The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by xurshid7007093, 2022-11-17 06:05:00

Huquq va Burch

MUASSIS: MUNDARIJA
O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi qoshidagi №10/(202)/2022
«Adolat» milliy huquqiy
axborot markazi 2 ANONIM YOZISHMALARDA
hududga aloqador til birliklarining
Tahrir kengashi: lingvistik tahlili
Ruslanbek Davletov
Muzraf Ikramov 9 JINOYAT ISHLARINI KO‘RISHDA
Xudoyor Meliyev xalq maslahatchilarining ishtiroki
Alisher Karimov
Akbar Toshqulov 16 O‘ZBEKISTONDA EKOLOGIK SUG‘URTANI
tashkil etish zaruriyati
Bosh muharrir:
Asliddin Almardonov 19 XOTIN-QIZLAR
reproduktiv huquqlarining qiyosiy tahlili
Tahrir hay’ati:
Furqat Tojiyev 24 ANGLIYA VA AMERIKA QO‘SHMA
Shohidaxon Yo‘ldosheva SHTATLARINING JINOYAT QONUNCHILIGI
Sherzod Rabiyev ularda jinoyat tarkibining subyektiv tomoni belgilari
Shahnoza Soatova
Akram Xalilov
Muzaffar Mamasiddiqov
Miravzal Mirakulov

Mas’ul kotib:
Shavkat Yodgorov

Dizayner:
Azamat Jumaniyazov

Navbatchi muharrir:
Hasan Nishonov,
Furqat Alimardonov

«HUQUQ va BURCH» ijtimoiy-huquqiy, ilmiy jurnali
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar
agentligida 2021-yil 8-aprelda 0081-sonli guvohno-
ma bilan qayta ro‘yxatga olingan. Jurnal 2006-yil mart
oyi­dan chiqa ­boshlagan. Oyda bir marta chiqadi.

Nashr indeksi: 902. Sotuvda kelishilgan narxda.
Jurnal sahifalarida chop etilgan material­lardan foy-
dalanilganda «HUQUQ va BURCH» ijtimoiy-huquqiy,
ilmiy jurnalidan olindi deb ko‘rsatilishi shart. Tahriri-
yat taqdim etilgan maqolalarni taqriz qilish va qayta­
rish majburiyatini olmagan.

PR belgisi bilan berilgan maqolalar tijorat maqolalari
hisoblanadi.

Tahririyat manzili:
Toshkent shahri, Mirobod tumani,
Amir Temur shoh ko‘chasi, 19-uy.

Telefonlar:
Obuna bo‘limi: (71) 233-28-18,
web-site: www.huquqburch.uz;
e-mail: [email protected]

f facebook.com/huquqburch.uz

https://t.me/hb_online

Jurnal 10.11.2022-yilda bosmaxonaga topshirildi.
Qog‘oz bichimi 60x84 1/8. Ofset usulida bosildi.
Shartli 8 b.t. Buyurtma №10. Adadi: 1560.
«Premium poligraf biznes» MCHJ ­bosmaxonasida
chop etildi. Toshkent shahri, Chilonzor tumani,
20-mavze 9-uy, 4-xonadon.





DOLZARB MAVZU

Maktabgacha taʼlim

tashkilotlaridagi muammolar:

tahlil va taklif

Maktabgacha taʼlim sohasi uzluksiz taʼlim tizimining birlamchi
bo‘g‘ini hisoblanadi. Bugun maktabgacha taʼlim sifati Vazirlar
Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-qarori bilan tasdiqlangan
“Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini

attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish
tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablari asosida baholanadi.

42 Huquq va burch w №10/2022

Jumladan, mazkur nizomning 17-bandiga Xorijiy mamlakatlarda maktabgacha taʼlim
ko‘ra, attestatsiya jarayonida maktabgacha taʼlim tashkiloti(MTT)ni (ECERS – Early Childhood En-
tashkil­otlarining oxirgi ikki yillik faoliyatini kom­­ vironment Rating Scale) reyting shkalasidan foy-
pl­eks tahlil qilishda alohida eʼtibor berilishi lozim dalangan holda baholanmoqda. Mazkur baholash
bo‘lgan masalalar sanab o‘tilgan. Biroq mazkur ta­ tizimi Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Shvetsi-
lablar maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatining ya, Daniya, Germaniya, AQSH, Buyuk Britaniya ka-
barcha yo‘nalishlarini yetarlicha qamrab olmaydi. bi davlatlarda amal qiladi.

