569,0 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati115,4 % ni tashkil etgan. Shuningdek, kichik tadbirkorlik subyektlarining jami ko‘rsatilgan xizmatlardagi ulushi 81,3 % ni tashkil etdi.Xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning toifalari(1-iyul holatiga, birlikda)2024- yil 2025- yilJami xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni1 853 1 570- yirik korxonalar 291 317- kichik korxona va mikrofirmalar 1 562 1 253- shu jumladan, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar1 1Xizmatlar sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar soni(yanvar-iyun, birlikda)2024- yil 2025- yilJami xizmatlar sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar soni82 105- yirik korxonalar 2 37- kichik korxona va mikrofirmalar 80 68- shu jumladan, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar- -Ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi (yanvar-iyun)Jami Aholi jon boshiga2025-yil mlrdso‘m2024-yilga nisbatan, % daJami hajimga nisbatan ulushi,% daming so‘m2024-yil yanvar-iyunga nisbatan, % daNavoiy viloyati 11 320,9 113,5 100,0 10 301,1 111,5Xatirchi tumani 569,0 115,4 5,0 2 620,7 113,7


42Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha bozor xizmatlari ishlab chiqarish (2025-yil yanvar-iyun)Mlrd so‘mO‘sish sur’ati, % daJami hajimga nisbatan ulushi,% daXizmatlar – jami 569,0 115,4 100,0shu jumladan asosiy turlari bo‘yicha:aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 34,2 123,6 6,0moliyaviy xizmatlar 55,4 137,1 9,7transport xizmatlari 121,3 115,1 21,3shu jumladan: avtotransport xizmatlari 105,8 111,3 18,6yashash va ovqatlanish xizmatlari 27,7 111,5 4,9savdo xizmatlari 224,9 109 39,5ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar 10,3 110,9 1,8ta’lim sohasidagi xizmatlar 9,4 110,4 1,7sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar 12,7 121 2,2ijara xizmatlari 13,7 118,3 2,4kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar 11,6 113,7 2shaxsiy xizmatlar 29,3 119,6 5,2me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar6,2 125,3 1,1boshqa xizmatlar 12,3 115,8 2,2Xatirchi tumani bo‘yicha yuqori ulush savdo xizmatlari (39,5 %), transport xizmatlari (21,3 %) va moliyaviy xizmatlar (9,7 %) da qayd etildi.Uncha yuqori bo‘lmagan ulush Me’morchilik muhandislik izlanishlari texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar (1,1 %), Taʻlim sohasidagi xizmatlar (1,7 %)da qayd etildi.Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining o‘sish sur’atlari va takibi(2025-yil yanvar-iyun, % da)


43Xatirchi tumanida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan yuqori o‘sish sur’atlari Moliyaviy xizmatlar (137,1 %), Meʻmorchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlari va tahlil sohasidagi xizmatlar (125,3 %), Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (123,6 %), Sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar (121,0 %), va da qayd etildi.O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’atlari yuqori bo‘lmagan sohalar savdo xizmatlari (109,0 %) da qayd etildi.STATISTIK KO‘RSATKICHLARGA IZOHLARXizmat sohasi – bu, korxonalar, tashkilotlar va shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan ko‘rsatiladigan har xil turdagi xizmatlarning takror ishlab chiqarilishini o‘z ichiga olgan umumlashtirilgan toifadir. Boshqacha qilib aytganda, bu savdo, kasbiy va maishiy xizmatlarni ko‘rsatishga ixtisoslashgan mamlakat iqtisodiyotining tarmog‘idir. Xizmatlar iste’molchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) holatini o‘zgartiruvchi yoki tovarlar, xizmatlar yoki moliyaviy aktivlar bilan ayirboshlashiga ko‘maklashadigan ishlab 224,99,410,327,711,6121,312,313,729,312,734,26,255,4109,0110,4110,9111,5113,7115,1115,8118,3119,6121,0123,6125,3137,1Savdo xizmatlariTaʻlim sohasidagi xizmatlarKoʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlarYashash va ovqatlanish xizmatlariKompyuterlar va maishiy tovarlarni taʻmirlash boʻyicha xizmatlarTransport xizmatlariBoshqa xizmatlarIjara xizmatlariShaxsiy xizmatlarSogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlarAloqa va axborotlashtirish xizmatlariMeʻmorchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlari va tahlil sohasidagi …Moliyaviy xizmatlarO‘sish sur’ati, % da Xizmatlar tarkibi, mlrd so‘mda