Maʼlumot uchun: mazkur shkala bo‘sh joy va jihozlar, shaxsiy parvarishlash

tartiblari, til va savodxonlik, o‘quv faoliyati, o‘zaro aloqalar, dastur tuzilishidan iborat.
Jumladan, bo‘sh joy va jihozlar shkalasi quyidagi baholash indikatorlaridan tash-

kil topgan:

– xonalar uchun talablar (yorug‘lik, havo harorati, ovozni nazorat qiluvchi jihoz­
larning mavjudligi, xonaning tozaligi uchun texnik xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan-
ligi, eshiklarning kengligi va h.);

– g‘amxo‘rlik, o‘yin va o‘rganish uchun jihozlarga qo‘yilgan talablar (mebellar bola-
lar o‘lchamiga mosligi, o‘yinchoqlarning sochilishi bolalarga xalaqit bermasligi va h.);

– jihozlarning qulayligi (xonada yumshoq mebellarning mavjudligi, kamida 10 ta
yumshoq o‘yinchoqning mavjudligi va h.);

– bolalarning alohida shaxsiy rivojlanishi uchun mo‘ljallangan, nazorat qilish imko-
ni bo‘lgan joyning borligi;

– bolalar tayyorlagan buyumlar, rasmlar uchun joy;

– motorli o‘yinchoqlar va ularni o‘ynash uchun sharoit.

Xususan, Qozog‘istonda hukumatning 2021- Bundan tashqari, maktabgacha taʼlim tash-
yil 15-martdagi qarori bilan 2025-yilgacha sohani kilotlarini videokuzatuv kameralari bilan jihozlash
rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilab beruvchi zarurati mavjud.
Maktabgacha taʼlim va taʼlimni rivojlantirish mo­
deli tasdiqlangan. Qayd etish kerak, MTTlarda tarbiyalanuvchi-
larning hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini
Model butun dunyoda keng qamrovli baholash mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi.
vositasi sifatida qo‘llanadigan erta bolalik muhi- “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarn­ ing
ti uchun ECERS reyting shkalasidan foydalangan hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni tashkil
holda maktabgacha taʼlim sifatining mustaqil ­etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda mazkur va-
milliy bahosini yaratish rejasini o‘z ichiga oladi. zifalar maktabgacha taʼlim tashkilotining peda-
gog va tibbiy xodimlari, shuningdek maktabgacha
Shuningdek, xorijiy davlatlarda mazkur reyting taʼlim tashkilotiga hududiy sog‘liqni saqlash or-
natijalari asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlari ganlari tomonidan biriktirilgan tibbiy xodimlar to-
bilan ishlash yo‘nalishlari belgilanadi. Masalan, monidan amalga oshirilishi belgilangan.
AQSHda mazkur ECERSni joriy etish maktabgacha
taʼlim sinfini baholash natijalari asosida o‘qituv­ Biroq MTTlarda bolalarning qarovsiz qoldiri-
chilarni moliyaviy rag‘batlantirishni, bola parvari­ lishi natijasida baxtsiz hodisalar, xodimlar tomo-
shi uchun turli darajadagi to‘lovlarni belgilashni nidan qasddan yetkazilgan jarohatlar, hatto ular­
o‘z ichiga oladi. Baʼzi shtatlarda oilalarga farzand- ning o‘limiga sabab bo‘lish holatlari uchraydi.
lari uchun tanlagan maktabgacha taʼlim sinfining
reytingiga ko‘ra taʼlim yordami beriladi. №10/2022 w Huquq va burch 43

DOLZARB MAVZU

Maʼlumot uchun:

Urganch shahrida 2-MTT tarbiyachisi1 hamda Bulung‘ur tumanidagi 17-MTT
tarbiyachisi2 tarbiyalanuvchilarni urgani, Samarqandda MTT tarbiyachisi bolalar­
ning qo‘liga igna sanchgani3, Namangandagi bog‘chada tanasining 70 foizi qaynoq
suvdan kuygan bola vafot etgani4, Toshkentdagi xususiy MTTda 3 yoshli bolan­ ing
yuzi tibbiy vositalardan kuygani5, Farg‘onada MTT tarbiyachisining bolala­rni tinch-
lantirish uchun temir qoshiqdan foydalanib, 4 yoshli bolaning bir ko‘zidan ayrilishi-
ga sababchi bo‘lganligi6 haqidagi xabarlar yuqoridagi masalaning dolzarb ekanini
tasdiqlaydi.

“Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar­ Isroilda 2018-yil dekabr oyida MTTlarda vi­
ning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni tashkil deokuzatuv vositalarini o‘rnatish majburiyligini
etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 12-bandida nazarda tutuvchi qonun qabul qilingan. Huku-
MTTda tarbiyalanuvchilar xavfsizligini taʼminlash mat mazkur qonun 2019-yil 1-sentabrdan kuchga
hamda ular uchun zarur sharoit yaratilishini na- kirgan munosabati bilan 2020-yildan kameralar
zorat qilish maqsadida videokuzatuv moslamala­ o‘rnatilishi uchun subsidiyalar ajratishini maʼlum
rini o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Biroq mazkur tart­ib qilgan. 2020-yil sentyabrdan boshlab barcha bola-
ixtiyoriy etib belgilangan. lar bog‘chalarida litsenziya olish uchun kamera
bo‘lishi talab qilinmoqda.
Xorijiy davlatlarda binoni kameralar bilan ji-
hozlash maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun Yana bir asosiy masala – davlat maktabgacha
majburiy talab hisoblanadi. Xususan, Janubiy Ko- taʼlim tashkilotlarida qo‘shimcha pulli taʼlim-tar-
reyada “Bolalar parvarishi to‘g‘risida”gi qonunga biya xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini kengayti-
muvofiq 2015-yil 19-sentabrdan boshlab bolalar rish zarur.
bog‘chalarida yopiq sxemali kuzatuv kamera­
lari o‘rnatilishi majburiy qilib belgilangan. Maz- O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim
kur qonunga ko‘ra, bolalar bog‘chasidagi umumiy vazirining 2019-yil 18-yanvardagi buyrug‘i bi-
o‘yin xonasi, o‘yin maydonchasi, umumiy ovqat­ lan “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida
lanish va dars qilish xonalarida kamida bitta vi­ qo‘shimcha pullik taʼlim-tarbiya xizmatlari ko‘rsa­
deokuzatuv moslamasi o‘rnatilishi kerak. tish faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risid­ a”gi
nizom tasdiqlangan. Mazkur nizomda maktabga-
cha taʼlim tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan
qo‘shimcha pulli xizmatlar ro‘yxati keltirilgan.
Biroq mazkur xizmatlar doirasi chegaralangan va
xizmatlardan foydalanuvchilar uchun moslashuv­
chan emas. Xususan, bolani parvarishlash, unga
vaqtincha qarab turish, o‘qitish xizmatlari faqat
dam olish kunlari yoki ish kuni yakunlangandan
keyin ko‘rsatilishi nazarda tutilgan.

Xorijiy davlatlarda mazkur turdagi xizmat-
lar maktabgacha taʼlim tashkilotlari tomonidan
ota-onalarning ehtiyojini hisobga olgan holda ish-
lab chiqilgan. Masalan, Gonkongda maktabgacha
taʼlim tashkilotlarining o‘zida yoki mustaqil tarzda