44chiqarish faoliyatining natijasi hisoblanadi. Xizmatning o‘ziga xos xususiyati, xizmatni bajarish va uni iste’mol qilish davrining bir xil vaqtga to‘g‘ri kelishi hisoblanadi.Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha xizmatlar hajmida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun amaldagi bozor narxlari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksizsiz hisoblangan to‘lovlar hisobga olinadi.Xizmatlar oldi-sotdi obyekti sifatida chiqqanda va iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan (xizmatlarni ishlab chiqaruvchining sarf-xarajatlarini to‘laligicha yoki sezilarli darajada qoplaydigan) narxlarda sotilganda, bozor uchun ishlab chiqarilgan xizmatlar hisoblanadi.“Ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilgan) xizmatlar hajmi” statistik ko‘rsatkichi –ma’lum bir vaqt davomida ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatini o‘lchovchi, iste’molchilarga (yuridik va jismoniy shaxslar, norezidentlarni qo‘shgan holda) ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatini aks ettiradi.Ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilgan) xizmatlar hajmi – bu, xizmatlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan va xizmat ko‘rsatish asosiy faoliyat turi hisoblanadigan barcha xizmatlar ishlab chiqaruvchilari (yuridik va jismoniy shaxslar) tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlari qiymatidir.Iste’molchilar tomonidan xizmatlar uchun to‘lovlar naqd pul, shu jumladan, plastik kartochkalar va pul o‘tkazish, elektron to‘lovlar va elektron pullar orqali amalga oshirilishi mumkin.Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar statsionar shifoxona muassasalari, poliklinikalar, stomatologiya muassasalari va tibbiy laboratoriyalar tomonidan pul asosida ko‘rsatilgan kompleks xizmatlarni qamrab oladi. Ijara xizmatlari bo‘yicha ishlab chiqarish hajmi mashinalar va asbob-uskunalarni operatorlarsiz ijaraga berish, maishiy jihozlar va shaxsiy ehtiyoj buyumlarini ijaraga berishdan olingan daromad miqdori sifatida aniqlanadi.Me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar hajmi shartnomada nazarda tutilgan talablarga muvofiq loyihalar, izlanishlar, konstruktorlik va texnologik ishlar hamda ko‘rsatilgan xizmatlar, shuningdek, qurilish ishlari ustidan nazorat va boshqa muhandislik xizmatlarining qiymatini o‘z ichiga oladi.


45CHORVACHILIK2025-yilning yanvar-iyun oylarida chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 1 790,0 mlrd so‘mni yoki 2024-yilning shu davriga nisbatan 102,9 % ni tashkil qildi. Ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy ulushi 74,3 ni tashkil etdi. Xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha asosiy turdagi chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish(2025-yilning yanvar-iyun, dastlabki ma‘lumotlar)Jamishu jumladanFermer xo‘jaliklariDehqon va tomorqa xo‘jaliklariQishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarmiqdori o‘ sishsur’ ati, foizda miqdori o‘ sish sur’ ati, foizda miqdori o‘ sish sur’ ati, foizda miqdori o‘ sish sur’ ati, foizdaGo‘sht tirik vaznda, tonna20 748 103,8 820 110,4 19 409 101,7 518 3,0 m.Sut, tonna 82 599 101,6 3 361 104,5 78 565 101,4 673 108,1Tuxum, ming dona 65 484 102,9 5 273 112,3 45 663 100,8 14 549 106,5Xo‘jalik toifalari bo‘yicha chorva mollari va parrandalar bosh soni (2025-yil 1-iyul holatiga)Jamishu jumladan:Fermer xo‘jaliklariDehqon va tomorqa xo‘jaliklariQishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarbosh o‘ sish sur’ ati, %bosh o‘ sish sur’ ati, %bosh o‘ sish sur’ ati, %bosh o‘ sish sur’ ati, %Yirik shoxli qoramollar 149 354 101,1 8 705 104,8 139 710 101,0 939 88,3shu jumladan: sigirlar73 441 100,7 3 573 106,6 69 405 100,5 463 91,7


Click to View FlipBook Version