1 https://qalampir.uz/uz/news/bogchada-bolalarni-urgan-tarbiyachi-ishdan-bushatildi-10098
2 Bulung‘urda tarbiyalanuvchini urgan bog‘cha mudirasi ishdan bo‘shatiladi. Bolaga sud ekspertizasi tayinlangan (kun.uz)
3 https://kun.uz/03897909
4 Namangandagi bog‘cha tarbiyalanuvchisi issiq suvdan kuyib vafot etishi ortidan MTT direktori va bir necha xodim ishdan bo‘shatildi — “Daryo”
5 https://kun.uz/69300822
6 Farg‘onada bog‘cha bolalarini tinchlantirish uchun temir qoshiqdan foydalanib, 4 yoshli bolaning bir ko‘zidan ayrilishiga sababchi bo‘lgan tarbiyachiga
sud hukmi o‘qildi — “Daryo”
44 Huquq va burch w №10/2022

Bolalarni parvarish qilish markazlari (Child Care Rossiya Federatsiyasining xususiy maktabga-
Centre) tashkil etilgan bo‘lib, ular bola parvarishi cha taʼlim tashkilotlarida ham bolalarga soatbay
bilan bog‘liq qator xizmatlarni taqdim etadi. Xusu- qarash xizmatlari tashkil etilgan bo‘lib, bu kabi
san, mazkur turdagi markazlarda bolalarni vaqtin- muassasalar kamida 11 oylik bo‘lgan bolalarni qa-
cha (to‘liq kun, yarim kun yoki ikki soat) parvarish bul qiladi.
qilish xizmati mavjud. Bu xizmat uyda tarbiyala-
nadigan bolaga muayyan vaziyatlarda (ota-onal­ar Qonunchiligimizda maktabgacha taʼlim tash-
yoki qonuniy vakillarning to‘satdan ishlari chiqib kilotlari tarbiyalanuvchilarini boshqa maktab-
qolganda) vaqtincha qarab turish, ovqatlantirish, gacha taʼlim tashkilotlariga ko‘chirishni tartibga
bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, tibbiy yordam soluvchi normalar mavjud emas.
kabilarni ham o‘z ichiga oladi. Haq to‘lash tartibi
soatbay bo‘lib, narxlar belgilangan. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil
16-dekabrdagi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya
Avstraliyada davlat maktabgacha taʼlim muas- to‘g‘risida”gi qonunida MTT tarbiyalanuvchilari­
sasalari va bolalarni parvarish qilish markazlari ni boshqa MTTlarga ko‘chirish tartibi belgilan-
Flexi Care (bolani vaqtincha parvarish qilish) xiz- magan. Xususan, mazkur qonunning 6-bobi bevo­
matini taqdim etadi. Ushbu xizmatdan foydala­nish sita bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlari-
uchun mobil ilovalar tuzilgan. Mazkur ilovalar ga qabul qilish va ulardan chiqarish masalalariga
orqali ota-onalar to‘liq kun, ertalab yoki kunning bag‘ishlangan bo‘lib, unda bolalarni boshqa MTT-
ikkinchi yarmi uchun vaqtinchalik xizmatlarga ga ko‘chirishga oid normalar yo‘q. Bundan tashqa-
buyurtma berishadi. Ushbu xizmatlardan foyda- ri Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi
lanayotgan bolalar ham MTTda doimiy ro‘yxatga 244-qarori bilan tasdiqlangan “Bolalarni davlat
olingan bolalarga taqdim etilgan imtiyozlardan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish
foydalanish huquqiga ega bo‘lishadi. bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼ-
muriy reglamenti”da ham tarbiyalanuvchilarni
boshqa MTTga ko‘chirish tartibi keltirilmagan.

Maʼlumot uchun:

“Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha dav-
lat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti”ning eski tahririda boshqa muas-
sasalardan o‘tkazilgan bolalarni imtiyozli asosda MTTga qabul qilishga oid norma
bo‘lgan. Biroq Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 319-qarori bilan maz-
kur norma chiqarib tashlangan.

№10/2022 w Huquq va burch 45

DOLZARB MAVZU

Qayd etish kerak, bugungi kunda ota-ona (qo­ shi munosabati bilan boshqa hududga ko‘chadigan
nuniy vakil)larning ish joyining o‘zgarishi, o‘qish- bo‘lsa, bu haqda ko‘chib o‘tishdan kamida 2 haf-
ga qabul qilinganligi, harbiy xizmat munosabati bi- ta oldin bola o‘tkaziladigan maktabgacha taʼlim
lan yoki tarbiyalanuvchining xavfsizligi jihatidan muassasasini belgilangan tartibda xabardor qilishi
boshqa hududga ko‘chish holatlari uchraydi. ­Biroq va mazkur muassasa esa bolani qabul qilish cho-
ko‘chib o‘tilgan hududdagi MTTlarga bolalarni ralarni ko‘rishi lozim.
qabul qilish bo‘yicha imtiyozli tartibning mavjud
emasligi ota-onalar uchun turli qiyinchiliklarni Litvada “Bir maktabgacha taʼlim muassasa­
yuzaga kel­tirmoqda. sidan boshqasiga navbatsiz qabul qilish va o‘tka-
zish tartibi” belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra bosh-
Xorijiy mamlakatlar qonunchiligida MTT tar- qa hududdagi muassasada mehnat shartnomasi
biyalanuvchilarini boshqa MTTga ko‘chirish tarti- bo‘yicha kamida 6 oy ishlashi kutilayotgan xodim­
bi belgilab qo‘yilgan va mazkur toifadagi bolalarni larning farzandlari boshqa maktabgacha taʼlim
qabul qilishda ustunlik huquqi ham nazarda tutil- muassasasiga navbatsiz o‘tkaziladi.
gan. Xususan, Finlandiyaning 2018-yil 13-iyulda
qabul qilingan “Erta taʼlim to‘g‘risida”gi 540-qo­ Belаrus Respublikasida 2022-yil 9-avgustda
nuniga ko‘ra, agar bolaning ota-onasi ish yoki o‘qi- hukumatning “Taʼlim oluvchilarni muassasalarga
qabul qilish, ko‘chirish, o‘qishdan chetlashtirish va
qayta tiklash to‘g‘risida”gi 516- qarori qabul qilin-
gan bo‘lib, mazkur qaror MTT tarbiyalanuvchila­
rini boshqa MTTga ko‘chirish masalalarini ham
­qamrab oladi.

Rossiya Federatsiyasining “Maktabgacha
taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarini qabul
qilish, ko‘chirish, o‘qishdan chetlashtirish va qay­
ta tiklash to‘g‘risida”gi nizomida tarbiyalanuv­
chilarni boshqa MTTga ko‘chirish tartibi to‘g‘ri-
dan-to‘g‘ri belgilangan. Mazkur hujjatda MTT tar-
biyalanuvchilarini boshqa MTTga ko‘chirish asos-
lari, tartibi, ko‘chirishda kerak bo‘ladigan hujjatlar
ro‘yxati batafsil keltirilgan.

YUQORIDAGILARDAN KELIB CHIQIB, QUYIDAGI TAKLIFLAR ILGARI SURILADI:

— respublikamizdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini ECERS reyting shkalasidan
foydalangan holda baholash amaliyotini joriy qilish;

— maktabgacha taʼlim tashkilotlarini videokuzatuv kameralari bilan jihozlash;
— davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida qo‘shimcha pulli taʼlim-tarbiya xizmat-
larini ko‘rsatish faoliyatini yanada kengaytirish, MTTlarda bolalarni vaqtincha (to‘liq
kun, yarim kun yoki ikki soat) parvarish qilish xizmatini joriy qilish;
— qonunchilikda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini boshqa
maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ko‘chirishni tartibga soluvchi normalarni mustah-
kamlash, MTT tarbiyalanuvchilarini alohida holatlarda, jumladan, ota-onasining ish joyi
o‘zgarishi, o‘qishga qabul qilinganligi, harbiy xizmat munosabati bilan yoki tarbiyalanuv­
chining xavfsizligi jihatidan boshqa hududdagi MTTga ko‘chirishda imtiyozlarni nazarda
tutish.

Shoira ALAMONOVA,
Adliya vazirligi huzuridagi
Huquqiy siyosat tadqiqot instituti mas’ul xodimi

46 Huquq va burch w №10/2022


Click to View FlipBook Version